folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-son “Yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qarori (ro‘yxat raqami 2894, 2017-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil 25-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 47-banddagi “20 kun ichida” degan so‘zlar “bir ish kunida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 48-bandning uchinchi xatboshisidagi “topilmalar byurosining tegishli” degan so‘zlar “davlat xizmatlari markazining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 84 | 1,335 |
Qonunchilik | MAHALLIY XOM AShYo RESURSLARIDAN SELLYULOZA IShLAB ChIQARISh QUVVATLARINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Xalq xo‘jaligining sellyulozaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, uning importini kamaytirish va mahalliy xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasining:
joriy yil oxirigacha sholi poxoli va bug‘doy somonidan bir yilda 10 ming tonna sellyuloza ishlab chiqaruvchi quvvatlarni tashkil etish;
Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasining bir qancha sexlarini ko‘p rangli serjilo karton qutilar ishlab chiqarishga moslashtirib qayta jihozlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi, “O‘zog‘irmashsanoat” instituti ikki oy muddatda Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasini uning quvvatlaridan sellyulozani qayta ishlashda foydalanish maqsadida rekonstruksiya qilishning texnik-iqtisodiy asoslashlarini, 1996-yil 1-yanvargacha esa loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqsin.
“Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasini loyihalashtirish va rekonstruksiya qilish ishlarini, amalda bajarilgan ish hajmlari bo‘yicha haq to‘lagan holda (loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar), bir yo‘la amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
3. Pul-kredit siyosati bo‘yicha komissiya (Hamidov) joriy yil oxirigacha “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasida sellyuloza va undan mahsulot ishlab chiqarishga oid xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasiga 210 mln so‘m miqdorida kredit ajratish masalasini ko‘rib chiqsin. Kredit obyekt foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab 5 yil mobaynida ilovaga* muvofiq to‘lanadi. Komissiya zarur materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalarni import bo‘yicha xarid qilish uchun respublika valyuta birjasida 130 mln so‘mni “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasiga ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar hisobidan erkin muomaladagi valyutaga almashtirishni nazarda tutsin.
4. Amalga oshirilayotgan loyihaning davlat ahamiyatiga ega ekanligini hisobga olib Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasi tomonidan ajratilgan kreditni to‘lashga yo‘naltiradigan foyda, shuningdek “Tarx” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining mazkur loyihada nazarda tutilgan asbob-uskunalarni ishlab chiqarishga investitsiya qilinadigan foydasi istisno tariqasida 5 yil muddatga (1996 — 2000-yillar) soliqdan ozod qilinsin.
5. “O‘zbekmebel” birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, sholi ekuvchi viloyatlar hokimliklari va “O‘zog‘irmashsanoat” instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda sholi poxolidan bir yilda 20 — 25 ming tonna sellyuloza ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan zavodni joylashtirish masalasini ishlab chiqsin.
6. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1996-yildan boshlab balansda Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasida sellyuloza ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan miqdorda sholi poxoli va bug‘doy somonidan foydalanilishini nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi sholi poxoli va bug‘doy somonidan sellyuloza olishning yangi texnologiyasini belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari M.3. Usmonov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin. | 99 | 3,392 |
Qonunchilik | Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tash | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi KT. 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 366 band qo‘shilsin:
“366. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirning birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi A.S. Ibadullayev zimmasiga yuklansin. | 250 | 1,263 |
Qonunchilik | Sud himoyasi qanday ishlaydi | 3 iyul kuni Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazildi. Unda sud korpusi vakillari, Oliy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, Sudyalar oliy kengashi vakillari va Bosh prokuror ishtirok etdi.
Oliy sud Plenumining «Jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilindi, unda bir qator muhim jihatlar tushuntirib oʻtilgan.
Sud himoyasi deganda nima tushuniladi? Sud himoyasi – mustaqil sud hokimiyati tomonidan odil sudlovni amalga oshirish orqali ta’minlanadigan, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilishga qaratilgan faoliyat.
Sud himoyasidan qachon foydalanish mumkin? Birinchi instansiya sudida ish qoʻzgʻatish uchun zarur shartlar hisoblanadigan, qonunda nazarda tutilgan dastlabki shartlar mavjud boʻlganda, sud orqali himoya qilish uchun murojaat etish huquqini amalga oshirish mumkin. Ushbu shartlarning mavjud emasligi sud tomonidan murojaatlarni qabul qilish va koʻrishni rad etish uchun asos boʻladi.
Sudga murojaat qilish shakllari. FPK, IPK va Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq – bu:
Boshqa masalalar boʻyicha sudga murojaatlar «Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Davlat organlari, boshqa tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaхslariga taalluqli murojaatlar sudga kelib tushganda, ular 5 kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoхud elektron shaklda хabar qilingan holda yuborilishi lozim. Murojaatlarni koʻrib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sudga qilingan murojaatlar protsessual qonunlarda belgilangan qoidalarga muvofiq shakl va mazmunda rasmiylashtirilishi kerak. Xususan, murojaatlar elektron shaklda ERI bilan imzolangan holda yuborilishi mumkin.
Sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish – sud himoyasi shakli. Bunday huquq quyidagilarga berilgan:
a) fuqarolik ishlari boʻyicha sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini qonunda belgilangan tartibda tekshirish haqida faqatgina, ishda ishtirok etuvchi shaхslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaхslar murojaat qilishga haqli;
b) iqtisodiy va ma’muriy sud ishlari boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaхslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaхslar shikoyat berishga haqli. Biznes-ombudsman tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida yuzaga keladigan va tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan nizolar boʻyicha ishlar ustidan kassatsiya va nazorat shikoyati bilan murojaat qilish huquqi berilgan;
v) ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning qarori ustidan, oʻziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaхs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ shikoyat berish huquqiga ega;
g) jinoyat ishlari boʻyicha sud hukmi (ajrimi) ustidan quyidagilar shikoyat berishga haqlidir:
Fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishtirok etuvchi taraflarning vakillari va advokatlarining sud qarori ustidan shikoyat qilish boʻyicha vakolatlari ularga berilgan ishonchnomada maхsus koʻrsatilishi lozim.
Koʻrib chiqish muddatlari va sudyalarning javobgarligi. Quyidagi jihatlar alohida ta’kidlab oʻtilgan:
Sudlar fuqarolar va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish jadvaliga asosan belgilangan kun va soatlarda qabul qilishni toʻgʻri tashkil etishi, sayyor qabullar oʻtkazish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilish lozim. Qabul qilish kunining asossiz ravishda koʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi zarur. Sudlarga jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini muntazam ravishda tahlil qilib borish tavsiya etilmoqda. | 28 | 4,009 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-sonli qarori 2-ilovasining “Davlat mulki obyektining nomi” grafasi 332-pozitsiyasida “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishning kafolatli jamg‘armasi” AJ” so‘zlari “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ko‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chkorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PQ-5111-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasining 20-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish Kafolat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 10-fevraldagi PQ-2768-sonli qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-sonli qarorining 11 — 13-bandlari. | 151 | 1,733 |
Qonunchilik | ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFATINI BERISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga asosan, a’lo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi bilan noyob iste’dodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, san’at, Fan va ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan ilovaga* muvofiq iqtidorli qizlarga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti berilsin.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 Mart xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanada sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D. G‘ulomova zimmasiga yuklansin. | 53 | 1,158 |
Qonunchilik | 2013—2015 YILLARDA “ANGREN” MAXSUS INDUSTRIAL ZONASINING TRANSPORT, IShLAB ChIQARISh VA MUHANDISLIK- KOMMUNIKATSIYA INFRATUZILMASINI JADAL RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmoni bilan:
“Angren” maxsus industrial zonasi (keyingi o‘rinlarda Angren” MIZ deb ataladi) hududida tashkil etiladigan korxonalar va ishlab chiqarishlarga alohida talablar belgilangan, ular yuqori texnologiyali bo‘lishi hamda mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanilishini, mineral-xomashyo resurslarining yanada chuqur qayta ishlanishini, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan, ichki bozorlarda va jahon bozorlarida raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarilishini, ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 50 foizi eksportga yetkazib berilishini ta’minlashi kerak;
“Angren” MIZ qatnashchilari bo‘lgan korxonalarga belgilangan asosiy talablarni amalga oshirish uchun kiritilgan investitsiyalar hajmiga ko‘ra, 3 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddat bilan soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarning keng tizimi berilgan, shuningdek mazkur korxonalarning kommunikatsiyalarga kafolatli ulanishini, kommunikatsiyalarning ishlab chiqarish maydonchalariga yetkazilishini ta’minlaydigan tartib belgilangan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekenergo” DAK, “O‘ztransgaz”AK, “O‘zavtoyo‘l” DAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2013 — 2015-yillarda “Angren” maxsus industrial zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturi ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
3. “Angren” MIZning Ma’muriy kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi taqdimnomasi bo‘yicha “Angren” MIZ hududida yangidan tashkil etiladigan quvvatlarni transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, tasdiqlangan Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. “Angren” MIZ Ma’muriy kengashining “ToshkentboshplanLITI” DUKni “Angren” MIZ bosh rejasining, shu jumladan uning ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning bosh loyihachisi etib belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. “Angren” MIZ direksiyasi:
bir oy muddatda “ToshkentboshplanLITI” DUKga “Angren” MIZning bosh rejasini ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriq bersin va shartnomalar tuzilishini ta’minlasin, unda texnik va ekologik talablardan kelib chiqqan holda, birinchi navbatdagi sanoat klastyerlarining ularni soha bo‘yicha taqsimlagan holda ajratilishini nazarda tutsin;
har yili 1-maygacha “Angren” MIZning Ma’muriy kengashi ko‘rib chiqishi uchun navbatdagi kalendar yilning O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish uchun “Angren” MIZ hududida yangi ishlab chiqarishlarni joylashtirish, ishlab chiqarish infratuzilmasi va transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi joriy yilda “Angren” MIZ direksiyasiga hamda Toshkent viloyati hokimligiga, 2012-yilgi kapital qo‘yilmalar limitlarini qayta taqsimlash hisobiga, “Angren” MIZ infratuzilma obyektlarining bosh rejasi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2013-yil uchun Geologiya-qidiruv ishlari dasturini shakllantirishda “Angren” MIZ korxonalari tomonidan foydalanish uchun texnik va ichimlik suvning qo‘shimcha resurslarini, shuningdek xomashyo va qurilish materiallarining sanoat zaxiralarini aniqlash chora-tadbirlarini nazarda tutsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi, “O‘zbekenergo” DAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, “O‘ztransgaz”AK, “O‘zkommunxizmat” agentligi va Toshkent viloyati hokimligi 2012-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda 2013 — 2015-yillarda “Angren” maxsus industrial zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha loyiha hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishini ta’minlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 2013-yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ularga Dasturda ko‘rsatilgan investitsiya loyihalari kiritilishini nazarda tutsinlar, ularda:
“Angren” MIZ ning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi jadal rivojlantirilishini;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish va respublika mintaqalarida sanoat zonalarini qurish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida infratuzilma obyektlari qurilishiga maxsus ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga realizatsiya qilish uchun tavsiya etilayotgan loyihalar ro‘yxati aniqlanishini hisobga olsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi 2013 — 2015-yillarda “Angren” maxsus industrial zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha bajarilayotgan loyihalash va qurilish-montaj ishlarining sifati, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarga va qurilish muddatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin va natijalari bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. | 182 | 6,168 |
Qonunchilik | Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Namunaviy nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
2. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Kengash tashkilotni boshqarishda strategik organ hisoblanadi.
3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
tashkilotning ustuvor vazifalarini belgilash;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi (bundan buyon matnda hududiy bo‘lim deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorini saylash;
tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.
4. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek tashkilotning Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
hududiy bo‘lim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablag‘laridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;
tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;
tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘limga takliflar kiritish;
tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘limga takliflar berish.
Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.
6. Tashkilotda bolalarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilot direktoriga ko‘maklashish uchun har bir tashkilotda Kengash tashkil etiladi.
7. Kengash 11 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga tashkilotning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot ma’muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy bo‘limdan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar, a’zo kiritiladi.
Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.
8. Kuzatuv kengashi har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rinini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, tashkilot ma’muriyati, hududiy bo‘lim xodimlari orasidan shakllantiriladi.
9. Kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zosi hisoblangan ota-onalar orasidan saylanadi.
10. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.
11. Kengash a’zolarining saylashda tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (ulardan biri) ishtirok etishi mumkin.
12. Kengash a’zolari tashkilot tarbiyalanuvchilari ota-onalarining umumiy yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
13. Kengash a’zosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari tashkilotda tarbiyalanuvchilar qatoridan chiqarilganda, kengashning ushbu a’zosi kengash a’zolari qatoridan chiqariladi va uning o‘rniga ota-onalar orasidan boshqa a’zo saylanadi.
14. Tashkilot ma’muriyati xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari Kengashga yashirin ovoz berish orqali saylanadi va tashkilot pedagogik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
15. Kengash a’zoligiga hududiy bo‘lim vakili tegishli hududiy bo‘lim boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
16. Tashkilotning direktori yoki uning o‘rinbosarlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari Kengash a’zolari sifatida saylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Kengash a’zosi Kengashning yig‘ilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash a’zolari tarkibidan chiqariladi.
18. Kengashning birinchi yig‘ilishi tashkilot direktori tomonidan tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi.
19. Kengash har chorakda kamida bir marta yig‘iladi.
20. Kengash yig‘ilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
21. Kengash yig‘ilishida uning umumiy a’zolaridan 60 foizi ishtirok etganda Kengash qaror qabul qilishi mumkin.
22. Kengash o‘z faoliyatini daxlsizlik, oshkoralik, shaffoflilik, adolatlilik tamoyillariga muvofiq amalga oshiradi.
23. Kengash qarorlari a’zolarning teng huquqliligi asosida oddiy ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
24. Kengash yig‘ilishlariga Kengash raisi raislik qiladi.
25. Kengash raisi o‘z vakolatini vaqtincha bajarish imkoniyati bo‘lmagan hollarda (xizmat safari, ta’til va kasallik davrida), uning vazifasini bajarish Kengash a’zolaridan biriga vaqtincha yuklatiladi. Bunda, tashkilot va hududiy bo‘lim xodimlariga yuklatilishi mumkin emas.
26. Kengash yig‘ilishida tashkilot direktori yoki uning o‘rinbosarlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
27. Kengash yig‘ilishlari mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirishi va o‘tkazilishi hamda hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilishi uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.
28. Kengash yig‘ilishi o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin yig‘ilish o‘tkaziladigan kun, vaqti, joyi va muhokama etiladigan masalalar haqida Kengash a’zolari xabardor qilinishi lozim. Kengash a’zolarini xabardor qilish uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.
29. Tashkilot rahbari Kengash yig‘ilishlarini o‘tkazish va uning ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xona, tashkilot faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar va kanselyariya jihozlari) uchun mas’ul hisoblanadi.
30. Kengashning faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni har chorakda tashkilotning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoki tashkilotning barcha ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyiga joylashtirish tavsiya etiladi.
31. Kengash yig‘ilishlari o‘tkazilganligi haqidagi bayonnomalar Kengash yig‘ilishi o‘tkazilgan kundan boshlab 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda hududiy bo‘limga taqdim etilishi lozim.
32. Kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
tashkilotning tegishli davrdagi faoliyati bo‘yicha tashkilot direktoridan ma’lumotlar so‘rash va olish;
tashkilotning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;
homiylik va xayriya mablag‘larining kirim qilinishi va sarflanishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish;
tashkilot pedagog xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.
33. Kengashning faoliyatiga tashkilot direktori, hududiy bo‘lim, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
34. Tashkilotda tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan tashkilot direktori, Kengash a’zolari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablag‘larini yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi.
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
36. Kengash raisi, kotibi va a’zolari jamoatchilik asosida amalga oshiradigan kuzatuv kengashidagi faoliyati yuzasidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
37. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan. | 100 | 9,842 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XORIJIY MAMLAKATLARDAGI DIPLOMATIK VAKOLATXONALARINING ShTAT JADVALLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining ayrim xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003-yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Elchixonasida ikkinchi kotib lavozimini qisqartirish hisobiga O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasida ikkinchi kotib lavozimi joriy etilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi shtat jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Elchixonasi shtat jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjetda navbatdagi moliyaviy yilga tasdiqlangan chet eldagi muassasalarni mablag‘ bilan ta’minlash miqdorlaridan kelib chiqib shtat jadvallaridagi o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda ko‘rsatib o‘tilgan diplomatik muassasalar ta’minotiga mablag‘lar ajratsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Elchixonasi balansidagi moddiy va pul boyliklarini belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazsin hamda ulardan bundan keyin foydalanish bo‘yicha taklifni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlari:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Malayziyada O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasini ochish to‘g‘risida” 1996-yil 22-noyabrdagi 409-son qaroriga 1-ilova;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Indoneziya Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish to‘g‘risida” 1997-yil 25-iyundagi 322-son qarorining 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.H.Komilov zimmasiga yuklansin. | 153 | 1,802 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2015-yildagi ijrosi to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2016-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risida. | 94 | 458 |
Qonunchilik | “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mis xomashyosini yanada chuqur qayta ishlash hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli, yuqori qo‘shilgan qiymatli, sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlarida barqaror ravishda talab qilinadigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qayd etilsinki, “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida loyihaning kapital qo‘yilmalar hajmi 35,48 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdordagi texnik-iqtisodiy asoslashi ishlab chiqilgan va u vakolatli organlarda belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan.
Foydalanishga topshirish muddati 2013-yilning IV choragi etib belgilangan “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslashining asosiy texnik parametrlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar loyihani moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:
“Olmaliq KMK” AJning 10,28 mln AQSh dollariga teng summadagi o‘z mablag‘lari, jumladan maxsus investitsiya hisob raqamlari mablag‘lari;
“Ipoteka bank” ATIBning 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yildan iborat imtiyozli davrga, 6,0 yillik foiz stavkasi bilan berilayotgan 12,27 mln AQSh dollari summasidagi krediti;
“Ipoteka bank” ATIBning 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yildan iborat imtiyozli davrga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha berilayotgan 12,93 mln AQSh dollariga teng summada milliy valyutadagi krediti.
3. “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi amalga oshirilishini ta’minlash uchun “Olmaliq KMK” AJ tomonidan quyidagi kompaniyalar bilan:
“Jiangsu Xingrong Nigh Tech Co., Ltd” (XXR) bilan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 19-iyundagi F–3858-son farmoyishiga muvofiq, umumiy qiymati 9,67 mln AQSh dollari bo‘lgan texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish va yig‘ish, shef-montaj hamda ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish yuzasidan;
“TOSHELECTROAPPARAT” MChJ XK bilan — umumiy qiymati 3,79 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan, foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan loyihalash, qurish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajargan holda elektrotexnika asbob-uskunalarini tayyorlash va yetkazib berish yuzasidan;
“SAM Bouilding Contracting LLC” (BAA) bilan — umumiy qiymati 5,57 mln AQSh dollari bo‘lgan ishlab chiqarish binosining metall va devor konstruksiyalarini, uning uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish hamda ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish yuzasidan kontraktlar tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. “Ipoteka bank” ATIBga loyihani amalga oshirish doirasida “Olmaliq KMK” AJ bilan umumiy summasi 25,20 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan kredit shartnomalarini bir nafar qarz oluvchi yoki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qarz oluvchilar guruhi uchun maksimal tavakkalchilik bo‘yicha normativni qo‘llamasdan tuzishga istisno tartibida ruxsat etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Olmaliq KMK” AJning “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida vujudga kelgan mulkiy kompleks negizida “Olmaliq KMK” AJ tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tarkibiy bo‘linma tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
7. Belgilansinki:
“Olmaliq KMK” AJ “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish, jalb etilayotgan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;
jalb etilayotgan kreditlarni qaytarish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar “Olmaliq KMK” AJning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
10. “Olmaliq KMK” AJga, istisno tartibida, “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
2013-yil 30-sentabrgacha qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda amalga oshirish;
zarurat bo‘lganda, subpudrat ishlarini bajarish uchun to‘g‘ridan to‘g‘rimuzokaralar asosida respublikaning ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj va boshqa tashkilotlarini jalb etgan holda qurilish-montaj ishlarini o‘z kuchlari bilan amalga oshirish huquqi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin va ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” AJning buyurtmanomalariga binoan, ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” AJning buyurtmanomalariga binoan, ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarning vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik propiskadan o‘tkazilishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Olmaliq KMK” AJning buyurtmanomalariga binoan, ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etish yuzasidan ruxsatnomalarning belgilangan tartibda berilishini (ularning muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin. | 153 | 6,035 |
Qonunchilik | Buxoro viloyati Olot tumanining bir guruh fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Buxoro viloyatining Olot tumanidan kelib tushgan murojaatga ko‘ra, 1960 — 1980-yillar davomida tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan loyihalar asosida suv xo‘jaligi, suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlari, “Amu-Buxoro” kanali boshqarmalarining injener-texnik xodimlari istiqomat qilishi uchun 600 kvadrat metr maydonida joylashgan uy-joy kottejlari ajratilgan.
Aksariyat xonadon egalari 40 yildan ko‘proq qayd etilgan davlat tashkilotlarida ishlab, nafaqaga chiqqan va ushbu uy-joylarda o‘z yaqin qarindoshlari bilan yashab kelmoqdalar.
1991-yildan keyin ushbu uylar xususiylashtirilib, ular uy egalariga berilgan. Bu uy-joylar fuqarolarga berilganda tegishlicha order va qarorlarga asosan egalik huquqi uy-joy egallab turgan maydonga qarab 91 kvadrat metr, 83,8 kvadrat metr, 46 kvadrat metr va hokazo etib belgilangan.
Natijada 2019-yilda soliq qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritilib, uy-joy satxidan ortiqcha yer maydoniga soliq stavkasining uch barobari miqdorida soliq undirilish boshlandi.
Shunga asosan, murojaat qilgan fuqarolar ularga tegishli bo‘lgan o‘rtacha 600 kvadrat metrdan iborat bo‘lgan yer uchastkalarining kadastr hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirishni va shunga oid belgilangan tartibda yer solig‘ini to‘lab borish imkoniyatini yaratish to‘g‘risida murojaat qilishgan.
Ushbu masalani o‘rganish uchun kayd etilgan uy-joylarni ajratishga, ularga hukuqiy maqom berishga oid hujjatlarni, shu jumladan arxiv hujjatlarini, yer va soliq qonunchiligini tahlil qilish talab qilinishini inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Buxoro viloyati Olot tumanining bir guruh fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish bo‘yicha ilovaga muvofiq ishchi guruh tuzilsin.
2. Ishchi guruh (Sh. Cho‘lliyev) bir oy muddatda:
murojaatda qayd etilgan uy-joylarni ajratishga, ularga huquqiy maqom berishga oid hujjatlarni, shu jumladan arxiv hujjatlarini joyiga chiqib tahlil qilsin;
mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda masalaga oid yer va soliq qonunchiligini o‘rganib chiqsin;
murojaatda ko‘tarilgan masalalarning boshqa hududlarda ham dolzarbligi to‘g‘risida ma’lumotni yig‘ish hamda ularning yechimi to‘g‘risida aniq takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga kiritsin.
3. Buxoro viloyati hokimi, senator B. Zaripov Ishchi guruhi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tegishli hujjatlar taqdim qilinishini va o‘rganishga oid joylardagi mutaxassislar ishtirokini ta’minlasin.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senata Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 108 | 2,877 |
Qonunchilik | DAVLAT STATISTIKASI TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonun davlat statistikasini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi, davlat statistikasi organlarining vakolatlarini belgilaydi hamda yagona statistika axboroti tizimi yuritilishi uchun normativ asos yaratadi.
Davlat statistikasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining davlat statistikasi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Davlat statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hamda ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish va e’lon qilish;
xalqaro standartlarga mos keluvchi yagona statistika uslubiyatini ta’minlash;
davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari va xalqaro tashkilotlarni, shuningdek jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash;
statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistika tasniflagichlar tizimini hamda Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish.
Davlat statistikasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ishonchlilik, xolislik, beg‘arazlik;
dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik;
qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik;
statistika hisobotini yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi davlat statistikasi vakolatli organidir.
Davlat statistikasi vakolatli organi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar va shaharlardagi organlari davlat statistikasi organlari hisoblanadi. Davlat statistikasi vakolatli organining rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat statistikasi organlari ma’lumotlar manbalarini, statistika usullarini, statistika ma’lumotlarining mazmuni, shakli, vaqti va tarqatilishini tanlashda mustaqildir. Davlat statistikasi organlarining faoliyatiga davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat statistikasi organlarini moliyalashtirish hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlash Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistika ishlariga haq to‘lash buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat statistikasi organlarining ayrim bo‘linmalari o‘z faoliyatini shartnoma asosida amalga oshirishi mumkin.
Davlat statistikasi vakolatli organi:
davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, uni tashkil etishning samarali tizimini ta’minlaydi;
davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga solishni amalga oshiradi;
yagona statistika uslubiyatini va davlat statistika kuzatuvlarining shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda joriy etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishadi;
statistika ko‘rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini ta’minlaydi, statistika axborotidan foydalanish erkinligini, uning ochiqligi va oshkoraligini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritadi;
davlat statistikasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va qabul qiladi;
boshqa davlatlarning statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik to‘g‘risida belgilangan tartibda bitimlar tuzadi.
Davlat statistikasi vakolatli organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat statistikasi organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, banklardan, boshqa yuridik shaxslardan (zarur hollarda ularning vakolatxonalari va filiallaridan) davlat statistika hisobotlarini olish hamda ulardan statistika maqsadlarida foydalanish;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining davlat statistika kuzatuvlarini o‘tkazish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, davlat tashkilotlaridan davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida), shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni so‘rash va olish;
olinayotgan davlat statistika ma’lumotlarining to‘liqligi, xolisligi va ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish;
davlat statistika ma’lumotlarida qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar berish hamda jamlanma davlat statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlardan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish uchun zarur ma’lumotlarni olish;
Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan, statistika, tahliliy, axborot, noshirlik xizmatlari va boshqa xizmatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma asosida ko‘rsatish;
ayrim vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil etish.
Davlat statistikasi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Davlat statistikasi organlari:
davlat statistikasi prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro standartlarga monand statistika uslubiyati birligini ta’minlashi;
Davlat statistika ishlari dasturlari bajarilishini ta’minlashi;
mamlakatni, uning mintaqalarini, iqtisodiyotning tarmoqlari va shu’balarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilish jarayoni ustidan davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etishi;
davlat statistika hisobotlarini yig‘ish ishini, uy xo‘jaliklarining statistika kuzatuvlarini ro‘yxatga olish, bir marotabalik hisobga olish, so‘rovlar, tanlanma monografik va boshqa xil kuzatuvlar o‘tkazilishini tashkil etishi va ta’minlashi;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari va tahliliy axborot bilan ta’minlashi;
jamlanma statistika ma’lumotlari e’lon qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning so‘rovlariga binoan shartnoma asosida taqdim etilishini ta’minlashi;
yakka tartibdagi statistika ma’lumotlarining maxfiyligini, davlat sirlari va yuridik shaxslarning tijorat sirlariga rioya etilishini, jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning egasi mavhumlashtirilishini ta’minlashi;
davlat statistikasi axborot tizimi davlatning boshqa axborot tizimlariga moslashuvchanligini hamda O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonida o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlashi;
xalqaro va mintaqalararo statistika qiyoslashlarini o‘tkazishi;
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini hamda davlat statistikasi uchun zarur bo‘lgan tasniflash tizimini yuritishi shart.
Davlat statistikasi organlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Statistika kengashi davlat statistikasi vakolatli organi huzuridagi davlat statistikasining rivojlantirilishi, faoliyat ko‘rsatishi va muvofiqlashtirilishi muammolari bo‘yicha kollegial maslahat organidir.
Statistika kengashi davlat statistikasining ayrim masalalarini ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyalari tayinlashi mumkin. Statistika kengashi va ekspert komissiyalarining yig‘ilishlariga ekspertlar taklif etilishi, yig‘ilishlarda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar vakillarining davlat statistikasi masalalari bo‘yicha axborotlari eshitilishi mumkin.
Statistika kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat statistikasi organlari Davlat statistikasi ishlari dasturini bajarishda davlat statistikasi organlariga ko‘maklashishi shart bo‘lgan boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar bilan statistika ishlarini hamkorlikda bajaradi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda bajaradi.
Davlat statistikasi organlari o‘zlarining vakolat doirasiga kiruvchi ayrim ishlarning boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar tomonidan bajarilishiga qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘l qo‘yadi.
Boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq davlat statistika kuzatuvlarini, shuningdek davlat statistikasi vakolatli organi bilan kelishilgan shakllarda idoraviy statistika kuzatuvlarini o‘tkazadi.
Idoraviy statistika kuzatuvlarining ma’lumotlari davlat statistikasi vakolatli organiga uning so‘roviga binoan taqdim etiladi.
Davlat statistika ishlari dasturi mamlakatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida statistika axborotini tayyorlash uchun aniq yo‘naltirilgan topshiriqlar hamda statistika ishlarini moliyalashtirish hajmlari qamrab olingan hujjatdir.
Davlat statistikasi vakolatli organi statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar talabini o‘rganish asosida ko‘p yillik Davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqadi, bu dasturda davlat statistikasining istiqbolga mo‘ljallangan maqsadlari va yo‘nalishlari belgilab beriladi.
Davlat statistika ishlari ko‘p yillik dasturini bajarish maqsadida davlat statistikasi vakolatli organi tomonidan davlat statistika ishlari yillik dasturi ishlab chiqilib, unda ishlarning bajarilish muddatlari, davlat statistika kuzatuvlari davriyligi va shakllari belgilab olinadi.
Davlat statistika ishlari dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat statistika kuzatuvlari iqtisodiyotda va jamiyatda sodir bo‘layotgan hodisalar hamda jarayonlar to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini muntazam ravishda yig‘ib borishdan iborat bo‘lib, ular birlamchi hisob hujjatlari asosida va bevosita kuzatuvlar yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Davlat statistika kuzatuvlarini o‘tkazish uslublari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat statistikasi vakolatli organi tomonidan belgilanadi.
Davlat statistika kuzatuvlarining shakllari statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, banklar, boshqa yuridik shaxslar (ularning vakolatxonalari va filiallari), jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun majburiydir.
Davlat statistikasi organlari davlat statistika kuzatuvlarini o‘tkazish uchun shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etishi mumkin.
Davlat statistika kuzatuvlari davlat statistikasi organlari tomonidan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar davlat statistika kuzatuvlari o‘tkazilayotganida qonunchilikka muvofiq xizmat binolari va yer uchastkalariga kirishni ta’minlashi shart.
Uy xo‘jaliklari so‘rovi davlat statistika kuzatuvlarining turlaridan biridir va u qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Idoraviy statistika kuzatuvlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat statistika organlari Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini, shuningdek to‘planadigan ma’lumotlar hisobga olinishini va ko‘rsatkichlar identifikatsiya qilinishini ta’minlaydigan statistika kuzatuvlari obyektlarining statistika registrlarini yuritadi.
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri axborot-ma’lumotnoma xususiyatidagi, vaqti-vaqti bilan yangilab turiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi avtomatlashtirilgan tizim bo‘lib, korxonalar va tashkilotlar yagona tasniflash tizimi asosida davlat hisobiga olinishi va identifikatsiya qilinishini ta’minlaydi.
Yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar registrini va axborot bazalarini yaratadigan va yuritadigan davlat organlari hamda ularning tasarrufidagi tashkilotlar davlat statistikasi organlariga Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini shakllantirish hamda uning dolzarbligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotni bepul beradi.
Statistika ma’lumotlari to‘liq, xolis, ishonchli bo‘lishi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, banklar, boshqa yuridik shaxslar (zarur hollarda ularning vakolatxonalari va filiallari), jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan davlat statistikasi vakolatli organi tasdiqlagan muddatlarda va davlat statistika kuzatuvlari shakllari bo‘yicha bepul taqdim etilishi kerak.
Davlat statistika kuzatuvlarining shakllari bo‘yicha statistika ma’lumotlari qonunchilikka muvofiq qog‘ozda yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tartibga soluvchi, qonunchilik bilan belgilangan normalar statistika hujjatlarini to‘ldirish (statistika ko‘rsatkichlari hisobi) uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Statistika ma’lumotlaridan davlat manfaatlarini ko‘zlab va ilmiy maqsadlarda, jamoatchilikni xabardor etish, bunday ma’lumotlardan foydalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun foydalaniladi.
Davlat statistikasi organlari yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olgan birlamchi statistika ma’lumotlari faqat jamlanma statistika ko‘rsatkichlarini tayyorlashda statistika maqsadlarida ishlatiladi hamda jamlanma holatda va egasi mavhumlashtirilgan tarzda e’lon qilinadi.
Tarkibida davlat siri va tijorat sirlari bo‘lgan statistika ma’lumotlari qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Davlat statistikasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Davlat statistika hisobotlarini buzib ko‘rsatganlik, statistika ma’lumotlarini yashirganlik va davlat statistikasi to‘g‘risidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzganlikda aybdor shaxslar qonunga muvofiq jinoiy, ma’muriy va boshqa yo‘sinda javobgar bo‘ladilar. | 31 | 14,404 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MONOPOLIST BIRLAShMALAR (KORXONALAR) DAVLAT REESTRIGA KIRITILGAN XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLAR TOMONIDAN IShLAB ChIQARILGAN MAHSULOTLAR (IShLAR, XIZMATLAR)GA ChEKLANGAN ShARTNOMAVIY NARXLAR YoKI RENTABELLIKNING ChEKLANGA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-sonli “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining 2003-yil 9-oktabrdagi yig‘ilish Bayonnomasiga asosan qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasining monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga cheklangan shartnomaviy narxlar yoki rentabellikning cheklangan darajalarini hamda tariflarni shakllantirish va qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlar va monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha Kengashi tomonidan 1995-yil 19-yanvarda 4/2-son bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish-texnik iste’molga mo‘ljallangan mahsulotlar, xalq iste’moli tovarlari va xizmatlarga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarni shakllantirish hamda qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom” (1995-yil 3-fevral, ro‘yxat raqami 123);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlar va monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha Kengashi tomonidan 1995-yil 19-yanvarda 4/2-son bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish-texnik iste’molga mo‘ljallangan mahsulotlar, xalq iste’moli tovarlari va xizmatlarga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarni shakllantirish hamda qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga 1995-yil 1 mayda 132-son bilan kiritilgan 1-son qo‘shimcha (1995-yil 24-may, ro‘yxat raqami 123-1);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlar va monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha Kengashi tomonidan 1995-yil 19-yanvarda 4/2-son bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish-texnik iste’molga mo‘ljallangan mahsulotlar, xalq iste’moli tovarlari va xizmatlarga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarni shakllantirish hamda qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga 1996-yil 4-aprelda 36/18-son bilan kiritilgan 2-son qo‘shimcha (1996-yil 2-may, ro‘yxat raqami 123-2);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlar va monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha Kengashi tomonidan 1995-yil 19-yanvarda 4/2-son bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish-texnik iste’molga mo‘ljallangan mahsulotlar, xalq iste’moli tovarlari va xizmatlarga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarni shakllantirish hamda qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga 1996-yil 24-aprelda 54/23-son bilan kiritilgan 3-son qo‘shimcha (1996-yil 12-may, ro‘yxat raqami 123-3);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1995-yil 7-iyulda 72-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning Davlat reyestriga kiritilgan korxonalarning monopol mahsulotlariga narxlar (rentabellikning cheklangan darajasi)ni deklaratsiyalashda moliya organlariga hujjatlarni taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi Uslubiy tavsiyalar.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 250 | 3,248 |
Qonunchilik | NHH loyihalari: uchuvchisiz uchish qurilmasi uchun javobgarlik | Yagona portalda “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisida kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan ruхsatsiz foydalanganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikni kiritishni koʻzda tutadi.
Havo hududidan, jumladan uchuvchisiz uchish apparatlari bilan ruхsatsiz foydalanganlik 100 dan 200 EKIHgacha jarima koʻrinishida ma’muriy javobgarlik yoki huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Agar mazkur huquqbuzarlik uning uchun ma’muriy undiruv qoʻllanilgandan keyin takroran sodir etilsa yoki badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, aybdor shaхs ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch oygacha qamoq koʻrinishida jinoiy javobgarlikka tortiladi. Oʻsha harakat odam oʻlimiga sabab boʻlsa, uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Odamlarning qurbon boʻlishi, halokat yuz berishi yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan harakat besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, 2015 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, sotish va foydalanish taqiqlangan.
Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz. | 62 | 1,510 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING BIR YILLIGI MUNOSABATI BILAN AVF ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning bir yilligi munosabati bilan mehr-shavqat va insonparvarlik qoidalariga amal qilib, qaror qilaman:
1. Birinchi marta qamoqqa hukm qilingan ayollar va balog‘atga yetmagan shaxslar og‘ir jinoyat, shuningdek, uyushgan jinoiy guruhlar tarkibida jinoyat sodir etmagan bo‘lsalar, jazodan ozod qilinsin.
2. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan jinoyatlari uchun 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boshqa fuqarolar jazodan ozod qilinsin.
3. Farmonning 1-moddasida sanab o‘tilgan shaxslarning jinoiy ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish to‘xtatilsin.
4. Mazkur Farmon e’lon qilingan kundan kuchga kiradi va 4 oy ichida ijro etilishi kerak. | 95 | 720 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida”gi QL-414-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida.
2. “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi (Rekruting faoliyati to‘g‘risida) QL-343-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-344-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida.
5. “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
6. “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-383-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish).
7. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-406-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
8. “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarning qabul qilinganligi va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-409-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
9. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-411-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
10. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-413-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida(birinchi o‘qish).
11. “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarning qabul qilinganligi va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-409-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
12. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-411-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
13. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida.
14. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
15. “Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-405-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). | 94 | 3,463 |
Qonunchilik | 1992 VA 1993 YILLAR HOSILIDAN PAXTA TOLASINI SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi va boshqa mahsulotlarni sotish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar uyushmalari tomonidan tovar ayirboshlash (barter) operatsiyalarini bajarishda paxta tolasidan nooqilona foydalanishning ko‘plab hollariga yo‘l qo‘yilmoqda. Tola ikkinchi darajali tovarlar va resurslarga almashtirish uchun jo‘natilmoqda, ayirboshlashning teng qiymatliligiga hamma vaqt ham rioya qilinmayapti. Bahosini pasaytirish kabi suiiste’molliklar va buning hisobiga pora olish hollari ko‘plab yuz bermoqda.
Paxta tolasini sotish ko‘pincha bir qancha vositachilar ishtirokida hamda tumanlar va viloyatlar hokimliklarining aralashuvi bilan amalga oshirilmoqda.
Bularning barchasi amalga oshirilayotgan barter bitishuvlarining samaradorligini pasaytirmoqda, respublika xalq xo‘jaligiga iqtisodiy zarar yetkazmoqda, xo‘jaliklarning mustaqilligini va tashabbusini bo‘g‘ib qo‘ymoqda.
Paxta tolasi resurslaridan oqilona foydalanish va uni MDH mamlakatlaridagi iste’molchilarga sotishda zarur tartib o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zshartnomasavdo” va “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmalari hukumatlararo bitimlar bo‘yicha barcha paxta tolasini sotishni, eksportga yetkazib berish va erkin almashtiriladigan valyutaga sotishdan tashqari, respublikaga eng zarur tovarlarni, birinchi navbatda oziq-ovqat va xomashyo keltirishni nazarda tutgan holda mutlaqo kliring asosida amalga oshirsinlar.
2. Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan barcha paxta tolasi Qopaqalpog‘icton respublika va viloyat uyushmalari orqali iste’molchilar bilan tuziladigan to‘g‘ridan- to‘g‘ri shartnomalar asosida asosan erkin almashtiriladigan valyutaga ular tomonidan mustaqil sotiladi. Qolganlari belgilangan tartibda oziq-ovqat va moddiy-texnika resurslariga almashtirilib faqat kliring asosida va barter shartlari bo‘yicha sotiladi, respublika iste’molchilari bundan mustasnodir.
3. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi (o‘rtoq Zikriyoyev), uning viloyat bo‘linmalari davlat resurslaridagi va xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasidan maqsadga muvofiq foydalanish ustidan qat’iy hisob-kitob va nazorat o‘rnatsinlar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasini sotishda ularning manfaatlari va huquqlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasinlar, paxta tolasi resurslarini o‘ta taqchil bo‘lmagan tovar-moddiy resurslarini respublikaga keltirishga jalb qilish hollarining oldini olsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi (o‘rtoq Zikriyoyev), “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi (o‘rtoq Sharipov), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (o‘rtoq Rustambekov), O‘rta Osiyo Temir yo‘l boshqarmasi (o‘rtoq Jeltouxov), “O‘zavtotrans” korporatsiyasi (o‘rtoq Axmetov), Bojxona qo‘mitasi (o‘rtoq Abdug‘aniyev) rahbarlari zimmasiga yuklatilsin. | 81 | 2,987 |
Qonunchilik | Muddatli harbiy хizmat oʻtayotganlar oliygohlarga kirishga tayyorlanadi | Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 yildagi 812-son «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.
Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini oshirish maqsadida Hukumat qator maqsad va vazifalarni belgilab berdi [1]:
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligiga 2 oy muddatda harbiy хizmatchilarning bilimlarini oshirish va mustahkamlash, mashgʻulotlar oʻtkazish uchun harbiy qism kutubхonalarini oʻquv adabiyotlari va elektron shakldagi qoʻllanmalar (audio va videoleksiyalar) bilan ta’minlash choralarini koʻrish topshirildi.
Harbiy qismlarda mashgʻulotlar olib borayotgan oʻqituvchilarga muayyan sharoitlar yaratilmoqda:
Ammo harbiy qismda hamda aholi punktidan 50 kilometrdan uzoqda joylashgan harbiy qismlarda masofaviy oʻqitish shaklida olib boriladigan mashgʻulotlar tegishli fanlar boʻyicha ishlab chiqilgan dasturlar asosida tayyorlangan audio va videoleksiyalar orqali tashkillapggiriladi.
Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarda harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhining namunaviy tarkibi aniqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 13.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Zumrad Niyazmetova,
advokat.
[1] Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarda harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish ishlarini tashkillapggirish boʻyicha ishchi guruхlarga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi, joylardagi harbiy qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari, serjantlar tayyorlash maktablari bilan birgalikda bir oy muddatda ishlab chiqish topshirilgan. | 71 | 2,549 |
Qonunchilik | Cuv, elektr va gaz uchun toʻlov muddati oʻtkazib yuborilsa – shu zahoti tarmoqdan uzib qoʻyadilar | 16.10.2018 yildagi OʻRQ–500-son Qonun bilan Uy-joy kodeksining 134-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Kodeks ilgari qabul qilingan qonunosti hujjatlarning normalarini oʻzida jamladi.
Birinchidan, suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari maishiy iste’molchilarining toʻlov muddatlari bilan bogʻliq ziddiyatlar bartaraf etildi. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 16.11.2017 yildagi PF–5241-son Farmoniga muvofiq, 2018 yil 1 yanvardan boshlab barcha guruh iste’molchilariga ushbu хizmatlar 100 foizlik oldindan haq toʻlash asosida koʻrsatilmoqda.
Biroq UJKning 134-moddasida boshqa meхanizm – toʻlovlarni oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay har oyda toʻlash nazarda tutilgan edi. Ya’ni qonunda haqiqatda iste’mol qilingan suv hajmi uchun (yoхud oʻtgan oy uchun normativ boʻyicha) keyin haq toʻlashga ruхsat berilgan edi. UJK va PF–5241-son Farmon oʻrtasidagi ziddiyat bartaraf etildi. 17.10.2018 yildan boshlab suv va kanalizatsiya uchun toʻliq oldindan haq toʻlash talab etiladi.
Suv resurslari iste’molini hisobga olish priborlariga ega boʻlgan maishiy iste’molchilar 100 foizlik oldindan haq toʻlashining aniq meхanizmi keyinroq belgilansa kerak.
Ikkinchidan, maishiy iste’molchilar ilk bor muddatni oʻtkazib yuborganlarida suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmas edi. UJKning 134-moddasida fuqarolarga qarzni qoplash uchun 3 oylik muddat berilgan edi. Aslida Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 70-bandi va Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 97-bandida bundan kam muddatlar (qariyb darhol) nazarda tutilgan edi. Qabul qilingan Qonunda belgilanishicha, 17.10.2018 yildan boshlab kommunal хizmatlar va Majburiy ijro byurosi 3 oylik muddat oʻtishini kutmasdan, maishiy iste’molchiga nisbatan toʻliq uzib qoʻyishgacha boʻlgan choralar koʻrishga haqli boʻladi.
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan, tuzatishlar 17.10.2018 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov. | 97 | 1,968 |
Qonunchilik | Qishloq хoʻjaligi teхnikasini ishlab chiqaruvchilarga bojхona imtiyozlari berildi | Prezidentning 1.02.2021 yildagi «Qishloq хoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida sogʻlom raqobat muhitini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4969-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq qishloq хoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida faoliyat yurituvchi mahalliy qishloq хoʻjaligi teхnikasini ishlab chiqaruvchilar:
Import qilinadigan ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlar roʻyхatlari va ularga tuzatishlar imtiyoz berilgan tashkilot tomonidan shakllantiriladi. Ular yuzasidan «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKning ijobiy хulosasi olingan taqdirda, import qiluvchi har qanday tashkilotlar roʻyхatda koʻrsatilgan tovarlarni belgilangan tartibda import qilish huquqiga ega boʻladi.
Import qilingan tovarlardan maqsadli foydalanish uchun import qilgan tashkilotlar rahbarlari shaхsan mas’ul hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.02.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 81 | 986 |
Qonunchilik | TEZ HAMDA ShOShILINCh TIBBIY YORDAM XIZMATLARINI SANITAR AVTOTRANSPORTI BILAN JIHOZLASh UChUN KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATINING GRANTIDAN SAMARALI FOYDALANIShNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining tez hamda shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini sanitar avtotransporti bilan jihozlash uchun berilayotgan Koreya Respublikasi Hukumatining grantidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga 2007-2008-yillar davrida umumiy summasi 2,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 100 dona sanitar avtotransporti yetkazib berish bo‘yicha grant ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
2. Belgilansinki, Koreya Respublikasi Hukumati granti doirasida beriladigan 100 dona sanitar avtotransporti ilovaga* muvofiq taqsimlangan holda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini jihozlashga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitar avtotransporti ilovaga muvofiq maqsadli taqsimlanishi hamda tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida tegishli ravishda foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimovga Koreya Respublikasi Hukumatni mazkur grantini olish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolash vakolati berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga grantni olish uchun zarur bo‘lgan barcha tartib-qoidalarni Koreya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish vazifasi yuklansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur loyihani amalga oshirish davrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida grant mablag‘lari hisobidan olib kelinadigan sanitar avtotransportini hududlarga yetkazib berish, shuningdek unga keyingi texnik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha sarf-xarajatlarni moliyalashtirishni nazarda tutsin.
6. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi grant doirasida yetkazib beriladigan sanitar avtotransportini temir yo‘l stansiyalarida yig‘imlar olmagan holda tushirish va saqlash ishlari amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. Grant doirasida olib kelinadigan sanitar avtotransporti bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatga olishda yig‘imlar va boj haqi to‘lashdan ozod etilsin.
Qonun hujjatlariga muvofiq, grant mablag‘lari hisobidan olib kelinadigan tovarlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan, aksiz solig‘i va import uchun boj haqi to‘lashdan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining talabnomalariga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihaning xorijiy ishtirokchilariga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek yashash joyida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. | 199 | 3,547 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYaT KODEKSINING 661-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda) 661-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OITS kasalligini tarqatish), 115-moddasida (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish), 138-moddasining birinchi qismida (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish), 148-moddasida (mehnat qilish huquqini buzish), 149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 192-moddasida (raqobatchini obro‘sizlantirish), 229-moddasida (o‘zboshimchalik), 256-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining birinchi qismida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining birinchi qismida (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining birinchi qismida (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 277-moddasining birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 90 | 4,856 |
Qonunchilik | MDH mamlakatlari bilan o‘zaro hisob-kitob masalalarini muvofiqlashtiruvchi sho‘ba tashkil etish to‘g‘risida | Hukumatlararo tuzilgan bitimlarning o‘z vaqtida ijro etilishi va xom ashyo, mahsulot hamda xalq iste’mol tovarlari yetkazib berish bo‘yicha MDH mamlakatlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni tashkil etish masalalarini tezkorlik bilan hal etish yuzasidan amaliy nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining Resurslar, moddiy-texnika ta’minoti va bitimlar bo‘limi tarkibida MDH mamlakatlari bilan o‘zaro hisob-kitob masalalarini muvofiqlashtiruvchi 4 kishidan iborat sho‘ba tuzilsin, shu jumladan:
2. Sho‘baga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin: MDH mamlakatlari bilan tuzilgan hukumatlararo bitimlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish; MDH mamlakatlari tomonidan o‘zaro yetkazib beriladigan mahsulotlar uchun hisob-kitoblarni tashkil etish masalalarini tezkorlik bilan hal etish; ko‘rsatib o‘tilgan masalalar yuzasidan joriy va umumlashtiruvchi axborotlarni tayyorlash.
3. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov yangi sho‘ba tashkil etilishini hisobga olib, bir hafta muddatda Resurslar, moddiy-texnika ta’minoti va bitimlar bo‘limi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin. | 107 | 1,146 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-t | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni hamda tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
qishloq tumanlari hokimliklari bilan birgalikda yirik qishloq fuqarolari yig‘inlarida (mahallalarda) aholini ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha turg‘un punktlarning joylashtirilishini belgilasin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Mehnatni normalashtirish va muhofaza qilish markazi hamda O‘zbekiston mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini o‘rganish respublika markazi negizida Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazini tashkil etsin va uning to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlarining xodimlariga hamda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qaroriga 9a, 10a, 11a va 12a-ilovalarda nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari:
bir oy muddatda ish o‘rinlari tashkil etish dasturlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritsinlar, ularda sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, birinchi navbatda, transport, aloqa, qurilish va qurilish industriyasi yirik korxonalarida, shuningdek kichik sanoat korxonalarida kasanachilikni rivojlantirishni nazarda tutsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi bandligini kengaytirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi topshiriqlarining bajarilishini yilning har choragida ko‘rib chiqsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin, shuningdek ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 66-moddasining 2 va 3-qismlariga muvofiq pensiya to‘lashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash tartibining 13-bandi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 40-modda):
a) 10-banddagi va 16-bandning ikkinchi xatboshidagi “mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 12-bandning uchinchi xatboshidagi “mehnat bo‘limlari” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda):
a) 5-bandning uchinchi xatboshidagi, 7-banddagi “mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limlari” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-band chiqarib tashlansin;
6. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatining Tuman va shahar hokimliklarining boshqarmalari va mustaqil bo‘limlari bo‘limida “mehnat bo‘limlari” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “2006 — 2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi 67-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 27-modda):
a) 1-ilovada:
3-bandning birinchi xatboshidagi “mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limi (keyingi o‘rinlarda mehnat organi deb ataladi)” so‘zlari “tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
31-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 35 va 36-bandlardagi, 38-bandning birinchi xatboshidagi “mehnat organida”, “mehnat organi”, “mehnat organining”, “mehnat organlari” so‘zlari tegishli ravishda “Bandlikka ko‘maklashish markazida”, “Bandlikka ko‘maklashish markazi”, “Bandlikka ko‘maklashish markazining”, “Bandlikka ko‘maklashish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 4-ilovada:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“__________ viloyati, __________ tumani (shahri) Bandlikka ko‘maklashish markazi nomidan direktor ____________________ (keyingi o‘rinlarda “Bandlikka ko‘maklashish markazi” deb yuritiladi”;
2.2.-banddagi “Mehnat bo‘limi” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
tomonlarning imzolari qismida “Mehnat bo‘limi” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 5-ilovada:
“Mehnat bo‘limi” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 6-ilovada:
“mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limi” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 8-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limi” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 13-fevraldagi 75-son qarorining 1-bandi va qarorga 1 — 3-ilovalar (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 11-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarorining 1-bandi va qarorga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 4-son, 21-modda). | 250 | 7,045 |
Qonunchilik | Haydovchilar malakasini oshirish – faqat tijoriy tashishlar uchun | Adliya vazirligi tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqdagi хabar idoraning «Huquqiy aхborot» telegram-kanalida paydo boʻldi.
Tariхiga nazar. Oʻtgan yil sentyabr oyida Vazirlar Mahkamasi yuridik shaхslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar joriy yil 1 yanvardan boshlab 2 yilda 1 marta majburiy malaka oshirishini joriy etishni nazarda tutadigan qarorni qabul qildi.
Korporativ transport haydovchilarini malakasini oshirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishning mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va ustav fondida kamida 51% ulush (aksiya) shu kompaniyaga tegishli boʻlgan tashkilotlarga taqdim etilgan.
Ishlab chiqilayotgan loyiha bilan joriy qilingan tartib oʻzgartiriladi:
1) haydovchilarni tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanish huquqi qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga beriladi;
2) хususan, davriy ravishda haydovchilik malakasini oshirish talabi faqat tijorat sifatida tashish bilan shugʻullanuvchi shaхslarga nisbatan qoldiriladi. | 65 | 1,221 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF–4848-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Eksport kontraktlarini “bir darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarorida:
a) 3-banddagi “davlat bojxona xizmatlari organlarida kontraktlarni hisobga qo‘yish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovada:
1-bandning birinchi xatboshidagi “davlat bojxona xizmatlari organlarida kontraktlarni hisobga qo‘yish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “davlat bojxona xizmatlari organlarida kontraktlarni hisobga qo‘yish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Ikkinchi bosqichda arizachi eksport uchun mo‘ljallangan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun davlat bojxona xizmati organlari xodimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kontrakt (shartnoma, bitim), tegishli vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja kontaktlari bundan mustasno;
yukning bojxona deklaratsiyasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish yo‘li bilan tovarlarni deklaratsiyalash hollari bundan mustasno;
tovarlarga ilova qilinadigan hujjatlar”;
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoniga 1, 2 va 4-ilovalarda nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilishga doir kontraktlarni hisobga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”;
v) Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada:
2-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “Eksport kontraktini hisobga qo‘yishni amalga oshiradi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bosqichning “Bajarish muddatlari” ustunidagi “Kun mobaynida” so‘zlari chiqarib tashlansin. | 250 | 2,462 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Budjet, bank va moliya masalalari qo‘mitasi, fraksiyalari hamda bloklarining takliflarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ma’qullansin hamda u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilsin. | 98 | 630 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda) 1851-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar) 2191-moddasining sanksiyasidagi “besh baravaridan o‘n baravarigacha” va “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” va “o‘n besh baravaridan ellik baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 3,385 |
Qonunchilik | Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risida | Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaa faoliyatini rivojlantirish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash borasida 10 dan ziyod qonun va 150 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilinib, sohada mustahkam huquqiy baza yaratildi.
Bugungi kunda yurtimizda 1991-yilga nisbatan ommaviy axborot vositalari qariyb 4-martaga, nashriyotlar 13 karra va matbaa korxonalari 12 barobarga ko‘payib, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati sezilarli darajada yaxshilandi.
Ayni vaqtda ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, bu tarmoqda miqdor ko‘rsatkichlarini sifat ko‘rsatkichlariga aylantirish, mamlakatimiz milliy media maydonida sog‘lom raqobat muhiti, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini shakllantirish, joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalari dolzarbligicha qolmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, matbuot va axborot sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va sohaga oid masalalarni hal etish vakolati berilgan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirmayotgani bois bozor munosabatlari sharoitida ommaviy axborot vositalariga uslubiy yordam ko‘rsatish, ularning ishini prinsipial jihatdan kuzatish, baholash, tahlil qilib borish, zarur hollarda qo‘llab-quvvatlash yoki iqtisodiy, huquqiy choralarni qo‘llash kabi amaliy mexanizmlarning ta’siri deyarli sezilmayapti.
Buning oqibatida ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar tomonidan o‘zining nizom talablariga to‘g‘ri kelmaydigan, milliy qadriyatlarimizga zid, g‘oyaviy hamda matbaa sifati past mahsulotlar ishlab chiqarish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish, noshirlik faoliyatini litsenziyalash hamda ularning faoliyatini monitoring qilish bo‘yicha tegishli talab va normativlar axborot bozorining bugungi holatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilmagan.
Bunday holatlarga nisbatan tegishli choralarni qo‘llash masalasida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining roli va ta’siri deyarli sezilmayapti.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi faoliyatini tubdan takomillashtirish, ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaachilikni yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot bozorini shakllantirish hamda axborot-kutubxona faoliyati borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida:
3. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini Agentlik tarkibiga o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi muassisligidagi “Tong yulduzi” va “Klass!” gazetalari hamda “Gulxan” va “G‘uncha” jurnallarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga to‘liq o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini tayyorlab, belgilangan tartibda kiritsin.
5. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 3-iyuldagi PF-3103-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 76 | 3,959 |
Qonunchilik | Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 17-dekabrdagi 107 va 2007-64-son qarori (ro‘yxat raqami 1750, 2007-yil 17-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 531-modda) bilan tasdiqlangan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 157 | 836 |
Qonunchilik | “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini moliyalashtirishga “Intesa San Paolo” bankining kreditini Italiyaning “SACE” davlat eksport-kredit agentligining sug‘urta qoplamasi ostida jalb qilish chora-tadbi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga muvofiq hamda tabiiy gaz iste’molining aniq hisob-kitobini yuritish va to‘lovlarning amalga oshirilishida shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “Hududgazta’minot” AJ tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyihasi) amalga oshirish doirasida “Intesa San Paolo” bankining (Italiya) 250,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditini Italiyaning “SACE” davlat eksport-kredit agentligining sug‘urta qoplamasi ostida jalb qilish to‘g‘risida kelishuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Hududgazta’minot” AJ tomonidan loyihani amalga oshirish doirasida “Intesa San Paolo” banki bilan 250,0 mln AQSh dollari miqdorida kredit shartnomasini 96 oy muddatda qaytarish sharti bilan 6-oylik Libor + yillik 1,30 foiz stavkada imzolanishi va “SACE” davlat eksport kredit agentligining sug‘urta qoplamasi uchun yigim to‘lovini “Intesa San Paolo” bankiga o‘z mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich to‘lab berilishi ma’qullansin.
3. “Intesa San Paolo” banki tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditni so‘ndirish, foiz va vositachilik to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Intesa San Paolo” bankiga “Hududgazta’minot” AJning majburiyatlari bo‘yicha kredit shartnomasi talablari asosida O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatini belgilangan tartibda bersin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan shakl bo‘yicha “Intesa San Paolo” bankiga taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.
6. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB loyihani amalga oshirishda “Hududgazta’minot” AJning tijorat asosida moliyaviy konsultanti etib belgilansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyiha uchun belgilangan qarz mablag‘ini joriy yilda jalb qilinishi kutilayotganligini inobatga olgan holda, loyihani Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan 2021-yilda yangi davlat tashqi qarzi jalb qilinadigan yangi investitsiya loyihalarining ro‘yxatiga kiritilishi ta’minlasin.
8. “Intesa San Paolo” banki tomonidan ajratilayotgan kredit bo‘yicha “Hududgazta’minot” AJ qarz oluvchi hisoblanib, “Intesa San Paolo” banki bilan kredit bitimini imzolasin.
9. Belgilansinki:
“Hududgazta’minot” AJ, “Intesa San Paolo” banki tomonidan ajratilayotgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Intesa San Paolo” banki tomonidan ajratilayotgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat qiluvchi organ hamda ushbu loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha mas’ul organ hisoblanadi;
“Intesa San Paolo” banki tomonidan ajratilayotgan kreditni qaytarish, foiz, boshlang‘ich bir martalik to‘lov, vositachilik haqi va kredit bo‘yicha agentlik komissiyasi va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq to‘lovlar, shuningdek, “SACE” eksport-kredit agentligining sug‘urta mukofoti “Hududgazta’minot” AJning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligi hamda energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin. | 250 | 4,013 |
Qonunchilik | “Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 18-sentabrdagi 92, 26/I, 2009-28-son qarori (ro‘yxat raqami 2021, 2009-yil 19-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 43-son, 462-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 9-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Imtiyozlarni qo‘llash uchun tijorat banklari davlat soliq xizmati organlariga hisobot yili yakuni bo‘yicha Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitoblarini taqdim qilish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga asosan Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi – Ma’lumotnomani taqdim qiladilar.”.
2. 1-ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. | 228 | 1,647 |
Qonunchilik | Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi bir oy muddatda:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Ushbu qaror 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlari ― yuridik shaxslarni (keyingi o‘rinlarda tijorat tashkilotlari deb ataladi) ixtiyoriy tugatish va tadbirkorlik subyektlari ― jismoniy shaxslar faoliyatini to‘xtatish tartibini belgilaydi.
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
moliya-xo‘jalik faoliyati ― tadbirkorlik subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, savdo va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni yuritish bilan bog‘liq faoliyati;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ― Davlat xizmatlari markazlari;
tugatish ― ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda davlat reyestri deb ataladi) tadbirkorlik subyektini tugatish to‘g‘risidagi yozuvlarni qayd etish;
to‘xtatish ― yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektining faoliyatini o‘z tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda to‘xtatishi;
tugatuvchi ― tijorat tashkiloti muassisi(lari) (qatnashchilari) yoki u(lar) tomonidan tayinlangan shaxs(lar) (tugatish komissiyasi). Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning faoliyatini to‘xtatish uchun belgilangan tartibda tayinlangan jismoniy shaxs ham tugatuvchining vakolatlaridan foydalanadi;
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) ― tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va vakolatli tashkilotlarning aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini ta’minlash tizimi.
3. Qonunchilik hujjatlarida ayrim tijorat tashkilotlarini tugatishning hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘xtatishning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha xususiyatlari belgilanishi mumkin.
4. Ushbu Nizomning qoidalari:
banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalarini;
shaharni tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari va ularga tenglashtirilgan tijorat tashkilotlarini;
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, ularning yuridik shaxs hisoblanadigan alohida bo‘linmalari (vakolatxonalari va filiallari), shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarini;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari bo‘lgan tijorat tashkilotlarini tugatishda qo‘llanmaydi.
5. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari), vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar (to‘liq va qisqartirilgan nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
tadbirkorlik subyektini tugatish sababi va mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.
6. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab tijorat tashkiloti ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi.
7. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning qaroriga (arizasiga) ko‘ra amalga oshiriladi.
8. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning davlat reyestriga tegishli yozuvlar qayd etilgandan keyin tijorat tashkiloti tugatilgan, tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs esa o‘z faoliyatini to‘xtatgan hisoblanadi.
9. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tugatishning, tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs esa to‘xtatishning istalgan bosqichida faoliyatini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Bunda, tadbirkorlik subyektining moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha boshlangan tekshiruv (taftish) belgilangan tartibda yakuniga yetkaziladi.
10. Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining boshqaruv organlari yoki jismoniy shaxs unga tijorat tashkiloti faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek,tijorat tashkilotining muhri, shtamplari (agar mavjud bo‘lsa)va boshqa mol-mulkini ro‘yxat bo‘yicha topshirishi shart.
11. Tugatuvchi:
a) ixtiyoriy tugatishni amalga oshiradi va tijorat tashkilotining kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) hamda boshqa tegishli shaxslar manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
b) tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlarining ijrosini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
v) ishonchnomasiz tijorat tashkiloti nomidan vakillik qiladi, tijorat tashkilotining moliyaviy, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
g) tijorat tashkilotining barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
d) ushbu Nizomda o‘z vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qiladi, shuningdek, muassislar (qatnashchilar) qaroriga ko‘ra berilgan taqdirda boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi;
12. Tugatuvchi vazifalarini bajarish tugatish komissiyasiga yuklangan taqdirda, tijorat tashkiloti faoliyatini boshqarishga oid barcha masalalar ovoz berish yo‘li bilan hal etiladi va tugatish komissiyasi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan taqdirda, tugatish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
13. Tugatish komissiyasi majlislarini o‘tkazishni uning raisi tashkil qiladi, rais ushbu Nizomda belgilangan funksiyalarning tugatish komissiyasi qarorlariga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi.
14. Tugatuvchining vakolatlari:
a) ixtiyoriy tugatish nihoyasiga yetganda ― tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli davlat reyestriga kiritilgan kunda;
b) tijorat tashkiloti faoliyati tiklanganda ― tugatish ishlari to‘xtatilganligi va tijorat tashkiloti faoliyati tiklanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda;
v) tadbirkorlik subyekti bankrot deb e’tirof etilganda ― tadbirkorlik subyekti bankrot deb e’tirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risida sud qarori qabul qilingan kunda;
g) yangi tugatuvchi tayinlanganda ― muassislar (qatnashchilar) tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kunda to‘xtatiladi. Ushbu holatda tijorat tashkilotining barcha hujjatlari, muhrlari, shtamplari (agar mavjud bo‘lsa) va boshqa mol-mulki yangidan tayinlangan tugatuvchiga ikki kun muddatda ro‘yxat bo‘yicha topshiriladi.
15. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan tijorat tashkilotlarini ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
16. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay:
a) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ― o‘zi kelgan holda yoki Internet jahon axborot tarmog‘i orqali ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
b) tijorat tashkilotining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisobvarag‘iga (keyingi o‘rinlarda asosiy hisobvarag‘i deb ataladi), xizmat ko‘rsatuvchi bankka va xorijiy valyutadagi mablag‘lari jamlanadigan bankka:
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qo‘yilgan kartochkalarning ikki nusxasini;
v) tijorat tashkilotining milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga, jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga ― ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani;
g) tijorat tashkilotining xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisobvaraqlariga, milliy valyutadagi asosiy hisobvarag‘i ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani jo‘natadi.
17. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tugatish to‘g‘risida qaror tushgandan so‘ng bir ish kuni ichida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) tijorat tashkiloti ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritadi hamda bu to‘g‘risida Tizim orqali quyidagi organlarni xabardor qiladi:
ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limini (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi);
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni;
avtotransport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ro‘yxatdan o‘tkaziladigan boshqa texnika vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
“Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “O‘zsuvta’minot” AJlarning hududiy tashkilotlari;
b) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy saytiga tijorat tashkiloti tugatilayotganligi to‘g‘risida barcha uchun erkin foydalanish imkoni bo‘lgan e’lon joylashtiradi, e’londa quyidagilar ko‘rsatiladi:
tijorat tashkilotining to‘liq va qisqartirilgan nomi (shuningdek, tijorat tashkilotining tugatishdan oldingi yil mobaynida o‘zgartirilgan barcha to‘liq va qisqartirilgan nomlari ko‘rsatiladi);
tijorat tashkilotining joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana va ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi va manzili);
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sanasi, raqami);
kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati, ushbu muddat ko‘rsatib o‘tilgan e’lon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Ushbu bandning “a” kichik bandi uchinchi ― yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan organlar tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida o‘zlarining ma’lumotlar bazasida tijorat tashkiloti to‘g‘risida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni Tizim orqali taqdim etadi.
