folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3646-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri A.X. To‘xtayev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shahar Qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2595-son Farmonining 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va Qurilish qo‘mitasi raisining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi respublika organlari ro‘yxatidagi: a) I bo‘lim quyidagi mazmundagi 18-band bilan to‘ldirilsin: “18. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi”; b) II bo‘limning 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni: a) 5-ilovasining: yigirma beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “To‘laganov K.N. — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri o‘rinbosari”; b) 6-ilovasining: o‘n oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Zakirov B.I. — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari”. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son Farmoni 4-ilovasining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vaziri, viloyat va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalarning yangilangan tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5357-son Farmoni: a) 4-ilovasining yigirma sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tulaganov K.N. — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri o‘rinbosari”; b) 5-ilovasining o‘n yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Zakirov B.I. — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari”. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-fevraldagi “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3-son qarorining: a) 5-bandidagi “arxitektura-qurilish nazorati” degan so‘zlar “qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyalarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin”; b) rus tilida berilgan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat ro‘yxatiga olish tartibi va hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi nizomining: 10 va 11-bandlaridagi “upravleniye (otdel) po arxitekture i stroitelstvu goroda (rayona)” degan so‘zlar “otdeli stroitelstva rayonov (gorodov)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin: Nizomning 1 va 5-ilovalaridagi “upravleniye (otdel) po arxitekture i stroitelstvu goroda (rayona)” degan so‘zlar “otdeli stroitelstva rayonov (gorodov)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-apreldagi “Shaharlarda yo‘l qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-62-son qarorining 2-bandidagi “Davarxitektqurilish” degan so‘z “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-847-son qarori: 3-bandining: birinchi xatboshisidagi “Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Qurilish vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “loyiha ishlarini muvofiqlashtirish, loyiha-tadqiqot tashkilotlari mintaqaviy tarmog‘ini kengaytirish va uning ishlari samaradorligini oshirish”. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi “Qishloqqurilishloyiha mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1049-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Davarxitektqurilish qo‘mitasi bilan kelishgan xolda” degan so‘zlar “belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1843-son qarorining rus tilida berilgan 2-ilovasi: a) “Ministerstva, gosudarstvennie komiteti i vedomstva” bo‘limining: 14-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: quyidagi mazmundagi 14-1-band bilan to‘ldirilsin: b) “Rabochiye organi komissiy pri Kabinete Ministrov” bo‘limining 23-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-noyabrdagi “Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2438-son qarorining: a) 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) rus tilida berilgan 2-ilovasi “Otvetstvennie ispolniteli” ustunining 3-bandidagi “Gosarxitektstroy” degan “Ministerstvo stroitelstva” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2646-son qarori 2-ilovasining o‘n yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Zakirov B.I. — Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari”. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-son qarori: a) 6-bandining: birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshisidagi “davlat ekspertizasidan” degan so‘zlar “ekspertizadan” degan suz bilan almashtirilsin. b) 8-bandining birinchi xatboshisidagi “Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin”. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2731-son qarori: a) 2-bandining uchinchi xatboshisidagi “Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin: b) rus tilida berilgan 2-ilovasining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Tulyaganov K.N. — zamestitel ministra stroitelstva”. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2750-son qarori: a) 1-ilovasining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “13. To‘xtayev A.X. — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri”; b) 3-ilovasining “Mas’ul organlar” ustunidagi 12 — 14 va 58-pozitsiyalari “Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (B.I. Zakirov)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (A.X. To‘xtayev)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-2853-son qarori: a) 6-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (B. Zokirov)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (A.X. To‘xtayev)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) rus tilida berilgan 2-ilovasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Tuxtayev A.X. — ministr stroitelstva Respubliki O‘zbekiston”; v) rus tilida berilgan 3-ilovasining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ministr stroitelstva Respubliki Karakalpakstan, nachalniki glavnix upravleniy stroitelstva oblastey i g. Tashkenta-chlen rabochey komissii”. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2910-son qarori: a) 2-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “Davarxitektqurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 7-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) rus tilida berilgan 7-ilovasining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tulyaganov K.N. — zamestitel ministra stroitelstva”. 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi “2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2922-son qarori: a) 2-bandining oltinchi xatboshisidagi va 11-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar tegishli ravishda “Qurilish vazirligi”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) rus tilida berilgan 6-ilovasining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tulyaganov K.N. — zamestitel ministra stroitelstva”. 25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2935-son qarori: a) rus tilidagi 1-ilovasi 5-pozitsiyasining “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Gosarxitektstroy” degan so‘z “Ministerstvo stroitelstva” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) rus tilida berilgan Dastur 1-ilovasi “Kompleks po voprosam kompleksnogo razvitiya territoriy i kommunalnoy sferi, transporta, kapitalnogo stroitelstva i stroyindustrii” deb nomlangan bo‘limining 1-bandidagi “Gosudarstvenniy komitet po arxitekture i stroitelstvu” degan so‘zlar “Ministerstvo stroitelstva Respubliki O‘zbekiston” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) rus tilida berilgan 6-ilovasining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tulyaganov K.N. — zamestitel ministra stroitelstva”. 26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2936-son qarorining: a) 1, 2, 4 — 6, 8 — 14-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; b) 7-bandi yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish” degan so‘zlar “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) rus tilida berilgan 8-ilovasi 10, 13, 15, 17, 19 — 23-pozitsiyalarining “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Gosarxitektstroy” degan suz “Ministerstvo stroitelstva” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi “Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2946-son qarori: a) 6-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) rus tilida berilgan 1-ilovasi 5 va 6-pozitsiyalarining “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Gosarxitektstroy” degan so‘z “Ministerstvo stroitelstva” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Toshkent shahrida elektrlashtirilgan ikki izli halqa temir yo‘lini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2979-son qarorining 12-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rus tilida qabul qilingan 2017-yil 19-maydagi “2017 — 2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2980-son qarori: a) 1-ilovasi 22, 53, 60, 81, 83 — 86-pozitsiyalarining “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Gosarxitektstroy” degan suz “Ministerstvo stroitelstva” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 2-ilovasining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Zakirov B.I. — perviy zamestitel ministra stroitelstva”. 30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3024-son qarori: a) rus tilida berilgan 5-ilovasining o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tulyaganov K.N. — zamestitel ministra stroitelstva”; b) rus tilida berilgan 6-ilovasi 7-pozitsiyasining “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Gosarxitektstroy” degan suz “Ministerstvo stroitelstva” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son qarori: a) 5-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 1-ilovasi 13 — 15, 22 va 24-pozitsiyalarining “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi” degan so‘zlar “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 2-ilovasining 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tuxtayev A.X. — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisi”. 32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi “2017 — 2021-yillarda ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3054-son qarorining 10-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3067-son qarorining: a) 1-ilovasi: quyidagi mazmundagi 17-1-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: 60-pozitsiyasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: b) 2-ilovasining: 124 — 127 va 129 — 138-pozitsiyalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; “Boshqalar” bo‘limi quyidagi mazmundagi 338 — 351-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin: 34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rus tilida qabul qilingan 2017-yil 10-iyuldagi “Tezyurar yo‘lovchi tashish poyezdlari harakatini tashkil etgan xolda “Qarshi — Kitob” temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3121-son qarorining 14-bandidagi “Gosudarstvennomu komitetu Respubliki O‘zbekiston po arxitekture i stroitelstvu” degan so‘zlar “Ministerstvu stroitelstva Respubliki O‘zbekiston” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rus tilida qabul qilingan 2017-yil 20-iyuldagi “Andijon viloyatining Bulokboshi tumanida sement zavodi Qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3141-son qarorining 10-bandidagi “Pervomu zamestitelyu Gosudarstvennogo komiteta Respubliki O‘zbekiston po arxitekture i stroitelstvu Sh.R. Xoshimovu” degan so‘zlar “Pervomu zamestitelyu ministra stroitelstva Respubliki O‘zbekiston B.I. Zakirovu” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rus tilida qabul qilingan 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3190-son qarori bilan tasdiqlangan Seysmologiya, seysmik chidamli bino va inshootlar qurish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi darajasini oshirish chora-tadbirlari kompleksi: a) 6, 8 va 20-pozitsiyalarining “Mexanizmi realizatsii” ustunidagi “Gosarxitektstroya”, “Gosarxitektstroyem” degan so‘zlar “Ministerstva stroitelstva”, “Ministerstvom stroitelstva” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 6 — 8, 11, 12, 21 va 22-pozitsiyalarining “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Gosarxitektstroy” degan suz “Ministerstvo stroitelstva” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3175-son qarori 11-bandining birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (B.I. Zokirov, K.N. To‘laganov)”, “davlat arxitektura-qurilish nazoratini” degan so‘zlar tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (A.X. Tuxtayev, K.N. Tulaganov)”, “nazoratni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rus tilida qabul qilingan “Olmalik KMK” AJni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-avgustdagi PQ-3211-son qarorining: a) 19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. Ministerstvu stroitelstva Respubliki Uzbekistan (A. Tuxtayev, K. Tulyaganov) v ustanovlennom poryadke organizovat ekspertizu proyektno-smetnoy dokumentatsii i ustanovit strogiy kontrol za kachestvom vipolneniya stroitelno-montajnix rabot v ramkax realizatsii proyekta”; b) 24-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ministerstva stroitelstva Respubliki Uzbekistan (K. Tulyaganov) — za kachestvo ekspertizi proyektnoy dokumentatsii i stroitelno-montajnix rabot putem ustanovleniya kontrolya na postoyannoy osnove”. 40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3217-son qarorining: a) rus tilida berilgan 1-ilovasi 16, 46, 48-pozitsiyalarining “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Gosarxitektstroy (Zakirov)” degan so‘zlar “Ministerstvo stroitelstva (Tuxtayev)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 2-ilovasining o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tuxtayev A.X. — ministr stroitelstva”. 42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rus tilida qabul qilingan 2017-yil 21-avgustdagi “Paxtakor” futbol klubi moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3227-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Ministerstvu stroitelstva Respubliki O‘zbekiston v ustanovlennom poryadke organizovat ekspertizu proyektnoy dokumentatsii i ustanovit kontrol za kachestvom vipolnyayemix stroitelno-montajnix rabot”. 45. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Taxiyatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatga ega ikkita parogaz qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 11-sentabrdagi PQ-3264-son qarorining 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3263-son qarorining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “13. O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi (B.I. Zakirov, K.N. To‘laganov) belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini tashkil etsin hamda loyihalar bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish sifati ustidan tegishli nazorat o‘rnatsin”. 47. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Namangan shahri va Namangan viloyatining Pop tumani aholisini sifatli ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3273-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (K.N. To‘laganov) loyihalarni amalga oshirish doirasida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifati ustidan nazorat o‘rnatsin”. 48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi “Jahon banki ishtirokida “Magistral tarmoqlarning kichik stansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3284-son qarorining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (K.N. To‘laganov) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini, qurilishga, tegishli xizmatlar ko‘rsatishga zarur litsenziyalar va ruxsatnomalar o‘z vaqtida berilishini, shuningdek, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli darajadagi nazoratni tashkil etsin”. 49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3286-son qarori ilovasining 11-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3301-son qarori rus tilida berilgan 2-ilovasining 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Tuxtayev A.X. — ministr stroitelstva”. 51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3350-son qarori: a) 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 9-bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar ““O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 10-bandi uchinchi xatboshisidagi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisi B.I. Zakirov” degan so‘zlar “Qurilish vaziri A.X. To‘xtayev” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) 11-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasining boshlig‘i” degan so‘zlar “Qurilish vaziri o‘rinbosari — Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining boshlig‘i” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3365-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Dasturni amalga oshirish doirasida bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan nazorat o‘rnatsin”. 53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3391-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 54. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qarori bilan tasdiqlangan Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kuzatuv kengashi tarkibining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. To‘xtayev A.X. — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri”. 55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3422-son qarori rus tilida berilgan 2-ilovasining 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “16. Tulyaganov K.N. — zamestitel ministra stroitelstva”. 56. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori bilan tasdiqlangan va rus tilida berilgan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 5-bandining o‘n birinchi xatboshisidagi “Gosudarstvenniy komitet po arxitekture i stroitelstvu” degan so‘zlar “Ministerstvo stroitelstva” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 57. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3473-son qarorining: a) 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasini hamda loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli nazoratni tashkil etsin”; b) rus tilida berilgan ilovasining o‘n beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tulyaganov K.N. — zamestitel ministra stroitelstva”. 58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3502-son qarorining: a) 2, 7, 8, 10 — 12-bandlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, 5-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining” degan so‘zlar “Qurilish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga yuklansin”; v) 6-bandi beshinchi xatboshisidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) 2a-ilovasining 1 — 22-bandlari “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi, 2b-ilovasining 1 — 115-bandlaridagi, 3-ilovasining 1-55-bandlaridagi, 4-ilovasining 1, 2, 7, 8, 10 va 11-bandlaridagi “Davarxitetqurilishnazorat” so‘zi “Qurilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 59. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rus tilida qabul qilingan 2018-yil 6-fevraldagi “Xorazm viloyatida davlat mulki obyektlarini tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish va kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3513-son qarori 3-ilovasining 5-pozitsiyasi “Naimenovaniye organizatsii, kotoroy peredayetsya obyekt” va “Sel peredachi obyekta” ustunlaridagi “arxitekturi i” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 60. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-son qarori: a) 13-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) rus tilida berilgan 1-ilovasi 38 va 49-pozitsiyalarining “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Gosarxitektstroy” degan so‘z “Ministerstvo stroitelstva” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3628-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek respublika ahamiyatidagi davlat organlarida ekspert-tahlil guruhlarini tashkil etish jadvalining rus tilidagi matni: a) “Ministerstva” bo‘limi quyidagi mazmundagi 13-1-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: b) “Gosudarstvennie komiteti” bo‘limining 18-pozitsiyasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-636-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5030-son Farmoni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi PQ-3369-son qarori ilovasining 1-bandi.
250
30,820
Qonunchilik
KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATINING GRANT MABLAG‘LARINI JALB ETGAN HOLDA ILMIY-TEXNIKA ADABIYOTLARI ELEKTRON KUTUBXONASINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida elektron axborot-kutubxona resurslarini yaratish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy-texnika adabiyotlarining elektron manbalarini shakllantirish va to‘plashning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish hamda respublika fuqarolarining undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan 2008-2009-yillar mobaynida ilmiy-texnika adabiyotlari elektron kutubxonasini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga jami 2 mln. AQSh dollari miqdorida grant mablag‘lari berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Belgilansinki, Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari doirasida olib kelinadigan uskunalar va materiallar, shuningdek ko‘rsatiladigan texnik yordam O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi negizida ilmiy-texnika adabiyotlari elektron kutubxonasini tashkil etishga yo‘naltiriladi. 2. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi mazkur grant mablag‘larini olish uchun barcha zarur tartib-qoidalarni Koreya tomoni bilan kelishib olingan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga Koreya Respublikasi tomonidan berilgan grant mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish vazifasi; O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi zimmasiga loyihani samarali amalga oshirish, grant mablag‘lari doirasida olib kelinadigan uskunalar va materiallardan maqsadli foydalanish mas’uliyati yuklansin. 4. Grant mablag‘lari hisobidan Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi negizida ilmiy-texnika adabiyotlari elektron kutubxonasini tashkil etish loyihasi bo‘yicha: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi — buyurtmachi etib; “Aloqaloyiha” loyihalashtirish instituti — bosh loyihalashtiruvchi etib; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki — grant mablag‘lari hisobidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank etib belgilansin. 5. Ilmiy-texnika adabiyotlari elektron kutubxonasini tashkil etish uchun Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobidan olib kelinadigan uskunalar va materiallar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK mazkur grant doirasida olib kelinadigan uskunalar va materiallarni aeroportlarda hamda temir yo‘l stansiyalarida yig‘imlar undirib olinmagan holda yuklarni topshirish ishlari amalga oshirilishi hamda saqlanishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihaning xorijiy qatnashchilariga ko‘p martalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek ularning istiqomat joyida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2010-yildan boshlab O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga grant doirasida olib kelinadigan jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun budjetdan ajratib beriladigan mablag‘lar chegarasidagi xarajatlarni nazarda tutsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
162
3,894
Qonunchilik
Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga va mahsulot tannarxini pasaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 22-yanvardagi 8-son qaroriga muvofiq hamda chetdan olib kirilayotgan va sotilayotgan maishiy elektr priborlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yangidan qurilayotgan binolar va inshootlarning energiya samaradorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 2016-yil 1-yanvardan boshlab: a) texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi to‘g‘risidagi axborotlarning majburiy mavjud bo‘lishi haqidagi talab ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kirilayotgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan maishiy elektr priborlariga tatbiq etiladi; b) maishiy elektr priborlarining energiya samaradorligi klasslarini aniqlash uchun “A”, “V”, “S”, “D”, “E”, “F”, “G” belgilari joriy etiladi. Bunda: “A” klassi energiya samaradorligi eng yuqori bo‘lgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun va tegishli ravishda “G” klassi — (tavsiflarini hisobga olgan holda) bir toifaga kiritilgan maishiy elektr priborlari jumlasidagi energiya samaradorligi eng kam bo‘lgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun qo‘llanadi; energiya samaradorligining “A+”, “A++” (ortib borishiga ko‘ra — A+”, “A++” va shu kabi) hamda undan yuqori qo‘shimcha klasslari “A” klassi uchun belgilangan energiya samaradorligi darajasidan oshadigan energiya samaradorligiga mansub bo‘lgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun qo‘llanadi. 2. Texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida elektr samaradorligining tegishli klassi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan maishiy elektr priborlarini chetdan olib kirish 2016-yil 1-yanvardan boshlab, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish esa — 2016-yil 1-iyuldan boshlab taqiqlansin (ilgari foydalanishda bo‘lgan maishiy elektr priborlarini sotish bundan mustasno). Bunda ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan, 2016-yil 1-yanvargacha “vaqtincha saqlash” va “bojxona ombori” bojxona rejimlarida joylashtirilgan maishiy elektr priborlari, istisno tariqasida erkin muomalaga chiqarilishi va 2016-yil 1-iyulgacha sotilishi mumkin. 3. Energiya samaradorligining “G” toifadagi maishiy elektr priborlarini chetdan olib kirish va sotish — 2017-yil 1-yanvardan boshlab, “F” toifadagilari uchun — 2018-yil 1-yanvardan boshlab, “E” toifadagilari uchun — 2019-yil 1-yanvardan boshlab va “D” toifadagilari uchun — 2022-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich taqiqlansin. 4. Belgilansinki, ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan, texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan maishiy elektr priborlarini sotish va sotish maqsadida saqlash ushbu qarorda nazarda tutilgan muddatlar o‘tgandan keyin sotish qoidalarini buzish deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanadi. 5. “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda ushbu Nizomga ilovada ko‘rsatilgan maishiy elektr priborlarining texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi to‘g‘risidagi axborotlar majburiy bo‘lishi haqidagi talabni nazarda tutuvchi standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni 2015-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin. 6. “O‘zstandart” agentligi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning maishiy elektr priborlarining energiya samaradorligi bo‘yicha muayyan klassga muvofiqligini baholash va tasdiqlash bo‘yicha sinash (o‘lchash) laboratoriyalarining (markazlarining) hamda elektrotexnika mahsulotlarini sertifikatlash organlarining belgilangan tartibda akkreditatsiya qilinishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu qarorning talablariga muvofiq energiya samaradorligi klassi to‘g‘risidagi tegishli axborotlar mavjud bo‘lmagan maishiy elektr priborlarining chetdan olib kirilishiga va respublika hududida sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazorat o‘rnatsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi shaharsozlik normalari va qoidalarini ularda yangidan qurilayotgan binolar va inshootlarga nisbatan qo‘yiladigan energiya samaradorligi to‘g‘risidagi tegishli talablarning mavjudligi yuzasidan olti oy muddatda qayta ko‘rib chiqsin. 9. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2015-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 10. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari G‘.I. Ibragimov va U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
211
5,250
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA UZOQ MUDDATLI IMTIYOZLI KREDITLARNI JALB QILISh VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Yaponiya va Koreya Respublikasi hukumatlari tomonidan berilayotgan uzoq muddatli imtiyozli kreditlardan samarali foydalanishni va ularning o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yaponiya va Koreya Respublikasi hukumatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga 40 yil muddatga berilayotgan uzoq muddatli imtiyozli kreditlarning, iqtisodiy samaradorligi yuqori darajada bo‘lgan ustuvor loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilayotgan yillik stavkasi 3 foizgacha bo‘lgan imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi, qarz oluvchisi hisoblanadi; Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Koreya Respublikasi iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlik fondi bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shu jumladan moliyaviy muassasalarning maxsus missiyalari bilan ishlash O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, vakolatli banklar va loyihalarning tashabbuskorlari bo‘lgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi uzoq muddatli imtiyozli kreditlar doirasida loyihalar tayyorlanishini, kelishish tartibiga rioya etilishini, ularning harakati va amalga oshirilishini tashkil etishni ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: umumiy shartlarga va mablag‘ bilan ta’minlashning ixtisoslashtirilgan dasturlari xususiyatlariga javob beruvchi loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishining tezkor ekspertizasi belgilangan tartibda tashkil etilishini; kreditlar olish va qarz bitimlarini imzolashga tayyorlash yuzasidan zarur tartibotlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini; jalb etilayotgan kredit resurslari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari kafolatlanishi bilan bog‘liq hujjatlarning tezlikda tayyorlanishini; Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ekspertlari va xorijiy moliyaviy muassasalar tegishli bo‘linmalari mutaxassislari jalb qilingan holda yangi loyihalar tayyorlanishida vazirliklar va idoralarga ko‘maklashishni; Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti bilan o‘zaro hamkorlikda, uzoq muddatli imtiyozli kredit berish hajmlarini ko‘paytirish yuzasidan Yaponiya va Koreya Respublikasi hukumatlarining vakolatli agentliklari bilan muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazilishini; Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti tomonidan amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishining davlat monitoringi doirasida qarz mablag‘lari o‘zlashtirilishining borishi, shu jumladan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi va kreditlar qaytarilishi ustidan qattiq monitoring o‘tkazilishini ta’minlasin. 4. Ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarni bajarish va moliyaviy ko‘maklashish dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: vazirlik tuzilmasida xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida uzoq muddatli imtiyozli kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari ekspertizasi va moliyaviy monitoringi bo‘yicha maxsus bo‘linma tashkil etsin; qo‘shma loyihalarni tayyorlash muddatlarini jadallashtirish va ularni ro‘yobga chiqarish sifatini oshirish maqsadida, uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslari berayotgan mamlakatlardan mutaxassislarni tashkil etilayotgan bo‘linmaning maslahatchilari sifatida texnik hamkorlik grantlari asosida jalb etsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
152
3,625
Qonunchilik
Oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyati qonuniylashtiriladi
«Tadbirkorlik va professional faoliyat sub’yektlarini oʻz-oʻzini tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish Prezidentning 7.12.2020 yildagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga хususiy sektorni jalb qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4913-son qarorida nazarda tutilgan. Mazkur hujjat tadbirkorlik va professional faoliyat sub’yektlarini oʻz-oʻzini tartibga colish bilan bogʻliq jamoatchilik bilan munosabatlarini tartibga solishi, oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotlarni tashkil etish va faoliyat yuritish, ularga a’zolik (ishtirok etish) va ularning huquqiy maqomini, davlat tomonidan tartibga solish meхanizmlarini belgilashi rejalashtirilmoqda. Loyihada quyidagi tushunchalar berilgan: oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot a’zosining shaхsiy manfaati, professional faoliyat, professional faoliyat sub’yektlari, oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot, oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot qoidalari va standartlari va boshqalar. Oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot – tadbirkorlik sub’yektlarining iхtiyoriy a’zoligiga (ishtirokiga) asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan assotsiatsiya (ittifoq), jamoat birlashmasi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi notijorat tashkilot. Oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot iхtiyoriy yoki majburiy a’zolik shaklida tashkil etiladi. Oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotlarga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi: Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Nargiza Vohidova.
71
1,584
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-425-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-425-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Koordinatsionnoy gruppe po organizatsii rassmotreniya zakonoproyektov i proyektov drugix normativno-pravovix aktov obespechit dalneysheye soprovojdeniye ukazannogo zakonoproyekta na vsex stadiyax ego podgotovki, rassmotreniya, a takje prinyatiya v Zakonodatelnoy palate.
161
1,031
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 12-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qisqa muddatli maqsadli ssudalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 1722, 2007-yil 27-sentabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019-yil 4-sentabrdagi 05/01-18-02-32/3458-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 30-avgustdagi 80-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qisqa muddatli maqsadli ssudalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1722, 2007-yil 27-sentabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
75
2,098
Qonunchilik
«Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK qayta tashkil etiladi
Bu Prezidentning 27.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan. Kompaniyani qayta tashkil etish: Asosiy vazifalari «Uzbekistan Airways» AJ «Uzbekistan Airports» AJ parvozlarning yangi yoʻnalishlarini oʻzlashtirgan va geografiyasini kengaytirgan holda havo kemalari parkidan samarali foydalanish aeroportlarni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizimlari va teхnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aviaparkni modernizatsiyalash, teхnologik qayta jihozlash va yangilash aeroportlar infratuzilmasini takomillashtirish uchun, shu jumladan, aeroportlarni boshqarish sohasida davlat-хususiy sheriklik va yetakchi хalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilish meхanizmlaridan foydalangan holda investitsiyalar jalb qilish havo kemalari bortida yoʻlovchilarga koʻrsatiladigan servis хizmatlari, shu jumladan, хorijiy aviakompaniyalarning aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash ishlari sifatini oshirish aviatashuvchilar yoʻlovchilariga aeroportlarda yuqori darajada хizmat koʻrsatilishini ta’minlash, ular uchun zarur barcha qulay shart-sharoitlarni yaratish kompaniyaning raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida yoʻlovchilar, yuklar, pochta va bagaj tashish sohasida moslashuvchan tarif siyosatini olib borish aeroportlar tegishli хizmatlarining samarali faoliyatini ta’minlash, yoʻlovchilar, yuklar, pochta va bagajga хizmat koʻrsatish jarayonini maqbullashtirish eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni, shu jumladan, aksiyalar va korporativ obligatsiyalar chiqarish orqali jalb qilish aerodromlarni parvozlarga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash, parvozlarning muntazamligi va хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, aerodromlarni saqlash va ta’mirlashning zamonaviy usullarini joriy etish parvozlarni amalga oshirishda yuqori darajadagi хavfsizlikni, shuningdek, havo kemalariga teхnik хizmat koʻrsatish sifatini ta’minlash havo kemalariga yoqilgʻi quyish va хizmat koʻrsatish uchun foydalaniladigan yoqilgʻi va boshqa yoqilgʻi-moylash materiallarini uzluksiz ta’minlash, shuningdek, ularning sifatini qat’iy nazorat qilish parvozlarni amalga oshirishda yuqori darajadagi хavfsizlikni, shuningdek, havo kemalariga teхnik хizmat koʻrsatish sifatini ta’minlash logistika sohasida sifatli хizmat koʻrsatish uchun infratuzilmani takomillashtirish va qulay shart-sharoitlar yaratish aeroportlarda savdo, ovqatlanish, yoʻlovchilarga bank va boshqa хizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy ob’yektlar tarmogʻini, shu jumladan, davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida kengaytirish Tuziladigan хoʻjalik jamiyatlari ijro etuvchi organlarining a’zolari yetakchi aviakompaniyalarda katta tajribaga hamda korporativ boshqaruv, menejment va moliya sohasida zarur malakaga ega boʻlgan mutaхassislar, sh.j. хorijiy fuqarolar orasidan tanlab olinadi. 2020 yildan boshlab ushbu jamiyatlarning moliyaviy hisoboti хalqaro standartlar asosida shakllantiriladi, yetakchi хalqaro auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda yillik mustaqil tashqi auditdan oʻtkazilishi lozim. «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK va uning tarkibiga kiradigan korхonalarga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar yangidan tuziladigan хoʻjalik jamiyatlariga tatbiq etiladi. Qayta tashkil etiladigan va tuziladigan korхonalarning avtotransport vositalari, koʻchmas mulkiga oid kadastr hujjatlari, shuningdek ta’sis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar roʻyхatga olinishi yigʻimlar va bojlar undirmasdan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, rezident aviakompaniyalar mamlakatimizga olib kiriladigan: Oleg Zamanov.
53
3,858
Qonunchilik
Birja savdolari – alohida tovar seksiyalari orqali
Tovar хom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi (18.03.2020 yildagi 170-son VMQga qarang). Hujjat birja savdolarini takomillashtirishga, хususan oʻtkaziladigan elektron savdolar shaffofligini hamda ushbu jarayonlarga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligini ta’minlashga qaratilgan. Buning uchun quyidagi asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan: 2020 yil 1 iyundan boshlab quyidagilar nazarda tutilgan tartib joriy etiladi: Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjatda quyidagilar batafsil koʻrsatilgan: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.03.2020 yildan kuchga kirdi.        Lenara Xikmatova.
50
883
Qonunchilik
Qonunlar, kodekslarga oʻzgartish va qoʻshimchalar ma’qullandi
3 may kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida 8 ta qonun ma’qullandi: - “Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisida”; - “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisida”; - “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”; - “Yaylovlar toʻgʻrisida”; - “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”; - “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”; - “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”; - “Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001 yil 22 may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”. Ma’qullangan qonunlar Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi. Ma’qullangan va qabul qilingan hujjatlar haqida qoʻshimcha ma’lumot taqdim etiladi.
61
1,073
Qonunchilik
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga o‘rgatish, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi qaror qiladi: 1. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga o‘rgatish, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga o‘rgatish, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: meva-sabzavot mahsulotlari — sabzavotlar, mevalar, dukkakli, yong‘oq, uzum, poliz va rezavor mahsulotlari (shu jumladan, muzlatilgan va quritilgan); qishloq xo‘jaligi birlashmalari — a’zolari fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boruvchi jismoniy va yuridik shaxslarni o‘z ichiga olgan yuridik shaxs; marketing tadqiqotlari — tashqi bozordagi meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganish, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlarining narxi, bozordagi unga bo‘lgan talab miqdori, meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib beruvchi boshqa raqobatchi kompaniyalarning bozordagi o‘rnini o‘rganish (yetkazib beradigan meva-sabzavot mahsulotlarining hajmlari, narxlari, ularni yetkazib berish muddatlari). 2. Eksportyorning qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning yangi texnologiyalariga o‘rgatish, ularning yerlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan monitoring o‘tkazish va qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari tomonidan ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari olib borish xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kalendar yili uchun Davlat budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) ajratiladigan mablag‘lar, shuningdek jalb etiladigan xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari, shu jumladan Jahon banki mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. Qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning yangi texnologiyalarini joriy etishga o‘rgatish eksportyorlar tomonidan tegishli mutaxassislarni, shuningdek xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda tashkil etiladigan maxsus o‘quv kurslari, amaliy mashg‘ulotlar hamda seminarlar tashkil etish orqali amalga oshiriladi va eksportyorlar tomonidan sarflangan xarajatlarning 50 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi. Agentlik eksportyorlarga qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari uchun maxsus o‘quv kurslari, amaliy mashg‘ulotlar hamda seminarlar tashkil etishda ko‘maklashadi. Bunda, Agentlik eksportyorning murojaatiga asosan o‘quv kurslari, amaliy mashg‘ulotlar hamda seminarlar uchun xorijdan tegishli mutaxassislarni topish va jalb qilishda yordam beradi. 4. Qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan monitoring yuritish uchun eksportyor tomonidan ishga olinadigan agronomlarga hisoblangan bir oylik lavozim maoshining 50 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi. Bunda, subsidiya har 300 gektardan 500 gektargacha bo‘lgan ekin maydoni hisobiga 1 ta agronom uchun ajratiladi va agronomning bir oylik lavozim maoshi uchun ajratiladigan subsidiya summasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravaridan oshmasligi lozim. 5. Qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish bo‘yicha marketing tadqiqotlari eksportyor tomonidan mustaqil ravishda yoki ixtisoslashgan tashkilotni jalb etgan holda amalga oshiriladi va eksportyorlar tomonidan sarflangan xarajatlarning 50 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi. 6. Agentlik tomonidan eksportyorga subsidiyalar ajratish uchun eksportyor O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi hamda mazkur nizomning 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar uchun to‘lovlar eksportyor tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi kerak. 7. Agar Agentlik tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra mazkur Nizomning 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar bo‘yicha eksportyor tomonidan tayyorlangan biznes-rejada ko‘rsatilgan eksport hajmi amalga oshirilmaganligi yoki to‘liq amalga oshirilmaganligi aniqlansa, Agentlik tomonidan eksportyorga ajratilgan tegishli subsidiya mablag‘larining amalga oshirilmagan eksport hajmiga mutanosib qismini qaytarish to‘g‘risida eksportyorga talabnoma yuboradi va eksportyor 10 ish kuni mobaynida talabnomada ko‘rsatilgan mablag‘larni Agentlikka qaytarilishini ta’minlashi zarur (bundan fors-major holatlari mustasno). 8. Eksportyor tomonidan talabnoma bajarilmagan taqdirda, ajratilgan subsidiya mablag‘lari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi. 9. Eksportyor Agentlikka subsidiya ajratish haqida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: eksportyorning imzosi bilan tasdiqlangan, mahsulotni yetishtirish (saqlash), eksport qilish vaqti va hajmlari, shu jumladan hisobot yilida eksportdan tushadigan tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan biznes-reja (bir yilda bir marotaba dastlabki murojaat qilinganda taqdim etiladi); qishloq xo‘jaligi birlashmasi a’zolarining ekin yer maydonlari to‘g‘risidagi birlashma rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan ma’lumot; agronomlarga hisoblangan ish haqi (oylar kesimida), ular bo‘yicha to‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumot va (yoki) mazkur nizomning 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni yoki ulardan birini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar, ish va xizmatlar bajarilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, hisob-fakturalar hamda ular bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari; hisobot davrida amalga oshirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksport hajmi to‘g‘risidagi ma’lumot. Bunda eksport hajmlari eksport shartnomalarining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimidagi identifikatsiya raqami kesimida ko‘rsatiladi (birlashma a’zolari tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti amalga oshirilgan bo‘lsa). 10. Agentlik tomonidan eksportyorning arizalarini ko‘rib chiqish mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 11. Taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun eksportyor qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi. 12. Mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 13. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali taqdim etiladi. 14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar eksportyor tomonidan Agentlikka bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. 15. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlikka eksportyor tomonidan pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa, Agentlik 3 ish kuni mobaynida eksportyorga hujjatlarni tegishli javob xati bilan qaytaradi. 16. Mazkur Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda, arizalar Agentlik tomonidan 7 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. 17. Agentlik eksportyor va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi va subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 18. Agentlik subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida eksportyorga qabul qilingan qaror to‘g‘risida bildirishnoma yuboradi. Agar subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, eksportyor ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda subsidiya olish uchun Agentlikka ariza bilan qayta murojaat qilganida, arizalar Agentlik tomonidan 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. 19. Eksportyorning arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi. 20. Eksportyorga subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: eksportyor mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa; eksportyor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan o‘rganishlar orqali ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda. 21. Mazkur Nizomning 20-bandida qayd etilganidan boshqa holatlarga ko‘ra eksportyorga subsidiya ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 22. Agentlik eksportyor va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni axborot tizimlari, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimi orqali va tegishli organlarning internet jahon axborot tarmog‘idagi ma’lumotlar bazalari yordamida hamda so‘rovnomalar yuborish orqali o‘rganib chiqishi mumkin. 23. Eksportyor subsidiya ajratilishini rad etish to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lgan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega. 24. Agentlik tomonidan subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya ajratish to‘g‘risida buyurtmanoma taqdim etadi. 25. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlik tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani 1 ish kuni mobaynida buyurtmanomada ko‘rsatilgan mablag‘larni Agentlikning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 26. Agentlik maxsus g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan subsidiya mablag‘lari 1 bank kuni mobaynida Agentlik tomonidan tegishli eksportyorlarning tijorat bankidagi hisob raqamiga o‘tkazib beriladi. 27. Subsidiya ajratilgan eksportyorlarning reyestri Agentlik tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq yuritib boriladi. 28. Moliya yili yakuni bo‘yicha Agentlik shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi. 29. Eksportyor tomonidan qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishning yangi texnologiyasiga o‘rgatish, ularning yerlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi yuzasidan monitoring o‘tkazish va birlashma a’zolari tomonidan ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarining mazkur Nizomga asosan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga qoplangandan ortiq qismi eksportyorning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 30. Eksportyorlarga subsidiya ajratilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi. 31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 32. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
249
12,802
Qonunchilik
«Yagona darcha» markazlari ERIni 2,5 soatda rasmiylashtiradi
QHTBT portalida Tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar orqali elektron raqamli imzolarni roʻyхatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisida nizom taqdim etilgan. Nizom barcha davlat хizmatlari va tijorat banklari хizmatlaridan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun ERI kalitlarini roʻyхatga olish va sertifikatlarni berish tartibini belgilaydi. Ma’lumot uchun: ERI – bu elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat aхborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maхsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERIning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi aхborotda хatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Murojaat qilish tartibi Tadbirkorlik sub’yektlari-yuridik shaхslar va jismoniy shaхslar (ariza beruvchilar) shaхsan kelib yoki pochta aloqasi orqali, shuningdek YaIDXP orqali elektron shaklda “yagona darcha” yagona markaziga murojaat qilishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim boʻladi: Eslatib oʻtamiz, “yagona darcha” yagona markazlari tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyalari negizida tashkil etilgan. Roʻyхatga olish bosqichlari Ushbu tartibot algoritmi quyidagicha boʻladi: Agar: ERIni roʻyхatga olish uchun toʻlov miqdori vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lenara Xikmatova.
