folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Fotogalereya: Ta’sirli ijtimoiy reklamalar | Reklama savdoni harakatlantiruvchi kuch bo‘lsa, ijtimoiy reklama hayotni harakatga keltiruvchi kuchga ega. Ijtimoiy reklama o‘z-o‘zini va atrofdagi olamni o‘zgartirishga majbur qiladi. AdMe nashri bir qator ta’sirli ijtimoiy reklamalar jamlanmasini taqdim etdi. | 42 | 261 |
Foto | Fotogalereya: Shimoliy Vyetnam belgiyalik fotograf nigohida | Belgiyalik sayohatchi-fotograf Kevin Fayngnert yaqinda Shimoliy Vyetnamga sayohat qildi. U mamlakatning muhitiga sho‘ng‘ib ketish uchun yam-yashil qishloq joylarga bordi. Travel Ask u olgan suratlarni taqdim etdi. | 59 | 213 |
Foto | Barcha muammolaringizni unutishga yordam beruvchi yoqimtoy it va mushuklar (foto) | To‘rt oyoqli do‘stlarimiz o‘zlarining yoqimtoyliklari bilan barcha muammolarimizni unutishga majbur qiladi. AdMe ana shunday suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
Xavfsizlik hamma narsadan ustun
“Singlim birinchi marta mushugimizni sayrga olib chiqdi. Bu tajriba unga yoqdimikan, hamon shubhadamiz”
“Bu odam telefoningizni blokdan chiqarishga urindi”
Finlyandiya politsiyasidagi yoqimtoy yangi stajyor
“Gul o‘stirayapmiz deb o‘ylagandik, mushuk bo‘lib chiqdi”
Yangi uydagi birinchi kun
Yoqimtoy oila
— Mushukcha, yaxshilik qayerda yashaydi?
— Mana bu yerda, odam.
Hamma qayergadir ketib qolgan, sen esa uyda yolg‘iz qolganingda
Bunday mushuk bilan eng zerikarli ish ham quvnoqroq
“Bugun veterinariya klinikasiga burnida yurak shakli bo‘lgan bemor keldi”
“Bo‘pti, shunday bo‘laqolsin, meni quchoqlashing mumkin”
Suv muolajalariga tayyorman
Bu suratda hamma narsa ideal
“Changyutkichdan foydalanmoqchi bo‘lganimda”
“Yuragim shunday ko‘rinishda bo‘lsa kerak”
“Mushugim doim o‘zini ovutish yo‘lini topadi”
Ehtiyot bo‘ling! Bu ko‘zlarga g‘arq bo‘lish mumkin | 81 | 1,067 |
Foto | Fotogalereya: Atrofdagilarni osonlik bilan ajablantiradigan hayvonlar | Uy hayvonlari deganda faqatgina yoqimli miyovlash, sayrga chiqish, kunning istalgan vaqtida ovqat so‘rashi emas, balki kutilmagan quchoq, noodatiy holatdagi uyqu ham tushuniladi. AdMe hayvonlarning kutilmagan va yoqimli holatlari aks etgan rasmlarni taqdim etdi. | 69 | 262 |
Foto | Pekindagi qishki Olimpiada o'yinlari ochilish marosimi — suratlarda | Bugun xitoy poytaxti Pekin shahrida xxIV qishki Olimpiada o'yinlariga start berildi. “Bugun suratlari”ning bugungi sonini mazkur Olimpiadaning ochilish marosimidan olingan suratlarga bag'ishlaymiz. Ochilish marosimi Pekindagi “Qush uyasi” maydonida bo'lib o'tdi. Mazkur majmua 2008 yilgi Pekin yozgi Olimpiada o'yinlari uchun qurilgan edi va uning ochilish marosimi ham ushbu stadionda bo'lgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoev 2022 yilgi qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga tashrif buyurdi. xitoy poytaxtining “Shoudu” xalqaro aeroportida davlat rahbarini ushbu mamlakatning rasmiy shaxslari kutib oldi. | 67 | 653 |
Foto | Mashhur joylarda suratga tushish orzusida u yerga borib hafsalasi pir bo‘lgan odamlar (foto) | Orziqib kutilgan ta’tilda va nihoyat boshqa mamlakatlarning diqqatga sazovor joylari va go‘zal manzarasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkinligini tasavvur qilasiz. Ammo nima bo‘lishni oldindan aytib bo‘lmaydi, orzular esa har doim ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Go‘zal manzarani yomon ob-havodan tortib ulkan yuk kemasi ham buzishi mumkin. AdMe shunday vaziyatga tushgan insonlarning suratlarini jamlab taqdim etadi.
“Tumanli havo tasvirlangan suratga qarab turib, orzum bo‘lgan Toj Mahalga sayohat qilgan vaqtimni eslayman”
Fudzi tog‘i manzarasi, Yaponiya
“Londonga borib, mashhur Big-Benni ko‘rishni orzu qilgan edim”
“Rafiqam bilan birga Shenandoa vodiysiga qaragan Skyline Drive’ning eng yuqori nuqtasidamiz”
“Moza Liza bilan suratga tushmoqchi edim”
“Noyshvanshtayn qasrini butun ulug‘vorligi bilan ko‘rish uchun dunyoning u burchagidan kelgandik”
Tripadvisor hali yaratilmagan paytlarda oilaviy ta’til chog‘ida Shotlandiyadagi mashhur g‘orga 2 soat yurib, yer ostiga tushishimizga ishonchimiz komil edi. Mana o‘sha g‘or”.
“Irlandiyadagi qoyatoshlar”
“Kiotoga qilgan birinchi safarimizda Oltin pavilyon ta’mirlanayotgan edi”.
“Do‘stim bilan Rashmor tog‘idamiz”
“Onam Ozodlik qo‘ng‘irog‘i oldida otam va meni suratga tushirdi. Afsuski, bu onam olgan yagona rasm”
“Ta’til olib, dam olish kunimni Krater ko‘lida o‘tkazayotganimdan juda xursandman! Qarang, Uayzard oroli naqadar go‘zal”
“Ulkan kema Alkatras ko‘rinishini bir soatdan ko‘proq vaqt davomida to‘sib qo‘ydi”
“Bu Koloradodagi Red-Roks amfiteatri”
“Bu Kauayga sayohatimizdan esdalik. Ob-havo prognozini tekshirmadik, Hanaley ko‘rfaziga borish uchun loy kechib, piyoda bordik” | 92 | 1,658 |
Foto | Faqat novcha kishilar tushunadigan 14 ta vaziyat (foto) | AdMe bo‘yi baland kishilarning odatiy kuni qanday o‘tishini ko‘rsatib berdi va, asosiysi, har bir vaziyatga hazilomuz yondashish kerakligini yana bir bora ta’kidladi. | 55 | 166 |
Foto | Fotogalereya: Hali ham ota-onalari bilan yashaydigan mashhurlar | Dunyoning aksariyat mamlakatlarida bolalar voyaga yetgach, ota-onalaridan alohida yashashga harakat qiladi. Ularni to‘xtatadigan yagona narsa shaxsiy uyga ega bo‘lish yoki hech bo‘lmasa ijaraga olish imkoniyatining yo‘qligidir. Ammo ayrimlar boy va mashhur bo‘lib ketgan taqdirda ham ota-onalari bilan birga yashashda davom etadi. AdMe 40 yoshdan oshgandan keyin ham ota-onalaridan alohida yashashga shoshmayotgan mashhurlarni aniqladi.
Leonardo Di Kaprio
Leoning ota-onasi u tug‘ilganidan 1 yil o‘tib ajrashgan. Shundan so‘ng onasi Irmelin Indenbirken o‘z hayotini butunlay o‘g‘liga bag‘ishlagan.
Maykl Bakari Jordan
“Qora pantera” filmi unga mashhurlik keltirdi va nihoyat bolalikdagi orzusi — ota-onasiga uy olib berish niyatiga yetdi. Ayrimlar aktyorning o‘zi ham shu uyda ular bilan birga yashaydi, deb hisoblaydi. Ammo uning o‘zi shunchaki qo‘shnichilik sababli ota-onasining uyida ko‘p bo‘lishini aytgan.
Zendaya
Disney telekanalining 22 yoshli yulduzi Zendaya ham o‘ziga uy sotib olishga qurbi yetsa ham, ota-onasi bilan birga yashashni afzal ko‘radi.
Bredli Kuper
Bredli Kuper otasi vafotidan so‘ng onasi Gloriya Kampano bilan Los-Anjelesga ko‘chib kelgan. Aktyorning onasi allaqachon ulg‘aygan o‘g‘lining hayotida bevosita ishtirok etib, hatto umr yo‘ldosh tanlash qaroriga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar bo‘lajak rafiqasi onasiga yoqmasa, qiz bilan munosabatlariga nuqta qo‘yilishi hech gap emas.
Rafael Nadal
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal yaqin kunlardan buyon o‘z oilasi bilan birga yashamoqda.
Mishel Obama
Agar sobiq prezident Barak Obama rasmiy suratlariga nazar tashlansa, unda AQShning sobiq birinchi xonimining onasi Marian Robinson borligini ko‘rish mumkin. Mishel Obamaning onasi qizi va kuyovi bilan Oq uyda yashagan.
Sofi Monk
Avstraliyalik qo‘shiqchi, aktrisa va model Sofi Monk ota-onasi bilan, aniqrog‘i, Avstraliyadagi Oltin Qirg‘oqda joylashgan hashamatli uyda yashaydi. | 63 | 1,915 |
Foto | Fotogalereya: Milliarderlarning farzandlari qayerda tahsil oladi? | AdMe dunyoning eng badavlat odamlari o‘z farzandlarini qaysi ta’lim dargohlarida o‘qitishi borasida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Jennifer Geyts — Stenford universiteti (Kaliforniya, AQSh)
Jennifer Ketrin Geyts — Microsoft korporatsiyasi bosh direktori, milliarder Bill Geytsning qizi. Bill va uning rafiqasi Melinda o‘z farzandlariga 14 yoshga to‘lmaganlariga qadar mobil telefon ishlatishiga ruxsat bermagan. Jennifer o‘z hayotini kompyuter texnologiyasiga bag‘ishlamaslikka qaror qilgan va hozirda Stenford universitetida biologiya sohasida daraja olish uchun o‘qimoqda.
Sofya va Anna Abramovich — Royal Xollouey, Latimer (Buyuk Britaniya)
Sofya va Anna — Angliyaning eng boy kelinlaridan biri, ularning otasi Roman Abramovich hisoblanadi. 18 yoshli Sofya London universiteti qoshidaqi Royal Xollouey kollejida o‘qiydi. Bunga qadar qizaloq Godolfin qizlar maktabida o‘qigan, Anna esa Latimer maktabini tamomlagan. Ushbu maktablarda tahsil olish taxminan 13 ming funt turadi, biroq bu yerga kirish uchun faqatgina pulning o‘zi kamlik qiladi, qizaloqlar iqtidorli va aql-idrokli bo‘lishi ham kerak.
Lili-Rouz Depp — Oukvud maktabi (Nyu-York, AQSh)
Jonni Depp va Vanessa Paradining qizi 2016-yilda Chanel No. 5 atirining yuziga aylangan va o‘zining kelajakdagi karyerasini belgilab olgan. Lili-Rouz Oukvud xususiy maktabida o‘qigan. Maktabda badiiy va klassik ta’lim standartlari o‘zaro birlashtirilgan holda dars o‘tiladi.
Destri Alen Spilberg — Janubiy Kaliforniya universiteti (Los-Anjeles, AQSh)
Stiven Spilbergning qizi modellik karyerasi bilan faol shug‘ullanib keladi va ot sporti musobaqasining g‘olibasi hisoblanadi. Rejissorning to‘ng‘ich farzandlari ijodiy sohani tanlagan. Destri Los-Anjelesdagi Janubiy Kaliforniya universitetida o‘qigan, Maks Semyuel Spilberg esa videoo‘yinlar uchun dizayn yaratish bilan shug‘ullanadi.
Lurdes Mariya Chikkone Leon — Forello La Guardiya maktabi (Nyu-York, AQSh)
Taniqli qo‘shiqchi Madonnaning qizi Lurdes Mariya Chikkone Leon kiyimlar dizayni bilan shug‘ullanadi. 2010-yilda u Material Girl tineyjerlari uchun o‘zining birinchi kolleksiyasini taqdim etdi. Leon Nyu-Yorkdagi Forello La Guardiya nomidagi musiqa va tasviriy san’at maktabida o‘qiydi. Ushbu maktabni o‘z vaqtida Skarlett Yoxansson va Sara Jessika Parker tamomlagan.
Patrik Shvarsenegger — Janubiy Kaliforniya universiteti (Los-Anjeles, AQSh)
Arnold Shvarsenegger o‘z farzandlarining tarbiyasiga yetarli darajada qattiq turgan, biroq siyosiy faoliyati boshlangach ularga kamroq e’tibor bera boshlagan. 24 yoshli Patrik aktyor va modellik bilan shug‘ullanadi, shuningdek, u kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyaga ham asos solgan. Patrik 2012-yilda Brentvud universitetini tamomlagan va Janubiy Kaliforniya universitetiga o‘qishga kirgan.
Bruklin Bekxem — Bruklin kolleji (Nyu-York, AQSh)
David va Viktoriya Bekxemning to‘ng‘ich o‘g‘li moda namoyishlarida faol ishtirok etib keladi va Reserved brendining yuzi hisoblanadi. Bruklin yoshligidan futbol bilan shug‘ullanadi, 15 yoshida esa unga “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” kabi futbol klublari qiziqish bildirilgan. U suratkashlikka qiziqadi va Burberry parfyum kompaniyasiga reklama ham ishlagan. Hozirda u Bruklin kollejida suratkashlik bo‘yicha tahsil oladi. | 65 | 3,237 |
Foto | Dark Stock Photos: g‘alati fotosuratlarning eng yaxshi jamlanmasi | Iyun oyining boshida Twitter’da Dark Stock Photos nomli akkaunt paydo bo‘ldi. Akkauntga fotobanklardan olingan juda g‘alati fotosuratlar joylanadi. Meduza akkauntga joylangan fotosuratlardan bir nechtasini taqdim etdi. | 65 | 218 |
Foto | Skandinaviyaning ertaknamo uylari: nega ularning tomida o‘t o‘sadi? | Skandinaviya mamlakatlari — sayohatchilar uchun haqiqiy jannat. Qishki sehrgar Santa-Klaus aynan shu yerda yashaydi, Mumi-trollning uyi ham shu yerda joylashgan. Bu shimoliy hududlarning landshafti esa filmlar dekoratsiyasining ayni o‘zginasi, deb yozadi TravelAsk.
Ularning o‘ziga xos jihati — yam-yashil tomlar. Bu yerda bunday uylar ko‘p asrdan buyon qurib kelinadi. Uylarni “ko‘kalamzorlashtirish”ning bu an’anasi qayerdan paydo bo‘lgan?
Skandinaviya mamlakatlarida iqlim juda keskin, kuchli shamol esadi, tez-tez dovullar yuz beradi, shuning uchun turar-joy maksimal darajada issiq bo‘lishi kerak. Hozir bu an’ana qayerdan kelib chiqqanini hech kim eslamaydi ham, ma’lum bo‘lishicha, bu uyni ob-havoning turli sharoitlaridan asrashning ajoyib usulidir. Tomdagi o‘tlar uyni sovuqdan himoya qiladi, shuningdek, yozgi issiqda qizib ketishdan asraydi, yomg‘irda suvni yutib, mikroiqlimni ta’minlaydi.
Bunday qoplamning yagona salbiy tomoni — og‘ir vazn. U quruqligida 50 kilogramm bo‘lsa, yomg‘irdan so‘ng uning og‘irligi 90 kilogrammgacha oshishi mumkin. Bu kichkina uylar qanchalik mustahkam qurilganligini tasavvur qilish qiyin emas.
Qolaversa, ular takrorlanmas darajada maftunkor! | 67 | 1,187 |
Foto | Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin. Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari | Xorij shou-biznes vakillari orasida o‘z brendiga ega mashhur insonlar nihoyatda ko‘p. O‘zbek san’atkorlari orasida ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanadiganlar oz emas. Aslida, tadbirkorlik ham murakkab soha, bu borada hammaga ham omad kulib boqavermaydi.
Manzura
Xonanda Manzura opasi Nigina bilan birgalikda “Manzura” liboslar butigi faoliyatini yo‘lga qo‘ygandi. U liboslar dizayni va ularning reklamalari ustida ishlab, maxsus fotosessiyalar ham o‘tkazgandi. Ayniqsa, turk fotografi Tayfun bilan Bali orolida o‘tkazilgan maxsus fotosessiyasi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Kaniza
Kaniza shou-biznesga qadam qo‘ymasdan avval tadbirkorlik faoliyatini boshlagandi. U otasining ko‘magi bilan “Kaniza” oqshom liboslari saloni va atelyesini ishga tushirgan. Afsuski, uning biznesi uzoqqa bormadi.
Ozoda Nursaidova
Xonanda Ozoda Nursaidova 2015-yilda “Ozoda” nomli parfyum ishlab chiqarishni boshlagandi. Afsuski, shov-shuv bo‘lgan parfyum haqida hozircha hech qanday gap-so‘z yo‘q.
Sitora Alimjonova
Aktrisa Sitora Alimjonova bir necha yil avval go‘zallik saloni faoliyatini yo‘lga qo‘ygandi. Afsuski, bu faoliyat ko‘p o‘tmay yakunlandi.
Asal Shodiyeva
Aktrisa Asal Shodiyeva “Miel” brendiga asos solib, ayollar va bolalar liboslarini ishlab chiqarishni boshlagandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, internet-do‘koni faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Rayhon
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva o‘z brendidagi svitshotlarni ishlab chiqarishni boshlagandi. Mazkur liboslarning o‘ziga xosligi shundaki, ularga xonandaning suratlari va qo‘shiq nomlari tushirilgan. Afsuski, bu biznes unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Shundan so‘ng u turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan birgalikda o‘rdak fermasi ochdi.
Aziza Yoqubova
Aktrisa Aziza Yoqubova ham qizining ismiga monand “Rovza Yasmin” internet-do‘konini tashkil qilgandi. Keyinchalik ijaraga do‘kon olib, uning tantanali ochilish marosimini o‘tkazdi. Ayollar va bolalar kiyim-kechaklari sotiladigan do‘kon bir oydan so‘ng yopildi.
Bloger va aktrisa Xonzoda
Aktrisa Xonzoda “Xanna” nomi ostida ayollar kiyim do‘koni faoliyatini yo‘lga qo‘ygandi. Afsuski, oradan ikki oy o‘tmay Xonzoda do‘kon yopilishini va kiyimlar arzon narxda sotilishini ma’lum qildi. | 97 | 2,221 |
Foto | Foto: Rossiya imperiyasida yashagan dunyodagi eng baland bo‘yli odam | Fyodor Andreyevich Maxnovni o‘z vaqtida deyarli butun dunyo tanigan. U dunyodagi eng baland odam bo‘lgan. Vazni 182 kilogramm, bo‘yining uzunligi esa 285 santimetr bo‘lgan erkakning etigiga 12 yoshli bola bemalol joylasha olgan, deb yozadi Big Picture.
Fyodor Maxnov 1878-yilning 6-iyunida hozirgi Belorus hududida nochor oilada tug‘ilgan. Maxnovning oilasi a’zolarining bo‘yi o‘rtachadan uzun bo‘lgan. Fyodorning onasi bolaning juda katta bo‘lganligi sababli tug‘riq vaqtida vafot etgan. Bolaning tarbiyasi bilan bobosi shug‘ullangan.
Dastlab Fyodor boshqa bolalar kabi rivojlangan, biroq sakkiz yoshga kelib, u tez o‘sa boshlagan. 12 yoshga kirganda uning bo‘yi ikki metrga yetgan. Oyoq kaftining uzunligi 51 santimetrni, qo‘l kaftiniki esa 32 santimetrni tashkil qilgan. Uning kuchi bo‘yiga mos bo‘lgan, u katta odamni hech qiyinchiliksiz ko‘tara olgan, pichan ortilgan aravani esa tepalikka chiqara olgan.
Fyodor 14 yoshga to‘lganda uning noodatiy bo‘yi sababli uyni qayta qurishga to‘g‘ri kelgan. Bolalar uning ustidan baland bo‘yi sababli kulgan, javob tariqasida Fyodor ularning bosh kiyimini tomga ilib qo‘ygan.
Kunlarning birida ko‘chma sirk egasi Otto Bidinder Fyodorni bozorda ko‘rib qolgan. O‘smir buyurtma asosida tikiladigan kiyimlari uchun pul ishlayotgan bo‘lgan. O‘sha vaqtda noodatiy kishilar juda ommabop hisoblangan, shuning uchun Otto Fyodorning qarindoshlarini uni Germaniyaga yuborishga ko‘ndirgan.
Dastlab Fyodor nemis tilini va sirk san’atini o‘rgangan. O‘smir 16 yoshida sirkda ishlash uchun shartnoma tuzgan. Fyodor kaftining yoni bilan g‘ishtlarni sindirgan, taqani to‘g‘rilay olgan, yotgan holda kichik orkestr bo‘lgan platformani ko‘tara olgan. Biroq odamlar asosan haqiqiy bahaybat odamni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun kelgan. Maxnov 25 yoshga kirganda, uning bo‘yi 285 santimetrga yetgan.
