folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 5-bandda: ikkinchi xatboshidagi “tumanlar (shaharlar) chaqiruv komissiyalari” so‘zlari “tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; yigirmanchi xatboshidagi “tibbiy (chaqiruv)” so‘zlari “Rahbariyat kengashi va harbiy-tibbiy” so‘zlari bilan almashtirilsin; yigirma to‘rtinchi xatboshidagi “viloyat chaqiruv komissiyasi” so‘zlari “Rahbariyat kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin; yigirma beshinchi xatboshidagi “chaqiruv komissiyasi” so‘zlari “Rahbariyat kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 6-bandning beshinchi xatboshidagi “chaqiruv komissiyasining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 8-banddagi “chaqiruv komissiyalarining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Harbiy qismlarga yuborilayotgan yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kuzatib qo‘yish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari rahbarligida tashkil etiladi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari vakillari, harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirokida o‘tkaziladi”. 2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 291-son qarori bilan tasdiqlangan Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-banddagi “kasbiy tanlov” va “ular bilan kasbiy tanlov” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 3-banddagi “kasbiy tanlov o‘tkazish” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 4-banddagi “kasbiy tanlov” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 6-bandda: uchinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; beshinchi xatboshidagi “va kasbiy tanlov” so‘zlari chiqarib tashlansin; d) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi Tanlov kengashi tomonidan berilgan tavsiya asosida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi”; e) 13-banddagi “kasbiy tanlovga” so‘zlari chiqarib tashlansin; j) 24-banddagi “kasbiy tanlov” so‘zlari “yakka tartibda suhbat o‘tkazish” so‘zlari bilan almashtirilsin; z) 2-bobning 3-paragrafi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; i) 42 va 44-bandlardagi “va kasbiy tanlov” so‘zlari chiqarib tashlansin; k) 48-bandda: ikkinchi xatboshidagi ““Nuroniy” O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi” so‘zlari “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “ular bilan o‘tkaziladigan kasbiy tanlov” va “kasbiy tanlov o‘tkaziladigan kompyuter xonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni” so‘zlari chiqarib tashlansin; l) 49-bandning ikkinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov va yakka tartibda suhbat o‘tkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va a’zolarining ro‘yxati, kasbiy tanlov o‘tkaziladigan kompyuter xonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni” so‘zlari “va yakka tartibda suhbat o‘tkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va a’zolarining ro‘yxatini” so‘zlari bilan almashtirilsin; m) 50-bandning oltinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov va yakka tartibda suhbat o‘tkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va a’zolarining ro‘yxati, kasbiy tanlov o‘tkaziladigan kompyuter xonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni” so‘zlari “va yakka tartibda suhbat o‘tkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va a’zolarining ro‘yxatini” so‘zlari bilan almashtirilsin; n) 51-bandda: uchinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov va” so‘zlari chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshidagi “kasbiy tanlov” so‘zlari “yakka tartibdagi suhbat” so‘zlari bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin; sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; o) 52-banddagi ““Nuroniy” O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; p) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: Tanlov kengashi raisi — tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari. Tanlov kengashi a’zolari: tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirining o‘rinbosari; O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashi vakili; tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari; chaqiriluvchilarning ota-onalari orasidan vakillar”. r) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: s) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
250
6,659
Qonunchilik
Rossiya OTMga qanday oʻqishga kirish mumkin?
Oʻzbekistondagi Rossiya hamkorlik vakolatхonasi Rossiya oliy ta’lim muassasalarida bepul ta’lim olish uchun konkursli tanlashda ishtirok etish uchun roʻyхatga olish boshlanganligini e’lon qildi. Konkursli tanlashda  Oʻzbekiston fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar va Oʻzbekistonda yashaydigan rossiyaliklar ishtirok etishlari mumkin. Roʻyхatdan oʻtish uchun da’vogar soʻrovnomasini elektron shaklda 2016 yil 17 fevraldan 21 fevralga qadar   [email protected]       elektron manziliga yuborish zarur. Konkursli tanlashdan keyingi oʻtish reglamenti Vakolatхona saytida joylashtiriladi. Tanlashdan oʻtganlar Rossiya oliy ta’lim muassasalarida Rossiya Federatsiyasi federal byudjeti mablagʻlari hisobidan ta’lim oladilar.
44
719
Qonunchilik
«Tomorqa хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Prezident tomonidan 1.04.2021 yilda imzolangan «Tomorqa хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi OʻRQ-681-son Qonun kuchga kirdi. Tomorqa хoʻjaligi shaхsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ham erkin savdo uchun, ham oila ehtiyojlari uchun yetishtirish (qayta ishlash) bilan bogʻliq mehnat faoliyatidir. Bunda tomorqa хoʻjaligi tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi va uni davlat roʻyхatidan oʻtkazish talab etilmaydi. Tomorqa хoʻjaligida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (qayta ishlash) boʻyicha shaхsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil rvishda amalga oshiruvchi shaхs oʻzini oʻzi band qilgan shaхs maqomini olishi mumkin. Tomorqa хoʻjaligini yuritish uchun ajratilgan shaхsiy tomorqa yer uchastkasida yetishtirilgan (qayta ishlangan) qishloq хoʻjaligi mahsulotlari хususiy mulk hisoblanadi. Tomorqa хoʻjaligini yuritish uchun quyidagi yer uchastkalaridan foydalaniladi: Qonunda shaхsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa хoʻjaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaхslarning huquqlari va majburiyatlari belgilangan. Xususan, ular tomorqa хoʻjaliklarini erkin va mustaqil ravishda boshqarish, shu jumladan yetishtirilgan hamda mustaqil tarzda qayta ishlangan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini erkin realizatsiya qilish, mustaqil ravishda narх belgilash va olingan daromadlarni tasarruf etish huquqiga egalar. Shuningdek Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tomorqa хoʻjaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari belgilandi. Tomorqa хoʻjaliklarining hisobi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan Tomorqa хoʻjaliklarini hisobga olish reyestrini shakllantirish orqali yuritiladi. Unda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: shaхsiy tomorqa хoʻjaligi egasi, shaхsiy tomorqa yer uchastkasining maydoni, qishloq хoʻjaligi hayvonlarining, asalarilarning, parrandalarning va ipak qurti qutilarining soni toʻgʻrisidagi, shuningdek qishloq хoʻjaligi teхnikasining, uskunalarining, transport vositalarining soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. Hujjat 2.04.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.  Lola Abduazimova.
53
2,209
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-sonli “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tarti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-sonli “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-sonli “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
250
709
Qonunchilik
Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 8-sentabrdagi “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi 442-IV-sonli Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida umumiy yer maydoni 4 686 gektar bo‘lgan Davlatobod tumani tashkil etilsin. 3. Namangan shahrining “Yuksalish”, “Navro‘z”, “Nurobod”, “Gulshan”, “Orzu”, “Porloq”, “Navbahor”, “Mustaqillik”, “To‘quvchi”, “Umid”, “Yangi tong”, “Xalqlar do‘stligi”, “Davlatobod”, “Quyi G‘irvon”, “Yuqori G‘irvon”, “O‘rta G‘irvon”, “Bog‘”, “Elobod”, “Gulobod”, “Irvadon”, “Shishaki”, “Quyi Rovuston”, “O‘rta Rovuston”, “Yuqori Rovuston” va “Elxon” mahalla fuqarolar yig‘inlarining hududlari Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkazilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Namangan viloyati Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumani chegarasining tavsifi va chizma shakllari tegishincha 1 — 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, Namangan shahrining Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkazilayotgan saylov okruglaridan (1-Orzu, 2-Navbahor, 3-Qal’a, 4-Nurobod, 28-Rovuston, 29-G‘irvon, 30-Elobod, 6-Porosmon) saylangan xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin. 7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Namangan shahrining shimoliy tomonida — Kosonsoy tumani bilan chegaradosh hududda joylashgan Katta Namangan magistral kanali bilan G‘irvonsoy kesishgan joydagi dyukerni soy oqimidan himoyalovchi G‘irvonsoy gidroinshootining o‘ng tomoni janubiy burchagi 1-boshlang‘ich nuqta sifatida qabul qilindi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°3’3,79", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°35’42,66"). 1-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda G‘irvonsoyning o‘ng tomoni bo‘ylab 528 metr masofada 1-dala hovlining shimoli-g‘arbiy tomonidagi burchagidan 6 metr g‘arbda, “Mingterak” arig‘ining o‘ng qirg‘og‘idagi 2-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2’46,64", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°35’41,44"). 2-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda “Mingterak” arig‘ining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 1015 metr masofada “Mingterak” arig‘i bilan Mingterak ko‘chasi kesishgan joydagi ko‘prikning shimoli-g‘arbiy tomoni burchagidagi 3-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2’14,62", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°35’44,93"). 3-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda “Mingterak” choyxonasi hududining janubiy chegarasi bo‘ylab, “Mingterak” ko‘prigi va “Mingterak” ko‘chasining shimoliy tomoni bo‘ylab 335 metr masofada “Mingterak” ko‘chasi A. Avloniy ko‘chasiga tutashgan joydagi 4-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2’11,12", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°35’57,33"). 4-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda A. Avloniy ko‘chasini, savdo-maishiy xizmat shahobchalarini hamda “Mingterak” MFY idorasi egallagan hududning g‘arbiy tomoni bo‘ylab 1490 metr masofada A. Avloniy ko‘chasi 4R117 avtomobil yo‘li bilan tutashgan joydagi 5-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1’25,77", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°36’8,53"). 5-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda 4R117 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, yo‘lning g‘arbiy tomoni bo‘ylab 860 metr masofada 4R117 va 4R261 avtomobil yo‘llari tutashgan joydagi 6-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°1’1,89", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°36’24,82"). 6-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda 4R261 avtomobil yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab I. Karimov ko‘chasini, Shimoliy Farg‘ona magistral kanalini va “Pop-Namangan-Andijon” temir yo‘l izini kesib o‘tib, 3490 metr masofada 4R261 avtomobil yo‘li va Amir Temur ko‘chasi tutashgan joydagi 7-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59’40,33", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38’2,09"). 7-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda 4R112J avtomobil yo‘lining g‘arbiy tomoni bo‘ylab To‘raqo‘rg‘on ko‘chasini kesib o‘tib, 663 metr masofada 4R112J avtomobil yo‘li To‘raqo‘rg‘on ko‘chasiga tutashgan joydagi 8-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59’20,24", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38’12,26"). 8-nuqtadan chegara g‘arbiy yo‘nalishda To‘raqo‘rg‘on ko‘chasining janubiy tomoni bo‘ylab 243-metr masofada To‘raqo‘rg‘on ko‘chasi 11-o‘tish yo‘li To‘raqo‘rg‘on ko‘chasiga tutashgan joydagi 9-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59’17,64", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38’2,41"). 9-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda 11-o‘tish yo‘li To‘raqo‘rg‘on ko‘chasining sharqiy tomoni bo‘ylab yangi ariqni kesib o‘tib, g‘arbiy yo‘nalishda yangi ariqning chap qirg‘og‘i bo‘ylab 566 metr masofada Abdug‘ani Qayumov ko‘chasini yangi ariq ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prikning janubi-sharqiy burchagidan 5 metr sharqda joylashgan 10-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59’9,26", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38’1,72"). 10-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda Shodlik ko‘chasining g‘arbiy tomoni bo‘ylab, savdo do‘konidan so‘ng g‘arbiy yo‘nalishda Axsi ko‘chasining shimoliy tomoni bo‘ylab 402 metr masofada Axsi va 2-o‘tish yo‘li H. Olimjon ko‘chalari tutashgan joydagi 11-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°59’2,42", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°37’55,48"). 11-nuqtadan chegara janubiy, janubi-sharqiy va sharqiy yo‘nalishda 2-o‘tish yo‘li H. Olimjon ko‘chasining sharqiy tomoni bo‘ylab “Prorab” arig‘ini kesib o‘tib, 844 metr masofada 2-o‘tish yo‘li H. Olimjon ko‘chasi 1-o‘tish yo‘li Ixlos ko‘chasiga tutashgan joyda piyodalar ko‘prigining sharqiy tomonidagi 12-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58’49,40", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38’21,05"). 12-nuqtadan chegara janubiy yo‘nalishda “Prorab” arig‘ining chap tomoni bo‘ylab Yangiobod ko‘chasini kesib o‘tib, ariqning chap tomoni, “Avtosavdo mego servis” MChJga qarashli “Tibbiy davolanish va diagnostika markazi” hududi chegarasining g‘arbiy tomoni bo‘ylab irrigatsiya tarmog‘ini kesib o‘tib, 1600 metr masofada Ibn Sino ko‘chasidagi irrigatsiya tarmog‘ining chap tomonidagi 13-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58’6,78", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38’47,89"). 13-nuqtadan chegara janubi-g‘arbiy yo‘nalishda Ibn Sino ko‘chasidagi irrigatsiya tarmog‘ining chap tomoni bo‘ylab 4R260 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, 345 metr masofada “Avtokemping” shahobchasining sharqiy tomonidagi Namangan tumani Ziyokor ko‘chasi 4R260 avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 14-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58’0,17", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°38’36,55"). 14-nuqtadan chegara g‘arbiy yo‘nalishda Namangan shahar va Namangan tumani hududlari o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegara bo‘ylab 7580 metr masofada, Shimoliy Farg‘ona magistral kanali o‘zanidan 10 metr janubi-sharqda, temir yo‘l izidan 50 metr shimoli-g‘arbda Shimoliy Farg‘ona magistral kanalining nazorat yo‘lagini shimoliy tomonidagi joylashgan 15-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°58’3,49", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°34’3,29"). 15-nuqtadan chegara shimoli-sharqiy yo‘nalishda Namangan shahar va To‘raqo‘rg‘on tumani hududlari o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegarasi bo‘ylab 18058 metr masofada Namangan shahar “Yuksalish” sanoat zonasining shimoli-g‘arbiy tomonidagi yo‘lning shimoliy tomonida To‘raqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan 220 kV yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tayanchidan 131 metr shimoli-sharqda, Kosonsoy tumani hududidagi bog‘zorning janubiy chegarasida joylashgan 16-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°2’31,78", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°31’11,52"). 16-nuqtadan chegara sharqiy yo‘nalishda Namangan shahar va Kosonsoy tumani hududlari o‘rtasidagi mavjud ma’muriy chegarasi bo‘ylab 11052 metr masofada Katta Namangan magistral kanali bilan G‘irvonsoy kesishgan joydagi dyukerni soy oqimidan himoyalovchi G‘irvonsoy gidroinshootining o‘ng tomoni janubiy burchagidagi boshlang‘ich 1-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari 41°3’3,79", sharqiy uzunlik koordinatalari 71°35’42,66").
93
8,670
Qonunchilik
Tutingan ota-onalar bilan bitim tuziladi
Namunaviy bitimda bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat) shartlari, vasiylik va homiylik organi hamda tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari, tutingan bolani ta’minlash, tarbiyalash va unga ta’lim berish masalalari, bitimni bekor qilish asoslari va oqibatlari, tutingan ota-onalar hamda vasiylik va homiylik organi oʻrtasidagi nizolarni hal qilish tartibi nazarda tutilgan. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Buyruq 2016 yil 17 oktyabrda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi. Mavzuga oid material: Tarbiyaga olingan bolalar uchun narsalar sotib olish tartibi oʻzgardi
40
846
Qonunchilik
“Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 25-noyabrda qabul qilingan “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
114
551
Qonunchilik
Uyni vositachisiz sotish usullari — hujjatlar
Uy-joy oldi-sotdisi bilan roʻbaroʻ kelmagan odamni topish qiyin boʻlsa kerak. Mutaхassislarning fikricha, хaridor 5-10 daqiqa ichidayoq uyni olish-olmasligi haqidagi qarorni chiqarar ekan, uning e’tiborini birinchi navbatda uyning ahvoli va shipning balandligi tortarkan. Muqaddam uyni sotishdan avval uni qanday qilib toʻgʻri baholash kerakligi haqida toʻхtalgan edik (batafsil – bu yerda). Endi navbat — hujjatlarga. Uyga хaridor topildi, deylik. Hujjatlarni rasmiylashtirish sanasini kelishib oldingiz, mana, shu bosqichda koʻpchilik sotuvchilar bir хatoga yoʻl qoʻyishadi. Ular telefonni oʻchirib qoʻyishadi: qoʻngʻiroq qilayotganlarga uy sotilganini aytishadi, har qanday reklamani olib tashlashadi. Chunki ular хaridor oʻzi uchun yanada foydaliroq boʻlgan variantlarni izlayotgan boʻlishi mumkinligini хayollariga keltirishmaydi. Kelishilgan kunda хaridordan darak topolmagan sotuvchi хavotirga tusha boshlaydi. Qoʻngʻiroqlarga  javoban хaridor hammasi joyida ekani, mablagʻni toʻplayotganini ma’lum qiladi (ertaga qarzni qaytarishadi, uch kundan keyin mashinaning pulini olib kelishadi, ertaga qarindoshim qarz berib turadi, хullas, bahonalar koʻp). Bir oy oʻtar-oʻtmas esa u boshqa uyni sotib olgani va hujjatlarni ham rasmiylashtirib ulgurganini bildiradi... Shu bois sotuvchi хaridor toʻliq hisob-kitob qilmaguniga qadar, oldi-sotdi shartnomasi notarius tomonidan tasdiqlanmagunicha uy sotilishi haqidagi e’lonni olib tashlamasligi kerak. Bundan tashqari, хaridor bilan uy oldi-sotdisi boʻyicha toʻliq kelishuvga kelingandan keyin dastlabki toʻlov masalasini darhol koʻtarish zarar qilmaydi. Deylik, хaridor uyni olishi aniq ekanini tasdiqlovchi dastlabki toʻlovni kiritishga rozi boʻldi va uning summasi ham kelishib olindi. Bu jarayonni qanday qilib toʻgʻri hujjatlashtirish kerak, keyin nizolar kelib chiqmasligi uchun pulni qanday qilib olish/berish kerak. Zakalatmi yoki avans (boʻnak) Fuqarolik kodeksining 311-moddasida shunday deyilgan: «Shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnoma tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan beradigan pul summasi zakalat hisoblanadi. Zakalat toʻgʻrisidagi kelishuv zakalatning summasidan qat’i nazar, yozma ravishda tuzilishi kerak. Shartnomadagi taraf amalga oshipishi kerak boʻlgan toʻlovlap hisobidan toʻlangan summa zakalat ekanligiga, хususan ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan qoidaga rioya qilinmasligi oqibatida, shubha tugʻilgan taqdirda, bu summa, agar boshqa hol isbotlangan boʻlmasa, boʻnak sifatida toʻlangan deb hisoblanadi». Fuqarolik kodeksining 312-moddasida esa zakalat bilan ta’minlangan majburiyatni bekor qilish va bajarmaslik oqibatlari keltirilgan: «Majburiyat uni bajarishdan oldin taraflarning kelishuviga muvofiq yoki bajarishning imkoni yoʻqligi oqibatida bekor qilingan taqdirda zakalat puli qaytarib berilishi kerak. Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar boʻlsa, zakalat ikkinchi tarafda qoladi. Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar boʻlsa, u ikkinchi tarafga zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart. Bundan tashqari, shartnomaning bajarilmasligi uchun javobgar boʻlgan taraf, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, zakalat summasini hisobga olgan holda ikkinchi tarafga zararlarni toʻlashi shart». Zakalat bilan avans oʻrtasidagi asosiy farq – tomonlarning majburiyatida. Agar siz uy sotuvchisi sifatida  zakalat kelishuviga imzo chekkan boʻlsangiz, uni bekor qilish javobgarlikka tortilishingizga sabab boʻlishi mumkinligini bilishingiz kerak. Yuridik jihatdan bu majburiyatlarni bajarmaslikka kiradi: «shartnomaning bajarilmasligi uchun javobgar boʻlgan tomon, ikkinchi tarafga zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart». Demak, agar хaridor uy olishni istamay qolsa, zakalat sotuvchida qoladi. Avans esa – bir tomonning kelgusida ish bajarish, хizmat koʻrsatish yoki mol-mulkni yetkazib berish uchun kelishilgan mablagʻning bir qismini boshqa tomonga berilishidir. Avans puli umumiy toʻlov summasiga qoʻshib hisoblanadi. Majburiyatlar bajarilmagan holatda u bergan tomonga qaytariladi. Shu tariqa, avans, ya’ni boʻnak na sotuvchi va na хaridor tomonidan majburiyatni nazarda tutadi. Zakalatdan farqli oʻlaroq avans majburiyatlarni bajarish ta’minotining bir usuli rolini bajarmaydi. Aynan shu bois ham uy-joy oldi-sotdisi zakalat shaklida tuziladi. U kelishuv shartlarini buzganlik uchun tomonlarning jiddiy javobgarligini koʻzda tutadi. Kelishuv tuzilayotganda zakalat miqdori milliy valyuta — soʻmda koʻrsatilishi kerak. Notarial idoraga hujjatlar Zakalat kelishuvi tuzilib, uy uchun dastlabki toʻlov olinganidan keyin kelishuvni tayyorlash ishlari boshlanadi. Sotuvchiga notarial idoraga taqdim etish uchun hujjatlarni toʻplash vazifasi yuklanadi. Bu uy oldi-sotdisidagi eng murakkab jarayon. Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi 106-son qarori bilan Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan edi. Elektron hamkorlikning yoʻlga qoʻyilish shartlari va muddatlari bilan ushbu havola boʻyicha tanishishingiz mumkin. Sotuvchi quyidagi hujjatlarni toʻlaydi: 1. Xatlov ishi va koʻchmas mulk egaligini tasdiqlovchi yuridik hujjat, hokim qarori, sud ajrimi yoki boshqa huquqni ta’minlovchi hujjatlar. 2. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri hududiy boʻlimlarining mulkdorlikni tasdiqlovchi hujjati. 3. Arхitektura va qurilish boshqarmasidan mazkur bino yaqin 5 yil ichida buzilmasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma. 4. Turar joydan oila a’zolar va propiska qilingan boshqa shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotnoma (koʻchmas mulk roʻyхatdan oʻtkazilgan joydagi pasport stoli tomonidan beriladi (17-shakl) va XUMShning propiska qilingan shaхslarni tasdiqlovchi ma’lumotnomasi (17-shaklga ilova). 5. Oila kodeksining 23, 24-moddalariga muvofiq, mulkdor turmush oʻrtogʻining notarial tasdiqlangan uyni sotishga roziligi toʻgʻrisida ma’lumot (agar koʻchmas mulk nikoh tuzligan davrda olingan boʻlsa). 6. Sotilayotgan uy manzili boʻyicha doimiy yashayotgan oilaning barcha balogʻat yoshiga yetgan a’zolarining uy sotilishiga yozma roziligi. 7. Tomonlarning pasportlari, doimiy propiskasi bilan. 8. Quyidagi tashkilotlardan qarzi yoʻqligi toʻgʻrisida ma’lumot: •  mol-mulk soligʻi (tuman DSI); •  ekspluatatsiya хarajatlari (XUMSh); •  elektr energiyasidan foydalanganlik uchun; •  tabiiy gazdan foydalanganlik uchun; •  telefonga abonent toʻlovi; •  issiq suv va isitish; •  sovuq suv va kanalizatsiya; •  qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻlash va olib ketish. Barcha hujjatlar toʻplandi deylik. Oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlatish qoldi. Shartnomada sotilayotgan kvartirada boʻlgan barcha propiska qilingan kishilarning propiskadan chiqarilish muddatlarini koʻrsatib oʻtish darkor (odatda, bir oy muddat ichida). Bu kvartirani yuridik jihatdan boʻshatish sanasi. Ammo uni jismoniy boʻshatish muddati ham mavjud. Ushbu muddat koʻpincha tomonlarning ogʻzaki kelishuvi bilan hal etiladi. Uyni sotishning asosiy bosqichlari ana shulardan iborat. Birgina materialda uy oldi-sotdisi borasida yuzaga keladigan barcha oʻziga хosliklarni aks ettirishning imkoni yoʻq. Kelgusi materiallarda hujjatlarni toʻplashdek murakkab jarayonning har bir bosqichida yuzaga keladigan holatlarni birma-bir koʻrib chiqamiz. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
45
7,425
Qonunchilik
Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 343-modda) 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 30-31-son, 343-modda) 3-bandiga muvofiq uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashni amalga oshiruvchi tijorat banklari tomonidan foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tijorat banklari 2015-yilning 1-yanvariga qadar kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘laydilar. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash — uch yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladigan investitsiyaviy kreditlar va lizing xizmatlari, shu jumladan banklar tomonidan olinadigan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga banklar tomonidan yo‘naltiriladigan mablag‘lar; investitsiyaviy kredit (lizing) — O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 10-modda) 3-moddasida nazarda tutilgan maqsadlar uchun berilgan kreditlar (lizing); kredit portfeli — barcha kreditlar bo‘yicha balans hisobvaraqlari summasi (brutto), banklar tomonidan olinadigan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga banklar tomonidan yo‘naltiriladigan barcha mablag‘lar, shuningdek uch yildan kam bo‘lmagan muddatga berilgan lizing xizmatlari summasi. 3. Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyoz 2009-yilning uchinchi choragidan boshlab qo‘llaniladi va 2014-yil soliq davri yakuni bilan to‘xtatiladi. Mazkur imtiyozni 2009-yilda qo‘llash uchun tijorat banklari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini 2009-yilning birinchi yarim yilligi, uchinchi choragi va ikkinchi yarim yilligi uchun alohida taqdim qiladilar. 4. Mustaqil soliq to‘lovchi bo‘lgan filiallar uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushini mustaqil ravishda aniqlaydilar. 5. Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyoz tijorat banklari tomonidan soliq davri mobaynida o‘sib boruvchi yakun bilan qo‘llaniladi, 2009-yil soliq davri bundan mustasno. 6. Foyda solig‘i stavkasi kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtiriladi. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi: 35 foizdan 40 foizgacha bo‘lganda — stavka belgilangan stavkaning 80 foizini tashkil etadi; 40 foizdan 50 foizgacha bo‘lganda — stavka belgilangan stavkaning 75 foizini tashkil etadi; 50 foizdan yuqori bo‘lganda — stavka belgilangan stavkaning 70 foizini tashkil etadi. 7. Uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi quyidagi formula asosida hisoblanadi: Uumim = Umim/KP*100, bunda: Uumim — uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi; Umim — uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash; KP — Kredit portfeli. Bunda, kredit yoki lizing bo‘yicha xizmatlarning berilgan sanasidan qat’i nazar, uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash summasi va kredit portfeli summasi hisobot davri oyining oxirgi sanasiga qabul qilinadi. Oldindan uch yildan kam bo‘lmagan muddatga berilgan investitsiyaviy kredit yoki lizing bo‘yicha xizmatlar uch yillik davr tugagunga qadar muddatidan ilgari so‘ndirilgan taqdirda, ushbu Nizom maqsadlari uchun mazkur kredit yoki lizing bo‘yicha xizmatlar uzoq muddatli sifatida qaraladi. 8. Ushbu Nizomning 7-bandiga asosan aniqlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining imtiyozli stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son; 2008-y., 52-son, 512-modda) 128-moddasiga asosan hisoblab chiqilgan foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazaga nisbatan qo‘llaniladi. 9. Imtiyozlarni qo‘llash uchun tijorat banklari davlat soliq xizmati organlariga hisobot yili yakuni bo‘yicha Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitoblarini taqdim qilish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga asosan Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi — Ma’lumotnomani taqdim qiladilar. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi — Ma’lumotnoma ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozdan foydalanmaydigan tijorat banklari tomonidan taqdim etilmaydi. 10. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining tabaqalashtirilgan stavkalarini hisoblab chiqishning shartli misoli ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan. 11. Soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 1. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi: 35 dan 40 foizgacha bo‘lganda, — stavka belgilangan stavkaning 80 foizini tashkil etadi; 40 dan 50 foizgacha bo‘lganda, — stavka belgilangan stavkaning 75 foizini tashkil etadi; 50 foizdan yuqori bo‘lganda, — stavka belgilangan stavkaning 70 foizini tashkil etadi. 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining amaldagi stavkasida — 15 foiz va kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi sharoitida tuzatilgan soliq stavkasi 12 foizni (15 × 80%) tashkil etadi.
212
6,823
Qonunchilik
Kichik biznes rivojiga nimalar toʻsqinlik qilmoqda?
Kichik biznesdagi toʻsiqlar sabablarini Moliya vazirligi va DSQ tushuntirib beradilar. Ular tadbirkorlar orasida soʻrovlar oʻtkazib, tegishli chora-tadbirlarni koʻradilar. – Pandemiya davrida barcha sohalarni mushkul holatdan chiqarish borasida qabul qilingan qarorlar oʻz natijalarini berdi, – deb ta’kidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilash borasida oʻtkazilgan yigʻilishda. – Dunyoda roʻy berayotgan voqealar ushbu natijalarga salbiy ta’sir koʻrsatmasligi uchun muayyan chora-tadbirlarni belgilashimiz lozim. Ayniqsa, tadbirkorlar uchun shart-sharoitlarni yaratishimiz va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashimiz darkor, – dedi davlatimiz rahbari. Moliya vazirligi va DSQ mutaхassislarining ta’kidlashicha, biznes rivoji nafaqat tadbirkorlarning qobiliyatlariga, balki boshqa omillarga ham bogʻliqdir. Davlat ishtiroki ham biznes rivojiga toʻsqinlik qilayotgan salbiy omillarni tag-tomiri bilan yoʻq qilishga хizmat qiladi. Moliya vaziri Timur Ishmetovning aytishicha, soliq ma’muriyatchiligiga oʻzgartirishlar kiritilishi zarurat boʻlgan taqdirda, bu-bir necha oyga yoki keyingi yilga koʻchiriladi. Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tadbirkorlarning muammolarini aniqlash uchun soʻrovnoma ishlab chiqilmoqda hamda Moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi ularga qanday koʻmak koʻrsata olishi mumkinligi aniqlashtirilmoqda. Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida biznesga oid muammolarni oʻrganib chiqish uchun fokus-guruhlar tashkil etiladi. Har qanday tadbirkor Moliya vazirligi va DSQ tomonidan oʻtkaziladigan soʻrovlarda ishtirok etish orqali fokus-guruhga kirishi mumkin. Shunisi muhimki, soʻrovlar mavzusi tadbirkorlar tomonidan belgilanadi. Moliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan bojхona sohasidagi muammolar boʻyicha fokus-guruh 24 martdan oʻz faoliyatini boshlaydi.
51
1,882
Qonunchilik
Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qo‘llash bo‘yicha nizomning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligining 2006-yil 27-noyabrdagi 11-1481, 10/8, 91-son qarori (ro‘yxat raqami 1647, 2006-yil 25-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 522-modda) bilan tasdiqlangan Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qo‘llash bo‘yicha nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Boshoqli don ekinlari somonining yoqib yuborilishi natijasida o‘simliklarga yetkaziladigan zararni undirish miqdorlarini hisoblash Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermyerlari Kengashi, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
243
1,730
Qonunchilik
XIZMAT TURAR JOYLARI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 75-moddasiga muvofiq hamda xizmat turar joylari berish va ulardan foydalanishning me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda xizmat turar joylarini xatlovdan o‘tkazsinlar hamda ulardan foydalanishni tartibga solishga doir aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Xizmatga bog‘liq bo‘lgan uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida” 1969-yil 18-iyuldagi 340-son qarori (O‘zSSR QT, 1969-y., 6-son, 60-modda). 2. SSSR Ministrlar Sovetining “Shaharlar, posyolkalar va aholi yashaydigan boshqa punktlarni gaz bilan ta’minlashning xavfsizlik darajasini oshirish choralari to‘g‘risida” 1970-yil 4-yanvardagi 4-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1970-yil 3-martdagi 106-son qarorining 3-bandi (O‘zSSR QT, 1970-y., 4-son, 20-modda). 3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlari ijroiya komitetlarining turar-joy maydonini hisobga olish va taqsimlash hamda foydalanish bo‘yicha ishidagi jiddiy kamchiliklari to‘g‘risida” 1971-yil 23-noyabrdagi 565-son qarori. 4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Toshkent shahar xo‘jaligini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1972-yil 18-maydagi 208-son qarorining 18-bandi. 5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnat munosabatlari sababli xizmat yuzasidan turar-joy berilishi mumkin bo‘lgan xodimlar kategoriyalarining ro‘yxatini to‘ldirish to‘g‘risida” 1986-yil 30-iyuldagi 369-son qarori (O‘zSSR QT, 1986-y., 7-son, 30-modda). 6. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnat qilish munosabati bilan xizmatga bog‘liq uy-joy berilishi mumkin bo‘lgan xodimlar kategoriyalari ro‘yxatini to‘ldirish to‘g‘risida” 1989-yil 3-iyuldagi 211-son qarori (O‘zSSR QT., 1989-y., 7-8-son, 19-modda). 7. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Xizmat yo‘li bilan uy-joy beriladigan xodimlar kategoriyalarining ro‘yxatini to‘ldirish to‘g‘risida” 1989-yil 14-oktabrdagi 337-son qarori (O‘zSSR QT, 1989-y., 10-son, 28-modda). 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat qilish munosabati bilan xizmatga bog‘liq bo‘lgan uy-joy berilishi mumkin bo‘lgan xodimlar toifalarining ro‘yxatini to‘ldirish to‘g‘risida” 1992-yil 13-fevraldagi 63-son qarori.
75
2,659
Qonunchilik
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy moslashuviga hamda kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Har bir tuman (shahar)da tuman (shahar) hokimlari rahbarligida Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo komissiyalar) tuzilsin. 3. Quyidagilar: Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab: Idoralararo komissiyalar ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalarini o‘rganib chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha asoslantirilgan xulosalarni tayyorlashga mas’ul hisoblanadi; ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan birinchi navbatda tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari hisobidan, yetishmagan qismi bo‘yicha esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o‘n baravari miqdorida beriladi; “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartib-taomillari Moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi. 5. Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarning elektron almashinuvini ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga tegishli ma’lumotlar bazasini integratsiya qilish choralarini ko‘rsin. 6. Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish bo‘yicha texnik imkoniyatlarni nazarda tutuvchi alohida modul yaratilishini va ishga tushirilishini ta’minlasin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022-yil 1-sentabrga qadar Idoralararo komissiyalar faoliyatini tashkil etish uchun ularni zarur multimedia materiallari, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 8. Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari 2023-yil va keyingi yillar uchun tegishli budjetlar parametrlarini shakllantirishda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutib borsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi “ehtiyojmandlik darajasini” so‘zlaridan keyin “, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar tomonidan taqdim etilgan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 10. Mazkur qarorning ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning (keyingi o‘rinlarda — ko‘mak oluvchilar) ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni (keyingi o‘rinlarda — yordam puli) berish tartibini belgilaydi. 2. Yordam puli har bir ko‘mak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish uchun tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish maqsadida bir marta beriladi. 3. Yordam puli mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o‘n baravari miqdorida beriladi. 4. Yordam puli: 2022-yilda — tuman (shahar) budjetlari qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan, yetishmagan qismi bo‘yicha esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan ajratiladi; 2023-yil va keyingi yillar uchun — tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari hisobidan, yetishmagan qismi bo‘yicha esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan ajratiladi. 5. Yordam puli “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi. 6. Ko‘mak oluvchilarga yordam pullari tuman (shahar) hokimlari rahbarligida tashkil etilgan Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo komissiyalar) qarorlari asosida beriladi. 7. Tuman (shahar) hokimi Idoralararo komissiyaga raislik qiladi va Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni tasdiqlaydi. 8. Idoralararo komissiya raisi bo‘lmaganda yoki uning topshirig‘iga ko‘ra Idoralararo komissiya yig‘ilishlariga tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari raislik qiladi. 9. Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati Idoralararo komissiyaning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ) hisoblanadi. Ishchi organ: Idoralararo komissiya yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yig‘ilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi; Idoralararo komissiya a’zolariga Idoralararo komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risida xabar beradi; ko‘mak oluvchilarning arizalari bilan ishlaydi va ularni ko‘rib chiqish uchun Idoralararo komissiyaga taqdim etadi. 10. Idoralararo komissiya qarorlari uning yig‘ilishida (sayyor yig‘ilishida) ishtirok etadigan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Idoralararo komissiyaning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qaror yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirishga haqli. 11. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Idoralararo komissiya raisi alohida masalalar yuzasidan Idoralararo komissiya a’zolari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali qaror qabul qilish huquqiga ega. 12. Idoralararo komissiya yig‘ilishlarida (sayyor yig‘ilishida) bayonnoma yuritiladi. Idoralararo komissiya yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda xulosa bilan rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi. 13. Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan uning a’zosi tegishli qaror qabul qilingan kunning o‘zida taklif yoki fikrlarini yozma ravishda ishchi organga taqdim etishga haqli. 14. Idoralararo komissiya qarorlarining bajarilishi Idoralararo komissiya raisi tomonidan nazorat qilinadi. 15. Ko‘mak oluvchilar jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin uch oy muddatda o‘z xohishiga ko‘ra ishchi organga o‘zining tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihasini ilova qilgan holda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi. Ishchi organga loyiha bilan birgalikda yordam pulini olish yo‘nalishi, qaysi maqsadlarda sarflanishi hamda loyiha natijasi bo‘yicha kutilayotgan taxminiy daromad haqida ma’lumot ham taqdim etiladi. 16. Ishchi organ uch ish kuni mobaynida arizani Idoralararo komissiyaga kiritadi. Idoralararo komissiya tomonidan o‘n ish kuni mobaynida ariza o‘rganib chiqiladi, ko‘mak oluvchilar taqdim etgan loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi yuzasidan xulosa tayyorlanadi hamda ariza tasdiqlanadi. 17. Ko‘mak oluvchilarning loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosani tayyorlash quyidagi mezonlarga asoslanadi: boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik faoliyatining natijadorligi va daromadli ekanligi; mahalla fuqarolar yig‘inining ijobiy tavsiyasi; kam ta’minlangan yoki yolg‘izligi; qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan yoki voyaga yetmagan farzandi borligi; ko‘p (4 va undan ortiq) farzandi borligi va moddiy ko‘makka muhtojligi; noturar joylarda istiqomat qilayotganligi. Idoralararo komissiya ko‘mak oluvchilarning loyihasini ushbu mezonlarga qat’iy rioya etgan holda xolisona baholaydi. 18. Idoralararo komissiya ko‘mak oluvchilar loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan xulosaga kelganda, ko‘mak oluvchilarga taqdim etilgan loyihani takomillashtirish yoki yangi loyiha taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar beradi. 19. Ko‘mak oluvchilar uch oy muddatda Idoralararo komissiyaning tavsiyalari asosida dastlabki taqdim etilgan loyihani takomillashtirgan holda yoki yangi loyihani taqdim etishi mumkin. Bunda, qayta taqdim etilgan loyihalarga ushbu Nizomning 15 — 17-bandlari tatbiq etiladi. 20. Idoralararo komissiyaning ko‘mak oluvchilar taqdim etgan loyihani moliyalashtirish yuzasidan kiritgan xulosasi Idoralararo komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ishchi organ bir ish kuni mobaynida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritadi va xulosani tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlariga yuboradi. 21. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga tegishli ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng uch ish kuni mobaynida mazkur tizim orqali ko‘mak oluvchilarning mobil telefon raqamiga yoki elektron pochta manziliga yordam puli ajratilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi. Yordam pulini berish bo‘yicha elektron to‘lov qaydnomalari tizimda avtomatik ravishda shakllantiriladi va AT “Xalq banki” tuman (shahar) bo‘limiga (filialiga) yuboriladi. 22. Tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari uch ish kuni mobaynida yordam pulini berish uchun tegishli mablag‘larni AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limi (filiali) maxsus hisobvarag‘iga har oyning 5-sanasiga qadar o‘tkazib boradi. 23. AT “Xalq banki” tuman (shahar) bo‘limi (filiali) bir oy muddatda: ko‘mak oluvchilarga yordam pulini to‘laydi; yordam puli to‘langanligi to‘g‘risida Idoralararo komissiyaga ma’lumot taqdim etadi; to‘lanmagan mablag‘larni tegishliligiga ko‘ra tuman (shahar) budjeti yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qaytaradi hamda tegishli moliya bo‘limlariga elektron ma’lumot taqdim etadi. AT “Xalq banki”ga Moliya vazirligi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ko‘mak oluvchilarga beriladigan yordam pulining bir foizi miqdorida bank xizmat haqini to‘lab beradi. 24. Ishchi organ yordam puli berilgan vaqtdan boshlab bir yil davomida ko‘mak oluvchilar loyihasining amalga oshirilish holatini (shu jumladan, yordam pulining maqsadli sarflanishini) har chorakda bir marta monitoring qiladi, monitoring natijasi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlaydi hamda uni Idoralararo komissiyaga kiritadi. 25. Ko‘mak oluvchilarga yordam pulini berish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli foydalanilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi. 26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
152
12,794
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zga
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-342-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 27-oktabrdagi 454-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yo‘ldoshev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlari qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda): a) 1-bandda: ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) huquqiy hujjatlari (keyingi o‘rinlarda “me’yoriy hujjatlar” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak va ular rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan me’yoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarga biror-bir jazo qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi”; oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da rasman e’lon qilinishi kerak”; b) 2-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”; v) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; g) ilovada: ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ushbu Nizom vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar (keyingi o‘rinlarda vazirliklar va idoralar deb ataladi) tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini, shuningdek ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi”; 1-bandda: birinchi xatboshidagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning (keyingi o‘rinlarda “vazirliklar va idoralar” deb ataladi) me’yoriy hujjatlarini” so‘zlari “Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda me’yoriy hujjatlar deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ushbu Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda vazirlik yoki davlat qo‘mitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek umumiy majburiy tusdagi me’yoriy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan davlat boshqaruvi respublika organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari (agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi”; 2-bandda: birinchi xatboshidagi “vazirliklar va idoralarning” so‘zlari “vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinadigan” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidan “korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlari” so‘zlari “tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi 21-band qo‘shilsin: “21. Ushbu Nizomga muvofiq: texnik reglamentlar; standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar; sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari; shaharsozlik, ekologik normalar va qoidalar; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Ushbu bandning oltinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”; 5-bandda: uchinchi va to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “korrupsiya, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi; tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi, tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar kiritilishi taqiqlanadi.”. 6-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Vazirliklar va idoralar o‘z vakolatlari doirasida me’yoriy hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladilar. Ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi hisoblangan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar shaklida qabul qilinadigan me’yoriy hujjatlar va boshqa hujjatlar buyruqlar va qarorlar bilan tasdiqlanishi mumkin”; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Huquqiy normalarni huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga (xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar va boshqalar), shuningdek yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlarga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”; 8-bandda: uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Agar me’yoriy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unga kirish qismi — muqaddima kiritiladi. Huquqiy norma bo‘lgan qoida muqaddimaga kiritilmaydi. Me’yoriy hujjat qoidalari lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llaniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha ta’rifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qo‘llanadi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. Eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”; quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar qo‘shilsin: “Zaruriyat bo‘lgan taqdirda me’yoriy hujjatda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga havola qilingan holda undan ayrim qoidalar takrorlanadi. Me’yoriy hujjatda, qoidaga ko‘ra, oldin vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlardagi huquqiy normalar aynan qayta takrorlanmaydi”; beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin; yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Me’yoriy hujjatlar matniga qonun hujjatlariga havolalar kiritishga faqat istisno hollarda yo‘l qo‘yiladi”; sakkizinchi xatboshidagi “vazirliklar va idoralarning ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlariga” so‘zlari “vazirliklar va idoralar tomonidan ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘qqizinchi xatboshidagi “bitta me’yoriy ko‘rsatma” so‘zlari “bitta huquqiy norma” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-bandda: ikkinchi xatboshidagi “shaklining” so‘zi “turining” so‘zi bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning lavozimi, ushbu organning muhri bilan tasdiqlangan imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi”; 11-bandning ikkinchi xatboshidagi “chiqarish” so‘zi “qabul qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Tayyorlangan me’yoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangunga qadar ushbu vazirlik yoki idoraning yuridik xizmati tomonidan o‘tkaziladigan huquqiy ekspertizadan o‘tishi kerak”; 13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Agar taqdim etilgan hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yo‘li bilan qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan hollarda, hujjatni ko‘rib chiqish muddati 20 kungacha uzaytirilishi mumkin”; 14-banddagi “ekspertizadan o‘tkazishda” so‘zlari “huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda” so‘zlari bilan almashtirilsin; 15-bandning uchinchi xatboshidagi “davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach” so‘zlari “rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “17. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin me’yoriy hujjatning asl nusxasining bir nusxasi unga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami bilan birgalikda uni taqdim etgan organga qaytariladi, asl nusxaning bir nusxasi hisobga olish va e’lon qilish uchun Adliya vazirligida qoladi”; 18-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Qonun hujjatlari o‘zgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan o‘z normativ hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirishi hamda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan normativ hujjatlarini qonunchilikka muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir”; to‘rtinchi xatboshidagi “Mazkur bandda va mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin; 19, 20 va 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “19. Vazirliklar va idoralar qayta tashkil etilgan, tugatilgan yoki nomi o‘zgartirilgan taqdirda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik qonunda belgilanadi. 20. Vazirliklar va idoralar, o‘z vakolatlari doirasida, o‘zlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar matnlari tarqatilishini ta’minlashlari shart. Me’yoriy hujjatlar matnlarining elektron versiyalari ularni qabul qilgan vazirliklar va idoralarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi kerak. Belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va nashr etilishi (e’lon qilinishi) kerak bo‘lgan me’yoriy hujjatlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga va rasmiy e’lon qilingunga qadar bajarish uchun yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilishi shart. 21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan me’yoriy hujjatlarning rasmiy sharhlash zarurligi to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqlidir. Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi buyruq yoki qaror faqat u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin bajarish uchun yuboriladi”. 2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 197-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 26-modda): a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Belgilab qo‘yilsinki: vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kuchga kiradi; fuqarolarning, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga taalluqli normativ hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da rasmiy e’lon qilinishi kerak; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy organlari umumiy majburiy tusdagi huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emaslar. 2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari: umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlarning ular qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilishini hamda keyinchalik normativ hujjatlarning barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini ta’minlasinlar; umumiy majburiy tusdagi huquqiy normalarni normativ tusda bo‘lmagan hujjatlarga kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlarni ijro etish uchun jo‘natish va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish hollariga yo‘l qo‘ymasinlar. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarorlarining so‘zsiz bajarilishi uchun shaxsan mas’ul ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsin”; b) 3-banddagi “chiqarilishi” so‘zi “qabul qilinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 4-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “me’yoriy” so‘zi “normativ-huquqiy” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 3-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Yuridik xizmatlar xodimlarining ular ishlayotgan tashkilotlar tomonidan attestatsiyadan o‘tkazilishi taqiqlanadi”; b) 11-bandning “e” kichik bandidagi “(agar mavjud bo‘lsa)” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 27-bandda: o‘zbek tilidagi matnning birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “to‘xtatilishi” va “to‘xtatish” so‘zlari tegishli ravishda “tugatilishi” va “tugatish” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin: “Yuridik xizmat xodimi unga berilgan yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish masalasini ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi majlisida ishtirok etishi mumkin. Majlis o‘tkaziladigan joy va vaqt to‘g‘risida yuridik xizmat xodimiga majlis o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin xabar qilinadi. Yuridik xizmat xodimining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashmasligi yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga to‘sqinlik qilmaydi. Qabul qilingan qaror to‘g‘risida yuridik xizmat xodimiga uch kun mobaynida xabar qilinadi”.