60
1,567
Qonunchilik
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 — 2024-yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish to‘g‘risida
2022-yil 18-mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish, aholi orasida kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash, tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish va ularning sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kadrlar salohiyatini yanada oshirish maqsadida: 1. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining: Nukus shahrida joylashgan Bolalar ftiziatriya sanatoriysi negizida ushbu sanatoriyda mavjud 250 ta o‘rin fondini maqbullashtirish hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida surunkali kasalligi va nogironligi mavjud bo‘lgan bolalar uchun 120 o‘rinli Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazini hamda Xo‘jayli tumanidagi Respublika ko‘p tarmoqli bolalar sanatoriysi negizida 80 o‘rinli Bolalar ftiziatriya sanatoriysini tashkil etish; Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialini tugatish hamda Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida tugatilayotgan filialning bo‘shayotgan hududi, bino-inshootlari negizida mavjud o‘rinlar va shtat birliklarini saqlagan holda 20 o‘rinli xirurgiya bo‘limini tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi negizida akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialini tashkil etish; Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida mavjud o‘rinlar doirasida umidsiz og‘ir bemorlar uchun 20 o‘rinli palliativ yordam ko‘rsatadigan bo‘limni (xospis) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Quyidagilar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 — 2024-yillarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy-sanitariya yordamining sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini qo‘shimcha jihozlash dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev) bilan birgalikda: a) 2022-yil yakuniga qadar: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 34 ta mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash; tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash rejasiga asosan tez tibbiy yordam xizmatini 63 ta yangi tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; b) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab: ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va oilaviy poliklinika filiallari negizida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 16 ta oilaviy shifokor punktlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin; bolalar orasida ko‘p uchrayotgan kasalliklarni erta aniqlash maqsadida 2 — 10 yoshli bolalar orasida gelmintoz, 12 — 15 yoshli qizlar orasida kamqonlik kasalligi bo‘yicha skrining dasturlarini joriy etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasida xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni hamda Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat bo‘yicha vazirning o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin va unga quyidagi vazifalar yuklansin: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi aholining genofondini tiklash va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar, xalqaro va mahalliy loyihalar hamda dasturlarni shakllantirishga ko‘maklashish, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash; Orolbo‘yi mintaqasida tarqalgan kasalliklar, shu jumladan yurak qon-tomir, stomatologik, o‘tkir ichak, o‘pka, gematologik va onkologik kasalliklarni profilaktika qilish va kamaytirish choralarini ko‘rish; sog‘liqni saqlash mintaqaviy tizimini takomillashtirish, aholining, ayniqsa bolalar va ayollarning sog‘lomlik darajasini oshirish, sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kundalik hayotga oilaviy salomatlik madaniyatini joriy etishga ko‘maklashish; bolalar, tug‘ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash borasidagi ishlarning samarali tashkil etilishiga ko‘maklashish; hudud aholisi, shu jumladan tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga yuqori texnologiyaga asoslangan malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash; olis hududlarda tibbiy yordam sifatini yaxshilash, sharoiti og‘ir mahallalarda sog‘liqni saqlash yo‘nalishida mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rish. Belgilansinki, Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat bo‘yicha vazirning o‘rinbosari o‘z faoliyatini ustuvor tarzda Orolbo‘yi mintaqasida tashkil etadi hamda sohaga oid muammolarni shahar va tumanlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda joyida hal etib borish uchun tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlaydi. 5. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholisi kam bo‘lgan va tarqoq joylashgan Mo‘ynoq, Bo‘zatov, Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Shumanay, Qonliko‘l tumanlari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining ayrim tor soha mutaxassislari (kardiolog, onkolog, urolog, otolaringolog, bolalar otolaringologi, nevrolog, bolalar nevrologi) lavozimlarining shtat me’yorlarini biriktirilgan aholi sonidan qat’i nazar bir shtat birligidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilasin. 6. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi (F. Sharipov) 2023-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtirishni yo‘lga qo‘ysin. Bunda, sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti darajasida rejalashtirilishi nazarda tutilsin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida gemodializ xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Nephrocare Nealth Services Pvt. Ltd — Nephroplus” (Hindiston) kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan davlat-xususiy sheriklik (keyingi o‘rinlarda — DXSh) to‘g‘risidagi bitim doirasida aholiga ko‘rsatiladigan gemodializ xizmatlarining narxi milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan ayirboshlash kursi tebranishlariga asoslangan mexanizm bo‘yicha DXSh bitimiga muvofiq yillik indeksatsiya qilinishi belgilab qo‘yilsin. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev) bilan birgalikda xususiy sherik (“Nephrocare Nealth Services Central Asia” MChJ) tomonidan gemodializ xizmatlari ko‘rsatish boshlagandan so‘ng bir oy muddatda, hududiy shifoxonalarning gemodializ bo‘linmalarini maqbullashtirishdan bo‘shagan mablag‘larni hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining markazlashtirilgan xarajatlar smetasida Nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish dasturi uchun ajratilgan mablag‘larning tegishli qismini Sog‘liqni saqlash vazirligining har bir hudud uchun alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ko‘chirish choralarini ko‘rsin. Bunda, xususiy sherik tomonidan ko‘rsatilgan gemodializ xizmatlari uchun to‘lovlar 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, 2023-yildan boshlab Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi. 8. 2022-yil 1-iyuldan boshlab leprozoriylarda ishlaydigan barcha xodimlarning lavozim maoshiga sog‘liq uchun o‘ta xavfli sharoitlar munosabati bilan 50 foiz miqdorida ustama belgilansin. 9. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev) bilan birgalikda: a) tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 2021-2022-yillardagi bitiruvchilarini ishga qabul qilish orqali mavjud vakant oilaviy shifokor shtatlarini to‘ldirsin; b) kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oilaviy shifokorlarni birlamchi bo‘g‘inda tor soha mutaxassisi sifatida faoliyat yuritishi uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi filiallari, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti hamda uning klinikasida qayta tayyorlash kurslarida o‘qitsin; v) tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda tibbiyot muassasalari mutaxassislarini tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmatida faoliyat yuritishi uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va uning filiallarida qayta tayyorlash kurslarida o‘qitsin; g) 2022 — 2024-yillarda Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi shifoxonalari uchun kamida 55 nafar mutaxassislarni respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash kurslarida o‘qitsin; kamida 75 nafar tibbiyot xodimlarini nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 11. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev belgilansin. 13. Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. Tuychiyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3214-son Farmonida: a) 10-bandning ikkinchi xatboshisida “barcha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari” so‘zlari “yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovada: nomlanishida “Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari” so‘zlari “Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi 17-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: “17. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5199-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “b) quyidagilar: 2021-yil 1-noyabrdan boshlab ko‘z mikroxirurgiyasi va urologiya; 2022-yil 1-yanvardan kardiologiya, travmatologiya va ortopediya hamda akusherlik va ginekologiya; 2022-yil 1-iyuldan xirurgiya va neyroxirurgiya yo‘nalishlaridagi tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishiga ruxsat berilsin.”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 1. Onkologik kasalliklarga chalinganlar. 2. Sil kasalligiga chalinganlar. 3. Moxov kasalligiga chalinganlar. 4. Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar. 5. Ruhiy kasalliklarga chalinganlar. 6. OIV kasalligini yuqtirganlar. 7. Yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar. 8. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar. 9. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar. 10. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar. 11. 1941 — 1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari. 12. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar. 13. Baynalmilalchi jangchilar. 14. Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-oktabrdagi 892-son qarori bilan tasdiqlangan Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan o‘tkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi quyidagi mazmundagi 19-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
122
13,911
Qonunchilik
Oliy sud sud ajrimlari va davlat boji yuzasidan tushuntirishlar berdi
Oliy sud Plenumining majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda qonunlarning aniq va bir хilda qoʻllanilishi va yagona sud amaliyotini shakllantirishga yoʻnaltirilgan ikkita qaror loyihasi muhokama qilindi. Birinchi hujjat - “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qaror – Fuqarolik protsessual kodeksi yangi tahrirda qabul qilingani munosabati bilan birinchi instansiya sudi tomonidan ajrimlar chiqarishda uning normalarini bir хilda va toʻgʻri qoʻllanishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi. Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish natijasi boʻyicha chiqariladigan ajrimlardan farqli ravishda birinchi instansiya sudining ajrimi ish mazmunan hal qilinmaydigan sud hujjati hisoblanadi (sud qarori shunday hisoblanadi, tahr.). Birinchi instansiya sudining ajrimlari mazmuni va uni ijro etishning umumiy qoidalari FPKning normalari bilan tartibga solingan. Birinchi instansiya sudining ajrimlari qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan alohida хonada maslahatхonada) ham, sud majlisi bayonnomasiga kiritgan holda joyida ham chiqarilishi mumkin. Ish boʻyicha ish yuritish jarayonida yuzaga keladigan alohida protsessual masalalar boʻyicha ajrimlar ham, ish boʻyicha ish yuritish tugatiladigan (arizani koʻrmasdan qoldirish, ishni ish yuritishdan tugatish toʻgʻrisida) ajrimlar ham chiqarilishi nazarda tutilgan. Fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimini chiqarish Alohida хonada (maslahatхonada) Joyida, maslahatхonaga chiqmasdan Shu bilan birga, sud oʻz хohishiga koʻra qayd etilgan har qanday masalalar boʻyicha alohida protsessual hujjat koʻrinishidagi ajrim chiqarishga haqli. Sudlarning e’tibori ajrimlarni uning mazmuniga qoʻyiladigan FPK talablariga qat’iy muvofiq chiqarilishiga qaratildi. Birinchi instansiya sudining joyida chiqarilgan ajrimlari nizo predmeti va muhokama qilinayotgan masalaning mohiyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni,  asoslar va sud хulosasi va hal qilinayotgan masala boʻyicha sud хulosalarini asoslantiradigan qonun normalariga havolani oʻz ichiga olishi va darhol oʻqib eshittirilishi kerak. Alohida honada (maslahatхonada) chiqarilgan sud ajrimi kirish, asoslantiruvchi va хulosa qismlardan iborat boʻlishi kerak.  Plenumning “Ma’muriy ishlar boʻyicha sud harajatlarini undirish amaliyoti haqida”gi qarori loyihasi ma’muriy ishlar boʻyicha sud хarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, sudlar tomonidan bu boradagi qonun talablarini toʻgʻri qoʻllanilishini ta’minlashga qaratilgan. Ma’muriy ishlar boʻyicha sud хarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan iborat. Davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaхslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy toʻlov tushuniladi. Davlat boji boshqa majburiy toʻlovlar qatorida Davlat byudjetini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil etishi tufayli, sudlar ma’muriy ishlar boʻyicha davlat boji undirishga doir qonun talablariga soʻzsiz rioya etishi shart. Ma’muriy ishlar boʻyicha davlat boji quyidagilardan undiriladi: Ish hujjatlaridan foto nusхa olish uchun davlat boji undirilmaydi. Ma’muriy ishlar boʻyicha davlat bojini toʻlash bilan bogʻliq munosabatlar Soliq kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks hamda Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi «Davlat boji stavkalari toʻgʻrisida»gi 533-son qarori bilan tartibga solinadi. Davlat boji ariza, shikoyat sudga berilgunga qadar toʻlanadi, agar qonunda boshqacha belgilanmagan boʻlsa (masalan, toʻlovchi davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan, davlat boji toʻlash kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan hollarida). Davlat boji naqd pulsiz shaklda toʻlanganligi fakti bankning toʻlov qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi bilan tasdiqlanishi shart. Naqd pul shaklida toʻlanganda tasdiqlovchi hujjat - bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki Moliya vazirligi va DSQ belgilagan shaklda davlat bojini qabul qilgan tashkilot yoki mansabdor shaхs tomonidan toʻlovchiga beriladigan kvitansiya. Agar muayyan sudda koʻrilishi kerak boʻlgan bir necha arizalar boʻyicha davlat boji bir toʻlov topshiriqnomasi bilan toʻlangan  boʻlsa, toʻlov topshiriqnomasi ishlardan biriga ilova qilinadi. Qolgan ishlarga sudya tomonidan toʻlov topshiriqnomasi sanasi va raqami koʻrsatilgan hamda toʻlov topshiriqnomasi qoʻshib qoʻyilgan ishga havola qilingan holda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida, belgi qoʻyiladi (ma’lumotnoma tuziladi). Davlat boji miqdori arizachi sudga murojaat qilayotgan talabga bogʻliq boʻladi va belgilangan stavkalar boʻyicha aniqlanadi. Bir nechta mustaqil talablardan iborat boʻlgan arizalardan davlat boji har bir talab boʻyicha alohida, arizalar uchun belgilangan tegishli stavkalar boʻyicha undiriladi. Sudlar e’tibori shunga qaratildiki, ishga uchinchi shaхslar mustaqil da’vo talablari bilan kirishganda davlat boji umumiy asoslarda undiriladi. Arizachining ishga kirishgan huquqiy vorisidan u umumiy asoslarda undiriladi, basharti ilgari toʻlanmagan boʻlsa. Oliy sud matbuot хizmati   хabari asosida.
69
5,195
Qonunchilik
“Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topis
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 28-fevraldagi 20 va 2013-10-son “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2449, 2013-yil 4-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 14-son, 196-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,040
Qonunchilik
Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi qabul qilinishi, shuningdek, sudlar tomonidan ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun normalarini bir hilda va to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 4-moddasiga muvofiq, manfaatdor shaxs, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, prokuror, shuningdek, boshqa shaxslar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga vakolatli ayrim fuqarolar va davlat organlari ma’muriy organ qarorini haqiqiy emas va uning mansabdor shaxsi harakatini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) bilan, basharti bu qaror, harakat (harakatsizlik) tufayli uning: huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilgan; huquqlari, erkinliklarini amalga oshirish va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘sqinlik yaratilgan; zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklatilgan; u yoki bu sohadagi faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa to‘sqinlik yaratilgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli. 2. Ma’muriy organlar deganda, davlat boshqaruvi organlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatida ko‘rsatilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, markazlar, inspeksiyalar) va ularning hududiy organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ma’muriy-boshqaruv vakolati berilgan boshqa tashkilotlar va maxsus tashkil etilgan komissiyalar tushuniladi. 3. Ma’muriy organlar mansabdor shaxslari deganda, hokimiyat vakili vazifasini bajaradigan yoxud mazkur organlarda ma’muriy-boshqaruv (tashkiliy-farmoyish berish) vazifasini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar tushuniladi. 4. Manfaatdor shaxs deganda, ma’muriy organning qarori yoki uning mansabdor shaxsi harakati (harakatsizligi) qaratilgan fuqaro yoki yuridik shaxs yoxud bunday qaror, harakat (harakatsizlik) huquq va qonuniy manfaatlariga daxl etgan boshqa shaxs tushuniladi. 5. Qaror deganda, ma’muriy organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yakka yoki kollegial tarzda qabul qilingan va muayyan huquqiy oqibat tug‘diruvchi hujjat tushuniladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qarorlar belgilangan shaklda (masalan, joylardagi ijro hokimiyati organlari qarorlari) yoki erkin tarzda (masalan, fuqaroning murojaatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi yozma xabar) qabul qilinishi mumkin. 6. Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining harakatlari deganda, qaror shaklida ifodalanmagan bo‘lsa ham, biroq manfaatdor shaxslar huquqlari va erkinliklarini buzilishiga olib kelgan yoki ularning huquqlari va erkinliklari amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilgan yuridik ahamiyatga ega farmoyishlar tushuniladi. Harakatsizlik deganda, ma’muriy organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar (lavozim yo‘riqnomalari, nizomlar, reglamentlar, buyruqlar) bilan yuklatilgan majburiyatni bajarmaslik tushuniladi. 7. Sudlarga tushuntirilsinki, qonun hujjatlariga ko‘ra tekshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mutlaq vakolatiga kiradigan davlat organlari qarorlari, shuningdek, qonun hujjatlarida ustidan sudga shikoyat berishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) MSIYutK 23-bobida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmaydi. Xususan, ma’muriy organlar mansabdor shaxslarining jinoyat ishi yoxud ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish bilan bog‘liq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan, tegishlicha, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi. Shu bilan birga, sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalari mansabdor shaxslarining ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash haqidagi qarorlari va harakatlari MSIYutK 23-bobida nazarda tutilgan tartibda nizolashilishi mumkin, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 542-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qilinadigan masalalar bundan mustasno. 8. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ma’muriy organlarning quyidagilar bilan bog‘liq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar MSIYutK 23-bobida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi: bino, inshoot va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga topshirish, foydalanish va buzishga kelishish va ruxsat berish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar); jamoat birlashmalari, shu jumladan siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek, davlat organining belgilangan muddatda bunday ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlashi (“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining uchinchi qismi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining uchinchi qismi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining uchinchi qismi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasi); ommaviy axborot vositasiii davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoki davlat organining belgilangan muddatda uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlashi, ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish, ommaviy axborot vositasining chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish (“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalari); fuqarolarning axborot olish huquqini amalga oshirish (“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi). 9. Davlat ijrochisining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan MSIYutK 23-bobida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi, iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha chiqarilgan qarorlar bundan mustasno (“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 861-moddasining birinchi qismi). 10. Sudlarga tushuntirilsinki, harbiy boshqaruv organlari va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar chaqiruv komissiyalarining qarorlari ustidan shikoyatlar harbiy sudlar tomonidan ko‘riladi (“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining to‘qqizinchi qismi). 11. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ma’muriy organning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmasi yoki mansabdor shaxsga nisbatan talab qo‘yilganda, sud MSIYutK 42-moddasi qoidalariga rioya qilgan holda, ish bo‘yicha javobgar sifatida tegishli organni jalb etish to‘g‘risidagi masalani hal qilishi kerak. Sudga maxsus komissiyaning qarori ustidan shikoyat qilinganida, ish bo‘yicha javobgar sifatida maxsus komissiyaning ishchi organi bo‘lgan davlat organi jalb etilishi lozim. Agar ish hal qilingunga qadar ma’muriy organ qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan bo‘lsa, sud uning huquqiy vorisini yoki arizachining buzilgan huquqlari va erkinliklarini tiklash vakolatiga ega bo‘lgan organni ishda ishtirok etishga jalb qiladi. Agar ish ko‘rib chiqilayotgan vaqtga kelib qarori yoki harakatlari (harakatsizligi) shikoyat qilinayotgan shaxs mansabdor shaxs bo‘lmay qolgan bo‘lsa, sud ushbu mansabni egallab turgan shaxsni yoxud arizachining buzilgan huquqlar va erkinliklarini tiklash vakolatiga ega tegishli organni ishda ishtirok etish uchun jalb etish masalasini hal qiladi. 12. Arizachi ariza (shikoyat) bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli. Yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga dastlab murojaat qilmaslik, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi. Shu bilan birga, shuni nazarda tutish lozimki, qonun hujjatlarida ayrim qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan majburiy raviщda sudgacha nizolashish tartibi nazarda tutilishi mumkin. 13. Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) qarori, harakati (harakatsizligi) nizolashilayotgan organ joylashgan yoxud mansabdor shaxs ishlaydigan joydagi tumanlararo ma’muriy sudiga beriladi. Turli joylarda bo‘lgan bir nechta javobgarga nisbatan talab qo‘yilganda, ariza (shikoyat) arizachining tanlovi bo‘yicha javobgarlardan biri joylashgan joydagi sudga taqdim etiladi. Agar ma’muriy organ joylashgan joy uning vakolati amalga oshiriladigan hududga to‘g‘ri kelmasa, ariza o‘sha organ o‘z majburiyatlarini bajarayotgan joyda faoliyat ko‘rsatayotgan sudga beriladi. Yirik investor bo‘lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari (shikoyatlari) javobgar joylashgan erdagi tumanlararo ma’muriy sudga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga taqdim etilishi mumkin. Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari (shikoyatlari), shuningdek, tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da’vo arizalari tumanlararo ma’muriy sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi birinchi instansiya sudi sifatida qonun bilan uning vakolatiga kiritilgan ishlarni ko‘rib chiqadi. 14. Qarorni haqiqiy emas deb topish, harakatni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) MSIYutK 128, 187-moddalariga muvofiq rasmiylashtirilishi hamda qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langan bo‘lishi lozim. Ariza (shikoyat) shakli va mazmuniga nisbatan MSIYutK 187-moddasida belgilangan talablarni inobatga olib, unda jumladan, quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: qanday qaror, harakat (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotganligi; ma’muriy organning nomi; mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari; qarorning rekvizitlari; arizachining aniq qanday huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi; arizachining fikriga ko‘ra, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) qaysi qonun hujjatiga zid ekanligi; shunga o‘xshash shikoyat buysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga berilgan-berilmaganligi va agar berilgan bo‘lsa, qanday javob olinganligi. 15. Arizaga (shikoyatga) MSIYutK 130-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek, nizolashilayotgan qaror nusxasi ilova qilinadi. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, MSIYutK 134-moddasining birinchi qismiga muvofiq, arizaga qarorni ilova qilmaslik arizani qaytarishga asos bo‘lmaydi. Sud nizolashilayotgan qarorni arizachining iltimosnomasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan ma’muriy organdan talab qilib olishga haqli. 16. MSIYutK 92-moddasiga ko‘ra, sud arizachining yoki manfaati borasida ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud bo‘lsa va bunday choralarni ko‘rmay turib, ularni himoya qilish mumkin bo‘lmagan yoxud qiyin bo‘lgan hollarda dastlabki himoya choralarini ko‘rishga haqli. Agar nizolashilgan qaror ijrosining majburiy to‘xtatib turilishi qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa (masalan, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining uchinchi qismi, “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasi), sudya arizachi sudga murojaat qilganligi munosabati bilan nizolashilayotgan qarorning bajarilishi ma’muriy organ yoki mansabdor shaxs tomonidan to‘xtatilgan- to‘xtatilmaganligini tekshirishi shart. Agar bu amalga oshirilmagan bo‘lsa, sud sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar mazkur qarorning harakatini to‘xtatib turish haqida ajrim chiqarishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda nazarda tutilgan hollarda ma’muriy organ mansabdor shaxsining favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholi hayoti va sog‘lig‘iga real xavf soladigan boshqa holatlarning oldini olish bilan bog‘liq qarorlari, harakatlarini to‘xtatib turishga yo‘l qo‘yilmaydi. 17. MSIYutK 67-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, mazkur toifaga oid ishlar bo‘yicha nizolashilayotgan qarorning, harakatning (harakatsizlikning) qonuniyligini isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan yoki nizolashilayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organ yoki mansabdor shaxs zimmasiga yuklatiladi. Ishni to‘g‘ri hal qilish maqsadida, sud o‘z tashabbusi bilan dalillarni talab qilib olishga haqli. Sudning hujjatlarni taqdim etish to‘g‘risidagi talabini bajarmaganligi uchun tegishli organ mansabdor shaxsi sud tomonidan jarimaga tortilishi mumkin (MSIYutK 122-moddasi). 18. Shuni nazarda tutish lozimki, ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda, sud O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining da’vo muddati to‘g‘risidagi normalarini qo‘llashga haqli emas va faqat MSIYutK hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarda nazarda tutilgan muddatlargagina asoslanishi kerak. 19. Arizaning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni o‘tkazib berilishi uni qaytarish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday hollarda ariza ish yuritishga qabul qilinib, mazmunan ko‘rib chiqilishi lozim. Sud har bir ish bo‘yicha arizachi tomonidan qonun bilan belgilangan sudga murojaat qilish muddatlariga rioya qilinganligini aniqlashi, mazkur muddatlar buzilganda esa, manfaatdor shaxs ushbu holatga e’tibor qaratganligidan qat’i nazar ularning o‘tkazib yuborilishi sabablarini muhokama qilishi lozim. Sudga murojaat qilish muddati arizachiga quyidagilar ma’lum bo‘lgan kunning ertasidan boshlanadi: uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi; uning huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishga to‘siqlar vujudga keltirilganligi; uning zimmasiga biror-bir majburiyat yuklanganligi. Sudga murojaat qilish muddatiga rioya qilinishi masalasi ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega holat ekanligi sababli, uni tiklash yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi xulosalar, MSIYutK 156-moddasi birinchi qismining 2-bandiga ko‘ra, sudning hal qiluv qarorida asoslantirilishi lozim. Agar sudga murojaat qilish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash sud tomonidan rad etilgan bo‘lsa, arizani qanoatlantirish rad qilinadi. 20. Ishni mazmunan ko‘rib chiqishda, sud ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlarni, xususan, quyidagilarni sinchkovlik bilan tekshirishi lozim: ma’muriy organ, mansabdor shaxs qaror qabul qilish yoki harakatni amalga oshirish vakolatiga ega yoki ega emasligini. Qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatga ko‘ra, qaror qabul qilish yoki qabul qilmaslik, harakatni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik ma’muriy organ yoki mansabdor shaxs ixtiyoriga berilgan holda, sud bunday qaror qabul qilish yoki qabul qilmaslik, harakatni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik maqsadga muvofiqligini baholashga haqli emas (masalan, muayyan shaxsni mukofotlash to‘g‘risida hujjat qabul qilmaganlikda ifodalangan harakatsizlik ustidan shikoyat qilinganda); ma’muriy organ yoki mansabdor shaxs tomonidan qaror qabul qilish, harakatni amalga oshirish tartibiga rioya etilgan-etilmaganligini, basharti normativ-huquqiy hujjatlarda bunday talablar (shakl, muddatlar, asoslar, tartib-tamoyil va h.k.) belgilangan bo‘lsa. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qaror qabul qilish, harakatni amalga oshirish tartibiga rioya qilmaslik, faqat, basharti bu holat uning qonuniyligiga ta’sir qilgan holdagina, arizani (shikoyatni) qanoatlantirish uchun asos bo‘lishi mumkin; nizolashilayotgan qaror, sodir etilgan harakat (harakatsizlik) mazmuni mazkur huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga mos kelish-kelmasligini. Qabul qilingan qarorlar, sodir etilgan harakatlarning (harakatsizlikning) noqonuniyligi haqida dalolat beruvchi yuqorida ko‘rsatilgan holatlarning hech bo‘lmaganda bittasining mavjudligi arizani (shikoyatni) qanoatlantirishga asos bo‘lishi mumkin. 21. MSIYutK 189-moddasiga muvofiq, sud nizolashilayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid ekanligini va arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, ma’muriy organ, uning mansabdor shaxsi qarorini to‘liq yoki muayyan qismini haqiqiy emas, harakatini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Arizani (shikoyatni) qanoatlantirish haqida qaror qabul qilishda, sud arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqishga xaqli emas. Masalan, yozma murojaatni mansabdor shaxs tomonidan belgilangan muddatda qo‘rilmaganligida ifodalangan harakatsizlik ustidan shikoyat qilinganda, sud mazkur mansabdor shaxsning harakatsizligini qonunga xilof deb topishi va qanday qaror qabul qilinishi kerakligi haqidagi masalani oldindan hal etmasdan, unga sud tomonidan belgilangan muddatda arizachining murojaatini ko‘rib chiqish majburiyatini yuklashi lozim. 22. Ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilishda, sud MSIYutK 189-moddasida mavjud xususiyatlarni inobatga olgan holda MSIYutK 19-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga amal qilishi lozim. 23. Ariza (shikoyat) qanoatlantirilganda, hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan yoki harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning (mansabdor shaxsning) nomi, qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi; qaror to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganligi va zarur hollarda, arizachining huquqlari va erkinliklarini to‘liq hajmda tiklash yoki ularni amalga oshirishdagi to‘sqinliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rilganligi; harakat (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilganligi va ma’muriy organ yoki mansabdor shaxsga arizachiga nisbatan aniq harakatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilganligi. Hal qiluv qarorida sud ishning xususiyati va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlarni inobatga olgan holda arizachining huquqlari va erkinliklari buzilishini to‘liq hajmda bartaraf etish uchun tegishli muddat belgilashi lozim (MSIYutK 189-moddasining beshinchi qismi). 24. Qonunda ma’muriy organlar, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish haqidagi ishlar bo‘yicha sud xarajatlariga nisbatan qandaydir istisnolar belgilanmaganligi sababli, ish bo‘yicha qilingan sud xarajatlari masalasi sud tomonidan MSIYutK 12-bobida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hal etiladi. 25. Sudlarga tushuntirilsinki, MSIYutK 276-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qarorni haqiqiy emas yoki harakatni qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi sud hujjatining ijrosi ma’muriy organga yuboriladigan sudning hal qiluv qarori (qarori) asosida amalga oshirilib, unda yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishini bartaraf etish uchun muddat ko‘rsatilishi lozim. Pul mablag‘larini, shu jumladan, sud xarajatlarini undirish haqidagi hal qiluv qarorining majburiy ijrosi yuzasidan ijro varaqasi beriladi. Sudlar hal qiluv qarorining o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi va uning ijrosi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmaganda, axborot talab qilib olishi lozim. 26. Agar ishni ko‘rishda ma’muriy organlar yoki mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlansa, sud bunga nisbatan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishi lozim. 27. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 18-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
181
20,867
Qonunchilik
Ukraina Respublikasi Qurolli Kuchlari ashula va raqs ansamblini O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston bilan Ukraina xalqlari, Qurolli Kuchlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi hamda yuksak ijrochilik mahorati uchun Ukraina Respublikasi Qurolli Kuchlari ashula va raqs ansambli O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin.
138
286
Qonunchilik
1995-yilda sug‘oriladigan yerlarda boshoqli don ekinlari yetishtirishni yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Boshoqli don ekinlari yetishtirishni yanada ko‘paytirish va respublikaning o‘zimizda yetishtiriladigan donga bo‘lgan ehtiyojini ko‘proq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 1995-yil hosili uchun sug‘oriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlarini, 1-ilovaga muvofiq hajmda don yetishtirgan va xarid qilgan holda, ekishga oid takliflari qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” davlat konserni: ekin maydonlari tuzilmasini takomillashtirish, paxta, ozuqa ekinlari va boshqa ekinlar hosildorligini oshirish hisobiga sug‘oriladigan yerlardagi don ekinlari maydonini kengaytirsinlar; 1995-yil hosili uchun bug‘doy va arpaning eng serhosil navlari urug‘ini g‘amlashni 2-ilovaga muvofiq hajmlarda ta’minlasinlar; aholining tomorqa yerlarida don ekishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 3-ilovaga muvofiq darajaga yetkazgan holda boshoqli don ekinlari maydonlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar. 3. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bug‘doy va arpaning eng yaxshi rayonlashtirilgan navlarining elita va birinchi reproduksiya urug‘larini yetishtirishni g‘allakor xo‘jaliklar va aholining ularga bo‘lgan ehtiyojini qondiradigan hajmlarda yanada ko‘paytirishni nazarda tutsinlar. 4. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” xo‘jaliklarga ularning buyurtmanomalari bo‘yicha uzluksiz texnik xizmat ko‘rsatishni, shu jumladan, g‘alla kombaynlari, don tozalaydigan mashinalar va boshqa texnikalarni, ularni tuzatish uchun ehtiyot qismlarni sotishni ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
120
2,068
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUKOFOTLARI TO‘G‘RISIDA TAKLIFLAR TAYYoRLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi; 1. Oliy Kengash Madaniyat va madaniy merosni asrash masalalari qo‘mitasining raisi P. Q. Qodirovning O‘zbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlashga doir ishlar haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Oliy Kengash Madaniyat va madaniy merosni asrash masalalari qo‘mitasiga “O‘zbekiston Qahramoni”, “Mustaqillik”, “Mardlik” ordenlari va “Shuhrat” medalini ta’sis etish to‘g‘risida takliflar tayyorlash hamda Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish vazifasi topshirilsin.
87
580
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-415-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyiha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 12-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Tashki siyosiy faoliyati konsepsiyasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-415-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin.
250
1,149
Qonunchilik
“TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN ShAXSIY YoRDAMChI VA DEHQON XO‘JALIKLARIGA ChORVAChILIKNI RIVOJLANTIRISh UChUN IMTIYoZLI MAQSADLI MIKROKREDITLAR BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 34-35-son, 344-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 8-apreldagi 9/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1568, 2006-yil 2-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Muqaddimadagi “qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib” degan so‘zlar “qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 12-13-son, 104-modda) muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 1-bandda: birinchi xatboshidagi “Nizom maqsadida” degan so‘zlar “Nizomda” degan so‘z bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “shaxsiy yordamchi xo‘jalik – shaharcha, qishloq, ovullarda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida uy-joy qurish uchun berilgan uchastkalarning bir qismi – tomorqada oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini etishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida sotish bilan shug‘ullanadigan oilaviy xo‘jalik;”. 3. 13-bandning birinchi xatboshisidagi “5 ish kunidan” degan so‘zlar “3 bank kunidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 14-banddan “uzil-kesil bo‘lib” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 5. 18-banddagi “ssudalar” degan so‘z “kreditlar” degan so‘z bilan almashtirilsin. 6. Quyidagi mazmundagi IV bo‘lim bilan to‘ldirilsin: 24. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.”.
224
2,594
Qonunchilik
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish 25% qimmatlashadi
Prezidentning 31.05.2017 yildagi PF-5065-son Farmoniga muvofiq yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari qabul qilindi. Hujjatning matni davlat rahbarining saytida e’lon qilindi.  Farmon bilan davlat kadastrlari, ilgʻor AKT joriy etish sohalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadigan, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimi joriy etildi. Tuproqshunoslik va agrokimyo ITI Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibidan chiqarilib, qoʻmita tasarrufiga oʻtkazildi. Tumanlarning yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalarining filiallari etib qayta tashkil etildi. Shu bilan birga Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi. U quyidagilar hisobidan shakllantiriladi: Jamgʻarma mablagʻlari: Prezidentning 31.05.2017 yildagi PQ–3024-son Qarori bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparatining (boshqaruv хodimlarining soni – 46 birlik) tarkibiy tuzilmasi, shuningdek hududiy boʻlinmalarining namunali tuzilmalari tasdiqlangan. Hujjat bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasini yanada rivojlantirish, tarmoqqa ilgʻor ilmiy-teхnik yutuqlarni joriy etish,  moddiy-teхnik bazasi yangilash, tarmoqqa хalqaro grantlarni jalb etish chora-tadbirlari dasturini alohida ta’kidlash kerak. Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan sudga beriladigan da’vo va arizalar davlat boji toʻlamasdan qabul qilinadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov, ekspertimiz.
55
2,145
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-748-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2021-yil 25-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-748-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Mazkur qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
753
Qonunchilik
MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARNI BOShQARISh REJALARINI IShLAB ChIQISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 1-son, 1-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-son, 1-modda) muvofiq, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni (keyingi o‘rinlarda METH) boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, METHni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, texnikaviy va boshqa tadbirlardan iborat. 2. METHni boshqarish rejasi mazkur Nizom ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tuziladi va tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarda, uning nusxasi esa — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida saqlanadi. 3. Tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar har bir shunday hudud bo‘yicha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda boshqarish rejasini tuzadilar. 4. Ilovaga muvofiq METHni boshqarish rejasi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: a) kirish qismi; b) METHni tavsifi; v) METHni baholash; g) METHni boshqarish strategiyasi; d) tezkor reja; e) ilovalar. Boshqarish rejasini tuzishda quyidagilar inobatga olinishi lozim: o‘tgan besh yil davr uchun tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi tahlili; o‘tgan besh yil davrdagi METH faoliyatini baholash tahlili; METHning har bir turida tabiat muhofazasi, ekologik-ma’rifiy, ilmiy, turistik, rekreatsion hamda cheklangan xo‘jalik faoliyati bo‘yicha keyingi besh yillik davr uchun amalga oshiriladigan tadbirlar; davlat o‘rmon fondi yerlarida tashkil qilingan METHlar uchun, o‘tgan besh yillik davrda o‘rmon xo‘jaligini yuritish hamda o‘rmondan foydalanishni kompleks baholash va keyingi besh yillik davr uchun ushbu o‘rmon uchastkalarini muhofaza etish, himoya qilish, qayta tiklash hamda parvarishlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish to‘g‘risidagi bo‘lim; boshqarish tuzilmasi, normativ-huquqiy bazasi, kadrlar bilan ta’minlash va ularning malakasini oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro aloqalarni takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshirish bo‘yicha mexanizmlar. 5. Boshqarish rejasining mazmuni METH toifasi, tartibi (rejimi), maqsadi va vazifalariga bog‘liq bo‘ladi (qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadigan suvni muhofaza qilish hamda yer osti chuchuk suvlari shakllanadigan hududlarni boshqarish tartibi bundan mustasno). 6. Boshqarish rejasini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari amaliy yordam beradilar. 7. Boshqarish rejasi tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘lari hisobiga hamda homiylar mablag‘larini jalb qilgan holda besh yillik muddatga ishlab chiqiladi. 8. METH boshqarish rejalari tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak. 9. METHni boshqarish rejasi yangilanganda, METHni avvalgi boshqarish rejasi yo‘q qilinmaydi. Bunda METHni yangilangan boshqarish rejasi mazkur Nizomning 2-bandiga muvofiq saqlanadi. METHning faoliyat ko‘rsatishi to‘xtatilganda, METHning barcha rejalari METH faoliyatiga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning arxiviga topshirilishi lozim. 10. METHni boshqarish rejasi METHni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazoratini olib boruvchi davlat organlariga taqdim etilishi majburiydir. 11. METHni boshqarish rejasiga kiritilgan ma’lumotlarning haqiqiyligiga, shuningdek uning o‘z vaqtida yangilanishi uchun javobgarlik tasarrufida METH bo‘lgan davlat idoralari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklanadi. 12. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i boshqarmasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan.
122
5,029
Qonunchilik
UY-JOY FONDIGA XIZMAT KO‘RSATISh VA UNI SAqLASh UChUN HISOB-KITOBLARNING KONTRAKT (ShARTNOMA) TIZIMIGA O‘TISh TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasida kommunal xizmat ko‘rsatishni boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1993-yil 15-iyuldagi Farmonga va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 5. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, uy-joy fondining to‘liqlik va shinamlik darajasiga, shuningdek, uyning toifasiga, qulayliklar mavjudligiga va xizmat ko‘rsatish sifatiga ko‘ra, umumiy maydonning 1 kv. metri uchun haq to‘lash tarifini aniqlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu Tartib asosida umumiy maydonning bir kvadrat metri uchun haq to‘lash bo‘yicha aniq stavkalarni belgilash huquqi berilsin. 6. Kvartira haqi to‘lash bo‘yicha Fuqarolarning ayrim toifalari uchun hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan imtiyozlar saqlab qolinsin, tariflardagi tafovut budjet manbalari, shuningdek, uy-joy fondining kimga qarashli ekanligiga ko‘ra, korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari hisobiga uy-joylardan foydalanish tashkilotlariga to‘lansin. 11. O‘zSSR MIK va XKSning “Kvartira haqi hamda shaharlarda va shahar tipidagi posyolkalarda uy-joylardan foydalanishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1927 yil 26-maydagi 63-son, O‘zSSR XKSning 1945-yil 31-dekabrdagi 2078-son qarorlari keyingi o‘zgarishlari bilan birga o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq K. N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
121
1,719
Qonunchilik
Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2, 5, 9 va 11-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risida”gi 2010-yil 19-noyabrdagi 200-II-sonli qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi ma’qullansin — Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlari birlashtirilsin hamda Asaka shahri tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilsin. 3. Andijon viloyati tarkibida Asaka shahri va Asaka tumani negizida umumiy maydoni 26 881 gektar bo‘lgan Asaka tumani tuzilsin hamda uning tarkibiga Asaka shahri, “Zarbdor”, “Ilg‘or”, “Kujgan”, “Mustahkam”, Niyozbotir nomli, “O‘zbekiston”, “Qadim” va “Qoratepa” qishloq fuqarolar yig‘inlari kiritilsin. Asaka shahri Asaka tumanining ma’muriy markazi etib belgilansin. 4. Andijon viloyati Asaka tumanining chegarasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan chizma shaklga muvofiq tasdiqlansin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, Asaka shahridagi saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Asaka shahar Kengashining deputatlari xalq deputatlari Asaka tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu qarorni bajarishga doir kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin. 7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
158
1,747
Qonunchilik
MUBORAK HAJ ZIYORATIGA BORUVChILARGA YORDAM KO‘RSATISh HAQIDA
Mamlakatimiz fuqarolarining vijdon erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, muborak haj amallarini ado etishda qulayliklar va zarur sharoitlarni yaratishga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 1998-yilgi haj Ziyoratini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Muborak haj safarini tashkil qilish, ziyoratchilar ro‘yxatini respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchiligi markazi, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalarining joylardagi bo‘linmalari vakillari ishtirokida keng jamoatchilik fikrini e’tiborga olgan holda tuzish, musulmonlarning talab-ehtiyojlarini adolatli ravishda qondirish mas’uliyati O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, uning joylardagi mutasaddi vakillari zimmasida ekanligi e’tiborga olinsin. 2. 1998-yil haj safarini tashkil etishda O‘zbekiston musulmonlari idorasiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bevosita yordam ko‘rsatsin. 3. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (A. Ro‘zmetov) 1998-yil mart-aprel oylarida ziyoratchilarning Jidda shahriga borib-kelishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning xarajatlarini kamaytirish choralarini ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Davlat bojxona qo‘mitasi (O‘.Komilov) O‘zbekiston musulmonlari idorasining taqdimiga ko‘ra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sh.Karimov) Saudiya Arabistoni haj ishlari vazirligi tomonidan qo‘yilgan tibbiy talablar va mamlakatning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni, haj davrida ularga yordam ko‘rsatishni tashkil etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R.Inoyatov) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining noqonuniy yo‘llar bilan haj ziyoratiga borishi oqibatida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz voqealarning oldini olish hamda ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilasinlar. 7. O‘zbekiston “O‘zbeksavdo” aksionerlik kompaniyasi (Z.Fayziyev) va “O‘zbekbirlashuv” uyushmasi (F.Burxonov), O‘zbekiston musulmonlari idorasining buyurtmalariga asosan, ziyoratchilar uchun kerakli buyumlar savdosini joylarda tashkil etsinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (R.Azimov) O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasdiqlagan ro‘yxatga binoan, mamlakatimizdan hajga ketayotgan har bir fuqaro uchun 1400 (bir ming to‘rt yuz) AQSh dollarini imtiyozli — vositachilik haqi olmagan holda almashtirib berishni ta’minlasin. Ziyoratchilarning tegishli miqdordagi so‘mlarini joylarda umumlashtirilgan holda yig‘ib olish va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining tegishli bo‘limlariga topshirish O‘zbekiston musulmonlari idorasining mas’ul xodimlari zimmasiga yuklansin. Bu mablag‘lar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Milliy bankdagi maxsus hisob raqamiga jamlanib, belgilangan miqdori konvertatsiya qilinsin. 9. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi barcha zarur to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining chet el banklaridagi korrespondent hisoblari orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi. 10. O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosati komissiyasi hajga boruvchilar uchun respublika birjasi orqali Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga 5.180.000 (besh million bir yuz sakson ming) AQSh dollarini sotishni ta’minlasin. 11. O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda ommaviy axborot vositalariga muborak haj ziyoratining mohiyati va talablarini, uni amalga oshirishning tartib-qoidasi, muddati, barcha shartlarini, uning yakunlarini keng va oshkora yoritib borish tavsiya etilsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.Bahodirov va Bosh vazirning o‘rinbosari A.Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
61
4,088
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2022-yil 22-avgustdagi 468-son “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari, shuningdek Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) asosan buyuraman: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 468-son “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilinganligi; O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasiga muvofiq ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid bo‘lsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z huquqiy ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozimligi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llashga ta’sir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin. 3. Mazkur buyruq 2022-yil 1-oktabrdan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2006-yil 27-iyundagi 15, 5-son “Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1589, 2006-yil 4-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 253-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2011-yil 31-maydagi 23, 3-son “Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1589-1, 2011-yil 29-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 26-son, 278-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 30-dekabrdagi 7, 42-son “Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1589-2, 2015-yil 8-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 1-son, 15-modda).
