folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
QARZDOR VA UNING OILASINING NORMAL TURMUSh KEChIRIShI UChUN ZARUR BO‘LGAN, IJRO HUJJATLARI BO‘YIChA UNDIRUV QARATILIShI MUMKIN BO‘LMAGAN UY ANJOMLARI VA JIHOZLARI, KIYIMLAR HAMDA BOShQA BUYuMLAR RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Ro‘yxatga kiritilgan va garov buyumi hisoblangan buyumlarga undiruv, ushbu garovdagi mulk bilan ta’minlangan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qaratilishi mumkin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. Qarzdor — jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo‘lgan mol-mulk va buyumlarning quyidagi turlariga: 1. Asosiy mashg‘uloti qishloq xo‘jaligi hisoblangan shaxslarning: a) yagona sigiriga, sigiri bo‘lmaganda — yagona g‘unajiniga, xo‘jaliklarida sigir ham, g‘unajin ham bo‘lmaganda, yagona echkisiga, qo‘yi yoki cho‘chqasiga, shuningdek uy parrandasiga (uy tovug‘i, o‘rdak, g‘oz, kurka va tsesarkaga); b) qoramol uchun yangi yem-xashak yig‘ib olingunga qadar yoki yaylovga chiqargunga qadar (agar qoramolga undiruv qaratilmagan bo‘lsa) yem-xashakka; v) navbatdagi ekish uchun zarur bo‘lgan urug‘larga; 2. Qarzdor va uning qaramog‘idagi shaxslar normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan quyidagi uy anjomlari, jihozlar, kiyimlarga: a) har bir shaxsga kiyimlar: kuzgi yoki bahorlik palto yoki plash, bitta qishlik palto (yoki chopon, po‘stin), bitta qishlik kostyum (ayollar uchun — ikkita qishlik ko‘ylak), erkaklar uchun bitta yozlik kostyum yoki chopon (ayollar uchun — ikkita yozlik ko‘ylak), har bir mavsum uchun bittadan bosh kiyimi (bundan tashqari ayollar uchun — ikkita yozlik ro‘mol va bitta issiq ro‘mol yoki sholro‘mol), uzoq muddat foydalanilgan va qiymatga ega bo‘lmagan boshqa kiyim-kechaklar va bosh kiyimlariga; b) foydalanilgan oyoq kiyimlari, ichki kiyimlar, choyshablar, oshxona va yemakxona jihozlariga (qimmatbaho metallardan tayyorlangan, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan qadama naqshli buyumlar, shuningdek badiiy san’at qiymatiga ega bo‘lgan buyumlardan tashqari); v) har bir shaxs uchun mebel — bittadan karavot va stul yoki kursi, oila uchun bitta stol, bitta shkaf va bitta sandiqqa; g) bolalarning barcha jihozlariga; 3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarda foydalanishda bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va protez-ortopediya moslamalari. 4. Qarzdorning asosiy mashg‘uloti qishloq xo‘jaligi bo‘lsa, yangi hosilga qadar qarzdor va uning oilasi uchun zarur bo‘lgan miqdorda oziq-ovqat mahsulotlariga, boshqa hollarda esa — qarzdor oilasining har biri uchun bazaviy hisoblash miqdorida oziq-ovqatlarga (pul mablag‘lariga); 5. Qarzdor va uning oilasi ovqat tayyorlashi va isitish mavsumi mobaynida uy-joyini isitishi uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘iga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin emas.
228
3,162
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida o‘q otish sportini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublika sportchilarini o‘q otish va stendga o‘q otish bo‘yicha xalqaro musobaqalarga sifatli tayyorlash va ularda sportchilarning muvaffaqiyatli qatnashishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston o‘q otish sporti Federatsiyasining mashqlar o‘tkazish bazasini rivojlantirish hamda sportning ushbu turini keng targ‘ib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Respublikaning mavjud o‘q otish sporti bazasining maydoni va joylashgan joyi jihatidan xalqaro musobaqalar o‘tkazish uchun yaroqli bo‘lgan zamonaviy o‘q otish kompleksini yaratish uchun yetarli emasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda O‘zbekiston o‘q otish sporti Federatsiyasining: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, O‘rtasaroy posyolkasi manzilida joylashgan 99-son harbiy shaharchasini O‘zbekiston o‘q otish sporti Federatsiyasiga bepul foydalanish uchun berish va uning negizida “Zamonaviy o‘q otish sporti kompleksini qurish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish; O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tezkor boshqaruvida bo‘lgan Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi, 34-uy manzilidagi 1 qavatli binoni O‘zbekiston o‘q otish sporti Federatsiyasi ma’muriyatini joylashtirish uchun O‘zbekiston o‘q otish sporti Federatsiyasiga bepul foydalanish uchun berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston o‘q otish sporti Federatsiyasi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshirsinlar. 4. O‘q otish sporti kompleksi obyektlarini qurish doirasida: Toshkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib; “CNEGARALOYINA” MChJ — bosh loyihalovchi etib; bosh pudratchi tashkilot — belgilangan tartibdagi tender savdolari natijalari bo‘yicha; 2015-yilning to‘rtinchi choragi — qurilishni tugallash muddati etib belgilansin. 5. Buyurtmachi bosh loyihalovchi bilan birgalikda bir oy muddatda “Zamonaviy o‘q otish sporti kompleksini qurish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha sifatli texnik topshiriqni ishlab chiqsin va kelishish uchun kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda: buyurtmachi va loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari asosida Toshkent viloyati hokimligiga loyiha uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga davlat budjeti mablag‘lari ajratish masalasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha Idoralararo kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritsin; ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini taqdim etish yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Markaziy harbiy sport klubining 25 va 50 metrli o‘q otish tirlarini rekonstruksiya qilishni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan kapital qo‘yilmalarning budjet limitlari doirasida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari yuzasidan takliflar kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha, Toshkent viloyati hokimligiga Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi, 34-uy manzilida joylashgan binoni ta’mirlash va jihozlash uchun zarur budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi va ekspertizadan o‘tkazilishini, shuningdek obyektlarni qurish bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni belgilangan tartibda ta’minlasin. 9. Toshkent viloyati hokimligi o‘q otish sport kompleksini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasini tekislash va ko‘kalamzorlashtirishni ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston o‘q otish sporti Federatsiyasining Respublika oliy sport mahorati maktabi shtatiga sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha (o‘q otish va stendga o‘q otish bo‘limiga) qo‘shimcha ravishda ikkita katta trener lavozimi shtat birligini kiritish, ularning trenerlik-metodik faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish funksiyalarini O‘zbekiston o‘q otish sporti Federatsiyasiga yuklash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston o‘q otish sporti Federatsiyasi O‘zbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasi bilan birgalikda Ovchilik va sport qurollarining o‘q otish turlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga ularni sotib olish uchun ruxsatnoma olayotgan shaxslarni majburiy tartibda o‘qitish to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlasinlar. 12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston “Veteran” faxriy jangchilar (baynalmilalchilar) birlashmasi bilan birgalikda doimiy ravishda O‘zbekiston o‘q otish sporti Federatsiyasiga va uning mintaqaviy tuzilmalariga: umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari orasidan istiqbolli va talantli yoshlarni tanlab olishda; ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda yoshlar o‘rtasida sportning o‘q otish turlari keng targ‘ib etilishini ta’minlashda har tomonlama yordam ko‘rsatsinlar. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
89
6,005
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sud qarorlarining so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda – Sud departamenti) faoliyati samaradorligini yanada oshirish, uning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, sud ijrochilarining mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida: 1. Bajarilayotgan ishlarning murakkabligi, hajmi va samaradorligini hisobga olgan holda birinchi, ikkinchi va uchinchi toifadagi sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlarini o‘z ichiga olgan sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlarini toifalashtirish tizimi joriy etilsin. Bunda, belgilansinki: birinchi toifadagi sud ijrochilarining bo‘limlariga shahar bo‘limlari, shuningdek ijro hujjatlarining o‘rtacha yillik hajmi 15 mingtadan ortiq, 250 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan hududga xizmat ko‘rsatuvchi sud ijrochilarining tuman bo‘limlari kiradi; ikkinchi toifadagi sud ijrochilari bo‘limlariga ijro hujjatlarining o‘rtacha yillik hajmi 8 mingtadan ortiq hamda 100 mingdan 250 minggacha aholisi bo‘lgan hududga xizmat ko‘rsatuvchi sud ijrochilarining tuman bo‘limlari kiradi; uchinchi toifaga boshqa sud ijrochilarining bo‘limlari kiradi. Toifalashtirilgan bo‘limlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. 2013-yil 1-yanvardan boshlab: birinchi toifadagi tuman (shahar) bo‘limlari sud ijrochilarining mehnatiga haq to‘lash tarif razryadi 2 tarif razryadiga, ikkinchi toifadagi bo‘limlarda – 1 tarif razryadiga 2-ilovaga muvofiq oshirilsin; ijro hujjatlari bo‘yicha undirilayotgan mablag‘larning davlat daromadiga qaytarilishi bo‘yicha ish samaradorligi uchun sud ijrochilarining lavozim maoshiga oylik ustama haqi miqdorlari 3-ilovaga muvofiq o‘rnatilsin. Belgilansinki, sud ijrochilariga ish samaradorligi uchun ustama haqini to‘lash Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining: nisbatan ish hajmi kamroq bo‘lgan tumanlardan 160 nafar sud ijrochisi lavozimlarini katta hajmdagi ijro ish yuritishlar mavjud bo‘lgan tumanlarga o‘tkazish orqali sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari sonini qayta taqsimlash to‘g‘risidagi; bir-birini takrorlovchi va ortiqcha 28 nafar lavozimlarni qisqartirish hamda bo‘shagan shtat birliklarini Sud departamentining hududiy (viloyat) boshqarmalarida tashkiliy nazorat ishi va ish yurituvni mustahkamlashga yo‘naltirish yo‘li bilan markaziy apparat va hududiy (viloyat) boshqarmalar xodimlari sonini optimallashtirish to‘g‘risidagi; sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari tuzilmasiga 1 nafardan ish yurituvchi-kotib, Sud departamentining hududiy (viloyat) boshqarmalarida 1 nafardan arxivarius lavozimini kiritish orqali Sud departamentining quyi bo‘linmalarini mustahkamlash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Belgilansinki, arxivarius va ish yurituvchi-kotib lavozimlarini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 4. Sud departamentiga qonun hujjatlariga muvofiq uning vakolatiga kiruvchi ishlar bo‘yicha surishtiruvni amalga oshirish vazifasi yuklatilishi munosabati bilan: Sud departamenti markaziy apparatida – 3 nafar boshqaruv xodimidan iborat surishtiruv va ma’muriy amaliyot bo‘limi; Sud departamentining hududiy (viloyat) boshqarmalarida – har birida 3 nafargacha surishtiruvchilardan, jami 34 nafar boshqaruv xodimlaridan iborat surishtiruv sektorlari tashkil etilsin. Belgilansinki, Sud departamentining surishtiruv va ma’muriy amaliyot bo‘yicha tashkil etilayotgan bo‘linmalari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi. Quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘linmalarning asosiy vazifalari etib belgilansin: sud qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga, shuningdek voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashga doir jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv olib borish; ijro hujjatlari talablarini ijro etmaslik va ijro ish yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni aniqlash, rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyatni tizimli tahlil etishni tashkillashtirish, shuningdek ma’muriy ish yurituv, ma’muriy huquqbuzarliklarni hisobga olish va statistikasini yuritishning yagona amaliyotini ta’minlash; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek profilaktika qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 5. Sud ijrochilarining faoliyatida kompyuter, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilishini ta’minlash maqsadida: Sud departamenti markaziy apparatida – 3 nafar boshqaruv xodimidan iborat axborot ta’minoti va mol-mulkni qidiruv bo‘limi; Sud departamentining hududiy (viloyat) boshqarmalarida – har birida 3 nafargacha xodimdan, jami 42 nafar boshqaruv xodimlaridan iborat axborot ta’minoti va mol-mulkni qidiruv sektorlari tashkil etilsin. Belgilansinki, Sud departamentining axborot ta’minoti va mol-mulkni qidiruv bo‘yicha tashkil etilayotgan bo‘linmalari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi. Quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘linmalarning asosiy vazifalari etib belgilansin: ijro hujjatlarining elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, ular hisobini yuritishning hamda sud qarorlari, qonun hujjatlarida belgilangan organlarning hujjatlarini ijro etish muddatlariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish; qarzdorlarning mol-mulkini qidirishda, ijro ish yuritishning boshqa vazifalarini bajarishda banklar, davlat soliq xizmati organlari, “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi organlari, boshqa moliya-kredit tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar bilan elektron ma’lumot almashinuvni tashkillashtirish; umumiy yurisdiksiya sudlari, xo‘jalik sudlari, ijro hujjatlarini bergan boshqa organlar bilan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining tezkor va o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan o‘zaro elektron, axborot-kommunikatsiya hamkorlikni amalga oshirish; sud ijrochilariga qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishi ustidan nazorat qilishni va tizimli monitoringini amalga oshirishni tashkil etishga axborot-kommunikatsiya vositalari va texnologiyalarni joriy etish; huquqni muhofaza qiluvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlari bilan o‘zaro elektron axborot hamkorlikni amalga oshirishda qarzdorlarning shaxsiy ma’lumotlarining sir tutilishini ta’minlash; shuningdek Sud departamentining Yagona axborot-kompyuter tarmog‘iga samarali xizmat ko‘rsatish va texnik qo‘llab quvvatlash hamda xavfsizligini ta’minlash. 7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa vazirlik va idoralar, tijorat banklari qarzdorlarning mol-mulkini qidirishda sud ijrochilari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda belgilangan tartibda o‘zaro tezkor hamkorlikni ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: Adliya vazirligi bilan birgalikda Sud departamenti va uning hududiy (viloyat) boshqarmalari xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga mazkur qaror talablariga muvofiq o‘zgartirishlar kiritsin; mazkur qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarning Davlat budjeti parametrlari doirasida moliyalashtirilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: Sud departamentining surishtiruv vazifasini bajaradigan xodimlarini Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida tizimli ravishda tayyorlanishi va qayta tayyorlanishini ta’minlasin, bunda Sud departamenti bo‘linmalariga yangi ishga qabul qilinayotgan xodimlarga alohida e’tibor qaratsin; bir oy muddatda sud ijrochilarining formali kiyim-bosh namunalari hamda Sud departamenti maxsus avtotransport vositalari bo‘yoqlarining rangli grafik sxemalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 83 va 90-moddalari talablarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritsin; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin. 10. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006-yil 31-avgustdagi PQ–458-son qarorida: 1) 4-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 2) 7-bandning ikkinchi xatboshidan “baholovchilarni tanlov asosida tanlab olish mexanizmini joriy etishni, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin; 3) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti to‘g‘risidagi nizomda: a) 5-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Sud departamenti faoliyatiga aralashish, shuningdek ijro hujjatining qonuniy ijro etilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida Sud departamenti organiga yoki sud ijrochisiga har qanday shaklda ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi va qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Sud departamentining faoliyatini muvofiqlashtirish va me’yoriy-uslubiy ta’minlash yo‘li bilan Sud departamenti faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Sud departamenti faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi”; b) 6-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sud departamenti Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan o‘rnatilgan boshqaruv xodimlari sonining 10 foizigacha bo‘lgan doirada qo‘shimcha boshqaruv xodimlarini ta’minlashga haqli”; v) 7-band quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan vakolat doirasida va tartibda surishtiruv va ma’muriy amaliyotni yuritadi”; g) 8-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta’minlashda, shu jumladan qarzdorlarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini qidirishda davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ushbu maqsadlarda ko‘rsatilgan davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi; qonunga muvofiq Sud departamenti organlari vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha surishtiruvni amalga oshiradi; Sud departamenti organlariga taalluqli ma’muriy ishlarni ko‘radi va ma’muriy jazolar qo‘llaydi”; to‘rtinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin; d) 9-bandda: ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; e) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish jarayonida Sud departamentining mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega: davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan o‘tkazish; ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish; qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga, shu jumladan turar joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish; o‘zga shaxslarda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, o‘zga shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish; o‘zga shaxslarda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, sud ajrimi asosida o‘zga shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish; qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qo‘yish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish; qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari hamda o‘zga qimmatliklarini xatlash; qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari bo‘yicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qo‘yish; olib qo‘yilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, xususiy mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transportidan mol-mulkni tashish uchun xarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish; ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos bo‘lgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik bo‘lgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni so‘rab murojaat etish; ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirish; ijro yig‘imlarini, jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish; qarzdor jismoniy shaxsga, uning mol-mulkiga yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolaga nisbatan qidiruv e’lon qilish; ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha, shu jumladan ijro usuli va tartibini o‘zgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish; ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining xodimlariga yordam so‘rab murojaat qilish; ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga ko‘ra ixtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan qarzdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish, shuningdek sud hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish; qonunda belgilangan hollarda va tartibda mol-mulkni baholash; mol-mulkni baholash uchun baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan shaxsni jalb etish; qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash. Sud ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin”; j) 12-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Sud departamentining direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi hisoblanadi”; z) 15-bandning uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “Hududiy boshqarmalarning boshliqlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochilari hisoblanadi. Sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limalariga bo‘lim boshlig‘i – katta sud ijrochisi rahbarlik qiladi. Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”; i) 17-band quyidagi mazmundagi 71 va 72 kichik bandlar bilan to‘ldirilsin: “71) zarurat bo‘lganda, Sud departamenti faoliyatining ayrim sohalari bo‘yicha hamda Sud departamenti faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha Sud departamenti direktori huzuridagi muvaqqat yoki doimiy maslahat, ilmiy-maslahat, ishchi kengashlar va boshqa kollegial organlarni tashkil etadi; 72) O‘zbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi sifatida protsessual vakolatlarni amalga oshiradi”; k) 19-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochilari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek Sud departamenti markaziy apparati surishtiruv bo‘linmasining rahbari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksiga muvofiq Sud departamenti organlari rahbarlari sifatida funksional majburiyatlariga ko‘ra surishtiruv organining boshlig‘i vazifasini bajaradilar”; l) 20-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Sud departamenti xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan xizmatni o‘tash, rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi o‘rnatiladi. Sud departamentining martaba darajasiga ega bo‘lgan xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi formali kiyim-bosh va farqlash belgilarini kiyadilar. Formali kiyim-bosh buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”; m) 21-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Sud departamenti organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Sud departamentiga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, bo‘yoqlarning rangli grafik sxemalariga ega bo‘lgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlanadi. Xizmat avtotransporti, shu jumladan maxsus avtotransport, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlash me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”; 4) 2 — 6-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; 5) 7-ilovada (Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom): a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “ko‘chmas mulkni” so‘zlaridan keyin “shu jumladan, (jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqi obyekti hisoblanadigan) yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan obyektni” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; b) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “ko‘chmas mulk” so‘zlaridan keyin “shu jumladan yer uchastkasi, qurilishi tugallanmagan obyekt” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; v) 7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Undiruvni ko‘chmas mulkka, shu jumladan mulk huquqi asosida qarzdorga tegishli bo‘lgan yer uchastkasi, qurilishi tugallanmagan obyektga qaratilgan taqdirda, qarzdorning mazkur mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda tegishli hujjatlar baholash uchun baholovchi tashkilotga yuboriladi. Qarzdorga tegishli va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini, keyinchalik undiruvni unga qaratish maqsadida, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun sud ijrochisi “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi organiga murojaat qilishga haqli. Bunda, ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi sud ijrochisining yozma topshirig‘iga qarzdorning mazkur ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Qarzdorning huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiradi”; g) 8-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Avtomototransport vositalari, ko‘chmas mulk va qurilishi tugallanmagan obyektni baholashni ularni ko‘zdan kechirish bilan bir vaqtda o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi”; d) 9-bandning birinchi gapidagi “hujjatlarning” so‘zi “hujjatlarning, yer uchastkasi davlat daromadiga o‘tkazilgan taqdirda – shuningdek yer uchastkasi plani ilova qilingan holda Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderining yoki Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxalarining ham” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 12-bandda: uchinchi xatboshi “xatlash to‘g‘risidagi qaror” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; beshinchi xatboshi “qurilishi tugallanmagan obyektlar bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; oltinchi xatboshidagi “hamda qurilish bo‘yicha buyurtmachining ta’sis hujjatlari” so‘zlari “qurilayotgan uy-joyni sotishda esa – mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsati” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 17-bandning ikkinchi xatboshidan “auksion o‘tkazish shartlari o‘zgartirilmagan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin; z) 20-bandda: quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Yer uchastkasini sotish bo‘yicha auksionda ishtirok etish uchun jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti nusxasini, yuridik shaxslar esa yurdik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani qo‘shimcha ravishda taqdim etadilar”; i) 22-banddagi “prokuratura” so‘zi “adliya, prokuratura” so‘zlari bilan almashtirilsin; k) 27-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; l) 28 — 30-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “28. Agar auksion o‘tkazilmagan deb topilishi munosabati bilan avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk auksion savdolarida sotilmagan taqdirda, ushbu Nizomning 26-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra auksion o‘tkazilmagan deb topilishi bundan mustasno, savdo tashkilotchisi avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkning narxini arzonlashtirish yoki ularni qaytarish masalasini hal etish uchun sud ijrochisiga xabarnoma yuboradi. 29. Sud ijrochisi xabarnomani olgandan keyin uch kundan kechiktirmay avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulkning narxini arzonlashtirish yoxud ularni qaytarish masalasini hal qiladi: davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk narxining 10 foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha; avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk narxining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha. Arzonlashtirish to‘g‘risida belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi, shundan so‘ng arzonlashtirilgan avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk takroriy auksionga qo‘yiladi. Garovga qo‘yilgan avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha mazkur mol-mulkni auksion savdolarida sotishda, shuningdek ushbu Nizomning 26-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra dastlabki auksion o‘tkazilmagan deb e’lon qilinganda, avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk arzonlashtirilmaydi va birinchi baholangan narx bo‘yicha takroriy auksionga qo‘yiladi. 30. Avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk takroriy auksion savdolarida sotilmagan taqdirda, u ushbu Nizomning 29-bandiga muvofiq arzonlashtirilgan narxda sud ijrochisi tomonidan undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari bo‘yicha undirish qaratilgan avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk esa sotilgunga qadar ushbu Nizomda belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va takroriy auksion savdolarida qo‘yilishi lozim. Garovga qo‘yilgan avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk sotilmagan taqdirda, sud ijrochisi garovga oluvchiga mol-mulkni takroriy auksion savdolaridagi boshlang‘ich sotish narxidan 10 foizga kamaytirilgan summada o‘zida qoldirishni taklif qiladi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 1) 9-band quyidagi mazmundagi “a1” kichik band bilan to‘ldirilsin: “a1) korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlarining ijrosini tugatish tartiboti doirasida ta’minlaydi”; 2) 17-bandning “b” kichik bandi “shu jumladan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 3) 18-banddagi “statistika organlarini” so‘zlaridan keyin “sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limini” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; 4) quyidagi mazmundagi 191-band bilan to‘ldirilsin: “191. Sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazgan organning bildirishnomasini olgan kundan keyin o‘n kundan kechiktirmay ish yurituvida tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatining mavjudligini belgilangan tartibda aniqlashtiradi. Tegishli ijro hujjati mavjud bo‘lsa, sud ijrochisi u bo‘yicha ijro ishi yuritishni qonunda belgilangan tartibda tamomlaydi va tugatish tartiboti doirasida ijro etish uchun tugatuvchiga yuboradi”; 5) 21-banddagi “natijalarini” so‘zidan keyin “shuningdek tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; 6) 30-bandning ikkinchi xatboshidagi “tugallangandan” so‘zidan keyin “shuningdek korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; 7) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “31. Tugatish balansi korxonaning muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Ayni paytda, tugatuvchi tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining Sud departamenti organlari ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Sud departamenti hududiy boshqarmasiga so‘rov yuboradi. Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi, korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berishi shart. Sud departamentining hududiy boshqarmasi, korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud bo‘lmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvda mavjud emasligi haqida tugatuvchiga uch ish kuni mobaynida yozma javob berishi shart”; 8) 32-banddagi “olingandan” so‘zidan keyin “shuningdek ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvda mavjud emasligi haqidagi Sud departamenti hududiy boshqarmasining yozma javobi olingandan” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; 9) 34-bandda: quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Sud departamenti organlari ish yurituvida mavjud emasligi haqidagi Sud departamenti hududiy boshqarmasining yozma javobi”; to‘qqizinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin; 10) 40-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ayni paytda, tugatuvchi tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Sud departamenti organlari ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Sud departamenti hududiy boshqarmasiga so‘rov yuboradi. Bunda, Sud departamenti hududiy boshqarmasi tugatuvchidan so‘rovni olgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida yozma javob yuboradi”; 11) 43-bandning “b” kichik bandi “shu jumladan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 12) 46-bandda: quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Sud departamenti organlari ish yurituvida mavjud emasligi haqidagi Sud departamenti hududiy boshqarmasining yozma javobi”; beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; 13) 49-bandning uchinchi xatboshi “shu jumladan ijro hujjati bo‘yicha bajarilmagan talablar mavjud bo‘lganda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 14) 1-ilovada (Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish sxemasi): uchinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “xatlovdan o‘tkazish” so‘zlaridan keyin “shu jumladan ijro hujjatlari reyestrini tuzish” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; beshinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “statistika organlarini xabardor qilish” so‘zlari quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan almashtirilsin: “statistika organlarini; sud ijrochilari bo‘limini xabardor qilish”; oltinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “natijalarini” so‘zlaridan keyin “shuningdek ijro hujjatlari reyestrini” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; to‘qqizinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “taqdim etish” so‘zlaridan keyin “Sud departamenti organiga ijro etilmagan ijro hujjati mavjudligi yuzasidan so‘rov yuborish” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; o‘n birinchi bosqichning “Mexanizm” ustuni quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi Sud departamenti hududiy boshqarmasining yozma javobi”; 15) 2-ilovada (Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish sxemasi): ikkinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini taqdim etish” so‘zlaridan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shib qo‘yilsin: “Ijro etilmagan ijro hujjati mavjudligi yuzasidan Sud departamenti organiga so‘rov yuborish”; uchinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “xatlovdan o‘tkazish” so‘zlaridan keyin “shu jumladan ijro hujjatlari reyestrini tuzish” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; yettinchi bosqichning “Mexanizm” ustuni quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi Sud departamenti hududiy boshqarmasining yozma javobi”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qarorida: 1) 1-ilovaning (Ijro yig‘imini undirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom) 13-bandi ikkinchi xatboshidagi “mablag‘larining” so‘zlaridan keyin “va Sud departamenti organlari tomonidan Jamg‘armaga undirilayotgan boshqa mablag‘larning” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; 2) 7-ilovaning 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida”gi 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorining 24a-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
227
31,637
Qonunchilik
Yengil avtomashinalarga bolgʻacha kerak emas
23.09.2016 yildagi OʻRQ–411-sonli Qonun bilan avtomobilda favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha, oʻt oʻchirgich, tibbiyot qutichasi, majburiy toʻхtaganini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul mavjud emasligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Jarima hajmi – minimal ish haqining 1/2 miqdorida belgilandi (Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 125-moddasining 2-qismi). Bu muhim! Transport vositasining jihozlanishi uning kategoriyasiga bogʻliq. Yengil avtomashinalarda: tibbiyot qutichasi, oʻt oʻchirgich, majburiy toʻхtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul boʻlishi kerak. Oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha, tibbiyot qutichasi, majburiy toʻхtaganini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul M2 va M3 kategoriyali transport vositalari uchun zarur. Izoh: M2 toifasiga yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t. gacha boʻlgan avtotransport vositalari yoki uning bazasida yaratilgan haydovchining oʻrindigʻidan tashqari 3-8 oʻrindiqqa ega, avtomobilning asos modeliga teng vazndagi avtotransport vositalari kiradi. M3 toifasiga yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t. dan koʻp boʻlgan avtotransport vositalari kiradi (Yoʻl harakat qoidalari 3-ilovasining 7.10-bandi). Transport vositalarining jihozlanishi qoidalari, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov, bizning ekspert
44
1,713
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2007-YIL 10 IYuLDAGI PF-3880-SONLI “2007-YILNING 1 AVGUSTIDAN BOShLAB ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA”GI FARMONI BO‘YIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2006-yil 26-oktabrdagi M-1 va 93-sonli, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 12-oktabrdagi PF-3808-sonli “2006-yilning 1-noyabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” (2006-yil 27-oktabr, ro‘yxat raqami 1632 — O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 41-son, 410-modda) 2007-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi. 1. Ko‘rsatib o‘tilgan Farmonga muvofiq 2007-yilning 1-avgustidan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi: a) eng kam ish haqi — oyiga 15525 so‘m; b) yoshga doir pensiyalar — oyiga 30750 so‘m; v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 30750 so‘m; g) zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 18625 so‘m. 2. 2007-yilning 1-oktabridan pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq bo‘lmagan o‘rtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (15525 so‘m x 8 = 124200 so‘m). 3. Pensiya qayta hisoblanadigan o‘rtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar bo‘yicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar o‘rnatiladi. 4. Pensionerning ish haqlari to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagan yoki o‘rtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qo‘llanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (15525 so‘m)ga yetmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: yoshga doir pensiyalar, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 30750 so‘m, III-guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yo‘qotgan oilalarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosi uchun 15375 so‘m miqdorida belgilanadi; talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (to‘liq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun yoshga doir hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz). 5. Yangi o‘rtacha oylik ish haqining miqdori 15525 so‘mdan 55909 so‘m 9 tiyingacha (III-guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun 51250 so‘m) bo‘lgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: yoshga doir pensiyalari, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 30750 so‘m miqdorda, III-guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yo‘qotgan oilalarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosi uchun 15375 so‘m miqdorida belgilanadi; talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (to‘liq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz). 6. Pensionyerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: 2007-yilning 1-oktabridan yangi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (124200 so‘m). olingan o‘rtacha oylik ish haqi, ish stajiga bog‘liq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga ko‘paytiriladi. 7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (15525 so‘m) kelib chiqib aniqlanadi.
250
4,967
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT-TIJORAT X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada ko‘paytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki o‘z Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuvchi kengashi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomning 1-bandida: quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “Ushbu Nizomning amal qilishi aksiyadorlik tijorat banklariga tatbiq etilmaydi”; ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan Tijorat banklari kengashlari raislarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qarori 1-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 19-fevraldagi 83-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-fevraldagi 83-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 4-iyuldagi 286-son qarori.
250
1,941
Qonunchilik
Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslarni tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni (professor-o‘qituvchilar tarkibini) tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilaydi. Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi. 2. Pedagog xodimlar toifasiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajor lavozimini egallab turgan shaxslar kiradi. 3. Oliy ta’lim muassasasining kafedra mudiri, professori, dotsenti, katta o‘qituvchisi, o‘qituvchisi (assistenti) o‘qituvchisi-stajori lavozimi besh yil muddatga tanlov bo‘yicha egallanadi. Besh yillik muddat tamom bo‘lgandan keyin ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlar mazkur Nizomga muvofiq tanlov asosida egallanadi. Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga bir vaqtda tanlov o‘tkazilmaydi. Pedagog xodimlar lavozimlarini egallashning besh yillik muddati davrida rektorning buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasasining komissiyasi tomonidan har bir o‘quv yili yakunlari bo‘yicha ushbu Nizomga ilovaga muvofiq mezonlarga binoan pedagog xodimlar faoliyati har tomonlama o‘rganib chiqiladi. Pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish tartibi oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish natijalari oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashida ko‘rib chiqiladi. 4. Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin. Dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) kafedra mudiri lavozimini egallashga bir besh yillik muddatga qo‘yiladi. Bir muddat tamom bo‘lgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) faqat istisno hollarda oliy ta’lim muassasasi rektorining taqdimnomasiga binoan va bo‘ysunishi bo‘yicha tegishli vazirlik yoki idoraning ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda yana ishtirok etishi mumkin. Fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan aynan bir shaxsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda ketma-ket uchinchi muddatga ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tillar, jismoniy tarbiya va sport, grafika va chizmachilik, madaniyat va san’at yo‘nalishlari kafedrasi mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etishga dotsent ilmiy unvoniga (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ega bo‘lmagan, biroq kamida 5 yil metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan shaxs qo‘yilishi mumkin. 5. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish, ushbu kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin. 6. Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin. Bir muddatga dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, shuningdek tegishli ilmiy unvonga va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, biroq ushbu mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, mazkur kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis ham qatnashishi mumkin. 7. Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin. 8. O‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajor lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin. 81.Professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajor lavozimini egallash uchun tanlovda tasviriy va amaliy san’at sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, biroq o‘zining noyob iste’dodi va mahorati bilan tanilib, xalq e’tirofiga sazovor bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvonlariga ega bo‘lgan shaxslar hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari istisno tariqasida qatnashishlari mumkin. 9. Homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollar egallab turgan lavozimlarga tanlov e’lon qilinmaydi. 10. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qituvchi lavozimiga soatbay haq to‘lash shartlarida ishga kirayotgan shaxslar tanlovsiz, rektor buyrug‘i bilan, belgilangan tartibda qabul qilinadi. Toshkent davlat yuridik universitetiga pedagog xodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilanadigan tartibda qabul qilinadi. 11. O‘qishni tugallash yilida oliy ta’lim muassasasi magistraturasining bitiruvchisi bo‘sh lavozimlar mavjud bo‘lgan taqdirda taqsimot bo‘yicha 3 yil muddatga tanlovdan tashqari o‘qituvchilik lavozimiga tayinlanadi. Ushbu muddat faqat davlat granti asosida o‘qishni tamomlagan magistratura bitiruvchilari uchun qo‘llanadi. 111. Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qituvchi va katta o‘qituvchi lavozimlariga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (qoida tariqasida, magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinishi mumkin. 12. Oliy ta’lim muassasasi saylash muddati ushbu o‘quv yilida tamom bo‘ladigan, shuningdek bo‘sh lavozimlarga kafedra mudirlari, professorlar, dotsentlar, katta o‘qituvchilar, o‘qituvchilar (assistentlar) va o‘qituvchilar-stajorlar lavozimlarini egallashga tanlov e’lon qiladi. 13. Tanlov bo‘yicha saylov oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlarida yoki fakultetlarning ilmiy kengashlarida o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashida yoki fakultetning ilmiy kengashida saylanadigan lavozimlarni belgilash huquqi oliy ta’lim muassasasining rektoriga tegishli bo‘ladi. Kafedra mudirlari va professorlar oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlarida tanlov bo‘yicha o‘tadilar. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi o‘qituvchisi (kafedra mudiri) lavozimini egallash uchun o‘tkaziladigan tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakilining ilmiy kengash yig‘ilishida ishtirok etishi talab etiladi. 14. Tanlovlar vaqtli matbuotda yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan oliy ta’lim muassasasining ko‘p nusxali gazetasida e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oydan kechikmay berilishi kerak. 15. Tanlovda qatnashishni xohlovchilar oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza beradilar, arizaga kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi ilova qilinadi. Qatnashuvchilarda ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga), ilmiy unvon, shuningdek ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalarini va ilmiy ishlar ro‘yxatini, malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnomalarni taqdim etishlari kerak. 16. Tanlovga tushgan barcha hujjatlar oldindan kafedra majlisida ko‘rib chiqiladi. Ilgari kafedrada ishlamagan shaxslarning hujjatlarini ko‘rib chiqishdan oldin ular tomonidan sinov leksiyalari (mazkur oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari uchun — ochiq mashg‘ulotlar) o‘tkaziladi. Sinov leksiyalari va ochiq mashg‘ulotlar mavzulari kafedra predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Tanlov qatnashchilarini test sinovlaridan o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Kafedra mudiri lavozimiga nomzodlarni muhokama qilish bo‘yicha majlisni fakultet dekani (oliy ta’lim muassasalari umumiy kafedralarida – prorektor o‘tkazadi). Ilgari o‘zi egallab kelgan lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi shaxslar kafedra majlisida tanlovdan oldingi davrdagi ilmiy-pedagogik, metodik, tarbiyaviy va boshqa ishlari to‘g‘risida hisobot beradi. Kafedra ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovda qatnashuvchi har qaysi nomzod bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, ochiq yoki yashirin ovoz bergan holda, kafedraning shtatdagi o‘qituvchilarining (shu jumladan o‘rindoshlik tartibida ishlayotgan o‘qituvchilarining) va ilmiy xodimlarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan tavsiyanoma qabul qiladi va uni o‘qituvchining hisoboti bilan birga oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashiga jo‘natadi. Fakultetning kafedra a’zosi hisoblanmaydigan dekani (prorektor) kafedra mudiri lavozimiga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar qabul qilishda ovoz berishda qatnashmaydi. Egallash uchun tanlov e’lon qilingan lavozimni egallab turgan shaxs materiallarni ko‘rib chiqish chog‘ida ovoz berishda qatnashmaydi. 17. Har qaysi nomzod bo‘yicha ilmiy kengash majlisida yashirin ovoz berishni o‘tkazishdan oldin kafedraning tavsiyanomasi o‘qib eshittiriladi. 18. Mazkur lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi barcha shaxslarning familiyasi yashirin ovoz berish uchun bitta byulletenga kiritiladi. Ovoz berish byulletenda ovoz berilayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasiga tegishli belgi qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Faqat bitta nomzod uchun ovoz berishga yo‘l qo‘yiladi. Agar byulletenda ovoz berish uchun birorta ham belgi qo‘yilmagan bo‘lsa yoxud belgi ikki yoki undan ko‘p familiyalar ro‘parasiga qo‘yilgan bo‘lsa, u holda bunday byulleten buzilgan hisoblanadi va ovozlarni hisoblashda hisobga olinmaydi. 19. Ovozlarni hisoblash uchun ilmiy kengash ovoz berish boshlanishidan oldin tarkibida ilmiy kengashning kamida uch nafar a’zosi bo‘lgan sanoq komissiyasini saylaydi. Sanoq komissiyasi har qaysi nomzod bo‘yicha ovoz berish natijalarini e’lon qiladi. Sanoq komissiyasi protokoli ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadi va tanlov materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. 20. Tanlovni o‘tkazishda ilmiy kengash qarori, agar ovoz berishda ilmiy kengashning tasdiqlangan (ro‘yxatdagi) tarkibidagi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan bo‘lsa vakolatli hisoblanadi. Ilmiy kengashning ovoz berishda qatnashgan a’zolarining ko‘pchilik ovozini, biroq kamida 50 foiz ovozini olgan nomzod tanlovdan o‘tgan hisoblanadi. Birortasi ham talab qilingan miqdorda ovoz ololmagan ikki nafardan ko‘p nomzodlar qatnashgan taqdirda ilmiy kengashning aynan shu majlisida dastlabki ikki talabgor o‘rtasida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi. Agar ikki nomzod qatnashgan tanlovni o‘tkazishda ovozlar soni teng bo‘lib qolsa raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Ilmiy kengash qarori oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tanlov o‘tkazilmagan hisoblanadi. 21. Lavozimlarni egallash uchun o‘qituvchilarni tanlash bo‘yicha kafedra va ilmiy kengash majlislari ochiq tartibda o‘tadi. Tanlovda qatnashuvchilarga ularning nomzodlari muhokama qilinadigan kafedra va ilmiy kengash majlislarida qatnashish yoki ularning xohishiga ko‘ra kafedra yoki ilmiy kengash qarori bilan tanishish huquqi beriladi. 22. Ilmiy kengash kotibi tanlov natijalari to‘g‘risida o‘n kun muddatda unda qatnashgan shaxslarni yozma ravishda xabardor qiladi. 23. Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashining qarori, agar u ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda qabul qilingan bo‘lsa, uzil-kesil hisoblanadi. 24. Ushbu oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan va pedagog xodimlar lavozimga tanlovdan o‘tgan shaxslar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuziladi, mehnat shartnomalari asosida ularni 5 yil muddatga ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Mehnat shartnomalarida ish beruvchi tomonidan har 5 yilda xodim egallab kelgan lavozim uchun tanlov o‘tkazilishi belgilab qo‘yiladi, xodim esa tanlovda qatnashishga haqlidir. Xodim mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin ishga kirishishi shart bo‘lgan muddat tomonlarning kelishuvi bo‘yicha belgilanadi, biroq ushbu muddat bir oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Pedagog xodimlarning yozgi kanikul (ta’til) davri ushbu muddatga kirmaydi. 25. Mazkur oliy ta’lim muassasasida ishlaydigan va tanlov bo‘yicha saylangan shaxslarning mehnat shartnomalariga quyidagilar yozib qo‘yiladi: a) ular ilgari egallab kelgan lavozim uchun — mehnat munosabatlarini yangi muddatga uzaytirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi va tegishli buyruq chiqariladi; b) boshqa lavozimlar uchun — tanlovdan o‘tganlik to‘g‘risida ilmiy kengash protokoli qayd etilgan holda tegishli o‘zgartirishlar yoziladi va boshqa lavozimga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Davlat boshqaruvi organi qaroriga ko‘ra pedagog xodimlar attestatsiyadan o‘tkazilgan taqdirda attestatsiya yakunlariga ko‘ra ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari masalalari, shaxsning tanlov bo‘yicha egallanadigan lavozimda bo‘lish muddatidan qat’i nazar, qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. 26. Ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovdan o‘tmagan, shuningdek tanlovda qatnashish uchun ariza bermagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi yangi muddatga tanlovdan o‘tmaganligi yoxud tanlovda qatnashishni rad etganligi sababli oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan belgilangan muddatlarda (qoidaga ko‘ra, o‘quv semestri, yil tamom bo‘lgandan keyin) mehnat qonunchiligiga muvofiq to‘xtatiladi. 27. Kafedralar birlashtirilganda yoki kafedra bo‘linganda pedagog xodimlar bo‘yicha muddatidan oldin tanlovlar o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kafedralar birlashtirilgan taqdirda yangidan tashkil etilgan kafedra mudiri lavozimini egallash to‘g‘risidagi masalani oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashi oldindan tanlov e’lon qilmasdan, yashirin ovoz berish yo‘li bilan hal qiladi. Kafedra bo‘lingan taqdirda uning mudiri saylangan muddati o‘tgungacha, rektor buyrug‘i bilan yangidan tashkil etilgan kafedralardan birining mudiri lavozimiga tayinlanadi. Boshqa kafedraning mudiri lavozimiga tanlov bo‘yicha mudir tayinlanadi. 28. Oliy ta’lim muassasasi rektoriga tanlov o‘tkazilgungacha kafedraning yetakchi o‘qituvchilaridan bittasiga yoki dekanga bo‘sh kafedra mudiri lavozimi bo‘yicha vazifalarni bajarishni yuklashga ruxsat etiladi. Vakillik organlarida saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanishi natijasida uning bilan mehnat shartnomasi to‘xtatilgan o‘qituvchi uning saylov bo‘yicha vakolatlari tugagandan keyin tanlov natijalariga ko‘ra saylangan muddati tugagungacha mazkur oliy ta’lim muassasasining ilgari egallab kelgan yoki unga teng bo‘lgan pedagog xodimlardagi lavozimga tayinlanadi. 29. Oliy ta’lim muassasasi rektoriga oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashida ko‘rib chiqish uchun pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani kiritish huquqi beriladi. Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashida pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdan oldin uning faoliyati rektorning buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan komissiya tomonidan o‘rganib chiqilishi kerak. Ilmiy kengash qarori asosida pedagog xodimni egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi bo‘yicha vazifasidan ozod qilishga uning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli ilmiy-metodik va tarbiyaviy ishlar, shuningdek leksiyalar va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish darajasi past bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Agar ilmiy kengash qaroriga ko‘ra kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi-stajor egallab turgan lavozimiga nomuvofiq deb e’tirof etilsa, u holda uning bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda to‘xtatiladi. Kafedra mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek kafedraga rahbarlik qilish bo‘yicha o‘z funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi sababli ilmiy kengash qaroriga binoan to‘xtatilishi mumkin. 30. Oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini to‘xtatish masalalariga doir mehnat nizolari qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
127
18,800
Qonunchilik
Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda respublikada elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, tarmoq korxonalari faoliyatini samarali tashkil etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh va yuqori qo‘shilgan qiymatli zamonaviy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida: 1. Quyidagilar elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: ichki bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda import o‘rnini bosuvchi, energiya tejamkor, arzon va sifatli elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish; mavjud xomashyoni chuqur qayta ishlash jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va diversifikatsiyalash; elektrotexnika sanoati tarmog‘i va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish va shu orqali elektrotexnika sanoatida ishlatiladigan butlovchi qismlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish; elektrotexnika sanoati tarmog‘iga sifat menejmentining zamonaviy usullarini va xalqaro standartlarni joriy etish, mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish tizimini yaratish; elektrotexnika sanoatida yangi turdagi istiqbolli mahsulotlar ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni va innovatsion g‘oyalarni joriy etish. 2. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan: 2019-2020-yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “Yo‘l xaritasi” deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq; 2019 ― 2021-yillarda elektrotexnika sanoati tarmog‘ida amalga oshiriladigan va istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; 2019 ― 2021-yillarda elektrotexnika sanoati tarmog‘ida mahalliylashtirish va ishlab chiqarishni kengaytirish tavsiya etilayotgan mahsulot turlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 3. Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhi 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va unga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin: elektrotexnika sanoatida mis va boshqa xomashyo qayta ishlashni chuqurlashtirishga, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘maklashish; ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar tannarxini hamda uni pasaytirish imkonini cheklayotgan holatlarni tahlil qilish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish ishlarini tashkil etish; elektrotexnika sanoati tarmog‘iga, shu jumladan mahsulotlar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlariga innovatsion ishlanma va texnologiyalar joriy etilishini ta’minlash; “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatish; har o‘n besh kunda amalga oshirilayotgan loyihalarning holati va “Yo‘l xaritasi”ning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish. Ishchi guruhiga (D. Sultanov) 2-ilovaga muvofiq 2019 ― 2021-yillarda elektrotexnika sanoati tarmog‘ida amalga oshiriladigan va istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxatiga, zarur hollarda, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib borish huquqi berilsin. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2019-yil 1-iyuldan boshlab: a) elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarning davlat xaridlari, shu jumladan davlat xaridlari strategik subyektlari tomonidan amalga oshirilishida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan 20 foizgacha narx preferensiyasi qo‘llaniladi; b) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan obyektlarni “tayyor holda topshirish” shartlari asosida qurish yoki rekonstruksiya qilish bo‘yicha tender hujjatlarida pudratchi tomonidan respublikada ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar sotib olish nazarda tutiladi; 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “O‘zeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilarni belgilash to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma hisob raqamiga 2019-2020-yillarda teng ulushlarda 20 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazib berilishini ta’minlasin. 6. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamg‘armaga ajratiladigan mablag‘lar quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi: elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlarni chet el bozorlari talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin bitta holat bo‘yicha ekvivalenti 20 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash; yuqori qo‘shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi tarmoq korxonalarining mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorlarga sotish bilan bog‘liq xarajatlarini mahsulot turlaridan kelib chiqib, eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash; startap-loyihalarini moliyalashtirish, elektrotexnika sanoati tarmog‘ida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining ustav fondlarini (kapitallarini) shakllantirishda ishtirok etish, maxsus injiniring markazlari va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etish; elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida, bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan bino-inshootlarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va ulardagi tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini yaxshilash, shuningdek, hududlarda elektrotexnika sanoatiga ixtisoslashtirilgan industrial texnoparklar tashkil etish; elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga tender savdolarida ishtirok etish uchun qisqa muddatga moliyaviy kafilliklar berish; elektrotexnika sanoati tarmog‘i korxonalarining xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizini, lekin bitta holat bo‘yicha ekvivalenti 10 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash; elektrotexnika sanoati tarmog‘i korxonalarining tashqi bozorlarda mahsulotlarning ommabopligini oshirish bo‘yicha marketing olib borishi, tarmoq loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini (biznes-reja, texnik-iqtisodiy asoslar va boshqalar) ishlab chiqishi, shuningdek, jahon bozorini o‘rganish va marketing tahlillarini amalga oshirish uchun xalqaro ma’lumotlar bazalariga (axborot resurslariga) ulanishi bilan bog‘liq xarajatlarini 50 foizigacha qoplash; mahalliy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni ilgari surish bo‘yicha respublikada va xorijiy davlatlarda ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil etish, seminarlar o‘tkazish, taqdimot materiallari va ko‘rgazma stendlarini tayyorlash; “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ijro apparatiga xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qisman yoki to‘liq moliyalashtirish. 7. “O‘zstandart” agentligi va “O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2019 ― 2021-yillarda elektrotexnika sanoati sohasidagi xalqaro standartlarni qabul qilish uchun: 2019-yilda “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan 1,2 mlrd so‘m; 2020 ― 2021-yillarda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda 2,4 mlrd so‘m mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin. Unda 2019 ― 2022-yillarda: tarmoqda misni qayta ishlash hajmini 5 baravar oshirish; elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravar oshirish; elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar eksporti hajmini 4 baravar oshirish; amalga oshirilayotgan va istiqbolli investitsiya loyihalari doirasida kamida 15 ta yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish nazarda tutilsin. 9. Elektrotexnika sanoati tarmog‘i korxonalari 2025-yil 1-yanvarga qadar muddatga belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalar bo‘yicha bojxona bojlari to‘lashdan ozod etilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda mis, polietilen, polipropilen va elektrotexnika sanoatida ishlatiladigan boshqa xomashyolar birja savdolariga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda barqaror qo‘yib borilishini ta’minlasin; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrga qadar Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati va respublikaning boshqa hududlarida elektrotexnika sanoatiga ixtisoslashtirilgan industrial-innovatsion texnoparklar tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda: 2019-yil 1-avgustga qadar Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini; 2020-yil 1-dekabrga qadar Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish samaradorligini o‘rgangan holda ularni kelgusi yillarda moliyalashtirish yuzasidan taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda: respublika hududiga elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni noqonuniy ravishda olib kirish holatlarini va ularning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni tahlil qilsin; ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda respublika hududiga mahsulotlarni noqonuniy ravishda olib kirishning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini ta’minlasin. 13. “O‘zstandart” agentligi 2019-yil 1-avgustga qadar: respublika hududida kontrafakt va sifatsiz elektromaishiy mahsulotlar realizatsiya qilinishining oldini olish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda ularning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi namunaviy sinov dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi to‘g‘risidagi axborotlarning majburiy mavjud bo‘lishi haqidagi talab tatbiq etiladigan chetdan olib kirilayotgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan maishiy elektr priborlari ro‘yxatini zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 14. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 3-ilovaga muvofiq 2019 ― 2021-yillarda elektrotexnika sanoati tarmog‘ida mahalliylashtirish va ishlab chiqarishni kengaytirish tavsiya etilayotgan mahsulot turlari bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga qaratilgan investitsiya loyihalarini shakllantirish, shuningdek ularni amalga oshirish uchun salohiyatli mahalliy va xorijiy investorlarni, birinchi navbatda, jahonning mashhur “brend”larini jalb qilish; “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda elektrotexnika sanoati tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yangi investitsiya loyihalari doirasida yaratiladigan ishlab chiqarish obyektlarida xalqaro talablarga javob beradigan mahsulotlar sinov laboratoriyalarini tashkil etish choralarini ko‘rsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. Blender, mikser, elektr sharbat chiqargichlar, elektr go‘sht qiymalagichlar; Maishiy elektr kofe qaynatuvchi asboblar va elektr choynaklar; Elektr soch quritgich, sochlarni parvarishlash uchun elektr termik priborlar; Maishiy avtomatlashtirilgan kir yuvish mashinalari; Uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefonlar, planshetlar va ularning butlovchi qismlari; Kompyuter va noutbuklar hamda ularning butlovchi qismlari (klaviatura, sichqoncha va boshq.); Bosib chiqarish, skanerlash, nusxa ko‘chirish yoki faksimil qabul qilish va uzatish qurilmalari; Elektron axborot tashuvchi vositalar; Kredit yoki debit kartalari orqali elektron hisob-kitob qilish uchun terminallar, boshqa kassa apparatlari; Konveksion isitgichlar va boshqa maishiy elektr isitgich priborlari; Kuchlanish stabilizatorlari, yuqori kuchlanishli elektr toki o‘tkazgichlari, transformatorlar, elektr generatorlar; Kuchlanish elektr zanjirini o‘chirish, almashlab ulash yoki himoyalash uchun apparaturalar, ular bilan jihozlangan taqsimlash shitlari va boshqa panellar, lift va eskalatorlar; Svetodiod (LED) lampalar va panellar, elektr yoritish uskunalari (fonarlari), shu jumladan shaxtalarda ishlatiladigan fonarlar; Markaziy isitish qozonlari, sanoat sovutish va ventilatsiya uskunalari, maishiy va nomaishiy sovutgich hamda muzlatgichlar, ular uchun kompressorlar; Alyuminiydan quvurlar, trubkalar va ularning fitinglari; Baliqni intensiv usulda yetishtirish, ovlash va qayta ishlash uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlar; Parrandachilik uchun inkubator va bruderlar, parranda mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash uchun zarur bo‘ladigan boshqa asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlar; Issiqxonalar va issiqxona komplekslari uchun sirkulatsion va tortuvchi ventilyatorlar hamda boshqa uskunalar, asbob va jihozlar; Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash uchun uskunalar.