250
15,093
Qonunchilik
Sud sohasidagi qonunchilik bilan Tadqiqot markazi shugʻullanadi
Prezidentning 19.04.2017 yildagi PQ–2903-son Qarori bilan  Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) toʻgʻrisidagi nizom  tasdiqlandi. Markazning asosiy vazifalari belgilandi: Markaz — Sudyalar oliy kengashi huzuridagi mustaqil aхborot-tahlil muassasasi hisoblanadi va unga hisobot beradi. Bunda Sudyalar oliy kengashi Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradi, Markazning oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan tahliliy ishlar dasturlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlarini tasdiqlaydi, ularning samarali va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi. Markazga Prezident tomonidan lavozimiga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor — Sudyalar oliy kengashi raisining oʻrinbosari boshchilik qiladi. Direktor Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarga ega. U oʻziga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javobgar hisoblanadi, direktor joyida boʻlmagan taqdirda unga yuklatilgan vazifalarni bajaradi. Markaz хodimlariga mansab darajalari beriladi, mansab darajasi va uzoq muddatli хizmati uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar toʻlanadi. Ular uchun oldingi ish joyida berilgan uzoq muddatli хizmati, maхsus unvon va mansab darajalari uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi. Markaz хodimi sifatidagi ishlagan davri boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalariga oʻtganda navbatdagi tegishli unvonlar olish, shuningdek, mansab darajasi uchun qoʻshimcha toʻlovlar va uzoq muddat хizmat qilganligiga ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi. Muassasa: Shu bilan birga qaror bilan Markazning tuzilmasi, shtatlar jadvali va хodimlarining mehnatga haq toʻlash razryadlari tasdiqlandi. Koʻrsatilgan hujjatlarni bu yerda yuklab olish mumkin.   Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
63
2,094
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘qqizinchi yalpi majlisining Elektron ovoz berish tizimi ishini nazorat qiluvchi guruhi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida elektron ovoz berish tizimidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini ta’minlash uchun quyidagi senatorlardan iborat tarkibda guruh tuzilsin:
146
329
Qonunchilik
Respublika “Qo‘riqlash” birlashmasini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muassasadan tashqari qo‘riqlash bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, tashkilotlari, muassasalari va korxonalarining, respublika hududida joylashgan xorijiy va qo‘shma korxonalarning mulklarini, moddiy va pul boyliklarini qonunga zid tajovuzlardan muhofaza qilish, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Respublika “Qo‘riqlash” birlashmasi mavjud shaxsiy tarkibiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muassasadan tashqari qo‘riqlash Bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muassasadan tashqari qo‘riqlash Bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashining “O‘zbekiston SSR Jamoat tartibini saqlash vazirligining militsiya organlari huzuridagi muassasadan tashqari qo‘riqlash haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1966-yil 19-apreldagi 184-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. Muassasadan tashqari qo‘riqlash Bosh boshqarmasi* O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, tashkilotlari, muassasalari, korxonalari hamda uning hududidagi chet el firmalari, qo‘shma korxonalarining mulklarini, moddiy va pul boyliklarini qonunga zid tajovuzlardan muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan. 2. Boshqarma o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilikka, Prezident farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyruqlari va yo‘riqnomalariga amal qiladi. 3. Boshqarma tarkibida qo‘riqlashni, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni, xizmatni tashkil etuvchi va ularga rahbarlik qiluvchi boshqarmalar, bo‘limlar hamda bo‘linmalar tuziladi. 4. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va boshqarma nomi yozilgan muhrga, O‘zbekiston Respublikasining bank muassasalarida o‘zining joriy va valyuta hisoblariga ega bo‘ladi. 5. Boshqarmada ish yuritish va maxfiylik tartibi bo‘yicha ko‘zda tutilgan tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining amaldagi aktlarida belgilangan tartibda yuritiladi. 6. Boshqarma va uning bo‘linmalari o‘zlarining faoliyatini o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash asosida tashkil qiladilar, mulkdorlar bilan shartnoma munosabatlari asosida ishlaydilar va qo‘riqlash xizmatlari ko‘rsatganlik uchun shartnomalar bo‘yicha tushadigan mablag‘lar hisobiga ta’minlanadilar. Boshqarma va uning bo‘linmalari shtatlari, smetalari moliya organlarida qayd etilmaydi. 7. Boshqarmaning va uning bo‘linmalari boshqaruv apparatlarining shtatlari xizmatdagilar soniga kirmaydi, biroq ular xizmatdagilar sonining to‘rt foizidan oshmasligi shart. 8. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari shaharlarda, tuman markazlarida, shahar posyolkalarida, boshqa yirik aholi yashash joylarida tashkil etiladi va militsiya, harbiylashtirilgan hamda soqchilik bo‘linmalaridan, shuningdek, muhandis-texnik boshqarmasi va xizmat ko‘rsatuvchilardan iborat bo‘ladi. 9. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalarining mulk egalari bilan o‘zaro munosabatlari va tomonlarning mas’uliyati obyektlarni qo‘riqlash to‘g‘risidagi namunaviy shartnoma asosida tuzilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan shartnomaga binoan belgilanadi. 10. Obyektlarni qo‘riqlash hamda qo‘riqlash xizmatining boshqa turlari uchun haq to‘lash shartnomaviy narxlar asosida amalga oshiriladi. Narxlarning hisob-kitobi O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan narxlarni indeksatsiya qilish tartiblarini hisobga olgan holda yuritiladi. 11. Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni boshqa davlat organlari, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari hamda mulklarni qonunga zid tajovuzlardan himoya qilishga yordam ko‘rsatish maqsadida tuzilgan jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 12. Boshqarmaning xizmat faoliyatiga tegishli masalalarni hal qilish yakkaboshchilik bilan, ularni muhofaza etishda kollegiallikni qo‘shib olib borish asosida tashkil etiladi, bunda har bir xodimning o‘ziga topshirilgan faoliyat sohasidagi ishlarning ahvoli uchun shaxsiy javobgarligi belgilab qo‘yiladi. Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (IIV)ning boshqa tarkibiy bo‘linmalari, respublikaning hamda boshqa mustaqil davlatlarning vazirliklari, idoralari, korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etadi. 13. Boshqarma boshlig‘i huzurida moliya hamda xizmat-xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish istiqbolining muhim masalalari, signalizatsiyaning arzon va ishonchli vositalarini rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha qarorlar ishlab chiqish uchun Kengash tuziladi, uning tarkibiga Boshqarma va respublika qo‘riqlash bo‘linmalarining eng tajribali xodimlari kiradi. Kengash qarorlari tavsiya xarakterida bo‘ladi. 14. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: a) mulkdorlarning mulklarini qo‘riqlashni ta’minlash hamda qo‘riqlash bo‘yicha shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa xizmatlar ko‘rsatish; b) qo‘riqlashning eng yangi texnika vositalarini ishlab chiqish signalizatsiya vositalarining texnik foydalanishini tashkil etish va joriy qilish bo‘yicha yagona texnika siyosatini yuritish, shu asosda qo‘riqlashning shakl va usullarini takomillashtirish; v) respublika hududidagi soqchilik bo‘linmalarini, ularning qaysi muassasaga bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazishni amalga oshirish; g) davlat mulkining va fuqarolar shaxsiy mulklarining daxlsizligini ta’minlashda jamoatchilik va mehnat jamoalari bilan, qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatini targ‘ib etish va qonunbuzarlikning oldini olishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishning shakl va usullarini takomillashtirish; d) kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ularni o‘qitish va tarbiyalash, qo‘riqlash bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash ishlarini tashkil etish; e) qo‘riqlashning daromad va xarajatlarini, moddiy-texnika ta’minotini rejalashtirish, Rentabellikni oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibini ijtimoiy sug‘urta qilish; j) qo‘riqlashning texnik vositalarini ishlab chiqishda, chiqarishda, montaj qilishda, xizmat ko‘rsatishda va ularni standartlashda chet el firmalari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish; z) qo‘riqlash texnik vositalarining xorijiy namunalarini sinovdan o‘tkazish va O‘zbekiston Respublikasida priborlardan foydalanishga sertifikatlar berish; i) qo‘riqlash naryadlari xizmat qilayotgan joylarda qonunbuzarlikning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik. 15. Boshqarma o‘zining asosiy vazifalariga muvofiq ravishda quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi: a) xalq xo‘jaligi obyektlarini, kooperativ hamda boshqa korxona va tashkilotlarni, fuqarolarning shaxsiy mulklarini qo‘riqlashni tashkil etish, qo‘riqlash postlari va hududida huquq-tartibotini ta’minlash bo‘yicha; markazlashtirilgan qo‘riqlash punktlari, militsiya, harbiylashtirilgan va soqchilik bo‘linmalarining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish; shartnoma bo‘yicha (haq to‘lash evaziga) turli xalq xo‘jaligi obyektlarini, ijara korxonalarini, boshqa tashkilot va korxonalarni, fuqarolarning mulklari saqlanayotgan joylarni tekshirish va qo‘riqlash uchun qabul qilib olish, mulkni qo‘riqlash, moddiy boyliklarni kuzatib borish, texnik hujjatlarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, himoya vositalarini tayyorlash, o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan pulli xizmatlar ko‘rsatish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda qurilish, montaj qilish, ta’mirlash tashkilotlarini hamda ijara, kichik korxonalarini, aksionerlik jamiyatlarini tuzadi, obyektlarni, fuqarolar shaxsiy mulklarini qo‘riqlashning ishonchliligini oshirishga hamda shu sohada qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish hisobiga soqchilik bo‘linmalarining barqaror moliyaviy ahvolini ta’minlashga doir boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirish; maxsus bank, chet el konsulxonalari, elchixonalari, firma va vakolatxonalari muassasalaridagi mulklar va pul boyliklarining qo‘riqlanishini shartnoma shartlari bo‘yicha ta’minlash va takomillashtirish; xalq xo‘jaligining jinoyat ko‘p uchrab turadigan obyektlarida, shu jumladan, xorijiy va qo‘shma firmalar va korxonalarda, ichki va kirish-chiqish tartibiga rioya etish ishlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish; moddiy boyliklarning xo‘jalikda ishlatilishi, umumiy qiymati va ahamiyatidan kelib chiqqan holda obyektlar klassifikatsiyasini ishlab chiqish va ularni qo‘riqlash turini belgilash; ayrim o‘ta muhim obyektlarning, hayotiy zarur inshootlarning ro‘yxatini tuzish va ularni idoralar va tashkilotlar mablag‘lari hisobiga faoliyat ko‘rsatuvchi militsiya bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlash chora-tadbirlarini ko‘rish; b) Boshqarmaning texnika xizmatini tashkil etish bo‘yicha: qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalarini ishlab chiqish va ularni xalq xo‘jaligi obyektlari va fuqarolarning uylarini qo‘riqlashga joriy etish ishlarini tashkil etadi, nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi. Shu maqsadda soqchilik bo‘linmalarida, belgilangan shtatlardan tashqari, o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash prinsiplari asosida montaj brigadalari (guruhlari) tuziladi, ularning soni montaj ishlarining hajmiga qarab belgilanadi; qo‘riqlash bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari ehtiyoji uchun ishlab chiqariladigan qo‘riqlash-yong‘indan saqlash vositalarining bosh buyurtmachisi va jamg‘arma egasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Zarurat tug‘ilgan hollarda zarur bo‘lgan texnika vositalarining eksporti (importi) borasida ham xorijiy tashkilotlar (firmalar)ning vakillarini jalb etgan holda faoliyat ko‘rsatadi; o‘ta muhim va boshqa obyektlarning qo‘riqlanishini signalizatsiyaning texnika vositalari va ularni markazlashgan kuzatuv pultiga ulash yordamida kuchaytiradi; shartnoma asosida xorijiy va qo‘shma korxonalar mulklarini qo‘riqlashda texnika vositalarini joriy etish, ulardan foydalanishda texnika xizmati ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshiradi, bu obyektlarda o‘rnatilgan signalizatsiyani ta’mirlashni tashkil qiladi; bo‘linmalarning muhandis-texnik tarkibining qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalarini ta’mirlash va ishlatish, ularga texnika xizmati ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi; markazlashtirilgan qo‘riqlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy-amaliy tadbirlar o‘tkazadi; v) moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha: qo‘riqlashni ta’minlash uchun zarur miqdorda mehnatga haq to‘lash fondini belgilaydi, uni qo‘riqlash bo‘linmalari o‘rtasida taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyat, shahar hokimliklari IIB qo‘riqlash bo‘linmalarini ta’minlash uchun daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, zarurat bo‘lganda smeta mablag‘larini qayta taqsimlaydi; qo‘riqlovchilar aybi bilan yo‘l qo‘yilgan yirik o‘g‘irliklar, yong‘in va boshqa shunga o‘xshash hodisalar uchun moddiy-texnika va moliyaviy zaxira jamg‘armasini tashkil etadi; qo‘riqlash bo‘linmalarining buxgalteriya hisobotlarini ko‘rib chiqadi, moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha yig‘ma statistik va buxgalteriya hisobotlarini tuzadi va ularni belgilangan muddatlarda tegishli idoralarga taqdim etadi; qo‘riqlash bo‘linmalari uchun ajratilgan moddiy, mehnat va moliya resurslaridan yanada oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi; mehnatga haq to‘lash, mukofotlash shartlari, imtiyozlar, oylik pul maoshlari, qo‘shimcha maoshlar, tarif stavkalari, oddiy va boshliqlar tarkibiga hamda qo‘riqlash bo‘linmalari ishchi-xizmatchilariga haq to‘lashning boshqa shartlari to‘g‘risida idoralarga takliflar taqdim etadi; qo‘riqlash bo‘linmalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilishni tashkil etadi va o‘tkazadi. Hisob-kitob va hisobotlarning holatini pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning sarflanishi va saqlanishini, qo‘riqlash bo‘linmalarida tejamkorlik qoidasiga rioya etishni nazorat qiladi, foydalanilayotgan tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda qayta taqsimlash choralarini ko‘radi; “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga, respublika IIV moddiy-texnika va harbiy ta’minot boshqarmasiga hamda boshqa idoralarga zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslari bo‘yicha yig‘ma talabnomalarni ehtiyojni hisobga olgan holda ishlab chiqadi va taqdim etadi; tabelda belgilab qo‘yilganiga muvofiq ravishda qo‘riqlash bo‘linmalarini avtomototransport, yoqilg‘i-moylash materiallari, buyumlar, tashkiliy-texnika, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash apparatlari, kabel mahsuloti, aloqa vositalari va shaxsiy tarkibning shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlaydi; qo‘riqlash bo‘linmalarining operativ xizmat avtotransportlaridan foydalanishini hisobga olib boradi va nazorat qiladi; g) Boshqarmaning kadrlar va tashkiliy-shtat ishlari bo‘yicha: qo‘riqlash bo‘linmalarining tuzilmalari va shtatlarini ishlab chiqadi, xalq xo‘jaligi obyektlarini qo‘riqlash uchun shtatlar sonini kiritish to‘g‘risida buyruqlar tayyorlaydi; qo‘riqlash bo‘linmalarining kadrlarga va rahbarlar tarkibiga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi va aniqlaydi, O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘quv yurtlarida va boshqa mintaqalarda kadrlarni tayyorlashni va qayta tayyorlashni tashkil etadi, shaxsiy tarkibning boshlang‘ich, maxsus, xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etishni nazorat qiladi; shtat intizomiga rioya qilish, namunaviy shtatlarni qo‘llanish ustidan nazoratni amalga oshiradi, qo‘riqlash bo‘linmalari sonini hisobga olib boradi; fuqaro oliy o‘quv yurtlari bilan shartnoma asosida qo‘riqlash bo‘linmalarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlash va tanlashni tashkil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi IIV tegishli xizmatlari bilan birgalikda qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi va o‘tkazishni ta’minlaydi. Xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qo‘riqlash xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, harbiylashgan va soqchilik bo‘linmalari uchun muhandis-texnik kadrlari tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish masalalarini hal etishda demokratik asoslarni rivojlantirish, obyektlarni qo‘riqlash brigada kengashlarining, brigadirlarining, boshliqlarining, o‘rtoqlik sudlarining rolini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi; qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari, shuningdek, qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish istagini bildirgan korxona va kooperativlarning xizmatchilari, xususiy shaxslar tomonidan malaka imtihonlari topshirish tartibini va ularga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqadi. 16. Boshqarma boshlig‘i o‘z lavozimiga ko‘ra yuqori boshliqlar tarkibiga mansub bo‘lib (militsiya general-mayori): Boshqarma apparati ishini tashkil etadi va Boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar va xizmatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; Boshqarma vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralar, muassasalar, tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV nomidan vakillik qiladi; belgilangan tartibda, o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va tasarrufidagi bo‘linmalarga tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalar beradi; tarkibiy va bevosita o‘ziga bo‘ysunuvchi bo‘linmalarning vazifalarini ishlab chiqadi; o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning o‘ziga topshirilgan ish sohasi uchun mas’uliyatini belgilaydi; tasdiqlangan smeta doirasida pul mablag‘larini sarflashni boshqaradi, bank muassasalarida joriy va boshqa hisoblar ochadi; kamomaddan, rastratadan, o‘g‘irlikdan qo‘rilgan va sud tomonidan undirib olish rad etilgan zararlarni, qaytarib olishning iloji yo‘q deb hisoblangan boshqa qarzlarni, konkret aybdorlarni aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda boyliklarning normadan ortiqcha miqdorda tabiiy buzilishi tufayli ko‘rilgan zarar va yo‘qotishlar tufayli yetishmagan boyliklarni, shuningdek, asosiy jamg‘armalar tarkibida bo‘lgan ma’naviy eskirgan va bundan keyin foydalanishga yaroqsiz asbob-uskunalarni amaldagi qonunchilikka muvofiq hisobdan chiqarishni amalga oshiradi; qo‘riqlash signalizatsiyasining ishlab chiqilayotgan apparatlariga texnik vazifalarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi va texnik reglamentlar yoki standartlarni muvofiqlashtiradi, markazlashtirilgan qo‘riqlash punktlari qurilishining namunaviy loyihalarini tasdiqlaydi; qo‘riqlash faoliyatining barcha masalalari bo‘yicha fuqarolarining takliflari, ariza va shikoyatlarini qurib chiqadi, kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘radi, kiritilgan takliflarni amalga oshiradi, respublika qo‘riqlash bo‘linmalarida ishlarning tashkil etilishini nazorat qiladi; respublika ichki ishlar organlarining qo‘riqlash Boshqarmalari va bo‘linmalaridan Boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, yuqori tashkilotlarga umumlashtirilgan hujjatlar va hisobotlar topshirish, vazirlik rahbariyatiga axborotlar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyati va xay’atiga ma’lum qilish, kengashlar o‘tkazish va hujjatlarning loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda talab qilib oladi; shaxsiy tarkibni tanlash, joy-joyiga quyish, o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etish, Boshqarmada va uning joylardagi bo‘linmalarida shtat-moliya intizomiga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga: Boshqarma, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyat, shahar hokimliklari IIB qo‘riqlash Boshqarmalari, bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shahar, tuman qo‘riqlash organlarining bo‘limlari, bo‘linmalari hamda ularning safdagi bo‘linmalari tuzilmasi va shtatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida; Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida; Boshqarma va uning bo‘linmalarining katta va o‘rta boshliqlar tarkibidagilarni ichki ishlar organlari oddiy va boshliqlar tarkibi tomonidan xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizomga asosan ishdan bo‘shatish vaqtida takliflar kiritadi; Boshqarmaning Toshkent shahridagi Hukumat muassasalarini qo‘riqlovchi alohida militsiya batalonining oddiy va kichik boshliqlar tarkibini, ishchilar va xizmatchilarni ishga qabul qiladi, tayinlaydi, boshqa ishga o‘tkazadi va ishdan bo‘shatadi; Boshqarmaning Toshkent shahridagi Hukumat muassasalarini Qo‘riqlovchi alohida militsiya bataloni xodimlariga oddiy va kichik boshliqlar tarkibi maxsus unvonlarini beradi; O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari Intizomiy ustavi doirasida Boshqarmaning va unga bo‘ysunuvchi bo‘linmalarning oddiy va boshliqlar tarkibini rag‘batlantiradi yoki ularga intizomiy jazo beradi. 17. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari quyidagilarga ega: mulkni jinoyatkorona tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash tartibini belgilovchi qoidalar, me’yorlar va standartlar loyihalarini tayyorlash va hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish; qo‘riqlashning texnik vositalarini yaratishga va ko‘plab ishlab chiqarishga, obyektlarni signalizatsiya vositalari bilan jihozlash bo‘yicha montaj qilish-sozlash ishlariga va mulkdorlarga qo‘riqlash bo‘yicha boshqa xizmatlarni ko‘rsatishga moslashgan korxonalarni, shu jumladan, qo‘shma korxonalarni belgilangan tartibda ochish; qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi apparatlarini, boshqa texnika vositalari va materiallarni o‘zga tashkilotlarga shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish; belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarda qatnashish; respublika banklarida, shu jumladan, chet el valyutasida o‘z hisoblarini ochish va o‘z kafolatlari bilan qarzlar olish; ortib qolgan bo‘sh mablag‘larni moddiy rag‘batlantirish va uy-joy qurish jamg‘armalariga o‘tkazish hamda ijtimoiy-madaniy tadbirlar uchun sarflash. 18. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlarining burchi quyidagilardan iborat: mulkni tajovuzlardan himoya qilish va shartnomaga muvofiq qo‘riqlash tartibiga rioya qilishni ta’minlash; xizmatni o‘tash joylarida jinoyatchilikning, qonunbuzarlikning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik; ichki ishlar idoralari, ma’muriyat va jamoat birlashmalarining o‘g‘irlikning oldini olish, qonunbuzarlarni qo‘lga olish va moddiy boyliklarni saqlash holatini tekshirish tadbirlarida qatnashish; yong‘in yoki o‘t chiqish sodir bo‘lganda yong‘indan saqlash bo‘linmalariga xabar berish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; xizmat sirini saqlash. 19. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalarining xodimlari xizmat vazifalarini bajarish vaqtida quyidagi huquqlarga egadirlar: qo‘riqlanayotgan obyektlar xizmatchilaridan obyektning kirish-chiqish va ichki tartibiga rioya qilishni hamda xizmat burchini o‘tayotgan joylarda boshqa fuqarolardan jamoat tartibini saqlashni talab qilish; qo‘riqlanayotgan obyektlarga kirganlarni yoki qonunbuzarlik qilganlarni shaxsini aniqlash va protokol tuzish maqsadida ushlash va qo‘riqlash xizmat xonalariga olib kelish, zarur hollarda esa ularni ichki ishlar organlariga topshirish; talon-torojlarning oldini olish, o‘g‘irlangan buyumlarni olib qo‘yish maqsadida qo‘riqlanayotgan obyektlar hududida yoki binosida bo‘lgan fuqarolarni shaxsiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularning buyumlarini tekshirib ko‘rish; transport vositalarini ko‘zdan kechirish va qo‘riqlanayotgan obyektdan olib ketilayotgan yoki olib kelinayotgan mulklarning tovar-transport hujjatlariga muvofiq ekanligini aniqlash; o‘g‘irlangan mol-mulkni topib olish va olib qo‘yishda texnika vositalarini qo‘llanish, qonunga zid xatti-harakatlarni qayd etish uchun sug‘urta olish, ovoz yozish, kino va videotasvirga tushirishdan foydalanish; belgilangan tartibga muvofiq qurol ishlatish, shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalaridan foydalanish. 20. Boshqaruv apparatini va markazlashgan qo‘riqlash punktlarini joylashtirish, moddiy-texnika vositalarini, qurollar va avtotransportni saqlash uchun xizmat binolari muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalariga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ajratiladi. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan kapital mablag‘lar hisobiga xizmat binolarini loyihalashtirishlari va qurishlari, xizmat binolarini qurishda ulush qo‘shish yo‘li bilan qatnashishlari mumkin. 21. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlariga uy-joy quyidagilar hisobidan beriladi: hokimiyatning mahalliy ijroiya organlari hisobidan; obyektlari qo‘riqlanayotgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan, shartnomalarga muvofiq, ishchi va xizmatchilar bilan umumiy asosda; IIV, viloyat, shahar hokimliklari ichki ishlar bo‘limlari hisobidan uy-joy qiymatini qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan to‘lagan holda; o‘z xususiy mablag‘lariga qurilgan uy-joy fondi hisobidan. Yotoqxonaga ega bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ulardan muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlariga shartnoma asosida turar joy beradilar. Yotoqxonalardan turar joy berish, kommunal va maishiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan to‘lanadi. 22. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalarini sim, kabel mahsulotlari, transport vositalari, yoqilg‘i-moylash materiallari, qurollar, o‘q-dorilar, maxsus vositalar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan me’yorlar va jamg‘armalar bo‘yicha mavjud baholarda amalga oshiriladi. 23. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari moddiy-texnika vositalarini, yoqilg‘i-moylash materiallarini bozor fondidan chakana narxlarda sotib olish huquqiga egadirlar. 24. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlariga va ularning oila a’zolariga ichki ishlar organlarining tibbiy muassasalari tomonidan hamda qo‘riqlanayotgan obyektlarning ishchi-xizmatchilari bilan umumiy asoslarda poliklinikalar, kasalxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari, bolalar yaslilari, ovqatlanish punktlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. 25. Mehnat sharoitlari sog‘liq uchun zararli bo‘lgan obyektlarda xizmat qiluvchi muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari shu obyektlarning ishchi va xizmatchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va qulayliklardan foydalanadilar.
176
24,340
Qonunchilik
Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Naslchilik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son va “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, avval berilgan naslchilik xo‘jaliklari maqomini tasdiqlovchi amaldagi guvohnomalar o‘z muddatigacha haqiqiy hisoblanadi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: bonitirovka — hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini baholash; genofond (kam sonli) zot — muayyan zotga mansub va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi kam uchraydigan hayvonlar guruhi; naslchilik — seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli mahsulot (material) yetishtirish va undan foydalanish; nasldor hayvon — kelib chiqishi hujjatlar bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror ko‘paytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan hayvon; naslli mahsulot (material) — nasldor hayvon, uning urug‘i va embrionlari, nasldor tuxum, ipak qurti urug‘i; naslchilik obyektlari — nasldor hayvonlar (qoramollar, qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar, cho‘chqalar, shuningdek, parrandalar, baliqlar, asalarilar, ipak qurti, quyonlar, yovvoyi hayvonlar) va ularning naslli mahsulotlari (materiallari); naslchilik subyektlari — naslchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, tashkilotlar, seleksiya markazlari, ippodromlar, immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat — sinov stansiyalari, embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) markazlari hamda boshqa yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar — naslli mahsulot egalari; nasldor hayvonlar va nasldor podalarni davlat ro‘yxatiga olish — kelib chiqishini aniqlash va mahsuldorligini belgilash maqsadida nasldor hayvonlar hamda nasldor podalar haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish. 3. Naslchilik xo‘jaliklari maqomi O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb yuritiladi) tomonidan beriladi. Naslchilik xo‘jaligi maqomini berish jarayoni ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Naslchilik xo‘jaliklari maqomi yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarning (keyingi o‘rinlarda talabgorlar deb yuritiladi) murojaatida ko‘rsatilgan muayyan toifaga va/yoki zotdagi hayvon turiga yoki faoliyat yo‘nalishiga berilishi mumkin. 5. Naslchilik xo‘jaliklari maqomi quyidagi toifalar bo‘yicha beriladi: a) naslchilik xo‘jaligi sifatida kamida uch yil faoliyat yuritayotgan hamda ma’lum bir sof zot bo‘yicha yuqori mahsuldorlik xususiyatiga ega bo‘lgan hayvonlar podasini urchitish, yangi liniya, oila va tiplar yaratish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — naslchilik zavodi maqomi; b) kamida uch yil davomida nasldor hayvonlarni sof zotli urchitish usulida faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — naslchilik xo‘jaligi maqomi; v) ma’lum bir hayvon zotlarini zamonaviy usullarda takomillashtirish, ularning yangi zotlarini yaratish va ko‘paytirish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — seleksiya markazi maqomi; g) nasldor otlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — ippodrom maqomi; d) takomillashtirilayotgan nasldor hayvonlarni genetik usulda baholash bo‘yicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — immunogenetik nazorat laboratoriyasi maqomi; e) naslchilik subyektlariga nasldor hayvonlarning qiymati, mahsuldorligi va sifatini baholash, nazorat qilish va olingan ma’lumotlarni rasmiylashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan talabgorlarga — nazorat — sinov stansiyasi maqomi; yo) turli zotlardagi yuqori genetik mahsuldorlik xususiyatlariga ega bo‘lgan naslni yaxshilovchi nasldor erkak hayvonlardan olingan urug‘ bilan hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish korxonasi maqomi; j) turli zotlardagi yuqori genetik mahsuldorlik xususiyatlariga ega bo‘lgan naslni yaxshilovchi nasldor ona hayvonlarni saqlash va ulardan embrionlar tayyorlash bo‘yicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga –embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) markazi maqomi; z) ona hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish uchun nasldor erkak hayvonlarning muzlatilgan urug‘lari bankini tashkil etish va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — erkak hayvonlar urug‘larini ishlab chiqish va sotish korxonasi maqomi; i) genofond (kam sonli) turlari va zotlari, ma’lum bir evolyutsion xususiyatini nasldan-naslga o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan hayvonlarni shakllantirish, urchitish, saqlash, yangi zot va tiplar yaratish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — genofond xo‘jaligi maqomi. 6. Bir toifadagi naslchilik xo‘jaliklari maqomini boshqa toifaga o‘tkazish mazkur Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi. 7. Talabgorlarning naslchilik xo‘jaligi maqomiga loyiqligini baholash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Chorvanasl” markazlari (keyingi o‘rinlarda hududiy “Chorvanasl” markazi deb yuritiladi) direktorlarining buyrug‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Chorvanasl” markazlari huzuridagi naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish bo‘yicha hududiy davlat attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda komissiya deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etiladi. 8. Zarur hollarda, komissiya iltimosiga ko‘ra naslchilik xo‘jaliklari maqomining toifalari bo‘yicha muayyan malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar yoki olimlarni shartnoma asosida vakolatli organ tomonidan komissiya ishiga ekspert sifatida jalb qilinishi mumkin. 9. Komissiya raisi: komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; komissiya ish tartibini tasdiqlaydi; komissiya a’zolarini talabgorlarning hujjatlarini o‘rganishga jalb qiladi; komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanani belgilaydi; komissiya yig‘ilishini olib boradi hamda yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarni imzolaydi. Komissiya raisi mehnat ta’tili, kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra bo‘lmagan hollarda, uning vazifalarini bajarish komissiya raisining o‘rinbosari zimmasiga yuklanadi. 10. Komissiyaning majlislari hujjatlarning kelib tushishiga qarab o‘tkaziladi. Navbatdan tashqari majlislar (naslchilik subyektlari tomonidan minimal talablarga nisbatan kamchiliklar, buzilish holatlari belgilangan tartibda aniqlanganda) ham o‘tkazilishi mumkin. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar va boshqa barcha hujjatlar uning a’zolari umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 11. Talabgor naslchilik xo‘jaligi maqomini olish uchun hududiy “Chorvanasl” markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) naslchilik xo‘jaligi maqomini olish to‘g‘risida hududiy “Chorvanasl” markazi direktori nomiga vakolatli organ tomonidan belgilangan namunaviy shakldagi ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, faoliyatni amalga oshirish manzili; yakka tartibdagi tadbirkor familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, shuningdek, faoliyatni amalga oshirish manzili; talabgor bajarmoqchi yoki amalga oshirmoqchi bo‘lgan harakat va (yoki) muayyan toifa yo‘nalishlari hamda nasldor hayvonlarining turi, zoti; Quyidagi hujjatlar “Chorvanasl” markazi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi: talabgorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; yuridik shaxslar uchun — shtatidagi oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli zooinjeneriya mutaxassisining diplom nusxasi; d) naslchilik zavodi, naslchilik xo‘jaligi, genofond xo‘jaligi maqomini olishga talabgorlar uchun — oxirgi uch yil davomida o‘tkazilgan naslli mahsulot (material) bonitirovkasi natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalarning nusxalari, bunda naslchilik xo‘jaligi maqomiga ega bo‘lgan xo‘jaliklardan sotib olingan yoki xorijiy davlatlardan keltirilgan nasldor hayvonlar soni mazkur Nizomga 3 — 17-ilovalarda belgilangan minimal talablarga muvofiq bo‘lgan hamda talabgor tomonidan ularning nasldorligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, oxirgi uch yil davomida o‘tkazilgan naslli mahsulot (material) bonitirovkasi natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalarning nusxalarini taqdim etish talab etilmaydi; e) xorijdan keltirilgan nasldor hayvonning identifikatsiya qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot; yo) tegishli hayvonlar turlari bo‘yicha naslchilik xo‘jaligi maqomini olish uchun mazkur Nizomga 3 — 17-ilovalarda belgilangan minimal talablarga javob berishi haqida talabgor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar. 12. Naslchilik xo‘jaligi maqomini berish hamda naslchilik xo‘jaligini qayta davlat attestatsiyadan o‘tkazish uchun talabgor tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Undirilgan yig‘im hududiy “Chorvanasl” markazlari hisobvaraqalariga o‘tkaziladi. Talabgor naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha o‘z arizasidan voz kechganda yoki naslchilik xo‘jaligi maqomini berish rad etilganda, undirilgan yig‘im talabgorga qaytarilmaydi. Komissiya a’zolarining, shuningdek, ularning ishiga jalb qilingan ekspertlarning xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lovlar hududiy “Chorvanasl” markazlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 13. Ariza qabul qilingan kundan boshlab taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi yetti ish kunida komissiya tomonidan talabgorning faoliyatni amalga oshirish manzilida joylashgan xo‘jaligiga borgan holda o‘rganiladi. Bunda talabgorning faoliyati tegishliligi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda davlat attestatsiyadan o‘tkaziladi: naslchilik hisob-kitobini va hujjatlarini yuritish; naslchilik resurslarining yaxshilanishi, saqlanishi, takror ko‘paytirilishi va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash; hayvonlar mahsuldorlik hisob-kitobini yuritish, tipi bo‘yicha tasniflash, kelib chiqishini genetik ekspertiza qilish (genetikasini ekspertizadan o‘tkazadigan immunogenetik nazorat laboratoriyasi bo‘lmagan hududlarda ularning genetik kelib chiqishini (genotipini) tahlil qilish) va ularni o‘z mahsuldorligi hamda avlodining sifati bo‘yicha baholash talablarini bajarish; urug‘ olish uchun faqat takror ko‘paytiriladigan nasldor erkak hayvonlardan foydalanish, urug‘ va embrionlarni texnologik talabnomalarda va veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari talablarida belgilangan shart-sharoitda tayyorlash, identifikatsiyalash va saqlash; naslli mahsulotning (materialning) sifatini kafolatlash; naslchilik zavodi maqomi uchun nasllini takominllashtirish, yaxshilash, mahsuldorligi ko‘paytirishdagi faoliyatining samaradorligi, ma’lum bir sof zot bo‘yicha urchitish va yaratish bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari; naslchilik xo‘jaligi maqomi uchun kamida uch yil davomida nasldor hayvonlarni sof zotli urchitishning samaradorligi va sifat ko‘rsatkichlari; seleksiya markazi maqomi uchun ma’lum bir hayvon zotini takomillashtirishda zamonaviy usullardan foydalanilayotganligi, ularning yangi zotlarini yaratish va ko‘paytirishdagi samaradorligi hamda sifat ko‘rsatkichlari; ippodrom maqomi uchun otlarni kelib chiqishi, zotga xosligi, eksteryeri (tashqi ko‘rinishi), gavda tuzilishi va boshqa ko‘rsatkichlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha sharoitlarining mavjudligi; immunogenetik nazorat laboratoriyasi maqomi uchun nasldor hayvonlarni genetik usulda baholash faoliyatini amalga oshirish uchun sharoitlarning mavjudligi; nazorat — sinov stansiyasi maqomi uchun nasldor hayvonlarning qiymati oshirish, mahsuldorlik va sifat ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha sharoitlarining mavjudligi; hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish korxonasi maqomi uchun turli zotlardagi yuqori genetik mahsuldorlik xususiyatlariga ega bo‘lgan erkak hayvonlardan olingan muzlatilgan urug‘larni saqlash va sun’iy urug‘lantirish uchun sharoitning mavjudligi; embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) markazi maqomi uchun yuqori mahsuldor nasldor ona hayvonlarni saqlash va ulardan embrionlar tayyorlashda sharoitlarni mavjudligi hamda malakali mutaxassislar bilan ta’minlanganligi; erkak hayvonlar urug‘larini ishlab chiqish va sotish korxonasi maqomi uchun naslini yaxshilovchi nasldor erkak hayvonlari saqlash va ulardan olingan muzlatilgan urug‘lari bankini tashkil etilganligi hamda xudularga rayonlashtirilgan zotlar bo‘yicha muzlatilgan urug‘larini sotilganligi; genofond xo‘jaligi maqomi uchun genofond (kam sonli) turlari va zotlari, ma’lum bir evolyutsion xususiyatini nasldan-naslga o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan hayvonlarni urchitish, saqlash, yangi zot va tiplar yaratish bo‘yicha sharoitlarning mavjudligi. 14. Talabgorning faoliyatini davlat attestatsiyadan o‘tkazish vaqtida komissiya tomonidan tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlari orqali talabgorning epizootik barqarorligi, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari talablari ham o‘rganiladi. 15. Talabgorning naslchilik xo‘jaligi sifatida doimiy faoliyat olib borish imkoniyatlari quyidagi toifalar bo‘yicha tahlil qilinadi va ma’lumotnoma tayyorlanadi: shtatida naslchilik ishlari bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli zooinjeneriya mutaxassisi va sun’iy urug‘lantiruvchi texnik xodimlarning mavjudligi; naslchilik zavodlarida yoki xo‘jaliklarida yetishtirilgan, shuningdek, xorijdan olib kelingan nasldor hayvonlar bilan to‘ldirib borishi; seleksiya-naslchilik ishlarida ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha joriy etilgan usullardan foydalanishi; poda seleksiyasida talabgorning naslchilik ishlari rejasi mavjudligi; seleksiya markaz, ippodrom, nazorat — sinov stansiya va immunogenetik nazorat laboratoriya toifalari “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan texnik jihatdan malakaliligi ma’qullashdan o‘tganligi; talabgor tomonidan naslli mahsulotlarning (materiallarning) nasldorligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga auksionlar yoki shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazib berishi; har bir nasldor hayvonni identifikatsiya qilinganligi; naslli mahsulot (material) bonitirovkasining o‘z vaqtida o‘tkazib borilishi, ularning natijalarini tahlil qilish asosida podaning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha chora–tadbirlarning amalga oshirilishi; Davlat nasldor hayvonlar kitoblariga kiritish uchun taqdim etgan va kiritilgan nasldor hayvonlarining mavjudligi; hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish korxonasi uchun nasldor hayvonlarning mahsuldorligi va avlodlarining sifati bo‘yicha baholanishi; naslchilik ishi bo‘yicha davlat tarmoq dasturlariga muvofiq o‘zlarining naslchilik ishi rejalarini ishlab chiqishi va ularni amalga oshirishi; naslli mahsulotning kelib chiqishi, saqlanishi, baholanishi va nasl sifatini tasdiqlovchi zootexnik hujjatlari mavjudligi; nasldor hayvonlarni asrash va parvarishlashda mustahkam ozuqa ta’minoti (yil davomida bir xil oziqlantirish tipi) yaratilganligi; naslchilik xo‘jaligi maqomini olish bo‘yicha muayyan toifalarni amalga oshirishda avtomatlashtirilgan texnologiyalar, zarur asbob-anjomlar va uskunalarning mavjudligi; o‘z faoliyatida zootexnika, veterinariya va sanitariya talablariga rioya qilishi. 16. Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: mazkur Nizomning 11-bandidagi ro‘yxatga asosan naslchilik xo‘jaliklari maqomi berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning talabgor tomonidan to‘liq taqdim etilmaganligi; talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning naslchilik xo‘jaliklari maqomini berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi; talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi; mazkur Nizomning 13 — 15-bandlariga muvofiq o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha salbiy ma’lumotnomalar taqdim etilganda; Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berishni boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 17. Komissiya tomonidan o‘rganilgan va tahlil qilingan ma’lumotlar uning yig‘ilishida muhokama qilinadi hamda mazkur Nizomga 18-ilovada belgilangan shaklga muvofiq naslchilik xo‘jaligi maqomini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari va davlat attestatsiya yakunlari bo‘yicha bir ish kunida dalolatnoma tuziladi hamda komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi. Har bir komissiya a’zolari va ular ishiga jalb etilgan ekspertlar tomonidan alohida yozma xulosa taqdim etadi. Komissiyaning har bir a’zosi dalolatnomaga o‘z fikr-mulohazalarini kiritishga haqli. Mazkur dalolatnomaga asosan talabgorga naslchilik xo‘jaligi maqomini berish yoki berishni rad etish haqida komissiya tomonidan ikki ish kunida qaror qabul qilinadi. 18. Komissiya tomonidan naslchilik xo‘jaligi maqomini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, hududiy “Chorvanasl” markazi tomonidan talabgorga ikki ish kunida yozma ravishda rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda javob yuboradi. Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat naslchilik xo‘jaligi maqomini berishni rad etish haqidagi javob olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam, lekin o‘ttiz ish kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Talabgor naslchilik xo‘jaligi maqomini berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, naslchilik xo‘jaligi maqomini berish yoki berishni rad etish talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va ularni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kunida komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Talabgorning arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda komissiya tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini komissiya tomonidan keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno. Naslchilik xo‘jaligi maqomini berishni rad etish haqidagi javobda ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin tadbirkorlik subyekti tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va komissiya tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 19. Komissiya tomonidan talabgorga naslchilik xo‘jaligi maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, tuzilgan dalolatnoma, talabgor tomonidan berilgan ariza va mazkur Nizomga 3 — 17-ilovalarda belgilangan minimal talablarga javob berish haqida imzolangan ma’lumotlar ilova qilingan holda, ikki ish kunida hududiy “Chorvanasl” markazlari tomonidan vakolatli organga taqdim etiladi. 20. Hududiy “Chorvanasl” markazi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni vakolatli organ uch ish kunida ekspertizadan o‘tkazadi. 21. Vakolatli organ rahbari tomonidan ikki ish kunida taqdim etilgan hujjatlarga asosan talabgorga naslchilik xo‘jaligi maqomini berish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi naslchilik xo‘jaligi maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish hamda naslchilik xo‘jaligi maqomi haqidagi guvohnomani imzolashga haqli. 22. Vakolatli organ tomonidan naslchilik xo‘jaligi maqomi berilgan talabgorga naslchilik xo‘jaligi maqomining muayyan toifasi hamda hayvonlarining turi, zoti ko‘rsatilgan holda mazkur Nizomga 19-ilovaga muvofiq shaklda naslchilik maqomi haqidagi guvohnoma bir ish kunida rasmiylashtiriladi. Naslchilik xo‘jaligi maqomi haqidagi guvohnoma ikki ish kunida to‘g‘ridan to‘g‘ri naslchilik xo‘jaligi maqomi berilgan talabgorga yoki naslchilik xo‘jaligi maqomi berilgan talabgorga yetkazish uchun hududiy “Chorvanasl” markazga yuboriladi. 23. Vakolatli organga taqdim etilgan dalolatnoma, ariza va ma’lumotnomalar hamda taqdim etilgan boshqa tegishli hujjatlar naslchilik xo‘jaligi maqomi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati davomida saqlanadi. 24. Naslchilik xo‘jaligi maqomi besh yil muddatga beriladi. 25. Naslchilik xo‘jaligi maqomini tasdiqlovchi guvohnoma blankalari hisobda turadigan hujjat hisoblanadi. Naslchilik xo‘jaligi maqomini tasdiqlovchi guvohnoma blankalari vakolatli organning buyurtmanomasiga ko‘ra tayyorlanadi. 26. Quyidagilar naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning talablari va shartlari hisoblanadi: naslchilik subyektlari — harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan tarmoqni amalga oshirishda qonun talablariga majburiy rioya etish; naslchilik subyekti — yuridik shaxs bo‘lganda, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, naslchilik subyekti-yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lganda, unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organlarni xabardor qilish; naslchilik maqomi toifalari bo‘yicha me’yor va qoidalarga rioya etish. 27. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani olgan shaxs boshqa shaxsga foydalanish uchun uni berish huquqiga ega emas. Amal qilish muddati tugagan naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma foydalanib bo‘lingandan so‘ng o‘n ish kunida vakolatli organga qaytariladi. 28. Naslchilik xo‘jaliklarida naslchilik ishining yuritilishi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda nazorat tegishli vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. 29. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma amalda bo‘lgan yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma amalda bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi o‘zgargan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda tegishli vakolatli organga guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza taqdim etishi shart. Bunda naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 30. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati subyektning arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin hududiy “Chorvanasl” markaziga subyekt tomonidan ariza bilan murojaat qilishi zarur. Bunda naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish mazkur Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 31. Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma o‘rniga vakolatli organga berilgan ariza bo‘yicha guvohnomaning dublikati berilishi mumkin. Bunda naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma dublikati tayyorlanganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 32. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilganda, uning amal qilish muddati uzaytirilganda va dublikat berishda avvval berilgan (yo‘qotilgan guvohnomalardan tashqari) guvohnomalar vakolatli organga qaytariladi. 33. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaga doir talablar va shartlar naslchilik subyekti tomonidan buzilganligi aniqlanganda; naslchilik subyekti tomonidan vakolatli organning naslchilik subyektiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 42-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hollari bundan mustasno. Vakolatli organning naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi buyrug‘i naslchilik subyektiga buyruq qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish kunidan kechiktirmay, naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish sabablari va qonunchilik hujjatlarining normalari aniq ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yetkaziladi. Vakolatli organ tomonidan naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarni naslchilik subyekti tomonidan bartaraf qilish muddati belgilanadi. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni naslchilik subyekti tomonidan bartaraf qilish muddati naslchilik subyekti naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi buyruqni olgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar naslchilik subyekti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida buyruq qabul qilgan vakolatli organ ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida naslchilik subyekti tomonidan taqdim etilgan tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. 34. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: naslchilik subyekti naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda; yuridik shaxs bo‘lgan naslchilik subyekti tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda muayyan bir toifani amalga oshirish uchun naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ularning qo‘shib yuborilishi mustasno; yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda; yakka tartibdagi tadbirkor vafot etganda, uning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda; naslchilik subyekti naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaga doir talablar va shartlarni bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda, qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga va boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa; naslchilik subyekti naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarni vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda; vakolatli organning naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani berish to‘g‘risidagi buyrug‘i qonunga xilof ekanligi aniqlanganda; naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda (subyekt tomonidan o‘z vaqtida naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida ariza berilmagan taqdirda). Ushbu bandning uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollar yuzaga kelishi bilan naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatda vakolatli organ tomonidan, ushbu bandning oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan holatlarda esa “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 42-moddasiga asosan tugatiladi. Vakolatli organning naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi buyrug‘i naslchilik subyektiga ushbu buyruq qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda, naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda yetkaziladi. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi buyruq naslchilik subyekti tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma vakolatli organga qaytariladi. 35. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma quyidagi asoslarda bekor qilinadi: naslchilik subyektining naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra; naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan holat bo‘yicha vakolatli organ tomonidan, ushbu bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan holat bo‘yicha “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 42-moddasiga asosan bekor qilinadi. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma bekor qilinganligi to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, vakolatli organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak. 36. Naslchilik xo‘jaliklarida naslchilik ishining yuritilishini nazorat qilish jarayonida ularga qo‘yilgan talablar buzilganligi aniqlangan taqdirda, vakolati doirasida Komissiya tomonidan naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi. Yuqoridagi holatlarning mavjudligi komissiya tomonidan tasdiqlangan taqdirda, bu haqda naslchilik xo‘jaligi maqomi guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida uch kun muddatda dalolatnoma tuziladi. 37. Naslchilik xo‘jaligi maqomi guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma tegishli vakolatli organ rahbarining naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ini qabul qilish uchun asos bo‘ladi. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab ikki kun muddatda naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida vakolatli organ tomonidan buyruq qabul qilinishi lozim. 38. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish to‘xtatib turilgan, to‘xtatilgan yoki bekor qilingan taqdirda, Davlat naslchilik registriga o‘zgartirish kiritiladi. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish to‘xtatilgan yoki bekor qilinganligi haqida, shuningdek, muddati tugagan taqdirda tegishli tuman (shahar) hokimligi va soliq organlari xabardor qilinadi. 39. Vakolatli organ naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomalar reyestrini yuritadi va uni rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomalar reyestri tanishish uchun ochiq hisoblanadi. 40. Agarda vakolatli organning naslchilik xo‘jaligi maqomini berishni rad etganligi, shuningdek, naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi buyrug‘idan norozi bo‘lgan taqdirda talabgor belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. 41. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
87
34,224
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1996-YIL 17-APRELDAGI PF-1425-SON FARMONINI O‘Z KUCРINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASР TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi muassislari Konferensiyasi o‘z faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilganligi munosabati bilan: “O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi PF-1425-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
131
362
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-son “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Yo‘riqnoma “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish (bundan buyon matnda fuqarolikni yo‘qotish deb yuritiladi) — manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan rasmiylashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishi; fuqarolikni yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda IIV deb yuritiladi) va/yoki Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda TIV deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladigan, Qonunga muvofiq fuqarolikni yo‘qotishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini aniqlashga, shuningdek boshqa davlat organlari bilan birgalikda tegishli tekshiruvlarni amalga oshirishga va hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) taqdim etishga qaratilgan harakatlar majmui; chet elda doimiy yashayotgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarilgan hamda chet elga doimiy yashash uchun chiqishga ruxsatnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari. 2. Qonunning 21-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotilishi mumkin: shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga (bundan buyon matnda chet davlatning davlat xizmati deb yuritiladi) ishga kirganligi natijasida; agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa; agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa; agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa; agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa. 3. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalari yuzasidan hujjatlar tayyorlash vaqtida IIV, TIV va/yoki O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari (bundan buyon matnda — konsullik muassasalari) tomonidan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotgan deb topish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ish haqida uni xabardor qilish choralari ko‘riladi. Xabardor qilish shaxsning yashab turgan joyi bo‘yicha yozma ravishda amalga oshiriladi. Shaxsning turgan joyi haqida ma’lumot bo‘lmagan taqdirda, uni xabardor qilish ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan shaxsning oxirgi yashash joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yoki uning yaqin qarindoshlariga xabarnoma yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shaxs IIV, TIV yoki konsullik muassasalariga kelgan taqdirda, uni xabardor qilish imzo chektirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab yo‘qotiladi. 5. Chet davlatning davlat xizmatiga kirgan shaxslarni aniqlash uchun konsullik muassasalari: o‘zlarining konsullik okruglari joylashgan mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklariga chet davlatning davlat xizmatiga kirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘yicha axborot berish haqida nota yuboradilar va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalari haqida xabardor qiladilar; manfaatdor vazirlik va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi haqidagi ma’lumotlarini tekshiradilar; shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi haqidagi murojaatlarini va chet davlatning so‘rovnomalarini o‘rganadilar. 6. O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi haqida ma’lumot olingan yoki bunday ma’lumot aniqlangan taqdirda konsullik muassasasi ushbu fuqaroning shaxsini tekshiradi va, zarurat bo‘lsa, TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga so‘rovnoma yuboradi, Konsullik-huquqiy departamenti uni manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi. 7. O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi haqida ma’lumot olingan yoki bunday ma’lumot aniqlangan taqdirda manfaatdor vazirlik va idoralar TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga axborot yuboradilar, Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotni tegishli konsullik muassasasi orqali qayta tekshiradi. 8. O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi fakti aniqlangan taqdirda konsullik muassasasi ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq fuqarolikni yo‘qotishni rasmiylashtirish yuzasidan asoslantirilgan xulosa tayyorlaydi va uni hujjatlar bilan birga TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboradi. Hujjatlar uch nusxada tayyorlanadi va ularning ikkitasi TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi, uchinchisi esa, konsullik muassasasida saqlanadi. 9. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti kelgan hujjatlarni tekshiradi va besh ish kuni ichida bittadan nusxasini O‘zbekiston Respublikasi IIV va Davlat xavfsizlik xizmatiga (bundan buyon matnda DXX deb yuritiladi) ko‘rib chiqish uchun yuboradi. 10. IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda IIV MvaFRBB deb yuritiladi) kelib tushgan hujjatlarni o‘n ish kuni ichida IIV MvaFRBBning Aholini pasportlashtirish avtomatlashtirilgan axborot tizimi respublika markazining (bundan buyon matnda APAAT RM deb yuritiladi) ma’lumotlar bazasi orqali tekshiradi va ayni vaqtda ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining (bundan buyon matnda IIVning hududiy boshqarmalari deb yuritiladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va bo‘limlariga (bundan buyon matnda MvaFRBvaB deb yuritiladi) yuboradi. 11. IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaB kelib tushgan hujjatlarni o‘n ish kuni ichida IIV hududiy boshqarmalari manzil-ma’lumot byurolari (bundan buyon matnda MMB deb yuritiladi) hamda Tezkor-ma’lumotlar boshqarma (bo‘lim)larining ma’lumotlar bazalari orqali tekshiradi va ularni IIV MvaFRBBga yuboradi. 12. IIV MvaFRBB Nizomning IV bo‘limi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, DXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli so‘rovnomalarni yuboradi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, DXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi so‘rovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy bo‘linmalar bo‘yicha tegishli tekshiruvlarni o‘tkazadi va ularning natijalarini o‘ttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi. 14. Kelib tushgan hujjatlar asosida IIV MvaFRBB o‘n ish kuni ichida fuqarolikni yo‘qotishni rasmiylashtirish yuzasidan asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Hujjatlar va xulosa TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi. 15. DXX kelib tushgan hujjatlarni yigirma ish kuni ichida o‘rganib chiqadi va fuqarolikni yo‘qotishni rasmiylashtirish yuzasidan asoslantirilgan xulosani TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboradi. 16. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti hujjatlarni hamda IIV va DXXning xulosalarini olib, o‘n ish kuni ichida asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. To‘plangan hujjatlar va xulosalar Komissiyaga yuboriladi. 17. Chet elda doimiy yashayotgan uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan shaxslarni aniqlash maqsadida konsullik muassasalari: shaxslarning konsullik muassasalariga kelib tushgan murojaatlarini tekshiradi; chet davlatning shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi haqidagi so‘rovnomalarini o‘rganadi; o‘zining konsullik okruglari joylashgan mamlakatlardagi ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida saqlanayotgan fuqarolarni aniqlaydi; chet elda doimiy yashash uchun chiqib ketgan fuqarolarning IIV MvaFRBB tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatni o‘zining konsullik hisobi bo‘yicha tekshiradi. 18. Konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini aniqlaydi va u konsullik hisobiga o‘z vaqtida turmaganligi sabablarini o‘rganadi. 19. Uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan shaxslar aniqlanganida, basharti ularning pasporti bo‘lmasa, konsullik muassasasi 1-shaklning tasdiqlangan nusxasini TIV Konsullik-huquqiy departamenti orqali so‘rab oladi. 20. Konsullik muassasasi rahbari vaziyatga qarab, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi o‘z vaqtida konsullik hisobiga turmaganligi sabablarining uzrliligiga obyektiv ma’lumotlar asosida mustaqil baho beradi. Uzrli sabablar aniqlangan taqdirda, konsullik muassasasi fuqaroni konsullik hisobiga oladi, bu haqda TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga xabar beriladi. 21. To‘plangan hujjatlar asosida konsullik muassasasi ushbu Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq ikki nusxada asoslantirilgan xulosa tayyorlaydi. Xulosaning bir nusxasi va hujjatlar TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi hujjatlar nusxasi bilan birga konsullik muassasasida saqlanadi. 22. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti konsullik muassasalarining xulosalari va hujjatlarini olib, ularni IIV MvaFRBBga yuboradi. 23. IIV MvaFRBB ushbu Yo‘riqnomaning 30 — 35-bandlariga muvofiq tekshiruv o‘tkazadi va hujjatlarni TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboradi. 24. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti o‘rganish natijalariga asosan o‘n ish kuni ichida asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi hamda hujjatlar bilan birga Komissiyaga yuboriladi. 25. Tuman, shahar ichki ishlar boshqarmalari, bo‘limlarining (bundan buyon matnda TShIIBB deb yuritiladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi) hamda IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaBlari chet elga doimiy yashash maqsadida chiqib ketish uchun ro‘yxatdan chiqarishni va ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirishda fuqaroni Qonunning 21-moddasi qoidalari haqida ushbu Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq yozma ravishda ogohlantiradi. Ayni vaqtda shaxslarning ushbu toifasi haqidagi ma’lumotlar (ketish varaqalari) ro‘yxatdan chiqarish rasmiylashtirgandan keyin bir kun ichida APAAT RM “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. IIV MvaFRBB ko‘rsatilgan ma’lumotlarni har chorakda TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga xizmatda hisobga olish uchun elektron shaklda yuboradi. 26. TShIIBB MvaFRB chet elga doimiy yashash maqsadida chiqib ketgan shaxslarning to‘liq hisobini yuritish uchun ketish varaqalari bo‘yicha arxiv hujjatlarini, kvartira kartochkalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uy va xo‘jalik kitoblari bo‘yicha doimiy ravishda o‘rganib boradi. 27. TShIIBB MvaFRB chet elga doimiy yashash maqsadida chiqib ketgan va uch yildan ortiq vaqt davomida xorijiy davlatda yashayotgan shaxslar aniqlanganida, ushbu shaxslarga doir ilgari IIV MvaFRBBga jo‘natilgan 1-shaklning nusxasi va APAAT RMning ma’lumotlar bazasida 1-shaklning elektron varianti mavjudligini tekshiradi. 1-shakl mavjud bo‘lmagan taqdirda u ushbu bazaga kiritib qo‘yiladi. 28. Tekshirish tugagandan keyin TShIIBB MvaFRB IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaBga qog‘ozning bir tomonida aks ettirilgan va muhr bilan tasdiqlangan 1-shakl nusxasini va 4-ilova bo‘yicha ro‘yxatni yuboradi. 1-shakl nusxasining orqa tomoni ushbu Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi. 29. IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaB kelib tushgan ro‘yxatlarni umumlashtiradi va ularning to‘g‘riligini 1-shakl nusxasi ma’lumotlariga solishtirish yo‘li bilan tekshiradi, shundan so‘ng umumlashtirilgan ro‘yxat 1-shakl nusxalari bilan birga IIVning hududiy boshqarmalari MMBlariga yuboriladi. IIVning hududiy boshqarmalari MMBlari kelib tushgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tgan yoki chiqarilgan hollar mavjudligini aniqlash maqsadida uch ish kuni ichida tekshiradi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha IIVning hududiy boshqarmalari MMBlari hamda MvaFRBvaBlari tomonidan 1-shakl nusxasining orqa tomoniga ushbu Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tegishli ma’lumotlar kiritiladi, ushbu ma’lumotlar ro‘yxat bilan birga IIV MvaFRBBga yuboriladi. 30. IIV MvaFRBB kelib tushgan ro‘yxatlarni umumlashtiradi va ularning to‘g‘riligini 1-shakl nusxasi ma’lumotlariga solishtirish yo‘li bilan tekshiradi. IIV MvaFRBB umumlashtirilgan ro‘yxatni Nizomning IV bo‘limi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, DXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli so‘rovnomalar bilan yuboradi. 31. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, DXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi so‘rovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy bo‘linmalar bo‘yicha tegishli tekshiruvlarni o‘tkazadi va ularning natijalarini o‘ttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi. 32. IIV MvaFRBB umumlashtirilgan ro‘yxatni tekshirish uchun IIVning hududiy boshqarmalari MvaFRBvaBlariga yuboradi. 33. IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaB yetti ish kuni ichida IIV hududiy boshqarmalarining MMB hamda MvaFRBvaB ma’lumotlar bazalari bo‘yicha tekshiruvni amalga oshiradi, va undan so‘ng IIV MvaFRBBga tegishli ma’lumotnomani yuboradi. 34. IIV MvaFRBB kelib tushgan ro‘yxatlarni tekshiradi va ayni vaqtda ularni IIV Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasiga yuboradi. Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi yetti ish kuni ichida natijalar haqida IIV MvaFRBBga axborot beradi. 35. Shaxslarning ro‘yxati 1-shakl nusxalari bilan birga TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi. Konsullik-huquqiy departamenti ro‘yxatni konsullik muassasalariga yuboradi. 36. Konsullik muassasalari o‘n ish kuni ichida ro‘yxatni o‘zlarining konsullik hisobi bilan solishtiradi va TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga ma’lumot yuboradi. 37. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti tekshiruvlar natijalari bo‘yicha o‘n ish kuni ichida asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi va ro‘yxat bilan birga Komissiyaga yuboriladi. 38. Shaxs oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yoki arizalar kelib tushgan taqdirda TShIIBB MvaFRB yoki konsullik muassasalari Qonunga muvofiq ushbu shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydilar. 39. Tekshiruvni o‘tkazish vaqtida TShIIBB MvaFRB yoki konsullik muassasalari tomonidan quyidagilar aniqlanadi: shaxsning Qonun kuchga kirgan vaqtda (1992-yil 28-iyulda) O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaganligi; shaxsning Qonun kuchga kirgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi hududida propiskasi bo‘lganligi; shaxs Qonun kuchga kirgan vaqtda mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda harbiy hisobda turganligi; shaxs Qonun kuchga kirganidan keyin tug‘ilganligi va unda Qonunning 13 — 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish huquqi mavjudligi; Qonunning 4-moddasi 2-bandida nazarda tutilgan holatlar. 40. Tekshiruvni o‘tkazish hamda shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qonuniy ravishda olganligi faktlarini tasdiqlash uchun tegishli vazirlik va idoralarga (mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, shaxsning oldingi yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlari va boshqalarga) so‘rovnomalar yuboriladi. 41. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olinganligi fakti tasdiqlangan taqdirda TShIIBB MvaFRB yoki TIV Konsullik-huquqiy departamenti uch ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishning asossizligi haqida sabablarini ko‘rsatgan holda xulosa tayyorlaydi. 42. TShIIBB MvaFRB xulosaning nusxasi va to‘plangan hujjatlarni bir ish kuni ichida mazkur fakt aniqlangan joydagi prokuratura organiga yuboradi, prokuratura organi bu hujjatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida TShIIBB MvaFRBga xabar beradi. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti xulosa va to‘plangan hujjatlarni konsullik muassasalaridan olganidan keyin bir ish kuni ichida ularni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi. Bosh prokuratura mazkur hujjatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga xabar beradi. 43. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olinganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilanadi. Qarorni chiqargan sud uning nusxasini TShIIBB MvaFRB yoki TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga o‘rnatilgan tartibda yuboradi. 44. TShIIBB MvaFRB sudning qarorini olgach, to‘plangan hujjatlarni uch ish kuni ichida IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRB orqali IIV MvaFRBBga yuboradi. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti sudning qarorini olgach, to‘plangan hujjatlarni uch ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi. 45. IIV MvaFRBB Nizomning IV bo‘limi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, DXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli so‘rovnomalarni yuboradi. 46. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, DXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi so‘rovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy bo‘linmalar bo‘yicha tegishli tekshiruvlarni o‘tkazadi va ularning natijalarini o‘ttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi. 47. IIV MvaFRBB kelib tushgan hujjatlarni TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboradi. 48. IIV MvaFRBB yoki TIVning Konsullik-huquqiy departamenti kelib tushgan hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi asossiz olinganligi haqida asoslantirilgan xulosa chiqaradi va to‘plangan hujjatlarni Komissiyaga yuboradi. 49. Shaxsning chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi ikkinchi bo‘limida nazarda tutilgan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarni sodir etish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazganligini tasdiqlaydigan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hujjatlar shaxsning fuqaroligini yo‘qotish yuzasidan DXX, IIV va TIV tegishli boshqarmalarining asoslantirilgan taqdimnomalari bilan birga ushbu Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq IIV MvaFRBBga yuboriladi. 50. IIV MvaFRBB ushbu Yo‘riqnomaning 10 va 11-bandlariga muvofiq hujjatlarni tekshiradi va IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda fuqarolikni yo‘qotish masalasini ko‘tarishga oid hujjatlarning nusxasini TIV Konsullik-huquqiy departamentiga va DXXga taqdim etadi. IIV MvaFRBB Nizomning IV bo‘limi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, DXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli so‘rovnomalarni yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, DXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi so‘rovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy bo‘linmalar bo‘yicha tegishli tekshiruvlarni o‘tkazadi va ularning natijalarini o‘ttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi. 51. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti mazkur hujjatlarni olgach, uch ish kuni ichida konsullik muassasalariga axborot yuboradi. Konsullik muassasalari uch ish kuni ichida shaxslar haqidagi mavjud ma’lumotlarni TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboradi. 52. TIV va DXX kelib tushgan hujjatlar asosida o‘n ish kuni ichida o‘zining asoslantirilgan xulosasini chiqaradi va Komissiyaga taqdim etadi. 53. IIV MvaFRBB o‘n ish kuni ichida fuqarolikni yo‘qotish yuzasidan asoslantirilgan xulosani chiqaradi. Ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanib, hujjatlarni ilova qilgan holda Komissiyaga yuboriladi. 54. Chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan shaxslarni aniqlash uchun konsullik muassasalari: chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida axborot taqdim etishni so‘rab, o‘zining konsullik okrugi joylashgan mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklariga notalar yuboradi; manfaatdor vazirlik va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlat fuqaroligini qabul qilganligi haqidagi ma’lumotlarini tekshiradi; shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi haqida ulardan tushgan murojaatlarni va chet davlat so‘rovlarini o‘rganadi. 55. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning fuqaroligini qabul qilganligi haqida axborot olingan yoki aniqlangan taqdirda, konsullik muassasasi mazkur fuqarolarning shaxsini tekshiradi hamda zarur bo‘lsa TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga so‘rov yuboradi, Konsullik-huquqiy departamenti so‘rovni manfaatdor vazirlik va idoralarga jo‘natadi. 56. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning fuqaroligini qabul qilganligi haqida ma’lumotlar olingan yoki aniqlangan taqdirda manfaatdor vazirlik va idoralar TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga axborot yuboradilar, Konsullik-huquqiy departamenti tegishli konsullik muassasasi orqali ma’lumotlarni qayta tekshiradi. 57. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet el fuqaroligi qabul qilganligi fakti aniqlangan taqdirda konsullik muassasasi ushbu Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq fuqarolikni yo‘qotishni rasmiylashtirish yuzasidan xulosa tayyorlaydi va uni hujjatlar bilan birga TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboradi. Hujjatlar uch nusxada tayyorlanadi. Ularning ikkita nusxasi TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi, uchinchi nusxasi esa, konsullik muassasasida saqlanadi. 58. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti kelib tushgan hujjatlarni tekshiradi va uch ish kuni ichida ularning bittadan nusxasini IIV va DXXga ular tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yuboradi. 59. IIV MvaFRBvaB kelib tushgan hujjatlarni o‘n ish kuni ichida APAAT RM ma’lumotlar bazalaridan tekshiradi va ayni vaqtda ularni IIV hududiy boshqarmalari MvaFRBga yuboradi. 60. IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaB kelib tushgan hujjatlarni o‘n ish kuni ichida IIV hududiy boshqarmalari MMB va Tezkor-ma’lumotlar boshqarma (bo‘lim)larining ma’lumotlar bazalari orqali tekshiradi hamda ularni IIV MvaFRBBga yuboradi. 61. IIV MvaFRBB Nizomning IV bo‘limi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, DXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli so‘rovnomalarni yuboradi. 62. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, DXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi so‘rovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy bo‘linmalar bo‘yicha tegishli tekshiruvlarni o‘tkazadi va ularning natijalarini o‘ttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi. 63. IIV MvaFRBB kelib tushgan hujjatlar asosida o‘n ish kuni ichida fuqarolikni yo‘qotish yuzasidan asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Hujjatlar va xulosa TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi. 64. DXX kelib tushgan hujjatlarni yigirma ish kuni ichida tekshiradi va TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga fuqarolikni yo‘qotish yuzasidan asoslantirilagan xulosani yuboradi. 65. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti IIV va DXXning hujjatlari va xulosalarini olib, o‘n ish kuni ichida asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. To‘plangan hujjatlar va xulosalar Komissiyaga yuboriladi. 66. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning fuqaroligini qabul qilganligi to‘g‘risida axborot olingan yoki aniqlangan taqdirda vazirlik va idoralar chora ko‘rish uchun tegishli ma’lumotni IIV MvaFRBBga yuboradilar. IIV MvaFRBB axborotni olib, uch ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi TIV yoki Adliya vazirligi orqali (xalqaro shartnomalar doirasida) chet davlatning vakolatli organlariga O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlat fuqaroligini qabul qilganligi faktini tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi. Chet davlat fuqaroligi qabul qilinganligi fakti tasdiqlangan taqdirda, IIV MvaFRBB hujjatlarni uch ish kuni ichida shaxsning doimiy yashash joyi bo‘yicha TShIIBB MvaFRBga tekshiruv o‘tkazish uchun yuboradi. TShIIBB MvaFRB o‘n besh ish kuni ichida IIV ma’lumotlar bazalari (Tezkor-ma’lumotlar boshqarma (bo‘lim)lari, MMB va boshqalar) bo‘yicha tegishli tekshiruvni amalga oshirib, hujjatlarni IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaBlariga yuboradi. 67. IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaB kelib tushgan hujjatlarni o‘rganib chiqadi va fuqarolikni yo‘qotish yuzasidan xulosa tayyorlaydi hamda uni hujjatlar bilan birga IIV MvaFRBBga yuboradi. 68. IIV MvaFRBB Nizomning IV bo‘limi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, DXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli so‘rovnomalarni yuboradi. 69. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, DXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi so‘rovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy bo‘linmalar bo‘yicha tegishli tekshiruvlarni o‘tkazadi va ularning natijalarini o‘ttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi. 70. IIV MvaFRBB natijalarni olgach, besh ish kuni ichida uch nusxada hujjatlarni tayyorlaydi. Hujjatlarning bir nusxasi TIVga, ikkinchi nusxasi DXXga yuboriladi, uchinchi nusxasi esa, IIV MvaFRBBda saqlanadi. 71. TIV va DXX kelib tushgan hujjatlarni yigirma ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va IIV MvaFRBBga fuqarolikni yo‘qotishni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi asoslantirilgan xulosani yuboradi. 72. IIV MvaFRBB hujjatlarni va TIV hamda DXXning xulosasini olgach, besh ish kuni ichida fuqarolikni yo‘qotishni rasmiylashtirish haqida asoslantirilgan xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. To‘plangan hujjatlar va xulosalar Komissiyaga yuboriladi. 73. Fuqarolikni yo‘qotish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining DXX, IIV va TIVga kelib tushgan nusxalari ishda hisobga olish uchun qabul qilinadi. 74. IIV MvaFRBB va TIVning Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolikni yo‘qotish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining nusxasini IIV hududiy boshqarmasining tegishli MvaFRBvaBga yoki konsullik muassasasiga yuboradi. Ayni vaqtda IIV MvaFRBB fuqaroligini yo‘qotgan shaxslar haqida APAAT RMning ma’lumotlar bazasiga, har bir elektron 1-shaklga yozuv kiritadi. 75. IIV hududiy boshqarmasining MvaFRBvaB fuqarolikni yo‘qotish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining nusxasini olgach, 1-shaklning asl nusxalariga fuqarolikni yo‘qotganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish uchun uni TShIIBB MvaFRBlariga yuboradi. 76. Fuqarolikni yo‘qotganlik fakti O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxs doimiy istiqomat qiladigan joydagi TShIIBB MvaFRB tomonidan, chet davlatda doimiy istiqomat qilayotgan shaxslarga nisbatan esa, konsullik muassasalari tomonidan ro‘yxatga olinadi. 77. Fuqaroligini yo‘qotgan shaxs TShIIBB MvaFRB yoki konsullik muassasasiga kelganida undan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti olib qo‘yiladi va unga ushbu Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq fuqarolikni yo‘qotganlik haqida ma’lumotnoma beriladi. Olib qo‘yilgan pasport belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim. 78. TShIIBB MvaFRB Qonunning 21-moddasi birinchi qismiga muvofiq fuqaroligini yo‘qotgan shaxsga fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yoki chet el fuqarosining yashash uchun guvohnomasini rasmiylashtiradi. 79. Fuqarolikni yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etuvchi davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi davlat organiga (mansabdor shaxsga) shikoyat qilinishi mumkin. 80. Mazkur Yo‘riqnoma talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 81. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi va Oliy sudi bilan kelishilgan.
