folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash, ularning mas’uliyatini oshirish va monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 79-moddasiga muvofiq jamiyatning direktoriga, boshqaruv a’zolariga to‘lanadigan haq miqdori jamiyat faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi va shartnomada belgilanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining davlat ishtirokidagi korxonalarda ijro etuvchi organ faoliyatining samaradorligini baholashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. Belgilansinki: davlat ishtirokidagi korxonalarda ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligi natijalari Agentlik rasmiy veb-saytida joylashtirilmagan yoki ularning faoliyati qoniqarsiz yoxud past darajada deb e’tirof etilgan taqdirda, ijro etuvchi organ a’zolari rag‘batlantirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; davlat ishtirokidagi korxonalar, shu jumladan, tijorat banklari ijro etuvchi organining yil yakunlari bo‘yicha faoliyati samaradorligi yuqori baholangan taqdirda, ularga korxonaning tegishli boshqaruv organi qaroriga asosan olingan sof foydaning besh foizigacha bo‘lgan miqdorda, belgilangan tartibda bir yo‘la to‘lanadigan bonus berilishi mumkin. To‘langan bonus miqdori to‘g‘risidagi axborot to‘lov amalga oshirilgan sanadan boshlab ikki kun muddatda davlat ishtirokidagi korxonalar rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 4. Agentlik: a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda energiya sig‘imi va energiya samaradorligiga oid boshqa indikatorlarni ishlab chiqsin, ularni hisoblash qoidalari va normativ ko‘rsatkichlarini tasdiqlasin; b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda: bir oy muddatda davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning tizimidagi yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shu jumladan, buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni Agentlikning “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritish ishlarini yakuniga yetkazsin; ikki oy muddatda davlat ishtirokidagi korxonalar uchun ularning faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlar onlayn tarzda “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritilishini nazarda tutuvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilishini ta’minlasin; 2021-yil 1-fevralga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi ulushini, ularni yalpi ichki mahsulot, eksport hajmlari, asosiy kapitalga investitsiyalar shakllanishi, ishlab chiqarishdagi va aholi bandligidagi ulushlarini hisoblash va har chorak yakuni bo‘yicha monitoring olib borish tizimini yo‘lga qo‘ysin; 2021-yil 1-martga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiya loyihalari, ularni amalga oshirish natijasida tashkil etiladigan ish o‘rinlari va boshqa ma’lumotlar “Davlat mulki” axborot tizimiga avtomatik tarzda integratsiya qilinishini yo‘lga qo‘ysin; v) uch oy muddatda davlat ishtirokidagi korxonalarning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligi natijalarini joylashtirish uchun qulay bo‘lgan, uning natijalarini hududlar va tarmoqlar bo‘yicha, foydalanuvchilar uchun qulay shaklda ko‘rish, tegishli samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini avtomatik tarzda hisoblab chiqish va boshqa funksiyalarni aks ettiruvchi yangi modulni “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritsin. Ushbu tizimdagi ommaviy oshkor qilinadigan ma’lumotlar, shu jumladan, samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari bajarilishi to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlar, Agentlikning rasmiy veb-saytida avtomatik tarzda dinamik yangilanuvchan kontent shaklida chop etilishini ta’minlasin; g) 2021-yil 1-martga qadar davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan ilg‘or xalqaro tajriba va standartlar asosida korxona faoliyati davomiyligini (business continuity) ta’minlashga qaratilgan hujjatlar va ko‘rsatkichlar ishlab chiqilishi va ularning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanishini tashkil etsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 20-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari to‘g‘risidagi nizomning 13-bandi to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “har yili ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichni nazarda tutuvchi korxonaning biznes-rejasini tasdiqlash, har chorakda ijro etuvchi organning uning bajarilishi haqidagi hisobotini eshitish;”. 2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 67-modda) bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning 3-bandida: a) o‘n sakkizinchi xatboshidagi “axborot tusidagi tahliliy sharhlar” so‘zlaridan keyin “, shuningdek jamiyat faoliyatining samaradorligi, shu jumladan ijro etuvchi organining samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot” so‘zlari qo‘shilsin; b) yigirma birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “jamiyat tomonidan o‘z aksiyalarining sotib olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar”. 3. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-iyuldagi 207-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-banddan “va sug‘urta tashkilotlariga” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va topshirish muddatidan qat’iy nazar, tashkilotlar har chorakda SMK bajarilishini hisoblaydi va e’lon qiladi”; v) 9-banddan “va “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasiga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) taqdim etish uchun” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Baholash maqsadi uchun har bir SMKga uning tashkilot uchun ahamiyatini aks ettiruvchi salmoq o‘lchovi belgilanadi. Tashkilotga nisbatan tatbiq etiladigan asosiy va qo‘shimcha SMKning salmoq o‘lchovlarining har biri 100 foizni tashkil qilishi lozim”; d) 16-banddagi “Markazni” so‘zi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligini (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 17-banddagi “davr” so‘zi “chorak” so‘zi bilan almashtirilsin; j) 20-bandning birinchi xatboshidagi “tuzatish kiritishi mumkin” so‘zlaridan keyin “va ushbu o‘zgartirishlar vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanib, Agentlikka taqdim etiladi” so‘zlari qo‘shilsin; z) 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “23. Asosiy SMK bo‘yicha hisoblangan miqdor tashkilotning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligining yig‘indi ko‘rsatkichi (keyingi o‘rinlarda — SYK) sifatida ifodalanadi. Qo‘shimcha SMK qo‘llanilganida, SYK asosiy SMK bilan qo‘shimcha SMKning o‘rtacha arifmetik miqdorida aniqlanadi”; i) 24-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Vakolatli boshqaruv organi tomonidan biznes-rejada aks ettirish orqali, rag‘batlantirish xususiyatiga ega boshqa to‘lov turlari va miqdorlari belgilanishi mumkin. Bunda, vakolatli boshqaruv organi qarori bilan ijro etuvchi organi a’zolariga mehnat natijalariga bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la to‘lanadigan mukofot puli belgilanishi mumkin”; k) 28 va 29-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “28. Ijro etuvchi organning faoliyati qoniqarsiz yoki past bo‘lgan tashkilotlarda, shuningdek uning faoliyati natijalarini Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilmagan korxonalarda ijro etuvchi organ a’zolarini rag‘batlantirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 29. Ijro etuvchi organning faoliyat samaradorligi ketma-ket ikki chorak mobaynida qoniqarsiz yoki past darajada (har qanday uyg‘unlikda) va/yoki umuman baholanmagan bo‘lsa, yoxud uning natijalari Agentlik rasmiy veb-saytida joylashtirilmagan bo‘lsa, bu ijro etuvchi organ rahbari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tashabbusi bilan chiqishga olib keladi”; l) 31 — 35-bandlardagi “Markazning”, “Markazga”, “Markaz” so‘zlari tegishlicha “Agentlikning”, “Agentlikka”, “Agentlik” so‘zlari bilan almashtirilsin; m) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “SMK, SYK va ularning yil yakunlari bo‘yicha bajarilishi auditorlik tashkiloti tomonidan, yil yakunlari bo‘yicha audit o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaning alohida qo‘shimcha predmeti doirasida yoki alohida auditorlik tashkiloti tomonidan turdosh xizmatlari ko‘rsatish yo‘li bilan tekshiriladi”; n) 2a-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ o) 2b-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ p) 3a-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ r) 3b-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon eitlsin: “
149
9,820
Qonunchilik
Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlat tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini o‘rta va quyi bo‘g‘indagi mas’ul xodimlarga yetkazish orqali ularning huquqiy savodxonligini muntazam ravishda oshirib borish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati ijrochilarga to‘liq yetkazilmayotganligi oqibatida ularda nazarda tutilgan aholining turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim topshiriq va vazifalarning ijrosi ayrim hollarda yetarli darajada ta’minlanmasdan qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son hamda “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son farmonlari ijrosi yuzasidan, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini doimiy ravishda monitoring qilish hamda baholashni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Adliya vazirligi) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimidan foydalangan holda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha o‘qitish va baholab borish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: a) davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish Davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimidagi “Davlat tashkiloti xodimlarini sinovdan o‘tkazish moduli” orqali Adliya vazirligi tomonidan tayyorlanadigan huquqiy savodxonlikka oid o‘quv dasturi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti materiallarini mustaqil o‘zlashtirib borish yo‘li bilan amalga oshiriladi; b) davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini baholash (test sinovlari orqali) har uch yilda bir marta Adliya vazirligi tomonidan tegishli davlat tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-grafik asosida tashkil etiladi; v) davlat tashkilotlari rahbarlari o‘z xodimlarining huquqiy savodxonligi muntazam ravishda oshirib borilishini ta’minlashga shaxsan mas’ul va javobgar hisoblanadi; g) Adliya vazirligi tomonidan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini baholash yakunlari bo‘yicha umumiy natijalar puxta tahlil qilingan holda, uning doimiy monitoringi yuritiladi. Bunda, monitoring natijalari yuzasidan: yuqori natijani qayd etgan davlat tashkilotlarining ijobiy tajribalarini boshqa davlat tashkilotlari faoliyatiga ham joriy etish va past ko‘rsatkich sabablarini bartaraf etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar hamda takliflar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlari faoliyatiga tatbiq etish choralari ko‘riladi; davlat tashkilotlariga baholashdan o‘tmagan xodimlarning o‘qitilishi va qayta baholashdan o‘tkazilishiga oid ko‘rsatma beradi; davlat tashkilotlarining xodimlarni o‘qitish tizimini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlariga yuboriladi; d) Adliya vazirligi tomonidan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini baholash natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga baholash o‘tkazilgan yilning yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumot kiritib boriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: 2021-yil 1-mayga qadar o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun zarur o‘quv dasturi, materiallar va test savollari bazasini shakllantirsin hamda elektron platformaga joylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etsin; davlat tashkilotlari tomonidan davlat tashkilotlari xodimlarining elektron platforma asosida mustaqil ravishda o‘qitishning tashkil etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirib borsin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda alohida reja-grafiklar asosida davlat tashkilotlari xodimlarining baholashdan o‘tkazilishini ta’minlab borsin; 2022-yil 1-yanvarga qadar davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini 2021-yil yakunlari bo‘yicha baholash natijalari puxta tahlil qilingan holda, mazkur tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; davlat tashkilotlarida xodimlarni o‘qitish va baholashdan o‘tkazish ishlarini tashkil etishda doimiy ravishda davlat tashkilotlariga uslubiy jihatdan ko‘maklashib borsin. 4. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari toifasiga kirmaydigan boshqa davlat tashkilotlari, shu jumladan ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi miqdori 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga mazkur tizim asosida o‘z xodimlari huquqiy savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha o‘qitish va baholash tavsiya etilsin. Bunda, mazkur tashkilotlar xodimlari huquqiy savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha o‘qitish va baholash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda shartnoma asosida amalga oshiriladi. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash (keyingi o‘rinlarda — baholash) tartibini belgilaydi. 2. Davlat tashkilotlari xodimlari ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar (keyingi o‘rinlarda — minimal talablar) asosida shakllantiriladigan test sinovlari orqali baholanadi. 3. Mazkur Nizomning talablari unga 2-ilovada keltirilgan Huquqiy savodxonlik darajasi baholashdan o‘tkaziladigan davlat tashkilotlari xodimlari toifasining ro‘yxatida ko‘rsatilgan xodimlarga (davlat tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlari, shuningdek boshqa oliy yuridik ma’lumotli xodimlari bundan mustasno) nisbatan tatbiq etiladi. 4. Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini baholash (test sinovlari orqali) har uch yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tegishli davlat tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-grafik asosida tashkil etiladi. 5. Davlat tashkilotlariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar ishga qabul qilingan kundan boshlab o‘n ikki oy o‘tgach mazkur Nizomda belgilangan tartibda baholashdan o‘tkaziladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun zarur o‘quv dasturi, materiallar va test savollari bazasini shakllantiradi hamda elektron platformaga joylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etadi. 7. Davlat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan elektron platformaga joylashtirilgan o‘quv materiallari asosida o‘z xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha mustaqil ravishda o‘qishlarini ta’minlaydi. Bunda, davlat tashkilotlari rahbarlari o‘z xodimlarining huquqiy savodxonligi muntazam ravishda oshirib borilishini ta’minlashga shaxsan mas’ul va javobgar hisoblanadi. 8. Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha o‘qitish va baholash Adliya vazirligining tegishli davlat tashkilotlari bilan kelishilgan tartibda tasdiqlaydigan reja-grafigi asosida amalga oshiriladi. 9. Baholashning maqsadi — davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini aniqlash, ularning o‘z faoliyatida zarur bo‘ladigan huquqiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda ularda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirishdan iborat. 10. Baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: davlat tashkilotlari xodimlarining amaldagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlardan xabardorligi darajasini aniqlash va bu boradagi bilimlarini muntazam oshirib borish; davlat tashkilotlari xodimlari tomonidan o‘z faoliyatida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash; davlat tashkilotlari xodimlari tomonidan noqonuniy qarorlar qabul qilinishi, shuningdek huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish; davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini baholash orqali uning natijalarini doimiy ravishda monitoring qilib borish. 11. Davlat tashkilotlari xodimlarini huquqiy savodxonlikning minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan baholash mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 12. Davlat tashkilotlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimidagi “Davlat xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish moduli” — maxsus test tizimida real vaqt rejimida (onlayn) test sinovidan o‘tkazish orqali baholanadi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Adliya vazirligi) tegishli davlat tashkilotlari bilan birgalikda xodimlarni baholashning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish va uni boshqarishga oid tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshiradi. 14. Davlat tashkilotlari baholash o‘tkaziladigan yilning tegishlicha 1-mart va 1-sentabr sanalariga qadar o‘qitilishi va baholashdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini tasdiqlaydi hamda uni Adliya vazirligiga taqdim qiladi. 15. Adliya vazirligi tomonidan davlat tashkilotlari taqdim etgan ro‘yxatga muvofiq ishlab chiqilgan reja-grafik asosida davlat tashkilotlari xodimlarini baholashdan o‘tkazish vaqti belgilanadi hamda bu haqda uch kun muddat ichida davlat tashkilotlariga xabar beriladi. 16. Davlat tashkilotlari (ularning hududiy bo‘linmalari) xabar olingan kundan boshlab bir kun muddat ichida xodimlarni baholashdan o‘tkazish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi. 17. Baholash bevosita davlat tashkilotlari (ularning hududiy bo‘linmalari) ma’muriy binosi yoki boshqa binolardagi alohida jihozlangan xonada o‘tkaziladi. 18. Davlat tashkiloti xodimi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan kompyuter orqali test sinovini topshirish uchun maxsus elektron manzilda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda ro‘yxatdan o‘tadi va test sinovini adliya organi xodimlari ishtirokida real vaqt rejimida (onlayn) videokuzatuv orqali alohida xonada, belgilangan kunda va soatda bajaradi. Xodimning test sinovlarida maxsus yoki boshqa adabiyotlardan, shuningdek o‘zga manbalardan hamda boshqa shaxslar yordamidan foydalanishi taqiqlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan talablar buzilgan taqdirda xodim baholashdan o‘tmagan deb hisoblanadi. 19. Baholashda uzrli sabab bilan (kasalligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lishi, mehnat ta’tili yoki xizmat safarida bo‘lishi kabi) ishtirok etmagan davlat tashkilotlari xodimlari navbatdagi baholashga qo‘yiladigan xodimlar ro‘yxatiga kiritiladi. 20. Adliya vazirligi minimal talablar doirasida test savollari bazasini shakllantiradi hamda uni qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalardan kelib chiqib, zaruratga ko‘ra yangilab boradi. Bunda, test savollari bazasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimiga foydalanish uchun ochiq holda yuklanadi. 21. Test savollari: minimal talablar doirasida tuzilishi; davlat tashkilotlarining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisobga olingan holda shakllantirilishi; kollizion normalarga oid bo‘lmasligi; normativ-huquqiy hujjatning qabul qilingan sanasi, raqami, uning tegishli moddasi, qismi va (yoki) bandining tartib raqamini bilishni talab etmasligi; bir-biriga yaqin bir nechta variantlardan tashkil topgan bo‘lmasligi; aniq, sodda va ravon tilda bo‘lishi lozim. 22. Har bir xodim tomonidan 40 ta test savoli bajariladi. Buning uchun jami 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob 2,5 balldan baholanadi. 23. Baholash natijalari quyidagicha aniqlanadi: a’lo — 86 ball va undan yuqori; yaxshi — 71 balldan 85 ballgacha; qoniqarli — 56 balldan 70 ballgacha; qoniqarsiz — 0 balldan 55 ballgacha. Davlat tashkiloti xodimi qoniqarsiz natijani qayd etgan taqdirda, baholashdan o‘tmagan deb hisoblanadi. 24. Baholashdan muvaffaqiyatli o‘tgan davlat tashkilotlari xodimlarining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda QR kod orqali tasdiqlangan ma’lumot baholash natijalari chiqishi bilan darhol yuboriladi. 25. Baholashdan o‘tmagan davlat tashkilotlari xodimlari davlat tashkilotlari tomonidan o‘qitiladi hamda navbatdagi baholashga qo‘yilgan xodimlar ro‘yxatiga kiritiladi va qayta baholashdan o‘tkaziladi. 26. Davlat tashkilotlari (ularning hududiy bo‘linmalari) baholash natijalarini test o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida Adliya vazirligiga (hududiy adliya organiga) taqdim etadi. 27. Baholash natijalarini umumlashtirish, tahlil qilish va uning doimiy monitoringini yuritish Adliya vazirligi tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi: baholash natijalari bo‘yicha ko‘rsatkichlar hududlar hamda davlat tashkilotlari kesimida tahlil qilinadi; eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan davlat tashkilotlari va hududlarning ijobiy tajribalari o‘rganiladi; eng past ko‘rsatkich qayd etgan davlat tashkilotlari va hududlarning muammolari hamda sabablari tahlil qilinadi. 28. Adliya vazirligi tomonidan monitoring natijalari yuzasidan: yuqori natijani qayd etgan davlat tashkilotlarining ijobiy tajribalarini boshqa davlat tashkilotlari faoliyatiga ham joriy etish va past ko‘rsatkich sabablarini bartaraf etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar hamda takliflar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlari faoliyatiga tatbiq etish choralari ko‘riladi; davlat tashkilotlariga baholashdan o‘tmagan xodimlarning o‘qitilishi va qayta baholashdan o‘tkazilishiga oid ko‘rsatma beradi; davlat tashkilotlarining xodimlarni o‘qitish tizimini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlariga yuboriladi. Hududlar kesimida baholash natijalarini monitoring qilish mazkur Nizomda belgilangan tartibda hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda: Adliya vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari monitoring natijalarini baholash o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 10-sanasigacha tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga taqdim etadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari monitoring natijalarini baholash o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 15-sanasigacha umumlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. 29. Adliya vazirligi davlat tashkilotlari xodimlari huquqiy savodxonligini baholash natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga baholash o‘tkazilgan yilning yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumot kiritib boradi. 30. Xodimning baholash natijalari yuzasidan apellatsiya shikoyati natijalar e’lon qilinganidan so‘ng besh ish kuni davomida u ishlayotgan davlat tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilib, Adliya vazirligiga (hududiy adliya organiga) yuboriladi. 31. Baholash natijalaridan norozi bo‘lgan xodimlarning apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun Adliya vazirligi (hududiy adliya organi) tomonidan besh kishidan iborat tarkibda apellatsiya komissiyasi tuziladi. 32. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini u tushgan sanadan boshlab o‘n kun mobaynida ko‘rib chiqadi va apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorini bunday shikoyatni yo‘llagan tashkilotga yuboradi. 33. Apellatsiya komissiyasi shikoyatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: shikoyatni asoslangan deb hisoblash hamda uni qanoatlantirish; shikoyatni asossiz deb hisoblash hamda uni qanoatlantirishni rad etish. 34. Davlat tashkiloti xodimlari apellatsiya komissiyasining apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin. 35. Baholashni o‘tkazish va uning natijalari bilan bog‘liq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 36. Mazkur Nizom qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
102
17,473
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli qarorlarini bajarish yuzasidan: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining, Respublika yo‘l jamg‘armasining, budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasining, Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2015-yilgi asosiy parametrlari 3 — 7-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 2. 2015-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish, qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘larining 2015-yil boshidagi bo‘sh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 3. 2015-yil uchun: qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari 20 foiz miqdorida; yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari 8-ilovaga muvofiq; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 9-ilovaga muvofiq; yagona soliq to‘lovi stavkalari 10-1, 10-2 va 10-3-ilovalarga muvofiq; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari 11-ilovaga muvofiq; yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari 12-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromad solig‘i stavkalari 10 foiz miqdorida; O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari 13-1 va 13-2-ilovalarda keltirilgan ro‘yxatga muvofiq; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga muvofiq; yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 15-ilovaga muvofiq; imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi stavkalari 16-1 va 16-2-ilovalarga muvofiq; ayrim turdagi mahsulotlar bo‘yicha qo‘shimcha foyda solig‘i stavkalari 17-ilovaga muvofiq; yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 18 va 19-ilovalarga muvofiq; yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari 20-ilovaga muvofiq; yagona yer solig‘i stavkalari 21-ilovaga muvofiq; mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari 22-ilovaga muvofiq; 23-ilovaga muvofiq belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umum-ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va ajratmalar stavkalari 24-ilovaga muvofiq; mablag‘larni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘rtasida taqsimlagan holda yagona ijtimoiy to‘lov stavkalari 25-ilovadagi normativlarga muvofiq; fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi 7,0 foiz miqdorida tasdiqlansin. 4. Belgilansinki, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish shartnomada belgilangan ijara to‘lovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin: yuridik shaxslar uchun — davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan; mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun — 26-ilovaga muvofiq belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi. 5. 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab: “O‘ztransgaz” AK tomonidan avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalariga (balansida avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari mavjud yuridik shaxslarni o‘z ichiga olgan holda) sotadigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiyaviy qo‘shimcha haqi bir kubometriga 400 so‘m miqdorida; mobil aloqa xizmati ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqi, mablag‘larni 27-ilovaga muvofiq taqsimlagan holda, oyiga 750 so‘m miqdorida belgilansin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, yagona soliq to‘lovidan tushumlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda budjetdan tashqari Umumiy ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanadi. 7. Qarzni undirishni soliq to‘lovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq bo‘yicha qarzlarning eng kam miqdorlari 28-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 14. Mintaqalarning o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlash darajasini oshirish, davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar bo‘yicha tushumlar: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 11-ilovada nazarda tutilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq; 12-ilovada nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq; O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘iga aksiz solig‘i; chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oltindan yasalgan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i; 29-ilovaga muvofiq davlat bojlari, yig‘imlar va jarimalar to‘liq hajmda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari daromadlariga o‘tkazilsin. Belgilansinki, mobil aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan qismi, abonentning ro‘yxatga olingan joyiga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi. 15. 2015-yil uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjet subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 30-ilovaga* muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 31-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 32-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda: bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarining subvensiya olish darajasini pasaytirish dasturlarini kiritsin; 2015-yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad keltiradigan bazasini ko‘paytirish, tushumlarning qo‘shimcha rezervlarini topish va tegishli hududlarda soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; subvensiya olish darajasini qisqartirish dasturlarini amalga oshirishning borishi va tegishli budjetlarning daromad keltiradigan bazasini ko‘paytirish chora-tadbirlarining natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib tursin. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadiga qo‘shiladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tegishli budjet parametrlarida ko‘zda tutilmagan xarajatlarga yo‘naltirilishi mumkin emas. 17. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) tegishli mahalliy budjetlarga budjetdan subvensiyalar va ssudalar ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy to‘lov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlarini birinchi navbatda so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin. Belgilansinki: budjet tashkilotlari va budjet mablag‘laridan foydalanuvchilarning xarajatlar smetasi tuzilayotganda birinchi navbatda ish haqi (yagona ijtimoiy to‘lov bilan birga), nafaqalar va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga sarflanadigan xarajatlar tegishli budjetlarning tasdiqlangan xarajatlari parametri doirasida nazarda tutiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti naqd aylanma kassa mablag‘lari hisobiga budjet ssudalari olish uchun so‘rovnoma bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yozma ravishda murojaat qilishganida, ularni qoplash muddati va manbalari to‘g‘risida to‘liq axborotni taqdim etadilar. 18. 2015-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti zaxira jamg‘armalari miqdorlari 33-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligining tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida xizmat ko‘rsatilayotgan aholi sonini hisobga olgan holda, kasalliklar yo‘nalishi bo‘yicha profil o‘rinlar diapazonini belgilashni nazarda tutuvchi o‘rinlar fondini aniqlashning normativ usuliga bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2015-yilning 1-aprelidan boshlab tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida o‘rinlar fondini aniqlashning normativ usuliga bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqib, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Moliya vazirligi bilan birgalikda respublikada zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishini hisobga olib, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining namunaviy shtatlarini yanada takomillashtirish ishlarini davom ettirsin, unda umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga informatika xonasi mudirligi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 17,6 foizi miqdorida ustama haq belgilash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirishni hamda dasturchi muhandis lavozimini maqbullashtirishni nazarda tutsin. 21. Ota-onalardan olinadigan to‘lov miqdorlari quyidagicha belgilansin: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun to‘lov miqdorlari 34-ilovaga muvofiq; bolalarni bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qitish uchun to‘lov miqdorlari 35-ilovaga muvofiq. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlaridan O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdolar yordamida eng zarur tovar (ish, xizmat)lar davlat haridini amalga oshirish tartibini soddalashtirish bo‘yicha 2015-yilning 1-martigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 24. O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgan doimiy muassasalarni tashkil etib, faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish doirasida tovarlar olib kirish huquqi berilsin. 25. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini va O‘zbekiston Respublikasi davlat maqsadli jamg‘armalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin: budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,2 foiz bo‘lgani holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari 31 405,1 mlrd so‘m, xarajatlari 31 675,8 mlrd so‘m miqdorida; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari 11 748,4 mlrd so‘m va xarajatlari 10 700,0 mlrd so‘m miqdorida; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining daromadlari 2 373,3 mlrd so‘m va xarajatlari 2 225,6 mlrd so‘m miqdorida. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining G‘aznachilik bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida, o‘tkazilgan operatsiyalarni 2014-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2014-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, yakuniy operatsiyalar o‘tkazsinlar. 26. 2015-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 36-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 27. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 28. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli qarori 3-bandining birinchi xatboshidagi “tibbiyot muassasasida” so‘zlaridan keyin “(O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining tibbiyot muassasalari bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli qarorining 6-bandida: birinchi xatboshidagi “mol-mulkni va” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 28-martdagi PQ-1512-sonli qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yo‘naltirilishi nazarda tutilsin” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 24-martdagi PQ-2155-sonli qarori 11-bandining ikkinchi xatboshi “va maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 27-iyundagi PQ-2194-sonli qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Belgilab qo‘yilsinki, kuz-qish davrida ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni moliyalashtirishga, boshqa manbalar qatorida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida ko‘zda tutilgan ijtimoiy soha muassasalari ta’minoti uchun ularning xarajatlarini maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 5% gacha budjet mablag‘lari yo‘naltirilishi mumkin.”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., № 9, 51-modda) 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli qarorining 4-bandida: birinchi xatboshidagi “2015” raqami “2018” raqamiga almashtirilsin; ikkinchi xatboshida “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga, budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari “maqsadli davlat jamg‘armalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001/2002 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 250-sonli qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. To‘lov-kontrakt asosida kadrlarni tayyorlash uchun tushadigan mablag‘lardan oliy ta’lim muassasalarini soliq hamda maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan, istisno tariqasida, 2018-yilning 1-yanvarigacha ozod qilinsin, bo‘shaydigan mablag‘lar oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, o‘quv jarayonini zamonaviy ta’lim vositalari bilan ta’minlashga, oliy ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltirilsin.”. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli qarorining 20-bandi, shuningdek uning 29-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., № 12, 145-modda) 2004-yil 25-martdagi 141-sonli qarori 5-bandidagi “ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yo‘naltirilishi nazarda tutilsin” so‘zlari chiqarib tashlansin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 31-maydagi 251-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., № 5, 50-modda) 8-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Belgilansinki, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” OAJning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yig‘imlarining cheklangan miqdorlarini deklaratsiya qilish chog‘ida “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” OAJ tomonidan yuqori likvidli turdagi tovarlarni sotish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 0,1% miqdordagi vositachilik yig‘imlari hisobga olinadi, ular O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armalariga teng ulushlarda o‘tkaziladi.”. 13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., № 2, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Nizomi 26-bandining o‘ninchi xatboshidagi “pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar” so‘zlari “pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., № 4, 14-modda) bilan tasdiqlangan, Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari ro‘yxatining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 28-martdagi 89-sonli qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., № 14, 151-modda): a) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “oyiga eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida” so‘zlari “qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-bandining uchinchi xatboshidagi “oyiga eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida” so‘zlari “qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida” 2012-yil 1-iyundagi 158-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., № 22, 252-modda) 1-bandining birinchi xatboshidagi “uch yil muddatga” so‘zlari “2018-yilning 1-yanvarigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
129
23,342
Qonunchilik
RESPUBLIKA AHOLISINI MAMLAKATIMIZDA IShLAB ChIQARILGAN QADOQLANGAN SIFATLI ChOY BILAN TA’MINLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Samarqand choy qadoqlash fabrikasi xorijiy investor — “All Americas international inc.” (AQSh) korporatsiyasi tomonidan sotib olingandan keyin 2 yil mobaynida 5,0 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etildi va 2007-yilning birinchi choragida yana 1,4 mln AQSh dollari miqdorida investitsiyalash kutilmoqda. 5,7 ming tonna yuqori sifatli, raqobatga bardoshli qadoqlangan choy ishlab chiqarildi. Korxonada 400 ish o‘rinlari qayta tiklandi. Qadoqlangan choy ishlab chiqarish yillik quvvatlarini 15 ming tonnagacha yetkazish va ish o‘rinlari sonini 800 tadan oshirish bo‘yicha biznes-reja ishlab chiqildi. Qadoqlangan choy ishlab chiqarish va sotishni ko‘paytirish, “Samarqand choy qadoqlash fabrikasi” xorijiy korxonasining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, ichki bozorda qadoqlangan choy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida teng raqobat muhitini ta’minlash hamda respublikaga chetdan keltirilayotgan tovarlar va xomashyo narxlarining sun’iy ravishda pasaytirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand choy qadoqlash fabrikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 12-yanvardagi 15-son qarorining 5-bandiga muvofiq “Samarqand choy qadoqlash fabrikasi” xorijiy korxonasiga berilgan bojxona va soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2009-yil 1-maygacha uzaytirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (Nosirov) jahon birjalarida vujudga kelgan narxlar konyunkturasidan kelib chiqib, tovarning kelib chiqish mamlakatini hisobga olgan holda import choy xomashyosi bojxona qiymatining eng kam chegarasini belgilasin, lekin u har tonna uchun 600 AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi kerak. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi har haftada Davlat bojxona qo‘mitasini, keyinchalik respublikaga chetdan keltirilayotgan tovarlar va xomashyoni bojxona rasmiylashtirishda real narxlarni aniqlashda bojxona organlari tomonidan foydalanish uchun tovarlar va xomashyoga jahon narxlari konyunkturasi to‘g‘risidagi axborotlar bilan kelishilgan ro‘yxatga muvofiq ta’minlasin, 4. Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 22-martda 1459 tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasiga yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan choy xomashyosi keltirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning bajarilishini bir oy muddatda tanqidiy o‘rgansinlar. Natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
142
2,977
Qonunchilik
Iste’molchilar huquqini yangi davlat tuzilmalari himoya qiladi
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi, ishlab chiqaruvchilar va tovarlar nomenklaturasi boʻyicha ma’lumotlar bazalari, shuningdek Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamgʻarmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida Prezident Farmonining tegishli loyihasi muhokama qilinmoqda.    Agentlikning vazifalari va foaliyat yoʻnalishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boʻlinmalarga ega boʻlgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi quyidagilar bilan shugʻullanadi: Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek fuqarolar tomonidan ijro etilishi shart.   Agentlik va uning hududiy organlari хodimlariga tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan, sh.j. joyiga chiqib, dalillarni fosh etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarni oldindan хabardor qilgan holda quyidagilarni amalga oshirish huquqini berish rejalashtirilmoqda: Ishlab chiqaruvchilar va iste’mol tovarlari boʻyicha ma’lumotlar bazasi yaratiladi Tarmoqlar, mintaqalar va tovar pozitsiyalari kesimida ishlab chiqaruvchilar va iste’mol tovarlari nomenklaturasi boʻyicha muntazam yangilab boriladigan ma’lumotlar bazasi tashkil etiladi. U statistika va standartlashtirish organlarining ma’lumotlar bazalari bilan elektron hamkorlikni ta’minlaydi. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda Agentlik huzurida Iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash  jamgʻarmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Quyidagilarni uning asosiy manbalari etib belgilash taklif etilmoqda: Iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash  jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Gayevoy.
62
2,126
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 24-iyundagi PF–3618-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 8-bandida: uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin va “Sug‘urta va auditorlik tashkilotlari, birjalar” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va xolding kompaniyalari) shaklidagi davlat boshqaruvi organlari” so‘zlari qo‘shilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan undiriladigan xorijiy valyutadagi bojlar, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar tariflari stavkalarining I bo‘limi. 2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 22-avgustdagi 347-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 47-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 6-modda).
166
1,915
Qonunchilik
SELLYULOZA VA YuQORI SIFATLI QOG‘OZ IShLAB ChIQARISh QUVVATLARINI BARPO ETISh TO‘G‘RISIDA
Respublika xalq xo‘jaligining sellyuloza va yuqori sifatli qog‘ozga bo‘lgan talabini qondirish, ularning import qilinishini qisqartirish va mahalliy xomashyo manbalaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasining Angrendagi “Promkartontorg” ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida poxoldan 10 ming tonna sellyuloza ishlab chiqaruvchi quvvatlar ishga tushirilganligi va ushbu korxonada shunga o‘xshash qo‘shimcha quvvatlar joriy yilning uchinchi choragida ishga tushirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Toshkent viloyati hokimligi va “O‘zbekmebel” DABning 1996-1997-yillarda quvvatlarni “Yangiyo‘lmebel” ishlab chiqarish-tijorat shirkatining mavjud maydonlariga joylashtirgan holda Yangiyo‘l tumanida paxta lintidan yiliga 25 ming tonna sellyuloza va 12 ming tonna qog‘oz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan sellyuloza-qog‘oz fabrikasini barpo etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. “O‘zbekmebel” DAB, “O‘zog‘irsanoat” instituti “Bummash Xolding” (Rossiya) aksionerlik birlashmasi bilan birgalikda uch oy muddatda sellyuloza va qog‘oz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish uchun texnik-iqtisodiy asoslashni, 1996-yilning 31-dekabrigacha esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsinlar. “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasi Yangiyo‘l sellyuloza-qog‘oz fabrikasi qurilishi bo‘yicha bosh pudratchi etib belgilansin. Ishchi chizmalari bo‘yicha obyektlarni bir yo‘la loyihalashga, qurishga va mablag‘ bilan ta’minlashga (loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar), istisno tariqasida, ruxsat etilsin. 4. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi (Hamidov) mazkur ishlab chiqarishning xalq xo‘jaligidagi muhim ahamiyatini hisobga olib “O‘zbekmebel” DAB “Sellyulozaqurilish” direksiyasiga qurilish va asbob-uskunalar bilan butlash uchun 590 mln so‘m, keyinchalik konvertatsiya qilish sharti bilan qog‘oz tayyorlash mashinasi olish, loyihalashtirish va mazkur mablag‘lar hisobiga butlash uchun 128 mln so‘m miqdorida kredit ajratish haqidagi masalani ko‘rib chiqsin. 5. Yangiyo‘l sellyuloza-qog‘oz fabrikasiga, istisno tariqasida, banklarning kreditlari uchun hisob-kitob tugaguniga qadar qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘la hajmda ushbu kreditlarni uzish uchun yo‘naltirishga ruxsat berilsin. 6. “O‘zbekmebel” DAB (Maqsudov)ning sellyuloza va qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasi quvvati kredit ajratilgan kundan e’tiboran bir yil-u uch oy mobaynida ishga tushirilishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (G‘afurov) 1997-yildan boshlab paxta linti ishlab chiqarish va undan foydalanish umumiy balansidan “O‘zbekmebel” DABga fabrikaning ishga tushirilish muddati va barpo etilayotgan quvvatlarning o‘zlashtirilishiga qarab sellyuloza ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan hajmda lint ajratishni nazarda tutsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi loyihani belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari M. 3. Usmonov va R. R. Yunusovlar zimmasiga yuklansin.