Uning ovqatlanishi ham o‘lchamlariga muvofiq bo‘lgan. Nonushtaga u 20 ta tuxumdan tayyorlangan quymoq, sakkizta non yegan va ikki litr choy ichgan. Tushlikka — 2,5 kilogramm go‘sht va shuncha kartoshka. Maxnov 24 soatdan ko‘proq uxlay olgan.
Maxnov sirkda to‘qqiz yil ishlagan va boy odamga aylangan. XX asrning boshida u o‘z vataniga qaytgan va yer sotib olib, o‘ziga mos uy qurgan. Maxnov Bidinder bilan umrining oxirigacha do‘stona munosabatni saqlab qolgan.
O‘zining yaxshi moddiy holati va xarakteriga qaramasdan, Fyodor uzoq vaqt davomida juft topa olmagan. Oxir-oqibat u qishloq o‘qituvchisi Yefrosinya Lebedovaga uylangan. Qizning bo‘yi o‘rtachadan baland, biroq turmush o‘rtog‘inikidan roppa-rosa bir metrga past bo‘lgan. Fyodorning rafiqasi besh nafar farzandni dunyoga keltirgan.
Fyodor Maxnov 1912-yilda 34 yoshida vafot etgan. O‘limining aniq sababi ma’lum emas. | 68 | 2,703 |
Foto | “Oq otli shahzodalar”: Davlat rahbarlarining o‘g‘il farzandlari haqidagi ma’lumotlar (foto) | Dunyo siyosatchilari va monarxlarning o‘g‘il farzandlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Shahzoda Albert
Iogannes va knyaginya Gloriyaning o‘g‘li shahzoda Albert eng kelishgan bo‘ydoqlardan biri. 36 yashar Albert hali hamon baxtini topib ulgurmagan. Otasining vafotidan keyin eng yosh milliarderga aylangan yigit bugungi kunda Germaniyadagi eng badavlat kishilardan biri hisoblanadi. Oila a’zolari bilan Regensburg qasrida yashaydigan Albert hayotini avtopoygalarsiz tasavvur qila olmaydi. Moliyaviy ahvoli 2 milliard dollardan ortiq deb baholanadigan yigit qalbini zabt etadigan qizni hali uchratmagan.
Nikolay Lukashenko
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘g‘li Nikolay, modellarnikiga o‘xshash ko‘rinishi bilan allaqachon e’tibor jalb qilishga ulgurgan. Ayni vaqtda maktabda o‘qiydigan kichik Lukashenko ayni vaqtda imtihonlarga tayyorlanish bilan band. Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadigan yigit, fortepiano chalishni yaxshi ko‘radi. Aleksandr Lukashenko shifokor bo‘lib ishlashini ta’kidlaganini aytmaganda, Nikolayning onasi kimligi haqida ma’lumot deyarli yo‘q.
Berron Tramp
Yosh bo‘lishiga qaramay, Berron ham allaqachon e’tibor jalb qilib ulgurgan. Trampning merosxo‘ri maktabga qatnaydi va kompyuter o‘yinlari o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Yoshi 14 da bo‘lgan bolaning bo‘yi otasiga yetib qolgan.
Shahzoda Hamdan ibn Muhammad
Dubay amirining 37 yashar o‘g‘li akasi o‘z huquqlaridan voz kechgach, taxt vorisligiga davogarlik qilmoqda. Ayni vaqtda xayriya ishlari bilan shug‘ullanadigan Hamdan, autizm muammolarini o‘rganadigan jamg‘armalar faoliyati bilan qiziqadi. Bo‘sh vaqtlarida sport bilan faol shug‘ullanadigan shahzodaning moliyaviy ahvoli 18 milliard dollarga baholanadi. Hali o‘z baxtini topib ulgurmagan yigitning hayotidagi asosiy ayol uning onasi hisoblanadi. U bergan intervyularida onasining qilgan yaxshilik va mehribonliklari uchun minnatdorligini bildiradi.
Ilya Medvedev
Ilya turli yillarda Rossiya prezidenti va bosh vaziri sifatida faoliyat olib borgan Dmitriy Medvedevning o‘g‘li. Bolaligida qilichbozlik, futbol va xorijiy tillarni o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lgan Ilya, “Yeralash” kinojurnalida ham ishtirok etgan. Maktabni tamomlab, Moskva davlat Xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)da o‘qigan yigitning suratini internetdan topish imkonsiz. Mish-mishlarga qaraganda uning qaylig‘i bor va uni ota-onasi bilan tanishtirishga ulgurgan. Ammo bu ma’lumot rasmiy tasdig‘ini topmagan.
Shahzoda Ioahim
Belgiya malikasi Astrid va ersgersogi Lorens o‘g‘lining suratini turli jurnal muqovalarida ko‘rish mumkin. O‘rta maktabni tamomlaganidan keyin Belgiyaning harbiy dengiz flotida tahsil olgan yigit hayotini dengiz bilan bog‘lashga qaror qilgan. Ayni vaqtda Ioahim Belgiya dengiz-harbiy flotida ofitser sifatida faoliyat olib boradi. | 91 | 2,784 |
Foto | Dubay ko‘chalaridagi tashlandiq lyuks mashinalar (foto) | Har bir shaharning o‘z muammolari bor. Qayerdadir chiqindilarni eplay olishmasa, yana birida transport tirbandligi muammo. Dubay shahrida esa turargohlarda egalari tashlab ketgan dunyoning eng qimmatbaho va hashamatli avtomobillari chang bosib yotibdi, deb yozadi Top Tales.
Gap shundaki, Dubay — dunyoning eng yirik moliyaviy markazlaridan biri. Bu yerda ulkan summali oldi-sotdilar amalga oshiriladi. Va, tabiiyki, statusni saqlab turish uchun eng qimmatbaho avtomobilga ega bo‘lish zaruratga aylanadi.
Ammo sarmoya kiritib, bankrot bo‘lib qolish ham mumkin, axir g‘oliblar bo‘lgan joyda mag‘lublar ham bo‘ladi.
Shu tariqa, banklardan olingan katta-katta qarzlarni to‘lay olmasligini tushungan odamlar barchasini tashlab, mamlakatdan qochib ketadi.
Ba’zilar avtomobil old oynasida bank hujjatlari va o‘z uzrnomalarini qoldiradi.
Tashlandiq avtomobillarning barchasini esa kimoshdi savdosida sotishadi. | 55 | 909 |
Foto | Bahoriy o‘rmon, himoyachi va mayoq dramasi: yilning eng yaxshi manzarali suratlari aniqlandi (foto) | Tabiat go‘zalligini namoyish etish va suratkashlarning iste’dodini ochish uchun mo‘ljallangan Landsape Photographer of the Year 2020 tanlovining g‘oliblari ma’lum qilindi. Marhamat, ularning ijodiy ishini e’tiboringizga havola etamiz.
Angliyaning Dorset grafligidagi Vulland qishlog‘i yaqinida joylashgan o‘rmon manzarasi surati muallifi Kris Frost tanlovning Gran-pri sovriniga sazovor bo‘ldi.
Jorj Robertson ijodiy ishi bilan “Shahar hayoti” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Shotlandiyaning Fort daryosi bo‘yidan Uolles minorasiga qarata olingan Grem Makkeyning ijodi “Tarixiy Britaniya” nominatsiyasi bo‘yicha eng yaxshi surat deb topildi.
Aleks Gjikaning “Mayoq dramasi” surati “Sening qarashing” nominatsiyasida yutuqqa erishdi.
Li Dori “Klassik ko‘rinish” nominatsiyasida “Rim yo‘llari” deb nomlangan manzarali surati bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tanlovda ishtirok etgan yosh suratkashlar orasida Joshua Elfikning kadri ham eng yaxshi surat deb topildi.
“O‘zgaruvchan manzara” nominatsiyasida Grem Iton “Tuman tarqalganda” surati bilan g‘olib bo‘ldi.
Tanlovga taqdim etilgan eng yaxshi tungi manzara Alin Uollesning “Himoyachi” surati bo‘lib chiqdi.
“Manzara yo‘nalishi” nominatsiyasida Brayan Nun Shimoliy Yorkshirning Ribblxeddagi teshik ko‘prik surati bilan g‘olib bo‘ldi.
Braytondagi bandargohning qush uchadigan tepalikdan ko‘rinishi. Asar “Sening qarashing” nominatsiyasi bo‘yicha Mett Kuperga omad keltirdi.
Galateya kapalagi quyosh nurida. Surat muallifi final ishtirokchisi Ross Xoddinott.
“Fantaziya” surati Nil Bernellni “Qora-oq suratlar” turkumidagi g‘alaba bilan ta’minladi. | 99 | 1,621 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning eng nufuzli ayollari — 2017 | Forbes jurnali 2017-yilning eng nufuzli ayollari reytingini tuzib chiqdi, deb xabar berdi “Vedomosti”.
Angela Merkel, Germaniya kansleri
Tereza Mey, Buyuk Britaniya bosh vaziri
Melinda Geyts, Bill Geytsning rafiqasi
Sheril Sendberg, Facebook’ning bosh operatsion direktori
Meri Barra, General Motors bosh direktori
Syuzen Voujitski, Google va YouTube bosh direktori
Abigeyl Jonson, Fidelity Investments (FMR) investitsion firmasining prezidenti va bosh ijrochi direktori
Kristin Lagard, Xalqaro valyuta fondining boshqaruvchi direktori
Ana Patrisiya Botin, Santander direktorlar kengashi raisi
Jinni Rometti, IBM bosh direktori | 51 | 636 |
Foto | Xavfli kasalliklarni yengib chiqqan mashhurlar (fotogalereya) | AdMe jiddiy xastaligi haqida xabar topgach, umidsizlikka tushib qolmagan mashhur kishilar haqida hikoya qildi. Ular nafaqat xavfli kasallik bilan kurashda g‘olib chiqqan, balki boshqalarga ham shunday natijalarga erishishda yordam bermoqda.
Aktrisa anevrizmning yorilishi va miyaga qon quyilishi oqibatida klinik o‘limni boshidan kechirdi. Operatsiyadan so‘ng nutq bilan bog‘liq muammolarga qaramay, besh yildan kam vaqt ichida yana kinoga qaytdi.
Ayni paytda Stoun jiddiy xasta kishilarni qo‘llab-quvvatlaydi. 2013-yilda xayriyaga qo‘shgan hissasi uchun u Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
1991-yilda aktyorga Parkinson xastaligi tashxisi qo‘yilgan. Shunga qaramay, o‘shandan buyon u besh marta “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Maykl kapitali 450 million dollarga teng jamg‘armaga asos soldi, u Parkinson kasalligiga qarshi dori qidirish borasida tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi.
Aktrisa Verlgof kasalligiga qarshi kurashmoqda, u teridagi kichik kesilgan joydan ham kuchli qon ketishi bilan tavsiflanadi. Shunga qaramay, u filmlarda suratga tushmoqda va uch farzandni tarbiyalamoqda.
Roberts YuNISEF yaxshi niyat elchisi sifatida mushkul ahvolga tushgan odamlarga yordam berish uchun ham vaqt topmoqda.
Taniqli qiziqchi saraton shishini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani va kimyo terapiyasini boshidan o‘tkazdi.
Ayni paytda u 25 ta tashkilotni qo‘llab-quvvatlaydi, ular orasida saratonni o‘rganish instituti va onkologik kasalliklarga chalinganlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bor.
“Garri Potter” dispraksiya — eng oddiy harakatlarni bajarishni ham qiyinlashtirib qo‘yuvchi asab kasalligidan azob chekadi. Shunga qaramasdan, u kinematografda muvaffaqiyatli karyerani qurdi.
Qo‘shiqchi tizimli qizil teri siliga uchragan. U doimiy ravishda ruhiy ko‘makka ehtiyojmand kishilarga pul xayriya qiladi va ularni yoqlab chiqadi.
Avstraliyalik qo‘shiqchi 2005-yilda ko‘krak saratoniga chalinganidan xabar topgan. Kasallikni yengib chiqqach, u onkologik kasalliklarning o‘z vaqtida aniqlanishi qanchalik muhimligini odamlarga yetkazish uchun ko‘p mablag‘ sarflashni boshladi.
Aktyorda 2013-yilda teri saratonini aniqlashdi, o‘shandan buyon u oltita operatsiyani boshidan o‘tkazdi. Shunga qaramay, u qizg‘in aktyorlik faoliyatida davom etmoqda.
Jekman saratonni tadqiq qilish va boshqa dolzarb muammolar bilan shug‘ullanuvchi 27 ta tashkilotga homiylik qiladi. | 61 | 2,367 |
Foto | Elektr energiyasi ta'minotidan uzilgan Toshkent — suratlarda | O'zbekistonda, xususan, Toshkentda 25 yanvar kuni elektr energiyasi uzilishi sabab bir qator favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgani xabar qilingandi. “Bugun.uz” muxbiri “svet”siz qolgan va qisman ichimlik suvi tanqisligi yuzaga kelgan Toshkentning ayrim hududlaridan fotoreportaj tayyorladi.
Fuqarolar xonadonlardagi ichimlik suvining uzilganligi uchun savdo do'konlaridan ko'p miqdorda ichimlik suvi harid qilmoqda. xususan, “O'zsuvta'minot” respublika miqyosida elektr energiyasi bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgani sababli ichimlik suvi yetkazilishida ham vaqtinchalik uzilishlar kuzatilganini ma'lum qilgandi.
Toshkent shahar hokimiyati tadbirkorladan korxonasida ishlayotgan xodimlarga 15:00 dan javob berib yuborishini so'ragan. Poytaxt ko'chalarida aholi har kungidan zichroq.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkentning qator hududlarida elektr energiyasida uzulish kuzatilgani xabar qilingandi. Energetika vazirligi respublika bo'ylab “svet” o'chayotganiga izoh bergan. Ushbu fakqulodda vaziyat ortidan Toshkentda metro faoliyati to'xtab qoldi. Yo'l harakati xavfsizligi xizmati poytaxt aholisidan zarurat bo'lmaganda avtomobildan foydalanmaslik so'radi.
Bundan tashqari, Toshkent aeroporti elektrdagi uzilishlar sabab samolyotlarni qabul qilishni to'xtatdi. “Uztelecom” matbuot kotibi esa “Bugun.uz”ga elektrda uzilishlar bo'lgan taqdirda zahira quvvati bir necha soatga yetishini ma'lum qildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi ham murojaat bilan chiqib, kuzatilayotgan elektrdagi uzilishlar jarrohlik amaliyotiga xavf tug'dirmasligini qayd etdi. Ichki ishlar vazirligi esa yo'l harakati qoidalariga so'zsiz rioya qilinishi, maxsus trasport vositalariga yo'l berish, imkon tariqasida avtotrasport vositalaridan foydalanmaslikka chaqirgan.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekistonda elektrdagi uzilish sababini aniqlash va bartaraf etish bo'yicha komissiya tuzildi. O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston energetika tizimlari bir-biriga qanday bog'langani bo'yicha ma'lumot berildi. | 60 | 1,974 |
Foto | Shtab-kvartira: Slack korporativ messenjerining Nyu-Yorkdagi yangi ofisi (foto) | Slack jamoasi 2017-yilning yanvar oyi o‘rtasida Nyu-Yorkdagi yangi ofisiga ko‘chdi. Yangi ofisda jami 85 kishi ishlamoqda, kompaniya Nyu-Yorkdagi ishchilar shtatini oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Vc.ru”.
Yangi shtab-kvartiraning umumiy maydoni 1 400 kvadrat metrdan iborat.
Slack’ning Nyu-York bo‘linmasi asosan savdo bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt texnologiyasini o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan yo‘nalish ham ofisga joylashadi. Uni Foursquare’ning sobiq vitse-prezidenti Noa Vays boshqaradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 79 | 725 |
Foto | Foto: Alyaskada shoxlashayotgan loslar muzlab qoldi | Alyaskaning sovuq iqlimi tufayli nikoh mavsumida urg‘ochilar uchun kurashayotgan ikki los halok bo‘ldi. Ular suv ichida butunlay muzlab qoldi, deb xabar beradi “National Geographic Rossiya”.
Alyaskadagi Unalaklit shaharchasida istiqomat qiluvchi Jeff Erikson daryo ichiga muzlab qolgan ikki losning tanasini topib oldi. Ular shoxlashayotgan ko‘yi muzlab qolgan edi.
Ekspertlarning aytishicha, odatda kuzga to‘g‘ri keladigan nikoh mavsumining boshida ikki erkak los urg‘ochi uchun daryo ustida shoxlashayotgan edi. Ammo ularning og‘irligi ostida muz sinib, raqibining zarbidan halok bo‘lgan jonivor suvga tushib ketib, uning shoxiga shoxlari ilashib qolgan ikkinchi losni ham tortib ketgan. Shundan so‘ng sovuq urib, ular muzlab qolgan.
Erikson do‘stlari bilan voqea joyiga kelib, benzinli arra yordamida jonivorlarning tanalarini muzdan chiqarib oldi. | 51 | 854 |
Foto | Fotogalereya: Yer yuzida uchraydigan eng noyob qushlar | Yer sharida qushlarning 10 mingdan ortiq turi uchraydi. Ularning aksariyati insonlar nazarida patli jonzot sifati shakllangan. TravelAsk o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ertaklardagi qahramonlarni yoki qadimiy geologik davrni yodga soluvchi noyob qushlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Shoxdor abissin qarg‘asi
Ushbu qush yakkashox-qushlar oilasiga mansub hisoblanib, u o‘zining noodatiy tumshug‘i bilan mashhur. U Afrika hududidagi savanna va yarim sahrolarda yashaydi.
Ko‘zoynakli gaga
O‘rdaksimonlar oilasiga mansub bo‘lgan ushbu qush Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlarida istiqomat qiladi. Erkaklarining patlari yorqin, urg‘ochilariniki esa jigarrang, biroq ikkisi ham noodatiy tumshuqqa ega.
Dubulg‘asimon kazuar
Boshida dubulg‘asi bor ushbu qush Yangi Gvineya va unga yaqin bo‘lgan hududlarda yashaydi. Uning bo‘yi 1,7 metrni teng, oyoqlari baquvvat, biroq ucha olmaydi.
Mavrak qur
Mavrak qurning erkaklarini ko‘kragida g‘aroyib qopcha mavjud. Uning yordamida qush urchish vaqtida baland ovoz chiqaradi. Mazkur qushlar oilasi Shimoliy Amerika hududlarida istiqomat qiladi.
Yelpig‘ichsimon tojdor kaptar
Yangi Gvineya orolida nafis patlarga ega tojdor kaptarlar uchraydi. O‘lchami 60—70 santimetrni tashkil etadigan ushbu qushlar o‘simliklar mevasi va urug‘lari bilan oziqlanadi.
Balaeniceps (Kitsimon boshli qush)
Ushbu g‘ayrioddiy qushlar laylaksimonlar oilasiga mansub bo‘lsa-da, o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan dinozavrlar davrini yodga soladi. Suratda tasvirlangan qushlar Markaziy Afrika hududida uchraydi. Qanotlarining kengligi 2 metrni, bo‘yining balandligi 1,2 metrni tashkil etadi. Ular mayda baliqlar, qurbaqa va ilonlar bilan oziqlanadi.
Ekvadorning soyabonsimon qushi
Mazkur qushlar Kolumbiya va Ekvadordagi namligi yuqori o‘rmonlarda yashaydi va ularning erkaklarini ko‘kragida patlar bilan qoplangan noodatiy o‘simta mavjud. “Sirg‘a” deb ataluvchi ushbu o‘simtaning uzunligi 35 santimetrga yetadi.
Hindiston kalaosi
Mazkur yakkashox-qushning o‘lchamlari 1,5 metrga yetadi. Hindistonda uchraydigan kalaolar Janubi-Sharqiy Osiyodagi tropik o‘rmonlarda yashaydi va daraxtlar mevasi bilan oziqlanadi.
Ko‘k oyoqli olusha
Boshqa qushlardan o‘zining ko‘k rangli oyoqlari bilan ajralib turuvchi ushbu qushlar Galapagos orollari va Tinch okeanining Amerika qit’asi yaqinidagi qirg‘oqlarida yashaydi. | 54 | 2,323 |
Foto | Fotogalereya: Oddiy hayotda o‘z baxtini topgan milliarderlar | Milliarder so‘zi, odatda, hashamatli yaxtalar yoki eng qimmat mashinalar kolleksiyasi egasini tasavvur qilishga asos bo‘ladi. Amalda esa ko‘plab boy odamlar uchun pul ahamiyatga ega bo‘lmay qolgan va ular o‘ziga ortiqcha narsani ravo ko‘rmagan holda qulay hayot tarzini tanlaydi. AdMe ana shunday milliarderlardan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 60 | 344 |
Foto | Fotogalereya: Met Gala kostyumlar instituti balining moda tajribalari | Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida moda sanoatining eng yirik tadbirlaridan biri Met Gala 2017 kostyumlar institutining har yilgi an’anaviy bali bo‘lib o‘tdi. Har yili tashkilotchilar bal mehmonlariga Metropoliten muzeyi ko‘rgazmasining mavzusiga mos liboslar kiyishni taklif qiladi. Bu yilgi ko‘rgazmada dizayner Rei Kavakuboning Comme des Garçons to‘plami namoyish etilgan.“Vedomosti” nashri namoyish etilgan liboslar jamlanmasini taqdim etdi.