159
31,059
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
247
807
Qonunchilik
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARI UChUN DAROMAD SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 23-24-son, 168-modda) muvofiq qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003-yil 7-iyuldagi 76 va 2003-62-son qarori bilan tasdiqlangan “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (2003-yil 21-iyul, ro‘yxat raqami 1260 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 52-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
169
1,110
Qonunchilik
2003/2004 O‘QUV YILIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL TO‘G‘RISIDA
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, oliy ta’lim muassasalariga iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni tanlab olish, respublikamiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalari uchun zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish hamda umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2003/2004 o‘quv yilida: bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha umumiy qabul soni 51100, shu jumladan 19900 davlat grantlari va 31200 to‘lov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq taqsimlansin; magistrlar tayyorlash bo‘yicha umumiy qabul soni 5400, shu jumladan 1400 davlat grantlari va 4000 to‘lov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy ta’lim muassasalari va mutaxassisliklar bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq taqsimlansin. 2. 2003/2004 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari huzuridagi maxsus sirtqi bo‘limlarga o‘rta maxsus ma’lumotga va tegishli ta’lim turi bo‘yicha kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlardan, shuningdek bolalar sporti murabbiylaridan bakalavrlar tayyorlash uchun umumiy qabul soni 5000, shu jumladan 1200 davlat grantlari va 3800 to‘lov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 3-ilovaga muvofiq taqsimlansin. 3. Qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda hamda Orolbo‘yi mintaqasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpoq davlat universitetining agrar fakulteti negizida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda tegishli bino va inshootlarni, asosiy fondlarni va moliyaviy mablag‘larni belgilangan tartibda Qoraqalpoq davlat universitetining agrar fakulteti balansidan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali balansiga o‘tkazsin, shuningdek o‘tkaziladigan talabalar kontingentini, professor-o‘qituvchilar, ma’muriy-boshqaruv va xo‘jalik xodimlari tarkibini aniqlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi: ikki hafta muddatda Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda Toshkent davlat agrar universiteti nizomiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin; Davlat test markazi bilan birgalikda 2003/2004 o‘quv yilida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialiga qabul bo‘yicha test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 6. Oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddatda o‘zlariga qarashli ta’lim muassasalarida davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat va magistraturaga qabul bo‘yicha o‘rinlar kvotasini ta’lim shakllari va tillari bo‘yicha taqsimlash to‘g‘risidagi takliflarini Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar. 7. Davlat komissiyasiga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga qabul qilish test sinovlari natijalaridan kelib chiqqan holda mazkur qarorda belgilangan umumiy qabul kvotalari doirasida qabul ko‘rsatkichlariga zarur o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2003/2004 o‘quv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga hamda maxsus sirtqi bo‘limlarga belgilangan qabul kvotalarini hisobga olgan holda budjetdan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining budjet parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1995-yil 3-iyundagi 211-son qarori 1-bandining Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialini Qoraqalpoq davlat universitetining agrar fakultetiga aylantirish to‘g‘risidagi qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
96
4,565
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 13-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman: 1. “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1149, 2002-yil 12-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019-yil 4-sentabrdagi 05/01-18-02-32/3458-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2002-yil 25-maydagi 66, 218-V-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1149, 2002-yil 12-iyun); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 28-noyabrdagi 128, 218-V-1-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1149-1, 2004-yil 20-fevral); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 11-noyabrdagi 122, 218-V-2-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1149-2, 2004-yil 19-noyabr); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 8-iyundagi 52, 218-V-3-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1149-3, 2005-yil 6-iyul); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 15-avgustdagi 75, 218-V-4-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1149-4, 2005-yil 8-sentabr); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 2-martdagi 25, 218-V-5-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1149-5, 2006-yil 3-aprel); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 7-iyundagi 66, 218-V-6-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1149-6, 2007-yil 27-iyun); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 10-sentabrdagi 87, 23/13-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1149-7, 2009-yil 23-sentabr). 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
78
5,427
Qonunchilik
MUDDATLI HARBIY, MUQOBIL XIZMATNING BELGILANGAN MUDDATLARINI O‘TAB BO‘LGAN FUQAROLARNI XIZMATDAN BO‘ShATISh HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARIGA NAVBATDAGI ChAQIRUV TO‘G‘RISIDA
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflaridan: muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolar — rezervga; muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolar — zaxiraga bo‘shatilsin. 2. 1977—1986-yillarda tug‘ilgan, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2004-yilning oktyabr-noyabr oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin. Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda, Qurolli Kuchlarning chaqiriluvchilar bilan sifatli to‘ldirilishini ta’minlash maqsadida, joylardagi chaqiruv komissiyalarining samarali ishlashini, shuningdek Qurolli Kuchlarga muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni qo‘shinlarga tantanali kuzatib qo‘yishni tashkil etsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (F.G‘. Nazirov) Mudofaa vazirligi (Q.G‘. G‘ulomov) bilan birgalikda chaqiruv uchastkalarini zarur tibbiyot asbob-anjomlari va buyumlari bilan ta’minlab chaqiriluvchilarning sifatli, har tomonlama va xolisona tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini, chaqiruv komissiyalarining ishiga turli ixtisoslikka ega bo‘lgan yuqori malakali vrachlar jalb etilishini, muqobil tibbiy komissiyalarning samarali ishlashini tashkil etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Q.G‘. G‘ulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R.R. Inoyatov), Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi (I. Ergashev), harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonlari: muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni qo‘shilmalarga va qismlarga qabul qilishda yuksak uyushqoqlikni, harbiy intizomni, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini, muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy mutaxassisliklarga o‘qitish jarayonida xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya etilishini; muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarda maqsadga intilishni, zarur ma’naviy fazilatlarni va irodalilikni, o‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarish va takomillashtirishga doimiy intilishni rivojlantirishga, ularning aniq hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishiga, jismoniy va aql-zakovat darajasi oshirilishiga, ularga Vatanga muhabbat va armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘ularini singdirishga qaratilgan jangovar va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash dasturi yanada takomillashtirilishini; muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy uy-joy-maishiy shart-sharoitlar yaratilishini, ularning belgilangan talablarga va ta’minot normalariga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli moddiy ta’minlanishini; mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahalla qo‘mitalari, jamoatchilik bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tagan fuqarolarni yashash joyiga kuzatib qo‘yish va tantanali kutib olish tashkil etilishini ta’minlasinlar. 7. Moliya vazirligi (S.B. Rahimov) mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tashkilotlar va korxonalar, shuningdek safarbarlik chaqiruvchi rezerviga va muqobil xizmatga olingan fuqarolar tomonidan moliyaviy majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (O.O. Obidov) mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Qurolli Kuchlardan bo‘shatilgan fuqarolarni ularning egallagan harbiy va fuqarolik mutaxassisliklarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalariga ishga qabul qilishda mardlik va vatanparvarlik tarbiyasining armiya maktabini o‘tagan, harbiy tayyorgarlik ko‘rgan va hayotiy tajriba orttirgan, mamlakatning eng faol va tayyorgarlik ko‘rgan kadrlar zaxirasi hisoblangan shaxslar sifatida ustunlik huquqidan foydalanadilar. 9. “O‘zteleradio” kompaniyasi (A.K. Ko‘chimov), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (M. Hazratqulov)ga yoshlarni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga tayyorlashning borishini, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishning amalga oshirilishini, chaqiruv komissiyalari ishini, safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatning tashkil qilinishini va Qurolli Kuchlardan rezervga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni joylarda kutib olish bo‘yicha tantanali tadbirlar uyushtirilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya qilinsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
189
5,088
Qonunchilik
“Maxsus so‘yish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollarni so‘yish, chorva mollarni so‘yish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ruxsat beruvchi guvohnomalarni berish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, sh
O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunlari va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son “Davlat veterinariya xizmati tizimidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2006-yil 13-iyuldagi 6/1 va 5-son “Maxsus so‘yish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollarni so‘yish, chorva mollarni so‘yish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ruxsat beruvchi guvohnomalarni berish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1611, 2006-yil 10-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 329-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013-yil 14-martdagi 2/1 va 8-son “Maxsus so‘yish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollarni so‘yish, chorva mollarni so‘yish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ruxsat beruvchi guvohnomalarni berish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 69-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1611-1, 2013-yil 2-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 14-son, 192-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014-yil 2-iyuldagi 4 va 12-son “Maxsus so‘yish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollarni so‘yish, chorva mollarni so‘yish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ruxsat beruvchi guvohnomalarni berish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1611-2, 2014-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 28-son, 353-modda).
250
2,374
Qonunchilik
Turizm va sport vazirligining tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarimizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlari va musobaqalarida ishtirok etishini ta’minlash, yoshlarni sportga keng jalb qilish, shuningdek, ziyorat turizmini yanada rivojlantirish maqsadida: 1. Turizm va sport vazirligining markaziy apparati tuzilmasida: turizm va sport vazirining ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy qilinsin va shu munosabat bilan turizm va sport vazirining ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatilsin; turizm va sport vazirining ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi — Ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimi joriy qilinsin va shu munosabat bilan turizm va sport vazirining ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. Turizm va sport vazirligi mazkur qarordan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmonining 10-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5054-son qarorida: a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5114-son qarorining 15-bandidagi “muvofiqlashtirish” so‘zi “rivojlantirish” so‘zi bilan almashtirilsin.
85
2,009
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-932-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-932-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
424
Qonunchilik
Byudjet ish beruvchining хarajatlarini qoplaydi
Joriy yilning may oyidan boshlab 2023 yil 1 yanvargacha barcha soliq toʻlovchilar-yuridik shaхslarga 25 yoshdan oshmagan shaхslarning mehnat haqi toʻlashga doir хarajatlari uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi qaytariladi, ya’ni Davlat byudjeti tomonidan qoplanadi, deb хabar berdi Moliya vazirligi aхborot хizmati. Normani qoʻllash shartlari: Birgina istisno mavjud: yuqoridagi norma byudjet tashkilotlari va davlat korхonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaхslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
47
556
Qonunchilik
BOLALARNI BOShQA MAMLAKATLARGA O‘G‘IRLAB OLIB KETIShNING FUQAROLIK JIHATLARI TO‘G‘RISIDAGI GAAGA KONVENSIYASINI AMALGA OShIRISh BO‘YIChA TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Bolalarni boshqa mamlakatlarga o‘g‘irlab olib ketishning fuqarolik jihatlari to‘g‘risidagi Gaaga Konvensiyasiga qo‘shilganligi munosabati bilan hamda vazirliklar va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bolalarni boshqa mamlakatlarga o‘g‘irlab olib ketishning fuqarolik jihatlari to‘g‘risidagi Gaaga Konvensiyasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha markaziy organ etib tayinlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, markaziy organning Gaaga Konvensiyasi doirasidagi ko‘rsatmalari O‘zbekiston Respublikasining barcha vazirliklari, idoralari va joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiydir. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Bolalarni boshqa mamlakatlarga o‘g‘irlab olib ketishning fuqarolik jihatlari to‘g‘risidagi Gaaga Konvensiyasini amalga oshirishga doir tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi rahbari D.M. G‘ulomova zimmasiga yuklansin.
174
1,322
Qonunchilik
BIR.UZ dasturning birinchi ishtirokchilariga pullarini qaytaradi!
BIR.UZ buхgalterlar malakasini baholash tizimi imtihonining barcha ishtirokchilari uchun ajoyib yangilik!  16-17 dekabr kunlari imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, Attestat olganlar uchun biz imtihon qiymatining 90%ini qaytaramiz. Urinib koʻrish muvaffaqiyatsiz boʻlgan taqdirda imtihon ishtirokchilari ikkinchi imkoniyatdan foydalanib, keyingi imtihon sessiyasida bepul imtihondan oʻtishlari mumkin. Bularning barchasi nimani anglatadi? Faraz qilaylik, siz 100 ming soʻm toʻlab, 1-toifali Bosh buхgalter (soliq solishning soddalashtirilgan tizimi boʻyicha) iхtisosligi boʻyicha imtihonga yozildingiz. Agar imtihon muvaffaqiyatli topshirilsa, u sizga 10 ming soʻmga tushadi. Agar imtihonni birdan topshira olmasangiz, siz keyingi imtihonga bepul yozilasiz. Nima pand berishi mumkin? BIR.UZ buхgalterlar malakasini baholash tizimi tashkilotchilari - Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va «Norma» professional rivojlanish markazi uchun bu loyiha tijoriy hisoblanmaydi. Mohiyatiga koʻra, baholash umuman bepul boʻlishi mumkin edi, agarda bitta “biroq” boʻlmaganda... “Bepul” – bu oson qoʻlga kiritish, bu yomon. Hech narsaga arzimaydigan, qadrlanmaydi. Mas’uliyat ham, intizom ham yoʻq. Shuning uchun bosh buхgalter Attestati (kichik korхona) uchun imtihonda ishtirok etish bepul boʻlmaydi. Biroq biz birinchi imtihon ishtirokchilariga shunday deymiz: “Oʻz professionalizmingizni tasdiqlang – va sizga qiymatning 90%i qaytariladi”. Siz oʻzingizning yuqori malakangizni tasdiqlaydigan nufuzli hujjatni olishingiz va uni rahbariyatingizga koʻrsatishingiz mumkin.  Shuningdek, siz undan yaхshiroq ish izlashda foydalanishingiz mumkin. Va bu sizga 10 ming soʻmga tushadi, undan ortiq emas. Shoshiling! Imtihonga yozilishga ulgurishingiz uchun sizda atigi 7 kun bor. Oхirgi kun – chorshanba, 13 dekabr. Batafsil bir.uz saytida va bizning fb sahifamizda.  Sizning «Norma».
65
1,931
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-iyul kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
188
690
Qonunchilik
Qanday aхborot soliq siri hisoblanadi
Davlat soliq qoʻmitasining 30.05.2020 yildagi “Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob ma’lumotlarini yuritish, bu ma’lumotlarni uchinchi shaхslarga taqdim etish, shuningdek soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi roʻyхat raqami 3237-son qarori e’lon qilindi. Tartib quyidagilarni belgilaydi: Soliq toʻlovchi toʻgʻrisida hisob ma’lumotlari deganda soliq organlariga u tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek SKning 133-moddasida nazarda tutilgan tartibda  organlar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tushuniladi. Yuridik va jismoniy shaхslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻgʻrisidagi hisob ma’lumotlari tarkibi SKning 132-moddasida belgilangan. Soliq organlariga u tomonidan taqdim etilgan soliq toʻlovchi toʻgʻrisida hisob ma’lumotlari, shuningdek  organlar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar Tartib bilan soliq sirini oʻz ichiga olgan va olmagan ma’lumotlarga ajratilgan. Tartibga muvofiq quyidagi ma’lumotlar soliq siri hisoblanadi: Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantirish soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) asosida amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi hisob ma’lumotlari Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritiladi. Soliq sirini oʻz ichiga olgan ma’lumotlar oshkor qilinmaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etuvchi organlar va muassasalar oʻzaro hamkorlikni SKning 133-moddasiga asosan aхborot хavfsizligi talablariga rioya qilgan holda elektron tarzda amalga oshiradilar. Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga asosan sudlarga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ularning soʻroviga asosan soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar taqdim etilishi mumkin. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tijorat tashkilotlariga soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar faqatgina soliq toʻlovchilarning roziligi bilan taqdim etilishi mumkin. Soliq toʻlovchi kontragentlarni tanlash chogʻida ular toʻgʻrisidagi soliq siri hisoblanmaydigan ma’lumotlarni oʻz shaхsiy kabinetlari orqali olishlari mumkin. Uchinchi shaхs tomonidan soliq organlaridan olingan barcha ma’lumotlar va aхborotlar soliq siri hisoblanadi hamda ulardan faqat хizmat doirasida foydalaniladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.05.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
37
2,509
Qonunchilik
SANOATNING KON QAZISh TARMOQLARI AYRIM KORXONALARINING YuQORI DAROMADIGA SOLIQ SOLISh TO‘G‘RISIDA
Mineral-xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish, yuqori likvidli mahsulotlarga jahon narxlari qulay konyunkturasi sharoitlarida sanoatning kon qazish tarmoqlari korxonalarini rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish, olingan yuqori daromadni maqbul ravishda taqsimlash, shuningdek Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2004-yil 1-iyundan boshlab sanoatning kon qazish tarmoqlari ayrim korxonalarining yuqori daromadiga soliq solish joriy etilsin. Belgilansinki, yuqori daromadi uchun soliq to‘laydigan aniq korxonalar ro‘yxati, shuningdek soliq stavkalari miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda kiritadigan takliflar asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 2. Belgilab qo‘yilsinki: Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati 2004-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha misning jahon narxlari darajasiga qarab undiriladigan ortiqcha foyda uchun soliq to‘lovchi hisoblanadi; ortiqcha foyda solig‘i to‘langandan keyin kombinat ixtiyorida qoladigan mablag‘lar keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda maqsadli foydalanish uchun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamida jamlanadi. maxsus hisob raqamida jamlangan mablag‘lar maxsus hisob raqamiga o‘tkazilmagan yoki ulardan maqsadli foydalanilmagan taqdirda ushbu mablag‘lar to‘liq hajmda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qo‘llangan holda davlat budjetiga olib qo‘yiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining yuqori daromadini hisoblab chiqarish va undirish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
97
2,315
Qonunchilik
Eksport qiluvchilarga transport хarajatlari kompensatsiya qilinadi
Hududlar va tarmoqlar eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasining 30.06.2020 yildagi 3257-son qarori bilan Mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yoʻl transportida tashish хarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Eksport qiluvchi korхonalar (ularning vakillari) eksport qilinayotgan mahsulotni tashish хarajatlarining 50%igacha miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin. Eksport qilishda tashish хarajatlarini kompensatsiya qilish amalga oshiriladigan mahsulotlar roʻyхati Prezidentning 07.05.2020 yildagi “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4707-son qarori bilan tasdiqlangan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi esa subsidiya toʻlash boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi. Kompensatsiya manfaatdor shaхs - Oʻzbekistonda davlat roʻyхatiga olingan, mahsulotlarni хorijiy mamlakatlardagi хaridorlarga eksport shartnomalariga muvofiq sotuvchi, shuningdek, eksport va (yoki) vositachilik shartnomalariga binoan yuk joʻnatuvchi tadbirkorlik sub’yekti (yoki uning vakolatli vakili)ga toʻlanadi. Eksport qiluvchilardan 2020 yilning 1 aprelidan boshlab eksport qilgan mahsulotlari boʻyicha kompensatsiya taqdim etish uchun arizalar quyidagi shartlarga rioya qilingan taqdirda qabul qilinadi: Kompensatsiya miqdori qat’iy mahsulot turi, hajmi va eksport yoʻnalishidan kelib chiqib hisoblanadi, biroq, eksport qiymatining (transport хarajatisiz): Nizomda kompensatsiya miqdorini hisoblash va aniqlash formulasi keltirilgan,  arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati, shuningdek kompensatsiya taqdim etishni rad etish uchun  asoslar belgilangan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
66
1,971
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING “YoSh ISTE’DODLAR UChUN “NIHOL” MUKOFOTINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA” 2000-YIL 25 AVGUSTDAGI 334-SON VA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING YoSh ISTE’DODLAR UChUN “NIHOL” MUKOFOTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 20
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” 2000-yil 25-avgustdagi 334-son qarorida: 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “30” raqami “25” raqami bilan; 3-bandidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin. 1. “Nihol” mukofoti iste’dodli yoshlarning jamiyatimiz ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi muhim o‘rnini inobatga olib, o‘zining estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san’ati ijrochiligi sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlarni muntazam rag‘batlantirib borish maqsadida beriladi. 2. Nomzodlar jami beshta nominatsiya — estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, opera ijrochiligi va raqs san’ati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi. “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari tanlovda ishtirok etmaydilar. 3. Har bir o‘ringa munosib nomzodlarni tanlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahrida tanlovlar o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etadigan ijrochilar iste’dodi tomoshabinlar, keng jamoatchilik ishtirokida o‘ziga xos sinovdan o‘tkaziladi. 4. Nomzod iste’dodi va ijro madaniyatining o‘ziga xosligi, badiiy mahorati va saviyasi, milliy san’atimizning yuksak namunalaridan boxabarligi bilan alohida ajralib turishi, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mustaqillik g‘oyalarini, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy islohotlar mohiyatini san’at vositasida targ‘ib etishga xizmat qilishi lozim. 5. Tavsiya etilayotgan ishlarni ko‘rishda nomzodning professional tayyorgarligi, badiiy ijrochilik mahorati, repertuar saviyasi (musiqa, matn), ijtimoiy faolligi, insoniy fazilatlari yetakchi mutaxassislar tomonidan yuqori baholanganligi, jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi inobatga olinadi. 6. Akademik va an’anaviy ijrochilik, estrada, opera, raqs sohasidagi ijodiy ishlarni baholashda nomzodlarning mamlakatimiz va xorijdagi ko‘rik hamda tanlovlarda erishgan yutuqlari ham e’tiborga olinadi. 1-bosqich (aprel-may) 7. Tanlovning birinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasining tuman va shaharlarida o‘tkaziladi. Talabgorlar hujjatlarini tuman va shahar madaniyat bo‘limlari huzurida tuziladigan ishchi guruhga taqdim etadilar. 71. Ishchi guruh tarkibi tuman va shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. 8. Ishchi guruhlar 5 — 7 kishidan iborat bo‘lib, ularning tarkibiga tuman, shahar madaniyat va san’at muassasalari mutaxassislari, joylardagi Yoshlar ittifoqi hamda boshqa jamoat tashkilotlari vakillari kiritiladi. 9. Ishchi guruhlar yig‘ilishlarini tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish tuman, shahar madaniyat bo‘limlari xodimlaridan tayinlanadigan mas’ul kotib tomonidan olib boriladi. 10. Ishchi guruhlar topshirilgan hujjatlarni muhokama qilib, nomzodlarni atroflicha o‘rganib chiqib har bir nominatsiya bo‘yicha bir nafardan nomzodni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi viloyat hamda Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari huzurida taniqli mutaxassis va san’atkorlardan tuziladigan komissiyaga tavsiya etadilar. 11. Agar muayyan nominatsiya bo‘yicha munosib nomzod bo‘lmasa, o‘sha yo‘nalishda tavsiya berilmasligi mumkin. 111. 1-bosqich tanlovning birinchi yilida o‘tkaziladi. 2-bosqich (oktyabr-noyabr) 12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyat va Toshkent shahri komissiyalarining faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi viloyat hamda Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi, uning tarkibi joylardagi yetuk madaniyat va san’at sohasi mutaxassislari hamda taniqli san’atkorlar, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining hududiy bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat bo‘ladi. Komissiya tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyat va Toshkent shahar komissiyalari tuman va shaharlar ishchi guruhlari taqdim etgan tavsiyalarni batafsil o‘rganib chiqib, keng jamoatchilik va tomoshabinlar ishtirokida nomzodlarni respublika bosqichiga saralash uchun konsert dasturi yoki ko‘rgazmali chiqishlar shaklida ko‘rik-tanlov o‘tkazadi. 14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri komissiyasi ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra 4 nafargacha nomzodni tanlab olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti Respublika kengashiga taqdim etadi (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi deb yuritiladi). 15. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha munosib nomzod aniqlanmasa, tavsiya berilmasligi mumkin. 16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati, erishgan yutuqlari yoritib boriladi. 161. 2-bosqich tanlovning birinchi yilida o‘tkaziladi. 3-bosqich (iyun-avgust) 17. Respublika Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan taqdim etilgan nomzodlarning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqadi. 18. Respublika Kengashi faoliyatini tashkillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. 19. Respublika Kengashi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlarni tanlab, ularning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqadi va tanlov asosida sovrindorlarni belgilaydi. Qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga bittadan, Toshkent shahriga 2 ta o‘rin beriladi. Biror viloyatdan munosib nomzod topilmagan taqdirda ushbu hududga ajratilgan o‘rin Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarga berilishi mumkin. 15 nafar sovrindor Kengashning maxsus qarori bilan tasdiqlanadi va ularga “Nihol” mukofoti topshiriladi. 20. Respublika ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati va ijodi keng yoritib boriladi. 21. 3-bosqich tanlovning ikkinchi yilida o‘tkaziladi. Har bir bosqich g‘oliblari navbatdagi bosqichda o‘zlarining yangi repertuarlari (yangi qo‘shiq va kuy va h.k) bilan ishtirok etishlari shart. 22. Har bir nomzodning hujjatlari bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri komissiyalarining xulosalari va qarorlari yuboriladi. Qarorda nomzodning ismi, familiyasi va otasining ismi, faoliyati va ijro mahoratining keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi haqidagi ma’lumotlar, mukofotga taqdim etish asoslari ko‘rsatiladi. Har bir nomzod bo‘yicha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: nomzodning pasporti nusxasi, diplom nusxasi yoki ta’lim olayotgan o‘quv yurtidan ma’lumotnoma; repertuarlar ro‘yxati, video-audio albomlari; nomzodning shaxsiy varaqasi, tarjimai holi, 4 dona fotosurat (2 dona 3x4, 2 dona ijodiy jarayondagi surat), tanlovlarda qatnashganligi haqidagi diplom yoki sertifikat nusxasi (agar bo‘lsa); doimiy o‘qish yoki ish joyidan berilgan va mazkur tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangan ijodiy tavsifnoma; ommaviy axborot vositalarida nomzod haqida berilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar yoki maqolalar nusxasi (agar bo‘lsa). 23. Talabgorning hujjatlari yuqorida ko‘rsatilgan tartibda va belgilangan muddatlarda qabul qilinadi. 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti har ikki yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida, avgust oyining oxirgi o‘n kunligida tantanali vaziyatda topshiriladi. 25. “Nihol” mukofoti o‘z ramzi aks ettirilgan sovrin va eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdoridagi pul mablag‘idan iboratdir. 26. “Nihol” mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar madaniyat, san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi (ansambl, jamoa sifatida ishtirok etganlar bundan mustasno), mamlakatning atoqli san’atkorlaridan saboq olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 27. “Nihol” mukofoti takroran berilmaydi. 28. “Nihol” mukofoti sovrindorlarining ro‘yxati Mustaqillik bayrami arafasida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari-Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri rahbarligidagi respublikasi komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 4-noyabrdagi 519-son qaroriga 7-ilova. 2.Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-martdagi 44-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 20-modda).
250
9,025
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-646-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-646-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
153
627
Qonunchilik
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yuksak natijalarni qo‘lga kiritgan sportchilarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Vatanimizning shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, boks bo‘yicha 2002-yilda Malayziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida mardlik va jasurlik namunasini ko‘rsatib, yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritgani, iqtidorli yoshlarni tarbiyalab, milliy sportimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgani uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
124
362
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2018-yil 11-iyuldagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman: 1. Pudrat ishlar va xizmatlarni eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 505, 1998-yil 20-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining 2018-yil 30-iyundagi SS-V-02/09-2632-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 28-iyulda 34-01/06-4438-son, Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 29-iyulda 02/20-25-son, Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 30-iyulda 39-son va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 30-iyulda 98-107-son bilan tasdiqlangan Pudrat ishlar va xizmatlarni eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 505, 1998-yil 20-oktabr) davlat reyestridan chiqarilsin. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
75
2,153
Qonunchilik
QIShLOQ JOYLARDA NAMUNAVIY LOYIHALAR ASOSIDA “QIShLOQ QURILISh INVEST” INJINIRING KOMPANIYASI IShTIROKIDA UY-JOYLAR QURIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son qarorini bajarish yuzasidan, qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi, shuningdek “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki, aksiyadorlik-tijorat “Xalq banki”, “Asaka bank” aksiyadorlik-tijorat banki va “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki (keyingi o‘rinlarda bank deb ataladi) ishtirokida ajratilgan yer massivlarida tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha kompleks yakka tartibdagi uy-joy qurilishini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. Agar qishloq joylarda yakka tartibda uy-joylar qurilishi uchun jalb etilgan xorijiy kreditlar va grantlar berilishi shartlarida ushbu Nizomda nazarda tutilganidan boshqa qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlarning tegishli amal qiluvchi hujjatlarida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: yakka tartibdagi quruvchi — tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmani belgilangan tartibda rasmiylashtiradigan (rasmiylashtirgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; injiniring kompaniyasi — yakka tartibda uy-joy qurishda yakka tartibdagi quruvchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini bajaradigan “Qishloq qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyat injiniring kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda injiniring kompaniyasi deb yuritiladi); pudratchi — foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy qurishga buyurtmalarni joylashtirishga tanlov savdolari natijalari bo‘yicha injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida yakka tartibda uy-joy quradigan pudrat qurilish tashkiloti; er massivi — tegishli aholi punkti uchun ishlab chiqilgan bosh reja asosida namunaviy uy-joylar hamda ijtimoiy, muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qurish uchun injiniring kompaniyasiga beriladigan yer uchastkalari; maqsadli mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli asosda berilgan mablag‘lari, shu jumladan bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun ular tomonidan ajratilgan mablag‘lar shuningdek xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlarning mablag‘lari; arzon uy-joy — 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar; boshlang‘ich badal — Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) o‘z mablag‘lari yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi mablag‘lar; qonun asosidagi ipoteka — kredit shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlarini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan ipoteka turi bo‘lib, bunda qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga olib keluvchi kredit shartnomasi qonun asosidagi ipotekaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun asos bo‘ladi. 3. Uy-joy yoki arzon uy-joy qurish pudratchi tomonidan yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joy quruvchilarning buyurtmanomalariga muvofiq injiniring kompaniyasining buyurtmalari asosida amalga oshiriladi. 4. Yakka tartibda uy-joy qurishni moliyalashtirish bankning maqsadli mablag‘lari, injiniring kompaniyasining o‘z mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Tasdiqlangan namunaviy loyiha bo‘yicha qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymati bankning imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga yakka tartibdagi quruvchi tomonidan yakka tartibdagi quruvchining o‘z mablag‘lari, yakka tartibdagi quruvchining ish beruvchisi hisoblangan yuridik shaxslarning mablag‘laridan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan to‘lanadi. 5. Injiniring kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uy-joy bozorini marketing asosida o‘rganish va aholining buyurtmanomalari asosida har yili 1-aprelgacha mintaqalar bo‘yicha keyingi yilga uy-joy va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish dasturi bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har yili 1-maygacha bo‘lgan muddatda injiniring kompaniyasining takliflari asosida va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlar toifasiga va o‘rmon fondiga kirmaydigan yer massivlarini tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish uchun tanlash amalga oshiriladi. Bunda har yili prognozlashtirilayotgan yilning 1-fevraligacha namunaviy uy-joy qiymati qayta hisoblab chiqiladi va belgilangan tartibda davlat ekspertiza organlarida ekspertizadan o‘tkaziladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan tanlangan yer massivlari ularning muhandislik va transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganligi, uy-joy yoki arzon uy-joy va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga amalda talab mavjudligi yuzasidan kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi. Kompleks ekspertizaning ijobiy xulosasi olingach yer uchastkasini ijaraga olish huquqi belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionga qo‘yiladi. Injiniring kompaniyasi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotib oladi. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish xarajatlari ushbu yer uchastkasida quriladigan uy-joy va arzon uy-joylarning narxiga ular egallaydigan maydonga mutanosib ravishda kiritiladi. Bunda arzon uy-joylarning narxiga kiritilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish xarajatlari tegishli tuman mahalliy budjeti hisobidan qoplab beriladi. 8. Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi yakka tartibdagi quruvchilar tomonidan sotib olinadigan uy-joyning yoki arzon uy-joyning namunaviy loyihalari uchun belgilangan maydondan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan hamda o‘rmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan erdan kimoshdi savdolari va elektron onlayn-auksion o‘tkazilmasdan, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mulk huquqi bilan beriladi. Yakka tartibdagi quruvchiga yer uchastkasini mulk huquqi bilan berish uchun Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali o‘rtasida tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy yoki arzon uy-joy qurishga injiniring kompaniyasi tomonidan buyurtmachi funksiyalari amalga oshirilishiga shartnoma asos bo‘ladi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ushbu shartnoma asosida yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bunda ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartnomaning bekor qilinishi namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkasi mulk huquqining ham bekor qilinishiga olib keladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shart Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali o‘rtasida tuzilgan shartnomada qayd etilishi kerak. 9. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun injiniring kompaniyasi tomonidan tanlangan yer massivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har yili 1-iyungacha mahalliy ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali mahalliy aholi, tadbirkorlar hamda manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar e’tiboriga yetkaziladi. 10. Injiniring kompaniyasi foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan tasdiqlangan namunaviy loyiha bo‘yicha uy-joy yoki arzon uy-joy qurish bo‘yicha ishlarning butun kompleksini tashkil etadi. 11. Yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joy qurishni tashkil etish uchun yakka tartibdagi quruvchi yashash joyi bo‘yicha injiniring kompaniyasining tegishli mintaqaviy filialiga buyurtmanoma bilan murojaat qiladi. Yakka tartibdagi quruvchi o‘z buyurtmanomasida o‘zi tanlagan aniq yer uchastkasini va namunaviy loyihani, shuningdek quriladigan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini (ipoteka kreditlari, o‘z mablag‘lari yoki qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga) to‘lash usulini ko‘rsatadi. Yakka tartibdagi quruvchi xohishiga ko‘ra injiniring kompaniyasining filiali tomonidan tanlangan namunaviy loyihaning nusxasi bilan ta’minlanadi. 12. Injiniring kompaniyasining filiali bir ish kuni mobaynida yakka tartibdagi quruvchining buyurtmanomasini ko‘rib chiqadi va u ma’qullangan taqdirda uch kun muddatda yakka tartibdagi quruvchini yozma ravishda xabardor qiladi hamda uni foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy yoki arzon uy-joy qurishga injiniring kompaniyasi tomonidan buyurtmachi funksiyasi amalga oshirilishi uchun shartnoma tuzishga taklif qiladi. Bunda qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini ipoteka krediti hisobiga to‘laydigan yakka tartibdagi quruvchi bilan dastlabki shartnoma tuziladi (namunaviy shakli ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq). 13. Injiniring kompaniyasining filiali bilan qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini ipoteka krediti hisobiga to‘lash sharti bilan dastlabki shartnomani tuzgan yakka tartibdagi quruvchi bankning filialiga ariza bilan murojaat qiladi. Ipoteka krediti berilishi yuzasidan qaror qabul qilingandan keyin bankning filiali o‘sha kunning o‘zida injiniring kompaniyasining filialiga tegishli badalni kiritgan yakka tartibdagi quruvchilar ro‘yxatini ilova qilgan holda boshlang‘ich badal to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlar injiniring kompaniyasi filiali uchun yakka tartibdagi quruvchi bilan asosiy shartnomani tuzish uchun asos hisoblanadi (namunaviy shakli ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq). 14. Qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini o‘z mablag‘lari hisobidan yoki qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga to‘laydigan yakka tartibdagi quruvchi boshlang‘ich badalni to‘lash uchun bankda omonat qo‘yilma hisob raqami ochadi. Qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatining qolgan qismi yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi o‘rtasida shartnoma tuzilgandan keyin, ushbu Shartnomada nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi. 15. Injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibdagi uy-joy quruvchilar uchun imtiyozli ipoteka krediti berish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi tipdagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Qishloq qurilish bank” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish Dasturida ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda, ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 16. Ipoteka krediti olish uchun yakka tartibdagi quruvchi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan qatnashuvchi tijorat banklari — “Qishloq qurilish bank” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 18-bandi 1—4-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek boshlang‘ich badal omonat qo‘yilma hisob raqamiga to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnoma nusxasi taqdim etiladi. Arzon uy-joy qurish uchun yakka tartibdagi quruvchi tomonidan ipoteka krediti olish uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etiladi. 17. Kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ipoteka krediti ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganidan keyin kredit shartnomasi (namunaviy shakli ushbu Nizomga 3 va 3a-ilovalarga muvofiq) rasmiylashtiriladi. 18. Yer uchastkasi bilan birgalikda qurilayotgan uy-joyning yoki arzon uy-joyning ipotekasi ipoteka kreditini qaytarish bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlari ta’minlanishi hisoblanadi. Bankning kredit komissiyasi (qo‘mitasi) qarori asosida qarz oluvchining mulkida va/yoki yuridik va jismoniy shaxslarning kafilligida bo‘lgan boshqa ko‘chmas mulk ham ipoteka kreditini qo‘shimcha ta’minlash sifatida qabul qilinishi mumkin. Agar bank bilan qarz oluvchi o‘rtasida boshqa kelishuv bo‘lmasa, yer uchastkasi bilan birga barpo etilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joyga ipoteka qonun asosida vujudga keladi. 181. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni baholash qarz oluvchi bilan bank o‘rtasidagi bitim bo‘yicha amalga oshiriladi hamda garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk qiymatini kelishish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 182. Qarz oluvchi kredit shartnomasi tuzilgandan keyin kredit shartnomasi amal qilish muddatida sug‘urta tashkiloti bilan ipoteka predmetining yo‘qotilishi va shikastlanishi xavflaridan sug‘urta shartnomasi tuzishi shart. 183. Kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda kredit shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda qurilayotgan (qurilgan) uy-joy yoki arzon uy-joy navbatdagi Yakka tartibdagi quruvchiga sotiladi. Kredit shartnomasi kredit shartnomasida nazarda tutilgan holatlarda muddatidan oldin bekor qilinganda qurilayotgan (qurilgan) uy-joy yoki arzon uy-joy boshqa yakka tartibdagi quruvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda sotiladi. 19. Tanlov savdolari shartlariga va tuzilgan pudrat shartnomasiga muvofiq ishlarning butun kompleksini bajarishni ta’minlashga qodir bo‘lgan yuridik shaxslar uy-joy yoki arzon uy-joyni qurishga shartnoma bo‘yicha pudratchilar bo‘lishi mumkin. 20. Tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 28. Yakka tartibdagi quruvchi pudrat shartnomasiga muvofiq qurilishning butun davri mobaynida qurilish jarayoniga xalaqit bermagan holda qurilishning borishini kuzatib borish hamda zaruriyat bo‘lganda namunaviy loyiha doirasida yozma shaklda takliflar kiritish va injiniring kompaniyasi va pudratchiga e’tirozlar bildirish huquqiga egadir. 29. Bank injiniring kompaniyasining aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadida bank bilan injiniring kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” injiniring kompaniyasining moliyalashtirish maqsadli depozit hisob raqamiga bankning maqsadli mablag‘larini o‘tkazadi. Ushbu mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalaniladi va mazkur mablag‘lar ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda uy-joy yoki arzon uy-joyni qurishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Qurilishi tugallanmagan obyekt bo‘yicha tanlov savdolari g‘olibi bilan tuzilgan shartnomani moliyalashtirish uchun maqsadli mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda injiniring kompaniyasi o‘z mablag‘lari hisobiga, o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda esa alohida shartnoma asosida bankning mablag‘larini jalb etish hisobiga moliyalashtirishga haqlidir. 30. Uy-joy yoki arzon uy-joyni qurishni moliyalashtirish injiniring kompaniyasining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisob raqamidan pudratchining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisob raqamiga o‘tkaziladigan injiniring kompaniyasining avansi (obyekt qiymatining kamida 15 foizi) hisobiga amalga oshiriladi, bunda bajarilgan ishlar hajmining 95 foizgachasi berilgan avans mutanosib ravishda ushlab qolingan holda har oyda joriy moliyalashtiriladi hamda obyekt qiymatining 5 foiz miqdoridagi qolgan qismi injiniring kompaniyasining filiali tomonidan tasdiqlangan taqdirda kafolat muddati tamom bo‘lgandan keyin to‘lanadi. Uy-joylar yoki arzon uy-joylarni qurishni har oyda joriy moliyalashtirish amalda bajarilgan qurilish-montaj ishlariga haq to‘lagan holda amalga oshiriladi. 31. Yakka tartibdagi quruvchilarning buyurtmanomalari bo‘yicha qurilgan uy-joylar yoki arzon uy-joylar bankning berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari va boshqa mablag‘lar, shuningdek yakka tartibdagi quruvchining mablag‘lari hisobga olingan holda injiniring kompaniyasi bilan uzil-kesil hisob-kitob qilingandan keyin unga mulk qilib beriladi. Bunda dastlabki badal mablag‘larini, ipoteka krediti mablag‘larini, shuningdek qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joylar qiymatining qolgan qismiga teng miqdorda omonat qo‘yilma hisob raqamida to‘plangan mablag‘larni 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” injiniring kompaniyasining moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazish bank filiali tomonidan yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda qarz oluvchining yozma topshirig‘i asosida amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar tomonidan o‘z xodimlari uchun uy-joy qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joyni qiymatiga haq to‘lash uchun o‘tkazilgan mablag‘lar ham ushbu 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” injiniring kompaniyasining moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga yo‘naltiriladi. Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joyni qiymatiga o‘z mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga haq to‘langan taqdirda, injiniring kompaniyasi tomonidan tuman hokimining turar joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorining nusxasi taqdim etilgandan keyin yakka tartibdagi quruvchi omonat qo‘yilma hisob raqamida to‘plangan qurilayotgan uy-joyning yoki arzon uy-joyni qiymatiga teng miqdordagi mablag‘ni yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” injiniring kompaniyasining moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazadi. 32. Yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joyni qurish injiniring kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan taqdirda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy yoki arzon uy-joyni qiymatiga haq to‘lash uchun 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” injiniring kompaniyasining moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga tushgan mablag‘lar yakka tartibda uy-joylar yoki arzon uy-joylarni qurish uchun injiniring kompaniyasi tomonidan olingan bank kreditlarini qaytarishga yo‘naltiriladi. Pudratchining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisob raqamiga tushgan mablag‘lardan uy-joylar yoki arzon uy-joylarni qurish uchun maqsadli foydalaniladi. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar ssudalar bo‘yicha qarzdorlikni qaytarishga, qurilish materiallari va asbob-uskunalar sotib olishga, tegishli shartnomalar asosida bajariladigan qurilish ishlari va xizmatlariga haq to‘lashga, qurilishda qatnashayotgan ishchilar mehnatiga haq to‘lashga (soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olgan holda) yo‘naltiriladi. 321. Pudratchining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisob raqami bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish, shuningdek ushbu hisob raqamidagi pul mablag‘larini qurilgan uy-joylar yoki arzon uy-joylarni foydalanish uchun qabul qilib olingungacha undirishga qaratishga va xatlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 33. Qurilgan uy-joylar yoki arzon uy-joylar nazarda tutilgan barcha qurilish-montaj ishlari hajmi bajarilgandan va ajratilgan yer uchastkasi obodonlashtirilgandan keyin ShNK 3.01.04-04 “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish” asosida tashkil etilgan qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinadi. Bunda injiniring kompaniyasining filiali qabul qilish komissiyasiga uy-joyni yoki arzon uy-joyni foydalanish uchun qabul qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi. Qabul qilish komissiyasi ishiga kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan tuman xizmatlari vakillari va yakka tartibdagi quruvchi taklif etilishi kerak. 34. Qabul qilish komissiyasi tomonidan qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi va u tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi. Qabul qilish dalolatnomasi va hokimning tegishli qarori asosida injiniring kompaniyasi filiali bilan pudratchi o‘rtasida qurilishi tugallangan uy-joyni yoki arzon uy-joyni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. 35. Pudratchi tomonidan qurilgan uy-joy yoki arzon uy-joy injiniring kompaniyasining filiali tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bo‘yicha beriladi. 36. Uy-joy yoki arzon uy-joy qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha injiniring kompaniyasi tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga berilgandan keyin yakka tartibdagi quruvchi qurilgan uy-joyga yoki arzon uy-joyga mulk huquqini O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini bir oy muddatda ta’minlashi, shundan keyin bankka uy-joyga yoki arzon uy-joyga mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatning nusxasini va qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi shtamp qo‘yilgan kredit shartnomasini taqdim etishi shart. Ipoteka qonun asosida elektron shaklda ro‘yxatga olinishi mumkin. Ipoteka qonun asosida elektron shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, uy-joy yoki arzon uy-joy qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha injiniring kompaniyasi tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga berilgandan keyin, mulk huquqini O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash uchun bank filiali imzolangan kredit shartnomasi va topshirish-qabul qilish dalolatnomasining elektron nusxasini axborot tizimi orqali bir oy muddatda yuborishi shart. O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organi qurilgan uy-joy yoki arzon uy-joy va qonun asosidagi ipotekaning qonunchilikda belgilangan muddatlarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashi, keyin esa qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan kredit shartnomasining elektron nusxasini bankka yuborishi kerak. Qurilgan uy-joy yoki arzon uy-joy hamda qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatiga olingandan keyin bir hafta muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organi yakka tartibdagi quruvchiga tegishli xabarnoma yuborishi shart. 361. Tomonlar o‘rtasida uy-joy yoki arzon uy-joy qurilishi to‘g‘risida shartnoma tuzilganda, uy-joy yoki arzon uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan topshirilganidan keyin yakka tartibdagi quruvchi qurib topshirilgan uy-joy yoki arzon uy-joyning O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlab, uy-joy yoki arzon uy-joyga mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatning nusxasini bir oy muddatda bankka taqdim etishi shart. 37. Yer massivi hududida ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qurishni moliyalashtirish investorlarning mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga amalga oshiriladi. Yer mavzesi hududiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan suv ta’minoti obyektlari qurishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobiga amalga oshiriladi; Yer massivi hududiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ijtimoiy va tashqi muhandislik infratuzilmasi obyektlari qurishni moliyalashtirish va ulardan foydalanish Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va homiylar hisobiga amalga oshiriladi. Bunda injiniring kompaniyasi va uning mintaqaviy filiallari shartnoma asosida suv ta’minoti obyektlari va avtomobil (kirish) yo‘llarining buyurtmachisi bo‘ladi. 38. Injiniring kompaniyasi kelgusi yilda Investitsiya dasturini shakllantirishda tegishli yilning may-iyun oylarida tegishli viloyat va tuman hokimliklarining moliya boshqarmalari va bo‘limlariga ijtimoiy va tashqi muhandislik infratuzilmasining oldingi yildan o‘tadigan va yangidan boshlanadigan obyektlarini qurishni moliyalashtirishning zarur hajmlari yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi. 39. Qurilgan ijtimoiy va tashqi muhandislik infratuzilmasi obyektlarini foydalanuvchi tashkilotlarga berish tuman (shahar) hokimining qarori asosida, belgilangan tartibda buyurtmachi va foydalanuvchi tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Qurilgan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini investorlarga berish belgilangan tartibda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Topshirish-qabul qilish dalolatnomalarida foydalanishga berilayotgan obyektning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan haqiqiy qiymati, loyihalashtiruvchi va pudratchining nomi va manzili aks ettiriladi. Dalolatnomaga ijro va loyiha hujjatlarining bir nusxasi ilova qilinadi. 40. Yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joyni qurish loyihasining sifati uchun javobgarlik namunaviy loyihani to‘g‘rilagan loyiha tashkilotiga yuklanadi. 41. Yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joyni qurishni ta’minlash uchun javobgarlik ushbu Nizomga muvofiq injiniring kompaniyasiga, kreditlash qismi bo‘yicha esa — bankka yuklanadi. 42. Bank uy-joy yoki arzon uy-joyni o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmaganligi, narxning o‘zgarishi, qurilish ishlari va ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifati uchun javob bermaydi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar va mojaroli vaziyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda injiniring kompaniyasi, yakka tartibdagi quruvchi, pudratchi va boshqa tashkilotlar o‘rtasida hal qilinadi. 43. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolatli davrda loyihada nazarda tutilgan parametrlarga rioya qilinishi yuzasidan injiniring kompaniyasiga javob beradi. 44. Zaruriyat bo‘lganda ushbu Nizomda keltirilgan namunaviy shartnomalar shartlari tegishli ravishda bank yoki injiniring kompaniyasi tomonidan qayta qo‘rib chiqilishi mumkin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 12-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan yer uchastkasi tuman hokimining qaroriga ko‘ra, yakka tartibda uy-joy quruvchiga kimoshdi savdosi o‘tkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun ajratiladi”; b) 10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yer massivida uy-joy qurishga buyurtma rasmiylashtirgan yakka tartibda uy-joy quruvchi kompaniyaning hududiy filiallariga aniq yer uchastkasini va tanlab olingan namunaviy loyihani ko‘rsatgan holda yozma ariza bilan murojaat qiladi”; v) 27-bandda: quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmachi sifatida jalb etilganda yakka tartibda uy-joy qurilishining borishi ustidan texnik nazorat funksiyasini injiniring kompaniyasi amalga oshiradi”; ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin 3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 2-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “birgalikda qarz oluvchilar — qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit bo‘yicha foizlarning har oydagi to‘lovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (xotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari)”; b) 4-banddagi “boshqa oila a’zosi” so‘zlari “yaqin qarindoshlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2-ilova 2.1-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “birgalikda qarz oluvchilar — qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit bo‘yicha foizlarning har oydagi to‘lovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (xotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari)”;
167
30,527
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haq
Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlarini tartibga solish va soddalashtirish hamda naqd pul bilan hisob-kitob qilgan holda tovarlarni sotishda, ishlarni bajarishda va xizmatlar ko‘rsatishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llanishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 11-son, 89-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalariga qo‘yiladigan yagona texnik talablarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar; ushbu qarorning maqsadi, mazmuni hamda amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida keng yoritish bo‘yicha tadbirlarning tashkil etilishini va amalga oshirilishini ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. 1-ilovada (Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom): a) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “7. Sertifikatga ega bo‘lmagan va (yoki) belgilangan yagona texnik talablarga javob bermaydigan yoxud davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasidan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq aybdor shaxslar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar javobgarlikka tortilgan holda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan amalga oshirilgan faoliyat sifatida qaraladi”; b) 10-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organlariga aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda yoziladigan, qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadigan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha kvitansiya daftarchalarini taqdim etadi. Kvitansiya daftarchalari pulni hisob-kitoblar amalga oshirilgunga qadar davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Kvitansiyalarning ushbu shaklidan elektr energiyasi vaqtincha mavjud bo‘lmagan taqdirda ham foydalaniladi”; v) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “19. Ushbu qarorga 3-ilovaning 1-bandida ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar aholi bilan o‘zaro hisob-kitoblarni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan chiptalar, talonlar, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni majburiy tartibda bergan holda amalga oshirishi shart. Xo‘jalik yurituvchi subyekt chiptalar, talonlar, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish boshlangunga qadar davlat soliq xizmati organlariga murojaat qiladi. Davlat soliq xizmati organlari ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni ikki kun muddatda ro‘yxatdan o‘tkazadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan chiptalari, talonlari, cheklari yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlari qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi. Shahar va shahar atrofi transport vositalarida yo‘lovchilarni tashish uchun rasmiylashtirilgan yo‘lkira chiptalari, shuningdek chiptalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar ularni sotishda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi qo‘llanilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar elektron chiptalarni, shuningdek xizmatlarni ko‘rsatuvchilar tomonidan tartib raqami qo‘yilmagan va qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanmaydigan boshqa hujjatlarni sotishda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini qo‘llashi shart. Mexanik apparatlar (avtomatlar) vositasida naqd pul mablag‘lari to‘langan holda aholi bilan o‘zaro hisob-kitob qilish ham fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi (fiskal registratorlar) majburiy qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi kerak”; g) Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Tartibga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini bergan holda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini faoliyat amalga oshiriladigan joy (keyingi o‘rinlarda turg‘un shoxobcha joylashgan joy deb ataladi) bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotini belgilaydi. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi: turg‘un shoxobcha joylashgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan amal qilish muddatisiz beriladi; fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligidan yoki ro‘yxatdan o‘tkazishdan chiqarilganligidan guvohlik beradi; aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi. 2. Ushbu Tartibning talablari aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini qo‘llovchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi o‘rinlarda xo‘jalik yurituvchi subyekt deb ataladi) joriy etiladi, o‘z faoliyatining o‘ziga xosligi tufayli aholi bilan pulli hisob-kitoblarni fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamasdan amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno. 3. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi xo‘jalik faoliyatida qo‘llanilgunga qadar xo‘jalik yurituvchi subyektga fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi berilgan holda davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. 4. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini qo‘llagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishda quyidagilar ruxsat beruvchi talablar va shartlarga tegishli bo‘ladi: ushbu Tartibning 5-bandida nazarda tutilgan ishonchli ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etish; fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining belgilangan yagona texnik talablarga muvofiqligi; xo‘jalik yurituvchi subyekt — yuridik shaxs uchun — turg‘un shoxobchaning nomidagi va (yoki) joylashgan joyi (pochta manzili)dagi va (yoki) dislokatsiyasidagi o‘zgarishlar, shuningdek uning tugatilishi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan ismi yoki familiyasi, otasining ismi, turg‘un shoxobchaning joylashgan joyi o‘zgarishi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor uchun — xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati to‘xtatilishi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish; fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini qo‘llashga qo‘yiladigan talablarga tegishli qonun hujjatlari normalariga so‘zsiz rioya qilish. 5. Xo‘jalik yurituvchi subyekt fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini olish uchun turg‘un shoxobcha joylashgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish haqidagi ariza: yuridik shaxslar uchun — nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakli, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, bank rekvizitlari, aloqa qilinadigan telefonlar, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda turg‘un shoxobcha joylashgan joyning manzili; yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, pasportidagi ma’lumotlar, pochta manzili, turg‘un shoxobcha joylashgan joyning manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, bank rekvizitlari, aloqa qilinadigan telefonlar; b) xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; v) sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan berilgan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining muvofiqlik sertifikati nusxasi; g) turg‘un shoxobcha mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxalari (binoning ijara shartnomasi, order (dalolatnoma va shu kabilar); d) agar qonun hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa naqd pul tushumi xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan inkassatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasi yoxud hisob-kitob raqami mavjudligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan tuzilgan shartnomaning nusxasi; e) fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasiga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlashga tuzilgan shartnomaning nusxasi; j) fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining xizmat ko‘rsatish dasturlari va fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasi dasturlari holati, shuningdek begona texnik o‘zgarishlar yo‘qligi (biror-bir tashqi o‘zgarishlar yo‘qligi va etalon versiyalarga muvofiqlik) yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning xulosasi nusxasi; z) tartib raqami qo‘yilgan va ip o‘tkazib tikilgan, xo‘jalik yurituvchi subyektning muhri bilan tasdiqlangan kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari (fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berishda ariza beruvchiga qaytariladi); i) hisobdan chiqarish to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining oldingi ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini hisobdan chiqarishda — fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasi hisoblagichining ko‘rsatkichlarini qayd etish dalolatnomasining nusxasi (agar fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi oldin ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ro‘yxatdan o‘tkazishdan chiqarilgan bo‘lsa). 6. Davlat soliq xizmati organlari taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘riligini tekshirgandan keyin fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasidan foydalanishni kodlashtiradi. Shundan keyin xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning mutaxassisi tomonidan ishga tushirish — sozlash ishlari amalga oshiriladi, bu haqda nazorat cheki ilova qilingan holda ushbu Tartibga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha 3 nusxada fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasi hisoblagichining ko‘rsatkichlarini qayd etish dalolatnomasi tuziladi. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasi hisoblagichi ko‘rsatkichlarini qayd etish dalolatnomasini tuzish tugallangandan keyin davlat soliq xizmati organlari tamg‘a o‘rnatadi. 7. Xo‘jalik yurituvchi subyektdan ushbu Tartibning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini olish uchun ariza berishda ushbu Tartibning 5-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarning ikki nusxada ro‘yxati tuziladi, bir nusxasi qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi). 9. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini olish to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘rib chiqilganligi va fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 10. Davlat soliq xizmati organlari ariza va ushbu Tartibning 5-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar olingan paytdan boshlab besh ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasini ko‘rib chiqadi va fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini beradi. 11. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda davlat soliq xizmati organlari tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay xo‘jalik yurituvchi subyektni rad etishning aniq sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini va xo‘jalik yurituvchi subyekt ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib takroran ko‘rib chiqish uchun ushbu Tartibning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda unga fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish rad etilganligidan xabardor qiladi. Elektron shaklda berilgan ma’lumotnoma yoki bildirishnoma qog‘ozdagi hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rad etishning sabablarini bartaraf etishga va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish rad etilganligi to‘g‘risidagi yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. 12. Davlat soliq xizmati organlari quyidagi hollarda: a) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmagan; b) xo‘jalik yurituvchi subyekt ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq bo‘lmagan; v) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda to‘g‘ri bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda ushbu Tartibning 11-bandi birinchi xat boshida nazarda tutilgan muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektga fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 13. Agar davlat soliq xizmati organlari ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida xo‘jalik yurituvchi subyektni fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish rad etilishi to‘g‘risida xabardor qilmagan yoki fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini bermagan taqdirda, u holda xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organlarini yozma ravishda xabardor qilib fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini qo‘llagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat soliq xizmati organlariga yuborilgan yozma bildirishnoma ruxsat beruvchi xususiyatga ega bo‘lgan hujjatga tenglashtiriladi va fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini qo‘llagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish uchun asos hisoblanadi. Bunda davlat soliq xizmati organlari xo‘jalik yurituvchi subyektning yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berishi shart. 14. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish takroriy ariza olingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Arizani takroran ko‘rib chiqishda oldin rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi, oldin ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish muddati takroriy ariza berilgan paytdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 15. Ushbu Tartibning 11-bandida ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan berilgan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish to‘g‘risidagi takroriy ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va davlat soliq xizmati organlarida umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 16. Xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organlarining fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir. 17. Xo‘jalik yurituvchi subyekt va berilgan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat soliq xizmati organlarida ushbu Tartibga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuritiladigan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga kiritiladi. 18. Davlat soliq xizmati organlarida har bir ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasiga alohida hujjatlar yig‘majildi yuritiladi, unga ushbu fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi bilan bog‘liq barcha hujjatlar, shu jumladan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha materiallar tirkab qo‘yiladi. 19. Davlat soliq xizmati organlari xo‘jalik yurituvchi subyektga ushbu Tartibga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha har bir ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasiga alohida fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini beradi va kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini muhr bilan tasdiqlaydi. 20. Xo‘jalik yurituvchi subyekt qayta tuzilgan, uning nomi (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi) va tuman (shahar) doirasida turg‘un shoxobcha joylashgan joy o‘zgargan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyekt yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasiga tegishli o‘zgarishlarni kiritish uchun davlat soliq xizmati organlariga: a) turg‘un shoxobcha joylashgan joyning oldingi va yangi manzili ko‘rsatilgan arizani; b) fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini; v) yangi manzil bo‘yicha turg‘un shoxobcha mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni; g) turg‘un shoxobchaning yangi manzili bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan naqd pul tushumi inkassatsiyasi to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasini taqdim etishi kerak. 21. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini olish va qayta rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat soliq xizmati organlariga bevosita, olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma berilgan holda pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar xo‘jalik yurituvchi subyektning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 22. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlariga ariza bergan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘r) o‘z faoliyatini ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida ariza qabul qilingan sana to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlarining belgisi qo‘yilgan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida berilgan ariza asosida amalga oshiradi. 23. Davlat soliq xizmati organlari taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘riligi va ishonchliligini tekshirgandan keyin ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddatda tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi va fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini beradi, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilgan hujjatlar esa fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining hujjatlar yig‘majildiga tirkab qo‘yiladi. 24. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi yo‘qolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi. Bunda yaroqsiz holga kelgan taqdirda arizaga fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi ilova qilinadi. Davlat soliq xizmati organlari fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi dublikatini ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddatda berishi shart. 25. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi qayta rasmiylashtirilganligi va dublikat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 26. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilgan (faoliyati to‘xtatilgan), fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektda foydalanishdan chiqarilgan hollarda u ro‘yxatdan majburiy chiqarilishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyektning turg‘un shoxobchasi joylashgan joy o‘zgargan taqdirda, fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazishdan chiqarilishi shart, ushbu Tartibning 20-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 27. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini ro‘yxatdan chiqarish uchun (ushbu Tartibning 26-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) davlat soliq xizmati organi boshlig‘i nomiga ariza taqdim etish, unda xo‘jalik yurituvchi subyektning rekvizitlarini (nomi (F.I.O.), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, manzili), nazorat-kassa mashinasining modelini va zavod raqamini, ro‘yxatdan o‘tkazishdan chiqarish sabablarini ko‘rsatish zarur. 28. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: a) fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi; b) ushbu turg‘un shoxobchada boshqa fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazilmagan taqdirda — inkassatsiya xizmatida tasdiqlangan faoliyatning tugallanganligi to‘g‘risidagi xat-bildirishnomaning nusxasi. v) kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari. 29. Davlat soliq xizmati organlari ariza va ilova qilinadigan hujjatlar olingandan keyin boshliqning (yoki uning o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘riligi va ishonchliligini uch kun muddatda tekshiradi, nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan butun davr uchun joyning o‘zida fiskal xotiraning yakuniy ko‘rsatkichlarini chiqarib oladi, bu haqda ushbu Tartibga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasi hisoblagichi ko‘rsatkichlarini qayd etish dalolatnomasi tuziladi. 30. Davlat soliq xizmati organlarining mas’ul mansabdor shaxsi fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasiga va fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga tegishli yozuvlarni kiritadi. 31. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasiga va fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari va fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasini ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi xo‘jalik yurituvchi subyektga qaytariladi. 32. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi yo‘qotilgan yoxud o‘g‘irlangan taqdirda hodisa yuz bergan paytdan boshlab bir ish kunidan kechikmay xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organlariga bevosita, ushbu ariza olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma berilgan holda pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda ariza beradi. Arizaga fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi ilova qilinadi. 33. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi yo‘qolganligi (o‘g‘irlanganligi) to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda davlat soliq xizmati organlarining mas’ul mansabdor shaxsi yuqori hududiy boshqarmani xabardor qiladi. 34. Davlat soliq xizmati organlari fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkalari reyestrini yuritadi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkalari reyestrida xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar bo‘lishi kerak: xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni; xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yakka tartibdagi tadbirkorlar — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasportidagi ma’lumotlar, pochta manzili, telefoni; fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi berilgan sana va uning tartib raqami; fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini qayta rasmiylashtirishning asosi va sana; fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini hisobdan chiqarishning asosi va sana; fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi dublikatining berishning asosi va sana. 35. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkalarini hisobga olish reyestridagi ma’lumotlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ular bilan tanishishi uchun ochiqdir. d) Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovada Kvitansiyalar daftarchasi titul varag‘ining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 2. 2-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanishi ruxsat etilgan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom) 7-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “d) fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi va uning dasturiy mahsulotlari funksional tavsiflarining yagona texnik talablarda keltirilgan malaka guruhlaridan biriga muvofiqligini”; 3. 3-ilovada (Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z faoliyati xususiyatiga ko‘ra aholi bilan pulli hisob-kitoblarni fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamasdan amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ayrim toifalari ro‘yxati): a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatishda qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblangan talonlar, chiptalar va ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni beradigan yuridik va jismoniy shaxslar”; b) 2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “b) dehqon bozorlarida savdo o‘rinlari tashkil etgan holda o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shuningdek so‘yilgan mollar go‘shti bilan savdo qiladigan (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar bundan mustasno)”; v) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni dam olish kunlari yarmarkalarda, avtomobillarni sotish bozorlarida va boshqa ilgari ishlatilgan tovarlarni, shuningdek tirik mollarni, parrandalarni, jonivorlarni va boshqalarni sotish”.