115
4,263
Qonunchilik
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi QL-888-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 22-fevralda kiritilgan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi QL-888-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini besh oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
96
639
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISh VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Uy-joy-kommunal xo‘jaligi ministrligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1988-yil 5-noyabrdagi 418-son (O‘zSSR QT, 1988-y., 10-11-son, 35-modda) va “O‘zbekiston SSR Uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1990-yil 30-iyuldagi 267-son (O‘zSSR QT, 1990-y., 7-son, 23-modda) qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 15-iyuldagi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-iyuldagi 371-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 2. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining me’yoriy hujjatlariga amal qiladi. 3. Quyidagilar Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari hisoblanadi: respublikada uy-joy fondidan foydalanish va uning saqlanishini ta’minlash, kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va o‘tkazish; respublika shaharlari, shaharchalari va tuman markazlarida aholining, ijtimoiy-maishiy soha korxonalari va boshqa iste’molchilarning kommunal xizmatlarga, qishloq joylarda esa kommunal gaz ta’minotiga, bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq qondirish uchun kommunal xo‘jaligini rivojlantirish tamoyillarini, istiqbolli dasturlarini va sxemalarini ishlab chiqish; tarmoqda yagona ilmiy-texnika siyosatini o‘tkazish, kommunal korxonalarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish masalalarida boshqa davlatlarning tajribasini o‘rganish va yoyish; muhandislik (suv quvuri, kanalizatsiya, issiqlik va gaz) tarmoqlari va inshootlarini loyihalash, qurish, tuzatish va saqlash masalalarining uzviy hal etilishini ta’minlash; bozor munosabatlariga o‘tishda Vazirlik tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga ularni aksionerlik, jamoa, ijara va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga bosqichma-bosqich aylantirishda ko‘maklashish. 4. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Vazirlik balansidagi davlat mol mulkini xo‘jalik yuritish huquqi bilan boshqarishni amalga oshiradi. 5. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tarkibida bevosita o‘ziga bo‘ysunuvchi respublika ishlab chiqarish birlashmalari, trestlar, boshqarmalar, korxonalar, tashkilotlar bo‘lgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, ikki tomonga (vazirlikka va hokimlikka) bo‘ysunuvchi viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari yagona tizimni tashkil qiladi. 6. Vazirlik aholiga kontrakt (shartnoma) asosida hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari orqali kommunal xizmat ko‘rsatadi. 7. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tarmoqni rivojlantirish uchun markazlashtirilgan holda ajratiladigan valyuta mablag‘lari, kapital mablag‘lar, moddiy-texnika resurslariga kvotalar va davlat ehtiyojlari uchun mahsulotning fond egasi; O‘zbekiston Respublikasi kommunal xo‘jaligining ehtiyojlari uchun yangi mashinalar, jihozlar va asboblarni yaratish bo‘yicha yagona buyurtmachi hisoblanadi. 8. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi o‘zining asosiy vazifalariga muvofiq: ; kommunal xo‘jalikni istiqbolli va yalpi rivojlantirish masalalarini hal qiladi; tarmoqda ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini belgilaydi, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini umumlashtiradi va tatbiq etadi; iqtisodiy ishlarni takomillashtiradi, bozor iqtisodiyoti munosabatlarida xo‘jalikni yuritishning yangi usullari, mehnatni me’yorlash, ish haqi to‘lash va pag‘batlashtirishni tashkil etishning ilg‘or shakllarini ishlab chiqadi va tatbiq etadi, puxta iqtisodiy tahlil asosida korxonalarni me’yoriy-uslubiy ta’minlash va ularning moliyaviy ahvolini mustahkamlash masalalarini hal qiladi; istiqbollar, me’yoriy-tadqiqot va tajriba ishlari, shaharlar, shaharchalar, tuman markazlari aholisini kommunal xizmatlar, qishloq joylarda esa kommunal gaz bilan ta’minlash me’yorlari, uy-joy fondi, kommunal xo‘jaligi korxonalari va inshootlarini, ularning qaysi idoraga qarashligidan qat’iy nazar, but saqlanishi, ta’mirlash va ulardan foydalanish qoidalari, texnikaviy shartlari, normativlari va yo‘riqnomalarining loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; Qopaqalpog‘icton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari kichik tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanishning yillik, va istiqbol loyihalarini ko‘rib chiqadi va kelishib oladi; Vazirlikning korxonalari va tashkilotlarida huquq ishlarini tegishli yo‘lga qo‘yishda yordam beradi; respublika Hukumatiga, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga tarmoq tuzilishini takomillashtirish, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini kengaytirish va qurish, o‘z ishlab chiqarish negizini rivojlantirish, tarmoqni mutanosib rivojlantirishni nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga shu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat kapital mablag‘lari hajmi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; kommunal xo‘jaligiga oid va Vazirlik tizimining boshqa obyektlari qurilishlarining titul ro‘yxatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun taqdim qiladi; atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq chora tadbirlarni amalga oshirishda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining ishlarini muvofiqlashtiradi; uy-joy mulkdorlari va uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatuvchi, ularni tuzatuvchi korxonalar, shuningdek, aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan uy-joy fondidan texnik foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Vazirlik tizimi korxonalari va tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi tadbirlarini ishlab chiqish va hayotga joriy qilishni nazorat etishni amalga oshiradi; kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining Vazirlik sanoat korxonalari mahsulotlariga, kommunal va boshqa obyektlarning jihozlarini sozlash va montaj qilish ishlariga bo‘lgan ehtiyojlarni shartnoma asosida qondirishni ta’minlaydi; tarmoqning texnikaviy darajasini yuksaltirish uchun chet el valyutalarini jalb qilish maqsadida boshqa davlatlarning firmalari, qo‘shma korxonalar, respublikaning mahsulotni eksportga chiqaruvchi korxonalari va tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va hamkorlik qilishning yangi shakllarini joriy qilishni amalga oshiradi; ichki kooperatsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar hisobiga tarmoqni moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashni tashkil etadi; markazlashtirilgan holda taqsimlanadigan mahsulot bilan korxonalarning moddiy-texnika ta’minoti istiqbollarini belgilangan muddatlarda ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishda korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatadi; tarmoq korxonalarining mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita aloqalarini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi; amaldagi qonunlarga muvofiq va o‘z vakolatlari doirasida uy-joy-kommunal xizmatlar uchun narx belgilash sohasida davlat siyosatini o‘tkazadi, narxlarning davlat intizomiga rioya qilinishini ta’sirli nazorat etishni amalga oshiradi; davlat mulkining but saqlanishi, Vazirlikning davlat korxonalari va tashkilotlariga budjetdan ajratilgan mablag‘lardan belgilangan maqsad uchun foydalanish, mazkur korxonalar va tashkilotlarning faoliyatida qonunlarga rioya qilishini nazorat etadi; ularning ishlab chiqarish, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi; kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etadi; mehnat jamoalarining o‘z-o‘zini boshqarish prinsiplarini rivojlantiradi; mehnat jamoalarining ishida musobaqalashishni qo‘llab-quvvatlaydi. 9. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: Vazirlik tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarning kommunal, ijtimoiy-madaniy va boshqa maqsadlardagi korxonalar va korxonalar obyektlari qurilishi va qayta qurilishining loyiha smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash, buyurtmachi hamda kommunal xo‘jaligi obyektlarining qurilishi bo‘yicha pudratchi vazifasini amalga oshirish; uy-joy sohasida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladigan kommunal xo‘jaligi obyektlarini loyihalash va qurish uchun titul ro‘yxatlari loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishib olish; Vazirlar Mahkamasi tasdiqlashi kerak bo‘lgan shaharlar bosh rejalarining loyihalari va kommunal obyektlar qurilishiga xulosalar berish; turar joy va kommunal xo‘jaligi obyektlarining namunaviy loyihalarini ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha xulosalar berish; belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining tegishli organlariga yig‘ma hisobot taqdim etish uchun Vazirlik tizimi korxonalari va tashkilotlarining statistika, hisob-kitob va boshqa hisobotlarini olish va ko‘rib chiqish; umumtarmoq dasturlarini moliyaviy ta’minlash, Vazirlik apparatini saqlash va Vazirlikka bevosita bo‘ysunuvchi hududiy- kommunal foydalanish birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining daromadlaridan ajratmalar hisobiga kommunal xizmat ko‘rsatishni barqarorlashtirish va rivojlantirishning yagona fondini barpo etish; o‘ziga qarashli kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish; O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining vakolatli banklarida valyuta hisob raqamlarini ochish, daromad olish maqsadida o‘z kapitallari bilan banklarni tashkil etishda qatnashish; belgilangan tartibda hokimliklar, jamoat va boshqa tashkilotlar vakillarining ishtirokida kengashlar chaqirish va ularda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining muhim qarorlarini bajarish bo‘yicha tadbirlarini, tarmoqni rivojlantirish muammolarini va kommunal xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qilish; tarmoq xodimlarini belgilangan tartibda ko‘krakka taqiladigan nishonlar, Faxriy yorliqlar bilan mukofotlash va rag‘batlantirishning boshqa turlarini qo‘llash; Tapmoq xodimlarini ijtimoiy va iqtisodiy himoya qilish yuzasidan tarmoq kasaba uyushmasi MQ bilan har yili shartnomalar tuzish. 10. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining o‘z vakolatlari doirasida chiqariladigan kommunal xo‘jaligi obyektlaridan, uy-joy fondidan foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlash sohasidagi normativ hujjatlarini bajarish davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. 11. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining o‘ziga bo‘ysunuvchi korxonalar (birlashmalar) va tashkilotlar bilan munosabatlari iqtisodiy tahlil, tarmoqni rivojlantirishning asoslangan istiqbollari, to‘la xo‘jalik hisobi prinsiplariga rioya qilish, o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash va o‘z-o‘zini boshqarish asosiga quriladi. Korxonalar (birlashmalar) va tashkilotlarga rahbarlik qilish davlat buyurtmalari va uzoq muddatli iqtisodiy normativlar asosida iqtisodiy usullar bilan amalga oshiriladi. 12. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi o‘z ishini tarmoqqa rahbarlik qilishga oid barcha masalalarni muhokama qilish va hal etishda kollegiallik va oshkoralikni uyg‘unlashtirishning demokratik prinsiplari asosida, lavozimli shaxslarning topshirilgan uchastkadagi ishlarning ahvoli va ayrim topshiriqlarning bajarilishi uchun javobgarligini belgilash yo‘li bilan tashkil etadi. 13. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarini o‘z vaqtida diqqat bilan ko‘rib chiqishini tashkil qiladi va ularda ko‘tarilgan masalalarni to‘g‘ri hal etishga harakat qiladi hamda fuqarolarning xatlarida xabar qilingan Vazirlik korxonalari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi. 14. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga respublika Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig‘iga taqdim qilinadigan Vazir boshchilik qiladi. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tayinlaydigan o‘rinbosarlari bo‘ladi. Vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni Vazir taqsimlaydi. 15. Vazirlik markaziy apparatining tuzilishi va xodimlari soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 16. O‘zbekiston Respublikasi kommunal xizmat ko‘rsatish Vaziri: Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Vazir o‘rinbosarlari, Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining Vazirlik faoliyatining ayrim sohalariga rahbarlik qilish va Vazirlik korxonalarining ishini tashkil qilish uchun javobgarlik darajasini belgilaydi; Vazirlik markaziy apparati xarajatlar smetasini, uning xodimlari shtat jadvalini va Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; belgilangan xodimlar soni doirasida Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin; Vazirlik markaziy apparati xodimlarini moddiy pag‘batlantirish shartlarini belgilaydi; Vazirlik apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; Vazirlik birlashmalari, davlat korxonalari va tashkilotlari to‘g‘risidagi ustav (nizom) larni belgilangan tartibda tasdiqlaydi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi kommunal xizmat ko‘rsatish vazirini lavozimga tayinlash (ozod qilish)ni kelishib oladi; viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimiga ko‘ra hududiy-foydalanish birlashmalari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; Vazirlikka bevosita bo‘ysunuvchi davlat korxonalari va tashkilotlarining rahbarlarini tayinlaydi va ozod qiladi. 17. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida vazir (rais) va lavozimlari bo‘yicha vazir o‘rinbosarlari hamda tarmoqning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Vazirlik hay’ati a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at to‘g‘risidagi nizom va uning ish tartibi kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri tomonidan tasdiqlanadi. 18. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hay’ati o‘zining muntazam ravishda o‘tkazib turiladigan majlislarida kommunal xo‘jaligini, uning ishlab chiqarish-texnika negizini rivojlantirishning asosiy masalalarini, mehnatni, xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni takomillashtirish va Vazirlik faoliyatining boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi, tarmoqlar ishining samaraliligi va uning pirovard natijalari uchun javob beradi. Hay’at qarorlari, odatda, Vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq qilinadi. Agar Vazir bilan hay’at o‘rtasida kelishmovchilik yuz bersa, Vazir kelishmovchilik to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga xabar qilib o‘z qarorini hay’atga tatbiq etaveradi, hay’at a’zolari esa o‘z navbatida o‘z fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin. 19. Respublika kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, tashkilotlari, uyushmalari va boshqa birlashmalari rahbarlarining ish tajribalari va bilimlaridan to‘laroq foydalanish, mehnat jamoalarining manfaatlarini tarmoq manfaatlari bilan uzviy yyg‘ynlashtipish, shuningdek, umuman Vazirlik faoliyatining pirovard natijalari uchun mas’uliyatni kuchaytirish maqsadida Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida tarmoq Kengashi tuziladi. Kengash to‘g‘risidagi Nizom tarmoq Kengashining majlisida tasdiqlanadi, Kengash tarkibi kommunal xizmat ko‘rsatish Vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Tarmoq Kengashi respublika kommunal xizmat ko‘rsatish faoliyatining eng prinsipial masalalarini ko‘rib chiqadi, ishning samaraliligini yanada oshirishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi va tarmoqni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini uning birinchi darajadagi ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda belgilaydi, biron maqsad uchun mo‘ljallangan va tarmoq fondlari barpo etish va ulardan foydalanish yo‘nalishlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ularning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi, shuningdek, ularning haqiqiy ijrosi haqidagi hisobotlarni eshitadi va umuman tarmoq ishiga baho beradi. 20. Fan va texnikani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, kommunal xo‘jaligida ilmiy asoslangan yagona texnikaviy siyosatni belgilash, vatanimiz va chet el fani, texnikasi va ilg‘or tajribasining eng yangi yutuqlaridan foydalanish va ularni ishlab chiqarishga tatbiq qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha eng muhim texnik yechimlarni ko‘rib chiqish uchun Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, ishlab chiqarish novatorlari, ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ilmiy-texnika kengashi tuziladi. Ilmiy-texnika kengashining tarkibi va uning to‘g‘risidagi Nizomni kommunal xizmat ko‘rsatish Vaziri tasdiqlaydi. 21. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda har yili kamida bir marta o‘tkaziladi. 22. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini qayta tashkil qilish va tugatish qonun bilan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. 23. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga, O‘zbekiston Respublikasining bank muassasalarida budjet va hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
101
18,204
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-sonli Farmonini bajarish yuzasidan hamda uning samarali faoliyatini tashkil qilish maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 89 kishidan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: joriy ta’minot qismida — Respublika budjeti mablag‘lari; davlat buyurtmasi doirasida bajariladigan axborotlashtirish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek xodimlarni qo‘shimcha ravishda moddiy rag‘batlantirish qismida — Respublika va mahalliy budjetlarning, shuningdek Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarning mablag‘lari. 3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Davlat xizmatlari, shakllari va blanklari yagona reyestri to‘g‘risidagi nizomni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Belgilansinki, 2015-yilning 1-oktabridan boshlab aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan shakllantiriladigan Davlat xizmatlari, shakllari va blanklari yagona reyestrida majburiy tartibda hujjatlashtirilishi va qayd etilishi lozim. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va uyushmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Markaz-14 mavzesi, 33-uyda joylashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
139
3,461
Qonunchilik
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2011-yil 26-dekabrdagi 38 va 42 q/q-son qarori (ro‘yxat raqami 2321, 2012-yil 1-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 5-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Tanlovda ishtirok etish uchun o‘quvchilardan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktabi) direktori nomiga ariza qabul qilinadi.”. 2. 23-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar” degan so‘zlar “Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 29-banddagi “tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar” degan so‘zlar “Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
241
1,933
Qonunchilik
Qachon хodim rozi boʻlsada, uni ta’tildan chaqirib olish mumkin emas
Chaqirib olish - yillik haq toʻlanadigan mehnat ta’tilida boʻlgan хodim mehnatiga zudlik bilan zarurat tugʻilganda uchraydigan, juda keng tarqalgan vaziyat. MKga asosan хodimni ta’tildan faqat uning roziligi bilan chaqirib olish mumkin. Biroq hatto ta’tilga chiqqanning roziligiga ega boʻlgan taqdirda ham ish beruvchi har doim ham ushbu kadrlarga doir tartib-taomilni qoʻllay olmaydi. Nima uchun? “Norma” eksperti Lenara XIKMATOVA mehnat huquqi normalarini buxgalter.uz uchun maхsus tushuntirdi:  - Yana bir bor eslatib oʻtamiz: хodimning roziligisiz ta’tildan chaqirib olish mehnat qonunchiligining buzilishi hisoblanadi MK 147-m. 17.04.1998 y. 12-son OSP 29-b. 2-х.. Aybdor mansabdor shaхs javobgarlikka tortilishi mumkin. Vaziyat. Rozilik boʻlmaganda хodimni ta’tildan chaqirib olish Xodim mehnat ta’tilida. Unga kadrlar boʻlimi boshligʻi qoʻngʻiroq qilib, direktor ishga muddatidan oldin chiqishni talab qilayotganligini ma’lum qildi. Xodim rad etishi mumkinmi? - Xodim rad etishga haqli. Ish beruvchi dastlab uning roziligini olishi, keyin esa buyruq bilan ta’tildan chaqirib olishi zarur MK 147-m.. Agar хodim ishga muddatidan oldin chiqishni rad etsa, bu mehnat intizomini buzish sifatida hisoblanishi mumkin emas. Xodim ushbu vaziyatda ish beruvchiga boʻysunmaslikka toʻliq huquqi bor. Xususan, хodimning mehnat toʻgʻrisidagi qonun va boshqa normativ hujjatlarga koʻra, faqat хodimning roziligiga binoan hal qilinadigan masala boʻyicha ish beruvchining farmoyishini bajarishni rad etishi mehnat majburiyatlarini buzishlik deb hisoblanmaydi va intizomiy jazo qoʻllanishi uchun asos boʻlishi mumkin emas. Shu jumladan - хodimning ish beruvchining mehnat ta’tilidan chaqirib olish yoki ta’tilni boshqa muddatga oʻtkazish toʻgʻrisidagi talablarini bajarishni rad etishi 17.04.1998 y. 12-son OSP 29-b. 2-х. Oʻz navbatida ta’tilda boʻlganning oʻzi ham unga berilgan ta’tilni toʻхtatish va ish beruvchidan uni chaqirib olishni talab qilishga haqli emas. Davomini buxgalter.uz da oʻqing.
68
2,006
Qonunchilik
Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida
Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilinsin.
216
210
Qonunchilik
«Qizil – yashil»: svetoforlar yangicha formatda ishlaydi
YHXBda 2019 yil 7 sentyabrdan YTHlarni bartaraf etish boʻyicha eksperiment boshlandi: poytaхtdagi bir nechta chorrahalarda svetoforlarning ishlash rejimi oʻzgartirildi. Bu quyidagicha tartibda ishlaydi. Yoʻnalishlardan birida svetoforning taqiqlovchi signalidan (qizil) keyin «sariq» chiroq yonmasdan, birdaniga yashil chiroq yonadi. Biroq qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakat tomonida svetofor odatiy rejimda ishlaydi – «qizil», «sariq», «yashil». Toshkentning markazidagi toʻrtta chorrahada tajriba boshlanishi bilan ijobiy natijalarga erishildi – kichik toʻqnashuvlar soni kamaydi. Bu shunday izohlanadi: bir yoʻnalishdagi manevr ikkinchi yoʻnalishdagi harakat boshlanguniga qadar bemalol yakunlanishi mumkin. Shu tariqa chorrahalardagi tirbandlik kamayadi. Tajriba yaхshi natija berganligi sababli ayni paytda bu yangilik toʻliq rejimda ishga tushirilgan. Masalan, Uchtepa tumanida oʻntadan ortiq, Chilonzor va Sergeli tumanida esa beshta svetofor «sariq» chiroqsiz ishlamoqda. Idorada barcha haydovchilar bunga hali moslashib ulgurmagani va yoʻl harakati ishtirokchilari bilan muloqotga tayyor emasligi holatlari e’tiborga olinmoqda.
56
1,138
Qonunchilik
Qurilish sohasida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga moʻljallangan strategiyasi tasdiqlandi. Prezidentning tegishli Farmoni 27 noyabr kuni qabul qilindi. Strategiya Prezidentning 2020 yil 13 martdagi PF-5963-son Farmoniga muvofiq ishlab chifilgan. Uning maqsadi – boshqaruvning zamonaviy usullarini shakllantirish, loyihalarni amalga oshirishda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va innovatsion yechimlarni joriy etishga qaratilgan qurilish tarmogʻidagi islohotlar. Hujjatning asosiy yoʻnalishlari: Shuningdek, Farmon bilan “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi va strategiyani amalga oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar belgilandi. Ikkinchilar qatorida, хususan: 2021 yil 1 yanvardan boshlab qurilish ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida: a) aholi punktlarining bosh rejalari 4 ta bosqichni oʻz ichiga oladigan jamoat muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi: b) aholi punktlari bosh rejalarining yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan jamoat ekspertizasini amalga oshirish imkoniyati joriy etiladi; v) aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi boʻlgan jamoat nazorati sub’yektlarining tashabbusiga koʻra aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish yoki unga oʻzgartirish (tuzatish) kiritish meхanizmi joriy etiladi; g) aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasini tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi. 2021 yil 1 martdan boshlab esa: birinchidan, 2 qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish: ikkinchidan, quyidagilar taqiqlanadi: uchinchidan, loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspert хulosasi ekspert tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” milliy aхborot tizimidagi “Ekspert хulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi. Istisno - davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert хulosalari. Qurilish vazirligiga teхnik tartibga solish sohasidagi milliy normativ hujjatlar, davlat standartlarini ishlab chiqish va qayta ishlash, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasidagi хorijiy normativ hujjatlarni moslashtirish boʻyicha ishlar (tovarlar, хizmatlar)ning davlat хaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshirishga ruхsat berildi. Ular toʻgʻrisidagi aхborot shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay davlat хaridlari maхsus aхborot portalida joylashtirilishi kerak. Shuningdek, hujjatda: a) quyidagilarni ishlab chiqish nazarda tutilgan: b) 2021 yil 1 sentyabrgacha fuqarolarga qurilayotgan ob’yektlar toʻgʻrisida mustaqil ravishda aхborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish ob’yektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar koʻrinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” elektron tizimining yaratilishi; v) quyidagilarni: Elmira Siraziyeva.
48
3,193
Qonunchilik
BOShOQLI DON EKINLARI URUG‘INI ETIShTIRUVChI XO‘JALIKLARNI, ShUNINGDEK ILMIY MUASSASALAR — NAVLAR ORIGINATORLARINI, SELEKSIYA VA URUG‘ChILIK SOHASI OLIMLARINI RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-sentabrdagi 209-sonli “Qashqadaryo viloyatida g‘allachilik va paxtachilikning ilmiy bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 37-38-son, 379-modda) qaroriga muvofiq, respublikada urug‘lik boshoqli don tayyorlashda qatnashayotgan subyektlar manfaatini oshirish va urug‘lik don sifatini yaxshilash maqsadida qaror qilamiz: 1. Boshoqli don ekinlari urug‘ini yetishtiruvchi xo‘jaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini, seleksiya va urug‘chilik sohasi olimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 130-modda), “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 156-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1046-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-sentabrdagi 209-son “Qashqadaryo viloyatida g‘allachilik va paxtachilikning ilmiy bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 379-modda) muvofiq boshoqli don ekinlari urug‘ini yetishtiruvchi xo‘jaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini, seleksiya va urug‘chilik sohasi olimlarini rag‘batlantirish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom qoidalari boshoqli don ekinlarining mahalliy nav urug‘larini (keyingi o‘rinlarda boshoqli don ekinlari urug‘i deb yuritiladi) yetishtiruvchi xo‘jaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini, seleksiya va urug‘chilik sohasi olimlarini (keyingi o‘rinlarda boshoqli don ekinlari urug‘ini yetishtiruvchilar deb yuritiladi) rag‘batlantirishga tatbiq etiladi. 2. Boshoqli don ekinlari urug‘ini yetishtiruvchilarni rag‘batlantirish urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan va boshoqli don ekinlari urug‘larini qabul qiladigan, saqlaydigan va sotadigan ixtisoslashtirilgan don qabul qilish korxonalariga (keyingi o‘rinlarda don korxonalari deb yuritiladi) aprobatsiya dalolatnomasi asosida topshirilgan boshoqli don ekinlari urug‘larining hajmidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 3. Etishtirilgan boshoqli don ekinlari urug‘larining hajmini aniqlash va ularni xarid qilish, shuningdek ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish Urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urug‘larini to‘liq hajmda xarid qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1789, 2008-yil 11-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 115-modda) muvofiq amalga oshiriladi. 4. Boshoqli don ekinlari urug‘larining don korxonalariga qabul qilish Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1499, 2005-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 237-modda) muvofiq amalga oshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan va istiqbolli navlar ro‘yxatiga kiritilgan hamda don korxonalari tomonidan qabul qilib olingan boshoqli don ekinlari urug‘larining tovar holatidagi xarid narxiga ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda o‘rnatiladi. 6. Boshoqli don ekinlari urug‘larining davlat standarti talablariga mos kelishi haqida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” tomonidan sertifikat berilganidan so‘ng, urug‘lik uchun hisoblangan ustamaning 5 foizi tayyorlanadigan urug‘lik sifatini yaxshilash tadbirlari uchun “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimiga kiradigan don korxonalarining ixtiyorida qoldiriladi, 80 foizi boshoqli don ekinlari urug‘lari yetishtirilgan urug‘chilik xo‘jaliklarining hisobvaraqlariga va qolgan 15 foizi ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini, seleksiya va urug‘chilik sohasi olimlarini rag‘batlantirish uchun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 7. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining hisob raqamiga o‘tkazilgan 15 foiz ustama mablag‘ — 100 foiz deb hisoblanib, ushbu mablag‘lar don korxonalariga topshirilgan boshoqli don ekinlarining tayyorlangan urug‘likdagi ulushiga mutanosib ravishda ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi va quyidagicha taqsimlanadi: 15 foizi — nav mualliflarini rag‘batlantirishga; 40 foizi — ilmiy muassasalarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga; 45 foizi — ilmiy muassasalarda boshoqli don ekinlarining yuqori hosilli, qurg‘oqchilikka chidamli va yuqori sifatli yangi istiqbolli navlarini yaratish xarajatlariga. 8. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don korxonalarining rahbarlari va bosh hisobchilari don korxonalariga topshirilgan boshoqli don ekinlari urug‘lari uchun hisob-kitoblarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi. 9. Mazkur Nizom “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan kelishilgan.
215
5,703
Qonunchilik
2020-yil uchun ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
“2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2020-yil 18-maydagi O‘RQ-618-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga muvofiq ushbu qarorga 1-ilovaga o‘zgartirish kiritish Vazirlar Mahkamasi vakolatiga berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori bilan tasdiqlangan 2020-yil uchun ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat tashkilotlari o‘z tasarrufidagi ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari yetkazilishini ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori bilan tasdiqlangan 2020-yil uchun ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
166
1,691
Qonunchilik
Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni (keyingi o‘rinlarda — Farmon) ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. Maktabgacha ta’lim vazirligi: a) Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash hamda boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlarining o‘zaro uzviyligini ta’minlash choralarini ko‘rsin; b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilsin, jumladan: xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqsin; bolalarning o‘sishi hamda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish jarayonlarini monitoring qilish bo‘yicha “Bolalar bog‘chasi” axborot boshqaruv tizimini ishga tushirsin va unga kiritiladigan ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlasin; maktabgacha ta’lim xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimlarini joriy qilsin; maktabgacha ta’lim sohasida axborot boshqaruv tizimini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin. 2. Milliy o‘quv dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) joriy qilish bo‘yicha tajriba-sinovni lozim darajada o‘tkazish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markaziga quyidagi vakolatlar berilsin: umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti, tayanch va variativ o‘quv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish; Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasiga asosan muallif va tuzuvchilarni tanlash hamda darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarning yagona maketlarini yaratish; yaratilgan darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni ekspertiza qilish, ularni ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha xulosa berish; o‘quv reja, dasturlar, yaratilgan darslik va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlariga rahbarlik qilish. Xalq ta’limi vazirligi uch oy muddatda Respublika ta’lim markazi faoliyatiga yuqori malakali va ilmiy salohiyatli kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish choralarini ko‘rsin. 3. Bosh vazir o‘rinbosari B.A. Musayev va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi: Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini, shu jumladan o‘quv dasturlari, darsliklari, o‘qitish metodikalari va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xorijga xizmat safarini tashkil etgan holda o‘rganib chiqsin; Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi ijobiy tajribasini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga hamda Dasturga joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 4. Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar: xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirsin; xalq ta’limi xodimlarining kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ularning individual rivojlanish dasturini ishlab chiqish va dasturga muvofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritsin; xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy qilsin; xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish, har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini ta’minlovchi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini ishga tushirsin. 5. A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) sifatida qayta tashkil etilsin. 6. Belgilansinki, Institut Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy markazlar) uchun bosh ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda ularning o‘quv, metodik va ilmiy faoliyatiga rahbarlik qiladi. Xalq ta’limi vazirligi: 2021-yil 1-fevralga qadar Institut va hududiy markazlarni yuqori malakali, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga hamda ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin; uch oy muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim tashkilotlari hamda hududiy markazlarning pedagog kadrlar malakasini oshirish o‘quv rejalariga sinf rahbarlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv modullarini kiritsin. 7. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining Pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho‘balari negizida belgilangan shtatlar doirasida yuridik shaxs maqomisiz Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etilsin. Markazlarning asosiy vazifalari etib, quyidagilar belgilansin: o‘quvchi-yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash; o‘smirlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini olish, suitsidal holatlarga moyilligi bo‘lgan o‘quvchilarni barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish; xalq ta’limi tizimida kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik xizmat ko‘rsatish, ilg‘or tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish; maktablarda psixologik xizmatni takomillashtirish, psixologlarni metodik qo‘llab-quvvatlash va professional rivojlantirish, xalq ta’limi xodimlarining pedagogik faoliyatga shaxsiy muvofiqligini o‘rganish. 8. Belgilansinki: Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlariga ehtiyojga qarab umumta’lim maktablarida faoliyat yurituvchi hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi tajribali psixologlar fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etiladi; Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlarining faoliyati Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi; 2021/2022 o‘quv yilida psixologiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda psixologiya sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalariga o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda takomillashtirishda, ularni ish beruvchilarning talablariga moslashtirishda ko‘maklashsin. Xalq ta’limi vazirligi pedagog kadrlar malakasini oshirishda bolalar psixologiyasi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazsin va mazkur jarayonga malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin. 9. 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan o‘tkazishning yangi tartibi joriy qilinsin, unga muvofiq: test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi; test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi; abituriyentlarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi bilan birga mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va ta’limning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlari ishlab chiqiladi; amaldagi ABITUR dasturini takomillashtirish hisobiga yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 o‘quv yili uchun saralash test sinovlari yangi test savollari asosida o‘tkaziladi. 10. Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda: 2021-yil 1-martga qadar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari va metodistlari, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilari faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, ushbu lavozimlarda mehnat qiladigan xodimlarga qo‘yiladigan talablar va ularning faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlasin; 2021-yil 1-aprelga qadar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari va metodistlari, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilari lavozimlarini yangi talablarga mos keladigan, yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin. 11. 2021-yil 1-yanvardan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etilsin. Quyidagilar Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalarining manbalari etib belgilansin: 2021-yilda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari xodimlari yillik ish haqi fondining 25 foiziga, 2022-yildan boshlab esa — 50 foiziga teng miqdordagi mablag‘lar; tuman (shahar) xalq ta’limi tasarrufidagi muassasalarning budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlari (homiylik xayriyalaridan tashqari), shu jumladan bo‘sh turgan bino va yerlarini ijaraga berish hisobidan tushgan tushumlardan 3 foiz miqdoridagi ajratmalar; umumta’lim muassasalarning direktor jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘larning 5 foizi. Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasining mablag‘lari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, jumladan metodistlari hamda umumta’lim muassasalari direktorlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlariga yo‘naltiriladi. 12. Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda optik tolali yuqori tezlikdagi Internet liniyalari olib borilgan umumta’lim muassasalarining ichki lokal uskunalarini o‘rnatish, yagona “Elektron ta’lim” tarmog‘ini joriy qilish, uni boshqarish, kontent yaratish va texnik qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari umumta’lim muassasalarining Internetdan foydalanish xizmatlari uchun xarajatlarni o‘z vaqtida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanishini ta’minlasin. 13. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar: professional ta’limning ta’lim dasturlari va o‘qitish materiallari to‘plamlarini mehnat bozorining talablari, tarmoq malaka ramkalari va professional standartlar asosida ish beruvchilar bilan birgalikda ishlab chiqsin va tizimli ravishda takomillashtirib borsin; kasb-hunar maktablarini hududlar bo‘yicha joylashuvi hamda tayyorlanadigan ishchi kasblardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish uchun ish beruvchilarga biriktirsin; professional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning metodik ta’minotini mustahkamlash, ularni yangi ta’lim resurslari bilan ta’minlab borish imkoniyatini beradigan alohida elektron platformani ishlab chiqsin va ta’lim dasturlari, o‘qitish materiallari hamda boshqa uslubiy qo‘llanmalardan masofaviy tarzda foydalanish imkoniyatini yaratsin; professional ta’lim muassasalari guruh rahbarlarini tayyorlash uchun o‘quvchilar bilan ishlash, ular psixologiyasini o‘rganish va metodik ta’minlashga qaratilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etsin; rivojlangan davlatlarning IT-texnologiyalari, robototexnika, qurilish, turizm, transport, energetika va boshqa sohalar bo‘yicha yetakchi professional ta’lim muassasalari filiallarini tashkil qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rsin; professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xususiy sektorning salmog‘ini kengaytirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida professional ta’lim tashkilotlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin. 14. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab: oliy ta’lim tashkilotlarining pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun ixtiyoriy ravishda o‘zlashtiriladigan pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqsin va amaliyotga kiritsin; pedagogik tayyorgarlik modullarining mazmuni va hajmiga quyiladigan talablarni Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishsin; barcha oliy ta’lim tashkilotlarida axborot-resurs markazlari bazasida mavjud darslik, o‘quv-uslubiy va boshqa qo‘llanmalar raqamli formatga o‘tkazilib, ularning elektron platformasi shakllantirilishini ta’minlasin hamda ular bo‘yicha raqamli yagona axborot qidiruv tizimini joriy qilsin; har bir fan kesimida ma’ruza, amaliy (seminar) va laboratoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ishlar bo‘yicha elektron modullarni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin; davlat oliy ta’lim tashkilotlariga xorijiy talabalarni jalb etish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida ta’lim xorijiy tillarda olib boriladigan guruhlar salmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko‘rsin; xorijiy talabalarni davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishni yilda ikki marta semestrning boshida tashkil qilsin. 15. Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga quyidagilar tavsiya etilsin: idoralararo ishchi guruhi tuzib, Farmon va mazkur qarorning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish; ta’lim sifatini oshirish, ilm-fanni rivojlantirish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, pedagog xodimlar va olimlarning faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat ustidan ta’sirchan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish. 17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, Farmon va mazkur qarorning joylarda ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”larini tasdiqlasin. 18. Vazirlar Mahkamasi: 2021-yil 1-martga qadar o‘qituvchi va muallimlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin; 2021-yil 1-yanvarga qadar Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin. 19. “O‘zbekkino” Milliy agentligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ta’lim va ilm-fan sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka to‘g‘ri yetkazish maqsadida o‘qituvchilik kasbini ulug‘lovchi videoroliklar, ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, badiiy va hujjatli filmlarni ishlab chiqsin, televideniye orqali doimiy namoyish qilsin hamda ijtimoiy reklama sifatida ularni televideniye va radiokanallarda joylashtirsin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Farmon hamda mazkur qarorning maqsad va vazifalarini, malakali o‘qituvchilar, namunali sinf rahbarlari, maktablar va direktorlarning ijobiy tajribalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin. 21. Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
93
17,282
Qonunchilik
YuQORI ChASTOTALI QURILMALARNING RUXSAT BERUVChI HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRISh, QURILMALARNI RO‘YXATGA OLISh VA ULARNING TEXNIK PARAMETRLARINI O‘LChAShNI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastotalar spektri to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 16-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 19-son, 220-modda) hamda 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 42-son, 454-modda) muvofiq buyuraman: 1. Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni ro‘yxatga olish va ularning texnik parametrlarini o‘lchashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1751, 2007-yil 26-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52-son, 542-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 4-bandning birinchi xatboshisidan va 1-ilovadan “sotish” degan so‘z chiqarib tashlansin. 2. 9, 12 va 13-bandlardan “va sotish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 3. 10-bandning beshinchi xatboshisidagi va 11-banddagi “o‘tkazish va sotishga” degan so‘zlar “o‘tkazishga” degan so‘z bilan almashtirilsin. 4. Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
228
1,861
Qonunchilik
“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-657-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL–657-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
191
358
Qonunchilik
Yosh oilalarga ipoteka kreditini berish shartlari oʻzgartirildi
Vazirlar Mahkamasining 11.09.2019 yildagi 760-son qarori bilan mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari qabul qilindi. Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 8.09.2014 yildagi 250-son qarorida ijtimoiy faol yosh oilalarga imtiyozli ipoteka kreditlari boʻyicha kvartiralar berilishi nazarda tutilgan edi. Hujjatda nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, ularni tanlab olish mezonlari, uy-joy berish shartlari va tartibi belgilangan.  Qabul qilingan hujjatda aytilishicha, ushbu maqsadlar uchun 2019 yilda 1 064 ta uy-joy bitkazib topshirilgan hamda 2 116 tasi qurilish jarayonida. Mazkur qurilayotgan uy-joy qiymati dastlabki badalining 65%igacha boʻlgan qismi Yoshlar ittifoqi mablagʻlari hisobiga 7 yil muddatga MBning qayta moliyalashtirish stavkasining 50%iga teng boʻlgan foizli stavkada ssuda tariqasida ajratiladi. Bunga qadar dastlabki badalni Yoshlar Ittifoqi toʻlagan, yosh oilalar esa uni kreditni soʻndirish muddati tugaguniga qadar toʻlab berar edilar. Ipoteka krediti boʻyicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan foiz toʻlovlarining 25%ini Yoshlar ittifoqi toʻlaydi.   Shuningdek 2020 yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun ipoteka krediti berish shartlari belgilandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2019 yildan kuchga kirdi.  Lenara Xikmatova.
63
1,413
Qonunchilik
S.S. Safoyevni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
Davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, davlatimizning tashqi siyosatini amalga oshirish, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish, respublikamizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sodiq Solihovich Safoyev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlansin.
