Header
stringlengths 2
118
| Content
stringlengths 10
1.73k
|
---|---|
Dasturiy o‘rnatma | Dasturiy ta’minotga ataylab kiritilgan funksional obyektlar, ular ma’lum sharoitlarda (kirish ma’lumotlarida) axborotning konfidensialligi, undan foydalanish yoki yaxlitligi buzilishiga olib keladigan dasturiy ta’minot hujjatlarida tavsiflanmagan funksiyalarning bajarilishini boshlab beradi. |
Dasturlanadigan doimiy xotira qurilmasi | Maxsus qurilma, programmator yordamida, eruvchan ko‘prikchalarni yuqori kuchlanishli impulslar yordamida kuydirish orqali, faqatgina bir marotaba yozish mumkin bo‘lgan xotira turi. Ichiga joylashtirilgan dasturiy ta’minotni saqlash uchun turli xil elektron qurilmalarda ishlatiladi. |
Dasturlanadigan uzilish | Protsessorning (odatda dasturdagi xatoni qayta ishlash uchun) maxsus komandasi yordamida aniq generatsiyalanadigan uzilish. |
Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa | Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa interfeysi. APPC protokoli IBM tomonidan «yangi» SNA arxitekturasi kabi ishlab chiqilgan. SNA ga ulangan ishchi stansiyalar va bu stansiyalardagi amaldagi dasturlararo bir rangdagi aloqani ta’minlaydi. LU 6.2 nomi bilan ham ma’lum. |
Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasi | 1. Kompyuter boshqaruvli dasturiy ta’minot-ni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan dasturiy vosita.2. Tizimli loyihalash va dasturiy ta’minot hayotiy siklini avtomatlashtirilgan ta’min-lash yo‘li bilan, dasturlar va tizim muhandis-lariga yordamlashadigan dasturiy mahsulot. |
Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj | Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasining xarakteristikalari qanoatlantiradigan tashkiliy talablar. Ular boshqaruv jarayonini, ishlab chiqish jarayonini, xizmat ko‘rsatishni, hujjatlarni, konfiguratsiya boshqaruvini, sifat tekshirilishini, atrof muhitga bo‘lgan ehtiyoj tekshirilishini, CASE vositasining jamlanganligini, sifat xarakteristikalarini, xarid qilishga, sotishga bo‘lgan ehtiyojlarni, ta’minlash indikatorlari va sertifikatlash talablarini o‘z ichiga oladi. |
Dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda tuzish | Instrumental CASE vositalarning maxsus paketlaridan foydalanib, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish texnologiyasi. |
Dasturlarni boshqarish | Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga, xavf-xatarni kamaytirishga va har bir loyihani muvaffaqiyatli yakunlashga yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘langan bir qancha loyihalarni boshqarish jarayoni. Amalda va maqsadlarga ko‘ra dasturiy boshqarish tizim muhandisligi va sanoat muhandisligi bilan chambarchas bog‘liqdir. |
Dasturlarni (tarmoqning boshqa kompyuterida) uzoqdan ishga tushirish | Uzoqda joylashgan (odatda, katta quvvatli) mashinaning xotirasi, protsessori va diskidan foydalanib va mijoz kompyuteridan terminal sifatida foydalanib, tarmoqning boshqa kompyuteriga kirish va unda ishlash imkoniyati. |
Dasturlarni o‘rnatish/o‘chirish | Windows operatsion tizimidagi foydalanuvchiga kompyuterga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot ro‘yxatini boshqarish imkonini beradigan boshqarish panelining qismi. Afsuski, unda kompyuterda foydalaniladigan dasturlarning hammasi ham aks ettirilmaydi. |
Dasturlarning boshlang‘ich kodini zararlaydigan viruslar | Dasturning boshlang‘ich kodini yoki uning komponentlarini (OBJ-, LIB-, DCU-fayllarni), shuningdek, VCL hamda ActiveX komponentlarni zararlaydigan viruslar. Kompilyatsiyadan so‘ng dasturlar unga kiritilgan bo‘ladi. |