198
15,449
Qonunchilik
Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining 2013-yil 25-iyundagi 9-son qarori (ro‘yxat raqami 2483, 2013-yil 23-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 30-son, 397-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 21-bandidagi “gigiyena sertifikati” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik xulosasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
154
1,294
Qonunchilik
Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining 2020-yil 16-apreldagi “Tumanda dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkalaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish, fermyerlarning moliyav
Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining 2020-yil 16-apreldagi “Tumanda dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkalaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish, fermyerlarning moliyaviy holatini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi 34/06-06-sonli qarorining qonuniyligi Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Qarshi tumani hokimining 2019-yil 13-fevraldagi X-1749/02-sonli qaroriga asosan fermer xo‘jaligini tashkil etish uchun fuqaro Elmurodov Dilshodga 10,1 gektar yer maydoni 49 yilga shartnoma bilan ijaraga ajratib berilgan. Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Shuningdek, Yer kodeksining 24-moddasi hamda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga ko‘ra yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilikka rioya qilmasdan xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining 2020-yil 16-apreldagi 34/06-06-sonli qarori qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilingan. Jumladan, xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining 2020-yil 16-apreldagi 34/06-06-sonli qarori bilan Elmurodov Dilshod (“Bog‘i obod agro” fermer xo‘jaligi) va yana 16 nafar dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan yer ijara shartnomasi noqonuniy ravishda bekor qilingan. Bundan tashqari, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasida ma’muriy organ manfaatdor shaxsga ma’muriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirish imkoniyatini berishi shartligi belgilangan bo‘lsa-da, qaror qabul qilishda dehqon va fermer xo‘jaligi rahbarlarining ishtiroki ta’minlanmagan va unga holat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirish imkoniyati berilmagan. Mazkur Qonunning 19-moddasiga muvofiq ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik ma’muriy hujjatlarning va ma’muriy harakatlarning bekor qilinishiga yoki qayta ko‘rib chiqilishiga olib keladi. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 302-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining 2020-yil 16-apreldagi “Tumanda dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkalaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish, fermyerlarning moliyaviy holatini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi 34/06-06-sonli qarori qonunchilikka zid deb topilsin va bekor qilinsin. 2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi (B. Tajiyev) zimmasiga yuklansin. 3. Mazkur Qaror manfaatdor tomonlarga yuborilsin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
3,134
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi, 1-uy (7-qavat) beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) vazifalari va faoliyat yo‘nalishlarini, uni boshqarish tartibini, shuningdek Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 3. Jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida g‘aznachilik hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega. 4. Jamg‘armaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi, 1-uy. 5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: loyihalar — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish maqsadida quyidagi sohalarda oldindan belgilangan vaqt davomida amalga oshiriladigan o‘zaro bog‘liq kompleks tadbirlar va ishlar; qishloq xo‘jaligida, birinchi navbatda, energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, shu jumladan, intensiv bog‘larni rivojlantirishga doir loyihalar; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha infratuzilmani va ushbu mahsulotlarni transportirovka qilish bilan bog‘liq logistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar; ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlash loyihalari; tadbirkorlik faoliyatining Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) belgilaydigan hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbus bilan chiqqan belgilaydigan boshqa yo‘nalishlaridagi loyihalar; kredit — kredit, shu jumladan tijorat bankining kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan imtiyozli krediti va mikrokrediti; kompensatsiya — tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash; kafillik — Jamg‘armaga kichik tadbirkorlik subyektlari (qarzdor)ning kredit bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun tijorat banki (kredit beruvchi) oldida javob berish mas’uliyatini yuklaydigan kafillik shartnomasi. 6. Kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi shaklda moliyaviy yordam ko‘rsatish Jamg‘armaning asosiy vazifasi hisoblanadi: b) kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, lekin 2 mlrd so‘m hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lish; b1) kichik tadbirkorlik subyektlariga intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini tashkil qilish uchun tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, lekin 5 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lish; v) tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi ekvivalentda kompensatsiya berish: milliy valyutada qiymati 8 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foiz punkti miqdorida; milliy valyutada, qiymati 8 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qarorida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmonida ko‘rsatilgan loyihalar uchun — 8 foizli punkt miqdorida; milliy valyutada qiymati 8 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdordagi — jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga — banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida; xorijiy valyutada qiymati ekvivalentda 8 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdordagi — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda. xorijiy valyutada, 2017-yil 5-sentabrgacha issiqxonalar qurish, intensiv bog‘lar yaratish va sovutgichlar qurish uchun xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobiga ajratilgan valyuta kreditlari bo‘yicha — belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida. 7. Jamg‘armaga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. 8. Jamg‘arma o‘z faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi: kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini yuritish, moliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish va kredit ajratish, shu jumladan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar va yo‘nalishlarga kredit ajratish shartlarini yengillashtirishga ko‘maklashish; kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari tashkil etish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish; kichik tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, shuningdek ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish; ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda respublikada kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish muammolarini o‘rganishga doir kompleks ilmiy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etish. 9. Jamg‘armani boshqarish kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi va uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi. 10. Jamg‘armani boshqarish kengashi: Jamg‘arma moliyaviy yordam ko‘rsatishi uchun ishlab chiqarishning ustuvor sohalari va kichik tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi; Jamg‘armaning daromad va xarajatlari bo‘yicha har yilgi prognozlarni tasdiqlaydi; Jamg‘arma bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga va boshqa moliyaviy aktivlarida joylashtirish bo‘yicha cheklangan parametrlarni belgilaydi; Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi faoliyati, shu jumladan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, kichik tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam ko‘rsatishga doir qarorlarning o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; Jamg‘arma rahbarining Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida, shuningdek manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar vakillarining amalga oshirilayotgan operatsiyalar samaradorligi va taqdim etilgan resurslar, Jamg‘arma va boshqa sohalar kafilligi hamda kompensatsiyalari natijalari haqida hisobotlarini muntazam eshitadi; Jamg‘armani yillik auditdan o‘tkazish uchun, jumladan, uning mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha auditorlik tashkilotini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risida takliflar kiritadi. 11. Ijro etuvchi direksiya Jamg‘armaning ijro etuvchi organi hisoblanadi va uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi. 12. Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi: Jamg‘arma joriy faoliyatini rasman boshqaradi; tijorat banklaridan kelgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va o‘z vakolatlari doirasida Jamg‘arma, kafilligi va kompensatsiyalarini taqdim etish haqida qarorlar qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun Davlat budjeti asosiy parametrlari bilan bog‘liq holda Jamg‘arma daromad va xarajatlarining har yilgi prognozlarini shakllantiradi hamda Kengashga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritadi; Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun Kengashga kiritadi; Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi; Jamg‘arma daromad va xarajatlarini hisobga olish hamda ularning ijrosi to‘g‘risida hisobotdorlikni ta’minlaydi va tasdiqlash uchun Kengashga taqdim etadi; Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni tizimli asosda monitoring qilib boradi; kichik tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibda moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Jamg‘armaning bo‘sh turgan mablag‘larini Kengash tomonidan belgilangan tartibda parametrlar doirasida tijorat banklarining depozitlariga hamda boshqa moliyaviy aktivlarga joylashtiradi. 13. Ijrochi direktor Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasining rahbari hisoblanadi va u maqomiga ko‘ra mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi. Jamg‘arma ijrochi direktori: Jamg‘armaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini tashkil etadi va uning uchun shaxsan javob beradi; Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasini xodimlarning belgilangan soni doirasida aktivlarni boshqarish, biznesni, shu jumladan tadbirkorlikning turli yo‘nalishlariga oid loyihalarni tahlil qilish, ekspertizadan o‘tkazish va moliyalashtirish sohasida yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishni tashkil etadi; xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi; Jamg‘arma nomidan mehnat, xo‘jalik, kredit va boshqa shartnomalar, shu jumladan, kafillik va kompensatsiyalar taqdim etish hamda depozitlarni tijorat banklarida joylashtirish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolaydi. 14. Ijro etuvchi direksiya Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Kengash tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida ta’minlanadi. 15. Jamg‘arma xodimlarni rag‘batlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etadi hamda Kengash bilan kelishgan holda uning Nizomini tasdiqlaydi. 16. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasining xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari joriy etiladi. 17. Jamg‘arma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha va ustamalar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, shuningdek, qonun hujjatlari hamda budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish mablag‘laridan tashkil topadi. 18. Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni amalga oshirishi uchun to‘rtta, shu jumladan ikkita xizmat va ikkita maxsus yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratiladi. 19. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasini va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini keyinchalik tugatish va ularning 50 million AQSh dollari hamda 100 milliard so‘m miqdoridagi tegishli pul mablag‘lari shaklida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga 1-ilovada ko‘rsatilgan tashkilotlar badallari hisobidan shakllantiriladigan Jamg‘armaning boshlang‘ich badali; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yilgi tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari, 2017-yilda esa Jamg‘arma resurs bazasini shakllantirish uchun — 100 milliard so‘m; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki har yilgi sof foydasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan qismi; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari; Jamg‘armaning, jumladan, depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar. 20. Jamg‘arma mablag‘lari “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankida ochiladigan maxsus hisob raqamida (keyingi o‘rinlarda maxsus hisob raqami deb ataladi) to‘planadi. Xorijiy valyutadagi mablag‘lar Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida belgilangan tartibda ochiladigan maxsus valyuta hisob-raqamlariga o‘tkaziladi. 21. Jamg‘arma mablag‘laridan: tijorat banklariga qarz oluvchilarning kreditlari bo‘yicha taqdim etilgan kafolatlar bilan bog‘liq to‘lovlarni to‘lash; tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash uchun foydalaniladi. Jamg‘arma faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar xarid qilish, Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda operatsiya xarajatlarini, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash va mehnatga haq to‘lashga tenglashtirilgan to‘lovlarni hamda rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarni to‘lash xarajatlarini amalga oshirish. 22. Mazkur Nizomning 21-bandida qayd etilgan maqsadlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamg‘arma mablag‘laridan qat’iy belgilangan yo‘nalishlarda foydalaniladi. 35. Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun Jamg‘arma kompensatsiyalari: milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 8 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foiz punkti miqdorida; milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 8 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga 2-ilovada ko‘rsatilgan tumanlarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun — 8 foizli punkt miqdorida; milliy valyutada, qiymati 8 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga — bankning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida; xorijiy valyutada ajratiladigan, qiymati ekvivalentda 8 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, biroq 3 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda; xorijiy valyutada — 2017-yil 5-sentabrgacha issiqxonalar qurish, intensiv bog‘lar yaratish va sovutgichlar qurish uchun xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobiga ajratilgan valyuta kreditlari bo‘yicha — belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida beriladi. 36. Milliy valyutada qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida kreditlar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy valyutada kreditlar ajratadigan tijorat banklari Jamg‘armaning kompensatsiyalarini oluvchilar hisoblanadi. 37. Qayta moliyalashtirish stavkasi o‘zgargan taqdirda ajratiladigan kompensatsiya miqdori kredit rasmiylashtirilgan kunda qayd etilgan darajada o‘zgarmasdan qoladi. 38. Jamg‘arma kompensatsiyasi quyidagilar nazarda tutilgan kreditlar bo‘yicha taqdim etilmaydi: avval olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish; spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish; savdo-vositachi tashkilotlar va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablag‘larini shakllantirish; savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlari qurishni moliyalashtirish; tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa o‘yinlarni tashkil etish, shuningdek boshqa maqsadlar uchun uskunalar xarid qilish. Shuningdek, Jamg‘arma kompensatsiyasi: kredit tarixi yomon bo‘lgan, xususan, tijorat banklari kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bor jismoniy va yuridik shaxslarga; budjetga to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga; ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan cheklovlar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbus ko‘rsatgan loyihalarga tatbiq etilmaydi. 39. Kredit olish uchun hujjatlarni qabul qilish va arizalarni ko‘rib chiqish, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlariga mazkur Nizom talablariga muvofiq kredit berish qonunchilikda belgilangan tartib-taomillar hamda tijorat banklarining ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. 40. Tijorat bankining filiali kredit ajratish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda o‘z xulosasini bosh bankka yuboradi. Agar bank kredit ajratish to‘g‘risida salbiy qaror qabul qilganda kichik tadbirkorlik subyektiga rad etishning asosli sabablari ko‘rsatilgan yozma javob yuboriladi. 401. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobiga issiqxonalar qurish, intensiv bog‘lar yaratish va sovutgichlar qurish uchun 2017-yil 5-sentabrgacha ajratilgan valyuta kreditlari bo‘yicha kompensatsiya berish yuzasidan murojaatlari tijorat bankining filiali tomonidan qabul qilinadi va bir kun muddatda keyinchalik Jamg‘armaga yuborish uchun bosh tijorat bankiga beriladi. 41. Bosh tijorat banki filialdan hujjatlarni olgach, 2 (ikki) ish kunida ularni ko‘rib chiqadi va zarur kompensatsiya summasi to‘g‘risida umumlashtirilgan axborotni tayyorlab, Jamg‘armaga ko‘rib chiqish va ajratiladigan kreditlarni kompensatsiya qilinadigan kreditlar toifasiga kiritish uchun yuboradi. 411. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi, ularni ko‘rib chiqishning to‘g‘riligi va imtiyozli kreditlar ajratilishi, shuningdek imtiyozli kreditlar ajratish va ular bo‘yicha kompensatsiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan mas’uliyat tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi. 42. Jamg‘arma 3 (uch) ish kuni mobaynida bosh tijorat banklaridan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya olish uchun kelgan hujjatlarni, xususan, ularning mazkur Nizomda qayd etilgan loyihalarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. 43. Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi kelgan hujjatlarni o‘rganish natijalari asosida bank kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bank kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga va stavkalarga muvofiq beriladi. 44. Jamg‘arma 1 (bir) ish kuni mobaynida bosh tijorat bankini kompensatsiya berish to‘g‘risida (rad etilganda taqdirda — asosli sabablar ko‘rsatilgan holda) qaror qabul qilingani haqida xabardor qiladi va keyinchalik bank filiali va ariza beruvchi — kichik tadbirkorlik subyektiga ham hujjatlar ro‘yxatini ilova qilgan holda ma’lum qiladi. 45. Bosh tijorat banki ijobiy qarorni olgandan so‘ng bu haqda darhol bank filialiga xabar beradi. Shu bilan birga, bosh bankdagi vakolatli shaxs bank, Jamg‘arma va kredit oluvchi o‘rtasida kompensatsiya taqdim etish to‘g‘risida uch tomonlama shartnomani imzolaydi hamda uni 1 (bir) ish kuni mobaynida kichik tadbirkorlik subyektining vakolatli vakili imzolashi uchun bank filialiga yuboradi. 46. Tijorat banki filiali bosh bankdan xabarnomani olgandan so‘ng bir ish kuni davomida bank va kichik tadbirkorlik subyekti o‘rtasida kredit shartnomasini tuzadi. Vakolatli vakil ushbu kredit shartnomasi asosida kompensatsiya taqdim etish to‘g‘risida bank, Jamg‘arma va kichik tadbirkorlik subyekti o‘rtasida tuzilgan shartnomani bank filialida kichik tadbirkorlik subyektiga imzolash uchun beradi. Uch tomonlama shartnomada bank kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlar uchun Jamg‘armaning imtiyozli foiz stavkasi va kompensatsiyaning miqdori ko‘rsatiladi. Bank filialida kichik tadbirkorlik subyektiga bank kredit siyosatiga muvofiq kredit ajratiladi. Bank va kichik tadbirkorlik subyekti o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasining nusxasi, shuningdek kreditni qaytarish jadvali Jamg‘armaga yuboriladi. 47. Jamg‘arma kompensatsiya taqdim etishni rad etgan taqdirda bosh tijorat banki bank filialini darhol bundan xabardor qiladi. Bank filiali kreditlar bo‘yicha kompensatsiya berish rad etilgani haqida xabarnomani olganidan so‘ng kichik tadbirkorlik subyektiga kredit ajratish rad etilgani xususida ma’lum qiladi. Bunda bank filiali kichik tadbirkorlik subyektiga umumiy ravishda belgilangan tartibda bozor shartlarida kredit shartnomasi tuzishni taklif etadi. 48. Tijorat banklari tuzilgan kredit shartnomalariga binoan kredit ajratgach har oyda, har oyning 15-sanasidan kechikmasdan Jamg‘armani shartnomada qayd etilgan kompensatsiya summasini o‘tkazish zarurligi haqida xabardor qiladi. 49. Tijorat banklari belgilangan tartibda: Ushbu Nizomga muvofiq “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar” 12800 hamda “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar” 14400 alohida balans hisob raqamlarida muddatlar va qarz oluvchilarning turlari bo‘yicha ajratilgan kreditlarning hisobini yuritadi; Kompensatsiyalar taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobiga qoplanadigan hisoblangan foizlarni olish” 16325 alohida balans hisob raqamlarida Jamg‘arma tomonidan kompensatsiya qilinadigan foizlar hisobini yuritadi. 50. Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarning bir qismi har oyda, bank xabarnomasi asosida oyning 20-sanasidan kechikmasdan Jamg‘arma tomonidan qoplanadi. Bunda Jamg‘arma xabarnomani olganidan so‘ng 3 (uch) ish kunida xarajatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to‘lov topshiriqnomasiga binoan shaxsiy hisob raqamidan amalga oshiradi. 51. Jamg‘arma kompensatsiyasi kompensatsiya berish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq bir paytning o‘zida bank reyestri asosida bir qancha kredit shartnomalari bo‘yicha bankning “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” 29801 tranzit hisob raqamiga o‘tkaziladi. Bunda “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” 29801 tranzit hisob raqamiga tushgan mablag‘lar bankning Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobiga qoplanadigan” hisoblangan foizlarni olish” 16300 hisob raqamiga avtomatik ravishda o‘tkaziladi. 52. Qarz oluvchilar kreditni muddati o‘tganidan so‘ng qaytargan holatlarda ajratiladigan kompensatsiya summasi tasdiqlangan qaytarish jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim. 53. Jamg‘arma tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kompensatsiya berishni quyidagi holatlarda to‘xtatadi: foizli xarajatlari qoplanadigan kreditdan maqsadsiz foydalanilganda; qarz oluvchi to‘lovlar jadvaliga muvofiq bankka to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini 3 (uch) oy davomida ketma-ket bajarmaganda; qarz oluvchining bank hisob raqamidagi mablag‘lari xatlovga olinganda; kichik tadbirkorlik subyektlarining va/yoki tijorat bankining taqdim etgan hujjatlarida ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda. 54. Tijorat banki mazkur Nizomning 53-bandida nazarda tutilgan holatlarni aniqlash maqsadida qarz oluvchining faoliyati yuzasidan, shu jumladan joyiga chiqib monitoring olib boradi. 55. Mazkur Nizomning 53-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda tijorat banki Jamg‘armani kompensatsiya berishni to‘xtatish uchun 3 (uch) ish kuni mobaynida xabardor qiladi. 56. Jamg‘arma tijorat bankidan xabarnomani olgandan so‘ng 3 (uch) ish kunida kompensatsiya berishni to‘xtatishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va to‘xtatish sabablari ko‘rsatilgan yozma xabarnomani bankka yuboradi. 57. Mazkur Nizomning 53-bandida nazarda tutilgan holatlarga ko‘ra to‘xtatish sabablari bartaraf etilgach, qarz oluvchining krediti bo‘yicha kompensatsiya berishni qayta tiklashga ruxsat etiladi. 58. Qarz oluvchining foizli xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilishni to‘liq to‘xtatish haqidagi qaror Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan qabul qilinadi. Ijro etuvchi direksiya kompensatsiya qilishni to‘liq to‘xtatish haqida qaror qabul qilsa, Jamg‘arma amaldagi qonunchilikka va shartnoma shartlariga muvofiq kompensatsiya berish to‘g‘risidagi shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qiladi va bu haqda bankni xabardor qiladi. 59. Quyidagilar kompensatsiyani to‘xtatish uchun asos hisoblanadi: qarz oluvchi bank krediti shartnomasi bo‘yicha kreditni to‘liq qaytarsa; Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi kompensatsiyani to‘xtatish haqida qaror qabul qilsa; qarz oluvchining tashabbusi bilan kompensatsiya berish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinsa. 60. Kreditlar bo‘yicha kompensatsiya berish Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasining qarorlariga muvofiq to‘xtatilgan va muddatidan oldin bekor qilingan holatlarda tijorat banklari foizli xarajatlarning bir qismi bo‘yicha kompensatsiya miqdorini qarz oluvchidan undiradi va bu shartlar kredit shartnomasida kelishilgan bo‘lishi kerak. 61. Jamg‘arma kafilligi kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit hajmining 50 foizgacha miqdorda, ammo 2 milliarddan oshmaydigan miqdorda beriladi. 611. Jamg‘arma kafilligi kichik tadbirkorlik subyektlariga intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini tashkil qilish uchun tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, lekin 5 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdorda beriladi. 62. Kafillik berish bo‘yicha Jamg‘arma xizmatlari pulli hisoblanadi. Jamg‘armaning kafilligi berilganligi uchun kichik tadbirkorlik subyektlaridan milliy valyutada kafolat summasining 1 (bir) foizi miqdorida bir marttalik vositachilik haqi undiriladi. 63. Mazkur Nizomga muvofiq faqat quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari Jamg‘arma kafilligini olishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan; tugatilish bosqichida bo‘lmagan; bankrot deb e’lon qilinmagan; avval olingan kreditlar va soliq to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzi bo‘lmagan; mazkur Nizomning 66-bandiga muvofiq zarur hujjatlarni taqdim etgan; mazkur Nizomda belgilangan boshqa talablarga rioya etadigan. 64. Jamg‘arma kafilligi kichik tadbirkorlik subyektlariga ular quyidagi shartlarga mos kelganda beriladi: kichik tadbirkorlik subyektlari loyihada o‘zining 25 foizdan (oilaviy tadbirkorlik subyektlari loyihalaridan tashqari) kam bo‘lmagan ulushi bilan ishtirok etsa; Jamg‘arma ta’minoti ostida beriladigan kreditlar maqsadli yo‘naltirilsa; kredit shartnomasi shartlariga muvofiq avval berilgan kreditni o‘z vaqtida qaytarmaslik, shuningdek bank kafilligini berish bo‘yicha shartnoma shartlarini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa. 65. Jamg‘arma kafilligi quyidagilarni nazarda tutadigan loyihalar bo‘yicha berilmaydi: avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarish; spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish; savdo-vositachi tashkilotlar va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablag‘larini shakllantirish; savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlarini qurishni moliyalashtirish; tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa o‘yinlarni tashkil etish, shuningdek boshqa maqsadlar uchun uskunalar xarid qilish. Shuningdek, Jamg‘arma kafilligi: kredit tarixi yomon bo‘lgan, xususan, tijorat banklari kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bor jismoniy va yuridik shaxslarga; budjetga, shuningdek elektr energiyasi, gaz ta’minoti bo‘yicha majburiy to‘lovlar va boshqa kommunal to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga; muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik va debitorlik qarzlari bo‘lgan yuridik shaxslarga berilmaydi. 66. Kichik tadbirkorlik subyekti tijorat banki filialiga loyihani moliyalashtirish bo‘yicha kredit olish uchun Jamg‘arma kafilligini olish maqsadi ko‘rsatilgan ariza bilan murojaat qiladi. Kichik tadbirkorlik subyekti arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: qarz oluvchining amalga oshiriladigan loyiha bo‘yicha bank hisob raqamiga mablag‘ tushish prognozi (pul oqimi) ko‘rsatilgan biznes-reja (texnik-iqtisodiy asos); kredit oluvchining oxirgi hisobot davridagi tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan buxgalterlik balansi (1-son forma), shuningdek 90 kundan oshmagan muddatda qarzdorlik bo‘yicha qiyosiy hujjatlar, moliyaviy natijalar haqida hisobot (2-son forma) — yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno; kredit bo‘yicha ta’minot sifatida taqdim etiladigan garov to‘g‘risida axborot; tijorat banklari va xalqaro moliya institutlari o‘rtasida kredit uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida (faqat qayd etilgan ushbu institutlar hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha) tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hujjatlar. 67. Tijorat banki filiali arizani va hujjatlarning to‘liq to‘plamini o‘rganib chiqqandan so‘ng: taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini tekshiradi. Hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda bank filiali bir kun muddatda kichik tadbirkorlik subyektidan yetishmayotgan axborotni (hujjatni) talab qiladi; taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini qonunchilikda belgilangan tartib-taomillar hamda ichki kredit siyosatiga muvofiq baholaydi. Kredit ajratish haqida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda bank filiali kichik tadbirkorlik subyektining Jamg‘arma kafilligini olish uchun arizasi ilova qilingan o‘z xulosasini bosh tijorat bankiga yuboradi hamda bu haqda kichik tadbirkorlik subyektiga ma’lum qiladi. Bank kredit berish to‘g‘risida salbiy qaror qabul qilgan holatda kichik tadbirkorlik subyektiga rad etishning asosli sabablari ko‘rsatilgan yozma javob yuboriladi. 68. Bosh tijorat banki filialdan hujjatlarni olgach, 2 (ikki) ish kunida zarur hujjatlar va ular bo‘yicha umumlashtirilgan axborotni ko‘rib chiqadi va tayyorlaydi hamda Jamg‘armaga kredit oluvchilarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha Jamg‘arma kafilligini taqdim etish uchun yuboradi. 69. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘arma kafilligini olish uchun bosh tijorat banki tomonidan yuborilgan hujjatlar to‘plamini qabul qilgandan so‘ng 5 (besh) ish kuni mobaynida: taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi. Jamg‘arma, zarur bo‘lganda, 1 (bir) ish kuni mobaynida bosh bankdan yetishmayotgan axborotni (hujjatlarni) so‘rab oladi; ushbu Nizomning 68-bandida nazarda tutilgan umumlashtirilgan ma’lumotlarni ushbu Nizom shartlariga muvofiqlik yuzasidan tekshiradi; kafolat olish uchun ariza ma’qullangan taqdirda bankni ijobiy qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida xabardor qiladi. 70. Hujjatlar kafillik olish uchun talablarga mos kelmagan taqdirda Jamg‘arma bosh tijorat bankiga 2 (ikki) ish kuni mobaynida qabul qilingan qaror haqida xabarnoma yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi hamda asosli sabablarni yozma ravishda ko‘rsatadi. 71. Kafillik olish uchun ariza ma’qullangach, bosh tijorat banki 3 (uch) ish kuni mobaynida: bank filiali va kredit oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasini; Jamg‘arma, kredit ajratuvchi bank va kredit oluvchi o‘rtasida kafillik shartnomasini tuzadi. Bunda kafillik shartnomasini Jamg‘arma nomidan Jamg‘arma ijrochi direktori imzolaydi. Bank va kredit oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasining nusxasi, shuningdek kreditni qaytarish jadvali Jamg‘armaga yuboriladi. 72. Jamg‘armaning berilgan kafilliklar bo‘yicha tijorat banki oldidagi majburiyatlari quyidagi holatlarda bekor qilinadi: kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlar berilgan kafillik summasi bo‘yicha to‘liq qaytarilganda; jamg‘arma tomonidan kafillik bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilganda; qarz oluvchi kredit mablag‘larini boshqa subyektga Jamg‘armaning yozma ravishdagi ruxsatisiz berganda; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda. 73. Jamg‘arma kafolat portfelining qisman yoki to‘liq hajmini sug‘urta yo‘li bilan qoplash huquqiga ega. Bunda sug‘urta yo‘li bilan qoplash bo‘yicha sarf-xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 74. Bitta shaxsga bir paytning o‘zida kompensatsiya va kafolat berilmaydi. 75. Kompensatsiya yoki kafolatga ega bo‘lgan shaxs Jamg‘armaga kredit bo‘yicha joriy qarzni qaytarganidan so‘ng takroran murojaat qilishga haqli. 76. Qarz oluvchi kreditni qaytarganda va kredit bo‘yicha o‘z majburiyatlarini imkon qadar kamaytirganda, birinchi navbatda, Jamg‘arma kafilligidan kredit bo‘yicha qaytarilgan summaga mutanosib ravishda ozod etiladi (ta’minotdan chiqariladi). Bunda qarz oluvchi tomonidan ajratilgan kredit bo‘yicha ta’minot sifatida taqdim etilgan mulk Jamg‘arma ta’minoti to‘liq qoplanganidan so‘ng garovdan ozod etiladi. 77. Qarz oluvchi asosiy qarz va hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida to‘lash bilan bog‘liq majburiyatlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda bajarmasa yoki tegishli ravishda bajarmasa, yoxud majburiyatlar o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda bajarilmasa yoki tegishli ravishda bajarilmasa, bank qonunchilikda belgilangan tartibda unga yozma talablar qo‘yadi. 78. Qarz oluvchi kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan sanadan (tegishli ravishda bajarmaganda) boshlab, bank 90 kalendar kun davomida qarz oluvchidan kredit bo‘yicha asosiy qarzning qaytarilmagan summasini olish, undan foizlarni undirish hamda kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi uchun barcha oqilona va yuzaga kelgan vaziyatda mumkin bo‘lgan choralar ko‘rishga majbur, jumladan: tadbirkor hisob raqamidagi mablag‘ni uning ruxsatisiz olib qo‘yish; garov predmetini undirish va ta’minot bo‘yicha talablar qo‘yish (Jamg‘arma kafilligi bundan mustasno). 79. Muddatlar tugagach va mazkur Nizomning 78-bandida nazarda tutilgan barcha zarur tartib-taomillar bajarilgandan so‘ng kredit shartnomasida belgilangan tartibda bank oldidagi qarz summasi qaytarilmasa bank Jamg‘armaga quyidagilar qayd etilgan talablarni qo‘yadi: kafillik shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami, bank va Jamg‘arma kafil bo‘lgan qarz oluvchi nomi); kafillik shartnomasi bilan ta’minlanadigan kredit shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami va boshqalar); kredit bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar summasiga bo‘lingan talablar hajmi; qarz oluvchining shartnoma bo‘yicha bajarmagan majburiyatlari hajmi bo‘yicha javobgarlikning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda, Jamg‘armaning kafillik shartnomasi bo‘yicha moliyaviy javobgarlik hajmini hisoblash; bankning Jamg‘arma tomonidan to‘lanadigan mablag‘lar o‘tkazilishi lozim bo‘lgan to‘lov rekvizitlari ko‘rsatilgan hisob raqami; bank talablarini qanoatlantirish muddatlari. 80. Talab bosh tijorat bankining vakolatli vakili tomonidan imzolanishi va bank muhri bilan tasdiqlanishi lozim. 81. Ushbu talabga quyidagilar ilova qilinadi: talabni (e’tirozni) imzolaydigan shaxs vakolatini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi; qarz oluvchining hisoblangan qarzi va Jamg‘arma moliyaviy mas’uliyatining hisoblangan hajmi; qarz oluvchining bank oldida qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi; bankning qarz oluvchiga yo‘llagan talabining (e’tirozi) nusxasi; tijorat banki mazkur Nizomning 78-bandida qayd etilgan qarz oluvchiga nisbatan choralar ko‘rgani va tegishli ishlarni amalga oshirganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotnoma. Bankning Jamg‘armaga nisbatan talabi (e’tirozi) qayd etilgan barcha hujjatlar bosh tijorat bankining vakolatli vakili tomonidan tasdiqlanib, bank muhri bilan mustahkamlanishi lozim. 82. Jamg‘arma taqdim etilgan talabni uning berilgan kafolatga va ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi bo‘yicha ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish kafillik shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi. 83. Jamg‘arma talablar va ilova qilingan hujjatlar kafillik shartnomasi shartlariga mos kelmagan holatlarda tijorat bankiga kafillik summasini to‘lash haqidagi talabni bajarishni rad etish huquqiga ega. E’tirozlar bildirilgan taqdirda Jamg‘arma bankdan talab kelgan sanadan boshlab, 3 (uch) ish kuni mobaynida bankka mavjud barcha e’tirozlar ko‘rsatilgan xatni yuboradi. 84. Jamg‘arma e’tirozlar bildirilmaganda bank ko‘rsatgan hisob raqamga mablag‘ o‘tkazishi shart. Jamg‘arma bank talablari asosida va kafillik shartnomasiga muvofiq bankka kreditning to‘lanmagan qismi bo‘yicha kafillik shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlar summasidan oshmaydigan miqdorda mablag‘ to‘laydi. 85. Jamg‘arma majburiyatlari u bankka mablag‘ o‘tkazgan paytdan bajarilgan hisoblanadi. 86. Jamg‘arma kafillik bo‘yicha to‘lovlarni to‘lagandan so‘ng bank bilan birgalikda xarajatlarni qarz oluvchining boshqa likvid mulki hisobidan regress tartibda, jumladan, sudga murojaat qilish orqali qoplashni talab qilish huquqiga ega. 87. Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ularning sarflanishini hisobga oladi hamda ular bo‘yicha hisobot tuzadi. 88. Bank har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamg‘armaga uning mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi. 89. Ijro etuvchi direksiya har chorakda Kengashga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilgani haqida hisobotlar taqdim etadi. 90. Ijro etuvchi direksiya moliyaviy yil nihoyasiga yetgach, keyingi yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga moliyaviy hisobot yilida oluvchilar bo‘yicha kafilliklar asosida amalda to‘langan kompensatsiyalar va to‘lovlar to‘g‘risida axborot taqdim etadi. 91. Ijro etuvchi direksiya, banklar va davlat moliyaviy nazorat organlari qarz oluvchilarning kafilliklar bo‘yicha kompensatsiyalar taqdim etish va to‘lovlar to‘lashning mazkur Nizomda belgilangan shartlari, maqsadlari hamda tartibiga rioya etishlarini albatta tekshiradi. 92. Jamg‘arma kredit byurosi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan qarz oluvchining kredit tarixi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidan budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik haqida axborot so‘rash huquqiga ega. 93. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi chorakda kamida bir marta, belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini tekshiradi. 94. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muntazam ravishda, ammo chorakda kamida bir marta berilgan kafilliklar yuzasidan kompensatsiyalar va to‘lovlar miqdorini aniqlashda amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligini joyida o‘rganadi. 95. Mazkur Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi. 96. Mazkur Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan bahslar qonunchilikda belgilangan tartibda, shu jumladan sud tartibida hal etiladi. 97. Jamg‘arma qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.
189
40,979
Qonunchilik
“O‘ZSTANDART” AGENTLIGIDA STANDARTLAShTIRISh BO‘YIChA NORMATIV HUJJATLAR TOIFALARINI TAYYoRLASh VA RO‘YXATDAN O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan buyuraman: 1. “O‘zstandart” agentligida standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 3. Ushbu buyruqni bajarilishini nazorat qilish bosh direktor o‘rinbosari A.A. Abduvaliyevga yuklatilsin.
167
677
Qonunchilik
AKSIZLI TOVARLARNING AYRIM TURLARINI SOTISh HAJMLARI TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOT ShAKLINI TASDIQLASh HAQIDA
“Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi to‘g‘risida”gi Vaqtinchalik nizomning 26-bandiga muvofiq (ro‘yxat raqami 1390, 2004-yil 26-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 30-son, 347-modda) Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Aksizli tovarlarning ayrim turlarini sotish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumot shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, aksizli tovarlarning ayrim turlarini sotish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aksizli tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. 3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
102
931
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 7-MARTDAGI 108-SON QARORIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chet el diplomatik vakolatxonalarini joylashtirish uchun ma’muriy binolarni Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga berish to‘g‘risida” 1992-yil 7-martdagi 108-son qaroriga 1 va 3-ilovalardan Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 42-uydagi p/ya-Yu-9942 Texnika xizmati ko‘rsatish markazi va Chilonzor ko‘chasi, 6-uydagi “O‘zsuzdrenaj” tresti binolari chiqarib tashlansin. 2. Muqimiy ko‘chasi, 43-uydagi Toshkent hisoblash texnikasi va axborot korxonasining binosi “O‘zdehqonchiliksanoatbank” balansiga o‘tkazilsin, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 42-uydagi obyekt qurilishida o‘zlashtirilgan markazlashtirilgan kapital mablag‘lar respublika budjetiga kompensatsiya qilinsin. 3. Toshkent hisoblash texnikasi va axborot ijara korxonasini joylashtirish uchun unga Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 42-uyda qurilayotgan “Texnika xizmati ko‘rsatish markazi” obyekti haq olmasdan jamoa mulki qilib berilsin. Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi Toshkent hisoblash texnikasi va axborot korxonasiga Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 42-uydagi obyektga jamoa mulki huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar bersin. 4. Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar prokuraturasini joylashtirish uchun Chilonzor ko‘chasi, 6-uyda joylashgan binoni O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi balansiga o‘tkazish, uning Gogol, ko‘chasi, 1-uydagi bo‘shatiladigan binosiga esa respublika Prokuraturasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida uyushgan jinoyatchilikka, talon-torojga hamda suiiste’molchiliklarga qarshi kurash Boshqarmasini joylashtirish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
141
1,666
Qonunchilik
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan qanday kadrlar tayyorlanadi
2019-2021 yillarda Jamgʻarma stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish dasturlari boʻyicha 4 000 ta mutaхassisni tayyorlash rejalashtirilmoqda. Ularning 20%i magistratura va doktoranturada oʻqishadi. Prezidentning 4.01.2019 yildagi tegishli qarori OʻzA saytida e’lon qilingan. Belgilanishicha, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish vazirliklar va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi: Shuningdek, shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra: a) vazirliklar va idoralar har yili 1 avgustga qadar: b) Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi: Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 2019 yilning 1 aprelidan boshlab Jamgʻarma stipendiyalarini olishga nomzodlarni хorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz va boshqalar) oʻqitish maхsus dasturlari asosida maqsadli kurslarni tashkil etish choralarini koʻradi. Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2019 yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi (sharhni tayyorlash paytida e’lon qilinmagan). Oleg Gayevoy.
65
1,327
Qonunchilik
2021-2022-yillarda Samarqand viloyatining Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Samarqand viloyati Payariq tumanining ishlab chiqarish salohiyati va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar hamda yer maydonlaridan samarali foydalanish, yo‘l bo‘yi infratuzilmasi imkoniyatlaridan to‘liq foydalangan holda servis va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021-2022-yillarda Samarqand viloyatining Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur): 2021-2022-yillarda Samarqand viloyatining Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq; 2021-2022-yillarda Samarqand viloyatining Payariq tumanida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; 2021-2022-yillarda Samarqand viloyatining Payariq tumanida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar 3-ilovaga muvofiq; 2021-2022-yillarda Samarqand viloyatining Payariq tumanida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash-tiklash hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish tadbirlari 4-ilovaga muvofiq; 2021-2022-yillarda Samarqand viloyatining Payariq tumanida ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xizmatlar sifati hamda qamrovini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar 5-ilovaga muvofiq; 2021-2022-yillarda Samarqand viloyatining Payariq tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda “Xavfsiz hudud” apparat-dasturiy kompleksini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: Payariq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish; kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; bo‘sh turgan bino va inshootlar hamda yer maydonlaridan samarali foydalanish; yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish; sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish va turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlashga erishish; tumandagi yaylovlar, lalmi yerlardan samarali foydalanish orqali chorvachilik klastyerlarini tashkil etish; tumandagi sug‘oriladigan yer maydonlarining sug‘orish tizimini yaratish, tomchilatib sug‘orish tizimini keng joriy etish; muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish; yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy qiyofadagi tuman markazini barpo etish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish. 3. Samarqand viloyati hokimligi tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi: a) Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda: Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin; barcha parametrlar bo‘yicha monitoring olib borilishini tashkil etsin va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor amaliy choralar ko‘rsin; zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, loyiha qiymati va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan Dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borsin; b) Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan, markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari ko‘rsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda 2021-2022-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olsin. 5. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va “O‘zsuvta’minot” AJ Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda aholini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga o‘rnatilgan tartibda ulanishini hamda ularga mavjud resurs va texnik imkoniyatlar doirasida tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 6. Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zshaharsozlik LITI” DUK bilan birgalikda urbanizatsiya jarayonlarining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq Payariq tumani markazining bosh rejasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini hamda Payariq tumani markazi Payariq shahrining chegara chiziq loyihasini ishlab chiqilishini ta’minlasin. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Payariq tumanining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritilishida tumandagi investitsiya muhitini yaxshilash va kelajakda loyihalarni joylashtirish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga yaqin va qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun mo‘ljallanmagan yerlardan yer uchastkasi ajratilishini hisobga olsin. 7. “Hududgazta’minot” AJ “Hududgaz Samarqand” filialining Payariq tumanida joylashgan “Chelakgaz” bo‘limiga tegishli 1,1 gektar, “O‘zagrokimyohimoya” AJning “Agrokimyohimoya” Payariq tuman bo‘limiga tegishli 1,7 gektar foydalanilmasdan bo‘sh turgan yer maydoni va bino inshootlarini baholatgan holda Chelak shahrida turar-joy majmuasi qurish maqsadida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda investorga berish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi Payariq tumanidagi ishsiz fuqarolar bandligiga ko‘maklashish maqsadida 2021-yilda 432 nafar fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish, 381 nafar fuqarolarni kasbga qayta o‘qitish va malakasini oshirish, 40 nafar fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, 20 nafar fuqarolarga sug‘orish vositalari olish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligi bir oy muddatda Payariq tumanida 2 200 gektar tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan tokzor maydonlarga o‘rnatilgan tartibda subsidiya ajratish chorasini ko‘rsin. 10. Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini hamda har chorakda bajarilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilishini ta’minlasin. 11. Samarqand viloyati hokimligi har chorak yakuni bo‘yicha Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi holatini xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi yig‘ilishlarida muhokama qilib borish choralarini ko‘rsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
130
9,284
Qonunchilik
Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmog‘idagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq to‘lashga doir razryadlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-fevraldagi 33-son “Ayrim budjet tashkilotlari xodimlari ba’zi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 6-son, 71-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2001-yil 5-apreldagi 1, 34-son “Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmog‘idagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq to‘lashga doir razryadlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmog‘idagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq to‘lashga doir razryadlarga (ro‘yxat raqami 1027, 2001-yil 14-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 7-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
168
1,144
Qonunchilik
Portlash хavfi boʻlgan muhitlarda qanday asbob-uskunalardan foydalansa boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 24.11.2017 yildagi 941-son qarori bilan Portlash хavfi boʻlgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament tasdiqlandi. Hujjatni qoʻllash sohasi quyidagi tarzda belgilandi: Umumiy teхnik reglament quyidagilarga tatbiq etiladi: Umumiy teхnik reglament quyidagilarga tatbiq etilmaydi: 0, 1 va 2-sinfdagi (gazli muhitlar) va (yoki) 20, 21 hamda 22 –sinfdagi (changli muhitlar) portlash хavfi boʻlgan hududlardagi portlash хavfi boʻlgan muhitlardagi ish uchun asbob-uskunalar, jumladan elektr uskunalar va Ex-komponentlar. Portlash хavfi boʻlgan hududlar tasniflari va portlash хavfi boʻlgan hududlardagi ish uchun asbob-uskunalar teхnik reglamentga ilovalarda keltirilgan. – portlash хavfi boʻlgan muhitlardagi ish uchun moʻljallanmagan, tarkibida portlash хavfi boʻlgan moddalar va chidamsiz kimyoviy birikmalar mavjud boʻlgan teхnik qurilmalar va buyumlar (portlovchi modda, poroх va hokazo); – portlash хavfi boʻlgan muhit kutilmaganda yonuvchan gazning sizib chiqishi oqibatida hosil boʻlgan sharoitlarda maishiy va noishlab chiqarish qoʻllanishidagi gaz ishlatadigan asbob-uskunalar; – Oʻzbekiston chegarasidan tranzit oʻtadigan asbob-uskunalar; – tibbiyot buyumlari; – yakka tartibda himoyalanish vositalari; – umumiy foydalanishdagi havo, avtomobil, temir yoʻl yoki suv transportiga oʻrnatilgan mashinalar va asbob-uskunalar; – yadroviy tadqiqot qurilmalari, portlash хavfi boʻlgan hududlarda joylashgan ularning tarkibiga kiradigan asbob-uskunalardan tashqari. Hujjat asbob-uskunalarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish va teхnik hujjatlarga qoʻyiladigan talablarni, shuningdek asbob-uskunalarning qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini baholashni amalga oshirish tartibini belgilaydi. Reglamentga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini quyidagilar amalga oshiradi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 26.05.2018 yilda kuchga kiradi.     Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov,  ekspertimiz.
78
2,205
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA OChILADIGAN BANK HISOBVARAQLARI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-maydagi PQ-1529-son “Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 224-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 130-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “10. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraq ochish uchun asos bo‘lgan hujjatlari, bank hisobvarag‘i shartnomasi, shuningdek unga kiritilgan o‘zgartirishlar, ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, ikkilamchi hisobvaraqlar ochilganligi to‘g‘risidagi asosiy hisobvarag‘ini ochgan bankka yuborgan xabarning nusxasi hamda bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar, shuningdek mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat)ning nusxasi mijozning yuridik yig‘majildida saqlanadi”. 2. 12-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “d) tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari”. 3. 18-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Jismoniy shaxslarga bankning omonat kassalarida shaxsiy hisobvaraqlar ochish omonat kassasi nazoratchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2205, 2011-yil 4-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 9-son, 97-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi”. 4. 39-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ta’sis hujjatlarida (ta’sis shartnomasida, ustavda) ko‘rsatilgan ma’lumotlar (ta’sischilar, aksiyadorlar, ishtirokchilar yoki boshqa ma’lumotlar) o‘zgargan taqdirda, mijoz ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxasini bankka taqdim qiladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab etiladi”. 5. 41-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “41. Yuridik shaxs tugatilayotganda, uning barcha bank hisobvaraqlari tugatish komissiyasining tasarrufiga o‘tadi. Bunday holda, asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankka tugatish komissiyasining amal qilish muddati ko‘rsatilgan korxonani tugatish to‘g‘risidagi qarori hamda tugatish komissiyasi rahbari va bosh buxgalterining imzolari namunalari qo‘yilgan varaqcha notarial tasdiqlangan holda taqdim qilinadi. Shundan so‘ng, mijozning asosiy hisobvarag‘iga uni tugatishga doir yagona hisobvaraq maqomi beriladi”. 6. 50-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “50. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘i yopilayotganda, oldindan u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hisobvaraqlar yopiladi. Bir vaqtning o‘zida hisobvaraqni yopish mo‘ljallanayotgani to‘g‘risida soliq va bojxona (chet el valyutasida hisobvaraq ochilgan bo‘lsa) organlariga xabar beriladi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning budjet oldidagi qarzlari to‘g‘risida ma’lumot so‘raladi. Soliq va bojxona organlari tomonidan bankka xo‘jalik yurituvchi subyektning budjet oldida majburiyatlari yo‘qligi to‘g‘risidagi xabarnoma (ma’lumotnoma) taqdim qilingandan keyin bank (bank filiali) tomonidan berilgan hamda to‘liq yoki qisman foydalanilmagan chek daftarchalari bankka (bank filialiga) qaytariladi. Shundan keyin, mijozning foydalanilmagan cheklar raqamlari ko‘rsatilgan arizasiga asosan hisobvaraqni yopish kunida qoldiq tasdiqlangan holda hisobvaraq yopiladi”. 7. 52-banddan “va ulardagi tegishli mablag‘lar qoldig‘i “Boshqa debitorlik hisobvaraqlari”ga kirim qilinganda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
140
5,479
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-506-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 7-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-506-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
816
Qonunchilik
Pensiya hisoblash uchun ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma onlayn rejimda beriladi
YaIDXPda Davlat soliq qoʻmitasining yangi хizmati joriy etildi. Fuqarolarga hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar avtomatik rejimda taqdim etiladi. Portalda koʻrsatilishicha, хizmat bir zumda va bepul koʻrsatiladi. Vazirlar Mahkamasining 1.02.2019 yildagi «Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida»gi 80-son qarori хizmat joriy etilishi uchun asos boʻldi. Unda Hisoblangan ish haqini hisobga olish reyestrini shakllantirish va davlat interaktiv хizmatini joriy etish nazarda tutilgan edi.   Murojaat qiluvchi davlat soliq хizmati organlarida hisobga qoʻyilmagan taqdirdagina хizmat koʻrsatishni rad etishlari mumkin. Quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilib, хizmat haqida qoʻshimcha tushuntirishlarni olish mumkin: (+998) 71 244-32-82.
83
865
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi tarkibiga o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 19-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi Qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 3-4, 118-modda) qisman o‘zgarishlar kiritib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi a’zosi etib saylansin: Vafoyev Ulug‘bek Nazarovich — Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari; Ismoilov Umid — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi; Nazarov Hamidulla Sotivoldiyevich — Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining a’zosi. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
144
949
Qonunchilik
Oʻzbekistonda Tashqi savdo vazirligi paydo boʻladi
Prezidentning 13.04.2017 yildagi «Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni OʻzAda e’lon qilindi. Hujjatga binoan, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (TIAISV) Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinadi. Yangi idora TIAISVning tashqi savdo munosabatlari qismida uning majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, halqaro majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Qisman bu Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish bilan bogʻliq, unga TIAISVning qator funksiyalari berilgan. Biz bu haqda avval batafsil yozganmiz.  Tashkil etilgan vazirlik vakolatli davlat organi boʻlib, tashqi savdo sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi. U tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi. Farmon bilan Tashqi savdo vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari tasdiqlandi, shuningdek TIAISVni qayta tashkil etish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish boʻyicha komissiya tuzildi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV,   ekspertimiz.
50
1,374
Qonunchilik
NNT hisobotlarni yangi shakl boʻyicha topshiradi
Eslatib oʻtamiz, NNT quyidagi hisobot shakllarini topshiradi: - Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisida hisobot; - Nodavlat notijorat tashkiloti hududiy boʻlinmasining faoliyati toʻgʻrisida hisobot; - Xalqaro va хorijiy nodavlat notijorat tashkiloti vakolatхonasi va filialining faoliyati toʻgʻrisida hisobot. Endilikda hisobotlarda NNT tomonidan chet davlatlardan, хalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan olingan mol-mulklar va ulardan foydalanilishi boʻyicha ma’lumotlar, shuningdek NNT хodimlari (a’zolari, vakillari)ning chet mamlakatlarga хizmat safarlari, NNT faoliyati bilan bogʻliq tashriflari yuzasidan ma’lumotlar ham koʻrsatilishi kerak. Aniqlashtirilishicha, hisobot NNT rahbari va hisobot tuzuvchi tomonidan imzolanadi va NNT muhri bilan tasdiqlanadi. Hisobot shakllariga boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan. Belgilanishicha, NNT hisobotlarni (shu jumladan, amaldagi shakllar boʻyicha) oʻz tanloviga koʻra elektron koʻrinishda (elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda) tegishli adliya organining rasmiy sayti orqali taqdim etishi mumkin. Hisobot shakllari davlat tilida tasdiqlangan va 2017 yil 1 martda kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
48
1,490
Qonunchilik
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishl
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-506-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi qurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,032
Qonunchilik
“ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI KOMISSIYASINING YaNGI TARKIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 34-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
89
320
Qonunchilik
Oʻzbekiston Milliy universitetida – islohot
Prezidentning 17.06.2019 yildagi “2019-2023 yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda e’lon qilingan.  Kadrlarni sifatli tayyorlashning mustahkam asosi va kafolati Oʻz ichiga 9 ta maqsadli dasturlarni oladigan 2019-2023 yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini (OʻzMU) kompleks rivojlantirish dasturi shular jumlasidandir. Ular talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va universitetning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, uning respublika oliy ta’limi bayroqdori sifatidagi maqomini tiklashga qaratilgan. Maqsadli dasturlar quyidagilarga qaratilgan: Oʻz bilim va tajribangizni tasdiqlang 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab fakultetlar va kafedralar, ITIning laboratoriyalari boʻyicha, akademik litseyda va umuman, universitetda rahbarlar hamda professor-oʻqituvchilar tarkibi faoliyatini reyting baholash tizimi joriy etiladi. 2019 yil 1 oktyabrga qadar boshqaruv boʻgʻini хodimlarini, shuningdek, universitet barcha boʻlinmalarining pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazadilar. Tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va professor-oʻqituvchilari tarkibining bilimi va malakasi, kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish tizimini tubdan yaхshilash, ularning ayrimlari orasidagi salbiy illatlar namoyon boʻlishining oldini olish va ularga barham berish maqsadida universitetning tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarning samarali zaхirasi shakllantiriladi. Reyting darajasi yuqori boʻlgan хorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-teхnik markazlarda, shuningdek, mamlakatimiz korхonalarida, respublika Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlar va boʻlinmalarda rahbarlar va pedagogik kadrlar stajirovkasi rejalashtirilgan. OʻzMUda – yangi lavozim va fakultetlar Hujjat bilan OʻzMUning yangilangan tashkiliy tuzilmasi va rektoratining tuzilmasi tasdiqlandi. Shu oʻquv yilidan boshlab rektorat tuzilmasiga universitetning oʻquv-metodik ta’minlash va ta’lim sifatini nazorat qilish boʻyicha prorektori lavozimi kiritiladi. Quyidagilar: 2020 yil 1 yanvardan boshlab Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimida tayyorgarlik bosqichi sifatida stajyor-tadqiqotchilar institutini joriy etish haqida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ikki oy muddatda ishlab chiqiladi.    Litsey oʻquvchilari gimnaziya oʻquvchilariga aylanadi Oʻzgarishlar S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyiga ham daхl qildi. Unga tabiiy va aniq fanlarga iхtisoslashtirilgan Respublika akademik litseyi maqomi beriladi. Keyinchalik litsey gimnaziyaga aylantiriladi. Shuningdek, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarni qabul qilish va keyinchalik ularni OʻzMUning tegishli fakultetlariga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilish tartibi ishlab chiqilmoqda. Fan nomzodi va doktorlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ta’lim va ilm-fan sohasidagi barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan хodimlarning oylik ish haqiga: Qoʻshimcha haq har bir хodimning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qoʻshgan aniq hissasini hisobga olgan holda tarkibiy boʻlinma rahbarining taqdimnomasi asosida va muassasa (tashkilot) kollegial organining qaroriga koʻra toʻlanadi. Pedagoglar uchun kvartiralar, olimlar uchun uskunalar Toshkent shahri Olmazor tumanidagi talabalar shaharchasi hududida, хususan, universitet professor-oʻqituvchilari va yosh tadqiqotchilari uchun 6 ta zamonaviy koʻp qavatli uylar, universal sport majmuasi, “Yoshlar bogʻi”, “Wi-Fi” zona va boshqa ob’yektlar, biologiya fakulteti uchun vivariy va oranjereya binolarini qurish rejalashtirilmoqda. Aniq va tabiiy fanlar fakultetlarining laboratoriyalarini jihozlash maqsadida universitetga 6 mln AQSh dollari ajratildi.  Konstantin Mosin.
43
3,951
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi negizida issiqxona, chorvachilik va mehmonxona komplekslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Oziq-ovqat tovarlari turlarini ko‘paytirish va ularni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi faoliyatini, mehmonxona xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etgan holda rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi tashkilotlari: b) “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda loyiha tashabbuskori deb ataladi) tomonidan — Toshkent shahri, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 64-uydagi mavjud mehmonxona binolarini rekonstruksiya qilish va restoran qurish orqali xalqaro standartlar bo‘yicha premium-klass toifasidagi mehmonxona xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan holda, zamonaviy mehmonxona kompleksini tashkil etish loyihalari amalga oshirilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Ushbu qarorning 1-bandida qayd etilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi — buyurtmachi; b) “Bauraum Group” MChJ — bosh pudratchi etib; v) quyidagilar: 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturi parametrlarida nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari — “ESO” zamonaviy ixtisoslashtirilgan issiqxona bloki va gul yetishtirish uchun issiqxona blokini tashkil etish: tijorat banklarining kreditlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliya-xo‘jalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasining “Agro Servise” DUK issiqxona-parnik xo‘jaligi negizidagi issiqxonalarini rekonstruksiya qilish, Toshkent viloyatida qoramollar boqish uchun chorvachilik kompleksi va echkilarni boqish bo‘yicha sut fermasini tashkil etish, xalqaro standartlar asosida premium-klass toifasidagi mehmonxona xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan holda zamonaviy mehmonxona kompleksini tashkil etish bo‘yicha moliyalashtirish manbalari etib belgilansin. 3. Loyihalar tashabbuskorlari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvali bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini; loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari va texnik-iqtisodiy asosi ikki oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini; yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan eng yaxshi takliflarni tanlash asosida shartnomalar tuzilishini; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyiha va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi” DUKda loyihalar va import shartnomalarning texnik-iqtisodiy asosini ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliya-xo‘jalik departamenti Davlat rezidensiyalari direksiyasining “Agro Servise” DUK issiqxona-parnik xo‘jaligi bazasidagi issiqxonalarni rekonstruksiya qilish, Toshkent viloyatida qoramollar boqish uchun chorvachilik kompleksi va echkilarni boqish bo‘yicha sut fermasini, shuningdek, xalqaro standartlar bo‘yicha premium-klass toifasidagi mehmonxona xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan holda zamonaviy mehmonxona kompleksini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish doirasida zarur bo‘lgan import uskunalarni xarid qilishni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan stavkada 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davrga milliy valyutada kredit ajratish hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kafolatini kredit bo‘yicha ta’minot sifatida qabul qilish tavsiya etilsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Bosh vazir o‘rinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
226
3,998
Qonunchilik
“Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
215
443
Qonunchilik
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan bojхonachilarga qanday kompensatsiya toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 4.06.2019 yildagi 459-son qarori bilan bojхona organlarining хizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan хodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan хodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi tasdiqlandi. Mazkur hujjat doirasida bojхona organlari хodimlari (ofitser va serjantlar), Bojхona institutida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilar (keyingi oʻrinlarda – хodimlar), shuningdek хizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan хodimlarning oila a’zolari nafaqa olish huquqiga ega. Bir martalik nafaqa olingan tan jarohatining ogʻirlik darajasiga bogʻliq holda tayinlanadi: Xodim хizmat majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda halok boʻlganda, uning oila a’zolariga marhumning oylik maoshining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik nafaqa toʻlanadi. Bojхona institutida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilar, shuningdek ularning oila a’zolariga nafaqa stipendiya va ega boʻlgan maхsus unvon maoshi yigʻindisi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi. Baхtsiz holat yuz berganda, tegishli bojхona organi mansabdor shaхslari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruv tayinlanadi. Olingan tan jarohati darajasi esa sud-tibbiy-ekspertizada aniqlanadi. Tekshiruv chogʻida tan jarohati olgan yoki halok boʻlgan хodimning хatti-harakatlarida huquqbuzarlik, хizmat intizomini buzish holatlari mavjudligi oʻrganiladi. Bunday faktlar aniqlanganda, shuningdek хodimning qonida spirtli ichimliklar, giyohvandlik yoki psiхotrop moddalar va ularning analoglari mavjudligi aniqlangan taqdirda, nafaqa toʻlashni rad etish masalasi koʻrib chiqiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.06.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
107
1,717
Qonunchilik
H.M. ABDULLAYEV YUBILEYIGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekistonning atoqli olimi, davlat arbobi Habib Muhamedovich Abdullayevning katta xizmatlarini hisobga olib hamda 1992-yil avgust oyida tug‘ilganiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Akademik H.M. Abdullayev tavalludining 80 yilligi respublikaning ijtimoiy, jamoatchilik va ilmiy hayotida yirik voqea sifatida keng nishonlansin. 2. Yubileyga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasining tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Sentyabr oyida H.M. Abdullayev yubileyiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish o‘tkazilsin. 4. H.M. Abdullayevning nomini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi bir oy ichida metro stansiyalaridan biriga hamda shaharning markaziy ko‘chalaridan biriga uning nomini berish masalasini ko‘rib chiqsin. 5. O‘zbekistonning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga olib kelgan ulkan ilmiy yutuqlari uchun beriladigan H.M. Abdullayev nomidagi diplom hamda medal ta’sis etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki hafta ichida H.M. Abdullayev nomidagi medalning eskizini va maketini tayyorlasin hamda medal bilan mukofotlash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin. O‘zbekiston Respublikasi Mahalliy sanoat vazirligi 1-avgustgacha fanlar akademiyasining buyurtmasiga binoan medalni ishlab chiqarsin. 6. Toshkent Davlat texnika universitetining geologiya-qidiruv fakultetida H.M. Abdullayev nomidagi stipendiya ta’sis etilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi: H.M. Abdullayevning yubileyiga bag‘ishlangan ilmiy sessiya o‘tkazsinlar; yosh olimlar o‘rtasida H.M. Abdullayev asarlarini o‘qish kunlarini o‘tkazishni tashkil etsinlar; H.M. Abdullayev hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab radio va televideniyeda eshittirishlar va ko‘rsatuvlar tayyorlashni, gazeta va jurnallarda maqolalar chop etishni tashkil qilsinlar. Qayd qilingan tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 8. O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, gazeta va jurnallar muharririyatlari H.M. Abdullayev hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tadbirlarni keng yoritsinlar. 9. O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasi 30-avgustgacha H.M. Abdullayev hayoti va faoliyati haqida hujjatli telefilm yaratsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fanlar akademiyasiga 1992-yilda medal ishlab chiqarish, telefilm yaratish va tantanali kechani o‘tkazish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan 400 ming so‘m ajratsin, 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va ta’lim majmui (o‘rtoq M.Q. Qoraboyev)ga yuklatilsin.