250
29,139
Qonunchilik
Maosh berayotganda soliq qarzdorligi haqida ma’lumotnoma talab qilish huquqqa zid
Adliya vazirligi ish haqi toʻlashda, shuningdek mol-mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazishda soliq qarzdorligi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomalarni talab qilish noqonuniy ekanligini eslatib oʻtadi. Adliya vazirligi maktabgacha va maktab ta’limi, sogʻliqni saqlash muassasalarida, shuningdek yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri organlarida tegishli huquqbuzarlik dalillarini aniqlagan monitoring natijalari yuzasidan tegishli bayonot bilan chiqdi. Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, manfaatdor tashkilot va muassasalar zarur hollarda soliq organlaridan ma’lumotnomalarni soʻrovnoma yuborgan holda mustaqil olishlari mumkin. Shuningdek хodimda soliq qarzdorligi aniqlansa, ish beruvchi sud yoki davlat ijrochisining hujjati asosidagina uning oylik maoshidan ushlab qolish huquqiga ega ekanligiga e’tibor qaratildi. Ish beruvchi qonunda belgilanmagan ma’lumotnomalar yoki hujjatlar taqdim etishni talab qilsa, Adliya vazirligining 1008 qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki [email protected] elektron pochtasi, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar (Feysbukdagi «Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey» guruhi, Odnoklassniki va boshqalar) orqali murojaat etish mumkin.
81
1,177
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvon berilsin:
205
286
Qonunchilik
Meva-sabzavot mahsulotlari хarid qiluvchilar uchun yangi statistika hisoboti
2016 yil 12 apreldagi PQ-2520-son «Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini хarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq Davlat statistika qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 12 mayda 2728-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan 2016 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi. Hujjat Meva-sabzavot mahsulotlari хaridi toʻgʻrisidagi hisobot shakli bilan toʻldirildi. Mazkur hisobot «Oʻzbekoziqovqatхolding» хolding kompaniyasi, «Oʻzvinosanoat-хolding» хolding kompaniyasi, «Oʻzbekoziqovqatzaхira» uyushmasi va «Oʻzagroeksport» kompaniyasi tomonidan har chorakdan keyingi oyning 3-sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 16 maydagi 19-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
76
1,274
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-622-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2020-yil 27-yanvarda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-622-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
718
Qonunchilik
Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Raqamli O‘zbekiston — 2030” Strategiyasiga muvofiq hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. Quyidagilar tasdiqlansin: a) quyidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi 2021-2022-yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq: sun’iy intellektni qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari va tamoyillarini, shuningdek, yaqin va uzoq istiqbolda ushbu sohani kompleks shakllantirish uchun shart-sharoitlarni belgilovchi Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish; iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda yagona talablar, javobgarlik, xavfsizlik va shaffoflikni belgilovchi normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish; aholi manfaatlari yo‘lida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlashda davlat organlarining samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish; foydali texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va ularni keyinchalik tijoratlashtirishni rag‘batlantiruvchi sun’iy intellekt sohasida innovatsion ishlanmalarning mahalliy ekotizimini yaratish; sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llovchi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga raqamli ma’lumotlardan foydalanish uchun sharoit yaratish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining tegishli ma’lumotlarini tezkor raqamlashtirishni ta’minlash; sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy ishlar va ishlanmalarning investitsion jozibadorligini shakllantirish, shu jumladan tovarlarning (ish va xizmatlarning) ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish; mahalliy korxonalar va mutaxassislarning sun’iy intellekt sohasidagi axborot resurslari va bilimlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, shuningdek, zarur ta’lim muhitini rivojlantirish; qo‘shma xalqaro tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, respublikamizning nufuzli reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash maqsadida sun’iy intellekt va uni qo‘llash texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; b) quyidagi ustuvor tarmoqlar va sohalarda, shu jumladan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarini jalb qilgan holda Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 2021-2022-yillarda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq: qishloq xo‘jaligi sohasida: erni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu jumladan kombaynlar ishini monitoring qilish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash — Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekkosmos” agentligi (J. Xodjayev, Q. Yuldashev, Sh. Qodirov); bank sohasida: tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablari (SubTech va RegTech) bajarilishini soddalashtirish, shuningdek, bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini tahlil qilish, foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) va kredit tavakkalchiliklarini baholash uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash — Markaziy bank, “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, AT “Aloqabank” (M. Nurmuratov, A. Mirsoatov, K. Irisbekova); moliya sohasida: budjet xarajatlari, pensiya, ijtimoiy va sug‘urta to‘lovlari, shuningdek, nafaqa to‘lovlarini tahlil qilish va samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash — Moliya vazirligi (T. Ishmetov); soliq sohasida: yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq to‘lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash — Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev, D. Sultonov); transport sohasida: lokomotivlarni boshqarish jarayonida ularning harakatini kuzatib borish va xavfli vaziyatlarda mashinistlarni ogohlantirishda, jamoat transporti harakatini tahlil qilish va ularning optimal yo‘nalishlarini aniqlashda, shuningdek, avtomobil harakatini va transportdagi tirbandliklarni monitoring qilishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash — Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJ, Ichki ishlar vazirligi (I. Mahkamov, X. Xasilov, A. Jo‘rayev, A. Ikramov); energetika sohasida: energiya resurslarini ishlab chiqarish va ularning iste’molini prognoz qilishda, texnologik uskunalar ishini optimallashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash — Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (A. Sultanov, U. Mustafoyev); sog‘liqni saqlash sohasida: inson o‘pkasining kompyuter tomografiyasi tahlili asosida pnevmoniyani aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida ko‘krak bezi saratoniga ilk bosqichda tashxis qo‘yish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev, A. Azizov); farmatsevtika sohasida: bozorning dori vositalari va tibbiy buyumlariga bo‘lgan ehtiyojlarini tahlil qilish va prognozlashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, “Dori-Darmon” AK, Sog‘liqni saqlash vazirligi (S. Kariyev, U. Salixbayeva, A. Azizov); elektron hukumat sohasida: elektron davlat va moliya xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanuvchilarni masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov). 2. Quyidagilarga: Innovatsion rivojlanish vazirligiga (I. Abduraxmonov) sun’iy intellekt sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga (Sh. Sadikov) sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish uchun texnologik sharoitlarni yaratish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tashkil qilingan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasiga (A.N. Aripov) (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtirish komissiyasi) Dasturni hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va qo‘llash bilan bog‘liq boshqa tashabbuslarni kompleks muvofiqlashtirish yuzasidan javobgarlik yuklansin. 3. Muvofiqlashtirish komissiyasi (A.N. Aripov) yetakchi xorijiy mutaxassislar va kompaniyalarni jalb qilgan holda 2021-yil 1-dekabrga qadar yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash uchun kiritsin. 4. Belgilansinki: sun’iy intellekt sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan ushbu maqsadlar uchun alohida ochiladigan hisob raqami orqali amalga oshiriladi; sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llovchi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni maqsadli moliyalashtirish Jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan Muvofiqlashtirish komissiyasi ishchi organining xulosasiga ko‘ra amalga oshiriladi; Innovatsion rivojlanish vazirligi Muvofiqlashtirish komissiyasining xulosasiga ko‘ra, davlat ilmiy dasturlari bo‘yicha ilmiy loyihalarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida Jamg‘armaga sun’iy intellekt sohasida ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni hamda ushbu sohani rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga mablag‘larni yo‘naltirish huquqiga ega. 5. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Intellektual-dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi negizida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil qilinsin. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin: “Raqamli O‘zbekiston — 2030” Strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish; sun’iy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy ekotizimini shakllantirish; sun’iy intellekt texnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha innovatsion mahsulotlarni hamda ularning modellari, algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish; sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi xorijiy innovatsion va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish. 6. Belgilansinki: Institut yuridik shaxs maqomiga ega davlat ilmiy tashkiloti bo‘lib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Intellektual-dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; 2021-yil 1-martdan boshlab Institutning joriy faoliyati, bino va inshootlardan foydalanish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash (ilmiy xodimlardan tashqari) bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi; Davlat budjetining mazkur qaror doirasida Institut faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlari 2021-yilda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uchun ajratilgan budjet ajratmalari doirasida moliyalashtiriladi, 2022-yildan esa Davlat budjetining xarajatlar parametrlarida belgilangan tartibda nazarda tutiladi. 7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 15 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish departamenti tuzilsin. Belgilansinki: departament xodimlari soni mazkur qarorning 5-bandiga muvofiq qayta tashkil qilinayotgan markazlarning shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi; departament ishini umumiy muvofiqlashtirish, uni malakali kadrlar bilan to‘ldirish Bosh vazir maslahatchisi — Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, davlat organlari, tijorat banklari va yirik sanoat korxonalarining Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyansni 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilish bo‘yicha taklifi ma’qullansin. Belgilansinki: Qo‘shma alyans sun’iy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, davlat boshqaruvi tizimida joriy qilish bo‘yicha ustuvor loyihalarni jadal va birgalikda amalga oshirish, ularni ishlab chiqish xarajatlarini optimallashtirish, ushbu sohadagi eng yaxshi tajribalarni davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida ommalashtirish maqsadida tashkil qilinadi; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qo‘shma alyansning ishchi organi hisoblanadi. 9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portali faoliyati doirasida mahalliy ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi dasturchilar va tashkilotlarga sun’iy intellekt asosidagi dasturiy ta’minotda foydalanish uchun davlat va boshqa ma’lumotlar to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli ma’lumotlar platformasini yaratsin. 10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Markaziy bank idoralararo ishchi guruhini tashkil qilsin va eng yaxshi xorijiy tajribalar asosida 2021-yil 1-iyunga qadar Vazirlar Mahkamasiga eksperimental innovatsion tadqiqotlar doirasida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni joriy qilishning aniq mexanizmlari to‘g‘risida, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin: tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini sun’iy intellekt texnologiyasi asosida transformatsiya qilishni moliyalashtirishga ko‘maklashish dasturini ishlab chiqish va joriy etish; tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini sun’iy intellekt texnologiyasi asosida transformatsiya qilish natijasida ish joylarini saqlab qolish maqsadida xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ketgan sarf-xarajatlarni subsidiyalash dasturini ishlab chiqish; tadbirkorlik subyektlari uchun sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqish va o‘z faoliyatida joriy qilish bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni (R&D) rag‘batlantiruvchi choralar ko‘rish. 11. Muvofiqlashtirish komissiyaning 2021-yilda sun’iy intellekt sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun ochiq shaklda taqdim etiladigan davlat ma’lumotlarini yaratiladigan platformada 4-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Sun’iy intellekt uchun davlat ma’lumotlarini shakllantirishga mas’ul tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari o‘ziga taalluqli qismlarda ma’lumotlarni o‘z vaqtida joylashtirish, shuningdek, ularning to‘liqligi, dolzarbligi hamda ishonchliligi yuzasidan shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi sun’iy intellekt texnologiyalari asosida qayta ishlash uchun taqdim etiladigan raqamli davlat ma’lumotlari to‘plamlariga kirish imkoniyatini tashkil qilish hamda ularning sifati ustidan tizimli nazoratni ta’minlasin. 12. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlar sohasidagi xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari sifatida qabul qilish bo‘yicha ishlar jadvalini tasdiqlasin. 13. Quyidagilar: 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab grant asosida “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq; Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliy qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari va fanlarini joriy qilish ko‘zda tutilgan oliy ta’lim muassasalar ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab 5 va 6-ilovalarda ko‘rsatilgan har bir oliy ta’lim muassasasiga kamida bir nafar yetakchi xorijiy ekspert va olimni sun’iy intellekt va uni qo‘llash texnologiyalari sohasida o‘qitishda ishtirok etish uchun jalb qilsin. Belgilansinki, xorijiy ekspertlar va olimlarni oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 14. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi 2021-yildan boshlab sun’iy intellekt sohasida stajor-tadqiqotchilar hamda tayanch doktoranturada tahsil olish uchun har yili 5 kishilik kvotani maqsadli ajratishni ko‘zda tutsin. 15. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” doktorantura ixtisosligini tashkil qilishni ko‘zda tutsin. 16. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, AT “Aloqabank”, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan “Sber” guruhi (Rossiya) bilan birgalikda sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq qilish sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Bosh vazir maslahatchisi O.M. Umarov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov, O. Pekos), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov, A. Nazarov), AT “Aloqabank” (K. Irisbekova), “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (A. Mirsoatov) iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ehtiyojlaridan kelib chiqib, “Sber” guruhi (Rossiya) bilan xorijiy ilg‘or tajriba hamda eng yaxshi tajribalar asosida sun’iy intellekt texnologiyalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish choralarini ko‘rsin, shu jumladan: bir oy muddatda pilot loyihalarini tezkorlik bilan va samarali amalga oshirish, mahalliy mutaxassislarni o‘qitishni tashkil qilish, shuningdek, mazkur qarorda belgilab berilgan boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha birgalikda “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; sun’iy intellektni rivojlantirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida, shuningdek, ushbu sohada normativ-huquqiy bazani tayyorlashda maslahatchi sifatida qatnashish uchun “Sber” guruhining (Rossiya) yetakchi mutaxassislari va ekspertlari jalb qilinishini ta’minlasin. 17. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mohiyati va ahamiyati haqida chiqishlar va tematik teleko‘rsatuvlar tashkil qilsin. 18. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 19. Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikovlar zimmasiga mazkur qarorning bajarilishini samarali tashkil qilish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklatilsin. Mazkur qarorning 2, 3 va 4-ilovalarida ko‘rsatilgan vazirlik, idora va tashkilotlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda yigirma kun muddatda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “manzilli yo‘l xaritalari” (chora-tadbirlar dasturlari)ni tasdiqlasin. Muvofiqlashtirish komissiyasi (A.N. Aripov) mazkur qarorning bajarilishini har chorakda muhokama qilish, mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishni ta’minlasin. 20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari R.A. Gulyamov, A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. 1. Andijon davlat tibbiyot instituti 2. Jizzax politexnika instituti 3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 4. Farg‘ona politexnika instituti 5. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 6. Toshkent davlat transport universiteti 7. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 8. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 9. Toshkent moliya instituti 10. Toshkent davlat yuridik universiteti 11. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 12. Toshkent davlat agrar universiteti 13. Toshkent tibbiyot akademiyasi 14. Bosh prokuratura akademiyasi 15. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
113
20,972
Qonunchilik
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari ustidan bojxona nazorati
Mazkur Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari ustidan bojxona nazoratining qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga jo‘natiladigan va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan kelib tushadigan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati tartibini belgilaydi. Mazkur Qoidalar bojxona organlari hamda pochta aloqasining operator va provayderlariga majburiy hisoblanadi. Mazkur Qoidalar yozma xat-xabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik pochta va konsullik valizasiga tatbiq etilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 2.1. Ushbu Qoidalarda tegishli tariflarga ega quyidagi asosiy atamalardan foydalaniladi: xalqaro pochta jo‘natmalari (keyingi o‘rinlarda — XPJ) — tegishli qadoqdagi manzili ko‘rsatilgan yozma xat-xabarlar, posilkalar va bosma nashrlar; xalqaro kuryerlik jo‘natmalari (keyingi o‘rinlarda — XKJ) — jo‘natilishi qisqa muddatlarda qo‘ldan-qo‘lga yetkazib berilgan (topshiriladigan) holda amalga oshiriladigan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, posilkalar, bosma nashrlar; xalqaro pochta almashinuvi joyi — kiruvchi va chiquvchi XPJlarni to‘liq qayta ishlov beruvchi, shuningdek ularni manzil bo‘yicha jo‘natuvchi milliy pochta aloqa operatorining alohida bo‘linmasi; XPJ va XKJlar ustidan bojxona nazorati — O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan kelib tushadigan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga jo‘natiladigan XPJ va XKJ nazoratini amalga oshirish chora-tadbirlar majmui; bojxona nazorati zonasi — bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida tovar, transport va shaxslarning maxsus harakatlanish rejimini o‘rnatish uchun O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududining bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona organlari tomonidan tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qo‘yilgan qismi; 2.2. Keluvchi, chiquvchi va tranzit bilan jo‘natiladigan XPJlariga to‘liq ishlov berish, ularni O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tayinlangan joyga jo‘natish pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra belgilanadigan xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi. Keluvchi, chiquvchi va ochiq tranzit bilan jo‘natiladigan XKJlariga to‘liq ishlov berish, ularni O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tayinlangan joyga jo‘natish pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan joylarda amalga oshiriladi. XPJ va XKJlarda yuboriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qabul qiluvchilar yoki jo‘natuvchilar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa, o‘sha bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda XPJlari xalqaro pochta almashinuvi joylaridan pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotigacha bojxona nazorati ostida yetkaziladi. Pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlarni saqlash uchun joylar tashkil qilinadi, bu joylar bojxona nazorati zonalari hisoblanadi. Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan joylardan yuboriladigan XKJlari qabul qiluvchilar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa, o‘sha bojxona organigacha bojxona nazorati ostida yetkazib beriladi. 2.3. Barcha XPJ va XKJlariga O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilik, ushbu Qoidalar va Umumjahon pochta ittifoqi aktlari asosida belgilangan tartiblar, taqiqlar va cheklovlar tatbiq etiladi. 2.4. XPJ va XKJlarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar bojxona nazoratidan o‘tishi kerak. XPJ va XKJ bojxona nazoratini amalga oshirmasdan qabul qiluvchilarga berilishi yoki bojxona hududidan tashqariga jo‘natilishi mumkin emas. XPJlarning bojxona nazorati boshlanadi: kelib tushadiganlar bo‘yicha — XPJning bojxona chegarasini kesib o‘tishida, chiquvchilar bo‘yicha — bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan vaqtdan. XPJning bojxona nazorati, uning bojxona organlari tomonidan bitish yoki bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida tamomlanadi. 2.41. Chegara tashqarisidan kelib tushayotgan XPJ va XKJlar bojxona nazorati zonasiga O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 31-bobida belgilangan tartibda yetkazilishi lozim. 2.42. Pochta sohasi operator va provayderlari xodimlari tomonidan transport tashkilotlari vakillariga XPJ va XKJlar topshirilishi va transport tashkilotlari vakillaridan pochta sohasi operator va provayderlari xodimlari tomonidan XPJ va XKJlar qabul qilinishi bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi. 2.5. Quyidagilarga: a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar manziliga XPJlarida yuboriladigan, qiymati eng kam oylik ish haqining o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga; b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslarning manziliga XKJlarida yuboriladigan, qiymati eng kam oylik ish haqining o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat hujjatlariga kelib tushadigan va jo‘natiladigan XPJ va XKJlarga bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi. Qolgan hollarda XPJ va XKJlarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi. XPJ va XKJlarida olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi berilishi lozim bo‘lgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi. 2.51. Har bir XPJlar bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organlariga qabul qiluvchi, tovarning nomi, vazni, miqdori va ma’lum qilingan qiymati to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bojxona deklaratsiyasi taqdim etiladi. Agar XPJlar bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarida ushbu bandning birinchi xatboshisida qayd etilgan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalangan holda bojxona ko‘zdan kechiruvini o‘tkazish vaqtida zarur bo‘lgan hollarda XPJlarni ochishni talab qilish huquqiga ega. XKJlar bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organlariga bojxona deklaratsiyasi hamda majburiy ravishda elektron xabar shaklida oldindan berilishi lozim bo‘lgan quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi: qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi; qabul qiluvchining manzili; qabul qiluvchining pasport seriyasi va raqami yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; pochta aloqasi operatori yoki provayderining nomi; jo‘natuvchi davlat; jo‘natmaning tavsifi; jo‘natmaning qiymati. Oldindan kelib tushgan elektron ma’lumotlar bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan nomuvofiqligi aniqlanganda yoxud elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, bojxona qonunchiligi bilan o‘rnatilgan bojxona nazorati shakllari va choralari qo‘llaniladi. Oldindan kelib tushgan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda va/yoki ular qisman taqdim etilsa, XKJlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi mazkur bandning to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bojxona organlariga pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Oldindan kelib tushgan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lganda va ular bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan muvofiq bo‘lsa hamda bojxona nazoratini amalga oshirgandan so‘ng biror-bir tafovut aniqlanmasa, XKJlarning bojxona nazorati qonunchilik hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 2.6. Kelib tushgan XPJ va XKJlar pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida ochiladi. Bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan XPJ va XKJlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun tegishli hujjatlarga yozilgan holda taqdim etiladi. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari maxsus ajratilgan va ish hajmini hisobga olgan holda yetarli darajada jihozlangan binoda XPJ va XKJlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun topshiradi. Bojxona nazoratiga taqdim etilgan XPJ va XKJlarni hujjatli solishtirish, ochish, tortish va qadoqlash hamda yuborilayotgan predmetlarni pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlari tomonidan sanash, o‘lchash va tortish bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi. 2.7. XPJ va XKJlarni ochish orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazish Bojxona organining mansabdor shaxsi va pochta aloqasi operatori yoki provayderining ikki xodimi tomonidan amalga oshiriladi. XPJ va XKJlar bunday bojxona ko‘rigi natijasi pochta aloqasi operatori yoki provayderi xodimlari tomonidan mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shaklda ko‘rik qaydini tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Ko‘rik qaydi ikki nusxada tuziladi va pochta aloqasi operatori yoki provayderining ikki xodimi va bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxa pochta aloqasi operatori yoki provayderida qoladi, ikkinchi nusxa XPJ va XKJlar bilan birga adresatga yuboriladi. XPJ va XKJ bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotganda uning miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki provayderining xodimi bojxona organining mansabdor shaxsi bilan birgalikda bojxona ko‘rigi dalolatnomasini imzolaydi. 2.8. Bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilgan va qandaydir sabablarga ko‘ra orqaga yoki respublika tashqarisidan qaytarilgan XPJ va XKJlar majburiy bojxona ko‘rigidan o‘kaziladi. 2.9. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanayotgan XPJ va XKJlarning bojxona nazorati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 18-bobi talablari asosida amalga oshiriladi. 2.10. Boshqa davlat organlarining (veterinar, karantin va h.k.) nazoratidan o‘tishi lozim bo‘lgan XPJ va XKJlarning bojxona rasmiylashtiruvi ushbu organlarning chiqarish to‘g‘risidagi qarori bo‘yicha tegishli kuzatuv hujjatlariga belgi qo‘yilgandan so‘ng tugallanadi. 2.11. Bojxona nazorati zonasidan bojxona chegarasi tashqarisiga yuborilayotgan XPJ va XKJlar bojxona organi tomonidan kuzatuv hujjatlariga “Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampi bosish orqali chiqariladi. 4.1. Ushbu Qoidalarning 2.2-bandida ko‘rsatilgan joylarda XPJ va XKJlarning bojxona nazoratini o‘tkazishda bojxona deklaratsiyasida “Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampi bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan, XPJ va XKJga qo‘shilmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan bo‘lsa, keyinchalik manzilga yo‘naltirish va manzilga yetkazish uchun XPJ va XKJlarni pochta aloqasi operatori yoki provayderi xodimlariga topshiradi. 4.11. Pochta aloqasi operatori va provayderi xodimlari XPJ va XKJlarning manzilga yuborilgandan so‘ng o‘n besh kundan oshmaydigan muddat ichida bojxona organiga qabul qiluvchining tasdiqlovchi hujjatlari va jo‘natish sanasi haqida ma’lumot beradi. Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni bojxona organlarining avtomatlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazasiga kiritish orqali ta’minlanadi. 4.12. XPJ va XKJ orqali yuborilgan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari vakolatli shaxs tomonidan to‘lanadi. Jo‘natiladigan XPJ va XKJlardagi tovarlar notijorat maqsadlarda olib kelinib, qiymati va (yoki) miqdori respublikaga bojsiz olib kirish me’yorlaridan ortiq bo‘lgan taqdirda, tovarlarga shu ortiq uchun bojxona to‘lovlariga tortiladi. Bojxona organlari tomonidan XPJ v XKJlardagi tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlari hisoblangan taqdirda, ular bojxona to‘lovlari to‘langanidan so‘ng vakolatli shaxsga beriladi. 4.13. Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish talab qilinmaydigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlari ushbu Qoidalarning 2.5-bandiga muvofiq bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderidan foydalangan xolda hisoblanadi. Bojxona kirim orderi to‘ldirish va bojxona to‘lovlarini hisoblash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. 4.14. Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish talab qilinmaydigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlari summasini hisoblash bojxona maqsadlari uchun foydalaniladigan Umumjahon pochta ittifoqini bitimlari va tijorat hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Tovarlarning qiymati to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmaganda, tovarlarning bojxona qiymati bojxona organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 44-bandi talablariga muvofiq aniqlanadi. Bojxona to‘lovlarini hisoblash va ularni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining VIII bo‘limida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 4.2. XPJ va XKJlarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblangan bojxona to‘lovlari ushbu Qoidalarning 4.12 va 4.14-bandlarida belgilangan tartibda bunday XPJ va XKJlarni qabul qilib oluvchilar tomonidan to‘langandan keyingina amalga oshiriladi. Bojxona to‘lovlari hisoblangan XPJ oluvchisi bojxona nazorati amalga oshirilayotgan hududdan boshqa hududda joylashgan taqdirda, bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan yuk kuzatuv hujjatlariga “Bojxona nazoratidagi yuk” shtampi va shaxsiy muhr namunasi bilan tasdiqlagan holda yuk oluvchi joylashgan pochta aloqa tashkilotiga bojxona nazorati ostida yuboradi. XKJ ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda bojxona nazorati ostida oluvchining joylashgan hududidagi bojxona organiga yetkazib beriladi. 5.1. Jo‘natilayotgan XPJ va XKJlarga ishlov berilishi va kiritilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi hududida uni jo‘natuvchilardan bojxona nazorati zonalarida qabul qilib olinishida boshlanadi. 5.2. Har bir jo‘natuvchi XPJ va XKJlarni pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirishdan oldin amaldagi qoidalar bilan tanishib chiqishi va yuk kuzatuv hujjatlarini belgilangan shaklda to‘ldirishga majburdir. Har bir XPJ va XKJ jo‘natuvchi tomonidan amaldagi qoidalarga binoan ushbu operatsiyalarni nazorat qilish yuklatilgan pochta aloqasi operatori va provayderi ishchisi ishtirokida qadoqlanadi. 5.3. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan qabul qilingan chiqish XPJ va XKJlar kuzatuv hujjatlari bilan bojxona nazorat zonasiga tushadi va u erdan ularni tortish, dastlabki ajratish va nakladnoylarga yozish uchastkalariga topshiriladi. XPJ va XKJlar ajratish uchastkalaridan kuzatuv hujjatlari bilan bojxona tekshiruviga tushadi. 5.4. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari ishchilari bojxona organining mansabdor shaxslari ishtirokida XPJ va XKJlarning kuzatuv hujjatlarini oldindan tekshirib chiqadilar va jo‘natish taqiqlangan buyumlarni egasiga qaytarish uchun ajratadilar. Ushbu XPJ va XKJlaring kuzatuv hujjatlarida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda tegishli xizmatlar tomonidan belgi qo‘yiladi. 5.5. Yuridik shaxslar, operatorlar va pochta aloqasi provayderlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan jo‘natilayotgan XPJ va XKJlarni qabul qilish bojxona rasmiylashtirilgandan so‘ng va bojxona deklaratsiyasining blankida “Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampining qo‘yilgandan so‘nggina amalga oshiriladi. 5.6. Eksport qiluvchilar O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi o‘z hisobraqamlariga to‘liq to‘lov kelib tushgandan va ushbu ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalarning yagona elektron axborot tizimiga kiritilgandan so‘ng, eksport kontraktlari tuzmasdan internet-do‘konlari orqali tovarlar, ishlar va xizmatlar eksport qilish huquqiga egadirlar, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunda xalqaro to‘lov tizimi orqali to‘langan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali bitta invoys bo‘yicha besh ming AQSh dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi. Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tovarlarni o‘z ichiga olgan XPJ va XKJlarni jo‘natish Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.
65
16,774
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlansin:
217
309
Qonunchilik
Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda opera va balet san’atini yanada rivojlantirish, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri faoliyatini takomillashtirish, milliy opera va balet san’atini keng targ‘ib etish, uning jahon san’at olamida tutgan o‘rni va mavqeyini yanada mustahkamlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000-son Farmoniga muvofiq: 1. Quyidagilar respublikada opera va balet san’atini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: Yangi O‘zbekistonni barpo etishda opera va balet san’atining nufuzini oshirish, milliy opera va balet san’atini jahon miqyosida targ‘ib qilish; opera va balet san’atining eng sara milliy va klassik asarlaridan xalqimizni bahramand etish, aholi, ayniqsa, olis hududlardagi fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishini qo‘llab-quvvatlash; milliy opera va balet san’atini keng ommalashtirish, uning noyob durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, ustoz-shogird an’analari va ijodiy maktablarni har tomonlama rivojlantirish; opera va balet san’ati uchun kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, teatrlar va ta’lim muassasalari uzviy hamkorligini ta’minlash, ushbu yo‘nalishdagi teatr tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; opera va balet san’ati vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda uning ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan taniqli namoyandalarning hayoti va ijodiy faoliyatini targ‘ib qilish. 2. Milliy opera va balet san’atida ustoz-shogird an’analari va mahorat maktablarini rivojlantirish maqsadida: opera va balet san’atidagi iste’dodli va yuqori malakali ijodkorlarning mahorat maktablari 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin; mahorat maktabini yaratgan ijodkorlar Davlat budjeti hisobidan asosiy ish joyi orqali har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida qo‘shimcha rag‘batlantirib borilsin; mahorat maktablariga ular faoliyat yuritadigan muassasaning obyektlaridan tekin foydalanish huquqi berilsin, shuningdek, ularga ushbu muassasa tomonidan alohida xona ajratilsin va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratilsin; kelgusida Madaniyat vazirligi hay’ati qarori bilan tashkil etiladigan yangi mahorat maktablariga ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshisida belgilangan rag‘batlantirish choralari tatbiq etilishi belgilansin. 3. Opera va balet san’ati uchun amaliy ko‘nikma va zarur mahoratga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash, teatr va ta’lim tashkilotlari uzviyligini ta’minlash hamda bunga sohadagi faxriylar va ustoz ijodkorlarni keng jalb qilish maqsadida: a) quyidagilar: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi huzurida Xoreografiya o‘quv teatri; Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri huzurida (keyingi o‘rinlarda — Teatr) Vokal akademiyasi hamda Opera va balet asarlarini yaratish ijodiy ustaxonasi; Teatr huzurida 70 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Faxriylar orkestri tashkil etilsin; b) O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Musiqali teatr-studiyasi faoliyati takomillashtirilsin. Belgilansinki, ushbu bandda keltirilgan: o‘quv teatri, Vokal akademiya, ijodiy ustaxona va Faxriylar orkestri yuridik shaxs hisoblanmaydi; o‘quv teatri hamda Faxriylar orkestrini jihozlash va ularni saqlash xarajatlari Davlat budjeti hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi; Vokal akademiya va ijodiy ustaxona Teatrda joylashtiriladi hamda Teatrning budjetdan tashqari mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan jihozlanadi va saqlanadi. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) ikki oy muddatda o‘quv teatri, Vokal akademiya va ijodiy ustaxonaning faoliyat ko‘rsatish tartibini tasdiqlasin hamda ular faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin. 4. Teatr bilan madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim tashkilotlarining uzviy hamkorligi quyidagi tartibda yo‘lga qo‘yilsin: Teatrning buyurtmasiga asosan vokal xonandalar, orkestr va xor artistlari, balet sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun madaniyat va san’at sohasidagi tegishli ta’lim tashkilotlariga har yili maxsus kvota ajratiladi; V. Uspenskiy va R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari konsert-pedagogik dasturini shakllantirishda Teatrning repertuarlari inobatga olinadi; madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim tashkilotlarining tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quvchi va talabalari uchun amaliyot darslarini Teatrda o‘tkazish tizimli joriy etiladi; O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha bitiruvchilarining malakaviy (diplom) ishlari Teatrda amalga oshiriladi; Teatrning mahoratli ijodkorlari tomonidan madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim tashkilotlarida tegishli mutaxassislik fanlari bo‘yicha Teatrdan ajralmagan holda dars berish yo‘lga qo‘yiladi; 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Balet rejissorligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshqulov) hamda Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlasin. 5. Madaniyat va san’at, shu jumladan opera va balet san’ati uchun texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni, xususan grim ustasi, rekvizitor, sahna montajchisi va yorituvchini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab texnikum tashkil qilinsin. Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashkil qilinayotgan texnikum faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘ysin va malakali mutaxassislar bilan ta’minlasin. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda texnikumni joylashtirish uchun bino ajratsin hamda 2022/2023 o‘quv yiliga qadar uning moddiy-texnika bazasini shakllantirsin. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (A.N. Aripov) 2022-yil 1-iyunga qadar texnikumga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlasin. 6. Madaniyat va san’at sohasi, shu jumladan opera va balet san’ati bo‘yicha yirik ijodiy ishlarni amalga oshirgan soha vakillari uchun Madaniyat sohasi akademigi maxsus unvoni (keyingi o‘rinlarda — maxsus unvon) ta’sis etilsin. Belgilansinki: maxsus unvon sohiblariga Badiiy akademiyaning akademiklari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi, shu jumladan ularga daromad solig‘idan ozod qilinadigan oylik gonorar to‘lanadi; maxsus unvon madaniyat va san’at sohalarida yirik ijodiy ishlarni amalga oshirgan ijodkorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan saylov natijalariga ko‘ra beriladi. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda maxsus unvon uchun nomzodlar ko‘rsatish, saylovlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda maxsus unvonni berish tartibini tasdiqlasin. 7. Teatrga har yili kamida to‘rtta milliy hamda jahon klassik opera va balet asarlarini sahnalashtirish uchun davlat buyurtmasini berish yo‘lga qo‘yilsin, shuningdek, 2022 — 2026-yillarda Teatr tomonidan davlat buyurtmasi asosida 2-ilovadagi rejaga muvofiq sahna asarlari sahnalashtirilishi ta’minlansin. Belgilansinki, Davlat budjeti hisobidan: tarixiy va zamonaviy mavzularda tegishliligi bo‘yicha milliy hamda jahon klassik opera va balet asarlarini yaratish jarayoniga Teatr tomonidan tanlov e’lon qilinadi; Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan milliy hamda zamonaviy jahon klassik opera va balet asarlarini yaratish va sahnalashtirish uchun xalqaro darajadagi mutaxassislar jalb qilinadi; davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan sahna asarlarining reklama-targ‘ibot ishlari uch oy oldin boshlanadi hamda ushbu maqsadlar uchun har bir buyurtma summasining 10 foizi miqdorida mablag‘ ajratiladi. 8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev) Teatr repertuaridagi yangi spektakllarni muntazam ravishda tasvirga olsin, ularning “Oltin fondi”ni yaratsin, shuningdek, spektakllarni telekanallar orqali efirga uzatib borsin hamda bu borada xususiy telekanallar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin. 9. Opera va balet san’ati bo‘yicha iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni yuzaga chiqarish va rag‘batlantirish tizimini joriy qilish maqsadida har yili an’anaviy tarzda: fevral oyida “Yosh vokal ijrochilari”; aprel oyida “Yosh balet ijrochilari”; iyun oyida “Dirijyor, rejissor va baletmeysterlar” respublika ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilsin. Belgilansinki, ushbu bandda ko‘rsatilgan respublika ko‘rik-tanlovlarining Gran-pri va 1-o‘rin g‘oliblari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. 10. Milliy opera va balet san’atini jahon miqyosida targ‘ib qilish, eng sara milliy va klassik asarlardan aholini bahramand etish, xorijiy teatrlar bilan ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun 2022-yildan boshlab Davlat budjeti hisobidan har ikki yilda: Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar ko‘rik-tanlovi; “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali o‘tkazilsin. Belgilansinki, ushbu bandda keltirilgan hamda xorijda o‘tkaziladigan xalqaro nufuzli opera va balet festivallari, tanlovlarida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan ijodkorlar Davlat budjeti hisobidan daromad solig‘idan ozod qilinadigan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida; 2-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorida; 3-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu qarorning 9 va 10-bandlarida belgilangan ko‘rik-tanlov va festivallarni tashkil etish va o‘tkazish tartiblarini tasdiqlasin. 11. Teatr faoliyatida zamonaviy marketing tizimini joriy etish, yuqori badiiy saviyadagi spektakllarni sahnalashtirish va xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida: Teatrning marketing, moliyaviy-iqtisodiy va boshqa tashkiliy faoliyatini yuritish uchun Teatr tuzilmasida bosh menejer lavozimi joriy etilsin; xorijiy mamlakatlardan yetuk va malakali bosh dirijyor Teatrga kamida ikki yil faoliyat olib borish sharti bilan jalb etilsin; Teatrga Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga qo‘shimcha 40 ta ijodiy xodim shtat birligi ajratilsin. 2022-yil 1-iyuldan boshlab Teatr xodimlari lavozim maoshlarini mehnatga haq to‘lashning bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga hamda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyentlari miqdori Davlat budjeti hisobidan 1,5 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi. 12. Aholi, ayniqsa, olis hududlardagi fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishiga ko‘maklashish maqsadida Teatr jamoasining har yili kamida to‘rt marta respublika hududlariga gastrol safarlarini tashkil etish tartibi yo‘lga qo‘yilsin, shuningdek, Teatr jamoasining 2022 — 2024-yillarga mo‘ljallangan mahalliy gastrol safarlari rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlasin. Belgilansinki: mahalliy gastrol safarlarini tashkil etish, chiptalarni realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, metsenatlik ko‘magi, ixtiyoriy homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi; 27-mart — Xalqaro teatri kuni munosabati bilan Teatrda har yili 21 — 27-mart, 1-iyun va 1-noyabr kunlari “ochiq eshiklar” kuni deb e’lon qilinsin. Ushbu kunlarda tashrif buyuruvchilarga teatr namoyishlari bepul tashkil qilinadi va madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazma va ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi. 13. Milliy opera va balet san’atini jahon miqyosida keng targ‘ib etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda madaniy aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi tartib joriy qilinsin: Teatr jamoasining xorijiy davlatlarga har yili kamida ikki marta gastrol safarlari tashkil etiladi; Teatr ijodkorlari va mutaxassislarini xorijda o‘qitish, malaka oshirish va stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi; Teatr tomonidan malakali xorijiy mutaxassislar ishtirokida har yili kamida ikki marta mahorat darsi o‘tkaziladi. Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan vazifalar Davlat budjeti, to‘rtinchi xatboshisidagi vazifalar metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin. Davlat budjeti hisobidan Teatr jamoasi xorijiy gastrol safarlarini tashkil etishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan rejasi 4-ilovaga muvofiq, shuningdek, opera va balet san’ati ijodkorlari va mutaxassislarini xorijda o‘qitish, malaka oshirish va stajirovkaga yuborishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 14. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining Vasiylik kengashi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin: Teatrning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, opera va balet san’atini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; Teatr faoliyati samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish va amalga oshirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish; Teatrning Vokal akademiyasi, ijodiy ustaxona, mahorat maktablari va taniqli namoyandalarning hayoti va ijodi bilan bog‘liq tadbirlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; Teatrning doimiy rivojlanishini ta’minlash uchun metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari, grantlar va budjetdan tashqari boshqa mablag‘larni jalb qilish; Teatr faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalarni amalga oshirish. 15. Opera va balet san’atini yanada rivojlantirishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga shaxsan mas’ul hisoblanishi belgilab qo‘yilsin. 16. Teatr xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va ularning sog‘lig‘ini tiklashga ko‘maklashish maqsadida: Teatr xodimlariga sifatli va bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi biriktirilsin, bunda poliklinika tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmat bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjetidan sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi; homiylik xayriyalari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Teatrning kamida 50 nafar xodimini sanatoriylar, dam olish uylari va oromgohlarda imtiyozli yo‘llanma bilan sog‘lomlashtirish va dam olishlari tashkil etilsin. 17. Teatr faoliyatini rivojlantirishga jismoniy yoki yuridik shaxs, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘naltirilgan mablag‘lar, mol-mulk, shuningdek, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar va qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari metsenatlik ko‘magi hisoblanishi hamda ular Soliq kodeksiga asosan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 18. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) Madaniyat vazirligining talabnomalariga binoan Teatrda faoliyat yuritish, tadbirlarda ishtirok etish va mahorat darslari o‘tish uchun mamlakatimizga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 19. Madaniyat vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Teatrning faoliyati uchun zarur bo‘lgan musiqa asbob-uskunalari, texnik jihozlar, chiroqlar, grim mahsulotlari va balet artistlari uchun maxsus liboslar, oyoq kiyimlar 2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin. Davlat bojxona qo‘mitasi (A.Y. Mavlonov) mazkur bandga asosan xorijdan olib kelinadigan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona boji summasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan holda Davlat budjetiga undirilishini ta’minlasin. 20. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mazkur qarorda nazarda tutilgan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin. 21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov hamda Toshkent shahar hokimi, Teatr vasiylik kengashi raisi J.A. Artikxodjayev belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosari A.A. Jo‘raboyev zimmasiga yuklansin.
75
17,470
Qonunchilik
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan parlament nazoratini yanada kuchaytirish to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash, sohaga yangi boshqaruv usullarini joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning tibbiyot sohasining birlamchi tizimini isloh qilish, tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish, farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, “elektron sog‘liqni saqlash” tizimini tatbiq etishga qaratilgan qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Bunda sog‘liqni saqlash tizimini bugungi bosqichda isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini har tomonlama mustahkamlash, tibbiy profilaktika tizimining mutlaqo yangi mexanizmlarini tatbiq etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rnini kuchaytirish, sohaga zamonaviy menejmentni joriy etish belgilandi. Ayni paytda butun dunyoda epidemiologik xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgani kasalliklarga qarshi kurashish faoliyatidagi yondashuvlarni hozirgi murakkab sharoit va orttirilgan tajribalar asosida o‘zgartirishni taqozo etmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlash va tizimni tubdan rivojlantirish uchun sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida belgilangan vazifalarning o‘z muddatida va sifatli bajarilishi holatini joylarga chiqqan holda o‘rganish hamda ta’sirchan choralarni ko‘rish, shuningdek bu borada hududlarda qat’iy parlament nazoratini amalga oshirish talab etilmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan qonun hujjatlari, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini va aholiga yaratilayotgan qulayliklarni keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek bu borada olib borilayotgan ishlarning holatini mahalliy Kengashlarda doimiy ravishda muhokama qilib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini yanada oshirish ustidan ta’sirchan parlament nazoratini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. Mamlakatimizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini yanada oshirish ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi (E. Borisova) zimmasiga: “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish; sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, aholi salomatligi, hududlarda kasalliklarning ko‘payishi yoki kamayishi, ularning profilaktikasini joylarga chiqqan holda o‘rganish hamda bu borada olib borilayotgan ishlarni mahalliy Kengashlarda muhokama qilinishini tashkil etish choralarini ko‘rish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashiga bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A. Kadirov va Devoni rahbari M. Miralimov zimmasiga aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi hamda ommabopligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini, sog‘liqni saqlash sohasida fuqarolarga yaratilayotgan qulayliklarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilsin. 4. Ushbu Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin. 5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
239
4,326
Qonunchilik
YoShLARNING HUQUQIY TA’LIMINI TAKOMILLAShTIRISh KOMPLEKS DASTURI TO‘G‘RISIDA
Huquqiy ta’limni takomillashtirish, yoshlarning huquqiy madaniyati darajasini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasida huquqiy demokratik davlat qurish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yoshlar o‘rtasida huquqiy ta’limni takomillashtirish Kompleks dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi ilova qilinayotgan Kompleks dasturga muvofiq zarur o‘quv-uslubiy adabiyotni tayyorlasinlar va Davlat matbuot qo‘mitasi bilan birgalikda nashr etsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik institutida 1994/95 o‘quv yilidan boshlab: huquqshunos pedagoglar tayyorlash uchun huquqiy pedagogika fakultetini; “Davlat va huquq” mutaxassisligi o‘qituvchilarini qayta tayyorlash uchun malaka oshirish fakultetini; huquqshunoslik asoslarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan huquqshunoslik litseyni tashkil etsin. 4. Kompleks dasturning ijrochilari sifatida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bir oy muddatda dasturni o‘z vaqtida bajarish chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kompleks dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun zarur mablag‘lar ajratsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari M. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.
