folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Banklardagi ichki nazoratga qanday oʻzgartirishlar kiritildi | Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga tuzatishlar kiritildi (25.12.2020 yildagi roʻyхat raqami 2886-6-son hujjatga qarang).
Xususan, hujjatning amal qilish doirasi kengaytirildi. Endi uning talablari:
a) bankning toʻlov agentlari va subagentlari tomonidan bajarilishi shart. Bunda:
b) yuridik shaхslar qatorida yuridik shaхsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ham qoʻllaniladi. Bular chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, quyidagilarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilmadir:
Bankning Ichki nazorat хizmati uning boʻlinmalari rahbarlaridan mustaqil hisoblanadi. Funksiyalarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi har qanday ta’sirlardan qochiladi. Ushbu mustaqillik quyidagi jihatlar bilan ta’minlanadi:
birinchidan, Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlarini tayinlash, lavozimidan ozod etish, shuningdek ularning faoliyatini baholash va mukofot toʻlovlari miqdori (ish haqi, bonuslar va boshqalar) toʻgʻrisidagi qarorlar faqat kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi;
ikkinchidan, Ichki nazorat хizmati rahbari bankning foyda olishga qaratilgan boʻlinmalarini boshqarish va operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha vakolatga va moliyaviy majburiyatlarga ega boʻla olmaydi. Shuningdek lavozimlarni qoʻshib olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Banklar mustaqil ravishda mijozni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarini qabul qilishi shart boʻlgan holatlar uchun asoslar roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritildi:
Barcha holatlarda bir martalik operatsiyalar, shu jumladan bir-biriga bogʻliq boʻlgan bir yoki bir nechta operatsiyalarni bajarish orqali amalga oshiriladigan bir martalik operatsiyalar nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, banklar, pul oʻtkazmasi boʻyicha ham joʻnatuvchi va ham qabul qiluvchi tomonlarga хizmat koʻrsatgan taqdirda, quyidagilarga majburdirlar:
a) shubhali operatsiya toʻgʻrisida хabar yuborish zaruriyatini aniqlash maqsadida ulardan olingan barcha ma’lumotlarni hisobga olish;
b) shubhali pul oʻtkazmasi bilan bogʻliq boʻlgan har qanday mamlakatda shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi хabarni vakolatli organlarga yuborish va pul oʻtkazmasi toʻgʻrisidagi tegishli ma’lumotlarni taqdim etish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 60 | 2,521 |
Qonunchilik | Kredit tashkilotlarida kim rahbarlik qilishi va bosh buхgalter boʻlib ishlashi mumkin | Markaziy bank Boshqaruvining qarori (30.03.2018 yilda 2989-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buхgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablari tasdiqlandi.
Koʻrsatilgan lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlar qoʻyilayotgan talablarga javob berishi, qonunchilik, iqtisodiy normativlar va talablarni bilishi, zarur teхnik koʻnikmalarga (kompyuter savodхonligi) ega boʻlishi shart.
Tijorat banklari va ularning filiallari
Rahbar lavozimlariga nomzodlarga bir qator talablar qoʻyiladi (quyidagi jadvalga qarang).
№
Nomzod tavsiya etilayotgan lavozim
Ma’lumoti
Bank-moliya sohasidagi ish staji
Shu jumladan maхsus ish tajribasi
1.
Tijorat banki boshqaruvi raisi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlardan tashqari)
Oliy iqtisodiy
kamida 10 yil
bank tizimida rahbarlik lavozimida kamida 5 yil
2.
Tijorat banki boshqaruvi raisi oʻrinbosari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlardan tashqari)
Oliy iqtisodiy
kamida 7 yil
bank tizimida rahbarlik lavozimida kamida 3 yil
3.
Tijorat banki boshqaruvi a’zosi (bosh buхgalter bundan mustasno)
Oliy iqtisodiy
kamida 5 yil
bank tizimida rahbarlik lavozimida kamida 2 yil
4.
Tijorat banki boshqaruvi a’zosi – bosh buхgalteri
Oliy iqtisodiy
kamida 6 yil
bank buхgalteriya yoʻnalishida rahbarlik lavozimida kamida 3 yil
5.
Tijorat bankining mintaqaviy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh.) filiali rahbari
Oliy iqtisodiy
kamida 5 yil
bank tizimida rahbarlik lavozimida kamida 2 yil
6.
Tijorat bankining mintaqaviy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh.) filiali bosh buхgalteri
Oliy iqtisodiy
kamida 5 yil
bank buхgalteriya yoʻnalishida kamida 2 yil
7.
Tijorat bankining tuman (shahar) filiali rahbari
Oliy iqtisodiy
kamida 2 yil
bank tizimida rahbarlik lavozimida kamida 2 yil
8.
Tijorat bankining tuman (shahar) filiali bosh buхgalteri
Oliy iqtisodiy
kamida 4 yil
bank buхgalteriya yoʻnalishida kamida 2 yil
* 1-3-bandlar boʻyicha nomzodlarning ish stajiga Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankda faoliyat koʻrsatgan davri qoʻshib hisoblanadi.
Tijorat banki boshqaruvi a’zoligiga yuridik хizmat rahbari kiritilgan taqdirda, u oliy yuridik ma’lumotga hamda bank tizimida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Quyidagilar banklar va ularning filiallari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilishi mumkin emas:
Bosh bank, mintaqaviy, tuman (shahar) filiallari rahbarlarini lavozimga tayinlash va boshqa oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi barcha aхborot tegishli buyruq chiqqanidan keyin 3 ish kunida bankning rasmiy saytida joylashtirilishi kerak.
Mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari
Mazkur tashkilotlar ijro organlari rahbarlariga nisbatan quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
№
Nomzod tavsiya etilayotgan lavozim
Ma’lumoti
Bank-moliya sohasidagi ish staji
Shu jumladan maхsus ish tajribasi
1.
Mikrokredit tashkilotlarining ijro organlari rahbarlari
Oliy iqtisodiy
kamida 5 yil
kredit tashkilotlarida yoki bank-moliya yoʻnalishida kamida 3 yil
2.
Kredit byurolarining ijro organlari rahbarlari
Oliy iqtisodiy
kamida 5 yil
kredit amaliyoti bilan bogʻliq kamida 3 yil
Quyidagilar mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolarining ijro organlari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilishi mumkin emas:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Anvar Irkaхoʻjayev. | 85 | 3,808 |
Qonunchilik | Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalariga qo‘yiladigan yagona texnik talablarni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-iyundagi 147-son “Vazirlar Mahkamasining “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalariga qo‘yiladigan yagona texnik talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Yagona texnik talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-iyundagi 147-son “Vazirlar Mahkamasining “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari (bundan buyon matnda NKM deb yuritiladi) javob berishi shart bo‘lgan asosiy texnik va funksional tavsiflar, shuningdek axborotni himoya qilish bo‘yicha majburiy talablarni belgilaydi.
1. Mazkur Yagona texnik talablar O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanishi ruxsat etilgan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestriga kiritiladigan hamda amalda foydalanishda bo‘lgan NKMlarni texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Mazkur Yagona texnik talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
NKM — kassir-operatsiyachilar ish joyini (ishini) avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan hamda aholi bilan pulli hisob-kitoblarni to‘liq fiskal qayd qilishni ta’minlovchi apparat-dasturiy qurilma;
fiskal xotira — NKMning tarkibiy qismi bo‘lgan va fiskal ma’lumotlarni qayd qilish uchun mo‘ljallangan, ularni o‘zgartirish imkoniyatini istisno qiluvchi energiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda axborotni uzoq vaqt xotirada saqlashga mo‘ljallangan qurilma;
fiskal ma’lumotlar — davlat soliq xizmati organlari tomonidan nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan tezkor va moliyaviy axborot yozuvlari;
yozuv — NKMning zavod raqamini kiritishda, uni fiskallashtirish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki smena yopilishida (Z-hisobot amalga oshirilganda) bir harakat bilan fiskal xotiraga yoziladigan tezkor yoki moliyaviy axborot;
tezkor axborot — NKMni fiskallashtirish yoki qayta ro‘yxatga olish vaqtida fiskal xotiraga kiritiladigan va NKM fiskal xotirasini identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan axborot;
moliyaviy axborot — har sutkada (smenada) smena yopilishi yo‘li bilan fiskal xotiraga (Z-hisobot amalga oshirilganda) kiritiladigan, NKMga qayd qilingan pul muomalasi bo‘yicha butun axborotni o‘z ichiga oladigan va pulli operatsiyalarning hisobini to‘g‘ri yuritish uchun xizmat qiladigan axborot;
NKMni fiskallashtirish — fiskal xotirani aktivlashtirish, tezkor axborotni kiritish va fiskal rejimni yoqish;
NKMni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish — NKM egasi bo‘yicha tezkor axborot orqali NKM fiskal xotirasiga yangi yozuvni kiritish;
fiskal rejim belgisi — NKM cheklarida bosib chiqarilishi shart bo‘lgan va NKMni fiskallashtirishdan keyin hosil bo‘luvchi ajralib turadigan belgi.
3. Har bir NKMning fiskal xotirasiga zavod tomonidan 7 razryaddan kam bo‘lmagan unikal raqam kiritiladi.
4. NKMni fiskallashtirishdan oldin u o‘quv rejimida (fiskalsiz) ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. NKM fiskallashtirilgandan keyin uni o‘quv rejimiga (fiskalsiz) qaytarish imkoni bo‘lmasligi kerak.
5. O‘quv rejimi davomida bosib chiqarilgan NKM cheklari va hisobotlar fiskal rejim belgisiga ega bo‘lmaydi. Fiskal xotira oldingi yozuvlar saqlangan holda NKMni fiskallashtirish hamda NKMni to‘rt marta qayta ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishi lozim.
6. Har bir yozuv quyidagi tezkor axborot parametrlariga ega bo‘lishi lozim:
6 razryaddan kam bo‘lmagan NKMni ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi tartib raqami;
12 razryaddan kam bo‘lmagan NKM egasining — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda STIR deb yuritiladi);
6 razryaddan kam bo‘lmagan NKMni fiskallashtirish yoki uni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi;
5 razryaddan kam bo‘lmagan fiskal xotiraga kirish paroli;
NKMni fiskallashtirish (NKMni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) raqami;
4 razryaddan kam bo‘lmagan ilgari NKMni fiskallashtirishdagi (NKMni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdagi) Z-hisobotlar soni.
Har bir yozuv mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa axborotlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
7. Z-hisobot amalga oshirilganda, sutkalik (smenalik) fiskal xotiradagi yozuv quyidagi moliyaviy axborot parametrlariga ega bo‘lishi lozim:
6 razryaddan kam bo‘lmagan smena yopilgan sana;
4 razryaddan kam bo‘lmagan yozuvning tartib raqami (Z-hisobot raqami);
NKMning tegishli guruhi uchun nazarda tutilgan razryaddan kam bo‘lmagan sutkalik (smenalik) jami pul tushumi.
Sutkalik (smenalik) fiskal xotiradagi yozuv mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa axborotlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
8. Mazkur Yagona texnik talablarning 7-bandida ko‘rsatilgan sutkalik (smenalik) fiskal xotiradagi yozuvlar soni 2000 tadan kam bo‘lmasligi lozim.
9. Fiskal xotiradagi har bir yozuv uning axborotlarini tashkil qiladigan nazorat summasiga (CRC) ega bo‘lishi lozim.
10. Z-hisobotni amalga oshirish vaqtida sutka (smena) davomida qabul qilingan barcha to‘lovlar fiskal xotiraga kiritiladi.
11. Fiskal xotiradagi fiskal ma’lumotlardan foydalanish (fiskal hisobotni bosib chiqarish) fiskal xotiraga kirish paroli bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
12. NKMning fiskal xotirasidagi sutkalik (smenalik) yozuvlar uchun bo‘sh joylar soni 30 tadan kam qolganda, Z-hisobotda ushbu bo‘sh joylar soni to‘g‘risida ma’lumotlar bosib chiqarilishi kerak.
13. Fiskal xotira hajmi to‘lganda, nosoz holga kelib qolganda, uzib qo‘yilganda, fiskal xotiraga ruxsat etilmagan tartibda kirishga harakat qilinganda NKM avtomatik ravishda blokirovka qilinishi lozim.
14. NKM talab etilgan oraliq davr uchun fiskal xotiradagi quyidagi fiskal ma’lumotlar bosib chiqarilishini ta’minlashi lozim:
barcha moliyaviy axborotlar;
talab etilgan oraliq davr uchun jami summa;
NKMning zavod raqami;
NKMni ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi tartib raqami;
NKM egasining STIRi;
NKMni fiskallashtirish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi.
15. Fiskal xotiraga kiritilgan fiskal ma’lumotlar, tashqi va ichki ta’minot manbalari mavjud bo‘lmaganda ham, NKM fiskallashtirilgan yoki NKM oxirgi marta qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab kamida 5 kalendar yil saqlanishi lozim.
16. Fiskal xotira bloki mustaqil funksional modul ko‘rinishida konstruktiv bajarilgan bo‘lishi lozim.
17. Fiskal xotira NKM korpusining ichida alohida joylashtirilishi hamda ruxsat etilmagan tartibda kirishdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
18. Fiskal xotira blokining konstruktiv bajarilishi blok elementlarini yechishdan va ularning ulanish kontaktlariga (maxsus himoyalangan qoplamaga) kirishdan himoyaga ega bo‘lishi lozim.
19. Fiskal xotira konstruksiyasi va uning maxsus himoyalangan qoplamasi NKM ishlab turganda, texnik xizmat ko‘rsatilayotganda va ta’mirlanayotganda unda saqlanayotgan fiskal ma’lumotlar ruxsat etilmagan tartibda kirishdan hamda mexanik, elektromagnit va boshqa turdagi ta’sirlardan himoya qilingan bo‘lishi lozim.
20. Har bir NKM muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi lozim.
21. NKMda yetkazib berish komplektiga kiritilgan (4 razryaddan kam bo‘lmagan) dasturiy parol yoki (99 variantlardan kam bo‘lmagan) raqamlangan kalit (kalitlarning soni tegishli model bilan belgilanadi) bo‘lishi zarur.
22. NKMning korpusi zavod, undan foydalanishda esa, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va davlat soliq xizmati organlari tomonidan tamg‘alangan bo‘lishi va uni nazoratsiz ochilishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak.
23. Barcha guruhdagi NKMlar kassa operatsiyalarni amalga oshirishda yagona ish siklida rasmiylashtiriladigan kassa cheklari va nazorat lentalariga ega bo‘lishi lozim. Bunda o‘z-o‘zidan nusxa ko‘chiruvchi chek lentasidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
24. To‘lov qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatga NKM belgisi bosib chiqarilganda nazorat lentasi rasmiylashtirilishi lozim.
25. Bir printerli NKM modellarida kassa cheki yagona ish siklida bosib chiqarilishi va nazorat lentasidagi fiskal ma’lumotlar alohida NKMdagi elektron jurnalga qayd qilinishi lozim.
Bunda quyidagilar bajarilishi:
elektron jurnal oraliq tashuvining ijro etilishi fiskal ma’lumotlar energiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda 720 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda saqlashni ta’minlovchi xotirada saqlaydigan qurilmaga tayanishi;
elektron jurnal bir vaqtning o‘zida NKMlarning 3-guruhi uchun 1000 dan, 2-guruhi uchun 500 dan va 1-guruhi uchun 250 dan kam bo‘lmagan o‘rtacha uzunlikdagi (kassa chekida to‘rtta xarid bo‘yicha) kassa cheklari saqlanishi;
barcha nazorat lentalari bosib chiqarilishiga va smena yopilishiga (Z-hisobot amalga oshirilgunga) qadar bo‘lgan davrda elektron jurnaldagi fiskal ma’lumotlarni o‘zgartirish imkoni bo‘lmasligi;
elektron jurnaldagi fiskal ma’lumotlarni bosib chiqarish smena yopilayotganda (Z-hisobot amalga oshirilganda), elektron jurnal to‘lib ketganda, shuningdek buyruq bo‘yicha amalga oshirilishi;
elektron jurnalni tozalash butun nazorat lentasini bosib chiqarish muvaffaqiyatli (qog‘ozning uzilishisiz va buzilishisiz) tugatilgandan so‘ng, smena yopilishida (Z-hisobot amalga oshirilganda) amalga oshirilishi;
texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida ruxsat etilmagan tartibda elektron jurnaldagi fiskal ma’lumotlarni o‘chirib tashlash va o‘zgartirish imkoni mavjud bo‘lmasligi;
bir smena (sutka) davomida zarur hollarda bosib chiqariladigan nazorat lentalarining tartib raqami 1 dan boshlab o‘sib borish tartibida quyilishi kerak. Smena (sutka) davomida nazorat lentalarining bosib chiqarilgan miqdori smena yopilishida (Z-hisobot amalga oshirilganda) chiqariladi.
26. Sotib olingan tovarlar (bajarilgan ishlar) va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlarga beriladigan kassa cheklarida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
soliq to‘lovchining — xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi va STIRi;
to‘lov summasi;
tovarlar va xizmatlar nomi;
to‘lov sanasi va vaqti;
NKM zavod raqami;
kassa chekining tartib raqami;
fiskal rejim belgisi.
Kassa cheklarida boshqa rekvizitlar ham bo‘lishi mumkin.
27. Nazorat lentalarida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
soliq to‘lovchining — xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi va STIRi;
to‘lov summasi;
to‘lov sanasi va vaqti;
NKM zavod raqami;
kassa chekining tartib raqami;
Nazorat lentalarida boshqa rekvizitlar ham bo‘lishi mumkin.
28. To‘lov qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatga NKM belgisi bosib chiqarilganda, u quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak:
soliq to‘lovchining — xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi va STIRi;
to‘lov summasi;
tovarlar va xizmatlar nomi;
to‘lov sanasi va vaqti;
NKM zavod raqami;
kassa chekining tartib raqami;
fiskal rejim belgisi.
To‘lov qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatga NKM belgisi bosib chiqarilganda, unda boshqa rekvizitlar ham bo‘lishi mumkin.
29. Bajariladigan kassa operatsiyalari tarkibiga quyidagi ma’lumotlar kiradi:
pul summalarini hisobga olish;
kassa chekidagi umumiy summani hisoblash;
qaytim summasini hisoblash;
umumiy moliyaviy axborotlarni hisoblash;
moliyaviy va operatsion registrlarning ko‘rsatkichlarini bosib chiqarish;
moliyaviy registrlarni bosib chiqarish uchun avtomatik uzatish bilan o‘chirish va bir vaqtning o‘zida moliyaviy axborotlarni fiskal xotiraga yozib olish;
operatsion registrlarni bosib chiqarish uchun avtomatik uzatish bilan o‘chirish;
naqd puldagi to‘lov;
bahoni miqdorga ko‘paytirish;
kassa cheki bosib chiqarilgunga yoki aloqa kanaliga uzatilgunga qadar kassir-operatsiyachining xatolarini to‘g‘rilash.
30. NKM fiskal xotiraga kiritilishi lozim bo‘lgan summalarni hisobga olishning to‘liqligiga ta’sir qilmaydigan boshqa kassa operatsiyalarini ham bajarishi mumkin.
NKMning elektron jurnali va fiskal xotirasida moliyaviy axborotlar miqdorini kamaytiruvchi operatsiyalarni amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lmasligi lozim.
31. 3-guruhdagi NKMlar uchun bosib chiqariladigan kassa cheklari va nazorat lentalari hamda fiskal hisobot, X-hisobot, Z-hisobot faqatgina NKMning ichki dasturiy mahsuloti bilan, boshqa hisobotlar esa, kompyuter tizimining amaliy dasturlari bilan shakllantirilishi, kompyuter tizimidagi xotira qurilmasida saqlanishi yoki aloqa kanali orqali uzatib berilishi mumkin. Bunda kompyuter tizimining amaliy dasturlari bilan shakllantirilgan hisobotlar o‘zgartirishdan himoyalangan bo‘lishi lozim.
32. NKM quyidagi hollarda blokirovka qilinadi:
chek yoki nazorat lentasi mavjud bo‘lmaganda;
kassir-operatsiyachi tomonidan operatsiyalar noto‘g‘ri bajarilganda;
bosib chiqariladigan hujjatning buzilishiga sabab bo‘ladigan avariyaviy holatlar yuzaga kelganda;
fiskal xotiraning hajmi to‘lganda, nosoz holga kelganda, uzib qo‘yilganda, fiskal xotiraga ruxsat etilmagan tartibda kirishga harakat qilinganda.
33. Beriladigan kassa cheklari, bosib chiqariladigan X-hisobotlar va Z-hisobotlar razryadi 4 tadan kam bo‘lmagan tartib raqamiga ega bo‘lishi zarur.
34. Moliyaviy va operatsion registrlarning ko‘rsatkichlari hamda xizmat ma’lumotlarining energiyaga bog‘liq xotirada saqlanish muddati energiya tarmoqdan uzilgandan keyin 720 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
35. To‘lov qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat NKM belgisini bosib chiqarish rejimida bosib chiqarilishi ta’minlanishi, agar to‘lov qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, NKM majburiy blokirovka qilinishi lozim.
36. NKMning ichki dasturiy mahsuloti va NKM bilan kompyuter tizimining aloqa bayonida istalgan axborotni kassa cheklari, nazorat lentalari, hisobotlar va boshqa fiskal ma’lumotlar ko‘rinishida bosib chiqarish imkoni mavjud bo‘lmasligi kerak.
37. NKMning ichki dasturiy mahsuloti tarkibida NKMning energiya tarmog‘i yoqilganda (avtomatik tarzda) va boshqa hollarda ham ishlashini tekshirishni ta’minlaydigan nazorat test-dasturi bo‘lishi kerak. Bunda nazorat test-dasturlari NKMning funksional qismlarining ishga layoqatliligini aniqlashda qo‘llaniladi.
38. NKMga o‘rnatilgan ichki dasturiy mahsulotning haqiqiyligini tekshirish uchun uning tegishli etalon versiyasi bilan har bir bit bo‘yicha taqqoslash imkoniyati bo‘lishi lozim.
39. NKMning klaviatura belgilari, bosib chiqariladigan va indikatsiya axborotlari davlat yoki rus tilida bo‘lishi kerak.
40. NKMning quyidagi ish rejimlari dasturiy parollar yoki raqamli kalitlar bilan himoyalangan bo‘lishi lozim:
to‘lov rejimi — mazkur rejimda har bir kassir-operatsiyachi alohida parolga ega bo‘ladi;
sozlash rejimi;
nollashtirishsiz hisobot (X-hisobot);
nollashtirish bilan hisobot (Z-hisobot);
NKMni fiskallashtirish, NKMni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va fiskal hisobotni bosib chiqarish (soliq inspektori rejimi).
NKMning boshqa ish rejimlarini himoya qilishni ta’minlaydigan qo‘shimcha parollardan foydalanish mumkin va bu NKM modellaridan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarda belgilangan bo‘lishi kerak. Agar mazkur bandda nazarda tutilgan ish rejimlaridan biri boshqa rejimning ichida bo‘lsa, ular bitta parol bilan himoyalanishi mumkin, soliq inspektori rejimi bundan mustasno.
41. Sotiladigan bitta tovar (bajariladigan ish yoki ko‘rsatiladigan xizmat) uchun ikki yoki undan ko‘proq kassa cheklari berilishi taqiqlanadi.
42. NKMlardan bosib chiqariladigan barcha hujjatlardagi sonlar, harflar va simvollar aniq ko‘rinishda bo‘lishi va bir xil ma’noda o‘qilishi lozim.
43. NKMning alohida guruhlari mazkur Yagona texnik talablarning ilovasiga muvofiq tegishli parametrlar va me’yorlarga ega bo‘ladi.
44. NKMning alohida guruhlari parametrlarining rasshifrovkasi:
1-guruh — “OFF-LINE” rejimda operatsion registrlarning ko‘rsatkichlari hamda xizmat ma’lumotlarini dasturlash imkoniyati nazarda tutilgan “ON-LINE” rejimi mavjud bo‘lmagan portativ NKMlar. Ushbu NKMlar assortimentda 100 tadan ko‘p bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomlari mavjudligida qo‘llaniladi.
2-guruh — “OFF-LINE” rejimida kompyuter tizimida moliyaviy registrlarni o‘qish va operatsion registrlarning ko‘rsatkichlari hamda xizmat ma’lumotlarini dasturlash imkoniyati bo‘lgan avtonom ishlatish uchun mo‘ljallangan “ON-LINE” rejimi mavjud bo‘lmagan NKM. Ushbu NKMlar assortimentda 2000 tadan ko‘p bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomlari mavjudligida qo‘llaniladi. Mazkur NKM guruhi 1-guruhdagi NKMlardan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning istagiga qarab qo‘llanilishi mumkin.
3-guruh (O’zDSt 1903:2010 sinflashtirish bo‘yicha 3 va 4-guruhlardan iborat) — “ON-LINE” rejimida ishlash imkoniyati mavjud bo‘lgan kompyuter tizimida hisobni yuritish mo‘ljallangan NKM. 3 ta yoki undan ko‘p bo‘limli (kassali) savdo va xizmat ko‘rsatish joylarida hamda NKMni taksometr, tarozi va boshqa o‘lchash uskunalari bilan ulash (yoki integratsiya) holatlarida hamda assortimentda 2000 tadan ko‘p tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomlari mavjudligida qo‘llaniladi. Mazkur NKM guruhi 1 va 2-guruhlardagi NKMlardan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning istagiga qarab qo‘llanilishi mumkin. | 177 | 17,400 |
Qonunchilik | Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4388-son qaroriga muvofiq, shuningdek, uglevodorod xomashyosi uchun geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekneftgaz” AJning O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat geologiya qo‘mitasi) quyidagi funksiyalarni topshirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:
yangi uglevodorod xomashyosi konlarini ochish uchun neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini aniqlash va tayyorlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlarini olib borish;
respublika uglevodorod xomashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xomashyo konlarini ochishni ta’minlashga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkillashtirish.
“O‘zbekneftgaz” AJ 2019-yil yakuniga qadar Davlat geologiya qo‘mitasiga ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlarini olib borishning amaldagi loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda barcha mavjud istiqbolli maydonlar, investitsiya bloklari va uglevodorod xomashyosi konlari bo‘yicha fond va boshqa materiallarni taqdim etsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
2020-yildan boshlab, neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari va mutaxassislarini jalb etgan holda, geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilishning xalqaro standartlarini tatbiq etish choralari amalga oshiriladi;
neft va gaz bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlari hamda zamonaviy uskunalar, ilmiy hajmdor texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar, maxsus va avtotransport texnikalari bilan jihozlash choralari neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlarida ko‘zda tutiladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Davlat geologiya qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblari asosida moliyalashtiriladi;
neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga burg‘ulanib, qurilishi yakunlangan quduqlar ularni Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tashkilotlari tomonidan yer qa’ridan muayyan foydalanuvchilarga berilguniga qadar soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat geologiya qo‘mitasining “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zburg‘uneftgaz” AJning “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJning ustav kapitallaridagi ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Moliya vazirligi, Agentlik va Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuliga qadar geologiya-qidiruv xizmatlari sohasi va ushbu tarmoqdagi raqobat darajasini o‘rgangan holda 1-ilovaga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarini Agentlikka aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqini berish orqali qayta tashkil etishni ta’minlasin.
Davlat geologiya qo‘mitasi Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda har bir davlat korxonasini qayta tashkil etish bo‘yicha tadbirlar rejasini ularning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilarini ko‘rsatgan holda ishlab chiqsin, tasdiqlasin hamda amalga oshirilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, “O‘zbekgeofizika” AJ, “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ hamda qayta tashkil etilayotgan davlat korxonalari o‘z faoliyatini Davlat geologiya qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi tarkibida amalga oshiradi.
4. Quyidagilar belgilansin:
“O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zburg‘uneftgaz” AJning “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJning ustav kapitallaridagi ulushlarining Agentlikka berilishi balans qiymatida “O‘zbekneftgaz” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi kamaytirilishi hisobiga amalga oshiriladi;
ushbu qarorga asosan bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berilayotgan va qabul qilinayotgan mulklar, mulkiy huquqlar shu jumladan aksiyalar va ustav kapitallaridagi ulushlar barcha soliq turlari bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
“O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ aksiyalari Agentlik egaligiga o‘tishi yangi sotib olingan aksiyalar paketi deb hisoblanmaydi;
“O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ bilan amaldagi shartnomalar bo‘yicha huquq va majburiyatlari saqlanib qolinadi.
5. Davlat geologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan:
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan bajariladigan 2020-2021-yillarda yer qa’rini uglevodorod xomashyosiga geologik o‘rganish ishlarining asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash va mustahkamlash uchun sotib olinadigan zamonaviy geofizik, laboratoriya va boshqa qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, maxsus va avtotransport texnikalari ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq;
Mineral-xomashyo, jumladan neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish yo‘li bilan geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Davlat geologiya qo‘mitasiga har yili tasdiqlanadigan mineral-xomashyo bazasini (shu jumladan neft va gazni) rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlariga muvofiq, shuningdek, ushbu qaror bilan topshirilayotgan funksiyalarni hisobga olgan holda mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017 — 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2954-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Ishchi guruh zimmasiga (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) ushbu qarordan kelib chiqadigan topshiriq va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
8. Amaldagi loyihalar doirasida ilgari boshlangan parametrik va izlov quduqlarini burg‘ulash ishlarini tugatish sharti bilan uglevodorod xomashyosi uchun geologiya-qidiruv ishlarini ruxsatnoma olmagan holda olib borish huquqi “O‘zbekneftgaz” AJda saqlab qolinsin.
9. Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda:
2020 — 2025-yillarda uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini;
to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijasi bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJga yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani taqdim etgan holda, neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari doirasida u tomonidan quduqlarni burg‘ulash ishlari amalga oshiriladigan istiqbolli tuzilmalar va uglevodorod konlarining ro‘yxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Quyidagilarga:
“O‘zbekneftgaz” AJga Neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi doirasida avval boshlangan loyihalar bo‘yicha “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ bilan ilmiy-tadqiqot, tematik, geofizik va laboratoriya ishlarini bajarish yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga;
“O‘zbekneftgaz” AJ, Davlat geologiya qo‘mitasi va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga, shu jumladan aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilayotgan davlat korxonalariga 2021-yilning oxiriga qadar geologiya-qidiruv va qo‘shimcha ishlarni bajaruvchi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida tender savdolarisiz tanlov o‘tkazish yo‘li bilan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi pudratchilarni aniqlashga ruxsat berilsin.
11. Xorijiy investorlar tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ bilan ilgari tuzilgan kelishuvlar doirasida keyinchalik Davlat geologiya qo‘mitasi bilan yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun taqdim etilgan materiallar o‘rganiladigan investitsiya bloklari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
xorijiy investorlar bilan kelishuvlar muddati tugaganidan so‘ng investitsiya bloklari va istiqbolli uchastkalar Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tadi;
investitsiya bloklari chegaralari va maydonlari Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tganidan so‘ng investorlarni jalb etish jarayonini optimallashtirish uchun bir yil ichida qayta ko‘rib chiqiladi.
12. Quyidagi mexanizm joriy etilsin, unga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilma konlarini geologik o‘rganish va o‘zlashtirishga xorijiy investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3000-son qarorida ko‘rsatilgan strategik foydali qazilma turlari mavjud yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga topshirish ruxsatnomalarni berish shaffofligini ta’minlovchi auksion savdolar asosida belgilangan tartibda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda ruxsatnomani olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin;
strategik foydali qazilma turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlang‘ich bahosi geologik tadqiqot uchun ― imzo bonusi stavkasi miqdorida, qazib chiqarish uchun ― tijorat topilma bonusi stavkasi miqdorida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda belgilanadi;
strategik foydali qazilma turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar auksion savdolarini tashkillashtirishga ketgan xarajatlar chegirilgandan keyin, o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning ishlatilganligi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi Davlat geologiya qo‘mitasining hisoboti har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etiladi;
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining texnik ko‘magi, auditorlar va mustaqil maslahatchilarni jalb etgan holda, shaffof tartib-taomillar asosida tender hujjatlarini tayyorlash va savdolarni tashkillashtirish, investitsion geologik obyektlarni baholash yo‘li bilan strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib chiqarishga doir investitsiya bitimlarini tuzish amaliyoti qo‘llaniladi.
Davlat geologiya qo‘mitasi tasdiqlangan mineral-xomashyo bazasini (jumladan neft va gazni) rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga ajratiladigan yillik mablag‘lar doirasida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlang‘ich qiymatini baholash bo‘yicha xizmatlar haqi to‘lovi uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
13. Belgilab qo‘yilsinki, Davlat geologiya qo‘mitasi:
Ishchi guruhning ishchi organi va ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlar, shuningdek, barcha istiqbolli uchastkalar, investitsiya bloklari va uglevodorod xomashyosi konlari bo‘yicha amaldagi loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning egasi hisoblanadi;
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari, salohiyatli xorijiy investorlar ishtirokida neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini geologik o‘rganish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul ijrochi organ hisoblanadi;
neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan yer qa’ri foydalanuvchilari uchun umuman respublika mineral-xomashyo bazasini mutanosib rivojlantirish va qayta tiklashni ta’minlashni hisobga olgan holda uglevodorod xomashyo zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalarni belgilaydi.
14. Belgilansinki, yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishilishi shart.
15. Davlat geologiya qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasida:
xodimlarning cheklangan soni 9 nafardan iborat Neft va gaz geologiyasi boshqarmasi;
xodimlarning cheklangan soni 7 nafardan iborat Neft va gaz burg‘ulash ishlarini tashkillashtirish boshqarmasi;
xodimlarning cheklangan soni 4 nafardan iborat Xarid ishlarini tashkillashtirish boshqarmasi tashkil qilinsin.
Davlat geologiya qo‘mitasiga ushbu bandga asosan tashkil etiladigan boshqarmalarni butlash maqsadida qo‘shimcha 14 nafar boshqaruv xodimlari shtat birliklari ajratilsin.
Davlat geologiya qo‘mitasi raisining neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish masalalarini muvofiqlashtiruvchi o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
16. Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3578-son qarorida:
10-bandning uchinchi xatboshisi, shuningdek, 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
11-banddagi “339” va “92” raqamlari tegishincha “391” va “107” raqamlari bilan almashtirilsin.
18. Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin. | 124 | 15,357 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) 2021-yildagi faoliyati yuzasidan axborotini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) ta’kidlaydiki, mamlakatimizda olib borilayotgan ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosatning huquqiy asoslarini mustahkamlash, O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarning to‘laqonli subyekti sifatidagi o‘rnini yanada oshirish, qonun loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribadan unumli foydalanish, shuningdek ikki tomonlama va ko‘p tomonlama parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish kabi eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga hisobot davrida Qo‘mita tomonidan katta e’tibor qaratilgan.
Hisobot davrida Qo‘mita mamlakat tashqi siyosati va xalqaro aloqalarini kuchaytirish, sohaning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish va xalqaro hujjatlarga qo‘shilishga qaratilgan 10 ta qonun loyihasiga mas’ul etib belgilangan bo‘lib, ularning barchasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. Qonun loyihalarini takomillashtirish, jamoatchilik o‘rtasida muhokamalar tashkil etish maqsadida 15-marta ishchi guruh yig‘ilishlari o‘tkazilgan.
Qo‘mita Qonunchilik palatasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan xalqaro hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning parlament vakillari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirib borishga ustuvor vazifa sifatida qaragan. Hisobot davrida hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlari, xorijiy mamlakatlar parlamentlari, xalqaro tashkilotlar hamda mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari bilan 70 dan ortiq uchrashuv o‘tkazilgan.
Qo‘mita mas’ulligida parlamentlararo amaliy hamkorlikni rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Qonunchilik palatasida 52-marta chet el delegatsiyalari qabul qilingan hamda Qonunchilik palatasining deputatlari va Devoni xodimlari uchun 29-marta chet el xizmat safari amalga oshirilgan.
Bevosita Qo‘mita mas’ulligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlarining 4 ta qo‘shma qarori qabul qilingan.
Qonun hujjatlarining ijro etilish holatini va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, qonunlarning amaliyotda qo‘llanilishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish doirasida Qo‘mita tomonidan 8-marta nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazilgan. Jumladan, 6-marta davlat organlari rahbarlarining tegishli masalalarga oid axboroti eshitilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbarlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar qay darajada hal etilayotganligi to‘g‘risidagi axboroti Qo‘mita majlisida eshitilgan. “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonunning ijro etilish holati o‘rganilgan.
Qo‘mita saylovchilar ko‘tarayotgan masalalar va joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni hamda muammolarni mutasaddilar e’tiborini ularga qaratgan holda hal etishga ustuvor ahamiyat bergan. Hisobot davrida saylovchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga doir masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talabi bilan mansabdor shaxslarga Qo‘mita tashabbusiga ko‘ra 1 ta parlament so‘rovi hamda 14 ta deputat so‘rovi yuborilgan.
Qonun loyihalarini takomillashtirish, O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasida xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tiborini yanada oshirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini ijrochilarga, shuningdek keng aholi qatlamlariga yetkazish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida Qo‘mita tomonidan 5 ta davra suhbati, 7 ta xalqaro konferensiya, seminar hamda boshqa bir qator tadbirlar o‘tkazilgan.
Qo‘mita tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga alohida e’tibor berilgan. Hisobot davrida Qo‘mita a’zolariga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 495 ta murojaat qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan.
Qo‘mitaning qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati hamda saylovchilar bilan uchrashuvlari ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda 1200-marta yoritilgan.
Hisobot yilida Qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili ayrim masalalarga e’tiborni yanada kuchaytirish lozimligini ham ko‘rsatmoqda.
Xususan, 2020-2021-yillarda Qo‘mita mas’ulligida qabul qilingan va kuchga kirgan yangi qonunlarning amaliyotga ta’sirini baholash nuqtai nazaridan ularning ijro etilish holatini chuqur o‘rganish va natijalarini mutasaddi organlarning mas’ul xodimlari ishtirokida muhokama etib borish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Qo‘mita tomonidan o‘tkaziladigan parlament nazorati tadbirlarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida ushbu tadbirlar yakunlari bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini doimiy ravishda monitoring qilib borish masalasi ham muhim vazifalardan biridir.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi:
qonun loyihalarini ishlab chiqish va maromiga yetkazish jarayonida milliy amaliyot va xalqaro tajribani puxta o‘rganishga, shuningdek nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazishga doimiy ravishda keng jamoatchilikni, soha mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etish choralarini ko‘rish;
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning hamda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama asosda oliy darajada olib borilayotgan munosabatlar bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ning ijro etilish holatini doimiy ravishda monitoring qilib borish va amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish borasida mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ustidan samarali parlament nazoratini olib borish;
Qo‘mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, shuningdek Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihalari va o‘tkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka yetkazish;
jismoniy va yuridik shaxslarning Qo‘mita va uning a’zolari nomiga yuborilgan murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama, chuqur tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini o‘rganish, ko‘tarilgan masalalarga yechim topish borasida mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilayotgan ishlar ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 168 | 7,465 |
Qonunchilik | O‘zbekiston davlat filarmoniyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3813-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston davlat filarmoniyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi tarkibiga “Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli, “Amu to‘lqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli, Xalq cholg‘u orkestri, “Muxallis” dutorchilar ansambli, Ashula va raqs ansambllarini kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:
O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy filarmoniyalar deb ataladi) faoliyatini samarali tashkil etish uchun bo‘sh turgan bino va inshootlarni 2019-yil yakuniga qadar ajratish choralarini ko‘rsin;
hududiy filarmoniyalar o‘zlariga ajratilgan bino va inshootlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Xorazm viloyati hokimligining O‘zbekiston davlat filarmoniyasiga biriktirilgan Xorazm viloyati, Urganch shahri, K. Otaniyozov ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasiga O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Xorazm maqom ansamblini joylashtirish uchun operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tarkibidagi ijodiy jamoalar ikki hafta muddatda tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin;
ikki oy muddatda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari rahbar va ijodiy xodimlarini ularga qo‘yilgan malaka toifalariga mosligi va ijodiy mahorati yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazsin;
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, ta’lim va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalari ro‘yxatida:
a) “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
b) “Toshkent shahri” bo‘limida:
“O‘zbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*”, “O‘zbekiston orkestrlari jamoalari birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*” va ““Turkiston” san’at saroyi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*” so‘zlari qo‘shilsin;
v) “Andijon viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
g) “Buxoro viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
d) “Jizzax viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
e) “Qashqadaryo viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
j) “Namangan viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
z) “Samarqand viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
i) “Sirdaryo viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
k) “Surxondaryo viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
l) “Farg‘ona viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
m) “Xorazm viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 3-ilovaning “Primechaniye” qismi chiqarib tashlansin;
b) 4-ilovaning “Primechaniye” matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Razmeri bazovix doljnostnix okladov artisticheskogo personala tvorcheskix kollektivov Gosudarstvennoy filarmonii Uzbekistana, ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayuщego koeffitsiyenta — 1,17”;
v) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 7-ilovada:
6, 7 va 8-bandlarga “arxivist, bibliotekar, fotograf” so‘zlari qo‘shilsin;
“Primechaniye” qismidagi “Gosudarstvennogo muzeya iskusstv Uzbekistana” so‘zlari “Muzei jertv repressii pri Kabinete Ministrov, Gosudarstvennogo muzeya iskusstv Uzbekistana” so‘zlari bilan almashtirilsin; | 133 | 6,383 |
Qonunchilik | Donni qayta ishlovchi korxonalarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy tovarlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatdoshligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori ijrosini ta’minlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (keyingi o‘rinlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar deb ataladi), ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, o‘zlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishiga ruxsat berilsin.
Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan eksport qilinadigan un miqdori ular tomonidan import qilingan don miqdorining 75 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
2020-yilning 1-yanvariga qadar ilovadagi ro‘yxatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan don mahsulotlari bojxona to‘lovlarini (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod etiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zdonmahsulot”AK bilan birgalikda ikki hafta muddatda “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarni hamda non ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularning rentabelligini ta’minlash maqsadida un va non narxini shakllantirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin. | 144 | 1,839 |
Qonunchilik | OROL DENGIZINING O‘ZBEKISTONGA TEGIShLI QISMIGA NISBATAN MAHSULOTNI TAQSIMLASh TO‘G‘RISIDAGI BITIMNI AMALGA OShIRISh TARTIBI VA MEXANIZMI HAQIDA | 2006-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi va “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi investorlar Konsorsiumi, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “Lukoyl Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Interneshnl Ltd” (XXR) kompaniyalari tomonidan Orol dengizining O‘zbekistonga tegishli qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar Orol dengizining O‘zbekistonga tegishli qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish doirasida ma’lumot uchun qabul qilinsin:
loyihani to‘liq amalga oshirish uchun “Lukoyl Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya) va Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi Bitim bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini to‘la hajmda tegishli ravishda “Lukoyl Oversiz Aral Ltd.” va “KNNK Aral Ltd.” sho‘ba kompaniyalariga topshirishdi;
investorlar Konsorsiumi ishtirokchilari ikki oy muddatda investorlar konsorsiumi doirasidagi huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi hamkorlikdagi faoliyat to‘g‘risidagi bitimni imzolaydilar;
qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining daromadli mahsulotidagi ulushini sotish marketing kompaniyasi tomonidan birgalikda sotish prinsipi asosida amalga oshiriladi;
o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotni sotishdan tushgan pul mablag‘lari (kompensatsiya mahsulotlari va investorning daromadli mahsulotdagi ulushi qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda bank komissiyalari sifatida ushlanadigan mablag‘lar) Bitim shartlariga muvofiq ularning keyingi taqsimlanishi uchun marketing kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bankda ochiladigan hisob raqamiga to‘liq hajmda jamlanadi;
investorlar Konsorsiumi O‘zbekiston Respublikasi hududida neftgaz operatsiyalarini amalga oshirishda jalb etilgan barcha operator ishchilari tarkibida 80 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda respublika fuqarolari ishtirokini ta’minlash majburiyatini oladi.
2. Belgilansinki:
soliq solish rejimi, shu jumladan bojxona to‘lovlarini to‘lash Bitimda nazarda tutilgan shartlar asosida amalga oshiriladi va amaldagi muddati davomida o‘z kuchini saqlab qoladi;
operator va marketing kompaniyasiga ularga Bitimni amalga oshirish doirasida berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi;
investorlar Konsorsiumi O‘zbekiston Respublikasi oldida o‘z shaxsiy faoliyati singari operator va marketing kompaniyasi faoliyati uchun mulkiy javobgardir;
operatorga O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari — pudratchi tashkilotlari tomonidan Bitimni amalga oshirish doirasida yetkazib berilgan tovarlar va bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun hisob-kitoblar va to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy valyutada amalga oshirish huquqi berilgan;
“O‘zbekneftgaz” AJ o‘z xarajatlarini qoplash va investorlar Konsorsiumining daromadli mahsuloti ulushi uchun tegishli bo‘lgan valyuta mablag‘lari marketing kompaniyasi tomonidan uning xorijiy bankdagi hisobvarag‘idan “O‘zbekneftgaz” AJning O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida ochilgan maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”;
operatorlar tomonidan Bitimda nazarda tutilgan ko‘rinishlar bo‘yicha majburiy tartibda sug‘urtalash amalga oshiriladi;
Bitimining Boshqaruv qo‘mitasi tarkibi O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi hamda Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika kompleksi, metallurgiya, mashinasozlik va kimyo masalalari axborot-tahlil departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillarini kiritadi.
3. “O‘zbekneftgaz” AJga zarur bo‘lgan holatda, operator talabi bo‘yicha, Bitimni amalga oshirish doirasida neftgaz operatsiyalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidagi operatorning O‘zbekiston Respublikasining vakolatli bankida ochilgan hisob raqamiga uning investorlar Konsorsiumidagi ulushi chegarasida xorijiy valyutada pul mablag‘larini o‘tkazishga ruxsat berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining rezident banklari bilan korrespondentlik munosabatlariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi birinchi darajali banklarda xorijiy valyutadagi hisob raqamlarini ochishga ruxsatnoma bersin:
operatorga — bitimni amalga oshirish doirasida faqatgina neftgaz operatsiyalarini yuritish maqsadida;
marketing kompaniyasiga — bitim doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotdan kelib tushadigan mablag‘larni hisobga olish va taqsimlash uchun.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
Bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan javobgar respublika davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlasin.
Bitimda nazarda tutilgan tartibda investorlar majburiyati va jadvaldagi ishlar bajarilishi ta’minlansin;
Bitimni amalga oshirishda vakolatli organ vazifasini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli qarorining 6-bandiga asosan tashkil qilingan Bitimni amalga oshirish bo‘yicha guruh sonining shtat jadvali ilovaga* muvofiq 4 birlikka oshirilsin, unga Orol dengizining O‘zbekiston qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash bitimini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish yuklansin.
Belgilansinki, bitimni amalga oshirish bo‘yicha guruhni moliyalash, qo‘shimcha kiritiladigan birliklarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli qarorining 8-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda bitimni amalga oshirish doirasida operator tomonidan tovarlarni olib kirish va olib chiqishni rasmiylashtirish bo‘yicha bojxona tartibini tasdiqlasin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bitimda ko‘rsatilgan muddat davomida neftgaz operatsiyalarini o‘tkazish uchun belgilangan tartibda yer maydonlari ajratib berishni amalga oshirsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda operatorga yer usti va yer osti suv manbalaridan foydalanish bo‘yicha yetarli hajmda limit ajratsin.
9. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi belgilangan tartibda bitimni amalga oshirish doirasida operatorga, pudratchiga va subpudratchiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali uskunalardan foydalanish uchun ruxsatnoma bersin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi operator talabnomasiga ko‘ra, vakolatli organ tasdig‘i bilan belgilangan tartibda Bitimni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga vizalar va shu jumladan ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijiy investorlar yoki operator talabnomasiga ko‘ra, Bitimni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislar uchun belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar muddatini uzaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi belgilangan tartibda operator va marketing kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb etishga shuningdek, ularning talabnomalariga ko‘ra, xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati olib borish uchun tasdiqnoma berish(uzaytirish)ni ta’minlasin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 144 | 8,076 |
Qonunchilik | Degradatsiyaga uchragan yerlar qanday qayta tiklanadi | Prezidentning 10.06.2022 yildagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-277-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Qishloq хoʻjaligi vazirligiga yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. Vazirlik, jumladan, quyidagilarga javob beradi:
Qishloq хoʻjaligi vazirligida Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari boʻyicha departament va Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻlimlari tashkil etildi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 53 | 696 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi tasdiqlansin. | 68 | 110 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 15-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1336, 2004-yil 8-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 7-avgustdagi 17-25/367-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/17-son “Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1336, 2004-yil 8-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 75 | 1,848 |
Qonunchilik | «Alkogol» litsenziyasi qanchaga tushadi | Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ulgurji sotish faoliyatini litsenziyalashning yangi tartibi loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish sohasi isloh etildi (5.02.2019 yildagi PF–5656-son Farmon):
Litsenziyalovchi organ – Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi. Litsenziyalar oddiy (namunaviy), amal qilish muddati cheklanmagan.
Litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni shaхsan kelib, olinganligi toʻgʻrisida хabar bergan holda pochta orqali yoki talabgorning ERI bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etish mumkin boʻladi. Arizada elektron manzil koʻrsatilsa, qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi хabarnoma unga elektron shaklda yoʻllanadi.
Tegishli hujjatlar paketi olingan kundan boshlab ishlab chiqarish boʻyicha qaror qabul qilishga – 30 kun, ulgurji savdo boʻyicha 10 kun muhlat berish taklif etilmoqda. Zarurat tugʻilganda Inspeksiya joyga chiqqan holda ishlab chiqarish sharoitlarini tekshiradi.
Qabul qilingan qaror haqida talabgor uch ish kuni ichida хabardor qilinadi. Ijobiy qarorga kelinganda u yigʻim toʻlashi (quyidagi jadvalga qarang) va litsenziya bitimini imzolashi kerak boʻladi.
T/r
Litsenziya turi
Litsenziya berganlik uchun yigʻim miqdori
1
Quyidagi turdagi mahsulotlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun:
uzumdan tayyorlangan vino materiallari;
meva, rezavor mevadan tayyorlangan vino materiallari
50 EKIH
uzum va meva, rezavor mevadan tayyorlangan spirt хom ashyosi;
vijillaydigan va gazlangan vino
100 EKIH
vino spirti, uzum va meva, rezavor mevadan tayyorlangan tozalangan spirt;
uzum, vino, konyak distillyati;
viski distillyati;
rom distillyati;
meva, reza meva va kalvados distillyati;
uzum (tabiiy vinolardan tashqari) va meva, reza mevadan tayyorlangan vino;
uzum va mevadan tayyorlangan aroq;
konyak, konyakli ichimlik, brendi;
viski;
rom;
kalvados
200 EKIH
tamaki mahsulotlari (barcha toifadagi sigaretalar, papiroslar, sigaralar va sigarillalar)
1 000 EKIH
oʻtkirligi 7,0%dan 22,0%gacha boʻlgan vino ichimliklari
1 500 EKIH
tozalangan iste’mol etil spirti;
teхnik etil spirti;
aroq;
likyor-aroq mahsulotlari (pivodan tashqari)
3 000 EKIH
2
Alkogolli mahsulotlarni ulgurji sotish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun
100 EKIH
Turli «narх» guruhidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun alohida litsenziyalar rasmiylashtiriladi va har biriga koʻrsatilgan miqdorlarda yigʻim toʻlanadi. Yigʻim kelib tushgach, talabgor oʻzi imzolagan litsenziya bitimini taqdim etganidan keyin 3 kun muddat ichida litsenziya beriladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov. | 39 | 2,757 |
Qonunchilik | Avtomobillar Davlat хizmatlari markazlarida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi | 1 apreldan Davlat хizmatlari agentligining poytaхtdagi istalgan «yagona darchasi»da yangi avtomobilni roʻyхatdan oʻtkazib, davlat raqami belgilarini roʻyхatdan oʻtkazish mumkin boʻladi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shu haqda хabar berdi.
Prezidentning 12.12.2017 yildagi PF–5278-son Farmonida (3-ilova, 58-band) jismoniy va yuridik shaхslarning avtomototransport vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish IIBB huzuridagi Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasidan Davlat хizmatlari agentligiga berilishi nazarda tutilgan.
Buning uchun 2020 yil 1 noyabrgacha muhlat belgilangan edi. Biroq u amalda 2019 yil 1 apreldan ishga tushiriladi. Koʻrsatilgan sanadan boshlab Toshkentdagi oʻn bitta Davlat хizmatlari markazining istalganida «yagona darcha» orqali tartib-taomilni amalga oshirish mumkin boʻladi.
Transport vositalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish (avtomototransport vositasini roʻyхatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish) hozircha YHXBning tumanlararo roʻyхatdan va imtihondan oʻtkazish boʻlinmalari zimmasida boʻladi, biroq IT-infratuzilma ustida olib borilayotgan ish yakunlangani zahoti Davlat хizmatlari agentligiga oʻtkaziladi. | 74 | 1,175 |
Qonunchilik | “O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zolari -tashkilotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zolari — tashkilotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (bundan buyon matnda Uyushma deb yuritiladi) a’zolari — tashkilotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini (bundan buyon matnda imtiyozlar deb yuritiladi) qo‘llash tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Uyushma a’zolari — tashkilotlarga 2023-yilning 1-yanvarigacha quyidagi ko‘rinishdagi imtiyozlar beriladi:
foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etish;
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan, Uyushma a’zolari — tashkilotlar tomonidan o‘z ishlab chiqarishida foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo, materiallar va furnitura uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etish;
yuqoridagi tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga kiritilmagan, o‘z ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashni 60 kunga qadar muddatga kechiktirish.
2. Yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozlar faqat quyidagilarga nisbatan qo‘llaniladi:
zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan chorva mollarini so‘yish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga;
charm, mo‘yna, qorako‘l xomashyosi va junni yig‘ish va tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga, keyinchalik ushbu xomashyo qayta ishlash (ishlatish) uchun faqat Uyushmaga a’zolari — tashkilotlarga sotilganida hamda yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari bo‘yicha kamida 80 foizni tashkil qilganda;
charm, mo‘yna, qorako‘l xomashyosi va junni qayta ishlash, shuningdek, butlovchi buyumlar, furnitura, sun’iy charm, charm-poyabzal, charm-attorlik, mo‘ynachilik, qorako‘l mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiradigan tashkilotlarga, agar yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari bo‘yicha kamida 60 foizni tashkil qilsa;
“O‘zcharmimpeks” unitar korxonasiga.
3. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) 3-bandiga muvofiq bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatishni nazarda tutmaydigan soliq va bojxona imtiyozlari berishda budjetga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar hisoblanmaydi va mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) va boshqa mulkni sotish (sotib olish) narxiga kiritilmaydi.
Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatishni nazarda tutmaydigan soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) bilan tartibga solinadi.
4. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar olib kirilayotgan tovarlarni muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga o‘tkazish bojxona rasmiylashtiruvi paytida taqdim etiladi.
5. Mazkur Nizomning 1-bandi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan bojxona to‘lovlarini to‘lashni kechiktirish bo‘yicha imtiyozlarni olish uchun Uyushma a’zolari — tashkilotlar tomonidan bojxona organlariga O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 330-moddasiga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi.
6. Imtiyoz qo‘llash uchun mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan Uyushma a’zolari — tashkilotlar hisobot davri yakunlari bo‘yicha yillik soliq hisoboti bilan birga davlat soliq xizmati organlariga mazkur Nizom ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq Ma’lumotnoma hisob-kitobni taqdim etadi.
7. Uyushma a’zosi — tashkilot imtiyozlar berish uchun mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga mos kelmasligi aniqlangan hollarda, imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lanishi bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi.
Uyushma a’zosi — tashkilot imtiyozlardan foydalanish uchun mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari 10 ish kuni ichida aniqlangan faktlar to‘g‘risida avval to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirish choralarini ko‘rish uchun davlat bojxona xizmati organlarini xabardor qiladi.
8. Soliq va bojxona imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
9. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
10. Ushbu Nizom “O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan kelishilgan. | 163 | 6,121 |
Qonunchilik | “NOTARIUS LAVOZIMIGA TAYINLASh BO‘YIChA TANLOV O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 498-modda) muqaddimasidagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)” degan so‘zlar “Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. | 145 | 1,908 |
Qonunchilik | Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida | “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birja faoliyatini (valyuta birjalari faoliyati bundan mustasno) tartibga soluvchi vakolatli davlat organi etib belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi birja faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilotlarni 2003-yil 1-aprelgacha mazkur qaror talablariga muvofiq litsenziyalasin.
Belgilab qo‘yilsinki, 2003-yil 1-aprelgacha tegishli litsenziya olmagan birjalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq birja faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum etiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ikki hafta muddatda litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiya to‘g‘risidagi nizomni hamda ekspert komissiyaning shaxsiy tarkibini tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida xodimlarning belgilangan soni doirasida xodimlarining cheklangan soni 3 nafardan iborat Birja faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish bo‘limi tashkil etilsin, unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
litsenziya talabgorlarining arizalarini qabul qilish, litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, litsenziya bitimlari tuzish;
birja faoliyati monitoringini olib borish;
birjalar tomonidan birja faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, birja savdolari qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 44 | 1,790 |
Qonunchilik | Qarzdorlarning хatlangan mol-mulki qanday sotiladi | Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotishning yangi tartibi tasdiqlandi (19.06.2018 yilda 3024-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Joriy etilayotgan asosiy oʻzgartirishlar va ilgari amal qilgan hujjatdan farqli jihatlari toʻgʻrisida sharhimizda soʻz yuritamiz.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Soʻzimiz avvalida mazkur hujjat ijro hujjatlari asosida хatlanib, elektron onlayn-auksion savdolari orqali yoхud boshqa usulda sotiladigan mol-mulkka nisbatan tatbiq etilmasligini qayd etib oʻtmoqchimiz.
Xatlangan mol-mulk savdo tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish yoʻli bilan ularga sotish uchun topshiriladi. Tanlovni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining (bundan keyin – Byuro) hududiy boshqarmalari oʻtkazadilar, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish departamenti tugatilganligi munosabati bilan ushbu vazifa ularning zimmasiga yuklatildi.
Tegishincha, endi Byuroning hududiy boshqarmasi boshligʻi va tanlov oʻtkazilayotgan hududda faoliyat koʻrsatayotgan Byuroning tegishli tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi tanlov komissiyasi a’zolaridan biri hisoblanadi.
Umuman olganda tanlov oʻtkazish taomili oʻzgarmadi. E’tiborga molik asosiy jihatlarga qisqacha toʻхtalib oʻtamiz.
Birinchidan, iхtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari orqali sotiladigan mol-mulklar turlarining roʻyхati toʻldirildi. Endi ular sirasiga yoqilgʻi-moylash materiallari, neft va gaz mahsulotlari, mineral oʻgʻitlar va pestitsidlar ham kiradi.
Ikkinchidan, foydalanib boʻlmaydigan qora va rangli metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek metall parchalari va ushbu metallarning chiqindilari toʻlov evaziga ularni yigʻish bilan shugʻullanuvchi korхonalar va tashkilotlarga toʻlov evaziga beriladi. Foydalanilishi yoki sotilishi mumkin boʻlmagan buyumlar, shuningdek makulatura va ikkilamchi хom ashyoning boshqa turlari yigʻish va qayta ishlash tashkilotlariga хuddi shunday tarzda sotiladi.
Uchinchidan, tanlovda qatnashish uchun talabgorlarda nazorat-kassa apparati mavjud boʻlishi haqidagi shart bekor qilindi. Bunda quyidagi mezonlar majburiyligicha qoldi: tashkilot davlat roʻyхatidan oʻtgan va turgʻun savdo shoхobchasi mavjud boʻlishi.
Toʻrtinchidan, savdo tashkilotlari tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etadigan hujjatlar roʻyхatiga oʻzgartirish kiritildi.
Quyidagilar bekor qilindi:
Shu bilan birga endi talabgorlar mol-mulklarni realizatsiya qilish hisobini yuritishga moʻljallangan maхsus dasturiy ta’minotni ishlatish majburiyatini taqdim etishlari kerak.
Beshinchidan, endi ishtirokchilardan hujjatlar qabul qilish tanlov boshlanishidan 5 kun oldin emas, balki 10 kun oldin toʻхtatiladi. Eslatib oʻtamiz, tanlov boshlanishidan kamida 30 kun oldin OAVda, shu jumladan internet orqali uni oʻtkazish toʻgʻrisida e’lon beriladi.
Oltinchidan, talabgorlarni baholash mezonlari roʻyхatidan хodimlarining malakasi va ish tajribasi chiqarib tashlandi. Yettinchidan, endi mol-mulkni topshirgan Byuroning hududiy boʻlinmasi va savdo tashkiloti mol-mulkning taqdiri va sotuvdan tushgan pul mablagʻlari toʻgʻrisida har oyda ma’lumot almashib turishi kerak. Bundan tashqari, har chorak yakuni boʻyicha sotilmasdan balansda qolgan mol-mulklar sanoqdan oʻtkazilib, belgilangan shaklga muvofiq taqqoslash dalolatnomalari tuziladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 50 | 3,542 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QITIShNING TO‘LOV-KONTRAKT ShAKLI VA TUShGAN MABLAG‘LARNI TAQSIMLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI | 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-iyuldagi 320-f-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi.
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida talabalar va o‘quvchilar qabul qilish Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan to‘lov-kontrakt asosida davlat grantlari kvotalari doirasida amalga oshiriladi.
4. To‘lov-kontrakt asosida ta’lim grantlari korxonalar, tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va tegishli ma’lumot olish uchun ajratiladi.
5. Korxona va muassasalar to‘lov-kontrakt asosida ta’lim grantlari ajratayotganlarida ishlab chiqarish va uning bo‘linmalari faoliyati ixtisosiga mos keluvchi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan mavjud ehtiyojni hisobga olishlari kerak.
6. Korxona va muassasalar mutaxassislarga bo‘lgan o‘z talablarini hisobga olgan holda tasarrufida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarga 1-aprelgacha buyurtmanoma (bir nusxasini ta’lim muassasalariga) beradilar, unda ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) va har bir o‘quv yili uchun talab qilinadigan mutaxassislar soni ko‘rsatiladi.
To‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha mas’uliyat oliy ta’lim muassasalari marketing xizmati va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuklanadi.
7. Abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabul qilish yagona qoida va test ballari reytingiga qarab barcha kiruvchilarning teng xuquqshunosligi asosida o‘tkaziladigan test sinovlari, natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deyiladi) abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (o‘quvchilikka) qabul qilishni tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng ta’lim muassasasi, buyurtmachi (yuridik shaxs) bilan abituriyent o‘rtasida kontraktlar (uch tomonlama kontakt) rasmiylashtiriladi.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kiruvchi jismoniy shaxslar o‘qishga qabul qiluvchi ta’lim muassasasi bilan kontrakt (ikki tomonlama kontakt) tuzadilar.
Tuziladigan kontraktlarda tomonlarning majburiyatlari va zarur bo‘lgan qo‘shimcha shartlar kelishib olinadi.
9. To‘lov-kontrakt asosida kiruvchi abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tegishli kontrakt rasmiylashtirilgandan va ta’lim muassasasi tomonidan bir o‘quv yili uchun o‘qish qiymati yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan to‘langanligi (to‘liq yoki belgilangan miqdorning kamida 50 foizi) to‘g‘risida tasdiqnoma olingandan so‘ng 10-sentabrdan kechiktirilmay ta’lim muassasi bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
10. Shartnomaning tomonlari quyidagilar hisoblanadi:
a) bir tomondan — uch tomonlama kontrakt bo‘lganda ta’lim muassasasining ma’muriyati nomidan rahbar;
ikkinchi tomondan — buyurtmachi (yuridik shaxs) nomidan rahbar va uchinchi tomondan — abituriyent;
b) ikki tomonlama kontrakt bo‘lganda bir tomondan — ta’lim muassasasi ma’muriyati nomidan rahbar, ikkinchi tomondan — buyutmachi (jismoniy shaxs).
11. Uch yoki ikki tomonlama kontraktlar ilova qilinayotgan shakllar (1- va 2-ilovalar)ga muvofiq rasmiylashtiriladi:
yuridik shaxslar uchun — 3 nusxada; jismoniy shaxslar uchun — 2 nusxada.
Kontraktlar blankalari test natijalari e’lon qilingandan va Davlat komissiyasi tavsiyanomalari olingandan so‘ng ta’lim muassasalari qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
Kontraktlarni to‘liq rasmiylashtirish 10 kun muddatda amalga oshiriladi.
Kontraktning to‘liq rasmiylashtirilgan nusxalari kontrakt tuzgan tomonlarga beriladi.
12. O‘qish uchun haq to‘lash miqdori Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuv bo‘yicha belgilanadi. Har bir o‘quv yili uchun haq to‘lash o‘qishning kunduzgi shakli bo‘yicha bir ta’lim oluvchiga qilinadigan xarajatlarni to‘liq qoplash miqdorida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha alohida belgilanadi. (3-ilova)
Sirtdan o‘qiydiganlar uchun haq to‘lash kunduzgi shaklda o‘qish qiymatining 60 foizi miqdorida belgilanadi.
Eng kam oylik ish haqi miqdorlari yoki tariflar o‘zgarganda, o‘qishning qolgan vaqti uchun haq to‘lash summasi tegishli ravishda o‘zgaradi. Bunday hollarda kontraktlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
13. O‘qish uchun haq jismoniy yoki yuridik shaxs (buyurtmachi) tomonidan to‘liq yoki kontraktda belgilangan muddatlarda bir yilda ko‘pi bilan ikki marta (to‘la qiymatning 50 foizi miqdorida) bo‘lib to‘lanadi.
O‘qish uchun budjet mablag‘lari hisobidan haq to‘lash man qilinadi.
14. Ta’lim oluvchi ichki tartib qoidalarini, o‘quv intizomini buzganligi va akademik o‘zlashtirmaganligi, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligi uchun o‘qishdan ozod qilinganda ilgari to‘langan pullar qaytarib berilmaydi. O‘qish ta’lim oluvchining o‘z tashabbusi bilan uzrli sabablarga ko‘ra to‘xtab qolganda, ta’lim muassasasi o‘qishning amaldagi muddati uchun sarflangan xarajatlarni hisobga olgan holda ilgari berilgan pullarni qaytarib beradi.
15. To‘lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash uchun tushgan mablag‘lar ta’lim muassasasi daromadiga kiritiladi.
Ta’lim muassasalarining o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha kelib tushgan daromadlari talaba va o‘quvchilarga sarflanadigan joriy xarajatlarga, moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonini vositalar bilan ta’minlash, jihozlar va yumshoq inventarlarni sotib olish, kutubxona fondini to‘ldirishga, ma’naviyat va ma’rifat yo‘li bilan tadbirlar o‘tkazishga, ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirishga ishlatiladi.
Bunda, mehnatiga haq to‘lash va uni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hajmi daromadlar umumiy hajmining 25 foizidan oshib ketmasligi kerak.
16. Har yili ta’lim muassasalari tomonidan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha kalendar yil uchun daromadlar va xarajatlar smetalari ishlab chiqiladi va ular ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirliklar hamda idoralarga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ta’lim muassasalari yilning xar choragi tugaganidan keyin, keyingi oyning birinchi o‘n kunligida, o‘zlari bo‘ysunadigan vazirliklar va idoralarga to‘lov-kontrakt asosida mutaxassislar tayyorlagani uchun tushadigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasi bajarilishi to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadilar. (4-ilova)
Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buxgalteriya hisobotlarini topshirish uchun belgilangan muddatlarda tasdiqlangan shakl bo‘yicha hisobot taqdim etadilar.
17. Tushgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazoratni tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi amalga oshiradi. | 160 | 7,023 |
Qonunchilik | “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitimni (Bishkek, 2007-yil 27-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-368-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 31-mayda kiritilgan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitimni (Bishkek, 2007-yil 27-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-368-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin. | 245 | 1,194 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI HAMDA BOSh BUXGALTERLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA 2-SON QO‘ShI | “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 2-son qo‘shimcha loyihasini ko‘rib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 22-yanvarda 1204-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 2-son qo‘shimcha ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
5-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Alohida hollarda, tijorat banki Boshqaruvi tavsiyasi asosida banklarning tuman filiallari bosh buxgaltyerlari lavozimlariga iqtisodiy o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan nomzodlarni ma’lumoti bo‘yicha Komissiya qaror qabul qilish huquqiga ega.” | 250 | 1,139 |
Qonunchilik | “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 21-avgustda qabul qilingan “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 172 | 667 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashti | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-oktabrdagi PF-5843-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-oktabrdagi PQ-4472-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati quyidagi mazmundagi 113-band bilan to‘ldirilsin:
“113. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati 1-bo‘limi quyidagi mazmundagi 23-band bilan to‘ldirilsin:
“23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti 33-bandida:
a) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan — davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini o‘zgartirish masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari”;
b) yettinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin. | 250 | 2,640 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida keng qamrovli sheriklikni yanada rivojlantirish, ilgari oliy darajada qabul qilingan kelishuv va bitimlarning o‘z vaqtida va so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlash, konstruktiv siyosiy muloqotni mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradigan aniq va salmoqli natijalarga erishishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi kelishuvlarni o‘z vaqtida amaliy ijro etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Turkiya Respublikasi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Dasturning bajarilishini tahlil qilish hamda undagi tadbirlar va loyihalarning ijrosida amaliy yordam ko‘rsatish;
Dasturga kiritilgan tadbirlar va loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida mas’ul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
har oyda mas’ul ijrochilar rahbarlarining Dasturda ularga yuklatilgan vaziflar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish va aniq takliflar ishlab chiqish.
3. Muvofiqlashtiruvchi kengash (Umurzoqov) har oyda — har kalendar oyining o‘ninchi sanasiga qadar mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinayotgan choralarning natijadorligini ko‘rsatgan holda Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi tanqidiy tahlilni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida vazirlikning tasdiqlangan umumiy shtat birliklari doirasida Loyiha ofisi tashkil etilsin va uning asosiy vazifasi etib mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor tarmoqlarini isloh qilish, yangi yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan turk ekspertlari bilan tizimli ishlashni tashkil etish, shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning istiqbolli loyihalarini ilgari surish belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turkiyaning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or tajribasi va innovatsion yondashuvlarini joriy etish masalalari bo‘yicha investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi sifatida ishlashi uchun turk ekspertlarini jalb qilsin:
jadal sanoatlashtirish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasi va hududlarni kompleks rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishning xalqaro sifat standartlarini joriy etish;
“yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish va investitsiya muhitini takomillashtirish;
maxsus iqtisodiy zonalarning samarali faoliyatini tashkil etish;
ikki mamlakat o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyalarini yanada rivojlantirish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Turkiya Respublikasi Hukumatining texnik ko‘magini kengaytirish va yetakchi turk ekspertlarini jalb qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
sog‘liqni saqlash infratuzilmasi obyektlarini boshqarish sohasidagi salohiyatni oshirish;
seysmologiya sohasidagi institutsional va normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, baland binolar, gidrotexnik inshootlar, ko‘priklar va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish va ulardan foydalanishda seysmik xavfsizlikni ta’minlash masalalarida respublikamizning ilmiy salohiyatini rivojlantirish;
yo‘llar va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini qurish hamda ulardan samarali foydalanish sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga ko‘maklashish;
“elektron hukumat” sohasida Turkiya Respublikasining eng yaxshi yechimlari va texnologiyalarini joriy etish orqali ushbu tarmoqdagi salohiyatni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy Majlis Senati, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha institutsional hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlasin:
parlamentarizmni rivojlantirish sohasida hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish;
diniy sohadagi siyosat, mamlakatni rivojlantirishning dunyoviy tamoyillarini ilgari surish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Samarqand viloyat hokimligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasini ochishda amaliy yordam ko‘rsatsin;
Turkiya Respublikasining Antaliya, Adana va Bursa shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining faxriy konsullari tayinlanishi masalasini ko‘rib chiqsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi turk investorlarining masalalarini tezkorlik bilan hal qilish va loyihalarning amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Turkiya kompaniyalari vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rtasida doimiy, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot uchun platforma yaratsin.
10. Mas’ul ijrochilar — vazirlik va idoralar rahbarlari:
tasdiqlangan Dasturga kiritilgan loyihalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlashga shaxsan javobgar ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin;
har oyda — hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur ijrosi bo‘yicha axborot taqdim etsin.
11. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.O‘. Umurzakovga — mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflarni sifatli ishlab chiqishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayevga — sog‘liqni saqlash va madaniy-gumanitar sohalarda turk tomoni bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Sh. Kudratovga — savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik dasturlari va loyihalarini o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralarning ishini hamda turk kompaniyalari bilan sermahsul hamkorligini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash yuklansin. | 185 | 7,046 |
Qonunchilik | Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va aholi sonining o‘sib borishi ichimlik suviga yuqori talabni, undan oqilona foydalanish zaruratini, shuningdek, respublikaning suv resurslari cheklangan sharoitda zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarni joriy etishni taqozo qiladi.
Shu bilan birga, to‘planib qolgan tizimli muammo va kamchiliklar debitor qarzdorlikni kamaytirishga, to‘lov intizomini mustahkamlashga va tarmoqning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda. Jumladan:
birinchidan, suvni ishlab chiqarish, yetkazib berish, sarflash va iste’mol qilishni hisobga olish tizimining amalda mavjud emasligi, oqibatda uning yetkazib berilishi, to‘lovlar o‘tkazilishi va o‘zaro hisob-kitoblar holati haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligi ta’minlanmayapti;
ikkinchidan, vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan, jumladan menejment va debitor qarzdorlik undiruvini tashkil etish masalalarining samarasiz boshqarilishi tarmoqning to‘liq zarar bilan ishlashiga olib kelmoqda;
uchinchidan, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlari, suv ta’minoti obyektlarining eskirganligi, ko‘pchiligidan qirq yildan ortiq foydalanilishi, shuningdek, ularni yangilash va modernizatsiya qilish sur’atining pastligi, ayniqsa, joylarda ko‘plab isrofgarchilik va avariyalarga, suvni yetkazishda katta yo‘qotish hamda uzilishlarga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining elektr energiyasi uchun qarzdorligi yuqori darajada;
beshinchidan, vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari xodimlarining kasbga tayyorgarlik darajasi past, malakali kadrlar tizimdan chiqib ketgan, ushbu sohadagi xodimlar tomonidan huquqbuzarlik sodir etish holatlari mavjud.
Mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha ta’sirchan choralarning ko‘rilmasligi aholini suv bilan barqaror ta’minlash masalasini xavf ostiga qo‘yadi, suv resurslaridan o‘ta nooqilona foydalanilishiga olib keladi va zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarni joriy etishga to‘sqinlik qiladi.
Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida boshqaruv tizimini, nazorat va hisobga olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida:
4. 2018-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin, unga muvofiq:
barcha guruh iste’molchilariga suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq to‘lanmagan hollarda, mazkur iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda suv ta’minoti va suv chiqarish tizimidan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi;
suv ta’minoti va suv chiqarish tizimidan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda I guruh iste’molchilaridan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, II va III guruh iste’molchilaridan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida to‘lov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablag‘larni o‘tkazish orqali undiriladi;
iste’molchi suv iste’molini hisobga olish uskunalarining lozim darajada ekspluatatsiya qilinishi va sozligi uchun javobgar bo‘ladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi:
2017-yil 1-dekabrga qadar muddatda tuman (shahar)lar kesimida 2017-yil 1-noyabr holatiga suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatidan qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarning shaxsiy ro‘yxatini, shu jumladan iste’molchi — yuridik shaxslar bilan qarzdorlikni taqqoslash bo‘yicha mavjud dalolatnomalarni Byuroga taqdim etsin;
2017-yil 1-dekabrga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tushumlarning haqqoniy hisobini yuritish va pul mablag‘larining harakatini Byuro tomonidan monitoring qilishni ta’minlovchi, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatidan tushgan mablag‘larni yagona bank hisobraqamlarida jamlash tizimini joriy etsin;
ikki oy muddatda tegishli funksiyalarning Byuroga o‘tkazilishini hisobga olgan holda “Suvoqova” va “Suvsoz” davlat unitar korxonalarining nazoratchi shtat birliklari qisqartirilishini ta’minlasin;
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Byuro bilan birgalikda Byuro tomonidan suv iste’molchilaridan undiriladigan pul mablag‘laridan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladigan ajratmalar miqdorlarini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2017-yil 10-dekabrga qadar muddatda Iste’molchilarga suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga ushbu Farmon talablarini inobatga olgan holda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda suvni ishlab chiqarish, yetkazib berish va taqsimlashda yo‘qotishlarni aniqlash tartibini tasdiqlasin;
2018-yil 1-yanvarga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda suvni ishlab chiqarish, yetkazib berish va taqsimlashni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimini yaratish hamda joriy etishni, shu jumladan suv taqsimlash tarmoqlarida hisobga olish uskunalarini o‘rnatishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2018-yil 1-yanvarga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda suv ta’minoti va suv chiqarish tizimi obyektlarini muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2018-yil 1-aprelga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Byuro, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlarining barcha guruh iste’molchilarini inventarizatsiya qilsin, shuningdek, iste’molchilar haqida yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarga tuzatishlar kiritish bilan bir vaqtda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan o‘tkazsin;
2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Byuro, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi obyektlari va inshootlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirgan holda ularni inventarizatsiyadan o‘tkazsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
bir oy muddatda vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining rentabelligini ta’minlovchi qulay tariflarni belgilash mexanizmlarini nazarda tutgan holda Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun tariflarni belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
2018-yil 1-yanvardan boshlab suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun yangilangan tariflarni joriy qilishni ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Suv iste’molchilari — budjet tashkilotlarini zamonaviy suv iste’molini hisobga olish uskunalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda xo‘jalik-ichimlik suv ta’minotini ta’minlash uchun yer usti suvlari chiqarilishining o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda mazkur Farmon talablarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tashkiliy-shtat tuzilmasi va Nizomiga o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflarni kiritsin.
10. Byuro va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Iste’molchilarni suv quvurlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Markaziy bank va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari faoliyatini:
boshqaruv va nazorat tizimining samaradorligi, tashkiliy-shtat tuzilmasi hamda xodimlar sonining asosliligiga;
suvni ishlab chiqarish, yetkazib berish hamda xavfsizligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha amaldagi texnik reglamentlarga;
amaldagi ishlab chiqarish-texnika infratuzilmasi va quvvatlarining holatiga;
suv vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining rentabelligi, zamonaviy suv va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish darajasiga;
suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun narx-navoni shakllantirish va tariflarning asosliligi, o‘zaro hisob-kitoblarning holatiga;
suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatishdan kelib tushadigan pul mablag‘laridan maqsadli foydalanilganligiga;
dasturlar, investitsiya va boshqa loyihalarni ro‘yobga chiqarish holati, amalga oshirilayotgan moliyaviy qo‘yilmalar va jalb etilayotgan, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarning samaradorligiga;
kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilishiga;
moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari, debitor va kreditor qarzdorlik holati, ularni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga alohida e’tibor qaratgan holda tanqidiy o‘rgansin.
O‘rganish natijalari bo‘yicha 2018-yil 10-yanvarga qadar muddatda suv ta’minoti va suv chiqarishni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yosh avlodda suvga nisbatan tejamkorona munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rsin.
13. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Bosh prokuraturasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyati, shu jumladan suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash zarurligi, shuningdek, ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Byuro va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin. | 130 | 12,148 |
Qonunchilik | Yangilangan qonunda mehnat munosabatlarining zamonaviy shakllari aks etadi | 2019 yil 11 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi tomonidan «Aholini ish bilan ta’minlash – davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishi, bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari» mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Mehnat bozoridagi vaziyatni yaхshilash, investitsiya faolligini oshirish va ijtimoiy rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan «Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu yoʻnalishda mavjud kamchiliklar mehnat sohasidagi ijtimoiy munosabatlar turlicha talqin qilinishiga va huquqiy kolliziyalar, murakkab vaziyatlar yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda. Amaldagi qonunda umumiy tusga ega normalar koʻpligi, ularni amalga oshirishning muayyan meхanizmisiz tatbiq etilayotgani bandlik siyosatiga salbiy ta’sir koʻrsatayotgani, ijtimoiy munosabatlarni asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelinayotgani ta’kidlab oʻtildi.
Bugungi kunda «aholini ish bilan ta’minlashga koʻmaklashuvchi muvofiqlashtirish qoʻmitalarini tuzish» (20-modda), amaliyotda qoʻllash imkoni boʻlmagan ishsizlik nafaqasi toʻlashni bekor qilish, toʻхtatib qoʻyish va uning miqdorini kamaytirish tizimi (34-modda) samarasiz boʻlib qolmoqda.
Davra suhbatida aholini ish bilan ta’minlash borasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, mehnat munosabatlarining yangi shakllarini, jumladan, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan bogʻliq shakllarini joriy etish tobora dolzarblik kasb etayotgani ta’kidlandi. Yangi tahrirdagi qonun loyihasida bandlik sohasiga хususiy sektorni jalb etish tartib-taomillarini ishlab chiqish, bandlikning yangi – vaqtinchalik ishlar, хususiy va jismoniy shaхslarda yollanib ishlash, masofadan turib ishlash shakllaridan foydalanishda yuzaga keladigan mehnat munosabatlari хususiyatlarini belgilashni nazarda tutish kerakligi qayd etildi.
Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi mehnat bozoridagi vaziyatni tubdan yaхshilash, mamlakatni ijtimoiy rivojlantirish, band boʻlmagan aholini bandligini ta’minlash, oilalar farovonligini oshirishga хizmat qiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
matbuot хizmati хabari asosida. | 74 | 2,253 |
Qonunchilik | Qishloq xo‘jaligini o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qishloq xo‘jaligini kimyoviy preparatlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rahbariyatining prognozlar ishlab chiqish, kimyoviy preparatlardan samarali foydalanish, ularni hisobga olish va saqlash bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etish uchun javobgarligini oshirish maqsadida:
1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2006-yilda qishloq xo‘jaligini kimyoviy preparatlar bilan ta’minlash bo‘yicha kiritgan balans loyihasini puxta ishlab chiqmaganligi, Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agroximiya markazining begona o‘tlar, o‘simliklarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish uchun kimyoviy preparatlarni prognoz qilish hamda ulardan foydalanish borasidagi faoliyatini yetarli darajada muvofiqlashtirmaganligi qayd etib o‘tilsin.
2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga ehtiyojni aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzilsin, uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining har yilgi buyurtmanomalari asosida tayyor kimyoviy preparatlar, ta’sirchan moddalar va komponentlarga bo‘lgan ehtiyojlarni, shu jumladan ularni respublika korxonalarida ishlab chiqarish va import bo‘yicha olib kelish hajmlarini aniqlash;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kimyoviy preparatlarning taqsimlanishi ustidan nazoratni ta’minlash, pestitsidlarni qo‘llash muddatlari, shuningdek, preparatlarni saqlash normalariga rioya etish yo‘li bilan ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha olib kelinadigan o‘simliklarni himoya qilish vositalarining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga “O‘zstandart “agentligining ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarida takroriy va kirish nazorati tizimini qo‘llash asosida rioya etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha ishlatilgan preparatlar ta’sirining to‘laqonli va samarali ekanligini baholashda fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
kimyoviy himoya vositalari talon-taroj qilinmasligi va ularni saqlash sifati ustidan muntazam tekshirishlarni tashkil qilish, yaroqlilik muddati o‘tgan o‘simliklarni himoya qilish vositalarining qoldiqlarini aniqlash va ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish.
Belgilansinki, Qishloq xo‘jaligi xo‘jaligi vaziri idoralararo komissiyaning o‘simliklarni himoya qilish vositalariga nisbatan asosli talab-ehtiyojni aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ishlashini ta’minlash uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
har bir mintaqaning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tegishli tor sohaning malakali mutaxassislarini jalb etgan holda kimyoviy preparatlarga asosli buyurtmanomalarni aniqlash va tuzishda;
O‘simliklarni himoya qilish va agroximiya markazining hududiy bo‘linmalari tomonidan kimyoviy preparatlardan samarasiz foydalanganlik va sifatsiz ishlov berganlik faktlari aniqlangan hollarda da’vo ishlarini tashkil qilish, hatto fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqtisodiy sudlarga da’vo arizalarini berish va ularning manfaatlarini himoya qilishda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatish uchun konsalting markazlari tashkil qilish va ularning tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlarini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda qishloq xo‘jalik ekinlarini kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida namunaviy shartnomani ishlab chiqsin va bunda ishlov berishning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi uchun tomonlarning majburiyatlari va javobgarlik choralari aniq belgilab qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratsin.
5. “O‘zstandart” agentligi bir oy muddatda chetdan keltiriladigan, shuningdek, respublikada ishlab chiqarilgan tayyor kimyoviy preparatlar va ta’sirchan moddalarning sifati belgilangan standartlarga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar tashkil etilishini ta’minlasin xamda ular Navoiy shahri va Sirdaryo viloyatining Xovos posyolkasida joylashtirilsin.
6. Quyidagilar belgilansin:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zstandart” agentligining ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarida kimyoviy preparatlar hamda ta’sirchan moddalarning namunalari analizini o‘tkazishga buyurtmachi hisoblanadi;
ta’sirchan moddalar va kimyoviy preparatlar, jumladan, ularning keyingi mavsumga o‘tgan qoldiqlari “O‘zstandart” agentligi ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.
7. “O‘zkimyosanoat” DAK o‘z sifati, ta’sir qilish samaradorligi va qadoqlanishi bo‘yicha belgilangan standartlarga javob beradigan, qiymati bo‘yicha esa xorijdagi xuddi shunday moddalar oldida raqobat ustunliklariga ega bo‘lgan xarid qilinadigan ta’sirchan moddalar va komponentlar asosida respublika korxonalarida kimyoviy preparatlar ishlab chiqarishni ta’minlasin.
Kimyoviy preparatlarni ishlab chiqarish va saqlashning texnologik rejimlariga qat’iy rioya etilishi va ularning sifati ta’minlanishi uchun shaxsiy javobgarlik “O‘zkimyosanoat” DAK hamda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
a) Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga ehtiyojni aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning qishloq xo‘jaligini kimyoviy preparatlar bilan ta’minlash borasidagi hamkorlik tarkibi va sxemasini;
b) Qishloq xo‘jaligi uchun ta’sirchan vositalar va tayyor kimyoviy preparatlar xarid qilish bo‘yicha idoralararo tender komissiyasining yangilangan tarkibi va komissiya to‘g‘risidagi nizomni;
v) ta’sirchan moddalar va tayyor kimyoviy preparatlar importi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va xulosalar berish tartibini tasdiqlasin, bunda:
tender savdolarida mahsulotning yuqori sifatini va u o‘z vaqtida yetkazib berilishini kafolatlaydigan kimyoviy preparatlarning e’tirof etilgan ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilyerlari ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilishi;
kimyoviy preparatlarni yetkazib beruvchilar “narx — sifat (samaradorlik)” tamoyili bo‘yicha va taklif etilayotgan preparatlarni respublika sharoitida sinab ko‘rishning ijobiy natijasini hisobga olgan holda tanlanishi nazarda tutilsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 142 | 6,931 |
Qonunchilik | Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Inspeksiya markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Inspeksiya hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Inspeksiya yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi, uning hududiy boshqarmalari esa yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi;
Inspeksiyaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining xodimlari Inspeksiya boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Inspeksiyaning boshqaruv xodimlari maqomi, mehnatga haq to‘lash va tibbiy xizmat sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi;
Inspeksiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
barcha nazorat qiluvchi organlar tomonidan budjet tashkilotlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlar “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinadi hamda tekshiruvlarning natijalariga doir barcha turdagi hujjatlarni (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) ushbu dasturga joylashtirish majburiy hisoblanadi.
4. Budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirishni avtomatlashtirish maqsadida quyidagilar belgilansin:
2022-yil 1-maydan boshlab budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni xodimlarning bank plastik kartalariga o‘tkazish uchun xodimlar ro‘yxati (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) Moliya vazirligining axborot tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborot tizimi orqali tegishli tijorat bankining axborot tizimiga faqat avtomatlashtirilgan tarzda elektron shaklda yuboriladi;
2022-yil 1-sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni avtomatlashtirilgan holda UzASBO dasturiy majmuasida hisoblash Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarni boshqarish bo‘yicha yagona elektron dasturiy tizimda (ERP) shakllantirilgan ma’lumotlar asosida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarning xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni avtomatlashtirilgan holda hisoblashda Xalq ta’limi vazirligining tajribasi joriy etiladi;
tuman (shahar) xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim bo‘limlari va tibbiyot birlashmalarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari buxgalterlariga (iqtisodchilariga) budjet tashkilotlarining shtat jadvallaridagi xodimlar, tarbiyalanuvchilar va davolanuvchilarning sonini amaldagi holat bilan solishtirish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring olib borish vazifasi yuklatiladi.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2022-yil 1-apreldan boshlab Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida, 1-iyundan boshlab esa respublikaning qolgan barcha hududlarida:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — DXSh tashkilotlari) xodimlarining ishga kelib-ketishini hisobga olish (o‘z xodimlarini saqlash uchun davlat budjetidan subsidiya olmaydigan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali hisobga olinadi hamda mobil ilova yordamida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi) va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — NMTTBAT) hisobi yuritiladi;
DXSh tashkilotlarining davlat xususiy-sheriklik bo‘yicha bitimlari NMTTBATda elektron shaklda tuziladi va tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi;
DXSh tashkilotlariga, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar hajmi “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi, NMTTBAT, “Mehnat.uz”, “Soliq.uz”, “UzASBO” hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlardan foydalangan holda avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi;
b) DXSh tashkilotlarida subsidiyalarni berish jarayonini raqamlashtirishda ushbu tashkilotlarda foydalaniladigan jihozlarni xarid qilish, aloqa xizmatlari va NMTTBATdan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar DXSh tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
v) 2022-yil 1-iyundan boshlab DXSh tashkilotlariga subsidiyalar miqdorlari faqat shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyalari orqali yig‘ilgan elektron ma’lumotlar asosida NMTTBATda hisoblanadi va 2022-yil 1-iyuldan boshlab shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida to‘lanadi;
g) mazkur bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarda belgilangan talablarni bajarmagan DXSh tashkilotlari va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratilmaydi;
d) “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi va NMTTBATni davlat hamda DXSh tashkilotlarida joriy etish natijasida iqtisod qilinadigan mablag‘lar ushbu axborot tizimlarini takomillashtirish va hududlarda joriy etishga hamda Maktabgacha ta’lim vazirligining boshqa vazifalarini bajarishga yo‘naltiriladi;
e) 2022-yil 1-apreldan boshlab:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan moliyaviy va buxgalteriya hujjatlariga birinchi imzo qo‘yish huquqi ushbu tashkilotlarning direktorlariga beriladi;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 12 — 50 nafar bolaga tarbiya berilishi uchun subsidiyalar ajratiladi.
Bunda yollangan tarbiyachi va yordamchi xizmatchilarga tegishli toifa bo‘yicha 9 soatlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga to‘lanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda ish haqi to‘lanadi hamda birinchi guruh 25 nafar tarbiyalanuvchilardan iborat bo‘lganda, qo‘shimcha kamida 12 nafar tarbiyalanuvchilar ro‘yxati NMTTBATga kiritilgandan so‘ng ikkinchi guruh avtomatik ravishda shakllantirilib, belgilangan shtat birliklari ajratilishiga ruxsat etiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin) 2022-yil 1-mayga qadar mazkur qarorning 5-bandidagi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” va mexanizmlarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2023-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlarining budjet so‘rovlari, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi hamda ularni to‘liq elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi, bundan davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno;
b) 2022-yil 1-iyuldan boshlab ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablag‘lar, shtat birliklari to‘ldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar bo‘yicha reja bajarilmaganligi natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘larni chegirish har bir chorak yakuni bo‘yicha hisobot choragidan keyingi oyining 25 sanasiga qadar birinchi darajali va hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda ustuvor ravishda ish haqi va nafaqalar miqdorini, ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2022-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi jarayonida budjetdan ajratilgan mablag‘larning shtat birliklari to‘ldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar bo‘yicha reja bajarilmaganligi natijasida foydalanilmay qolgan qismini aniqlash va undan foydalanishni nazarda tutuvchi tartibini tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi budjet tashkilotlaridagi shtatlar soni, yaratilgan ish o‘rinlari, tuzilgan va bekor qilingan mehnat shartnomalari, xodimlarning oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limi hamda ularning toifa va malakasi, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirilgan holda Moliya vazirligining axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasidan foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur qarorga 3-ilovada ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasiga integratsiya qilinadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Inspeksiyani zarur bino bilan va uning hududiy boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari binolarida joylashishini ta’minlasin;
Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari foydalanayotgan tovar-moddiy boyliklari xatlovdan o‘tkazilib, Inspeksiya balansiga olinishini ta’minlasin, shu jumladan hududiy boshqarmalarining xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish me’yorlari saqlab qolinsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 186 | 11,105 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 5-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3-02, 01-02/8-44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil 25-mart, 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatidagi birinchi izohning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Olib kelinadigan texnologik jihozlarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi paytida olib kiritilayotgan texnologik jihozning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlovchi ishlab chiqaruvchi zavodning texnik pasporti yoki jihozlarni ular tomonidan ishlab chiqarilganligi, jumladan ishlab chiqarilgan yili to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ishlab chiqaruvchining hujjati taqdim etiladi.”.
2. Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi. | 176 | 1,590 |
Qonunchilik | AKSIONERLIK-TIJORAT “PAXTA-BANK”NI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, paxtachilikka va u bilan bog‘liq tarmoqlarga bank xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, ushbu sohada hisob-kitoblarni takomillashtirish va uning yangi shakllarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zdehqonchiliksanoatbank” respublika aksionerlik-tijorat banki muassislarining ushbu bank negizida aksionerlik-tijorat “Paxta-bank”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, “Paxta-bank” moliyaviy, mulkiy va boshqa majburiyatlar va talablar bo‘yicha “O‘zdehqonchiliksanoatbank”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. Quyidagilar “Paxta-bank”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarni va paxta yetishtirish hamda uni qayta ishlash bilan bog‘liq tashkilotlarni rivojlantirish uchun moliyaviy mablag‘larni jamlash;
paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga, paxta zavodlariga, paxtachilikka xizmat ko‘rsatuvchi o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning boshqa korxonalari va tashkilotlariga kompleks bank va valyuta-investitsiya xizmati ko‘rsatish;
paxta yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash va sotish bilan bog‘liq xo‘jaliklar va tashkilotlarga ular bilan fyuchers bitimlar tuzish orqali bo‘lg‘usi hosil hisobidan avans berish;
ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, shuningdek, xo‘jaliklar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi va berilgan kreditlarning qaytarilishi ustidan amaliy nazoratni ta’minlash;
veksellar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, aksiyalar va boshqa qiymatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
xo‘jaliklarda belgilangan tartibda “Paxta-bank”ning bo‘linmalarini tashkil etish yo‘li bilan bank xizmati ko‘rsatishni mijozlarga yaqinlashtirish;
kredit kartochkalari joriy etish va elektron bank xizmatlari ko‘rsatish.
3. “Paxta-bank” aksionerlariga o‘n kun muddatda belgilangan tartibda ta’sis yig‘ilishi o‘tkazish va bank Ustavini tasdiqlash taklif etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Paxta-bank”ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin va unga belgilangan tartibda tegishli litsenziya bersin.
Markaziy bankka “O‘zdehqonchiliksanoatbank” tomonidan ijaraga olingan xizmat binolarini qoldiq qiymat bo‘yicha haq to‘lash asosida “Paxta-bankka berish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. | 60 | 2,431 |
Qonunchilik | Mustaqillikning 30 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish boshlandi | Prezident tomonidan tegishli qaror 17 dekabr kuni imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etildi. Unga quyidagilar topshirildi:
Bayram sanasiga quyidagilar nazarda tutilgan:
Elmira Siraziyeva. | 66 | 326 |
Qonunchilik | 2018 yil mart oyi uchun pensiya va nafaqa toʻlovlari toʻliq moliyalashtirildi | Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2018 yil mart oyi uchun pensiya va nafaqalar boʻyicha toʻlovlarni moliyalashtirish hajmlari toʻgʻrisida хabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-son qarorini ijro etish, shuningdek 3,1 mln nafardan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pensiya va nafaqa toʻlovlarini oʻz vaqtida yetkazilishini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati tomonidan joriy yilning mart oyi uchun talab qilingan mablagʻlar 2018 yil 9 mart sanasiga qadar toʻliq moliyalashtirildi. | 77 | 604 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYALARI A’ZOLARINING GONORARLARI, DOKTORANTLAR VA ASPIRANTLARNING STIPENDIYALARI MIQDORINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA | Respublikaning ilmiy salohiyatini saqlash va mustahkamlash, ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish, yuqori malakali ilmiy xodimlar tayyorlash sifatini oshirish hamda olimlar, doktorantlar va aspirantlarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zosi va muxbir a’zosi unvoni uchun oylik gonorarlar, doktorantlar va aspirantlarning stipendiyalari miqdori shu yilning 1-dekabridan boshlab ilovaga muvofiq belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, unvonlar uchun gonorarlar va stipendiyalar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-iyuldagi 332-son va 1993-yil 7-iyundagi 274-son qarorlarning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining va tarmoq akademiyalarining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari unvonlari uchun gonorarlar miqdoriga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 149 | 1,116 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 136 | 370 |
Qonunchilik | Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
1. Migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining eng muhim vazifasi hisoblansin:
birinchidan — migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish respublika, o‘rta va quyi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibini o‘rnatish, bunda ularning asosiy vazifalari va funksiyalari aniq belgilanishi va taqsimlanishi, rahbarlar va xodimlarning zimmalariga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini nazarda tutish;
ikkinchidan — aholini pasportlashtirish, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish, unga kirish va unda bo‘lish, fuqarolikni qabul qilish, yo‘qotish va fuqarolikdan chiqish, siyosiy boshpana berish jarayonlarini tahlil qilish, baholash va prognoz qilishning ta’sirchan, soha faoliyatini samarali rejalashtirish va tashkil etishni ta’minlovchi mexanizmlarini joriy etish;
uchinchidan — migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida, shu jumladan boshqarilmaydigan navbatlar ta’siri ostida vujudga keladigan korrupsiya va vakolatni suiiste’mol qilish holatlariga barham berish;
to‘rtinchidan — pasport tizimi qoidalarini buzish, noqonuniy migratsiya faktlariga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni kompleks o‘rganish asosida ularning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish tizimini takomillashtirish;
beshinchidan — pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish, mazkur sohada hamkorlik to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvlarni amalga oshirish masalalarida vazirlik va idoralar bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
oltinchidan — xorijiy, avvalo O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tez-tez bo‘ladigan davlatlarning migratsiya sohasidagi qonunchiligini tizimli ravishda o‘rganish, tashqi migratsiya holatini doimiy tahlil qilish, mamlakat fuqarolariga qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro shartnomalarni tuzish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
yettinchidan — davlat xizmatlarini ko‘rsatishning shaffofligini ta’minlash va tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘z faoliyatida keng qo‘llash, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari faoliyatiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning hamda pasport tizimi masalalari bo‘yicha fuqarolar qabulini tartibga solishning bevosita aloqa qilinmaydigan muloqot shaklini ta’minlovchi elektron tizimini joriy qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
davlat xizmatlari, shu jumladan biometrik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtinchalik propiska olish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish, shuningdek manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartib-taomillarini ta’minlovchi elektron tizimni ishlab chiqsin va 2018-yil 1-maydan e’tiboran amalga kiritsin;
ikki oy muddatda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarini pasport tizimi masalalari bo‘yicha fuqarolar qabulini elektron tartibga solish uchun asbob-uskunalar va dasturiy ta’minot bilan bosqichma-bosqich jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tarkibida umumiy belgilangan shtatlar soni doirasida Elektron axborot tizimlari boshqarmasi tashkil etilsin, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
davlat xizmatlari, shu jumladan biometrik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, shuningdek manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning elektron tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;
doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish, unga kirish va unda bo‘lish, fuqarolikni qabul qilish, yo‘qotish va undan chiqish, siyosiy boshpana berish sohasida integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shuningdek axborot tizimlarining xavfsizligini va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash;
migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlarni aniqlash va fosh etish, qidiruv ishlarini olib borishda ko‘maklashish masalalarida idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshirish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralga qadar migratsiya sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarni tanqidiy o‘rgansin, tashqi migratsiya holatini chuqur tahlil qilsin va belgilangan tartibda quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin:
xorijiy, avvalo O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari son jihatdan eng ko‘p bo‘ladigan davlatlar hududida O‘zbekiston Respublikasining migratsiya sohasidagi vakolatli organlari vakolatxonalarini ochish va faoliyatini tashkil etish;
aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tish va ishga joylashishga ruxsat olish tartibini soddalashtirish orqali yaratish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2017-yil 1-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qaror talablariga muvofiq migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
pasport tizimi qoidalariga, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning respublika hududiga kirish, undan chiqish va unda bo‘lish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni, shu jumladan tuzilgan xalqaro shartnomalar doirasida mazkur sohada xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirish hamda tajriba almashish orqali kuchaytirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda chet el pasportini joriy etishning aniq bosqichlari, muddatlari, texnik shartlari va moliyaviy xarajatlarini nazarda tutgan holda chet el pasportini joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan ushbu qarorda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
11. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Bosh boshqarma) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — IIV) markaziy apparatining pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirishni va migratsiya jarayonlari monitoringini ta’minlovchi tarkibiy bo‘linmasidir.
2. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari;
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari).
4. Bosh boshqarma o‘z blankasiga va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘zining to‘liq nomi yozilgan muhriga ega, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan ta’sis etiladigan, Bosh boshqarma faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ramziga ega bo‘lishi mumkin.
5. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash sohasidagi faoliyatni tizimli va kompleks tahlil qilish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish;
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy ta’minlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish;
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash sohasidagi qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.
6. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq Bosh boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash sohasidagi faoliyatni tizimli va kompleks tahlil qilish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish sohasida:
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash sohasidagi axborotni talab qilib olish, baholash, umumlashtirish va tahlil qilish;
fuqarolardan va yuridik shaxslarning vakillaridan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va ularni hal etish bo‘yicha choralar ko‘rish;
kelgusi yilda pasportlashtirilishi lozim bo‘lgan fuqarolar sonini, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini, shuningdek migratsiya borasidagi boshqa masalalarni prognoz qilishni va rejalashtirishni tashkil etish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan birga profilaktik tadbirlar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tishning belgilangan tartibini buzishga moyil shaxslarni aniqlash, shuningdek qaytish guvohnomasi (sertifikati) asosida qaytgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yo‘qotib qo‘ygan pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-karta (yashash guvohnomasi) o‘rniga yangisini olish uchun murojaat etganlarida, ular bilan profilaktika suhbatlarini tashkil etish;
tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va tergov organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tish tartibini buzgan shaxslar haqidagi axborotni o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, aholi orasida pasport tizimi sohasidagi qonunchilikning talablarini tushuntirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
b) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning pasport tizimi va fuqarolik masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish;
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha ishlarini tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari manzil-ma’lumot byurolarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining chegara zonasiga kirish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish bo‘yicha ishini tashkil etish;
nomzodlarni tanlash bo‘yicha idoralararo komissiyaning qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijda mehnat faoliyatini yuritish uchun ruxsatnomalarni berish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish;
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishini rejali tekshirishlarni tashkil etish va o‘tkazish, ularning yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolikdan chiqish haqidagi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqarolikni qabul qilish haqidagi iltimosnomalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganlik bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish va zarur materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaga yuborish;
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, shu jumladan 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning xorijga vaqtincha va doimiy chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi maxsus kelishishni talab etadigan mansabdor shaxslarning xorijga vaqtincha chiqishi uchun hujjatlar rasmiylashtirish to‘g‘risidagi vazirlik va idoralarning iltimosnomalarini qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni taklif etish, qabul qilish (yashash) qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijda mehnat faoliyatini yuritish huquqini amalga oshirishida xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirib berish orqali ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarning chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning xususiy tartibda O‘zbekiston Respublikasiga kirishi uchun viza berishga ruxsat etilishi haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha qaror qabul qilish;
chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish rasmiylashtirilishini ta’minlash;
chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish va yashash guvohnomasi berish masalasini ko‘rib chiqish, shuningdek qonunda o‘rnatilgan tartibda ularni bekor qilish;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik xorijga chiqish hujjatlari berishni tashkil etish, xorijga vaqtinchalik va doimiy chiqish uchun hujjatlar rasmiylashtirish;
qarzdor jismoniy shaxslar va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolalarni qidirishda majburiy ijro organlari bilan hamkorlik qilish.
v) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining faoliyatini tashkiliy-uslubiy ta’minlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish sohasida:
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining faoliyatini o‘rganish, pasportlarni (yo‘l hujjatlarini), xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish va berish, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilishni rasmiylashtirish, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash;
uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar va sharhlar ishlab chiqish, shuningdek ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga pasportlar (yo‘l hujjatlari), xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish va berishda, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilishni rasmiylashtirishda, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berishda amaliy yordam ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan, shu jumladan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizasining amal qilish muddatini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchidan foydalanishda ish beruvchilarning pasport tizimi qoidalarini belgilovchi hujjatlarga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarining, shuningdek zimmalariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini nazorat qilishni rejalashtirish va amalga oshirish;
boshqa vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlarning va boshqa axborotlarning saqlanishini va axborot xavfsizligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning identifikatsiya raqamini (shaxsiy kodini) tasdiqlash;
respublikada va xorijda yo‘qolgan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalarning, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda bekor qilingan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalarning yagona ma’lumotlar bazasini yuritish;
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
g) ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etish, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish masalalarida ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari va davlat organlari bilan o‘rnatilgan tartibda o‘zaro axborot almashishni va tadbirlar o‘tkazishni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va boshqa organlar bilan fuqarolikni qabul qilish, yo‘qotish, fuqarolikdan chiqish, pasport va chegara rejimini mustahkamlash, aholi migratsiyasini hisobga olish, shuningdek xorijga chiquvchi va O‘zbekiston Respublikasiga kiruvchi shaxslarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
qidiruvdagi shaxslar, bedarak yo‘qolgan shaxslar va uzoq vaqt yashash joyida bo‘lmagan shaxslarning pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta ma’lumotlarini taqdim etish orqali ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish sohasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘linmalariga chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarni o‘z vaqtida hisobga qo‘yishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsini tasdiqlash bo‘yicha so‘rovlarini ijro etish;
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa vakolatli organlarning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish hujjatlari rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida axborot taqdim etish bo‘yicha so‘rovlarini ijro etish;
boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini yuritish huquqiga egaligi tasdiqlangan chet el fuqarolarining respublika hududida o‘rnatilgan pasport tizimi qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
sudlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish, uning hududidan tranzit o‘tish qoidalarini buzgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorlari ijrosini ta’minlash;
fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish masalalarida hamkorlikni tashkil etish;
d) qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ishlab chiqishda qatnashish;
migratsiya sohasida xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish, ilg‘or xorijiy va milliy tajribani ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari faoliyatiga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoniga, shu jumladan biometrik hujjatlarni olish, xorijga chiqish uchun materiallarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, shuningdek manzil-ma’lumot axborotlarini berish jarayoniga joriy etish va ulardan foydalanish;
pasport tizimi qoidalariga rioya etish muammolari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish va o‘tkazish, axborot materiallarini tayyorlash.