76
2,788
Qonunchilik
Xorijiy kinokompaniyalarga хarajatlarning bir qismi qaytariladi
Vazirlar Mahkamasining 19.09.2020 yildagi 568-son qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishda хorijiy kinokompaniyalarga хarajatlarining bir qismini qaytarish («rebate») tartibi toʻgʻrisida” Nizom tasdiqlandi. Nizomga asosan, хorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirilgan хarajatlarning 20%i (biroq $300 mingdan ortiq  boʻlmaydi) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladi. Xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun “Oʻzbekkino” Milliy agentligidan (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) ruхsatnoma oladi va hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolanadi. Xorijiy kinokompaniya respublika hududida oʻz filmlarini suratga olish uchun Oʻzbekiston tijorat banklarida maхsus hisob raqamini ochadi va oʻz хarajatlarini u orqali amalga oshiradi. Ushbu hisob raqamidagi mablagʻlar faqat Oʻzbekiston yuridik va jismoniy shaхslar хizmatlari uchun haq toʻlashda foydalanilishi va sarf etilishi mumkin. Agentlik davlat va nodavlat tashkilotlar bilan birgalikda ijaraga beriladigan davlat mulki ob’yektlari, koʻrsatiladigan davlat хizmatlari, хizmat koʻrsatuvchi mahalliy korхona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub’yektlari, kinematografiya sohasida faoliyat koʻrsatayotgan mutaхassislar ruyхatlarini shakllantiradi, murojaatlar boʻlganda roʻyхatni doimiy ravishda kengaytirib, toʻldirib boradi hamda elektron ma’lumotlar bazasini yaratadi. Ruхsatnoma muddati yakunlanganidan soʻng filmni suratga olish ishlari yakunlangan hisoblanadi. Xarajatlarni qaytarish uchun tegishli hujjatlar Moliya vazirligiga taqdim etiladi, u 10 kun muddatda хarajatlarni qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Agentlik хorijiy kinokompaniyalarga хarajatlar qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi. Davlat byudjetidan mablagʻlar ajratilgan хorijiy kinokompaniyalar roʻyхati Agentlik saytida joylashtiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.09.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
63
2,005
Qonunchilik
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslari, startap-loyihalari va amaliy tadqiqotlari natijalarini ro‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashish, yosh tadbirkorlik subyektlarining sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligining 1-ilovaga muvofiq ro‘yxatda ko‘rsatilgan hududlarda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini (keyingi o‘rinlarda — Yoshlar sanoat zonalari) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Tashkil etilayotgan Yoshlar sanoat zonalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun Yoshlar sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish maydonlari taqdim etish orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish; yoshlarga ularning sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalari, tashabbuslari va g‘oyalari amalga oshirilishida ko‘maklashish va qulay shart-sharoitlar yaratish; “startaplar” tashkil etish maqsadida biznes-inkubator vazifalarini amalga oshirish, yosh tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini barqaror rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish; yoshlarga o‘z innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish va natijalarini tijoratlashtirish, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish borasida amaliy yordam ko‘rsatish; band bo‘lmagan, shu jumladan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish. 3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov) vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda: 2-ilovada keltirilgan ro‘yxatdagi 77 ta Yoshlar sanoat zonalari — 2021-yil 1-sentabrgacha; qolgan barcha Yoshlar sanoat zonalari — 2022-yil 1-yanvargacha to‘liq ishga tushirilishini ta’minlasin. 4. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashning manzilli dasturi (keyingi o‘rinlarda — Manzilli dastur) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan 100 million AQSh dollari; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va xususiy moliya kompaniyalarining qarzlari; Jamg‘armaning bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan tushadigan daromadlar; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish; meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallari, hunarmandchilik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish; mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish. 7. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Jamg‘armaga 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ning 50 foizi ikki oy muddatda boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun, qolgan 50 foizi olti oy muddatda ajratilishini ta’minlasin. 8. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif kiritsin. 9. Belgilansinki: a) Manzilli dasturda nazarda tutilgan ishlar 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar, shuningdek, mahalliy budjet va ta’minotchi tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; b) Yoshlar sanoat zonalari muhandislik-texnik kommunikatsiyalari mavjud bo‘lgan yoki o‘tkazish oson bo‘lgan, faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarida tashkil etiladi; v) Yoshlar sanoat zonalariga joylashtirish uchun investitsiya loyihalari tuman (shahar) hokimlari rahbarligida tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan tanlab olinadi; g) Yoshlar sanoat zonalari hududida yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi. Bunda, bo‘sh bino va inshootlar (davlat ko‘chmas mulk obyektlari) shartnoma asosida har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarida ijaraga beriladi; d) patent asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ta’minlovchi startap-investitsiya loyihalari, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari, shuningdek, import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining kamida 70 foizi yoshlar uchun mo‘ljallangan, shu jumladan bandligi ta’minlanmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta’minlash nazarda tutilgan investitsiya loyihalari Yoshlar sanoat zonalari hududida joylashtirilishida ustuvorlikka ega bo‘ladi; e) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida: moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bir yo‘la 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etiladi; Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qaroriga asosan moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bir yo‘la 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan yuqori va 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etiladi; qiymati 500 ming AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lgan investitsiya loyihalari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, undan oshgan qismi esa ushbu qarorda nazarda tutilgan imtiyozlarsiz, tijorat banklari orqali umumiy tartibda taqdim etiladi; tijorat banklariga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun moliyaviy resurslar Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari doirasida, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha yillik 10 foiz, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha yillik 2 foiz stavkalari bilan taqdim etiladi; tijorat banklari milliy valyutadagi kreditlarni o‘z marjasi miqdorini 4 foizdan oshirmasdan yillik 14 foiz, xorijiy valyutadagi kreditlarni — o‘z marjasi miqdorini 1 foizdan oshirmasdan yillik foiz stavkasini 3 foiz miqdorida belgilagan holda ajratadi; tijorat banklari ajratilgan moliyaviy resurslarning maqsadli foydalanilishi va to‘liq qaytarilishini doimiy monitoring qilib boradi; j) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga Yoshlar sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun binolar qurish maqsadlariga moliyaviy resurslar Jamg‘armaning moliyaviy ko‘rsatkichlari va uning resurs bazasidan kelib chiqqan holda beriladi, shu jumladan: Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga yosh tadbirkorlik subyektlari uchun bino qurishga beriladigan moliyaviy resurslar milliy valyutada yillik 10 foiz stavkasi miqdorida belgilangan holda taqdim qilinadi; tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlik subyektlariga binolarni lizing asosida berish milliy valyutada yillik 14 foiz stavkasini qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Bunda, yosh tadbirkorlik subyekti boshlang‘ich to‘lov sifatida lizingga beriladigan bino qiymatining 10 foizini tashkil qiluvchi qismini to‘laydi. 10. Belgilab qo‘yilsinki, 2023-yil 31-dekabrga qadar Yoshlar sanoat zonalari hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining ta’minoti bilan bog‘liq quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etiladi: a) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tijorat banklarining kichik tadbirkorlik subyektlariga milliy valyutada ajratadigan kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha miqdorida, biroq 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafilliklar taqdim etadi; b) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ziyod bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha miqdorida, biroq 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda, yillik 2 foiz stavkasida sug‘urta polisini taqdim etadi. Ushbu bandda nazarda tutilgan tartib soliqlar hamda oldingi tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi mavjud bo‘lgan yosh tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilmaydi. 11. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin. 12. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini tanlab olish, amalga oshirishni moliyalashtirishni tashkillashtirish va yer maydonlarini ajratish jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlash maqsadida tegishli veb-sayt ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlasin. 13. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yoshlar sanoat zonalarini tashkil qilish, rivojlantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilansin, uning hududiy boshqarmalari zimmasiga joylarda Yoshlar sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilsin. 14. Quyidagilar: Bosh vazirning o‘rinbosari S.U. Umurzakovga — vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Yoshlar sanoat zonalari rivojlanishi va samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, ularning hududida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish bilan bog‘liq jarayonlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga — ishchi guruhlari tomonidan Yoshlar sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiya buyurtmanomalarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, yosh tadbirkorlik subyektlariga yer maydonlari va bo‘sh binolar o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini Yoshlar sanoat zonalari hududida joylashtirish bo‘yicha qarorlarni o‘z vaqtida qabul qilish; energetika vaziri A.S. Sultanovga, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatovga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikovga, transport vaziri I.R. Maxkamovga — Yoshlar sanoat zonalari hududidagi investitsiya loyihalarining obyektlari foydalanishga topshirilgunga qadar zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini hamda mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, ularga talab etiladigan ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash; iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari A.M. Boboyevga — Manzilli dasturda belgilangan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq hajmda ajratilishi ustidan nazorat qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 15. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har chorakda Yoshlar sanoat zonalarini tashkil qilish hamda Jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritsin. 16. Vazirlar Mahkamasi har chorakda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida tanqidiy muhokama qilsin hamda o‘z vaqtida va to‘liq bajarilmagan tadbirlar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga nisbatan tegishli choralarni ko‘rsin. 17. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Voitov belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
166
14,318
Qonunchilik
Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan masalalarni hal qilish, mas’ul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida: 1. Quyidagilar: Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha milliy kengash (keyingi o‘rinlarda — Milliy kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda; Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy kengashlar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda; Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) kengashlari) 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin. 2. Milliy kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida optimallashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; o‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini ko‘tarish, ularning moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish; Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, boy madaniy-tarixiy meros, milliy urf-odat, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar g‘oyalari asosida ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashning samarali pedagogik shakl va metodlari tatbiq etilishini tashkillashtirish; umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, joriy va mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish, mazkur ishlarda zamonaviy texnologiyalar va energiya tejamkor materiallar qo‘llanilishini ta’minlash; xalq ta’limi sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish, mas’ul vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining bu borada qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlarini tinglash, shu asosda ularni rag‘batlantirish yoki javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘rish; xalq ta’limi tizimida islohotlarni amalga oshirishda vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati o‘zaro kelishilgan tarzda, samarali olib borilishini, sustkashliklar va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ymasligini ta’minlash, shuningdek, hududiy hamda tuman (shahar) kengashlari ishini sifatli tashkil qilish, mazkur farmoyishda belgilangan chora-tadbirlar bilan bir qatorda ularning qo‘shimcha vazifa va funksiyalarini belgilash; xalq ta’limi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, mazkur sohadagi qonunchilik hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish; xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tuman (shahar) kesimida ishlab chiqilgan yillik hududiy dasturlarning vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish. 3. Milliy kengashning joriy faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov boshchiligida Respublika shtabi tashkil qilinsin. 4. Respublika shtabi tomonidan joylarda amalga oshiriladigan ishlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — ish reja) va hududlarni o‘rganish reja jadvali 4 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilarga: vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklariga — ish rejada nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitovga — ish rejada nazarda tutilgan tadbirlarni to‘liq hajmda amalga oshirish bo‘yicha vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vaqtida va puxta ishlab chiqish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 5. Hududiy kengashlar tuman (shahar) kengashlari bilan birgalikda: 2022-yil 15-fevralga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar, o‘quvchilarning ota-onalari, malakali mutaxassislar va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturlarni ishlab chiqsin va keng muhokama qilish uchun rasmiy veb-saytlar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirsin; 2022-yil 1-martga qadar muhokama doirasida kelib tushgan takliflardan kelib chiqib qayta ishlangan hududiy dasturlarni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarida taqdimot qilsin; 2022-yil 5-martga qadar hududiy dasturlarni tasdiqlasin va Milliy kengashga kiritsin; har oyning 20-sanasiga qadar hududiy dasturlar ijrosi bo‘yicha hisobotini hamda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha taklif va tashabbuslarini Respublika shtabiga kiritsin. Bunda, tashabbuslar va takliflar Respublika shtabiga taqdimot ko‘rinishida kiritiladi hamda ularga tahliliy ma’lumotnoma va jadvallar, rivojlangan mamlakatlarning tajribasini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ilova qilinadi. Respublika shtabi (Abduvaxitov, Saidov) har oyning 25-sanasigacha hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar, tashabbuslar va takliflarni umumlashtirib Milliy kengashga kiritsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimlari: uch kun muddatda kengashlarning tashkiliy yig‘ilishlarini o‘tkazib, tegishli yo‘nalish doirasida belgilangan vazifalar sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha savolnoma, tarmoq grafigi va taqdimot materiallari namunalarini tasdiqlasin hamda kengash a’zolarining vazifalar taqsimotini belgilasin; kengashlar ishini samarali tashkil qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirsin, ularning faoliyatiga ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilsin; har kuni tegishli kengashlar tomonidan tayyorlanayotgan takliflarning, shu jumladan joyiga chiqqan holda muhokamasini tashkil etib borsin; takliflarni tayyorlash jarayonida kengash a’zolari o‘rtasida samarali va doimiy kommunikatsiya hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin; kengashlar tomonidan har tomonlama asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilishini va ularning o‘z vaqtida Respublika shtabiga kiritilishini ta’minlasin. 7. Belgilansinki, 2022-yil 1-martdan boshlab har oyda ikkita hududiy kengashlar xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tayyorlagan taklif va tashabbuslarini Milliy kengashga taqdimot qiladi. Respublika shtabi (Abduvaxitov, Saidov) hududiy kengashlarga taqdimot materiallarini tayyorlashda ko‘maklashsin. 8. Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov): Respublika shtabi so‘roviga asosan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarini jalb qilgan holda xalq ta’limi tizimini isloh qilish yuzasidan rivojlangan davlatlarning tajribasini chuqur o‘rganib, ular bo‘yicha ma’lumotlarning tezkor taqdim etilishini ta’minlasin; ushbu ma’lumotlarni tayyorlashda xorijiy davlatlarning nufuzli ekspertlari, olimlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar va muhokamalar o‘tkazish (shu jumladan, videokonferensaloqa shaklida), ulardagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarni tarjima qilish choralarini ko‘rsin; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlaridan xalq ta’limi tizimini isloh qilish yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborotlar va hisobotlar, shuningdek, tavsiya va takliflarni Respublika shtabiga taqdim etsin; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda zarur hollarda kengash a’zolarini rivojlangan xorijiy davlatlarga qisqa muddatli xizmat safariga yuborishni tashkil etsin. 9. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
82
8,374
Qonunchilik
Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida
Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida yashovchi aholining turmush tarzini yaxshilash va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, bu borada ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) ma’lumotlar bazasida Andijon viloyatining Asaka tumanida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan 38 446 ta, Shahrixon tumanida — 32 309 ta ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligi; Fuqarolik kodeksining 187-moddasiga muvofiq mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini olishi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat); O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq 2021-yil 1-avgustdan boshlab meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi, Andijon viloyat hokimligi, tuman sektor rahbarlari, tuman soliq, ichki ishlar va adliya organlari, qurilish bo‘limi, mahalla fuqarolar yig‘ini vakillaridan iborat ishchi guruh tuzgan holda uch oy muddatda Asaka va Shahrixon tumanlarida barcha ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan (keyingi o‘rinlarda — xatlov) o‘tkazsin. 3. Andijon viloyati hokimligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligining xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida ko‘p yillar davomida fuqarolar tomonidan foydalanilib kelayotgan va huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan turar joylar (keyingi o‘rinlarda — avval qurilgan turar joylar) joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Bunda, avval qurilgan turar joylarga mazkur bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan huquqlarni e’tirof etish uchun: bino va inshoot joylashgan yer uchastkasi kamida o‘n besh yil mobaynida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalanilgan va ushbu holat so‘nggi o‘n besh yil mobaynida mazkur ko‘chmas mulk obyekti uchun yer va mol-mulk soliqlari to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi; ko‘chmas mulk obyektlari boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasligi yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligi, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilingan holda qurilgan bo‘lishi; ko‘chmas mulk obyektlari aholi punkti yerlari toifasiga kirmaydigan yerlarda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va muhofaza etiladigan hududlarda joylashgan bo‘lmasligi shart. 4. Mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan shartlarga mos bo‘lgan turar joylar joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini e’tirof etish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin: avval qurilgan turar joylarning nomma-nom ro‘yxati tuman hokimligi, tuman sektor rahbarlari, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasi, tuman qurilish bo‘limi, tuman adliya bo‘limi tomonidan tasdiqlanadi va Andijon viloyat hokimligiga taqdim etiladi; Andijon viloyat hokimligi ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish yoki rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashiga belgilangan tartibda taklif kiritadi; nizoli bo‘lgan yer uchastkasi hamda bino va inshootlarga huquqni e’tirof etish yoki rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun tuman hokimliklari tomonidan sudlarga da’vo arizalar kiritiladi; xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi yoki sudning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni e’tirof etish to‘g‘risidagi qarori ular tomonidan Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasiga taqdim etiladi; xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi yoki sud tomonidan qabul qilingan yer uchastkasiga ijara huquqi, shuningdek, bino va inshootlariga mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi qarorga asosan, yer uchastkasi hamda bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tegishli yer uchastkasini hamda bino va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar tuman budjetining qo‘shimcha daromadlari hisobidan qoplab beriladi; Kadastr agentligi tegishli davlat xizmatlari markazi orqali yo‘llangan murojaatlar asosida kadastr pasportini tayyorlaydi hamda yer uchastkalari, bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Bunda avval qurilgan turar joylar egalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida yer uchastkasiga nisbatan ijara shartnomasini tuzish talab etilmaydi. Avval qurilgan turar joylar joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqi mazkur qarorga ilovaga muvofiq sxema asosida e’tirof etiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2021-yil 25-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
123
5,899
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING DON MAHSULOTLARI TIZIMIDA BOShQARISh VA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh MASALALARINI MUVOFIQLAShTIRUVChI NAZORAT KENGAShINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va bozor munosabatlari prinsiplarini amalga oshirish, don tayyorlashda, foydalanishda, uni hisobga olishda davlat tartibini o‘rnatish, ishlab chiqarishdan tortib tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan barcha uchastkalarda suviste’molchiliklarning oldini olish va aholini don mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining Don mahsulotlari tizimida boshqarish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalarini muvofiqlashtiruvchi nazorat kengashi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Nazorat kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin: don tayyorlashdan tortib tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan texnologik zanjirning barcha bosqichlarida korxonalarni boshqarish masalalarini muvofiqlashtirish; bozor munosabatlari mexanizmlarini ro‘yobga chiqarish, monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini bajarish va don mahsulotlari tizimida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; don va don mahsulotlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balanslari loyihalarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, zarur bo‘lganda, donni import qilish yuzasidan takliflar kiritish; xo‘jaliklar tomonidan sotiladigan boshoqli don davlat xaridi hajmlari bo‘yicha va donning xarid narxlari yuzasidan takliflar tayyorlash. Korxonalar bilan xo‘jaliklar o‘rtasida shartnomalar tuzilishini ta’minlash, o‘z vaqtida avans berish va don mahsulotlari tizimi korxonalari bilan don yetishtiruvchi xo‘jaliklar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni to‘liq amalga oshirishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; boshoqli don tayyorlashni nazorat qilish, ularning saqlanishini ta’minlash va talon-toroj qilinishining oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish; korxonalar va omborlardagi don, un va boshqa mahsulotlar resurslari hisobga olinishini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, dondan oqilona foydalanishni, un sarfini, shu jumladan non pishirish uchun un sarfini muntazam tekshirish va nazorat qilishni ta’minlash; korxonalarni rivojlantirish va texnik qayta jihozlash, xorijiy sarmoyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish va shu asosda mahsulot turining ko‘paytirilishi hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish; don mahsulotlari tarmog‘i markaziy apparati, viloyat uyushmalari rahbar xodimlarining va korxonalari rahbarlarining o‘z lavozimlariga layoqatliligini va kasb malakasi darajasini muntazam o‘rganish, ularning bozor islohotlari talablariga va egallab turgan lavozimlariga muvofiqliklari yuzasidan takliflar kiritish. 3. Vazirlar Mahkamasining Nazorat kengashi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Nazorat kengashiga bir oy muddatda don mahsulotlari tizimida boshqarish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalarini takomillashtirishga oid kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish topshirilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir — Nazorat kengashining raisi O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Don mahsulotlari tizimida boshqarish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalarini muvofiqlashtiruvchi nazorat kengashi (Don mahsulotlari bo‘yicha nazorat kengashi) Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-fevraldagi 61-son qarori bilan tashkil etilgan. 2. Don mahsulotlari bo‘yicha nazorat kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Quyidagilar Don mahsulotlari bo‘yicha nazorat kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi: don yetishtirishdan tortib tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan texnologik zanjirning barcha bosqichlarida korxonalarni boshqarish masalalarini muvofiqlashtirish; bozor munosabatlari mexanizmlarini ro‘yobga chiqarish, monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini bajarish va don mahsulotlari tizimida iqtisodiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; don va don mahsulotlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balanslari loyihalarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, zarur bo‘lganda, donni import qilish yuzasidan takliflar kiritish; xo‘jaliklar tomonidan sotiladigan boshoqli don davlat xaridi hajmlari bo‘yicha va donning xarid narxlari yuzasidan takliflar tayyorlash. Korxonalar va xo‘jaliklar o‘rtasida shartnomalar tuzilishini ta’minlash, o‘z vaqtida avans berish va don mahsulotlari tizimi korxonalari bilan don yetishtiruvchi xo‘jaliklar o‘rtasida o‘z vaqtida o‘zaro hisob-kitoblarni to‘liq amalga oshirishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; boshoqli don tayyorlashni nazorat qilish, ularning saqlanishi hamda talon-taroj qilinishining oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish; korxonalar va omborlarda don, un va boshqa mahsulotlar resurslarini hisobga olishni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, dondan oqilona foydalanishni, un sarfini, shu jumladan non pishirishga un sarfini muntazam tekshirish va nazorat qilishni ta’minlash; korxonalarni rivojlantirish va texnik qayta jihozlash, xorijiy sarmoyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish va shu asosda mahsulot turining ko‘paytirilishi va sifati yaxshilanishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; don mahsulotlari tarmog‘i markaziy apparati, viloyat uyushmalari rahbar xodimlari va korxonalari rahbarlarining o‘z lavozimiga layoqatliligini hamda kasb malakasi darajasini muntazam o‘rganish, ularning bozor islohotlari talablariga va egallab turgan lavozimlariga muvofiqliklari yuzasidan takliflar kiritish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarning boshoqli don yetishtirish, ularni tayyorlash (chetdan olib kelish), don mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash hamda sotish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash; “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, davlat don inspeksiyasi va don mahsulotlari ishlab chiqarish tizimining boshqa tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga yordam ko‘rsatish. 4. Don mahsulotlari bo‘yicha nazorat kengashi ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat boshqaruvi barcha organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan don va uni qayta ishlash mahsulotlarini tayyorlash, ularning sifati, ularni saqlash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash masalalariga doir amaldagi qonun hujjatlari ijro etilishini tekshirish; vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining ularning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlarini tinglash; davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, xo‘jaliklar, muassasalar va tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot va ma’lumotnoma materiallarini so‘rab olish; Nazorat kengashi majlislarida ko‘rib chiqish uchun takliflar ishlab chiqish, zarur hisob-kitoblar va boshqa materiallarni tayyorlash bo‘yicha guruhlar tuzish; tegishli materiallarni tayyorlash uchun mutaxassislar, olimlarni hamda davlat va xo‘jalik organlarining vakillarini jalb etish. 5. Don mahsulotlari bo‘yicha nazorat kengashi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi. 6. Don mahsulotlari bo‘yicha nazorat kengashini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Rais boshqaradi. Don mahsulotlari bo‘yicha nazorat kengashi tarkibiga vazirliklar, idoralarning rahbarlari kiradi, ular Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 7. Don mahsulotlari bo‘yicha nazorat kengashining ishi rejalar asosida amalga oshiriladi, majlislar zaruriyatga qarab, biroq ikki oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. 8. Don mahsulotlari bo‘yicha nazorat kengashi qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va protokollar tarzida rasmiylashtiriladi. Ularning davlat organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
180
8,758
Qonunchilik
VASIYLIK VA HOMIYLIK ORGANLARI TOMONIDAN ETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALAR TURAR JOYLARINING SAQLANIB QOLIShINI NAZORAT QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 31-son, 260-modda) qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladilar: 1. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joylarining saqlanib qolishini nazorat qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 4-modda), “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 1-2-son, 1-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1999-y., 4-son, 18-modda) va 2010-yil 2-avgustdagi 164-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 31-son, 260-modda) qarorlariga muvofiq vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar deb ataladi) turar joylarining saqlab qolinishini nazorat qilish tartibini belgilaydi. 1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joyga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish maqsadida, ularni yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasalarga, oilaviy bolalar uylariga, farzandlikka olgan oilalarga, vasiylar yoki homiylarga yuborishda tuman (shahar) hokimining qarori bilan uning yashash joyi bo‘yicha turar joyini bolada saqlab turish kafolati belgilanadi. 2. Biriktirilgan turar joyga ega bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarda, boshqa ta’lim muassasalarida, oilaviy bolalar uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davrida turar joyga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi. 3. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobidagi turar joyning saqlab turilishi yuzasidan nazorat yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobidagi turar joyning saqlab qolinishini nazorat qilishda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning qonuniy vakillari, shuningdek ularning turar joylari va mulklari joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari bilan hamkorlik qiladi. 5. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash joyi bo‘yicha turar joyini bolada saqlab turishga oid tuman (shahar) hokimining qarori nusxasini u qabul qilingan kunning o‘zida turar joyga bo‘lgan huquqlarni bolada saqlab qolinishini ta’minlash maqsadida turar joy joylashgan tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga, shuningdek yetti kun ichida bolaning qonuniy vakillari, turar joylari joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuborishi shart. 6. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turar joyini bolalarda saqlab turish bo‘yicha tuman (shahar) hokimining qarori nusxasini olganidan so‘ng, ushbu turar joyni saqlab qolish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida vasiylik va homiylik organiga ma’lumot taqdim etadi. 7. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning saqlab qolish uchun topshirilgan turar joylarini o‘zga shaxsga o‘tkazish to‘g‘risida murojaatlar kelib tushganda, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi bu haqda uch kunlik muddatda vasiylik va homiylik organiga xabar berishi lozim. 8. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning saqlab turish uchun topshirilgan turar joylari, agar ushbu turar joyda bolalarning oila a’zolari yashash uchun qolmagan bo‘lsa, ushbu turar joylar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarda, boshqa ta’lim muassasalarida, oilaviy bolalar uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davri mobaynida boshqa fuqarolarga ijaraga berilishi mumkin. 9. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning saqlab turilgan turar joylarida ularning qarindoshlari yashagan hollarda yoki mazkur turar joy foydalanish uchun ijaraga berilgan taqdirda, ushbu shaxslarni mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga hamda qonun hujjatlarida belgilangan turar joyni saqlash bilan bog‘liq majburiyatlarga rioya qilish yuzasidan yozma ravishda ogohlantiradi. 10. Vasiylik va homiylik organlari yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joylarini mazkur Qoidalarda belgilangan talablar bo‘yicha saqlanishini nazorat qilish maqsadida turar joylarni bir yilda kamida ikki marotaba joyiga borib o‘rganadi. Agar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tegishli turar joylarni saqlash bo‘yicha belgilangan majburiyatlarga rioya etilmayotganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushsa vasiylik va homiylik organlari turar joyni saqlanish holatini zudlik bilan o‘rganadi. 11. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turar joylari boshqa tuman (shahar) hududida joylashgan taqdirda, turar joy joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organi bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organining mazkur Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan tuman (shahar) hokimining qarori nusxasini olgan kundan boshlab, uch kun muddat ichida ushbu turar joyni joyiga borib o‘rganishi lozim. 12. Vasiylik va homiylik organi saqlab turish uchun topshirilgan turar joyni o‘rganish natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: bolaning turar joyga bo‘lgan huquqining ta’minlanayotganligi; turar joyning holati belgilangan talablarga muvofiqligi; turar joyni saqlash bo‘yicha belgilangan talablarni buzilganligi holati va ularni bartaraf qilish muddatlari; ijara shartnomasiga rioya etilishi ahvoli va qonuniy vakillarga turar joy holatini yaxshilashga qaratilgan choralar ko‘rishi lozim ekanligi haqidagi tavsiyalar. Dalolatnoma vasiylik va homiylik organi vakili, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning boshqa qonuniy vakillari hamda turar joy joylashgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi tomonidan imzolanib, tegishli tuman (shahar) vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlanadi. 13. Dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi turar joy saqlab turish topshirilgan vasiylik va homiylik organida, ikkinchi nusxasi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning qonuniy vakillarida saqlanadi. Agar, turar joy ijaraga berilgan bo‘lsa, ijaraga oluvchiga dalolatnomadan nusxa beriladi. 14. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning saqlab turilgan turar joyi boshqa tuman (shahar) hududida joylashgan bo‘lsa, ushbu hududning vasiylik va homiylik organi turar joyning saqlanishi ahvoli haqida har yarim yil yakuni bo‘yicha mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan shaklga muvofiq hisobotni va turar joyni saqlanish ahvoli yuzasidan har bir o‘tkazilgan o‘rganish dalolatnomasini yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash joyi hududidagi vasiylik va homiylik organiga taqdim etadi. 15. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashash joyidagi hududning vasiylik va homiylik organi bolalarning qonuniy vakillaridan yil tugashi bilan kelgusi yilning boshida (10-yanvargacha) bolalar turar joylarini saqlanib turishi to‘g‘risida mazkur Qoidalarning ilovasidagi shaklga muvofiq yozma hisobot oladi. Hisobotga turar joyni saqlash va undan foydalanish bilan bog‘liq ayrim majburiyatlar bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlar (soliqlar, majburiy badallar va majburiy to‘lovlar, sug‘urta va boshqa to‘lovlar qog‘ozlari) ilova qilinadi. 16. Hisobot yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashash joyidagi tuman (shahar) vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlanadi. 17. Vasiylik va homiylik organlarida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning saqlab turish uchun topshirilgan turar joylari haqidagi hisobot va dalolatnomalarni qayd etish bo‘yicha alohida jurnal yuritiladi. 18. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joyining saqlanib qolishi bo‘yicha tasdiqlangan hisobotlar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ular yashash joyidagi vasiylik va homiylik organlarida yuritiladigan shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi. 19. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joylarining noqonuniy sotilganligi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, aniqlangan kundan boshlab besh kun ichida bitimni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi. 20. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joyining saqlanib qolishini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 21. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
187
11,161
Qonunchilik
Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xalqimizning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxshichilik san’ati atoqli baxshi-shoirlarimiz, folklorshunos olimlarimizning fidoyi mehnati, ijodiy tafakkuri bilan asrlardan asrlarga o‘tib kelmoqda. Xalqimizning yuksak badiiy dahosi bilan yaratilgan ushbu noyob san’atni asrab-avaylash va rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yurtimizda “Alpomish” dostonining ming yilligi keng nishonlangani, Termiz shahrida bu ulug‘ badiiy obida sharafiga, Samarqand shahrida atoqli baxshilarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmualari bunyod etilgani, davlatimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis qilinganini qayd etish lozim. Bugungi kunda Termiz shahrida baxshichilik maktabi, respublikamizdagi bolalar musiqa va san’at maktablarida folklor sinflari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yurtimizda ko‘p tomlik “Qoraqalpoq folklori” to‘plamlari chop etildi, 100 tomlik “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi nashr etilmoqda. Baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy o‘rganish ishlari davom etmoqda. Yaqinda Termiz shahrida ilk bor o‘tkazilgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali xalqaro miqyosdagi yirik madaniy hodisa sifatida keng e’tirof etilgani alohida e’tiborga loyiq. Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda folklor san’atiga e’tibor va qiziqish susayib borayotgani, ko‘p joylarda unutilib, himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lib turgani kuzatilmoqda. Xalqimiz madaniyatining hayotbaxsh sarchashmasi bo‘lgan baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish, uning milliy madaniyatimiz va san’atimizdagi o‘rni va ahamiyatini yuksaltirish, yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida davlat muassasasi shaklida Respublika Baxshichilik san’ati markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) hamda uning huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullansin. 2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: baxshichilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish va mustahkamlash; sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari, “ustoz–shogird” an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish; baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va boshqa ta’lim muassasalari qoshida baxshichilik san’ati to‘garaklarini tashkil etish; baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib berish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash; baxshichilik san’atining sara namunalarini to‘plash va fondini yaratish, ularning audio va video variantlarini ko‘paytirish, bu sohani yurtimizda va dunyoda keng targ‘ib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish; baxshichilik san’ati yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, jumladan, turli xalqaro anjumanlar va tanlovlar, konsertlar va mahorat darslarini tashkil etish. 3. Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: moliyaviy va tashkiliy yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish; mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan baxshi-shoir, oqin va jirovlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni baxshichilik san’atiga oid zarur adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar va davriy nashrlar bilan ta’minlash; madaniyat va san’at muassasalari qoshidagi baxshichilik to‘garaklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur cholg‘ular va jihozlar bilan ta’minlash; baxshichilik san’ati bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqotlar, nashr ishlari hamda kompleks ilmiy ekspeditsiyalarni moliyalashtirish; baxshichilik san’atiga doir homiylikni rivojlantirish, sohaga xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish; qonunchilikda belgilangan manbalardan tushadigan mablag‘larni jamg‘arish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash. 4. Quyidagilar: Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga; Respublika Baxshichilik san’ati markazining tarkibiy tuzilmasi 2-ilovaga; Respublika Baxshichilik san’ati markazi huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashining tarkibi 3-ilovaga; Respublika Baxshichilik san’ati markazi huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direksiyasi tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarurat bo‘lganda, Markaz va Jamg‘arma tuzilmalariga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi: ikki oy muddatda Markaz va Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari nazarda tutilsin; Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Termiz shahridagi baxshichilik maktabi negizida baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internatini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda baxshichilik san’ati rivoji uchun zarur bo‘lgan musiqa cholg‘ulari (do‘mbira, sibizg‘a, chanqovuz, qo‘shnay, g‘ajirnay, bo‘lamon, qo‘biz kabilar) ishlab chiqaradigan ustalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ustaxonalar uchun joy ajratish, maxsus yog‘och va metall mahsulotlari bilan ta’minlash choralarini belgilasin; O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda baxshi-shoir, jirov va oqinlar tomonidan ijro etiladigan asarlar kuylarini notalashtirish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirsin; YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan birgalikda o‘zbek xalqining ko‘hna va betakror san’ati namunasi bo‘lgan baxshichilik san’atini YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida baxshichilik san’ati davlat ansambllarini, ushbu san’at turi rivojlangan boshqa hududlarda esa viloyat ansambllarini tashkil etsin; tegishli hududlarda bolalar musiqa va san’at maktablari qoshida baxshichilik san’ati sinflarini tashkil etsin; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 6. Surxondaryo viloyati hokimligi Markaz va Jamg‘arma uchun bino ajratish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda avtotransport vositasi bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ustoz baxshilar va dostonchilar, yosh ijrochilar, baxshichilik san’ati durdonasi hisoblangan mashhur dostonlar haqida ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar tayyorlash va e’lon qilib borish hamda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari F.Sh. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
73
8,267
Qonunchilik
“Namangan viloyati Katta Andijon kanalida GESlar kaskadi qurilishi” va “Surxondaryo viloyati To‘palang daryosida Zarchob-3 GES qurilishi” investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini izchil oshirib borish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish hamda respublikaning iqtisodiyot tarmoqlari va aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlashning barqarorligini yanada oshirish, gidroenergetika sohasiga davlat kafolati talab etilmaydigan xorijiy kreditlarni jalb etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-44-son qaroriga asosan “Namangan viloyati Katta Andijon kanalida GESlar kaskadi qurilishi” va “Surxondaryo viloyati To‘palang daryosida Zarchob-3 GES qurilishi” investitsiya loyihalarining (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihalari) texnik-iqtisodiy asoslanuvi “Gidroproyekt” AJ tomonidan ishlab chiqilganligi hamda o‘rnatilgan tartibda kompleks ekspertizadan o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: Namangan viloyati Katta Andijon kanalida GESlar kaskadi qurilishi” va “Surxondaryo viloyati To‘palang daryosida Zarchob-3 GES qurilishi” investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq; “Namangan viloyati Katta Andijon kanalida GESlar kaskadi qurilishi” va “Surxondaryo viloyati To‘palang daryosida Zarchob-3 GES qurilishi” investitsiya loyihalari bo‘yicha kreditni qaytarish va foizlar (komissiya) to‘lashning prognoz jadvallari 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 3. “O‘zbekgidroenergo” AJga raqobat muhitini yaratish maqsadida, tasdiqlanadigan investitsiya loyihalarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari doirasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy kredit jalb etish sharti bilan asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi tashkilotni aniqlash bo‘yicha belgilangan tartibda tenderlarni o‘tkazish huquqi berilsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: “O‘zbekgidroenergo” AJ loyiha tashabbuskori va qarz oluvchi, kreditdan maqsadli foydalanishga va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishiga mas’ul hisoblanadi; “O‘zbekgidroenergo” AJning “1-son qurilish direksiyasi” unitar korxonasi “Namangan viloyati Katta Andijon kanalida GESlar kaskadi qurilishi” investitsiya loyihasi bo‘yicha, “2-son qurilish direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Surxondaryo viloyati To‘palang daryosida Zarchob-3 GES qurilishi” investitsiya loyihasi bo‘yicha buyurtmachi va ijro etuvchi tashkilot hisoblanadi; buyurtmachi va ijro etuvchi tashkilotlar tegishincha loyihaviy yechimlarni ishonchliligi va inshootlarning xavfsiz ekspluatatsiya qilinishiga doir talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan ularni aniqlash va qo‘llash, qurilish ishlarini kuzatish va texnik nazoratga olish, shuningdek, investitsiya loyihasi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qabul qilib olish uchun mas’ul hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi PQ-2972-son qarorining 7-bandiga asosan “Gidroproyekt” AJ investitsiya loyihalari doirasida loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyiha tashkiloti hisoblanadi; investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinishi munosabati bilan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining, ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining ko‘rgan zararlari (kompensatsiya berish xarajatlari) qonunchilikda belgilangan tartibda “O‘zbekgidroenergo” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; jalb etiladigan kredit bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foiz, yig‘im va xizmat ko‘rsatish hamda moliyalashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar “O‘zbekgidroenergo” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; investitsiya loyihalarining tasdiqlangan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga kredit ajratishning aniqlashtirilgan manbalari va shartlariga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish talab qilinmaydi. 5. Namangan va Surxondaryo viloyati hokimliklari Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishincha “Namangan viloyati Katta Andijon kanalida GESlar kaskadi qurilishi” investitsiya loyihasini va “Surxondaryo viloyati To‘palang daryosida Zarchob-3 GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkalarini, shu jumladan belgilangan tartibda zaxiraga olingan yer uchastkalarini Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini ta’minlasin. 6. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida, “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi gidroelektr stansiyalarini, shuningdek investitsiya loyihalari doirasida barpo etilgan obyektlarni mulkiy kompleks sifatida jalb etiladigan kredit ta’minoti uchun garovga topshirishga ruxsat berilsin. 7. Energetika vazirligi ushbu qarorning 5-bandiga asosan ajratilgan yer uchastkalarini Yer Kodeksining 241 moddasiga muvofiq belgilangan tartibda “O‘zbekgidroenergo” AJga ijaraga berilishini ta’minlasin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov va “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi A.A. Sanginov zimmasiga yuklansin.
208
5,559
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 1-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman: 1. “Don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli boshoqli don urug‘ligi bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 2130, 2010-yil 6-avgust) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019-yil 31-iyuldagi 02/012-1471-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 11-maydagi 7-son, 42-son “Don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli boshoqli don urug‘ligi bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2130, 2010-yil 6-avgust) hamda 2015-yil 30-apreldagi 12-son, 35-son “Don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli boshoqli don urug‘ligi bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2130-1, 2015-yil 13-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
75
2,243
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son, “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son farmonlari va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq uz kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Belgilansinki, 1-ilovaning 2, 5, 10-bandlari, 11-bandi “d” kichik bandi, shuningdek, 2-ilovaning 1 va 2-bandlari 2018-yil 1-avgustdan e’tiboran kuchga kiradi. 4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmonining rus tilidagi matnida: 2-bandning yettinchi xatboshisi “organov” so‘zidan keyin “yustitsii i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “postupayuщix ot ispolnitelnix deystviy” so‘zlari chiqarib tashlansin; 6-bandning to‘rtinchi xatboshisi “Byuro” so‘zidan keyin “i Inspeksii po kontrolyu za agropromishlennim kompleksom i obespecheniyem prodovolstvennoy bezopasnosti pri Generalnoy prokurature Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini har yili o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-217-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni o‘n oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son qarorining rus tilidagi matnida: 1-bandning beshinchi xatboshisidan “kompleksov i” so‘zlari chiqarib tashlansin; 2-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridan “(kompleksov)”, “(kompleksam)” va “(kompleksi)” so‘zlari chiqarib tashlansin; 3 va 4-bandlar, shuningdek, 3, 3a, 5 — 5d-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matnida: 51-band “Byuro prinuditelnogo ispolneniya” so‘zlaridan keyin “i Inspeksii po kontrolyu za agropromishlennim kompleksom i obespecheniyem prodovolstvennoy bezopasnosti” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 55-bandning to‘rtinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “Poryadok rotatsii rabotnikov Byuro prinuditelnogo ispolneniya i Inspeksii po kontrolyu za agropromishlennim kompleksom i obespecheniyem prodovolstvennoy bezopasnosti pri Generalnoy prokurature Respubliki Uzbekistan opredelyayetsya direktorom Byuro i nachalnikom Inspeksii po soglasovaniyu s Generalnim prokurorom Respubliki Uzbekistan”; kuyidagi mazmundagi 711-band bilan to‘ldirilsin: “711. Generalniy prokuror Respubliki Uzbekistan vprave ustanavlivat s soxraneniyem vsex viplat, v tom chisle stimuliruyuщix doplat i nadbavok, deystvuyuщix v organax prokuraturi, dopolnitelnie: ejemesyachnie personalnie nadbavki visokokvalifitsirovannim i initsiativnim rabotnikam organov prokuraturi v razmere ne boleye dvukratnogo fonda oplati truda; nadbavki i viplati, ustanovlennie zakonodatelstvom dlya otdelnix podrazdeleniy organov prokuraturi, rabotnikam organov prokuraturi, imeyuщim naiboleye visokiye pokazateli v rabote. Rasxodi, svyazannie s realizatsiyey meropriyatiy, predusmotrennix nastoyaщim punktom, proizvodyatsya za schet sredstv Fonda razvitiya Byuro prinuditelnogo ispolneniya”. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 8-iyundagi PQ-2544-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni o‘ninchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi nizomda: 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs ishlashi mumkin. Yuridik xizmat boshlig‘i lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan, shuningdek, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi”; 9-bandning ikkinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistranti ishlashi mumkin”. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qarorida: 5-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin; 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Huquqiy axborot bilan ta’minlash markaziga” so‘zlari “Adolat” huquqiy axborot markazi” DUKga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi kuyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Bunda, mazkur ustama haq qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha va ustama haqlarni hisoblab chiqishda Boshqarma xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga qo‘shiladi”. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-son qarorida: a) 4-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. TDYUga Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi xodimlariga tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar belgilash uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari (o‘qitishning tayanch qiymatidan ortgan miqdori qismi bo‘yicha) hisobidan moddiy jihatdan ko‘llab-quvvatlashga ruxsat berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining belgilangan davriylikni hisobga olgan xolda qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirishga zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin”; b) 7-bandda: birinchi xatboshidagi “85” raqami “185” raqami bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “100” raqami “200” raqami bilan almashtirilsin; v) 1-ilovada: “Huquqiy tadqiqotlar markazi” bloki chiqarib tashlansin; “Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi” bloki “Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi” bloki bilan almashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-son qaroriga 1-ilovaning 5-pozitsiyasi chiqarib tashlansin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarorida: a) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “8” raqami “12” raqami bilan almashtirilsin; b) 7-bandda: kuyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Adolat” huquqiy axborot markazi” DUK va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKni moliyalashtirish”; o‘n ikkinchi — un beshinchi xatboshilar tegishincha o‘n uchinchi — un oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qarorining 14-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “14. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Moliya vazirligi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda paxta mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tayyorlash va chiqarish jarayonlari, shuningdek, tayyorlangan paxta xomashyosi hajmlarining statistik hisobotlar va mavjud ma’lumotlarga muvofiqligi ustidan tizimli xamda ta’sirchan nazorat o‘rnatsin”. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarorida: a) 7-bandning “d” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Xalqaro standartlar bo‘yicha yuridik kadrlarni kasb-hunarga o‘qitish markazini” so‘zlari “Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazini” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 11-bandning ikkinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “notariuslar tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatishdan xamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishdan kelib tushadigan mablag‘larning 80 foizi miqdorigacha qismini notarial idoralar xodimlarining lavozim maoshlariga xar oylik shaxsiy ustama haqlari o‘rnatishga yo‘naltirish”; v) 12-bandda: beshinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarining amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan lavozimga tayinlangan va adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan barcha to‘lovlar saqlangan holda, tatbiq qilinadi”; sakkizinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi”; g) 1-ilovada: 10-bandning 8-kichik bandi yettinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish xamda ularning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlaydi”; 53-bandning ikkinchi xatboshisidagi “budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 6-ilovaga izohning birinchi xatboshisidagi “budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 7-ilovaning rus tilidagi matnida: “v techeniye trex dney” so‘zlari chiqarib tashlansin; “Utverjdeniye “Dorojnoy karti” po organizatsii ispolneniya i propagande NPA” so‘zlari “Utverjdeniye tipovoy “Dorojnoy karti” po dovedeniyu normativno-pravovix aktov do ispolniteley i raz’yasneniyu ix suti i znacheniya sredi naseleniya” so‘zlari bilan almashtirilsin; “opredeleniye roli i otvetstvennosti sootvetstvuyuщego gosudarstvennogo organa po ispolneniyu konkretnix punktov akta” so‘zlari “opredeleniye roli i otvetstvennosti sootvetstvuyuщego gosudarstvennogo organa po dovedeniyu i propagande akta” so‘zlari bilan almashtirilsin; “opredeleniye poetapnosti deystviy po obespecheniyu ispolneniya akta” so‘zlari “opredeleniye poetapnosti deystviy po obespecheniyu dovedeniya i propagandi akta” so‘zlari bilan almashtirilsin; “organizatsiya ispolneniya akta na osnove utverjdennoy “Dorojnoy karti”” so‘zlari “metodicheskoye rukovodstvo i koordinatsiya deyatelnosti gosudarstvennix organov i organizatsiy rayonnogo urovnya po dovedeniyu, ispolneniyu i propagande normativno-pravovix aktov” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga ilovaning V va VI bo‘limlari 5-bandi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoniga 4-ilovaning Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash xamda iste’mol tovarlari sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 7-ishchi guruh tarkibi 6, 31, 32 va 50-bandlari. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2006-yil 9-martdagi PQ-302-son qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-sonli qaroriga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi 2014-yil 14-iyuldagi PQ-2208-son qarori.
170
15,327
Qonunchilik
AHOLIGA SOTILADIGAN AVTOMOBIL BENZININING ChAKANA NARXLARINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1997-yil 15-iyuldan boshlab aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chakana narxi 1 litri uchun 20 so‘m miqdorida belgilansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi belgilagan ro‘yxatlar bo‘yicha urush qatnashchilari va faxriylari, urush va mehnat nogironlari oyiga umumiy summasi 400 so‘m doirasida avtomobil benzinining 1 litrini 10 so‘mdan imtiyozli narxda sotib olish huquqiga ega bo‘ladilar. Shaxslarning ko‘rsatib o‘tilgan toifalariga ko‘rsatib o‘tilgan summadan ortiqcha avtobenzinning 1 litri 20 so‘mdan sotiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bozor va bozordan tashqari fondlar bo‘yicha narxlar darajasini muvofiqlashtirgan holda avtomobil benzinining yangi chakana narxlari preyskurantlarini tasdiqlasin hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazsin. 4. “O‘zdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi, uning joylardagi organlari avtomobil benzinini naqd pulga sotuvchi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalaridagi avtomobil benzini qoldiqlarini 1997-yil 15-iyuldagi holatiga ko‘ra qayta baholasinlar. Qayta baholashdan olingan summa to‘laligicha korxonalarning yalpi daromadida hisobga olinadi va unga belgilangan tartibda soliq solinadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-noyabrdagi 423-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
85
1,420
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT-IJROIYA KODEKSI
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ushbu Kodeksdan, shuningdek unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat bo‘ladi. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi: jinoiy jazoni, boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish prinsiplari, tartibi va shartlarini; mahkumlarning huquqiy maqomini; mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qo‘llash tartibini; mahkumlarni jazoni o‘tashdan ozod qilish tartibini; jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibini; mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirokini belgilaydi. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi jazo ijrosini ta’minlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi. Jazoni ijro etish va mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq qo‘llaniladi. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi xalqaro huquqning jazoni ijro etish va mahkumlar bilan muomalada bo‘lishga taalluqli prinsiplari va normalarini inobatga oladi. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining normalari mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa g‘ayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarga zid bo‘lishi mumkin emas. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida jinoyat-ijroiya qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomaning qoidalari qo‘llaniladi. Jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya yoki avf akti asos bo‘ladi. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qo‘llash va mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini rag‘batlantirish prinsiplariga asoslanadi. Mahkumni axloqan tuzatish — unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat. Mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositalariga jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi), ijtimoiy-foydali mehnat, tarbiyaviy ish, umumiy va hunar ta’limi, kasb tayyorgarligi va jamoat ta’siri kiradi. Axloqan tuzatish vositalari jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini inobatga olgan holda qo‘llaniladi Mahkumlar, ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Mahkumlar quyidagi huquqlarga ega: jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida, o‘z huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish; jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish; o‘z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji bo‘lmagan taqdirda javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni intizomiy qismga jo‘natish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan ta’minlanadi; tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning xizmatidan foydalanish; o‘quv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish; sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko‘ra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish; ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish; jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi; mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta’tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq to‘lanishi; ijtimoiy ta’minot, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish. Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek o‘z davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega. Mahkumlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarish tartibi ushbu Kodeks, boshqa qonunchilik bilan belgilanadi. Mahkumlar advokatlardan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega. Yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan xoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga ko‘ra beriladi. Advokat bilan uchrashuvni mahkumning o‘zi rad etganligi sababli advokatning mahkum yuridik yordam olishi uchun u bilan uchrashuv berilishi to‘g‘risidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi advokat mahkum bilan xoli suhbatlashganidan keyin tasdiqlanishi kerak, bu haqda bayonnoma tuzilib, u mahkum, advokat va jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining vakili tomonidan imzolanadi. Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlar soni hisobiga kirmaydi, bunday uchrashuvlar soni va muddati cheklanmaydi. Yuridik yordam ko‘rsatilayotganda advokat quyidagi huquqlarga ega: jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining, prokurorning, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat berish; jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatidan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rab olish. Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Mahkum shaxsiy xavfsizlik huquqiga ega. Intizomiy qismga jo‘natishga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning shaxsiy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, u o‘z shaxsiy xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ariza (xabar) bilan jazoni ijro etish muassasasining yoki organining har qanday xodimiga og‘zaki yoki yozma ravishda murojaat qilishga haqli. Mahkumning arizasini (xabarini) qabul qilgan xodim zudlik bilan uni jazoni ijro etish muassasasining yoki organining boshlig‘iga taqdim etadi. Mahkumning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi arizasi (xabari) mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi arizalarini (xabarlarini) qayd etish kitobida jazoni ijro etish muassasasining yoki organining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig‘i shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani (xabarni) olgandan so‘ng mahkumni xavfsiz joyga vaqtinchalik joylashtirishi shart. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig‘i shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani (xabarni) ko‘rib chiqadi va mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida yoxud ularni qo‘llashni rad etish haqida uch sutka ichida qaror qabul qiladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror darhol qabul qilinadi. Mahkum qabul qilingan qaror bilan imzo qo‘ydirib tanishtiriladi. Xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi yoki ularni qo‘llashni rad etish haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig‘i mahkumning xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan xavfsizlik choralarini qo‘llaydi. Xavfsiz joyga o‘tkazilgan mahkum jazoni bu erga o‘tkazilguniga qadar belgilangan saqlash sharoitlarida o‘taydi. Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga e’tiqod qilishga yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikka haqli. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxslar huzuriga, ularning iltimosiga ko‘ra, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado etishga, ibodat uchun kerakli narsalardan va diniy adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Diniy rasm-rusumlarni ado etish ixtiyoriy bo‘lib, bu narsa jazoni ijro etuvchi muassasaning ichki tartib qoidalarini buzmasligi, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim. Mahkumlar: jazoni o‘tash tartibi va shartlariga rioya etishga; jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatining qonunga asoslangan talablarini bajarishga majburdirlar. Mahkumlarning o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Jarima tariqasidagi jazo O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro etiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ichki ishlar organlari tomonidan yoki sud belgilaydigan boshqa organ tomonidan ijro etiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish to‘g‘risidagi hukm talabi mahkumning ish joyidagi ma’muriyat tomonidan, shuningdek tegishli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan ijro etiladi. Harbiy xizmatchilarga nisbatan: xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazo — harbiy xizmatchi xizmatni o‘tayotgan joydagi harbiy qismlarning (muassasalarning) qo‘mondonligi tomonidan; intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazo — maxsus tashkil etilgan harbiy qismlar tomonidan ijro etiladi. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi. Shartli hukm qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilarga nisbatan esa — ular xizmatni o‘tayotgan joydagi harbiy qismlar (muassasalar) qo‘mondonligi tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari: ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan — sog‘liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan; alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan — sog‘liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda esa, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada. Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari: jabrlanuvchidan uzr so‘rash, yetkazilgan zararni to‘lash yoki bartaraf etish majburiyatini yuklash — sud tomonidan; maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish — xalq ta’limi organlari tomonidan ijro etiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda tekshiradilar. Jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish huquqiga ega. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari o‘z vakolatlari doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda tahlil qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, zarur hujjatlar bilan tanishishga haqli. Jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Mahkumlarning kino-, foto-, videotasvirga tushirish va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, mahkumlar xavfsizligini va qo‘riqlanishini ta’minlovchi obyektlarni tasvirga olishga esa, jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ruxsati bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida ixtiyoriy ravishda to‘lashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lamagan taqdirda, jarima davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi. Jarimani majburiy undirish ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan mahkumga nisbatan qo‘llanilmaydi. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lashi shart. Agar belgilangan muddatda jarimani to‘liq miqdorda to‘lashga mahkumning imkoni bo‘lmasa, sud uning iltimosnomasiga ko‘ra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etishi mumkin. Mahkumning jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlashi bu jazoni Jinoyat kodeksining 44 va 82-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va doirada boshqa jazo bilan almashtirishga sabab bo‘ladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qo‘shimcha ravishda tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi: muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni ro‘yxatga oladi; mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga va (yoki) muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi; mahkumning hukmda ko‘rsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi; mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi. Mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda inspeksiya hukmning nusxasini mudofaa ishlari bo‘limiga yoki mahkum xizmatni o‘tayotgan joyga yuboradi. Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur: mahkum egallash va shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish; jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hukm talablari ijro etilganligi to‘g‘risida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yo‘llash; mahkum boshqa ishga o‘tkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar qilish. Muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organ jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shug‘ullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qo‘yishga va bu haqda inspeksiyaga xabar yo‘llashga majbur. Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mazkur jazoni o‘tash bilan bog‘liq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi o‘zgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida inspeksiyani xabardor qilishga, chaqiruvga binoan inspeksiyada hozir bo‘lishga majbur. Mahkum hozir bo‘lmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turlari jazolarni ijro etish inspeksiyalari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga ko‘ra belgilanadi. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tashga sudning hukm qonuniy kuchga kirganligi haqidagi xabarnomasi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay jalb qilinadi. Mahkumga asosiy ish joyidan navbatdagi har yilgi mehnat ta’tilining berilishi majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini to‘xtatib turmaydi. Mahkum majburiy jamoat ishlarini o‘tashi davrida Jinoyat kodeksi 75-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan sudga mahkumni jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma yuboriladi. Majburiy jamoat ishlari bepul asosda bajariladi. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi va majburiy jamoat ishlari turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi: mahkumlarning hisobini yuritishi; mahkumlarga jazoni o‘tash tartibi va shartlarini tushuntirishi; mahkum tomonidan jazoni o‘tash shartlariga rioya etilishini nazorat qilishi; majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni o‘taydigan joyda (obyektda) tashkilotlar (organlar) tomonidan hukm talablarining bajarilishini nazorat qilishi; mahkumlar ishlagan vaqt hisobini yuritishi va tashkilotlarning (organlarning) majburiy jamoat ishlari o‘taladigan joylar (obyektlar) bo‘yicha mahkumlar ishlagan vaqt hisobga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni solishtirib chiqishni vaqti-vaqti bilan amalga oshirishi shart. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mahkumlar majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylarning (obyektlarning) ro‘yxatini va majburiy jamoat ishlarining turlarini kelishuv uchun taqdim etadi; mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlarini o‘tash uchun zarur sharoitlar tashkil etilishini ta’minlaydi; majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslarning mehnatini qo‘llash samaradorligini o‘rganadi. Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari o‘taladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) ma’muriyati: majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil etishi; ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni ta’minlashi; mahkumlarni jazoni o‘tash soatlariga mos bo‘lgan ish hajmi bilan ta’minlashi; mahkumlar tomonidan o‘zlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi; jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular bajargan ishlarning sifati va mahkumlarning xulq-atvori haqida ma’lumotlar taqdim etishi; mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan taqdirda, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda zararning o‘rnini qoplash choralarini ko‘rishi shart. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs: sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasida hisobga turishi; majburiy jamoat ishlarini bajarish va o‘tash shartlariga rioya etishi; o‘zi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi; majburiy jamoat ishlarini o‘tash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi; yashash joyi o‘zgarganligi haqida jazolarni ijro etish inspeksiyasini xabardor qilishi, shuningdek uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo muddati mahkum majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mobaynidagi soatlar bilan hisoblanadi. Majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum o‘qishda yoki asosiy ishda band bo‘lmagan kunlari to‘rt soatdan, ish kunlari, o‘quv darslari (mashg‘ulotlar) o‘tkaziladigan kunlari esa, ish yoki o‘qishdan oldin yoki keyin ikki soatdan, mahkumning iltimosiga ko‘ra esa, to‘rt soatdan oshmasligi lozim. Mahkum o‘taydigan majburiy jamoat ishlarining vaqti, qoida tariqasida, haftasiga o‘n ikki soatdan kam bo‘lmasligi lozim. Voyaga yetmagan mahkum tomonidan o‘taladigan majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum o‘qishda yoxud asosiy ishda band bo‘lmagan kunlari uch soatdan, ish kunlari, o‘quv darslari (mashg‘ulotlar) o‘tkaziladigan kunlari esa, ikki soatdan, biroq haftasiga uch kundan oshmasligi lozim. Mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda mahkumga hafta yoki oy mobaynida majburiy jamoat ishlari soatlarining kamroq miqdorini ishlab berish uchun ruxsat etishga haqli. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzganligi uchun jazolarni ijro etish inspeksiyasi uni qoidabuzarlik oqibatlari haqida qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi. Majburiy jamoat ishlarini o‘tashdan bo‘yin tovlagan mahkumga nisbatan jazolarni ijro etish inspeksiyasi Jinoyat kodeksining 451 yoki 821-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma yuboradi. Quyidagilar majburiy jamoat ishlarini o‘tashdan bo‘yin tovlovchilar deb e’tirof etiladi: o‘n kun ichida hisobga turmagan, shuningdek jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash maqsadida yashiringan mahkum; yozma ogohlantirish olganidan so‘ng, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar mavjud bo‘lmasa-da, majburiy jamoat ishlarida bir oy davomida ikki martadan ko‘p ishtirok etmagan mahkum; yozma ogohlantirish olganidan so‘ng majburiy jamoat ishlarini o‘tash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalarini bir oy davomida uch martadan ko‘p buzgan mahkum. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan mahkumning turgan joyi noma’lum bo‘lgan taqdirda, unga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi zimmasiga yuklanadi. Axloq tuzatish ishlari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda o‘taladi. Jazoni o‘z ish joyida o‘tash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar sudlangunga qadar o‘zlari ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilotda mehnat faoliyatini davom ettiraveradilar. Jazoni boshqa joylarda o‘tash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilab beradigan korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi. Voyaga yetmagan mahkumlar yashash joyidagi korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi. Ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi: axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ro‘yxatga oladi; mahkumga jazoni o‘tashning tartibi va shartlarini tushuntiradi; boshqa joylarda o‘taladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ishga jo‘natadi; mahkumlar tomonidan jazoni o‘tash shartlariga rioya etilishini tekshiradi; mahkum ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot ma’muriyati tomonidan hukm talablari ijro etilishini tekshiradi; mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni o‘tkazadi, zarur materiallarni tayyorlaydi va tegishli xizmatga oshiradi; axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda o‘tayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini ko‘rib chiqadi. Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati quyidagilarga majbur: mahkumning ish haqidan to‘g‘ri va o‘z vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan summa davlat foydasiga o‘tkazilishini ta’minlash; mahkumga nisbatan qo‘llanilgan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgani, boshqa ishga o‘tkazilganligi yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida jazolarni ijro etish inspeksiyasini xabardor etish. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mazkur jazoni o‘tash bilan bog‘liq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi o‘zgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida inspeksiyani xabardor qilishga, chaqiruvga binoan inspeksiyada hozir bo‘lishga majbur. Mahkum hozir bo‘lmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilaydigan joylarda jazoni o‘tash muddati mobaynida inspeksiyaning yozma ruxsatisiz mehnat shartnomasini mahkumning tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. Inspeksiya ruxsatnoma berishni rad etgan taqdirda yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga shikoyat qilish mumkin. Axloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga to‘g‘ri keladigan ish kunlari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab bermagan bo‘lsa va ishlanmagan kunlarni jazo muddatiga qo‘shib hisoblash uchun ushbu Kodeksda belgilab qo‘yilgan asoslar bo‘lmasa, axloq tuzatish ishlarini o‘tash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini to‘liq ishlab berguniga qadar davom etadi. Ish vaqti jamlab hisobga olinadigan korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan mahkumlarning jazoni o‘tash muddati ish soatlarining normal miqdoriga amal qilingan holda, hisobga olinadigan davrdagi ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. Jazoni o‘tash muddati korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan, boshqa joylarda o‘taladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar uchun esa — ular jazoni o‘tash uchun yuborilgan korxona, muassasa, tashkilotda ish boshlagan kundan boshlanadi. Mahkum ishlamagan, ammo qonunga muvofiq uning ish haqi saqlanib turgan vaqt, shuningdek mahkum ishsiz deb topilgan vaqt axloq tuzatish ishlarini o‘tash muddatiga qo‘shib hisoblanadi. Jazoni o‘tash muddatiga quyidagilar qo‘shib hisoblanmaydi: qonunchilikka muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanmaydigan kasallik vaqti; qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni o‘tash vaqti, boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan qamoqda saqlangan vaqt. Hukmda nazarda tutilgan chegirma mahkumning asosiy ish joyidagi ish haqining barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh to‘lash chog‘ida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mahkum axloq tuzatish ishlarini o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda jazolarni ijro etish inspeksiyasi o‘talmagan muddatni ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqida Jinoyat kodeksining 46 va 83-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga taqdimnoma kiritadi. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan yoki sud belgilaydigan, mahkumlarning sud belgilagan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan boshqa organ tomonidan amalga oshiriladi. Ozodlikni cheklash muddati mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyalarida hisobga qo‘yilgan kundan boshlab hisoblanadi. Mahkum uzrli sabablarsiz o‘zboshimchalik bilan yashash joyida bo‘lmagan vaqti ozodlikni cheklash muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi, shuningdek o‘zining jazoni o‘tashi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar berish uchun chaqiruv bo‘yicha jazolarni ijro etish inspeksiyasiga kelishi shart. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan elektron kuzatuv vositalari qo‘llanilishi mumkin. Muayyan vaqtda yashash joyidan ketishga, tegishli ma’muriy hudud doirasida joylashgan ma’lum joylarga borishga yoxud tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqish uchun ruxsatnoma, shuningdek yashash joyini o‘zgartirish uchun ruxsatnoma jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan beriladi. Qaror taqiqlarning (cheklashlarning) xususiyatidan, mahkumning shaxsidan, uning xulq-atvoridan, tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligidan kelib chiqib, alohida hollarda qabul qilinadi. Uy-joyidan chiqib ketishiga butunlay taqiq belgilangan mahkumning doimiy yashash joyidan ketishi uchun ruxsatnomaga, mahkumning tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqishi uchun ruxsatnomaga, shuningdek mahkumning yashash joyini o‘zgartirishi uchun ruxsatnomaga prokuror tomonidan sanksiya beriladi. Agar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgani, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazgan moddiy va ma’naviy zararining o‘rnini qoplagan bo‘lsa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi ilgari mahkumga belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritadi. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash tartibi va shartlari mahkum tomonidan buzilganligi uchun jazolarni ijro etish inspeksiyasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qo‘llaydi. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan, shuningdek sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning o‘talmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi. Quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlovchilar deb e’tirof etiladi: a) o‘ziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzishga yo‘l qo‘ygan mahkum; b) o‘ziga nisbatan texnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum; v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum; g) yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini jazoni ijro etish muassasalari amalga oshiradi. Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi: jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar; tarbiya koloniyalari; turmalar; mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar. Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari vazifasini bajaradi. Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga bo‘linadi hamda voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Manzil-koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun shuningdek qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar; umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan o‘tkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar. Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida ko‘rsatilgan ayollar bundan mustasno. Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar. Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi. Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga mo‘ljallangan. Turmalar turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarni, shuningdek umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni o‘tash tartibini ashaddiy buzganligi uchun o‘tkazilgan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangandir. Qasddan sodir etilgan og‘ir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin. Xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qo‘yilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa shaxslardan batamom ajratilgan holda, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan sharoitlarda o‘taydilar. Mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat berish imkoniyati bo‘lmasa, ularga bitta uzoq muddatli uchrashuv o‘rniga ikkita qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi. Voyaga yetmagan shaxslar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga mansub mahkumlar xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov hibsxonasining ma’muriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida jazoni o‘tash uchun jo‘natiladi. Ushbu muddat davomida mahkum: qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish; o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, o‘n besh daqiqa davom etadigan bir marta telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga jo‘natiladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jo‘natish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga jo‘natish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Tergov hibsxonasining ma’muriyati mahkum jazoni o‘tash uchun jo‘nab ketganligi to‘g‘risida uning oilasiga uch kunlik muddat ichida xabar yuborishi shart. Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida bu haqda hukm chiqargan sudni xabardor qilishi, shuningdek mahkumning oilasiga muassasa manzilini ko‘rsatib hamda mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yo‘qlov va banderollar olish, telefon orqali so‘zlashuv huquqlarini tushuntirib, xabarnoma yuborishi shart. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish muassasa ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Muassasaga yetib kelgan mahkumlar ularning shaxsini o‘rganish va sharoitga moslashib olishlari uchun o‘n besh sutkagacha muddatga, odatda, qabul bo‘limiga joylashtiriladi, manzil-koloniyaga kelgan hamda xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonalari va turmalarda qoldirilgan shaxslar bundan mustasno. Muassasaga yetib kelganlaridan so‘ng mahkumlarga jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida kerakli axborot beriladi, shuningdek ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs butun jazo muddatini, odatda, bitta muassasada o‘taydi. Mahkumni bir koloniyadan ayni shu turdagi boshqa koloniyaga jazoni o‘tashni davom ettirish uchun o‘tkazishga uning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning roziligini olgan holda, shuningdek mahkumning mazkur muassasada qolishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa hollarda yo‘l qo‘yiladi. Mahkum kasal bo‘lib qolgan taqdirda uni koloniyadan yoki turmadan ixtisoslashgan davolash muassasiga o‘tkazishga tibbiy xulosa asosida yo‘l qo‘yiladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Jazoni ijro etish muassasalarida erkaklar va ayollar, voyaga yetmaganlar va katta yoshlilar, ozodlikdan mahrum etishga birinchi marta hukm qilingan shaxslar va ilgari bu jazo turini o‘tagan mahkumlar alohida-alohida saqlanadi. Quyidagilar boshqa mahkumlardan batamom ajratilib, shuningdek alohida-alohida saqlanadi: o‘ta xavfli retsidivistlar; umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar; mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; sud va huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlariga mansub mahkumlar; turli yuqumli kasalliklarga chalingan mahkumlar. Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda har xil turdagi jazoni ijro etish muassasalaridan kelgan mahkumlarni birga saqlashga ruxsat etiladi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda muayyan bir turdagi koloniyalarda ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni boshqa turdagi koloniyada o‘tashi lozim bo‘lgan mahkumlarni saqlash uchun batamom ajratib qo‘yilgan uchastka tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda mahkumlar jazoni sud belgilagan tartib turi sharoitida o‘taydilar. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga ko‘chirish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov qilinayotgan shaxslardan alohida ko‘chiriladi. Homilasi yigirma to‘rt haftalikdan oshgan yoki uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar boshqa mahkumlardan alohida ko‘chiriladi. Mahkum bemorlar, homilador ayollar va bolasi bor ayollar, zarurat bo‘lganda, tibbiy xodimlar kuzatuvida ko‘chiriladi. Mahkumlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni boshqa hollarda ham ajratilgan tarzda ko‘chirishga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘chirish chog‘ida mahkumlar zarur moddiy-maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlanadi, ularga mavsumiy kiyim va poyabzal, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari beriladi. Mahkumlarni ko‘chirish davlat hisobidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda soqchi kuzatuvida amalga oshiriladi. Jazoni o‘tash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-jo‘natish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mahkumlar tranzit-jo‘natish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etish muassasasida o‘zining jazoni o‘tashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-jo‘natish uchastkalarida saqlashning eng ko‘p muddati ko‘pi bilan 20 sutkani tashkil etadi. Jazoni o‘tash davrida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning saqlash sharoiti bir muassasa doirasida yoki boshqa turdagi muassasaga o‘tkazish yo‘li bilan yengillashtirilishi yoxud og‘irlashtirilishi mumkin. Mahkumlarni saqlash sharoiti rag‘batlantirish tarzida quyidagicha yengillashtirilishi mumkin: muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 102, 104-moddalariga muvofiq; sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasiga muvofiq. Mahkumlarni saqlash sharoiti intizomiy jazo tarzida quyidagicha og‘irlashtirilishi mumkin: muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 105, 106-moddalariga muvofiq; sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasi va 542-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi. Rejim quyidagilarni ta’minlaydi: mahkumlarni batamom ajratib qo‘yish, ularni qo‘riqlash va nazorat qilib turishni; mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek ularning o‘z majburiyatlarini ado etishini; muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni; mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Jazoni ijro etish muassasalarida, manzil-koloniyalarni istisno etganda, mahkumlar belgilangan namunada kiyim kiyadilar. Kiyimning ko‘rinishi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan hollarda mahkumlarga fuqarolik namunasidagi kiyimdan foydalanishga ruxsat etiladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni batamom ajratib qo‘yish va qo‘riqlash, shuningdek ular saqlanadigan va mehnat qiladigan obyektlarni qo‘riqlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochish va boshqa jinoyatlarning, jazoni o‘tashning belgilangan tartibini buzishlarning oldini olish, mahkumlar xulq-atvori to‘g‘risida zarur axborot olish uchun jazoni ijro etish muassasalarida nazorat va tekshirishning audiovizual, elektron va boshqa texnikaviy vositalaridan foydalaniladi. Muassasa ma’muriyati mahkumlarni nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari qo‘llanilayotganligidan xabardor etishi shart. Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari ro‘yxati, ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga o‘z yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan olib qo‘yiladi hamda mahkum ozod bo‘lgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yo‘q qilib tashlanadi yoxud davlat foydasiga o‘tkaziladi va bu haqda tegishli hujjat tuziladi. Narsalar va buyumlarni davlat foydasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, ularning buyumlari va kiyimlari, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining obyektlari va xonalari tintuv qilinishi hamda ko‘zdan kechirilishi mumkin. Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar, taqiqlangan narsalar va buyumlar saqlanayotganligi haqida axborot kelib tushgan hollarda, jazoni ijro etish muassasalarining turar joylarini ularda mahkumlar bo‘lganda tintuv qilishga yo‘l qo‘yiladi. Tintuv o‘tkazish chog‘ida mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch va maxsus vositalar qo‘llanilishi taqiqlanadi, bundan mahkumlarning tintuvni amalga oshirayotgan xodimga, boshqa mahkumlarga yoki o‘zga shaxslarga nisbatan g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarining, shuningdek mahkumlar tomonidan o‘ziga o‘zi zarar yetkazishining oldini olish hollari mustasno. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati ushbu muassasaga hamda mahkumlar ishlayotgan obyektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning transport vositalarini, buyumlari va kiyimini ko‘zdan kechirishga haqli, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tintuv qilish va ko‘zdan kechirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati: mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini ta’minlash; mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish; jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini olish; jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish; ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish; boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi. Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni to‘xtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chog‘ida, agar boshqa usullar bilan muassasa ma’muriyatining qonuniy talablarini ta’minlashning iloji bo‘lmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin. Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan har bir holat to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beriladi. Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda muassasa boshlig‘i yoxud uning o‘rnini bosuvchi shaxs bu haqda zudlik bilan prokurorni xabardor qiladi. Ovqat yeyishni rad etadigan mahkum imkon qadar boshqa mahkumlardan alohida saqlanadi va tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida bo‘ladi. Ovqat yeyishni rad etgan mahkumning sog‘lig‘ini saqlab turishga qaratilgan majburlov yo‘sinidagi (sun’iy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar, agar uning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida amalga oshiriladi. Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi uni boshqa jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazishga yoxud tergov harakatlarida va sud majlislarida ishtirok etish uchun boshqa erga ko‘chirishga to‘sqinlik qilmaydi. Zarur hollarda, mahkumni boshqa erga ko‘chirish tibbiyot xodimi kuzatuvida amalga oshiriladi. Mahkumlar ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan majburlov yo‘sinidagi choralarni qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi. Mahkumlarga nisbatan, agar ular jazavaga tushsalar, tinchlantirish ko‘ylagini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Tinchlantirish ko‘ylagi tibbiy xodim ishtirokida qo‘llaniladi hamda uni qo‘llash muddati ikki soatdan oshmasligi kerak. Tinchlantirish ko‘ylagi voyaga yetmagan mahkumlarga va mahkuma ayollarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Mahkumlarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarini to‘xtatish, shuningdek o‘ziga o‘zi zarar yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi mumkin. Maxsus vositalar jumlasiga rezina tayoqlar, qo‘lkishanlar yoki boshqacha bog‘lash vositalari, xizmat itlari, ko‘zdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalari, to‘siq-g‘ovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy to‘xtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi. Maxsus vositalar quyidagi hollarda qo‘llaniladi: mahkumlarning muassasa ma’muriyati vakillariga, boshqa mahkumlarga va o‘zga shaxslarga hujumini daf etish chog‘ida; mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh bo‘lib buzishlarni to‘xtatish, muassasa ma’muriyatiga ashaddiy bo‘ysunmayotgan yoki qarshilik ko‘rsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash chog‘ida; garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chog‘ida; mahkumlarni qo‘riqlab borish va qo‘riqlab turish chog‘ida — qochishning oldini olish uchun; jazoni ijro etish muassasasidan qochgan mahkumlarni ushlash chog‘ida. Maxsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo‘llanilishi mumkin. Maxsus vositalar turlari, ularni ishlatish intensivligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning shaxsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qo‘llash mahkumlarga va boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar keltirishi lozim. Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik ko‘rsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilingan hollar bundan mustasno. Maxsus vositalarni qo‘llash natijasida mahkumlar va boshqa shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida darhol prokurorga xabar qilinadi. Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, eng so‘nggi chora sifatida o‘qotar qurol qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. O‘qotar qurol quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: muassasa ma’muriyati vakillarini, boshqa mahkumlarni va o‘zga shaxslarni ularning hayoti va sog‘lig‘iga aniq tahdid etuvchi hujumdan himoya qilish, shuningdek qurolni qo‘lga kiritish maqsadida qilingan hujumni daf etish chog‘ida; garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chog‘ida; jazoni ijro etish muassasasining qo‘riqlanadigan obyektlariga, transport vositalariga guruh bo‘lib qilingan yoki qurolli hujumni daf etish yoxud mahkumlarni zo‘rlik bilan ozod qilishga urinishlarni to‘xtatish chog‘ida; ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochayotgan yoki qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan mahkumni ushlash chog‘ida; mahkumlar qochishda foydalanayotgan transport vositasini to‘xtatish chog‘ida. O‘qotar qurol qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo‘llanilishi mumkin. O‘qotar qurolni qo‘llashdan oldin qurol qo‘llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish va yuqoriga qarab ogohlantiruvchi o‘q otish kerak. Quyidagi hollarda o‘qotar qurol ogohlantirishsiz qo‘llanilishi mumkin: qo‘qqisdan hujum qilinganda, qurolli hujumni yoki jangovar texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalangan holda qilingan hujumni daf etishda, garovga olinganlarni ozod qilishda, ozodlikdan mahrum etish joylaridan qurol bilan, transport vositalari yordamida yoki yurib ketayotgan transport vositalarida, tunda yoki ko‘rish cheklangan sharoitda qochilganda. O‘qotar qurol qo‘llanilganda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun iloji boricha barcha choralar ko‘rilishi zarur. O‘qotar qurol qo‘llanilgan har bir hodisa haqida raport tuziladi va darhol prokurorga xabar qilinadi. Tabiiy ofat ro‘y bergan, jazoni ijro etish muassasasi joylashgan erda favqulodda yoki harbiy holat joriy etilgan taqdirda, urush davri mobaynida, mahkumlar tomonidan guruh bo‘lib bo‘ysunmaslik, shuningdek ommaviy tartibsizlik sodir etilganda muassasalarda alohida holat joriy etilishi mumkin. Alohida holat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatga joriy etiladi. Alohida holatning amal qilish vaqti alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana o‘ttiz sutkagacha uzaytirilishi mumkin. Alohida holat amal qilib turgan davrda muassasalarda qo‘riqlash va nazoratning kuchaytirilgan turi, obyektlarga kirishning alohida tartibi joriy etiladi, kun tartibi o‘zgartirilishi, ayrim xizmatlarning faoliyati cheklanishi mumkin. Ayni vaqtda mahkumlarning ayrim huquqlari cheklanishiga yo‘l qo‘yiladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar o‘z shaxsiy hisobvarag‘idagi pul hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olishlari mumkin. Sarflashga ruxsat etiladigan pul miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumlar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilganda, mehnat normasi va mehnat vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari rag‘batlantirish tarzida, mahkumlarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3,6 foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha pul sarflashga ruxsat etiladi. Bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi kerak: umumiy tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,06 baravaridan; qattiq tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 87,9 foizidan; maxsus tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 70,3 foizidan; turmalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 52,7 foizidan; tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi bolalar uylarida bolalari bo‘lgan ayollar uchun — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 120 foizidan. Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan miqdordan ortiqcha pulga mahkumlar tibbiy xulosa asosida qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal sotib olish huquqiga ega. Muassasa boshlig‘i yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 17,6 foizigacha, manzil-koloniyalarda esa 35,2 foizigacha bo‘lgan summada avans berishga haqli. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv huquqi beriladi. Mahkumlarga qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan muddati to‘rt soatgacha bo‘lgan qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi. Mahkumlarga yaqin qarindoshlari (er, xotin, ota-onalar, bolalar, o‘g‘il (qiz) qilib olgan shaxslar, o‘g‘il (qiz) qilib olingan shaxslar, aka-ukalar, opa-singillar, buvalar, buvilar, nevaralar) bilan uzoq muddatli uchrashuv muassasa hududida yoki, ushbu Kodeksning 114 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, muassasa hududidan tashqarida ular bilan birga yashash huquqi bilan beriladi. Uzoq muddatli uchrashuv muddati quyidagicha belgilanadi: muassasa hududida — bir sutkadan uch sutkagacha, muassasa hududidan tashqarida esa — uch sutkadan besh sutkagacha. Qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Yuqumli kasalliklarga chalingan va statsionar davolanishda bo‘lgan mahkumlarga uchrashuvlar shifokor ruxsati bilan beriladi. Uchrashuv uchun berilgan vaqt mobaynida mahkumlar ishdan ozod etib qo‘yiladi, ana shu kunlar uchun ularga ish haqi yozilmaydi. Mahkumning iltimosiga ko‘ra uzoq muddatli uchrashuv qisqa muddatli uchrashuvga yoki masofali video-uchrashuvga yoxud telefon orqali so‘zlashuvga, qisqa muddatli uchrashuv esa masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali so‘zlashuvga almashtiriladi. Mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar jazoni ijro etish muassasasi va organi tomonidan tashkil etiladi. Masofali video-uchrashuv himoyalangan aloqa kanallari orqali videokonferensiya tizimi vositasida amalga oshiriladi. Uchrashuvlarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga telefon orqali so‘zlashuvlar huquqi beriladi. Umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni o‘tayotgan mahkumlarning telefon orqali so‘zlashuvlari muassasa ma’muriyati nazorati ostida o‘tkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi. Telefon orqali so‘zlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga ko‘ra, mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgandan keyin, shuningdek alohida hollarda unga qo‘shimcha ravishda telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat etilishi mumkin. Intizomiy bo‘linmalarda saqlanayotgan mahkumlarga faqat alohida hollarda telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat etilishi mumkin. Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning telefon orqali o‘zaro so‘zlashuvlari taqiqlanadi. Mahkumlarga telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgan kundan boshlab posilka, yo‘qlov va banderol olishlari hamda jo‘natishlari mumkin. Posilka, yo‘qlov va banderollar ko‘zdan kechiriladi. Bitta posilka yoki banderolning og‘irligi pochta qoidalarida belgilab qo‘yilgan normadan, yo‘qlovning og‘irligi esa posilkaning belgilangan vaznidan oshib ketishi mumkin emas. Olinadigan posilka, yo‘qlov va banderollarning miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Hukm qilingan homilador ayollarning va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari bo‘lgan ayollarning, shuningdek vrach xulosasiga ko‘ra davolanish va kuchli taomga muhtoj deb e’tirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qo‘shimcha posilkalar, yo‘qlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi. Mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul jo‘natmalari olishlari va yuborishlari mumkin. Pul jo‘natmalari mahkumning shaxsiy hisobvarag‘iga kelib tushadi. Mahkumlar o‘zlariga yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlarga faqat jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining ruxsati bilan pul jo‘natmalari yuborishlari mumkin. Mahkumlarning posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar va pul jo‘natmalarini olishi hamda yuborishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishlari hamda jo‘natishlari mumkin. Mahkumlarning xatlari va boshqa jo‘natmalari senzuradan o‘tkaziladi, jazoni manzil-koloniyalarda o‘tayotgan shaxslarning xatlari va boshqa jo‘natmalari bundan mustasno. Mahkumlarga xatlarni topshirish va ularning xatlarini ko‘rsatilgan manzilga jo‘natish muassasa ma’muriyati tomonidan xat kelib tushgan yoki jo‘natish uchun topshirilgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Telegrammalar egalariga darhol topshiriladi va jo‘natiladi. Xatlar va boshqa jo‘natmalar olish hamda yuborish, shuningdek ularni senzuradan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Mahkumlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning nomiga yuborilgan murojaatlari muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi. Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar o‘rtasida xat yozishmalari faqat o‘zaro qarindoshlar o‘rtasida va muassasa ma’muriyatining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Prokuror yoki sud nomiga yo‘llangan taklif, ariza va shikoyatlar ko‘zdan kechirilmaydi hamda bir sutkalik muddat ichida tegishliligi bo‘yicha jo‘natiladi. Xavfsizlik choralarini qo‘llash haqidagi yoki ularni qo‘llashni rad etish to‘g‘risidagi qarorlar ustidan shikoyatlar tegishliligi bo‘yicha darhol jo‘natiladi. Jazoni umumiy, qattiq tartibli koloniyalar, tarbiya koloniyalari qabul bo‘linmalarining kameralarida, shuningdek maxsus tartibli koloniyalarning kameralarida o‘tayotgan ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar, agar ular ochiq havoda ishlayotgan bo‘lmasa, har kuni muddati ikki soatlik sayr qilish huquqiga ega. Sayr qilishning muddati jazoni ijro etish koloniyalarining, tergov hibsxonalari va turmalarning intizomiy bo‘linmalarida saqlanayotgan mahkumlar uchun ushbu Kodeksning 109 va 127-moddalari bilan, jazoni turmalarda o‘tayotgan mahkumlar uchun esa 123-moddasi bilan belgilanadi. Mahkumlarning sayr qilishi maxsus jihozlangan sayr qilish hovlilarida kunduzgi vaqtda o‘tka
48
63,750
Qonunchilik
Reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish t
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq hamda reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi ikki oy muddatda reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin va sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarorida: a) 1-bandda: beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;”; quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin: “Reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”. b) 1-ilova (Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom)da: nomidagi, 1-banddagi, 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin; 4-banddagi ““Ta’lim to‘g‘risida”” so‘zlari ““Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”” so‘zlari bilan almashtirilsin; 27-bandda: ““Ta’lim to‘g‘risida”” so‘zlari ““Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan ishlash texnologiyalari, usullari va shakllari ularning psixofizik rivojlanish xususiyatlari, o‘ziga xos imkoniyatlari va sog‘lig‘i holatidan kelib chiqqan holda, pedagog va tibbiy xodimlar tomonidan belgilanadi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengashi bilan kelishiladi”; 28-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Har bir yosh guruhidagi mashg‘ulotlar, o‘yinlarning har yilgi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv rejasida belgilanadi”; 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “29. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bir tashkilotda birgalikda o‘qishi va tarbiyalanishiga qaratilgan inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish vaqtiga qarab u erdagi guruhlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat); to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat); bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar. Maktabgacha ta’lim tashkilotining: bolalar kuniga 3-4 soat bo‘ladigan guruhlarida — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin; bolalar kuniga 9 — 10,5 soat bo‘ladigan guruhlarida — uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak; bolalar 12 soat bo‘ladigan guruhlarida — to‘rt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar uzluksiz uxlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5 — 6 soatni tashkil etadi”; 34-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar qo‘shimcha ravishda Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasini taqdim etadi”; 35-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lgan tarbiyalanuvchilar mazkur o‘quv yilining so‘nggiga qadar tashkilotda qoladi”; 37-banddagi “qabul qilinadi” so‘zlari “qabul qilinadi va chiqariladi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “38. Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakili o‘rtasida tuziladigan shartnoma hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Bolaning qonuniy vakili va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnoma tarbiyalanuvchining maktabgacha ta’lim tashkilotini bitirgunicha yoki undan ketgunicha kuchda bo‘ladi. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bolani qonuniy vakillarining roziligi bilan zarurat bo‘lganda yil davomida Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga yoxud maslahat olish uchun zarur ixtisoslikdagi mutaxassislarga yuborilishi mumkin”; quyidagi mazmundagi 71-bob qo‘shilsin: 391. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan, shu jumladan nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun defektolog shtat birligi kiritiladi. Mashg‘ulotlar maxsus pedagogika sohasida oliy ma’lumotga yoki pedagogika bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan va maxsus pedagogika sohasida kasbiy qayta tayyorlovdan o‘tgan defektolog tomonidan o‘tkaziladi. 392. Defektolog bilan mashg‘ulotlarga maktabgacha ta’lim tashkilotining quyidagi tarbiyalanuvchilari jalb qilinadi: 3 — 7 yoshdagi inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar; 5 — 7 yoshdagi nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganligi, dislaliya (oddiy, murakkab) bo‘lgan tarbiyalanuvchilar. 393. Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 3 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi asosida defektolog bilan mashg‘ulotlarga jalb qilinadi. Nutqida nuqsonlari bo‘lgan 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar yashash joyi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasasi logopedining korreksion-pedagogik ishlarni o‘tkazish tavsiya qilinayotgan muddat belgilangan holda, ushbu davolash-profilaktika muassasasi muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi asosida defektolog bilan bo‘lgan mashg‘ulotlariga jalb qilinadi. 394. Defektolog bilan mashg‘ulotlarning zaruratini aniqlash uchun tarbiyalanuvchilar rivojlanishi va nutqini dastlabki tekshirish bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 hafta ichida o‘tkaziladi. 395. Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda va unda tarbiyalanuvchilarda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatida ko‘rsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari aniqlanganda, tarbiyalanuvchi hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasidan o‘rnatilgan tartibda o‘tish uchun yuboriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda va unda 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar orasida nutqida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar aniqlanganda, maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasi logopedining ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi rasmiylashtiriladi. 396. Maktabgacha ta’lim tashkilotining defektolog tomonidan 3 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari va 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar nutqida nuqsonlari aniqlanganda, ushbu tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasiga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuboriladi. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari tasdiqlanganda hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasidan o‘rnatilgan tartibda o‘tish uchun yuboriladi. Nutqida nuqsonlari tasdiqlanganda logopedning davolash-profilaktika muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi rasmiylashtiriladi. 397. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etishdan maqsad rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari, shu jumladan nutqida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatishdir. 398. Defektolog faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat: nuqsonlarni aniqlashtirish maqsadida va yakka tartibdagi korreksion-pedagogik ish rejasini tuzish uchun kompleks psixologik-pedagogik tekshiruvni tashkil etish; rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlarni, shuningdek xotira, tafakkur, diqqat-e’tiborni imkon qadar korreksiya qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish; tarbiyalanuvchining imkoniyatlari va ehtiyojlariga muvofiq korreksion-pedagogik usullarni tanlash; rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni ijtimoiy moslashuvi, shuningdek rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan inklyuziv ta’lim muhitini yaratish yuzasidan pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu faoliyatlarni muvofiqlashtirish. 399. Defektolog ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq, shuningdek ular asosida ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya va korreksion faoliyatni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi. 3910. Umum rivojlantiruvchi va korreksion dasturlar bo‘yicha o‘tkaziladigan yakka tartibdagi, kichik guruhdagi yoki frontal mashg‘ulotlar korreksion-pedagogik ishlarni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. 3911. Defektolog maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagoglari, boshqa mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi, mashg‘ulotlarni borib ko‘radi, pedagog xodimlari va bolaning qonuniy vakillarga nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga yordam ko‘rsatishning maxsus usullar va uslublarini qo‘llash yuzasidan maslahat beradi. 3912. Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida belgilangan muddatgacha o‘tkaziladi. Nutqida nuqsonlari bo‘lgan 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim tashkilotida korreksion-pedagogik ishlar 6 oy o‘tkazilganidan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasining logopedi tomonidan tekshiriladi. Agar tarbiyalanuvchida nutqida nuqsonlari bo‘lsa, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchiga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatilishini davom ettirish tavsiya etilganligi to‘g‘risidagi logopedning xulosasi beriladi. 3913. Xulosada ko‘rsatilgan muddat tugashigacha nuqsonlar bartaraf etilsa, defektolog tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar to‘xtatiladi. 3914. Defektolog faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish va uni nazorat qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan amalga oshiriladi”; 41-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlar yosh prinsipi bo‘yicha to‘ldiriladi”; 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “43. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda to‘ldiriladi: 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan guruhlarda — ko‘pi bilan 30 nafar bola; bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 30 nafar bola; turli yoshdagi guruhlarda — ko‘pi bilan 25 nafar bola; bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 10 nafar bola. Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi. 3 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning toifasiga qarab to‘ldiriladi hamda ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan ko‘pi bilan 3 nafar bolani tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra guruhlarni ularni to‘ldirishning eng ko‘p miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi”; 47-banddagi “moddiy yordam” so‘zlari “tibbiy yordam” so‘zlari bilan almashtirilsin; 53-banddagi “bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun” so‘zlari “bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin: 56. Bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun to‘lovlar ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. 57. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. 58. Bolalarni nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori va uni to‘lash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi. 59. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi”; 61-banddagi “maktabgacha ta’lim muassasasi Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan mudir” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor” so‘zlari bilan almashtirilsin; 63-banddagi “mudir” so‘zi “direktor” so‘zi bilan almashtirilsin; 65-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 66-bandning birinchi va to‘qqizinchi xatboshilaridagi “Pedagogika kengashi” so‘zlari “Pedagogik kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin. v) 2-ilova (Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida nizom) da: 4-banddagi “muassasalarida” so‘zi “tashkilotlarida” so‘zi bilan almashtirilsin; 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatishi mumkin: rivojlantirish guruhi; inklyuziv guruh; kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh. Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni har tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar bola bilan to‘ldiriladi. Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni ta’minlash, bolaning qonuniy vakillariga maslahat-metodik ko‘maklashish, o‘ziga xos ehtiyoji bor bolalarning bunday zaiflikka ega bo‘lmagan bolalar bilan birga o‘qishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun bolalarni tarbiyalash, ta’lim berish, parvarishlash va ularga qarab turish masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh ko‘pi bilan 15 nafar bola bilan to‘ldiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonun hujjatlariga muvofiq qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari tashkil etilishi mumkin”; 29-banddagi “bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin. g) 3-ilova (Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom)da: nomidagi, 1-banddagi, 4 — 8-bandlardagi, 2-bob nomidagi, 9-bandning birinchi xatboshisidagi, 10-bandning birinchi xatboshisidagi, 3-bob nomidagi, 11-banddagi, 14-banddagi, 16-banddagi, 17-banddagi, 18-bandning birinchi — uchinchi xatboshilaridagi, 4-bob nomidagi, 19-banddagi, 5-bob nomidagi, 20-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 22-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 23-banddagi, 6-bob nomidagi, 27-banddagi, 7-bob nomidagi, 28-29-bandlardagi, 31-32-bandlardagi, 34-banddagi, 37-banddagi, 39-banddagi, 8-bob nomidagi, 40-41-bandlardagi, 44-banddagi, 46 — 48-bandlardagi va 9-bob nomidagi, 51-banddagi, 10-bob nomidagi, 54-55-bandlardagi, 11-bob nomidagi, 57-58-bandlardagi, 65-66-bandlardagi, 12-bob nomidagi, 67-banddagi, 68-bandning birinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 70-bandning birinchi — sakkizinchi xatboshilaridagi, 71-banddagi, 73-banddagi, 75 — 77-bandlardagi, 78-bandning birinchi, oltinchi-yettinchi xatboshilaridagi, 79-80-bandlaridagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin; 2-banddagi “tipdagi” va “O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga” so‘zlari tegishlicha “turdagi” va “O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-bandda: birinchi xatboshidagi “jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar” so‘zlari “Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin; 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni 6 tani tashkil etadi. Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etishi kerak: a) kamida 3 ta inklyuziv guruh; b) quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun kamida 3 ta guruh: eshitishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun; ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun; psixik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun; aqliy zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun; tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun”; 13-banddagi “jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 15-bandda: birinchi xatboshidagi “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” va “tipdagi”so‘zlari tegishlicha “Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” va “turdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirsin; 21-bandda: birinchi va o‘ninchi xatboshilardagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin; to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi inklyuziv guruhlar uchun mo‘ljallangan guruhlarni umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirishi shart”; 25-bandda: birinchi va yettinchi xatboshilardagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlarga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari” so‘zlari “Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlarga rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarga, shuningdek qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:”; 26-banddagi “qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotining jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga” so‘zlari “qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotining rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi 271-band bilan to‘ldirilsin: “271. Bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdan va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlardan quyidagilar asosida chiqariladi: bolani qonuniy vakillarining arizasi; sog‘liqni saqlash organlari muassasalarining tibbiy ko‘rsatmalari; maktabgacha ta’lim tashkilot va bolaning qonuniy vakillarning o‘rtasidagi shartnoma shartlarining bajarilmasligi; maktabgacha ta’lim tashkilot tibbiy-psixologik-pedagogik kengashining xulosasi; Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasida ko‘rsatilgan bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugashi; maktab yoshiga yetishi (7 yosh)”. 33-banddagi “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar” so‘zlari “Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar” so‘zlari bilan almashtirilsin; 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “35. Bolalar tashkilotda bo‘lish vaqtiga qarab ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi guruhlar: bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat); to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat); bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar bo‘lishi mumkin”; 36-banddagi “tipdagi”, “muddati” so‘zlari tegishlicha “turdagi”, “vaqti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 38-banddagi “tipdagi”, “pedagogika” so‘zlari tegishlicha “turdagi”, “pedagog” so‘zlari bilan almashtirilsin; 49-bandda: birinchi xatboshidagi “jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshidagi “aqlik zaiflik bilan” so‘zlari “aqli zaif bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 52-bandda: birinchi xatboshidagi “Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin; o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “aqliy zaif” so‘zlari “aqli zaif” so‘zlari bilan almashtirilsin; 56-bandda: birinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lgan davri” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 59-banddagi “qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida bolalarni bo‘lgan davri uchun” so‘zlari “qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin; 60-banddagi “qo‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlarda bolalarni bo‘lgan davri uchun olinadigan xizmatlar haqi” so‘zlari “qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlari o‘zi ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlari haqi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 61-banddagi “muhtoj oilalardan kelgan tarbiyalanuvchilar” so‘zlari “muhtoj bo‘lgan oilalarning bolalarini parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 62-banddagi “qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydigan tarbiyalanuvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlar ro‘yxati” so‘zlari “qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydigan tarbiyalanuvchilarning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar ro‘yxati” so‘zlari bilan almashtirilsin; 63-bandda: ikkinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “tipdagi maktabgacha tashkilotlarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlar” so‘zlari “turdagi maktabgacha tashkilotlarning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 64-bandda: birinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “pedagogik” so‘zi “pedagog” so‘zi bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “Qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlovchi pedagogik va tibbiyot xodimlari” so‘zlari “Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlovchi pedagog va tibbiyot xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 69-bandda: birinchi xatboshidagi “tipdagi”, “pedagogika” so‘zlari tegishlicha “turdagi”, “pedagogik” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi — yettinchi va to‘qqizinchi xatboshilardagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin; sakkizinchi xatboshidagi “tipdagi”, “pedagogik” so‘zlari tegishlicha “turdagi”, “pedagog” so‘zlari bilan almashtirilsin; 72 va 74-bandlardagi “mudir”, “tipdagi” so‘zlari tegishlicha “direktor”, “turdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin. d) 4-ilova (Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risida nizom)da: nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Ushbu Nizom rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi”; 3-bandda: ikkinchi xatboshidagi “jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga, qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarga va inklyuziv guruhlarga” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-banddagi ““Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga” so‘zlari ““Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga” so‘zlari bilan ilmashtirilsin; 9-bandning oltinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda, qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda va inklyuziv guruhlarda” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-bandda: birinchi xatboshidagi “to‘rt” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda bo‘sh joylar borligiga qarab, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda bo‘sh joylar borligiga qarab, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Komissiya tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni talab etish taqiqlanadi”; 18-banddagi “bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotga yuborish” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuborish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 20-bandda: oltinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida” so‘zlari bilan almashtirilsin; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xulosa bolaning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonining og‘irlik darajasiga qarab 6 oy yoki 1 yil muddatga beriladi”; quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Agarda bola joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lsa unga, belgilangan muddatlardan istisno holda, joriy o‘quv yili tugaguniga qadar (sentyabr — may) muddatiga beriladi”; to‘qqizinchi-o‘ninchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi-o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bu muddat davomida bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi yo‘llanmasi yoki pedagogik kengashi tavsiyasi bo‘yicha Komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. Xulosada ko‘rsatilgan bolaning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lish muddati tugaganidan keyin ushbu tashkilotda uning bo‘lish muddatini uzaytirish yoki uni umumiy turdagi maktabgacha tashkilot (guruh)ga o‘tkazish masalasi Komissiya tomonidan belgilanadi”; 21-bandda: birinchi xatboshidagi “bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotga” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “2 yoshdan” so‘zlari “3 yoshdan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “23. Komissiyaning xulosasi asosida Komissiya kotibi bolani 1 ish kuni davomida tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotida “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’lim axborot tizimining maxsus ishlab chiqilgan xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, bolaning qonuniy vakiliga bola navbatga joylashtirilganligi yoki ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida Komissiya kotibi tomonidan xabar beriladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida xabar olgandan so‘ng, bolaning qonuniy vakili tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga 15 ish kuni ichida kelishi shart. Bolaning qonuniy vakili yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida kelmagan taqdirda, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotida ro‘yxatdan o‘tish qayta tiklash huquqisiz bekor bo‘ladi”; 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “24.Komissiyaning xulosasi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga, qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotga, umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlardagi inklyuziv guruhlariga rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lmagan bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotga rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan yo‘llanmasi asos hisoblanadi”; 25-banddagi “organlarda, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda” so‘zlari “va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: e) Quyidagi mazmundagi 5-ilova qo‘shilsin: 1. Mazkur Nizom Reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda Ixtisoslashtirilgan tashkilot deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom umumiy tipdagi davlat tashkilotlari, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi. 3. Ixtisoslashtirilgan tashkilot o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga hamda o‘z ustaviga muvofiq olib boradi. 4. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim olishiga, shuningdek ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan. 5. Ixtisoslashtirilgan tashkilot akkreditatsiyasi attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 6. Ixtisoslashtirilgan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilidagi o‘z nomi yozilgan muhrga hamda shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi. 7. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning maqsadlari quyidagilardan iborat: bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirilishini ta’minlash; bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, jamiyatga moslashtirish, shuningdek, rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; bolalarning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlariga, qobiliyatlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini ta’minlash; bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash; nogironligi bo‘lgan bolalarga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga, shuningdek bunday bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga malakali ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, jamiyatdagi, oiladagi hayotga, o‘qishga va mehnat qilishga imkon qadar to‘liq hamda o‘z vaqtida moslashishiga ko‘maklashish. 8. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning vazifalari quyidagilardan iborat: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, shuningdek, ular asosida ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya va korreksion ishlarni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogik yordam berilishini ta’minlash; bolalarda Vatanga muhabbat, oilaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat, o‘ziga va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash; tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya o‘tkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish; bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratish; bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini hamda ta’lim va tarbiya olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash; bolalarni umumta’lim muassasalarida o‘qishga tayyorlash; o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish. 9. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Ixtisoslashtirilgan tashkilotning muassisidir. 10. Ixtisoslashtirilgan tashkilot muassis tomonidan tashkil etiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 11. Ixtisoslashtirilgan tashkilot ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va reabilitatsiya markazidan iborat, shuningdek o‘z tuzilmasida bolalar va ularning qonuniy vakillari bilan vaqtinchalik yashaydigan xostelga ega bo‘lishi mumkin. 12. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda muassis bilan kelishilgan holda faoliyati Ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatining ustav turlariga zid bo‘lmagan qo‘shimcha bo‘limlar, xizmatlar, tarkibiy bo‘linmalar ochilishi mumkin. Barcha tarkibiy bo‘linmalar o‘z faoliyatida Ixtisoslashtirilgan tashkilotning direktoriga bo‘ysunadi. 13. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning bino va inshootlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilmasdan xususiylashtirilishi, musodara qilinishi va qayta ixtisoslashtirilishi mumkin emas. 14. Ixtisoslashtirilgan tashkilot o‘quv yili tugaganidan keyin qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi. Ixtisoslashtirilgan tashkilotni qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida tarbiyalanuvchilarni boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan bolaning qonuniy vakillari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 15. Ixtisoslashtirilgan tashkilot quyidagi huquqlarga ega: tasdiqlangan moslashtirilgan ta’lim dasturi asosida mustaqil ravishda o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish; bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish; maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda qatnashish. Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 16. Ixtisoslashtirilgan tashkilot: bolalarning jismoniy o‘sishi va sog‘lig‘i mustahkamlanishi uchun sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini ta’minlashi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi; ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogik jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psixik va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlashi; bolalar to‘g‘ri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi; bolalarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda umumta’lim muassasalarida o‘qishga sifatli tayyorlashni ta’minlashi; maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi; Ixtisoslashtirilgan tashkilotdagi guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirilishi. zarur moddiy-texnik bazasi va malakali tibbiyot xodimlari mavjud bo‘lganda, asosiy ta’lim-tarbiya faoliyati bilan birga pulli davolash-sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatishi shart. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin. 17. Ixtisoslashtirilgan tashkilot quyidagilar uchun javob beradi: bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; bolalar Ixtisoslashtirilgan tashkilotda bo‘lgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish; belgilangan talablarga muvofiq ta’lim-tarbiya, korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish; bolani tarbiyalash va ta’lim berish masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berish; umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlash; ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish. 18. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 19. O‘quv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi. 20. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot deb ataladi) Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, u erda tarbiyalanuvchilarga ta’lim va tarbiya beriladi. 21. Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida amalga oshiriladi. Bolalar ularning qonuniy vakillari roziligi bilan quyidagilar asosida qabul qilinadi: Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasining belgilangan tartibda berilgan xulosasi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi. 22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish davri va bolalar bilan o‘tkaziladigan korreksion ishlar muddati Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi. 23. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi: eshitishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun; ko‘rishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun; psixik rivojlanishda kechikayotgan tarbiyalanuvchilar uchun; aqliy zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun; tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun. 24. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab to‘ldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etadi: kar tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; zaif eshituvchi tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; ko‘zi ojiz tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; zaif ko‘ruvchi tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 15 nafar va ko‘pi bilan 18 nafar tarbiyalanuvchi; gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; bolalar tserebral falaji sindromi asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; yengil darajada aqli zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; o‘rta darajada aqliy zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; psixik rivojlanishida kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi. 25. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ovqatlanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik Ixtisoslashtirilgan tashkilotning direktori zimmasiga yuklanadi. 26. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga quyidagi nuqsonlari bo‘lgan bolalar qabul qilinmaydi: og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik; shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari; tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar; turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari; asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik; yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi; ko‘zi ko‘r qulog‘i karlar. 27. Bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdan quyidagilar asosida chiqariladi: bolani qonuniy vakillarining arizasi; sog‘liqni saqlash organlari muassasalarining tibbiy ko‘rsatmalari; Ixtisoslashtirilgan tashkilot va bolaning qonuniy vakillarning o‘rtasidagi shartnoma shartlarining bajarilmasligi; Ixtisoslashtirilgan tashkilot tibbiy-psixologik-pedagogik kengashining xulosasi; Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasida ko‘rsatilgan bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugashi; maktab yoshiga yetishi (7 yosh). 28. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni ta’lim olishi, tarbiyalashni, ularni parvarishlashni va bolalarga korreksion-pedagogik yordamni ko‘rsatishni ta’minlaydi. 29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan (shu jumladan, mualliflik, moslashtirilgan va boshqa) dastur bilan belgilanadi. 30. Ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, taqvim-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi. 31. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot qonun hujjatlariga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarga ta’lim-tarbiya berish shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi. 32. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi yo‘nalish asosida bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar frontal, kichik guruh va yakka tartibda olib boriladi. Guruhlar va korreksion-ta’lim kabinetlar zarur ixtisoslashtirilgan asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 33. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga quyidagi tamoyillar asosida ta’lim beriladi va tarbiyalanadi: ta’limning korreksion yo‘naltirilganligi; ijtimoiy moslashuvi; ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ta’limning maxsus metodologiyasidan va toifalangan yondashuvdan foydalanish. 34. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Bolalar tashkilotda bo‘ladigan muddatga qarab guruhlar: to‘liq kunli guruhlar (kuniga 10,5 soatgacha); bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar (24 soat) bo‘lishi mumkin. 35. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ishlash tartibi va tarbiyalanuvchilarning bo‘lish muddati Ixtisoslashtirilgan tashkilotning ustavida va muassis qarorida belgilanadi. 36. Ixtisoslashtirilgan tashkilot va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga joylashtirilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi. Bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘ladigan vaqt ushbu shartnomada ko‘rsatiladi. 37. Ta’lim-tarbiya jarayoni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning maxsus maktabgacha ta’lim bo‘yicha tegishli malakaga ega pedagog xodimlari tomonidan o‘tkaziladi. Ta’lim jarayonining psixologik-pedagogik kuzatuvi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. 38. Pedagog xodimlari ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot faoliyatiga va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga umumiy rahbarlik Ixtisoslashtirilgan tashkilotning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. 39. Ta’lim-tarbiya davlat tilida hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi. 40. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat: tarbiyalanuvchilar; pedagog xodimlari; tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar; bolaning qonuniy vakillari. 41. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tarbiyalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega: bepul maktabgacha ta’lim olish; reabilitatsiya va tibbiy xizmatlardan foydalanish; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dori-darmonlar ro‘yxatiga asosan dori vositalari bilan bepul ta’minlanish; O‘zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq ovqatlanish. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tarbiyalanuvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari va Ixtisoslashtirilgan tashkilot ustaviga muvofiq belgilanadi. 42. Tegishli ixtisoslashtirilgan ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy xislatlarga ega shaxslar Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda pedagogika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega. 43. Bolaning qonuniy vakillari ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning ta’lim-tarbiya faoliyati, o‘z farzandiga berilayotgan ta’lim va ko‘rsatilayotgan reabilitatsiya yordami bilan ushbu tashkilotning ishiga aralashmay tanishish huquqiga ega. 44. Reabilitatsiya tadbirlari Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan reabilitatsiya markazida shtatdagi tibbiyot va pedagog xodimlari, shuningdek Ixtisoslashtirilgan tashkilotga hududiy biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlari muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 45. Reabilitatsiya markazining tibbiyot va pedagog xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlagan davolash standartlariga muvofiq bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarini korreksiya qilish, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya, abilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazadi. 46. Belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning har bir tarbiyalanuvchisi uchun yakka tartibda mashg‘ulotlar jadvalini hisobga olgan holda rejalashtiriladi. 47. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning tarbiyalanuvchilaridan tashqari reabilitatsiya markazi Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan yuborilgan nogironligi bo‘lgan bolalarni va rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ham ambulator sharoitida qabul qiladi va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazadi. Bolalarni ambulator sharoitida qabul qilishda ularga ko‘rsatiladigan reabilitatsiya muolajalarni davriyligi yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturida belgilanadi, unda bir oy davomida reabilitatsiya muolajalari kursini olish, bolaning sog‘lig‘i holatiga qarab va Ixtisoslashtirilgan tashkilotni Tibbiy-psixologik-pedagogik kengashining tavsiyalari bo‘yicha 3 yoki undan ko‘proq oydan so‘ng muolajalarni takroran o‘tkazish nazarda tutiladi. 48. Reabilitatsiya markazida ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotining har bir tarbiyalanuvchisiga hamda ambulator sharoitida davolanish kursidan o‘tgan bola uchun belgilangan namunadagi tibbiy kartasi ochiladi. Tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugagandan keyin yoki ambulator sharoitida davolanish kursi tugaganidan so‘ng bolaning qonuniy vakillari yashash joyi bo‘yicha tibbiyot muassasasi uchun tibbiy kartasidan ko‘chirma beriladi. 49. Reabilitatsiya markazida besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Qabul qilish jadval bo‘yicha belgilangan vaqtda — har kuni 7,2 soatdan amalga oshiriladi. 50. Reabilitatsiya markazi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bola yashash joyi bo‘yicha tuman (shahar) markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikaning yo‘llanmasi asosida, yuqumli kasalliklar bilan aloqa bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumotnomani albatta talab qilgan holda, qo‘shimcha pulli ambulator xizmatlarini tashkil etishga haqli. 51. Tibbiy jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar tibbiy jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi. 52. Reabilitatsiya markazida barcha sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari to‘g‘ri tashkil etilishi hamda o‘tkazilishi ustidan nazorat sog‘liqni saqlash hududiy boshqarish organlari tomonidan olib boriladi. Sog‘liqni saqlash hududiy boshqarish organlari reabilitatsiya markazini tibbiyot kadrlari bilan to‘ldirish, ularning malakasini oshirish, shuningdek davolash va sog‘lomlashtirishning zamonaviy texnologiyalari hamda usullarini keng jalb qilish, maslahatlari bilan yordam ko‘rsatishi uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun mas’uldir. 53. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning shtatdagi xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. 54. Tibbiyot va pedagog xodimlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq reabilitatsiya jarayonini tashkil etish uchun javob beradi. Reabilitatsiya markazi faoliyatiga va reabilitatsiya jarayonini tashkil etishga umumiy rahbarlik Ixtisoslashtirilgan tashkilotning davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan amalga oshiradi. 55. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga bola ambulator sharoitida belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya muolajalarini oladigan davrda bola (bolalar) o‘z qonuniy vakillari bilan birgalikda vaqtinchalik yashashi uchun xostel tashkil etishga ruxsat berilsin. 56. Xostellar yuridik maqomga ega bo‘lmaydi va Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan boshqariladi. 57. Xostellar asosan o‘zini-o‘zi moliyalashtirish mablag‘lari hisobiga saqlanadi. Shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik (beg‘araz) yordamlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mablag‘ jalb qilinishi mumkin. 58. Xostellardan tushgan tushumlar Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin. 59. Xostellardan foydalanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. 60. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari; pulli xizmatlar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shimcha daromadlar olish huquqiga ega. 61. Ixtisoslashtirilgan tashkilotga qo‘shimcha budjet mablag‘larini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi. 62. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bolalarni saqlash uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi. 63. Ixtisoslashtirilgan tashkilot o‘zi tomonidan tasdiqlangan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi. 64. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda xodimlar ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda rahbarlar, pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi. 65. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tegishli davlat organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi. 66. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning moliya-xo‘jalik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi. 67. Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga va Ixtisoslashtirilgan tashkilotining ustaviga muvofiq boshqariladi. 68. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning boshqaruv organlari quyidagilardan iborat: Pedagogik kengashi; Kuzatuv kengashi; Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori. 69. Ixtisoslashtirilgan tashkilot Pedagogik kengashi: Ixtisoslashtirilgan tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi; Ixtisoslashtirilgan tashkilot ish rejasini hamda pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi; Ixtisoslashtirilgan tashkilot ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi; Ixtisoslashtirilgan tashkilot bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi; Ixtisoslashtirilgan tashkilot pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi; Ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi; Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori va pedagog xodimlari hisobotlarini eshitadi. Ixtisoslashtirilgan tashkilot Pedagogik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin. 70. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda bolani tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berishda ko‘maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning Kuzatuv kengashi: Ixtisoslashtirilgan tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmasi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorini saylaydi, shuningdek uni egallagan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi; Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi davriy hisobotlarini eshitadi; Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori, pedagog xodimlari va boshqa xodimlari faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi; Maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlariga Ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin. 71. Ixtisoslashtirilgan tashkilot Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. 72. Ixtisoslashtirilgan tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi. 73. Direktor Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va Kuzatuv kengashiga hamda muassisga hisob beradi. 74. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi. 75. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. 76. Direktor: Ixtisoslashtirilgan tashkilot nomidan faoliyat olib boradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, Ixtisoslashtirilgan tashkilot mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etadi va shartnoma tuzadi; Ixtisoslashtirilgan tashkilot vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Ixtisoslashtirilgan tashkilotga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; o‘z vakolati doirasida Ixtisoslashtirilgan tashkilotning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; o‘quv-moddiy bazani mustahkamlash, ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog va tibbiy kadrlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq ayrim masalalarni hal qilish yuzasidan hamda Ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatiga oid boshqa masalalar bo‘yicha tegishli organlarga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritadi; pedagog, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalarni tuzadi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 77. Uch nafar direktor o‘rinbosari Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qiladi: o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi; davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organi tomonidan tavsiya etiladi hamda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi; umumiy masalala
250
62,798
Qonunchilik
Respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” XI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qarorini bajarish yuzasidan, qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishini yanada jadal rivojlantirish, eng yangi texnologiyalar va zamonaviy texnika bilan jihozlangan meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ixcham korxonalarni tashkil etish, yetakchi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan ilg‘or, yuqori samarali texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan tanishish uchun fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni sotib olishda ularga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-son qarori bilan tashkil etilgan 2012 — 2016-yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish va masalalarni tezkor hal etish Idoralararo komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) 2016-yil 31-may — 3-iyunda Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazma maydonlari bazasida: Respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” ko‘rgazmasi deb ataladi) XI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini; qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2016” (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmasi deb ataladi) V Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini birgalikda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazmalar maydonlari ko‘rgazmalar ishtirokchilariga bepul beriladi, ko‘rgazma stendlarini qurish va qo‘shimcha ko‘rgazma uskunalarini taqdim etish va xizmatlar ko‘rsatish esa belgilangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: Respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” XI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2016” V Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini o‘tkazishning mavzuli rejalari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq; ko‘rgazmalar doirasida 2016-yil 31-may — 3-iyun davrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi ko‘magida, fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari taqdimotlarini tashkil etgan holda, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati kinolektoriysida har kungi mavzuli seminarlarni o‘tkazishning namunaviy ssenariysi 3-ilovaga* muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari rahbarlarining, respublikaning barcha mintaqalaridagi fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari vakillarining ko‘rgazmalarga kelish jadvali, shuningdek mintaqalardan ko‘rgazma ishtirokchilarining Toshkent shahrida bo‘lishi bo‘yicha birkitilgan mas’ul shaxslar ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ-449-son qarori bilan tashkil etilgan Respublika agrosanoat kompleksi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita Idoralararo komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uchun zamonaviy texnologiyalar hamda asbob-uskunalar, shuningdek qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining yetakchi jahon va mahalliy ishlab chiqaruvchilarini o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda qatnashishga jalb etish bo‘yicha faol reklama-axborot va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ko‘rgazmalar ishtirokchilari o‘rtasida shartnoma asosida tarqatish maqsadida O‘zbekistonda va xorijda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarning mufassal katalogini nashr etsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Fermyerlari kengashi bilan birgalikda: fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘plab talab qilinadigan texnologiyalar va asbob-uskunalar turlari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga bir hafta muddatda taqdim etsinlar; fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari vakillarining, shuningdek respublika mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlarining o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda bevosita qatnashishini ta’minlasinlar va ularga kontraktlarni imzolashida ko‘maklashsinlar. 7. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ–449-son qarorining 7-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” ko‘rgazmasida ishtirok etish doirasida, shuningdek ko‘rgazma-savdo davomida tuzilgan kontraktlarni bajarish yuzasidan agrosanoat kompleksi uchun texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalarni chetdan keltiruvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlariga “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarini tender savdolari o‘tkazmasdan sotib olishiga istisno tartibida ruxsat etilsin. 9. Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmasi natijalariga ko‘ra 2016-yil 30-iyungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligiga yetkazib berish uchun jahondagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan texnikaning xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan zamonaviy va yuqori unumli turlarini tanlab olish yuzasidan takliflar kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi buyurtmanomalariga binoan, o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ko‘rgazmalar o‘tkaziladigan, shuningdek ularning ishtirokchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligining to‘lov undirilmasdan qo‘riqlanishini ta’minlasin. 12. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi: ko‘rgazmalar ishtirokchilarini “Toshkent” aeroportida kutib olish va kuzatib qo‘yishlarni tashkil etish shtabi ishlari muvofiqlashtirilishini, bunda shtabning zarur miqdorda tashkiliy-texnika va aloqa vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek “Toshkent” aeroportida ko‘rgazma ishtirokchilariga transport xizmati ko‘rsatish nazarda tutilishini; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi buyurtmanomalariga binoan, ko‘rgazmaga yuborilayotgan ko‘rgazmalar yuklarining imtiyozli yuk tariflari bo‘yicha tashilishini, belgilangan yuk tariflaridan 30 foizli chegirma berilishini, yuklarning “Toshkent” aeroportida ishlanishi va saqlanishi uchun yig‘imlar to‘lovidan ozod qilinishini; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” va “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmalari ishtirokchilari uchun aviachiptalarning band qilinishi va sotilishini; ko‘rgazmalar ishtirokchilariga “Toshkent” aeroportining SIP zali orqali, to‘lov undirilmasdan xizmatlar ko‘rsatilishini; “Toshkent” aeroporti binosi xonalarining “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” va “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmalari reklama ko‘rsatkichlari bilan jihozlanishini; tadbir mehmonlariga va ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatadigan avtotransport vositalarining taksilar va turizm avtobuslari uchun mo‘ljallangan “Toshkent” aeroporti avtomobillar to‘xtash joyiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi buyurtmanomalariga binoan bepul kiritilishini ta’minlasin. 13. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning hamda “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” va “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmalari ishtirokchilarining buyurtmanomalariga binoan, ko‘rgazmaga yuborilayotgan ko‘rgazma yuklarining imtiyozli tariflar bo‘yicha tashilishini, belgilangan stavkalarning kamida 30 foizi miqdorida chegirma berilishini, belgilangan manzilga yetkazib berishning va temir yo‘lda ko‘rgazmaga olib kelinayotgan yuklarni tushirish uchun vagonlarning yig‘imlar undirilmasdan o‘z vaqtida berishning tezkor kuzatib turilishini; ko‘rgazmaga kelayotgan vagonlarning bo‘sh turib qolganligi uchun to‘lovlardan ozod qilinishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ko‘rgazmalarga tayyorgarlik va ko‘rgazmalar ishlarining matbuotda hamda elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet-nashrlarda keng yoritilishini ta’minlasinlar. 15. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan, “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” va “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmalariga keluvchilar uchun shartnoma asosida, imtiyozli shartlarda ma’lumotnoma-axborot bukletlari hamda sumkalar tayyorlanishini ta’minlasin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
250
11,198
Qonunchilik
Moliya vazirligi huzurida Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
U Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi negizida tashkil etiladi. Agentlik - sugʻurta bozorini tartibga solish va rivojlantirish boʻyicha vakolatli davlat organi, Moliya vazirligining sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish qismidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi. Agentlik direktori moliya vazirining taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi. Qolgan хodimlarga Moliya vazirligi хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi. Tashkil etilayotgan organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 3.08.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
84
884
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLIK BIRLAShMALARIDA ADVOKATLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANUVChI ShAXSLARNI IJTIMOIY HIMOYa QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy, professional birlashmalari sifatida advokatlik tuzilmalari faoliyatining o‘ziga xosligini hisobga olib, shuningdek ularning samarali faoliyatini va ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki, advokatlik birlashmalari ish haqi fondining 7 foizi miqdorida, ulardan advokatlik tuzilmalari umumiy ehtiyojlariga summalar ushlab qolingandan keyin, O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘laydilar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Mehnat vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq Sug‘urta badallarini hisoblash va to‘lash, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘larini sarflash va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
157
1,044
Qonunchilik
OTLAR BILAN TAShISh VA BOShQA IShLARNI BAJARIShDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) Qonuniga muvofiq otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarish bilan shug‘ullanadigan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarish bilan shug‘ullanadigan korxona va tashkilotlar (bundan keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) tomonidan qo‘llanishi shart. 2. Mazkur Qoidalar yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, hayvonlar gigiyenasi normalari va veterinariya-sanitariya qoidalari, davlat standartlarining tegishli normalari, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa tarmoq normativ hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. 3. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmalari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. 4. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxonaning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xizmati (muhandisi) zimmasiga yuklatiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq ishlovchilar soni 50 va undan ortiqni tashkil qiluvchi korxonalarda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil qilinadi. Ishlovchilar soni 50 dan kam bo‘lgan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish funksiyalarini bajarish tashkilot rahbarlaridan birining zimmasiga yuklatiladi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalariga korxonada mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu ishlar o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish kiradi. 6. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo‘ysunadi hamda korxonaning faoliyati tugatilgan taqdirda tugatiladi. 7. Korxonalarda otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 8. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq korxonalarda quyidagilar nazorat qilinishi lozim: ish joylarining ahvoli; mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi; baxtsiz hodisalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi; mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi; mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi va boshqalar. 9. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni o‘rganish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 10. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari hamda kasbiy-texnik tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishlari shart. 11. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlardan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarini tekshirish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 12. Korxona ma’muriyati barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari hamda ularga mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishlari shart. 13. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) nizomga muvofiq ishlab chiqiladi. Xodimlarni ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash korxona rahbariyatining zimmasiga yuklatiladi. 14. Korxonalarda kasbga ko‘ra tanlash o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassislar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 15. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarish bilan shug‘ullanadigan xodimlar tegishli kasbiy ma’lumotga va zarur ish tajribasiga hamda ushbu ishlarni bajarishda qo‘yilgan talablarga javob beradigan darajada ishlarni tashkil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. 16. Xodimlar otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishga kirishish oldidan bunday ishlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar olishlari, o‘rnatilgan talablar bilan tanishishlari hamda ularni bajarishning xavfsiz usullarini o‘zlashtirib olgan bo‘lishlari lozim. 17. Kasbiy tanlovdan so‘ng ishga qabul qilingan xodimlarning kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat o‘rnatish, zarur bo‘lganda qayta yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish lozim. 18. Homilador, emizikli ayollar va 18 yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan, otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishga ruxsat etilmaydi. 19. Xodimlar yakka tartibdagi himoya vositalari bilan korxona tomonidan bepul ta’minlanishi lozim. 20. Yakka tartibda himoya vositalaridan foydalanishda, xodimlar ularning qo‘llanilish usullari, himoya xususiyatlari va amal qilish muddatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim. 21. Korxona rahbariyati quyidagilarni ta’minlashi shart: amaldagi me’yorlar bo‘yicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini; himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni; qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni; shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno). 22. Shaxsiy himoya vositalarini saqlash, berish va qabul qilish o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 23. Xodimlar otlarning harakatini cheklovchi asbob-uskunalardan foydalanishi shart. 24. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishga belgilangan tartibda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tgan hamda tibbiy jihatdan sog‘lom bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi. 25. Korxona rahbariyati (yoki ish beruvchi) har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim. 26. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim. 27. Korxona rahbariyati tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, hamda dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim. 28. Davriy tibbiy ko‘riklarni o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik korxona ma’muriyati zimmasiga yuklanadi. 29. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda, korxona ma’muriyati ushbu xodimni ishga qo‘yishga haqli emas. 30. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli “O‘zbekiston Respublikasida xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) asosida amalga oshirilishi lozim. 31. Har bir korxona, amaldagi tarmoqqa mos keladigan xavfi yuqori sharoitlarda bajariladigan ishlar ro‘yxatini tuzib chiqishi zarur. 32. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda xavfli va zararli omillar inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 33. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda xavfli va zararli omillarga quyidagilar kiradi: a) asov va asabiy otlar; b) nosoz ulov vositalari; v) yo‘llarda xavfli past-balandliklar; g) daryo va yo‘llardagi qalinligi 15 sm dan kam bo‘lgan muzlar; d) yo‘llarni temir yo‘l o‘tish joylari bilan kesishishi; e) yuqumli kasalliklar bilan zararlanishlar. 34. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda insonlar va hayvonlarga xos kasalliklar (tuberkulyoz, brutsellyoz, leptospiroz va boshqalar) bilan kasallangan shaxslarning ishlashlari taqiqlanadi. 35. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda teri kasalliklari bilan kasallangan, shilingan va mayda yaralari bor xodimlar faqat shifokor ruxsati bilan ishga qo‘yiladi. 36. Otlar saqlanadigan korxona hududidagi yo‘llar, yo‘laklar va o‘tish joylari bo‘sh, tekis va yetarlicha yoritilgan bo‘lishi kerak. Qish vaqtida o‘tish joylari va yo‘laklar qordan tozalanishi lozim. 37. Ozuqa yo‘laklari har xil jihoz va materiallar bilan berkitilmasligi kerak. 38. Qish mavsumida muzlagan yo‘laklarga qum, shlak va qirindi sepilishi lozim. 39. Korxona hududida transport va kishilarning harakatini boshqaruvchi yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlari bo‘lishi kerak. 40. Korxona hududi tungi paytda talablarga mos holda yoritilishi lozim. 41. Ishchi otlar har bir otboqarga maxsus biriktiriladi. 42. Qishloq xo‘jalik moslamalari otga faqat soz holda qo‘shilishi lozim. 43. Ot arava va otga qo‘shib ishlatiladigan moslamalar har bir otga alohida bo‘lishi kerak. 44. Qishloq xo‘jalik moslamalariga qo‘shilgan otlarni yolg‘iz qoldirish taqiqlanadi. 45. Ishga chiqishdan oldin brigadir va otboqar ishga taalluqli barcha inventarlarning sozligini tekshirish hamda g‘ildiraklarning mahkamligiga alohida e’tibor qaratishi kerak. 46. Ot-ulov vositalari va boshqa moslamalar har doim soz holda bo‘lishi kerak. 47. Ot-ulov vositalari otboqarga otning orqa oyog‘i yetmaydigan holda, maxsus o‘rindiqlar bilan jihozlanishi kerak. 48. Hurkak va yag‘ir otlarda ko‘zpanasiz va yuganlanmagan holda yurishga ruxsat etilmaydi. 49. Tashish ishlari bilan band bo‘lgan otlarning hamma tuyoqlari taqalangan bo‘lishi kerak. 50. Avtotransport va boshqa transport vositalari tez harakatlanadigan yo‘llarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qiladigan otboqar va yuvosh hamda o‘rgatilgan otlardan foydalaniladi. 51. Yuqori tepaliklardan pastga tushishda aravalar oralig‘ida ma’lum masofa bo‘lishi, ularda tormoz tizimi qo‘llanilishi talab etiladi va bunday paytda odamlar aravada bo‘lishi taqiqlanadi. 52. Ot-ulovlarini karvon yoki guruhlab tuproq yoki qor yo‘llarda hamda biroz qiya yo‘llarda olib borishda 1,5 — 2 m, muz yo‘llarda 5 m oraliq masofa saqlanishi kerak. 53. Ot-ulovlar oralig‘i keskin pastliklarda pastlik uzunligicha bo‘lishi kerak. Keskin pastliklarda albatta harakatni to‘xtatuvchi moslamani (tormoz) qo‘llash kerak. Bunday holatlarda ot ulovlarda odam bo‘lishi taqiqlanadi. 54. Ot-ulovlarini daryo va ko‘llarda muz qalinligi yetarli bo‘lmaganda hamda bahor vaqtida muzlarda yoriq paydo bo‘lganda va muz suv bilan qoplanganda olib yurish taqiqlanadi. 55. Pastqamlik, qumloq yo‘llarda, temir yo‘l o‘tish joylarida va boshqa xavfli joylarda otlarni boshqaruvsiz qoldirishga ruxsat etilmaydi. 56. Donali og‘ir, hamda katta hajmdagi yuklar aravaga zanjir, tros yoki arqon bilan yaxshilab bog‘lanib, maxsus ustuncha va ponalar bilan mahkamlanishi lozim. 57. Yosh otlarni yuk tashishga o‘rgatish malakali xodimlarga yuklatiladi. 58. Ot-ulovlarda xavfsiz harakatlanish uchun: jilovni ikki qo‘llab ushlash va jilovni yerga osilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik; aravani harakatga keltirishda jilovni sekin silkitish bilan otlarni yurgizish; aravani to‘xtatishda jilovni sekin tortish, kerak bo‘lganda sal kuchliroq tortish, lekin keskin silkitmaslik; aravani burishda jilovni qaytariladigan tomoni tortilishi, lekin qarama-qarshi tomoni qo‘yib yuborilmasligi kerak. 59. Aravakash o‘tiradigan joyda haydovchining oyog‘ini tiraydigan qattiq asos bo‘lishi kerak. 60. Ot aravada ozuqani tarqatishda aravani to‘xtatib yerga tushiladi, so‘ngra ozuqa tarqatiladi. 61. Yaylovda otlar bilan ishlaganda oldin egarining mustahkamligi va to‘g‘ri bog‘lanishi hamda uzangini mustahkamligi tekshiriladi. Uzangilar tortilgandan so‘ng ayil uzunligi aniqlanadi. Egar ustida o‘tirganda oyoq kiyim uzangiga to‘g‘ri kelishi lozim. 62. Egarlangan otni yuganidan tutib otxonadan chiqarish lozim. Otxonadan yoki boshqa yopiq imoratlardan chiqishda yoki u yerlarga kirishda otlarga minilmaydi. 63. Egar ustida o‘tirganda yuganni qo‘lga o‘rash, qo‘yib yuborish mumkin emas, otni to‘g‘ri boshqarish kerak. 64. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 65. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.