Qo‘shiqchi Rianna u uchun maxsus tayyorlangan Comme des Garçons ko‘ylagi va Chopard bezagida.
Aktrisa Lili Kollinz bal uchun o‘z imijini o‘zgartirdi. Uning yangi soch turmagi aslida turmak emas, yasama soch. Giambattista Valli ko‘ylagi va Tiffany bezagi moda tanqidchilari tomonidan tadbirning eng yaxshi namunalaridan biri deb topildi.
Tennischi Serena Uilyams Versace ko‘ylagida.
Qo‘shiqchi Keti Perri dizayner Jon Gallyano tomonidan yaratilgan Maison Margiela markali ko‘ylakda.
Reper va musiqiy prodyuser Shon Kombs
Model Nataliya Vodyanova Diane von Furstenberg ko‘ylagida va dizayner Diana fon Furstenberg
Model Stella Maksvell va Eshli Grexem bal uchuin maxsus yaratilgan H&M ko‘ylagida
Aktrisa Juanna Mur Calvin Klein By Appointment ko‘ylagi va Chopard bezagida.
Model Lili-Rouz Depp Chanel ko‘ylagi va bezagida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 69 | 1,349 |
Foto | Rassom Disney multfilmlari qahramonlarini inson qiyofasida tasvirladi (foto) | Pensilvaniyalik rassom-illyustrator Izabel Staub tasavvurlariga tayangan holda mashhur multfilmdagi hayvon qahramonlarni odam ko‘rinishida tasvirladi va chizgan suratlari bilan Instagram sahifasida bo‘lishdi. Staub tomonidan taqdim qilingan suratlarda “Nemoni izlab” multfilmidagi Dori, “Qirol sher”dagi Nala va yana boshqa bir qancha qahramonlarga o‘xshatish qilinganini ko‘rish mumkin. Rassom tomonidan har biri uchun 7-10 soat sarflangan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Lessi va daydi it” multfilmidagi Lessi
View this post on Instagram
“Nemoni izlab” multfilmidagi Dori
View this post on Instagram
“Qirol sherdagi” Nala
View this post on Instagram
“Aristokrat mushuklar” multfilmidagi Mari
View this post on Instagram
“Guffi ta’tilda” multfilmidagi Roksana
View this post on Instagram
“Ummon shunqorlari” multfilmidagi Lola
View this post on Instagram
“Suv parisi” multfilmidagi Ariyel
View this post on Instagram
“Pokaxontas”multfilmidagi Pokaxontas
View this post on Instagram
“Sohibjamol va maxluq” multfilmidagi Bell
View this post on Instagram
“Notr-damlik bukri” multfilmidagi Esmeralda
View this post on Instagram
“Malika va qurbaqa” filmidagi Tiana
View this post on Instagram
“Lilo va stich” multfilmidagi Nani
View this post on Instagram
Staub, shuningdek, illyustratsiyalari qanday chizilishi aks etgan video bilan ham bo‘lishgan.
View this post on Instagram | 76 | 1,583 |
Foto | Oltin medal olgan Akbar Joʻraev, olovdan qochayotgan buqalamun, imtihonni nishonlayotgan talabalar — 3 avgust suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Iroqning Diyala daryosida issiq kunlarni oʻtkazayotgan bolalar buqalar bilan birga choʻmilmoqda.
Falastinlik talabalar yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganini nishonlamoqda.
Turkiyaning Antalya viloyatida yuz bergan oʻrmon yongʻinlarida hayvonot dunyosi ham zarar koʻrmoqda. Suratda buqalamun oʻz jonini saqlash uchun xavfsiz joyga qochib ketmoqda.
Nyu-Yorkda quyosh botishi.
Tokioda oʻtayotgan Olimpiada oʻyinlarida oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi Akbar Joʻraev oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Tokio Olipiadasida ayollar oʻrtasida boks boʻyicha yaponiyalik Sena Iri finalda filippinlik Nesti Petesio ustidan gʻalaba qozonganini nishonlamoqda.
Katta Manchester grafligidagi koʻlda suzayotgan Kanada gʻozlari.
Pokistonning Karachi shahri koʻchalari dezinfeksiya qilinmoqda.
Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan koʻrishdi.
Shveysariyaning Lokarno shahrida 74-an‘anaviy kinofestivalga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Rossiyaning Tver viloyatida toʻfon oqibatida vayron boʻlgan uylar.
Ozarbayjonlik Rafiq Husaynov Tokio Olipiadasida kurash boʻyicha 77 kg vazn toifasida armanistonlik Karapeta Chalyanni magʻlubiyatga uchratib, bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Buyuk Britaniyaning Koke orolida tong otishi. | 119 | 1,326 |
Foto | Sankt-Peterburgdagi “Gazel o‘ta olmaydi” belgili ko‘prik ostiga yana bir yuk mashinasi tiqilib qoldi. U 146-“qurbon” bo‘ldi | Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Lensovet yo‘lida joylashgan ko‘prik ostiga yuk mashinalari tiqilib qolishda davom etmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
16-aprel kuni ko‘prik Xitoy yuk mashinasining budkasini vayron qildi. Navbatdagi haydovchiga “Gazel o‘ta olmaydi” degan belgi ta’sir qilmadi. Ta’kidlanishicha, bu ushbu ko‘prikning 146-“qurboni” bo‘ldi.
Hodisa guvohlari internetda suratlar bilan bo‘lishadi va bir necha yillardan buyon bitta joyning o‘zida yuz berayotgan bir xil avtohalokatlar shahar ma’muriyati tomonidan e’tiborsiz qoldirilayotganidan ajablanadi. | 123 | 570 |
Foto | Fotogalereya: 3 parallel daryo — Xitoyning eng chiroyli milliy xiyoboni | Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida Osiyoning uchta daryosi parallel oqadigan xiyobon bor. Yantszi, Mekong va Saluin daryolari bir-biriga yaqin joylshgan. Travel Ask ularning rasmlarini taqdim etdi. | 71 | 195 |
Foto | Gonkong tomlaridagi kundalik hayot (foto) | TravelAsk Fransiyalik fotograf Romen Jake-Lagrening “Beton haqida hikoyalar” fotoloyihasini taqdim qildi.
Jamlanmada Gonkong tomlaridagi odatiy kundalik hayot aks etgan. Suratlarda siz birorta ham sahnalashtirilgan kadrni ko‘rmaysiz. Jake-Lagrening so‘zlariga qaraganda, ayrim suratlarni olish uchun u uzoq vaqt kutishiga to‘g‘ri kelgan. Uning maqsadi shahar sharoitida yashaydigan kishilar madaniyatini ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan.
“Bu jamlanma nihoyatda omadli boshlangan. 2014-yilning tonglaridan biri edi, men yangi fotoloyiha uchun g‘oya izlab tomga chiqdim. O‘sha kuni osmon nihoyatda tiniq, quyosh endigina shaharni yoritishni boshlagan edi. Shu paytda yonimdagi tomda nimadir qimirlaganini payqadim. Tikilib qarasam, kimdir antenna tuzatayotgan ekan. Men bu holatni darhol suratga tushirib oldim”.
Romen Jake-Lagre | 41 | 824 |
Foto | Fotogalereya: Maftunkor Fransiyaning XX asr o‘rtalaridagi eng chiroyli rangli suratlari | Fransiya odamlar uchun maftunkorlik obyektiga, rassom va yozuvchilar uchun esa ilhom manbaiga aylangan. TravelAsk Fransiyaning XX asr o‘rtalariga qaytishni taklif qilib, 64 yil avval ham mamlakat go‘zal bo‘lganini isbotlovchi 19 suratni bir sahifaga jamladi.
Parij markazi – bu ko‘plab do‘konlar, ko‘rgazmalar markazlari, yemakxona va restoranlardan tashkil topgan Yelisey maydoni.
Shahar aholisi dam olish kunlaridagi bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazmoqda.
Eski uylar qarshisida katta bo‘lmagan kemalar to‘xtaydigan joy. 1952-yil, iyun.
Kattalar va bolalar O‘rtayer dengizi sohilida issiq quyosh nurlari ostida dam olmoqda. 1952-yil, iyun.
Bolalar uchun zavq olish joyi. 1952-yil, iyun.
Uylarning tomlari bir-biriga shu darajada yaqin joylashgan-ki, ular ustidan yugurging keladi. 1954-yil, may.
Temir ledining 1954-yildagi surati.
Kichik ko‘chalarga boy shaharning ko‘rinishi. 1954-yil, may.
Alp tog‘larida joylashgan shaharda kichik namoyish. 1960-yil, iyun.
Shahar aholisi tantalali yurish oldidan to‘plandi.
Rambuye qasri fasldan qat’i nazar doim ko‘m-ko‘k ko‘rinishga ega. 1960-yil, iyun.
Suv va daraxtlar bilan o‘ralgan qasr. 1960-yil, iyun.
Savdo maydoni turli mahsulotlar bilan to‘la. 1960-yil, iyun.
Tiu daryosini Fyer daryosi bilan bog‘laydigan kanal Ansi shahridan o‘tadi. 1960-yil, iyun.
Trokadero maydoni tepalikning eng baland nuqtasida joylashgan. 1960-yil, iyun.
Parij shahridagi eski uylar. 1960-yil, iyun.
Qush parvozi balandligidan ko‘rinish. 1960-yil, iyun.
Ko‘rkam qasrning ko‘rinishi. 1964-yil, iyun
La-Mansh sohilidagi qirg‘oq bo‘yi. 1964-yil, iyun.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 87 | 1,745 |
Foto | Fotogalereya: Sobiq ittifoqi davridan qolgan maxfiy tashlandiq obyektlar va noyob texnika | Sobiq ittifoq davrida juda qiziqarli obyektlar va loyihalar yaratilgan. Ittifoq parchalangandan keyin ular ham tashlandiq holatga kelib qolgan. Travel Ask ularning rasmlarini taqdim etdi.
Qrimdagi oxiriga yetkazilmagan AES. Chernobil voqealaridan keyin qurilish to‘xtab qolgan.
Obyekt №221 — Qrimdagi qo‘g‘irchoq bino. Ostida yadro bunkerlari tarmog‘i va yerosti tunnellari yashiringan.
Chernobildagi texnikalar mozori
“Buran” kosmik kemasi
“Lun” jangovor kemasi
R-12 “Dvina” kompleksi | 89 | 490 |
Foto | Hamisha yosh: Yillar o‘tsa ham deyarli o‘zgarmaydigan mashhur ayollar (foto) | Mashhurlar orasida yillar o‘tishi ko‘rinishi va qaddi-qomatiga ta’sir qilmaydigan vakillar yo‘q emas. Ularning bundan 10—20 yil avvalgi suratlariga qarab, o‘zgarmaganidan hayratlanish mumkin.
Jennifer Eniston
“Do‘stlar” seriali 2004-yilda yakuniga yetganiga qaramay, Eniston hali hamon ushbu serialda gavdalantirgan qahramoni Reychel singari yosh ko‘rinadi. Buning siri haqida so‘ralganda, aktrisa hamma gap to‘g‘ri turmush tarzida ekanligi, to‘g‘ri ovqatlanishi, yoga va soatlab sportzalda shug‘ullanishini aytadi.
Kayli Minoug
Avstraliyalik Kayli doim yoshiga nisbatan yosh ko‘ringan. Uning o‘zi kosmetik amaliyot va go‘zallik ukollaridan foydalanishini inkor etmaydi.
Elizabet Xyorli
Elizabetga nazar tashlab, yoshi 50 da ekanini taxmin qilish mushkul. Uning yaqinda olingan va bundan 20 yil avvalgi surati solishtirilganda, o‘tgan yillar qiyofasiga ta’sir qilmagan, degan xulosaga kelish mumkin.
Emma Banton
Emma Spice Girls guruhining a’zosiga aylanganida endigina 18 yoshda bo‘lgan. Oradan 20 yildan ko‘p vaqt o‘tganiga qaramay, hali ham o‘zgarmagandek go‘yo.
Xolli Berri
Xolli yillar o‘tgani sayin ayollar husniga-husn qo‘shilishi mumkinligining isboti. U bundan 20 yil avvalgidek go‘zal va dilbar. Bunga uning to‘g‘ri ovqatlanishi va sport zalda ter to‘kib shug‘ullanishi sabab.
Yeva Longoriya
Yevaning yoshi 45 da. Ko‘rinishi 2004-yildagidek bo‘lgan aktrisa ham yosh ko‘rinish sirini sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘laydi.
Sofiya Rotaru
73 yoshli Sofiyaning terisi hali ham yosh, qomati esa ketvorgan. U hech qanday sir yo‘qligini aytib, hammasi sport va tiniqib uxlash sababligini qo‘shimcha qiladi.
Layma Vaykule
66 yoshga o‘xshamaydigan Layma esa yosh ko‘rinishiga gen sababchi deb biladi.
Irina Allegrova
Allegrovaning inyeksiya va kosmetologlardan yordam olgani aniq bo‘lmasa ham bir narsaga shubha yo‘q: 69 yoshli xonanda bundan 20 yil avvalgidek go‘zal va latofatli. | 76 | 1,891 |
Foto | Foto: Har yilning 11-sentabr kuni Nyu-Yorkdagi Oculus vokzali binosi terakt qurbonlari xotirasiga tomini ochadi | 2016-yil martida Nyu-Yorkda dunyodagi eng qimmat vokzal — Oculus ochildi. U Santyago Kalatrava tomonidan ilgari egizak minoralar turgan joy yaqinida barpo etildi.
Bino atrof muhit ustida kaptar misoli havoda qalqib turishi taxmin qilingan edi. Har yilning 11-sentabr kuni Oculus terakt xotirasiga o‘zgaradi: bino tepasidagi shisha derazalar samolyot shimoliy minoraga urilgan lahzada ochiladi — va ochilgan tirqishda ko‘rinadigan yangi World Trade Center binosi egizak minoralardan biriga o‘xshash qiyofada ko‘rinadi.
Meduza memorial aksiya 2017-yil 11-sentabr kuni qanday qiyofa kasb etganini namoyish etdi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 111 | 865 |
Foto | Birgalikda rol ijro etish uchun yaratilgan aktyorlar juftligi (foto) | Ba’zan filmning suratga olish jarayonlarida aktyorlar orasida bir-birni tushungan holda ishlash hissi paydo bo‘ladiki, rejissorlar ularni kadrlarda qayta-qayta ko‘rishni xohlashadi. Bu fikrga to‘la qo‘shilgan holda bir-biri uchun yaratilgan kino juftliklar haqida ma’lumot beramiz.
Emma Stoun va Rayan Gosling
Emma Stoun va Rayan Gosling ilk marta 2011-yilda “Ahmoqona muhabbat“ filmida birgalikda rol ijro etib, mukammal juftlikka aylanishgan: Emma Rayan bilan ishlash unga yoqishini va u bilan boshqa filmlarda ham suratga tushishga tayyorligini aytgan.
Uning bu istagi amalga oshdi: ular yana ikki marotaba — 2013-yilda suratga olingan “Gangster ovchilari” va 2016-yilda “La-La-Lend” filmlarida sevishgan juftlik rolini o‘ynashgan.
Keyt Uinslet va Leonardo Di Kaprio
Keyt Uinslet va Leonardo Di Kaprio bir-biri bilan birinchi marta “Titanik” (1997) filmida tanishgan. O‘shandan beri ular yaqin do‘st bo‘lib, hayotda bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Hatto Keytning to‘yida Leonardo uni mehrob yoniga o‘zi olib borgan. “Titanik” ekran yuzini ko‘rganidan 11 yil o‘tib, ular “O‘zgarishlarga yo‘l” filmida turmush qurgan juftlik rolini ijro etdi.
Anjelina Joli va Bred Pitt
Ushbu unutilmas duet birinchi marta 2005-yilda “Janob Smit va Smit xonim” filmida paydo bo‘lgan. Shu filmning suratga olish jarayonlarida aktyorlar bir-birlarini sevib qolishgan. 10 yil o‘tgach, ular Anjelina Joli ssenariysi va rejissorligi asosida suratga olingan “Lojuvard qirg‘oq” filmida yana birga rol o‘ynagan.
Sirsha Ronan va Timati Shalame
Yana bir sevimli juftlik 2017-yilda “Byord xonim” filmi bilan tanilgan. Timoti va Sirsha nafaqat hayotda ham yaqin do‘st, balki sahnada ham ajoyib sheriklardir. 2019-yilda ular “Kichik ayollar” filmida yaqin do‘stlar rolini ijro etdi.
Ularni yana 2021-yilda ekranga chiqishi mo‘ljallangan “Fransiya nashri” filmi premyerasida ko‘rishimiz mumkin.
Bryus Uillis va Semyuel Jekson
Aktyorlarning kinodagi hamkorligi 1993-yilda boshlangan. Bugungi kunga kelib Uillis va Jekson birgalikda 5 ta filmda rol ijro etgan. Ularning eng mashhurlari — “Jinoiy ish” (1994), “Qattiq yong‘oq 3” (1995) va “Ko‘zgu” (2019).
Uill Fyurrell va Jon Si Rayli
Ushbu komedik juftlik allaqachon 3 ta filmda suratga tushib ulgurgan. Ularning ilk hamkorlikdagi loyihasi 2006-yildagi “Riki Bobbi: Yo‘l qiroli” bo'lib, unda Rayli personaji o‘zini “doktor Vatts” deb ataydi. Qizig‘i shundaki, oradan 12 yil o‘tgach, ular “Xolms va Vatson” filmida birgalikda rol ijro etadi. Shuningdek, aktyorlar “Erkin aka-ukalar”da ham o‘ynagan.
Tom Xenks va Meg Rayan
Tom Xenks va Meg Rayan bir necha marotaba sevishganlar rolida chiqqan. Ularning birinchi ishi — “Jo vulqonga qarshi” filmi katta muvaffaqiyatga erisholmagan. Biroq keyingi 2 ta — “Sietldagi bedorlar” (1993) va “Sizga xat bor” (1998) filmlari jamoatchilik tomonidan juda yaxshi kutib olingan.
Robert De Niro va Jo Peshi
Ushbu afsonaviy duet 1980-yilda “Quturgan buqa” filmida tanishgan. Suratga olish sahnalaridan birida Robert De Niro tasodifan Jo Peshining qovurg‘asini sindirib qo‘ygan. Ammo Peshi undan xafa bo‘lmagan ko‘rinadi, chunki keyinchalik ular yana 4 ta filmda birga ishladi. Eng so‘nggi hamkorlik “Irland” (2019) filmi bo‘lib, u 10 ta nominatsiya bo‘yicha “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Dryu Berrimor va Adam Sendler
Berrimor va Sendlerning birgalikdagi ilk filmi “To‘ydagi qo‘shiqchi” (1998) bo‘lgan, keyinchalik ular “Ellik bo‘sa” (2004) va “Aralashganlar” (2014) filmlarida ham birga ishlagan.
Tina Fey va Emi Polar
Agar og‘ir ish kunidan keyin hordiq chiqarishni istasangiz, ushbu xonimlar ishtirokida filmlarni tomosha qiling. Ular juda ko‘p filmlarda birgalikda rol ijro etgan. “Oh, onaginam” (2008), “Opa-singillar” (2015) va “Vino mamlakati” (2019) shular jumlasidan. Tina Fey va Emi Poler hayotda ham yaqin do‘st.
Juliya Roberts va Richard Gir
Afsuski, Juliya Roberts va Richard Gir atigi 2 ta filmda birga rol o‘ynagan — “Sohibjamol” (1990) va “Qochoq kelin” (1999) filmlaridagi sevishganlar roli ularni betakror juftlik sifatida e’tirof etish uchun kifoya qiladi.
Jonni Depp va Helena Bonem Karter
Ehtimol, butun Gollivudda Jonni Depp va Helena Bonem Karterdan ham o‘tadigan mos juftlik yo‘qdir. Chunki ular bir-birlariga shunchalik o‘xshaydiki, hatto ularni bir xarakterning erkak va ayol varianti deyish mumkin. Aktyorlar 6 ta filmda hamkorlikda ishlagan, ulardan 5 tasiga Tim Berton rejissorlik qilgan.
Uma Turman va Jon Travolta
Ma’lum bo‘lishicha, Uma Turman “Jinoiy ish” filmida suratga tushgan Travoltaning xoreografik qobiliyati haqida bilgan va shuning uchun dastlab u bilan raqsga tushishni istamagan. Ammo keyinchalik ular “Eng zo‘ri bo‘l (2005) va “O‘ta xavflilar” (2012) filmlarida suratga tushgan.