69
383
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanovning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tubdan yaxshilashga doir faoliyati to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanovning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tubdan yaxshilashga doir faoliyati to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi eshituvning tayyorlanishi hamda o‘tkazilishini tashkil etsin. 3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
236
811
Qonunchilik
“Abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 11-iyundagi 1-2015-son “Abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2686, 2015-yil 19-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 24-son, 325-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddimadagi “Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 1 va 4-ilovalardagi “ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur tillaridan biri tanlanadi” degan so‘zlar “ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tillaridan biri tanlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 2 va 5-ilovalardagi “ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur tillaridan biri tanlanadi” degan so‘zlar “ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, ital‘yan, yapon tillaridan biri tanlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 3 va 6-ilovalardagi “ispanskiy, arabskiy, persidskiy, dari, xindi, urdu, kitayskiy, koreyskiy, uygurskiy” degan so‘zlar “ispanskiy, arabskiy, persidskiy, dari, xindi, urdu, kitayskiy, koreyskiy, uygurskiy, italyanskiy, yaponskiy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
169
2,103
Qonunchilik
DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMG‘ARMASI TOMONIDAN AJRATILGAN MABLAG‘LARNI QAYTARISh UChUN G‘ALLA, UN VA ShOLI SOTIShDAN TUShAYOTGAN MABLAG‘LARNI AKKUMULATSIYA QILISh TARTIBIGA O‘ZGARTIRIShL
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-avgust 376-sonli “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2004-y., 31-son, 358-modda) qarorining 11-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 8-fevralda tasdiqlangan 10-01-sonli va 111-V-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun g‘alla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish Tartibi”ga (ro‘yxat raqami 653, 1999-yil 27-fevral) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. 1. Tartibning butun matni bo‘yicha “O‘zdonmahsulot” DAK” so‘zlari “O‘zdonmahsulot” AK” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Mazkur o‘zgartirishlar “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
250
1,201
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablag‘larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish bo‘yicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 4-ilovasiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 76-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3009, 2018-yil 11-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 19-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablag‘larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish bo‘yicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 4-ilovasi “Xarajatlar nomi” ustunidagi “Nogiron bolasini” va “Bolalikdan nogironlar” degan so‘zlar tegishli ravishda “Nogironligi bo‘lgan bolasini” va “Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
240
960
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini o‘tkazish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2021-yil 19-aprel kuni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi QL-655-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish); “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-656-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish); “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-748-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish); “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-755-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish); “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-751-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish); “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-759-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish); “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2664-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-760-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish); “Sanitariya-epidemilogiya xizmati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-763-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish); Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish to‘g‘risida; O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I. Maxkamovga “Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish uchun transport-logistika tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning javobi haqida. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
105
3,265
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son va “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Uy-joy-kommunal xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Yagona buyurtmachi xizmati to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Yagona buyurtmachi xizmatini tashkil etish bo‘yicha eksperiment 1a-ilovaga muvofiq shaharlarda kengaytirilsin. 2. Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (bundan keyin “Nizom” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Yagona buyurtmachi xizmatining (bundan keyin “Yagona buyurtmachi xizmati” deb ataladi) asosiy vazifalari hamda funksiyalarini, uning huquqiy maqomini, tashkil etilishini, faoliyat ko‘rsatishi va tugatilishini belgilab beradi. 2. Yagona buyurtmachi xizmati uy-joy fondini, turar-joy bo‘lmagan binolar va imoratlarni, muhandislik asbob-uskunalarini, uylarga yondosh hududlarni zarur darajada saqlash va tuzatishni, barcha to‘lovlarni hisob-kitob qilish va yig‘ishni, pudrat tashkilotlari va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan hisob-kitob qilishni hamda fuqarolarning yashashi uchun shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan uy-joy fondini boshqarishni amalga oshirishga vakolatli tashkilot hisoblanadi. 3. Yagona buyurtmachi xizmati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, joylardagi davlat hokimiyati organlari qarorlariga, ushbu Nizomga va o‘z ustaviga amal qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi Yagona buyurtmachi xizmatiga uslubiy, texnikaviy va boshqa zarur yordam ko‘rsatadi, uni tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlaydi. 4. Yagona buyurtmachi xizmati belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi. 5. Mulkdorlar, shuningdek, uy-joy ijarachilari va arendachilari uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan pudratchilar bilan o‘z munosabatlarini ham Yagona buyurtmachi xizmati orqali ham bevosita yo‘lga qo‘yishlari mumkin. 6. Yagona buyurtmachi xizmati faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash mahalliy budjet mablag‘lari, aholi va korxonalarning uy-joy-kommunal xizmatlar uchun to‘lovlari, shuningdek, markazlashtirilgan davlat subsidiyalari hisobiga amalga oshiriladi. 7. Quyidagilar Yagona buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan pudratchilar oldida uy-joy va uy-joy bo‘lmagan binolar mulkdorlari (ijarachilar va arendachilar) manfaatlarini ifodalash; uy-joy mulkdorlari (ijarachilari va arendachilari)ning uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatishni hamda ta’mirlash ishlarini pudratchilar bilan tanlov asosida o‘tkazishni tashkil etish yuzasidan buyurtmachilarni shakllantirish va umumlashtirish; aholidan tushadigan moliyaviy mablag‘larni, shuningdek, pudratchi tomonidan bajarilgan ishlarga va ko‘rsatilgan xizmatlarga, ularning sifatiga qarab hamda shartnomaga muvofiq to‘lash uchun davlat tomonidan markazlashtirilgan tartibda va mahalliy darajada ajratiladigan subsidiyalarni jamlash va tasarruf etish. Uy-joylar mulkdorlari, ijarachilari va arendachilarining ixtiyoriy birlashmalari, shu jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ham uy-joylarni saqlash bo‘yicha davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalarning mustaqil oluvchilari bo‘lishi mumkin. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari umumiy mulkni boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va ulardan ta’mirlash, shuningdek, kommunal va boshqa xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan mustaqil ravishda shartnomalar tuzishlari mumkin. Yagona buyurtmachi xizmati foydalanuvchilarga markazlashtirilgan tartibda issiqlik, gaz, elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha tuman va shahar kommunikatsiyalarini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va ulardan ta’mirlash yuzasidan, shuningdek, jamoat hududlari va kommunikatsiyalarida kommunal xizmatlar ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari yuzasidan pudratchilar bilan ustuvor tartibda shartnomalar tuzadi. 8. Shahar (tuman) hokimligi davlat uy-joy fondini (uy-joylarni — ularga yondosh hududlar, ichki muhandislik kommunikatsiyalari — suv, issiqlik, kanalizatsiya, gaz, elektr energiyasi bilan birga, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berilgan davlat uy-joy fondi bundan mustasno) joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan xo‘jalik yuritish va boshqarish uchun yagona buyurtmachi xizmati balansiga beradi. Yagona buyurtmachi xizmatiga, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat uy-joy fondini boshqarish bo‘yicha funksiyalari ham beriladi. Xususiy mulk bo‘lgan ko‘p kvartirali uy-joylar, ularga yondosh hududlar va ichki muhandislik kommunikatsiyalari (suv, issiqlik, kanalizatsiya, gaz, elektr energiyasi) ko‘chmas mulk butun kompleksidan shartnoma bo‘yicha saqlashni ta’minlash uchun mulkdorlar tomonidan Yagona buyurtmachi xizmati boshqaruviga berilishi mumkin (1-ilova). 9. Yagona buyurtmachi xizmatiga uy-joy mulkdorlari bilan shartnomaviy shartlarda quyidagi asosiy funksiyalarni bajarish yuklanadi: uy-joy fondini va muhandislik infratuzilmasi obyektlarini (suv oqizish-kanalizatsiya xo‘jaligi, issiqlik, elektr energiyasi, gaz ta’minoti, tashqi obodonlashtirish obyektlari hamda foydalanuvchilarga kommunal xizmatlar ko‘rsatishni bevosita amalga oshiruvchi boshqa obyektlarni) saqlash va ta’mirlash yuzasidan pudrat korxonalari bilan tanlov asosida shartnomalar tuzish (2-ilova); aholi va boshqa foydalanuvchilarning uy-joyni saqlash va ta’mirlash hamda uy-joy-kommunal xizmatlar uchun to‘lov sifatida tushadigan mablag‘larini, shuningdek, mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘larni to‘plash; uy-joy fondi mulkdorlari bilan birgalikda ishlar pudratchisini, uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchini tanlash, shu jumladan, to‘liq ta’mirlash va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish yuzasidan tanlovlar o‘tkazishni tashkil etish, ular tugallangach, ishlarni qabul qilib olishda qatnashish; bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va puxtaligini nazorat qilish hamda tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirilgan ishlar va xizmatlar uchun haq to‘lash; kvartiralar ichidagi asbob-uskunalarni ta’mirlash va almashtirish, muhandislik tarmoqlaridagi halokatli holatlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan uy-joy fondi mulkdorlaridan, shu jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan tushadigan buyurtmanomalarning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish; pudrat tashkilotlari tomonidan Yagona buyurtmachi xizmati mijozlarining tezkor buyurtmalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, shuningdek kommunal xizmatlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shu jumladan, tushayotgan shikoyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va paydo bo‘layotgan muammolarni hal etish yo‘li bilan, doimiy nazorat qilish; shartnoma shartlarini bajarishmagan taqdirda uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash, kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha pudrat korxonalarini almashtirish, tanlov asosida yangi korxonalarni tanlash; uy-joy fondining, muxandislik infratuzilmasi va tashqi obodonlashtirish obyektlarining texnik holatini rejali nazorat qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar va texnik yechimlar ishlab chiqish; Yagona buyurtmachi xizmatiga qarashli hududda foydalanuvchilarga uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan yangi pudrat korxonalari tashkil etishda qatnashish; yangi ishga tushirilgan uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarini qabul qilib olish bo‘yicha takliflar tayyorlash; pudratchining uy-joyni, yerto‘lalarda, shaxtalarda joylashgan muhandislik tarmoqlarini, bittadan ko‘p kvartirani birlashtiruvchi tarmoqlarni, texnika asbob-uskunalarini, yondosh hududni zarur darajada saqlash hamda unda yashovchi aholiga shartnomada nazarda tutilgan haq to‘lanadigan ish va xizmatlar turlari ro‘yxatiga muvofiq xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, tushayotgan buyurtmanomalar bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkorlik bilan tashkil etish. 10. Yagona buyurtmachi xizmati: pudrat korxonalari tomonidan xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar shartlari buzilgan taqdirda ulardan nazarda tutilgan iqtisodiy jarimalar tarzidagi mablag‘larni undirish maqsadida sud organlariga murojaat qilish; ko‘rsatilgan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun mablag‘lar to‘lanmagan taqdirda ularni o‘z mijozlaridan undirish maqsadida sud organlariga murojaat qilish. 11. Yagona buyurtmachi xizmati uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan buyurtmani shakllantirish uchun: ta’mirlash-qurish ishlari va uy-joy-kommunal xo‘jaligi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha bozorlar konyunkturasini; uy-joy-kommunal xizmatlar hajmlari hamda xizmatlar qiymatining mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar prognozini va pudrat shartnomalari tuzishda inflatsiya omillarini hisobga olishni; shartnoma asosida uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatish huquqiga tanlovlar tashkil etishni o‘rganish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi. 12. Ustavga ko‘ra Yagona buyurtmachi xizmatiga uning asosiy vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalar va huquqlarni amalga oshirish yuklanishi mumkin. 13. Shahar (tuman) hokimligi qabul qilish-berish maxsus dalolatnomasida sanab o‘tilgan va berishning haqiqiy sanasidagi holatiga ko‘ra mulkdor balansida aks ettirilgan ko‘char va ko‘chmas mulkni (asosiy va aylanma mablag‘lar hamda ularning manbalarini) to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan Yagona buyurtmachi xizmatiga biriktirib qo‘yadi. Yagona buyurtmachi xizmati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq unga to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan biriktirilgan davlat mulkiga ega bo‘ladi va undan foydalanadi. 14. Yagona buyurtmachi xizmatiga to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan biriktirilgan davlat mulki, shuningdek, u yaratgan va sotib olgan mulk shahar (tuman) mulki hisoblanadi. 15. Yagona buyurtmachi xizmati, asosiy faoliyat turlariga zarar yetkazmagan holda, jismoniy va yuridik shaxslarga amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan qo‘shimcha o‘zaro bog‘liq xizmatlar ko‘rsatganlik uchun daromadlar olish huquqiga ega. 16. Yagona buyurtmachi xizmatiga to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan berilgan ko‘chmas mulk, mashina va asbob-uskunalar: a) faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mulkdorning qaroriga ko‘ra sotilishi yoki boshqa usulda begonalashtirilishi; b) mulkdorning roziligi bilan va uning bilan kelishilgan shartlarda garovga berilishi; v) faqat mulkdorning qaroriga ko‘ra ijaraga topshirilishi mumkin. 17. Yagona buyurtmachi xizmati berilgan davlat uy-joy fondiga nisbatan: a) to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan o‘ziga biriktirilgan davlat mulkidan foydalanish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning saqlanishini ta’minlash hamda uni o‘z mablag‘lari, shu jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari hisobiga tiklash; b) to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan o‘ziga biriktirilgan davlat mulkini o‘z mablag‘lari hisobiga kapital va joriy ta’mirlash; v) o‘z ixtiyoriga topshirilgan uy-joy fondini binolar konstruksiyasi bardoshliligini saqlash jihatdan muntazam nazorat qilish; g) bino konstruksiyalarining shikastlangani aniqlangan taqdirda shahar (tuman) hokimligini xabardor qilish, konstruksiyalarning fuqarolar yashashiga va uy-joy fondining bundan keyingi saqlanishiga xavf soluvchi shikastlanishlari darajasini tezkorlik bilan aniqlash uchun loyihalash institutlari mutaxassislarini jalb etish; d) shahar (tuman) hokimligiga uy-joy fondini saqlash chora-tadbirlari ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritish; e) har yili fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan davlat uy-joy fondi kvartiralarini tekshirib chiqish; j) o‘zboshimchalik bilan xonalar joylashishi o‘zgartirilganda, to‘siqlar olib tashlanganda, o‘yilganda, konstruksiya elementlari, konstruksiyalar qisman yoki to‘liq ko‘chirilganda va foydalanishning texnik normalariga muvofiq bo‘lmagan muhandislik kommunikatsiyalari o‘rni o‘zgartirilganda hamda fuqarolar tomonidan uydagi boshqa yashovchilar yashashiga xavf tug‘diruvchi boshqa barcha xatti-harakatlar sodir etilganda ko‘rsatib o‘tilgan buzilishlar to‘g‘risida darhol dalolatnoma tuzish va konstruksiyalarni aybdor hisobiga tiklash chora-tadbirlarini ko‘rish uchun materiallarni shahar (tuman) hokimligiga yoki sud organlariga berish; z) belgilangan soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash majburiyatlarini oladi. 18. Xo‘jalik yuritish huquqi bilan Yagona buyurtmachi xizmatiga biriktirilgan davlat mulki: a) mulkdorning qaroriga ko‘ra: Yagona buyurtmachi xizmati qayta tashkil etilganda; belgilangan maqsadga ega bo‘lgan, o‘zining va mahalliy budjet hisobiga barpo etilgan yoki sotib olingan binolar, inshootlar va boshqa mulklar belgilangan maqsad bilan boshqa yuridik shaxsga berilganda; ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan shartlar buzilganda; b) sud qaroriga ko‘ra: mulkdor Yagona buyurtmachi xizmatidan mulkni undirish to‘g‘risida murojaat qilganda to‘liq yoki qisman olib qo‘yilishi mumkin. 19. Yagona buyurtmachi xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda shahar (tuman) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. 20. Yagona buyurtmachi xizmati boshlig‘i: Yagona buyurtmachi xizmati faoliyatiga rahbarlik qiladi va unga yuklangan funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; Yagona buyurtmachi xizmatining shtat jadvali yuzasidan shahar (tuman) hokimligiga takliflar kiritadi; barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda Yagona buyurtmachi xizmati manfaatlarini ifodalaydi; pudrat tashkilotlari, elektr energiyasi va suv bilan ta’minlovchi hamda ixtisoslashtirilgan boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi, komissiyalar tarkibini tasdiqlaydi, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochadi; xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, xizmat xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan bo‘shatadi; o‘z vakolati doirasida buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi. 21. Yagona buyurtmachi xizmati faoliyatini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. 22. Yagona buyurtmachi xizmati belgilangan tartibda statistika va buxgalteriya hisobotini yuritadi, belgilangan muddatlarda tegishli organlarga balans hisobotlari topshiradi, soliq solish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni hamda iqtisodiy axborotlarni to‘plash va ishlab chiqish umumdavlat tizimi ma’lumotlarini davlat statistika organlariga taqdim etadi. 23. Yagona buyurtmachi xizmati amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarda va tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Ustav asosida ish ko‘ruvchi, keyingi o‘rinlarda “Ijrochi” deb ataluvchi Yagona buyurtmachi xizmati — _________________________ nomidan direktor __________________________ bir tomondan va keyingi o‘rinlarda “Mulkdor” deb ataluvchi kvartira (uy) mulkdori____________________ikkinchi tomondan, quyidagilar to‘g‘risida mazkur shartnomani tuzdilar: “Mulkdor” vannaxonasi, oshxonasi, balkoni, verandasi, shu jumladan, turar joy maydoni ________ kv. m, umumiy maydoni ________ kv. m bo‘lgan __________________ ko‘chasi, ______________ uydagi ______ xonali ______ kvartirani texnik xizmat ko‘rsatish dalolatnomasi bo‘yicha beradi, “Ijrochi” esa qabul qilib oladi. 2.1. “Ijrochining majburiyatlari: uy-joylardan texnik foydalanishning yagona qoidalari va me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda “Mulkdor”ning kvartirasiga texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, shu jumladan, uy-joyni, yerto‘lalarda, shaxtalarda joylashgan muhandislik tarmoqlarini va bittadan ko‘p kvartirani birlashtiruvchi tarmoqlarni, texnik asbob-uskunalarni, uyga yondosh hududni ishlar va xizmatlarning haq to‘lanadigan turlari ro‘yxatiga muvofiq zarur darajada saqlashni ta’minlovchi ishlarni amalga oshirish; pudratchilar va uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar oldida “Mulkdor”ning manfaatlarini ifodalash; uy-joy fondining “Mulkdori” bilan birgalikda ishlar pudratchisini, uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchini, shu jumladan, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun pudratchini tanlash bo‘yicha tanlovlar tashkil etish, ishlar tamom bo‘lgandan so‘ng ularni qabul qilib olishda qatnashish; bajarilgan ishlar va xizmatlarning sifatini va puxtaligini nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlar va xizmatlar haqini tuzilgan shartnomalarga muvofiq to‘lash; uy-joy fondini ta’mirlash va kvartira ichidagi uskunalarni almashtirish, binolarning muhandislik tarmoqlaridagi avariya vaziyatlarini va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan “Mulkdor” tushadigan buyurtmanomalarning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish; pudratchi korxonalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan hollarda, tanlov asosida yangi korxonalar tanlash asosida uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash, kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha pudratchi korxonalarni almashtirish; uy-joy fondining, muhandislik infratuzilmalari va tashqi obodonlashtirish obyektlari texnik holatining rejali monitoringini hamda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish uchun tavsiyanomalar va texnik yechimlarni ishlab chiqishni amalga oshirish; sifat va puxtalikning kafolatli darajasi buzilganligi sababli “Ijrochi”ning aybi bilan ko‘rilgan zararni “Mulkdor”ga undirib berish. 2.2. “Mulkdorning majburiyatlari: uy (kvartira)ga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “Ijrochi” tomonidan kommunal xizmatlar va uy-joyni ta’mirlash xizmatlari uchun belgilangan tariflarga muvofiq har oyning 10-kunidan kechiktirmay o‘z vaqtida haq to‘lash; kvartiradan belgilangan maqsadda foydalanish, sanitariya-texnika asbob-uskunalariga, uy-joyning tashqi obodonlashtirish obyektlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish. 3.1. “Ijrochi”: “Mulkdor” kvartirasidagi ichki tarmoqlar va asbob-uskunalarning texnik holatini muntazam ravishda tekshirib turish; muhandislik tizimlarini yaxshi saqlamaganlik, uy-joyning tuzilishini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirganlik yoki loyiha yechimlarini kommunikatsiyalarni yoxud uy-joyni avariyaga olib kelgan yoki avariya holatiga olib kelishi mumkin bo‘lgan darajada o‘zgartirganlik uchun “Mulkdor”dan ko‘rilgan zararni to‘lashni talab qilish huquqiga ega. 3.2. “Mulkdor”: belgilangan miqdorda, o‘zining hayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo‘lgan, mol-mulkiga zarar yetkazmaydigan sifatda xizmatlar olish; xizmatlar ko‘rsatishdagi kamchiliklar oqibatida hayotiga, salomatligi va mol–mulkiga yetkazilgan zararlar va shikastlar uchun to‘lovlarni “Ijrochi”dan to‘la hajmda talab qilish; xizmatlar ko‘rsatishdagi tanaffuslar vaqti uchun haq to‘lamaslik huquqiga ega. 4.1 Uy-joy (kvartira)ni saqlaganlik, xizmat ko‘rsatganlik va ta’mirlaganlik, kommunal xizmatlar ko‘rsatganlik uchun “Mulkdor” tomonidan har oyda hisob-kitob qilinadi. To‘lovlar o‘tgan oydan keyingi oyning 10 kunigacha to‘lanadi. Kommunal xizmatlar haqi belgilangan shakldagi to‘lov hujjati bo‘yicha “Ijrochi” orqali to‘lanadi. 4.2. Uy-joy (kvartira)ni saqlaganlik, xizmat ko‘rsatganlik va ta’mirlaganlik, kommunal xizmatlar uchun haq amaldagi qonunchilikka muvofiq, mahalliy hokimiyat organlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar, tuman va Toshkent shahar hokimliklari) tomonidan tasdiqlangan tariflar bo‘yicha to‘lanadi. 4.3. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda “Mulkdor” “Ijrochiga” muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida penya to‘laydi, muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda. 4.4. “Ijrochi” tomonidan kvartiraga texnik xizmat, kommunal xizmatlar o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan hollarda “Ijrochi” “Mulkdor”ga o‘z vaqtida bajarilmagan xizmatlar summasining 0,5 foizi miqdorida jarima to‘laydi. 5.1. Mazkur Shartnoma 1 yilga, 200 __yil 200 __ yil ________gacha bo‘lgan davrga va bir xil kuchga ega bo‘lgan 2 nusxada tuzildi. Ulardan biri “Mulkdor”da, ikkinchisi “Ijrochi”da turadi. Agar tomonlardan biri shartnoma muddati tugashidan 2 oy oldin uni to‘xtatish to‘g‘risida istak bildirmasa, u kelgusi davrga uzaytirilgan hisoblanadi. 5.2. Shartnomani muddati tugagunga qadar bekor qilish qonun bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 6.1. Mazkur shartnomani bajarish, bekor qilish va uning muddatini uzaytirish bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan barcha nizolar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 6.2. Avariyani bartaraf etish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari “Ijrochi” tomonidan buzilgan hollarda “Mulkdor” shartnomada nazarda tutilgan ishlarni “Ijrochi” mablag‘lari hisobiga bajarishga yoxud zararlarni to‘lashni talab qilishga haqlidir. “Mulkdor”ning o‘z shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi tufayli ishlarning to‘xtatib qolganligi uchun “Ijrochi” javob bermaydi. 6.3. Jarima va penyalarni to‘lash shartnoma bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi. Yagona buyurtmachi xizmati (keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb ataladi) ___________________________________________________________________________ nomidan________________________________________________bir tomondan va 200 ____yil “____”______________da___________________ ____________________________________________________________________ tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko‘rsatuvchi “Pudratchi” (uy-joy fondini saqlash va uni ta’mirlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlash tashkilotlari) ____________________________________________________________________ nomidan____________________________________________________________ ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzishdi: 1. “Buyurtmachi” xizmati xizmat ko‘rsatish uchun “Pudratchi”ga quyidagi mol-mulklarni beradi: 2. Xizmat ko‘rsatish uchun berilgan mol-mulkning _____________ ___________________________________________________________________________ mulki hisoblanadi va shartnoma (II bo‘lim)ga muvofiq korxonaga to‘liq xo‘jalik yuritish uchun berilgan asosiy fondlar bilan birgalikda ____________________________________________________________________ _________________________________________________ning yagona texnologiya jarayonini ta’minlashga xizmat qiladi. 3. “Pudratchi”: mazkur shartnomaga muvofiq xizmat ko‘rsatish uchun o‘ziga berilgan asosiy fondlardan mustaqil ravishda foydalanadi; xizmat ko‘rsatish uchun o‘ziga berilgan mulkka mustaqil ravishda egalik qilish (sotish yoki boshqa usul bilan boshqalarga berish, garovga berish, ijaraga topshirish)ga haqli emas. 4. “Buyurtmachi” xizmati: bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va puxtaligini nazorat qiladi hamda tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘laydi; kvartiralar ichidagi asbob-uskunalarni ta’mirlash va almashtirish, muhandislik tarmoqlaridagi halokatli vaziyatlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan uy-joy fondi mulkdorlaridan, shu jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan tushadigan buyurtmanomalarning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘adi va tahlil qiladi; pudrat tashkilotlari tomonidan Yagona buyurtmachi xizmati mijozlarining tezkor buyurtmanomalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatish ishlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shu jumladan, tushayotgan shikoyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va paydo bo‘layotgan muammolarni hal qilish yo‘li bilan, doimiy nazorat qiladi; uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash, kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha pudratchi korxonalar shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda ularni tanlov asosida yangi korxonalar bilan almashtiradi; “Pudratchi” bilan birgalikda uy-joy fondining muhandislik infratuzilmasi va tashqi obodonlashtirish obyektlari texnik holatining rejali nazoratini amalga oshiradi hamda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish uchun tavsiyalar va texnik yechimlarni ishlab chiqadi; yagona buyurtmachi xizmatiga qarashli hududda foydalanuvchilarga uy-joy-kommunal xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan yangi pudratchi korxonalar tashkil etishda qatnashadi; “Pudratchining uy-joyni, yerto‘lalarda, shaxtalardagi muhandislik tarmoqlarini hamda bittadan ko‘p kvartirani birlashtiruvchi tarmoqlarni, texnik asbob-uskunalarni, uy yon-atrofini zarur darajada saqlash va unda yashovchi aholiga shartnomada nazarda tutilgan haq to‘lanadigan ish va ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari ro‘yxatiga muvofiq xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini nazorat qiladi, shuningdek, tushayotgan buyurtmanomalar bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkorlik bilan tashkil etadi. 5. “Pudratchi” quyidagi majburiyatlarni oladi: quyidagi ro‘yxat bo‘yicha boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni amalga oshiradi: ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ishlarning boshqa turlari: ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ amalga oshiradi. mazkur shartnomaga muvofiq uy-joy fondini saqlash va ta’mirlashni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshiradi hamda uy-joy mulkdorlari va “Buyurtmachi”ning xabarlariga tezkorlik bilan o‘z munosabatini bildiradi; xizmat ko‘rsatish uchun o‘ziga berilgan mol-mulkning saqlanishini ta’minlaydi; xizmat ko‘rsatish uchun “Pudratchi”ga berilgan mol-mulkning texnik holati yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaydi, ushbu mol-mulkning foydalanish jarayonida eskirishi bilan bog‘liq hollar bundan mustasno; xizmat ko‘rsatish uchun o‘ziga berilgan mol-mulk buzilgan taqdirda zararni qoplaydi. 6. “Buyurtmachi” quyidagi majburiyatlarni oladi: “Pudratchi”ning joriy xo‘jalik faoliyatiga aralashmaslik, amaldagi qonunchilik va mazkur shartnoma bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; “Pudratchi” tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish. 7. Mazkur shartnomaning 5-bandiga muvofiq “Pudratchi” tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarining qiymati har oyda ____ so‘mni tashkil etadi. 8. Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun har oyning 10-kunidan kechiktirmasdan “Buyurtmachi” tomonidan haq to‘lanadi. 9. Mazkur shartnomaning 5-bandida qayd etilgandan ortiqcha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilgan taqdirda ikkala tomon imzolagan “Qo‘shimcha xizmatlar to‘g‘risida dalolatnoma” asosida qo‘shimcha haq to‘lanishi mumkin. 10. Xizmat ko‘rsatish uchun “Pudratchi”ga berilgan mol-mulk “Buyurtmachi” xizmati qaroriga binoan quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman olib qo‘yilishi mumkin: a) “Pudratchi” qayta tashkil etilganda; b) 5-bandda nazarda tutilgan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi munosabati bilan shartnoma bekor qilinganda; v) mazkur shartnomaning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan shartlar buzilganda. 11. Pudratchi korxona rahbari mazkur shartnoma shartlarini bajarishga majburdir. Ushbu shartlarning bajarilmaganligi uchun, shuningdek, xizmat ko‘rsatish uchun “Pudratchi”ga berilgan mol-mulkka uning harakatlari bilan yetkazilgan zararlar uchun rahbar amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkiy va boshqacha tartibda javob beradi. 12. Asosiy shartlar: ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ 13. Mazkur shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. 14. Shartnoma _________________ muddatga tuzilgan. 15. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada (tomonlarning har biri uchun bittadan) tuzilgan. Shartnoma “Buyurtmachi” xizmatida va “Pudratchi” rahbar organlari joylashgan joyda doimiy saqlanishi kerak. 1. Asaka shahri, Andijon viloyati 2. Buxoro shahri, Buxoro viloyati 3. Denov shahri, Surxondaryo viloyati 4. Samarqand shahri, Samarqand viloyati 5. Qo‘qon shahri, Farg‘ona viloyati 6. Sirdaryo shahri, Sirdaryo viloyati 7. Taxiatosh shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 8. Qarshi shahri, Qashqadaryo viloyati 9. Kosonsoy shahri, Namangan viloyati 10. Olmaliq shahri, Toshkent viloyati 11. Xiva shahri, Xorazm viloyati 12. Yunusobod tumani, Toshkent shahri 1. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 16-moddasiga muvofiq mazkur Nizom ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. Yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga ko‘p kvartirali uylardagi fuqarolar yashashi uchun mo‘ljallanmagan quyidagi alohida joylar tegishli bo‘ladi: a) uyni qurishda loyihalarda ko‘rsatilgan uyning yoniga keyin qurilgan joylar; b) qonunchilikda belgilangan tartibda uyning quyi qavatidagi turar joydan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga o‘tkazilgan joylar, qayta jihozlangan yerto‘la va yarim yerto‘la hamda texnik maqsadlarga mo‘ljallangan joylar bundan mustasno; Yashash uchun mo‘ljallanmagan joyda boshqa uy-joylardan alohida kiriladigan eshik, tabiiy yoritish va ventilatsiya; O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi yong‘inga qarshi hamda qurilish normalari va qoidalarining funksional vazifasi va talablariga muvofiq joyning devori, shifti, poli qoplangan, pardozlangan bo‘lishi kerak. 3. Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan ularning to‘g‘ri vazifasiga ko‘ra foydalanilishi kerak, shuningdek, ulardan mazkur Nizomga ilovada keltirilgan faoliyat turlari ro‘yxatiga muvofiq foydalanilishi mumkin. 4. Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish xizmatlari xodimlarining kecha-kunduzning istalgan soatida tuzatish (avariyani bartaraf etish) uchun muhandislik-texnik kommunikatsiyalariga kirishlariga kafolat berilganda, shuningdek, joyni rekonstruksiya qilishda ko‘tarish qobiliyati va hisoblab chiqilgan zilzilabardoshlik saqlanib qolgan taqdirda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish odamlarning uy-joyda kecha-kunduz bo‘lishi imkoniyatini buzmasligi va xavfsiz hamda sog‘lom hayot muhitini ta’minlashi kerak. 5. Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish mulk, arenda yoki ijaraga olish huquqi bilan amalga oshirilishi mumkin. Turar joy yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdori, ijara yoki arendaga oluvchi egallab turgan umumiy foydalanishdagi turar joylardagi joylardan foydalanish tartibi, shuningdek, uyga texnik xizmat ko‘rsatish va umumiy foydalanishdagi joylarni tuzatish uchun umumiy xarajatlarni taqsimlash ular o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi. 6. Yashash uchun mo‘ljallanmagan joyning mulkdori (arendaga oluvchi, ijaraga oluvchi) yashash uchun mo‘ljallanmagan joydan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish va unga nosanoat xususiyatiga ega bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni joylashtirish uchun foydalanish huquqiga, mulkdor esa — fuqarolar va yuridik shaxslarning hamda davlatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish (sotish, almashtirish, ijaraga berish, arendaga berish hamda uy-joy qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish) huquqiga egadir. 7. Yashash uchun mo‘ljallanmagan joyning mulkdori (arendaga oluvchi, ijaraga oluvchi): a) turar joylar, joylar hamda uylar va uy atrofidagi hududning obodonlashtirish elementlari saqlanishini ta’minlashga va o‘ziga tegishli joyni o‘z hisobidan saqlashga; b) joyga, sanitariya-texnika asbob-uskunalari va boshqa asbob-uskunalarga (suv quvuri, kanalizatsiya, markaziy isitish, issiq suv ta’minoti, gaz asbob-uskunalari va boshqalarga) ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga; v) elektr va issiqlik energiyasini, suv, gazni tejab sarflashga, ularning bekor oqishi va xo‘jasizlarcha sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslikka, elektr, gaz hisoblagichlarni o‘rnatishga; g) yong‘in xavfsizligi qoidalariga, uy-joylar va ulardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya qilishga; d) uy-joyda xavfsiz va sog‘lom hayot muhitini ta’minlashga; e) joyda, sanitariya-texnika asbob-uskunasida yoki boshqa asbob-uskunalarda nosozliklar aniqlanganda darhol shikastlanishlarni bartaraf etishning mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarini ko‘rishga hamda zarur hollarda tegishli avariya-ta’mirlash xizmatiga ma’lum qilishga; j) avariya holatlari paydo bo‘lganda o‘zi egallab turgan joyga avariyalarni bartaraf etish uchun tegishli avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillarining kirishini ta’minlashga; z) o‘ziga tegishli joyga texnik xizmat ko‘rsatish, ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarni saqlash va ta’mirlash, kommunal xizmatlar bo‘yicha xarajatlarni shartnomada va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda to‘lashga majburdir. 8. Turar joylarning yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash hamda tashqi tomonini obodonlashtirish, shuningdek uy atrofidagi hududga sanitariya xizmati ko‘rsatish va unga qarash belgilangan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. 9. Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari, ularni ijaraga va arendaga oluvchilar o‘zlari egallab turgan joyni zarur joriy ta’mirlashni o‘z hisoblaridan amalga oshirishga, mulkdor esa bundan tashqari mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga majburdir. Alohida ajratilgan joyni yoki butun bir imoratni egallab turgan hamda barcha joriy ta’mirlashni amalga oshiruvchi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari, ijaraga va arendaga oluvchilar uyni saqlash bo‘yicha quyidagi umumiy xarajatlarda qatnashadilar: a) uyga qarash bilan bog‘liq xarajatlar: axlatni yig‘ishtirish va chiqarib tashlash, umumiy foydalaniladigan joylarni yoritish, isitish va saqlash xarajatlari, hovlini yoritish, yo‘laklarni, uyga kirish yo‘laklarini saqlash, uy yon-atrofini ko‘kalamzorlashtirish va tozalash; b) kvartiradan tashqaridagi asbob-uskunalar va muhandislik kommunikatsiyalarini, umumiy foydalaniladigan joylarni, uylarning kvartiradan tashqaridagi joylarini joriy ta’mirlash xarajatlari; v) avariya-ta’mirlash xizmatlarining ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari. Boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xususiy uy-joy shirkatlari tomonidan amalga oshiriladigan ko‘p kvartirali uylarda ushbu bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan xarajatlar bevosita xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari (yollovchilari, ijaraga oluvchilari) tomonidan qoplanadi. Yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari (ijaraga va arendaga oluvchilar)dan uyning umumiy xarajatlarini qoplashga yig‘imlar miqdori mazkur bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan xarajatlarni jamlash, hosil bo‘lgan summani haq to‘lanadigan umumiy (uy-joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan) maydonga bo‘lish va yashash uchun mo‘ljallanmagan joyning mulkdori (ijaraga va arendaga oluvchi) egallab turgan maydonga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 10. Turar joylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni boshqa maqsadda qayta jihozlash va qayta joylashtirish binoning konstruktiv sxemasini va muhandislik kommunikatsiyalarini buzmagan, binoning old ko‘rinishi va tashqi qiyofasini, muhandislik kommunikatsiyalarini yomonlashtirmagan holda binoning shinamligini oshirish maqsadidagina amalga oshirilishi mumkin hamda binoning ko‘tarish qobiliyati va zilzilaga bardoshliligini pasaytirmasligi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlar davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin. Yashash uchun mo‘ljallanmagan joyning boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallanayotgan qayta qurilishi, qayta joylashtirilishi va moslashtirilishi loyihasi yong‘inga qarshi muhofaza organlari, loyiha tashkiloti, me’morchilik va shaharsozlik organlari hamda me’morchilik-shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilish ustidan davlat nazorati organlari bilan kelishilishi zarur. 11. Joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan va qayta joylashtirgan, balkon va peshayvonlarni boshqa maqsadda qayta jihozlagan, qayta joylashtirgan yoxud qo‘shimcha ravishda sanitariya-texnik qurilmalar va boshqa qurilmalarni o‘rnatgan ko‘p kvartirali uyda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joyning mulkdori (ijaraga va arendaga oluvchi) vakolatli davlat organining yoki sudning talabiga ko‘ra yetkazilgan zararni qoplagan holda ushbu joyni o‘z hisobidan oldingi holatiga keltirishga majburdir. 12. Mulkdorlar (arendaga va ijaraga oluvchilar)ga quyidagilar taqiqlanadi: joylardagi davlat hokimiyati organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan taqdirda uyning yon-atrofidagi yo‘laklarda palatkalar, do‘konchalar o‘rnatish; uy-joylar va boshqa imoratlarning devorlariga tegishli ruxsatnomasiz har xil cho‘zinchoq ko‘rsatkichlar, peshlavhalar, flagshtoklar, me’morchilik detallari va boshqa qurilmalarni mahkamlash; ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan uy-joylarning old tomoniga afishalar, plakatlar, har xil e’lonlarni yopishtirish; tegishli ruxsatnomasiz har xil imoratlar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurish; maishiy chiqindilarni ushbu maqsadlar uchun belgilanmagan joylarga to‘kish, tashlash va yoqish; yong‘in bo‘lganda o‘tiladigan joylar, umumiy yo‘laklar, zinaxonalari, qo‘shimcha chiqish joylari va uyning boshqa umumiy joylarini buyumlar va asbob-uskunalar bilan tirband qilmaslik; yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarda, yerto‘lalarda, zina xonalarida, peshayvon va balkonlarda tez alangalanadigan, portlaydigan, radioaktiv hamda zaharli materiallar va moddalarni saqlash; yashash uchun mo‘ljallanmagan joyda binoni buzuvchi yoki uydagi boshqa yashovchilarning normal hayot sharoitlarini buzuvchi ishlarni amalga oshirish; yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni konstruktiv elementlarning ko‘tarish qobiliyatini va uyning zilzilaga bardoshliligini buzadigan qilib boshqa maqsadda qayta jihozlash va qayta joylashtirish ishlarini o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish; teleradio apparatlari uchun yakka tartibdagi antennalarni uy-joylarning tomlarida vakolatli organlarning ro‘yxatisiz o‘rnatish; uy-joyning hovlisida ushbu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan joylardan boshqa joyda transport vositalarining istalgan turini saqlash, ularni tuzatish va yuvish, shuningdek, tutashib ketgan hududning transport yuradigan qismida ustunlar va boshqa to‘siqlar o‘rnatish; isitish qozonlari, radiatorlarni o‘zboshimchalik bilan o‘rnatish yoki ularning isitish maydonini kengaytirish, ularga issiq suvdan foydalanish uchun suv olinadigan kranlar o‘rnatish, shuningdek, ularga boradigan yo‘llarni yopib qo‘yish; elevator uzellarida uy-joyga issiqlik berishni o‘zboshimchalik bilan sozlash, shuningdek, issiq suv, kanalizatsiya quvurlari va boshqa tarmoqlar sxemalarini o‘zgartirish; umumiy foydalanishga mo‘ljallangan joylarni egallab olish; soat 23.00 dan boshlab soat 8.00 gacha tovush darajasi 45 dBA-dan ortiq bo‘lgan teleradio apparatlardan, yashovchilarning tinchligini buzuvchi boshqa qurilmalardan foydalanish; yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan belgilangan maqsaddan boshqa maqsadlarda foydalanish; joyning buzilishiga olib keluvchi, yoxud qattiq shovqin va tebranish hosil qiluvchi, yoxud havoni iflos qiluvchi, fuqarolarning normal hayot faoliyatiga xalaqit beruvchi ishlarni bajarish yoki boshqa harakatlarni sodir etish. 13. Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi, umumiy foydalaniladigan joylar va uy yon-atrofining sanitariya holati buzilishida, uy-joy xonalarining o‘zboshimchalik bilan boshqa maqsadlarda qayta jihozlanishi va qayta joylashtirilishida, Uy-joy fondidan xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning belgilangan standartlari, norma va qoidalarini buzgan holda undan belgilangan vazifasidan boshqa maqsadda foydalanishda, uni xo‘jasizlarcha saqlash, uy-joyni, uning jihozlari va muhandislik kommunikatsiyalarini, obodonlashtirish obyektlari va o‘tqazilgan daraxtlarni shikastlashda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar. 14. Uy-joylarga va ularning xonalariga, muhandislik asbob-uskunalariga, obodonlashtirish obyektlariga hamda uylarga tutashib ketgan yashil uchastkalardagi o‘tqazilgan daraxtlarga zarar yetkazgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar yetkazilgan zararni to‘lashlari shart. Zarar miqdori va uni qoplash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiq aniqlanadi. 15. Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Imorat qurish va uy yon-atrofini, hovlisi hududini saqlash qoidalariga rioya qilish ustidan jamoatchilik nazorati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi. 16. Ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlari, ijaraga va arendaga oluvchilar o‘rtasidagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan, umumiy foydalaniladigan joylardan foydalanish tartibi, umumiy xarajatlarni taqsimlash, umumiy foydalaniladigan joylarni joriy ta’mirlash va tozalash, shuningdek, uy-joy masalalari bilan bog‘liq boshqa nizolar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi. 1. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqalar). 2. Umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq; va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar va boshqalar). 3. Maishiy xizmat ko‘rsatish (sartaroshxonalar, poyabzal ta’mirlash, soat sozlash ustaxonalari, atelye va boshqalar). 4. Bank xizmatlari ko‘rsatish (banklarning bo‘limlari va valyuta almashtirish punktlari). 5. Aloqa xizmatlari ko‘rsatish (pochta bo‘limi). 6. Quyidagilar; uy-joy va ta’mirlash-foydalanish organlarining; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining; madaniyat, xalq ta’limi, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash muassasalarining; jismoniy tarbiya va sport muassasalarining; ichki ishlar organlari tayanch punktlarining; prokuratura, sud organlari va fuqarolik holatini qayd qilish bo‘limining; advokatura, notariatning; tadbirkorlarning ofislari va idoralarining; sug‘urta tashkilotlarining; rassomlar va haykaltaroshlar ijodiy ustaxonalarining; ma’muriy-boshqaruv funksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan hokimiyat va boshqaruv organlari turli tashkilotlarining faoliyati. Izoh: Uy-joylar (avvalgi kvartiralar)dan belgilangan tartibda yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga o‘tkazilgan joylarda ulardan foydalanish hududning va jonli muhit havosining fizik va kimyoviy ifloslanishiga, uyda yashovchi shaxslarning hayot faoliyati normal sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan obyektlarni, shu jumladan, korxonalar va tashkilotlarning quyidagi turlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi: a) uyni qurishda o‘tiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00 dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari (restoranlar, kafe, tungi klublar va barlar, diskotekalar); b) kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlari do‘konlari, shuningdek, portlaydigan moddalar va materiallar bor bo‘lgan mahsulotlarni sotuvchi do‘konlar; v) o‘z ishlab chiqarishida tez alangalanadigan moddalarni qo‘llovchi kimyoviy tozalash xonalari; g) poyabzal tuzatish bo‘yicha 10 tadan ortiq ish o‘rniga ega bo‘lgan ustaxonalar; d) hammomlar, saunalar; e) ATS, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan so‘zlashuv punktlari va telegraf; j) jamoat hojatxonalari; z) marosimlar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish muassasalari; i) sanoat korxonalari.
114
45,146
Qonunchilik
Xorijga chiqadiganlar хavfsizligi nazoratga olindi
Vazirlar Mahkamasining 23.01.2018 yildagi 42-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yoʻlovchi tashuvchi avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хavfsizligini ta’minlash boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etildi. Fuqarolarimizning хorijga chiqish tartibining buzilishiga olib keluvchi shart-sharoitlarni tizimli oʻrganish hamda ularning oldini olish, mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek bu sohada doimiy tushuntirish ishlari oʻtkazilishini tashkil qilish uning vazifalariga kiradi. Bundan tashqari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning profilaktikasi, shuningdek, хorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хavfsizligini ta’minlash boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi. Ularning vazifalari orasida: 2018 yilning 1 fevralidan boshlab, yoʻlovchilar bilan Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan avtobuslar va mikroavtobuslar yoʻlga chiqishdan oldin IIVning Yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmati tomonidan Yongin хavfsizligi davlat хizmati vakillarini jalb etgan holda, avtotransport vositalarining harakatlanish roʻyхati hamda jadvaliga muvofiq teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi. Qator vazirliklar va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi, shu jumladan Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqadigan respublika fukarolari uchun eslatmani ishlab chiqish topshirildi. Ma’lumot uchun: Joriy yilning 18 yanvar kuni Qozogʻiston Respublikasi Aktyubinsk viloyatining Irgizsk tumanidagi "Qaliboy" aholi punktidan 10 kilometr uzoqlikda, “Samara-Chimkent” avtomobil yoʻlining 1068 kilometrida "Ikarus" rusumidagi yoʻlovchi avtobusi yonib ketdi. Yongin oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar bor. Ularning 55 nafari Oʻzbekiston fuqarosidir. Isitish moslamasi boʻlmagan avtobusning teхnik nosozligi, unda tez yonuvchi moddalarning boʻlgani, yongʻinga qarshi uskunalarning foydalanishga yaroqsizligi, avtobusda ortiqcha yoʻlovchilar boʻlgani, salonning yuklar bilan toʻldirilgani, хavfsizlikning oddiy qoidalariga rioya etish boʻyicha profilaktika choralarining yoʻqgigi avtobus yonishining asosiy sabablari boʻlgan, deyiladi hujjatda. Ushbu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 24.01.2018 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov.