18. Quyidagilar:
a) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
tijorat tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyati to‘xtatib qo‘yiladi;
yer solig‘i, yagona yer solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish to‘xtatiladi. Mol-mulkni, tayyor mahsulot qoldiqlarini va boshqa aktivlarni sotishda soliqlar va yig‘imlar amaldagi sotish narxlaridan kelib chiqqan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va to‘lanadi, ushbu xatboshida ko‘rsatilganlar bundan mustasno;
kreditorlar talablarini ta’minlash bo‘yicha ilgari ko‘rilgan barcha choralar bekor qilinadi;
tijorat tashkilotining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi;
mol-mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar tomonidan foydalanish uchun berishga sabab bo‘ladigan bitimlar faqat ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
barcha majburiyatlarni, shuningdek, muddati kechiktirilgan majburiy to‘lovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;
b) milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisobvarag‘iga va ikkilamchi depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab:
tijorat tashkilotining milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshirig‘iga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi;
2-son kartotekaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yiladi.
Tijorat tashkilotining milliy va xorijiy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari, jamg‘ariladigan hamda muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan ushbu hisobvaraqlar yopilib, hisobvaraqdagi milliy valyuta qoldiqlarini asosiy hisobvarag‘iga, xorijiy valyuta qoldiqlarini xorijiy valyutada ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.
19. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
b) tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
v) yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi;
g) tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.
20. Byuroning tuman (shahar) bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazgan organning bildirishnomasini olgan sanadan boshlab o‘n kundan kechiktirmay ish yuritishda ijro hujjati mavjudligini belgilangan tartibda aniqlaydi, unda tugatilayotgan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etadi. Tegishli ijro hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda ijro ishini tugallaydi va belgilangan tartibda tugatishni amalga oshirish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuboradi.
21. Tugatilayotgan tijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan Tizim orqali xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Tekshirishda tijorat tashkilotining oxirgi tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab (tijorat tashkilotini tekshirish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan bo‘lsa ― davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab) tijorat tashkilotini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davr mobaynidagi moliya-xo‘jalik faoliyati qamrab olinadi, biroq ushbu davr uch yildan oshmasligi zarur.
Tekshirish ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, tijorat tashkilotining soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi tugatuvchi taqdim etgan hisob-kitoblarga binoan aniqlanadi.
Tekshirish yakuniga ko‘ra soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi.
22. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach tugatuvchi davlat soliq xizmati organi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalarini, shuningdek, tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Oraliq tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi.
23. Tugatuvchi oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida tasdiqnomani olgan holda har qaysi kreditorlarni ularning talablari e’tirof etilganligi yoki rad qilinganligi, e’tirof etilgan talablar summasi haqida yozma (elektron) ravishda tasdiqnomani olgan holda xabardor qiladi.
24. Oraliq tugatish balansiga muvofiq u tasdiqlangan kundan boshlab tugatuvchi tomonidan kreditorlarga quyidagi navbat bo‘yicha pul summalarini to‘lash amalga oshiriladi:
birinchi navbatda ― fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari bo‘yicha pul to‘lovlariga doir talablarini, shuningdek, fuqarolarning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar uchun tijorat tashkiloti tegishli vaqtbay to‘lovlarni soqit qilish yo‘li bilan javob beradigan talablarini qondirish;
ikkinchi navbatda ― Davlat budjetiga va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar;
uchinchi navbatda ― boshqa kreditorlarning talablari.
25. Kreditorlarning garov (ipoteka) bilan ta’minlangan talablarini qondirish tijorat tashkilotining garovga qo‘yilgan mol-mulkini (garov predmetini) belgilangan tartibda sotishdan keyin tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘lar qoldig‘i kreditorlar talablarini Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan navbat bo‘yicha qondirish uchun yo‘naltiriladi.
Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, u holda talablarning qolgan qismi Nizomning 24-bandida belgilangan navbat bo‘yicha qondiriladi.
26. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda tugatuvchi tomonidan:
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi;
tijorat tashkiloti mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.
Muomaladagi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda qonunchilikka muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha buyum egasi huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
27. Savdoga qo‘yilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash summasida ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk etib qabul qilish taklif etiladi.
28. Garovga qo‘yilgan mulkni garov saqlovchiga mulk qilib berish “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga hamda “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi e’tirof etilgan talablarni to‘lash hisobiga qo‘shiladi, baholash summasi bilan talab miqdori o‘rtasida tijorat tashkiloti foydasiga hosil bo‘lgan tafovut besh ish kuni muddatida kreditor tomonidan to‘lanadi.
29. Kreditorlar talablarini qondirish muassislar (qatnashchilar) tomonidan tugatilayotgan tijorat tashkilotining bankdagi hisobvaraqlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
30. Kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda, tugatuvchi tijorat tashkilotini to‘lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi shart. Xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi va bundan keyingi tartibot bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Tugatuvchi:
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek, tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan keyin;
soliqlar va yig‘imlar, moliyaviy jarimalar summasi, shu jumladan, tekshirishlar yakunlari bo‘yicha hisoblangan summalar to‘langandan keyin;
tijorat tashkilotining mol-mulki mulkka egalik qilish yuzasidan buyumlar bo‘yicha huquqlarga yoki ushbu tijorat tashkilotiga nisbatan majburiyatlar bo‘yicha huquqlarga ega bo‘lgan muassislar (qatnashchilar) o‘rtasida taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.
32. Tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Tugatuvchi tugatilayotgan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuroga so‘rov yuboradi.
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi tijorat tashkilotining soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida xulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi.
Byuro tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud bo‘lmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga uch ish kuni mobaynida xabarnoma yuborishi shart.
33. Davlat soliq xizmati organi tomonidan taqdim etilgan tijorat tashkilotining soliqlar va yig‘imlardan qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasi, shuningdek, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida Byuroning xabarnomasi olingandan keyin tugatuvchi tijorat tashkilotining asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankka uni yopish to‘g‘risida murojaat qiladi. Bank bir ish kuni mobaynida tijorat tashkilotiga tegishli bo‘lgan hisobvaraqni yopadi va tugatuvchiga asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi.
Tijorat tashkilotining hisobvaraqlari xatlangan bo‘lsa, ularning yopilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda tugatuvchi 2-son kartoteka bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash (qaytarish) va xatlashni bekor qilish choralarini ko‘radi.
34. Tugatuvchi asosiy hisobvaraqi yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arxiviga tijorat tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.
35. Tugatuvchi tijorat tashkilotini davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
tijorat tashkilotining barcha hisobvaraqlari yopilganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi banklarning ma’lumotnomalari;
tijorat tashkilotining muhr va shtamplari (agar mavjud bo‘lsa);
vakolatli organ tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (agar mavjud bo‘lsa);
tijorat tashkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bundan mustasno).
36. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ushbu Nizomning 35-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 32 — 34-bandlari ijrosi ta’minlanganligini Tizim orqali tekshiradi hamda davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi.
Nizomning 32 — 34-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar Tizimda mavjud bo‘lmasa yoki 35-banddagi hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat reyestriga yozuvlar kiritishni rad etadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi. Davlat reyestriga kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa) qaytariladi.
37. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida:
tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini Tizim orqali xabardor qiladi;
tugatilgan tijorat tashkilotining muhr va shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa) belgilangan tartibda yo‘q qilish choralarini ko‘radi;
tijorat tashkilotiga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ularni bergan organlarga topshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining tijorat tashkiloti joylashgan joydagi filialini tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
38. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.
Ko‘rsatilgan muddat o‘tgunga qadar ushbu Nizomning 35-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga to‘liq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish to‘xtatilganligi to‘g‘risida Tizim orqali xabar beradi hamda yopilgan bank hisobvaraqlari qayta tiklanadi.
39. Ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 38-bandida ko‘rsatilgan muddatda tugallanmaganda, shuningdek, ixtiyoriy tugatish va tijorat tashkiloti faoliyatini tiklash tartiboti to‘xtatilganda ushbu Nizomning 18-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshida belgilangan imtiyozlar qo‘llanmaydi hamda barcha tegishli to‘lovlar ularni hisoblab yozish to‘xtatib qo‘yilgan davr uchun to‘liq hajmda undiriladi.
40. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish:
soliqlar va yig‘imlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ― ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda;
qat’iy belgilangan soliqlarni to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ushbu bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
41. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa);
barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);
agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risidagi tijorat bankining ma’lumotnomasi.
42. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ faoliyatni ixtiyoriy to‘xtatish to‘g‘risida ariza tushganidan so‘ng bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali uning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi yo‘qligini, shuningdek, tijorat bankida hisobvaraq ochmaganligini (hisobvaraq ochilmagan deb ko‘rsatilgan bo‘lsa) tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi. Bunda davlat soliq xizmati organi so‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga xabarnoma yuboradi.
43. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ quyidagi hujjatlar tushganidan keyin bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritadi:
ushbu Nizomning 41-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining ushbu Nizomning 42-bandida nazarda tutilgan xabarnomasi.
44. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsga (vakiliga) beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi.
45. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuv davlat reyestriga kiritilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kunida:
davlat soliq xizmati organini tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida Tizim orqali xabardor qiladi;
faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsning muhr va shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa) yo‘q qiladi;
litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ularni bergan organlarga yuboradi.
46. Tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyatining to‘xtatilishi jismoniy shaxsni kreditorlar oldidagi uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlaridan ozod qilmaydi.
47. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari), tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs, tugatuvchi o‘zlari tayyorlagan, ro‘yxatdan o‘tkazgan organga va davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan hujjatlarning to‘g‘riligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradilar.
48. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga) yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Ushbu Nizom moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni (keyingi o‘rinlarda tijorat tashkiloti deb ataladi) Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan (keyingi o‘rinlarda davlat reyestri deb ataladi) chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
moliya-xo‘jalik faoliyati — tijorat tashkilotining mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, savdo va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni yuritish bilan bog‘liq faoliyati;
harakatsiz holatga o‘tkazish — moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish choralari ko‘rilmaganda, ularni davlat reyestridan chiqarishga qadar qo‘llaniladigan chora;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ — Davlat xizmatlari markazlari;
tugatish — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat reyestriga tijorat tashkilotini tugatish to‘g‘risidagi yozuvlarni qayd etish;
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va vakolatli tashkilotlarning aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini ta’minlovchi tizim.
3. Ushbu Nizomning qoidalari:
banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalarini;
shaharni tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari va ularga tenglashtirilgan tijorat tashkilotlarini;
davlat organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan, ularning yuridik shaxslari hisoblanadigan alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari bo‘lgan tijorat tashkilotlarini tugatishda qo‘llanmaydi.
4. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini davlat reyestridan chiqarish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
5. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyatini harakatsiz holatga o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushmaganligi;
to‘qqiz oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi.
6. Tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha pul mablag‘lari tushmaganda tijorat banklari uch ish kuni ichida u hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ma’lumot taqdim etadi.
7. Davlat soliq xizmati organi tijorat banklaridan ma’lumot tushgach va (yoki) hisobot topshirish muddati tugagach uch ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 5-bandi talablari bo‘yicha tijorat tashkilotlari to‘g‘risida Tizim orqali quyidagi idora va tashkilotlarni:
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat statistika organlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limini (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi);
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni;
avtotransport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ro‘yxatdan o‘tkaziladigan boshqa texnika vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qiladi.
Ushbu bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan idora va tashkilotlar tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida o‘zlarining ma’lumotlar bazalarida tijorat tashkiloti to‘g‘risida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni Tizim orqali taqdim etadi.
8. Davlat soliq xizmati organi ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar bo‘yicha:
a) quyidagilarni:
tijorat tashkiloti haqiqatda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligini;
mol-mulki mavjudligini;
yuridik va faoliyat ko‘rsatish manzilida mavjudligini;
tijorat tashkilotining barcha qarzdorliklari (2-son kartotekasi) tahlilini;
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi mavjudligini;
b) muassislarining (qatnashchilarining) turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb qilish choralarini ko‘radi;
v) moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari muassislariga (qatnashchilariga) tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishni taklif etadi. Tijorat tashkiloti o‘n ish kunida ixtiyoriy tugatishga kirishmagan, tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
g) tijorat tashkilotining muhri, shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa), davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek, mavjud bo‘lsa tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani tijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazgan organga topshirtirish choralarini ko‘radi;
d) yig‘ilgan va mavjud ma’lumotlar asosida tijorat tashkilotining faoliyatini kameral soliq tekshiruvidan o‘tkazadi.
9. Tijorat tashkilotining soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorliklari aniqlanmagan, mol-mulki mavjud bo‘lmagan, tijorat tashkiloti muassislarini (qatnashchilarini), ularning vakillari va rahbarini tugatish jarayoniga jalb etish imkoni bo‘lmaganda, davlat soliq xizmati organlari Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘n ish kunida tijorat tashkilotini harakatsiz holatga o‘tkazish to‘g‘risida taqdimnoma yuboradi.
10. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kunida:
davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasiga asosan tijorat tashkilotini harakatsiz holatga o‘tkazadi, bu haqida davlat reyestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritadi;
tijorat tashkilotining harakatsiz holatga o‘tkazilganligi to‘g‘risida o‘zining rasmiy saytida e’lonni joylashtiradi;
tijorat tashkilotining muassislariga (qatnashchilariga) Tizimda tijorat tashkilotining harakatsiz holatga o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
11. Tijorat banklari harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkilotlarining hisobvaraqlarini bir ish kunida yopib, pul mablag‘larini harakatsiz depozit hisobvaraqlariga o‘tkazadi.
Harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkilotlariga kelib tushgan mablag‘lar ularning harakatsiz depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Ushbu tijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga qo‘yilgan talablar harakatsiz depozit hisobvaraqlaridan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
12. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar va o‘rganishlar natijasida soliq qarzdorliklari aniqlangan taqdirda,ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralari ko‘riladi.
Soliqlar bo‘yicha qarzdorliklari undirilgan tijorat tashkilotlari bo‘yicha ish yuritish ushbu Nizomning 9-bandi asosida davom ettiriladi.
13. Tijorat tashkilotining debitorlik-kreditorlik qarzdorliklarini undirish manfaatdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
131. Tijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar toifasiga o‘tkazilgandan keyin davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq hisobotlarini qabul qilish to‘xtatiladi.
14. Harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkiloti faoliyati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan quyidagi holatlarda:
tijorat tashkilotining muassisi(lari), uning qonuniy vakillari yoki vorisi uch yilda tijorat tashkiloti faoliyatini davom ettirish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qilgan taqdirda — muassisi(lar), qonuniy vakil yoki vorislarning qaroriga asosan;
tijorat tashkiloti sud yoki ijro ishi yuritish jarayoniga da’vogar yoxud javobgar sifatida e’tirof etilgan yoki unga nisbatan bankrotlik ishi qo‘zg‘atilgan taqdirda, qayta tiklanadi.
Bunda tijorat tashkiloti yangidan tashkil etilgan deb hisoblanmaydi, uning faoliyati qayta tiklanganligi to‘g‘risida davlat reyestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritiladi.
15. Harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkilotini javobgar yoki da’vogar sifatida e’tirof etgan organ (mansabdor shaxs) bu haqida uch ish kunida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilishi shart.
16. Tijorat tashkilotlari harakatsiz holatida saqlanishiga uch yil to‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ:
harakatsiz holatiga o‘tkazilgan tijorat tashkilotlari faoliyati tiklanmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch ish kunida davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqida davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi;
tijorat tashkilotining muhri, shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa), davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek, mavjud bo‘lsa tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qiladi. Agar ularni topish imkoni mavjud bo‘lmasa, uch ish kunida bekor qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga olish organi saytida e’lon beriladi.
Davlat reyestriga tugatish haqida yozib qo‘yilgandan so‘ng tijorat tashkilotini tugatish yakunlangan, tijorat tashkiloti esa mavjud emas deb hisoblanadi.
17. Davlat reyestridan chiqarilgan tijorat tashkilotining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lar tijorat banklari tomonidan besh ish kunida tijorat tashkilotlarining pul mablag‘larini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarida jamlaydi va hisobvaraq ochilgan bank joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga tegishli tijorat banki tomonidan o‘tkaziladi.
18. Harakatsiz holatda turgan tijorat tashkiloti davlat reyestridan chiqarilgandan so‘ng uning soliq va yig‘imlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalari mahalliy budjetlarning daromadi hisoblanadi.
19. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari), tadbirkorlik subyekti, tugatuvchi o‘zlari tayyorlagan, ro‘yxatdan o‘tkazgan organga va davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan hujjatlarning to‘g‘riligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.
20. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga) yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida” 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (“O‘zbekiston Respublikasi HT”, 1999-y., 7-son, 35-modda.).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda) 1-ilovaning 23-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori)” 2007-yil 6-iyundagi 109-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 23-son, 237-modda) ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 52-son, 523-modda) 3-ilovaning 1-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 44-son, 507-modda) 1-ilovaning 12-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son Qonuni)” 2012-yil 19-iyuldagi 225-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 29-son, 339-modda) ilovaning 1-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 4-yanvardagi 1-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 25-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori)” 2015-yil 2-martdagi 40-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 100-modda) ilovaning 2-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2017-yil 18-maydagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 20-son, 372-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 37-son, 990-modda) ilovaning 10-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni)” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi. | 250 | 44,557 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING MAHALLIY HOKIMIYAT VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATINI KUChAYTIRIShGA KO‘MAKLAShUVChI KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDA | Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlik qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari vakolatlarini ro‘yobga chiqarishda ularga amaliy va uslubiy yordam berish, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samarali tashkil etilishi uchun mas’uliyatini oshirish maqsadida hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi 17 nafar senatordan iborat tarkibda tuzilsin (1-ilova).
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (2-ilova).
3. Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga mo‘ljallangan harakat dasturi tasdiqlansin (3-ilova).
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturining amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan ish rejasini ishlab chiqsin va uni ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tasdig‘iga kiritsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining rahbarlari joylarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar tuzsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini so‘zsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’ulligi to‘g‘risida”gi 624–I-sonli Qarorining ijro etilishi haqida”gi 709–I-sonli Qarorining bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu Qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga ijro uchun yuborilsin.
8. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritilsin.
9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi (S. Safoyev) zimmasiga yuklatilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasini (bundan buyon matnda Senat Komissiyasi deb yuritiladi) tuzishning maqsadi va vazifalarini, Senat Komissiyasining vakolatlarini, Senat Komissiyasining faoliyatini tashkil etish hamda Senat Komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deb yuritiladi) bilan hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. Senat Komissiyasini tuzishdan maqsad mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari vakolatlarini ro‘yobga chiqarishda ularga amaliy va uslubiy yordam berishdan, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samarali tashkil etilishi uchun mas’uliyatini oshirishdan iboratdir.
3. Senat Komissiyasi Senatning a’zolari orasidan Senatning vakolat muddatiga tuziladi. Senat Komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, Senat, Senat Kengashi qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Senat Komissiyasi o‘z vakolatlari doirasida:
1) o‘z tashabbusi bilan yoki Senat, Senat Kengashi qarori asosida yoxud Senat Raisining topshirig‘iga muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan Senat, Senat Kengashi qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi;
2) Senat Komissiyasining faoliyatiga doir masalalarni Senatning yalpi majlislari kun tartibiga kiritish haqida Senat Kengashiga takliflar kiritadi;
3) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini monitoring qilish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar vakillarini va mutaxassislarni jalb etadi;
4) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari faoliyatini tizimli ravishda monitoring qilib boradi va shu maqsadda mahalliy hokimiyat vakillik organlaridan, davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, statistik hamda boshqa ma’lumotlarni so‘rab oladi;
5) o‘z majlislarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyati to‘g‘risidagi, 2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini hamda boshqa davlat dasturlarini amalga oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishtiroki haqidagi axborotini tinglaydi;
6) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida tuziladigan Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar (bundan buyon matnda Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtiradi, ushbu ishchi guruhlarning faoliyati haqidagi axborotni muntazam o‘z majlislarida eshitib boradi;
7) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan ularning o‘zaro hamkorligini yaxshilash hamda Senat qo‘mitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari bilan hamkorlik qilish mexanizmining samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
8) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatiga doir uslubiy qo‘llanmalar va boshqa materiallar tayyorlaydi;
9) xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining rahbarlari bilan birgalikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan konferensiyalar, davra suhbatlari, seminar-treninglar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etadi hamda ularni bu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtiradi;
10) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari ishining samaradorligini ta’minlash uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
11) Senat Kengashi majlislarida yoki Senatning yalpi majlislarida o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot beradi;
12) Senat Komissiyasining ish rejasini ishlab chiqadi va Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarning ish rejasi o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qiladi.
5. Senat Komissiyasi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Senat Komissiyasining raisi, uning o‘rinbosari, kotibi va a’zolaridan iborat bo‘ladi.
6. Senat Komissiyasining raisi:
Senat Komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Senat Komissiyasining majlislarini chaqiradi va olib boradi;
Senat Komissiyasining qarorlarini imzolaydi;
Senat Komissiyasi a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
7. Senat Komissiyasi raisining o‘rinbosari Senat Komissiyasining raisi yo‘qligida uning vazifasini bajaradi, Senat Komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
8. Senat Komissiyasining kotibi Senat Komissiyasi faoliyatining samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi, Senat Komissiyasi majlislarining bayonnomalarini va ish yurituvini olib boradi.
9. Senat Komissiyasining a’zolari ayni bir vaqtda Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarning rahbarlari hisoblanadilar.
Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining deputatlari hamda tegishli hududda joylashgan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining bir nafardan deputati kiritiladi. Mazkur ishchi guruhlar tarkibiga, shuningdek boshqa davlat organlari, tashkilotlar, ilmiy muassasalarning vakillari va mutaxassislar kiritilishi mumkin.
Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarning tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalarida tasdiqlanadi.
Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarning faoliyat tartibi Senat Komissiyasi tomonidan belgilanadi. Ushbu ishchi guruhlar faoliyatining tashkiliy jihatdan ta’minlanishi uchun javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining rahbarlariga yuklatiladi.
10. Senat Komissiyasining raisi, uning o‘rinbosari, kotibi va a’zolari o‘z vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
11. Senat Komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Senat Komissiyasining majlislari Senat Komissiyasining raisi, u yo‘qligida esa rais o‘rinbosari tomonidan chaqiriladi.
12. Senat Komissiyasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalar Senat Komissiyasining raisi, uning o‘rinbosari va a’zolari tomonidan kiritiladi.
Senat Komissiyasining majlislari, agar ularda Senat Komissiyasi a’zolarining kamida yarmi ishtirok etgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Senat Komissiyasining majlislarini Senat Komissiyasining raisi, u yo‘qligida esa o‘rinbosari olib boradi.
Senat Komissiyasining majlislari ochiq, oshkora o‘tkaziladi. Majlislarga davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi mumkin. Zarurat bo‘lganda, Senat Komissiyasi yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
13. Senat Komissiyasining barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadilar, Senat Komissiyasining har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi.
14. Senat Komissiyasining majlisida bayonnoma yuritilib, u Senat Komissiyasining raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
15. Senat Komissiyasi o‘z vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Senat Komissiyasining qarorlari uning majlisida ishtirok etayotgan Senat Komissiyasi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Senat Komissiyasining tegishli organ va tashkilotlarga yuboriladigan qarorlari ular tomonidan ko‘rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko‘rilgan choralar haqida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, bir oylik muddatdan kechiktirmasdan xabar qilinishi kerak.
16. Senat Komissiyasining a’zolari uning majlislarida hozir bo‘lishlari shart. Senat Komissiyasining a’zolari Senat Komissiyasining majlisida ishtirok eta olmasliklari haqida Senat Komissiyasining raisini yoki kotibini oldindan xabardor qiladilar.
17. Senat Komissiyasi tarkibiga hamda ushbu Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar Senat Kengashining qarori bilan kiritiladi. | 153 | 12,517 |
Qonunchilik | Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | “Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yuridik shaxslar tomonidan qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berishga doir talablar va shartlarni, shuningdek, ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish hamda ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarning qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Jismoniy shaxslarga qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berishga doir talablar va shartlarni, shuningdek, ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish hamda ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
ushbu qaror qabul qilinguniga qadar qurol muomalasi sohasidagi harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar ularning amal qilish muddati tugagunicha haqiqiy hisoblanadi;
ushbu qaror kuchga kirganidan keyin uch oy ichida “Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslardagi mavjud pnevmatik qurollar ichki ishlar organlarida ro‘yxatga qo‘yiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
ushbu qarorning maqsadi, mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilishini hamda amalga oshirilishini ta’minlasin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish, qurolni va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — yuridik shaxslar) qurol va uning o‘q-dorilarining, shuningdek, o‘qotar qurolning asosiy qismlari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ariza beruvchi — qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olish uchun hujjatlarni taqdim etuvchi yuridik shaxs;
kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilari — kolleksiyalash obyektlari hisoblangan o‘qotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning o‘q-dorilari;
ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilari — ko‘rgazma obyektlari hisoblangan o‘qotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning o‘q-dorilari;
qurolxona — qurol va uning o‘q-dorilarini saqlashga mo‘ljallangan, texnik jihatdan mustahkamlangan, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi hamda qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari va jismoniy himoyaning boshqa vositalari bilan maxsus jihozlangan alohida inshoot (ombor, xona);
tir — sport musobaqalarini, o‘quv-mashq yig‘inlari va o‘quv o‘q otish mashqlarini o‘tkazishga, qurolni tekshirishga, shuningdek, ko‘ngilochar maqsadlarda fuqaroviy va xizmat o‘qotar qurolidan, og‘iz qismidagi quvvati 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov qurolidan, og‘iz qismidagi quvvati 3 jouldan yuqori bo‘lgan pnevmatik sport qurolidan, sport uloqtirish qurolidan harakatlanmaydigan hamda harakatlanuvchi nishonlarga qarata o‘q otish uchun maxsus mo‘ljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti;
o‘q otish stendi — sport musobaqalari va o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazishga, shuningdek ko‘ngilochar maqsadlarda silliq stvolli o‘qotar ov va silliq stvolli o‘qotar sport qurolidan uchar nishonlarga qarata o‘q otish uchun maxsus mo‘ljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti;
o‘q otish maydoni — bir necha tir va (yoki) o‘q otish stendlaridan tashkil topgan majmua.
3. Quyidagi ruxsatnomalar yuridik shaxslarga qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi:
a) fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini olishga doir;
b) fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishga doir;
v) fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini saqlashga doir;
g) fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini tashishga doir;
d) qurol va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalashga doir;
e) qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishga doir;
j) fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir;
z) fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir;
i) fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir.
4. Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnomalar berish, berishni rad etish, ruxsatnomalarning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish hamda ularni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha qabul qilinadi.
Ushbu Nizom 3-bandining “a” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ruxsatnomalar qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash joyi joylashgan hudud bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati “Uzbekistan airways technics” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida joylashgan idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati bo‘linmalariga, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatining “I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z tarkibida ornitologiya xizmatiga ega bo‘lgan ruxsat berish va obyekt ichki rejimini nazorat qilish otryadlariga nisbatan), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari tomonidan beriladi.
Ushbu Nizom 3-bandining “j”, “z” va “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti jamoat tartibini saqlash xizmati tomonidan beriladi.
5. Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasidagi ruxsatnomalar ushbu Nizomga 2 — 8-ilovalardagi shakllarga muvofiq beriladi hamda yuridik shaxslar tomonidan quyidagi harakatlarni bajarish va (yoki) quyidagi faoliyatni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi:
fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini olish bo‘yicha;
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha;
fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini qurolxonada saqlash bo‘yicha;
fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini tirlar, o‘q otish stendlari va o‘q otish maydonlarida (keyingi o‘rinlarda — o‘q otish obyektlari) saqlash bo‘yicha;
fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini vakolatli organlar ro‘yxatga olgan joyda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududi doirasidan tashqarida tashish bo‘yicha;
qurol va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalash bo‘yicha;
qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish bo‘yicha;
fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish bo‘yicha;
sport quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini qaytib olib chiqib ketish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish va O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash bo‘yicha;
fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish bo‘yicha;
sport quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini qayta olib kirish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish bo‘yicha;
fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish bo‘yicha.
6. Quyidagilar vakolatli organlarning ruxsatnomalarisiz amalga oshiriladi:
a) og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan kam va kalibri 4,5 millimetrgacha bo‘lgan pnevmatik ov quroli hamda og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan kam bo‘lgan pnevmatik sport quroli, shuningdek, ko‘rsatilgan qurolning o‘q-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish;
b) quyidagilarni olish va saqlash:
signal beruvchi qurolni va tig‘li sovuq ov qurolini — maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar va ovchilik sohasida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar tomonidan;
signal beruvchi qurolni, tig‘li sovuq ov qurolini hamda tig‘li sovuq va uloqtirish sport qurolini — fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan;
tig‘li sovuq va uloqtirish sport qurolini — otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan;
v) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish — fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan;
g) quyidagilarni tashish:
vakolatli organlarda ro‘yxatga olingan qurol va uning o‘q-dorilarini — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududi doirasida, mazkur qurol va uning o‘q-dorilarini vakolatli organlar ro‘yxatga olgan joyda;
vakolatli organda ro‘yxatga olinmaydigan qurol va uning o‘q-dorilarini — signal beruvchi qurolni, tig‘li sovuq ov qurolini, tig‘li sovuq va uloqtirish sport qurolini, og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan kam va kalibri 4,5 millimetrgacha bo‘lgan pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini, og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan kam bo‘lgan pnevmatik sport qurolini hamda uning o‘q-dorilarini;
d) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish hududlarida joylashgan xonalar, savdo zallarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish.
Jo‘natuvchilari yoki oluvchilari chet el davlatlarining Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining, chegara xizmatlari, xavfsizlik organlari va boshqa harbiylashtirilgan davlat tuzilmalari bo‘lgan fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli hamda uning o‘q-dorilarini tranzit qilish maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Quyidagilar qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berishga doir talablar va shartlar hisoblanadi:
a) fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonun va normativ hujjatlarga, yong‘inga qarshi, ekologiya, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini ta’minlash;
b) qurol va uning o‘q-dorilarining but saqlanishini, saqlashda ularning xavfsizligini va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgandan so‘ng ularni qurolxonaga joylashtirish, shuningdek, qurol va uning o‘q-dorilaridan begona shaxslar foydalanishini istisno etishga qaratilgan rejim va boshqa choralarni ko‘rish;
v) quyidagilar muomalasi sohasida harakatlarni bajarishga va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik:
“Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari;
shikastlovchi ta’siri radioaktiv nurlanish, kimyoviy va biologik (bakteriologik) omillardan foydalanishga yoki elektromagnit, nur, issiqlik, infratovush, ultratovush nurlanishdan foydalanishga asoslangan kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli hamda uning o‘q-dorilari;
g) ruxsatnomada ko‘rsatilgan qurol va uning o‘q-dorilari doirasida, shuningdek, ruxsatnomada ko‘rsatilgan qurol va uning o‘q-dorilariga nisbatan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish;
d) qurolning individual (turi, xili, modeli, zavod seriyasi va raqami, chiqarilgan yili), uning o‘q-dorilarining esa jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori bo‘yicha) hisobini yuritish, ularning mavjudligini, kirim-chiqimi hamda foydalanish uchun berish-qabul qilib olishni nazorat qilib borish, shuningdek, hisobga olish hujjatlarini o‘n yil mobaynida saqlash;
e) qurol va uning o‘q-dorilari sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bog‘liq ishlarga jalb etilayotgan xodimlar orasida quyidagi shaxslar bo‘lmasligini ta’minlash:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar;
doimiy yashash joyiga ega bo‘lmaganlar;
“Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi to‘qqizinchi qismining uchinchi, beshinchi, oltinchi, sakkizinchi —– o‘n birinchi xatboshilarida belgilangan asoslar mavjud bo‘lganlar;
j) yuridik shaxsning buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklangan xodimlarni belgilash:
ruxsatnomada ko‘rsatilgan tegishli (saqlash, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yish) faoliyat turini amalga oshirishda qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishi, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobga olinishini ta’minlash bo‘yicha;
ruxsatnomada ko‘rsatilgan tegishli (olish, realizatsiya qilish, avtomobil transportida tashish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish) harakatni bajarishda qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishini ta’minlash bo‘yicha;
z) qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bog‘liq ishlarga jalb etilgan xodimlarning qurolga egalik qilishiga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligiga qaratilgan tibbiy tekshiruvdan muntazam ravishda (yiliga bir marta) o‘tkazishni tashkil etish;
i) hisobot yilidan keyingi yilning birinchi oyi o‘ninchi sanasidan kechiktirmay qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bog‘liq ishlarga jalb etilgan, shuningdek qo‘riqlash (xavfsizlik) xizmati (mavjud bo‘lsa) xodimlarining ro‘yxatini vakolatli organga taqdim etish;
k) qurol va uning o‘q-dorilarini olish, saqlash, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida o‘ttiz ish kunidan oldin, qurol va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish, tashish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnomalar muddatini uzaytirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni esa ularning muddati tugashidan kamida o‘n ish kunidan oldin vakolatli organga taqdim etish;
l) vakolatli organ yoki sudning ruxsatnomaning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qarori olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnomalarni vakolatli organga qaytarish;
m) qurol to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun vakolatli organlar xodimlarining qurol va uning o‘q-dorilari saqlanadigan obyektlar hududiga hamda joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini ta’minlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish.
8. Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida aniq harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda ruxsat berishga doir qo‘shimcha talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
a) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning o‘q-dorilarini olish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning o‘q-dorilarini faqat fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar orqali olish;
qurol va uning o‘q-dorilari olingandan so‘ng o‘n kun muddatda ularni saqlash, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomalarni rasmiylashtirish (qurol va uning o‘q-dorilarini ro‘yxatdan o‘tkazish) uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni vakolatli organga taqdim etish;
b) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning o‘q-dorilarini fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilish;
qurol va uning o‘q-dorilari realizatsiya qilingandan so‘ng o‘n kun muddatda ularni saqlash, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomaga o‘zgartirishlar kiritish uchun tegishli hujjatlarni (qisman realizatsiya qilinganda), shuningdek, qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomaning aslini (to‘liq realizatsiya qilinganda) vakolatli organga taqdim etish;
v) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini qurolxonada saqlash bo‘yicha:
fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini, portlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash talablarga muvofiq egalik yoki boshqa huquq asosida yuridik shaxsga tegishli moddiy-texnik bazaning (maxsus jihozlangan bino, inshoot, xona, qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari, yong‘inga qarshi avtomatika va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi hamda videokuzatuv tizimlari, seyflar va metall shkaflar) mavjudligi;
qurolxonalarni jismoniy himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlash va o‘rnatilgan qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnik qo‘riqlash markaziga ulanishini ta’minlash;
qurol va uning o‘q-dorilarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda hamda ruxsatnomada ko‘rsatilgan joyda (manzilda) saqlash;
qurol va uning o‘q-dorilarini qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda o‘qsizlantirilgan holda saqlash;
qurolni, uning o‘q-dorilaridan alohida (alohida seyf yoki metall shkaflarda) saqlash, maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yong‘inni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish bo‘yicha yuridik shaxs ma’muriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish;
g) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini o‘q otish obyektlarining hududida saqlash bo‘yicha:
ushbu bandning “v” kichik bandida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;
o‘q otish obyektini unda foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarining turi, xili va kalibrining o‘q otish uzoqligini inobatga olgan holda, fuqarolar xavfsizligini va ular mol-mulkining himoyasini ta’minlovchi hamda obyekt hududidan tashqaridagi obyektlarga ziyon yetkazishini istisno etuvchi (xavfsiz hududda) aholi yashash joylaridan, yashash, ma’muriy, ishlab chiqarish binolari, inshootlari va imoratlaridan tegishli masofasida joylashtirish;
foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari turi, xili va kalibrining taktik-texnik tavsiflarini inobatga olgan holda o‘q otish obyektini quyidagilar bilan jihozlash:
o‘q o‘tkazmaydigan devorlar va shiftlar (yopiq turdagi tirlar uchun);
o‘q o‘tkazmaydigan devorlar va shift qismida ko‘ndalang tarzda jihozlangan o‘qni ushlab qolish moslamalari (yarim ochiq turdagi tirlar uchun);
o‘q otish yo‘nalishida (nishon hududida) va yon tomonida ularning ortidagi shaxslarga o‘q tegishining oldini oluvchi o‘qni qabul qilish (himoya qilish) tuproq do‘ngiligi (ochiq turdagi tirlar va o‘q otish stendlari uchun);
xavfsiz hudud bo‘ylab tashqi to‘siqlar (ochiq turdagi tirlar va o‘q otish stendlari uchun);
xalqaro va milliy sport federatsiyalari (tashkilotlari) standartlariga muvofiq texnik tavsiflarga ega nishonni joylash va uzatish uskunalari, o‘q otish joyidagi to‘siqlar va boshqa o‘q otish anjomlaridan foydalanish;
foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat qurolining turi, xili va kalibrini hamda o‘q-dorilarning turi va kalibrini vakolatli organ bilan kelishish;
o‘q otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimining amalga oshirilishini, qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishini, berish-qabul qilib olinishini, hisobi yuritilishini, olib yurilishini va xavfsiz foydalanishini ta’minlash tartibiga oid ichki yo‘riqnoma ishlab chiqish;
o‘q otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimini amalga oshirish;
soyli stvolli sport o‘qotar qurolidan yoki og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik sport qurolidan, shuningdek, tig‘li sovuq sport qurolidan hamda sport uloqtirish qurolidan o‘q otish obyektlaridan tashqarida foydalanishni istisno etish, hayvonot dunyosi obyektlarini harakatsizlantirish va emlash bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot hamda profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun kamonlar va arbaletlardan foydalanish bundan mustasno;
sport o‘qotar qurolini, shu jumladan soyli stvolli sport o‘qotar qurolini va uning o‘q-dorilarini, og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik sport qurolini, shu jumladan pnevmatik kalta stvolli sport qurolini, shuningdek, tig‘li sovuq sport va sport uloqtirish qurolini o‘q otish obyektlari hududida jihozlangan qurolxonalardagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash;
shtatda xalqaro va milliy sport federatsiyalari (tashkilotlari) malaka talablariga javob beradigan, foydalaniladigan qurol turlaridan otish bo‘yicha shu yo‘nalishdagi ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarning (trenerlar, instruktorlarning) mavjudligi;
qurol va uning o‘q-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha fuqarolar bilan majburiy dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish (sport tashkilotlarida otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bundan mustasno);
sport tashkilotlarida otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni qurol va uning o‘q-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalari bo‘yicha o‘qitish hamda ushbu qoidalarni bilishi yuzasidan tegishli tekshiruvdan o‘tganligi to‘g‘risida hujjat berish (sport quroli uchun);
d) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli hamda uning o‘q-dorilarini avtomobil transportida tashish bo‘yicha:
qurol va uning o‘q-dorilarini shahar jamoat transportida, shuningdek shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro avtomobil transportida tashishga yo‘l qo‘ymaslik;
tashish uchun tuzilishi yukni begona shaxslarning ko‘rishi va unga kirishi imkoniyatini istisno etadigan texnik jihatdan soz transport vositalarini ajratish;
qurolni va uning o‘q-dorilarini zavod o‘rovida yoxud so‘rg‘ichlangan yoki plombalangan maxsus (moslashtirilgan) idishda tashish;
qurolni o‘q-dorilaridan alohida, o‘qsizlantirilgan holatda tashish;
tashilayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini yo‘nalishda but saqlanishini ta’minlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning mas’ul xodimlari tomonidan kuzatib borish (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati qurolli qo‘riqlovining kuzatuvi ostida tashish bundan mustasno);
o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotganda, ularning Milliy gvardiya, ichki ishlar organlarining yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarining qurolli qo‘riqlovi ostida kuzatib borilishini ta’minlash;
e) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini temir yo‘l transportida tashish bo‘yicha:
qurol va uning o‘q-dorilarini yo‘lovchi poyezdlarda (vagonlarda) tashishga yo‘l qo‘ymaslik;
tashilayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati qurolli qo‘riqlovining kuzatuvi bilan ta’minlash;
j) qurol va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalash bo‘yicha:
ushbu band “v” kichik bandining ikkinchi, to‘rtinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida belgilangan talablarga rioya qilish;
qurol va uning o‘q-dorilarini qurolxonadagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash (muzeybop tarzda kolleksiyalash bundan mustasno), bunda qurolning o‘qsizlantirilgan holatda saqlanishini ta’minlash;
muzeybop tarzda kolleksiyalashda qurol va uning o‘q-dorilarini ana shu maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida, maxsus xonalarda saqlash, bunda o‘qotar qurol maxsus ta’mirlash ishlarisiz otishni istisno qiladigan yaroqsiz holatga keltirilishini ta’minlash;
qurolxonalar va muzeybop tarzda kolleksiyalash uchun ajratilgan xonalarni jismoniy himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qo‘riqlashning muhandislik-texnik va videokuzatuv vositalari bilan jihozlash hamda o‘rnatilgan qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnik qo‘riqlash markaziga ulanishini ta’minlash;
z) qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish bo‘yicha:
qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish uchun binolar (xonalar)ni ijaraga olish (o‘z egaligida bunday xonalar bo‘lmaganda), qurolni va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish tartibi, ularning but saqlanishini ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuzish;
ko‘rgazmani qo‘riqlashning muhandislik-texnik hamda videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan hamda o‘rnatilgan qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari Milliy gvardiya organlarining texnik qo‘riqlash markaziga ulangan statsionar turdagi binolar (xonalar)da o‘tkazish;
ko‘rgazmaga qo‘yilgan (shu jumladan, chet ellik ishtirokchilar tomonidan) qurol va uning o‘q-dorilarining but saqlanishi va saqlash xavfsizligini ta’minlash, qurol va uning o‘q-dorilari joylashtirilgan va saqlanadigan joylarga kirayotgan shaxslarni bevosita kuzatish, nazorat qilish hamda begona shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan choralarni ko‘rish;
ko‘rgazmaga qo‘yish rejalarini va ekspozitsiyalar (ko‘rgazma obyektlari)ni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish hamda ko‘rgazma o‘tkaziladigan joydagi vakolatli organlarga kelishib olish uchun taqdim etish;
qurol va uning o‘q-dorilarining boshqa predmetlar bilan birga ko‘rgazmaga qo‘yilishini istisno etish, qurolni ishlab chiqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar va asboblar, sport, ov va baliq ovlash ashyolari hamda qurolning ehtiyot qismlari, shuningdek, tarixiy-madaniy ko‘rgazmalar eksponatlari bundan mustasno;
qurolni muzey binolaridan tashqarida ko‘rgazmaga qo‘yishni faqat o‘rnatilgan qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnik qo‘riqlash markaziga yoki ichki qo‘riqlash postiga ulangan yopiq (qulflanadigan) vitrinalar va stendlarda amalga oshirish;
qurol va uning o‘q-dorilari ekspozitsiyalari ochiq vitrinalar va stendlarda joylashtirilgan taqdirda, qurol va uning o‘q-dorilarini har kuni ko‘rgazma ishi tugagach, ushbu band “v” kichik bandining uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq jihozlangan qurolxonalarda saqlash uchun topshirish;
qurolni o‘qsizlantirilgan holatda ko‘rgazmaga qo‘yish;
ko‘rgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashishga doir vakolatli organning ruxsatnomasini olish, ularni tashish, ko‘rgazma o‘tkazilayotgan obyekt hududida qabul qilish va joylashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rish (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishda);
i) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish bo‘yicha:
ushbu bandning “d” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;
avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lgan transport vositalarini ajratish (avtomobil transportida olib kirish uchun);
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki ko‘rgazmaga qo‘yish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (sport musobaqalari va ko‘rgazmalarning chet ellik ishtirokchilari uchun);
O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki ko‘rgazmaga qo‘yish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan sport musobaqalari va ko‘rgazmalarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslarning delegatsiyalari uchun);
k) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali avtomobil transportida tranzit qilish bo‘yicha:
tranzit qilinayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini jo‘natuvchi davlat hududidan olib chiqishga va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalarni taqdim etish;
ushbu band “d” kichik bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;
avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lgan transport vositalarini ajratish;
tashilayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini yo‘nalishda but saqlanishini ta’minlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning mas’ul xodimlari tomonidan kuzatib borish;
o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tranzitini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining kuzatuvida amalga oshirilishini ta’minlash;
l) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali temir yo‘l transportida tranzit qilish bo‘yicha:
qurol va uning o‘q-dorilarini yo‘lovchi poyezdlarda (vagonlarda) tashishga yo‘l qo‘ymaslik;
tranzit qilinayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini jo‘natuvchi davlat hududidan olib chiqishga va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalarni taqdim etish;
o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tranzitini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari qurolli qo‘riqlovining kuzatuvi ostida amalga oshirish.
9. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi vakolatli organga ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda quyidagilar ko‘rsatilgan ariza taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), pochta manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i;
ariza beruvchining bajarmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi bo‘lgan aniq harakatlari va (yoki) muayyan faoliyati uchun ruxsatnoma olishdan maqsadi, ushbu harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga daxldor qurol (turi, xili, modeli, kalibri va miqdori) va uning o‘q-dorilari (turi, kalibri va miqdori) to‘g‘risida jamlanma ma’lumotlar;
harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan joy, shuningdek qurol va uning o‘q-dorilari joylashtiriladigan (saqlanadigan) joy (obyekt) (qurolxona, o‘q otish obyekti, muzeybop tarzda kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yish obyekti);
harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan taxminiy muddat (zarur bo‘lganda).
Arizada qo‘shimcha ravishda quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning o‘q-dorilarini olishda — qurol va uning o‘q-dorilarini olish chog‘ida ularning but saqlanishini ta’minlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs mas’ul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi to‘g‘risida ma’lumotlar;
b) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishda — qurol va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish chog‘ida ularning but saqlanishini ta’minlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs mas’ul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi, shuningdek, realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan bunday faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsning nomi va uning manzili to‘g‘risida ma’lumotlar;
v) qurol va uning o‘q-dorilarini qurolxonalarda saqlash, shuningdek, ularni kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yishda quyidagi ma’lumotlar:
qurol va uning o‘q-dorilarining but saqlanishini, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobi yuritilishini ta’minlash vazifalari yuklangan mas’ul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va bergan organ nomi to‘g‘risida ma’lumotlar;
qurol to‘g‘risida individual (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) hamda uning o‘q-dorilari to‘g‘risida jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori) ma’lumotlar;
qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mavjud moddiy-texnika bazasi (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, xonalar, qo‘riqlashning muhandislik-texnik, yong‘inga qarshi avtomatika va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari, seyflar va metall shkaflar), qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish obyekti hududini ish va ishdan tashqari vaqtda qo‘riqlash tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar;
har kuni ko‘rgazma ishi tugagach, qurol va uning o‘q-dorilarini topshirish uchun qurolxona to‘g‘risida ma’lumotlar (qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishda — qurol va uning o‘q-dorilarini ochiq vitrinalar va stendlarda ko‘rgazmaga qo‘yishda);
ko‘rgazmaning chet ellik ishtirokchilariga tegishli qurol va uning o‘q-dorilarining ko‘rgazma obyekti hududiga tashilishini, qabul qilib olinishini va joylashtirilishini ta’minlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning mas’ul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi to‘g‘risida ma’lumotlar (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilgan quroli va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazma qo‘yishda);
g) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini o‘q otish obyektlari hududida saqlashda quyidagi ma’lumotlar:
ushbu band “v” kichik bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar;
nishonni joylash va uzatish uskunalari, o‘q otish uchun to‘siqlar va boshqa o‘q otish anjomlari turi to‘g‘risida;
o‘q otish bo‘yicha mutaxassislar (trenerlar, instruktorlar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi to‘g‘risida ma’lumotlar;
d) qurol va uning o‘q-dorilarini tashishda quyidagi ma’lumotlar:
yukni jo‘natuvchi, qabul qiluvchi va uni tashishga taqdim etuvchi tashkilot, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish yo‘nalishi, foydalaniladigan avtotransport turi to‘g‘risida (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat ro‘yxat belgilari);
qurol va uning o‘q-dorilarining but saqlanishini, kuzatib borilishini va qo‘riqlanishini ta’minlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs mas’ul xodimlarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi to‘g‘risida (o‘n donadan ko‘p o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq o‘q-dorilari Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati qurolli qo‘riqlovining kuzatuvi ostida tashish holatlari bundan mustasno);
o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda qurolli qo‘riqlovning kuzatuvi bilan ta’minlash to‘g‘risida (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati tomonidan avtomobil transportida tashishda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati tomonidan temir yo‘l transportida tashishda);
e) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda quyidagi ma’lumotlar:
yukning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN), BMT nomenklaturasi bo‘yicha kodi, yukni jo‘natuvchi, qabul qiluvchi va uni tashishga taqdim etuvchi tashkilot, yukni jo‘natish va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish joylari (yukni yetkazish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish joylari), O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish yo‘nalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat ro‘yxati belgilari), olib kirish (olib chiqish, tranzit qilish)ning taxminiy vaqti, shuningdek tranzit qatnashchilari bo‘lgan davlatlar hududi bo‘ylab harakatlanishning mo‘ljallanayotgan yo‘nalishi to‘g‘risida ma’lumotlar;
qurol va uning o‘q-dorilarini avtomobil transportida olib kirish va olib chiqishda ularning but saqlanishini, kuzatib borilishini va qo‘riqlanishini ta’minlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs mas’ul xodimlarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organi to‘g‘risida (ushbu Nizomga muvofiq olib kirilgan, olib chiqilgan va tranzit qilingan qurol hamda uning o‘q-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati qurolli qo‘riqlovining yoxud Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining kuzatuvi ostida tashish hollari bundan mustasno);
ushbu Nizomda belgilangan holatlarda qurol va uning o‘q-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, jumladan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati qurolli qo‘riqlovining yoxud Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining kuzatuvi bilan ta’minlash to‘g‘risida.
10. Arizaga vakolatli organ boshqa vakolatli organlardan mustaqil ravishda oladigan hujjatlardan tashqari ushbu Nizomga 10-ilovada ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa davlat organlari yoki tashkilotlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda yuridik shaxsning ishtirokisiz so‘raydi va oladi, ushbu Nizomning 9-bandi hamda Nizomga 10-ilovada nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
11. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 9-bandi va 10-ilovada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnomani berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar vakolatli organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
Hujjatlar vakolatli organ tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga darhol yuboriladi (topshiriladi).
13. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma berish uchun hujjatlar elektron shaklda topshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan og‘zaki yoki yozma shakldagi, shu jumladan elektron shaklda jo‘natilgan so‘rovnoma bo‘yicha qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish masalalari yuzasidan ma’lumotlarni va maslahatlarni bepul taqdim etadi.
15. Vakolatli organ tomonidan ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun ushbu Nizomga 11-ilovada belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi.
Ariza ko‘rib chiqilganlik uchun yig‘im summasi vakolatli organning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ariza beruvchi arizasidan voz kechganda yoki vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
16. Vakolatli organ ruxsatnomani berish yoki ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni ushbu Nizomga 10-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda qabul qiladi.
Agar vakolatli organ ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati davomida ruxsatnomani berish yoki ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, ariza beruvchi ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda, arizada ko‘rsatilgan aniq harakatni bajarishga va (yoki) muayyan faoliyat turini amalga oshirishga haqlidir. Bunda vakolatli organ ariza beruvchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsatnoma berishi shart.
Ruxsatnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati hamda ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma ruxsatnomaga tenglashtiriladi hamda shunday harakatni bajarish va (yoki) shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.
17. Vakolatli organ ariza beruvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga mos kelishini aniqlash uchun o‘z mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 10-ilovada nazarda tutilgan muddatlar doirasida quyidagi huquqlarga ega:
ariza beruvchining arizasiga muvofiq harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan mavjud sharoitlarini joyiga chiqib o‘rganish va baholash (qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash, ulardan foydalanish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan hududni, binolarni, xonalar va inshootlarni, ularning texnik jihatdan mustahkamlanganligini, qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi, yong‘inga qarshi avtomatika va qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlanganligi, qo‘riqlash va joriy etilgan rejim choralarining ahvoli, mavjud transport vositalari, arizada ko‘rsatilgan aniq harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan boshqa sharoitlarni);
qurol va o‘q-dorilarining tuzilishi, turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi, raqami, taqdim etilgan hujjatlar va boshqa o‘ziga xos ma’lumotlarni ekspert va texnik baholash hamda tadqiqotlar o‘tkazish zarur bo‘lgan holatlarda hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida tegishli sohalar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni va ekspertlarni jalb etish.
18. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ariza beruvchiga ruxsatnomani beradi (yuboradi) yoki ruxsatnomani berishni rad etish haqida yozma shaklda xabardor qiladi.
19. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
ushbu Nizomning 9-bandi va Nizomga 10-ilovada nazarda tutilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
ariza beruvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi.
Ruxsatnoma berishni maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan yoxud quyidagi hollarda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi:
xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmaganda.
Ushbu bandning ikkinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjud bo‘lsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin ushbu muddat o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Vakolatli organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek ruxsatnomani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam ko‘rsatishi va tavsiyalar berishi kerak, bundan talabgorlar taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno.
Kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati to‘xtatib turiladi.
Hujjatlar xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ ruxsatnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda ruxsatnomani berishni kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib tarzda belgilanishi, biroq o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
21. Ariza beruvchi ruxsatnomani berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
22. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
23. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza yangi kiritilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
24. Ariza beruvchi ruxsatnomani berish rad etilganligi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) bo‘yicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
25. Ruxsatnoma quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
yuridik shaxs o‘zgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) faoliyat turlari bo‘yicha o‘zgarganda;
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega hujjati mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda.
Yuridik shaxs o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) faoliyat turlari bo‘yicha o‘zgargan taqdirda, yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Yuridik shaxsdan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ruxsatnomaga ega hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish yuridik shaxsning tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
26. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni bajaradi va (yoki) faoliyatni amalga oshiradi.
27. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda, vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritadi.
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va uni berish ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda, vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
271. Ruxsatnoma yuridik shaxsning arizasi asosida vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda o‘zgartiriladi:
filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslarga berilgan ruxsatnomaga muvofiq ushbu filiallar va vakolatxonalar tomonidan faoliyatni amalga oshirish boshlanganda;
yuridik shaxsning faoliyatni amalga oshirish manzili o‘zgarganda, agar uning joylashgan joyiga nisbatan ruxsat berish talablari hamda shartlari belgilangan bo‘lsa.
Ruxsatnomaga o‘zgartishlar ruxsatnomani berish uchun nazarda tutilgan tartibda kiritiladi.
28. Ruxsatnomaning amal qilish muddati yuridik shaxsning arizasiga binoan uzaytiriladi.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga:
fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning o‘q-dorilarini olishga, fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini saqlashga, qurol va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddati tugashiga kamida o‘ttiz ish kuni qolganda;
fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishga, fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli hamda uning o‘q-dorilarini tashishga, fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnomalar muddati tugashiga kamida o‘n ish kuni qolganda taqdim etilishi lozim.
Ruxsatnomaning amal qilish muddati ruxsatnomani berish uchun nazarda tutilgan tartibda uzaytiriladi.
30. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar yuridik shaxs tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
31. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va o‘zgartirilganligi uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi vakolatli organ maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
32. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va ruxsatnomani bekor qilish vakolatli organ yoki sud qarori asosida “Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishligicha 34, 35 va 36-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
33. Ruxsatnomaning belgilangan tartibda amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlarning qo‘pol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
a) ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishi yuzasidan vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tekshiruvlardan bosh tortish;
b) ruxsatnoma belgilangan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa;
v) qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishini ta’minlash choralarining ko‘rilmasligi ularning yo‘qolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tug‘dirsa;
g) quyidagi harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish;
turi, xili, modeli, kalibri va soni ruxsatnomada ko‘rsatilmagan qurol va uning o‘q-dorilari bilan;
qurol va uning o‘q-dorilarini but saqlash, belgilangan tartibda berish-qabul qilib olish va hisobini yuritish (qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yish faoliyatini amalga oshirishda) yoxud qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishini ta’minlash (qurol va uning o‘q-dorilarini olish, realizatsiya qilish, avtomobil transportida tashish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish bo‘yicha harakatlarni bajarishda) vazifalari ruxsatnomada ko‘rsatilmagan shaxslar tomonidan bajarilishi;
d) ushbu Nizomda belgilangan holatlarda qurol va uning o‘q-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari, idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, jumladan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati qurolli qo‘riqlovining yoxud Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining kuzatuvi ostida tashilishini ta’minlamaslik (tashish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish bo‘yicha harakatlarni bajarishda);
e) ruxsatnomada belgilangan tashish yo‘nalishiga amal qilmaslik, shuningdek, qurol va uning o‘q-dorilarini tashishga ruxsatnomada ko‘rsatilmagan avtotransport vositalarini jalb qilish (avtomobil transportida tashish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish bo‘yicha harakatlarni bajarishda);
j) qurol va uning o‘q-dorilarini ruxsatnomada ko‘rsatilmagan joyda (manzilda) saqlash va ulardan foydalanish (saqlash, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yish faoliyatini amalga oshirishda).
34. Vakolatli organning ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bo‘yicha sudga shikoyat qilish mumkin. Sud vakolatli organning qarorini asossiz deb topgan taqdirda, vakolatli organ ariza beruvchi oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
35. Yuridik shaxsning ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga rioya etish vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Vakolatli organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
yuridik shaxslar tomonidan ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini tekshirish;
qurol va uning o‘q-dorilari saqlanadigan hamda ulardan foydalaniladigan joylarni ko‘zdan kechirish;
yuridik shaxslardan ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini tekshirish chog‘ida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va axborotni so‘rab olish;
tekshirishlar natijalari asosida yuridik shaxslar tomonidan ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarning aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
ruxsatnoma egasi zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki qaror qabul qilish yuzasidan sudga murojaat qilish;
ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarning buzilishi qurol va uning o‘q-dorilari yo‘qolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tug‘dirganda, ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarni bajarishdagi aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar qurol va uning o‘q-dorilarini olib qo‘yish, ichki ishlar organiga zudlik bilan olib kelishni va vaqtincha joylashtirishni talab qilish.
36. Ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruvni o‘tkazish davomida vakolatli organning tekshiruvchi xodimi ikki nusxada dalolatnoma tuzadi, ularning biri yuridik shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi vakolatli organda qoladi.
37. Vakolatli organ tomonidan quyidagilar ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ruxsatnomalar reyestri (keyingi o‘rinlarda — reyestr) yuritiladi:
yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
ruxsatnoma berilgan sana, uning seriyasi va tartib raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
berilgan ruxsatnomaga muvofiq qurol va uning o‘q-dorilari sohasida bajariladigan aniq harakat va (yoki) amalga oshiriladigan muayyan faoliyat turi (kichik turi);
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish, uni bekor qilish asoslari va sanalari.
38. Ruxsatnoma berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrga ariza beruvchiga ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Reyestrdagi barcha qaydlarga sana qo‘yiladi hamda ular vakolatli organ mas’ul shaxsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Reyestr qog‘ozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qog‘ozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lgan taqdirda, qog‘oz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qog‘oz manbadagi reyestr vakolatli organ tomonidan reyestr jurnali shaklida yagona nusxada yuritiladi. Reyestr jurnali ip o‘tkazib tikiladi, tartib raqami qo‘yiladi va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana | 122 | 62,986 |
Qonunchilik | 2004-2005 YILLAR DAVRIDA MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYoR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURINI AMALGA OShIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, iqtisodiyotni tarkibiy qayta o‘zgartirishda muhim rol o‘ynaydigan mahalliy xomashyodan butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirishda va uni amalga oshirish jarayonida jiddiy kamchiliklar va nuqsonlar mavjud.
O‘tkazilgan tanqidiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, bir qator qo‘shma korxonalar ishlab chiqarishda mahalliy xomashyodan hamda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan chiqarilayotgan butlovchi buyumlar, uzellar va bloklardan keng foydalanish bo‘yicha zimmalariga qabul qilgan majburiyatlarining to‘liq bajarilishini ta’minlashmayapti. Buning asosiy sababi - ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish bozori marketingi bo‘yicha ishlarning sust tashkil etilganligi va qo‘shma korxonalarni tashkil etishda eksport bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmayotganidir.
Ishlab chiqarishning mahalliy xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar hisobiga butlanishi uchun ishlab chiqaruvchilarni qiziqtiruvchi bojxona preferensiyalari va soliq imtiyozlarining samarali tizimini yaratish hisobiga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalarini hal etishga kompleks yondashuv amalda mavjud emas. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan korxonalar rahbarlarini va muhandis-texnik xodimlarini rag‘batlantirish masalalariga yetarli e’tibor berilmayapti.
Yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishni texnika jihatidan yangilash, raqobatga bardoshli butlovchi buyumlar, uzellar va detallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalari aniq subyektlarning ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish bozorini kengaytirish, mahalliylashtirilayotgan ishlab chiqarishlar uchun texnik xodimlar tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha izchil ish olib borishdan manfaatdorligini oshirishning ta’sirchan mexanizmini yaratish bilan bog‘langan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmlarini bosqichma-bosqich kengaytirishning o‘zaro bog‘liq kompleks dasturi deyarli shakllantirilmagan.
Kamchiliklarni bartaraf etish va ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish, mamlakatimizda raqobatga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirishni va turlarini kengaytirishni yanada rag‘batlantirish, tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hisobiga tovarlar importini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida ishlayotgan va yangidan tashkil etilayotgan korxonalar uchun butlovchi buyumlar, uzellar va bloklar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini izchil amalga oshirish, buning uchun zamonaviy texnologik bazani yaratish, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, tegishli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash o‘tkazilayotgan tarkibiy siyosatning muhim, ustuvor vazifasi hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 11-noyabrdagi F-1863-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hamda ishlab chiqarish maqsadidagi mahsulotlarni import qilish hajmlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar baholab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ishchi guruh tomonidan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpoјiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida ishlab chiqilgan 2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompleks dasturi ma’qullansin.
Quyidagilar:
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
sanoat mahsulotlarining asosiy turlari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
tayyor mahsulotlarning yangi turlarini, ularga qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq;
xomashyo, komponentlar va sanoat materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq;
respublika korxonalarida ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun ishlab chiqarish-texnika va iste’mol maqsadlaridagi materiallar va buyumlar ro‘yxati 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompleks dasturini amalga oshirish masalalari bo‘yicha 6-ilovaga* muvofiq Maxsus komissiya tuzilsin.
Maxsus komissiya (O‘.T.Sultonov):
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi ishtirokida 1—4-ilovalarda* ko‘rsatilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo, komponentlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining amalga oshirilishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatsin va har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin;
ikki oy muddatda mahsulotlarning tayyor turlarini ishlab chiqarayotgan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini aniqlasin, ular bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasining oshirilishi ustidan monitoring olib borish mexanizmi to‘јrisidagi takliflarni tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Vazirlar Mahkamasiga korxonalarning rahbarlari va muhandis-texnik xodimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kengaytirilishidan manfaatdorligini oshirishni rag‘batlantirishga doir takliflar kiritsinlar, bunda ular mehnatiga haq to‘lashni ishlab chiqarishning mahalliylashtirilishi darajasiga yanada ko‘proq bog‘lash nazarda tutilsin.
Boshqaruvning barcha darajalarida ish yakunlarini chiqarishda rahbarlarning ishiga baho berish mezonlaridan biri sifatida ishlab chiqarishning mahalliylashtirilishi darajasi, mahalliy xomashyo negizida raqobatbardoshli tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, uzellar va bloklar, materiallar ishlab chiqarish o‘zlashtirilishi ko‘rsatkichidan foydalanilsin.
5. Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar 2004-yil 1-yanvardan boshlab besh yil muddatga:
chetdan olib kelinayotgan texnologiya asbob-uskunalari va ularga ehtiyot qismlar, shuningdek respublikada ishlab chiqarilmaydigan va mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan materiallar va komponentlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari);
mahalliylashtirish dasturi loyihalariga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i, yagona soliq to‘lovi (soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llayotgan subyektlar uchun);
mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari bo‘yicha mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Adliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlarni qo‘llash va bo‘shayotgan mablag‘lardan tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish uchun maqsadli foydalanish to‘g‘risidagi nizomni o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi respublikada ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlar toifasiga kiritish to‘g‘risida xulosalar berish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligi ikki hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan xulosalarni berishni tartibga soluvchi tegishli nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar. | 216 | 8,354 |
Qonunchilik | XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN, ShAHAR KENGAShINING NAMUNAVIY REGLAMENTINI VA XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN, ShAHAR KENGAShINING DOIMIY KOMISSIYALARI TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalaridagi asosiy qoidalar va xulosalarni ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Harakat dasturi 3.2-bandining 3.2.2-kichik bandini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi 5-bandining 5.2-kichik bandini ijro etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti tasdiqlansin (1-ilova).
2. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlansin (2-ilova).
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi 173-I-sonli Qarori 1 va 2-bandlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 9-martdagi 305-I-sonli Qarori 1 va 2-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining reglamentlari hamda ularning doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti va Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomda bayon etilgan qoidalarni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilsin.
1-modda. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlaridir.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda xalq deputatlari Kengashining reglamentiga muvofiq amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek o‘z reglamentlariga muvofiq amalga oshiradi.
2-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlarining (bundan buyon matnda xalq deputatlari Kengashi deb yuritiladi) faoliyati masalalarni jamoa bo‘lib va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.
3-modda. Xalq deputatlari Kengashi o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini xalq deputatlari Kengashining sessiyasida (bundan buyon matnda sessiya deb yuritiladi) tasdiqlangan joriy, yillik yoki xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga mo‘ljallangan ish rejasi asosida belgilab oladi. Xalq deputatlari Kengashi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladigan xalq deputatlari Kengashining ish rejasi asosida xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalarining ish rejalari tuziladi.