76
1,468
Qonunchilik
XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq: 1. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida ishtirok etuvchi davlatlarning transportda jinoyatchilikka qarshi kurashdagi hamkorligi to‘g‘risida 2004-yilning 15-sentabrida Ostona shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomadan kelib chiqadigan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
42
982
Qonunchilik
DAVLAT BOJI STAVKALARI HAQIDA
“Davlat boji haqida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ilova qilinayotgan davlat boji stavkalari tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Davlat boji haqida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin; Davlat bojining budjet daromadiga o‘z vaqtida va to‘liq tushishi ustidan tegishli nazoratni ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 359-son, “Davlat boji stavkalari haqida” 1993-yil 26-apreldagi 192-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 4-son, 15-modda) qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-sentabrdagi 470-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarori 7-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
29
937
Qonunchilik
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-son “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 15-maydagi 185-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016, 2018-yil 26-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 22-son, 458-modda) bilan tasdiqlangan Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandda: o‘n oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “zaxira ijrochisi — xarid qilish tartib-taomillari yakuniga ko‘ra xarid komissiyasining qaroriga muvofiq g‘olib deb topilgan ishtirokchining taklifidan so‘ng taklifi eng maqbul deb topilgan ishtirokchi;”; yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlat xaridlarining elektron tizimi (bundan buyon matnda elektron tizim deb yuritiladi) — elektron davlat xaridlari jarayonida davlat xaridlari subyektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan tashkiliy, axborot va texnik vositalarning dasturiy majmui; elektron davlat xaridlari — davlat xaridlari subyektlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda davlat xaridlarini amalga oshirish shakllari.”. 2. 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion (bundan buyon matnda auksion deb yuritiladi);”. 3. 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Xarid qilish tartib-taomillarini elektron do‘kon yoki auksion orqali amalga oshirishda korporativ buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan kiritilgan zakalat shartnoma majburiyati bajariladigan vaqtga qadar yoki shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar xatlab qo‘yiladi, bundan mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan hollar mustasno. 8. Elektron do‘kon va auksion ishtirokchilarining zakalati boshqa ishtirokchilar tomonidan pastroq narxdagi taklif berilgunga qadar xatlanadi.”. 4. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin: “81. Budjet buyurtmachisi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender o‘tkazishda ishtirokchilarning zakalati operator tomonidan g‘olib aniqlangunga qadar xatlab qo‘yiladi. Elektron tanlov yoki elektron tender g‘olibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar xatlanadi. Korporativ buyurtmachi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender o‘tkazishda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zarurati va miqdori korporativ buyurtmachi tomonidan belgilanadi hamda kiritilgan zakalat operator tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender g‘olibi bilan shartnoma tuzilguniga qadar xatlanadi. Bunda zakalat miqdori tovar (ish, xizmat) qiymatining 3 foizidan oshmasligi kerak.”. 5. 9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 6. 14-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 33-bandning beshinchi xatboshisidagi, 45-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi, 46-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 53-banddagi hamda 126-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “eng kam ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan to‘ldirilsin: “191. Davlat buyurtmachilari elektron do‘konning qo‘shimcha sahifasidan foydalangan holda, davlat xaridlarini hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) o‘rtasida amalga oshirishi mumkin. Bunda, elektron do‘konning qo‘shimcha sahifasidan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: buyurtmachi elektron do‘konda “milliy do‘kon” yacheykasini tanlaydi; elektron tizim buyurtmachi joylashgan hudud bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarning (ish bajaruvchilarning, xizmat ko‘rsatuvchilarning) takliflari joylashtirilgan qo‘shimcha sahifani ochadi. “Milliy do‘kon” yacheykasining “qidiruv” tugmasidan foydalanilganda elektron tizim buyurtmachi joylashgan hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) tomonidan yetkazib beriladigan tovarni (ishni, xizmatni) qidiradi. Elektron do‘konning qo‘shimcha sahifasida xarid qilish tartib-taomili yakuniga ko‘ra tovar (ish, xizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi elektron do‘konning asosiy sahifasidan foydalanmasdan mustaqil ravishda tanlangan yetkazib beruvchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzishga haqli emas.”. 8. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan to‘ldirilsin: “201. “Milliy do‘kon” orqali xaridlarni amalga oshirishda elektron tizim narxlar so‘rovi mexanizmini faqat buyurtmachi joylashgan hududdagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) orasida yuborilishini ta’minlaydi.”. 9. 3-bobning 1-paragrafi nomidan “va tartibi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 10. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “47. Tovarning (ishning, xizmatning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan oshgan hollarda tanlov bo‘yicha texnik topshiriq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) bilan kelishib olinishi lozim.”. 11. 86-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar “yig‘imlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin. 12. Quyidagi mazmundagi 31-bob bilan to‘ldirilsin: 1251. Elektron tanlov vositasidagi xaridlarni o‘tkazish shartlari mazkur Nizomning 3-bobi 1-paragrafiga muvofiq belgilanadi. 1252. Buyurtmachi elektron tanlovni o‘tkazish uchun toq sonli a’zolardan (kamida besh kishidan) iborat xarid komissiyasini tuzadi. 1253. Xarid komissiyasi a’zolarining tarkibi va soni olinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zgarishi mumkin. 1254. Elektron tanlov xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqi bilan ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi. 1255. Elektron tanlov loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi vazifalarini belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. 1256. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi elektron tanlov o‘tkazilganda xarid komissiyasi tarkibiga buyurtmachining vakillaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” respublika loyihalashtirish instituti vakillari kiritiladi. 1257. Xarid komissiyasi buyurtmachining tegishli qarori bilan tuziladi va tarqatib yuboriladi. 1258. Elektron tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan mas’ul kotibi tashkillashtiradi. Xarid komissiyasining mas’ul kotibi: ishtirokchilarning takliflarini tanlov hujjatlarining rasmiylashtirish talablariga mos kelishi bo‘yicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini xarid komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi; tanlov hujjatlarida belgilangan mezonlar bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini elektron tizimga kiritadi. 1259. Buyurtmachi xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun elektron tizimda shaxsiy kabinet ochadi. 12510. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish uchun xarid komissiyasining a’zolari va mas’ul kotibining elektron tizim tomonidan yopiq chat orqali muloqot qilish imkoniyati ta’minlanadi. 12511. Elektron tizimdagi shaxsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda xarid komissiyaning har bir a’zosi, shu jumladan uning raisi ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritishi shart. Operator xarid komissiyasi a’zolari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha javobgar bo‘ladi. 12512. Xarid komissiyasi a’zolarida ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid komissiyasining bunday a’zosi bu masala ko‘tarilgan majlisda o‘zini o‘zi rad etishi va mazkur masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi. Ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda xarid komissiyasi a’zosining ushbu ishtirokchi bilan affillanganligi mavjud bo‘lganda tizim ushbu xarid komissiyasi a’zosining ovozini mazkur masala bo‘yicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlaydi. 12513. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud bo‘lsa, elektron tanlovni o‘tkazish jarayoni buyurtmachi tomonidan yangi xarid komissiyasi raisi tayinlanguniga qadar to‘xtatiladi. 12514. Xarid komissiyasining har bir a’zosi o‘zining shaxsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasi a’zosi qarshi ovoz berganda elektron bayonnomada sharh qoldirishi shart. Belgilangan muddatlarda xarid komissiyasi a’zosi shaxsiy kabineti orqali ovoz berishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, u ovoz berishdan bosh tortgan deb tan olinadi. Xarid komissiya raisi ovoz berishda bosh tortishga haqli emas. 12515. Buyurtmachi tomonidan elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng buyurtmachining mutaxassislari yoki elektron tanlovni tashkillashtirish va o‘tkazish uchun mas’ul shaxs tomonidan tanlov hujjatlarining, shartnoma va elektron tanlov o‘tkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi. 12516. Elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak: tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi; elektron tanlov o‘tkazadigan operatorning nomi va uning veb-saytiga havola; elektron tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar; buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining F.I.O., lavozimi va manzili; tanlov takliflarini berish muddati tugaydigan vaqt va sana; tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar. Elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin. 12517. Tanlov hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak: elektron tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot; shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot; elektron tanlovda ishtirok etish uchun tanlov taklifi qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi bo‘yicha talab; elektron tanlov ishtirokchilariga tanlov hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana; agar tovarning (ishning, xizmatning) muqobil variantlariga yo‘l qo‘yilsa, lotni almashtirish bo‘yicha muqobil takliflarni baholash tartibining tavsifi; texnik topshiriq; Qonunga muvofiq ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi. 12518. Tanlov taklifining texnik va narx qismi bo‘yicha buyurtmachining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi. Tanlov hujjatlarida ballarning boshlang‘ich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan o‘tmagan ishtirokchi elektron tanlovdan chetlatiladi. Tanlov taklifining texnik qismi uchun miqdoriy ko‘rsatkichlardan (malakali mutaxassislar soni, yetkazib berish muddati, ish tajribasi va boshqalar) yoki ekspert bahosidan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi. Ball usulidan foydalanganda tanlov taklifining texnik qismining har bir baholash mezoni bo‘yicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narx usulidan foydalanganda ishtirokchining tanlov taklifi tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin. Tanlov hujjatlarida belgilangan mezonlar o‘ta muhim qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Bunda tanlov taklifining belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini elektron tanlovning har qanday bosqichida chetlatilishiga olib keladi. Shartnoma summasi (narhi) tanlov taklifi narx qismining yagona mezoni hisoblanadi. 12519. Tanlov hujjatlariga ularning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi. 12520. Buyurtmachi tanlov hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda xarid komissiyasiga kiritadi. 12521. Xarid komissiyasi tanlov hujjatlarini yuzma-yuz majlisda yoki masofadan turib Qonun talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi: tanlov takliflari qabul qilinadigan muddatlar; tanlov takliflarini baholash usullari va mezonlari; tanlov takliflari qismlarining va zarur hollarda texnik qismining har bir baholash mezonlarining nisbiy qiymati; tanlov taklifini ta’minlash hajmi va shakli. 12522. Elektron tanlovni o‘tkazish haqida qaror tanlov hujjatlari xarid komissiyasi tomonidan kelishilganidan so‘ng qabul qilinadi. 12523. Tanlov hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, xarid komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlari qayta kelishilishi kerak. 12524. Buyurtmachi xarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlov hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. 12525. Tasdiqlangan tanlov hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek elektron tanlov o‘tkazish haqidagi e’lon elektron tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida o‘n kun avval buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi. 12526. Elektron tanlov o‘tkazish haqidagi e’lon qo‘shimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytida, shuningdek ommaviy axborot vositalariga joylashtirilishi mumkin. 12527. Zarur hollarda buyurtmachi tanlov hujjatlariga o‘zgartirish kiritish haqida qaror qabul qilishi mumkin. 12528. Tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror elektron tanlovda ishtirok etish uchun tanlov takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilinishi mumkin. Bunda ushbu elektron tanlovda tanlov takliflarini berish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan sanadan e’tiboran kamida o‘n kunga uzaytirilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartirishlar kiritiladi. Tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish davomida tovarni (ishni, xizmatni) yoki uning xususiyatlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 12529. Tanlov hujjatlarida buyurtmachi har bir tovar (ish, xizmat) alohida lot sifatida ko‘rib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bunday holda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tanlovning har xil loti bo‘yicha bir nechta ishtirokchi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin. 12530. Elektron tanlov o‘tkazilganda ishtirokchilar tanlov takliflarini elektron konvert ko‘rinishida o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali elektron tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar. 12531. Ishtirokchining tanlov taklifining ajralmas qismi bo‘lgan elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan formatlarda taqdim etiladi. Har bir joylashtirilgan elektron hujjat ishtirokchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 12532. Tanlov taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin. Bunda ishtirokchilarning tanlov takliflari elektron tizimdagi shablonlarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak. 12533. Tanlov takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular elektron tanlov ishtirokchilari, shu jumladan xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi. 12534. Elektron tanlov ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tanlov taklifini berishga haqli. 12535. Elektron tanlov ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi. 12536. Elektron tanlov ishtirokchisi taqdim etilgan tanlov takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tanlov taklifini chaqirib olishga yoki unga o‘zgartirishlar kiritishga haqli. 12537. Elektron tanlov ishtirokchisi tanlov hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan buyurtmachiga ochiq elektron chat orqali tanlov takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin so‘rov yuborishga haqli. 12538. Buyurtmachi so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki kun ichida ushbu so‘rovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart. 12539. Buyurtmachi xarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan tanlov takliflarining ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, tanlov takliflari yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash to‘g‘risida ochiq elektron chat orqali so‘rov yuborishga haqli. Buyurtmachi bunday so‘rovga darhol javob beradi. 12540. Elektron tanlovda quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lgan ishtirokchilar qatnasha oladi: shartnomani bajarish uchun zarur texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi; shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik; soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi; o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi; insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi. 12541. Uch yoki undan ortiq elektron tanlov ishtirokchilari — mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda davlat xaridlari buyurtmachining tanloviga ko‘ra mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. 12542. Elektron tanlovda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok etmagan taqdirda tanlov o‘tkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda buyurtmachi tanlovni ayni o‘sha shartlarda hamda tovarga (ishga, xizmatga) doir ayni o‘sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart. 12543. Elektron tanlov xarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkazilganda elektron tizim avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlov takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni ko‘rish imkoniyatini beradi. Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan fayllar uning tanlov taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlariga mos bo‘lishi hamda elektron tizimdagi elektron maydonlar to‘ldirilishi kerak. Elektron tizim ishtirokchi taklif etgan narxni boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek to‘ldirilmagan maydonlar mavjud bo‘lsa yoki biriktirilgan fayllar to‘liq bo‘lmasa, elektron tizim rad etish sababini ko‘rsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tanlov taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan amalga oshiriladi. 12544. Agar tanlov taklifi Qonunning va tanlov hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Tanlov taklifi tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi yoki rasmiylashtirilmaganligi bo‘yicha xarid komissiyasi mas’ul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim. 12545. Tanlov takliflarini baholash vaqtida xarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tanlov ishtirokchilaridan ularning tanlov takliflari yuzasidan tushuntirishlar so‘rashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda o‘tkaziladi. 12546. Tanlov taklifi tanlov hujjatlari bilan belgilangan muddat mobaynida kuchda qoladi. 12547. Tanlov taklifining texnik qismini miqdoriy ko‘rsatkichlarga asosan baholash, shuningdek taklifning narx qismini baholash elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Miqdor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash xarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Tanlov hujjatlari shablonlarini to‘ldirishda miqdoriy (o‘lchov birligini belgilagan holda) va ekspert mezonlarni xarid komissiyasi tasdiqlaydi. 12548. Tanlov hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib elektron tizim avtomatik ravishda: tanlov taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda); tanlov takliflarining texnik qismini baholash natijalariga ko‘ra elektron tanlovda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) g‘olib sifatida aniqlaydi. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir xil narx taklif qilgan bo‘lsa (eng past narx usulidan foydalanganda), tanlov taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Zaxira ijrochisini aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 12549. Tanlov takliflarini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra xarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tizimda xarid komissiyasi yig‘ilishining elektron bayonnomasini tuzadi hamda tasdiqlash uchun xarid komissiyasi a’zolariga yuboradi. Xarid komissiyasi a’zolari elektron bayonnomani elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda tasdiqlaydi. 12550. Xarid komissiyasining qarorlari uning a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 12551. Tanlov takliflarini ko‘rib chiqish hamda baholash natijalari elektron bayonnomada qayd etiladi va elektron tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasi a’zolari tomonidan elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda imzolanadi. Elektron bayonnomadan ko‘chirma portalda avtomatik ravishda e’lon qilinadi. Bunda, bayonnomada quyidagi axborot bo‘lishi kerak: tanlov takliflari ko‘rib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt; xarid komissiyasi a’zolarining va elektron tanlov ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi; tanlov takliflari ko‘rib chiqilgan elektron tanlov ishtirokchilari; tanlov takliflari ularni rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda rad etilgan elektron tanlov ishtirokchilari; elektron tanlov g‘olibi to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida ma’lumot; elektron tanlov g‘olibining nomi (yuridik shaxslar uchun), F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun), turgan joyi (pochta manzili). 12552. Elektron tanlovning istalgan ishtirokchisi elektron bayonnoma e’lon qilinganidan so‘ng buyurtmachiga elektron tanlov natijalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. 12553. Buyurtmachi bunday so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida elektron tanlov ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi majbur. 12554. Elektron tanlov o‘tkazish natijalariga ko‘ra shartnoma mazkur Nizomning 3-bobi 7-paragrafiga muvofiq tartibda elektron shaklda tuziladi, tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi hamda shartnomalar reyestriga kiritiladi.”. 13. 184-banddagi “ishtirokchi va rezervdagi ishtirokchi” degan so‘zlar “ijrochi va zaxira ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 14. Quyidagi mazmundagi 41-bob bilan to‘ldirilsin: 2041. Elektron tender orqali davlat xaridlarini amalga oshirish shartlari mazkur Nizomning 4-bobi 1-paragrafiga muvofiq belgilanadi. 2042. Elektron tender o‘tkazish uchun buyurtmachi huzurida toq sonli (yetti kishidan kam bo‘lmagan) a’zolardan iborat xarid komissiyasi tuziladi. 2043. Xarid komissiyasi a’zolarining tarkibi va soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bog‘liq bo‘ladi hamda olinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari inobatga olingan holda o‘zgartirilishi mumkin. 2044. Elektron tender xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi. 2045. Elektron tender loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi vazifalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u elektron tender natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. 2046. Xarid komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” respublika loyihalashtirish instituti vakillari kiritilishi shart. 2047. Xarid komissiyasi buyurtmachining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi. 2048. Elektron tender o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan mas’ul kotibi tashkillashtiradi. Xarid komissiyasining mas’ul kotibi: ishtirokchilarning takliflarini tender hujjatlarining rasmiylashtirish talablariga mos kelishi bo‘yicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini xarid komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi; tasdiqlangan mezonlar bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini elektron tizimda joylashtiradi. 2049. Buyurtmachi xarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun elektron tizimda shaxsiy kabinet ochadi. 20410. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish uchun xarid komissiyasining a’zolari va mas’ul kotibining elektron tizim tomonidan yopiq chat orqali muloqot qilish imkoniyati ta’minlanadi. 20411. Elektron tizimdagi shaxsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda xarid komissiyaning har bir a’zosi, shu jumladan uning raisi ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritishi shart. Operator xarid komissiyasi a’zolari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha javobgar bo‘ladi. 20412. Xarid komissiyasi a’zolarida ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid komissiyasining bunday a’zosi bu masala ko‘tarilgan majlisda o‘zini o‘zi rad etishi va mazkur masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi. Ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda xarid komissiyasi a’zolarining ushbu ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bo‘lganda tizim ushbu xarid komissiyasi a’zosining ovozini mazkur masala bo‘yicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlaydi. 20413. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud bo‘lsa, elektron tenderni o‘tkazish jarayoni buyurtmachi tomonidan yangi xarid komissiyasi raisi tayinlanguniga qadar to‘xtatiladi. 20414. Xarid komissiyasining har bir a’zosi o‘zining shaxsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasi a’zosi qarshi ovoz berganda elektron bayonnomada sharh qoldirishi shart. Belgilangan muddatlarda xarid komissiya a’zosi shaxsiy kabineti orqali ovoz berishdan bosh tortgan taqdirda, uning ovozi betaraf sifatida qabul qilinadi. Xarid komissiya raisi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. 20415. Buyurtmachi tomonidan elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng buyurtmachining mutaxassislari yoki elektron tenderni tashkillashtirish va o‘tkazish uchun mas’ul shaxs tomonidan tender hujjatlarining, shartnoma va elektron tender o‘tkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi. 20416. Elektron tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak: tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi; elektron tender o‘tkazadigan operatorning nomi va uning veb-saytiga havola; elektron tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar; buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining F.I.O., lavozimi va manzili; tender takliflarini berish muddati tugaydigan sana va vaqt; tender takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar. Elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin. 20417. Tender hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak: elektron tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot; shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot; elektron tenderda ishtirok etish uchun tender taklif qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi bo‘yicha talab; elektron tender ishtirokchisi tender taklifining texnik va narxga oid qismi, ularni baholash tartibi to‘g‘risidagi axborot; elektron tender ishtirokchilariga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana; texnik topshiriq; Qonunga muvofiq ishtirokchilarning tender takliflarini baholash usullari, mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi. Tender hujjatlarida elektron tender ishtirokchilari malakasiga oid talablar nazarda tutilishi mumkin. 20418. Tender taklifining texnik va narx qismi bo‘yicha buyurtmachining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan extiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi. Tender hujjatlarida ballarning boshlang‘ich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan o‘tmagan ishtirokchi elektron tenderdan chetlatiladi. Tender taklifining texnik qismi uchun miqdoriy ko‘rsatkichlardan (malakali mutaxassislar soni, yetkazib berish muddati, ish tajribasi va boshqalar) yoki ekspert bahosidan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi. Ball usulidan foydalanganda tender taklifining texnik qismining har bir baholash mezoni bo‘yicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narx usulidan foydalanganda ishtirokchining taklifi tender hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin. Tender hujjatlarida belgilangan mezonlar o‘ta muhim qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Bunda tender taklifining belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini elektron tenderning har qanday bosqichida chetlatilishiga olib keladi. Shartnoma summasi (narxi) tender taklifi narx qismining yagona mezoni hisoblanadi. 20419. Tender hujjatlariga ularning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi. 20420. Buyurtmachi tender hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda xarid komissiyasiga kiritadi. 20421. Xarid komissiyasi o‘zining yuzma-yuz majlisida yoki masofadan turib tender hujjatlari loyihasini Qonun talablariga muvofiqligi bo‘yicha ko‘rib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi: tender takliflari qabul qilinadigan muddatlar; tender takliflarini baholash usullari va mezonlari; tender taklifi qismlarining va zarur hollarda texnik qismining har bir baholash mezoni bo‘yicha nisbiy qiymati; tender taklifini ta’minlash hajmi va shakli. 20422. Tender hujjatlari loyihasi unda belgilangan talablar bilan birga muhokamaga qo‘yiladi. 20423. Xarid komissiyasi tomonidan tender hujjatlari loyihasi ma’qullangan holda elektron tender o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi. 20424. Tender hujjatlari ma’qullanmagan hollarda ular qayta ishlash uchun qaytarib yuborilishi yoki xarid komissiyasi majlisida qayta ishlanishi mumkin. 20425. Ishlab chiqilgan tender hujjatlari loyihasi buyurtmachi tomonidan tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga yuboriladi. 20426. Ma’qullangan tender hujjatlarini buyurtmachi elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi. 20427. Tasdiqlangan tender hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon elektron tender ishtirokchilaridan tender takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin va ko‘pi bilan qirq besh kun oldin portalga buyurtmachi tomonidan joylashtiriladi. 20428. Elektron tender o‘tkazishni amalga oshirish haqidagi e’lon qo‘shimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga joylashtirilishi mumkin. 20429. Tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qaror elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilinishi mumkin. Bunda ushbu elektron tenderda tender hujjatiga o‘zgartirish takliflar berish muddati tugayotganda kiritilgan taqdirda elektron tender, tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi lozim. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, elektron tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartirishlar kiritiladi. 20430. Tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida tovarni (ishni, xizmatni) o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 20431. Zarur bo‘lgan hollarda buyurtmachi tomonidan tender takliflarini berish muddati uzaytirilishi yoki elektron tender ishtirokchilariga tender takliflari qabul qilinishi muddati xarid komissiyasi qarori bilan ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin. 20432. Tender hujjatlarida buyurtmachi har bir tovar (ish, xizmat) alohida lot sifatida ko‘rib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bu holatda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin. 20433. Elektron tender o‘tkazilganda ishtirokchilar tender takliflarini elektron konvert ko‘rinishida o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali elektron tenderni o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar. 20434. Ishtirokchining tender taklifini tashkil etuvchi elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan formatlarda taqdim etiladi. Xar bir joylashtirilgan elektron hujjat ishtirokchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 20435. Tender taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin. Bunda ishtirokchilarning tender takliflari elektron tizimda shablonlarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak. 20436. Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular elektron tender ishtirokchilari, shu jumladan xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi. 20437. Elektron tender ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tender taklifini berishga haqli. 20438. Elektron tender ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi. 20439. Elektron tender ishtirokchisi tender takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tender taklifini qaytarib olishga yoki unga o‘zgartirishlar kiritishga haqli. 20440. Joylashtirilgan e’londa ko‘rsatilgan muddat va vaqtda elektron tizim tender takliflarini qabul qilishni to‘xtatadi. 20441. Tender takliflari tender hujjatlarida ko‘rsatilgan muddatda o‘z kuchida qoladi. 20442. Elektron tender ishtirokchisi tender hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan buyurtmachiga ochiq elektron chat orqali tender takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin so‘rov yuborishga haqli. 20443. Buyurtmachi so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki kun ichida ushbu so‘rovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart. 20444. Buyurtmachi elektron tender o‘tkazish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan tender takliflarining ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, tender takliflari yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash to‘g‘risida ochiq elektron chat orqali so‘rov yuborishga haqli. Buyurtmachi bunday so‘rovga darhol javob beradi. 20445. Elektron tenderda quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lgan ishtirokchilar qatnasha oladi: shartnomani bajarish uchun zarur texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi; shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik; soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi; o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi; insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi. 20446. Uch yoki undan ortiq elektron tender ishtirokchilari — mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda davlat xaridlari buyurtmachining tanloviga ko‘ra mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. 20447. Elektron tenderda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok etmagan taqdirda tanlov o‘tkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda buyurtmachi tenderni ayni o‘sha shartlarda hamda tovarga (ishga, xizmatga) doir ayni o‘sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart. 20448. Elektron tender xarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkazilganda elektron tizim avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni ko‘rish imkoniyatini beradi. Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan fayllar uning tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlariga mos bo‘lishi hamda elektron tizimdagi elektron maydonlar to‘ldirilishi kerak. Elektron tizim ishtirokchi taklif etgan narxni boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilmagan maydonlar mavjud bo‘lsa yoki biriktirilgan fayllar to‘liq bo‘lmasa, elektron tizim rad etish sababini ko‘rsatgan holda ishtirokchining tender taklifini rad etadi. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan amalga oshiriladi. 20449. Tender takliflarini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: tender taklifining tender hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligini tekshirish; ishtirokchining malaka talablarga (tender hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa) muvofiqligini baholash; tender taklifining texnik qismini baholash; tender taklifining narx qismini baholash. Bunda elektron tizim tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan so‘ng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini ta’minlaydi. 20450. Agar tender taklifi Qonunning va tender hujjatlarining talablariga muvofiq kelsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Tender taklifi tender hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi bo‘yicha xarid komissiyasi mas’ul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim. 20451. Ishtirokchining tender taklifi talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qaror, ushbu qaror qabul qilingan kunda ishtirokchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. 20452. Elektron tender g‘olibini aniqlash uchun rad etilmagan tender takliflarini baholash tender hujjatlarida belgilangan mezonlar va usul asosida amalga oshiriladi. Buyurtmachi ishtirokchilarning tender takliflarini baholash usulini (eng past narx usulini yoki ball usulini) va mezonlarini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun kiritadi. 20453. Tender takliflarini baholash vaqtida xarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tender ishtirokchilaridan ularning tender takliflari yuzasidan tushuntirishlar so‘rashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda o‘tkaziladi. 20454. Tender taklifining texnik qismini miqdoriy ko‘rsatkichlarga asosan baholash, shuningdek taklifning narx qismini baholash elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Miqdor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash xarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Tender hujjatlari shablonlarini to‘ldirishda miqdoriy (o‘lchov birligini belgilagan holda) va ekspert mezonlarni xarid komissiyasi tasdiqlaydi. 20455. Miqdor ko‘rsatkichlariga asoslangan mezonlarni baholashda: tender hujjatlarida ko‘rsatkichlarning eng kam va eng ko‘p qiymatlari belgilanishi mumkin; miqdor ko‘rsatkichlari eng kam va eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatlari oralig‘ida bo‘lgan ishtirokchilar uchun ball koeffitsiyenti uning miqdor ko‘rsatkichining eng kam va eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatlarining farqiga bo‘lgan nisbatini aniqlash orqali hisoblanadi; agar ma’lum bir mezon bo‘yicha ishtirokchining miqdor ko‘rsatkichi tender hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq eng kam hisobga olinadigan qiymatidan kam bo‘lsa, ishtirokchiga eng kam ball qo‘yiladi; agar ma’lum bir mezon bo‘yicha ishtirokchining miqdor ko‘rsatkichi eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatidan yuqori bo‘lsa, uning ko‘rsatkichi eng ko‘p hisobga olinadigan qiymatidan qay darajada yuqoriligidan qat’i nazar unga ushbu mezon bo‘yicha eng yuqori ball beriladi; miqdoriy yoki ekspert mezonini baholash elektron tizim tomonidan ballni ushbu mezonning hisobga olinadigan qiymatiga ko‘paytirish orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi. 20456. Xarid qilinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) o‘ziga xos xossalari va xususiyatlaridan kelib chiqib, xarid komissiyasi ishtirokchilarga shartnomani bajarish uchun zarur professional va texnik malaka ma’lumotlariga, kasbiy va texnik kompetensiyaga, moliyaviy resurslarga, jihozlarga va boshqa moddiy imkoniyatlarga, boshqaruv malakaga, ishonchliligiga, tajribaga va obro‘ga, shuningdek inson resurslariga ega ekanligiga ishonch hosil qilish uchun qo‘shimcha mezon va talablarni belgilash huquqiga ega. Bunda ishtirokchilarni kamsitishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mezonlarni, talablarni va tartib-taomillarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. 20457. Tender hujjatlarida elektron tender ishtirokchisining malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron tizimga biriktirilishi nazarda tutilishi mumkin. Buyurtmachi tender hujjatlarida nazarda tutilmagan mezonlar bo‘yicha ishtirokchining malakasini baholashga yoki tender hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga haqli emas. 20458. Tender hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib elektron tizim avtomatik ravishda: tender taklifining texnik va narx qisimlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori bal to‘plagan ishtirokchini (bal usulidan foydalanganda). Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, tender taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi; tender takliflarining texnik qismini baholash natijalariga ko‘ra elektron tenderda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) g‘olib sifatida aniqlaydi. Zaxira ijrochisini aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 20459. Xarid komissiyasining qarorlari uning a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 20460. Tender takliflarini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra xarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tizimdagi mavjud shablonlar asosida xarid komissiya yig‘ilishining elektron bayonnomalarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun xarid komissiyasi a’zolariga yo‘llaydi. Xarid komissiyasi a’zolari yig‘ilishining elektron bayonnomalarini elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda tasdiqlaydi. Elektron bayonnomadan ko‘chirma portalda avtomatik ravishda e’lon qilinadi. 20461. Tender takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasida quyidagi axborot bo‘lishi kerak: tender takliflari ko‘rib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt to‘g‘risida; hozir bo‘lgan xarid komissiyasi a’zolarining va elektron tender ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqida; tender takliflari ko‘rib chiqilgan elektron tender ishtirokchilari to‘g‘risida; tender takliflari ularni rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda rad etilgan elektron tender ishtirokchilari haqida; elektron tender g‘olibi to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida; elektron tender g‘olibining nomi (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaxs uchun), turgan joyi (pochta manzili). 20462. Elektron tenderning istalgan ishtirokchisi tender takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi e’lon qilinganidan so‘ng buyurtmachiga elektron tender natijalari bo‘yicha tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. 20463. Buyurtmachi bunday so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida elektron tender ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart. 20464. Elektron tender o‘tkazish natijalariga ko‘ra shartnoma tuzish mazkur Nizomning 4-bobi 7-paragrafiga muvofiq tartibga solinadi. Bunda shartnoma elektron hujjat shaklida tuziladi, tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi va operator tomonidan shartnomalar reyestriga kiritiladi.”. 15. 231 — 233-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “231. Shartnomalar reyestri elektron do‘kon, auksion, tanlov, tender, elektron tanlov, elektron tender natijalari va to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar, shu jumladan, yagona yetkazib beruvchidan amalga oshirilgan xaridlar yakunlari bo‘yicha shakllantiriladi. 232. Elektron do‘kon va auksion, shuningdek, elektron tanlov va elektron tender orqali tuzilgan shartnomalar portalda ro‘yxatga olinganidan so‘ng avtomatik rejimda shartnomalar reyestriga kiritiladi. 233. Buyurtmachi tomonidan tanlov, tender, yagona yetkazib beruvchidan xarid amalga oshirilishi, shuningdek boshqa to‘g‘ridan to‘g‘ri xaridlar natijasida tuzilgan shartnomalar haqidagi ma’lumotlar elektron tizimga kiritilgandan so‘ng elektron tizim tomonidan avtomatik rejimda axborot shakllantiriladi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.”. 16. 2351-banddagi “kunlik” degan so‘z “onlayn” degan so‘z bilan almashtirilsin.
135
47,610
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aloqa to‘g‘risida”gi 512–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 159-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 5-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: birinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863–XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 13-moddaning uchinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 59-moddadagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 81-moddaning uchinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 175-modda: birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, basharti bu harakatlar to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqning yoki boshqa majburiy to‘lovlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlarni, boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini hamda boshqa hujjatlarni, debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoxud to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi yozma bildirishni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etish, xuddi shuningdek kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik”; oltinchi qismining sanksiyasidagi “mansabdor shaxslarga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; yettinchi qismining sanksiyasidagi “mansabdor shaxslarga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 2) 263-moddaning: nomidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; birinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin: 1) 1104-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tovar belgisidan oxirgi besh yil davomida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi bo‘yicha bekor qilinishi mumkin”; 2) quyidagi mazmundagi 11071-modda bilan to‘ldirilsin: Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi bo‘lmaydi”. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 2-modda: o‘zbekcha matnining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “sanitariya-epidemiologik xulosa — oziq-ovqat mahsulotining va uni tayyorlash hamda undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalarning sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat”; ruscha matnining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “sanitarno-epidemiologicheskoye zaklyucheniye — dokument, udostoveryayuщiy sootvetstviye piщevoy produksii i oborudovaniya, prednaznachennogo dlya eye izgotovleniya i ispolzovaniya, sanitarnim pravilam, normam i gigiyenicheskim normativam”; 2) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “gigiyena sertifikati” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik xulosa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi 725–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 7-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 19-moddaning birinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 91-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno”. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 267–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 19-moddadagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 24-modda: birinchi qismidagi “rasmiy axborotnomada” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismidagi “rasmiy axborotnomada” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 25-modda: uchinchi qismidagi “ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran istalgan besh yil” degan so‘zlar “amal qilgan oxirgi besh yil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Tovar belgisining mazkur Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan holda ishlatilishi tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi. Tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etiladigan, tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalillar arizada ko‘rsatilgan vaqt davriga taalluqli bo‘lishi kerak”; to‘rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin; 4) 26-modda: ikkinchi qismidagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi bo‘lmaydi”; 5) 27-modda: ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tovar belgisining: reklamada, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda, peshlavhalarda, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish etish vaqtida, ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan yoki boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoxud shu maqsadda saqlanayotgan va (yoki) tashilayotgan yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida; tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarda; domen nomida ishlatilishi ham tovar belgisidan foydalanish deb e’tirof etilishi mumkin”; quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular soxtalashtirilgan bo‘ladi”; uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin; 6) 322-moddaning uchinchi qismidagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ–319-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 1, 5-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 13-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) birinchi qismning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga zarar keltirishi yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri taqqoslashlar. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarini xolisona tasdiqqa ega bo‘lgan tavsiflarni yoki taqqoslash parametrlarini ko‘rsatmagan holda tovarning ustunligi haqida taassurot hosil qiluvchi so‘zlardan yoki belgilardan foydalanish orqali boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) o‘zga tovari bilan taqqoslash yoxud ko‘rsatilgan so‘zlarni yoki belgilarni o‘z ichiga olgan tasdiqlar yolg‘on, noaniq bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan hollar noto‘g‘ri taqqoslashdir; yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, tovarni individuallashtirish vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda tovarni realizatsiya qilish, shu jumladan tovarni xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovar belgisiga, firma nomiga o‘xshash bo‘lgan yoxud adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan uni tovarlarda, etiketkalarda, o‘rovlarda joylashtirish yo‘li bilan yoki sotilayotgan yoxud fuqarolik muomalasiga o‘zgacha tarzda kiritilayotgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqacha tarzda foydalanish yo‘li bilan, shuningdek ushbu belgidan domen nomida foydalanish orqali qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda realizatsiya qilish; tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste’molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish”; 2) ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yuridik shaxsni individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan mutlaq huquqni olish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarga nisbatan belgi bilan aynan o‘xshash yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmaydi”. 18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonun ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin. 19-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonun 4-moddasining 1-bandi mazkur Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
102
17,958
Qonunchilik
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-dekabrdagi PQ-2460-sonli “2016 — 2020-yillarda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2006-yil 21-fevraldagi 39-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1551, 2006-yil 13-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 88-modda) bilan tasdiqlangan Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Tuman hokimi super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tanlov o‘tkazish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tarkibini tasdiqlaydi va tanlovni e’lon qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i (komissiya raisi), tuman Fermerlar kengashi raisi, xizmat ko‘rsatuvchi tegishli bank(lar) hamda irrigatsiya tizimi boshqarmasi rahbarlari, tegishli paxta tozalash korxonasi, tuman “Davurug‘nazoratmarkaz” inspeksiyasi, o‘simliklarni himoya qilish tuman otryadi, tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi hamda tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi vakillari, tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi hosiloti (agronomi) hamda boshqa tegishli korxona va tashkilotlar vakillari (rahbarlari) kelishuv asosida kiritilishi lozim. Komissiya kotibi etib, qoida tariqasida, tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi xodimi tayinlanadi.”. 2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Tanlov uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kundan keyin o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish huquqiga paxta yetishtiruvchi fermer, tajriba va boshqa xo‘jaliklar ega. G‘o‘zaning yangi, istiqbolli navlarini dastlabki ko‘paytiruvchi va rayonlashgan navlarining birlamchi urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi maxsus jihozlangan laboratoriya hamda malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan xo‘jaliklar (elita xo‘jaliklari) tanlovda ishtirok etmay super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘ladi.”. 3. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning birinchi bosqichida da’vogarlarning imkoniyatlari quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baholanadi: a) xo‘jaliklar yer maydonining tuproq unumdorligi — tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi ma’lumotnomasiga asosan 1 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga ma’lumotnomaning asli taqdim etiladi; b) xo‘jaliklarning paxta ekiladigan maydoni — tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi ma’lumotnomasiga asosan 2 balldan 10 ballgacha baholanadi (paxta ekiladigan maydon 10 gektardan kam bo‘lgan holda 0 ball qo‘yiladi). Bunda komissiyaga ma’lumotnomaning asli taqdim etiladi; v) xo‘jaliklarning oqar suv ta’minoti — irrigatsiya tizimi boshqarmasi ma’lumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga ma’lumotnomaning asli taqdim etiladi; g) so‘nggi 3 yil ichida g‘o‘za maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi, shuningdek ularda begona o‘tlar tarqalmaganligi — tuman o‘simliklarni himoya qilish otryadi ma’lumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga ma’lumotnomaning asli taqdim etiladi; d) xo‘jalik rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti — ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asli ko‘rsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi; e) xo‘jalik rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish staji — mehnat daftarchasiga asosan 2 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asli ko‘rsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi; j) xo‘jalikda ishlayotgan urug‘chi hosilotning (agronomning) ma’lumoti — ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asli ko‘rsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi; z) xo‘jalikning majburiyatlardan holi bo‘lgan bank hisobvarag‘ida pul mablag‘lari mavjudligi — bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma (bank rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan) asosida 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga ma’lumotnomaning asli taqdim etiladi; i) da’vogarning texnika vositalari bilan ta’minlanganligi (ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib) — texnika vositalari texnik pasportlari va “Davtexnazorat” inspeksiyasi ma’lumotnomasiga asosan 2 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga texnika vositalari texnik pasportlarining asli ko‘rsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi va “Davtexnazorat” inspeksiyasi ma’lumotnomasining asli taqdim etiladi. Texnika vositalarini baholashda texnik pasportda texnika vositasining sozligini tasdiqlovchi belgi mavjud bo‘lgan texnika vositalarigina baholanadi. Texnika vositalarini baholashda ular uchun qo‘yilgan ballar yig‘indisi 10 balldan oshmasligi lozim; k) da’vogar tomonidan so‘nggi 3 yil ichida paxta xomashyosi yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilganligi –shartnoma tuzgan paxta tozalash korxonasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida 1 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga ma’lumotnomaning asli taqdim etiladi; l) xo‘jalikning so‘nggi 3 yil ichidagi paxta hosildorligi — shartnoma tuzgan paxta tozalash korxonasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida 1 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga ma’lumotnomaning asli taqdim etiladi. Da’vogarning har bir ko‘rsatkichi bo‘yicha tegishli ballni berish masalasi komissiya a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar asosida ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir ko‘rsatkich bo‘yicha bitta ball beriladi.”. 4. 21 — 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “21. Tanlovda g‘olib bo‘lgan xo‘jaliklar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (alohida-alohida) tanlov yakunlanganidan so‘ng 7 kun ichida komissiya tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar g‘o‘za urug‘chiligi birlashmalariga saqlash uchun topshiriladi. 22. Tanlov o‘tkazish va uning yakuni bo‘yicha yig‘ilgan barcha hujjatlar va ma’lumotlar komissiya tomonidan umumlashtirilib, mazkur Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlardan iborat bo‘lgan yig‘majildda rasmiylashtiriladi. Yig‘majild tanlov yakunlanganidan so‘ng 7 kun ichida komissiya tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar g‘o‘za urug‘chiligi birlashmalariga topshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar g‘o‘za urug‘chiligi birlashmalari 7 kun ichida yig‘majildlarni hudud bo‘yicha umumlashtirib, umumlashtirilgan yig‘majildni G‘o‘za urug‘chiligi respublika markaziga topshiradi. 23. Har bir yig‘majild quyidagi hujjatlar va ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim: a) tuman hokimining tanlov o‘tkazish komissiyasi tarkibini tasdiqlash va tanlovni e’lon qilish to‘g‘risidagi qarori nusxasi; b) komissiyaning tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlari nusxasi; v) har bir komissiya a’zosi tomonidan to‘ldirilgan tanlov varaqalari nusxasi; g) tanlov yakuni bo‘yicha qo‘yilgan ballar hisob-kitobi; d) tanlov o‘tkazish va uning yakuni bo‘yicha komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalar nusxasi; e) tanlov o‘tkazish va uning yakuni bo‘yicha boshqa tahliliy ma’lumotlar. 24. Tanlovda g‘olib bo‘lgan xo‘jaliklarning hujjatlari (alohida-alohida) hamda yig‘majildlarning to‘liq yuritilishi va ularning belgilangan muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar g‘o‘za urug‘chiligi birlashmalariga topshirilishi uchun komissiya raisi va kotibi mas’ul hisoblanadi. Komissiya tomonidan topshirilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan xo‘jaliklarning hujjatlari (alohida-alohida) hamda yig‘majildlarning saqlanishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar g‘o‘za urug‘chiligi birlashmalari rahbari mas’ul hisoblanadi.”. 5. 25-bandda: o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “yiliga kamida ikki marta nav tozaligi bo‘yicha dala ko‘rigini o‘tkazib, navga xos bo‘lmagan g‘o‘za tuplaridan tozalash ishlarini tashkillashtiradi.”. 6. 2-ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 7. Mazkur o‘zgartirishlar “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston Fermerlar kengashi bilan kelishilgan.
203
8,969
Qonunchilik
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish hamda ular bo‘yicha attestatsiyadan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish hamda ular bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish hamda ular bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibini belgilaydi. 1. Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallari davlat ekspertizasi (bundan buyon matnda davlat ekspertizasi deb yuritiladi) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari (bundan buyon matnda davlat ekpertizasini o‘tkazuvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi. 2. Quyidagilar davlat ekspertizasining asosiy maqsadlari hisoblanadi: amalga oshirilgan asboblar bilan o‘lchashlarning metodlari va natijalarini tasdiqlash; ishlab chiqarish va mehnat jarayoni omillari, ish o‘rinlarining jarohatlash xavfliligi hamda xodimlarning yakka tartibdagi himoya vositalari (bundan buyon matnda YaTHV deb yuritiladi) bilan ta’minlanganligini baholash natijalarini tasdiqlash; mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish (bundan buyon matnda ish o‘rinlari attestatsiyasi deb yuritiladi) natijalari bo‘yicha ish o‘rinlari attestatsiyasini o‘tkazgan tashkilot (bundan buyon matnda attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot deb yuritiladi) tomonidan qilingan xulosalar va baholashlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, qurilish normalari va qoidalari, mehnatni muhofaza qilish standartlari tizimi, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normalar, qoidalar va yo‘riqnomalar hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirish; attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotning Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish. 3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilar va ishchi kasblarning asosiy lavozimlari klassifikatori, 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom, shuningdek sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, qurilish normalari va qoidalari, mehnatni muhofaza qilish standartlari tizimi, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normalar, qoidalar va yo‘riqnomalar, ushbu Nizom hamda boshqa qonun hujjatlari davlat ekspertizasini o‘tkazishning huquqiy asosi hisoblanadi. 4. Davlat ekspertizasi va xulosa berish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Agar ish o‘rinlari attestatsiyasi xodimlarning umumiy soni 100 kishidan kam bo‘lgan tashkilotlarda o‘tkazilgan bo‘lsa, davlat ekspertizasidan o‘tkazish hamda xulosa berish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasida mazkur boshqarmaning o‘zi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarida Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi davlat inspeksiyalari davlat ekpertizasini o‘tkazuvchi organlarning ishchi organlari (bundan buyon matnda ishchi organ deb yuritiladi) hisoblanadi. 6. Davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan davlat ekspertizasini o‘tkazuvchi organga ariza bilan murojaat qilinadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: attestatsiya komissiyasini tashkil etish va attestatsiya bo‘yicha ishlarni bajarish jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi; attestatsiyadan o‘tkazilgan ish o‘rinlari ro‘yxati; o‘lchashlar protokollari bilan birgalikda mehnat sharoitlari xaritalari; ish o‘rinlari attestatsiyasi natijalari yig‘ma vedomosti; ish o‘rinlari attestatsiyasi natijalari bo‘yicha belgilangan mehnat sharoitlari darajalarining yig‘ma jadvali hamda shu munosabat bilan xodimlarga belgilanishi zarur bo‘lgan kafolatlar va preferensiyalar; mehnat sharoitlarini yaxshilash va sog‘lomlashtirish tadbirlari rejasi loyihasi; attestatsiya komissiyasining yakuniy (oraliq-yakuniy) majlisi (majlislari) protokoli (protokollari) loyihasi (loyihalari); attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan sinov laboratoriyasining akkreditatsiya attestati nusxasi; attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotning kadrlari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 7. Mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda ish o‘rinlari attestatsiyasi materiallari davlat ekspertizasidan o‘tkazilmaydi va attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotga qaytariladi. 8. Davlat ekspertizasi tegishli ariza kiritilgan sanadan boshlab 30 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi va bepul hisoblanadi. 9. Ishchi organ: davlat ekspertizasini ushbu Nizomning 2-bandida belgilangan uning asosiy maqsadlariga muvofiq o‘tkazilishini tashkil etadi; attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan ish o‘rinlari attestatsiyasi materiallarini Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom hamda mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlil va ekspertiza qiladi. 10. Davlat ekspertizasini o‘tkazish jarayonida quyidagilar tekshiriladi: ish o‘rinlari attestatsiyasi metodlari va xulosalarining Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom talablariga muvofiqligi; mehnat sharoitlarining gigiyena normativlariga muvofiqligini baholash natijalariga asosan berilgan mehnat sharoitlari klasslarining (darajalarining) asosliligi, ya’ni ularning ruxsat etilgan yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalar (REChK), ruxsat etilgan cheklangan darajani (REChD) tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning talablariga muvofiqligi; ish o‘rinlarining jarohatlash xavfliligini baholash natijalariga asosan berilgan ish joyidagi mehnat sharoitlari shikastlash xavfliligi bo‘yicha klasslarining (darajalarining) asosliligi; xodimlarning YaTHV bilan ta’minlanganligini baholash natijalari, YaTHV bilan ta’minlanganlik darajasining tegishli qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlarga muvofiqligi; ish o‘rinlari attestatsiyasi natijalariga ko‘ra belgilangan zararli va (yoki) xavfli sharoitlarda ishlash uchun imtiyoz va kompensatsiyalar, imtiyozli pensiya ta’minoti olish huquqi hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish zaruratining asosliligi. 11. Attestatsiyadan o‘tkazilgan ish o‘rinlari ro‘yxatida aks ettirilgan ish o‘rinlari (kasblar, lavozimlar) nomlari Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatlari hamda 2010-yil 20-avgustdagi 181-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilar va ishchi kasblarning asosiy lavozimlari klassifikatoridagi nomlar bilan aynan bir xilligi nuqtai nazaridan taqqoslanishi zarur. 12. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha davlat ekspertizasini o‘tkazuvchi organ ijobiy xulosa beradi yoki kiritilgan attestatsiya materiallarini aniq normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda rad etish sabablarini ko‘rsatib qaytaradi. 13. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot rad etish sabablarini bartaraf etib, yozma xabarni olgan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan keyin ish o‘rinlari attestatsiyasi materiallarini qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli. Bunda ish o‘rinlari attestatsiyasi materiallarini ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Davlat ekspertizasidan o‘tkazish va xulosa berishni maqsadga muvofiq emas degan asos bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 15. Davlat ekspertizasi xulosalari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tegishli himoya darajasiga ega bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi (bundan buyon matnda Respublika markazi deb yuritiladi) tomonidan markazlashtirilgan tartibda tayyorlanadigan maxsus blankada rasmiylashtiriladi. 16. Davlat ekspertizasi xulosasi blankalari ishchi organlarga Respublika markazi tomonidan har oyda taqsimlanadi. 17. Davlat ekspertizasi xulosasi rasmiylashtirilgan blankalar ishchi organ tomonidan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi Davlat ekspertizasi xulosasi blankalarini sarf qilish kitobida qayd etiladi. 18. Davlat ekspertizasi xulosasi blankalarini sarf qilish kitobi raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan hamda ishchi organ rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi zarur. 19. To‘ldirish paytida yoki boshqa sabablarga ko‘ra yaroqsiz holga kelgan davlat ekspertizasi xulosasi blankalari haqida ishchi organ tomonidan dalolatnoma tuzilishi hamda mazkur blankalar Respublika markaziga qaytarilishi shart. 20. Ishchi organlar tomonidan har oyda berilgan davlat ekspertizasi xulosalari to‘g‘risida Respublika markaziga axborot taqdim etiladi. 21. Ishchi organlar tomonidan taqdim etilgan axborotlar asosida Respublika markazi tomonidan Davlat ekspertizasi xulosalari reyestri yuritiladi. 22. Davlat ekspertizasi xulosalari reyestrida quyidagilar aks ettiriladi: davlat ekspertizasi xulosasi berilgan sana; ish o‘rinlarida attestatsiya o‘tkazilgan tashkilot haqidagi ma’lumotlar; attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot haqidagi ma’lumotlar; berilgan davlat ekspertizasi xulosasi blankasining hisobga olish seriyasi va tartib raqami. 23. Davlat ekspertizasi xulosalari reyestridagi axborotlar umumiy foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.
250
11,821
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Teshayevning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan is
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Teshayevning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sohaga bozor munosabatlarini joriy etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida (bundan buyon matnda Strategiya deb yuritiladi) belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash doirasida joriy yilda 2 ta O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta farmoni va 13 ta qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10 ta qarori qabul qilindi. Oziq-ovqat xavfsizligi va ichki iste’molni sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli tarzda ta’minlash maqsadida joriy yilning birinchi yarim yilligida jami 4 mln. 499 ming gektar erga ekinlar joylashtirilgan. Bu 2021-yilga nisbatan asosiy maydon 42,8 ming gektarga ko‘p bo‘lib, 3 mln. 191 ming gektarga asosiy, 791 ming gektarga takroriy ekinlar, 140 ming gektar erda qator orasiga bog‘-tok hamda 377 ming gektarga lalmikor ekinlar ekilgan. Respublikadagi qishloq xo‘jaligi korxonalarida 5,1 ming gektar maydonda 2 912 ta issiqxona faoliyat olib bormoqda. Shundan 876 gektari gidroponika usulida, 4,2 ming gektari tuproqda mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, ularda 385 ming tonna mahsulot yetishtirilgan. Qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish maqsadida joriy yilda jami 135 ming gektar erni qayta foydalanishga kiritish belgilangan bo‘lib, joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida bu ko‘rsatkich 21 foizga bajarilgan. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida 14 ta paxta-to‘qimachilik, 41 ta g‘allachilik, 103 ta meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda esa jami 134 ta paxta-to‘qimachilik, 198 ta g‘allachilik, 249 ta meva-sabzavotchilik, 43 ta sholichilik, 9 ta dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi klaster faoliyat yuritmoqda. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash bekor qilindi. Natijada qishloq xo‘jaligida yer maydonlarini ajratish inson omilisiz elektron tizim yordamida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda hududlarda jami 80,9 ming gektar yer maydoni yer tuzish loyihalari doirasida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun ajratib berilgan. G‘allachilikda bozor tamoyilini joriy etishni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan g‘allani bozor narxlari asosida sotib olish va sotish yo‘lga qo‘yildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 1 tonna boshoqli donni sotib olishning eng kam narxi 3 mln. so‘m deb e’lon qilingan. Ichki bozorda don narxining barqarorligini ta’minlash maqsadida donning bir qismini 2022-yil iyul — sentyabr oylarida birja savdolari orqali jadval asosida sotish belgilandi. Fermer ho‘jaliklarining ixtiyorida qoladigan bug‘doyni don korxonalariga vaqtincha saqlash uchun qabul qilish hamda donni 1-iyuldan boshlab ilk bor fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan birja savdolariga bozor narxida chiqarish belgilandi. Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda hal etilishi lozim bo‘lgan ayrim kamchiliklar ham mavjud. Xususan, qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlarini ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish borasidagi vazifalar hali yakuniga yetmagan. Muhokamalar davomida deputatlar qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘lamini kengaytirish, klasterlar faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxi barqaror bo‘lishini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rish zarurligini qayd etib o‘tdilar. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Teshayevning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Sh. Teshayev): Strategiyada amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash, sotish hamda sohaga investitsiya loyihalarini keng jalb etish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish maqsadida yerlarni qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda yosh mutaxassislar orasidan boshqaruv kadrlarini tayyorlash uchun stajirovka va stipendiyalar dasturini joriy etish, xodimlar almashinuvining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlari amalga oshirilishini jadallashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ekotizim va biotoplarning holatiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ta’sirini monitoring qilish uchun Maqbul qishloq xo‘jalik va ekologik amaliyot (GAEP) asosida minimal ekologik standartlarni ishlab chiqish hamda joriy etish ishlarini yakunlash; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ichki bozorni mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan muntazam ravishda ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligida yer osti suvlaridan unumli foydalanish va sohada tizimli ravishda suvni tejovchi texnologiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish mexanizmlarini joriy etish choralarini ko‘rsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan joriy yilning 30-dekabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi Strategiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan muntazam ravishda parlament nazoratini o‘rnatsin. 5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin. 6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
8,041
Qonunchilik
IIV tizimida ovqatlanish autsorsing shartlarida tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 6.05.2019 yildagi «Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 379-son qarori qabul qilindi. IIO хodimlari va harbiy хizmatchilari, shuningdek IIV ta’lim muassasalari kursant va tinglovchilarining ovqatlanishini tashkil etish sohasiga davlat-хususiy sheriklik meхanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Autsorsing oshхonalar хodimlari sonini, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va yetkazib berish хarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish, taomlar turlarini хilma-хillashtirish va ovqat tayyorlash sifatini yaхshilash hamda boʻlinmalar faoliyatining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Birinchi navbatda u IIVning harbiy qismlari, ta’lim muassasalari, vaqtincha saqlash hibsхonalari va davolash muassasalarida joriy etiladi. Xususiy shaхslar bilan shartnomalar eng yaхshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan tuziladi. Umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy va logistika bazasiga ega boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi. Autsorser хizmatlariga haq toʻlash miqdorlari oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi oʻrtacha bozor narхlari boʻyicha bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqqan holda IIV tomonidan belgilanadi. Autsorserning barcha хarajatlarini (soliqlar, хodimlarning ish haqi, transport хizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta’mirlash va ulardan foydalanish va b.) oʻz ichiga oladigan ustama haq – 20%gacha hisobga olinadi. Autsorsingning shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlari uchun narхlar koʻpi bilan bir oyda 1 marta qayta koʻrib chiqilishi kerak. Xususiy shaхsga ijara shartnomasi doirasida vaqtincha foydalanishga beriladigan oshхonalarning ishlab chiqarish хonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi nol stavka boʻyicha belgilanadi. Autsorser shaхsiy tarkibga ovqat tayyorlash uchun foydalanadigan kommunal хizmatlar qiymati ajratilgan byudjet mablagʻlari doirasida IIV tomonidan qoplanadi.  IIVning tegishli boʻlinmalari (zarurat boʻlganda, boshqa vazirlik va idoralarning mutaхassislari jalb etilgan holda) ovqat tayyorlash va mahsulotlar sifatini nazorat qiladilar. U sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek teхnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga toʻliq muvofiq boʻlishi kerak. Ma’lumot uchun: ayni paytga kelib Mudofaa vazirligi boʻlinmalari, DBQning Bojхona instituti, DXX boʻlinmalari va organlari, Milliy gvardiya boʻlinmalarida хuddi shunday meхanizmlar joriy etilgan.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.05.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
63
2,805
Qonunchilik
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash imkonini beradi. Xususan: birinchidan, nazorat qiluvchi organlar va insofli tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ishonchli hamkorlikni o‘rnatishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qabul qilinganligi amaldagi tekshiruvlar tizimini, davlat nazoratining boshqa turlarini, shuningdek, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi; ikkinchidan, qonun hujjatlarida zamon talablariga javob bermaydigan ayrim huquqiy mexanizmlarning mavjudligi sababli soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penyalar va moliyaviy jarimalar bo‘yicha qarzdorliklar sun’iy yo‘l bilan yig‘ilib bormoqda; uchinchidan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan davlat organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalari amal qilmoqda; to‘rtinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning tashkiliy jihatlari va tartib-taomillarini kompleks tartibga solish hamda ularning qonuniyligi monitoringini olib borishning yagona yaxlit tizimi mavjud emasligi nazorat qiluvchi organlar faoliyatining shaffofligini ta’minlash va o‘tkaziladigan tekshiruvlarning asosliligini xolis baholash imkonini bermayapti; beshinchidan, o‘tkaziladigan tekshiruvlarning ochiqligi, oshkoraligi va xolisligini ta’minlovchi nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan mustaqil jamoatchilik nazorati tizimi joriy etilmagan; oltinchidan, ko‘chmas mulk obyektlarini buzib, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning amaldagi mexanizmidagi kamchiliklar ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlarining davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazmoqda, shuningdek, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda. Biznesni rivojlantirishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirish, mamlakatda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining mazkur Farmon kuchga kirgan vaqtda mavjud bo‘lgan qat’iy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha quyidagilarga hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish haqidagi taklifi ma’qullansin: 2018-yil 1-aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarga va 2018-yil 1-apreldan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarga; davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun bir yillik qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslarga. Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish, mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hollarda amalga oshirilishi belgilansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslarning tadbirkorlik va moliya-xo‘jalik faoliyatini tiklashda, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda faol yordam bersin, bajarilgan ishlar natijalari to‘g‘risidagi oylik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin. 2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslardan tegishli faoliyat turi bo‘yicha belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik miqdordagi qat’iy belgilangan soliqni bir yo‘la undirish tartibi bekor qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi: a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga hisoblangan undirish umidsiz bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, mazkur qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha qarzdorlikni xatlovdan o‘tkazsin, keyinchalik ko‘rsatilgan qarzdorliklarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini ko‘rsin; b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda: soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan va ikki oy davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini to‘xtatish tartibi; moliya-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish, shuningdek, faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlar va muassislari uzoq muddat bedarak bo‘lgan tashkilotlarning umidsiz qarzdorligini hisobdan chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 4. 2018-yil 1-sentabrdan: tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar; tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-sentabrdan: Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi; nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart; Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi; tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun davomida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi. Belgilansinki, 2019-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan amalga oshiriladi. 51. Belgilansinki: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov tartibida tekshiriladi. Bunda mazkur subyektlarning faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati tekshirilishi mumkin, bu haqda tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilishi lozim; auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar ana shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi; hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar ko‘rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’iy nazar, ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti ro‘yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 6. Quyidagilar: Vakolatli organ bilan kelishilgan holda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar turlarining ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; Nazorat qiluvchi organlardan boshqa tashkilotlarga o‘tkazilayotgan ayrim nazorat funksiyalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-sentabrdan amalga kiritilsin. 7. Nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishgan holda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda o‘z faoliyatiga “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi tegishli nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi nazorat qiluvchi organlarga “xavfni tahlil etish” tizimini o‘z faoliyatiga joriy etishda ko‘maklashsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimining boshlang‘ich versiyasini ishlab chiqsin hamda 2019-yil 1-yanvardan uning quyidagilarga imkon beruvchi to‘liq versiyasini ishga tushirsin: a) vakolatli organga: nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlarni o‘tkazish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning asosliligini o‘rganish va tekshiruvlarni o‘tkazishga noyob kod bilan ruxsat berish; nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tekshiruvlar o‘tkazish tartibiga rioya etilayotganligi ustidan nazoratni amalga oshirish; b) nazorat qiluvchi organlarga o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalarini kiritish; v) tadbirkorlik subyektlariga o‘z so‘rovlariga ko‘ra o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida hamda real vaqt rejimida Internet tarmog‘i orqali olish. 9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ushbu Farmon qoidalarini inobatga olgan holda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini o‘rnatilgan tartibda kiritsin; bir oy muddatda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar amal qiladigan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni hamda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5087-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlari — Palata a’zolarining faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar monitoringini amalga oshirishi hamda tekshiruvlarda ishtirok etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarga tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda yakunlari yuzasidan har chorakda vakolatli organga axborot taqdim qilish tavsiya etilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Markaziy bankining 2018-yil 1-sentabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni bank korporativ kartalari orqali sotib olish huquqini berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi deb yuritiladi) va Adliya vazirligining 2018-yil 1-oktabrdan ko‘chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlarga) bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirishni bekor qilish, tegishli yozuvni ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestriga elektron shaklda kiritish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 15. 2018-yil 1-oktabrdan shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra: ko‘chmas mulkka bo‘lgan egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar to‘g‘risidagi, shu jumladan, ushbu huquqlarning vujudga kelishi, o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi, shuningdek, ular bilan tuzilgan bitimlar haqidagi axborot mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, notariuslar, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy tuzilmalari, shuningdek, boshqa vakolatli organlar tomonidan “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlariga tegishli xatti-harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda taqdim etiladi; “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborotga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan tegishli huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi; jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilganda, davlat va boshqa tashkilotlar so‘rov yuborganda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestridan tegishli huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi elektron va (yoki) qog‘oz shakldagi ko‘chirmani taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu bandning talablaridan kelib chiqqan holda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va ular bilan tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armani (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil qilish; Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning aniq manbalarini belgilash, ularda mahalliy budjetlarning daromad qismi mablag‘lari jalb qilinishini nazarda tutish; davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishini Jamg‘arma bilan majburiy tarzda kelishish tartibini joriy etish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning aniq manbalarini nazarda tutgan holda, Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarorini qabul qilsin. 161. Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qattiq ogohlantirib qo‘yilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning o‘rni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar. 17. 2018-yil 1-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin. 19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 8-iyundagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-2008-son Farmoni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi PF-2114-son Farmonining 1-bandi ikkinchi — to‘rtinchi, oltinchi, yettinchi va to‘qqizinchi xatboshilari, 3-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 5, 6 va 11-bandlari, shuningdek, 2-ilovasi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 3-avgustdagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-2678-son Farmoni. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3665-son Farmonining 1-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilari, 3, 4 va 6-bandlari. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-sonli Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-3694-son Farmoni. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4087-son Farmoni ilovasining 3-bandi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4296-son Farmonining 1-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi PF-4522-son Farmoni. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-son Farmonining 2-bandi ikkinchi — to‘rtinchi va yettinchi xatboshilari. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-sonli qarori) PF-5027-son Farmoni ilovasining 1, 2, 4 — 8-bandlari. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi PF-5102-son Farmoni. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2777-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-son qarori 11-ilovasi izohining 3-bandi.
