Header
stringlengths
2
118
Content
stringlengths
10
1.73k
Blok uzunligi
Bitta blokda bo‘lgan yozuvlar, so‘zlar yoki simvollarning umumiy soni.
Blokcheyn
Ichida axborot bo‘lgan bloklarning, muayyan qoidalar bo‘yicha qurilgan uzluksiz ketma-ket zanjiri.Izohlar1. Atama birinchi marta «Bitkoyn» tizimida amalga oshirilgan taqsimlangan maʼlumotlar bazasining nomi sifatida paydo bo‘ldi, shu sababli, blokcheyn ko‘pincha turli kriptovalyutalardagi tranzaksiyalarga kiritiladi.2. Bloklar zanjiri texnologiyasi o‘zaro bog‘langan har qanday axborot bloklariga tatbiq qilinishi mumkin.3. Blokcheyn texnologiyasiga kriptovalyutalar, jumladan, bitkoyn va laytkoyn, HYPERLINK "https://ru.wikipedia.org/wiki/Namecoin" Namecoin, Emercoin domen nomlari-yozuvlari tizimining maʼlumotlar bazasi asoslanadi.
Blokirovka qilish
Bir nechta foydalanuvchilar yoki jarayonlarning bitta resursdan nazorat qilinadigan foydalana olishni tashkil etish usuli. Barcha foydalanuvchilarga, bitta foydalanuvchi bundan mustasno, aniq turdagi operatsiyalarni (o‘qish, yozish, o‘chirish va h.k.) vaqt bo‘yicha taqiqlashdan iborat.
Blokirovkalangan
Biron-bir narsaga kira olishning chegaralanganligi (vaqtinchalik yoki doimiy). Masalan, biron-bir resursdan foydalana olish hisobi blokirovkalangan bo‘lsa, u resursga bu hisob orqali ulanib bo‘lmaydi.
Blokirovkalash
Ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirishga qarshi, ma’lumotlar yoki dasturiy ta’minotni muhofaza qilishning maxsus usullarini qo‘llash.
Blokirovkalash sohasi
Ma’lumotlar bazasining, bitta dastur tomonidan monopol (yakka) qayta ishlash uchun ochiq bo‘lgan, yopilish paytigacha boshqa dasturlar foydalana olmaydigan qismi (yozuv, soha, fayl).
Bloklab foydalanish qurilmasi
Almashinish bloklar orqali amalga oshiriladigan tashqi xotira qurilmasi (masalan, disk).
Bloklab izlash (qiymatlar blokini o‘qish)
Kursor ko‘rsatadigan qiymatlarni o‘qish, uni boshqa satrga ko‘chirish maxsus operator tomonidan amalga oshiriladi.
Blokli kod
Kodlash va dekodlash kodli ketma-ketlikning ma’lum qismi – bloki doirasida amalga oshiriladigan kod.
Blokli qurilma
Axborotni simvollar (alohida baytlar) bilan emas, balki bloklar (baytlar guruhlari) orqali qayta ishlaydigan qurilma.
Blokli testlash
Dasturlashdagi jarayon, dasturning ilk kodi maxsus modullari to‘g‘riligini tekshirishgaimkon beradi. G‘oya – har bir notrivial (murakkab) funksiya yoki usul uchun test yozish. Bu o‘zgartirilgan kod xato keltirib chiqarmaganligini tezda aniqlashga imkon beradi. U regressiya – oldin yozilgan va testdan o‘tkazilgan dasturlarda xato kelib chiqmaganligini osonlik bilan tekshirishni va xatoni to‘g‘rilashni o‘z ichiga oladi.
Blokli shifr
Ma’lumotlar bir xil o‘lchamdagi (blokli) miqdorlar bilan shifrlanadigan shifr, keyingi blokning shifrlanish natijasi faqatgina ushbu blokning qiymatiga va shifrlash kalitiga bog‘liq bo‘ladi, lekin shifrlanayotgan massivdagi blokning joylashuviga va massivning boshqa bloklariga bog‘liq bo‘lmaydi.
Blokni bekor qilish simvoli
Blokning oldingi qismi e‘tiborga olinmasligi kerakligini ko‘rsatadigan, boshqaruvchi simvol.
