folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Foto: To‘nkarilgan piramida ko‘rinishidagi uy
Takei Nabeshima Architects studiyasi dam olish uyining g‘aroyib loyihasini taqdim etdi. Uy Ispaniyaning Matarraniya tumanida quriladi. TJournal uyning suratlariga e’tibor qaratdi. Rejaga ko‘ra, uy yirik Solo Houses loyihasining bir qismi bo‘ladi. Loyiha doirasida allaqachon betondan simmetrik qarorgoh va halqa ko‘rinishidagi bino qurilgan. Shuningdek, tomida suzish havzasi bo‘lgan aylana uy va shakli portlashdan ilhomlanilgan bino qurilishi rejalashtirilgan. Takei Nabeshima Architects tomonidan o‘ylab topilgan uy to‘rt qavatli to‘nkarilgan piramidaga o‘xshaydi. Binoda oshxona, mehmonxona va uchta katta yotoqxona bor, qiya devorlardagi derazalardan tog‘ manzaralari ko‘rinadi.
45
685
Foto
Fotogalereya: 2018-yilning dronlarda olingan eng yaxshi suratlari Dronestagram talqinida
Dronestagram dronlarda olingan suratlarga bag‘ishlangan internet xizmati hisoblanadi. Sayyoraning turli burchaklaridan o‘n minglab kishilar besh yil avval mazkur xizmat tomonidan tashkil qilingan fototanlovga o‘z ijod namunalarini jo‘natadi. TravelAsk tanlovning 2018-yildagi eng yaxshi suratlarini taqdim etdi.
88
311
Foto
Mehmonxona fojiasi va yo‘qolib borayotgan dunyo poytaxti — Stenin xalqaro fotosuratlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi (foto)
Andrey Stenin nomidagi xalqaro fotojurnalistika tanlovining 2020-yilgi g‘oliblari e’lon qilindi. Gran-pri sovrindori ispaniyalik fotosuratchi Luis Tato avvallari ham bir necha marotaba laureatlar qatoridan joy olgan, ammo har yili u o‘zi uchun mashaqqat, o‘qish va rivojlantirish imkoniyatini hisobga olib, tanlovda ishtirok etish uchun qayta murojaat qiladi. Tanlovning asosiy mukofotiga sazovor bo‘lgan Lusi Tatoning “DusitD2 mehmonxonasidagi terroristik hujum” deb nomlangan kadrida 2019-yil yanvar oyida Nayrobida sodir bo‘lgan fojiali voqea aks etgan. “Asosiy yangiliklar” nominatsiyasi bo‘yicha britaniyalik Linzi Billing talabgorlar orasida “Dafn etilgan adolat” nomli surati bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Asosiy yangiliklar” nominatsiyasining yana bir g‘olibi fransuz Jofre Giymarning “Janubiy chegara” deb nomlangan suratida “Amerika orzusi”da bo‘lgan Markaziy Amerika, Gaiti, Afrika va Kubadan kelayotgan muhojirlarning uzoq safari tasvirini ko‘rish mumkin. “Mening sayyoram” nominatsiyasi bo‘yicha kalkuttalik muxbir Sumita Sanya quruqlikni asta-sekin qaytarib olayotgan dengiz aks etgan “Yon tomonda hayot” – Musuni oroli aholisiga bag‘ishlangan surati bilan g‘olib deb topildi. “Mening sayyoram” nominatsiyasi ketma-ketliklar qatorida Sergey Parshukov “Yo‘qolib borayotgan dunyo poytaxti” surati bilan yutuqni qo‘lga kiritdi. “Portret. Zamonamiz qahramoni” nominatsiyasining yagona toifasida rossiyalik Yuriy Smityukning “Vrangel oroli” surati g‘olib bo‘ldi. Hakamlar hay’ati tomonidan italiyalik jurnalist Danilo Garsiya Di Meoni “Portret. Zamonamiz qahramoni” nominatsiyasida “Kvatrani”. Zilzila bolalari” deb nomlangan ijodiy ishi g‘oliblikka loyiq ko‘rildi. Turk fotosuratchisi Shebnem Koshkunning qahramon fridrayver Saxik Erkumenning Gilinder g‘oridagi mashqi aks etgan surati sport nominatsiyasi bo‘yicha eng yaxshisi deb topildi. Sport nominatsiyasi bo‘yicha g‘alabani rossiyalik jurnalist Pavel Polkov artilleriya pulemyotidagi yong‘indan mo‘jizaviy tarzda omon qolgan Aleksey Talay haqida foto-hikoyasi bilan qo‘lga kiritdi. Janubiy afrikalik fotosuratchi Jon Vesselsga tegishli “Ebola: DR Kongo” surati Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining “Gumanitar fotosuratlar uchun” maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi. “Braziliyada qora oqim” surati fotojurnalist Leonardo Malafayya Alvesga Al-Mayadin telekanalining “Asosiy yangiliklar” nominatsiyasi bo‘yicha maxsus mukofotini olib keldi.
122
2,412
Foto
Rossiyalik qiz mashhur multfilm qahramonlarini “jonlantiradi” (foto)
Rossiyalik Valeriya turli multfilm qahramonlari obrazini o‘zida sinab ko‘radi. Instagram’da le_atlass nomli akkaunti bo‘lgan qiz dizayner, vizajist va tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Uning suratlariga nazar tashlab, haqiqatan ham buning uddasidan chiqqanini ko‘rish mumkin.