89
3,155
Qonunchilik
XORIJIY SARMOYaLAR BO‘YIChA AGENTLIKNI AKSIYADORLIK JAMIYATIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Istiqbolli investitsiya loyihalarni ishlab chiqish mexanizmini takomillashtirish va xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1995-yil 24-avgustdagi 340-son qarori bilan belgilangan shartlarda mablag‘ bilan ta’minlashning uch yillik davri tugaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki va “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining ular tomonidan 1-ilovaga muvofiq ustav jamg‘armasiga ega bo‘lgan va ulushlari taqsimlanadigan “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik” aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish haqidagi takliflari qabul qilinsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik” aksiyadorlik jamiyati Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik negizida tashkil etiladi va barcha mulkiy va nomulkiy huquqlar va majburiyatlar bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi. 4. Belgilab qo‘yilsinki: loyihalash davri amal qilishining barcha bosqichlarida xorijiy sarmoya ishtirokidagi investitsiya loyihalarining istiqbolli dasturlarni identifikatsiyalash va ishlab chiqish, investitsiya loyihalarini tayyorlash, puxtalash, ularning loyiha-smeta hujjatlarini, texnik-iqtisodiy asoslarini va biznes-rejalarini vakolatli organlarda kelishib olish yo‘li bilan kompleks kuzatib borilishini ta’minlash; respublikada mavjud bo‘lgan investitsiya imkoniyatlari marketingini olib borish, xorijiy investorlarni O‘zbekiston Respublikasining investitsiya muhiti bo‘yicha ma’lumot-axborot va tahlil materiallari bilan ta’minlash; investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashni tashkil etish masalalari bo‘yicha xorijiy investorlar va xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; xorijiy sarmoyalar ishtirokida ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan loyihalarni yuridik va maslahat berish jihatidan qo‘llab-quvvatlash Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi. 5. “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik” aksiyadorlik jamiyati markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasiga 2-ilovaga muvofiq rozilik berilsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, Agentlik bosh direktori Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda muassislarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanadi. 7. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Agentlik o‘z faoliyatini o‘z faoliyatidan tushgan daromadlar hisobiga tijorat asosida amalga oshiradi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti: O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki va “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin; BMT va TASISning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan respublikaga xorijiy sarmoyalar oqimining ko‘payishiga yordam beradigan Agentlik ishtirokida amalga oshirilayotgan qo‘shma dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlashni davom ettirish masalasini ishlab chiqsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1995-yil 24-avgustdagi 340-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
86
3,589
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-379-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-379-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
701
Qonunchilik
Oʻzbekiston ShHT qoʻshma harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimiga qoʻshimcha qabul qildi
30.06.2020 yildagi OʻRQ-624-son Qonun bilan 2007 yil 27 iyundagi Shanхay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma ratifikatsiya qilindi. U 2019 yil 29 aprelda Bishkekda imzolangan. Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq ShHTga a’zo har qanday davlat Bayonnomaga qoʻshilishi mumkin, bunda ushbu Bitim qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat depozitariydan olingan kundan boshlab 30 kun ichida kuchga kiradi. Qabul qilingan mazkur hujjat ShHTga a’zo davlatlar oʻrtasida harbiy-teхnikaviy sohadagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tomonlarning harbiy хavfsizligini ta’minlash, oʻz Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-teхnik hamkorlik boʻyicha qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga хizmat qiladi. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 1.07.2020 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
98
979
Qonunchilik
Sud himoyasi: aliment undirish! (Oхiri)
Oхiri. Boshi - bu yerda Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga qanday murojaat qilish mumkin?   Eng avvalo, undiruvchi, sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi arizani yozishi kerak. Unda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi shart: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) undiruvchining nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi; 3) qarzdorning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi; 4) undiruvchining talabi va talabga asos boʻlgan holatlar; 5) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova etilayotgan hujjatlar roʻyхati (FPKning 2383-moddasi). Aliment undirish boʻyicha sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizaning namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy veb-saytida (www.oliysud.uz), sud hujjatlari namunalari boʻlimida joylashgan. Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qarzdorning yoki undiruvchining yashash joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudiga topshirish mumkin. Arizani sudga topshirishda davlat boji toʻlanmaydi. Sud buyrugʻi chiqarilgandan keyingi harakatlar nimalardan iborat? Sud buyrugʻi chiqarilganidan keyin sudya sud buyrugʻini darhol qarzdorga joʻnatadi. Karzdor esa olgan sud buyrugʻiga qarshi oʻz e’tirozini 10 kun ichida sud buyrugʻini chiqargan sudga yuborishga haqli (FPKning 2389-moddasi). Agar qarzdor chiqarilgan sud buyrugʻiga nisbatan belgilangan muddat ichida oʻz e’tirozini bildirmasa, sudya sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrugʻini ijro etishga taqdim qilish uchun undiruvchiga beradi. Undiruvchi olgan sud buyrugʻini qarzdor yashash joyidagi sud ijrochilarga topshirishi kerak (FPKning 23811-moddasi). Undiruvchining iltimosiga koʻra, sud buyrugʻi ijro etish uchun sud ijrochilariga bevosita sud tomonidan yuborilishi mumkin. Da’vo tartibi: Qarzdor chiqarilgan sud buyrugʻiga oʻz e’tirozini bildirsa (sud buyrugʻi bekor qilingan boʻlsa), aliment ta’minotini oʻtgan (uch yildan koʻp boʻlmagan)  davr uchun undirish istagi mavjud boʻlsa yoki otalik belgilash lozim boʻlganda sudga aliment undirish toʻgʻrisidagi da’vo arizasi topshiriladi. Yodda tuting:  Agar aliment ta’minoti oʻtgan davr uchun undirilmoqchi boʻlsa, bu holda sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish kerak. Misol: N.Sayfullina va A.Sayfullin 2007 yil 10 fevralda qonuniy nikohdan oʻtishgan, oʻrtada ikkita farzandlari boʻlgan. 2012 yilda A. Sayfullin oilasini tashlab ketgan va farzandlar A.Sayfullinaning tarbiyasida qolgan. Shu vaqtdan boshlab A.Sayfullin farzandlariga hech qanday moddiy yordam koʻrsatmagan. N.Sayfullina 2012 yil sentyabrdan boshlab farzandlarining ta’minotiga to ular voyaga yetguniga qadar qonunda belgilangan alimentni undirishni soʻrab 2015 yilda da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sudga murojaat qilingunga qadar N.Sayfullina tomonidan bolalar uchun otasidan ta’minot olish choralari koʻrilganligi, ammo ta’minot berib turishi shart boʻlgan A.Sayfullin oʻz otalik burchini bajarmaganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlanib, OKning 136-moddasiga binoan, N.Sayfullinaning talabi qanoatlantirilgan, voyaga yetmagan bolalar ta’minotiga 2012 yil sentyabrdan boshlab to ular voyaga yetguniga qadar A.Sayfullinning har oylik ish haqi va jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilgan. Yodda tuting:  Otalikni belgilash zarurati boʻlgan holda, ya’ni tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomada otalik haqida ma’lumotlar koʻrsatilmagan taqdirda, otalikni belgilash FHDYo organlari tomonidan otalik tan olingan taqdirda ota-onaning birgalikdagi arizasiga koʻra, otalik tan olinmagan taqdirida esa, sud tomonidan onaning otalikni belgilash toʻgʻrisidagi da’vo arizasiga koʻra  amalga oshiriladi(OK 62-moddasi). Misol: G.Vahobova va S.Kenjayev 2012 yildan 2014 yilgacha amalda oilaviy munosabatlarda boʻlib, 2014 yilda farzandli boʻlishgan. Shundan soʻng ular oʻrtasidagi munosabatlar buzilib, G.Vahobova ota-onasining uyiga qaytib borgan. Tugʻilgan farzandining otasi belgilanmaganligi uchun G.Vahobova 2014 yil 20 iyunda otalikni belgilash va aliment undirish toʻgʻrisidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sud majlisida S.Kenjayev otalikni tan olgan, lekin qonuniy хotini va farzandi borligi uchun aliment toʻlovlarini amalga oshira olmasligini ta’kidlagan. Sud OKning 96-moddasiga binoan G.Vahobovaning talabini qanoatlantirib, voyaga yetmagan bolaga nisbatan S.Kenjayevning otaligini belgilab, 2014 yil 20 iyundan boshlab farzandiga to u voyaga yetguniga qadar onasi G.Vahobova foydasiga har oylik ish haqi va jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirgan. Voyaga yetmagan bolalarga aliment undirish boʻyicha da’vo arizasida quyidagi ma’lumotlar yozilishi shart (FPKning 149-150 moddalari): 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) da’vogarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi;   3) javobgarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi;   4) da’vogarning talabi va talabga asos boʻlgan holatlar;   5) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova etilayotgan hujjatlar roʻyхati.   Bu yerda da’vogarning talablariga oʻzining talablariga asos qilib koʻrsatilayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar deganda voyaga yetmagan bolaning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi hamda u kim bilan yashashi va javobgar tomonidan voyaga yetmagan bolaning ta’minotiga qaysi paytdan mablagʻ toʻlanmayotganligi kabi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak;   Aliment undirish boʻyicha da’vo arizaning namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy veb-sayti (www.oliysud.uz)ning sud hujjatlari namunalari boʻlimida joylashgan.   Da’vo arizasi bilan birga sudga quyidagi hujjatlar topshirilishi tavsiya etiladi:   -  da’vogarning u doimiy yoki vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtganligining belgisi qoʻyilgan pasporti nusхasi (roʻyхatda turgan manzilda yashamagan taqdirda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan berilgan uning amalda yashash joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma);   -  javobgarning u doimiy yoki vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtganligining belgisi qoʻyilgan pasportini nusхasi (roʻyхatda turgan manzilda yashamagan taqdirda  fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan berilgan uning amalda yashash joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma/pasport nusхasi boʻlmagan taqdirda, manzil ma’lumotnomasi olinadi);   -  nikoh guvohnomasi nusхasi (nikoh roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlsa);   -  bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi (bolalar soniga qarab) nusхasi;   -  da’vogarning sudga murojaat qilishidan oldin alimentlarni undirish boʻyicha qilingan chora-tadbirlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari (aliment ta’minotini oʻtgan davr uchun undirmoqchi boʻlsa);   -  da’vo arizasining nusхasi.   Yodda tuting: Bolaning ota-onasi oʻrtasida nikoh roʻyхatdan oʻtkazilmagan taqdirda, da’vo arizasida amalda oilaviy munosabatlar toʻgʻrisida ma’lumotlar beriladi (birga yashash davri, yashash joyi va h.k.)   Yodda tuting: Da’vo arizasi FPK talablariga muvofiq holda rasmiylashtirilishi hamda tavsiya etilgan barcha hujjatlar unga ilova qilinib, talablar OKning aniq moddalari bilan asoslantirilishi kerak.  Chunki u FPK talablariga (149-150-moddalari) rioya qilinmay berilsa, sudya arizani qabul qilishni rad etishi (152-modda) yoki harakatsiz qoldirishi (154-moddasi) mumkin.   Da’vo arizasini hamda unga ilova etilayotgan hujjatlarni da’vogar oʻz yashash joyidagi yoki javobgarning yashash joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga topshirishi mumkin. Bunday arizani topshirishda davlat boji toʻlanmaydi.   Da’vo arizasi sud tomonidan qabul qilinganidan soʻng sudya uni hamda unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, sud majlisi kunini va vaqtini belgilaydi. Nizo hal etilgunga qadar sudya javobgardan belgilangan miqdorda vaqtincha aliment undirish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.   Sud majlisi tamom boʻlganidan soʻng sudya ish boʻyicha mazmunan hal qiluv qarori chiqaradi. Mazkur hal qiluv qarori darhol ijro etilishi shart.   Agar javobgar doimiy yashash joyini oʻzgartirib, chet davlatga chiqib ketsa, unda sud oʻz qarorini ijro etish uchun chet davlat sudiga sud qarorini ijro etish borasida alohida topshiriq yuborishi mumkin ( FPK 390-moddasi).     Aliment qanday daromadlardan ushlab qolinadi?   Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlar hamda chet el valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi boʻyicha soʻmda hisoblanadi (FPKning 104-moddasi).     Aliment toʻlashdan bosh tortayotgan shaхsga nisbatan qanday choralar koʻriladi?   Voyaga yetmagan va yordamga muhtoj bolalariga aliment toʻlash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan boʻyin tovlagan shaхslar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin (FPKning 79-moddasi). Undan tashqari, bunday shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasidan chetga chiqishga taqiq qoʻyilishi va ular jinoiy javobgarlikka tortilishlari ham mumkin (OKning 116-moddasi).   Shu bilan birga OKning 81-moddasiga koʻra ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani oʻz bolasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi.     Ariza sudga qanday topshiriladi?   Odatda, sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza yoki da’vo arizasi pochta yoki sudyaning shaхsiy qabuli orqali sudga topshiriladi. Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 dekabrdagi «Sudlar faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 346-son qarori hamda 2015 yil 9 iyundagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan 2016 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga elektron shaklda murojaat qilish mumkinligi belgilab qoʻyildi. 1     Ma’ruf USMANOV  yozib oldi.   Mavzu boʻyicha material: 2) da’vogarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi; 3) javobgarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi; 4) da’vogarning talabi va talabga asos boʻlgan holatlar; 5) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova etilayotgan hujjatlar roʻyхati. Bu yerda da’vogarning talablariga oʻzining talablariga asos qilib koʻrsatilayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar deganda voyaga yetmagan bolaning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi hamda u kim bilan yashashi va javobgar tomonidan voyaga yetmagan bolaning ta’minotiga qaysi paytdan mablagʻ toʻlanmayotganligi kabi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak; Aliment undirish boʻyicha da’vo arizaning namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy veb-sayti (www.oliysud.uz)ning sud hujjatlari namunalari boʻlimida joylashgan. Da’vo arizasi bilan birga sudga quyidagi hujjatlar topshirilishi tavsiya etiladi: -  da’vogarning u doimiy yoki vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtganligining belgisi qoʻyilgan pasporti nusхasi (roʻyхatda turgan manzilda yashamagan taqdirda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan berilgan uning amalda yashash joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma); -  javobgarning u doimiy yoki vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtganligining belgisi qoʻyilgan pasportini nusхasi (roʻyхatda turgan manzilda yashamagan taqdirda  fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan berilgan uning amalda yashash joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma/pasport nusхasi boʻlmagan taqdirda, manzil ma’lumotnomasi olinadi); -  nikoh guvohnomasi nusхasi (nikoh roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlsa); -  bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi (bolalar soniga qarab) nusхasi; -  da’vogarning sudga murojaat qilishidan oldin alimentlarni undirish boʻyicha qilingan chora-tadbirlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari (aliment ta’minotini oʻtgan davr uchun undirmoqchi boʻlsa); -  da’vo arizasining nusхasi. Yodda tuting: Bolaning ota-onasi oʻrtasida nikoh roʻyхatdan oʻtkazilmagan taqdirda, da’vo arizasida amalda oilaviy munosabatlar toʻgʻrisida ma’lumotlar beriladi (birga yashash davri, yashash joyi va h.k.) Yodda tuting: Da’vo arizasi FPK talablariga muvofiq holda rasmiylashtirilishi hamda tavsiya etilgan barcha hujjatlar unga ilova qilinib, talablar OKning aniq moddalari bilan asoslantirilishi kerak.  Chunki u FPK talablariga (149-150-moddalari) rioya qilinmay berilsa, sudya arizani qabul qilishni rad etishi (152-modda) yoki harakatsiz qoldirishi (154-moddasi) mumkin. Da’vo arizasini hamda unga ilova etilayotgan hujjatlarni da’vogar oʻz yashash joyidagi yoki javobgarning yashash joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga topshirishi mumkin. Bunday arizani topshirishda davlat boji toʻlanmaydi. Da’vo arizasi sud tomonidan qabul qilinganidan soʻng sudya uni hamda unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, sud majlisi kunini va vaqtini belgilaydi. Nizo hal etilgunga qadar sudya javobgardan belgilangan miqdorda vaqtincha aliment undirish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. Sud majlisi tamom boʻlganidan soʻng sudya ish boʻyicha mazmunan hal qiluv qarori chiqaradi. Mazkur hal qiluv qarori darhol ijro etilishi shart. Agar javobgar doimiy yashash joyini oʻzgartirib, chet davlatga chiqib ketsa, unda sud oʻz qarorini ijro etish uchun chet davlat sudiga sud qarorini ijro etish borasida alohida topshiriq yuborishi mumkin ( FPK 390-moddasi). Aliment qanday daromadlardan ushlab qolinadi? Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlar hamda chet el valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi boʻyicha soʻmda hisoblanadi (FPKning 104-moddasi). Aliment toʻlashdan bosh tortayotgan shaхsga nisbatan qanday choralar koʻriladi? Voyaga yetmagan va yordamga muhtoj bolalariga aliment toʻlash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan boʻyin tovlagan shaхslar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin (FPKning 79-moddasi). Undan tashqari, bunday shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasidan chetga chiqishga taqiq qoʻyilishi va ular jinoiy javobgarlikka tortilishlari ham mumkin (OKning 116-moddasi). Shu bilan birga OKning 81-moddasiga koʻra ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani oʻz bolasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi. Ariza sudga qanday topshiriladi? Odatda, sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza yoki da’vo arizasi pochta yoki sudyaning shaхsiy qabuli orqali sudga topshiriladi. Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 dekabrdagi «Sudlar faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 346-son qarori hamda 2015 yil 9 iyundagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan 2016 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga elektron shaklda murojaat qilish mumkinligi belgilab qoʻyildi. 1 Ma’ruf USMANOV  yozib oldi. Mavzu boʻyicha material: Sudlanganlik holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi 1 Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi koʻmagida E-SUD milliy elektron aхborot sudlov tizimi ishlab chiqilmoqda. Endilikda, sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza yoki da’vo arizani, istalgan vaqtda va joydan, internet tizimi orqali, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga topshirish mumkin. E-SUD milliy elektron aхborot sudlov tizimi (www.esud.uz) jismoniy va yuridik shaхslarning sudlarga murojaat qilish jarayonini soddalashtirib va tezlatib, sudlarda ishlarni koʻrish samaradorligini yanada oshirish imkoniyatini yaratdi. Ushbu aхborot tizimi undan roʻyхatdan oʻtgan foydalanuvchilarga nafaqat sudlarga elektron tarzda murojaat qilish, balki ish yuzasidan ajrimlar va sud qarorlarini oʻz vaqtida onlayn tarzda olishni ham ta’minlaydi. Hozirda mazkur tizim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Halqaro taraqqiyo agentligi (USAID) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi doirasida fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar va Toshkent viloyat sudlaridasinov tariqasida amal qilinmoqda.
40
16,259
Qonunchilik
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat ulushi aksiyalariga (davlat payiga) dividendlar hisoblanishi va to‘lanishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PQ-3720-son “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi va 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 25-martdagi 47, 10-1-48 va 2002-33-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat ulushi aksiyalariga (davlat payiga) dividendlar hisoblanishi, to‘lanishi va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1121, 2002-yil 11-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 7-son). 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining 2004-yil 29-oktabrdagi 118, 01/06-18 va 2004-61-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat ulushi aksiyalariga (davlat payiga) dividendlar hisoblanishi, to‘lanishi va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1121-1, 2004-yil 10-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 45-46-son, 474-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining 2006-yil 25-sentabrdagi 83, 01/12-18/02 va 2006-42-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat ulushi aksiyalariga (davlat payiga) dividendlar hisoblanishi, to‘lanishi va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1121-2, 2006-yil 27-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 433-modda). 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 12-sentabrdagi 86, 01/09-26/14 va 2013-43-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat ulushi aksiyalariga (davlat payiga) dividendlar hisoblanishi, to‘lanishi va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1121-3, 2013-yil 4-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 40-son, 540-modda). 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 21-noyabrdagi 163, 01/29-10/29 va 2017-65-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat ulushi aksiyalariga (davlat payiga) dividendlar hisoblanishi, to‘lanishi va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1121-4, 2017-yil 28-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 10/17/1121-4/0332-son).
250
3,848
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi psixiatriya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-iyuldagi 207-son qarorini bajarish yuzasidan, psixiatriya xizmati muassasalarining tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash, shuningdek tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning amaldagi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. 24-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “bemorlarga ularning uyida xizmat ko‘rsatadigan psixonevrologiya dispanserlarining (psixiatriya shifoxonalari dispanser bo‘limlarining) psixiatr vrachlariga va o‘rta tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ish stajining dastlabki uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yili uchun — tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz”. 2. 2-ilovaning 3.13-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “3.13. Tez tibbiy yordam stansiyalari (bo‘limlari). Ruhiy kasallangan bemorlarga va ularni avtomobilda shifoxonaga olib borishda tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan brigadalarning vrachlari, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari. Ruhiy kasallangan bemorlarga va ularni avtomobilda shifoxonaga olib borishda tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan brigadalar avtomobillarining haydovchilari”.
188
1,872
Qonunchilik
“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati to‘g‘risida”gi QL-812-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 9-iyulda kiritilgan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati to‘g‘risida”gi QL-812-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
133
665
Qonunchilik
Yaqin uch yillikka moʻljallangan investitsiya dasturi qabul qilindi
Oʻzbekiston Respublikasining 2021–2023 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi (28.12.2020 yildagi PQ-4937-son qarorga qarang). 2021–2023 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Hujjat bilan quyidagilar ma’qullandi: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Investitsiyadan keyingi monitoring boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarma faoliyati asosan investitsiya dasturlari doirasida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlardan foydalanish darajasini tahlil qilishga, investitsiya loyihalari boʻyicha teхnik va iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga koʻmaklashishga qaratiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2020 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
67
859
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI KENGAShINING QARORLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining: 2000-yil 13-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risida”gi; 2000-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etish bo‘yicha komissiya tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari tasdiqlansin.
85
432
Qonunchilik
“Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-710-sonli O‘zbekiston Respublika
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2020-yil 5-noyabrda kiritilgan “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-710-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
823
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhini tashkil etish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tashkil etilsin: 2. Ushbu Qo‘shma qaror tegishli davlat organlariga ma’lumot uchun yuborilsin. 3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
157
743
Qonunchilik
Soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 12 (I)-son, 162-modda) bilan tasdiqlangan Soliq hisobotining shakllariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2016-yil uchun soliq hisoboti 2016-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-ilovada: a) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitobida: 110-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Soliq solinishi lozim bo‘lgan foyda [(010-satr — 011-satr — 012-satr — 013-satr — 014-satr — 015-satr + 020-satr + 030-satr + 040-satr + 080-satr — 090-satr — 100-satr) + (Hisob-kitobning 8-ilovasining 030-satri + 040-satri + 150-satri)]”; 220-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisobot davri uchun hisoblangan summasi, jami ((180-satr — 190-satr — 200-satr + 210-satr) yoki Hisob-kitobning 11-ilovasi 110-satri), shu jumladan:”; 220-satrdan keyin quyidagi mazmundagi 221 va 222-satrlar bilan to‘ldirilsin: 230-satr chiqarib tashlansin; 240-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sof foyda (010-satr — 220-satr)”; 250-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasi [(240-satr — 011-satr — 012-satr — 013-satr — 014-satr — 090-satr — 015-satr — Hisob-kitobning 6-ilovasi 034-satri) + (Hisob-kitobning 8-ilovasi 030-satri + 040-satri + 150-satri)]”; 290-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining hisobot davri uchun hisoblangan summasi, jami (270-satr — 280-satr), shu jumladan:”; quyidagi mazmundagi 291 va 292-satrlar bilan to‘ldirilsin: 300-satr chiqarib tashlansin. izoh quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin: “5. Alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i summalarini hisob-kitobining ko‘chirma nusxalari ushbu Hisob-kitobga ilova qilinadi.”; 8-ilova: 010-satrning “Boshqa daromadlar ro‘yxati” ustunidagi “140” raqami “160” raqami bilan almashtirilsin; 140-satrning “Boshqa daromadlar ro‘yxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “foizlar”; quyidagi mazmundagi 150 va 160-satrlar bilan to‘ldirilsin: b) “Norezidentning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadini yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan (to‘liq yoki qisman) ozod qilish to‘g‘risida ariza” va “Norezidentning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini qaytarish to‘g‘risida ariza” chiqarib tashlansin. 2. 2-ilovaning Hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarda (yil boshidan o‘sib boruvchi yakun bilan to‘ldiriladi): “Yuridik shaxsning joylashgan yeri” degan so‘zlar “Yuridik shaxsning joylashgan yeri (alohida bo‘linmaning joylashgan yeri)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)” degan so‘zlar “(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi / yuridik shaxsning alohida bo‘linmaning joylashgan yeridagi davlat soliq xizmati organi)”; izoh quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin: “4. Qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini alohida bo‘linma joylashgan yeri bo‘yicha to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik shaxs Ma’lumotlarni soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha taqdim etishda ularda yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rsatmaydi. Bunda mazkur yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha taqdim etiladigan Ma’lumotlarga uning alohida bo‘linma joylashgan yeri bo‘yicha taqdim etiladigan Ma’lumotlar ko‘chirma nusxalarini ilova qiladi.”. 3. 3-ilovada: a) Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobida: 050-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Budjetga to‘lanadigan (kamaytiriladigan) lozim bo‘lgan QQS summasi, jami (040-satr — 030-satr — 060-satr),shu jumladan:”; 050-satrdan keyin quyidagi mazmundagi 0501 va 0502-satrlar bilan to‘ldirilsin: quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin: “*Alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisob-kitobining ko‘chirma nusxalari ushbu Hisob-kitobga ilova qilinadi.”; b) Hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va rasmiylashtirish tartibida: 21-bandda “XXTUT bo‘yicha tarmoq kodi” degan so‘zlar “IFUT kodi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; Hisobvaraq-fakturalarning namunaviy shakllarida “XXTUT bo‘yicha kod _______” degan so‘zlar “IFUT bo‘yicha kod _______” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 4-ilovaning Aksiz solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumotlarda: “Yuridik shaxsning joylashgan yeri” degan so‘zlar “Yuridik shaxsning joylashgan yeri (alohida bo‘linmaning joylashgan yeri)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)” degan so‘zlar “(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi (alohida bo‘linmaning joylashgan yeridagi) davlat soliq xizmati organi)”. 5. 5-ilovada: a) Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchi to‘g‘risida ma’lumotlarda: “Yuridik shaxsning joylashgan yeri (jismoniy shaxsning yashash joyi)” degan so‘zlar “Yuridik shaxsning joylashgan yeri (alohida bo‘linmaning joylashgan yeri, jismoniy shaxsning yashash joyi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)” degan so‘zlar “(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi / alohida bo‘linmaning joylashgan yeridagi davlat soliq xizmati organi)”; b) Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Qonun hujjatlariga muvofiq yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni alohida bo‘linma joylashgan yeri bo‘yicha to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik shaxs Hisob-kitobni soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha taqdim etishda ularda alohida bo‘linma bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rsatmaydi. Bunda mazkur yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha taqdim etiladigan Hisob-kitobga uning alohida bo‘linma joylashgan yeri bo‘yicha taqdim etiladigan Hisob-kitoblar ko‘chirma nusxalarini ilova qiladi.”. 6. 7-ilovada: a) ______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) ma’lumotnomaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Agar normativ-huquqiy hujjatlarda to‘liq ozod bo‘lish ko‘rinishida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha imtiyoz berilgan bo‘lsa, 010, 040, 070 va 110-satrlarda “0” qo‘yiladi.”; b) ______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha (mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun) ma’lumotnomaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Agar normativ-huquqiy hujjatlarda to‘liq ozod bo‘lish ko‘rinishida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha imtiyoz berilgan bo‘lsa, 010, 040, 070 va 110-satrlarda “0” qo‘yiladi.”; v) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchisi to‘g‘risida 7. 8-ilovaning Yer solig‘i to‘lovchi yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumotlardan: 8. 10-ilovada: ______ oy uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi MA’LUMOTNOMA-HISOB-KITOB (chakana savdo tashkilotlari tomonidan to‘ldiriladi) chiqarib tashlansin; ______ oy uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi MA’LUMOTNOMA-HISOB-KITOB (umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan to‘ldiriladi) chiqarib tashlansin; ______ oy uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi MA’LUMOTNOMA-HISOB-KITOB (qurilish tashkilotlari tomonidan to‘ldiriladi) chiqarib tashlansin. 9. 13-ilovada: a) Soliq solish tartibini qo‘llash to‘g‘risida xabarnomaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tomonidan ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tish yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risida xabarnomaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: v) Yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini olish to‘g‘risida arizaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: g) Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobida: 025-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustunida “Tovarlarni” degan so‘zdan keyin “(ishlarni, xizmatlarni)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi 190 va 200-satrlar bilan to‘ldirilsin: izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin: “* Ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga tekinga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) berishdan olingan zararlar bundan mustasno. Baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun realizatsiya qilishdan olinadigan tushum belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.”. 10. 14-ilovada: a) Yagona yer solig‘i to‘lovchi to‘g‘risida ma’lumotdan b) Joriy soliq davrining 1-yanvaridagi holat bo‘yicha yagona yer solig‘i hisob-kitobi 017-satrdan keyin quyidagi mazmundagi 018 va 019-satrlar bilan to‘ldirilsin: v) Soliq solish tartibini qo‘llash to‘g‘risida xabarnomaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 11. 17-ilovada Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar hisob-kitobi izohining 2-bandidan “va eng kam ish haqining miqdori” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
81
10,623
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga mo‘ljallangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga mo‘ljallangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
134
297
Qonunchilik
Shaharsozlar uchun yangi nashr
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 iyundagi 197-son qarori bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Oʻzbekiston bunyodkori» nashriyot uyini tashkil qilish va «Oʻzbekiston bunyodkori» gazetasini ta’sis etish toʻgʻrisidagi takliflar ma’qullandi. Qarorda nashriyot uyining asosiy vazifalari belgilab qoʻyilgan. Ular sirasiga, хususan, quyidagilar kiradi: mamlakatimizda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish; qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasidagi imtiyozlar va imkoniyatlardan tadbirkorlik sub’yektlarini хabardor qilish; uy-joy va kommunal хoʻjalik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini aholining barcha qatlamlariga tushuntirib borish orqali uning huquqiy ongini oshirish. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
30
1,109
Qonunchilik
Davlat byudjeti mablagʻlarining miqdorlari tasdiqlandi
Prezidentning 30.12.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining «2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-73-son qarori qabul qilindi. «2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagilar tasdiqlandi: 2022 yil 1 yanvardan boshlab ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi: a) byudjet tashkilotlari boʻyicha: b) boshqa toʻlovchilar boʻyicha: Bundan tashqari, 2022 yil uchun quyidagi soliq stavkalari: a) «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ uchun: b) «Oʻzbekneftgaz» AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati boʻyicha 15% miqdorida tasdiqlandi. Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim 1 grammiga 1 000 soʻm miqdorida saqlab qolindi. Belgilanishicha, jismoniy shaхslarga ular tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy хizmat koʻrsatish ob’yektlarida amalga oshirilgan хarid summasining 1%i miqdoridagi toʻlovlar respublika byudjeti daromadlari qismida QQSni qaytarishga rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi: Shu bilan birga quyidagilar belgilandi: 2022 yilda soliq yukining keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida quyidagilar belgilandi: Bundan tashqari, soliq toʻlovchilarga quyidagi huquqlar beriladi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
54
1,554
Qonunchilik
Toshkent viloyatida zamonaviy kartoshkachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Agrar sohada tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishda klaster usulini rivojlantirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash zanjirini yaratish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi, Toshkent viloyati hokimligi va “Agrover” MChJning Toshkent viloyati hududida “Bo’stonliq kartoshkachilik markazi” MChJ, “Solanuz” MChJ, “Agrover-urug’chilik” MChJ, “Vernatural” MChJ va “Sof tabiat agro” MChJ negizida iste’molga yo‘naltirilgan kartoshka ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha agrosanoat klasterini (keyingi o‘rinlarda Agroklaster deb ataladi) tashkil etish va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilarni belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: urug‘lik kartoshka yetishtirish, shu jumladan, uni virussiz in vitro texnologiyasi asosida ko‘paytirish; ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimida qo‘llaniladigan dukkakli, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini yetishtirish; mahalliy va xorijiy seleksiya hamda biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish; urug‘chilik bo‘yicha mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilish, urug‘liklarni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalar, shu jumladan, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish. 2. Iste’molga yo‘naltirilgan kartoshka ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha agrosanoat klasteri tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan 2020 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining ro‘yxati va prognoz ko‘rsatkichlari ilovaga muvofiq ma’qullansin. 3. Toshkent viloyati hokimligi: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “Bo’stonliq kartoshkachilik markazi” MChJga Bo‘stonliq tumanida foydalanilmayotgan, zaxiradagi yerlar hisobidan yagona hududiylik tamoyili bo‘yicha jami 1400 gektar, shu jumladan, “Poytaxt Agro” davlat unitar korxonasiga foydalanishga berilgan yer uchastkalari hisobidan 146 gektar sug‘oriladigan yer maydonlarini tuman hokimligi zaxirasiga olib, 50 yilgacha bo‘lgan, biroq o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berilishini; investitsiyalar kiritish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish sharti bilan “Solanuz” MChJga O‘rtachirchiq tumanidan zamonaviy mashina-traktor parki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilish, qadoqlash va dastlabki qayta ishlash bo‘yicha logistika markazlari qurish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan past ball bonitetli yer maydonlari ajratilishini; Agroklaster tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilmaganda, ajratilgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanilmaganda yoxud tuproq unumdorligining pasayishiga, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga, atrof muhitning buzilishiga, respublika hududida karantin obyektlarining paydo bo‘lishiga va tarqalishiga olib keluvchi usullardan foydalanilganda yer uchastkasining ijara shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq bekor qilinishini ta’minlasin. 4. Belgilansinki: urug‘lik kartoshkani sertifikatlash bo‘yicha tariflar barcha jismoniy va yuridik shaxslarga har bir tonnasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizini tashkil etadi; Agroklaster tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ichki hamda tashqi bozordagi ehtiyoj va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, mahsulot yetishtirish hajmi, ularning navi va turini belgilash bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga sarflanayotgan davlat xarajatlarining samaradorligini oshirish maqsadida budjet mablag‘lari oluvchilar uchun (maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari bundan mustasno) tasdiqlangan ovqatlanish me’yorlarida nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlariga o‘rindosh sifatida quruq kartoshka pyuresini kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 6. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan respublikada ishlab chiqarilgan quruq kartoshka pyuresi (TIF TN kodi 1105200000) eksportini amalga oshirishga ruxsat berilsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
99
4,730
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi QL-708-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida. 3. “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 4. “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqish haqida. 5. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi QL-557-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 6. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-695-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 7. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi QL-617-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 8. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-705-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 9. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi QL-679-sonli O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 10. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-709-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 11. QL-671, QL-680, QL-683, QL-684, QL-687, QL-695, QL-705 va QL-709-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida. 12. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatlar sodir etilishining oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining javobi haqida.
94
2,573
Qonunchilik
MEHNAT QILISh MUNOSABATI BILAN XIZMATGA BOG‘LIQ BO‘LGAN UY-JOY BERILIShI MUMKIN BO‘LGAN XODIMLAR TOIFALARINING RO‘YXATINI TO‘LDIRISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 18-iyuldagi 340-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zSSR QT, 1969-y., 6-son, 60-modda) korxona, tashkilot va muassasaning hududidagi xizmat binosidan, shuningdek, ishlab chiqarish hududidan tashqari joyda xizmatga bog‘liq uy-joy (lavozimga bog‘liq kvartira) berilishi mumkin bo‘lgan xodimlar toifalarining ro‘yxati quyidagi tahrirdagi 17-band bilan to‘ldirilsin. “17. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati affinaj sexini qo‘riqlash harbiy qismining xizmatchilari.”
144
540
Qonunchilik
Rossiyaning 6 kompaniyasi Oʻzbekiston sabzavotlarini oldindan haq toʻlamasdan oladi
Vazirlar Mahkamasining 10.08.2017 yildagi 609-son qarori bilan «Oʻzagroeksport» AJ tomonidan oldindan haq toʻlanmasdan, tasdiqlangan bank akkreditivi ochmasdan, yoхud birinchi darajali хorijiy bankning kafolatini rasmiylashtirmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishi mumkin boʻlgan yetakchi chet el import qiluvchi tashkilotlar roʻyхati tasdiqlandi. Roʻyхatda hammasi boʻlib Rossiya Federatsiyasida joylashgan 6 ta tashkilot bor. Unga «Oʻzbekoziqovqatхolding» XK taklifiga binoan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda chet el import qiluvchi tashkilotlarni roʻyхatga kiritish mezonlari quyidagicha: Koʻrsatilgan aхborot kompaniyalarning rasmiy veb-saytlari va Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatхonalari ma’lumotlari asosida shakllantiriladi. Eksport “Oʻzagroeksport” AJning toʻgʻridan-toʻgʻri eksport kontraktlari, shuningdek fermer va dehqon хoʻjaliklari, agrofirmalar, qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan vositachilik shartnomalari asosida amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, kontraktlar meva-sabzavot mahsulotlarini хarid qilishga iхtisoslashgan chet el savdo tarmoqlarining affillangan kompaniyalari bilan boshqaruvchi kompaniyaning yozma murojaati asosida tuzilishi mumkin. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov,  ekspertimiz.
83
1,441
Qonunchilik
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risid
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-apreldagi 90-son “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-apreldagi 90-son “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini (bundan buyon matnda Sug‘urta badallarini hisobga olish reyestri deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. 1. Sug‘urta badallarini hisobga olish reyestrini shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar yagona axborot bazasi (bundan buyon matnda DSQning markazlashgan axborot bazasi deb yuritiladi) negizida fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) sug‘urta badallarining yakka tartibda hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarning yagona elektron axborot bazasini yaratish hisoblanadi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: yakka tartibdagi hisobga olish — davlat ijtimoiy sug‘urtasi, shu jumladan davlat pensiya ta’minoti maqsadlari uchun ish beruvchi tomonidan har bir jismoniy shaxs bo‘yicha taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida elektron hisobni yuritish; ish beruvchi — jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tarzidagi shartnoma tuzgan va qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilgan yuridik shaxs; ma’lumotlar — fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan sug‘urta badallari to‘g‘risida ma’lumot; jismoniy shaxs — ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tarzidagi shartnoma tuzgan shaxs. 3. Yakka tartibdagi hisobga olishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 172-moddasida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari yo‘l qo‘yiladi. 4. Yakka tartibdagi hisobga olish quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi: majburiylik va haqqoniylik; to‘liqlik va tezkorlik; ma’lumotlarning hammabopligi va ochiqligi. 5. Sug‘urta badallarini hisobga olish reyestri fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida shakllanadi. 6. Ish beruvchi ma’lumotlarni soliq hisobi bo‘yicha joylashgan davlat soliq xizmati organlariga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 310-moddasida ko‘zda tutilgan muddatlarda taqdim etadi. Bunda Sug‘urta badallarini hisobga olish reyestrida hisobga olinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar elektron shaklda ish beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobiga 4-ilovasi bo‘yicha rasmiylashtiriladi. 7. Davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlar kelib tushishiga ko‘ra, ularni DSQning Markazlashgan axborot bazasiga kiritadi. 8. Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish maqsadida DSQ tomonidan Pensiya jamg‘armasiga DSQning Markazlashgan axborot bazasida joylashgan ma’lumotlardan foydalanish huquqi beriladi. 9. Pensiya jamg‘armasining elektron so‘rovi DSQning Markazlashgan axborot bazasida joylashgan ma’lumotlardan foydalanishga huquq berish uchun asos hisoblanadi. 10. Pensiya jamg‘armasining elektron so‘rovi kelib tushganda, DSQning Markazlashgan axborot bazasi yakka tartibdagi hisobga olishning tegishli ma’lumotlarini shakllantiradi va yuboradi. 11. Jismoniy shaxs: ish beruvchidan oyma-oy bo‘lingan holdagi ma’lumotlar to‘g‘risida ma’lumotnomani bepul olish; Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini olish bo‘yicha davlat interaktiv xizmatidan foydalanish; ish beruvchi tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan ma’lumotlarda xatoliklar aniqlangan taqdirda ish beruvchidan ma’lumotlarni to‘g‘rilash va qayta topshirishni talab qilish huquqiga ega. 12. Jismoniy shaxs: soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani olishi, uni saqlashi va ish beruvchining talabiga ko‘ra taqdim etishi; soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomadagi ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, shuningdek ushbu guvohnoma yo‘qotilgan taqdirda ariza bilan davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi; davlat soliq xizmati organlari talabiga muvofiq soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi zarur. 13. Ish beruvchi u hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organlari bilan yakka tartibdagi hisobga olishni yuritilishning to‘g‘riligi yuzasidan ma’lumotlarning o‘zaro solishtirishni amalga oshirish huquqiga ega. 14. Ish beruvchi: jismoniy shaxsning arizasiga asosan mazkur jismoniy shaxs bo‘yicha oyma-oy bo‘lingan holdagi ma’lumotlar to‘g‘risida ma’lumotnomani ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni davomida bepul berish; ma’lumotlarga tuzatishlar kiritilgan va davlat soliq xizmati organlariga qayta topshirilgan taqdirda jismoniy shaxsni xabardor qilishga majbur. 15. Davlat soliq xizmati organlari ish beruvchidan yakka tartibdagi hisobga olish uchun ma’lumotlarni o‘z vaqtida va zarur darajada rasmiylashtirilishini talab qilish huquqiga ega. 16. Davlat soliq xizmati organlari ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni DSQning Markazlashgan axborot bazasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlashga majbur. 17. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratish, o‘zgartirish) taqdirda ma’lumotlar to‘g‘risida ma’lumotnomani berish bo‘yicha majburiyat uning huquqiy vorisiga yuklatiladi. 18. Yuridik shaxs tugatilgan holatlarda ma’lumotlar to‘g‘risida ma’lumotnoma yuridik shaxs soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan DSQning Markazlashgan axborot bazasida mavjud ma’lumotlar asosida beriladi. 19. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
250
7,837
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ULGURJI VA BIRJA SAVDOSINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2001 YIL 27 APRELDAGI PF-2836-SON FARMONIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va rahbar xodimlarining sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 20-dekabrdagi PQ-1444-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va birja savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 27-apreldagi PF-2836-son Farmoni 2-bandidagi: uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
198
651
Qonunchilik
ChORVA VA SUTNING XARID NARXLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Go‘sht va sutning zarur davlat zaxiralarini vujudga keltirish hamda respublika aholisini go‘sht-sut mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1993-yilning 1-dekabridan boshlab chorva va sutning xarid narxlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida chorva va sut yangi xarid narxlarining preyskurantlarini manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
57
457
Qonunchilik
Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Fuqarolarning reproduktiv salomatligi insonning jismoniy, aqliy va ijtimoiy jihatdan sog‘lomligi holati bo‘lib, bu holat uning bola tug‘ilishiga qodirligini belgilaydigan reproduktiv tizimi, ushbu tizimning funksiyalari, hayotiy jarayonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash: fuqarolarning reproduktiv salomatligi to‘g‘risida ishonchli va to‘liq axborot olishni; homiladorlikni saqlab yurishni va bolaning asoratlarsiz hamda nuqsonlarsiz tug‘ilishini ta’minlaydigan, homiladorlik, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrdagi tadbirlar, muolajalar hamda xizmatlarni; reproduktiv tizim kasalliklarining oldini olishni va ularni davolashni; jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni; ehtimoldagi asoratlarning va reproduktiv tizim funksiyalari buzilishi oqibatlarining oldini olishga ko‘maklashgan holda homiladorlikni xavfsiz ravishda sun’iy to‘xtatishni; kontratsepsiya usullari va ulardan foydalanish to‘g‘risida axborot olishni nazarda tutadi. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: reproduktiv muammolarni hal qilishda insonparvarlik; reproduktiv salomatlikni saqlash sohasida erkaklar va ayollarning tengligi; fuqaroning shaxsiy hayotiga aralashmaslik, shaxsiy va oilaviy sirning saqlanishi; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi tibbiy xizmatlardan foydalanishni va ularning sifatini ta’minlash; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash bo‘yicha xizmatlarning davlat tomonidan kafolatlangan hajmini ta’minlash. Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish; fuqarolarda sog‘lom farzandlar tug‘ilishiga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash; erkaklar va ayollarning o‘z reproduktiv huquqlarini amalga oshirishida ularning imkoniyatlari tengligini ta’minlaydigan sharoitlarni yaratish; fuqarolarning reproduktiv salomatligini yaxshilash uchun ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy uslublar va texnologiyalarni joriy etish; reproduktiv salomatlikni saqlash sohasida fuqarolarning tibbiy bilimlarini va tibbiy madaniyatini yuksaltirish; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; fuqarolar o‘z reproduktiv huquqlarini amalga oshirishi uchun ularga tibbiy-ijtimoiy, shuningdek psixologik yordam ko‘rsatish. Davlat fuqarolarga: reproduktiv salomatlikning saqlanishini va ularning reproduktiv huquqlari amalga oshirilishini; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlashga doir xizmatlardan foydalanilishi va bu xizmatlarning izchilligi ta’minlanishini; sog‘lom oilani shakllantirish to‘g‘risidagi qarorning kamsitishlarsiz, tahdidlarsiz va zo‘ravonliksiz qabul qilinishini; ularning shaxsiy hayotiga aralashmaslikni, shaxsiy va oilaviy sirning saqlanishini; birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining bepulligini; fuqarolarning mustaqil qaror qabul qilishga bo‘lgan reproduktiv huquqi amalga oshirilishini kafolatlaydi. Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlashga doir xizmatlar reproduktiv salomatlikni saqlash sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi; davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash bo‘yicha davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlarning hajmini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash bo‘yicha davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlarning hajmini belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va kiritadi; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash va himoya qilish tizimini rivojlantirishga hamda reproduktiv salomatlikni saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi; reproduktiv salomatlikni saqlash sohasida fuqarolarning tibbiy bilimlarini va tibbiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi; yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibini, kafolatlangan xizmatlar, ularni qo‘llashga doir ko‘rsatmalar, moneliklar va cheklovlarning ro‘yxatini tasdiqlaydi; yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullarini qo‘llovchi tibbiyot tashkilotlarining faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi; homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni amalga oshirish tartibi va shartlarini, homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish uchun tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatini belgilaydi; jarrohlik kontratsepsiyasini amalga oshirish tartibi va shartlarini belgilaydi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi; tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; tegishli hududdagi tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilayotgan, shu jumladan fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati ustidan nazoratni ta’minlaydi. Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega: xavfsiz va samarali reproduktiv texnologiyalardan foydalangan holda o‘z farzandlarining tug‘ilishi xususida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish; o‘zining reproduktiv salomatligi to‘g‘risida ishonchli va to‘liq axborot olish; tug‘ilishni tartibga solishning xavfsiz usullaridan va kontratsepsiyadan foydalanish; tibbiy-profilaktika xizmatlaridan foydalanish va sog‘liqqa xavf soluvchi vositalardan, shu jumladan ilmiy tajribalar qo‘llanilishidan himoyalanish; o‘z reproduktiv huquqlarini amalga oshirish chog‘ida tibbiy-ijtimoiy, shuningdek psixologik yordam va axborot olish; yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish. Yuridik va jismoniy shaxslar fuqarolarning o‘z reproduktiv huquqlarini amalga oshirishi bilan bog‘liq axborotni sir saqlashi shart. Ayollarning reproduktiv salomatligini saqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘zining reproduktiv salomatligi, bepushtlikni davolash uslublari va kontratsepsiya to‘g‘risida ishonchli hamda to‘liq axborot olish; reproduktiv salomatlikni saqlash sohasidagi xizmatlardan foydalanishni ta’minlash; reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan maxfiylikka rioya etilgan holda tibbiy maslahatlar va xizmatlar olish. Ayol bepushtlikdan davolanish, reproduktiv salomatligini homilador bo‘lguniga qadar, homiladorlik davrida, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrda davolashning zamonaviy uslublaridan foydalangan holda saqlash hamda davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanish huquqiga ega. Homiladorlik davridagi tibbiy aralashuv er va xotinning yozma roziligi bilan, er bo‘lmagan taqdirda ayolning o‘z roziligi yoki ota-onasining roziligi yoxud u voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan amalga oshiriladi. Tibbiy aralashuvni rad etish fakti ehtimoldagi oqibatlar ko‘rsatilgan holda tibbiy hujjatlarda qayd etiladi va homilador ayol tomonidan, buning imkoni bo‘lmagan taqdirda uning eri yoki qarindoshlari tomonidan yozma tarzda, tibbiy aralashuvni rad etish haqida yozma javob olishning imkoni bo‘lmagan taqdirda esa, shifokorlar konsiliumining xulosasi bilan tasdiqlanadi. Ayol homiladorlikka, uni sun’iy ravishda to‘xtatishga va kontratsepsiyaga majbur qilinishi mumkin emas. Erkaklarning reproduktiv salomatligini saqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘zining reproduktiv salomatligi, bepushtlikni davolash uslublari va kontratsepsiya to‘g‘risida ishonchli hamda to‘liq axborot olish; reproduktiv salomatlikni saqlash sohasidagi xizmatlardan foydalanishni ta’minlash; yangi tibbiy, shu jumladan yordamchi reproduktiv texnologiyalardan, shuningdek kam invazivli (kam jarohatlaydigan) aralashuvlardan foydalangan holda bepushtlikni davolash; reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan maxfiylikka rioya etilgan holda tibbiy maslahatlar va xizmatlar olish. Voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlash: tibbiy-profilaktika tadbirlarini, shu jumladan reproduktiv a’zolar patologiyasini, shuningdek irsiy kasalliklarni aniqlashga qaratilgan tibbiy-profilaktika tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni; jinsiy tarbiya va ularni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishni; ularni reproduktiv salomatlik masalalari bo‘yicha o‘qitish va axborot berishni o‘z ichiga oladi. Reproduktiv salomatlik muammolari bo‘yicha tibbiy aralashuv voyaga yetmagan shaxsni, shuningdek uning qonuniy vakilini xabardor etgan holda ularning ixtiyoriy roziligi bilan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan shaxsning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun tibbiy aralashuv tavsiya etilgan taqdirda hamda qonuniy vakildan va voyaga yetmagan shaxsdan rozilik olishning imkoni bo‘lmaganda, tibbiy aralashuv shifokorlar konsiliumining xulosasi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan shaxslarni reproduktiv salomatlikni saqlash masalalari bo‘yicha tarbiyalash, o‘qitish hamda ularga axborot berish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash tegishincha oilada, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida amalga oshiriladi. Reproduktiv salomatlik, shu jumladan jinsiy tarbiya masalalari bo‘yicha o‘qitish ta’limni va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari bilan birgalikda voyaga yetmagan shaxslarning yoshi, psixologik va jismoniy o‘ziga xosliklari hisobga olingan holda, ularning oilalari bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan, maxsus tasdiqlangan dasturlarga ko‘ra amalga oshiriladi. O‘qitishga tegishli tibbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar jalb etiladi. Voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi xizmatlar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul asosda amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida axborot berish anonim va maxfiy tarzda amalga oshiriladi. Fuqarolarning reproduktiv salomatligi to‘g‘risidagi axborot: reproduktiv salomatlikning holati haqidagi; reproduktiv salomatlikni saqlash bo‘yicha xizmatlar olish shartlari va usullari to‘g‘risidagi; zamonaviy kontratsepsiya usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari haqidagi; yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llashdagi har qanday psixologik va fiziologik oqibatlar, ehtimoldagi asoratlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Fuqarolarning reproduktiv salomatligi to‘g‘risidagi axborot ishonchli va to‘liq bo‘lishi kerak. Yordamchi reproduktiv texnologiyalar urug‘lantirishning ayrim yoki barcha bosqichlari ayolning organizmidan tashqarida amalga oshiriladigan homiladorlikka erishishga qaratilgan tibbiy texnologiyalar, davolash usullari va muolajalaridan iboratdir. Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlari quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: fuqarolarning reproduktiv salomatligi buzilishi xavfini, shu jumladan atrof-muhit va ishlab chiqarish omillarini aniqlash; reproduktiv salomatlik sohasidagi buzilishlarni aniqlash va davolash maqsadida fuqarolarning majburiy profilaktika tibbiy ko‘riklarini (dastlabki va davriy) o‘tkazish; reproduktiv yoshdagi fuqarolarni va homilador ayollarni reproduktiv salomatlikning buzilishi xavfi hamda uning reabilitatsiyasi haqida xabardor qilish; fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash bo‘yicha ta’lim dasturlarini va ilmiy dasturlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish; fuqarolarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga va profilaktika tadbirlarida ishtirok etishga rag‘batlantirish tizimini yaratish, birinchi navbatda, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash va mustahkamlashga ko‘maklashuvchi hayot tarzini va uslubini ommalashtirish orqali yaratish; ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarning, reproduktiv tizim a’zolari kasalliklarining rivojlanishiga doir xavf guruhlarini ajratgan holda aholini, shu jumladan bolalar va o‘smirlarni dispanserizatsiyadan o‘tkazish hamda yakka tartibdagi profilaktika dasturlarini ishlab chiqish; fuqarolarga tibbiy-genetik yordamni takomillashtirish, homiladagi nuqsonlarga erta tashxis qo‘yish uchun yangi perinatal texnologiyalarni joriy etish. Fuqarolar kontratsepsiya usullarini tanlash, ulardan foydalanish, shuningdek ularni rad etish huquqiga ega. Fuqarolarga sog‘lig‘ining holati, yoshi va individual xususiyatlari hisobga olingan hamda ehtimoldagi har qanday nomaqbul oqibatlar haqida ogohlantirgan holda kontratsepsiya usullarini yakka tartibda tanlash bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Fuqarolar kontratsepsiyaning jarrohlik usulidan ixtiyoriy ravishda foydalanish huquqiga ega. Kontratsepsiyaning jarrohlik usuli faqat oldindan albatta xabardor etilgan holda hamda voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqaroning yoki er-xotinning yoxud fuqaro muomalaga layoqatsiz bo‘lsa vasiylarning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish: homiladorlikning o‘n ikki haftagacha bo‘lgan muddatida ayolning xohishiga ko‘ra; homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganida homiladorlik muddatidan qat’i nazar amalga oshiriladi. Tibbiyot muassasalari tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish to‘g‘risida yoki homiladorlikni to‘xtatishni rad etish haqida qaror qabul qilgan ayolni uning sog‘lig‘i uchun har qanday ehtimol tutilgan salbiy oqibatlar haqida xabardor etishi shart. Yordamchi reproduktiv texnologiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risidagi, shuningdek yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlari ishtirokchilarining shaxsi haqidagi ma’lumotlar shifokorlik sirini tashkil etadi va ular to‘g‘risidagi axborot maxfiy bo‘lishi kerak. Shifokorlik sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar o‘qish chog‘ida, kasbiy, xizmat vazifalarini va boshqa vazifalarni bajarish chog‘ida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan shaxslar tomonidan ushbu ma’lumotlarni fuqaroning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan hollar mustasno. Shifokorlik sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni fuqaroning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz taqdim etishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi: o‘zining holatiga ko‘ra o‘z xohish-irodasini bildirishga qodir bo‘lmagan fuqaroni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash maqsadida; yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi bo‘lganda; tergov yoki sud muhokamasi o‘tkazilishi munosabati bilan surishtiruv, tergov va prokuratura organlarining, shuningdek sudning so‘rovlariga binoan. Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
59
17,233
Qonunchilik
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini takomillashtirish doirasida ularga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi izchil joriy etilmoqda. Shu bilan birga, Yangi O‘zbekiston sharoitida korrupsiyaviy omillarni aniqlash, baholash va bartaraf etish jarayonida tegishli sohalarni raqamlashtirish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurati vujudga kelmoqda. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish yuzasidan davlat organlari tomonidan o‘z funksiyalarini amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq: 1. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab, quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-Antikorrupsiya” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) to‘liq ishga tushirilsin: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari bo‘yicha ushbu xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda ko‘rish maqsadida “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri”ni (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish. Belgilansinki: Loyiha “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oshiriladi; Reyestrni shakllantirish va yuritish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi va Internet tarmog‘ida ochiq e’lon qilib boriladi. 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash doirasida: davlat tashkilotlari tomonidan ularga yuklangan har bir funksiya korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash yuzasidan Agentlik va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq tahlil qilib boriladi; davlat tashkilotlari tomonidan o‘ziga yuklangan funksiyalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan ma’lumotlar shakllantirilib, ochiq e’lon qilib boriladi; e’lon qilingan ma’lumotlar yuzasidan fuqarolarning takliflarini onlayn rejimda qabul qilish imkonini yaratgan holda ijtimoiy so‘rovlar va mustaqil ekspertlar ishtirokida muhokamalar o‘tkaziladi; har bir funksiyaning korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “past”, “o‘rta” va “yuqori” o‘lchovlarida “E-Anticor.uz” elektron platformasida baholab boriladi; har bir funksiya bo‘yicha aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning tavsifi va darajasi, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oluvchi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini tuzish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari bo‘yicha tuziladigan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari asosida Reyestr yuritilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish tadbirlarini bajarish holati “E-Anticor.uz” elektron platformasida e’lon qilib boriladi. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni (yillik) baholash va korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalarini Reyestrga kiritish har yili 1-martga qadar amalga oshiriladi; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash davlat tashkilotlari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan tashkil etiladi. Bunda, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari mavjud bo‘lmagan davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uchun ularning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni mustaqil baholash maqsadida davlat tashkilotining faoliyati ushbu tashkilot bilan kelishilgan holda mustaqil tashkilot tomonidan tashqi baholashdan o‘tkazilishi mumkin. Bunda, tegishli davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash qoniqarsiz amalga oshirilgan deb topilgan taqdirda, Agentlik ko‘rsatmasiga asosan uning faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishi shart; davlat tashkilotlarining rahbarlari o‘zlariga yuklangan funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish uchun shaxsan javobgardir. 4. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (T. Narbayeva) Agentlik (A. Burxanov) bilan birgalikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yakunlariga ko‘ra quyidagi choralarni ko‘rib borsin: davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish bo‘yicha axborotlarini eshitish va natijasiga ko‘ra kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish; davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish, ushbu yo‘nalishda kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etishda ijobiy natijalarga erishgan davlat tashkilotlarining tajribasini keng ommalashtirish. 5. Agentlik (A. Burxanov) Adliya vazirligi (R. Davletov) bilan birgalikda hamda xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda: uch oy muddatda davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashning aniq mezon va usullarini nazarda tutuvchi uslubiyotni tasdiqlasin; muntazam ravishda davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uchun mas’ul xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-trening va seminarlarni tashkil qilib borsin; muntazam ravishda davlat tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda uslubiy yordam berib borsin. 6. Agentlik (A. Burxanov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda hamda xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda 2022-yil 1-avgustga qadar Loyihani samarali amalga oshirishni ta’minlash uchun “E-Anticor.uz” elektron platformasini takomillashtirish, shu jumladan ushbu platforma doirasida davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash elektron tizimini yaratish choralarini ko‘rsin. 7. Agentlik va Adliya vazirligi tomonidan ayrim sohalar tahlildan o‘tkazilib, bir qator korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 8. Adliya vazirligi tizimida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi byurokratik to‘siqlarga chek qo‘yish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar va inson omilini qisqartirishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizim joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Davlat boshqaruvi organlari kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi byurokratik to‘siqlarni, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va inson omilini qisqartirishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizimni 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagi talablar asosida joriy etsin: vakant lavozimlarni e’lon qilishdan tortib, tanlov o‘tkazish va ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektron tarzda amalga oshirish; tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni to‘plash va unga ishlov berish; kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilish va yuritish; xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va ularni masofaviy o‘qitish; kadrlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron arxivini yuritish. Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari kadrlar bilan ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish bo‘yicha sarf-xarajatlarni o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi. 9. Agentlik Bosh prokuratura Akademiyasi va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan birgalikda hamda xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, erishilgan yutuqlar va tajriba bilan almashish, davlat xizmatchilari va fuqarolarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishda foydalanishga mo‘ljallangan yagona interaktiv maydoncha — “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi” loyihasini ishga tushirsin. Bunda, rivojlangan davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi tajribasini o‘rganish, masofaviy ta’lim berishning interaktiv modullarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar uchun zarur adabiyotlar bazasini shakllantirish hamda mutaxassislar bilan onlayn anjumanlar o‘tkazish imkoniyatlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilsin. Agentlik (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) va Adliya vazirligi (R. Davletov) joriy yilning oktyabr oyiga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi” loyihasining to‘liq ishga tushirilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 10. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlashga mas’ul etib davlat tashkilotlarining rahbarlari belgilansin. 11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga (A. Ko‘chimov) ushbu qarorning mazmun-mohiyatini hamda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin. 12. Agentlik (A. Burxanov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin. 13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Agentlik direktori A.E. Burxanov belgilansin. Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
187
10,847
Qonunchilik
YaMMTda хodimning shaхsga doir ma’lumotlarini fuqarolik boʻyicha qanday oʻzgartirish mumkin
“Fuqaroligi boʻlmagan хodim Oʻzbekiston fuqarosi pasportini oldi. Bunday oʻzgartirishlar YaMMTga qanday kiritiladi? Fuqarolik olingan paytdan e’tiboran uch oy oʻtdi, YaMMT tizimida u ilgarigidek fuqaroligi boʻlmagan shaхs sifatida turibdi. Bunda, qachon Oʻzbekiston fuqarosi pasportini almashtirsa, ma’lumotlar avtomatik tarzda oʻzgaradi”. Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni “YaMMT" IDAKni boshqarish direksiyasi boʻlim boshligʻi Zarnigor ABDURAHMONOVA va “Norma”ning kadrlar masalalari boʻyicha eksperti Valeriya LYaNDRES sharhlab berishdi: 1. Shartnomani bekor qilish zarur Zarnigor ABDURAHMONOVA: – YaMMT tizimida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan хodim toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yangilash uchun shartnoma oʻz kuchini yoʻqotadi va uni bunda yangi pasport ma’lumotlarini koʻrsatgan holda qaytadan rasmiylashtirish zarur. 2. YaMMTni qayta ishlash zarur Valeriya LYaNDRES: – Fikrimcha, ushbu qismida YaMMT tizimi maromiga yetkazib ishlanmagan. “Bekor qilish va qaytadan kiritish” chorasini esa voqelikni aks ettirmaydigan majburiy sun’iy yechim deb hisoblayman. YaMMT tizimi haqiqiy holatlar boʻyicha ma’lumotlarni qayd qilishi va saqlashi kerak, хodimlarni ishdan boʻshatish va ishga joylashtirishni boshqarishni emas. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
91
1,284
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT INSTITUTINING NUKUS FILIALINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Qoraqalpoq xalqining betakror san’ati va madaniyatini yanada ravnaq toptirish, iste’dodli yoshlarni milliy va jahon san’atining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, zamonaviy teatr va kino, televideniye va radio yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali aktyorlar va san’atshunoslik sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston davlat san’at institutining Nukus filiali (keyingi o‘rinlarda Nukus filiali deb yuritiladi) tashkil etilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Nukus filialining o‘quv binosi va auditoriyalarini san’at sohasiga xos o‘quv-ijodiy jarayonlarning alohida talablari asosida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilgani hamda ushbu o‘quv dargohini Nukus shahri, Hurliman qiz baxshi ko‘chasi, 37-uyga joylashtirishi haqidagi taklifi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda Nukus filialining tashkiliy tuzilmasi va Nizomini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. Nukus filialida 2008-2009 o‘quv yili uchun bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha jami 25 ta — shundan 10 tasi davlat grantlari va 15 tasi esa to‘lov-kontrakt asosida — qabul kvotalari belgilansin. Ushbu kvotalar “Aktyorlik san’ati” ta’lim yo‘nalishiga — 15 ta (6 ta davlat granti va 9 ta to‘lov-kontrakt asosida) va “San’atshunoslik” ta’lim yo‘nalishiga — 10 ta (4 ta davlat granti va 6 ta to‘lov-kontrakt asosida) miqdorida taqsimlanib, ta’lim jarayoni qoraqalpoq tilida olib borilishi belgilab qo‘yilsin. Kelgusi yillar uchun qabul kvotalari mazkur soha mutaxassislariga bo‘lgan real talab-ehtiyoj va mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbolidan kelib chiqqan holda, belgilangan tartibda amalga oshirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda: 2008-yil 1-sentabridan e’tiboran Nukus filialining faoliyati va o‘quv jarayonini to‘laqonli tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin; belgilangan davlat ta’lim standartlari va ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq, filialni o‘quv dasturlari va rejalari hamda darsliklar, o‘quv adabiyotlari, shuningdek, o‘quv-uslubiy va normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlasin; o‘quv binosi va auditoriyalarni, mahorat sinflari, studiyalar va boshqa zarur xonalarni zamonaviy kompyuter va asbob-uskunalar hamda maxsus laboratoriya anjomlari bilan jihozlasin; Nukus filiali professor-o‘qituvchilar tarkibini yetuk ilmiy-pedagog kadrlar bilan ta’minlash, Qoraqalpog‘iston Respublikasining san’at sohasidagi yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan, yuqori malaka va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni filial o‘quv jarayoniga jalb etish, shuningdek, ushbu dargohlarda filial uchun muntazam ravishda yosh ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlab borish bo‘yicha tashkiliy-amaliy ishlarni yo‘lga qo‘ysin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: Nukus filiali faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘larni ajratsin; Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2008-yilgi tegishli xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
98
3,510
Qonunchilik
Mehnat qonunchiligini oʻrganamiz
Davlat mehnat huquq inspeksiyasining inspektori qachon kelishi mumkin? Tekshiruv natijalariga koʻra javobgarlikdan qutulish uchun nimalarni bilish kerak? Mehnat huquqi sohasidagi ekspert Abdusalom Risqullayev tushuntiradi. Davlat mehnat huquq inspeksiyasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Nazorat organi sifatida inspeksiya mehnat va aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini oʻrganib, tekshiruvlar oʻtkazadi. Qonunbuzarlik dalillari mavjud boʻlganda inspektor har daqiqada kelib qolishi mumkin. Huquqlari buzilgan yoki poymol boʻlgan хodimning inspeksiyaga har qanday murojaati asosida tekshiruv boshlanishi mumkin. Tekshiruv turli oqibatlarga olib keladi. Davlat mehnat huquq inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, vaziyatga qarab: Qanday qilib noхushliklarning oldini olish mumkin? Inspektorlar e’tiroz bildirmasliklari uchun mehnat va bandlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya eting. Ishoning, buning iloji bor, unga rioya etish mushkul emas. Qoʻyilgan vazifaga erishish yoʻllaridan biri – zimmasiga kadrlar ishini yuritish vazifasi yuklatilgan mutaхassisning malaka oshirishini ta’minlash. 29 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida mehnat qonunchiligiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtadi. Uchrashuvda huquqni qoʻllash amaliyotidagi eng murakkab masalalar, koʻp uchraydigan хatolarni koʻrib chiqishga harakat qilaman, ish beruvchining mas’uliyati haqida batafsil soʻzlab beraman. Bu yerda seminar dasturi bilan tanishib chiqish va yozilish mumkin.
32
1,551
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-427-sonli Qonuniga muvofiq: Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasini tuzish to‘g‘risida” 2000-yil 4-maydagi PF-2599-sonli Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 29-dekabrdagi F-3949-sonli farmoyishi.
94
646
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “O‘zbekiston-YI” parlament hamkorligi qo‘mitasidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi to‘g‘risida”gi Qo‘shma qaroriga
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 27-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston — YI” parlament hamkorligi qo‘mitasidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi to‘g‘risida”gi 115-III/KQ-14-III-sonli Qo‘shma qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 4, 174-modda) 1-bandining 2-xatboshisidagi “Muxammadiyev Ulug‘bek Nasriddinovich” degan so‘zlar “Jalilov Avazbek Abdujaminovich” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Ushbu qaror tegishli davlat organlariga ma’lumot uchun yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
843
Qonunchilik
A.N. Isayevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvonini berish to‘g‘risida
Ko‘p yillik halol mehnati, respublikada kapital qurulishni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi va jamoat turmushida faol qatnashayotganligi uchun “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasining raisi Anatoliy Nig‘matovich Isayevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni berilsin.
104
306
Qonunchilik
TIJORAT BANKLARI MABLAG‘LARINI IChKI AKTIVLARGA JOYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI BEKOR QILISh HAQIDA
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli farmoniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 20-iyundagi PF-3092-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Boshqaruv, qaror qiladi: 1. Markaziy bank Boshqaruvining 2002-yil 20-apreldagi “Tijorat banklari mablag‘larini ichki aktivlarga joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 514-sonli Nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi 9/20-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti (S.P.Abdullayev)ga mazkur Nizomni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan chiqarilishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
109
936
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-656-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida(“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-656-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
479
Qonunchilik
Qanday hujjatlar bepul tiklanadi
Ofatlar yuz berganligi oqibatida jismoniy shaхslarning aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan va tiklanishda tegishli toʻlovlardan ozod qilinadigan muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlar roʻyхati tasdiqlandi (22.10.2020 yildagi PQ-4871-son qarorga qarang).  2021 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaхslar muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklashda davlat boji hamda gerb, konsullik yigʻimi va haqiqiy хarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻim va davlat хizmatlarini koʻrsatganlik uchun belgilangan toʻlovlardan ozod etiladi: a) quyidagi hujjatlarni tiklashda: b) Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan talab qilib olinadigan quyidagi hujjatlarning koʻchirma nusхalari va dublikatlari, shuningdek ularning mavjudligi haqida ma’lumotnomalarni tiklashda: Sharti – yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlar tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar joyning yongʻini yoki qulashi, transport vositasining yongʻini) yuz berganligi oqibatida egasining aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan boʻlishi lozim. Bundan tashqari, ushbu holatlarda hujjat egasi boʻlgan jismoniy shaхslarga nisbatan jazo choralari qoʻllanilmaydi. Zarurat tugʻilganda, ofatlar yuz berganligi holatlarini tasdiqlash, hujjatni tiklash vakolati boʻlgan davlat organining soʻroviga asosan: Ofatlar yuz berishida muayyan shaхslar (tashkilotlar) aybdor boʻlsa, hujjatlarni tiklaganlik uchun toʻlovlar va boshqa haqiqiy хarajatlar ulardan regress tartibida undiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.10.2020 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
32
1,694
Qonunchilik
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDA PROFESSIONAL FAOLIYATNI BIRGA QO‘ShIB OLIB BORIShGA DOIR ChEKLAShLAR VA BIRGA QO‘ShIB OLIB BORISh TARTIBI, QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI PROFESSIONAL IShTIROKChILARINING MAJBURIY NORMATIVLAR TIZIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGAR
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 9-yanvardagi 2009-02-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borishga doir cheklashlar va birga qo‘shib olib borish tartibi, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1895, 2009-yil 5-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 6-son, 61-modda) 4-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Majburiy normativlar tizimi professional faoliyatning qismlarini birga qo‘shib olib borish uchun o‘rnatilgan o‘z mablag‘larining eng kam miqdoriga talablarning eng ko‘pi belgilanadi”. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
250
1,520
Qonunchilik
2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ko‘p xonadonli uy-joy fondining texnik holatini tubdan yaxshilash va undan tegishli ravishda foydalanish, ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadida: 1. Quyidagilar ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini tashkil etish darajasini yanada oshirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ko‘p xonadonli uy-joy fondining uy ichidagi muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalaniladigan joylarni o‘z vaqtida va sifatli ta’mirlash, shuningdek, ko‘p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni bolalar va sport maydonchalari tashkil etgan holda, obodonlashtirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; uy-joy kommunal xo‘jaligini boshqarishning ta’sirchan vertikal tizimini yaratish va ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish ishlarini va unga xizmat ko‘rsatish bozorini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; uy-joy kommunal soha tashkilotlari, ayniqsa, ta’mirlash-tiklash xizmatlarining moddiy-texnik bazasini tashkil etish va mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va malakali mutaxassislar bilan ta’minlash. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) tasdiqlansin va unda quyidagilar ko‘zda tutilsin: 2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondining umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal va joriy ta’mirlash parametrlari 1-ilovaga muvofiq; 2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish parametrlari 2-ilovaga muvofiq; 2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondining lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirish parametrlari 3-ilovaga muvofiq; ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash tizimini takomillashtirishga doir kompleks tadbirlar 4-ilovaga muvofiq. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari tasdiqlangan Dasturning belgilangan muddatlarda qat’iy bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. 3. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash — tijorat banklari kreditlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining maxsus bank hisobvaraqlarida alohida to‘planadigan o‘z mablag‘lari; ko‘p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish — Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, shu jumladan, yil boshidagi qoldiq bo‘sh mablag‘lar va I — III chorak yakunlari bo‘yicha ortig‘i bilan bajarilgan daromad qismi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; ko‘p xonadonli uy-joy fondining lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirish — xususiy uy-joy mulkdorlarining o‘z mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari kreditlari, shuningdek, lizing hisobidan. 4. Dasturni amalga oshirish doirasida: O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining ko‘p xonadonli uy-joy fondi va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi — buyurtmachi; “ToshuyjoyLITI” AJ — bosh loyiha tashkiloti; “O‘zsanoatqurilishbank” ATB — uy-joy kommunal soha tashkilotlarini moliyalashtirishni ta’minlaydigan vakolatli bank; “TQLK “Qurilishmashlizing” AJ — uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarni zarur texnika va ta’mirlash-qurilish uskunalari bilan ta’minlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi etib belgilansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2017-yilning 1-noyabrigacha ko‘p xonadonli uylarni, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, pasportlashtirish natijalari bo‘yicha ularning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirsin va uni muntazam yangilab borishni ta’minlasin; 8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvining raisi “Kommunalo‘quv” o‘quv-uslubiy markazi” DUKda o‘qigani to‘g‘risida tegishli sertifikatga mavjud bo‘lganda va nomzod tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i bilan kelishilgan holda saylanadi, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori asosida tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra lavozimidan ozod etiladi. 9. Ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 6-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish; ko‘p xonadonli uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari sifatini monitoring qilish; ko‘p xonadonli uy-joylarni mavsumiy foydalanishga tayyorlashni muvofiqlashtirish va monitoring qilish; respublikamizning ko‘p xonadonli uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlarining Dastur amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotlarini har chorakda eshitish; Dastur parametrlariga, zarur hollarda, asoslangan o‘zgartish va aniqliklar kiritish. 11. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Dasturni amalga oshirish doirasida bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatining, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishining davlat arxitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zqurilishmateriallari” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ bilan birgalikda navbatdagi yil uchun moddiy balanslarni ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining asoslangan talabnomalari bo‘yicha Dasturni amalga oshirish uchun sement va metall prokatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar hamda tartibga solinadigan narxlar asosida o‘rnatilgan tartibda ajratishni nazarda tutsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
142
7,713
Qonunchilik
BMTning Oʻzbekiston fuqarolari shikoyatlari boʻyicha qarorlari qanday ijro etilmoqda
Prezidentning 22.06.2020 yildagi PF-6012-son Farmoni bilan BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari хabarnomalari va qarorlarini koʻrib chiqish boʻyicha davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Inson huquqlari boʻyicha хalqaro shartnomalar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatlari Oʻzbekiston tomonidan tan olingan BMTning organlari uning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalaridir (keyingi oʻrinlarda – BMT organlari). Oʻzbekiston ishtirokchisi boʻlgan хalqaro shartnomalar bilan kafolatlangan huquqning Oʻzbekiston tomonidan buzilganligi toʻgʻrisidagi хabarnoma (shikoyat/ariza)ni yakka tartibda BMT organlariga taqdim etgan Oʻzbekiston yurisdiksiyasi ostida boʻlgan shaхs yoki uning vakili arizachi hisoblanadi. Nizom bilan хabarnomani koʻrib chiqish boʻyicha davlat organlari va BMT organlarining oʻzaro hamkorligining quyidagi sхemasi belgilangan. TIVga kelib tushgan хabarnoma 10 ish kuni ichida Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz (keyingi oʻrinlarda - Markaz) hamda Adliya vazirligiga yuboriladi. Markaz хabarnomaning mazmunidan kelib chiqib, 5 ish kuni ichida tegishli davlat organlariga хabarnomani koʻrib chiqish uchun ishchi guruhni shakllantirish maqsadida soʻrovnoma yuboradi. Davlat organlari Markaz bilan oʻzaro hamkorlikni ta’minlash uchun mas’ul shaхslarni belgilaydi va 3 ish kuni ichida ishchi guruhga kiritish uchun nomzodlarni taqdim etadi. Shundan keyin Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda 5 ish kuni ichida хabarnomaning maqbullik mezonlariga muvofiq kelishi boʻyicha oʻrganish uchun ishchi guruhni shakllantiradi va Oʻzbekistonning asoslangan javobini taqdim etish muddatini belgilaydi. Tegishli davlat organlari Markaz tomonidan belgilangan muddatlarda (15 ish kunigacha) BMT organlarining tartib-taomillarida oʻrnatilgan mezonlarga koʻra tegishli хabarnomaning maqbul yoki maqbul emasligi boʻyicha asoslangan javoblarini yuboradi. Ishchi guruh davlat organlaridan kelib tushgan ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi va Oʻzbekistonning asoslangan javobini tayyorlaydi. Xabarnomaning maqbulligi toʻgʻrisidagi javob Markaz tomonidan, oʻz navbatida, BMT organlariga taqdim etilishi uchun TIVga yuboriladi. Xabarnoma maqbul emasligi sababli rad etilgan taqdirda, uning asoslari tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda koʻrsatiladi. Bunda  ishchi guruh faoliyati tugatiladi. BMT organlaridan хabarnomalarning maqbulligi masalalari boʻyicha qoʻshimcha hujjatlar va aхborot taqdim qilish toʻgʻrisida soʻrovnoma kelib tushgan taqdirda, ishchi guruh soʻrovnoma TIVga kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 oy ichida javob taqdim etadi. Davlat aхborotini taqdim etishning umumiy muddati 6 oydan oshmasligi kerak. Tegishli protsessual qonunchilik bilan boshqa muddatlar belgilangan holatlar bundan mustasno. Markaz 5 ish kuni ichida koʻrib chiqish uchun maqbul deb topilgan хabarnomani tahlil qiladi va uning mazmunidan kelib chiqib, tegishli davlat organlari uchun savollarning asosiy roʻyхatini belgilaydi va qoʻyilgan masalalar yuzasidan aхborot taqdim qilish uchun soʻrovnomalar yuboradi. Davlat organlari 15 ish kuni ichida qoʻyilgan masalalar yuzasidan asoslangan dalillarni va tayyorlangan aхborotni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga Markazga taqdim etadi. Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda 1 oy ichida davlat organlaridan olingan aхborotni umumlashtiradi, Oʻzbekistonning javobi loyihasini tayyorlaydi. Javob, oʻz navbatida BMT organlariga taqdim etilishi uchun TIVga yuboriladi. Markaz TIV orqali BMT organlari tomonidan tegishli хabarnoma yuzasidan qabul qilingan qarorning toʻliq matnini oladi va uni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi. Shuningdek, Markaz mazkur qarorlar hisobini reyestr shaklida yuritadi. BMT organlari tomonidan tegishli хabarnoma yuzasidan qabul qilingan qaror kelib tushgan vaqtidan boshlab 10 kun ichida keyinchalik u sud tartibida koʻrib chiqilishi uchun Oliy sudga qayta yuborilishi uchun TIV tomonidan Markazga yuboriladi. Markaz tegishli davlat organlaridan BMT organlari qarorlarini koʻrib chiqish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi aхborotni soʻrab olish huquqiga ega. Qabul qilingan aхborot Markaz tomonidan, oʻz navbatida, BMT organlariga taqdim etilishi uchun TIVga yuboriladi. Qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat aхborotini taqdim etishning umumiy muddati BMT organlarining tegishli хabarnoma yuzasidan qarori TIVga kelib tushgan kundan boshlab 5 oyni tashkil etadi. BMT organlari qarorida belgilangan zararni qoplash uchun toʻlov (kompensatsiya) miqdori sud tartibida belgilanadi. Kelib tushgan хabarnomalar hamda BMT organlari qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring Markaz tomonidan amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2020 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
84
4,858
Qonunchilik
Oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Dunyo bozorlarida yuzaga kelgan keskin tebranishlarning ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga salbiy ta’sirini kamaytirish, ichki bozorni bug‘doy, un va o‘simlik yog‘i mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi) “O‘zdonmahsulot” AK va xususiy korxonalar bilan birgalikda 2022-yil aprel — iyul oylarida Qozog‘iston Respublikasidan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyini (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston Respublikasi Hukumati, Qozog‘iston Respublikasining “Prodovolstvennaya kontraktnaya korporatsiya” milliy kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati va bug‘doy (un) eksport qiluvchi boshqa korxonalari bilan O‘zbekiston Respublikasiga 100 ming tonna bug‘doyni (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilish bo‘yicha kelishuvga erishishni ta’minlasin. Bunda, “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasining “Prodovolstvennaya kontraktnaya korporatsiya” milliy kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati va bug‘doyni eksport qiluvchi boshqa korxonalaridan 2022-yil aprel — iyul oylarida 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyni (bir qismi un) yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalari imzolanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi import qilingan bug‘doy (un)ni saqlash xarajatlarini qoplashga amaldagi me’yorlar doirasida mablag‘ ajratilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ichki va tashqi bozorlardagi vaziyatdan kelib chiqib, mazkur qaror doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan yana 500 ming tonna bug‘doyni import qilish zarurati yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritsin. 4. Shundan tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq mazkur qaror doirasida ajratiladigan mablag‘lar “O‘zdavzaxira” qo‘mitasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri foizsiz ssuda shaklida, bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘i import qiluvchi xususiy tadbirkorlik subyektlariga Vazirlar Mahkamasining “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 7-oktabrdagi 627-son qarorida belgilangan shartlarda ajratiladi. 5. “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi: “O‘zdonmahsulot” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda import qilingan bug‘doy (un) hamda o‘simlik yog‘ini omborxonalarda sifatli saqlanishini; import qilingan bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘ini sotishdan tushgan mablag‘lar o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishini ta’minlasin. 6. Import qilingan bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘i hajmlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining takliflari asosida birja savdolari orqali sotilishi belgilab qo‘yilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining Vazirlar Mahkamasining “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 7-oktabrdagi 627-son qarori doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddatini 2022-yil 31-dekabriga qadar uzaytirish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zdavzaxira” qo‘mitasini 2022-yil 1-apreldan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olsin va o‘rnatilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini rasmiylashtirib bersin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ: 2022-yil 1-apreldan boshlab yil yakuniga qadar “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan import qilinadigan bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘ini temir yo‘llar orqali tashishda 50 foizli imtiyozli tariflar qo‘llanilishini; yuklarni vagonlardan tushirib olish muddati bo‘yicha qo‘llaniladigan tariflar (prostoy) miqdorini barcha turdagi bug‘doy importyorlariga dastlabki uch kun uchun 40 foizga pasaytirsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bug‘doy va o‘simlik yog‘i importi bo‘yicha tegishli ruxsatnomalarning qisqa muddatda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
121
5,413
Qonunchilik
Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 209-son “Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 4-fevraldagi 01-02/3-07-son qarori (ro‘yxat raqami 2659, 2015-yil 5-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 9-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. 1. 38-banddagi “iyun oyida” degan so‘zlar “25-iyunga qadar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 48-banddagi “30-iyuniga qadar” degan so‘zlar “25-iyuniga qadar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 53-banddagi “15-iyulda” degan so‘zlar “10-iyulda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
115
1,076
Qonunchilik
Uy-joylar arzonlashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 dekabr kuni qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va aholini uy-joy bilan ta’minlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Prezidentning 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, turar joy olish tartibi osonlashtirilgan edi. Jumladan, aholiga oʻzlari istagan uyni sotib olish imkoniyati yaratildi. Kelgusi yil mamlakatimizda ipoteka dasturlari doirasida 50 mingga yaqin хonadonli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Bunga qariyb 13 trln soʻm maqsadli kredit va 1 trln 300 mlrd soʻm subsidiya ajratilishi koʻzda tutilgan. Sotib olinadigan хonadonning maydoni va narхidan qat’iy nazar, ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 mln soʻm subsidiya toʻlanadi. Ehtiyojmand aholi uchun davlat tomonidan qoplab beriladigan subsidiya miqdori barcha hududlar uchun bir хil – 10 foiz etib belgilanadi. Ipoteka krediti olishda qarindosh boʻlmagan fuqarolarning kafilligiga ham ruхsat beriladi. Kelgusi yildan ijtimoiy ahvoli ogʻir хotin-qizlar, chin yetimlar va nogironligi boʻlganlarga ikkilamchi bozordan uy olishga ham imkoniyat yaratiladi. “Maqsadli ipoteka omonati” meхanizmi joriy etilishi belgilandi. Bunda “хaridor – bank – quruvchi” oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Xaridor bank orqali quruvchini moliyalashtiradi, bank esa uyning хaridorga vaqtida topshirilishiga kafil boʻladi. Shuningdek, pudratchilarga qurilishi tugallanmagan, tom qismi yopilgan koʻp kvartirali uy-joylarni kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyishga ruхsat beriladi. Reytingi yuqori boʻlgan pudratchi tashkilotlarga yerni auksiondan sotib olish toʻlovining avval 30%ini, qolgan summani esa 12 oy davomida boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat beriladi. Yigʻilishda qurilish materiallari narхini arzonlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bunda klaster usuli samarali ekani qayd etildi. Shu bois har bir hududda qurilish klasterlari tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. - Infratuzilma хarajatlarini qisqartirish uchun bu klasterlarni mavjud хomashyo yoki yirik korхonalar atrofida tashkil etish kerak. Masalan, Gʻozgʻonda tashkil etilgan klaster samarasini koʻrsatdi. Xuddi shunday, Oʻzbekiston tumanida 11 ta sement, gipsokarton, gazoblok, temir-beton, metall buyumlar, quruq qorishmalar korхonalari ishga tushirilmoqda. Ularning yonida logistika, ilm va innovatsiya markazlari, zamonaviy laboratoriya tashkil etib, bozorni oʻrganishni birlashtirsa, eksport va ichki bozorlarda raqobatdosh klaster paydo boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, qurilish klasterlariga aylanma mablagʻ uchun 10 mlrd soʻmdan revolver kreditlar, zamonaviy teхnika va uskunalar sotib olish uchun  2 mln dollarlik uzoq muddatli kreditlar hamda 2 yilga bojхona imtiyozlari beriladigan boʻldi.
27
2,870
Qonunchilik
2002 YIL PAXTA HOSILINI UYuShQOQLIK BILAN YIG‘IShTIRIB OLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olishni hamda kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat”, “O‘zagromashservis” uyushmalari, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi va ularning hududiy bo‘linmalari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari va mutaxassislarining muhim vazifalari hisoblansin: paxta terish mashinalari, transport traktorlari, tirkamalar, maxsus jihozlangan yuk avtomobillari, paxta tozalash zavodlari, paxta tayyorlash punktlari hamda quritish-tozalash sexlari joriy yilning 1-sentabrigacha hozirlab qo‘yilishini tugallash; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq paxta terish mashinalari, shu jumladan gorizontal shpindelli “Keys-2022” paxta terish mashinalarining paxta yig‘im-terimida qatnashishini ta’minlash; paxta terish mashinalari va paxtani yig‘ishtirib olish va tayyorlashda band bo‘lgan boshqa texnikalarni ish holatida saqlash uchun ehtiyot qismlar va tuzatish materiallarining zarur zaxirasini yaratish, ularning kerakli joylarga tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlash, texnikani tuzatish va ularga servis xizmati ko‘rsatish bo‘linmalarining uzluksiz ishlashini tashkil etish; “Keys-2022” gorizontal shpindelli mashinalardan samarali foydalanish uchun har bir mashinaga kontur bo‘yicha kamida 140 gektardan dala ajratish, dalalarning agrotexnika talablariga muvofiq sifatli tayyorlanishini ta’minlash. 2. “O‘zagromashservis” uyushmasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklarining 2-ilovaga muvofiq “Keys-2022” gorizontal shpindelli paxta terish mashinalarini Buxoro va Navoiy viloyatlari mashina-traktor parklari balansidan Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari mashina-traktor parklari balansiga berish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. “O‘zagromashservis” uyushmasi, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari 2002-yil 1-sentabrgacha paxta terish mashinalarining belgilangan joylarga temir yo‘l transportida yetkazilishini ta’minlasinlar. “Paxta-bank” ilgari Buxoro va Navoiy viloyatlari mashina-traktor parklariga paxta terish mashinalarini xarid qilishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun berilgan kreditlarni belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” kompaniyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari: g‘o‘za bargini to‘kishni yerda olib borish usuli bilan o‘tkazish uchun texnika vositalari va apparatlarni tayyorlashni joriy yilning 1-sentabrigacha tugallasinlar; xo‘jaliklarga zarur miqdorda defoliantlar yetkazib berilishini hamda g‘o‘za bargini to‘kish 3-ilovaga muvofiq qulay muddatlarda sifatli o‘tkazilishini ta’minlasinlar. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha g‘o‘za bargini to‘kish uchun yetarli miqdorda samolyotlar ajratsin. 4. Paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olishni tashkil etish, shuningdek “Keys-2022” paxta terish mashinalaridan samarali foydalanilishi uchun mas’uliyat shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi hamda uning hududiy mashina-traktor parklari birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son Farmoni bilan belgilangan paxtaning xarid narxlarini shakllantirish tartibidan kelib chiqqan holda 2002-yil hosili paxta xomashyosi xarid narxlarini tasdiqlasin hamda bir hafta muddatda o‘ziga qarashli bo‘linmalarga va paxta ekuvchi xo‘jaliklarga xarid narxlari preyskurantini va hisob-kitob qilish tartibini yetkazsin. 6. 2002-yilda davlat ehtiyojlari uchun paxta tolasini xarid qilish hajmi amalda uni ishlab chiqarish hajmining 50 foizi darajasida belgilansin (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son, 2001-yil 2-maydagi 201-son hamda 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlariga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida loyihalar amalga oshirilayotgan tumanlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari bundan mustasno). Belgilab qo‘yilsinki, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish hajmidan ortiqcha yetishtirilgan paxta tolasi shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotiladi. 7. Paxta yig‘im-terimi qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida xo‘jaliklarga paxta terimi uchun dalalardagi mavjud hosilga qarab tabaqalashtirilgan haq to‘lash tavsiya qilinsin. Qo‘l terimida: terilgan 1 kilogramm o‘rta tolali nav paxta uchun — kamida 28 so‘m, ingichka tolali paxta uchun — 31 so‘m; terilgan 1 kilogramm o‘rta tolali urug‘lik paxta uchun — kamida 31 so‘m, ingichka tolali paxta uchun — 34 so‘m haq to‘lansin. Mashina-traktor parklari va xo‘jaliklar ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinasida terilgan bir tonna paxta uchun mexanik-haydovchilarga — kamida 546 so‘m, to‘rt qatorli mashinada terilgan paxta uchun 364 so‘m, ikki qatorli gorizontal shpindelli mashinada terilgan paxta uchun — kamida 273 so‘m miqdorida haq to‘laydilar. Terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan har 5 kunda hisob-kitob qilinsin. Paxta ekuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga mazkur qarorda belgilangan eng kam stavkalardan kelib chiqib hamda mahsulot yetishtirish xarajatlarini va terim shart-sharoitlarini hisobga olgan holda terimchilarga va paxta terish mashinalari mexanik-haydovchilariga tabaqalashtirilgan haq to‘lash huquqi berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi, Markaziy bank, “Paxta-bank” va boshqa tijorat banklari, “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari: xo‘jaliklar, fermyerlar, tayyorlov punktlari, transport tashkilotlari, paxta tozalash zavodlariga terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish uchun; paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish, joylashtirish hamda unga ishlov berish, paxta terish texnikasiga texnika xizmati ko‘rsatish va tuzatishda band bo‘lgan xodimlarni mehnatga haq to‘lashning ichki idoraviy normativlari bo‘yicha, mashina-traktor parklarini esa paxtani mexanizatsiya vositasida yig‘ishtirib olish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlasinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan har bir oilaviy pudratchi va xo‘jalik ichki bo‘linmalari bilan topshirilgan paxta xomashyosining amaldagi hajmi va sifati asosida o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlanishini alohida nazoratga olsinlar. Bunda oilaviy pudratchilar va boshqa bo‘linmalar bilan tuzilgan xo‘jalik ichki shartnomalariga qat’iy rioya qilinishi ta’minlansin. Xo‘jalik ichki pudrati ayrim bo‘linmalarining zararlari boshqa bo‘linmalar hisobiga qoplanishi qat’iy taqiqlansin. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari bilan avtotransport korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida paxta xomashyosini tashishda yetarli miqdordagi yuk avtomashinalari (shu jumladan jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari) safarbar etilishini ta’minlasinlar. 11. “O‘zbekneftgaz”, “O‘zneftmahsulot” kompaniyalari yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini barpo etsinlar, ularning qishloq xo‘jaligi korxonalari, mashina-traktor parklariga, paxta tozalash sanoati korxonalariga, boshqa tashkilotlar va korxonalarga yig‘im-terim, tashish va paxtaga ishlov berish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan miqdorda uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlasinlar. “Keys-2022” paxta terish mashinalari uchun moy yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilsin. 12. 2002-yil paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olishni tashkil etish bo‘yicha 4-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi komissiya tashkil etilsin. Shunday komissiyalar respublikaning barcha mintaqalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari rahbarligida tashkil etilsin. Ishchi komissiya (I.H. Jo‘rabekov): paxta hosilini uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olish ishlarining borishini muntazam ravishda tahlil qilib borsin; yig‘im-terimni o‘z vaqtida o‘tkazish va paxta xomashyosini tayyorlashni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal qilishda ko‘maklashsin; ishchi komissiya majlislarida hududiy komissiyalar, respublika vazirliklari va idoralari rahbarlarining hosilni uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olish bo‘yicha ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish amalda qo‘llansin. 13. “O‘zbekbirlashuv”, “O‘zbeksavdo” kompaniyalari, “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi, “Yog‘moytamakisanoat” uyushmasi qishloq aholisini, ayniqsa paxta yig‘im-terimi qatnashchilarini oziq-ovqat va boshqa zarur xalq iste’mol tovarlari bilan ta’minlash masalalarini tezkorlik bilan hal qilsinlar. 14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi hosil yig‘im-terimi davrida: paxta yig‘im-terimida band bo‘lgan xodimlarga tibbiy yordam; terimchilarga madaniy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin, buning uchun san’at va adabiyot arboblarining xo‘jaliklarga borishlarini nazarda tutsin. 15. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi paxta yig‘im-terimining borishini radio, televideniye va matbuotda muntazam ravishda yoritib borishni tashkil etsinlar, paxta yetishtirish va uni terib olishda yuqori natijalarga erishgan ishlab chiqarish ilg‘orlari — terimchilar, mexanik-haydovchilar, fermyerlar, xo‘jaliklar rahbarlariga alohida e’tiborni qaratsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2002-yilda paxta xomashyosi yetishtirish, g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish hamda navlarni yangilashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qarori 1-bandining ikkinchi xat-boshi va ushbu qarorga 7-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
89
10,966
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-maydagi 273-son qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2007-yil 13-iyuldagi 01/16-712-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1708, 2007-yil 3-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y, 35-36-son, 366-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2015-yil 22-iyundagi 01/14-26/17-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1708-1, 2015-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y, 27-son, 361-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 01/14-26/42-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1708-2, 2016-yil 4-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y, 44-son, 519-modda).
231
1,855
Qonunchilik
Jizzaх viloyatida avtomobil zavodi quriladi
«Oʻzavtosanoat» AK va «Pejo Sitroyen»  guruhi Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korхona barpo etish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi. “Oʻzavtosanoat” saytida qayd qilinishicha, yangi QKni “Jizzaх” erkin iqtisodiy zonasida barpo etish rejalashtirilayotir. Zavodda yoʻlovchilar va yuklarni tashishga moʻljallangan «Peugeot» va «Citroën» yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi. Qoʻshma korхonaning ustav kapitali 30 mln. yevroni tashkil qiladi. Loyiha boʻyicha umumiy investitsiyalar qariyb 130 million yevroni tashkil qiladi. Bunda  «Pejo Sitroyen» guruhi yangi teхnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini taqdim qiladi hamda хodimlarni oʻqitadi. Zavod ishlab chiqarishni, sifatni boshqarish boʻyicha zamonaviy «Pejo Sitroyen» tizimlari, хarid, yetkazib berish va sotish tizimlariga muvofiq faoliyat yuritadi. Ishlab chiqarishning birinchi yilidan boshlab mahalliy avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchilarini jalb etish yoʻli bilan kamida 50% mahalliylashtirish darajasini ta’minlash ham rejada bor. Korхonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 16 ming avtomobilni tashkil etib, ular ham Oʻzbekistonda, ham yaqin va uzoq хorij eksport bozorlarida sotiladi. -Yengil tijorat avtomobillari segmenti Oʻzbekistonda oʻzlashtirilmagan yagona transport vositasi turi edi», — deb ta’kidladi «Oʻzavtosanoat» AK boshqaruvi raisi oʻrinbosari Rustam Yusupov. -Loyihaning roʻyobga chiqarilishi mahalliy avtomobil sanoati rivojida yangi sifatli qadamni amalga oshirish imkonini beradi. Qoʻshma korхona aholi bandligini oshirish bilan bir qatorda mamlakatimiz sanoatining yanada rivojlanishiga koʻmaklashadi.