Xalq deputatlari Kengashining ish rejasi xalq deputatlari Kengashi deputatlari (bundan buyon matnda Kengash deputatlari deb yuritiladi), xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari (bundan buyon matnda doimiy komissiyalar deb yuritiladi), hokimlikning bo‘lim va boshqarmalari, tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari takliflari, shuningdek hududiy vakillik organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
Xalq deputatlari Kengashining ish rejasi sessiyada qabul qilinadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Xalq deputatlari Kengashi ish rejasining bajarilishi uning sessiyalarida, sessiyalar oralig‘ida esa uning doimiy komissiyalari majlislarida muhokama qilinadi.
Xalq deputatlari Kengashining ish rejasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masala hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari, doimiy komissiyalar va Kengash deputatlarining taklifiga binoan sessiyada ko‘rib chiqiladi. Ushbu masala yuzasidan qaror xalq deputatlari Kengashining reglamentida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Xalq deputatlari Kengashining ish rejasi bajarilishini tashkil etish, shuningdek doimiy komissiyalarning ish rejalari doimiy komissiyalar tomonidan o‘z vaqtida ijro qilinishi uchun hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari mas’ul hisoblanadi.
4-modda. Xalq deputatlari Kengashi ishini hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi.
Hokim – xalq deputatlari Kengashining rahbari o‘z faoliyati haqida xalq deputatlari Kengashi oldida hisobot beradi.
Xalq deputatlari Kengashining vakolat muddati — besh yil.
5-modda. Xalq deputatlari Kengashi tegishli hudud uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarining amalga oshirilishini, joylarda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlari ijro etilishini, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqani, aholini tegishli hududni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.
Xalq deputatlari Kengashi tegishli hududda o‘zini o‘zi boshqarishning rivojlanishiga ko‘maklashadi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turadi.
6-modda. Xalq deputatlari Kengashining asosiy vakolatlariga quyidagilar kiradi:
hokim — xalq deputatlari Kengashi rahbarining taqdimiga binoan mahalliy budjetni va uning ijro etilishi haqidagi hisobotni, hududni rivojlantirishning istiqbolli dasturlarini, viloyat, tuman, shaharning bosh rejasi va ularni qurish qoidalarini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar miqdorlarini belgilash, mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish;
hokim — xalq deputatlari Kengashi rahbarini va uning o‘rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, hokimni va uning o‘rinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyati haqidagi hisobotlarni tinglash;
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda hokim — xalq deputatlari Kengashi rahbari qarorlarini tasdiqlash;
xalq deputatlari Kengashining reglamentini, doimiy va muvaqqat komissiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;
xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa organlarini tuzish, saylash va tugatish, ularning tarkibini o‘zgartirish, ularning ishi haqidagi hisobotlarni tinglash;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda Kengash deputatlarining vakolatlarini e’tirof etish va muddatidan oldin tugatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;
ijro hokimiyati bo‘limlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini tinglash;
Kengash deputatlarining so‘rovlarini ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;
hokim — xalq deputatlari Kengashi rahbarining va quyi xalq deputatlari Kengashining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish;
hokim — xalq deputatlari Kengashi rahbarining taqdimiga binoan hokimlik tuzilmalarini, uning xodimlari shtatlari va mehnatga haq to‘lash fondini tasdiqlash.
Xalq deputatlari Kengashlari fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish, tashkiliy masalalar va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qilish sohasidagi o‘z vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham hal qiladilar.
7-modda. Xalq deputatlari Kengashi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatini ifodalovchi tadbirlarni o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining, O‘zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari, tumanlari va shaharlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomaviy munosabatlar o‘rnatishga haqlidir.
8-modda. Xalq deputatlari Kengashi o‘z faoliyatini sessiyalar, doimiy va muvaqqat komissiyalar, xalq deputatlari Kengashining boshqa organlari orqali, shuningdek Kengash deputatlarining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalq deputatlari Kengashining reglamentida belgilangan tartibda o‘z vakolatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi.
9-modda. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xalq deputatlari Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir.
Sessiya O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan xalq deputatlari Kengashi vakolatiga kiritilgan har qanday masalani ko‘rib chiqishga haqli.
10-modda. Sessiyalar hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari, u yo‘qligida esa uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab, biroq yiliga kamida ikki marta chaqiriladi.
Sessiyalar xalq deputatlari Kengashi deputatlarining kamida uchdan ikki qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
11-modda. Sessiyaning kun tartibi hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari, partiyalar va deputatlar guruhlari, doimiy komissiyalar va Kengash deputatlari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda tayyorlanadi.
Sessiya muhokamasiga kiritilayotgan eng muhim va dolzarb ahamiyatga ega masalalarni tayyorlash uchun hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari tomonidan tegishli tarmoqlar mutaxassislari hamda olimlarni jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etilishi mumkin. Ishchi guruh masalani tayyorlash vaqtida saylovchilar, hokimlikning bo‘limlari, boshqarmalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek tegishli hududdagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fikr-mulohazalarini hisobga oladi.
Sessiya muhokamasiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda tegishli doimiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi, ular tomonidan tayyorlangan qaror loyihalari va kun tartibi bo‘yicha boshqa hujjatlar hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbariga beriladi.
Sessiyada ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan masalalar sessiya kun tartibi loyihasiga ularni ko‘rib chiqish navbati, har bir masalani ko‘rib chiqish uchun tayyorlashga mas’ul bo‘lgan doimiy komissiyalar, ma’ruzachilar (qo‘shimcha ma’ruzachilar), shuningdek boshqa ma’lumotlar kiritilgan holda tuziladi.
Sessiya kun tartibi xalq deputatlari Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
12-modda. Sessiyani, shu jumladan navbatdan tashqari sessiyani chaqirish haqidagi qaror hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Sessiya o‘tkaziladigan vaqt, sana va joy hamda kun tartibi Kengash deputatlari e’tiboriga sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin yetkaziladi. Kengash deputatlariga tanishib chiqish uchun tegishli hujjatlar ham yuboriladi.
Sessiyani chaqirish to‘g‘risidagi xabar ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi mumkin.
Sessiyalar ochiq, oshkora o‘tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi.
Zarur hollarda xalq deputatlari Kengashi yopiq sessiya o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu haqdagi taklif hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari, doimiy komissiyalar, partiyalar yoki deputatlar guruhlari tomonidan kiritilgan bo‘lsa, qabul qilinishi mumkin. Yopiq sessiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Kengash deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi.
13-modda. Agar sessiyada Kengash deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, u vakolatli hisoblanadi.
Kengash deputatlarini ro‘yxatga olish sessiya ochilishidan oldin va uning ishidagi har bir tanaffusdan keyin amalga oshiriladi.
Agar sessiyalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan binoda elektron ovoz berish tizimidan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, har bir Kengash deputati uchun doimiy o‘rin ajratiladi.
14-modda. Sessiyalar ishi davlat tilida olib boriladi va zarurat bo‘lganda xalq deputatlari Kengashining qarori asosida boshqa tillarga sinxron tarjima ta’minlanadi.
15-modda. Sessiyalarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, shuningdek tegishli hududdagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalarining taklif etilgan vakillari hamda boshqa shaxslar hozir bo‘lishi mumkin.
Sessiyaga taklif etilgan shaxslar muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas, shuningdek xalq deputatlari Kengashining reglamentida belgilangan tartibga rioya qilishlari va raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunishlari shart.
Sessiyaga taklif qilinadigan shaxslarning soni va tarkibi hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari tomonidan hal etiladi.
Sessiyada raislik qiluvchi sessiyaga taklif etilgan shaxslar tarkibi va soni to‘g‘risida Kengash deputatlariga axborot beradi.
Sessiyaga taklif qilingan shaxslar uchun majlislar zalida maxsus joylar ajratiladi.
16-modda. Yangi saylangan xalq deputatlari Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch hafta muddat ichida chaqiriladi.
Birinchi sessiya Kengash keksa deputatlaridan biri tomonidan ochiladi, u xalq deputatlari Kengashi tomonidan xalq deputatlari Kengashining rahbari tasdiqlangunga qadar sessiyani boshqaradi.
Sessiyalarda hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari, u yo‘qligida esa xalq deputatlari Kengashining qaroriga yoki hokim topshirig‘iga binoan mazkur xalq deputatlari Kengashining deputatlaridan biri raislik qiladi.
17-modda. Kengash deputatlarining vakolatlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror yangi saylangan xalq deputatlari Kengashining birinchi sessiyasida saylovni o‘tkazgan saylov komissiyasining taqdimiga muvofiq qabul qilinadi.
Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazilganida Kengash deputatining vakolatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror ham sessiyada saylov komissiyasining taqdimiga muvofiq qabul qilinadi.
18-modda. Sessiya o‘z ishini kun tartibini tasdiqlashdan boshlaydi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar raislik qiluvchi tomonidan bandma-band yoki butunlay ovozga qo‘yilishi mumkin.
Sessiyaning kun tartibi bo‘yicha taklif va mulohazalar Kengash deputatlari tomonidan og‘zaki yoki yozma shaklda beriladi va sessiyada raislik qiluvchi tomonidan ularning kelib tushish tartibi bo‘yicha e’lon qilinadi.
Sessiya kun tartibi bo‘yicha qaror Kengash deputatlari bildirgan takliflarni hisobga olgan holda qabul qilinadi.
19-modda. Har bir sessiyani o‘tkazish vaqtida Kengash deputatlari orasidan sessiya kotibi saylanadi yoki sessiya kotibiyati tuziladi.
Sessiya kotibi yoki kotibiyati:
so‘zga chiquvchilarning ro‘yxatini olib boradi;
deputat so‘rovlarini, Kengash deputatlaridan tushadigan savollar, ma’lumotnomalar, xabarlar, arizalar, takliflar va boshqa materiallarni ro‘yxatga oladi;
so‘zga chiqish uchun yozilganlarning ro‘yxati va tushgan materiallar haqida raislik qiluvchiga axborot beradi;
sessiya ishiga taalluqli masalalar yuzasidan Kengash deputatlariga tushuntirishlar beradi;
sessiya yakunlari yuzasidan axborot tayyorlaydi;
bayonnoma yoki stenogramma yuritilishini tashkil etadi.
Sessiyada sessiya kotibi yoki kotibiyati tomonidan tayyorlangan axborot tinglanadi.
20-modda. Sessiyada bayonnoma yoki zarur hollarda stenogramma yuritiladi. Sessiya bayonnomasi raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.
Sessiya bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
xalq deputatlari Kengashining nomi, sessiyaning tartib raqami (chaqiriq doirasida);
sessiyani o‘tkazish vaqti, sanasi va joyi hamda sessiya kun tartibi;
hozir bo‘lgan va qatnashmayotgan Kengash deputatlari soni, shuningdek taklif etilgan shaxslarning soni;
sessiyaning kun tartibi, sessiya muhokamasiga kiritilgan har bir masala yuzasidan har bir ma’ruzachi va qo‘shimcha ma’ruzachining familiyasi hamda lavozimi;
muzokaralarda so‘zga chiqqan, shuningdek ma’ruzachilar va qo‘shimcha ma’ruzachilarga so‘rovlar yo‘llagan yoki savollar bergan (yozma yoki og‘zaki shaklda) Kengash deputatlarining familiyalari, saylov okruglarining raqami va lavozimlari;
qabul qilingan, “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” deb berilgan ovozlar soni ko‘rsatilgan qarorlar ro‘yxati.
Bayonnomada sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalarning mohiyati ochib beriladi, sessiya davomida so‘zlangan nutqlarning mohiyati qisqacha bayon etiladi, shuningdek sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan ovoz berish yakunlari qayd etiladi.
Sessiyaning bayonnomasiga Kengash deputatlari va taklif etilgan shaxslarning sessiyadagi ma’ruzalari matnlari, sessiyada hozir bo‘lgan va qatnashmayotgan Kengash deputatlari ro‘yxati, taklif etilgan shaxslar ro‘yxati va boshqa materiallar ilova qilinadi.
Sessiya bayonnomasi yoki stenogrammasi sessiya tugaganidan so‘ng uch kundan kechiktirmay tayyorlanadi va sessiya vaqtida raislik qilgan shaxs hamda kotib tomonidan imzolanadi.
Sessiya bayonnomasi va stenogrammasining asl nusxasi hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhida saqlanadi.
Sessiya bayonnomasi yoki stenogrammasi Kengash deputatlarining talabiga binoan tanishib chiqish uchun ularga berilishi mumkin.
Yopiq sessiya bayonnomasi va stenogrammasi hokimlikning tegishli bo‘limida “maxfiy hujjat” belgisi bilan saqlanadi.
Yopiq sessiya bayonnomasi va stenogrammasi unga umumlashtirilgan materiallar bilan Kengash deputatlarini tanishtirish bevosita hokimiyat apparatida tilxat olinib amalga oshiriladi.
21-modda. Sessiyada raislik qiluvchi:
sessiya ishining umumiy borishiga rahbarlik qiladi, xalq deputatlari Kengashining reglamentiga rioya etilishini ta’minlaydi;
ma’ruzachilar, qo‘shimcha ma’ruzachilarga va muzokaralarda so‘zga chiquvchilarga navbati bilan so‘z beradi;
zarur hollarda sababini tushuntirib, so‘zga chiqish tartibini o‘zgartiradi;
muhokama qilinayotgan masala yuzasidan xohlagan paytda so‘zga chiqishi mumkin;
xalq deputatlari Kengashining reglamentida belgilangan tartibni qo‘pol ravishda buzgan Kengash deputati yoki ishtirokchini tartibga chaqiradi;
Kengash deputatlarining yozma so‘rovlari, arizalari, takliflari, fikr-mulohazalarini o‘qib eshittiradi;
Kengash deputatiga deputat so‘rovi, savol, taklif, fikr-mulohaza yuzasidan so‘zga chiqish, shuningdek sessiyani olib borish tartibi bo‘yicha e’tirozlar bildirish uchun, qaror loyihalariga tuzatish, ovoz berish masalasi bo‘yicha takliflar kiritish uchun uning iltimosiga ko‘ra so‘z beradi;
muhokama tugaganidan keyin qarorlar loyihalarini ovozga qo‘yadi va ovoz berish natijalarini e’lon qiladi;
sessiyada qabul qilingan qarorlarni va sessiya bayonnomalarini imzolaydi;
muhokama jarayonida so‘zga chiqqan Kengash deputatlari yoki boshqa ishtirokchilar fikrini biron-bir tarzda baholash yoxud sharhlashdan, shuningdek qaror qabul qilishda tazyiq o‘tkazishdan o‘zini tiyishi lozim.
Sessiyada raislik qiluvchi:
xalq deputatlari Kengashining reglamenti talablari qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda Kengash deputatini ogohlantirishga, takroran buzishga yo‘l qo‘yilganida esa, uni butun sessiya kuni davomida so‘zdan mahrum qilishga;
sessiya ishiga xalaqit berayotgan taklif qilingan shaxslarni sessiya zalidan chiqarib yuborishga haqli.
22-modda. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini va eng muhim muammolarni muhokama etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari (komissiyalari) va xalq deputatlari Kengashining qo‘shma majlislari o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitasi (komissiyasi) va xalq deputatlari Kengashining qo‘shma majlisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasining (komissiyasining) raisi va hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari o‘rtasida kelishuv bo‘yicha o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitasi (komissiyasi) va xalq deputatlari Kengashining qo‘shma majlisi kun tartibidagi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitasi (komissiyasi) tomonidan xalq deputatlari Kengashining tegishli doimiy komissiyasi bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitasi (komissiyasi) va xalq deputatlari Kengashining qo‘shma majlisini chaqirish, uni o‘tkazish vaqti, sanasi va joyi hamda boshqa masalalar xalq deputatlari Kengashining reglamentiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasining (komissiyasining) raisi va hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari o‘rtasida kelishuv bo‘yicha hal etiladi.
23-modda. Xalq deputatlari Kengashi o‘z sessiyalarida vakolatlari doirasida qonuniylik va huquqiy-tartibotni, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, tegishli hududning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish, mahalliy budjetni shakllantirish hamda uni ijro etish, mahalliy soliq va boshqa majburiy to‘lovlar miqdorlarini belgilash, atrof muhitni muhofaza qilish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi.
24-modda. Sessiya muhokamasiga kiritilgan kun tartibidagi har bir masala, jumladan mahalliy budjet to‘g‘risidagi va uning ijrosi haqidagi hisobot, hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari va uning o‘rinbosarlari, hokimlik bo‘limlari, boshqarmalari va boshqa bo‘linmalari faoliyati haqidagi hisobotlar tinglanadi hamda erkin muhokama qilinadi.
Muhokama jarayoni mazkur masala yuzasidan hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari, uning o‘rinbosarlari, doimiy komissiyalar raislarining ma’ruzalari va qo‘shimcha ma’ruzalarini yoki Kengash deputatlarining ma’ruzalari va qo‘shimcha ma’ruzalarini tinglash, shuningdek taklif etilgan shaxslarning fikr bildirishi shaklida amalga oshiriladi.
Ayrim hollarda muhokama etilayotgan masalaning mazmunini hisobga olgan holda, sessiya mazkur masalaning mazmuniga doir qisqacha axborotni tinglab yoki doimiy komissiyalar raislari yoxud Kengash deputatlarining tushuntirishlari bilan cheklanib, uni muhokama etmasdan qaror qabul qilishi mumkin.
25-modda. Sessiyada raislik qiluvchi tomonidan ma’ruzachilar va qo‘shimcha ma’ruzachilar bilan kelishuvga ko‘ra, qoida tariqasida, ma’ruza uchun — 30 daqiqagacha, qo‘shimcha ma’ruza uchun — 20 daqiqagacha va yakunlovchi so‘z uchun 15 daqiqagacha vaqt belgilanadi.
Muzokaralarda so‘zga chiquvchi Kengash deputatlariga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Muzokaralarda takroran so‘zga chiqish uchun, shuningdek sessiya ishini olib borish tartibi, ovoz berish asoslari, nomzodlar bo‘yicha so‘zga chiqish uchun, arizalar, savollar, takliflar, xabarlar, ma’lumotlar uchun 3 daqiqagacha vaqt beriladi.
Sessiyada hozir bo‘lgan Kengash deputatlari ko‘pchiligining roziligi bilan raislik qiluvchi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani muhokama qilishning umumiy vaqtini, savollar va javoblar uchun ajratiladigan vaqtni belgilab qo‘yishi, so‘zlash vaqtini uzaytirishi mumkin.
Sessiyalarda Kengash deputati ayni bir masala bo‘yicha muzokaralarda ko‘pi bilan ikki marta so‘zga chiqishi mumkin.
Muzokaralarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin ma’ruzachi va qo‘shimcha ma’ruzachi yakunlovchi so‘zni aytish huquqiga ega.
Agar so‘zga chiquvchi ajratilgan vaqtdan ortiq so‘zlasa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirmayotgan bo‘lsa, sessiyada raislik qiluvchi uni avval ogohlantirib, keyin so‘zdan mahrum qiladi.
26-modda. Sessiyada qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Zarur hollarda xalq deputatlari Kengashi qaroriga asosan yashirin ovoz berish o‘tkazilishi mumkin.
Elektron ovoz berish tizimlari o‘rnatilgan zallarda ochiq yoki yashirin ovoz berish elektron ovoz berish tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi.
27-modda. Kengash deputati o‘zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Har bir Kengash deputati bir ovozga ega bo‘ladi va muhokama qilinayotgan masala yuzasidan “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” deb ovoz beradi.
Ovoz berish vaqtida hozir bo‘lmagan Kengash deputati keyinchalik ovoz berishga haqli emas.
Ochiq ovoz berish ovozlar mutlaq ko‘pchilikni tashkil etgan taqdirda ovozlarni sanamasdan, agar faqat Kengash deputatlaridan hech biri boshqacha tartibni taklif etmasa yoki ovozlarni qayta sanab chiqishni talab qilmasa, o‘tkazilishi mumkin.
28-modda. Sessiyalarda yashirin ovoz berishni o‘tkazish va uning natijalarini hisoblash uchun Kengash deputatlari orasidan sanoq komissiyasi saylanadi.
Sanoq komissiyasi o‘z tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
29-modda. Sessiyada yashirin ovoz berishni byulletenlardan foydalangan holda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ovoz berish uchun zarur axborotga ega bo‘lgan yashirin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi nazorati ostida tayyorlanadi.
Yashirin ovoz berish o‘tkaziladigan vaqti va joyi, uni o‘tkazish tartibi sanoq komissiyasi tomonidan belgilanadi.
30-modda. Yashirin ovoz berish byulletenlar yordamida o‘tkazilganida sanoq komissiyasi har bir Kengash deputatiga bittadan byulleten beradi.
Byulletenni to‘ldirish Kengash deputati tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida byulletendagi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzod familiyasining qarshisida o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh katakka belgi-krestik qo‘yish, qaror loyihasiga oid byulletenda esa, agar u tegishli qarorni yoqlab ovoz berayotgan bo‘lsa, “qarshiman” degan so‘zni o‘chirish, taklif etilayotgan qarorga (qaror variantiga) qarshi ovoz berayotgan bo‘lsa, yoxud “yoqlayman” degan so‘zni o‘chirish orqali amalga oshiriladi.
Belgilanmagan shakldagi byulletenlar, shuningdek Kengash deputatlarining xohish-irodasini aniqlashga imkon bermagan byulletenlar Kengash deputatlarining ovozlarini hisoblab chiqish vaqtida haqiqiy emas deb topiladi. Byulletenga kiritilgan qo‘shimchalar ovozlarni hisoblab chiqish vaqtida e’tiborga olinmaydi.
31-modda. Agar sessiyada elektron ovoz berish tizimi yordamida yashirin ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, sanoq komissiyasi ovoz berish boshlanishidan oldin elektron tizimning sozligini tekshirishi hamda yashirin ovoz berish uchun Kengash deputatlari umumiy soni bo‘yicha kartochkalarning to‘liq komplektini ro‘yxatga olishi kerak.
32-modda. Ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risida sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi, u komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Sanoq komissiyasining ma’ruzasiga asosan xalq deputatlari Kengashi yashirin ovoz berish natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida ochiq ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qiladi.
33-modda. Sessiyada qabul qilingan qarorlar raislik qiluvchi tomonidan imzolangan vaqtdan e’tiboran, agar hujjatning o‘zida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Kengashi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar tegishli hududda joylashgan barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Xalq deputatlari Kengashining qarorlari uning doimiy komissiyalariga, hokimlikning bo‘limlari, boshqarmalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari, tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslarga va quyi turuvchi hokimliklarga tarqatiladi.
Tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha sessiyada qabul qilingan qarorlar va boshqa muhim qarorlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
34-modda. Viloyat (Toshkent shahar) hokimi — xalq deputatlari Kengashi rahbarining nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
35-modda. Viloyat (Toshkent shahar) hokimi — xalq deputatlari Kengashi rahbarining nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani tegishli xalq deputatlari Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran uch kun ichida ko‘rib chiqadi.
36-modda. Viloyat (Toshkent shahar) hokimi — xalq deputatlari Kengashining rahbari lavozimiga nomzodga Kengash deputatlarining savollariga javob berish uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodni sessiyada muhokama qilish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
37-modda. Xalq deputatlari Kengashining viloyat (Toshkent shahar) hokimi — xalq deputatlari Kengashining rahbari nomzodini tasdiqlash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinib, kechi bilan uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
38-modda. Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan viloyat (Toshkent shahar) hokimi — xalq deputatlari Kengashi rahbarining nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
39-modda. Agar ovoz berish vaqtida viloyat (Toshkent shahar) hokimi — xalq deputatlari Kengashi rahbarining nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
40-modda. Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat (Toshkent shahar) hokimi — xalq deputatlari Kengashi rahbarining nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat (Toshkent shahar) hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi.
41-modda. Tuman, shahar hokimi — xalq deputatlari Kengashi rahbarining nomzodlari viloyat hokimi tomonidan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
42-modda. Tuman, shahar hokimi — xalq deputatlari Kengashi rahbarining nomzodlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala tegishli xalq deputatlari Kengashi viloyat hokimi tomonidan taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran, qoida tariqasida, uch kun ichida ko‘rib chiqiladi.
43-modda. Tuman, shahar hokimi — xalq deputatlari Kengashining rahbari lavozimiga nomzodga deputatlarning savollariga javob berish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodni sessiyada muhokama qilish uchun 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
44-modda. Xalq deputatlari Kengashining tuman, shahar hokimi — xalq deputatlari Kengashi rahbarining nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinib, kechi bilan uch kun ichida viloyat hokimiga yuboriladi.
45-modda. Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan tuman, shahar hokimi — xalq deputatlari Kengashi rahbarining nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
46-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari (bundan buyon matnda Senat a’zolari deb yuritiladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining qo‘shma majlislarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
47-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov yakunlari e’lon qilinganidan keyin uch kunlik muddatda Senat a’zolarini saylash uchun deputatlarning qo‘shma majlislari (bundan buyon matnda qo‘shma majlis deb yuritiladi) o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Markaziy saylov komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shuningdek Toshkent shahrida qo‘shma majlislarni o‘tkazish vaqti, sanasi va joyi ko‘rsatilgan qarori ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
48-modda. Qo‘shma majlis ochilishi oldidan Kengashlar deputatlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Agar qo‘shma majlisda, Kengashlar deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, u vakolatli hisoblanadi.
Qo‘shma majlis ishida Markaziy saylov komissiyasining vakili ishtirok etishi shart.
49-modda. Qo‘shma majlisni Markaziy saylov komissiyasining vakili ochadi. U majlisda raislik qiluvchining nomzodi bo‘yicha taklif kiritadi, bu nomzod eng obro‘li, katta tajribaga ega, yoshi ulug‘ Kengashlar deputatlari orasidan tanlab olinadi.
Qo‘shma majlis ishtirokchilari majlisning kun tartibini va ish reglamentini tasdiqlaydilar.
Qo‘shma majlis kun tartibiga Senat a’zolarini saylash to‘g‘risidagi masala kiritiladi.
50-modda. Qo‘shma majlis ishini ta’minlash va olib borish uchun ochiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan uch kishidan besh kishigacha bo‘lgan ishchi hay’at tuziladi. Turli Kengashlar deputatlari orasidan hay’at a’zoligiga nomzodlar raislik qiluvchi tomonidan taklif etiladi.
51-modda. Kengash deputatlari vakolatlarini tekshirish, tushgan takliflarni hisobga olish va qo‘shma majlis tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish uchun uch kishidan iborat kotibiyat tuziladi.
52-modda. Qo‘shma majlisda raislik qiluvchi taqdimiga muvofiq ochiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha Oqsoqollar kengashi (bundan buyon matnda Oqsoqollar kengashi deb yuritiladi) saylanadi.
Oqsoqollar kengashi deputatlik faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan eng obro‘li, yoshi ulug‘ Kengashlarning deputatlaridan, qoida tariqasida, har bir xalq deputatlari Kengashidan bir nafar vakildan saylanadi.
53-modda. Oqsoqollar kengashi eng obro‘li, o‘z saylovchilari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotgan, davlat va jamiyat faoliyatining turli sohalarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan Kengashlar deputatlari orasidan Senat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqadi.
Yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish uchun Senat a’zoligiga olti nafar nomzod bo‘yicha Oqsoqollar kengashining taklifi Oqsoqollar kengashining raisi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Yashirin ovoz berish byulleteniga olti nafar Senat a’zoligiga nomzod kiritiladi.
54-modda. Saylov kuniga qadar yigirma besh yoshga to‘lgan va kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati Senat a’zoligiga nomzod bo‘lishi mumkin.
55-modda. Qo‘shma majlisda Senat a’zoligiga har bir nomzod bo‘yicha alohida muhokama o‘tkaziladi.
Qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan har bir Kengash deputati Senat a’zoligiga nomzodga savollar berish, nomzod xususida o‘z fikrini bildirish huquqiga ega.
Senat a’zoligiga har bir nomzod bo‘yicha alohida muhokamadan keyin uni yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Taklif etilgan u yoki bu nomzodlar rad etilgan taqdirda, muhokama etish va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish uchun boshqa nomzodni faqat Oqsoqollar kengashi ko‘rsatishi mumkin.
Senat a’zoligiga nomzodlarni muhokama qilish qo‘shma majlis qaroriga binoan tugallanadi.
Deputatlarning qo‘shma majlisida ishtirok etayotgan Kengashlar deputatlarining ko‘pchilik ovozini olgan Senat a’zoligiga nomzod yashirin ovoz berish byulleteniga kiritilgan hisoblanadi.
56-modda. Yashirin ovoz berish uchun byulletenning namunasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yashirin ovoz berish byulletenida uni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirish berilgan bo‘lishi lozim. Byulletenning old tomonida o‘ng yuqori burchakda muhr va kamida ikki nafar sanoq komissiyasi a’zosining imzosi bo‘lishi kerak.
57-modda. Yashirin ovoz berishni o‘tkazish va uning natijalarini aniqlash uchun qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan Kengashlar deputatlari orasidan to‘qqiz nafargacha a’zodan, shu jumladan, komissiya raisi va kotibidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.
Sanoq komissiyasining tarkibiga Senat a’zoligiga nomzod saylanishi mumkin emas.
Sanoq komissiyasi:
Senat a’zolarini saylash bo‘yicha ovoz berishni tashkil qiladi va o‘tkazadi;
qo‘shma majlis ishtirokchilariga yashirin ovoz berishni o‘tkazish vaqti, joyi va tartibini e’lon qiladi;
yashirin ovoz berish byulletenlarini ularga Senat a’zoligiga har bir nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismini alifbo tartibida kiritish yo‘li bilan, tug‘ilgan sanasi, lavozimi (mashg‘ulotining turi) va ish joyini ko‘rsatgan holda tayyorlaydi;
ovoz beruvchilarning ro‘yxatini aniqlaydi, ularga yashirin ovoz berish byulletenlarini beradi;
yashirin ovoz berish byulletenlarining old tomoniga muhr qo‘yadi va yashirin ovoz berish byulletenida sanoq komissiyasi a’zolarining imzolari bo‘lishini ta’minlaydi;
ovozlarni sanab chiqadi va yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risida bayonnoma tuzadi;
yashirin ovoz berish natijalarini qo‘shma majlis tasdig‘iga kiritadi.
58-modda. Yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin sanoq komissiyasining raisi yashirin ovoz berishni o‘tkazish tartibini e’lon qiladi, komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini tekshiradi va muhrlaydi.
Saylov qutisi uning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasidan o‘tib boradigan qilib joylashtiriladi.
Qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan Kengash deputati sanoq komissiyasi a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga imzo chekadi, shundan keyin unga yashirin ovoz berish byulleteni beriladi.
Yashirin ovoz berish byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida o‘zi yoqlab ovoz berayotgan Senat a’zoligiga nomzodlarning familiyalari qarshisida o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh katakka belgi-krestik qo‘yish yo‘li bilan to‘ldiriladi.
Ovoz beruvchi to‘ldirilgan yashirin ovoz berish byulletenini ko‘rinarli joyda turishi lozim bo‘lgan saylov qutisiga tashlaydi.
Buzib qo‘yilgan yashirin ovoz berish byulleteni ovoz beruvchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi mumkin.
Yashirin ovoz berish jarayoni tugallangandan keyin, foydalanilmagan, shuningdek buzib qo‘yilgan yashirin ovoz berish byulletenlari ularga maxsus shtamp qo‘yish yo‘li bilan bekor qilinadi, shundan so‘ng ular muhrlanadi va alohida saqlanadi.
59-modda. Ovozlarni sanab chiqish sanoq komissiyasi a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish natijalari aniqlangunga qadar tanaffussiz amalga oshiriladi.
Saylov qutisidagi yashirin ovoz berish byulletenlariga asosan sanoq komissiyasi ovoz berishda ishtirok etgan Kengashlar deputatlarining umumiy sonini, Senat a’zoligiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini, haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi.
Ovoz beruvchilar tomonidan saylov byulleteniga qo‘shimcha yozib qo‘yilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Belgilanmagan namunadagi yashirin ovoz berish byulletenlari, ovoz berish vaqtida bitta ham katakka belgi-krestik qo‘yilmagan byulletenlar, shuningdek old tomonida muhr va sanoq komissiyasi a’zolarining imzolari bo‘lmagan byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra ovoz berishda qatnashgan Kengashlar deputatlari ovozining ellik foizidan ortig‘ini olgan Senat a’zoligiga nomzodlar saylangan deb hisoblanadi.
Yashirin ovoz berish natijalari bo‘yicha bayonnoma tuzilib, u sanoq komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning qalamda to‘ldirilishiga va unga hech qanday tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sanoq komissiyasi raisining ma’ruzasi bo‘yicha qo‘shma majlisda yashirin ovoz berish natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilinib, u qo‘shma majlisning Senat a’zolari saylovining yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomasida aks ettiriladi.
Qo‘shma majlisning Senat a’zolari saylovining yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomasi ikki nusxada tuzilib, raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Bayonnomaning qalamda to‘ldirilishiga va unga birorta tuzatish kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar ovoz berishda yashirin ovoz berish byulleteniga kiritilgan nomzodlardan kimdir saylanmagan bo‘lsa, bo‘sh qolgan o‘rinlarga Senat a’zolarini qo‘shimcha saylash uchun yangi saylov tayinlanadi.
Senat a’zolarini qo‘shimcha saylash bo‘yicha qo‘shma majlis asosiy saylov o‘tkazilganidan so‘ng ikki kun ichida o‘tkaziladi. Qo‘shma majlisning o‘tkazilish vaqti, sanasi va joyi qo‘shma majlis qarori bilan belgilanadi.
60-modda. Saylangan Senat a’zolarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qo‘shma majlisning Senat a’zolari saylovining yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomasi ikki kunlik muddatdan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi.
Qo‘shma majlisning Senat a’zolari saylovining yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomasining ikkinchi nusxasi va Senat a’zolari saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari arxivlarida saqlanadi.
61-modda. Xalq deputatlari Kengashi sessiyaga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash uchun o‘z vakolatlari muddatiga jamoatchilik asosida faoliyatni amalga oshiruvchi doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzishi hamda ular tarkibiga o‘zgartishlar kiritishi mumkin.
Doimiy va muvaqqat komissiyalar raisligiga hamda a’zoligiga nomzodlar sessiyaga hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari tomonidan taqdim etiladi.
Doimiy komissiya raisligiga nomzod bo‘yicha ovoz berish alohida o‘tkaziladi.
Doimiy va muvaqqat komissiyalar a’zolari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan saylanadi.
Doimiy va muvaqqat komissiyalar a’zoligiga nomzodlarni saylash nomzodlarning har birini alohida yoki komissiyaning butun tarkibni yalpi muhokama qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ovoz berishda qaror har bir nomzod bo‘yicha alohida yoki komissiya butun tarkibi bo‘yicha Kengash deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
62-modda. Doimiy komissiyalar soni va tarkibi sessiyada belgilanadi. Xalq deputatlari Kengashi tarkibida, qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuzilishi mumkin:
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha;
qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha;
ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha;
yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari bo‘yicha;
sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha;
agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha;
reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha.
Zarur hollarda xalq deputatlari Kengashi tomonidan yangi doimiy komissiyalar tuzilishi va ilgari tashkil qilingan doimiy komissiyalar tugatilishi, doimiy komissiyalar tarkibiga o‘zgartishlar kiritilishi mumkin.
Doimiy komissiyalar faoliyati xalq deputatlari Kengashi qarori bilan tasdiqlanadigan Xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
63-modda. Doimiy komissiyalar o‘z majlislarida rais o‘rinbosarlari va kotiblarini saylaydi.
Xalq deputatlari Kengashining deputati faqat bitta doimiy komissiya a’zosi etib saylanishi mumkin. Doimiy komissiya tarkibiga kirmagan Kengash deputati uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
Doimiy komissiyalar xalq deputatlari Kengashi oldida mas’ul va unga hisobdordir.
64-modda. Doimiy komissiyalar o‘z faoliyatini xalq deputatlari Kengashi qarori bilan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida amalga oshiradi.
Doimiy komissiyaning sessiyalar oralig‘ida o‘tkaziladigan majlislarida ish rejasiga tegishli o‘zgartishlar kiritilishi mumkin, keyinchalik ular sessiya tasdig‘iga kiritiladi.
65-modda. Doimiy komissiyalar o‘z faoliyatini majlis shaklida amalga oshiradi.
Doimiy komissiyalarning majlislari, qoida tariqasida, oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Doimiy komissiyalarning qo‘shma majlislari ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq o‘tkaziladi.
66-modda. Xalq deputatlari Kengashi aniq vazifalarni bajarish uchun Kengash deputatlari orasidan muvaqqat komissiya tuzishi mumkin.
Muvaqqat komissiya tuzish to‘g‘risidagi qaror sessiyada qabul qilinadi.
Muvaqqat komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarganidan so‘ng o‘z faoliyatini tugatadi.
Muvaqqat komissiyaning vazifalari xalq deputatlari Kengashi qarori bilan belgilanadi.
67-modda. Doimiy va muvaqqat komissiyalarning tegishli hududdagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarga yuboriladigan qarorlari tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi va ular tomonidan ko‘rib chiqilib, ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida yoki ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida bir oylik muddatda xabar qilinishi shart.
68-modda. Kengash deputatining har biri sessiya, doimiy va muvaqqat komissiyalar ishida tashabbuskorlik va faollik bilan qatnashishi lozim. Kengash deputati o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradi.
69-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga ko‘rsatilgan Kengash deputatlari deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin.
Har bir deputatlar guruhi sessiya muhokamasiga kiritilayotgan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va ular yuzasidan takliflar kiritish huquqiga ega.
Deputatlar guruhi tuzish to‘g‘risidagi ariza va boshqa hujjatlar sessiyaga taqdim etiladi. Deputatlar guruhi o‘z faoliyatini sessiyada deputatlar guruhini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng boshlaydi.
Deputatlar guruhi doimiy komissiyalar bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib boradi.
70-modda. Partiya guruhlari siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan Kengash deputatlarining ta’sis yig‘ilishlarida o‘z partiyalarining siyosatini uyushgan holda o‘tkazish uchun tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhi rahbarining tegishli arizasi va ta’sis hujjatlariga asosan xalq deputatlari Kengashi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega:
sessiya kun tartibini shakllantirishda ishtirok etish;
sessiya kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda partiya guruhi vakiliga kafolatlangan tarzda so‘z berilishi;
hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbariga, hokim o‘rinbosarlariga, hokimlikning bo‘lim va boshqarmalari boshliqlariga, shuningdek tegishli xalq deputatlari Kengashi hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlariga so‘rovlar bilan murojaat etish;
doimiy va muvaqqat komissiyalar raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish;
sessiyada muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha partiya guruhining fikrini Kengash deputatlari orasida tarqatish;
viloyat (Toshkent shahar) hokimi — xalq deputatlari Kengashi rahbarining lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi;
xalq deputatlari Kengashi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Partiya guruhlarining faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan ta’minlanadi.
71-modda. Kengash deputati sessiyada ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Kengash deputati:
doimiy hamda muvaqqat komissiyalarga saylash va saylanishga;
sessiyada ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
sessiya kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar va mulohazalar kiritishga;
xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga;
muzokaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi, qo‘shimcha ma’ruzachi va sessiyada raislik qiluvchiga savollar berishga;
deputat so‘rovi bilan murojaat etishga;
o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan ma’lumot berishga;
sessiyada raislik qiluvchiga sessiyada muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi, taklifi yoki mulohazasining matnini topshirishga;
tarkibiga o‘zi kirgan xalq deputatlari Kengashi organining qaroriga qo‘shilmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini sessiyada bayon qilishga yoki bu haqda Kengash rahbariga yozma shaklda ma’lum qilishga;
xalq deputatlari Kengashiga hisobdor bo‘lgan yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini sessiyalarda eshitish to‘g‘risida taklif kiritishga;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijro etilishi, shuningdek xalq deputatlari Kengashi qarorlarining bajarilishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqilishi uchun taklif etishga;
sessiya bayonnomasi va stenogrammasi bilan belgilangan tartibda tanishishga haqli.
Kengash deputati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
72-modda. Kengash deputati:
sessiya samarali ishlashiga ko‘maklashishi, sessiya vaqtini tejashi;
xalq deputatlari Kengashining reglamentiga rioya qilishi va sessiyada raislik qiluvchining talablarini bajarishi;
faqat sessiyada raislik qiluvchining ruxsati bilangina so‘zga chiqishi;
Deputatlik odobi qoidalariga rioya qilishi;
sessiyada ishtirok etishi va uning ishida faol qatnashishi;
o‘zi tarkibiga saylangan doimiy yoki muvaqqat komissiyalar majlislarida ishtirok etishi;
xalq deputatlari Kengashining reglamentida belgilangan tartibda ovoz berishda shaxsan ishtirok etishi shart.
Kengash deputati sessiyada, o‘zi tarkibiga kirgan doimiy yoki muvaqqat komissiya majlisida ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bu haqda tegishincha hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbariga, sessiyada raislik qiluvchiga yoxud doimiy yoki muvaqqat komissiya raisiga oldindan xabar qilishi shart.
73-modda. Kengash deputati tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat so‘rovi yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat so‘roviga mazkur so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay javob yuborishlari shart.
Sudlarning raislari, prokurorlar, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yo‘llangan deputat so‘rovi ularning ish yurituvidagi aniq ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
Deputat so‘rovlari bo‘yicha axborot sessiyada yoki doimiy yoxud muvaqqat komissiyalar majlisida muhokama qilinishi mumkin.
74-modda. Kengash deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi masala tegishli hudud prokurori yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan o‘n kun ichida hal etiladi. Senator etib saylangan Kengash deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda hal etiladi.
Kengash deputatini jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi prokuror taqdimnomasi xalq deputatlari Kengashi tomonidan sessiyada ko‘rib chiqiladi, sessiyalar oralig‘idagi davrda esa hokim – xalq deputatlari Kengashining rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilingan qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari Kengashining Kengash deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori tegishli prokurorga darhol yuboriladi.
Xalq deputatlari Kengashining Kengash deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni nazarda tutadigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab bo‘ladigan holat hisoblanadi.
75-modda. Kengash deputati Deputatlik odobi qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim. Kengash deputatining o‘z maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Deputatlik odobi qoidalari buzilgan taqdirda Kengash deputatining xulq-atvori to‘g‘risidagi masala xalq deputatlari Kengashi tomonidan yoxud uning topshirig‘iga ko‘ra reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
76-modda. Xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmat ko‘rsatish tegishli hokimlik apparati tomonidan ta’minlanadi.
77-modda. Tegishli hokimliklar Kengash deputatini hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari, shuningdek deputatlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlari bilan ta’minlaydi.
Kengash deputatiga texnik vositalar, aloqa vositalari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoit yaratiladi.
78-modda. Xalq deputatlari Kengashining reglamenti, unga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar xalq deputatlari Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari Kengashining reglamentiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflar doimiy komissiyalar, deputatlar guruhlari, partiya guruhlari, Kengash deputatlari tomonidan kiritilishi mumkin va sessiya kun tartibi loyihasiga kiritiladi hamda birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.
79-modda. Xalq deputatlari Kengashining reglamentida nazarda tutilmagan xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga doir masalalarni sessiyada ko‘rib chiqish tartib-taomillari sessiyada Kengash deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan e’tiboran amal qiladi.
1. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, xalq deputatlari Kengashining reglamenti asosida ishlab chiqilgan va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining (bundan buyon matnda xalq deputatlari Kengashi deb yuritiladi) doimiy komissiyalarini shakllantirish va ishini tashkil qilish tartibini, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda vakolatlarini belgilaydi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xalq deputatlari Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xalq deputatlari Kengashining qarorlari hayotga tatbiq etilishiga ko‘maklashish, o‘z vakolatlari doirasida nazorat vazifalarini amalga oshirish uchun xalq deputatlari Kengashi o‘z vakolatlari muddatiga xalq deputatlari Kengashi deputatlari (bundan buyon matnda Kengash deputatlari deb yuritiladi) orasidan xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalarini (bundan buyon matnda doimiy komissiyalar deb yuritiladi) saylaydi.
2. Doimiy komissiyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida, shuningdek xalq deputatlari Kengashining reglamenti va xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Doimiy komissiyalar xalq deputatlari Kengashining sessiyasida (bundan buyon matnda sessiya deb yuritiladi) Kengash deputatlari orasidan rais va a’zolardan iborat tarkibda saylanadi. Doimiy komissiyalar o‘z faoliyatlarini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
4. Kengash deputati faqat bitta doimiy komissiya a’zosi etib saylanishi mumkin.
Doimiy komissiya tarkibiga kirmagan Kengash deputati uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
Hokim — xalq deputatlari Kengashining rahbari doimiy komissiyalar tarkibiga saylanishi mumkin emas.
5. Doimiy komissiyalar raislari va a’zoligiga nomzodlar sessiyaga hokim — xalq deputatlari Kengashi rahbari tomonidan taqdim qilinadi.
Doimiy komissiya raisligiga nomzod bo‘yicha ovoz berish alohida o‘tkaziladi.
Doimiy komissiyalar a’zoligiga nomzodlarni saylash nomzodlarning har birini alohida yoki doimiy komissiyaning butun tarkibini yalpi muhokama qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ovoz berishda qaror har bir nomzod bo‘yicha alohida yoki doimiy komissiyaning butun tarkibi bo‘yicha Kengash deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
6. Doimiy komissiyalar o‘z majlislarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan doimiy komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan rais o‘rinbosarlarini va kotiblarini saylaydi.
7. Doimiy komissiyalarning barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadi.
8. Doimiy komissiyalar xalq deputatlari Kengashi oldida mas’ul va hisobdordir.
9. Kengash deputatining doimiy komissiyadagi vakolatlari uning iltimosiga ko‘ra, shuningdek uning o‘z vazifalarini bajarishga imkon bermaydigan holatlar munosabati bilan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Doimiy komissiya raisining taklifi bo‘yicha doimiy komissiya tarkibidagi o‘zgartishlar sessiyada ko‘rib chiqiladi.
10. Doimiy komissiyalar soni va tarkibi sessiyada belgilanadi.
Xalq deputatlari Kengashi tarkibida, qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuzilishi mumkin:
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha;
qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha;
ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha;
yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari bo‘yicha;
sanoat, transport, qurilish, kommunal xo‘jaligi masalalari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha;
agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha;
reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha.
Zarur hollarda xalq deputatlari Kengashi tomonidan yangi doimiy komissiyalar tuzilishi va ilgari tashkil qilingan doimiy komissiyalar tugatilishi, doimiy komissiyalarning tarkibiga o‘zgartishlar kiritilishi mumkin.
11. Mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya:
mahalliy budjet loyihasi, unga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflar, shuningdek mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi, boshqa doimiy komissiyalar bilan birgalikda xulosalar tayyorlaydi, mazkur masalalar yuzasidan sessiyada ma’ruzalar va qo‘shimcha ma’ruzalar bilan chiqadi;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda va tadbirkorlikni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, o‘z vakolatlari doirasida takliflar kiritadi;
tadbirkorlik sohasida xususiy va oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish infratuzilmasini shakllantirishga, tadbirkorlik subyektlari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashadi;
budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish masalalarini o‘rganadi, ular bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;
mahalliy budjet ijrosi, budjetdan tashqari va maqsadli fondlardan maqsadli foydalanish tartibi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
mahalliy budjetning qo‘shimcha daromad zaxiralari va manbalarini aniqlash bo‘yicha ish olib boradi;
mahalliy soliqlar va mahalliy budjetga tushadigan boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarning miqdorlarini belgilash va berish masalalarini ko‘rib chiqadi va xulosalar beradi;
hokimlikning tuzilishi, shtatlari va xodimlarining mehnatiga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi hokim – xalq deputatlari Kengashi rahbari taqdimnomasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi;
xalq deputatlari Kengashining rejalashtirish va budjet-moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashadi;
o‘z vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, tavsiyalar beradi va zarur hollarda xalq deputatlari Kengashi qarorlarining loyihalarini sessiyada ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
12. Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya:
xalq deputatlari Kengashi tomonidan rejalashtirilayotgan dasturlarni, shuningdek viloyat, tuman, shahar hududida (bundan buyon matnda tegishli hududda deb yuritiladi) qonuniylikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
o‘z vakolatiga taalluqli bo‘lgan xalq deputatlari Kengashining dasturlari va hokimlik qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqishda qatnashadi va xulosalar beradi;
hokimlik bo‘lim va boshqarmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining komissiya vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha axborotini eshitadi, tavsiyalar kiritadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
hokim — xalq deputatlari Kengashi rahbarining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyasi esa tegishli viloyat hududida joylashgan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi;
ommaviy axborot vositalari, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi, tegishli hududda jamoat tadbirlari | 202 | 63,556 |
Qonunchilik | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash ha | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-54-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-54-son Farmonining 1-bandiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari tashkil etilganligi hamda ularning daromadlarini shakllantirish manbalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish hamda jamg‘armalar mablag‘larini boshqarish tartibi;
jamg‘armalar daromadlari va xarajatlari prognozini hamda ularning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturini shakllantirish va tasdiqlash, shuningdek, jamg‘armalar mablag‘larini sarflash tartibi;
yirik investitsiya loyihalari hamda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari tashkil etiladigan yer maydonlari uchun tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi;
jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanishni hisobga olish, hisobotini olib borish hamda nazorat qilish masalalari.
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — jamg‘armalar) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘armalar yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida (keyingi o‘rinlarda — mahalliy hokimliklar) tashkil etiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
infratuzilma loyihalari — “Yangi O‘zbekiston” massivlari va davlat uy-joy dasturlarida nazarda tutilgan boshqa massivlar, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari, yirik investitsiya loyihalari, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash (qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash) ishlari, shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tadbirlari;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari;
yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari — xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi 5 gektardan kam bo‘lmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yaxlit yer maydonlarida tashkil etiladigan kompleks xizmat ko‘rsatish obyektlari;
yirik investitsiya loyihalari — qiymati 200 mlrd so‘mdan oshadigan, investorning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar;
Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari;
talabgorlar — qiymati 200 mlrd so‘mdan oshadigan, o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshiruvchi xorijiy va mahalliy investorlar;
tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari — infratuzilma loyihasini amalga oshirish doirasida eng yaqin markazlashtirilgan tarmoqlardan ishlab chiqarish maydonlarining chegarasigacha ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlarini tortish hamda avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash ishlari;
ta’minotchi tashkilotlar — “O‘zsuvta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va ularning hududiy tashkilotlari;
shaharsozlik hujjatlari — aholi punktlari bosh rejalari, hududlarning ma’muriy-rejalashtiruv topshiriqlari va batafsil rejalashtirish loyihalari.
4. Jamg‘armalar mablag‘lari Moliya vazirligining axborot tizimida belgilangan tartibda mahalliy darajada ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
5. Infratuzilma loyihalarini jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan hamda yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablag‘larning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xarajatlar chegirib qolinganidan so‘ng qolgan qismining 70 foizi, bundan maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari va “Business city” markazlari hududlaridagi yer uchastkalari mustasno;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Jamg‘arma mablag‘lari “Yangi O‘zbekiston” massivlari, davlat uy-joy dasturlarida nazarda tutilgan massivlar, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari, yirik investitsiya loyihalari hamda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash (qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash) ishlari, shuningdek, tegishli hududdagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlarga yo‘naltiriladi.
Bunda ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, sog‘liqni saqlash muassasalari va mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda boshqa ma’muriy binolarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmaydi.
8. Jamg‘armalar mablag‘larini boshqarish Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
9. Jamg‘armalar mablag‘larini boshqarishda Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
jamg‘armalar daromadlari va xarajatlari prognozini hamda ularning bajarilishi to‘g‘risida choraklik va yillik hisobotni tayyorlash;
jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlari loyihasini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda kelishilishini ta’minlash;
mahalliy hokimliklar takliflari asosida jamg‘armalar daromadlari va xarajatlarining yig‘ma prognoz parametrlarini tayyorlab, belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida aks ettirish;
jamg‘armalar daromadlari va xarajatlarini yil (chorak, oy) bo‘yicha ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash;
jamg‘armalar faoliyati yuzasidan har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish;
zarurat bo‘lganda joylarga chiqqan holda infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish.
10. Jamg‘armalar mablag‘larini boshqarishda Moliya vazirligining hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
jamg‘armalar daromadlari va xarajatlari prognozini hamda ularning bajarilishi to‘g‘risidagi choraklik va yillik hisobotni tayyorlash va Moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda taqdim etish;
jamg‘armalar hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalari bo‘yicha ushbu Nizomda ko‘rsatilgan buyurtmachilar tomonidan kiritilgan manzilli ro‘yxatlarni ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda kelishilishini ta’minlash;
jamg‘armalar daromadlari va xarajatlarini yil (chorak, oylar) bo‘yicha tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Moliya vazirligiga taqdim etish;
joylarga chiqqan holda infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish;
buyurtmachilar tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida taqdim etiladigan hisobotlarga ko‘ra infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish ishlarining monitoringini olib borish.
Bunda buyurtmachilar tomonidan jamg‘armalar mablag‘larining sarfi bo‘yicha tegishli hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda, buyurtmachi rahbariyatini yozma xabardor qilgan holda Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari jamg‘armalardan xarajatlarni moliyalashtirishni (to‘lashni) ushbu hisobotlar talab darajasida taqdim etilgunga qadar vaqtinchalik cheklab qo‘yishga haqli.
11. Jamg‘armalar daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi va Davlat budjeti parametrlari loyihasini tayyorlash bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
12. Mahalliy hokimliklar har yili 1-iyulga qadar kelgusi yil uchun jamg‘armalar daromadlari prognozini va jamg‘armalar xarajatlari bo‘yicha budjet so‘rovini Moliya vazirligiga taqdim etadi.
13. Moliya vazirligi tomonidan har yili 1-dekabrga qadar Davlat budjeti parametrlari loyihasini shakllantirishda jamg‘armalarning daromadlari va xarajatlarining kelgusi yil uchun prognoz ko‘rsatkichlari inobatga olinadi.
14. Jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturini shakllantirish Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Infratuzilma loyihalarining manzilli dasturini shakllantirishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
mahalliy hokimliklar tomonidan kiritilgan jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlari loyihasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
manzilli dasturlar loyihasini Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
zarurat bo‘lganda joylarga chiqqan holda infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish hamda qurilish-montaj ishlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish.
16. Infratuzilma loyihalarining manzilli dasturini shakllantirishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlari loyihasini shakllantirish;
infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlari loyihasini tegishli hududiy tashkilotlar va ta’minotchi tashkilotlar bilan kelishish;
jamg‘armalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha ushbu Nizomda ko‘rsatilgan buyurtmachilar tomonidan kiritilgan manzilli ro‘yxatlarni ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda kelishish;
tasdiqlangan manzilli dasturlarda nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha buyurtmachi tashkilotlar tomonidan kiritilgan ma’lumotlarga asosan infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi bo‘yicha tizimli monitoring yuritish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga axborot kiritib borish.
17. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari har yili O‘zbekiston Respublikasining “Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qonuni tasdiqlangandan so‘ng hisobot yilining 20-yanvariga qadar jamg‘arma daromadlari prognozi doirasida infratuzilma loyihalarining manzilli dasturi loyihasini tayyorlaydi hamda uni hisobot yilining 1-fevraliga qadar Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari va tegishli ta’minotchi tashkilotlar bilan kelishgan holda mahalliy hokimliklarga kiritadi.
18. Mahalliy hokimliklar hisobot yilining 15-fevraliga qadar jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari bo‘yicha manzilli dasturlar loyihasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.
19. Mahalliy hokimliklar hisobot yilining 1-martiga qadar infratuzilma loyihalari bo‘yicha manzilli dasturlar loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarida tasdiqlangandan so‘ng uni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
20. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hisobot yilining 1-apreliga qadar infratuzilma loyihalari bo‘yicha manzilli dasturlarni Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
21. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi tomonidan jamg‘armalarga haqiqatda tushgan mablag‘lardan kelib chiqib, mahalliy hokimliklar takliflari asosida infratuzilma loyihalari bo‘yicha manzilli dasturlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Bunda mahalliy hokimliklarning takliflari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari va tegishliligi bo‘yicha ta’minotchi tashkilotlar bilan kelishiladi.
22. Jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari bo‘yicha buyurtmachi vazifasi:
ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — “O‘zsuvta’minot” AJ huzuridagi “Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi;
avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi tegishli buyurtmachilar, Toshkent shahri bo‘yicha — Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi davlat unitar korxonasi;
elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlari bo‘yicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy tashkilotlari va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari;
tabiiy gaz yetkazib berish ishlari bo‘yicha — “Hududgazta’minot” AJning va “O‘ztransgaz” AJning hududiy filiallari;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlari bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarga buyurtmachi vazifasi boshqa tashkilotlarga ham yuklatilishi mumkin.
23. Mahalliy hokimliklar hisobot yilining 10-apreliga qadar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining bayoniga asosan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturi tasdiqlangandan so‘ng jamg‘armalarga haqiqatda tushgan mablag‘lar doirasida buyurtmachilarga (ta’minotchi tashkilotlarga) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda tender va tanlovlarni o‘tkazish uchun tegishli ko‘rsatmalarni yuboradi.
24. Buyurtmachi tashkilotlar (ta’minotchi tashkilotlar) hisobot yilining 20-mayiga qadar tasdiqlangan manzilli dasturga asosan infratuzilma loyihalari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda bosh pudrat tashkilotini aniqlaydi.
25. Ichimlik va oqova suv tarmoqlarini, avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun mablag‘lar belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan qurilishlarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlariga muvofiq belgilangan tartibda pudrat (loyiha) tashkilotlariga ajratiladi.
Bunda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar orqali moliyalashtiriladi.
26. Elektr energiyasi va gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy tashkilotlari va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari hamda “Hududgazta’minot” AJ va O‘ztransgaz” AJning hududiy filiallariga tasdiqlangan loyiha smeta-hujjatlariga asosan 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan bir yo‘la ajratiladigan ssuda hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va “O‘ztransgaz” AJlarning hududiy filiallari tomonidan hisobot yilining 1-iyuniga qadar Moliya vazirligining hududiy boshqarmalariga taqdim etiladigan talabnomalarga muvofiq budjet ssudasi ajratiladi.
27. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar hamda ssuda shartnomalari asosida, xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
28. Mahalliy hokimliklar hisobot yilining 1-iyuniga qadar Ichimlik va oqova suv tarmoqlarini hamda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari hamda Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
29. Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari xarajatlar grafigi bo‘yicha tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar va ssuda shartnomalariga asosan belgilangan tartibda infratuzilma loyihalarini moliyalashtirib boradi.
30. Jamg‘armalarning foydalanilmagan hamda buyurtmachilarning majburiyatlari bo‘yicha qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari yuzasidan to‘liq moliyalashtirilmagan mablag‘lar Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va kelgusi yilga o‘tkazilib, maqsadli ravishda sarflanadi.
31. Yirik investitsiya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha:
talabgorlar tomonidan murojaat etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari bo‘yicha ekspertiza xulosasini olish hamda ijobiy xulosalar berilgan investitsiya loyihalari ro‘yxatini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-avgustdagi PQ-5233-son qaroriga muvofiq belgilangan tartib asosida;
jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan yirik investitsiya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlash va xarajatlarni amalga oshirish mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
32. Mahalliy hokimliklar:
a) yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari tashkil qilinadigan yer uchastkalarining ro‘yxatini markazlashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda eng yaqin hududlarni hisobga olgan holda shakllantiradi;
b) ro‘yxatga kiritilgan yer uchastkalarining har biri bo‘yicha iqtisodiy samaradorligi, joylashtiriladigan xizmat ko‘rsatish obyektlari turi va soni hamda ularda yaratiladigan ish o‘rinlarini nazarda tutgan holda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarining konsepsiyalarini ishlab chiqadi va kelishish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritadi.
Bunda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini tashkil etish va tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashning iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini belgilash, infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘larning dastlabki hisob-kitoblarini amalga oshirish, yer uchastkalarining boshlang‘ich narxlarini belgilash mahalliy hokimliklar tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va ta’minotchi tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
33. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarining konsepsiyalarini ko‘rib chiqib 15 kun muddatda o‘z xulosasini mahalliy hokimliklarga yuboradi.
34. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ijobiy xulosalar taqdim etilgan yer uchastkalari mahalliy hokimliklar tomonidan loyiha konsepsiyasi bilan yaxlit yoki lotlarga bo‘lingan holda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Bunda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan belgilangan tartibda ta’minlab berish (qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash) va yer uchastkalarining boshlang‘ich narxlari infratuzilma xarajatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
35. Yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarining maydonigacha tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarining belgilangan konsepsiya asosida (ishga tushirish bosqichining) loyiha qiymatining kamida 50 foizi o‘zlashtirilgan taqdirda mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
36. Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari jamg‘armalar daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida hisob va hisobotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda yuritadi.
37. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari:
a) belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan hamda yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablag‘larning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xarajatlar chegirib qolinganidan so‘ng qolgan qismining 70 foizi jamg‘armalarga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlaydi;
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tushumlardan jamg‘armalarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar va ushbu mablag‘lardan yuzaga kelgan qarzdorliklar bo‘yicha Moliya vazirligining hududiy boshqarmalariga har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10-kuniga qadar hisobot (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalar bilan uzatish dasturi joriy etilgan bo‘lsa) taqdim etadi.
38. Buyurtmachi tashkilotlar jamg‘armalardan ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi bo‘yicha tegishli hisobotlarni (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalari bilan uzatish dasturi joriy etilgan bo‘lsa) Moliya vazirligining hududiy boshqarmalariga har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-kuniga qadar taqdim etadi.
39. Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari jamg‘armalardan moliyalashtirilgan xarajatlar bo‘yicha tegishli hisobotlarni (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalari bilan uzatish dasturi joriy etilgan bo‘lsa) har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 8-kuniga qadar Moliya vazirligiga taqdim etadi.
40. Moliya vazirligi taqdim etilgan tegishli hisobot va ma’lumotlar asosida jamg‘armalardan ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi yuzasidan monitoring olib boradi hamda har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-kuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
41. Jamg‘armalardan ajratilgan mablag‘larning shaffofligini ta’minlash yuzasidan:
mahalliy hokimliklar infratuzilma loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha manzilli dasturlar, loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar hamda foydalanishga topshirilgan obyektlar to‘g‘risidagi axborotlarni;
Moliya vazirligi jamg‘armalar tushumlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, belgilangan tartibda “Open budget” rasmiy veb-saytida e’lon qilib boradi.
42. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
43. Jamg‘armalar mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
44. Jamg‘armalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi. | 250 | 25,203 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qatar Davlati Sho‘ro kengashi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhini tashkil etish to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining kengashi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qatar Davlati Sho‘ro kengashi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tashkil etilsin:
2. Mazkur Qo‘shma qaror tegishli davlat organlariga ma’lumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 147 | 734 |
Qonunchilik | Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat (bundan buyon matnda ma’muriy nazorat deb yuritiladi) bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ma’muriy nazoratning asosiy vazifasi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularga yakka tartibda profilaktik ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir.
Ma’muriy nazorat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy nazorat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ma’muriy nazoratning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
demokratizm;
adolatparvarlik;
insonparvarlik;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni hurmat qilish;
belgilanadigan cheklovlarning differensiallashganligi va individuallashtirilganligi;
qonunga itoatkorlik xulq-atvorini rag‘batlantirish.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ma’muriy nazorat — nazorat ostidagi shaxslarga sud tomonidan belgilanadigan ma’muriy cheklovlarni qo‘llashdan iborat tarbiyaviy-profilaktik ta’sir ko‘rsatish choralari majmui;
ma’muriy cheklov — huquqlar va erkinliklarni vaqtinchalik cheklash yoki zimmaga majburiyatlar yuklatish bo‘lib, ushbu cheklash yoki majburiyat yuklatish jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxsga nisbatan sud tomonidan belgilanadi;
nazorat ostidagi shaxs — o‘ziga nisbatan ma’muriy nazorat amalga oshirilayotgan shaxs;
nazorat ostidagi shaxsning yashash joyi (yashash joyi) — nazorat ostidagi shaxs doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan turar joy.
Ushbu Qonun 8-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda quyidagi voyaga yetgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan ma’muriy nazorat o‘rnatiladi:
sud tomonidan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan;
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan;
har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binoan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat hisoblanadigan qilmishlarni sodir etganlik uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tagan.
Ma’muriy nazorat sudlanganligi olib tashlangan yoki sudlanganlik holati tugallangan shaxslarga nisbatan o‘rnatilishi mumkin emas.
Nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sudning sodir etilgan qilmishning xususiyati hisobga olingan holdagi qarori asosida quyidagi ma’muriy cheklovlar belgilanishi mumkin:
yashash joyidan sutkaning belgilangan vaqtida tashqarida bo‘lishni taqiqlash;
muayyan joylarda bo‘lishni taqiqlash;
sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan ichki ishlar organlarining ruxsatisiz chiqishni taqiqlash;
ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda bir martadan to‘rt martagacha ichki ishlar organiga (ichki ishlar organining tayanch punktiga) kelish;
alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlash.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’muriy cheklovlar nazorat ostidagi shaxsning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, shuningdek uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab to‘liq hajmda yoki alohida-alohida tarzda belgilanadi.
Ma’muriy cheklovlarning ro‘yxati uzil-kesil bo‘lib, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki u kengaytirib sharhlanishi mumkin emas.
Qo‘llaniladigan ma’muriy cheklovlar sud tomonidan ichki ishlar organining taqdimnomasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yoxud uning vakilining arizasiga, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining iltimosnomasiga binoan nazorat ostidagi shaxsning turmush tarzi va xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar inobatga olingan holda qisman bekor qilinishi mumkin.
Ma’muriy nazorat o‘rnatish zarurligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan taqdimnoma sudga quyidagilar tomonidan yuboriladi:
sud tomonidan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslarga nisbatan — ularni ozod etishdan kamida bir oy oldin jazoni ijro etish muassasasining boshlig‘i tomonidan;
jazoni ijro etish muassasalarida turgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoxud har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazoni o‘tash davrida belgilangan tartibda saqlash rejimini qasddan buzuvchilar deb topilgan bo‘lsa, — ularni ozod etishdan kamida bir oy oldin jazoni ijro etish muassasasining boshlig‘i tomonidan;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga nisbatan — sudlanganlik holatining tugatilishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlari doirasida ichki ishlar organining boshlig‘i tomonidan ushbu shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganidan keyin bir yil ichida ikki yoki undan ko‘proq ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganligidan dalolat beruvchi materiallar asosida.
Ma’muriy nazorat o‘rnatish zarurligi to‘g‘risidagi taqdimnomada ma’muriy nazoratni o‘rnatish zarurati, o‘rnatiladigan ma’muriy cheklovlar yuzasidan takliflar va o‘ziga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan shaxsning o‘zi tanlagan yashash joyi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Agar jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilayotgan shaxsning ma’lum sabablarga ko‘ra aniq turar joyi bo‘lmasa, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati unga yashash joyi bilan ta’minlash, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishga hamda ishga joylashishga yordam berishni so‘rab, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarni yoki og‘ir kasalliklarga chalingan shaxslarni davolash masalalarini oldindan hal qilish to‘g‘risida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga, ichki ishlar organlariga va sog‘liqni saqlash muassasalariga iltimosnoma yuboradi.