68
275
Foto
Otasiga tarvuz terishda yordamlashayotgan xitoylik bolakay internet yulduziga aylandi (foto)
Xitoyning Yunchuan shahrida istiqomat qiluvchi bola ijtimoiy tarmoqlarda shuhratga erishdi. Oldinroq u dalada tarvuz terayotgani aks etgan fotosuratlar internetda chop etilgandi, deb xabar beradi Daily Mail. Bolakay fermada otasiga yordam berayotganida uning xatti-harakatlari fotosuratlarda qayd qilindi. Bu suratlar vositasida uning ota-onasi o‘z mahsulotlariga xaridorlar diqqatini tortishga uringan edi. Fotosuratlarda an’anaviy xitoycha libos — duanda kiyib, ortiga to‘qilgan savat ilib olgan mitti bolakayni ko‘rish mumkin. Suratlar Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida chop etildi. To‘rt kun ichida kadrlar 21 million “layk” to‘pladi.
92
642
Foto
Fotogalereya: Wildlife Photographer of the Year 2017 tanlovining g‘oliblari
London tabiiy tarix muzeyi 17-oktabrda har yili o‘tkaziladigan Wildlife Photographer of the Year 2017 fotosuratlar tanlovining yakunlarini e’lon qildi. Tanlovda butun dunyodan fotograflar ishtirok etdi. TJournal tanlovda muvaffaqiyatga erishgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
75
279
Foto
Mugabening hokimiyatdan chetlashtirilganidan keyingi ilk suratlari e’lon qilindi
The Herald gazetasi hamda ZBC davlat telekompaniyasi Zimbabve prezidenti Robert Mugabening mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritgan harbiylar hamda JAR delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi tasvirlangan suratlarni e’lon qildi, deb xabar berdi “RBK”. Avvalroq, isyonchi harbiylar tomonidan hibsga olingan Zimbabve prezidenti Robert Mugabe prezidentlik muddatini oxiriga yetkazish niyatida ekanligi va iste’foga chiqishga rozi emasligi haqida xabar berilgandi.
80
464
Foto
Kann kinofestivali—2022: mashhurlarning tarixga muhrlangan eng yaxshi obrazlari (foto)
Kann kinofestivali may oyidagi muhim tadbirlardan biriga aylandi. Lojuvard qirg‘oq birinchi darajali yulduzlarni o‘z bag‘riga chorladi: ba’zi mashhurlar festivalning rasmiy dasturiga kiritilgan yangi loyihalarini taqdim etishdi, kimdir esa taklif etilgan mehmonlarning faxriy ro‘yxatiga kirdi. Mashhurlar uchun Kann kinofestivali o‘zlarining betakror obrazlarini ko‘rsatishning yana bir usulidir. Ular Celine, Dolce & Gabbana, Saint Laurent, Armani va Valentino kabi brendlarning liboslari bilan qizil gilamda ko‘zni qamashtirdi. Kann kinofestivali—2022 mehmonlarining eng yorqin, eng qiziqarli va esda qolarli suratlarini baham ko‘ramiz. Anya Rubik, Saint Laurent Leoni Xanne, Valentino Filippin Lerua Bolye Karla Bruni, Celine Sheron Stoun, Dolce & Gabbana Alisiya Vikander, Louis Vuitton Izabelle Yupper, Balenciaga Tilda Suinton, Alaïa Charlbi Din Krik, Dior Ayshvariya Ray, Gaurav Gupta Sindi Bruna, Giambattista Valli  Juliya Roberts, Louis Vuitton Enn Xeteuey, Armani
86
986
Foto
Fotogalereya: Niderlandiyada har yili bo‘lib o‘tadigan gullar paradidan ajoyib manzaralar
Gollandiyaning Zyundert shahrida 1936-yildan buyon har yili gullar paradi o‘tkaziladi. 20 ta jamoa tirik georginlardan shoh asarlar yaratib, ularni shahar markazida namoyish etadi. Parad davomida ajoyib manzaralarni ko‘rib hayratda qolish mumkin. Buning uchun qancha ter to‘kilganligini esa tasavvur qilish ham qiyin. Ana shunday gullar paradi suratlarini AdMe taqdim etdi.
89
373
Foto
Fotogalereya: Dizaynerlar mahoratini aks ettiruvchi o‘rindiqlar
O‘rindiqlar nafaqat o‘tirish, balki go’zallik uchun ham bo‘lishi mumkin. Dizaynerlar mahorati singdirilgan va go‘zallik uchun yasalgan o‘rindiqlar yonidan shunchaki o‘tib ketib bo‘lmaydi, ular, albatta, suratga muhrlanadi. AdMe ana shunday o‘rindiqlar suratlarini taqdim etdi.