140
22,795
Qonunchilik
Oilaviy va shaхslararo nizolarni oldini olish kuchaytiriladi
Prezidentning 2.07.2018 yildagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3827-son qarori imzolandi. Ustuvorliklar belgilandi Quyidagilar ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi: E’tibor – ta’lim muassasalariga Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy- maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturi doirasida ta’lim muassasalariga alohida e’tibor beriladi. Ta’lim muassasalari oʻquvchilarining muayyan vaziyatda ruhiy holati va хulq-atvori buzilishi aniqlanganda shoshilinch psiхologik va psiхoterapevtik yordam koʻrsatish meхanizmi ishlab chiqilib, joriy etiladi. Kadrlar masalasi hal etilishi lozim. Xususan, oilaviy va shaхslararo nizolarni, psiхofizik zoʻrlik ishlatish va  oʻz joniga qasd qilishga moyil хulq-atvorni oldini olish uchun ta’lim muassasalarida  psiхolog ish olib boradi. Markazlarda va “ishonch telefoni” orqali yordam koʻrsatiladi Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaхslarni reabilatatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tashkil etildi. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilandi: Yaqin vaqtda Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlari Oʻzbekiston Xotin qizlar-qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarida tashkil etiladi. Markazlar birinchi navbatda tashkil etiladigan tumanlar (shaharlar) roʻyхati  Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar bilan kelishilgan holda aniklanadi. Markazlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu hamkorlik: Huquqiy himoyani kuchaytirish “Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi, unda quyidagi masalalar nazarda tutiladi: Me’yoriy hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Gayevoy.
60
2,299
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN ARAB IQTISODIY TARAQQIYOT QUVAYT JAMG‘ARMASI O‘RTASIDAGI “KARDIOXIRURGIYA BO‘LIMI BINOSINI REKONSTRUKSIYA QILISh VA JIHOZLASh” LOYIHASI” QARZ BITIMI TO‘G‘RISIDA
“Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi huzuridagi kardioxirurgiya bo‘limini rekonstruksiya qilish va jihozlash” loyihasini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasi ishtirokida “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi huzuridagi kardioxirurgiya bo‘limini rekonstruksiya qilish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 6-maydagi 85-son qarorini amalga oshirishda Quvayt Davlati Amirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi paytida Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasi bilan Qarz bitimi O‘zbekiston tomoni bilan kelishgan holda teng darajani ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri imzolagan O‘zbekiston Respublikasi bilan Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasi o‘rtasidagi Qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
192
1,304
Qonunchilik
Gaz tarmoqlari va isitish tizimlari хavfsizligi nazorat ostida
Vazirlar Mahkamasining 1.11.2018 yildagi 901-son qarori bilan aholi tomonidan isitish tizimi va yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanishda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi. Birinchidan, Respublika komissiyasi tashkil etildi, u isitish хavfsizligi talablariga rioya etilishini oʻrganadi, shuningdek baхtsiz hodisalarning oldini olishga doir takliflar tayyorlaydi. Uning tarkibiga Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari – «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ boshqaruvi raisi, Bosh prokuror oʻrinbosari, «Oʻztransgaz» AJ boshqaruvi raisi, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirlarining birinchi oʻrinbosarlari va boshqalar kiradi. Komissiyaga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, isitish qozonlari va pechlaridan foydalanishni tizimli oʻrganish boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi. Ularga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi boshchilik qiladi. Bundan tashqari, Sanoatgeokonteхnazorat, Oʻzdavneftgazinspeksiya, Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari va h.k. jalb qilingan. Ikkinchidan, ichki gaz tarmoqlari hamda gazda ishlovchi qurilma va uskunalarning belgilangan muddatlarda teхnik taftishdan oʻtkazilishi va ularga profilaktika хizmati koʻrsatilishiga rioya qilinishi topshirildi (Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 135-bandi “z” kichik bandi): Bundan tashqari, dudburonlar va ventilyatsiya kanallari har yilgi isitish mavsumidan oldin tekshirilib, tegishli dalolatnomalar bilan qayd etiladi. «Oʻztransgaz» AJ, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi,  Sanoatgeokonteхnazorat, Oʻzdavneftgazinspeksiyasiga IIV bilan birgalikda taftish va tekshirishdan oʻtkazishni ta’minlash yuklatildi. Uchinchidan,  Davlat soliq qoʻmitasiga qoʻlbola yasalgan nostandart isitish moslamalarini ishlab chiqarish hamda ularning bozorlar va turli savdo shoхobchalarida sotilishining oldini olish boʻyicha qat’iy choralar koʻrish topshirildi. Toʻrtinchidan, isitish tizimi va tabiiy va suyultirilgan gazdan hamda qattiq yoqilgidan foydalanishda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha NHH va teхnik hujjatlar, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalari bir oy muddatda хatlovdan oʻtkaziladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.11.2018 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
62
2,321
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyuldagi 102-I-sonli Qarori bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvardagi 368-III-sonli Qarori tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 15-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 135-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agar ovoz berish yakunlariga ko‘ra bunday taklif ovozlarning zarur sonini to‘plamagan bo‘lsa, shuningdek moddama-modda ovoz berish jarayonida bir yoki bir nechta modda rad etilgan bo‘lsa, qonun loyihasi maromiga yetkazish uchun mas’ul qo‘mitaga qaytariladi”; 2) quyidagi mazmundagi 1351 va 1352-moddalar bilan to‘ldirilsin: “1351-modda. Agar qonun loyihasini Qonunchilik palatasining ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishiga tayyorlash maqsadga muvofiq bo‘lmasa yoki qonun loyihasi o‘z dolzarbligini yo‘qotgan bo‘lsa, mas’ul qo‘mita birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklifni Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritishi mumkin. Bunda Qonunchilik palatasining Kengashiga Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishiga taqdim etish uchun quyidagilar yuboriladi: birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasining matni; mas’ul qo‘mitaning birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish zarurligi asoslantirilgan xulosasi; Qonunchilik palatasining birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi qarori loyihasi. 1352-modda. Qonunchilik palatasi majlisida mas’ul qo‘mitaning birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklifini ko‘rib chiqish chog‘ida muhokama mas’ul qo‘mita vakilining ma’ruzasi bilan boshlanadi. Bunda mas’ul qo‘mitaning ma’ruzachisi qonun loyihasini mas’ul qo‘mitada ko‘rib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni ko‘rib chiqish natijalari hamda birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklifni kiritish sabablari haqidagi axborotni majburiy tartibda deputatlar e’tiboriga yetkazadi. Mas’ul qo‘mitaning birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklifini muhokama qilish natijalariga ko‘ra qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklif ovozga qo‘yiladi. Agar ovoz berish yakunlariga ko‘ra qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini to‘plagan bo‘lsa, qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi. To‘xtam Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Rad etilgan qonun loyihasi bundan buyon ko‘rib chiqilmaydi va qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi. Agar ovoz berish yakunlariga ko‘ra mas’ul qo‘mitaning birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklifi ovozlarning zarur sonini to‘plamagan bo‘lsa, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qo‘yadi: qonun loyihasini maromiga yetkazish va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritish muddatini belgilagan holda mas’ul qo‘mitaga qaytarish to‘g‘risida; ushbu Reglamentning 135-moddasida nazarda tutilgan tartibda moddama-modda ovoz berish o‘tkazgan holda, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqish to‘g‘risida. Qonun loyihasini maromiga yetkazish uchun mas’ul qo‘mitaga qaytarish to‘g‘risidagi to‘xtam uni maromiga yetkazish va Qonunchilik palatasiga ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun kiritish muddati belgilangan holda, Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi”; 3) 13-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “13-bob. Bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish”; 4) 140-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: “140-modda. Boshqa qonunlarga o‘zgartish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi, shuningdek qonunlarni yoki ularning qismlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi nazarda tutilgan qonunlar loyihalari bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirilishi mumkin. Kengash bir nechta qonun loyihasini birlashtirish va jamlanma qonun loyihasini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mitani (bundan buyon matnda jamlanma qonun loyihasi bo‘yicha qo‘mita deb yuritiladi) belgilaydi”; 5) 141 va 142-moddalar chiqarib tashlansin; 6) 144, 145 va 146-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “144-modda. Jamlanma qonun loyihasi unga kiritiladigan qonun loyihalari Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishda qabul qilinishiga qarab shakllantiriladi. Jamlanma qonun loyihasini shakllantirish tugallanganidan keyin u Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun yangi nom bilan kiritiladi. Qonun loyihasiga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqami berilmaydi. 145-modda. Jamlanma qonun loyihasi bo‘yicha qo‘mita keyinchalik Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishiga taqdim etish uchun Kengashga quyidagilarni yuboradi: Qonunchilik palatasining bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish to‘g‘risidagi qarori loyihasini (unda birlashtirilgan barcha qonun loyihalari va qonun loyihasining yangi nomi ko‘rsatilgan holda); qonunni uchinchi o‘qishda qabul qilish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qarori loyihasini; jamlanma qonun loyihasining matnini. Kengash ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan jamlanma qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini tayyorlash ishlari rejasiga kiritish va qonun loyihasini deputatlarga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 146-modda. Qonunchilik palatasida bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish chog‘ida jamlanma qonun loyihasi bo‘yicha qo‘mitaning vakili ma’ruza bilan so‘zga chiqadi. Ma’ruzachi qo‘mitada qonun loyihalarini birlashtirish yakunlari, tushgan takliflar va ularni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ma’ruzachining ma’ruzasi yakunlari bo‘yicha bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga yangi nom bilan birlashtirish to‘g‘risidagi taklifni ovozga qo‘yadi. Deputatlar birlashmalaridan jamlanma qonun loyihasidan ikkinchi o‘qishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash to‘g‘risida takliflar tushgan taqdirda, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qo‘yadi: ikkinchi o‘qishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini ikkinchi o‘qish tartib-taomiliga qaytarish to‘g‘risidagi; ikkinchi o‘qishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash va ularni ushbu Reglamentning 138-moddasida nazarda tutilgan tartibda mustaqil qonun loyihalari sifatida uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqish to‘g‘risida. Agar ikkinchi o‘qishda qabul qilingan jamlanma qonun loyihasidan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash to‘g‘risidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlarining ko‘pchilik ovozini to‘plamagan bo‘lsa, ikkinchi o‘qishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini qaytarish to‘g‘risidagi taklif rad etilgan deb hisoblanadi. Qonunchilik palatasining bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi jamlanma qonun loyihasini uchinchi o‘qishda muhokama etmasdan to‘laligicha qabul qilish to‘g‘risidagi taklifni ovozga qo‘yadi. Jamlanma qonun loyihasi uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilayotganda unga tuzatishlar kiritilishiga hamda qonun loyihasini to‘laligicha yoki uning ayrim bo‘limlari, boblari, moddalarini muhokama qilish uchun qaytishga yo‘l qo‘yilmaydi”. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
124
7,914
Qonunchilik
Toshkent viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun - $100 mln
Prezidentning 20.05.2021 yildagi “Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5118-son qarori qabul qilindi. Hujjatga asosan, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi  hisobidan quyidagilar uchun yoʻnaltiriladigan $100 mln ekvivalenti miqdorida mablagʻ ajratiladi: a) issiqlik ta’minoti tizimini tiklash va rivojlantirishga - $19 mln ekvivalenti; b) ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tarmoqlarini yaхshilashga - $17 mln ekvivalenti; v) avtomobil yoʻllarini qurish-ta’mirlash ishlariga - $10 mln ekvivalenti; g) Toshkent viloyatining tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarini qoʻshimcha zamonaviy maхsus transport vositalari bilan ta’minlashga - $4 mln ekvivalenti. "Har bir oila - tadbirkor" dasturi uchun ajratiladigan mablagʻlar vakolatli tijorat banklariga qaytarish sharti asosida 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan teng ulushlarda MBning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada ajratiladi. $50 mln ekvivalentidagi mablagʻ foizsiz, oʻn yil muddatda qaytarish sharti bilan Toshkent viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasiga ajratiladi. Toshkent viloyati hokimligiga "Har bir oila - tadbirkor" dasturini amalga oshirish doirasida quyidagilar boʻyicha choralar koʻrish topshirildi: Shunnigdek 2021 yilda Toshkent viloyatining tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maхsus transport vositalari bilan jihozlash parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
70
1,643
Qonunchilik
Seysmologiya sohasida qator tub oʻzgarishlar amalga oshiriladi
Prezidentning 30.07.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4794-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida seysmik хavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturi tasdiqlandi. Seysmik хavfsizlikni ta’minlashning asosiy yoʻnalishlari: - foydalanishda boʻlgan va foydalanishga topshiriladigan bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini nazorat qilish; - respublika hududida joylashgan suv omborlari va gidroteхnika inshootlarining seysmik mustahkamligini nazorat qilish; - seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish; - seysmik хavfsizlik va mustahkamlikni ta’minlashning zamonaviy uslub va teхnik vositalarini amaliyotga joriy etish; Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligi boʻyicha idoralararo ilmiy-teхnik kengashga (keyingi oʻrinlarda - Kengash) Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash vazifasi yuklandi. Shuningdek, seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasida mas’ul organlar belgilandi: a) seysmik хavfni turli miqyosda baholash, hududlarni seysmik rayonlashtirish; b) zilzilalarni muddatlar kesimida prognoz qilish metodologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish; v) turli seysmik хavfning injener-geologik asoslarini va baholash teхnologiyalarini yaratish uchun mas’ul boʻlgan. a) respublika hududida qurilayotgan ob’yektlardagi loyihalar va qurilish sifatini seysmik хavfsizlik boʻyicha me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash va nazorat qilish; b) shaharlardagi mavjud binolarning seysmik mustahkamligini ta’minlash; v) inshootlarning seysmik хavfini kamaytirish boʻyicha zarur tadbirlar ishlab chiqish. a) respublika va transchegaraviy hududlarda, shuningdek tabiiy va teхnogen хavfli hududlarda hamda muhim ob’yektlarda seysmik хavfsizlik boʻyicha monitoringni oʻtkazish; b) kuchli va talafotli zilzilalar sodir boʻlishi хavfi mavjud boʻlganida ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur choralarni koʻrish. Quyidagilar tashkil etiladi: Toshkent shahridagi Turin politeхnika universiteti "Muhandislik seysmologiyasi" ta’lim yoʻnalishi va mutaхassisligi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti "Seysmologiya va seysmometriya" ta’lim yoʻnalishi va mutaхassisligi boʻyicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yuzasidan bazaviy oliy ta’lim muassasalari etib belgilandi. Oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi. Turin politeхnika universiteti qoshida Bino va inshootlarni eksperimental tadqiq qilish ilmiy-teхnik laboratoriyasi tashkil etiladi. Laboratoriya tomonidan oʻtkaziladigan tadqiqot sinovlarining asosiy yoʻnalishlari belgilandi. Shuningdek hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilgan: a) aholiga sodir boʻlgan zilzila boʻyicha toʻliq ma’lumotlar yetkazilishini ta’minlovchi mobil ilovani yaratish; b) Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining rasmiy veb-sayti, ma’lumotlar bazasi va mobil ilova oʻrtasida tezkor ma’lumotlar almashinuvi integratsiyasini ta’minlash; Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2020 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
62
3,413
Qonunchilik
Toshkent shahrida Adju universiteti tashkil etilmoqda
Yangi OTM  qurilish, arхitektura, elektroteхnika, iqtisodiyot sohalari va boshqa ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi (Prezidentning 30.11.2018 yildagi PQ-4041-son qaroriga qarang). Adju universiteti Koreya Respublikasida 1973 yilda tashkil etilgan. OTM teхnika, tibbiyot va aхborot teхnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashga iхtisoslashtirilgan. Uning tuzilmasida 7 ta kollej mavjud. Adju universiteti yuridik shaхs maqomi bilan tashkil etiladi. Ta’lim muassasasi kelishilgan yoʻnalishlar boʻyicha barcha darajadagi mutaхassislarni, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradi. 2019/2020 oʻquv yilida yangi OTMda bakalavriatning “Arхitektura”, “Elektroteхnika” va “Qurilish injiniringi” ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash boshlanadi. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Koreyadagi bosh OTM bilan kelishgan holda bakalavriat va magistraturaning boshqa istiqbolli ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha oʻqitishni ochish rejalashtirilayotir. Xususan, koʻp tarmoqli klinika, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va diagnostika markaziga ega tibbiyot fakultetini ochish koʻzlanmoqda. Bundan tashqari, 2019/2020 oʻquv yilida Bank-moliya akademiyasida Adju universitetining Iqtisodiyot va biznes oliy maktabi ochiladi. U magistratura mutaхassisliklari boʻyicha boshqaruv kadrlarini tayyorlaydi. Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Adju universiteti tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Kadrlarni tayyorlash Oʻzbekistonning ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarini inobatga olgan holda Adju universitetining oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi. Universitetda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Adju universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi. Bu – muhim! Oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi. 2019/2020 va 2020/2021 oʻquv yillarida oʻqishga qabul qilingan talabalar – Oʻzbekiston fuqarolariga ular Universitetni tamomlaguniga qadar davlat koʻmagi taqdim etiladi. U Oʻzbekiston Davlat byudjeti hisobidan kontrakt summasining respublikadagi boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida tegishli ta’lim yoʻnalishlarida oʻqitish qiymati miqdoridan ortiq qismini toʻlab berish koʻrinishida taqdim etiladi. Kontrakt yuridik shaхslar – salohiyatli ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi hollari bundan mustasno, ular kontrakt summasini 100% miqdorida toʻlaydilar. Davlat koʻmagi taqdim etilgan Universitet bitiruvchilari respublikaning davlat tashkilotlarida kamida 3 yil iхtisosligi boʻyicha ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan  va 01.12.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Gayevoy.
53
2,997
Qonunchilik
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari to‘g‘risida
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari vakolat muddati tugashi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq 2008-yilning noyabr-dekabr oylarida mamlakatimizda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi o‘tkazildi. Fuqarolar yig‘inlari raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining 2008-yilda bo‘lib o‘tgan saylovining asosiy vazifalari “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining normalarini amalga oshirishdan tashqari mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash borasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishdan, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi rolini oshirishdan, “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarishdan iborat bo‘ldi. Saylovni tashkiliy-siyosiy jihatdan yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida tegishli tayyorgarlik ishlari olib borildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi 551-I-sonli Qarori bilan saylovni o‘tkazish muddatlari belgilandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga doir tadbirlar rejasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat Kengashi komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi tasdiqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tuman va shaharlar hududida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi jami 213 ta komissiya ish olib bordi. Komissiyalar tarkibiga “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy bo‘linmalari vakillari kiritildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tuzilgan, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar faoliyati samarali tarzda muvofiqlashtirib borilishini ta’minlash uchun Senat Kengashi komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga biriktirib qo‘yildi. 2008-yil 7-oktabrda Senat Kengashi komissiyasi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, “Mahalla” jamg‘armasi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mintaqaviy bo‘linmalari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari muhokama yakunlari asosida fuqarolar yig‘inlari raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining 2006-yilgi saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili ham hisobga olingan holda muayyan tavsiyalar ishlab chiqdilar. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalariga bag‘ishlab Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida 2008-yilning 15 — 25-oktabr kunlari Senat Kengashi komissiyasining, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun joylarda tuzilgan komissiyalar va ishchi guruhlarning a’zolari, ommaviy axborot vositalari va jamoat tuzilmalari vakillari ishtirokida amaliy seminarlar o‘tkazildi. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga doir tadbirlar rejasiga muvofiq, shuningdek aholining huquqiy ongi darajasini oshirish maqsadida Senat Kengashi komissiyasi tomonidan maxsus nashr etilgan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining matnlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qarori matni (ilovalari bilan) kiritilgan 12 ming nusxa risola fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun tuzilgan komissiyalar va ishchi guruhlarga yuborildi. Bunga qo‘shimcha ravishda joylarga Senat Kengashi komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bilan birgalikda “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” rukni ostida 11 ming nusxada nashr etilgan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi” degan risola yuborildi. Oldingi saylovdan farqli ravishda 2008-yilgi saylov fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun tuzilgan komissiyalar va ishchi guruhlarning yanada yaqin va jips hamkorligi bilan ajralib turdi. Komissiyalar ishchi guruhlarning har bir tuman, har bir shahar bo‘yicha fuqarolar yig‘inlarini o‘tkazish jadvallarini o‘z vaqtida tuzish va yig‘in o‘tkaziladigan joyni belgilab qo‘yish haqidagi takliflarini inobatga oldilar. Ishchi guruhlar faoliyatining samaradorligi, ularning “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida nazarda tutilgan vakolatlariga taalluqli qarorlar qabul qilishdagi mustaqilligi darajasi ancha oshdi. Qonun hujjatlari talablariga qattiq rioya etish fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun tuzilgan ishchi guruhlar ishida 2006-yilgi saylovdagiga qiyosan olganda qator xato va kamchiliklarni bartaraf etish imkonini berdi. 199 ta tuman va shahar komissiyasi hamda 10124 ta ishchi guruh tomonidan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy amal qilingan holda, uyushqoqlik bilan, rejali asosda olib borilgan ishlar natijasida mamlakatimizning barcha mintaqalarida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari lavozimiga munosib nomzodlarni tanlashga muvaffaq bo‘lindi. Davlat hokimiyati vakillik organlarining deputatlari orasidan saylangan senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari o‘z saylov okruglarida saylovoldi tadbirlarini tashkil etishda faol ishtirok etdilar. Mahalliy davlat hokimiyatining ijro etuvchi organlari saylovni tashkil etish va o‘tkazishda, zarur hollarda binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlashda fuqarolar yig‘inlariga yordam berib, 2008-yilgi saylovni o‘tkazishga salmoqli hissa qo‘shdilar. Senat Kengashi komissiyasi saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishda oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlashga katta ahamiyat berib, ommaviy axborot vositalarining vakillari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib turdi. “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari”, “Ot silnogo gosudarstva k silnomu grajdanskomu obщestvu” degan maxsus ruknlar ostida, shuningdek “Mahalla” gazetasi va boshqa gazetalarda muntazam ravishda materiallar e’lon qilinib, ularda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun va mohiyati tushuntirib borildi. Markaziy va mahalliy nashrlarda senatorlarning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishning turli masalalariga bag‘ishlangan bir qator materiallari chop etildi, ularda o‘tkazilayotgan saylovning mamlakatimiz demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidan ilgarilab borishidagi o‘rni hamda ahamiyati ta’kidlab o‘tildi. Butun saylov kampaniyasi davomida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga bag‘ishlangan 1390 dan ortiq tele va radio dastur efirga uzatildi. Xususan, O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi kanallari tomonidan 297 ta teleko‘rsatuv va 280 ta radioeshittirish tayyorlandi hamda efirga uzatildi. “Mening mahallam” (“Moya maxallya”) va “Eng munosib nomzodlarni saylaymiz” (“Izbirayem samix dostoynix”) mavzularidagi video roliklar kuniga bir necha marotaba berib borildi. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga bag‘ishlangan jami 814 ta tele va radio rolik efir orqali taraldi. Fuqarolar yig‘inlaridagi saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish jarayoni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borildi. Chunonchi, “Xalq so‘zi” gazetasida 50 dan ortiq, “Narodnoye slovo” gazetasida 50 ga yaqin, viloyat gazetalarida 360 dan ortiq material e’lon qilindi. Saylov natijalarini tahlil qilish shundan dalolat beradiki, saylov tadbirlarida hovlilar, uylar, ko‘chalardan jami 576509 nafar vakil 18 million nafardan ortiq saylovchi nomidan qatnashdi. Saylov 10124 ta fuqarolar yig‘inida (2006-yilda ular 9941 ta edi), shu jumladan 101 ta shaharcha, 1333 ta qishloq, 154 ta ovul fuqarolar yig‘inida, 8536 ta mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Saylov natijasida fuqarolar yig‘inlari raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining sifat tarkibi yaxshilandi. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) etib saylanganlar orasida oliy ma’lumotlilar (asosan iqtisodchilar, yuristlar va pedagoglar) 6119 nafarga yetdi (60,4 foiz). Raislar (oqsoqollar) umumiy sonining 32,5 foizini yoki 3287 nafarini o‘rta maxsus ma’lumotlilar tashkil etadi. Fuqarolar yig‘inlari raislari orasida xotin-qizlar ko‘paydi: agar ular 2006-yilda 981 nafarni yoki 9,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2008-yilda bu ko‘rsatkich 1160 nafarga yoki 11,5 foizga yetdi. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) etib saylanganlarning 4263 nafari (42,1 foizi) yoshi 50 ga yetmaganlar bo‘lib, ularning 806 nafari (umumiy miqdorning 8 foizi) 40 yoshga to‘lmagan shaxslardir. Saylov fuqarolarning siyosiy madaniyati va huquqiy ongi oshganligini, ularda talabchanlik va mavjud kamchiliklarga nisbatan murosasizlik kuchayganligini ko‘rsatdi. Chunonchi, 64 ta fuqarolar yig‘inida taqdim etilgan nomzodlarning birontasi ham zarur miqdorda ovoz ololmadi – binobarin saylanmadi. Mazkur fuqarolar yig‘inlarida takror o‘tkazilgan saylovda oqsoqol lavozimiga 175 nafar nomzod talabgor bo‘ldi. Xususan, Samarqand viloyatida 1213 ta fuqarolar yig‘inidan 48 tasida, Andijon viloyatida 960 ta yig‘indan oltitasida, Toshkent viloyatida 1444 ta yig‘indan to‘rttasida, Namangan viloyatida 871 ta yig‘indan uchtasida, Qashqadaryo viloyatida 599 ta yig‘indan ikkitasida va Navoiy viloyatida 339 ta yig‘indan bittasida takroriy saylov bo‘lib o‘tdi. Bo‘lib o‘tgan saylov fuqarolarning faollik darajasi oshganligidan dalolat beradi. Joylarda saylovchilar kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishda hamda ko‘p bolali ehtiyojmand oilalarga nafaqalar tayinlashda ijtimoiy adolat prinsiplari buzilayotganligi, fuqarolar yig‘inlari bilan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro xayrixohlik yo‘qligi hollarini tanqid qildilar. Xususan, saylov munosabati bilan tushgan 108 ta murojaatning 22 tasi Qashqadaryo viloyatidan bo‘lib, Samarqand viloyatidan 16 ta, Toshkent shahridan 14 ta, Navoiy viloyatidan 13 ta, Surxondaryo viloyatidan 12 ta, Sirdaryo viloyatidan 11 ta, Toshkent viloyatidan yettita, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan uchtadan, Namangan viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ikkitadan, Andijon, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridan bittadan murojaat tushgan. Viloyat, tuman va shahar komissiyalariga saylovni o‘tkazish chog‘ida saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ayrim normalari buzilganligiga oid 283 ta murojaat, shu jumladan Samarqand viloyat komissiyasiga 86 ta, Qashqadaryo viloyat komissiyasiga 81 ta, Surxondaryo viloyat komissiyasiga 29 ta, Navoiy viloyat komissiyasiga 26 ta, Toshkent shahar komissiyasiga 15 ta, Toshkent viloyat komissiyasiga 14 ta murojaat tushgan. Senat Kengashi komissiyasiga, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalariga tushgan hamma xatlar tegishli komissiyalarning a’zolari tomonidan, shu jumladan joylarga borib ko‘rib chiqildi, ularni hal qilish yuzasidan aniq choralar ko‘rildi. Shu bilan birga komissiyalar va ishchi guruhlar ishini joylardan tushgan murojaatlar, aholining fikr-mulohazalari asosida tahlil qilish bu boradagi ishni tashkil etishning ijobiy tomonlarinigina emas, balki ular faoliyatidagi kamchiliklarni ham ko‘rsatdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan va Xorazm viloyat komissiyalarining saylovni tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyatini umuman ijobiy baholash mumkin. Ayni vaqtda Sirdaryo (A. Jalolov) va Surxondaryo (T. Jo‘rayev) viloyat komissiyalarining faoliyati zarur darajada tashkil etilmadi. Bu hol saylov jarayoni haqidagi hamda bu ishdagi kamchiliklar to‘g‘risidagi axborotlar Senat Kengashi komissiyasiga o‘z vaqtida taqdim etilmaganligida namoyon bo‘ldi. Ayrim tumanlar va shaharlarning komissiyalari, ishchi guruhlari hamda hokimlari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodlarni yetarlicha o‘rganmadilar, bu esa bir qator tumanlar va shaharlarda takror saylov o‘tkazish zaruratini keltirib chiqardi. Ba’zi viloyatlardagi komissiyalar va ishchi guruhlar faoliyatida faqat tashkiliy tusdagi kamchiliklar mavjud bo‘libgina qolmay, shu bilan birga fuqarolarning qonuniy murojaatlariga e’tiborsizlik hollariga ham yo‘l qo‘yildi. Bu hol shunga olib keldiki, xususan Qashqadaryo (N. Zayniyev), Surxondaryo (T. Jo‘rayev), Navoiy (E. Turdimov) va Samarqand (O‘. Barnoyev) singari viloyatlarning fuqarolari hal qilinishi viloyatlar komissiyalarining vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan Senat Kengashining komissiyasiga hamda boshqa tashkilotlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldilar. Saylov hayotimizning hamma sohalarini erkinlashtirish va demokratlashtirishda, joylardagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni va ahamiyati oshib borayotganligini, siyosiy va davlat qurilishining mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan konsepsiyani amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarishning muhimligini yana bir bor isbotladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Rajabovaning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari to‘g‘risidagi axborotini tinglab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisining o‘rinbosari M.Rajabovaning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga quyidagilar tavsiya etilsin: fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini sessiyalarda ko‘rib chiqish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda ularning ijro etilishini ta’minlash; mahalliy davlat hokimiyatining ijro etuvchi organlari bilan birgalikda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini tanqidiy tahlil qilib chiqish, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalarning, ayniqsa Qashqadaryo (N. Zayniyev), Surxondaryo (T. Jo‘rayev), Navoiy (E. Turdimov) va Samarqand (O‘. Barnoyev) viloyatlaridagi komissiyalarning ishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlash, ularning bartaraf etilishini ta’minlash, saylov vaqtida fuqarolardan tushgan murojaatlarda bildirilgan taklif hamda mulohazalarni o‘rganish, asosiy e’tiborni aholi va saylovchilarni tashvishlantirayotgan masalalarga, shuningdek mintaqalarni rivojlantirish muammolariga qaratish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish shakllarini rivojlantirishga har taraflama yordam berish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘zlariga qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni yanada to‘laroq amalga oshirishi uchun sharoit yaratish, ularning moddiy bazasini mustahkamlash; tegishli qo‘mita va doimiy komissiyalar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish muammolari yuzasidan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari bilan turkum seminarlar o‘tkazilishini tashkil etish, ilg‘or tajribani o‘rganish, umumlashtirish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amaliyotga joriy etish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati haqida aholiga muntazam ravishda axborot berib borish. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, tuman va shaharlar hokimlariga yangi saylangan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlarining qoidalarini o‘rganish, bunday organlarning faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan olimlar, mutaxassislar, tajribali oqsoqollar, moliya, soliq organlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar vakillarini jalb qilgan holda seminar-treninglar o‘tkazilishini tashkil etish tavsiya qilinsin. 4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari: qonun hujjatlari bilan berilgan o‘z vakolatlaridan jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayoniga aholining keng qatlamlarini faol jalb etish uchun samarali foydalansin; mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini kuchaytirsin, bunda yosh avlodni g‘oyaviy-axloqiy tarbiyalash, xotin-qizlar va yoshlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor bersin; o‘z hududida kam ta’minlanganlarga yordam ko‘rsatishda, moliyaviy mablag‘larni sarflashda va boshqa masalalarni hal qilishda ijtimoiy adolat hamda oshkoralik prinsiplariga rioya etilishini ta’minlasin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga ushbu qarorning ijrosi yuzasidan 2009-yil 1-avgustgacha axborot bersin. 6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi o‘rinbosari F.F. Muhitdinova zimmasiga yuklatilsin.
101
20,084
Qonunchilik
Korporativ transport haydovchilari har 2 yilda malaka oshirishadi
Vazirlar Mahkamasining 4.09.2017 yildagi 693-son «Oʻqitishning innovatsion usullarini joriy etish yoʻli bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda uz24.uz sayti хabar beradi. Hujjatga koʻra, 2018 yilning 1 yanvaridan e’tiboran yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalari haydovchilari 2 yilda 1 marotaba malaka oshirish mashgʻulotlarini oʻtashlari shart. Kelgusi yilning 1 iyulidan yuridik shaхslarga tegishli avtotransport vositalarini malaka oshirish kurslarini oʻtaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatsiz boshqarganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi. Shuningdek, bunday huquqbuzarlik litseneziya/litsenziya kartochkalarining amal qilishining toʻхtatib turilishi yoki toʻхtatilishiga sabab boʻlish mumkin. Qarorni samarali amalga oshirish maqsadida avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish boʻyicha «Avtotest 3.0» oʻquv-uslubiy kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda innovatsion ta’lim teхnologiyalaridan foydalanilgan va oʻquvchilarning oʻzlashtirishini oshirishga qaratilgan oʻqitishning monitoring qilish va rejalashtirish boʻyicha avtomatlashtirilgan kompleks aхborot tizimi joriy etilgan. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
65
1,452
Qonunchilik
“JISMONIY ShAXSLARNING NAQD XORIJIY VALYUTANI OLIB KELIShI VA OLIB ChIQIB KETIShINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998 YIL 20-MARTDAGI PF-1979-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kelish va olib chiqib ketish operatsiyalarini amalga oshirish tartibini erkinlashtirish maqsadida: 1. Belgilansinki, 2003-yilning 1-avgustidan boshlab rezidentlarning respublikadan tashqariga 2 000 AQSh dollariga teng miqdorda naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi. 2. “Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 20-martdagi PF-1979-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “rezidentlarga — 2 000 AQSh dollariga teng miqdorda;” 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birga o‘n kun muddatda vazirlik hamda idoralarning normativ hujjatlari ushbu Farmonga muvofiq holga keltirilishini ta’minlasin. 4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. M. Mullajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi B. R. Parpiyev zimmasiga yuklatilsin.
244
1,114
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASI TUZILMASIGA QO‘ShIMChA LAVOZIM KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasining madaniy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni chuqurroq o‘rganish va zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining madaniyat, ommaviy axborot vositalari va turizm bo‘limi tuzilmasiga qo‘shimcha ravishda madaniy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritilsin.
117
407
Qonunchilik
Davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. Davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2003-yil 1-fevraldagi 07-26, 01/367, 29-sonli “Davlat notarial idoralari faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1214, 2003-yil 1-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 3-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat notarial idoralari (bundan keyingi o‘rinlarda notarial idora deb yuritiladi) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar (bundan keyingi o‘rinlarda notarial arxivlar deb yuritiladi) faoliyatini moliyalashtirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tartibini belgilaydi. 1. Notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo‘lib: notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summasidan 16 foiz miqdoridagi ajratmalar; notarial idoralar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar (xizmatlar) ko‘rsatilganligi uchun tushumlar; gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘larning 50 foizi; Budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisoblanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining hududiy adliya organlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga tushadigan 10 foizi miqdoridagi mablag‘larining bir qismini (bundan keyingi o‘rinlarda jamlangan mablag‘lar deb yuritiladi) notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirishga, shuningdek ayrim mintaqalarning notarial idoralari va notarial arxivlarini saqlash uchun o‘z mablag‘larining yetishmagan qismini qoplashga maqsadli yo‘naltirgan holda jamlash huquqiga ega. Jamlangan mablag‘larning miqdori O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining alohida buyruqlari bilan aniqlanadi va mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xarajatlarni moliyalashtirish ehtiyojidan oshib ketmasligi lozim. 3. Notarial idoralar va notarial arxivlarning faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlar tushumining hisobi tegishli hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. 4. Quyidagilar tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida daromadlar va xarajatlar smetalari (bundan keyingi o‘rinlarda hududiy smetalar deb yuritiladi) — notarial idoralar va notarial arxivlarni saqlash uchun smeta; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati daromadlari va xarajatlari smetasi (bundan keyingi o‘rinlarda markaziy apparat smetasi deb yuritiladi) — notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirish, shuningdek notarial idoralar va notarial arxivlar ta’minoti uchun ayrim mintaqalar mablag‘larining yetishmagan qismini qoplash uchun smeta; daromadlar va xarajatlarning jamlama smetasi — hududiy smetalar va markaziy apparat smetasini o‘z ichiga oluvchi smeta. 5. Rejalashtirilayotgan yil uchun daromadlar hajmini aniqlashda rejalashtirilayotgan yil boshiga mablag‘lar qoldig‘i va oxirgi ikki yildagi tushumlarning dinamikasidan kelib chiqqan holda tushishi kutilayotgan tushumlarning hajmi hisobga olinadi. Smetaning daromad qismi: hududiy smetalar bo‘yicha — notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summasidan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar, notarial idoralar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar (xizmatlar) ko‘rsatilganligi uchun tushumlar hisobiga; markaziy apparat smetasi bo‘yicha — notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining hududiy adliya organlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga tushadigan 10 foizi miqdoridagi mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida jamlanadigan mablag‘lar qismi, shuningdek gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘larning 50 foizi hamda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladi. Budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari mazkur Nizomning 1-bandi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan manbalar bo‘yicha tushadigan mablag‘lar yetishmagandagina O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Notarial idoralar va notarial arxivlarni rivojlantirish dasturini (bundan keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) amalga oshirishga ajratiladi. 6. Har bir smetaning xarajat qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari tasnifiga muvofiq moddalar bo‘yicha xarajatlarning to‘liq izohi va ular yuzasidan hisob-kitoblar va tasdiqlangan shtat jadvali ilova qilingan holda xarajatlar guruhlari bo‘yicha tuziladi. Shtat jadvallari: qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan notarial idoralar notariuslari va boshqa xodimlari lavozimlari soni doirasida har bir notarial idora kesimida; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan notarial arxivlar xodimlari soni doirasida har bir notarial arxiv kesimida tasdiqlanadi. 7. Hududiy adliya organlari rahbarlari tasdiqlangan notarial idoralar notariuslari va notarial idoralar va notarial arxivlarning boshqa xodimlari lavozimlari soni doirasida shtat jadvallarini tasdiqlaydi, shuningdek, hududiy smetalarni tuzadi va imzolaydi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hududiy smetalar va markaziy apparati smetasini, shuningdek, daromadlar va xarajatlarning jamlama smetasini tasdiqlaydi hamda ularni budjet smetalari xarajatlari uchun belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi. 8. Hududiy adliya organlari va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kelib tushadigan tushumlar hajmidan kelib chiqib, hududiy smetalarga, markaziy apparat smetasiga hamda daromadlar va xarajatlarning jamlama smetasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgan xolda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 9. Mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar notarial idoralar va notarial arxivlarning joriy saqlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 10. Quyidagilar: a) mazkur Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida jamlanadigan mablag‘larni o‘z ichiga olgan holda, notarial idoralar va notarial arxivlarning quyidagi xarajatlarini qoplash uchun yo‘naltiriladi: mazkur Nizomning 12 va 13-bandlariga muvofiq xodimlar mehnatiga haq to‘lashning amaldagi shartlari bilan nazarda tutilgan to‘lovlarga, ish beruvchilarning to‘lovlarini o‘z ichiga olgan holda; kommunal-ekspluatatsion va joriy saqlash bo‘yicha boshqa xizmatlar xarajatlarini (kommunal xizmatlar, aloqa xizmati, binolar ijarasi, kanselyariya va idora anjomlarini sotib olish, texnikani ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish, arxivga ishlov berish va boshqa xarajatlarni) qoplashga; Dasturga muvofiq moddiy-texnik bazani (orgtexnika vositalari bilan ta’minlash, kompyuterlashtirish, boshqa texnik vositalarni sotib olish, notarial idoralar binolarini qurish va ta’mirlash hamda boshqalar) mustahkamlashga; xodimlarning kasbiy mahoratlarini oshirishi bilan bog‘liq xizmat safari xarajatlarini qoplashga; notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan (seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish) boshqa chora-tadbirlarga; Mazkur Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi salbiy tafovutni qoplashga yo‘naltirilishi mumkin. b) mazkur Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mablag‘lar quyidagi xarajatlarni qoplash uchun yo‘naltiriladi: xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama o‘rnatish, ularni mukofotlash, qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirish va ularga moddiy yordam ko‘rsatishga, ish beruvchilarning to‘lovlarini o‘z ichiga olgan holda; kommunal-ekspluatatsion va joriy saqlash bo‘yicha boshqa xizmatlar xarajatlarini (kommunal xizmatlar, aloqa xizmati, binolar ijarasi, kanselyariya va idora anjomlarini sotib olish, texnikani ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish, arxivga ishlov berish “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ni yuritish, texnik jihatdan saqlab turish va modernizatsiya qilish va boshqa xarajatlarni) qoplashga; notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan (seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish) chora-tadbirlarga; v) mazkur Nizomning 1-bandi to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mablag‘lar Dasturga muvofiq gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qo‘yilgan avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi. 11. Jamlangan mablag‘lar hisobiga notarial idoralar va notarial arxivlarni saqlash uchun mablag‘lar har yili tasdiqlanadigan hududiy smetalarda nazarda tutish yoki yil davomida markaziy apparat smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga ajratilishi mumkin. 12. Notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lash: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan xodimlarning lavozim maoshlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq lavozim maoshlariga 20 foiz miqdoridagi ustamalar; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamamning 1993-yil 9-iyuldagi 343-son “O‘zbekiston Respublikasi sudyalarini, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq daraja unvonlari va ko‘p yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qo‘shimcha va ustamalar; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori va “Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) bilan nazarda tutilgan moddiy rag‘batlantirishdan tashkil topadi. 13. Notarial arxivlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash quyidagilardan: lavozim maoshlardan — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorining 25a-ilovasiga muvofiq arxiv mudiri uchun, 24-ilovasiga muvofiq arxivarius uchun; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq lavozim maoshlariga 20 foiz miqdoridagi ustamalardan; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori va “Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) bilan nazarda tutilgan moddiy rag‘batlantirishdan tashkil topadi. 14. Mazkur Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobidan notarial idoralar va notarial arxivlar xodimlarini (bundan keyingi o‘rinlarda xodimlar deb yuritiladi) moddiy rag‘batlantirish bajariladigan ishlarning sifatini yaxshilash manfaatdorlikni oshirishga xizmat qiladi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: lavozim maoshlarga har oylik shaxsiy ustama o‘rnatish; mukofotlash; qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirish; moddiy yordam ko‘rsatish. 15. Lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama o‘rnatish xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini tashabbuskorlik va vijdonan bajarishni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshiriladi. 17. Xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar notarial idoralarda yoki idoraviy notarial arxivlarda uch oydan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda o‘rnatiladi. 20. Notarial idora xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar o‘rnatishga O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga asosan pulli xizmatlar va notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishdan kelib tushadigan mablag‘larning 80 foizigacha miqdordagi qismi ajratiladi. Ajratilgan mablag‘larni notarius va unga biriktirilgan xodimlar o‘rtasida taqsimlash notariusning taklifiga asosan amalga oshiriladi. Notarius taklif kiritishda xodimning mehnat va ijro intizomiga rioya qilishi hamda uning mehnat samaradorligini inobatga olishi lozim. Ushbu mezonlarga asoslangan taklif notarius tomonidan tasdiqlanib, tegishli hududiy adliya organiga taqdim etiladi. Hududiy adliya organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan taklif ko‘rib chiqiladi hamda moliya-iqtisod bo‘limiga tegishli ko‘rsatma beriladi. Notarial arxiv xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar ular lavozim maoshlarining 200 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida belgilanadi. 21. Xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar hisobot oyi yakuni natijasi bo‘yicha hududiy adliya organlari rahbarlarining buyruqlari bilan o‘rnatiladi. 22. Mukofotlash davriy va bir martalik shaklda amalga oshiriladi. Davriy mukofotlash har bir chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi hamda ish natijalari, haqiqatda ishlagan vaqt, notariat institutini takomillashtirishda qatnashishga bog‘liq va eng ko‘p miqdorlar bilan chegaralanmaydi. Bir martalik mukofotlanish va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirilish notarial idoralarda va notarial arxivlarda uzoq yillar ishlagan xodimlarga, avval ishlaganlarni hisobga olgan xolda (intizomsizlik va xizmat xatti-harakatlari uchun ishdan bo‘shatilganlar bundan mustasno) yubiley sanalari (50, 60, 70 yosh va shu kabi), nafaqaga chiqish, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlari haqida xabar berish, bekamu ko‘st uzoq mehnat faoliyati munosabati bilan amalga oshiriladi. 23. Qo‘shimcha moddiy yordam: bola tug‘ilganda; xodim oila qurganda; xodim yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri (xotini), bolasi) vafot etganda; xodim kasal bo‘lganda ko‘rsatilishi mumkin. Xodim vafot etganda moddiy yordam uning xotiniga (eriga) yoki voyaga yetmagan bolalariga yoxud voyaga yetmagan bolalarning vasiylariga (saqlab oluvchilariga), agar xodim oila qurmagan bo‘lsa, ota-onasiga to‘lanadi. Moddiy yordamni to‘lash va uning miqdori xodimda intizomiy jazoning borligiga bog‘liq emas. Xodimga bir yilda haqiqatda to‘lanadigan moddiy yordamning cheklangan miqdori eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan oshmasligi lozim (ushbu bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno). 24. Xodimlarni mukofotlash, qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish hududiy adliya organlari rahbarlarining buyruqlariga muvofiq: hududiy adliya organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining takliflari bo‘yicha — notariuslar va notarial arxivlarning xodimlariga; katta notariuslarning (notariuslarning) takliflari bo‘yicha — notarial idoralarning boshqa xodimlariga nisbatan amalga oshiriladi. 25. Notarial idoralar va notarial arxivlarning daromadlar va xarajatlari hisobi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy buxgalteriyasi va hududiy adliya organlarining buxgalteriyalari tomonidan amalga oshiriladi. 26. Hududiy adliya organlarining g‘aznachilik hisob raqamlarida jamlangan mablag‘lardan foydalanish haqida hisobotlar hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi. 27. Hududiy adliya organlarining hisobotlari O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligining markaziy buxgalteriyasida umumlashtiriladi va har chorakda, buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish uchun belgilangan shakl va muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tarmoq va shtatlar bo‘yicha rejaning bajarilishi yuzasidan hamda notarial idoralar va notarial arxivlarni moliyalashtirish uchun tushgan va yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot taqdim etiladi. 28. Mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 29. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
132
19,257
Qonunchilik
Qanday transport vositalari majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi
Toshkent shahar hokimligi tomonidan 12.02.2021 yildagi «Toshkent shahridagi transport vositalarini 2021 yilda majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish haqida»gi 159-son qaror qabul qilindi. Ushbu qaror «Yoʻl harakati хavfsizligi toʻgʻrisida»gi Qonunga, shuningdek Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga (31.01.2003 yildagi 54-son VMQ bilan tasdiqlangan) muvofiq ishlab chiqilgan.  2021 yilda yuridik shaхslarga, shu jumladan хorijiy shaхslarga tegishli transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi: Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak: a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va хavfli yuklarni tashish uchun maхsus transport vositalari va ularga tirkamalar – bir yilda ikki marta (birinchi marta – 1 iyundan 30 iyungacha, ikkinchi marta – 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha); b) ishlab chiqarilganligiga 5 yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) – 2 yilda bir marta; v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) – bir yilda bir marta; g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi; d) navbatdagi teхnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ularni DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) vaqtida; ye) ular ishlab chiqarilgan yildan qat’i nazar, DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan (qayta roʻyхatdan oʻtkazilgan) kundan boshlab bir yil oʻtgach (mazkur bandning «a» kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno). Yuridik shaхslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining teхnik koʻrigi 1 martdan 30 iyunga qadar oʻtkaziladi. Jismoniy shaхslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining teхnik koʻrigi 1 yanvardan 31 avgustga qadar oʻtkaziladi. Transport vositalari DYHXX organlari tomonidan teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq yigʻim undiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
65
2,718
Qonunchilik
TOShKENT ShAHRINING AKMAL IKROMOV TUMANI NOMINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. Toshkent shahar hokimining Akmal Ikromov tumani nomini Uchtepa deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
72
482
Qonunchilik
2021-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, shuningdek, yetishtirilgan paxta xomashyosini yig‘ib-terib olishni uyushqoqlik bilan tashkil etish, paxta yig‘im-terimida ishtirok etadigan terimchilarning moddiy manfaatdorligini ta’minlash hamda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarning moliyaviy holatini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari taklifiga asosan 2021-yil paxta xomashyosi hosilini qo‘lda va paxta terish mashinalari yordamida yig‘ib-terib olish uchun talab etiladigan mablag‘lar va ularning manbalari 1 — 3-ilovalarga muvofiq ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxta xomashyosini terib olish uchun yillik 14 foiz stavkada (shundan 1 foiz bank marjasi) kredit ajratish maqsadida olti oy muddatda qaytarish sharti bilan “Agrobank” ATB depozitiga 1,6 trillion so‘mgacha mablag‘lar joylashtirilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va paxta-to‘qimachilik klasterlarining: paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari bilan ishsiz hamda vaqtinchalik band bo‘lmagan aholidan iborat terim otryadlari rahbarlari o‘rtasida mavsumiy ishga qabul qilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy shartnomalarini tuzish; terim otryadlari rahbarlariga paxta yig‘im-terimi yakuniga qadar 2 million so‘m miqdorida mehnat haqini to‘lash uchun qilingan xarajatlarni paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan joriy yil 1-dekabrga qadar taqdim etilgan aniq hisob-kitoblar va buyurtmalarga asosan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklariga imtiyoz va preferensiyalar berish orqali paxta terish mashinalari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish hamda paxta yig‘im-terimini mexanizatsiyalashni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi takliflariga muvofiq quyidagilar belgilansin: 2021 — 2023-yillarda Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida tavsiya etilgan xizmat tariflaridan kelib chiqqan holda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish xizmat bahosining 30 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi; paxta-to‘qimachilik klasterlari, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 3 yil muddatga bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi hamda “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini 270 kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi; Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlarida, shuningdek, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlarida paxta xomashyosi yig‘im-terimiga terimchilarni qo‘shimcha jalb qilish maqsadida qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 230 so‘mdan ustama haq to‘lanadi. 5. Mazkur qaror bilan belgilanayotgan qo‘shimcha xarajatlar “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan davlat budjetining 2021-yil parametrlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga transfertlar uchun nazarda tutilgan mablag‘larni 60 mlrd so‘mga va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘larni 35 mlrd so‘mga kamaytirish evaziga va qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
115
5,605
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2012-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi to‘g‘risidagi nizom haqida”gi 472-II-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 129-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 48-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq holda, turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanilishini, qonun loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) vakolatlari muddatiga tuziladi. 2-modda. Komissiya Qonunchilik palatasining qarori bilan deputatlar orasidan Komissiya raisi, rais o‘rinbosari va a’zolaridan iborat o‘n besh kishigacha bo‘lgan tarkibda tuziladi. 3-modda. Komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishini ta’minlash maqsadida uning huzurida Qonunchilik palatasi Devoni tegishli bo‘limlarining xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etiladi. Komissiyaning ishchi organi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot va tahririyat bo‘limidir. 4-modda. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir: qonun loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga rioya etilishini ta’minlash; qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq holda, turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash; qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarni qo‘llash izchilligini saqlash; tegishli ma’noni anglatuvchi so‘zlarni qonun loyihalarida bir xil shaklda qo‘llash; boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni qonun normalariga ziyon yetkazmagan holda tahrir qilish. 5-modda. Komissiya: qonun loyihalarining matnlari va ularga ilova qilinadigan materiallarni Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan va Devoni bo‘limlaridan oldindan olishga; qonun loyihalarini Qonunchilik palatasi majlislaridagi moddama-modda muhokamalarga tayyorlashda normativ-huquqiy atamalarning qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va Devoni bo‘limlari bilan birgalikda ishlashga; Qonunchilik palatasi va qo‘mitalar majlislarida qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha so‘zga chiqishga, shuningdek Komissiya xulosasini bayon etishga hamda himoya qilishga; tegishli sohada qo‘llaniladigan normativ-huquqiy atamalar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni hal etish uchun Komissiya majlislariga ekspertlar, olimlar va mutaxassislarni taklif etishga haqlidir. Komissiya ushbu Nizomga, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 6-modda. Komissiya: “Davlat tili haqida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Nizom, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq holda, turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlashi; taqdim etilgan qonun loyihalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi, ular yuzasidan o‘z xulosalarini bayon etishi hamda qonun loyihalarida aks ettirishi; qonun loyihasining matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilishiga doir talablarga rioya etishi; qonun loyihalarida eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymasligi; qonun loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga aniq rioya etilishini ta’minlashi shart. Komissiyaning zimmasida ushbu Nizomga, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 7-modda. Komissiya a’zosi: qonun loyihalari matnlarini va ularga ilova qilinadigan boshqa materiallarni oldindan olishga; normativ-huquqiy atamalarning qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va Devonining tegishli bo‘limlari bilan birgalikda ishlashga; Komissiya qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini qonun loyihasini ko‘rib chiqishning keyingi bosqichlarida bayon etishga haqlidir. Komissiya a’zosi ushbu Nizomga, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 8-modda. Komissiya a’zosi: “Davlat tili haqida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi va “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Nizom, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; Komissiya ishida, shu jumladan qonun loyihalarini ko‘rib chiqishning barcha bosqichlarida ishtirok etishi; taqdim etilgan qonun loyihalari matnlarini va ularga ilova qilinadigan boshqa materiallarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi; taqdim etilgan qonun loyihalari matnlarini va ularga ilova qilinadigan boshqa materiallarni o‘rganishi hamda tahlil qilishi, ular yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar tayyorlashi shart. Komissiya a’zosining zimmasida ushbu Nizomga, shuningdek Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 9-modda. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. 10-modda. Komissiya o‘ziga taqdim etilgan qonun loyihasini, qoida tariqasida, besh ish kuni ichida ko‘rib chiqishi va Komissiya majlisini o‘tkazishi kerak. Zarur bo‘lgan hollarda, mazkur muddat mas’ul qo‘mita bilan kelishuvga ko‘ra Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. 11-modda. Komissiyaning Qonunchilik palatasi majlisiga ikkinchi o‘qishda, zaruratga qarab esa uchinchi o‘qishda kiritilayotgan qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida mas’ul qo‘mita raisi va qonun loyihasi bo‘yicha mas’ullar hozir bo‘lishi shart. Komissiya majlisida boshqa qo‘mitalarning a’zolari ham ishtirok etishi mumkin. Komissiya majlisida normativ-huquqiy atamalarning yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanilishi masalalarini hal etish uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari ishtirok etishi shart. 12-modda. Komissiyaning ishchi organi: ikkinchi o‘qish uchun tayyorlanib, tarjima va tahrir qilingan qonun loyihasining matnini Komissiya hamda uning ishchi guruhi a’zolariga mas’ul qo‘mita raisining imzosi bilan tarqatishi; qonun loyihasi bo‘yicha Komissiya majlisi o‘tkaziladigan vaqt va joyni Komissiya raisi bilan kelishilgan holda aniqlab, bu haqda Komissiya va uning ishchi guruhi a’zolarini o‘z vaqtida xabardor qilishi; Komissiya qabul qilgan o‘zgartishlarni, qoida tariqasida, uch ish kuni ichida qonun loyihasiga kiritishi va uni mas’ul qo‘mitaga taqdim etishi shart. 13-modda. Komissiya muhokamasidan o‘tgan qonun loyihasiga normativ-huquqiy atamalarga doir o‘zgarishlarni Komissiya hamda mas’ul qo‘mitaning roziligisiz kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14-modda. Komissiya o‘z muhokamasidan o‘tgan qonun loyihalarida qo‘llanilgan normativ-huquqiy atamalar bo‘yicha kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi oldida tegishli qo‘mita bilan birga mas’uldir.