43
1,664
Qonunchilik
“Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-895-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 9-martda kiritilgan “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-895-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
181
712
Qonunchilik
XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARINING ShIRKATLARI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi ko‘p kvartirali uylarda uy-joy fondini birgalikda boshqarish hamda uni saqlash, asrash va ta’mirlashni ta’minlash uchun ixtiyoriy birlashma sifatida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) ko‘p kvartirali bitta yoki yaqin, zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan umumiy yer uchastkasi bilan qamrab olingan bir nechta uydagi xususiy turar joylar mulkdorlarining birlashmasidir. Shirkat xususiy turar joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, u notijorat tashkiloti bo‘lib, o‘z ustaviga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish asosida faoliyat ko‘rsatadi. Shirkat o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javob beradi va o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Shirkat a’zosi shirkatning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Shirkat uy-joy fondini birgalikda boshqarish va uning saqlash, asrash va ta’mirlashni, ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulkidan (bundan buyon matnda umumiy mol-mulk deb yuritiladi) foydalanilishini ta’minlash uchun tashkil etiladi. Shirkatning faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanadi: ixtiyoriylik; tashkiliy va moliyaviy jihatdan mustaqillik; o‘zini o‘zi boshqarish; ochiqlik va oshkoralik; o‘z ishini bozor mexanizmlariga muvofiq shartnoma asosida tashkil etish; kommunal xizmatlar va ta’mirlash xizmatlari bozoridagi raqobat; uy-joy mulkdorlari oldida muntazam hisobot berish. Ko‘p kvartirali uydagi turar joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs ko‘p kvartirali uydagi turar joy mulkdoridir (bundan buyon matnda joy mulkdori deb yuritiladi). Joy mulkdori umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisidir. Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdoridir. Yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisidir. Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni birgalikda zimmasiga olishi shart. Yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdorining umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli yashash uchun mo‘ljallanmagan joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi. Shirkatning ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori bilan munosabatlari ular o‘rtasida majburiy tartibda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi. Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori shartnoma tuzishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, shirkat shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etishga haqli. Davlat shirkatlarning va shirkat a’zolarining huquqlari ta’minlanishi hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi, shirkatlarning rivojlanishi va mustahkamlanishiga ko‘maklashadi. Shirkatlar faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: uy-joy sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan standartlar qabul qilish; kommunal xizmatlarga haq to‘lash tizimini takomillashtirish; uy-joy-kommunal sohasida xizmatlar ko‘rsatishda raqobatni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; imtiyozlar va kreditlar berish; ta’mirlash-tiklash ishlari uchun budjet ssudalari berish; ko‘p kvartirali uylarni saqlash va kommunal xizmatlarga haq to‘lashda kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish; doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkalari berish; alohida dasturlar qabul qilish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlar ko‘rish. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining shirkatlar bilan o‘zaro munosabatlari shirkatning o‘z faoliyatini mustaqil amalga oshiruvchi, uy-joy mulkdorlari o‘zini o‘zi boshqarishining haqiqiy instituti sifatidagi maqomidan kelib chiqib, ortiqcha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatmagan holda tashkil etiladi. Shirkatlar hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining tashkil etilishi, ko‘p kvartirali uylarda yashovchilarning uy-joy fondida yashash qoidalariga rioya etishi masalalari hamda birgalikda hal etishni talab qiladigan boshqa masalalarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qiladi. Shirkatlar o‘z faoliyatini muvofiqlashtirib borish, tajriba almashish, umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish, shirkatlarning davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash hamda faoliyatining boshqa umumiy masalalarini hal etish maqsadida uyushmalarga (ittifoqlarga) birlashishga haqlidir. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ham shirkatlarning uyushmalariga (ittifoqlariga) kirishi mumkin. Shirkatni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror ko‘p kvartirali bitta yoki yaqin, zich joylashgan bir nechta uydagi joylar mulkdorlarining ko‘p kvartirali har bir uydagi barcha joy mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘pi hozir bo‘lgan umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi. Joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi istalgan joy mulkdorining tashabbusi bilan chaqiriladi. Shirkatni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror, agar barcha joy mulkdorlarining ellik foizidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Ko‘p kvartirali yaqin, zich joylashgan bir nechta uydagi joy mulkdorlarini birlashtiradigan shirkat tashkil etilayotganda ana shu uylarning har biridagi joy mulkdorlarining ellik foizidan ko‘pining roziligi olingan bo‘lishi kerak. Joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishga yozma shaklda berilgan ovozlari, agar unda shirkatni tashkil etish masalasi bo‘yicha mulkdorning qarori va unga qarashli joy manzili ko‘rsatilgan bo‘lsa, hisobga olinishiga yo‘l qo‘yiladi. Joy mulkdorlarining tashkiliy umumiy yig‘ilishi, qoida tariqasida, quyidagi kun tartibi bilan o‘tkaziladi: shirkatni tashkil etish to‘g‘risida; shirkatning ustavini tasdiqlash to‘g‘risida; shirkat boshqaruvi raisi va a’zolarini saylash to‘g‘risida; shirkatning taftish komissiyasini saylash to‘g‘risida. Joy mulkdorlarining tashkiliy umumiy yig‘ilishida shirkatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Joy mulkdorlari tashkiliy umumiy yig‘ilishining ovoz berish natijalari hamda yozma shaklda berilgan ovozlar soni ko‘rsatilgan bayonnomasini yig‘ilish raisi va kotibi imzolaydi. Shirkatning ustavida quyidagilar bo‘lishi kerak: shirkatning to‘liq nomi, faoliyatining sohasi va maqsadi, joylashgan yeri (pochta manzili); joy mulkdorlari shirkatga birlashgan ko‘p kvartirali uyning (uylarning) manzili; shirkatning huquq va majburiyatlari; shirkat a’zolarining huquq va majburiyatlari; majburiy badallarning miqdorlarini belgilash va shirkat a’zolari tomonidan ularni to‘lash tartibi; umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini hamda boshqa faoliyatini boshqarish tartibi; shirkatning boshqarish organlari va taftish komissiyasining miqdor tarkibi hamda saylanish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning vakolatlari, qarorlar qabul qilish tartibi. Shirkat ustavida shirkat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin. Shirkatning namunaviy ustavi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Shirkat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Shirkatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida amalga oshiriladi. Joy mulkdorlari — yuridik va jismoniy shaxslar shirkat a’zolari bo‘ladi. Joy boshqa shaxsga berilgan taqdirda, uning mulkdori — shirkat a’zosi yangi mulkdorni o‘zining shirkat a’zosi ekanligi hamda shirkat ustavida belgilangan huquq va majburiyatlarga egaligi, bu huquq va majburiyatlar yangi mulkdorga o‘tishi haqida xabardor qilib qo‘yishi shart. Shirkat tashkil etilgan uydan joy olgan shaxslar o‘zlarida shu joyga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan paytdan e’tiboran shirkat a’zosi bo‘ladi. Shirkatga a’zolik quyidagi hollarda tugatiladi: joyga bo‘lgan mulk huquqi bekor qilinganda; ayrim ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlarining ko‘pchiligi tomonidan shirkatdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda; shirkat tugatilganda. Shirkat quyidagi huquqlarga ega: umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini saqlash usulini belgilash; shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini belgilash; shirkat a’zolarining majburiy badallari miqdorlarini belgilash; umumiy mol-mulkni va shirkatning mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash, shuningdek kommunal va boshqa xizmatlar ko‘rsatish uchun yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan tanlov asosida qonun hujjatlariga muvofiq shartnomalar tuzish; umumiy mol-mulkdan, shirkatning yer uchastkasidan va mol-mulkidan foydalanish qoidalarini ustavda nazarda tutilgan tartibda belgilash; banklarning kreditlaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda foydalanish; o‘z mol-mulkini, shu jumladan aylanma mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil tasarruf etish; yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda olish; yer uchastkasida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq xo‘jalik binolari va boshqa imoratlar qurish; mulkdorning joyi ichidagi umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, mulkdorning joyiga uning borligida kirish yoki avariya yuz bergan taqdirda belgilangan tartibda darhol kirish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulk olish, shirkatning mol-mulkini sotish, topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, balansdan chegirib tashlash; shirkat a’zolariga ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish; qonun hujjatlariga muvofiq o‘z ustav maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish; mablag‘lari shirkat ustavida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadigan maxsus fondlarni tashkil etish. Shirkat umumiy mol-mulkni asrashni ta’minlash maqsadida mulkdorlarning joylarini belgilangan tartibda qayta qurish, o‘zgartirish, qayta jihozlashni kelishib olishni amalga oshiradi. Shirkat qonun hujjatlariga va shirkatning ustaviga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Shirkat: umumiy mol-mulk, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulki belgilangan qoidalar, normalar hamda standartlarga muvofiq asralishi va saqlanishini ta’minlashi; tegishli hududda jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlariga yordam ko‘rsatishi; shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining va joy mulkdorlari yig‘ilishlarining qarorlari bajarilishini ta’minlashi; majburiy badallar va to‘lovlar o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlashi; har yili umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rejasini, shu jumladan ko‘p kvartirali har bir uy uchun shunday rejani belgilashi va uning ijrosiga doir hisobot tuzishi; har yili shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosiga doir hisobot tuzishi, shu jumladan ko‘p kvartirali har bir uy bo‘yicha shunday smeta va hisobot tuzishi; umumiy mol-mulkdan foydalanish shartlari va tartibi belgilanayotganda barcha shirkat a’zolarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi; qonun hujjatlarida va shirkat ustavida nazarda tutilgan hollarda, uchinchi shaxslar bilan umumiy mol-mulkni saqlash, unga egalik qilish hamda undan foydalanish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq munosabatlarda shirkat a’zolarining manfaatlarini ifodalashi shart. Shirkatning zimmasida qonun hujjatlariga va shirkat ustaviga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Shirkatni qayta tashkil etish qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida amalga oshirilishi mumkin. Shirkatni qayta tashkil etish shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining shirkat a’zolarining ellik foizidan ko‘p ovozi bilan qabul qilgan qaroriga binoan amalga oshiriladi. Qayta tashkil etilayotgan shirkatning mol-mulkini ajratib yoki bo‘lib berish shirkat a’zolarining shirkat mol-mulkini shakllantirishdagi ishtirokiga mutanosib tarzda amalga oshiriladi. Shirkat qayta tashkil etilayotganda umumiy mol-mulkka taalluqli texnik va boshqa hujjatlarni qabul qilib olish-topshirish amalga oshiriladi. Shirkatni tugatish qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. Shirkat tugatilayotganda shirkatning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki shirkat a’zolari o‘rtasida shirkat a’zolarining shirkat mol-mulkini shakllantirishdagi ishtirokiga mutanosib tarzda taqsimlanadi. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi va shirkat boshqaruvi shirkatning boshqarish organlaridir. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi shirkatning oliy organidir. Boshqaruv shirkatning ijro etuvchi organi bo‘lib, shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga hisobdordir. Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi: shirkat ustavini tasdiqlash hamda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; shirkatning boshqaruvini, boshqaruv raisini va taftish komissiyasini saylash hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; umumiy mol-mulkni va shirkat mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash usulini tanlash; umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini saqlash ishlarining yillik rejasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash; shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash; shirkat a’zolari majburiy badallarining miqdorini tasdiqlash; boshqaruvchilikka (ijrochi direktorlikka) nomzodni yoki boshqaruvchi tashkilotni tasdiqlash; shirkat boshqaruvi raisiga, a’zolariga va taftish komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash; shirkat xodimlarining, shu jumladan boshqaruvchining (ijrochi direktorning) ish haqi miqdorini va ularni taqdirlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash; shirkatning maxsus fondlarini tuzish va ulardan mablag‘lar sarflash tartibini belgilash; umumiy mol-mulkdan, shirkatning yer uchastkasidan va mol-mulkidan foydalanish qoidalarini belgilash; shirkat a’zolarining shirkat boshqaruvi raisi, a’zolari hamda taftish komissiyasi faoliyatiga taalluqli ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish; ko‘p kvartirali uydagi joylarni qayta qurish, o‘zgartirish va qayta jihozlashni kelishib olish tartibini belgilash; umumiy mol-mulkni ijaraga berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; xo‘jalik binolari va boshqa binolarni qurish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; qarz mablag‘lari olish, shu jumladan bank kreditlari olish, shuningdek bitta uydagi joy mulkdorlarining mablag‘larini shirkatdagi boshqa uyning ehtiyojlari uchun olib turish (qayta taqsimlash) to‘g‘risida qaror qabul qilish; shirkatning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromaddan (foydadan) foydalanish yo‘nalishlarini belgilash; shirkatlarning uyushmalariga (ittifoqlariga) va boshqa birlashmalarga kirish hamda ulardan chiqish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; shirkatni qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; boshqaruv raisi va boshqaruvchi (ijrochi direktor) shirkat a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etmagan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organining boshqaruv raisini chaqirib olish hamda boshqaruvchini (ijrochi direktori) lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi takliflarini, shuningdek ana shu lavozimlarga nomzodlar bo‘yicha tavsiyalarini ko‘rib chiqish. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi vakolatiga qonun hujjatlariga va shirkat ustaviga muvofiq boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi yiliga kamida bir marta shirkat ustavida belgilangan tartibda chaqiriladi. Shirkat a’zolarining har yilgi umumiy yig‘ilishi moliya yili tugaganidan keyin oltmish kundan kechiktirmay chaqiriladi. Shirkat a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi boshqaruvning, shirkatda kamida o‘n foiz ovozga ega bo‘lgan shirkat a’zolarining tashabbusiga, shuningdek taftish komissiyasining talabiga binoan chaqirilishi mumkin. Shirkat qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan taqdirda shirkat a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan chaqirilishi mumkin. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy, sana, vaqt, yig‘ilish kun tartibi haqida shirkat a’zolarini xabardor qilish shirkat ustavida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi kun tartibiga umumiy mol-mulkni saqlash ishlarining rejalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni, majburiy badallar miqdorlarini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash kiritilgan bo‘lsa, shirkat boshqaruvi umumiy yig‘ilish o‘tkazilguniga qadar shirkat a’zolariga mazkur hujjatlarning loyihalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi shart. Bunday tanishish tartibi shirkatning ustavida belgilanadi. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi, agar yig‘ilishda shirkat a’zolarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘prog‘i hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Bittadan ortiq uydagi joy mulkdorlarini birlashtirgan shirkatlardagi yig‘ilishda ko‘p kvartirali har bir uydagi joy mulkdorlarining yoki ular vakillarining kamida ellik foizi hozir bo‘lishi kerak. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishini oddiy ko‘pchilik ovoz bilan saylanadigan yig‘ilish raisi olib boradi. Shirkatning har bir a’zosi umumiy yig‘ilishda bir ovozga ega bo‘ladi. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. Joy mulkdorining oddiy yozma shakldagi ishonchnomasiga ega bo‘lgan shaxs shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida shirkat a’zosining vakili bo‘lishi mumkin. Shirkat a’zosining — jismoniy shaxsning ishonchnomasida uning pasportidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi va shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadi. Shirkat a’zosining — yuridik shaxsning ishonchnomasi rahbarning imzosi va muhr bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi. Ishonchnoma shirkat a’zosining vakiliga shirkat a’zolarining bitta umumiy yig‘ilishida yoki ishonchnomada ko‘rsatilgan vaqt davomida barcha yig‘ilishlarida shirkat a’zosining nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab so‘zga chiqish hamda bitta yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan yoxud barcha hollarda ovoz berish vakolatini berishi mumkin. Agar bir shaxs joy mulkdorlaridan bir nechtasining vakili bo‘lsa, u shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida manfaatlarini ifodalayotgan har bir shirkat a’zosining nomidan alohida-alohida ovoz beradi. Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qaror, agar shirkat a’zolarining ellik foizidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Qaror qabul qilinayotganda yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha shirkat a’zosining qarori ko‘rsatilgan va imzosi qo‘yilgan holda yig‘ilishga yozma shaklda berilgan shirkat a’zolarining ovozlari hisobga olinishi shirkat ustavida belgilab qo‘yilishi mumkin. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qaror shirkatning barcha a’zolari uchun majburiydir. Shirkat a’zolarining har yilgi umumiy yig‘ilishi o‘tkazilguniga qadar shirkatdagi har bir uyning joy mulkdorlari yig‘ilishlari o‘tkazilishi shart. Shirkatdagi har bir uyning joy mulkdorlari yig‘ilishi quyidagilarni tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi: umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini saqlash ishlari rejasining bir qismi sifatida har bir uydagi umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rejasini; shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasining bir qismi sifatida har bir uydagi umumiy mol-mulkni saqlash bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar smetasini; umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rejalarining hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining ijrosiga doir hisobotni. Joy mulkdorlarining yig‘ilishi qabul qilgan qaror mazkur uydagi barcha joy mulkdorlari uchun majburiydir. Shirkat boshqaruvi shirkatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Shirkat boshqaruvi shirkat a’zolari orasidan shirkat ustavida belgilangan tarkibda va muddatga umumiy yig‘ilish tomonidan saylanadi. Shirkat boshqaruvi shirkat boshqaruvi raisi tomonidan shirkat ustavida belgilangan muddatlarda, lekin oyiga kamida bir marta chaqiriladi. Shirkat boshqaruvining majlisi unda boshqaruv a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli deb topiladi. Shirkat boshqaruvining a’zosi boshqaruv majlisida bir ovozga ega bo‘ladi. Shirkat boshqaruvining qarorlari boshqaruv a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Shirkat boshqaruvining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Shirkat a’zolari shirkat boshqaruvining majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishlari mumkin. Shirkat boshqaruvi shirkat faoliyatining barcha masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilishga haqli, shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno. Shirkat boshqaruvining vakolatlariga quyidagilar kiradi: shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishini hamda joy mulkdorlari yig‘ilishini chaqirish va ularning o‘tkazilishini tashkil etish; umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini saqlash ishlari rejasining loyihasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish; shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish; shirkat ustavi talablarining va shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qarorlarining bajarilishini ta’minlash; boshqaruvchilikka (ijrochi direktorlikka) nomzodlarning yoki boshqaruvchi tashkilotning tanlov asosida tanlab olinishini tashkil etish; pudratchilarni tanlov asosida tanlagan holda umumiy mol-mulkka, shirkatning mol-mulkiga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash uchun buyurtmachi vazifalarini bajarish; tanlov g‘olibi bilan umumiy mol-mulkni va shirkat mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash uchun shartnomalar tuzish; umumiy mol-mulk, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulki asralishi va saqlanishi ustidan nazorat qilish; uskunalar, asbob-anjomlar va boshqa moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olish, ularni sotish, topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, shuningdek ularni shirkatning balansidan chegirib tashlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash; shirkat a’zolarining ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish; ish yuritish, buxgalteriya hisobi va hisobotini, mablag‘lar tushumi hamda ularni sarflash hisobini shirkatdagi ko‘p kvartirali har bir uy bo‘yicha alohida-alohida yuritish; shirkat a’zolari belgilangan majburiy badallar va to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashlari ustidan nazorat qilish hamda qarzdorlikni tugatish choralarini ko‘rish; shirkatning mablag‘larini shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan shirkat daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tasarruf etish. Shirkat boshqaruvi qonun hujjatlariga va shirkat ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra shirkat boshqaruvining ayrim vakolatlari shartnomaga binoan boshqaruvchiga (ijrochi direktorga) yoki boshqaruvchi tashkilotga o‘tkazilishi mumkin. Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, oltinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan vakolatlar boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas. Shirkat boshqaruvi: uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash ishlari tanlov asosida tuzilgan shartnomalarga muvofiq tashkil etilishi; muhandislik tarmoqlari va boshqa umumiy mol-mulkka talab darajasida xizmat ko‘rsatilishi ta’minlanishi; ta’mirlash ishlarining belgilangan normalar va talablarga muvofiq sifatli bo‘lishi hamda o‘z vaqtida bajarilishi; shirkatning mablag‘laridan uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash uchun maqsadli foydalanilishi; yer uchastkasining sanitariya holati talab darajasida bo‘lishi, obodonlashtirilishi va sug‘orish tarmog‘ining saqlanishi uchun shirkat a’zolari oldida javobgardir. Shirkat boshqaruvi umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rejalarining bajarilishi, amalga oshirilgan hamda rejalashtirilayotgan xarajatlar, majburiy badallar va to‘lovlarning yig‘imi, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foyda) haqida shirkat a’zolari oldida muntazam ravishda, uch oyda kamida bir marta hisobot beradi. Hisobot taqdim etish shakli shirkatning barcha a’zolari uchun hisobotdan foydalanish erkinligini ta’minlashi kerak va u shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Shirkat boshqaruvi raisi umumiy yig‘ilish tomonidan shirkat a’zolari orasidan shirkat ustavida belgilangan muddatga saylanadi. Shirkat boshqaruvi raisi: shirkat boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi; shirkatning manfaatlarini ifodalaydi; shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining va shirkat boshqaruvining qarorlari bajarilishini ta’minlaydi; shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining yoki shirkat boshqaruvining qarorlariga muvofiq moliyaviy hujjatlarni, shartnomalarni imzolaydi; umumiy mol-mulkni va shirkatning mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash usullari bo‘yicha, boshqaruvchilikka (ijrochi direktorlikka) nomzod yoki boshqaruvchi tashkilot bo‘yicha boshqaruv tomonidan tayyorlangan takliflarni shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi; shirkat xodimlarining ish haqi miqdori va ularni taqdirlash to‘g‘risidagi nizom, shirkatning boshqa nizomlari va qoidalari yuzasidan takliflarni shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi; qonun hujjatlariga va ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq shirkat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi hamda ularni bekor qiladi. Shirkat boshqaruvi raisining ushbu modda ikkinchi qismining to‘rtinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan vakolatlari boshqaruvchiga (ijrochi direktorga) yoki boshqaruvchi tashkilotga shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan shartnoma bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin. Shirkat taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan shirkat a’zolari orasidan kamida uch kishidan iborat tarkibda ko‘pi bilan ikki yil muddatga saylanadi. Shirkat taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida shirkat boshqaruvining a’zolari bo‘lishi mumkin emas. Shirkat taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga hisobdordir. Shirkat taftish komissiyasi shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshiradi. Shirkat taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida har yili hisobot taqdim etishi shart. Shirkat taftish komissiyasining shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisoboti shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqilguniga qadar uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditorlik tashkilotini jalb etishga haqlidir. Ko‘p kvartirali uyning umumiy joylari, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar umumiy mol-mulk hisoblanadi. Umumiy mol-mulk joy mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi. Umumiy mol-mulkdan foydalanish huquqi joy mulkdorining umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqidagi ulushiga bog‘liq emas. Umumiy mol-mulkning ayrim qismlari shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi belgilagan tartibda shirkat a’zolariga yoki boshqa shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin. Umumiy mol-mulkning ayrim qismlaridan faqat o‘z manfaatlari uchun foydalanuvchi shirkat a’zosi shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi belgilagan miqdorda shirkatga haq to‘lashi shart. Joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi asl holida ajratib berilishi mumkin emas. Joy mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni birgalikda zimmalariga olishlari shart. Umumiy xarajatlar shirkat a’zolarining umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini saqlash bilan bog‘liq xarajatlaridir. Joy mulkdorining umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi. Shirkat a’zolari umumiy xarajatlarni qoplash uchun har oyda, qoida tariqasida, pul shaklida majburiy badallar to‘laydilar. Shirkat a’zolarining majburiy badallari miqdori shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Ayrim hollarda shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi joy mulkdori tomonidan majburiy badallarning bir qismini to‘lashning pul shaklini uning umumiy xarajatlardagi ishtirokining boshqa turlariga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Mulkdorning o‘ziga qarashli joydan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni umumiy xarajatlarda to‘liq yoki qisman ishtirok etishdan ozod qilmaydi. Joy mulkdori o‘zining umumiy xarajatlardagi ishtiroki bo‘yicha majburiyatini ijara (arenda) shartnomasi asosida joyni ijaraga (arendaga) oluvchiga o‘tkazishi mumkin. Joy mulkdori majburiy badallar va to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar ijaraga (arendaga) oluvchiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida shirkatni xabardor qilishi shart. Shirkat va uning a’zolari o‘rtasidagi umumiy mol-mulkni saqlash bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlar ushbu Qonun hamda shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining qarorlari bilan tartibga solinadi. Shirkat a’zolari o‘zlariga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar uchun to‘laydigan har oylik to‘lovlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati va ularning miqdori qonun hujjatlarida hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar (ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi. Umumiy mol-mulkni saqlash umumiy mol-mulkning lozim darajadagi texnik va sanitariya holatini ta’minlashga qaratilgandir. Umumiy mol-mulkni saqlash uni boshqarishni, texnik va sanitariya holatini saqlab turishni (xizmat ko‘rsatishni), ta’mirlashni hamda bu mol-mulkni asrashga va undan foydalanish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni qamrab oladi. Umumiy mol-mulkni boshqarish: shirkatning boshqarish organlari; boshqaruvchi (ijrochi direktor) — jismoniy shaxs, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkor; boshqaruvchi tashkilot — har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot umumiy mol-mulkni shirkat bilan tuzilgan shartnoma asosida berilgan vakolatlar doirasida boshqaradi. Umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha faoliyat: shirkat; joy mulkdorlari; pudratchilar (yuridik yoki jismoniy shaxslar) tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Pudratchilar umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatishni va uni ta’mirlashni shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi. Yer uchastkalari shirkatga belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi. Shirkatlar qayta tashkil etilganda, shuningdek joy mulkdorlari shirkat a’zoligidan chiqqanda (shirkatga a’zo bo‘lib kirganda), shirkatlarning yer uchastkalari chegaralari (o‘lchamlari) belgilangan tartibda o‘zgaradi. Shirkat tarkibidan uning a’zolari — joy mulkdorlarining bir qismi chiqishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda yer uchastkasining bir qismi olib qo‘yilishi shirkatga yetkazilgan zararning o‘rni tegishli ravishda qoplangan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shirkatning roziligi bilan amalga oshiriladi. Shirkatga taalluqli bo‘lmagan obyektlarni shirkatning yer uchastkasida joylashtirish shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining roziligi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shirkatning yangi quriladigan obyektlari uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o‘lchamlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq belgilanadi. Shirkatning shirkat yer uchastkalarida joylashgan, alohida turgan obyektlar mulkdorlari bilan munosabatlari qonun hujjatlari asosida va mazkur mulkdorlar o‘rtasidagi kelishuv bilan tartibga solinadi. Shirkatning mol-mulki pul mablag‘lari, binolar, inshootlar, uskunalar, asbob-anjomlar, transport vositalari hamda shirkat mablag‘lari hisobiga va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda olingan o‘zga mol-mulkdan, shuningdek shirkatning yer uchastkasidagi ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish elementlaridan iborat bo‘ladi. Shirkatning pul mablag‘lari quyidagilardan tarkib topadi: shirkat a’zolarining majburiy badallari; shirkat a’zolarining ixtiyoriy badallari; yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy hayriyalari; tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foyda); qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar va tushumlar. Alohida ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlari shirkat a’zoligidan chiqqan taqdirda, bu ko‘p kvartirali uyni kapital ta’mirlash uchun joy mulkdorlari tomonidan mablag‘larni maqsadli jamg‘arish hisobiga to‘plangan shirkat pul mablag‘larining bir qismi yangi tuzilayotgan shirkatga belgilangan tartibda o‘tkazilishi kerak. Shirkatlarning tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. Shirkatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Quyidagi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi 761–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 113-modda); O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 762–I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 114-modda). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
54
35,391
Qonunchilik
Statistika boshqarmasi hisobotlar topshirish muddatlarini eslatadi
XUMSh statistika hisobotlari  XUMShning statistika hisoboti 2017 yilning 15 fevraligacha taqdim qilinishi kerak. Bunda tashkilotlar «8-kom shakli» (yillik) «Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati toʻgʻrisida»gi shakl boʻyicha hisobot topshirishadi. Shuningdek, Boshqarma eslatib oʻtadiki, Toshkent shahridagi XUMSh uchun barcha tumanlar statistika boʻlimlarida hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasida (Mirobod tumani, Amir Temur shohkoʻchasi, 11, 35-хona, tel. 230-88-14, 230-88-25) hisobotlarni elektron shaklda toʻldirish va joʻnatish masalalari boʻyicha bepul maslahatlar koʻrsatilmoqda. Kichik biznes sub’yektlarining statistika hisobotlari Mikrofirmalar va kichik korхonalar 2016 yil uchun 1-KV (yillik) «MIKROFIRMA VA KIChIK KORXONA HISOBOTI» shakli boʻyicha hisobotni 2017 yilning 27 fevralidan kechiktirmay, chet el investitsiyalari qatnashgan va хorijiy kapital ishtirokidagi mikrofirmalar va kichik korхonalar 2017 yilning 27 martidan kechiktirmay hisobot topshirishlari zarur.  Bundan tashqari alohidagi faoliyat turlari uchun “1-KV shakliga ilova” shakliga ilova qilinayotgan jadvalga binoan Ilova taqdim etilishi koʻzda tutilgan. Notijorat tashkilotlar statistika hisobotlari ***  Ma’lumotda qayd qilinishicha, amalga oshirilayotgan faoliyat turi va хodimlarning soniga bogʻliq holda yillik statistika hisobotining boshqa shakllarini taqdim etish ham koʻzda tutilgan. Qoʻmita saytidagi «Xizmatlar» («Hisobotlar roʻyхati») boʻlimida tashkilotingizga 2017 yil uchun hisobotlar Roʻyхatini mustaqil ravishda shakllantirish imkoni mavjud, «Stat-Info» («Hisobot shakllari») boʻlimida esa blankalarni va ularni toʻldirish  boʻyicha tushuntirishlarni yuklab olish mumkin. Eslatib oʻtamizki,  davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan hisobotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib koʻrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtadi. Ma’lumot uchun tyelefonlar: 230-88-29, 230-88-09, 230-88-07. Mavzuga oid materiallar: «eStat 2.0» statistika tizimi ERI kalitlari bilan integratsiyalashdi 2017 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi
66
2,314
Qonunchilik
“Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 719-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 10-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonunning maqsadi investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: investitsiyalar — qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar; investor — investitsiya faoliyati obyektlariga o‘z mablag‘larini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti; investitsiya majburiyati — investitsiya loyihasida nazarda tutilgan muayyan maqsadlarga erishish uchun investorning o‘zi qabul qiladigan majburiyati; investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui; investitsiya faoliyati ishtirokchisi — investorning buyurtmalari bajarilishini ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyekti; reinvestitsiyalar — investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar. Investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo‘linadi. Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi. Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish va o‘zlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi. Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi. Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat: yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli ishtirok etish, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar olish; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan qarz majburiyatlarini olish; konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalarni olish; qonun hujjatlariga muvofiq mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga, shuningdek savdo obyektlari va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlariga, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, mulk huquqini olish; yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida) huquqini olish. Investitsiyalar qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. Investitsiyalarning birlamchi yoki takroran kiritiladigan shakllari o‘zgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi o‘zgarishiga olib kelmaydi. Investitsiya loyihasi iqtisodiy, ijtimoiy naf va boshqa yo‘sindagi naf olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar kompleksi yoki alohida tadbirdir. Investitsiya loyihasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: loyihalashtirishga texnik topshiriqni ishlab chiqish; investitsiya loyihasining loyihalovchisini aniqlash; loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish; investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish maqsadida ishlarni amalga oshirish texnologiyalarini, uskunalarini va uslublarini aniqlash; moliyalashtirish manbalarini aniqlash; investitsiya faoliyati ishtirokchilarini aniqlash; investitsiya faoliyati ishtirokchilari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa organlar bilan birgalikda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda kelishib olish, shu jumladan investitsiya loyihasining moliyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik foydasini baholash; investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish; loyihaoldi va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq uskunalarni yetkazib beruvchini aniqlash va pudratchi tashkilotni tanlash; investor va investitsiya faoliyati ishtirokchilari tomonidan investitsiya loyihasi bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar hamda erishilgan kelishuvlarni bajarish, shu jumladan moliyalashtirishni amalga oshirish, uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish hamda ishga tushirish-sozlash, qurilish va montaj ishlarini bajarish, investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarishdan olingan foydani taqsimlash; investor va investitsiya faoliyati ishtirokchilari hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa organlar tomonidan investitsiya loyihasi ro‘yobga chiqarilishining borishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish. Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan tadbirlarning amalga oshirilishi zaruriyati va ketma-ketligi investitsiya faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Investitsiya resurslariga quyidagilar kiradi: pul va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan kreditlar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar; ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy qimmatliklar) hamda ularga bo‘lgan huquqlar; intellektual mulk obyektlari, shu jumladan texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnikaga, texnologiyaga, tijoratga oid va boshqa bilimlar, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi majmui, nou-xau; yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolarga, inshootlarga, uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek mulk huquqidan kelib chiquvchi boshqa ashyoviy huquqlar. Investitsiya resurslariga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qimmatliklar ham kiritilishi mumkin. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir. Barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiya kiritish taqiqlanadi. Quyidagilar investitsiya faoliyati subyektlari (investorlar va investitsiya faoliyati ishtirokchilari) bo‘lishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (jismoniy shaxslar), O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar; davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari; chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq buyurtmachi (mablag‘ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi sifatida ish yuritishi, shuningdek investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifalarini bajarishi mumkin. Investitsiya faoliyati ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma asosida investorning buyurtmasini bajaruvchi sifatida ish yuritadi. Investor: investitsiya kiritish hajmlarini, turlarini, shakllarini va uni amalga oshirish yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilashga; investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun, qoida tariqasida, tanlov (tender) savdolari natijalariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga; o‘z investitsiyalariga hamda investitsiya faoliyati natijalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishga; investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin mustaqil va erkin tasarruf etishga; mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan va har qanday mulkiy huquqlardan o‘z zimmasiga olgan barcha turdagi majburiyatlarining, shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarining ta’minoti sifatida foydalanishga; o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda kompensatsiya olishga; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirishga haqli. Investor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Investor: qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi; investitsiya kiritishi munosabati bilan o‘z zimmasiga olgan shartnoma majburiyatlarini bajarishi; investitsiya loyihalarining sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga rioya etilishiga taalluqli qismi bo‘yicha ekspertiza xulosasini olishi; shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi; davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yadigan talablarini bajarishi shart. Investorning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Investitsiya faoliyati ishtirokchisi: tanlov (tender) savdolarining ishtirokchisi bo‘lishga; investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish uchun shartnomalar tuzishga; agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investor oldidagi o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb etishga; agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya faoliyati obyektining haqiqiy qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan tejamni mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli. Investitsiya faoliyati ishtirokchisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Investitsiya faoliyati ishtirokchisi: qonun hujjatlarida belgilangan texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablariga rioya etishi; shartnomalarni o‘z vaqtida va lozim darajada bajarishi; shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli investorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi; davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yadigan talablarini bajarishi; mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanishi; litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishi shart. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Investitsiya faoliyati jarayonida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati tanlov (tender) savdolari natijalariga ko‘ra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali belgilanadi. Investitsiya faoliyati subyekti bozorda ustun mavqeni egallagan hollarda narxlar vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish: investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish; asosiy fondlarning jadal amortizatsiya qilinishi huquqini berish; texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash; raqobatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni qo‘llash; kredit siyosatini va narx belgilash siyosatini o‘tkazish; yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish shartlarini belgilash; investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash; O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarining ro‘yobga chiqarilishini monitoring qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yo‘llar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Davlat investitsiya faoliyatini quyidagi yo‘llar bilan rag‘batlantiradi: investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish; investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek faoliyat turiga va investitsiya hajmlariga qarab har bir alohida holat uchun belgilanadigan muddatlarga preferensiyalar berish; erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish; xalqaro shartnomalar tuzish. Markazlashtirilgan investitsiyalar: O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobidan; O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarni, zayomlarni jalb etish hisobidan amalga oshiriladi. Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Markazlashtirilgan investitsiyalar asosan mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida davlat maqsadli dasturlarini ro‘yobga chiqarishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida ajratiladi. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida qabul qilinadi. Markazlashtirilmagan investitsiyalar quyidagilardir: investorning o‘z mablag‘lari; banklarning kreditlari, shu jumladan chet el banklaridan O‘zbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan kreditlar; to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari. Markazlashtirilmagan investitsiyalar qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. Markazlashtirilmagan investitsiyalarni boshqarish investor tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Markazlashtirilgan investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir taxminlar, ilmiy-texnikaviy va keng ko‘lamli davlat maqsadli dasturlari hamda ushbu investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini aniqlovchi texnikaviy-iqtisodiy asoslarga binoan davlat organlari tomonidan qabul qilinadi. Umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan keng ko‘lamli davlat maqsadli dasturlarining loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiyalar hajmlarini tasdiqlaydi. Markazlashtirilmagan investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar investor tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi. Markazlashtirilgan investitsiyalarni joylashtirish, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tanlov (tender) savdolari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Markazlashtirilmagan investitsiyalarni joylashtirish belgilangan tartibda investor tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari — bu uzoq muddatli istiqbol uchun tasdiqlanadigan, tarmoq, hududiy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalari asosida shakllantirilgan hamda mamlakat iqtisodiyotini barqaror va izchil rivojlantirishga erishishga, mavjud tabiiy, mineral-xomashyo, moliyaviy, moddiy, mehnat resurslaridan va boshqa resurslardan oqilona foydalanish yo‘li bilan mamlakat iqtisodiyotining ayrim tarmoqlari hamda mintaqalarini tuzilmaviy jihatdan o‘zgartirish bo‘yicha asosiy ustuvorliklar va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan choralar majmuidir. O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari tasdiqlangan rivojlantirish konsepsiyalari asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umumdavlat dasturlari bajarilishini ta’minlash maqsadida uch yillik muddatga shakllantirilib, bunda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muddatlari hamda moliyalashtirish manbalari hisobga olinadi, ularning asosiy ko‘rsatkichlari har yili aniqlashtirib va yangilab boriladi. O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish manbalari qonun hujjatlarida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el investitsiyalarini jalb etgan holda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda majburiy davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi shart. Boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablari va boshqa talablar bajarilishiga taalluqli qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim. Kichik tadbirkorlik subyektlarining banklar kredit resurslari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tijorat banklari tomonidan ekspertiza qilinishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida ro‘yobga chiqariladigan investitsiya loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertiza qilinishi lozim. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida tegishli investitsiya fondlari tuzilishi mumkin. Davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular o‘zlari vakolatli bo‘lgan va aniq qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarni ko‘rishi mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati subyektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki faoliyatini cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas. Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq belgilanadigan, O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlarini qabul qilish, ularga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Davlat investitsiyalarning himoya qilinishini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi. Investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar bundan mustasno. Investitsiyalarni rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror: ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollardan kelib chiquvchi vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarning yoki investorlar boshqa aktivlarining eng kam miqdori bilan cheklanadigan; kamsitilmaydigan asosda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan; yetkazilgan zararga mutanosib ravishda kompensatsiya to‘lanadigan rekvizitsiya bo‘yicha talablarga rioya etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Davlat mazkur kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishiga kafil bo‘ladi. Investor investitsiyalarni rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan sud tartibida nizolashishga haqli. Investitsiyalarni va investorlarning tavakkalchiliklarini sug‘urtalash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Investitsiya faoliyati subyektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin uning xohishiga ko‘ra reinvestitsiya qilinishi yoki undan boshqa har qanday usulda foydalanilishi mumkin. Investitsiya faoliyati subyekti tomonidan olingan qimmatli qog‘ozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuningdek olingan mol-mulkning qiymati yoki ijara uchun to‘lovlarning o‘rni ular olib qo‘yilgan (rekvizitsiya qilingan) hollarda, ushbu subyektga qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensatsiya qilinadi). Investitsiya faoliyati subyektining hisobvaraqlaridan foydalanishni cheklab qo‘yish yoki mablag‘larni majburan olib qo‘yish qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va ularni himoya qilish choralari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlar berishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ko‘maklashishni, maxsus soliq va to‘lov rejimi yaratilishini, investitsiya loyihalari ro‘yobga chiqarilishining davlat monitoringi o‘tkazilishini va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga olishi mumkin. Investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va ularni himoya qilish choralari investitsiya faoliyati subyektlariga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi. Investitsiya faoliyati subyektlari manfaatlariga muayyan tarzda daxldor bo‘lgan umummajburiy xususiyatga ega qonun hujjatlari ular uchun erkin foydalanishda bo‘lishi lozim. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari investitsiya faoliyati subyektlarining o‘z investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni ularning so‘rovlariga ko‘ra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart. Investitsiya faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish investorning qaroriga, vakolatli davlat organining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilingan qaroriga yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Investitsiya faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror: investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb e’lon qilingan yoki bankrot deb topilgan; favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan; qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablari va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar investitsiya faoliyati davomida aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin. Investitsiya faoliyatini tadbirkorlik subyekti faoliyatini to‘xtatib turishga yoki tugatishga olib keladigan tarzda cheklash, to‘xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda investitsiya faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi. Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda investitsiya faoliyati subyektiga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish davomida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, investitsiya faoliyati subyekti o‘ziga yetkazilgan zararning, shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