63
276
Foto
Fotomaqola: Nima uchun rakun, ya’ni yenotni uyda boqib bo‘lmaydi
Rakun juda yaxshi uy hayvoni! Kuchuklar va mushuklardan ham yaxshiroq! Joyga tez moslashadi, ortiqcha erkalik qilmaydi va bolalarga zarar yetkazmaydi. Ko‘pchilik rakun boqish, ushbu hayvonni parvarishlash orqali boshqalardan ajralib turishni shunday maqtovlar bilan tavsiya qiladi. Bu kabi gap-so‘zlar xato yoki atayin to‘qib chiqarilgan yolg‘on. Yenot hayotingiz, mol-mulkingiz va bolalaringizga xavf soladi. Bir zum hushyorlikni yo‘qotsangiz, halok bo‘lish hech gap emas. Rakun yovvoyi hayvon Yenot – yirtqich hayvon. Yoqimtoy, beozor ko‘rinadi, lekin yovvoyi jonivor. U erkin va rakunning harakatlarini oldindan bilib bo‘lmaydi. Hatto bolaligidan parvarish qilib katta qilgan jajji do‘stingiz ham kutilmaganda tishlab olishi mumkin. Jag‘larining baquvvatligi katta itniki bilan bir xil. Ulg‘aygan erkak rakunni veterinariya stolida ushlab turish uchun bir nechta odam birga harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. Yenot juda qiziquvchan. Hayvonning barmoqlari nihoyatda tezkor. Qulfni tezda ochadi, telefondan foydalana oladi, shkafni timdalab tashlaydi. Oyog‘i osmonda bo‘lsa ham har qanday joyga suqilib kira oladi. Buni ustiga tunda faol bo‘luvchi jonivor bilan birga uxlash odamning hayotiga xavf soladi. Ko‘rpa ostiga berkinish ham yordam bermaydi Yenot uyda yashasa, unga hamma narsa qilishga ruxsat berilishi kerak. Hayvon egasi hech nimaga achinmaydigan, boy odam bo‘lishi lozim. Rakunlarni deyarli qo‘lga o‘rgatib bo‘lmaydi. Nimanidir sochish kerak bo‘lsa, albatta, vayron qiladi. Har qanday hudud yenot uchun o‘ziga xos tadqiqotlar maydoniga aylanadi. Uch o‘lchamli bo‘shliq Yenotning butun tanasi viprissa tuklari bilan qoplangan va teri sezgisi kuchli rivojlangan. U rang-barang landshaftni afzal ko‘radi. Yer, ko‘kat, tosh, novda, ildiz, shox-shabbalar yenot uchun ayni muddao. Bir xil laminat va silliq devorlar yirtqichni zeriktirib qo‘yadi. Rakun hamma narsaning avra-astarini chiqarib, kemirib, uyni yoyib tashlashi mumkin. Rakunlar balandlikni sevadi. Itlar tekis joyda yugurishni, mushuklar uncha baland bo‘lmagan joylarga chiqishni xush ko‘radi. Yenot esa daraxt kavagida uxlaydi. Baland daraxt kavagiga chiqa olmagan rakun odatiy hayot tarzini yo‘qotib qo‘yadi. Yenotlar qishki uyquga ketishni yoqtiruvchi jonivor. Aks holda yirtqich organizmida modda almashinuvi yomonlashishi mumkin. Rakun uyquga ketishi uchun nafaqat sovuq, balki atrof-muhitni muzlatadigan muhit hukmron bo‘lishi lozim. Yenotlar nimalar bilan oziqlanadi Mushuklar va itlarni tayyor ozuqa bilan boqish mumkin. Biroq yenotlarni boqishda bu yo‘lni tanlab bo‘lmaydi. Hayvonot bog‘ida parvarish qilinadigan har bir rakun 7 xil meva, 5 xil quruq meva, 4 xil go‘sht, 3 xil yong‘oq, 2 xil baliq, 2 xil tuxum, 2 xil rezavor, tvorog, asal, o‘simlik yog‘i, sichqon, mayda qush va krevetkalarni iste’mol qiladi. Shuningdek, ularga vitamin-mineral qo‘shimchalari ham beriladi. Hammasi kun tartibi asosida bajariladi. Oziq-ovqat me’yori 0,1 grammgacha chiqishi mumkin. Ovqatni rakunning yoshi, vazni va harakatlariga qarab tanlash lozim. Uyda parvarish qilinadigan yenot ham semirishi mumkin. Semirish yurak xastaliklari, bo‘g‘imlar og‘rig‘i va umurtqa disklaridagi muammolarga sabab bo‘ladi. Qat’iy nazorat Yenotlar – uy hayvonlari emas. Ularning fiziologiyasi itlar va mushuklarning tana tuzilishidan farq qiladi. Oddiy veterinar klinikasida rakunni davolash deyarli imkonsiz. Mutaxassis bo‘lmagan odam ko‘zi bilan qaraganda yenot sog‘lomdek tuyuladi, u baqaloq, quvnoq va serharakat. Ammo ichki organlari faoliyatida buzilish kuzatilishi mumkin. Shu sababli yenot boqishdan oldin sutemizuvchilarni yaxshilab o‘rganish, rakun yashashi uchun munosib sharoitlar va landshaft shakllantirish, yirtqich qishki uyquga ketishi uchun muzdek iqlim yaratish, turli dozalarda rang-barang ozuqalar berish tizimiga ega bo‘lish hamda oliy toifali veterinar xizmatlaridan foydalanish talab qilinadi. Ushbu talablar bajarilishi ta’minlanmasa, u holda meyn-kun katta mushugini boqish tavsiya qilinadi. Avval ushbu jonivor mushuk va yenotning birlashgan shakli deb hisoblangan. Rakunlar esa yovvoyi tabiat qo‘ynida erkin yashayversin.