Dasturlarning ko‘rsatish uchun belgilangan paketlari | Ma’lum bir axborotni auditoriyaga samarali yetkazish uchun mo‘ljallangan aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturiy komplekslar. Asosan, prezentatsiya va reklama maqsadida qo‘llaniladi. O‘qitish-o‘rgatish maqsadlarida qo‘llanilishi foydaliroq bo‘ladi. |
Dasturlarning yaxshi muhofazalanmaganlik skaneri | Hujumning u yoki boshqa bir aniq turidan yaxshi muhofazalanmagan mashinalarni izlab topish maqsadida, Internet tarmog‘ida kompyuterlarning katta guruhi tekshirilishini amalga oshiradigan dastur. |
Dasturlash | Vazifani yechish algoritmini elektron hisoblash mashinasi tomonidan «idrok etiladigan» ko‘rinishda taqdim etish jarayoni. Dasturlash algoritmni elementar operatorlar darajasigacha batafsil tekshirish, algoritmni tanlangan dasturlash tilida yozib olish va dasturlarning elektron hisoblash mashinasida bajarilishini boshqarish jarayonlarini tavsiflashni o‘z ichiga oladi. |
Dasturlash tili | Odam tomonidan ta’riflanadigan va kompyuter yordamida hal qilinadigan muayyan muammolarning qulay tavsiflanishini ta’minlaydigan rasmiy til. Dasturlash tili sintaksis va semantika kabi ikkita tashkil etuvchidan iborat. Til konstruksiyalaridan mashina komandalariga o‘tishni til translyatori amalga oshiradi. Dasturlash tillari masalani qanday atamalarda ta’riflash kerakligiga ko‘ra, yuqori va quyi daraja tillariga ajratiladi. Agar, til tabiiy tilga yaqin bo‘lsa, yuqori daraja tili deb, mashina komandalariga yaqin bo‘lsa, quyi daraja tili deb ataladi. |
Dasturlash tizimi | Jami dasturlash tili va dasturlarni yaratish tizimi. U berilgan tilda dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish va bajarish hamda tegishli hujjatlar tayyorlashni taʼminlaydi. Odatda dasturlash tizimi tilning etalon xilini emas, balki uning dialektik – maʼlum osonlashtirish yoki kengaytirishlarga ega rusumini o‘z ichiga oladi. Baʼzi dasturlash tizimlari dasturlarni bir necha tilda yaratishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng mashhur dasturlash tizimlari: Microsoft kompaniyasining Basic, Java, C++ tillarini qo‘llab-quvvatlovchi Visual Studio; Inprise (Borland International) kompaniyasining Delphi tili va boshqalar. |
Dasturlashtiriladigan kommutator (softsvich) | IP tarmog‘ida chaqiruvlarni boshqarish va signalizatsiya funksiyalarini amalga oshiruvchi qurilma. Dasturlashtiriladigan kommutator IP tarmog‘ida xizmat ko‘rsatish trafikining zarur funksiyalarini bajarishga yo‘naltirilgan protokollar to‘plamini taʼminlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. |
Dasturlashtiriladigan mantiqiy matritsa | Bitta mikrosxema ko‘rinishida tayyorlanadigan bir turdagi elementlar matritsasi. |
Dasturlashtiriladigan ma’lumotlar bazasi | O‘rnatilgan dasturlash tiliga ega ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi. |
Dasturni boshlang‘ich yuklash | Boshlang‘ich holatga o‘rnatish protsedurasi, dastur (tizim) yadrosini yuklaydi va uni bajarish bo‘yicha operatsiyani bajaradi. |
Dasturni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha hujjat | Dasturiy mahsulotning ishlashini ta’minlash va uni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi dasturiy hujjat. |
Dasturni mualliflashtirish | Tizim yoki foydalanuvchi dasturidan boshqa dasturlar yoki foydalanuvchilarning foydalana olishi bo‘yicha cheklashlarning o‘rnatilishi. |
Dasturni muhofaza qilish | Dasturning bajarilishi uchun ishga tushirib yuborilishini bartaraf etuvchi shartlarning majmui. |
Dasturni ruxsat etilgan tarzda tahlil qilish | Texnik talablar bilan dasturning haqiqiy imkoniyatlari o‘rtasidagi farqni belgilash maqsadida bajariladigan tahlil. |