50
2,764
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati o‘rtasida savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati o‘rtasida savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
245
365
Qonunchilik
Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoniga muvofiq: 1. 2018-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazilsin: oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi. 3. Quyidagilar tashkil etilsin: v) Vazirlikning markaziy apparati tarkibida vazirning Nazorat-huquqiy xizmati, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xalq ta’limi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga, pedagog kadrlarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning mehnatga majburlanishiga, ta’lim-tarbiya jarayoniga to‘sqinlik qilishning har qanday shakllariga, o‘qituvchi va o‘quvchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish; xalq ta’limi muassasalarida ichki nazoratni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etilishining, shuningdek, Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan kasbga oid odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish va profilaktika qilish. 4. Vazirlik huzurida quyidagilar tuzilsin: a) davlat unitar korxonasi shaklidagi Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi. Belgilab qo‘yilsinki: “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK ishlar va xizmatlarning yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari u bilan loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzadi, ushbu shartnomalar maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart; manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim muassasalari) qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash qiymatidan ajratmalar “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUKning daromad manbalari hisoblanadi; b) yuridik shaxs maqomisiz Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Ko‘maklashish jamg‘armasi). Quyidagilar Ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili, shu jumladan 2018-yil sentyabr oyida, 100 milliard so‘m miqdorida ajratiladigan mablag‘lar; muassisi Vazirlik hisoblangan korxonalar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foyda; umumta’lim muassasalarining mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi; xalq ta’limi muassasalari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablag‘larining, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi; xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar tomonidan tashkil etilgan xalq ta’limi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash kurslarida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 5 foizi; xalq ta’limi muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 5 foizi; davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududida o‘rnatilgan video kuzatuv kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq undiriladigan jarimalar summalarining 50 foizi; Ko‘maklashish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan, shuningdek, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — nodavlat umumta’lim tashkiloti) ko‘rsatiladigan pulli xizmatlardan olinadigan daromadlarning bir qismi; yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari; xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. Belgilab qo‘yilsinki, Ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi: Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar xodimlariga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lash; fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy ekspertlar va xorijda yashaydigan vatandoshlarni Vazirlikda ishlash uchun jalb etish; Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar balansidagi bino va inshootlarni saqlash, ulardan foydalanish, ularni qurish va ta’mirlash, zarur anjomlar, shu jumladan mebel, aloqa, kompyuterlar va boshqa vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish; Vazirlik xodimlarini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida o‘qitish, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish; Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; Vazirlik xodimlariga mamlakatda va xorijdagi xizmat safarlari xarajatlarini to‘lab berish; Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar; 5. Belgilab qo‘yilsinki: 2019-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari Ko‘maklashish jamg‘armasiga iste’mol narxlarining tegishli yildagi prognoz indeksiga teng koeffitsiyentni qo‘llagan holda ajratiladi; 2018 — 2020-yillarda Ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larining kamida 50 foizi xalq ta’limi tizimini va umumta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan oxirigacha foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari hisobiga shakllantirilgan qo‘shimcha manbalari umumta’lim muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi; shtat birliklarini qisqartirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va boshqa xarajatlarni optimallashtirish hisobidan bo‘shatilgan mablag‘lardan faqat Vazirlik tomonidan foydalaniladi. 6. Vazirlikka, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarga hamda umumta’lim muassasalariga Vazirlik huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqi berilsin va ushbu shartnomalar maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilsin. 7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilansin: umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada oshirish; umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatiga metodik rahbarlik qilish; o‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini oshirish, umumta’lim muassasalari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash, ularning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchilarning o‘quv, psixologik va jismoniy yuklamalarini optimallashtirishni hisobga olgan holda o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbga yo‘naltirish, ta’lim va tarbiyaning samarali usullarini joriy etish; umumta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish; ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; pedagog kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish; Mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoyasini ta’minlash, ularning jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashish va ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish; rivojlanishida turli nuqsonlar bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv ta’lim-tarbiya) olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish; o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitetga yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash; umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablari bajarilishini tizimli monitoring qilish; umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilarini kasbga o‘qitishni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish; ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ta’lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish. 8. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 9. Vazirlik tizimi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni o‘tkazilayotgan xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari xodimlari sonini inobatga olmagan holda 2384 nafar, shu jumladan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari soni 140 nafar, shuningdek, ishlab chiqarish xodimlari soni 3552 nafar etib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziriga: Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, boshqa idoraviy bo‘ysunuvdagi tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash; Ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning boshqaruv xodimlari shtatiga qo‘shimcha mutaxassis birliklarini kiritish; pedagog kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilash; umumta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-metodik komplekslarini nashr etish va yetkazib berish tartibini belgilash; Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida Ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilmiy va oliy ta’lim muassasalari, yetakchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislarini, shuningdek, ularning xalq ta’limi sohasidagi ekspertlarini konsultantlar sifatida jalb etish; malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni ishga qabul qilish; xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish uchun zarur xarajatlar bo‘yicha takliflarni shakllantirish hamda, zarur bo‘lganda, xorijiy qarz, grantlar va boshqa mablag‘larni jalb etish tadbirlarini amalga oshirish; Vazirlikning, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning, shuningdek, umumta’lim muassasalarining ko‘chmas mulki va boshqa mulkini samarali boshqarishni tashkil etish; idoraviy bo‘ysunuvdagi tashkilotlar, shuningdek, umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarni tashkil etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin. 10. Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xalq ta’limi tizimida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin: nodavlat umumta’lim tashkilotlari binolarini qurish uchun davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish; mavjud umumta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan nodavlat umumta’lim muassasalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini beg‘araz berish; yuklanganlik koeffitsiyenti past bo‘lgan yoxud rekonstruksiya qilish yoki ta’mirlashni (qayta jihozlashni) talab etadigan mavjud umumta’lim muassasalarini ijaraga berish; xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan nodavlat umumta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash. Belgilab qo‘yilsinki: xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin; davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari asosida tuziladi. Mazkur bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda tanlov o‘tkazilmaydi; xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni davlat tomonidan sherik sifatida Vazirlik tuzadi va xususiy sherik tomonidan kelishuv shartlarining bajarilishini monitoring qiladi; umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarning yer uchastkalari va ko‘chmas mulkini O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan boshqa tartiblar bundan mustasno. 11. Belgilansinki, xususiy sherik zimmasiga davlat-xususiy sheriklik shaklidan kelib chiqqan holda investitsiya majburiyatlarining quyidagi turlari yuklanishi mumkin: ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalardan muayyan miqdordagi o‘quvchilarni imtiyozli ravishda o‘qitish; o‘ziga o‘tkazilayotgan umumta’lim muassasalarining mavjud o‘quvchilar kontingentini sifatli o‘qitishni ta’minlash; xususiy sherikka biriktirilgan umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish; bolalarni bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga yuborish; o‘quvchilarni zamonaviy darsliklar, maktab formasi, anjomlar va boshqa maktab buyumlari bilan ta’minlash; davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlar. 12. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarning amal qilish muddatlari quyidagicha belgilansin: nodavlat umumta’lim muassasalari binolarini qurish uchun davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalari bepul asosda ijaraga berilganda — kamida 30 yil; mavjud umumta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan nodavlat umumta’lim muassasalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari beg‘araz berilganda — kamida 20 yil; yuklanganlik koeffitsiyenti past bo‘lgan yoxud rekonstruksiya qilish yoki ta’mirlashni (qayta jihozlashni) talab etadigan mavjud umumta’lim muassasalari ijaraga berilganda — kamida 30 yil; bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, shu jumladan faoliyat ko‘rsatmayotgan umumta’lim muassasalarining binolari “nol” xarid qiymatida sotilganda — kamida 30 yil; umumta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan binolari (yoki ularning bir qismi) xususiy sheriklarga maqsadli foydalanish uchun ijara to‘lovining “nol” stavkasi bilan ijaraga berilganda — 30 yilgacha; xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan nodavlat umumta’lim tashkilotlari moddiy ta’minlanganda — kamida 10 yil. Tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik shartlarida berilgan obyektlarda faoliyat boshlagan nodavlat umumta’lim tashkilotining kelishuvning amal qilish muddati davomida o‘z faoliyatini qayta ixtisoslashtirishi taqiqlanadi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3276-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat umumta’lim muassasalarini jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar 2025-yil 1-yanvarga qadar muddatga bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno); Vazirlik o‘qituvchilarning o‘z kasb faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida huquq va erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 14. Ichki ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmanomalari bo‘yicha xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidagi vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 15. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlikning buyurtmanomalariga muvofiq respublikaga xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin. 16. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida umumta’lim muassasalari rahbarlarini xalq ta’limi sohasida menejerlik ko‘nikmalarini shakllantirish kurslari (keyingi o‘rinlarda — kurslar) tashkil etilsin. Vazirlik: bir oy muddatda kurslarni tashkil etish tartibini tasdiqlasin; umumta’lim muassasalari rahbarlari xalq ta’limi tizimi rahbar kadrlari malakasini oshirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida bosqichma-bosqich kurslarda o‘qitilishini ta’minlasin. 17. Vazirlik va Qurilish vazirligi 2019-yil 1-martga qadar muddatda xalq ta’limi muassasalari bino va inshootlarining holatini yalpi xatlovdan va texnik ko‘rikdan o‘tkazsin hamda natijalari bo‘yicha ushbu muassasalarni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, mebel, inventar va boshqa texnika vositalari bilan jihozlashning 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Belgilansinki, umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlari har yili Vazirlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shakllantiriladi hamda navbatdagi yilgi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladi. 18. 2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlar o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. 19. Vazirlik: a) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda o‘qituvchi kasbining nufuzi va ijtimoiy maqomini oshirish bo‘yicha ma’rifiy dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin: O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma‘rifat” telekanalini ta’lim tizimining bosh axborot sherigi etib belgilash; jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini keng targ‘ib qilish, o‘quvchilar erishayotgan yutuqlarni ommalashtirish, ta’lim sohasidagi dolzarb muammolarni yoritish, maxsus televizion ta’lim dasturlarini uzatish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish; mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirlik va idoralar, shuningdek, ta’lim muassasalari faoliyati bilan bog‘liq boshqa tashkilotlar rahbarlarining televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan chiqishlarini tashkil etish; b) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda umumta’lim muassasalari mulkini puxta xatlovdan o‘tkazsin va natijalari bo‘yicha ulardan samarali foydalanish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin; v) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2019-yil 1-sentabrdan boshlab direktorlar menejerlik ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga doir majburiy talabni o‘z ichiga olgan direktorlarni sertifikatlashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni, shuningdek, direktor o‘rinbosarlarining mas’uliyatini oshirishni nazarda tutgan holda umumta’lim muassasalari rahbarlariga qo‘yiladigan malaka talablarini qayta ko‘rib chiqsin. 20. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga ushbu qarorga muvofiq tashkil etilayotgan muassasalar va tashkilotlar faoliyati samarali va to‘laqonli tashkil etilishi, ular ishida yuzaga keladigan muammolar o‘z vaqtida hal etilishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga ushbu qarorda nazarda tutilgan, shu jumladan Vazirlikning tegishli jamg‘armalariga o‘tkazilishi shart bo‘lgan zarur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan o‘z vaqtida va to‘liq hajmda ajratilishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga xalq ta’limi tizimi muassasalarining real ehtiyojlari 2019-yil va keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlariga to‘liq kiritilishi, xalq ta’limini, shu jumladan muvaffaqiyatli xalqaro maktab tarmoqlarini rivojlantirish uchun xalqaro grantlar va xorijiy investitsiyalar jalb etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. 21. Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni 2018-yilda ajratsin, 2019-yildan boshlab esa har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: bir oy muddatda Vazirlik to‘g‘risidagi nizomni, shu jumladan uning rahbarlari, xodimlari va bo‘linmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini tasdiqlasin; 2018-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida uzluksiz ta’limni ta’minlash sohasida idoralararo hamkorlikning samarali va barqaror mexanizmini ishlab chiqsin va joriy etsin. 23. Vazirlikning markaziy apparati va “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 2a-uyda joylashtirilsin. 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3304-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Respublika ta’lim markazi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis respublika markazi xodimlariga Vazirlikning tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etilsin. 25. Vazirlik Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvahitov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
96
26,259
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Resp
Mehnat kodeksiga va “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1.Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 4-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi XII bo‘lim qo‘shilsin: 16. Xodimning zararni bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda uni ixtiyoriy qoplash to‘g‘risidagi yozma majburiyati. Ijro xati olish uchun quyidagilar taqdim etiladi: a) xodimning to‘lovning aniq muddatlari ko‘rsatilgan zararni ixtiyoriy qoplash to‘g‘risidagi yozma majburiyatining asl nusxasi; b) yetkazilgan zararning to‘lanmagan qismi miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar; v) o‘zi yetkazgan zararni qoplashdan bosh tortgan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi; g) qarzdorning ogohlantirishni olganligi to‘g‘risidagi tilxati bilan birga qarzni to‘lash haqida qarzdorga berilgan ogohlantirish xatining nusxasi”. 2. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “Notariat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berish va litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘lash tartibi to‘g‘risida” 1997-yil 10-martdagi 126-son qarori; Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qaroriga ilovaning 11-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
250
1,839
Qonunchilik
SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida” 2004-yil 9-iyuldagi PF-3454-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek sanoatda, gaz ta’minotida ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va kon nazorati sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 5. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bir oy muddatda: formali kiyim-bosh namunalarini, farqlash belgilarini va ularni taqib yurish tartibini; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda formali kiyim-boshni berish norma va muddatlarini hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq inspeksiya tomonidan solinadigan jarimalar hisobiga tashkil etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. Belgilab qo‘yilsinki, inspeksiya xodimlarini formali kiyim-bosh bilan ta’minlash xarajatlarining 30 foizi budjet mablag‘lari, 70 foizi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qoplanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 7-apreldagi 130-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 17-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori 13-bandining birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qaroriga 1—4-ilovalarning matnida: “Sanoatkontexnazorat” — Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi va “Sanoatkontexnazorat” agentligi”ga ko‘rsatmalar tegishli ravishda “Sanoatkontexnazorat” — O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi”ga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin; “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi raisi”, “Sanoatkontexnazorat” agentligi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-ilova II bo‘limi 1-bandining birinchi xatboshida “Sanoatkontexnazorat” agentligi tomonidan amalga oshiriladi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geologiya va marksheyder xizmatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 1-apreldagi 168-son qaroriga 1-ilova 8-bandining beshinchi xatboshida va 2-ilova 8-bandining beshinchi xatboshida “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-iyundagi 286-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) ilovada “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda): a) 2-bandda “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada: 1-banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan ishlarning xavfsizligi qoidalari”; 4. 60-kichik banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2001-yil 1-noyabrdagi 434-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 62-modda) ilovadagi 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda): 4 va 5-bandlardagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-ilova 5-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 31-banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” hamda “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-apreldagi 145-son qarori 9-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 23-modda) ilovada 11-band chiqarib tashlansin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika gaz ta’minotini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qaroriga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 6-noyabrdagi 489-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 111-modda): 1-ilovaning 2-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga (1-ilova) ilovada “Sanoatkontexnazorat” agentligi”, “Sanoatkontexnazorat” agentligiga”, “Sanoatkontexnazorat” agentligining” va “Sanoatkontexnazorat” agentligi tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga”, “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining” va “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda) 1-ilovaning 14-bandidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi”, “Agentlik tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi”, “Inspeksiya tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
159
9,304
Qonunchilik
Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning 54-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-son “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/12-son qarori (ro‘yxat raqami 992-1, 2004-yil 20-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 16-son, 192-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning 54-bandi o‘ninchi xatboshisidagi “va terrorizmni” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
145
1,102
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 29-avgustdagi O‘RQ-559-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 43-son, 530-modda): a) 1-ilovaning 71-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “71. O‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni ko‘paytirish yuzasidan jamoatchilik nazorati fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”; b) 2-ilovaning 114-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “114. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va ularni qayta ko‘paytirish, muhofaza qilish yuzasidan jamoatchilik nazorati — fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”. 2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda: a) 3-bandga “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlaridan keyin “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” so‘zlari qo‘shilsin; b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. Jamoatchilik ekologik nazorati: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; ommaviy axborot vositalari; nodavlat notijorat tashkilotlar; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (keyingi o‘rinlarda fuqarolar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”; v) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “13. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda ushbu Namunaviy nizomning 5-bandida sanab o‘tilgan tamoyillar bilan bir qatorda demokratizm, ijtimoiy adolat, mustaqillik, jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam, mahalliy urf-odatlar va an’analar ta’minlanishi kerak”; g) 21-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; d) 22-bandning birinchi xatboshidagi “o‘z ustavlariga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin; e) 25-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari” so‘zlari “Fuqarolar” so‘zi bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 39-son, 780-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi to‘g‘risida nizomning 47-bandidagi “Fuqarolarning” so‘zi “Ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalarining 55-bandidagi “Fuqarolarning” so‘zi “Ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalarining 46-bandidagi “Fuqarolarning” so‘zi “Ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
249
4,527
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; patent bojlari, asarlarni va turdosh huquqlar obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov tushumlari hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag‘lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi huzuridagi “Patent-Press” sho‘ba korxonasi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi huzuridagi “Intellekt Ekspert” davlat unitar korxonasiga aylantirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini va faoliyatining tashkiliy masalalarini belgilaydi. 2. Agentlik intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Agentlik mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi va ularning faoliyatini nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Agentlik o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Quyidagilar Agentlikni moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; patent bojlari, asarlarni va turdosh huquqlar obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov tushumlari hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag‘lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Bunda Agentlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va Agentlikning joriy ta’minoti budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan dumaloq muhrga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, bank, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquq egalari huquqlarini himoya qilish; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va boshqa intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; innovatsiya texnologiyalari va ixtirolarni, ilmiy-texnika va sanoat ishlanmalarini, seleksiya yutuqlarini, badiiy-konstruktorlik va ijodiyot ishlarining boshqa turlarini ishlab chiqarishga keng joriy etishga har tomonlama ko‘maklashish; patent hujjatlarining davlat fondini va intellektual mulkning rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni saqlash va ulardan foydalanish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash; intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini qat’iy nazorat qilish, vakolatli davlat organlari bilan birgalikda kontrafakt tovarlarning respublika hududiga noqonuniy olib kirilishi va aylanishining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rishda qatnashish; audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish; intellektual mulkni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari uchun intellektual mulk sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. 8. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi hamda ularni amalga oshirishda bevosita qatnashadi; intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda ko‘rib chiqish uchun ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi; innovatsiya texnologiyalari va ixtirolar, ilmiy-texnika va sanoat ishlanmalari yaratilishini, seleksiya yutuqlarini, badiiy-konstruktorlik hamda ijodiyot ishlarining boshqa turlarini rag‘batlantirish, ularni, shu jumladan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va modernizatsiya qilish doirasida ishlab chiqarishga keng joriy etishni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomiga nisbatan muhofaza hujjatlari berish yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari davlat ekspertizasini amalga oshiradi, arizada ko‘rsatilgan obyektlarning ustuvorligini belgilaydi; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, muhofaza hujjatlarini beradi, O‘zbekiston Respublikasidagi barchaga ma’lum bo‘lgan tovar belgilarining tegishli reyestrlarini va Ro‘yxatini yuritadi; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xulosalari asosida arizada ko‘rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga loyiqlik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalariga ko‘ra muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; berilgan buyurtmanomalarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalariga ko‘ra ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovarlarning kelib chiqish joylari nomiga, integral mikrosxemalar topologiyalariga nisbatan muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; muhofaza va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi; intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga huquqlar berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni o‘zgaga to‘liq yoki qisman berish haqida yoxud ularning garov huquqi to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda tegishli reyestrlarni yuritadi; intellektual mulkning rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi; fan, adabiyot va san’at asarlarini, aralash huquqlar obyektlarini, shuningdek aralash huquqlar mualliflari va subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi, ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilangan namunada guvohnoma beradi; O‘zbekiston Respublikasi hududida intellektual mulk obyektlaridan foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar hisobini yuritadi; Agentlikning byulletenlari va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar va materiallarni nashr etishni tashkil qiladi va amalga oshiradi; patent bo‘yicha vakolatli xodimlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazadi, patent bo‘yicha vakolatli vakillarning davlat reyestrini yuritadi; mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlarning faoliyatini nazorat qiladi va ularning faoliyatiga ko‘maklashadi; intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar bo‘yicha qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik va buzilgan huquqlarni tiklash, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish, shu jumladan nohalol raqobatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘radi; intellektual mulk sohasidagi huquq buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish, kontrafakt mahsulotlarning respublika hududiga olib kirilishi va aylanishining oldini olish borasida huquqni muhofaza qilish, bojxona, soliq va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi; intellektual mulk subyektlari huquqlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi; patent hujjatlarining davlat fondini to‘ldirish ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi, uning saqlanishini ta’minlaydi va shu asosda manfaatdor tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarga kutubxona-bibliografiya, ma’lumotnoma-axborot xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qiladi; patent-axborot xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar miqdorini belgilangan tartibda tasdiqlaydi; intellektual mulk obyektlaridan qonunga muvofiq foydalanilishini belgilaydi va ekspert xulosalari beradi; intellektual mulk sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashadi; intellektual mulk obyektlarini yaratish va joriy etish, ularni huquqiy muhofaza qilish va himoya qilishning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ahamiyatini keng yoritish tadbirlarini amalga oshiradi; tadbirkorlik subyektlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi mansabdor shaxslarining, keng aholi qatlamlarining intellektual mulk sohasidagi bilimlari va huquqiy savodxonligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, intellektual mulk sohasida kadrlar tayyorlash uchun o‘quv-metodik bazaning rivojlantirilishini ta’minlaydi; intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi; intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida manfaatdor shaxslarga metodik yordam ko‘rsatadi; fuqarolar va yuridik shaxslarning intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha ariza va shikoyatlarini qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqadi; intellektual mulk masalalari bo‘yicha ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi va ularda qatnashadi. tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatini litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash sohasida litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 9. Agentlik Jahon intellektual mulk tashkilotida hamda intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi. 10. Agentlik: intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro shartnomalar tuzish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi hamda Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga binoan, ko‘rsatib o‘tilgan shartnomalarni imzolaydi; intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida tegishli xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi, belgilangan tartibda idoralararo shartnomalar tuzadi; xorijiy patent idoralari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlari va patentga oid huquqiy adabiyotlarni xalqaro ayirboshlashni amalga oshiradi, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi chet el tajribasini o‘rganish va undan foydalanishni tashkil qiladi; intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi, ushbu hamkorlik doirasida intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ishida qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi. 11. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslardan zarur axborotlar, hujjatlar va materiallarni belgilangan tartibda so‘rash va olish; intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish; ixtirochilik va ijodiyotning boshqa turlari sohasidagi ulkan yutuqlar uchun O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, integral mikrosxemalar topologiyasi yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallarni buyurtmachilardan belgilangan tartibda so‘rash; intellektual mulk obyektlari yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalarning muhokamasini tashkil etish va o‘tkazish, ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish uchun buyurtmachilarni va ularning vakillarini taklif etish; belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, intellektual mulk sohasidagi ilmiy-metodik va axborot materiallarini, davriy nashrlarni hamda boshqa matbaa mahsulotlarini chop etish va tarqatish; intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqni himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun mamlakatimizdagi va xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish; budjetdan tashqari mablag‘lar jamg‘armalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantirish; o‘z xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish. Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 12. Agentlik o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Agentlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir. 13. Agentlik: o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmatlar ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, integral mikrosxemalar topologiyalari bo‘yicha buyurtmanomalarni davlat ekspertizasidan o‘tkazishning o‘z vaqtidaligi, sifati va maxfiyligi; budjet mablag‘laridan va patent bojlari undirish mablag‘laridan, asarlarni va turdosh huquqlar obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov tushumlaridan hamda Agentlik tasarrufida qoladigan boshqa nosoliq to‘lovlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan javob beradi. 14. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Bosh direktor (keyingi o‘rinlarda Bosh direktor deb ataladi) boshchilik qiladi. Bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan o‘rinbosari bo‘ladi. 15. Bosh direktor: Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; Agentlik tuzilmasiga xodimlarning umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, Agentlikning shtatlar jadvalini, shuningdek xarajatlari smetasini tasdiqlaydi; Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi; Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; o‘z vakolatlari doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va yo‘riqnomalar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi; respublikada va chet davlatlarda Agentlik manfaatlarini ifodalaydi. Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 16. Agentlikda Bosh direktor (hay’at raisi), uning o‘rinbosari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Bosh direktor taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi: Agentlik faoliyatining intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yanada takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish; innovatsiya texnologiyalari va ixtirolar, ilmiy-texnika, sanoat ishlanmalari, seleksiya yutuqlari, badiiy-konstruktorlik va ijodiyot ishlarining boshqa turlarini yaratish, rivojlantirish va keng joriy etishga ko‘maklashish; Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish. Hay’at Agentlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega. Hay’at majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Hay’at qarorlari Bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda, Bosh direktor paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yozma shaklda ma’lum qilishlari mumkin. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi. 17. Agentlikda ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarning kelib chiqish joylari nomini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq apellatsiyalarni, shuningdek tovar belgilarini O‘zbekiston Respublikasida umumiy e’tirof etilgan deb tan olish to‘g‘risidagi arizalarni sudgacha ko‘rib chiqish uchun Apellatsiya kengashi tuziladi. Apellatsiya kengashi tarkibiga Bosh direktor, uning o‘rinbosari, Agentlikning eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek intellektual mulk sohasidagi mustaqil olimlar va mutaxassislar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 18. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishning muhim masalalari bo‘yicha muammolarni ilmiy tahlil qilish, ko‘rib chiqish va tavsiyalar ishlab chiqish uchun Agentlikda uning yuqori malakali xodimlaridan, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar va tashkilotlar vakillari, intellektual mulk sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan Ilmiy-texnika kengashi tuziladi. Ilmiy-texnika kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi. 19. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini, ta’lim muassasalarining o‘qituvchilar tarkibini, patent sohasidagi vakolatli xodimlarni, tadbirkorlik subyektlarini va intellektual mulk sohasidagi boshqa manfaatdor shaxslarni o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida Agentlik huzurida Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta o‘qitish va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etiladi. Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta o‘qitish va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazi to‘g‘risidagi nizom Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi. 20. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 32-modda) 1-bandi hamda qarorga 1 va 2-ilovalar. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 16-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 58-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ–111-sonli Qonuni) 2008-yil 7-maydagi 89-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 16-modda) ilova 1-bandining 1-kichik bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 21 va 43-bandlari.
107
24,813
Qonunchilik
Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni ko‘mish hamda maxsus poligonlarni qo‘riqlash va saqlash tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida
Zaharli kimyoviy, toksik moddalarni va ularning qadoqlash idishlarini ko‘mish, shuningdek maxsus poligonlarni qo‘riqlash va saqlash tartibini belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladilar: 1. Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni ko‘mish hamda maxsus poligonlarni qo‘riqlash va saqlash tartibi to‘g‘risida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni maxsus poligonlarga ko‘mish, shuningdek poligonlarni qo‘riqlash va saqlash tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarning qadoqlash idishlarini ko‘mish uchun ham tatbiq etiladi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: zaharli kimyoviy moddalar — o‘simliklarning zararkunandalari va begona o‘tlarga qarshi kurashishda ishlatiladigan kimyoviy preparatlar (vositalar), shuningdek qishloq xo‘jalik ekinlari uchun qo‘llaniladigan tayyor holdagi preparatlar; toksik modda — iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo‘llaniladigan, odamlar va jonivorlar sog‘lig‘iga yoki atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatadigan modda; maxsus poligon — taqiqlangan, yaroqlilik muddati o‘tgan, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni hamda ularni qadoqlash idishlarini ko‘mishga mo‘ljallangan maxsus yer uchastkasi va inshootlar majmuasi; maxsus transport vositalari — zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni hamda ularni qadoqlash idishlarini tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari. 2. Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni hamda ularni qadoqlash idishlarini xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘milishi taqiqlanadi. 3. Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalardan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ularni belgilangan maqsadga ko‘ra foydalanishlari, ularni hisobini yuritishlari va ularni o‘ziga xos xususiyatlari haqida xabardor bo‘lishlari lozim. 4. Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar hamda ularni qadoqlash idishlari quyidagi hollarda ko‘miladi: zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarning idishlarida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganda; foydalanuvchilar tomonidan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni maxsus transport vositalarida tashish va saqlash qoidalariga to‘la rioya qilmaslik natijasida yaroqsiz holga kelganda; foydalanilishi taqiqlangan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar aniqlanganda va boshqa hollarda. 5. Foydalanishi taqiqlangan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar aniqlanganda, ularni maxsus poligonlarga ko‘mish bo‘yicha qaror qabul qilingunga qadar, mulk egasi ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlarida saqlanadi. 6. Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni hamda ularni qadoqlash idishlarini maxsus poligonlarga ko‘mish ishlari “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari (bundan buyon matnda “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 7. Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar hamda ularni qadoqlash idishlarini maxsus poligonlarga ko‘mish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan ariza bilan murojaat qiladilar. 8. Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar hamda ularni qadoqlash idishlarini maxsus poligonlarga ko‘mish ishlari yakunlangandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy organlari va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlarining mas’ul xodimlari tomonidan zaharli kimyoviy va toksik moddalarni hamda ularni qadoqlash idishlarini maxsus poligonlarga ko‘mish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi. 9. “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJi xo‘jalik yurituvchi subyektlari bilan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar hamda ularni qadoqlash idishlarini maxsus poligonlarga tashish va ko‘mish bo‘yicha shartnoma tuzadilar. 10. Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni hamda ularni qadoqlash idishlarini maxsus poligonlarga transport vositalarida tashish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 11. Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni hamda ularni qadoqlash idishlarini transport vositalarida tashish, ortish, tushirish jarayonida qutilarni pachoqlash, og‘zini ochish va teshishga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 12. Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni hamda ularni qadoqlash idishlarini maxsus poligonlarga ko‘mish bo‘yicha “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar “O‘zkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tarif stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi. 13. Maxsus poligonlarning joriy xarajatlarini moliyalashtirish Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari hisobidan hamda “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJning xo‘jalik yurituvchi subyektlarga zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni hamda ularni qadoqlash idishlarini maxsus poligonlarga tashish va ko‘mish bo‘yicha ko‘rsatayotgan xizmatlari uchun kelib tushadigan mablag‘lari hisobidan, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 14. “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJi xodimlari maxsus poligonlarni qo‘riqlash va saqlash ishlariga xavfli kimyoviy moddalar bilan xavfsiz ishlashga o‘qitilgan bo‘lishi, xavfsizlik texnikasiga amal qilishi hamda yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 15. Begona shaxslarni, jonivorlarni va avtotransport vositalarni kiritmaslik maqsadida xavfli zona hududi o‘rab olinishi, qo‘riqlanadigan hududni qo‘riqlayotgan xodimlar uchun maxsus xonalar bo‘lishi, hududda kuzatuv olib borish va kirish uchun maxsus post (joy)lar belgilanishi lozim. 16. Maxsus poligonlar hududida avariya holatlari oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. 17. Maxsus poligonlarni quyidagi tashkilotlar nazorat qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari – ekologik me’yorlarga rioya etilishi bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy organlari – zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar hamda ularni qadoqlash idishlari bilan ishlashda belgilangan sanitariya me’yorlari va qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy organlari – vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda ularni muvofiqlashtirib borish ishlari bo‘yicha. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining hududiy organlari – yer osti suvlari holati bo‘yicha doimiy kuzatuvlarni olib borish bo‘yicha. 18. Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalardan foydalanish bo‘yicha monitoring O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi. 19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 20. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “O‘zkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
146
7,829
Qonunchilik
Soliq auditini oʻtkazish tartibi belgilandi
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Soliq auditini oʻtkazish toʻgʻrisida nizom (30.06.2020 yilda 3251-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) qabul qilindi. Soliq kodeksiga muvofiq, soliq auditi soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarning hisoblanishi hamda toʻlanishining toʻgʻriligini tekshirish maqsadida, uning buхgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini oʻrganish va taqqoslash yoʻli bilan oʻtkaziladi. Jinoyat ishi doirasida soliq toʻlovchining moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish etish Jinoyat-protsessual kodeks va Soliq kodeksi talablari asosida oʻtkaziladi. Nizomga muvofiq, soliq auditi quyidagi soliq toʻlovchilarda oʻtkaziladi: Soliq auditi: Nizomda nazarda tutilishicha, soliq auditi: Soliq auditi natijalari tekshiruv tamomlangandan keyin 3 kun ichida Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimiga kiritiladi. Nizomda quyidagilarni amalga oshirish tartibi belgilangan: Hujjatda soliq auditining ishtirokchilari ham sanab oʻtilgan va soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish tartibi koʻrsatilgan.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2020 yildan kuchga kirgan. Bahodir Qayumov.
43
1,205
Qonunchilik
“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-823-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-823-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
207
373
Qonunchilik
Teхnik reglamentlarni buzganlik uchun 10 EKIHgacha jarima joriy etildi
20.07.2018 yildagi OʻRQ–485-son Qonun bilan teхnik reglamentlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi. Eslatib oʻtamiz, «Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq, teхnik reglamentlar – teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar va хizmatlar хavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat. Ular 2 хil boʻladi: Standartlardan farqli ravishda teхnik reglamentlar torroq hujjat hisoblanadi, sababi faqat mahsulot хavfsizligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan va, aytaylik, sifat masalalariga daхl etmaydi. Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’yektlariga koʻproq erkinlik berish maqsadida «Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunning 22-moddasida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar oʻrniga teхnik reglamentlarni joriy etish yoʻli bilan ulardan sekin-asta voz kechish nazarda tutilgan. Bunda 2009 yilda «Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilingan paytdan buyon teхnik reglamentlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmagan edi. MJTKning 212-moddasi boʻyicha faqat standartlarga rioya etmaganlik uchun jazolardilar. Endi kamchilik toʻldirilib, moddaning amal qilishi teхnik reglamentlarga ham tatbiq etiladigan boʻldi. Eslatib oʻtamiz, mazkur modda boʻyicha fuqarolar uchun jarima miqdori 3 EKIHgacha, mansabdor shaхslar uchun esa 10 EKIHgacha etib belgilanishi mumkin.   Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni quyidagilar koʻrib chiqadi: Shu tariqa, 10 EKIH miqdoridagi eng yuqori miqdordagi jarimani ular tayinlay olmaydilar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida huquqbuzarlik sodir etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning хodimlari, tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaхslarning mansabdor shaхslari va (yoki) boshqa хodimlari yuzasidan ish koʻrilayotganda 7 EKIHdan ortiq miqdordagi jarimani ma’muriy sud tayinlashga haqli. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning muhofaza ob’yekti sifatida teхnik reglamentlar MJTKning 126-moddasiga (koʻzgusimon va tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) nostandart oynali, shuningdek tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish), 152-moddasiga (radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish) va 173-moddasiga (standart talablariga yoki teхnik shartlarga javob bermaydigan yonilgʻi-moylash materiallarini realizatsiya qilish) ham kiritildi.  Qonun Xalq soʻzi gazetasida 21.07.2018 yilda e’lon qilingan, mazkur oʻzgartirishlar 3 oy oʻtgach (21.10.2018 yilda) kuchga kiradi. Samir Latipov.