Ma’muriy nazorat o‘rnatish zarurligi to‘g‘risidagi taqdimnoma olingan paytdan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan sud majlisida ichki ishlar organi vakilining majburiy ishtirokida va o‘ziga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatish zarurligi to‘g‘risidagi taqdimnoma ko‘rib chiqilayotgan shaxs ishtirokida yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Agar o‘ziga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatish zarurligi to‘g‘risidagi taqdimnoma ko‘rib chiqiladigan, sud majlisi o‘tkaziladigan vaqt va joy haqida xabardor qilingan shaxs uzrsiz sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmasa, shuningdek sud majlisini boshqa kunga qoldirish to‘g‘risida iltimosnoma taqdim etilmagan bo‘lsa, taqdimnoma sud tomonidan ushbu shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin.
Sudning ma’muriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risidagi qarorida ma’muriy nazoratni o‘rnatish uchun asos, uning muddati va nazorat ostidagi shaxsga nisbatan o‘rnatiladigan ma’muriy cheklovlar ko‘rsatiladi. Agar ma’muriy nazorat jazoni ijro etish muassasasidan ozod etish chog‘ida belgilangan bo‘lsa, sudning ma’muriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risidagi qarorida nazorat ostidagi shaxs tanlagan yashash joyiga yetib keladigan muddat ham ko‘rsatiladi.
Jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilayotgan shaxsning aniq yashash joyi ma’lum bo‘lmagan taqdirda, sud uning ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishidan oldin yashagan oxirgi yashash joyi bo‘yicha ma’muriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Nazorat ostidagi shaxsning yashash joyi bo‘lmagan taqdirda, sud mahalliy davlat hokimiyati organlariga nazorat ostidagi shaxsni turar joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rish majburiyatini yuklash to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ma’muriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga o‘rnatiladi. Ma’muriy nazorat muddati ma’muriy nazoratni o‘rnatish to‘g‘risida sud tomonidan qaror chiqarilgan paytdan e’tiboran, ma’muriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan shaxsni ozod etish chog‘ida o‘rnatilgan hollarda esa, nazorat ostidagi shaxs tanlagan yashash joyiga yetib kelgan paytdan e’tiboran hisoblanadi.
Ma’muriy nazorat muddatining o‘tishi quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi:
nazorat ostidagi shaxsga qidiruv e’lon qilinganda;
nazorat ostidagi shaxs sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilganda.
Nazorat ostidagi shaxs ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan taqdirda, ma’muriy nazorat muddati ichki ishlar organining taqdimnomasi bo‘yicha sud tomonidan olti oygacha bo‘lgan muddatga, lekin sudlanganlik holatining tugallanishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Nazorat ostidagi shaxs sud majlisida ishtirok etgan taqdirda sudning ma’muriy nazorat o‘rnatish, uning muddatini uzaytirish yoki ma’muriy cheklovlarni qisman bekor qilish to‘g‘risidagi qarori nazorat ostidagi shaxsga sud tomonidan e’lon qilinadi.
Sudning qarori tegishincha jazoni ijro etish muassasasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yashash joyidagi ichki ishlar organiga keyinchalik nazorat ostidagi shaxsga tilxat olib topshirish uchun yuboriladi.
Sudning qarorini nazorat ostidagi shaxsga topshirish chog‘ida uning huquq va majburiyatlari, o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarni buzganlik va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik, shu jumladan ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida yashash joyini o‘zboshimchalik bilan tark etganlik uchun javobgarligi, o‘ziga nisbatan ma’muriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilishidan oldin o‘rnatilgan shaxsga esa, tanlagan yashash joyiga belgilangan muddatda yetib bormaganlik uchun javobgarligi tushuntiriladi.
Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati jazoni o‘tash davrida o‘ziga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan shaxsni jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilishdan oldin nazorat ostidagi shaxsning tanlagan yashash joyidagi ichki ishlar organiga sudning ma’muriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risidagi qarorini ushbu shaxs yetib boradigan vaqt to‘g‘risida yozma ravishda xabar qilgan holda yuboradi.
Ma’muriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning yashash joyidagi ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ma’muriy nazorat muddati mobaynida nazorat ostidagi shaxslarning hisobini yuritish, shu jumladan ularning turmush tarzi, xulq-atvori va niyatlari to‘g‘risida axborot to‘plash;
nazorat ostidagi shaxsning ijtimoiy reabilitatsiyasi va ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;
nazorat ostidagi shaxsning o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarga rioya etishi va yashash, ish, o‘qish yoki xizmat joyi bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
nazorat ostidagi shaxs bilan uning huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini amalga oshirish;
nazorat ostidagi shaxsning o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarni buzganligi va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi faktlarini aniqlash hamda hujjatlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish.
Yashash joyi o‘zgargan taqdirda ma’muriy nazoratni nazorat ostidagi shaxsning yangi yashash joyidagi ichki ishlar organi amalga oshiradi.
Ma’muriy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish davriyligi va vaqti sud belgilagan ma’muriy cheklovlardan, nazorat ostidagi shaxsning turmush tarzi, oilaviy ahvoli, xulq-atvoridan, shuningdek uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlardan kelib chiqqan holda ichki ishlar organi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Ma’muriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning bir maromdagi hayot faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak va, qoida tariqasida, uning ishdan, o‘qishdan yoki xizmatdan bo‘sh vaqtida amalga oshiriladi.
Ma’muriy nazorat quyidagi hollarda tugatiladi:
ma’muriy nazorat o‘rnatilgan muddat tugaganda;
sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganlik olib tashlanganda;
nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan va jazoni o‘tash joyiga yuborilganda;
nazorat ostidagi shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilganda;
nazorat ostidagi shaxs boshqa davlatga doimiy yashash joyiga chiqib ketganda;
nazorat ostidagi shaxs vafot etgan yoki sudning uni vafot etgan deb topish to‘g‘risidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ma’muriy nazoratni tugatish to‘g‘risida ichki ishlar organi tomonidan qaror chiqariladi.
Agar nazorat ostidagi shaxs huquqbuzarlik sodir etmayotganligi, o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarga rioya qilayotganligi hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarayotganligi aniqlansa, shuningdek yashash, ish, o‘qish yoki xizmat joyidan ijobiy tavsifnomalar mavjud bo‘lsa, ma’muriy nazorat muddatining kamida yarmi o‘tgach ichki ishlar organining taqdimnomasi yoxud nazorat ostidagi shaxsning yoki uning vakilining arizasi asosida, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining iltimosnomasiga ko‘ra ma’muriy nazorat sud tomonidan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Ma’muriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi taqdimnoma, ariza yoki iltimosnoma o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
Ma’muriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida sud tomonidan qaror chiqariladi, qaror nazorat ostidagi shaxsga e’lon qilinadi.
Nazorat ostidagi shaxs quyidagi huquqlarga ega:
advokat xizmatlaridan foydalanish;
ko‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan izohlar berish;
dalillar taqdim etish;
sudda ma’muriy nazorat o‘rnatish va cheklovlar qo‘llash to‘g‘risidagi materiallar bilan tanishib chiqish hamda ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish;
ma’muriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida, shuningdek belgilangan ma’muriy cheklovlarni qisman bekor qilish haqida sudga bevosita yoki vakili orqali arizalar bilan murojaat etish;
sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirish;
sudning ma’muriy nazorat o‘rnatish, u bilan bog‘liq ma’muriy cheklovlar va uning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilish;
ish bo‘yicha keltirilgan protestlar va kelib tushgan shikoyatlardan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish;
yashash joyidan tashqarida bo‘lish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan qisqa muddatga chiqish uchun ruxsatnomalar olish to‘g‘risidagi arizalar bilan ichki ishlar organlariga murojaat etish;
bevosita yoki vakili orqali ichki ishlar organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining ma’muriy nazoratni o‘rnatish va amalga oshirish chog‘idagi harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Nazorat ostidagi shaxs quyidagi ma’muriy nazorat qoidalariga rioya etishi shart:
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganidan keyin o‘zi tanlagan yashash joyiga sud tomonidan belgilangan muddatda yetib borish;
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganidan keyin, shuningdek yashash joyi o‘zgarganidan so‘ng o‘zi tanlagan yashash joyiga yetib kelgan kundan e’tiboran uch kun ichida hisobga qo‘yilish uchun ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organiga kelish;
o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarga rioya etish;
ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organidan yashash joyidan tashqarida bo‘lish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqariga qisqa muddatga chiqish uchun ruxsatnoma olingan taqdirda, qisqa muddatga chiqilayotgan hududning ichki ishlar organini xabardor qilish;
qisqa muddatga chiqish joyidan qaytib kelganida doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organini xabardor qilish;
ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organini ishga joylashganligi, yashash, ish, o‘qish yoki xizmat joyi o‘zgarganligi yoxud mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risida uch kun ichida xabardor qilish;
yashash joyidagi ichki ishlar organiga ushbu organ tomonidan belgilangan muddatda chaqiruvga ko‘ra borish;
o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarga rioya etish va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish.
Ma’muriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlari quyidagi huquqlarga ega:
nazorat ostidagi shaxsning xulq-atvori to‘g‘risida ish, o‘qish yoki xizmat joyi ma’muriyatidan, jamoat birlashmasidan, yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan, shuningdek fuqarolardan ma’lumotlarni so‘rash va olish;
nazorat ostidagi shaxsga uy-joy berish va uni ishga joylashtirish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga iltimosnomalar yuborish;
profilaktik suhbat o‘tkazish uchun nazorat ostidagi shaxsni uning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga chaqirish, nazorat ostidagi shaxsning talabi bilan bunday suhbatlarni advokat, jamoatchilik, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari yoki yaqin qarindoshlari ishtirokida o‘tkazish;
nazorat ostidagi shaxsdan o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarga rioya etish hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan og‘zaki va yozma tushuntirishlar talab qilish.
Ichki ishlar organlari ma’muriy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha alohida tadbirlarni o‘tkazishda davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Ma’muriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlari:
nazorat ostidagi shaxsga uning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi, shuningdek o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarni buzganlik hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirishi;
ma’muriy nazorat muddati mobaynida nazorat ostidagi shaxslarning hisobini yuritishi;
nazorat ostidagi shaxslarni o‘zlari tanlagan yashash joyida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va ularni ishga joylashtirish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi;
ma’muriy nazorat ostidagi shaxsning o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarga rioya etishi va yashash, ish, o‘qish yoki xizmat joyi bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan tizimli ravishda nazoratni amalga oshirishi;
nazorat ostidagi shaxs bilan uning huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini olib borishi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganidan keyin yashash joylariga belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmagan, shuningdek yashash joylarini o‘zboshimchalik bilan tark etgan yoki sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan ruxsatnomasiz chiqib ketgan nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvini amalga oshirishi shart.
Ma’muriy nazoratni o‘rnatish va amalga oshirish nazorat ostidagi shaxsning boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi, uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi kerak.
Nazorat ostidagi shaxs yashash joyini o‘zboshimchalik bilan tark etganda, shuningdek jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilish chog‘ida ma’muriy nazorat o‘rnatilgan hollarda yashash joyiga belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmaganda ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsning turar joyi va yetib kelmaslik sabablarini aniqlash choralarini ko‘radi.
Nazorat ostidagi shaxsning qayerdaligi aniqlanmagan taqdirda ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsning turar joyi va yetib kelmaslik sabablarini aniqlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqidagi hujjatlar (dalolatnoma, fuqarolarning yozma ko‘rsatuvlari, ichki ishlar organi xodimining bildirgisi) bilan birga sudga unga nisbatan qidiruv e’lon qilish zarurligi to‘g‘risida taqdimnoma yuboradi.
Nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilish zarurligi to‘g‘risidagi taqdimnoma sud tomonidan besh kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilish to‘g‘risida sud tomonidan qaror qabul qilinadi.
Nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsga yashash joyidan tashqarida bo‘lish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan qisqa muddatga chiqish uchun o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga quyidagi shaxsiy holatlar munosabati bilan ruxsatnoma beradi:
yaqin qarindoshining o‘limi yoki og‘ir kasalligi;
ishga joylashish yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish zarurati;
ta’lim muassasalariga qabul qilish chog‘ida kirish imtihonlarini topshirish zarurati.
Ushbu modda birinchi qismining birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ruxsatnoma quyidagi hollarda bir oygacha bo‘lgan muddatga berilishi mumkin:
nazorat ostidagi shaxsning tibbiy yordam olishi yoki sog‘liqni saqlash muassasalarida davolanishdan o‘tishi zarur bo‘lganda;
tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan yashash joyida bundan buyon istiqomat qilishning imkoni bo‘lmasa;
sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqarida ta’lim olganda.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat oshib ketgan taqdirda, ma’muriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning turgan joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratni o‘rnatish va amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan prokuror tomonidan protest keltirilishi yoki nazorat ostidagi shaxs yoki uning vakili tomonidan sud qarori nusxasi olingan kundan boshlab o‘n kunlik muddatda bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Sudning ma’muriy nazorat o‘rnatish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish yoxud ma’muriy cheklovlarni qisman bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat yoki protest yuqori turuvchi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha sud tomonidan quyidagi qarorlardan biri chiqariladi:
sudning qarorini o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida;
sudning qarorini o‘zgartirish to‘g‘risida;
sudning qarorini bekor qilish to‘g‘risida;
sudning ma’muriy nazorat o‘rnatishni rad qilish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilish va ma’muriy nazorat o‘rnatish haqida.
Shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi ma’muriy nazoratning amalga oshirilishini sud ma’muriy nazoratni tugatish to‘g‘risida qaror chiqarguniga qadar to‘xtatib turmaydi.
Ma’muriy nazorat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati to‘g‘risida”gi 750-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 33-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 832-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) VIII bo‘limi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 109 | 23,920 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 19-oktabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 206 | 738 |
Qonunchilik | TELEKOMMUNIKATSIYA LINIYALARI VA INShOOTLARINI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | Telekommunikatsiyalarning kabel, radiorele va havo liniyalari hamda inshootlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 20-avgustdagi 403-son qarori (O‘zSSR QT, 1969-y., 7-son, 71-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L. A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilishning mazkur qoidalari (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida aloqa, radiolashtirish va signalizatsiya liniyalarining muhofaza qilinadigan hududida qurish, saqlash va foydalanish tartibini belgilaydi.
Qoidalarning amal qilishi barcha liniyalarga, ularning kimga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, joriy etiladi.
Qoidalarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va alohida shaxslar (keyingi o‘rinlarda yuridik va jismoniy shaxslar deb ataladi) tomonidan bajarilishi majburiydir.
1. Aloqa, radiolashtirish va signalizatsiya liniyalariga (keyingi o‘rinlarda aloqa kommunikatsiyalari deb ataladi) ularga sim va aloqa kabeli tortilgan aloqa havo liniyalari, aloqa va radiolashtirishning tirgakli liniyalari, ularning signal va o‘lchov belgilari (ustunlar)ni bildiradigan yer osti kabel liniyalari, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyasi, xizmat ko‘rsatilmaydigan yer usti va yer osti kuchaytirish (regeneratsiya qilish) punktlari, taqsimlovchi shkaflar, qutilar, yerga ulangan simlar konturlari va boshqalar kiradi.
Aloqa kommunikatsiyalari: shahar va qishloq telefon aloqasi, radiolashtirish va signalizatsiya, shaharlararo, xalqaro aloqa, radiorele aloqasi, turli xil texnologiya aloqasi liniyalariga bo‘linadi.
2. O‘zbekiston Respublikasida aloqa kommunikatsiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, barcha manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya qilgan holda, loyihalashtirish va qurishning amaldagi me’yorlari va qoidalariga muvofiq, maxsus ruxsatnoma (litsenziya) larga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan loyihalash institutlari yoki loyihalash guruhlari tomonidan ishlab chiqiladigan loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
3. Aloqa inshootlari qurish uchun belgilangan tartibda ruxsat olgan yuridik va jismoniy shaxslarga barcha yer maydonlarida, jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, suv xo‘jaligi maqsadlaridagi yerlarda, shaxsiy hovlilarda, ajratilgan joylarda va taqiqlangan hududlarda, shuningdeq binolarning tomlarida, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari ko‘priklarida, kollektorlarda, metropoliten va temir yo‘llar tunnellarida, texnik shart-sharoitlar bo‘yicha mulkdorlar yoki ushbu yerlardan va inshootlardan foydalanuvchilarda, ushbu yer uchastkalari, binolar, ko‘priklar va boshqa inshootlar, kimning mulki, egasi kim yoki kimning foydalanishida bo‘lishidan qat’i nazar, aloqa kommunikatsiyasi barpo etish, ulardan foydalanishni ta’minlovchi moslamalar (quduqlar, qopqoqlar, zinapoyalar, to‘siqlar va shu kabilar) o‘rnatish huquqi beriladi.
4. Aloqa kommunikatsiyalari qurilishi uchun yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadigan tartibda ajratiladi.
Aloqa kommunikatsiyalari qurilishi uchun qurilish davrida yerlar, inshootlarni buzmasdan va ko‘p yillik daraxtlarni olib tashlamasdan, vaqtinchalik olib qo‘yiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalari hududlari bo‘yicha, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, yer osti yo‘llari, ko‘chalar, imoratlar, zovurlar, taqiqlangan hududlar, o‘rmonlar orqali aloqa kommunikatsiyalarini yotqizish shartlari yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar va sanab o‘tilgan obyektlar egalari bilan, aloqa kommunikatsiyalari va avtomobil yo‘llari parallel joylashganda va ajratilgan polosaga yaqinligi 50 metrdan kam bo‘lganda esa — yo‘l xo‘jaliklari bilan kelishib olinadi.
5. Qishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi yerlarda aloqa kommunikatsiyalari qurilishiga, qoidaga ko‘ra, hosil yig‘ib-terib olingandan keyingina ruxsat etiladi. Bunda yer ajratish, uni qayta obod qilish shartlariga rioya qilinishi kerak. Agar aloqa kommunikatsiyalari qurilishi qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yerdan foydalanishning ekinlar o‘sadigan davriga mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, bu yerlar ekin bilan band qilinmasligi kerak. Bunday hollarda yerdan majburiy ravishda foydalanilmaganligi bilan bog‘liq zararni kompensatsiya qilish nazarda tutilishi kerak.
Yerni ekinlar bilan band qilmaslik to‘g‘risidagi masala qurilish buyurtmachisi va yer egasi (yerdan foydalanuvchi, shu jumladan, ijarachi) ning birgalikdagi shartnomasi asosida hal etilishi kerak. Shartnoma ekish ishlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin tuziladi.
6. Mavjud aloqa kommunikatsiyalari muhofaza qilinadigan hududlari yer maydonlari yer uchastkalari egalaridan, yerga egalik qiluvchilardan (yerdan foydalanuvchi, shu jumladan ijarachidan) olib qo‘yilmaydi va ko‘rsatib o‘tilgan kommunikatsiyalarni saqlashni ta’minlash sharti bilan ulardan foydalanilishi mumkin.
Aloqa kommunikatsiyalari egalari yer uchastkalari egalarini, yerga egalik qiluvchilarni, yerdan foydalanuvchilarni, shu jumladan, ijarachilarni aloqa kommunikatsiyalari mavjudligi va ularning saqlanishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar qurish to‘g‘risida yozma shaklda ogohlantiradilap.
7. Xizmat ko‘rsatilmaydigan yer usti va yer osti kuchaytiruvchi (regeneratsiya qiluvchi) punktlarni qurish uchun loyihalashga texnologik me’yorlar bilan belgilanadigan hajmlarda doimiy ravishda yer ajratiladi.
8. Alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda aloqa kommunikatsiyalari qurilishiga yo‘l qo‘yiladi, davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxona hududlari bundan mustasno.
9. Aloqa kommunikatsiyalari trassalarida muhofaza hududlari belgilanishi munosabati bilan mulk egalaridan, yer egalaridan va undan foydalanuvchilardan yerlar olib qo‘yilgan yoki ularning huquqlari chegaralangan hollarda jismoniy yoki yuridik shaxslar — kommunikatsiyalar egalari tomonidan ularga O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lanadi.
10. Aloqa kommunikatsiyalari saqlanishini ta’minlash uchun:
a) quyidagi maqsadlar uchun muhofaza hududlari belgilanadi:
kabel va havo kommunikatsiyalari uchun — shu kommunikatsiyalar bo‘ylab o‘tgan, yer osti kabel trassasidan yoki havo liniyalarining chekka simlaridan har qaysi tomondan 2 metr masofadagi to‘g‘ri chiziqqa parallel ravishda belgilangan yer uchastkasidan iborat muhofaza hududi;
daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallardan o‘tganda — suv sathidan to tubigacha har qaysi tomondan 100 metr, dengiz kabeli liniyalari uchun esa — 0,25 milya masofada suv sathining butun chuqurligi uchastkasidan iborat muhofaza hududi;
kuchaytirgich va regeneratsiya punktlari xizmatlari ko‘rsatilmaydigan yer usti va yer osti aloqa kommunikatsiyalari uchun — kuchaytirgich va regeneratsiya punktlaridan yoki ularni o‘ragan chegaradan 3 metr naridagi uzluksiz chiziq bilan belgilab qo‘yiladigan yer uchastkasidan iborat muhofaza hududi.
Shahar chekkasidan tashqaridagi yer osti kommunikatsiyalari trassalarida, shuningdek aholi yashash joylarida yer osti kommunikatsiyalari o‘tgan joy ekanligini ko‘rsatuvchi temir-beton o‘lchov ustunlari o‘rnatiladi. Elektr uzatish liniyalari, to‘siqlar va uylarning devorlariga mahkamlab qo‘yiladigan ko‘rsatkichlar ham shunday joylarni ko‘rsatuvchi hisoblanadi. Shaharlarda yer osti kommunikatsiyalarining qayerdan o‘tganligi texnik hujjatlarda belgilanadi.
Dengiz kabel liniyalari trassalarida, daryolar, ko‘llar, suv omborlari va kanallar orqali o‘tish joylaridagi aloqa kabellari trassalarida muhofaza qilish hududlari chegaralari chiqish joyidagi signal belgilari bilan birga belgilanadi. Dengiz kabel aloqa kommunikatsiyalari trassalari “Dengizda suzuvchilarga xabarnomalar”da ko‘rsatiladi va dengiz xaritalariga kiritiladi;
b) o‘rmon massivlarida va daraxtzorlarda havo aloqa kommunikatsiyalari uchun quyidagicha ochiq joylar qoldiriladi:
bo‘yi 4 metrdan baland bo‘lmagan daraxtlardan iborat daraxtzorlarda — eni chekkadagi simlar o‘rtasidagi masofadan kam bo‘lmagan kenglikka yana 4 metr (har qaysi tomonning eng chekkasidagi simlardan daraxtlarning shoxigacha 2 metrdan iborat) masofa qo‘shilgan ochiq joy qoldiriladi;
bo‘yi 4 metrdan baland bo‘lmagan daraxtzorlarda — eng chekkadagi simlar o‘rtasidagi masofadan kam bo‘lmagan yana 6 metr (har qaysi tomonining eng chekkasidagi simlardan daraxtlarning shoxigacha 3 metrdan iborat) masofa qo‘shilgan ochiq joy qoldiriladi.
Daraxtlarning ag‘darilib tushishi tez-tez sodir bo‘ladigan daraxtzorda ochiq joylarning kengligi eng chekkadagi simlar o‘rtasidagi masofaga hamda ikkala tomondagi daraxtlarning o‘rtacha balandligi qo‘shilgan masofaga teng bo‘lishi kerak. Bunday hollarda ochiq joyning chekkasida o‘sgan ayrim daraxtlar yoki daraxtlar guruhining balandligi daraxtzorning o‘rtacha balandligidan yuqori bo‘lsa, ular kesib tashlanishi lozim. Ochiq joylardagi daraxtlarni parvarish qilishda xaridorgir daraxtlar ochiq joylar o‘tgan xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladi. Xaridorgir bo‘lmagan daraxtlar o‘rmon xo‘jaligi hududidan chiqarib tashlanadi va yo‘q qilinadi.
Aloqa kommunikatsiyalari parklar, bog‘lar orasidan o‘tgan hollarda tegishli tashkilotlar, korxonalar, myaccacalap bilan o‘zaro kelishilib, ochiq joylarning kengligini kamroq qilib belgilashga yo‘l qo‘yiladi.
O‘rmon massivlari va daraxtzorlar orasidan o‘tgan aloqa kommunikatsiyalari uchun ajratilgan ochiq joylar aloqa kommunikatsiyasi egalari kuchlari bilan yong‘in chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydigan xavfsiz holatda saqlanishi kerak.
Parklarda, bog‘larda, o‘rmon daraxtzorlarida, shaharlar va aholi yashash joylari atrofidagi daraxtzorlarda, ihota daraxtzorlarida, avtomobil va temir yo‘llar bo‘ylaridagi ihota o‘rmonzorlarida, daryolar, kanallar bo‘ylaridagi, ko‘llar va suv havzalari atrofidagi taqiqlangan o‘rmonzorlarda, qimmatli daraxtlardan iborat o‘rmonzorlarda ochiq joylar shunday qoldirilishi kerakki, ularni ochish chog‘ida daraxtzorlarga eng kam zarar yetadigan bo‘lsin va shu daraxtlarning himoya xususiyati yo‘qolishiga yo‘l qo‘yilmasin. Jumladan, bunda butalar va yosh daraxtlar kesib tashlanmasligi, tuprog‘i yumshoq tik (15 gradusdan yuqori) qiyaliklardagi eroziya jarayonlaridan zararlangan joylardagi to‘nkalar kovlab olinmasligi kerak.
Ochiq qoldiriladigan joylardagi daraxtlarni kesish aloqa kommunikatsiyalari egalari tomonidan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining shartlariga ko‘ra amalga oshiriladi. Daraxtzorlarni kesish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan aloqa kommunikatsiyalari egalari buning uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar;
v) aloqa kommunikatsiyalari bilan boshqa inshootlar o‘rtasida tegishli inshootlarni qurish qoidalari bilan belgilanadigan eng kam miqdorda yo‘l qo‘yiladigan masofa (oraliq)lar qoldiriladi.
11. Radiorele aloqa liniyalari trassalarida radio to‘lqinlari tarqalishiga to‘sqinlik qilishining oldini olish maqsadida binolar va inshootlar qurish, shuningdeq daraxtlar o‘tqazish taqiqlangan alohida yer uchastkalari belgilab qo‘yiladi Bu uchastkalarning joylashishi va chegaralari radiorele liniyalarini qurish loyihalarida nazarda tutiladi va loyihalash tashkilotlari tomonidan tegishli viloyatlar, tumanlar, shaharlar arxitektura boshqarmalari (bo‘limlari) ga ma’lum qilinadi
12. Aloqa kommunikatsiyalari trassalaridagi muhofaza hududlari va ochiq joylar doirasida ushbu kommunikatsiyalar egalarining yozma ravishdagi roziligisiz:
a) 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda har qanday qurilish, yer qazish, montaj va portlatish ishlari, qishloq xo‘jaligi dalalarida qishloq xo‘jaligi zarurati uchun yerni yumshatish, shuningdeq sug‘orish tarmoqlarini tozalashni amalga oshirish;
b) xo‘jalik uylari va boshqa inshootlar barpo etish, daraxtlar va toklar ekish, dala shiyponlarini joylashtirish, chorva mollari boqish, materiallar, yem-xashak va o‘g‘itlarni to‘plab qo‘yish, gulxanlar yoqish, o‘q otish maydonlari tashkil qilish;
v) aloqa kommunikatsiyalarini muhofaza qilish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlarsiz avtotransportlar, traktor va mexanizatsiyalarning o‘tishini va to‘xtab turish joylarini tashkil qilish, havo aloqa kommunikatsiyalari simlari ostidan gabaritsiz yuklarni tashish;
g) quduqlar, shurflar qazish va tuproqdan namunalar olish bilan bog‘liq bo‘lgan geologik-rasmga olish, geodeziya, qidiruv va boshqa izlash ishlarini bajarish;
d) kemalar, barjalar va suzuvchi kranlar to‘xtab turishi uchun prichallar qurish, yuk ortish-tushirish, suv tagini chuqurlashtirish va yer qazish ishlarini bajarish, langar tashlash, tashlangan langarlar, zanjirlar, lotlar, volokushalar va trallar bilan o‘tish, baliq ovlaydigan uchastkalar ajratib berish, baliq, shuningdeq boshqa suv jonivorlarini va o‘simliklarini suv tagiga borib yetadigan asboblar yordamida ovlash, chorva mollari sug‘oriladigan joylar qurish, muzlarni teshish va muz tayyorlash taqiqlanadi.
Avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar o‘tgan joylardagi aloqa kommunikatsiyalarining muhofaza qilinadigan hududlari yo‘l va temir yo‘llar organlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun, lekin kommunikatsiyalarning saqlanishini albatta ta’minlagan holda, foydalanilishi mumkin.
Aloqa kommunikatsiyalari saqlanishini ta’minlash uchun mazkur qoidalarning V bo‘limiga muvofiq ushbu kommunikatsiyalarning trassalari muhofaza hududlari va ochiq joylar doirasida ishlarni amalga oshirish shartlari belgilanadi.
13. Aloqa kommunikatsiyalari ishini buzishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi, jumladan:
a) aloqa kommunikatsiyalari o‘tkazilgan, ushbu kommunikatsiyalarning havo tirgovuchlari o‘rnatilgan, kabel qutilari va taqsimlagich qutichalar joylashtirilgan yerlarda ushbu inshootlar va qurilmalar egalari bilan kelishib olingan loyiha bo‘yicha aloqa kommunikatsiyalarini quruvchilar tomonidan oldindan olib chiqib ketmasdan binolarni, ko‘priklarni buzish va rekonstruksiya qilish, zovurlarni, metropoliten va temir yo‘llarning yer osti yo‘llarini qayta qurish;
b) o‘lchov va signal belgilarini ko‘mib yuborish va sindirish, og‘ir (5 tonnadan ko‘p) narsalarni tashlash, aloqa kommunikatsiyalari trassalarida kislotalar, tuzlar, ishqorlar va boshqa suyuqliklar oqiziladigan ariqlar barpo etish;
v) xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich (regeneratsiya) joylarining kabel kanalizatsiyalari qopqoqlarini tuproq, axlat, qurilish materiallari bilan ko‘mib tashlash, beton yoki asfalt yotqizish;
g) xizmat ko‘rsatilmaydigan (yer osti va yer usti) kuchaytirgich (regeneratsiya) joylarining va radiorele stansiyalarining, telefon kanalizatsiyasi kabel hududlarining, taqsimlash shkaflari va kabel qutilarining eshiklarini va qopqoqlarini ochish, shuningdeq xizmat ko‘rsatish uchun aloqasi bo‘lmagan shaxslarni ushbu aloqa kommunikatsiyalariga jalb qilish;
d) daryolarning qayirlarida va o‘zanida oqimi bo‘yicha kabel o‘tgan joylardan 2,5 km yaqin masofada balandda yoki quyida shag‘al yoki qumni saralab olish uchun ochiq kon qazish;
e) oldindan chuqurlashtirmasdan yoki yer osti aloqa kommunikatsiyalarini chiqarib olmasdan yerni tekislash;
j) bir jo‘yakning o‘zi bo‘ylab yer yumshatish traktorlarini bir necha bor o‘tkazish va aloqa kommunikatsiyalarining muhofaza qilinadigan hududlarida jo‘yaklarda yer yumshatish traktorlarini burib olish;
z) aloqa kommunikatsiyalariga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa (masalan, havo aloqasi liniyalari tirgovuchlari va armaturasini shikastlantirish, simlarni uzib yuborish, ularga boshqa narsalarni tashlab yuborish) harakatlarni qilish;
i) amalda bo‘lish muddati o‘tib ketgan ruxsatnomalar bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
14. Shaharlarda va boshqa aholi yashaydigan joylarda aloqa kommunikatsiyalarining saqlanishini ta’minlash uchun ushbu kommunikatsiyalar tasarrufida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar topogeofizika-geodeziya bajarish rasmlari materiallarini yer ishlarini olib borishga ruxsatnomalar beradigan hokimiyat organiga taqdim etishlari shart.
15. Kema langari yoki baliq ovlash asbobi kabelni ilib ko‘tarib chiqqan taqdirda, kemalarning kapitanlari (kemalarning komandirlari) langarlari yoki ov asboblari nobud bo‘lishi bilan hisoblashmay, kabelga shikast yetkazmagan holda, uni langardan yoki ov asbobidan ajratib olish uchun hamma choralarni ko‘rishga majburdirlar. Kabel ilinib ko‘tarib chiqilganligi to‘g‘risida kemalarning kapitanlari (kemalarning komandirlari) kabel ko‘tarilgan joyning koordinatlarini, shuningdek kabel ko‘tarilgan vaqtni ko‘rsatib, eng yaqin joydagi portga radio orqali darhol xabar qiladilar. Tasodifiy ravishda kabel ko‘tarilib qolganligi to‘g‘risidagi xabarni qabul qili6 olgan port bu haqda yaqinroqdagi aloqa korxonasi (tashkiloti)ga ma’lum qiladi.
16. Aloqa kommunikatsiyalari o‘tgan yer uchastkalari mulkiga berilgan, tasarrufida, foydalanishida bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar:
a) ushbu kommunikatsiyalarning buzilmay saqlanishini ta’minlashga yordam beradigan va o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni ko‘rishlari;
b) aloqa kommunikatsiyalari egalari bilan ishni boshlash muddatlarini va ushbu ishlar qayerda olib borilishini oldindan kelishib olmay turib geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarining amalga oshirilishiga, binolar va inshootlar qurilishiga yo‘l qo‘ymasliklari;
v) kommunikatsiyalarni chuqurlashtirish uchun ishchi kuchi va mexanizmlarni ajratgan holda, pulga, agar bu qandaydir ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lsa, aloqa kommunikatsiyalari egalariga yordam ko‘rsatishlari shart.
17. Yangi qurilishlar, shaharlarni, aholi yashaydigan boshqa joylarni va alohida binolarni rekonstruksiya qilish, yo‘llar va ko‘priklarni qayta qurish, qishloq xo‘jaligi dalalarini qayta rejalashtirish sababli aloqa kommunikatsiyalarini qayta qurish va o‘tkazish asosiy qurilish yoki ishlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etuvchilar, yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer egalarining kapital qo‘yilmalari va moddiy resurslari hisobidan aloqa kommunikatsiyalari va inshootlari egalari bilan kelishgan holda texnik shartlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Mavjud aloqa kommunikatsiyalari va inshootlarini ushbu kommunikatsiya va inshootlar egalari bilan kelishmasdan boshqa joyga ko‘chirish taqiqlanadi.
Asosiy qurilishlar va ishlarni olib boruvchi tashkilotlar va shaxslar ushbu kommunikatsiyalar bo‘yicha ularning joyini o‘zgartirishda yoki qayta qurishda aloqa ishlarining to‘xtab qolishidan yetkazilgan zararlarni aloqa kommunikatsiyalari egalariga to‘lashga majburdirlar.
Aloqa kommunikatsiyalarini boshqa joyga o‘tkazish nazarda tutilgan loyiha bo‘yicha ishlarni amalga oshirish faqat ushbu kommunikatsiyalar qayta ulangandan keyin boshlanishi mumkin.
18. Qurilish uchun yer uchastkalarini ajratish ushbu kommunikatsiyalar egalarining xulosalarini hisobga olgan holda hal etilishi kerak.
19. Loyihalashtirilayotgan binolar, inshootlarning qurilish maydonchalari hududlari orqali aloqa kommunikatsiyalari trassalari o‘tadigan hollarda, ushbu obyektlarni qurish loyihalari va smetalarida shu telekommunikatsiyalar egalari bilan kelishuv bo‘yicha kommunikatsiyalarning saqlanishini ta’minlashning zarur chora-tadbirlari nazarda tutilishi kerak.
20. Aloqa kommunikatsiyalari trassalaridagi muhofaza hududlari va ochiq joylar yaqinida mazkur kommunikatsiyalarga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarni tashkil etuvchilar:
aloqa kommunikatsiyalari egalari bilan shu ishlarni amalga oshirish tartibini nazarda tutgan hamda aloqa kommunikatsiyalari saqlanishini ta’minlaydigan, ishlarni bajaruvchilar amalga oshirishi lozim bo‘lgan tadbirlarni ko‘zda tutgan bitimlar tuzishlari;
ishlarni amalga oshirish vaqti va joyi hamda ularning olib borilishini kuzatish tartibi to‘g‘risida aloqa kommunikatsiyalari egalarini xabardor qilishlari shart.
21. Yer ishlarini amalga oshiruvchilar shu ishlarni bajarish to‘g‘risidagi texnik hujjatlarda qayd etilmagan yer osti kabellariga duch kelib qolganlarida kabellar uchragan joylar atrofidagi ishlarni darhol to‘xtatishlari, ularning saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlarini qurishlari va bu to‘g‘rida mahalliy hokimlikning arxitektura bo‘limi (boshqarmasi) ga xabar qilishlari shart.
22. Aloqa kommunikatsiyalari egalarining texnik xodimlariga aloqa kommunikatsiyalarining muhofaza hududlaridan va ochiq joylardan bemalol o‘tish, avariya-tiklash ishlarini bajarayotganlarida esa, o‘z mashinalarida bemalol o‘tib ketish huquqi beriladi. Agar ko‘rsatib o‘tilgan kommunikatsiyalar taqiqlangan hududlar va maxsus obyektlar hududidan o‘tgan bo‘lsa, unda tegishli tashkilotlar kunning har qanday vaqtida nazorat qilib turish va ishlarni bajarish uchun aloqa kommunikatsiyalari egalariga ruxsatnomalar berib qo‘yishlari kerak.
23. Aloqa kommunikatsiyalari egalariga muhofaza qilinadigan hududlar va ochiq joylarda:
a) xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan yo‘llar, kirish yo‘laklari, ko‘priklar va kommunikatsiyalardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan boshqa inshootlarni qurishga (yerlar ajratish va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga qo‘shilish uchun qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha);
b) ushbu kommunikatsiyalarni tuzatish uchun o‘ralar, xandaqlar va kotlovanlarni majburiy ravishda tuproq bilan qayta ko‘mish va yerni qayta sozlab qo‘yish sharti bilan qazishga;
v) ochiq joylarning belgilangan kenglikda bo‘lishini ta’minlash uchun daraxt shoxlarini kesishga ruxsat etiladi.
24. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarda aloqa kommunikatsiyalaridan foydalanish maqsadida xizmat ko‘rsatish va tuzatish (avariya-tuzatish ishlaridan boshqa) ishlarini, qoidaga ko‘ra, ushbu yerlar qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan band bo‘lmagan davrda bajarishga ruxsat etiladi.
Avariyalarni bartaraf etish ishlari har qanday vaqtda (ekinlar bor yo‘qligidan qat’i nazar) bajarilishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlar bajarilgandan so‘ng aloqa kommunikatsiyalari egalari qishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi yerlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqli holga keltirishlari, shuningdek yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, shu jumladan, ijarachilarga avariya-tiklash ishlarini bajarishda yetkazilgan zararlarni, agar aloqa kommunikatsiyalari shikastlanishiga yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan, ijarachilar tomonidan mazkur qoidalar talablari buzilishi sabab bo‘lmagan bo‘lsa, to‘lashlari kerak.
25. Aloqa kommunikatsiyalarini tuzatish bo‘yicha (avariya-tiklash ishlaridan tashqari) yo‘lning ustki qatlamlarini olib tashlashni va yerni qazishni talab qiladigan ishlarni bajarish shart-sharoiti tegishli yo‘l organlari bilan, shaharlar va boshqa aholi yashash joylari doirasida esa — hokimliklar bilan kelishib olingandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Ko‘rsatilgan ishlarni bajarish shartlari to‘g‘risida tegishli organ shunday ishlarni bajarish zarurligi to‘g‘risida yozma xabar olgandan so‘ng 3 kun muddatda aloqa kommunikatsiyalari egalariga ma’lum qilishi kerak. Ish joylarini o‘rab qo‘yish DAN organlari bilan kelishib olinadi.
Avariya-tiklash ishlari ularning shartlari oldindan kelishib olinmagan holda bajarilaveradi, ammo ish bajarilayotgan joyga yo‘l organi yoki hokimlik vakili albatta chaqirtirilishi kerak. Bunda mazkur ishlarni amalga oshiruvchi aloqa kommunikatsiyalari egalari transport va yo‘lovchilar uchun zarur ogohlantiruvchi belgilarni o‘rnatgan holda avariya bo‘lgan joyni aylanib o‘tish yo‘llarini ko‘rsatib qo‘yishlari kerak. Ustki qatlami olib tashlangan yo‘l ushbu qatlamni olib tashlagan aloqa kommunikatsiyalari egalari hisobidan, yo‘l organlari tomonidan tiklanadi.
26. Aloqa kommunikatsiyalari tosh yo‘l va temir yo‘llar, truboprovodlar, kema qatnaydigan daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, sanoat korxonalari hududlari, metropoliten tunnellarida kesishgan joylarda bunday kommunikatsiyalardan foydalanish tartibi aloqa kommunikatsiyalari egalari tomonidan transport, sanoat va boshqa tegishli tashkilotlar, muassasalar va shaxslar bilan kelishib olinishi kerak.
27. Hokimliklar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar va milliy xavfsizlik organlari aloqa kommunikatsiyasi egalariga ushbu kommunikatsiyalarning shikastlanishining oldini olishda va barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar tomonidan mazkur Qoidalar talablarini ta’minlashda o‘z vakolatlari doirasida yordam beradilar.
28. Aloqa kommunikatsiyalari o‘tkazilgan yer uchastkalarini olgan yuridik va jismoniy shaxslar ulardan foydalanishni tegishli aloqa kommunikatsiyalari egalari bilan kelishib olishlari shart.
29. Aloqa kommunikatsiyalari mavjud bo‘lgan yer uchastkalarida binolar va inshootlar qurish uchun quruvchi tomonidan loyiha ko‘rsatilishi kerak.
Loyihasiz bajariladigan qurilish, tuzatish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun aloqa kommunikatsiyalari egalarining yozma ravishdagi roziligi olinishi kerak.
Bunday ishlarga:
— yer osti kabel liniyalari trassalarida — chuqurlar qazish, yo‘llardan vaqtincha burilish joylari ochish, transport o‘tadigan yo‘lni yopish va suv o‘tkazish uchun yer qazish, dalalarni tekislash, qoziq qoqish, to‘siq uchun tirgovuch o‘rnatish, tuproq namunasini olish, turli maqsadlar uchun xandaqlar qazish va boshqalar;
— havo aloqasi liniyalari trassalarida tirgovuch, tortqi, tambadan 2 metrdan kam masofada kamida 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda yer ishlari olib borish; simlar va osilib turgan kabellar ostidan gabariti osilib turgan simlar bilan teng yoki undan baland bo‘lgan transport va mexanizmlarni vaqtincha o‘tkazish joyini qurish, yiqilayotganda simlarni shikastlantirishi mumkin bo‘lgan daraxtlarni yiqitish va boshqalar;
— binolarning tomlari bo‘ylab o‘tkaziladigan tirab qo‘yiladigan liniyalarda simlarni shikastlashi mumkin bo‘lgan tirab va tortib turadigan va boshqa mustahkamlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tomlar va cherdaklarni almashtirish yoki tuzatish ishlari kiradi.
30. Loyihasiz amalga oshiriladigan ishlarni bajarish hududida yer osti kommunikatsiyalari mavjudligini aniqlash uchun ishlarni bajaruvchilar tomonidan tuman (shahar) arxitektura boshqarmasi (bo‘limi) dan ma’lumot olinishi kerak.
31. Aloqa kommunikatsiyalari muhofaza qilinadigan hududda ishlarni amalga oshiradigan buyurtmachi (quruvchi) ish boshlangunga qadar 3 sutkadan kechikmasdan texnik hujjatlar bo‘yicha va yer osti kommunikatsiyalari (shu jumladan, yer osti kuchaytirgich joylarining, kuzatish qurilmalari bo‘lgan kabel kanalizatsiyasi, yerga ulanish konturlari va boshqalar) ning aniq joylashgan o‘rnini shurflagan holda belgilash, ularning yotqizilish chuqurligini va qurilayotgan obyektlarning inshootlar bilan o‘zaro joylashuvini aniqlash uchun kommunikatsiya egasining vakilini chaqirishi shart.
32. Yer osti aloqa kommunikatsiyalarining aniq joylashuvini aniqlash amalga oshirilayotgan ishlar hududida ularning butun uzunligi bo‘yicha bajariladi va buning uchun ushbu kommunikatsiyalarning egalari javob beradilar.
Qurilish uzoq muddat olib borilganda amalga oshirilayotgan ishlar hududida aniqlangan yer osti kommunikatsiyalari trassasi balandligi 1,5 — 2 metr bo‘lgan nishon qoziqlari bilan belgilanishi kerak. Nishon qoziqlari trassaning 0,5 metrdan ko‘p bo‘lgan to‘g‘ri chiziqli o‘qidan barcha og‘ish nuqtalarida, trassaning barcha muyulishlarida, shuningdek ishlar qo‘lda bajariladigan yer qazish chegaralarida, trassaning to‘ppa-to‘g‘ri uchastkalarida 15 — 20 m oraliqda o‘rnatiladi.
Nishon qoziqlari o‘rnatish va shurflar ochish ishlari aloqa kommunikatsiyasi egasining vakili ishtirokida quruvchining kuchi va mablag‘lari bilan bajariladi.
Trassalar nishon qoziqlari bilan belgilab chiqilmagungacha yer ishlarini bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qurilish uzoq muddat olib borilganda ham aloqa kommunikatsiyasi egalari tomonidan zarur miqdordagi namunaviy ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatiladi.
33. Yer osti aloqa kommunikatsiyalari trassasini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida quruvchi (buyurtmachi) vakili, ish bajaruvchi va yer osti kommunikatsiyasi egasi ishtirokida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada qanday va nechta quduq qazilganligi, nishon qoziqlari va belgilar o‘rnatilganligi, muhofaza qilinadigan hududdagi ishlarning qaysi bosqichida aloqa kommunikatsiyasi egasi qatnashishi kerakligi ko‘rsatiladi.
Dalolatnoma imzolangandan keyin aloqa kommunikatsiyalari va o‘rnatilgan belgilarning saqlanishi uchun ishlarni amalga oshiruvchi javob beradi.
34. Ish bajaruvchilar — ustalar, brigadirlar, yer kavlagich va qoziq qoquvchi va boshqa qurilish mexanizmlari hamda mashinalarning mashinistlari aloqa kommunikatsiyalari muhofaza qilinadigan hududlarda ish boshlangunga qadar yer osti kommunikatsiyalari trassalarining joylanishi, ularning joylardagi belgilanishi bilan tanishib chiqishlari kerak. Ular bilan aloqa kommunikatsiyalari saqlanishini ta’minlovchi qo‘lda va mexanizatsiyalashgan usul bilan yer ishlarini bajarish tartibi to‘g‘risida ham instruktaj o‘tkazilishi kerak. Bundan tashqari, ular aloqa kommunikatsiyalarida odamlarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan kuchlanish borligini hisobga olib, elektr toki bilan shikastlanish xavfi to‘g‘risida, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan kommunikatsiyalarning shikastlanishi uchun javobgarligi to‘g‘risida ogohlantirilishlari kerak.
Aloqa kommunikatsiyalari muhofaza qilinadigan hududlarda ishlarni bajarish topshiriqnomalarida yer osti va havo aloqa inshootlari mavjudligi, ushbu inshootlar egasi vakili chaqirilishi ko‘rsatilishi, zarur bo‘lgan hollarda esa qo‘lda bajariladigan ishlarni amalga oshirish chizmasi berilishi kerak.
Aloqa kommunikatsiyalari muhofaza qilinadigan hududlardagi ishlar prorab yoki master kuzatuvida bajarilishi kerak.
35. Aloqa kommunikatsiyasi muhofaza qilinadigan hududda ishlarni tashkil etuvchilar ish boshlanishidan kamida bir sutka oldin aloqa kommunikatsiyasi egalariga ishni boshlash sanasi va soati, ishlarni bajarishda ularning vakili ishtirok etishi zarurligi to‘g‘risida telefonogramma bilan yoki shaxsan borib xabar beradi.
Aloqa kommunikatsiyasi egalari ushbu kommunikatsiyalarning saqlanishini ta’minlovchi chora-tadbirlarga rioya qilinishi uchun texnik nazoratni amalga oshirish maqsadida ish joyiga o‘zlarining vakillarini o‘z vaqtida, ko‘rsatilgan muddatda kelishlarini ta’minlashga majburdirlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan vakillar belgilangan joyga yetib kelmagan hollarda ish bajaruvchilar bir sutka mobaynida bu to‘g‘rida aloqa kommunikatsiyasi egalariga xabar berishga majburdirlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan vakillar hozir bo‘lmagan taqdirda aloqa kommunikatsiyasi muhofaza qilinadigan hududda yer ishlarini olib borish taqiqlanadi Aloqa kommunikatsiyasi egalari vakillari kelmaganligi sababli paydo bo‘lgan zararlarni qoplash masalalari qonun bilan belgilangan tartibda hal qilinadi.
36. Aloqa kommunikatsiyalari muhofaza qilinadigan hududda yoki trassalardagi ochiq joylarda ishlarni olib borishga yozma holdagi rozilik mavjud bo‘lmagan, mazkur Qoidalarning talablari buzilgan hollarda aloqa kommunikatsiyasi egasi ishlarni to‘xtatishni talab qilishga va bu haqda tegishli bayonnoma tuzishga haqlidir.
37. Aloqa kommunikatsiyalari muhofaza qilinadigan hududda yoki ochiq joyda kechiktirib bo‘lmaydigan tuzatish-tiklash ishlarini talab qiluvchi avariya holatlarida bunday ishlarni ko‘rsatib o‘tilgan kommunikatsiya egalari bilan oldindan kelishuvsiz bajarishga, quyidagi talablarni bajarish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi:
a) sutkaning qaysi vaqtida bo‘lishidan qat’i nazar, avariya sodir bo‘lgan joyga ishchilarni jo‘natish bilan bir vaqtda aloqa kommunikatsiyalari egalariga ular vakillarining hozir bo‘lishi zarurligi to‘g‘risida telefonogramma orqali xabar beriladi;
b) avariya ishlarini bajarish joyida mazkur bo‘limning 7-bandiga muvofiq instruktaj o‘tkazishi kerak bo‘lgan, bu ishlar uchun mas’ul shaxs hech qayoqqa ketmasdan turishga majburdir;
v) aloqa kommunikatsiyalari egalarining vakillari avariya joyiga yetib kelgunga qadar muhofaza qilinadigan hududdagi yer ishlari qo‘lda olib borilishi kerak. Aloqa kabeliga duch kelinganda uning saqlanishi ta’minlanishi lozim;
g) avariya joyiga yetib kelgan aloqa kommunikatsiyalari egasining vakili ushbu kommunikatsiyalar joylashgan joyni ko‘rsatishga, ularning saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rishga va ishlar tugallangunga qadar shu yerda bo‘lishga majburdir.
38. Loyihada ko‘zda tutilgan aloqa kommunikatsiyalarining joyi o‘zgartiriladigan joylarda ishlarni bajarish (ish vaqtida yoki doimo) ishlab turgan aloqa kommunikatsiyalari ko‘chirilgandan keyingina boshlanishi mumkin.
Ishlab turgan aloqa kommunikatsiyalarini yangidan qurilganlariga ko‘chirish ishlari ushbu kommunikatsiyalar egalari tomonidan topshiriqnoma bo‘yicha va quruvchi hisobiga kommunikatsiyalarning joyini o‘zgartirish ishlari tugallanganidan keyin besh sutkadan kechikmay amalga oshiriladi.
39. Yer osti aloqa kommunikatsiyalari trassalari bo‘yicha bevosita qurilish mexanizmlari va transportning harakat qilishi uchun vaqtinchalik o‘tish yo‘llari ochish zarur bo‘lganda ishlarni tashkil etuvchilar bilan kelishuv bo‘yicha ko‘rsatilgan kommunikatsiyalarni yog‘och yoki beton plitalar to‘shash, shag‘al, qum va boshqalar to‘kish yo‘li bilan mexanik shikastlanishdan himoyalash amalga oshiriladi.
Havo aloqa kommunikatsiyalari simlari ostidan gabaritsiz yuklarni olib o‘tishda simlarni uzib yubormaslik uchun travers yoki balandroq tirgovuch o‘rnatish, simlar bilan yukning (mexanizmning) eng yuqori nuqtasi o‘rtasida kamida 200 mm tirqish qoldirgan holda ular vaqtincha ko‘tarib qo‘yiladi. Bu ishlar aloqa kommunikatsiyalari egalari tomonidan quruvchi yoki ishni amalga oshiruvchining ishchi kuchi bilan va mablag‘lari hisobidan bajariladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ishlar qurilishni tashkil etish loyihasida nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
40. Aloqa kommunikatsiyalarining muhofaza qilinadigan hududlari va ochiq joylaridagi ishlar amaldagi qurilish normalari va qoidalariga, yerni qazishda qiyaliklarning tik joylari va xandaqlar hamda kotlovanlarni mustahkamlash asosida, yer ishlari xususiyatlariga rioya qilingan holda bajarilishi kerak.
41. Yer osti aloqa kommunikatsiyalariga bevosita yaqin joylarda yer qazishga kuchli zarbalarsiz, faqat belkuraklar yordamida yo‘l qo‘yiladi; urib ishlatiladigan asboblar (lom, cho‘kich, pona, pnevmatik asbob) dan foydalanish taqiqlanadi.
42. Ishlab turgan aloqa kommunikatsiyalari bilan kesishgan joylarda yer qazish ishlari eng qisqa muddatlarda bajarilishi kerak.
43. Kabelli aloqa kommunikatsiyasiga tegib ketadigan xandaqlar va kotlovanlar qazishda ish bajaruvchilar ularni shikastlanishdan quyidagi tartibda himoya qiladilar:
a) bevosita yerga yotqizilgan kabellar qo‘lda to‘liq qazib olinadi va yaxlit (yog‘ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan) qutiga kiritiladi, u zarur bo‘lganda xandaqlarga kundalang holda qo‘yilgan tusin yoki xodalarga mahkam qilib osib qo‘yiladi. Qutilarning uchi xandaq chetlaridan kamida 0,5 metr chiqib turishi kerak. Quti simlardan tayyorlangan xomutlarga osib qo‘yiladi;
b) quvurlar yoki bloklarga yotqizilgan kabellar quvur (blok) ning yuqori chetigacha faqat qo‘lda qazib ochiladi. Keyin ularni osib qo‘yish uchun zarur bo‘lgan to‘sinlar yotqiziladi. Undan keyin quvur (blok) ning pastki chetigacha qazish davom ettiriladi, ular osib qo‘yiladi va so‘ngra yerni qazish yana davom ettiriladi;
v) agar xandaq yoki kotlovan kabel yotqizilgan joydan pastroq yoki unga bevosita yaqin joyda qazilsa, u holda tuproqning cho‘kishi yoki siljishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari qo‘rilishi kerak;
g) kabel kanalizatsiyasining kabel yoki bloklari katta masofada ochilib qolgan hollarda, ularning muhofazasi ishlarni amalga oshirish loyihasida ishlab chiqilishi kerak.
Himoyalanmagan ochiq kabellarni qo‘riqlash kommunikatsiyalar egalari yoki ishni bajaruvchilarning kuchi bilan tashkil etilishi kerak.
44. Suv osti aloqa kommunikatsiyalarining muhofaza qilinadigan hududida ishlarni amalga oshirish shartlari bunday ishlarni ushbu kommunikatsiyalar egalari bilan kelishib olish chog‘ida belgilanadi.
45. Aloqa kommunikatsiyalari joylashgan hududda muzlagan yerni qizdirish shunday olib borilishi kerakki, toki bunda tuproq harorati kabelning qobig‘ini va izolatsiya simlarining shikastlanishiga sabab bo‘lmasin. Muzlagan yerni pona qoqish yordamida qazish taqiqlanadi.
46. Aloqa kommunikatsiyalari kesishgan joylarda xandaqlar tuproq qatlamini 0,1 metrdan ko‘p bo‘lmagan qalinlikda qilib, puxta zichlashtirilgan holda ko‘miladi. Qishki sharoitlarda ular qum yoki erigan yumshoq tuproq bilan ko‘miladi.
Xandaq to‘siqlar va kabellar joylashtirilgan qutilar bilan birga ko‘miladi, ishning tugallanganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
47. Aloqa kommunikatsiyalari shikastlangan hollarda ishni amalga oshiruvchi ushbu kommunikatsiya egalariga bu to‘g‘rida darhol xabar berishga hamda ishchi kuchi va mexanizmlar ajratgan holda shikastlanishni tezroq bartaraf etishda yordam ko‘rsatishga majburdir.
Shikastlangan aloqa kommunikatsiyalari egalari shikastlanish sabablari to‘g‘risida bayonnoma tuzishadi.
Bayonnomalar ma’muriy jazolash, yetkazilgan zararni qoplash yoki jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun tegishli organlarga taqdim etiladi.
Mazkur qoidalar talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq, shuningdek muhofaza qilinadigan hududda aloqa kommunikatsiyalarini ko‘rish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi buzilganda paydo bo‘ladigan bahslar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Mazkur qoidalarning talablarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar va yetkazilgan zararni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplaydilar. | 97 | 37,830 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi.
O‘tgan yillar davomida xalqaro standartlarga muvofiq yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy avtomobil yo‘llarini qurish, yo‘l harakati qulayligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish sezilarli darajada ko‘paytirildi, bu esa oxirgi yillarda bajariladigan yo‘l-qurilish va ta’mirlash ishlari hajmlarini deyarli uch baravar oshirish imkonini berdi.
Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda yo‘l qurilishi sohasida loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki mablag‘larini jalb qilgan holda ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq tezyurar pulli avtomobil yo‘llari qurish bo‘yicha loyihalarni tayyorlashga kirishildi.
Shu bilan birga, respublika yo‘l xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarish tizimida raqobat muhitini shakllantirish va tarmoqqa investitsiyalar jalb etilishiga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar va kamchiliklar mavjud.
Jumladan, yo‘l tarmog‘iga investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning yo‘qligi xarajatlarning asosiy moliyaviy yukini Davlat budjetiga yuklagan holda ishlarni moliyalashtirishning muqobil manbalaridan foydalanish imkonini bermayapti.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tomonidan nazorat va xo‘jalik funksiyalarining, shu jumladan buyurtmachi va pudratchi vakolatlarining birga olib borilishi boshqaruvning samarali tizimini yaratish va yo‘l-qurilish ishlari bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish imkonini bermayapti.
Yo‘l xo‘jaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va xo‘jalik funksiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, xususiy sektor korxonalarini jalb qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish hisobiga sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yo‘l qurilishiga innovatsiyalarni keng joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
1. Transport vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy ekspertlar va maslahatchilarni jalb qilgan holda 2020-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030-yilgacha avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini kiritsin:
xalqaro ahamiyatga molik zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini va tezyurar avtomagistrallarni rivojlantirish, shuningdek, ularni xalqaro transport yo‘laklariga integratsiyalash orqali respublikaning tranzit va logistika salohiyatini oshirish;
investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish orqali budjetga tushadigan yukni bosqichma-bosqich kamaytirish;
avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish uchun xarajatlarni 2020-yilgacha bosqichma-bosqich kamida ikki baravar ko‘paytirish;
yo‘l qurilishi sohasidagi eng ustuvor loyihalarni tanlab olish va baholashning, shuningdek, ularni amalga oshirish samaradorligini prognozlashning xalqaro e’tirof etilgan metodologiyasini qo‘llash;
avtomobil yo‘llari holatini monitoring qiluvchi, zarur statistika ma’lumotlarini to‘plovchi va yurituvchi, yo‘l aktivlarini boshqarish bo‘yicha yangi texnologiyalar va dasturlarni joriy etish;
mavjud yo‘l infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy tizimlarini qo‘llash.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, yo‘l-qurilish ishlarini texnik nazorat qilish uchun yangidan boshlanadigan obyektlar bo‘yicha shartnomalar faqat davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan tanlov (tender) yakunlari bo‘yicha tuziladi;
yo‘l-qurilish ishlari bo‘yicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) autsorsing shartlari asosida xalqaro amaliyotga, shu jumladan FIDIC qoidalariga muvofiq mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
Toshkent shahri ko‘chalarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalarini sinov tarzida Toshkent shahar hokimligi amalga oshiradi.
3. 2020-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini va ko‘priklarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni loyihalashtirish bo‘yicha tashkilotlar faqat “Yo‘l loyiha byurosi” MChJ, “Boshtransloyiha” AJ va “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni loyihalash instituti” DUK hisoblanishi;
avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi faqat “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish direksiyasi” UK hisoblanishi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini va ko‘priklarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash bo‘yicha pudrat tashkilotlari faqat Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalari va “Ko‘prikqurilish” Tresti” UK hisoblanishi;
neft bitumining yo‘llarga mo‘ljallangan markalarini realizatsiya qilish sohasida faoliyat olib borish huquqi uchun litsenziya olish talab etilishi to‘g‘risidagi talablar bekor qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:
yo‘l-qurilish korxonalarini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil etgan holda Qo‘mita tarkibidan chiqarish;
“Yo‘lqurilish” AJni tashkil etish va unga Qo‘mita tarkibidan chiqariladigan korxonalar ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushini o‘tkazish;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilish” Tresti” UK korxonalari negizida “Ko‘prikqurilish” AJni tashkil etish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan “Ko‘prikqurilish” Tresti” UK ixtiyoridagi ko‘priklarni (yo‘l o‘tkazgichlarni) Qo‘mita ixtiyoriga, shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalaridagi, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarni (yo‘l o‘tkazgichlarni) mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyoriga o‘tkazish.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Qo‘mita avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ bo‘lib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarning yagona buyurtmachisi hisoblanadi.
Qo‘mita zimmasiga “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan vazifalar bilan bir qatorda quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklansin:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tegishli holatda saqlash va rivojlantirish, ularning o‘tkazish qobiliyatini oshirish, avtomobil yo‘llari foydalanuvchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yo‘l va yo‘l bo‘yi servisi obyektlarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida, shuningdek, donorlar mablag‘larini jalb qilgan holda yo‘l qurilishi sohasida loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish;
tarmoqqa investitsiyalarni, eng avvalo to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishning muqobil manbalarini, shu jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish orqali izlash;
zamonaviy menejment tizimlarini, ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlarga muvofiq ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish orqali tarmoqni boshqarishni takomillashtirish;
yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish sohasini texnik tartibga solishda normativ hujjatlar va talablarga rioya etilishini ta’minlash;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni belgilangan tartibda tashkil etish;
transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy raqamli avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish.
6. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
a) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari Qo‘mita ixtiyorida, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida, xo‘jalik avtomobil yo‘llari tegishli tashkilotlar va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘ladi;
b) avtomobil yo‘llarida ekspluatatsiya ishlari quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida — Qo‘mita tomonidan;
shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;
tashkilotlar va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan xo‘jalik avtomobil yo‘llarida — ularning o‘zi tomonidan.
7. Yo‘l infratuzilmasi sifatini rivojlantirish va yaxshilashda, mintaqaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqlari hamda javobgarligini yanada kengaytirish maqsadida shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste’molchilarga realizatsiya qilishda yoqilg‘i birligi uchun 25 so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga maxsus yig‘im joriy etishga haqli;
Tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etishga haqli.
Belgilansinki, mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan yig‘imlar keng jamoatchilik muhokamalari asosida, muayyan ma’muriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
8. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
yo‘l harakatini tartibga solish, mavjud yo‘l-transport infratuzilmasidan oqilona foydalanish, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilari mas’uliyatini oshirish maqsadida avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun to‘lov belgilashga haqli;
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘imning bazaviy stavkalari miqdorlarini, shuningdek, yig‘imning bazaviy stavkasiga transport vositasi dvigateli quvvatidan kelib chiqqan holda toifalanadigan qo‘shimcha koeffitsiyentlarni belgilaydi.
9. Quyidagilar:
loyihalash, yo‘l-qurilish ishlarini, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larni to‘plash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi;
shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarida (keyingi o‘rinlarda — mintaqaviy yo‘llar) loyihalash, yo‘l-qurilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larni to‘plash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzurida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari tashkil etilsin.
10. Quyidagilar jamg‘armalarni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi uchun:
loyihalash va yo‘l-qurilish ishlarini, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan har yili ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 30 yil davomida uzish sharti va 5 yillik imtiyozli davri bilan ajratiladigan foizsiz kreditlar shaklida 2020-yilda 50 mln. AQSh dollari va 2021 — 2024-yillarda har yili 100 mln. AQSh dollari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joriy ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlaridan har yili ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari uchun:
mintaqaviy yo‘llarda yo‘l-qurilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlardan har yili ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;
mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirish uchun mahalliy vakillik hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan yig‘imlar;
avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘ylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar;
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘imning bazaviy stavkasiga qo‘shimcha koeffitsiyentlarni qo‘llashdan tushadigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasidan transfertlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilansinki, avtomobilga egalik uchun yillik yig‘im tuman (shaharlar)ning tegishli budjetlariga yo‘naltiriladi hamda ushbu tuman (shaharlar)ning mintaqaviy yo‘llaridagi ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlari uchun maqsadli sarflanadi.
Umumiy foydalanishdagi yo‘llarda joriy ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlarida nazarda tutilgan mablag‘larni boshqa maqsadlar uchun qayta taqsimlash taqiqlanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika avtomobil yo‘llarining yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularning mansubligini belgilash hamda tegishli organlar va tashkilotlarga biriktirish maqsadida 2020-yil 1-martga qadar barcha avtomobil yo‘llari, shu jumladan ko‘priklar to‘liq xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar avtomobil yo‘llari, shu jumladan ko‘priklar davlat kadastri geoaxborot tizimi yaratilishini, xususan quyidagilarni ta’minlasin:
geoaxborot tizimi mobil ilovasini qo‘llagan holda avtomobil yo‘llari obyektlari joylashuvini aniqlash;
erni masofadan turib zondlash asosida avtomobil yo‘llarining elektron kartografiya asosini yaratish;
respublika avtomobil yo‘llarining yagona elektron ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda avtomobil yo‘llari obyektlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida avtomobil yo‘llari davlat kadastrining veb geoaxborot tizimini shakllantirish;
avtomobil yo‘llari davlat kadastrining veb geoaxborot tizimini Davlat kadastrlari yagona tizimiga integratsiya qilish.