Dasturni sozlash | Dasturlarni ishlab chiqish bosqichlaridan biri; dastur yozilishining to‘g‘riligi tekshiriladi, xatolar aniqlanadi va to‘g‘rilanadi. Odatda, sozlash ma’lum natijalar bo‘lgan real namunalarga yaqin nazorat namunalarda bajariladi. Hozirgi dasturlash tillarida sozlash jarayonini soddalashtiradigan sozlovchi dasturlar mavjud. |
Dasturni yig‘ish | Boshlang‘ich kodni obyekt fayllariga kompilyatsiyalash va modullarni bajariladigan fayllarga yoki bibliotekalarga komponovka qilish. |
Dasturni yuklash | Dasturning bajarilishi kerak bo‘lgan kodi va zarur bibliotekalarni shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasiga bajarish uchun yozish jarayoni. |
Dasturning bajarilish vaqti | 1. Kompilyatsiya va yuklash vaqtidan farqli ravishda, dasturni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt bo‘lagi.2. Markaziy protsessor faqat bir jarayonni bajarish uchun sarflaydigan vaqt. |
Dasturning bajarilishi | Mashina kodlaridagi dastur boshlang‘ich ma’lumotlarning kiritilishi va natijalar olinishi bilan bajariladigan jarayon. Sozlash rejimida dastur qadamlab bajarilishi mumkin. Agar dastur operatsion tizim boshqaruvida bajarilsa, qadamlab bajarish dasturlash muhiti boshqaruvida amalga oshiriladi. |
Dasturning xotiradagi binar obrazi | Xotirada o‘qish uchun dastur obraziga va buyurtmachi tomonidan shakllantiriladigan ishga tushirishga ega fayl. |
Dasturchi | Kompyuter taʼminotini yozuvchi kishi. Kompyuter dasturchisi deb kompyuter dasturlash bo‘yicha mutaxassis yoki turli xil dasturiy taʼminot uchun kodlar yozuvchi mutaxassislarni atashadi. Amaliyotda dasturlashni formal tarzda o‘qitadigan insonlarni ham dasturiy tahlilchi deb nomlash mumkin. Dasturchining asosiy ishlov tilini (Lisp, Java, Delphi, C++, h.k.) nomiga qo‘shib xuddi veb muhitida ishlovchilarni veb nomlari bilan ishlatganday nomlashadi. Dasturchi atamasi taʼminot yozuvchisiga, taʼminot muhandisiga, kompyuter olimi yoki taʼminot tahlilchisiga nisbatan ishlatilishi mumkin. |
Data-markaz | Abonentlarni Internet tarmog‘i kanallariga ulash, server va tarmoq uskunasini joylashtirish (xosting) uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan bino. |
Datchik | Qandaydir fizik kattalikning qayd etilishini, uning signallarga o‘zgartilishini va bu signallarning, qayta ishlash uchun, boshqarish tizimiga uzatilishini ta’minlaydigan qurilma. |
Davlat axborot resurslari | Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi: davlat organlarining axborot resuslaridan;yuridik va jismoniy shaxslar-ning davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan;yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslaridan. |
Davlat axborot siyosati | Jamiyatning geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishining umumdavlat ustuvorliklarini taʼminlashga va mamlakatning axborot jamiyatiga o‘tish shart-sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va tashkiliy tadbirlar kompleksi. |
Davlat axborot tizimi | Davlat organlarining vakolatlarini amalga oshirish, davlat organlari o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida tuzilgan yoki foydalaniladigan axborot tizimi. |
Davlat axborot xavfsizligi | Davlat axborot resurslarining saqlanganlik va axborot sohasida jamiyat hamda shaxs qonuniy huquqlarining himoyalanganlik holati. Zamonaviy kishilik jamiyatida axborot sohasi ikkita tarkibiy qismga ega: axborot-texnik tashkil etuvchi (odam tomonidan sun’iy yaratilgan texnika, texnologiyalar dunyosi) hamda axborotruhiy tashkil etuvchi (jonli tabiatning odam ham kiradigan tabiiy dunyosi). Tegishlicha, jamiyat (davlat)ning axborot xavfsizligini umumiy holda axborot-ruhiy xavfsizlik kabi ikki tarkibiy qism orqali ko‘rsatish mumkin. Xavfsizlikka bo‘ladigan ehtimoliy tahdidlarni aniqlash va tasniflash ham axborot xavfsizligining muhim jihatidir. |