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
7. Zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Bosh boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, huquqni muhofaza qilish tuzilmalaridan va boshqa tashkilotlardan aholi migratsiyasi masalalari bo‘yicha statistik, tahliliy materiallarni so‘rash, talab qilish va olish;
davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida iltimosnoma berish tartibiga rioya etilishini tekshirish;
mehmonxonalarda va boshqa tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan pasport va viza rejimi qoidalariga rioya etilishini tekshirish;
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa tashkilotlarga aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan pasport va viza rejimini, shuningdek Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida iltimosnoma berish tartibini buzish hollarini bartaraf etish haqida taqdimnomalar kiritish;
pasport va viza rejimi qoidalarini buzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va mansabdor shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy jazo choralari qo‘llash;
javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida prokuratura, tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va tergov organlariga pasport tizimi, O‘zbekiston Respublikasiga kirish, undan chiqish va unda bo‘lish qoidalarini buzgan shaxslar haqida axborot taqdim etish;
migratsiya va pasport tizimi masalalari bo‘yicha qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni ishlab chiqish va ularni O‘zbekiston Respublikasi IIVga ko‘rib chiqish uchun kiritish.
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
8. Bosh boshqarma quyidagi majburiyatlarga ega:
o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish choralarini ko‘rish;
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining ish faoliyati haqidagi zarur ma’lumotlarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga taqdim etish.
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
9. Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
10. Bosh boshqarmaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
Bosh boshqarma boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan o‘rnatilgan tartibda lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bitta birinchi o‘rinbosarga ega.
11. Bosh boshqarma boshlig‘i:
Bosh boshqarma ishini tashkil etadi va faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlar lozim darajada bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
o‘zining o‘rinbosarlari o‘rtasida funksional majburiyatlarni taqsimlaydi, ularning zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Bosh boshqarmaning ish rejalarini tasdiqlaydi;
o‘zining vakolati doirasida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar chiqaradi va O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga farmoyishlar loyihalarini kiritadi:
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, boshqa lavozimga o‘tkazishni va ularning kasbiy tayyorgarligini, xizmat intizomiga rioya etishini tashkil qiladi, o‘rnatilgan tartibda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga o‘rnatilgan tartibda Bosh boshqarma xodimlariga maxsus unvonlar berish, ularni rag‘batlantirish, shu jumladan taqdirlash, ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Bosh boshqarma xodimlarini o‘rnatilgan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;
Bosh boshqarma xodimlariga o‘z vakolati doirasida ta’tillar beradi;
Bosh boshqarmada o‘rnatilgan tartibda safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
Bosh boshqarma bo‘linmalarida maxfiylik rejimi, shu jumladan axborotni texnik himoya qilish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilishi uchun javob beradi;
bevosita o‘zi va o‘rinbosarlari orqali migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining faoliyatini nazorat qiladi;
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari rahbarlarining hisobotini eshitadi;
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha xatti-harakatlarining qonuniyligi, shuningdek xodimlar tomonidan har bir qonuniylik buzilishi holatlari o‘rnatilgan tartibda tekshirilishini ta’minlaydi;
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining shtatlar sonini qayta taqsimlash haqida takliflar kiritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
12. Bosh boshqarma boshlig‘i yo‘qligida uning vazifasini birinchi o‘rinbosari bajaradi.
13. Bosh boshqarma xodimlari Bosh boshqarma boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, safdorlar tarkibi bundan mustasno.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari boshliqlari Bosh boshqarma boshlig‘i bilan kelishilgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi.
15. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari (bo‘linmalari) boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari) xodimlari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
16. Ish yuritish va maxfiylik rejimi bo‘yicha tadbirlar Bosh boshqarma tomonidan o‘rnatilgan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
17. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarini maxsus texnika va boshqa moddiy-texnik vositalar hamda mol-mulk bilan ta’minlash o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. | 158 | 32,322 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-706-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 31-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-706-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 158 | 694 |
Qonunchilik | RESPUBLIKANING QIShLOQ TUMANLARIDA ONALAR VA BOLALARNING REPRODUKTIV SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | “Barkamol avlod yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan va profilaktik sog‘liqni saqlashni yanada rivojlantirish, eng avvalo qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” maqsadli vazifani izchil amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining 2010 — 2016-yillarda qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollarni tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud bo‘lgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlarning maxsus komplekslari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
2010 — 2016-yillarda respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud bo‘lgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslari tarkibidagi vitaminlarning eng kam ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud bo‘lgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslarini xarid qilish, taqsimlash va ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud bo‘lgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslarini xarid qilish bo‘yicha Idoralararo tender komissiyasi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2010-yilda homilador ayollar uchun polivitaminlar kompleksini xarid qilish uchun ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga nazarda tutilgan xarajatlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga 8,0 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratsin.
2011 — 2016-yillarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari bo‘yicha respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud bo‘lgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlarning maxsus komplekslarini sotib olishga zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun olib kiriladigan, tarkibida, shu jumladan, foli kislotasi ham mavjud bo‘lgan 1-ilovaga kiritilgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslari 2017-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod qilinsin.
5. Polivitaminlarning maxsus komplekslari respublikaning qishloq tumanlaridagi homilador ayollar soniga, preparatlarning zarur tarzda transportda tashilishiga va saqlanishiga, ularning homilador ayollarga maqsadli ajratilishiga, shuningdek polivitaminlar komplekslaridan foydalanishning zarur tarzda hisobga olinishi va hisobot berilishiga qarab hududlar bo‘yicha asosli taqsimlanishini ta’minlash uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi polivitaminlar komplekslarini xarid qilishga ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini, shuningdek asosli va aniq tarzda taqsimlanishini, tuman tibbiyot birlashmalari va qishloq vrachlik punktlarigacha yetkazib berilishini, zarur tarzda omborga joylashtirilishi va saqlanishini, homilador ayollarga aniq tarzda ajratilishini muntazam ravishda tekshirib borsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi ommaviy axborot vositalari, shu jumladan mahalliy televideniye, radio va gazetalar orqali homilador ayollarning reproduktiv salomatligini va ularning bo‘lajak farzandlari salomatligini mustahkamlash uchun polivitaminlar komplekslarini qabul qilishning muhimligi to‘g‘risida aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etsinlar.
7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari respublikaning qishloq tumanlarida homilador ayollar salomatligini mustahkamlashga va aholining tibbiy madaniyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yoritilishiga har tomonlama ko‘maklashsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan hamda respublikaning qishloq tumanlarida, shu jumladan shahar tipidagi posyolkalarda yashaydigan homilador ayollar uchun tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud bo‘lgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlarning maxsus komplekslarini (keyingi o‘rinlarda “polivitaminlar komplekslari” deb ataladi) xarid qilish, taqsimlash, ajratish, hisobga olish va ulardan foydalanilganligi to‘g‘risida hisobot berish tartibi va mexanizmini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi har yili joriy yilning oktyabr oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yilda homilador ayollarning kutilayotgan soni hamda mintaqalar va qishloq tumanlari bo‘yicha polivitaminlar komplekslariga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
3. Bir homilador ayolga polivitaminlar komplekslariga bo‘lgan ehtiyoj uni homiladorlikning 5 oyi mobaynida polivitaminlar komplekslari bilan ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi.
4. Polivitaminlar komplekslarini xarid qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tender asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “O‘zbektenderkonsalting” agentligi tender komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
5. Har yili O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari 2010 — 2016-yillarda polivitaminlar komplekslarini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
6. Tender savdolari faqat qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan polivitaminlar komplekslariga e’lon qilinishi mumkin.
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda tender savdolariga qo‘yiladigan polivitaminlar komplekslarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida klinik qo‘llash tajribasi kamida 2 (ikki) yil bo‘lishi kerak.
7. Tender savdolari shartlari tovarni ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchining polivitaminlar komplekslari iste’mol o‘ramiga “Sotish man etiladi” degan yozuvni yozish va har bir o‘ramga qo‘llash bo‘yicha davlat tilidagi yo‘riqnomani ilova qilish majburiyatini nazarda tutishi kerak.
8. Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan keyin mintaqalar bo‘yicha polivitaminlar komplekslarini omborga joylashtirish va taqsimlashni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
9. Polivitaminlar komplekslari mintaqalargacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi.
10. Mintaqalarda polivitaminlar komplekslari omborga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari davolash muassasasining dorixona omborlaridan birida joylashtiriladi va saqlanadi.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatadigan komissiyalar polivitaminlar komplekslarini tumanlar, qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari bo‘yicha taqsimlaydilar.
12. Polivitaminlar komplekslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari davolash muassasasi dorixona omboridan tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan yetkazib beriladi.
13. Polivitaminlar komplekslarini tumanlarda omborga joylashtirish va saqlash tuman tibbiyot birlashmasining kasalxona ichki dorixonasida amalga oshiriladi.
14. Polivitaminlar komplekslari tuman tibbiyot birlashmasining kasalxona ichki dorixonasidan qishloq vrachlik punkti va uning filialining moddiy javobgar shaxsi tomonidan yetkazib beriladi.
15. Polivitaminlar komplekslari qishloq vrachlik punkti va uning filialining katta tibbiyot hamshirasi xonasida saqlanadi.
16. Etkazib berish va omborga joylashtirishning har bir bosqichida polivitaminlar komplekslarini berish tegishli tovar hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.
17. Polivitaminlar komplekslari faqat respublikaning qishloq tumanlarida, shu jumladan shahar tipidagi posyolkada yashaydigan ayollarda homiladorlik aniqlangandan keyin tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi tomonidan tayinlanadi.
18. Polivitaminlar komplekslari tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi tomonidan homiladorlik aniqlangan paytdan boshlab quyidagi sxema bo‘yicha tayinlanadi:
birinchi bosqichda — homiladorlik aniqlangandan keyin birinchi uch oyda har bir ayolga 60 kun mobaynida qabul qilish hisobidan kelib chiqib polivitaminlar kompleksi beriladi. So‘ngra homiladorlikning keyingi ikki oyi mobaynida polivitaminlar komplekslarini qabul qilish to‘xtatilishi zarur;
ikkinchi bosqichda — ikki oylik tanaffusdan so‘ng har bir ayolda homiladorlikning keyingi 90 kuni mobaynida qabul qilish hisobidan kelib chiqib polivitaminlar kompleksi beriladi.
19. Polivitaminlar komplekslari berilishi hisobi tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi tomonidan homilador ayolning ambulatoriya kartasiga yozuvni qayd etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
20. Homilador ayol maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish jurnaliga polivitaminlar komplekslari olinganligi to‘g‘risida imzo chekadi.
21. Homiladorlik to‘xtatilgan taqdirda ayolga polivitaminlar kompleksini berish to‘xtatiladi.
22. Polivitaminlar komplekslari berilishini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish maxsus jurnallarda tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi va qishloq vrachlik punkti filialining moddiy javobgar o‘rta tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
23. Polivitaminlar komplekslaridan foydalanishni hisobga olish va hisobot berish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladi.
24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari hisobot beriladigan yil choragidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga polivitaminlar komplekslari taqsimlanishi va ajratilishi bo‘yicha hisobot taqdim etadilar.
25. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi polivitaminlar komplekslarini xarid qilishga ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni, shuningdek ularning asosli va aniq tarzda taqsimlanishini, yetkazib berilishi va homilador ayollarga ajratilishini tizimli asosda tekshirib boradi.
26. Polivitaminlar komplekslari maqsadli ajratilishi va ulardan foydalanish uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tuman tibbiyot birlashmalariga yuklanadi. | 142 | 12,065 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan o‘tkazishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-y | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoniga muvofiq hamda qurilish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan o‘tkazishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 6-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri A.X. Tuxtayev zimmasiga yuklansin. | 250 | 1,226 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ALOHIDA MUHIM VA TOIFALANGAN OBYEKTLARIDA QO‘RIQLAShNING TEXNIK VOSITALARINI LOYIHALAShTIRISh, MONTAJ QILISh, SOZLASh, TA’MIRLASh VA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh IShLARINI BAJARIShGA RUXSATNOMA BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NI | O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga qat’iy amal qilsinlar, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan nizomga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlasinlar.
3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish tartibi va asoslarini (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) belgilaydi.
2. Aniqlash vositalari, obyektga kirishni nazorat qilish va boshqarish vositalari, aniqlash vositalari hamda obyektga kirishni nazorat qilish va boshqarish vositalaridan olingan axborotni to‘plash, qayta ishlash va aks ettirish vositalari, aloqa va xavfni bildirish-chaqirish signalizatsiyasi vositalari, telekuzatish vositalari, kabel tarmoqlari va boshqa kommunikatsiyalar, nostandartlashtirilgan asbob-uskunalar, yordamchi vositalar (qo‘riqlashning texnik vositalari elektr ta’minoti tizimi, qo‘riqlovchi yoritish) qo‘riqlashning texnik vositalari hisoblanadi.
3. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi o‘rinlarda maxsus vakolatli organ deb ataladi) tomonidan rasmiylashtirilgan ruxsatnomaga ega bo‘lmagan yuridik shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziyaga (keyingi o‘rinlarda litsenziya deb ataladi) ega bo‘lgan yuridik shaxslarga rasmiylashtirilishi mumkin.
5. Ruxsatnoma olish uchun yuridik shaxs maxsus vakolatli organga:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, u joylashgan joy (pochta manzili), yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan qo‘riqlash, loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishning texnik vositalari turlari ko‘rsatilgan ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani;
tegishli hujjatlarni (sertifikatlar va malaka toifasi berilganligi, oxirgi uch yilda malaka oshirish va maxsus tayyorgarlik kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risidagi boshqa hujjatlar) ilova qilgan holda har bir xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, pasportining seriyasi va raqami, yashash joyi va ma’lumoti, yuridik shaxsning shtatida egallab turgan lavozimi va mutaxassislik bo‘yicha ish stajini ko‘rsatgan holda xodimlarning malaka tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
oxirgi uch yilda qo‘riqlash signalizatsiyalarini va texnik qo‘riqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Maxsus vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomlardan ko‘chirma;
shtatda:
psixik kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya yoki alkogolizm bilan bog‘liq holda dispanser hisobida turgan;
ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan;
qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan xodimlar yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (tegishli tibbiyot muassasalari va hududiy ichki ishlar organlaridan berilgan ma’lumotnomalar ilova qilingan holda).
6. O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
7. Maxsus vakolatli organ 30 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular asosida ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
8. Ruxsatnoma olish uchun yuridik shaxslarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
yuridik shaxsda kamida uchta sanoat (ishlab chiqarish) obyektida yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni va texnik qo‘riqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sohasida kamida uch yillik ish tajribasi mavjudligi;
yuridik shaxsning shtatida tegishli ixtisoslashuv bo‘yicha (yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni va texnik qo‘riqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish) ixtisosli tayyorgarlikka va kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan kamida uch nafar xodim mavjudligi.
9. O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda shaxslarning quyidagi toifalarini:
doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni;
xorijiy shaxslarni yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni;
psixik kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya yoki alkogolizm bilan bog‘liq holda dispanser hisobida turgan shaxslarni;
ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan shaxslarni;
qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslarni yollashga yoki ishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Ruxsatnomaning amal qilish muddati yuridik shaxsning arizasiga muvofiq belgilanadi, biroq litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
11. Ruxsatnoma berilgandan keyin maxsus vakolatli organ yuridik shaxsni berilgan ruxsatnomalar reyestriga kiritadi.
12. Quyidagi hollarda:
zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan yoki hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda;
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
yuridik shaxs va uning xodimlari ushbu Nizomning 4, 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmaganda ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin.
13. Yuridik shaxsga ruxsatnoma berishni rad etish asoslanishi va yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak.
14. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda yuridik shaxs aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin ruxsatnoma olish uchun takroran murojaat qilish huquqiga ega.
15. Maxsus vakolatli organ quyidagi asoslar bo‘yicha:
yuridik shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari sifatsiz bajarilganda;
O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bir necha marta buzilganda yoki ularga rioya qilinmaganda;
litsenziya muddati tamom bo‘lganda;
yuridik shaxs ruxsatnomaning amal qilishini muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan yoki qayta tashkil etish natijasida uning faoliyati to‘xtatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan boshlab, uni o‘zgartirish bundan mustasno;
ruxsatnoma amal qilish davrida ruxsatnoma berish rad etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlanganda berilgan ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish huquqiga ega.
16. Ruxsatnomaning amal qilishi to‘xtatilishi to‘g‘risidagi yozma shaklda zarur tarzda rasmiylashtirilgan qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida yuridik shaxsga yuboriladi.
17. Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obyektlarni, ularning idoraviy mansubligini, o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari turlari va sonini ko‘rsatgan holda alohida muhim va toifalangan obyektlarda qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
18. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi ma’lumotlar manfaatdor shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va yozma so‘rov bo‘yicha ulardan ko‘chirma sifatida taqdim etiladi.
19. Yuridik shaxs qayta o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda maxsus vakolatli organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
20. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar yuridik shaxs unda ko‘rsatilgan faoliyat turini oldin berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiradi.
21. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda maxsus vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
22. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishda yuridik shaxs oldin berilgan ruxsatnomani maxsus vakolatli organga qaytaradi.
23. Yo‘qotilgan yoki amal qilish muddati tamom bo‘lmagan, biroq yaroqsiz holga kelgan ruxsatnoma o‘rniga yuridik shaxsning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
24. Dublikat berishda yangi ruxsatnomada “Dublikat” belgisi qo‘yiladi, shuningdek oldingi ruxsatnomada belgilangan amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
25. Ishlarning bajarilishini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
26. Ushbu Nizomni buzganlik uchun aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. | 250 | 11,864 |
Qonunchilik | Bosh buхgalterning mehnati qanchaga baholanadi? | Bugungi kunda 10–15 million soʻm ish haqi oladigan bosh buхgalterlar kam emas. Shu bilan birga, bir million soʻm atrofida maosh oladiganlari ham bor. «Balans plyus» konsalting kompaniyasi bosh direktori Olga Igamratova bosh buхgalterlarning mehnat haqi miqdori haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Qaysi maosh qoniqarli hisoblanadi?
Bosh buхgalter – nafaqat tashkilotning eng muhim boʻlinmalaridan biriga rahbarlik qiluvchi, balki qoʻl ostidagilar orasida taqsimlab berilmagan butun ish hajmini bajaruvchi mutaхassis.
Bosh buхgalter qancha maosh olishi kerak? Bu savolga aniq javob berib boʻlmaydi, hammasi uning ish hajmiga qarab belgilanadi. Quyidagi omillar nuqtai nazaridan qarab, muayyan mutaхassis mehnatiga munosib haq toʻlanayotgani haqida хulosaga kelish mumkin:
Ish beruvchi ikkita qurilish firmasiga хizmat koʻrsatish uchun oyiga 800 ming soʻmdan ortiq maosh taklif etsa – bu kamlik qilishi aniq. Kadrlar agentliklari tadbirkor bilan hamkorlik qilmay qoʻyadilar.
Shu bilan birga, aytaylik, yangi ish boshlagan, hozircha kundalik sotish hajmi oʻrta hisobda 20 chashka qahvadan oshmayotgan qahvaхonaga хizmat koʻrsatadigan mutaхassisga 400 ming soʻm maosh taklif etsalar, uni munosib deb hisoblash mumkin. Bunda bosh buхgalter hamma ishni uyda bajaradi, ish beruvchi bilan uchrashish va tegishli organlarga hisobotlarni topshirish uchun oyiga ikki-uch soat sarflaydi.
Bosh buхgalter kerak
Boʻsh ish oʻrinlari taklif etiladigan aksariyat saytlardagi aхborotga koʻra, bugungi kunda ish beruvchi bosh buхgalterga 2 mln soʻmdan 8 mln soʻmgacha toʻlashga tayyor. 5 mln soʻmgacha boʻlgan ish haqi toʻlash taklifi juda koʻp uchraydi. Aksariyat hollarda talabgorni besh-olti toʻliq ish kuni, oylik oboroti bir necha milliard soʻmni tashkil etadigan, soliq solishning soddalashtirilgan chizmasini qoʻllovchi korхona kutadi. Ish hajmiga qarab, bosh buхgalterga yordamchilar tayinlanishi mumkin. Masalan, iste’molchilar va yetkazib beruvchilar bilan koʻp shartnoma tuziladigan korхonada yetkazib beruvchilar bilan ishlovchi buхgalter boʻladi va hokazo.
Ish yuklamasini aniqlashda ish хronometraji, ya’ni topshirilgan ish hajmini bajarish uchun mutaхassisga zarur boʻladigan vaqt muhim oʻrin tutadi. Bosh buхgalter butun hajmni uddalay olmagan holda yordamchilar koʻzda tutiladi.Shuningdek ish hajmi kam boʻlganda nomzodga ushbu kasb vakillariga хos boʻlmagan boshqa ishni yuritishni taklif etishlari mumkin. Koʻpincha kadrlar ishini yuritish, hamkorlar bilan shartnomalar tuzish va boshqa ishlar yuklatiladi. Kelgusida tushunmovchilik yuzaga kelmasligi uchun suhbat chogʻida boʻlajak ishning barcha jihatlarini kelishib olish tavsiya etiladi.
Mehnat taqsimoti nuqtai nazaridan Xalqaro sifat menejmenti standartlariga qat’iy muvofiqlikda ishlovchi korхonalar juda jozibali koʻrinadi.
Ish haqi 10 mln soʻm va undan yuqori boʻlgan bosh buхgalterlarni asosan kadrlar agentliklari yordamida topadilar. Ushbu mutaхassislarga katta talab qoʻyiladi. Da’vogar faqatgina zimmasiga yuklatilgan barcha teхnik ishlarni bajara oladigan buхgalter boʻlishi kerak emas. Ushbu mutaхassislar koʻpincha buхgalteriya hisobi va soliq solishni maqbullashtirish masalalari boʻyicha rahbarning ishonchli maslahatchisi rolini bajaradilar.
Nomzodga qoʻyiladigan talablar
Barcha bosh buхgalterlar muvofiq kelishi shart boʻlgan muayyan minimum mavjud, uni zamon talabi taqozo etadi. Mutaхassis buхgalteriya hisobini, shu jumladan oʻziga хos, korхonaning faoliyat sohasi (umumiy ovqatlanish, ulgurji savdo, chakana savdo, qurilish va h.k.) bilan bogʻliq boʻlgan Oʻzbekiston qonunchiligini bilishi shart. Bosh buхgalter soliq va statistika hisobotlarini tuzish va topshirishni, kompaniya hisob siyosatini shakllantirishni bilishi zarur. Tashqi iqtisodiy faoliyat jadallashgani bois hatto ushbu ishga qoʻl urmoqchi boʻlgan korхonalar ham TIF sohasida ishlay oladigan mutaхassislarni ishga qabul qilishni afzal koʻrmoqdalar. 1S: buхgalteriya, ofis dasturlarini bilish, «Bank-mijoz» dasturi bilan ishlay olish prinsipial talab sanaladi. Ayrim vakansiyalarda oʻzbek va rus tilini bilish talab etiladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yoki faol tashqi iqtisodiy faoliyat yuritiladigan korхonalarda хorijiy tillarni bilish talab qilinishi mumkin.
Da’vogarlarda ish stajining mavjudligi asosiy talablardan biri hisoblanadi. Buхgalteriya sohasidagi uch va undan ortiq yillik ish tajribasi optimal variant sanaladi.
Ish beruvchi nomzodni tanlashi uchun chiroyli rezyumening oʻzi yetarli emas. Odatda, ish beruvchi maхsus servislar yordamida nomzodni sinovdan oʻtkazishga harakat qiladi. bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimi ana shunday dasturlardan biri hisoblanadi.
Koʻp ish beruvchilar nomzodning tashqi koʻrinishiga e’tibor beradilar. Ish beruvchi uchun nomzodning ruhan yetukligi muhim ahamiyatga ega, bu jamoada ishlay olishi, qoʻyilgan vazifalarga ishonch bilan erishishida qoʻl keladi.
Oleg Gayevoy suhbatlashdi. | 47 | 4,914 |
Qonunchilik | Irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish uchun subsidiyalar qanday beriladi | Qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplab berish tartibi tasdiqlandi (24.02.2020 yildagi 109-son VMQga qarang).
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 17.06.2019 yildagi PF-5742-son Farmoni bilan qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini (keyingi oʻrinlarda - ob’yektlar) qurish va rekonstruksiya qilish uchun talab etilayotgan mablagʻlar, 2019-2029 yillardagi Investitsiya dasturi doirasida davlat byudjetidan melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ravishda ajratilishi belgilangan. Respublikaning har bir hududi boʻyicha 2020-2030 yillarda tumanlar (shaharlar) kesimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
Hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ob’yektlarning manzilli roʻyхati 1 fevralga qadar shakllantiriladi hamda Suv хoʻjaligi vazirligida 1 aprelga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan roʻyхat 15 aprelga qadar OAVda hamda Suv хoʻjaligi vazirligining veb-saytlarida joylashtiriladi.
Bunday loyihalarni amalga oshirishni хohlovchilar (respublika fuqarolari, qishloq хoʻjaligi korхonalari, rezidentlar) investitsiya shartnomasi yoki davlat-хususiy sheriklik (DXSh) toʻgʻrisida bitim tuzib, ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga doir хarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya olishlari mumkin. Mazkur holatda Davlat byudjetidan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq хarajatlarning 50%i, biroq 50 BHMdan (subsidiya) oshmagan holda biryoʻla qoplanadi Xarajatlarning qolgan qismi investorning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Investitsiya shartnomasida yoki DXSh toʻgʻrisidagi bitimda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Loyiha tashabbuskori ishlar yakunlanganidan keyin subsidiya olish uchun Suv хoʻjaligi vazirligining hududiy organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Kelib tushgan hujjatlar 3 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va Suv хoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladi, u yerda хuddi shunday muddatda хarajatlarning bir qismini qoplash uchun mablagʻlar loyiha tashabbuskorining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2020 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 83 | 2,476 |
Qonunchilik | Transchegaraviy hamkorlikda mahalliy vakillik organlarining rolini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 266-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Quyidagilar transchegaraviy hamkorlikning eng dolzarb masalalarini hal qilishda mahalliy hokimiyat vakillik organlari xalqaro faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi va qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi transchegaraviy hamkorlikni turli ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy sohalarida rivojlantirishga yo‘naltirilgan mahalliy dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
preventiv diplomatiyasini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi va qo‘shni mamlakatlarning transchegaraviy hududlarida yashovchi aholi o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik hamda do‘stlik aloqalarini rivojlantirish;
manfaatdor davlat organlari, ishbilarmon doiralar va aholi guruhlari, shu jumladan, davlat chegaralari bilan ajratilgan etnik jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish, qo‘shni mamlakatlarda yashayotgan yoki mehnat qilayotgan vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash;
O‘zbekiston Respublikasi, uning transchegaraviy hududlarida joylashgan organlari, tashkilotlari, muassasalari hamda qo‘shni mamlakatlarning tegishli subyektlari o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’muriy aloqalarni mustahkamlash, transport, energetika, suv, kommunal, ekologik, transchegaraviy favqulodda vaziyatlar, ijtimoiy-demografiya, gumanitar va boshqa dolzarb muammolarni birgalikda hal etish;
transchegaraviy hududlarda terrorizm, qurol-yarog‘ va giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasi, boshqa uyushgan jinoyatchilikning ko‘rinishlari, shuningdek, millatchilik, shovinizm, etnik hamda diniy ekstremizm, separatizm, millatlararo keskinlik o‘choqlarining birgalikda oldini olish va bartaraf etishga ko‘maklashish;
hududdagi fuqarolarning transchegaraviy shikoyatlari va o‘zaro masalalarini mahalliy miqyosda tezkor bilan hal etilishini ta’minlash.
Xorijiy mamlakatlar qo‘shni hududlarining vakillik organlari bilan hamkorlik quyidagi shakllar va usullarda amalga oshirilishi tavsiya etilsin:
chegara sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuvlar, maslahatlashuvlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar bilan transchegaraviy hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolash;
qo‘shni davlatlar yoki ularning tashkilotlari bilan birga transchegaraviy hamkorlik dasturlari doirasida, shu jumladan, chegara hududlarida sanitariya-epidemiologik vaziyatni o‘rganish, kasalliklar statistikasini olib borish, chegara bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishiga oid loyihalarni amalga oshirish;
ijtimoiy-madaniy sohalarda, shu jumladan, sport musobaqalarini tashkil etish, madaniy tadbirlar (ko‘rgazma, yarmarka va festivallar)ni birga o‘tkazish, turizmning turli yo‘nalishlarini (madaniy turizm, ekoturizm) rivojlantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar o‘tkazish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Kuchkarov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga ikki oy muddatda respublikaning chegaradosh hududlari transchegaraviy hamkorlik imkoniyatlarini kompleks ravishda o‘rganib, O‘zbekiston Respublikasining transchegaraviy hamkorlik konsepsiyasi va mazkur konsepsiyani amalga oshirishga oid chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) loyihalarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar, viloyat Kengashlariga transchegaraviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
transchegaraviy masalalarga bag‘ishlangan uchrashuvlar hamda maslahatlashuvlar tashkil etish va o‘tkazish, transchegaraviy hamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzolash masalalariga oid takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga;
chegaradosh mamlakatlarning qo‘shni hududidagi vakillik organlari bilan transchegaraviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish tashabbuslarini O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha tuzilgan hukumatlararo komissiyalarga;
transchegaraviy hamkorlikda mahalliy vakillik organlarining vakolatlarini kengaytirish, mazkur vakolatlarni amalga oshirish mexanizmini milliy qonunchilikda mustahkamlashni nazarda tutuvchi tashabbuslarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Vazirlar Mahkamasiga;
O‘zbekiston Respublikasi vakillik organlari bilan transchegaraviy hamkorlikni amalga oshirishning huquqiy bazasini, tashkiliy-institutsional shart-sharoitlarini yaqinlashtirish va unifikatsiyalash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligiga kiritish tavsiya etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh hududlaridagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga qo‘shni davlatlar hududidagi vakillik organlari bilan transchegaraviy hamkorlikni o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi va qo‘shni mamlakatlarning chegaraviy hududlari bo‘ylab eksport, import va tranzit tovarlarni o‘tkazish, shu jumladan, davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarini jihozlash, transport infratuzilmasi, bojxona omborxonalari, terminallarni shakllantirish, O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarning ishlab chiqarish hamda ijtimoiy bazasidan samarali foydalanish uchun huquqiy sharoitlar yaratish;
transchegaraviy hududlarda aholining erkin harakatlanish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga, chegara postlaridan o‘tish qoidalarini soddalashtirishga, chegaradosh hududlarda mehnat bozorini shakllantirishga va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi transchegaraviy hududlarda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish va transchegaraviy xaraktyerga ega bo‘lgan falokatlarga samarali ta’sir o‘tkazish maqsadida transchegaraviy mamlakatlar bilan tezkor hamkorlik o‘rnatish uchun huquqiy asoslarni ishlab chiqish va tasdiqlash choralarini ko‘rsin.
7. Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi:
O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan mamlakatlarning qo‘shni hududlardagi mahalliy vakillik organlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga yo‘naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
mahalliy vakillik organlarining transchegaraviy hamkorlik sohasidagi vakolatlarini qonun doirasida aniq belgilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqsin;
transchegaraviy hamkorlikka doir xalqaro qonunchilikni qayta ko‘rib chiqib, bu borada manfaatli xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish borasida vakolat doirasida choralar ko‘rib borsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha tuzilgan hukumatlararo komissiyalar tarkibiga O‘zbekistonning chegara hududidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlarini kiritish tavsiya etilsin.
Ushbu Qaror ijrosi bo‘yicha ma’lumotni joriy yilning 1-avgustiga qadar Senatga taqdim etsin.
9. Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida umumlashtirilgan axborotni joriy yil 25-avgustga qadar Senat Kengashiga kiritsin.
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 108 | 8,331 |
Qonunchilik | “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 22-fevralda qabul qilingan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 245 | 803 |
Qonunchilik | Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 11-iyuldagi 77, 2008-33-son va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2008-yil 26-iyundagi 13-son qarori (ro‘yxat raqami 1842, 2008-yil 15-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y, 34- son, 337-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. 8-bandning uchinchi va oltinchi xatboshilaridagi “Davsug‘urtanazoratni degan so‘z “Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 13-bandning birinchi xatboshisidagi “Davsug‘urtanazorat” degan so‘z “Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 171-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“171. Sug‘urtalovchi tomonidan:
mas’ul shaxslarning ro‘yxatini;
o‘zining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida hisobotni Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga taqdim etish muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda, —
sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.”.
6. VII2-bobning nomidagi “Moliya vazirligining” degan so‘zlar “Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 172-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining” degan so‘zlar “Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 18-bandda:
ikkinchi xatboshi ko‘yidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi kamchiliklar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida kamchiliklar tavsifi va jarima sanksiyalari miqdorini ko‘rsatgan holda tegishli xulosa tayyorlab mazkur Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan jarima sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qiladi”;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining” degan so‘zlar “Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 19-banddagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 20-banddagi “Moliya vazirligiga” degan so‘zlar “Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 181 | 3,964 |
Qonunchilik | YHQni buzish holatlari boʻyicha telefon, video- va fotokameralar yozuvlari qabul qilinadi | Vazirlar Mahkamasining 20.09.2018 yildagi 747-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (11.11.2020 yildagi 713-son VMQga qarang).
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 iyuldan IIB tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarning avtomobillariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan YHQni buzish holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish boshlangan.
2021 yil 1 yanvardan boshlab videokuzatuv, tasvirga olish teхnik vositalari va mobil qurilmalar orqali qayd etilgan bunday yozuvlarni yuborish mumkin. Bunda tartib oʻzgartirilmaydi:
Bu – muhim! Yuqorida bayon etilgan tartib MJTKning 125–127, 1282, 1283, 131, 135, 1351, 136, 138–141, 1763 va 194-moddalarida koʻrsatilgan huquqbuzarliklarga tatbiq etilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.
Oleg Zamanov. | 89 | 811 |
Qonunchilik | Davlat dasturiga kiritilgan loyihalar qanday moliyalashtiriladi | Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 274-son qarori Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi (bundan keyin – Jamgʻarma) faoliyatini tartibga soladi.
Eslatib oʻtamiz, Jamgʻarma Prezidentning 18.12.2017 yildagi PQ-3437-son qarori bilan tashkil etilgan boʻlib, davlat dasturiga kiritilgan, shu jumladan mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan.
Jamgʻarma – mustaqil balansga, MBda hisob raqamlariga va shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega yuridik shaхs. Tarkibi Prezident tomonidan tasdiqlanadigan Kuzatuv kengashi boshqaruvning yuqori organi hisoblanadi.
Ijro etuvchi direksiya tuzilmasi belgilandi, unga muvofiq Jamgʻarma bir oy muddatda malakali kadrlar bilan toʻldiriladi. Shuningdek Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi tasdiqlanadi.
Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Jamgʻarma Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining taqdimnomasiga binoan taklif etilayotgan loyihalar boʻyicha hujjatlar turkumlarini koʻrib chiqadi va har yili 10 oktyabrgacha boʻlgan muddatda mablagʻlar tushumining prognoz hajmlarini hisobga olgan holda ularni davlat dasturlariga kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Ijro etuvchi direksiya davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar buyurtmachilariga tasdiqlangan moliyalash hajmlarini ular tomonidan joriy yilda loyihalar ob’yektlari roʻyхatini shakllantirish uchun yetkazadi. Loyihalar roʻyхati Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishiladi, shundan soʻng Moliya vazirligi, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamgʻarmalari tegishli shaхsiy gʻaznachilik hisobvaraqlarini ochadi hamda har bir loyiha boʻyicha хarajatlar smetasini Moliya vazirligining aхborot tizimiga kiritadi.
Jamgʻarmaning moliyaviy hisobotlari nufuzli auditorlik tashkilotlari jalb etilgan holda, har yili mustaqil tashqi auditdan oʻtkaziladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.07.2018 yildan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 63 | 2,290 |
Qonunchilik | Senat 5-yalpi majlisga 19 iyun kuni yigʻiladi | Parlament yuqori palatasining 11 iyun kuni boʻlib oʻtgan majlisida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Yalpi majlisda videokonferensaloqa shaklida oʻtkaziladi. Tasdiqlangan kun tartibiga bir qator qonun hujjatlari kiritilgan:
birinchidan, “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi, “Ov qilish va ovchilik хoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi toʻgʻrisida”gi, “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlar, shuningdek:
ikkinchidan, “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga, Jinoyat-ijroiya kodeksiga va boshqa ayrim qonun hujjatlariga tuzatishlar.
Shuningdek, senatorlar adliya vazirining aхboroti va Samarqand viloyati hokimining hisobotini eshitadilar hamda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar haqida parlament soʻrovlari yuborish masalasi koʻrib chiqadilar: | 45 | 837 |
Qonunchilik | “SIQISh KOMPRESSOR STANSIYASI QURISh BILAN DENGIZKO‘L GAZNI DASTLABKI TAYYORLASh QURILMASI (GDTQ)NI REKONSTRUKSIYA QILISh” INVESTITSIYa LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Dengizko‘l konidan gaz kondensati qazib olish samaradorligini oshirish, gaz va kondensatning qoldiq zaxiralarini yanada to‘liq chiqarib olish, tovarbop gazning sifati xalqaro standart talablariga mos bo‘lishini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
“Siqish kompressor stansiyasi qurish bilan Dengizko‘l GDTQni rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari belgilangan tartibda tasdiqlangan;
“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi tomonidan tanlov savdolari o‘tkazilgan va asosiy texnologik uskunalarni olib kelish uchun jami 24,26 mln. yevroga teng miqdorda kontrakt tuzilgan;
ushbu loyihani amalga oshirish uchun “O‘zbekneftgaz” MXKga 17,1 mln. dollar miqdorida kredit berish shartlari Koreya taraqqiyot banki bilan kelishib olingan.
2. Belgilansinki, loyihani moliyalashtirish:
“O‘zbekneftgaz” MXKning ekvivalenti 22,99 mln. dollarga teng shaxsiy mablag‘lari hisobidan;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 1 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 6 yil bo‘lgan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,5%li marjasini qo‘shganda yillik 2,5 %li stavka bilan AT “O‘zsanoatqurilishbank” orqali qayta moliyalashtiriladigan 22,8 mln. dollar miqdoridagi krediti hisobidan;
Koreya taraqqiyot bankining 1,5 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 5 yil bo‘lgan, yillik 6,5 %li stavka bilan “O‘zKDB Bank” YoAJ orqali beriladigan 17,1 mln. dollar miqdoridagi krediti hisobidan amalga oshiriladi.
“O‘zbekneftgaz” MXK qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishga hamda loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi. Kreditlarni uzish va ularga foizlarni to‘lash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar “O‘zbekneftgaz” MXKning o‘z valyuta mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Siqish kompressor stansiyasi qurish bilan Dengizko‘l GDTQni rekonstruksiya qilish” loyihasining TIAsi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga* muvofiq;
“O‘zKDB Bank” yopiq aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekneftgaz” MXK orqali beriladigan, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining AT “O‘zsanoatqurilishbank” hamda Koreya taraqqiyot banki orqali qayta moliyalashtiriladigan kreditlari bo‘yicha asosiy qarzni uzish va foizlar to‘lashning prognoz jadvallari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Koreya taraqqiyot banki mazkur loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan undiriladigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi AT “O‘zsanoatqurilishbank” bilan birgalikda berilayotgan qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin
6. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ushbu loyiha bo‘yicha loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazishni ta’minlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin. | 191 | 3,159 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi | Vazirlar Mahkamasining 30.09.2021 yildagi «Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 616-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Mehnat institutining faoliyati Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek hujjatda belgilanishicha, 2021 yil 31 dekabrga qadar quyidagilar ishlab chiqiladi:
2021 yil 1 noyabrdan boshlab Mehnat instituti tomonidan quyidagilar shakllantiriladi va yuritiladi:
Qarorga muvofiq Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasidagi Davlat mehnat inspeksiyasi tizimida tajriba-sinov tariqasida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni oʻrganish hamda hal qilishga koʻmaklashish markazi tashkil etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 63 | 986 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 2-martdagi “Temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2815-son Farmoniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 2-martdagi “Temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2815-son Farmonining 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. | 216 | 595 |
Qonunchilik | Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq va tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda davlat xizmatlari deb ataladi) ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari hisoblansin:
davlat xizmatlari ko‘rsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularni ko‘rsatish muddatlarini tubdan qisqartirish;
yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishini bekor qilish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro yaqin idoralararo elektron hamkorlik o‘rnatish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish;
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yagona axborot maydonchasi sifatida belgilash.
2. Quyidagilar tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin:
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq.
3. Belgilansinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladilar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi va davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan boshqa davlat organlari:
o‘n kun muddatda — davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarni amalda qo‘llashning samaradorligi va amalda qo‘llanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda Yagona billing tizimi orqali real vaqt rejimida elektron shaklda to‘lovlar qabul qilinishini hamda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobi yuritilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni ko‘llasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Belgilab qo‘yilsinki, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Reglament suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
11. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suv qatlamlari) va sun’iy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek, buloqlar va boshqa obyektlar;
er usti suvlari — yer qobig‘ining ustida joylashgan suvlar;
suv iste’moli (suvni iste’mol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan xolda foydalanish;
suv iste’molchisi — o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan xolda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishni, shu jumladan, suvni olishni va oqova suvlarni oqizib yuborishni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) tatbiq etiladi.
Ikki va undan ortiq suv olish inshoatlari bitta tizimga ulangan va bir obyektning suv ta’minoti uchun yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ishlatilganda yagona ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Agar jismoniy va yuridik shaxslarning suv olish inshoatlari bir tizimga ulanmagan xollarda yoki ikki va undan ortiq obyektlarning suv ta’minoti uchun ishlatilganda alohida ruxsatnomalar olinadi.
Ushbu Reglament talablari kommunal suv quvurlari va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan foydalanishga jismoniy shaxslar tomonidan sutkasiga 5 m3gacha suvdan umumiy foydalanilganda tatbiq etilmaydi.
3. Ruxsatnoma olmasdan suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish taqiqlanadi.
4. Ruxsatnoma berish jarayonini amalga oshirishda:
a) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari (tabiiy suv obyektlari suvlaridan foydalanilganida yoki iste’mol qilinganida, yer osti suvlaridan tashqari), suv xo‘jaligi organlari (sun’iy suv obyektlari suvlaridan foydalanilganida yoki iste’mol qilinganida) (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) ruxsatnomani tayyorlaydi va beradi;
b) suv xo‘jaligi organlari (tabiiy suv obyektlari suvlaridan foydalanilganida yoki iste’mol qilinganida), sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari (ichimlik suv ta’minoti maqsadlari uchun suv olinganda) (keyingi o‘rinlarda — kelishuvchi organlar) o‘zlarining idoraviy mansubligiga qarashli ruxsatnomani kelishadi.
5. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli va kelishuvchi organlar o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
6. Ruxsatnomani berish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
7. Ariza beruvchilar ruxsatnomalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
8. O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
So‘rovnomaga ushbu Reglamentga 3a — 3i-ilovalarga muvofiq hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish qat’iyan taqiqlanadi.
9. Ariza beruvchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
10. Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
11. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar to‘liq vakolatli organning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablag‘lar to‘liq vakolatli organning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
12. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan holatlarda ilova qilinishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda Davlat xizmatlari markazi uning so‘rovnomasini ko‘rmasdan qoldiradi. Bunda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
14. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni vakolatli organga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
15. Vakolatli organ so‘rovnoma tushganidan so‘ng besh ish kuni mobaynida tegishlicha Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yoki Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan shakllar bo‘yicha ruxsatnoma loyihasini tayyorlaydi, uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi va uni ilovalar bilan birgalikda kelishuvchi organlarga yuboradi yoki elektron shaklda ruxsatnoma loyihasini tayyorlashni rad etadi.
16. Kelishuvchi organlar ruxsatnoma loyihasini olganlaridan so‘ng besh ish kuni mobaynida ruxsatnoma loyihasini ko‘rib chiqadilar, kelishadilar yoki kelishishni rad etadilar.
17. Ruxsatnoma loyihasi kelishilgan kuni kelishuvchi organ uni vakolatli organga elektron shaklda yuboradi.
18. Vakolatli organ kelishilgan ruxsatnoma tushgan kundan boshlab uni uch ish kuni mobaynida elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
O‘zi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma tushganidan so‘ng bir soat mobaynida unga o‘zining muhrini bosib, ariza beruvchiga beradi.
19. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi ruxsatnoma loyihasini tayyorlash hamda kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Boshqa asoslar bo‘yicha va qonun hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilmasdan ruxsatnoma loyihasini tayyorlash hamda kelishishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Ariza beruvchi ruxsatnoma berilishi rad etilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun yig‘imni to‘lamagan holda ruxsatnoma olish uchun takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Ruxsatnoma berish masalasini takroran ko‘rib chiqishda vakolatli va kelishuvchi organlar tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
20. Ariza beruvchining tashabbusi bilan ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib qo‘yish, qayta tiklash, tugatish O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsatnomalar berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari inobatga olingan holda ushbu Reglamentda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Ruxsatnomani ishlab chiqish va berish, shuningdek, uni kelishish to‘lov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilishi bundan mustasno.
22. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli va kelishuvchi organlar o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi kerak.
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
24. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
25. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Xo‘jalik faoliyati (ishlab chiqarishning maqsadi, quvvati, texnologik sikllar), suvni muhofaza qilishning holati, suvni chiqarib tashlash, tozalash inshootlarining tarkibi va ishi, oqova suvlarni qabul qiluvchining tavsifi, ishlaydiganlar va bir yildagi ish kunlarining soni, obodonlashtirish darajasi, sug‘oriladigan yerlar maydonlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2. Foydalaniladigan suv obyektlarining, suv olish inshootlarining quvvati va texnika bilan jihozlanganligi (nasos agregatlari va yordamchi inshootlar) va suvni tozalash va tayyorlash stansiyalari (ichimlik, texnik, kanalizatsiyaga oid), ro‘yxatga olingan suv ayirmalari nuqtalari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati.
3. Manbalar (er usti, shahar suv quvurlari, shahar kanalizatsiyasi, joyning relyefi) bo‘yicha suvdan foydalanish yoki suv iste’moli, oqova suvlarni oqizib yuborishning loyihadagi yoki normativ-hisoblangan rejasi.
4. Suv obyektlari yoki joy relyefiga oqova suvlar tashlanadigan manba va tashlama suv resurslarining miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
5. Tozalash inshootlari ishi ustidan laboratoriya nazoratini hamda oqova suvlar bilan birga oqizib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni hisobga olishning tashkil etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot (yuridik shaxslar uchun).
6. Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha mo‘ljallangan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumot.
7. Suv ta’minoti hamda oqova va yomg‘ir suvlarini kanalizatsiyalash sxemasi.
1. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, tuman irrigatsiya bo‘limlari ro‘yxati. Suv xo‘jaligi obyektlarining asosiy tavsiflari (uzunligi, eng ko‘p suv sarfi, suv taqsimlash inshootlarining soni va nomi, filtrlanishga qarshi tadbirlar, foydali ish koeffitsiyenti). Gidrotexnika inshootlarining texnik jihozlanganligi va loyihadagi quvvati.
2. Havza boshqarmasi xizmat ko‘rsatadigan sug‘oriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari to‘g‘risida ma’lumot.
3. Irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmog‘ining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar bo‘yicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
4. Havza boshqarmasi foydalanadigan kollektor-drenaj tarmog‘i suvlarining sarfi va minerallashuvi darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
5. Irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmog‘ining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni hisobga olish tadbirlari rejasi.
1. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, tuman irrigatsiya tizimlari ro‘yxati. Suv xo‘jaligi obyektlarining asosiy tavsiflari (uzunligi, suv sarflashning eng ko‘p miqdori, suv ayirgichlarning soni va nomi, filtrlanishga qarshi tadbirlar, foydali ish koeffitsiyenti). Gidrotexnika inshootlarining texnika bilan jihozlanganligi va loyihadagi quvvati.
2. Suv ombori (gidrouzeli)dan foydalanish boshqarmasi xizmat ko‘rsatadigan sug‘oriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari to‘g‘risidagi ma’lumot.
3. Irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmog‘ining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar bo‘yicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
4. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni hisobga olish tadbirlari rejasi.
1. Korxona balansida bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining ro‘yxati, ularning texnik tavsiflari (uzunligi, suv o‘tkazish quvvati, gidrotexnika inshootlarining, shu jumladan suv ayirgichlarning soni va nomi, filtrlanishga qarshi tadbirlar, kanallar va irrigatsiya tizimining foydali ish koeffitsiyenti).
2. Boshqarma tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tuman irrigatsiya bo‘limlari ro‘yxati.
3. Boshqarma tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan sug‘oriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari to‘g‘risidagi ma’lumot.
4. Suv obyektining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar bo‘yicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
5. Boshqarma foydalanadigan kollektor-drenaj tarmog‘i suvlarining sarflanishi va minerallashuvi darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
6. Irrigatsiya tizimi va xo‘jalik sug‘orish tarmog‘ining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, drenaj suvlarini oqizib yuborishni kamaytirish va ularning sifatini yaxshilash tadbirlari rejasi.
1. Korxona balansida bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining ro‘yxati, ularning texnik tavsiflari (uzunligi, suv o‘tkazish quvvati, gidrotexnika inshootlarining, shu jumladan suv ayirgichlarning soni va nomi, filtrlanishga qarshi tadbirlar, kanallar va irrigatsiya tizimining foydali ish koeffitsiyentlari).
2.Xizmat ko‘rsatiladigan suv iste’molchilari uyushmalarining, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining ro‘yxati.
3. Bo‘lim tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan sug‘oriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari to‘g‘risidagi ma’lumot.
4. Tumanlar xizmat ko‘rsatadigan qishloq xo‘jaligi ekinlari zonalarining gidromodul rayonlari va sug‘orish rejimlari to‘g‘risidagi ma’lumot.
5. Suv obyektining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar bo‘yicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
6. Bo‘lim tomonidan foydalaniladigan kollektor-drenaj tarmog‘i suvlarining sarfi va minerallashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
7. Irrigatsiya tizimi va xo‘jalik sug‘orish tarmog‘ining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, drenaj suvlarini oqizib yuborishni kamaytirish tadbirlari rejasi.
1. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi balansidagi sug‘orish nasos stansiyalari va sug‘orish quduqlari ro‘yxati, suv olish manbai nomi va ularning joylashgan joyi, suv olish asosiy parametrlari, suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanganligi, xizmat ko‘rsatiladigan sug‘oriladigan maydon, shuningdek, xizmat ko‘rsatish zonasidagi suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari soni.
2. Nasos stansiyalari boshqarmasi balansidagi meliorativ nasos stansiyalari va vertikal drenaj quduqlari ro‘yxati, suv olish manbai va suv qabul qilgichning nomi, suv olish joylari, asosiy parametrlari, suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanganligi, xizmat ko‘rsatiladigan sug‘oriladigan (melioratsiyalanadigan) maydon, shuningdek, xizmat ko‘rsatish zonasidagi suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari soni.
3. Xizmat ko‘rsatiladigan magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suv omborlari boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiya, uning meliorativ tizimlari, tuman irrigatsiya bo‘limlari, suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari ro‘yxati.
4. Manbalar bo‘yicha suvdan foydalanuvchilarning hisob-kitob rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
5. Boshqarma tomonidan foydalaniladigan kollektor-drenaj tarmog‘i suvlarining sarfi va minerallashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
6. Suv resurslarini hisobga olishni tashkil etish tadbirlari rejasi.
1. Meliorativ ekspeditsiya balansidagi meliorativ tizimlar va asosiy kollektorlar, gidrotexnika inshootlari, shu jumladan, gidropostlar, meliorativ tarmoq, suv qabul qilgichlarning ro‘yxati, ularning asosiy texnik tavsiflari (nomi, uzunligi, suv o‘tkazish quvvati, kollektor-drenaj tarmog‘i, o‘rtacha ko‘p yillik kollektor-drenaj oqimlari, kollektor-drenaj suvlarining minerallashuvi va hokazo).
2. Meliorativ ekspeditsiyasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari ro‘yxati.
3. Meliorativ ekspeditsiya tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xaritasi, meliorativ holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4. Suv olishning va meliorativ tizimlardan kollektor-drenaj suvlari tashlamalarining cheklangan hajmlari.
5. Kollektor-drenaj tarmog‘i suvlari sarfi va minerallashuvi haqidagi ma’lumotlar.
6. Meliorativ tizimning ishonchliligini oshirish, yerlarning meliorativ holati monitoringi, sizot suvlari hisobini yuritish, ularning sathlarini kamaytirish tadbirlari rejasi.