Blokni nazorat qilish simvoli
Uzatiladigan ma’lumotlar blokiga qo‘shiladigan va nazorat summasini ichiga oladigan xizmatga oid simvol.
Bloknot
Microsoft Windows operatsion tizimlarining bir qismi bo'lgan oddiy matn muharriri
Bloknotli kompyuter
Statsionar shaxsiy kompyuterning keng funksional imkoniyatlariga ega bo‘lgan portativ kompyuter. Kompyuterning ba’zi qurilmalari statsionar qurilmalardan farq qiladi: displey odatda, suyuq kristalli, monoxrom yoki rangli (passiv yoki aktiv matritsali); protsessor unumliligi bo‘yicha statsionar protsessorlardan farq qilmaydi, biroq energiya iste’moli kam; klaviaturada klavishlar soni kam.
«Blyu-rey» texnologiyasi
Yozib oladigan optik disklarning eng yangi avlodi; ko‘k lazerdan foydalaniladigan va bir tomonlama bir qatlamli bolvankaga 17 GB dan 27 GB gacha yozish imkonini beradigan texnologiya. To‘qqizta eng yirik kompaniya (Sony, Matsushita, Samsung, LG, Philips, Thomson, Hitachi, Sharp i Pioneer) tomonidan taklif qilingan, HP, Dell firmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. «Blyu-rey» texnologiyasi bo‘yicha birinchi yozish qurilmasi 2003-yilda Sony firmasi tomonidan chiqarilgan. Tashuvchiga ma’lumotlar sig‘imi darajasini oshirishga λ=405 nm, aperturasi 0,85 bo‘lgan to‘q qizil-ko‘k lazerdan foydalanish hisobiga erishiladi. Tashuvchilar diametri 120 mm bo‘lgan standart disklarni o‘zida ifodalaydi, himoya qatlamining qalinligi 0,1 mm.
Bod
Analog aloqa liniyalaridagi uzatish tezligining o‘lchov birligi. Bir bod bir sekundda uzatilgan bitlar soniga teng.
Bofort kvadrati
Vijеner kriptotizimiga o‘xshash ko‘p alifboli kriptotizim. Teskari tartibda yozilgan Vijеner kvadrati satrlari kvadrat satrlari hisoblanadi. Kriptotizim admiral Frensis Bofort sharafiga nomlangan.
Bolalardan himoya tizimi
Elektron himoya tizimi, ishlatilganda qurilma (masalan, televizor) faqat masofadan boshqarish pulti orqali boshqariladi, bu bolalarning undan foydalanishlarini bartaraf etadi.
Boricha/qanday bo‘lsa shunday
Erkin va ochiq dasturiy ta’minotni tarqatish sharti. Foydalanuvchi dasturiy ta’minotdan istiqbolli foydalanishga, ishlab chiquvchiga hech qanday da’volarsiz o‘z mas’uliyati ostida rozilik bildiradi.
Bort retranslyatori (yo‘ldoshli tizimning)
Signallarni retranslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan kosmik stansiya uskunasi.Izoh – Antenna tizimi bu uskunaga kirmaydi.
Bog‘langan munosabat
Atributlarga ega bo‘lgan munosabat.
Bog‘langan ro‘yxat
Elementlari xotirada ketma-ket joylashishi shart bo‘lmagan ro‘yxat (ma’lumotlar tuzilmasi). Navbatdagi elementdan foydalanish, ro‘yxatning oldingi elementida saqlanadigan ko‘rsatgich yordamida amalga oshiriladi. Oxirgi elementda ko‘rsatgich, ro‘yxat oxiri belgilanadigan maxsus qiymatga ega bo‘ladi. Ro‘yxat, uning har bir elementi ham navbatdagi, ham oldingi elementlarga havolalarni ichiga oladigan ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin.
Bog‘langanlik
Bog‘langan tarmoqni bog‘lanmagan qilish uchun chiqarib tashlanishi kerak bo‘lgan liniyalar sonini ko‘rsatadigan tarmoq parametri. O‘rtasida bog‘lovchi liniyalar bo‘lmagan, kamida ikki qismdan iborat tarmoq bog‘lanmagan tarmoq hisoblanadi.