Davlat axborotini oshkor etish infratuzilmasi | Davlat elektron hujjatlarining ommaviy oshkor etilishini ta’minlaydigan repozitoriylar majmui. |
Davlat boshqaruvi | Davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining, tegishli protseduralar asosida ishlab chiqilgan siyosiy kursni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati. |
Davlat buyurtmasi | Davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag‘lari va moliyalashtirishning byudjetdan tashqari manbalari hisobiga tovarlar yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishga bo‘lgan buyurtma. |
Davlat elektron xizmati | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. |
Davlat korxonasi | Har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi, asosiy vositalari davlat mulki hisoblanadigan tashkilot. |
Davlat organi xonasi | Davlat organining shaxsiy xonasi, davlat organi vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, kelib tushadigan rasmiy so‘rovlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, zarur hujjatlar va ma’lumotlar tayyorlash, tahrir qilish, izlash va berish imkoniyatini yaratadi. |
Davlat organlarining davlat axborot resurslari va axborot tizimlari reyestri | Internet tarmog‘idagi, qonun hujjatlfriga muvofiq, davlat axborot resurslari va axborot tizimlari ro‘yxatini hamda ular to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan axborot resursi. |
Davlat siri bo‘lgan ma’lumotlardan foydalana olish | Vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ruxsat etilgan tarzda, muayyan shaxsni davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishtirish. |
Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni tashuvchilar | Davlat sirlarini tashkil qiladigan ma’lumotlar xotira, simvollar, obrazlar, signallar, texnik yechimlar va jarayonlar ko‘rinishida aks etadigan, jismoniy shaxslar, moddiy obyektlar, shu jumladan, fizik maydonlar. |
Davlat sirlari | Tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka bilan shug‘ullanuvchi va operativ-qidiruv fao-liyati sohasidagi davlat tomonidan muhofaza qilinadigan ma’lumotlar. Davlat sirlari maxfiylik darajasiga ko‘ra, alohida muhim ma’lumotlar va mutlaqo maxfiy (davlat siri) ma’lumotlarga bo‘linadi. |
Davlat tomonidan hisobga olish | Identifikatsiya qilinadigan shaxslar, obyektlar va/ yoki turli xarakterdagi hodisalar to‘g‘risida muayyan tarkibdagi ma’lumotlarni to‘plash va saqlash bo‘yicha olib boriladigan muntazam ish. |
Davlat xizmati | Davlat organlari tomonidan ariza beruvchilarning talabiga ko‘ra amalga oshiriladigan, o‘zlarining vazifalarini bajarish yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmat.Izoh – Davlat xizmatini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar yuklangan hollarda, boshqa tashkilotlar ham ko‘rsatishlari mumkin. |
Davlat xizmati formati | Bajarilishi shart bo‘lgan, davlat xizmatini oluvchining manfaatlari yo‘lida ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish jarayoni, shakli, mazmuni va natijasi xarakteristikalarini ichiga oladigan davlat xizmati ko‘rsatilishiga bo‘lgan talablarni belgilaydigan qoidalar. |
Davlat xizmatini avtomatlashtirish | Odamni elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etishdan ozod qilish uchun, shuningdek, ma’muriy protseduralarning sonini sezilarli qisqartirish uchun texnik vositalar hamda matematik usullar qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar majmui. |
Davlat xizmatining pasporti | Xizmat to‘g‘risidagi, bu xizmatni qat’iy identifykatsiyalash imkonini beradigan ma’lumotlar majmui. |