1. Xizmat ko‘rsatiladigan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining, ular maydonlari kattaligi ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati.
2. Uyushma tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan sug‘oriladigan erda joylashtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari haqidagi ma’lumot.
3. Sug‘orish tarmog‘ining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar bo‘yicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
4. Sug‘orish tarmog‘i foydali ish koeffitsiyentini oshirish, ularning texnik holatini yaxshilash, suv resurslarini hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish, drenaj suvlari tashlamalarini qisqartirish bo‘yicha tadbirlar rejasi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 14-iyundagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 40-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13, 30, 34 va 35-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QH, 2014-y. 43-son, 530-modda), shuningdek, unga 5, 8 va 11-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 44-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QH, 2014-y., 12-son, 138-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyundagi 430-son qaroriga ilovaning 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QH, 2017-y., 26-son, 592-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 49-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QH, 2017-y., 46-son, 1134-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 36-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi. | 117 | 27,049 |
Qonunchilik | “BIRJA KOTIROVKALARI (KIMOShDI SAVDOLARI) O‘RTAChA NARXLARINI BELGILASh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDAGI QAROR”NI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 17-son, 140-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 5- son, 57-modda) va 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 10-11-son, 60-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2004-yil 25-maydagi 77-son, 33-son, 01/24-32-son “Birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari) o‘rtacha narxlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1372, 2004-yil 22-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 25-son, 290-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 157 | 1,665 |
Qonunchilik | Limonchilikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi | Prezidentning 3.08.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-5207-son qarori qabul qilindi.
Hujjat limon koʻchatlarini yetishtirish va limon yetishtiruvchi issiqхona хoʻjaliklarini tashkil etishni jadal rivojlantirish, sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish hamda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan.
U bilan quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi:
Prezidentning 19.02.2020 yildagi PQ-4610-son qarorida 4-band 2021-2022 yillarda "Turonbank" ATB tomonidan moliyalashtirish hisobiga tashkil etiladigan limonzorlar maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari bilan toʻldirildi.
Yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni хarid qilish bilan bogʻliq hamda limon mevasini eksport qilish (temir yoʻl va aviatsiya transporti bilan) bilan bogʻliq хarajatlar subsidiya sifatida ularni yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga ham qoplab beriladi.
Yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni хarid qilish bilan bogʻliq хarajatlar har bir sotiхi uchun 300 ming soʻmdan oshmaydigan miqdori (ilgari - har bir gektar uchun 30 mln soʻmdan oshmaydigan miqdorda) subsidiya sifatida Bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
7-band хatboshi bilan toʻldirildi, unga muvofiq Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi "Turonbank" ATBga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilgan 357,8 mlrd soʻm ekvivalentidagi qoldiq mablagʻlarni jamgʻarmaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yoʻnaltiriradi.
Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 73 | 1,777 |
Qonunchilik | 2012 YIL UChUN DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 12-son, 219-modda) 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. 2012-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari 1—165-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2010-yil 15-noyabrdagi 1-mb-sonli “2011-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2164, 2010-yil 16-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 50-son, 478-modda) 2012-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror 2012-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Tijorat banki faoliyati to‘g‘risida hisoboti (1-ilova);
Tijorat banki faoliyati to‘g‘risida hisoboti (2-ilova);
Tijorat banki tomonidan berilgan investitsiya kreditlari va lizing to‘g‘risida hisoboti (2/1-ilova);
Aholi omonatlari to‘g‘risida hisoboti (3-ilova);
Aholi omonatlari to‘g‘risida hisoboti (4-ilova);
Kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar to‘g‘risida hisoboti (5-ilova)
Sug‘urta tashkiloti faoliyati to‘g‘risida hisoboti (6-ilova);
Pul mablag‘larining ishlatilishi to‘g‘risida hisoboti (7-ilova);
Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida hisoboti (8-ilova);
Korxona xarajatlari to‘g‘risida hisoboti (9-ilova);
Korxonaning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisoboti (10-ilova);
Ishlab chiqaruvchilarni sanoat tovarlari narxlari to‘g‘risida hisoboti (11-ilova);
Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o‘rtacha narxlari to‘g‘risida hisoboti (12-ilova );
Avtomobil transporti korxonalarida yuk tashish tariflari to‘g‘risida hisobot (13-ilova);
Temir yo‘l transportida yuk tashish tariflari to‘g‘risida hisoboti (14-ilova);
Havo transportida yuk tashish tariflari to‘g‘risida hisobot (15-ilova);
Quvur yo‘li transportida yuk tashish (uzatish) tariflari to‘g‘risida hisobot (16-ilova);
Aloqa xizmati tariflari to‘g‘risida hisobot (17-ilova);
Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar va konstruksiyalar narxlari to‘g‘risida hisoboti (18-ilova);
Texnik ko‘mak mablag‘lari — grantlar olinishi, taqsimlanishi, ulardan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risida hisoboti (19-ilova);
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy texnik ko‘mak— grant mablag‘larini olinishi, ulardan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risidagi (20-ilova);
Muruvvat yordami olinishi va undan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risida hisoboti (21-ilova);
Eksport-import muomalalari bo‘yicha valyuta mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisoboti (22-ilova);
Xizmatlar eksporti-importi to‘g‘risida hisoboti (24-ilova);
Xizmatlar eksporti-importi to‘g‘risida hisoboti (24/1-ilova);
Tovarlar eksporti-importi to‘g‘risida hisoboti (25-ilova);
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida hisoboti (26-ilova);
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida hisoboti (27-ilova);
Sanoat korxonalarining mahsulot yetkazib berish va moddiy resurslarni olishga shartnomalar tuzishining borishi yuzasidan so‘rov (27/1-ilova);
Kooperatsiya birjasida tuzilgan shartnomalar doirasida tayyor mahsulot, butlovchi qism va materiallar yetkazib berilishining borishi to‘g‘risida hisobot (27/2-ilova);
Nosanoat tashkilotlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi to‘g‘risida hisoboti (28-ilova);
Nosanoat tashkilotlar balansidagi elektr stansiyasi (elektr generator qurilmalari) ishi to‘g‘risida (28/1-ilova)
Ishlab chiqarish quvvatining balansi (29-ilova);
Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish to‘g‘risida hisoboti (30-ilova);
Yoqilg‘i yetkazish va uning tushish manbalari to‘g‘risida hisoboti (31-ilova)
Gazning kelib tushish manbalari va uning taqsimoti hisoboti (31/1-ilova);
Neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish va taqsimoti to‘g‘risida hisoboti (33-ilova);
Elektr energiya manbalari va taqsimoti, elektr stansiyalari (elektr generator qurilmalari) ishi to‘g‘risida hisoboti (34-ilova);
Elektr energiya manbalari va taqsimoti to‘g‘risida hisoboti (34/1-ilova);
Paxta xomashyosini qayta ishlash to‘g‘risida hisoboti (36-ilova) (konditsion vazni, namligi va ifloslanganligi bo‘yicha)
Paxta xom — ashyosini qayta ishlash natijalari to‘g‘risida hisobot (36/1-ilova);
Paxta tolasi ishlab chiqarish va yuklab jo‘natish to‘g‘risida (37-ilova);
Paxta tolasi harakati to‘g‘risida hisoboti (38-ilova);
Paxta chigitini ishlab chiqarish va yuklab jo‘natish to‘g‘risida hisoboti (39-ilova);
Texnik paxta chigiti kelib tushishi va uni qayta ishlash to‘g‘risida hisoboti (40-ilova);
Paxta xom-ashyosi xaridi to‘g‘risida hisobot (41-ilova);
Don xaridi to‘g‘risida hisobot (42-ilova);
Pilla xaridi to‘g‘risida hisobot (43-ilova);
Qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyati to‘g‘risida hisobot (44-ilova);
Qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyati to‘g‘risida hisobot (45-ilova);
Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot (46-ilova);
Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot (47-ilova);
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot (48-ilova);
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot (49-ilova);
Mavjud qishloq xo‘jalik texnikalari to‘g‘risida hisobot (50-ilova);
Yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot (51-ilova);
O‘rmon parvarishi ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida hisoboti (52-ilova);
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida hisoboti (53-ilova);
Zaharli chiqindilar hosil bo‘lishi, foydalanilishi va ularning joylashtirilishi to‘g‘risida hisoboti (54-ilova);
Tabiatni muhofaza qilish joriy xarajatlari, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar to‘g‘risida hisoboti (55-ilova);
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha hisoboti (56-ilova);
Yerlarni rekultivatsiya qilish to‘g‘risida hisoboti (57-ilova);
Ovchilik xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisoboti (58-ilova);
Geologiya-qidiruv ishlarining bajarilishi to‘g‘risida hisobot (59-ilova);
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risida hisoboti (60-ilova);
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risida hisoboti (61-ilova);
Ijtimoiy sohaning ayrim obyektlarini ishga tushirish to‘g‘risida hisoboti (61/1-ilova);
Qurilish ishlarining bajarilishi to‘g‘risida hisoboti (62-ilova);
Qurilish ishlarining bajarilishi to‘g‘risida hisoboti (63-ilova);
Qurilish mashina va mexanizmlari mavjudligi to‘g‘risida hisobot (63/1-ilova);
Tugallanmagan qurilish holati to‘g‘risida hisobot (64-ilova);
Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi to‘g‘risida hisoboti (65-ilova);
Yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni ishga tushirish to‘g‘risida hisoboti (65/1-ilova);
O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisoboti (66-ilova);
O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisoboti (66/1-ilova);
Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar to‘g‘risida hisoboti (67-ilova);
Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar to‘g‘risida hisoboti (68-ilova);
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar to‘g‘risida hisoboti (68/1-ilova);
Chet el investitsiyalari va kreditlari va Tiklanish va taraqqiyot fondi mablag‘lari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisoboti (69-ilova);
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisoboti (70-ilova);
Birja faoliyati to‘g‘risida hisoboti (71-ilova);
Birja daromadi va xarajatlari to‘g‘risidagi hisoboti (71/1-ilova);
Bozorlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chorva mollari sotish to‘g‘risida hisoboti (72-ilova);
Korxona xarajatlari to‘g‘risida hisoboti (73-ilova);
Tovarlar sotish va qoldiqlar to‘g‘risida (74-ilova);
Ulgurji va chakana tovar aylanmasi to‘g‘risida hisoboti (75-ilova);
Ulgurji, chakana savdo va ovqatlanish korxonalaridagi omborxona tarmoqlari to‘g‘risida hisoboti (76-ilova);
Chakana savdo tarmoqlari to‘g‘risida hisoboti (77-ilova);
Aholiga pulli xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida hisoboti (78-ilova);
Aholiga pulli xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida hisoboti (78/1-ilova);
Aholiga pulli xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida hisoboti (78/2-ilova);
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar to‘g‘risida hisoboti (79-ilova);
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar to‘g‘risida hisoboti (80-ilova);
Lizing faoliyati bo‘yicha hisoboti (81-ilova);
Tabiiy, suyultirilgan gazdan foydalanish bo‘yicha hisoboti (82-ilova);
Suv quvuri inshootlari ishi to‘g‘risida hisoboti (83-ilova);
Kanalizatsiya ishi to‘g‘risida hisoboti (84-ilova);
Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida hisoboti (85-ilova);
Shahar aholi punktlarini obodonlashtirish to‘g‘risida hisoboti (86-ilova);
Ichimlik suvi bilan ta’minlash to‘g‘risida hisoboti (87-ilova);
Gazlashtirish to‘g‘risida hisoboti (88-ilova);
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati to‘g‘risida hisoboti (89-ilova);
Uy-joy fondi to‘g‘risida hisoboti (90-ilova);
Uy-joy olish uchun hisobda turgan va uy-joy olgan oilalar soni to‘g‘risida hisoboti (91-ilova);
Avtomobil transporti va xo‘jalik avtomobil yo‘llari uzunligi to‘g‘risida hisoboti (92-ilova);
Qatnov turlari bo‘yicha avtomobil transporti xizmati to‘g‘risida hisoboti (93-ilova);
Avtomobil transporti ishi to‘g‘risidahisoboti (94-ilova);
Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida hisoboti (95-ilova);
Avtomobil transportida xalqaro yuk tashishlar to‘g‘risida hisoboti (96-ilova);
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari to‘g‘risida hisoboti (97-ilova);
Qatnov turlari bo‘yicha umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti xizmati to‘g‘risida hisoboti (98-ilova);
Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hisoboti (99-ilova);
Umumiy foydalanilmaydigan temir yo‘l transporti to‘g‘risida hisoboti (100-ilova);
_________________transporti to‘g‘risida 1) hisoboti (tramvay, metropoliten, trolleybus) (101-ilova);
____________________ transporti to‘g‘risida1) hisoboti (tramvaynom, metropolitennom, trolleybusnom) (102-ilova);
____________________ transporti to‘g‘risida1) (tramvaynom, metropolitennom, trolleybusnom) hisoboti (102/1-ilova);
Mavjud havo kemalari to‘g‘risida hisoboti (103-ilova);
Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmati to‘g‘risida hisoboti (104-ilova);
Havo kemalarining so‘nggi qatnov manziliga yetib kelishi to‘g‘risida hisoboti (104/1-ilova);
Havo transportida yo‘lovchi va yuk tashish to‘g‘risida hisoboti (105-ilova);
Quvur yo‘li transporti xizmati to‘g‘risida hisoboti (106-ilova);
Quvur yo‘li transporti faoliyati to‘g‘risida hisoboti (107-ilova);
Suv transporti faoliyati to‘g‘risida hisoboti (108-ilova);
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida hisoboti (109-ilova);
Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish to‘g‘risida hisoboti (110-ilova);
Aloqa vositalari va xizmatlari to‘g‘risida hisoboti (111-ilova);
Telefon aloqasi texnik vositalari to‘g‘risida hisoboti (112-ilova);
Umumta’lim maktabining 2012/2013 o‘quv yili boshiga hisoboti (113-ilova);
Umumta’lim maktabining pedagog xodimlari soni va tarkibi to‘g‘risida 2012/2013 o‘quv yili boshiga hisoboti (113/1-ilova);
2012-yilda o‘rta umumta’lim maktabini bitirgan yoshlarning kelgusi o‘qish joylari bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida hisobot (114-ilova);
2012/2013 o‘quv yili boshiga akademik litsey, kasb -hunar kollejlari hisoboti (115-ilova);
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini 2012-yilda tugatgan bitiruvchilarning bandlik turlari bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida hisobot (115/1-ilova)
2012/2013 o‘quv yili boshiga oliy ta’lim muassasasining hisoboti (116-ilova);
Oliy ta’lim muassasalarini 2012-yilda tugatgan bitiruvchilarning bandlik turlari bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida hisobot (116/1-ilova);
Oliy toifali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash to‘g‘risida hisoboti (117-ilova);
Maktabgacha ta’lim muassasasining hisoboti (118-ilova);
Maktabdan tashqari ta’lim muassasasining hisoboti (119-ilova);
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan va yetim bolalar uchun ta’lim muassasasining hisoboti (120-ilova);
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar va o‘smirlarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha hisoboti (121-ilova);
Kutubxona faoliyati to‘g‘risida hisoboti (122-ilova);
Klub turidagi madaniyat muassasalarining hisoboti (123-ilova);
Muzey faoliyati to‘g‘risida hisoboti (124-ilova);
Teatr faoliyati to‘g‘risida hisoboti (125-ilova);
Konsert tashkilotlari va sirk jamoalari faoliyati to‘g‘risida hisoboti (126-ilova);
Hayvonot bog‘i, botanika bog‘i, madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyati to‘g‘risida hisoboti (127-ilova);
Film ishlab chiqarish to‘g‘risida hisoboti (128-ilova);
Ommaviy axborot vositalarida olingan va maqsadli foydalanilgan beg‘araz ko‘mak mablag‘lari to‘g‘risidagi hisoboti (129-ilova);
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan va ketgan shaxslar soni to‘g‘risida hisoboti (130-ilova);
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida hisoboti (131-ilova);
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha hisoboti (132-ilova);
Maxsus sport ta’lim muassasalari bo‘yicha hisoboti (133-ilova);
Ilmiy-texnikaviy ishlarning bajarilishi to‘g‘risida hisoboti (134-ilova);
Innovatsiya faoliyati to‘g‘risida hisoboti (134/1-ilova);
Innovatsiya faoliyati to‘g‘risida hisoboti (135-ilova);
Pensionyerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar to‘g‘risida hisobot (136-ilova);
Ishlayotgan pensionyerlar to‘g‘risida hisoboti (136/1-ilova);
Nogironlar va qariyalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida hisoboti (137-ilova);
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalari faoliyati to‘g‘risida hisoboti (138-ilova);
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalari faoliyati to‘g‘risida hisoboti (138/1-ilova);
Statsionar faoliyati to‘g‘risida hisoboti (139-ilova);
Davolash-profilaktika muassasalari faoliyati to‘g‘risida hisoboti (140-ilova);
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik to‘g‘risida hisoboti (140/1-ilova);
Tibbiyot muassasalari faoliyati to‘g‘risida hisoboti (141-ilova);
Profilaktik emlashlar to‘g‘risida hisoboti (142-ilova);
Ayrim yuqumli va parazitar kasalliklar to‘g‘risida hisoboti(143-ilova);
Xavfli o‘sma kasalliklari to‘g‘risida hisoboti (144-ilova);
Sil kasalliklari to‘g‘risida hisoboti (145-ilova);
Teri-tanosil kasalliklari to‘g‘risida hisoboti (146-ilova);
Ruhiy-asab va axloq buzilishi kasalliklari to‘g‘risida hisoboti (147-ilova);
Narkologik kasalliklar to‘g‘risida hisoboti (148-ilova);
Davolash muassasasi xizmat ko‘rsatadigan hududda yashovchi bemorlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasalliklar soni to‘g‘risida hisoboti (149-ilova);
Homilador, tug‘adigan va tuqqanlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, homiladorlikni to‘xtatish va kontratsepsiya vositalaridan foydalanish to‘g‘risida hisoboti (150-ilova);
Bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida hisoboti (151-ilova);
Mutaxassislik bo‘yicha tibbiy xodimlar to‘g‘risida hisoboti (152-ilova);
Sog‘lomlashtirish muassasalari faoliyati to‘g‘risida hisoboti (153-ilova);
Qonni OITVga tekshirish natijalari to‘g‘risida hisoboti (154-ilova);
Odam immun tanqisligi virusi bilan kasallangan bemorlar to‘g‘risida hisoboti (155-ilova);
Nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari faoliyati to‘g‘risida hisoboti (156-ilova);
Nogironlik sabablari to‘g‘risida hisoboti (157-ilova);
Tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy o‘zgarishlari to‘g‘risida hisoboti (158-ilova);
Mehnat hisoboti (159-ilova);
Mehnat hisoboti (160-ilova);
Mehnat sharoitlari ahvoli va ishlab chiqarishda shikastlanganlik to‘g‘risida hisoboti (160/1-ilova);
Korxonalarning oliy ma’lumotli va o‘rta maxsus, kasb— hunar ta’limi mutaxassislari bilan ta’minlanganligi va ularga bo‘lgan istiqboldagi ehtiyoji to‘g‘risida ma’lumot (160/2-ilova);
Boshqaruv organi xodimlari soni to‘g‘risida hisoboti (160/3-ilova);
Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida hisoboti (160/4-ilova);
Belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan bank mijozlari hisob raqamlari to‘g‘risida hisoboti (161-ilova)
Faoliyat ko‘rsatmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan hamda ixtiyoriy tugatish jarayonida bo‘lgan korxonalar to‘g‘risida hisoboti (162-ilova);
Korxona xo‘jalik faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hisoboti (163-ilova);
Notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risida hisoboti (164-ilova);
Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti (165-ilova);
Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti (165/1-ilova);
Mikrofirma va kichik korxona hisoboti (165/2-ilova);
Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti (165/3-ilova);
Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonaning faoliyati to‘g‘risida hisoboti (165/4-ilova);
Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonaning faoliyati to‘g‘risida hisoboti (165/5-ilova);
Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonaning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hisoboti (165/6-ilova);
Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti (165/7-ilova);
Aholiga pullik tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyati to‘g‘risida hisoboti (165/8-ilova);
Aholiga pullik tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyati to‘g‘risida hisoboti (165/9-ilova);
Aholiga pullik tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyati to‘g‘risida hisoboti (165/10-ilova);
Aholiga pullik tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyati to‘g‘risida hisoboti (165/11-ilova);
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida hisoboti (165/12-ilova);
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida hisoboti (165/13-ilova);
Atrof muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida hisobot (165/14-ilova);
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida hisoboti (165/15-ilova);
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida hisoboti (165/16-ilova); | 76 | 18,416 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi “Inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5877-son Farmoni va 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4354-son Farmoni 6-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son Farmonida:
a) 5-bandning oltinchi xatboshisidagi “Mikrokreditbank” ATB” so‘zlari “AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) 6-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2019-yil 31-dekabrga qadar o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishga beriladigan imtiyozli mikrokreditlarning foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizini, aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorini tashkil etadi”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari va “Ustoz-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeyi va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish, aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun beriladigan kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan holda 18 oy muddatga, bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravaridan oshmagan miqdorda beriladi.
2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha kreditlar tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladi.
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmonida:
a) 2-bandda:
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tijorat banklari orqali yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun 2019-yil 31-dekabrga qadar — yillik 7 foiz stavkada, 2020-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda kredit va mol-mulkni lizingga berish”;
b) 11-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamg‘arma tijorat banklariga Davlat dasturi doirasida taqdim etiladigan kredit va mol-mulkni lizingga berishni moliyalashtirish uchun 2019-yil 31-dekabrga qadar — yillik 5 foiz stavkada, 2020-yil 1-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda, 2021-yil 1-yanvardan esa O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilanadigan shartlarda moliyaviy resurslarni ajratadi”;
uchinchi xatboshidagi “imtiyozli kreditlar” so‘zi “kreditlar” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kreditlar va mol-mulkni lizingga berish AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali amalga oshiriladi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi PF-5785-son Farmonining 3-band ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mehnat migrantlariga — xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun bir bank kuni davomida tez rasmiylashtirilgan holda eng kam talab qilinadigan hujjatlar (pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi) asosida 2 mln. so‘m miqdorida bir yil muddatga 2019-yilda taqdim etilayotgan kredit foiz stavkasining 50 foizi miqdoridagi tijorat bankining marjasini o‘z ichiga olgan holda 10 foizlik stavkada 2020-yil 1-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda mikroqarzlar berish”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1112-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2973-son qarorining 9-bandi ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3317-son qarori 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“o‘ninchi, barcha turdagi kreditlarning qaytarilmasligi xatarlarini sug‘urtalash (kredit va lizing operatsiyalari bo‘yicha tadbirkorlik xatarini sug‘urtalash) shartnomalari bo‘yicha kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3603-son qarori 13-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladi.
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qarorining 7-bandida:
birinchi xatboshi “2019-yil 31-dekabrgacha” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2020-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlariga pul mablag‘lari berish va tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishning yangi tartibi o‘rnatiladi”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarori 9-bandining “b” kichik bandida:
ikkinchi-uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yilgacha muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan 2019-yilning 31-dekabriga qadar yillik 7 foizlik stavkada, bankning 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda kreditlar ajratish uchun resurslarni “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga joylashtirish. 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi;
“Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga mablag‘larni “Tomorqa xizmati” MChJni kreditlash uchun resurslar sifatida 2 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yilning 31-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida, bankning yillik 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda taqdim etish. 2020-yil 1-yanvardan boshlab mablag‘larni taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa, tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmini qo‘llash imkoniyati bilan beriladi”.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3694-son qarori 1-bandi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3701-son qarori 3-bandida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdoridan oshmaydigan stavka bo‘yicha” so‘zlari “tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-son qarori 9-bandida:
birinchi xatboshidan “imtiyozli” so‘zi chiqarib tashlansin;
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi “eng kam ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladi.
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi”.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3856-son qarori 6-bandida:
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) mikrokreditlar:
bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 3 yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan;
2019-yil 31-dekabrga qadar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkada;
2020-yil 1-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida;
2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda ajratiladi.
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi”;
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3892-son qarori 6-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maxsus hisobvaraq mablag‘lari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan madaniyat va san’at sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga, jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan, 2019-yil 31-dekabrga qadar yillik 7 foiz stavkada, 2020-yil 1-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda ajratiladi.”
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarori 4-bandida:
ikkinchi xatboshi “taraqqiyot jamg‘armasi” so‘zlaridan keyin “,AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladi”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi;”
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-son qarori 4-bandida:
uchinchi xatboshidagi “imtiyozli” so‘zi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maxsus o‘qitish dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlar orasidan tegishli tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yil 31-dekabrgacha yillik 8 foizli stavkada, 2020-yil 1-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda hamda hududlarda aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni kreditlash tartibi asosida kreditlar ajratiladi;
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB hamda “Agrobank” ATBga har yili ajratiladigan 100 milliard so‘m miqdoridagi resurs mablag‘lari kredit mablag‘larining manbai bo‘lib hisoblanadi. Mazkur resurs mablag‘larining kamida 50 foizi qishloq joylarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yo‘naltiriladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi;”.
18. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi 318-son qarorida:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Tijorat banklariga kompensatsiya qilish mexanizmini qo‘llagan holda, imtiyozli davr bilan, kreditning asosiy summasi o‘quv yurtini bitirgandan keyin qaytariladigan kreditlar berish tavsiya etilsin”;
b) ilovada:
5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“talabalarning qolgan toifalariga — 2020-yil 1-yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalari belgilanadi”;
8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-martdagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 74-son qarori 6-bandida:
birinchi xatboshi “shirkatlariga” so‘zidan keyin “2019-yil 31-dekabrga qadar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmini qo‘llash imkoniyati bilan beriladi”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-apreldagi “Yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 124-son qarori 5-bandi to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yosh oilalarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni, shu jumladan mebellar, maishiy texnika va uzoq muddat foydalaniladigan boshqa hayotiy muhim tovarlarni sotib olish uchun kreditlar 3 yilgacha bo‘lgan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha hajmda, 2020-yil 31-dekabrgacha — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan foiz stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladi”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi “Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 312-son qarori 1-ilovasida:
4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tegishli tuzilmalar jamg‘armalari”;
6-banddagi “eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-band quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“2020-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan sudyalar, sud organlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga ipoteka krediti berishning yangi tartibi o‘rnatiladi”.
22. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-yanvardagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi 15-son qarori 2-bandining o‘n ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 378-son qarorining 1-ilovasida:
3-band quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“2020-yil 1-yanvardan boshlab pul mablag‘larni taqdim etish va tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratishning yangi tartibi belgilanadi”;
9-bandda:
birinchi xatboshi “subyektlariga” so‘zidan keyin “2019-yil 31-dekabrgacha” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlashning yangi tartibi joriy etiladi”.
24. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 424-son qarori 1-bandi “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“foiz stavkasi — 2019-yil 31-dekabrga qadar kredit berish sanasida yillik 7 foiz. 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan”.
25. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 433-son qaroriga 3-ilovaning 17-bandida:
ikkinchi-uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 2019-yil 31-dekabrga qadar 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga resurslar joylashtirishga. 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi”;
“Tomorqa xizmati” MChJlarga kredit ajratish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga resurs sifatida 2 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida yillik 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda mablag‘lar taqdim etishga, 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni ajratish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan beriladi”.
26. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 631-son qarori 4-bandida:
birinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2021-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan bozor stavkalarida, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan beriladi”.
27. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 669-son qarorining 2-ilovasi 20-bandida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Tadbirkorlik subyektiga imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish tijorat banklari tomonidan 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga 12 oygacha imtiyozli davr bilan 2019-yil 31-dekabrgacha yillik 7 foiz stavkada (bunda tijorat banki marjasi 2 foizni tashkil etadi), 2020-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda belgilanadigan stavkalarda amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshidan “imtiyozli” so‘zi chiqarib tashlansin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi “2019-2020-yillarda suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish uchun sug‘orish quduqlarini qazishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1019-son qarorining 1-bandi birinchi xatboshisidan “imtiyozli” so‘zi chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-dekabrdagi “Sudyalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1036-son qarori 1-bandida:
birinchi xatboshidan “imtiyozli” so‘zi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“kredit bo‘yicha foiz stavkasi — 2019-yil 31-dekabriga qadar kredit berish sanasida amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda belgilanadigan stavkalarda, foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan”.
31. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 271-son qarori 2-ilovasida:
a) 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “shu jumladan, 3 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan oshmagan foizli stavka bilan” so‘zlari “bozor stavkalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “shu jumladan, 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan foizli stavka bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 26-bandda:
birinchi xatboshidagi “imtiyozli” so‘zi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “imtiyozli kreditlari” so‘zlari “kreditlari” so‘zi bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar tijorat banklari orqali foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalarida berilishi nazarda tutilsin”.
32. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 596-son qarorining 2-bandi to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit bo‘yicha foiz stavkasi — 2019-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasida amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasi plyus 2 (ikki) foiz miqdorida. 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil belgilanadigan stavkalarda beriladi”.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4609-son Farmoni 3-ilovasi 7-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4856-son Farmoni ilovasining 8-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1047-son qarori 7-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-yanvardagi “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1050-son qarori 6-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2520-son qarori 8-bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi “2016 — 2020-yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2595-son qarori 9-bandi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2692-son qarori 3-bandi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi “Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2746-son qarori.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2844-son qarori.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-2853-son qarori 12-bandi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2916-son qarori 9-bandi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi “2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2922-son qarori 5-bandi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2966-son qarori 9-bandi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “2017 — 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3028-son qarori 15-bandi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori 4-bandi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3276-son qarori 11-bandi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3344-son qarori 7-bandi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3422-son qarori 7-bandi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi PQ-3450-son qarori 9-bandi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3573-son qarori 24-bandi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3697-son qarori 6-bandi.
24. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 339-son qarori 10-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-yanvardagi “Respublikada xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 62-son qarori 8-bandi.
26. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-iyundagi “2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi 420-son qarori 4-bandi.
27. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-son qarori 6-bandi. | 182 | 34,704 |
Qonunchilik | Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mehnat resurslari balansini shakllantirish tartibini takomillashtirish, ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, xotin-qizlar va mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka keng jalb etish, shuningdek, norasmiy bandlikni kamaytirish bo‘yicha ta’sirchan yangi mexanizmlarni joriy etish maqsadida:
1. Mahallalarda ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish uchun shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2022-yil 1-noyabrdan boshlab 1-ilovada ko‘rsatilgan 10 ta faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi;
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytiriladi (bundan savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno);
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab o‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida 2-ilovada ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shiladi. Bunda:
2-ilovada ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga ularga tegishli bo‘lgan tomorqa yer uchastkasining maydoni yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliqni to‘lashga ruxsat etiladi;
2-ilovada ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning hisobini yuritish mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) tomonidan amalga oshiriladi;
g) 2022-yil 1-noyabrdan boshlab tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik subyektlariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan:
parranda (tovuq, bedana, o‘rdak, g‘oz, kurka), parrandani saqlash uchun katak, ozuqa yemi hamda dori vositalari;
uzum ko‘chati va tok so‘risi;
asalari oilasi, asalari uyasi uchun quti hamda ozuqa yemi;
quyon, quyon katagi va ozuqa yemi;
baliq chavoqlari, sun’iy hovuz va ozuqa yemini xarid qilish hamda keyinchalik tomorqa yer egalariga taqdim etish uchun subsidiya ajratiladi.
Bunda, mazkur subsidiya bir nafar tomorqa yer uchastkasi egasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha miqdorda hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan ajratiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (M. Ubaydullayev) bilan birgalikda uch oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
2. 2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarga ruxsat etilsin:
yakka tartibdagi tadbirkorlarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni (keyingi o‘rinlarda — umumiy qurilish ishlari), shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishga;
qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilishga.
Belgilab qo‘yilsinki:
yakka tartibdagi tadbirkorlarga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun besh nafargacha xodimlarni yollashga ruxsat etiladi;
umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda kamida uch nafar xodimni yollagan yakka tartibdagi tadbirkorga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat qurollari va asbob-uskunalarni sotib olishga subsidiya ajratiladi. Bunda, subsidiya miqdori bitta xodim uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi lozim.
3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) hokim yordamchilari bilan birgalikda:
mahallalarda umumiy qurilish ishlari bilan norasmiy shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarda qurilish sohasida ishlab, O‘zbekiston Respublikasiga qaytgan fuqarolarga yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan subsidiyalarni olishda ko‘maklashsin;
2024-yil 1-martga qadar bir martalik ishlarni bajaruvchi shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ular ko‘p yig‘iladigan joylarda kunlik mehnat markazlarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish hamda ushbu markazlarda band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish choralarini ko‘rsin.
4. Qurilish vazirligi (B. Zakirov):
qurilish-pudrat tashkilotlari o‘rtasida umumiy qurilish ishlariga yakka tartibdagi tadbirkorlarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borsin;
yakka tartibdagi tadbirkorlarni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida bajariladigan umumiy qurilish ishlariga keng jalb qilsin.
5. Quyidagilar:
2022 — 2024-yillarda norasmiy bandlik ulushini qisqartirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
2023 — 2026-yillarda norasmiy bandlik ulushini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda:
har chorakda mahallalarda norasmiy band bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib borsin;
so‘rovnomalar natijasida norasmiy bandlikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlasin hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin;
har chorakda hududlar va iqtisodiy faoliyat turlari kesimida aniqlangan norasmiy bandlikni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
har yili kamida 500 ming nafar norasmiy band bo‘lgan shaxslarning faoliyatini belgilangan tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha zarur amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
7. 2022-yil 1-noyabrdan mehnatga layoqatli aholini ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq quyidagilarning hisobi:
yuridik shaxslarda faoliyat yuritayotgan shaxslarning — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisob-kitobi hamda davlat statistika hisobotlarida;
yakka tartibdagi tadbirkorlar va ular yollagan xodimlar, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda dehqon ho‘jaliklarida band bo‘lganlar — Davlat soliq qo‘mitasining axborot bazasida;
hunarmandlar — “Hunarmand” uyushmasining axborot bazasida;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarida band bo‘lganlar va kasb-hunarga o‘qiyotganlar — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Bandlik xizmati” axborot tizimida;
xorijiy davlatlarga vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritish uchun ketgan shaxslar — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “Labour migration” axborot tizimida hamda Ichki ishlar vazirligining axborot bazasida;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lgan fuqarolar — Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining axborot bazasida;
o‘zlariga ajratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida band bo‘lganlar — Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining axborot bazasida;
ishlab chiqarish kooperativlarida hamda kasanachilik (uy mehnati) bilan band bo‘lganlar — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi axborot bazasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Bandlik xizmati” axborot tizimida;
uy sharoitida pilla yetishtirish, ipak mato, qo‘lda ipak gilam to‘qish bilan shug‘ullanuvchi hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi va ko‘chati yetishtiruvchi shaxslar — “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi axborot bazasida;
bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar, tadbirkorlik subyektlariga yordam beruvchi oila a’zolari hamda oilaviy korxonalarda band bo‘lganlar — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi axborot bazasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn-maydoni hamda Davlat soliq qo‘mitasining axborot bazasida;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ro‘yxatga olingan ishsiz fuqarolar — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Bandlik xizmati” axborot tizimida yuritiladi.
8. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oy muddatda:
Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining mazkur qarorning 7-bandida ko‘rsatilgan axborot manbalari bilan integratsiya qilinishini;
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida jamlangan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi mehnat resurslari balansini shahar va tumanlar kesimida ishlab chiqilishini ta’minlasin.
9. Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining “Yoshlar daftari” platformasida “Bitiruvchilar bandligi” funksionalini joriy qilish va bu orqali umumiy o‘rta, professional hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining uch yil davomidagi bandlik holatini monitoring qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Yoshlar daftari” platformasining tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari va resurslari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
10. “O‘z kelajagimga o‘zim investor” loyihasi doirasida 2023-2024-yillarda mehnat organlari tomonidan xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning prognoz ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) hamda Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar bandligini ta’minlash, shu jumladan ularni doimiy va vaqtinchalik ishlarga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan subsidiyalarni ajratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin.
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda:
norasmiy mehnatning inson hayoti va sog‘lig‘i, ijtimoiy xavfsizligi, ish qobiliyati saqlanishiga salbiy ta’siri, ularda davlat pensiya ta’minotiga bo‘lgan huquqni beruvchi ish staji shakllanmasligi yuzasidan;
“O‘z kelajagimga o‘zim investor” loyihasi doirasida xorijdan qaytib kelgan va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, samarali mehnat qilayotgan tadbirkorlar faoliyati to‘g‘risida videoroliklar ishlab chiqilishi hamda ommaviy axborot vositalarida, rasmiy veb-saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qilib borilishini tashkil etsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarorining 15-bandi “a” kichik bandi beshinchi xatboshisidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4716-son qarorining 2-bandi “b” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “sohalarda” so‘zidan keyin “, shu jumladan qurilish-ta’mirlash sohalarida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son qaroriga ilova quyidagi mazmundagi 69 — 78-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“69. Uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati
70. Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati
71. Rieltorlik xizmatini ko‘rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko‘maklashish)
72. Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati
73. Maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar)
74. Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash)
75. Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash
76. Yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish
77. Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish
78. Kulolchilik”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5140-son qarorining 14-bandi beshinchi xatboshisidagi “har bir ish bilan band bo‘lmagan fuqaro” so‘zlari “ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 147 | 14,815 |
Qonunchilik | “Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli O‘zbekiston Respub | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 16-yanvarda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin. | 250 | 1,134 |
Qonunchilik | Ma’muriy sudlar qarorlarini ijro etmaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi | Prezidentning 2022 yil 29 yanvardagi «Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Oliy sud Sudyalar oliy kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga quyidagi tartiblarni protsessual qonun hujjatlariga kiritish topshirildi:
Shuningdek, jamiyatda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining haqiqiy himoyachisiga aylantirish maqsadida quyidagilar belgilandi:
Saodat Usmanova. | 76 | 655 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY-hUDUDIY TUZILIShIGA DOIR MASALALARNI hAL qILISh TARTIBI TO‘g‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI qONUNINI AMALGA KIRITISh hAqIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy-territorial tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1980-yil 26-dekabrdagi Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 166 | 497 |
Qonunchilik | Neyrojarrohlikni rivojlantirish uchun – 7,88 mlrd soʻm va 43,08 mln AQSh dollari | Vazirlar Mahkamasining 24.10.2017 yildagi 867-son «2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga iхtisoslashtirilgan neyroхirurgiya yordami koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.
Hujjat bilan tegishli chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi.
Masalan, Respublika iхtisoslashtirilgan neyroхirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RINIATB) binosining qurilishi bitkazilmagan bloki poliklinika-diagnostika boʻlimi sifatida rekonstruksiya qilinadi hamda markazning isitish хonasi quriladi. Nafaqat RINIATB, balki tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari va koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining neyroхirurgiya boʻlimlari, shu jumladan, bolalar boʻlimlari ham zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlanadi. Mahalliy vrachlar хorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida "neyroхirurgiya" va "intervension neyroradiologiya" mutaхassisliklari boʻyicha qisqa muddatli va uzoq muddatli malaka oshirish kurslaridan oʻtishadi.
Kompleks chora-tadbirlar dasturlariii amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 7,88 mlrd soʻm va 43,08 mln AQSh dollari ajratiladi. Mablagʻlarni Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, хalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar va grant beruvchilar qoplaydi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 80 | 1,472 |
Qonunchilik | XALQARO QAYTA QURISh VA TARAQQIYOT BANKI TOMONIDAN AJRATILGAN INSTITUTSIONAL KREDITDAN HAMDA YaPONIYA HUKUMATI GRANTIDAN FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro qayta qurish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi kredit (institutsional qurilish hamda texnik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq loyiha — keyingi o‘rinlarda institutsional kredit deb yuritiladi) berish to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq Xalqaro qayta qurish va taraqqiyot banki (XQTB) tomonidan berilayotgan institutsional kreditdan, shuningdek, Yaponiya Hukumatining granti (keyingi o‘rinlarda “grant” deb yuritiladi)dan samarali foydalanish hamda institutsional kredit o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
20 yil muddatga, besh yillik imtiyozli davr ham shunga kiradi, 21 mln. AQSh dollari miqdorida berilayotgan institutsional kredit XQTB tomonidan O‘zbekistonda bozor infrastrukturasini shakllantirishga texnik yordam ko‘rsatishga, xususiylashtirish sohasida konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish va kadrlarni o‘qitishga, iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini mustahkamlashga, moliya tizimini shakllantirishga, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida tadqiqot ishlarini olib borishga, shuningdek, institutsional kreditdan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar va idoralarni kompyuter va axborot bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi;
1 mln. AQSh dollari miqdoridagi grant O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar tizimini takommillashtirishga yo‘naltiriladi.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘n kun muddatda institutsional kredit va grant mablag‘laridan foydalanish uchun maxsus avans schyotlari ochilishini ta’minlasin.
3. Markaziy bankka quyidagilar tavsiya etilsin hamda Davlat mulk qo‘mitasiga, “O‘zdavjamg‘arma”ga, Mehnat vazirligiga, Aloqa vazirligiga, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasiga, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, shuningdek “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga quyidagi vazifalar topshirilsin:
bir hafta muddatda institutsional kreditdan foydalanish bo‘yicha (Aloqa vazirligi — grant mablag‘lari uchun ham) vazirlik yoki idora rahbari boshchiligida ishchi guruhi tuzsinlar;
bir hafta muddatda ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda institutsional kredit doirasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ilovaga* muvofiq zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar (Aloqa vazirligi — grant mablag‘lari uchun ham);
yilning har choragida Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga ajratilayotgan mablag‘lardan foydalanish, shuningdek rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning kalendar jadvali to‘g‘risida hisobot taqdim etib tursinlar.
4. Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda Institutsional kredit va grant doirasida konsultantlarni tanlash va asbob-uskunalarni sotib olish bo‘yicha tendyerlar o‘tkazish to‘g‘risida nizomni ishlab chiqsin;
kredit va u bo‘yicha foizlar institutsional kredit bo‘yicha Bitimda nazarda tutilgan muddatlarda o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlovchi kreditga xizmat ko‘rsatish tartibini ishlab chiqsin.
5. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining eksport-import rejasini tuzayotganda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyurtmanomasiga binoan har yili institutsional kreditni va u bo‘yicha foizlar qoplanishini ta’minlovchi zarur miqdordagi eksport resurslarini nazarda tutsin.
6. Davlat soliq qo‘mitasi boj hujjatlarining tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini hamda institutsional kredit va grant hisobiga sotib olinayotgan asbob-uskunalarning boj yig‘imlari va poshlinalarsiz o‘tkazilishini ta’minlasin.
7. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘rta Osiyo Temir yo‘l boshqarmasi institutsional kredit va grant hisobiga sotib olinadigan asbob-uskunalar manzillarga beto‘xtov yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
8. Institutsional kredit va grantdan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatilishi ustidan umumiy nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari O‘.T. Sultonovga hamda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limiga yuklatilsin. | 161 | 4,096 |
Qonunchilik | TDYuUda baholash – yangi tizim boʻyicha | Oliy oʻquv yurtida talabaning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasini baholash uchun Yevropa kredit transfer tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) joriy etiladi (2.11.2020 yildagi roʻyхat raqami 2780-3-son hujjatga qarang).
Oʻquv semestri davomida oʻzlashtirish darajasi doirasida quyida keltirilgan jadvalga muvofiq 100 ballik tizim boʻyicha baholar yaхlit sonlar bilan qoʻyiladi.
Baho
Ballda ifodalanishi
Tavsifi
A
100-93
A’lo
A-
92-86
B+
85-82
Yaхshi
V
81-77
B-
76-71
S+
70-67
Qoniqarli
S
66-60
S-
59-56
D
55-50
Qoniqarsiz
F
49-0
Talabalar bilimini baholashda tavsiya etiladigan namunaviy mezonlar tasdiqlandi. Bunda har bir fan boʻyicha bilimlarni nazorat qilish turlari va shakllariga oʻzgartirishlar kiritildi:
birinchidan, joriy nazorat chiqarib tashlanadi – faqat oraliq (semestrda kamida 1 marta) va yakuniy (semestr yakunida) nazorat oʻtkaziladi. Oʻquv dasturlarida belgilangan holatlarda faqat yakuniy nazorat oʻtkazilishi mumkin. Shu tariqa, 100 ball nazorat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:
ikkinchidan, oraliq nazorat qaytadan ogʻzaki shaklda oʻtkazilishi mumkin. Bunday nazorat oʻtkazilishi tanlanganda ushbu jarayon videoyozuvda qayd qilinadi. Oraliq nazorat dars mashgʻulotlarini oʻtkazgan pedagog хodim yoki uch nafar kafedra a’zolaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan baholanadi. Oraliq nazorat ballari yakuniy nazorat boshlanishidan kamida ikki hafta oldin pedagog хodim tomonidan elektron ta’lim platformasi tizimiga kiritilishi zarur;
uchinchidan, endi yakuniy nazorat quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Yakuniy nazorat mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni oʻz ichiga olgan shakl bilan bir qatorda test shaklida ham oʻtkazilishi mumkin. Modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi. Imtihon oʻtkazilayotgan vaqtda talabalarning savollar mazmuniga doir arizalari koʻrib chiqilmaydi. Talabalar tomonidan bajarilgan ishlar (baholarning хolisligini ta’minlash maqsadida) identifikatsiya kodlari berish yoʻli bilan shifrlanib, keyin ishlar roʻyхati elektron platformaga kiritiladi. Ishlar tekshirilib, pedagog хodim tomonidan bahoni asoslantiruvchi taqriz bilan birgalikda darhol platformaga kiritiladi.
I yoki II guruh nogironligi boʻlgan talabalar oraliq nazorat ishlarini yozma shaklda va (yoki) yakuniy nazorat ishlarini kompyuterda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, ogʻzaki imtihon shaklida topshiradilar. Bunda tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma yoki TMEK хulosasini taqdim etishi lozim. Bunday talabalardan quyidagi tartibda imtihonlar olinadi:
Endi talabalar pedagoglar tomonidan berilgan baho va taqrizlarni elektron ta’lim platformasidan bilib oladilar. Apellyatsiya shikoyatlari ham platforma orqali berilishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 39 | 2,875 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni hamda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq, shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligida raqamli va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi agrar sohasini raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan, suv resurslaridan samarali foydalanish va ekinlar holatini nazorat qilishning idoraviy va idoralararo axborot tizimlarini joriy etish;
agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan, davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish;
suv omborlari va irrigatsiya tizimlarida suv resurslaridan foydalanishni “onlayn” rejimida nazorat qilish texnologiyalarini joriy etish;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
biznes-startap loyihalarni amalga oshirish va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish uchun agrar sohadagi tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki:
Markaz agrosanoat majmuida “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimining yuritilishi uchun mas’ul tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatadi;
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi davlat organlarining axborot tizimlari tarkibiga kiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi;
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, ta’minotchilar hamda qayta ishlash tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi platforma bo‘lib xizmat qiladi.
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimida va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida dasturiy mahsulotlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash;
agrosanoat va oziq-ovqat sohasiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish;
agrosanoat majmuidagi barcha vazirlik, idora va tashkilotlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini loyihalashtirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish;
agrosanoat majmuidagi vazirlik, idora va tashkilotlarga interaktiv davlat xizmatlaridan, jumladan, internet jahon axborot tarmog‘idagi shaxsiy kabinet orqali foydalanishda ko‘maklashish;
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish uchun texnologik sharoitlar yaratish;
agrosanoat majmui uchun maxsus dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va tatbiq etish, integratsiyalashgan yagona axborot tizimi ish faoliyatini tashkil etish hamda belgilangan tartibda ochiq turdagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlash;
axborot xavfsizligini ta’minlash doirasida qo‘llaniladigan maxsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish. Bunda Markazning mavjud ichki axborot tizimlaridan va “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimidan foydalanishda axborot xavfsizligi xavflarini aniqlash va ularning oldini olish choralarini ko‘rish;
agrosanoat majmuidagi vazirlik, idora va tashkilotlarga hisoblash va aloqa vositalarini ta’mirlash hamda tiklash bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatish.
5. Quyidagilar:
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda agrar sohada zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni keng joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan ma’lumotlar almashishni yo‘lga qo‘yadigan tashkilotlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq;
2021-yilda “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini respublika hududlariga joriy qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda, integratsiyalashgan yagona axborot tizimiga agrosanoat va oziq-ovqat sohasiga oid ma’lumotlarni taqdim etish qoidalarini belgilash vakolati berilsin.
7. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari;
shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablag‘lari hamda xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
2021-yil 1-mayga qadar yirik gidrouzel va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirilishini ta’minlasin;
tajriba loyihasi yakuni bilan respublikaning barcha yirik gidrouzel va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda erni masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan va oshirilayotgan tajriba loyihalarining natijalari bo‘yicha hisobotlarni uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun “onlayn” rejimida o‘quv mashg‘ulotlari, seminarlari va treninglarni doimiy ravishda tashkil etib borsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Talabalarning agrar sohadagi biznes-startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha innovatsion tashkilotlarni (keyingi o‘rinlarda — Innovatsion tashkilotlar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Innovatsion tashkilotlar faoliyatini tashkil etish vazifasi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligiga zimmasiga yuklansin.
11. Quyidagilar Innovatsion tashkilotlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
talaba va yosh olimlarning agrar va suv xo‘jaligi yo‘nalishida innovatsion resurs tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash, “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha biznes-startap loyihalarini amalga oshirish hamda innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirishga, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida ko‘maklashish;
biznes-startap loyihalarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishga hamda zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirishga ko‘maklashish;
yetakchi kompaniyalar va mutaxassislar ishtirokida axborot texnologiyalari sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish.
12. Markaz Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
bir oy muddatda Markazning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son hamda ““Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmonlari, “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son hamda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan.
2. Strategiya “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirishning quyidagi uzoq muddatli asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi:
qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda raqamli va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish;
zamonaviy kompyuter texnologiyalarini tatbiq etish orqali suv resurslarini boshqarish va undan foydalanish;
intensiv bog‘larni tashkil etish va bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirishda avtomatlashtirilgan boshqarish texnologiyalarini joriy etish;
issiqxona xo‘jaliklarida avtomatlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan intellektual texnologiyalarni joriy etish;
chorvachilik va parrandachilik sohasiga avtomatlashtirilgan texnologiyalarni tatbiq etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan logistika va savdo markazlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlari uchun “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirib borish;
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etishning normativ-huquqiy bazasini shakllantirish.
3. Ushbu Strategiyada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
agrobiotsenoz — qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida tarqalgan organizmlar yig‘indisi;
buyumlar interneti — axborot jamiyati uchun belgilangan, mavjud va rivojlanadigan, funksional jihatdan mos axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida (moddiy va virtual) buyumlarni bir-biri bilan bog‘lash yo‘li bilan, birmuncha murakkabroq xizmatlar taqdim etilishi imkoniyatini ta’minlaydigan global infratuzilma;
platforma — turli xil hisoblash tizimlari uchun mo‘ljallangan elektron dasturlar majmuasi;
raqamli texnologiyalar — ma’lum bir ketma-ketlik va chastotalarda kodli impulslarni yozish uchun qo‘llaniladigan elektron hisoblash mashinalaridan foydalaniladigan texnologiyalar.
4. Qishloq xo‘jaligi tizimi fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi, mexanizatsiyalashgan ishlarni bajaruvchi, xo‘jaliklarga servis, agrokimyo, agrotexnika xizmatlari va xo‘jaliklarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini qamrab oladi.
5. Keyingi yillarda erishilgan yutuqlarga qaramasdan, agrosanoat sohasining bozor va eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardoshligini ta’minlashda, fermerlar daromadini oshirishda, yangi ish o‘rinlarini yaratishda, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanishda yordam beruvchi, jahonda yangi termin ostida mujassamlashgan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarining keng imkoniyatlaridan foydalanishni taqozo etadi va uni alohida samarali tarmoq sifatida shakllantirish vazifasi dolzarb bo‘lib turibdi.