Bog‘lanish o‘rnatilishining yarim avtomatik usuli
Bog‘lanishni o‘rnatish usuli. Telefon stansiyasida bog‘lanishni avtomatik o‘rnatish uchun raqamni tergan holda, qo‘lda amalga oshiriladi.
Bog‘lanishga ulanish xizmati
O‘z telefonidan uzoqda bo‘lgan abonent o‘z liniyasiga boshqa telefon apparatidan bunday bog‘lanish mavjudligi to‘g‘risidagi radio izlash tizimi orqali axborotni olgandan keyin, o‘z telefon raqamini va/yoki maxsus kodni terib, bunday bog‘lanishni qabul qilishi mumkin bo‘lgan xizmat.
Bog‘lanishlar asosida
Ma’lumotlar almashinish modeli, bunda almashinish aniq ifodalangan uch bosqichga bo‘linadi: bog‘lanishni tashkil qilish, ma’lumotlar uzatish va bog‘lanishni uzish.
Bog‘lanishning o‘rnatilish vaqti
Chaqiruv jo‘natilgan paytdan to aloqa kanali taqdim etilgunga qadar o‘tadigan to‘liq vaqt.
Bog‘lanishsiz xizmat
Xizmat ko‘rsatiladigan abonentlar o‘rtasida, oxiridan oxiriga bog‘lanishni o‘rnatish tadbirlaridan foydalanmagan holda axborot o‘tkazilishini ta’minlaydigan xizmat.Izoh – Interaktiv xizmatlar kabi, taqsimlash xizmatlari uchun ham foydalanilishi mumkin bo‘lgan bog‘lanishsiz xizmat.
Bog‘lashlar
Tarmoqlarda protokol drayveri va tarmoq adapterining drayveri o‘rtasida aloqa o‘rnatish jarayoni.
Bog‘liq bo‘lmagan parallelizm
Jarayonlarni aniq sinxronlamasdan parallel bajarish. Ularning har biri alohida, mustaqil vazifani o‘zida ifodalaydi. Parallelizmning bu turidan odatda, har bir foydalanuvchi o‘zining ilovasi bilan ishlaydigan vaqtni ajratish tizimlarida foydalaniladi.
Bog‘liqlik
Tizim tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘langanligi, ulanish imkoniyati (masalan, kompyuterlarning), o‘zaro ishlash qobiliyati (masalan, dasturlarning).
Bog‘lovchi dasturiy ta’minot
Bir xil bo‘lmagan tarmoq muhitida ilovalarning ochiq ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Tarmoqning turli mashinalari bo‘ylab taqsimlangan ilova qismlarini birlashtirilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi. Bog‘lovchi dasturiy ta’minotning quyidagi asosiy turlari bor: chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; obyektlarga bo‘ladigan so‘rovlar vositachisi.
Bog‘lovchi uzatish liniyasi
Tarmoq stansiyasi va uzelini yoki ikkita tarmoq stansiyasini o‘zaro bog‘lovchi uzatish liniyasi.
Bog‘lovchi yuklagich
Qisman komponovkachi vazifasini bajaradigan yuklagich (ta’minotchi).
Bog‘lovchi yo‘l
Axborot uzatish vaqtiga tashkil qilingan, kommutatsiya tarmog‘i liniyalari, kanallari, kommutatsiya stansiyasi to‘plamlari va kommutatsiya maydoni kommutatsiya nuqtalarining majmui.
Bosh domen
Domen tizimi nomlar iуerarxiyasidagi eng yuqori yozuv.
Bosh fayl
Normativ-ma’lumotnomali axborot fayli.
Bosh katalog
Disk kataloglarining iуerarxik tuzilmasiga kirish nuqtasi. Barcha fayllar va quyi kataloglar saqlanadigan xotira qurilmasi nomini ko‘rsatadi.
Bosh kompyuter
1. Ko‘p mashinali hisoblash majmualarida, boshqa kompyuterlarni boshqaradigan, tizimda (hisoblash tarmog‘ida) ishlarni tashkillashtiradigan va asosiy axborotni qayta ishlaydigan kompyuter.2. Telekommunikatsiya hisoblash tarmoqlarida, tarmoqqa xizmat ko‘rsatishni, xabarlarni uzatishni va dasturlarni bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha funksiyalar yoki vazifalar bajarilishini taʼminlaydigan kompyuter.