116
25,521
Qonunchilik
Pensiya va nafaqalarning miqdorlari oshirildi
Prezidentning 29.04.2022 yildagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. 2022 yil 1 maydan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshiriladi. Shuningdek, hujjat bilan 2022 yil 1 maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagilar belgilandi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimi orqali 2022 yil 1 aprelga qadar nafaqa va moddiy yordam tayinlash uchun ma’lumotlarning хato taqdim etilishi, kiritilishi va teхnik sabablar tufayli fuqarolarga ortiqcha toʻlangan summalar hisobdan chiqariladi. Hujjat bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida 30.04.2022 yilda e’lon qilindi va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
45
877
Qonunchilik
BANKROT DEB E’LON QILINGAN KORXONANI TUGATISh BILAN BOG‘LIQ XARAJATLARNI HISOBGA OLISh TARTIBINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 17-18-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan “Bankrot deb e’lon qilingan korxonalarni tugatish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish tartibi” (1998-yil 19-avgust, ro‘yxat raqami 478) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
136
971
Qonunchilik
Davlat tashkilotlari haydovchilari ish haqi qanday boʻlishi kerak
Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3130, 23.01.2019 y). Tasdiqlangan hujjat byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari, muassasalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50%dan koʻproqni tashkil etadigan tashkilotlar uchun  majburiydir. Boshqa tashkilotlar uchun tavsiya хususiyatiga ega. Tashkilotlar haydovchilari mehnatiga haq toʻlash Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga (bundan buyon matnda YaTS deb yuritiladi) asosan haydovchining tarif stavkasiga 1,228 miqdorida tarmoq koeffitsiyenti qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi. YaTSning tegishli razryadi boʻyicha haydovchining bazaviy tarif stavkasini hosil qiladi. Bunda YaTSdan foydalanadigan хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar ularning moliyaviy imkoniyatlaridan va хoʻjalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilashlari mumkin. YaTSdan foydalanmaydigan хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar haydovchilarining mehnatiga ularda qabul qilingan mehnatga haq toʻlash tizimiga muvofiq haq toʻlaydilar. Haydovchilar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar transport vositasining (yengil, yuk, avtobus) turi va teхnik pasportida koʻrsatilgan uning parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi (quyidagi jadvalga qarang). 1-jadval. Tashkilotlar haydovchilarining (yuk avtomobillari haydovchilaridan tashqari) mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar Yengil avtomobil dvigatelining litrdagi ish hajmi; Avtobusning gabarit uzunligi, metrda YaTS boʻyicha razryad  Umumiy Tez tibbiy yordam avtomobillari; maхsus ovoz va chiroq signallari bilan jihozlangan avtomobillar  Yengil avtomobillar  1,8 litrgacha 1 2 1,8 litrdan 3,5 litrgacha 2 3 3,5 litrdan ortiq. 3 4 Avtobuslar 5 metrgacha 2 3 5 dan 7,5 gacha 3 4 7,5 dan 9,5 gacha 4 5 9,5 dan 11 gacha 5 6 11 dan 15 gacha 6 7 15 dan ortiq 7 Mototsikllar, motorollerlar hamda boshqa ikki va uch gʻildirakli motovositalar  har qanday sinfdagi 1 – 2-jadval Yuk avtomobillari haydovchilarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar Avtomobillar guruhlari (tonnada yuk koʻtarish qobiliyati), teхnik pasporti boʻyicha YaTS boʻyicha razryad I II III Bort avtomobillari Iхtisoslashtirilgan va maхsus avtomobillar: Najas, chiriydigan aхlat, hayvonlarning oʻliklari, sement, zaharli хimikatlar, suvsiz ammiak, ammiakli suv, radioaktiv moddalar va boshqa хavfli kimyoviy vositalar tashuvchi assenizatsion, sipiruvchi va tozalovchi avtotransport vositalari.  1,5 gacha – 1  1,5 dan 3 gacha 0,5 dan 1,5 gacha 0,5 gacha 2 3 dan 5 gacha  1,5 dan 3 gacha 0,5 dan 1,5 gacha 3 5 dan 10 gacha  3 dan 5 gacha 1,5 dan 3 gacha 4 10 dan 20 gacha  5 dan 10 gacha 3 dan 5 gacha 5 20 dan 40 gacha  10 dan 20 gacha 5 dan 10 gacha 6 40 dan ortiq  20 dan 40 gacha 10 dan 40 gacha 7 – 40 dan ortiq 8 Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi Avtoхoʻjaligi balansida boʻlgan yuk avtomobillari haydovchilariga razryadlar mazkur jadvalda belgilangan razryadga nisbatan ikki razryad yuqori belgilanadi: Qonun hujjatlarida tashkilotga oʻzi uchun alohida razryad belgilash vakolati berilgan boʻlsa, ushbu tashkilotda mazkur jadvalda belgilangan razryaddan boshqa razryadlar qoʻllanilishi mumkin. E’tibor bering! Haydovchilarning YaTS boʻyicha razryad shoshilinch tibbiy yordam хizmatining iхtisoslashtirilgan avtomobillari uchun boshqa tez tibbiy yordam avtomobillarining haydovchilariga nisbatan bir razryad yuqori belgilanadi. Shuningdek, kon samosvallari, tez buziladigan yuklar tashishda avtomobil-refrijeratorlar, shu jumladan avtokranlar haydovchilarining razryadi bir razryad yuqori belgilanadi. Shuningdek, hujjat bilan haydovchilarga ustamalar va qoʻshimcha haqlar belgilash tartibi, ularning miqdori hamda transport vositalarini ta’mirlash va ularga teхnik хizmat koʻrsatish davrida haydovchilar mehnatiga haq toʻlashni tartibga soladi. Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 18.01.2019 yildagi 47-son qarori bilan YaTSga oʻzgartirishlar kiritildi: 1, 2 va 3 razryadlar boʻyicha tarif koeffitsiyentlari oshirildi (batafsil qarang). Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.01.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
65
4,195
Qonunchilik
TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh VA TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMIDAN FOYDALANISh HUQUQINI BERISh UChUN TALABNOMANI TUZISh, TOPShIRISh VA KO‘RIB ChIQISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomi to‘g‘risidagi”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qaroriga muvofiq buyuraman: 1. “Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari” (bundan keyin — Qoidalar) tasdiqlansin. 2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng 10 kundan keyin kuchga kiradi. 3. 2002-yilning 20-iyundagi 34-sonli buyruq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Ushbu buyruqning ijro etilishi yuzasidan nazorat qilish direktor o‘rinbosari V.V. Yermolayeva zimmasiga yuklatilsin. Ushbu “Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari” (bundan keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan va tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi. Qonun — O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni. Vazirlik — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Davlat muassasasi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi. Talabnoma — tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma hamda avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma. Reyestr — tovar kelib chiqqan joy nomlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat reestri 1. Qonunning 5-moddasiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi — bu mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning (bundan keyingi o‘rinlarda jo‘g‘rofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan nomi bo‘lib, bunda tovarning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadi. 2. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatga olinadigan belgi jo‘g‘rofiy obyektning zamonaviy nomi, ushbu obyektning tarixiy nomi yoki ulardan kelib chiqqan nom bo‘lishi mumkin. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatga olinadigan belgi qo‘shimcha ravishda tovarning turi (jinsi)ga oid belgiga ishora bo‘lishi mumkin. 3. Qonunning 5-moddasiga muvofiq ushbu qoidalarning 1- va 2-bandlarida qayd etilgan belgilar, agar ular alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni belgilash uchun ishlatilsa, tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. 4. Qonunning 11-moddasiga muvofiq quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin emas: a) tovar ishlab chiqarilayotgan joyga nisbatan iste’molchini chalg‘itadigan jo‘g‘rofiy nomlarni ifodalovchi belgilar; b) tovar ishlab chiqariladigan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatadigan, ammo tovar boshqa hududdan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurni beradigan belgilar; v) tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog‘liq bo‘lmagan jo‘g‘rofiy nomlarni ichiga oladigan va O‘zbekiston Respublikasida ma’lum turdagi tovar belgisi sifatida umumiy iste’molga kirgan belgilar. 5. Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq quyidagi talabnomalar bir-biridan farqlanadi: a) tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma; b) ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma; 6. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta tovar kelib chiqqan joy nomiga oid bo‘lishi lozim. 7. Qonunning 9-modda ikkinchi qismi 2-, 3-, 5-xatboshisiga muvofiq, talabnoma tarkibida quyidagilar bo‘lishi kerak: a) tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi ariza yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqida ariza (bundan keyingi o‘rinlarda ariza deb yuritiladi), talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar), uning (ularning) joylashgan joyi yoki turar joyi ko‘rsatilgan holda; b) talabnoma berilgan belgi; v) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovarning turi; g) tovar ishlab chiqarilgan joy (jo‘g‘rofiy obyekt chegaralari) ko‘rsatilishi; d) tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi. 8. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismiga muvofiq talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak: a) talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdordagi patent boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat; b) vakolatli idoraning ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektda talabnoma beruvchining joylashganligi va alohida xususiyatlari mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni uning tomonidan ishlab chiqarilayotganligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xulosasi; v) xorijiy talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan talabnomaga ushbu bandning (b) kichik bandida ko‘rsatilgan hujjat o‘rniga talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. 9. Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi. 10. Avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi talabnoma ushbu Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi. “Talabnoma” so‘zidan yuqorida joylashgan grafalar, talabnoma Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun mo‘ljallangan va talabnoma beruvchi tomonidan to‘ldirilmaydi. Agar ba’zi bir ma’lumotlarni tegishli grafalarda to‘liq joylashtirish imkoni bo‘lmasa, ular o‘sha shakl bo‘yicha qo‘shimcha varaqda keltiriladi va talabnomaning tegishli grafasida: “davomi qo‘shimcha varaqda” deb ko‘rsatiladi. 11. “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi: yuridik shaxsning to‘liq rasmiy nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (va otasining ismi agar u mavjud bo‘lsa), bunda familiya ismdan avval ko‘rsatiladi. Talabnoma beruvchining nomi o‘zbek va rus tillarida ko‘rsatiladi. Talabnoma beruvchining to‘liq pochta manzili, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi. 12. Nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari uchun KTUT kodi, agar u belgilangan bo‘lsa, ko‘rsatiladi. Agar KTUT kodi belgilangan bo‘lmasa, tegishli joyda “belgilanmagan” deb ko‘rsatiladi. 13. Nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan O‘zbekiston Respublikasining hududidan tashqarida yashaydigan xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ning ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi ko‘rsatiladi (agar u belgilangan bo‘lsa). 14. “Yozishmalar olib borish uchun manzil” grafasida yozishmalar olib borish uchun pochta indeksi ko‘rsatilgan manzil, xat oluvchining ismi yoki nomi, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi. Yozishmalar olib borish uchun manzil sifatida yuridik shaxs bo‘lmish talabnoma beruvchining O‘zbekiston Respublikasida joylashgan joyi yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan jismoniy shaxs bo‘lmish talabnoma beruvchining yashash joyi, yoxud Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakilining manzili yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa manzil ko‘rsatilishi mumkin. 15. “Patent vakili” grafasi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan holda to‘ldiriladi va uning to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi, agar u mavjud bo‘lsa), Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami. “Patent vakilining manzili” grafasida patent vakilining pochta indeksi ko‘rsatillgan manzili, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud bo‘lsa) keltiriladi. 16. “Talabnoma berilgan belgi” grafasida talabnoma berilgan belgi odatdagi shriftda yozilgan holda keltiriladi. 17. “Tovar turi yoki muayyan tovar” grafasida Qonunning 9-modda ikkinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi mo‘ljallangan tovar (tovarlar) ko‘rsatilishi kerak. Bunda alohida xususiyatlariga jo‘g‘rofiy obyektning (tamomila yoki asosan) tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari tufayli ega bo‘lgan haqiqatdan ham ishlab chiqarilayotgan tovarlargina ko‘rsatilishi lozim. 18. Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq taqdim etilayotgan tavsifda belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tovarning o‘ziga aynan o‘xshash tovarlardan farqlaydigan alohida xususiyatlarining ro‘yxati keltiriladi. Tavsifdan tovarning alohida xususiyatlari ushbu jo‘g‘rofiy obyekt uchun xos bo‘lgan tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga majburiy, obyektiv bog‘liq ekani ochiq-oydin kelib chiqishi kerak. Tovarning xususiyatlari umum qabul qilingan maxsus terminologiyaga (tovarshunoslik, texnik va boshqalarga) muvofiq aniq va ravshan ta’riflanishi lozim. Tavsif axborot ko‘rinishida bo‘lishi, xususan ushbu jo‘g‘rofiy obyektda xom ashyoning, tegishli iqlim, geologik yoki boshqa tabiiy sharoitlarning, tovarni an’anaviy usulda tayyorlay oladigan odamlar (jamoa)ning va boshqalarning mavjudligini ko‘rsatishi lozim. 19. Ma’danli suvning alohida xususiyatlarini tavsiflashda, tovarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, vakolatli idoraning xulosasida quyidagilarni tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak: a) organoleptik xususiyatlar: ta’mi, rangi, hidi (yoki ularning mavjud emasligi); b) ion tarkibining qisqacha ta’rifi (“dan” “gacha” oralig‘ida berilishi zarur); v) ma’danlashganligi; g) gaz tarkibi, mikroelementlar, radioaktiv elementlar, organik moddalar, faol reaksiyaning va oksidlanish-qaytarilish potensialining ta’rifi; d) balneologik xususiyatlari. 20. Talabnomada tovar ishlab chiqarilayotgan joy ko‘rsatilishi lozim. Tovar ishlab chiqarilayotgan joy jo‘g‘rofiy obyektning chegaralarini ko‘rsatish yo‘li bilan tavsiflanishi mumkin. Jo‘g‘rofiy obyektning chegaralari koordinatalar, joyning tabiiy chegaralari — daryolar, tog‘lar, ko‘llar ko‘rsatilib, ma’muriy chegaralar, ko‘p yillik inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqalar yordamida tavsiflanishi mumkin. 21. “Ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati” grafasi tegishli katakchalarda “X” belgisini qo‘yib chiqish orqali va ilova qilinayotgan hujjatlardagi nusxalar soni va har bir nusxadagi varaqlar soni ko‘rsatilgan holda to‘ldiriladi. Turi talabnoma shaklida ko‘zda tutilmagan ilova qilinayotgan hujjatlarning (“boshqa hujjat”) aniq vazifasi ko‘rsatiladi. 22. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi to‘rtinchi xatboshiga muvofiq talabnomaga ilova qilinadigan vakolatli idoraning (vakolatli idoralarning) xulosasi (xulosalari)da talabnoma beruvchi ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashgani va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Xulosa o‘z mavqeyi va ixtisoslashuviga ko‘ra tovarga nisbatan malakali bayonot bera oladigan hamda uning tayyorlovchisi nomi tovarni belgilash uchun qo‘llangan jo‘g‘rofiy obyektning chegaralarida joylashganini tasdiqlaydigan idora tomonidan taqdim etilishi lozim. Xususan, vazirlik, Fanlar akademiyasi, ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot instituti, muzey va boshqalar shunday idora bo‘lishi va bunda zarur hollarda chuqur bilimli mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. Xulosa (xulosalar), agar u (ular) Qonun talab qiladigan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bitta vakolatli idora tomonidan, yoki bir nechta idoralar tomonidan taqdim etilishi mumkin (talabnoma beruvchining joylashgan joyi va tovar ishlab chiqarish chegaralari haqidagi mahalliy hokimiyat idorasining xulosasi hamda tovarning alohida xususiyatlari haqidagi boshqa vakolatli idoraning xulosasi). 23. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat sifatida tovar kelib chiqqan mamlakatning vakolatli idorasi tomonidan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma yoki sertifikat, ushbu Qoidalarning 25-bandi shartlariga amal qilingani holda, taqdim qilinishi mumkin. 24. Talabnomaning oxirgi “Imzo” grafasini imzo qo‘yilgan sana ko‘rsatilgan holda to‘ldirish barcha hollarda majburiydir. Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan talabnoma tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi ko‘rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi. Talabnoma patent vakili orqali berilganda, talabnoma patent vakili tomonidan imzolanadi. Imzo imzolovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan holda ochib beriladi. Talabnomada qo‘shimcha varaqlar mavjud bo‘lsa, ular ham huddi shu tartibda imzolanadi. 25. Talabnomada ifodalangan belgini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ariza o‘zbek yoki rus tillarida taqdim etiladi. Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan bo‘lsa, talabnomaga ularning o‘zbek yoki rus tillaridagi tarjimasi ilova qilinadi hamda ular tarjima qilgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Boshqa tilda taqdim etilgan hujjatlar, agar ularning tarjimasi boshqa tildagi hujjatlar kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oy davomida kelib tushgan bo‘lsa, Vazirlikka kelgan sanadan e’tiboran taqdim etilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimasi kelgan sanadan e’tiboran taqdim etilgan deb hisoblanadi. 26. Talabnoma ikki nusxada taqdim etiladi. Talabnomaga ilova qilinadigan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. 27. Barcha hujjatlar ulardan cheklanmagan miqdorda nusxa olishga imkon beradigan tarzda rasmiylashtirilishi lozim. Har bir varaqning faqat bir tomonidan foydalaniladi, qatorlar varaqning eni bo‘ylab parallel joylashtiriladi. 28. Talabnoma hujjatlari pishiq, oq, silliq, yaltiramaydigan qog‘ozda bajariladi. 29. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210 x 297 mm formatga ega bo‘lib, hoshiyalarining o‘lchami quyidagicha (mm): yuqoridan — 20; o‘ng va pastdan — 20; chapdan — 25. 30. Talabnomaning har bir hujjatida ikkinchi va undan keyingi varaqlar arab raqamlari bilan raqamlab chiqiladi. 31. Hujjatlar qora rangli shriftda bosiladi. Matn 1,5 interval bilan, bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam bo‘lmagan holda bosmadan chiqariladi. 32. Nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ishlatilayotgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashgan yuridik va jismoniy shaxslar, agar ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovar Qonunning 5-moddasi bilan o‘rnatilgan talablarga javob bersa, Qonunning 6-moddasi 2 — 4-qismlariga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun va/yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma topshirish huquqiga egadirlar. Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma yuridik va jismoniy shaxs tomonidan topshirilishi mumkin. 33. Talabnoma Vazirlikka bevosita topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. 34. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin. Chet ellik yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar yoki ularning patent vakillari tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish bilan va/yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish bilan bog‘liq ishlarni Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tgan patent vakili orqali olib boradilar. Patent vakili orqali topshirilayotgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma, yoxud ishonchnomaning kerakli tarzda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi. Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi va notarial tasdiqlashni talab qilmaydi. Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda yoki talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oydan kech bo‘lmagan muddatda taqdim etiladi. Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakiliga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxsning yoki xorijiy yuridik shaxsning manfaatlariga vakillik qilish uchun ishonchnoma ushbu shaxsning o‘zi tomonidan ham, talabnoma beruvchi tomonidan berilgan tegishli ishonchnomaga ega bo‘lgan uning patent vakili tomonidan ham berilishi yoxud ishonchnomaning talab qilingan holda rasmiylashtirilgan nusxasi berilishi mumkin. Agar ishonchnoma Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bir nechta patent vakillari yoki boshqa shaxslar nomiga berilgan bo‘lsa, u holda talabnoma bo‘yicha tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga oid ishlar ularning istalgani tomonidan olib boriladi. Patent vakilining har qanday harakati talabnoma beruvchining harakatlari sifatida baholanadi. 35. Talabnoma topshirilgandan keyin u bo‘yicha ishlarni olib borish va talabnomani ko‘rib chiqish davomida o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma bergan holda vakil tayinlashi mumkin. Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakili milliy va/yoki xorijiy yuridik va/yoki jismoniy shaxsning yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxsning vakili bo‘lishi mumkin. 36. Vakillik qilish uchun ishonchnoma talabnoma topshirilayotgan vaqtda ham, ish yuritish davomida ham taqdim etilishi mumkin. Ishonchnoma talabnoma materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. 37. Ishonchnoma topshirilgunga qadar vakilning olib borgan harakatlari haqiqiy emas deb hisoblanadi va ekspertiza tomonidan inobatga olinmaydi. Vakilning unga taqdim etilgan vakolatlari doirasidagi har qanday harakati yoki Davlat muassasasining unga nisbatan har qanday harakati talabnoma beruvchining harakati yoki talabnoma beruvchiga nisbatan harakat sifatida baholanadi. 38. Vakillik ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolatlar yoki ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi. Ishochnomada ko‘rsatilgan vakolatlarni muddatidan avval to‘xtatish talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka tegishli ariza berish (ishonchnomani chaqirib olish) yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. 39. Yozishma talabnoma beruvchi yoki uning vakili tomonidan har bir talabnoma uchun alohida olib boriladi. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami ko‘rsatilishi va talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi bo‘lishi shart. Talabnoma raqami ko‘rsatilmagan materiallar ko‘rib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi. 40. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar o‘zbek yoki rus tillarida olib boriladi. Talabnoma beruvchi tomonidan boshqa tilda berilgan materiallarga ularning o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi tarjimani amalga oshirgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan holda ilova qilinadi. 41. Yillarda ifodalangan har qanday muddat tegishli keyingi keladigan yilda, muddatni hisoblash boshlangan voqea sodir bo‘lgan oy nomi va kun raqami qanday bo‘lsa, xuddi shu nomli oyda va o‘sha kunda tugaydi; ammo, agar keyingi tegishli oy o‘sha raqamli kunga ega bo‘lmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kunida tugaydi. 42. Oylarda ifodalangan har qanday muddat tegishli keyingi keladigan oyda va muddatni hisoblash boshlangan voqea sodir bo‘lgan kun raqami nechanchi bo‘lsa, o‘sha kunda tugaydi; ammo, agar tegishli oy o‘sha raqamli kunga ega bo‘lmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kuni tugaydi. 43. Kunlarda ifodalangan har qanday muddat ko‘rib chiqilayotgan voqea sodir bo‘lgan kunning keyingisidan hisoblanib, so‘nggi kunning oxirida tugaydi. 44. Agar xatlar yoki patent boji Vazirlik va Davlat muassasasiga kelib tushishi belgilangan muddatning oxirgi kuni Vazirlik va Davlat muassasasi ishlamaydigan va xatlar yoki patent boji qabul qilina olmaydigan dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, ushbu muddat ko‘rsatib o‘tilgan holatlarning birontasi mavjud bo‘lmagan keyingi ish kunigacha uzaytiriladi. 45. Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi o‘z tashabbusiga ko‘ra talabnoma ekspertizasi o‘tkazilayotgan davrda qaror qabul qilingunga qadar talabnoma materiallariga qo‘shimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritishi mumkin. Talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qo‘shimchalar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan tegishli yozma ariza topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizalarning shakli ushbu Qoidalarning 3-, 4-ilovalarida keltirilgan. Ariza Vazirlikka kelib tushganligi va uni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Arizaga talabnoma materiallariga o‘zgartirishlar kiritilganligi uchun patent boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinmasa yoki to‘langan patent bojining miqdori belgilangan miqdordan kam bo‘lsa, qo‘shimcha materiallar ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning nomi yoki talabnoma beruvchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, ushbu o‘zgarishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar mazkur Qoidalarning 94 — 97-bandlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. 46. Talabnoma beruvchi (uning vakili) topshirilgan talabnoma va unga oid hujjatlar bilan oldindan kuni va soatini kelishib olgan holda bevosita Davlat muassasasining o‘zida yoki talabnoma hujjatlarining yoxud ularning biror qismining nusxasini so‘rab olish yo‘li bilan tanishishi mumkin. So‘ralgan hujjatlarning nusxalari talabnoma beruvchiga tarif bo‘yicha xizmatlarga tegishli haq to‘langan taqdirda yuboriladi. 47. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov zaruriyati bilan bog‘liq hollardagina talabnoma materiallari bilan bepul tanishadilar. 48. Talabnoma beruvchi ekspertiza qarorida ko‘rsatilgan materiallar bilan tanishish huquqiga ega. 49. So‘ralgan hujjatlarning nusxalari talabnoma beruvchiga tarif bo‘yicha tegishli xizmatga haq to‘langan taqdirda yuboriladi. 50. Talabnoma bilan bog‘liq masalalar, odatda, ekspertiza tomonidan talabnoma berilgan belgi, u bilan belgilanishi mo‘ljallangan tovar, tovarning alohida xususiyatlari, ularning jo‘g‘rofiy obyektning tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillari yoxud bir vaqtning o‘zida tabiiy sharoitlar va boshqa omillarga bog‘liqligi bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar olish zaruriyati paydo bo‘lgan holda va talabnoma berilgan belgining muhofaza qilishga yaroqliligi, tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish imkoni masalalari bo‘yicha ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash maqsadida talabnoma beruvchi (uning vakili) ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ekspert majlisi ikkala tomon shu masalalar bilan tanishib chiqqandan so‘ng, Davlat muassasasining taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra o‘tkaziladi. Ekspertizaning savollari ekspert majlisini o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xabar qilingan so‘rovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa majlisni o‘tkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi mumkin. So‘rovnoma yuborilgan holda talabnoma beruvchi, talabnomani ko‘rib chiqishda qatnashish niyatidan qa’i nazar, so‘rovnomaga Qonunda belgilangan muddatda javob berishi lozim. 51. Ekspert majlisini o‘tkazish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Vaziyat o‘zgarib, biror tomon ekspert majlisida belgilangan vaqtda qatnasha olmasa, darhol ikkinchi tomonni bu haqda xabardor qiladi, shuningdek ekspert majlisi, agar Davlat muassasasi yoki talabnoma beruvchi uni o‘tkazishga vaqt bor yoki o‘tkazish maqsadga muvofiq emas deb hisoblasa, talabnoma beruvchi qatnashuvida o‘tkazilmaydi. Talabnoma beruvchining vakili ushbu qoidalarning 34 — 38-bandlaridagi shartlar bajarilgan holda ekspert majlisida qatnashishi mumkin. 52. Davlat ekspertizasining so‘rovnomasi bo‘yicha qo‘shimcha materiallar talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy davomida taqdim etilishi lozim. Qonunning 13-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq so‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati talabnoma beruvchining yozma iltimosiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimos bilan birga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat topshiriladi. 53. Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy davomida topshiriladi. 54. Talabnoma beruvchiga so‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi. 55. Agar iltimosnoma belgilangan muddat buzilgan holda berilgan bo‘lsa, shuningdek patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan yoki to‘langan boj summasi belgilangan miqdorga to‘g‘ri kelmagan bo‘lsa, so‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda talabnoma beruvchiga uning iltimosi rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi. 56. Qonunning 13-moddasi beshinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan quyidagi muddatlar tiklanishi mumkin: a) ekspertiza so‘rovnomasi bo‘yicha qo‘shimcha materiallarni taqdim etish muddati; b) davlat ekspertizasi so‘rovnomasiga javob berish muddati; 57. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan muddat o‘tib ketgan kundan e’tiboran ikki oy mobaynida muddat o‘tkazib yuborilganiga asosli sabablar ko‘rsatilgan holda topshiriladi. 58. Iltimosnoma bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. 59. O‘tkazib yuborilgan muddat tiklanganligi to‘g‘risida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. 60. Ushbu Qoidalarning 57- va 58-bandlarida ko‘rsatilgan talablardan aqalli bittasi bajarilmagani aniqlangan holda, iltimosnoma qondirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi. 61. Qonunning 17-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega. Talabnomani chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza talabnoma ko‘rib chiqilayotgan istalgan bosqichda, lekin tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatga olingan sanadan yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi yozuv kiritilgan sanadan kechikmay, topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga uning talabnomani chaqirib olish to‘g‘risidagi arizasi qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. 62. Chaqirib olingan talabnoma bo‘yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi (bunday talabnoma ekspertizasi o‘tkazilmaydi, tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatga olinmaydi va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi taqdim etilmaydi). Chaqirib olingan talabnoma boshqa talabnomalarning ekspertizasini o‘tkazishda e’tiborga olinmaydi. 63. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari, agar ushbu materiallar tarkibida kamida o‘zbek yoki rus tilida topshirilgan tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazishga va undan foydalanish huquqini berishga ariza yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga ariza, shuningdek talabnomani topshirish va talabnoma topshirilgan belgining davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lsa, kelib tushgan sana ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olinadi. O‘zbek yoki rus tilidan boshqa tilda topshirilgan talabnoma ro‘yxatga olinmaydi va uni topshirgan shaxsga qaytarib yuboriladi. 64. Talabnomaga Vazirlikning uchta harfli va sakkiz xonali raqamli koddan iborat qayd raqami beriladi. Koddagi birinchi harf (J) sanoat mulki obyektining turini — tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni, keyingi ikki harf (GU) muhofaza hujjatining turini — tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani bildiradi, talabnoma raqamidagi sonlar talabnoma topshirilgan yilni (katta razryaddagi to‘rtta son) va shu yilda kelib tushgan talabnomalar seriyasidagi tartib raqamini bildiradi (kichik razryadli to‘rtta son). Har bir yil seriyasidagi tartib raqam 1 (bir)dan boshlanadi. 65. Ro‘yxatga olingan talabnoma qaytarilmaydi. 66. Vazirlikka kelib tushgandan boshlab chop etilgunga qadar talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinmaydi. 67. Qonunning 14-moddasi birinchi qismiga muvofiq rasmiy ekspertizaning o‘tkazilish muddati talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab 30 kunni tashkil qiladi. Talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilganda, bu muddat mos ravishda uzaytiriladi. 68. Qonunning 14-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq rasmiy espertizani o‘tkazish mobaynida talabnoma materiallarining tarkibi, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Ushbu tekshirish natijalari bo‘yicha talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 69. Rasmiy ekspertizani o‘tkazishda taqdim etilgan materiallar ichida quyidagi hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi: a) tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berishga ariza yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga ariza; b) talabnoma beruvchining (beruvchilarning) nomi yoki ismi, manzilining (manzillarining) ko‘rsatilganligi; v) patent vakilining, agar u bo‘lsa, ismi va manzili; g) talabnomada ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan belgi; d) tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovarning turi, bunda tovar ishlab chiqarilayotgan joy (jo‘g‘rofiy obyektning chegaralari) ko‘rsatiladi; e) tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi; j) talabnoma topshirish va talabnoma berilgan belgining ekspertizasini o‘tkazish uchun patent boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat. z) patent vakiliga berilgan ishonchnoma; i) vakolatli idoraning (idoralarning) talabnoma beruvchi ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligi va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi haqidagi xulosasi (xulosalari); k) xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda uning tomonidan talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat; l) boshqa tilda topshirilgan materiallarning talabnomaga ilova qilingan o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi. 70. Rasmiy ekspertizani o‘tkazishda ushbu Qoidalarning 69-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar va hujjatlarning mavjudligi va ushbu bandning a), b), g), d), e) kichik bandlarida sanab o‘tilgan hujjatlarning ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. 71. Talabnoma topshirilgan sana ushbu Qoidalarning 69-bandi a), b), g), d), e) kichik bandlarida sanab o‘tilgan hujjatlar va ma’lumotlar kelib tushgan sana yoki, agar hujjatlarning hammasi bir vaqtda taqdim etilmagan bo‘lsa, oxirgi hujjat kelib tushgan sana bo‘yicha belgilanadi. 72. Boshqa tilda topshirilgan talabnoma hujjatlarining o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi (ushbu Qoidalarning 69-bandi “l” kichik bandi) taqdim etilmagunga qadar, hujjatlar topshirilmagan deb hisoblanadi. 73. Agar rasmiy ekspertiza o‘tkazish jarayonida talabnoma xujjatlari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga Qonunning 13-moddasi uchinchi qismiga muvofiq aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilgan so‘rovnoma yuboriladi va unda talabnoma beruvchiga so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan ma’lumotlar va/yoki hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi. 74. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda so‘ralgan barcha ma’lumotlar va/yoki hujjatlar bo‘lmasa, unga qayta so‘rovnoma yuborilishi mumkin. Rasmiy ekspertiza so‘roviga javob olinmagan, javob berish uchun belgilangan muddat buzilgan va bu muddat ichida uni uzaytirish haqidagi iltimosnoma taqdim etilmagan bo‘lsa, talabnoma beruvchiga talabnomani ko‘rib chiqish uchun qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risida qaror yuboriladi. 75. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan, shuningdek so‘ralgan ma’lumotlar talabnoma beruvchi tomonidan o‘z vaqtida taqdim etilgan holda, talabnoma topshirilgan sana belgilanadi va talabnoma beruvchiga ushbu sanadan e’tiboran talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qaror yuboriladi. Talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi haqidagi qarorda talabnoma beruvchi Qonun va ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa ma’lumotlar va/yoki hujjatlarni taqdim etish zarurligi haqida xabardor qilinishi mumkin. 76. Agar ekspertizaning so‘rovnomasiga talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda so‘ralgan ma’lumotlar va/yoki hujjatlar bo‘lmasa, talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi. 77. Talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda bunday qarorni qabul qilish uchun asoslar ko‘rsatiladi. 78. Qonunning 15-moddasiga muvofiq talabnoma berilgan belgining ekspertizasi jarayonida ushbu belgining Qonunning 6-,11-moddalarida belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi natijalari bo‘yicha tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror yoxud ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki undan foydalanish huquqini berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi. 79. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi ko‘rib chiqishga qabul qilingan talabnomalar bo‘yicha rasmiy ekspertiza tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. 80. Talabnoma berilgan belgi ekspertizasini o‘tkazish davomida quyidagilar tekshiriladi: a) talabnomaning o‘zi va unga ilova qilingan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirish tartibi ushbu Qoidalarning 5 — 31-bandlarida talabnoma materiallariga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi, tekshiruvi rasmiy ekspertiza davomida amalga oshiriladigan talabnoma materiallari bundan mustasno (ushbu Qoidalarning 70 — 73-bandlari); b) talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-, 11-moddalarida unga nisbatan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi; v) talabnoma beruvchining ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va boshqa omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi haqidagi vakolatli idoraning (vakolatli idoralarning) xulosasi (xulosalari)ning mavjudligi va mazmuni; g) agar talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilishi so‘ralayotgan tovarga xos alohida xususiyatlar tavsifining Reestrdagi ma’lumotlarga muvofiqligi. 81. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlashda quyidagilar tekshiriladi: a) talabnoma berilgan belgining, ushbu Qoidalar 5-bandining mazmuni e’tiborga olingan holda, jo‘g‘rofiy obyektning zamonaviy rasmiy nomiga yoki tarixiy nomiga muvofiqligi; b) nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnomada keltirilayotgan jo‘g‘rofiy obyekt chegaralari talabnomada ko‘rsatilgan aynan o‘sha erda joylashganligini tasdiqlaydigan ma’lumotlarning mavjudligi; v) jo‘g‘rofiy obyekt nomining talabnoma topshirilgan sanada ushbu jo‘g‘rofiy obyektning tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari bilan belgilangan alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarni aniqlashtirish uchun qo‘llanadigan belgi sifatida mavjudligi; g) agar jo‘g‘rofiy obyektning nomi avval tovarni individuallashtirish uchun qo‘llangan bo‘lsa-yu, ammo talabnoma topshirilgan vaqtga kelib tovarning haqiqatdan ham kelib chiqqan joyi va alohida xususiyatlarini ko‘rsatuvchi dastlabki qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa, bu holda u O‘zbekistonda tayyorlanish joyi bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’lum turdagi (tur tushunchasi) tovarning belgisi sifatida umumiste’molga kirgan belgi deb hisoblanadi; d) belgilanishi uchun ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovarning ko‘rsatilganligi, bunda u ishlab chiqarilgan joy (jo‘g‘rofiy obyektning chegaralari) ko‘rsatiladi; e) tovarning alohida xususiyatlari tavsifining mavjudligi va ularning vakolatli idora xulosasiga muvofiqligi. 82. Vakolatli idora xulosasining mazmuni tekshirilayotganda, quyidagilarni tasdiqlaydigan ma’lumotlarning mavjudligi aniqlanadi: a) talabnoma beruvchining nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilayotgan joyda ekanligi; b) talabnomada ko‘rsatilgan tovarning talabnoma beruvchi tomonidan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilgan joy hududida ishlab chiqarilganligi; v) talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarda talabnomada ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektning tamomila yoki asosan tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillar tufayli ega bo‘lgan alohida xususiyatlarining mavjudligi; 83. Tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi vakolatli idoraning xulosasiga muvofiq bo‘lishi va ushbu xulosa talabnomaga Qonunning 9-moddasi uchinchi qismida ko‘zda tutilgan holda talabnomaga ilova qilingan bo‘lishi lozim. 84. Talabnoma materiallari Qonunda o‘rnatilgan talablarga mos kelmagan hollarda, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilgan so‘rovnoma yuboriladi va so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida yetishmagan yoki tuzatilgan ma’lumotlarni va/yoki hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi. 85. So‘rovnoma yuborish uchun quyidagi holatlar asos bo‘lishi mumkin: a) talabnoma berilgan belgini aniqlash zaruriyati; b) ushbu Qoidalarning 7-, 21-, va 22-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etish zaruriyati; v) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqi yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovar turini aniqlash zaruriyati; g) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqi yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovarning ishlab chiqarilayotgan joyini aniqlash zaruriyati; d) talabnomada ko‘rsatilgan tovarning alohida xususiyatlarining tavsifini aniqlash zaruriyati; e) vakolatli idoraning bayonotiga kirgan va ushbu Qoidalarning 80-bandi v) kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga, xususan tovarda alohida xususiyatlar mavjudligini, ularning talabnomada ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga mustahkam bog‘liqligini tasdiqlaydigan ma’lumotlarga aniqlik kiritish zaruriyati. 86. Yuqorida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra talabnoma beruvchiga yuborilayotgan so‘rovnomaga, shuningdek, talabnomani ko‘rib chiqishda paydo bo‘ladigan boshqa turdagi savollar, kamchilik va takliflar ham kiritilishi mumkin. So‘rovnomada biron-bir savol bo‘yicha keltiriladigan ekspertizaning fikri Qonunning va ushbu Qoidalarning nizomlariga iqtiboslar bilan asoslangan bo‘lishi lozim. 87. Ekspertiza so‘rovnomasi bo‘yicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar ushbu Qoidalarning 94 — 97-bandlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. 88. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so‘ralgan materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 12-paragrafida ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma bo‘yicha ish yuritish to‘xtatiladi. O‘tkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklansa, bu holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin. 89. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi bilan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi aniqlangan holda, tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror qabul qilinadi. 90. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi bilan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi aniqlangan bo‘lsa, uning Reestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi qayd mavjud bo‘lgan holda, avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror qabul qilinadi. 91. Agar Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga muvofiq o‘tkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida ko‘zda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan bo‘lsa, bu holda tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 92. Agar Qonunning 13-moddasi birinchi qismiga muvofiq o‘tkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi va 6-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘zda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan bo‘lsa, uning Reestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi qayd mavjud bo‘lgan holda, avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 93. Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qarorda ushbu qarorni qabul qilishga asos bo‘lgan sabablar keltiriladi. 94. Davlat muassasasining so‘rovnomasi bo‘yicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha material kelib tushgan holda, ularni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarga rioya qilinganligi tekshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan materiallar Qonunning 13-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy davomida taqdim etilishi lozim. 95. Talabnoma beruvchi tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki Davlat muassasasining so‘rovnomasi bo‘yicha taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar kelib tushgan va ko‘rib chiqishga qabul qilingan holda, ular talabnoma mohiyatini o‘zgartirmasligi tekshiriladi. 96. Qo‘shimcha materiallar talabnoma mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etiladi, agar ularda, jumladan: a) vakolatli idoraning xulosasiga ko‘ra ushbu tovar ega bo‘lmagan xususiyatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa; b) agar talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun mo‘ljallangan tovarning nomini o‘z ichiga olgan hollarda, boshqa tovar (tovarlar) ko‘rsatilgan bo‘lsa; v) talabnoma berilgan belgi o‘zgartirilgan yoki to‘ldirilgan bo‘lsa; g) tovarlar ro‘yxati kengaytirilgan bo‘lsa. 97. Qo‘shimcha materiallar talabnoma mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etilsa, bu holda talabnoma beruvchiga ekspertizaning shunday xulosa chiqarishi uchun qo‘shimcha materiallarga kiritilgan qaysi ma’lumotlar asos bo‘lganligi xabar qilinadi. Boshqa ma’lumotlar ekspertiza o‘tkazishda hisobga olinadi.
204
45,372
Qonunchilik
Namangan viloyatida agrosanoat klasteri tashkil etiladi
U Mingbuloq va Pop tumanlarida qishloq хoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi 19 ta korхonadan tashkil topgan (VMning 5.09.2019 yildagi 736-son qarori). Klasterni tashkil etish uchun хorijiy investitsiyalar ishtirokida «Art Soft Holding» MChJ ishlab chiqarish korхonasining faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Uning tarkibiga kiruvchi 19 ta agrosanoat korхonalari 2019-2022 yillarda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, urugʻchilikni rivojlantirish, issiqхonalar qurish va h.k. bilan bogʻliq $114,2 mln miqdordagi investitsiya loyihalarini amalga oshiradi. Barcha korхonalarning mablagʻlari milliy valyutada jamlanadi va keyinchalik moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ular oʻrtasida taqsimlanadi. Klaster tarkibidagi «Art soft tex cluster» fermer хoʻjaligiga Mingbuloq tumanida 30,9 gektar yer va Pop tumanida – 31,5 gektar yer 30 yildan kam boʻlmagan uzoq muddatga ijaraga beriladi. Ushbu yerlarning ekin maydonlarida gʻoʻza, boshoqli don va boshqa qishloq хoʻjaligi ekinlari yetishtiriladi. Klasterga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi 53-son qarorining 2 va 13-bandlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 253-son qarorining 2-bandi bilan belgilangan imtiyoz va shartlar tatbiq etiladi. Klasterda ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasini tashkil qilish va mahsulotlarni eksport qilishga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida poytaхtda maхsus “Biznes markazi” quriladi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi va “Davergeodezkadastr” qoʻmitasiga auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali investitsiyaviy (kamida $1 mln ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan holda yer uchastkalari taqdim etish va boʻsh turgan davlat mulkini realizatsiya qilish huquqi berildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliys bazasida e’lon qilingan va 6.09.2019 yildan kuchga kirdi.  Lenara Xikmatova.
55
1,954
Qonunchilik
Ikkita хalqaro shartnoma tasdiqlandi
Prezident tomonidan 15 sentyabr kuni tegishli PQ-4826 va PQ-4827-son qarorlar imzolandi. Gap quyidagi hujjatlar хususida bormoqda: Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligiga mazkur хalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari Oʻzbekiston tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisida bizning хorijiy hamkorlarimizga tegishli хabarnoma yoʻllash topshirildi. Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.09.2020 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
36
509
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2013-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 12-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2013-yilgi hisoboti to‘g‘risida”gi 870-II-sonli Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2013-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin. 3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
96
545
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Ko‘chmas mulk obyektlarining va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 01/27-26/30-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Ko‘chmas mulk obyektlarining va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2652, 2015-yil 3-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 5-son, 60-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qaror muqaddimasidagi “, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga” degan so‘zlar “va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Standart muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Ko‘chmas mulk obyektlarining va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish” (keyingi o‘rinlarda standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlar bilan savdolarni tashkil qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish orqali amalga oshiriladigan rieltorlik faoliyatiga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilaydi.”. 3. Mazkur o‘zgartirishlar Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi bilan kelishilgan.
240
2,657
Qonunchilik
«Elektron hukumat»ni rivojlantirishning yangi strategiyasi taqdim etildi
«MITCROADMAP2018» konferensiyasida  «Elektron hukumat» – «SMART Government Uzbekistan» tizimini rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi, deb хabar beradi OʻzA. 2018 yilda 50 dan ortiq talabgir davlat хizmatlarini joriy qilish rejalashtirilmoqda, ulardan 70%i fuqarolarning barcha toifalari uchun moʻljallangan. Davlat organlarining ma’muriy tartib-taomillari optimallashtiriladi. Yil oхiriga qadar 400 dan ortiq ochiq ma’lumotlar toʻplami yaratiladi. Bu hukumat organlari faoliyati ochiq-oshkoraligini ta’minlaydi.   «Yagona darcha» markazlarini avtomatlashtirish va davlat organlarining 25 dan ortiq aхborot tizimlarini yaratish nazarda tutilmoqda.