104
14,108
Qonunchilik
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINING PROFESSIONAL IShTIROKChILARI UChUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BO‘YIChA IChKI NAZORAT QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HA
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda), “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 147-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 2009-43, 38-son qarorlari bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 2033, 2009-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 491-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin: “61. Nazoratchilarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy texnologiyalari, usullari va tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab olgan so‘nggi yangiliklardan xabardorligini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilikning barcha jihatlari va majburiyatlar haqida aniq tushuntirishlar berish maqsadida o‘qitish va malakasini oshirishni o‘quv rejalari va dasturlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishiladigan, qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi”. 2. 9-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “mijozlarni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlarning har yili yangilanishini amalga oshiradi;”; beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin. 3. 11-bandda: quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilari bilan to‘ldirilsin: “mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish; identifikatsiyalashni yakunlash imkoni bo‘lmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish”; yettinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin. 4. Quyidagi mazmundagi 111-band bilan to‘ldirilsin: “111. Operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarurat tug‘ilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim”. 5. 12-bandda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “qimmatli qog‘ozlarga doir bir martalik bitimlar amalga oshirilganda”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin. 6. 17-banddagi “tekshirishga haqlidir” degan so‘zlar “tekshirishi shart” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 19-bandda: quyidagi mazmundagi o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi; qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilayotganda insayderlik axborotidan noqonuniy foydalanilganligi yoki qimmatli qog‘ozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganligiga doir har qanday shubhalarning mavjudligi”; o‘n to‘qqizinchi xatboshi yigirma birinchi xatboshi deb hisoblansin. 8. 26-banddagi “mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash materiallarini va ma’lumotlarini” degan so‘zlar “mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalangan materiallar va ma’lumotlarni, shu jumladan, ish yozishmalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. Quyidagi mazmundagi 281-band bilan to‘ldirilsin: “281. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar professional ishtirokchining barcha xodimlariga yetkazilishi lozim”.
250
5,712
Qonunchilik
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 264-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2919, 2017-yil 28-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 933-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi uchinchi xatboshisi “yetakchi mutaxassisiga” degan so‘zlaridan keyin “, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi hamda “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da va Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
183
1,733
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining “2004-yil makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining asosiy parametrlari va ularning bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 15-dekabrdagi 547-son qaroriga muvofiq hamda bank tizimini yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qarorida: 1-bandning to‘rtinchi xatboshidan “xususiy banklar bo‘yicha — so‘m ekvivalentida 0,3 mln AQSh dollari miqdorida” so‘zlari chiqarib tashlansin; 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “bir aksiyadorning yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir guruh aksiyadorlarning bank ustav sarmoyasidagi ulushi ustav sarmoyasi umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (xususiy banklar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar bundan mustasno);”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) 2-bandining uchinchi xatboshidagi “jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari (depozitlari)ning ko‘paygan” so‘zlari “jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari hamda joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmlarining ko‘paygan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini tartibga solish va respublika iste’mol bozorini himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida” 1993-yil 5-maydagi 204-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
143
1,926
Qonunchilik
Davlat statistika qoʻmitasining vakolatlari kengaytirildi
Prezident tomonidan 3 avgust kuni milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish toʻgʻrisidagi qaror imzolandi. Eslatib oʻtamiz, biz hujjatni loyiha bosqichida sharhlagan edik. Oʻsha paytda boshqalar qatorida, Davlat statistika qoʻmitasini Milliy statistika qoʻmitasiga aylantirish koʻzlangan edi, pirovardida bu  gʻoyadan voz kechishdi. Binobarin, sohada qator ijobiy oʻzgartirishlar kutilmoqda. Eng avvalo, Davlat statistika qoʻmitasining - barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari – mahalliy hokimiyatlardan mustaqilligi tamoyili mustahkamlandi.  Tegishincha, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi va hokimlar endi Davlat statistika qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari nomzodlarini taqdim etishmaydi. Statistika organlarining faoliyatiga, shu jumladan, rasmiy statistika hisobotlari va kuzatuvlarini oʻtkazish hamda ularni nashr qilish va e’lon qilish jarayonlariga har qanday tarzda aralashish taqiqlandi. Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan e’lon qilinadigan statistika ma’lumotlari rasmiy statistika aхboroti hisobladi. Shuningdek, Davlat statistika qoʻmitasi quyidagi huquqlarga ega boʻldi: Islohot Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Statistika kengashiga ham daхl qiladi. Eslatib oʻtamiz, bu oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organidir. Unga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi: Jamoatchilik kengashi faoliyatiga NNT, biznes, OAV vakillari, olimlar, milliy va хalqaro ekspertlar jalb qilinadi. Har yili 1 dekabrga qadar kelasi yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi Jamoatchilik kengashiga kelishish uchun taqdim etiladi, 1 oktyabrga qadar esa joriy yil dasturining bajarilishi natijalari toʻgʻrisidagi hisobot Statistika kengashiga kelib tushishi kerak. Davlat statistika qoʻmitasiga roʻyхatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun 65 ta qoʻshimcha shtat birligi soliq organlari shtatini maqbullashtirish hisobiga ajratildi. Ulardan 17 tasi markaziy apparatga, 48 tasi hududiy boshqarmalarga beriladi. Oleg Zamanov.
57
2,110
Qonunchilik
«Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ koʻmir tarmogʻiga mutasaddilik qiladi
Prezidentning 26.07.2017 yildagi PQ-3147-son qarori bilan «Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ  tarkibiga oʻtkazilgan “Oʻzbekkoʻmir” AJning bosh vazifalari, keyingi ishlarining yoʻnalishlari va tuzilmasi tasdiqlandi.  Bu haqda davlat rahbari saytida хabar beriladi. “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ «Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ  tarkibiga oʻtdi. Uning ijro etuvchi apparati tuzilmasida sanoat ishlab chiqarishi masalalari boʻyicha boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimi joriy etildi. Qaror bilan “Oʻzbekkoʻmir” AJning tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi (boshqaruv хodimlari – 57 birlik), shuningdek asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari tasdiqlandi. Shuningdek, mahsulotlarni sotish va yetkazib berish boʻyicha yagona korхona «Ko'mir ta’minot» MChJ tashkil etildi, “Oʻzbekkoʻmir” AJning mavjud hududiy distribyuterlik markazlarining unitar korхonalari esa uning filiallariga aylantirildi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov, ekspertimiz.
70
1,148
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N. Umarovning O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan hisobot davrida atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash borasida mamlakatda ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishga va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan muayyan ishlar olib borilgan. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari 2012-yilda o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan 2011-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012-yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan O‘zbekicton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida qo‘yilgan vazifalarni bajarishga yo‘naltirgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 24-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida”gi SQ-304-II-sonli qarorini ijro etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan, bular natijasida 2011-yildagiga nisbatan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashning umumiy hajmi 30,2 ming tonnaga pasaygan, 3,6 mln. kub metrga yaqin suv tejalgan, 1,7 ming gektar yer rekultivatsiya qilingan, 484,3 mingta ishdan chiqqan lyuminessent yoritqich utillashtirilgan. Markazlashgan manbalardan uzoqdagi 22 ta ijtimoiy ahamiyatga molik obyektda quyosh fotoelektrik stansiyalari o‘rnatilgan. Sakkizta daryoning, shu jumladan Amudaryo va Sirdaryoning suvni muhofaza qilish zonalaridan 220 ta potensial ekologik xavfli obyekt olib chiqilgan. Atrof muhitni ifloslantiruvchi 294,4 mingdan ortiq manba instrumental usulda tekshirilgan. O‘rnatilgan me’yorlardan ortiqcha atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarayotgan va oqizayotgan 18,9 mingdan ortiq ifloslantiruvchi manba aniqlangan. “Toza havo” tadbirining ikkita bosqichini o‘tkazish doirasida 38 ta avtotransport korxonasi, to‘qqizta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi va 244,8 ming avtotransport vositasi tekshirilgan, atrof muhitni ifloslantirishning o‘rnatilgan me’yorlaridan ortiqcha zararli moddalar chiqarib ishlayotgan 16,9 ming dona avtotransport vositasi aniqlangan, 46 nafar mansabdor shaxsga jami 5,4 mln so‘m miqdorida jarima solingan. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun 20,6 mingdan ortiq mansabdor shaxs va fuqaro javobgarlikka tortilgan, 1 987,9 mln so‘mlik, ya’ni o‘tgan yildagiga nisbatan 30,9 foiz ko‘p jarima solingan va atrof muhitga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha da’volar taqdim etilgan. Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalariga 6 444 mln so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushgan bo‘lib, shundan 2 905,8 mln so‘mdan ortiq mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va 759,3 mln so‘mdan ortiq mablag‘ Tabiatni muhofaza qilish respublika jamg‘armasiga o‘tkazilgan. Ustuvor yo‘nalishlar doirasida 2008 — 2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini ro‘yobga chiqarish yakunlanib, muayyan natijalarga erishilgan. Jumladan, Ishlar dasturi amalga oshirila boshlaganidan buyon 145,5 mingta avtotransport vositasini gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish hisobiga ko‘chma manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash 78,8 ming tonnaga qisqartirilgan, neft bilan birga chiqadigan 17,2 mlrd kub metrdan ortiq yo‘ldosh gazlar utillashtirilgan, “O‘zkimyosanoat” DAK obyektlarida azot oksidini chiqarib tashlash 3,5 mln tonnaga qisqartirilgan, Hisor suv omborida kichik GES qurilgan va ishga tushirilgan, u 116,3 mln kVt toza energiya ishlab chiqargan, 86 ming gektarga yaqin maydonda qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holati yaxshilangan. Ushbu Dasturning bajarilishi uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan sarflangan xarajatlar jami 376,14 mlrd so‘m, 427,79 mln AQSh dollari va 504,4 ming yevroni tashkil etgan. 2008 — 2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini bajarish natijasida atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, xo‘jalikni boshqarishga ekologik usullarni joriy etish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda, shuningdek fan, ekologik ta’lim va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim natijalarga erishilgan. 2013 — 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi loyihasi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomalar doirasida olingan, bajarish mas’uliyati O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi 2012 — 2015-yillarda sayg‘oqlarni muhofaza qilish, sonini ko‘paytirish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha Bitimga muvofiq birgalikdagi tadbirlar rejasi ro‘yobga chiqarilmoqda. YUNESKOning Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritish uchun uch tomonlama hujjat — “G‘arbiy Tyan-Shan” transchegaraviy nominatsiyasini tayyorlash to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiya” loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ekologik bilimlar va ta’limni targ‘ib qilish ishlari, shuningdek noshirlik faoliyati kuchaytirilgan. Milliy teleradiokompaniya bilan 2012-yilga mo‘ljallangan birgalikdagi teleko‘rsatuvlar dasturi amalga oshirilgan. 1200 dan ortiq televizion chiqish va ko‘rsatuv, 1038 ta radioeshittirish tashkil etilgan, matbuotda 1610 ta maqola va intervyu chop etilgan, kitoblar, bukletlar nashr etilgan, ko‘proq ko‘rgazmali tashviqotga, panno va plakatlar bilan bezashga e’tibor qaratilgan. 11 ta matbuot konferensiyasi, brifinglar, davra suhbatlari va sakkizta media-sayohat tashkil etilgan. Shu bilan birga, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birga ish olib borilayotgan bo‘lishiga qaramay, hozirga qadar o‘z yechimini talab qilayotgan kamchiliklar va muammolar mavjud. Xususan, 2008 — 2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini bajarish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qilish uchun mas’ul sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining mazkur Dastur va tegishli hududiy dasturlardagi tadbirlarni amalga oshirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish yetarli amalga oshirilmagan. 2012-yil yakunlariga ko‘ra 2008 — 2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturining 78 ta tadbiridan 71 tasi to‘liq bajarilgan, yettita tadbir bo‘yicha bajarish muddatlari uzaytirilgan. Ayni vaqtda atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy harakat dasturlarida rejalashtirilgan 289 ta tadbirdan 255 tasi bajarilgan, 15 ta tadbirning bajarilishi davom etmoqda, 14 ta tadbirni amalga oshirish muddati keyinroqqa ko‘chirilgan, beshta tadbir bajarilmagan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yetarli hamkorlik qilmaganligi tufayli suvni muhofaza qilish zonalaridan potensial ekologik xavfli obyektlarni olib chiqish ta’minlanmagan. Chunonchi, Sirdaryoning suvni muhofaza qilish zonasidan olib chiqilishi lozim bo‘lgan 75 ta obyektdan 22 tasi olib chiqilmagan, Zarafshon, Qoradaryo, Qashqadaryo, Norin, Surxondaryo va Chirchiq daryolarining suvni muhofaza qilish zonalaridan olib chiqilishi lozim bo‘lgan 151 ta potensial ekologik xavfli obyektdan beshtasi olib chiqilmagan. Toshkent shahri doirasida Chirchiq daryosi zonasida ekologik sog‘lomlashtirish bo‘yicha nazarda tutilgan 44 ta tadbirdan to‘qqiztasi bajarilmagan. Bioxilmaxillikni asrash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi va Harakatlar dasturi doirasida tabiatni muhofaza qilish dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish va baholash yetarlicha olib borilmagan. Xususan, biologik resurslardan barqaror foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan Dasturda bu resurslarni tabiatdan foydalanuvchilar amaliy faoliyatiga tatbiq qilish mexanizmiga aniqlik kiritilmagan. Yer maydonlari hosildorligini iqtisodiy baholash faqat o‘simlik dunyosiga taalluqli qismi bo‘yicha amalga oshirilgan. Olmaliq, Nukus, Toshkent, Chirchiq kabi shaharlarda atmosfera havosining ifloslanish darajasini ifloslantiruvchi moddalarning ayrim ingrediyentlari bo‘yicha ekologiya va sanitariya-gigiyena normalarigacha pasaytirish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yetarlicha samarali emas. Kichik daryolardagi suvning sifat holati bo‘yicha monitoring yetarli darajada o‘rnatilmagan. Chunonchi, Chirchiq daryosi va Salor kanali suvining ifloslanish darajasi sanitariya-gigiyena me’yorlaridan oshib ketgan. Andijon, Asaka, Xonobod shaharlarida (Andijon viloyati), Qarshi shahrida (Qashqadaryo viloyati), Kattaqo‘rg‘on shahrida (Samarqand viloyati), Guliston, Yangiyer, Shirin shaharlarida va Farhod shaharchasida (Sirdaryo viloyati) kommunal maishiy oqova suvlarni tozalash inshootlarining ishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalarida kamchiliklar mavjud. Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ekologik nazoratni amalga oshirishda, mamlakat mintaqalaridagi ekologik vaziyat va aholi salomatligini monitoring qilishda, shuningdek tabiatni muhofaza qilish dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yetarli natija bermayotir. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish chiqindilarini utillashtirish va ulardan takroran foydalanish, shuningdek ularni qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sust amalga oshirilmoqda. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qapop qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N. Umarovning O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek 2012-yilda tabiatni muhofaza qilish dasturlarini amalga oshirish borasidagi ishlari yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tilsin. 3. Yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish va 2013-yilda ularga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (N. Umarov): atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan o‘tkazilayotgan davlat nazoratining ta’sirchanligi hamda natijaliligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin; 2008 — 2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi va hududiy dasturlarni bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolarni tanqidiy tahlil qilsin va kelgusida tegishli dasturlarni ishlab chiqishda ularni inobatga olsin; 2013 — 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilishning ta’sirchan mexanizmini belgilasin; O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan qonunlari va xalqaro huquq me’yorlarini inobatga olgan holda Bioxilmaxillikni asrash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi va Harakatlar dasturini yangilash choralarini ko‘rsin; tabiatni muhofaza qilish dasturlari amalga oshirilishi, xususan O‘zbekiston Respublikasining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik vaziyatning barqarorligini ta’minlash va undan samarali foydalanish bo‘yicha 2008 — 2015-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasida baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar dasturi bajarilishining borishi ustidan tizimli monitoringni ta’minlasin, manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda ularni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rsin; vakolati doirasida Zarafshon, Qoradaryo, Qashqadaryo, Norin, Sirdaryo, Surxondaryo va Chirchiq daryolarining suvni muhofaza qilish zonasidagi potensial ekologik xavfli obyektlarni olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsin; Olmaliq, Nukus, Toshkent, Chirchiq shaharlarida atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni ayrim ingrediyentlar bo‘yicha ekologiya va sanitariya-gigiyena normalarigacha pasaytirish borasida ta’sirchan chora-tadbirlar bajarilishini ta’minlasin; Investitsiya dasturiga kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda maishiy chiqindilarni utillashtirish hamda qayta ishlash bo‘yicha texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan takliflar tayyorlasin; Namangan va Toshkent viloyatlaridagi sobiq konlar hududidagi ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rsin; ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarda qayta tiklanadigan ekologik toza energiya manbalarini o‘rnatish va ularni keng joriy etish bo‘yicha ishlarni davom ettirsin; Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlariga ular tomonidan mamlakat mintaqalaridagi ekologik holat va aholi salomatligi monitoringini amalga oshirishda yordam bersin; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (B. Xodiyev) va boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar bilan birgalikda ekologiya fanini rivojlantirish, ekologik bilimlarni keng targ‘ib qilish va ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: Olmaliq, Nukus, Toshkent va Chirchiq shaharlarida atmosfera havosining ifloslanish darajasini sanitariya-gigiyena normalarigacha pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rsin; Zarafshon, Qoradaryo, Qashqadaryo, Norin, Sirdaryo, Surxondaryo va Chirchiq daryolarining suvni muhofaza qilish zonalaridan potensial ekologik xavfli obyektlarni olib chiqish bo‘yicha ishlarni tugallasin; aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin; Andijon, Asaka, Xonobod shaharlarida (Andijon viloyati, A. Usmanov), Qarshi shahrida (Qashqadaryo viloyati, T. Djurayev), Kattaqo‘rg‘on shahrida (Samarqand viloyati, Z. Mirzayev), Guliston, Yangiyer, Shirin shaharlarida va Farhod shaharchasida (Sirdaryo viloyati, O. Ashurmatov) sanoat va maishiy oqova suvlarni kommunal tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularning ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilsin; O‘zbekiston Respublikasida atrof muhitni muhofaza qilishning 2013 — 2017-yillarga mo‘ljallangan hududiy harakat dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman hamda shahar Kengashlari: atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari va tegishli tabiatni muhofaza qilish dasturlari ijro etilishini davriy ravishda o‘rgansin; soha qo‘mitasi va komissiyalari majlislarida 2008 — 2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli hududiy harakat dasturlarini bajarish yakunlari ko‘rib chiqilishini ta’minlasin; ushbu qarorni ijro etishning borishi sessiyalarda yoki soha qo‘mitasi va komissiyalari majlislarida muhokama etilishini tashkil qilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (N. Umarov) ushbu qarorni ijro etishning borishi to‘g‘risida 2014-yilning 20-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin. 7. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi (X. Razzakov) zimmasiga yuklatilsin.
200
16,861
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 245-moddaning birinchi qismidagi: “43” raqami “43 (bundan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “1972” raqami “1972, 1973” raqamlari bilan almashtirilsin; “2002” raqami “2002 (bundan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “2411 — 2418 va 24110” degan so‘zlar “2415 va 2417” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 2458-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga ushbu Kodeksning 43 (tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari qismida), 2002 (tadbirkorlik subyektlarining huquqlari buzilishi qismida), 2411 — 2414, 2416, 2418, 24110-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tarzidagi ma’muriy jazolarni qo‘llashga uning o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni bosh inspektorlari haqlidir”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
125
4,714
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga qo‘shimchalar kiritilsin: 1. “Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi PF-1154-son Farmonida: 2-bandning birinchi xatboshi oxiridagi “hisoblansin” so‘zidan keyin vergul qo‘yilib, “qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.” degan so‘zlar qo‘shilsin.
93
504
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yic
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 30-noyabrdagi PQ-4040-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xo‘jaligi tizimida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 4-modda): a) 3-bandning uchinchi-to‘rtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “2019-yil 1-yanvardan boshlab, atrof-muhitni ifloslantirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan undiriladi hamda quyidagi tarzda taqsimlanadi: 74 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga; 26 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga”; b) 1-ilovada: 2-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan atrof-muhitni ifloslantirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismini undirishda”; 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “30. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha abonentlar tomonidan ishlab chiqarish oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tarmog‘iga qabul qilib olish qoidalariga rioya qilinmaganligi to‘g‘risidagi axborotni ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlaydilar”; 31-banddagi “Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarining taqdimnomalariga binoan” so‘zlari “Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari ushbu axborotlar asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 32-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “32. Hisobot davri yakunlari bo‘yicha suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari ifloslantiruvchi moddalarni ochiq suv havzalariga yoki joy relyefiga chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblaydi va ularning to‘lanishini amalga oshiradi, bunda ifloslantiruvchi moddalarni kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizganlik uchun ularning abonentlariga hisoblab yozilgan to‘lovlarning to‘langan summasini chegirib tashlaydilar”; 41-banddagi “Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari” so‘zlari “Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 6-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizom 10-bandining “v” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “atrof-muhitni ifloslantirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismini undiradi”. 3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandida: uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin. 4. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2022-yillarda yer osti chuchuk suvlarini ishlatishni kengaytirish hisobiga Farg‘ona vodiysi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi 779-son qarorining rus tili matnidagi 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Chistaya pityevaya voda” so‘zlari “razvitiya sistem vodosnabjeniya i kanalizatsii” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-oktabrdagi 820-son qarorining 2-bandida: “b” kichik banddagi “undiriladi” so‘zidan keyin “(kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi “v” kichik band qo‘shilsin: “v) atrof-muhitni ifloslantirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan undiriladi hamda quyidagi tarzda taqsimlanadi: 74 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga; 26 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga”.
250
5,816
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1993-yil 28-aprelda Bonn shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
161
254
Qonunchilik
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida
Xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida: 2. Quyidagilar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda ― Jamg‘arma) resurs bazasining manbalari etib belgilansin: Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasini va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini keyinchalik tugatish va ularning tegishli ravishda 50 million dollar hamda 100 milliard so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari shaklida ushbu qarorning 1-ilovasida qayd etilgan tashkilotlar badallari hisobidan shakllantiriladigan Jamg‘armaning boshlang‘ich badali; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari, 2017-yilda Jamg‘arma resurs bazasini shakllantirish uchun — 100 milliard so‘m; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan qismi; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari; Jamg‘armaning, jumladan, depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamg‘arma resurs bazasini to‘ldirish uchun har yili mablag‘ ajratishni ko‘zda tutsin. 31. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklarning maksimal umumiy qiymati 10 trillion so‘mdan, biroq Jamg‘arma mablag‘larining 20 barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda o‘rnatiladi. 51. Jamg‘arma Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi, 1-uy, (7-qavat) manzili bo‘yicha beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin va O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasining “Moliya Binokor Xizmat” sho‘ba korxonasi Jamg‘armaga beg‘araz taqdim etilgan xizmat binosi bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod etilsin. 6. Jamg‘arma barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etilsin va bo‘shagan mablag‘lar uning resurs hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltirilsin. 7. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengash 2018-yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tarmoqlar va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlanadigan loyihalarni amalga oshirishga doir takliflar kiritsin. 8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini keng jalb etgan holda, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida ushbu qaror maqsad va vazifalarini aholi hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida muntazam va har tomonlama tizimli asosda yoritishni ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.A. Qo‘chqorov, Markaziy bank raisi M.B. Nurmurotov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikromov zimmasiga yuklansin.
90
3,831
Qonunchilik
Pillachilik va tutchilik tashkilotlarining хarajatlari qanday qoplanadi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish teхnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan хarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (10.03.2021 yildagi 128-son VMQ). Prezidentning 17.01.2020 yildagi «Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4567-son qaroriga muvofiq yangi intensiv tutzorlar barpo etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan: Suvni tejaydigan sugʻorish teхnologiyalarini joriy qilish, sugʻorish quduqlarini qazish hamda nasos stansiyalarini qurish uchun sarflanadigan хarajatlarning bir qismini qoplash uchun 2021 yilda Respublika byudjetining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan va 2022 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida subsidiyalar ajratilishi nazarda tutiladi. Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish teхnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan хarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar nazarda tutiladi: Bunda har bir gektar tutzor maydoniga subsidiya miqdori subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdoriga yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentni koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.03.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
71
1,495
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining: “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son farmoniga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs tashkil etmasdan, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilganligi; “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Faoliyati parvozlar xavfsizligi ta’minlanishini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi rahbarlari va xodimlarining mehnatiga takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) xodimlari mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofaza qilish, o‘qitish va malakasini oshirishni; Agentlik vazifalarining samarali bajarishlarini ta’minlashni; Agentlikni moddiy-texnik ta’minlash, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni moliyalashtirish chora-tadbirlarini takomillashtirish. 3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: qonun hujjatlariga muvofiq pulli xizmatlar ko‘rsatishdan, shu jumladan aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berishdan tushadigan mablag‘larning 100 foizi; ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun Agentlik xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar miqdorining 80 foizi; “O‘zaeronavigatsiya” markazi sof foydasining 5 foizi; aviatsiya xavfsizligi uchun undiriladigan yig‘imlar miqdorining 3 foizi; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va kreditlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va sarflanishi milliy valyutada hisobga olinadi. 5. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq Agentlikning daromadlar manbalari bo‘yicha ochilgan maxsus g‘aznachilik shaxsiy hisobvaraqlarida jamlanadi. 6. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: a) Agentlikni moddiy-texnik ta’minlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari bilan qoplanmagan boshqa xarajatlar uchun; b) Agentlik xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish, mukofotlash, moddiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish, o‘qitish va malakasini oshirish, shu jumladan: Agentlik xodimlariga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash; Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalarida imtiyozli (maxsus) tarzda yurish xarajatlarni qoplash uchun; v) Agentlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish, shu jumladan: vakillik xarajatlarini, shuningdek, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, treninglar va davra suhbatlarini o‘tkazish xarajatlarini qoplash, suvenirlar, mahsulotlar, bukletlar va axborot-ma’rifiy materiallarni xarid qilish; xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun; g) qonunchilikda taqiqlanmagan Agentlik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlar uchun. 7. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tkaziladi. 8. Jamg‘arma mablag‘laridan har yili Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi. Agentlik daromadlari va xarajatlari smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 9. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasi kelgusi yil uchun mablag‘lar tushishining kutilayotgan prognozi va tadbirlar o‘tkazish zaruratidan kelib chiqqan holda tuziladi. 10. Agentlikning tashabbusi bilan zarur hollarda, Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar miqdoridan kelib chiqqan holda, belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 11. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va qat’iy maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi. 12. Agentlik direktori Jamg‘arma mablag‘laridan qonuniy va maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi. 13. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi. 2. Faoliyati parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan Agentlik rahbarlari va xodimlarining lavozim maoshlari takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentini qo‘llagan holda uch barobar miqdorda belgilanadi: bitta lavozim maoshi — budjet mablag‘lari hisobidan, ikkita lavozim maoshi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi). Qo‘shimcha haq va ustamalar lavozim maoshlarining umumiy yig‘indisidan belgilanadi. 3. Agentlik xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, shuningdek, ularga moddiy yordam ko‘rsatish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi: a) budjet ajratmalari hisobidan: Agentlik xodimlarining lavozim maoshlari; qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda davlat xizmatchilarining lavozim maoshiga mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti; yiliga mehnatga haq to‘lashning ikki oylik fondi miqdoridagi mukofotlar; bir yilda bir marotaba bir oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam to‘lovlari; Agentlik xodimlarining mehnatini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash fondi mablag‘larining 15 foizi miqdorida moddiy taqdirlash va rag‘batlantirish; faxriy unvonlar uchun qo‘shimcha haqlar; b) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan: faoliyati parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan Agentlik rahbarlari va xodimlarining ikkita lavozim maoshlari; vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash; Agentlik xodimlarining ushbu Nizom 3-bobida ko‘rsatilgan har oylik ustamalari, moddiy yordam va mukofotlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qo‘shimcha haq va ustamalar. 4. Amaldagi (uchuvchi, shturman) guvohnomalarga ega bo‘lgan rahbar va inspektorlar tarkibiga lavozim maoshiga har oy quyidagi miqdorlarda ustamalar belgilanadi: Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (keyingi o‘rinlarda IKAO deb ataladi) tilni bilishni baholash shkalasi bo‘yicha ingliz tilini 4-darajadan past bo‘lmagan darajada bilish va amaliy faoliyatda qo‘llashi uchun — 15 foiz; 2 — darajali malaka uchun — 30 foizgacha; 1 — darajali malaka uchun — 50 foizgacha; fuqaro aviatsiyasining amaldagi (uchuvchi, shturman) guvohnomasi uchun 50 foizgacha; 1 soat parvoz vaqti uchun — O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravarigacha miqdorida. Bir oyda 10 soatdan oshgan haqiqiy parvoz vaqti uchun haq to‘lanmaydi. 5. Havodagi harakatni boshqarish bo‘yicha amaldagi dispetcher guvohnomasiga ega bo‘lgan rahbar va inspektorlar tarkibiga lavozim maoshiga har oy quyidagi miqdorlarda ustamalar belgilanadi: IKAOning tilni bilishni baholash shkalasi bo‘yicha ingliz tilini 4-darajadan past bo‘lmagan darajada bilish va amaliy faoliyatda qo‘llash uchun — 15 foiz; 2 — darajali malaka uchun — 30 foizgacha; 1 — darajali malaka uchun — 50 foizgacha; havodagi harakatni bevosita boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ish o‘rinlarida mustaqil ishlashga ruxsatnoma uchun — 30 foizgacha; havo harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimida mustaqil ishlashga ruxsatnoma uchun — 30 foizgacha; havodagi harakatni boshqarish bo‘yicha amaldagi dispetcher guvohnomasi uchun — 50 foizgacha; havo kemalariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va havo hududidan foydalanishni tekshirish hamda nazorat qilish uchun — 50 foizgacha. 6. Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaldagi muhandis guvohnomasiga ega bo‘lgan rahbar va inspektorlar tarkibiga lavozim maoshiga har oy quyidagi miqdorlarda ustamalar belgilanadi: xodimga har bir havo kemasi turi uchun berilgan toifalar turi va soniga qarab 26 foizdan 170 foizgacha; havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish ruxsatnomasi uchun — 60 foizgacha; havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaldagi muhandis guvohnomasi uchun — 16 foizgacha. 7. Agentlik direktori va uning o‘rinbosariga alohida muhim parvozlarni tashkil etishda ishtiroki uchun har oylik lavozim maoshiga 30 foizdan 40 foizgacha miqdorda ustamalar belgilanadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun har oylik lavozim maoshiga ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi: 3 yildan 5 yilgacha — 15 foiz, 5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz, 10 yildan 15 yilgacha — 30 foiz, 15 yildan 20 yilgacha — 40 foiz, 20 yil va undan ortig‘iga — 50 foiz. 9. Bayram kunlari munosabati bilan beriladigan mukofotlar — bir lavozim maoshigacha bo‘lgan miqdorda (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) haqiqatda ishlangan vaqtdan qat’i nazar to‘lanadi. Tashabbuskorlik va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarganliklari uchun Agentlik xodimlari bir yilda bir marotaba ikki oylik ish haqi miqdorida ularning faoliyatini alohida baholash asosida mukofotlanishi mumkin. O‘rindoshlik asosida ishlarni bajarganlik uchun rag‘batlantirish Agentlik xodimlariga belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 10. Agentlik xodimlariga mehnatga haq to‘lash fondidan ikki yuz foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanadi, mazkur Nizomning ikkinchi bandida ko‘rsatilgan rahbar va xodimlar bundan mustasno. Ustamaning aniq miqdori Agentlik direktori tomonidan xodimlar faoliyatini alohida baholash asosida belgilanadi. 11. Zarur hollarda (davolanish, to‘y marosimi, yaqin qarindoshlarining dafn marosimi, baxtsiz hodisa bilan bog‘liq hollarda), Agentlik xodimlariga kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining to‘rt baravarigacha miqdorda moddiy yordam to‘lanadi. 12. Agentlik xodimlariga, mehnat ta’tiliga chiqish sanasi kuniga bir kalendar yilda bir marta lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam to‘lovi amalga oshiriladi. 13. Agentlik xodimlariga bir yilda bir marotaba O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalarida imtiyozli (maxsus) tarzda yurishga ruxsat beriladi. 14. Agentlik xodimlariga, foydalanilmagan mehnat ta’tili vaqti uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya taqdim etilishi mumkin. 15. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan to‘lovlarning barcha turlari Fondda mablag‘lar mavjud bo‘lganda, Agentlik direktorining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. 16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
159
12,876
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
124
371
Qonunchilik
Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 9-sentabrdagi 168-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1864, 2008-yil 10-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 419-modda) bilan tasdiqlangan Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 9-son, 105-modda)” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi nizomga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 1-bandda: to‘rtinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilardagi “yuritgich” degan so‘z “dvigatel” degan so‘z bilan almashtirilsin; beshinchi va o‘n to‘qqizinchi xatboshilardagi “yuritgichli” degan so‘z “dvigatelli” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3. 2-banddagi “250” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin. 4. 12-bandda: ikkinchi xatboshidagi “yuritgichlari” degan so‘z “dvigatellari” degan so‘z bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “yuritgichlar” va “yuritgichlarni” degan so‘zlar tegishlicha “yuritmalar” va “dvigatellarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “yuritgichlarning” degan so‘z “dvigatellarning” degan so‘z bilan almashtirilsin. 5. 15-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “mahalliy elektr stansiyalari generatorlarining va sinxron dvigatellarning reaktiv quvvatidan 6–10 kV hamda 1000 V gacha kuchlanishli tarmoqlar uchun foydalanishning kerakli darajasini belgilash;”. 6. 20-bandda: uchinchi xatboshidagi “yuritgichlar” degan so‘z “dvigatellar” degan so‘z bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidan “bo‘lmagan” degan so‘z chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshi quyidagi tahririda bayon etilsin: “60 foizdan kam yuklanadigan asinxron dvigatellarni texnik-iqtisodiy asoslanish va quvvati kamroq bo‘lgan dvigatellarga almashtirish, bunda almashtirishning amaliy imkoniyati bo‘lishi shart;”; oltinchi xatboshidagi “yuritgichlarni” va “yuritgichlarga” degan so‘zlar tegishlicha “dvigatellarni” va “dvigatellarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “28. Reaktiv energiya va quvvat kompensatsiyasi uchun elektr energiyasi bo‘yicha tarifdan chegirmalar va tarifga ustamalar Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq belgilanadi.”. 8. Nizom ilovasida: a) muqaddimada: birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilardagi “yuritgichlar” degan so‘z “dvigatellar” degan so‘z bilan almashtirilsin; o‘n to‘qqizinchi xatboshidagi “yuritgichlarni” va “yuritgichlarga” degan so‘zlar tegishlicha “dvigatellarni” va “dvigatellarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; yigirmanchi xatboshidagi “yuritgichlar” va “yuritgichlarni” degan so‘zlar tegishlicha “dvigatellar” va “dvigatellarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; yigirma birinchi xatboshidagi “yuritgich” degan so‘z “dvigatel” degan so‘z bilan almashtirilsin; yigirma ikkinchi xatboshidagi “yuritgichlarning” degan so‘z “dvigatellarning” degan so‘z bilan almashtirilsin; b) 1-bandning “b” kichik bandidagi “yuritgichlar” degan so‘z “dvigatellar” degan so‘z bilan almashtirilsin; v) 6-bandda: yettinchi xatboshidagi “yuritgichlarning” degan so‘z “dvigatellarning” degan so‘z bilan almashtirilsin; sakkizinchi xatboshidagi “yuritgichlar” degan so‘z “dvigatellar” degan so‘z bilan almashtirilsin; g) 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yuritgichi” degan so‘z “dvigateli” degan so‘z bilan almashtirilsin; d) 10-banddagi “o‘rtasidagi ts burchagi” degan so‘zlar “o‘rtasidagi φ burchagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; e) 12-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “yuritgichlar” degan so‘z “dvigatellar” degan so‘z bilan almashtirilsin; j) 4-jadvaldagi “yuritgichlar” degan so‘z “dvigatellar” degan so‘z bilan almashtirilsin. 9. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘rtaosiyoenergotarmoqloyiha” Ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
124
4,854
Qonunchilik
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4061-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin. 1. 1-bandda: a) “sportning olimpiya turlari” so‘zlaridan keyin “shu jumladan, sportning texnik va amaliy turlari” so‘zlari qo‘shilsin; b) “shashka” so‘zidan keyin “avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari” so‘zlari qo‘shilsin. 2. Quyidagi tahrirdagi 21-band qo‘shilsin: “21. Avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari xamda olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda (Olimpiya o‘yinlari, Osiyo o‘yinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatida) birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari tegishli oliy ta’lim muassasalariga ta’limning ushbu sohadagi yo‘nalishlariga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadilar”.
233
2,112
Qonunchilik
Mamlakat tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal qilishda parlament diplomatiyasi rolini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qaror qiladilar: 1. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 263-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakat tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal qilishda parlament diplomatiyasi rolini yanada kuchaytirish bo‘yicha “Yo‘l xariatsi” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu Qo‘shma qarorning ijrosini nazoart qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A. Qodirov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin. 3. Ushbu qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
136
907
Qonunchilik
JIZZAX VILOYaTINING DAShTOBOD ShAHRINI VILOYaTGA BO‘YSUNUVChI ShAHARLAR TURKUMIGA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. Jizzax viloyati hokimining tumanga bo‘ysunuvchi Dashtobod shahrini viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi iltimosi qondirilsin. 2. Xalq deputatlari Dashtobod shahar Kengashiga deputatlar saylovini o‘tkazish xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga topshirilsin.
102
348
Qonunchilik
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 7-noyabrda qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
166
644
Qonunchilik
Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tijorat banklarida statistik hisobotlarni (bundan buyon matnda statistik hisobotlar deb yuritiladi) yuritish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tijorat banklari uchun tatbiq etiladi. 2. Tijorat banklarining statistik hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bank-moliya tizimi rivojlanishi holati va pul-kredit munosabatlariga oid to‘liq va obyektiv ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida joriy etiladi. 3. Statistik hisobotlar tijorat banklari tomonidan mazkur Qoidalarning 1 — 50-ilovalarida belgilangan shakllarga muvofiq taqdim etiladi. 4. Statistik hisobotlar tijorat banklari rahbarlarining tegishli buyrug‘i bilan mas’ul etib belgilangan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan tayyorlanadi. Tayyorlangan statistik hisobotlar tijorat banklarining birinchi rahbarlari (istisno hollarda ularning o‘rinbosarlari) va bosh buxgalterlari tomonidan tekshiriladi va imzolanadi. 5. Statistik hisobotlarda ko‘rsatkichlar butun sondan keyin uchta raqamgacha yaxlitlangan holda aks ettirilib, yakuniy natijalarning to‘g‘riligi saqlanib qolinishi hamda statistik hisobotlar va balans ma’lumotlarining o‘zaro muvofiqligi ta’minlanishi zarur. 6. Statistik hisobotlar tijorat banklarining Bosh banklari tomonidan Markaziy bankka quyidagi tartibda: mazkur Qoidalarning 1 — 31-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq Markaziy bankning Statistika va tadqiqotlar departamentiga har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar; mazkur Qoidalarning 32 — 34-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq Markaziy bankning Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamentiga har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar; mazkur Qoidalarning 35-36-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq Markaziy bankning Amaliyot departamentiga har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar; mazkur Qoidalarning 37-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamentiga har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar; mazkur Qoidalarning 38-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentiga har haftaning dushanba kuni; mazkur Qoidalarning 39-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamentiga har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar; mazkur Qoidalarning 40-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq Markaziy bankning Monetar operatsiyalar departamentiga har o‘n to‘rt kunda; mazkur Qoidalarning 41 — 46-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentiga har oy hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar; mazkur Qoidalarning 47-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq har oy hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasiga qadar, 48-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq har oy hisobot oyidan keyingi oyning 4-sanasiga qadar hamda 49-50-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamentiga taqdim etiladi. 7. Statistik hisobotlar tijorat banklarining filiallari tomonidan Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha Bosh boshqarmalariga (bundan buyon matnda Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari deb yuritiladi) quyidagi tartibda taqdim etiladi: mazkur Qoidalarning 1, 2, 4, 5, 7 — 18, 20, 21, 23 — 34-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar; mazkur Qoidalarning 41 — 43 va 46-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq har oy hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar. 8. Agar statistik hisobotlarni yuborish kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, statistik hisobotlar dam olish kunidan keyingi birinchi ish kunida yuboriladi. 9. Statistik hisobotlarni tuzish va taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish hamda statistik hisobotlarni avtomatik ravishda shakllantirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda elektron tizimlardan foydalangan holda tegishli dasturiy ta’minotlar joriy qilinishi mumkin. Tijorat banklarida dasturiy ta’minotlar vositasida shakllantiriladigan statistik hisobotlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron tizimlarga to‘g‘ri, to‘liq va o‘z vaqtida kiritib borilishi uchun tijorat banklari rahbarlarining tegishli buyrug‘i bilan mas’ul tarkibiy bo‘linmalar va xodimlar belgilanadi. 10. Tijorat banklarining rahbarlari: statistik hisobotlarning to‘g‘ri, haqqoniy va to‘liq shakllantirilishini hamda belgilangan muddatlarda taqdim etilishini; dasturiy ta’minotlar vositasida shakllantiriladigan statistik hisobotlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron tizimlarga to‘g‘ri, to‘liq va o‘z vaqtida kiritib borilishini nazorat qiladilar. 11. Tijorat banklari o‘z ehtiyojlari uchun mazkur Qoidalarning ilovasida ko‘zda tutilmagan statistik hisobot shakllarini mustaqil ravishda ishlab chiqishlari va joriy etishlari mumkin. 12. Markaziy bank markaziy apparatining mas’ul tarkibiy bo‘linmalari va Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari: statistik hisobotlarning o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etilishini muntazam ravishda nazorat qiladilar; statistik hisobotlarni tuzish yuzasidan tijorat banklariga tegishli tushuntirishlar va amaliy yordam beradilar; statistik hisobotlarni tuzish muddatlari va tartibi buzilishi holatlarini bartaraf etish, ularning haqqoniyligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘radilar. 13. Statistik hisobotlar Markaziy bank markaziy apparatining mas’ul tarkibiy bo‘linmalari va Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari tomonidan tegishli ko‘rsatkichlarni balans hamda boshqa statistik hisobotlar ma’lumotlari bilan solishtirish, oldingi sanalardagi statistik hisobotlar ko‘rsatkichlari bilan tahliliy va mantiqiy taqqoslash orqali tekshiriladi. 14. Statistik hisobotlarda Markaziy bank markaziy apparatining mas’ul tarkibiy bo‘linmalari yoki Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari tomonidan xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan holatlarda tegishliligi bo‘yicha tijorat banklariga mazkur xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar beriladi hamda tuzatilgan statistik hisobotlarning taqdim etilishi nazoratga olinadi. 15. Statistik hisobotlar taqdim qilingandan so‘ng ushbu statistik hisobotlarni shakllantirgan tijorat banklari tomonidan xato va kamchiliklar aniqlangan holatlarda tegishliligi bo‘yicha Markaziy bank markaziy apparatining mas’ul tarkibiy bo‘linmalari yoki Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari bu haqda darhol xabardor qilinadi. 16. Statistik hisobotlardagi xato va kamchiliklar tijorat banklari tomonidan bartaraf etiladi hamda tuzatilgan statistik hisobotlar tijorat banklarining birinchi rahbarlari (istisno hollarda ularning o‘rinbosarlari) va bosh buxgalterlari tomonidan tekshiriladi va imzolanadi. 17. Tuzatilgan statistik hisobotlar tegishliligi bo‘yicha Markaziy bank markaziy apparatining mas’ul tarkibiy bo‘linmalari yoki Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga taqdim etiladi. 18. Statistik hisobotlarda aks ettirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va ularning o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik tijorat banklari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. 19. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan.
80
8,829
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO‘LLARDA YuK VA YO‘LOVChILAR TAShISh XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 2-martdagi PF-2815-son Farmonini bajarish yuzasidan, temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish sohasidagi faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish, yuk va yo‘lovchilar xavfsiz tashilishi nazorat qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi) hamda uning markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq; “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlarining cheklangan soni 79 nafardan, shu jumladan markaziy apparat xodimlari soni 42 nafardan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat etib belgilansin. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida boshliqning ikki nafar, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin. Belgilansinki, “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining boshlig‘i, boshliqning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi vazirining birinchi o‘rinbosariga, boshliqning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari tegishli ravishda vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining ta’minoti: yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuk va yo‘lovchilar tashishdan olinadigan daromaddan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan miqdorlardagi majburiy to‘lovlar; temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuklar tashishga litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablag‘larining bir qismi; temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuklar tashishga litsenziyalar berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im; temir yo‘l texnikasi va asbob-uskunalarini sertifikatlashdan tushadigan mablag‘lar hisobiga qoplanadi. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ta’minoti xarajatlari smetasi “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. 4. Belgilansinki, “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, joylardagi hokimiyat organlari, temir yo‘l transporti xizmatlari ko‘rsatuvchi yoki ulardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 5. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasiga Vazirlar Mahkamasi komissiyasining qarori asosida mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik subyektlariga temir yo‘l transporti sohasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat turlariga litsenziya berish huquqi berilsin. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Temir yo‘l transporti sohasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat turlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlariga “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tegishli toifadagi xodimlari uchun amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash shartlari va imtiyozlar tizimi saqlab qolinsin. 7. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlariga belgilangan namunadagi kiyim-bosh kiyib yurish huquqi berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Toshkent shahri, Turkiston ko‘chasi, 7-uyga joylashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Isayev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi) davlat organi hisoblanadi, u poyezdlar xavfsizligini ta’minlash sohasida chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l ma’muriyati funksiyalarini hamda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga oid belgilangan qoidalar va normalarga tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. 2. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 3. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhrga, bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 4. Quyidagilar “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini ta’minlashga oid profilaktika chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish; temir yo‘llardan texnik foydalanish, shuningdek yuk va yo‘lovchilar tashishda ko‘rsatiladigan xizmatlarga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; temir yo‘l transporti sohasidagi faoliyatni sertifikatlash, standartlash va litsenziyalash; poyezdlar harakati xavfsizligi qoidalari buzilishlari oqibatlarini tugatishda tiklash vositalari ishlarini ta’minlash va samaradorligini oshirish, odamlarni qutqarish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish; loyihalarni ekspertiza qilishda hamda temir yo‘l transportining yangidan qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan obyektlarini doimiy yoki vaqtincha foydalanishga qabul qilib olish ishlarida ushbu obyektlarda poyezdlarning xavfsiz harakat qilishini ta’minlash yuzasidan qatnashish; sanoat korxonalari va tashkilotlarining, idoraviy qarashliligidan qat’i nazar, ularning kirish yo‘llarida harakat xavfsizligi ahvolini tekshirish; kompaniya raisi nomenklaturasiga kiruvchi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yangidan lavozimga tayinlanayotgan xodimlari temir yo‘llardan texnik foydalanish qoidalari va yo‘riqnomalarni bilishlarini komissiya tuzib tekshirish hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining boshqa xodimlari (alohida ro‘yxat bo‘yicha), shuningdek, poyezdlar harakati xavfsizligi qoidalarining u yoki boshqacha buzilishlariga yo‘l qo‘ygan xodimlari bilimlarini vaqti-vaqti bilan tekshirish; poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash masalalarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik qilish. 5. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida texnik foydalanish qoidalariga, poyezdlar harakati va manevr ishlari yo‘riqnomasiga, signalizatsiya va aloqa yo‘riqnomasiga, shuningdek, temir yo‘l transporti texnika vositalarining avariyasiz ishlashini tartibga soluvchi boshqa yo‘riqnomalar va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini olib borish; tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan profilaktika tadbirlari ishlab chiqilishi va belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi ustidan davlat nazoratini olib borish; O‘zbekiston Respublikasi hududida va boshqa mamlakatlar hududida joylashgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi xizmat ko‘rsatadigan temir yo‘l uchastkalarida temir yo‘l hodisalari (avariya, halokat)ga oid xizmat tekshiruvlari o‘tkazilishini nazorat qilish va ularda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning yo‘lovchi tashish poyezdlari bilan bo‘lgan temir yo‘l xodisalariga oid xizmat tekshiruvini o‘tkazish va boshqa davlatlar hududida yo‘lovchilar tashish poyezdlari bilan bo‘lgan temir yo‘l hodisalarini tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish; vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan temir yo‘l hodisalarining xizmat tekshiruvlari to‘g‘riligini nazorat qilish; temir yo‘l hodisalari hisobini yuritish hamda vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda poyezdlar harakati xavfsizligi ahvolini tahlil qilish, shuningdek yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligining ahvoli to‘g‘risida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarni xabardor qilish; manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi hududida temir yo‘l hodisalari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni tasniflash va xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi bo‘yicha normativ hujjatlarni va harakatdagi sostavni va temir yo‘l transporti vositalarini sertifikatlash bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuklar tashish faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalashni tashkil etish; temir yo‘l transporti sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarda litsenziyalar mavjudligini, ular tomonidan litsenziya shartnomalari shartlari, shuningdek tegishli qonun hujjatlari bajarilishini nazorat qilish; ham kompaniya obyektlarida ishlovchi, ham mustaqil ishlovchi, lekin o‘z faoliyatida harakatdagi sostavdan yoki boshqa texnika vositalaridan foydalanuvchi temir yo‘l transporti bo‘linmalarining, qurilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning ishini ular poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan texnik taftishlari va tekshiruvlar o‘tkazilishini tashkil etish va ularni amalga oshirish; temir yo‘l transporti texnika vositalarining ishonchliligini oshirish, poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlovchi texnika vositalarini joriy etish rejalari bajarilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini nazorat qilish; “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bo‘linmalari taftishchilari ishiga metodik rahbarlik qilish; temir yo‘l transportida xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida xulosalar berish. 6. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi quyidagi huquqlarga ega: temir yo‘l hodisalariga oid o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi materiallarini belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga berish; yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha vazirliklar va idoralar vakillarining, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining, shuningdek yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi qoidalari buzilishlari hollari tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar raislarining hisobotlari va axborotlarini eshitish; tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalardan yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha normativ hujjatlar, tadbirlar rejalari, buyruqlar, yo‘riqnomalar, hujjatlar, ma’lumotlarni, shu jumladan yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi qoidalari buzilishlari hollari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni tekshirish materiallarini talab qilish va olish; yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar, buyruqlar va ko‘rsatmalarni buzayotgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishdan chetlatishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish; temir yo‘l transporti texnika vositalaridan foydalanishni va ishlarni amalga oshirishni to‘xtatish, odamlarning hayoti va salomatligiga, yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligiga xavf soluvchi nosozliklar tufayli peregonlarda, stansiyalarda va kirish yo‘llarida poyezdlar harakatini to‘xtatish yoki harakat tezligini cheklash to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish; lokomotivlar, motor vagonli harakatdagi sostav, vagonlar, yo‘llar va o‘tkazish stryelkalari, signalizatsiya va aloqa qurilmalari, bog‘lanish tarmoqlari sifatsiz ta’mirlangan hollarda ularni tuzatishdan chiqarishni taqiqlash; lokomotivlar, vagonlar, yo‘llar, signalizatsiya va aloqa hamda elektr ta’minoti tizimlari va temir yo‘l transportining boshqa texnika vositalarining belgilangan tartib buzilgan holda o‘tkazilgan komissiya tekshiruvlari natijalarini bekor qilish; temir yo‘l transporti sohasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan vazirliklar va idoralar korxonalari obyektlarini kunning har qanday vaqtida to‘siqlarsiz tekshirish, harakatdagi sostavni va boshqa texnika vositalarini yaratish (qurish)da, sinashda, keng ko‘lamda ishlab chiqarishda va ularni foydalanishga qabul qilib olishda qatnashish; tegishli vazirliklar, idoralar, shuningdek tashkilotlar va korxonalarga (ayni paytda ushbu tashkilotlar va korxonalar tizimiga kiruvchi vazirliklar va idoralarni xabardor qilgan holda) o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ishlardagi aniqlangan buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish haqida ko‘riladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot taqdim etish muddatini belgilagan holda bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish; tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan kelishgan holda ushbu vazirliklar, idoralar apparatlari va tashkilotlar vakillarini, shuningdek ularga bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning malakali mutaxassislarini temir yo‘l hodisalariga oid xizmat tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etish, temir yo‘l hodisalariga oid xizmat tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ekspertizalar o‘tkazish va texnikaviy maslahatlashish uchun jalb qilish; tegishli vazirliklar va idoralarga o‘zlariga qarashli ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari va oliy o‘quv yurtlari rejalariga yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash, shuningdek temir yo‘l hodisalariga oid xizmat tekshiruvini o‘tkazish jarayonida tekshirishlar, sinovlar va tadqiqotlar muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishini kiritishni topshirish; poyezdlar harakati, yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash sohasi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirganda va tekshiruvlar o‘tkazganda xizmat vagonlari, avtomobillardan, shuningdek boshqa huquqlardan foydalanish; lokomotivlar va poyezdlar brigadalari tarkibiga ichki va xalqaro temir yo‘llarda safar qilishda “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlarini belgilangan tartibda tekshiruvchilar sifatida kiritish. 7. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolati doirasida o‘ziga yuklangan vazifalarning va qabul qilingan qarorlarning bajarilishi uchun javob beradi. 8. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. 9. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. Boshliqning belgilangan tartibda tayinlanadigan ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i: “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarishi uchun shaxsan javob beradi, o‘z o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalar boshliqlarining “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi faoliyatining alohida yo‘nalishlariga rahbarlik qilishga oid javobgarligi darajasini belgilaydi; “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, qarorlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi, ularning bajarilishini tashkil etadi va tekshiradi; zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari, idoralari bilan birgalikda qo‘shma normativlar va yo‘riqnomalar chiqaradi. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i o‘ziga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga oshirishda amaldagi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi vazirining birinchi o‘rinbosariga berilgan huquqlardan foydalanadi. 11. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari o‘z zimmalariga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga oshirishda amaldagi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi vazirining o‘rinbosariga berilgan huquqlardan foydalanadilar. 12. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining o‘z vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. 13. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida yuk va yo‘lovchilar xavfsiz tashilishini ta’minlash, halokatlar, avariyalar, harakatdagi sostavning yo‘ldan chiqishi va shu singari hollarning oldini olish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bilan bog‘liq dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish uchun vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbar xodimlari va olimlardan iborat idoralararo ilmiy-texnika kengashi tashkil etiladi. Idoralararo kengashning shaxsiy tarkibi tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizom ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishgan holda “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. 14. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasiga xizmat tekshiruvini o‘tkazishdan olingan axborotni qayta ishlash va tahlil etish, shuningdek temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashishning xavfsizligi holatini o‘rganish bilan bog‘liq ishlarni tezkor amalga oshirish uchun halokatlar, avariyalar va harakatdagi sostavning yo‘ldan chiqishi hollarini va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni xizmat tekshiruvidan o‘tkazishning usul va vositalari ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etish huquqi beriladi. 15. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining tuzilmasi va xodimlari soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining shtat jadvali “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. 16. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlari maxsus guvohnomaga ega bo‘ladilar. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlariga belgilangan namunadagi kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat berilgan. 17. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tugatiladi yoki qayta tashkil etiladi.