Bosh sahifa
Asosiy sahifa. Ingliz tilidan to‘g‘ri tarjima qilinganligidan qatʼiy nazar, bu muayyan insonning uy (shaxsiy) sahifasi emas, balki veb-saytning boshlang‘ich sahifasidir.Odatda murojaatlar aynan veb-saytning bosh sahifasiga qilinadi, shuning uchun ushbu sahifaga tashrif buyuruvchilar soni xohlagan boshqa sahifaga qaraganda ko‘proq. Bosh sahifa (veb-sayt yuzi) bo‘yicha foydalanuvchi qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida tasavvur oladi (baʼzan bosh sahifa birinchi va yagona bo‘ladi).
Bosh stansiya
Eshittirishlari bitta yoki bir nechta retranslyator orqali retranslyatsiya qilinadigan uzatuvchi radioeshittirish stansiyasi.
Bosh zona serverlari
Internet tarmog‘idagi, yettita yuqori sath domenlariga (.com, .edu, .mil, .gov, .net, .rod i maxsus .arpa) xizmat ko‘rsatadigan nomlar serverlarining xost-kompyuterlariga, shuningdek, a.root-server.net dan i.root-server.net gacha nomlanadigan milliy tarmoqlar yuqori sath nomlar serverlariga ko‘rsatgichlar saqlanadigan to‘qqizta server.
Bosh o‘zgartirgich
Monokanalli kabelda signal uzatishda bir chastota kengligini boshqasiga o‘zgartirish uchun ishlatiladigan qurilma.
«Boshiga» (home) klavishi
Asosiy klaviaturadan o‘ngda joylashgan klavish. Kursorni matn boshiga surish uchun xizmat qiladi.
Boshlang‘ich kod
Hisoblash tizimida qabul qilingan kodda yozilgan dastur matni (odatda, fayl shaklida). Boshlang‘ich kod bajariladigan kodga butunlay, dastur kompilyator yordamida ishga tushirilgunga qadar translyatsiya qilinadi yoki interpretator yordamida darhol bajarilishi mumkin.
Boshlang‘ich qiymat
Dastur sozlamalarida ichki o‘zgaruvchilarning boshlang‘ich qiymati. Tez-tez qo‘llaniladigan qiymat asosida oldindan to‘ldiriladi. Bu qiymat ish jarayo-nida o‘zgartirilishi mumkin
Boshlang‘ich sahifa
Brauzer ochilishida ko‘rsatiladigan lokal veb-sahifa yoki Internetdagi sayt.
Boshlang‘ich son
Boshqa bir, yanada uzunroq bo‘lgan psevdotasodifiy ketma-ketlikni generatsiyalash uchun foydalaniladigan tasodifiy sonli ketma-ketlik.
Boshlang‘ich tezlikda foydalanish
PRI interfeysi bilan belgilanadigan, boshlang‘ich tezlikda ko‘p kanalli oxirgi (terminal) uskunaning ISDN tarmog‘i bilan birgalikda ishlashini reglamentlovchi foydalanish protokoli.
Boshlang‘ich videosignal
Videosignal datchigida hosil qilinadigan videosignal.
Boshlang‘ich yorqinlik signali
Tasvir elementlarining yorqinligi to‘g‘risidagi axborotni eltuvchi elektr impulslar.
Boshlang‘ich yuklagich
Kompyuter ulanganda operatsion tizimni tezkor xotira qurilmasiga yuklaydigan dastur. Odatda, monitor tarkibiga kiradi.
Boshlang‘ich yuklash
Operatsion tizim (dastur) boshlang‘ich qismini kompyuterga yuklash jarayoni, bundan keyin tizim (dastur) o‘z boshqaruvi ostida ishlashni davom ettirishi mumkin. Bu protsedura kompyuter ishga tushirilganda yoki qisqa muddat yonib-o‘chganda avtomatik tarzda bajariladi.
Boshlang‘ich o‘rnatish qiymati
Kalit oqimi generatorini berilgan (ma’lum bir) holatga o‘rnatish uchun qo‘llaniladigan simvollar ketma-ketligi.