6. Qishloq xo‘jaligida erishilgan ijobiy natijalar bilan birgalikda mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarishda bir qator muammolar mavjud, jumladan:
a) qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda:
sug‘oriladigan ekin yerlaridagi tuproqda foydali moddalar miqdori o‘rtacha darajadan pasayib ketgan;
sug‘oriladigan yerlarning qariyb 40 foizidan ortig‘i sho‘rlangan va kuchli sho‘rlangan yerlar hisoblanadi;
qishloq xo‘jaligini texnika va agregatlar bilan ta’minlash darajasi past va mavjud texnikalarning aksariyat qismi 15 yildan ortiq muddatda foydalanilmoqda;
paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining asosiy qismi qo‘l mehnati yordamida yig‘ib-terib olinadi;
aksariyat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqaruvchilari o‘z qishloq xo‘jaligi yerlarida agrokimyoviy tuproq tahlili haqida ma’lumotlarga ega emas;
qishloq xo‘jaligi yerlarida zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishini oldindan avtomatik tarzda aniqlash tizimi mavjud emas;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining avlodli (reproduktiv) urug‘lik materiallarining sifati pasayib ketgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqaruvchilari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish uchun moliyaviy mablag‘lar ajratilishi talab etilmoqda;
raqamli texnologiyalar va platformali yechimlarni joriy etish uchun qishloq joylarda infratuzilmalarni rivojlantirish lozim;
b) suv resurslaridan foydalanishda:
yer osti suv resurslari, yangi suv manbalarini qurish va foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlaridagi melioratsiya va irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hisobiga jami 1,1 mln gektar yer maydonini o‘zlashtirish talab etiladi;
kanallar va sug‘orish tizimlarida suv yo‘qotilishining oldini olish lozim;
suv xo‘jaligi tashkilotlaridagi suv o‘lchagichlarning yetarli emasligi suv resurslaridan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda;
v) issiqxona xo‘jaliklarini tashkil qilish va bog‘dorchilikni rivojlantirishda:
eski bog‘larni yangilash va yangi bog‘larni tashkil qilishda jahon andozalariga mos meva yetishtirishni talab etmoqda hamda hosildorlikni yanada oshirish lozim;
meva-sabzavot ekinlarining mahalliy navlarini intensiv texnologiyalarga moslashtirishga yetarlicha e’tibor berilmayapti;
issiqxonalarda suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasini oshirishga e’tibor qaratish lozim;
mavjud issiqxonalarda energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurati mavjud;
g) chorvachilikni rivojlantirishda:
bir sog‘in sigirdan yiliga sog‘ib olinadigan sut miqdori respublika bo‘yicha o‘rtacha 2 300 kilogrammni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich Rossiya, Isroil, Niderlandiya mamlakatlariga nisbatan sezilarli darajada pastligicha qolmoqda;
chorvachilikda nasl sifati pastligi, ozuqa ekinlarini yetishtirish maydonlarining yetishmasligi sababli fermer xo‘jaliklarining chorva mollari ozuqasiga bo‘lgan talabi atigi 35 foizi ichki imkoniyatlardan qoplanmoqda;
yillar mobaynida 560 ming gektar maydondagi tabiiy ko‘llarning sho‘rlanish darajasining ko‘tarilishi oqibatida baliqlar zaxirasi kamayib, baliq ovlash hosildorligi gektaridan 45-50 kilogrammgacha tushib ketgan;
d) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, logistika va sotish tizimlarini tashkil etishda:
xalqaro standartlashtirilgan qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Organic, Global G.A.P.) talablari bo‘yicha tuproq, sug‘orish suvlari, xomashyo va mahsulotlar xavfsizligi hamda sifatini tadqiq qiladigan sinov laboratoriyalarini tashkil etish va jihozlash hamda ulardan keng foydalanishni talab etmoqda;
xalqaro qishloq xo‘jaligi amaliyoti talablari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishdan uni realizatsiya qilishgacha bo‘lgan jarayonni nazorat qilish tizimini takomillashtirish lozim;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini Kodeks Alimentarus Komissiyasi talablari bo‘yicha ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish uchun CODEX dasturlarini amalga oshirishga doir qisqa va uzoq muddatli strategik rejalarni ishlab chiqish kerak bo‘ladi;
logistika, mahsulotlarni saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish tizimlari rivojlanmaganligi sababli ishlab chiqarishda xarajatlar miqdori oshib ketmoqda;
e) qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlashda:
qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar va fermer xo‘jaliklari rahbarlarida ekin yer maydonlaridan samarali foydalanish, zamonaviy texnika va ilg‘or fan yutuqlari bo‘yicha bilim va malaka yetishmaydi;
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha kadrlar tayyorlash va mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha tizim mavjud emas;
shuningdek, qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishning normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish talab etiladi.
7. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish tizimining rivojlanishi ushbu Strategiyada belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishilishiga asoslanadi.
8. Ushbu Strategiyaning asosiy maqsadi — qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirishga e’tibor qaratgan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi. Jumladan:
boshqaruv samaradorligini oshirish;
resurs tejaydigan texnologiyalar, xususan, aniq uyalab ekadigan seyalkalar, GPS uskunalar bilan jihozlangan qishloq xo‘jaligi texnikalarini qo‘llash;
suv resurslari, mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi suvni tejaydigan, avtomatlashtirilgan sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash;
chorva mollarini parvarishlash va sut sog‘ish bo‘yicha avtomatlashtirilgan texnologiyalarni joriy qilish;
qishloq xo‘jaligiga zamonaviy kasbiy bilimga ega xodimlarni jalb etish;
raqamli shakldagi ma’lumotlar almashinuviga o‘tish, hisobot turlarini qisqartirish orqali ishtirokchilar o‘rtasida va davlat bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligi sohasining quyi tarmoqlari va hududlari uchun umumfoydalanishga qaratilgan bilim va texnologiyalar bazasini yaratish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining iqlim o‘zgarishiga moslanuvchanligi va chidamliligini oshirish;
ichki bozor va eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh qishloq xo‘jaligini shakllantirish;
oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni kuchaytirish;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida davlat xarajatlari samaradorligini oshirish;
xorijiy analoglarga mos keladigan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini reja asosida joriy etib borish;
innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning logistika infratuzilmasi samaradorligini oshirish.
9. Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqqan holda, “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asosan amalga oshiriladi:
a) qishloq xo‘jaligi yerlaridan va suvdan samarali foydalanishda raqamli texnologiyalarni joriy etish:
raqamli qishloq xo‘jaligiga o‘tish hamda raqamli texnologiyalardan faol va keng foydalanish orqali mehnat unumdorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringi olib borilishini ta’minlovchi va foydali mikroorganizmlar, o‘simliklar, chorva mollari haqidagi raqamli ma’lumotlarni yig‘uvchi texnologiyalarni hamda tuproqning agrokimyoviy kartogrammasini tuzish va yangilab borishning raqamli usullarini yaratish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va robotlashtirish texnologiyalarini va texnik vositalarni yaratish;
qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining harakati kuzatuvchanligini ta’minlash (belgilar, chiplar, identifikatorlar, texnologiyalar, qurilmalar va tizimlar orqali);
raqamli ochiq platformalarga kirishni ta’minlaydigan mahalliy ishlanmalarni rag‘batlantirish (raqamli dala, raqamli poda, texnika, issiqxonalarni boshqarish va boshqalar);
qishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun qulay muhit yaratish;
raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligi yerlarida navigatsiya tizimini rivojlantirish, shu jumladan, fermer xo‘jaliklariga ochiq axborotni taqdim etish, raqamli texnologiyalar tizimini joriy etishni jadallashtirish;
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyasi respublikaning barcha hududlarini to‘liq qamrab olishini rejalashtirish va uni amalga oshirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mablag‘lar aylanishini tezlashtirish orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish;
mahsulot ishlab chiqarishda samaradorlikni oshirish, nazorat qilish va kuzatishni ta’minlaydigan axborot resurslari, platforma va texnologiyalarni (aniq dehqonchilik, vegetatsiya davrini nazorat qilish, raqamli dala, raqamli poda va boshqalar) joriy etish, boshqaruvni samarali ta’minlovchi (ishlab chiqarish va iste’mol balansi, eksport, turli darajadagi bozor konyunkturasi tahlili) hamda mahsulot ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini iste’molchiga samarali sotish zanjirini yaratish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni prognozlashtirish platformasi, qishloq xo‘jaligi texnikasini boshqarish, ob-havo prognozi va o‘simliklar vegetatsiyasini nazorat qilish vositalari, ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish elementlari hamda qishloq xo‘jaligi raqamli platformasini raqamli iqtisodiyot jarayonlari bilan integratsiyalash;
qishloq xo‘jaligi rentabelligini oshiradigan va iqtisodiy asoslangan ilg‘or texnologiyalar va amaliy tajribalarni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda “dala-peshtaxta” tamoyilini joriy etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun zarur resurslardan samarali foydalanish imkonini beradigan “Samarali gektar”, chorva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun “Samarali poda” platformasini ishga tushirish, mashina-traktor parklarining quvvatlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarishning daromad ko‘rsatkichlari, rentabellik va xarajatlar, mahsulot tannarxi va sotish prognozlari, ichki va tashqi bozor uchun fyuchers shartnoma asosida sotib olinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining dinamik shakllanishini ta’minlash;
erning sun’iy yo‘ldoshlari va uchuvchisiz uchish apparatlarining signallari asosida mahalliy apparatura va uskunalar uchun funksional talablarni ishlab chiqish;
tuproq holati, tarkibi va tuzilishini tahlil qilishning raqamli texnologiyasini qo‘llash, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining monitoringini yuritish, hosildorlikka zararkunandalar va kasalliklar hamda boshqa omillarning zararli ta’sirini oldindan tahlil qilib borish;
mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalarni differensiyalashgan holda tuproqqa berish bo‘yicha mahalliy apparatlarning texnik talablarini ishlab chiqish va joriy etish hamda “Aniq dehqonchilik” platformasi uchun tuproqning raqamli agrokimyoviy kartogrammalarida har bir qishloq xo‘jaligi yerlarining alohida xususiyatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
ilg‘or tajribaga asoslangan ilmiy salohiyatdan foydalanish orqali yuqori sifatli, ekologik jihatdan xavfsiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun respublika hududlari bo‘yicha raqamli yechimlar matritsasini yaratish;
ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yer va suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish va monitoringini olib borish, tahliliy raqamli vositalarni va tartibga soluvchi yechimlarni integratsiyalash;
suv resurslari va mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi suvni tejaydigan va avtomatlashtirilgan sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish;
b) intensiv bog‘ tashkil etish, bog‘larni avtomatik tarzda boshqarish texnologiyalarini joriy etish:
robototexnika, haydovchisiz mashina, agregatlarni qo‘llagan holda, bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirishning barcha texnologik jarayonlarini amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi “Aqlli bog‘” tizimini ishlab chiqish;
kam hosilli va eski bog‘lar o‘rniga intensiv texnologiyalarga asoslangan mevali bog‘ maydonlari hajmini ko‘paytirish;
v) issiqxona xo‘jaliklarida avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan intellektual texnologiyalarni joriy etish:
qishloq xo‘jaligi texnikasi, issiqxonalar, asbob-uskunalar, foydalaniladigan ma’lumotlar oqimi va ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirishning hamda kuzatuv tizimlarini boshqarishning “buyumlar interneti” (kiber-fizik tizimlar) platformasini joriy etish;
issiqxona xo‘jaliklarida avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan hamda energiya va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
g) chorvachilik va parrandachilikda robotlashtirilgan, avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan texnologiyalardan keng foydalanish:
chorva mollarini kuzatish va identifikatsiya qilish hamda chorva mahsulotlari ishlab chiqarishning raqamli zanjirini to‘liq qamrab olish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning biznes boshqaruvi tizimiga nazorat tizimini uzluksiz integratsiyalash maqsadida davlat karantini hamda veterinariya xizmatlari axborot tizimlarining raqamli platformasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yaratish;
chorvachilik sohasini raqamlashtirish, “Raqamli poda” texnologiyalaridan foydalanish, chorva mollarini saqlash sharoitlarini nazorat qilish va boshqarish, chorva mollarini o‘tloqda boqishda harakat jarayonlarini kuzatish, shu jumladan, chorva mahsulotlarini “Yashil yo‘laklar” orqali eksport qilish;
chorva mollarining mahalliy zotdorligi va genetikasi bo‘yicha raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, hududlarda urug‘chilik markazlari faoliyatini takomillashtirish, hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos o‘simlik va chorva mollari zotini va turini ko‘paytirish hamda ishlab chiqarishni jadallashtirish;
d) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot kommunikatsiyalari bilan jihozlangan logistika va savdo markazlarini tashkil etish:
mamlakatimizni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi yetakchi davlatlar qatoriga olib chiqish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonlari va standartlarini xalqaro talablarga moslashtirish;
mahsulotlarning birja va omborxonalarda mavjudligi (paxta, g‘alla, yog‘, shakar, guruch va boshqalar) hamda ulardan mavsumiy savdo talabi va taklifi muvozanatini moliyaviy rostlovchi boshqaruv vositalari sifatida foydalanish;
bozor ishtirokchilari va davlat o‘rtasida o‘zaro raqamli shakldagi aloqani kuchaytirish, axborot resurslarini integratsiyalash hamda axborotdan tezkor va erkin foydalanish imkoniyatini yaratish;
qishloq xo‘jaligida masofaviy ta’limning raqamli muhitini va professional agrokonsalting bozorini rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligida transport va logistika infratuzilmasining xolisona monitoringini olib borish va boshqaruv platformalarini joriy qilish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda yetakchi xorijiy texnologiyalarni import o‘rnini bosuvchi mahalliy texnologiyalarga bosqichma-bosqich almashtirish maqsadida qo‘llanilayotgan standart va texnik talablarni xalqaro talablarga moslashtirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridagi texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan raqamli boshqarish texnologiyalarini (ishlab chiqarishni biologizatsiyalash) sinovdan o‘tkazish, tahlil qilish va joriy etish (differensial mineral o‘g‘it berish, boshqariladigan va nazorat transport vositalari, hosilning samarali o‘rim-yig‘imi va o‘rim-yig‘imdan keyingi logistika);
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha axborot tizimlari o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvining xalqaro standartlar bilan muvofiqligini ta’minlash maqsadida raqamli yechimlar asosida yetakchi provayderlarning raqobatbardoshligini oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish, eksport va importini boshqarish bo‘yicha axborot tizimlarini yaratish uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
bozor ishtirokchilari va davlat axborot tizimlarini integratsiyalash, qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarning ekologik va iqtisodiy samaradorligi, barcha ishchi tizimlar, shu jumladan, kuzatuv tizimlari, urug‘ va genetik resurslar fondi hamda mineral o‘g‘itlarni yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
e) qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlari uchun malakali kadrlar tayyorlash va kadrlarning kasbiy bilimlarini oshirib borish, “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish:
qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (standartlar, o‘quv dasturi metodikasi) xalqaro standartlarga moslashtirish;
qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash jozibadorligini oshirish, qishloq joylarda aholi daromadini ko‘paytirish;
qishloq xo‘jaligi sohasiga oid yangi texnologiyalarni joriy etish va boshqarishga o‘qitish bo‘yicha tajriba maydonchasi sifatida innovatsion xo‘jaliklarni tashkil qilish;
raqamli dehqonchilik texnologiyalariga oid yangi o‘quv dasturlarini va standartlarini hamda agrosanoat majmuidagi kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Strategiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqaruvchilari uchun raqamli platforma va dasturlarni ishlab chiqish va agrokonsalting bo‘yicha xizmatlarni keng jalb etishga sharoit yaratadi.
10. Ushbu yo‘nalish quyidagi tahliliy vosita va ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi:
a) tahliliy vositalar:
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bozorini tahlil qilish va prognozlashtirish modeli;
qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatini joylashtirishni maqbullashtirish modeli;
agrar siyosatning qishloq xo‘jaligi rivojlanishi, iste’molchilar farovonligi, oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi xomashyosi tashqi savdosiga ta’sirini o‘rganish uchun bozor muvozanati modeli;
b) ma’lumotlar bazasi:
qishloq xo‘jaligi korxonalarining yillik hisobotlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi;
agrosanoatklasterlar, fermer xo‘jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning yillik hisobotlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi;
mahalliy hokimliklar agrasanoat boshqaruvi organlarining hisobotlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarining holati (narxlar, balanslar va boshqalar) bo‘yicha ma’lumotlar bazasi;
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy faoliyati natijalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.
11. Quyidagilar yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar natijalari hisoblanadi:
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarining holati to‘g‘risida o‘rta muddatli prognozlar;
qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatining joylashish sxemasi;
agrar siyosatning qishloq xo‘jaligi holati, iste’molchilar daromadi, oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi xomashyosi tashqi savdosining dinamikasiga ta’sirini baholash;
qishloq xo‘jaligi fani va ilmiy-tadqiqot ishlarining holati va rivojlanish tendensiyalari monitoringi.
12. “Aqlli dehqonchilik” raqamli texnologiyalari — avtomatlashtirilgan intellektual tizim bo‘lib, ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, tuproq va yer resurslari maydonlarining holati bo‘yicha ma’lumotlarni yangilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi yerlarini taqsimlash, almashlab ekishni qo‘llash, ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalari, qishloq xo‘jaligi yerlarini avtomatlashtirilgan tarzda baholash, yer va suv resurslaridan foydalanish va adaptiv-landshaft dehqonchiligi tizimining faoliyati va samaradorligini nazorat qilish va monitoringini olib borishni o‘z ichiga oladi.
Bunda raqamli, masofaviy, geoaxborot texnologiyalar va kompyuter modellashtirishning usullari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan turli darajadagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda agrolandshaftlarni rejalashtirish va maqbullashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishning intellektual tizimlari ishlab chiqiladi va joriy etiladi.
13. “Aqlli dehqonchilik” yo‘nalishidagi texnologik yechimlarni joriy etish quyidagilarni nazarda tutadi:
qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda avtomatlashtirilgan rejalashtirish tizimidan foydalanish;
qishloq xo‘jaligi yerlarining holati bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, yangilash va saqlash tizimini joriy etish;
qishloq xo‘jaligi yerlarining holati va ulardan foydalanish bo‘yicha monitoring yuritish, yerlarning yaroqliligini maqsadli baholash va yuqori hosildorlikni modellashtirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini prognozlashtirish;
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini taqsimlash va ekin turlarini joylashtirish;
dehqonchilikning raqamli agrotexnologiyalar va texnik-iqtisodiy asoslashni loyihalash tizimini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishning raqamli tizimi hamda mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha vakolatli markazlarni tashkil etish.
14. “Aqlli dala” raqamli texnologiyalarini joriy etish, tuproq, atrof-muhit va o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va tizimli qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat.
15. “Aqlli dala” yo‘nalishidagi texnologik yechimlarni joriy etish quyidagilarni nazarda tutadi:
o‘simlik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning raqamli texnologiyalarini ishlab chiqish va monitoringini olib borish, ilmiy, ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
dasturiy vositalarni qo‘llagan holda tuproq, o‘simlik va atrof-muhitning holati bo‘yicha o‘ta yuqori aniqlikdagi ma’lumotlarni yig‘ish;
o‘simlik hosildorligiga ta’sir etuvchi yoki uni cheklovchi omillarni kamaytirishni ta’minlaydigan robotlashtirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish.
16. “Aqlli bog‘” raqamli texnologiyalari — robotlashtirilgan hamda haydovchisiz mashina, agregatlarni qo‘llagan holda bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirishning barcha texnologik jarayonlarini amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi intellektual tizimdan iborat.
Bunda ma’lumotlar bazasi asosida qishloq xo‘jaligi yerlarining tuproq-iqlim sharoitlari tahlil qilinadi, mahsulot yetishtirish uchun maqbul ekin turlari tanlanadi, organik va mineral o‘g‘itlar ilmiy asoslangan holda qo‘llaniladi, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish tadbirlarining va hudud aholisi (respublika, viloyat) talabining iqtisodiy hisobi amalga oshiriladi hamda mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi aniqlanadi.
17. Robotlashtirilgan texnik vositalar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish orqali bog‘ agrobiotsenozi holati bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik rejimda tahlil qilishni ta’minlaydigan intellektual tizim ishlab chiqiladi.
18. “Aqlli bog‘” yo‘nalishidagi texnologik yechimlarni joriy etish quyidagilarni nazarda tutadi:
dasturiy vositalarni qo‘llagan holda tuproq, o‘simlik va atrof-muhitning holati bo‘yicha o‘ta yuqori aniqlikdagi ma’lumotlarni yig‘ish;
axborot tizimlari va texnik vositalar (datchiklar, meteostansiyalar, namunalar oluvchi vositalar, uchuvchisiz uchish apparatlari va boshqalar) yordamida bog‘ va atrof-muhit holatining o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor qabul qilish va monitoringni olib borish;
texnik vositalar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish va ma’lumotlarni avtomatik rejimda tahlil qilishni ta’minlaydigan intellektual tizimni ishlab chiqish.
19. “Aqlli issiqxona” raqamli texnologiyalari — avtomatik rejimda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda operator, agronom va muhandislar ishtirokini maksimal darajada kamaytiradigan, robotlashtirilgan va tashqi ta’sirdan himoyalangan qishloq xo‘jaligi obyekti hisoblanadi.
20. Tizim xarajat va iste’mol faoliyatini hisobga olgan holda obyektning iqtisodiyotini maqbullashtiradi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav va duragaylarini agroekologik baholash, tuproq tahlilini o‘tkazish va boshqa tadbirlarda ekologik va sanitariya-gigiyenik reglamentlarga rioya qilgan holda raqamli texnologiyalarni qo‘llashni o‘z ichiga oladi.
21. “Aqlli issiqxona” yo‘nalishidagi texnologik yechimlarni joriy etish quyidagilarni nazarda tutadi:
yopiq tizimlar uchun dasturiy vositalar va robotlashtirilgan intellektual texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ish unumdorligini oshirish;
issiqxona xo‘jaliklarida buyumlar internetini (himoyalangan tarmoqdan, sensorlar va analitik tizimgacha olib boruvchi qurilma) qo‘llashga asoslangan zamonaviy va tugallangan texnologiyalarni joriy etish;
issiqxona xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmining barqaror o‘sishini ta’minlash hamda nazorat usullarini qo‘llash orqali mahsulot sifatini oshirish;
yopiq tizimda sifatli va xalqaro standartlarga javob beradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini oshirish;
issiqxona xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi bo‘yicha monitoring olib borish;
ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda simsiz sensor, signallarni qayta ishlash va yuborishning raqamli shakldagi mikroelektron tizimi qo‘llaniladigan issiqxona xo‘jaliklarini masofaviy boshqarish tizimini ishlab chiqish;
mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va “Aqlli issiqxona” texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha biznes-startap loyihalarini amalga oshirish imkonini beruvchi markazlarni tashkil etish.
22. “Aqlli chorvachilik” texnologiyalari — inson ishtirokini talab qilmaydigan, to‘liq avtomatlashtirilgan rejimda chorva mollarini parvarishlashga mo‘ljallangan obyekt hisoblanadi.
23. Chorvachilik xo‘jaligi raqamli texnologiyalarni (buyumlar interneti, ma’lumotlar, aloqa va boshqalar) qo‘llagan holda mahsulot ishlab chiqarishning maqsadga muvofiqligi, iste’molchilar faolligi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlillarni amalga oshiradi.
24. Xo‘jalik tahlillar asosida chorva mollarining qaysi zotini (belgilangan sifat va miqdor ko‘rsatkichlari) yetishtirish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
25. “Aqlli chorvachilik” yo‘nalishidagi texnologik yechimlarni joriy etish quyidagilarni nazarda tutadi:
a) chorva mollarining monitoring tizimini yaratishda yirik shoxli qoramollar soni monitoringini olib borish texnologiyasi quyidagilarni nazarda tutadi:
chorva mollari bonitirovkasini o‘tkazish uchun avtomatlashtirilgan texnologiya va uskunalarni joriy etish;
chorva mollari harakatini monitoring qilish uchun masofali boshqarish bo‘yicha uskuna va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
b) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish boshqaruvining intellektual axborot tizimi quyidagilarni nazarda tutadi:
chorvachilik xo‘jaliklari uchun avtomatlashtirilgan va markazlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish;
ozuqa ishlab chiqarish, chorva mollari sonini ko‘paytirish va zooveterinariya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha avtomatlashtirilgan kichik tizimni ishlab chiqish;
ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarini qayd etish tizimini joriy etish;
texnologik jarayonlarni boshqarishning mahalliy kichik tizimlarini (sog‘ish, oziqlantirish, mikroiqlim, go‘ng yig‘ish va boshqalar) joriy etish;
chorvachilik mahsulotlari sifatini baholash bo‘yicha axborot-tahlil bloklarini tashkil etish;
v) avtomatlashtirilgan innovatsion texnologiyalar va texnik vositalar quyidagilarni nazarda tutadi:
ozuqa ekinlarini o‘rib-yig‘ib olish ishlarini tashkil etish, o‘rim davrida ozuqa sifati va tarkibini o‘rgangan holda, ozuqa aralashmasi ratsioniga tuzatishlar kiritish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan baholash texnologiyasini ishlab chiqish;
yuqori gradiyentli mexanik va fermentativ ta’sir asosida ozuqaning hazm bo‘lish jarayonini an’anaviy texnologiyalarga nisbatan 1,5-2 baravarga oshiradigan ozuqa don tayyorlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan texnologiyani joriy etish;
chorva mollarining turli jins va yoshdagi guruhlariga alohida quvvatga ega ozuqa aralashmasini tayyorlash imkonini beradigan robotlashtirilgan vositalarni joriy qilish va chorva mollarini saqlash uchun qulay sharoit yaratish;
ixtiyoriy ravishda sut sog‘ish tizimini qo‘llash va mavjud sut sog‘ish joylarini texnik qayta jihozlash uchun to‘rt tabaqali sut sog‘ish hamda sut sifati va chorva mollarining fiziologik holati monitoringini olib boradigan avtomatlashtirilgan va robotlashtirilgan sut sog‘ish modullarini joriy qilish;
sigirlar mastit kasalligi bilan kasallanishini 25 — 30 foizga kamaytirish;
sut quvuri bilan jihozlangan chiziqli sog‘ish uskunalari uchun avtomatlashtirilgan sog‘ish apparatlarini joriy etish.
27. O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasining chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida, to‘liq va sifatli amalga oshirish orqali Strategiyaning bajarilishi ta’minlanadi.
28. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi, transport logistikasi va boshqa tezkor xizmatlar “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari bilan integratsiyalash orqali muvofiqlashtirib boriladi.
29. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etishga oid ilmiy ishlanmalarni yaratish va takomillashtirish uchun ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlari belgilangan tartibda e’lon qilib borilishini ta’minlaydi.
30. O‘zbekistoni Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
xalqaro tashkilotlar va xorijiy investorlarni jalb etish uchun zarur sharoitlar yaratilishini;
Strategiyaning chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha monitoring olib borilishini;
respublikaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish uchun “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari ishlanmalari joriy etilishini qo‘llab-quvvatlanishini;
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi.
31. Strategiyaning chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni bajarilishida mas’ul ijrochilar:
Strategiyani amalga oshirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi;
belgilangan tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;
Strategiyaning chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi va ulardan samarali foydalanilishi;
har chorakda Strategiyaning chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarning bajarilishi to‘g‘risidagi batafsil axborot O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga kiritilishi uchun javob beradi.
32. Strategiyada belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun moliyaviy, texnologik, boshqaruv resurslari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida shaxsiy sektor resurslari jalb etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriyalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar Strategiyani amalga oshirishning moliyaviy manbalari hisoblanadi.
33. Ushbu Strategiyani amalga oshirish natijasida quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilgan:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining hajmi oshadi;
er va suv resurslaridan foydalanish samaradorligi yaxshilanadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda biznes jarayonlarni “raqamlashtirish” orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tannarxini pasaytirish uchun sharoitlar yaratiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va iste’molchilarga agrobozorning shaffofligi ta’minlanadi;
oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, savdo hamda agrosanoat majmuini boshqarish uchun yagona ma’lumotlar boshqaruvi manzili yaratiladi;
zamonaviy tahlil usullari va ma’lumotlar, intellektual vositalar bilan ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va uning savdo bozorini uzoq va qisqa muddatli prognozlashtirish orqali oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanadi va boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifati va tezkorligi oshadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlanadi;
agrosanoat majmuidagi ma’lumotlar ko‘rsatkichlarini soddalashtirish va maqbullashtirish, ma’lumotlarni haqiqiy holatda tahlil qilish orqali iste’molchiga yetkazish muddati qisqaradi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi oshadi;
gidrometeorologik, fitosanitar va epizootik hamda yer resurslarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish muddati qisqaradi;
zamonaviy ilmiy usullardan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning uzoq va qisqa muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish asosida O‘zbekistonda oziq-ovqat ta’minotida yuzaga keladigan muammo va tahdidlarga tezkor javob qaytarilishi ta’minlanadi;
qishloq xo‘jaligi yerlarining holatini va ulardan foydalanishni nazorat qilish darajasi oshadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda mulkchilikning barcha shakllaridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish va axborot servislarini elektron shaklda taqdim etish ko‘lamining maksimal darajada kengayishini ta’minlaydi;
fuqarolarning teng huquqlilik asosida agrosanoat majmuiga oid ma’lumotlarni olishi uchun sharoit yaratiladi;
agrosanoat majmuiga oid ilmiy asoslangan bilim va amaliy tavsiyalarni keng joriy etilishi ta’minlanadi. | 134 | 47,364 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2008-yil 14-oktabrdagi 658-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1869, 2008-yil 11-noyabr) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 150 | 725 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 10-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 142 | 610 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin. | 175 | 295 |
Qonunchilik | 1995 YILGI PAXTA VA BOShOQLI DON EKINLARI HOSILI YETIShTIRISh HAMDA DAVLATGA SOTIShNI IQTISODIY RAG‘BATLANTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Paxta va don yetishtirishni yanada ko‘paytirishdan qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy manfaatdorligini oshirish va qishloqda ijtimoiy masalalarni hal qilish maqsadida:
1. Sotish yuzasidan belgilangan topshiriqni bajargan xo‘jaliklar ixtiyorida qoldirilgan mahsulotlar ulushi paxta tolasi hajmining 40 foizgacha va boshoqli don ekinlari xarid hajmining 50 foizgacha oshirilsin, tegishli ravishda ilgari belgilangan davlat buyurtmasi hajmlari paxta tolasi 67 foizdan 60 foizgacha hamda boshoqli don ekinlariga 50 foizgacha kamaytirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi 10 kun muddat ichida paxta va boshoqli don ekinlarining xarid narxlari bo‘yicha, shuningdek paxta tolasining ulgurji narxlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 22-avgustdagi Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 146 | 993 |
Qonunchilik | Toshkent metropoliteni Transport vazirligi tizimiga oʻtkaziladi | Prezidentning 16.10.2021 yildagi “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5260-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga asosan "Toshkent metropoliteni" UK uning tashkiliy-huquqiy shaklini davlat unitar korхonasiga (DUK) oʻzgartirish bilan Transport vazirligi tizimiga oʻtkaziladi.
Metropoliten faoliyati samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlari belgilandi:
"Toshkent metropoliteni" DUK boshligʻi va boshligʻi oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
"Toshkent metropoliteni" DUKga 2024 yil 1 yanvarga qadar metro vagonlari, metropoliten ekspluatatsiya ehtiyojlari uchun zarur boʻladigan asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlarni yetkazib berish haqidagi import shartnomalarini toʻgʻridan-toʻgʻri tuzishga ruхsat berildi. U "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkazgan holda, ishlab chiqaruvchilarning eng yaхshi takliflarini tanlab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
"Toshkent metropoliteni" DUK 2024 yil 1 yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхat boʻyicha import tovarlarni olib kirishda bojхona toʻlovlaridan (QQS va bojхona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.
Toshkent shahar hokimligiga Transport vazirligi bilan birgalikda:
2022 yil 1 yanvardan boshlab metropoliten yoʻnalishlari, bekatlar, ular atrofida joylashgan ob’yektlar va jamoat transporti yoʻnalishlari, poyezdlar harakati jadvali, elektron toʻlov hamda boshqa ma’lumot va хizmatlarni oʻz ichiga oluvchi mobil ilova ishga tushiriladi.
2022 yil 1 aprelga qadar yer usti halqa metro bekati yoʻnalishida yoʻlovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bogʻlash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.10.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 63 | 2,099 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING UCh YILLIGI MUNOSABATI BILAN AFV ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining uch yilligi munosabati bilan, mehr-shafqat va insonparvarlik tamoyillariga amal qilib, Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandiga asosan qaror qilaman:
1. 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan voyaga yetmagan, ayollar, yoshi 60 dan oshgan erkaklar hamda 1- va 2-guruh nogironlari jazodan ozod qilinsin.
2. Birinchi marta ataylab qilgan jinoyatlari uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan yoki yengilroq jazoga hukm qilinganlar, shuningdek ehtiyotsizlik tufayli qilgan jinoyati uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilganlar jazodan ozod qilinsin.
3. Birinchi marta qamoq jazosiga hukm qilingan va belgilangan jazo muddatining uchdan ikki qismini o‘tagan shaxslar jazo muddatining qolgan qismini o‘tashdan ozod qilinsin, belgilangan jazo muddatining yarmisini o‘tagan shaxslar esa badarg‘a koloniyasiga o‘tkazilsin.
4. O‘ta og‘ir jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilgan ashaddiy jinoyatchilarga, narkotik moddalar va o‘qotar qurollar bilan bog‘liq jinoyati uchun mahkum etilganlarga, uyushgan jinoiy guruhlarning ishtirokchilariga, shuningdek, jazoni o‘tash tartibini ashaddiy buzuvchilarga nisbatan afv qo‘llanilmasin.
5. Farmon e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va to‘rt oy davomida ijro etiladi. | 92 | 1,263 |
Qonunchilik | Deputatlar tijorat banklarida MB vakilining boʻlishiga qarshi | 2 may kuni deputatlar «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saytida ushbu munozara tafsilotlari e’lon qilindi.
Deputat Rasul Kusherbayev OʻzLiDeP fraksiyasi a’zolari Markaziy bankning tijorat banklaridagi vakili institutini joriy qilish masalasiga e’tiroz bildirganliklarini qayd etdi. Bu banklarning mustaqil kredit siyosatini shakllantirishda ham moliyaviy mustaqilligini kamaytiradi, moliya sohasiga investorlarni jalb etishga toʻsqinlik qiladi.
– «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonun normalariga muvofiq, davlat organlari tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga aralashmasligi kafolatlanadi, – dedi deputat Bekzod Ortiqov. – AKT rivojlangan bir paytda Markaziy bank vakili lavozimining joriy etilishi qanchalik toʻgʻri boʻladi? «Davlat хususiy sheriklik toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida shu kabi normaga duch kelganmiz. Bu borada хalqaro tajribani oʻrganib, amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilib, undan voz kechgan edik...
– Markaziy bankning tijorat banklaridagi vakili institutini joriy etish Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan, – dedi Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Temur Ishmetov. – Maqsad – MBning yetarli darajada mustaqilligini, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun uning regulyator funksiyasini kuchaytirish. Bu хalqaro hamjamiyatning talabi boʻlib, mamlakatimizning хalqaro suveren reyting koʻrsatkichlarini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Boshqa tomondan, tijorat banklarini boshqa turdagi tadbirkorlik sub’yektlari bilan solishtirib boʻlmaydi. Har qanday yirik tadbirkorlik sub’yekti qaysidir sabablarga koʻra bankrotlikka uchrashi mumkin, buni oʻrtahol bankning bankrotligi bilan solishtirib boʻlmaydi. Oʻrtahol bank mablagʻining aksariyati omonatchilarga yoki boshqa yuridik shaхslarga tegishli. Har qanday mijozning ishonchini bank ortida davlat turadi, ya’ni nazorat mavjud, har qanday holat tartibga solinadi, degan tushuncha ta’minlab turadi. Moliya muassasasi bankrotlikka uchrasa, bu nafaqat omonatchilarning mablagʻlarini yoʻqotishi, balki butun bank tizimiga boʻlgan ishonchning yoʻqolishiga olib keladi. Mazkur holatning iqtisodiyotga qanchalik salbiy ta’sir koʻrsatishi esa, barchaga ayon.
Iqtisodiyot qanchalik erkinlashsa, oʻz-oʻzidan bank tizimi va moliya sohasida хatarlar ortib boradi. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida har qanday moliyaviy regulyator oʻz faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqishi kerak. Jahondagi barcha markaziy banklar Bazel qoʻmitasining bank nazoratining asosiy tamoyillari haqidagi hujjati asosida faoliyat yuritadi.
T. Ishmetovning qayd etishicha, MB vakili institutining joriy etilishi u muayyan tijorat bankida har kuni, doimiy ravishda ishlashini anglatmaydi. Faqatgina Markaziy bank tijorat bankining faoliyatida qandaydir beqarorlik yoki хavfni aniqlasa, vakil ushbu vaziyatni oʻrganadi. Uning tijorat banki хoʻjalik faoliyatiga aralashish bilan bogʻliq hech qanday vakolati boʻlmaydi.
– Qonun loyihasida jamoatchilik nazorati masalasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim, – dedi Innovatsion rivojlanish, aхborot siyosati va aхborot teхnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi Ilhom Abdullayev. – Holbuki, mazkur hujjatda MBning faoliyati ochiqligini ta’minlashga хizmat qiluvchi birorta ham norma yoʻq. Ular qonun loyihasiga kiritilishi, Markaziy bank faoliyatiga doir ochiq ma’lumotlar uning rasmiy veb-saytida majburiy tartibda e’lon qilinishi lozim.
Majlisda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar inobatga olingan holda qonun loyihasi yana bir bor chuqur tahlil qilinib, ikkinchi oʻqishga tayyorlashda mas’ul qoʻmita bilan birga unga qoʻshimcha ishlov beriladi. | 61 | 3,777 |
Qonunchilik | Gaz plitalari va suv isitgichlarning хavfsizligi reglamentlandi | Vazirlar Mahkamasining 30.10.2017 yildagi 880-son qarori bilan Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament tasdiqlandi.
Hujjat ovqat tayyorlash, isitish, issiq suv bilan ta’minlash va uning tarkibiy qismlari uchun moʻljallangan gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi uskunalarga taalluqli. Uning talablari quyidagi uskunalarga aloqador emas:
Teхnik reglament gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi uskunalar uchun minimal darajada zarur boʻlgan talablarni oʻz ichiga olgan boʻlib, ularni bajarish portlovchi-yongʻin, elektr, meхanik, termik va ekologik хavfsizlikni ta’minlaydi.
Oʻrnatilgan talablarga amal qilinishi ustidan davlat nazoratini quyidagilar oʻrnatadi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 1.05.2018 yilda kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 63 | 1,054 |
Qonunchilik | Asosiy stavka nega pasaydi | MB tashqi va ichki talabning qisqarishi sharoitida iqtisodiy faollikning sekinlashuvini hisobga olgan holda inflyatsiya prognozlarini pasayish tomonga qayta koʻrib chiqqanidan soʻng ushbu qarorni qabul qildi.
Joriy yilning II choragida va yil soʻngiga qadar inflyatsiya darajasiga talab omillari tomonidan bosim moʻ’tadillashishi va kamayishini inobatga olib, inflyatsiyaning yangilangan prognoz koʻrsatkichlariga koʻra, 2020 yil yakuni boʻyicha inflyatsiya darajasi dastlabki prognozdan (12-13,5%) 1 foiz bandga pasayib 11-12,5%ni tashkil etishi kutilmoqda.
Boshqaruvning 5 martdagi yigʻilishida tartibga solinadigan narхlarni erkinlashtirish va koronavirus pandemiyasining inflyatsiyaga taklif omillari orqali ta’siri bilan bogʻliq naoniqliklarning saqlanib qolishi sharoitida asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirilgan edi. Tartibga solinadigan narхlarni erkinlashtirish muddatlarining oʻzgartirilishi hamda joriy iqtisodiy sharoitlar koronavirus pandemiyasining inflyatsiya darajasiga ta’siri koʻproq talab omillari tomonidan boʻlayotganligini va kelgusida ushbu omillarning pasayuvchi хarakterga ega boʻlishi mumkinligini koʻrsatmoqda.
Iqtisodiy faollik va makroiqtisodiy prognozlar
Joriy yilning mart oyidan boshlab jahonda va asosiy savdo-hamkor davlatlarda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan choralarning kuchaytirilishi, neft narхining pasayishi, talab hajmining qisqarishi natijasida iqtisodiy oʻsish va faollik koʻrsatkichlarining pasayishi kuzatilmoqda. Bu, oʻz navbatida, ichki talabning sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.
Koronavirus pandemiyasining davomiyligi va global iqtisodiyotga ta’siri boʻyicha noaniqliklarning yuqoriligi sharoitida Oʻzbekiston YaIM real oʻsishining 2020 yil boʻyicha bazaviy prognozlarini qayta koʻrib chiqish qoʻshimcha tahlillarni taqozo etmoqda. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha Markaziy bank хulosalari tahliliy hisob-kitoblar yakunlanganidan soʻng e’lon qilinadi.
Iqtisodiy faollikning pasayishi, birinchi navbatda, bank tizimi orqali amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar sonida oʻz aksini topmoqda. Xususan, 2020 yil mart oyida banklararo toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6%ga qisqardi. 2020 yil aprel oyining dastlabki 10 kunligida toʻlov terminallari orqali amalga oshirilgan toʻlov tranzaksiyalari hajmi ham mart oyining mos davriga nisbatan 25,9%ga kamaydi. Shuningdek Oʻzbekiston tovar хom ashyo birjasida amalga oshirilgan bitimlar sonida ham sezilarli darajada pasayish kuzatildi. Aprel oyining dastlabki ikki haftasida amalga oshirilgan хaridlar summasi mart oyining mos davriga nisbatan 28%ga kamaygan.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni kreditlash faolligida ham ma’lum bir pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. 2020 yil yanvar–aprel oylarida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar qoldigʻi oʻsish sur’ati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,5% bandga sekinlashib 7%ni tashkil etdi. Banklar tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarning 16,4 trln soʻmlik kreditlari boʻyicha toʻlov muddatlari uzaytirib berildi. Bu, oʻz navbatida, banklarga pul oqimlarining kirib kelishi tomonidan ularning kreditlash imkoniyatining ma’lum bir darajada qisqarishiga olib keladi.
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar
Inflyatsiya darajasi dastlabki prognoz koʻrsatkichlaridan tezroq sur’atlarda pasayib borayotganligi kuzatilib, joriy yilning mart oyida yillik inflyatsiya 13,6%ni tashkil etdi. 2020 yil I choragida iste’mol narхlari oshishi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5% bandga sekinlashib, 2,8%ga teng boʻldi va dastlabki prognozlarga nisbatan 0,5 foiz bandga pasaydi. Bu asosan, mazkur davrda ayrim tartibga solinadigan narхlarning oʻzgarishsiz saqlanib qolinganligi hamda yanvar–fevral oylarida almashuv kursining deyarli barqaror boʻlganligi hisobiga bazaviy inflyatsiya darajasining sekinlashishi bilan izohlanadi.
Mart oyida aholining inflyatsion kutilmalari 15,5% darajada oʻzgarishsiz saqlanib qoldi. Iqtisodiyotda kelgusida inflyatsiya darajasining pasayishi va karantin bilan bogʻliq cheklovlarning yumshatilishi, oʻz navbatida, inflyatsion kutilmalarning pasayishiga хizmat qiladi.
Inflyatsiya prognozi
Iqtisodiyotdagi joriy va kutilayotgan sharoitlarni hisobga olgan holda inflyatsiyaning yangilangan prognoz koʻrsatkichlariga asosan 2020 yil oхiriga inflyatsiya 11–12,5% atrofida boʻlishi kutilmoqda va bu quyidagi omillar bilan izohlanadi:
birinchidan, tashqi va ichki iqtisodiy faollikning pasayishi aholining daromadlariga oʻz ta’sirini koʻrsatib, iste’mol savatidagi aksariyat birlamchi zaruriy mahsulotlar guruhiga kirmaydigan tovar va хizmatlarga boʻlgan talabning sezilarli qisqarishiga olib keladi;
ikkinchidan, bir qator asosiy iste’mol tovarlar va ularning хom ashyolari importiga 2020 yil 31 dekabriga qadar bojхona boji va aksiz soligʻining nol stavkalari belgilandi, bu karantin davrida talab yuqori boʻlgan tovarlar narхlarining oʻsishini oldini oladi;
uchinchidan, jahon bozorlarida energiya resurslari narхlarining pasayishi hisobiga narхlarning erkinlashtirilishi islohoti doirasida joriy yilda koʻzlangan energiya resurslari narхlari oshirilishining navbatdagi bosqichi kechiktirilishi yoki ichki narхlarni oshirmagan holda erkinlashtirilishi natijasida ushbu omillar 2020 yilda inflyatsiya uchun oshiruvchi хususiyat kasb etmaydi;
toʻrtinchidan, karantin sharoitida ma’lum bir oziq-ovqat mahsulotlari va zarur iste’mol tovarlari narхlarida kuzatilayotgan oʻsish dinamikasi vaqtinchalik boʻlib, kelgusi oylardan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yangi hosilining chiqishi hamda Hukumatning oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlari natijasida bozorlarning ushbu tovarlar bilan toʻyinishi ular narхlarining barqarorlashishiga хizmat qiladi.
Bundan tashqari, inflyatsiyani pasaytiruvchi mazkur omillar, oʻz navbatida, milliy valyuta devalvatsiyasining ichki narхlarga salbiy ta’sirini yumshatish imkonini beradi. Oʻz oʻrnida, MBning ichki valyuta bozoriga intervensiyalari oltin-valyuta zaхiralari neytralligi tamoyili asosida almashuv kursining fundamental trendiga ta’sir koʻrsatmagan holda amalga oshiriladi.
Pul-kredit sharoitlari
2020 yil mart–aprel oylarida bank tizimida likvidlik darajasi MB tomonidan oʻtkazilgan pul-kredit operatsiyalari ta’sirida shakllanib, bank tizimi barqarorligini ta’minlash uchun yetarli darajada boʻldi. Pul-kredit operatsiyalaridan tijorat banklariga ham likvidlik taqdim etish ham ortiqcha likvidlikni jalb qilish maqsadida foydalanilishi bank tizimida likvidlikning bir maromda qayta taqsimlanishiga va pul bozoridagi foiz stavkalarining MB foiz koridori doirasida shakllanishiga хizmat qildi.
Joriy yilning mart oyida pul bozoridagi oʻrtacha tortilgan foiz stavka 16%ni va aprel oyining oʻtgan davrida 16,6%ni tashkil etdi. 2020 yilning oʻtgan davri mobaynida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari qoldigʻi 10,2%ga (714 mlrd soʻmga) oshgan boʻlsa, хorijiy valyutadagi muddatli depozitlari qoldigʻi 1,2%ga (67 mlrd soʻmga) kamaydi. Oʻz navbatida, inflyatsiya darajasining pasayishi sharoitida asosiy stavkaning tushirilishi iqtisodiyotda real foiz stavkalar ijobiyligini va milliy valyutadagi depozitlarning jozibadorligini saqlab qolishga хizmat qiladi.
Noaniqlik va хatarlar
Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’sir koʻlami va davomiyligi boʻyicha noaniqlik saqlanib qolmoqda. Tashqi iqtisodiy sharoitlarining yomonlashayotgan davrda mamlakatimizga kirib keladigan transchegaraviy pul oʻtkazmalari miqdori yil yakunlari boʻyicha oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada qisqarishi kutilmoqda.
Bunda regulyator tashqi va ichki sharoitlar ta’sirida inflyatsiyaning omillari va хatarlari хususiyatini chuqur oʻrganishda davom etadi hamda inflyatsiya prognoz dinamikasining shakllanishidan kelib chiqib asosiy stavka darajasi boʻyicha tegishli qarorlarni qabul qilib boradi. Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha oraliq majlisi 2020 yilning 11 iyun kuniga belgilangan. | 26 | 7,989 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri to‘g‘risida”gi 530-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanmaydi:
bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning bank tomonidan uchinchi shaxslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bankka yuridik, buxgalteriya, auditorlik, axborot va maslahat yo‘sinidagi xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarga ma’lum qilinishi yoki taqdim etilishi, basharti bu shunday xizmatni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lsa hamda mazkur shaxslar ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyishi shart bo‘lsa;
prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasida bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda almashish”;
2) 8-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni, agar bu ma’lumotlar uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lsa, olishga haqlidir”;
3) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi:
prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni ta’minlash maqsadida — tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra;
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida — tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.
Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar o‘z ish yurituvidagi jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha banklarda hisobvaraqlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan rejimda olishi mumkin”;
4) 12-moddaning birinchi qismidagi “prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga” degan so‘zlar “prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-344-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 689-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ma’lumotlar to‘plash — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun hujjatlarni, materiallarni, ma’lumotlar bazalarini o‘rganish, shuningdek so‘rovnomalar yuborish orqali jismoniy va yuridik shaxslar, faktlar va holatlar haqida ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni, shu jumladan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olishga qaratilgan tadbir”;
2) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga bo‘lgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risidagi axborotni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining o‘tkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yiladi. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining o‘tkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yiladi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno”;
3) 21-moddaning birinchi qismi “abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot” degan so‘zlardan keyin “hamda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 102 | 5,185 |
Qonunchilik | MANNON UYG‘UR NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT SAN’AT INSTITUTI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti faoliyatini tubdan yaxshilash, teatr san’ati, kino, televideniye, san’atshunoslik hamda mazkur sohaning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish, shuningdek, talabalarning ijodiy iste’dodi va qobiliyatini har tomonlama to‘liq yuzaga chiqarish uchun zarur moddiy-texnik baza va shart-sharoit yaratish maqsadida:
1. Toshkent shahar hokimiyatining Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi, 123-uy manzili bo‘yicha barpo etilayotgan binolar kompleksini Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutiga bepul o‘tkazib berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati va ushbu obyekt qurilishini amalga oshirayotgan pudratchi tashkilotlar, san’at sohasidagi oliy o‘quv yurtlari o‘quv-ijodiy jarayonlarining o‘ziga xosligi va alohida talablarini, institutni auditoriyalar, master-klasslar, ya’ni “mahorat sinflari”, studiyalar va boshqa zarur xonalar bilan ta’minlashni inobatga olgan holda, institut tasarrufiga berilayotgan binolar kompleksi va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlariga tegishli tuzatish va qo‘shimchalar kiritsin.
Institut tasarrufiga berilayotgan o‘quv binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yuqorida qayd etilgan barcha ishlar 2005-yilning 1-sentabrigacha yakunlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda mazkur binolar kompleksini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va texnik ta’lim vositalari, uskunalar, mebel, darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash, institutning yangi binodagi faoliyatini to‘liq ta’minlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag‘larni ajratish bo‘yicha barcha masalalarni ko‘rib chiqsin va hal etsin.
4. Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan, boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari soni 253 kishi, jumladan, boshqaruv xodimlari 45 kishi qilib belgilangan tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bir oy muddatda quyidagi ishlarni amalga oshirsin:
Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti tuzilmasini ilovaga binoan tasdiqlangan tuzilmaga muvofiqlashtirsin;
fakultet dekanatlarini shakllantirsin, kafedralar sonini maqbul darajaga keltirgan holda, ularning ro‘yxati va nomlanishini qaytadan ko‘rib chiqsin;
institutning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
institutning professor-o‘qituvchilar tarkibini tanlov asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlasin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin. | 97 | 2,904 |
Qonunchilik | Davlat dasturlari shakllantirilishini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etiladi | Prezidentning 10.12.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-43-son qarori qabul qilindi.
2022 yildan boshlab har yili:
2022 yil 1 yanvardan boshlab:
a) konsolidatsiyalashgan byudjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan хarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
b) qurilish-pudrat ishlari boʻyicha tanlovlar (tenderlar) elektron shaklda oʻtkazilmasdan tuzilgan shartnomalar Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan roʻyхatga olinmaydi va ushbu shartnomalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi («Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
v) davlat tashqi qarzi (хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablagʻlari bundan mustasno) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda quyidagi majburiy tartibda kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi:
g) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilinadigan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha doirasida loyihaoldi va tender hujjatlari ekspertizasi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi tomonidan хalqaro kelishuvlarga muvofiq tashkil etiladi.
Shuningdek konsolidatsiyalashgan byudjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat dasturlarining shakllantirilishi va ijro etilishini, shuningdek ushbu dasturlar doirasida mablagʻlar maqsadli ishlatilishini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etiladi. Bunda:
Quyidagilarga:
a) Bosh prokuraturaga:
b) Qurilish vazirligiga:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 83 | 2,019 |
Qonunchilik | Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/9-son qarori (ro‘yxat raqami 3029, 2018-yil 29-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 26-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Valyuta ayirboshlash operatsiyalari ikki nafar xodim — nazoratchi va kassir ishtirokida amalga oshiriladi.
Valyuta ayirboshlash shoxobchasida ish hajmidan kelib chiqib zaruriyat bo‘lganda bank rahbarining buyrug‘iga asosan xodimlar soni ko‘paytirilishi yoki bitta (bir vaqtning o‘zida nazoratchi va kassir vazifasini bajaruvchi sifatida) xodimgacha kamaytirilishi mumkin. Bunda xodimlar sonini bittagacha qisqartirishga faqat bank va bank xizmatlari ofisida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari hamda chakana amaliyot kassalarida ruxsat etiladi.”.
2. 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Taqdim etilgan chet el valyutasining haqiqiyligi va muomalaga yaroqliligi texnik vositalar yordamida tekshirilgandan so‘ng valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshiriladi.”.
3. 50-bandning birinchi xatboshisidan “vositachilik haqi undirilgan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
4. 56-bandda:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa (siyqalanish banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan holatlar bundan mustasno);”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mayda dog‘lar, yozuvlar, shtamp izi bo‘lganda (bunda yozuv yoki shtamp izi ikki donadan ortiq bo‘lsa, banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar bundan mustasno) hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lsa;
banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan ortiq teshiklar bo‘lsa, bunda teshiklar banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lishi kerak.”.
5. 58-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Mazkur Nizomning 56-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan ortiq bo‘lgan va quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:”. | 158 | 2,884 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonga 11 650 tonna urugʻlik kartoshka chetdan olib kelinadi | Vazirlar Mahkamasining 14.06.2017 yildagi 374-son “Kartoshkani kultivatsiya qilish hajmlarini koʻpaytirish, kartoshka urugʻchiligi va urugʻ fondini yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.
«Oʻzdonmahsulot» AK, «Oʻzvinosanoat-хolding» XK va «Oʻzpaхtasanoateksport» XK tarkibiga kiradigan tashkilotlar kartoshkani takroriy ekin sifatida yetishtiradi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari mazkur tashkilotlarga 2017 yilgi boshoqli don ekinlaridan boʻshagan ekin maydonlarida kartoshka yetishtirish uchun fermer хoʻjaliklari bilan shartnomalar tuzishda koʻmak beradi.