Davlat xizmatlari portali | Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishini, shuningdek, talabgorlarning davlat xizmatlari reyestrlari yuritilishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimlarida joylashtirilgan va Internet tarmog‘idan foydalanib tarqatish uchun mo‘ljallangan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. |
Davlat xizmatlari reyestri | Davlat xizmatlarining taqdim etilishi tartibi to‘g‘risidagi qisqacha asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan ma’lumotlar bazasi. |
Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishi | Davlat xizmatlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, shu jumladan, davlat xizmatlari portalidan, ko‘p funksiyali markazlardan, universal elektron karta va boshqa vositalardan foydalanib taqdim etilishi, jumladan, bunday taqdim etish doirasida davlat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilot hamda ariza beruvchilar o‘rtasida elektron o‘zaro hamkorlikning amalga oshirilishi. |
Davom ettirish | Tanlash varianti (oddiy tugma). U foydalanuvchi joriy sahifadagi shartlarga va o‘zgartirishlarga rozi ekanligini va navbatdagi sahifaga o‘tishga tayyorligini anglatadi. |
Dayjest | O‘zgaruvchan uzunlikdagi ma’lumotlarning kirish oqimini xesh-funksiya yordamida qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan, qat’iy uzunlikdagi kod. Masalan, SHA-1 xeshlash algoritmi kirish xabarining hajmidan qat’i nazar, 20 bit hajmidagi dayjestni yaratadi. |
Deduktiv xulosa | Prolog tilida berilgan faktlar va qoidalar asosida yechim topish uchun foydalaniladigan usul. |
Defektli sektor | 1. Qattiq yoki egiluvchan diskdagi, ishlab chiqarishdagi defekt yoki tasodifiy shikastlanish tufayli ma’lumotlarni saqlab bo‘lmaydigan soha.2. Diskdagi, ma’lumotlarni yozish/o‘qish mumkin bo‘lmagan sektor. |
Defektli yo‘lkalar jadvali | Tayyorlovchi zavodda yakuniy testlash paytida aniqlanadigan, qattiq disk defektli sohalarining ro‘yxati. Diskni operatsion tizim foydalanishiga tayyorlaydigan ba’zi dasturlar, foydalanuvchilardan, tuzish vaqtini kamaytirish maqsadida bu ro‘yхatdan bo‘lgan axborotning kiritilishini so‘raydi. |
Defeys | Xakerlik hujumining turi. Unda veb-saytning sahifasi boshqasiga almashtiriladi (odatda bosh sahifa), saytning qolgan sahifalari esa blokirovka qilinadi yoki butunlay o‘chiriladi – buning maqsadida reklama, ogohlantirish, tahdid va boshqalar bo‘lishi mumkin. Baʼzi buzuvchilar sayt defeysini krekerlik doiralarida tanilish, o‘z imijini oshirish yoki sayt administratoriga zaiflikni ko‘rsatish uchun amalga oshiradi. |
Defragmentatsiya | Fayllarni uzluksiz ketma-ket klasterlarda saqlanishini ta’minlash maqsadida disk bo‘limining mantiqiy tuzilmasini optimallash va yangilash jarayoni.Izoh − Asosan FAT va NTFS fayl tizimlarida ishlatiladi. Defragmentatsiyadan so‘ng fayllarni o‘qish va yozish, shuningdek, dastur ishlari ham tezlashadi. Defragmenta-siyaning boshqa vazifasi: diskda fayllarni uzluksiz maydonda joylashadigan qilib taqsimlash. |
Deinstallyator | Qandaydir ilovani deinstallyatsiya qilish (o‘chirib tashlash) uchun mo‘ljallangan kompleks dastur. Deinstallyatorlarni qo‘llash zarurati, ko‘plab zamonaviy ilovalar o‘rnatish paytida o‘z dastur fayllarini turli manzillar bo‘yicha yozishi, shuningdek, o‘z ma’lumotlarini tez-tez tizim reyestrida qayd etishi bilan izohlanadi. |
Dekametrli to‘lqinlar | 10 m dan 100 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni. 3 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. |
Dekapsullash | Qabul qilingan axborot oqimidan dastlabki xabarni ajratish jarayoni. |
Dekatenatsiya | Simvollar satrlarini alohida qismlarga ajratish operatsiyasi; konkatenatsiyaga teskari bo‘lgan operatsiya. Dasturlash tillarida bu operatsiyani bajaradigan maxsus funksiyalar mavjud. |