Nikol Kidman va Tom Kruz
Tom Kruzning o‘zi “Momaqaldiroq kunlari” (1990) filmidagi qahramon qizi roli uchun kinoda endigina faoliyat boshlagan Nikol Kidmanni tanlagan. Keyin ular “Uzoq-uzoqlarda” (1992) va “Yumuq ko‘zlar bilan” (1999) filmlarida birgalikda rol ijro etgan. | 68 | 4,976 |
Foto | Fotogalereya: 200 yil davomida deyarli o‘zgarmagan 10 ta tarixiy yodgorlik | Dunyoning turli mamlakatlarida bir necha asr avval qurilgan ko‘plab tarixiy yodgorliklar mavjud. Yillar o‘tgani sari yodgorliklar turli ta’sirlar ostida o‘zgarishlarga uchraydi. Biroq ba‘zi tarixiy yodgorliklar bir necha yuz yilliklar davomida deyarli o‘zgarishlarga uchramagan. AdMe nashri 200 yil davomida o‘zgarmagan tarixiy yodgorliklar fotojamlanmasini taqdim etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 74 | 556 |
Foto | Fotogalereya: Qarigan chog‘ida ham Gollivud yulduzlaridan qolishmaydigan juftliklar | AdMe nashri qarigan chog‘ida ham faol hayot tarzini namoyish etayotgan juftliklarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 83 | 118 |
Foto | Fotogalereya: Har bir narsani nisbiy ekanligini isbotlovchi suratlar | AdMe bir narsani toki boshqa bir narsa bilan solishtirib ko‘rmaguncha yaxshiroq ekanini bilib bo‘lmaydigan suratlarni to‘pladi. | 68 | 127 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlaridagi 18 yoshli qizlar | The New York Times butun dunyodagi 18 yoshli qizlar haqida maqola e’lon qildi, deb yozmoqda AdMe. Nashr turli mamlakatlardagi 18 yoshli qizlarning suratlarni taqdim etdi. | 63 | 170 |
Foto | Rio-de-Janeyroning Olimpiadadan 1 hafta avvalgi manzaralari (foto) | Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlari 5-dan 21-avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Bu Janubiy Amerika mezbonlik qiladigan birinchi Olimpiada bo‘lib, endi zabt etilmagan qit’alar orasida, Antarktidani hisobga olmaganda, faqat Afrika ushbu keng ko‘lamli tadbirga mezbonlik qilmagan yagona qit’a bo‘lib qoladi. “Gazeta.ru” Olimpiadadan 9 kun avvalgi Rio-de-Janeyroning tungi manzaralaridan iborat fotogalereyani taqdim etdi. | 66 | 413 |
Foto | Kanadalik er-xotin 24 yil ichida orol uy qurdi (foto) | 25 yil avval kanadalik rassom er-xotin o‘z san’ati yordamida ko‘chmas mulk uchun yetarli mablag‘ to‘play olmasligini anglab yetdi. Shunda ular uni o‘z qo‘llari bilan barpo etishga qaror qildi, natijada bog‘ bilan o‘ralgan noodatiy orol uy paydo bo‘ldi, deb yozadi National Geographic.
Ketrin King va Ueyn Adams yaratgan orol uy “Erkinlik ko‘rfazi” (Freedom Cove) deb nom oldi. U Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida joylashdi. Qayiqda eng yaqin shaharga 45 daqiqada yetib borish mumkin.
Ueyn barchasini nafaqat o‘z qo‘llari bilan, balki elektr asboblardan foydalanmagan holda faqat arra va bolg‘a yordamida qurdi. Qurish ishlari 1992-yilda boshlangan bo‘lib, endilikda 12 ta o‘zaro birikkan suzuvchi platformalarda yorqin ranglarga bo‘yalgan turar joy va xo‘jalik binolari, shuningdek, bog‘, ustaxona, haykallar, badiiy galereya va raqs maydonchasi joylashdi. Bir metr maydon ham tejamkorlik bilan ishlatildi, masalan, mayoq bir vaqtning o‘zida dush xonasi hamdir.
Erkinlik ko‘rfazi ekologik toza hayotning mukammal namunasidir: uy egalari barcha chiqindilarni qayta ishlaydi va oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zlari yetishtiradi, suvni yozda qirg‘oqdagi sharsharadan, qishda qor va yomg‘irdan oladi, elektr toki esa quyosh panellari orqali olinadi.
Er-xotin o‘z orollarida doimiy yashab, u yerda ikki farzandini katta qildi. Ular esdalik sovg‘alari va san’at asarlari yasaydi, kitob va musiqa yozadi, raqs tushadi va sayyohlik biznesi bilan shug‘ullanadi. Iyundan sentabrgacha Erkinlik ko‘rfaziga turlar uyushtiriladi; mehmonlar manzaralardan bahramand bo‘lgan holda, jim-jitlikda yashab ko‘rishi, qayiq yoki kayakni ijaraga olishi mumkin.
Ketrin va Ueyn tabiat qo‘ynidagi hayotidan juda mamnun. Albatta, yirtqichlar tufayli tovuq boqa olmaslik, suv qunduzlaridan konstruksiya yaxlitligiga zararlar yetishi kabi muammolar ularning hayotida paydo bo‘lib turadi, ammo bu tabiatni hayvonot dunyosi vakillari bilan bo‘lishish uchun to‘lanadigan mantiqiy to‘lovdir. | 53 | 1,973 |
Foto | Rassom vaqt juda tez o‘tayotganini ko‘rsatish uchun mashhurlarning yoshligi va hozirgi suratlarini birlashtirdi (foto) | Rassom Ard Gelink fotoshop yordamida mashhurlar agar o‘zining yoshligini uchratsa, qanday suratga tushishi mumkinligini ko‘rsatdi. Suratlarni tomosha qilib, ko‘z ochib yumguncha vaqtning o‘tib ketayotgani va hamma narsa tezlik bilan o‘zgarayotganini his qilish mumkin.
Bred Pitt
Agneta Feltskog
Xarrison Ford
Bill Myurrey
Jan-Pol Belmondo
Sofi Loren
Silvestr Stallone
Alisha Bet Mur
Xyu Grant
Keyt Uinslet
Jeyson Pristli
Shon Konneri
Alissa Milano
Sharliz Teron
Deniyel Redkliff | 118 | 492 |
Foto | Dunyodagi eng yirik havo kemasi ommaga namoyish etildi (foto) | Samolyot va dirijabl chatishmasi — Airlander 10 birinchi marta angardan chiqdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Uning uzunligi 92 metr bo‘lib, u dunyodagi eng katta havo kemasi hisoblanadi.
Ilk marotaba uni omma Britaniyaning Bedforshir grafligidagi Kardington shahrida ko‘rdi. Airlander 10’ning birinchi parvozi esa shu oyda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Airlander 10 loyihasi dastlab Amerika armiyasi uchun ishlab chiqildi, biroq 2012-yildan buyon Hybrid Air Vehicles kompaniyasi unga qiziqib qolmagunicha, muzlatib qo‘yildi.
Kompaniya chatishma kemani qurishga 25 million funt sterling sarfladi hamda Yevroittifoq va Britaniya hukumatidan sinov parvozlari uchun zarur litsenziyalarni qo‘lga kiritdi.
Kema Hybrid Air xo‘jayining rafiqasi sharafiga Marta Gvin deb nomlandi. Uning bortiga 48 kishi sig‘adi, tezligi esa soatiga 74 kilometrga yetadi, shu bilan birga, u masofadan turib boshqariladi.
28,3 ming kub metr geliy tufayli, havoda besh sutkagacha qolishi mumkin. | 61 | 973 |
Foto | Tabiat qo‘ynida yashashga mo‘ljallangan eng qulay kemperlar | Kemperlar — avtouylar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar shahar shovqinidan qochib, tabiat qo‘ynida dam olishni istaganlarga mo‘ljallangan bir qancha modeldagi chodirlar, o‘ziyurar avtouylar, turistik avtofurgonlarni taqdim etdi. Novate ular orasida eng yaxshi va qulay deb topilganlariga to‘xtalib o‘tdi.
Daraxtdan daraxtga o‘tkazilgan arqonlarga mustahkamlanadigan Tentsile chodirlari ilk bor 2012-yilda taqdim etilgan edi. Kompaniya ishlanmalarini to‘xtatmadi va sekin-asta chodirni daraxtlarda muallaq turgan uyga aylantirdi.
Nam o‘tkazmaydigan Tentsile Vista chodiri bir necha qavatga, hasharotlarga qarshi to‘rga va yomg‘irga qarshi bostirmaga ega. Uni qo‘shimcha qavatlar bilan kengaytirish va ko‘p darajali portativ osma uyga aylantirish mumkin. Bu holda uning ichiga to‘qqiz kishi va hatto undan ko‘proq odam sig‘adi. Qo‘shimcha qavatlarsiz asosiy chodirning narxi 595 dollar turadi.
SylvanSport GO-Easy ixcham tirkamasi 125 kilogramm vaznga ega bo‘lib, kichik avtomobillar va mototsikllar bilan barcha turdagi sport anjom-aslahalari va asboblarini shatakka olishga mo‘ljallangan. Uning ichida tunash imkoniyatini yaratish maqsadida SylvanSport chodir bilan ta’minlangan. GO-Easy’ning narxi 2000 dollar, Roost qo‘shimcha chodirining narxi — 3000 dollar.
2014-yilga qadar barcha Tonke’ni Gollandiyaning yog‘och tirkamalar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi sifatida tanir edi. Bugun u bozordagi eng chiroyli alyuminiyli tirkamalardan biri — Airstream ishlab chiqaruvchisi sifatida mashhur.
Mercedes Sprinter negizida yaratilgan Fieldsleeper International ekspeditsion avtomobil bo‘lib, uni oddiy va to‘la uzatmali variantlarda xarid qilish mumkin. Bort uskunalari — muzlatgich, plita, yoritish tizimi va konditsioner — ishlashi uchun mashina 400—600-vattli quyosh batareyalari tizimlari bilan ta’minlangan. Besh o‘rinli kemper dush, hojatxona va boshqa qulayliklarga ega.
Fieldsleeper International uchun ikki xil dvigatel taklif qilinmoqda: 190 ot kuchiga ega Mercedes Sprinter 519Cdi — 192 000 dollar, 160 ot kuchiga ega Sprinter 516Cdi — 154 576 dollar.
40 kilogrammli Wide Path kemperi, kempingga mo‘ljallangan, avtomobil bilan shatakka olinadigan an’anaviy tirkamalardan farqli ravishda, velosiped yordamida shatakka olinadi. Velosipedli kemper ikki yoshi katta kishi va bir bolani tunab qolish uchun yetarli joy bilan ta’minlay oladi.
Wide Path yig‘iluvchi stol, yig‘iluvchi to‘shak va 300 litr suyuqlik sig‘adigan idishga ega. Uning narxi — 2500 dollar.
“Dunyodagi eng universal samolyot” deb e’lon qilingan MVP gidrosamolyot, baliqchilik qayig‘i va suzuvchi-uchuvchi avtofurgon o‘rtasidagi omixta bir ishlanmadir. Samolyot-amfibiya quruqlikka, qorga va suvga qo‘na oladi.
Suvda apparat qo‘shimcha dvigateldan foydalangan holda qayiq misoli suzadi, unda hattoki baliq ovlash uchun paluba ham bor. Qanotlarni olib qo‘yib, uning suvdagi harakatini yanada qulaylashtirish mumkin.
Tunda MVP uskunalar paneli siljitiladi, uning o‘rnida keng va tekis pol ochilib, chodir o‘rnatiladi. Komplektda havo bilan to‘ldiriluvchi matras va to‘r belanchak bor, oxirgisi dvigatel ustuni va dum orasiga bog‘lanadi. MVP 189 000 dollarga baholanmoqda, ammo u 2018-yildan oldinroq sotuvga chiqarilishi dargumon bo‘lib qolmoqda.
EarthRoamer XV-LTS 2014 – yo‘ltanlamas va kemper gibridi. Koloradodagi EarthRoamer kompaniyasi o‘z loyihasi uchun asos qilib 300 ot kuchiga ega V8 turbo-dizelli Ford F-550 yo‘ltanlamasini oldi. Kemperda qulay olti o‘rinli mehmonxona, 5:56 o‘lchamdagi tunash joyi, dushli va biohojatli vanna xonasi ko‘zda tutilgan. Barcha elektr uskunalar quyosh batareyalaridan quvvat oladi.
Overland Expo’da taqdim etilgan modelda hatto hashamatli buyumlar, jumladan, taroshlangan bokallar joylashgan shkaf, Keurig qahva damlovchi qurilmasi, 46 dyuymli televizorga ega Tailgating paketi bor edi. Kemperning narxi 312 000 dollardan 560 000 dollargacha bo‘lishi mumkin.
Wellhouse Leisure kompaniyasi mikroavtobuslardan kemperlar yasashi bilan mashhurdir. Bu safar u Volkswagen negizida avtofurgon yaratdi. Volksleisure T5 kemperi to‘rt kishilik yotoq o‘rniga ega. Uning ichidagi oshxonada muzlatgich, nonushta stoli va toza suv uchun 35 litrli idish o‘rnatilgan. Volksleisure T5 ni 75 000 dollarga sotib olish mumkin.
Germaniyaning Knaus Tabbert kompaniyasi kelajak kemperi konseptini taqdim etdi. U maxsus ishlab chiqilgan uskuna yordamida ixcham maydondagi kemperdan optimal darajada foydalanishni ko‘zda tutadi.
O‘lchami juda kichkina bo‘lishiga qaramay, treylerda oshxona, tamaddixona, ikki o‘rinli to‘shak, vanna va hatto tashqi oshxona ham bor. Bunga erishish uchun Travelino surilma devorlar bilan ta’minlandi, bu esa vanna va hojatxona uchun joy ajratishga yordam berdi: ular qo‘llangandagina ochib qo‘yiladi, boshqa vaqtda esa yig‘iq holda turadi. Hozircha Travelino konsept darajasida bo‘lib, seriyali shaklda ishlab chiqarilishi borasida biror ma’lumot yo‘q.
Ulkan Action Mobil Global XRS 7200 kemperi 18 tonnali to‘la uzatmali olti g‘ildirakli MAN yuk mashinasi negizida yaratilgan. Uning kapoti ostida 720 ot kuchiga ega dvigatel joylashtirilgan. Bu kemper yordamida dunyoning istalgan nuqtasiga borish va u yerda istalganicha qolish mumkin.
Keng salonda iqlim nazorati tizimi o‘rnatilgan. Uning ichiga kirgan odam kemper cho‘lda yoki noqulay geografik landshaftda ekanligini unutib qo‘yishi mumkin. 720 litrli bakda toza suv saqlanadi, multimedia tizimi esa 40 dyuymli HD televizor, yo‘ldosh interneti, Apple TV, Bose audiotizimi va katta hajmli qattiq disk bilan ta’minlangan. Mashinada, shuningdek, kir yuvish mashinasi va quritish dastgohi bor.
Kemper narxi 1,1 million dollarni tashkil qiladi. | 59 | 5,619 |
Foto | Fotogalereya: Aldamchi suratlar ortidagi haqiqatlar | Internetdagi ajoyib suratlar ortida ba’zan aldamchi yoki tasavvur qilinmagan holatlar bo‘ladi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 51 | 154 |
Foto | Velosiped haydayotgan bosh vazir, ta‘mirlanayotgan “Ever Given” kemasi, neytral hududdagi shimoliy koreyalik askarlar — 5 oktyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Buyuk Britaniyaning Kent shahrida benzin uchun yuzaga kelgan navbat. Mamlakat benzin inqirozini boshdan kechirmoqda. Ushbu shaharda dushanba kuniyoq yoqilgʻi tugagani aytilgan.
Konservativ partiyaning yigʻilishiga kelgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson velosiped haydamoqda.
Rim papasi va Kantberi arxiepiskopi Jastin Uelbi yopiq uchrashuvda.
Xodimlar Shandun provinsiyasidagi ta‘mirlash joyida «Ever Given» konteyner tashuvchi kemasining shikastlangan qismini tekshirmoqda. Panama bayrogʻi ostidagi ushbu kema mart oyida Suvaysh kanaliga tiqilib qolgan edi.
Braziliyada hukumatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtmoqda. Unda namoyishchilarni bostirishga harakat qilayotgan maxsus polisiya koʻzdan yosh keltiruvchi gazdan foydalandi.
AQShda boʻlib oʻtayotgan xalqaro havo sharlari koʻrgazmasidagi asalari shaklidagi havo sharlari.
Shimoliy va Janubiy Koreyani ajratib turuvchi qurolsizlantirilgan hududda shimollik askarlar. Surat Janubiy Koreyadan turib tushirilgan.
AQShning Xantington sohiliga neft «toʻkildi». Uni tozalashga kelgan ishchilar boʻron xavfi sababli ortga qaytmoqda.
Indoneziyada milliy qurolli kuchlarning 76 yilligi nishonlanmoqda.
«ISS Expedition 66» ekipajining asosiy a‘zosi — aktrisa Yuliya Peresild Baykonur kosmodromiga ketayotganda avtobus oynasidan oʻpich yubordi. «Soyuz MS-19» missiyasining ishga tushirilishi haqida «Roskosmos» va «Birinchi kanal» qoʻshma loyihasi doirasida film suratga olinadi. | 139 | 1,492 |
Foto | Sichqon bilan shaxmat o‘ynayotgan filning tabiiy kattalikdagi haykali dunyoni lol qoldirdi | Haykaltarosh Rey Villefen rassom Syu Beatris bilan hamkorlikda qumdan sichqon bilan shaxmat o‘ynayotgan filning haykalini yasadi. Muallif 3 metrni filni Chessi Trankston, dala sichqonini esa Gershel Xigginbottom deb atadi. Bu haqda Travel Ask hikoya qilmoqda.
Arizona shtatida, Sanderson Lincoln Pavillion ko‘rgazmasida taqdim etilgan skulpturaning fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyilib, ko‘plab odamlarning mehrini qozondi. U tabiiy kattalikda yasalgani va barcha detallar sinchiklab ishlangani bilan diqqatga sazovordir. | 90 | 533 |
Foto | Fotogalereya: Ishonish qiyin bo‘lgan tabiat hodisalari | AdMe nashri Yer sayyorasida sodir bo‘ladigan g‘aroyib, ishonish qiyin bo‘lgan tabiat hodisalarining suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Tadqiqotchilarning taxminicha, ushbu doiralarni qum termitlari hosil qilgan bo‘lishi mumkin.
Shimoliy Irlandiyadagi qadimiy vulqonning otilishi 40 mingdan ortiq bir-biriga jipslashgan ustunlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Suv ustidagi chaqmoq yiliga 140—160 kun, bir kechada 10 soat, soatiga 280 martagacha sodir bo‘ladi.
Har yili 43 millionga yaqin qisqichbaqalar tuxum qo‘yish uchun okean qirg‘og‘iga chiqadi. Mahalliy hukumat ularning migratsiyasiga xalaqit bermaslik maqsadida bir haftaga orolning ko‘plab yo‘llarini yopib qo‘yadi.
Kanadaning Kliluk ko‘lida magniy sulfat, kalsiy va natriyning dunyodagi eng katta zaxirasi.
1971-yilda gaz shaxtasida sodir bo‘lgan yong‘in hamon o‘chgani yo‘q.
Kanadadagi Ibrohim ko‘lida muz tuzog‘iga tushgan metan pufakchalari.
Havo haroratining birdaniga -22 daraja Selsiya tushib ketishi natijasida sokin dengiz va ko‘llarning ustida shu kabi ajoyib shakllar paydo bo‘ladi.
Amerikadagi ushbu odam qadami yetmas vodiyda qoya parchalari o‘zidan uzun iz qoldirib harakatlanishi kuzatiladi.
Ushbu kapalaklar minglab kilometr yo‘l bosib Kanadadan AQShning janubiga ko‘chib o‘tadi.
Evkalipt o‘z po‘stini parcha-parcha shaklda tashlashi natijasida shunday ko‘rinish oladi.
Maydan iyul oyiga qadar milliardlab sardinalar Janubiy Afrika sohillari bo‘ylab shimolga yo‘l oladi. | 54 | 1,456 |
Foto | Fotogalereya: Sayyoramizning 10 ta qorli shaharlari | AQShning AccuWeather tashkiloti dunyodagi eng ko‘p qor yog‘adigan shaharlarni aniqladi. Qishda u yerda qor uyumi sakkiz metrni tashkil qiladi. Travel Ask ularning rasmini tadqim etdi.
Aomori, Yaponiya
Sapporo, Yaponiya
Toyama, Yaponiya
Sent-Jons, Kanada
Sirakyus, AQSh
Sageney, Kanada
Akita, Yaponiya
Rochester, AQSh
Buffalo, AQSh
Kvebek, Kanada | 51 | 347 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng chiroyli qizlar qayerda yashaydi? | Bir guruh ekspertlar 2018-yilning go‘zallik tanlovlaridan kelib chiqqan holda, dunyoning turli o‘lkalaridagi go‘zallar sonini hisoblab, qayerlik qizlar tanlovda ko‘proq g‘olib bo‘lishini o‘rganib chiqdi.
Niderlandiya. | 61 | 219 |
Foto | Afrikadagi noqonuniy granit konida ota-onasi bilan teppa-teng ishlayotgan bolalar hayoti — suratlarda | Reuters G‘arbiy Afrikadagi Burkina-Fasoda, ota-onasi bilan konda mehnat qilayotgan bolalar hayotini aks ettiruvchi suratlar bilan bo‘lishdi.
Burkina-Faso poytaxti Uagadugudagi norasmiy granit konidagi ko‘lmakdan sakrab o‘tayotgan 4 yoshli Melissa Kabore. Ushbu ochiq kon ishchilarining farzandlari ota-onalariga yordam beradi, kichikroq yoshdagi bolalar esa kondagi vayronalarda o‘ynab yuradi.
Noqonuniy konning ayanchli manzarasi. Uning umumiy 1000 nafar ishchilarining asosiy qismini kattalar tashkil etadi. Biroq Reuters muxbiri kichkina bolalarning katta granit bo‘laklarini maydalayotgani yoki toshlarni boshida tashiyotganining guvohi bo‘ldi.