Boshlang‘ich shart
Haqiqatligi protsedura yoki sikl jismi bajarilishining boshlanishida tekshiriladigan shart. Bu, sikl yoki protsedura faqat shart chin bo‘lgan holdagina bajarilishini bildiradi.
Boshlang‘ich shlyuz
Foydalanuvchi kompyuteri va tarmoq o‘rtasidagi ma’lumotlarni o‘tkazadigan, joriy tarmoq uzeli rolini bajaradigan kompyuter. Internetga bog‘lanishda ma’lum bir kompyuter shlyuz deb ko‘rsatilmagan bo‘lsa, joriy shlyuzdan foydalaniladi.
Boshqa oynalar ustida
Dasturlarning barcha qolganlarni, jumladan aktiv oynalarni ham qoplash imkoniyati.
Boshqariladigan
Yetakchi deb nomlanuvchi boshqa qurilma tomonidan boshqariladigan qurilma (kompyuter, kontroller).
Boshqariladigan ilovalar
NET ishlab chiqish vositalaridan foydalanib va spetsifikatsiyalarga muvofiq yaratilgan dasturlar.
Boshqariladigan kod
Boshqa dasturlar tomonidan tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan, oraliq tildagi kod.
Boshqariladigan obyekt
Protseduraning asinxron chaqiruvi bilan boshqariladigan, uzilishni qayta ishlash, elektr ta’minoti to‘g‘risidagi notifikatsiya yoki profillash bilan boshqariladigan Windows tizimi obyekti.
Boshqariladigan raqamli video yozuv
Kontentni keyinchalik individual ko‘rib chiqish maqsadida tarmoqda saqlash.
Boshqariladigan resurs
Axborot texnologiyalari muhitida – tizimda mavjud bo‘lgan va boshqarish mumkin bo‘lgan obyekt.
Boshqariladigan yetkazib berish dasturi
Eshittirish dasturlarining dasturning har bir qismi foydalanuvchiga qabul qilgichni ulash yoki tanlangan dasturni yozib olish uchun dasturning bir yoki undan ko‘p qismini oldindan tanlash imkonini beradigan farqlash signaliga ega turi.
Boshqariluvchi sinxronlash
Boshqariluvchi sinxronizator signallarining chastotasi va fazasini yetakchi sinxrosignal yoki to‘liq videosignal chastotasi va fazasiga sozlash orqali amalga oshiriladigan televizion sinxronlash.
Boshqarish
1. Obyektga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir etish jarayoni. Berilgan talablarga muvofiq, uning ishlashini tashkil qilish uchun amalga oshiriladi.2. Aniq bir maqsadni taʼminlash uchun, obyektga taʼsir ko‘rsatish jarayoni. Boshqariladigan obyekt; boshqarishni amalga oshiradigan blok; boshqarish obyektidan boshqaruvchi blokka kelib tushadigan, teskari aloqani amalga oshiradigan maʼlumotlar; boshqarishning o‘zini taʼminlaydigan signallar yoki maʼlumotlar boshqaruvda ishtirok etadi. Boshqaruv bilan fan sifatida kibernetika shug‘ullanadi.
Boshqarish bloki
Boshqaruvchi axborotni saqlash uchun foydalaniladigan xotira sohasi.
Boshqarish domeni
Maʼlumotlar va jarayonlarni almashinish uchun loyihalashtirilgan va qurilgan, har biri taqsimlangan ikki yoki undan ortiq axborot tizimidan iborat ko‘plikni qamrab oladigan soha.
Boshqarish imkoniyatlari bo‘lgan ko‘p stansion foydalana olish
UMTS tizimida foydalanish uchun ETSI tomonidan 1997-yilda tavsiya qilingan va CDMA/TDMA ni kod-vaqt bo‘yicha ajratish usuliga asoslangan uyali aloqa texnologiyasi. Ilgari bu usul E konsepsiyasi nomi bilan ma’lum edi. ODMA da qisqa zondlovchi paketlarni uzatish jarayoni maxsuslashtirilgan, uning yordamida mobil stansiya o‘zining yaqin qo‘shnilarini aniqlab oladi, bu unga yo uyali aloqa rejimida yoki tayanch stansiyani chetlab, qo‘shni stansiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkonini beradi.