Belgilab qo‘yilsinki, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yicha — Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi;
mintaqaviy yo‘llar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzurida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari.
13. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
2020-yil 1-fevralga qadar pulli avtomobil saqlash joylari qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiruvchi investorlarga imtiyozlar taqdim etishni nazarda tutgan holda avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab pulli avtomobil saqlash joylarini tashkil etish, shu jumladan pulli avtomobil saqlash joylari tashkil etiladigan avtomobil yo‘llari va ko‘chalarni tanlash, shuningdek, avtomobil saqlash joylaridan foydalanish uchun to‘lov undirish tartibi to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;
2020-yil 1-iyulga qadar, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab pulli avtomobil saqlash joylari tarmog‘i tashkil etilishini ta’minlasin.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020-yil 1-martga qadar transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘imning bazaviy stavkalari miqdorlarini, shuningdek, yig‘imning bazaviy stavkasiga transport vositasi dvigateli quvvatidan kelib chiqqan holda toifalanadigan qo‘shimcha koeffitsiyentlarni tasdiqlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) bir oy muddatda ushbu Farmon talablariga muvofiq yo‘l tarmog‘ini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
b) 2019-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari faoliyatini tashkil etish hamda ularning mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibini belgilash to‘g‘risidagi hukumat qarorini qabul qilsin va bunda, shuningdek, quyidagilarni nazarda tutsin:
maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan yo‘l qurilishi sohasidagi loyihalarni keng jamoatchilik orasida muhokama qilish, shuningdek, mazkur loyihalarni amalga oshirish jarayoni, shu jumladan loyiha va pudrat tashkilotlari, bajariladigan ishlar qiymati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish;
maqsadli jamg‘armalar tushumlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam e’lon qilish;
v) uch oy muddatda yo‘l qurilishi sohasidagi eng ustuvor loyihalarni tanlab olish va baholash, shuningdek, zamonaviy standartlarni hisobga olgan holda avtomobil yo‘llari holatini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin.
16. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin. | 97 | 19,968 |
Qonunchilik | Ma’muriy sudlar FPK boʻyicha ish olib boradi | Ushbu loyiha davlat rahbarining 2017 yil 21 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi bilan:
Prezidentning mazkur Farmoni bilan fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlarning taalluqliligiga koʻra ma’muriy sudlar iхtiyoriga ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Batafsil aytganda, ushbu Fuqarolik protsessual kodeksi:
Ma’muriy sudlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga kiritishga boʻlgan ehtiyoj “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunda ham belgilangan.
Sudlarning ma’muriy sudlarga iхtisoslashuvi sudyalarning ish tajribasini bir muncha oshiradi va ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy ishlarni koʻrish sifatiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Aytish joizki, hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida ma’muriy protsessual kodeksning mavjud emasligi, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning taalluqliligi, ish toifasini protsessual reglamentlash ehtiyojini keltirib chiqardi.
Bundan tashqari, хorijiy amaliyotni oʻrganish, deyarli aksariyat eng rivojlangan va demokratik davlatlarda, fuqaro va yuridik shaхslar hamda davlat organlari oʻrtasida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy sudlarning mavjudligini koʻrsatdi.
Polyante SVEShNIKOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi. | 44 | 1,588 |
Qonunchilik | Hammasi kadrlar ishini yuritish haqida | «Norma» PRM «Kadrlar ishini yuritish» kursiga taklif etadi. Mashgʻulotlar 5 dan 16 avgustgacha oʻtkaziladi.
Kursga yozilish
RISQULLAYeV Abdusalom Abduvaliyevich, OʻzR Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasini boshqargan, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining yuridik boʻlimi rahbari boʻlib ishlagan. U respublika Mehnat kodeksi loyihasini ishlab chiqqanlardan biri, «Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi» («Nastolnaya kniga menedjera po personalu»), «Mehnat daftarchalarini yuritish amaliyoti» («Praktika vedeniya trudoviх knijek») kitoblarining muallifidir.
Kurs dasturi:
1. Ijtimoiy-mehnat munosabatlarini qonunchilik, jamoaviy-shartnomaviy va individual-shartnomaviy tartibga solishning nisbati.
2. Korхonaning ichki hujjatlari va ularga qoʻyiladigan talablar.
3. Mehnat shartnomasi.
4. Mehnat daftarchalarini yuritish, hisobga olish va saqlash qoidalari.
5. Ish vaqtini huquqiy boshqarish.
6. Dam olish vaqti. Ta’tillar.
7. Huquqiy jihatdan tartibga solish.
8. Kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari. Xizmat safarlari.
9. Mehnat intizomi.
10. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi.
11. Ayrim toifadagi хodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning хususiyatlari.
12. Yakka mehnat nizolarini koʻrib chiqish.
Havola orqali oʻtib kurs haqida batafsil aхborot olish mumkin. | 38 | 1,398 |
Qonunchilik | Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari to'g'risida | Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (bundan buyon matnda palata deb yuritiladi) tarmoq xo‘jalik birlashmalari tarkibiga kirmaydigan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini a’zolik shart bo‘lgan holda shartnoma asosida birlashtiruvchi davlatga qarashli bo‘lmagan notijorat tashkilotdir.
“Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” nomidan faqat ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq foydalanish mumkin. Boshqa tashkilotlar o‘z nomlarida bu so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Palata O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga, uning jahon xo‘jalik tizimiga qo‘shilishiga ko‘maklashish, bozor infrastrukturasining yaxlit tizimini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratish, tadbirkorlikning barcha turlarini, O‘zbekiston tadbirkorlarining boshqa mamlakatlar tadbirkorlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalarini rivojlantirish maqsadida tuziladi.
Palata quyidagi vazifalarni bajaradi:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, jamoat va xalqaro tashkilotlarda, shu jumladan boshqa mamlakatlarda tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning manfaatlarini ifodalaydi;
kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etadi;
korxonalar va tashkilotlarning davlat registri asosida kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining reestrini yuritadi;
uch tomonlama hamkorlik (yollanma ishchilar ittifoqi, ish beruvchilar ittifoqi va hukumat) tizimini vujudga keltirishda, milliy iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va olib borishda ishtirok etadi;
tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ishini uyushtiradi;
tadbirkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlaydi, tadbirkorlikni rivojlantirishga hamda tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning faoliyat yuritish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirishda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi nizolarni hal etishga ko‘maklashadi;
moliyaviy yordamga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda, buxgalteriya hisobi va hisobotini, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish va yuritishda palata a’zolariga yordam beradi;
xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarni, O‘zbekistonda va boshqa davlatlarda firmalarning taqdimotlarini uyushtiradi;
tovarlar va xizmatlar eksportini rivojlantirishga ko‘maklashadi, tashqi bozorda operatsiyalar o‘tkazishda va iqtisodiy hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini o‘zlashtirishda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yordam ko‘rsatadi.
kichik biznes korxonalarini rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha faoliyatni tashkil etadi, investitsiya loyihalarining, shu jumladan chet el kredit liniyalari orqali jalb etiladigan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi samaradorligi monitoringini investitsiya siklining barcha bosqichlarida o‘tkazadi;
korxonalarning kattaligi, mulk shakli va qaysi tarmoqqa mansubligidan qat’iy nazar, barcha tovar ishlab chiqaruvchilarga ular tomonidan boshlang‘ich hisobga olish va hisobotning yuritilishi, moliyaviy resurslardan samarali foydalanilishi, investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari, mahsulotning eksport qilinishi, kadrlarning kasbiy o‘quvi masalalarida ko‘maklashadi;
kichik va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtirish kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish ishlarini tashkil etadi;
“Madad” sug‘urta agentligi, “O‘ztadbirkorbank” kichik biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazadigan tadbirlarni muvofiqlashtiradi.
Palata qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Palata o‘z vazifalarini bajarishda davlat organlari bilan hamkorlikni ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari asosida olib boradi.
Davlat organlarining palata faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari tizimini tuman (shahar) palatalari, hududiy palatalar hamda O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tashkil etadi.
Tuman (shahar) palatasi, hududiy palata O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos ravishda tuziladi.
Tuman (shahar) hududida bitta tuman (shahar) palatasi tuzilishi mumkin.
Tuman (shahar) palatasi ushbu tumandagi (shahardagi) kamida o‘n nafar tovar ishlab chiqaruvchi va tadbirkorning yig‘ilishida ta’sis etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida, tegishli ravishda, bitta hududiy palata tuzilishi mumkin.
Hududiy palata tuman (shahar) palatalarini birlashtiradi va tuman (shahar) palatalari vakillarining konferensiyasida ta’sis etiladi.
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hududiy palatalarni birlashtiradi.
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hududiy palatalar vakillarining qurultoyida ta’sis etiladi.
Palataga a’zolik xo‘jalik yurituvchi subyekt va palata o‘rtasida shartnoma tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Palataga a’zolik yakka tartibda va (yoki) birlashgan (jamoa) tarzda bo‘lishi mumkin.
Palata a’zolarini hisobga olish xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan manzil bo‘yicha yuritiladi.
Palataning a’zolari kirish va a’zolik badallarini palata ustavida belgilanadigan tartibda va miqdorda to‘laydilar.
Yuridik shaxsga aylanmagan holda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar uchun kirish va a’zolik badallari yuridik shaxslar uchun palata ustavida belgilangan badal miqdorining ko‘pi bilan ellik foizigacha belgilanishi mumkin.
Har bir palataning o‘z ustavi bo‘ladi.
Tuman (shahar) palatasining ustavi palata a’zolarining yig‘ilishida tasdiqlanadi.
Hududiy palataning ustavi tuman (shahar) palatalari vakillarining konferensiyasida tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining ustavi hududiy palatalar vakillarining qurultoyida tasdiqlanadi.
Ustavda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
palataning nomi va manzili;
palataning maqsadlari va vazifalari;
palata a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish shartlari, tartibi;
palata a’zolarining huquqlari va majburiyatlari;
palata rahbar organlarining vakolati va ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolat muddati, ularning qarorlarni qabul qilish tartibi;
palata mol-mulki va mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda bu mol-mulk va mablag‘lardan foydalanish tartibi;
palata ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
palata faoliyatini to‘xtatish tartibi.
Palataning ustavida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Tuman (shahar), hududiy palataning ustavi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tipovoy ustavi asosida ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hududiy va tuman (shahar) palatalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va muddatlari qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Palata qay tartibda va qaysi muddatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ustavga kiritiladigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar ham xuddi shunday tartibda va muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Palataning boshqaruv organlari, ularning vakolatlari hamda palataning tuzilishi palataning ustavida qonun hujjatlariga muvofiq belgilab qo‘yiladi.
Palata yuridik shaxsdir.
Palata quyidagi huquqlarga ega:
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari uchun patent olishda, tovar belgilarini va tovarlar mansub bo‘lgan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasida va boshqa davlatlarda korxonalar, firmalar va tashkilotlar tuzish, o‘z vakolatxonalarini ochish, shuningdek chet el korxonalari va tashkilotlari bilan birgalikda aralash palatalar tuzish;
tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning manfaatlariga daxldor qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish;
gazetalar, jurnallar va boshqa matbaa mahsulotlarini nashr etish;
tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun fondlar ta’sis etish;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Palata o‘ziga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lgan mol-mulkka, shu jumladan binolar, inshootlar, uskunalarga, aksiyalarga, boshqa qimmatli qog‘ozlarga, pulga va boshqa mol-mulkka, shuningdek intellektual mulk obyektlariga ega bo‘ladi.
Palata tomonidan tashkil qilinadigan korxonalar, firmalar va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud mol-mulkka ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar va ularni tasarruf etadilar.
Palata mablag‘larining manbai quyidagilardan iborat: a’zolik va kirish badallari; o‘z faoliyatidan keladigan daromadlar; korxonalarning ajratmalari; boshqa tushumlar.
Palataning mablag‘lari davlat tomonidan olib qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Palataga a’zolik to‘xtatilgan taqdirda badallar qaytarilmaydi.
Palata o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar bo‘ladi. Palata o‘z a’zolarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. Palata a’zolari palataning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar.
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro aloqalar o‘rnatadi, bitimlar tuzadi.
Tuman (shahar), hududiy palatalarning xalqaro aloqalarini O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi muvofiqlashtirib boradi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. | 66 | 10,445 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING TUZILMASIGA O‘ZGARIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida xalq xo‘jaligi tarmoqlarini boshqarishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining mashinasozlik bo‘limi mashinasozlik, kimyo va metallurgiya bo‘limiga, yoqilg‘i sanoati, energetika, kimyo va metallurgiya bo‘limi yoqilg‘i sanoati va energetika bo‘limiga aylantirilsin.
2. O‘zbekiston Davlat koinotni tadqiq etish agentligi Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat majmui tarkibiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi Yoqilg‘i sanoati va energetika majmui tarkibiga o‘tkazilsin. | 93 | 606 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2009-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2009-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2009-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
Ta’kidlab o‘tilsinki, 2009-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 55,8 mlrd so‘m miqdorda ortiq bo‘ldi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdorda profitsit bilan ijro etildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirini va uning O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun keltirib chiqargan oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiy o‘sish sur’atlari barqarorligini va makroiqtisodiy mutanosiblikni, bozor islohotlari va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari yanada chuqurlashtirilishini, soliq tushumlari mexanizmi takomillashtirilishini, qat’iy pul-kredit siyosati o‘tkazilishini, shuningdek ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar hamda aholiga boshqa ijtimoiy to‘lovlar to‘lash uchun budjet xarajatlari to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini ro‘yobga chiqarish yuzasidan tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash borasidagi ishlarni davom ettirsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori tegishli budjetlarga to‘lovlarning to‘liq tushishi ta’minlanishi zarurligiga, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilishiga, mintaqalarning soliq bazasini va moliyaviy salohiyatini kengaytirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi hamda shu asosda mahalliy budjetlarning xarajatlari moliyalashtirilishiga qaratilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 113 | 2,014 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonda onlayn-NKM qanday teхnologiya boʻyicha ishlaydi? | Oʻzbekiston onlayn nazorat-kassa mashinalari uchun qanday ma’lumotlar uzatish tizimidan foydalanishni belgilamoqda. Davlat soliq qoʻmitasi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uchinchi pilot loyihani boshlashni rejalashtirmoqda. Bu safar kompyuterlar, devayslar va toʻlov terminallaridan onlayn-NKM sifatida foydalanish mumkin boʻladi. Taklif mualliflari uni tadbirkorlar uchun eng arzon variant sifatida taqdim etmoqdalar. Haqiqatan ham shundaymi? Pilot loyihani amalga oshirishda nimalarga alohida e’tibor berish lozim?
Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini joriy etish va pilot tarzida ishga tushirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasida kompyuterlar, devayslar va toʻlov terminallaridan onlayn-NKM sifatida foydalanish taklif etilgan. Jahon tajribasi nuqtai nazaridan ushbu teхnologiya yangilik emas. Buning ustiga – undan foydalanish tajribasi doim ijobiy natija bermagan. Pilot loyiha – hammasi haqida yana bir bor oʻylab koʻrishning ayni payti. NKMni ishlab chiqaruvchi va ularga хizmat koʻrsatuvchi korхona «Savdoelektronika» ShK ijrochi direktori Vladimir Gibel[1] norma.uz muхbiriga teхnologiyalarning nozik jihatlarini ochishda yordam berdi.
Tadbirkor uchun moslama
Aka-uka Rittilar kassa apparatini kashf etgan 1884 yildan buyon unga talab ortib borgan. U kassirga tezroq va toʻgʻriroq hisob-kitob qilish imkonini beribgina qolmay, soliq organlari uni barcha chakana shoхobchalarda majburiy qoʻllash haqida koʻrsatma berishiga sababchi boʻlgan funksiyaga ham ega: u barcha toʻlovlar haqidagi aхborotni хotirasida saqlab qoladi.
NKM teхnologiyalarini takomillashtirish ishi bir on ham toʻхtamagan. Keyingi paytda masofadan turib soliq organlariga aхborot joʻnatish imkonini beruvchi onlayn teхnologiyalar jadal rivojlanmoqda. Teхnologiyalar qanchalik oʻzgarmasin, NKM doim tadbirkor uchun ishlaydi, tovarlarning aniq hisobini yuritish va davlatga toʻlanadigan soliqlarni toʻgʻri hisoblab chiqarishda unga yordam beradi.
Oʻzbekiston qonunchiligida ham nazorat-kassa mashinalariga tadbirkorning dastagi sifatida qaraladi. Vazirlar Mahkamasining 17.11.2011 yildagi «Fiskal хotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 306-son qarori va O'zDSt 1903:2010 davlat standartiga koʻra, ular quyidagilar uchun moʻljallangan:
NKMsiz «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun ham ishlamaydi. Faqat nazorat-kassa mashinasi urib bergan hamda Vazirlar Mahkamasining 17.11.2011 yildagi 306-son qarori va Yagona teхnik talablarda nazarda tutilgan aхborotni oʻz ichiga olgan chek iste’molchining tovarni sotuvchiga qaytarish huquqi amalga oshirilishi kafolati boʻlib хizmat qila oladi. Unda tovar nomi, chekda koʻrsatilgan summa bilan toʻlangan qiymati qayd etilgan boʻlishi kerak.
Hukumat nazorat-kassa mashinalari vositasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va davlat хazinasiga tushumlar toʻliq tushishini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishni koʻzlamoqda.
Kassa apparati tovar kodi kabi parametr boʻyicha tovar hisobini yuritish imkonini beradi. Tovarning ushbu raqamli yorligʻi Prezidentning 3.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3832-son qaroriga muvofiq tovarning mamlakat boʻylab harakatlanishini kuzatish, kontrabanda va korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish imkonini beradi.
Prezidentning 26.06.2018 yildagi «Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3802-son qaroriga muvofiq, onlayn-NKM bilan parallel ravishda onlayn hisobvaraq-fakturalar tizimi joriy etilmoqda. Ushbu tizimlarning integratsiyalanishi sotishdan tushgan tushumni va tadbirkorlar uchun soliqlar hisoblab chiqarilishini tezkor nazorat qilish imkonini beradi. Bu kun oхirida chek urish amaliyotiga barham beradi, sababi cheklarda sotilgan tovarlar haqida aхborot mavjud boʻladi.
Biroq mamlakatimizda amaliyotda NKMga soliq inspektori savdo shoхobchasi naqd tushumni inkassatsiyalashini nazorat qilishi uchun moslama sifatida qaraydilar.Bu tadbirkor hatto oʻz foydasini koʻzlab tovarlarning hisobini avtomatik yuritishni istamasligiga olib keldi. Iste’molchilar esa cheklarni olishni istamaydilar, ularda хarid qilingan tovarlar haqida ma’lumotlar yoʻqligi sababli mohiyatan olganda keraksiz bir parcha qogʻozga aylanib qolgan. Bunday yondashuvning saqlanib qolishi tadbirkorlarni zamonaviy teхnologiyalarni qoʻllagan holda tovarlar hisobini avtomatlashtirish va takomillashtirish imkonidan butkul mahrum qiluvchi qarorlar qabul qilinishiga olib kelishi mumkin.
Pilot loyihaning хavfli jihatlari
NKM oʻrniga boshqa moslamalar, shu jumladan ularga oʻхshatib ishlangan modernizatsiyalanganlarini qoʻllash juda хatarli. Biroq pilot loyihada bu хatarlar inobatga olinmagan, u Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini joriy etish va pilot tarzida ishga tushirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan taqdirda bu ishga kirishiladi. Xatarli jihati shundaki, pilot loyiha doirasida kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar va terminallardan onlayn-NKM sifatida foydalanish mumkin.
Bunda toʻlov terminaliga nazorat-kassa mashinasining funksiyasini «qoʻshish» imkoniyati nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishga an’anaviy yondashuvlarni saqlab qolish nuqtai nazaridan eng muvaffaqiyatsiz gʻoya koʻrinadi.
Birinchidan, tadbirkorning tovarlar hisobini yurituvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan teхnologiyalarni qoʻllash imkoniyati cheklanadi, sababi terminallarga oid teхnik talablar unga nazorat-kassa mashinalari funksionalini «qoʻshish» imkonini bermaydi. Modernizatsiyalangan terminal soliq idorasiga faqat хaridor toʻlagan summa haqidagi aхborotni uzata oladi.
Ikkinchidan, nazorat-kassa mashinalarining zamonaviy modellarini joriy etish zarurligi toʻgʻrisidagi Prezidentning 29.09.2017 yildagi PQ–3300-son qarori talablarini bajarib boʻlmaydi. Respublikamizda bir qator parametrlariga koʻra zamonaviy jahon amaliyoti talablariga mos kelmaydigan hisob-kitob terminallarining eskirgan modellaridan foydalaniladi.
Uchinchidan, terminalning oʻziga хos qurilmasi tovarlarning hisobini nomlari va kodi singari identifikatsiyalash parametri boʻyicha yuritish imkonini bermaydi.
Aхborot oshkor boʻlishi хavfi
Nazorat-kassa mashinalarining eng muhim funksiyalaridan biri aхborot saqlash va uzatish хavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. Konstruksiyasi va qurilishi boʻyicha faqat NKM lozim darajada bu vazifaning uddasidan chiqa oladi. Misol uchun, Gruziyada NKMdan istalgan qurilmada foydalansa boʻladigan faqat fiskal modullar kartalarini qoldirishga urinib koʻrdilar. Biroq loyiha toʻхtatib qoʻyildi, mamlakatda ilgarigidek toʻlaqonli onlayn nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilmoqda. Onlaynga oʻtishning eng yaхshi jahon tajribasida nazorat-kassa mashinalarining oʻzini modernizatsiyalash imkoniyati nazarda tutiladi, bu NKMning barcha funksiyalarini saqlab qolish imkonini beradi. Misol uchun, Rossiya tajribasiga koʻra – fiskal modullar oʻrnatish, Belarus va boshqa Yevropa mamlakatlaridagidek – taks-modemlar – nazorat-kassa mashinalariga maхsus qoʻshimcha uskunalar oʻrnatish.
Kompyuterlar, planshetlar va smartfonlardan foydalanish aхborot saqlash va uzatish хavfsizligi talablariga javob bermaydi. Mohiyatan olganda, ular soliq organlarini tadbirkorlarning tushumini nazorat qilish imkonidan mahrum qiladi. Oqibatda byudjetga salmoqli summa tushmaydi. Boshqa tomondan, ushbu moslamalar insofli tadbirkorga oʻzining haqliligini isbotlash imkonini bermay, korrupsiyaga yoʻl ochadi.
Birinchidan, kompyuterlar, gadjetlar va toʻlov terminallari aхborot saqlash va uzatish хavfsizligi talablariga muvofiq kelmaydi. Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini joriy etish va pilot tarzida ishga tushirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasiga 2-ilovaga muvofiq, fiskal ma’lumotlarni modifikatsiyalash (tuzatish kiritish), shaхssizlantirish, blokirovkalash, yoʻqotish va yoʻq qilish imkonini beradigan dasturiy ta’minotni qoʻllashga yoʻl qoʻymaslik rejalashtirilmoqda.
Yagona teхnik talablarning 38-bandiga amal qilgan holdagina ushbu talabni bajarish mumkin. Ya’ni NKMga oʻrnatilgan dasturiy ta’minotni etalon versiyasi bilan har bir bit boʻyicha taqqoslash imkoniyati boʻlishi lozim, u NKMning ushbu modeli NKMning Davlat reyestriga kiritilayotganda qoʻyilgan boʻladi va etalon namunalari kutubхonasida saqlanadi. Kompyuterlar va devayslarning operativ tizimlari ushbu talabni bajarish imkonini bermaydi, sababi ularning dasturiy ta’minoti dinamik tusga ega, tegishincha, NKMda talab qilinganidek etalonlanmaydi. Toʻlov terminallarida, aksincha, dasturiy ta’minot yopiq va unga sanoqli kishilar kira oladilar, bu ham u bilan NKMga oid teхnik talablarga koʻra ishlash imkonini bermaydi.
Ikkinchidan, kompyuterlar va devayslarda Internetdan yuklab olingan, nazorat-kassa mashinalariga oʻхshab ishlaydigan dasturlardan oson foydalanish mumkin. Ulardan foydalangan holda хaridorga u toʻlagan summa qayd etilgan chek berish, soliq idorasiga esa bu chekni joʻnatmaslik yoki kamroq summa koʻrsatilganini joʻnatish mumkin. Faqat soliq organlari shtatini va ular oʻtkazadigan tekshiruvlar sonini oshirish yoʻli bilan bunday dasturlardan foydalanilishiga qarshi kurashish mumkin. Biroq bu onlayn nazorat-kassa mashinalarini joriy etish mohiyatini yoʻqqa chiqaradi.
Uchinchidan, nazorat-kassa mashinalaridan tashqari, koʻrib chiqilayotgan moslamalarning birontasida fiskal ma’lumotlarni, shuningdek server imzosi boʻlgan aхborotni uzoq vaqt, tuzatish kiritilishini istisno etgan holda uzluksiz saqlash imkonini beradgan maхsus moslamalar yoʻq.
Tegishincha, kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar va terminallardan foydalanish aхborot saqlash va uzatish хavfsizligi talablariga javob bermaydi. Mohiyatan olganda, ular soliq organlarini tadbirkorlarning tushumini nazorat qilish imkonidan mahrum qiladi. Oqibatda byudjetga salmoqli summa tushmaydi. Boshqa tomondan, ushbu moslamalar insofli tadbirkorga oʻzining haqliligini isbotlash imkonini bermay, korrupsiyaga yoʻl ochadi.
Arzonning oshi tatimas
Tegishli dastur va fiskal modullarni oʻrnatish imkonini beradigan istalgan moslamadan NKM sifatida foydalanishdan asosiy maqsad – uning tadbirkorlar uchun arzon tushishi. Biznes yangi NKM sotib olishiga toʻgʻri kelmaydi. Bir qarashda, toʻlov terminalini qayta moslashtirish eng maqbul variant koʻrinadi. Biroq mutaхassislar bunga qarshi fikr bildiradilar. Gap shundaki, kompyuterlar va devayslar bazasidagi onlayn-NKMlarda boshqa kamchiliklar ham bor.
Birinchidan, tadbirkorga terminalni modernizatsiyalashga pul sarflash naf keltirmaydi, sababi uni ijaraga olgan boʻladi. Terminalni sotib olish ham befoyda – u oʻrta hisobda onlayn gazorat-kassa mashinasidan 5 baravar qimmat turadi.
Ikkinchidan, onlayn-NKM qilib modernizatsiyalangan terminal oddiysiga qaraganda tez buziladi. Birinchi navbatda, printer ishdan chiqadi, sababi u koʻp miqdorda chek urishga moʻljallanmagan. U ancha koʻp chek urishiga toʻgʻri keladi, zero bank kartalari vositasidagi toʻlovlargina emas, naqd puldagi toʻlovlar ham u orqali oʻtadi.
Uchinchidan, fiskal modulli terminalni ta’mirlash oddiy onlayn-NKMdan koʻra qimmat tushadi. Terminallarni ta’mirlash bilan, ularni qoʻllashning oʻziga хosligini hisobga olib, faqat vakolatli tashkilotlar shugʻullana oladilar. Terminallarni ta’mirlash bozorida real raqobat mavjud emas. Buning ustiga terminal murakkablashadi va ta’mirlovchi mutaхassislar ishiga koʻproq pul toʻlashga toʻgʻri keladi.
Toʻrtinchidan, fiskal modulli terminal buzilganda u ishlatilguncha doʻkon nafaqat kartalar, balki naqd pul bilan qonuniy hisoblashish imkoniyatidan darhol mahrum boʻladi. Bundan birinchi navbatda iste’molchi aziyat chekadi, u buzilganda naqd pulga ham, karta orqali ham хarid qila olmaydi.
Beshinchidan, terminallarda qoʻshimcha dasturlarning mavjudligi nafaqat UzCard serverlari, balki butun bank tizimi ishida uzilish yuz berishi хavfi oshishiga olib keladi. Bunda naqd pul qabul qilinishini ta’minlash uchun fiskal modulda va terminalda yozilgan dasturlar haqida soʻz bormoqda.
Oltinchidan, plastik karta va naqd puldagi toʻlovlar bitta moslama orqali qayd etiladi, bu firibgarliklar, naqdlashtirish va pulni хufiya biznesga jalb etishni osonlashtiradi.
Nima qilmoq kerak?
Yakuniy qaror qabul qilayotganda hammasini yana bir bor oʻylab koʻrish va soliq tizimini isloh qilishda Prezident koʻrsatmalariga amal qilish – shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻymaslik lozim. Mahalliy mutaхassislarni onlayn-NKM mahalliy tizimini ishlab chiqishga faol jalb etish – hali ularni ish bilan ta’minlash degani emas.
Jahondagi eng yaхshi amaliyot, oʻzimizga хos хususiyatlar inobatga olingan mahalliy tizimni ishlab chiqish onlayn-NKMni joriy etishning maqbul varianti koʻrinadi. Ushbu vazifani hal qilish uchun mamlakatimizda zarur ilmiy, kadr va ishlab chiqarish salohiyati mavjud.
Vazifa yechimini mahalliy muhandislar, dasturchilar, konstruktorlar va ishlab chiqaruvchilarga ishonib topshirib, uni:
Loyihani amalga oshirishda quyidagilar nazarda tutilsa, buni uddalash mumkin boʻladi:
Oleg Gayevoy.
[1] NKMni ishlab chiqaruvchi va ularga хizmat koʻrsatuvchi korхona «Savdoelektronika» ShK ijrochi direktori Vladimir Gibel: | 62 | 13,432 |
Qonunchilik | Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajrati | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan kompensatsiya miqdorini hisoblash tartibi;
energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan kompensatsiyani ajratish tartibi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Moliya vazirligi, Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritib borsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya (keyingi o‘rinlarda — kompensatsiya) quyidagi xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladi:
jismoniy shaxslarga — quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-goryelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlari;
jismoniy va yuridik shaxslarga — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-goryelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishga olingan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari.
2. Ushbu Nizom talablari 2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘z mablag‘i hisobidan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilgan va o‘rnatgan jismoniy shaxslarga, shuningdek tijorat banklari kreditlari asosida xarid qilgan va o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun loyihasini ishlab chiqishda energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida kompensatsiya ajratish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutadi.
4. Kompensatsiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
a) jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-goryelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun — 3 million so‘mdan;
quyosh suv isitkichlari uchun — 1,5 million so‘mdan;
energiya samarador gaz-goryelkali qurilmalar uchun — 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda;
b) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-goryelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplashga:
jismoniy shaxslarga — 500 million so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
yuridik shaxslarga — 5 milliard so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
5. Kompensatsiya jismoniy va yuridik shaxsning xohishiga ko‘ra 4-bandning “a” yoki “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlarning faqat bitta turi bo‘yicha ajratiladi.
6. Energiya samarador, energiya tejovchi qurilmalarning, shuningdek, ularni sinash usullariga nisbatan talablarni belgilaydigan xalqaro standartlarni ishlab chiqish va joriy etish ishlari xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy va texnik ko‘mak, shu jumladan, grant va kreditlar doirasida amalga oshiriladi.
7. Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan kompensatsiya to‘lash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Kompensatsiya miqdorini hisoblash va uni ajratish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy tarkib asosida shakllantiriladigan Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan kompensatsiya miqdorini hisoblash va ajratish bo‘yicha tuman (shahar) ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi guruh tarkibi tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlanadi.
9. Talabgor jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — talabgor) kompensatsiya ajratish yuzasidan ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha ariza bilan ishchi guruhga murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarning sertifikati va texnik pasporti;
energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish va o‘rnatish bo‘yicha tijorat banki bilan tuzilgan kredit shartnomasi hamda kredit ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalar hamda uning butlovchi qismlari xarid qilinganligi to‘g‘risidagi (ijrochi bilan tuzilgan shartnomalar) va o‘rnatilganligi to‘g‘risida tegishli qurilish, sinov-sozlash ishlariga oid texnik hujjatlar;
jismoniy shaxsning fuqarolik pasporti yoki yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxalari;
tijorat bankidagi bank kartasi yoki shaxsiy hisobvarag‘iga oid ma’lumotlar.
10. Ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar talabgorlar tomonidan ishchi guruhga pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etiladi.
Talabgorlar taqdim etilgan hujjatlar hamda ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javobgar bo‘ladi.
11. Ishchi guruh ariza tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liqligini tekshiradi hamda energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni qurilish-sozlash ishlari yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligini joyiga chiqib o‘rganadi.
Bunda:
o‘rnatilgan energiya samarador qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi to‘g‘risidagi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorga yuboradi;
taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmaganda yoxud qurilish-sozlash ishlari yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilmagan taqdirda, o‘rnatilgan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishini rad etish to‘g‘risidagi ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorga yuboradi.
Talabgorlar ishchi guruhdan o‘rnatilgan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplashni rad etish to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etganlaridan keyin, bir oy muddatda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ishchi guruhga takroran murojaat qilishlari mumkin.
12. Ishchi guruh tomonidan barcha dalolatnomalar umumlashtirilganidan keyin, tegishli tuman (shahar) bo‘yicha kompensatsiya to‘lab beriladigan talabgorlar ro‘yxati shakllantiriladi hamda tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limlariga yuboriladi.
13. Tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limlari barcha ro‘yxatlarni umumlashtiradi hamda har oyning 5-sanasiga qadar kompensatsiya to‘lash uchun talab etiladigan mablag‘larni ajratish yuzasidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda — hududiy moliya boshqarmalari) murojaat qiladi.
14. Hududiy moliya boshqarmalari tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy moliya bo‘limlari) so‘rovlarini umumlashtiradi hamda har oyning 10-sanasiga qadar kompensatsiya to‘lash uchun talab etiladigan mablag‘larni ajratish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga murojaat qiladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy moliya boshqarmalarining so‘rovlariga asosan har oyning 20-sanasiga qadar kompensatsiya to‘lash uchun talab etiladigan mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlariga va Toshkent shahri shahar budjetiga ajratadi.
16. Hududiy moliya boshqarmalari ajratilgan mablag‘larni tuman (shahar) mahalliy budjetlariga ajratadi.
17. Hududiy moliya bo‘limlari kompensatsiya to‘lash maqsadida ajratilgan mablag‘larni talabgorlarning bank kartasi yoki bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
18. Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan kompensatsiya mablag‘larining samarali foydalanilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi.
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. | 250 | 11,395 |
Qonunchilik | AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI XARID QILISh-SOTISh, ALMAShTIRISh VA HADYa ETISh BITIMLARINIRASMIYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Belgilab qo‘yilsinki:
avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganlik uchun notarial idoralar tomonidan undiriladigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
82 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlariga, 8 foizi — budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirishga, 10 foizi — mablag‘larni adliya organlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlash yo‘li bilan davlat notarial idoralarini va notarial arxivlarni mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun undiriladigan summaning 92 foizi tumanlar va shaharlar budjetlariga, qolgan 8 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligiga 62 tadan iborat qo‘shimcha davlat notariuslari va ularni saqlash uchun tegishli budjet mablag‘lari ajratsin.
6. Avtomototransport vositalarining qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun poshlina summasining va to‘lovlarning to‘liq kelib tushishini nazorat qilish respublika soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. | 127 | 1,542 |
Qonunchilik | VAZIRLAR MAHKAMASINING “TAShQI SAVDO OPERATSIYALARINI AMALGA OShIRIShDA XORIJIY VALYUTADAGI MABLAG‘LARDAN FOYDALANISh USTIDAN NAZORATNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1996-YIL 13 MARTDAGI 95-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQI | Import operatsiyalarini yanada tartibga solish va ularning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. 1-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat soliq qo‘mitasiga” so‘zlari “Davlat bojxona qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovaning 25-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“25. Tovarlarning respublikaga keltirilishi va erkin muomalaga chiqarish rejimiga rasmiylashtirilishi, import kontraktlari bo‘yicha ishlarning bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi yoki ular uchun to‘langan pul mablag‘larining qaytarilishi ta’minlanmaganligi quyidagi hollarda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha yoki kontraktlar Mahsulot taqsimotiga oid bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlangan taqdirda — import kontraktlarida belgilangan tovarlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) muddatlari tugagandan keyin;
boshqa import kontraktlari bo‘yicha — oldindan to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kalendar kun o‘tgandan keyin to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hisoblanadi.
Oldindan to‘lov amalga oshirilgan sanadan keyin import qiluvchi korxona tomonidan ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshida belgilangan muddatlar mobaynida vakolatli bankka bojxona xizmatlarining tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirilganligi to‘g‘risida tegishli belgilari qo‘yilgan kartochka, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha esa — invoyslar, schyot-fakturalar, bajarilgan ishlarning dalolatnomalari taqdim etilmagan taqdirda vakolatli banklar import qiluvchi korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga o‘n kun muddatda tegishli axborot yuboradilar”. | 250 | 2,461 |
Qonunchilik | ISSIQ VA SOVUQ SUVNI HISOBGA OLISh PRIBORLARI BILAN JIhOZLASh DASTURINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | Qaror matni rus tilida berilgan. | 94 | 32 |
Qonunchilik | Banklarning oddiy veksellari va depozit sertifikatlari blankalarini yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 12-maydagi 10/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1477, 2005-yil 30-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 22-son, 163-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning oddiy veksellari va depozit sertifikatlari blankalarini yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 3-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. So‘ndirilgan qimmatli qog‘ozlari blankalariga, shuningdek yaroqsiz holga kelgan va (yoki) foydalanilmagan qimmatli qog‘ozlari blankalariga “So‘ndirilgan” yozuvi bilan belgi kiritilishi shart.”.
2. 21-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Dalolatnoma bank Boshqaruvi raisining imzosi bilan tasdiqlanadi.”. | 141 | 1,220 |
Qonunchilik | Botanika institutining vazifalariga tuzatishlar kiritildi | Prezidentning 17.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida shu va boshqa tashkiliy tadbirlar nazarda tutilgan. Hujjat matni OʻzAda e’lon qilingan.
Institutdagi qayta tashkil etish
Institutda qayta tashkil etish boshlandi, oʻzgartirishlar jadvalda koʻrsatilgan:
Yangi tashkil etiladigan boʻlinmalar
Boshqa muassasalarga oʻtkaziladigan boʻlinmalar
Nomi
Vazifalari
Nomi
Quyidagilarga oʻtkaziladi:
Noyob oʻsimliklar turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi
Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti
Oʻzbekiston florasi laboratoriyasi
Anatomiya va sitoembriologiya, daraхt va oʻt oʻsimliklari introduksiyasi, shuningdek, dorivor oʻsimliklar laboratoriyalari
Akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bogʻi
Botanika muzeyi
Yangi bino quriladi
Akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bogʻi hududida Institut, Milliy gerbariy va Botanika muzeyini joylashtirish uchun yangi zamonaviy bino quriladi.
Ilmiy tadqiqotlar rivojlantiriladi
Yaqin orada Milliy gerbariyning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish boʻyicha 2018–2020 yillarga moʻljallangan «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2018–2020 yillarda Fanlar akademiyasi Botanika institutining oʻsimliklar хilma-хilligini oʻrganish va saqlab qolish sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarini rivojlantirish, shuningdek, salohiyatini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash rejalashtirilgan.
Institut хorijiy mamlakatlardagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytiradi.
Institut negizida:
Oleg Gayevoy. | 57 | 1,658 |
Qonunchilik | Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda norma ijodkorligi faoliyatining sifatini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga jamoatchilikni keng jalb qilgan holda chuqur o‘ylangan hamda hisob-kitob qilingan qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi yangi innovatsion “aqlli tartibga solish” usullarini joriy etish maqsadida:
1. Tartibga solish ta’sirini baholash tizimi joriy etilishi doirasida muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, qoida tariqasida, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishda kelib tushgan taklif va fikr-mulohazalar umumlashtirilib, tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotga kiritilishi hamda majburiy tartibda normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga taqdim etilishi va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilinishi;
jamoatchilik muhokamasidan o‘tmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qabul qiluvchi organlar tomonidan majburiy tartibda ishlab chiquvchilarga qaytarilishi shartligi.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Adliya vazirligi:
muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha ularni jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishdan oldin manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan har tomonlama ko‘rib chiqilishini tashkil etadi;
jamoatchilik muhokamasi jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning asosli e’tirozlarini keltirib chiqargan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha ekspertlar va keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalari ishtirokida anjumanlarning o‘tkazilishini talab qiladi hamda ushbu loyihalarni ishlab chiquvchilarga qayta ishlash uchun qaytaradi.
2. Belgilab qo‘yilsinki, tartibga solish ta’sirini baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida:
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkaziladi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qilishni;
ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qo‘shimcha talablar va shartlarni joriy etishni;
yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oshirishni;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki ularga qo‘shimcha majburiyatlar yoxud qo‘shimcha xarajatlar joriy qilishni;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga har qanday turdagi imtiyoz, kafolat, preferensiyalarni belgilash, shuningdek, yangi huquqlar, shu jumladan eksklyuziv huquqlarni berishni;
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab, tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkaziladi.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
normativ-huquqiy hujjat loyihasini rejalashtirish va ishlab chiqish jarayonida hamda qabul qilingandan keyin tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazishning uch bosqichli tartibi joriy etilishi;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish rejasi har yili ishlab chiqilishi va jamoatchilik muhokamasidan o‘tganidan keyin 20-martga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi;
davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi (huquqiy monitoring) normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish bilan birga amalga oshirilishi va uning natijalari tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazishda inobatga olinishi;
fuqaro va yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazilgan tartibga solish ta’sirini muqobil baholash natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi.
Oliy sud, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga sudlarda ko‘rilgan ishlar materiallari, sud, tergov va huquqni qo‘llash amaliyoti va statistik hisobini umumlashtirish natijalarini inobatga olgan holda, normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish bo‘yicha takliflarni Adliya vazirligiga kiritish tavsiya etilsin.
4. Belgilansinki, Adliya vazirligi:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish bo‘yicha faoliyati monitoringini olib boradi;
jamoatchilik muhokamasi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha kelib tushgan, asosli deb topilgan takliflarga javob qaytarilmagan (ko‘rmasdan qoldirilgan) taqdirda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash uchun mas’ul xodimlari ro‘yxatini shakllantiradi, ularning malaka va ko‘nikmalarini oshirib borish, shu jumladan ular uchun o‘quv tadbirlarini xorijda tashkil etish yuzasidan takliflar kiritib boradi;
O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarini tizimli tahlil qilib boradi hamda ularni yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
5. Adliya vazirligi:
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali hamda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini jamoatchilikka normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish jarayonini kuzatib borish imkoniyatini yaratish hamda loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilganligi haqida xabar ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishini nazarda tutgan holda takomillashtirishni ta’minlasin;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish jarayoniga foyda va xarajatlarni avtomatlashtirilgan tahlil qiluvchi elektron dasturni joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritsin;
b) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yil 15-aprelga qadar:
alohida tasdiqlangan rejalar asosida davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari hamda mas’ul xodimlari uchun ushbu qarorga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazishning mohiyati va tartibini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etib borish amaliyotini joriy etsin;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazishning uslubiyoti, muhokama ishtirokchilari uchun so‘rovnomalar va tegishli hisobot shakllarini tasdiqlasin.
6. Xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ishtirokidagi korxonalarga 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
aholi va tadbirkorlarning huquq va manfaatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi hujjatlarini (ularning loyihalarini) tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tartibini joriy etish;
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda aholi va tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar tahlili asosida har yili o‘zlarining hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazib borish hamda uning natijalarini keng yoritish tavsiya etilsin.
7. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ishlab chiquvchi — normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazuvchi davlat organi va tashkiloti;
tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) — loyihaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qo‘llashda vujudga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
manfaatdor tomonlar — o‘rganilayotgan muammo yoki taklif etilayotgan tartibga solish doirasiga tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari;
foyda — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlar olishi mumkin bo‘lgan (kelgan) har qanday shakldagi foyda yoki daromad;
xarajatlar — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan (yetkazilgan) bevosita va bilvosita xarajatlar;
TSTB bo‘yicha hisobot — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat yuzasidan o‘tkazilgan TSTB yakunlari bo‘yicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
TSTB natijalari bo‘yicha xulosa — TSTB bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni tegishli sohaga ta’sirini baholash yakunlari bo‘yicha xulosa beruvchi organlar tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
xulosa beruvchi organlar — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat hamda TSTB bo‘yicha hisobotga tegishliligi bo‘yicha xulosa beruvchi organlar.
3. TSTB muammoni, uni hal etish yo‘llarini, tartibga solish maqsadini tahlil qilish orqali loyihani ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy oqibatlar, shu jumladan manfaatdor tomonlar asossiz xarajat qilishi, ortiqcha majburiyat yuklashi, taqiq va cheklovlar mavjudligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
4. Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat majburiy tarzda TSTBdan o‘tkaziladi.
5. Quyidagi hollarda normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat TSTBdan, shu jumladan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmaydi:
normativ-huquqiy hujjat loyihasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha cheklovchi tadbirlar (karantin)ni belgilashga qaratilgan bo‘lsa;
normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutilsa;
normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga javob bermasa.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan hollarda ishlab chiquvchi loyihaning tushuntirish xatida TSTBdan o‘tkazish rad etilganligini asoslashi lozim.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olsa, ular ishlab chiquvchining tashabbusiga yoxud topshiriq asosida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilmasdan TSTBdan o‘tkazilishi mumkin.
6. Quyidagilar TSTBdan o‘tkazish uchun axborot manbalari hisoblanadi:
rasmiy statistik ma’lumotlar;
davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlari;
oqibatlarni prognozlashtirish masalalari bo‘yicha ilmiy-tahliliy materiallar va nashrlar, ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar hamda yig‘ilishlar materiallari;
vakolatli tashkilotlar va ishlab chiquvchi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarning natijalari;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda e’lon qilingan nashrlar;
TSTBdan o‘tkazish doirasida davlat organi va tashkiloti tomonidan, shu jumladan bevosita joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) ma’lumotlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga asosan hamda ishlab chiquvchining tashabbusi bilan loyihalar ishlab chiqilishidan oldin (rejalashtirish vaqtida) ularning konsepsiyasi TSTBdan o‘tkazilishi mumkin.
TSTBdan o‘tkazilgan loyihaning konsepsiyasi doirasida ishlab chiqilgan loyiha takroran TSTBdan o‘tkazilmaydi, loyihada uning konsepsiyasida nazarda tutilmagan tartibga solish vositalarini joriy etilishi belgilangan hollar bundan mustasno.
8. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni TSTBdan o‘tkazish ushbu Nizomga muvofiq tasdiqlanadigan uslubiyot asosida amalga oshiriladi.
9. Davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish uchun huquqshunos, iqtisodchi, davlat organlarida faoliyat yuritayotgan ekspert-tahlil guruhlari vakillari hamda TSTBga mas’ul etib belgilangan xodimlardan iborat TSTB bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilinadi.
Davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjat yoki uning loyihasini TSTBdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish hamda TSTB bo‘yicha ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirish davlat organi va tashkilotlarida TSTBga mas’ul etib belgilangan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
10. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan loyihalar ishlab chiqilganda, Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTB bo‘yicha hisobot tayyorlanadi hamda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
11. TSTB bo‘yicha hisobotda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
yechimi sifatida TSTBdan o‘tkazish taklif etilayotgan muammo tavsifi, tartibga solish bo‘yicha chora ko‘rmaslik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar tahlili;
taklif etilayotgan tartibga solishning maqsadi, aniqlangan muammoni hal qilish va belgilangan maqsadlarga erishish uchun tanlangan usulni qo‘llash maqsadga muvofiqligi va afzalliklari tavsifi;
muammoni hal qilish uchun mumkin bo‘lgan muqobil usullar tahlili;
taklif etilayotgan loyiha manfaatlariga ta’sir ko‘rsatadigan subyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
manfaatdor tomonlar uchun loyihani qabul qilish va uni amalga oshirishdan olinadigan foyda va (yoki) yuzaga keladigan xarajatlarni miqdoriy hisoblash yo‘li bilan amalga oshirilgan tahlil va taqqoslash natijalari;
taklif etilayotgan tartibga solish usulining tegishli sohaga ta’siri va uni qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar xavfi;
tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, texnik, metodik, axborot va boshqa tadbirlar;
loyihaning kutilayotgan kuchga kirish sanasi;
TSTBdan o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar.
12. TSTB bo‘yicha hisobotda loyiha ta’siridan kelib chiqadigan oqibatning (ijobiy, salbiy yoki betaraf) aniq tavsifi aks ettiriladi.
13. Muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega loyiha va TSTB bo‘yicha hisobot ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz)ga (keyingi o‘rinlarda — portal) joylashtirilishi orqali o‘zi belgilagan, lekin 15 kundan kam bo‘lmagan muddatda, qoida tariqasida, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
14. Loyiha bo‘yicha asoslangan takliflar jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan portalning texnik imkoniyatlaridan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda taqdim etiladi.
15. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda boshqa tashkilotlar va fuqarolar tomonidan loyihaning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash amalga oshirilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan o‘tkazilgan loyihaning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
16. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi davomida muayyan sohada tartibga soluvchi vositalar joriy etilishi maqsadga muvofiqligi va zarurligini baholash maqsadida loyihani, TSTB bo‘yicha hisobotni va boshqa zarur ma’lumotlarni manfaatdor tomonlar, shu jumladan ilmiy doiralar vakillari hamda xorijiy ekspertlar bilan muhokama qilishi mumkin.
17. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda manfaatdor tomonlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan loyiha va TSTB bo‘yicha hisobotni loyiha muhokamasi muddati yakunlangandan so‘ng 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda portalga joylashtiradi.
Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma TSTB o‘tkazishning barcha jarayonlarida TSTB bo‘yicha hisobotga ilova qilinadi.
18. Jamoatchilik muhokamasi asosida loyihani qayta ishlashda loyiha matni jamoatchilik muhokamasiga kiritilganidan tubdan farq qilsa, xususan, uning konseptual qoidalari o‘zgartirilgan taqdirda, loyiha jamoatchilik muhokamasiga takroran kiritiladi.
19. Ishlab chiquvchi o‘z tashabbusi bilan yoki Adliya vazirligi talabiga muvofiq jamoatchilik muhokamasi davomida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan yoki aholining asosli e’tirozlarini keltirib chiqargan loyiha bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun ushbu loyihaning maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha matbuot anjumanlari va brifinglarni o‘tkazadi.
20. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish muddati davomida loyiha va TSTB bo‘yicha hisobotni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimiga joylashtiradi.
21. Loyihalarni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
22. Jamoatchilik muhokamasi va idoralararo kelishuv yakunlari bo‘yicha qayta ishlangan loyiha va TSTB bo‘yicha hisobot, shuningdek, TSTB yuzasidan xulosa berish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar tegishli sohaga ta’sirini baholashni o‘rganish uchun xulosa beruvchi organlarga taqdim etiladi.
23. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va TSTB bo‘yicha hisobot:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan raqobatga ta’siri;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan atrof-muhitga ta’siri jihatidan o‘rganiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta’sirini o‘rganish tegishli sohada davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kelishish jarayonida amalga oshiriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan davlat organlarining hududiy tuzilmalari mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalari bo‘yicha xulosa beradi.
Xulosa beruvchi organlar zaruratga ko‘ra, loyiha va TSTB bo‘yicha hisobotni o‘zaro muhokama qilish orqali birgalikda kelishilgan xulosa tayyorlashlari mumkin.
24. Xulosa beruvchi organlar TSTB bo‘yicha hisobotni o‘rganish jarayonida ishlab chiquvchidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish huquqiga ega.
25. TSTB natijalari bo‘yicha xulosa beruvchi organlar tomonidan 10 kun muddat mobaynida loyihaning maqsadga muvofiqligi, qayta ko‘rib chiqish lozimligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiriladi va xulosa beruvchi organlarning birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan imzolangan holda ishlab chiquvchiga taqdim etiladi.
26. Jamoatchilik muhokamasi va idoralararo kelishuvdan o‘tkazilgandan hamda TSTB natijalari bo‘yicha xulosalar olingandan so‘ng qayta ishlangan loyiha va TSTB bo‘yicha hisobot, shuningdek, TSTB natijalari bo‘yicha xulosa va boshqa zarur materiallar, ularni belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda amalga oshirilgan TSTB sifatini o‘rganish uchun ishlab chiquvchi tomonidan Adliya vazirligiga kiritiladi.
27. Loyiha va TSTB bo‘yicha hisobot xulosa beruvchi organlarning TSTB natijalari bo‘yicha xulosalari mavjud bo‘lgandagina Adliya vazirligiga kiritiladi.
28. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB o‘tkazish jarayonlarida ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, loyihada manfaatdor tomonlar asossiz xarajat qilishi, ortiqcha majburiyat yuklashi, taqiq va cheklovlar mavjudligi, muammo taklif etilayotgan tartibga solish usuli bilan hal etilishining asosliligini o‘rganadi.
29. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda o‘tkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan o‘tkazish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda loyiha, TSTB bo‘yicha hisobot va TSTB natijalari bo‘yicha xulosalarni ishlab chiquvchiga qaytaradi.
30. Ishlab chiquvchi tomonidan TSTB o‘tkazish jarayonlari ushbu Nizom talablariga to‘liq rioya etilgan holda o‘tkazilgan taqdirda, Adliya vazirligi loyihada manfaatdor tomonlar asossiz xarajat qilishi, ortiqcha majburiyat yuklashi, taqiq va cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligi, muammo taklif etilayotgan tartibga solish usuli bilan hal etilishining asosli yoki asosli emasligini nazarda tutuvchi loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
31. Ishlab chiquvchi tomonidan loyihani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritishda unga TSTB bo‘yicha hisobot, xulosa beruvchi organlar va Adliya vazirligining xulosalari ilova qilinadi.
32. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar TSTBdan o‘tkaziladi:
loyihasi ishlab chiqilishida TSTBdan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar;
ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan holatlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar.
Normativ-huquqiy hujjat TSTBdan o‘tkazilgandan so‘ng kamida bir yildan keyin takroran TSTBdan o‘tkazilishi mumkin.
33. Normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha TSTB ishlab chiquvchi yoki davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida tartibga solish predmeti bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish rejasiga (keyingi o‘rinlarda — TSTBdan o‘tkazish rejasi) muvofiq amalga oshiriladi.
34. TSTBdan o‘tkazish rejasida quyidagilar aks ettiriladi:
TSTB o‘tkazilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar nomi va rekvizitlari;
normativ-huquqiy hujjatni TSTBdan o‘tkazish uchun asoslar;
TSTBni o‘tkazish uchun mas’ul davlat organi;
TSTBni o‘tkazish muddati.
35. Davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-fevralga qadar Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTBdan o‘tkazish rejasi loyihasiga takliflarni shakllantiradi va birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzosi bilan Adliya vazirligiga taqdim etadi.
36. Adliya vazirligi har yili 10-fevralga qadar davlat organlari va tashkilotlari takliflari asosida TSTBdan o‘tkazish rejasi loyihasini ishlab chiqadi hamda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun 10 kun muddatga portalga joylashtiradi.
37. Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan TSTBdan o‘tkazish rejasini har yili 1-martga qadar tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
38. TSTBdan o‘tkazish rejasi har yili 20-martga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan TSTBdan o‘tkazish rejasini portalga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish orqali keng jamoatchilikka yetkazilishini ta’minlaydi.
39. Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 2-noyabrdagi PQ-4505-son qarori ijrosi doirasida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi (huquqiy monitoring) normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish bilan birga amalga oshiriladi va uning natijalari TSTBdan o‘tkazishda inobatga olinadi.
40. Ishlab chiquvchi TSTBdan o‘tkazish rejasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTB bo‘yicha hisobotlarni tayyorlaydi hamda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzosi bilan rasmiylashtiradi.
41. TSTB bo‘yicha hisobotda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi shart:
normativ-huquqiy hujjatning turi, nomi va rekvizitlari;
normativ-huquqiy hujjatning loyihasi ishlab chiqilganda tayyorlangan TSTB bo‘yicha hisobot va TSTB natijalari bo‘yicha xulosalar (mavjud bo‘lsa);
tartibga solishning maqsadlariga erishilganligi va samaradorligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar tahlili;
normativ-huquqiy hujjat manfaatlariga ta’sir ko‘rsatgan subyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
manfaatdor tomonlar uchun normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan keltirilgan foyda va (yoki) yuzaga kelgan xarajatlarning miqdoriy hisoblash yo‘li bilan amalga oshirilgan tahlili va taqqoslash natijalari;
normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi yoki ularni bekor qilish zarurligi to‘g‘risida xulosa;
boshqa ma’lumotlar.
42. TSTB bo‘yicha hisobotda normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan kelib chiqqan oqibatning ijobiy, salbiy yoki betaraf ta’sirining aniq tavsifi aks ettiriladi.
43. TSTB bo‘yicha hisobot ishlab chiquvchi tomonidan portalga joylashtirilishi orqali 10 kun muddatda majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
44. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash amalga oshirilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
45. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi davomida muayyan sohada tartibga soluvchi vositalar joriy etilganligining maqsadga muvofiqligi va zarurligini baholash maqsadida TSTB bo‘yicha hisobotni manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilishi mumkin.
46. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari va manfaatdor tomonlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan TSTB bo‘yicha hisobotni jamoatchilik muhokamasi muddati yakunlangandan so‘ng 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda portalga joylashtiradi.
Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma TSTB o‘tkazish barcha jarayonlarida TSTB bo‘yicha hisobotga ilova qilinadi.
47. Jamoatchilik muhokamasi yakunlari bo‘yicha qayta ishlangan TSTB bo‘yicha hisobot tegishli sohaga ta’sirini baholashni o‘rganish uchun xulosa beruvchi organlarga taqdim etiladi.
48. TSTB bo‘yicha hisobot:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan raqobat muhitiga ta’siri;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan atrof-muhitga ta’siri;
tegishli sohada davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta’siri jihatidan o‘rganiladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan davlat organlarining hududiy tuzilmalari mahalliy davlat hokimiyati organlarining qabul qilingan qarorlari bo‘yicha xulosa beradi.
Xulosa beruvchi organlar zaruratga ko‘ra, TSTB bo‘yicha hisobotni o‘zaro muhokama qilish orqali birgalikda kelishilgan xulosa tayyorlashlari mumkin.
49. Xulosa beruvchi organlar TSTB bo‘yicha hisobotni o‘rganish jarayonida ishlab chiquvchidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish huquqiga ega.
50. TSTB natijalari bo‘yicha xulosa beruvchi organlar tomonidan 10 kun muddatda TSTB natijalari to‘g‘risida xulosalar rasmiylashtiriladi va xulosa beruvchi organlarning birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan imzolangan holda ishlab chiquvchiga taqdim etiladi.
51. Jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilgandan va TSTB natijalari bo‘yicha xulosalar olingandan so‘ng qayta ishlangan TSTB bo‘yicha hisobot TSTB sifatini o‘rganish uchun Adliya vazirligiga kiritiladi.
52. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarni, manfaatdor tomonlar asossiz xarajat qilishi, ortiqcha majburiyat yuklashi, taqiq va cheklovlar yuzaga kelganligi (kelmaganligi)ni o‘rganadi.
53. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda o‘tkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan o‘tkazish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda TSTB bo‘yicha hisobot va xulosalarni ishlab chiquvchiga qaytaradi.
54. Ishlab chiquvchi tomonidan TSTB bo‘yicha hisobot ushbu Nizom talablariga to‘liq rioya etilgan holda tayyorlangan taqdirda, Adliya vazirligi 10 kun muddatda tartibga solish maqsadlariga erishilganligi, normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar, manfaatdor tomonlar asossiz xarajat qilishi, ortiqcha majburiyat yuklashi, taqiq va cheklovlar yuzaga kelganligi (kelmaganligi) to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va ishlab chiquvchiga taqdim etadi.
55. Adliya vazirligi TSTBdan o‘tkazish rejasiga muvofiq, qoida tariqasida, har chorakda normativ-huquqiy hujjatlarning TSTBdan o‘tkazilishi holatini tahlil qiladi va uning natijalari bo‘yicha TSTBdan o‘tkazish rejasining bajarilishi holati, TSTB bo‘yicha hisobotlarning umumlashmasi hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni (mavjud bo‘lsa) nazarda tutuvchi axborot-tahliliy ma’lumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
56. Vazirlar Mahkamasi axborot-tahliliy ma’lumotni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish natijalarini amalga oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlaydi yoki normativ-huquqiy hujjatlarning to‘liq yoki alohida normalarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflarni Qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga yoki qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalariga kiritish choralarini ko‘radi.
57. TSTB o‘tkazish jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda o‘tkazilishini nazorat qilish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
58. Adliya vazirligi tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish bo‘yicha faoliyati monitoringini olib boradi;
jamoatchilik muhokamasi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha kelib tushgan, asosli deb topilgan takliflarga javob qaytarilmagan (ko‘rmasdan qoldirilgan) taqdirda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash uchun mas’ul xodimlari ro‘yxatini shakllantiradi, ularning malaka va ko‘nikmalarini oshirib borish, shu jumladan ular uchun o‘quv tadbirlarini xorijda tashkil etish yuzasidan takliflar kiritib boradi;
O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarini tizimli tahlil qilib boradi hamda ularni yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
59. Adliya vazirligi har yili mamlakatda TSTB tizimining holati to‘g‘risida axborot tayyorlab, uni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
60. TSTBdan o‘tkazish jarayonlariga ilmiy-ta’lim muassasalari mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, chet ellik mutaxassislar, shuningdek, amaliyotchi-mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
61. TSTBdan o‘tkazayotgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va TSTBga mas’ul xodimlari amalga oshirilgan hisob-kitoblar hamda taqdim etilgan ma’lumot, hisobot va xulosalarning asoslanganligi va sifati uchun javobgar hisoblanadi.
62. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 97 | 36,026 |
Qonunchilik | RFning 4 shahrida 1 iyundan 12 iyulga qadar bir sutka ichida roʻyхatdan oʻtish lozim | Futbol boʻyicha Konfederatsiyalar kubogi oʻtkaziladigan Rossiya mintaqalarida kuchaytirilgan хavfsizlik choralari joriy qilinadi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Farmoni (09.05.2017 yildagi 202-son) 4 ta shaharga tatbiq etiladi.
Futbol turnirini oʻtkazish bilan bogʻliq хavfsizlik choralari tashrif buyurish maqsadidan qat’i nazar koʻrsatilgan davrda RFga kelayotgan chet el fuqarolariga daхl qiladi.
Agar sizning Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon yoki Sochiga amaliy yoki shaхsiy tashrifingiz shu sanalarga toʻgʻri kelib qolsa nimani yodda tutish lozim?
“Vaqtinchalik boʻlish (vaqtincha yoki doimiy yashash) uchun kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni turgan joyi boʻyicha hisobga qoʻyish yoki yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida koʻzda tutilgan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ular boʻlish joyiga yoki yashash joyiga kelgan kundan boshlab bir sutka ichida amalga oshiriladi” – deyiladi hujjatda.
Eslatib oʻtamiz, odatdagi tartibda chet el fuqarolari migratsiyasini hisobga olish 7 sutka ichida amalga oshiriladi, agarda chet el fuqarosining RFda boʻlish muddati 7 sutkadan kam boʻlsa, migratsiyani hisobga olish talab etilmaydi.
Rossiya Federatsiyasida migratsiyani hisobga olish tartibi haqida havola boʻyicha bilib olishingiz mumkin. | 84 | 1,305 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi | Kasanachilikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, sanoat korxonalari bilan kasanachilikni o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmoni 3-bandidagi “2019-yilning 1-yanvarigacha” degan so‘zlar “2021-yilning 1-yanvarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 250 | 747 |
Qonunchilik | Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52 (I)-son) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zkommunxizmat” agentligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2 va 01-88 sonli qarori (ro‘yxat raqami 2198, 2011-yil 19-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 6-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 313, 317 va 3252-moddalariga muvofiq kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv ta’minoti tashkilotlari uchun budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solinadigan bazasi etib, mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i va tegishincha issiqlik ta’minoti tashkilotlari uchun issiqlik energiyasining, suv ta’minoti tashkilotlari uchun suvning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi hisoblanadi.”.
3. 16-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
4. 23-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
5. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 148 | 1,881 |
Qonunchilik | Elektron ishonchnoma qanchalik qonuniy? | Ayrim EHA operatorlari «Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida»gi Qonunga amal qilib, ishonchnomani elektron shaklda yozib berishni taklif etmoqdalar. Bir qarashda bu qulaydek koʻrinadi. Biroq Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisida nizom faqat qogʻozda yozilgan ishonchnomalar muomalasini tartibga soladi. Buхgalter qanday yoʻl tutishi kerak: ishonchnomani qogʻozda yozib bersinmi yoki elektron shaklda?
Yaqinda buxgalter.uz da «Yangi teхnologiyalar» IAMning EHFni joriy etish va ularga хizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Nozim TOʻRAYeVning nuqtai nazari chop etilgan edi. Uning fikricha, boshlangʻich buхgalteriya hujjatlari, shu jumladan ishonchnomalarni faqat elektron hujjat aylanishi tizimi yordamida – qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda rasmiylashtirish mumkin. Biroq uning ishonchnomalar хususidagi pozitsiyasi amaliyotchi mutaхassislar oʻrtasida qizgʻin muhokamalarga sababchi boʻldi. Mavzuni davom ettirish maqsadida buxgalter.uz ushbu masalaning turli jihatlarini koʻrib chiqqan ekspertlarga murojaat qildi.
ERI ishonchnomalarni rasmiylashtirishga moʻljallanmagan
Yekaterina TKAChENKO, «Muhammadboyev arbitraj uyi» SMT MChJ bosh buхgalteri:
– Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida»gi Qonunda elektron hujjat qogʻoz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir хil yuridik kuchga ega boʻladi deyilgan. Elektron hujjatning majburiy rekviziti – ERI. «Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida»gi Qonunda aytilishicha, ERIdan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan boʻlsa, u qoʻlda oʻzi qoʻygan imzo bilan bir хil ahamiyatga ega boʻladi.
Elektron hujjat aylanishi tizimida Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi «Yangi teхnologiyalar» IAM elektron kalitlarni roʻyхatga olish markazi tomonidan berilgan ERI qoʻllaniladi. Foydalanuvchiga olish uchun soʻrovnomani toʻldirayotganda uni qoʻllash maqsadini tanlash taklif etiladi. Biroq ushbu roʻyхatda ishonchnomani rasmiylashtirish degan band yoʻq. Quyidagi variantlar taklif etiladi:
Elektron ishonchnomani rasmiylashtirishni qaysi bandga kiritish mumkinligi tushunarsiz. Ushbu jihat koʻrib chiqilgan normativ hujjatlar ham yoʻq.
Binobarin, ERIni qoʻllagan holda rasmiylashtirilgan ishonchnomadagi ishonchli shaхs imzosining qonuniyligi shubha uygʻotishiga asos bor.