11 yoshli Abdu Fatao Pafadenam toshlarni futbolkasiga o‘rab tashimoqda. Yoshlar 16 ga to‘lganidan so‘ng rasman ishga qabul qilinadi, biroq mahalliy qonunlarga zid bo‘lsa-da, 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 42 foizi u yoki bu turdagi mehnat bilan shug‘ullanadi. AQSh xalqaro mehnat aloqalari byurosining 2018-yildagi hisobotiga ko‘ra, bolalar asosan paxta dalalarida, oltin va granit konlarida ishlatiladi.
Bolalarning oyoqlari yongan mashina shinalari kulidan qorayib ketadi.
Ayollar toshlarni maydalamoqda. Konning bog‘chasida ishchilar 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarini qoldirishi mumkin.
8 yoshli Ali Nana ishlatilgan shinalar ustida do‘stlari bilan o‘ynamoqda.
Yosh bola granit toshini maydalamoqda. “Bu o‘yin emas. Agar siz bu yerda kuni bilan ishlasangiz, kechasi hamma joyingiz og‘rib chiqadi”, — deydi suratga tushishni istamagan 18 yoshli Yeliseya.
10 yoshli Samira Kabore boshidagi idishda tosh bloklarini tashimoqda.
7 yoshli Umeyma Uedraogo yonayotgan shinalarga yaqin joyda toshlarni maydalab o‘tiribdi.
Ko‘lmakdan toshni olib, panaga o‘tkazayotgan ayol.
13 yoshli Samira va 8 yoshli Umu Kaborelar boshlarida tosh ko‘targan holda chuqurlikdan balandga ko‘tarilmoqda.
33 yoshli Paskalina Nikiyema tosh ko‘tarib ketmoqda.
Tosh ustida turgan bolalar o‘yinchog‘i.
36 yoshli Salamata Sama 18 oylik qiziga suv ichirmoqda.
4 yoshli Melissa Kabore qo‘g‘irchog‘ini ushlab konda yuribdi.
9 yoshli Neymatu Uedrago chelakda suv tashimoqda.
Bolalar boshlarida tosh tashimoqda.
Yig‘layotgan qiziga qarab turgan ona.
4 yoshli Melissa qo‘g‘irchog‘i bilan konga tushib ketmoqda. | 101 | 2,279 |
Foto | Telefon yordamida olingan, kutilmaganda san’at asari darajasida chiqqan suratlar | Agar iste’dod bo‘lsa, Betxovenni eski akkordeonda ijro etish yoki gulqog‘oz qoldiqlaridan ham ajoyib asar yaratish mumkin bo‘ladi. Suratga olish ham shunday: qimmatbaho uskunalar va chiroyli kamerasiz ham ajoyib suratlar olish mumkin.
Bu filmdan olingan kadr emas, oddiygina santexniklar soat 2 da taxminan 0 C haroratda yorilgan quvurni ta’mirlamoqdalar.
“Otam shunchaki derazaga qarab, boshini burdi, men bu ajoyib kadrni kameraga muhrladim”.
“Shimi bilan urishayotgan do‘stim”.
“Jeff laqabli g‘ozning yotar payti bo‘ldi”.
“Bu juftlik butun manzarani to‘sib qo‘ydi, lekin men xafa bo‘lmadim va zo‘r kadr oldim”.
“Telefonim yerga tushib ketishidan oldin olingan so‘nggi kadr”.
Kapalak uchun nur.
Kechagi oy. Surat telefonda teleskop orqali olingan.
Yorqin kelajakka darcha.
Izmailovadagi yomg‘ir.
Bargdagi bir tomchi suv. Telefonda suratga olingan.
“Sevimli suratimni o‘tgan dam olish kuni suvda suzib yurganimda telefonimda oldim”.
“Mutlaqo ajoyib kadr: onam telefonimda opam va meni suratga oldi”.
Chaqmoq.
“Tungi fotosyomkani sinab ko‘rdim”.
“Ushbu kadr muallifi oldida shlyapamni yechaman”.
Stoldagi tomchilar san’at asariga o‘xshaydi.
“Suv ostidagi ilk fotosuratim. Yomon chiqmagan”.
Suratdagi shunchaki tungi chiroq.
“Ushbu fotosuratdagi effekt uchun ifloslangan havoga rahmat”.
“Bizda ertalab soat 05:30 da derazadan shunday manzarani ko‘rish mumkin”.
Nyu-Meksiko manzarasi.
Kuchli yomg‘ir. iPhone’da suratga olingan.
“Afsuski, bu shahzoda emas”. | 80 | 1,478 |
Foto | Fotogalereya: Dastin Xoffman 80 yoshda | Amerikalik aktyor Dastin Xoffman 2017-yil 8-avgustda 80 yoshga to‘ldi. U 1937-yilda yahudiy muhojirlar oilasida tug‘ilgan. 12 yoshida maktabdagi spektakl vaqtida qilgan hazili uchun o‘quv muassasidan haydalgan. Uning to‘laqonli aktyorlik faoliyati 19 yoshida “Yo‘lbarsning chiqishi” filmi bilan boshlangan. “Gazeta.ru” aktyorning yubileyi munosabati bilan uning suratlari jamlanmasini taqdim etdi.
“Yomg‘ir odami” filmi. 1988-yil
“Garri Kellerman kim va u nima uchun men haqimda qo‘rqinchli narsalar gapiradi?” filmi, 1971-yil
“Kramer Kramerga qarshi” filmi, 1979-yil
“Ishtar” filmi, 1987-yil
“Lenni” filmi, 1974-yil
“Alfredo, Alfredo” filmi, 1972-yil
“Tutsi” filmi, 1982-yil
“Kapitan Kryuk” filmi, 1991-yil
“Firibgarlik” filmi, 1997-yil
“Mo‘jizalar do‘koni” filmi, 2007-yil
“Faker bilan tanishuv” filmi, 2004-yil
2017-yilgi Kann kinofestivali, 2017-yil may | 38 | 868 |
Foto | Buyuk Britaniyada alifbo harflari tushirilgan 10 pensli tangalar muomalaga chiqarildi (foto) | Buyuk Britaniyada ingliz alifbosi harflari tasvirlangan 10 pensli tangalar muomalaga chiqarildi. Harflar “Britaniyaga oid” buyumlar va hodisalarni aks ettiradi. Masalan, B harfi Jeyms Bondni, S harfi Stounxenjni, A harfi esa 20 metrli “Shimol farishtasi” haykalini ifodalaydi. Hammasi bo‘lib, 26 xil dizaynli 2,6 millionta tanga muomalaga chiqarilgan, deb yozmoqda Meduza. | 92 | 372 |
Foto | Fotogalereya: Astronomik foto tanloviga taqdim etilgan yilning fantastik suratlari | Bu yil Insight Investment Astronomy Photographer of the Year tanlovi o‘zining 10 yilligini nishonlaydi. Tanlov hakamlar hay’ati esa fotografiya sa’natining eng qiyin turlaridan biri — astronomik suratlar bo‘yicha g‘olibni aniqlab berishi lozim, deb yozadi TravelAsk.
Astrofotgrafiya tanlovi Grinvich Qirollik observatoriyasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. G‘oliblar oktabr oyida ma’lum qilinadi. Ungacha bu yilgi tanlov g‘olibligiga nomzodlarning ishlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
“Orldagi tumanlik”. Marsel Draksler, Germaniya
“Yashirin galaktika”. Tom O'Donoxyu, Olli Penris. Islandiya
“Unutilgan qo‘shni”. Kfir Simon, Isroil
“Oriondagi tuman”. Bernard Miller, AQSh
“Somon yo‘li ostidagi momaqaldiroq”, Tyanyuan Syao, Xitoy
“Sehr”. Szinguy Chjan
“Somon yo‘li”. Ma’sud G‘adiriy, Eron
“Holding Due Nort”. Jeyk Mosher, AQSh.
Holy Light II. Mikkel Bayter, Daniya. | 82 | 879 |
Foto | O‘tgan asrning eng go‘zal tojik aktrisalari (fotogalereya) | Tojikistonning Asia-Plus nashri XX asrdagi o‘n nafar eng go‘zal tojik aktrisalaridan iborat fotogalereyani taqdim etdi. | 58 | 119 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning eng ajoyib maktablari | AdMe nashri o‘quvchilar o‘zlarini xuddi bayramga borgandek his qiladigan dunyoning eng ajoyib maktablari suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Ushbu shved maktabida hech qanday devor yo‘q. O‘quvchilar maxsus guruhlarda o‘zini qiziqtirgan ishi bilan shug‘ullanadi.
Hech qanday sinfxonalari mavjud emas, faqatgina o‘qish uchun keng maydonlardan iborat.
Bu yerda barcha o‘zi uchun qulay dam olish joyini topishi mumkin.
Harakatchan bolalar uchun batutli xona.
Chim o‘rindiq.
Ushbu maktabda bolalar ijodiy fikrlashga o‘rgatiladi.
Xitoydagi ushbu maktabning tomida jismoniy tarbiya uchun barcha zaruriy narsalar mujassam.
Ushbu zinada barcha olgan bilimini takrorlash imkoniyatiga ega.
Ushbu zamonaviy kutubxona yorqin dizayn va ko‘plab qulay o‘rindiqlarga ega.
Sayohat uchun barcha zaruriy narsalari bo‘lgan maktab avtobusi.
Foto; AdMe | 45 | 837 |
Foto | Tadbirda qatnashayotgan talabalar, karantin bekor qilingan Viktoriya shtati, Myunxendagi toʻqnashuv — 10 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Xitoydagi Lotos gulli hovuzi.
Jan-Pol Belmondoning dafn marosimi, Parij.
Daniyaning Zelandiya orolidagi tonggi tuman.
IAA Mobility 2021 xalqaro avtomobil saloni Myunxenda davom etmoqda. Suratda «Renault 5» elektromobili.
Avstraliyaning Viktoriya shtati COVID-19 pandemiyasi tufayli joriy qilingan cheklovlarni bekor qildi.
200 ga yaqin odam Afgʻonistondan Qatar Airways tijorat reysi bilan joʻnab ketdi.
Uxandagi Xuachjun Fan va texnologiya universiteti talabalari yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda qatnashmoqda.
Moskvada shahar kuni munosabati bilan tabiiy gullardan yasalgan uch metrli guldastalar paydo boʻladi.
Myunxenda eko-faollar va polisiya oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻldi.
Rigada «Oydin tun» zamonaviy madaniyat forumi boshlandi. | 123 | 838 |
Foto | Fotogalereya: O‘zbekiston National Geographic nigohida | O‘rta Osiyo davlatlari ichida O‘zbekiston sayyohlarni o‘ziga eng ko‘p jalb qiladi. Qadimiy yodgorliklari, to‘kin bozorlari, mehmondo‘st xalqi uni boshqa mamlakatlardan ajratib turadi. National Geographic O‘zbekistonning eng diqqatga sazovor suratlarini taqdim etadi.
O‘zbekiston, Farg‘ona vodiysi
Sovuq tong dalalardan changlarni yig‘ib oldi.
O‘zbekiston javhari. Samarqand, Registon.
Xiva
Kuchli devorlar bilan o‘ralgan shaharning ichki qismi UNESCO tomonidan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Sokin Samarqand
Shohi Zinda maqbarasi
Registon maydonidagi oqshom
Ulug‘bek madrasasi — Samarqandda XV asrdan qolgan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy dargoh. Temuriylar hukmronligi davrida astronom olim Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan. Sherdor va Tilla Qori madrasalari bilan birgalikda butun bir arxitektura ansamblini tashkil qiladi.
Sahro raqsi
Baqtriyaning ikki o‘rkachli tuyasi Osiyoning ko‘p hududlarida qadimdan boqiladigan uy hayvoni. U ko‘pincha Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston, Rossiya va Xitoyning cho‘lli va yarim cho‘l hududlarida ko‘p uchraydi.
Urungach ko‘lining qishki manzarasi
Urungach ko‘li G‘arbiy Tyanshan tizmalarining janubida joylashgan. O‘zbekiston milliy bog‘ining iftixori hisoblanadi.
Qovunlar mamlakati
O‘zbekiston qovunlari dunyodagi eng yaxshi qovunlardan biri. Inson organizmida hayot tonusini ta’minlovchi vitaminlar va glyukozaga boy. Qovunni pishgan holida uzib yeyiladi, murabbo tayyorlansa bo‘ladi, yozda quritib ham qo‘yiladi. | 54 | 1,469 |
Foto | Sirdaryoda investitsiya forumi mehmonlariga qovun sayli namoyish etildi (foto) | Sirdaryo viloyati Guliston shahrida xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 200 dan ortiq xorijiy kompaniya rahbarlari ishtirok etdi.
Dasturning rasmiy qismidan tashqari, forum mehmonlari uchun qovun sayli, “Gullar festivali” va “Qushlar ko‘rgazmasi” ham tashkillashtirilgan. Undan 40 turdan ortiq qovun navlari namoyish etilgan.
Sputnik festivaldan olingan suratlarni taqdim etdi. | 78 | 389 |
Foto | Chegaradagi “Tolibon” bayrogʻi, qurbonlikka tayyorlanayotgan qoʻylar, yonib ketgan simyogʻoch — hafta suratlari | Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Oʻtayotgan haftada Yevropaning bir qator davlatlarida yogʻingarchilik oqbatida suv toshqinlari yuz bermoqda. Suratdagi holat Belgiyaning Lej shahrida yuz bergan.
AQShning Kaliforniya shtatida yana oʻrmon yongʻinlari yuz berdi. Yongʻinlar nafaqat daraxtlar, balki simyogʻochlarni ham ayab oʻtirmayapti.
Indoneziya poytaxti Jakarta shahridagi qabristonlardan birida dam olayotgan ijtimoiy xizmat xodimi.
Afgʻonistonning Pokiston bilan chegara punktlaridan birida «Tolibon» guruhining bayrogʻi hilpiray boshladi.
Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlarining koʻlamini koʻrishingiz mumkin.
14 iyul Fransiyada milliy bayram kuni sifatida nishonlanadi. 1789 yil aynan shu kuni fransuz qoʻzgʻalonchilari monarxiya zulmining timsoli sifatida koʻriladigan Bastiliya qal‘asini egallagan. Shu munosabat bilan mamlakat harbiy aviasiyasi samolyotlari davlat bayrogʻi ranglarini havoga olib chiqdi.
Xitoyning Taychjou viloyatida qishloq ahli oʻsimliklarni quritish bilan shugʻullanmoqda.
Vengriyaning Shalgotaryan shahri uzra chaqmoq chaqishi.
Evropa chempionatida gʻolib boʻlgan Italiya terma jamoasi poytaxt Rim shahrida kutib olinmoqda.
Turkiyaning Egey mintaqasida pomidorlar quritiladigan maydonda arava sudrab ketayotgan bola.
Parijdagi Eyfel minorasi milliy bayram kuni.
Oʻt oʻchiruvchilar Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlarini oʻchirishga harakat qilmoqda.
Istanbul yaqinida tashkil qilingan mol bozorida qurbon hayiti uchun olib kelingan qurbonlik hayvonlari sotilmoqda. | 111 | 1,519 |
Foto | Ish joyida muvaffaqiyatsizlikni boshidan kechirgan odamlar (foto) | AdMe taqdim etgan fotogalereyani o‘z ishidan tez-tez shikoyat qilib turadigan do‘stlaringiz va hamkasblaringizga ko‘rsatishingiz mumkin. | 65 | 136 |
Foto | Fotogalereya: “Irkit” o‘rdakchadan chiroyli oqqushga aylangan jahon yulduzlari | Bolaligida ular ko‘rimsizgina qizaloq bo‘lgan. Ammo bu kelajakda ularning hozirgi mavqega erishishlarida to‘sqinlik qilmadi. Endi bu mashhur go‘zallar ko‘plab erkaklarning orzusi va minglab ayollar uchun namuna. Bugun yulduzlarning millionlab muxlislari bor va dunyo brendlarining yuziga aylangan. AdMe ana shunday “irkit” o‘rdakchadan chiroyli oqqushga aylangan jahon yulduzlarining suratlarini taqdim etdi. | 78 | 410 |
Foto | “Tepadan qaraganda yaxshiroq ko‘rinadi”. Kosmik hodisa va voqealar tasvirlangan eng yorqin suratlar | Yuriy Gagarin 1961-yil 12-aprel kuni insoniyat tarixida birinchi bor kosmosga parvoz qilgan insonga aylangan. Shu sababli har yili ushbu kun — Kosmonavtika kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Kosmosning insonlar tomonidan ishg‘ol etilishi aynan o‘sha ondan boshlangan. “Kommersant” eng yorqin kosmik hodisa va voqealar tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Saturn. Orqa tarafidan quyosh yoritib turgan sayyoraning surati Cassini kosmik apparati yordamida olingan.
Bir nechta kadrlardan qilingan kompozitsion surat. Xalqaro kosmik stansiya qisqa tutilish vaqtida Quyosh disk bo‘ylab harakatlanmoqda.
Hubble teleskopi astronomlar “kapalak” deb ataydigan tumanlikni suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Uning qanotlari ikki yorug‘lik yiliga teng — bu so‘nayotgan yulduzning gazlar oqimi.
Ulkan qizil dog‘ — Quyosh tizimidagi eng kuchli atmosfera quyuni. Yupiter sayyorasidagi antisiklon bo‘ronlari oqibatida yuzaga keladigan doimiy bosim zonasi. Ushbu dog‘ning o‘lchami taxminan Yer diametridagi uchta sayyoraga teng.
Churyumova/Gerasimenko kometasi, 152 kilometr uzoqlikdan suratga olingan. Yevropa kosmik agentligi ushbu obyektni kometa yuzasiga tarixda ilk bor qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan Rosetta sayyoralararo avtomatik stansiyasi va zond yordamida o‘rgangan.
Xalqaro kosmik stansiya tomonidan olingan kompozitsion surat. XKSning o‘ziga o‘rnatilgan kamera yordamida olingan suratlar seriyasi. Kosmonavtlar Yer atmosferasidagi bo‘ronlarni o‘rganmoqda.
“Vostok” kosmik kemasining kabinasidagi birinchi kosmonavt Yuriy Gagarin. 1961-yil 12-aprel
Astronavt Bazz Oldrinning Oy yuzasidagi izi. 1969-yilning iyulida Amerikaning “Apollon-11” kosmik kemasi birinchi bor Yerning tabiiy yo‘ldoshi yuzasiga qo‘ngan.
NASA astronavtni Bryus Makkendless ochiq kosmosda hech qanday xavfsizlik tizimisiz ishlagan ilk va yagona insonga aylangan. 1984-yili u ochiq kosmosga ikki marotaga chiqib, individual dvigatel qurilmasini sinovdan o‘tkazgan.
Hubble kosmik teleskopiga texnik xizmat ko‘rsatayotgan astronavtlar ochiq kosmosda.
Astronavtlar Jon Gryunsfeld va Endryu Feystal Hubble kosmik teleskopiga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida.
Xalqaro kosmik stansiyaning Dicovery shattlidan turib qaralgandagi ko‘rinishi. Stansiyaning uzunligi 51 metrga, eni fermalari bilan birga — 109 metr, balandligi 20 metr, og‘irligi 417,3 tonnaga teng.
Astronavt Nikol Stott Xalqaro kosmik stansiyaning quyosh panellari fonida.
Dragon yuk tashishga mo‘ljallangan kosmik kemasi tungi shahar fonida XKS tomon uchmoqda.
Rossiyaning “Soyuz” kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish jarayoni.
NASA astronavtni Kris Kessidi Xalqaro kosmik stansiya bortidan Yerni suratga olmoqda. | 99 | 2,651 |
Foto | Fotogalereya: Yevropada yashash uchun eng arzon bo‘lgan shaharlar | Butun Yevropada ko‘plab kishilar yashash uchun qulay sharoitlarni izlab, bir shahardan boshqasiga ko‘chadi. TravelAsk Yevropadagi yashash arzon bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini taqdim etdi. | 65 | 185 |
Foto | Fotogalereya: Sayyoraning turli burchaklaridagi to‘y liboslari | Biz uchun odatga aylangan to‘y ko‘ylagi XIX asrda qirolicha Viktoriya tufayli paydo bo‘lgan. U birinchi bo‘lib nikoh marosimiga oq ko‘ylak kiygan. Unga qadar kelinlarga bayramona va milliy liboslar kiyish urf bo‘lgan.
AdMe hamon an’anaviy rang-barang liboslar kiyishni ma’qul ko‘ruvchi kelin-kuyovlar suratlarini taqdim etdi.
Yaponiya
Gana
Ruminiya
Shri-Lanka
Turkiya
Hindiston
Shotlandiya
Efiopiya
Indoneziya
Kavkaz xalqlari
Xitoy
Gavayi
Malayziya
Janubiy Koreya
Norvegiya
Bali
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 62 | 667 |
Foto | Qora ritsar, bokschi va suv ostidagi Uber: Yovvoyi tabiat fotosuratchilar nigohida (foto) | “Nature inFocus Photography Awards 2020” tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi. Hakamlar hay’atining yuqori baholariga sazovor bo‘lgan Osiyodagi yovvoyi tabiatning ajoyib suratlari bilan siz ham tanishing.