Boshqarish oqimi
Jarayonlar bajaradigan komandalarning ketma-ketligi.
Boshqarish paneli
Zamonaviy kompyuterlar ekranida operatsion tizim, qurilma yoki kompyuter kichik tizimlarining u yoki bu funksiyalarini sozlaydigan utilitalar piktogrammalari to‘plami ko‘rinishida taqdim etilgan panel.
Boshqarish qurilmasi
Protsessorning komandalar bajarilishi tashkillashtirilishini boshqaradigan, muhim bloklaridan biri. Protsessorlarda qat'iy mantiqqa ega (sxemaviy) va mikrodasturli ikkita boshqarish usulidan foydalaniladi.
Boshqarish tizimi
Sayt, portal, axborot majmui yoki ularning qismini boshqarishni taʼminlaydigan tizim. U, shuningdek, obyektdan foydalanish nazoratini va undan ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilishni amalga oshiradi.
Boshqarish vositalari
Riskni modifikatsiya qilishda qo‘llaniladigan o‘lchov.Izohlar1. Boshqarish vositalariga har qanday jarayonlar, siyosatlar, qurilmalar, protseduralar yoki riskni modifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan boshqa ishlar kiradi.2. Boshqarish vositalari taxmin qilinadigan yoki yo‘l qo‘yiladigan modifikatsiyani har doim ham bajara olmaydi.
Boshqaruv axborot tizimi
Rahbarga qarorlar qabul qilishda yordam beradigan qayta ishlangan va tizimlashtirilgan axborot taqdim etadigan muassasa hisoblash tizimi.
Boshqaruv kanali
Tayanch stansiyadan mobil stansiya tomon yo‘nalishda tashkil etiladigan mantiqiy kanal, undan xizmat axboroti, shu jumladan, aloqa kanalining berilishi yuzasidan so‘rovlar uzatiladi.Izoh − Tranking tizimlarda tayanch stansiya boshqarish kanali orqali ishchi kanalning ajratib berilishi so‘rovini yoki navbatga qo‘yish to‘g‘risidagi xabarni uzatadi.
Boshqaruv nazorati
Axborot-hisoblash tarmog‘ini boshqarish vazifalarini bajaradi. U maʼlumotlarni uzatish tizimlari, terminallari va kanallarini ishga tushirish va o‘chirish, nosozliklarni aniqlash, statistik maʼlumotlarni to‘plash, hisobotlarni tayyorlash va h.k. bilan bog‘liq.
Boshqaruv shinasi
Kompyuter qurilmasini birlashtiruvchi uchta shinadan biri, boshqaruvchi signallarni yuborish uchun xizmat qiladi.
Boshqaruvchi axborotning umumiy protokoli
Tarmoqni boshqarish tartibotlarini aniqlaydigan ISO standarti. CMIP protokoli tarmoqni boshqarish funksiyalarini aniqlaydi va olti xil xizmatlarni taqdim qiladi:- konfiguratsiyani – tashqi shaklini, hamda tarmoq tarkibiy qismlarini o‘zaro joylashuvini boshqarish;- maʼlumotlar muhofazasini boshqarish;- maʼlumotlar xavfsizligini nazorat qilish;- tarmoq ishining hisobini olib borish;- faoliyat sifatini boshqarish;- kataloglar xizmatini olib borish.
Boshqaruvchi dastur
Boshqa dasturlarning bajarilishi bilan boshqariladigan va kiritish-chiqarish qurilmasining ishlashi bilan boshqariladigan operatsion tizimning kichik tizimi.
Boshqaruvchi ketma-ketlik
Periferik qurilmalarning ba’zi turlarini, masalan, printer va modemlarni boshqarish uchun foydalaniladigan simvollar ketma-ketligi.
Boshqaruvchi signallar
Tashqi qurilmalarni boshqarish uchun resiver tomonidan shakllantiriladigan va TV signal bilan umumiy kabel orqali uzatiladigan signallar. 0/12 V signalli alohida sim orqali uzatiladi.
Boshqaruvchi tuzilma
Operatsiyalar bajarilishi ketma-ketligini berish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili konstruksiyasi: sikl operatorlari, shartli operator.