Yangi qonun qabul qilinganda barcha normativ-huquqiy hujjatlarga tuzatishlar kiritiladi. Biroq ular Ishonchnomalar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilmagan. Moliya vazirligi, DSQ va Adliya vazirligining mas’ul хodimlari bilan uchrashuvlarda tadbirkorlar Nizomda elektron ishonchnomalar shakli, hisobga olishga doir talablar, ular bilan ishlashning oʻziga хos хususiyatlari, mansabdor shaхslar va ishonchli shaхsning javobgarligini qayd etish zarurligi haqida bir necha marta gapirganlar.
Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari oʻta umumiy tusga ega boʻlib, ularda elektron ishonchnoma boʻyicha TMBni olish uchun ishonchli shaхsning imzosiga taalluqli koʻp savollarga javob berilmagan. «Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida»gi Qonunda qayd etilishicha, ERI egasi uni qoʻllashning huquqiy oqibatlari uchun toʻliq javobgar boʻladi. Bunda elektron kalitning yuridik kuchini tan olmaslik ancha mushkul.
Kontragent insofsiz boʻlib chiqsa yoki nazorat qiluvchi organlarda savollar yuzaga kelsa, elektron ishonchnomani tan olgan buхgalter deyarli himoyasiz boʻlib qoladi.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing. | 39 | 3,498 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish joylarini yaratish, infratuzilmani takomillashtirish hamda hududlarni obodonlashtirish va xalq farovonligi darajasini oshirishning g‘oyat muhim omili hisoblanadi.
Shu bilan birga, mazkur sohadagi ishlarning holatini tahlil qilish investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis amalga oshirishga, investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim tizimli kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishning amaldagi tizimi istiqbolli investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich tayyorlashni, loyiha hujjatlari o‘z vaqtida ishlab chiqilishini ta’minlamayapti, bu esa moliyalashtirishning ochilishi, mablag‘lar o‘zlashtirilishi, oqibatda esa quvvatlar ishga tushirilishi kechiktirilishiga olib kelmoqda. Investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish jarayoniga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tatbiq etilmagan.
Investitsiya dasturlarini shakllantirishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini, investitsiya loyihalarini monitoring qilishning samarali mexanizmlari joriy etilishini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga investitsiyalarni jalb etishni ta’minlash, barcha darajadagi davlat organlari, tashkilotlar rahbarlari va hokimlarning ushbu sohadagi shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Belgilansinki, 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan konsepsiyalari va dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida uning asosiy ko‘rsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda uch yillik davrga shakllantiriladi.
2. 2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) shakllantirish sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Dasturni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — XMI/XHMT), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va boshqa markazlashtirilmagan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek Dasturning amalga oshirilishini umumiy monitoring va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda budjet tizimining budjetlari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek unga aniqliklar va yangiliklar kiritish, ularning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish yuzasidan vakolatli organ hisoblanadi;
2019-yil 25-iyunga qadar Dastur loyihasini jamlash uchun ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini belgilangan tartibda loyihalarning tashabbuskorlari bilan kelishilgan, taklif etilayotgan loyihalarni joylashtirish, ularning quvvatlari va manbalari uyg‘unlashtirilishini ta’minlashni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etadi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan prognoz limitlari o‘z vaqtida taqdim etilishini, shuningdek loyihalar markazlashtirilgan manbalar hisobidan to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlaydi;
g) Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda Dastur loyihasiga kiritiladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga, tarmoqlar va hududlarga ko‘maklashadi;
d) loyiha tashabbuskorlari — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda — loyiha tashabbuskorlari) o‘zlariga tegishli qismlarda, investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini o‘z vaqtida ishlab chiqish, ularni Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etish, tarmoq jadvallari va loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlash, shuningdek qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash, mablag‘larni to‘liq hajmda o‘zlashtirish va ishlab chiqaruvchi quvvatlarni ishga tushirish borasidagi barcha tadbirlarning so‘zsiz va sifatli bajarilishini ta’minlaydilar.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha, 2019-yil 1-iyunga qadar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga aniq investitsiya loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin;
e) “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK loyihaoldi hujjatlari, shuningdek texnik topshiriqlar va tender hujjatlarining kompleks ekspertizasi belgilangan tartibda o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlaydi;
j) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oyiga kamida bir marotaba xorijiy investorlar bilan uchrashuv o‘tkazadilar, aniq investitsiya takliflari (loyihalari)ni taqdim etadilar (prezentatsiya qiladilar) hamda ularning amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Transport vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi Dastur loyihasiga kiritiladigan budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxatini shakllantirishda respublika aholisining turmush sifatini oshirish va rivojlantirish tarmoq dasturlarini ildam bajarishga imkoniyat yaratadigan avtomobil yo‘llari qurish va rekonstruksiya qilish hamda ichimlik suv ta’minoti tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutsin.
Belgilansinki, loyihani bajarish Dasturni amalga oshirishning keyingi yiliga rejalashtirilgan taqdirda, loyiha hujjatlari mavjud bo‘lmagan investitsiya loyihalarini Dastur loyihasiga kiritish taqiqlanadi;
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov, E.M. G‘aniyev) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari (G.K. Saidova) zimmasiga Dastur loyihasini shakllantirish bilan bog‘liq ishlarni umumiy tarzda muvofiqlashtirishni amalga oshirish vazifasi yuklansin.
4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Axborot tizimi) ishlab chiqilgan bo‘lib, u investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilingan barcha ishtirokchilarni ulagan holda Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimining bir qismi hisoblanadi va quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
loyihalarni hisobga olish, ularning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirish;
loyihalarning muddatlari, budjeti, maqsadlari va ko‘rsatkichlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning jalb etilgan va o‘zlashtirilgan hajmlari bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish;
loyihalarni amalga oshirishda quvvatlarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha xavf-xatarlarni aniqlash;
investitsiyadan keyingi davrda, loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni kuzatib borish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi bir hafta muddatda Axborot tizimining belgilangan tartibda “Texnik ko‘maklashish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Agentlik:
ikki hafta muddatda vazirlik, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatiga Axborot tizimi joriy etilishi, shuningdek uning uzluksiz ishlab turishi, yanada modernizatsiya qilinishi va axborot xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan tizimli operatorni belgilasin;
ikki oy muddatda “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ bilan birgalikda Axborot tizimining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda investitsiya loyihalarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda — 2019-yilgi Investitsiya dasturi) amalga oshirilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida hukumat qarorini qabul qilsin, unda, jumladan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha Reglament tasdiqlanishini, Axborot tizimini ishlab chiqish va keyinchalik undan foydalanish xarajatlarini to‘lash masalalarini hal etishni nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga muhim investitsiya loyihalarining bajarilishini har oyda tanqidiy ko‘rib chiqqan holda, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining samarali muvofiqlashtirilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini ta’minlash yuzasidan mas’uliyat yuklansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov:
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va E.M. G‘aniyev bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining taqdimnomasiga binoan 2019-yilgi Investitsiya dasturi doirasida loyihalar (obyektlar) bo‘yicha investitsiyalar, kapital qo‘yilmalar limitlari (qiymati)ning prognoz parametrlari, joriy yilda ishga tushiriladigan har chorak bo‘yicha taqsimlangan investitsiya loyihalarining aniqlashtirilgan ro‘yxatlari tasdiqlanishini;
loyihalar tashabbuskorlari tomonidan 2019-yilgi Investitsiya dasturi hamda Dastur bajarilishini, shuningdek tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini har oyda tanqidiy ko‘rib chiqishni;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining taklifiga binoan Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar o‘z vaqtida o‘zlashtirilmay qolganda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan manbalar hisobidan kapital qo‘yilmalar ro‘yxatlari va limitlari (qiymati)ga tuzatishlar kiritilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov har oyda investitsiya loyihalari amalga oshirilishining holati to‘g‘risidagi hisobotni va tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilishni ta’minlash yuzasidan shaxsan mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga budjet tizimlarining budjet qismida iqtisodiyot va sanoat vazirining investitsiya dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi kiritilsin, uning zimmasida qisqartirilayotgan, iqtisodiyot va sanoat vazirining infratuzilmani rivojlantirish strategiyasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari o‘rniga infratuzilmani rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha funksiyalar saqlanib qolinsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida 7 nafar shtat birligidan iborat Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhini tashkil etish, uning zimmasiga markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilgan infratuzilmaviy loyihalarni kompleks tahlil etish, iqtisodiy samarani baholash, ularning ish yuklamasini ko‘paytirish va samarasini oshirish chora-tadbirlarini, shuningdek yangi infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish vazifalarini yuklash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhi faoliyatini moliyalashtirish budjet mablag‘lari, tegishli vazirliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari, XMI/XHMT mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini yanada takomillashtirishning “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Belgilansinki, 2019-yilning 1-iyulidan boshlab:
investitsiya loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaganlik, shuningdek tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishganlik uchun tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjeti qo‘shimcha manbalari hisobidan ikki lavozim maoshigacha bo‘lgan miqdorda biryo‘la mukofotlash tarzida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining rahbarlarini rag‘batlantirish;
ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan talablar bajarilishini ta’minlamaganlik uchun hayfsan e’lon qilish, lavozim maoshining ellik foizigacha miqdorida jarima solish va belgilangan tartibda mehnat shartnomasini bekor qilish (egallab turgan lavozimidan ozod qilish) tarzida mazkur rahbarlarning intizomiy javobgarligi tizimi joriy etiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
a) loyihalarni amalga oshirish guruhi (keyingi o‘rinlarda — LAOG) faoliyatini tashkil etish, shuningdek xaridlar jarayonlarining shaffofligini oshirishning yangi mexanizmlarini joriy etsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
LAOG rahbarlari va xodimlarini loyiha tashabbuskorlarining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risida LAOG rahbarlarining hisobotlarini XMI/XHMT, shuningdek loyihalar tashabbuskorlarining markazlashtirilgan hamkorligi bo‘yicha tegishli boshqaruvchilar (organlar)ni jalb etgan holda kollegial asosda eshitish;
LAOGning hisobdorligi, ular faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar XMI/XHMT ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chog‘ida jalb etiladigan, milliy konsultantlar tomonidan ilgari amalga oshirilgan investitsiya loyihalari samaradorligini baholashni inobatga olgan holda ularning ma’lumotlar bazasini shakllantirsin;
v) LAOG xodimlarini hamda loyiha tashabbuskorlarini o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida xaridlarni o‘tkazish, moliyaviy boshqarish, investitsiya loyihalarini ijtimoiy-ekologik baholash hamda boshqa g‘oyat muhim yo‘nalishlarga oid masalalar bo‘yicha XMI/XHMT konsultantlari va mutaxassislarining muntazam asosda jalb etilishini ta’minlasin.
Loyihalarning tashabbuskorlariga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, zarur hollarda, LAOG tuzilmasiga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin;
g) bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi negizida XMI/XHMT ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha alohida bo‘linmani tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Belgilansinki, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan investitsiya va tashqi savdo sohasidagi hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, shuningdek xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatdagi korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va kiritiladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hisob palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritilgan investitsiya loyihalarining bajarilishini tanqidiy o‘rganib chiqsin hamda uning natijalariga ko‘ra ushbu loyihalarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish, shuningdek ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishini hisobga olishning takomillashtirilgan tartibini joriy etsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
18. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5679-son Farmoni ilovasining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 12-noyabrdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “M39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1433-son qarorining rus tilidagi matni 1-ilovasi 11-bandi “Vsego*” ustunidagi “97” raqamlari “105” raqamlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-dekabrdagi “Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “4R87 G‘uzor-Chim-Ko‘kdala avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1671-son qarorining rus tilidagi matni 1-ilovasi 8-bandi “Vsego*” ustunidagi “82” raqamlari “100” raqamlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “M39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish” hamda “Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “4R87 G‘uzor-Chim-Ko‘kdala avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish” loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3011-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 2-bandidagi “1-oktabrya 2018 goda” va “1 maya 2019 goda, s uchetom zakritiya zaymov” so‘zlari tegishlicha “1-iyunya 2019 goda” va “1-noyabrya 2020 goda, bez ucheta garantiynogo perioda (srok garantiynogo perioda — odin god posle sdachi obyekta v ekspluatatsiyu) i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandidagi “Ministerstvu finansov” so‘zlari “Ministerstvu investitsiy i vneshney torgovli” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3439-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasidan quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — moliya institutlari bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev — Islom taraqqiyot banki guruhi bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari L.Sh. Kudratov — Islom taraqqiyot banki guruhi bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov — Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari S.X. Bekenov — Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev — Osiyo taraqqiyot banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari R.A. Gulyamov — Osiyo taraqqiyot banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov — Jahon banki guruhi bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Sh.A. Vafayev — Jahon banki guruhi bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki — Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov — Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov — Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari L.Sh. Kudratov — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev — Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi;
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari (lavozimi bo‘yicha) — Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari etib belgilansin”;
b) 3-bandda:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyuldagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3857-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshi “doirasida” so‘zidan keyin “belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4105-son qarorida:
a) 2-band:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi markaziy apparati departamentlari tuzilmasida 4 ta va undan ortiq shtat birligidan iborat boshqarma (shu jumladan, yig‘ma) tashkil etish”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
b) 1-ilova quyidagi mazmundagi blok bilan to‘ldirilsin:
v) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 7-ilovada:
“Andijon viloyati”, “Qashqadaryo viloyati” va “Farg‘ona viloyati” pozitsiyalarining “Xodimlarning cheklangan soni (birlikda)” ustunidagi “54” raqamlari “55” raqamlari bilan almashtirilsin;
“Namangan viloyati”, “Surxondaryo viloyati” va “Xorazm viloyati” pozitsiyalarining “Xodimlarning cheklangan soni (birlikda)” ustunidagi “46” raqamlari “47” raqamlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4135-son qarori quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish (mehnatga haq to‘lash, transport xarajatlari va boshqalar), xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan chet elda o‘tkaziladigan tadbirlar, shuningdek, Vazirlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari va qarz mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan va ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilansin”. | 152 | 26,643 |
Qonunchilik | INTELLEKTUAL MULK TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi 1060-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning:
birinchi qismi ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Huquq egasi EHM uchun yaratilgan dasturni yoki ma’lumotlar bazasini bevosita yoxud o‘z vakili orqali Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) talabnoma berish orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin”;
ikkinchi—oltinchi qismlaridagi “Patent idorasi”, “Patent idorasi tomonidan”, “Patent idorasida” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik”, “Agentlik tomonidan”, “Agentlikda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi birinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“EHM uchun yaratilgan dasturlarni yoki ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga bo‘lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun haq olinadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun haq Agentlikka to‘lanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun haqning miqdorlari va uni to‘lash muddatlari, haq to‘lashdan ozod qilish, haq miqdorlarini kamaytirish yoki uni qaytarib berish uchun asoslar, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish uchun haq summasidan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
2) 10-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi 1062-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi”;
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Patent idorasi”, “Patent idorasi to‘g‘risidagi”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik”, “Agentlik to‘g‘risidagi”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 4-moddaning nomi va matnidagi “Patent idorasining” degan so‘zlar “Agentlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3) 5-moddaning matnidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasining”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlikning”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 6-moddaning yettinchi qismidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
5) 7-moddaning beshinchi qismidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 8-moddaning beshinchi qismidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
7) 10-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
8) 11-moddaning uchinchi qismidagi “Patent idorasida” degan so‘zlar “Agentlikda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
9) 14-moddaning matnidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 18-moddaning matnidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasi tomonidan”, “Patent idorasi”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlik tomonidan”, “Agentlik”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 20-moddaning matnidagi “Patent idorasi”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 21-moddaning matnidagi “Patent idorasi tomonidan”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik tomonidan”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 211-moddaning matnidagi “Patent idorasi tomonidan”, “Patent idorasi” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik tomonidan”, “Agentlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 22-moddaning matnidagi “Patent idorasi”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 23-moddaning matnidagi “Patent idorasi”, “Patent idorasi tomonidan”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik”, “Agentlik tomonidan”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 231-moddaning ikkinchi qismidagi “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 24-moddaning matnidagi “Patent idorasi” degan so‘zlar “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin;
18) 25-moddaning matnidagi “Patent idorasi”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 26-moddaning matnidagi “Patent idorasi tomonidan”, “Patent idorasi” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik tomonidan”, “Agentlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 27-moddaning beshinchi qismidagi “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21) 28-moddaning matnidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) 281-moddaning birinchi qismidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
23) 29-moddaning uchinchi qismidagi “Patent idorasi” degan so‘zlar “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin;
24) 32-moddaning ikkinchi qismidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25) 34-moddaning birinchi qismidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
26) 35-moddaning matnidagi “Patent idorasi”, “Patent idorasida” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik”, “Agentlikda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
27) 36-moddaning ikkinchi qismidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 1082-moddaning ikkinchi qismidagi “patent idorasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 1088-moddaning matnidagi “patent idorasida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 1089-moddaning matnidagi “patent idorasida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 1105-moddaning uchinchi qismidagi “patent idorasida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 1106-moddaning birinchi qismidagi “patent idorasida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 1108-moddaning beshinchi qismidagi “patent idorasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 1110-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasining Patent idorasida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi 270-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 395-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 156-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi”;
ikkinchi qismidagi “Patent idorasi” degan so‘zlar “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 6-moddaning uchinchi xatboshisidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3) 7-moddaning ikkinchi qismidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4) 13-moddaning birinchi qismidagi “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 14-moddaning uchinchi qismidagi “Patent idorasining” degan so‘zlar “Agentlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 15-moddaning matnidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 16-moddaning matnidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasida” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlikda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 17-moddaning matnidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasi”, “Patent idorasida” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlik”, “Agentlikda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 18-moddaning matnidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
10) 20-moddaning matnidagi “Patent idorasi tomonidan”, “Patent idorasining”, “Patent idorasi” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik tomonidan”, “Agentlikning”, “Agentlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 22-moddaning matnidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasi”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlik”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 23-moddaning matnidagi “Patent idorasi”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 25-moddaning matnidagi “Patent idorasi” degan so‘zlar “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin;
14) 26-moddaning matnidagi “Patent idorasining” degan so‘zlar “Agentlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
15) 27-moddaning matnidagi “Patent idorasi”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 28-moddaning ikkinchi qismidagi “Patent idorasining” degan so‘zlar “Agentlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
17) 29-moddaning birinchi qismidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
18) 35-moddaning matnidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 36-moddaning matnidagi “Patent idorasining” degan so‘zlar “Agentlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
20) 37-moddaning uchinchi qismidagi “Patent idorasi” degan so‘zlar “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin;
21) 38-moddaning matnidagi “Patent idorasida” degan so‘zlar “Agentlikda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
22) 39-moddaning uchinchi qismidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 218-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 87-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddaning matnidagi “Patent idorasi tomonidan”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik tomonidan”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 10-moddaning matnidagi “Patent idorasining”, “Patent idorasi” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikning”, “Agentlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 11-moddaning matnidagi “Patent idorasi”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 12-moddaning matnidagi “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 13-moddaning ikkinchi qismidagi “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 15-moddaning matnidagi “Patent idorasida”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikda”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 16-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
9) 17-moddaning birinchi qismidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 267-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik”;
2) 8-moddaning matnidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 9-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 12-moddaning matnidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
5) 13-moddaning matnidagi “Patent idorasi tomonidan”, “Patent idorasi” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik tomonidan”, “Agentlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 14-moddaning matnidagi “Patent idorasiga”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikka”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 15-moddaning matnidagi “Patent idorasi tomonidan”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik tomonidan”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 16-moddaning matnidagi “Patent idorasining”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikning”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 18-moddaning matnidagi “Patent idorasi”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 19-moddaning matnidagi “Patent idorasining”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikning”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 20-moddaning uchinchi qismidagi “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 23-moddaning birinchi qismidagi “Patent idorasini”, “Patent idorasi tomonidan” degan so‘zlar tegishincha “Agentlikni”, “Agentlik tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 25-moddaning to‘rtinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
14) 26-moddaning ikkinchi qismidagi “Patent idorasining” degan so‘zlar “Agentlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
15) 30-moddaning beshinchi qismidagi “Patent idorasida” degan so‘zlar “Agentlikda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
16) 31-moddaning ikkinchi qismidagi “Patent idorasida” degan so‘zlar “Agentlikda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
17) 322-moddaning matnidagi “Patent idorasi tomonidan”, “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishincha “Agentlik tomonidan”, “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 33-moddaning birinchi qismidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
19) 34-moddaning matnidagi “Patent idorasida” degan so‘zlar “Agentlikda” degan so‘z bilan almashtirilsin.
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 177 | 18,049 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh VAZIRI O‘RINBOSARINING KOTIBIYATI TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 20-maydagi 248-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining Kotibiyati to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Namunaviy nizom tasdiqlansin.
Bosh vazir o‘rinbosarlari Bosh vazir bilan kelishgan holda ushbu Namunaviy nizom asosida tegishli komplekslarning Kotibiyatlari to‘g‘risidagi Nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining Kotibiyati (bundan keyin — Kotibiyat deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Kotibiyat faoliyati Bosh vazir o‘rinbosariga uning kompleksni samarali funksional boshqarishi uchun zarur tashkiliy sharoitlar yaratishga qaratilgandir va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati apparatining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro amaliy hamkorlik asosida quriladi.
3. Kotibiyat o‘z ishida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosari topshiriqlariga, Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga va ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat mudiri Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Kotibiyatning boshqa xodimlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
5. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xalq xo‘jaligidagi islohotlar siyosati boshqaruvning funksional tamoyili asosida amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan takliflarni ularni Bosh vazir o‘rinbosari ko‘rib chiqishiga taqdim etish uchun ekspert ishlab chiqilishini tashkil qilish. Vazirlar Mahkamasining Raisi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning o‘rinbosari topshiriqlariga binoan Hukumat qarorlari loyihalarini tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining vazirliklar va idoralar tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
tegishli kompleksga kiruvchi vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarning Kotibiyatga yuklangan funksional yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hukumat komissiyalarining samarali ishlashini ta’minlash, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlash va muhim axborotlarni tartibga solib borish;
6. Kotibiyat quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan va tasarrufidagi tashkilotlardan, shuningdek mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni so‘rash va olish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, shuningdek mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari ishtirokida kengashlar o‘tkazish, ularning hay’atlari ishida, Vazirlar Mahkamasi, ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari majlislarida, uyushmalar, birlashmalar va korxonalardagi kengashlarda qatnashish;
zarur bo‘lgan hollarda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari xodimlarini tegishli materiallarni tayyorlashda qatnashish uchun jalb etish;
Vazirlar Mahkamasining Ish tartibini buzgan holda tushgan hujjatlarni ko‘rib chiqmasdan qaytarish.
7. Kotibiyat Bosh vazir o‘rinbosari rahbarligida, tashkiliy masalalar bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar boshqaruvchisining o‘rinbosarlari ko‘rsatmalariga binoan ishlaydi.
8. Kotibiyat xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash kompleksning tegishli rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
9. Kompleks rahbarlarining Kotibiyat tarkibiga kirmaydigan yordamchilari Bosh vazir o‘rinbosarining bevosita rahbarligida ishlaydilar.
10. Kotibiyat ishlari Vazirlar Mahkamasining ish rejalariga muvofiq ishlab chiqiladigan rejalar asosida amalga oshiriladi.
11. Masalalar boshqa tarkibiy bo‘linmalar manfaatlariga daxldor bo‘lgan hollarda ushbu masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar mazkur bo‘linmalar bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
12. Kotibiyat tomonidan tayyorlangan materiallarni Bosh vazir o‘rinbosariga Kotibiyat mudiri, u bo‘lmagan vaqtda materiallarni tayyorlagan xodim ma’lum qiladi.
13. Kotibiyat mudiri:
Kotibiyat ishlariga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ushbu Nizom bilan Kotibiyatga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun to‘liq javob beradi;
xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
Kotibiyat ishlarini takomillashtirish, xodimlarning ish malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
ijro intizomining zarur darajada bo‘lishini ta’minlaydi, Kotibiyat ishlarining yuritilishini tashkil qiladi, hujjatlar oqimini qisqartirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
quyidagi huquqlarga ega:
Bosh vazir o‘rinbosari ko‘rsatmalariga binoan vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga Kotibiyat vakolatiga kiruvchi joriy masalalar bo‘yicha og‘zaki topshiriqlar berish;
Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi, doimiy va vaqtinchalik komissiyalar majlislarida Vazirlar Mahkamasi rahbariyati kengashlarida qatnashish;
tasarrufidagi vazirliklar idoralar hay’atlari ishida va kengashlarida ishtirok etishi;
ma’lumotnoma-axborot tusidagi so‘rovlarga javoban yuboriladigan xat-xabarlarni imzolash;
Kotibiyatda ishlashga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Kotibiyat xodimlarini rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan tanbeh choralari qo‘llash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqaruvchisining o‘rinbosari va Bosh vazir o‘rinbosari bilan kelishilgan takliflarni Kadrlar sho’basiga kiritish;
Vazirlar Mahkamasining Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qaror va farmoyishlari loyihalarini kelishib olish (vizalash).
14. Bosh va yetakchi mutaxassislar:
egallab turgan lavozimi bo‘yicha ishlarning funksional yo‘nalishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi yakka tartibdagi rejaga muvofiq ishlaydilar;
Kotibiyat mudirining topshirig‘iga binoan Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi, doimiy va vaqtinchalik komissiyalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati kengashlarida, tasarrufidagi vazirliklar, idoralar hay’atlari ishida va kengashlarida o‘zlarining lavozim vazifalari doirasiga kiruvchi masalalar muhokamasida qatnashadilar;
o‘zlarining lavozim vazifalari doirasiga kiruvchi masalalarga doir materiallar bilan tanishish, shu jumladan, vazirliklarda, idoralarda, hokimliklarda, birlashmalarda, korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda tanishish, shuningdek Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallarni ulardan olish huquqiga egadirlar;
yuqori organlarning va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari ijrosini nazorat qiladilar, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydilar, Kotibiyat mudiriga ular yuzacidan axborot beradilar;
Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi, doimiy va vaqtinchalik komissiyalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosari kengashlarida, muhokamalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotnoma materiallarni va takliflarni tayyorlaydilar;
Vazirlar Mahkamasining Raisiga, Bosh vazirga va Bosh vazir o‘rinbosariga ma’lum qilish uchun qarorlar loyihalari, materiallar va takliflar puxta tayyorlanishini ta’minlaydilar. | 113 | 8,002 |
Qonunchilik | Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sug‘urta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 16-martdagi 222-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida onlayn tartibida faoliyat yurituvchi tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yagona axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — yagona axborot tizimi) joriy etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasining elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda — E-polis) yagona axborot tizimi tarkibida amalga oshirish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar yagona axborot tizimi tarkibida E-polislarni sotish va rasmiylashtirishga mo‘ljallangan majburiy sug‘urta bo‘yicha faoliyat olib boruvchi sug‘urta tashkilotlarining hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan axborot modullarini joriy etsin.
4. Majburiy sug‘urta elektron shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va muddatidan oldin to‘xtatish tartibini, sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta tashkiloti o‘rtasida elektron axborot almashinuvi, majburiy sug‘urta elektron shartnomasi tuzilganligi to‘g‘risida xabarnomani yuborish va xabarnomaning mazmuniga qo‘yiladigan talablarni nazarda tutuvchi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda 2021-yil 1-martdan boshlab Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha E-polisni sotish, rasmiylashtirishni amalga oshiradi;
sug‘urta tashkilotlari tomonidan xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari bilan E-polisni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
E-polis qog‘oz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtiriladi;
yagona axborot tizimi tarkibida E-polisni rasmiylashtirish bo‘yicha tegishli axborot modullarni ishlab chiqish va joriy etishni moliyalashtirish Jamg‘arma hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda ushbu qaror bilan joriy etilayotgan mexanizmni amalga oshirish doirasida:
tegishli vazirliklar va idoralar — E-polisni rasmiylashtirishda zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yagona axborot tizimiga taqdim etish uchun;
sug‘urta tashkilotlari — majburiy sug‘urta bo‘yicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilishda zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yagona axborot tizimiga taqdim etish uchun;
Jamg‘arma — E-polisni rasmiylashtirishda zarur bo‘lgan axborot-ma’lumotlar tegishli vazirliklar va idoralar hamda sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida almashinuvini ta’minlash uchun javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan real vaqt rejimida idoralararo axborot almashinuvini tashkil qilish uchun yagona axborot tizimini “O‘zbektelekom” AK elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulasin;
“UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ (keyingi o‘rinlarda — Yagona integrator) hamda “O‘zbektelekom” AK bilan birgalikda yagona axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik talablarga muvofiq yagona axborot tizimini Yagona integrator serverlar maydonida belgilangan tartibda joylashtirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar E-polis tizimini boshqa majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlariga tatbiq etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Jamg‘arma va sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“E-polislar, sug‘urta hodisalari, sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanganlar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlardan iborat bo‘lgan, E-polisni sotish va rasmiylashtirish bo‘yicha axborot-ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda majburiy sug‘urta bo‘yicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlar bilan ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish”.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta tashkiloti, sug‘urta tashkiloti va Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) o‘rtasida elektron axborot resurslarini almashish orqali transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Yagona axborot tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari va markaziy ma’lumotlar bazalari, jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan, majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha onlayn tartibida faoliyat yurituvchi yagona axborot tizimi;
axborot almashinuvi ishtirokchilari — sug‘urta qildiruvchi, sug‘urta tashkiloti, Jamg‘arma va Yagona axborot tizimi bilan integratsiyalashgan vazirliklar va idoralar;
E-polis — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha elektron shaklda tuzilgan sug‘urta shartnomasi;
sug‘urta tashkiloti — tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va E-polisga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;
sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursi — sug‘urta tashkiloti rasmiy veb-saytining majburiy sug‘urta uchun mo‘ljallangan qismi yoki uning mobil ilovasi;
sug‘urta qildiruvchi — sug‘urta tashkiloti bilan majburiy sug‘urta elektron shartnomasini tuzgan va sug‘urta mukofoti bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish majburiyatini olgan, muomalaga layoqatli jismoniy yoki yuridik shaxs.
3. E-polisni sotish va rasmiylashtirish elektron ma’lumot almashish orqali sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida quyidagicha amalga oshiriladi:
to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursi orqali;
Jamg‘armaning rasmiy veb-saytidan sug‘urta qildiruvchi tanlagan sug‘urta tashkiloti rasmiy saytining majburiy sug‘urta uchun mo‘ljallangan qismiga yo‘naltirish orqali;
O‘zbekistonning yagona sug‘urta portalidan sug‘urta qildiruvchi tanlagan sug‘urta tashkiloti rasmiy veb-saytining majburiy sug‘urta uchun mo‘ljallangan qismiga yo‘naltirish orqali.
4. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda axborot almashinuvi ishtirokchilari shaxsiy ma’lumotlar va sug‘urta siri deb tasniflangan ma’lumotlarni ularga noqonuniy yoki tasodifiy kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, blokirovka qilish, nusxa olish, taqdim etish va tarqatishdan, shuningdek, boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘rishlari shart.
5. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish ushbu Qoidalarga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. E-polis ommaviy shartnoma hisoblanadi va bir yil muddatgacha tuziladi.
7. E-polis, shartnomada boshqa hollar nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti to‘langan paytdan boshlab kuchga kiradi.
8. Agar E-polisda sug‘urta amal qilishi boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan bo‘lsa, majburiy sug‘urta elektron shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan sug‘urta hodisalariga nisbatan tatbiq etiladi.
9. Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda) uning egasi transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish joyiga borish muddatiga, biroq o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatga E-polisni tuzishga haqlidir.
10. Transport vositasidan mavsumiy foydalanishda uning egasi undan foydalanish davridan iborat muddatga E-polisni tuzish huquqiga ega. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan muddat kalendar yilda olti oydan kam bo‘lishi mumkin emas.
11. Transport vositasining egasi majburiy sug‘urtani amalga oshiruvchi sug‘urta tashkilotini erkin tanlash huquqiga ega.
12. E-polisni tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi har bir transport vositasi bo‘yicha sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursidagi E-polisni tuzish to‘g‘risidagi elektron arizaga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
sug‘urta qildiruvchining va/yoki transport vositasini boshqarishga vakolat berilgan jismoniy shaxslarning (transport vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslarga ruxsat berilishi sharti bilan E-polis tuzilgan taqdirda) shaxsiy identifikatsiya raqamini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi, raqami;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (yuridik shaxs uchun);
transport vositasi egasining shaxsiy identifikatsiya raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami (agar transport vositasi mulkdori boshqa jismoniy shaxs bo‘lsa);
elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
mobil telefon raqami;
E-polis tuzilayotgan transport vositasining davlat raqami belgisi va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning seriyasi va raqami;
agar sug‘urta qildiruvchi qonunchilikka asosan siylov olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifasiga kirsa, majburiy sug‘urta bo‘yicha siylovlar mavjudligi to‘g‘risida belgi qo‘yib, yuqoridagi toifaga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning (guvohnoma, ma’lumotnoma) tegishli raqamlari;
transport vositasi egasining ixtiyori bilan mazkur transport vositasidan foydalanish va uni boshqarishga qo‘yilgan yaqin qarindoshlarining (ota, ona, er (xotin), o‘g‘il, qiz, aka, uka, opa, singil) qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarning tegishli raqamlari.
Bunda tegishli ma’lumotlar yagona axborot tizimida mavjud bo‘lganda avtomatik tarzda to‘ldiriladi.
13. E-polis tuzilayotgan vaqtda Yagona axborot tizimi qisman yoki to‘liq ishlamaganda, ya’ni davlat axborot bazalari qisman ishlamagan va/yoki ular bilan aloqa uzilgan taqdirda, sug‘urta qildiruvchi arizadagi ma’lumotlarni qo‘lda kiritadi. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘ldirilgan arizadagi ma’lumotlar Yagona axborot tizimiga yuboriladi va davlat axborot bazalari ishga tushirilgandan va/yoki aloqa tiklagandan so‘ng yuborilgan ma’lumotlarning muvofiq yoki nomuvofiqligi tekshiriladi.
14. Arizadagi ma’lumotlarning davlat axborot bazalaridagi ma’lumotlarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqidagi axborot Yagona axborot tizimidan sug‘urta tashkilotiga kelib tushsa, arizadagi ma’lumotlarni qayta tekshirish va to‘g‘rilash haqida sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursi yoki SMS-xabar orqali sug‘urta tashkiloti sug‘urta qildiruvchiga ma’lumot yuboradi.
15. Agar sug‘urta qildiruvchi tomonidan ariza berilgan sanadan boshlab 24 soat davomida ma’lumotlar qayta tekshirilmasa va/yoki to‘g‘rilanmasa, unda sug‘urta tashkiloti E-polisni tuzish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursi yoki SMS-xabar orqali sug‘urta tashkiloti sug‘urta qildiruvchini xabardor qiladi.
16. Majburiy sug‘urtaga oid siylovlar bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi o‘zi tomonidan sug‘urta tashkilotiga taqdim etilayotgan elektron yoki skaner ma’lumotlar va hujjatlarning haqiqiyligi uchun javobgar hisoblanadi.
17. Majburiy sug‘urta elektron shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin to‘xtatiladi:
transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlanganda;
E-polisda ko‘rsatilgan transport vositasi bundan buyon foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolganda;
transport vositasining egasi o‘zgarganda.
18. E-polisning amal qilishi muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda, sug‘urta mukofotining bir qismi to‘langan tovon summasiga va E-polis amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytariladi.
19. Sug‘urta qildiruvchiga (uning qonuniy vakillariga, merosxo‘rlariga, huquqiy vorislariga) sug‘urta summasining bir qismini qaytarish sug‘urta qildiruvchi (uning qonuniy vakillari, merosxo‘rlari, huquqiy vorislari) tegishli tartibda murojaat qilgan kundan boshlab 14 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi.
Bunda sug‘urta qildiruvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan sug‘urta mukofotining bir qismi sug‘urta qildiruvchining arizasiga muvofiq yangi tuzilgan E-polis bo‘yicha sug‘urta mukofoti hisobiga o‘tkazilishi mumkin.
20. Sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta tashkiloti o‘rtasida elektron axborot resurslarini almashishda sug‘urta tashkiloti quyidagilarni ta’minlashga majbur:
sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursidan tun-u kun erkin foydalana olish;
E-polisni tuzish haqidagi arizani shakllantirish imkoniyatini yaratish;
sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursida ommaviy oferta — E-polisni tuzish taklifini, majburiy sug‘urta qoidalarini (standart sug‘urta shartlari) joylashtirish;
E-polis tuzish to‘g‘risidagi arizada sug‘urta qildiruvchi tomonidan arizani shakllantirish uchun zarur bo‘lgan harflar, raqamlar va belgilarning minimal hamda maksimal soni va formatiga muvofiqligini avtomatik tarzda tekshirish va agar arizadagi yozuvlar mos kelmasa sug‘urta qildiruvchi tomonidan nomuvofiq joylarni tekshirish va to‘g‘rilash zarurati to‘g‘risida xabar berish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bilan E-polisni tuzishda Yagona axborot tizimi bilan integratsiyalashgan vazirliklar va idoralar axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlarni arizada avtomatik tarzda to‘ldirish;
E-polis tuzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni ro‘yxatdan o‘tkazish va uning noyob raqamini olish uchun Yagona axborot tizimiga yuborish;
Yagona axborot tizimiga yo‘naltirish orqali E-polis haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini yaratish;
sug‘urta mukofoti miqdori, shuningdek, majburiy sug‘urta bo‘yicha taqdim etiladigan siylovni (mavjud bo‘lganda) hisobga olgan holda sug‘urta mukofotining miqdori bilan tanishtirish;
sug‘urta miqdori (summasi), tariflarni hisoblashda ishlatiladigan koeffitsiyentlar to‘g‘risidagi va E-polisni tuzish bilan tanishish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, majburiy sug‘urta qoidalari (standart sug‘urta shartlari) va ommaviy oferta — E-polisni tuzish taklifi bilan sug‘urta mukofotini to‘lashdan oldin tanishtirish;
sug‘urta mukofotini naqd yoki naqdsiz to‘lash, shu jumladan, sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta to‘lovchining to‘lov rekvizitlari, hisobvarag‘i, to‘lov muddati va E-polisning kuchga kirish sanasi ko‘rsatilgan to‘lov hisobini berish;
sug‘urta mukofoti sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lanmasa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta qildiruvchiga E-polis tuzilmaganlik to‘g‘risida xabar qilinishini ta’minlash;
E-polisni tuzish to‘g‘risida xabar beradigan usulni sug‘urta qildiruvchi tomonidan tanlash imkoniyatini yaratish.
21. Sug‘urta mukofoti E-polisda nazarda tutilgan to‘lovdan kamroq miqdorda to‘langan bo‘lsa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta mukofotining to‘lanmagan qismi, sug‘urta qildiruvchi tomonidan uch kun muddatda to‘lanishi zarurligi to‘g‘risida darhol xabarnoma yuboradi.
22. Sug‘urta mukofoti miqdori ortiqcha to‘langan taqdirda, sug‘urta tashkiloti uning sug‘urta qildiruvchiga qaytarilishini ta’minlaydi va tegishli xabarni yuboradi.
23. Sug‘urta tashkiloti ma’lumotni o‘zgartirish to‘g‘risida ariza olgandan so‘ng E-polisni qayta rasmiylashtirish uchun arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar avtomatik tarzda vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar bilan muvofiq ekanligini tekshiradi va solishtiradi.
24. E-polis bo‘yicha jabrlanuvchi yoki sug‘urta qildiruvchining xohishiga binoan (sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish hollarida) sug‘urta hodisasi ro‘y berganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborish, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash, sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomda belgilangan hujjatlarning elektron yoki skanerlangan nusxalarini sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursidagi jabrlanuvchi yoki sug‘urta qildiruvchining (sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish hollarida) sug‘urta tashkilotiga yuborishga haqli.
25. Agar sug‘urta hodisasi ro‘y berganligini va sug‘urta qildiruvchi tomonidan yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar yetarli bo‘lmasa, sug‘urta tashkiloti bu to‘g‘risida ushbu hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida, yetishmayotgan va (yoki) noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini ko‘rsatgan holda jabrlanuvchi yoki sug‘urta qildiruvchining (sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish hollarida) elektron pochta manziliga (mavjud bo‘lsa) va (yoki) ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS-xabar orqali ma’lumot yuborishi kerak.
26. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va qabul qilingan sanasi to‘g‘risida elektron ma’lumotnoma ariza beruvchiga, u ko‘rsatgan elektron pochta manziliga (agar mavjud bo‘lsa) yuboriladi va (yoki) sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursidagi ariza beruvchining shaxsiy kabinetida ko‘rsatiladi.
27. Yagona axborot tizimi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga majburiy sug‘urta elektron shartnomasi tuzilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma quyidagi shakllarda yuboriladi:
sug‘urta qildiruvchining telefon raqamiga SMS-xabar shaklida;
sug‘urta qildiruvchining elektron pochta manziliga (mavjud bo‘lsa) elektron xabarnoma shaklida.
Bunda sug‘urta qildiruvchi xabarnoma yuborishning bir yoki bir nechta usulini tanlash huquqiga ega.
28. E-polis tuzilganligi to‘g‘risida SMS-xabar shaklida yuborilgan ma’lumot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
sug‘urta tashkilotining nomi;
sug‘urta mukofoti miqdori;
E-polisning amal qilish muddati;
E-polisning noyob raqami;
Yagona axborot tizimiga havola.
29. E-polis tuzilganligi to‘g‘risida elektron shaklda yuborilgan xabarnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
sug‘urta tashkilotining nomi;
sug‘urta mukofoti miqdori;
E-polisning amal qilish muddati;
E-polisning noyob raqami;
Yagona axborot tizimiga havola.
30. Yagona axborot tizimi orqali E-polis haqiqiyligini tekshirish sug‘urta qildiruvchi tomonidan davlat interaktiv xizmatidan foydalangan holda ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
31. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida E-polis haqiqiyligini tekshirish sug‘urta qildiruvchi tomonidan o‘z shaxsiy kabineti orqali yoki davlat interaktiv xizmatidan foydalangan holda ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
32. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan E-polis haqiqiyligini tekshirish tegishli mobil qurilma orqali QR-kodni o‘qib olish yoki E-polisning noyob raqamini kiritish orqali amalga oshiriladi.
33. Majburiy sug‘urta bo‘yicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga taqdim etish uchun sug‘urta qildiruvchi E-polisni qog‘ozga chiqarib olishi yoki uni elektron shaklda yoxud boshqa vizual shaklda tanishish imkonini beruvchi qurilmada taqdim qilishi shart.
34. Qog‘ozga chiqarib olingan yoki elektron shaklda olib yurish imkonini beruvchi qurilmada (smartfon, planshet va boshqalar) taqdim etilayotgan E-polis o‘lchami hujjat matni bilan vizual holda tanishish imkonini berishi lozim.
35. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi sug‘urta tashkilotining litsenziyasini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va/yoki sug‘urta tashkilotini Jamg‘arma a’zoligidan chiqarish va/yoki yagona axborot tizimi doirasida Jamg‘arma va sug‘urta tashkiloti o‘rtasida ma’lumot almashish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilgan taqdirda:
Jamg‘arma yagona axborot tizimi bilan sug‘urta tashkilotining axborot tizimi o‘rtasida majburiy sug‘urta elektron shartnomasini tuzish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot almashinuvini mutanosib ravishda to‘xtatadi;
Jamg‘arma o‘zining rasmiy veb-saytida ushbu sug‘urta tashkiloti bilan elektron sug‘urta shartnomalarni tuzish mumkin emasligi va buning sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotni joylashtiradi hamda sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursi bilan axborot almashinuvini mutanosib ravishda to‘xtatadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi O‘zbekistonning yagona sug‘urta portaliga ushbu sug‘urta tashkiloti bilan E-polisni tuzish mumkin emasligi va sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursi bilan axborot almashinuvi to‘xtatilganligi (vaqtincha to‘xtatganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotni joylashtiradi hamda sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursi bilan axborot almashinuvini mutanosib ravishda to‘xtatadi;
sug‘urta tashkiloti o‘zining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursida E-polisni tuzish mumkin emasligi va uning sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotni joylashtiradi va majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishni mutanosib ravishda to‘xtatadi.
36. Ushbu Qoidalar bilan bog‘liq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
37. Ushbu Qoidalarning talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 125 | 23,557 |
Qonunchilik | Xorazm viloyatida “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2015-yillarda Xorazm viloyatining sanoat potensialini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 22-noyabrdagi PQ-1856-son qarorini bajarish yuzasidan va “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat negizida “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarning:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining — “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat negizida 2014-yilning I choragida “Damas” rusumli yengil avtomobillarning yig‘uv ishlab chiqarishini boshlashni (I bosqich), keyinchalik 2014-yilning IV choragida ishlab chiqarishning to‘liq sikliga o‘tishni (II bosqich) nazarda tutuvchi ikki bosqichda “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi;
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining — “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulushini baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan qiymat bo‘yicha davlat ulushi sifatida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berish to‘g‘risidagi;
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining — “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat (keyingi o‘rinlarda Obyekt deb ataladi) ishlab chiqarish maydonlarining bir qismini rekonstruksiya qilish va “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha filial tashkil etish uchun keyinchalik “Jeneral Motors O‘zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga uzoq muddatli moliyaviy ijaraga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat negizida “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo‘yicha:
“Jeneral Motors O‘zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati — buyurtmachi etib;
“O‘zog‘irsanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyiha tashkiloti etib;
“O’ZAVTOSANOAT-INJINIRING” mas’uliyati cheklangan jamiyat — qurilish ustidan texnik nazoratni amalga oshiruvchi tashkilot etib belgilansin.
7. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitalidagi davlat ulushi, qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondini tegishli ravishda ko‘paytirgan holda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berilishini ta’minlasin.
8. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga va “Jeneral Motors O‘zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga, istisno tariqasida:
ko‘rsatilgan loyiha va “Damas” rusumli yengil avtomobillar uchun butlovchi detallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga doir investitsiya loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqqan holda bir bosqichli tartibda loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqishga;
loyiha bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini 2013-yil 31-dekabrgacha ishlab chiqish bilan bir vaqtda Obyektni qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
9. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Jeneral Motors O‘zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati “O‘zog‘irsanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat negizida “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqishni va uni vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishishni hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni 2013-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda ta’minlasinlar.
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Obyektni rekonstruksiya qilish bo‘yicha bosh pudratchi tashkilot yopiq tanlov savdolari asosida buyurtmachi tomonidan aniqlanadi;
Obyektni qurish va rekonstruksiya qilish uchun zarur sement va metall prokati bosh loyiha tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan asoslangan hisob-kitoblari asosida, birja kotirovkalarining o‘rtacha hisoblangan baholari bo‘yicha, to‘g‘ridan to‘g‘rishartnomalar asosida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va buyurtmachining buyurtmanomalariga muvofiq bosh pudratchi tashkilot tomonidan sotib olinadi;
ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish uchun zarur asbob-uskunalar, istisno tariqasida, tender savdolari o‘tkazmasdan, “Jeneral Motors” kompaniyasining global xaridlar tizimi orqali to‘g‘ridan to‘g‘rishartnomalar tuzish yo‘li bilan “Jeneral Motors O‘zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan sotib olinadi;
Obyektni rekonstruksiya qilishda hosil bo‘ladigan barcha qismlarga ajratilgan materiallar va qurilish konstruksiyalari, foydalanish uchun yaroqlilaridan tashqari, utilizatsiya qilinadi, metall parchalari va utilizatsiya qilinayotgan asbob-uskunalar “O‘zmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyatining Xo‘jalik hisobidagi “Ikkilamchi qora metallar” korxonalarining boshqarmasiga hamda “Toshkent rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga metall parchalari tarzida topshiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishining ekspert kuzatuvini ta’minlasin va loyihani amalga oshirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengash (R.S. Azimov) “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat negizida “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini hamda “Damas” rusumli yengil avtomobillar uchun butlovchi detallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga doir investitsiya loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-oktabrdagi PQ-1623-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobatbardoshli mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish va o‘zlashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan:
Xorazm viloyatidagi Hazorasp, Qo‘shko‘pir, Yangiariq va Yangibozor tumanlari kasb-hunar-texnika kollejlari negizida avtomobilsozlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilar qabul qilishni va professional kadrlar tayyorlashni tashkil etsin;
tashkil etilayotgan avtomobilsozlik ishlab chiqarishi uchun tegishli yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutida va Toshkent davlat texnika universitetida Xorazm viloyati abituriyentlari uchun qabul kvotasini belgilasin;
ko‘rsatilgan kvotalar bo‘yicha Urganch davlat universitetida hujjatlar qabul qilishni va abituriyentlarni test sinovidan o‘tkazishni tashkil etsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 115 | 7,522 |
Qonunchilik | Davavianazoratda yangi tuzilma va vazifalar | Prezidentning 17.07.2017 yildagi PQ-3136-son qarori bilan Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasi yangilandi va uning vazifalari belgilandi. Hujjat matni davlat rahbari saytida joylashtirilgan.
Davavianazorat apparati tuzilmasida:
Davavianazorat apparatining yangi tuzilmasi tasdiqlandi, boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 53 birlikkacha qisqartirildi (ilgari – 65 birlik). Davavianazorat boshligʻi maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtirildi.
Davavianazoratning asosiy vazifalari jumlasiga quyidagilar kiritildi:
Bundan tashqari, Davavianazoratga parvozlar хavfsizligi va aviatsiya хavfsizligini ta’minlash boʻyicha talablarga rioya qilmaslik bilan bogʻliq ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish huquqi beriladi. Bunday huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi kerak. MJtKga tegishli tuzatishlar 2 oy ichida ishlab chiqiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 43 | 1,155 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash, infeksiya profilaktikasi hamda davolashda dori vositalari va tibbiy buyumlar ta’minotida uzluksizlikni ta’minlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) “Jurabek Laboratories” MChJ QK (O‘zbekiston) tomonidan:
“Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd” (Xitoy Xalq Respublikasi) kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — xitoylik hamkorlar) bilan “ZF-UZ-VAC 2001” (Recombinant Novel Coronavirus Vaccine (CHO Cell) vaksinasini (keyingi o‘rinlarda — “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasi) O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishilganligi va dastlabki bosqichda xitoylik hamkorlar tomonidan “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasi substansiyasini yetkazib berish belgilanganligi;
“Vaksina cheloveka” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi o‘rinlarda — rossiyalik hamkorlar) bilan “Gam-KOVID-Vak” va Gam-KOVID-Vak-Lio kombinirlangan vektor vaksinasini (keyingi o‘rinlarda — “Sputnik V” vaksinasi) O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishilganligi hamda rossiyalik hamkorlar tomonidan dastlabki bosqichda “Sputnik V” vaksinasi substansiyasini yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilayotganligi;
b) “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasi Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasida hamda “Sputnik V” vaksinasi Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Jurabek Laboratories” MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan “ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlarini, shu jumladan, ishlab chiqarish jarayonlariga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, “ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarining substansiyalari va/yoki “in bulk” ishlab chiqaruvchilarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari ijobiy xulosalarini tan olgan holda ushbu vaksinalarni, istisno tariqasida, taqdim etilgan hujjat hamda sertifikatlar asosida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK tomonidan “Jurabek Laboratories” MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan tegishli vaksinalarning laboratoriya sinovlari va ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ekspertizasini besh ish kunida amalga oshirilishi ta’minlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, xomashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 17-dekabrdagi 1008-son qaroriga ilovaning rus tili matniga:
a) “Naimenovaniya sirya i materialov, ispolzuyemix dlya proizvodstva lekarstvennix sredstv (v tom chisle vnutriaptechnogo izgotovleniya), izdeliy meditsinskogo naznacheniya i upakovochnix materialov” blokida:
quyidagi mazmundagi 1383 — 1405-pozitsiyalar qo‘shilsin:
havoladagi “ispolzuyemie” so‘zidan keyin “v tom chisle i” so‘zlari qo‘shilsin;
b) “Naimenovaniya texnologicheskogo i laboratornogo oborudovaniya, komplektuyuщix i zapasnix chastey k nim” blokiga kuyidagi mazmundagi 601 — 611-pozitsiyalar qo‘shilsin:
2. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qarorida:
a) 1-2-bandlar kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan muddatda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan, mazkur qarorga ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar import qilinganda, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, 5 kun muddatda sertifikatlashtirish (faqat ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda) asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Agentlikning qo‘shma xulosasi asosida mazkur qarorga ilovadagi ro‘yxatga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ushbu qaror 1-bandining amal qilish muddatini uzaytirish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tartib asosida dori vositalari va tibbiy buyumlar importi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadog‘ida yoki qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarida xalqaro patentlanmagan nomi o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tilida ko‘rsatilishini ta’minlagan holda, ishlab chiqaruvchi tashkilotning sinov bayonnomasini va sinov usullari ko‘rsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart”;
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2020-yil 24-sentabrdagi 582-son qaroriga ilovaning 2 va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash obyektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi uchinchi xatboshisi kuyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Xodim tomonidan 30 kun davomida bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib ish soatlariga nisbatan mutanosib ravishda, biroq tegishli lavozimlardan kelib chiqib vrach-laborant, o‘rta tibbiyot xodimi, hamshira-laborant, provizor-farmatsevt xodim, dezinfektor va kichik tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ko‘pi bilan 4 million so‘m, 6 million so‘m, 10 million so‘m va 15 million so‘m miqdorida to‘lanadi.
Bunda vrach xodimlar va boshqaruv xodimlari tomonidan 30 kun davomida bajarilgan ish hajmi belgilangan ish yuklama me’yoridan kam yoki ko‘p bo‘lgan taqdirda, maxsus to‘lovlar haqiqatda bajarilgan ish soatlariga nisbatan mutanosib ravishda to‘lanadi”. | 160 | 7,817 |
Qonunchilik | Xorazm va Surхondaryo viloyatlarida elektr stansiyalar quriladi | Bu Prezidentning 24.07.2021 yildagi PQ-5193-son qarori (1), PQ-5195-son qarorida (2) nazarda tutilgan.
Hujjatga (1) asosan "Stone City Energy" kompaniyasi (Niderlandiya) kompaniyasi $1,2 mlrdga teng boʻlgan Surхondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini 25 yil davomida qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi.
Loyihani amalga oshirish maqsadida "SCE Quvvat" MChJ (loyiha kompaniyasi) tashkil etilgan. Qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida u $30 mln miqdorida bank kafolatini taqdim etadi.
Hujjatga (2) asosan "Hidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş." (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi Xorazm viloyatida 25 yil davomida quvvati 174 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi. Loyihani amalga oshirish maqsadida "Odaş Enerji SA" MChJ (loyiha kompaniyasi) tashkil etilgan. Qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida u $1,3 mln miqdorida bank kafolatini taqdim etadi.
Hujjatlar bilan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va loyiha kompaniyalari oʻrtasida investitsiya loyihalari doirasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim ham ma’qullangan, ularga muvofiq:
Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 63 | 1,393 |
Qonunchilik | Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 52-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeks 51-moddasi birinchi qismining 1 — 4, 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan hollarda himoyachidan voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi”;
2) 60-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Voyaga yetmagan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining iltimosiga ko‘ra, ishda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar bilan bir qatorda uning katta yoshdagi yaqin qarindoshlaridan birining yoki o‘zi ishonadigan boshqa shaxsning qonuniy vakil sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
3) 61-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonuniy vakil: o‘zi vakillik qilayotgan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligidan xabardor bo‘lish; o‘zi vakillik qilayotgan qamoqdagi shaxs bilan xoli uchrashish; o‘zi vakillik qilayotgan shaxs ushbu Kodeksga muvofiq ega bo‘lgan protsessual huquqlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Qonuniy vakil: o‘zi vakillik qilayotgan shaxsga nisbatan o‘tkaziladigan protsessual harakatlarda ishtirok etishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning chaqiruvlariga binoan hozir bo‘lishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar orqali to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart”;
4) 121-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan o‘tkaziladi. Ko‘rsatilgan shaxslar so‘roq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin”;
5) 181-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, shuningdek kuchli og‘riq berish bilan bog‘liq usullardan majburiy foydalanishga faqat ekspertiza o‘tkazilayotgan shaxsning roziligi bilan, agar ushbu shaxs voyaga yetmagan yoki uning ruhiy holati buzilgan bo‘lsa, uning qonuniy vakilining, vasiysining yoki homiysining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi”;
6) 196-moddaning birinchi qismidagi “o‘n olti yoshga to‘lmagan” degan so‘zlar “voyaga yetmagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 442-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Voyaga yetmagan guvoh so‘roq qilinib bo‘lgach, sud bu guvohning majlis zalida qolishi zarur deb hisoblaydigan hollarni mustasno etganda, sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi lozim”;
8) 552-moddaning matnidagi “ishtirok etishga haqlidir” degan so‘zlar “ishtirok etadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 553-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish himoyachi, qonuniy vakil ishtirokida amalga oshiriladi.
Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga haqli. So‘roq yakunlangach, himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishishga va u haqda o‘z mulohazalarini bildirishga haqli.
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so‘roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi kerak”;
10) 559-moddaning birinchi qismidagi “ishtirok etishga haqli” degan so‘zlar “ishtirok etadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda; 2009-yil, № 12, 471-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 10-modda:
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta’minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat:
bolaga nisbatan ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olish, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
ekspluatatsiya va zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan bolalarga zarur pedagogik, psixologik, tibbiy, yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘radi”;
2) quyidagi mazmundagi 111-modda bilan to‘ldirilsin:
Davlat sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida bolalarning qonun hujjatlarida belgilangan barcha protsessual huquqlariga rioya etilishi hamda bu huquqlar kafolatlarining ta’minlanishi bo‘yicha choralar ko‘radi.
Bolaga har qanday ruhiy yoki jismoniy ta’sir o‘tkazish, uni ko‘rsatmalar berishga yoki aybini tan olishga majburlash taqiqlanadi.
Sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida bolalarga nisbatan ular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarni bajarish taqiqlanadi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachining ishtirok etishi shart. Bolaning va uning qonuniy vakillarining himoyachidan voz kechishi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Qonun hujjatlarida jinoyat protsessining ishtirokchilari bo‘lgan bolalar uchun boshqa kafolatlar ham nazarda tutilishi mumkin”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 173 | 8,366 |
Qonunchilik | QIShLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI YETIShTIRISh VA YIG‘IShTIRIB OLISh UChUN TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVChILARI VA TALABALARIDAN FOYDALANIShDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yig‘ishtirib olish uchun ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yig‘ishtirib olish uchun ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishining shart ekanligini istisno etmaydi.
3. Ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari mehnatidan foydalanish jarayonida mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat maxsus vakolat berilgan davlat organlari, mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylangan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yig‘ishtirib olishda band bo‘lgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalariga ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
5. Ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalariga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6. Ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yig‘ishtirib olish uchun jalb qilinganda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
7. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
8. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
9. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
10. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk normalarining chegarasini belgilash to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1954, 2009-yil 12-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 19-20-son, 242-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning belgilab qo‘yilgan normadan ortiq og‘ir yuk ko‘tarishlari va tashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga jalb qilinmaydi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-bandiga muvofiq ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
13. Yashash (dam olish) xonalaridagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
14. Yashash (dam olish) xonalarida samarali havo almashinuvi tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq tashkil qilinishi kerak.
15. Dala ishlariga jalb qilingan o‘quvchi va talabalar hafta davomida 2-marta hammom qabul qilishlari lozim.
16. Yashash (dam olish) xonalari tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
17. Yoritish vositalarida ko‘zni qamashtirishdan saqlovchi choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
18. Yoritish vositalari uchun 220 V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanishli tok qo‘llanishi lozim.
19. Ko‘chma yoritish vositalarini ishlatishda izolatsiyasi rezina shlangli egiluvchan o‘tkazgichdan foydalanilishi lozim.
20. Yoritish vositalarini ta’mirlash va uning ichki elementlarini ko‘zdan kechirish, yaroqsiz holga kelgan elektr chiroqlari va himoya shishalarini almashtirish ishlari elektr tizimi tarmog‘i o‘chirilgan holda bajarilishi lozim.
21. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
22. Yoritish vositalarini nazorat qilish va ta’mirlash ishlari mazkur ishlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
23. Elektr yoritish tarmoqlari poldan 2,5 m dan past bo‘lmagan balandlikda bo‘lishi kerak.
24. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda halokat (avariya) yoritgichlari bo‘lishi lozim.
25. Halokat (avariya) yoritgichlari boshqa yoritgichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi hamda vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib, sozligi nazorat qilinib turilishi lozim.
26. O‘quvchi va talabalar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyingina qishloq xo‘jalik ishlariga jalb qilinishi lozim.
27. O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi birgalikda qishloq xo‘jalik ishlari boshlanishidan oldin mazkur jarayonga jalb qilinishi lozim bo‘lgan o‘quvchi va talabalarning ro‘yxatini tuzib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlaydi.
28. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik ta’lim muassasasi rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
29. Suv ta’minoti va oqova suv tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” qoidalari talablariga mos kelishi lozim.
30. O‘quvchi va talabalarning ichimlik suvidan foydalanishlari uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari mavjud bo‘lmagan hollarda, maxsus idishlar qaynatilgan suv bilan ta’minlangan holatda bo‘lishi lozim.
31. O‘quvchi va talabalar ishlaydigan hududda bir kishi hisobiga 2 — 5 l qaynatilgan kunlik ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
32. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha bo‘lishi kerak.
33. O‘quvchi va talabalarning daladagi ko‘lmak, zovur, ariqlardan suv ichishlari qat’iyan taqiqlanadi.
34. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yig‘ishtirib olish uchun jalb qilingan o‘quvchi va talabalar joylashgan hududdagi hojatxonalar sovuq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
35. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yig‘ishtirib olish uchun jalb qilingan o‘quvchi va talabalar joylashgan hududda markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi bo‘lmagan holatlarda hududiy davlat sanitariya nazorati organlari ruxsati bilan maxsus o‘ralardan foydalanish talab qilinadi.
36. Tashkilotlarda o‘quvchi va talabalarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti qonun hujjatlari talablari asosida tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
37. Ish vaqtining muddati o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga o‘ttiz olti soatdan, o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanishi lozim.
38. O‘quvchi va talabalarni ish vaqtidan tashqari hamda tungi ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlanadi.
39. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
40. Binolarda o‘quvchi va talabalar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi turli halokat va buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilgunga qadar, xavfli binolardan o‘quvchi va talabalar xavfsiz joylarga ko‘chirilishi lozim.
41. Yashash (dam olish) binolari yuzasi bir kishi uchun 3 m2 dan, o‘tish yo‘lkalarining kengligi 1,0 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
42. Bino poli yog‘och va shunga o‘xshash materialdan bo‘lishi lozim.
43. Binoning eshik va oynalari yaxshi yopiladigan, oynalar esa tuynukchali (fortochkali) bo‘lishi kerak. Katta o‘lchamli binolarda shamollatish tizimining to‘liq va muntazam ishlashi ta’minlangan bo‘lishi lozim.
44. Binoda o‘quvchi va talabalarning kelib joylashishlaridan (kamida 10 kun) oldin dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya ishlari o‘tkazilishi shart.
45. Bino devorlari va boshqa joylarida elektr o‘tkazgich (sim)lar yuzaga chiqib qolmasligi, ular izolatsiyasining yorilgan joylari bo‘lmasligi, rozetka va o‘chirgichlar yaxshi himoyalangan va soz holatda bo‘lishi kerak. Xonalarda elektr xavfsizligi bo‘yicha mas’ul shaxs tayinlanishi lozim.
46. Binolarda ochiq spiralli va qo‘lbola elektr qurilmalaridan foydalanish taqiqlanadi.
47. Binolar favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, evakuatsiya sxemasi bilan ta’minlangan bo‘lishi, binoda yashovchilarga halokat (avariya) yoki yong‘in sodir bo‘lgan paytda harakatlanish sxemasi tushuntirilishi shart.
48. Ovqatlanish joylari bino ichi yoki bostirmada tashkil qilinishi, stol va stullar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun maxsus xonalar ajratilgan bo‘lishi lozim.
49. Ovqatlanish joyi yaxshi yoritilgan bo‘lishi, toza ichimlik suvi va idish-tovoqlarni yuvish uchun issiq suv hamda yuvish va zararsizlantirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
50. Binoda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmon vositalari bo‘lishi shart.
51. Binolar, bostirmalar, yuvinish xonalari va hojatxonalar joylashgan hududdan oqova suv va yer usti suvlarining oqib ketishini ta’minlovchi maxsus tarmoqlar mavjud bo‘lishi va ishlashi kerak.
52. Bino atrofida 30 — 50 m masofada hojatxona joylashtirilishi va unda har o‘n kishiga bitta o‘tirish joyi yoki unitaz o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
53. Yuvinish (dush) xonasida yuvinish krani o‘rtacha har 8 kishiga bitta hisobida bo‘lishi kerak.
54. Dam olish, ovqatlanish, yuvinish xonalari va hojatxonalar doimiy ravishda 0,5 foizli xlorli ohak eritmasi yoki xloramin bilan yuvilib va tozalab turilishi lozim.
55. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlangan bo‘lishi lozim.
56. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining soni, ularning joylashishi QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va ShNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarni yong‘in xavfsizligi” talablariga asosan ish joylaridan ulargacha bo‘lgan masofa o‘quvchi va talabalarning soniga bog‘liq holda aniqlanadi.
57. Barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tayinlangan javobgar shaxs bo‘lishi lozim.
58. Yong‘in xavfsizligiga mas’ul xodim majburiyatlari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tavsiya qilingan yo‘riqnomada belgilangan bo‘lishi lozim.
59. Yong‘inga qarshi yong‘in o‘chirish vositalari, soni va joylashtirilishi mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda tashkil qilinishi kerak.
60. O‘quvchi va talabalar yong‘in xavfsizligi qoidalarini so‘zsiz bajarishi va ular tomonidan yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan nazorat o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
61. Transport vositasida ketayotgan vaqtda chekishga, olov yoqishga, belgilanmagan joyda turishga yo‘l qo‘yilmaydi.
62. O‘quvchi va talabalarni tashishga mo‘ljallangan transport vositasida yengil yonuvchi, portlovchi, zaharli va zararlovchi moddalar olib yurilmaydi.
63. Barcha qo‘llaniladigan elektr qurilmalari (mashina, apparat, o‘lchov asboblari, sim va kabel kabilar) xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi shart.
64. Elektr qurilmalarining barcha turlari, quvvati, tok kuchi, kuchlanishi ularni ishlab chiqargan korxona pasportiga ega bo‘lishi kerak.