Ushbu hasharot oddiygina palma daraxtining zararkunanda qo‘ng‘izi. Mofid Abu Shalvaning “Bokschi” surati “Hayvonlar portreti” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ganesh Choudxuri Ganga daryosidagi delfin surati uchun “Hayvonlar portreti” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Ushbu hayvon yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lib, Qizil kitobga kiritilgan.
Magnus Lundgren “Avtoto‘xtatuvchi” surati bilan “Hayvonlarning xatti-harakati” nominatsiyasida boshqalarga o‘rin qoldirmadi.
Kafr shoxli qarg‘asi – ushbu oilaga mansub eng katta va haqiqiy yirtqich qush. Fotosuratchi Varun Takkarning ishi “Hayvonlarning xatti-harakati” nominatsiyasida alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Yashpal Ratxorning Bangalor ustidan uchib o‘tayotgan “Qora ritsar” deb nomlangan surati tanlovning Gran-prisi hamda “Yovvoyi peyzaj va hayvonlarning yashash sharoiti” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Fotosuratchi Krishnendu Mitra pandemiya davrida o‘zini-o‘zi yakkalash tajribasi tufayli atrofda yuz berayotgan voqealarni diqqat bilan o‘rganib chiqish imkoniyatidan foydalandi. “Shahar hayoti” surati “Tabiatni muhofaza qilish masalalari” nominatsiyasida alohida e‘tiborga sazovor bo‘ldi.
Hind karkidoni ushbu kadrda suratga tushish uchun o‘zi yashaydigan bog‘ning tashqarisiga chiqdi. Sumabrata Mulikning “Kunga chiqish” surati “Hayvonlar portreti” nominatsiyasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
“Tabiatni muhofaza qilish masalalari” nominatsiyasida Shkirant Mannepurining “O‘lim doirasi” eng yaxshi kadr deb topildi.
Fillar terisini sog‘lom saqlash va parazitlardan himoyalanish uchun changga burkanadi va bu ularning issiq havodan salqinlashiga ham yordam beradi. Surat muallifi Sitara Kartikeyan “Yosh fotosuratchilar” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.
Digant Desai “Yovvoyi peyzaj va hayvonlarning yashash sharoiti” nominatsiyasida “Nemo va aktinlar” surati bo‘yicha esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi.
Ba’zan tabiat hayratomuz lahzalar bilan lol qoldiradi. Nayan Jioti “Tundagi sarob” surati bilan “Tabiatning ijodiy ishi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
“Tabiatning ijodiy ishi” nominatsiyasining ikkinchi o‘riniga esa noodatiy surati bilan Gagandip Mataru loyiq ko‘rildi.
Abxikram Shexavatning “Ishonchda hamkorlik” “Yosh fotosuratchilar” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni oldi.
“Osmondagi tuzoq” – Abhijit Addya “Tabiatni muhofaza qilish masalalari” nominatsiyasida yutuqqa erishdi. Kalkutta yaqinidagi suv-botqoq ovchilarning makoniga aylangan bo‘lib, ular bu yerga qushlarni tutadigan tuzoq to‘rlarni o‘rnatgan.
Magnus Lundgrenning “Suv ostidagi Uber” asari hakamlar tomonidan “Yovvoyi peyzaj va hayvonlarning yashash sharoiti” nominatsiyasiga mos deb topildi.
Ganesh Choudxarining “Gangadagi o‘lim” surati “Tabiatni muhofaza qilish masalalari” nominatsiyasida alohida e’tiborga loyiq deb topildi.
“Hayvonlar portreti” nominatsiyasi g‘olibligi Ripan Bisvasning “Yomg‘irlar mavsumida ko‘payish” suratiga nasib etdi.
“Quyoshni tut” asarining muallifi Sumit Adxikariy “Yosh fotosuratchi” nominatsiyasida e’tiborga loyiq deb topildi. | 89 | 3,245 |
Foto | Kanadada kasalxonadagi bemor bolalarni xursand qilish uchun oyna tozalovchilar super qahramonlar qiyofasida namoyon bo‘ldi (foto) | Kanadaning Ontario provinsiyasi Kingston shahar kasalxonasidagi bemor bolalarning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida, oyna tozalovchilar turli super qahramonlar libosida namoyon bo‘ldi. Bu haqda The Globe and Mail nashri Facebook sahifasida ma’lum qildi.
Postga ilova qilingan suratlarda “super qahramonlar” arqonga osilgan holda kasalxona oynalarini yuvayotgani, ichkaridagi bolalar esa ularni hayrat bilan tomosha qilayotganini ko‘rish mumkin. | 129 | 442 |
Foto | Polshada vabodan vafot etganlar qabristoni topildi | Polshada quruvchilar tasodifan vabo qurbonlarining qabristonini topib oldi. Bu haqda mahalliy nashrlarga tayanib, «Ren.tv» xabar berdi.
Olshtin shahridagi Yodgorliklarni himoya qilish boshqarmasi boʻlim boshligʻi Ioanna Sobolevskiyning soʻzlariga koʻra, ishchilar tasodifan odam suyaklariga duch kelgan. Shundan soʻng qurilish toʻxtatilgan va bu yerda arxeologlar ish boshlagan. Ma‘lum boʻlishicha, qadimgi aholi punktlari joylashgan yerda arxeologlar 1710–1711 yillarda vabodan oʻlganlar dafn etilgan qabristonni topgan.
«Yozma manbalarda cherkov yonidagi qabristonda joy yetarli emasligi, shuning uchun ham marhumlar bu yerga dafn etilgani aytilgan. Hamma narsa shuni koʻrsatmoqda, biz bu joyni kashf qildik», — degan Dayn jamgʻarmasi vise-prezidenti Agneshka Yaremek.
Oxirgi ma‘lumotlarga koʻra, qabristonga vabodan oʻlgan 60 nafarga yaqin odam dafn etilgan. Ta‘kidlanishicha, epidemiyadan keyin boshqa qurbonlar ham bu yerga dafn qilingan boʻlishi mumkin.
Avvalroq Qozogʻistonda noodatiy naqshga ega qadimiy haykal topilgandi. Shuningdek, Shri-Lankada dunyodagi eng katta qimmatbaho tosh topilgani xabar qilingan. | 50 | 1,117 |
Foto | Fotogalereya: Turli shaharlarning sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari | TravelAsk dunyoning turli shaharlari va hududlarining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini taqdim etdi.
Killin, AQSh | 70 | 121 |
Foto | Fotogalereya: Dahshat filmlaridan ko‘ra ko‘proq qo‘rquv hissini uyg‘otuvchi suratlar | Agar arzimas biror narsa qo‘rquv hissini uyg‘otsa, odam o‘zini qo‘rqoqlikda ayblashi kerak emas. Hamma gap turli narsalarni noodatiy detallar va rakurs sababli to‘g‘ri qabul qila olmaydigan miyada. AdMe ana shunday noodatiy qismlar va rakurs sababli qo‘rquv hissini beruvchi suratlarni taqdim etdi. | 84 | 298 |
Foto | Fotogalereya: Dunyo mamlakatlarining bir-biriga juda o‘xshash bayroqlari | O‘ziga xos ranglari va geometrik shakllariga ega bo‘lishiga qaramay, ba’zi mamlakatlarning bayroqlari bir-biriga shu qadar o‘xshashki, ularni osonlik bilan adashtirib yuborish mumkin. Qizig‘i shundaki, bu davlatlarni bir-biri bilan hech narsa bog‘lab turmaydi. Anglashilmovchiliklardan qochish uchun davlat gerbigina yordam beradi. Travel Ask ana shunday egizak-bayroqlarni taqdim etdi.
Rossiya
Slovakiya
Sloveniya
Serbiya
Lyuksemburg
Niderlandiya
Xorvatiya
Chad va Ruminiya
Moldova
Andorra
Iordaniya
Falastin
Suriya
Iroq
Mali
Gvineya
Hindiston
Nigeriya
Salvador
Nikaragua
Gonduras
Argentina
Venesuela
Ekvador
Avstraliya
Yangi Zelandiya
Tuvalu
Indoneziya va Monako | 72 | 720 |
Foto | Fotogalereya: Aeroportlar go‘zalligining qush parvozi balandligidan olingan suratlari | Aeroportlarning keng ko‘lamli asl infratuzilmasiga uning ichdan turib baho berish qiyin bo‘lganligi sabab, uni qush parvozi balandligidan kuzatish kerak. Suratkash Mayk Kelli aeroportlar nafaqat ulkan, murakkab va hayratlanarli, balki juda ham chiroyli obyekt hisoblanishini o‘z suratlarida ask ettirdi. TravelAsk esa Maykning ajoyib suratlari bilan bo‘lishdi. | 85 | 360 |
Foto | Fotogalereya: Kamyob va g‘aroyib suratlar | AdMe bir ko‘rishda kishini lol qoldiradigan kamyob va g‘aroyib suratlarni taqdim etdi. | 41 | 86 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng xunuk yo‘ltanlamaslar | “Motor” nashri dunyodagi eng xunuk 8 yo‘ltanlamasning suratlarini jamladi va ular haqida ma’lumot berdi.
Mana shu mashina VLF X-Series deb nomlanadi. Chevrolet Colorado’ning platformasi ushbu yo‘ltanlamasning asosi qilib olindi. VLF X-Series 321 ot kuchiga ega 6 silindrli hajmi 3,6 litrga teng dvigatel bilan jihozlangan.
VLF Yaqin Sharqda sotish uchun mo‘ljallangan. Uning taxminiy narxi 70 ming dollarga teng.
Ishonish qiyin, ammo bu Studebaker – 1902-yilda avtomobillarni ishlab chiqargan Amerikaning mashhur brendi. Kompaniya so‘nggi mashinani 1966-yilda ishlab chiqargan, 2000-yillar boshida esa turar joy savdosi bilan shug‘ullanadigan Avanti Motor Company brendning huquqini sotib oldi.
Bu 2003-yili Chikago avtosalonida namoyish etilgan yo‘ltanlamas konsepti. Modelni Ford Super Duty pikapi asosida yaratish ko‘zda tutilgan edi.
Kanadaning Conquest Vehicles kompaniyasi Knight XV nomli avtomobilni ishlab chiqargan. Mashina kuzovi pishiq po‘latdan, qanot va bamperlar esa shisha toladan yasalgan. Avtomobil oynasi qalinligi 64 millimetrli mustahkam shaffof materialdan ishlangan.
Conquest Vehicles’ning ikkinchi modeli Evade deb nomlanadi. Uning eng oddiy komplektatsiyasi 500 ming dollar turadi.
Youabian Puma
Ushbu g‘alati mashina Youabian Puma deb nomlanadi. Birinchi marta avtomobil 2013-yili Los-Anjelesdagi avtosalonda namoyish etilgan.
Youabian Puma plastik jarroh Kami Yuabian buyurtmasiga asosan ishlangan va narxi qariyb 1,1 million dollarga teng bo‘lgan.
Lancia Delta
Yo‘ltanlamasga aylantirilgan Lancia Delta sportkari. Bunday chiroyli mashinani xunuk holatga keltirish kimning hayoliga kelgan?
Haqiqatdan ham mashinaning ko‘rinishi ayanchli. Mazkur surat Monakoda olingan.
Rally Fighter
Local Motors kompaniyasi Rally Fighter nomli ikki kishiga mo‘ljallangan sport yo‘ltanlamasini ishlab chiqargan. Yo‘ltanlamas 430 ot kuchiga teng 8 silindli hajmi 6,2 litr bo‘lgan dvigatelga ega.
Bunday avtomobillar shaxsiy buyurtma asosida ishlab chiqariladi. Hozir ham Rally Fighter’ni sotib olish mumkin.
Ford Power Stroke
Power Stroke nomli yo‘ltanlamas Ford kompaniyasi tomonidan 1994-yili namoyish etilgan. Mashina o‘sha paytlar uchun yangi bo‘lgan 7,3 litrli dizel motorini namoyish qilish uchun o‘ylab topilgan.
3 yil avval mashina kim oshdi savdosida 32,5 ming dollarga sotilgandi.
Dartz
Mashhur Dartz yo‘ltanlamasi “Diktator” filmida suratga tushgan. Kinokartina uchun bir nechta avtomobil yasalgan, keyin esa xuddi filmda kabi bo‘lgan 10 ta mashina sotuvga qo‘yilgan.
Har bir mashina uchun 500 mingdan 750 ming dollargacha so‘rashgan. Yakunda nechta Dartz sotilgani noma’lum.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 49 | 2,769 |
Foto | xitoy Yangi yili, Shotlandiyadagi musiqiy parad va Polshadagi festival — 23 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Londonda karantin cheklovlariga qarshi namoyishlar.
Kaliforniyaning Anaxaym shahridagi Disney bog'ida xitoy qahramoni tasvirlangan jurnal ushlagan qizaloq.
Shetland shahrida vikinglar kiyimini kiygan musiqa festivali ishtirokchilarining shahar bo'ylab paradi.
“Ozod Jammu” va “Kashmir” tabiat qo'riqxonasida yaralangan leopard qutqarilmoqda.
Yamanda Saudiya kaolitsiyasining qamoqxonaga hujumi natijasida olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv ishlari.
Kievda Birlik kuni nishonlanmoqda.
Karantin cheklovlari qaytgach, oshxona ochilishiga hozirlik ko'rayotgan dublinlik tadbirkor.
Kayne Vest Parijda Kenzo dizaynerlik uyining qishki 22–23 namoyishiga tashrif buyurdi.
Barselonada itlarning narkotik moddalar izlashdagi ishtirokiga qarshi namoyishlar.
Kuala-Lumpurdagi “Ten xo” ibodatxonasida xitoy oy Yangi yilini nishonlash uchun yasatilgan fonuslar.
Polshada Zverski juftlash kunining nishonlanishi. | 92 | 958 |
Foto | Fotogalereya: Taqdir sinovlaridan o‘tib, o‘z yo‘lini topgan ayollar | Ayollar jamiyatda noziklik, g‘amxo‘rlik va ojizlik sifatlari bilan tavsiflanadi. Biroq ularning ba’zilarini hayot og‘ir sinovlarga duchor qilgan. AdMe ana shunday og‘ir sinovlardan o‘tib, hayotda o‘z yo‘lini topgan ayollar haqida hikoya qildi.
Yuz deformatsiyasi kasalligi bilan tug‘ilgan qizaloq 14 yilda 18 ta operatsiyani boshidan o‘tkazgan. Hozirgi kunda uning o‘zi jarroh bo‘lib ishlaydi.
Pokistonlik huquq himoyachisi mamlakat hukumati tomonidan ayollarga ta’limni taqiqlash haqida farmon chiqarilganidan so‘ng o‘z blogini yurita boshlagan. Shu sababli u ta’qiblarga uchragan. Uni o‘ldirishga ham urinib ko‘rilgan, oqibatda u og‘ir jarohatlar bilan koma holatiga tushib qolgan. Ayni vaqtda u Oksford universitetida ta’lim olmoqda. U suriyalik qochoqlarni o‘qitish uchun maktab ochgan, shuningdek, Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.
Daun sindromi bilan tug‘ilgan qiz “Minnesota go‘zali” tanlovi g‘olibiga aylangan va “AQSh go‘zali” tanlovida ishtirok etgan birinchi imkoniyati cheklangan qiz bo‘lgan. U raqs, gimnastika bilan shug‘ullanadi, xayriya ishlarida ishtirok etadi.
Sara Mur shahardagi hayotini tashlab, Shotlandiyadagi asosan qariyalar yashaydigan orolga ko‘chib borgan. Qiz oroldagi kishilarning eng og‘ir ishlarini o‘z yelkasiga olgan. U havo harakati dispetcheri, vasiy, pochtachi, o‘t o‘chiruvchi qutqaruvchi, cho‘pon, orol kengashi kotibi, samolyotga yuk ortuvchi, ekskavator haydovchisi va ekskursiyachi bo‘lib ishlaydi.
Betani Xemilton 13 yoshida yo‘lbars akula hujumiga uchrab, chap qo‘lidan ajralgan. Biroq qiz o‘z qo‘rquvini yengib, syorfing bilan shug‘ullanishda davom etgan. U hozirgi kunda oilali, jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan. Betani haqida kitob yozilgan va film suratga olingan.
Liz Myurreyning bolaligi juda og‘ir o‘tgan. U giyohvand ota-ona bilan yashagan, mushtlashuv va janjallarni boshidan o‘tkazgan. O‘zidan uyalib, maktabga bormay qo‘ygan va ko‘cha bezorilariga qo‘shilgan. U 15 yoshida butunlay ko‘chada qolgan va o‘layotgan onasi bilan o‘rindiqlarda tunni o‘tkazgan.
Biroq u o‘zini qo‘lga olib, maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan. Keyinchalik u Garvard universitetida o‘qigan. Hozirda esa yozuvchi va notiq hisoblanadi. | 67 | 2,183 |
Foto | Fotosurat: Viktoriya Bekhem Britaniya imperiyasi ordenini qabul qilib olmoqda | London, Bukingem saroyi, 19-aprel. Dizayner va Spice Girls guruhining sobiq solisti Viktoriya Bekhem shahzoda Uilyamning qo‘lidan Britaniya imperiyasi ordenini qabul qilib olmoqda:
Victoria Beckham rusumi asoschisi moda sanoatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi. Kuni kecha, 17-aprel kuni Bekhem xonim 43 yoshga to‘lgan edi. Uning eri — sobiq futbolchi Devid Bekhem Britaniya imperiyasi ordeni bilan 2003-yili taqdirlangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 77 | 518 |
Foto | Fotogalereya: Qulog‘igacha qarzga botgan odamdek ko‘rinuvchi boylar | “Antipriunil.ru” nashri millionlab va hatto milliardlab dollar boyligi bo‘lsada hayot tarzi oddiy odamlarnikidan farq qilmaydigan insonlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Ushbu inson butun hayoti davomida uch martagina rasmiy intervyu bergan va galstuk hamda pidjaklardan ko‘ra o‘z hayotining xavfsizligi uchun ko‘proq pul sarflaydi. Boyligi 85 milliard dollarni tashkil etadigan Zara brendi egasi haqida deyarli hech narsa ma’lum emas.
SSSR davrida Sulaymon rafiqasi bilan “kommunalka” uylarda yashab, oddiy oshxonalarda ovqatlanishga majbur edi. O‘sha vaqtdan buyon u “Gazprom”ning asosiy aksiyadorlaridan biriga aylandi, biroq yoshligidagi odatlari yo‘qolib ketmagan.
Mark 12 yoshida krossovka sotib olish uchun axlat qoplarini sota boshlagan. Hozirgi kunda uning krossovkasidan tashqari, “Dallas Maveriks” basketbol klubi, telestudiyasi, reklama kompaniyasi, bankdagi hisobida 3 milliard dollari bor.
Ikki nafar talaba qachonlardir Atlassian kompaniyasiga aylanib ketgan startapni ishga tushirgan edi. Qisqa vaqt ichida u IT xizmat ko‘rsatish bozorini egallab, Trello yirik dasturiy ta’minotini ham o‘ziga qo‘shib oldi. Hammasi juda tez sodir bo‘lganidan, kompaniya xo‘jayinlari o‘z odatlarini o‘zgartirishga ham ulgurmadi. Ularni hamon “tasodifiy milliarderlar” deb atashadi.
Uni 2008-yilda Facebook’dan haydab yuborishgan. Moskovits bundan o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va Asana loyihasini ishga tushirdi. Hozirda uning boyligi yetarli va ancha-munchasini xayriya ham qilib turadi.
50 milliard dollardan ortiq mablag‘i bo‘lgan IKEA asoschisi “biznes-klass”da sayohat qilishi mumkinmi? Moliyaviy jihatdan — bo‘lishi mumkin, axir uning 50 milliarddan ortiq boyligi bor. Biroq u ruhan tejamkor biznesmen sifatida qolgan.
Ro‘yxatdagilar orasida Vinsent eng kambag‘ali hisoblanadi, uning hisobida atiga ikki million dollar bor, biroq bu ham uning uchun ko‘p. Ya’ni unga bu boyliklarning keragi yo‘q, u hatto mashinasidan ham voz kechgan. Aktyor yaxshigina pul topadi, biroq uning ko‘rinishi oddiy odamlarnikidan farq qilmaydi.
U vegetarian hisoblanadi. “Buyuk Getsbi” filmidan so‘ng, barcha asosiy roldagi aktyorlarga sportkar sovg‘a qilishganida Tobi sovg‘ani rad etgan. Chunki mashina o‘rindiqlari tabiiy teridan qilingan.
Kaliforniyalik oddiy yigit ekstremal sport turi vaqtida chiroyli video olish mumkin bo‘lgan super-kamerani orzu qilgan. Vudman GoProni — dunyodagi ekstremal sport turlari uchun eng mashhur kamerani yaratgan. Boyib ketganiga qaramay, shon-shuxratga erishish yo‘li qanchalik mashaqqatli bo‘lganini unutmagan. | 67 | 2,541 |
Foto | Niagara yaqinida qutqarilgan ayol, dengizga qo'yib yuborilgan toshbaqa, Berlinda yoqqan qor — 9 dekabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Yaponiyada Tokyo Lights konkursida namoyish etilgan installyatsiya.
Ispaniya qirg'oqlarida 60 ga yaqin bolalar va ayollardan iborat muhojirlar guruhi qutqarib qolindi.
Pekin pochta va kommunikatsiya universitetida 2022 yilgi Qishki olimpiya o'yinlari olovi namoyish etildi.