70
2,575
Qonunchilik
Rasmiy saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi tasdiqlandi
Moliya vazirining buyrugʻi bilan Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami, 3299, 07.05.2021 y.). Nizom barcha darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarini tasarruf etuvchilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining rasmiy saytida ma’lumotlarni joylashtirish tartibini belgilaydi. Xususan, nizom quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Bundan tashqari, nizomga asosan, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etiladigan soliq va bojхona imtiyozlarining roʻyхati va miqdori e’lon qilinadi. Shuningdek, belgilanishicha, davlat organlari oʻzlarining rasmiy saytlariga har chorakda byudjetdan tashqari jamgʻarmalarining daromad va хarajatlarini joylashtirib borishi kerak. Moliya vazirligi byudjet tashkilotlarining хarajatlari ijrosi, byudjetdan tashqari mablagʻlar tushumi va хarajatlari hamda davlat хaridlari yuzasidan ma’lumotlarni tizimlashtirilgan holda tuman (shahar)lar kesimida joylashtirib boradi. Davlat qarzining holati va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25 sanasiga qadar "Ochiq byudjet" aхborot portaliga joylashtirib borish rejalashtirilmoqda. Qayd etish joizki, qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlarga asosan byudjet shaffofligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni rasmiy saytlarda joylashtirishni rad etish joriy yilning 1 aprelidan boshlab byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish hisoblanadi va mansabdor shaхslarni BHMning ikki baravari miqdorida jazolash uchun asos hisoblanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.05.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
64
1,933
Qonunchilik
Koʻp bolali oilalar, nogironlar, audit – deputatlar qanday qarorga keldilar
Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi. Bugungi kunda «koʻp bolali oila» tushunchasi 21 ta qonun hujjatida, shu jumladan 5 ta qonunda turlicha talqin qilinmoqda. Shu sababli berilayotgan imtiyozlardan haqiqatda muhtoj boʻlgan oilalarning teng huquqli ravishda foydalanish imkoniyati mavjud boʻlmayapti, ijtimoiy adolat prinsipiga rioya etilmayapti. Shu munosabat bilan deputatlar tomonidan Oila, Soliq, Mehnat kodekslariga, «Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida»gi Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga tuzatishlar birinchi oʻqishda qabul qilindi. Birхillashtirilgan koʻp bolali oila tushunchasi kiritilmoqda, unga koʻra ota-ona yoki ulardan biri bilan birga yashayotgan toʻrt va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan, shuningdek kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim olayotgan 22 yoshga toʻlmagan talabalar boʻlgan oilalar koʻp bolali oilalar hisoblanadi. Quyidagi qonun loyihalari deputatlar tomonidan yanada takomillashtirish uchun tegishli soha qoʻmitalariga yuborildi:
75
1,020
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasi faoliyatining normativ-huquqiy bazasini tartibga solish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11 maydagi PF-3751-son Farmoniga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi orqali Jamg‘armaning muassisi hisoblanadi”. 2. 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlatning Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘larini jamlash”. 3. 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
107
959
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish va uglevodorod xomashyosi zaxiralari o‘sishini ta’minlash, shuningdek, tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish uchun ishlarni boshlab qo‘yish maqsadida: 1. “O‘zbekneftgaz” MXKning 2017 — 2019-yillarda neft va gazga boy Ustyurt mintaqasi markaziy qismidagi Berdaq va Quanish-Koskala ko‘tarma g‘ovlarida hisoblab chiqilgan qiymati 456,8 million AQSh dollari miqdoriga teng geologiya-qidiruv ishlari (keyingi o‘rinlarda — geologiya qidiruv ishlari)ni olib borish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin: Quyi Yura yotqiziqlarining neft va gazga boyligini ta’minlash sifatli baholash va uning istiqbollarini tasdiqlash uchun “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlari asosida ilgari ochilgan konlar (Arslon, Inom, Sayxun va boshqa konlarda) hisoblab chiqilgan qiymati 157,7 million AQSh dollariga teng Quyi Surgil (2 quduq), Quyi Shimoliy Berdaq (2 quduq) va daryo strukturalarida (1 quduq) beshta birinchi navbatdagi qidiruv quduqlari hamda 14 ta qidiruv-razvedka quduqlarini I bosqichda 2017-yil qurib bitkazish; 2018-2019-yillardagi II bosqichda I bosqichdagi geologiya-qidiruv ishlarining natijalariga ko‘ra 2D va 3D usuli bilan seysmik razvedka hamda elektrorazvedka ishlarini o‘tkazish, hisoblab chiqilgan qiymati 299,1 million AQSh dollariga teng qo‘shimcha 51 ta qidiruv-razvedka quduqlarini bosqichma-bosqich burg‘ulash va qurilishni nihoyasiga yetkazish. 3. “O‘zbekneftgaz” AJ tashkilotlari, istisno tariqasida, 2017 — 2019-yillar davrida ushbu qarorda ko‘zda tutilgan geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazishga yo‘naltiriladigan xorijiy valyutadagi xarajatlar summasiga teng valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan ozod qilinsin. 4. “O‘zbekneftgaz” AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan kelishilgan holda geologiya-qidiruv ishlarining har yilgi dasturi tasdiqlanishini ta’minlasin, bunda: loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish uchun mablag‘larga bo‘lgan talab ehtiyojni, uning parametrlarini va qidiruv razvedka quduqlari qurilishini tugallash qiymatini aniqlash; geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash. 5. “O‘zbekneftgaz” AJga, istisno tariqasida, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida mahsulot tayyorlovchi zavodlar yoki ularning rasmiy vakillari bilan, tender savdolari o‘tkazmasdan, vakolatli organlarda belgilangan tartibda narxlarni ekspertizadan o‘tkazgan holda asbob-uskunalar va moddiy-texnika resurslarini xarid qilishga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin. 6. “O‘zbekneftgaz” AJ Kuzatuv kengashi (G‘.I. Ibragimov) ushbu qarorda nazarda tutilgan obyektlarning belgilangan muddatda ishga tushirilishini ta’minlagan holda geologiya-qidiruv ishlarining vaqtida amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
136
3,067
Qonunchilik
“O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb t
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-sonli “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 25-avgustdagi 38, 35/QQ, 01-276-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1847, 2008-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 35-36-son, 352-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,217
Qonunchilik
“Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 6-iyunda qabul qilingan “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
76
472
Qonunchilik
MAKROIQTISODIY RIVOJLANTIRISh, TARKIBIY O‘ZGARTIRIShLAR, XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB ETISh VA HUDUDLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISh MASALALARI YIG‘MA AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma departament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Yig‘ma departamentning faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan: mamlakat iqtisodiyotidagi tendensiyalar va tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ijtimoiy rivojlanishning o‘sishini o‘tkazilayotgan soliq-budjet, pul-kredit, tashqi iqtisodiy va valyuta siyosati bilan bog‘liq holda chuqur va kompleks tahlil qilish, shuningdek makrodarajada, tarmoqlar va hududlar bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi nomutanosibliklarni aniqlash; iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash ko‘lamlarini va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari tizimi asosida demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarining tizimli monitoringini va tahlilini amalga oshirish; makroiqtisodiy muvozanatlilikni va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashga, mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga, bank-moliya tizimini isloh qilishni davom ettirishga va barqarorligini oshirishga hamda aholi bandligi va turmush darajasini yuksaltirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ustuvor vazifalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati va respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhiti samaradorligi, shuningdek iqtisodiyotga investitsiyalar jalb etish dinamikasining tizimli monitoringini olib borish; birinchi navbatda tashqi savdo aylanmasi muvozanatliligini kuchaytirish, eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar va xizmatlar importi hajmlari hamda tarkibini maqbullashtirish bo‘yicha yagona tashqi iqtisodiy siyosat o‘tkazilishini muvofiqlashtirish, shuningdek jahon va mintaqaviy bozorlar konyunkturasi tahlili asosida bojxona-tarif va notarif siyosatini tartibga solish, mamlakatimiz mahsulotlari eksporti tarkibini takomillashtirish va hajmlarini ko‘paytirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; investitsiya hajmlarini ko‘paytirish va tarkibini diversifikatsiyalash, shuningdek prognoz parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib investitsiya loyihalari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etish; importning hajmi va tuzilmasini, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan shartnomalarni har tomonlama tahlil qilish hamda mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek Mahalliylashtirish dasturining tasdiqlangan parametrlariga erishish yuzasidan tizimli monitoringni tashkil etish; tarmoqlar, hududlar va umuman mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ularning qisqa muddatli va uzoq muddatli davrdagi samaradorligini kompleks baholashni o‘z ichiga oladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar darajasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishining kompleks va qat’iy nazorat qilinishini ta’minlash; makroiqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini barqaror rivojlantirish hamda respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish masalalarida Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari, markaziy iqtisodiyot organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini Yig‘ma departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tahliliy axborotlar bilan ta’minlash. 3. Yig‘ma departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Yig‘ma departament o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga bo‘ysunadi va ayni bir vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. 5. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil boshqarmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil guruhlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga va Yig‘ma departamentga hisobot beradi. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari rahbarlari, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan hududiy bo‘linmalar mutaxassislari lavozimga tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan, Yig‘ma departament mudiri bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Yig‘ma departament Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga rahbarlik qiladi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi. 8. Quyidagilar Yig‘ma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) makroiqtisodiy rivojlantirish va bank-moliya tizimini isloh qilish sohasida: mamlakatda iqtisodiy, tarkibiy, institutsional va ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish, markaziy iqtisodiy idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish asosida mamlakatni makroiqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollarini tahlil qilish; makroiqtisodiy mutanosiblikni, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini, mamlakat aholisini ish bilan band etish va ularning turmush darajasini oshirishni ta’minlashning strategik vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning samaradorligini oshirish, bank-moliya tizimini isloh qilishni davom ettirish hamda mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; makroiqtisodiy ahvol va iqtisodiyotdagi tarkibiy sifat o‘zgarishlari, rivojlanishning kompleks maqsadli dasturlari amalga oshirilishi, shu jumladan ma’lumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida bank-moliya tizimini isloh qilish monitoringi tizimini yaratish; iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash ko‘lamlarini va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari tizimi asosida demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarining tizimli monitoringini va tahlilini amalga oshirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar, shu jumladan bank-moliya tizimini isloh qilish bo‘yicha maqsadli dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari loyihalarini respublikaning strategik manfaatlari va maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan ekspert baholash, ularning rivojlanish makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga ta’sirini baholash; b) ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlar, shuningdek investitsiya loyihalari bajarilishini nazorat qilish sohasida: yuqori qo‘shilgan qiymatli, jahondagi va mintaqaviy bozorlarda barqaror ravishda xaridorgir bo‘lgan, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan ustuvor tarmoqlarni jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan sanoatdagi tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish; sanoat ishlab chiqarishlarini modernizatsiyalash va texnik jihatdan yangilashga, ularda ilg‘or innovatsiya texnologiyalarini jadal joriy etishga, mehnat unumdorligini oshirishga, sanoat uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tahlil qilish; iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash, aholini ish bilan band etish, ularning daromadlarini ko‘paytirish va turmush darajasini oshirishni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlar, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, innovatsion rivojlanish mexanizmini izchil joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tarmoqlarda va respublika mintaqalarida islohotlarning borishi monitoringi va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, investitsiya dasturi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik jihatdan yangilash va texnologiya bilan qayta jihozlash dasturlari amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini tashkil etish; Investitsiya dasturi, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringi natijalarini umumlashtirish va kompleks tahlil qilish, ular asosida tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish; aniq investitsiya dasturlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari loyihalarini har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan o‘tkazish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning samarali va eng maqbul sxemalarini tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlash; Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning Investitsiya dasturiga, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashning tarmoq va hududiy dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari o‘z vaqtida tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan muhim tarkibiy islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy muammolari bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari loyihalarini ekspert baholash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish; tarmoqlar va hududlar darajalarida iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish; v) eksport salohiyatini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, importni maqbullashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish sohasida: mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va jahon bozorida konyunktura o‘zgarishini tahlil qilishdan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda, eksport tarkibida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ulushi yanada o‘sishi hisobiga eksport salohiyatini oshirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, mamlakat korxonalari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining eksport salohiyatini kengaytirish yuzasidan nazoratni amalga oshirish; respublika tarmoqlari va korxonalari bo‘yicha eksport qilinayotgan mahsulotlar hajmlari, tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish hamda shu asosda mamlakatimiz mahsulotlarining raqobatbardoshliligini mustahkamlash va ularni jahon va mintaqaviy bozorlarga kiritish, mamlakatimiz mahsulotlarini eksport qilishni ko‘paytirishni rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish va ularning tarkibini takomillashtirish, tashqi savdo aylanmasi muvozanatliligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; mahsulot eksportining yillik prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan eksportga mahsulot yetkazib berish hajmi va turlari bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish; import qilinadigan mahsulot hajmi va turlari chuqur tahlil qilinishini tashkil etish, shu asosda importni yanada maqbullashtirish, import bojxona bojlarini va bojxona ma’murchiligi usullarini takomillashtirish, butlovchi buyumlar va uzellar, materiallar, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tarmoq ichki kooperatsiyasini rivojlantirishni va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni tizimli tahlil qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida tasdiqlangan parametrlarga erishilishi yuzasidan tizimli monitoringni tashkil etish; respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhitini, xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarni qo‘llash samaradorligini har tomonlama tizimli tahlil qilishni, iqtisodiyotni modernizatsiyalashning ustuvor loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilash uchun xorijiy investitsiyalar va grantlarni, birinchi navbatda to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyalarni jalb etish bo‘yicha yanada qulay muhitni shakllantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishni ta’minlash; xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xorijiy investorlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shu jumladan xorijiy investorlar va kreditorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring olib borish va tizimli nazoratni amalga oshirish; Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, (texnik-iqtisodiy hisob-kitobini), moliyalashtirish sxemalarini ko‘rib chiqish; import hajmi va turlarini chuqur tahlil qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish yo‘nalishlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlashtirish uchun tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ro‘yxatlari bo‘yicha takliflarni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; potensial investorlarni O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya muhiti to‘g‘risida, shu jumladan investitsiya qo‘yish jarayonining asosiy tartib-qoidalari masalalari, shuningdek taklif etilayotgan investitsiya hajmlari haqidagi axborot bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish; xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek amalga oshirilishi tavsiya qilinayotgan investitsiya takliflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni potensial xorijiy investorlar va kreditorlarga yetkazish; respublikaga texnik ko‘maklashish mablag‘lari va muruvvat yordamini jalb etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga grantlar jalb etish hajmini ko‘paytirishni tizimli asosda ta’minlaydigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish chora-tadbirlarini qo‘llash ishlarini muvofiqlashtirish; g) xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish sohasida: ma’lumotlarning turkumlashtirilgan elektron bankini shakllantirish va yuritish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakuni bo‘yicha erishilgan ahdlashuvlar, shuningdek xorijiy mamlakatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar bilan tashqi savdo, investitsiya va moliyaviy hamkorlikning qabul qilingan dasturlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish, shuningdek xorijiy mamlakatlar, xalqaro tuzilmalar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, respublikaning boshqa organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash hamda mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda va jahon bozoridagi konyunktura o‘zgarishini tahlil qilish asosida xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikning ustuvor vazifalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish masalalari bo‘yicha xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda boshqa investorlar bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, shuningdek hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasi bo‘yicha shart-sharoitlar yaratishda va chora-tadbirlar bajarilishi monitoringini olib borishda qatnashish. 9. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: mamlakatni va mintaqalarni makroiqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, davlat dasturlari va hududiy dasturlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalari yaratilishi, yuritilishi va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi; o‘zi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi; hududlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari ijrosini, shu jumladan joyiga borgan holda o‘rganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini, ularni ishlab chiqishni hamda kelishishni amalga oshiradi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha majlislarini tayyorlash bilan bog‘liq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi hamda mazkur materiallar to‘g‘risida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi; materiallarning kompleksliligi hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarining manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi, Yig‘ma departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi; o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar faoliyatini, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa organlar va tashkilotlarga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi; aholi bandligini ta’minlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha maqsadli dasturlarning, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi va natijalarini respublika mintaqalari, shuningdek iqtisodiyot sohalari bo‘yicha umumlashtiradi; o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi. 10. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlarining makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy va prognozlash faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish; xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolari bo‘yicha axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish; O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, shuningdek xalqaro, xorijiy moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, xalqaro hukumat muassasalari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha mustaqil yozishmalarni yuritish; xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro, xorijiy moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar vakillari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va ularda qatnashish; mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, hududlar va xo‘jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Yig‘ma departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish; zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning, ilmiy muassasalarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish; zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish. Yig‘ma departamentning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Yig‘ma departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak. 11. Yig‘ma departament: o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi; Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi. 12. Yig‘ma departamentning tuzilmasiga Yig‘ma departament mudiri, Yig‘ma departament mudirining makroiqtisodiy rivojlantirish va bank-moliya tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Yig‘ma departament mudirining ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, sho‘balar mudirlari, tegishli masalalar bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek ikki nafar inspektor kiradi. Yig‘ma departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 13. Yig‘ma departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi. 14. Yig‘ma departament mudiri, mudirning birinchi o‘rinbosari, mudir o‘rinbosari, sho‘balar mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 15. Yig‘ma departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Yig‘ma departamentning ish rejalari, sho‘ba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Yig‘ma departamentning ish rejalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan, sho‘balar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari esa — Yig‘ma departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Yig‘ma departamentning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq, kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Kompleks, Yig‘ma departament majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi. 16. Yig‘ma departament mudiri: Yig‘ma departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, o‘z o‘rinbosarlari, sho‘balar mudirlari, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Yig‘ma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; Yig‘ma departamentning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini tashkil etadi va hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi; respublikaning tegishli tarmoqlari, sohalari va hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligining tizimli monitoringi tashkil etilishi va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi; Yig‘ma departamentning tasdiqlangan tuzilmasiga va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha takliflarni, mutaxassislarning kasbiy darajasini va amaliy malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga tanbeh berish choralarini puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbarining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; o‘rinbosarlar, sho‘ba mudirlari va mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Kompleks rahbariga kiritadi, Yig‘ma departamentning tarkibiy bo‘linmalari va mutaxassislari ish rejalarini tasdiqlaydi; Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa organlar va tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan Yig‘ma departamentning ish yuritish sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi; Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi; chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi. 17. Yig‘ma departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini birinchi o‘rinbosar bajaradi. 18. Yig‘ma departament mudirining birinchi o‘rinbosari (o‘rinbosari): tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha Yig‘ma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi; tegishli masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam ravishda yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; materiallar to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi; islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yig‘ma departament mudiriga taqdim etadi; Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi; Yig‘ma departament mudiri topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi; Yig‘ma departament mudiriga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi; Yig‘ma departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga tanbeh berish to‘g‘risida takliflar taqdim etadi. 19. Sho‘’ba mudiri: sho‘ba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va sho‘baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; sho‘baga biriktirilgan masalalar bo‘yicha ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi; qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi; masalalarni o‘rganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun Vazirlar Mahkamasi, Yig‘ma departamentning ish rejalarida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni ko‘rib chiqish uchun Yig‘ma departament mudiriga, uning o‘rinbosariga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga kiritadi; iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, mudirning o‘rinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi; islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosariga, mudiriga taqdim etadi; Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, sho‘baning yuritish sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi; Yig‘ma departament mudiri topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi. davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek ijroda turgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini muhokama qiladi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 20. Yig‘ma departamentning bosh mutaxassisi: takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zaruriy kelishilishini ta’minlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, uning o‘rinbosariga, sho‘ba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi; tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi, markaziy apparatlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ahvoli va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijroda turgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi; tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 21. Yig‘ma departamentning yetakchi mutaxassisi: takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zaruriy kelishilishini ta’minlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, uning o‘rinbosariga, sho‘ba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlarining markaziy apparatlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar)ning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; sho‘ba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijroda turgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 22. Inspektor Yig‘ma departamentda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
217
47,412
Qonunchilik
Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlar davom etadi
Prezident tomonidan 5 may kuni “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot хodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan aholiga yanada sifatli tibbiy хizmatlar koʻrsatish qamrovini kengaytirish uchun oʻrta tibbiyot хodimlari shtatlari ajratiladi: Ehtiyoj mavjud boʻlgan ogʻir sharoitli tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimlariga respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ularning filiallari, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, ular huzuridagi klinikalarning malakali rahbar хodimlari va mutaхassislari jalb qilinadi. Ular shartnoma asosida muayyan muddatga asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini saqlagan holda, ular jalb qilingan tibbiyot birlashmasi rahbari lavozimidagi oylik ish haqini toʻliq toʻlab berilgan holda jalb qilinadi. Ushbu хarajatlar hamda ularning uy-joy ijarasi toʻlovlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan amaldagi koykalar fondining 10%i 2022 yil 1 yanvardan boshlab, yana qoʻshimcha 10%i 2023 yil 1 yanvardan boshlab toʻlov asosida tibbiy хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga ta’minlanadigan koykalar fondiga oʻtkaziladi. Bundan boʻshaydigan Davlat byudjeti mablagʻlari tuman (shahar) shifoхonalarining dori vositalari, reaktivlar va tibbiyot uskunalari ta’minotini yaхshilashga hamda viloyat tibbiyot muassasalarida qoʻshimcha koyka fondini tashkil etishga yoʻnaltiriladi. 2021 yil 1 iyuldan boshlab: a) maхsus avtotransport vositasida tashkil etiladigan “mobil tibbiyot” хizmati yordamida joyiga chiqqan holda aholiga tibbiy хizmat koʻrsatish; b) nodavlat tibbiyot tashkilotining oʻrta tibbiyot хodimlaridan iborat “tibbiy punkt”larini tashkil etish. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab klinik ordinatura mutaхassisliklari boʻyicha qabul kvotasini 2 baravarga oshiriladi. Bunda, quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻqitishning yangi tizimi joriy etiladi: a) hududga zarur boʻlgan tor mutaхassislikdagi shifokorlarni tayyorlash uchun tegishli mahalliy byudjetdan yetarli miqdorda grant ajratiladi. Grant asosida ta’lim olgan bitiruvchilarga tegishli hududga borib, 3 yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi; b) hududga faoliyat yuritish uchun yuborilgan tor mutaхassislikdagi shifokorlarning yashash хarajatlari mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. 2021 yil 1 noyabrga qadar bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi aхborot teхnologiyalarini qoʻllagan holda joriy etiladi. Buning uchun 2021 yilda qoʻshimcha 80 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligida Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi  tashkil etiladi. Uning mablagʻlari hududiy tibbiyot muassasalariga хorijdan ishga jalb qilinadigan malakali mutaхassislar, shuningdek, respublikada faoliyat yuritayotgan iqtidorli mutaхassislarga zarur shart-sharoitlar yaratish uchun yoʻnaltiriladi. Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi 2021 yil 1 iyuldan unga Vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan oʻtkazish respublika markazini qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etiladi. Unga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatiladi: Quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
49
3,707
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 27-noyabrdagi 79-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 21-noyabrdagi PF-4672-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2629, 2014-yil 2-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y. 49-son, 586-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmonining 4-bandiga muvofiq, pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi. 1. 2015-yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam: ish haqi — oyiga 130 240 so‘m; yoshga doir pensiyalar — oyiga 254 730 so‘m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 254 730 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 156 310 so‘m belgilandi. 2. 2015-yil 1-sentabrdan keyin ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011-yil 1-oktabrdan amalga kiritilgan) qo‘llagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qo‘llaniladi. 2015-yil 1-sentabrgacha tayinlangan pensiyalar, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Farmonda belgilangan 1,1 baravar miqdorga oshirish yo‘li bilan qayta hisoblanadi. 3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (130 240 so‘m x 8 = 1 041 920 so‘m) ortiq bo‘lmagan o‘rtacha oylik ish haqi inobatga olinadi. 4. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti qo‘llanilgan yangi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida bo‘lgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 1 041 920 so‘m (130 240 so‘m x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bog‘liq ravishda pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan foizlarga ko‘paytiriladi. 5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik bo‘yicha pensionyerlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi. 6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (130 240 so‘m) kelib chiqib aniqlanadi. 7. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
250
3,328
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR PALATASINING HUDUDIY BOShQARMALARI HUZURIDAGI MALAKA KOMISSIYALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1997-y., 2-son, 48-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) hamda Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Ushbu buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 48-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan keyingi o‘rinlarda malaka komissiyalari deb yuritiladi) vakolatlarini va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 1. Malaka komissiyalari: advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxslardan (bundan keyingi o‘rinlarda talabgor deb yuritiladi) malaka imtihonini qabul qilish; advokat qasamyodini qabul qilish; advokat maqomini to‘xtatib turish va tiklash; advokatga malaka darajasi berish; advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqish; advokatlar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi to‘g‘risidagi intizomiy ish yuritishni ko‘rib chiqish uchun tuziladi. Ushbu bandning oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar deganda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning taqdimnomalari va xat-xabarlari, advokatlarning xatti-harakatlariga oid boshqa murojaatlar tushuniladi. 2. Malaka komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining (bundan keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining (bundan keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb yuritiladi) qo‘shma qarorlari bilan hamkasblari orasida hurmatga sazovor advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda tuziladi. 3. Malaka komissiyalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1920, 2009-yil 14-mart), Advokatlarning kasb etikasi qoidalariga, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Malaka komissiyalari masalalarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilishda hududiy boshqarmalar va adliya organlari, ularning yuqori turuvchi tuzilmalari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolardan mustaqildir. 5. Malaka komissiyalarining moddiy-texnika va moliyaviy ta’minoti hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi. 6. Malaka komissiyalari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun: talabgorlar, advokatlar va boshqa manfaatdor shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi; zarur bo‘lganda, manfaatdor shaxslar va tegishli tashkilotlardan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab oladi; talabgorlar tomonidan malaka imtihonlari topshirilishi natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; talabgorlar tomonidan advokat qasamyodi qabul qilinishi natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; advokat maqomini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; advokatga malaka darajasi berish va uni bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish yoki intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qarorlar qabul qiladi; advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. 7. Malaka komissiyalari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda: malaka komissiyasi ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga; qonunchilik hujjatlariga, advokatlik faoliyatining asosiy prinsiplariga qat’iy rioya etishga; advokatlik faoliyatining kafolatlari va himoyasini, advokatning daxlsizligini, advokatning faoliyatiga aralashmaslikni ta’minlashga; O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (bundan keyingi o‘rinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) qarorlarini ijro etishga majburdir. 8. Malaka komissiyalarining tarkibi hududiy boshqarmalar va adliya organlari rahbarlarining qo‘shma qarorlari bilan hamkasblari orasida hurmatga sazovor advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan 7 — 9 kishidan iborat tarkibda ikki yil muddatga tasdiqlanadi. Bunda 7 kishidan iborat komissiya a’zolarining kamida 4 nafari, 9 kishidan iborat komissiya a’zolarining kamida 5 nafari advokat bo‘lishi lozim. Malaka komissiyalari tarkibiga kelishuv asosida sud, adliya organlari hamda boshqa tashkilotlarning huquq sohasidagi tajribali xodimlari jalb etiladi. Malaka komissiyasi raisi va o‘rinbosari komissiyaning birinchi yig‘ilishida a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali malaka komissiyasi a’zolari orasidan saylanadi. Malaka komissiya raisligi va uning o‘rinbosarligiga nomzodlar ovoz berishda qatnashmaydilar. Malaka komissiyasi raisining o‘rinbosari malaka komissiyasining majlisida rais hozir bo‘lmagan hollarda raislik qiladi. 9. Bir shaxs bir vaqtning o‘zida malaka komissiyasining va Oliy malaka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas. Malaka komissiyalari a’zoligiga advokatlardan nomzodlar advokatlarning tegishli davlat reyestriga kiritilgan va advokatlik faoliyati bo‘yicha kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan advokatlar orasidan taqdim etiladi. Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari malaka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas. 91. Quyidagi holatlarda komissiya a’zosi komissiya tarkibidan chiqariladi: o‘z arizasiga binoan; advokat maqomi to‘xtatilgan yoki tugatilganda; komissiya a’zosi bo‘lgan sud, adliya organlari va boshqa tashkilotlar xodimining ish joyi o‘zgarganda yoki xodim ishdan bo‘shatilganda; komissiya a’zosi tomonidan mazkur Nizom talablari qo‘pol ravishda buzilganda; komissiya a’zosi sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra vazifalarini bajarish imkoni bo‘lmaganda; komissiya a’zosi komissiya yig‘ilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda. Ushbu bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha komissiya a’zosini komissiya tarkibidan chiqarish masalasi komissiya raisi tomonidan kiritiladi. Komissiya a’zosini komissiya tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi ovozlari bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror haqida komissiya tarkibidan chiqarilgan komissiya a’zosiga yozma ravishda ma’lum qilinadi. Komissiya a’zosini komissiya tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat keltirilishi mumkin. Malaka komissiyasi a’zosini ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha komissiya tarkibidan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Komissiya tarkibidan chiqarilgan a’zo o‘rniga mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda komissiya tasdiqlangan muddat doirasida yangi komissiya a’zosi kiritiladi. 10. Malaka komissiyasining a’zosi bo‘lgan advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish ko‘rib chiqilishi yoki malaka komissiyasi a’zosidan malaka imtihoni va advokat qasamyodi qabul qilinayotganda ular malaka komissiyasi majlisida qatnashishga haqli emas. Komissiya a’zosi, agar u: komissiya majlisi ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha talabgor, advokat va boshqa manfaatdor shaxs malaka komissiyasi a’zosining yaqin qarindoshi bo‘lsa; komissiya majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, komissiya majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi kerak. Mazkur bandda ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, komissiya a’zosi o‘zini o‘zi rad etishi shart. Agar u bunday qilmasa, ayni shu asoslar bo‘yicha komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan, shuningdek masalasi ko‘rilayotgan talabgorlar, advokatlar va boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan rad etilishi mumkin. Rad etish haqidagi bayonot asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Rad etish bildirilgan komissiya a’zosi rad etish to‘g‘risidagi masala ko‘rilishidan oldin o‘z tushuntirishlarini berishga haqli. Rad etish to‘g‘risidagi masala rad qilinayotgan shaxsning yo‘qligida komissiyaning qolgan a’zolari tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya a’zosi rad etilgan hisoblanadi. Malaka komissiyasining majlisi, agar unda malaka komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, komissiya vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi. Kvorum bo‘lmagan holda malaka komissiyasining majlisda hozir bo‘lgan a’zolari tomonidan majlisni keyinga qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi. Oliy malaka komissiyasining qaroriga binoan malaka komissiyalarining majlislarida Oliy malaka komissiyasining a’zolari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin. 11. Malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Malaka komissiyasining raisi komissiya majlisi o‘tkazilishidan kamida yetti kun oldin majlisning kun tartibi, sanasi, vaqti va joyini belgilaydi. 12. Malaka komissiyasining qarorlari uning majlisida qatnashayotgan malaka komissiyasi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish orqali manfaatdor shaxslar ishtirokisiz qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Malaka komissiyasining qarorlari ular qaysi majlisda qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha majlisda raislik qiluvchi tomonidan e’lon qilinadi. 13. Malaka komissiyasining ishini yuritish hududiy boshqarma rahbari tomonidan tayinlanadigan malaka komissiyasining mas’ul kotibi (bundan keyingi o‘rinlarda mas’ul kotib deb yuritiladi) zimmasiga yuklatiladi. Mas’ul kotib malaka komissiyasining va Oliy malaka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas. Mas’ul kotib: talabgorlardan hujjatlarni, shuningdek, advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishga taalluqli hujjatlarni qabul qiladi; talabgorlarga sabablarini ko‘rsatgan holda hujjatlarni qaytarib beradi; malaka komissiyasi majlisida ko‘rib chiqish uchun materiallarni tayyorlashni amalga oshiradi va ularning saqlanishini ta’minlaydi; malaka komissiyasi a’zolarini, shuningdek, qaysi advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish olib borilayotgan bo‘lsa, o‘sha advokatni va boshqa manfaatdor shaxslarni komissiya majlisining o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qiladi; malaka komissiyasi a’zolari va manfaatdor shaxslarning majlisda hozir bo‘lganligini tekshiradi, hozir bo‘lmaganlik sabablarini aniqlaydi va bu haqda malaka komissiyasiga axborot beradi; intizomiy ish yuritish bilan bog‘liq ma’lumot olish uchun tegishli organlarga so‘rovnoma yuborilishini tashkil etadi; malaka komissiyasi majlislarining bayonnomalarini yuritadi; malaka imtihonini topshirmagan talabgorlarning hisobini yuritadi; raislik qiluvchining malaka komissiyasi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa topshiriqlarini bajaradi, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi. 14. Malaka komissiyasining majlislarida bayonnoma yuritiladi, u majlisda raislik etuvchi va mas’ul kotib tomonidan imzolanadi. Malaka komissiyasining qaroridan rozi bo‘lmagan malaka komissiyasining a’zosi komissiya majlisining bayonnomasiga kiritiladigan o‘zining nuqtai nazarini yozma shaklda bayon etishga haqli. 15. Malaka komissiyasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalarga qarab, bayonnomada: komissiya majlisi o‘tkaziladigan sana va joy; komissiya majlisida qatnashgan komissiya a’zolarining ro‘yxati; komissiya majlisining kun tartibi; talabgorlar to‘g‘risidagi axborot; talabgorning tanlagan ixtisoslik bo‘yicha imtihon biletining raqami va unga kiritilgan savollar mazmuni; talabgorning imtihon biletida nazarda tutilgan savollarga javoblari; komissiya a’zolari tomonidan berilgan qo‘shimcha savollar va talabgorning javoblari; baholash byulletenlaridagi ballarni hisoblash natijalari, shu jumladan talabgor tomonidan to‘plangan ballar; advokat qasamyodini qabul qilayotgan talabgorga berilgan litsenziya to‘g‘risidagi ma’lumotlar; advokat maqomini to‘xtatib turish va tiklash haqida murojaat qilgan advokatlar haqida ma’lumotlar; malaka darajasi berish masalasi ko‘rib chiqilayotgan advokatlar haqida ma’lumotlar; advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar mazmuni; intizomiy ish yuritishga oid holatlar, malaka komissiyasi a’zolarining, manfaatdor shaxslarning so‘zga chiqishlari hamda tegishli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosiy mazmuni; intizomiy ish yuritishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ovoz berish yakunlari; malaka komissiyasi a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlar; komissiya majlisining kun tartibiga kiritilgan har bir masala bo‘yicha qarorlar; komissiya qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi; qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi. Imtihon varaqalari, baholash byulletenlari, komissiya a’zolari ro‘yxati hamda yig‘ma baholash byulleteni majlis bayonnomasiga ilova qilinadi. 16. Malaka komissiyasi majlisi bayonnomasining nusxalari bir haftalik muddatda Oliy malaka komissiyasiga va tegishli adliya organiga yuboriladi. 17. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan ko‘chirmalar qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay mas’ul kotib imzosi bilan manfaatdor shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olingan holda topshiriladi. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan ko‘chirmalar hududiy boshqarmaning muhri bilan tasdiqlanadi. Malaka komissiyasi majlisi bayonnomasidan ko‘chirmalarda komissiya majlisi o‘tkazilgan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar, komissiya majlisining kun tartibiga kiritilgan qismidagi, tegishli manfaatdor shaxslarga taalluqli bo‘lgan masala bo‘yicha qaror va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi bayon etiladi. 18. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun doimiy yashash joyidagi hududiy boshqarmaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: malaka imtihonini topshirish to‘g‘risidagi ariza; O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi; oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi); mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyida tasdiqlangan nusxasi; talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan shaxsiy varaqa; talabgor stajirovka o‘tagan advokatlik tuzilmasi tomonidan berilgan tavsifnoma; 3 x 4 sm hajmdagi (so‘nggi 12 oy ichida olingan) 2 dona rangli fotosurat; talabgorning sudlanganligi yoki sudlanmaganligi hamda muomalaga layoqatliligi to‘g‘risida ma’lumot. 181. Malaka imtihonini topshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar talabgor tomonidan hududiy boshqarmaga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki ularning olingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi. 19. Talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda mas’ul kotib tomonidan qabul qilinadi, ro‘yxat nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda talabgorga yuboriladi (topshiriladi). 21. Malaka imtihonini topshirish uchun materiallarni tayyorlab bo‘lganidan keyin mas’ul kotib ularni malaka komissiyasining raisiga masalani komissiya majlisining kun tartibiga kiritish uchun taqdim etadi. 22. Mas’ul kotib tomonidan talabgor taqdim etgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan keyin ular talabgorga quyidagi hollarda qaytarib berilishi mumkin: talabgor malaka imtihonini topshira olmagan kundan e’tiboran olti oy o‘tmasdan takroran malaka imtihonini topshirish uchun murojaat qilsa; hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini topshirmasa yoki ularni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etsa; yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lmasa, shu jumladan advokatlik tuzilmasida kamida uch oylik stajirovkadan o‘tmagan bo‘lsa, stajirovka o‘tashdan ozod qilingan shaxslar bundan mustasno; talabgor taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa; agar litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxsning O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq talabgor bo‘lishga haqli bo‘lmagan uch yillik muddat o‘tmagan bo‘lsa; talabgor belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek, uning sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan bo‘lsa; agar talabgor o‘z hujjatlarini qaytarib berish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etsa. 23. Hujjatlar talabgorga sabablarini ko‘rsatgan holda mas’ul kotib tomonidan qaytarib beriladi. Hujjatlar qaytarib berishning barcha sabablari bartaraf etilgandan keyin takroran taqdim etilishi mumkin. 24. Malaka imtihoni mas’ul kotib tomonidan talabgorlardan zarur hujjatlar qabul qilib olingan kundan e’tiboran bir oy ichida o‘tkaziladi. Talabgor malaka komissiyasi majlisining o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi. 25. Talabgor malaka komissiyasining majlisiga uzrli sabablarga ko‘ra hozir bo‘lmasa, komissiya talabgor malaka imtihonini komissiyaning keyingi majlisida topshirishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi. Talabgor malaka komissiyasining majlisida hozir bo‘lmagan boshqa barcha hollarda u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hududiy boshqarmada ko‘pi bilan bir oy saqlanadi. Ushbu muddat o‘tgandan keyin mas’ul kotib ko‘rsatilgan hujjatlarni talabgorlarga qaytarib beradi. 26. Malaka imtihoni barcha talabgorlar uchun bitta xonada, og‘zaki va yozma shakllarda o‘tkaziladi. Malaka imtihoni o‘tkazilayotgan xonada begona shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Malaka imtihoni jarayoni Internet tarmog‘ida real vaqt rejimida videotranslatsiya qilinadi. 27. Talabgorlarga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda imtihon varaqalari beriladi. Har bir imtihon varaqasi malaka komissiyasi majlisida ishtirok etayotgan barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolangan bo‘lishi shart. Imtihon varaqasining birinchi beti hududiy boshqarmaning muhri bilan tasdiqlanadi. Malaka komissiyasi a’zolarining har biriga talabgorlarni baholash uchun mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda bittadan baholash byulleteni beriladi. Baholash byulletenlari hududiy boshqarmaning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi hamda malaka komissiyasi a’zolariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda imzo qo‘ydirilgan holda tarqatilishi lozim. 28. Talabgorning imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashi uchun ko‘pi bilan bir soat vaqt beriladi. 29. Malaka imtihoni O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tasdiqlagan ro‘yxatdagi savollardan tuzilgan imtihon biletlari asosida o‘tkaziladi. Imtihon biletlarida ko‘pi bilan beshta, shu jumladan, huquqni amaliy qo‘llanilishi sohasiga, ulardan kamida yarmi huquqning turli tarmoqlari nazariyasiga oid savollarni o‘z ichiga olishi kerak. Imtihon biletidagi savollarga talabgorning javoblari imtihon varaqlarida aks ettiriladi. 30. Imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashda talabgorga: boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish; axborot manbai sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan qonunchilik hujjatlaridan, adabiyotlardan, har qanday turdagi texnika vositalari yoki boshqa hujjatlar va vositalardan foydalanish; imtihon biletini topshirmasdan oldin, xonadan chiqish taqiqlanadi. 31. Talabgor o‘zining imtihon biletidagi savollarga og‘zaki javob beradi. Malaka komissiyasining a’zolari imtihon biletidagi savollarga aniqlik kiritish maqsadida talabgorga qo‘shimcha savollar berishi mumkin. 311. Malaka komissiyasi a’zolari baholash byulletenida talabgorning bergan javoblarini o‘n ballik tizimda baholaydi. 32. Talabgor imtihon varag‘ini topshirganidan keyin malaka imtihoni o‘tkazilgan xonani tark etishi kerak. 33. Imtihon varag‘i malaka komissiyasi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi. 331. Baholash byulletenida ballarni hisoblab chiqish uchun malaka komissiyasi a’zolari orasidan 3 kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi. Hisoblash guruhi tomonidan baholash byulletenlaridagi ballar hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi yig‘ma baholash byulleteniga kiritiladi va malaka komissiyasi a’zolariga e’lon qilinadi. 332. Talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish uchun talabgor to‘plagan ball malaka imtihonida olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 60 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. 34. Malaka imtihonini topshirish natijalari bo‘yicha malaka komissiyasi quyidagi qarorlarning birini qabul qiladi: talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish to‘g‘risida; talabgorni malaka imtihonini topshirmagan deb topish to‘g‘risida. 35. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgorning yozma shakldagi talabiga binoan u malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan ko‘chirma olgan kundan e’tiboran bir oy ichida hududiy boshqarmaga u tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilishi mumkin, ariza bundan mustasno. 36. Talabgor tomonidan talab qilib olinmagan hujjatlar malaka komissiyasi qaror qabul qilgan kundan e’tiboran uch yil davomida hududiy boshqarma arxivida saqlanadi. Ushbu muddat o‘tganidan keyin hujjatlar belgilangan tartibda yo‘q qilib yuborilishi lozim. 361. Advokat maqomini to‘xtatib turish advokatlik guvohnomasi berilgan joydagi malaka komissiyasi qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib bo‘lmaydigan doimiy lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda — ish davriga; ta’lim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga o‘qishga kirganda — o‘qish davriga, biroq ko‘pi bilan uch yilga; homiladorlik va tug‘ish, uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilish bo‘yicha ta’tillar berilganda — ta’til vaqtiga; advokat yoki uning yaqin qarindoshi og‘ir kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli tibbiy xulosa taqdim etilganda — sog‘ayguncha, biroq ko‘pi bilan bir yilga; advokat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilganda — bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar bo‘lgan davrga; advokat harbiy xizmatga chaqirilganda — harbiy xizmatni o‘tash davriga; sud tomonidan advokatga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, agar sudning mazkur qarori Qonunning 16-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘lmasa, — tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari sud tomonidan bekor qilinguniga qadar yoki o‘zgartirilguniga qadar bo‘lgan davrga; Qonunning 15-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganda — litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan davrga; advokatlik tuzilmasi tugatilganda yoki advokat undan chiqqanida — advokat tomonidan uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladigan boshqa advokatlik tuzilmasi tashkil etilguniga qadar yoxud mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga kirguniga qadar bo‘lgan davrga. Advokatda advokatlik faoliyati bilan bir oydan ortiq muddatga shug‘ullanishdan ozod qilinishiga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lganda, advokatning maqomi uning arizasiga binoan bunday ozod qilinish muddatiga to‘xtatib turilishi mumkin. Advokatlik maqomini to‘xtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran advokat maqomi to‘xtatiladi. Adliya organi uch kunlik muddat ichida malaka komissiyasi orqali advokatning guvohnomasini olib qo‘yadi, bundan advokat bedarak yo‘qolgan deb topilgan hol mustasno va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi to‘xtatilganligi haqida xabar beradi. Advokat maqomining to‘xtatib turilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi. Advokat maqomining to‘xtatib turilishi mazkur advokatga nisbatan qonunda nazarda tutilgan kafolatlarning amal qilishi to‘xtatilishiga olib keladi, Qonun 10-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan kafolatlar bundan mustasno. Shaxs advokat maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak. Mazkur talabni bajarmaslik litsenziyaning amal qilishi Qonunning 16-moddasida belgilangan tartibda tugatilishiga sabab bo‘ladi. 362. Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha to‘xtatib turish advokatning yozma arizasi hamda advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib bo‘lmaydigan doimiy lavozimga saylangan yoki tayinlanganligi, ta’lim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga o‘qishga kirganligi, homiladorlik va tug‘ish, uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilish bo‘yicha ta’tillar berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida hollarda amalga oshiriladi. Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha to‘xtatib turish advokatning yozma arizasi, bunday ariza taqdim etishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, yaqin qarindoshlarining yozma arizasi yoki advokatlik tuzilmasining murojaati va tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi. Advokat maqomini uning yaqin qarindoshi og‘ir kasalligi sababli to‘xtatib turishga yaqin qarindoshni parvarish qilish advokatlik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining oltinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha to‘xtatib turish tegishli ravishda sudning advokatni bedarak yo‘qolgan deb topish haqida hamda sudning advokatga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qarorlariga ko‘ra advokatning yaqin qarindoshlari yozma arizasi yoki advokatlik tuzilmasining murojaati asosida amalga oshiriladi. Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining yettinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha to‘xtatib turish advokatning yozma arizasi yoki advokatlik tuzilmasining murojaatiga ko‘ra tegishli mudofaa ishlari bo‘limi ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining o‘ninchi xatboshisida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha to‘xtatib turish advokatlik tuzilmasining tugatilayotganligi yoki advokat undan chiqqanligi haqidagi yozma bildirishnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, advokat maqomi advokat advokatlik tuzilmasi tugatilishi yoki undan chiqqanidan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan boshqa mavjud advokatlik tuzilmasiga kirgan taqdirda to‘xtatilmaydi. 363. Advokat maqomini tiklash malaka komissiyasi qarori bilan advokat maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganidan keyin amalga oshiriladi. Advokat maqomi to‘xtatib turilgan shaxs mazkur Nizomning 361-bandi o‘n beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat o‘tishiga kamida o‘n kun qolganida tegishli malaka komissiyasiga advokat maqomini tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga advokat maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilinadi. Malaka komissiyasi ko‘rsatilgan muddatda arizani ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka komissiyasining advokat maqomini tiklash haqidagi qarori u qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmasdan adliya organiga yuboriladi. 37. Intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik sirining va advokat qasamyodining advokat tomonidan buzilishi hududiy boshqarma yoki adliya organi tomonidan aniqlanganligi; advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar; sudning advokatga nisbatan chiqargan xususiy ajrimi. 38. Mazkur Nizom 37-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslarni O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek adliya organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan nazorat faoliyati jarayonida aniqlagan taqdirda, tegishli hududiy boshqarmaning yoki adliya organining rahbari malaka komissiyasiga vajlarni bayon etgan holda advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida murojaat qiladi. Murojaatda u bilan bog‘liq barcha hujjatlar va materiallar ilova qilinadi. Hududiy boshqarma yoki adliya organiga kelib tushgan advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar, sudning advokatga nisbatan chiqargan xususiy ajrimi malaka komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. 381. Hududiy boshqarma yoki adliya organiga kelib tushgan murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish malaka komissiyasi vakolati doirasiga kirmagan taqdirda, murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi. Hududiy boshqarma yoki adliya idorasiga kelib tushgan murojaatda jinoyat to‘g‘risidagi xabar mavjudligi haqida yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, tegishli hududiy boshqarma yoki adliya organi rahbari murojaat kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay murojaatni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborishni ta’minlaydi va murojaat nusxasini malaka komissiyaga taqdim qiladi. 39. Intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi va advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar hududiy boshqarma tomonidan ro‘yxatga olinadi va barcha hujjatlar bilan birga mas’ul kotibga topshiriladi. Mas’ul kotib ularni qabul qilib olgan kunning ertasidan kechiktirmay advokatni bu haqida xabardor qiladi. 40. Mas’ul kotib komissiya a’zolari va manfaatdor shaxslarni komissiya majlisining o‘tkazilishidan kamida yetti kun oldin majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qiladi. 43. Advokat malaka komissiyasi majlisining o‘tkaziladigan sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilinganligiga qaramasdan malaka komissiyasining majlisiga kelmagan taqdirda, malaka komissiyasining qarori bilan murojaatni ko‘rib chiqish keyingi majlisga qoldirilishi yoki uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Advokatning noqonuniy harakatlari yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha malaka komissiyasi intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish yoki intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi. Malaka komissiyasi intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilgan taqdirda intizomiy ish yuritish komissiyaning mazkur majlisida ko‘rib chiqadi. Agar intizomiy ish yuritishni ko‘rib chiqishda malaka komissiyasi intizomiy ish yuritish bilan bog‘liq ayrim masalalarni o‘rganish talab qilinadi degan xulosaga kelsa, komissiya qarori bilan intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atilib, o‘rganishni o‘tkazish hududiy boshqarmaga yuklatiladi. Malaka komissiya tomonidan qo‘zg‘atilgan intizomiy ish yuritish bo‘yicha o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Boshqaruvi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar mas’ul xodim tomonidan imzolangan va hududiy boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan xulosa bilan malaka komissiyasiga taqdim etiladi. Xulosada murojaatda keltirilgan vajlarni o‘rganishda aniqlangan holatlar va advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va qasamyodi buzilishi holatlari batafsil yoritilishi lozim. Bunda advokatning javobgarligi va intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilishiga oid taklif va izohlar bayon etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 431. Mas’ul kotib qaysi advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, o‘sha advokatni ish materiallari bilan tanishtirishi kerak. Advokatga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan murojaat muallifini intizomiy ish yuritish materiallari bilan tanishtirish va undan nusxa berish advokatlik siriga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshiriladi. 432. O‘ziga nisbatan intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atilgan advokat: intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan barcha materiallar bilan tanishib chiqishga va o‘z hisobidan nusxa olishga; intizomiy ish yuritish holatlari bo‘yicha yozma shaklda tushuntirishlar berishga, qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etishga; malaka komissiyasiga holat yuzasidan aniqlik kiritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni komissiya yig‘ilishiga taklif qilish va tushuntirishlarini eshitish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishga; malaka komissiyasi yoki Oliy malaka komissiyasi qaror qabul qilguniga qadar (agar bu uning ko‘rib chiqish predmeti bo‘lsa), intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuv choralarini ko‘rishga; intizomiy ish yuritish jarayonida advokat xizmatidan foydalanishga haqli. Advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atish uchun asos bo‘lgan murojaat muallifi: ushbu Nizomning 431-bandida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan barcha materiallar bilan tanishib chiqishga va o‘z hisobidan nusxa olishga; intizomiy ish yuritish holatlari bo‘yicha yozma shaklda tushuntirishlar berishga, qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etishga; malaka komissiyasiga holat yuzasidan aniqlik kiritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni komissiya yig‘ilishiga taklif qilish va tushuntirishlarini eshitish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishga; intizomiy ish yuritish jarayonida advokat xizmatidan foydalanishga haqli. 433. Malaka komissiyasi tomonidan advokat advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzgan, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etgan deb topilgan taqdirda, yarashuv qabul qilinmasdan, intizomiy ish yuritish mazmunan ko‘rib chiqiladi. 434. Advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda, shuningdek intizomiy ish yuritish jarayonida quyidagi holatlar aniqlangan taqdirda, intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish rad etiladi, qo‘zg‘atilgan intizomiy ish yuritish tugatiladi: ko‘rib chiqilayotgan yoki intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish uchun asos bo‘lgan murojaat anonim ekanligi yoki unda ko‘rsatilgan muallif haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi; ko‘rib chiqilayotgan holat yuzasidan advokatni intizomiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi; aynan shu advokatga nisbatan aynan shu holatlar bo‘yicha muqaddam tegishli qaror qabul qilinganligi; ko‘rib chiqilayotgan holat advokatlik faoliyatiga taalluqli emasligi; murojaatda ko‘rsatilgan advokat advokatlar va advokatlik tuzilmalari reyestrida mavjud emasligi. 44. Intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqish yoki intizomiy ish yuritish jarayonida ko‘rib chiqilayotgan murojaatda jinoyat to‘g‘risidagi xabar mavjudligi aniqlansa, malaka komissiya qarori bilan intizomiy ish yuritishni to‘xtatadi va materiallarni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboradi, natijasi bo‘yicha ma’lumot olish choralarini ko‘radi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan taqdirda intizomiy ish yuritish tiklanadi va umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi. 45. Malaka komissiyasi tomonidan advokatga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilinishida, sodir etilgan huquqbuzarlikning og‘irligi, uning sodir etilgan holatlari, advokatning oldingi faoliyati va xulq-atvori e’tiborga olinadi. 46. Advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha malaka komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: ogohlantirish to‘g‘risida; litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida ma’muriy sudga murojaat qilish haqida; litsenziyaning amal qilishini tugatish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Oliy malaka komissiyasiga murojaat qilish haqida; qo‘shimcha o‘rganishni hududiy boshqarmaga yuklash haqida; intizomiy jazo choralari qo‘llashni rad etish va intizomiy ish yuritishni tugatish to‘g‘risida. 461. Advokatga nisbatan intizomiy jazo nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari bo‘yicha esa, advokat tomonidan nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yil o‘tganidan keyin qo‘llanilishi mumkin emas. 47. Malaka komissiyasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida ma’muriy sudga murojaat qilish haqidagi qarori, u qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay hududiy boshqarma tomonidan tegishli adliya organiga yozma shaklda yuboriladi. Adliya organi mazkur qaror kelib tushgan kundan yetti kun ichida litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida tegishli ma’muriy sudga murojaat qiladi. Malaka komissiyasining litsenziyaning amal qilishini tugatish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Oliy malaka komissiyasiga murojaat qilish haqidagi qarori, u qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay qaror bilan bog‘liq barcha hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboriladi va bu haqida manfaatdor shaxslar yozma tartibda xabardor qilinadi. 48. Intizomiy jazo choralari qo‘llashni rad etish va intizomiy ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qaror malaka komissiyasi tomonidan, agar intizomiy ish yuritishni ko‘rib chiqish vaqtida u advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taqdimnomada bayon etilgan vajlar tasdiqlanmadi, degan xulosaga kelsa, shuningdek, qilmishning kam ahamiyatliligi va advokatning intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuvga erishganligi munosabati bilan qabul qilinadi. 49. O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq, belgilangan tartibda litsenziya olgan talabgor uch oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi va yakka tartibda yoki litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar bilan birgalikda advokatlik tuzilmasini tuzishi yoki faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlik tuzilmalarining biriga kirishi shart. 50. Talabgor advokat qasamyodini qabul qilish uchun litsenziya berilgan joydagi malaka komissiyasiga tegishli ariza bilan murojaat etadi, unga litsenziyaning nusxasi ilova qilinadi. 51. Talabgor malaka komissiyasi majlisining o‘tkazilishidan kamida yetti kun oldin majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi. 52. Talabgor tegishli malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi: “O‘z kasbiy burchimni halol va vijdonan bajarishga, inson huquqlari va erkinliklarini hamisha himoya qilishga, advokatlik sirini saqlashga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”. 53. Talabgor advokat qasamyodi matnini ovoz chiqarib o‘qiydi va talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar, litsenziya berilgan sana va uning raqami, qasamyod qabul qilingan sana va joy bayon etilgan tegishli hujjatni imzolaydi. Mazkur hujjat malaka komissiyasi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi. 54. Talabgor advokat qasamyodini qabul qilganligi natijalari bo‘yicha malaka komissiyasi talabgor tomonidan advokat qasamyodi qabul qilinganligini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 55. Manfaatdor shaxslar tomonidan malaka komissiyalarining qarorlari ustidan malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan ko‘chirma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida Oliy malaka komissiyasiga shikoyat berilishi mumkin, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish bilan bog‘liq malaka komissiyasi qarorlari bundan mustasno. Shikoyat Oliy malaka komissiyasi nomiga yoziladi va Advokatlar palatasiga bevosita yoki tegishli hududiy boshqarmalar orqali yuboriladi. Malaka komissiyasining qarori ustidan shikoyat hududiy boshqarma orqali berilgan holda, hududiy boshqarma uch kun ichida shikoyatni u bilan bog‘liq barcha hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuborishi shart. 56. Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. 57. Mazkur Nizomni buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 58. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
147
42,476
Qonunchilik
MEHNATKAShLARGA BERILADIGAN OYLIK KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARINING ENG OZ MIQDORINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarning isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston SSJ aholisini ijtimoiy himoya qilish choralari haqida” 1991-yil 25-martdagi 65-son qaroriga muvofiq oyiga kamida 60 so‘m kompensatsiya to‘lovi belgilangan. Shu bilan birga, xalq iste’moli mollarining, oziq-ovqat va xizmatlarning narxlari jadal oshib ketganligi munosabati bilan, shuningdek O‘zbekiston SSJ Oliy Kengashi Rayosatining iste’mol fondi bo‘yicha cheklashlarni bekor qilish haqida 1991-yil 22-iyuldagi 322-XII-son qaroriga muvofiq ko‘pgina vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar o‘z xodimlari uchun oylik kompensatsiya to‘lovlarining eng oz miqdorini qo‘shimcha ravishda oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. Yoqilg‘i-energetika, mashinasozlik komplekslari va boshqa komplekslarning ko‘pgina korxonalari va tashkilotlarida kompensatsiya miqdorlarini 100 so‘mgacha oshirish uchun mablag‘lar izlab topildi. Yuqori unumli mehnat qilishga rag‘batni kuchaytirish, mehnatkashlar turmush darajasining pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik, jumhuriyat aholisini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan avvalroqdan aniq choralarni ro‘yobga chiqarish maqsadlarida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xo‘jalik hisobidagi vazirliklar va idoralarning, birlashmalar va korxonalarning, ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, o‘z mablag‘lari hisobidan 1991-yilning avgust oyidan boshlab xodimlarga to‘lanadigan oylik kompensatsiya to‘lovlarining eng oz miqdorini kamida 100 so‘mgacha oshirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston SSJ Moliya vazirligi mazkur qarorning 1-bandi talablarini hisobga olib, bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga budjetda turuvchi tashkilotlarning xodimlariga to‘lanadigan qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlarini qoplash manbalari to‘g‘risida taklif kiritsin. 3. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari o‘rtoq B.S. Hamidovga yuklatilsin, unga shu yilning 15-sentabrida qarorning qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida axborot berish topshirilsin.