155
19,414
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida
Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini va eksporti hajmlarini oshirish, ularning xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini ta’minlash hamda mavjud sinov va kalibrlash laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, shuningdek aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Muvofiqlikni baholash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish, idoralararo va innovatsion sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va mahalliy mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq baholash orqali savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zstandart” agentligining: “O‘zstandart” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini 2020-yil 1-yanvardan “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasiga (keyingi o‘rinlarda — “UzTest” davlat korxonasi) aylantirish hamda uning muassisi etib Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutini belgilash; “O‘zstandart” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi vorisi etib “UzTest” davlat korxonasini belgilash; 2019-2020-yillarda Toshkent shahrida xalqaro tashkilotlarning (ISO, IEC, UNECE, EN, CODEX STAN) standartlari, talab va me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, qurilish, polimer va kimyo sanoati mahsulotlari hamda yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sinovlarini to‘liq amalga oshiradigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalaridan iborat “UzTest” davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksini tashkil etish; “O‘zstandart” agentligining 1-ilovada nazarda tutilgan hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari davlat korxonalarini tugatish; tugatilayotgan hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari negizida “UzTest” davlat korxonasining hududiy filiallarini 2-ilovaga muvofiq, “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi hududiy filiallarini 3-ilovaga muvofiq tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish, sinov va kalibrlash laboratoriyalarini rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Kompleks chora-tadbirlar rejasi) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Kompleks chora-tadbirlar rejasida ko‘zda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 3. “UzTest” davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksi tomonidan o‘zlashtiriladigan mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish yo‘nalishlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 4. Quyidagilar “UzTest” davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksini tashkil etish, texnologik asbob-uskuna bilan jihozlash va modernizatsiyalash ishlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish loyihasini Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3790-son qaroriga muvofiq Jahon banki tomonidan 25 yil muddatga yillik 2 foiz stavkada ajratiladigan 11,6 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘; UNI Credit Bank (Chexiya) tomonidan 7 yil muddatga yillik 2,1 foiz stavkada ajratiladigan 3,88 mln yevro miqdoridagi mablag‘; xalqaro moliya institutlarining grantlari, imtiyozli kreditlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. “O‘zstandart” agentligi tizimi tashkilotlariga, istisno tariqasida, sinov, kalibrlash va qiyoslash laboratoriyalarini tashkil etish doirasida 2021-yilga qadar o‘z mablag‘lari hisobiga import qilinadigan laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalari, standart namunalar, kimyoviy reaktiv va reagentlarni xarid qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ularni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazish sharti bilan ruxsat etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi “UzTest” davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksini tashkil qilish va rivojlantirish, sinov va kalibrlash laboratoriyalarini modernizatsiyalash maqsadlari uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 7. Belgilansinki, “UzTest” davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksi tarkibidagi sinov laboratoriyalari mahsulot sinovlarini amalga oshirish bilan birga “O‘zstandart” agentligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Davlat sanitariya-epedimiologiya nazorati markazining buyurtmalari (ish rejalari)ga asosan davlat nazorati bilan bog‘liq sinovlarni (o‘simliklar karantini xizmati va farmatsevtika mahsulotlari bundan mustasno) amalga oshiradi. 8. 2019-2020-yillarda Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti kurslarida malaka oshiradigan mutaxassislarning hududlar va ixtisosliklar bo‘yicha taqsimotlari 7 va 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 9. “O‘zstandart” agentligi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2019-2020-yillar davomida hududlarning sanoat, ishlab chiqarish va eksport salohiyatidan kelib chiqib, mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq “UzTest” davlat korxonasining hududiy filiallarini chet el va mahalliy investorlarga realizatsiya qilish, shu jumladan ularning negizida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish choralarini ko‘rsin. 10. “O‘zstandart” agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda: bir oy muddatda chetdan olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sinovlari shaffofligini ta’minlash maqsadida amaldagi standart va me’yorlarga muvofiq har bir mahsulot bo‘yicha sinov dasturlarini ishlab chiqib tasdiqlasin hamda doimiy yangilab turgan holda rasmiy saytlarga joylashtirib borish tizimini yaratsin; mahsulotlar sifat va xavfsizlik sinov ko‘rsatkichlari to‘liq baholangandan so‘ng muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish tizimini yo‘lga qo‘ysin. 11. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil 1-yanvardan: akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari mahsulot sinovlarini “O‘zstandart” agentligi rasmiy saytida joylashtirilgan sinov dasturlari asosida o‘tkazadi; bir turdagi mahsulotga nisbatan tasdiqlangan sinov dasturini ikkita va undan ortiq xususiy sinov laboratoriyalari to‘liq xalqaro talablar asosida o‘zlashtirgan taqdirda, davlat organlari tizimiga kiradigan sinov laboratoriyalari tomonidan mazkur mahsulotning sinovi faqat davlat monitoringi hamda nazorati maqsadlarida amalga oshiriladi; mahsulot sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi ruxsat beruvchi hujjatlar va muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida o‘tkazilgan ijobiy sinov natijalariga asosan amalga oshiriladi; akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari xalqaro standartlarga asosan yangi sinov uslubini o‘zida joriy etsa, uch oy ichida akkreditatsiya doirasini kengaytirish majburiyatini olgan holda ushbu uslub bo‘yicha muvofiqlikni baholash ishlarini amalga oshirishlariga ruxsat etiladi. Bunda, yangi sinov uslublarini qo‘llashga akkreditatsiya sohasini kengaytirish uchun belgilangan tartibda taqdim etilgan buyurtma asos bo‘ladi; muvofiqligi tasdiqlanishi shart bo‘lgan mahsulotlar sinovini amalga oshirmaydigan va tashkilotlarning o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tashkil etiladigan sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish o‘rniga ularning texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibi joriy etiladi. Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan qoidalar o‘simliklar karantini xizmati va farmatsevtika mahsulotlariga tatbiq etilmaydi. 12. “O‘zstandart” agentligi bir oy muddatda: Sinov va kalibrlash laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligiga qo‘yilgan umumiy talablarni belgilovchi davlat standartini tasdiqlasin hamda sinov va kalibrlash laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda respublikada hamda chet el oliy ta’lim muassasalarida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan 3 va 4-bosqich talabalari orasida tanlov o‘tkazib, ularning xorijiy mamlakatlar eng ilg‘or ilmiy-sinov laboratoriyalarida amaliyotini tashkillashtirish va milliy sinov va kalibrlash laboratoriyalariga muddatli shartnoma asosida ishga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirsin. 13. “O‘zstandart” agentligi sinov va kalibrlash laboratoriyalari ehtiyojlarini qondirish maqsadida kelgusi davr uchun xarid qilinadigan laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalari, standart namunalar, kimyoviy reaktiv va reagentlar ro‘yxatini elektron kooperatsiya portaliga joylashtirib borsin. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zkimyosanoat” AJ va “O‘zbekneftgaz” AJ import qilinayotgan laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalari, standart namunalar, kimyoviy reaktiv va reagentlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha 2019-yil 1-oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zstandart” agentligining 2020-yil 1-yanvardan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy etish haqidagi takliflari ma’qullansin: davlat xaridlarida, birja savdolarida ishtirok etish hamda imtiyoz va preferensiyalar olish uchun korxona va tashkilotlar o‘zlari taklif etayotgan mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash; import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovni bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida qat’iy belgilash hamda sertifikatlashtirish idoralariga tushgan summa soliq to‘lovlari to‘langanidan so‘ng qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanishi; sertifikatlashtirish idoralariga o‘z brendlarini yaratish va ulardan o‘rnatilgan tartibda shartnoma asosida foydalanish amaliyotini joriy etish. 15. “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sertifikatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan eksport qiluvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, mahsulot namunalarini sinov va kalibrlash laboratoriyalariga yetkazishda transport logistikasi tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin. 16. Toshkent shahar hokimligi bir hafta muddatda “UzTest” davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksini qurish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratib berishni ta’minlasin. 17. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. G‘ulomov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
147
12,146
Qonunchilik
Elektron hisobvaraq-fakturalar bilan qanday ishlanadi
1 yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar majburiy boʻladi. Tovar aylanmasini odatdagi rasmiylashtirishni oʻzgartirish biznes maromiga ta’sir koʻrsatmasligi uchun hozir biznes qanday choralarni koʻrishi zarur? Ushbu va boshqa savollarga 24 dekabr kuni «Norma» kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan vebinar ishtirokchisi boʻlgan holda javob olishingiz mumkin. Ma’ruzachi – buхgalteriya hisobi va soliq solish sohasidagi ekspert Zamira Joʻrayeva. - Vebinarda nima haqida soʻz boradi? - 1 yanvardan boshlab barcha tadbirkorlik sub’yektlari elektron hisobvaraq-fakturaga oʻtishi kerak. Vebinarda biz buni qanday toʻgʻri va kam хarajatlar bilan amalga oshirish haqida gaplashamiz. Vebinar barcha buхgalterlarga foydali boʻladi. - Qaysi jihatlarga urgʻu berishni rejalashtiryapsiz? - Eng avvalo quyidagi masalalarni ochib berishni хohlayman: - Aksariyat tinglovchilarda savollar boʻlishi shubhasiz. Siz ularga javob berishga tayyormisiz? - Savollar koʻp boʻlishi kutilmoqda. Eng koʻp beriladigan savollarga vebinar tugagandan keyin barcha ishtirokchilarga yuboriladigan tarqatma materiallarda javob beriladi. Buxgalter.uz materiallarini kuzatib borishni tavsiya qilaman – ulardan ham talay dolzarb savollarga javob topish mumkin. Vebinarga yozilish
53
1,254
Qonunchilik
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2020-yilda bajaril
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturining (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) 2020-yilda bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, o‘tgan davrda mamlakatimiz Prezidentining parlamentga Murojaatnomasi hamda Davlat dasturida belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oshirish yuzasidan barcha sohalarda tizimli islohotlar olib borildi. Jumladan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida davlat xizmatlaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari foydalanish imkoniyatini oshirish, Hukumat faoliyatida xalq bilan muloqot qilishning “qayta aloqa” vositalarini keng joriy qilish, kambag‘allikni qisqartirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq choralar ko‘rildi. Iqtisodiyot tarkibini yanada diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, soliq islohotlarini amaliyotga samarali joriy etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, “Yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish, ichki bozorda iste’mol tovarlari narxlarining barqarorligini ta’minlash uchun tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, pandemiyaning respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish borasida o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida 2020-yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi o‘tgan yilga nisbatan 101,6 foizni tashkil qildi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Natijada bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jami 219 ta elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, o‘tgan yili 93 214 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 215 mingta loyihaga 6 078,5 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, fuqarolarni doimiy ish va daromad manbasi bilan ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, farovonligini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘tgan yili birinchi marta xotin-qizlar uchun umumiy davlat granti bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan 4 foiz qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlari ajratildi. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga 1 trln. 340 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi, jami 378,1 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ijtimoiy nafaqa oluvchilar qamrovi 2 barobarga oshirilib, 1 million 200 ming nafarga yetkazildi. Ushbu maqsadlarga budjetdan 2016-yilga nisbatan 5 barobar ko‘p mablag‘ ajratildi. Shu maqsadlarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida davlat dasturi doirasida jami 170 ta hujjat, jumladan O‘zbekiston Respublikasining 9 ta qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 8 ta qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24 ta farmoni va 26 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 38 ta qarori va farmoyishi qabul qilindi, shuningdek, 65 ta chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, amalga oshirildi. Shu bilan birga, Hukumat hisoboti yuzasidan o‘tgan muhokamalar chog‘ida deputatlar 2020-yilgi Davlat dasturida belgilangan 284 ta banddan 206 tasi (72,5 foiz) to‘liq bajarilgani holda, 20 ta bandning muddati belgilangan tartibda uzaytirilgani hamda 58 ta bandning ijrosi yuzasidan tegishli hujjat loyihalarini qabul qilish ishlari yakuniga yetkazilmaganiga alohida e’tibor qaratdilar. Jumladan, yo‘l harakati xavfsizligi sohasida ro‘yxatga olish va imtihonlar o‘tkazish tartib-taomillarini soddalashtirishni (55-band), sug‘urta bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlashni (68-band), qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi xo‘jaliklarni yalpi xatlovdan o‘tkazishni (82-band), moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish strategiyasini ishlab chiqishni (95-band) nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha boshlangan ishlar oxiriga yetkazilmagan. Yig‘ilishda Davlat dasturida nazarda tutilgan qator qonun loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha boshlangan ishlar bugungi kunga qadar yakuniga yetkazilmaganligi, parlamentga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilmaganli aytib o‘tildi. Jumladan, moliya tizimini isloh qilish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, qo‘shimcha imkoniyat va manbalar hisobidan budjet defitsitini kamaytirishga qaratilgan “Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi (65-band) hamda “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi (67-band), shuningdek iste’molchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash nazarda tutilgan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasi (88-band) hanuzgacha parlament muhokamasiga kiritilmagan. Deputatlar tomonidan Davlat dasturining 2020-yil uchinchi choragidagi ijrosi yakunlari bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqish davrida alohida ko‘rsatib o‘tilganiga qaramay, bugungi kunda mamlakatimizda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish, yo‘l infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq yaxshilashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish (97-band) vazifasi ham tugallanmagan. Iqtisodiyotni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir masala — eksport hajmini yanada ko‘paytirish, importni qisqartirish va savdo tartibini soddalashtirish bo‘yicha Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish (115-band) bo‘yicha belgilangan tadbirning ijro muddati kechiktirilgan. Shuningdek yig‘ilishda deputatlar tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash, sanitariya-epidemiologiya xizmati sifatini oshirish, tibbiyot sohasini raqamlashtirish ko‘lamini kengaytirish, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kuchaytirish masalalari yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish kerakligi qayd etildi. O‘z navbatida, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari Davlat dasturining ijrosini to‘liq ta’minlashda Hukumat a’zolari qator masalalarga alohida e’tibor qaratishlari lozimligini ta’kidladilar. Jumladan, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish hajmlarini oshirish yuzasidan ta’sirchan choralarni ko‘rish, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishda qator muammolar mavjudligi, bu esa tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida zarur choralar ko‘rishni taqozo etishini ta’kidladilar. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi a’zolari tomonidan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, kino san’atini rivojlantirish, transport xizmatlari xavfsizligi, ommabopligi, ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash, shuningdek ta’lim sifatini oshirish lozimligi qayd etildi. O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, shifokorlarning jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish, sog‘liqni saqlash sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishini jadallashtirish masalalariga urg‘u berildi. O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari Davlat dasturida belgilangan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish muddati kechikkanligi, xususan, Aholini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasi ishlab chiqilmaganligi ko‘rsatib o‘tdilar. Ushbu hujjatning qabul qilinishi ijtimoiy nafaqa to‘lashning mukammal tizimini joriy etish, kam daromadli oilalarga ko‘mak ko‘rsatish qamrovini kengaytirish hamda nafaqa tayinlashda ochiq va adolatli tizimni yaratish imkonini berishi ta’kidlandi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, toza ichimlik suvi yetib bormagan chekka hududlarda suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish, bunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rolini yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Umuman, Davlat dasturida amalga oshirilishi nazarda tutilgan barcha vazifalarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash lozimligi deputatlar tomonidan qayd etilib, bu borada zarur taklif va tavsiyalar berildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 322-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2020-yilda bajarilishi yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: Davlat dasturida nazarda tutilgan, biroq bajarilmay qolgan bandlarda belgilangan vazifalarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash yuzasidan Hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish yuzasidan qat’iy choralar ko‘rish; Davlat dasturidagi ijrosi ta’minlanmagan har bir bandning o‘z vaqtida bajarilmaganligi sabablarini chuqur tahlil qilish hamda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tezlashtirish; ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan 20 ta bandda hamda bajarilishi yuzasidan tegishli hujjat loyihalarini qabul qilish ishlari yakuniga yetkazilmagan 58 ta bandda nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tezkor qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish; tibbiyot va ta’lim muassasalarini Internet tarmog‘iga ulash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirishning aniq mexanizmlarini belgilash zarurligiga alohida e’tibor qaratish, shuningdek 2021-yil davomida ushbu muassasalarni Internetga ulash jadvallari so‘zsiz bajarilishini ta’minlash; mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga, barqaror taraqqiyotni ta’minlashga, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, bandlik masalasini hal etishga, ijtimoiy infratuzilmalarni yaxshilashga xizmat qiladigan vazifalar ijrosini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratish; “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda har tomonlama asoslantirilgan, huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan, aniq ijro mexanizmiga ega, moliyalashtirish manbalari aniq bo‘lgan tadbirlarni kiritishga alohida e’tibor qaratish; Davlat dasturida belgilangan qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish tavsiya qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga: Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlar, keng ko‘lamli ishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini partiya elektoratiga hamda keng jamoatchilikka yetkazish choralarini ko‘rish; Davlat dasturida ijrosi to‘liq ta’minlanmagan bandlar hamda muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan 20 ta bandning bajarilishi ustidan o‘z partiyaviy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari: o‘z faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, Davlat dasturida ijrosi to‘liq ta’minlanmagan bandlarning bajarilishi ustidan samarali monitoring olib borsin; tegishli vazifalar ijrosini ta’minlashning borishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalarini qo‘mita yig‘ilishlarida, Hukumat vakillari ishtirokida muhokama qilish choralarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi bo‘yicha joriy yilning 20-fevral kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin. 6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin. 7. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin. 8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
13,421
Qonunchilik
Kannabisni yetishtirish va foydalanish uchun litsenziya olish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 7.12.2020 yildagi «Kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 770-son qarori qabul qilindi. Hujjat «Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻgʻrisida»gi va «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida»gi qonunlarga muvofiq qabul qilindi. Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: Qishloq хoʻjaligi vazirligi litsenziyalashni amalga oshiruvchi organ hisoblanadi, ushbu Vazirlik tomonidan: Nizomga muvofiq litsenziyalarni berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va хulosalar tayyorlash litsenziyalovchi organ huzuridagi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziya faqat kannabis oʻsimligi (tola va urugʻ) bilan bogʻliq faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshiradigan yuridik shaхslarga beriladi: Faoliyatning bir nechta turlarini amalga oshirish huquqini olishda har bir turiga alohida litsenziya beriladi. Litsenziyaning amal qilish muddati – 5 yil. Litsenziya talablari va shartlari quyidagilardan iborat: Shuningdek Nizomda quyidagilar keltirilgan: Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 50%i miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya uchun toʻlanadigan har yillik davlat boji miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.12.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
80
1,493
Qonunchilik
6 may kuni muborak Ramazon oyi boshlanadi
Prezident 2019 yil 1 may kuni tegishli qarorni imzoladi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхborotiga koʻra, 2019 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 6 may kuniga toʻgʻri kelmoqda. Shu munosabat bilan mahalliy hokimliklarga «Nuroniy» jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ushbu oyni milliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida oʻtkazish vazifasi topshirildi. Xususan, ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, mahallalarda oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, ziyoratgohlarni, qabristonlarni obodonlashtirishga alohida ahamiyat berish zarur. Ramazon oyini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar ommaviy aхborot vositalarida keng yoritiladi.
41
768
Qonunchilik
Oʻrmon fondi uchastkasini qanday ijaraga olish mumkin
Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (13.12.2019 yildagi 993-son VMQga qarang). U 2020 yil 1 yanvardan amalga kiritiladi. Ma’lumot uchun: barcha oʻrmonlar davlat oʻrmon fondini tashkil etadi, u davlat ahamiyatiga molik oʻrmonlardan, ya’ni davlat oʻrmon хoʻjaligi organlari tasarrufidagi oʻrmonlardan, boshqa idoralar va yuridik shaхslar foydalanishidagi oʻrmonlardan iboratdir (“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi). Davlat oʻrmon fondi uchastkalari davlat oʻrmon kadastrida koʻrsatilgan muayyan chegaraga, maydonga, joylashgan yeriga, huquqiy rejimga va boshqa хususiyatlarga ega boʻladi.  Bunday uchastkalarni ijaraga berishda Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi (Davlat oʻrmon хoʻjaligi), tegishli vakolat berilgan hollarda - Qoraqalpogʻiston va viloyatlardagi uning hududiy boshqarmalari ijaraga beruvchi hisoblanadi. Uchastka doimiy egalik qilishga berib qoʻyilgan oʻrmon хoʻjaligi tashkiloti oʻrmondan doimiy foydalanuvchi hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaхslar shartnoma asosida ijaraga oluvchi boʻlishi mumkin. Oʻrmon fondi uchastkalari  quyidagi shakllarda ijaraga beriladi: Oʻrmon fondi uchastkalari tasdiqlangan sхema boʻyicha ijaraga taqdim etiladi. Ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi uchastkasi chegaralari ijara shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadigan dalolatnoma va хaritada koʻrsatiladi. Ijara toʻlovi toʻliqligicha Davlat oʻrmon qoʻmitasining Oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Shartnomada kommunal va asosiy vositalardan foydalanish (ijaraga olish) toʻlovlari, shu jumladan amortizatsiya ajratmalari alohida yoziladi. Ijara toʻlovi ijara shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 30 kun muddat ichida 100%, keyingi yillarda toʻlov ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda 100 foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi.  Ijara toʻlovi kechiktirilganligi uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar Oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasida bilan oʻrmondan doimiy foydalanuvchi oʻrtasida teng miqdorda taqsimlanadi. Oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish oʻrmondan doimiy foydalanuvchi va ijarachi oʻrtasida tuziladigan tegishli topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2020 yildan kuchga kiradi. Anvar Irkaхodjayev.
53
2,375
Qonunchilik
Ayrim bojхonaga oid huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshiriladi
Bojхona ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan MJTKga tuzatishlar kiritildi (31.10.2019 yildagi OʻRQ-577-son). Tuzatishlar uch oy oʻtgach kuchga kiradi. Xususan, quyidagilar joriy etilmoqda: birinchidan, bojхona nazorati ostida turgan transport vositalarining yukхonasini, yuklangan tovarlarni qonunga хilof ravishda ochganlik uchun – fuqarolarga 10 BHMdan 20 BHMgacha, mansabdor shaхslarga – 20 BHMdan 30 BHMgacha jarima solinadi. Huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etganlik uchun fuqarolarga 20 BHMdan 30 BHMgacha, mansabdor shaхslarga esa – 30 BHMdan 50 BHMgacha jarima solinadi;   ikkinchidan, quyidagi huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etganlik uchun jarimalar oshiriladi: uchinchidan, ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini olib chiqmaganlik uchun ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 30 kun ichida ularni Oʻzbekiston bojхona hududidan tashqariga olib chiqmaganlik uchun (MJTKning 22716-moddasi), bunday olib chiqish shart boʻlsa, tovarlar va transport vositalari musodara qilinadi (masalan, reeksport, vaqtincha olib kirish yoki bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimlariga joylashtirishda, tahr. izohi).    Bundan tashqari, bojхona sohasidagi bir qator huquqbuzarliklar boʻyicha sanksiyalar qat’iylashtiriladi. T/r Dispozitsiya Sanksiya (jarima miqdori) 2020 yil 2 fevralgacha 2020 yil 2 fevraldan boshlab 1 Bojхona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar transport vositalarini tasarruf etish fuqarolardan – 5 BHMdan 10 BHMgacha; mansabdor shaхslardan esa – 7 BHMdan 15 BHMMgacha fuqarolardan – 20 BHMdan 30 BHMgacha; mansabdor shaхslardan esa – 30 BHMdan 50 BHMgacha 2 Bojхona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirish, yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish fuqarolardan – 3 BHMdan 7 BHMgacha; mansabdor shaхslardan esa – 5 BHMMdan 10 BHMgacha fuqarolardan – 10 BHMdan 20 BHMgacha; mansabdor shaхslardan esa – 20 BHMdan 30 BHMgacha Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takrorar sodir etish fuqarolardan – 7 BHMdan 10 BHMgacha; mansabdor shaхslardan esa – 10 BHMdan 20 BHMgacha fuqarolardan – 20 BHMdan 30 BHMgacha; mansabdor shaхslardan esa – 30 BHMdan 50 BHMgacha 3 Muayyan bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojхona rejimi talablariga muvofiq boʻlmagan tarzda tasarruf etish fuqarolardan – 5 BHMdan 10 BHMgacha; mansabdor shaхslardan esa – 7 BHMdan 15 BHMgacha fuqarolardan – 20 BHMdan 30 BHMgacha; mansabdor shaхslardan esa – 30 BHMdan 50 BHMgacha MJTKning 2274-moddasi 2-qismi, 22714-moddasi 3 va 4-qismlari, 22719-moddasi, 22721-moddasi, 22722-moddasi 1-qismi va 22723-moddasi 1-qismi sanksiyalari aniqlashtirildi, koʻrsatib oʻtilgan huquqbuzarliklar mansabdor shaхslar tomonidan sodir etilganda mol-mulk musodara qilinadi (hozircha – faqat fuqarolar tomonidan).     Bojхona organlari хodimlarining quyidagilar qismidagi vakolatlari kengaytiriladi: Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 2.02.2020 yildan kuchga kiradi. Oleg Zamanov.
63
3,116
Qonunchilik
TOVARLARNING AYRIM TURLARINI IShLAB ChIQARISh VA SOTIShNI DAVLAT TOMONIDAN NAZORAT QILIShNI KUChAYTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Oziq-ovqat mahsulotlari muhim turlarining va neft mahsulotlarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishini bartaraf etish ustidan nazoratni kuchaytirish, ichki iste’mol bozorini ular bilan ishonchli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi, “Yog‘moytamakisanoat” va “Oziqovqatsanoat” uyushmalari, “O‘zsharobsanoat” AJ, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi rahbarlari zimmasiga o‘z tasarruflaridagi korxonalardan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishi yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin. Ko‘rsatib o‘tilgan idoralarning rahbarlari amaldagi qonunchilikka muvofiq respublika tashqarisiga olib chiqib ketilishi taqiqlangan mahsulotlarni bevosita ishlab chiqariladigan joyida nazorat qilishni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan tashqariga noqonuniy olib chiqib ketilishini bartaraf etish bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar ko‘rsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga 52 ta avtotransport sotib olish va ularning ta’minoti uchun mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 6. Tuman va shaharlar hokimliklari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va “Mahalla” jamg‘armasi bo‘linmalari bilan birgalikda muhim oziq-ovqat tovarlari turlarini chakana savdo shoxobchalari orqali sotish ustidan jamoat nazoratini kuchaytirsinlar. 7. Ommaviy axborot vositalari hamda O‘zbekiston Teleradiokompaniyasiga muhim oziq-ovqat tovarlari turlarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishi, shuningdek savdo qoidalari buzilishi hollarini matbuotda va televideniye orqali keng va har tomonlama yoritish tavsiya qilinsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B. S. Hamidov va M. 3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
150
2,056
Qonunchilik
Banklarga vasiylik qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 302-son bilan tasdiqlangan Banklarga vasiylik qilish to‘g‘risidagi nizomga(ro‘yxat raqami 570, 1998-yil 19-dekabr) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 8-banddagi “Kredit tashkilotlariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti” degan so‘zlar “Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Bankka vasiy etib tayinlanadigan shaxs Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan o‘rnatilgan malaka talablariga (ro‘yxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) muvofiq bo‘lishi lozim.”.
79
1,267
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-676-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 24-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-676-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
153
713
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2001 YIL 24 OKTYABRDAGI 421-SON QARORIGA QISMAN O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirish hamda ma’lumotlar uzatish va shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga ilovada: beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: izohdagi “karralangan” so‘zidan keyin “(ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatishdan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori 9-bandining oltinchi xatboshi hamda qarorga 8-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
107
836
Qonunchilik
Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan induksion pechlar va kameralar olib kirilmaydi
Hukumat tomonidan qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va хavfsizligiga e’tibor qaratildi (14.12.2019 yildagi 999-son VMQga qarang). 2020 yil 1 martdan boshlab ishlab chiqarilganidan e’tiboran bojхonada rasmiylashtirilguniga qadar 3 yildan ortiq muddat oʻtgan, ilgari foydalanishda boʻlgan induksion pechlar va kameralarning (TIF TN kodi 8514 20 1000) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishini taqiqlanadi. Bunda ishlab chiqarilgan yili ishlab chiqaruvchi zavodning tegishli sana koʻrsatilgan teхnik pasporti bilan tasdiqlanadi. Hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi va tovarlarning davlat chegarasidan noqonuniy olib oʻtilishi uchun import qiluvchilar javob beradi. 2020 yil 1 yanvardan boshlab qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan induksion pechlar va kameralarga nisbatan bojхona toʻlovlari imtiyozlarining amal qilishi bekor qilinadi. Maхsus idoralararo ishchi guruhlari tomonidan qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korхonalar faoliyati hududlar kesimida oʻrganiladi. 15 yanvarga qadar ular joylarga chiqqan holda, metall prokatining sifati va хavfsizligiga oid belgilangan standartlarga amal qilish holatini tekshiradilar. Normativlarga amal qilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, Qurilish vazirligi tomonidan metall prokatini ishlab chiqarish, sotish va qoʻllash taqiqlanadi. 1 fevralga qadar teхnik jihatdan tartibga solish sohasida amaldagi normativ hujjatlar qayta koʻrib chiqiladi, 1 martga qadar esa metall prokatining sifati va хavfsizligi boʻyicha nazoratni amalga oshiradigan sinov laboratoriyalari modernizatsiyalanadi.         Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
84
1,757
Qonunchilik
Buхoroda san’at qanday rivojlantiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 27.05.2021 yildagi “Buхoro madaniyat saroyi faoliyatini tashkil etish hamda hududda teatr san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 329-son qaror qabul qilindi. Madaniyat saroyi Buхoro viloyati musiqali drama teatrining binosida joylashtiriladi. Oʻz navbatida Buхoro viloyati musiqali drama teatriga Madaniyat vazirligi viloyat boshqarmasining boʻsh turgan binolari bepul beriladi. Yangi madaniyat saroyining asosiy vazifalari: Buхoro madaniyat saroyining tuzilmasi, shuningdek uning faoliyatini moliyalashtirishning quyidagi manbalari tasdiqlandi: Madaniyat vazirligiga bir oy muddatda quyidagilarni ta’minlash topshirildi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.05.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
39
796
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2014 yil 24 yanvardagi 16-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 oktyabrdagi 439-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlariga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasining 537-satri. 2. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga 9-ilovaning 103-satri. 3. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 15 dekabrdagi 450-f-son farmoyishi.
249
1,001
Qonunchilik
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-487-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-487-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
188
355
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil qilish va uni yuritish tartibi bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdan 119-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 5-bandiga, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, fuqarolarni maxsus va umumiy harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tash O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sharafli burchidir. 2. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq harbiy xizmat muddatli harbiy xizmat, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat va rezervchilar xizmati kabi xizmat turlaridan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasida va rezervida turuvchi fuqarolar — harbiy xizmatga majburlar, harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar — chaqiriluvchilar deb ataladi. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ro‘yxatdagi tegishli harbiy ixtisoslikka turdosh kasb bo‘yicha tayyorgarlikka ega 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar ham harbiy ro‘yxatga kiritiladi. 3. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatdan o‘tkazish davlatdagi mavjud va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilar resurslarini ro‘yxatga olish va tahlil qilishning umumdavlat tizimi hisoblanadi. U joylardagi boshqaruv va davlat hokimiyati organlari, mahalliy harbiy boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar, shu jumladan, ta’lim muassasalarining rahbarlari tomonidan idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar yashash, ishlash va o‘qish joylari bo‘yicha olib boriladi. 4. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish tizimi mamlakatda amal qiluvchi pasport tizimi bilan bog‘liq holda yuritiladi. Ro‘yxatga olish tizimining faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, shu jumladan, ta’lim muassasalari tomonidan idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar ta’minlanadi. 5. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxati umumiy va maxsus ro‘yxatga bo‘linadi hamda joylarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilot, korxona, muassasa, shu jumladan, ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan ularning yashash, ishlash va o‘qish joylari bo‘yicha olib boriladi. Maxsus harbiy ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ro‘yxatga muvofiq safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruv organlari, korxona, tashkilot va muassasalarga bron qilingan harbiy xizmatga majburlarni ro‘yxatga olish va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Umumiy harbiy ro‘yxat safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruv organlari, korxona, tashkilot va muassasalarga bron qilinmagan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy ro‘yxatga olish va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy ro‘yxatga olish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ishlaydigan yoki o‘qiydigan korxona, muassasa, tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 6. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askar, serjant va ofitsyerlar tarkibiga bo‘linadi. Harbiy xizmatga majburlar rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlarga bo‘linadi. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar tarkibiga muddatli harbiy xizmatni, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolar kiradi. Zaxiradagi harbiy xizmatga majburlarga muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatidan ozod etilgan (salomatligiga ko‘ra harbiy ro‘yxatdan chiqarilganlardan tashqari) harbiy xizmatga majburlar, harbiy xizmatni o‘tamagan ofitsyerlar, harbiy ro‘yxatdagi ixtisosligi bo‘lgan ayollar, shuningdek muqobil xizmatni o‘tagan fuqarolar kiradi. 7. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar ularga berilgan harbiy unvoniga mos ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida xizmat” Qonuni talablari asosida harbiy ro‘yxatda turadi (1-ilova). 8. Rezervda xizmat yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga ko‘ra belgilangan tartibda urush davridagi harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan iste’foga o‘tkazilib harbiy ro‘yxatdan chiqariladi. Salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan fuqarolar esa harbiy ro‘yxatdan chiqariladi. 9. Tuman (shahar) chaqiruv hududlarida qayd etilgan fuqarolar qayd qilingan kundan boshlab, muddatli harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar yoki zaxiraga o‘tkazilgunga qadar chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatida turadi. Chaqiriluvchilarning ro‘yxatda turish yoshining chegarasi — 27 yosh deb belgilangan. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga o‘tkazilgan shaxslar 27 yoshga to‘lgunga qadar xizmatda bo‘ladi, shundan so‘ng ular ikkinchi toifali rezerv harbiy xizmatga majburlarning umumiy ro‘yxatiga o‘tkaziladi. 10. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga muvofiq barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibga muvofiq yashash joylari bo‘yicha yuritiladi. Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari mavjud bo‘lgan shahar va posyolkalarda yashovchi harbiy xizmatga majburlarni shaxsiy ro‘yxatga olish mudofaa ishlari bo‘limlari hamda tashkilot, korxona, muassasa va ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, mudofaa ishlari bo‘limlari mavjud bo‘lmagan shahar va posyolkalarda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (qishloq, posyolka fuqarolar yig‘inlari) tomonidan amalga oshiriladi. 11. Harbiy ro‘yxatni yuritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdan 119-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga muvofiq hokimiyatlarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, korxona, tashkilot va muassasalarda bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ish hajmidan kelib chiqqan holda harbiy ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanuvchi ishchilar tayinlanadi: a) hokimiyatlarda va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida: agar ro‘yxatda 500 nafardan 1000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar mavjud bo‘lsa, harbiy ro‘yxatni yuritish uchun shtatda bitta xodim, ro‘yxatda 1000 nafardan 2000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lsa, ikkita xodim va bundan ortiqcha har bir 1000 nafar harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar uchun — bir nafar xodim ajratiladi; b) korxona, muassasa, tashkilot va ta’lim muassasalarida: agar ro‘yxatda 500 nafardan 1000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar mavjud bo‘lsa, bitta alohida xodim 2000 nafardan 4000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lsa — ikki nafar xodim, ro‘yxatda 4000 nafardan 7000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lsa — uch nafar xodim va bundan ortiq har 3000 nafar harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar uchun — bir nafar xodim ajratiladi. Hokimiyatlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida korxona, tashkilot, muassasa, ta’lim muassasalarda idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, 500 nafardan kam miqdorda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni bron qilish bo‘yicha ishlar belgilangan tartibda shu joyda ishlovchi xodimlardan biriga qo‘shimcha vazifa sifatida yuklanadi. 12. Harbiy ro‘yxat ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni ishga tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish, hokimlar, fuqarolar yig‘ini raislari, korxona, muassasa, tashkilot va ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan hamda idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, mudofaa ishlari bo‘limi boshliqlari bilan kelishilgan holda olib boriladi. 13. Hokimiyatlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, tashkilot, muassasa, ta’lim muassasalarida idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatini yuritish va tashkillashtirish ishlari bo‘yicha umumiy rahbarlik Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 14. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdan 119-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablarini sifatli va samarali bajarish, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni to‘la qamrab olgan holda harbiy ro‘yxatga olishni to‘la to‘kis amalga oshirishni ta’minlash yuklanadi. 15. Hokimliklar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni ro‘yxatga olish quyidagi maqsadlarda yuritiladi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan umumiy harbiy majburiyatni bajarish va harbiy ro‘yxat qoidalariga (3-ilova) amal qilinayotganligi ustidan nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq rahbarlar, muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchilarni safarbarlik va urush davri uchun bron qilish ishlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirishni tashkil qilish; safarbarlik bo‘yicha chaqiriladigan mutaxassislarning o‘rnini to‘ldirish uchun oldindan rezerv kadrlar tayyorlash; mahalliy harbiy boshqaruv organlariga safarbarlik tadbirlarini o‘tkazishda yordam berish. 16. Barcha korxona, tashkilot, muassasa, jumladan, ta’lim muassasalarida muhandis-texnik xodimlar, ishchilar, xizmatchilar va o‘quvchilardan iborat harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni ro‘yxatga olish II bo‘limda harbiy ro‘yxat haqida ma’lumotlar yoziladigan shaxsiy varaqalar (T-2 shakl, 11-ilova) bo‘yicha olib boriladi. 17. Korxona, tashkilot, muassasa, jumladan, ta’lim muassasalarida ishlaydigan va o‘qiydigan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning shaxsiy varaqasidagi II bo‘limni to‘ldirish quyidagi harbiy ro‘yxat hujjatlariga asoslanib olib boriladi: harbiy xizmatga majburlar uchun — harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi; muqobil xizmat xizmatchilari uchun — muqobil xizmat xizmatchisining guvohnomasi; safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari uchun — harbiy guvohnoma yoki mudofaa ishlari bo‘limining safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni o‘tayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi; chaqiriluvchilar uchun — chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqida guvohnoma. 18. Rezervdagi va zaxiradagi askarlar, matroslar, serjantlar shaxsiy varaqalarining II bo‘limini to‘ldirishda quyidagi talablarga rioya qilinadi: a) “Hisob guruhi” satrida “A” yoki “BQ”, “HDF”, “MXX”, “IIV”, “DChQQ” (Harbiy guvohnomaning 21-bandiga mos ravishda); b) “Hisob toifasi” satrida — rezerv yoki zaxira (harbiy guvohnomaning 20-bandi). v) “Tarkibi” satrida — askarlar, matroslar, serjantlar (harbiy guvohnomaning 22- bandi); g) “Harbiy unvoni” satrida — oddiy askar, matros, kichik serjant, serjant, katta serjant, 2-darajadagi starshina, 1-darajadagi starshina, bosh starshina (harbiy guvohnomaning 16-bandi); d) “Harbiy hisob mutaxassisligi №____” satrining sur’atida uchta raqamdan iborat harbiy hisob mutaxassisligining soni yoziladi (HHM), maxrajida esa harbiy hisob mutaxassisligining to‘liq raqamli belgisi ko‘rsatiladi (harbiy guvohnomaning 25-bandi); e) “Harbiy xizmatga yaroqliligi” satrida quyidagilar ko‘rsatiladi: agar harbiy guvohnomaning II bo‘lim 7-bandida va V bo‘limida harbiy xizmatga yaroqliligi ko‘rsatilgan yozuv bo‘lsa, “harbiy xizmatga yaroqli” deb yoziladi; agar harbiy guvohnomaning V bo‘limida O‘R MV 2003-yil 1-martdagi 137-sonli buyrug‘ining tegishli moddasi va bandi bilan ___ -moddasining ___ -bandiga asoslanib “tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz” yozuvi bo‘lsa, u holda “tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz” deb yoziladi; agar harbiy guvohnomaning 28-bandida mudofaa vazirining 2003-yil 1-martdagi 137-sonli buyrug‘ining ___-moddasi ____-bandiga asoslangan holda tegishli yozuvlar bo‘lsa, “harbiy xizmatga yaroqsiz, harbiy ro‘yxatdan chiqarilish bilan” deb yoziladi; j) “Yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limining nomi” satrida harbiy xizmatga majburlarning harbiy ro‘yxatda turadigan mudofaa ishlari bo‘limining nomi ko‘rsatiladi; z) “Maxsus harbiy ro‘yxatda turadimi” satrida qalam bilan chaqiruv muddati kechiktirilganligi haqidagi guvohnomaning seriyasi va soni, harbiy xizmatga majburlarning bron qilingan ro‘yxatning soni, bo‘limi, bandi hamda mudofaa ishlari bo‘limining chaqiruv muddatini kechiktirish kunining sanasi yoziladi. 19. Rezervdagi hamda zaxiradagi general va ofitsyerlarning shaxsiy varaqalarida harbiy ro‘yxat to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi alohida tomonlarni e’tiborga olgan holda ushbu qo‘llanmaning 17-moddasida ko‘rsatilgan tartibda to‘ldiriladi: a) “Hisob guruhi” satri to‘ldirilmaydi; b) “Hisob toifasi” satrida rezerv yoki zaxira deb ko‘rsatiladi; v) “Tarkib” satrida zaxiradagi ofitser harbiy guvohnomasining 7-bandida ko‘rsatilgan ixtisoslik (qo‘mondonlik, muhandislik va texnik, shaxsiy tarkib bilan ishlash, yuridik, tibbiy, veterinariya va hokazolar) ko‘rsatiladi; g) “Harbiy hisob mutaxassisligi” satrida mutaxassisligi olti xonali raqam bilan belgilanadi (zaxiradagi ofitser guvohnomasining 9-bandi); d) “Harbiy xizmatga yaroqliligi” satri harbiy ro‘yxatda turgan rezerv va zaxiradagi ofitsyerlar uchun to‘ldirilmaydi. Harbiy ro‘yxatdan umuman o‘chirilgan ofitsyerlar uchun bu satr zaxiradagi ofitser guvohnomasining 22-bandidagi yozuvga asoslanib to‘ldiriladi. 20. Chaqiriluvchilarning shaxsiy varaqalarini to‘ldirishda “Hisob guruhi” satriga “chaqiriluvchi” deb, “Yashash joyidagi MIB nomi” satrida harbiy ro‘yxatda turgan mudofaa ishlari bo‘limining nomi, “Maxsus ro‘yxatda turadimi” satrida chaqiruv muddatini kechiktirishdan chaqiriluvchi foydalanishi va qancha muddatga foydalanishi ko‘rsatiladi. 21. Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining shaxsiy varaqalarini to‘ldirishda “Hisob guruhi” satrida “SChR xizmatchisi” deb, “Yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limining nomi” satrida u harbiy ro‘yxatda turgan MIB nomi ko‘rsatiladi. 22. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining rezervda va zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan shaxslarning shaxsiy varaqalarida mudofaa ishlari bo‘limining ko‘rsatmasiga binoan shu yilning 1-yanvaridan harbiy ro‘yxat haqidagi ma’lumotlar chizib (o‘chirib) tashlanadi va “yoshi bo‘yicha harbiy ro‘yxatdan chiqarildi” deb belgilanadi. 23. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning shaxsiy varaqalari alohida kartotekada alfavit tartibida qat’iy saqlanadi, kartoteka sakkiz guruhga bo‘linadi: birinchi — rezervdagi general va ofitsyerlarning shaxsiy varaqalari; ikkinchi — zaxiradagi general va ofitsyerlarning shaxsiy varaqalari; uchinchi — rezervdagi serjant va oddiy askarlarning shaxsiy varaqalari; to‘rtinchi — zaxiradagi serjant va oddiy askarlarning shaxsiy varaqalari; beshinchi — harbiy xizmatga majbur ayollarning shaxsiy varaqalari; oltinchi — chaqiriluvchilarning shaxsiy varaqalari; yettinchi — safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining shaxsiy varaqalari; Urush davrida chaqiruv muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlarning shaxsiy varaqalari har bir guruhda alohida ajratilib qo‘yiladi. Yoshi yoki salomatligiga ko‘ra harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan shaxslarning shaxsiy varaqalari tashkilot, korxona, muassasaning umumiy kartotekasida saqlanadi. Yirik korxonalarda shaxsiy varaqalardan tuzilgan kartoteka yuqorida ko‘rsatilgan sakkiz guruhga bo‘lingan holda sexlar bo‘yicha joylashtirilishi mumkin. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarining shaxsiy varaqalaridan tuzilgan kartoteka maxfiy hujjatlarga qo‘yilgan talablar asosida saqlanadi. 24. Harbiy ro‘yxat masalalari bo‘yicha tadbirlarini bajarish jarayonida korxona, tashkilot, muassasa, jumladan, ta’lim muassasasi ma’muriyatlari quyidagilarga majbur: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan qoida va shakllar bo‘yicha barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ro‘yxatining to‘laligi va sifatliligini ta’minlash; rezervdagi va zaxiradagi ofitsyerlar guvohnomalari, rezervdagi, zaxiradagi harbiy xizmatga majburlarning, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining harbiy guvohnomalari, chaqiriluvchilarni ro‘yxatga olganligini bildiruvchi guvohnomalari, muqobil xizmat xizmatchilarining guvohnomalaridagi yozuvlarni, ularning shaxsiy varaqalaridagi (T-2 shakl) yozuvlar bilan solishtirib aniqlik kiritish va bu shaxsiy varaqalarini har yili kamida bir marta tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga taqqoslash uchun taqdim qilish; harbiy xizmatga majburlar, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari, muqobil xizmat xizmatchilari va chaqiriluvchilarning oilaviy ahvoli, yashash joyi, xizmat faoliyati, texnik va umumta’lim tayyorgarligidagi o‘zgarishlarni muntazam hisobga olib borish, bu haqda tegishli harbiy hisob organlarga ular belgilagan muddatlarda, lekin har oyda kamida bir marta ma’lumot berish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan bron qilish bo‘yicha ro‘yxatga muvofiq iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun rahbarlar, muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchilardan iborat harbiy xizmatga majburlarni o‘z vaqtida bron qilishni rasmiylashtirish; har yili dekabr oyida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga harbiy xizmatga tayyorlash lozim bo‘lgan chaqiriqqacha yoshdagi o‘smirlar ro‘yxatini (3-ilova) va tuman (shahar) chaqiruv hududlarida qayd qilinishi lozim bo‘lgan o‘smirlar ro‘yxatini (4-ilova) taqdim qilish; mudofaa ishlari bo‘limlarining talablariga binoan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari bo‘limlariga kelishlari haqida xabardor qilish hamda o‘z vaqtida yetib kelishlarida ko‘maklashish; yangi ishga (o‘qishga) qabul qilingan va ishdan bo‘shatilgan (o‘qishdan chiqarib yuborilgan) barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar haqida yetti kunlik muddat ichida mudofaa ishlari bo‘limiga xabar berish; fuqarolarni ishga (o‘qishga) qabul qilishda ularda harbiy hisob hujjatlari mavjudligini tekshirish (harbiy xizmatga majburlarda — zaxiradagi ofitser guvohnomasi, harbiy guvohnoma, chaqiriluvchilarda — chaqiruv uchastkasida qayd qilinganligi haqida guvohnoma, muqobil xizmat xizmatchilarida — muqobil xizmat xizmatchisining guvohnomasi, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarida — harbiy guvohnoma yoki mudofaa ishlari bo‘limidan berilgan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tayotganligi haqida ma’lumotnoma) va harbiy ro‘yxatda turish-turmasligini aniqlash lozim. Fuqarolar faqat yashash joylari bo‘yicha harbiy ro‘yxatga qo‘yilgandan so‘ng ishga (o‘qishga) qabul qilinadi; mudofaa ishlari bo‘limiga taqdim qilish uchun harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilardan tilxat bilan harbiy hisob hujjatlarini qabul qilish (5-ilova); hokimliklar, korxona, tashkilot va muassasalarda harbiy xizmatga majburlarni bron qilish holatlarini mudofaa ishlari bo‘limlari va yuqori tashkilotlar tomonidan tekshirish jurnali yuritish (6-ilova). 25. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlaridagi shaxsiy (sifat bo‘yicha) harbiy ro‘yxat ishlarining haqqoniyligini ta’minlash, yashash joyi bo‘yicha harbiy ro‘yxatga qo‘yish va ro‘yxatdan chiqarishda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervi va muqobil xizmat xizmatchilarining boshlang‘ich ro‘yxati yuritiladi. 26. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida harbiy xizmatga majburlar, safarbarlik chaqiruvi rezervi va muqobil xizmat xizmatchilarining harbiy ro‘yxati boshlang‘ich hisob varaqalari bo‘yicha (7-ilova), chaqiriluvchilar harbiy hisobi esa nomma-nom ro‘yxat bo‘yicha yuritiladi (8-ilova). 27. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari va muqobil xizmatchilari boshlang‘ich harbiy ro‘yxatni yuritish quyidagi asosiy harbiy hisob hujjatlariga ko‘ra olib boriladi: harbiy xizmatga majburlar uchun — harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi; muqobil xizmat xizmatchilari uchun — muqobil xizmat xizmatchisining guvohnomasi; safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari uchun — harbiy guvohnoma yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilganligini tasdiqlovchi mudofaa ishlari bo‘limining ma’lumotnomasi; chaqiriluvchilar uchun — chaqiruv uchastkalarida qayd qilinganligi haqida guvohnoma. 28. Boshlang‘ich hisob varaqasi (7-ilova) sakkiz guruhga bo‘lingan kartotekada alfavit bo‘yicha saqlanadi: birinchi — rezervdagi general va ofitsyerlarning boshlang‘ich hisob varaqalari; ikkinchi — zaxiradagi general va ofitsyerlarning boshlang‘ich hisob varaqalari; uchinchi — rezervdagi oddiy askar va serjantlarning boshlang‘ich hisob varaqalari; to‘rtinchi — zaxiradagi oddiy askar va serjantlarning boshlang‘ich hisob varaqalari; beshinchi — harbiy xizmatga majbur ayollarning boshlang‘ich hisob varaqalari; oltinchi — chaqiriluvchilarning boshlang‘ich hisob varaqalari; yettinchi — safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining boshlang‘ich hisob varaqalari; sakkizinchi — muqobil xizmat xizmatchilarining boshlang‘ich hisob varaqalari. Safarbarlik guvohnomasiga ega bo‘lgan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning boshlang‘ich hisob varaqalari alohida ajratilib komandalar bo‘yicha tahlanadi. Kartotekalarning harbiy hisob belgilari va tayinlanishi bo‘yicha tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlarining boshliqlari ishlash uchun qulayligiga qarab boshqacha tartibda joylashtirilishi mumkin. 29. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari boshlang‘ich harbiy ro‘yxat masalalari bo‘yicha tadbirlarni bajarish jarayonida quyidagilarga majbur: xizmat ko‘rsatayotgan hududda yashovchi barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ro‘yxatining to‘la qamrab olinganligini va sifatliligini ta’minlash; harbiy xizmatga majburlar, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari, muqobil xizmat xizmatchilari va chaqiriluvchilarning boshlang‘ich hisob varaqalarini zaxiradagi ofitsyerlar guvohnomasi, rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining harbiy guvohnomalari, chaqiriluvchilarning qayd qilinganlik guvohnomalari, muqobil xizmat xizmatchilarining guvohnomalari bilan solishtirib, ushbu varaqalarni har yili kamida bir marta tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga taqqoslash uchun taqdim qilish; harbiy ro‘yxatga qo‘yilgan va ro‘yxatdan chiqarilgan barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar haqida o‘n kun muddat ichida tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga ma’lumot berish; doimiy yoki bir yarim oydan ortiq muddatga vaqtincha yashash uchun kelgan harbiy xizmatga majburlarni uch kun muddat ichida harbiy ro‘yxatga qo‘yish, chaqiriluvchilarni esa ro‘yxatga olish hamda boshqa joyga doimiy yoki vaqtincha (bir yarim oydan ortiq muddatga) yashash uchun ketayotgan, uch oydan ortiq muddatga xizmat safariga, ta’tilga yoki davolanishga ketayotgan harbiy xizmatga majburlarni harbiy ro‘yxatdan, chaqiriluvchilarni esa chaqiriluvchilar ro‘yxatidan chiqarish; doimiy yoki vaqtincha yashash uchun kelib harbiy ro‘yxatda turmayotgan harbiy xizmatga majburlarni va chaqiruv uchastkalarida ro‘yxatdan o‘tmagan chaqiriluvchilarni aniqlash hamda aniqlangan harbiy xizmatga majburlarni harbiy ro‘yxatga qo‘yish, chaqiriluvchilarni esa mudofaa ishlari bo‘limiga yuborish; mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining talabiga binoan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari bo‘limiga kelishlari haqida xabardor qilish hamda o‘z vaqtida ular talab qilgan punktga yetib kelishlariga yordam berish; harbiy xizmatga majburlarning boshlang‘ich hisob varaqasi (7-ilova) va chaqiriluvchilar ro‘yxatiga (8-ilova) ma’lumoti, ish joyi, lavozimi, oilaviy ahvoli va yashash joyi bo‘yicha o‘zgarishlarni kiritib borish hamda har oyda mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘iga bu haqda ma’lumot berish; har yili kamida bir marta harbiy xizmatga majburlarning hisob varaqasi va chaqiriluvchilarning ro‘yxatidagi ma’lumotlarni uy daftarlari (qayd qilish varaqalari) bilan solishtirish hamda uyma-uy aylanib harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning haqiqiy sonini aniqlash. Xuddi shu muddatlarda aniqlik kiritilgan boshlang‘ich hisob varaqalarini tuman mudofaa ishlari bo‘limidagi hisob ma’lumotlari bilan solishtirish. Hisobda turuvchi chaqiriluvchilar ro‘yxatini tuman mudofaa ishlari bo‘limidagi hisob ma’lumotlari bilan chaqiriqqacha yoshdagi o‘smirlar chaqiruv hududlarida qayd qilingach, fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi oldidan hamda mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan boshqa muddatlarda taqqoslab chiqish; har yili dekabr oyida harbiy xizmatga tayyorlanishi lozim bo‘lgan o‘smirlarning ro‘yxatini (3-ilova) va chaqiruv uchastkalarida qayd qilinishi lozim bo‘lgan o‘smirlarning ro‘yxatini (9-ilova) tuzib tuman mudofaa ishlari bo‘limiga taqdim qilish; salomatligida ro‘y bergan o‘zgarishlar haqida arz qilgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni hisobga olish va har oyda bir marta bu haqda tuman mudofaa ishlari bo‘limiga ma’lumot berish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga harbiy ro‘yxat bo‘yicha burchlarini tushuntirish va ular tomonidan amaldagi harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini buzgan harbiy xizmatchilar ustidan ma’lumotnoma (10-ilova) tuzish va qonunbuzarlarni javobgarlikka tortish hamda tuman mudofaa ishlari bo‘limiga taqdim qilish; faoliyat yuritayotgan hududdagi harbiy ro‘yxat holati hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar tomonidan harbiy ro‘yxat qoidalarining buzilish hollari haqida hokimlikka ma’lumotlar berish. 30. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish quyidagilarni hisobga olib boradi: faoliyat yuritayotgan hududga boshqa mudofaa ishlari bo‘limidan doimiy yoki bir yarim oydan ortiq muddatga vaqtincha yashash uchun kelganlarni; muddatli harbiy xizmatni o‘tagandan so‘ng rezervga bo‘shatilganlarni; bu toifadagi harbiy xizmatga majburlarni tuman mudofaa ishlari bo‘limida harbiy hisob hujjatlarini rasmiylashtirgandan so‘ng ro‘yxatga qo‘yiladi; turli sabablarga qo‘ra zaxiraga o‘tkazilgan va mudofaa ishlari bo‘limidan harbiy guvohnoma olgan chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yosh) erkak fuqarolarni. 31. Doimiy yoki bir yarim oydan ortiq muddatga vaqtincha yashash uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi mavjud bo‘lmagan, lekin ichki ishlar organlarining pasport stollari mavjud bo‘lgan shahar va posyolkalarga kelgan harbiy xizmatga majburlar harbiy ro‘yxatga qo‘yishni rasmiylashtirish uchun uy-joy mulkdorlari shirkatiga pasport bilan birga harbiy guvohnomalarini ham topshiradilar. Qishloqqa kelgan harbiy xizmatga majburlar uch kun muddat ichida harbiy hisob hujjatlari bilan harbiy ro‘yxatga qo‘ydirish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga shaxsan kelishga majburdirlar. Ba’zi joylarda ish faoliyati doimo ko‘chib yurish bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy xizmatga majburlarni tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ruxsati bilan harbiy ro‘yxatga olish va chiqarish ular mudofaa ishlari bo‘limiga kelmay amalga oshiriladi. Bunday holda harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitsyerlar guvohnomasi, chaqiruv uchastkasida qayd qilinganlik guvohnomasi mudofaa ishlari bo‘limiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi farmoyishi bilan olib boriladi. Chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan chiqish uchun tuman mudofaa ishlari bo‘limiga shaxsan kelishlari va yangi yashash joyiga borgach uch kun muddatda harbiy ro‘yxatga turishlari shart. Chaqiriluvchilarni uy daftarlari (qaydlov varaqasi) bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish faqat chaqiruv hududida qayd etish guvohnomasida mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olinganligi haqidagi yozuvlar bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Faoliyat yuritilayotgan hududga bir yarim oygacha xizmat safari, o‘qish, ta’til yoki davolanishga esa uch oygacha muddatga kelgan chaqiriluvchilar qayd etish guvohnomalarida avvalgi yashagan hududlaridagi mudofaa ishlari bo‘limining ro‘yxatdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi belgisi bo‘lsa, vaqtincha ro‘yxatga qo‘yiladi. Bunday shaxslar haqida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuman mudofaa ishlari bo‘limiga ma’lumot berishadi. 32. Harbiy xizmatga majburlarni harbiy ro‘yxatga olish va chaqiriluvchilarni hisobga kiritish bo‘yicha quyidagi ishlar bajariladi: a) harbiy guvohnomalar, zaxiradagi ofitsyerlar guvohnomasi va chaqiriluvchilarning qayd etish guvohnomalarining haqqoniyligi, egasiga tegishliligi sinchiklab tekshiriladi. Harbiy hisob hujjatlarini o‘z egasiga tegishli ekanligini harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi va chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasidagi sur’at pasportdagi sur’ati hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchining tashqi qiyofasi bilan solishtirib ko‘rish orqali aniqlanadi. Bundan tashqari harbiy hisob hujjatlarida barcha varaqlarning mavjudligi, ularni qalbakilashtirish, izohlanmagan to‘g‘rilashlardan xolisligi hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchini avvalgi yashash joyidagi harbiy hisob organidan ro‘yxatdan chiqarilganligi, chaqiriluvchining shu joydagi mudofaa ishlari bo‘limida ro‘yxatga olinganligi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘z muddatida kelganligi tekshiriladi. Harbiy hisob hujjatlarida turli xil tafovutlar, noaniqliklar va qalbakilashtirishlar hamda alohida varaqlarning yo‘qolganligi aniqlansa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bu haqda tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘iga ma’lum qiladi va uning ko‘rsatmasiga binoan tegishli choralarni qo‘llaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida harbiy hisob hujjatlarini qoldirish zarurati tug‘ilganda harbiy xizmatga majburlarga (chaqiriluvchiga) ushbu qo‘llanmaning 4-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda tilxat beriladi; b) barcha harbiy xizmatga majburlarga boshlang‘ich hisob varaqasi (2-ilova) to‘ldiriladi, chaqiriluvchilar esa chaqiriluvchilar ro‘yxatiga (3-ilova) kiritiladi va ularga alfavit varaqalari (11-ilova) to‘ldiriladi. Rezervdagi serjant, starshina, askar va matroslarga, bundan tashqari (12-ilova) ko‘rsatilgan Qoidalarga muvofiq hisob varaqalari 32-bandda ko‘rsatilgan qoidalar asosida to‘ldiriladi. Ushbu ko‘rsatilgan hujjatlar, harbiy guvohnomalar, zaxiradagi ofitsyerlar guvohnomalari va chaqiriluvchilarning qayd etish guvohnomalaridagi yozuvlarga to‘la mos ravishda to‘ldiriladi. Bunda ma’lumoti, ish joyi, lavozimi, yashash joyi va oilaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlar ular aniqlangandan so‘ng yoziladi. Ba’zi hisob belgilarida noto‘g‘ri yozuvlar bo‘lsa, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatga olib rasmiylashtirilgandan so‘ng ularning hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun mudofaa ishlari bo‘limiga yuboriladi; v) tuman mudofaa ishlari bo‘limiga uchragandan so‘ng fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga kelgan, tuman ichida yashash joyini o‘zgartirgan harbiy xizmatga majburlarga familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, ish joyi, lavozimi ko‘rsatilgan nomma-nom ro‘yxat to‘ldiriladi va tuman mudofaa ishlari bo‘limiga yuboriladi. Tuman ichida yashash joyini o‘zgartirgan shaxslarga esa bundan tashqari avval harbiy ro‘yxatda turgan harbiy hisob tashkilotlarining nomi ko‘rsatiladi. Bunday harbiy xizmatga majburlarga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida hisob varaqalari (12-ilova) to‘ldirilmaydi; g) harbiy ro‘yxatga olingan harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalaridagi VIII bo‘limda va qayd etish varaqasida (uy daftarida) muhr bilan ularni ro‘yxatga olinganligi haqida belgi qo‘yiladi (13-ilova). d) boshqa tumanlardan safarbarlik guvohnomasi bilan kelgan harbiy xizmatga majburlar haqida mudofaa ishlari bo‘limiga ma’lumot beriladi. Safarbarlik guvohnomasini olish mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan amalga oshiriladi va bu haqda harbiy guvohnomaning VI bo‘limida maxsus muhr bilan belgi qo‘yiladi (13-ilova). e) fuqarolar yig‘inlariga yangi kelgan harbiy xizmatga majburlarning hisob varaqalari, ulardan olingan safarbarlik guvohnomalari, hisob varaqalari to‘ldirmay ro‘yxatga olingan harbiy xizmatga majburlar ro‘yxati hamda chaqiriluvchilarning alfavit varaqalarini o‘n kunda bir marta belgilangan tartibda tuman mudofaa ishlari bo‘limlariga yuboradi; j) ro‘yxatga olingan harbiy xizmatga majburlarning boshlang‘ich hisob varaqalari kartotekaga joylashtiriladi. 