Avstraliya va Angliya jamoalari o'rtasidagi kriket o'yini muxlislari.
Tunisda xalqaro Karfagen teatr kunlari start oldi.
Tsyurixda Shveytsariya pantomima teatri yubileyiga bag'ishlangan “50 yil” deb nomlangan maxsus chiqish namoyish etildi.
Germaniya poytaxti Berlinda qor bo'roni sodir bo'ldi.
Barselonadagi 138 metrli Sagrada Familiya ibodatxonasi uchiga og'irligi 5 tonna keladigan yulduz o'rnatildi.
AQSh sohil qo'riqchilari Niagara sharsharasi yaqinida avtomobil bilan suvga tushib ketgan 60 yoshli kishining jasadini suvdan olib chiqdi.
Dengiz toshbaqasi Antaliyada davolanishdan keyin suvga qo'yib yuborildi. | 112 | 950 |
Foto | Shohona hashamat: Yevropa qirollik oilalariga tegishli mehmonxonalar qanday ko‘rinishga ega? | Mehmonxonalar qirollik qarorgohlarining deyarli eng muhim qismidir, chunki u yerda hurmatli mehmonlarni qabul qilishadi, ziyofatlar yoki shunchaki qulay oilaviy tushlik va kechki ovqatlarni tashkil qilishadi. Yevropa qirollik oilalari a’zolarining uylaridagi eng zamonaviy va shohona mehmonxonalar bilan tanishing.
Shahzoda Garri va gersoginya Meganning Montesitodagi saroyi
Sasseks gersoglari AQSHdagi shaxsiy hayotlari tafsilotlarini ko‘p ham ommaga oshkor qilishmaydi. Biroq muxlislar videoqo‘ng‘iroq orqali Santa Barbara Dyuk saroyidagi yashash xonasining ichki qismini ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ko‘pchilikning e’tiborini jalb qiladigan asosiy detal — bu ulkan tosh kamin. Shuningdek, gersogning ochiq ranglarda bezatilgan mehmonxonadagi ekologik divan va devorni bezatgan uchta gravyura bor, ularni shu atrofda yashovchi Opra Uinfri sovg‘a qilgan.
Zara va Mayk Tindoll, Cheltneme saroyi
Tindollning zamonaviy mehmonxonasida poldan shiftgacha oq romli uchta deraza, yog‘ochdan yasalgan kamin va dizaynerlik ishi bo‘lgan toshdan yasalgan ish stoli mavjud.
Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va qirolicha Maksima, Huis Ten Bosch saroyi
Shvetsiya qirollik juftligining qaymoqrang, kulrang va jigarrang tonlarda bezatilgan marmar kamin va ish stoli bilan bezatilgan zamonaviy mehmonxonasi mavjud.
Daniya qirolichasi Margret II, Fredensborg saroyi
Daniya monarxining rasmiy qarorgohida baland shiftli, o‘simlik naqshli gulqog‘oz, zarhal bezaklar, emandan yasalgan mebellar va marmar haykallar bilan bezatilgan mahobatli mehmonxona mavjud.
Shahzoda Uilyam va gersoginya Ketrin, Kensington saroyi
Kembrijliklar Kensington saroyidagi 1A-xonadonda yashaydi. 2016-yilda juftlik Barak va Mishel Obamani qabul qilganida, ularning mehmonxonasi fotograflar tomonidan suratga olingan. Mehmonxona ochiq rangda bezatilgan. Xonaning markazida qaymoqrang divan va gulli yostiqli kreslolar mavjud. Shuningdek, mehmonxonada marmar kamin, katta eman eshik va zarhal ramkalardagi katta kartinalar mavjud.
Yelizaveta II, Bukingem saroyi
Bukingem saroyidagi Oq mehmonxona monarx tomonidan muntazam ravishda tomoshabinlar va kichik yig‘ilishlar uchun foydalanilgan. Oq devorlar, qizil rangga bo‘yalgan gilam, hashamatli oltin mebel, ajoyib naqshli ko‘zgu va nafis lampalar mehmonxona ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi.
Norvegiya valiahd shahzodasi Xokon va malika Mette-Marit, Skaugum Manor
Norvegiyalik qirollik juftligining mehmonxonasida katta kutubxona, yumshoq qoplamali ish stoli va qishloq manzarasi tasvirlangan surat osilgan katta marmar kamin mavjud.
Ispaniya qiroli Fillip VI va qirolicha Letisiya, Sarsuela saroyi
Ispaniya monarxlarining qarorgohida zig‘ir bilan qoplangan divan, rangli gilam va lakonik lampalar bilan bezatilgan minimalist qulay mehmonxona mavjud. | 92 | 2,759 |
Foto | Meteorlar yomg‘iri, Quyosh fonidagi Merkuriy: NASA’ning 2016-yildagi eng yaxshi suratlari | Samo maftunkor mo‘jizalarga to‘la, lekin Yer sayyorasidagi hodisalar ham Oy va yulduzlarda bo‘layotgani kabi ajoyib tus oladi. Mashable NASA’ning 2016-yildagi eng yaxshi suratlarini bir joyga jamladi. Fotojamlanmada raketalar uchirilishi, meteorlar yomg‘iri, dahshatli quvvat va astronavtlarning hayotini ko‘rish mumkin.
“Soyuz” TMA-19M kosmik kemasi kapsulasining qo‘nish oldidan parvozi. 2016-yil, 18-iyun
Perseidlar — Persey yulduz turkumiga mansub “yulduzlar yomg‘iri” paytida meteor osmonda uchmoqda. 2016-yil, 12-avgust
Yuta shtatida Space Launch System’ning raketa-tashuvchi QM-2 motori sinovdan o‘tkazilmoqda. 2016-yil, 28-iyun
“Soyuz” MS-01 raketasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilmoqda. 2016-yil, 7-iyul
Quyosh fonining quyi chap qismida Merkuriy sayyorasini payqash mumkin. 2016-yil, 9-may
“Soyuz” MS-03 raketasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilmoqda. 2016-yil, 18-noyabr
Perseidlar “yulduzlar yomg‘iri” paytida “baliq ko‘zi” linzasi yordamida olingan surat. 2016-yil, 12-avgust
NASA komandori Skott Kelli “Soyuz” TMA-18M kosmik kemasi kapsulasidan chiqarilmoqda. 2016-yil, 2-mart
NASA resurslarini tashiyotgan Alliance Atlas V kosmik kemasi. 2016-yil, 8-sentabr
Quyosh fonida harakatlanayotgan Xalqaro kosmik stansiyasi. Bitta rasmda 10 ta surat jamlangan. 2016-yil, 17-dekabr
“Soyuz” TMA-20M kosmik kemasi ichidagi astronavtlar. 2016-yil, 7-sentabr
Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “Soyuz” MS-03 kosmik kemasining uchirilishidan keyingi holat. 2016-yil, 18-noyabr
Gagarin nomidagi kosmonavtlarni tayyorlash markazi. Suratda muhandis F. Kryuchkov. 2016-yil, 25-fevral
“Soyuz” MS-01 kosmik kemasi kapsulasining qo‘nish oldidan parvozi. 2016-yil, 30-oktabr
Boyqo‘ng‘ir kosmodromida super oy fonidagi “Soyuz” raketasi. 2016-yil, 14-noyabr
“Soyuz” kemasi uchirilishi oldidan Boyqo‘ng‘ir kosmodromidagi start maydonchasining temiryo‘l yaqinidan ko‘rinishi. 2016-yil, 14-noyabr
Boyqo‘ng‘ir kosmodromida “Soyuz” MS-01 kosmik kemasi poyezd yordamida tashilmoqda. 2016-yil, 4-iyul
Orbital ATK Antares raketasi Virjiniyadagi kosmodromda start olish maydonchasiga olib ketilmoqda. 2016-yil, 13-oktabr
Orbital ATK Antares raketasi Virjiniyadagi kosmodromda uchirildi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 89 | 2,354 |
Foto | Fotogalereya: Chaqirilmagan nikoh to‘ylariga tashrif buyurgan mashhurlar | AdMe turli sabablarga ko‘ra o‘zi taklif etilmagan nikoh to‘ylariga tashrif buyurgan mashhurlar suratlarini taqdim etdi.
Aktyor Nyu-Yorkdagi Markaziy xiyobonda bo‘lib o‘tayotgan nikoh marosimida yoshlarni tabriklash uchun kelgan.
Keti Perri o‘zi to‘xtagan mehmonxonada nikoh marosimini uyushtirgan yoshlarni xursand qildi.
Jastin Timberleyk tushlik qilayotgan mehmonxonada nikoh marosimi uyushtirilgan. Kuyov va kelinning otasi undan kelinga syurpriz qilishni so‘ragan.
Nikoh marosimi bo‘layotgan ibodatxonadagi tadbirga kelgan qirolicha yoshlarni tabriklash uchun bir necha daqiqa ajratishga qaror qilgan.
Mayamida, okean sohilida yugurish bilan shug‘ullanayotgan tennischi juftlikka syurpriz qilgan.
Bir necha yil davomida kechikkan nikoh to‘yida qo‘shiqchining jonli ijrosi ostida juftlik raqsga tushgan.
Bredli Kuper o‘zi tahsil olgan kollejga tashrifi chog‘ida kollej hovlisida sayr qilib yurgan juftlik bilan suratga tushgan.
Mashhur sportchi Parijda turmush qurayotgan yoshlarni xursand qildi. | 72 | 1,006 |
Foto | Fotogalereya: Eng ko‘p suratga olinadigan diqqatga sazovor joylar | Huawei kompaniyasi o‘zining yangi qurilmalaridan birining taqdimotidan oldin sayyohlar eng ko‘p suratga oladigan diqqatga sazovor joylarning reytingini tuzdi. Bunda ijtimoiy tarmoqlardagi 1,3 milliondan ortiq xabar tahlil qilib chiqilgan. TravelAsk ana shu joylarga e’tibor qaratdi. | 65 | 282 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoga mashhur aktyorlarning bo‘yining balandligi qanchaga teng? | AdMe bir qarashda bo‘yining o‘lchamini aniqlab bo‘lamaydigan yulduzlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 79 | 107 |
Foto | Fotogalereya: Sayohatchi suratkash tomonidan havodan olingan suratlar | Taniqli sayyoh fotograf Mett Xorspul 6 ta qit’aning 43 ta mamlakatida bo‘lib, ularni suratga olgan. U odatiy suratlar bilan birga, manzaralarni qush parvozi balandligidan ham suratlarga muhrlagan. TravelAsk ana shunday suratlarni taqdim etdi. | 69 | 242 |
Foto | Fotoreportaj: Toshkent metropoliteni 42 yoshga to‘ldi | 6-noyabr kuni Toshkent metropoliteni ishga tushganiga 42 yil to‘ldi. “Daryo” fotomuxbiri uchta yo‘nalish bo‘yicha 29 bekatdan iborat Toshkent metropolitenining ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Toshkent metrosining “Chilonzor” liniyasida 12 ta bekat ishlab turibdi, yaqin kelajakda ularning soni kamida ikkitaga ko‘payishi mumkin (liniya TTZ avtoshohbekatiga qadar olib boriladi).
Toshkent metropolitenining Alisher Navoiy bekati 2014-yilda dunyodagi eng chiroyli metro bekatlari ro‘yxatidan joy olgan.
“O‘zbekiston” yo‘nalishi esa 1984—1991-yillarda qurilib, foydalanishga topshirilgan yo‘nalishda hozircha 11 ta bekat mavjud.
Toshkent metropoliteni — bekatlarining nomi juda ko‘p o‘zgargan yerosti saroyi
Toshkent metrosi uchun yo‘lovchilarni tetiklashtirish va tinchlantirish imkonini beruvchi yoritish tizimiga ega bo‘lgan 45 ta poyezd xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Toshkent yer usti halqa metro yo‘lida harakatlanuvchi yangi poyezdlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
“Yunusobod” yo‘nalishi esa 2001-yil 24-oktabrda dastlabki olti bekat — “Mingo‘rik”, “Yunus Rajabiy”, “Abdulla Qodiriy”, “Minor”, “Bodomzor”, “Habib Abdullayev” nomlari bilan foydalanishga topshirilgan. | 53 | 1,183 |
Foto | Koronavirus o‘chog‘i Uxan shahrining pandemiyadan avval va keyingi hayotini aks ettiruvchi suratlar | Uxan – pandemiya tufayli dunyodagi butunlay yopilgan birinchi shahar. Bir yarim yil oldin butun dunyo Xubey mintaqasida bo‘layotgan voqealarni va fanga ilgari noma’lum bo‘lgan virusning tarqalishini dahshat bilan kuzatgandi. Bugun esa ushbu jarayon qisman odatiy hayotga aylandi, lekin emlash, ommaviy himoya, antiseptiklar o‘z kuchida. Barcha qiyinchiliklardan qutulib, tez tiklangan shaharlardan birinchisi ham Uxan bo‘ldi. Hozirda poytaxti Uxan bo‘lgan Xubey deyarli koronavirusdan xoli: bu yerda kasallikning kamdan-kam holatlari qayd etilmoqda. Uxan bir yarim yil oldin izolyatsiya paytida qanday ko‘rinishga ega edi va u qanday qilib hayotga qaytdi? Bularning barchasi quyidagi suratlarda aks etgan.
Yanszi ko‘prigi yopilganda va o‘tgan qish faslida
Shahar yopilgan vaqtda piyodalar o‘tish joyi va bugungi gavjum ko‘cha
Bir yarim yil oldin bo‘sh qolgan shaharlardan biri
Kechki paytda yoritgichlar bilan bezatilgan ko‘cha
Kirish va chiqishni nazorat qilish uchun turar joy majmuasi yaqinidagi barrikada 2020-yil bahorida
Yopilgan shahar orasidagi bir yillik farq
2020-yilning bahorida va o‘sha yilning dekabrida do‘konlari bor ko‘cha
Arvoh shahar qayta jonlandi
Izolyatsiya davrida ko‘chalarni zararsizlantirish va hozirgi hayot sur’ati
Bo‘sh magistraldan gavjum yo‘lgacha
Tramvay yo‘lidagi yagona skuter va barcha cheklovlardan keyin jonlangan relslar
Bo‘shligi bilan qo‘rqituvchi bog‘ va yana qaytarilgan hayot | 99 | 1,429 |
Foto | To‘rt qizning otasi o‘z hayoti suratlari bilan ijtimoiy tarmoqni zabt etdi (foto) | Londonlik Saymon Xuper 10 yoshga to‘lmagan to‘rt qizning otasi. Saymon va uning rafiqasi Klementinaning to‘rt qizi — 9, 6 yosh va 10 oylik egizaklari bor. Xuper o‘z hayotini Instagram father_of_daughters’da yoritib boradi, deb yozadi ForumDaily.
Akkauntning 786 mingdan ortiq obunachisi bor. Saymon unda qizlarini tarbiyalash sirlari — ularni uyquga yotqizishdan tishlarining yorib chiqishi va tug‘ilgan kunini nishonlashga doir tajribalari bilan bo‘lishadi.
“Men deyarli supermarketning shu bo‘limida yashayman. Yosh ota-onalar biror narsani qayerdan topishni mendek “tajribali”dan so‘rashadi”, — deb yozadi Saymon.
Oilada tushlik tayyorlash muhim jarayon. Biroq bu jarayonga 10 oylik bolalar qo‘shilsa, Jeymining 15 daqiqalik retseptlari butunlay boshqacha qabul qilinadi.
“Rafiqam bolalar sumkasini yig‘ishni iltimos qildi. Yig‘dim.”
Hujum haqida xabar bering! Gumonlanuvchilar ikki kishi, ikkalasining ham bo‘yi kichkina, bir-biriga shunchalik o‘xshaydiki, otasi ham ularni ajrata olmaydi.
Siz to‘zitdingizmi, yig‘ishtirish uchun ham siz javob berasiz. | 81 | 1,061 |
Foto | Wikipedia’ning butun dunyo ahliga yoqqan rasmlari (foto) | Har yili Wikipedia internet ensiklopediyasi maqolalarda chop etilgan “Eng yaxshi suratlar ” tanlovini o‘tkazadi. Unga butun dunyo ahli ovoz beradi. AdMe o‘tgan yillarda “Eng yaxshi” deb topilgan rasmlarni taqdim etdi. | 56 | 217 |
Foto | Foto: Kelinlar to‘y makiyajidan avval va keyin | Kosovalik vizajist Arber Bitiki kelinlar uchun to‘y makiyaji qilish bo‘yicha o‘z ishining ustasi hisoblanadi. Mutaxassisning Instagram sahifasiga joylangan kelinlarning makiyajdan avvalgi va keyingi fotolariga nazar tashlab, bo‘yoqlar odamni qanchalik o‘zgartirib yuborishi mumkinligiga amin bo‘lish mumkin. Instagram’dagi obunachilari 300 mingdan ortiq bo‘lgan Arberni kimlardir kelinlarni bir-biriga o‘xshash qilib bo‘yantirishda ayblasa, boshqalar go‘zallikka urg‘u berishiga tasanno aytadi. Quyida vizajist tomonidan makiyaj qilingan kelinlar suratlarini taqdim etamiz. | 46 | 573 |
Foto | Fotogalereya: Suratga tushish uchun hayotini xavf ostiga qo‘ygan tavakkalchilar | AdMe o‘zining Instagram’dagi obunachilarini hayratlantirish va yanada ko‘proq “layk”larga ega bo‘lish maqsadida hayotini xavf ostiga qo‘yib suratga tushayotgan tavakkalchilarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Rossiyalik model Vika Odinsova Instagram tarmog‘ida 4 milliondan ortiq obunachiga ega. Suratda Vika Dubaydagi osmono‘par binolardan birida Oleg Sherstyanchenkoning qo‘liga osilib turibdi.
19 yoshli Garri Gallaxer bitta qo‘liga ishongan holda Londondagi One Canada Square osmono‘par binosida (yerdan 244 metr balandlikda) osilib turibdi.
Tiago Korrea Rio-de-Janeyrodagi dengiz sathidan 842 metr balandlikdagi Pedra-da-Gavea qoyasiga osilib turibdi.
Norvegiyadagi Ringedalsvatn ko‘lidan 700 metr balandlikdagi “Trollning tili” qoyasi. | 79 | 750 |
Foto | Xitoydagi Xarbin festivali doirasida muz shahar barpo etilmoqda (foto) | Xitoyda muz va qor festivali hisoblangan mashhur Xarbin festivalining ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu 2015—2016-yil mavsumidagi asosiy mavzu “muz tojdagi marvarid” deb nomlanadi. Bu haqda Tjournal xabar beradi.
Festival har qishda Xitoyning eng shimoliy viloyatida bo‘lib o‘tadi. Bir necha hafta ichida Xarbinda muz va qordan qasrlar va haykallar barpo etiladi. Ularni tomosha qilish uchun dunyoning turli davlatlaridan sayyohlar tashrif buyuradi.
2015-yilda tashkilotchilar 32 ta muz tepalikni o‘rnatishga va’da bergan. Ulardan eng balandi 300 metrdan ortiqni tashkil etadi.
Tadbirning rasman ochilishi 5-yanvarga belgilangan, biroq muz shaharning bir qismi tashrif buyuruvchilar uchun ochiqdir.
Festivalning yopilish kuni aniq emas. Odatda u qor eriy boshlagandan keyin yopiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon tashrif buyuruvchilar tomonidan olingan birinchi suratlar paydo bo‘ldi. | 70 | 901 |
Foto | Dunyoning eng radioaktiv shaharlari ro‘yxatiga Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi shaharlar ham kirdi (fotogalereya) | “Osi mira” nashri dunyoning odamlar yashaydigan o‘nta radioaktiv joylari ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi KNews. Unga Qirg‘izistonning Mayluu-Suu va Qozog‘istonning Semey shaharlari ham kirdi.
Dengiz kurorti bo‘lgan Ramsar shaharchasining Talesh Mahalla tumanida radiatsiya foni me’yordan yigirma baravar yuqori hisoblanadi. Bu yerda o‘z vaqtida radioaktiv chiqindilar axlattepasi bo‘lgan, u haligacha bartaraf etilmagan.
Rossiyaning yopiq shaharlaridan birida 82 ming kishi deyarli yadro qabristonida o‘z hayotlarini qurishda davom etmoqda. Bu yerda uzoq vaqt faoliyat yuritgan “Mayak” zavodida qurol-yarog‘lar uchun plutoniy ishlab chiqarilgan, chiqindilar esa butun viloyatga tarqalgan.
Chernobil atom elektr stansiyasidagi ofatdan so‘ng o‘n yillab vaqt o‘tsa ham, bu yerda yuqori radiatsiya foni saqlanmoqda. Shunga qaramay, shaharda odamlar yashaydi — 400 ga yaqin keksalar taqiqlangan hudud ichidagi uylariga qaytishga qaror qildi.
Guaraparida radiatsiya foni me’yordan oshmagan, ammo ommabop plyajlardan birida qirg‘oqbo‘yidagi tog‘lar eroziyasi tufayli, radiatsiya darajasi baland bo‘lib qolmoqda.
Monotsitga boy tog‘ jinslari eroziyasi natijasida olingan qum mahalliy zavod tomonidan g‘isht ishlab chiqarishda qo‘llanilgan. Undan esa shahardagi butun bir tumanni qurishgan. Monotsit vaqt o‘tishi bilan devorlarda radiy, aktiniy va radonga parchalangan.