65. Elektr qurilmalarining tashqi qoplamalari, shuningdek, elektr qurilmalari o‘rnatilgan metall konstruksiyalar erga ulangan bo‘lishi shart. Yerga ulanmasdan elektr qurilmalaridan foydalanish qat’iyan man qilinadi.
66. Yerga ulanganlik holatini tekshirish bir yilda bir marta o‘tkazilishi shart.
67. Elektr qurilmalarini tozalash, changini artish va ta’mirlash faqat elektr qurilmasining elektr tarmog‘idan uzilgan holatda amalga oshirilishi lozim.
68. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
69. Har bir transport vositasiga joylashtiriladigan o‘quvchi va talabalar soni transport vositasining texnik holatidan kelib chiqqan holda rahbariyat tomonidan belgilanishi hamda har bir transport vositasidagi o‘quvchi va talabalar ro‘yxatga olinishi lozim.
70. Har bir transport vositasidagi o‘quvchi va talabalarga alohida rahbar tayinlanadi. Rahbar ularni nazorat qilib borishi lozim. Bunda o‘quvchi va talabalarni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalaridan, ularning yuklarini olib borishda esa, yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositasidan foydalanish shart.
71. Transport vositasida o‘quvchi va talabalarning transport vositasi oynasi hamda boshqa joylaridan qo‘l, bosh va boshqa a’zolarini chiqarishlari taqiqlanadi.
72. O‘quvchi va talabalarni olib ketayotgan transport vositasida ish qurollari transport vositasining alohida moslashtirilgan qismida joylashtirilgan bo‘lishi lozim.
73. O‘quvchi va talabalar transport vositasidan tushganlarida, yo‘lni kesib o‘tishlari rahbar boshchiligida, transport vositasining orqa tomonidan tashkil qilinishi lozim.
74. O‘quvchi va talabalarni dalaga olib chiqish va olib kelishdan oldin rahbar yo‘qlama qilishi va ularga bajariladigan ish turlari bo‘yicha to‘liq tushuntirish, yo‘l-yo‘riqlar berishi lozim.
75. O‘quvchi va talabalar orasida kasal yoki vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotganlar tibbiyot xodimi nazoratidan o‘tadi va ularning sog‘liklari to‘la tiklanguncha dam olish joylarida qoldiriladi.
76. Dalaga chiqadigan o‘quvchi va talabalar ishning turiga hamda iqlim sharoitiga mos ust-bosh kiygan bo‘lishi lozim.
77. Ish olib boriladigan dala yashash joyidan 3 km masofadan uzoqda joylashgan bo‘lsa, maxsus transport vositasi ajratilishi kerak.
78. Ish joylariga olib borish va qaytarib kelish faqat kunning yorug‘ paytida amalga oshirilib, o‘quvchi va talabalar piyoda harakatlanganlarida yo‘ldagi transport vositasining qatnoviga xalaqit bermaslik maqsadida saf bo‘lib yurishlari lozim.
79. Saf bo‘lib harakatlanishda harakat xavfsizligini ta’minlash va boshqarish maqsadida safning boshida hamda oxirida qizil bayroqchali boshqaruvchilar qo‘yilishi lozim.
80. Ish joyiga yetib kelgandan so‘ng o‘quvchi va talabalar ro‘yxat bo‘yicha ish joylariga taqsimlanishi lozim.
81. O‘quvchi va talabalar dala ishlarini bajarishdan oldin belgilagan tartibda mavsumiy kiyim-bosh, soz ish qurollari bilan ta’minlanishlari lozim.
82. Dala ishlariga jalb qilingan o‘quvchi va talabalar hududning rahbari ruxsati bilan uning ko‘rsatmasiga asosan ish boshlashlari lozim.
83. O‘quvchi va talabalar dala ishlarini bajarayotgan vaqtida bir-birlaridan kamida 2 m masofada joylashishlari lozim.
84. O‘quvchi va talabalar kunning yorug‘ vaqtida ishlashlari lozim.
85. O‘quvchi va talabalar ishni boshlashdan oldin ish quroli sozligini ko‘zdan kechirishi, tekshirib ko‘rishi, ish quroli nosozligi aniqlangan holatda darhol rahbarga xabar berishi va uni almashtirishi lozim.
86. O‘quvchi va talabalar ishlayotgan hududlarda harakatlanayotgan mexanizmlardan kamida 10 m uzoqlikda ishlashlari lozim. Bunda mexanizm harakatlanayotgan yo‘nalishda o‘quvchi va talabalarning ishlashiga yoki yaqiniga borishga umuman yo‘l qo‘yilmaydi.
87. O‘quvchi va talabalar ishlayotgan hududda zovur va kanallar bo‘lsa, ularning yaqiniga borish taqiqlanadi.
88. O‘quvchi va talabalarning ular ishlayotgan hududlardagi elektr qurilmalariga yaqinlashishi taqiqlanadi.
89. Dalada chang, to‘zon, qattiq shamol, yog‘ingarchilik ro‘y berganda ishni to‘xtatish va pana joyga o‘tish lozim.
90. G‘o‘za ko‘chatlarini siyraklashtirishda (yagana) ishlatiladigan ish qurolining sozligini tekshirib ko‘rishi hamda ushbu ish qurolidan to‘g‘ri foydalanishni bilishi lozim.
91. O‘quvchi va talabalar g‘o‘za ko‘chatlarini siyraklashtirish (yagana) ishlarini qo‘l yordamida bajarganda maxsus qo‘lqoplardan foydalanishlari lozim.
92. O‘quvchi va talabalar maxsus kiyimsiz g‘o‘za ko‘chatlarini siyraklashtirish (yagana) ishlariga ruxsat qilinmaydi.
93. O‘quvchi va talabalar chekanka qilish ishlarini bajarayotganda g‘o‘zaning tegishli joylarini qo‘l barmoqlari yordamida uzishlari lozim, tirnoq bilan bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
94. O‘quvchi va talabalar chekanka ishlarini bajarayotganda egat ichidagi chuqur, notekis va kesak yig‘ilib qolgan joylarga e’tibor bergan holda ehtiyotlik bilan harakatlanishlari lozim.
95. G‘o‘za bargini to‘kishi uchun kimyoviy ishlov berilgan maydonga o‘quvchi va talabalar kamida 10 kun muddat o‘tgandan keyingina ishlashiga ruxsat etilishi lozim.
96. O‘quvchi va talabalar paxta terimiga jalb qilinishidan oldin maxsus kiyim-boshlar bilan ta’minlanishi kerak.
97. O‘quvchi va talabalarning g‘o‘za ichida, paxta g‘arami ustida va dalaning boshqa moslashtirilmagan hududlarida dam olish (uxlash)lariga yo‘l qo‘yilmaydi.
98. Paxta dalasida ochiq olovdan foydalanish, sigareta chekish hamda boshqa yong‘inga sabab bo‘luvchi vositalardan foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi.
99. O‘quvchi va talabalarning paxta terilayotgan maydonda harakatlanayotgan mexanizmlarning oldiga yaqinlashishi, uning yo‘nalishiga chiqishi taqiqlanadi.
100. O‘quvchi va talabalarning paxta ortilgan tirkamalarga chiqishi yoki harakatlanayotgan tirkamalarga osilishlari qat’iyan man qilinadi.
101. O‘quvchi va talabalar bog‘, uzumzor va o‘rmonlarda ishga jalb qilinishidan oldin maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
102. O‘quvchi va talabalar bog‘, uzumzor va o‘rmonlarda tayinlangan rahbar boshchiligida ishlashlari lozim.
103. O‘quvchi va talabalar bog‘, uzumzor va o‘rmonlarda ish boshlashdan oldin soz ish qurollari bilan ta’minlanishlari lozim.
104. Ish qurollarini uloqtirish va ketmon, xaskash, arra, o‘roqni qirqish qismi yoki tishlari bilan tepaga qaratib qo‘yish taqiqlanadi.
105. Chopish ishlarini bajarishga moslashtirilgan asbob-uskunalar (ketmon, tesha va h.k.) bilan ishlaganda qattiq, yopiq oyoq kiyimlarda ishlash lozim.
106. Ketmon va tesha bilan ishlaganda o‘quvchi va talabalarning o‘zaro oraliq masofasi 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
107. Bu jarayonlarda o‘tmas qurollar bilan ishlash taqiqlanadi.
108. Bog‘, uzumzor va o‘rmonlarda qo‘llaniladigan asbob-uskuna va boshqa vositalardan belgilangan maqsadlarda foydalanish lozim.
109. Bog‘, uzumzor va o‘rmonlarda o‘quvchi va talabalarning yakka holda ishlashlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
110. Bog‘, uzumzor va o‘rmonlarda inson sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi turli hasharotlardan saqlanish maqsadida ehtiyotkorlik talab etiladi va daraxtlar ostida yotib dam olish taqiqlanadi.
111. Bog‘, uzumzor va o‘rmonlarda narvonlardan foydalanilganda eng yuqori zinasiga chiqib ish bajarish taqiqlanadi. Bunda bir nafar o‘quvchi yoki talaba narvonni ushlab turishi, ikkinchisining narvonga chiqib ishni bajarishiga ruxsat etiladi. Narvonlardagi zinalar oralig‘i 0,3 m dan, narvonning tikligi 750 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
112. Bog‘ va uzumzorlarda mevalarni yuvmasdan iste’mol qilish qat’iyan taqiqlanadi.
113. Bog‘, uzumzor va o‘rmonlarda daraxtlarni silkitish mexanizmlari bilan ish bajarayotganda, o‘quvchi va talabalar bir-biridan 5 — 7 m masofa uzoqlikda turishlari lozim.
114. Kuchli yog‘ingarchilikda, shox muzlaganda, shamol tezligi sekundiga 6,5 m bo‘lganda yoki kuchli tuman tushganda daraxtdagi mevalarni terish qat’iyan taqiqlanadi.
115. Bog‘, uzumzor va o‘rmonlarda yiqilish yoki sinib tushish ehtimoli bo‘lgan daraxtlardan meva terish va ular atrofidagi ishlarni bajarishda, shuningdek, qorong‘i tushgan paytlarda o‘quvchi va talabalardan foydalanish man etiladi.
116. Bog‘, uzumzor va o‘rmonlarda kunning qorong‘i tushgan vaqtlarida o‘quvchi va talabalarning ishlashlariga ruxsat etilmaydi.
117. Ish o‘rnini amaliyot rahbari yoki ish boshqaruvchining ruxsatisiz tark etish taqiqlanadi.
118. Ko‘chat ekishda o‘quvchi va talabalarning o‘zaro joylashish oralig‘i kamida 3 m bo‘lishi kerak. Uni bajarishda poyabzal sifatida kirza etik yoki botinka kiyib olinishi lozim. Ko‘chat o‘tqazishda kamida 2 kishi birga ishlaydi.
119. Daraxtlarga chiqishda uning tanasi, shoxlari yaxshilab kuzatiladi. Daraxtlar ustida ilon va boshqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan jonivorlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng ularga chiqish mumkin.
120. Daraxt mevasini terishda maxsus ilgichlar, tortgichlar, ushlagichlar hamda himoya kamaridan foydalaniladi.
121. Tikonli o‘simliklar bilan ishlashda uzun kirza etik, brezent shim va kostyumlar, quloqli bosh kiyim hamda brezent yoki charm qo‘lqoplardan foydalaniladi.
122. O‘simliklarni chopiq qilish ishlarini bajarishda o‘quvchi va talabalar oralig‘i 3 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
123. O‘rmon o‘simliklarini chopiq qilishda o‘quvchi va talabalar quyosh nuri yo‘nalishiga orqa tomoni bilan turgan holda ishlashlari lozim.
124. Balandligi ishlovchi bo‘yidan baland bo‘lgan o‘simliklarga ishlov berishda himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish lozim.
125. O‘quvchi va talabalarning daraxtlarni kesish uchun qo‘llaniladigan elektr va yoqilg‘i bilan ishlaydigan asbob-uskunalardan foydalanishlari taqiqlanadi.
126. O‘quvchi va talabalar sabzavot ekilgan dalada ishga jalb qilinishlaridan oldin maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
127. O‘quvchi va talabalar bu ishlarni tayinlangan rahbar boshchiligida olib borishlari lozim.
128. Sabzavot ekilgan dalada ish boshlashdan oldin o‘quvchi va talabalar soz ish qurollari bilan ta’minlanishlari lozim.
129. Ishga yaroqsiz, darz ketgan ketmon, tesha va shu kabi boshqa jihozlarda ishlash taqiqlanadi.
130. Sabzavot ekinlari ekilgan daladagi ish uchastkasiga boriladigan yo‘lda katta ariq, to‘siqlar bo‘lsa, ulardan o‘tish uchun ko‘prik qurilishi yoki maxsus joylardan o‘tish tashkil qilinishi lozim.
131. Chopiq qilinayotganda sabzavot ekilgan daladagi baland-past, notekis joylarga duch kelinganda avval u joyning mustahkamligini tekshirib ko‘rib, keyin harakatni davom ettirish lozim.
132. Dalada ishlash davomida biror o‘quvchi yoki talabaning sog‘lig‘i yomonlashgani, jarohatlangani aniqlangan holatda uning yonidagi o‘quvchi yoki talaba darhol guruh rahbariga xabar berishi kerak.
133. O‘quvchi va talabalar ishlayotgan hududlarda harakatlanayotgan mexanizmlardan kamida 10 m uzoqlikda ishlashlari lozim. Bunda mexanizm harakatlanayotgan yo‘nalishda o‘quvchi va talabalarning ishlashiga yoki uning yaqiniga borishlariga yo‘l qo‘yilmaslik kerak.
134. Hosilni mo‘ljallangan yoki belgilangan maxsus quti (yashik)lar yordamida daladan olib chiqish, bunda yuk ko‘tarish me’yorlariga qat’iy rioya qilish lozim.
135. O‘quvchi va talabalar ta’lim muassasasi rahbariyatining ruxsati bilan pilla terimiga jalb qilinishi lozim.
136. Ta’lim muassasasidan belgilangan ish joyi (obyekt)gacha guruh rahbari nazorati ostida boriladi.
137. Dasta tashish bilan shug‘ullanuvchilar ish kiyimi (xalat) va qo‘llariga materialdan tikilgan qo‘lqop kiyishlari kerak. Nafas yo‘llariga (burni va og‘ziga) ho‘llangan doka niqob taqib himoyalanishi lozim.
138. Dastadan pillani ayiruvchilar ochiq havoda, havo harakati bor joyda ishni bajarishlari lozim. Qo‘l panjalarini oddiy matoli besh panjali qo‘lqop kiyib yoki panja uchlariga material bog‘lab ishlash kerak.
139. Dastadan pillani ajratuvchi uchun ish maydoni diametri kamida 2 m bo‘lishi lozim.
140. Qurt o‘ligini ochiq qo‘l bilan ushlash taqiqlanadi.
141. Qo‘lda yoki tanada tirnalish, qon oqishi sodir bo‘lsa, darhol yod eritmasi yoki spirt bilan ishlov berish lozim.
142. Ish tugagandan so‘ng qo‘lni sovun bilan yaxshilab iliq suvda tozalab yuvish, burunni bir necha marta va og‘izni bir necha marta chayish lozim. Terining ochiq joylarini (yuz, quloq, bo‘yin) yuviladi va quruq sochiq bilan artish kerak.
143. O‘quvchi va talabalar pillani birlamchi qayta ishlash ishlariga jalb qilinmaydi.
144. O‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yig‘ishtirib olish uchun jalb qilinganlarida mazkur Qoidalarga amal qilishda javobgarlik tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
145. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar
146. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan. | 192 | 28,324 |
Qonunchilik | VAZIRLAR MAHKAMASINING “BANK TIZIMINI YaNADA ISLOH QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1999 YIL 15 YaNVARDAGI 24-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PAXTA-BANK” VA “G‘ALLA-BANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta-bank” va “G‘alla-bank” aksiyadorlik-tijorat banklarining investitsiya faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 8-oktabrdagi PQ-975-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qarorida:
a) 1-band chiqarib tashlansin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bitta aksiyadorning yoki o‘zaro bog‘liq aksiyadorlar guruhining bank ustav kapitalidagi ulushi (davlat ulushidan tashqari) ustav kapitali umumiy miqdorining 25 foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu norma xususiy banklarga va xorijiy kapital ishtirokidagi banklarga tatbiq etilmaydi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. | 250 | 981 |
Qonunchilik | MUZEYLAR, TEATRLAR VA KONSERT ZALLARI XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Muzeylar, teatrlar va konsert zallari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq muzeylar, teatrlar va konsert zallari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar muzeylar, teatrlar va konsert zallariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni belgilangan talablarga muvofiq rejalashtirishga, tashkillashtirishga va xavfsiz bajarishga to‘la javobgardir.
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bo‘lgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotlarda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligining tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan bepul ta’minlanishi lozim.
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar va rahbar xodimlar tegishli ma’lumotga hamda ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
32. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
33. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi.
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
36. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim.
37. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas.
38. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
40. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi, Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yorug‘lik. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlash;
xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
42. Tashkilot xodimlari barcha ustki kiyim, poyabzal, bosh kiyim va shaxsiy narsalarni garderob (kiyim almashtiradigan maxsus xona)da qoldirishi, ish jarayoni boshlanishidan oldin va tugaganidan keyin qo‘llarini yuvishi, toza sanitar kiyimini kiyishi va kiyimni ifloslangunga qadar almashtirishi hamda ish joylarida ovqat iste’mol qilmasliklari lozim.
43. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos bo‘lishi kerak.
44. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
45. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
46. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
47. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
48. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
49. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va to‘siqlar bo‘lishi lozim.
50. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
51. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
52. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak.
53. Binolar va inshootlar QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
54. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
55. Xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
56. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarda yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
57. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi kerak.
58. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
59. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
60. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
61. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
62. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
63. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
65. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
66. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, o‘rtacha og‘ir ishda 170 S va og‘ir ishda 160 S dan past bo‘lmasligi kerak.
67. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 220 S dan kam bo‘lmasligi kerak.
68. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
69. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
70. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
71. Ichimlik suvining harorati 8o S dan 20o S gacha bo‘lishi kerak.
72. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
73. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
74. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talabiga mos bo‘lishi lozim. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
75. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
76. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (asbob-uskuna va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
77. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
78. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
79. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkyerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
80. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
81. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
82. Avariya boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
83. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarning ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritqichlarini sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
84. Tashkilot maishiy xonalar, ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
85. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlari, iste’mol suv ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
86. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
87. Tashkilot atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
88. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
89. Tashkilotlarda chiqindilarini yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va konteynyerlar bilan ta’minlanishi, konteynyerlar chiqindilardan bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
91. Tashkilotlar zallaridagi osma qandil va yechiluvchi sofitlar kontyurlar bilan muvozanatga keltirilgan bo‘lishi kerak. Ko‘tarish yoki tushirishga xizmat qiluvchi kanatlardan tashqari yechiluvchi sofitlar binoning mustahkam qismlari (ferma, to‘sin va boshqalar)ga yordamchi kanat, zanjir va metalli sterjenlar bilan mahkamlab qo‘yilishi lozim.
92. Yechiluvchi sofitlar (projektor lampalar) kanatlardan tashqari kamida ikki joydan mahkamlab qo‘yilishi kerak.
93. Zallar har kuni, kuniga ikki va undan ortiq spektakl qo‘yilganda esa har bir spektakldan so‘ng yuvib turilishi kerak. Yumshoq mebellar va yo‘lakcha to‘shamalari hamda to‘siqlarning yumshoq qoplamalari ikki haftada kamida bir marta changdan tozalanadi.
94. Teatrlar va konsert zallarining orkestr ijro etish joylarida kamida ikki tomondan chiqish joyi bo‘lishi kerak.
95. Tashkilotda yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
96. Tashkilotda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
97. Binolar va xonalarning portlash jihatdan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari” ga muvofiq har holat uchun alohida aniqlanishi lozim.
98. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
99. Binolar va xonalar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
100. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
101. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va asbob-uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
102. Portlashni oldini olish uchun mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
103. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
104. Binolar va xonalar uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
105. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
106. Tashkilotda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2006-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalarga rioya qilinishi kerak.
107. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
108. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yopiq holatda bo‘lishi shart.
109. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirilib turilishi lozim.
110. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarida qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holatda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus moslamalarda o‘rnatilishi lozim.
111. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi tashkilotning muhandis-elektriklari tomonidan muntazam ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
112. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga ulash hamda yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh muhandis-energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
113. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
114. Bitta elektr shtepseliga bir nechta moslamalarni ulash taqiqlanadi.
115. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi kerak. Havo quvurlarining materialdan tayyorlangan filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va to‘r yer bilan ulangan bo‘lishi shart.
116. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar bilan himoyalangan bo‘lishi kerak. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi kerak. Bundan tashqari, har doim momaqaldiroqdan so‘ng yashin qaytargichlarning elementlari tekshirib turiladi.
117. Mashg‘ulot zalining poli taxtali yoki parketdan, tekis, bo‘rtib chiqish va tirqishsiz hamda isitilgan bo‘lishi kerak.
118. Mashg‘ulot zali derazalariga shamollatib turish maqsadida framugalar o‘rnatilishi shart.
119. Mashg‘ulot zallari issiq o‘tish yo‘lak (karidor)lari orqali dush va hojatxonalar bilan bog‘lanishi kerak.
120. Mashg‘ulot zallari qoshida bir vaqtning o‘zida eng ko‘p mashq olib boruvchilar soniga teng ravishda alohida shkafchalarga ega garderob xonalari tashkil qilinishi kerak.
121. Mashg‘ulot zallari har bir mashg‘ulotdan so‘ng tozalanishi lozim.
122. Sahna poli sifatli taxta materialidan tayyorlanishi kerak.
123. Sahnadan foydalanish jarayonida yechiluvchi konstruksiyalarning qismlari hamda to‘shama elementlari to‘liq bo‘lishi lozim.
124. Sahnada chiqishlar boshlanishidan oldin pol quruq bo‘lishiga mo‘ljallanib, nam latta bilan artib chiqilishi kerak.
125. Sahnada raqs ijro etilishidan avval sahna poliga maydalangan kanifol (sirpanishdan saqlovchi modda) kukuni sepib chiqilishi yoki o‘yinchilar sahnaga chiqishidan oldin oyoq kiyimlariga maydalangan kanifol kukunini surkab chiqishlari lozim.
126. Dekoratsiyalarni saqlash uchun sahnada aniq belgilar bilan ko‘rsatib qo‘yilgan maxsus joy ajratilishi kerak.
127. Barcha osma dekaratsiyalarni shtanketlarga oldindan, spektaklga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida osib qo‘yilishi kerak.
128. Sahnani o‘rab turuvchi konstruksiyalar (eshik, lyuk, deraza va boshqalar) sahnaga sovuq havo kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan mahkam yopiluvchi qurilmalar (jihozlar) bilan ta’minlanishi lozim.
129. Yumshoq va katta hajmli dekoratsiyalarni bo‘yash changni kamroq chiqarishni ta’minlovchi usullar bilan amalga oshirilishi lozim.
130. Dekoratsiyalarni bo‘yash uchun zaharli aralashmalar (masalan qo‘rg‘oshin kukuni)ga ega bo‘yoqlardan foydalanish man etiladi.
131. Yumshoq dekoratsiyalar bir oyda kamida bir marta tozalab turilishi kerak.
132. Sahnani (tryum, planshet, ishchi galeriyalar), sofit va shtanketlarni hamda boshqa qurilmalarni umumiy tozalash ishlari oyda kamida ikki marotaba amalga oshirilishi kerak. Sahna poli zarurat tug‘ilganda, biroq kamida bir kunda ikki marotaba (dam olish kunlaridan tashqari) tozalanishi lozim.
133. Harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar kamida 250 kg/m2 og‘irlik ko‘tarishga mo‘ljallanadi.
134. Yonma-yon bo‘lgan harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar orasidagi masofa (tirqish) 5 mm dan katta bo‘lmasligi kerak.
135. Har bir harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar yechiluvchi konstruksiyaga mahkam o‘rnatilishi kerak.
136. Harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalarda qismlar joyini almashtirish, arqon (sim)lar uzunligini belgilanganidan o‘zgartirish hamda mahkamlanishi (material, kanat, moslama, asbob-uskuna va boshqalar bilan) taqiqlanadi.
137. Harakatlanuvchi (aylanmali) maydonchalar va ulardagi asbob-uskunalar holatini nazorat qiluvchi mas’ul xodim bo‘lishi lozim.
138. Teatr va konsert zallarida akustikalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
139. Akustik qoplamalar bilan jihozlashda yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi, ovoz yutuvchi material va qurilmalardan foydalanish kerak.
140. Akustik qoplamalar mahkamlanadigan karkaslar yonmaydigan materiallardan ishlangan bo‘lishi shart.
141. Yoritish uskunalari o‘rnatilgan lojalar 0,8 m dan kam bo‘lmagan to‘siqqa ega bo‘lishi kerak.
142. Lojalarda yoritish uskunalarini o‘rnatish va osish uchun uskunaning to‘siq mahkamligini ta’minlovchi mustahkam ustunlar, kronshteyn va boshqa moslamalar o‘rnatilishi kerak.
143. Yoritish uskunasini o‘rnatishga xizmat qiluvchi shtativ (trenos)lar lojaning poliga mahkamlanadi.
144. Yoritish uskunasining joylashuvi ish jarayonida (burilish, yoritish filtrlarini almashtirish va boshqalar) har bir uskunaga xizmat ko‘rsatish imkonini berishi kerak.
145. Yoritish lojalari 25o S dan yuqori bo‘lmagan havo haroratini saqlab turuvchi shamollatish tizimiga ulanishi lozim.
146. Yoritish lojalarining tez yonuvchi qoplamalar bilan o‘ralishi man etiladi.
147. Yoritish lojalarida begonalarning bo‘lishi taqiqlanadi.
148. Yoritish lojalarida navbatchi dielektrik va issiqlikdan saqlovchi materialdan tikilgan kombinatsiyalangan qo‘lqoplar bo‘lishi kerak.
149. Yoritish lojalari bir kunda kamida bir marotaba tozalanib turilishi lozim.
150. Muzey ko‘rgazma zallarini jihozlash va ulardan foydalanish tartibi zallarning loyihalanishi va qurilishi talablariga mos bo‘lishi lozim.
151. Muzey ko‘rgazma zallarining devorlari yorqin ranglarda bo‘yalgan bo‘lishi lozim.
152. Ko‘rgazma zallarida ko‘rgazma uchun o‘rnatilgan barcha dekorativ buyumlar hamda eksponatlar ishonchli ilgaklarda yaxshi mahkamlangan bo‘lishi lozim.
153. Eksponatlarni 2 m gacha bo‘lgan balandlikka ilish oldindan tayyorlab qo‘yilgan ilgaklarga maxsus tirgakli narvonlarda kamida ikki kishi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
154. Muzey ko‘rgazma zallari bir kunda kamida bir marotaba tozalanib turilishi lozim.
155. Xonalar sun’iy shamollatish tizimiga ulangan bo‘lishidan qat’i nazar, tabiiy shamollatish sharoiti (ochiladigan derazalar, tuynuklari)ga ega bo‘lishi lozim.
156. Toksik moddalar bilan ishlashda shamollatish tizimi va respiratorlardan foydalanish lozim.
157. Changlanuvchi vositalarni ishlatish (gips, bronza, alyuminiy, bo‘yoqlar va boshqalar), shuningdek ularning ustki qismlarini silliqlash himoya ko‘zoynaklari va respiratorlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
158. Kimyoviy moddalarni hidlash yoki qo‘lga surtib ko‘rish orqali bilish taqiqlanadi.
159. Xlorofos yoki boshqa zaharli moddalarni ishlatishda maxsus kiyimlar (xalat, himoya ko‘zoynagi, rezina qo‘lqoplar, respirator)dan foydalanish lozim.
160. Xlorofos qorishmasi teriga tegib ketsa, uning qurishini kutmasdan darhol suv bilan yuvib tashlash lozim.
161. Xlorofos va boshqa zaharli moddalar bilan ishlab bo‘lgandan so‘ng idish va anjomlar sovunlab yuvilishi va alohida xonada, qulflanadigan shkafda saqlanishi lozim.
162. Sahnani bezatishda yuk ko‘taruvchi asbob-uskunalarning konstruksiyalari texnik shartlar talablariga muvofiq sifatli tayyorlanishi kerak.
163. Sahnada barcha yuk ko‘taruvchi uskunalardan sahnaning og‘irlik yukini ko‘tarish imkoniyatidan (odam, uskunaning o‘z og‘irligi va boshqalar) kelib chiqib foydalanilishi lozim.
164. Dekoratsiya qismlarini yasash uchun mo‘ljallangan yog‘ochlar har tomondan randalangan bo‘lishi kerak.
165. Dekoratsiyalar uchun mo‘ljallangan qismlar konstruksiyasi ulanma tugunlarning chidamliligi hamda mustahkamligini ta’minlashi kerak.
166. Dekoratsiyalar balandligi 1,5 m va undan yuqori bo‘lsa, ularning quyi qismidan 0,7-0,8 m oraliqda dastak (dekoratsiyalarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan ko‘ndalang brusok) o‘rnatiladi.
167. Dekaratsiyani tashkil etuvchi qismlar bir-biri bilan metalldan ishlangan mahkamlovchi qismlar yordamida ulanishi lozim.
168. Dekoratsiyalar yasashda yog‘ochlarni biriktirish uchun foydalaniladigan metall qismlar sifatli (yoriq, chang va boshqa nuqsonlarsiz) bo‘lishi hamda yog‘ochga mustahkam mahkamlanishi kerak. Yog‘och sirtidan bo‘rtib chiquvchi metall qismlar silliq (o‘tkir burchak, g‘adir-budurlarsiz va boshqalar) bo‘lishi kerak.
169. Dekoratsiyalar alohida qismlarining og‘irligi 80 kg dan oshmasligi kerak.
170. O‘tish ko‘prikcha (pandus)larni bir-biri ustiga qiyalatib o‘rnatish man etiladi.
171. Boshqa bezak qismlari dekoratsiyaga mahkam qo‘zg‘almaydigan qilib o‘rnatiladi.
172. Dekorativ bezatish buyumlari omborxonada yoxud sahnadagi maxsus ajratilgan joyda saqlanishi kerak. Ularni sahnaning boshqa qismlarida saqlash man etiladi.
173. Sahnadagi bezatish buyumlarini tiklab qo‘yish uchun ajratilgan maydonlar sahna poliga aniq chiziqlar bilan belgilab qo‘yilishi kerak.
174. Yumshoq dekoratsiyalarni saqlash uchun mo‘ljallangan xonaga ega bo‘lishi kerak.
175. Dekoratsiya, mebel, yasama jihozlar va boshqalarni ko‘tarish va tushirish ishlari osma dekoratsiyalar bilan amalga oshiriluvchi xuddi shunday ishlarga qo‘yiladigan talablarga javob berishi kerak.
176. Dekoratsiyalarni xonalardan chiqarish va yig‘ishtirish jarayonida lyukninig ochiq joyi to‘siq bilan o‘ralishi lozim.
177. Omborxona va sahna eshiklarining eni 1,5 m dan va balandligi 2,5 m dan past bo‘lmasligi lozim.
178. Dekoratsiyalar saqlanadigan xonalar isitilmasa, ushbu omborxonalardan sahnaga olib boruvchi yo‘laklarga sahnani elvizaklardan saqlovchi uskunalar o‘rnatiladi.
179. Dekoratsiyalar saqlanadigan omborxonalardagi isitish uskunalari tashqi yuzasidan 300 mm dan kam bo‘lmagan uzoqlikda mustahkam to‘siqlar bilan ta’minlanadi.
180. Omborxonalarning devor va shiftlarida dekoratsiya hamda osma buyumlarni saqlashga mo‘ljallangan moslamalar bo‘lishi lozim.
181. Yig‘iluvchi bezak buyumlari saqlanish joyidan sahnaga imkon qadar shift bo‘ylab ko‘chirilishi lozim.
182. Baland bezak buyumlar tushib ketishini oldi olingan holda o‘rnatilishi lozim.
183. Omborxonalarda pol sathidan baland to‘shamalar mavjud bo‘lgan taqdirda, ular qulay va mustahkam narvonlarga ega bo‘lishi kerak.
184. Yig‘ilgan dekoratsiyalar orasidagi o‘tish yo‘llari 0,75 m dan qisqa bo‘lmasligi kerak. Yo‘laklarni tirband qilish man etiladi.
185. Asbob-uskunalarni mas’ul xodim tomonidan ko‘zdan kechirganidan so‘ng ishlatishga ruxsat etiladi.
186. Asbob-uskunalarni rostlash va moylash ishlari asbob-uskuna ishlashdan butunlay to‘xtaganidan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
187. Tashkilotda quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
xodimlar soz, o‘tkirlangan va ishlab chiqarishning tegishli sharoitlariga mos asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi;
asbob-uskunalarning o‘z maqsadi bo‘yicha ishlatilishi;
asbob-uskunalarning to‘g‘ri saqlanishi va sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazilishini hamda nosoz asbob-uskunalardan foydalanmaslik.
188. Asbob-uskunalarni saqlash uchun har bir uskuna va dastgoh yonida ish sharoiti bo‘yicha zarur quti yoki shkafchalar bo‘lishi kerak.
189. Asbob-uskunalarni olib yurish uchun maxsus g‘iloflar, sumka yoki qutilardan foydalanish lozim.
190. Asbob-uskunaga o‘rnatilgan detalni dastgoh ishlab turgan paytda qo‘l bilan ushlash taqiqlanadi.
191. Asbob-uskunalarning asosiy qismlarini ishonchli ushlash va qisish, shuningdek kesuvchi asbob-uskunaga materiallarni to‘g‘ri uzatishi hamda uzatish paytida siljib va qiyshayib ketmasligini ta’minlashi kerak.
192. Asbob-uskunalarga detallarni o‘rnatish, qistirish va yechish qo‘lda bajariladigan moslamalar konstruksiyasi, ko‘rsatilgan operatsiyalarni bajarish uchun to‘la xavfsizlikni, shuningdek qirindilarning erkin chiqishi va asbob-uskunalardan uni oson olib tashlanishini ta’minlashi kerak.
193. Har bir asbob-uskuna yoqish va o‘chirish uchun ishonchli moslamalarga ega bo‘lishi, ular ish o‘rinlarida qulay va xavfsiz foydalanishni ta’minlashi hamda o‘z-o‘zidan ularning ishlab ketmaslik ehtimolining oldi olinishi lozim.
194. Asbob-uskunalarni yurgizish moslamalari uning tezkorligi va ravonligini ta’minlashi kerak.
195. Qayta ishlanayotgan detal va asbob-uskunalarni qotirish uchun barcha moslamalarning konstruksiyalari ishonchli qotirilishi va ish davomida o‘z-o‘zidan buralib chiqib ketmaslik ehtimolining oldi olinishi kerak.
196. Asbob-uskunalar ishlayotgan vaqtda uni tozalash, artish, sozlash yoki gaykalarni tortish, zanjirlarni kiydirish va iflos narsalarni olib tashlash taqiqlanadi.
197. Asbob-uskunalardagi qisqichlarning o‘qi orasidagi masofa ishlov berilayotgan detal o‘lchamiga muvofiq bo‘lishi va qisqichlarning detalni ishonchli qisib turishini ta’minlashi kerak.
198. Asbob-uskunalardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
199. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
200. Yuk ortish va tushirish mexanizmlariga o‘rnatiluvchi sim kanatlarini sinov yuki bilan ko‘zdan kechirish va sinovdan o‘tkazish mexanizmni umumiy tekshiruvdan o‘tkazish bilan bir paytda amalga oshirilishi lozim.
Arqonlar (kanat)lar mavsum boshlanishi arafasida doimiy ravishda sinovdan o‘tkazilishi hamda natijalar sinaluvchi kanat qo‘llanilayotgan moslama pasportiga kiritilishi kerak.
201. Sahnada yuklar uchun qo‘llaniluvchi arqon (kanat)lar 9 barobardan kam bo‘lmagan quvvat zaxirasiga ega bo‘lishi kerak.
202. Arqon (kanat)lar maxsus ajratilgan joylarda saqlanadi. Arqon (kanat)lar yaxshilab quritilishi va aylana holatda o‘rab qo‘yilishi kerak.
203. Foydalaniluvchi arqon (kanat)lar ishlatilish maqsadlari va aniq belgilariga ega bo‘lishi kerak.
Sahnada xomutlar bilan siqish yo‘li orqali arqon (kanat) sirtmoq hosil qilish man etiladi.
204. Yuk ortish va tushirishda ulangan arqon (kanat)lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
205. Arqon (kanat)larni ko‘tariluvchi yukka tugun bog‘lash orqali biriktirish man etiladi.
206. Arqon (kanat)lar blok oralab o‘tganda ular imkon qadar bir yo‘nalishda bukilishi kerak.
207. Bittadan ortiq tutib turuvchi arqon (kanat)lar yordamida yuk ko‘tarilganda og‘irlik bir xilda taqsimlanishga erishish maqsadida arqon (kanat)lar tarangligi muvozanatini muvofiqlashtirib turish uchun moslama (taranglashtiruvchilar) o‘rnatilishi kerak.
208. Kanop va paxtadan tayyorlangan arqon (kanat)lar hamda sahnada uchuvchi arqonlardan yuk ortish maqsadida foydalanish man etiladi.
209. Xomut va halqalar yumshoq temirdan (g‘ovak bo‘lish, zang, yoriq va boshqa nuqsonlarsiz) tayyorlanadi.
210. Xomutlar faqat ichkariga ochilishi hamda ularning tasodifan ochilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan qulflarga ega bo‘lishi kerak.
211. Xomut va halqalar o‘rnatishdan avval ikki hissa og‘ir yuk ko‘tartirgan holda 15 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt sinovdan o‘tkazish kerak.
212. Har bir xomut yoki halqada yo‘l qo‘yiluvchi og‘irlik yuklamasi belgilanuvchi tamg‘a bosiladi.
213. Har bir ish joyidagi chig‘irlar imkon qadar ko‘p yuk og‘irligiga mo‘ljallanishi, bunda barcha chig‘irlar (ham mexanik, ham qo‘l bilan boshqarish uchun mo‘ljallangan)da barcha muhim qismlar metalldan qilingan bo‘lishi kerak.
214. Chig‘ir staninasi asos (fundament, konsoller, to‘siq va boshqalar)lari og‘ir yukni ko‘tarish yoki siljitishda chig‘ir joyidan qo‘zg‘almaydigan qilib mahkamlanishi kerak.
215. Harakatlanuvchi chig‘ir noqulay ish sharoitlarida ham dosh bera oladigan (o‘rnatilgan joydan orqaga itarish, ko‘tarilish yoki tasodifan ko‘chishga) tarzda o‘rnatilishi kerak.
216. Barcha chig‘irlarda har ikkala tomonga harakatlanuvchi ishonchli yuk ko‘taruvchi avtomatik tormoz (reversiv)lar bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha tormozlar o‘rnatilgan taqdirda ular asosiylaridan mustaqil ravishda ishlashini ta’minlash lozim.
217. Uzatma ushlagichlar qurilmasi yukni faqat ushlagichni teskari tomoniga burish orqali tushirishi kerak. Ushlagich harakatlanmagan sharoitda yukni tushirishga imkon beruvchi dastakli chig‘irlardan foydalanish man etiladi.
218. Qo‘l bilan boshqariluvchi chig‘irlarning dastakli harakatlanuvchi o‘qi poldan 0,8 m dan 1 m gacha balandlikda o‘rnatilishi lozim.
219. Chig‘irning barcha aylanuvchi qismlari (vallar, tishli g‘ildiraklar, shponaning chizib turuvchi qismlari va boshqalar) xizmat ko‘rsatish (moylash, ta’mirlash va boshqalar)ga xalaqit bermaydigan qilib mahkam va qulay metall himoya to‘siqlari bilan yopilishi lozim.
220. Tasma va friksion uzatgichlarga ega elektr chig‘irlardan foydalanish man etiladi.
221. Barcha chig‘irlar quyidagi tartibda majburiy davriy ko‘rikdan o‘tkazib turilishi lozim:
ilk marotaba ishga tushirilishdan oldin;
har mavsum boshlanishidan oldin;
boshqa joyga ko‘chirilganda.
222. Chig‘irlar o‘rnatilgan joylarda sun’iy yoritqichlar bo‘lishi kerak.
223. Tashkilot hududida ta’mirlash va montaj ishlarini bajarish vaqtida ta’mirlash ishlarining rahbari tashkilot rahbari bilan birgalikda ushbu ishlarni xavfsiz bajarilishini, shuningdek ishlash uchun qoldirilgan asbob-uskunalar normal ishlashini ta’minlovchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi zarur.
224. Barcha asbob-uskunalarda tasdiqlangan jadval asosida belgilangan muddatlarda rejali ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi.
225. Asbob-uskuna va mexanizmlarni ta’mirlash hamda sozlash ishlari maxsus o‘qitilgan va yo‘l-yo‘riqdan o‘tgan, tegishli malakaga ega va bilimlari tekshirilgan xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak.
226. Ta’mirlash ishlarida band bo‘lgan pudratchining barcha xodimlari ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar texnika xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim. Yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish ishlari tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
227. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan o‘tkazilishi lozim.
228. Pudratchi ishlayotgan hududda tashkilot tomonidan zararli va yonish xavfi bo‘lgan moddalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan sharoitlari yaratilishi kerak.
229. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin quyidagilar bajarilishi lozim:
elektr energiya ta’minotidan o‘chirish;
asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlardan bo‘shatish;
ta’mirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va o‘ralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish.
230. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan ta’minlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
231. Ta’mirlash ishlari asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi-zavod tasdiqlagan ta’mirlash va foydalanish hujjatida belgilangan talablarga muvofiq olib borilishi lozim.
232. Asbob-uskuna ta’mirlangandan so‘ng sinovdan o‘tkazilishi va ishlatib ko‘rilishi zarur.
233. Sinov va ishlatib ko‘rish davrida ta’mirlangan asbob-uskunada aniqlangan barcha nosozliklar (elektr dvigatel va tarmoq podshipniklarining qizish darajasi hamda moy oqishi va boshqalar) bartaraf qilinishi kerak.
234. Asbob-uskuna yig‘ilgandan yoki ta’mirlangandan so‘ng foydalanish uchun yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
xodimlarni xavfsiz joyga o‘tkazish;
asbob-uskuna tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olish;
himoya to‘siqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
himoya saqlovchi va nazorat o‘lchov asbob-uskunalarining sozligini tekshirish;
asbob-uskuna yig‘ilishi to‘g‘riligini tekshirishda, o‘zaro bog‘liq harakatlanuvchi mexanizmlarni to‘liq siklida uning harakatlanuvchi qismini aylantirish;
asbob-uskunani bo‘sh harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
235. Tashkilotlarni (xonalarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
236. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
237. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilgan. | 108 | 46,206 |
Qonunchilik | OXS Plenumi: davlat organining qarorini qanday qilib haqiqiy emas deb topish mumkin? | Qaror bilan hujjatda qoʻllaniladigan, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mansabdor shaхs, qonunga хilof harakatlar, qonunga хilof harakatsizlik, tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy manfaatlari kabi asosiy atamalarning ma’nolari tushuntirib berilgan.
Hujjat bilan aniqlik kiritilishicha, agar nizo iqtisodiyot sohasidan kelib chiqqan va uni hal etish qonun hujjatlari bilan boshqa davlat organining vakolatiga kiritilmagan boʻlsa, koʻrsatilgan ishlar toifalari хoʻjalik sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Bunda хalqaro tashkilotning yoхud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organi mansabdor shaхslarining qarorlari hamda harakatlari (harakatsizligi) ustidan nizolashish, agar bunday qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi qoidalaridan kelib chiqsa, хoʻjalik sudi sudloviga taalluqli emas.
Xususan, хoʻjalik sudi quyidagilarni haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni koʻrib chiqmaydi:
dastlabki tergov organining mol-mulklarga band solish yuzasidan qabul qilgan qarorini;
moliya-хoʻjalik faoliyati boʻyicha hujjatli taftish tayinlash yuzasidan qabul qilingan qarorni;
nazorat qiluvchi organning хoʻjalik yurituvchi sub’yekt mansabdor shaхsini ma’muriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorini;
tekshirish natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni (tovarlarni va hujjatlarni vaqtincha olib qoʻyish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni, ma’lumotnomalarni, хulosalarni, bayonnomalarni va hokazolarni);
mansabdor shaхslarning bergan topshiriqlarini (ogʻzaki yoki yozma koʻrsatmalarini, хatlarini);
biron-bir huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydigan boshqa hujjatlarni (masalan, yer uchastkasini tanlash dalolatnomasini, хulosasini, sud ijrochisining mulkni koʻzdan kechirish dalolatnomasini va hokazolarni).
Shuningdek хoʻjalik sudlari quyidagi talablarni qondirishga haqli emas:
davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini noqonuniy (qonunga хilof), qonuniy deb topish haqidagi;
mansabdor shaхslarning harakatlarini (harakatsizligini) haqiqiy emas deb topish, bekor qilish haqidagi.
Da’vo muddati хususida qaror bilan quyidagilar aniqlashtirilgan:
davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan da’vo muddati qoʻllanilmaydi, qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan hollar bundan mustasno;
ma’muriy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida maхsus da’vo muddati belgilangan boʻlsa, fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan da’vo muddati emas, balki ushbu muddat qoʻllaniladi. Ma’muriy-huquqiy munosabatni tartibga soluvchi qonun hujjatida belgilangan da’vo muddatining oʻtganligi bildirilgan talabni qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻladi;
fuqaroviy-huquqiy oqibatlar vujudga keltiruvchi davlat organining hujjatini haqiqiy emas deb topishda Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan da’vo muddati qoʻllaniladi.
Hujjatda qayd etilganidek, sudlar davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi oʻzining hujjatini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirishni haqli ravishda rad etadilar. Mulk huquqini belgilaydigan hujjatlar bundan mustasno.
Davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizada XPK 112-moddasining 2 va 3-qismlarida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari qoʻshimcha ma’lumotlar koʻrsatiladi.
Arizada qabul qilingan hujjat tufayli arizachiga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab ham koʻrsatilishi mumkin.
Arizaga XPK 114-moddasining 1 va 2-qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan hujjat nusхasi ilova qilinadi.
Nizo spetsifikasidan kelib chiqqan holda mansabdor shaхsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga хilof deb topish toʻgʻrisidagi arizada alohida ma’lumotlar ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaхsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinganda, arizada javobgar sifatida mansabdor shaхs emas, balki tegishli davlat organi koʻrsatiladi. Aks holda arizani qabul qilish rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish tugatiladi.
Mazkur toifadagi ishlar boʻyicha nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi majburiy hisoblanmaydi.
Hujjatda aniqlashtirilishicha, hujjat butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topilishidan qat’i nazar, davlat boji javobgardan EKIHning 10 baravari miqdorida undiriladi. Mansabdor shaхsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga хilof deb topish haqidagi arizalar boʻyicha undiriladigan davlat boji ham хuddi shu miqdorni tashkil etadi.
Qarorda soliq organlarining qarorlarini (26–26.2-bandlar), monopoliyaga qarshi organ (27-band) va Sud departamenti organlarining hujjatlarini (29-band) haqiqiy emas deb topish masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalariga ham tushuntirish berilgan.
Umuman olganda bu toifadagi nizolarni koʻrish quyidagi oʻziga хos хususiyatlari bilan tavsiflanadi:
davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari javobgar sifatida qatnashadilar;
ishlarni koʻrish muddatlari qisqartirilgan (arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda);
nizolashilayotgan hujjatlarning qabul qilinishiga asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati ularni qabul qilgan davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan;
hujjatning (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb, mansabdor shaхsning harakatlari (harakatsizligi) qonunga хilof deb topilgan taqdirda ijro varaqasi berilmaydi, zararlarni hamda ishni koʻrish bilan bogʻliq sud хarajatlarini (pochta хarajatlari, ekspertizani oʻtkazish хarajatlari, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar va boshqa хarajatlarni) undirish hollari bundan mustasno;
sudning hal qiluv qarori darhol ijro etilishi shart va hokazo.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 84 | 6,400 |
Qonunchilik | “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MARKAZLARIDA BOLALAR O‘QIGANLIGI UChUN OTA-ONALAR TO‘LOVINI UNDIRISh VA UNDAN FOYDALANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 9-son, 89-modda) qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi qaror qiladi:
1. “Barkamol avlod” bolalar markazlarida bolalar o‘qiganligi uchun ota-onalar to‘lovini undirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 9-son, 89-modda) qaroriga muvofiq “Barkamol avlod” bolalar markazlarida o‘qiganligi uchun ota-onalar to‘lovini (keyingi o‘rinlarda — to‘lov) undirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
1. To‘lov qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda undiriladi.
2. To‘lov ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va “Barkamol avlod” bolalar markazi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan to‘lanadi. Ushbu shartnomada to‘lov belgilangan miqdorda va uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda bolaning ta’lim olishini to‘xtatish va bekor qilish shartlari ko‘rsatilishi shart.
3. Har oyda joriy oy uchun to‘lov mazkur oyning 10-sanasidan kechikmasdan to‘lanadi.
4. Mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan muddatdan so‘ng to‘lov ikki hafta mobaynida belgilangan miqdorda va uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, bolaning o‘qishi to‘xtatiladi, agar to‘lov bo‘yicha qarzdorlik ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida to‘langan bo‘lsa, bolaning o‘qishi qayta tiklanadi.
5. To‘lov bo‘yicha qarzdorlik u yuzaga kelgan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida qoplanmasa, bola belgilangan tartibda “Barkamol avlod” bolalar markazida ta’lim oluvchilar safidan chiqariladi. Bu holda bolaning “Barkamol avlod” bolalar markazida o‘qishini qayta tiklash yangi qabul qilinadigan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. To‘lov bank muassasalariga to‘lanadi. Bunda to‘lovni tasdiqlaydigan hujjat (kvitansiya) nusxasi “Barkamol avlod” bolalar markaziga taqdim etiladi.
To‘lov naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan holda (plastik kartochkalardan to‘lashdan tashqari) “Barkamol avlod” bolalar markaziga to‘lov topshiriqnomasining nusxasi (to‘lov to‘langanlik to‘g‘risidagi bank belgisi qo‘yilgan holda) taqdim etiladi.
7. To‘lov “Barkamol avlod” bolalar markaziga xizmat ko‘rsatuvchi tegishli G‘aznachilik bo‘limining hududiy g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi va tegishli “Barkamol avlod” bolalar markazining shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamida undan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
8. Bolaning “Barkamol avlod” bolalar markaziga qatnashi bekor qilinganda joriy oy to‘lovi ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning bola “Barkamol avlod” bolalar markaziga qatnashi bekor qilinguniga qadar kamida uch kun oldin bergan yozma arizasiga asosan to‘liq bo‘lmagan oy uchun (ya’ni qatnashi bekor qilingan kunga qadar) to‘lanishi mumkin. Bunday ariza mavjud bo‘lmaganida to‘lov to‘liq oy uchun to‘lanishi shart.
Bunda, bolaning “Barkamol avlod” bolalar markaziga qatnashiga ushbu oy uchun to‘lovning qolgan qismi to‘lanmagunicha ruxsat berilmaydi.
9. Bir kunlik to‘lov miqdorini aniqlash uchun oylik to‘lov miqdori “Barkamol avlod” bolalar markazining bola joriy oyda qatnaydigan to‘garagi ish kunlarining rejadagi soniga bo‘linadi.
Bunda, bola “Barkamol avlod” bolalar markazidagi bittadan ortiq to‘garakda o‘qiydigan bo‘lsa, to‘lov har bir to‘garakda o‘qiganlik uchun belgilangan miqdorda alohida undiriladi.
10. Bolaning “Barkamol avlod” bolalar markaziga o‘zi yoki oila a’zolarining kasalligi (karantin) oqibatida, shuningdek ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning mehnat ta’tili paytida uch kundan ortiq ketma-ket kelmaganligi davri uchun to‘lov keyingi oylar uchun to‘lov hisobiga hisoblanadi. Bunda, “Barkamol avlod” bolalar markazining tegishli ish kunlari soni hisobga olinadi.
Bolaning “Barkamol avlod” bolalar markaziga o‘zining yoki oila a’zolarining kasalligi (karantin) oqibatida uzrli sababga ko‘ra kelmasligi tegishli davolash muassasasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
11. Bolalarning “Barkamol avlod” bolalar markaziga kelmagan boshqa barcha hollarida to‘lov umumiy asoslarda undiriladi.
12. “Barkamol avlod” bolalar markazlarida ta’lim oluvchilarning tegishli kontingenti umumiy sonining 15 foizi doirasida kam ta’minlangan oila bolalari to‘lovdan ozod qilinadi.
Bunda, birinchi navbatda ota-onasi (bittasi yoki ikkalasi) I yoki II guruh nogironi bo‘lgan kam ta’minlangan oila bolalari, shuningdek har bir oila a’zosi uchun hisoblaganda o‘rtacha oylik daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oila bolalari to‘lovdan ozod qilinadi.
13. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oilaning kam ta’minlanganligi to‘g‘risida “Barkamol avlod” bolalar markaziga taqdim etilgan ma’lumotnoma bolani to‘lovdan ozod qilish uchun asos bo‘ladi.
14. To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) moliyaviy yil boshlanguniga qadar “Barkamol avlod” bolalar markazi rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
15. Bolalar “Barkamol avlod” bolalar markazida ta’lim oluvchilar safidan chiqarilishi oqibatida Ro‘yxat o‘zgargan taqdirda ilgari Ro‘yxatga kirmagan kam ta’minlangan oila bolalaridan shakllantiriladigan zaxira hisobiga to‘ldiriladi. Ro‘yxatni to‘ldirishda ushbu Nizomning 12-bandining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan birinchi navbatlilik talablariga rioya qilinadi.
16. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari va ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan o‘quvchilar, shuningdek, “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari to‘lovdan ozod qilinadi.
To‘lovdan ozod qilinadigan o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar ro‘yxati imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tarbiya muassasalari, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari hamda tegishli tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limi rahbarlari bilan kelishilgan holda “Barkamol avlod” bolalar markazi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
17. To‘lov sifatida tushgan mablag‘lar:
to‘garak faoliyati uchun zarur bo‘lgan xomashyo va materiallar, moddiy boyliklar (mebel, asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqalar) xarid qilishga;
madaniy ommaviy tadbirlarni o‘tkazish va ularda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlarga;
o‘quvchilari respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar va festivallarda 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan to‘garak rahbarlarini tegishincha eng kam oylik ish haqining besh, to‘rt, uch barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
18. Buxgalterlik hisobini yuritish, shuningdek to‘lovlardan tushadigan mablag‘larning kirim qilinishi va sarflanishi hisobotlarini tuzish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
19. To‘lovlarning o‘z vaqtida tushishi va to‘g‘ri hisoblanishi, hisob va hisobot yuritilishi, shuningdek tushgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning joylardagi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
20. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
21. Ushbu Nizom “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi bilan kelishilgan. | 162 | 8,053 |
Qonunchilik | QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN OPERATSIYALARNI AMALGA OShIRISh HUQUQI UChUN JISMONIY ShAXSLARNI ATTESTATSIYA (QAYTA ATTESTATSIYA) QILISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 1999-yil 1-martda tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya) qilish to‘g‘risidagi nizomga (1999-yil 3-mart, ro‘yxat raqami 660) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. | 198 | 1,125 |
Qonunchilik | “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-791-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 5-iyunda kiritilgan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-791-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 185 | 715 |
Qonunchilik | Tekshirishdan oʻting | Vazirlar Mahkamasining 2.06.2016 yildagi 183-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik aviatsiyasida aviatsiya хavfsizligi yuzasidan koʻzdan kechirishni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda 183-son Nizom) tasdiqlandi.
Aviatsiya хavfsizligi yuzasidan koʻzdan kechirishga istisnosiz barcha havo kemalari, yoʻlovchilar, ekipajlarning a’zolari, aeroport хodimlari va boshqa mansabdor shaхslar jalb etiladi. Undan oʻtgan shaхslar ta’qiqlangan narsalar va buyumlarni qabul qilish-topshirish imkoniyatiga yoʻl qoʻymaslik uchun koʻrikdan oʻtmagan shaхslar bilan aloqada boʻlmasliklari kerak. Koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlayotgan har qanday shaхsning havo kemasi bortiga chiqishi rad etiladi va yoʻlovchilarning shaхsini aniqlash hamda uning koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashi sabablarini aniqlash chora-tadbirlari koʻriladi.
Hujjatda maхsus teхnik vositalarni qoʻllagan holda yoʻlovchilarning qoʻl yukini koʻzdan kechirish va shaхsan koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilangan. Qoʻl yukini koʻzdan kechirayotganda operativ nazoratchi termoslar, radio va teleapparatlar, audio- va videoteхnika, koʻchma kompyuterlar, planshetlar, mobil telefonlar, musiqa jihozlari, yirik hajmdagi oʻyinchoqlar, soyabonlar, hassalar, kitoblarga va havo kemasiga ularda niqoblangan portlovchi qurilmalar, qurol-yarogʻlar hamda tashish ta’qiqlangan boshqa хavfli narsalar va moddalarni olib oʻtish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan boshqa narsalarga e’tibor qaratishi kerak. Yoʻlovchilar bagaji cheklovlar va shartlar bilan tashishga ruхsat etilgan buyumlar va moddalarning roʻyхatini hisobga olgan holda maхsus teхnik vositalardan foydalanib koʻrikdan oʻtkaziladi.
Yoʻlovchilarni shaхsan koʻrikdan oʻtkazishni faqat bir jinsdagi shaхslar shaхsni koʻrikdan oʻtkazish хonasida koʻrikdan oʻtkaziluvchi shaхs bilan oʻtkazadi. Bir vaqtning oʻzida bir necha yoʻlovchini koʻrikdan oʻtkazish ta’qiqlanadi. Voyaga yetmagan bolalar, nogironlar kuzatuvchi shaхslar hozirligida koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Nizomda shaхsan koʻrikdan oʻtkazish majburiy tartibda buning uchun maхsus jihozlangan хonalarda amalga oshiriladigan hollar belgilangan.
Barcha suyuqliklar, aerozol va gellar aviatsiya хavfsizligi yuzasidan koʻzdan kechirilishi kerak. Ularga barcha suyuqliklar, gellar, aerozollar, suv, boshqa ichimliklar, shoʻrvalar, siroplar, jemlar, dimlangan goʻsht, souslar, pastalar, kremlar, losonlar, kosmetik vositalar, spreylar, bosim ostida boʻlgan idishlarning tarkibi, soch-soqol olish uchun koʻpik, tish pastasi, suyuqliklarning qattiq moddalar bilan aralashmalari, gigiyenik pomada, хuddi shunday konsistensiyadagi har qanday mahsulotlar kiradi.
Har bir yoʻlovchi qoʻl yukidagi davlat, rus va ingliz tillarida yozilgan tashishga ruхsat etilgan va taqiqlangan suyuqliklar, aerozollar va gellar toʻgʻrisidagi eslatma, shuningdek ularni oʻrab-joylash uchun maхsus plastik paketlar bilan ta’minlanishi kerak.
Barcha suyuqliklar hajmi 100 ml dan oshmaydigan idishlarda tashiladi. Bundan dorilar, bolalar suti, oziq-ovqatlar hamda parhez yoki tibbiy ehtiyojlar uchun moʻljallangan boshqa suyuqliklar mustasno. Parvozda zarur boʻlgan dorilarni qoʻl yukida olib oʻtishga ruхsat faqat tibbiy tasdiqlar mavjud boʻlganda beriladi.
Tashiladigan hayvonlar va oʻsimliklarni koʻzdan kechirish хizmatining operativ nazoratchilari vizual tarzda, ular joylashtirilgan qafaslar, konteynerlar va boshqa narsalarni esa maхsus teхnik vositalar yordamida koʻrikdan oʻtkazadilar.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | 20 | 3,749 |
Qonunchilik | Respublika velosport mahorat maktab-internati tashkil etiladi | Prezidentning 24.09.2021 yildagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5251-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Velosport turlarini 2021-2022 yillarda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab quyidagilar tashkil etiladi:
Respublika velosport mahorat maktab-internati oʻquvchilarining umumiy kontingenti 100 nafarni tashkil qiladi.
Shuningdek, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi huzurida Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari:
Shuningdek, Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi tashkil etiladi. Uning vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
3 iyun Butunjahon velosiped kuni etib e’lon qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi. Shu kuni Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida aholining turli qatlamlarini jalb qilish orqali uzunligi 15-20 kilometrdan kam boʻlmagan velomarafonlar tashkil qilinadi.
2022 yildan boshlab har yili:
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududida velosportning shosse (Road) turi boʻyicha respublika va хalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan veloshosse sport majmuasi quriladi. Samarqand viloyati Samarqand tumani hududida esa respublika va хalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan yopiq turdagi velotrek sport inshooti quriladi.
Sport-ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхat boʻyicha olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi, ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari, vitaminlar, uskunalar va materiallar, velosipedlarni tashishga moʻljallangan yangi va ishlab chiqarilganligiga 7 yil toʻlmagan maхsus avtotransport vositalari va tirkamalar 2024 yil 1 sentyabrga qadar bojхona bojidan ozod etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 61 | 2,017 |
Qonunchilik | “Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt bo‘lgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qaroriga muvofiq, shuningdek elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishga zamonaviy yuqori samarali kogeneratsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda generatsiya quvvatlarini yanada rivojlantirish hamda respublika iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlashning ishonchliligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida 2015-yil 25-oktabrda “Toshkent kogeneratsiya issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini moliyalashtirishda konsalting xizmatlari uchun yillik 0,01 foiz hamda gaz turbina qurilmasini qurish uchun olti oylik LIBOR minus 1,33 foiz stavkalarida 40 yilda so‘ndirish muddati, shundan 10 yil imtiyozli davr bilan umumiy qiymati 12 mlrd yapon iyenasi miqdorida qarz bitimi (keyingi o‘rinlarda — qarz bitimi) imzolanganligi;
qarz bitimiga muvofiq Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarz mablag‘laridan foydalanish tartibi bo‘yicha 2016-yil 19-aprelda Agentlik bitimi hamda ushbu Agentlik bitimiga 2019-yil 10-avgustda qo‘shimcha bitim imzolanganligi;
Yaponiyada 2018-yildan boshlab 27 MVt quvvatli bug‘-gaz qurilmasi o‘rniga zamonaviy 32 MVt quvvatli modeli ishlab chiqarilayotganligini e’tiborga olib, loyihaning dastlabki qiymatini oshirmagan holda, 2 ta 32 MVt quvvatli bug‘-gaz qurilmalarini o‘rnatish rejalashtirilganligi;
“UzInjiniring” Respublika loyihalash instituti tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanuvi ishlab chiqish jarayonida olib borilgan izlanishlar natijasida N-25 turdagi gaz turbinalar sinfiga mansub turbinalarning “Gas Turbine World Nandbook 2018” jurnalida modernizatsiyalangan ko‘rinishdagi 31 MVt dan 33 MVtgacha quvvatdagi gaz turbinalari keltirilganligidan kelib chiqib, loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblashda o‘rtacha quvvati 32 MVt bo‘lgan gaz turbina qurilmasi shartli ravishda qabul qilinganligi;
umumiy qiymati 109,24 mln AQSh dollari bo‘lgan loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan birgalikda texnik-iqtisodiy asoslanuvi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-son qarorida belgilangan tartibda Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ekspertizadan o‘tkazilganligi;
“Toshkent issiqlik elektr markazi” AJning (keyingi o‘rinlarda — “Toshkent IEM” AJ) tovarlar (xizmatlar) aylanmasida qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish hisobidan bojxona hamda soliq imtiyozlari ko‘rinishida O‘zbekiston Respublikasining loyihadagi hissasi 12,72 mln AQSh dollarini tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning qarz bitimi mablag‘larini loyihani amalga oshirishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. Quyidagilar:
“Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt bo‘lgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt bo‘lgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida konsalting xizmatlari uchun jalb etiladigan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foiz va yig‘im to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt bo‘lgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida asbob-uskuna, materiallarni xarid qilish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga jalb etiladigan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foiz va yig‘im to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish uchun mas’ul hisoblanadi;
“Toshkent IEM” AJ loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzidan maqsadli va samarali foydalanish hamda qarz va foizlarni o‘z vaqtida so‘ndirish uchun mas’ul loyiha tashabbuskori hisoblanadi;
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzini so‘ndirish, foiz va yig‘im to‘lovlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar “Toshkent IEM” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin. | 166 | 4,951 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 4-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“mikroqarz berish”;
o‘n birinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 15-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “tegishli ruxsatnoma olgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 44-modda birinchi qismining:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 72-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 275-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish;
bojxona masalalari bo‘yicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish;
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati to‘g‘risida bojxona organlarini xabardor qilish;
dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish”;
beshinchi xatboshisi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;
5) 277-moddaning to‘rtinchi — yettinchi qismlari chiqarib tashlansin;
6) 278, 279 va 280-moddalar chiqarib tashlansin;
7) 282-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi o‘z fuqarolik javobgarligini eng kam oylik ish haqining ming baravari miqdorida sug‘urtalashi”;
8) 283-modda chiqarib tashlansin;
9) 284-moddadagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan berilgan malaka attestatiga ega bo‘lgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
10) 285-modda chiqarib tashlansin;
11) 286-modda birinchi qismining “e” kichik bandi chiqarib tashlansin;
12) 287-modda birinchi qismining “l” va “m” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
13) 291-modda birinchi qismining:
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
14) 336-moddaning birinchi qismidagi “278” raqami chiqarib tashlansin;
15) 338-moddaning:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 171 | 4,014 |
Qonunchilik | Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish uchun zarur yer maydonlarini ajratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘tgan uch yilda qayta tiklanuvchi energiya uchun normativ-huquqiy baza shakllantirilib, qulay shart-sharoitlar yaratilishi natijasida bugungi kunga kelib, 2,9 mlrd AQSh dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga jami 2 897 MVt quvvatli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlandi.
Shu bilan birga, erga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, erning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish maqsadida yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibi belgilandi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish uchun yangi barpo etilayotgan quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilishi uchun amaldagi qonunchilikka asosan yer maydonlarini ajratish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
xorijiy investorlar bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi va elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlarga mos keladigan shamol elektr stansiyalari, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarining qurish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish;
Energetika vazirligi tomonidan ajratilgan yer uchastkalarini shamol elektr stansiyalarni qurish va ularni ishlatish muddatiga teng davrga investorlarga ijaraga berish;
shamol stansiyalarini qurish doirasida va ularni ishlatish doirasida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilayotgan yer maydonlari, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini tashkil etganda, ushbu yer maydonlarini qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish;
“Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Osiyo taraqqiyot banki xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolatini berish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-dekabrdagi “Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi PQ-4933-son qarorida:
a) 5-banddagi “Navoiy viloyati hokimligiga” so‘zlari “Energetika vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmunda 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. Moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi to‘lov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, Osiyo taraqqiyot banki bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi Osiyo taraqqiyot banki xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berilsin”;
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Navoiy viloyati hokimligi 2022-yil 30-iyulga qadar Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlarga mos keladigan ShES, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini ta’minlasin.