Buning uchun Oʻzbekistonga 11 650 tonna urugʻlik kartoshka import qilinadi. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, «Shoʻrchidonmahsulotlari» AJ, «Yakkabog’ meva-sabzavot eksport tayyorlov» MChJ, «Agro fruits export trade» MChJ, «Imkon agro» MChJ, «Surxondaryo agrofirmasi» MChJ MMTGʻK, «Gold atlas global» MChJ MMTGʻK tomonidan olib kelinadigan mazkur hajmdagi kartoshka 1.08.2017 yilgacha bojхona toʻlovlaridan (bojхona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilindi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 67 | 1,317 |
Qonunchilik | 2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyati shaharlari va tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida | Toshkent viloyatining tabiiy xomashyo, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, shahar va tumanlari aholisining turmush darajasi va sifatini izchil oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan 2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyati shaharlari va tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi ma’qullansin, Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyatining yangi sanoat korxonalari quvvatlarini barpo etish, ishlayotganlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyatida raqobatbardoshli, importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar chiqarishni tashkil etishni nazarda tutadigan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining prognoz parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyatida xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish tadbirlarini amalga oshirish yo‘nalishlari ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq;
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyatining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishning asosiy parametrlari 5-ilovaga* muvofiq.
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyati shaharlari va tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining belgilangan muddatlarda bajarilishi uchun shaxsiy mas’uliyat Toshkent viloyati hokimligi va hududiy tuzilmalar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, yirik korxonalar, tijorat banklari rahbarlari — mas’ul bajaruvchilar zimmasiga yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Toshkent viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda:
ushbu qarorda nazarda tutilgan parametrlardan kelib chiqqan holda, yangi sanoat obyektlari qurish, sanoat korxonalarining ishlayotgan quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologiya jihatidan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya dasturlarining maqsadli ro‘yxatlarini, xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish, sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish yo‘li bilan oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni tasdiqlash uchun bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasida zamonaviy uskunalarni, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishni ta’minlash asosida Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Parkent, Yuqori Chirchiq va Chinoz tumanlarida industrlashtirish darajasini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda — sanoat korxonalarining ish yuklamasini va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, viloyatning ishlamay turgan sanoat korxonalarida, shu jumladan samarasiz foydalanilayotgan, ishlamayotgan quvvatlar va bankrot korxonalar davlat ulushini xorijiy investorlarga sotish yo‘li bilan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahsulot ishlab chiqarishni tiklash chora-tadbirlarini tizimli asosda amalga oshirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda — har yili O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda unga ushbu qarorga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarining, moliyalashtirish hajmlari va manbalari aniqlashtirilgan holda, belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda — Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq va Parkent tumanlarida mahalliy budjetlarning daromad bazasini yanada kengaytirish yo‘li bilan respublika budjetidan olinadigan subvensiyalar ulushini kamaytirish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlarni (“yo‘l xaritalarini”) ishlab chiqsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda — ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun yerlar ajratilishini, shuningdek obyektlar qurilishi uchun “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi qurilish materiallari va boshqa sanoat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqiga belgilangan tartibda litsenziyalar berilishini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 125 | 5,664 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartiris | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari tugrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi ka pop qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash bilan bog‘liq qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 17-avgustdagi 398-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 84-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 64-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatining 40, 41, 45, 56 va 57-bandlari.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda) 1-ilova 40-bandining “b”, “v” va “g” kichik bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘grisida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekistan Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda) 1-ilovaning 13-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 17-avgustdagi 642-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 866-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 32-modda) 1-ilovaning 35-bandi. | 250 | 3,610 |
Qonunchilik | Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tash | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 65 va 66-bandlar qo‘shilsin:
“65. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi.
66. “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. | 250 | 1,387 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qayd etib o‘tilsinki, Mustaqillik yillarida shahar va qishloqlar aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, uy-joy va ijtimoiy-maishiy qurilishni jadal rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rekonstruksiya qilish hamda yangilash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Keyingi yillarda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qo‘qon, Urganch, Qarshi, Shahrisabz shaharlarining arxitektura qiyofasini butunlay o‘zgartirib yubordi. Tasdiqlangan bosh rejalar bo‘yicha Guliston, Termiz va Jizzax shaharlarini rekonstruksiya qilish yuqori sur’atlar bilan olib borilmoqda.
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturini amalga oshirish natijasida qishloq aholi punktlarining qiyofasi tubdan yaxshilanib bormoqda, ijtimoiy-bozor infratuzilmasining rivojlangan tarmog‘i yaratildi.
Shu bilan birga shaharsozlik faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjud. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni, aholi punktlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirishda, ishlab chiqarish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasi obyektlarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini qo‘pol ravishda buzishning ko‘pdan ko‘pfaktlari aniqlandi.
Aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida funksiya va vakolatlarning aniq chegaralab qo‘yilmaganligi shaharlar va boshqa aholi punktlarini reja asosida rivojlantirish hamda kompleks ravishda qurishga jiddiy zarar yetkazayotgan asossiz va shoshma-shosharlik bilan loyiha-rejalashtirish yechimlari qabul qilinishiga, shuningdek, shaharsozlik hujjatlari va qurilish sifatining yomonlashuviga olib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatining butun tizimini tubdan qayta tashkil etishni, shaharsozlikning normativ-huquqiy va institutsional bazasini yanada takomillashtirishni, shaharsozlik hujjatlari sifatini oshirishni taqozo etmoqda.
Moddiy-texnika bazasi yuqori darajada bo‘lgan va o‘z faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadigan loyiha tashkilotlarining keng miqyosli hududiy tarmog‘i mavjud emasligi, ilg‘or xorijiy tajriba, arxitektura va dizayn sohasidagi yutuqlardan, shuningdek, innovatsion dasturiy yechimlardan yetarlicha foydalanilmasligi shaharsozlik hujjatlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bularning hammasi qurilish sohasida davlat mablag‘lari va resurslaridan nooqilona foydalanilishiga olib kelmoqda.
Arxitektura va shaharsozlik sohasini yanada rivojlantirish, shaharlar va aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish holatini yaxshilash, aholi punktlarini kompleks qurish bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining, qo‘mita hududiy bo‘linmalari rahbarlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining shahar va aholi punktlari bosh rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi ishlari qoniqarsiz deb topilsin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va qo‘llashda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan tizimli davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish, buyurtmachilar tomonidan texnik nazorat va loyiha tashkilotlari tomonidan mualliflik nazorati o‘tkazilishini tekshirish;
respublika hududida aholini joylashtirishning Bosh sxemasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish, shaharsozlik hujjatlari va davlat shaharsozlik kadastri amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish;
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va o‘rta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiya tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni tatbiq etish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish normalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalashtirish, qurilish, qurilish industriyasi, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish;
loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, mualliflik nazoratining roli va mas’uliyatini oshirish, shaharsozlik, loyiha oldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish;
mehnat unumdorligi oshirilishini, qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etish, Qurilish pudrat tashkilotlari reyestrini yuritish;
bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish, korporativ normalar va narx belgilashning rolini oshirish, loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish;
kapital qurilishda davlat xarid tizimini takomillashtirish, tanlov (tender) hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertizadan o‘tkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish;
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash, loyiha-smeta hujjatlarini va qurilish faoliyatining ayrim turlarini ekspertizadan o‘tkazish;
arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, respublikaning ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirish, qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning doimiy asosda malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining raisi, shuningdek, qo‘mita hududiy bo‘linmalarining rahbarlari zimmasiga shahar aholi punktlarining bosh rejalari va mufassal rejalashtirish loyihalari, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqishni ta’minlash, ularni ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini qo‘mitaga topshirish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi etib, arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari bilan, qayta tashkil qilinsin, uning eng muhim vazifasi etib, aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalariga qat’iy muvofiq ravishda kompleks qurilishini, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga so‘zsiz rioya etishlari, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqarilishi va qo‘llanilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish, buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib borish belgilansin.
Quyidagilar belgilansin:
Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasining boshlig‘i lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari hisoblanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi respublika arxitektura shaharsozlik kengashining yangilangan tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini shakllantirish, ko‘rib chiqish va amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkil etish;
shaharlar, shahar posyolkalari va arxitektura komplekslarining bosh rejalari loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishib olish, ularning amalga oshirilishi, arxitektura-rejalashtirish hujjatlariga, muhim shaharsozlik normalari va standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
ilmiy asoslangan holda aholini joylashtirish, hududlarni rejalashtirish va qurish, zamonaviy talablarni, milliy arxitektura-madaniy an’analarni, shahar hududlaridan samarali foydalanish, tabiiy muhitga ziyon yetkazmaydigan munosabatda bo‘lishni hisobga olgan holda aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish tuzilmasini uyg‘un rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
aholi punktlarining ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasini kompleks yangilash, zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish, eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatdan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi (A.J.Ramatov) aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, kompleks ravishda qurish, ijtimoiy, muhandislik va transport infratuzilmasini ta’minlash bo‘yicha aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarining asosiy qoidalari bajarilishi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hamda vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini eshitishni amaliyotga joriy etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzurida, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzurida 1a-ilovaga* muvofiq namunaviy tarkibda hududiy arxitektura qurilish kengashlarini tuzish va ularning zimmasiga quyidagi vazifalarni yuklash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini hamda tumanlar (tuman guruhlari)ni rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini, mufassal rejalashtirish loyihalarini hamda o‘z tasarrufidagi hududlarda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishib olish;
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishib olish;
aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish to‘g‘risida davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini ko‘rib chiqish;
bosh rejalarni, mufassal rejalashtirish loyihalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish, shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududlarda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha viloyat, tuman va shaharlar davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashining va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir;
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilmagan holda shaharlar va tumanlar markazlarining tasdiqlangan bosh rejalariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar:
belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalar va mufassal rejalashtirish loyihalari mavjud bo‘lmaganida shahar va tuman markazlarida obyektlarni joylashtirish va qurish (qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno);
tasdiqlangan loyiha hujjatlari, davlat arxitektura qurilish nazorati inspeksiyasining qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan ekspertizasining ijobiy xulosasi va ruxsati mavjud bo‘lmaganida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno) qat’iy taqiqlansin.
Belgilansinki, istisno hollarda tasdiqlangan bosh rejalarga va mufassal rejalashtirish loyihalariga ega bo‘lmagan shaharlar va tuman markazlarida maqsadli dasturlarda va O‘zbekiston Respublikasining hukumat qarorlarida nazarda tutilgan uy-joy va ijtimoiy-fuqarolik ahamiyatidagi obyektlarni joylashtirish va qurish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligining:
ixtisoslashtirilgan oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tarkibiga o‘tkazish, ularni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
10. Quyidagilar Jamg‘arma daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, loyiha-qidiruv tashkilotlarining bajarilayotgan loyiha-qidiruv ishlari hajmining 0,1 foiz miqdoridagi majburiy ajratmalari;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun solingan jarimalardan tushgan mablag‘lar (sud xarajatlari chiqarib tashlangan);
O‘zbekiston Respublikasining rezident hamda norezident yuridik va jismoniy shaxslarining ixtiyoriy homiylik badallari;
xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda beg‘araz yordami va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda:
a) bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish va loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi qarorlari loyihalarini kiritsin;
b) bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-ilovaga* muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 131 | 17,399 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2005-yil 14-martdagi PQ-29-sonli qarorini qisman o‘zgartirish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli qaroriga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2005-yil 14-martdagi PQ-29-sonli qarori 5-ilovasining 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 213 | 454 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini shakllantirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 14-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 29-martdagi qarori bilan Usmonov Maruf Azamovich O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi etib tayinlandi.
2. Quyidagilar:
Aripov Dilshod Urinbayevich O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi direktori (o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zosi) etib;
Davletova Karomatjon Xudayberganovna O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi kotibi (o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zosi) etib;
Abbasov Shuxrat Raxmatovich;
Abdukodirov Sherzod Yokubjonovich;
Abdusattarov Djasuriddin Muxidinovich;
Axmedov Muzaffar Maxmudjanovich;
Bayzakov Tolib Saydullayevich;
Gulomov Raxmatulla Parmonkulovich;
Dusmanov Sandjar Abdujalolovich;
Matmuratov Ixtiyar Jalgasovich;
Normaxmatov Odil Ruziboyevich;
Soliyev Sarvar Gayratjonovich;
Usmonov Mirvosit Mirxaitovich;
o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalari etib;
o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari etib tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi moddiy, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga tenglashtirilsin. | 76 | 1,825 |
Qonunchilik | Fuqarolarni FVdan muhofaza qilish sohasida tayyorlash – mahallaning vazifasi | Vazirlar Mahkamasining 21.08.2017 yildagi 650-son “Aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.
Aniqlashtirilishicha, ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan aholini favqulodda vaziyatlardan (FV) muhofazalanish masalalari boʻyicha tayyorlash mahalla fuqarolar yigʻinlarining oʻquv-maslahat punktlarida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun: ushbu tayyorlash suhbatlar oʻtkazish, leksiyalar oʻqish, oʻquv filmlari koʻrish, yashash joyida oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarga jalb etish, shuningdek qoʻllanmalar va eslatmalarni mustaqil oʻrganish, radioeshittirishlarni tinglash, teledasturlarni koʻrishdan iborat.
Oʻzbekiston «Mahalla» хayriya jamoat fondiga aholi va hududlarni FVdan muhofazalash boʻyicha quyidagi funksiyalar berilgan:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 76 | 1,079 |
Qonunchilik | IShLATILGAN TEXNIK MOYLARNI TOPShIRISh, TO‘PLASh, ULAR UChUN HISOB-KITOB QILISh, ULARNI SAQLASh VA TAShISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Motor moylarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-maydagi PQ–1759-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek ishlatilgan texnik moylarni sanoat asosida so‘zsiz va samarali utilizatsiya qilishni va atrof muhitning muhofazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ushbu qarorning amal qilishi yuzasidan doimiy monitoringni va bajarilishini tahlil qilishni ta’minlasin, shuningdek, zaruriyat bo‘lganda, ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Motor moylarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-maydagi PQ–1759-son qaroriga muvofiq ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkiloti — ishlatilgan texnik moylarni to‘plash, saqlash va tashish uchun zarur infratuzilmaga, shuningdek ularni qayta ishlash uchun zarur quvvatlar va texnologiyalarga ega bo‘lgan tashkilot;
ishlatilgan texnik moy (keyingi o‘rinlarda ITM deb ataladi) — mineral, yarim sintetik va sintetik asosdagi, o‘zining dastlabki maqsadiga ko‘ra bundan keyin foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan, foydalanish jarayonida belgilangan sifat ko‘rsatkichlarini, iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan yoki uning uchun belgilangan muddatlarda ishlatib bo‘lingan har qanday industrial yoxud motor moyi;
texnik moylarni almashtirish shoxobchasi — yuridik shaxs yoki xususiy tadbirkor, shu jumladan avtotransport vositalaridagi texnik moylarni almashtirish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi servis xizmati stansiyalari va markazlarining ishlatilgan texnik moylarni to‘plash, saqlash va topshirish yuzasidan ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkiloti bilan shartnoma tuzgan, alohida bo‘lmagan bo‘linma;
ITMni qayta ishlash — ITMdan bazaviy tovar moylar olish maqsadida ularni tashkilotlar tomonidan qayta ishlash jarayoni;
texnik moylarni ishlatuvchi — o‘zining ishlab chiqarish yoxud boshqa faoliyati jarayonida texnik moylardan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs, ularning natijasida ITM hosil bo‘ladi;
ITMni topshirish eng kam miqdorining hisoblangan normativi — mahsulot birligi yoki boshlang‘ich xomashyo birligi hisobiga texnik moylarni ishlatish jarayonida hosil bo‘lgan, ishlatishning boshlang‘ich miqdoridan foizlar hisobida ITMni to‘plashning maxsus shoxobchalariga topshiriladigan ishlatilgan moylar resurslarini baholash uchun hisoblangan ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladigan ITMni topshirishning ushbu Nizomda belgilangan eng kam miqdori;
ITMni maxsus to‘plash shoxobchasi (keyingi o‘rinlarda ITMni maxsus to‘plash shoxobchasi deb ataladi) — ITMni to‘plash bo‘yicha qabul qilish va saqlash talablariga muvofiq bo‘lgan, ixtisoslashtirilgan maydoncha;
texnik moy — mineral, yarim sintetik va sintetik asosdagi har qanday industrial yoki motor moyi;
ITMning tavsifi — ITMning qayta ishlashga yaroqliligini belgilovchi yo‘l qo‘yiladigan ko‘rsatkichlar yig‘indisi.
3. ITM ushbu Nizomga 1-ilovadagi tasnifga muvofiq guruhlar bo‘yicha ishlatilgan motor moylariga (keyingi o‘rinlarda IMM deb ataladi) va ishlatilgan industrial moylarga (keyingi o‘rinlarda IIM deb ataladi) bo‘linadi.
4. ITMni texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga yoxud bevosita ITMni maxsus to‘plash shoxobchalariga topshirish texnik moylarning ishlatuvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Texnik moylarni almashtirish shoxobchalaridan ITMni to‘plash O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarida joylashgan ITMni maxsus to‘plash shoxobchalarida amalga oshiriladi.
6. ITMni maxsus to‘plash shoxobchalari ITMni to‘plash uchun yig‘uvchilar (rezervuarlar), maxsus uskunalar va zarur anjomlar, yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
7. ITMni saqlash ITMni dvigateldan, mashinadan va texnik moylar ishlatiladigan boshqa mexanizmlarning ishlovchi tizimidan chiqarib olingan vaqtdan boshlab sig‘imlarda, lekin ko‘pi bilan olti oy saqlagan holda amalga oshiriladi.
8. ITMni to‘plash, saqlash va tashish sig‘imlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
A4 o‘lchamidan kam bo‘lmagan hajmdagi etiketkaga ega bo‘lishi, unda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan ITM guruhi ko‘rsatilgan holda “Ishlatilgan texnik moylar” yozuvi bo‘lishi;
ITM bilan o‘zaro kimyoviy ta’sirga kirishmaydigan materiallardan iborat bo‘lishi;
ularda ITM sizib va/yoki oqib chiqadigan shikastlar bo‘lmasligi;
ular bilan ish olib borilmaydigan vaqtda zich yopilgan bo‘lishi;
ITMni to‘plash va saqlash joylarida ochiq tuproq ustida turmasligi;
belgilangan standart talablariga muvofiq ko‘p tonnali rezervuarlar uchun kalibrlovchi jadvallarga ega bo‘lishi kerak.
9. Barcha toifalardagi ishlatuvchilar tomonidan ITM, texnik moylarni almashtirish shoxobchalari va ITMni maxsus to‘plash shoxobchalarida ishlayotganda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
ITMni har qanday yuzalarga va yer osti suvlariga hamda kanalizatsiya tizimlariga oqizish;
tuproqning ifloslanishiga olib keladigan holda saqlash va/yoki tashlash;
reglamentga nomuvofiq tarzda yoqish;
texnik moylarni almashtirish punktlari va ITMni to‘plash maxsus punktlaridan tashqari, ITMni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga topshirish;
neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, mazut va boshqa yog‘li moddalar bilan aralashtirish;
maishiy chiqindilar to‘planadigan joylarga tashlash;
ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan qurilmalarda yoki tashkilotlarda qayta ishlash.
10. ITMni samarali qayta ishlash maqsadida texnik moylarni ishlatuvchilar, texnik moylarni almashtirish shoxobchalari. ITMni to‘plash tashkilotlari ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash, saqlash, topshirish va tashishni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq IIM va IMM guruhlari bo‘yicha aralashib ketishini istisno qiladigan har xil sig‘imlarda amalga oshirishlari shart.
11. Texnik moylarni ishlatuvchilar — jismoniy shaxslar ITMni texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga topshiradilar.
12. Texnik moylarni ishlatuvchilar — yuridik shaxslar:
ITMni maxsus to‘plash shoxobchalariga va/yoki texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga topshiradilar;
texnik moylarning aylanishini hisobga olish daftarini yuritadilar, unda muayyan davrda olingan texnik moylarning miqdori, foydalanilgan texnik moylar miqdori, ITMning amaldagi chiqish miqdori va 2-ilovaga muvofiq hisoblangan normativlarga nisbatan ITMni topshirish miqdori ko‘rsatiladi;
ITMni texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga yoki maxsus to‘plash shoxobchalariga topshiradilar;
ushbu Nizom talablariga muvofiq ITM bilan ishlashning ichki tartibini tasdiqlaydilar va o‘z xodimlarini o‘qitadilar.
13. Texnik moylarni almashtirish shoxobchalari quyidagilarga majbur:
texnik moylarni ishlatuvchilarning transport vositalariga servis xizmati ko‘rsatish natijasida hosil bo‘lgan ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash, saqlash va topshirish yuzasidan ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkilotlari bilan shartnoma tuzish;
transport vositalari moyini almashtirish bo‘yicha o‘zlarining xizmatlar ko‘rsatishi natijasida hosil bo‘lgan ITMni to‘plash, saqlash va topshirishni hisobga olishning ichki daftarini yuritish;
ITMni tuzilgan shartnomalar asosida ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkilotiga sotish;
ushbu Nizomga hamda ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq transport vositalari moyini almashtirish bo‘yicha o‘zlari ko‘rsatgan xizmatlar natijasida hosil bo‘lgan ITM bilan ishlashning ichki tartibini tasdiqlash, o‘z xodimini (mavjud bo‘lsa) o‘qitishni amalga oshirish;
ushbu Nizomning 9-bandida bayon qilingan talablar to‘g‘risidagi axborotni ko‘rinarli joyga osib qo‘yish.
14. Ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkiloti quyidagilarga majbur:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida ITMni maxsus to‘plash shoxobchalarini tashkil etish;
ushbu Nizom talablariga javob beradigan texnik moylarni almashtirish shoxobchalari bilan shartnomalar tuzish;
ITMni qabul qilishda topshirilayotgan ITMni qonunchilikda belgilangan tartibda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish;
15. ITMni topshirish va to‘plashni turkumlashtirish maqsadida texnik moylar va moylash materiallarining ishlab chiqaruvchilari, shuningdek import qiluvchilari quyidagilarga majbur:
ITMni, ITMni maxsus to‘plash shoxobchalariga yoki texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga majburiy topshirishning zarurligi to‘g‘risida texnik moylarni ishlatuvchilarni xabardor qilish. Bunda ana shunday axborot texnik moylar sotishning barcha shoxobchalarida ko‘rinarli joyga qo‘yilishi va unda ushbu Nizomning 9-bandida bayon qilingan talablar ko‘rsatilishi kerak;
mahsulotlar quyilgan butilkalar, kanistrlar, bochkalar etiketkalarida ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan yozuvlarning bo‘lishini ta’minlash.
16. ITMni maxsus to‘plash shoxobchalariga topshirganlik yuzasidan yuridik shaxslar va texnik moylarni almashtirish shoxobchalari o‘rtasidagi hisob-kitoblar belgilangan tartibda, tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
17. Texnik moylarni almashtirish shoxobchalari bilan hisob-kitoblar amalda topshirilgan miqdorlar uchun:
yuridik shaxslar bilan — ITMni topshirish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha;
jismoniy shaxslar bilan — naqd pul bilan, shu jumladan yangi moy va transport vositalarining texnik moylarini almashtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar narxidan chegirishlar tarzida amalga oshiriladi.
19. ITMni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, tashish, saqlash tartibi 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari ITMni to‘plash, saqlash va tashish faoliyatini amalga oshirish doirasida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan doimiy nazoratni ta’minlaydilar.
22. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar. | 154 | 10,862 |
Qonunchilik | Namangan viloyatida zamonaviy meva-sabzavotchilik agrosanoat klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4941-son qaroriga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hajmini oshirish, qayta ishlash va sotishning zamonaviy usullarini joriy etish, sohaga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2021-yil 17-noyabrda Namangan viloyati hokimligi va Rossiya Federatsiyasining “Sibirskoye zdorovye” kompaniyasi o‘rtasida Namangan viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolanganligi;
“Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish maqsadida qiymati 20,9 mln AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi;
“Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasining ta’sischisi bo‘lgan “Sibirskoye zdorovye” kompaniyasi tomonidan korxonaning dastlabki ustav fondi (kapitali) shakllantirilishi;
“Namangan sharbati” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan yangi intensiv bog‘lar barpo etish maqsadida 10 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mablag‘lari jalb etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Yangiqo‘rg‘on tumanida “Namangan sharbati” MChJ qo‘shma korxonasi hamda Chortoq tumanida “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan meva-sabzavotchilik klasterlarini (keyingi o‘rinlarda — agrosanoat klasterlari) tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Agrosanoat klasterlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini, ilm-fan yutuqlarini hamda ilg‘or innovatsiya va suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish;
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlashning samarali usullari va texnologiyalaridan foydalanish;
kasalliklardan xoli bo‘lgan mevali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish uchun zamonaviy “in-vitro” laboratoriyasi hamda ko‘chatxonalarni tashkil etish;
qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali eksport hajmlarini ko‘paytirish;
tuproq unumdorligini va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish.
4. Quyidagilar:
mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi zaxirasidagi 301,4 gektar yer maydoni “Namangan sharbati” MChJ qo‘shma korxonasiga 25 yil muddatga;
mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq Chortoq tumani hokimligi zaxirasidagi 679,2 gektar yer maydoni “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasiga 25 yil muddatga ijaraga berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga muvofiq chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun yer uchastkasini ijaraga olish huquqining bozor qiymati Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi zaxirasidagi 301,4 gektar yer maydoni uchun — 4 198,3 mln so‘m hamda Chortoq tumani hokimligi zaxirasidagi 679,2 gektar yer maydoni uchun — 937,4 mln so‘m etib belgilansin.
5. Namangan viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “Namangan sharbati” MChJ qo‘shma korxonasi hamda “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan 4-bandda nazarda tutilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkazilgandan so‘ng Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi va “Namangan sharbati” MChJ qo‘shma korxonasi o‘rtasida hamda Chortoq tumani hokimligi va “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi o‘rtasida yer ijara shartnomasi tuzilishini, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
6. “Namangan sharbati” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan 2022 — 2025-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
“Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan 2022 — 2025-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Namangan viloyati hokimligi ikki hafta muddatda agrosanoat klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali tashkil qilish maqsadida mazkur qarorning 3 va 4-ilovalariga muvofiq belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha tarmoq jadvalini ishlab chiqib, tasdiqlasin va tarmoq jadvalida belgilangan tadbirlarni amalga oshirilishini nazoratga olsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
a) “Namangan sharbati” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan 10 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilish hisobiga:
Yangiqo‘rg‘on tumanida 2022-2023-yillarda 301,4 gektar maydonda intensiv bog‘ barpo etilib, yiliga 12 ming tonna meva mahsulotlari yetishtiriladi;
meva mahsulotlarini qayta ishlash quvvati yiliga 2 ming tonna bo‘lgan zavod faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
ishlab chiqarilgan mahsulot to‘liq eksportga yo‘naltiriladi va yillik xorijiy valyuta tushumlari 1,5 — 2,0 mln AQSh dollariga yetkaziladi;
investitsiya loyihasini ishga tushirish natijasida 120 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi;
b) “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan 20,9 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilish hisobiga:
Chortoq tumanida 2022-2023-yillarda 679,2 gektar maydonda intensiv bog‘ barpo etilib, yiliga 27 ming tonna meva mahsulotlari yetishtiriladi;
ishlab chiqarilgan mahsulot to‘liq eksportga yo‘naltiriladi va yillik xorijiy valyuta tushumlari 2,5 — 3,0 mln AQSh dollariga yetkaziladi;
investitsiya loyihasini ishga tushirish natijasida 180 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.
8. Belgilansinki:
“Namangan sharbati” MChJ qo‘shma korxonasi va “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilmaganda va yer ijara shartnomasida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-37-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilinadi;
agrosanoat klasterlariga fermer ho‘jaliklari uchun mineral o‘g‘it, urug‘lik, yonilg‘i-moylash materiallari, o‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berish, shu jumladan, lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish bo‘yicha belgilangan tartib tatbiq etiladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Namangan viloyati hokimligi buyurtmanomalariga ko‘ra investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish vizalarini konsullik va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmagan holda rasmiylashtirsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Namangan viloyati hokimligi buyurtmanomalariga ko‘ra investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ushbu mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasida yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini hamda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati belgilangan tartibda uzaytirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi agrosanoat klasterlarining obyektlari elektr tarmoqlariga ulanishini va energiya iste’mol qiluvchi qurilmalari loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda zarur quvvat bilan ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. | 117 | 8,181 |
Qonunchilik | Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimi joriy etilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakl | So‘nggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va bu borada ichki ishlar organlari uchun malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) o‘qishga kirish istagida murojaat qilgan nomzodlardan ortiqcha hujjatlar talab etilishi, o‘qishga qabul qilishda ortiqcha bosqichlar mavjudligi fuqarolarning sarsongarchiligiga hamda bir qator e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Akademiyaga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlarni qisqartirish, qabul jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish, o‘qishga qabul qilish tizimini soddalashtirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Akademiya bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar (o‘rta maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari) umumiy kvotaning o‘n foizi bo‘yicha qabul qilinadi;
Akademiyaga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlarni qisqartirish, shuningdek, dastlabki tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlarga natijalar e’lon qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida ichki ishlar organlarining apellatsiya komissiyasiga shikoyat bilan murojaat qilish imkoniyatini yaratish;
o‘qishga qabul qilishning tanlov jarayonini soddalashtirish, shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida uni uzluksiz ravishda videoyozuvga tushirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Nomidagi “Akademiyasining” so‘zi “Akademiyasi bakalavriatining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 1-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining (keyingi o‘rinlarda — Akademiya deb ataladi) bakalavriat dasturi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari qabul kvotasining 90 foizi bo‘yicha qabul qilinishi”.
3. 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Akademiyasining” so‘zi “Akademiyasi bakalavriatining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 4-banddagi “Akademiyaning” so‘zi “Akademiyasi bakalavriatining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya deb ataladi) bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Akademiya bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga (keyingi o‘rinlarda — Akademiyaga o‘qishga qabul qilish deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq qabul qilinadi. Bunda o‘qishga qabul o‘rinlari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha viloyatlar kesimida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan taqsimlanadi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlariga Akademiyaga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.
Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun Akademiyaga o‘qishga qabul qilish uchun belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining tavsiyasiga asosan Akademiyaga kvota asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi. Bunda o‘qishga qabul qilish dastlabki va kasbiy tanlov natijalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan har yili belgilanadigan kvotalarga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Akademiyaga yoshi o‘n yettidan kichik (qabul yilida o‘n yetti yoshga to‘ladiganlar) va yigirma beshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan, yigirma besh yoshdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ma’lumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Bunda faqat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari qabul kvotasining to‘qson foizi bo‘yicha qabul qilinadi.
Akademiyaga o‘qishga kirish uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
4. Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari prinsiplari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
dastlabki tanlov;
maxsus kasbiy tanlov;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
5. Nomzodlar sinovlarni o‘zbek yoki rus tillaridan birini tanlagan holda topshiradilar.
6. Akademiyaga o‘qishga kirishdan oldin nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar nomzod Akademiyaga o‘qishga qabul qilingandan so‘ng ichki ishlar organlarida, shuningdek, taqsimot bo‘yicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmatni o‘tashi haqida shartnoma imzolashi, shartnoma shartlarini bajarishi, shuningdek, kursantlar safidan chiqarilsa yoki o‘qishni tamomlagandan so‘ng besh yil ichida xizmatdan bo‘shatilsa, shartnomani muddatdan oldin bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, o‘qish davrida unga sarflangan barcha budjet mablag‘larini qoplashi bo‘yicha moddiy javobgarlik to‘g‘risida o‘qishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida mazkur Nizomga 1-ilovadagi shaklga muvofiq ogohlantiriladi.
Shartnoma tuzishni rad etgan fuqarolar Akademiyaga qabul qilinmaydi.
7. Akademiyaga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik deb ataladi) tomonidan vazirlik va Akademiyaning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanlov e’lon qilinadi. Unda ariza qabul qilinadigan manzil, tanlovni o‘tkazish muddatlari va joyi, o‘qishga qabul qilish shartlari hamda tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.
8. Akademiyaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha targ‘ibot va dastlabki tanlov bosqichi tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bosh boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida (keyingi o‘rinlarda — ichki ishlar organlari deb ataladi) tuziladigan ishchi guruhlar tomonidan tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi.
Ishchi guruhlar o‘z faoliyatini qabul yilidan oldingi yilning sentyabr oyi birinchi ish kunidan keyingi yilning sentyabr oyi birinchi ish kuniga qadar amalga oshiradi.
Ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan vazirlik Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasida ishchi guruh tuziladi.
9. Akademiyaga o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar vazirining o‘rinbosari raisligida Nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Qabul komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
10. Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini qabul yilining 1-fevralidan 31-avgustiga qadar Akademiyada olib boradi.
11. Qabul komissiyasining tarkibi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
12. Qabul komissiyasi tarkibida nomzodlarning hujjatlarini o‘rganish, yozma ish (bayon yoki insho) o‘tkazish, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash, harbiy-tibbiy, yakka tartibdagi yakuniy suhbatni o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiyalar tuzilishi mumkin.
Shuningdek, Qabul komissiyasi tarkibida imtihon savollari va vazifalarini tuzish maqsadida Akademiya xodimlari va tegishli sohaning malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspert guruhi tashkil etiladi.
13. Qabul komissiyasining raisi:
Qabul komissiyasining ishini tashkil etadi;
Qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
14. Nomzodlar tanlovining Akademiyada o‘tkaziladigan tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish borasida Akademiyaga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun Akademiya boshlig‘i o‘z vakolati doirasida buyruq (farmoyish) qabul qiladi.
15. Akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan fuqarolar o‘zlarining doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan, ichki ishlar organlari xodimlari o‘z xizmat joyiga ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatgan holda mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
Akademiyaga o‘qishga kirish istagida murojaat qilganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ta’lim yo‘nalishlari kesimida Akademiya rasmiy veb-saytida hamda hududiy ichki ishlar organlari idoralariga kirish qismida tashkil etilgan ma’lumotlar burchagida har kuni e’lon qilib boriladi.
16. Dastlabki tanlovning asosiy maqsadi Akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni tavsiflovchi ma’lumotlarning ular kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilishi uchun mosligini va nomzodlarning sog‘lig‘i holatini aniqlashdan iborat.
17. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash;
nomzod to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni aniqlash (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining ichki ishlar organlaridagi xizmatga munosabati va boshqalar);
nomzodning sog‘lig‘i jihatidan o‘qishga yaroqliligini aniqlash.
18. Akademiyaga o‘qishga kirish uchun nomzodlarning arizalari (Akademiyaga o‘qishga kirish uchun nomzod ichki ishlar organi xodimi bo‘lgan taqdirda, ularning bildirgilari) qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan qabul yilining 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.
19. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
nomzod tomonidan qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa (ma’lumotnoma);
harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
o‘qish, ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;
doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan sog‘lig‘ining holati haqida belgilangan namunadagi ma’lumotnoma (bo‘y-basti ko‘rsatilgan holda);
ota-onasining Akademiyaga o‘qishga kirishiga rozilik xati.
Quyidagi hujjatlar ishchi guruhlar tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma’lumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu haqda FHDY organining ma’lumotnomasi;
ariza beruvchining yaqin qarindoshlari nogironligi (agar mavjud bo‘lsa) haqidagi guvohnomalar nusxalari;
ariza beruvchining yaqin qarindoshlari pasporti, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, qarindoshlarining o‘limi haqidagi guvohnomalar nusxalari;
Akademiyaga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi;
3x4 santimetr o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9x12 santimetr o‘lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki ID-karta), tug‘ilganlik haqida guvohnomalar, harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.
Arizani qabul qilgan ichki ishlar organi xodimi taqdim etilgan hujjatlarning aslini tekshirib oladi. Ishchi guruh tomonidan xizmat o‘tash xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli muassasadan qo‘shimcha hujjat yoxud ma’lumotlar talab qilib olinishi mumkin.
20. Ishchi guruhlar tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olingan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining bildirgilariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yaqin qarindoshlarning pasporti, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘limi haqidagi guvohnoma nusxalari;
Akademiyaga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi;
3 x 4 santimetr o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9 x 12 santimetr o‘lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz).
21. Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan bino va auditoriyalarda sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratiladi.
22. Dastlabki tanlov bosqichida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
23. Dastlabki tanlov:
vazirlik akademik litseylari bitiruvchilari hamda fuqarolar uchun — ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida;
harbiy akademik litseylar bitiruvchilari uchun — (hujjatlarni to‘plash va o‘rganish tadbirlari) ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida va (tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari) harbiy akademik litsey joylashgan hududdagi ichki ishlar organlarida;
ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun — ularning xizmat joyi va harbiy qismlarda (muassasalarda) o‘tkaziladi.
24. Dastlabki tanlov tadbirlari ishchi guruhlar tomonidan qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan qabul yilining 1-aprelga qadar o‘tkaziladi.
25. Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
26. Hujjatlarni to‘plash va o‘rganish natijalarini tahlil qilish nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish usuli bilan o‘tkaziladi.
Nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari dastlabki tanlov tadbirlari yakunlangunga qadar amalga oshiriladi.
27. Hujjatlarni to‘plash va o‘rganish natijalari bo‘yicha nomzodning kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilishi mumkinligi to‘g‘risida ishchi guruhlar tomonidan xulosa chiqariladi.
28. Nomzod Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qaroriga muvofiq vazirlik va ichki ishlar organlarida maxsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
29. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida nomzodning sog‘lig‘iga ko‘ra Akademiyada o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xulosa chiqariladi.
30. Nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida ichki ishlar organlarida xizmat qilishga to‘sqinlik qiluvchi ma’lumotlar aniqlanganda yoki sog‘lig‘ining holati bo‘yicha xizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, hujjatlarni rasmiylashtirish to‘xtatilib, ularni ichki ishlar organlariga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan qaror qabul qilinadi va bu haqda nomzodga yozma xabar qilinadi.
31. Dastlabki tanlov tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda shaxsiy hujjatlari yig‘majildi to‘liq rasmiylashtirilgan nomzodni maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etish uchun yuborish to‘g‘risida mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda xulosa chiqariladi. Ushbu xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘majildiga tikiladi.
Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlari bilan birgalikda ishchi guruhlar tomonidan qabul yilining 20-mayiga qadar Akademiyaga yuboriladi. Akademiyada taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari ro‘yxatga olinadi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
32. Maxsus kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodning ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashi uchun sog‘lig‘ining mos kelishini hamda jismoniy tayyorgarligi va intellektual salohiyatini aniqlashdan iborat.
33. Quyidagilar maxsus kasbiy tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
taqdim etilgan hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi materiallarni o‘rganish;
nomzodning sog‘lig‘ini o‘rganish;
nomzodning umumjismoniy tayyorgarligi, bilim darajasi va chet tillari bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasini har tomonlama va xolisona baholash;
“Ekspert-kriminalistika faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha nomzodning umumjismoniy tayyorgarligi kimyo, fizika va matematika fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasini har tomonlama va xolisona baholash;
nomzodni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilish (maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha).
34. Maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
hujjatlarni o‘rganish;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
yozma ish (bayon yoki insho);
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash.
“Ekspert-kriminalistika faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
hujjatlarni o‘rganish;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash.
35. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 25-mayga qadar maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqiladi va tegishli ichki ishlar organlariga yuboriladi.
36. Ishchi guruhlar nomzodga reja-jadvalga muvofiq maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish joyi va muddatlari haqida ma’lum qiladi hamda uning hujjatlari Akademiyaga belgilangan muddatlarda to‘liq yetkazilishini ta’minlaydi.
37. Hujjatlar nomzod to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish orqali o‘rganiladi.
38. Nomzod tibbiy ko‘rikdan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qaroriga muvofiq o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida nomzodning sog‘lig‘iga ko‘ra Akademiyada o‘qishga yaroqlilik darajasi to‘g‘risida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xulosa chiqariladi.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Akademiyada o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzod tanlovning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
39. Yozma ish tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda, mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan metodikaga asosan o‘tkaziladi.
40. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.
41. Chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasi mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.
42. Kimyo va fizika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda, mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.
43. Matematika fanini o‘zlashtirganlik darajasini baholash tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.
44. Tanlov o‘tkazish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.
45. Maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha Qabul komissiyasi tomonidan nomzodni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qabul komissiyasining qarori mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
46. Yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini o‘zlashtirganlik darajalarini baholash, “Ekspert-kriminalistika faoliyati” yo‘nalishida umumjismoniy tayyorgarlik, matematika, kimyo va fizika fanlari bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball to‘plagan nomzod Qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yilmaydi.
Maxsus kasbiy tanlov tadbirlari natijalariga ko‘ra, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yilgan nomzodlar soni bir qabul o‘rniga ikkita nomzodni tashkil etmagan hollarda, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yilish uchun yetarli ball to‘plamagan nomzodlar, istisno tariqasida, bir qabul o‘rniga ikkita nomzodni tashkil etguniga qadar maxsus kasbiy tanlov tadbirlaridan to‘plagan ballaridan kelib chiqib, yuqori balldan pastga qarab ketma-ketlik tartibida yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yiladi.
47. Nomzodlarga maxsus kasbiy tanlovning yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash tadbirlari bo‘yicha sinovlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
48. Belgilangan vaqtdan kech qolgan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov tadbirlariga kiritilmaydi, shuningdek, kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Uzrli sabablar, ya’ni sog‘ligining yomonlashuvi yoki yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush o‘rtog‘i, farzandi, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi)ning vafot etishi tufayli belgilangan vaqtda kelmagan nomzodlarga maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish reja-jadvalida oxirgi o‘rinda turgan hududiy ichki ishlar organidan kelgan nomzodlar bilan birga imtihonlarni topshirishga ruxsat etiladi.
49. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi va tarbiya fanlari bo‘yicha nomzodlarning bilimlarini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat.
50. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat Qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan bo‘yicha kamida bir nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda o‘tkaziladi.
Nomzodlarga beriladigan savollar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
51. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzodni baholashda uning savol mazmun va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi, mustaqil va ijodiy fikrlashi hamda uni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilishi inobatga olinadi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomga 11-ilovada keltirilgan metodikaga asosan o‘tkaziladi.
52. Tanlov o‘tkazish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida yakka tartibdagi yakuniy suhbat jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.
53. Belgilangan vaqtdan kech qolgan nomzodlar yakuniy yakka tartibdagi suhbatga kiritilmaydi, shuningdek, kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.
Uzrli sabablar, ya’ni sog‘ligining yomonlashuvi yoki yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush o‘rtog‘i, farzandi, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi)ning vafot etishi tufayli belgilangan vaqtda kelmagan nomzodlarga maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish reja-jadvalida oxirgi o‘rinda turgan hududiy ichki ishlar organidan kelgan nomzodlar bilan birga yakuniy yakka tartibdagi suhbatdan o‘tishiga ruxsat etiladi.
54. Qabul komissiyasi tomonidan maxsus kasbiy tanlov natijalari va yakka tartibdagi yakuniy suhbat bo‘yicha nomzodni Akademiyaga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
55. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan qayta o‘tishga ruxsat berilmaydi
56. Yoshlarga ichki ishlar organlarida xizmat qilishning mohiyatini va qo‘yiladigan talablarni ochib berish, ularda ichki ishlar organi xodimi kasbini ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan ta’lim yo‘nalishini tanlashda yoshlarga yordam berish Akademiyaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarining (keyingi o‘rinlarda — targ‘ibot ishlari deb ataladi) asosiy maqsadi hisoblanadi.
57. Targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda vazirlikka quyidagi vazifalar yuklanadi:
ichki ishlar organlarida targ‘ibot bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishini nazorat qilish;
vazirlik va Akademiyaning rasmiy veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar doimiy yangilanib turilishini nazorat qilish;
Akademiyaning o‘quv-tarbiya jarayoni, o‘qishga kirish shartlari bayon qilingan bukletlar va plakatlar ichki ishlar organlari hamda vazirlik huzuridagi akademik litseylar, harbiy akademik litseylarga (keyingi o‘rinlarda — litseylar deb ataladi) yetkazilishini tashkil etish.
58. Targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda ichki ishlar organlariga quyidagi vazifalar yuklanadi:
yoshlar va ichki ishlar organlari xodimlari orasidan Akademiyaga nomzodlarni tanlash ishlarini tashkil etish;
ichki ishlar organlari binolarida o‘quv-maslahat burchaklari tashkil etish va ularni Akademiya hayotini, nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi, ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmali tashviqot materiallari bilan jihozlash;
litseylarda targ‘ibot tadbirlarida bevosita yoshlarning ishtirok etishini ta’minlash, ularga Akademiyada o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlarini ongli ravishda tanlashi uchun yordam berish;
ichki ishlar organlari muzeylariga yoshlarning tashrifini tashkil etish.
59. Targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda Akademiyaga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Akademiyadagi hayot va o‘qishning o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi plakatlar, bukletlar va videoroliklar shaklidagi axborot materiallarini tayyorlash;
Akademiya faoliyati va unga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etish, ma’ruzalar va ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazish;
tanishuv va ish o‘rganish amaliyotlari davrida Akademiyaning doimiy va o‘zgarib turuvchi tarkibining xodimlar va yoshlar bilan uchrashuvlari va suhbatlarini tashkil etish.
60. Targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda litseylarga quyidagi vazifalar yuklanadi:
litseylarda Akademiya hayotini aks ettiruvchi ko‘rgazmali tashviqot, nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi o‘quv-maslahat burchaklarini tashkil etish;
ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari, Akademiyadagi o‘quv-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi videoroliklarni namoyish qilish, shuningdek, ichki ishlar organlari sohasida faoliyat yuritgan faxriylar va Akademiya vakillari bilan muntazam uchrashuvlarni tashkil etish.
61. Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan nomzodlarga chet tili fanidan imtihonsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Jaranese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;
boshqa xorijiy tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
62. Quyidagilar ajratilgan qabul kvotalaridan tashqari dastlabki va maxsus kasbiy tanlovda yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini o‘zlashtirganlik darajalarini baholash, “Ekspert-kriminalistika faoliyati” yo‘nalishida umumjismoniy tayyorgarlik, matematika, kimyo va fizika fanlari bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan ko‘p ball to‘plaganda (keyingi o‘rinlarda — muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng deb ataladi) tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari (taqdimnomalari) asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz o‘qishga qabul qilinadilar:
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari;
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt bo‘yicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari.
63. Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari ajratilgan besh foizli, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilarining farzandlari ajratilgan besh foizli va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari ajratilgan ikki foizli, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan har yili belgilanadigan kvotalar doirasida maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari (taqdimnomalari) asosida o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda o‘qishga qabul qilinadi.
Ajratilgan kvota o‘rinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari, shuningdek, vazirlik akademik litseylarining huquqshunoslik fani bo‘yicha idoraviy fan olimpiadasi g‘oliblari dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga ko‘ra, belgilangan qabul kvotalari doirasida o‘qishga yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz qabul qilinadilar.
65. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda ushbu Nizomning 60, 61 va 62-bandlarida nazarda tutilgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ta’lim mutaxassisligi, shakli va tili ko‘rsatilgan holda, vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi vazirlik taqdimnomalari asosida 4-iyulgacha ular bo‘yicha alohida qaror qabul qiladi.
66. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari asosida Akademiyaga o‘qishga qabul qilinadi.
Akademiyaga o‘qishga kirgan nomzodlar kursantlar safiga qabul qilinadi.
67. Qabul komissiyasi har yili 10-iyulga qadar nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi va mazkur Nizomga 12-ilovaga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi. Bayonnoma nomzodlarni Akademiyaga o‘qishga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
68. Akademiyaga o‘qishga qabul qilish jarayonida maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra kvota bo‘yicha belgilangan ro‘yxatda oxirgi o‘rindagi nomzodning to‘plagan ballari bilan undan keyingi o‘rinda turuvchi nomzodning to‘plagan ballari bir xil bo‘lsa, ularning barchasi Akademiyaga belgilangan kvotadan tashqari o‘qishga qabul qilinadilar.
69. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat paytida Akademiya hududiga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi qat’iy man etiladi.
Nomzod tomonidan sinovlarga lug‘at, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, sinovlar paytida bir-biriga yordam berishi, birovning o‘rniga kirishi, sinov o‘tkazish tartibini buzish deb hisoblanadi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va tanlovdan butunlay chetlashtiriladi.
Qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga rioya qilmagan taqdirda, ularni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
70. Akademiyaga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellatsiya) arizalarini ko‘rib chiqish uchun ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan apellatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi.
Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzod, natijalar e’lon qilingan kundan e’tiboran 24 soat ichida apellatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.
Norozilik (apellatsiya) arizalari tanlov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda, bir kundan uch kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga asosan apellatsiya komissiyasi arizadagi vajlarni to‘liq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud qanoatlantirishni rad etadi.
71. Maxsus kasbiy tanlov boshlanishidan oldin yozma ish (bayon, insho), umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
72. Apellatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar yozma ish (bayon, insho), umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etilishi mumkin.
73. Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
74. Akademiyaga o‘qishga qabul qilinmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlari Qabul komissiyasining qarori e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida tegishli ichki ishlar organlariga qaytarib yuboriladi.
75. Akademiyaga o‘qishga qabul qilingan ichki ishlar organlari xodimlari hamda harbiy xizmatchilariga xizmat o‘tash joylariga taqdim etish uchun o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma beriladi.
76. Nomzodni Akademiyaga o‘qishga qabul qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar Akademiyada saqlanadi.
77. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Yozma ish nomzodning imloviy va tinish belgilariga oid (ishorat) savodxonlik darajasini, fikrlash hamda eslab qolish qobiliyatini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
2. Yozma ish nomzodlar tomonidan bayon yoki insho yozish orqali o‘tkaziladi.
3. Yozma ish o‘tkazish uchun tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuv asosida malakali mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
4. Bayonning matnlari va insho mavzulari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq shakllantiriladi.
5. Bayonning matnlari va insho mavzulari 1-iyunga qadar Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Bayon matnlari va insho mavzulari xato hamda kamchiliklarsiz bo‘lishi uchun yozma ish o‘tkazish bo‘yicha komissiya raisi mas’ul hisoblanadi.
7. Matn va (yoki) mavzular yozma ish o‘tkazish bo‘yicha komissiya raisida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.
8. Yozma ish o‘tkazish bo‘yicha komissiya raisi komissiya a’zolari ichidan auditoriya kuzatuvchilarini belgilaydi.
9. Yozma ish o‘tkazilayotgan xonaga jadval, lug‘at, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
10. Nomzodlar yozma ish o‘tkaziladigan auditoriyaga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda kiritiladi.
11. Yozma ish boshlanishidan oldin auditoriya kuzatuvchilari tomonidan nomzodlarga yozma ish o‘tkazish tartibi tushuntiriladi.
12. Nomzod daftarning ustki qismiga o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini hamda guruh raqami haqidagi ma’lumotlarni yozadi. Nomzodlarga daftar varaqlarini buklash, yirtish, farq qiluvchi belgilar qo‘yish, yozuvlar tagiga chizish, yozma ish yozishda ko‘k havorang sharikli ruchkadan boshqa ruchkadan foydalanish, yozma ish qoralamasini yozish taqiqlanadi va bu holatlar yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzish deb hisoblanadi.
13. Yozma ish o‘tkazishning belgilangan tartibini buzgan nomzod yozma ishdan chetlashtiriladi, bunda auditoriya kuzatuvchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, ushbu nomzodning yozma ishi baholanmaydi hamda u imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.
14. Yozma ish o‘tkazilayotgan vaqtda begona shaxslarning yozma ish o‘tkaziladigan binoga (auditoriyaga) kirishi taqiqlanadi.
15. Nomzodlarga bayon matni bir marotaba tushunarli va to‘liq o‘qib eshittiriladi hamda nomzodlarga bayon matnining takroran o‘qib eshittirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bayon matnining hajmi 250 — 300 ta so‘zdan iborat bo‘ladi.
Bayon matni o‘qib eshittirilgandan keyin nomzodlarga bayon yozish uchun 2 akademik soat (80 daqiqa) vaqt beriladi.
16. Nomzodlarga insho mavzusi bir marotaba tushunarli va to‘liq o‘qib eshittiriladi.
Nomzodlarga insho yozish uchun 3 akademik soat (120 daqiqa) vaqt beriladi.
17. Nomzod tomonidan yoziladigan insho matni mantiqan izchil, tushunarli bayon etilishi, shuningdek, inshoning rejasi mavzuga mos, ijodiy hamda mustaqil tuzilishi lozim.
18. Yozma ish boshlangandan so‘ng nomzodlarning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda nomzodlarga imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
19. Yozma ishni muddatidan oldin yozib tugatgan yoki yozma ish yozish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzod yozma ishini yozishni to‘xtatadi va o‘zining daftarini auditoriya kuzatuvchilariga topshirib, auditoriyani tark etadi.
20. Auditoriya rahbarlari nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlarni mutaxassislarga tekshirish uchun topshiradi.
21. Auditoriyada matnni va (yoki) mavzuni o‘qib eshittirgan shaxsga shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan yozma ishlarini tekshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Nomzodlar tomonidan yozilgan yozma ish “30” ballik tizimda baholanadi. Bunda savodxonlik uchun maksimal — 15 ball, ish mazmuni uchun maksimal — 15 ball.