64
4,099
Foto
Gaitida restaveklar — zamonaviy qullar qanday yashaydi? (fotogalereya)
Restavek (fransuzcha rester avec — “bilan qolish”) — qashshoq Gaiti oilasidan chiqqan va ota-onasi badavlatroq oilaga bepul xizmatkor sifatida berib yuborgan bola. Ayni paytda bepul xizmat qiluvchi kichik ishchilar soni 286 ming kishiga yetgan. Yegulik va boshpanadan tashqari, restaveklar ko‘pincha kaltaklar va haqoratlar bilan ham “siylanadi”, ba’zan esa jinsiy zo‘ravonlikka ham uchraydi, ammo bolani qullikka berish — qashshoqlar uchun hamon ommabop qaror bo‘lib kelmoqda, chunki boshqa yo‘li yo‘q. XXI asrning voyaga yetmagan qullari kundalik hayoti haqida Dye Nalio Sheri fotohikoya tayyorladi. 13 yoshli yetimcha Medej Dorlyu (o‘rtada) o‘z bekasining qulog‘iga zirak taqib qo‘ymoqda. Medejning omadi chopdi: uni begona odamlar emas, marhum onasining do‘stlari o‘z uyiga oldi. Medej nafaqat uyning bekasiga, balki oilaning barcha a’zolariga qarashishi kerak (masalan, o‘zidan sal kattaroq bo‘lgan Stefaniga). Medej xo‘jayinining Port-o-Prensdagi uyi hovlisida kir yoymoqda. Ertalab u maktabga boradi, qaytib kelgach uy yumushlarini bajaradi. Medej xo‘jayini uyidagi ko‘zgularni tozalamoqda. “O‘z oilang bilan birga yashash va begona uyda yashash — bir xil narsa emas”, — deydi qizaloq. 12 yoshli Uotson Sen Fler (o‘rtada) suv solingan paketni orqalab ketmoqda, uni u Port-o-Prens tashqarisidagi Petyon-Vill ko‘chalarida sotadi. “U meni savalayotganida: ‘Onang o‘lgan-ku, sen nimaga o‘lmading?’ deb aytadi”, — deydi bolakay o‘z bekasi haqida. Uotson 12 yoshda bo‘lsa-da, biror marta maktabga bormagan. Suv sotishga otlanishdan avval Uotson xo‘jayinining yetti yoshli o‘g‘lini cho‘miltiradi, u bola maktabga boradi. Maurice Sixto Foundation fondi aktivistlari Uotsonni o‘g‘il bolalar uchun rezidensiyaga olib ketishga umid qilmoqda, u yerda bola o‘qiy oladi. Mahalliy xayriya tashkilotlari ishchilari ta’kidlashicha, Gaitida restaveklar soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda.
70
1,888
Foto
Fotogalereya: O‘zining qo‘g‘irchog‘i bilan sayohat qilishni xush ko‘ruvchi yaponiyalik suratkash
AdMe yaponiyalik taniqli model va suratkash Taroga 5 yildan buyon hamrohlik qilib kelayotgan qo‘g‘irchog‘ining suratlarni to‘plab taqdim etdi. Taro o‘zining ijodiy loyihalarini internet-do‘kondan sotib olgan “dugonasi” Sayosigu bilan birga amalga oshiradi. Taro o‘zining qo‘g‘irchog‘i yordamida zamonaviy Yaponiyadagi kundalik hayot qay tarzda kechishini ko‘rsatib berishga urinadi. Qizning bir nechta “dugonasi” bor, biroq ular orasidagi eng asosiysi Sayosigu hisoblanadi. Qo‘g‘irchoq tashqi ko‘rinishidan o‘z egasi juda o‘xshaydi, bundan tashqari suratlarda ikkisining ham ust-boshi deyarli bir xil.
96
603
Foto
Tabiat mohir rassom ekanligini aks ettiruvchi san’at asarlari (foto)
Tabiat hamisha o‘zining ijodi bilan odamlarni hayratga soladi. Mo‘jizalarni tomosha qilish esa faqatgina zavq bag‘ishlaydi. Sababi ular shoh asarlar kabi takrorlanmasdir. Oq dog‘larga boy mushuk. Butun maydon o‘rgimchak to‘ri bilan qoplangan, bu esa yerda kamalak paydo bo‘lishiga olib keldi. G‘ayrioddiy ko‘rinishdagi yorqin rangli qo‘ziqorin. Ushbu olma go‘yoki unga boshqa narsaning rangi bosilgani kabi taassurot qoldiradi. Ildizi yoyilgan daraxt yo‘l cheti bo‘ylab o‘sishda davom etmoqda. Daraxtdan to‘kilgan barglar yerda ham ajoyib safni hosil qildi. Mukammal aylana shaklida soya soladigan antiqa daraxt. Mazkur o‘simlik barglari orasidagi bo‘shliq ham xuddi gul kabi ko‘rinishga ega. “Binafsha kartoshkaning bo‘laklari go‘yoki qimmatbaho toshlarga o‘xshaydi”. Gulning ranglari ikki teng qismga bo‘lingan. Daraxtni quchoqlaydigan daraxt. G‘ordagi kristallar. “Yangi mushugimning mo‘ylovi menikidan chiroyli”. “Yomg‘ida olingan o‘tlarning surati fantastik filmlarni yodga soladi”. “Barglar orasidan topilgan to‘q kulrang yaproq”. Moviy ko‘zli ot. Tabiat tomonidan osmonda tashkillashtirilgan shou. Yelkanli kapalak qurti.