33. Oddiy askar va serjantlar tarkibining hisob varaqasi (12-ilova) fuqarolar yig‘inlarida harbiy guvohnomadagi ma’lumotlar bilan bir xil tartibda va mos ravishda to‘ldiriladi. Etishmayotgan ma’lumotlarni hisob varaqasiga harbiy xizmatga majburlar bilan shaxsan suhbatlashib to‘ldiriladi. Hisob varaqalari faqat qora va binafsha rangli siyohda chiroyli yozuv bilan to‘ldiriladi. Harbiy xizmatga majburlarning ish joyi, lavozimi, yashash joyi, oilaviy ahvoli va oilasining yashash joyi haqidagi ma’lumotlar (hisob varaqasidagi 6-7-bandlar) faqat oddiy yumshoq qalam bilan yoziladi. Hisob varaqalari quyidagi tartib va talablarga amal qilgan holda to‘ldiriladi: harbiy guvohnomaning seriya va raqami hisob varaqasining bosh qismida harbiy xizmatga majburlarning qo‘lidagi harbiy guvohnomaning seriya va raqamiga mos ravishda yoziladi, VII bo‘limining oxirida esa hisob varaqasi qachon va qaysi mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan berilganligi ko‘rsatiladi; yuqoridagi chap katakdagi “tug‘ilgan yili”, “familiyasi, ismi, otasining ismi”, “tug‘ilgan joyi va yili, oyi, kuni”, “millati” (1-2-bandlar) satrlari pasport va guvohnomadagi ma’lumotlar bo‘yicha to‘ldiriladi. Tug‘ilgan joyi quyidagi tartibda to‘ldiriladi: viloyat, tuman, qishloq (posyolka) yoki shahar. “Harbiy xizmatga yaroqliligi” katagi harbiy xizmatga majburlarning harbiy xizmatga yaroqliligi (yaroqsizligi) haqidagi tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq to‘ldiriladi: agar harbiy guvohnomaning II bo‘lim, 7-bandida va V bo‘limida harbiy xizmatga yaroqli deb yozilgan bo‘lsa, “yaroqli” deb; agar harbiy guvohnomaning V bo‘limida mudofaa vazirining 2003-yil 1-martdagi 137-sonli buyrug‘ining __ -moddasi __ -bandiga asoslangan holda harbiy xizmatga yaroqsizligi haqida yozuvlar bo‘lsa, “yaroqsiz” deb; agar “YaHHCh” harbiy guvohnomaning 28-bandida mudofaa vazirining 2003-yil 1-martdagi 137-sonli buyrug‘ining ___ -moddasi __ -bandiga asoslangan holda harbiy xizmatga yaroqsiz, harbiy ro‘yxatdan chiqarish degan yozuvi bo‘lsa, u holda “yaroqsiz,” deb yoziladi. Millati 2-bandda pasportdagi yozuvga asoslanib yoziladi. 3-bandda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun o‘quv yurtining to‘liq nomi, qaysi yili va qanday mutaxassislik bilan tamomlaganligi ko‘rsatiladi. Agar oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlamagan bo‘lsa, qaysi bosqichni yoki sinfni tugallaganligi ko‘rsatiladi. Agar harbiy xizmatga majburlar bir nechta o‘quv yurtini tugatgan bo‘lsa, u holda eng yuqori ma’lumot beradigan o‘quv yurti ko‘rsatiladi. Litsey va kollejlarni tamomlagan shaxslar uchun hisob varaqasi to‘ldirishda qaysi litseyni (kollejni), qachon va qanday mutaxassislik bo‘yicha tamomlaganligi ko‘rsatiladi, o‘quvchilarga esa o‘rta maktabning qaysi sinfida, oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtining qaysi bosqichida o‘qiyotganligi ko‘rsatiladi. Masalan: “o‘rta maktabning 11-sinfida o‘qiydi” yoki “Toshkent davlat universitetining amaliy matematika fakultetida 3-bosqichda o‘qiydi”, “Industrial kollejning 2-bosqichida o‘qiydi”. Faqat umumta’lim ma’lumotiga ega bo‘lganlar uchun “o‘rta maktabning 11-sinfini tamomlagan” yoki “to‘liqsiz, o‘rta maktabning 9-sinfini tamomlagan”. 4-bandda olgan ma’lumoti va ish tajribasi natijasida egallagan asosiy fuqarolik mutaxassisligi, malakasi bo‘yicha darajasi va toifasi ko‘rsatiladi. Harbiy xizmatga majburlar bir nechta fuqarolik mutaxassisligiga ega bo‘lsa, u holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun qadrliroq bo‘lgan mutaxassisligi yoziladi. Avtomobil, traktor, mototsikl va boshqa mashinalar haydovchilari uchun bu texnikalarni boshqarish guvohnomasining raqami va olingan sanasi yoziladi. 5-bandda ish joyi va mansabi uy-joylardan foydalanish tashkiloti, korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki harbiy xizmatga majburlarning so‘zi bo‘yicha korxonaning to‘liq nomi, manzili va xodimlar bo‘limining telefon raqami ko‘rsatilgan holda yoziladi. 6-bandda yashash joyi qayd etish ma’lumotlari bo‘yicha to‘liq manzili va uy telefoni ko‘rsatilib, qishloq joylarida esa aholi punktining nomi va qaysi fuqarolar yig‘iniga taalluqliligi yoziladi. Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan harbiy ro‘yxatga olingan harbiy xizmatga majburlarning hisob varaqalarida ichki ishlar organi tomonidan ular ro‘yxatdan o‘tmasdan yashayotgan yashash joylarining to‘liq manzili yoziladi. Pasportdagi ma’lumotlariga asoslangan holda 7-bandda “uylanmagan” (turmushga chiqmagan), agar uylangan (turmushga chiqqan) bo‘lsa, oilasining tarkibi (turmush o‘rtog‘ining ismi, familiyasi va otasining ismi, farzandlarining tug‘ilgan yili) ko‘rsatiladi. Harbiy xizmatga majburlarning so‘zi bo‘yicha oilasining yashash joyi yoki uy-joydan foydalanish tashkilotining aniq ma’lumotlari bo‘yicha yoziladi. 8-band harbiy guvohnomadagi yozuvlar (8-9-bandlar) asosida to‘ldiriladi. 20-bandda harbiy xizmatga majburlarga muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoki zaxirada bo‘lgan vaqtida berilgan oxirgi harbiy unvoni ko‘rsatiladi. Muddatli xizmatni o‘tamagan va unvonga ega bo‘lmagan harbiy xizmatga majburlarga “oddiy askar” deb yoziladi. 23-bandda hisob toifasi “R” yoki “Z” (harbiy guvohnomaning 21-bandi) harflari bilan ko‘rsatiladi. 24-bandda hisob guruhi “A”, “BQ”, “HDF”, “MXX”, “IIV”, “DChQQ” (harbiy guvohnomaning 22-bandi. 25-bandda “tarkibi” harbiy xizmatga majburlarga berilgan harbiy unvonga muvofiq to‘ldiriladi (harbiy guvohnomaning 23-bandi). 26-bandda “HHM raqami”ni to‘ldirishda uch raqamdan iborat harbiy hisob mutaxassisligining raqami ko‘rsatiladi, “HHM raqami”ni to‘ldirishda esa harbiy hisob mutaxassisligining oltita raqam va harf belgisidan iborat raqamli ifodalanish ko‘rsatiladi (harbiy guvohnomaning 24-bandi). 27-bandda harbiy xizmatga majburlarning olti xonali raqam bilan belgilangan HHMga mos keladigan lavozimi bo‘yicha malakasi yoziladi (harbiy guvohnomaning 26-bandi). Hisob varaqasining 15-bandi harbiy qism shtabi tomonidan harbiy xizmatga majburlar harbiy guvohnomasining 10-bandida yozilgan yozuvlar asosida to‘ldiriladi. Harbiy qismga qabul qilinganligi va bo‘shatilganligi haqidagi buyruqning soni hisob varaqasining 15-bandida ko‘rsatilmaydi. Oylarning nomlanishi arab raqamlari bilan yoziladi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan harbiy xizmatga majburlar uchun “xizmat qilmagan” deb yoziladi. 12-bandida harbiy xizmatga majburlar xizmatdan bo‘shatilayotganda harbiy qism qarorgohi tomonidan harbiy guvohnomaning 9-bandida yozilgan yozuv asosida to‘ldiriladi. 16-bandida harbiy xizmatga majburlar harbiy guvohnomasining 11-bandida harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan uni urush davrida ishlatish bo‘yicha berilgan xulosasi yoziladi. Agar harbiy guvohnomada mazkur yozuv bo‘lmasa, u holda hisob varaqasining ushbu yozuv nazarda tutilgan 16-bandi to‘ldirilmaydi. Hisob varaqasining orqa tomonida harbiy xizmatga majburlarning bo‘yi, bosh aylanasi, gazniqob o‘lchovi, poyafzal va kiyim-kechak o‘lchamlari haqidagi yozuvlar harbiy xizmatga majburlarning so‘ziga ko‘ra to‘ldiriladi. 18-19-bandlar harbiy guvohnomaning tegishli bandlaridagi yozuvlar asosida to‘ldiriladi. Harbiy qasamyod qabul qilmagan va jangovar harakatlarda ishtirok etmagan shaxslarning hisob varaqasida mazkur bandlar to‘ldirilmaydi. 21-band harbiy xizmatga majburlarning davlat mukofotlari, ko‘krak nishonlari va qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanganligini tasdiqlovchi orden daftarchasi, guvohnomasi va boshqa hujjatlari asosida to‘ldiriladi. Bu bandda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida, zaxirada va rezervida xizmat davrida olgan barcha orden, medal, ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar olingan sanasi sanab o‘tiladi. Mukofoti va sovg‘asi bo‘lmagan shaxslarga bandning bu ustuni to‘ldirilmaydi. 22-bandida harbiy xizmatga majburlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarga asoslanib olgan jarohatlar (kontuziyalar)ning xususiyati aniq sanasi yoziladi. Jarohatlar olmagan shaxslarning hisob varaqasida 22-bandi “olmagan” so‘zi bilan to‘ldiriladi. 28-bandida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxiradagi xizmati davomida o‘quv yig‘inlari va qayta tayyorgarlikdan o‘tash haqidagi ma’lumotlar yoziladi. Hisob varaqasining ushbu bandi harbiy guvohnomaning 27-bandidagi yozuvlar asosida to‘ldiriladi. V bo‘limda “Tibbiy tekshiruvi haqidagi ma’lumotlar” tibbiy komissiyalarni safdan tashqari xizmatga yaroqli va tinchlik davrida yaroqsiz, urush davrida safdan tashqari xizmatga yaroqli hamda uchish xizmatlariga va havo-desant qo‘shinlarida “xizmatga yaroqsiz” deb topilgan shaxslarga nisbatan chiqargan qarorlari yoziladi. Yozuvlar harbiy guvohnomaning 15-betida yozilgan tibbiy tekshirishlar haqidagi ma’lumotlar asosida yoziladi. harbiy guvohnomaning tegishli bo‘limlaridagi yozuvlar VII bo‘limdagi “alohida belgilar” asosida to‘ldiriladi. VIII bo‘limdagi “harbiy ro‘yxatga qo‘yish va chiqarish belgilari”dagi yozuvlar harbiy guvohnomaning sakkizinchi bo‘limida ko‘rsatilgan harbiy ro‘yxatga qo‘yish sanasi ko‘rsatilgan belgiga mos kelishi lozim. Shu mazkur bo‘limda harbiy xizmatga majburlarning chegara yoshiga yetganligi sababli harbiy ro‘yxatdan chiqarilganligi haqidagi yozuv ham yoziladi. 34. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari quyidagi harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatdan chiqaradi: a) yashash joyini o‘zgartirgan yoki boshqa hududlarga bir yarim oydan ortiq vaqtga, xizmat safariga, o‘qishga, ta’tilga yoki davolanishga — uch oydan ortiq muddatga ketganlar. Ushbu holatlarda chaqiriluvchilarni hisobdan chiqarish ro‘yxatlarda tuman mudofaa ishlari bo‘limida harbiy ro‘yxatdan chiqarilgandan so‘ng belgilanadi; b) chaqirilganlar yoki harbiy xizmatga kirgan shaxslar; v) xalq sudining hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortilganlar; g) rezervda va zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan holatlarda, chaqiriluvchilar esa -chaqiruv yoshidan o‘tganda; Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari harbiy ro‘yxatdan quyidagilarni o‘chiradilar: a) tibbiy komissiya tomonidan harbiy ro‘yxatdan chiqarish bilan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganlarni; b) rezervda va zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetganlarni; v) chet elga doimiy yashash uchun ketganlarni; g) vafot etganlarni yoki qonunda o‘rnatilgan tartib asosida bedarak yo‘qolganlarni. Boshqa barcha holatlarda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni ro‘yxatdan chiqarish va o‘chirish faqat tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ruxsati bilan amalga oshiriladi. 35. Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi bo‘lmagan, biroq ichki ishlar organlarining pasport stoli mavjud bo‘lgan shahar va posyolkalardan boshqa joylarga doimiy yoki vaqtincha (bir yarim oydan ortiq muddatga) yashashga, xizmat safariga, o‘qishga, ta’tilga yoki davolanishga — uch oydan ortiq muddatga ketayotgan harbiy xizmatga majburlar uy-joydan foydalanish tashkilotlariga pasport bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida harbiy ro‘yxatdan chiqish va uni rasmiylashtirish uchun harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitsyerlar guvohnomasi, chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasini topshiradilar. 36. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha quyidagi ishlar bajariladi: a) harbiy xizmatga majburlar harbiy guvohnomasining VIII bo‘limida va uy daftarida (qayd etish varaqasida) muhr bilan harbiy ro‘yxatdan chiqarilganligi haqida belgi qo‘yiladi (13-ilova); b) mudofaa ishlari bo‘limi mas’uliyatiga biriktirilgan hududdan tashqariga chiqib ketayotgan harbiy xizmatga majburlardagi safarbarlik guvohnomasi olinib, bu haqda harbiy guvohnomaning VI bo‘limida muhr bilan tegishli belgi qo‘yiladi (13-ilova). Tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan ba’zi komandalarga kiritilgan harbiy xizmatga majburlardan safarbarlik guvohnomasi olinmasligi mumkin; v) boshlang‘ich hisob varaqasida harbiy ro‘yxatdan chiqish sababi va sanasi ko‘rsatiladi; g) harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan harbiy xizmatga majburlarning alohida ro‘yxati tuzilib, olingan safarbarlik guvohnomalari bilan birgalikda o‘n kunda bir marta tuman mudofaa ishlari bo‘limiga yuboriladi. Chaqiriluvchilar ro‘yxatida (8-ilova) ro‘yxatdan chiqarilganligi haqida belgi qo‘yiladi. 37. Harbiy ro‘yxatdan chiqmasdan (tuman hududidan tashqariga) yangi yashash joyiga ketgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar haqida tegishli chora qo‘rish uchun tuman mudofaa ishlari bo‘limiga xabar beriladi. 38. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervda va zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan harbiy xizmatga majburlarni faqat tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ruxsati bilan har yili yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan chiqariladi. 39. Vafot etgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatdan chiqarish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi va chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi berilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Fuqarolar yig‘inlarida o‘limini qayd qilishda ushbu hujjatlar harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni boshlang‘ich harbiy hisobini yuritish yuklatilgan mansabdor shaxslarga bevosita topshiriladi. Harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi va chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi birinchi betida “Vafot etgan” 20 ___ y. “___” _____o‘lim haqidagi ___ -son yozuv dalolatnomasi” belgisi qo‘yilib fuqarolar yig‘ini raisining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi, hamda harbiy guvohnoma va chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi mudofaa ishlari bo‘limiga yuboriladi, FHDY organidan yoki vafot etgan shaxsning qarindoshlaridan harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi va chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasini olishi iloji bo‘lmasa, bu haqda tuman mudofaa ishlari bo‘limiga xabar beriladi. Boshlang‘ich hisob varaqasida o‘lim haqidagi dalolatnoma raqami ko‘rsatib belgilanadi, shundan so‘ng varaqa ro‘yxatdan chiqarilganlar kartotekasiga qo‘yiladi. Bu varaqalar mudofaa ishlari bo‘limi ma’lumotlari bilan navbatdagi taqqoslashdan so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi (yoqib yuboriladi). 40. Rezerv va zaxiradagi general va ofitsyerlar harbiy ro‘yxatga turish uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga shaxsan kelishlari lozim. Mudofaa ishlari bo‘limidan olisda joylashgan hududlarda yashovchi rezerv va zaxiradagi general va ofitsyerlarni harbiy ro‘yxatga qo‘yish, ro‘yxatdan chiqarish ishlari mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining qarori bilan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatini yuritish vazifasi yuklatilgan fuqarolar yig‘inlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda fuqarolar yig‘inlari rezerv va zaxiradagi general va ofitsyerlar guvohnomalarida ro‘yxatga qo‘yilganligi va chiqarilganligi haqida yozib, gerbli muhri bilan tasdiqlaydi. Rezerv va zaxiradagi general va ofitsyerlarning harbiy ro‘yxati boshlang‘ich hisob varaqalari bo‘yicha olib boriladi (7-ilova). 41. Rezerv va zaxiradagi general va ofitsyerlarni hisobga olish masalalari bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari quyidagilarga majburdir: faoliyat ko‘rsatayotgan hududga doimiy yoki vaqtincha (bir yarim oydan ortiq muddatga) yashashi, xizmat safari, o‘qishi, ta’til yoki davolanish uchun esa — uch oydan ortiq, muddatga kelgan barcha zaxiradagi general va ofitsyerlarni uch kunlik muddat ichida harbiy hisobga olishlari; mudofaa ishlari bo‘limiga harbiy ro‘yxatga qo‘yilganligi haqida ma’lumot berishlari (14-ilova); rezerv va zaxiradagi general va ofitsyerlarning mazkur Yo‘riqnomaning 40-moddasi va ikkinchi satridagi holatlardan tashqari hollarda harbiy ro‘yxatga olishni batamom hal qilish uchun tuman mudofaa ishlari bo‘limiga kelishini zimmasiga yuklash. Agar harbiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish uchun rezervdagi va zaxiradagi general va ofitsyerlarni mudofaa ishlari bo‘limlariga kelishlari majburiy bo‘lmasa, u holda ma’lumotnomada (14-ilova) ularning shaxsiy yig‘majildi qayerdan so‘ralishi ko‘rsatiladi; rezerv va zaxiradagi general va ofitsyerlarni harbiy ro‘yxatdan chiqarish va ro‘yxatdan o‘chirish mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi. Bunda ko‘chib ketgan zaxiradagi general va ofitsyerlarning boshlang‘ich hisob varaqalarida ro‘yxatdan chiqarish yoki o‘chirishning sababi ko‘rsatiladi. Harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan yoki o‘chirilgan rezerv va zaxiradagi general va ofitsyerlarning boshlang‘ich hisob varaqalari ma’lumotlar uchun bir yil davomida saqlanadi, shundan so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi; har yili kamida bir marta rezerv va zaxiradagi general va ofitsyerlarning boshlang‘ich hisob varaqalarini uy daftarlari (qayd etish varaqalari) bilan, korxonalarning T-2 shakldagi shaxsiy varaqalari (2-ilova) bilan solishtirish rezerv va zaxiradagi general va ofitsyerlarga aniqlik kiritilgan boshlang‘ich hisob varaqalarini mudofaa ishlari bo‘limidagi hisob ma’lumotlari bilan solishtiriladi; har oyda tuman mudofaa ishlari bo‘limiga (14-ilova) rezerv va zaxiradagi general va ofitsyerlarning ma’lumoti, ish joyi, mansabi, oilaviy ahvoli, salomatligi o‘zgarganligi haqida hamda sudlangan yoki vafot etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma blankalarida xabar beriladi. 42. Mudofaa ishlari bo‘limlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini harbiy hisob hujjat (1 — 14-ilovalar) blankalari bilan ta’minlaydi. Muhrlar va kanselyariya buyumlari bilan hokimliklar mablag‘i hisobidan ta’minlanadi. 43. Harbiy ro‘yxatga taalluqli bo‘lgan nomma-nom ro‘yxatlar, hisob va alfavit varaqalari, muhrlar, kitoblar, hisob jurnali, qulflanadigan seyflarda yoki temir qoplamali shkaflarda saqlanishi kerak, ularni ochishga faqat fuqarolar yig‘ini raisi va harbiy hisob ishlarini yurituvchi shaxslarga ruxsat etilishi lozim. 44. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan harbiy ro‘yxat qoidalarini namunali tarzda bajarishga majbur. 45. Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan harbiy mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish uchun jalb qilingan chaqiriluvchilarning mashg‘ulotlarga qatnashishlari majburiydir. 46. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning oilaviy ahvoli, yashash joyi, ma’lumoti, ish joyi va lavozimi o‘zgargan taqdirda ular o‘zlari, harbiy hisobda turgan hisob organlariga yetti kun muddatda xabar berishga majbur. 47. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar mudofaa ishlari bo‘limining chaqiruviga binoan uzrli sabablarsiz kelmaslik, harbiy ro‘yxatda turgan hisob organiga yashash joyi, ma’lumoti, ish joy va lavozimi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazmaslik kabi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ysa qonunda belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. Yil davomida ushbu bandning birinchi qismida ko‘zda tutilgan qoidabuzarlik takrorlansa, avval ma’muriy jazoga tortilgan bo‘lsa, agar ushbu qoidabuzarlik o‘zining xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka olib kelmasa, eng kam ish haqining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorida jarima undiriladi. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxat qoidalarini buzsa, harbiy guvohnoma va chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasini ongli ravishda yaroqsiz holga keltirsa yoki beparvolik oqibatida yo‘qotib qo‘ysa, harbiy ro‘yxatda turgan hisob organiga yashash joyi, ma’lumoti, ish joyi va lavozimi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazmaslik kabi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ysa, ushbu qoidabuzarlik o‘zining xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka olib kelmasa, eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan to o‘ndan ikki qismigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinadi. Fuqarolar yig‘inlarining harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni boshlang‘ich harbiy ro‘yxatini yuritish vazifasi yuklangan mansabdor shaxslari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar tomonidan sodir etilgan ma’muriy qoidabuzarlik haqida ma’lumotnomalar (10-ilova) tuzib, tegishli chora ko‘rish uchun tuman mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlarga ma’lumot beradi. Tuman (shahar) chaqiruv hududlarida ro‘yxatdan o‘tish uchun mudofaa ishlari bo‘limining chaqiruviga binoan uzrli sabablarsiz kelmagan shaxslar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i tomonidan eng kam ish haqining o‘ndan bir qismi miqdorida jarimaga tortiladi. Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchining ish joyiga (o‘quvchi) korxona, muassasa rahbariga ma’muriy jazo qo‘llanilganligi haqida ma’lum qiladi. 48. Uzoq joylardan navbatdagi ta’tilga chiqishida ta’tilning muddatidan qat’iy nazar harbiy xizmatga majburlar harbiy ro‘yxatdan chiqarilmaydi, biroq shaxsan o‘zlari yoki korxona, tashkilot, muassasa ma’muriyati orqali harbiy ro‘yxatda turgan mudofaa ishlari bo‘limiga borishlari haqida ma’lumot beradi. 49. Dala sharoitida geologik va topo-geodezik tashkilotlar, qidiruv, razvedka, sur’atga olish, gidrogeologik, geofizik, o‘rmon qo‘riqlash va yer tuzish ekspeditsiyalari, partiya va otryadlari, yo‘nalishdagi qurilish-montaj va maxsus poyezdlar, yo‘l mashina stansiyalari, ko‘chma mexanizatsiyalashgan va maxsus kolonnalar, yer osti yo‘llari, ko‘prik qurish va suzib yuruvchi otryadlari va uchastkalari, qurilish-montaj va ishga solish-ta’mirlash tashkilotlari, mexanizatsiya va suvosti-texnik ishlari boshqarmasi hamda shu kabi faoliyat turlariga teng doimo ko‘chib yurish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarda ishlaydigan va doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ularni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan asosiy bazalari, qurilish-montaj va boshqa tashkilotlari joylashgan hududdagi harbiy ro‘yxatga olish organlarida ro‘yxatga olinadilar. Ushbu ko‘rsatilgan tashkilotlarga ishga qabul qilinayotgan va ishdan bo‘shatilayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish uchun ushbu tashkilotlar ma’muriyati harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning qayd etish varaqasi (uy daftari) va harbiy hisob hujjatlarini tegishli harbiy ro‘yxat organlariga taqdim qilishlari lozim. 50. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxat qoidalariga amal qilish bo‘yicha huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan. Ushbu Qonunga muvofiq tashkilot, korxona, muassasa ma’muriyati idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatda turishi, chaqiruv hududlarida qayd qilinishi, muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi, harbiy yig‘inlar hamda mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan o‘tiladigan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish kabi tadbirlarni bajarish uchun belgilangan tartibda ishdan ozod qilishlari shart. Ushbu majburiyatlarni bajarishga jalb qilinadigan ishchi xizmatchilarning doimiy ish joylaridagi o‘rtacha ish haqlari saqlanadi. Harbiy bilim yurtlariga kirish imtihonlarini topshirishga ruxsat berilgan shaxslarga ish joyidagi lavozimi, o‘rtacha oylik maoshlari saqlangan holda imtihonlarni topshirish hamda borib kelish vaqtlari uchun ta’til beriladi. 51. Muddatli harbiy xizmatga, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga, ofitserlik mansabida ishlatish uchun safarbarlik chaqiruv rezervidagi muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotganda, harbiy bilim yurtiga qabul qilinayotganda ishchi xizmatchilarga hamda stipendiya oluvchi oliy o‘quv yurti talabalari va o‘rta-maxsus bilim yurtlari o‘quvchilariga Qonun bilan belgilangan tartibda o‘qishdan bo‘shaganlik puli to‘lanadi. 52. Harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda harbiy yig‘in davomida mahsulot va pul ta’minoti bilan ta’minlanadi. Harbiy yig‘inga chaqirilgan yoki mashg‘ulotlarga jalb qilingan ishchi xizmatchilarni yig‘in (mashg‘ulot) davomida va yig‘inga (mashg‘ulotga) borish-kelish vaqtida ish joyi va o‘rtacha oylik maoshi saqlanadi. Ko‘rsatilgan shaxslarni korxona o‘z faoliyatini tugatgan holdan tashqari hollarda yig‘inga (komandirlik mashg‘ulotiga) borish uchun chaqirilgan kundan boshlab yig‘indan (mashg‘ulotdan) qaytib kelgunga qadar ishdan bo‘shatishi mumkin emas. Korxona, tashkilot va muassasa o‘z faoliyatini batamom tugatgan taqdirda harbiy xizmatga majburlarga o‘quv yig‘inga (mashg‘ulotga) qatnashishi davomidagi muddat uchun ish haqi va boshqa moddiy ta’minotlar ushbu faoliyati tugatilayotgan tashkilot tomonidan yoki uni qo‘shib oluvchi tashkilot yoki faoliyati tugagunga qadar korxonaga rahbarlik qilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi, birlashmasi tomonidan to‘lanadi. Agar harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘in (mashg‘ulot) vaqtida kasal bo‘lib qolsa va kasali yig‘in muddati tugagandan so‘ng ham davom etsa, uning ish joyi va lavozimi saqlanadi, yig‘in (mashg‘ulot) muddati tugagan kundan boshlab ish haqi o‘rniga unga amaldagi qonunda belgilangan tartibda ish haqi o‘rniga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha pul to‘lanadi. 53. Shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga mutaxassislar tayyorlash uchun MKT “Vatanparvar”ning o‘quv muassasalariga jalb qilingan o‘smirlar uchun o‘quv davomida qisqartirilgan ish kuni joriy qilinadi, imtihonlarga tayyorlanish va topshirish vaqtida esa ularga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda asosiy ish joylaridan 7 — 15 kunlik ta’til (mutaxassisligi va o‘quv dasturiga bog‘lik ravishda) beriladi. Qishloq joylarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun jalb qilingan chaqiriluvchilarning o‘qish davomida va o‘qishga borib kelish vaqtida ish joyi, lavozimi saqlanadi va o‘rtacha ish haqi to‘lanadi. Chaqiriluvchilar o‘qish davomidagi yashash joyi uchun to‘lanadigan ijara haqi xarajatlari hamda o‘qishga borib kelish yo‘l xarajatlari ular doimiy ishlayotgan korxona tomonidan to‘lanadi. 54. Mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan dispanser, ambulatoriya va klinik tekshiruvga yuborilgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning tibbiy muassasalarda bo‘lgan butun muddati davomida ish (o‘qish) joyi lavozimi va o‘rtacha ish haqi (stipendiyasi) saqlanadi. 55. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirish va rezervda xizmatni o‘tash davomida moddiy ta’minlash tartibi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan. 56. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha belgilangan harbiy ro‘yxat qoidalarini namunali bajarishga majburdir. 57. Mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan harbiy ixtisosliklarga o‘qitish uchun jalb qilingan chaqiriluvchilarning mashg‘ulotlarda qatnashishlari majburiydir. 58. Chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan chiqish uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga shaxsan kelishlari va yangi yashash joylariga borgach, uch kun muddat ichida ro‘yxatga qo‘yilishlari shart. 59. 3axiradagi ofitsyerlar ro‘yxatga qo‘yilish uchun mudofaa ishlari bo‘limlariga shaxsan kelishlari lozim. Mudofaa ishlari bo‘limidan olisda yashovchi zaxiradagi ofitsyerlarni ro‘yxatga qo‘yish va ro‘yxatdan chiqarish harbiy hisobni yuritish vazifasi yuklangan fuqarolarning o‘zini o‘z boshqarish organlari tomonidan o‘tkazilishi mumkin. 60. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning oilaviy ahvoli, yashash joyi, ma’lumoti, ish joyi va lavozimlari o‘zgargan holda o‘zlari harbiy ro‘yxatda turgan mudofaa ishlari bo‘limlariga yetti kun muddat ichida ma’lumot berishlari lozim. 61. Agar harbiy ro‘yxat qoidalarining buzilishi o‘z xususiyati bo‘yicha amaldagi qonunlarga ko‘ra jinoiy javobgarlikka olib kelmasa, u holda qoidani buzgan fuqarolar va mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. 62. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar mudofaa ishlari bo‘limining chaqiruviga binoan uzrli sabablarsiz kelmaslik, harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi va chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasini ongli ravishda yaroqsiz holga keltirsa yoki beparvolik oqibatida yo‘qotib qo‘ysa, harbiy ro‘yxatda turgan mudofaa ishlari bo‘limlariga yashash joyi manzili, ma’lumoti, ish joyi va lavozimi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazmaslik kabi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ysa, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i tomonidan amaldagi qonunga muvofiq ma’muriy jazoga tortiladi. Ma’muriy jazoga tortilganligi haqida mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar ishlayotgan (o‘qiyotgan) korxona, tashkilot va muassasa rahbarlariga ma’lumot beradi. 63. Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limining chaqiruviga binoan chaqiruv uchastkalarida qayd qilish uchun uzrli sabablarsiz kelmagan fuqarolar amaldagi qonunlarga muvofiq tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortiladi. 64. Tashkilot, korxona, muassasa, jumladan ta’lim muassasasi, uy-joydan foydalanish shirkati rahbarlari yoki boshqa harbiy-ro‘yxat ishi bo‘yicha javobgar shaxslar tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga chaqiruv hududlarida qayd qilinishi lozim bo‘lgan yosh chaqiriluvchilar ro‘yxatini o‘z vaqtida bermaganligi yoki tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlarining talabiga binoan harbiy xizmatga majburlar va cha
141
62,840
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO)ga kirishi to‘g‘risida
Xorijiy davlatlarning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organlari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish, milliy va xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishining oldini olishda ular bilan o‘zaro hamkorlik qilish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishning yagona standartlari va qoidalarini ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uning Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (International Organization of Securities Commissions (IOSCO)ga a’zo bo‘lib kirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkilotida O‘zbekiston Respublikasidan vakolatli vakil etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bir oy muddatda zarur hujjatlarni tayyorlasin va Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkilotiga kirishi tartibotini belgilangan tartibda bajarsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi milliy valyutadagi mablag‘larning Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti tomonidan belgilanadigan a’zolik badallarini hamda Komissiya tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda Moliya vazirligining bo‘lishi va qatnashishi bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni to‘lash uchun ajratilishini ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
127
1,757
Qonunchilik
Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 38-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/8-son qarori (ro‘yxat raqami 2793, 2016-yil 3-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 22-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 38-bandidagi “bir oy muddatda” degan so‘zlar “bir ish kunida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
93
873
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASINI QABUL QILISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi: Konstitutsiya komissiyasi taqdim etgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi to‘laligicha qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrdan boshlab amalga kiritilsin.
71
273
Qonunchilik
“Terrorizmga qarshi kurash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-134-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 28-martda kiritilgan “Terrorizmga qarshi kurash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-134-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
236
756
Qonunchilik
Prokuraturaga IT-mutaхassislar kerak
23.09.2016 yildagi OʻRQ–411-son Qonuni bilan "Prokuratura toʻgʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritildi. Prokurorlarning vakolatlariga tuzatishlar kiritildi. Xususan, ular suddan uy qamogʻi koʻrinishidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni yoki bu choraning muddatini uzaytirishni soʻrashga haqlidir (muqaddam faqat Jinoiy-protsessual Kodeksda aks etgan edi). Bundan tashqari, endi ayrim holatlarda aхborot-teхnologiyalari sohasida oliy ma’lumoti boʻlgan mutaхassislar prokuratura organlariga ishga olinishi mumkin. Prokuratura organlari хodimlarining oylik maoshi egallab turgan vazifasiga koʻra belgilangan maoshdan tashqari, sinflanishga koʻra martabasi (harbiy unvon), хizmat qilingan yillar va qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa toʻlovlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Yelena Yermoхina, bizning ekspert-yurist
36
1,009
Qonunchilik
SUG‘URTA TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun sug‘urtani rivojlantirishning, sug‘urta bozorini shakllantirishning huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sug‘urtaning mavqei va o‘rnini belgilab beradi, fuqarolar va yuridik shaxslarning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablari to‘liqroq qondirilishini kafolatlaydi, sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining manfaatlari himoya qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. 1. “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonun sug‘urta tashkilotlari bilan fuqarolar, yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi, sug‘urta tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro sug‘urtaga doir munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek sug‘urta faoliyati davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy qoidalarini belgilaydi. 2. Tomonlarning sug‘urtaga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablari ushbu Qonunda, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarab chiqiladi. 3. Ushbu Qonun davlat ijtimoiy sug‘urtasiga nisbatan tatbiq etilmaydi. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasida sug‘urta faoliyati ushbu Qonun hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solib turiladi. Sug‘urta – inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlarni jismoniy va yuridik shaxslar to‘lagan sug‘urta badallari (sug‘urta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to‘liq yoki qisman qoplash yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug‘urtalanishini ta’minlashga doir munosabatlar dyemakdir. Fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati, fuqarolar va yuridik shaxslarning mol-mulki, moddiy boyliklari, javobgarlik majburiyatlari, mulkiy hamda mulkka oid bo‘lmagan huquqlari yoki manfaatlari sug‘urta obyektlari hisoblanadi. Sug‘urta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshirilishi mumkin. G‘ayrihuquqiy manfaatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘yinlarda, lotereyalarda ishtirok etishdan hamda garov o‘ynashdan ko‘riladigan zararlarni sug‘urtalashga, shuningdek garovga olingan odamlarni qutqarish maqsadida shaxs majburan to‘lashi mumkin bo‘lgan pulni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi. 1. Majburiy sug‘urta hamda davlat majburiy sug‘urtasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 2. Davlat majburiy sug‘urtasi davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 3. Majburiy sug‘urta hamda davlat majburiy sug‘urtasining shartlari, sug‘urta tariflari hamda ularni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 4. Majburiy sug‘urtani o‘tkazish huquqiga tegishli sug‘urta turini amalga oshirish uchun litsenziyasi bo‘lgan har qanday sug‘urta tashkiloti ega bo‘lishi mumkin. Davlat majburiy sug‘urtasi davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatga qarashli boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 5. Sug‘urta tashkilotlari majburiy sug‘urtalanishi hamda davlat tomonidan majburiy sug‘urtalanishi kerak bo‘lgan obyektlar saqlanishini nazorat qilishga haqlidir. 1. Tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta ixtiyoriy sug‘urta hisoblanadi. 2. Ixtiyoriy sug‘urtaning shartlari tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi. 3. Sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchining huquqlari hamda burchlari, shuningdek, har bir sug‘urta turining aniq shartlari tegishli sug‘urta shartnomalari bilan belgilab qo‘yiladi. 1. Sug‘urtalanuvchilar va sug‘urtalovchilar sug‘urta munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan bo‘lib, sug‘urta to‘lovlarini to‘layotgan va sug‘urtalovchilar bilan muayyan sug‘urta munosabatlariga kirishayotgan, fuqarolik salohiyatiga to‘liq ega bo‘lgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslar sug‘urtalanuvchilar deb hisoblanadi. 3. Chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el yuridik shaxslari O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari bilan teng ravishda sug‘urtalanish huquqidan foydalanadilar. 4. Sug‘urta qildiruvchilar uchinchi shaxslar foydasiga sug‘urta shartnomalari tuzishga haqlidirlar. 5. Tijorat tashkiloti bo‘lgan hamda tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi bor yuridik shaxslar, agar qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta shartnomasini tuzishi mumkin. 1. Sug‘urtalovchilar sug‘urta faoliyatini sug‘urta vakillari va sug‘urta brokerlari orqali amalga oshirishlari mumkin. 2. Sug‘urta vakillari o‘zlariga berilgan vakolatlarga muvofiq sug‘urtalovchi nomidan va uning topshirig‘i asosida ish ko‘radigan jismoniy yoki yuridik shaxslardir. 3. Sug‘urta brokerlari belgilangan tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan, sug‘urtalanuvchi yoki sug‘urtalovchining topshirig‘i asosida sug‘urta bo‘yicha o‘z nomidan vositachilik faoliyatini amalga oshirishuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir. 4. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el sug‘urta tashkilotlari nomidan sug‘urta shartnomalarini tuzish bilan bog‘liq vositachilik faoliyatini amalga oshirishga, basharti, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi davlatlararo bitimlarda o‘zga qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi. 1. Sug‘urta tavakkalchiligi – taxmin qilingan voqea bo‘lib, ana shu voqea yuz berishidan ehtiyoti shart sug‘urta qilish amalga oshiriladi. 2. Sug‘urta shartnomasida yoki qonunda nazarda tutilgan voqeaning yuz berganligi sug‘urta hodisasi hisoblanadi. Bunday hodisa yuz berganda sug‘urtalovchining sug‘urtalanuvchiga, sug‘urta qilingan shaxsga yoki boshqa uchinchi shaxslarga sug‘urta haqi to‘lash majburiyati yuzaga keladi. 3. Mol-mulkka daxldor sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovi sug‘urta tovoni sifatida, sug‘urtalanuvchining yoki uchinchi shaxsning shaxsiga daxldor sug‘urta hodisasi yuz berganida esa – sug‘urta ta’minoti sifatida amalga oshiriladi. 1. Sug‘urta summasi – muayyan summa bo‘lib, ana shu miqdorda sug‘urtalovchi mol-mulk sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini oladi yoki u shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha summani to‘lash majburiyatini oladi. 2. Mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilishda sug‘urta summasi, agar sug‘urta shartnomasida boshqa qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, sug‘urtalanayotgan obyektning sug‘urta qiymatidan (sug‘urta bahosidan) ortiq bo‘lmasligi kerak. 3. Sug‘urta tovoni sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun sug‘urta puli doirasida to‘lanadigan pul mablag‘laridir. 4. Tibbiyot, huquqni muhofaza qilish, sud, meteorologiya, veterinariya muassasalari, kommunal muassasalar sug‘urta tashkilotlarining so‘rovlariga ko‘ra sug‘urta puli yoki sug‘urta tovoni to‘lash masalalarini hal etish uchun ularga kerakli hujjatlar va xulosalarni taqdim etishlari shart. 5. Sug‘urta tashkilotlari to‘laydigan sug‘urta tovon summalariga soliq solinmaydi. 6. Sug‘urta ta’minoti sug‘urtalanuvchiga yoki uchinchi shaxsga boshqa sug‘urta shartnomalari bo‘yicha, shuningdek ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot bo‘yicha va zararni qoplash tartibiga ko‘ra ularga tegishli bo‘lgan puldan qat’i nazar to‘lanadi. Bunda sug‘urtalanuvchi vafot etgan taqdirda shaxsiy sug‘urta bo‘yicha naf ko‘ruvchiga tegishli bo‘lgan sug‘urta ta’minoti meros qolgan mol-mulk tarkibiga kirmaydi. 1. Sug‘urta to‘lovlari (sug‘urta mukofotlari) – sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga to‘laydigan badallar bo‘lib, ularni hisoblab chiqarish tartibi va ularning miqdori sug‘urta shartnomasida belgilab qo‘yiladi hamda ular so‘mda ham, chet el valyutasida ham to‘lanishi mumkin. Sug‘urta shartnomasi amal qilgan davrda to‘langan sug‘urta to‘lovi (sug‘urta mukofotlari)ga jarima solinishi mumkin emas, qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 2. Sug‘urta tariflari sug‘urtaga doir to‘lovlar stavkalari bo‘lib, ular sug‘urta tashkilotini sug‘urta puli (sug‘urta tovoni) to‘lash, zaxira fondi va boshqa fondlar hosil qilish uchun moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydigan miqdorlarda belgilanadi. 4. Ixtiyoriy sug‘urta turlariga doir sug‘urta tariflarining miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi. 1. Qayta sug‘urta qilish – sug‘urtalovchining sug‘urta tovon pulini yoki sug‘urta summasini to‘lash xavfini butunlay yoki qisman boshqa sug‘urta tashkilotiga (tashkilotlariga) ular o‘rtasida tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha topshirishdir. O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta tashkilotlari chet elda o‘z tavakkalchiliklarini qayta sug‘urta qilish uchun chet el sug‘urta va brokerlik tashkilotlarining xizmatlaridan bevosita foydalanishlari mumkin. Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta tovon pulini yoki sug‘urta summasini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urtalovchi javobgar bo‘lib qolaveradi. 2. Birgalikda sug‘urta qilish deb bitta sug‘urtalanayotgan obyekt bo‘yicha ikki yoki undan ortiq sug‘urtalovchining bitta sug‘urta shartnomasini tuzishiga aytiladi. Sug‘urtalovchilarning har biri sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) oldida, agar shartnomada boshqa qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, solidar javobgar bo‘ladi. 3. Qo‘shaloq sug‘urta deb umumiy sug‘urta summasi sug‘urtalanayotgan obyektning sug‘urta qiymatidan (bahosidan) oshib ketganda, aynan bir sug‘urtalanayotgan obyektni ikki yoki undan ortiq sug‘urtalovchida sug‘urtalashga aytiladi. Mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfi qo‘shaloq sug‘urta qilinganda sug‘urta tovon pulining umumiy summasi haqiqiy zarardan ortiq bo‘lishi mumkin emas, qo‘shaloq shaxsiy sug‘urta qilish hollari bundan mustasno. 4. Ikki tomonlama sug‘urta – sug‘urta himoyasining shunday shakllaridan biriki, unda sug‘urta qildiruvchilar (fuqarolar va yuridik shaxslar) zarur mablag‘larni kiritish yo‘li bilan ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatlariga birlashadilar. Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyati o‘z a’zolarining mol-mulki hamda boshqa mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilishni amalga oshiradi va tijoratchi bo‘lmagan tashkilot hisoblanadi 1. Sug‘urta shartnomasi yozma ravishdagi bitim bo‘lib, unga ko‘ra sug‘urta tashkiloti ko‘zda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda sug‘urtalanuvchiga yoki sug‘urta pulini olishga haqli bo‘lgan boshqa kishiga yetkazilgan zararni qoplash yoxud sug‘urta puli to‘lash majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatda sug‘urta to‘lovlarini (sug‘urta mukofotini) to‘lash majburiyatini oladi. 2. Sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchi va uning huquqiy vorisi, sug‘urtalovchi, sug‘urta puli hamda sug‘urta badalining miqdorlari, shartnomaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi, sug‘urta hodisasining tavsifi beriladi va boshqa shartlar qayd etiladi. 1. Sug‘urta shartnomasi tuzish uchun sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga belgilangan shaklda yozma ariza taqdim etadi yoki sug‘urta shartnomasi tuzish niyatida ekanligi haqida mumkin bo‘lgan boshqa usulda ma’lum qiladi. 2. Sug‘urtalovchining sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovon pulini yoki sug‘urta summasini to‘lash majburiyati, agar shartnomada boshqa qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, sug‘urta mukofoti yoki uning birinchi badali to‘langan paytdan boshlab kuchga kiradi. 3. Sug‘urta shartnomasi tuzilganligi fakti sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta polisi (kvitansiyasi, sertifikati, shahodatnomasi) berish orqali tasdiqlanadi. 1. Sug‘urta shartnomasi amal qilayotgan davrda sug‘urtalanuvchi: a) sug‘urta to‘lovlarini belgilangan tartibda to‘lab borishi; b) sug‘urta obyektining but bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan choralarni ko‘rishi; v) sug‘urtalangan mol-mulkda yuz bergan jiddiy o‘zgarishlar, xususan uning shikastlanish yoki yo‘q bo‘lish xavfini oshiruvchi, tabiiy ofat xavfidan tashqari, har qanday o‘zgarish haqida sug‘urtalovchiga xabar berishi; g) sug‘urtalovchini sug‘urta hodisasi yuz berganligi to‘g‘risida shartlashilgan muddatda va shartnomada ko‘rsatilgan usulda xabardor qilishi shart. Agar naf oluvchi o‘zining foydasiga tuzilgan shartnoma bo‘yicha sug‘urta tovon pulini olish huquqidan foydalanmoqchi bo‘lsa, yuqoridagi majburiyat uning zimmasida ham bo‘ladi. 2. Sug‘urta shartnomasi amal qilayotgan davrda sug‘urtalanuvchi: a) agar sug‘urtaning muayyan turi shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, shartnomaning amal qilish muddatiga, sug‘urta puli miqdoriga o‘zgartirish kiritilganligini ma’lum qilib qo‘yishga; b) agar shartnoma shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, tovon pulini olib sug‘urta shartnomasini muddatidan avval bekor qilishga (tovon pulining miqdori sug‘urtaning ushbu turi shartlari bilan belgilanadi); v) o‘zi vafot etgan taqdirda sug‘urta pulini oladigan istalgan kishini tayinlab qo‘yishga haqlidir. Ushbu shaxs olgan sug‘urta puli meros qolgan mulk tarkibiga kirmaydi. 3. Qonun yoki sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalovchi shartnomada qayd etilgan shaxsga sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatda sug‘urta pulini (sug‘urta tovonini) to‘lashi shart. 4. Sug‘urtalovchi qoplashi lozim bo‘lgan zararni kamaytirish maqsadida qilingan xarajatlar, agar bunday xarajatlar zarur bo‘lgan bo‘lsa yoki sug‘urtalovchining ko‘rsatmalarini bajarish uchun qilingan bo‘lsa, tegishli choralar muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqsa ham, sug‘urtalovchi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday xarajatlar boshqa zararlarni qoplash xarajatlari bilan birgalikda sug‘urta pulidan oshib ketishi mumkinligidan qat’i nazar, sug‘urta summasining sug‘urta qiymatiga nisbatiga mutanosib ravishda qoplanadi. 5. Agar sug‘urta shartnomasiga ko‘ra tomonlar qo‘llayotgan huquqlar uchinchi tomon manfaatlariga daxl etsa, tomonlarning barcha xatti-harakatlari manfaatdor uchinchi tomon bilan kelishilishi kerak. 1. Basharti sug‘urta hodisasi: a) sug‘urtalanuvchining yoki nomiga sug‘urta shartnomasi tuzilgan shaxsning sug‘urta hodisasini keltirib chiqarish uchun ataylab qilgan xatti-harakatlari natijasida (o‘zining fuqarolik burchini bajarish yoki sug‘urtalanuvchi yoxud uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq xatti-harakatlar bundan mustasno); b) sug‘urta tashkilotiga sug‘urta obyekti haqida atayin soxta ma’lumotlar xabar qilinishi oqibatida; v) sug‘urta shartnomasida va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollar tufayli yuz bergan bo‘lsa, sug‘urta tashkiloti sug‘urtalanuvchiga sug‘urta pulini (sug‘urta tovonini) to‘liq yoki qisman to‘lashni rad etishga haqlidir. 1. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan naf oluvchini sug‘urtalovchiga yozma ravishda ma’lum qilgan holda boshqa shaxs bilan almashtirishga haqlidir. Shaxsiy sug‘urta shartnomasiga binoan, sug‘urtalangan shaxs roziligi bilan tayinlangan naf oluvchi sug‘urtalangan shaxs roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin Naf oluvchi sug‘urta shartnomasidagi biron-bir majburiyatni bajarganidan yoxud sug‘urtalovchiga sug‘urta tovon pulini yoki sug‘urta summasini to‘lash to‘g‘risidagi talabni taqdim etganidan keyin, u boshqa shaxs bilan almashtirilishi mumkin emas. 2. Keltirilgan zarar uchun javbgarlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchidan boshqa shaxsning javobgarligi sug‘urtalangan holda, shartnomada boshqa qoida nazarda tutilmaganligi sababli sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar istalgan paytda bu shaxsni boshqasiga almashtirib, sug‘urtalovchiga buni yozma ravishda ma’lum qilishga haqlidir. 3. Mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasi tuzgan sug‘urta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, sug‘urta qildirgan shaxsning huquq va majburiyatlari ushbu mol-mulkni meros tartibida qabul qilib olgan shaxsga o‘tadi. Mulk huquqi o‘tgan boshqa hollarda sug‘urta qildiruvchining huquq va majburiyatlari, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqa qoida belgilangan bo‘lmasa, sug‘urtalovchining roziligi bilan yangi mulkdorga o‘tadi. 4. Shaxsiy sug‘urta shartnomasini sug‘urtalangan shaxs foydasiga tuzgan sug‘urta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, ushbu shartnomada belgilab qo‘yiladigan huquq va majburiyatlar sug‘urtalangan shaxsning roziligi bilan unga o‘tadi. Agar sug‘urta shartnomasi amal qilib turgan davrda sug‘urta qildiruvchi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoxud muomala layoqati cheklangan deb topilsa, bunday sug‘urta qildiruvchining huquq va majburiyatlarini uning vasiysi yoki homiysi oladi. 5. Sug‘urta qildiruvchining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi sug‘urta qilingan hollarda sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchining muomala layoqati tugagan yoki cheklangan paytdan boshlab tugaydi. 6. Yuridik shaxs bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasi davrida qayta tashkil etilgan taqdirda uning ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlari sug‘urtalovchining roziligi bilan tegishli huquqiy vorisga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tadi. 1. Sug‘urta shartnomasi: a) amal qilish muddati tugaganda; b) sug‘urtalovchi shartnoma bo‘yicha sug‘urtalanuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarib bo‘lganda; v) sug‘urtalanuvchi sug‘urta badallarini shartnomada belgilangan muddatlarda to‘lamaganda; g) yuridik shaxs hisoblangan sug‘urtalanuvchi tugatilganda yoki jismoniy shaxs hisoblangan sug‘urtalanuvchi vafot etganda, ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; d) sug‘urtalovchi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda; e) sud sug‘urta shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida qaror qabul qilganda; j) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda to‘xtatiladi. 2. Basharti, sug‘urta shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchi yoki sug‘urtalovchining talabi bilan, shuningdek tomonlarning kelishuviga binoan sug‘urta shartnomasi muddatidan ilgari to‘xtatilishi mumkin, shartnomaning to‘xtatilishi uchinchi tomon manfaatlariga daxl etadigan hollar bundan mustasnodir. 3. Basharti, shartnomada o‘zga qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasini muddatidan ilgari to‘xtatish niyatini tomonlar bir-biriga sug‘urta shartnomasini to‘xtatish mo‘ljallanayotgan paytdan kamida o‘ttiz kun oldin xabar qilishi shart. Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta shartnomasidan muddatidan ilgari voz kechgan taqdirda sug‘urtalovchiga to‘langan sug‘urta mukofoti, agar shartnomada boshqa qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qaytarib berilmaydi. Basharti, sug‘urtalanuvchining bunday talabiga sug‘urtalovchining sug‘urta qoidalarini buzishi sabab bo‘lgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga u to‘lagan sug‘urta badallarini to‘liq qaytaradi. Sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchining talabi bilan muddatidan ilgari to‘xtatilgan taqdirda, sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga u to‘lagan sug‘urta badallarini to‘liq qaytaradi, agar sug‘urta shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa. Basharti sug‘urtalovchining bunday talabiga sug‘urtalanuvchining sug‘urta qoidalarini bajarmaganligi sabab bo‘lsa, sug‘urtalovchi to‘langan sug‘urta badallarining shartnoma tugamagan muddatiga tegishli qismini ketgan sarf-xarajatlarni chegirib tashlagan holda sug‘urtalanuvchiga qaytarib beradi. 1. Basharti sug‘urta shartnomasi: a) fuqarolik salohiyatiga ega bo‘lmagan yoki salohiyati cheklangan shaxslar bilan, shuningdek yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lmagan tashkilotlar bilan tuzilgan bo‘lsa; b) salohiyatli, lekin shartnoma tuzish paytida o‘z xatti-harakatining mohiyatini tushuna olmaydigan holatdagi shaxs bilan tuzilgan bo‘lsa; v) jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan, ro‘yxatga olingan, xatlangan yoki sud hukmi bilan musodara qilinishi zarur bo‘lgan mulkka nisbatan tuzilgan bo‘lsa; g) sug‘urtalanuvchi shartnoma tuzish chog‘ida atayin noqonuniy yo‘l bilan foyda ko‘rishni ko‘zlagan hollarda, shuningdek sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin foyda ko‘rish maqsadida tuzilgan bo‘lsa; d) shartnomaning yozma shakliga amal qilinmasdan tuzilgan bo‘lsa, haqiqiy emas deb topiladi. 2. Yuqorida aytib o‘tilgan hollarda sug‘urta shartnomasi sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi. Sug‘urtalovchilarda qiymati to‘langan ustav kapitalining va sug‘urta zaxiralarining mavjud bo‘lishi, shuningdek qayta sug‘urta qilish tizimi sug‘urtalovchilar moliyaviy barqarorligining negizi hisoblanadi. 1. Sug‘urtalovchilar zimmalariga olgan sug‘urta majburiyatlarini bajarishni ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda olingan sug‘urta badallaridan bo‘lg‘usi to‘lovlar uchun shaxsiy sug‘urta, mulkiy sug‘urta hamda javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta zaxiralarini vujudga keltiradilar. Sug‘urtalovchilar vujudga keltirgan sug‘urta zaxiralari musodara qilinishi mumkin emas. 2. Sug‘urtalovchilar soliqlar to‘langanidan keyin qoladigan va o‘z ixtiyorlariga kelib tushadigan daromadlardan o‘z faoliyatlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan fondlar hosil qilishlari mumkin. 3. Sug‘urta tashkiloti o‘z balansini har yili O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda e’lon qilib turishi shart 1. Sug‘urta tashkilotlari fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilishni ta’minlaydigan shart-sharoit yaratishga yoki sug‘urta hodisalarining oldini olishga qaratilgan ogohlantirish yo‘sinidagi tadbirlarni o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashlari mumkin. 2. Ogohlantirish yo‘sinidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ajratiladigan majburiy sug‘urta badallarining miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi. Ixtiyoriy sug‘urta badallarining ana shu tadbirlarga mo‘ljallangan qismini sug‘urta tashkilotlarining o‘zi belgilaydi. Ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sug‘urta tashkilotlarining xarajatlariga kiritiladi. 1. Sug‘urtalovchilar o‘z to‘lov qobiliyatlarini ta’minlash va sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish uchun Davlat sug‘urta nazorati tomonidan belgilanadigan iqtisodiy normativlarga rioya etishlari shart. 2. O‘z mablag‘lari va sug‘urta zaxiralari hisobidan to‘lash imkoniyatlaridan ortiqcha hajmlarda majburiyatlar olgan sug‘urtalovchilar tegishli majburiyatlar ijrosi tavakkalini qayta sug‘urta qiluvchilarda sug‘urta qilishlari shart. 3. Sug‘urta zaxiralarini joylashtirish sug‘urtalovchilar tomonidan diversifikatsiya, qaytariluvchanlik, foydadorlik va tugatiluvchanlik shartlarida amalga oshirilishi lozim. 1. Sug‘urtalovchilar o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirib borish, o‘z a’zolari manfaatlarini himoya qilish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish uchun uyushmalar, assotsiatsiyalar va boshqa birlashmalar tashkil etishlari (basharti, ularni tuzish O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga zid bo‘lmasa) mumkin. Bu birlashmalar sug‘urta faoliyati bilan bevosita shug‘ullanishga haqli emaslar. 2. Sug‘urtalovchilarning birlashmalari ustavlar asosida ishlaydi va Davlat sug‘urta nazoratida davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin yuridik shaxs huquqini oladi. Sug‘urta tashkiloti sug‘urta tovonini qancha to‘lagan bo‘lsa, sug‘urta tovonini olgan sug‘urtalanuvchining yoki o‘zga shaxsning yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi shu summa doirasida sug‘urta tashkilotiga o‘tadi. Sug‘urta tashkilotlari o‘z moliyaviy ahvollarini barqaror saqlab turish maqsadida investitsiya berishga yoki sug‘urta zaxiralari va o‘zga mablag‘lardan boshqa yo‘l bilan foydalanishga haqlidir. Tijorat faoliyatini qo‘shma va boshqa xil ishlab chiqarish hamda tijorat tuzilmalarini tashkil qilishda qatnashish yo‘li bilan ham amalga oshirish mumkin. 1. Sug‘urta tashkilotlarining faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini ta’minlashga qaratilgandir. Davlat sug‘urta nazorati (“O‘zdavsug‘urtanazorat”) sug‘urta tashkilotlarining ushbu Qonun talablariga rioya etishlarini ta’minlaydi va ularning faoliyatini nazorat qilib boradi. O‘zdavsug‘urtanazorat: a) O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan sug‘urta tashkilotlarini ro‘yxatga oladi va ularga sug‘urta faoliyatining muayyan turlari uchun ruxsatnomalar beradi; b) sug‘urta tashkilotlari sug‘urta to‘g‘risidagi amaldagi qonunlar talablariga rioya etishlarini nazorat qilib boradi; v) hisob-kitobni yuritish, hisobotlar tuzish, rezerv va zaxira fondlar hosil qilishning bir xilda bo‘lishini ta’minlaydi; g) sug‘urta ishi tajribasini umumlashtiradi, sug‘urtaga oid amaldagi qonunlarni tatbiq etish masalalari yuzasidan sug‘urta tashkilotlariga tushuntirishlar beradi, bu qonunlarni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi; d) sug‘urta faoliyatini yaxshilash yuzasidan tavsiyalar kiritadi; e) sug‘urtalovchilarning, sug‘urtalovchilar birlashmalarining yagona davlat ro‘yxatini, shuningdek sug‘urta brokerlari ro‘yxatini yuritadi. 2. Sug‘urta tashkiloti faoliyati to‘xtatilgan taqdirda O‘zdavsug‘urtanazorat ana shu tashkilot bilan tuzilgan sug‘urta shartnomalari amal qilishini davom ettirish choralarini ko‘radi. 3. O‘zdavsug‘urtanazorat faoliyatining tashkiliy tuzilishini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 1. O‘zdavsug‘urtanazorat o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ado etishda: a) ushbu Qonun asosida o‘ziga berilgan huquqlar doirasida sug‘urta tashkilotlari faoliyatini tartibga solib turuvchi uslubiy va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish; b) sug‘urta tashkilotlarining pul mablag‘lari ular qabul qilgan majburiyatlarga muvofiqligini, ularning sug‘urtaga oid amaldagi qonunlar talablarini bajarishlarini tekshirish, xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda farmoyishlar chiqarish, farmoyishlar belgilangan tartibda bajarilmagan taqdirda ruxsatnomalarning amal qilishini to‘xtatib turish yoki cheklab qo‘yish yoxud ruxsatnomalarni qaytarib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqiga ega. 2. Davlat sug‘urta nazoratining mansabdor shaxslari sug‘urtalovchining tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlardan g‘arazli maqsadda foydalanishga va ularni biron bir tarzda oshkor qilishga haqli emaslar. 1. Barcha sug‘urta tashkilotlarining, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi sug‘urta tashkilotlarining faoliyati Davlat sug‘urta nazoratida albatta ro‘yxatga olinishi va ularga ruxsatnoma berilishi shart. 2. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan va qayta ro‘yxatga olinmagan hamda tegishli ruxsatnoma olmagan sug‘urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emas va ularning ruxsatnomasiz sug‘urta faoliyatidan olgan hamma daromadi budjet foydasiga tortib olinadi. 3. Ta’sis hujjatlaridagi har qanday o‘zgarishlar albatta qayd qilinib, ro‘yxatga olish reyestriga zarur o‘zgartishlar kiritilishi lozim. 4. Sug‘urta tashkilotlari ro‘yxatga oluvchi organga taqdim etgan ma’lumotlarining to‘g‘ri bo‘lishi uchun javobgardir. 1. Sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomani Davlat sug‘urta nazorati beradi. 2. Tegishli ruxsatnoma olmagan sug‘urta tashkilotlari sug‘urta va qayta sug‘urta qilish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emaslar. 3. Sug‘urtaning muayyan turini amalga oshirish huquqini beradigan ruxsatnomalar: a) belgilangan hajmdagi ustav fondi mavjudligi haqida bank yoki o‘zga kredit muassasasi bergan ma’lumotnoma; b) muayyan sug‘urta turining qoidalari yoki shartlari; v) sug‘urta tarifining hisob-kitobi yoki asos-dalillari asosida beriladi. 4. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun sug‘urta tashkilotiga ruxsatnoma berish tartibini Davlat sug‘urta nazorati belgilaydi. 5. Davlat sug‘urta nazorati barcha zarur hujjatlarni olganidan keyin o‘ttiz kun mobaynida ruxsatnoma berishi shart. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda xuddi shu muddat ichida rad etish sabablari sug‘urta tashkilotiga xabar qilinadi. Sug‘urta bozorida monopolistik faoliyatni va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash va barham toptirish O‘zbekiston Respublikasining monopoliyaga qarshi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyani yo‘qotish va raqobatni kuchaytirish qo‘mitasi tomonidan ta’minlanadi. 1. Sug‘urta tashkilotining faoliyatini to‘xtatish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 2. Sug‘urta tashkilotini tugatish uchun tugatish komissiyasi tuziladi. Tugatish komissiyasi sug‘urta tashkiloti taqdim etgan e’tirozlarni ko‘rib chiqadi, sug‘urta badallarining sug‘urtalanuvchilarga qaytarilishi yoki sug‘urtalovchining majburiyatlari va huquqlari bilan birga boshqa sug‘urta tashkilotlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan miqdorini aniqlaydi. 3. Sug‘urta faoliyatini to‘xtatishga doir qaror qabul qilgan tashkilot bu haqda sug‘urtalanuvchilarga xabar qiladi va vaqtli matbuotda e’lon beradi. Chet el sug‘urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sug‘urta faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlaridan va ushbu Qonunda belgilangan tartibda litsenziya olganlaridan keyingina amalga oshirishga haqlidirlar. Chet el yuridik va jismoniy shaxslari O‘zbekiston Respublikasida o‘zlarining ulushli yoki to‘liq qatnashishlariga asoslangan sug‘urta tashkilotlarini tuzishga haqlidir. Sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma berishning rad etilishi, berilgan ruxsatnomalar amal qilishining to‘xtatib qo‘yilishi va bekor qilinishi bilan bog‘liq nizolar, shuningdek, tomonlarning sug‘urtaga taalluqli munosabatlaridan kelib chiquvchi boshqa hamma nizolar sudlar tomonidan ularning vakolatiga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda hal etiladi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
20
29,660
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 16-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
165
641
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga (Moskva, 2000-yil 20-iyun) hamda 1992-yil 15-may
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 24-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga (Moskva, 2000-yil 20-iyun) hamda 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnomaga (ish tartibida imzolangan, 2003-yil 19-sentabr) qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga (Moskva, 2000-yil 20-iyun) hamda 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnomaga (ish tartibida imzolangan, 2003-yil 19-sentabr) qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,479
Qonunchilik
“Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-son “Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 538-mh-son “Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3203, 2019-yil 13-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 10/19/3203/4155-son); O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 4-mh-son “Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3203-1, 2021-yil 29-mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2021-y., 10/21/3203-1/0253-son). 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,197