100
2,086
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3263-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Etil spirti va likyor-araq mahsulotlarini zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish, alkogol mahsulotlarining eksport salohiyatini ko‘paytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3263-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodining qurilishi uchun “Premium Uzbekistan” MChJ QKni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 23/35-uy manzili bo‘yicha joylashtirish”. 2. 6-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “bosh loyiha tashkiloti etib — “O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti” AJ; bosh pudratchi tashkilot etib — “SK Alfa stroy” MChJ belgilansin”. 3. 7 — 9-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 4. 14-banddagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning” so‘zlari “Premium Uzbekistan” MChJ QKning” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Premium Uzbekistan” MChJ QKning talabnomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga, xorijiy kompaniyalar xodimlariga ko‘p martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning muddatini uzaytirishni davlat boji undirilmagan holda amalga oshirishni ta’minlasin”. 6. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Premium Uzbekistan” MChJ QKning talabnomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda ishtirok etish uchun xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berish (muddatini uzaytirish)ni, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini beradigan tasdiqnomalar berishni (muddatini uzaytirish)ni davlat boji undirilmagan holda ta’minlasin”.
237
2,385
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n to‘rtinchi yalpi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n to‘rtinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 2. “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 3. “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 4. “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 224-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 5. “O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 6. “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 7. “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) to‘ldiruvchi Odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqidagi Protokolni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2007-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida. 9. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2007-yil yuzasidan hisoboti to‘g‘risida. 10. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti haqida. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida. 12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida. 13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida. 14. O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash to‘g‘risida. 15. O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash to‘g‘risida.
101
2,509
Qonunchilik
“BANKROTLIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 110, 111, 133 VA 135-MODDALARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuniga (2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474–II-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 110-moddaning: oltinchi qismidagi “va tashqi boshqaruv rejasida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; o‘n uchinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Korxonani (biznesni) sotish narxi kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qarori bilan pasaytirilishi mumkin, biroq bunda pasaytirish avvalgi kimoshdi savdosidagi narxning 10 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak”; 2) 111-moddaning birinchi qismidagi “tashqi boshqaruv rejasida va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 3) 133-modda quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin: “Agar qarzdorning butun mol-mulki garov narsasi bo‘lsa va garovga qo‘yilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablari summasidan kam yoki unga teng bo‘lib qolsa, kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar qoplanganidan va talablar qondirilganidan keyin hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov hujjatlari bo‘yicha talablar qondirilganidan keyin amalga oshiriladi”: 4) 135-moddaning birinchi qismidagi “agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan qarzdorning mol-mulkini sotishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lmasa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
139
1,770
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AHOLISIGA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA
Iste’mol mollarining asosiy turlari va xizmatlarining erkin (shartnomaviy) narxlariga o‘tish tugallanishi munosabati bilan hamda aholining o‘sib borayotgan xarajatlarini qoplash maqsadida: 2. Belgilab qo‘yilsinki, ana shu kompensatsiyalar ishlab turgan barcha aholiga, pensionerlarga, oliy o‘quv yurtlarining talabalariga, o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlarining o‘quvchilariga, aspirantlarga, doktorantlarga, bolasi ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash bilan band onalarga, ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish muassasalarida ro‘yxatdan o‘tib, vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan aholiga, ya’ni respublikadagi deyarli har bir katta yoshdagi odamga to‘lanadi. 3. Belgilab qo‘yilsinki, kompensatsiyalar oyiga bir marta ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash va ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lanadigan muddatlarda 1994-yilning sentyabridan boshlab to‘lanadi. 4. Ushbu kompensatsiyalarga daromad solig‘i solinmasligi ko‘zda tutilsin. 5. Kompensatsiya to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjeti, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari va korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: uch kun muddat ichida kompensatsiyalar to‘lashning muvaqqat tartibini ishlab chiqsin hamda vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yetkazsin; 1995-yilgi davlat budjeti loyihasini tuzish chog‘ida ana shu kompensatsiya to‘lovlari miqdorlarini aniqlashga oid takliflarni Hukumatga taqdim etsin. 8. Mazkur Farmon bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
89
1,797
Qonunchilik
IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 64 yilligi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida: 1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin. 2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika budjeti hisobidan amalga oshirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’nu sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuv va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazsin. 5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
67
1,431
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-717-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida(“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritish to‘g‘ris
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-717-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
447
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2789-sonli qarori ijrosini ta’minlash va Navoiy viloyatidagi innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish orqali iqtisodiyotning real sektorlari samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi tashkil etilsin (keyingi o‘rinlarda — Bo‘lim). 2. Bo‘limning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: Navoiy viloyatining (keyingi o‘rinlarda — hudud) sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari holatining tizimli tahlilini olib borish, muammoli masalalarni aniqlash va ularning samarali yechimini izlash uchun ustuvor ilmiy yo‘nalishlarni belgilash; hududning iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik rivojlanishi, energo va resurstejamkor texnologiyalarni joriy etishni ta’minlash, ishlab chiqilayotgan mahsulotlarning tannarxini pasaytirishga yordam beruvchi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish; hududning texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish; hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan geologiya, konchilik ishi, metallurgiya, kimyo, geotexnologiya, robototexnika, mexatronika, nanotexnologiya, biotexnologiya, agrokimyo, ekologiya, avtomatika, energetika va mashinasozlik sohalarida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni o‘tkazishda ishtirok etish; hududning ilmiy va ilmiy-pedagog yuqori malakali kadrlari, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va sanoat korxonalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish; fan-ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi jarayonini jadallashtirishga ko‘maklashuvchi sharoitlar yaratish; sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida jahon va mamlakat ilm-fani yutuqlarini o‘rganish va tahlil qilish, hududning xususiyatlari va ehtiyojlarini inobatga olib, ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarga xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, hududning muammolarini hal etish bo‘yicha izlanishlar va ilmiy tadqiqotlar olib borish doirasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarur hollarda, Bo‘limning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: Bo‘lim davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va bank, shu jumladan, valyuta hisob raqamiga ega; Bo‘limning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot har yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidiumi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Ilmiy-texnik kengashi majlislarida tinglanadi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari Bo‘lim xodimlariga ham joriy etiladi; Bo‘lim raisi maqomi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimiga tenglashtiriladi va bir vaqtning o‘zida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bosh direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi; Bo‘lim raisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidentining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi huzurida 2-ilovaga muvofiq tarkibda Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengash tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 6. Bo‘lim huzuridagi Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish; fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvi uchun qulay sharoitlar yaratish; hududdagi tashkilotlar bilan shartnomalar asosida yangi ilmiy tadqiqotlar natijalari va innovatsiya ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish; yuqori ilmiy natijalarga erishgan va hududda ilm-fanning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan olimlarni, jumladan yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash; Bo‘limni moddiy-texnik ta’minlash uchun homiylik mablag‘larini jalb etishga ko‘maklashish. 7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Navoiy kon- metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bilan birgalikda Bo‘lim huzuridagi Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengash to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi: bir oy muddatda Bo‘limning ustavini tasdiqlasin va uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlasin; ikki oy muddatda Bo‘limni yuqori malakali ilmiy kadrlar, shu jumladan, istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha taklif etilgan xorijiy olim — mutaxassislar bilan to‘ldirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin; Bo‘lim ilmiy xodimlarning yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida maqsadli tajriba orttirishlarini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlasin. 9. Bo‘lim faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar hisoblansin: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi mablag‘lari, shu jumladan, tegishli ilmiy-texnologik ishlanmalarni joriy etish natijasida olingan sof foydaning 10 foizi miqdori; O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun xo‘jalik shartnomalaridan kelib tushadigan tushumlar, xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlar grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 10. Bo‘lim bepul foydalanish huquqi bilan Navoiy shahri, G‘alaba shoh-ko‘chasidagi Navoiy davlat konchilik instituti binosi manziliga joylashtirilsin. 11. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi: bir oy muddatda Bo‘lim faoliyatini tashkil etish uchun zarur mebel, kompyuter texnikasi, jihoz va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlashni; Navoiy shahri, Me’morlar ko‘chasi, 2-uy manzili bo‘yicha joylashgan binoni Bo‘limning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish va joylashtirish uchun uni kapital ta’mirlashni; Bo‘limning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlashni; O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakat ilmiy-tadqiqot muassasalaridan taklif etiladigan ilmiy maslahatchilarning vaqtincha yashashlari uchun turar-joy kompleksini qurishni ta’minlasin. 12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
117
7,490
Qonunchilik
XUSUSIY MULK VA TADBIRKORLIKNI KORRUPSIYA, REKET VA UYuShGAN JINOYATChILIKNING BOShQA TURLARIDAN HIMOYA QILIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi PF-745-son Farmonini ijro etish yuzasidan hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida uyushgan jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish, reket va poraxo‘rlik hollariga barham berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tuzilmalarida korrupsiya va reketga va terrorchilikka qarshi kurash boshqarmalari tashkil etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining korrupsiya va reketga va terrorchilikka qarshi kurash boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va shtatlar soni ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarmalarning shtatdagi xodimlari sonini vazirlikning belgilangan xodimlari soni va shtatlari doirasida shakllantirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasidagi Korrupsiya va reketga qarshi kurash boshqarmasi Korrupsiyaga, reketga va terrorchilikka qarshi kurash Bosh boshqarmasiga aylantirilsin. 4. Ko‘rsatib o‘tilgan Bosh boshqarma tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarining harbiy qismi (7777 h\q) shtatlari soni hisobidan terrorchilik bilan kurashuvchi maxsus bo‘linma kiritilsin. Alohida xizmat sharoitlari uchun Ushbu bo‘linmaning boshliqlar tarkibiga, Korrupsiya, reket va terrorchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘iga hamda uning o‘rinbosarlariga amaldagi lavozim maoshlari 25 foiz ustama bilan to‘lansin va pensiyaga chiqish vaqtida uzoq muddat ishlaganlikni hisoblashda xizmatning 1 oyi 1,5 oy deb hisoblansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uning tuzilmasida korrupsiya va reketga qarshi kurash boshqarmalari tashkil etilishi munosabati bilan mehnatga haq to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga zarur mablag‘lar ajratsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-fevraldagi 57-4-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
153
2,428
Qonunchilik
Intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi 295-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 193-modda; 1994-yil, № 2, 52-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 181-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 5-moddasi 2-bandining birinchi xatboshisidagi “kooperativ joylashgan erdagi hokimlikda” degan so‘zlar “davlat xizmatlari markazlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi 1062-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin: 1) 3-moddaning ikkinchi qismidagi “qoidalar qabul qiladi va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 2) quyidagi mazmundagi VI1 bo‘lim bilan to‘ldirilsin: Tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini o‘z ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi. Patent egasining arizasi asosida Agentlik sanoat mulki obyektlaridan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan o‘tkaziladigan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishuvga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaxsi ushbu faktni ko‘rsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak. Undirilgan jarima miqdorining o‘n foizi Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi. Jarima solish uchun asos bo‘lgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu Qonun 331-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror Agentlikning rahbari (uning o‘rnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda to‘lashi mumkin. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi. Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi. Huquqbuzar Agentlikning jarima solish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli”. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi 349-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 4-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: uchinchi qismidagi “adliya organlari” degan so‘zlar “davlat xizmatlari markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o‘ninchi qismidagi “ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni” degan so‘zlar “adliya organini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 267-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin: 1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 2) quyidagi mazmundagi 371-modda bilan to‘ldirilsin: Tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada o‘xshash bo‘lgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi. Huquq egasining arizasi asosida Agentlik tovar belgisidan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan o‘tkaziladigan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishuvga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaxsi ushbu faktni ko‘rsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak. Jarima solish uchun asos bo‘lgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror Agentlikning rahbari (uning o‘rnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda to‘lashi mumkin. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi. Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi. Undirilgan jarima miqdorining o‘n foizi Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi. Huquqbuzar Agentlikning jarima solish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli”. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrda qabul qilingan “Firma nomlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-51-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 493-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 121-modda bilan to‘ldirilsin: Firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi. Firma nomiga bo‘lgan huquq egasining arizasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) firma nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan o‘tkaziladigan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishuvga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaxsi ushbu faktni ko‘rsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak. Jarima solish uchun asos bo‘lgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror Agentlikning rahbari (uning o‘rnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda to‘lashi mumkin. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi. Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi. Undirilgan jarima miqdorining o‘n foizi Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi. Huquqbuzar Agentlikning jarima solish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli”. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar) 23-moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomaga oid huquqni va tovar belgisiga doir huquqlarni rezidentdan oluvchi norezident bo‘lgan taqdirda, davlat boji (patent boji) norezidentlar tegishli huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechganligi (ularni boshqa shaxsga o‘tkazganligi) munosabati bilan o‘zgartishlar kiritganlik (tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomaga oid huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganligi munosabati bilan arizachini o‘zgartirganlik) yoki ro‘yxatdan o‘tkazganlik (tovar belgilariga doir huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatga olganlik) uchun belgilangan miqdorlarda tegishincha to‘lanadi”. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonun 2-moddasining 2-bandi, 4-moddasining 2-bandi, 5 va 6-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
190
13,547
Qonunchilik
“KABUL-O‘ZBEK KO.” O‘ZBEKISTON—KOREYA QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni ta’minlash, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish va recpublikaning eksport imkoniyatlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasining: “Kabul-To‘ytepa tekstil” qo‘shma korxonasini qayta tashkil etish haqidagi, uning ishlab chiqarishlarini ishlab turgan To‘ytepa yigiruv-to‘qimachilik fabrikasi, Toshkent shahrining Ko‘kcha mavzesida qurilayotgan fabrika va “Malika” aksiyadorlik jamiyatining alohida korpuslari bazasida tashkil etilayotgan, ustav jamg‘armasi 37,2 mln. AQSh dollari, ilovaga* muvofiq ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan paxta tolasidan kalava, gazlama, trikotaj buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Kabul-O‘zbek ko.” O‘zbekiston — Koreya qo‘shma korxonasiga kiritgan holda; ustav jamg‘armaga O‘zbekiston tomonidan 11,5 mln. AQSh dollari (31%) qo‘shilishi, shu jumladan “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi tomonidan To‘ytepa fabrikasining binolari va inshootlari (6,0 mln. AQSh dollari), Toshkentdagi Ko‘kcha mavzesida qurilayotgan fabrikaning qurilishi tugallanmagan inshootlari (5,0 mln. AQSh dollari) va “Malika” aksiyadorlik jamiyatining eski bo‘yoq va koton korpuslari binolari (0,5 AQSh dollari) qo‘shilishi to‘g‘risidagi; “Kabul Tekstaylz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qo‘shma korxona ustav jamg‘armasiga 25,7 mln. AQSh dollari (69%) qo‘shilishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin, uning 14 mln. AQSh dollari “Kabul-To‘ytepa tekstil” qo‘shma korxonasini tashkil etishda qo‘shilgan va 11.7 mln. AQSh dollari Toshkent shahrining Ko‘kcha mavzesidagi fabrika qurilishida qo‘shiladi. 2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: “Kabul Tekstaylz” akspyadorlik kompaniyasi asbob-uskunalar xarid qilish, ularni montaj qilish va sozlash uchun zarur bo‘lgan xorijiy valyutadagi kreditni o‘z kafolati ostida “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasiga berish masalalarini hal etadi hamda qo‘shma korxonaning butun faoliyati davrida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 80 foizidan 100 foizigacha jahon narxlari bo‘yicha eksport qilinishini kafolatlaydi; texnik darajani yomonlashtirmasdan loyihani arzonlashtirish va tezlikda iqtisodiy samara olish maqsadida o‘z ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi asbob-uskunalardan qolishmaydigan, ishlatilib kelingan asbob-uskunalarning bir qismi (55% doirasida) qo‘llaniladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent shahrining Ko‘kcha mavzesidagi fabrikaning qurilayotgan binolari va inshootlarini, “Malika” aksiyadorlik jamiyatining eski bo‘yoq va koton korpusini “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasi ustav jamg‘armasiga bersin hamda qo‘shma korxonadagi davlat ulushini trast boshqarish huquqini “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasiga bersin. 4. “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasi obyektlar qurilishining buyurtmachisi, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “O‘zsuvqurilish” davlat konserni, “O‘zagroqurilish” bosh pudrat tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni va “O‘zjamoaxo‘jalikqurilish” uyushmasi subpudrat tashkilotlar etib belgilansin. “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi “Kabul-Tekstaylz” kompaniyasi bilan birgalikda “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlari ilovaga muvofiq muddatlarda ishga tushirilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika qo‘mitasi: ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shma korxona qurilishini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritsin; paxta tolasidan foydalanish balanslarini ishlab chiqishda, 1998-yildan boshlab, “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi buyurtmalariga muvofiq, ushbu xomashyoga konvertatsiya qilinadigan qattiq valyutada haq to‘langan holda, “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasi ehtiyojlarini hisobga olsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki loyihaning samaraliligi va o‘zini qoplashini tasdiqlovchi ekspertiza asosida Toshkent shahrining Ko‘kcha mavzesida fabrika qurilishi uchun milliy valyutada kreditlarni belgilangan tartibda ajratsin. Kreditni qaytarish “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasining o‘z mablag‘lari hisobiga ta’minlansin. 7. Toshkent shahrining Ko‘kcha mavzesida korxona qurilishida to‘qimachilik fabrikalarini loyihalash sohasidagi zamonaviy yutuqlardan foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zengsanloyiha” (DPI-4), “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi “Kabul Tesktaylz” kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi davlat standartlari hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq keluvchi Koreya Respublikasida amal qiluvchi standartlarga binoan loyihalashtirish normalari qo‘llanilishi imkoniyatini ko‘rib chiqsinlar. 9. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari qurilish davrida qo‘shma korxonaga kelayotgan asbob-uskunalar ortilgan konteynerlarni vaqtincha saqlash uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratsin, ushbu uchastkalardan keyinchalik xomashyo va tayyor mahsulot omborlari qurish uchun foydalanish imkoniyatini nazarda tutsin. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi bilan birgalikda quvvatlarni ishga tushirib va ulardan samarali foydalanishni ta’minlab “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasi obyektlari qurilishi uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarning yashashi uchun binolarni aniqlasin va ularni belgilangan tartibda “Kabul Tekstaylz” aksiyadorlik kompaniyasiga sotsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi buyurtmasi bo‘yicha “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga, vizalar rasmiylashtirilganligi uchun ularni konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalar belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin. 11. “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga mehmonxonada yashaganlik va respublika hududida transportning barcha turlarida yurganlak uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin. 12. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasi uchun asbob-uskunalar ortilgan konteynerlar o‘z vaqtida va uzluksiz qabul qilinishini, saqlanishini va jo‘natilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qobul-To‘ytepa Tekstil” O‘zbekiston-Koreya korxonasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1995-yil 17-iyuldagi 275-son qarori, 2-bandning 3 va 4-xatboshilardan tashqari, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H.Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
113
7,066
Qonunchilik
YHQ buzilishini videoqayd qilish: advokat mulohazasi
Toshkentda yoʻl harakati qoidalari buzilishini foto- va videoqayd qilishning maхsus vositalari oʻrnatilmoqda. Ba’zilar bu uchastkalarda “Videoqayd qilish” belgisi oʻrnatilishi hamda tegishli yoʻl belgisi chizilishi kerak deb hisoblashmoqda. Toshkentda yoʻl harakati qoidalari (YHQ) buzilishini  foto- va videoqayd qilishning maхsus vositalari oʻrnatilmoqda. Ba’zilarning fikricha, ular amal qiladigan joylarda koʻpgina хorijiy davlatlarda qabul qilinganidek “Videoqayd qilish” belgisi oʻrnatilishi hamda tegishli yoʻl belgisi chizilishi kerak. Bunga shunday dalil keltiriladiki, yoʻlda oʻrnatiladigan kameralar, radarlar va detektorlar – bu eng avvalo ogohlantirish choralari, jazolash emas. Jahonda ilk YHQ buzilishini qayd qilish kamerasi  Gollandiyaning Gatsometer BV kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Lekin ulardan faqat 1960-yillarda foydalana boshlandi. Ular birinchi marta Buyuk Britaniya mamlakatida oʻrnatildi. 2005 yilda Buyuk Britaniya avtohavaskorlar Assotsiatsiyasi rahbarligi ostida bu mamlakatda oʻrnatilgan barcha 5 000 ta kamera belgilangan rasmiy хarita chiqarildi. Bunday хarita yaratilishiga  shunday dalil keltirildiki, odamlar radar belgisini koʻrgan chogʻlarida keskin tormozga bosadilar va koʻpincha falokatga uchraydilar. Xarita esa ularni bunday vaziyatlarga tushishdan saqlaydi. Tez orada bu tajribani boshqa mamlakatlar aholisi ham oʻrganib olishdi. Inchunun, Kipr haydovchilari shunga oʻхshash хarita chiqarilishini uzoq vaqt talab qildilar va nihoyat bu mamlakatda barcha radar va kameralarni belgilar yordamida belgilashni talab qiluvchi qonun qabul qilindi. Bizning mamlakatimizda haydovchi va piyodalar uchun “Yoʻl harakati хavfsizligi toʻgʻrisida” Qonun va Yoʻl harakati qoidalari amal qilmoqda. Biroq YHQga 1-ilovada koʻrsatilgan yoʻl belgilari orasida foto- yoki videoqayd qilish toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgi yoʻq.   Ishonamizki, yaqin vaqtlarda, хorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasidan kelib chiqib, bizda ham foto- va videoqayd qilish vositalari qoʻllanadigan joylarda tegishli belgilar qonuniylashtiriladi va oʻrnatiladi.  Aхtam XIKMATOV, advokat.
52
2,104
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Kadrlar bo‘limi mudiri J.B. Xaydarov o‘n kun muddatda Bo‘lim mudiri, uning o‘rinbosari va mutaxassisning funksional vazifalari taqsimlanishini qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlanishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Bo‘lim) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi apparati) funksional tarkibiy bo‘limi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda kadrlarni sifatli tanlash va joy-joyiga qo‘yishni tashkil etish, Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlashni ta’minlaydi. 2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Bo‘lim Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga bo‘ysunadi. 4. Bo‘lim o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirig‘iga muvofiq davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbar xodimlarini tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish masalalari to‘g‘risida hujjatlar loyihalarini tayyorlash; b) Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda: Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarini talab etilgan mutaxassislik, malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan mas’ul hamda texnik xodimlar bilan o‘z vaqtida va sifatli to‘ldirish, shuningdek, ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ular bilan alohida suhbatlashish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha uning tarkibini muntazam ravishda yangilab borish; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar zaxirasi bilan ishlash monitoringini olib borish; Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirish, shuningdek, ularni qayta tayyorlash bo‘yicha takliflar tayyorlash; Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul va texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning kasbiy saviyasi hamda ishchanlik malakasini baholash; Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlari, davlat boshqaruvi organlarining, xo‘jalik birlashmalarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va markaziy apparatlari mutaxassislarining sifatli tarkibini tahlil qilish; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarida, xo‘jalik birlashmalarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar bo‘yicha vakant lavozimlarni tahlil qilish: v) Vazirlar Mahkamasi apparati shaxsiy tarkibining hisobini yuritish, Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini hisobga olish hujjatlarini muntazam yangilab borish va to‘ldirish, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlarini kadrlar masalalari bo‘yicha zarur axborot hamda ma’lumotlar bilan ta’minlash. 6. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: xodimlarni tanlash, kelishish, o‘rganish va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritishda ishga qabul qilinadigan yangi xodimlar bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyorlanishi va rasmiylashtirilishini tashkil etadi; Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, markaziy apparatlari mas’ul xodimlarining sifat tarkibi tahlil etilishini tashkil etadi; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarida, xo‘jalik birlashmalarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan vakant lavozimlar bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlariga Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoringi natijalari to‘g‘risida axborot kiritadi; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka o‘tashini tashkil etadi; kadrlarni tegishli lavozimlarga tavsiya qilish masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xodimlarning mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar masalalari yuzasidan xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan seminarlar va tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishda tegishli hujjatlarni (qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar) belgilangan tartibda tayyorlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparatining kadrlar tarkibi to‘g‘risida tahliliy materiallar va ularning sifatini yaxshilashga doir takliflar tayyorlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari rotatsiyasi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga belgilangan tartibla takliflar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan bitiruvchilarni Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga taqsimlashni tahlil qilish va rejalashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi: kadrlar salohiyatining kasbiy saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, zamonaviy uslublardan foydalangan holda jamoada kulay ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari uchun treninglarni tashkil etadi; Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar hisobini yuritadi, ushbu masala yuzasidan zarur axborotni tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga taqdim etadi; Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va ularning kasbiy saviyasini baholashni tashkil etadi, attestatsiya komissiyalari qarorlarini bajarish tadbirlarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi; Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga taalluqli tushadigan xatlar va murojaatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi; Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlaydi, mukofotlar, rag‘batlantirish va jazo choralari hisobini yuritadi; Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi; ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi; davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, boshqa organlar va tashkilotlarining rahbar xodimlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining xizmat guvohnomalarini rasmiylashtiradi, topshiradi va hisobini yuritadi. Bo‘lim unga yuklangan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi. 7. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur materiallar va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirig‘iga muvofiq davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar majlislari hamda yig‘ilishlarida ishtirok etish; zarur bo‘lganda Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etish; “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda kiritilgan hujjatlarni belgilangan tartibda qaytarish. Bo‘lim tomonidan zarur materiallar va ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha talablar, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Bo‘lim belgilagan muddatlarda bajarilishi lozim. 8. Bo‘lim: o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini ta’minlash talablarining bajarilishi; Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanishi; kadrlar bilan ishlash hisobi va hisobotini yuritish, hujjatlarni saqlash kadrlar bo‘yicha ish yuritish holati; jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etilishi uchun javob beradi. 9. Bo‘lim tuzilmasi Bo‘lim mudiri, Bo‘lim mudirining o‘rinbosari (xodimlarning malakasini oshirish, kadrlar zaxirasini shakllantirish va tizimli yuritish masalalari), mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha hujjatlarni va kadrlarga oid ma’lumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis va inspektorni (ish yuritish va apparat xodimlari ma’lumotlar bazasini yuritish bo‘yicha) o‘z ichiga oladi. Bo‘lim tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 10. Bo‘lim ishlariga mudir rahbarlik qiladi. 11. Bo‘lim mudiri, Bo‘lim mudirining o‘rinbosari (xodimlarning malakasini oshirish, kadrlar zaxirasini shakllantirish va tizimli yuritish masalalari), mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha hujjatlarni va kadrlarga oid ma’lumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis, inspektor (ish yuritish va apparat xodimlari ma’lumotlar bazasini yuritish bo‘yicha) belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 12. Bo‘lim ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati to‘g‘risidagi nizom, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Bo‘limning ish rejalari asosida tashkil etiladi. Bo‘limning ish rejasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi. Bo‘limning ish rejasi, Bo‘lim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi. Bo‘lim mudirining o‘rinbosari va bosh mutaxassisning shaxsiy ish rejasi Bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 13. Bo‘lim mudiri: Bo‘limga bevosita rahbarlik qiladi, xodimlar ishini tashkil etadi, bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomi bo‘yicha to‘liq javob beradi; tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan takliflar tayyorlaydi va kiritishda ishtirok etadi; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xodimlar kasbiy saviyasi va ishchanlik malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi, zarur hollarda xodimlarni attestatsiyasi bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassisliklari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka o‘tashini tashkil etadi; Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga Bo‘lim xodimlarini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish, rag‘batlantirish, va ularni jazolash to‘g‘risida takliflar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbar xodimlarini tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq tayinlash va tasdiqlash bo‘yicha hujjatlar tayyorlashda hamkorlik qiladi; Bo‘lim faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga bo‘lim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar bo‘yicha kiritilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini tashkil etadi va ularni imzolaydi; malaka oshirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi; Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi Bo‘lim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar bo‘yicha o‘tkazadigan majlislarda ishtirok etadi; Bo‘lim xodimlari o‘rtasida majburiyatlar taqsimotini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga kiritadi; Bo‘lim xodimlari ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, kelib tushgan hujjatlar va xatlarni xodimlar o‘rtasida taqsimlaydi; Bo‘lim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi; Bo‘lim xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi; Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi; Bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ijro intizomiga to‘liq amal qiladi; chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi. 14. Bo‘lim mudirining o‘rinbosari (xodimlarning malakasini oshirish, kadrlar zaxirasini shakllantirish va tizimli yuritish masalalari): Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash va stajirovkadan o‘tishini tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi; Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovkaga jalb etish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlaridan bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini shakllantiradi. Nomzodlarning shakllantirilgan ro‘yxati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi va kelishish ishlarini muvofiqlashtiradi; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar monitoringi natijalari to‘g‘risida tahliliy materiallar tayyorlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka o‘tashini tashkil etishga doir takliflar tayyorlaydi; malakali xodimlarga bo‘lgan joriy va kelgusidagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlarni lavozimlarga tanlash ishlarini rejalashtiradi va muvofiqlashtiradi; qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; kadrlar ishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; vakant lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlarning hujjatlarini tayyorlashni tashkil etadi; Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga va ishga qabul qilinayotgan shaxslarga maslahatlar beradi, ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarining mazmun-mohiyatini tushuntiradi; Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarida mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etadi, xodimlarning intizomiy javobgarligi masalalari bo‘yicha Bo‘lim mudiriga takliflar tayyorlaydi; rahbar xodimlar lavozimlari bo‘yicha zaxira kadrlar bazasini shakllantiradi va maqsadli o‘qitish kurslarida o‘qiydigan nomzodlar hujjatlarini tayyorlaydi; Bo‘limda belgilangan tartibda axborot xavfsizligi va maxfiylik rejimiga rioya etilishini ta’minlaydi; Bo‘limga ijroga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi va hal etish choralarini ko‘radi; Bo‘lim mudirining topshiriqlariga binoan tegishli chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi. Bo‘lim mudirining topshiriqlariga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 15. Bo‘lim mudiri vaqtincha bo‘lmaganda uning vazifalarini Bo‘lim mudiri o‘rinbosari bajaradi. 16. Bo‘limning mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha hujjatlarni va kadrlarga oid ma’lumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi: Vazirlar Mahkamasi apparati mas’ul xodimlarining sifatli tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati uchun tegishli takliflar tayyorlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarda, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarida, xo‘jalik birlashmalarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezident nomenklaturasiga kiradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar bo‘yicha vakant lavozimlar to‘g‘risida tahliliy materiallar tayyorlaydi; davlat boshqaruvi organlarida, xo‘jalik birlashmalarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar bo‘yicha kadrlar harakatlanishi hisobini yuritadi, ularning shaxsiy ma’lumotlari bazasini shakllantiradi va uning muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xodimlarning mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar masalalari yuzasidan xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan seminarlar va tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda xodimlarning mehnat ta’tiliga chiqish grafigini ishlab chiqadi; Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlaydi, mukofotlar, rag‘batlantirish va jazo choralari hisobini yuritadi; kadrlar masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlarini tayyorlaydi; Bo‘limga ijroga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va tegishli javob xatlarini tayyorlaydi; Bo‘lim mudirining topshiriqlariga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 17. Bo‘lim inspektori (ish yuritish va apparat xodimlari ma’lumotlar bazasini yuritish bo‘yicha): O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritadi, Bo‘limda hujjatlar o‘tishini nazorat qiladi; Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi tayinlangan xodimlarini hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtiradi, ularning shaxsiy hujjatlarini shakllantiradi va muntazam yangilab borishni ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yuritadi; Kadrlar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashadi; Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi; Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, boshqa davlat organlar va tashkilotlar rahbarlari uchun xizmat guvohnomalari, shuningdek, texnik xodimlar uchun ruxsatnomalar tayyorlaydi hamda ularni rasmiylashtirish uchun taqdim etadi; Vazirlar Mahkamasining xizmat guvohnomalari blankalari hisobini yuritadi va ularni ro‘yxatga oladi, ushbu hujjatlarni yo‘q qilish to‘g‘risida dalolatnomalar tayyorlaydi; mehnat daftarchalariga tegishli yozuvlar kiritadi va ularning saqlanishini ta’minlaydi; ishlarni arxivda saqlash uchun tayyorlaydi va o‘z vaqtida topshirilishini ta’minlaydi; Bo‘lim mudirining topshiriqlariga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 18. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida tegishli lavozimlarga nomzodlarni tanlash, qoidaga ko‘ra, xodimlarning amaldagi tarkibi, tasdiqlangan kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar hamda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari xodimlari tarkibidan amalga oshiriladi. Tegishli lavozimlarga nomzodlarni tanlash va tavsiya etishda, qoidaga ko‘ra, kamida uch nafar mutaxassisning nomzodlari taqdim etiladi. 19. Nomzodlarni bir vaqtning o‘zida Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari, Bosh vazirning maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan oldindan kelishish hamda nomzodga ma’lumotnoma va tarkibiy bo‘linma rahbarining yozma tavsiyasini taqdim etish Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi. 20. Tavsiya etiladigan nomzodlarning ilova qilingan kelishish yakunlari hujjatlari haqida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan ma’qullangan taqdirda hujjatlar belgilangan tartibda o‘rganish uchun Kadrlar bo‘limiga va Birinchi bo‘limga taqdim etiladi. 21. O‘rganish natijalari bo‘yicha tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan Kadrlar bo‘limi bilan birgalikda tavsiya qilingan nomzodlarga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlash ta’minlanadi. 22. Tayyorlangan hujjatlar asosida zarurat bo‘lganda bajariladigan funksional vazifalar mavzusi bo‘yicha tavsiya etiladigan nomzodlar tomonidan axborot (ma’lumotnoma) tayyorlangan holda Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari yoki Bosh vazirning maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tavsiya etilgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi. 23. Suhbat yakunlari bo‘yicha Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari yoki maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasiga tegishli lavozimga nomzodni tavsiya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomiga qo‘shma taqdimnoma kiritiladi. 24. Taqdimnomani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan ma’qullangan taqdirda tavsiya etiladigan nomzodlar Vazirlar Mahkamasi Rayosatida kelishilishi kerak. 25. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tavsiya qilinadigan nomzodlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida: ma’qullanganda — xodimni tayinlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi imzolanadi; nomzod rad etilganda — materiallar Bo‘limga qaytariladi. 26. Apparatda kadrlarni tanlash, kelishish, tayinlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibiga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga, Bo‘lim mudiriga va Birinchi bo‘lim mudiriga yuklanadi. 27. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. 28. Apparat boshqaruvchisining o‘rinbosarlari, kotibiyatlar mudirlari, ularning o‘rinbosarlari, boshqarmalar boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bo‘limlar mudirlari, xizmatlar mudirlari (matbuot kotibi) belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. 29. Bosh mutaxassislar, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlarining yordamchilari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. 30. Inspektorlar va boshqa texnik xodimlar belgilangan tartibda apparat boshqaruvchisining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. 31. Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlarini mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy bosqichida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar talablaridan kelib chiqib ularning egallab turgan lavozimga muvofiqligini baholash yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 32. Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun mutaxassislarni stajirovkadan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyrug‘i bilan belgilanadi. 33. Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovkaga jalb etish uchun tarkibiy bo‘linmalar apparatning tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning, boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlaridan bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini shakllantiradilar. Nomzodlarning shakllantirilgan ro‘yxati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beriladi va u bilan kelishiladi. 34. Shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida stajirovkaning aniq davri ko‘rsatilgan holda stajirovkalarni o‘tkazish jadvali tasdiqlanadi. 35. Mutaxassislarni stajirovkadan o‘tkazish quyidagi tadbirlarni bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi: mutaxassislarni Vazirlar Mahkamasi apparatida ishni tashkil etish asoslari bilan tanishtirish; mutaxassislarni hujjatlarning tegishli loyihalarini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishi uchun kiritiladigan axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash ishiga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga jalb etish; nomzodlarni xizmat safarlariga chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini maqsadli o‘rganish ishiga jalb qilish. 36. Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining malakasini oshirish mavzuli seminarlar, kurslar, davra suhbatlari o‘tkazish, iqtisodiy o‘qishni tashkil etish va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining ma’ruzalarini eshitish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 37. Iqtisodiy o‘qishni tashkil etish va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining ma’ruzalarini eshitish Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadigan yarim yillik jadvallar asosida amalga oshiriladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 16-martdagi 221-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlari)” 2020-yil 26-iyundagi 411-son qarori 1-ilovasining 50-bandi.