140
8,490
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5715-son Farmoni va 2018-yil 24-noyabrdagi “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4028-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1083-son qarori 4-bandida: beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi”; quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “2020-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 1 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi”; oltinchi-yettinchi xatboshilar tegishincha yettinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2639-son qarorida: 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Qishloq joylarda mavjud namunaviy loyihalarga qo‘shimcha ravishda arzon uylarning quyidagi yangi namunalarini (keyingi o‘rinlarda uylar deb yuritiladi) joriy etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin: “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholi zichligi yuqori bo‘lgan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan hududlarda to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar; “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholisi zich bo‘lmagan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanmagan hududlarda 0,02 gektar o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar; shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari (keyingi o‘rinlarda fuqarolarning alohida toifalari deb yuritiladi) uchun besh qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar. Bunda bo‘sh yer uchastkalari mavjud bo‘lmagan aholi punktlarida arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish yo‘l bo‘ylarida joylashgan yaroqsiz uy-joylar, bino va inshootlarni buzish hisobiga bo‘shagan hududlarda chiziqli-qatorli ko‘rinishda joylashtirgan holda amalga oshiriladi”; 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Belgilansinki, namunali uy-joylar qurish uchun “Qishloq qurilish bank” ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, “Xalq banki” ATB, “Asaka” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (keyingi o‘rinlarda ishtirok etuvchi tijorat banklari deb yuritiladi) uy quruvchilarga 2 yillik (2020-yil 1-yanvardan boshlab — 1 yillik) imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan (2020-yil 1-yanvardan boshlab birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada) va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil (fuqarolarning alohida toifalari uchun quriladigan arzon ko‘p kvartirali uylar uchun — 15 yil) muddatga ipoteka kreditlari beradilar, bunda uy quruvchilarning dastlabki badali quyidagi miqdorlarni tashkil etadi: 10 foiz — to‘rt qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 0,02 gektar o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 3 xonali bir qavatli uylar uchun; 25 foiz — fuqarolarning alohida toifalari uchun quriladigan besh qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar uchun”; 4-bandning birinchi xatboshisidagi “2017-yilda” so‘zlari “2017 — 2021-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari bo‘yicha birinchi 5 yil mobaynida yiliga 4 foizli stavka bilan va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida bo‘lishini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 2 yillik (2020-yil 1-yanvardan boshlab 1 yillik) imtiyozli davr bilan qishloq joylarda yashovchi shaxslar uchun — 20 yil, fuqarolarning alohida toifalari uchun — 15 yil muddatlarga milliy valyutada kredit liniyalarini ochsin, ushbu mablag‘lar arzon uy-joylar qurilishiga maqsadli yo‘naltirsin”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilariga uy-joy qurish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2858-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Dastur doirasida uy-joylarning qurilishi (keyingi o‘rinlarda — uy-joylar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2639-son hamda 2018-yil 24-noyabrdagi “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4028-son qarorlari bilan joriy etilgan ko‘p kvartirali uy-joylarning namunaviy loyihalari asosida amalga oshiriladi”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi “2018-yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3863-son qarorida: 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “Qishloq qurilish bank” ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, Xalq banki ATB, “Asaka” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBlarining (keyingi o‘rinlarda ishtirok etuvchi tijorat banklari deb yuritiladi) 20 yil muddatga, 2 yillik (2020-yil 1-yanvardan boshlab — 1 yillik) imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan (2020-yil 1-yanvardan boshlab birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada) va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida ipoteka kreditlarini: a) qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun uy quruvchilarga dastlabki badal: 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar uchun — 10 foiz miqdorida; shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari uchun besh qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar uchun — 25 foiz miqdorida bo‘lishini nazarda tutgan holda; b) shaharlarda yosh oilalarga, eski uylarda yashovchilarga va turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga dastlabki badalning tabaqalashtirilgan miqdorini amaliyotga joriy etgan holda, arzon ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni o‘rtacha 15 foiz miqdoridagi dastlabki badal bilan sotib olish uchun berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin”; 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari bo‘yicha turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun arzon uylar qurish uchun 20 yil muddatga, jumladan, dastlabki 5 yil mobaynida yillik 4 foiz stavkali 2 yillik (2020-yil 1-yanvardan boshlab — 1 yillik) imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining yillik 3 foiz miqdoridagi marjasi chegirib tashlangan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, kredit liniyasi mablag‘larini Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida uy-joylar qurishga maqsadli yo‘naltirgan holda milliy valyutada kredit liniyalari ochsin”. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-sentabrdagi “Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3937-son qarorida: a) 4-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “QAITJning jalb etilayotgan qarzini, shu jumladan unga oid foizlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”; quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “QAITJdan kelib tushgan mablag‘larning (ko‘chirilgan kundagi) so‘mdagi ekvivalenti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uch bank ish kuni davomida “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning 22626-son “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazib beriladi; “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning ushbu hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar uch bank ish kunida dasturni amalga oshirish doirasida tashqi injener tarmoqlari va transport aloqalari qurilishni moliyalashtirish uchun bankning tegishli hududiy filiallarida ochilgan “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ hududiy filiallarining 22626-son “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamlariga o‘tkazib beriladi”; b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4028-son qarori 16-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129 va 171-moddalariga muvofiq Qo‘shma loyiha bo‘yicha ajratilgan maqsadli grantlar “Qishloq qurilish bank” ATB va mablag‘ oluvchi jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga tortilmaydi”.
108
11,403
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON NEFT VA GAZ SANOATI DAVLAT KONSERNI “O‘ZBEKNEFTGAZ”NI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekistonning neft va gaz konlarini har tomonlama va samarali o‘zlashtirish, respublika xalq xo‘jaligi va aholisini gaz, gaz kondensati, neft hamda ularni qayta ishlash mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, neft va gaz sanoatini boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. “Sredazgazprom”, “O‘zbekneft”, “Fergananefteorgsintez” ishlab chiqarish birlashmalarining, “Sredazneftegazstroy” ishlab chiqarish qurilish-montaj birlashmasining “O‘zbekiston Respublikasi korxonalari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konserni “O‘zbekneftgaz”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar “O‘zbekneftgaz” davlat konserni faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin: respublika hududiga neft, gaz va gaz kondensatini izlash, qazib chiqarish, qayta ishlash va tashishni, gaz, neft hamda neft va gazni qayta ishlash sanoati inshootlari qurilishini amalga oshiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish; neft va gaz konlaridan samarali foydalanishni, respublikada neft, gaz hamda neft va gazni qayta ishlash sanoati yanada rivojlanishini, neft va gaz zaxiralari ko‘payishini ta’minlash; konsern tizimida yagona texnikaviy siyosatni o‘tkazish, korxonalarni kengaytirishda, qayta qurish va texnika bilan qayta qurollantirishda, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va o‘zlashtirishda ko‘maklashish; neft, gaz hamda gaz kondensatini izlash, qazib chiqarish, qayta ishlash va tashish sohasidagi ilmiy-tadqiqot, qidiruv va loyiha-konstruktorlik ishlarini tashkil qilish; neft va gaz konlarini izlash hamda ulardan foydalanish borasidagi ishlarni o‘tkazish chog‘ida yer osti va boshqa tabiiy boyliklarni muhofaza qilish talablariga rioya etish; moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashda, ijtimoiy muammolarni hal qilishda neft, gaz hamda neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalari va tashkilotlarining tijorat aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashish; konsern tarkibiga kirgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni malakali xodimlar bilan mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish; ochiq gaz va neft favvoralari yuzaga kelishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish; konsern tarkibiga kirgan korxonalar va tashkilotlarning huquqlarini himoya qilish, davlat boshqaruvi idoralarida va chet ellarda ularning umumiy manfaatlarini ifoda etish. 3. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddat ichida O‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernining faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
92
2,711
Qonunchilik
Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ochiq valyuta pozitsiyalari limitlarini, ularni hisoblash hamda banklar tomonidan ochiq valyuta pozitsiyalari limitlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlarini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi talab va majburiyatlarining o‘zaro nisbatini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u bankning chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalarini hamda boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi natijasida chet el valyutasidagi talablari va majburiyatlari miqdori o‘zgarishi oqibatida yuzaga keladi; ochiq valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi talablari miqdori uning chet el valyutasidagi majburiyatlari miqdoriga mos (teng) bo‘lmagan holatdagi valyuta pozitsiyasi; uzun valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi talablari miqdori uning chet el valyutasidagi majburiyatlari miqdoridan ortiq bo‘lgan holatdagi ochiq valyuta pozitsiyasi; qisqa valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi majburiyatlari miqdori uning chet el valyutasidagi talablari miqdoridan ortiq bo‘lgan holatdagi ochiq valyuta pozitsiyasi; ochiq valyuta pozitsiyalari jami miqdori — barcha turdagi chet el valyutalari bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyalari yig‘indisi; qisqa valyuta pozitsiyalari jami miqdori — barcha turdagi chet el valyutalari bo‘yicha qisqa valyuta pozitsiyalari yig‘indisi; uzun valyuta pozitsiyalari jami miqdori — barcha turdagi chet el valyutalari bo‘yicha uzun valyuta pozitsiyalari yig‘indisi; bankning chet el valyutasidagi talablari — bankning chet el valyutasidagi aktivlari va “ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi talablar; bankning chet el valyutasidagi majburiyatlari — chet el valyutasidagi majburiyatlar va “ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi majburiyatlar; ochiq valyuta pozitsiyalari limitlari — har bir turdagi chet el valyutasi bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyalari va ochiq valyuta pozitsiyalari jami miqdorining bank regulyativ kapitaliga nisbatini o‘zida ifodalovchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan o‘rnatiladigan limitlar; “ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi talab va majburiyatlar — chet el valyutasidagi hosilaviy (derivativ) moliyaviy vositalari (fyuchers, forvard, svop, opsionlar va boshqalar) bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalari tuzilishi natijasida bankda yuzaga keladigan talab va majburiyatlar. 2. Quyidagilar ochiq valyuta pozitsiyasi o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi operatsiyalar hisoblanadi: chet el valyutasini sotib olish va sotish; chet el valyutasidagi daromadlarni hisoblash; chet el valyutasidagi xarajatlarni hisoblash; hisob-kitoblarni amalga oshirish usuli va shaklidan qat’iy nazar chet el valyutasidagi hosilaviy (derivativ) moliyaviy vositalari (fyuchers, forvard, svop, opsionlar va boshqalar) bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish natijasida chet el valyutasida yuzaga keluvchi talab va majburiyatlar; chet el valyutasida amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalar (chet el valyutasida xarid qilingan aktivlar hamda valyuta qimmatliklari bilan bog‘liq boshqa bitimlar, basharti ushbu bitimlar shartlariga muvofiq u yoki bu ko‘rinishda chet el valyutasi ayirboshlanishi (konversiyasi) ko‘zda tutilgan bo‘lsa). 3. Ochiq valyuta pozitsiyasi hisob-kitobi har bir chet el valyutasi uchun har bir operatsiya kuni yakuni bo‘yicha hisobot sanasidagi Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasi kursining milliy valyutadagi ekvivalentida amalga oshiriladi. 4. Ochiq valyuta pozitsiyasini hisoblashda bankning chet el valyutasidagi majburiyatlari miqdori uning chet el valyutasidagi talablari miqdori bilan taqqoslanadi. Bunda qisqa valyuta pozitsiyasi “-” belgisi bilan, uzun valyuta pozitsiyasi “+” belgisi bilan ko‘rsatiladi. 5. Ochiq valyuta pozitsiyasining haqiqatdagi jami miqdori barcha qisqa va uzun valyuta pozitsiyalari jami miqdorlarini alohida hisoblashda hamda barcha ochiq valyuta pozitsiyalarini hisoblashda aniqlanadi. Milliy valyutadagi balanslashtiruvchi pozitsiyani hisoblash uchun jami uzun valyuta pozitsiyalarining milliy valyutadagi haqiqatdagi qiymati va jami qisqa valyuta pozitsiyalarining milliy valyutadagi haqiqatdagi qiymati o‘rtasidagi farq olinadi. Jami uzun pozitsiya yig‘indisi (shu jumladan, milliy valyutadagi balanslashtiruvchi pozitsiya, agar u uzun pozitsiya bo‘lsa) va jami qisqa pozitsiya yig‘indisi (shu jumladan, milliy valyutadagi balanslashtiruvchi pozitsiya, agar u qisqa pozitsiya bo‘lsa) o‘zaro teng bo‘lishi lozim. 6. Ochiq valyuta pozitsiyasi hisob-kitobida bankning chet el valyutasidagi talab va majburiyatlari miqdori “Valyutalar savdosi va valyuta pozitsiyalari” hamda “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi qoldiq asosida aniqlanadi. Ushbu hisobvaraqlarda valyuta oldi-sotdisi va boshqa valyuta qimmatliklari bilan bog‘liq operatsiyalarga oid bitimlarda, shu jumladan bitim shartlariga ko‘ra, u yoki bu shaklda chet el valyutasini ayirboshlash (konversiya) nazarda tutilgan operatsiyalardagi miqdor hisobi yuritiladi. 7. Ochiq valyuta pozitsiyasi chet el valyutasini sotib olish yoki sotishga doir bitimlar tuzilgan sanada, shuningdek chet el valyutasidagi foiz daromadlari (xarajatlar) hisoblangan va chet el valyutasidagi boshqa daromadlar (xarajatlar) hisobvaraqqa kiritilgan (hisobdan chiqarilgan) sanada yuzaga keladi. 8. Banklarning milliy valyutaning chet el valyutalariga nisbatan qiymati o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan valyuta tavakkalchiligini cheklash maqsadida Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan banklar uchun ochiq valyuta pozitsiyasining quyidagilar bo‘yicha limitlari belgilanadi: har bir turdagi chet el valyutasi; ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori; qisqa valyuta pozitsiyalari jami miqdori; uzun valyuta pozitsiyalari jami miqdori. 9. Belgilangan limitlardan oshgan ochiq valyuta pozitsiyalarining keyingi operatsiya kuniga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ochiq valyuta pozitsiyalari belgilangan limitlardan oshgan taqdirda, bank tomonidan ochiq valyuta pozitsiyalarini o‘rnatilgan limitlargacha qisqartirish maqsadida joriy operatsiya kuni yakuniga qadar tegishli balanslashtiruvchi operatsiyalarni amalga oshirishi lozim. 10. Banklar tomonidan ochiq valyuta pozitsiyalari limitlariga rioya etilishi nazorati har bir operatsiya kuni yakuni bo‘yicha konsolidatsiyalashgan tartibda amalga oshiriladi. 11. Banklar o‘z filiallari uchun ochiq valyuta pozitsiyalari limitlarini mazkur Qoidalarga muvofiq mustaqil tarzda belgilaydi va bu haqda ularni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Limitlarni filiallar o‘rtasida operatsiya kuni davomida qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yiladi. 12. Banklarning ochiq valyuta pozitsiyalari ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan quyidagilar asosida amalga oshiriladi: har bir bank ish kuni uchun taqdim etiladigan ochiq valyuta pozitsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan inspeksiya (tekshirish) natijasida olingan ma’lumotlar; banklar hisobvaraqlarining kunlik monitoringi. 13. Bank ochiq valyuta pozitsiyalari limitlariga rioya etmagan taqdirda, Markaziy bankka uning sabablari hamda ushbu holatni bartaraf etish yuzasidan bank tomonidan ko‘rilgan choralarga oid izohni taqdim etishi shart. 14. Ochiq valyuta pozitsiyasi holati to‘g‘risidagi hisobot bank tomonidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida tuziladi. Hisobotda quyidagilar aks ettirilishi lozim: har bir turdagi chet el valyutasi bo‘yicha Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan kurs bo‘yicha chet el valyutasining milliy valyutadagi ekvivalenti asosida shakllantirilgan ochiq valyuta pozitsiyalari (uzun yoki qisqa) va mazkur pozitsiyalarning bank regulyativ kapitaliga foiz nisbati; tegishli balanslashtiruvchi operatsiyalarni amalga oshirish natijasida balanslashgan valyuta pozitsiyasi (milliy valyutada); barcha ochiq valyuta pozitsiyalari yig‘indisi va uning bank regulyativ kapitaliga foiz nisbati. 15. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 28-maydagi 610-son “Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1497, 2005-yil 15-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 215-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-avgustdagi 610-1-son “Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1497-1, 2015-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 35-son, 472-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/8-son “Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1497-2, 2017-yil 10-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1497-2/0085-son). 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-son “Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1497-3, 2018-yil 11-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son).
71
9,981
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq: 1. 2021-yil 9-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin. 2. Transport vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin. 3. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida Qatar tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin. 4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
42
1,039
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustaviga o‘zgartirish kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbeki
“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyuldagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 29-son, 330-modda) 29-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘qish (stajirovka) natijalariga ko‘ra Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga sudya lavozimlarida ishlash uchun nomzodning nazariy va amaliy tayyorgarligi to‘g‘risidagi xulosa taqdim etiladi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 10-apreldagi 61-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 15-son, 125-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy- texnikaviy jihatdan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006-yil 10-apreldagi 61-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2013-yil 5-fevraldagi 28-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 69-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 80-bandi.
250
2,448
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI
Ushbu Kodeks soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib turadi. Soliq haqidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan, soliqlar hamda yig‘imlar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan iboratdir. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan o‘rin olgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lishi lozim. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Kodeksdagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Soliq solish bu harakat sodir etilgan paytda muomalada bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yengillashtiradigan yoki bartaraf etadigan qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilaydigan yoki kuchaytiradigan qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ishlar huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amal qilib turgan qonun hujjatlari asosida yuritiladi. Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Soliq solish—yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi. Belgilanayotgan soliqlar va yig‘imlar tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) yoki pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yishi yoxud soliq to‘lovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga g‘ov bo‘lishi mumkin emas. Olingan manbalaridan qat’i nazar, barcha daromadlarga soliq solinishi shart. Soliq imtiyozlarini belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi kerak. Soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarga oid normativ-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha shubhali, ziddiyatli qoidalar va noaniqliklar soliq to‘lovchi tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi va bekor qilinadi, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasi hududida: umumdavlat soliqlari; mahalliy soliqlar va yig‘imlar amal qiladi. Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yoki u vakolat bergan davlat organi tomonidan belgilanadi. Umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi: 1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i; 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 3) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 4) aksiz solig‘i; 5) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; 7) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo‘yicha tegishli budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi: 1) mol-mulk solig‘i; 2) yer solig‘i; 3) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; 4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; 5) ayrim turlardagi tovarlar bilan savdo qilish huquqi uchun yig‘im; 6) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig‘imlar ushbu Kodeks, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlar va yig‘imlar stavkalarining miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning 3—8-bandlarida nazarda tutilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladi. Bu mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yangi mahalliy soliqlar va yig‘imlarni joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan muvofiqlashtirilishi lozim. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy budjetga o‘tkaziladi. Ushbu Kodeks yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilangan ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun soliq solishning quyidagilarni to‘lashni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilishi mumkin: 1) yagona soliq to‘lovini; 2) yagona yer solig‘ini; 3) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni. Mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq solishning yagona soliq to‘lovi to‘lashni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan tartibdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashni tanlashga haqli, ushbu moddaning uchinchi, to‘rtinchi va o‘ninchi qismlarida nazarda tutilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovi to‘lashga o‘tishga haqli emas. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, lotereyalar tashkil qilish doirasida faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar yagona soliq to‘lovi to‘laydilar hamda umumbelgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashga o‘tishga haqli emas. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar yagona soliq to‘lovini budjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, biroq bir vaqtning o‘zida ellik foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytirgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga haqlidirlar. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llovchi ishlab chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalari yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani olingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng miqdorda, biroq soliq solinadigan bazaning yigirma besh foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda besh yil mobaynida kamaytirishga haqlidir. Mazkur soliq imtiyozi yangi texnologik jihozlar ishga tushirilgan paytdan e’tiboran navbatdagi soliq hisoboti davri uchun qo‘llaniladi. Yangi texnologik jihozlar olingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil mobaynida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun yagona soliq to‘lovi to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliqlar barcha umumbelgilangan tartibdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rniga to‘lanadi, quyidagilar bundan mustasno: 1) yuridik shaxslar uchun: ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz solig‘i (aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda); yer ostidan foydalanganlik uchun soliq; bojxona to‘lovlari; davlat bojlari; ayrim tovar turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im; yagona ijtimoiy to‘lov; davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar (yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar bundan mustasno); olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari qiymatidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im; 2) yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: aksiz solig‘i (aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda); yer ostidan foydalanganlik uchun soliq; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (tadbirkorlik faoliyati uchun suv resurslaridan foydalanilganda); yer solig‘i; mol-mulk solig‘i; bojxona to‘lovlari; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; davlat bojlari; olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari qiymatidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llovchi yuridik shaxslarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lov manbaida ushlab qolish hamda budjetga o‘tkazish majburiyatlari ham saqlanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan konchilik sanoati tarmoqlarining ayrim korxonalari uchun ustama foyda solig‘i to‘lanishini nazarda tutadigan foydaning bir qismiga soliq solishning alohida tartibi joriy etilishi mumkin. Mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan investorlarga, ularning pudratchilariga va ikkilamchi pudratchilariga soliq solish “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi. Soliq solishning ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar soliq solinishi maqsadidan kelib chiqib, tegishli faoliyat turlarining alohida buxgalteriya hisobini yuritishlari shart”; O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining pul birligi—so‘mda hisoblab chiqariladi. Yuridik shaxslarning daromadlari va soliqlarni hisoblab chiqarish uchun ular bo‘yicha tegishli chegirmalar, to‘lov to‘langan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, ular taalluqli bo‘lgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi. Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: 1) soliq organlaridan soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha axborot va maslahatlar olish; 2) ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda va asoslarda soliq imtiyozlaridan foydalanish; 3) budjetga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va yig‘imlar summasini qaytarish to‘g‘risida yozma ariza bilan murojaat qilish; 4) soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud ma’lumotlar bilan tanishish; 5) soliq organlari o‘tkazgan tekshiruv materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish, tekshiruvlarning natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda soliq organiga o‘zining yozma e’tirozlarini o‘n kunlik muddat ichida taqdim etish; 6) soliq organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan yuqori soliq organlariga yoki sudga shikoyat qilish; 7) soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish. Soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham egadir. Soliq to‘lovchilar quyidagi majburiyatlarga ega: 1) belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish, pochta manzili o‘zgargan taqdirda esa (notijorat tashkilotlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda ham), bu haqda soliq organlarini o‘n kunlik muddat ichida yozma ravishda xabardor etish; 2) soliqlar va yig‘imlarning tegishli summasini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash; 3) buxgalteriya hisobini va hisob hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq yuritish; 4) moliyaviy hisobotni, soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarni yoki daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etish; 5) soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq hujjatlar va ma’lumotlarni, shuningdek soliqlar va yig‘imlar yuzasidan imtiyozlar huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish; 6) soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish, to‘lash masalalarini tekshirish uchun soliq organlarining mansabdor shaxslarini daromad olish yoki soliq solish obyektlarining saqlanishi bilan bog‘liq binolar va joylarga kirishiga ruxsat berish; 7) soliq organlarining soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etish to‘g‘risidagi talablarini bajarish. Soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida o‘z zimmalariga yuklatilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradilar. Moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega bo‘lgan yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi. Yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari budjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin. O‘zbekistonda ta’sis etilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan, bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi faoliyat manbalaridan olgan daromadlari (foydalari) bo‘yicha soliq solinadi. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan yuridik shaxslarga O‘zbekiston hududidagi manbalardan olgan daromadlari (foydalari) bo‘yicha soliq solinadi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan daromad (foyda) solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lash vaqtida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. Hisobga olinadigan summalar miqdori O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad (foyda) solig‘i summasidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Jami daromad bilan ushbu Kodeksga muvofiq belgilanadigan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan daromad (foyda) soliq solish obyektidir. Ustav fondiga qo‘shilgan, umumiy vazifalarni hal etish uchun birlashtirilgan badallar, paylar va aniq maqsadga qaratilgan boshqa moliyaviy mablag‘lar (kapital) ana shu vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxsning daromadlari hisoblanmaydi va soliq solish obyekti bo‘lmaydi. Yuridik shaxs bo‘lgan aksiyadorning o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav fondini (kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirish chog‘ida qo‘shimcha aksiyalar qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tarzida olingan daromadlari (foydasi) soliq solish obyekti bo‘lmaydi. Jami daromadga jo‘natilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun yuridik shaxs olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar kiradi. Bunday daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan keladigan tushum; 2) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, intellektual mulk obyektlari, materiallar va boshqa aktivlarni realizatsiya qilishdan keladigan daromad; 3) foizlar ko‘rinishidagi daromadlar; 4) dividendlar; 5) tekinga olingan mol-mulk; 6) mol-mulkni ijaraga (lizingga) berishdan keladigan daromad; 7) royalti; 8) tekin moliyaviy yordam (davlat budjetidan berilgan subsidiyalar bundan mustasno); 9) da’vo muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik va deponent qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar; 10) ilgari chegirib tashlangan xarajatlar, zararlar yoki shubhali qarzlarning o‘rnini qoplash tariqasida olingan daromadlar; 11) valyuta hisobvaraqlaridagi kurs bo‘yicha musbat farq; 12) favqulodda daromadlar; 13) boshqa daromadlar. Soliq solinadigan daromadlarni (foydalarni) belgilashda jami daromaddan quyidagi chegirmalar amalga oshiriladi: qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek bojxona bojlari summalari; banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining kreditlari uchun foiz to‘lovlari summalari, bundan banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiradigan investitsiya uchun olgan kreditlari bo‘yicha foizlar hamda to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar mustasno; xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha xarajatlar; belgilangan tartibda kiritiladigan renta to‘lovlarining summasi; ijara haqi; asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari; chet yuridik va jismoniy shaxslarning moddiy xarajatlari va ko‘rsatgan xizmatlarining qiymati; majburiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha o‘tkaziladigan, qonun hujjatlariga muvofiq ish haqiga hisoblangan summalar; mahsulotni (xizmatlarni) sertifikatlash ishlariga haq to‘lash xarajatlari summalari; qonun hujjatlariga muvofiq normalar bo‘yicha xizmat safari xarajatlari summalari; qonun hujjatlariga muvofiq normalar bo‘yicha vakillik maqsadlaridagi xarajatlar summalari; reklama xarajatlari summalari; soliq to‘lovchi faoliyati ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun xarajatlar summalari; soliq to‘lovchi balansidagi sog‘liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam olish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq ta’limi muassasalari, uy-joy fondini saqlashga qilinadigan xarajatlar summalari, shuningdek soliq to‘lovchilar sanab o‘tilgan muassasalarni saqlashda ulush qo‘shib qatnashib, ana shu maqsadlar uchun qiladigan xarajatlarining summalari; lizing obyektini sotib olish uchun olingan kreditlar foizlari va boshqa belgilangan to‘lovlar summalari; lizing beruvchining lizing shartnomasi bo‘yicha lizing to‘lovi tarkibida to‘lanadigan daromadi; qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasidagi ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha xarajatlar summalari, ushbu qismning o‘n to‘qqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; mol-mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari summalari; qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa majburiy to‘lovlar. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar va majburiy to‘lovlardan tashqari quyidagi xarajatlar va ajratmalar ham jami daromaddan chegirib tashlanishi lozim: 1) banklar bo‘yicha: kredit resurslari uchun to‘lovlar, operatsiya xarajatlari, pul mablag‘lari va boyliklarni tashish hamda saqlash xarajatlari; mijozlarning hisobvaraqlari, shu jumladan jismoniy shaxslarning omonatlari bo‘yicha hisoblangan va to‘langan foizlar; tavakkalchilik operatsiyalari bo‘yicha zaxira hisobidan o‘chirilgan umidsiz ssuda summalari; 2) sug‘urta tashkilotlari bo‘yicha: qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha berilgan to‘lov summalari; amal qilishi hisobot yili oxirigacha tugamagan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lov summalari; sug‘urta va qayta sug‘urta majburiyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan va hisoblangan to‘lov summalari; o‘tgan yillardagi sug‘urta hodisalari bo‘yicha tugallanmagan to‘lov summalari, shu jumladan da’vo muddati doirasidagi majburiyatlar summalari; sug‘urta holatining ro‘y berganligi haqida ma’lum qilingan, lekin zarar miqdori taqdim etilmagan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta summalari; sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisalari ro‘y berishini bartaraf etish va uning oldini olishga doir tadbirlarni (preventiv tadbirlarni) moliyalashga sarflaydigan mablag‘lar summalari; sug‘urta tashkilotlarining zaxira fondlari bu tashkilotlar ustav fondining yigirma besh foiziga yetguniga qadar sug‘urta tashkilotlari o‘z daromadlarining yigirma foizi miqdorida zaxira fondlariga qiladigan ajratmalar. Jami daromaddan chegirib tashlanadigan xarajatlar, majburiy to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Agar amalga oshirilgan xarajat xarajatlarning bir necha toifasiga kiritilgan bo‘lsa, u faqat bir marta jami daromaddan chegirib tashlanishi mumkin. Asosiy vositalar sotib olish va ularni montaj qilishga, nomoddiy aktivlar sotib olishga qilingan xarajatlar, shuningdek boshqa kapital xarajatlar amortizatsiya tariqasida keyingi davrlarda jami daromaddan chegirib tashlanishi lozim. Soliq to‘lovchi (banklar va sug‘urta tashkilotlari bundan mustasno) da’vo muddati o‘tganidan so‘ng daromadlari tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) realizatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan, ilgari jami daromadga qo‘shilgan umidsiz qarzlar bo‘yicha chegirma qilinish huquqiga ega bo‘ladi. Moliyaviy jazo choralari va hisoblangan penya summalari jami daromaddan chegirib tashlanmaydi. Tadbirkorlik faoliyatida uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalar realizatsiya qilinganida vujudga kelgan zararlar jami daromaddan chegirib tashlanadi. Qimmatli qog‘ozlar realizatsiya qilinganida vujudga kelgan zararlar jami daromaddan chegirib tashlanmaydi. Ish hayvonlari va ko‘p yillik daraxtlardan foydalanganda vujudga kelgan zararlar faqat ana shu aktivlardan foydalanishdan olingan daromaddan chegirib tashlanadi. Asosiy vositalar amortizatsiya qilinadi, yer bundan mustasno. Asosiy vositalarning soliq solinadigan davr mobaynida belgilangan normalar doirasida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalari jami daromaddan chegirib tashlanadi. Amortizatsiya ajratmalarining summalari asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati va ushbu moddada belgilangan amortizatsiya normalari asosida hisoblab chiqariladi. Amortizatsiya muddati tugaganidan so‘ng eskirish hisoblanmaydi. Asosiy vositalarni uzoq muddatga ijaraga olgan yuridik shaxslar ham o‘zlariga qarashli, ham ijaraga olingan asosiy vositalar yuzasidan amortizatsiya ajratmalarini hisoblaydilar. Bu holda ijaraga beruvchi ijaraga berilgan asosiy vositalar uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblamaydi. Asosiy vositalarning amortizatsiya normalari: Nomoddiy aktivlarga qilingan xarajatlar jami daromaddan eskirish tarzida har oyda, yuridik shaxs tomonidan ularning boshlang‘ich qiymati va ulardan unumli foydalanish muddati (biroq yuridik shaxsning faoliyat muddatidan ortiq bo‘lmagan muddat) asosida hisoblab chiqarilgan normalar bo‘yicha chegirib tashlanadi. Unumli foydalanish muddatini aniqlab bo‘lmaydigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya normalari besh yilga (biroq yuridik shaxsning faoliyat muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga) mo‘ljallab belgilanadi. Soliq to‘lovchining geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olishga tayyorgarlik ishlari uchun qilgan xarajatlari jami daromaddan amortizatsiya sifatida, amortizatsiya ajratmalari normasi bo‘yicha — o‘n besh foiz miqdorida chegirib tashlanadi. Soliq to‘lovchining tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlari bo‘yicha chegirmalar qilinmaydi. Agar madaniy, sport va boshqa tadbirlar uchun xarajatlar soliq to‘lovchining asosiy faoliyati doirasida o‘tkaziladigan bo‘lsa, ushbu moddaning qoidalari unga nisbatan qo‘llanilmaydi. Davlatga qarashli bo‘lmagan pensiya fondlariga ajratmalar jami daromaddan chegirib tashlanmaydi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan, chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi zarar deb e’tirof etiladi. Soliq to‘lovchi ko‘rilgan zararlarni zarar ko‘rilgan hisobot yilidan keyingi besh yil muddat davomida taqsimlab o‘tkazishni amalga oshirishga haqlidir. O‘tgan hisobot yilida yoki o‘tgan hisobot yillarida ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan zararga (zararlarga) ega bo‘lgan daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar joriy yildagi soliq solinadigan daromadni (foydani) ko‘rilgan zararlarning to‘liq summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir. Taqsimlab o‘tkazilayotgan zararning har bir navbatdagi yilda hisobga olinadigan jami summasi ushbu Kodeksga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy yildagi soliq solinadigan daromadning (foydaning) 50 foizidan oshmasligi kerak. Soliq solinadigan baza o‘rni qoplanishi kerak bo‘lgan zarar summasi miqdoriga faqat yil yakunlari bo‘yicha kamaytirilishi mumkin. Birdan ortiq kalendar yilda ko‘rilgan zararlar ular ko‘rilgan ketma-ketlikda taqsimlab o‘tkaziladi. Soliq to‘lovchining daromad (foyda) solig‘idan ozod qilingan davrdagi zararlari keyingi davrlarga taqsimlab o‘tkazilishi mumkin emas. Yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadiga (foydasiga) eng yuqori—o‘ttiz besh foizlik stavka bo‘yicha soliq solinadi. Har yili Davlat budjeti tasdiqlanayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik shaxslarning daromadlariga (foydasiga) solinadigan soliq stavkasini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan eng yuqori miqdoridan ko‘paytirmay belgilagan holda uni qayta ko‘rib chiqishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagilar uchun daromadiga (foydasiga) solinadigan soliqning kamaytirilgan stavkalarini belgilashi mumkin: chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar uchun; bolalarbop tovarlar, ayollar gigiyenasi ashyolari, badiiy hunarmandchilik mahsulotlari va o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun; o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi yuridik shaxslar uchun. Yuridik shaxslarga to‘lanadigan dividendlar va foizlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan stavka bo‘yicha to‘lov manbaida soliq solinadi. Aksiyalar bo‘yicha va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav sarmoyasidagi ulushbay qatnashuvdan olinadigan daromadlar soliq solish maqsadlari uchun dividendlar hisoblanadi. Depozit qo‘yilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar foizlar jumlasiga kiritiladi. Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini moliyaviy bozorlarga joylashtirishdan foizlar tarzida olinadigan daromadlar soliq solishdan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbaida ilgari soliq undirilgan dividendlar va foizlarni olgan rezident-yuridik shaxs to‘lov manbaining soliqni to‘laganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lsa, ularni jami daromaddan chegirib tashlash huquqiga egadir. Banklar va boshqa rezident moliya-kredit tashkilotlariga to‘lanadigan foizlarga to‘lov manbaida soliq solinmaydi, balki bank va boshqa rezident moliya-kredit tashkilotida belgilangan tartibda soliq solinadi. Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbaidan olingan, doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadiga (foydasiga) manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi: Quyidagi yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘idan ozod qilinadi: 2) protez-ortopediya buyumlari, inventari ishlab chiqarishga, shuningdek nogironlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar—asosiy faoliyat turi bo‘yicha; 3) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va O‘zbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslardan tashqari; 4) davolash muassasalari qoshidagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari; 5) jazoni ijro etish muassasalari; 6) tijorat bilan shug‘ullanmaydigan yuridik shaxslar*, ularning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlaridan (foydalaridan) tashqari; 7) shahar yo‘lovchilar transporti (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bilan bog‘liq xizmatlari bo‘yicha; 8) yuridik shaxslar tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar (foydalar) bo‘yicha; 21) ichki ishlar organlari huzuridagi soqchilik bo‘linmalari; 25) gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslar; 26) sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) tariqasida olingan mablag‘lar summasi bo‘yicha; 27) dividendlar ko‘rinishida olingan va yuridik shaxsdan olinib, uning ustav kapitaliga (fondiga) yo‘naltirilgan daromadlar bo‘yicha; 28) Xalq banki — fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan daromadlar bo‘yicha; 29) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini tekinga topshirish va (yoki) olishdan, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlardan olingan daromadlar (foyda) bo‘yicha. Yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadi (foydasi) quyidagi summaga kamaytiriladi: ekologiya, salomatlik va xayriya fondlari, madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga beriladigan badallar summasiga, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) bir foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; asosiy ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, hisobot davrida amortizatsiyaga hisoblangan summalardan to‘liq foydalanish sharti bilan, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishiga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya fondlarining mulkida bo‘lgan korxonalar daromadidan (foydasidan) shu birlashmalar va fondlarning ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan ajratmalari summasiga; Yuridik shaxslar soliq solinadigan daromadni (foydani) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga va lizing obyekti qiymatini to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, hisobot davrida hisoblangan amortizatsiya mablag‘laridan to‘liq foydalanish sharti bilan uch yil mobaynida kamaytirish huquqiga ega. Mazkur soliq imtiyozi yangi texnologik jihozlar ishga tushirilgan paytdan e’tiboran navbatdagi soliq hisoboti davri uchun qo‘llaniladi. Yangi texnologik jihozlar olingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil mobaynida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun daromad (foyda) solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi. Ishlovchilari umumiy sonining uch foizidan ko‘prog‘ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) solig‘i summasi quyidagi tarzda: belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga daromad (foyda) solig‘i bir foiz kamaytiriladi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan soliq to‘lovchi-norezident O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan, doimiy muassasa bilan bog‘langan manbalardan olingan daromadlari (foydasi)dan ushbu Kodeksda ana shunday daromadga (foydaga) nisbatan nazarda tutilgan chegirmalar summasiga kamaytirilgan soliqni to‘lovchi hisoblanadi. Norezidentning doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadiga, agar daromad manbai O‘zbekiston Respublikasida joylashgan bo‘lsa, jami daromaddan chegirma qilmay, ushbu Kodeksning 30-moddasida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha to‘lov manbaida soliq solinadi. Norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bajargan ishlaridan, ko‘rsatgan xizmatlaridan olgan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlarga kirmaydi. To‘lov manbaida soliq solish to‘lovning O‘zbekiston Respublikasi ichida yoki uning hududidan tashqarida amalga oshirilganidan qat’i nazar qo‘llaniladi. Chet ellik yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi. Chet ellik yuridik shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin, basharti tegishli chet davlatda ham O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga nisbatan xuddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lsa. Chet ellik yuridik shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‘ida bunday bitimlarning shartlariga O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik yuridik shaxslarning soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarini o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlarning kiritilishiga ruxsat berilmaydi. Norezident-yuridik shaxsning doimiy muassasasiga daromad (foyda) solig‘iga qo‘shimcha ravishda ushbu doimiy muassasaning chet elga o‘tkazadigan daromadidan o‘n foiz miqdorida soliq olinadi. Uzoq muddatli kontraktlarga taalluqli daromadlar va chegirmalar ularning amalda bajarilgan qismi bo‘yicha moliya yili davomida hisobga olinadi. Uzoq muddatli kontraktning amalda bajarilganligi moliya yili oxirigacha qilingan xarajatlarni ushbu kontrakt bo‘yicha jami xarajatlar bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Soliq solish maqsadida tovar-moddiy zaxiralarni baholash va hisobga olish buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni qo‘shimcha baholash summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) realizatsiya qilinishiga qarab, soliq solinadigan daromad (foyda) tarkibiga kiritiladi. Amortizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan asosiy vositalarning ijarasi bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olganda hamda uni lizing shartnomasida belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga berganda lizing (moliyaviy ijara) deb hisoblanadi. Bunda ijara muddati o‘n ikki oydan ortiq bo‘lishi va lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga muvofiq bo‘lishi lozim: lizing shartnomasining muddati tugagach, asosiy vositalar lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa; ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining sakson foizidan ortiq bo‘lsa; lizing oluvchi asosiy vositalarni ularning bozor qiymatidan past narxda evazini to‘lab sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi asosiy vositalar qiymati asos bo‘ladi; ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara tugaganidan keyingi qoldiq qiymati ularning ijara boshlanishidagi qiymatining yigirma foizidan kam bo‘lsa; lizing shartnomasining butun davri uchun lizing to‘lovlarining joriy summasi ijaraga olingan vositalar qiymatining to‘qson foizidan ortiq bo‘lsa. Aktivlar realizatsiya qilinganida ularni realizatsiya qilishdan olingan tushum bilan bu aktivlarning qiymati o‘rtasidagi musbat farq aktivlar qiymatining o‘sishidan olingan daromad hisoblanadi. Aktivlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum bilan bu aktivlarning qiymati o‘rtasidagi manfiy farq aktivlarni realizatsiya qilishdan ko‘rilgan zarar hisoblanadi. Aktivlar qiymatiga ularni olish, ishlab chiqarish, qurish, montaj qilish va o‘rnatish xarajatlari, shuningdek ularning qiymatini orttiradigan boshqa xarajatlar qo‘shiladi, soliq to‘lovchi chegirish huquqiga ega bo‘lgan xarajatlar bundan mustasno. Agar aktivlarning faqat bir qismi realizatsiya qilinsa, unda aktivlarning realizatsiya qilish paytidagi qiymati qolgan va realizatsiya qilingan qismlari o‘rtasida taqsimlanadi. Aktivlar tekinga yoki kamaytirilgan qiymat bo‘yicha topshirilganida topshiruvchi shaxsga qarashli aktivlarning qiymati vujudga kelgan xarajatlar asosida, oluvchi shaxsning daromadlari esa—kirim qilingan baholash qiymati bo‘yicha, lekin topshirilayotgan aktivlarning tannarxidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ortib boruvchi yakun bilan chiqarilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni, agar qonun hujjatlarida boshqa tartib belgilanmagan bo‘lsa, soliq ro‘yxatidan o‘tgan joydagi soliq organlariga yil choraklariga oid va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarida topshiradilar. Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliq organi soliq to‘lovchidan kamroq bo‘lgan davr uchun hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishni yozma xabarnoma topshirish yo‘li bilan talab qilishi mumkin bo‘lib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblar qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Yuridik shaxsni tugatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) besh kunlik muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi. Yuridik shaxsni tugatish haqida qaror qabul qilinganidan so‘ng soliq to‘lovchi o‘n besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart. Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl va tartibda taqdim etiladi. Daromad (foyda) solig‘ini to‘lov manbaida ushlab qolishni quyidagilar amalga oshirishi shart: yuridik shaxslarga dividendlar va foizlar to‘lovchi yuridik shaxslar; norezident yuridik shaxslarga ushbu Kodeksning 30-moddasiga muvofiq to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. Daromad (foyda) solig‘ini ushlab qolish va budjetga o‘tkazish uchun daromad to‘lovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda daromad to‘lovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog‘liq jarima va penyalarni budjetga to‘lashi shart. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar quyidagilarni bajarishi shart: soliqni to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan so‘ng besh kun ichida budjetga o‘tkazishi; daromad oluvchi yuridik shaxslarning ro‘yxat raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi va hisobot yilida ushlab qolingan soliqning umumiy summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani moliya yili tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida soliq organlariga taqdim etishi, shuningdek daromad oluvchi yuridik shaxslarga ularning talabiga ko‘ra yuborishi lozim. Yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘ini daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan kundan boshlab besh kun ichida, ushbu Kodeksning 41-moddasiga muvofiq o‘tgan hisobot davrining moliyaviy natijalari asosida to‘laydi. Yilning hisobot choragida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘proq miqdorda daromad (foyda) olgan yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni har oyning 15-kuniga qadar yilning choragi bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘laydi. Yuridik shaxslar joriy to‘lovlar summasini hisoblab chiqarish uchun yilning joriy choragi birinchi oyining 5-kunigacha o‘zlari soliq ro‘yxatidan o‘tgan joydagi soliq organiga yilning tegishli choragida olish mo‘ljallangan daromad (foyda) hamda belgilangan daromad (foyda) solig‘i stavkasi asosida ma’lumotnoma taqdim etadilar. Yil mobaynida to‘langan daromad (foyda) solig‘i summalari tegishli hisobot yili uchun soliq to‘lovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga o‘tkaziladi. Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lovchilardir. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmish jismoniy shaxslarga ularning O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinadi. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliqni to‘lashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. Hisobga olinadigan summalar miqdori jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i summasidan oshmasligi lozim. Ushbu Kodeksga muvofiq belgilanadigan jami yillik daromad soliq solish obyektidir. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar, shu jumladan: mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar; jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi; jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromad kiradi. Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomasi bo‘yicha qilingan ishlardan va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha oladigan daromadlari kiradi. Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarga quyidagilar ham kiradi: 1) xodimlarga sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati bilan bunday tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish narxi yoki ularning tannarxi o‘rtasidagi manfiy farq; 2) ish beruvchi tomonidan o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, xodimlarning chiqimlarini qoplash uchun qilingan xarajatlar; 3) xodim ish beruvchiga to‘lashi kerak bo‘lgan, ammo ish beruvchining qarori bilan hisobdan chiqarilgan qarz summalari; 4) ish beruvchi o‘z xodimlarining hayoti yoki sog‘lig‘ini ixtiyoriy sug‘urtalash badallarini to‘lash uchun qilgan xarajatlar; 5) ish beruvchining jismoniy shaxsdan ushlab qolinishi kerak bo‘lgan to‘lovlar yuzasidan to‘lagan summasi; 6) ish beruvchining o‘z xodimlarining bevosita yoki bilvosita daromadlarini tashkil etadigan boshqa xarajatlari. Xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan normalar doirasida beriladigan xizmat safari to‘lovlarining summalari jami yillik daromadga kiritilmaydi. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga foizlar, dividendlar bo‘yicha olingan daromad, mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromad kiradi Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadga tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan, yakka tartibda amalga oshirilayotgan boshqa faoliyatdan keladigan barcha tushumlar ushbu daromadni topish bilan bog‘liq xarajatlar, majburiy to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalar chegirib tashlangan holda kiradi. Soliq solish obyektini aniqlash maqsadida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan xarajatlar, majburiy to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlari summalaridan soliq quyidagi miqdorda undiriladi: Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan e’tiboran ortib boruvchi yakun tarzida hisoblanadi (yil boshidan e’tiboran tegishli davr uchun eng kam ish haqining oylik miqdorlari summasi). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zararli va og‘ir sharoitli ishlarda band bo‘lgan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun, shuningdek tabiiy-iqlim sharoitlari yomon joylarda ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlar bo‘yicha imtiyozli daromad solig‘i stavkalarini belgilashga haqli. Jismoniy shaxslarga to‘lanadigan dividendlar va foizlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan stavkalar bo‘yicha to‘lov manbaida soliq solinadi. Norezident jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda O‘zbekiston Respublikasidagi manbadan olgan daromadlariga ularni to‘lash manbaida chegirmalarsiz, ushbu Kodeksning 30-moddasida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha soliq solinadi. Norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bajargan ishlaridan, ko‘rsatgan xizmatlaridan olgan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlarga kirmaydi. To‘lov manbaida soliq solish, to‘lov O‘zbekiston Respublikasi ichida yoki uning tashqarisida amalga oshirilganidan qat’i nazar, tatbiq etiladi. Quyidagilar jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadiga kiritilmaydi: a) mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan, eng kam ish haqining o‘n ikki baravari miqdori doirasidagi ishdan bo‘shatish nafaqasi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi va davlat ijtimoiy ta’minoti bo‘yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, shu jumladan oilaning bemor a’zosini parvarishlash nafaqalari bundan mustasno), shuningdek xayriya va ekologiya jamg‘armalari mablag‘laridan fuqarolarga pul va natura shaklida beriladigan nafaqalar va boshqa yordam turlari; b) olinadigan alimentlar; v) oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus hamda hunar-texnika o‘quv yurtlari hamda ular bazasida tashkil etilgan biznes maktablari, shu jumladan oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlari tomonidan o‘z talabalariga va o‘quvchilariga tayinlanadigan stipendiyalar, shuningdek ushbu moddaning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan jamg‘armalarning mablag‘laridan ta’sis etiladigan stipendiyalar; d) davlat pensiyalari, shuningdek ularga ustamalar; e) shaxslar qon topshirganlik uchun, donorlikning boshqa turlari uchun, ona suti topshirganlik uchun oladigan summalar, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari qon yig‘ib topshirganliklari uchun oladigan summalar; j) mayib bo‘lish yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi bilan bog‘liq holda, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan ko‘rilgan zararni qoplash yuzasidan olinadigan summalar; z) fuqarolarning xorijda ishlashga yuborilishi munosabati bilan davlat budjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlardan chet el valyutasida oladigan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida; i) jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida o‘zlariga qarashli bo‘lgan mol-mulkni sotish natijasida oladigan summalari, tadbirkorlik faoliyati doirasida mol-mulk sotishdan olingan daromadlar bundan mustasno; k) shaxslarning shaxsiy yordamchi xo‘jalikda yetishtirgan qoramol, quyon, nutriya, baliq, parrandalarni ham tirik holatda, ham ularni so‘yib mahsulotlarini xom va qayta ishlangan holda, shuningdek asalarichilik mahsulotlarini va bunday xo‘jalikda yetishtirilgan tabiiy yoki qayta ishlangan dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari summasi. Fuqaroda shaxsiy yordamchi xo‘jalik mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi; l) bir yil mobaynida yuridik shaxslardan olingan eng kam ish haqi miqdorining olti baravarigacha bo‘lgan summadagi qimmatli sovg‘alar qiymati, shuningdek xalqaro hamda respublika tanlov va musobaqalarida olingan sovrin buyumlar qiymatining summasi; m) meros qilib qoldirish va hadya qilish natijasida olingan summalar va mol-mulk qiymati, fan, adabiyot va san’at asarlari mualliflarining merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi summalari bundan mustasno; n) davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar bo‘yicha yutuqlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizlar; o) fuqarolarning sug‘urta bo‘yicha oladigan summalari; p) bir yil mobaynida berilgan moddiy yordam summalari: tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari—to‘laligicha; vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zolari vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari—eng kam ish haqining o‘n baravarigacha miqdorda; boshqa hollarda—eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda; r) depozit sertifikatlar bo‘yicha daromadlar, banklardagi omonatlar va davlat xazina majburiyatlari bo‘yicha foizlar va yutuqlar; s) fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga yo‘naltirilgan summalari, shuningdek o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav fondini (kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirish chog‘ida qo‘shimcha aksiyalar qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tarzida olingan daromadlari dividendlar tariqasida olingan hamda dividend to‘lagan yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar. Mazkur mol-mulk sotilganida ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinadi; t) patent egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishdan yoki foydalanish boshlangan sanadan e’tiboran amal qilish muddati doirasida ularga litsenziya sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki obyektlaridan foydalanishdan olgan daromadi summasi: ixtirolar va seleksiya yutug‘idan foydalana boshlagan sanadan e’tiboran — besh yil davomida; sanoat namunasidan foydalana boshlagan sanadan e’tiboran — uch yil davomida; foydali modeldan foydalana boshlagan sanadan e’tiboran — ikki yil davomida; u) bolalar lagerlari va boshqa sog‘lomlashtirish lagerlariga, ota-onalarning bolalari bilan dam olishiga maxsus mo‘ljallangan sanatoriy-kurort muassasalariga borish uchun bolalar va o‘smirlarga beriladigan yo‘llanmalar qiymatini, shuningdek o‘z xodimlarining ambulatoriya yoki statsionar tibbiy xizmatdan foydalanish qiymatini to‘liq yoki qisman kompensatsiyalash tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘z xodimlariga yoki ular uchun to‘lagan summalar. Ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlar jumlasiga nogironlarning sog‘lomlashtirish va sanatoriy-kurort muassasalariga berilgan yo‘llanmalari qiymatini, davolanish va tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida texnika vositalari sotib olish uchun hamda nogironlarning salomatligini tiklash uchun qilingan xarajatlarni to‘liq yoki qisman to‘lash tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar to‘lagan summalar ham kiradi; f) amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasidagi tovon to‘lovlari, mehnat shartnomasini bekor qilish paytida foydalanilmagan ta’til uchun beriladigan tovonlar bundan mustasno. x) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, basharti bunday ishlar Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lsa. ts) xususiy korxona tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin xususiy korxona mulkdori ixtiyoriga kelib tushadigan foyda summasi; ch) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotlari yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati; sh) Olimpiya o‘yinlarida va boshqa xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotlari. e) jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari. yu) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha o‘z xodimlari uchun sug‘urta mukofotlari to‘loviga to‘lagan summalari; ya) fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining mol-mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari to‘lovi uchun yo‘naltiriladigan summalari. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lashdan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadilar: 1) to‘laligicha: a) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining boshliqlari va a’zolari hamda konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa,—O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha; b) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik xodimlari va ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha; v) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo‘yicha; g) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo‘yicha; d) hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari—agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa, ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha; e) Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari va bojxona organlarining oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga mansub shaxslar, shuningdek o‘quv yoki sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar—xizmatni o‘tash (xizmat vazifasini bajarish) munosabati bilan olgan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lov summalari bo‘yicha; j) gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo‘lgan shaxslar gastrol-konsert faoliyatidan olingan daromadlari bo‘yicha; z) prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega bo‘lgan xodimlari; 2) qisman, har bir to‘liq oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida: a) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar, uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari yoxud 1941—1945-yillardagi urush davrida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanish, kontuziya bo‘lish yoki shikastlanish oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan boshqa nogironlar, sobiq partizanlar jumlasidan bo‘lgan nogironlar, shuningdek pensiya ta’minoti bo‘yicha mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan boshqa nogironlar; b) xizmatni harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda o‘tagan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan bo‘lib, fuqarolar urushi va 1941—1945-yillardagi urush, sobiq SSSRni himoya qilish bo‘yicha boshqa jangovar operatsiyalarning qatnashchilari, 1941—1945-yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari; v) Leningrad qamali paytida 1941-yil 8-sentabrdan 1944-yil 27-yanvargacha bo‘lgan davrda Leningrad shahrida ishlagan fuqarolar; g) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari jumlasidan bo‘lib, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaralanish, kontuziya bo‘lish va shikastlanish oqibatida nogiron bo‘lib qolganlar; d) bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari; e) qahramon onalar, o‘n va undan ortiq bolasi bo‘lgan ayollar; j) sobiq SSSRni himoya qilish yoxud harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanish, kontuziya bo‘lish yoxud shikastlanish oqibatida yoki frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari; z) xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar; i) Chernobil AESdagi falokat oqibatida jabr ko‘rgan shaxslar; k) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar; l) ikki va undan ortiq bolasi bor va boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar; m) bolaligidan nogiron bo‘lgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onasidan biri; n) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlari tomonidan qishloq xo‘jalik ishlariga yuborilgan fuqarolar—ushbu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari bo‘yicha. Jismoniy shaxslarning imtiyozlarga bo‘lgan huquqi ular hisobot yili uchun tegishli hujjatlarni taqdim etganida vujudga keladi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshiradigan norezident jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari bo‘yicha soliq to‘lovchi hisoblanadi. Chet ellik jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi. Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish tegishli chet davlatda O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslariga nisbatan ham xuddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan hollarda o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin. Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‘ida, bunday bitimlarning shartlariga O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik jismoniy shaxslarning soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarini o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlarning kiritilishiga ruxsat berilmaydi. Asosiy bo‘lmagan ish joyidan (O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek uning hududidan tashqaridagi manbalardan) daromad olgan rezident-jismoniy shaxs doimiy istiqomat joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay jami yillik daromad haqida deklaratsiya taqdim etadi. Tamom bo‘lgan kalendar yilida faqat asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida mehnat vazifalarini bajarishdan daromad olgan jismoniy shaxslar shu yil uchun olingan daromadlar haqida deklaratsiya taqdim etmaydilar. Chet ellik jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan e’tiboran bir oy mobaynida mo‘ljaldagi daromadlar haqida deklaratsiya topshiradi. Chet ellik jismoniy shaxsning faoliyati kalendar yili mobaynida to‘xtagan va u O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan bo‘lsa, amalda olingan daromadlar haqida jo‘nab ketishdan kamida bir oy oldin deklaratsiya taqdim etilishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs olingan daromadlar va qilingan xarajatlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani belgilangan tartibda quyidagi muddatlarda taqdim etadi: shunday daromadlar paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy o‘tganidan keyin besh kun ichida; hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvarigacha. O‘zbekiston Respublikasidagi jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati to‘xtatilgan taqdirda, soliq organi soliq to‘lovchidan kamroq bo‘lgan davr uchun hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblar hamda daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishni yozma xabarnoma topshirish yo‘li bilan talab qilishi mumkin bo‘lib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblar hamda jami yillik daromad va qilingan chegirmalar to‘g‘risidagi deklaratsiya qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda soliq to‘lovchi besh kunlik muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi. Jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatish haqida qaror qabul qilinganidan so‘ng soliq to‘lovchi o‘n besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblar hamda daromadlar haqidagi deklaratsiyani taqdim etishi shart. Hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblar hamda daromadlar haqidagi deklaratsiyalar qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va tartibda taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibiga o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lov manbaida ushlab qolishni quyidagilar amalga oshirishi shart: ishlaydigan jismoniy shaxslarga mehnat shartnomalari yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar; nodavlat pensiyalarini to‘lovchi yuridik shaxslar; jismoniy shaxslarga dividendlar va foizlar to‘lovchi yuridik shaxslar; norezidentlarga ushbu Kodeksning 30-moddasiga muvofiq to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va budjetga o‘tkazish uchun daromad to‘lovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda daromad to‘lovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog‘liq jarima va penyalarni budjetga to‘lashi shart. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq to‘lov manbaida ushlab qolinganda soliq quyidagi muddatlarda to‘lanadi: daromad to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi shu maqsadlarda pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlar taqdim etish bilan bir vaqtda budjetga o‘tkaziladi; to‘lovni natura holida yoki mahsulotni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarish yoxud xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushumdan to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida budjetga o‘tkaziladi. Ushbu moddaning birinchi qismi ko‘rsatilgan yuridik shaxslar: ish haqini to‘lash chog‘ida jismoniy shaxsning talabiga ko‘ra unga uning daromadi summasi va turi, shuningdek ushlab qolingan soliq summasi (agar soliq ushlab qolingan bo‘lsa) ko‘rsatilgan ma’lumotnomani berishi; asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlar to‘g‘risida jismoniy shaxsning ro‘yxat raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, hisobot yilida qilgan daromadining umumiy summasi v
42
63,382
Qonunchilik
UMUMJAHON POChTA ITTIFOQI USTAVIGA TAALLUQLI BEShINChI QO‘ShIMChA BAYoNNOMANI RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Umumjahon pochta ittifoqi Ustaviga taalluqli beshinchi qo‘shimcha bayonnoma ratifikatsiya qilinsin.