72
651
Qonunchilik
Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, sog‘liqni saqlash davlat tizimining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilashga qaratilgan sog‘liqni saqlashni isloh qilish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sog‘liqni saqlashning milliy tizimini jadal rivojlantirish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish uchun umumiy amaliyot vrachlarining, patronaj tibbiyot hamshiralarining, qishloq vrachlik punktlari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining lavozim maoshlari oshirildi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida mehnatni rag‘batlantirishning bozor usullari belgilandi. Tibbiyot xodimlari mehnatini baholashning hamda ular oladigan ish haqi va mukofotning bajariladigan ishning murakkabligi va ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatiga aniq va bevosita bog‘liqligini ta’minlashning ilg‘or mexanizmlari joriy etildi. Shu bilan birga, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish zarur bo‘lgan sharoitda tibbiyot sohasini boshqarishning innovatsion modelini joriy etish, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni davom ettirish, ularning kasbiy darajasini oshirish uchun munosib shart-sharoitlar va rag‘batlantiruvchi omillar yaratish masalalari davlatning diqqat markazida turibdi. Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularning moddiy manfaatdorligini oshirish, samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, yuksak professional kadrlar salohiyatini shakllantirish maqsadida: 1. Davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 2018-yil 1-dekabrdan 1,2 baravar va 2019-yil 1-apreldan 1,15 baravar bosqichma-bosqich oshirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda xalqaro tajribani o‘rganish asosida 2019-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha quyidagilarga yo‘naltirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining lavozimiga va malakasiga, ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning murakkabligi va javobgarligiga, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalari ixtisosligiga qarab bazaviy lavozim maoshlarini joriy etish; tibbiyot xodimlari faoliyatini va mehnati unumdorligini baholashning zamonaviy usullarini joriy etish, shu jumladan, davolangan kasallar elektron statistikasini bosqichma-bosqich tatbiq etish va bemorlar o‘rtasida onlayn so‘rovlar o‘tkazish orqali joriy etish; tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ular bajaradigan ishlar sifati, erishiladigan natijalar va ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarga jamoatchilik tomonidan berilgan baholarga qarab ularga haq to‘lanishini ta’minlash; tibbiyot muassasalari rahbarlariga alohida o‘rnak ko‘rsatgan vrachlarga Tibbiyot tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilash huquqini berish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga to‘lanadigan haq miqdori oshirilishi munosabati bilan davlat tibbiyot muassasalarining qo‘shimcha xarajatlari moliyalashtirilishini, 2019-yilda va keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan zarur mablag‘lar nazarda tutilishini; 2020-yildan boshlab Tibbiyot tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmlari bosqichma-bosqich oshirilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 5. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin: a) quyidagi miqdorlarda ajratiladigan ajratmalar: davlat tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar, shu jumladan, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari xizmatlari uchun tushumlar miqdorining 2 foizi; Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalarining pullik tushumlari miqdorining 5 foizi; farmatsevtika va tibbiyot faoliyati bilan shug‘ullanish, shu jumladan, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini chakana realizatsiya qilish huquqiga litsenziyalar olish uchun talabgorlar tomonidan to‘lanadigan davlat bojlari tizimidagi tushumlar miqdorining 20 foizi shuningdek, tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun undiriladigan yig‘imlar; b) Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; v) jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari; g) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. Belgilab qo‘yilsinki: a) Jamg‘armaning mablag‘laridan: sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini mukofotlar, moddiy yordam, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va rag‘batlantiruvchi to‘lovlarning boshqa turlari tarzida moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarni moliyalashtirish, shuningdek, ularga sanatoriy-kurort, tibbiy xizmat ko‘rsatilishi va davolanish xarajatlariga haq to‘lash; uy-joy bilan ta’minlashni yaxshilashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlari va tashkilotlari tibbiyot xodimlari uchun uy-joylar qurishni tashkil etish orqali moliyalashtirish; sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini o‘qitish, ularning malakasini oshirish va amaliyot o‘tkazishini tashkil etish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga tashriflarini, O‘zbekiston hududidan tashqarida o‘tkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini, xizmat safariga yuborilishini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash; sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar xarid qilish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini saqlab turish; mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda konsalting tashkilotlarini jalb qilish; oliy va o‘rta tibbiyot ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalariga maxsus stipendiyalar to‘lashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish; sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli davlat tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlari uchun tushumlar miqdoridan Jamg‘armaga ajratiladigan mablag‘larning 37,5 foizi tegishligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining budjetdan tashqari hisob raqamiga yo‘naltiriladi hamda ushbu mablag‘lardan mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan tadbirlar uchun foydalaniladi. 7. Jamg‘armaning daromadlari, shu jumladan, vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirishdan foizlar tarzida olingan daromadlar soliqlarning barcha turlaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lovlardan 2021-yil 1-noyabrgacha ozod qilinsin. 8. Quyidagilarning: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimovning — tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilishi bo‘yicha takliflarni tayyorlashda mas’ul vazirliklar va idoralar ishi amalda muvofiqlashtirilishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanovning — Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, ushbu qarorga muvofiq sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarining ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlarini takomillashtirish uchun shaxsan mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin, shu jumladan, Jamg‘arma mablag‘larini sarflashning aniq va shaffof tartibini, uning daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobot berish masalalarini nazarda tutsin; tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan tibbiyot muassasalarida vrachlikdan boshqa faoliyatni bajaruvchi oliy ma’lumotli mutaxassislar lavozimlari nomenklaturasini qayta ko‘rib chiqsin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.A. Abduxakimov va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
152
10,130
Qonunchilik
Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida
Ezgulik, saxovat va muruvvat oyi bo‘lgan muborak Ramazon oyi bu yil mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli uyda, oila davrasida, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitida munosib o‘tkazilmoqda. El-yurtimiz turli sinov va qiyinchiliklardan yanada kuchli va qudratli bo‘lib o‘tgan holda, muqaddas Ramazon hayitini ertangi kunga katta ishonch va xursandchilik bilan kutib olmoqda. Ushbu ulug‘ ayyomning xalqimiz ma’naviy hayotida tutgan o‘rni, uning jamiyatimizda saxiylik, shukronalik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi ahamiyatini inobatga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida: 1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24-may — yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020-yil 24-may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayitining karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
39
1,650
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “FOND BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2012 YIL 19 MARTDAGI PQ-1727-SON QARORINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-martdagi PQ-1727-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “Toshkent” respublika fond birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat-tijorat Xalq banki, “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki va “O‘zsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining: “Toshkent” respublika fond birjasi” o‘z aksiyadorlaridan aksiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bozor qiymati bo‘yicha sotib olishini, Davlat mulki qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-martdagi PQ-1727-son qarorining 4-bandida ko‘rsatilgan tijorat banklaridan tashqari (keyingi o‘rinlarda tijorat banklari deb ataladi); “Toshkent” respublika fond birjasi” o‘zi sotib olgan aksiyalarni xarajatlarni hisobga olgan holda ular sotib olingan narx bo‘yicha mutanosib asosda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha tijorat banklariga sotishini; Toshkent shahar, Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan “Respublika birja markazidan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda RBM binosi deb ataladi) tarzidagi mulkiy kompleks O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan “Toshkent” respublika fond birjasi”ga berilishi hisobiga “Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondi 45 mlrd so‘mgacha oshirilishini; “Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondidagi Davlat mulki qo‘mitasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ustav fondining 75 foizidan oshadigan qismi bo‘yicha) nominal qiymati bo‘yicha tijorat banklariga sotilishini, aksiyalarni sotishdan tushgan mablag‘lar fond bozorini yanada rivojlantirish uchun, shu jumladan “Eng yaxshi korporativ boshqaruv”, “Eng yaxshi investitsiya vositachisi” va “Eng yaxshi investitsiya konsultanti” har yilgi tanlovini o‘tkazish uchun, shuningdek korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasida xalqaro konferensiyalar, “davra suhbatlari” va seminarlar o‘tkazish uchun “Toshkent” respublika fond birjasi”ning maxsus hisob raqamiga maqsadli yo‘naltirilishini nazarda tutadigan takliflariga rozilik berilsin. Ko‘rsatib o‘tilgan maxsus hisob raqamidagi mablag‘lar faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishgan holda sarflanadi. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan “Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondiga beriladigan RBM binosining qiymati 44,0 mlrd so‘m etib belgilanganligi; “Toshkent” respublika fond birjasi”ning qarori bilan RBM binosidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari egallab turgan xonalar uchun ijara to‘lovining nul stavkasi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan birgalikda “Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondi 45 mlrd so‘mgacha oshirilishini; qo‘shimcha ravishda chiqariladigan aksiyalar haqining tijorat banklari bilan birgalikda to‘lanishini; fond bozori uchun umumiy summasi kamida 6 mln AQSh dollari bo‘lgan Yagona dasturiy-texnik kompleksni yetkazib berish va joriy etishga “Toshkent” respublika fond birjasi”ning bitta aksiya kam 25 foiz miqdoridagi aksiyalar paketini ayirboshlash bo‘yicha Koreya fond birjasi bilan shartnoma tuzilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va qimmatli qog‘ozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarorida: 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 2-ilovaning 18-bandi ikkinchi xatboshiga “savdo tashkilotchilari” so‘zlaridan keyin “fond birjasi va” so‘zlari qo‘shilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “13. Reyestrga yozuv ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ushbu Nizomning 12- bandida nazarda tutilgan o‘zgartirishlar kiritish uchun asoslar paydo bo‘lgandan keyin uch ish kuni mobaynida kiritiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat ro‘yxatidan o‘tkazish organining yuridik shaxslarning davlat reyestriga yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi yozuvni kiritish haqidagi yozma tasdiqnomasi asosida qimmatli qog‘ozlar chiqarishni Reyestrdan chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir”.
188
5,226
Qonunchilik
Faol jurnalistlarga uy-joy bilan ta’minlashda yordam beriladi
Prezidentning 10.08.2017 yildagi PQ-3195-son “Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat davlat rahbari saytida e’lon qilindi. Uyushma хarajatlarini moliyalashtirishning quyidagi tartibi tasdiqlandi: Eslatib oʻtamiz,  Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi Prezidentning 9.08.2017 yildagi PQ-3184-son qarori bilan tashkil etilgan. Uning vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari bilan bizning sharhimizda tanishish mumkin. Mahalliy hokimiyat organlariga ehtiyojmand faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki yer uchastkalari bilan ta’minlash topshirildi. Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Toshkent shahar, Shayхontohur tumani, Islom Karimov koʻchasi, 16-A uyga joylashtiriladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov,  ekspertimiz.
61
1,060
Qonunchilik
26 tadan 19 tasi yoki namanganliklar bir.uz tizimida qanday natijaga erishganliklari haqida
Namanganda 22–23 dekabr kunlari bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimining navbatdagi attestatsiya imtihoni boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar va sinovdan muvaffaqiyatli oʻtganlar soni boʻyicha uning tengi topilmadi. Bir.uz ta’lim portali ma’muri Dmitriy Shubin norma.uz portaliga bergan intervyuda bu haqda batafsil gapirib berdi.  – Dmitriy, bu bir.uz tizimi Toshkentdan tashqarida oʻtkazgan ikkinchi attestatsiya imtihoni edi. Unda necha kishi ishtirok etdi? – Ariza berganlarning barchasi – 26 kishi attestatsiyaga keldi. Attestatsiya imtihonlarimizda bir kunda shuncha malaka darajasini tasdiqlamoqchi boʻlganlarni jamlamagan edik. Bungacha Namanganda 1.11.2018 yilda oʻtkazgan imtihonimizda rekord oʻrnatilgan edi. Unda 22 kishi qatnashgan.  – Ikkinchi imtihon natijalariga koʻra qancha attestat beriladi? –  19 ta. Bu ham rekord natija – bitta imtihon yakunlari boʻyicha hanuzgacha shuncha attestat bermagan edik. Bu katta natija. – Namanganliklar bir.uz tizimida muvaffaqiyatga erishishining siri nimada? – Namangandagi tajribali bosh buхgalterlardan biri – Marina Aleksandrovna Vishnevskaya bunga katta hissa qoʻshdi. Tizimimiz haqida Internetda oʻqib qolib, uni oʻz sinovidan oʻtkazdi va unga maslahat soʻrab murojaat qiladigan yoshlarga tavsiya eta boshladi.    Marina Aleksandrovna birinchi va ikkinchi imtihonda ishtirok etgan yoshlar oʻquv testidan oʻtayotganda maslahatini ayamadi. Murakkab jihatlarni ochib berdi. Birinchi imtihon yakunlanganda hamkorlikni davom ettirish taklifi bilan markazimiz ma’muriyatiga murojaat qilganini eslayman. Oʻshanda ikkinchi gal yanada sezilarli natijalarga erishishlarini va’da qilgan edi. Hamkorligimiz davom etdi, bashoratlar esa oʻzini oqladi. Vir.uz tizimidan foydalanuvchilar va attestatsiya imtihoni ishtirokchilarining mustaqil bilim olishga, kasbiy bilimlarini tasdiqlovchi hujjatlarni qoʻlga kiritishga intilishi katta rol oʻynadi. Ra’no Xojimatovani olaylik. U buхgalteriya sohasida ma’lumotga ega emas, iхtisoslik boʻyicha oʻqimagan, kasb sirlarini endigina oʻzlashtirmoqda. Uning uchun bir.uz nafaqat bilim manbai, balki tayyorgarlik darajasini baholashda yordam beradigan tizimga aylandi. U buхgalter-kassir iхtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtishga ikki marta urinib, turli natijalarni koʻrsatdi. Ikkinchi bor muvaffaqiyatli topshirganida quvonchi ichiga sigʻmadi. Hatto koʻz yoshlarini tiya olmadi.     Dekabrdagi imtihonda qatnashgan Muhammadjon Oripov esa Andijonda yashaydi. Imtihonimizda ishtirok etish uchun Namanganga ataylab keldi. Toʻgʻri, bu safar omadi kelmadi. – Ikkinchi imtihon qatnashchilari orasida birinchisida qatnashganlar koʻp edimi? – Birinchi imtihonda qatnashganlarning barchasi ikkinchisiga keldi. Faqat bunda turli maqsadlarni koʻzlagan edilar. Birinchi bor attestatsiyadan oʻtolmaganlar yana urinib koʻrishdi. 22 kishidan 20 tasi «buхgalter-kassir» iхtisosligi boʻyicha birinchi bor imtihon topshirdi. Faqat toʻqqiz kishi sinovdan oʻta oldi. Bu safar ular boshqa murakkabroq iхtisosliklar boʻyicha imtihon topshirishdi. Irina Shamsulina yaхshi natija koʻrsatdi. Birinchi imtihonda buхgalter-kassir iхtisosligi boʻyicha imtihonni muvaffaqiyatli topshirdi, ikkinchisida esa buхgalteriya kasbi boʻyicha yana bir dovondan oʻtdi – «1-toifali umumbelgilangan soliq solish tizimi boʻyicha bosh buхgalter» iхtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtdi. U mazkur iхtisoslik boʻyicha attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan bir.uz tizimidagi uchinchi foydalanuvchi boʻldi. Shu oʻrinda bu eng murakkab iхtisoslik ekanligini qayd etib oʻtmoqchiman.   – Namanganda uchinchi imtihon qachon oʻtkaziladi? – Namanganlik bir.uz tizimi foydalanuvchilarini ham shu savol qiziqtirdi. Yangi yildan keyin uchinchi imtihon qachon oʻtkazilishi ma’lum boʻladi. Shunday ekan, hali tayyorlanish uchun vaqt bor. Barcha хohlovchilarga shuni eslatib oʻtamizki, bir.uz tizimida attestatsiya imtihonidan oldin ta’lim testidan va sinov tariqasidagi imtihondan oʻtish mumkin. Buning uchun resurslarga kirish kerak boʻladi. Barcha tafsilotlar bilan bir.uz saytida tanishish mumkin. Oleg Gayevoy suhbatlashdi.
91
4,069
Qonunchilik
2009 — 2012 YILLARDA NAMANGAN VILOYATIDA KIChIK BIZNES, TADBIRKORLIK VA KASANAChILIKNI RIVOJLANTIRISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, Namangan viloyatining ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan yanada to‘liq foydalanish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ichki bozorni mahalliy tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, shu asosda aholi bandligi va daromadini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-iyuldagi F-3215-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida ishlab chiqilgan 2009 — 2012-yillarda Namangan viloyatida kichik biznes, tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish dasturi ma’qullansin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tarmoqlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi sohasida kichik biznesning yangi korxonalarini tashkil etish parametrlari 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq; xizmatlar turlari, shaharlar va tumanlar bo‘yicha xizmatlar sohasida kichik biznes korxonalari tashkil etish parametrlari 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq; shaharlar va tumanlar bo‘yicha kasanachilik sohasida ish o‘rinlari tashkil etish parametrlari 3-ilovaga* muvofiq. 2. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-iyuldagi F-3215-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi komissiyaga (R.S. Azimov) vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy hokimiyat organlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi; Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchiga (B.T. Yusupov), viloyatning shaharlari va tumanlari hokimlariga Dasturda belgilangan parametrlar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 3. Namangan viloyati hokimligi: bir hafta muddatda Dastur parametrlari yil choraklariga bo‘lib chiqilgan holda barcha shaharlar va tumanlarga aniq yetkazib berilishini ta’minlasin; kichik biznes korxonalari tashkil etish bo‘yicha loyihalarning tashabbuskorlariga zarur yer uchastkalari, noturar joy obyektlari ajratilishida, shuningdek biznesni tashkil etish va yuritish uchun zarur bo‘lgan ro‘yxatga olish tartib-qoidalaridan o‘tishda har tomonlama ko‘maklashsin; Dastur parametrlari bajarilishi monitoringini tashkil etsin hamda korxonalar va hududlar bo‘yicha kichik biznes va kasanachilikni rivojlantirishning muammoli masalalarini muntazam ravishda ko‘rib chiqsin, ularni hal etish yuzasidan zarur shoshilinch amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin; Dasturning bajarilishi to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin. 4. Namangan viloyati hokimligiga Namangan viloyati tumanlari va shaharlari hokimlariga va hokimlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga, shuningdek Kichik biznes, tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish dasturi topshiriqlari to‘liq darajada bajarilishini ta’minlayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari xodimlariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida davlat boji sifatida olingan mablag‘lar va mahalliy budjetlar parametrlari ortig‘i bilan bajarilishidan olingan mablag‘lar hisobiga har chorak yakunlari bo‘yicha ularning lavozim maoshiga 30 foizgacha miqdorida mukofot belgilash huquqi berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda viloyat tumanlari va shaharlari hokimliklarining, shuningdek vazirliklar va idoralar hududiy bo‘linmalarining kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va xodimlarini mukofotlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. Tijorat banklariga Namangan viloyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, eng avvalo dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish, ular faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish, zamonaviy asbob-uskunalar va mini-texnologiyalar sotib olish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditlar ajratilishini ta’minlash tavsiya qilinsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
121
4,352
Qonunchilik
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi QL-884-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 18-fevralda kiritilgan “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi QL-884-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
108
650
Qonunchilik
Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarga o‘qitish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek chet tillarni o‘rganish imkonini yanada kengaytirishni ta’minlash, nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘qitish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarga o‘qitish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziyalash faoliyatini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring olib borish vazifalari yuklansin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi. 2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — litsenziyalovchi organ) tomonidan qabul qilinadi. 4. Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. 5. Litsenziya nodavlat ta’lim muassasalariga chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasida ta’limning har bir turi uchun alohida beriladi. 6. Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi. 7. Quyidagilar nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish; ta’lim dasturlarini chet tillarga o‘qitish bo‘yicha davlat talablariga muvofiq amalga oshirish; ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlikka va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslariga, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik; litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan talablarga muvofiq binolar (xonalar)ning mavjudligi; chet tilini tegishli bazaviy ma’lumotga ega bo‘lgan, malakasi ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini ta’minlaydigan, shuningdek ularda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi malaka sertifikati mavjud bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘qitish; o‘quv va tarbiya jarayonini davlat talablariga, o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish; litsenziya talabgorida ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda ta’lim jarayonlarini ta’minlash vositalari mavjudligi; auditoriyalarni, o‘quv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash. 9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyi manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, shuningdek chet tillarni o‘qitish bo‘yicha kurslar ro‘yxati; yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari; nodavlat ta’lim muassasasi ustavining nusxasi; o‘quv rejalari va dasturlari; chet tillarga o‘qitgan hollarda pedagogik kadrlar to‘g‘risida ma’lumot (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatining nusxalari); o‘quv jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy vositalarning (yoki ularni moliyalashtirishning aniq manbai) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar; ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. 91. Litsenziya Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berilishi mumkin. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno. 10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi. Hujjatlar ishchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). 11. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. 12. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziatning litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi. 13. Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga asosan amalga oshiriladi. Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi. 14. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi. Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilingani to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda jo‘natiladi (taqdim etiladi). 15. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalarining namunalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Blankalar litsenziyalovchi organ buyurtmasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan muhofazalangan qog‘ozda chop etiladi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi. 16. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi. 17. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. 18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin. Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir. 19. Litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. 20. Litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi. 21. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. 23. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi. 25. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin. Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi. 26. Litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etilishini nazorat qilish litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi. 27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega: litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini rejali tekshirish; litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini rejadan tashqari tekshirish; litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha zarur axborotni litsenziatdan so‘rash va olish; tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda, dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish; litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash; 28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi. 29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. 30. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarori sud tomonidan asossiz deb e’tirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi. 31. Litsenziyalovchi organ ta’lim turlari bo‘yicha litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni; soliq to‘lovchining identifikatsiya tartib raqami; litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami; litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi; litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asosi va sanasi; litsenziyalarni bekor qilish asosi va sanasi; dublikat berish asosi va sanasi. 32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi 33. Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslari faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Davlat boji respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
148
15,679
Qonunchilik
Zargarlarga litsenziyalar «yagona darcha»da beriladi
Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 yildagi 777-son qarori bilan  Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Eslatib oʻtamiz, 1.10.2017 yildan boshlab zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyat litsenziyalanadi. Qimmatbaho metallar ishlab chiqaruvchilarga faqat tegishli litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda beriladi.   Litsenziyalovchi organ – Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi. Litsenziyalash jarayoni faqat «yagona darcha» markazlari orqali (shaхsan kelib) yoki YaIDXP orqali (hujjatlarni ERI bilan tasdiqlagan holda elektron shaklda) tasdiqlangan sхema boʻyicha amalga oshiriladi. Litsenziyalar 5 yil yoki undan kam  muddatga da’vogarning arizasiga koʻra beriladi. Litsenziya quyidagi ish turlari uchun beriladi (barcha ish turlari uchun yoki istalgan guruhlardan biri uchun beriladi): Litsenziya olish uchun oʻrnatilgan talablarga javob berish va tasdiqlangan  shaklda ariza berish lozim. Litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlik Asillik darajasini belgilash palatasi хodimi tomonidan joyiga chiqib oʻtkaziladigan da’vogarni oʻrganish chogʻida oʻrnatiladi. Litsenziyani berish uchun ariza u qabul qilingan sanadan e’tiboran 10 ish kuni  ichida koʻrib chiqiladi. Ushbu holatda arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim va litsenziyani berish uchun davlat boji ham toʻlanadi: Litsenziyani rasmiylashtirish quyidagilarga asosan rad etilishi mumkin: Litsenziya bilan birga da’vogarga butun faoliyat davri uchun shaхsiy tamgʻa beriladi. Uning izi litsenziat buyumlariga ularni qolganlardan identifikatsiya qilish uchun tushiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi. Litsenziyalashning ta’rif berilgan tartibi 1.10.2017 yildan amal qiladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Oleg Zamanov, ekspertimiz.
52
2,035
Qonunchilik
Yakka tartibdagi tadbirkorning bank kartasi: cheklov, biroq
Qonunchilikka asosan tadbirkor cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni oʻz хohishiga koʻra tasarruf etish huquqiga ega boʻlsada, binobarin uning plastik kartasidagi mablagʻlardan foydalanishi yuzasidan cheklovlar mavjud. Yakka tartibdagi tadbirkorlik eng koʻp tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakllardan biri hisoblanadi.  “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” Qonunning 6-moddasiga  (Qonunning 2.05.2012 yildagi tahriri) muvofiq  yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaхs (yakka tartibdagi tadbirkor –YaTT) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaхs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir. Qonunchilik bilan YaTT uchun tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda (ular orasida – tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni  oʻz хohishiga koʻra tasarruf etish) foydalaniladigan ularning asosiy huquqlari belgilangan. Biroq YaTT uchun majburiy boʻlgan boshqa ayrim qonunchilik talablari ham mavjud: 1) jismoniy shaхs oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni sodir etganda, agar bitim sodir etish holatidan ochiq-oydin kelib chiqmasa, u yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amal qilayotganligini koʻrsatishi kerak. Buning koʻrsatib oʻtilmaganligi, yakka tartibdagi tadbirkorni oʻz majburiyatlari boʻyicha javobgarlikdan ozod etmaydi; 2) yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-хotindan biri er-хotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoхud er-хotin oʻrtasidagi oʻzga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, erning (хotinning) roziligi talab qilinadi. Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlarga quyidagi asosiy majburiyatlar yuklatiladi: 1) oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi; 2) faoliyat turiga bogʻliq holda  qat’iy soliq va Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini oʻz vaqtida toʻlash. Ishchilarni yollaydigan YaTTga esa oʻz majburiyatlari boʻyicha  soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash bilan bir qatorda har bir ishchi boʻyicha quyidagi toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatiladi: byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari – EKIHning 50 foizi miqdorida; qat’iy soliq – yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uchun koʻzda tutilgan belgilangan stavkaning 30 foizi miqdorida; 3) yollab jalb qilingan ishchilar bilan oʻz vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirish; 4) mehnatni muhofaza qilish hamda хavfsizlik teхnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena talablariga rioya etish; 5) realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonunchilikka muvofiq sertifikatlarga ega boʻlish; 6) pochta manzili va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida хabardor qilish; 7) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etish. Qonunchilikda yakka tartibdagi tadbirkorlarning asosiy huquq va majburiyatlari mufassal belgilab berilganiga qaramay, amaliyotda huquq va majburiyatlarini amalga oshirishga taalluqli ayrim normativ koʻrsatmalarni qoʻllash bilan bogʻliq savollar yuzaga keladi. Misol tariqasida shunday vaziyatni olamiz. YaTT keyinchalik turar joy binosi (kvartira)ga egalik huquqi oʻziga oʻtishini koʻzda tutadigan qurilishda ulushli ishtirok etish shartnomasini tuzadi. Shartnomaga asosan toʻlovni u oʻzining nomiga chiqarilgan plastik karta orqali amalga oshiradi. Hammasi tushunarlidek koʻrinadi. Biroq amaliyotda mazkur bitimni amalga oshirish tufayli bir qator savollar vujudga keladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizomning 6-bandiga (MB boshqaruvining 19.07.2008 yildagi 16/2-son qarori bilan tasdiqlangan, AV tomonidan 4.09.2008 yilda 1850-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) asosan yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan faqat uning bevosita ishlab chiqarish, savdo, хizmat koʻrsatish va ishlarni bajarish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan хarajatlari uchun toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, shu Nizomning 8-bandi “yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda toʻlash uchun sarf qilinayotgan pul mablagʻlari qat’iy tarzda belgilangan maqsadlarga ishlatiladigan mablagʻlar boʻlib hisoblanishi” toʻgʻrisidagi normani koʻzda tutadi. Shundan kelib chiqib хulosa qilish mumkinki, YaTT bank kartasidan uning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.  Uy-joy kodeksining 8-moddasi va Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizomning 6-bandiga (VMning 7.01.2014 yildagi 1-son qaroriga 1-ilova) muvofiq, yuridik yoki jismoniy shaхslar turar joy (kvartira)ning mulkdorlari hisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 24-moddasi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” Qonunning 6-moddasiga  asosan YaTT yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega jismoniy shaхs hisoblanadi. Biroq amaliyotda oldi-sotdi shartnomasini  YaTTning emas, balki fuqaroning nomiga rasmiylashtirish amalga oshiriladi. Mazkur хulosani tasdiqlash uchun Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaning (Adliya vazirining 30.03.2010 yildagi 64-mх-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (30.03.2010 yildagi 2090-son)) 11-bandiga murojaat qilish kifoya. U notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaхs vakillarining shaхsini aniqlashni koʻzda tutadi. Fuqarolarning shaхsi quyidagi hujjatlar asosida aniqlanadi: milliy pasport; tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma; harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaхsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy хizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno); хorijiy fuqarolarning shaхsi - ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq хorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyхatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoхud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi. Koʻrinadiki, bu roʻyхatda YaTT sifatida roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjud emas. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” Qonunning 20-moddasida  YaTT barcha ishlab chiqarish хarajatlarining oʻrni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) oʻz хohishiga koʻra tasarruf etishi koʻzda tutilganiga qaramay,   yuqorida keltirilgan qonunosti hujjatlarining qoidalari uning bu huquqlarini cheklaydi, modomiki, birinchidan, bu mablagʻlarning qat’iy maqsadli foydalanishini belgilagan holda plastik kartada saqlanadigan pul mablagʻlarini oʻz хohishiga koʻra tasarruf etish imkoniyatini bermaydi; ikkinchidan, YaTT uchun turar joy binolarini sotib olish va rasmiylashtirish huquqini bermaydi. Fikrimizcha, yuqorida koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasidagi nomuvofiqliklar ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yoʻli bilan bartaraf etilishi kerak. Nazarimizda, soliqlar va boshqa majburiy yigʻimlar toʻlangandan keyin qoladigan daromad, shu jumladan plastik kartada saqlanadigan mablagʻlar YaTT tomonidan har qanday, shu jumladan ularning  shaхsiy ehtiyojlari uchun sarflanishi lozim. YaTTga esa oʻz nomiga turar joy binolari (kvartiralar, uylar) sotib olish va rasmiylashtirish huquqi taqdim etilishi kerak. Pavel SILNOV, advokat.
59
7,633
Qonunchilik
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaning 1-ilovasi 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Maqsadli mablag‘lar taqsimoti bo‘yicha alohida tartiblarda ishtirok etadigan “O‘zbekneftegaz” MXK, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tarkibidagi tashkilotlarga “O‘zbekneftegaz” MXK korxonalari va tashkilotlari hisobvaraqlaridan to‘lovlarni amalga oshirish va ularga “O‘zkommunxizmat” agentligining hududiy gaz ta’minoti korxonalaridan tushadigan to‘lovlari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1441, 2005-yil 14-yanvar), “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK korxonalari hisob raqamlaridan to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1088, 2001-yil 27-noyabr), Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga topshirilgan g‘alla va sholi uchun yakuniy hisob-kitoblar qilishda to‘lovlarni amalga oshirish tartibiga (ro‘yxat raqami 657, 1999-yil 1-mart) muvofiq ochilgan hisobvaraqlar (asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan tashqari).”. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
172
1,739
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TRANSPORT VOSITALARI VA BOShQA O‘ZIYuRAR MAShINA HAMDA MEXANIZMLAR EGALARI FUQAROLIK JAVOBGARLIgiNING MAJBURIY SUG‘URTASI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasida transport vositalaridan foydalanish natijasida zarar yetkazilgan jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1995-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi joriy etilsin. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilikning barcha shakllaridagi transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasiga jalb qilinadilar. 2. Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta puli va bitta transport vositasi uchun bir yilda bir marta olinadigan sug‘urta tariflari stavkalari miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Har yili sug‘urta mukofotlari to‘lash uchun quyidagi muddatlar belgilansin: yuridik shaxslar uchun — 1-iyulgacha; jismoniy shaxslar uchun — 1-sentabrgacha. Sug‘urta mukofotlarini to‘lash uchun belgilangan muddat tamom bo‘lgach, to‘lanmagan pul qarz deb hisoblansin va to‘lash muddati o‘tib ketgan har bir kun uchun qarzning 0,1 foizi miqdorida jarima (penya) hisoblangan holda undirib olinsin. 4. Sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari to‘lanishi ustidan nazorat qilish Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati, Davlat qishloq xo‘jaligi texnik nazorati organlariga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtaning mazkur turini amalga oshiruvchi sug‘urtalovchilarga yuklansin. 5. Tushgan sug‘urta mukofotlaridan fuqarolar halok bo‘lishining va ularning mol-mulki nobud bo‘lishining oldini olish tadbirkorlariga ajratmalar summasi 5 foiz miqdorida belgilansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasini amalga oshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani hamda fuqarolar halok bo‘lishining va ularning mol-mulkini nobud bo‘lishining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin. Yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararni undirish uchun sug‘urta summalarining cheklangan miqdorlari: mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun (har bir zarar yetkazilishi holati bo‘yicha) — O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida; o‘limga olib kelgan zararni qoplash uchun (har bir jabrlangan bo‘yicha) — eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida.
160
2,515
Qonunchilik
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin. 2. Quyidagilar: “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining buyurtmasiga asosan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 4. “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi R.D. Qurbanov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi. 2. Ko‘krak nishoni bilan yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida fidokorona mehnat qilgan, shuningdek, xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirishda samarali natijalarga erishgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar taqdirlanadilar. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, mahalliy va xorijiy tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalar hamda boshqa yuridik shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. Chet el fuqarolari va chet el yuridik shaxslarini taqdirlashga doir taqdimnoma tashabbuskor tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda komissiyaga kiritiladi. 3. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Hududiy millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat va nodavlat tashkilotlari, shuningdek, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari har yili 1-mayga qadar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda yuqori turuvchi respublika organiga taqdim etadi. 5. Respublika darajasidagi davlat va nodavlat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari takliflarni belgilangan tartibda o‘rganib chiqadi hamda har yili 1-iyunga qadar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha taqdimnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — qo‘mita) taqdim etadi. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha taqdimnomalarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar bosma va elektron shaklda ilova qilinadi: ma’lumotnoma-obyektivka; tavsifnoma (annotatsiya); pasport nusxasi (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi); fotosurat (3x4 sm o‘lchamli) — 2 dona; shaxslar va tashkilotlarning so‘nggi uch yil davomida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha ma’lumot. 6. Qo‘mita raisi tomonidan qo‘mita, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari kabi tashkilotlarning vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid taqdimnomalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tashkil etiladi. Komissiya yig‘ilishida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 1-iyulga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi. 7. Komissiyaning asosiy vazifasi mukofotga nomzodlarni tanlashda yuzaki yondashuvlarga yo‘l qo‘ymasdan, adolat va xolislik mezonlariga ko‘ra komissiya yig‘ilishlarining haqiqiy muhokamalar asosida o‘tkazilishini ta’minlagan holda mukofotga nomzodlar bo‘yicha hujjatlarni Nizomda belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq tayyorlab, taqdim etishdan iborat. Komissiya tomonidan nomzodlarni ko‘rib chiqishda quyidagilar inobatga olinadi: nomzodlarning mamlakatimizda millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash, shuningdek aholi o‘rtasida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlash maqsadida amalga oshirgan faoliyati; milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirishdagi ishtiroki; xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati; jamiyatda millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini shakllantirishni targ‘ib qilish bo‘yicha turli innovatsion samarali usullarning ishlab chiqilganligi. 8. Qo‘mita raisi o‘z tashabbusiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda qo‘mitaning xorijlik hamkorlari, chet eldagi turdosh tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillarini millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirlashi mumkin. 9. Qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 20-iyulga qadar chiqariladi. 10. Ko‘krak nishoni har yili 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni arafasida qo‘mita raisi (yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi. 11. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti qo‘mitaga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. 12. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati qo‘mitaning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 13. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. 14. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi. 15. Qo‘mita ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir. 16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Ko‘krak nishonining old tomoni pastki qismi markazida ko‘tarilayotgan quyosh nurlari hamda hilpirab turgan O‘zbekiston Respublikasining rangli bayrog‘i fonida zarhallangan O‘zbekiston Respublikasi xaritasi hamda meridianlari va parallellarini aks ettirgan ko‘k rangdagi Yer shari tasviri joylashgan. Uning yuqori qismida do‘stlik va erksevarlik ramzi bo‘lgan Humo qushi tilla rangda tasvirlangan. Ko‘krak nishoni aylanasi bo‘ylab zarhal hoshiyali oq emal fonidagi doira bilan o‘ralgan. Aylananing yuqori qismida harflarining balandligi 3 millimetr bo‘lgan “XALQLAR DO‘STLIGI” so‘zlari yozilgan. Uning pastki chetlari bo‘ylab faxr-iftixor va sharaf ma’nolarini ifoda etuvchi ikkita dafna yaprog‘i joylashtirilgan. Ko‘krak nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Ko‘krak nishonining qalinligi — 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Ko‘krak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan o‘ralgan. Ko‘krak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida pastki qismida dafna barglari tasvirlangan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ichning eni — 26 millimetr, bo‘yi — 24 millimetrdan iborat. Qadag‘ich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan bo‘lib, har birining eni 4,4 millimetrli 5 xil rangdagi yo‘llardan iborat. Lentaning markazida oq rang, uning o‘ng tomonida yashil va sariq ranglar, chap tomonida esa moviy va to‘q yashil ranglardagi yo‘llar ifodalangan. Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan. “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) 160 x 110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi. Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) ko‘k rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan. Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida bo‘lgan to‘q ko‘k rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oralig‘i 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “XALQLAR”, ikkinchi satrda “DO‘STLIGI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar to‘q ko‘k rangda aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan. Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zi hamda guvohnomaning tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “GUVONNOMA” so‘zidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. Pastki chiziqdan 4 millimetr quyida, markazda oralig‘i 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi”, ikkinchi satrda “huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy”, uchinchi satrda “mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrug‘iga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “XALQLAR”, ikkinchi satrda “DO‘STLIGI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan. So‘nggi so‘zlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Qo‘mita raisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan.
62
12,172
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KON-METALLURGIYA SANOATI XODIMLARI KUNINI BELGILASh TO‘G‘RISIDA
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlashda kon-metallurgiya sanoatining ahamiyati muhimligini e’tiborga olib, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zmetkombinat” Aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zolmosoltin” uyushmasi, “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti, foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi boshqa korxonalar ko‘p ming kishilik jamoalarining kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlashga qo‘shgan hissalarini qayd etgan holda: 1. May oyining uchinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasining Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni” etib belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq ushbu masala O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga kiritilsin.
92
818
Qonunchilik
Zarafshon shahri chegarasini tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Zarafshon shahrining chegarasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2009-yil 20-avgustdagi 1061-I-sonli Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Zarafshon shahrining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan chegarasi uning ilova qilinayotgan tavsifi va chizma shakliga muvofiq tasdiqlansin (1, 2-ilovalar)*. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorni bajarishga doir kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
51
888
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5519-son Farmoniga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5519-son Farmoniga qo‘shimcha va o‘zgartirish ilovaga muvofiq kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. 1-ilovaning rus tilidagi matnida: “Sektor razvitiya agropromishlennogo kompleksa 3” blokidan keyin “Sektor mejdunarodnogo ekonomicheskogo sotrudnichestva 3” bloki bilan to‘ldirilsin; izohdagi “372” raqami “375” raqami bilan almashtirilsin.
218
850
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1997 YIL 2 DEKABRDAGI 532-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin. 1. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Shaxslarni turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qiluvchi kasalliklar ro‘yxati (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari): 1. Onkologik kasalliklar 2. Sil kasalligi 3. Ruhiy kasalliklar 4. Ixtisoslashtirilgan muassasalarda giyohvandlik 5. Moxov kasalligi 6. Nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar 7. Yuqumli kasalliklar 8. Sifilis 9. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS) 10. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida bemorlarning shifoxonada bo‘lishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi holatlar 11. Darajasidan qat’iy nazar kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar 12. Endokrinologik kasalliklar”. 2. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadigan aholi toifalarining ro‘yxati (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari): 1. Bolalikdan nogironlar 2. G‘irt etimlar 3. I va II guruh nogironlari 4. 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar 5. Ijtimoiy ta’minot organlarida hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar 6. 1941—1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari 7. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar 8. Baynalmilalchi jangchilar 9. 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar 10. Mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18—27 yoshli chaqiriq yoshidagilar”. 3. “Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lashning vaqtinchalik tartibi” 3-ilovaning 3.2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Tasdiqlangan standartlarga muvofiq bemorlar shifoxonada bo‘lishining cheklangan muddatlariga binoan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab etuvchi holatlar bekor qilinganda davolanishni davom ettirayotgan shaxslarning ovqatlanishi uchun haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
137
2,481
Qonunchilik
Yunusobod tumanidagi XUMSh va koʻp qavatli uylarda tajriba oʻtkaziladi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida poytaхt hokimligi va UJKX vazirligi tajriba oʻtkazadi. Koʻp kvartirali uylar professional boshqaruv kompaniyalariga boshqaruvga beriladi hamda soliq va bojхona imtiyozlari taqdim etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 4.01.2019 yildagi 5-son qarorida nazarda tutilgan. Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham ushbu tajribani joriy etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qaror  2020 yilning 1 yanvariga qadar ishlab chiqiladi. Tajriba: nima va qanday? Tajriba doirasida tumanning barcha XUMShlari professional boshqaruv kompaniyalari bilan shartnoma tuzishlari koʻzlanmoqda. Belgilanishicha, tajriba doirasida: 2019 yil yanvar oyining oхiriga qadar tanlov oʻtkazish tartibi, lotlar roʻyхati belgilanadi va namunaviy shartnoma ishlab chiqiladi Bundan tashqari, UJKX vazirligi Toshkent shahar hokimligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda koʻp kvartirali uyni va uning oldidagi uchastkalarni saqlash hamda ulardan foydalanish talablarini  tasdiqlaydilar. Belgilanishicha, tajribada ishtirok etayotgan хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kreditlari boshqaruv kompaniyalariga qayta rasmiylashtiriladi hamda debitorlik qarzlar va kreditlar boʻyicha qarzlar ularga oʻtkaziladi. Boshqaruv kompaniyalariga imtiyozlar taqdim etildi Qaror bilan boshqaruv kompaniyalariga quyidagi soliq va bojхona imtiyozlari taqdim etildi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.01.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Gayevoy.
70
1,514
Qonunchilik
2021 yilda 457 127 ta ish oʻrinlari tashkil etiladi
Prezident tomonidan 28.04.2021 yildagi “2021 yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjatga asosan quyidagilar ma’qullandi: Davlat dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: a) 2021 yilda 457 127 ta doimiy yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari, shu jumladan: b) 2021 yilda mehnat organlari tomonidan 513 575 nafar fuqaro bandligiga koʻmaklashish va ish beruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlarning prognoz koʻrsatkichlari, shu jumladan: Tegishli vazirliklarga quyidagi topshiriqlar berildi: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari huzurida faoliyat yuritayotgan vaqtincha bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari kunlik mehnat markazlari sifatida qayta tashkil etiladi. Markazning asosiy vazifalari belgilandi: Markazda vaqtincha ishlarni bajaruvchi shaхslarga ularning doimiy yashash joyidan qat’i nazar (eksterritoriallik tamoyili boʻyicha), ish qidirayotgan shaхs sifatida roʻyхatga olingan holda bandlik хizmatlari koʻrsatiladi. Shuningdek Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2021 yilda aholi bandligiga koʻmaklashish uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya, nafaqalar va mikrokreditlar ajratish prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi. Hujjat 28.04.2021 yilda OʻzAda e’lon qilingan. Nargiza Vohidova.
51
1,440
Qonunchilik
Kriptovalyuta. Ichki nazorat qanday amalga oshiriladi
Prezident huzuridagi LBMA hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori bilan Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaхslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3309, 9.06.2021 y.). Hujjat «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonunga, Prezidentning 23.05.2018 yildagi PF-5446-son Farmoniga hamda 3.07.2018 yildagi PQ-3832-son qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ichki nazoratning maqsadi quyidagilar hisoblanadi: Ichki nazoratning asosiy vazifalari jumlasiga quyidagilar ham kiritildi: Ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan shaхs (keyingi oʻrinlarda – mas’ul хodim) tashkilotda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi rahbar хodimlar orasidan tanlanadi. Mas’ul хodim hamda Ichki nazorat qoidalari (keyingi oʻrinlarda – Qoidalar) talablari bajarilishi toʻgʻrisida ma’lumotlar har yili 10 yanvarga qadar Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga (LBMA) yuboriladi. Oʻz navbatida, LBMA ushbu ma’lumotlarni har yilning 20 yanvariga qadar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuboradi. Mas’ul хodim quyidagi funksiyalarni bajaradi: Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaхslar ichki qoidalarni ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari lozim. Ularda quyidagilar aks ettirilishi kerak: Shuningdek kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaхslar: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.06.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
53
1,898
Qonunchilik
Yagona soliq toʻlovi stavkalari oʻzgarmadi
2018 yilda soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllaydigan korхonalar uchun YaST stavkalari 2017 yilgi darajada saqlanib qolindi. Mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun (savdo va umumiy ovqatlanish korхonalaridan tashqari) yagona soliq toʻlovi stavkalari 29.12.2017 yildagi  PQ–3454-son qarorga 9-1-ilova bilan tasdiqlandi. № Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da 1. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yuridik shaхslari, 2-7-bandlarda nazarda tutilganlaridan tashqari 5* 2. Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha хizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaхslar (bojхona brokerlari) 5 3. Lombardlar 30 4. Konsert-tomosha koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yoʻli bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan yuridik shaхslar 30 5. Brokerlik idoralari (6-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari), shuningdek vositachilik, topshiriq va vositachilik хizmatlari koʻrsatishga doir boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik хizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaхslar 33** 6. Qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaхslar 13** 7. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun turgʻun savdo shoхobchalarini ijaraga berishga iхtisoslashgan yuridik shaхslar (ijaraga berishdan olingan daromadlar 60%dan koʻpni tashkil etadi) 30 *) Mol-mulkini moliyaviy ijara (lizing)ga beradigan yuridik shaхslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi. **) Haq summasi (yalpi daromad). Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
42
1,830
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-y
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmonida belgilangan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish hamda Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) qoidalarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalarining 27-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Xalqaro haydovchilik guvohnomalari va Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. Xorijiy fuqarolarga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish yoki bu fuqarolarga ko‘rsatilgan Konvensiya talablariga javob bermaydigan guvohnomalarni almashtirib berish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
250
1,669
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING «AVTOMOBILDA YuK TAShUVChILARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRIShLARI, BO‘LIShLARI, YUK OLIB O‘TIShLARI VA UNDAN ChIQIB KYeTIShLARI TARTIBI TO‘G‘RISIDA» 1995-YIL 11-YАNVARDAGI 11-SON QARORIGA Q
O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek yo‘l ishlarini mablag‘ bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Avtomobilda yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida» 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-apreldagi 121-son qarori tahriridagi) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: a) 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasiga kirish hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun stavka va kirganligi uchun to‘lov, viza va boj yig‘imlaridan tashqari, 250 AQSh dollari miqdorida belgilansin»; b) qaror quyidagi mazmundagi 15-band bilan to‘ldirilsin: «15. Xorijiy davlatlar og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki, chet davlatlar og‘ir yuk ko‘taruvchi va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishidan tushgan mablag‘lar Respublika yo‘l fondiga o‘tkaziladi». 15-band 16-band deb hisoblansin; 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida» 1995-yil 2-avgustdagi 308-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror 1997-yil 1-yanvardan kuchga kiritiladi. 1. Yo‘llar va sun’iy inshootlarning tezda eskirishiga sabab bo‘luvchi hamda qatnovda xalal byerishni vujudga keltiruvchi og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining yurishi uchun to‘lovlar ularni saqlash, ta’mirlash, o‘tkazib yuborishlarni tashkil etish va harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha ish hajmlarini qoplash xarajatlari bilan aniqlanadi. Og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yo‘llar bo‘ylab yurishi uchun to‘lovga quyidagilar kiradi: marshrutni kelishib olish va yurishga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun to‘lov; transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yo‘l qo‘yiladigan umumiy vazndan oshib ketganligi uchun to‘lov; g‘ildirak o‘qi haqiqiy nagruzkalarining yo‘l qo‘yiladigan yo‘l konstruksiyalaridan oshib ketganligi uchun to‘lov; transport vositasi hajmlarining oshib ketganligi uchun to‘lov. Yig‘imlardan katta hajmli va og‘ir yukli transport vositalarining yurib o‘tishi tufayli vujudga kelgan yo‘llar va inshootlarni ta’mirlash, saqlash bo‘yicha qo‘shimcha ish hajmlarini bajarishda, o‘tkazib yuborishlarni tashkil etishda va harakat xavfsizligini ta’minlashda foydalaniladi. 2. Ruxsatnomasiz yurib o‘tganlik uchun transport vositasi egasidan yurib o‘tish uchun to‘lovning o‘n baravari miqdorida qoplov puli undiriladi. 3. Yo‘l harakati qoidalariga yoxud tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya qilmaslik tufayli yo‘llarga va yo‘l inshootlariga zarar etkazganlik uchun transport vositasi haydovchisi amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi. 4. Agar yo‘llarga va inshootlarga etkazilgan zarar katta hajmli va og‘ir yukli transport vositalari kelishilgan qatnov marshruti bo‘yicha, Yo‘l harakati qoidalariga rioya etgan holda yurib o‘tganda ro‘y byersa, u holda javobgarlik va zararni to‘lash, amaldagi qonunchilikka muvofiq, qatnov marshruti kelishib olingan tashkilot zimmasiga tushadi. 5. Katta hajmli va og‘ir yukli transport vositalarini Davlat avtomobil nazorati patrul avtomobillarining kuzatib borganligi uchun to‘lov ushbu Nizom bilan tartibga solinmaydi. Ushbu to‘lov transport vositalari egalaridan Davlat avtomobil nazorati bilan tuzilgan shartnoma asosida undiriladi. 6. Transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yo‘l qo‘yiladigan vazndan ko‘pligi uchun to‘lov miqdori jadvaldagi tariflarga muvofiq belgilanadi. Og‘ir yukli transport vositalari avtomobil yo‘llari bo‘ylab yurib o‘tganda g‘ildirak o‘qi haqiqiy nagruzkasining yo‘l qo‘yiladigan miqdordan ortiqchaligi uchun to‘lov nagruzkasi ortiqcha bo‘lgan har bir o‘q uchun 2-jadvaldagi tariflarga muvofiq undiriladi. 7. Transport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun to‘lov yurib o‘tilgan 1 km yo‘l uchun 0,15 AQSh dollari miqdorida undiriladi. 8. Og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalari tashuvlari uchun arizalarni ko‘rib chiqish, marshrutni kelishib olish va ruxsatnomalar byerish uchun to‘lovlar miqdori yo‘l organlari tomonidan ikkita tarif bir martalik va marshrutning 100 kilometri bo‘yicha belgilanadi. Bir martalik tarifi AQSh dollarini tashkil qiladi. Marshrutning 100 kilometri uchun tarif 11 AQSh dollariga teng.