Boshqaruvchi xotira
Boshqaruvchi dasturlar yoki mikrodasturlarni ichiga oladigan xotira qurilmasi.
Boshqaruvni markazlashtirish
Operatsion tizimning rejalashtiruvchisi tomonidan jarayonlarga protsessor vaqti kvantlarini navbati bilan ajratish.
Bosib turish
Bosgan holda ushlab turish: masalan, klaviatura klavishini bosib turish.
Bosma plata
Dielektrik material (masalan, shisha tekstolit) dan qilingan plastina. Bu plastinada maxsus usullar (masalan, kimyoviy usul bilan ishlov berish yoki elektrokimyoviy cho‘ktirish) bilan, plastinada mahkamlangan elektron qurilmalar (tranzistorlar, integral sxemalar) ni birlashtiradigan o‘tkazgichlar hosil qilinadi. Tizim platalari va kengaytirish platalari bosma platalar hisoblanadi.
Bosmadan chiqarish
Maʼlumotlarni yoki dasturlarni printer orqali chiqarish.
Bosmaga chiqmaydigan belgilar
Tasvirga ega bo‘lmagan va matnni boshqarishda ishlatiladigan belgilar (formatlash, joyini belgilash). Masalan, tabulyatsiya.
Bostirib kirish
Axborot resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni amalga oshirish maqsadidagi hujum.
Bostirib kirishlarni aniqlash tizimi
Axborot tizimida axborotdan qasddan foydalanishga yo‘naltirilgan harakatlarni avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash (blokirovkalash) funksiyalarini amalga oshiradigan, dasturiy yoki dasturiy-texnik vosita, axborotni qo‘lga kiritish, yo‘q qilish, buzish va undan foydalanishni blokirovkalash maqsadida, axborotga (axborot tashuvchilariga) maxsus ta’sir ko‘rsatish.
Bostirib kirishlarning oldini olish tizimi
Qar.: IPS.
Bostirilgan eltuvchi
Eltuvchi chastotada to‘plangan, quvvat darajasi nisbatan kichik bo‘lgan modulyatsiyalangan signal (ideal holatda bu quvvat kattaligi nolga intiladi).
Bostirish
Qandaydir noxush effektlar paydo bo‘lishining oldini olish, masalan, foydali signallarni qabul qilishda xalaqit va shovqinlar salbiy ta’sirining yo‘qotilishi.
Bot
Avtomatik ravishda va/yoki belgilangan jadval bo‘yicha oddiy foydalanuvchi kabi va interfeyslar orqali biror-bir harakatni bajaradigan maxsus dastur.Izoh – Odatda, kompyuterlarga bo‘ladigan tarmoq hujumlari – spamni yuborish, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash, olisda tizim parollarini tanlash, «xizmat ko‘rsatishni rad etish» hujumlarini muvofiqlashtirish uchun va boshqalarda ishlatiladi.
Botnet
Maʼlum sondagi xostlardan iborat va botlar (avtonom dasturiy taʼminot) ishlayotgan kompyuter tarmog‘i. Odatda botnet tarkibidagi bot qurbon kompyuterida yashirin o‘rnatiladigan va badniyat shaxsga (botnet «egasiga») kompyuter resurslaridan foydalangan holda maʼlum harakatlarni bajarishga imkon beradigan dasturiy taʼminotdir. Botnetlar ko‘pincha spam yuborish, uzoqdagi tizimda parollarni birma-bir ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatishni rad etish kabi noqonuniy yoki ruxsat etilmagan faoliyat uchun foydalaniladi. Qar.: Bot.
Bouz-Choudxuri-Xokengem kodlari
Xatolarni tuzatuvchi ikkilik chiziqli blokli kodlar turkumi. Bu kodlar ancha samarador, lekin ularning asosiy afzalligi kodlash/de-kodlashning oddiyligida (siljish registrlaridan foydalanib). BChX kodlari siklik kodlar sifatida ham ishlatiladi.
Boys-Kodd normal formasi
Munosabatli axborot baza jadvalining ehtimoliy normal formasidan biri. Bu uchinchi normal formani o‘zgarishi (baʼzi manbalarda 3-Boys Kodd normal formasi deb ataladi). Rey Boys va Edgar Kodd sharafiga nomlangan.