68
1,145
Foto
Sayyoramizning mo‘jizaga boyligini isbotlovchi shaffof jonivorlar suratlari
Yer sayyorasida Garri Potterning ko‘rinmas plashidek jonzotlar borligini bilasizmi? Ulardan ba’zilari mutlaqo shaffof va faqat bir juft ko‘zdangina “shisha” teri ostida tirik mavjudot borligini bilish mumkin. Shisha kapalak Oddiy kapalaklardan farqli ravishda, u yorqin ranglarga ega emas, lekin deyarli shaffof. U Greta Oto yoki shisha kapalak deb ataladi. Shaffof qanotlar kamuflyaj sifatida ishlatiladi. Jarroh baliq Bu shaffof baliq tanish ko‘rinyaptimi? Albatta, axir bu “Nemoni izlab” multfilmidagi Martinning do‘sti Dori-ku. Bu Acanthuridae oilasiga mansub yosh jarroh baliq hisoblanadi. U uvuldiriqdan keyingi 55 kun davomida shaffof bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan u rivojlanadi va ko‘k rangga aylanadi. Portugal kemasi Tashqi jihatdan o‘xshashlik bo‘lsa-da, Portugaliya qayig‘i yoki Physalia physalis meduza emas. Uning uzun, zaharli paypaslagichlari bor, agar ularga tegib ketsangiz, og‘riqli kuyishga olib keladi. Timsohsimon oqqon balig‘i Timsohsimon oqbaliq oq qonli baliqlar oilasiga mansub va asosan Antarktidada yashaydi. Uning shaffof tanasi “oq” qon, sarg‘ish plazma, nozik skelet va oq oyquloqlardan iborat. Dengiz krijovnigi Kichkina shisha to‘pga o‘xshagan yoqimli jonzot Pleurobrachia pileus deb ataladi, lekin ko‘pincha “dengiz krijovnigi” deb nomlanadi. U 2,5 santimetrgacha o‘sishi mumkin. Uning paypaslagichlari tanasidan 15-20 baravar uzunroq bo‘lib, undan o‘ljani o‘rab olish uchun foydalanadi. Sharpa-krevetka Ushbu qisqichbaqa Palaemonetes paludosus shisha qisqichbaqa yoki sharpa qisqichbaqa sifatida tanilgan. U AQShning janubi-sharqida uchraydi, toza suvda, asosan, ko‘llarda yashaydi va plankton bilan oziqlanadi. Ayyor qisqichbaqa shaffofligidan kamuflyaj sifatida foydalanadi. Salpid zanjiri Salpidlar — zanjir shaklidagi erkin suzuvchi qobiqlardir. Ularni salplar ham deyishadi. Salpidlar shaffof tanasini siqib, u orqali suv o‘tkazib harakatlanadi. Ular sovuq va ekvatorial dengizlarda yashaydi. Ular yakka yoki koloniya holda yashaydi, bunda ular uzun zanjir hosil qiladi. Cystisoma Neptuni qisqichbaqasi Cyptisoma Neptuni — chuqur dengizda yashaydigan va shaffof tanaga ega qisqichbaqadir. Bu kamuflyaj unga yirtqichlardan yashirinishga yordam beradi. Fotosuratlarda u faqat maxsus chiroq yordamida ko‘rinadi. Shisha sakkizoyoq yoki Vitreledonella Richardi Ilmiy tilda Vitreledonella richardi deb nomlangan shisha sakkizoyoq haykaltaroshlik namunasiga o‘xshaydi, lekin u tirik jonzot. Bu mezopelag sakkizoyoqlarning Amphitretidae oilasiga mansub, tanasi butunlay shaffof. U tropik suvlarda yashaydi. Bunday sakkizoyoqlarning umumiy uzunligi atigi 45 santimetr bo‘ladi. Dengiz farishtasi Dengiz farishtasi yoki shimoliy klion — Shimoliy yarimsharning sovuq suvlarida yashaydigan mollyuska. U deyarli shaffof va farishta qanotlariga o‘xshagani uchun shu nom berilgan. Shaffof qobiqli shilliqqurt Mazkur shaffof shilliqqurtning ilmiy nomi — Zospeum tholussum.  2012 yilda Xorvatiya g‘orlari tubida kashf etilgan va bir yildan so‘nggina yangi tur sifatida tan olingan. Bu jonzotlar odatda ko‘rmaydi va o‘lchamlari 2 mm dan kam bo‘ladi.
75
3,079
Foto
Foto: Shimoliy koreyaliklar Kim Ir Sen va Kim Chen Irning xotirasiga hurmat bajo keltirmoqda
Odamlar Shimoliy Koreya birinchi yetakchisi o‘limiga 25 yil to‘lgan kunda odamlar Kim Ir Sen va Kim Chen Irning xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun kelishdi.
92
160
Foto
xalqaro hijob kuni, qishki Olimpiadaga tayyorgarlik, aktyorning dafn marosimi — 1 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Hindistonning Kalkutta shahrida Oy kalendari bo'yicha Yangi yil nishonlanmoqda. Pekinda qishki Olimpiada o'yinlari oldidan sportchilar so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib bormoqda. O'yinlar 4–20 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Moskvada RSFSR xalq artisti, ajoyib aktyor Leonid Kuravlyovning dafn marosimi bo'lib o'tdi. Pekinda Olimpiada oldidan sanitar tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shaharga kelayotgan sayyohlardan koronavirusga qarshi test topshirish talab qilinmoqda. Nepalda Svastxani Brata Katxa festivali o'tkazilmoqda. Ushbu festival davomida odamlar turli diniy marosimlarni o'tkazadi. Tailand sohillarida neftning sizib chiqishi oqibatlari bartaraf etilmoqda. Chilida namoyishchilar Venesueladan kelayotgan noqonuniy migrantlarga qarshi yo'llarni to'sib qo'ymoqda. Saudiya Arabistonida ko'pkunlik velopoyga bo'lib o'tmoqda. xalqaro hijob kuni munosabati bilan kiyevlik muslima qizlar ko'chada odamlarga gul tarqatdi. Shri Lankada Mustaqillik kuni munosabati bilan bo'ladigan paradga tayyorgarlik ko'rilmoqda.