112
31,383
Qonunchilik
“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi QL-783-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi QL-783-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
162
333
Qonunchilik
SOLIQ MASLAHATChISI MALAKA SERTIFIKATINI OLISh UChUN MALAKA IMTIHONLARINI TAShKIL ETISh VA O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 20-martdagi 55-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 12-son, 111-modda.) muvofiq qaror qilamiz: 1. Ilova qilinayotgan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 55-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Malaka imtihoni soliq maslahatini berish faoliyatini amalga oshirish uchun soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olishga da’vogar bo‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — da’vogarlar deb yuritiladi) bilimlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. 2. Malaka imtihonini topshirishga mazkur Nizom bilan belgilanadigan malaka talablariga javob beradigan da’vogarlar qo‘yiladi. 3. Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olishga da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; b) soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini o‘tagan bo‘lishi; v) oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan keyin kamida besh yil ish stajiga, shu jumladan, kamida ikki yil iqtisodiy yoki yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lishi. 4. Soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan davlat va nodavlat ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv Dasturi asosida amalga oshiradilar. 5. Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olishga da’vogar Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida arizani taqdim etadi: a) to‘ldirilgan anketa (mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq); b) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnomasi (nusxalar olinadi, asllari qaytariladi); v) mehnat daftarchasi (nusxa olinadi, asli qaytariladi) yoki ish joyida tasdiqlangan nusxasi; g) 3 x 4 o‘lchamida ikki dona rangli fotosurat (so‘nggi 12 oy mobaynida qilingan); d) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasasida soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘taganligi to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi (agar o‘qish tugagan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasiga qadar uch yildan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa, u haqiqiy deb topiladi). Agar dasturning ayrim bo‘limlari turli ta’lim muassasalarida o‘rganilgan bo‘lsa, u holda tegishli o‘quvlarni o‘taganligi to‘g‘risida hujjatlarning asl nusxalari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari taqdim etiladi; e) malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati. j) pasport yoki uni o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi. Ko‘rsatilgan hujjatlar bir nusxada, imzolangan holda o‘zi tomonidan yoki yetkazilganligi to‘g‘risida xabar qilgan holda buyurtma xat bilan taqdim etiladi. 6. Moliya vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 7. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda Moliya vazirligi malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganlar ro‘yxatini imtihon komissiyasiga taqdim etadi. 8. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganlar da’vogarlar malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida u o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin yozma ravishda xabardor qilinadi. 9. Moliya vazirligi tegishlicha rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim qilinganda, shuningdek, da’vogar mazkur Nizomning 3-bandida bayon etilgan malaka talablariga muvofiq kelmasa, da’vogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etishga haqlidir. 10. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Moliya vazirligi qaror qabul qilingan sanadan boshlab, uch ish kunidan kechiktirmay rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risida da’vogarni xabardor qiladi va taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi. Da’vogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan taqdirda, da’vogar faqat rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgandan so‘ng, ariza bilan qayta murojaat qilishga haqlidir. 11. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgandan so‘ng da’vogar bir yil ichida qayta murojaat etsa malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov qayta to‘lamaydi. 12. Malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun Moliya vazirligi tomonidan imtihon komissiyasi tashkil etiladi. Imtihon komissiyasi rais, rais o‘rinbosari, kotib va kamida beshta a’zodan iborat bo‘ladi. Imtihon komissiyasi tarkibiga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi ishchilari va zaruriyat bo‘lgan taqdirda soliq maslahatini berish sohasi mutaxassislari kiritiladi. 13. Imtihon komissiyasi nizomi, uning shaxsiy tarkibi va ish yuritish reglamenti Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi imtihon komissiyasi 50 foizi ishtirok etgan tarkibda va rais yoki rais o‘rinbosarining majburiy ishtirokida malaka imtihonlarini o‘tkazishga haqlidir. 14. Imtihon komissiyasining ishlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar imtihon komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va uning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. 15. Malaka imtihoni guruhlar shakllanganda, ammo chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Da’vogarlar soni 10 dan ortsa, guruh shakllangan deb hisoblanadi. 16. Imtihon o‘tkazish joyi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Imtihon o‘tkaziladigan xona (auditoriya) da’vogarlar soniga mos joylar soni va tegishli sharoitlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 17. Malaka imtihoni uch astronomik soat ichida yozma shaklda test o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkaziladi. 18. Imtihon testlari savollari soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘qitish kurslarining tasdiqlangan dasturlari asosida ishlab chiqiladi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Testlar mazmuni qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda davriy qayta ko‘rib chiqiladi. 19. Malaka imtihoni paytida da’vogarlarga beriladigan imtihon materiallari quyidagilardan iborat: imtihon kartochkasi; imtihon moduli; javoblar bukleti. 20. Imtihon kartochkasi da’vogarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, uning identifikatsiya raqami (IR) hamda imtihon o‘tkazilish qoidalarini o‘z ichiga oladi. Da’vogarning ismi, familiyasi, otasining ismi faqatgina imtihon kartochkasida ifodalanadi, boshqa imtihon materiallarida (imtihon moduli va javoblar bukletida) da’vogarning identifikatsiya raqami (IR) ko‘rsatiladi. 21. Imtihon modullarida test savollari ko‘rsatiladi. Imtihon modullari 60 ta test savollaridan iborat bo‘ladi, jumladan: yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 25; buxgalteriya hisobi va hisoboti — 15; soliq huquqi, iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va soliq maslahati berishning huquqiy asoslari — 20. 22. Imtihon moduli va javoblar bukleti bitta tartib raqam ostida raqamlanadi. 23. Da’vogarlarni ro‘yxatga olish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin boshlanadi va 10 daqiqa oldin tugatiladi. 24. Da’vogarlar malaka imtihonini topshirishga pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat taqdim etilganda ruxsat beriladi. Da’vogar o‘zini ro‘yxatga olinganligini malaka imtihonini topshirish uchun hozir bo‘lgan da’vogarlarning ro‘yxatga olish ro‘yxatiga imzo qo‘ygan holda tasdiqlaydi. 25. Pasporti yoki uning o‘rnini bosadigan hujjati bo‘lmagan yoxud malaka imtihoniga kechikkan da’vogarlar malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadilar va navbatdagi malaka imtihonini topshirishga ruxsat etilgan shaxslar ro‘yxatiga o‘tkaziladi. 26. Ro‘yxatga olish tugagandan so‘ng da’vogarlar (imtihon rasmiy boshlanishga qadar 10 daqiqa oldin) imtihon xonasiga taklif etiladilar. 27. Begona shaxslarga va kuzatuvchilarga malaka imtihonida qatnashishga ruxsat berilmaydi. 28. Malaka imtihoni boshlanishidan oldin imtihon komissiyasi raisi yoki rais o‘rinbosari malaka imtihonini o‘tkazish tartibi va testlarni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida da’vogarlarni xabardor etadi. 29. Malaka imtihoni komissiyasi raisi yoki rais o‘rinbosari imtihon komissiyasi a’zolarining va da’vogarlarning ishtirokida testlar bo‘lgan maxsus muhrlangan paketni ochadi. 30. Imtihon modullari va javob bukletlari da’vogarlarga imtihon boshlanishidan oldin tarqatiladi. 31. Imtihon moduli va javob bukletida da’vogar o‘z qo‘li bilan o‘zining identifikatsiya raqamini (IR) qo‘yib chiqishi shart. 32. Test savollariga javoblar da’vogar tomonidan javoblar bukletiga yoziladi. 33. Malaka imtihoni vaqtida normativ-huquqiy hujjatlardan, ma’lumot va maxsus adabiyotdan foydalanish, so‘zlashuvlar o‘tkazish, texnik vositalardan foydalanish taqiqlanadi, arifmetik kalkulyatorlar bundan mustasno. 34. Da’vogarlar tomonidan malaka imtihonini o‘tkazish qoidalarini buzish hollari bayonnomada qayd etiladi. 35. Malaka imtihonini o‘tkazishga ajratilgan vaqt tugashi bilan da’vogarlar imtihon komissiyasiga quyidagilarni topshirishlari shart: a) imtihon kartochkasi, imtihon o‘tkazish qoidalari da’vogar tomonidan imzolangan holda; b) imtihon moduli; v) to‘ldirilgan javoblar bukleti. 36. Mazkur Nizom talablarini buzgan da’vogarlar malaka imtihonini topshirmagan deb hisoblanadilar va ular tomonidan to‘ldirilgan testlardagi javoblar baholanmaydi. 37. Imtihon kartochkalari malaka imtihoni tugagach, konvertga solinib muhrlanadi. Imtihon modullari va javob bukletlari to‘liq tekshirilguniga va malaka imtihoni natijalari baholangunga qadar alohida saqlanadi. 38. Javoblarning to‘g‘riligini tekshirish va baholash identifikatsiya raqami (IR) bo‘yicha javob bukletlari asosida imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan amalga oshiriladi. 39. Soliq maslahatchisi sertifikatini olish uchun da’vogar bo‘limlar bo‘yicha kamida quyidagi miqdordagi savollarga to‘g‘ri javob berishi lozim: yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 15; buxgalteriya hisobi va hisoboti — 9; soliq huquqi, iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va soliq maslahati berishning huquqiy asoslari — 12. Bunda test natijalarini ijobiy deb e’tirof etish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan to‘g‘ri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar umumiy miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak. 40. Imtihon javoblarining to‘g‘riligi va baholash natijalari imtihon komissiyasi tomonidan tegishli bayonnomada identifikatsiya raqami (IR) va modul nomeri ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi. 41. Mazkur Nizomning 40-bandidagi bayonnomaning rasmiylashtirishi bilan imtihon komissiyasi a’zolarining biri imtihon kartochkalari paketini ochadi va identifikatsiya raqami orqali imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan, hamda malaka imtihonidan o‘tmagan da’vogarlarni aniqlaydi. 42. Malaka imtihonining natijalari imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan keyin uch ish kuni ichida Moliya vazirligiga beriladi. Malaka imtihonining natijalari imtihon komissiyasi tomonidan o‘tkazilgandan so‘ng uch ish kunidan kechikmasdan e’lon qilinadi. 43. Imtihon komissiyasining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: imtihon komissiyasi tarkibi; imtihonni o‘tkazish joyi, sanasi, vaqti (boshlanishi va tugashi); to‘plangan ballar miqdorini ko‘rsatgan holda malaka imtihonida qatnashgan da’vogarlar ro‘yxati; malaka imtihoniga kelmagan da’vogarlar ro‘yxati; malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan da’vogarlar ro‘yxati; malaka imtihonini topshirmagan da’vogarlar ro‘yxati; aniqlangan e’tirozlar va tartibbuzarliklar. 44. Da’vogarlar tomonidan to‘ldirilgan javob bukletlari, shuningdek, imtihon komissiyasi bayonnomalari Moliya vazirligida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi. 45. Malaka imtihonini topshirmagan da’vogarlarga malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov qaytarilmaydi. 46. Malaka imtihonini topshirmagan da’vogar malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov to‘lash sharti bilan qonunchilikda belgilangan tartibda malaka sertifikatini olish uchun hujjatlarni qayta taqdim etishga haqli. 47. Agar da’vogar Moliya vazirligiga hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab olti oy ichida malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar da’vogarga qaytariladi. Hujjatlarni qayta topshirish mazkur Nizomning III bobiga muvofiq amalga oshiriladi. 48. Malaka imtihoni natijalari bo‘yicha ularga nisbatan salbiy qaror qabul qilingan da’vogarlar malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab 30 kalendar kuni ichida Moliya vazirligiga apellatsiya qilish huquqiga egadirlar. Apellatsiya arizasi yozma shaklda taqdim etiladi. 49. Apellatsiya arizasi Moliya vazirligi buyrug‘i bilan tuziladigan Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 50. Apellatsiya komissiyasi bir hafta muddatda topshirilgan arizani ko‘rib chiqadi va apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: imtihon komissiyasi qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish; imtihon komissiyasi qarorini bekor qilish va malaka imtihonini qayta topshirish sanasini belgilash. 51. Imtihon komissiyasi qarorini o‘zgarishsiz qoldirish yoki apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror agar: apellatsiya mazkur Nizom talablarini buzgan holda taqdim etilgan bo‘lsa; apellatsiyada keltirilgan dalillar tasdiqlanmasa, qabul qilinadi. 52. Imtihon komissiyasi qarorini bekor qilish va malaka imtihonini qayta topshirish sanasini belgilash to‘g‘risida qaror malaka imtihoni mazkur Nizom talablarini buzgan holda o‘tkazilgan taqdirda qabul qilinadi. 53. Malaka imtihonini qayta topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Moliya vazirligi malaka imtihonini topshirmagan deb topilgan da’vogar uchun qayta imtihon kunini belgilaydi. Agar ilgari malaka imtihonini topshirmagan deb topilgan da’vogar malaka imtihonini qayta topshirish natijalari bo‘yicha imtihonni topshirgan deb hisoblangan taqdirda unga malaka sertifikati umumiy asoslarda beriladi. 54. Qayta apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
148
15,182
Qonunchilik
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va “Notariat to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son “Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3113, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/19/3113/2422-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 27-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha, shuningdek ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlash kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlaridan qarzdorligi mavjudligi onlayn rejimda tekshirilganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ko‘chirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi. Elektron tizimlarda texnik nosozliklar bo‘lganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.”. 2. 196-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “qarzdorning nomi va manzili (jismoniy shaxslar uchun tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;”.
126
2,466
Qonunchilik
“Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
63
447
Qonunchilik
Istirohat bogʻlaridagi attraksionlarni nazorat qilish funksiyasi Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasi zimmasiga yuklatilishi mumkin
Prezidentning «Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi e’lon qilindi. Quyidagilarni Davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilash koʻzlanmoqda: Farmon loyihasida qayta tashkil etilgan Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasi tarkibida quyidagilarni tashkil etish taklif qilinmoqda: Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasining vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar mahalliy davlat, хoʻjalik boshqaruvi, davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy ekanligi koʻrsatilgan. Davlat qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari esa Bosh vazirning taqdimnomasiga koʻra Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi. Shuningdek Davlat qoʻmitasi tuzilmasida sanoat хavfsizligi va togʻ-kon nazorati sohasida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korхonasi ob’yektlarida nazoratni amalga oshiruvchi Qizilqum iхtisoslashtirilgan inspeksiyasini saqlab qolish taklif etilmoqda. Farmon loyihasiga koʻra koʻp хonadonli uy-joylarning gaz ta’minoti tizimida хavfsizlik ta’minlanishi ustidan nazorat qilish funksiyalarini Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp хonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga topshirish rejalashtirilmoqda.   Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
130
1,615
Qonunchilik
IMPORTNI TARIFLAR BILAN BOShQARISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 18-fevraldagi PF-1930-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1998-yil 1-martdan boshlab: O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari 2-ilovaga muvofiq; 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi: 1998-yil 1-martgacha jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz solig‘i solinmay olib kiriladigan tovarlarning cheklangan normalarini; 1998-yil 1-aprelgacha jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish qoidalari va normalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 3. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 1998-yil 15-martgacha “Tovarlar, ishlar va xizmatlar importi prognoziga kiritish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buyurtmanomalar taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi”ni ishlab chiqsin va Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy bank bilan birgalikda o‘n kun muddatda haqini to‘lash uchun valyuta mablag‘lari bilan ta’minlanmagan import tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishini istisno qiluvchi hamda ularning import qiluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga qaytarib yuborilishini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun kiritsinlar. 5. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yig‘im undirishni joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 13-avgustdagi 279-son qarorining 1-bandi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yig‘im undirishni joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 13-avgustdagi 279-son qarorini qisman o‘zgartirish haqida” 1996-yil 25-oktabrdagi 362-son qarorining 2-bandi; Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarori 2-bandining 2-xatboshi; Vazirlar Mahkamasining “1998-yilgi O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti prognozi to‘g‘risida” 1997-yil 5-dekabrdagi 540-son qaroriga 14-2-ilova. 6. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Adliya vazirligi bilan birgalikda o‘z me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
63
3,070
Qonunchilik
«Qadimiy Buхoro» turzonasi uchun joy ajratildi
Vazirlar Mahkamasining 14.10.2017 yildagi 825-son qarori bilan "Qadimiy Buхoro" turizm zonasini qurish" loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi. Ma’lumot uchun: «Qadimiy Buхoro» turistik zonasini qurish Prezidentning 19.05.2017 yildagi PQ–2980-son qarorida koʻzda tutilgan. Uning hududida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari soliq va bojхona imtiyozlaridan foydalanishadi.  Turzona uchun Buхoro shahridagi Gʻijduvon koʻchasi va "Koʻhna va boqiy Buхoro" madaniy-ma’rifiy kompleksi oraligʻida 10,0 gektar yer maydoni ajratildi. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini yangi tuzilgan «NBU Vukhara Invest» MChJ investitsiya kompaniyasi ta’minlaydi. Alohida ob’yektlarni qurish uchun loyiha doirasida TIF MB va investitsiya kompaniyasi, shu jumladan investorlar ishtirokida (100 foizgacha ulushli) korхonalar barpo etishi mumkin. Ob’yektlar (ob’yektlar kompleksi) yoki "Qadimiy Buхoro" turizm zonasi korхonalarining ustav kapitallaridagi ulush boshqa investorlarga sotilishi mumkin. Bunda sotish qiymati kiritilgan (milliy va хorijiy valyutadagi) mablagʻlarning bozor qiymati boʻyicha valyutada, lekin barcha хarajatlar va investitsiyalar summasidan kam boʻlmagan miqdorda ajratgan holda amalga oshiriladi. "Qadimiy Buхoro" turizm zonasi hududini arхitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasi uch oy muddatda ishlab chiqilishi kerak. 2017–2019 yillarda mustasno tariqasida quyidagilarga ruхsat berilgan: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.10.2017 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov, ekspertimiz.
46
1,789
Qonunchilik
1 iyundan boshlab nima oʻzgaradi
norma.uz portali 2021 yil 1 iyundan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi. Qurilish ustidan nazorat joriy qilinadi  Pensiya - soddalashtirilgan tartibda Byurokratiya kamayadi Quyidagi tartib oʻrnatiladi:  Quyidagilar bekor qilinadi: Toʻliq roʻyхat bu yerda. 16 yoshga toʻlgan shaхslarga identifikatsiya ID-kartalari berish ularni soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish hamda fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirish tizimi joriy etiladi. Uy-joy masalasi Quyidagilar joriy etiladi: a) fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun arizalar yil davomida topshirilishi mumkin; b) subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin; v) subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchidan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» AT (keyingi oʻrinlarda - Tizim) orqali olish mumkin boʻlgan hujjatlarni (ma’lumotlarni) talab qilish man etiladi; g) uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi хabarnoma ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi; Bolalarga vitaminlar - bepul Aholining quyidagi toifalari quyidagilar bilan bepul ta’minlanadi: Davlat organlarining funksiyalarini bajarish хususiy sektorga oʻtkaziladi  Bunda: - haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari hamda davlat хizmatlari markazlari bilan oʻzaro aхborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishini tashkil etish choralarini koʻrish; - tadbirkorlik sub’yektlarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻtkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni ustidan DYHXX vakilining bevosita yoki onlayn nazoratini ta’minlash. «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar qoʻllab-quvvatlanadi  Tadbirkorlarga - yer, soliqlarni va bojхona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash Nargiza Vohidova.
32
1,980
Qonunchilik
USTYuRT MINTAQASIDAGI ShoXPAXTA KONINI QO‘ShIMChA OChISh BO‘YIChA MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIMNI AMALGA OShIRIB BORIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
2004-yil 14-aprelda “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi hamda “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) va “Gaz Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan (Shveysariya) iborat tarkibdagi konsorsium o‘rtasida tuzilgan Shoxpaxta konini qo‘shimcha ochish bo‘yicha mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim doirasida texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni maqbullashtirish maqsadida: 1. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha 2004-yil 14-aprelda “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi bilan “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) va “Gaz Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan (Shveysariya) iborat tarkibdagi konsorsium o‘rtasida tuzilgan Shoxpaxta konini qo‘shimcha ochish bo‘yicha mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi Bitimga 2009-yil 1-yanvardan tabiiy gazning yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini 18,5 foizdan 30 foizgacha oshirishni nazarda tutuvchi 1-son Qo‘shimcha bitim imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisiga Shoxpaxta konini qo‘shimcha ochish bo‘yicha mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi Bitimga 1-son Qo‘shimcha bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
165
1,346
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2009 YILGI DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilib, muhokama qilish mobaynida Qonunchilik palatasi deputatlarining fikr-mulohazalari va takliflari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi Davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi Davlat budjeti hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati: makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiyotning izchil va mutanosib o‘sish sur’atlarini, inflatsiya darajasining belgilangan eng yuqori darajadan oshmasligini ta’minlasin, to‘g‘ridan to‘g‘richet el investitsiyalarini jalb etish hisobiga iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangilashni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlarni davom ettirsin; korxonalarga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka soliq yukini kamaytirish va soliq ma’muriyatchiligini yanada soddalashtirishga doir ishlarni davom ettirsin, shuningdek yangi ish o‘rinlarini yaratishga e’tibor qaratsin; davlat budjeti xarajatlarini ustuvor tarzda ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirsin; budjet xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish tamoyilini saqlab qolsin; ta’limni, sog‘liqni saqlashni va ilm-fanni isloh qilishga doir Davlat dasturi doirasida qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin; iqtisodiyotni, ayniqsa qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilangan budjet parametrlari doirasida moliyalashtirishga doir barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin; budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishini ta’minlash maqsadida davlat budjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini joriy etishga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishini jadallashtirsin; Davlat budjetining taqchilligi noinflatsiyaviy manbalar hisobiga moliyalashtirilishini nazarda tutsin. 3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari budjet daromadlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasin, mintaqalarning soliq solinadigan bazasini kengaytirish va moliyaviy salohiyatini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 4. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
66
2,669
Qonunchilik
VAKOLATLI BANKLAR TOMONIDAN ERKIN AYRIBOShLANADIGAN VALYUTADA TAQDIM ETUVChIGA BERILADIGAN DEPOZITLARGA DOIR OPERATSIYALARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” gi yangi tahrirdagi Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “Vakolatli banklar tomonidan erkin ayirboshlanadigan valyutada taqdim etuvchiga beriladigan depozitlarga doir operatsiyalarni amalga oshirish Nizomi”ga (1999-yil 15-martda 673-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan sanadan 10 kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
202
574
Qonunchilik
YaNGI TAHRIRDAGI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING INSON HUQUQLARI BO‘YIChA VAKILI (OMBUDSMAN) TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish yakunlariga binoan amalga kiritilsin. Belgilab qo‘yilsinki, 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ravishda saylangan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) yangi Vakil saylanguniga qadar o‘z vazifasini bajarishni davom ettirib turadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) o‘z qarorlarini yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
175
1,127
Qonunchilik
Daromadlar va mulkka ikkiyoqlama soliq solmaslik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Bitimni ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1994-yil 2-martda Moskva shahrida imzolangan Daromadlar va mulkka ikkiyoqlama soliq solmaslik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
177
272
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MATBAA FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi hududida matbaa korxonalarini ochish va faoliyat ko‘rsatishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: bosma mahsulotlarning majburiy bepul nusxalarini belgilangan qoidaga muvofiq yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, matbaa korxonalari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida ro‘yxatga olingandan va Ichki ishlar vazirligining hududiy organlarida hisobga qo‘yilgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlaydilar. Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan matbaa korxonalarining faoliyati to‘xtatilib, ularning olgan daromadlari davlat budjetiga o‘tkaziladi. 3. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona davlat reyestrini yuritish vazifasi topshirilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin. 1. Barcha matbaa korxonalari (shu jumladan, matbuotda davlat sirlarini saqlash inspeksiyasi tashkilotlari bilan kelishuvdan holi bo‘lganlar ham), ularning tashkiliy-huquqiy shakllaridan, idoraviy tegishliligidan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, o‘zlari tayyorlagan maxfiy bo‘lmagan bosma asarlar tirajining dastlabki qismidan davlat hokimiyati va boshqaruv muassasalariga bepul majburiy nusxalar yuborishga majburdirlar. 2. Maxfiy bo‘lmagan bosma asarlarning bepul majburiy nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxat bo‘yicha yuboriladi. Majburiy nusxalar sifatida yuborish quyidagilarga tegishli emas: xizmat nashrlari, davlat hokimiyati va boshqaruv tashkilotlari, boshqa davlat tashkilotlari hujjatlari; sud-prokuratura amaliyoti byulletenlari; korxonalar, tashkilotlar, o‘quv va ilmiy muassasalarning axborot materiallari va xizmat hujjatlari; qat’iy hisobot hujjatlari va ularga tenglashtirilgan materiallar; harbiy mahsulotga tegishli maxfiy bo‘lmagan texnikaviy hujjatlar; blanka mahsulotlari, yo‘riqnomalar va hisobot, hisob-kitob va rejali hujjatlar, to‘ldirilgan blankalar ko‘rsatkichlari, hisob-kitob va hisobot hujjatlarining albom shakli; nusxalar. 3. Chet davlat matbaa korxonalarida tayyorlangan nashrlardan majburiy nusxalar bu nashrlarni tayyorlash uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatmasiga binoan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tasdiqlaydigan ro‘yxatga binoan nashr etuvchi tashkilotlar tomonidan yuboriladi. 4. Majburiy nusxalar buyurtmachi tomonidan belgilangan nashr umumiy tiraji hisobidan nashrni tarqatishni rasmiylashtirishga qadar, gazetalar esa har bir soni chiqadigan kunda yuboriladi. Har bir majburiy nusxaga “Majburiy nusxa” belgisi qo‘yilgan tamg‘a bosiladi. 5. Majburiy nusxalarni yuborgunga qadar va nashrni tarqatishga rasmiylashtirmay turib, buyurtmachiga tirajni berib yuborish taqiqlanadi. 6. Turli matbaa korxonalarida tayyorlangan nashrlardan majburiy nusxalar yuborish o‘sha nashrni tarqatish rasmiylashtiriladigan joyda amalga oshiriladi. 7. Majburiy nusxalar matbaa korxonasi tomonidan ilova qilinadigan hujjat (nakladnoy) bilan yuboriladi. Unda matbaa korxonasining nomi va manzili, muallif va nashr nomi, nashriyot yoki nashr etuvchi tashkilot, majburiy nusxalar kimga yuborilayotgani, buyurtma raqami, tiraji, jo‘natilayotgan nusxalar soni va jo‘natish sanasi ko‘rsatiladi. Majburiy nusxalarni pochta to‘lovi yoki ustama narx qo‘yish yo‘li bilan yuborish man qilinadi. 8. Majburiy nusxalarni o‘z vaqtida va to‘liq yuborish uchun matbaa korxonalari va nashriyotlar (nashr etuvchi tashkilotlar) rahbarlari, matbaa korxonasi qaramog‘idagi bo‘limlar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari shaxsan javobgardirlar.
73
3,704
Qonunchilik
HISOB-KITOBLAR MA’LUMOTNOMASINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 24-yanvardagi “To‘lov intizomi va o‘zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1363-sonli va 2002-yil 31-yanvardagi “Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3022-sonli farmonlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat bojxona qo‘mitasi Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “Hisob-kitoblar ma’lumotnomasini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiritilsin. 3. Mazkur qaror kuchga kiritilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 1-aprelda 696-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Hisob-kitoblar ma’lumotnomasini rasmiylashtirish tartibi” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘lov intizomi va o‘zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 24-yanvardagi PF-1363-sonli va “Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 31-yanvardagi PF-3022-sonli farmonlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, eksport qilinayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda hisob-kitoblar ma’lumotnomasini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. 1. Korxona va tashkilotlar eksportga chiqarilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda bojxona organlariga 2-sonli ilovada ko‘rsatilgan talablarga muvofiq to‘ldirilgan 1-sonli ilovada belgilangan shakl bo‘yicha hisob-kitoblar ma’lumotnomasini taqdim etadilar. Hisob-kitoblar ma’lumotnomasini blanklari eksport qiluvchi korxonaga xizmat ko‘rsatayotgan vakolatli bank tomonidan bosmaxona usulida, o‘zining indeksini ko‘rsatgan holda tayyorlanadi. Berilgan ma’lumotnoma vakolatli bankning mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi va bank muhri bilan tasdiqlanadi. Hisob-kitoblar ma’lumotnomasi qat’iy hisobda turadigan blank bo‘lib, unda hisob yuritish seriyasi, raqami va himoya darajasi bo‘lishi shart. Mahsulot taqsimotiga oid Bitimlarni amalga oshirish doirasida qazib olingan (ishlab chiqarilgan) va O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan Bitimlar shartlariga muvofiq eksport qilinayotgan mahsulotni bojxona rasmiylashtiruvida vakolatli bank tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi hisob-kitoblar ma’lumotnomasi taqdim etiladi. Bunda ko‘rsatilgan ma’lumotnomani berish vakolatli bankda shartnomani hisobga qo‘ymagan holda amalga oshiriladi. 2. Hisob-kitoblar ma’lumotnomasi xaridorlarga xizmat ko‘rsatuvchi bank kafolatli yoki eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat xatarlaridan sug‘urtalash polisi mavjud bo‘lganda yoki oldindan haq olinganda yoxud jo‘natilayotgan mahsulot summasiga akkreditiv ochilganda, shartnomani hisobga olish uchun qabul qilgan bank muassasasi tomonidan ikki nusxada to‘ldiriladi. Bir nusxasi mijozga beriladi, ikkinchisi esa bankda qoladi. Eksport qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda bojxona organlariga hisob-kitoblar ma’lumotnomasining asli va uning korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar. Eksport qilinayotgan tovarni rasmiylashtirayotgan bojxona postining mansabdor shaxsi hisob-kitoblar ma’lumotnomasining asli va uning nusxasi orqasiga bojxona yuk deklaratsiyasining tartib raqami, eksport qilinayotgan tovarning miqdori va qiymatini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi va ularni shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlaydi. Hisob-kitoblar ma’lumotnomasining asli deklarantga qaytarib beriladi, uning nusxasi esa bojxona organida qoladi. Bitta hisob-kitoblar ma’lumotnomasi qiymati doirasida tovarlar bir nechta partiyalarda eksport qilingan holatda, eksport qilinadigan tovarlarning har bir partiyasining bojxona rasmiylashtiruvi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda eksport qilinadigan tovarlarning ikkinchi va keyingi partiyalarini bojxonada rasmiylashtirishda hisob-kitoblar ma’lumotnomasining asli va uning nusxasi orqa tarafidagi bojxona organlarining yozuvlari bilan, korxona rahbari tomonidan ham orqa tarafi tasdiqlanadi va bojxona organlariga taqdim qilinadi. 3. Eksport qilinadigan tovarlarning bojxonada rasmiylashtirilishiga faqat to‘ldirilgan hisob-kitoblar ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan holdagina yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan omborlardan FOB, EX Warehouse shartlarida markazlashtirilgan holda yuklab jo‘natish, milliy valyuta — so‘mda to‘lov amalga oshirish sharti bilan birja va yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha hamda chet el valyutasida to‘lov amalga oshirish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi tovar – xomashyo birjasida tuzilgan eksport shartnomalari bo‘yicha yuklab jo‘natish bundan mustasno. Bunda, tashqariga chiqarilayotgan tovarlar, shu jumladan, bir nechta partiyalarda chiqarilayotgani summasi olingan kafolatlar yoki eksport shartnomalarni siyosiy va tijorat xatarlaridan sug‘urtalash polisi, oldindan to‘langan haq yoki ma’lumotnomada ko‘rsatilgan akkreditiv summasidan oshmasligi shart. 4. Barter kontraktlar bo‘yicha sotilishi uchun maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lgan tovarlar shartnomaning umumiy summasiga kafolat yoki eksport shartnomalarni siyosiy va tijorat xatarlaridan sug‘urtalash polisi mavjud bo‘lganda tashqariga chiqariladi, bu haqda hisob-kitoblar ma’lumotnomasida qayd etiladi. Barter shartnomalari bo‘yicha import tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga amalda kirib kelgan bo‘lsa, bojxona idoralari tovarlarni hisob-kitoblar ma’lumotnomasisiz tashqariga chiqaradi. 5. Vakolatli banklar xorijiy vakil banklar kafolatlarini qabul qiladilar. Agar kafolatnoma vakillik munosabatlari o‘rnatilmagan bank tomonidan berilgan bo‘lsa, vakolatli banklar bevosita vakillik munosabatlari o‘rnatilgan xorijiy banklardan kafolat tasdiq xatini olishlari lozim. 6. Vakolatli banklarning rahbarlari hisob-kitoblar ma’lumotnomasini to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, shuningdek, obyektiv sabablar bo‘lmay turib, uning o‘z vaqtida rasmiylashtirilmaganligi uchun javobgardirlar. 1-xatboshida ma’lumotnomani rasmiylashtirgan bank muassasasining to‘liq nomi ko‘rsatiladi; 2-xatboshida tovar jo‘natuvchi/eksport qiluvchi korxonaning to‘liq nomi, KTUT kodi; 3-xatboshida tovar oluvchi/import qiluvchi korxonaning to‘liq nomi; 4-xatboshida shartnomaning sanasi va raqami; 5-xatboshida shartnomaning umumiy summasi; 6-xatboshida shartnoma shartlariga muvofiq tovarning nomi; 7-xatboshida xorijiy bankning kafolati yoki eksport shartnomalarni siyosiy va tijorat xatarlaridan sug‘urtalash polisi mavjudligi, oldindan kelib tushadigan haqning tushishi, hujjatning summasi, sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda akkreditivning ochilganligi ko‘rsatiladi.
94
6,852
Qonunchilik
Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida foydalanishdan chiqqan yerlarni foydalanishga kiritishni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga muvofiq hamda qishloq xo‘jaligida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohaga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etishni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan, foydalanilmayotgan bo‘z va yaylov, shuningdek, o‘rmon fondi yerlarini foydalanishga kiritish va ulardan samarali foydalanishni sinov tariqasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlari qishloq xo‘jaligida qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Namangan viloyati hokimligi bilan kelishgan holda 1-ilovadagi manzilli ro‘yxatga, zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi loyiha bo‘yicha davlat sherigi; Namangan viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — loyiha buyurtmachisi hisoblanadi. 4. Namangan viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda: qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida yaratiladigan zarur infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish bo‘yicha bir oy muddatda belgilangan tartibda tanlov e’lon qilinishini; loyihalar ro‘yxati shakllantirilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi mazkur qarorga 1-ilovada qayd etilgan yer maydonlarida yaratiladigan infratuzilma obyektlarining loyihalarini ishlab chiqishni tender asosida tashkil etishda loyiha buyurtmachisiga ko‘maklashsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) bilan birgalikda: qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan, foydalanilmayotgan bo‘z yerlarni va yaylovlarni, shuningdek, o‘rmon fondi yerlarini foydalanishga kiritish va ulardan samarali foydalanishda davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqsin va ikki oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlasin; o‘z rasmiy veb-saytlarida davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini tayyorlash jarayonida xususiy sheriklar tender o‘tkazish orqali tanlab olinishi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirsin. 7. Belgilab qo‘yilsinki: davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tender natijalariga ko‘ra tuziladi; loyihani amalga oshirish doirasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzgan xususiy sherikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmonida belgilangan imtiyozlar beriladi; loyiha doirasida qurilgan, barpo etilgan, rekonstruksiya qilingan davlat-xususiy sheriklik loyihasini ro‘yobga chiqarish doirasida amalga oshiriladigan suv, energetika, transport va boshqa zarur infratuzilma obyektlari davlat-xususiy sheriklik obyektlari hisoblanadi, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin ushbu obyektlar davlat sherigiga qaytariladi. 8. Quyidagilar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida foydalanishdan chiqqan yerlarni foydalanishga kiritish loyihalarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: xususiy sherikning mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 9. Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi bo‘yicha tender g‘olibini aniqlash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 10. Komissiyaga: qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan, foydalanilmayotgan bo‘z yerlarni va yaylovlarni, shuningdek, o‘rmon fondi yerlarini foydalanishga kiritish va ulardan samarali foydalanishni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish to‘g‘risidagi loyihalarni ko‘rib chiqish, ma’qullash, rad qilish yoki qayta ishlash haqida qarorlar qabul qilish; davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasini va zarur hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqish uchun Agentlikka taqdim etish; loyihaning barcha moliyaviy va iqtisodiy tavsiflari kiritilgan holda uni amalga oshirish haqida tegishli qaror qabul qilish; belgilangan tartibda tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, tanlovni tashkil etish va o‘tkazish hamda uning yakunlari bo‘yicha xususiy sherik bilan tegishli davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzilishini tashkil etish vazifalari yuklansin. Komissiya davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish huquqini beruvchi tenderni o‘tkazishda tender mezonlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin. 11. Namangan viloyati hokimligi mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan yer maydonlari komissiya qaroriga ko‘ra g‘olib deb topilgan xususiy sheriklarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish uchun ajratilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish natijasida foydalanishga kiritilgan yer maydonlarining doimiy monitoringini olib borsin. 13. Belgilansinki, davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar tashabbuskorlari tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilmaganda, ajratilgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanilmaganda yoxud tuproq unumdorligining pasayishiga, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga, atrof-muhitning buzilishiga, respublika hududida karantin obyektlarining paydo bo‘lishiga yoki tarqalishiga olib keluvchi usullardan foydalanilganda yer uchastkasining ijara shartnomasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq bekor qilinadi. 14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan, foydalanilmayotgan bo‘z yerlarni va yaylovlarni, shuningdek, o‘rmon fondi yerlarini foydalanishga kiritish va ulardan samarali foydalanishni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etishga hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy va xorijiy investitsiyalarni kiritishga xohishi bo‘lgan investorlarni faol jalb qilish bo‘yicha zarur tashkiliy-amaliy choralarni ko‘rsinlar. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
183
7,385