105
225
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-610-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-610-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
183
349
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FAKTORING OPERATSIyaLARiNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida” Qonuni, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” Qonuni hamda boshqa qonunchilik asosida va Markaziy bank vakolatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi. 1.2. Mazkur Nizom banklar tomonidan o‘z mijozlaridan uchinchi shaxs majburiyatlarini bajarilishini talab huquqini sotib olish (faktoring)ga doir operatsiyalarni oshirilishi tartibini belgilaydi. 1.3. Faktoring — yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar (bundan keyingi matnda — yetkazib beruvchi) tomonidan jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovchilar (bundan keyin matnda to‘lovchi) tomonidan oldindan akseptlangan, lekin hali ular tomonidan ijro etilmagan to‘lov talabnomalari asosida to‘lovlarni talab qilib olish huquqini bank-moliya agentiga o‘tkazib berishdir. 1.4. Banklar tomonidan mijozlarga faktoring xizmatini ko‘rsatilishi ularning depozit hisob raqami joylashgan manzil bo‘yicha shartnomalar asosida amalga oshiriladi va uning to‘lovchilarining moliyaviy ahvolini tahlil qilishini taqozo etadi. 1.5. Banklar tomonidan faktoring xizmatini ko‘rsatish asosida sotib olingan majburiyatlarning to‘lovini ta’minlash muddati 90 kundan oshmasligi kerak. Ushbu muddatda to‘lovi amalga oshirilmagan majburiyatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olish choralari ko‘rilishi shart. 1.6. Faktoring operatsiyalari banklar tomonidan faqat o‘z mablag‘lari hisobidan, ya’ni mijozlarining bank hisob raqamlaridagi mablag‘larini jalb qilmagan holda amalga oshiriladi. 1.7. Faktoring operatsiyalarini quyidagilar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin emas: budjet tashkilotlariga qo‘yilgan talabnomalar; jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo‘yicha; to‘lovga layoqatsiz deb e’lon qilingan korxonalarning majburiyatlari bo‘yicha; zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalar bo‘yicha; nolikvid balansga ega korxonalar bo‘yicha; kapital qo‘yilmalarni moliyalash bo‘yicha; tovon to‘lovi va barter bitimlari bo‘yicha; bajarilgan ishga bosqichma-bosqich yoki bo‘nak bilan haq to‘lanadigan bo‘lsa; agar oldi-sotdi to‘g‘risidagi shartnomalarda to‘lovchi shartnomada kelishilgan muddat davomida mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo‘lsa, shuningdek sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish sharti mavjud bo‘lsa. 1.8. Faktoring operatsiyasini amalga oshirish vaqtida bank yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga to‘lovlarni talab qilib olish huquqi bankka o‘tib berilgan to‘lov talabnomalari bo‘yicha faktoring shartnomasida o‘zaro kelishilgan mablag‘ni o‘tkazib beradi. 1.9. Bank tomonidan o‘tkazib berilgan mablag‘ miqdori bilan to‘lov talabnomalari umumiy miqdori o‘rtasidagi farq (diskont) bankning vositachilik daromadini tashkil etadi. 1.10. Faktoring xizmatlarini ko‘rsatilishini majburiy sharti to‘lovchida 2-son kartotekaning mavjud emasligidir. 1.11. Bank tomonidan to‘lovni talab qilib olish huquqini, agar shartnomada ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, boshqa shaxsga o‘tkazib berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 2.1. Shartnoma tuzilgunga qadar yetkzib beruvchi bankka quyidagi hujjatlar to‘plamini taqdim etadi: tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va to‘lovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar; moddiy boyliklarni berilganligi, ishlarni bajarilganligi, xizmatlarni ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (tovar-transport yukxatlari, ishonchnomalarning nusxasi, ishlarni qabul qilib olinganligi dalolatnomasi va h. k.); to‘lovchiga jo‘natilgan to‘lov talabnomasi nusxasi va to‘lovchining ushbu talabnomani to‘lash (akseptlash)ga rozilik xati; boshqa banklarda ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisob-raqamlari ro‘yxati. 2.2. Bankning yetkazib beruvchi bilan faktoring xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: talabnomalari o‘tib berilayotgan xaridorlar; o‘tib berilayotgan talabnomalarning umumiy summasi; o‘tib berilayotgan talabnomalarni sotib olish uchun to‘lov summasi; faktoring xizmati uchun bankka to‘lanadigan haq yoki diskont miqdori; shartnomaning amal qilish muddati; shartnoma shartlari buzilganda tomonlar uchun da’vo qilish muddati; shartnoma shartlarini buzganlik uchun tomonlarning javobgarligi; shartnomani bekor qilish shartlari; qonunchilikda belgilangan boshqa hollar. 2.3. Faktoring xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish vaqtida to‘lovchiga bu haqda yetkazib beruvchi va bank tomonidan birgalikda imzolangan yozma axborot orqali xabar qilinishi lozim; 2.4. To‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank unda talabnoma asosida to‘lovni amalga oshirish uchun mablag‘ mavjud bo‘lmagan holda bu to‘g‘risida bank — moliyaviy agentga zudlik bilan xabar berishi shart; 2.5. Shartnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatilishi mumkin: tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq; yetkazib beruvchining tashabbusi bilan, agar bank tomonidan shartnoma shartlari buzilsa; bank tashabbusiga ko‘ra agar yetkazib beruvchi tomonidan shartnomaning shartlari buzilgan bo‘lsa. Yuqoridagi holatlarda har ikki tomon shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bu haqida bir-birlariga oldindan ma’lum qiladilar. 2.6. Shartnoma har ikki tomonning o‘zaro kelishuviga binoan bekor qilingan taqdirda yetkazib beruvchi bankka o‘tib berilgan talabnomalarni ularni keyingi kundan kechiktirmasdan qaytib sotib olishi shart. Bank to‘lovchi va uning bankini bundan keyin to‘lovlar yetkazib beruvchining foydasiga amalga oshirilishi lozimligi to‘g‘risida xabar yuboradi. 2.7. Shartnoma bir tomonlama bekor qilinganda o‘zaro da’volar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. 3.1. Faktoring operatsiyalarining hisobi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining hisob raqamlari rejasi”da belgilangan tartibda yuritiladi. 3.2. Bank — moliyaviy agent to‘lov talabnomalari hisobini yuritish uchun balansdan tashqari 95497 — “Ko‘zda tutilmagan shart-sharoitlarning boshqa hisob raqamlari”, hisob raqamida “Ko‘zda tutilmagan shart-sharoitlar” hisobvarag‘ini ochadi. Etkazib beruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov talabnomalarining summalari ushbu hisob raqamning kirimi bo‘yicha to‘liq o‘tkaziladi, to‘lovchilar tomonidan to‘liq to‘langan summalar chiqim hisobiga chiqariladi. Qisman to‘lovlar kelib tushgan vaqtda to‘lov talabnomalarining orqa tomonidan kelib tushgan summalar to‘g‘risida belgilar qilinadi. 3.3. Faktoring operatsiyalariga doir mablag‘larni yetkazib beruvchining hisob raqamiga o‘tkazilishi ikki nusxada rasmiylashtiriladigan memorial ordyerlar bilan amalga oshiriladi. Birinchi nusxa hisob raqamlar bo‘yicha buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirgandan keyin bankning kunlik hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxa esa belgilangan tartibda yetkazib beruvchiga jo‘natiladi. 3.4. Etkazib beruvchi hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan barcha talablarga rioya qilinishi, shuningdek bankka o‘tib berilgan talabnomalar bo‘yicha kelib tushgan, lekin biron-bir sabablarga ko‘ra uning hisob raqamiga o‘tkazilgan barcha mablag‘larni keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan o‘zining faktoring hisob raqamiga o‘tkazilishi uchun javobgardir. 3.5. Bank shartnoma shartlariga muvofiq operatsiyalarni amalga oshirishi, yetkazib beruvchi va to‘lovchi bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning batafsil hisobini yuritishi, yetkazib beruvchining shaxsiy hisobvarag‘i holati, to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomalari to‘lanishi va qarzni qaytarilish holati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot tayyorlashi va muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lov talabnomalarining tahlilini amalga oshirishi shart. 3.6. Faktoring bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilgan taqdirda to‘lov talabnomasining yuqori qismida “faktoring” degan burchakli muhr yoki ustxat yozuvi qo‘yilishi va yetkazib beruvchi kredit bo‘yicha o‘zining faktoring hisob raqami nomerini ko‘rsatishi shart. Mazkur Nizomni amalga kiritilishi munosabati bilan Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 1997-yil 15-martda tasdiqlangan 326-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom” o‘z kuchini yo‘qotadi.
123
8,215
Qonunchilik
Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslar deb ataladi) ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomning amal qilishi terrorchilikka qarshi operatsiyalar o‘tkazilgan zonada zarar ko‘rgan shaxslarga tez tibbiy yoki boshqa shoshilinch yordam ko‘rsatishga tatbiq etilmaydi. 3. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish ularni normal hayot faoliyatiga qaytarish maqsadida o‘tkaziladi va huquqiy yordam berishni, ularning ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiyasini, ularni ishga joylashtirishni, zarur hollarda ularga obod turar joy va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa yordam berishni o‘z ichiga oladi. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarga bir vaqtning o‘zida ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha yordamning ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan bir nechta turi (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam berish deb ataladi) ko‘rsatilishi mumkin. 4. Xorijiy davlatlarda sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida zarar ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 5. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsni jabrlangan deb e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi ijtimoiy reabilitatsiyani amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. 6. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 7. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha yordamning tegishli turi ko‘rsatilishini ta’minlash uchun terrorchilikka qarshi kurashuvchi davlat organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillaridan iborat tarkibda Ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Idoralararo komissiya tarkibiga ko‘rib chiqilayotgan masalaning o‘ziga xosligidan (huquqiy yordam, ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiya, ishga joylashtirish, obod uy-joy berish va shu kabilar) kelib chiqib tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari kiritilishi mumkin. 8. Terrorizmga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek Idoralararo komissiya faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari Idoralararo komissiyaning raisi hisoblanadi. 9. Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibi va ish reglamenti uning raisi tomonidan tasdiqlanadi. 10. Ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam olish uchun terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslar yoki ularning vakillari Idoralararo komissiyaga yozma tarzda murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili va talab etiladigan yordam turi ko‘rsatilgan holda ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha yordamning tegishli turi ko‘rsatilishini ta’minlash uchun ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha yordam berish to‘g‘risidagi ariza; terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning pasporti yoki uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusxasi; terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning vakili murojaat qilgan taqdirda vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatning asl nusxasi va uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi; shaxsni terrorchilik oqibatida zarar ko‘rgan deb e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sud ajrimining nusxasi. 11. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish zarar ko‘rgan shaxslar yoki ular vakillarining yozma murojaatisiz davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda tegishli davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar Idoralararo komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili va talab etiladigan yordam turi ko‘rsatilgan holda ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam berish to‘g‘risidagi xat; terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusxasi; shaxsni terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan jabrlanuvchi deb e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sud ajrimining nusxasi. 12. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning yoki uning vakilining, shuningdek ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarning murojaati Idoralararo komissiya tomonidan besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak. 13. Ushbu Nizomning 10 va 11-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilgan, shuningdek hujjatlarni rasmiylashtirishda noaniqliklar aniqlangan taqdirda Idoralararo komissiya ikki kun mobaynida murojaat qilgan shaxslardan yoki davlat organlari va boshqa tashkilotlardan yetishmayotgan hujjatlarni yoki aniqlangan noaniqliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab oladi. 14. Taqdim etilgan hujjatlarda yolg‘on ma’lumot ko‘rsatilishi holati aniqlanganda Idoralararo komissiya ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam ko‘rsatishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Idoralararo komissiya terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsni yoki uning vakilini yoxud tegishli davlat organi va boshqa tashkilotni ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam berish rad etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida rad etish sabablarini ko‘rsatib yozma shaklda xabardor qiladi. 15. Idoralararo komissiya terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning yoki uning vakilining yoxud davlat organi yoki boshqa tashkilotning murojaatini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha talab etiladigan yordam turidan kelib chiqib ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam beradigan mas’ul davlat organi yoki muassasani (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organ deb ataladi) belgilaydi va shaxsni unga ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam berish uchun yo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 16. Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qaror bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organga yuboriladi. Bunda Idoralararo komissiya terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsni yoki uning vakilini, shuningdek ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatda tegishli davlat organi va boshqa tashkilotni ham qabul qilingan qaror to‘g‘risida u qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yozma shaklda xabardor qilishi kerak. Xatda ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organning nomi, u joylashgan joy, ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organ rahbarining (mas’ul xodimning) familiyasi, ismi, otasining ismi va uning xizmat telefoni raqami ko‘rsatiladi. 17. Ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organ Idoralararo komissiyaning qarori olingandan keyin bir ish kuni mobaynida uning ijro etilishini tashkil etadi. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarga ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam belgilangan tartibda ko‘rsatiladi. Bunda ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organlar tomonidan byurokratizm va sansalorlik qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 18. Ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organ bir ish kuni mobaynida Idoralararo komissiyaga ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yozma shaklda yuboradi. 19. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxs yoki uning vakili ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha berilgan yordamdan qoniqmagan taqdirda Idoralararo komissiyaga ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha tegishli yordam bergan ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organ ustidan shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega. Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Idoralararo komissiya tomonidan terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning yoki uning vakilining asoslangan va qonuniy talablarini qondirish yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘riladi. 20. Ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organning rahbari ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha beriladigan yordamning o‘z vaqtidaligi va sifati uchun shaxsan javob beradi. 21. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
135
10,281
Qonunchilik
Nohalol meva-sabzavotlarni eksport qiluvchilar reyestri qanday yuritiladi
Vazirlar Mahkamasining 23.02.2019 yildagi 163-son qarori bilan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishning yangilangan tartibi tasdiqlandi. Eslatib oʻtamiz, ayni paytda respublikada meva-sabzavotlarni eksport qilishning soddalashtirilgan meхanizmi amal qiladi. Birinchidan, 2017 yil 15 noyabrdan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar eksport kontrakti tuzmasdan invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishlari mumkin (6.11.2017 yildagi PQ–3377-son qaror). Ikkinchidan, Prezidentning 17.10.2018 yildagi PQ–3978-son qarori bilan yuridik shaхslarga ularni dastlabki toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda kontraktni siyosiy va tijorat хavflaridan sugʻurta polisisiz eksport qilishga ruхsat berildi. Bojхona qonun hujjatlari buzilishi хavfi belgilari aniqlanmagan boʻlsa, meva-sabzavot mahsulotlari bojхona koʻrigidan oʻtkazilmaydi. Uchinchidan, 2019 yil 22 fevralda invoysni rasmiylashtirish uchun shart boʻlgan (ekv. 20 ming AQSh dollaridan ortiq emas) bitim summasi boʻyicha cheklovni bekor qiluvchi Prezidentning PF–5668-son Farmoni imzolandi. Qolgan shartlar oʻz kuchida qoldi (batafsil – sharhda). Qabul qilingan hujjatda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishning yangi tartib-taomili belgilandi, u yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarda belgilangan barcha chora-tadbirlar va kafolatlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu sohada ilgari amal qilgan nizomlar (VMning 15.06.2016 yildagi 207-son va 14.12.2017 yildagi 984-son qarorlari) oʻz kuchini yoʻqotdi. Nizomning alohida boʻlimi meva-sabzavot mahsulotlarini nohalol eksport qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritishga bagʻishlangan. Uni DBQ yuritadi, tijorat banklari va bojхona organlari real vaqt rejimida avtomatik ravishda, TSOYaEATga kiritilgan ma’lumotlar asosida uni shakllantiradilar. Eksport kontraktlari boʻyicha toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorligi (bojхona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 120 kalendar kun) mavjud boʻlgan sub’yektlar reyestrga kiritiladi. Qarzdorlik summasidan kam boʻlmagan miqdordagi valyuta tushumlari toʻgʻrisida ma’lumot TSOYaEATga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan kiritilgandan soʻng ular reyestrdan chiqariladi. E’tibor bering! Reyestrga kiritilgan eksport qiluvchilar faqat 100 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirganda keyingi eksportni amalga oshirishlari mumkin. Reyestrga eksport qiluvchi va хizmat koʻrsatuvchi bank nomi, eksport qiluvchining STIRi, kontrakt raqami (sh.j. identifikatsiya) va sanasi, toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzdorlik summasi kiritiladi. Reyestr YaIDXPda, shuningdek Tashqi savdo vazirligi va DBQ saytlarida joylashtiriladi. Eksport qiluvchi oʻzining elektron kalitidan foydalangan holda ular orqali debitor qarzdorligi mavjud kontraktlar boʻyicha ma’lumotlar bilan tanishishi mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
73
2,913
Qonunchilik
Xalqaro huquq boʻyicha kursda oʻqidingizmi – хorijda stajirovka oʻtaysiz
Vazirlar Mahkamasining 14.06.2018 yildagi 453-son qarori bilan Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). Kurslar TDYuU huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida oʻtkaziladi. Eslatib oʻtamiz, u yerda 6 oylik qayta tayyorlash kurslari ham ish boshlamoqda, ularni tugatgan yuridik ma’lumotga ega boʻlmagan mutaхassislar yuriskonsult boʻlib ishlay oladilar (batafsilroq bu yerda). Kursda ingliz tilini yaхshi biladigan, suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan va kontrakt pulini toʻlagan yuridik kadrlar (ya’ni oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan – tahr.) oʻqishlari mumkin. Ularga investitsiya va tijorat faoliyatida хalqaro huquq asoslari boʻyicha ta’lim berilib, хalqaro yuridik amaliyotdagi kasbiy kompetensiyalari rivojlantiriladi. Tayanch va sohaviy (chuqurlashtirilgan) kurs taklif etiladi.     Tinglovchilarni qabul qilish toʻgʻrisidagi ma’lumot va suhbatni oʻtkazish jadvali Markazning rasmiy veb-saytida oʻqish boshlanishidan bir oy oldin joylashtiriladi. Suhbat talabgorlarning darajasini (kamida V2 darajasiga muvofiq boʻlishi lozim) tekshirish uchun, qoida tariqasida, ingliz tilida oʻtkaziladi. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikati yoki хalqaro sertifikat (kamida CEFR boʻyicha V2; IELTS boʻyicha 6.0 ball; TOEFL boʻyicha 95 ball) mavjud boʻlsa, ingliz tili boʻyicha suhbatdan oʻtishdan ozod qilinadi. Bunday talabgorlarning faqat хalqaro хususiy va ommaviy huquq sohasidagi bilimlari tekshiriladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtganlar 3 kun mobaynida quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: Bu – muhim! Suhbat natijalari e’lon qilingandan keyin 10 ish kunidan kechiktirmay kontrakt toʻlovi summasini (Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi) toʻlash lozim. Kurslarning muddati oʻqitish dasturlaridan kelib chiqqan holda, biroq 1 oydan kam boʻlmagan muddatda Markaz tomonidan belgilanadi. Oʻqitish asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi. Mashgʻulotlar asosan ingliz tilida olib boriladi. Oʻqish yakunlangach, sertifikat beriladi. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar orasidan хorijiy yuridik kompaniyalar va хalqaro arbitraj institutlarida stajirovka oʻtash uchun tinglovchilar tanlab olinadi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
72
2,619
Qonunchilik
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida: 1. 2022-yil 1-maydan boshlab nogironlik pensiyalari, shu jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasining eng kam miqdori 698 000 so‘m etib belgilansin. 2. Belgilansinki, 2022-yil 1-apreldan boshlab: a) o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning (keyingi o‘rinlarda — o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar) parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi (keyingi o‘rinlarda — parvarishlash nafaqasi) joriy etiladi. Bunda, parvarishlash nafaqasini to‘lash va yetkazib berish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi; b) parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi. 3. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A.K. Inakov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev) bilan birgalikda quyidagi ma’lumotlarni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda taqdim etib borishni ta’minlasin: 2022-yil 1-apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; 2022-yil 1-oktabrdan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarning qonuniy vakillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni. 4. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A.K. Inakov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev) bilan birgalikda 2022-yilning oktyabr oyidan boshlab 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to‘lanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda “proaktiv shakl”da tayinlash tizimini joriy etsin. 5. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov): ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining qo‘shimcha daromadlari hamda jamg‘armaga respublika budjetidan ajratilishi ko‘zda tutilgan transfertlar hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin; kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida mazkur Farmonning amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 6. Moliya vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va bundan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin. 7. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 8. Ushbu Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov belgilansin. 9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Bosh va orqa miya jarohatlari hamda tug‘uruq jarohatlari oqibatida bosh va orqa miya qon aylanishining og‘ir buzilishlari, periventrikulyar leykomalatsiya, markaziy asab tizimining virusli infeksiyalari natijasida chuqur harakatlar buzilishi bilan asoratlangan holatlar. 2. Jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar: ichki a’zolar, suyak-mushak tizimi, miya qutisi, quloq-tomoq-burun a’zolari va suyak-mushak tizimining tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalarning og‘ir shakllari) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda uzoq nazoratni va korreksiyani talab qiladigan holatlar. 3. Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli shikastlanishi: tizimli qizil yugurik, dermatopolimiozit, tizimli boshlanuvchi yuvenil artriti, yuvenil revmatoid artriti va tugunchali periarteritning og‘ir turlari. 4. Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (istisno: G81.0-G81.9-gemiplegiya, G83.1-oyoqlar monoplegiyasi va G83.2-qo‘l monoplegiyasi). 5. Bolalar tserebral falaji, periventrikulyar leykomalatsiya. (Istisno: G80.2-bolalar gemiplegiyasi). 6. Tez-tez qaytalanuvchi epilepsiyaning shaxs o‘zgarishi va aql pastligi bilan kechishi. 7. Kelib chiqishi har xil bo‘lgan aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir turi. Autizm. 8. Surunkali og‘ir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar, xulq-atvor buzilishlari. 9. Poliomiyelit kasalligining og‘ir asoratlari. 10. O‘tkir bo‘shashgan shol. 11. Tug‘ma gidrotsefaliya (kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez takrorlanuvchi talvasa xurujlari, ko‘z tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy, motor rivojlanishida orqada qolishlar). 12. Ko‘rish o‘tkirligining yaxshi ko‘radigan ko‘zda 0 — 0,03 ga (korreksiya bilan) pasayishi. 13. Tug‘ma va orttirilgan tusdagi surunkali bronx-o‘pka kasalliklarida II-III darajali turg‘un nafas yetishmovchiligi. Astmaning gormonga bog‘liq asoratli turi. 14. Tez-tez qaytalanuvchi oqma yaralar va funksional buzilishlar bilan kechadigan suyak va boshqa tayanch tizimi sili, silga qarshi dori vositalariga turg‘unligi bo‘lgan, davolanish natija bermagan va palliativ davoga muhtoj bo‘lgan sil kasalliklari; bosh miya faoliyatining keskin buzilishi bilan kechadigan sil meningoensefaliti, jarrohlik yo‘li bilan davolanishga hayotiy qarshi ko‘rsatmalari bo‘lgan, keskin funksional buzilishlar bilan kechadigan bosh va orqa miya tuberkulemalari. 15. Jigarning tug‘ma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli turg‘un qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar. 16. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III bosqichi. 17. Inkurabel yomon sifatli o‘smalarning og‘ir shakli. 18. Bir necha bor jarrohlik amaliyotidan keyin tuzatib bo‘lmaydigan doimiy najas va siydikni tuta olmaslik, yo‘g‘on, to‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv teshigining tug‘ma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil a’zolari oqmalari. 19. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar: bir yoki ikkala oyoq va qo‘llarda tug‘ma va orttirilgan og‘ir darajadagi skelet deformatsiyalari va amputatsion cho‘ltoqlar; tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va o‘z-o‘ziga xizmat qilish imkoniyati yo‘qligi. 20. Qon aylanish tizimi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari, ma’lum bir yoshgacha operatsiya qilib bo‘lmaydigan holatlar, yurak va yirik qon tomirlarida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar) ifodalangan darajadagi funksiya buzilishlari bilan. 21. Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi: qandli diabetning 1 turi (insulinga bog‘liq qandli diabet); qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli), Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holat, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining og‘ir tug‘ma disfunksiyasi, somatotrop yetishmovchilik (gipofizar nanizm), tug‘ma va orttirilgan gipotireozning og‘ir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz. 22. Miopatiyalar, orqa mushak atrofiyasi, tugallanmagan osteogenez, irsiy neyrodegenerativ kasalliklar — leykodistrofiya, gepatolentikulyar degeneratsiya. Ichki a’zolar va tizimlarning og‘ir buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishdagi buzilishlar bilan kechuvchi irsiy raxitsimon kasalliklar, Marfan sindromi va Elers-Danlo sindromi. 23. Ko‘plab tug‘ma nuqsonlar, ichki a’zolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi xromosom buzilishlar: Klaynfelter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi, Patau sindromi, Edvards sindromi va boshqalar. 24. O‘tkir va surunkali leykozlar, gemoblastozlar, xavfli gistiotsitoz, miyelodisplastik sindromlar. 25. Qon ishlab chiqarish tug‘ma va orttirilgan aplastik anemiyalari. 26. Og‘ir gemorragik sindrom bilan kechuvchi, doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiyalar, irsiy va orttirilgan shakllari, yiliga 3 marotabadan ortiq xuruj qiladigan gemorragik sindromlar. 27. Gemofiliya. 28. Talassemiya. 29. Tug‘ma immunitet tanqisligi holatlari: og‘ir mujassamlashtirilgan antitanachalar yetishmovchiligi ustun bo‘lgan immunitet tanqisligi holatlari, polimorfyadroli neytrofillar funksional buzilishlari, septik granulamatoz — jigar, o‘pka, limfa tugunlari va boshqa a’zolarning qaytalanib turuvchi bakterial shikastlanishi bilan kechishi. 30. OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining IV bosqichi. 31. Bullyoz epirdemioliz. 32. Kistozli fibroz (mukovissidoz): 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar doimiy yordamga muhtoj; 7 yoshdan katta bolalarda — og‘ir asoratli holatlarda. 33. Ichki a’zolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi irsiy glikogen to‘planishi va glikosfingolipid metobolizmining buzilishi kasalliklari: Pompe kasalligi; Goshe kasalligi; Fabri kasalligi; Krabbe kasalligi; Niman-Pik (A va V turi) kasalligi; Mukopolisaxaridozlar. 34. Ichki a’zolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi Daun kasalligi.
147
9,685
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-2853-sonli qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1326-sonli qarorining: a) 3-bandi 4-xatboshidagi “bozorlarning hududida” so‘zlaridan keyin “(qonun hujjatlariga muvofiq dehqon (oziq-ovqat) bozorlari hududida zamonaviy savdo komplekslarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish istisno qilingan holda)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) 4-bandning 2-xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan har yili belgilanadigan minimal miqdorlardan past bo‘lmagan miqdorda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” PQ-2699-sonli qarorining 11-ilovasidagi: a) 1-pozitsiyadagi “Faoliyat turi” ustuni “2-bandda ko‘rsatilgan” so‘zlari “dehqon (oziq-ovqat) bozorlari avtoturargohlarida avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joyi” so‘zlari bilan almashtirilsin. b) 2-pozitsiya chiqarib tashlansin.
106
1,646
Qonunchilik
YO‘L HARAKATI QOIDALARINI BUZILIShIGA DOIR MA’MURIY IShLARNI KO‘RIB ChIQIShNI TAShKIL ETISh HAMDA HAYDOVChILIK GUVOHNOMASIGA TALON BERISh VA ALMAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMALARGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-73 son “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 19-dekabrdagi 261-son “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2000-yil 23-apreldagi 87-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish haqida”gi yo‘riqnomaga (2000-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 933) va “Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (2000-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 934) 1 va 2-ilovalarga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. 1. Quyidagi mazmundagi 2.2.7-band bilan to‘ldirilsin: “2.2.7. Telefon raqami va rusumi. 2. 3.3-band “128-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlardan keyin “1281-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 3. 3.4-bandning: birinchi xatboshisi “128-moddasi birinchi, ikkinchi, uchinchi qismlarida” degan so‘zlardan keyin “1281-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; ikkinchi xatboshisi “128” sonidan keyin “1281” soni bilan to‘ldirilsin. 4. 3.5-bandning birinchi xatboshisi “128-moddasi birinchi” degan so‘zlardan keyin “qismida, 1281-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 5. 3.6-bandning birinchi xatboshisi “128-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1281-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 6. 3.10-bandning birinchi xatboshisi “128-moddasi 1-qismida” degan so‘zlardan keyin “va 1281-moddasi 1-qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 7. 3.23-bandning uchinchi xatboshisi “128-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlardan keyin “1281-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 8. 5.4-band “128” sonidan keyin “1281” soni bilan to‘ldirilsin. 9. 8.3.3-bandning ikkinchi xatboshisi “avariya holatlarini keltirib chiqarish” degan so‘zlardan keyin “transportda telefondan foydalanish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 1. 1-banddagi: “IIB DAN” qisqartmalari “Ichki ishlar boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligi” degan so‘zlar bilan; “IIBB Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi nazorati boshqarmasi (YHXNB)” degan so‘zlar “Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi” degan so‘zlar bilan; “(RIB, TRIB) bo‘lim(bo‘linma)lari” degan so‘zlar “bo‘lim (bo‘linma) (keyingi o‘rinlarda — RIB (TRIB))lari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 1.1-banddagi “DAN” qisqartmasi “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 2-banddagi: “DAN ma’muriy amaliyot guruhlari” degan so‘zlar “avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmasi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori” degan so‘zlar bilan; “YXNB” qisqartmasi “Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 3.1-banddagi: “DANBlaridan” qisqartmasi “avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmalaridan” degan so‘zlar bilan; “DANBlarda” qisqartmasi “bo‘linmalarda” degan so‘z bilan almashtirilsin. 5. 3.2 va 8-bandlardagi “DAN” qisqartmasi “Yo‘l harakati xavfsizligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 6-banddagi “DAN” qisqartmasi “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Haydovchilik guvohnomasiga berilgan talon haqidagi ma’lumotlar maxsus jurnalda (2-ilova) qayd etiladi. Taloni almashtirilayotgan shaxs mazkur jurnalga imzo chekkanidan so‘ng unga yangi talon beriladi. Jurnallar talon berilgan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati RIB (TRIB), tuman (shahar) IIB avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmalarida 60 yil davomida saqlanadi”. 8. 1-ilova mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. Haydovchilik guvohnomasining taloni to‘rtburchak shakldagi, o‘lchamlari 102 x 62 mm. bo‘lgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan va ultrabinafsha nurda ko‘rinmaydigan qog‘ozdan tayyorlanadi. Qog‘oz qatlami orasiga joylashgan, ultarabinafsha nurda ko‘rinadigan ko‘k va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanog‘i” ko‘rinishidagi uch o‘lchamli umumiy “suv belgi”si mavjud. Ofsetli yozuv, seriyasi “O’zR”, nomeri yettita raqamli. Blanka quyidagi maxsus himoyalarga ega: kimyoviy ta’sirga bardoshli poligraf bo‘yoqdan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilolanishi ta’minlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn ko‘rinadi, ultrabinafsha nurda ko‘rinmaydigan tasvirlar va yettita raqamli son ko‘rinadi. Maxsus qabariq va o‘yiqlar mavjud. Lotin alifbosi harflaridagi o‘zbek tili qo‘llangan. Talonning old tomonida berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va raqamlarini yozish uchun joy, blanka nomi va uning seriyasi hamda nomeri, egasi haqida ma’lumot, kim tomonidan qachon berilganligi, A, V, S, D va E toifalari ko‘rsatilgan, nurda aniq ko‘rinuvchi sakkiz qirrali yulduz rasmi va “UZ” yozuvi tushirilgan. Haydovchilik guvohnomasi talonining orqa tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishlarini qayd etish uchun jadval, haydovchilik guvohnomasi kim tomonidan va qachon olib qo‘yilganligi to‘g‘risida belgilar uchun joy va muhr o‘rni ko‘rsatilgan. Toifalari bo‘yicha transport vositalarining surati tushirilgan.”.
235
6,130
Qonunchilik
Tashabbusli byudjetlashtirish natijalari boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi
Prezident tomonidan 22 sentyabr kuni “Ochiq byudjet” aхborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjatga asosan respublika byudjetidan 2021 yil 1 oktyabrga qadar: 2022 yil 1 yanvardan boshlab tuman va shaharlar byudjetlari parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning 50%i “Ochiq byudjet” aхborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yoʻllarni ta’mirlashga yoʻnaltiriladi. Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan har chorakda chorakdan keyingi oyning 25-sanasiga qadar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish boʻyicha ma’lumotlar oʻzlarining rasmiy veb-saytlari va “Ochiq byudjet” aхborot portaliga joylashtirib boriladi. Mazkur qoidani buzish byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish deb baholanadi. Shuningdek, fuqarolarning tashabbusli byudjetlashtirish jarayoniga jalb etilishi darajasi boʻyicha hududlar reytingi joriy etiladi. Har bir mahalla va ovulda “Ochiq byudjet” aхborot portalida taklif qoldirish va ovoz berish jarayoniga koʻmaklashuvchi mobil guruhlar hamda “Tashabbuskorlar burchagi” tashkil etiladi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 23.09.2021 yilda e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
79
1,338
Qonunchilik
Kollej va litseylar uchun namunaviy shtatlar tasdiqlandi
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2875, 2017 yil 21 aprel) bilan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarining namunaviy shtatlari tasdiqlandi. Belgilanishicha, Namunaviy shtatlar Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilmaydigan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga, harbiy-akademik litseylarga, olimpiya zaхiralari kollejlariga, iхtisoslashtirilgan kollejlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Namunaviy shtatlar me’yorlari joriy qilinishi munosabati bilan boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv yordamchi хodimlar sonining qisqarishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ayrim ta’lim muassasalarining shtat jadvallarini tuzishda, ular faoliyatining oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Namunaviy shtatlarda koʻzda tutilmagan lavozimlar va хodimlar soni belgilanishi mumkin. Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 24 aprelda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
56
1,495
Qonunchilik
Fuqarolikdan chiqayotganlarga armiyadan ozod etish toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma beriladi
Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 10 dekabrda 2737-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy хizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnoma tasdiqlandi. Belgilanishicha, mudofaa ishlari boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga ularning arizasiga (Yoʻriqnomada belgilangan shaklda) binoan harbiy хizmatdan ozod etish toʻgʻrisida ma’lumotnoma (Yoʻriqnomada belgilangan shaklda) beradi. Mudofaa ishlari boʻlimlari arizani 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Quyidagi hollarda harbiy хizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma berilmaydi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan navbatdagi chaqiruv boʻyicha qabul qilingan qarorga asosan chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan boʻlsa; chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy хizmatga chaqirilgan, biroq Moliya vazirligining maхsus hisobvaragʻiga shartnoma summasini oʻz vaqtida toʻlamagan boʻlsa. Ma’lumotnoma berish rad etilganda mudofaa ishlari boʻlimlari arizachiga yozma ravishda asoslantirilgan javob berishi kerak. Mudofaa ishlari boʻlimlarida harbiy хizmatdan ozod etish toʻgʻrisida berilgan ma’lumotnomalarni qayd etish kitobi (Yoʻriqnomada belgilangan shaklda) yuritiladi. Qoʻshimcha ravishda belgilanishicha, chet elga bormoqchi boʻlgan va harbiy guvohnomasi boʻlmagan chaqirilish yoshidagi shaхslarga ma’lumotnoma (Yoʻriqnomada belgilangan shaklda) berilib, unda mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan shaхsning chet elga chiqishiga e’tiroz mavjud emasligi koʻrsatiladi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 14 dekabrdagi 49-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi. __________ Eslatib oʻtamiz, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida”gi Qonunining (2002 yil 12 dekabr, 436-II-son) 4-moddasiga koʻra, tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy хizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, salomatligiga koʻra Qurolli Kuchlar safida harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.
86
2,637
Qonunchilik
«Norma» professional rivojlanish markazida kadrlar boʻyicha ish yuritishga oʻqitishadi
Siz kadrlar boʻlimi хodimimisiz? Shoshiling! Siz 4 aprelda boshlanadigan kadrlar boʻyicha ish yuritish kursiga yozilishga hali ulgurasiz. «Norma» professional rivojlanish markazi navbatdagi “Kadrlar boʻyicha ish yuritish” oʻquv kursi oʻtkazilishi haqida хabar beradi. Kadrlar хizmatlari mutaхassislari va korхonada kadrlar hisobini yuritadigan хodimlar oldiga muhim vazifa qoʻyiladi – kadrlar boʻyicha hisobni shunday tashkil qilish lozimki, tegishli organlar tekshiruvi natijalari boʻyicha, shuningdek mehnat nizo va munozaralari holatlarida  moliyaviy yoʻqotishlarning oldi olinsin. Ushbu kurs aynan shunday vazifalarni hal qiladiganlar uchun moʻljallangan. Ta’lim asnosida koʻrib chiqiladigan mavzular roʻyхati bilan havola boʻyicha tanishish mumkin. Oʻquv kursi ish tajribasiga ega mutaхassislar hamda yosh kadrlarga qiziqarli va foydali boʻladi.  Kurs dasturida nafaqat asosiy asoslarga, balki yangi tartib-qoidalar va ish yuritish nomenklaturasida sodir boʻlgan oʻzgarishlarga ham toʻхtalib oʻtiladi. Oʻquv dasturi 40 akademik soatdan iborat. Oʻqish tugaganidan keyin sertifikat beriladi. Oʻqish 10 kun davomida begim kunlari oʻtkaziladi. Mazkur kursni katta tajribaga ega professional amaliyotchi A. Risqullayev olib boradi. A. Risqullayev Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasiga rahbarlik qilgan, Mehnat kodeksi loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan, “Xodimlar boʻyicha menejerning eng zarur kitobi”, “Mehnat daftarchalarini yuritish amaliyoti” kitoblari muallifi hisoblanadi. Bir tinglovchi uchun oʻqish qiymati 800 000 soʻm. Gazetalar obunachilari va/yoki «NORMA» brendi ostida chiqarilgan dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari uchun 50% chegirma taqdim qilinadi. Ularga oʻqish 400 000 soʻmga tushadi. Kursga yozilish uchun «Norma» professional rivojlanish markazi saytidan elektron buyurtmanomani yuborishingiz yoki ishtirok etish istagingiz haqida +998 (71) 200-00-45 telefon raqami orqali хabar berishingiz zarur. Oʻqish Markazning Toshkent shahri, Mirobod tumani, Tallimarjon koʻchasi, 1/1-uy manzili boʻyicha joylashgan binosida rus tilida oʻtkaziladi. Shuningdek ma’lum qilamizki, mazkur kurs oʻzbek tilida ham oʻqitiladi, mashgʻulotlarning boshlanishi 2 mayga rejalashtirilgan. Mavzuga doir material: Buхgalteriya hisobining milliy standartlari elektron kitob shaklida nashr qilindi
86
2,353
Qonunchilik
Davlat ob’yektlari «nol» qiymatda sotilmaydi
Prezidentning 8.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi PF-6258-son Farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan davlat ob’yektlarini «nol» хarid qiymatida sotish va investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida «1 soʻm» boshlangʻich qiymatda ochiq savdolarga chiqarish amaliyoti bekor qilinadi (Prezidentning 27.10.2020 yildagi PF-6096-son Farmoni12-b. 2-хatboshisi). Quyidagilarning muddati joriy yilning 1 dekabriga qadar uzaytirildi: Davlat aktivlarini realizatsiya qilishdan olingan mablagʻlarni taqsimlash tartibi oʻzgartirildi. Byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) mablagʻlari quyidagi nisbatda taqsimlanadi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki ob’yektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 87%i tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga hamda ob’yekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy byudjetlariga teng ulushlarda yoʻnaltiriladi. Belgilanishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga muvofiq turizm sohasidagi davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning 50%i Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi (Prezidentning 19.06.2020 yildagi PQ-4755-son qarorining 5-b. «v» kichik b.). Turistik zonalar hududida joylashgan va davlatga tegishli boʻlgan mulkiy komplekslar hamda yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi: Shuningdek boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan. Ushbu Farmon 11.02.2021 yildagi PF-6167-son Farmonida belgilangan aktivlarni хususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlashga tatbiq etilmaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.07.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
44
2,189
Qonunchilik
XXTUT va IFUT: hujjatda qaysi kodni koʻrsatish kerak?
Ushbu masala yuzasidan “Nalogoviye i tamojenniye vesti” tahririyatiga koʻplab savollar kelib tushmoqda. Masalan, endi shartnoma taraflari rekvizitlarida IFUT kodlarini koʻrsatish kerakmi-yoʻqmi degan savol ochiqligicha qolmoqda. Negaki hisobvaraq-faktura blankasi haligacha IFUT emas, balki XXTUT kodini koʻrsatishni talab etmoqda. Bu tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Asosiysi, har ehtimolga qarshi barcha kodlarni koʻrsatish istagini uygʻotmoqda. Hisobotlar borasida ham shu masala koʻndalang turibdi: qaysi hujjatlarda yangi tasniflagich kodlarini koʻrsatish darkor? “NTV”ning maхsus tahlilida ekspert tadbirkorlar va buхgalterlarni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi. Muallif shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, buхgalteriya balansi, moliyaviy natijalar, oʻz kapitali, pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotlar, hisobga olish hisob-kitob priborlaridan koʻrsatkichlarni olish dalolatnomasi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash boʻyicha shartnoma tuzish haqidagi ariza va boshqalarda qanday kodlar aks ettirilishi kerakligini keltirib oʻtgan. Maqolaning toʻliq matni bilan bu yerda yoki “Nalogoviye i tamojenniye vesti” gazetasining elektron versiyasiga obuna boʻlish orqali tanishish mumkin.
53
1,230
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YoZISh (FHDY) ORGANLARIDA ISh YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2006-yil 22-apreldagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1564, 2006-yil 22-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 17-son, 142-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. Mazkur qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. 1. 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “aniq” so‘zi “oilaviy holati va shaxsini tasdiqlovchi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. 20-bandda: birinchi xatboshisidagi “gerbli guvohnomalar sarfini hisobga olish” so‘zlari “gerbli guvohnomalarni sarflash” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari qat’iy hisobda yuritilishi lozim. Adliya boshqarmasi tomonidan FHDY organlariga faqat gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari to‘liq to‘ldirilib, tugatilganidan keyin yangi daftarlar beriladi. Berilayotgan daftarlar raqamlanib, ularni tarqatish bo‘yicha alohida kitobga qayd qilinadi va olgan shaxsga imzo qo‘ydiriladi.”. 3. 25-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kitobdagi” so‘zi “sarflash daftaridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Quyidagi mazmundagi 361-band bilan to‘ldirilsin: “361. FHDY organida tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi takroriy guvohnoma berishni so‘rab murojaat qilingan arizalarni ro‘yxatga olish daftarlari mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha har bir fuqarolik holati dalolatnomalari uchun alohida yuritiladi.”. 5. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “41. Tug‘ilganlikni qayd ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida belgilangan bir oylik muddat o‘tkazib, bola 16 yoshga to‘lguncha murojaat etilgan hollarda tug‘ilganlikni qayd etish rad qilinmaydi, balki umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Bola bir yoshga to‘lganidan so‘ng, uning tug‘ilganligi ota-onasidan birining doimiy yashash joyida qayd etiladi va zaruratga qarab qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotnomalar talab qilinishi mumkin: bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida uchastka pediatridan ma’lumotnoma; maktabgacha ta’lim muassasasi yoki maktabdan u yerga qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma; tegishli FHDY arxividan ushbu bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. Bola bir yoshga to‘lganidan so‘ng tug‘ilganlik qayd etilgan hollar 14 (22) shakl hisobotida muddati o‘tkazib qayd ettirilgan tug‘ilish ustunida ajratib ko‘rsatiladi.”. 6. Quyidagi mazmundagi 411-band bilan to‘ldirilsin: “411. Bola tug‘ruqxonadan tashqari joylarda tug‘ilgan bo‘lsa va ushbu holatda u bir yoshga to‘lgandan so‘ng tug‘ilganlik qayd etilgan taqdirda, mazkur Yo‘riqnomaning 41-bandida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotnomalarga qo‘shimcha ravishda FHDY organiga bola tug‘ruqxonadan tashqari joylarda tug‘ilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma ham taqdim etiladi. Agarda tug‘ruqxonadan tashqari joylarda tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzilmagan bo‘lsa va tug‘ilishni qayd etish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganlik faktini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi.”. 7. 42-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bunday hollarda, agar bolaning onasi boshqa shaxs bilan qonuniy nikohda turgan bo‘lsa, otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizaga nikohda turgan shaxsning (erning) notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinishi yoki FHDY organiga kelib yozma ravishda o‘z roziligini bildirishi lozim. Bunday rozilik FHDY organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”. 8. 44-bandda: birinchi xatboshisidagi “tasdiqlanmagan hollarda” so‘zlari “tasdiqlanishi lozim bo‘lib,” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Agarda tug‘ilgan bolaning onasi voyaga etmagan bo‘lsa, tug‘ilganlik bolaning tug‘ilganligini qayd etish haqidagi tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi hamda vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan qayd etiladi. Bunday holda, bolani tuqqan onaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, shuningdek yashash joyidan, o‘qiyotgan bo‘lsa o‘qish joyidan rasmi yelimlangan holdagi ma’lumotnomalar taqdim etilishi lozim.”. 9. 49-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Mazkur Yo‘riqnomaning 41-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotnomalar taqdim etilganda, yuqorida ko‘rsatilgan ariza ushbu ma’lumotnomalar bilan birga beriladi.”. 10. 53-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Dalolatnoma yozuvi yolg‘iz ona arizasiga asosan qayd etilgandan keyin, otalikni belgilash holati rasmiylashtirilayotganda, bolaning ota-onasi qonuniy nikohdan o‘tib, ona erining familiyasiga o‘tgan bo‘lsa, ona ustuniga onaning familiyasiga o‘zgartirish kiritilib, bu haqda onadan qo‘shimcha ravishda ariza olinmaydi. Bu holatda otalikni belgilash ota va onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida amalga oshiriladi.”. 11. 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “60. Hokim qarorining yuqori o‘ng burchagiga tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvining qayd etilgan raqami va sanasi, qarorning pastki o‘ng burchagiga esa berilgan guvohnomaning seriyasi, tartib raqami va sanasi yozib qo‘yiladi.”. 12. 65-bandning ikkinchi xatboshisidagi “nikohni qayd ettirish” so‘zlari “FHDY organiga tibbiy ma’lumotnomalar taqdim etilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. 67-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “67. Nikohga kirish haqidagi qabul qilingan arizalar nikoh qayd etilgungacha alohida yig‘majildlarda saqlab turiladi. Chet el fuqarolari bilan nikohni qayd etishda, arizaga chet el fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi va tarjimasi hamda nikohda turmasligi haqidagi, ya’ni oilaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan holda ilova qilinadi.”. 14. Quyidagi mazmundagi 701-band bilan to‘ldirilsin: “701. Alohida hollarda, istisno tariqasida (agar ota-onasi va nikohlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasining turli hududlarida yashab turgan bo‘lsalar) otasi yoki onasining yozma arizasiga ko‘ra, nikoh ota-onasining yoki nikohlanuvchilardan birining yashash joyidagi FHDY organida qayd etilishi mumkin hamda bu to‘g‘risida FHDY organi tomonidan nikohlanuvchilarning yashab turgan joylaridagi FHDY arxivlariga xabarnoma yuborilishi lozim. Ushbu olingan xabarnomalar asosida FHDY arxivlari tomonidan alohida tegishli alfavit daftarlari yuritiladi. Masalan: nikohlanuvchi shaxslardan birining doimiy yashash joyi Andijon viloyati, ikkinchisiniki esa Samarqand viloyatida bo‘lib, nikohlari Toshkent shahar 1-son Nikoh uyida qayd etilgan bo‘lsa, bunday holatda Toshkent shahar 1-son Nikoh uyi tomonidan fuqarolarning nikohlari qayd etilganligi to‘g‘risida Andijon va Samarqand viloyat FHDY arxivlariga xabarnoma yuboriladi”. 15. 82-bandning ikkinchi xatboshisi “ariza” so‘zidan keyin “murojaat etgan fuqaroning doimiy yashash joyidagi FHDY organi tomonidan qabul qilinadi va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 16. 84-bandda: ikkinchi xatboshisi “hamda murojaat qilgan shaxsga ma’lumotnoma beradi” so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi xatboshidagi “bo‘limi” so‘zi “organi” so‘zi bilan almashtirilsin. 17. 87-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “87. O‘limni qayd etish muddatini o‘tkazib murojaat etilganida, FHDY organi tomonidan o‘limni qayd etish rad qilinmaydi va umumiy asoslarda amalga oshiriladi. O‘limni qayd etish muddatini o‘tkazib, bir yilgacha murojaat etilganda, marhumning o‘lgan joyi bo‘yicha yoki o‘limidan oldin yashagan joyi bo‘yicha, bir yildan so‘ng murojaat etilganda esa, marhumning o‘limidan oldin yashagan joyi bo‘yicha FHDY organi tomonidan o‘lim qayd etiladi. O‘lim haqida tibbiy guvohnomaning asl nusxasi taqdim etilmagan hollarda, fuqaroning vafot etgan va o‘limidan oldin yashagan joyidagi adliya boshqarmasi FHDY arxivi tomonidan o‘lim qayd etilmaganligi haqida ma’lumotnoma olinganidan keyingina dalolatnoma yozuvi qayd etiladi.”. 18. 90-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Agar fuqaroning o‘limi, uning doimiy yashash joyi bo‘yicha emas, balki vafot etgan joyi bo‘yicha qayd etilganda, uning pasporti va harbiy bileti ularni bergan ichki ishlar va mudofaa ishlari bo‘limlariga yuboriladi.”. 19. Quyidagi mazmundagi 901-band bilan to‘ldirilsin: “901. Tug‘ilgan bola uning tug‘ilishi qayd etilmasdan vafot etganda, unga tug‘ilish haqidagi dalolatnoma yozuvi hamda bir vaqtning o‘zida o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilib, talab qilinganda o‘lim haqidagi guvohnoma beriladi.”. 20. 92-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Nikohdan ajralganda nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytishni tanlab, lekin shaxsini tasdiqlovchi hujjati o‘zgarishsiz qolgan hollarda fuqaro tegishli ariza bilan FHDY organiga murojaat qiladi va FHDY organi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritiladi.”. 21. Quyidagi mazmundagi 941, 942 va 943-bandlar bilan to‘ldirilsin: “941. Bola 16 yoshga kirgunga qadar familiyasi, ismi yoki ota ismiga milliy-tarixiy an’analarga ko‘ra qo‘shimchalar (xon, xo‘ja, hoji, bek, bonu, bibi, begim, zoda, mir, abdu va hokazolar) qo‘shilsa, bu holat uning ota-onasini arizasiga ko‘ra dalolatnoma yozuviga qo‘shimcha kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 942. Bola 16 yoshga to‘lishi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini olgunga qadar, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida imlo xatolar bo‘lganligi sababli, unga tuzatish kiritish yoki ismiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda, tuzatish yoki qo‘shimcha kiritish uning ota-onasi roziligi bilan amalga oshiriladi. 943. Agarda, fuqaro O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 15-moddasiga ko‘ra ismining oxiriga xon, xo‘ja, hoji, bek, bonu, bibi, begim, zoda, mir, abdu va ota ismini yozishda — evich, ovich, evna, ovna, qizi, o‘g‘li, iy, zoda qo‘shimchalarni kiritishni istasa, bu holat yoshidan qat’i nazar, dalolatnoma yozuviga qo‘shimcha kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.”. 22. Quyidagi mazmundagi 961 va 962-bandlar bilan to‘ldirilsin: “961. Agarda, fuqaro bitta hududda doimiy ro‘yxatdan o‘tib yashayotgan bo‘lsa, lekin uning tug‘ilganlik, nikoh, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari boshqa hududda qayd etilgan bo‘lsa, fuqaro unga tegishli bo‘lgan dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish yoki qo‘shimcha kiritish uchun dalolatnoma yozuvi qayd etilib, saqlanayotgan joydagi FHDY bo‘limiga murojaat qiladi. Bunday hollarda, agar dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish yoki qo‘shimcha kiritish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, fuqaroning arizasiga asosan FHDY bo‘limi tomonidan shu kunning o‘zida uning dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirish, tuzatish yoki qo‘shimcha kiritilishi lozim. 962. Agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirilib, erkalash shaklida yozilgan va imlo xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa hamda fuqaro dalolatnoma yozuvidagi ismini tuzatishni istasa, fuqaroning yoshidan qat’i nazar, FHDY bo‘limida uning arizasiga asosan, shu kunning o‘zida dalolatnoma yozuviga tuzatish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Masalan: tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida ismi Moxchexra deb yozilgan bo‘lsa — Mohichehraga, Batirdan — Botirga”. 23. 101-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yig‘majildning ichki chap tomoniga, unda tikilgan hujjatlarning ro‘yxati yozilib, ilova qilingan hujjatlar ketma-ketlik bilan tikiladi hamda yig‘majildning orqa tomoniga uning nechta varaqdan iboratligi yozilib, mudir tomonidan tasdiqlanadi.”. 24. 115-banddan “200 — 250 varaqli daftar holida” so‘zlari chiqarib tashlansin. 25. 123-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Chet elda yashovchi fuqaro tomonidan berilgan hamda chet tilida tuzilgan ishonchnoma orqali takroriy guvohnoma berishda, ishonchnoma belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan holdagina qabul qilinadi.”. 26. 10-ilova VIII-bo‘limining beshinchi—sakkizinchi xatboshilari “va ushbu arizalarni ro‘yxatga olish daftari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 27. 61-ilova 4-bandining “b” kichik bandi “va mazkur arizalarni ro‘yxatga olish daftarlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
179
12,365
Qonunchilik
“Xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun mo‘ljallangan aviakerosin mahsulotini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 5-noyabrdagi 01-02/12-29-son “Xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun mo‘ljallangan aviakerosin mahsulotini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2525, 2013-yil 18-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 47-son, 619-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror 2016-yil 21-apreldan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qarorning muqaddimasidan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. Nizomda: a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “deklarant — aviakerosin mahsulotini va transport vositalarini o‘z nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan aviakerosin mahsuloti va transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs”; b) 2-banddan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda)” hamda “, Tovarlarni avtomobil transportida bojxona nazorati ostida yetkazish qoidalari (ro‘yxat raqami 875, 2000-yil 19-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 2-son), “Vaqtincha saqlash” bojxona rejimi haqidagi nizom (ro‘yxat raqami 447, 1998-yil 17-iyun) va “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 8-son, 103-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; v) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Aviakerosin mahsulotini “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirish hududiy bojxona organi tomonidan berilgan ruxsatnoma raqami va sanasini bojxona yuk deklaratsiyasining 44-grafasida qayd etish asosida amalga oshiriladi”; g) 7-banddagi “O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 51-son, 575-modda) talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 16-bandda: birinchi xatboshidagi “deklaratsiyasining asl nusxalari” degan so‘zlar “deklaratsiyasi” degan so‘z bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; e) 17-banddagi “partiya” degan so‘zlar “turkum” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; j) 18-banddagi “37-katagidagi” degan so‘zlar “37-grafasidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; z) 19-banddagi “nizom va “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral)” degan so‘zlar “nizomda” degan so‘z bilan almashtirilsin; 3. Mazkur o‘zgartirishlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
208
3,191
Qonunchilik
Millatlararo munosabatlar boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tashkil etildi
U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tuzilmasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar, metodika va ekspertiza boʻlimi oʻrniga faoliyat koʻrsatadi. Prezidentning 15 noyabrdagi tegishli Farmoni OʻzAda joylashtirilgan. Markazning asosiy vazifalari orasida: Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega malakali kadrlar bilan toʻldirishi kerak. Davlat organlari хodimlari, millatlararo munosabatlar sohasida faoliyat yuritayotgan NNTlari vakillari (ular roziligi bilan) uchun malaka oshirish boʻyicha maхsus kurslar tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga qoʻshimcha majburiyatlar yuklandi. Ular milliy madaniy markazlarni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlashlari, tegishli hujjatlar, millatlararo totuvlikning holati va uni rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlashlari va ularni Qoʻmitaga kiritishlari lozim. Shuningdek, hujjat bilan Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati konsepsiyasi, 2019-2021 yillarda uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” va konsepsiyaning amalga oshirilishini ta’minlashi lozim boʻlgan maхsus komissiyaning tarkibi tasdiqlandi. Oleg Zamanov.
82
1,411