Deklarativ til | Dasturchi, til interpretatoriga tegishli xulosalar chiqarishni qoldirgan holda, qandaydir sohaga tegishli faktlarni bayon qiladigan (ya’ni, vazifani ta’riflaydigan) dasturlash tili. Deklarativ tillarni, o‘z navbatida, funksional va mantiqiy tillarga bo‘lish mumkin. |
Deklaratsiya (e’lon) qilinmagan imkoniyatlar | Dasturiy ta’minotning bayon qilinmagan yoki hujjatda bayon qilinganlarga mos kelmaydigan funksional imkoniyatlari. Ulardan foydalanish qayta ishlanadigan axborotning konfidensialligi, tushunarli bo‘lishi yoki yaxlitligi buzilishiga olib kelishi mumkin. |
Dekoder | Dekoderlash uchun mo’ljallangan qurilma, uning asosida kodlangan signalni dastlabki xabarga qayta o‘zgartirishni bajaruvchi mantiqiy cxema ishlaydi. |
Dekoder-qabul qilgich | TV yo‘ldosh qabul qilgichi va MPEG – dekoderni birlashtiruvchi, raqamli yo‘ldoshli eshittirish TV dasturlarni qabul qilish uchun xizmat qiluvchi qurilma. |
Dekodlash vaqtining belgisi | Kadrlarni dekodlash tartibini aniqlaydigan belgi. |
Dekompilyator | Bajariladigan dastur va boshlang‘ich matnni matn yozilgan yuqori darajadagi tilda dekompilyatsiya qilinishini bajaradigan dastur. Bunda, ichki o‘zgaruvchilarning dasturchi tomonidan berilgan ma’noviy belgilari tiklanmaydi. Si, Fortran, PL/M-80 tillari uchun mo‘ljallangan dekompilyatorlar ma’lum. |
Dekompozitsiya | Murakkab obyektni oddiy obyektlar yig‘indisi sifatida taqdim etish, masalan, masalalarni kichik masalalarga bo‘lish. |
Dellinjer effekti | Signallarning (2 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalarda) to‘satdan bo‘ladigan ionosfera g‘alayonlanishi (Quyosh chaqnashlari) paytida vujudga keladigan qisqa muddatli tinishi. |
Delta impuls | Vaqtning t=0 dan boshqa barcha qiymatlarida amplitudasi nolga teng mono impuls. |
Delta-kadr | Faqat oldingi kadrdan farqlanuvchi piksellardan tashkil topgan ayirma (differensial) kadr. Delta-kadrlar diskka yozilishi kerak bo‘lgan videoklipning umumiy o‘lchamini pasaytiradi. |
Delta-modulyatsiya | Differensial impuls-kodli modulyatsiya turi, bunda faqat har bir signal sanog‘i va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq ishorasi qayd etiladi va yagona ikkilik razryad bilan kodlanadi.«Demilitarizatsiya qilingan zona»ing. - demilitarized zone (DMZ)ru – «демилитаризованная зона»Ayrim axborot resurslari (veb-server, pochta serveri va sh.k.)ni nafaqat korporativ tarmoq tashqarisidagi hujumlardan, balki ichki hujumlardan ham himoya qilish uchun tarmoqlararo ekranlardan foydalanish mexanizmi. Bu mexanizmni amalga oshirish uchun himoya qilinadigan resurslar joylashgan zona tarmoqlararo ekranlar bilan cheklanadi. |
Demo | Dasturning bepul tarqatiladigan (masalan, reklama maqsadlarida), to‘liq bo‘lmagan versiyasi yoki qurilma namunasi. Qo‘shimcha taqdimot materiallarini ichiga olishi mumkin. |
Demon | Boshqa dasturning ishini sezdirmay nazorat qiladigan va vaqt-vaqti bilan dasturni (ko‘pincha bu periferik (tashqi) qurilmalarni boshqarish dasturi), uning ishini buzmasdan to‘xtatadigan dastur. |
Demon-jarayon | Tizimda, u qayta ishga tushirilgunga qadar, doimo mavjud bo‘lgan jarayon. |
Dempfer | Optik yorug‘lik o‘tkazgich yadrosini o‘rab turuvchi material. Dempfer yorug‘likni yadroga yo‘naltirish uchun kichik sinish koeffitsiyentiga ega bo‘lishi kerak. |
Dempfirlash | Tebranishlar so‘nishini oshirish yoki uni tebranish tizimidan aperiodik tizimga aylantirish maqsadida tizimda energiya yo‘qolishini ataylab ko‘paytirish. |
Demultipleksor | Multipleksor bajaradigan operatsiyaning teskarisini amalga oshiradigan, yaʼni berilgan ish algoritmiga muvofiq, guruhli oqimni bir nechta kanalga ajratadigan qurilma. |