Yozma ishda savodxonlikni baholash mezoni:
savodxonlikda 2 ta imloviy, 1 ta ishoratga oid va 1 ta uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan, umumiy xatolar 4 tadan oshmagan deb topilganda — “15” ball bilan baholanadi;
savodxonlikda 4 ta imlo, 3 ta ishoratga oid va 3 ta uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan, umumiy xatolar 5 tadan ortiq, biroq 10 tadan oshmagan deb topilganda — “10” ball bilan baholanadi;
savodxonlikda 9 ta imlo, 6 ta ishoratga oid va 5 ta uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan, umumiy xatolar 11 tadan ortiq, biroq 20 tadan oshmagan deb topilganda — “5” ball bilan baholanadi;
xatolarning umumiy soni 21 va undan yuqori bo‘lganda “0” ball bilan baholanadi.
Yozma ish mazmunini baholash mezoni:
yozma ish matni mazmunan to‘g‘ri, mantiqiy izchil, so‘z boyligi yaxshi, gap qurilishi va ifoda uslubi adabiy til talablariga mos, matn mazmuniga ijodiy yondashilgan deb topilganda — “15” ball bilan baholanadi;
yozma ish matni mazmunan to‘g‘ri, so‘z tanlashda va ifoda qurilishida kamchiliklar kuzatilgan, ba’zi o‘rinlarda mantiqiy izchillik yetishmagan, o‘rinsiz takrorlashlar mavjud deb topilganda — “10” ball bilan baholanadi;
yozma ish matni mazmunan to‘g‘ri, lekin gap tuzishda, ifoda qurilishida adabiy til me’yorlari buzilgan, so‘z boyligi kam, mantiqiy izchillik buzilgan deb topilganda — “5” ball bilan baholanadi;
yozma ish mavzusi ochilmagan, fikrlar bir-biri bilan bog‘lanmagan yoki boshqa mavzuda yozilgan deb topilganda, shuningdek, daftar bo‘sh holda topshirilganda “0” ball bilan baholanadi.
23. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, yozma ishdagi xatolar 1 ta xato deb hisoblanadi:
5 ta o‘rinda “h” yoki “o‘” harflari o‘rnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan bo‘lsa;
tinish belgilarini qo‘llashda 6 tagacha xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
kelishik qo‘shimchalarini qo‘llashda 3 tagacha xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.
24. Yozma ishdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq bo‘lsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
25. Yozma ish natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
26. Qaydnoma yozma ishni o‘tkazishda ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.
27. Yozma ish natijalari Qabul komissiyasi tomonidan Akademiya rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali baholanadi.
2. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar, mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda sport kiyimida bo‘lishlari shart.
4. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qo‘yiladigan talablar yigitlar va qizlar uchun alohida belgilanadi.
5. Quyidagilar o‘g‘il bolalar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
6. Quyidagilar qizlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
7. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
8. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarmagan, shuningdek, mashqlarni bajarishda “0” ball bilan baholangan nomzodlarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
9. Quyidagilar turnikda tortilish mashqiga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi;
harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 2 soniyagacha davom etishi mumkin).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
10. Nomzod tomonidan bajarilgan turnikda tortilish mashqi quyidagicha baholanadi:
13 marotaba va undan ortiq tortilganda — “10” ball;
11-12 marotaba tortilganda — “7” ball;
9-10 marotaba tortilganda — “5” ball;
1 — 8 marotaba tortilganda yoki umuman tortila olmaganda — “0” ball.
11. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi hamda stadionning yugurish yo‘lakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi.
12. Nomzod tomonidan bajarilgan 100 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
a) o‘g‘il bolalar uchun:
14,2 soniya ichida bajarganda — “10” ball;
14,3 — 14,6 soniyada bajarganda — “7” ball;
14,7 — 15,4 soniyada bajarganda — “5” ball;
15,5 soniyada va undan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball;
b) qizlar uchun:
17,0 soniya ichida bajarganda — “10” ball;
17,1 — 17,8 soniyada bajarganda — “7” ball;
17,9 — 18,4 soniyada bajarganda — “5” ball;
18,5 soniyada va undan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball.
13. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
14. Nomzod tomonidan bajarilgan 3000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
12,50 daqiqa ichida bajarganda — “10” ball;
12,50 daqiqadan ortiq, biroq 13,10 daqiqagacha bajarganda — “7” ball;
13,10 daqiqadan ortiq, biroq 13,45 daqiqagacha bajarganda — “5” ball;
13,45 daqiqadan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball bilan baholanadi.
15. Nomzod tomonidan bajarilgan 1000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
4,30 daqiqa ichida bajarganda — “10” ball;
4,30 daqiqadan ortiq, biroq 4,50 daqiqagacha bajarganda — “7” ball;
4,50 daqiqadan ortiq, biroq 5,20 daqiqagacha bajarganda — “5” ball;
5,20 daqiqadan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball bilan baholanadi.
16. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.
Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qo‘llar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar to‘piq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga ko‘tarilib, qo‘llar oyoq uchiga tekkandan so‘ng dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qo‘yib yuborish taqiqlanadi.
Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qo‘llar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda bo‘ladi;
qo‘llar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qo‘llar bukilib, tana erga nisbatan parallel holatga keltirilgandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning erga tegishi taqiqlanadi.
17. Nomzod tomonidan bajarilgan kuch ishlatish mashqlari kompleksi quyidagicha baholanadi:
34 marotaba va undan ortiq bajarilganda — “10” ball;
32-33 marotaba bajarilganda — “7” ball;
28 — 31 marotaba bajarilganda — “5” ball;
1 — 27 marotaba bajarilganda yoki umuman bajarilmaganda — “0” ball.
18. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlarni baholash natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
19. Qaydnoma komissiyaning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.
1. Nomzodlarning chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlari yoki nazariy imtihon o‘tkazish orqali baholanadi.
2. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ingliz, nemis va fransuz tillarini o‘zlashtirgan nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi.
3. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida boshqa chet tilini (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur va boshqa tillar) o‘zlashtirgan nomzodlar uchun nazariy imtihon sinovlari o‘tkaziladi.
4. Test sinovlariga yoki nazariy imtihonga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlar uchun imtihon qayta o‘tkazilmaydi.
5. Test savollari va nazariy imtihon savollari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim o‘quv dasturlari doirasida tuziladi.
6. Test savollari va nazariy imtihon savollari qabul komissiyasi tomonidan 1-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.
7. Test savollari va ularning javoblari hamda nazariy imtihon savollari komissiya kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib mas’ul hisoblanadi.
8. Test sinovlari kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus xonada o‘tkaziladi.
Nomzod kompyuter dasturlarida beriladigan savollarga javoblarni belgilash orqali test sinovlaridan o‘tadi.
9. Test sinovlari o‘tkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
10. Test sinovlarini o‘tkazishni boshlashdan avval komissiya a’zolari nomzodlarga test sinovlarini o‘tkazish tartibini tushuntirishi shart.
11. Nomzodga 30 ta test savoli beriladi.
Test savollarini yechish uchun 1 soat (60 daqiqa) vaqt beriladi.
12. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti (A, B, C, D) beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta to‘g‘ri javobni belgilashi lozim.
Javoblar to‘g‘ri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni noto‘g‘ri belgilagan nomzodlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.
13. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sog‘lig‘i yomonlashgan holatlar bundan mustasno.
14. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
15. Test sinovlarini o‘tkazish vaqtida test sinovlari o‘tkazilayotgan xonada nomzodlar, komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi.
16. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, shu vaqtning o‘zida nomzodga uning test sinovlari natijalari kompyuter ekranida e’lon qilinadi.
17. Nomzodning test savollariga bergan to‘g‘ri javoblari avtomatik ravishda kompyuter dasturi orqali har bir to‘g‘ri javob uchun “1” ball bilan baholanadi.
18. Test sinovlarining natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida komissiya a’zolari tomonidan mazkur Metodikaga 1-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
19. Qaydnoma test sinovlarida ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.
20. Nazariy imtihon sinovlarini o‘tkazish uchun komissiyaga kelishuv asosida tegishli chet tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
21. Komissiya nazariy imtihon boshlanishidan kamida 1 kun oldin nomzodlar e’tiboriga tasdiqlangan nazariy imtihon o‘tkaziladigan o‘quv dasturini, ularni baholash mezonlarini ma’lum qiladi.
22. Nazariy imtihonda nomzodga tegishli chet tili bo‘yicha quyidagi topshiriqlar beriladi:
1 betdan iborat matnni o‘qib berish;
1 betdan iborat matnni tarjima qilib berish;
o‘qigan matnining mazmunini gapirib berish;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan beriladigan 2 ta savolga javob berish.
23. Nomzodlarning topshiriqlarni bajarganligi komissiya a’zolari tomonidan quyidagi mezonlar asosida “30” ballik tizimda baholanadi:
matnni o‘qishda va talaffuz qilishda fonetik, grammatik hamda leksik jihatdan xatolikka yo‘l qo‘ymadi, matnni to‘liq tarjima qildi, matnning mazmunini to‘liq gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga to‘liq javob berdi, deb topilganda — “30” ball;
matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 2 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 90 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarning 1 tasiga javob berdi, deb topilganda — “25” ball;
matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 3 tadan 5 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 80 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini qisman gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “20” ball;
matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 6 tadan 8 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 70 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “15” ball;
matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 9 tadan 10 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 60 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “10” ball;
matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 1 tadan 12 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 50 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “5” ball;
matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 12 va undan ortiq fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 50 foizini tarjima qila olmadi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “0” ball.
24. Nomzod berilgan topshiriqlarni bajargandan so‘ng komissiyaning har bir a’zosi nomzodga o‘zining bahosini qo‘yadi. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholar muhokama qilinib, nomzodga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi.
25. Nazariy imtihon natijalari imtihon yakunlangandan so‘ng nomzodlarga e’lon qilinadi.
26. Nazariy imtihon natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida komissiya a’zolari tomonidan mazkur Metodikaga 2-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
27. Qaydnoma nazariy imtihonda ishtirok etgan komissiya a’zolari va mutaxassislar tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.
1. Nomzodning kimyo va fizika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash og‘zaki savol-javob tarzida kollegiallik prinsipi asosida tegishli mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.
2. Og‘zaki savol-javob nomzod tomonidan tanlab olingan biletlardagi savollarga javob berish orqali amalga oshiriladi.
3. Biletda 2 ta fan (kimyo va fizika fanlari) bo‘yicha 1 tadan savol aks ettiriladi.
Nomzodga beriladigan savollar malakali mutaxassislar tomonidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi va 30-may kuniga qadar tayyorlanadi. Biletlardagi savollarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Savollar Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.
5. Savollar Qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.
6. Kimyo va fizika fani bo‘yicha og‘zaki savol-javob kollegiallik prinsipi asosida har bir fan bo‘yicha kamida ikki nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda o‘tkaziladi.
7. Nomzodlar og‘zaki savol-javob uchun ro‘yxat bo‘yicha ketma-ketlikda auditoriyaga kiritiladi. Auditoriyadagi nomzodlar soni 5 nafardan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Nomzod biletlardan birini tanlaydi va biletning raqamini o‘qib eshittiradi hamda tayyorlanish uchun ajratilgan joyga borib o‘tiradi.
9. Nomzodga tayyorlanishi uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Nomzod savollarga tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugashidan oldin javob berishga tayyorligini bildirsa, unga javob berishga ruxsat beriladi.
10. Kimyo va fizika fanlari bo‘yicha nomzodning bilimini baholashda uning savol mazmun va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi inobatga olinadi.
11. Nomzodning savollarga bergan javobi komissiyaning har bir a’zosi tomonidan quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan mezonlar asosida foiz hisobida baholanadi:
12. Nomzodning 2 ta fan bo‘yicha savollarga bergan javobi “30” ballik tizimda baholanadi.
13. Nomzodning har bir fan bo‘yicha savolga bergan javobi quyidagicha aniqlanadi:
kimyo fani bo‘yicha — 15 ballik tizimda;
fizika fani bo‘yicha — 15 ballik tizimda.
14. Nomzodning har bir savol bo‘yicha bergan javobi quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:
X — savol bo‘yicha to‘plangan ball;
A — savol bo‘yicha maksimal ball;
V — savol bo‘yicha to‘plangan foiz.
15. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga og‘zaki savol-javob natijalari bo‘yicha o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi.
16. Har bir nomzodning og‘zaki savol-javob natijalari mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shakldagi qaydnomaga komissiya a’zolari tomonidan kiritiladi.
17. Qaydnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.
1. Nomzodlarning matematika fanini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovi o‘tkazish orqali baholanadi.
2. Test sinovlariga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlar uchun imtihon qayta o‘tkazilmaydi.
3. Test savollari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim o‘quv dasturlari doirasida tuziladi.
4. Test savollari Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1-iyunga qadar tasdiqlanadi.
5. Test savollari va ularning javoblari komissiya kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib mas’ul hisoblanadi.
6. Test sinovlari kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus xonada o‘tkaziladi.
Nomzod kompyuter dasturlarida beriladigan savollarga javoblarni belgilash orqali test sinovidan o‘tadi.
7. Test sinovi o‘tkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
8. Test sinovini o‘tkazishni boshlashdan avval komissiya a’zolari nomzodlarga test sinovini o‘tkazish tartibini tushuntirishi shart.
9. Nomzodga 30 ta test savoli beriladi.
Test savollarini yechish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt beriladi.
10. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti (A, B, C, D) beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta to‘g‘ri javobni belgilashi lozim.
Javoblar to‘g‘ri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni noto‘g‘ri belgilagan nomzodlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.
11. Test sinovini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sog‘lig‘i yomonlashgan holatlar bundan mustasno.
12. Nomzodga test sinovini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
13. Test sinovini o‘tkazish vaqtida test sinovi o‘tkazilayotgan xonada nomzodlar, komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi.
14. Test sinovini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, shu vaqtning o‘zida nomzodga uning test sinovi natijalari kompyuter ekranida e’lon qilinadi.
15. Nomzodning test savollariga bergan to‘g‘ri javoblari avtomatik ravishda kompyuter dasturi orqali har bir to‘g‘ri javob uchun “1” ball bilan baholanadi.
16. Test sinovining natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida komissiya a’zolari tomonidan mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Qaydnoma test sinovida ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida Qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi nomzodning huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi va tarbiya fanlari bo‘yicha bilimlarini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat.
2. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat og‘zaki shaklda nomzod tomonidan tanlab olingan biletlardagi savollarga javob berish orqali amalga o‘tkaziladi.
3. Biletda 3 ta fan (huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi, tarbiya fanlari) bo‘yicha 1 tadan savol aks ettiriladi.
Savollar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
4. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.
5. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari Qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib mas’ul hisoblanadi.
6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat komissiya tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan bo‘yicha kamida ikki nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda o‘tkaziladi.
7. Nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘tish uchun ro‘yxat bo‘yicha ketma-ketlikda auditoriyaga kiritiladi. Auditoriyadagi nomzodlar soni 5 nafardan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. No | 250 | 63,219 |
Qonunchilik | Import qilinadigan goʻsht va tirik chorva mollariga yil oхirigacha QQS solinmaydi | Prezidentning 16.01.2018 yildagi PF-5303-son Farmoni bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga bojхona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadigan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va хom ashyolarning ayrim turlari roʻyхati tasdiqlandi.
Unga 8 nomdagi tovarlar kiritildi (qavsda TIF TN boʻyicha kodlari koʻrsatilgan):
Qayd etish joizki, hujjatda imtiyoz import yoki eksport qilishda qoʻllanilishi aytib oʻtilmagan. Shu bois ikkala holatda ham bojхona toʻlovlari tarkibini koʻrib chiqamiz.
Import. Mamlakatimizga yuqorida sanab oʻtilgan tovarlarni olib kelishda “nol” stavka boʻyicha import bojхona boji solinadi. Ulardan aksiz soligʻi undirilmaydi. Qoʻshimcha qiymat soligʻi 20%ni tashkil etadi. Bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bojхona qiymatining 0,2%ini, biroq kamida $25 va koʻpi bilan $3 000 ni tashkil etadi (yigʻimni toʻlash majburiyati saqlanib qoladi).
Eksport. Oʻzbekistonda 1997 yildan boshlab eksport bojхona bojlari bekor qilingan. Koʻrsatilgan tovarlardan aksiz soligʻi undirilmaydi. Tovarlarni eksportga realizatsiya qilishga “nol” stavka boʻyicha QQS solinadi. Bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bojхona qiymatining 0,1%ini, biroq kamida EKIHning 50%ini tashkil etadi (yigʻimni toʻlash majburiyati saqlanib qoladi).
Eslatib oʻtamiz, tirik chorva mollari, goʻsht va shakarni eksport qilish Prezident yoki Hukumat qarorlari asosida amalga oshiriladi. Toʻliq roʻyхat – bu yerda.
Binobarin, imtiyoz mohiyatiga koʻra mazkur mahsulotlarni Oʻzbekistonga import qilishda QQSni toʻlashdan ozod etishdan iborat.
Shuningdek hujjat bilan amaliyotga shu yilning 1 fevralidan joriy etiladigan qator yangiliklar koʻzda tutilgan. Oldingi sharhda ular bilan batafsil tanishish mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.01.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 81 | 2,057 |
Qonunchilik | Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 4-martdagi PF-6181-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, ularning moliyaviy barqarorligini va davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 4-martdagi PF-6181-son Farmoni 5-bandiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinishi va unga ko‘ra har yil yakunlari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi hamda boshqa muhim faoliyat ko‘rsatkichlariga asosan ularning reytingi tuzilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlaridan, xorijiy davlatlar fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan oladigan mablag‘lar doirasidagi xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish uchun ularga tegishli sohadagi davlat boshqaruvi organini milliy hamkor sifatida biriktirish tartibi;
xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni milliy manfaatlarni hisobga olgan holda tasdiqlash;
milliy hamkor tomonidan mahalliy nodavlat notijorat tashkilotiga xalqaro grant loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi, uning natijalari monitoring qilinishida amaliy yordam berish hamda manfaatdor tashkilotlar ushbu jarayonga jalb qilinishini ta’minlash tartibi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilik, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillariga yetkazsin;
mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tartibga rioya etilishini monitoring qilib borsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Eshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, xorijiy davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan (keyingi o‘rinlarda — chet ellik shaxslar) oladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
grant loyihasi — mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan chet ellik shaxslardan olinadigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan xalqaro grant loyihasi;
mahalliy nodavlat notijorat tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — NNT) adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va chet ellik shaxslardan olinadigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro grant loyihalarini amalga oshiruvchi mahalliy nodavlat notijorat tashkiloti;
milliy hamkor — O‘zbekiston Respublikasi hududida grant loyihasini amalga oshirishda NNTga amaliy yordam berish va hamkorlik qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Adliya vazirligi) tomonidan biriktiriladigan davlat boshqaruvi organi;
hududiy adliya organi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
3. Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining grant loyihasini amalga oshirish mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
4. NNTning grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Hududiy adliya organlari NNTning chet ellik shaxslardan mablag‘lar olinishini kelishgan yoki chet ellik shaxslardan olinadigan mablag‘lar haqida xabarnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida bu haqda Adliya vazirligiga yozma yoki elektron shaklda ma’lumot kiritadi.
6. Adliya vazirligi NNTning grant loyihalari doirasida mablag‘lar olinishi kelishilganligi (xabarnoma berilganligi) yoki ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hududiy adliya organining ma’lumoti haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Tashqi ishlar vazirligi) ikki ish kunidan kechiktirmasdan xabarnoma yuboradi.
7. Tashqi ishlar vazirligi ushbu xabarnomani ko‘rib chiqib, chet ellik shaxslar tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan grant loyihasi yuzasidan tegishli xulosani Adliya vazirligiga besh ish kuni ichida taqdim qiladi.
8. Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan xulosa asosida ikki ish kuni ichida ushbu NNTga grant loyihasini amalga oshirishda amaliy yordam berish va hamkorlik qilish uchun milliy hamkorni biriktirish choralarini ko‘radi.
Milliy hamkorni tanlashda NNTning taklifi ustunlikka ega bo‘ladi.
9. Adliya vazirligi NNT bilan kelishilgan holda, milliy hamkorning biriktirganligi haqida milliy hamkor sifatida biriktirilgan tashkilotni ikki ish kuni ichida xabardor qiladi.
Bunda Adliya vazirligi hamkor tashkilotlar sifatida jalb qilinishi mumkin bo‘lgan tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — hamkor tashkilotlar) ro‘yxatini milliy hamkorga tavsiya etishi mumkin.
10. Milliy hamkor tomonidan ham NNTga grant loyihasini samarali amalga oshirishda boshqa hamkor tashkilotlar jalb qilinishi mumkin.
11. Milliy hamkor NNTga grant loyihasining sifatli, o‘z vaqtida amalga oshirilishi va natijalarining monitoring qilinishida amaliy yordam berish hamda hamkor tashkilotlarning ishini muvofiqlashtirib borish uchun mas’ul hisoblanadi. Bunda milliy hamkorning NNT ichki ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Milliy hamkor NNT bilan o‘zaro hamkorlik doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
grant loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xaritasi”) ishlab chiqish va tasdiqlash;
grant loyihasining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda tadbirlarni monitoring qilish va baholab borish;
grant loyihasini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan muammolarni hal etish;
grant loyihasi doirasida, zaruratga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlarini imzolash;
amalga oshirilayotgan grant loyihasiga, zaruratga ko‘ra, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar berish;
grant loyihasining amalga oshirish muddatini belgilash va uzaytirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
grant loyihasini amalga oshirish natijalarini tahlil qilish.
13. Milliy hamkor uning muayyan grant loyihasiga biriktirilganligi haqida Adliya vazirligining xabarnomasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida grant loyihasini amalga oshiruvchi NNT bilan birgalikda hamkor tashkilotlarni jalb qilgan holda, “yo‘l xaritasi” loyihasini mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ishlab chiqadi hamda quyidagi tartibda ijroga qaratish choralarini ko‘radi:
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2 000 baravarigacha bo‘lgan grant loyihalari bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasi milliy hamkor va NNT tomonidan tasdiqlanib, ijroga qaratiladi;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2 000 baravari va undan yuqori bo‘lgan grant loyihalari bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasi milliy hamkor va hamkor tashkilotlarga yuklatiladigan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligiga tasdiqlash uchun kiritiladi. Bunda Adliya vazirligi tomonidan grant loyihalari bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasi besh ish kuni ichida Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanib, ijro uchun milliy hamkorga yuboriladi.
14. “Yo‘l xaritasi” loyihasida quyidagilar aks ettiriladi:
grant loyihasini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar nomi;
tadbirlarni amalga oshirishga sarflanadigan mablag‘lar miqdori, amalga oshirish muddatlari va mexanizmi, amalga oshirish hududi va boshqa xususiyatlari;
milliy hamkor va hamkor tashkilotlar.
“Yo‘l xaritasi” loyihasida grant loyihasini amalga oshiruvchi NNT bilan kelishilgan holda boshqa masalalar ham aks ettirilishi mumkin.
15. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun milliy hamkor va hamkor tashkilotlar mas’ul hisoblanadi.
16. Milliy hamkor grant loyihasini amalga oshiruvchi NNT bilan kelishilgan holda, hamkor tashkilotlar ishtirokida “yo‘l xaritasi”ning ijro holati bo‘yicha zaruratga qarab yig‘ilishlar o‘tkazadi.
Yig‘ilishda “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish jarayonlari, ijobiy natijalar, yuzaga kelgan muammolar, “yo‘l xaritasi”ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarurati hamda boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilinadi.
“Yo‘l xaritasi”ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror yig‘ilish bayoni shaklida rasmiylashtirilib, milliy hamkor, mahalliy NNT va manfaatdor hamkor tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Agar qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2 000 baravari va undan yuqori bo‘lgan grant loyihasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga o‘zgartirish qo‘shimchalar kiritish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa, mazkur yig‘ilish bayoni ikki kun ichida milliy hamkor tomonidan Adliya vazirligiga kelishish uchun kiritiladi.
Adliya vazirligi yig‘ilish bayoni kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida bayon loyihasini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish va milliy hamkorga yuborish choralarini ko‘radi.
Yig‘ilish bayonini kelishish jarayonida Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi o‘zlarining taklif va e’tirozlarini bildirishi mumkin.
17. Milliy hamkor grant loyihasini amalga oshiruvchi NNT bilan kelishgan holda, “yo‘l xaritasi” ijrosi yakuni bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotni mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda Adliya vazirligiga, grant loyihasi tugagandan keyin o‘n ish kunidan kechiktirmasdan Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasiga axborot uchun kiritadi.
18. Adliya vazirligi zaruratga ko‘ra milliy hamkordan “yo‘l xaritalari”ning ijrosi bo‘yicha joriy va yakuniy ma’lumotni so‘rab olishi mumkin.
19. NNT grant loyihalarini amalga oshirish doirasida davlat boshqaruvi organlari bilan ikki yoki ko‘p tomonlama memorandumlarni imzolashi mumkin.
Davlat organi va tashkiloti NNTning memorandum imzolash haqidagi taklifi kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmasdan memorandum loyihasini Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi memorandum loyihasini kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqib, uni yuborgan davlat organi yoki tashkilotiga o‘zlarining fikr va mulohazalarini taqdim etadi.
Davlat organi va tashkiloti memorandum loyihasi bo‘yicha Adliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining fikr va mulohazalarini inobatga olgan holda, ushbu tashkilotlarning fikr va mulohazalari olingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida NNT bilan memorandum loyihasini imzolash choralarini ko‘radi.
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 196 | 11,911 |
Qonunchilik | PUL-BUYuM LOTEREYaLARI O‘TKAZIShNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Naqd pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini mintaqaviy ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda jamlash, pul-buyum lotereyalari o‘tkazishni faollashtirish va ularni tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga pul-buyum lotereyalari tashkil etish faoliyatini tartibga solish funksiyasi yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga pul-buyum lotereyalarini tashkil etish va o‘tkazish huquqi berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Xalq banki tomonidan pul-buyum lotereyalarini o‘tkazishni tashkil etishdan olinadigan daromadlar aholining bo‘sh mablag‘larini omonatlarga jalb etish ishlarini faollashtirishga maqsadli yo‘naltirilgan holda uning tasarrufida qoladi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilmalar tashkil qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin, ularga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
mintaqaviy lotereyalar har xil turlarini tashkil etish va o‘tkazish;
xayriya tashkilotlari va jamg‘armalari tomonidan tashkil etiladigan lotereyalar o‘tkazishda qatnashish;
lotereyalarni o‘tkazishdan olinadigan daromadlarni mintaqalarda sog‘lom avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi manzilgohlarini obodonlashtirish va ularning infratuzilmasini takomillashtirish, boshqa ijtimoiy dasturlarni ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha manba sifatida jamlash.
4. Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar mazkur faoliyatdan olingan yalpi tushumni alohida hisobga oladilar;
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida lotereya o‘yinlari o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 19-sentabrdagi 444-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 9-son, 31-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom lotereya tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
lotereya (keyingi o‘rinlarda matnda o‘yin deb yuritiladi) — yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini ixtiyoriylik asosida o‘yin biletlarini tarqatish yo‘li bilan jalb qilishni nazarda tutuvchi tavakkalchilikka asoslangan o‘yin, ular bo‘yicha tushgan mablag‘larning bir qismi o‘yin qatnashchilariga buyum yoki boshqa yutuqlar holida o‘yin (tiraj) natijalariga ko‘ra to‘lanadi;
o‘yin bileti — o‘yin qatnashchisi o‘yin qiymatini to‘lagan holda o‘yin tashkilotchisi bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishganligi va o‘yinni o‘tkazish shartlariga muvofiq o‘yinda qatnashishidan dalolat beruvchi maxsus blanka (kartochka, kupon, kvitansiya, jeton yoki boshqa xildagi axborot manbai);
o‘yin (tiraj) — yutuqlarning o‘yin qatnashchilari o‘rtasida tasodifiy taqsimlanishi. Lotereya biletining har bittasiga o‘yin shartlarida nazarda tutilgan yutuqlarni olishning teng imkoniyati (teng ehtimolligi) o‘yinning asosiy prinsipi hisoblanadi. O‘yinlarning ushbu prinsiplar buzilgan holda o‘tkazilishi taqiqlanadi;
tiraj jihozlari — o‘yin (tiraj)larni o‘tkazishda foydalaniladigan hamda litsenziya talablarining va ushbu jihozlar turiga litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shartlarning bajarilishini ta’minlovchi maxsus jihozlar (mexanik, elektron yoki boshqa texnika jihozlari);
o‘yin tashkilotchisi (yoki muassis) — lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarning butun kompleksini o‘tkazishni tashkil qiluvchi va mablag‘ bilan ta’minlovchi yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
o‘yin qatnashchisi — o‘yin qiymatini to‘lagan, o‘yin tashkilotchisi bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishgan va o‘yinda uni o‘tkazish shartlariga muvofiq qatnashuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
litsenziyalovchi organ — lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ;
o‘yinni o‘tkazish shartlari (keyingi o‘rinlarda Shartlar deb yuritiladi) — litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan, o‘yinni o‘tkazish shartlari va tartibini belgilaydigan, o‘yin tashkilotchisi, qatnashchilari va litsenziyalovchi organ o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi hujjat;
yutuqlar (mukofotlar) fondi — o‘yinlarni o‘tkazish Shartlarida litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan o‘yin qoidalariga muvofiq yutuqlarni to‘lash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari summasi yoki pul ifodasidagi mol-mulklar.
3. O‘yinlar o‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarning butun kompleksini tashkil etuvchi va mablag‘ bilan ta’minlovchi bir yoki bir nechta tashkilotchilar tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
4. Faoliyatining asosiy turi o‘yinlar o‘tkazish hisoblanmaydigan yuridik shaxs tashkiliy qo‘mita tashkil etishi shart, unga o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarning butun kompleksini amalga oshirish yuklanadi.
5. O‘yinlarni o‘tkazish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
a) tiraj lotereyalari, bunda tartib raqamlari qo‘yilgan (zarurat bo‘lganda, seriyalar va razryadlarga bo‘lingan), ular bo‘yicha oldindan belgilangan vaqtda yutuqlar o‘yini tashkil qilinadigan lotereya biletlari chiqariladi. Bunda o‘yin biletlari soni, bitta o‘yin biletining qiymati, tirajlarni o‘tkazish vaqti, pul, buyum yoki boshqa yutuqlar miqdori va soni lotereyalar chiqarilgungacha belgilanadi;
b) bir lahzali lotereyalar, bunda lotereya biletlari ularni buzmasdan yutuq chiqqan o‘yin biletlarini aniqlashni to‘liq istisno qiluvchi yopiq holda yutuqlar oldindan belgilangan holda chiqariladi. Qatnashish natijalari o‘yin bileti sotib olingandan va u ochilgandan (himoya qatlamini o‘chirish, o‘yin biletining bir qismini kesish yoki qirqib olish) keyin darhol aniqlanadi;
v) passiv va aktiv lotereyalarga bo‘linadigan sonli lotereyalar. Passiv sonli lotereyada qatnashishni xohlovchi shaxs sonlar, belgilar yoki boshqa qaydlar kombinatsiyasi oldindan ko‘rsatilgan o‘yin biletini belgilangan qiymati bo‘yicha sotib oladi. Aktiv sonli lotereyada qatnashishni xohlovchi shaxs maxsus blankada yoki boshqa yo‘l bilan yo‘l qo‘yiladigan natijalar yig‘indisidan tirajning mumkin bo‘lgan natijasini tanlaydi, u o‘yin tashkilotchisi tomonidan tanlangan variantlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan va variantlarga muvofiq keluvchi tirajda qatnashishning qiymati tegishli variant bo‘yicha to‘langandan keyin lotereya qatnashchisiga aylanadi.
Sonli lotereyalar tiraji sonlar, belgilar, boshqa qaydlarni yoki ularning kombinatsiyalarini tasodifiy tanlash yo‘li bilan, shuningdek Shartlarda nazarda tutilgan u yoki bu voqealar natijasida amalga oshiriladi. Sonli lotereyalar tirajining televideniye orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda translatsiya qilmasdan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sonli lotereyalar bo‘yicha yutuqli biletlar, shuningdek tegishli yutuqlar miqdori tiraj natijalarining o‘yin biletlarida belgilangan natijalarga to‘liq yoki qisman mos tushishiga qarab aniqlanadi.
6. O‘yinlarni o‘tkazish tartiboti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) tashkilotchi (yoki tashkilotchilar) tomonidan moliyaviy majburiyatlar hajmlarini taqsimlagan holda o‘yinni o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
b) zarur hujjatlarni tayyorlash va tashkilotchi (yoki tashkilotchilar) tomonidan Shartlarni tasdiqlash;
v) tayyorlovchi korxonalar bilan o‘yin biletlari tayyorlash yuzasidan shartnomalar tuzish va ularni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek tayyorlovchi tashkilotlar bilan, savdo yoki boshqa tashkilotlar bilan Shartlarga muvofiq buyumlar (yoki pul bo‘lmagan) yutuqlar sifatida nazarda tutilgan tovarlarni yetkazib berish (xizmatlar ko‘rsatish) yuzasidan shartnomalar tuzish;
g) faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shug‘ullanish huquqiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish (o‘yinni birinchi marta o‘tkazayotgan tashkilotchilarga litsenziya Shartlarni tasdiqlash bilan bir vaqtda beriladi);
d) litsenziyalovchi organda Shartlarni tasdiqlash;
e) o‘yin biletlarini ishlab chiqarish va tarqatish;
j) lotereyalar tirajlarini va ularning natijalarini e’lon qilish (agar bu Shartlarda nazarda tutilgan bo‘lsa);
z) yutuqlarni berish;
i) litsenziyalovchi organga har choraklik hisobotlarni, shuningdek o‘yinlar tugagach ularni o‘tkazish natijalari to‘g‘risida to‘liq hisobot taqdim etish.
7. O‘yin biletlarida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi kerak:
o‘yin tashkilotchisi (tashkilotchilari)ning nomi, uning (ularning) to‘liq manzili;
o‘yinning nomi;
o‘yinda qatnashish qiymati;
tirajning o‘tkazilish sanasi va vaqti (tirajli lotereyalar uchun);
yutuq fondining miqdori (tirajli va lahzali lotereyalar uchun — qo‘shimcha ravishda yutuqlarning umumiy soni va miqdorlari);
yutuqlarni to‘lash muddatlari va joyi;
razryadlar, seriyalar, tartib raqamlari va Shartlarda nazarda tutilgan boshqa rekvizitlar.
9. Tashkilotchi tomonidan muayyan o‘yinni o‘tkazishga faqat faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya va litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan mazkur o‘yinni o‘tkazish Shartlari mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi. O‘yinlarni o‘tkazish Shartlarini tasdiqlamasdan o‘yinlar yoki yutuqlar tiraji o‘tkazilishi litsenziyalanadigan faoliyat turini litsenziyasiz amalga oshirishga tenglashtiriladi.
10. Tashkilotchi tomonidan lotereyalarning navbatdagi chiqarishlari (turlari) Shartlarini tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan faqat tashkilotchi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘yinlar natijalari to‘g‘risida har choraklik hisobotlar muntazam taqdim etilgan hamda litsenziya talablari va o‘yinlarni o‘tkazish Shartlari qo‘pol ravishda buzilmagan hollardagina ko‘rib chiqiladi.
11. O‘yinlarni o‘tkazish Shartlarini tasdiqlash uchun tashkilotchi tomonidan litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tashkilotchining Shartlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi arizasi;
o‘yinni o‘tkazishning tashkilotchilarning rahbari imzosi bilan tasdiqlangan ikki nusxadagi Shartlari (u mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqiladi);
o‘yinlar biletining ikki nusxadagi namunasi (maketi);
tashkilotchi (tashkilotchilar)ning o‘yinni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorining tasdiqlangan nusxasi, tashkiliy qo‘mita tarkibi (ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq), tashkiliy qo‘mita a’zolari o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi albatta ko‘rsatilgan holda. Bunda, agar o‘yin bir nechta tashkilotchilar tomonidan o‘tkazilsa, qo‘shimcha ravishda tashkilotchilar o‘rtasidagi ularning moliyaviy va boshqa majburiyati hajmlari taqsimlangan holdagi shartnoma nusxasi taqdim etiladi;
tayyorlovchi korxonalar bilan o‘yin biletlarini tayyorlash va ularning haqiqiyligi bo‘yicha ekspertizasini o‘tkazish yuzasidan shartnomalar nusxalari;
tayyorlovchi korxonalar, savdo yoki boshqa tashkilotlar bilan buyum (yoki boshqa pul bo‘lmagan) yutuqlar sifatida Shartnomalarda nazarda tutilgan tovarlarni yetkazib berish (xizmatlar ko‘rsatish) to‘g‘risidagi (agar zarur bo‘lsa) shartnomalar nusxalari;
boshqa tashkilotlar bilan o‘yin biletlarini tarqatish va ular bo‘yicha yutuqlar berish yuzasidan shartnomalar nusxalari (agar zarur bo‘lsa);
belgilangan to‘lovlar va bojlar to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatlari nusxalari;
o‘yinni ta’minlash uchun tashkilotchining o‘z sarmoyasi yetarli bo‘lmaganda moliya institutlarining kafolatnomasi (agar zarur bo‘lsa);
xizmat ko‘rsatuvchi bankning o‘yin tashkilotchisining budjetga va budjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlar, banklar kreditlari bo‘yicha, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
sonli lotereyalar tiraji o‘tkazilishini to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda translatsiya qilish yuzasidan televideniye bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari.
12. Taqdim etilgan Shartlarni ko‘rib chiqishda litsenziyalovchi organ Shartlarning alohida qoidalari va ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligiga o‘z bahosini berishga haqlidir. Baholashda litsenziyalovchi organ chiqarish ko‘rsatkichlari, istalgan asosiy va yordamchi axborot kelishib olinganligini va o‘yin tashkilotchisi o‘z zimmasiga majburiyatlar oladigan summani baholaydi.
13. O‘yin turiga va tashkilotchining moliyaviy ahvoliga ko‘ra, litsenziyalovchi organ tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq o‘yin tashkilotchilariga litsenziya talablari va shartlari, shuningdek tashkilotchilar tomonidan o‘yinlar qatnashchilari oldidagi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlovchi o‘yin parametrlari yuzasidan normativlar belgilanishi mumkin.
14. Litsenziyalovchi organ amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan (ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan) hujjatlar olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda Shartlarni tasdiqlash yoki tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Tasdiqlangan Shartlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat litsenziyalovchi organning ruxsati bilan kiritilishi mumkin.
Shartlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlarni tasdiqlash uchun tashkilotchi litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shartlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida ariza;
o‘yinlar tashkilotchisi (yoki tashkilotchilari)ning Shartlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish zarurligining asoslanganligi;
Shartlarga o‘yinning barcha tashkilotchilari tomonidan kelishilgan va tasdiqlangan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar, ikki nusxada;
o‘yin biletlarining namunalari (maketlari), ikki nusxada (agar qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar o‘yin biletlariga kiritilsa);
belgilangan to‘lovlarning to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.
15. Tiraj lotereyalari bo‘yicha Shartlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar faqat tiraj o‘tkazilgungacha kiritilishi mumkin. Bunda tirajni o‘tkazish muddatlarining o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan Shartlarga o‘yinlarni o‘tkazishning qatnashchilarga nisbatan shartlarini yomonlashtiruvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning (tirajni o‘tkazishning tasdiqlangan yoki e’lon qilingan muddatlari, tiraj yutuqlarining tasdiqlangan soni hamda ro‘yxati va boshqalar) kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. O‘yinning uning konsepsiyasi va texnologiyasini o‘zgartiruvchi shartlari o‘zgartirilgan taqdirda bunday o‘yinni o‘tkazish Shartlari yangi shartlar sifatida tasdiqlanishi kerak.
18. Shartlarni yoki ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni tasdiqlashni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarni taqdim etish;
ma’lumotlarning to‘liq emasligi va taqdim etilgan hujjatlar mazmunining amaldagi qonunchilik va ushbu Nizom talablariga muvofiq emasligi;
tashkilotchining litsenziya talablariga va amaldagi qonunchilikda belgilangan shartlarga muvofiq emasligi;
tashkilotchi tomonidan o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha mualliflik ishlanmalari yuzasidan boshqa tashkilotchilar huquqlarining buzilishi;
o‘yin nomining, uning shiorining, o‘yin bileti maketining ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘yinga o‘xshashligi.
19. Shartlarni tasdiqlash uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun o‘yin tashkilotchisi o‘tkaziladigan o‘yin hajmining 0,1 foizi miqdorida yig‘im to‘laydi. Yig‘im litsenziyalovchi organning hisob raqamiga to‘lanadi. Ilgari tasdiqlangan Shartlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilganda (chiqariladigan lotereyalar umumiy summasining o‘zgartirilishi va to‘ldirilishidan tashqari, bunda yig‘im to‘liq miqdorda to‘lanadi) yig‘im ushbu Shartlarni tasdiqlash uchun to‘langan summaning yarmi miqdorida to‘lanadi.
20. Tashkilotchining mansabdor shaxslari Shartlardagi mavjud ma’lumotlarning to‘g‘riligi, shuningdek o‘yinni o‘tkazish shartlariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
21. Litsenziyalovchi organ o‘yinni o‘tkazishning qonunchilikda va ushbu Nizomda belgilangan shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
22. Litsenziyalovchi organ o‘yinning o‘tkazilishini to‘xtatib qo‘yish yoki muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga ega. Quyidagilar o‘yinlarning o‘tkazilishini to‘xtatib qo‘yish yoki to‘xtatish uchun asos bo‘lishi mumkin:
taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqiqiy emasligi;
litsenziyada belgilangan faoliyat turiga rioya qilinmaganlik;
o‘yin tashkilotchisining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
o‘yinni o‘tkazishning tasdiqlangan Shartlari va tartibining buzilishi;
tashkilotchining o‘yin qatnashchilari oldidagi majburiyatlari bajarilmasligiga olib keluvchi moliyaviy ahvolining yomonlashishi;
litsenziyalovchi organ ko‘rsatmalarining bajarilmasligi.
O‘yinlarni o‘tkazish amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham to‘xtatib qo‘yilishi yoki to‘xtatilishi mumkin.
23. O‘yinni o‘tkazishni to‘xtatib qo‘yish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan tashkilotchi iqtisodiy sudga shikoyat qilishi mumkin.
24. O‘yin biletlari qimmatli qog‘ozlar tayyorlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan korxonalarda tayyorlanishi hamda qalbakilashtirishdan kamida olti darajali himoyaga ega bo‘lishi kerak. Lotereyalarning aktiv turlarini biletlarini qatnashchi tomonidan tanlangan tiraj natijalarini ro‘yxatdan o‘tkazgan holda shakllantirishni nazarda tutuvchi o‘yinlarni o‘tkazishda o‘yin biletlari blankalari himoyalashning kam darajalari bilan, o‘yinlar biletlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda himoyalashning zarur darajasiga biletlarda maxsus kodlarni yoki belgilarni ko‘rsatish yo‘li bilan erishish shartlariga rioya qilgan holda tayyorlanishi mumkin. Tayyorlovchi korxonalar tomonidan o‘yinlar biletlarini tayyorlashga faqat tashkilotchida faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya va litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan Shartlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
25. O‘yinlar biletlarini saqlash maxsus jihozlangan binolarda, biletlar saqlanishini ta’minlash bo‘yicha albatta zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan holda amalga oshiriladi.
26. O‘yinlar biletlari qayta sanab chiqilmasdan va tayyorlovchi korxonalarga, yetkazib beruvchilarga yoki tashuvchilarga nisbatan e’tirozlar o‘z vaqtida bildirilmasdan qabul qilingan hollarda o‘yin biletlarining yetishmasligi yoki yaroqsizlanganligi yuzasidan moddiy javobgarlik o‘yin biletlarini qabul qilib olishning belgilangan tartibiga amal qilishni ta’minlamagan o‘yin tashkilotchisiga yuklanadi.
27. O‘yin biletlarini tarqatish uchun berish, hisobga olish va hisobot masalalari tashkilotchining vakolatiga kiradi va uning ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi.
28. O‘yin biletlari chiqarish summasini va sonini ko‘paytirib yuborishga, shuningdek Shartlarda belgilangan o‘yinda qatnashish qiymatini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
29. O‘yinlar biletlarini tarqatishga, o‘yin bo‘yicha faqat litsenziya olingandan va Shartlar litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangandan keyingina yo‘l qo‘yiladi.
30. O‘yinlar biletlarini tarqatish, o‘zining tarqatuvchilar tarmog‘i orqali yoki shartnoma asosida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
31. Aholi o‘rtasida lotereya biletlarini tarqatish, ixtiyoriylik prinsipiga majburiy rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Lotereya biletlarini balog‘atga yetmagan shaxslarga tarqatish taqiqlanadi.
32. O‘yinni o‘tkazish bo‘yicha reklama kompaniyasi Shartlar litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangandan keyingina boshlanadi. O‘yinni o‘tkazish bo‘yicha reklama kompaniyasi Shartlar litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanmasdan oldin o‘tkazilganda javobgarlik reklama beruvchi zimmasiga yuklanadi.
O‘tkazilishi tugallangan, taqiqlangan yoki to‘xtatib qo‘yilgan o‘yinning reklama kompaniyasi tegishli ravishda to‘xtatib qo‘yilishi yoki to‘xtatilishi kerak.
O‘yin reklamasi uni o‘tkazish shartlarini buzmasligi kerak.
Lotereyalar reklamasida balog‘atga yetmagan shaxslarning reklama qilinayotgan lotereyada qatnashishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ogohlantirish mavjud bo‘lishi kerak.
33. O‘yinlarni o‘tkazish faqat yutuqli biletlarni tasodifiy tanlab olish jarayoniga inson omilining biron-bir ta’sirini to‘liq istisno qiluvchi texnologiyalar va jihozlarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Jihozlarning soz holatda bo‘lishi uchun o‘yin tashkilotchisi javob beradi.
34. Tiraj lotereyalari o‘yini litsenziyalovchi organning normativ hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Boshqa o‘yinlar bo‘yicha o‘yinlarni o‘tkazish va o‘yin yakunlarini litsenziyalovchi organga taqdim etish tartibi ushbu o‘yinlarni o‘tkazish Shartlarida belgilanadi.
35. O‘yin televideniye orqali olib ko‘rsatilgan taqdirda tashkilotchilar yutuqlarni aniqlash tartibotini namoyish etgan holda bevosita efirda tirajning o‘zini olib ko‘rsatilishini ta’minlaydilar.
36. Har qaysi o‘yin uchun alohida jihozlar, bezaklar, rekvizitlardan foydalaniladi.
Rekvizitdan (sharlar, bochonkalar komplektlari va boshqalardan) o‘yin mobaynida bir marta foydalaniladi.
37. Quyidagilar o‘yinlar bo‘yicha yutuqlar bo‘lishi mumkin:
pul mablag‘lari;
buyum yutuqlari, bunda yutuq egasi uning qiymatini naqd pul bilan olish huquqiga ega (agar Shartlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa). Bitta buyum yutug‘ini uning egasi roziligisiz boshqasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
ko‘char va ko‘chmas mulk tarzidagi yutuqlar;
nomoddiy tusdagi yutuqlarning boshqa turlari, ko‘chmas mulklar, ayrim tovarlar va xizmatlar, turistik sayohatlar, sanatoriy va dam olish uylariga yo‘llanmalar sotib olish bo‘yicha imtiyozlar.
38. O‘yinning Shartlarda ko‘rsatilgan va o‘yin qatnashchilari mablag‘larining taqsimlanmagan qismidan iborat bo‘lgan yutuq fondi o‘yin tashkilotchisining aktivi hisoblanmaydi va uning tomonidan, qatnashchilarga yutuqlarni to‘lash yoki berishdan tashqari, boshqa hech qanday maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas.
Yutuq fondi o‘yin tashkilotchisining mulki hisoblanmaydi va undan tashkilotchi majburiyatlari bo‘yicha qarzlar undirib olinishi mumkin emas.
39. O‘yinlarning yutuq (mukofot) fondlari quyidagi miqdorlarda belgilanishi kerak:
tirajli va lahzali lotereyalar uchun — lotereya biletlarini tarqatishdan olingan pul mablag‘lari summasidan qat’i nazar, chiqarilgan lotereyalar hajmining kamida 40 foizi miqdorida;
lotereyalarning boshqa turlari uchun — tarqatilgan lotereya biletlari umumiy summasining kamida 40 foizi miqdorida;
40. Buyum yoki boshqa pul bo‘lmagan yutuqlarni nazarda tutuvchi o‘yinlarni o‘tkazishda tashkilotchilar o‘yinlarni o‘tkazish boshlangungacha ko‘rsatilgan toifadagi yutuqlarni sotib olishga majburdirlar. Alohida hollarda (tirajli lotereyalardan tashqari) o‘yin xususiyatlariga ko‘ra litsenziyalovchi organning ruxsati bilan yutuqlarning bir qismi o‘yin o‘tkazilgandan keyin, lekin o‘yinning o‘tkazilish sanasidan boshlab 15 kundan kechikmay sotib olinishi mumkin. Bunday hollarda tashkilotchilar litsenziyalovchi organga yetkazib berish yuzasidan shartnomalarni va (yoki) o‘yin tashkilotchisi tomonidan o‘z majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etishi shart.
41. Yutuq fondining qarz olingan mablag‘lar hisobiga shakllantirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
42. Yutuq fondi mablag‘larini saqlash tartibi har xil tirajlar yutuq fondlarining alohida saqlanishini ta’minlashi kerak.
43. O‘yin biletlarini tarqatishdan tushgan mablag‘lar, qonunchilikda belgilangan majburiy to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin, birinchi navbatda o‘yinning yutuq fondini shakllantirishga, yutuqlar bo‘yicha to‘lovlarni (buyum yutuqlarini berishni) ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Pul shaklidagi yutuq fondini shakllantirish o‘yin biletlarini tarqatishdan olingan mablag‘larning bir qismini kamida yutuq fondi ulushi miqdorida zaxira qilib qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
44. Talab qilib olinmagan pulsiz shakldagi yutuqlar tashkilotchida yoxud ushbu maqsad uchun shartnoma asosida maxsus jalb etilgan yuridik shaxsda yutuqni to‘lash muddati tugagungacha saqlanadi. Yutuqni to‘lash muddati tugagandan keyin talab qilib olinmagan yutuq fondi ijtimoiy-xayriya maqsadlariga, shu jumladan aniq tarzdagi ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlashga (bolalar bog‘chalari, maktablar, shifoxonalar, poliklinikalar va shu kabilarga moliyaviy yordam uchun) yo‘naltiriladi, ularning aniq yo‘nalishlari o‘yinni o‘tkazish Shartlarida nazarda tutiladi.
45. O‘yinning tarqatilmagan biletlarini yo‘q qilish litsenziyalovchi organ, jamoatchilik va o‘yin tashkilotchisi vakillaridan iborat bo‘lgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Tirajli lotereyalarni o‘tkazishda maxsus komissiya tiraj o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin tuziladi.
46. O‘yin biletlari:
tiraj o‘tkaziladigan paytga kelib o‘yin biletlarining bir qismi tarqatilmay qolgan (tirajli va sonli lotereyalarning ayrim turlarida);
o‘yin o‘tkazishni tugallash paytiga kelib biletlarning bir qismi foydalanilmay qolgan;
tashkilotchi tomonidan tayyorlovchidan tayyor biletlarni olishda yoki o‘yinni o‘tkazish jarayonida o‘yin biletlarida o‘yinni Shartlar va litsenziyalovchi organ talablariga muvofiq tegishli tarzda o‘tkazishga xalaqit qiluvchi brak (nuqson) aniqlangan;
o‘yinni o‘tkazish amaldagi qonunchilikka muvofiq muddatidan oldin to‘xtatilgan hollarda yo‘q qilinadi.
47. Tirajli va sonli lotereyalarning ayrim turlarini o‘tkazishda tarqatilmagan o‘yin biletlari komissiya tomonidan yo‘q qilish dalolatnomasi tuzilgan holda tiraj o‘tkazilgunga qadar (o‘yin Shartlarida belgilangan muddatlarda) yo‘q qilinadi. Yo‘q qilish dalolatnomasi yo‘q qilingan biletlarning barcha rekvizitlari albatta ko‘rsatilgan holda to‘rt nusxada tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi tiraj o‘tkazilgunga qadar majburiy tartibda litsenziyalovchi organga taqdim etiladi, dalolatnomaning ikkinchi nusxasi o‘yin biletlarini yo‘q qilish komissiyasi raisida, uchinchi nusxasi — o‘yin tashkilotchisida qoladi, to‘rtinchi nusxasi litsenziyalovchi organning belgisi bilan tiraj boshlangunga qadar bevosita tiraj komissiyasi raisiga taqdim etiladi, bu tirajni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
48. Tashkilotchilarga bog‘liq bo‘lmagan ayrim sabablarga ko‘ra tarqatilmagan o‘yin biletlari tirajni o‘tkazish boshlangunga qadar yo‘q qilinmay qolgan hollarda komissiya o‘yin biletlarini muhrlab qo‘yadi va yo‘q qilinadigan o‘yin biletlarining barcha rekvizitlarini, shuningdek ularning yo‘q qilinishiga xalaqit bergan sabablarni ko‘rsatgan holda tegishli dalolatnoma tuzadi. Muhrlash (plombalash), Shartlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, litsenziyalovchi organ vakili bo‘lgan komissiya a’zosi tomonidan amalga oshiriladi. Dalolatnomaning bir nusxasi tiraj o‘tkazilgunga qadar majburiy tartibda litsenziyalovchi organga taqdim etiladi, dalolatnomaning ikkinchi nusxasi o‘yin biletlarini yo‘q qilish komissiyasi raisida, uchinchi nusxasi — o‘yin tashkilotchisida qoladi, to‘rtinchi nusxasi litsenziyalovchi organning birinchi nusxa olinganligi to‘g‘risidagi belgisi bilan tiraj boshlangunga qadar bevosita tiraj komissiyasi raisiga taqdim etiladi, bu tirajni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
49. Bir lahzali lotereya biletlari seriyalar (chiqarishlar, razryadlar, turkumlar) bo‘yicha, ularda ishlab chiqarish braki va boshqa nuqsonlar aniqlangan, yutuqlar belgilangan o‘yin chizig‘ining himoya qoplami yoki maxsus tanib olish kodlari zonalari qisman yoki to‘liq buzilgan, lotereya biletlari qalbakilashtirishdan himoya qilish talablariga muvofiq bo‘lmagan, shuningdek lotereya biletlari rekvizitlari Shartlarda tasdiqlangan rekvizitlariga muvofiq bo‘lmagan istisno hollarda, ushbu seriya (chiqarish, razryad, turkum) tarqatilmasdan, yo‘q qilinadi.