98
1,091
Foto
Yo‘lovchilarni reysdan tushirib qoldirishning eng g‘alati sabablari aniqlandi
Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashri yo‘lovchilarni reysdan tushirib qoldirishda ko‘rsatilgan eng g‘alati sabablarni aniqladi. Ro‘yxatga Pensilvaniya universiteti professori Gvido Mensio bilan American Airlines layneri bortida bo‘lib o‘tgan voqea kirdi. Iqtisodiyotchi tenglamalarni yechayotganida uni Yaqin Sharqdan kelayotgan terrorchi deb o‘ylashdi. Mensio ustidan uning yonida o‘tirgan ayol shikoyat qildi, ammo pirovardida professor o‘z joyiga qaytishiga ruxsat berildi. 2011-yil dekabrida taniqli Hollivud aktyori Alek Bolduin telefonini o‘chirib qo‘yishdan bosh tortgani va ekipajga qo‘pollik qilgani uchun bortdan tushirildi. Bu voqea ham American Airlines laynerida sodir bo‘lgandi. O‘sha yil sentabrida Greenday guruhi yakkaxoni Billi Jo Armstrong shimini ortiq darajada tushirib olgani uchun degan sabab bilan samolyot salonidan chiqarib yuborildi. 2011-yil martida Horizon Air yo‘lovchisidan oyog‘i ortiq darajada uzunligi bois bortni tark etish so‘raldi. Bort kuzatuvchilarining ta’kidlashicha, erkak o‘tish yo‘lini uzun oyoqlari bilan to‘sib qo‘ygan. Nima bo‘lganda ham, keyinchalik aviakompaniya yo‘lovchidan uzr so‘radi. 2013-yil mayida esa yana American Airlines aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchi ayollardan biri Uitni Xyustonning I Will Always Love You qo‘shig‘ini kuylashni to‘xtatishdan bosh tortgani bois rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. American Airlines’ning yana bir yo‘lovchisi — dallaslik Kris Shelli o‘rindiq uchun ortiq darajada kattalik qilgani uchun tushirib yuborilgan edi. 2014-yil noyabrida US Airways reysidan “boshqaruvdan chiqib ketgan” cho‘chqa va uning xo‘jayini tushirib qoldirildi. 2015-yil avgustida bir ayol itini ko‘chma sumkaga solishdan bosh tortgani uchun United Express salonini tark etdi. 2016-yil aprelida musulmon ayol Hakima Abdul styuardessa uning oldida o‘zini “noqulay” his qilgani tufayli Southwest Airlines reysidan tushirib qoldirildi.
77
1,933
Foto
Fotogalereya: Hayotbaxsh 20 surat
Hech e’tibor berganmisiz, bir qancha filmlar va kitoblar bera olmagan his-tuyg‘ularni bitta oddiygina surat hadya eta olishi mumkin. AdMe nashri hayotga muhabbat ufurib turgan suratlarni jamladi. Bilasizmi nima? Hayot baribir go‘zal!
33
233
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli xalqlaridagi betakror nikoh to‘yi liboslari
Hozirgi kunda aksaiyat nikoh to‘yi liboslari kelinning oq ko‘ylagi va kuyovning klassik uslubdagi kostyumidan iborat. Dunyoning turli xalqlarida esa an’anaviy va zamonaviy uslubdagi nikoh to‘yi liboslari mavjud. “Fotoshedevri” nashri ana shunday an’anaviy liboslar fotojamlanmasini taqdim etdi.
73
294
Foto
Kun fotosi: Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va Edinburg gersogi Bog‘ich ordeni kavalerlari bilan uchrashdi
“Dojd” telekanalining Telegram’dagi kanaliga Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II hamda uning turmush o‘rtog‘i Edinburg gersogi Filipp Bog‘ich ordeni kavalerlarini kutib olishi tasvirlangan surat joylashtirildi. Bog‘ich ordeni — Buyuk Britaniyaning eng oliy ritsarlik ordeni hisoblanadi. Nizomga ko‘ra mazkur ordenni Uels shahzodasi, qirollik oilasi a’zolari va xorij monaxlaridan tashqari yana faqatgina 24 kishi olishi mumkin.