Demultipleksorlash | Axborot bloklarini bir bog‘lanishdan bir nechta bog‘lanishlarga identifi-katsiya qiluvchi va ajratuvchi funksiya. |
Depesha | Bir vaqtning o‘zida bir mamlakatning xalqaro pochta almashinuv joyidan boshqa mamlakatning tegishli xalqaro pochta almashinuv joyiga shakli Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida belgilangan hujjatlar ilova qilingan holda jo‘natiladigan yozma xat-xabarlar, qiymati eʼlon qilingan xatlar yoki posilkalar yoxud pochta buyumiga berkitilmagan posilkalar to‘plami joylangan bitta yoki bir nechta qop. |
Deskrembler | Skrembler tomonidan o‘zgartirilgan elektraloqa raqamli signali boshlang‘ich tuzilmasini tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. |
Deskremblerlash | 1. Raqamli uzatishda – dastlabki signalni tiklash maqsadida, skremblerlangan signalga nisbatan qo‘llaniladigan jarayon.2. Televideniyeda – axborotni sof shaklda qabul qilishga ruxsat berish uchun, skremblerlangan televizion signal xarakteristikalarini tiklash.Izoh – Deskremblerlash shartli foydalana olish tizimi nazorati ostidagi o‘rnatilgan tartibdagi jarayondan iborat. |
Deskriptor | 1. Ma’lumotlarning shakli yoki mazmunini tavsiflovchi axborot tuzilmasi elementi, masalan, signatura deskriptori – diskdagi ma’lumotlar ketma-ketligini tavsiflovchidan diskdagi ma’lumotlarni tekshirishda foydalanish mumkin.2. Axborot tizimida saqlanadigan ma’lumotlarni topish va tavsiflash imkonini beradigan so‘z yoki so‘z birikmasi (kod bo‘lishi mumkin). Ba’zan, kalit so‘z deb ataladi. Tizimni ishlab chiqishda deskriptorlarni aniqlash va ularning mavjudligini hisobga olish zarur. |
Destabillashtiruvchi omil | 1. Yuz berishi oqibatida axborot resurslarining konfidensialligi, yaxlitligi va/yoki ulardan erkin foydalanish, tarmoq yoki tarmoq elementlari ish qobiliyatlari buzilishi mumkin bo‘lgan voqea yoki hodisa. Masalan, axborot xavfsizligiga tahdid.2. Manbai telekommunikatsiyalar tarmog‘iga nisbatan ichki yoki tashqi xarakterdagi fizik yoki texnologik jarayon bo‘lgan, tarmoq elementlarining ishdan chiqishiga olib keladigan ta’sir. |
Detektor dasturlar | Ma’lum bo‘lgan bir qancha viruslarning biri bilan zararlangan fayllarni aniqlash imkonini beradigan dasturlar. Bu dasturlardan ko‘pchiligi zararlangan fayllarni tuzatish yoki yo‘q qilish rejimlariga ega. |
Detektorli kallak | O‘ta yuqori chastota signalini ancha past chastota signaliga to‘lqin o‘tkazgich kesmasi yoki unga ulangan detektor va liniya bilan kelishish qurilmalari bilan yo‘l-yo‘l liniyalar ko‘rinishida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. |
Determinallangan (aniqlangan) telefon chaqiruvlar oqimi | Kelish vaqti qayd qilingan telefon chaqiruvlar oqimi. |
Determinallangan xalaqitlar | Vaqtning belgilangan funksiyalari bilan tavsiflanadigan xalaqitlar. |
Detsibel (dB) | Belning o‘ndan biri energiyani aylantirish yoki uzatishda quvvatning kuchayishi va pasayishini o‘lchash uchun foydalaniladigan logarifmik shkala birligi. |
Detsibel-millivatt (dBm) | 1 millivattga nisbatan detsibellarda hisoblanadigan quvvat o‘lchov birligi. |
Detsibel-vatt (dBw) | Uzatgich quvvatining o‘lchov birligi. |
Detsibel-volt (dBv) | Quvvat darajasining o‘lchov birligi. Odatda, videosignallar darajasini baholashda foydalaniladi. |
Detsimetrli to‘lqinlar | To‘lqin uzunliklari 0,1 dan 1 m gacha, chastotalar diapazoni esa 300 dan 3000 MHz gacha bo‘lgan to‘lqinlar. |
Detsimillimetrli to‘lqinlar | (300 – 3 000) GHz bo‘lgan chastotalar diapazoni. |
Devorga o‘rnatiladigan (televizion) ekran | Zamonaviy televizorlarga nisbatan ekrani sezilarli darajada katta bo‘lgan, xona devoriga o‘rnatish mumkin bo‘lgan yupqa televizion ekran. |
Subsets and Splits