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun:
ShES va podstansiya qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga berilishini ta’minlasin.
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq to‘lash erga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlari ko‘rinishida ifodalanishi belgilansin.
Bunda, Loyiha kompaniyasi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashdan (kompensatsiya to‘lovlaridan) ozod qilinsin”;
g) quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
“81. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Navoiy viloyati hokimligining Investitsiya loyihasini joylashtirish uchun Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq 293,35 gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Navoiy viloyati hokimligi 2022-yil oxiriga qadar ushbu qaror bilan toifasi o‘zgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yangi yerlar o‘zlashtirilishini ta’minlasin”;
d) quyidagi mazmundagi ilova bilan to‘ldirilsin:
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “Buxoro viloyatining Peshku tumanida quvvati 300 — 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5001-son qarorida:
a) 5-banddagi “Buxoro viloyati hokimligiga” so‘zlari “Energetika vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Buxoro viloyati hokimligi 2022-yil 30-iyulga qadar Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimdagi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlarga mos keladigan ShES, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini ta’minlasin.
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun:
ShES va podstansiya qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga berilishini ta’minlasin.
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq to‘lash erga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlari ko‘rinishida ifodalanishi belgilansin.
Bunda, Loyiha kompaniyasi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashdan (kompensatsiya to‘lovlaridan) ozod qilinsin”;
v) quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
“81. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklarining investitsiya loyihasini joylashtirish uchun Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida hamda Navoiy viloyati Konimex tumanidagi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq jami 154,2 gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari 2022-yil oxiriga qadar ushbu qaror bilan toifasi o‘zgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yangi yerlar o‘zlashtirilishini ta’minlasin”;
g) quyidagi mazmundagi ilova bilan to‘ldirilsin:
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5003-son qarorida:
a) 5-banddagi “Buxoro viloyati hokimligiga” so‘zlari “Energetika vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Buxoro viloyati hokimligi 2022-yil 30-iyulga qadar Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimdagi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlarga mos keladigan ShES, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini ta’minlasin.
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun:
ShES va podstansiya qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga berilishini ta’minlasin.
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq to‘lash erga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlari ko‘rinishida ifodalanishi belgilansin.
Bunda, Loyiha kompaniyasi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashdan (kompensatsiya to‘lovlaridan) ozod qilinsin”;
v) quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
“81. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Buxoro viloyati hokimligining investitsiya loyihasini joylashtirish uchun Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Shofirkon, Peshku, Romitan, Jondor va Qorako‘l tumanlaridagi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan jami 172,55 gektar, shundan 0,18 gektar sug‘oriladigan yer maydonini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Buxoro viloyati hokimligi 2022-yil oxiriga qadar ushbu qaror bilan yer toifasi o‘zgartirilayotgan sug‘oriladigan yer uchastkalarining o‘n barobariga teng miqdorda yangi sug‘oriladigan yer uchastkalari hamda yer toifasi o‘zgartirilayotgan yaylov yerlarning maydoniga teng miqdorda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yangi yerlarning o‘zlashtirilishini ta’minlasin”;
g) quyidagi mazmundagi ilova bilan to‘ldirilsin: | 211 | 11,117 |
Qonunchilik | O‘QUV DASTURLARI, DARSLIKLAR VA O‘QUV QO‘LLANMALARINI QAYTA KO‘RIB ChIQISh VA YaNGILARINI YaRATISh BO‘YIChA RESPUBLIKA MUVOFIQLAShTIRISh KOMISSIYASINI TUZISh TO‘G‘RISIDA | Yosh avlodni milliy mafkura va istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash, uzluksiz ta’lim tizimiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni izchil joriy etish uchun ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi mavjud o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv adabiyotlarini zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratishni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarning amalga oshirilishini ta’minlasin:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida maktabgacha, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari uchun ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi mavjud o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv adabiyotlarini milliy mafkura tamoyillari va zamon talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish;
jamiyatning turli toifalariga mo‘ljallangan ilmiy-ommabop risolalar, to‘plamlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Respublika komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra yaratilayotgan darslik va o‘quv adabiyotlari uchun grantlar ajratsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta, maxsus ta’lim vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Davlat matbuot qo‘mitasi, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar yaratilgan o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv adabiyotlarining o‘z vaqtida nashr etilishi va o‘quv jarayoniga to‘la joriy etilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlangan va amalda qo‘llanilayotgan davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga Respublika komissiyasi ishlab chiqqan talablar asosida tegishli o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar bersin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tajriba-sinovdan o‘tayotgan va loyiha sifatida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga Respublika komissiyasi ishlab chiqqan talablar asosida tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat test markazi tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda “Kafedra to‘g‘risida nizom”ni qayta ko‘rib chiqsinlar hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi to‘g‘risida nizom”ni ishlab chiqsinlar va ularni belgilangan tartibda tasdiqlab, amalga oshirsinlar;
ikki oy muddatda oliy ta’lim muassasalari ijtimoiy-gumanitar kafedralar mudirlarini va bosqichma-bosqich professor-o‘qituvchilar tarkibini Ma’naviyat va mustaqillik mafkurasi asosida attestatsiyadan o‘tkazsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika komissiyasi buyurtmasiga muvofiq davlat budjetida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va nashr etish uchun rejalashtirilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirishni ta’minlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. | 169 | 3,208 |
Qonunchilik | NOTARIAL IDORALAR VA ADVOKATLIK TUZILMALARIDA JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BO‘YIChA IChKI NAZORAT QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 18-19-son, 137-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 22-son, 175-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10 va 39-son qarori (ro‘yxat raqami 2020, 2009-yil 19-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 43-son, 461-modda) bilan tasdiqlangan Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. Muqaddimadagi “va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar (bundan keyingi o‘rinlarda notarial idoralar deb yuritiladi), shuningdek” degan so‘zlar “(bundan keyingi o‘rinlarda notarial idoralar deb yuritiladi) va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 1-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
3. 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “ichki hujjatlarga” degan so‘zlar “mazkur Qoidalarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga” degan so‘zlar “va mazkur Qoidalarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 7-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
6. 9-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “ichki nazorat qoidalari va dasturlarini” degan so‘zlar “mazkur Qoidalarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 11-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni bo‘lmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish”;
yettinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
8. Quyidagi mazmundagi 111-band bilan to‘ldirilsin:
“111. Operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarurat tug‘ilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim”.
9. Rus tilidagi matnning 23-bandidagi “vprave” degan so‘z “doljni” degan so‘z bilan almashtirilsin.
10. 24-band quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi”.
11. 32-band “mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalangan materiallar va ma’lumotlarni” degan so‘zlardan keyin “shu jumladan ish yozishmalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
12. Quyidagi mazmundagi 341-band bilan to‘ldirilsin:
“341. Mazkur Qoidalar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarining barcha xodimlariga yetkazilishi lozim”.
13. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan. | 235 | 4,650 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB- KITOBLAR TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA | Mazkur qo‘shimcha “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3, 7 va 51 moddalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroriga muvofiq kiritilyapti.
O‘zbekiston Respublikasida naqdsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga (1998-yil 8-oktabr, 496-son) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1. 1.9-bandda “cheklar bilan” so‘zlaridan keyin “va VIII bo‘limning 8.18-bandi bilan nazarda tutilgan hollarda plastik kartochkalar bilan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. 2.5-bandda “Bank-Mijoz” so‘zlaridan keyin “shuningdek, plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlarning” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
3. 2.6-bandda “tijoriy bankning” so‘zlaridan keyin “shuningdek, plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlarning” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
4. Nizom quyidagi mazmundagi VIII bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
“VIII. Plastik kartochkalar bilan hisob-kitob qilish
8.1. Plastik kartochka (matn davomida — kartochka) bank tomonidan chiqarilgan bo‘lib, o‘zida shaxslashtirilgan to‘lov vositasini ifoda etadi, kartochka egasining tegishli bankda hisobvarag‘i mavjud ekanligini tasdiqlaydi va naqd pul to‘lamagan holda chakana savdo tarmog‘ida tovarlar yoki xizmatlarni sotib olish huquqini beradi.
8.2. Plastik kartochkada emitentni so‘zsiz identifikatsiya qiluvchi uning nomi va logotipi mavjud bo‘lishi shart.
8.3. Kartochkalar jismoniy yuridik shaxslar va savdo yoki servis korxonalari o‘rtasida naqdsiz hisob-kitob qilishda, shuningdek, naqd pul berish punktlari (PVN) va bankomatlarda naqd pul mablag‘lari olishda qo‘llanadi.
8.4. Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarni chiqarishlari va xizmat ko‘rsatishlari mumkin, bunda ular xalqaro to‘lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga va mazkur Nizomga muvofiq operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga rioya etishlari lozim.
8.5. Bank kartochka berishda mijozga uning arizasiga va shartnomaga asosan 20200 — “talab qilib olinadigan depozitlar” bo‘limining tegishli balans hisobvarag‘ida alohida ikkilamchi hisobvaraq ochadi. Mijozning xohishiga ko‘ra jamg‘armalarni yig‘ish uchun 20400 — “Jamg‘arma depozitlari” tegishli balanslar hisobvarag‘ida alohida shaxsiy hisobvaraq ochish mumkin. Banklar kartochkalarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar ochishlari mumkin.
8.6. Plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatish shartnomasida quyidagilar mavjud bo‘lishi shart:
taraflarning nomlari;
shartnoma predmeti;
taraflarning huquqlari va majburiyatlari;
taraflarning javobgarligi;
hisob-kitoblarni o‘tkazish shartlari;
shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
nizolarni hal etish shartlari;
taraflarning huquqiy manzillari.
8.7. Kartochkalar ularning mansubligiga ko‘ra shaxsiy, oilaviy va korporativ kartochkalarga bo‘linadi:
Shaxsiy kartochka, bu — jismoniy shaxsga berilgan kartochkadir.
Oilaviy kartochka, bu — shaxsiy kartochka egasining ishonchnomasi asosida foydalanuvchiga berilgan kartochkadir.
Korporativ kartochka, bu — yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan kartochkadir. Korporativ kartalardan ish haqi to‘lovlarini va ijtimoiy tusdagi boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun, shuningdek, naqd pul mablag‘larini to‘lash uchun foydalanish taqiqlanadi.
8.8. Amal qilish rejimiga ko‘ra kartochkalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
debet kartochkasi — ushbu kartochkadan foydalanish uning egasiga emitent va mijoz o‘rtasidagi shartnoma shartlariga ko‘ra uning kartochka hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan pul mablag‘larini tovarlar va xizmatlar haqini to‘lash uchun va/yoki naqd pul mablag‘larini olish uchun (korporativ kartochkalar bundan mustasno) tasarruf etish imkonini beradi.
kredit kartochkasi ushbu kartochkadan foydalanishning uning egasiga emitent bilan tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra emitent tomonidan taqdim etilgan kredit liniyasi miqdorida tovarlar va xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha operatsiyalarni bajarish va/yoki plastik kartochkadagi mablag‘lar qoldig‘i chegarasida naqd pul mablag‘larini olish (bundan korporativ kartochkalar mustasno) imkonini beradi.
elektron kissa — jismoniy shaxsning kartochkasi, undan foydalanish uning egasiga tovarlar va xarajatlar haqini to‘lashni amalga oshirish va/yoki plastik kartochkadagi mablag‘lar qoldig‘i chegarasida naqd pul mablag‘larini olish imkonini beradi.
Bitta kartochkada bir nechta “elektron kissalar” joylanishi mumkin.
8.9. Shaxslashtirishda kartochkaga quyidagi majburiy rekvizitlar yozib qo‘yilishi shart:
identifikatsiyalash ma’lumotlari (kartaning raqami va turkumi va boshqalar);
emitent bankning kodi;
hisobvaraq raqami va kartochka egasining ism-sharifi (tashkilotning nomi);
kartochkaning amal qilish muddati.
Kartochkada bir nechta kissalar mavjud bo‘lgan holda identifikatsiya ma’lumotlari har bir kissani so‘zsiz identifikatsiyalashi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan rekvizitlardan tashqari kartochkaga operatsiyalar va hisoblarni bajarish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
8.10. Takroran shaxslashtiriladigan, qaytarilgan kartochkalarni hisobga olish 93609 “saqlanishdagi qimmatliklar” ko‘zda tutilmagan vaziyatlar hisobining alohida hisobvaraqlarida yuritiladi.
8.11. Plastik kartochkalarni qo‘llab bajariladigan operatsiyalar hujjatlarning qog‘oz tashuvchilarda (slip, elektron terminal kvitansiyasi) va/yoki elektron shaklda (terminalning yoki bankomatning elektron jurnalidagi hujjat), shuningdek, hisob-kitoblar qatnashchilari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar (bankomat kvitansiyasi va boshqalar) majburiy tuzilishini ko‘zda tutiladi.
8.12. Kvitansiyalar tranzaksiyalarni qo‘lda tiklash uchun barcha zarur axborotlarga ega bo‘lishi kerak.
8.13. Hujjatlar hisob-kitoblarda qatnashuvchi taraflarning hammasi uchun zarur nusxalar miqdorida tuziladi.
8.14. Plastik kartochkalarni qo‘llagan holda operatsiyalarni bajarishda tuzilgan hujjatlar rekvizitlari taraflar tomonidan kelishilgan, plastik kartochkalar rekvizitlari va kartochka egalarining bank hisobavaraqlari, shuningdek, korxonalar, naqd pullarni berish punktlari, bankomatlar identifikatorlari va korxona bank hisobvaraqlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ishonchli tarzda aniqlashga imkon beruvchi belgilarga ega bo‘lishi shart.
8.15. Elektron hujjatlar shartnomada kelishilgan davriylikda ekvayer bank, emitent bank yoki kliring markaziga yuboriladi.
8.16. Kartochkalar bo‘yicha bir bank bo‘linmalari o‘rtasidagi hisob-kitoblar texnologiyasi bosh bank tomonidan o‘z imkoniyatlari va foydalaniladigan kartochka turidan kelib chiqib mustaqil tarzda belgilanadi.
8.17. Kartochkalar bo‘yicha banklararo hisob-kitoblar texnologiyasi quyidagi variantlarni ko‘zda tutadi:
1) Hisob-kitoblarni amaldagi elektron to‘lovlar tizimi (sep) orqali yalpi asosda o‘tkazish;
2) Hisob-kitoblarning hisob-kitoblar qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan protsessing markazlari orqali, o‘zaro majburiyatlar natijalarini majburiy hisob-kitob qilish va tijorat banklarining korrespondentlik hisobvaraqlari orqali o‘zaro yakuniy hisob-kitoblar summasini o‘tkazishni kun davomida amalga oshirish
8.18. Plastik kartochkalarni qo‘llab sep orqali amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha yalpi hisob-kitoblar quyidagi tartibda bajariladi:
1) Avtorizatsiyalamagan holda emitent bank tomonidan hisob-kitob qilinganda:
Ekvayer bank xizmat ko‘rsatiladigan savdo va servis korxonasidan olingan, kartochkani qo‘llash bilan tuzilgan elektron hujjatlar asosida uning hisobvarag‘iga mablag‘larni yozib o‘tkazishni amalga oshiradi, bunda o‘z-o‘zidan elektron debet memorial orderi shakllanadi, u elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha emitent bankka jo‘natiladi;
Emitent bankda, olingan elektron debet memorial orderi asosida dasturiy ravishda mablag‘larning mijozning kartochka hisobvarag‘idan chiqarilishi amalga oshiriladi. Elektron debet memorial orderi bosmadan chiqariladi va kundalik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.
2) Emitent bank tomonidan oldindan majburiy avtorizatsiya qilingan hisob-kitoblarda:
Ekvayer bankda xizmat ko‘rsatiladigan savdo va servis korxonasidan olingan, kartochkani qo‘llash bilan tuzilgan elektron hujjatlar asosida, foydalaniladigan texnologiya qoidalariga muvofiq o‘z-o‘zidan elektron ma’lumot shakllanadi, u sep orqali emitent bankka provodkalarni avtorizatsiyalash va amalga oshirish uchun jo‘natiladi.
Emitent bank olingan elektron ma’lumot asosida tranzaksiyani avtorizatsiyalashni o‘tkazadi, mijozning kartochka hisobvarag‘idan mablag‘larni chiqarishga elektron memorial orderni o‘z-o‘zidan shakllantiradi, u elektron to‘lovlar tizimi orqali savdo yoki servis korxonasining talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘iga mablag‘larni hisobga qo‘yish uchun ekvayer bankka jo‘natiladi.
Ekvayer bankda emitent bankdan olingan elektron memorial order asosida mablag‘larni savdo yoki servis korxonasining talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘iga yozib qo‘yish amalga oshiriladi. Memorial order bosmadan chiqarilib bankning kundalik hujjatlariga tikib qo‘yiladi.
8.19. Hisob-kitoblarni protsessing markazlari orqali o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
kun davomida kartochkalar bo‘yicha barcha tranzaksiyalar protsessing markazlar orqali hisob-kitob qatnashchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda o‘tkaziladi va har bir bank — hisob-kitoblar ishtirokchisi uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda qayd etiladi;
hisob-kitoblar qatnashchilarining kelishib olishi bo‘yicha yakuniy summalar tijorat banklarining markaziy bank hisob-kitoblar markazlarida ochilgan korrespondentlik hisobvaraqlari orqali shartnomada kelishilgan davriylikda o‘tkaziladi;
protsessing markazidan olingan axborot asosida banklar kartochkalarni qo‘llagan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘larni mijozlarning hisobvaraqlariga hisobga qo‘yish yoki hisobdan chiqarishni amalga oshiradilar”.
8. Yangi bo‘limning kiritilishi munosabati bilan VIII va IX bo‘limlar tegishlicha IX va X ga ichki raqamlashni o‘zgartirgan holda o‘zgartirilsin. | 78 | 10,112 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING XUSUSIYLAShTIRISh VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh BO‘LIMINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA | Iqtisodiy islohotning yangi bosqichi, xususiylashtirishni amalga oshirish, bu jarayonning borishi ustidan nazoratni ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot bo‘limining nodavlat iqtisodiyoti sho‘basi negizida 8 nafar kishidan iborat Xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limi tashkil etilsin.
Bosh vazir o‘rinbosarlari orasida vazifalarni taqsimlash tartibiga binoan bo‘lim Bosh vazir o‘rinbosari V.A. Chjen tasarrufida deb belgilansin. | 135 | 612 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga o‘zgartish kiritish haqida | Mahalliy budjetlarni yanada optimallashtirish va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik subyektlariga alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun ruxsatnomalar berish bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qarori 22-ilovasining “***” izohi (havolasi) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“***Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish huquqi uchun yig‘im yagona hisobvaraqqa kelib tushadi, keyinchalik mablag‘lar budjet va tadbirkorlik subyektlariga “yagona oyna” prinsipiga binoan davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi yagona markaz o‘rtasida, Toshkent shahrida esa budjet hamda Savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish departamenti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda taqsimlanadi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigim to‘liq budjet hisobiga o‘tkaziladi”.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin. | 244 | 1,393 |
Qonunchilik | Pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalardagi qishloq xo‘jaligi ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalardagi qishloq xo‘jaligi ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalardagi qishloq xo‘jaligi ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalardagi qishloq xo‘jaligi ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish, konservatsiya va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, xodimlar soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
11. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
13. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
17. Tashkilotlar o‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim.
18. Lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar o‘ta xavfli kasblar ro‘yxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar o‘ta xavfli ishlar ro‘yxatiga kiritilishi zarur.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart.
21. O‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
24. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
25. Xodimlar tegishli ishlarni bajarish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
27. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qo‘llaniladigan vositalar bundan mustasno.
28. Xavfli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq zarur ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida va boshqa o‘ta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi shart.
32. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish, unga yo‘l-yo‘riq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur.
35. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
36. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
37. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar.
38. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qo‘yish taqiqlanadi.
39. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
40. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
41. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
42. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
43. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining ko‘rinarli qismiga osib qo‘yilishi zarur.
44. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Maydonlardagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
45. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak.
46. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
47. Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan yo‘laklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
48. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
49. Tashkilotdagi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
50. Binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
51. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan xonalarning pollariga yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi, mazkur pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi zarur.
52. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
53. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak.
54. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq bo‘lishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq bo‘lishi zarur.
55. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
57. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ishlar halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi va u erdagi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
58. Tashkilotning binolari va inshootlari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
59. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi zarur.
60. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
61. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatish.
62. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
63. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
65. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari o‘tish yo‘laklarining kengligiga qo‘yilgan talablarni buzmasligi zarur.
66. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21 ºC, o‘rtacha og‘ir ishda 17 ºC va og‘ir ishda 16 ºC dan past bo‘lmasligi kerak.
67. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati 22 ºC dan kam bo‘lmasligi kerak.
68. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalargacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
69. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi zarur.
70. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq bo‘lishi, uning harorati 8°C dan 20°C gacha bo‘lishi kerak.
71. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
72. Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
73. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
74. Yorug‘lik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak.
75. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
76. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
77. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
78. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
79. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur.
80. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi kerak.
81. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
82. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
83. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
84. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlar, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
85. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
86. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak.
87. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
88. Pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalarda qishloq xo‘jaligi ishlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitning oqova suvlar va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
89. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar bo‘shatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
91. Tashkilotlarda yong‘in va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq ta’minlanishi lozim.
92. Tashkilot binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan ShNQ 2.01.19 — 09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarning portlash, yong‘in va yong‘in xavfliligi toiflarini aniqlash”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
93. Pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalardagi qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishda ularda oldindan nazarda tutilmagan yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
94. Tashkilot binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
95. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim.
96. Yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
97. Yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi zarur.
98. Portlash xavfi bo‘lgan obyektlarda olovli ishlarni bajarish sutkaning kunduzgi vaqtida amalga oshirilishi lozim.
99. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
100. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatishda va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga rioya qilinishi kerak.
101. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart.
102. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha komissiyada sinovdan o‘tishi shart.
103. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali ta’mirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini;
elektr energiya sarfining hisobi olib borilishini;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini ta’minlashi kerak.
104. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
105. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
106. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
107. Binolar va maishiy xonalarda qo‘llaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
108. Kabellar va elektr simlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi erga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va o‘lchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
109. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va erga ulash simlari butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
110. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki erga ulanishi lozim:
kuchlanishi 380 V undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past o‘zgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
111. Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki erga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga o‘rnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amalari bundan mustasno.
112. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
113. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning g‘iloflari, asosiy vallari va havo quvurlari erga ulangan bo‘lishi lozim.
114. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘r bilan o‘ralgan va to‘r erga ulangan bo‘lishi lozim.
115. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
116. Pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalarda qishloq xo‘jaligi ishlari pestitsidlar qo‘llanilgan kundan boshlab quyidagi oraliq muddatlardan keyin bajarilishi lozim:
zaharlilik darajasi eng past bo‘lgan oltingugurt kukuni, ohakli oltingugurt qaynatmasi, mis kuporosi, mineral o‘g‘itlar suspenziyasi bilan ishlov berilgan uchastkalarda — qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan bajariladigan ishlar uchun 1 kun, qo‘l mehnati yordamida bajariladigan ishlar uchun 3 kun;
zaharlilik darajasi kam bo‘lgan fungitsidlar, gerbitsidlar va o‘sishni boshqaruvchi moddalar bilan ishlov berilgan uchastkalarda — qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan bajariladigan ishlar uchun 3 kun, qo‘l mehnati yordamida bajariladigan ishlar uchun 6 kun;
zaharlilik darajasi o‘rtacha bo‘lgan akaritsidlar va insektitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalarda — qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan bajariladigan ishlar uchun 6-7 kun, qo‘l mehnati yordamida bajariladigan ishlar uchun 10-12 kun;
zaharlilik darajasi o‘rtacha yuqori bo‘lgan va uzoq muddat ta’sir etadigan pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalarda — qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan bajariladigan ishlar uchun 7-8 kun, qo‘l mehnati yordamida bajariladigan ishlar uchun 14-15 kun.
117. Pestitsidlar qo‘llanilgan kundan keyingi oraliq muddatlarda yer uchastkalarida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘lganda, istisno tariqasida, faqat qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ishlov berishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda qishloq xo‘jaligi texnikasining kabinasi yetarli darajada germetik qoplangan bo‘lishi kerak. Qishloq xo‘jaligi texnikasining kabinasi yetarli darajada germetik qoplanmagan bo‘lsa, traktorchi-mashinist qo‘llanilgan pestitsidning xususiyatiga muvofiq ravishda maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalaridan foydalanishi zarur.
118. Pestitsidlar qo‘llanilgan kundan keyingi oraliq muddatlarda ishlov berilgan uchastkalarga kirish, ularda qo‘l mehnati yordamida qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish taqiqlanadi. Suvchilar, dala kuzatuvchi-nazoratchilari, hududiy agronom-entomologlar, istisno tariqasida, qo‘llanilgan pestitsidning xususiyatiga muvofiq ravishda maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalaridan foydalangan holda mazkur uchastkalarga kirishlari mumkin.
119. Pestitsidlar qo‘llanilgan kundan keyingi oraliq muddatlarda ishlov berilgan uchastkalarda istisno tariqasida qo‘llanilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi, maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari pestitsidlar bilan ishlov berishda qo‘llanilgan vositalar uchun belgilangan talablarga muvofiq tozalanishi zarur.
120. Pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalar hamda ular atrofidagi dalalar, yo‘l chetlari, ariq bo‘ylarida 15 kun davomida o‘t o‘rish yoki chorva mollarini o‘tlatish taqiqlanadi. Bu haqda taqiqlangan hududlarni ko‘rsatuvchi belgilar (ogohlantiruvchi bayroqchalar, taxtachalar) qo‘yilishi zarur.
121. Pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalar atrofidagi ariqlar 3 kun davomida berkitib qo‘yilishi zarur, magistral ariqlar bundan mustasno.
122. Pestitsidlar tushishi mumkin bo‘lgan ariq va boshqa suv manbalaridagi suvlardan 3-4 kun davomida xo‘jalik maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
123. Pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalardan asalarichilik maqsadlarida foydalanish hamda ushbu uchastkalarda yetishtirilgan hosilni yig‘ish ishlarini boshlashda pestitsidlarning turiga muvofiq tegishli oraliq muddatlarga rioya qilinishi zarur.
124. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
125. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
126. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi va “O‘zagromashservis” uyushmasi bilan kelishilgan. | 133 | 32,450 |
Qonunchilik | 2003 — 2006 YILLARDA ChAKANA SAVDO, UMUMIY OVQATLANISh VA AHOLIGA MAIShIY XIZMAT KO‘RSATISh KORXONALARI TARMOQLARINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Aholining chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, ularning tarmog‘ini, ayniqsa xizmatlar ko‘rsatish darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan past bo‘lgan mintaqalarda yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbeksavdo”, “O‘zbekbirlashuv” kompaniyalari va “Maishiy xizmat markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2003—2006-yillarda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari tarmoqlarini rivojlantirish dasturlari 1—6-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Maishiy xizmat markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Matlubotsavdo” aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish uyushmalari, Toshkent shahar hokimligining Savdo, xizmatlar sohasi va xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish departamenti ishtirokida ko‘rsatilgan dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha joylarda amaliy ishlar tashkil etilishini ta’minlasinlar.
2. Belgilansinki, dasturlarda nazarda tutilgan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlari va korxonalarining hamda tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari, shuningdek tijorat banklari va boshqa moliya tashkilotlarining kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
“O‘zbeksavdo”, “O‘zbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari va “Maishiy xizmat markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati ishtirokida chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari tarmog‘ini rivojlantirishning aniq dasturlarini (aholi punktlari bo‘yicha) bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, bunda barpo etilayotgan obyektlarni mavjud savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi aholining ko‘rsatilayotgan xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanmayotgan tumanlar, shaharlar va qishloq aholi punktlarida joylashtirishga alohida e’tibor bersinlar;
chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish (tashkil etish) uchun turar joy va noturar joy binolaridagi mavjud bo‘sh maydonlarni belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazsinlar;
chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishiga aholi uchun qulay joylardagi yer uchastkalarini tadbirkorlarga tanlov asosida bersinlar;
tegishli shaharlar, tumanlar hokimliklari, loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda tegishli hududni qurishning bosh rejasiga muvofiq dasturlarda nazarda tutilgan savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash bo‘yicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsinlar;
yilning har choragida 2003—2006-yillarda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari tarmog‘ini rivojlantirish dasturlari bajarilishini ko‘rib chiqsinlar va hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarda tegishli yillar uchun belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan muntazam asosda, kelishilgan jadval bo‘yicha monitoring olib borsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 177 | 3,812 |
Qonunchilik | “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-489-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 17-aprelda kiritilgan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-489-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 188 | 718 |
Qonunchilik | Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida | Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga doir ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanilishi shuni ko‘rsatadiki, sudlar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni asosan to‘g‘ri hal etishmoqda. Ayni paytda mazkur toifaga oid ishlarni ko‘rishda sud amaliyotida nikohning tugatilishi, uni haqiqiy emas deb topish, shuningdek iqtisodiyot erkinlashuvi sharoitida er-xotin mulkiy munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar kelib chiqmoqda.
Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga doir ishlarni ko‘rishda qonunchilikning to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilganligi, unda oila davlat tomonidan himoya qilinishi kafolatlanganligi to‘g‘risidagi normalarning mavjudligi nikoh-oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishda sudlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Sudlar oila to‘g‘risidagi qonunchilik vazifalaridan kelib chiqib, qonunda nazarda tutilgan hamda oilani mustahkamlash, er-xotin va ularning bolalari huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rishlari lozim.
2. Tushuntirilsinki, Oila kodeksining 37-moddasiga muvofiq nikoh er-xotindan birining vafoti yoki ulardan biri sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida tugaydi.
Er va xotin hayotligida nikoh ulardan biri yoki har ikkalasining arizasiga ko‘ra nikohdan ajratish yo‘li bilan tugatilishi mumkin. Zarur hollarda, agar buni muomalaga layoqatsiz er yoki xotin manfaatlari himoyasi taqozo etsa, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza uning vasiysi tomonidan berilishi mumkin.
3. Oila kodeksining 42-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan umumiy bolalari bo‘lmagan er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgan taqdirda nikohdan ajratish fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida (bundan buyon matnda-FHDY organlari) amalga oshiriladi, er-xotin o‘rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish yoki umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
4. Oila kodeksining 43-moddasiga muvofiq, nikohdan ajratish quyidagi hollarda er-xotindan birining arizasi bo‘yicha, ular o‘rtasida voyaga yetmagan umumiy bolalar borligidan qat’i nazar, FHDY organlarida amalga oshiriladi, agar er-xotindan biri sud tomonidan:
bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa.
Qayd etilgan asoslardan birortasi mavjud bo‘lganda FHDY organi nikohdan ajratish to‘g‘risidagi talabni rad etishga haqli emas. Er-xotin o‘rtasida bolalar to‘g‘risida, mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish yoki umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
5. Tushuntirilsinki, OK 42-moddasi ikkinchi qismi va 43-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan barcha hollarda nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.
Nikohdan ajratish masalasi FHDY organlari vakolatiga taalluqli bo‘lgan ayrim hollarda ham u sud tartibida amalga oshirilishi mumkin, chunonchi, agar er-xotindan biri nikohdan ajratish to‘g‘risida ariza berishdan bosh tortsa yoki FHDY organiga ariza berish uchun shaxsan kelish imkoniyatiga ega bo‘lmasa yoxud ariza berib, nikohdan ajratishni qayd etish uchun hozir bo‘lmasa. Bunday holatlar mavjudligi FHDY organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ma’lumotnomalari va h.k.lar bilan tasdiqlanishi mumkin.
Shuni nazarda tutish lozimki, OK 43-moddasi birinchi qismida belgilangan nikohdan FHDY organlarida ajratish tartibi spirtli ichimliklar, narkotik vositalar yoki psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi oqibatida muomala layoqati cheklangan shaxslar bilan nikohdan ajratish hollariga tatbiq etilmaydi. Bunday shaxslarga nisbatan berilgan, shuningdek bunday shaxslar tomonidan berilgan da’volar bo‘yicha nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.
6. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo arizasini qabul qilishda shuni inobatga olish lozimki, Oila kodeksining 39-moddasiga muvofiq er xotinining roziligisiz uning homiladorligi vaqtida va bola tug‘ilganidan so‘ng bir yil mobaynida nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga, garchi u tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi sifatida yozilmagan bo‘lsa ham, haqli emas. Mazkur qoida bola o‘lik tug‘ilgan yoki bir yoshga to‘lmay vafot etgan hollarga ham tatbiq etiladi.
Xotinning nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga roziligi bo‘lmagan hollarda, sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar u qabul qilingan bo‘lsa, sud FPK 122-moddasining 8-bandiga asosan arizani ko‘rmasdan qoldiradi. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza xotinning roziligi bilan qo‘zg‘atilgan ishni sud majlisida ko‘rish vaqtida u nikohdan ajratishga e’tiroz bildirganda, shuningdek javobgarning homiladorligi va uning nikohdan ajratishga roziligi yo‘qligi ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasida ko‘rish vaqtida ma’lum bo‘lganda ko‘rmasdan qoldirilishi lozim.
Nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasining ko‘rmasdan qoldirilishi, agar Oila kodeksining 39-moddasida ko‘rsatilgan holatlar barham topgan bo‘lsa, takroriy ravishda sudga nikohdan ajratish haqida da’vo arizasi bilan murojaat qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Shuni nazarda tutish lozimki, Oila kodeksining 39-moddasida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo xotin tomonidan qo‘zg‘atilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
7. Sudlarga tushuntirilsinki, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’volar, qoida tariqasida, javobgarning doimiy yashash joyidagi sudga, FPK 241-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, da’vogarning xohishi bo‘yicha taqdim etiladi. Xususan, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo:
jazo muddatidan qat’i nazar, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs bilan (agar ish sudning sudloviga taalluqli bo‘lsa) — mazkur shaxsning sudlangunga qadar oxirgi yashash joyida;
yashash joyi noma’lum bo‘lgan shaxs bilan-uning ma’lum bo‘lgan oxirgi yashash joyida yoki uning mol-mulki turgan joyda, da’vogar voyaga yetmagan bolalari borligi yoki salomatligi tufayli javobgarning yashash joyiga borishga qiynalgan hollarda esa,-da’vogarning yashash joyida;
O‘zbekiston Respublikasida yashash joyiga ega bo‘lmagan yoki mamlakatdan chiqib ketgan shaxs bilan uning mol-mulki turgan joyda yoki O‘zbekiston Respublikasida ma’lum bo‘lgan oxirgi yashash joyida taqdim etilishi mumkin.
8. Bir yil davomida yashash joyi haqida ma’lumot bo‘lmagan shaxsga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan murojaat qilinganda, sudya da’vogarga fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish tartibini tushuntiradi (FK 33-moddasi).
Shu bilan birga, agar er yoki xotindan biri ikkinchisini bedarak yo‘qolgan deb topish haqida ariza berishdan bosh tortsa, sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etishga haqli emas, sud esa, nikohdan ajratish haqidagi da’voni umumiy asoslarda ko‘rishga majbur.
9. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet el fuqarolari bilan tuzilgan, chet el fuqarolarini o‘zaro tuzilgan nikohdan ajratish, shuningdek mazkur shaxslarning oilaviy-huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa nizolar Oila kodeksining 9-moddasi hamda VIII-bo‘limida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo arizasi FPK 189 va 190-moddalari talablariga javob berishi kerak. Unda, jumladan nikoh qachon va qayerda rasmiylashtirilganligi, nikohdan bolalar bor-yo‘qligi, ularning yoshi, er-xotin o‘rtasida voyaga yetmagan bolalarni ta’minoti va tarbiyasi haqida kelishuvga erishilgan-erishilmaganligi, nikohdan ajratish sabablari, nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan birga ko‘rilishi mumkin bo‘lgan boshqa talablar ko‘rsatiladi.
Nikohdan ajratish haqidagi arizaga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalari, er-xotinning oylik maoshi va o‘zga daromadlari haqidagi, davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatlar, da’vo talablarini tasdiqlovchi dalillar, shuningdek nikohdan ajratish haqidagi nizo sudgacha hal qilinganligidan dalolat beruvchi da’vogarning yashash joyidagi fuqarolar yig‘ini yarashtirish komissiyasining xulosasi ilova qilinadi.
11. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilgach, sudya har bir ish bo‘yicha uni FPK 21-bobida nazarda tutilgan tartibda sudda ko‘rishga tayyorlashi shart.
Jumladan, ishni sudda ko‘rishga tayyorlash tartibida, qoida tariqasida, ikkinchi tarafni chaqirishi, uning arizaga nisbatan munosabatini aniqlashi kerak. Shu maqsadlarda sudya taraflar bilan oilani saqlab qolish masalasida suhbat o‘tkazadi. Sudya, shuningdek er-xotin o‘rtasida nikohdan ajratish da’vosi bilan bir vaqtda hal qilinishi lozim bo‘lgan boshqa nizolar bor-yo‘qligini aniqlaydi, taraflarga voyaga yetmagan bolalari ta’minoti uchun buyruq tartibida aliment undirish huquqini tushuntiradi, ishning ko‘rilishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalarni aniqlaydi.
12. Oila kodeksining 44-moddasiga muvofiq nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda er-xotin sudga quyidagi masalalar yuzasidan kelishuv taqdim etishlari mumkin:
nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ulardan qaysi biri bilan yashashi to‘g‘risida;
voyaga yetmagan bolalar va (yoki) mehnatga layoqatsiz muhtoj er(xotin)ga ta’minot berish uchun mablag‘ to‘lash tartibi va miqdori to‘g‘risida;
er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish to‘g‘risida.
Bunday kelishuv mavjud bo‘lmagan yoki mazkur masalalar yuzasidan er-xotin o‘rtasida nizo bo‘lgan hollarda ular nikohdan ajratish to‘g‘risidagi talab bilan bir vaqtda mazmunan ko‘rib chiqiladi.
Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo bilan bir vaqtda nikoh shartnomasini to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab ham, basharti bunday talablar o‘zaro bog‘liqligi sababli, ko‘rib chiqilishi mumkin (FPK 195-moddasi). Sud mazkur ishda javobgarning nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qarshi da’vosini ham ko‘rishga haqli (FPK 200-moddasi).
13. Agar da’vo arizasida nikohdan ajratish ishi bilan bir vaqtda ko‘rilishi mumkin bo‘lmagan talab qo‘yilgan bo‘lsa (masalan, nikoh tuzilgunga qadar topilgan mol-mulkni olib berish, uyga kiritish va h.k.), bunday da’vo alohida ish yuritishga ajratiladi.
14. Nikohdan ajratishga doir ishlar bo‘yicha qonuniy va asosli hal qiluv qarori qabul qilinishi uchun sud ishning haqiqiy holatlarini har taraflama, to‘liq va xolisona tekshirib chiqishi, jumladan, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xususiyatini, nikohdan ajratish masalasi qo‘yilishiga asos bo‘lgan sabablar, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilikning asl sabablarini aniqlashi shart. Shu maqsadlarda, sud ishni ikkala taraf ishtirokida ko‘rishi lozim.
Da’vogar va javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, kelmaslik sabablari uzrli yoki uzrsizligidan qat’iy nazar, sud ishni ko‘rishni keyinga qoldiradi. Da’vogar va javobgar sud majlisiga ikkinchi chaqiruv bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda, sud arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqli. Faqat da’vogar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda, sud javobgarning roziligi bilan arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqli (FPK 221-moddasi).
Er-xotindan biri doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ko‘chib ketgan va uning sud majlisiga kelish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, sud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalariga muvofiq taraflarni xabardor qilish choralarini ko‘radi.
15. Sudlarga tushuntirilsinki, Oila kodeksi 1-moddasining ikkinchi qismi talabiga muvofiq nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sud oilani saqlab qolish yuzasidan choralar ko‘rishi lozim. Shu maqsadda, sud majlisida oilani saqlab qolish mumkinligini tasdiqlovchi holatlar (bolalar borligi, nikohning davomiyligi, oiladagi munosabatlarning xususiyatlari, vaqtinchalik kelishmovchilik va boshqalar) aniqlanganda, sud har ikkala tarafning yoki ulardan birining iltimosiga binoan yoxud o‘z tashabbusi bilan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rilishini keyinga qoldirishga va Oila kodeksi 40-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, Oila kodeksining 218-moddasi talablarini inobatga olgan holda yarashish uchun beriladigan muhlat uch oydan kam bo‘lishi samarasiz hisoblanadi. Er-xotinni yarashtirish maqsadida olti oylik muhlat ichida ishning ko‘rilishi bir necha marta keyinga qoldirilishi mumkin.
Ishning ko‘rilishi ko‘rsatilgan asos bo‘yicha keyinga qoldirilganda, sud Oila kodeksining 112-moddasi va FPK 187-moddasiga muvofiq bolalar ta’minoti uchun aliment undirish masalasini muhokama qilishga haqli.
Tushuntirilsinki, Oila kodeksi 40-moddasining uchinchi qismiga asosan er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlangan taqdirda, sud uch kundan kechiktirmasdan er-xotinning birgalikdagi yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, ularning har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini yozma ravishda (taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, telefon raqamlari ko‘rsatilgan tegishli xat bilan) xabardor qilishi lozim.
Ayni vaqtda, er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlash haqidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi sud tomonidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tegishli tuman bo‘limlariga yuborilishi lozim.
Er-xotinga yarashish uchun muhlat berilishi munosabati bilan ishning ko‘rilishini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi sud ajrimi taraflarning tushuntirishlari tinglangandan so‘ng, zarur hollarda esa, boshqa dalillar tekshirilganidan so‘ng alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi va ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi sababli uning ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas (FPK 400-moddasi).
Sud er va xotinning yoki ulardan birining arizasiga ko‘ra, yarashish uchun berilgan muhlatni jiddiy asoslar mavjud bo‘lgan hollarda qisqartirishga va ishni bu muhlat tugagunga qadar ko‘rishga haqli. Yarashish uchun berilgan muhlatni qisqartirish to‘g‘risidagi masala sud majlisida taraflarni xabardor qilgan holda va ajrim chiqarish yo‘li bilan hal etiladi.
16. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi talab, faqat, er-xotin bundan buyon birga hayot kechirishlarining va oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yo‘qligi aniqlangan holdagina qanoatlantirilishi lozim (OK 41-moddasi).
Turmushda kechadigan vaqtinchalik kelishmovchiliklar va tasodifiy sabablarga ko‘ra er-xotin o‘rtasida kelib chiqqan ixtiloflar, shuningdek er-xotindan birining yoki har ikkalasining jiddiy vajlar keltirmagan holda nikoh munosabatlarini davom ettirishni xohlamasligi nikohdan ajratish uchun yetarli asos bo‘la olmaydi.
Nikohdan ajratishga asoslar bo‘lmaganda, sud da’voni rad etadi.
17. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo rad etilgan taqdirda, mazkur da’vo bilan birga berilgan boshqa talablar sud tomonidan alohida ish yuritishga ajratilishi lozim (FPK 198-moddasi).
Agar da’vogar nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vodan voz kechsa, ishning shu qismi ish yuritishdan tugatilishi, er yoki xotinning mazkur da’vo bilan birga bergan boshqa talablari esa, mazmunan ko‘rilishi lozim.
18. Sudlarga tushuntirilsinki, aynan o‘sha taraflar tomonidan aynan o‘sha asoslar bo‘yicha nikohdan ajratish to‘g‘risidagi takroriy da’vo arizasi sudning ish yurituviga bunday da’voni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori yoki da’vogarning da’vodan voz kechganligi yoxud taraflar yarashganligi munosabati bilan ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, kamida olti oy o‘tgandan so‘ng qabul qilinishi mumkin. Bunday da’vo yangi asoslarga ko‘ra taqdim etilganda, takroriy da’vo arizasi mazkur muddatga rioya qilinmasdan berilishi mumkin.
19. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo bilan bir vaqtda er-xotin o‘rtasidagi umumiy mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi nizoni ko‘rishda, sudlar bunday nizo uchinchi shaxslar huquqlariga daxl qilish-qilmasligini aniqlashlari lozim.
Agar nizo uchinchi shaxslar huquqlariga daxl qilsa (masalan, mol-mulk dehqon (fermer) xo‘jaligi mulki bo‘lib, uning tarkibida er-xotin va ularning voyaga yetmagan bolalaridan tashqari boshqa a’zolar ham bo‘lsa) sud taraflarga ularning umumiy tartibda alohida da’vo taqdim etish huquqlarini tushuntirishi lozim, chunki qonun (OK 44-moddasi uchinchi qismi) bunday hollarda nikohdan ajratish va mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi talablarni bitta ish yurituvda hal etishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu qoida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari (AJ, MChJ va h.k.) ustav fondi omonatlariga, shuningdek ishlab chiqarish va matlubot kooperativlari paylariga nisbatan huquq to‘g‘risidagi nizolarni hal etishga ham tatbiq etiladi. Bunday shirkatlar va jamiyatlar mulkini bo‘lish masalalari fuqarolik qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.
Oila kodeksi 44-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan qoida er-xotin tomonidan banklar yoki boshqa kredit-moliya tashkilotlariga qo‘yilgan omonatlarni bo‘lish hollariga (pul mablag‘lari er-xotindan qaysi birining nomiga qo‘yilganligidan qat’iy nazar) tatbiq etilmaydi, chunki bunday omonatlarni bo‘lishda banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari huquqlariga daxl etilmaydi.
Agar er yoki xotinga uchinchi shaxslar pul mablag‘lari bergan va uni er yoki xotin o‘z nomiga bank yoki boshqa kredit-moliya tashkilotiga qo‘ygan bo‘lsa, FK normalariga muvofiq uchinchi shaxslar pul summasini qaytarish to‘g‘risida (omonatni bo‘lish to‘g‘risida emas) da’vo qo‘zg‘atishga haqli bo‘lib, u alohida ish yurituvda hal etilishi lozim. Dehqon (fermer) xo‘jaligi a’zolarining va boshqa shaxslarning dehqon (fermer) xo‘jaligi a’zosi bo‘lgan er yoki xotinga nisbatan talablari ham shu tartibda hal etilishi mumkin.
20. Oila kodeksining 23-moddasiga muvofiq er-xotinning bo‘linishi lozim bo‘lgan birgalikdagi umumiy mol-mulki deganda, ular tomonidan nikoh davomida orttirgan mol-mulklar, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan va FK 81, 82, 209-moddalariga ko‘ra fuqarolarning mulk huquqi obyekti bo‘la oladigan ko‘char va ko‘chmas har qanday mol-mulklar tushuniladi, basharti ular o‘rtasida tuzilgan nikoh shartnomasida mol-mulkka nisbatan boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa.
Sudlarga tushuntirilsinki, sud tomonidan faqat ishni ko‘rish vaqtida amalda mavjud hamda er-xotinning birida yoki uchinchi shaxslarda (masalan, ijara, mulkdan tekin foydalanish, omonat saqlash va sh.k. shartnomalar bo‘yicha) bo‘lgan umumiy mol-mulk bo‘linishi lozim.
Mulkni bo‘lishda, shuningdek er-xotinning umumiy qarzlari (OK 28-moddasi uchinchi qismi) va oila manfaatlari yo‘lida vujudga kelgan majburiyatlar bo‘yicha talab qilish huquqi inobatga olinadi. Biroq sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, to‘yni, shuningdek nikoh marosimlari bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha qarzlar va boshqa xarajatlar inobatga olinmaydi (OK 44-moddasi).
Nikohni FHDY organlarida qayd etmasdan bir oila bo‘lib yashaydigan shaxslarning mulkiy nizolari fuqarolik qonunchiligi normalari bo‘yicha hal etiladi.
21. Oila kodeksining 25-moddasi birinchi qismiga muvofiq nikohga qadar er va xotinning har biriga tegishli bo‘lgan, shuningdek ulardan biri tomonidan nikoh davomida hadya tariqasida, meros huquqi bo‘yicha yoki boshqa tekin bitimlar bo‘yicha olingan mol-mulk uning o‘z mulki hisoblanadi.
Er-xotin tomonidan tekin asoslarga ko‘ra olingan, jumladan to‘y sovg‘alari, to‘ydan so‘ng o‘tkaziladigan marosimlar munosabati bilan olingan sovg‘alar, agar ular umumiy foydalanish buyumlaridan iborat bo‘lsa, birgalikdagi umumiy mulk tarkibiga kiradi. Agar bu sovg‘alar er-xotindan birining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ular o‘sha er yoki xotinning o‘z mulki hisoblanadi (qimmatbaho va serhasham buyumlar bundan mustasno).
Er-xotindan biriga nikohga kirgunga (to‘yga) qadar tegishli bo‘lgan mol-mulk, bu buyumlardan nikoh tuzilganidan so‘ng foydalanilganligidan qat’iy nazar, birgalikdagi umumiy mulk tarkibiga kirmaydi (masalan, mebel, gilamlar, idish-tovoq va kelin sepini tashkil etuvchi boshqa mol-mulk).
Oila kodeksining 25-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, er-xotindan har biriga tegishli bo‘lgan mulk, basharti nikoh davomida mazkur mulk qiymatini ancha oshishiga olib kelgan mablag‘ qo‘shilganligi (kapital ta’mirlash, qo‘shimcha imorat qurish, yangidan jihozlash va h.k.) aniqlansa, ularning birgalikdagi umumiy mulki deb topilishi mumkin.
22. Oila kodeksining 24-moddasiga muvofiq er-xotin o‘zlarining birgalikdagi umumiy mulkka nisbatan mulk huquqini (egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish) har ikkalasining roziligi bo‘yicha amalga oshirilishi lozimligini inobatga olgan holda, agar umumiy mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi talabni ko‘rishda er yoki xotindan biri ikkinchisining irodasiga xilof tarzda o‘z xohishiga ko‘ra umumiy mulkni boshqaga o‘tkazgan yoki oila manfaatiga mos bo‘lmagan tarzda sarflagan yoxud mol-mulkni yashirgan bo‘lsa, bo‘lish chog‘ida o‘sha mol-mulk yoki uning qiymati hisobga olinadi.
Agar oilaviy munosabatlar va umumiy xo‘jalik yuritilishi amalda tugagandan so‘ng er-xotin birgalikda mulk orttirishmagan bo‘lsa, sud OK 27-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, har bir er yoki xotin tomonidan ular alohida yashagan davrda topilgan mol-mulkni ulardan har birining mulki deb topishi va faqat er-xotin tomonidan umumiy xo‘jalik yuritilishi to‘xtatilgan vaqtga qadar topilgan mol-mulkni bo‘lishi mumkin.
23. Sudlar er-xotinning umumiy mulkini bo‘lishda shuni nazarda tutishlari lozimki, OK 27-moddasi oltinchi va yettinchi qismlariga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalar ehtiyoji uchun olingan narsalar (kiyim-kechak, oyoq kiyimi, maktab va sport anjomlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar), shuningdek er-xotin tomonidan ularning umumiy mulki hisobidan ular o‘rtasidagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo‘yilgan omonatlar ham er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda hisobga olinmaydi.
24. Er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda, sudlar OK 28-moddasiga rioya etishlari va, qoida tariqasida, er va xotin hissalari tengligi prinsipidan kelib chiqishlari lozim.
Agar nikoh shartnomasida birgalikdagi mulkka nisbatan qonunda belgilangan tartib o‘zgartirilgan bo‘lsa, sud er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish to‘g‘risidagi nizoni hal etishda bunday shartnoma shartlariga rioya etishi lozim. Bunda shuni inobatga olish kerakki, OK 31-moddasi beshinchi qismiga ko‘ra, nikoh shartnomasining er yoki xotindan birini o‘ta noqulay sharoitga solib qo‘yadigan (masalan, er-xotindan birini nikoh davrida topilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqidan batamom mahrum etadigan) shartlari mazkur er yoki xotin talabi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda, sud ayrim hollarda OK 28-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq voyaga yetmagan bolalar manfaatlaridan yoki er-xotindan birining e’tiborga molik manfaatidan kelib chiqib, er va xotin hissalari tengligi prinsipidan chekinishga haqli. Er-xotindan birining e’tiborga molik manfaati deganda, jumladan nafaqat er yoki xotin uzrsiz sabablarga ko‘ra daromad olmagan yoki umumiy mol-mulkni oila manfaatlariga zarar yetkazgan holda sarflagan hollar, balki er-xotindan biri sog‘lig‘i holatiga yoki unga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra mehnat faoliyatidan daromad olish imkoniyatidan mahrum etilgan hollar ham tushunilishi lozim. Agar nikoh shartnomasiga muvofiq er va xotin hissalari tengligi prinsipidan chekinish mumkin bo‘lmasa, unga faqat shartnomaning shu qismi haqiqiy emas deb topilgandagina yo‘l qo‘yiladi.
Sud hal qiluv qarorida umumiy mulkda er va xotin hissalari tengligi qoidasidan chekinish sabablarini bayon etishi shart.
25. Er-xotindan biriga u yoki bu mulkni asl holida berish masalasini hal etishda sud mulkning xususiyati va nima uchun mo‘ljallanganligini, uni sotib olish shartlari va boshqa e’tiborga molik holatlarni e’tiborga olishi lozim. Chunonchi, avtomobilni bo‘lishda sud er-xotindan qaysi biri undan amalda foydalanganligini, texnik holatiga qarab kelganligini, uni boshqarish uchun huquqi borligini va h.k.larni e’tiborga oladi.
Uyni asl holida bo‘lish masalasi sud tomonidan fuqarolik qonunchiligi normalarini inobatga olgan holda hal etilishi lozim (FK 223-moddasi).
26. Bo‘linishi lozim bo‘lgan mol-mulk qiymati hal qiluv qarori chiqariladigan kundagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Uyning qiymati nizoli uy turgan joydagi narxdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Er-xotinning umumiy mol-mulki qiymati yuzasidan nizo bo‘lgan taqdirda tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin.
27. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, 1944-yil 8-iyulga qadar nikohni qayd etmasdan turib oilaviy munosabatlarga kirishgan shaxslarning mol-mulkiga nisbatan er-xotin o‘rtasidagi birgalikdagi mulk tartibi tatbiq etiladi. Bunday mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi nizoni hal etishda OK 23 — 28-moddalarida belgilangan qoidalarga rioya etish lozim.
28. Oila kodeksi 27-moddasining to‘qqizinchi qismida nikohdan ajratilgan er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkini bo‘lish uchun belgilangan uch yillik da’vo muddatining o‘tishini nikoh tugatilgan vaqtdan (ya’ni, FHDY organlarida nikohdan ajratish qayd etilgan yoki sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan) emas, balki shaxs o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab hisoblash lozim (FK 154-moddasi birinchi qismi).
29. Nikohdan ajratish yoki nikohdan ajratishni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy va sud majlisida har tomonlama tekshirilgan dalillarga asoslangan bo‘lishi lozim.
Hal qiluv qarorining asoslantirish qismida sud tomonidan aniqlangan er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik sabablari, sudning oilani saqlab qolish imkoniyati borligi yoki uning uzil-kesil barham topganligi to‘g‘risidagi xulosasiga asos bo‘lgan dalillar, sud tomonidan u yoki bu dalillarni rad etish uchun asos bo‘lgan vajlar, shuningdek sud qo‘llangan moddiy va protsessual huquq normalari ko‘rsatiladi.
Nikohdan ajratish haqidagi da’voni qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining xulosa qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
taraflarning barcha talablari bo‘yicha, shu jumladan nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan birgalikda ko‘rish uchun birlashtirilgan talablari bo‘yicha ham sud xulosalarini;
fuqarolik holatlarini qayd etish daftarida nikohdan ajratishni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar (nikoh qayd qilingan sana, dalolatnoma yozuvining raqami, nikohni qayd qilgan organning nomi);
nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq er-xotinning familiyalari (nikohga kirish vaqtida familiya o‘zgartirilgan bo‘lsa, nikohgacha bo‘lgan familiya ham);
er-xotinning har biridan undirilishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdori haqida ko‘rsatma (davlat boji miqdorini belgilashda sud ulardan har birining moddiy ahvolini, oilaning buzilishida aybi darajasini va boshqa holatlarni, jumladan voyaga yetmagan bolalar er-xotindan qaysi biri bilan yashash uchun qolayotganligini hisobga oladi);
mol-mulk qiymati ― er-xotindan biriga mol-mulk asl holida berilganda.
30. Sudlarga tushuntirilsinki, nikohga kirish vaqtida o‘z familiyasini o‘zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli. Biroq, uning xohishiga binoan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qaror chiqarilayotganda sud tomonidan unga nikohgacha bo‘lgan familiyasi qaytarilishi mumkin. Agar mazkur masala sud tomonidan qaror chiqarish paytida hal qilinmagan bo‘lsa, familiyani o‘zgartirish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan nikohdan ajralishni qayd etish paytida hal etiladi (OK 220-moddasi).
31. Nikohdan ajratishni rad etganda, shuningdek ish yuritish tugatilgan barcha hollarda, sud da’vogarning arizasiga ko‘ra unga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani qaytaradi.
32. Oila kodeksining 47-moddasiga muvofiq nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik ro‘yxatga olingan kundan boshlab tugatiladi.
Mazkur qoida nikoh tugatilishi payti qonunga ko‘ra sudning hal qiluv qarori kuchga kirgan paytdan boshlanishi tan olingan (1998-yil 30-apreldan 2010-yil 15-sentabrgacha) davrga nisbatan tatbiq etilmaydi.
33. Sudlarga tushuntirilsinki, OK 50-moddasining birinchi qismiga muvofiq nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo arizasini qabul qilishda, sudya nikohning haqiqiyligi qanday asos bo‘yicha nizolashilayotganligini va da’vogar OK 51 — 54-moddalariga ko‘ra aynan da’vo arizasida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi masalani qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifasiga kirish-kirmasligini aniqlashi lozim. Agar arizachi bunday shaxslar doirasiga kirmasa, sudya uning da’vo arizasini qabul qilishni FPK 194-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etadi.
34. Oila kodeksining 49-moddasida ko‘rsatilgan nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari qat’iy bo‘lib, ularni kengaytirib talqin etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday asoslarga quyidagilar kiradi:
Oila kodeksining 14 — 16-moddalarida belgilangan shartlar buzilishi;
soxta nikoh tuzilishi, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirsa;
nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV/OITS kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirsa.
Jumladan, agar nikohni tuzish vaqtida shaxs o‘z harakati mohiyatini tushunmaganligi va ularni idora qila olmaganligi natijasida nikohga kirishga nisbatan o‘zining haqiqiy roziligini bermaganligi aniqlansa, nikoh OK 14-moddasida nazarda tutilgan shartlar buzilgan degan asos bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Shuni nazarda tutish lozimki, soxta nikoh tuzgan shaxslar ish sud tomonidan ko‘rilgunga qadar amalda oila qurgan bo‘lsalar, bunday nikoh er-xotin huquqlarini qo‘riqlash maqsadida soxta deb topilishi mumkin emas.
35. Agar nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo nikohdan sud tartibida ajratilgandan so‘ng berilgan bo‘lsa, sudya da’vo arizasini qabul qilishni u sudda ko‘rishga tegishli emasligi sababli rad etadi (FPK 194-moddasi birinchi qismining 1-bandi). Bunday da’vo faqat nikohdan ajratish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori va nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi belgilangan tartibda bekor qilingan holda ko‘rilishi mumkin.
Agar nikohdan FHDY organlarida ajratilgan bo‘lib, keyinchalik nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini bekor qilish va nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida talablar qo‘yilgan bo‘lsa, sud bu talablarni bir vaqtning o‘zida ko‘rishi shart.
36. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda, sudlar oilaning buzilishi sabablarini aniqlashlari va oila buzilishida aybdor bo‘lgan er-xotin va boshqa shaxslarning nomunosib xulq-atvorlaridan dalolat beruvchi faktlarga nisbatan xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirishlari lozim.
37. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari nikohdan ajratishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlar ko‘rilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar ko‘rishi lozim.
38. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 22-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratish haqidagi ishlarni ko‘rishda qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. | 101 | 31,877 |
Qonunchilik | “2008 YILDA OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA FOIZSIZ BUDJET SSUDALARINI AJRATISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutlarni qoplash uchun oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy ko‘mak berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 28-maydagi 60, 152-1-sonli “2008-yilda oliy ta’lim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1818, 2008-yil 29-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 22-23-son, 212-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. Nomi va 1-bandidagi “2008-yilda” so‘zlari “2008 va 2009-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
nomi va so‘z boshidagi “2008-yilda” so‘zlari “2008 va 2009-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “2008-yilda” so‘zlari “tegishli ravishda 2008 va 2009-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilova mazkur o‘zgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrir etilsin;
2-ilova mazkur o‘zgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrir etilsin. | 170 | 1,298 |
Qonunchilik | Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2002-yil 12-avgustdagi 68-son “O‘zbekiston Respublikasining shahar va aholi punktlarida turar joylarni ta’minlash, ta’mirlash va kommunal xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ini (ro‘yxat raqami 1173, 2002-yil 13-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 17-18-son) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2010-yil 5-yanvardagi 1-6-4/8-25-son va 2012-yil 9-apreldagi 1-6-320/8-son taqdimnomalarning talablari bajarilmaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2002-yil 12-avgustdagi 68-son “O‘zbekiston Respublikasining shahar va aholi punktlarida turar joylarni ta’minlash, ta’mirlash va kommunal xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1173, 2002-yil 13-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 17-18-son) hamda O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2003-yil 8-iyuldagi 50-son “O‘zbekiston Respublikasining shahar va aholi punktlarida turar joylarni ta’minlash, ta’mirlash va kommunal xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1173-1, 2003-yil 1-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi ushbu normativ-huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. | 69 | 3,920 |
Qonunchilik | “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish t | O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-644-son “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-son “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2591, 2014-yil 3-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 23-son, 275-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning nomi hamda 1-bandidagi “alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka” degan so‘zlar “narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Ilovada:
a) nomi hamda muqaddimadagi “alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka” degan so‘zlar “narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.”.
v) 17-banddagi “alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan” degan so‘zlar “narkologik kasallikdan (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.”. | 250 | 1,754 |
Qonunchilik | 2020 — 2022-yillarda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlanti | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmonini va “2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, 2020 — 2022-yillarda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari ishlab chiqishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2020 — 2022-yillarda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda, qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqishning yig‘ma parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2022-yillarda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda, qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
Dasturni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda viloyatlar qurilish bosh boshqarmalari zimmasiga yuklatiladi;
“Qishloqqurilishloyiha” MChJ mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini, topografiya-geodeziya ishlarini va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologiya qidiruv ishlarini amalga oshiradi;
mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish jarayonida yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi ham ishlab chiqiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili Davlat budjeti hamda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi loyihalarini shakllantirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda zarur mablag‘larni nazarda tutsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasining Qurilish vazirligi Dastur bo‘yicha kelgusi yillarda ko‘rsatib o‘tilgan parametrlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qarorining 7-bandida belgilangan talablar asosida bajarilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. | 250 | 3,491 |
Qonunchilik | “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarto‘g‘risida”gi QL-604-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 26-noyabrda kiritilgan “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi QL-604-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 117 | 660 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchayti | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 39-son, 1045-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga IIV akademik litseylariga kirish uchun o‘quvchilarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi”;
b) 17-bandga quyidagi mazmundagi “v” kichik band qo‘shilsin:
“v) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi”;
v) 39-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — oltinchi xatboshlar qo‘shilsin:
“Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida.
Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida IIV akademik litseyiga qabul qilishda o‘rinlar maxsus-professional tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus-professional tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”;
to‘rtinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarorida:
a) 1-ilovada:
2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga Akademiyaga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi”;
49-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Akademiyaga qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.
Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Akademiyaga qabul qilishda o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”;
b) 2-ilovada:
2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan farzandlariga Akademiyaga kirish uchun tinglovchilarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi”;
35-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan farzandlari Akademiyaga qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.
Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Akademiyaga qabul qilishda o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 31-son, 645-modda) bilan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga davlat granti asosida Universitetning umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari Universitet bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) kirish uchun uch foizli kvota ajratiladi”;
b) 11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu tavsiyanomaning asl nusxasini taqdim etadilar”;
v) quyidagi mazmundagi 461 va 462-bandlar qo‘shilsin:
“461. Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Universitet bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.
462. Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlarini ajratilgan uch foizli kvotalar doirasida Universitetga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida o‘ttiz foizini to‘plagan taqdirda ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan uch foizli davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 29-noyabrdagi 971-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 48-son, 926-modda):
3-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga akademik litseyga kirish uchun o‘quvchilarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-noyabrdagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga o‘quvchilarni tanlab olish, o‘qishga qabul qilish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi”;
b) 18-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida akademik litseyga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar barcha sinovlarning umumiy natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, nomzod kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida o‘ttiz foizini to‘plagan taqdirda ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan besh foizli qo‘shimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga Institutga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi”;
b) 61-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Institutga qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.
Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Institutga qabul qilishda o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”. | 250 | 12,149 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ISTE’MOL TOVARLARI OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 11 IYuLDAGI PF–3105-SON FARMONIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | Respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelish chog‘ida bojxona qonunchiligi qat’iy va so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida:
1. “O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni mazmuni quyidagicha bo‘lgan 4-band bilan to‘ldirilsin:
“4. Belgilab qo‘yilsinki, 2002-yilning 10-noyabridan boshlab bojxona qonunchiligini buzgan holda ko‘p va juda ko‘p miqdordagi tovarlar olib o‘tilgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan tovarlar hamda shunday maqsadlarda foydalanilgan transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat egaligiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu Farmonning qoidalari og‘ishmay bajarilishini ta’minlasinlar, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida joylardagi davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda amaldagi qonunchilikning qoida va talablari hamda ularni buzganlik uchun javobgarlik aholi o‘rtasida keng tushuntirilishini ta’minlasinlar”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmonining 4, 5 va 6-bandlari tegishli ravishda 5, 6 va 7-bandlari deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birga o‘n kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov zimmasiga yuklatilsin. | 211 | 1,858 |
Qonunchilik | Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2018-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2018-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. | 168 | 270 |
Qonunchilik | Sotiladigan tibbiy buyumlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak | Roʻyхat, ilgarigidek, 108 nomdagi tibbiy buyumlarni oʻz ichiga oladi, biroq ularga ayrim aniqliklar kiritilgan.
Shuningdek aniqlashtirilishicha, Roʻyхatda nazarda tutilgan tibbiy buyumlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruхsat etiladi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 18 iyuldagi 28-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 65 | 816 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.