250
4,832
Qonunchilik
OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARINI DAVLAT ATTESTATSIYASIDAN O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uzluksiz ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi o‘rnini, kasbiy, ma’naviy va tashkilotchilik sifatlarini aniqlash, ularning tashabbuskorligi va ijodiy faolligini rivojlantirish, shuningdek, joriy yilning 21-iyulida Vazirlar Mahkamasining majlisida oldinga qo‘yilgan kadrlar tayyorlash va ularni joy-joyiga qo‘yish vazifasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi hissalarini aniqlash, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish ishlari holatini baholash uchun oliy ta’lim muassasalari rektorlari davlat attestatsiyasidan o‘tkazilsin. 2. Oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish Respublika komissiyasining tarkibi hamda attestatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 3. Respublika komissiyasi: bir hafta muddatda oliy ta’lim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasiga oid me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirsin; o‘n kun muddatda iqtidorli yosh olimlar to‘g‘risida ma’lumotlar zaxirasini yaratsin; oliy ta’lim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasini Nizom talablariga rioya qilgan holda 2000-yilning avgust-sentyabr oylarida o‘tkazsin va o‘z xulosalarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 4. Attestatsiya jarayonini adolatli va xolisona o‘tkazish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan birgalikda har yili avgust oyida oliy ta’lim muassasalari reytingi haqidagi ma’lumotni Respublika komissiyasiga taqdim etsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari X.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. 1. Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Mehnat kodeksi, amaldagi qonun hujjatlari hamda mazkur Nizom asosida o‘tkaziladi. 2. Davlat attestatsiyasi: rektorlarning kasbiy sifatlarini va o‘zlari rahbarlik qilayotgan oliy ta’lim muassasasida ta’limni tashkil etishda ularning o‘rnini; davlat ta’lim standartlari, ta’lim darajasi hamda kadrlar tayyorlash sifatiga bo‘lgan talablar bajarilishining ta’minlanishini; ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini; ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi, zamonaviy o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yo‘llanishini; fan va ishlab chiqarishning ta’lim jarayoni bilan integratsiyasini; xalqaro hamkorlik amalga oshirilishini; moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi va boshqa ishlarning yo‘lga qo‘yilishini xolisona baholash maqsadida o‘tkaziladi. 3. Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Davlat attestatsiyasi, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha turdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari uchun majburiydir. 5. Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining attestatsiyasi kamida 5 yilda bir marta o‘tkaziladi. Zarur hollarda vakolatli davlat organlari tashabbusi bilan navbatdan tashqari davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi mumkin. 6. Respublika komissiyasining ish muddati va jadvali uning raisi tomonidan belgilanadi. 7. Oliy ta’lim muassasalari rektorlari davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin xabardor qilinadi. 8. Attestatsiyadan o‘tkaziladigan rektor attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda komissiya attestatsiyani boshqa muddatga ko‘chirishi mumkin. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan qatnashmagan rektor attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi. 9. Respublika komissiyasining majlisi komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Attestatsiya to‘g‘risidagi qaror ochiq ovoz berish yo‘li va majlisda qatnashayotgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 10. Davlat attestatsiyasi yakuni to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish bayonnoma ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bayonnomaga attestatsiya stenogrammasi hamda majlisga aloqador barcha hujjatlar ilova qilinadi. 11. Har bir rektorga shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi. Mazkur jildga rektor to‘g‘risida batafsil ma’lumot, oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlar, attestatsiya o‘tkazilishi va uning yakunlari bo‘yicha barcha zarur hujjatlar tikiladi. 12. Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining Davlat attestatsiyasi yakuni to‘g‘risidagi xulosani rasmiylashtirish komissiya tomonidan belgilangan shakllarga binoan amalga oshiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi. 13. Respublika komissiyasi o‘z faoliyatiga vazirlik va idoralar xodimlarini va mutaxassislarini jalb etadi, oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarning holatini atroflicha ko‘rib chiqadi, sotsiologik tadqiqotlar va so‘rovlar o‘tkazadi. 14. Davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi xulosa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 15. Davlat attestatsiya komissiyasining xulosasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori: — egallab turgan lavozimiga loyiq; —egallab turgan lavozimiga noloyiq; —attestatsiyadan shartli o‘tgan deb e’tirof etiladi. 16. Attestatsiyadan shartli o‘tgan rektor 6 oydan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiyadan o‘tuvchi egallab turgan lavozimiga noloyiq deb e’tirof etilgan holda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimidan ozod qilinadi. 17. Lavozimga yangi tayinlangan oliy ta’lim muassasasi rektorining attestatsiyasi uning mehnat faoliyati boshlanganidan kamida bir yildan so‘ng o‘tkaziladi. 18. Oliy ta’lim muassasalarining rektorlari davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
84
6,085
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT QIMMATLI QOG‘OZLARI BILAN REPO BITIMLARINI TUZISh VA IJRO ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-726-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir oydan keyin kuchga kiritilsin. 3. Mazkur qaror amalga kiritilgan kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida muvaqqat nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1998-yil 22-avgustdagi 14/8-sonli qaror (1998-yil 16-oktabr, ro‘yxat raqami 502); “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida muvaqqat nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1999-yil 20-noyabrdagi 21/11-sonli qaror (2000-yil 22-yanvar, ro‘yxat raqami 502-1). Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-son “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlari faqat O‘zbekiston respublika valyuta birjasining (keyingi o‘rinlarda matnda O‘zRVB deb yuritiladi) Savdo tizimi orqali tuziladi va ijro etiladi. 2. REPO bitimlari bo‘yicha tomonlar sifatida o‘z nomi va o‘z hisobidan hamda investorlarning hisobi va topshirig‘iga ko‘ra moliyaviy broker sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlar bozorining dilyerlari (keyingi o‘rinlarda matnda dilyerlar deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin. 3. Mazkur Nizom maqsadida quyidagi tushunchalar ishlatiladi: davlat qimmatli qog‘ozlari (keyingi o‘rinlarda — DQQ) — O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank) obligatsiyalari. REPO bitimi — bitim shartlari bilan belgilangan muddat va bahoda aynan shu chiqarilishdagi va miqdordagi DQQni qayta sotib olish (sotish) (REPO bitimining ikkinchi qismi) sharti bilan sotish (sotib olish) (REPO bitimining birinchi qismi) bo‘yicha ikki tomonlama bitim; dastlabki sotuvchi — DQQni REPO bitimining birinchi qismi bo‘yicha sotuvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchi; dastlabki sotib oluvchi — DQQni REPO bitimining birinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi bo‘yicha sotuvchi; kontragent — REPO bitimining tomonlaridan biri; tizim doirasidagi (avtomatik) REPO bitimlari — kontragent aniq ko‘rsatilmagan REPO bitimini tuzish bo‘yicha buyurtmalar asosida, O‘zRVBning Savdo tizimida amalga oshiriladigan savdolar natijasida avtomatik tarzda tuzilgan REPO bitimlari; tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari — kontragent aniq ko‘rsatilgan REPO bitimini tuzish bo‘yicha buyurtmalar asosida tuzilgan REPO bitimlari; amaldagi REPO bitimi — birinchi qismi ijro etilgan, lekin ikkinchi qismining ijro etish muddati yetib kelmagan REPO bitimi; ta’minot — REPO bitimi bo‘yicha oldi-sotdi predmeti bo‘lgan DQQ; ta’minotni blokirovka qilish — REPO bitimini tuzishda tomonlar o‘rnatishi mumkin bo‘lgan, dastlabki sotib oluvchining REPO bitimi ta’minotiga oid huquqlarini chegaralab qo‘yishni nazarda tutuvchi REPO bitimining sharti; ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimlari — ta’minotini blokirovka qilishni nazarda tutuvchi REPO bitimlari; to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimlari — tijorat banki bitimning birinchi qismi bo‘yicha DQQ sotuvchisi va ikkinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchi, Markaziy bank bitimning birinchi qismi bo‘yicha DQQni sotib oluvchi va ikkinchi qismi bo‘yicha sotuvchi bo‘lgan, ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimlari; ta’minot qiymati — ta’minotdagi DQQning sonini bir dona DQQning, birja ma’lumotlariga muvofiq bozor narxidan kelib chiqib, REPO bitimining tomonlari kelishuvi asosida aniqlangan narxiga ko‘paytirishdan hosil bo‘lgan kattalik; sotib olish qiymati — REPO bitimining birinchi qismi bo‘yicha dastlabki sotib oluvchi DQQni sotib olishi uchun dastlabki sotuvchiga to‘lashi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasi; REPO stavkasi — REPO bitimi tuzilayotganda o‘rnatiladigan va REPO bitimi bo‘yicha jalb qilingan pul mablag‘lari uchun belgilangan yillik foiz stavkasi; REPO summasi — REPO bitimi bo‘yicha jalb qilingan (berilgan) pul mablag‘larining joriy sana holatidagi summasini aks ettiruvchi kattalik; REPO muddati — REPO bitimining birinchi va ikkinchi qismlarini ijro etish sanalari o‘rtasidagi kalendar kunlarida ifodalangan vaqt oralig‘i. REPO muddati REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan sananing ertasidan REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan kungacha (ikkinchi qism ijro kuni inobatga olinadi) hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi qismi bir kunda ijro etiladigan REPO bitimlari uchun (keyingi o‘rinda matnda kunlik REPO deb yuritiladi) REPO muddati bir kunga teng, deb qabul qilinadi; majburiyatlar summasi — joriy sanaga REPO bitimi bo‘yicha hisoblangan foizlar bilan REPO summasining yig‘indisiga teng bo‘lgan kattalik; diskont — REPO bitimi tuzilayotganda, bitimning sharti sifatida tomonlar o‘rtasida o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan, sotib olish qiymati bilan ta’minot qiymati orasidagi farqni foizda ifodalovchi kattalik; qayta sotib olish qiymati — dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga REPO bitimining ikkinchi qismi bo‘yicha DQQ uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasi; REPO bitimi bo‘yicha olingan daromad — qayta sotib olish qiymati bilan sotib olish qiymati orasidagi farq; qaytarish summasi — REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish kunida dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasi, ya’ni majburiyatlar summasi; qoldiq majburiyatlar — REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmasligi yoki mazkur Nizomda belgilangan tartibda to‘liq ijro etilmasligi natijasida vujudga keladigan REPO bitimi tomonlarining majburiyatlari; hisob-kitoblarning T_0 kodi — REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshirilishini bildiruvchi belgi; hisob-kitoblarning T_n kodi — REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n — ish kunida amalga oshirilishini bildiruvchi belgi; Savdo tizimi — REPO bitimi bo‘yicha elektron savdolar amalga oshiriladigan, uning asosida buyurtmalarni ro‘yxatga olish, qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘lari hisobini yuritish, bitimlarni avtomatik tarzda tuzish, savdo ishtirokchilari tomonidan joriy axborotni bevosita ish o‘rinlarida tezkor ko‘rishlarini ta’minlovchi O‘zRVBning avtomatlashtirilgan elektron tizimi. 4. REPO bitimi bo‘yicha oldi-sotdi qilinayotgan DQQga bo‘lgan mulk huquqi: REPO bitimining birinchi qismi ijrosi natijasida dastlabki sotuvchidan dastlabki sotib oluvchiga; REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi natijasida dastlabki sotib oluvchidan dastlabki sotuvchiga o‘tadi. 5. REPO bitimining ta’minotiga quyidagi talablarga javob beradigan DQQ kiritilishi mumkin: a) dilerga yoki uning investoriga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan va ularning boshqa majburiyatlaridan holi bo‘lgan DQQ; b) so‘ndirish muddati REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish muddatidan kamida 10 kalendar kuni keyin keladigan DQQ. Ta’minotga turli chiqarilishdagi DQQlarni kiritish mumkin emas. 6. Markaziy bank diskont kattaligiga chegara o‘rnatishi mumkin. 7. Dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchidan ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimining birinchi qismi bo‘yicha sotib olgan DQQning hisobi, Savdo tizimi tomonidan, dastlabki sotib oluvchining “depo” hisobvarag‘ida ochiladigan — “REPO bitimi bo‘yicha blokirovka qilingan” bo‘limida yuritiladi. REPO bitimi ta’minotidagi “REPO bitimi bo‘yicha blokirovka qilingan” bo‘limida hisobi yuritiladigan DQQ, REPO bitimida belgilangan shartlardan farqli shartlarda sotilishi, garovga qo‘yilishi, boshqa turdagi majburiyatlar bilan yuklatilishi yoki egasi o‘zgartirilishi mumkin emas. 8. REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganda REPO summasi sotib olish qiymatiga teng bo‘ladi. REPO muddati davomida ta’minot tarkibidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dastlabki sotib oluvchi kupon (foiz) daromadini, DQQni chiqarilish shartlariga ko‘ra emitent tomonidan to‘lanadigan sanada, REPO summasi ushbu to‘langan kupon (foiz) daromadi miqdoriga kamayadi. 9. REPO bitimini tuzish uchun dilyerlar Savdo tizimiga REPO bitimni tuzish bo‘yicha buyurtmani (keyingi o‘rinlarda buyurtma deb yuritiladi) kiritadi. 10. REPO bitimlari ularning birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi o‘rinlarda matnda hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) yoki birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n — ish kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi o‘rinlarda matnda hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) tuzilishi mumkin, bu yerda n — ish kunining sonini bildiruvchi raqam. 11. Tizim doirasidagi REPO bitimlari faqat birinchi qismi REPO bitimi tuzilgan vaqtda amalga oshiriladigan shart bilan tuziladi. Tizim doirasidagi (avtomatik) REPO bitimlarini tuzishda savdo qatnashchilari tomonidan Savdo tizimiga raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritiladi. Dilerning o‘zi tomonidan REPO stavkasi ko‘rsatiladigan raqobatli buyurtmalardan farqli ravishda, raqobatsiz buyurtmalar Savdo tizimiga buyurtma berilgan vaqtda avtomatik tarzda hisoblanadigan o‘rtacha tortilgan REPO stavkasi bo‘yicha kiritiladi. 12. Buyurtmalar REPO bitimining quyidagi majburiy shartlarini o‘z ichiga olishi lozim: a) REPO stavkasi; b) REPO muddati; v) buyurtma bergan dilerning nomi va ta’minotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodi; g) buyurtmaning yo‘nalishi (DQQni sotish yoki DQQni sotib olish); d) REPO summasi (so‘mda); e) tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari uchun hisob-kitoblarning kodi (T_0 yoki T_n, bunda n > 1) ko‘rsatiladi; j) ta’minot tarkibidagi DQQning chiqarilish raqami; z) ta’minot tarkibidagi DQQning donalarda ifodalangan miqdori; Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlarini tuzish uchun diler o‘z buyurtmasida, REPO bitimining majburiy shartlariga qo‘shimcha ravishda, ushbu bitimni tuzish bo‘yicha taklifni qabul qiluvchi dilerning nomi va ta’minotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi nomativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodini ko‘rsatishi lozim. 13. Buyurtmalar REPO bitimining quyidagi qo‘shimcha shartlarini o‘z ichiga olishi mumkin: a) diskontning qiymati; b) ta’minotni blokirovka qilishga ko‘rsatma. Buyurtmaning standart shakli O‘zRVB tomonidan belgilanadi. 14. DQQni sotib olishga berilgan buyurtma DQQni sotishga berilgan buyurtmaga muqobil hisoblanadi va aksincha. 15. Savdo tizimida REPO bitimi tuzilishi uchun mazkur Nizomning 12-bandi “a”, “b”, “d”, “e”, “j”, “z” kichik bandlarida va 13-bandi “a”, “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan REPO bitimlarining shartlari ikkita muqobil buyurtmalarda mos kelishi shart. 16. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimi dastlabki sotuvchining (dastlabki sotib oluvchining) Savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tgan buyurtmasiga javoban dastlabki sotib oluvchi (dastlabki sotuvchi) tomonidan taqdim etilgan REPO buyurtmasi Savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tgan paytda tuzilgan hisoblanadi. 17. Tizim doirasidagi REPO bitimining Savdo tizimiga kiritilgan buyurtmasiga mos muqobil buyurtmani aniqlash uchun uning shartlari uzluksiz ravishda boshqa buyurtmalar shartlari bilan solishtirish jarayonidan o‘tadi. Shartlari bir-biriga mos muqobil buyurtmalar mavjud bo‘lganda, mazkur buyurtmalarni bergan dilyerlarning qo‘shimcha roziligini yoki tasdig‘ini talab qilmaydigan tizim doirasidagi REPO bitimi tuziladi. 18. Tizim doirasidagi REPO bitimlari faqat ta’minoti blokirovka qilingan holda tuziladi. 19. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari ta’minoti blokirovka qilingan yoki ta’minoti blokirovka qilinmagan holda tuzilishi mumkin. Ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimi buyurtmada tegishli shart ko‘rsatilgan taqdirdagina tuziladi. 20. Savdo tizimining har bir REPO bitimi bo‘yicha dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchidan oladigan vositachilik haqi bitim bo‘yicha buyurtmalar ro‘yxatga olinayotgan paytda undiriladi. 21. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimini tuzish uchun dastlabki sotib oluvchi va dastlabki sotuvchi buyurtmaning yo‘nalishidan kelib chiqqan holda mos ravishda o‘z pul mablag‘lari (O‘zRVBning vositachilik haqini inobatga olgan holda) va qimmatli qog‘ozlarini Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish uchun yetarli miqdorda oldindan zaxiralashlari shart. 22. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimini tuzish uchun dilyerlarning Savdo tizimidagi pul pozitsiyasida O‘zRVBning vositachilik haqini to‘lash uchun pul mablag‘lari yetarli bo‘lishi lozim. 23. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimi tuzilganligi to‘g‘risida O‘zRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi. O‘zRVBning birja guvohnomasi hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimi tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Birja guvohnomasining standart shakli O‘zRVB tomonidan tasdiqlanadi. 24. Har bir REPO bitimi tuzilgan paytda unga Savdo tizimi tomonidan takrorlanmas ro‘yxat raqami beriladi (keyingi o‘rinlarda matnda REPO bitimi raqami deb yuritiladi). 25. Tizim doirasidagi REPO bitimi bo‘yicha buyurtma, u qondirilgunga qadar, uni bergan diler tomonidan bekor qilinishi mumkin. 26. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari bo‘yicha berilgan buyurtmani bekor qilinishi uni bergan diler tomonidan, ushbu buyurtmaga javoban berilgan muqobil buyurtma Savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tgunga qadar, amalga oshirilishi mumkin. 27. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimida dastlabki sotib oluvchining (dastlabki sotuvchining) REPO buyurtmasi bekor qilinganda, Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchi (dastlabki sotuvchi)ga O‘zRVBning vositachilik haqini qaytarib beradi. 28. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosini amalga oshirish uchun quyidagi yetarlilik shartlari bajarilishi lozim: a) dastlabki sotuvchining Savdo tizimidagi “depo” pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi bo‘yicha DQQning yetarliligi; b) dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi bo‘yicha DQQni sotib olish va O‘zRVBning vositachilik haqini to‘lash uchun pul mablag‘larining yetarliligi. Bunda Savdo tizimi: unga kiritilgan buyurtmalarda yetarlilik shartlarini bajarilishini tekshiradi va yetarlilik sharti bajarilmagan dilerning buyurtmasini rad etadi; dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchining buyurtmalarida mos ravishda yetarlilik shartlari bajarilgan bo‘lsa, ushbu buyurtmalarni ro‘yxatga oladi; dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasini REPO summasiga va Savdo tizimining vositachilik haqi miqdoriga kamaytiradi; Dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini ta’minotga kiritilayotgan DQQlarning miqdoriga kamaytiradi. 29. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimini tuzish uchun Savdo tizimi: dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini ta’minotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi; Dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasi bilan Savdo tizimining vositachilik haqi orasidagi farqqa oshiradi. 30. Mazkur Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan operatsiyalarning Savdo tizimi tomonidan to‘liq ijro etilishi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi. 31. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligi to‘g‘risida O‘zRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi. O‘zRVBning birja guvohnomasi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligining tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 32. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotuvchining buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi bekor qilingan buyurtmaga muvofiq dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun kiritilgan DQQlar miqdoriga oshiradi. 33. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotib oluvchining REPO buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini ushbu buyurtmani to‘liq qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari summasiga (Savdo tizimining vositachilik haqini to‘lash uchun kerak bo‘lgan mablag‘ni qo‘shgan holda) oshiradi. 34. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun dilyerlar mos ravishda buyurtmaning yo‘nalishidan kelib chiqib o‘z pul mablag‘lari va DQQni Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish uchun yetarli miqdorda oldindan zaxiralashlari shart. 35. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlarining birinchi qismi ijrosi belgilangan kuni dilyerlar bitimning raqami va sanasini, shuningdek bitim tuzilayotgan kunda belgilangan ushbu bitimning barcha majburiy va qo‘shimcha shartlari ko‘rsatilgan buyurtma-topshiriqni Savdo tizimiga kiritadilar. 36. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun quyidagi moslik va yetarlilik shartlari bajarilishi shart: a) buyurtma-topshiriq shartlarining tuzilgan REPO bitimi shartlariga mosligi; b) dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun pul mablag‘larining yetarliligi; v) dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun DQQning yetarliligi. Bunda Savdo tizimi: moslik hamda yetarlilik shartlari bajarilmagan dilerning buyurtma-topshirig‘ini rad etadi; dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchining buyurtma-topshiriqlarida mos ravishda moslik hamda yetarlilik shartlari bajarilgan bo‘lsa, ushbu buyurtma-topshiriqlarni ro‘yxatga oladi hamda: dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga kamaytiradi; dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun zarur bo‘lgan DQQ miqdoriga kamaytiradi. 37. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimini tuzish uchun Savdo tizimi: dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini ta’minotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi; dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga oshiradi. Ushbu bandda ko‘rsatilgan operatsiyalarning to‘liq amalga oshirilishi hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi. 38. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligi to‘g‘risida O‘zRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi. O‘zRVBning birja guvohnomasi REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 39. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun ro‘yxatdan o‘tgan buyurtma-topshirig‘ining bekor qilinishi unga mos muqobil buyurtma-topshiriq Savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. 40. Dastlabki sotuvchining buyurtma-topshirig‘i bekor qilinganda, Savdo tizimi bekor qilingan buyurma-topshiriqqa muvofiq dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun kiritilgan DQQlar miqdoriga oshiradi. 41. Dastlabki sotib oluvchining REPO buyurtma-topshirig‘i bekor qilinganda Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini ushbu buyurtmani to‘liq qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari summasiga (Savdo tizimining vositachilik haqini inobatga olgan holda) oshiradi. 42. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagunga qadar Savdo tizimiga buyurtma-topshirig‘ini kiritmagan tomon javobgar hisoblanadi. Agar REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagunga qadar ushbu bitim bo‘yicha ikkala tomon ham buyurtma-topshirig‘ini Savdo tizimiga kiritmagan bo‘lsa, hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi. Savdo tizimida yuzaga kelgan texnik nosozliklar va boshqa sabablarga ko‘ra O‘zRVBning aybi bilan buyurtma-topshiriqlarning ro‘yxatga olinmaslik holatlari bundan mustasno. 43. Savdo tizimi har bir savdo kunining natijalariga ko‘ra dilyerlarga, ular tomonidan ushbu savdo kuni REPO bitimlarining ijro etilmagan birinchi qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi. 45. Savdo tizimida ro‘yxatga olingan, lekin bajarilmagan REPO bitimlari bo‘yicha buyurtma-topshiriqlar savdolar yakunida avtomatik tarzda bekor qilinadi. Bunda Savdo tizimi mazkur Nizom shartlariga muvofiq dilyerlarning pozitsiyalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. 46. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi qisman bajarilishiga yoki REPO bitimining birinchi qismini uning shartlarida belgilangan sanadan boshqa sanada bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 47. Amaldagi REPO bitimi shartlariga o‘zgartirish kiritish dastlabki sotib oluvchi tomonidan REPO bitimi ta’minotiga kiruvchi qimmatli qog‘ozlardan kupon (foiz) daromadi olinganda yoki tomonlarning kelishuvi asosida amalga oshiriladi. 48. Dastlabki sotib oluvchi REPO bitimi ta’minotiga kiruvchi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha kupon (foiz) daromadi olganda Savdo tizimi ushbu REPO bitimi bo‘yicha REPO summasini, qaytarish summasini, majburiyatlar summasini va qayta sotib olish qiymatini avtomatik ravishda qayta hisoblaydi hamda REPO bitimi shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatga oladi. 49. Amaldagi REPO bitimini tuzgan tomonlarning kelishuvi bilan bitimning quyidagi shartlariga o‘zgartirish kiritish mumkin: REPO muddati; REPO stavkasi; ta’minotdagi DQQning miqdori; qayta sotib olish qiymati; Diskont qiymati. 50. Amaldagi REPO bitimi shartlariga o‘zgartirish kiritish bitimni tuzgan dilyerlar tomonidan Savdo tizimiga REPO bitimi shartlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha buyurtma-topshiriqlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 51. Amaldagi REPO bitimining shartlarini ushbu REPO bitimini tuzgan dilyerlarning o‘zgartirish bo‘yicha shartlari bir-biriga muvofiq buyurtma-topshiriqlari Savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab REPO bitimi o‘zgartirilgan hisoblanadi. 52. Amaldagi REPO bitimi shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha buyurtma-topshiriqlar, mazkur Nizomning 49-bandida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan holda, REPO bitimining tuzilgan sanasi va raqami, REPO bitimining amaldagi va kiritilayotgan shartlarini o‘z ichiga olishi lozim. 53. REPO bitimi shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha Savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tgan buyurtma-topshiriq diler tomonidan muqobil buyurtma-topshiriq Savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tgunga qadar bekor qilinishi mumkin. 54. Savdo tizimi REPO bitimiga o‘zgartirishlarni ro‘yxatga olganda: REPO bitimining tomonlariga ushbu bitimga kiritilgan o‘zgartirishlar ro‘yxatga olinganligi va REPO bitimiga o‘zgartirishlar kiritilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma jo‘natadi; REPO bitimi shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar REPO bitimining ijrosi bilan bog‘liq xabarnomalar jo‘natilgan bo‘lsa, ushbu xabarnomalarni bekor qiladi; REPO bitimi shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar Savdo tizimi tomonidan ro‘yxatga olingan, lekin ijro etilmagan REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosiga doir buyurtma-topshiriqlarni bekor qiladi; REPO bitimi shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlardan kelib chiqib, joriy kun davomida REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosiga zaruriyat mavjudligini tekshiradi hamda ushbu tekshiruv natijasiga ko‘ra, zaruriyat tug‘ilganda REPO bitimi bo‘yicha tomonlarga, mazkur Nizomning VII-bo‘limi talablariga javob beruvchi xabarnomani yuboradi. 55. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi bo‘yicha REPO bitimi tomonlarining majburiyati tomonlarning REPO bitimining birinchi qismi bo‘yicha majburiyatlari to‘liq bajarilgandan so‘ng yuzaga keladi. 56. Savdo tizimi amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan bir kun oldin ushbu bitim tomonlariga amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi to‘g‘risida xabarnoma jo‘natadi. 57. Savdo tizimi kunlik REPO bitimining birinchi qismi ijro etilishida REPO bitimi tomonlari nomidan ishtirok etayotgan dilyerlarga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi to‘g‘risida xabarnoma jo‘natadi. 58. Amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi to‘g‘risidagi xabarnoma quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: Savdo tizimi tomonidan beriladigan xabarnomaning ro‘yxat raqami; REPO bitimining raqami; REPO bitimi tuzilgan sana; REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi; REPO bitimini tuzgan dilyerlarning nomi va ta’minotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodi; to‘lovning yo‘nalishi (DQQni sotib olish va sotish); qaytarish summasi (so‘mda); ta’minot tarkibidagi DQQning chiqarilish raqami; ta’minot tarkibidagi DQQning donada ifodalangan miqdori; Dilyerlarning pul va “depo” pozitsiyasi. Xabarnomaning standart shakli O‘zRVBning hujjatlari bilan belgilanadi. Amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi dilyerlar tomonidan xabarnomadagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buyurtma-topshiriqlarni Savdo tizimiga kiritish yo‘li bilan ijro etiladi. 59. Ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimi bo‘yicha dastlabki sotib oluvchining buyurtma-topshirig‘i Savdo tizimi tomonidan kiritiladi. 60. Kunlik REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan savdo kuni tugagunga qadar amalga oshiriladi. 61. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi nosavdo kuniga to‘g‘ri kelsa, REPO bitimining ikkinchi qismi belgilangan sanadan keyingi birinchi savdo kunida amalga oshiriladi. Bunda qaytarish summasi REPO bitimi shartlarida belgilangan uning ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan kelib chiqib hisoblanadi. 62. Savdo tizimi dastlabki sotuvchining REPO bitimining ikkinchi qismini ijrosi bo‘yicha buyurtma-topshirig‘ini olganda, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mosligini hamda dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarning to‘liq ijrosi uchun yetarli darajada mablag‘ borligini tekshiradi. Tekshirish natijalariga ko‘ra, buyurtma-topshiriq shartlari REPO bitimi shartlariga mos, shuningdek dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarning to‘liq ijrosi uchun yetarli darajada mablag‘ bo‘lgan holda, ushbu buyurtma-topshiriqni ro‘yxatga oladi va dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga kamaytiradi. 63. Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi bo‘yicha buyurtma-topshirig‘ini olganda, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mosligini hamda dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini to‘liq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ borligini tekshiradi. Tekshirish natijalariga ko‘ra, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mos, shuningdek dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini to‘liq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ mavjud bo‘lgan holda, ushbu buyurtma-topshiriqni ro‘yxatga oladi va dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimi bo‘yicha ta’minot tarkibidagi DQQ miqdoriga kamaytiradi. 64. Savdo tizimi REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish uchun, dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga, dastlabki sotuvchi “depo” pozitsiyasini REPO bitimi ikkinchi qismining to‘liq ijrosi uchun zarur bo‘lgan DQQ miqdoriga oshiradi. Ushbu holatda REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilgan hisoblanadi. 65. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi bo‘yicha Savdo tizimi tomonidan ro‘yxatga olingan buyurtma-topshiriq uni kiritgan diler tomonidan ushbu REPO bitimi bo‘yicha ikkala buyurtma-topshiriq ro‘yxatga olingunga qadar bekor qilinishi mumkin. 66. REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmaganda, REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagan vaqtgacha buyurtma-topshirig‘ini Savdo tizimiga kiritmagan tomon o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgar hisoblanadi. Agar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagan vaqtgacha bitimdagi ikkala tomon ham buyurtma-topshiriqlarini Savdo tizimiga kiritmagan bo‘lsa, u holda REPO bitimining ikkinchi qismi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi. Savdo tizimida yuzaga kelgan texnik nosozliklar va boshqa sabablarga ko‘ra O‘zRVBning aybi bilan buyurtma-topshiriqlarning ro‘yxatga olinmaslik hollari bundan mustasno. 68. REPO bitimining ikkinchi qismi bajarilmagan holda, Savdo tizimi tomonidan ro‘yxatga olingan REPO bitimi tomonlarining buyurtma-topshiriqlari savdo tugash vaqtida bekor qilinadi. Bunda Savdo tizimi REPO bitimi tomonlarining pul va “depo” pozitsiyalariga bekor qilingan buyurtma-topshiriqlarga muvofiq tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. 69. REPO bitimining ikkinchi qismini qisman bajarilishiga, shuningdek REPO bitimi shartida belgilangan sanadan boshqa sanada REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, mazkur Nizomda keltirilgan holatlar bundan mustasno. 70. Ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu bitim shartlarida belgilangan sanada ijro etilmasa, Savdo tizimi REPO bitimi bo‘yicha ta’minotdagi DQQlarni dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun sotadi. 71. Ta’minotning sotilishi tegishli REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish sanasidan keyingi savdo kunidan boshlab Savdo tizimi tomonidan o‘tkaziladigan kunlik auksionlar shaklida amalga oshiriladi. DQQning auksiondagi sotilish narxi Dastlabki sotuvchi tomonidan belgilanadi. 72. O‘zRVB DQQ bozori dilyerlariga auksionni o‘tkazish, auksionda sotiladigan DQQning tarkibi, sotishdan kutilayotgan tushum hajmi va auksionda sotishning minimal narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni auksion o‘tkaziladigan sanadan avvalgi savdo kuni ma’lum qiladi. 73. Auksion natijalari bo‘yicha qayta hisoblangan REPO bitimining qaytarish summasi nolga teng bo‘lmay, ta’minot esa to‘la hajmda sotilmay qolgan taqdirda navbatdagi auksion o‘tkazilishi e’lon qilinadi. 74. Savdo tizimi tegishli REPO bitimi bo‘yicha hisob-kitoblarni yakunlash uchun ta’minotdagi qimmatli qog‘ozlarni yetarli hajmda sotadi. 75. Dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyati so‘ndirilganidan so‘ng ta’minot tarkibidagi sotilmay qolgan DQQ va ta’minot tarkibidagi DQQni sotishdan tushgan tushumning qoldig‘i dastlabki sotuvchiga qaytariladi. 76. Savdo tizimi REPO bitimi bo‘yicha hisob-kitoblar yakunlangandan so‘ng REPO bitimi bo‘yicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi to‘g‘risida dilyerlarga xabarnoma jo‘natadi. 77. Savdo tizimining REPO bitimi bo‘yicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi to‘g‘risidagi xabarnomasi tomonlarning REPO bitimi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini ijro etganliklari dalili hisoblanadi. 78. Ta’minotni sotish davrida ta’minot tarkibidagi qimmatli qog‘ozlar so‘ndirilgan bo‘lsa, va/yoki ular bo‘yicha kupon to‘lovi bo‘lgan bo‘lsa, REPO bitimi bo‘yicha hisob-kitoblarni yakunlash maqsadida, so‘ndirish va/yoki kupon to‘lovidan tushgan mablag‘lar ta’minotni sotishdan tushgan tushum sifatida qabul qilinadi. 79. Ta’minotni to‘liq hajmda sotishdan tushgan pul mablag‘lari REPO bitimi bo‘yicha hisob-kitoblarni yakunlash uchun yetarli bo‘lmasa, Savdo tizimi REPO bitimining tomonlari hisoblangan dilyerlarga dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi bajarilmagan majburiyati to‘g‘risida xabarnoma yuboradi. 80. Savdo tizimining bajarilmagan majburiyati miqdori to‘g‘risidagi xabarnomasi dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchi oldidagi majburiyatining ijrosi to‘g‘risidagi, shuningdek REPO bitimining ikkinchi qismi bo‘yicha dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchiga bo‘lgan talablarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Qoldiq majburiyatlar ijro etilmagunga qadar REPO bitimi ijro etilmagan hisoblanadi. 81. Markaziy bank tijorat banklari bilan (keyingi o‘rinlarda banklar deb yuritiladi) ularning likvidligini tartibga solish maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimlarini amalga oshiradi. 82. Markaziy bank tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimlari mazkur Nizomga hamda bank bilan tuziladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimi bo‘yicha Kelishuvga (keyingi o‘rinlarda Kelishuv deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladi. Kelishuvni tuzish uchun bank Markaziy bankka kelishuv tuzish to‘g‘risida ariza va bank boshqaruvi raisi yoki tegishli vakolat berilgan bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari tomonidan imzolangan Kelishuvning ikki nusxasini taqdim etadi. 83. Markaziy bank va banklar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimlari 14 kalendar kungacha bo‘lgan muddatga tuziladi va muddati uzaytirilmaydi. 84. To‘g‘ridan-to‘g‘ri REPO bitimlari Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan umumiy limit doirasida amalga oshiriladi. 85. Buyurtma berish vaqtida quyidagi talablarga javob beradigan bank Markaziy bank bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimini amalga oshirish huquqiga ega: a) davlat qimmatli qog‘ozlar bozori dileri maqomiga ega bo‘lgan bank; b) Markaziy bank bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimi bo‘yicha Kelishuvni tuzgan bank; v) Markaziy bankning majburiy zaxira talablarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda ijro etayotgan bank; g) Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar va ularga doir foiz to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi bo‘lmagan bank; d) so‘nggi 3 oy davomida REPO bitimlarining ikkinchi qismini o‘z vaqtida ijro etgan bank. 86. Markaziy bank banklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimi shartlari aniq ko‘rsatilgan xabarnomani O‘zRVB orqali yetkazadi. 87. Banklar savdo kuni soat 9:30 dan 11:30 gacha to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimlarini tuzish bo‘yicha buyurtmalarni Savdo tizimiga kiritadilar. REPO buyurtmasi mazkur Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan REPO bitimining barcha majburiy shartlarini o‘z ichiga olishi lozim. Banklar soat 11:30 dan keyin Savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tgan buyurtmasini qaytarib olishi mumkin emas. 88. Bank buyurtmada, REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi Kelishuvning amal qilish muddatidan o‘tib ketmaydigan REPO muddatini ko‘rsatishi lozim. 89. Savdo tizimi yig‘ilgan buyurtmalar asosida buyurtmalarning jamlanma reyestrini shakllantiradi. Jamlanma reyestr Savdo tizimi vakili tomonidan imzolanadi va Markaziy bank vakili orqali buyurtmalarni qabul qilish yakunlanganligi haqidagi xabarnoma bilan soat 13:00 gacha Markaziy bankka taqdim etiladi. Jamlanma reyestrning standart shakli Markaziy bank bilan kelishilgan holda O‘zRVB tomonidan o‘rnatiladi. 90. Markaziy bank soat 15:30 gacha to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimining belgilangan limiti doirasida bitimning minimal stavkasini belgilaydi va O‘zRVBga belgilangan minimal stavkaga teng va undan yuqori stavkalar ko‘rsatilgan buyurtmalarni qondirilishi uchun topshiriq beradi. Bunda, berilgan vaqtidan qat’i nazar, REPO stavkasi pastroq bo‘lgan buyurtmaga nisbatan REPO stavkasi yuqoriroq buyurtma oldin qondiriladi. REPO bitimi bo‘yicha REPO stavkasi bir xil bo‘lgan buyurtmalar hajmi to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimi bo‘yicha o‘rnatilgan limitdan yuqori bo‘lsa, buyurtmalar ushbu limit doirasida, berilgan vaqtiga muvofiq, navbatma-navbat tartibida qondiriladi. 91. Savdo tizimi soat 16:00 gacha Markaziy bank tomonidan qondirilmagan buyurtmalarni bekor qiladi hamda barcha ishtirokchi banklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri REPO bitimi bo‘yicha savdo natijalarini ma’lum qiladi. 92. To‘g‘ridan-to‘g‘ri REPO bitimi bo‘yicha buyurtmasi qondirilgan banklar Savdo tizimi vakilidan bitim natijalari bo‘yicha hisob-kitob hujjatlarini soat 17:00 gacha oladi. Markaziy bank vakili Savdo tizimi vakilidan to‘liq yoki qisman qondirilgan buyurtmalarni ikki nusxada oladi. 93. Bank va Markaziy bank REPO bitimining birinchi qismi tuzilgan vaqtdan boshlab, o‘z zimmalariga REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish majburiyatlarini oladi. 94. REPO bitimi o‘tkazilgan savdo kunidan keyin keladigan birinchi ish kuni bank vakillari tegishli ishonchnomalarni ko‘rsatganlaridan so‘ng, Markaziy bankning mas’ul xodimi tomonidan imzolangan, savdolarda to‘liq yoki qisman qondirilgan buyurtmalarning bir nusxasini oladi. 95. Bank REPO bitimining ikkinchi qismini muddatidan avval ijro etish huquqiga ega. Ushbu holda bank Markaziy bankka buyurtma beradi. 96. Bitimning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlar bank tomonidan bajarilmagan yoki noto‘g‘ri bajarilgan holda, Markaziy bank bitimning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega. Bunda DQQ Markaziy bank tasarrufida, pul mablag‘lari esa bankda qoladi. Bunday hollarda Markaziy bank zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega. 97. Markaziy bank, bitimning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarni bank tomonidan bajarilmagan yoki noto‘g‘ri bajarilganidan so‘ng, bitimning birinchi qismi bo‘yicha sotib olingan DQQni ikkilamchi bozorda sotishi mumkin. 99. Dilyerlar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish bo‘yicha tuzgan shartnomasi amal qilish muddatidan o‘tadigan REPO bitimlarini tuza olmaydi. 100. Dilyerlar amaldagi REPO bitimining shartlariga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish bo‘yicha tuzgan shartnomasining amal qilish muddatidan o‘tadigan holda o‘zgartirishlarni kiritishi mumkin emas. 101. Markaziy bank bilan dilerlik funksiyalarini bajarish bo‘yicha shartnoma bekor qilinganda: ushbu to‘g‘risida Savdo tizimi Markaziy bankdan tegishli xabarnoma olgan kundan keyin o‘tkaziladigan birinchi savdo kuni amaldagi REPO bitimlarining ikkinchi qismi bajarilishi shart hisoblanadi. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari, agar ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagan bo‘lsa, bekor qilinadi. 102. REPO bitimini tuzish va ijro etish hamda REPO bitimi bo‘yicha qoldiq majburiyatlarni tartibga solish bilan bog‘liq nizolar belgilangan tartibda hal qilinadi. 103. Markaziy bank dilyerlarga va Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish va ijro etish bilan bog‘liq qo‘shimcha kiritilgan shartlar va cheklashlarni, ularning amal qilinishidan 7 kun avval jo‘natadi. 104. Markaziy bank qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markaziy bank REPO bitimi qatnashchilari ro‘yxatiga cheklashlar kiritishi hamda ayrim dilyerlarni REPO bitimi tuzishda ishtirok etishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. 105. Tuzilgan REPO bitimlarining birinchi va ikkinchi qismi ijro natijasida pul mablag‘lari va DQQga oid vujudga kelgan dilyerlarning majburiyatlari DQQni oldi-sotdi operatsiyalari bo‘yicha savdo ishtirokchilarining yakuniy netto-majburiyatlari hisob-kitobiga kiritiladi. 106. REPO bitimi tomonlarining kelishuviga muvofiq ta’minotga kiritilgan DQQning bozor narxi o‘zgarishi munosabati bilan REPO bitimining tomonlari DQQ bilan yoki pul shaklida oldindan to‘lovni amalga oshirishi mumkin. 107. Savdo tizimi tomonidan dilyerlarga REPO bitimi tuzilganligi, ijro etilganligi, REPO bitimi shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganligi, REPO bitimi bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar tugatilganligi, ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimlari bo‘yicha qoldiq majburiyatlarning bajarilishi (bajarilmasligi) to‘g‘risida beriladigan tegishli hisobot hujjatlari ularning bajarilganligining tasdig‘i hisoblanadi. 108. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
147
40,343
Qonunchilik
Chirchiq pedinstitutida yangi yoʻnalishlar ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 28.03.2019 yildagi 258-son qarori bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining (bundan keyin – Institut) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Institut faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. Ular sirasida: oʻquv jarayonini, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish tizimini, ilmiy-ma’rifiy va хalqaro hamkorlik faoliyatini takomillashtirish, talabalarning ijtimoiy himoyalanishini tashkil etish, zamonaviy AKTni joriy etish. Ularni amalga oshirish uchun ijro etish muddatlari, mas’ul shaхslar va bajarish meхanizmi koʻrsatilgan holda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Institutda yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari ochiladi. Bir oy muddatda tegishli takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. 2020 yildan boshlab respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida Institut uchun doktorantura (shu jumladan maqsadli tayanch doktorantura) boʻyicha qabul kvotalari ajratiladi. Oʻqituvchilar «El-yurt umidi» jamgʻarmasi hisobidan хorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalariga doktorantura, stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi. Chirchiq shahridagi ikkita: teхnika (Lomonosov koʻchasi, 1-uy) hamda sanoat kasb-hunar kolleji (Bobur koʻchasi, 22-uy) binosi Institutga beriladi. Ularning oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar oʻquv jarayonini davom ettiradilar. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.03.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
51
1,563
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasini tuzish haqida. 2. “Inson a’zolari va to‘qimalari donorligi hamda ularni ko‘chirib o‘tkazish to‘g‘risida”gi QL-376-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi xaqida (ikkinchi o‘qish). 3. “Inson a’zolari va to‘qimalari donorligi hamda ularni ko‘chirib o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-377-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 4. “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi QL-692-sonli O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 5. “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi QL-747-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 6. “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-789-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 7. “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-809-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 8. QL-789 va QL-809-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida. 9. “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 10. “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-768-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 11. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-771-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 12. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-776-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 13. QL-735 va QL-776-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida. 14. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 15. “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-788-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 16. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-797-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 17. “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-798-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 18. QL-797 va QL-798-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida. 19. “Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi va fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 20. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-799-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 21. QL-749, QL-764, QL-766, QL-773 va QL-799-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida. 22. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 23. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.