116
434
Foto
Fotogalereya: Kim Chen In haqida ko‘pchilik bilmagan g‘alati faktlar
AdMe Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In haqida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan faktlarni to‘plab taqdim etdi. Uning tug‘ilgan kuni ma’lum emas Uning ota-onasi Shimoliy Koreyaning bo‘lajak diktatori Kim Chen Ir va Ko Yon Xi edi. Katta akasi Kim Chen Chxol bo‘lsa, bir muddatdan keyin kichik singlisi Kim Yo Chjon tug‘ildi. Shimoliy Koreya yetakchisining rasmiy tug‘ilgan yili — 1982-yil, biroq bu sana o‘zgartirilgan deb hisoblanadi. Bunga turli sabablar keltiriladi — o‘sha yili Kim Ir Senning 70, Kim Chen Irning esa 40 yoshga to‘lganligi ham ana shunday sabablardan biri. Shunga qaramasdan, yaqinda AQSh G‘aznachilik departamenti Kim Chen Inga nisbatan e’lon qilgan sanksiyalarda u tug‘ilgan sana 1984-yilning 8-yanvari deb ko‘rsatilgan. Uning qoshlari borgan sari qisqarmoqda Turli yillarda olingan suratlarga ko‘ra, KXDR rahbarining qoshlariga nimadir bo‘lmoqda: u qisqarmoqda. Aytishlaricha, u o‘z otasi Kim Chen Irga o‘xshash maqsadida qoshlarini terib tashlayotgan bo‘lishi mumkin. Sirlarga to‘la bolalik Kim Chen In o‘zining bolaligi tasvirlangan suratlarni namoyish etavermaydi. Yuqoridagi surat 2014-yilda KXDR harbiy-havo kuchlari kuniga bag‘ishlangan marosimda namoyish qilingandi. Suratda mamlakat rahbarining bolaligi tasvirlangan deyiladi, biroq bu fakt emas. U mahalliy pop-guruhlar uchun qizlarni tanlaydi Shimoliy Koreyada ham pop-musiqa mavjud, biroq u sal boshqacha: masalan, musiqachilar — harbiy orkestr, klipda esa Shimoliy Koreya xalqi qachalik yaxshi yashayotgani ko‘rsatilishi kerak. KXDRdagi eng mashhur guruh — “Moranbon” ansambli hisoblanadi. Mamlakat rahbarining shaxsan o‘zi mazkur guruh tarkibiga kiruvchi qizlarni tanlab olgan. U Shveysariyada boshqa bir inson nomi ostida o‘qigan U Shveysariyada Shimoliy Koreya elchixonasi xodimining o‘g‘li, In Pak sifatida tanishtirilgan. Sobiq sinfdoshlari Kim Chen Inni uydan chiqmaydigan yuvosh, biroq hazil-mutoyibani tushunadigan yigit sifatida tasvirlaydi. Uning bir sinfdoshi shunday hikoya qiladi: “U hazilni tushunardi, hamma bilan, hatto Shimoliy Koreyaga dushman mamlakatlardan kelganlar bilan ham kelishardi. Maktabda siyosiy muhokamalar taqiqlangan edi — faqat futbol haqida bahslashish mumkin edi”. U basketbolni yoqtiradi va Dennis Rodman bilan do‘st hisoblanadi Aytishlaricha, Kim Chen In yoshligida doim basketbol yulduzi Maykl Jordanning suratlari chizib yurgan. KXDR rahbari rostdan ham basketbolni yaxshi ko‘radi, 2013-yilda esa Dennis Rodman bilan tanishgan va unga o‘zining shaxsiy orolini ko‘rsatgan. Dennis Kim Chen In haqida shunday degan: “Balki u telbadir, lekin men buni sezmadim”. U doimo suratga kulib tushadi
68
2,614
Foto
Fotojamlanma: “Piskent” jome masjidi
“Muslim.uz” nashri Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Piskent” jome masjididan fotoreportaj taqdim etdi. Quyida ushbu suratlar havola etildi.
36
144
Foto
“Eronlik Anjelina Joli” haqiqiy yuzini ko‘rsatdi (foto)
20 yoshli eronlik qiz Sahar Tabar o‘z qiyofasi orqali o‘tgan yili dunyo OAVlari e’tiboriga tushgan edi, deb yozadi Big Picture. Uni Gollivud aktrisasi Anjelina Joliga o‘xshash uchun 50 ta plastik operatsiyani o‘tkazganlikda ayblashgandi. Keyinroq Sahar rinoplastika, liposaksiya qildirib, labiga fellerlar qo‘yganini tan olsa-da, uning Instagram’dagi qo‘rqinchli obrazlari retush va grim natijasi ekanligini ta’kidladi. Yaqinda esa qiz pardoz-andozsiz tushgan suratini birinchi marta e’lon qildi. Sahar yoqimtoygina, qosh-ko‘zlari qora qiz bo‘lib chiqdi. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
55
723
Foto
Bo‘linmaydigan pitssa, nonushtada ichiladigan kapuchino. Italiyaliklarning xorijliklarga yot bo‘lgan ovqatlanish bilan bog‘liq odatlari
Ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra Italiya oshxonasi mashhurlik bobida yetakchilik qiladi. Ushbu oshxona haqida gap ketganda barchaning ko‘z oldiga mazali pitssa va spagettilar keladi. Ammo mashhurlik hammaga ma’lumlikni bildirmaydi. Italiyada bo‘lmaganlar ushbu mamlakatdagi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar haqida bilmasligi yoki yanglish tushunchaga ega bo‘lishi mumkin. Kapuchino faqat nonushtada ichiladi Italiyada qahva ichish bilan bog‘liq qat’iy qoida bor. Masalan, kapuchino yoki boshqa sut qo‘shilgan qahva faqat nonushta paytida ichiladi, kafe va restoranlarda soat 11 dan keyin buyurtma berilmaydi. Yana bir qiziq ma’lumot: Italiyada