Kerala atrofidagi qumlarda toriy darajasi yuqori, bu radiatsiya foni dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 30 marta oshib ketishiga sababchi bo‘lgan.
Sobiq ittifoq davrida ushbu shahar atroflari yadro bombalari portlatiladigan poligonga aylantirilgan. O‘sha vaqtda shaharda yashagan 1,5 million aholining yuz mingdan ortig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri radiatsiya nurlanishiga uchragan. Bu yerda aholining saraton kasalliklariga chalinishi mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch marta ko‘proq kuzatiladi.
Mayluu-Suu (Qirg‘iziston)
Shahar atrofiga qariyb 2 million kub metr radioaktiv materiallar ko‘milgan. Ustiga-ustak, hudud tektonik faol hisoblanadi. Navbatdagi zilzila butun shaharni radioaktiv axlatga ko‘mishi mumkin.
1966-yilda AQSh HHK bombardimonchisi yoqilg‘i samolyoti bilan havoda to‘qnashib ketishi natijasida bu yerda ikkita yadro bombasi portlagan, ammo bu 2008-yilgacha maxfiy saqlangan. Ayni paytda radiatsiya foni o‘ta yuqori bo‘lgan shaharda saraton kasalliklari statistikasi mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2,5 marta yuqori.
Mahalliy uran koni rasman xavfli deb topilib, 2004-yilda yopilgan. Ammo shahar aholisining katta qismi noqonuniy ravishda ruda qazib chiqarish bilan shug‘ullanadi. | 113 | 2,570 |
Foto | Muhabbat yo‘lida hamma narsaga rozi bo‘lgan 8 mashhur shaxs (fotogalereya) | AdMe mashhur odamlar muhabbat yo‘lida amalga oshirgan haqiqiy jasoratlar haqida hikoya qildi.
Valiahd malika Mako Akisino o‘z sevgilisiga turmushga chiqishga rozilik berdi. Ular universitetda tanishgan bo‘lib, talaba vaqtida kuyov kafe va plyajlarda pul ishlab topgan. Malika sevgan kishi “oddiy xalqdan chiqqan”i uchun, unga turmush chiqish natijasida, u qirollik unvonidan ayriladi. U bunday qarorni yengillik bilan qabul qildi, axir malika Keini o‘z oilasi bilan tanishtirdi, ular esa qizning tanlovini ma’qulladi.
Hali juda yosh paytidayoq ispaniyalik futbolchi Palma-de-Malyorkada dam olish chog‘ida omsklik qizni uchratib, sevib qoldi. Bir yil o‘tar-o‘tmas, qizning ota-onasi bilan tanishish uchun u Rossiyaga uchib keldi. O‘shandan buyon u Sibirga tez-tez kelib turadi va Rossiyani chin qalbdan sevib qoldi.
Beatls guruhi a’zosi Pol Makkartni fotosuratchi Lindaga sevib uylangach, undan bir lahzaga ham ayrilmaslik uchun, unga klavishli asboblar chalishni o‘rgatdi va oylab davom etadigan gastrol safarlariga o‘zi bilan birga olib ketdi. O‘shandan buyon er-xotin Makkartni bir-birisiz bir kundan ko‘proq vaqt yashamagan (Pol Yaponiyada o‘n kun hibsda saqlangan vaqtni hisobga olmaganda).
Yaponiyalik Yoko Ono o‘zining faol hayotiy pozitsiyasi bilan Lennonning e’tiboriga tushdi, u qizni telbalarcha sevib qoldi. To‘ydan keyin Lennon sevikli rafiqasi sharafiga o‘zining ikkinchi ismiga “Ono”ni qo‘shdi.
Monako shahzodasi bilan tanishgan vaqtida Greys Kelli muvaffaqiyatli aktrisaga aylanib bo‘lgan edi. Ammo knyaz Renye III bilan turmush qurgach, u o‘z tanlovini turmush o‘rtog‘i foydasiga amalga oshirdi.
1936-yilda qirol Georg V o‘limidan so‘ng hokimiyat uning o‘g‘li Eduard VIII ga o‘tdi. U zodagon bo‘lmagan Uollis Simpson ismli ayolga oshiq bo‘lib, unga uylanish istagida edi. Ammo hukumat qirolga to‘y va taxtdan birini tanlash talabini qo‘ydi. Qirol ukasi Georg VI foydasiga taxtdan voz kechdi. Juftlik turmush qurdi va umrlarini birgalikda baxtli kechirdi.
Yozuvchi rafiqasi Zeldani qattiq sevardi va u hatto shizofreniyaga chalinganida ham rafiqasini tashlab ketmadi. Frensis rafiqasini olib, mamlakat bo‘ylab safar qilar va kasalxonalar yaqinidagi mehmonxonalarga joylashardi. Yozuvchi rafiqasi tuzalib ketishiga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, shuningdek, uni o‘z hikoyalari va romanlaridagi ayollar obrazlari prototipiga aylantirdi.
Suyukli rafiqasi vafot etgach, Boburiylar sulolasi vakili Shohjahon uning xotirasini abadiylashtirishga qaror qildi va 22 yil ichida noyob inshootni barpo ettirdi. Bugungi kunda Tojmahal buyuk muhabbat ramzi va me’moriy mukammallik namunasi hisoblanadi. | 74 | 2,636 |
Foto | Pekin qanday qilib 20 daqiqa ichida smog ichida qolishini tomosha qiling (video va foto) | Smog — asosan yirik sanoat shaharlarida kuzatiladigan, tutun, qurum, kul zarralari, chang, yonilg‘i bug‘i kabilar aralashmasidan iborat zaharlangan havo.
Xitoyning shimoliy va sharqiy viloyatlarida kuchli smog kuzatilayotgani munosabati bilan, mamlakat hukumati 3-yanvar kuni tarixda ilk bor milliy miqyosda havo ifloslanishi xavfining eng yuqori — “qizil” darajasini e’lon qildi.
Xitoy Milliy meteorologiya xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mamlakat shimoli-sharqida, xususan, poytaxt Pekinda ko‘rish darajasi 500 metrgacha qisqarishi mumkin. Alohida hududlarda esa ko‘rish darajasi 50 metrgacha ham qisqarishi mumkinligi aytilmoqda.
Quyida smog Pekinni 20 daqiqa ichida qanday qoplab olayotgani aks etgan taymlapsni ko‘rishingiz mumkin:
View this post on Instagram
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 88 | 960 |
Foto | Fotogalereya: Yulduzlarning bitiruv oqshomidagi suratlari | Mashhurlar qimmat liboslarda qizil gilamdan o‘tib kelayotganda juda chiroyli va viqorli bo‘lib ko‘rinadi. Ammo bir paytlar ular ham oddiy odamlar kabi maktabga borgan, do‘stlar orttirgan, sevgan va bitiruv oqshomida vaqtichog‘lik qilgan. AdMe ularning ana shu rasmlarini yig‘di va hozirgi kuni bilan solishtirdi. | 57 | 312 |
Foto | Karantinda zerikayotgan insonlar mashhur kartinalar va filmlar posterlarini qayta yaratdi (foto) | Koronavirus dunyo aholisini bemalol ko‘chada sayr qilish, sevimli restoranida tanavvul qilish imkonidan mahrum qilib, uyga qamab qo‘ydi. Karantin odamlarni uyda yaqinlari bilan birga qolishga undamoqda.
Hi-Tech.Mail.ru’ning yozishicha, rossiyaliklar vaqtini chog‘ o‘tkazishning g‘ayrioddiy usullarini o‘ylab topmoqda.
Masalan, hozirda mashhur rassomlarning kartinalari yoki filmlar posterlarini uy sharoitida takrorlash ancha ommalashdi. | 96 | 437 |
Foto | Qibrayda yangi bog', Turkiyada Mehnatkashlar kuni, Sardoba fojiasiga bir yil — 1 may suratlari | E'tiboringizga 1 mayning eng qiziqarli suratlarini taqdim etamiz.
Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilayotgan bog' hududiga tashrif buyurdi.
“xudo xohlasa, mana shu bahavo joyda 104 gektarlik bog' barpo etmoqchimiz. Bu xayrli ishning boshlanishi hozirgi ulug' ayyom kunlariga to'g'ri kelgani ham xosiyatli, deb o'ylayman”, – dedi Shavkat Mirziyoev. Davlat rahbari jamoatchilik bilan birga yangi boqqa ko'chatlar o'tqazdi. Mustaqillikning 30 yilligiga bag'ishlangan Istiqlol majmuasi ham shu yerda barpo etiladi.
Har yili 1 may butun dunyoda Mehnatkashlar kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Shu munosabat bilan bugun Turkiyada ham bir guruh faollar kun munosabati bilan Istanbulning Taksim maydonidagi obidaga gulchambar qo'ydi.
Hindistonda koronavirus bilan bog'liq vaziyat kundan-kunga yomonlashib bormoqda. Kunlik kasallanish holatlari kuniga 400 mingdan oshmoqda. Bu ham yetmaganidek, bugun koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonalarning birida yong'in kelib chiqqan. Oqibatda 18 kishi halok bo'lgan.
Bundan roppa-rosa bir yil oldin Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omborida texnogen halokat sodir bo'lgan va oqibatda minglab odamlar boshpanasiz qolgan edi. Keling, yana bir bor o'sha kunga suratlar yordamida qaytaylik. | 94 | 1,281 |
Foto | Fotogalereya: Boshqaruvdagi ayollar | 24-sentabr kuni Germaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. GFR yangi kansleri kim bo‘lishi ularning natijalariga bog‘liq edi. Unda Angela Merkel boshchiligidagi “Xristian-demokratik ittifoq” partiyasi g‘alaba qozondi. U 2005-yildan buyon kansler lavozimini egallab keladi, hokimiyat tepasida ekanligi muddati esa endi 16 yilga yetishi mumkin. “Kommersant.ru” o‘z fotogalereyasida XX asrning boshidan buyon siyosatda uzoq umr ko‘rgan eng mashhur ayollarni taqdim etdi.
Angela Merkel siyosiy karyerasini 1989-yilda “Demokratik yuzaga chiqish” partiyasida EHM vaqtinchalik ma’muri lavozimida boshlagan. Bir necha marta vazir lavozimini egallagan, 2000-yilda “Xristian-demokratik ittifoq” partiyasi yetakchisiga aylandi, 2005-yilda esa GFR kansleri lavozimiga saylandi.
Merkel 12 yildan buyon davlat rahbari lavozimini egallab kelmoqda (2009 va 2013-yillarda qayta saylangan). Forbes talqini bo‘yicha bir necha marta dunyoning eng nufuzli ayoli deb topilgan. Hozirgi saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda uning hokimiyat tepasidagi muddati 16 yilni tashkil etishi mumkin.
Indira Gandi Hindiston birinchi bosh vaziri Javaharlal Neruning qizi va shaxsiy kotibi bo‘lgan. 1966-yilda o‘zi bosh vazir bo‘lgan.
Gandi Pokiston bilan urush va mamlakatdagi tartibsizliklardan so‘ng favqulodda holat e’lon qilgan. Shu sababdan 1977-yilgi parlament saylovlarida mag‘lub bo‘lgan. Biroq uch yildan so‘ng yana hukumat rahbari lavozimini egallagan. 1984-yilning 31-oktabrida shaxsiy qo‘riqchilari - sikxlar tomonidan o‘ldirilgan. Boshqaruv davri — 15 yil.
Meri Yudjiniya Charlz 1978-yilda Dominikan Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lib chiqqandan so‘ng amaldagi partiya muxolifati tarkibida edi. 1980-yilda Dominikan bosh vaziri lavozimini egalladi. Konservativ va aksilkommunistik qarashlari bilan ajralib turgan.
Suratda chapdan o‘ngga: Antigua va Barbuda bosh vaziri Vere Kornuell Byord, AQSh birinchi xonimi Nensi Reygan, prezident Ronald Reygan, Sent-Kits va Nevis bosh vaziri Kennedi A. Simmonds, Barbados bosh vaziri Tom Adams, Dominikan bosh vaziri Meri Yudjiniya Charlz, Sent-Vinsent va Grenadin bosh vaziri Robert Milton Kato.
Meri Yudjiniya Charlz 15 yil davomida mamlakatni boshqardi. 1995-yilda barcha lavozimlardan iste’foga chiqdi. 86 yoshida operatsiya asoratlaridan vafot etdi.
Shayx Hasina — bosh vazir lavozimidagi dunyodagi birinchi ayol. Mustaqil Bangladesh birinchi rahbari Shayx Mudjibur Rahmonning qizi. U harbiy to‘ntarish davomida o‘ldirilgandan so‘ng amaldagi rejim muxolifati tarkibida bo‘lgan. 1996-yilda Bangladesh bosh vaziri lavozimiga saylangan.
Shayx Hasina 2001-yil saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi. AQShga ko‘chib ketdi, biroq bir necha yildan so‘ng mamlakatga qaytdi va 2009-yilda yana bosh vazir lavozimini egalladi. Hukumatni boshqargan umumiy davri 13 yilni tashkil etadi.
Vigdis Finnbogadottir fransuz tili va adabiyotini o‘rgangan, Islandiya poytaxti Reykyavikda milliy teatrni boshqargan. 1980-yilda mamlakat prezidentligiga saylangan va ushbu lavozimni to‘rt muddat davomida egallagan.
Finnbogadottir boshqaruv davri mobaynida island tili va madaniyati, yoshlar manfaatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratgan. 1996-yilda 16 yillik boshqaruvdan so‘ng saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng Yetakchi ayollar jahon kengashiga rahbarlik qilgan. YuNESKO ko‘ngilli elchisi, bir nechta universitetlar faxriy doktori.
Meri Makelis 24 yoshida Dublin universitetining eng yosh professori bo‘ldi. 1997-yilda Meri Robinsonning uzoq muddatli iste’fosidan so‘ng Irlandiya prezidentligiga saylandi.
Makelis abortlar, homilador bo‘lishdan saylaydigan vositalarni taqiqlash, ajrashishlarga qarshi chiqqan, Irlandiya birlashuvi tarafdori bo‘lgan. 14 yillik boshqaruv davridan so‘ng 2011-yilda prezidentlik vakolatlaridan voz kechgan. Hozir jamoatchilik-siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda.
Tarya Xalonen yoshligida so‘lradikal qarashlari bilan ajralib turgan, patsifizm harakatlarida ishtirok etgan. 1971-yilda Finlyandiya Sotsial-demokratik partiyasiga a’zo bo‘lgan, bir nechta vazirliklarni boshqargan. 2000-yilda mamlakat prezidentligiga saylangan.
2012-yilda prezidentlik lavozimlarini yig‘ishtirgan (bu lavozimni 12 yil egallagan). Hozir Xalonen BMTda ishlaydi, Finlyandiyada Yovvoyi tabiat jahon fondi direktorlar kengashi raisi, ayollar huquqlarini himoya qiladi.
1979-yilda Margaret Tetcher Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egalladi. Qat’iy va konservativ qarashlari tufayli unga “Temir ayol” deb laqab berishdi. “Sovuq urush” davrida AQShga ergashgan, SSSRni tanqid qilgan, kasaba uyushmalariga qarshi kurashgan.
11 yil bosh vazirlik faoliyatidan so‘ng partiya bo‘yicha hamkasblari bilan qarama-qarshiliklar tufayli iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan. Memuarlar yozgan, amaldagi siyosatchilarni tanqid qilib chiqishlar qilgan. 2013-yilda insultdan vafot etgan.
Elen Jonson-Serlif Afrika mamlakatining birinchi ayol prezidenti bo‘ldi. Garvard universitetini tamomlab, Liberiyada mansabdor bo‘lib ishlagan. Harbiy rejimni tanqid qilgani uchun mamlakatdan quvilgan.
2006-yilda mamlakatiga qaytgan Jonson-Serlif Liberiya prezidenti etib saylangan. Fuqarolik urushini to‘xtatgani uchun 2011-yilda Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan. Hozirga qadar hokimiyat boshqaruvida bo‘lib, prezidentlik lavozimidagi umumiy muddati — 11 yil.
Xelen Elizabet Klark yoshligida Vyetnamdagi urush va harbiy bazalarni Yangi Zelandiyaga joylashtirishga qarshi faol chiqishlar qilgan. Universitetda dars bergan, bir nechta boshqarmalar vaziri bo‘lgan. 1999-yilda Yangi Zelandiya bosh vaziri bo‘lgan.
Boshqaruvi davomida Klark Yangi Zelandiyada boshqaruvning respublika shaklini joriy etishga va amerikaliklarning Iroqqa bostirib kirishiga qarshi chiqdi. 9 yildan so‘ng 2008-yilda ushbu lavozimni tark etgan. Hozirda BMT taraqqiyot dasturi rahbari. | 35 | 5,795 |
Foto | Sayohatchilarni o‘ziga chorlovchi dunyo ko‘chalari (foto) | Qishdan keyin keladigan bahor fasli kishini yangiliklarga chorlaydi. Sayohatlarni xush ko‘ruvchi har bir inson istaklaridan kelib chiqib, sayohat yo‘nalishini belgilaydi.
Travelask dunyoning eng chiroyli ko‘chalari bo‘ylab sayohatni taklif qiladi.
Bu rang-barang shahar Marokashning shimoliy qismida joylashgan. Shefshauenda uy va ko‘chalarni och ko‘k rangdan to‘q kulrang, hatto binafsha ranggacha bo‘yash an’anasi Marokashga 1930-yillarda ko‘chib kelgan qochoq yahudiylar tufayli yuzaga kelgan. Eski shahardagi yahudiylar uchun muqaddas sanalgan rangga bo‘yalgan eshik, deraza va devorlar ularga osmon va Xudo haqida eslatib turadi.
Chiroyli joylashtirilgan soyabonlar ilk bor 2012-yilda paydo bo‘lgan. Installyatsiya har yili almashib turadi va unda yangi soyabonlar paydo bo‘ladi. Yorqin rangdagi o‘nlab soyabonlar ko‘chani bezab turish bilan birga quyosh nurlaridan ajoyib himoya vazifasini ham bajaradi.
Har yili iyun oyida Corpus Christi bayrami arafasida La-Orotava shaharchasi boshqarma binosi oldiga ulkan gilam yoziladi. U vulqon tuproqlaridan yaratilgan noyob kartinalardan iborat. Har bir kartinani yaratish uchun tuproqning 23 xil tusidan foydalaniladi. Bitta kartina o‘n kishi tomonidan 40 kun ichida yaratiladi. 2006-yilda shaharda maydoni 950 kvadrat metrdan iborat gilam yaratilib, rekord o‘rnatilgan.
Avgust oyida Festa Major festivali boshlanishi bilan Barselona kvartallaridan biri yorqin karnavalga aylanadi. Mazkur bayramda ko‘chalar eng original va yorqin ko‘cha nomi uchun bir-biri bilan bellashadi. Har bir ko‘cha alohida mavzuga mos bezatiladi va uni bezatish bilan shug‘ullanuvchi aholi faqat ikkilamchi materiallardan foydalanadi.
Roombeek — Ensxede shahri markazida joylashgan savdo ko‘chasi. Uning taqdiri bir vaqtning o‘zida ham fojiali ham ajoyibdir. 2000-yilda bu yerdagi mushak omborida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda 650 ta uy va ko‘chalar vayron bo‘lgan. Bir necha yildan so‘ng u to‘liq qayta tiklandi va yer osti jilg‘alari tashqariga olib chiqildi. Ularning yuzasidagi tosh bo‘laklari issiq kunlar kelishi bilan eriy boshlagan muz parchalarini eslatadi.
Azuleju — oq-ko‘k ranglardagi keramik plitalar Portugaliyada san’at turiga aylangan. “Az-zulayj” arabchada “toshcha” degan ma’noni anglatadi. Azuleju estetik funksiyadan tashqari foydali jihatlarga ham ega: ular qishda zahdan himoya qilsa, yozda salqinlikni saqlab turadi.
Litszyan qadimiy shahri ikki qism: eski va yangi shaharga bo‘linadi. Uning eski shahar qismi YuNESKOning Butunjahon merosi obyektlariga kiritilgan. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, “Shahar suv tufayli, suv esa shahar tufayli mavjud”. Yuysyuanxe daryosi uchta tarmoqdan iborat bo‘lib, ular butun shahar bo‘ylab o‘tadi. Aynan shu tufayli bu yerda ajoyib ko‘prikcha va kanallar son-sanoqsiz.
Bu shaharcha qorday oppoq trulli-uychalari bilan mashhur. Trulli o‘tkir uchli tomga ega bo‘lgan uylardir. Bu kabi qurilmalar dunyoning hech bir burchagida uchramaydi. Qurilmaning o‘ziga xos jihati bostirma toshlardir. Agar ular ajratib olinsa, uy toshlar uyumiga aylangan va aholini soliq to‘lashdan ozod qilgan.
Mazkur ko‘cha sayyohlarni San-Fransiskoga chorlovchi diqqatga sazovor joylardan biridir. Shahar aholisi Lombard-stritni faxr bilan “dunyoning eng egri ko‘chasi” deb ataydi. Uning kichikroq qismi Rus tepaligidan o‘tadi. Arxitektorlar qiyalik burchagini qisqartirish uchun uni sakkizta keskin burilish bilan “silliqladi”. Bu yerda harakatlanish tezligi soatiga sakkiz kilometrdan oshmasligi kerak. | 57 | 3,475 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.