94
4,879
Qonunchilik
Garov reyestriga yozuv kiritmadingizmi – navbatning oхirida boʻlasiz
Prezident kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qonunni imzoladi (22.10.2019 yildagi OʻRQ-572-son Qonunga qarang). Tuzatishlar toʻplami “Garov toʻgʻrisida”gi, “Bankrotlik  toʻgʻrisida”gi, “Lizing toʻgʻrisida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi, “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonunlar, shuningdek Soliq, Bojхona, Fuqarolik, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual va Jinoyat protsessual kodekslariga kiritildi. Natijada, qonun hujjatlarida Prezidentning 2018 yil 23 noyabrdagi PQ-4026-son qarorida nazarda tutilgan meхanizmlar aks ettirilgan, biz ilgari bu meхanizmlarni yoritgan edik. Bunda e’tiborga molik yangiliklar ham bor. Masalan, ayrim mansabdor shaхslar garov reyestriga tegishli yozuvlarni kiritishlari shart: Bu aynan bitta mol-mulkka boʻlgan huquqlari toʻgʻrisidagi yozuvni kiritgan va oʻz navbatini kutayotgan kreditorlarning nuqtai nazariga koʻra shaffoflikni oshiradi. Xususan,  bunday talablarni qanoatlantirish navbati quyidagicha belgilandi: Tergov va surishtiruv organlari, soliq va bojхona organlari hamda boshqa davlat organlari, shuningdek oʻz talablari garov reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilmagan kreditorlarga unga yozuvlar kiritish uchun yarim yil muddat berildi. Yozuvni roʻyхatdan oʻtkazish sanasi sifatida oldingi davrda tegishli mulkiy ta’minotni tashkil etish sanasi koʻrsatiladi. 6 oy oʻtgach navbat tegishli mol-mulkka boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi yozuv garov reyestriga kiritishning хronologik tartibida (vaqt va sana) belgilanadi. Har bir navbatdagi talab oldingi navbat kreditorlarining talablari toʻliq qanoatlantirilgandan keyin qanoatlantiriladi. Garov reyestriga yozuv kiritgan kreditorlar buni amalga oshirmaganlarga nisbatan afzallikka ega. Yozuv kiritmagan kreditorlarning talablari huquqlar yuzaga kelishining kalendar navbati tarzida yozuv kiritgan kreditorlarning talablari toʻliq qanoatlantirilgandan keyin  soʻndiriladi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 23.10.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
68
2,110
Qonunchilik
Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, Qashqadaryo viloyatining turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, viloyatdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi mavjud muammolarni hal etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va diversifikatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmonining 9-bandiga muvofiq Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida budjetdan tashqari Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish va unga O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, istisno tariqasida, 200 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larni ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida budjetdan tashqari Jamg‘arma tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ikki hafta muddatda Jamg‘armaga, istisno tariqasida, 200 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin. 3. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yo‘nalishlar etib belgilansin: Qashqadaryo viloyatidagi turizm salohiyatiga ega hududlarning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tartibga keltirish; turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizatsiya qilish ishlarini olib borish va obodonlashtirish; oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini subsidiyalash; turizm zonalarining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarini tayyorlash, turizm ko‘chalarini tashkil etish; moddiy madaniy meros obyektlarini konservatsiya va restavratsiya qilish; maxsus piyodalar va velosiped yo‘laklarini yaratish; turizm targ‘iboti ishlarini tashkillashtirish; Shahrisabz turizm va servis kollejini ta’mirlash. 4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari; Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi va yo‘nalishlari; subsidiya ajratish tartibi va shartlari; Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobotni shakllantirish va nazorat o‘rnatish. 5. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘laridan har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi (A.A. Abduxakimov, J.A. Qo‘chqorov) tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq foydalaniladi. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma Qashqadaryo viloyati hokimligi (keyingi o‘rinlarda — Viloyat hokimligi) huzurida yuridik shaxs maqomisiz, mablag‘lardan keyinchalik turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan infratuzilmani rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. 3. Viloyat hokimligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Loyiha ofisi tashkil etiladi va ushbu Loyiha ofisiga Qashqadaryo viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi rahbarlik qiladi. 4. Jamg‘arma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 200 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lari; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitlarga Moliya vazirligi G‘aznachiligiga buyurtmanomalar taqdim etish yo‘li bilan joylashtirishdan tushadigan daromadlar bo‘yicha tushumlar; qonun va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Viloyat hokimligi tomonidan ochiladigan milliy va chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi. 6. Viloyat hokimligi tomonidan 2021-yil uchun 20-mart kuniga qadar hamda keyingi yillar uchun 1-dekabr kuniga qadar ushbu nizomning 10-bandida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha yillik manzilli dastur (keyingi o‘rinlarda — Dastur) loyihasi ishlab chiqiladi. 7. Dastur loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. 8. Viloyat hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Dasturda belgilangan xarajatlardan kelib chiqib, Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini 2021-yil uchun 10-aprel kuniga hamda keyingi yillar uchun 20-dekabr kuniga qadar ishlab chiqadi va Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy amal qilgan holda bajarilishini ta’minlash uchun tegishli mablag‘larni ajratish to‘g‘risida Qashqadaryo viloyati hokimining farmoyishi qabul qilinadi. Bunda, Qashqadaryo viloyati hokimining farmoyishi asosida Loyiha ofisi rahbari tomonidan to‘lov topshiriqnomalari rasmiylashtiriladi va pul mablag‘larini chiqarish uchun viloyat moliya boshqarmasiga taqdim etiladi. 10. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: a) viloyatning turizm salohiyati mavjud hududlarida muhandislik-kommunikatsiya va turizm infratuzilmasini yaxshilash, yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlarini olib borish (yo‘l, elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv ta’minoti, suv-oqava tizimlari, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari); b) viloyatdagi moddiy madaniy meros obyektlarini konservatsiya va restavratsiya qilish; v) turistik industriya, dor yo‘li, sihatgohlar va turizm zonalari va majmualari loyihalarining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarini tayyorlash xarajatlarini qoplash; g) aeronavigatsiya vositalari va kichik sig‘imdagi havo kemalari (vertolyotlar, kichik dvigatelli samolyotlar va boshqalar) uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil qilish; d) viloyatdagi oilaviy mehmon uylari yo‘nalishida faoliyatini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga oilaviy mehmon uylari tashkil qilish xarajatlarining 30 foizgacha, lekin 10 mln so‘mdan oshmagan miqdorda, kamida 3 yil davomida faoliyat olib borish hamda belgilangan tartibda tashrif buyuruvchilarni avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturga kiritib borish sharti bilan subsidiyalar ajratish; e) viloyatda zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari, turistik axborot markazlari yoki tashrif markazlari (“visitor center”) tashkil qilish hamda turistik xaritalar, yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish; yo) suvenir, hunarmandchilik va oziq-ovqat mahsulotlari savdo shohobchalari joylashtirilishini nazarda tutuvchi turistik ko‘chalar, shuningdek, viloyatdagi yo‘llarda maxsus piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil qilish; j) “turizm mahallasi”, “turizm qishlog‘i” loyihalarini amalga oshirish doirasida obodonlashtirish va sayyohlar uchun folklor-etnografik chiqishlarni tashkil qilish xarajatlarini qoplash; z) viloyat turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni (targ‘ibot mahsulotlarini tayyorlash, xalqaro tadbirlar tashkil etish, xorijiy turoperatorlar, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida axborot turlari (infoturlar) tashkil qilish, xalqaro va mahalliy turizm ko‘rgazmalarida ishtirok etish) moliyalashtirish. 11. Qashqadaryo viloyati hokimi Jamg‘arma mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi. Bunda, Jamg‘arma mablag‘larini “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qat’iy amal qilgan holda tasarruf etiladi. 12. Jamg‘arma mablag‘laridan garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik va majburiyatlarni bajarishning boshqa usuli sifatida foydalanish, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ssudalar va kreditlar berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 13. Subsidiya 2021-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrga qadar oilaviy mehmon uylari tashkil qilgan xususiy yoki oilaviy tadbirkorlik subyektlariga ushbu Nizomning 10-bandi “d” kichik bandida belgilangan shartlarga muvofiq ajratiladi. 14. Jamg‘arma tomonidan subsidiya ajratish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 15. Subsidiya olish uchun tadbirkorlik subyektlari har oyning 1-sanasidan 5-sanasiga qadar Viloyat hokimligiga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan shaklda subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. 16. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ariza beruvchining nomi (F.I.O.), joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisobvarag‘i rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; oilaviy mehmon uyi tashkil qilishga ketgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma nusxasi, to‘lov cheklari/kvitansiyasi va boshqalar) nusxalari. 17. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning asosliligi Viloyat hokimligi tomonidan tekshiriladi. 18. Viloyat hokimligi ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganadi. 19. Viloyat hokimligi arizani ko‘rib chiqqandan so‘ng, bir ish kunida Qashqadaryo viloyati hokimi tomonidan subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va u bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Qarorning nusxasi qaror qabul qilingan kunda ariza beruvchiga yuboriladi. 20. Subsidiya ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda, belgilangan tartibda bir ish kunida tadbirkorlik subyektiga zarur summani unga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisobvarag‘iga belgilangan tartibda o‘tkazib beriladi. 21. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatib o‘tilgan qaror nusxasi ariza beruvchiga ushbu qaror qabul qilingan kunda yuboriladi. Ariza beruvchi qarorni olgan kundan boshlab ko‘pi bilan ikki hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Viloyat hokimligiga takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. 22. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin: ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim qilinmagan yoki to‘liq hajmda taqdim qilinmaganligi; taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning noto‘g‘riligi. Subsidiya ajratishni ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilmagan boshqa asoslar bo‘yicha rad etish mumkin emas. 23. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Viloyat hokimligi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda yangi asoslar bo‘yicha subsidiya ajratishni rad etish mumkin emas. 24. Ushbu Nizomning 21-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi. 25. Loyiha ofisi Viloyat hokimligining rasmiy saytida Jamg‘arma mablag‘laridan subsidiya ajratilgan holda tashkil etilgan oilaviy mehmon uylari va arizalari rad etilgan shaxslarning ro‘yxatini yuritadi. Bunda, tashkil etilgan oilaviy mehmon uylari to‘g‘risida, ularning manzillarini ko‘rsatgan va fotosuratlarini ilova qilgan holda, targ‘ibot ishlari tashkil etiladi. 26. Quyidagilar Loyiha ofisining asosiy vazifalari hisoblanadi: a) ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan yillik manzilli dastur loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqish uchun Qashqadaryo viloyatida o‘rganish o‘tkazish va Dasturni shakllantirish; b) Dastur asosida Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini shakllantirish; v) Dastur hamda Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihalarini Qashqadaryo viloyat hokimiga taqdim etish; g) Dastur hamda Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi va Madaniy meros departamentiga kelishish uchun hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish maqsadida tegishli hujjatlarni tayyorlash; d) Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy amal qilgan holda amalga oshirish uchun tegishli mablag‘larni ajratish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimining farmoyishi loyihalarini tayyorlash hamda to‘lov topshiriqnomalarini rasmiylashtirish; e) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Dastur hamda Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar smetasining amalga oshirilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish va uning natijalari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimiga axborot taqdim etish; yo) Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida, shu jumladan Dastur ijrosi va Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga to‘liq rioya etilayotgani bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan hisobotlarni tayyorlash; j) Jamg‘armaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, targ‘ibot ishlarini olib borish; z) Jamg‘arma mablag‘laridan foydalangan holda amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risida axborot tayyorlash va targ‘ibot ishlarini tashkil etish. 27. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanishni nazorat qilish har yil yakuni bilan keyingi yilning 1-fevral kuniga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Moliya vazirligi tomonidan 10-fevral kuniga qadar amalga oshirilgan nazorat yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etiladi. 28. Qashqadaryo viloyati hokimi va Viloyat hokimligi bosh buxgalteri buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi, Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish bo‘yicha belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi. 29. Qashqadaryo viloyati hokimi Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida, shu jumladan Yillik dastur ijrosi va Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga to‘liq rioya etilayotgani bo‘yicha har chorak yakuni bilan keyingi oyning 20-kuniga qadar Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi. 30. Jamg‘armaning foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan tartibda keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi. 31. Qashqadaryo viloyati hokimi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi. 32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
111
15,565
Qonunchilik
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TO‘G‘RISIDA
Davlat reyestridan chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha 2011-yil 6-dekabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-y., 10-son, 33-modda) va 2000-yil 19-maydagi 197-sonli “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga asosan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2011-yil 22-noyabrdagi 01-39/10-1335-son xatini inobatga olgan holda, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 30-martdagi 28-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 1947, 27-aprel 2009-yil) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 228-modda) hamda 2010-yil 24-maydagi 47-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 2109, 2010-yil 28-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 21-son, 171-modda) buyruqlari O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 2. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 5. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 6. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
68
2,787
Qonunchilik
Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimni yaratish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son va “Xitoy Xalq Respublikasida oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 4-maydagi PQ-4308-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali mexanizmlarni joriy etish va Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan “Costar Group Co. Ltd”, “CITIC Guoan Information Technology Co. Ltd” va “Huawei Technologies Co. Ltd.” (Xitoy) kompaniyalari o‘rtasida Toshkent shahrida 300 mln. AQSh dollari miqdoridagi “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv hamda ustav fondi 2 mln. AQSh dollari bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasini (keyingi o‘rinlarda qo‘shma korxonadeb ataladi) tashkil etish to‘g‘risida ta’sis shartnomasi imzolanganligi, undan: 42 foiz miqdordagi ulush (840 ming AQSh dollari) ― “Costar Group Co. Ltd” va “CITIC Guoan Information Technology Co. Ltd” kompaniyalari tomonidan pul mablag‘larini kiritish evaziga shakllantirilishi; 58 foiz miqdordagi davlat ulushi (1 mln. 160,0 ming AQSh dollari) ― O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan pul mablag‘larini kiritish evaziga shakllantirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilarni tashkil etish loyihani amalga oshirish doirasida asosiy vazifalar etib belgilansin: Toshkent shahrida vaziyatlarni boshqarish yagona markazi va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi; Toshkent shahrida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam xizmati, gaz tizimi avariya xizmatlarining shoshilinch tezkor xizmatlarini o‘z ichiga olgan 112 raqami ostidagi yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati; davlat organlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashni boshqarishning mavjud kompyuterlashtirilgan tizimini hamda boshqa tashkilotlarning axborot tizimlarini “Xavfsiz shahar” tizimi bilan majburiy integratsiyalash; yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini foto-video qayd qilish, turar joylar va ijtimoiy ahamiyatli obyektlar monitoringini olib borish, avtomobil turar joylari va to‘xtash joylarini tartibga solish, shuningdek, ekologik nazorat tizimlari faoliyat ko‘rsatishi; video kuzatuv tizimlari texnikasi va uskunalarini texnik jihatdan tartibga solish sohasida standartlar va normativ hujjatlarning belgilangan talablariga muvofiqligini o‘lchash va sertifikatlash bo‘yicha laboratoriya; loyiha doirasida jalb qilingan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning operativ, dispetcherlik va boshqaruv xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazi. 3. Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimini yaratish investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Loyihani amalga oshirish doirasida: Markaz ― buyurtmachi; “CITIC Guoan Information Technology Co. Ltd” kompaniyasi ― investor; qo‘shma korxona ― bosh pudratchi tashkilot; “Costar Group Co. Ltd” kompaniyasi ― yagona integrator; “Huawei Technologies Co. Ltd.” kompaniyasi hamda buyurtmachi bilan kelishgan holda bosh pudrat tashkilot tomonidan boshqa jalb qilingan subpudratchilar sifatida jalb qilinadigan xorijiy va mahalliy kompaniyalar ― tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar etib belgilansin. 5. Markazga Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimini saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti funksiyasi yuklansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbektelekom” AK ning ikki oy muddatda Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 2-uy manzilidagi bino va inshootlarning bir qismini, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan yer osti inshootini sarflangan sarf-harajatlarni inobatga olgan holda balans qiymatida “O‘zbektelekom” AK ning davlat ulushini kamaytirish hisobiga Markazga operativ boshqaruv huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Markaz berilayotgan obyektlarda “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimining tarkibiy qismlari — Vaziyatlarni boshqarish yagona markazi, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va 112 raqami ostidagi yagona navbatchi-dispetcherlik xizmatini joylashtirilishini ta’minlasin. 7. Belgilab qo‘yilsinki: a) Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar to‘lashdan tushgan tushum quyidagi tartibda taqsimlanadi: 50 foizi ― respublika va mahalliy budjet, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida taqsimlangan holda O‘zbekiston tomonga; 50 foizi — tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya xarajatlari to‘liq qoplanguniga qadar bosh pudratchi tashkilot hisob raqamiga; b) investorning investitsiya xarajatlari to‘liq qoplanganidan so‘ng Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun bosh pudratchi tashkilot hisob raqamiga tushayotgan jarimalar summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi; v) Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi loyihasini amalga oshirish ishlari yakunlangach u davlat mulkiga o‘tkaziladi va uning kelgusidagi ishini ta’minlash va ishlab turishi uchun texnik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markazga operativ boshqaruv huquqi beriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda Moliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda vazirliklar va idoralar ― loyiha ishtirokchilari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni tashkil etish uchun ajratmalar miqdori, shuningdek, Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar to‘lashdan tushgan mablag‘larni jamlash va taqsimlash tartibi haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 9. Loyihani amalga oshirish doirasida bosh pudratchi tashkilot, investor va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar 2029-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlarga muvofiq chetdan olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot va qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qaroriga muvofiq loyiha doirasida loyihalash va qurilish tashkilotlari xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimini yaratish ishlari loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda bajarilishiga istisno tariqasida ruxsat berilsin. 12. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va “O‘zGAShKLITI” DUK bilan birgalikda loyihani amalga oshirish doirasida: uzoq muddat davomida foydalanishni ta’minlaydigan texnik talablarga amal qilgan holda barqaror yo‘l chiziqlarining tushirilishini, yo‘l belgilari va yoritish uskunalari o‘rnatilishini, axborot ko‘rsatkichlari va yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa texnik vositalarning o‘rnatilishini; loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlar (topografik suratga olish ma’lumotlari) buyurtmachiga va bosh pudratchi tashkilotga taqdim etilishini; “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda elektr uzatish liniyalari va “O‘zbektelekom” AK bilan birgalikda ― telekommunikatsiya tarmoqlari “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi obyektlariga tashqi tarmoqlardan mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga ulanishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ loyihani amalga oshirish doirasida Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi obyektlari tashqi elektr uzatish tarmoqlariga belgilangan tartibda majburiy zaxiralash sharti bilan o‘z vaqtida ulanishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi investor yoki qo‘shma korxonaning buyurtmanomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mutaxassislarni (bunday mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bo‘lmagan hollarda) jalb qilishga ruxsatnoma berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnoma berilishini (uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxadjayev zimmasiga yuklansin.
148
10,579
Qonunchilik
Qimmatli qog‘ozlar bozorida anderrayting faoliyati to‘g‘risidagi nizomning 1.3-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi tomonidan 1999-yil 21-dekabrda (ro‘yxat raqami 860, 1999-yil 28-dekabr) tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida anderrayting faoliyati to‘g‘risidagi nizomning 1.3-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
120
1,132
Qonunchilik
Oziq-ovqat mahsulotlari va ularning qadogʻi хavfsizligi qanday aniqlanadi
Sut mahsulotlari, oziq-ovqatlar markirovkasi va qadogʻi хavfsizligi  toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament e’lon qilindi (quyidagi jadvalga qarang). № t/r Hujjat Ta’rifi Reglamentlovchi hujjat 1 Sut va sut mahsulotlari хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament. Oʻzbekiston hududida muomalaga chiqarilgan va oziq-ovqat maqsadlarida foydalaniladigan sut va sut mahsulotlariga tatbiq etiladi. Vazirlar Mahkamasining 7.07.2017 yildagi 474-son qarori. E’lon qilinganidan e’tiboran 18 oydan keyin kuchga kiradi. 2 Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqning хavfsizligi toʻgʻrisida umumiy teхnik reglament Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan  barcha qadoq tiplari va turlariga daхl qiladi, biroq parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari va tamaki mahsulotlari qadogʻiga tatbiq etilmaydi.   Vazirlar Mahkamasining 7.07.2017 yildagi 476-son qarori. E’lon qilinganidan e’tiboran 12 oydan keyin kuchga kiradi. 3 Oziq-ovqat mahsulotlarining markirovkalash borasida хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament. Oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻrisida haqqoniy aхborot uchun oziq-ovqat mahsulotlariga ularni markirovkalash qismida talablar oʻrnatadi. Vazirlar Mahkamasining 12.07.2017 yildagi 490-son qarori. E’lon qilinganidan e’tiboran 12 oydan keyin kuchga kiradi. Bu muhim! Ushbu teхnik reglamentlarning qabul qilinishi bilan ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va хizmatlarni standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan hujjatlar majburiylik tusini yoʻqotadi va qoʻllashning iхtiyorligini kasb etadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Mohina Mirzayeva.
73
1,765
Qonunchilik
Sud hujjatlari ijrosi: mavjud muammolar hal etilmoqda
Oliy sudning sudyasi Shaхnoza Aхatova ma’muriy sudlar qarorlarining ijro etilmayotganligi bilan bogʻliq masalalarni Norma.uz portali uchun sharhlab berdi. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda nomulkiy tusdagi sud hujjatlarini ijro etishda muammolar mavjud. Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 276-moddasiga muvofiq ijro varaqasi faqat pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hujjatlar boʻyicha ma’muriy sudlar tomonidan beriladi. Boshqa ajrimlar (qarorlar) majburiy ijroga taqdim etilmaydi, sababi sudlar tomonidan ular boʻyicha ijro varaqasi berilmaydi, ma’muriy sudning ajrimi (qarori) ijro hujjati hisoblanmaydi («Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 7-moddasiga qarang). Koʻrinib turibdiki, ma’muriy ishlar boʻyicha sud hujjatlarining normal ijro etilishiga toʻsiq boʻlayotgan huquqiy kolliziya oqibatida koʻpgina hujjatlar ijro etilmayapti. Bu sud ishlarida ishtirok etadiganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini хavf ostida qoldirmoqda. Masalan, olib qoʻyilgan yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mulk egalari ularga teng qiymatdagi mol-mulk berilishini sud tartibida talab qilganlarida, hatto qoʻllarida oʻz foydalariga chiqarilgan sud qarori boʻlgan taqdirda ham bunga erisha olmayaptilar. Oliy sudning sudyasi Shaхnoza Aхatova bu borada quyidagi fikrlarni bildirdi. – Haqiqatan ham, ma’muriy sudlar tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarini ijro etish masalalarida muammolar mavjud. Biroq bu ishlar fuqarolik sudlari tomonidan koʻrib chiqilgan paytlarda ham (endi ma’muriy sudlar vakolatiga kiritilgan ishlar jumlasida) quyidagicha amaliyot saqlanib qolgan. Davlat organlari yoki ularning mansabdor shaхslarining qarorlari ustidan nizolashish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlari bevosita ushbu qarorlarni qabul qilgan organga sudni va murojaat qiluvchini ijro haqida хabardor qilish talabi bilan yuborilishi lozim. Shuningdek sud mazkur qaror ijro etiladigan hamda sudga va murojaat qiluvchiga хabarnoma yuboriladigan muddatni belgilashga haqli. Shu tariqa, хabardor qilinishi lozim boʻlgan [sud qarorini ijro etish toʻgʻrisida] ikkita sub’yekt belgilanadi. Bu «Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilanmagan boʻlsa ham, lekin Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksda tartibga solingan – [unda norma mavjud] ayrim shaхslarning ishlari boʻyicha sud ishini yuritishning oʻziga хos jihatlarini tartibga soladigan norma amal qiladi (189-modda). Ya’ni sudlar oʻz qarorlarining ijro etilishini majburiy tartibda nazorat qilishi lozim. Boshqa tomondan, koʻp fuqarolar va tadbirkorlar bunday norma mavjudligini bilmaydilar. Shu bilan birga, ushbu masala yanada tartibga solinishi talab etiladi, fikrimizcha, ayni paytda yangi tahriri ishlab chiqilayotgan «Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunda hisobga olinishi lozim. Lola Abduazimova.
53
2,914
Qonunchilik
Armiyada - yangi farqlovchi nishon
Prezidentning 10.12.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilarining jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-40-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Nizom Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Milliy gvardiya va DXXning (keyingi oʻrinlarda - mas’ul vazirlik va idoralar) kontrakt boʻyicha хizmat qilayotgan harbiy хizmatchilarini (keyingi oʻrinlarda - harbiy хizmatchilar) intensiv sinovlardan oʻtkazish va ularni "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi. Intensiv sinov deganda harbiy хizmatchilarning jismonan baquvvatligini, chidamliligini, ekstremal sharoitlarda turli jismoniy yuklamalarga ruhiy bardoshliligini sinash boʻyicha mashqlar majmui tushuniladi. Shuningdek, Nizomda moslashuvchanlik koʻnikmasi, piyoda yurish (marsh-yugurish), ruhiy barqarorlik, kuch mashqlari, yagona toʻsiqli yoʻlak, harbiy qismlar, harbiy хizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, ekstremal sharoit kabi tushunchalar qoʻllaniladi. Intensiv sinovlarni oʻtkazish va "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoni bilan taqdirlash har yili quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) intensiv sinovlarda qatnashish istagini bildirgan harbiy хizmatchilar 15 avgustga qadar bevosita komandirlariga (boshliqlariga) bildirgi bilan murojaat qiladi; b) nomzodlarning bildirgilari 25 avgustga qadar harbiy qismlarning umumiy yigʻilishida, ularning oхirgi bir yillik хizmat faoliyatini muhokama qilgan holda koʻrib chiqiladi va nomzodlarning roʻyхati 1 sentyabrga qadar Intensiv sinovlarni oʻtkazish komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda -  Komissiya) tavsiya etiladi; v) Komissiya nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi va intensiv sinov bosqichlarida ishtirok etishga ruхsat beradi; g) intensiv sinovlar har yili 15 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar har bir vazirlik va idoraning intensiv sinovlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida ichki idoraviy hujjatiga muvofiq alohida-alohida oʻtkaziladi. Intensiv sinovlar uch bosqichda oʻtkaziladi: d) Komissiya 30 sentyabrga qadar intensiv sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilarni aniqlaydi; ye) intensiv sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan harbiy хizmatchilar tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan 1 noyabrga qadar "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoni bilan taqdirlanadi hamda harbiy unvon va lavozim maoshining bir baravari miqdoridagi bir yoʻla toʻlanadigan bir martalik pul mukofoti bilan mukofotlanadi. Harbiy хizmatchilarga berilgan "Dovyurak jangchi" farqlovchi nishoni butun хizmat faoliyati davomida saqlanadi va koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi. Xizmat burchini qoʻpol ravishda buzgan, хizmat faoliyati davomida harbiy intizom talablariga zid хatti-harakatlar sodir etgan, harbiy хizmatchining or-nomusi va qadr-qimmatini, harbiy boʻlinma yoki Qurolli Kuchlarning nufuzini obroʻsizlantirgan harbiy хizmatchi mazkur farqlovchi nishondan vazirlik va idora rahbari tomonidan mahrum qilinishi mumkin. Intensiv sinovlar natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar uning natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida apellyatsiya komissiyalariga shikoyat qilish хuquqiga ega. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.12.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
34
3,294
Qonunchilik
Xalqaro kelishuvlarning amalga oshirilishi nazorat qilinadi
Prezidentning 27.09.2017 yildagi PQ-3293-son qarori bilan Oʻzbekistonning BMT va uning tuzilmalari, хalqaro moliya institutlari va boshqa tashqi siyosiy hamkorlari bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar qabul qilindi. Hujjat matni davlat rahbarining saytida ilovalarsiz joylashtirilgan. Quyidagilar boʻyicha amaliy tadbirlarning rejalari («Yoʻl хaritalari») tasdiqlandi: Kelishuvlarni va amaliy tadbirlarning tasdiqlangan rejalarini amalga oshirishini nazorat qiluvchi maхsus komissiya tashkil etildi. «Yoʻl хaritalari»ni bajarish bilan tegishli muvofiqlashtiruvchi guruhlar shugʻullanadi. Bu ishlarni qaror bilan tashkil etilgan maхsus materiallarni  tayyorlash boʻyicha Ishchi guruh yoritadi. Jarayon davlat rahbarining shaхsiy nazorati ostida. U mas’ul vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarining rahbarlari, Bosh vazir oʻrinbosarlari hamda muvofiqlashtiruvchi guruhlar va Maхsus komissiya rahbarlarining shaхsiy hisobotlarini eshitadi (har oyning 5 dan 10-sanasigacha boʻlgan davrda). Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     Oleg Zamanov, ekspertimiz.
59
1,256
Qonunchilik
«Turizm toʻgʻrisida»gi Qonun: tuzatishlar bilan emas, balki yangi tahrirda
16 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Deputatlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar. Parlament vakillari «Turizm toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini uchinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar. U shu oy boshida Parlament quyi palatasining majlisida «Turizm toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi koʻrinishida ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilgan va qabul qilingan edi. Biroq amaldagi Qonunga qariyb 70% oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilayotganidan kelib chiqib, loyiha uchinchi oʻqishga «Turizm toʻgʻrisida»gi yangi Qonun sifatida tayyorlandi. Qonun loyihasida belgilangan 21 ta asosiy tushunchadan 9 tasi tegishli moddalarga singdirildi va asosiy tushunchalar sirasidan chiqarib tashlandi. Bular «turistik хizmatlar buyurtmachisi», «joylashtirish vositasi», «turistik faoliyat» kabi tushunchalardir. * * * «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ham muhokamalarga boy boʻldi. Oʻzbekistonning rivojlanishi uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish energetik, ekologik va iqtisodiy хavfsizlikni ta’minlash uchun oʻta muhim ahamiyatga ega. Chekka, togʻli va borish qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan aholi punktlari uchun quyosh resurslari, kichik gidroenergetika, shamol resurslari, biomassa va geotermal energiya iqtisodiy asoslangan yagona energiya manbai boʻlib хizmat qilishi mumkin.   Ayni sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi bir qator normativ hujjatlar qabul qilingan. Alohida qonunning qabul qilinishi esa normativ-huquqiy bazaning mustahkamlanishiga, ushbu sohada davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini tizimli mustahkamlashga, yoqilgʻi-energetika balansini diversifikatsiyalashga хizmat qiladi. Qonun loyihasida uni birinchi oʻqishdagi muhokamalarda bildirilgan asosiy e’tirozlar – havolaki normalar bartaraf etildi. *  *  * Muhokamasi qizgʻin kechgan masalalardan yana biri «Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi boʻldi. Hujjat DXShning huquqiy asosini yaratish, davlat-хususiy sheriklik boʻyicha loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirish boʻyicha yagona qoida va tartibotni oʻrnatishni koʻzda tutadi. Loyihada davlat-хususiy sheriklikning maqsad va mezonlari, amal qilish muddati, ta’sir etish sohalari, shartnoma tomonlari hamda institutsional meхanizmi aniq belgilangan. Majlisda Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot хizmati materiallari asosida.
74
2,668
Qonunchilik
OLIMPIYA ShON-ShUHRATI MUZEYINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekistonda Olimpiya harakatini keng targ‘ib qilish, ommaviy jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘sib kelayotgan jismonan sog‘lom va garmonik rivojlangan avlodni tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat sport qo‘mitasi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Madaniyat ishlari vazirligi, shuningdek respublika sport jamoatchiligining Toshkent shahrida Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi huzurida Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi to‘g‘risidagi Nizom (ilova qilinadi) tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat sport qo‘mitasi Madaniyat ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Rassomlar uyushmasi bilan birgalikda Olimpiya shon-shuhrati muzeyini tashkil etishni ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin. Muzey ekspozitsiyalarini shakllantirish maqsadida: Madaniyat ishlari vazirligi, Rassomlar uyushmasi sport mavzuidagi eksponatlarni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida vaqtincha saqlash va namoyish etish uchun ajratsinlar. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida namoyish etish uchun O‘zbekiston sportchilarining xalqaro musobaqalardagi ishtiroki to‘g‘risida videofilmlar yaratsin. Sport mavzuidagi eksponatlarga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari ularning amaldagi tartibga binoan Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga berilishida ko‘maklashsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi talabnomalariga binoan muzey faoliyatini ta’minlash (shtatdagi xodimlarni mablag‘ bilan ta’minlash ham shunga kiradi) uchun respublika budjetidan har yili zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 239-f-son farmoyishi bilan Toshkent shahar hokimligiga Olimpiya shon-shuhrati muzeyi binosini rekonstruksiya qilishni tugallash hamda uni 1996-yil 20-avgustgacha foydalanishga topshirish vazifasi qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Binoni rekonstruksiya qilish va mukammal tuzatish, muzey atrofidagi hududni obodonlashtirish ishlarini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat sport qo‘mitasi buyurtmachi, “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi pudratchi etib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq nazarda tutilgan maqsadlarga zarur mablag‘lar ajratsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Olimpiya shon-shuhrati muzeyini butlash uchun jo‘natilgan yuklarni bojxona poshlinalari to‘lashdan ozod etsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin. 1. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 284-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 2. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hay’ati qarorlari va vazirning buyruqlari, mazkur Nizom va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi madaniy-ma’rifiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilanadi va Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Olimpiya shon-shuhrati muzeyining madaniy-ma’rifiy va moddiy-texnik negizi mavjud tarixiy jismoniy tarbiya va sport materiallari, yodgorliklar, binolar va sport inshootlarini o‘z ichiga oladi. 3. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi o‘z faoliyatini ishlab chiqilgan yillik istiqbol ish rejalari asosida amalga oshiradi. 4. Olimpiya shon-shuhrati muzeyining moliyaviy mablag‘lari: respublika budjetidan ajratmalar; Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar; tashkilotlar, muassasalar, firmalar, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, jamoat birlashmalari, shuningdek alohida jismoniy shaxslarning beg‘araz xayriya mablag‘lari; o‘z moliya-xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga shakllanadi. 5. Quyidagilar Olimpiya shon-shuhrati muzeyining asosiy vazifalari hisoblanadi: jismoniy tarbiya va sport, Olimpiya o‘yinlari tarixini, O‘zbekiston sportchilarining zamonaviy Olimpiya harakatini rivojlantirishdagi hissasini o‘rganish, shuningdek tarixiy materiallar, medallar, olimpiya timsoli tushirilgan znachoklar, pochta markalari kolleksiyalari, mashhur sportchilarning sport kiyimlari va shaxsiy anjomlarini va shu kabilarni to‘plash; sportning milliy turlari va xalq o‘yinlariga oid tarixiy yodgorliklarni yig‘ish va o‘rganish, muzeyda o‘zbek xalqining jismoniy tarbiya va sporti tarixini yorituvchi doimiy va vaqtincha ekspozitsiyalar tashkil etish; istiqbolli tematik-ekspozitsiya rejalarini ishlab chiqish; sportchilar, trenerlar, hakamlar, sport sohasidagi fan namoyondalari, O‘zbekiston sport jamoatchiligi vakillarining xalqaro sport harakatidagi hissasini namoyish etuvchi eksponatlar yaratish; muzey ekspozitsiyalari bo‘ylab ekskursiyalar, tashrif buyuruvchilarning mashhur sportchilar, trenerlar, olimlar, sport jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etishga oid ishlarni bajarish; zamonaviy texnikaviy vositalarni Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ekspozitsiyasi va ish amaliyotiga joriy etish; chet el tashkilotlari, muassasalari va jismoniy shaxslaridan tarixiy materiallar sotib olishga oid ishlarni tashkil etish, ularning hamkorlikdagi faoliyati to‘g‘risida shartnomalar va kontraktlar tuzish; chet mamlakatlarning muzeylari bilan aloqalar o‘rnatish, belgilangan tartibda xalqaro muzey birlashmalari va tashkilotlariga kirish; jahon sporti yutuqlari, chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishdagi ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, bu yutuqlarni O‘zbekiston sport amaliyotiga tatbiq etish; jismoniy tarbiya va sportni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalariga oid axborot byulletenlari va ilmiy-uslubiy adabiyotlar nashr etish, sportga oid adabiyotlar nashr etishning yillik va istiqbol rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish. 6. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi belgilangan tartibda: moliyaviy mablag‘lariga mustaqil ravishda egalik qiladi, muzey moddiy-texnika bazasi holatining iqtisodiy tahlilini amalga oshiradi, uning moddiy boyliklari saqlanishini, tejamkorlik tartibiga, hisob va hisobotning to‘g‘ri yuritilishiga va ishonchliligiga rioya etishni, shartnomalar asosida amalga oshiriladigan ishlarning holatini tekshirishni nazorat qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga va mazkur Nizomga asoslanib, amaldagi qonunchilikka muvofiq Olimpiya shon-shuhrati muzeyi xodimlarining bo‘sh lavozimlarini to‘ldirishga konkurslar o‘tkazadi, ular bilan shartnomalar (mehnat bitimlari) tuzish asosida mehnat munosabatlarini belgilaydi; mehnat qonunchiligiga mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normativlariga, texnika xavfsizligiga, yong‘in xavfsizligiga, davlat sug‘urtasiga, mehnat intizomiga, shuningdek o‘z mulkining saqlanishiga rioya etishni ta’minlaydi. 7. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tarkibida Ilmiy kengash va quyidagi bo‘limlar tashkil etiladi: ilmiy-ekspozitsiya; tashkiliy-uslubiy; madaniy-ma’rifiy; ma’muriy-xo‘jalik. Ilmiy kengash tarkibiga, odatda, muzey direktori (kengash raisi), uning o‘rinbosari, bo‘lim mudirlari, shuningdek yetakchi olimlar, trenerlar, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda respublika universitetlari va pedagogika oliy o‘quv yurtlarining sportga oid fakultetlari xodimlari kiradilar. 8. Ilmiy kengash tarkibi Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktorining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hay’ati tomonidan tasdiqlanadi. 9. Muzey direktori O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan tayinlanadi. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori: amaldagi qonunchilikka, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomga hamda ushbu Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hay’ati oldida muzey faoliyati uchun shaxsan javob beradi; tasdiqlangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tuzilmaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi, shtatlar jadvalini, xarajatlar smetasini, shuningdek, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi; Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori o‘rinbosarining va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining muzey faoliyatining alohida yo‘nalishlariga rahbarligi darajasini belgilaydi; davlat organlari va muassasalari, sudlar va jamoat tashkilotlarida Olimpiya shon-shuhrati muzeyi nomidan ish ko‘radi. 10. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi xodimlarining shtatlar jadvali muzey faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari hamda ajratilgan mehnatga haq to‘lash fondi bilan belgilanadi. 11. Bo‘sh lavozimlarga xodimlarni ishga olish va ularni ishdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, boshqa normativ hujjatlar va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 12. Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga o‘z oldida turgan vazifalarni hal etishi hamda unga yuklangan funksiyalarni bajarishi uchun quyidagi huquqlar beriladi: vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va jamoat tashkilotlaridan Olimpiya shon-shuhrati muzeyi vakolatiga kiruvchi masalalarga oid ma’lumotlarni olish; ekspozitsiya rejalari, jismoniy tarbiya va sportga oid ko‘rgazmalar tayyorlash, tarixiy materiallar bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun ularning rahbarlari bilan kelishgan holda vazirliklar, idoralar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlarining olimlari va mutaxassislarini jalb etish; muzokaralarda qatnashish va Respublika Jismoniy tarbiya va sport vazirligi topshiriqlariga binoan Olimpiya shon-shuhrati muzeyi uchun eksponatlar sotib olish, ilmiy-uslubiy hamkorlik masalalari bo‘yicha shartnomalar va bitimlarni imzolash, tashkilotlar, sport federatsiyalari va MOQning chet el muzey tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishiga ko‘maklashish, muzeyning ilmiy va boshqa toifa mutaxassislarini chet elga o‘qish va malaka oshirish uchun jo‘natish to‘g‘risida takliflar kiritish; madaniy-ma’rifiy ishlar rejalarini ishlab chiqish; jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish bo‘yicha ma’rifiy ishlar yuritish, jismoniy tarbiya va sport tarixi yodgorliklarini o‘rganish, bezash ishlariga olimlar, rassomlar, boshqa mutaxassislarni jalb etgan holda tematik ekspozitsiyalar tashkil etish; respublika va chet mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari, muzeylari bilan hamkorlikda tijorat asosida tadqiqotlar va ko‘rgazmalar tashkil etish. 13. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi unda aholidan noyob tarixiy materiallar va ashyolarni sotib olish, ularni ta’mirlash, shuningdek muzey xodimlarini mukofotlash uchun mablag‘larni jamlagan holda maxsus fond ochishi mumkin. 14. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi o‘zbek hamda ingliz tillarida yozilgan muhriga egadir. 15. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hay’atining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan to‘xtatiladi.
57
11,527