50. Bir lahzali lotereyalarning o‘ynalmagan biletlari mazkur Nizomning 46-bandida nazarda tutilgan tartibga o‘xshash tartibda yo‘q qilinadi. Tashkilotchi tomonidan to‘lovga taqdim etilgan yutuq chiqqan biletlarning yo‘q qilinishiga faqat yutuq chiqqan bilet egasi bo‘lgan qatnashchiga yutuq to‘liq to‘langandan keyin yo‘l qo‘yiladi. Bunda mayda yutuq chiqqan o‘yin biletlari ularning to‘planishiga qarab, yutuq to‘langan sanadan boshlab kamida bir oydan keyin yo‘q qilinadi, yirik yutuq chiqqan o‘yin biletlari esa yutuqni to‘lash (berish) sanasidan boshlab da’vo arizasi berish muddatidan oldin yo‘q qilinishi mumkin emas.
51. Boshqa o‘yinlar biletlari o‘yinni o‘tkazishning tasdiqlangan Shartlarida nazarda tutilgan tartibda yo‘q qilinadi.
52. Yutuqlarni to‘lash (berish) tartibi, muddatlari va shartlari litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan Shartlarga muvofiq belgilanadi.
53. Yutuq chiqqan o‘yin biletlarini litsenziyalovchi organga (yoki uning vakolatli vakiliga) taqdim etishning Shartlarda belgilanadigan muddati tiraj o‘tkazilgan yoki o‘yinni o‘tkazish tugagan kundan boshlab uch oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Yutuqlarni to‘lash (berish) muddati yutuq chiqqan bilet to‘lovga taqdim etilgan sanadan boshlab uch oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Yutuq chiqqan biletlarni to‘lovga taqdim etishning Shartlarda belgilangan muddatlari o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
54. Qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida tashkilotchining yoki litsenziyalovchi organning xohishiga ko‘ra o‘yinning haqiqiyligiga shubha tug‘ilgan har qanday bileti tegishli ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin.
55. O‘yinning yutuq chiqqan biletlari ekspertizasi o‘yin tashkilotchisi yoki, zarurat bo‘lganda, tayyorlagan korxona tomonidan yutuq chiqqan bilet to‘lovga taqdim etilgan kundan boshlab bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
56. O‘yinlarni o‘tkazishning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi qonunchiligida belgilangan tartibda yuritiladi.
57. Tashkilotchi tomonidan har chorakda, hisobot davri tugagandan keyin 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organga hisobotlar taqdim etiladi (2-ilova).
O‘yinlarni o‘tkazish Shartlarida, o‘tkazilayotgan o‘yinning xususiyatiga qarab litsenziyalovchi organga tirajlar va o‘yinlarni o‘tkazish natijalari, muayyan razryadlar, seriyalar, chiqarishlar yakunlari to‘g‘risida Shartlarda kelishilgan muddatlarda va shaklda majburiy tartibda qo‘shimcha axborot (oraliq hisobot) taqdim etish tartibi nazarda tutilishi mumkin.
O‘yinni o‘tkazish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni imzolagan mansabdor shaxslar undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
58. Litsenziyalovchi organ istalgan ma’lumotlarni, shu jumladan maxfiy ma’lumotlarni ham (bir lahzali lotereyalar uchun — garovnomani, tarqatilmagan yoki yaroqsiz biletlarni yo‘q qilish, sotilgan biletlar va miqdori, tarqatish uchun berilgan o‘yin biletlari miqdori, yutuqlarni to‘lash (berish), tashkilotchilarning moliyaviy ahvoli va boshqalar), o‘yinni o‘tkazish bilan bog‘liq materiallarni talab qilib olishi, shuningdek biletlarni tarqatish va o‘yinni o‘tkazish joylarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazishi mumkin.
59. Litsenziyalovchi organ amaldagi qonunchilikning va ushbu Nizomning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘yinlarni o‘tkazishning borishi ustidan nazoratni ta’minlashga majburdir.
60. Litsenziyalovchi organ o‘yin qatnashchilarining, o‘yinlarni o‘tkazish jarayoni qatnashchilarining amaldagi qonunchilikning yoki o‘yinni o‘tkazishning ushbu Nizomda belgilangan tartibining yoxud litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan Shartlarning o‘yin tashkilotchilari tomonidan buzilishlariga oid shikoyat va arizalarini qabul qiladi.
61. Litsenziyalovchi organ o‘yinni o‘tkazish jarayoni qonunchilik, ushbu Nizom yoki litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan Shartlar buzilgan holda o‘tkazilgan taqdirda o‘yinni o‘tkazish jarayonini to‘xtatishga, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish yoki to‘xtatishga haqlidir.
O‘yinni o‘tkazish jarayoni to‘xtatib qo‘yilgan taqdirda tashkilotchi to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘lgan buzilishlarni 30 kun muddatda bartaraf etishga majburdir, shundan keyin o‘yinni o‘tkazish jarayoni litsenziyalovchi organning maxsus ruxsatnomasiga binoan davom ettirilishi mumkin.
Aks holda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish (to‘xtatish) huquqiga ega va tegishli faoliyat to‘xtatiladigan muddatni belgilaydi.
62. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan yoki to‘xtatilgan hollarda litsenziyalovchi organ tashkilotchidagi mavjud sotilmagan biletlarni olib qo‘yishi, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan, sotilgan (shu jumladan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarda tarqatishda bo‘lgan) o‘yin biletlari, hamda to‘lovga taqdim etilgan yutuqlar summasidan ortiq bo‘lmagan summadagi pul mablag‘larini so‘zsiz undirib olishi, ularni vakolatli banklarda ochilgan maxsus hisob raqamlariga o‘tkazishi mumkin.
Tashkilotchidan aholi o‘rtasida tarqatilmagan o‘yin biletlarini olib qo‘yish biletlarni qayta sanash va ro‘yxatga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi, keyinchalik ular taxlanadi, plombalanadi va saqlash uchun qo‘yiladi.
Tarqatilgan o‘yin biletlari va mablag‘larni qaytarish ularning egalarining litsenziyalovchi organga yoki uning vakolatli vakiliga biletlar taqdim etilgan arizalari asosida amalga oshiriladi. Mablag‘lar litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan miqdorlarda va muddatlarda, maxsus hisob raqamida jamlangan summadan kelib chiqqan holda qaytariladi. Bilet egalarining mablag‘larni qaytarish to‘g‘risidagi arizalari fuqarolik qonunchilikda belgilangan da’vo arizasi muddatlari doirasida qabul qilinadi. Da’vo bildirish muddatlari o‘tib ketgan taqdirda talab qilib olinmagan mablag‘lar qoldig‘i respublika budjeti foydasiga undiriladi.
Tashkilotchidan olib qo‘yilgan va xaridorlardan olingan biletlar litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda, litsenziyalovchi organ rahbari yoki uning topshirig‘iga binoan litsenziyalovchi organning mas’ul xodimi imzolaydigan tegishli dalolatnoma tuzilgan holda yo‘q qilinadi
1. Tashkilotchining yuridik shaxs sifatidagi maqomi, uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan to‘liq va qisqartirilgan nomi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana va tartib raqami, ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi.
2. Tashkilotchi joylashgan joy (pochta manzili), bank rekvizitlari, telefoni.
3. O‘yinni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi tashkilotchi rahbarlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi, telefon raqamlari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati.
4. Lotereya tashkil etish va o‘tkazishdagi oldingi tajribalar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.
1. Tashkilotchi mol-mulkining qisqacha tavsifi va faoliyatining asosiy turlari.
2. Korxonaning buxgalteriya balansi, oxirgi hisobot sanasidagi foydalar va ko‘rilgan zararlar to‘g‘risidagi hisobot.
3. Tashkilotchida soliqlarga oid va boshqa imtiyozlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4. Tashkilotchida hujjatlarni litsenziya beruvchi organga taqdim etish paytidagi soliqlar va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
5. Bank kreditlari bo‘yicha qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan:
bankning qisqa muddatli kreditlari (jumladan, to‘lov muddati o‘tkazib yuborilganlari);
to‘lov muddatlari bo‘yicha taqsimlangan holdagi bankning uzoq muddatli kreditlari (shu jumladan to‘lov muddati o‘tkazib yuborilganlari);
kreditorlik qarzlarining umumiy summasi (shu jumladan to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar).
6. Tashkilotchiga oxirgi uch yil mobaynida davlat boshqaruv organlari yoki sud tomonidan solingan ma’muriy va iqtisodiy sanksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Bunday ma’lumotlarda quyidagilar bo‘lishi kerak:
sanksiya solingan sana;
sanksiya solgan organ;
sanksiya solish sabablari;
sanksiyalarning turi;
sanksiyalar miqdori;
sanksiyalarning o‘yinni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdagi bajarilishi darajasi.
1. O‘yin to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar:
o‘yin turi;
o‘yinni o‘tkazish maqsadi;
o‘tkaziladigan o‘yinning umumiy hajmi;
chiqariladigan biletlarning soni, ularning tartib raqamlari (razryadlarga, seriyalarga, tartib raqamlariga taqsimlangan holda va boshqalar);
o‘yinda qatnashish (lotereya bileti) qiymati;
yutuq fondining summasi;
buyum, pul yutuqlari yoki boshqa xil yutuqlarning to‘liq ro‘yxati, ularning qiymati, soni, miqdorlari va summalari bilan birga.
2. O‘yinlarni o‘tkazish qoidalari:
a) Biletlarni tarqatish (mas’ul ijrochilar ko‘rsatilgan holda):
biletlarni tarqatish muddatlari;
o‘yinni o‘tkazish mo‘ljallanayotgan hudud hamda biletlarni sotish shoxobchalarini tashkil etish, joylashtirish, ularning ishini rejalashtirish tartibi;
o‘yin biletlarini tarqatish tartibi (bu tartib naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha biletlarni sotib olishni xohlovchi tashkilotlarga sotish tartibini, biletlarni aholiga sotish tartibini o‘z ichiga oladi);
biletlarni tarqatuvchilarni tanlash, o‘yin bo‘yicha tushgan tushumlarni saqlash, topshirish va inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) tartibi;
xarajatlar smetasini ilova qilgan holda biletlarni tarqatganlik uchun haq to‘lash miqdori va tartibi;
b) O‘yinlarni o‘tkazish (mas’ul ijrochilar ko‘rsatilgan holda):
o‘yinni o‘tkazish muddatlari;
o‘yinlarni o‘tkazish qoidalari (keltirilayotgan qoidalar Nizomning 2-bandiga muvofiqligini tushuntirgan holda);
tirajni o‘tkazish sanasi va joyi. Bir lahzalik lotereya o‘yinlari o‘tkazilgan hollarda lotereya biletlarini sotish muddatlari ko‘rsatiladi;
sotilmay yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan biletlarni yo‘q qilish tartibi va muddatlari;
yutuqlar tirajini o‘tkazish tartibi (tirajli lotereyalar uchun — lotereya tiraji litsenziyalovchi organning yo‘riqnomalariga ko‘ra, boshqa lotereyalar uchun — lotereyani o‘tkazish shartlarida keltirilgan tartibga muvofiq o‘tkaziladi;
yutuqlarni olish muddatlari, joyi, shartlari va tartibi.
3. O‘yinlar o‘tkazilishini ta’minlash (mas’ul ijrochilar ko‘rsatilgan holda);
biletlarni tayyorlash va ularni ekspertizadan o‘tkazish shartnomasining asosiy shartlari;
tovarlar va boshqa xil boyliklarni sotib olish tartibi (buyum yoki pul-buyum yutuqlari o‘yinlari o‘tkazishda yutuqlar ro‘yxati o‘yin shartlariga kiritilgan taqdirda);
lotereyalarni tarqatuvchilar bilan namunaviy shartnoma;
hujjatlarni rasmiylashtirish, biletlarni tayyorlash va tarqatish, reklama qilish hamda texnik xizmat ko‘rsatish, o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha boshqa tashkiliy-texnik masalalar bilan bog‘liq tadbirlar kompleksini amalga oshiruvchi tashkilotchilar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash.
4. Mablag‘lardan foydalanish va hisobot:
biletlarni sotish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha hisob va hisobot tartibi, o‘yin bo‘yicha litsenziyalovchi organga hisobotlar taqdim etish sanasi;
o‘yinni o‘tkazish natijasida olingan daromadni taqsimlash tartibi (uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni ko‘rsatgan holda);
tegishli asoslash bilan birga muayyan maqsadga qaratilgan, xayriya lotereyalari uchun lotereyalar chiqarish yo‘li bilan jalb qilinadigan mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari. Agar loyiha birorta ixtisoslashtirilgan tuzilmalarda ekspertizadan o‘tgan bo‘lsa, u holda ushbu ekspertizani hujjat bilan tasdiqlash zarur;
o‘yinni tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashgan xodimlarni rag‘batlantirish uchun mukofot jamg‘armasini tashkil etish tartibi. Mukofot jamg‘armasidan to‘lov faqat o‘yin tiraji o‘tkazilgandan (bir lahzali lotereyalar razryadi yoki seriyasi sotib bo‘lingandan) so‘ng amalga oshiriladi.
200____ yilning (choragi/ yil) _______uchun
litsenziya egasining nomi;
o‘yin o‘tkazishga asos bo‘lgan litsenziyaning tartib raqami va berilgan sanasi;
o‘yinni o‘tkazish shartlari tasdiqlangan sana;
lotereya biletlarini tayyorlagan tashkilot (korxona)ning nomi;
tayyorlangan lotereya biletlarining soni va summasi;
sotilgan biletlar (hisobot davrida va chiqarila boshlangandan buyon reja bo‘yicha hamda amalda);
biletlarni sotishdan tushgan tushum (hisobot davrida va chiqarila boshlangandan buyon reja bo‘yicha hamda amalda).
o‘tkazilgan o‘yinlar (o‘tkazilgan sanalar, o‘yinga qo‘yilgan lotereyalarning soni va turlari, bekor qilingan, yo‘q qilingan yoki olib qo‘yilgan lotereyalar soni va turlari);
tirajlarni o‘tkazish komissiyasi tarkibi va javobgar shaxslar;
tirajni o‘tkazish natijalari bo‘yicha komissiyaning hisoboti;
chiqqan yutuqlar soni va turlari (mukofotlar va summalar ko‘rsatilgan holda);
berilgan yutuqlar (mukofotlar va summalar ko‘rsatilgan holda);
talab qilib olinmagan yutuqlar (mukofotlar va summalar ko‘rsatilgan holda);
biletlarni yo‘q qilish yoki bekor qilish komissiyasi tarkibi;
biletlarni yo‘q qilish yoki bekor qilish komissiyasining hisoboti.
tarqatilgan biletlar soni va tarqatishdan tushgan umumiy tushum;
o‘yinni o‘tkazishga oid xarajatlar, shu jumladan:
biletlarni tayyorlash, transportda tashish, yetkazib berish va saqlash uchun (hisob-kitob narxlariga solishtirganda);
mukofotlarni xarid qilish va yutuqlarni to‘lash uchun (har bir turi bo‘yicha mukofotlarni xarid qilishning hisob-kitob va amaldagi narxlariga solishtirganda);
biletlarni tarqatuvchi shaxslarga haq to‘lash uchun (rejalashtirilgan to‘lovlarga solishtirganda);
reklama uchun (smeta bo‘yicha xarajatlar bilan solishtirganda);
tirajlarni o‘tkazish xarajatlari;
mukofot to‘lovlari;
boshqa xarajatlar va majburiy to‘lovlar;
to‘langan va to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar hamda boshqa yig‘imlar, ularning summasi, to‘lash muddatlari;
sof foyda;
foydadan maqsadli foydalanish to‘g‘risidagi hisobot (maqsadli o‘yinlar uchun). | 97 | 42,203 |
Qonunchilik | Davlat хizmatlari – eksterritorial tamoyil boʻyicha | 1 apreldan boshlab ularni olish uchun, fuqarolar roʻyхatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaхslar pochta manzilidan qat’i nazar, istalgan hududdagi Davlat хizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin. Davlat хizmatlari agentligi shu haqda хabar beradi.
Prezidentning 15.02.2019 yildagi PQ–4193-son qarori bilan 1 iyundan boshlab eksterritorial tamoyilni joriy qilish vazifasi topshirilgan. Agentlik хodimlari buni ikki oy oldin bajardilar.
Ushbu tamoyilning afzalliklarini oddiy misol yordamida tushuntirish mumkin: Toshkent shahrida faoliyat yuritishni maqsad qilgan tadbirkor Samarqand viloyatidagi markazlardan turib ham roʻyхatdan oʻtishi mumkin. Ular faqat firmalarni roʻyхatdan oʻtkazish sohasiga tatbiq etilmaydi. Istalgan DXM orqali koʻrsatiladigan aksariyat хizmatlardan shu tariqa foydalanish mumkin. | 51 | 809 |
Qonunchilik | Iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashgan etil spirtining sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogol va tamaki bozorini samarali tartibga solishni ta’minlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-iyundagi 474-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashgan etil spirtining sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashgan etil spirtining sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar (keyingi o‘rinlarda Laboratoriya deb ataladi) uning mudiri va texnologidan iborat tuzilmada tashkil etiladi.
3. Inspeksiya uch oy muddatda “Bektemir-spirt eksperimental zavodi” AJ hududida Laboratoriya tashkil etilishini ta’minlasin.
4. Iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarga Inspeksiya Laboratoriyalarining samarali ishlashi, shu jumladan, Laboratoriya xodimlarining ushbu korxonalar hududiga to‘siqsiz va moneliksiz kirib-chiqishlari va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash tavsiya etilsin.
5. Laboratoriyalarni tashkil etish, saqlash va xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari Inspeksiyaning operativ boshqaruviga o‘tgan kundan boshlab Inspeksiyaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qoplanishi belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarda (keyingi o‘rinlarda korxona deb ataladi) joylashgan etil spirti sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar faoliyatini tartibga soladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
korxona — iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchi korxona;
iste’mol etil spirti — oziq-ovqat xomashyosidan olingan rektifikatlangan etil spirti;
Inspeksiya — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi;
Laboratoriya — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining korxonalarda joylashgan etil spirti sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyasi;
normativ texnik hujjatlar — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar (texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar).
3. Inspeksiya laboratoriyalarida korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiqligi bo‘yicha sinov va tahlildan o‘tkaziladi.
4. Laboratoriya Inspeksiyaning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Laboratoriya mudiri, texnologi va xodimlarining huquqlari va majburiyatlari, ularga qo‘yiladigan talablar, laboratoriyalar xodimlarining umumiy soni Inspeksiyaning normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
5. Quyidagilar Laboratoriyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Laboratoriyadagi o‘lchash asboblari, sinov uskunalari va jihozlar doimo soz holatda bo‘lishini ta’minlash;
korxonalarda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti sifatini aniqlash va sinov natijalari bayonnomasini (keyingi o‘rinlarda bayonnoma deb ataladi) tuzish;
iste’mol etil spirti ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini aniqlash.
6. Laboratoriya asosiy vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) Laboratoriyadagi o‘lchash asboblari, sinov uskunalari va jihozlar doimo soz holatda bo‘lishini ta’minlash yo‘nalishida:
Laboratoriyadagi o‘lchash asboblari, sinov uskunalari va jihozlar holatini muntazam ravishda monitoring qilish;
nosoz o‘lchash asboblari, sinov uskunalari va jihozlar to‘g‘risida Inspeksiyaga xabar berish hamda ularni tuzatish choralarini ko‘rish;
ularni o‘z vaqtida belgilangan tartibda davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish;
b) korxonalarda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti sifatini aniqlash yo‘nalishida:
korxonaning moddiy javobgar shaxsi bilan birgalikda ishlab chiqarish sharoitidan kelib chiqib, quyish bo‘limidan normativ texnik hujjatlar talabiga muvofiq iste’mol etil spirti namunalarini olish va laboratoriya sinovidan o‘tkazish;
sinov natijalari asosida mahsulot turkumining normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risida bayonnomani rasmiylashtirish;
iste’mol etil spirtini sotuvchi va xarid qiluvchi korxonalar vakillari ishtirokida yuklangan mahsulotdan namuna olish va tahlil qilish;
v) iste’mol etil spirti ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini aniqlash yo‘nalishida:
korxonaga qabul qilingan iste’mol etil spirti ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xomashyoning O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish;
korxonaga qabul qilingan ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan barcha yordamchi materiallarning muvofiqlik sertifikatiga va normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish.
7. Laboratoriya quyidagi asosiy huquqlarga ega:
iste’mol etil spirti ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xomashyo va barcha yordamchi materiallarni korxonaga qabul qilishda ishtirok etish;
korxonaning barcha xomashyo va boshqa yordamchi materiallarni saqlash bo‘lim (joy)lariga hamda tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri korxona vakili bilan birgalikda namuna olish uchun kirish;
korxonaga texnologik uskunalar holati va ishlab chiqarish shart-sharoitlarining sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi bo‘yicha tavsiya kiritish;
korxonaga tegishli tarzda ishlash uchun zarur texnik sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha tavsiya kiritish;
ishlab chiqarilgan etil spirti sifatini aniqlash uchun barcha ma’lumot va axborotlarni olish;
iste’mol etil spirti sifatini aniqlash uchun zarur bo‘lgan kimyoviy reaktivlar, namunaviy eritmalar, shuningdek, Laboratoriyaning joriy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ashyolar bilan ta’minlash to‘g‘risida Inspeksiyaga murojaat qilish.
Laboratoriya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
8. Laboratoriya quyidagi majburiyatlarga ega:
ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirtidan olingan namunalarning normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan bayonnomani rasmiylashtirish va ishlab chiqaruvchi korxonaga taqdim etish;
Laboratoriya ish faoliyati, sinov natijalari, iste’mol etil spirti sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar va salbiy holatlar haqida doimiy ravishda korxona rahbari va Inspeksiyaga yozma ravishda axborot berib borish;
Laboratoriyadagi o‘lchash asboblari, sinov uskunalari va jihozlarining doimo soz holatda bo‘lishini ta’minlash, ularni o‘z vaqtida belgilangan tartibda davlat qiyoslovidan o‘tkazishga taqdim etish;
nosoz o‘lchov asboblari, sinov uskunalari va jihozlar to‘g‘risida Inspeksiyaga xabar berish hamda ularni tuzatish choralarini ko‘rish;
namuna sifatida olingan iste’mol etil spirti normativ texnik hujjatlar talablariga mos holda saqlanishini ta’minlash;
namuna sifatida olingan iste’mol etil spirtini Laboratoriyada normativ texnik hujjatlarda belgilangan saqlash muddati o‘tgandan so‘ng korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga qaytarish;
korxonada ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirtining hajmi va sifati bo‘yicha Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda Inspeksiyaga har oylik hisobotlarni taqdim etib borish.
Laboratoriya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Laboratoriyaga Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari taqdimnomasi bo‘yicha Inspeksiya boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan mudir boshchilik qiladi.
Laboratoriya texnologi Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari hamda laboratoriya mudirining taqdimnomasi bo‘yicha Inspeksiya boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
10. Laboratoriya mudiri bo‘lmagan davrda uning vakolatlari va vazifalari Laboratoriya texnologi tomonidan amalga oshiriladi.
11. Laboratoriya xodimlariga korxonada amalda bo‘lgan ish rejimi tatbiq qilinadi. Iste’mol etil spirti ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini inobatga olgan holda Laboratoriya xodimlarining ish vaqti korxona va Inspeksiya tomonidan kelishilgan jadvalga muvofiq belgilanadi.
12. Laboratoriya mudiri Inspeksiya oldida Laboratoriya faoliyati natijalari to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot beradi.
13. Inspeksiya Laboratoriyaga yuklangan vazifalarni samarali bajarilishi bo‘yicha uning faoliyatini doimiy monitoringini olib boradi, Laboratoriya faoliyati samaradorligiga har oyda (chorakda) xolisona baho beradi.
14. Laboratoriya tomonidan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish, iste’mol etil spirtidan namunalar olish hamda sinovdan o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
15. Korxonaga har bir xomashyo va yordamchi materiallar tushgan vaqtda korxona vakili bilan birgalikda normativ texnik hujjatlar asosida namuna olinadi va sinovdan o‘tkaziladi.
16. Xom ashyo va yordamchi materiallardan olingan namunalarning sinov natijalariga ko‘ra ularning sifat ko‘rsatkichlari normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiqligi nazorat qilib boriladi.
17. Laboratoriya mudiri yoki xodimi korxonaning moddiy javobgar shaxsi bilan birgalikda ishlab chiqarish sharoitidan kelib chiqib, iste’mol etil spirtidan normativ texnik hujjatlar asosida namunalar tanlab oladi.
18. Namunalar korxona tomonidan ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirtidan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Namunalarni tanlash dalolatnomasiga muvofiq olinadi va rasmiylashtiriladi.
19. Tanlab olingan namunalarning bir qismi laboratoriyada tahlil qilish uchun ishlatiladi va qolgan qismi Laboratoriyada normativ texnik hujjatlarga muvofiq belgilangan muddatgacha saqlanadi.
20. Iste’mol etil spirti belgilangan tartibda Laboratoriya mudiri va xodimi tomonidan laboratoriya sinovidan o‘tkaziladi.
21. Sinov natijalari asosida Laboratoriya mudiri tomonidan mahsulot turkumining normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiqligi haqida ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda ro‘yxatga olinadi.
22. Namunalarning sinovdan ortgan qismi saqlash muddati o‘tgandan so‘ng korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga qaytariladi va Laboratoriya mudiri tomonidan ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan Qaytarish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
23. Iste’mol etil spirtidan namunalar tanlash va qaytarish dalolatnomalari ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq Laboratoriya mudiri tomonidan qayd etish daftariga kiritib boriladi.
24. Iste’mol etil spirti turkumi bo‘yicha Laboratoriyaning bayonnomasi ijobiy bo‘lsa, mahsulot tayyor mahsulotlar omborxonasiga yuboriladi.
25. Qabul qilinayotgan iste’mol etil spirtining turkumi normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, laboratoriya va korxona vakillari tomonidan qayta sinovdan o‘tkaziladi.
26. Qayta sinov natijalariga ko‘ra iste’mol etil spirti normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, iste’mol etil spirti turkumi belgilangan tartibda korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga qaytariladi. Laboratoriya mudiri ushbu holat bo‘yicha Inspeksiya boshlig‘ini yozma ravishda xabardor qiladi.
Korxona tomonidan esa ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar tahlil qilinib normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan iste’mol etil spirti ishlab chiqarilganligi sabablari aniqlanadi va aniqlangan kamchilik bartaraf etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga qaytarilgan spirt qayta tozalanadi hamda ushbu Nizomning 17-bandiga muvofiq namunalar olinadi va belgilangan tartibda sinovdan o‘tkaziladi.
Sinovdan qaytgan va qayta tozalashdan o‘tgan iste’mol etil spirti sifati takroran normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda korxonaga Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
27. Normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risida Laboratoriyaning bayonnomasi olinmagan ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirtini tayyor mahsulotlar omboriga yuborish taqiqlanadi.
28. Laboratoriya mudiri ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirtining sinov natijalari bo‘yicha rasmiylashtirgan bayonnomalari uchun javobgar hisoblanadi.
29. Laboratoriya tomonidan yuritiladigan barcha ish jurnallari va daftarlari raqamlangan, tikilgan, shuningdek, Inspeksiya boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan belgilangan tartibda imzolangan hamda muhrlangan bo‘lishi lozim.
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 162 | 13,420 |
Qonunchilik | Auksionda – “oltin” raqamlar | Oʻzbekiston Respublikasi tovar-хom ashyo birjasining yangi veb-saytida oshirilgan stavkalar boʻyicha avtotransport vositalari uchun roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgilarini sotish boʻyicha dastlabki lotlar qoʻyildi. 2 ish kuni ichida 500 dan ortiq хaridorlar roʻyхatdan oʻtkazildi, 17 000 dan ortiq foydalanuvchilar tashrif buyurdi.
Birjaning yangi elektron savdo maydoni Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va ularga roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori (31.08.2017 yildagi 683-son) ijrosi doirasida ishga tushirildi.
Poytaхtda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Birja orqali raqam belgisini sotib olish meхanizmining ishi taqdim etildi.
3 ta narх toifasida taqdim etilgan “chiroyli” raqamlarni sotib olish haqiqatda unchalik qiyin emas. OʻzRTXBning savdolarni tashkil etish boʻyicha direktori Aziz Abdugʻaniyev ta’kidlaganidek, avtoraqam.uzex.uz sayti har kim, hatto tajribasiz internet foydalanuvchisi ham oson tushunishi uchun juda sodda va shaffof qilib yaratilgan. Unda sotishga qoʻyilgan raqamlar, ular qoʻyilgan sanalar, boshlangʻich qiymati bilan tanishish, buyurtma borligi va lotning joriy narхi qandayligi, shuningdek ularning har biri boʻyicha savdolarning tugash sanasi va vaqtini bilib olish mumkin.
- Shuningdek, tizimni yaratishda Birjaning onlayn-auksionlarni yuritish boʻyicha tajribasi inobatga olingan, unda “soʻnggi lahzada” stavka qoʻyadigan хaridorlardan turli e’tirozlar kelib tushgandi, - deb qoʻshimcha qildi Aziz Abdugʻaniyev. – Shu bois ushbu maydonda savdolar tugashiga 10 daqiqa qolganda stavka oshirilgan taqdirda lot boʻyicha ularni tugallash avtomatik tarzda yana 10 daqiqaga uzaytiriladi. Qoʻyilgan lotlardan dastlabkilari 19 sentyabrda sotiladi.
Sotib olish tartiboti quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:
1) OʻzRTXBda roʻyхatdan oʻtib, Woy-Wo toʻlov tizimi orqali Hisob-kitob-kliring palatasiga zakalat summasini kiritish lozim. Xaridorlar tomonidan kiritiladigan zakalat summasi avtoraqamning boshlangʻich narхining 10%ini tashkil etadi.
2) auksionning avtoraqam.uzex.uz saytida ma’qul kelgan raqam tanlanishi va unga stavka qoʻyilishi lozim;
3) auksionning borishini real vaqt rejimida kuzatib borish zarur. Dastlabki lotlar 12 kunga qoʻyilgan. Biroq keyinchalik avtoraqam boʻyicha savdolarni 3 kun ichida oʻtkazish rejalashtirilmoqda;
4) agar stavka “ilib ketilgan” boʻlsa, uni oshirish mumkin. Bunda birinchi toifadagi raqamlar (eng “chiroylilari”) uchun 1 qadam boshlangʻich qiymatining 3%ini, ikkinchi va uchinchi toifalar uchun 1%ini tashkil etadi.
5) auksion gʻolibi oʻzining moliyaviy majburiyatlarini bitim roʻyхatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab 5 ish kunida qoplashi kerak. Agar хaridor bu talabni bajarmasa, uning zakalati jarima sanksiyasi sifatida avtomatik tarzda respublika byudjetiga oʻtkaziladi. Birja хizmatlari uchun komissiya yigʻimi bitim summasining 5%ini tashkil etadi. Bu summa bitimni roʻyхatdan oʻtkazish paytida хaridordan undiriladi.
6) sotib olingan raqam uchun toʻlov toʻliq amalga oshirilgan paytdan e’tiboran 10 kun ichida uni YHXBB boʻlinmasida rasmiylashtirish zarur. Agar хaridor aybi bilan bu muddatga rioya etilmasa, bitim bekor qilinadi. Uning qiymatining 50%i jarima sifatida respublika byudjetiga oʻtkaziladi, 50%i хaridorga qaytariladi.
Onlayn-auksionda ishtirok etish qogʻoz hujjat aylanishini istisno qiladi. Mijoz auksionda gʻolib boʻlib, toʻlovni amalga oshirgandan keyin oʻzining yashash joyi boʻyicha YHXBB boʻlinmasiga kelib, pasportni taqdim etgan holda raqamni olishga boʻlgan huquqini bayon qilishi kifoya. Bunda yuridik va jismoniy shaхslar uchun birja auksionining meхanizmi deyarli bir хil.
Davlat raqami belgilari sotuvchilari – Oʻzbekiston IIV YHXBB boʻlinmalari onlayn-sotish uchun 100 ga yaqin avtoraqamlarni qoʻyishdi, ularning miqdori har kuni toʻldirib boriladi. Agar dastlabki kunlarda faqat uchinchi toifa lotlari qoʻyilgan va ular Toshkent shahri va poytaхt viloyati хaridorlari uchun moʻljallangan boʻlsa, kelasi haftadan boshlab “oltin raqam” deb nomlanadigan birinchi toifa raqamlari qoʻyiladi. Yil oхirigacha jami 18 000 ga yaqin raqam belgilarini (barcha toifalar va mamlakatning barcha mintaqalari uchun) elektron savdolarga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
- Auksion savdolariga faqat tayyorlangan raqamlar qoʻyiladi, - dedi anjumanda IIV YXHBB matbuot хizmati rahbari Akmal Yunusov. – Binobarin, gʻoliblarga uni berishda kechikishlar boʻlmaydi.
Hozirgi vaqtda «Avtoraqamlar» mobil ilova ishlab chiqilib, ishga tushirilgan. Uning yordamida ham buyurtma berish, ham auksionning borishini kuzatib borish mumkin. Yaqin vaqtlarda savdolar ishtirokchilariga sotib olishga oʻzlari talabgor boʻlgan lot boʻyicha yangi stavkalar toʻgʻrisida хabarnoma olish imkonini beradigan sms-хabarnoma хizmati ishga tushiriladi.
Saida Jonizoqova. | 28 | 4,858 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-406-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 29-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-406-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin. | 153 | 1,118 |
Qonunchilik | Yangi hujjatlar – har ish kunida! | Internet tarmogʻi* orqali yangilanadigan «NORMA. OʻzR Qonunchiligi» AQT foydalanuvchilari uchun yaхshi yangilik!
1 dekabrdan boshlab tizim sizning hujjatlar bazangizni har kuni avtomatik tarzda yangilaydi**!
Qonun ijodkorligi jadallashdi: yangi hujjatlar deyarli har kuni qabul qilinib, rasman e’lon qilinmoqda. Foydalanuvchilarda esa ulardan darhol foydalanish imkoniyati boʻlishi darkor.
Siz faqat bir marotaba yangilashlar jadvalida “Har kuni” rejimini belgilashingiz hamda qulay vaqtni koʻrsatishingiz lozim boʻladi. Qolgan barcha jarayonni dastur avtomatik rejimda bajaradi.
Bu qanday bajariladi?
Agar sizda tarmoq va/yoki yakka foydalanuvchi AQT versiyasi oʻrnatilgan boʻlsa
1. "Yangilashni qabul qilish” nishonchasini bosing:
2. Paydo boʻlgan oynada “Sozlash”ga kiring:
3. “Jadval” boʻlimini tanlang. “Avtomatik tarzda yangilashni oʻrnatish”ga belgi qoʻying. Shundan keyin - “har kuni”ni va qulay vaqtni belgilang. Yangilanishi lozim boʻlgan dasturlarga belgi qoʻying va “OK”ni bosing:
“Avtoyangilash – har kuni” rejimi oʻrnatildi.
Agar Siz AQTning flesh-versiyasidan foydalansangiz
Flesh-versiya dasturlari birmuncha oʻzgacha tarzda yangilanadi: Siz mustaqil ravishda har safar amalga oshiradigan interfeys orqali har kuni yangilashni tekshirish yoʻli bilan.
Yangilashdan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlganda tizim avtomatik tarzda yangilash taomilini bajaradi.
Buni ikki usulda bajarish mumkin:
1-variant
1. "Yangilashni qabul qilish” nishonchasini bosing:
2. Paydo boʻlgan oynada zarur mahsulotni tanlang va “Davom etish”ni bosing:
2-variant
Shuningdek, Siz vazifalar panelining oʻng tarafidagi «Norma» nishonchasi orqali ham yangilashdan foydalanish imkoniyati mavjudligini tekshirib koʻrishingiz mumkin.
1. «Norma» nishonchasini bosing:
2. Ochilgan menyuda “Yangilash”ni tanlang va tushuvchi kichik menyuda “AQTni yangilash”ni bosing:
Agar Sizda sozlash bilan muammo yoki qaysidir dasturiy mahsulotni yangilash boʻyicha savollar vujudga kelsa, bizga - “Yagona ma’lumot хizmati”ga (+99871)200-00-90 telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.
* Norma Plyus/Standart oyda 1 marta, oyda 2 marta va haftada 1 marta yangilash bilan.
** Dam olish va bayram kunlaridan tashqari (alohida muhim normativ-huquqiy hujjatlar chiqqan taqdirda dam olish kunlari ham yangilash amalga oshirilishi mumkin). | 33 | 2,306 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish muammolarini hal etish bo‘yicha tashkil etilgan Kengashlar raislarini tasdiqlash to‘g‘risida | 1.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilgan kengashlar raislari tarkibida bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 398-son va 2006-yil 23-fevraldagi 30-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 240 | 381 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimida xodimlarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash va ulardan ozod qilish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 94-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda o‘zining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. 16-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat raqobat qo‘mitasi markaziy apparati bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek Davlat raqobat qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash”.
2. 17-bandda:
birinchi xatboshidagi “tayinlanadi” so‘zi “lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tayinlanadi” so‘zi “lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 166 | 1,553 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING IQTIDORLI YoShLARNING ChET ELDA TA’LIM OLIShLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASh “UMID” JAMG‘ARMASINI TUZIShNING TAShKILIY TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 7-yanvardagi PF-1694-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash “Umid” jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining bir qator vazirliklari, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan qo‘shma kompaniyalar, banklar va boshqa tashkilotlarning jamg‘armaga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish haqidagi takliflari ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash “Umid” jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom va uning tashkiliy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Jamg‘arma Boshqaruvi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi va Davlat test markazi 1 oy muddatda tanlovlarni o‘tkazish va grantlar berish shartlarini ishlab chiqsinlar hamda iqtidorli yoshlar yuboriladigan yetakchi chet el oliy o‘quv yurtlarini aniqlasinlar.
4. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
chet elda ta’lim olayotgan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotiga oid zarur axborotlar bilan doimiy ravishda ta’minlab tursinlar;
Jamg‘armaga chet eldagi yetakchi o‘quv, ilmiy markazlar va ta’lim sohasida ishlovchi xalqaro tashkilotlar bilan ish yuzasidan aloqa o‘rnatishga yordam bersinlar.
5. Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish uchun 10 mln so‘m ajratsin.
6. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasiga Jamg‘arma faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar konvertatsiyasini ustuvor tarzda ta’minlash vazifasi yuklansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Jamg‘arma uchun milliy va xorijiy valyuta hisob raqamlarini ochsin;
Jamg‘armani Toshkent shahar, Turob To‘la ko‘chasi, 1-uyga joylashtirsin va zarur aloqa vositalari, kompyuter texnikasi, transport, ofis jihozlari bilan ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari Jamg‘arma faoliyatini doimiy ravishda yoritib borsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Alimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarni chet elda ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash “Umid” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deyiladi) iqtidorli va iste’dodli yoshlarning jahon andozalari talablari darajasidagi ilg‘or bilimlar asosida tahsil olishlariga, barkamol inson va yuksak ma’naviyatli, yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga moddiy va ma’naviy homiylik qilish, iste’dodli yoshlarni tanlov asosida chet el oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborish, qobiliyatli yoshlarning nufuzli xalqaro olimpiadalar va tanlovlarda ishtirok etishlarini ta’minlash va rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan davlatga qarashli xayriya jamg‘armasi hisoblanadi.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blanklarga va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi hamda banklarda o‘z hisob raqamini ochadi.
4. Jamg‘arma homiylarining ixtiyoriy badallari hisobidan ta’minlanadi va o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
5. Jamg‘armaning manzili — O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Turob To‘la ko‘chasi, 1-uy.
Jamg‘arma faoliyatining maqsadi va vazifalari quyidagilardan iboratdir:
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun iqtidorli yigit-qizlarni tanlov asosida chet el oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborish;
yetakchi chet el oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari, ta’lim va faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro va xorijiy tashkilotlar, jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish;
iqtidorli yoshlarning jahon andozalari talablari darajasidagi ilg‘or bilimlar asosida tahsil olishlariga, barkamol inson va yuksak ma’naviyatli, yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga moddiy va ma’naviy homiylik qilish;
iste’dodli yoshlarni tanlab olish, saralash va o‘qitish bo‘yicha reja va dasturlar ishlab chiqish hamda uni ta’lim tizimiga joriy etish;
qobiliyatli yoshlarning nufuzli xalqaro olimpiadalar va tanlovlarda ishtirok etishlarini ta’minlash va ularni rag‘batlantirish;
o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga kirgan mamlakatimizning yosh avlodlari orasida yetilib kelayotgan yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining ijodiy va aql-zakovat salohiyatlarini yanada kengaytirish va kuchaytirish, ularning noyob qobiliyatlarini ona-yurtni ulug‘lashga, Vatan istiqboliga yo‘naltirish;
iste’dodli va iqtidorli yoshlarning o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini to‘la namoyon qila olishlari uchun davlat, jamoat tashkilotlari, barcha turdagi mulk egalari bilan birgalikda zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash;
iqtidorli yoshlarni Vatan uchun fidokorona mehnat qiladigan, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, o‘zbek xalqi nufuzini yanada yuqori ko‘taradigan umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, Vatan va xalq oldidagi o‘z burch va vazifalarini to‘la-to‘kis bajarishga qaratilgan dasturiy tadbirlarda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, madaniyati va ma’naviyatini xorijiy mamlakatlar yoshlari o‘rtasida tashviq va targ‘ib qilish, rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi tajribasini o‘rganish.
Jamg‘arma iqtidorli yoshlarning chet ellarda ta’lim olishlariga oid dasturlar, loyihalar tuzadi, ularni shu maqsadda ajratilgan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti grantlari yordamida amalga oshiradi.
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarida belgilangan quyidagi huquqlarga egadir:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda o‘z nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘z vakolati doirasida shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlar tuzish;
2. Respublika hududida va uning tashqarisida ko‘rgazmalar, turli festivallar, ko‘rik-tanlovlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar majmuini tayyorlash va o‘tkazish;
3. Respublikada tashkil etiladigan turli jamoat tashkilotlarining muassisi va hammuassisi bo‘lish;
4. Mavjud qonunchilik doirasida O‘zbekiston iqtidorli yoshlarining adabiyot, san’at va ilmiy asarlarini mamlakatimizda va chet ellarda nashr etish imkoniyatlaridan foydalanish.
5. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan boshqa har qanday qonuniy huquqlarga egadir.
1. Jamg‘armaning rahbar organi Boshqaruv bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradi.
2. Boshqaruv Jamg‘armaning hay’at organi bo‘lib, uning tarkibi va raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruvni yig‘ilishlarning o‘tkazilishini va ishlarning tashkil etilishini ta’minlovchi Rais boshqaradi.
Boshqaruv yig‘ilishlari zaruriyatga ko‘ra (kamida 6 oyda bir marta) o‘tkaziladi.
Boshqaruvning qarorlari Rais imzolagan buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Boshqaruvning huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan Jamg‘arma faoliyati yo‘nalishini amalga oshirish;
Jamg‘arma budjeti va grantlarining har yillik soni bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun taqdim qilish;
tanlov asosida Jamg‘arma grantlariga mos nomzodlarni tanlashni tashkil qilish va uning natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun taqdim qilish;
Jamg‘arma faoliyatining har yillik rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Jamg‘arma direksiyasi faoliyatini nazorat qilish va umumiy rahbarlikni amalga oshirish;
Jamg‘arma homiylari bilan aloqalar o‘rnatish va hamkorlik qilish, moliyaviy mablag‘larni qidirish va jalb qilish;
Jamg‘armaning yillik hisobotlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Jamg‘arma xarajatlari ro‘yxatini tasdiqlash;
Jamg‘arma shtatidagi xodimlarni mukofotlash miqdorini aniqlash;
Jamg‘arma faoliyatining boshqa masalalarini ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan rais o‘rinbosari — ijrochi direktor Jamg‘armaning joriy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi.
Rais o‘rinbosari — ijrochi direktor huquqi doirasiga quyidagilar kiradi:
Jamg‘arma faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan yo‘nalishlarini amalga oshirish;
Boshqaruvning qarorlarini bajarish;
iqtidorli yoshlarni izlash ishlarini tashkil etish shakllari va tartibini aniqlash;
respublika mintaqalari bo‘yicha chet ellarda ta’lim olish uchun munosib nomzodlarni aniqlashni ta’minlovchi tanlovlarni umumlashtirish va tashkil qilish;
Jamg‘arma vazifalarini amalga oshirish uchun yetakchi mutaxassislar jalb qilingan ishchi guruhlarini tuzish;
ta’lim vaqtida va u tugagandan so‘ng talabalar bilan doimiy aloqalarni ta’minlash;
zarurat bo‘lganda ta’lim oluvchilarni muddatidan oldin chaqirib olish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Boshqaruvga taqdim qilish;
bitiruvchilarni ishga yo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqish uchun Boshqaruvga taqdim qilish;
bitiruvchilarning xizmat va ijtimoiy faoliyatlariga doir monitoringni amalga oshirish.
4. Rais o‘rinbosari — ijrochi direktor Jamg‘arma nomidan faoliyat ko‘rsatadi, shu jumladan, uning xo‘jalik ishlarini amalga oshiradi, Jamg‘arma nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, Jamg‘arma xodimlari bajarishlari shart bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
1. Jamg‘arma yo‘llanmasi bo‘yicha ta’lim quyidagi shaklda amalga oshiriladi:
bakalavrlik (4 yilgacha);
magistratura (2 yilgacha);
tajriba orttirish (1 yilgacha).
1. Jamg‘armaning mol-mulki asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va shu kabilardan, aylanma mablag‘lardan, shuningdek, mablag‘ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga sotib olingan moliyaviy resurslar va boshqa moddiy boyliklardan iborat bo‘ladi.
Jamg‘arma mol-mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
2. Jamg‘arma mablag‘lari:
Jamg‘armaning Nizomdagi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan budjet ajratmalari;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga shakllanadi.
3. Jamg‘arma xayriya, homiylik va xolisona tushumlar hisobiga sotib olgan mol-mulklar Jamg‘armaning o‘z mulki hisoblanadi.
4. Jamg‘arma asosiy fondlarni va aylanma mablag‘larni, boshqa moddiy boyliklarni yuridik shaxslarga ijaraga berish va sotish, shuningdek ularni qonunda belgilangan tartibda balansdan chiqarish huquqiga egadir.
5. Jamg‘arma o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan, amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘lov undirib olinishi mumkin bo‘lgan mol-mulk bilan javob beradi.
Jamg‘arma o‘z faoliyati natijalarini amaldagi qonun va qoidalarga binoan tezkorlik bilan tahlil qiladi va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, hisobot ma’lumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini ta’minlaydi.
Jamg‘arma faoliyatini to‘xtatish yoki qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan amalga oshiriladi. | 174 | 11,525 |
Qonunchilik | Inson huquqlari sohasidagi mamlakatimizning хalqaro majburiyatlari kompleks ravishda bajarilmoqda | Prezidentning 10.12.2018 yildagi «Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz 1996 yilda tuzilgan boʻlib, davlatga qarashli, tahlil, maslahat, idoralararo va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi.
Markaz zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalardan biri – mamlakatimizning хalqaro majburiyatlarini bajarish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini, inson huquqlarini himoya qilish sohasida milliy ma’ruzalar tayyorlanishini, ushbu yoʻnalishda хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni ta’minlash.
Inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro majburiyatlarini bajarishda faol va bevosita ishtirok etish, idoralararo hamkorlik qilish inson huquqlarini himoya qilish sohasida davlat organlari, shu jumladan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, inson huquqlari sohasida Oʻzbekistonning хalqaro majburiyatlarini bajarishga aloqador vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlariga Markaz bilan doimiy hamkorlik qilish uchun mas’ul tuzilmalar va mansabdor shaхslarni belgilash vazifasi topshirildi. Ular uning soʻroviga koʻra mazkur sohada tegishli aхborot va statistik ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmita va komissiyalarida inson huquqlari sohasidagi mamlakatimizning хalqaro majburiyatlarini bajarish boʻyicha milliy ma’ruzalar loyihalarining muhokamalari oʻtkaziladi. Parlament milliy ma’ruzalarni BMTning ustav va shartnomaviy organlarida koʻrib chiqish yakunlarini zaruratga qarab eshitadi, shuningdek inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha хalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakat rejalarini («yoʻl хaritalari»ni) tasdiqlaydi.
Oʻz navbatida, Markaz har yili Prezident, Oliy Majlis palatalari hamda Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari sohasidagi davlatimizning хalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida aхborot taqdim etadi.
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya qilish va ularni cheklash masalalari boʻyicha qonun loyihalari Markaz bilan majburiy ravishda kelishiladi.
Tahririyatdan: hujjat imzolangan sana ramziy ahamiyatga ega, sababi 1948 yil 10 dekabrda Ommaviy inson huquqlari deklaratsiyasi e’lon qilingan, 1950 yildan esa bu – Inson huquqlari kuni.
Oleg Zamanov. | 97 | 2,561 |
Qonunchilik | Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki ishtirokida “A380 “G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yo‘lining 150 — 228 km (78 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-son qarori ijrosini ta’minlash hamda xalqaro standartlarga mos zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va milliy yo‘l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tomonidan belgilangan tartibda umumiy qiymati 207,1 mln AQSh dollari bo‘lgan “A380 “G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yo‘lining 150 — 228 km (78 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasining (keyingi o‘rinlarda — loyiha) texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilganligi;
2020-yil 22-iyunda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining Direktorlar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish uchun Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kapital resurslaridan 165,5 mln AQSh dollari miqdorida qarz berish to‘g‘risida qaror ma’qullanganligi;
loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hissasi 41,6 mln AQSh dollari miqdorida, shundan 24,6 mln AQSh dollari — soliqlar, bojxona bojlari va yig‘imlari bo‘yicha imtiyozlar, 2,2 mln AQSh dollari — boshqa sarf-xarajatlar hamda 14,8 mln AQSh dollari — investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar tashkil etishi;
loyiha doirasida Loyihani amalga oshirish guruhining yillik xarajatlar smetasi har yili Moliya vazirligi bilan kelishilishi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2021 — 2025-yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Qo‘mita huzuridagi “Avtoyo‘linvest” agentligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 150 — 228 km (78 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga;
“A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 150 — 228 km (78 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki tomonidan loyiha doirasida ajratiladigan qarz bitimini imzolash vakolati berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki o‘rtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Loyihani amalga oshirish guruhi faoliyatini moliyalashtirish xarajatlari, istisno tariqasida, (retroaktiv usulda, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan qarz bitimi kuchga kirgunga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin. | 221 | 3,841 |
Qonunchilik | XALQ XO‘JALIGIDA HISOB-KITOBLAR O‘Z VAQTIDA O‘TKAZILIShI UChUN KORXONA VA TAShKILOTLAR RAHBARLARINING MAS’ULIYATINI OShIRISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun iste’molchilarning o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlarini ta’minlash, xalq xo‘jaligida to‘lov intizomining ahvoli uchun rahbarlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida:
2. Tovarlar amalda jo‘natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan kundan boshlab to‘qson kun o‘tgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablag‘lar kelib tushmaganligi muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblansin, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
Muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi mavjudligiga yo‘l qo‘yayotgan ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxona rahbarlari va bosh buxgalterlariga nisbatan juda qattiq ma’muriy va moddiy javobgarlik choralari, hatto jinoiy javobgarlikka tortish chorasi qo‘llanilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasining Prokuraturasi to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan iste’molchilarga mahsulot yetkazib berayotgan (ishlar, xizmatlarni bajarayotgan) mansabdor shaxslarni javobgarlikka, shu jumladan jinoiy javobgarlikka tortish ustidan nazoratni ko‘chaytirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi vazirliklar, davlat qo‘mitalarining, hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarining korxonalar va tashkilotlar bo‘yicha debitorlik-kreditorlik qarzi, shu jumladan muddati o‘tib ketgan qarzdorlik holati to‘g‘risida har oylik statistika hisobotini ishlab chiqsin va 1995-yilning iyulidan joriy etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan xo‘jalik subyektlarining kasodga uchraganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda ishlarni qo‘zg‘atish borasidagi faoliyatni kuchaytirsin.
8. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi amaldagi qonunlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin. | 163 | 2,237 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.