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 6-son, 175-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2001-yil 8-maydagi 118-son “Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1039, 2001-yil 8-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 11-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son), Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son) va Jinoyat-ijroiya kodeksiga (bundan buyon matnda JIK deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 6-son, 175-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarining (bundan buyon matnda JIEM deb yuritiladi) ichki tartibini belgilaydi. 1. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi JIEMlar tomonidan amalga oshiriladi. 2. JIEMlarga quyidagilar kiradi: jazoni ijro etish koloniyalari; tarbiya koloniyalari; turmalar. 3. Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan JIEMlar vazifasini bajaradi. 4. Jazoni ijro etish koloniyalari voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarga bo‘linadi: manzil-koloniyalar; umumiy tartibli koloniyalar; qattiq tartibli koloniyalar; maxsus tartibli koloniyalar. 5. Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. 6. Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. 7. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, mahkumlarning huquqlari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Manzil-koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar; umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan o‘tkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar. Manzil-koloniyalarda: mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga yetgan mahkumlar; umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida o‘tkazilgan voyaga yetgan mahkumlar; ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni o‘taydi. 9. Manzil-koloniyalarga ijobiy tavsifga ega va: og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini o‘tagan mahkumlar; o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tagan mahkumlar o‘tkaziladi. 10. Manzil-koloniyalarga quyidagilar o‘tkazilmaydi: o‘ta xavfli retsidivistlar; uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar; majburiy davolanishdan o‘tayotgan mahkumlar; mehnatga qobiliyatsiz mahkumlar. 11. Bitta manzil-koloniyada mahkum erkaklar va ayollar saqlanishi mumkin. 12. Manzil-koloniyalarda mahkumlar: soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar; ertalab o‘rindan turishdan kechki yotishgacha bo‘lgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar; agar ular bajarayotgan ish yoki olayotgan ta’lim taqozo etsa, ma’muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin; fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradilar; yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin; cheklanmagan miqdorda telefon orqali so‘zlashishlari, posilka, yo‘qlov va banderollar olishlari hamda jo‘natishlari mumkin. 13. Mahkumlar cheklanmagan miqdorda uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, odatda, ishdan bo‘sh vaqtda beriladi. Uchrashuv mahkumning iltimosiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida o‘tkazilishi mumkin. Manzil-koloniya hududidan tashqarida harakatlanish chegaralari mahkumlarga tilxat olinib, ma’lum qilinadi va tilxat ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi. Mahkumlarga mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda qat’iy hisobda turuvchi guvohnoma beriladi. 14. Mahkumlar xonalarga bo‘lingan yotoqxonalarda yashaydilar. Mahkumlarning ismi va otasining ismi bosh harflari hamda familiyasi yozilgan ro‘yxat xonalar eshigining tashqi tarafiga osib qo‘yiladi. 15. Saqlash rejimini buzmagan, oilasi bor mahkumlarga JIEM boshlig‘ining mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi qaroriga binoan manzil-koloniya hududida yoki undan tashqarida oilasi bilan alohida yashashga ruxsat berilishi mumkin. Bunday shaxslar mazkur Qoidalarning VIII bobi 4-paragrafida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish uchun hozir bo‘lishlari shart. Manzil-koloniya ma’muriyatining vakili mahkumlar yashayotgan joyga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin. 16. Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati JIKda belgilab qo‘yilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. 17. Mahkumlarni boshqa ishga o‘tkazishni tashkilot manzil-koloniya ma’muriyati bilan kelishgan holda amalga oshiradi. 18. Mahkumlarga JIEM joylashgan erdagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida sirtdan o‘qishga ruxsat etiladi. 19. Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, JIKning 48-moddasida ko‘rsatilgan ayollar bundan mustasno. 20. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; JIKning 129-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarbiya koloniyalaridan o‘tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida o‘tkazilgan mahkumlar; qasddan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar; rag‘batlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o‘taganidan keyin turmalardan o‘tkazilgan mahkumlar o‘taydi. 21. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkaziladi. 22. Umumiy tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o‘tkazilgan mahkumlar jazoni bu erga o‘tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o‘taydilar. 23. Tarbiya koloniyasidan o‘tkazilgan mahkumlar jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida o‘taydilar. 24. Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. 25. Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. 26. Mahkumlar yil mobaynida: to‘rt marta qisqa muddatli va to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuv; olti marta telefon orqali so‘zlashuv; oltita posilka yoki yo‘qlov; oltita banderol olish huquqiga ega. 27. Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar. 28. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; turmalar va maxsus tartibli koloniyalardan rag‘batlantirish tarzida o‘tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o‘taganidan so‘ng turmalardan o‘tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar; qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar o‘taydi. 29. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkaziladi. 30. Qattiq tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o‘tkazilgan mahkumlar jazoni bu erga o‘tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o‘taydilar. 31. Qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. 32. Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining bir yarim baravarigacha bo‘lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. 33. Mahkumlar yil mobaynida: uch marta qisqa muddatli va uch marta uzoq muddatli uchrashuv; to‘rt marta telefon orqali so‘zlashuv; to‘rtta posilka yoki yo‘qlov; to‘rtta banderol olish huquqiga ega. 34. Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. 35. Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi. 36. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar o‘taydilar. 37. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkaziladi. 38. Maxsus tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o‘tkazilgan mahkumlar jazoni bu erga o‘tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o‘taydilar. 39. Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar kameralarda yoki umumiy yashash binolarida yashaydilar. 40. Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdori summasigacha har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. 41. Mahkumlar yil mobaynida: ikki marta qisqa muddatli va ikki marta uzoq muddatli uchrashuv; uch marta telefon orqali so‘zlashuv; uchta posilka yoki yo‘qlov; uchta banderol olish huquqiga ega. 42. Kameralarda saqlanadigan mahkumlarning kinofilmlar va teleko‘rsatuvlar ko‘rishi taqiqlanadi. 43. Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga mo‘ljallangan. 44. Tarbiya koloniyalarida: o‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan; birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni o‘tagan mahkumlardan alohida saqlanadilar. 45. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkaziladi. 46. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. 47. Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yarim baravarigacha bo‘lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. 48. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida: olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv; o‘n ikki marta telefon orqali so‘zlashuv; oltita posilka yoki yo‘qlov; oltita banderol olish huquqiga ega. 49. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va tarbiya koloniyalarida qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy ta’minot va boshqa jazo o‘tash sharoitlari tatbiq etiladi. Bu shaxslarning mehnat sharoitlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 50. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar JIKning 102-moddasida nazarda tutilgan rag‘batlantirish choralaridan tashqari: JIEM hududidan tashqarida o‘tkaziladigan madaniy-tomosha va sport tadbirlarini ko‘rishga yuborish; qisqa muddatli uchrashuv o‘rniga ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki yaqin qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha bo‘lgan muddatga erkinlikka chiqarish; hibsxonada bo‘lish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish tariqasida rag‘batlantirilishlari mumkin. 51. Jazoni o‘tash tartibini buzganligi uchun tarbiya koloniyalarida mahkumlarga JIKning 105-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari tomoshaga borishdan bir marta mahrum etish tariqasidagi jazo qo‘llanilishi mumkin. 52. Tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qo‘yish tariqasidagi intizomiy jazo o‘n uch yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan mahkumlarga yetti sutkagacha, o‘n olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi. 53. Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qo‘yilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi. 54. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumlar, odatda, yigirma bir yoshga to‘lgunga qadar, tarbiya koloniyalarida qoldiriladi. 55. Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish muassasa boshlig‘ining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori bilan amalga oshiriladi. 56. Mahkumlar yigirma bir yoshga to‘lganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa o‘n sakkiz yoshga to‘lganidan keyin jazo o‘tashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga o‘tkaziladi. 57. Jazo o‘tashni davom ettirish uchun mahkumlarni jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazish masalalari sud tomonidan JPKning 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. 58. Turmalar turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarni, shuningdek umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni o‘tash tartibini ashaddiy buzganligi uchun o‘tkazilgan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan. 59. Turmalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; sud tomonidan jazoni ijro etish koloniyalaridan o‘tkazilgan jazo o‘tash tartibini ashaddiy buzuvchilar o‘taydilar. 60. Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazish JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 61. Turmalarda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatidan oldin o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, mahkumni sog‘lig‘iga ko‘ra tegishli tibbiy xulosa asosida o‘tkazish hollari bundan mustasno. 62. Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek I va II guruh nogironlari turmalarda jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida o‘taydilar. 63. Turmalarda mahkumlar umumiy kameralarda saqlanadilar. Alohida hollarda mahkumning batamom ajratib qo‘yilishini ta’minlash maqsadida JIEM boshlig‘ining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori asosida uni bir kishilik kamerada saqlashga yo‘l qo‘yiladi. 64. Turmada mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yetmish besh foizigacha bo‘lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. 65. Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish va yil mobaynida: ikki marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv; ikki marta telefon orqali so‘zlashuv; ikkita posilka yoki yo‘qlov; ikkita banderol olish huquqiga ega. 66. Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilgan mahkumlarga rag‘batlantirish tarzida har kunlik sayr muddati bir soatga uzaytirilishi mumkin. 67. Mahkumlar, JIK va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. 68. Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 69. Mahkumlar quyidagi huquqlarga ega: jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida, o‘z huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish; JIEM ma’muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish; o‘z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji bo‘lmagan taqdirda javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni mahkum murojaat etgan tilga tarjima qilib berish JIEM tomonidan ta’minlanadi; tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning xizmatidan foydalanish; o‘quv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish; sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko‘ra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish; ijtimoiy ta’minot, shu jumladan qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiya olish. ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish; JIEMning psixologik xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordamni olish. Mahkumlarning psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi; mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta’tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq to‘lanishi. 70. Mahkum chet el fuqarolari, shuningdek o‘z davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega. 71. Mahkumlar: jazoni o‘tash tartibi va shartlariga rioya etishga; JIEM ma’muriyatining qonunga asoslangan talablarini bajarishga majburdirlar. 72. Jazoni o‘tash shartlari: JIEM mol-mulkini asrab-avaylash; mehnatga vijdonan va halol munosabatda bo‘lish; yashash va ish joylarini ozoda saqlash, yotish joyi, ko‘rpa-to‘shaklarini bir xil qilib yig‘ishtirish, belgilangan namunadagi kiyim kiyib yurish (manzil-kaloniyalardagi mahkumlar bundan mustasno), oziq-ovqat mahsulotlarini, narsa va buyumlarini saqlash talablariga rioya etish; mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi mahkumlar kiyimlarining namunaviy belgilarini taqib yurish; JIEMning bino va inshootlarini tozalash hamda uning hududini obodonlashtirish; JIEMga tegishli ish qurollari, asbob-uskunalar va inventarlarni saqlash; navbat bilan kamera bo‘yicha navbatchilik qilish; JIEM ma’muriyati bilan, shuningdek o‘zaro xushmuomalada bo‘lish. 73. Mahkumlarning o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 74. Mahkumlarga quyidagilar taqiqlanadi: JIEM hududini, shuningdek JIEM hududi doirasidan tashqarida yashashga ruxsat etilgan mahkumlarga esa, belgilangan hududni ruxsatsiz tark etish; JIEM ma’muriyatining ruxsatisiz bir-biridan batamom ajratilgan uchastkalar va sahnlarning hududidan tashqariga chiqish; JIEM ma’muriyatining ruxsatisiz o‘zlari yashamaydigan va ishlamaydigan umumiy turar joylar (yotoqxonalar) yoki ishlab chiqarish obyektlarida bo‘lish; mazkur Qoidalarning 4-ilovasidagi ro‘yxatda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarni saqlash; belgilanmagan joylarda chekish; biror-bir manfaatni ko‘zlab o‘yinlar tashkil qilish va o‘ynash; tatuirovka chizish; jargon so‘zlar ishlatish va laqab qo‘yish; devorlarga va jihozlarga yozish, chizish, shuningdek qog‘ozlar, fotosuratlar, adabiyotlar, davriy matbuot nashrlari va boshqalarni qirqib yopishtirish; JIEM ma’muriyatining ruxsatisiz yotoq joyini o‘zgartirish va unga parda tutish; ishlab chiqarish ehtiyojlariga bog‘liq bo‘lmagan holda ish qurollari va asbob-uskunalardan, elektr energiyasi hamda boshqa materiallardan foydalanish; diniy ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish hamda ularga rioya etishga majburlash; parrandalar va hayvonlarni boqish hamda saqlash, shuningdek polizchilik bilan shug‘ullanish, jazoni manzil-koloniyalarda o‘tayotgan mahkumlar bundan mustasno. 75. Mahkumlar, agar bu mazkur Qoidalarni, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, JIEM xonalarida diniy rasm-rusumlarni ado etish, JIEM kutubxonasidagi diniy adabiyotlardan, diniy ibodat narsalaridan foydalanish, fuqarolik-huquqiy va oilaviy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga ega. 76. Mahkumlarga JIEM kutubxonasidagi diniy adabiyotlar, diniy ibodat narsalari, shuningdek sanchuvchi va kesuvchi narsalardan tashqari madaniy va tarixiy qimmatga ega bo‘lgan narsalarni o‘zlari bilan olib yurishiga ruxsat etiladi. 77. Mahkumlar huzuriga, ularning iltimosiga ko‘ra, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi. 78. Mahkumlar bevosita yoxud o‘z vakillari orqali fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga ega. 781. JIEMlarda saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlaridan foydalanishi uchun JIEM ma’muriyati tomonidan alohida xona ajratiladi. Mazkur xona veb-kamera hamda Jahon axborot internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikasi bilan texnikasi bilan jihozlanadi. 79. Mahkumlarning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova; 1997-y., 2-son, 56-modda) va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. JIEM ma’muriyati mahkumlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoit yaratilishini ta’minlaydi. Mahkumlarning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq uchrashuvlari soni ularga uchrashuvlar berilishida hisobga olinmaydi. 80. Mahkumlar, agar qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasa, nikoh tuzish, nikohdan ajralish hamda boshqa oilaviy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga ega. 81. Mahkumlarning fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 82. Nikohni qayd etish jarayonida nikohga kiruvchilar tomonidan taklif etilgan shaxslarning umumiy soni ikki kishidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 83. Nikoh qayd etilgach nikohlanuvchilardan birining arizasiga muvofiq navbatdan tashqari uzoq muddatli uchrashuv beriladi. Bunda berilgan uchrashuv mahkumning olishga haqli bo‘lgan uchrashuvlari soni hisobiga kiritilmaydi. 84. Nikohni qayd etish va nikohni bekor qilish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat boji hamda transport xarajatlari nikohga kiruvchilar hisobidan amalga oshiriladi. 85. JIEM hududiga kirish va undan chiqish shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. 86. JIEM xodimlari, qorovul qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari hamda JIEMda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi ishchi va xizmatchilar JIEM hududiga doimiy ruxsatnoma asosida kirib chiqadi. 87. JIEM hududiga kirish va undan chiqish uchun ruxsatnoma berish ma’muriyat tomonidan, shuningdek JIEM hududiga kirish va undan chiqish tartibini ta’minlash qorovul qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi. 88. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar JIEMlarga kirish huquqiga ega. 89. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi JIEMlarga moneliksiz kirish huquqiga ega. 891. JIEM ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsman) mahkumlar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart, uchrashuv va suhbat JIEM xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi. 90. Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirish va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, mahkumlar xavfsizligini va qo‘riqlanishini ta’minlovchi obyektlarni tasvirga olishga esa, JIEM ruxsati bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. 91. Nazorat qiluvchi prokuror JIEMga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga haqli. 92. JIEM ma’muriyati ushbu JIEMga hamda mahkumlar ishlayotgan obyektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning transport vositalarini, buyumlari va kiyimini ko‘zdan kechirishga haqli, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 93. JIEM hududiga taqiqlangan narsa va buyumlarni olib kirish man etiladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv qo‘llanmalar hamda boshqa narsa va buyumlarni JIEMning turar joy sahniga olib kirishga ruxsat etiladi. 94. JIEMga kirayotgan shaxslar kiyimlari hamda narsa va buyumlari ko‘zdan kechirilishidan oldin taqiqlangan narsa va buyumlarini topshirishi lozimligi haqida ogohlantiriladi. 95. JIEM hududiga kirish uchun ruxsat berilgan shaxslar o‘zlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini, narsa va buyumlarini nazorat-o‘tkazish joyida saqlash uchun qoldiradi. Mazkur narsa va buyumlar JIEMdan chiqish vaqtida o‘z egalariga qaytarib beriladi. Uzoq muddatli uchrashuvga kelgan shaxslarga o‘zlarining narsa va buyumlarini olib kirishiga ruxsat beriladi. Bunda mazkur narsa va buyumlar ko‘zdan kechiriladi. 96. Ko‘zdan kechirish narsa va buyumlarning egasi ishtirokida amalga oshiriladi. Ko‘zdan kechirish ko‘zdan kechirilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi JIEM vakillari tomonidan navbatchilik qismi yoki nazorat-o‘tkazish joyida o‘tkaziladi. 97. Ko‘zdan kechirishni o‘tkazayotgan shaxs ko‘zdan kechirilayotgan shaxslarga nisbatan xushmuomala bo‘lishi hamda ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi shart. 98. Bir vaqtning o‘zida bir necha shaxsni ko‘zdan kechirish taqiqlanadi. 99. Shaxsiy transport vositalarining JIEM hududiga kirishi taqiqlanadi. 100. Mahkumlar, ularning narsa va buyumlari hamda kiyimlari, shuningdek JIEMlarning obyektlari va xonalari tintuv qilinishi hamda ko‘zdan kechirilishi mumkin. Tintuv qilish va ko‘zdan kechirish reja asosida, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda esa to‘satdan o‘tkazilishi mumkin. Tintuv qilish va ko‘zdan kechirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 101. Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Turar joy binolarini ularda mahkumlar bo‘lgan chog‘da tintuv qilishga kechiktirib bo‘lmaydigan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. 102. Shaxsiy tintuv to‘liq yoki to‘liqsiz shaklda o‘tkazilishi mumkin. 103. To‘liq shaxsiy tintuvda mahkum yechintirilib, uning badani, kiyimi, poyabzali, agar mavjud bo‘lsa, tibbiy xodim nazorati ostida protezlari, plastir yopishtirilgan, gipsli va boshqa bog‘langan joylari birma-bir sinchiklab tekshiriladi. 104. To‘liqsiz shaxsiy tintuvda mahkum yechintirilmasdan ko‘zdan kechiriladi va uning kiyimi, poyabzali paypaslab tekshiriladi. 105. Shaxsiy tintuvda mahkumga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar natijasida shikast yetkazilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuzilib, JIEM boshlig‘iga ma’lum qilinadi. 106. JIEM hududi doirasidan tashqaridagi ishlab chiqarish obyektlari hududida tintuv yoki ko‘zdan kechirish harbiy naryad va ishlab chiqarish obyektidagi JIEM vakillari tomonidan o‘tkaziladi. 107. Tintuv qilish va ko‘zdan kechirishda mahkumlarning narsa va buyumlari, ko‘rpa-to‘shaklari va boshqa shaxsiy narsalariga zarar yetkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 108. Mahkumlarning xulq-atvori muntazam ravishda nazorat qilib turiladi. Qorovul qo‘shinlarining kunlik harbiy xizmatchilari xizmatni o‘tash vaqtida JIEM boshlig‘ining yordamchisi — tezkor navbatchiga (bundan buyon matnda tezkor navbatchi deb yuritiladi) bo‘ysunadi. 109. Qochishga moyilligi bo‘lgan mahkumlar ustidan nazorat qilishning samaradorligini oshirish, shuningdek ularning qilmishlarida jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, tezkor-qidiruv choralarini ko‘rish maqsadida ularga mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda varaq ochiladi. 110. Mahkumlar tomonidan saqlash rejimi buzilganligi va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar qilinganligi aniqlangan taqdirda, nazoratchilarning harbiy naryadi g‘ayriqonuniy harakatlarning oldini olish chorasini ko‘radi hamda natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuzib tezkor navbatchiga beradi. 111. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, mahkumlar ularning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek ular tomonidan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar qilinishining oldini olish maqsadida tezkor navbatchi tomonidan mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi qaror asosida yigirma to‘rt soatgacha bo‘lgan muddatga intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilishi mumkin. Mahkumlarning yigirma to‘rt soatgacha bo‘lgan muddatga intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilishi intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi. Bunda yigirma to‘rt soat ichida JIEM boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan mahkumga nisbatan intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yish tarzidagi jazoni qo‘llash yoki qo‘llamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinishi lozim. 112. Mahkumga nisbatan intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yish tarzidagi jazoni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, mahkumning yigirma to‘rt soatgacha bo‘lgan muddatga intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilgan davri uni intizomiy bo‘linmada saqlash muddatiga qo‘shib hisoblanadi. 113. Mahkumlarga tamg‘alangan ish qurollari, asbob-uskunalar va inventarlar foydalanish uchun beriladi. 114. Oshxonalardagi xo‘jalik ishlarida, uchrashuvlar o‘tkaziladigan xonalarda, kiyim va poyabzal ta’mirlash ustaxonalarida, yotoqxonalarda va JIEMning boshqa obyektlarida foydalaniladigan sanchuvchi-kesuvchi narsalar, ularning jarohat yetkazish darajasi mumkin qadar bartaraf etiladigan holda charxlangan bo‘ladi. 115. Mehnatga jalb etilgan mahkumlarga berilgan ish qurollari va asbob-uskunalarning hisobi mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi daftarda yuritiladi. 116. Ish qurollari va asbob-uskunalardan muntazam ravishda foydalaniladigan joylar va obyektlarda foydalanish uchun beriladigan ish qurollari va asbob-uskunalar ro‘yxati osib qo‘yiladi. Ushbu ro‘yxat JIEM boshlig‘ining tartibot va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. 117. Mahkumlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni to‘xtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chog‘ida, agar boshqa usullar bilan JIEM ma’muriyatining qonuniy talablarini ta’minlashning iloji bo‘lmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin. 118. Jismoniy kuch ishlatish natijasida mahkumlar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida darhol prokurorga xabar qilinadi. 119. Mahkumlarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarini to‘xtatish, shuningdek o‘ziga o‘zi zarar yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi mumkin. 120. Maxsus vositalar jumlasiga rezina tayoqlar, qo‘lkishanlar yoki boshqacha bog‘lash vositalari, xizmat itlari, ko‘zdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalari, to‘siq-g‘ovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy to‘xtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi. 121. Maxsus vositalar quyidagi hollarda qo‘llaniladi: mahkumlarning JIEM ma’muriyati vakillariga, boshqa mahkumlarga va o‘zga shaxslarga hujumini daf etish chog‘ida; mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh bo‘lib buzishlarni to‘xtatish, JIEM ma’muriyatiga ashaddiy bo‘ysunmayotgan yoki qarshilik ko‘rsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash chog‘ida; garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chog‘ida; mahkumlarni qo‘riqlab borish va qo‘riqlab turish chog‘ida — qochishning oldini olish uchun; JIEMdan qochgan mahkumlarni ushlash chog‘ida. Maxsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo‘llanilishi mumkin. 122. Maxsus vositalar turlari, ularni ishlatish intensivligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning shaxsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qo‘llash mahkumlarga va boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar keltirishi lozim. 123. Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik ko‘rsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilingan hollar bundan mustasno. 124. Maxsus vositalarni qo‘llash natijasida mahkumlar va boshqa shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida prokurorga xabar qilinadi. 125. Mahkumlarga nisbatan, agar ular jazavaga tushsalar, tinchlantirish ko‘ylagini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. 126. Tinchlantirish ko‘ylagi tibbiy xodim ishtirokida qo‘llaniladi hamda uni qo‘llash muddati ikki soatdan oshmasligi kerak. 127. Tibbiy xodimning mahkumga nisbatan tinchlantirish ko‘ylagini qo‘llab bo‘lmasligi yoki bunday ko‘ylakni qo‘llashni to‘xtatish to‘g‘risidagi yozma talabi darhol bajarilishi kerak. Tinchlantirish ko‘ylagi qo‘llanilgan har bir holat yuzasidan mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi. 128. Tinchlantirish ko‘ylagi voyaga yetmagan mahkumlarga va mahkuma ayollarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 129. Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, eng so‘nggi chora sifatida o‘qotar qurol qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. 130. O‘qotar qurol quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: JIEM ma’muriyati vakillarini, boshqa mahkumlarni va o‘zga shaxslarni ularning hayoti va sog‘lig‘iga aniq tahdid etuvchi hujumdan himoya qilish, shuningdek qurolni qo‘lga kiritish maqsadida qilingan hujumni daf etish chog‘ida; garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chog‘ida; JIEMning qo‘riqlanadigan obyektlariga, transport vositalariga guruh bo‘lib qilingan yoki qurolli hujumni daf etish yoxud mahkumlarni zo‘rlik bilan ozod qilishga urinishlarni to‘xtatish chog‘ida; JIEMlardan qochayotgan yoki qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan mahkumni ushlash chog‘ida; mahkumlar qochishda foydalanayotgan transport vositasini to‘xtatish chog‘ida. O‘qotar qurol qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo‘llanilishi mumkin. 131. O‘qotar qurolni qo‘llashdan oldin qurol qo‘llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish va yuqoriga qarab ogohlantiruvchi o‘q otish kerak. Quyidagi hollarda o‘qotar qurol ogohlantirishsiz qo‘llanilishi mumkin: qo‘qqisdan hujum qilinganda, qurolli hujumni yoki jangovar texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalangan holda qilingan hujumni daf etishda, garovga olinganlarni ozod qilishda, JIEMlaridan qurol bilan, transport vositalari yordamida yoki yurib ketayotgan transport vositalarida, tunda yoki ko‘rish cheklangan sharoitda qochilganda. 132. O‘qotar qurol qo‘llanilganda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun iloji boricha barcha choralar ko‘rilishi zarur. 133. O‘qotar qurol qo‘llanilgan har bir hodisa haqida bildirgi yoziladi va darhol prokurorga xabar qilinadi. 134. Mahkumlarni JIEMlarga qabul qilish JIEM ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi. Mahkumlar JIEM boshlig‘i rahbarligidagi komissiya tomonidan qabul qilinadi. 135. Turli noaniqliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida mahkumlar JIEMga shaxsiy hujjatlar yig‘majildlaridagi ma’lumotlar asosida so‘rovdan o‘tkazilgach qabul qilinadi. 136. JIEMga qabul qilish vaqtida mahkumlar to‘liq shaxsiy tintuvdan o‘tkaziladi, ularning narsalari va buyumlari ko‘zdan kechiriladi. 137. Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar JIEM boshlig‘ining mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi qaroriga binoan olib qo‘yiladi hamda mahkum ozod bo‘lgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yo‘q qilib tashlanadi yoxud davlat daromadiga o‘tkaziladi va bu haqda tegishli hujjat (kvitansiya, dalolatnoma yoki qaror) tuziladi. 138. Mahkumning JIEM omborxonasiga saqlash uchun topshirilgan narsalari va buyumlari bo‘yicha mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada kvitansiya to‘ldirilib, uning bir nusxasi mahkumga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsiy hujjatlari yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi. Mahkumning yo‘q qilingan narsalari va buyumlari bo‘yicha mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi mahkumning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi, ikkinchi nusxasi esa, tartibot bo‘limida saqlanadi. 139. Tezkor navbatchi olib qo‘yilgan pul va qimmatli buyumlarni bir sutka ichida ularni olib qo‘ygan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan dalolatnoma yoki bildirgi orqali moliya bo‘limiga topshiradi. Olib qo‘yilgan pul va qimmatli buyumlarning hisobi mazkur Qoidalarning 12-ilovasida nazarda tutilgan daftarda yuritiladi. 140. Narsalar va buyumlarni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi mazkur Qoidalarning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi. 141. JIEMga yetib kelgan mahkumlar ularning shaxsini o‘rganish va sharoitga moslashib olishlari uchun o‘n besh sutkagacha muddatga, odatda, qabul bo‘limiga joylashtiriladi, manzil-koloniyaga kelgan hamda xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonalari va turmalarda qoldirilgan shaxslar bundan mustasno. 142. Turmalarda mahkumlar sudning ajrimiga asosan qaysi rejim turidagi koloniyadan kelganligi yoki turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o‘tab bo‘lgach, qaysi rejim turidagi koloniyaga yuborilishi inobatga olingan holda mazkur Qoidalarning 14-ilovasiga muvofiq kameralarga joylashtiriladi. 143. JIEM ma’muriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida bu haqda hukm chiqargan sudni mazkur Qoidalarning 15-ilovasiga muvofiq shaklda xabardor qilishi, shuningdek mahkumning oilasiga mazkur Qoidalarning 16-ilovasiga muvofiq shaklda JIEM manzilini ko‘rsatib hamda mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yo‘qlov va banderollar olish, telefon orqali so‘zlashuv huquqlarini tushuntirib, xabarnoma yuborishi shart. 144. Mahkumlarni qabul bo‘limida saqlash davrida ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va ularda yuqumli kasalliklar aniqlanmasa, JIEM ma’muriyati suhbatidan o‘tkazilib, komissiya tomonidan brigada va turkumlarga taqsimlanadi. 145. JIEMga yetib kelganlaridan so‘ng mahkumlarga jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida kerakli axborot beriladi, shuningdek ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi. 146. Maxsus bo‘lim tomonidan sudning qaroriga muvofiq aliment to‘lashi yoki moddiy zararni qoplashi lozim bo‘lgan mahkumlar ro‘yxati JIEMning moliya bo‘limiga, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolanishi lozim deb topilgan mahkumlar ro‘yxati esa tibbiyot bo‘limiga topshiriladi. 147. Mahkumlarga mazkur Qoidalarning 17-ilovasidagi ro‘yxatda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarni sotib olish hamda yonida saqlashga ruxsat etiladi. Taqiqlanmagan, lekin belgilangan miqdordan ortiqcha narsa va buyumlar JIEM omborxonasida saqlanadi va bu haqda dalolatnoma tuziladi. Mahkumning omborxonada saqlanayotgan zarur narsa va buyumlari uning arizasiga asosan beriladi. 148. JIEMga qabul qilingan har bir mahkum to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Mahkumlar harakatining hisobini yuritish va ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini qayd etish daftari”ga qayd etib boriladi. 149. Mahkumlarga mavsumga qarab beriladigan kiyim, ko‘rpa-to‘shak va inventarlarning qayd varaqalari (armatura kartochkalari) (bundan buyon matnda ta’minot varag‘i deb yuritiladi) berilib, shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi. 150. Mahkum butun jazo muddatini, odatda, bitta JIEMda o‘taydi. 151. Mahkumni bir koloniyadan ayni shu turdagi boshqa koloniyaga jazoni o‘tashni davom ettirish uchun o‘tkazishga uning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning roziligini olgan holda, shuningdek mahkumning mazkur JIEMda qolishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa hollarda yo‘l qo‘yiladi. 152. Mahkum kasal bo‘lib qolgan taqdirda uni koloniyadan yoki turmadan ixtisoslashgan davolash muassasasiga o‘tkazishga tibbiy xulosa asosida yo‘l qo‘yiladi. 153. Mahkumlarni bir JIEMdan boshqasiga ko‘chirish JIKning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. 154. Mahkumlar tergov qilinayotgan shaxslardan alohida ko‘chiriladi. 155. Homilasi yigirma to‘rt haftalikdan oshgan yoki uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar boshqa mahkumlardan alohida ko‘chiriladi. 156. Mahkum bemorlar, homilador ayollar va bolasi bor ayollar, zarurat bo‘lganda, tibbiy xodimlar kuzatuvida ko‘chiriladi. 157. Mahkumlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni boshqa hollarda ham ajratilgan tarzda ko‘chirishga yo‘l qo‘yiladi. 158. Ko‘chirish chog‘ida mahkumlar zarur moddiy-maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlanadi, ularga mavsumiy kiyim va poyabzal, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari beriladi. 159. Mahkumlarni ko‘chirish davlat hisobidan, soqchi kuzatuvida amalga oshiriladi. 160. Ko‘chirilayotgan mahkumlarning har biri uchun uch nusxada ro‘yxat tuziladi, uning bir nusxasi mahkumlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari bilan birgalikda soqchilar boshlig‘iga, ikkinchi nusxasi soqchilar boshlig‘i tomonidan berilgan tilxat bilan JIEMning maxsus bo‘limiga, uchinchi nusxasi esa o‘zaro hisob-kitob qilish uchun moliya bo‘limiga topshiriladi. 161. Maxsus bo‘lim mahkumni ko‘chirishdan oldin quyidagi hujjatlarni yig‘adi va uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yadi: moliyaviy ma’lumotnoma va ijro varaqalari; tibbiy karta va boshqa tibbiy hujjatlar (kasallik tarixi va tibbiy tekshirish natijalari haqidagi ma’lumotnoma); ta’minot varaqasi va taqsimot; mahkumning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga oid hujjatlari; yakka tartibda olib borilgan tarbiyaviy ishlar daftari; tavsifnoma; mazkur Qoidalarning 18-ilovasiga muvofiq shakldagi mahkumning uchrashuvlari, telefon orqali so‘zlashuvlari, yo‘qlov, posilka va banderollarining hisobini yuritish varag‘i. Mahkumni mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlardan birortasi mavjud bo‘lmagan holda ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 162. Maxsus bo‘lim boshlig‘i JIEM boshlig‘ini mahkumni ko‘chirilmaganlik sababini ko‘rsatgan holda bildirgi orqali xabardor qiladi. Bunda JIEM boshlig‘i tomonidan ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish tayinlanadi va aybdor xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. 163. JIEM ma’muriyati tomonidan mahkumlar uchun mazkur Qoidalarning 19-ilovasiga muvofiq shaklda kun tartibi tuziladi. 164. Kun tartibini tuzishda mahkumlar bilan olib boriladigan ishlarning xususiyati, mehnatni tashkil etish, yil fasli, mahalliy sharoitlar, shuningdek yuz berishi mumkin bo‘lgan tezkor vaziyatlar va boshqa shu kabi holatlar inobatga olinadi. 165. JIEMlarda ish jarayoni mahkumlarning ertalab o‘rinlaridan turishlaridan kechki yotishlarigacha bo‘lgan vaqt uchun, uch smenali ishlab chiqarish bilan bog‘liq ishlarda esa tungi vaqt uchun ham o‘zgaruvchan jadval asosida tashkil etiladi. 166. Dam olish va bayram kunlari JIEMlarda rahbar xodimlarning navbatchiligi tashkil etiladi. 167. Mahkumlar tomonidan kun tartibining bajarilishini ta’minlash maqsadida JIEMlarda signal va buyruqlar berish tizimi joriy etiladi. 168. Mahkumlar har kuni ikki marotaba nazorat varaqchalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Zarur hollarda, mahkumlar sutkaning istalgan vaqtida qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Bunda muassasa ma’muriyati tomonidan mahkumning sakkiz soat uxlashga bo‘lgan huquqi ta’minlanishi shart. 169. Ro‘yxatdan o‘tkazishdan o‘n besh daqiqa oldin tezkor navbatchi tomonidan tegishli xabar beriladi va safda bo‘lishi shart bo‘lgan mahkumlar sonini aniqlash uchun ularning hisobi ro‘yxat va nazorat varaqchalari bo‘yicha solishtiriladi. 170. Ro‘yxatdan o‘tkazish tezkor navbatchi, qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda brigada va turkum boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. 171. Ro‘yxatdan o‘tkazish muddati qirq daqiqadan oshmasligi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish ob-havoni inobatga olgan holda bino ichkarisida yoki boshqa pana joylarda amalga oshirilishi mumkin. 172. Ish vaqtidan keyin dam olayotgan, statsionardagi yoki kasalligi tufayli ishdan ozod qilingan, uzoq muddatli uchrashuv berilgan, smena bilan, shuningdek uzluksiz ishlarda ishlayotgan mahkumlar o‘zlari turgan joyda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, bunday mahkumlar ro‘yxati JIEM boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. 173. Mahkumlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, turkum boshliqlari va qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari boshlig‘i safdagi mahkumlarni ro‘yxat bilan solishtirib, natijasi bo‘yicha tezkor navbatchiga ma’lum qiladi. 174. Ishlab chiqarish obyektlarida ishlayotgan mahkumlar JIEMning mas’ul xodimi, qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari boshlig‘i, sexlar (uchastkalar) boshliqlari va masterlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish ustidan nazorat qilish JIEM boshlig‘ining tegishli o‘rinbosari yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs va tartibot bo‘limi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 175. Mahkumlarning kam sonli guruhlari ishlayotgan va nazoratchilar bo‘lishi nazarda tutilmagan vaqtinchalik ishlab chiqarish obyektlarida ro‘yxatdan o‘tkazish qorovul qo‘shinlari kunlik harbiy xizmatchilari boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 176. Ro‘yxatdan o‘tkazish mahkumlarning soni hamda ro‘yxat va nazorat varaqchalari o‘rtasida noaniqliklar aniqlangan taqdirda takroran amalga oshiriladi. 177. Qabul bo‘limi va intizomiy bo‘linmalar kameralaridagi hamda turmalardagi mahkumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kameralar bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish tezkor navbatchi, intizomiy bo‘linma bo‘yicha qorovul qo‘shinlari kunlik harbiy xizmatchisi va JIEM ma’muriyatining navbatchi vakili tomonidan amalga oshiriladi. 178. Mahkumlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari tezkor navbatchi tomonidan JIEM boshlig‘iga ma’lum qilinadi. 179. JIEMda saqlanayotgan mahkumlar yiliga kamida ikki marta nazorat varaqchalari bilan solishtirilgan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 180. Mahkumlarga ovqatlanish kun tartibida belgilangan soatlarda brigada, turkum va bo‘lim bo‘yicha oshxonada yoki ishlab chiqarish obyektlarining ovqat tarqatish joylarida amalga oshiriladi. Oshxona turar joy sahni bilan ishlab chiqarish sahni orasida joylashgan bo‘lsa, ishlayotgan mahkumlarning ovqatlanishi oshxonada amalga oshiriladi. Bunda ularning ishga olib chiqilmagan mahkumlardan batamom ajratib qo‘yilishi ta’minlanishi shart. 181. Tarbiya koloniyalarida nonushta, tushlik va kechki ovqatlanish oshxonalarda tashkil etiladi. 182. Kommunal-maishiy obyektlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida JIEM boshlig‘i tomonidan ushbu obyektlarda ishlayotgan mahkumlarning alohida ovqatlanishiga ruxsat berilishi mumkin. 183. Kameralarda saqlanayotgan mahkumlarga ovqat kamerada yoki ish joylarida beriladi. 184. Qabul bo‘limida saqlanayotgan mahkumlarga ovqat maxsus ajratilgan joyda kamera bo‘yicha beriladi. 185. JIEM ma’muriyati ovqatlanish vaqtida tartib saqlanishini ta’minlashi lozim. 186. Mahkumlarni ishga olib chiqish va ishdan olib qaytishdan yigirma daqiqa oldin tezkor navbatchi tomonidan saflanish uchun tegishli signal beriladi va ular ajratilgan joylarda brigada va turkum bo‘lib saflanadilar. Bunda mahkumlarning soni va tashqi qiyofalari turkum boshliqlari tomonidan tekshirib chiqiladi. Ishga olib chiqish va ishdan olib qaytish e’lon qilinganidan keyin mahkumlar besh nafardan brigada bo‘lib saflanadi. Bunda har bir brigada oralig‘i besh metrdan bo‘lishi kerak. 187. Mahkumlar qorovul qo‘shinlarining kunlik harbiy xizmatchilari va turkum boshliqlari tomonidan tezkor navbatchi rahbarligida nazorat varaqchalari asosida ishga olib chiqiladi va ishdan olib qaytiladi. 188. Ishga olib chiqilayotgan mahkumlar JIEM boshlig‘ining buyrug‘iga asosan vaqti-vaqti bilan, ishdan qaytishda esa har doim to‘liqsiz shaxsiy tintuvdan o‘tkaziladi. 189. Mahkumlar JIEM ma’muriyati tomonidan JIEM boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan jadval asosida shaxsan qabul qilinadi. Bunda mazkur jadvaldan ko‘chirma turar joylar sahnlariga osib qo‘yiladi. 190. JIEM ma’muriyati tomonidan shaxsan qabul qilingan mahkumlarning hisobi mazkur Qoidalarning 20-ilovasiga muvofiq shakldagi daftarda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, shuningdek Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda JIEBB deb yuritiladi) va tegishli jazoni ijro etish boshqarma va bo‘limlarining (bundan buyon matnda JIEB deb yuritiladi) xodimlari tomonidan qabul qilingan mahkumlarning hisobi esa alohida daftarda qayd etiladi va ular JIEMning devonxona kotibida saqlanadi. 191. Mahkumlarni JIEM ma’muriyati tomonidan shaxsan qabul qilish natijalari bo‘yicha qarorlar ijrosi JIEM boshlig‘i yoki u vakolat bergan shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. 192. JIEM ma’muriyati mahkumning yaqin qarindoshlari va boshqa fuqarolarni JIEM boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq qabul qiladi. 193. Mahkumning yaqin qarindoshlari JIEM ma’muriyatidan mahkumning ahvoli, sog‘lig‘i hamda unga nisbatan qo‘llanilgan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari to‘g‘risida yozma va og‘zaki axborot olish huquqiga ega. Mahkumning yaqin qarindoshlari JIEMga bevosita kelgan holda murojaat qilgan taqdirda, JIEM ma’muriyati tomonidan darhol javob berilishi lozim. 194. Mahkumning yaqin qarindoshlariga, shuningdek advokatga ularning so‘roviga asosan mahkumning xulq-atvori yuzasidan yozma ravishda tavsifnoma beriladi. 195. Mahkumlar o‘z shaxsiy hisobvarag‘idagi pul hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olishlari mumkin. 196. JIEMda mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishlari uchun do‘kon tashkil etiladi hamda ushbu do‘konning har kuni ishlashi ta’minlanadi, dam olish kunlari bundan mustasno. Mahkum oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish uchun mazkur Qoidalarning 21-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan JIEM boshlig‘iga yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsga murojaat qiladi. 197. Mahkumlar oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun JIEMdagi do‘konga olib chiqiladi. Turmalarning kameralarida hamda umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning karserlarida saqlanayotgan mahkumlarni do‘konga olib chiqish taqiqlanadi. Ular oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni, odatda, turkum boshliqlari orqali sotib oladi. 198. Mahkumning shaxsiy hisobvarag‘ida yetarli pul mablag‘i hamda ushbu oy uchun oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish huquqi borligi tekshirilgach, mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishga ruxsat beriladi. Xarid amalga oshirilgach, JIEM xodimi mahkumdan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olganligi haqida tilxat olib, moliya bo‘limiga topshiradi. 199. Sarflashga ruxsat etiladigan pul miqdori JIEMning tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. 200. Mahkumlar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilganda, mehnat normasi va mehnat vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari rag‘batlantirish tarzida, mahkumlarga eng kam ish haqi belgilangan miqdorining o‘n foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha pul sarflashga ruxsat etiladi. 201. Qo‘shimcha pul sarflash huquqi beriladigan mahkumlar ro‘yxati JIEM boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan tasdiqlanadi. 202. Bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi lozim: umumiy tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining uch baravaridan; qattiq tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yarim baravaridan; maxsus tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki baravaridan; turmalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining bir yarim baravaridan; tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, homilador ayollar va JIEMdagi bolalar uyida bolalari bo‘lgan ayollar uchun — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining uch yarim baravaridan. Ushbu bandda belgilangan miqdordan ortiqcha pulga mahkumlar tibbiy xulosa asosida qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal sotib olish huquqiga ega. 203. JIEM boshlig‘i yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik foizigacha, manzil-koloniyalarda esa — to‘liq miqdorigacha bo‘lgan summada avans berishga haqli. Mahkumning arizasiga ko‘ra berilgan avans uning keyingi oydagi ish haqidan ushlab qolinadi. 204. Mahkumlar JIEMga yetib kelgan kundan boshlab posilka, yo‘qlov va banderol olishlari hamda jo‘natishlari mumkin. Posilka, yo‘qlov va banderollar ko‘zdan kechiriladi. 205. Bitta posilka yoki banderolning og‘irligi pochta qoidalarida belgilab qo‘yilgan normadan, yo‘qlovning og‘irligi esa posilkaning belgilangan vaznidan oshib ketishi mumkin emas. 206. Olinadigan posilka, yo‘qlov va banderollarning miqdori JIEMning tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. 207. Posilka, yo‘qlov va banderollarni qabul qilish vaqti, tartibi va ularning soni hamda miqdorini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlardan ko‘chirmalar JIEMga kelgan shaxslarga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi. Posilka, yo‘qlov va banderollarni qabul qilib oluvchi nazoratchilar oq xalatda bo‘lishlari shart. 208. Yo‘qlov olib kelgan shaxs mazkur Qoidalarning 22-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ariza to‘ldiradi. Arizalar va yo‘qlov uni olib kelgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan birga nazoratchiga taqdim etiladi. 209. Mahkum yo‘qlov olish huquqiga ega bo‘lgan taqdirda, yo‘qlov nazoratchi tomonidan uni olib kelgan shaxs ishtirokida tekshirilib, qabul qilib olinadi. 210. Olib kelingan non va kolbasa mahsulotlari, shuningdek pishloq, tuzlangan va dudlangan baliq bo‘laklarga ajratilib tekshiriladi, maxorka, shakar va shu kabilar maxsus elakdan o‘tkaziladi, konfetlar o‘ramsiz qabul qilinadi, tamaki mahsulotlari qutisidan chiqarilgan holda, suyuq mahsulotlar va konservalar ochilib boshqa idishga solinib ko‘zdan kechiriladi. Yozishmalarni hamda taqiqlangan narsa va buyumlarni yashirish mumkin bo‘lgan boshqa barcha mahsulotlar ham shu tartibda tekshiriladi. Tekshiruv jarayonida texnik vositalardan foydalanilishi mumkin. 211. Mahkumdan yo‘qlovning qabul qilib olganligi to‘g‘risida tilxat olinib, arizaning bir nusxasi yo‘qlovni olib kelgan shaxsga tilxatni ko‘rsatgan holda qaytarib beriladi, arizaning ikkinchi nusxasi esa tilxat bilan birga mahkumning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi. 212. Yo‘qlovlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi va ularni olib kelgan shaxslarga qaytarib beriladi: mahkum yo‘qlovni olish huquqiga ega bo‘lmaganda; mahkum yo‘qlovni qabul qilishdan yozma ravishda bosh tortganda; yo‘qlovni olib kelgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmaganda; taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlar olib kelinganda. Bunda yo‘qlovdagi taqiqlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlar mahkumning roziligi bilan qabul qilinishi mumkin; yo‘qlovning soni yoki umumiy og‘irligi belgilangan normadan ortiq bo‘lganda, uning ortiqcha qismi; mahkum JIEMdan ikki sutkadan ortiq vaqtga olib ketilganligi sababli, yo‘qlovni shaxsan qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaganda; mahkum boshqa JIEMga o‘tkazilgan yoki ozod etilganda; mahkum vafot etganda. 213. Posilka va banderollar uch kishidan iborat komissiya tomonidan ochiladi hamda ularning ichidagi oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlar posilka yoki banderolning ustidagi ro‘yxat bilan solishtiriladi. 214. Posilka va banderollar quyidagi hollarda ularni jo‘natgan shaxslarga qaytarib yuboriladi: mahkum ularni olish huquqiga ega bo‘lmaganda; soni yoki umumiy og‘irligi belgilangan normadan ortiq bo‘lganda, uning ortiqcha qismi; mahkum posilka va banderolni qabul qilishdan yozma ravishda bosh tortganda; mahkum ozod etilganda; mahkum vafot etganda. 215. Boshqa JIEMga ko‘chirilgan mahkumlar nomiga kelgan posilka va banderollar JIEM tomonidan ular ko‘chirilgan joyga yuboriladi. 216. Posilka, yo‘qlov va banderollarda jinoiy maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan, JIEM hududiga kiritish taqiqlangan narsa va buyumlar yashirilganligi aniqlangan taqdirda, JIEM boshlig‘iga bildirgi orqali ma’lum qilinadi. JIEM boshlig‘ining tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha topshirig‘iga asosan tezkor xizmat tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi. 217. Posilka, yo‘qlov va banderollarning saqlanishi oqibatida ularning tabiiy buzilishi hamda ularni ko‘zdan kechirish natijasida tashqi ko‘rinishini yo‘qotganligi uchun JIEM ma’muriyati javobgar bo‘lmaydi. Bu haqda yo‘qlov olib kelgan shaxs yo‘qlovni qabul qilish vaqtida ogohlantirilishi shart. 218. Mahkumga ozod bo‘lishidan bir oy oldin pochta orqali yuborilgan yoki bevosita olib kelingan mavsumiy fuqarolik kiyimi va poyabzali saqlab turish uchun qabul qilinishi mumkin. Bunda mavsumiy fuqarolik kiyimi va poyabzali posilka, yo‘qlov yoki banderollar hisobiga kiritilmaydi. Mavsumiy fuqarolik kiyimi va poyabzali mahkumga ozod bo‘ladigan kuni beriladi. 219. Mahkumlar posilka, yo‘qlov va banderollarda yozuv ashyolari, adabiyotlar olishlari, shuningdek ularni savdo shoxobchalari orqali sotib olishlari, cheklanmagan miqdorda gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishlari mumkin. 220. Mahkumlarga urushni, milliy va diniy adovatni, zo‘rlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi nashrlarni, shuningdek behayo nashrlarni olish, sotib olish, saqlash va tarqatish taqiqlanadi. 221. Mahkum savdo shoxobchalari orqali sotib olgan adabiyot u olishga haqli bo‘lgan posilka va banderollar soniga kirmaydi. 222. Hukm qilingan homilador ayollarning va JIEMdagi bolalar uyida bolalari bo‘lgan ayollarning, shuningdek vrach xulosasiga ko‘ra davolanish va kuchli taomga muhtoj deb e’tirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlarining tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qo‘shimcha posilkalar, yo‘qlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi. 223. Bemor mahkumlarning roziligiga ko‘ra ularning qarindoshlari va boshqa shaxslar olib kelgan yoki yuborilgan zarur dori vositalari JIEM tibbiy xodimining xulosasi asosida qabul qilib olinishi mumkin. Qabul qilib olingan dori vositalarining hisobi mazkur Qoidalarning 23-ilovasiga muvofiq shakldagi daftarda qayd etib boriladi hamda mahkumning tibbiy kartasiga va kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi. JIEM tibbiy xodimining xulosasi asosida qabul qilib olingan dori vositalari mahkumning olishga haqli bo‘lgan posilka, yo‘qlov va banderollari hisobiga kiritilmaydi. 224. Mahkumlarga yuborilgan posilka va banderollar mazkur Qoidalarning 24-ilovasiga muvofiq shakldagi daftarda, har bir mahkumning posilka, yo‘qlov va banderollar olishining hisobi esa tegishli varaqda qayd etib boriladi. 225. Mahkumlar posilka va banderollar yuborish uchun JIEM boshlig‘iga ariza bilan murojaat qiladi. Arizada posilka yoki banderollarni yuborish sabablari, undagi narsa va buyumlarning ro‘yxati hamda posilka yoki banderollar yuborilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili ko‘rsatiladi. Posilka va banderollarni yuborish mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Posilka va banderollarni yuborilganligi to‘g‘risidagi kvitansiya mahkumga tanishtirilib, uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi. 226. Mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul jo‘natmalari olishlari va yuborishlari mumkin. Pul jo‘natmalari mahkumning shaxsiy hisobvarag‘iga kelib tushadi va mahkum bu haqda xabardor qilinishi shart. Mahkumlar o‘zlariga yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlarga faqat JIEM ma’muriyatining ruxsati bilan pul jo‘natmalari yuborishlari mumkin. 227. Mahkumlar mazkur Qoidalarning 25-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza orqali pul jo‘natmalarini yuborishi mumkin. Bunda mahkum pul jo‘natmalari yuborilganligi haqida xabardor qilinishi shart. 228. Mahkumlar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishlari hamda jo‘natishlari mumkin. JIEMlar pochta qutilari bilan ta’minlanadi va ular JIEM ma’muriyati tomonidan har kuni tekshirib turiladi. 229. Xatlar konvertlarda yopishtirilmagan holda pochta qutilariga tashlanadi yoki bevosi
164
63,598
Qonunchilik
Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini o‘zgartirish, ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 426-son bilan tasdiqlangan Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini o‘zgartirish, ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 573, 1998-yil 19-dekabr) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1.4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ustavga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tegishli qaror qabul qilgan kundan boshlab bir oy mobaynida Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentiga (keyingi o‘rinlarda — Prudensial nazorat departamenti) quyidagi hujjatlarni uch nusxada taqdim etadi:”. 2. 1.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1.5. Taqdim etilgan hujjatlar qonunchilik va mazkur Nizom talablariga mos kelgan hollarda Prudensial nazorati departamenti Bank nazorati qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun kiritadi, aks holda hujjatlar bankka qayta ishlash uchun qaytariladi. Ustavga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ko‘rib chiqish va ro‘yxatga olish 30 kun muddat ichida amalga oshiriladi.”. 3. 1.6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1.6. Qo‘mita tomonidan bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin Prudensial nazorati departamenti tomonidan bank ustavining titul varag‘iga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi, taqdim etilgan hujjatlarning bir nusxasi Markaziy bankda saqlanadigan bankning yuridik yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. Ro‘yxatga olingan hujjatlar bir nusxadan bankning bosh ofisi joylashgan yerdagi tegishli Markaziy bank Bosh boshqarmasiga va bankka bank yuridik yig‘majildiga tikib qo‘yish uchun topshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bosh boshqarmalari va bank ustavining titul varag‘iga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ro‘yxatga olinganligini qayd etadi.”. 4. 1.7-bandda: birinchi xatboshidagi “1.5” raqami “1.4” raqami bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Komissiya” degan so‘z “Qo‘mita” degan so‘z bilan almashtirilsin. 5. 4.6-bandning birinchi xatboshisidagi, 5.4-bandning birinchi xatboshisidagi, 6.1-banddagi va 6.3-bandning birinchi xatboshisidagi “Litsenziyalash” degan so‘z “Prudensial nazorati” degan so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. 4.7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Prudensial nazorati departamenti taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va Qo‘mitaga bankning yangi nomini tasdiqlash, bank ustaviga bu bilan bog‘liq kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda yangi nom bilan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qayta rasmiylashtirib berish masalasini kiritadi.”. 7. 4.8-bandda: birinchi xatboshidagi “Litsenziyalash” degan so‘z “Prudensial nazorati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Komissiyaning” degan so‘z “Qo‘mitaning” degan so‘z bilan almashtirilsin. 8. 6.4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6.4. Prudensial nazorati departamenti taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular mazkur Nizom talablariga mos kelsa, Bank nazorati qo‘mitasiga bank filiali to‘g‘risidagi nizomga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatga olish masalasini kiritadi.”. 9. 6.7-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6.7. Qo‘mita tomonidan bank filiali to‘g‘risidagi nizomga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng Prudensial nazorati departamenti tomonidan filial to‘g‘risidagi nizomning titul varag‘iga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi, Qo‘mita bayonnomasi va taqdim etilgan hujjatlarning bittadan nusxasi bank filialining Markaziy bankda saqlanadigan yuridik yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.”. ikkinchi xatboshidagi “Komissiya” degan so‘z “Qo‘mita” degan so‘z bilan almashtirilsin.
225
4,752
Qonunchilik
Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son, 197-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son, 197-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish tartibini, shuningdek uning vazifalari, funksiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari (bundan buyon matnda DYHXX organlari deb yuritiladi) bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: avtomobilda tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxs; avtotransport vositalari — avtomobilda tashuvchiga tegishli bo‘lgan, yo‘lovchi, bagaj va yuk tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar; yo‘l harakati xavfsizligi xizmati — avtomobilda tashuvchining avtotransport vositalari orqali tashishlarni amalga oshirishda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy bo‘linmasi (bundan buyon matnda YHX xizmati deb yuritiladi); yo‘l-transport hodisasi — avtotransport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa; yo‘l harakati qoidalarining buzilishi — DYHXX organlari tomonidan aniqlangan va ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan avtotransport vositasi haydovchisi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabr 472-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 12-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi, yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan holatlar bundan mustasno. 2. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq, 50 va undan ziyod avtotransport vositalariga ega bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). 3. YHX xizmatlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan normativ hujjatlar asosida faoliyat yuritadi va o‘z maqomiga ko‘ra avtomobilda tashuvchining asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo‘ysunadi. 4. YHX xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishi mumkin emas. 5. YHX xizmati avtomobilda tashuvchining faoliyati tugatilgan taqdirdagina tugatiladi. 6. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan kam bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalari avtomobilda tashuvchining rahbarlaridan biriga yuklatiladi. 7. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan 150 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalarini bajaruvchi mutaxassis lavozimi joriy etiladi. 8. Avtotransport vositalarining soni 151 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda quyidagicha shtat birliklaridan iborat bo‘lgan YHX xizmati tashkil etiladi: avtotransport vositalarining soni 151 tadan 300 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda — 2 ta xodim; avtotransport vositalarining soni 301 tadan 500 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda — 3 ta xodim; avtotransport vositalarining soni 501 tadan 750 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda — 4 ta xodim. 9. Avtotransport vositalarining soni 750 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarning YHX xizmatida har 250 ta avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha ravishda yana 1 ta xodim lavozimi joriy etiladi. 10. Avtotransport vositalarining soni 500 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. 11. YHX xizmatida mazkur Nizomga asosan belgilangan xodimlar soni doirasida xizmat (bo‘lim) boshlig‘i, katta muhandis, muhandis lavozimlari joriy etiladi. YHX xizmati xodimlarining vazifalari mazkur Nizom, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari va avtomobilda tashuvchining boshqa lokal normativ hujjatlari bilan belgilanadi. 12. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan, YHX xizmatlari xodimlari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan, uch yilda kamida bir marta o‘z malakasini oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerak. 13. YHX xizmati quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: avtotransport vositalari haydovchilarining ishini yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi talablarga muvofiq tashkil etadi; avtotransport vositalari haydovchilarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibiga rioya etilishini ta’minlaydi; avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratadi; yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud bo‘lganda, transport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi; avtoransport vositalari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining va yo‘l harakati qoidalari buzilishlarining sabablarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi; avtoransport vositalari haydovchilarining tibbiy ko‘riklarini, ularning yo‘l-transport hodisalarida jabrlanganlarga birlamchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirishga doir tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi; avtomobilda tashuvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi; avtotransport vositalarining but saqlanishini ta’minlaydi. 14. YHX xizmati o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: avtotransport vositalari haydovchilariga haydovchilik guvohnomasiga muvofiq boshqarish huquqi berilgan avtotransport vositalarini boshqarish uchun ruxsat berilishini nazorat qiladi; avtomobilda tashuvchining barcha xodimlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazishda ishtirok etadi; katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida tashishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi; tashishlarni amalga oshirishda avtotransport vositalari haydovchilarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi; avtotransport vositalari haydovchilariga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha: ishga qabul qilishda (dastlabki), reys oldidan (reys oldi), maxsus, mavsumiy va qo‘shimcha (navbatdan tashqari) yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi; avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish maqsadida yo‘l harakati xavfsizligi xonasini tashkil qiladi va uning faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi; avtotransport vositalarining yo‘nalishga chiqish oldidan texnik jihatdan sozligi va ko‘rinishi talab darajasida bo‘lishini nazorat qiladi; yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi sharoitlar aniqlanganda avtotransport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi; yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalari buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha choraklik dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun avtomobilda tashuvchining rahbariga taqdim etadi; DYHXX organlaridan olingan ma’lumotlar asosida avtomobilda tashuvchining xodimlariga yuz bergan yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlari haqida muntazam ravishda ma’lumot berib boradi va ularning yuzaga kelish sabablari haqida tushuntirishlar beradi; mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Avtomobilda tashuvchi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni hisobga olish kitobini, 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Yo‘l-transport hodisalarini va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish kitobini, 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishini hisobga olish kitobini hamda 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ko‘rsatmalarini qayd qilish kitobini yuritadi; avtotransport vositalari haydovchilarining majburiy ravishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan, shu jumladan reys oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarini ta’minlaydi; avtotransport vositalari ishtirokidagi sug‘urta hodisalarini tekshirishda ishtirok etadi; ish vaqti tugagandan so‘ng avtotransport vositalarining saqlash joyiga o‘z vaqtida qaytishi va qabul qilib olinishini nazorat qiladi. 15. YHX xizmati o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda avtomobilda tashuvchining vakili bo‘lish; avtomobilda tashuvchining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan o‘z vakolatiga doir ma’lumotlarni talab qilib olish; yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha avtomobilda tashuvchining barcha tarkibiy bo‘linmalari uchun majburiy bo‘lgan va faqat avtomobilda tashuvchining birinchi rahbari tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; tashishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi uchun zarur choralarni ko‘rish; yo‘l harakati xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi jiddiy kamchiliklar aniqlanganda avtotransport vositalari harakatlanishini taqiqlash; ahvoli yoki harakatlari yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishdan chetlatish, ularga nisbatan tegishli choralarni qo‘llash yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish; namunali avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat uchun rag‘batlantirish yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish. 16. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyga yetib borish, yo‘nalishdagi avtotransport vositalari ishini monitoring qilish, avtomobil yo‘llari ahvolini tekshirish, avtokolonnalarni kuzatib borish uchun YHX xizmati maxsus yengil avtomobil bilan ta’minlanadi. Ushbu avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlar mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga biriktirilgan avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlarni qayd etish kitobiga kiritib borilishi zarur. 17. YHX xizmati: o‘z harakatlari bilan yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzmasligi; avtomobilda tashuvchining boshqa xizmatchilari va avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi holatlariga befarq bo‘lmasligi; avtomobilda tashuvchining rahbari hamda vakolatli davlat organlarining qonuniy ko‘rsatmalari va talablarini bajarishi shart. 18. YHX xizmati DYHXX organlarining so‘roviga muvofiq avtotransport vositalari va avtotransport vositalari haydovchilari to‘g‘risidagi hamda avtotransport vositalari ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari natijasida yetkazilgan zararni aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi. 19. DYHXX organlari YHX xizmatining so‘roviga muvofiq avtotransport vositalari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalarining buzilish holatlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Zarur hollarda, YHX xizmati va DYHXX organlari avtotransport vositalari kolonnalarini kuzatib borish ishlarini hamkorlikda amalga oshiradi. 20. Avtomobilda tashuvchilarning rahbarlari mazkur Nizomga muvofiq YHX xizmatining tashkil etilishi uchun javobgardir. 21. YHX xizmati xodimlari mazkur Nizomga muvofiq YHX xizmatining zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida hamda to‘liq amalga oshirilishi uchun javobgardir. 22. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
99
13,343
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘Sh
O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-son Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. 9. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda: a) 8-bandning uchinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 20-bandning birinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin: “Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak”; v) 21-banddagi “bir hafta” so‘zlari “bir oy” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 32-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi”. 10. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda: a) 12-bandning uchinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 26-bandga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin: “Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak”; v) 29-banddagi “bir hafta” so‘zlari “bir oy” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 40-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “40. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi”; d) 41-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 36. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari to‘g‘risidagi Nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini, faoliyatning ushbu turlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda, tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirishga haqlidirlar”. 38. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda: a) 12-bandning birinchi xatboshidagi “miqdorda” so‘zi “eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 18-bandning birinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin: “Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak”; v) 20-bandning birinchi xatboshidagi “bir hafta” so‘zlari “bir oy” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
3,610
Qonunchilik
Soliq tizimi: muammolar va istiqbollar
Ilhom Karimov nomidagi Toshkent biznes klubi oʻz hamkorlari bilan “Soliqlar - muammolar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazdi. Ishtirokchilar - biznes klub a’zolari, Moliya vazirligi, DSQ, idoralar va tashkilotlardan taklif qilingan mutaхassislar va ekspertlar. Soliq tizimidagi asosiy muammolarning tahlili va uni yaхshilash boʻyicha takliflar - iqtisod fanlari nomzodi Jorilla Abdullayevning sharhida. Sharhda soliq tizimi muammolari bayon etilgan, uni rivojlantirish shartlari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, muallif soliqlarning umumbelgilangan va soddalashtirilgan tizimlari nisbatidagi oʻzgarishlar, umumiqtisodiy omillar, ularning byudjet daromadlarining shakllanishiga ta’sirini tahlil qiladi. Asosiy soliqlar tushumi dinamikasi batafsil koʻrib chiqilgan, ularni toʻlashning kamayishi/oshishi sabablari keltirilgan. Maqolada umuman iqtisodiyotga soliq yukini tartibga soluvchi, soliq nazorati shakllari va meхanizmlarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan, soliq yuki darajasida nomutanosibliklarga ta’sir koʻrsatuvchi soliq islohoti yoʻnalishlari tushuntiriladi. Mamlakatimizda soliq tizimi holati va iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish yakunlari boʻyicha muallif umuman soliq tizimi, soliq turlari, soliq ma’muriyatchiligi va soliq imtiyozlari boʻyicha takliflar beradi. Sharhni bu yerda oʻqish mumkin.
38
1,331
Qonunchilik
“MOLIYAVIY HISOBOT ShAKLLARI VA ULARNI TO‘LDIRISh BO‘YIChA QOIDALARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 1-2-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
150
920