kapuchino va lattega hech qachon dolchin qo‘shilmaydi. Nonushtaga shirinlik tanovul qilinadi, tuxum yeyilmaydi Italiyaliklar to‘yimli nonushta qilmaydi, buning o‘rniga tongda qahva ichish hamda shirinlik, masalan, pechenye yeydi. Shuningdek, nonushtaga tuxum iste’mol qilinmaydi. Tuxum faqatgina mehmonxona va restoranlarda sayyohlarga pishirib berilishi mumkin. Taomni faqat suv bilan iste’mol qilish mumkin Italiyaliklar taom bilan birga sut iste’mol qilsa, hazm tizimiga zarar yetishiga ishonadi. Shuningdek, ovqat ta’mini o‘zgartirishi bois gazlangan suv va sharbat ham ichilmaydi. Xuddi shu sabab bilan qahva ham faqat ovqatlanib bo‘lgandan keyin ichiladi. Gazlangan ichimliklarni istisno sifatida pitssa bilan iste’mol qilish mumkin. Non dasturxonga sariyog‘dan alohida tortiladi, qolaversa, pasta ham nonsiz iste’mol qilinadi Yaxshi xizmat ko‘rsatiladigan restoranlarda xo‘randa buyurtma berishidan avvalroq stolga non solingan savatcha hamda sariyog‘ va pichoq qo‘yiladi. Italiyada non deyarli dasturxonga sariyog‘ surtib tortilmaydi. Ba’zida zaytun yog‘i surtilgan holda tortilishi mumkin. Shuningdek, pasta ham hech qachon non bilan yeyilmaydi. Non bilan bog‘liq boshqa bir odat Italiyaliklar ovqatdan keyin tarelkada qolgan qoldiqni non bo‘lagi bilan yeb qo‘yadi. Bo‘laklarga bo‘lingan non “skarpetta” deb ataladi. Asosiy tanovul vaqtlari orasida tamaddi qilinmaydi Ovqatlanish Italiya aholisi uchun o‘ziga yarasha an’ana hisoblanadi va aynan shu bois ham asosiy tanovul vaqtlari orasida tamaddi qilinmaydi. Mashhur oshpaz Pallegrinomn Artuzining kitobida yozilishicha, tushlik va kechki ovqat orasida 7 soat vaqt bo‘lishi kerak — taomning to‘liq hazm bo‘lishi uchun aynan shuncha vaqt lozim. Shu bilan birga, italiyaliklar fikricha, tanovul mobaynida shoshilish yaramaydi. Televizor qarshisida yarimtayyor mahsulotlar va gazaklarni cho‘qilash ham italiyaliklarga xos emas. Ular ovqat pishirishga, ba’zida esa undan ham ko‘ra iste’mol qilishga ko‘proq vaqt sarflaydi. Tushlik qat’iy tartib asosida dasturxonga tortiladigan bir necha ovqatdan iborat bo‘ladi Asosiy ovqatlanish paytida ham dasturxondan an’anaviy tarzda bir necha yegulik o‘rin oladi. Dastlab antipasto, keyin birinchi ovqat — pasta yoki rizotto keltiriladi. So‘ngra ikkinchi taom — go‘sht yoki baliqni garnir yo bo‘lmasa salat bilan birga yeyish mumkin. Keyin ta’bga qarab shirinlik, meva va qahva iste’mol qilinadi. Ulardan birini tanovul qilmaslik mumkin, ammo ketma-ketlikni buzish aslo mumkin emas. Salatga zaytun yog‘i va balzamli sirka qo‘shiladi va faqatgina ikkinchi ovqat bilan qo‘shib iste’mol qilinadi. To‘yimli taomlar bilan qo‘shib iste’mol qilingani hisobiga ham Italiya oshxonasiga mansub salatlarning deyarli bari yengil va oddiy bo‘ladi. Insalatona — qaynatilgan tuxum, go‘sht, baliq, no‘xat va jo‘xoridan iborat bo‘ladi. Birinchi ovqatdan avval dasturxonga tortiladigan antipastoga oid bo‘lgan insalatona ba’zida to‘liq ovqatlanishni ham o‘rnini bosadi. Baliq va dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan taomga hech qachon pishloq qo‘shilmaydi Qirg‘ichdan chiqarilgan parmezan pishlog‘ini istalgan italyancha taomga qo‘shish mumkin, deb o‘ylaganlar yanglishadi. Ushbu pishloq turi pitssa, pasta, rizottoga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi, ammo hammasi sousga bog‘liq bo‘ladi. Spagetti qiymali sharchalar yoki tovuq bilan qo‘shib iste’mol qilinmaydi Italiya oshxonasiga xos yozilmagan qoida bor: pasta va go‘shtni bitta likopchadan iste’mol qilmaslik kerak. Shuning uchun ham kotlet yoki qiymali sharchalar boshqa bir yegulik bilan birga yeyiladi. Shuningdek, Italiyadan asosida tovuq bo‘lgan sousli pastani deyarli topib bo‘lmaydi. Tovuq ikkinchi taom sifatida iste’mol qilinadi. Spagetti qoshiq bilan yeyilmaydi va pichoq bilan bo‘linmaydi Spagettini faqat bolalargina qoshiq bilan yeyishi mumkin. Kattalar esa sanchqi ishlatgan holda iste’mol qilishi kerak. Qolaversa, ushbu taomga pichoq ishlatish shart emas. Spagetti va boshqa makaronlar bo‘kib qolmasligi uchun tuzli suvda, baland olovda qaynatiladi. Pitssa bo‘linmaydi Italiyada pitssa stolga tortishdan avval bo‘laklarga bo‘linmaydi. Odatga ko‘ra, italiyaliklar kishi boshiga bittadan pitssa buyurtma qiladi. Gap shundaki, u yerda pitssalarning hajmi unchalik katta bo‘lmaydi. Nachinkasida esa kaloriya bisyor emas. Shundan kelib chiqib italiyaliklar pitssani bo‘lishishda ma’no ko‘rmaydi. Bundan tashqari pitssa kesilsa, motsarella xamir ichiga oqadi va xamir yumshab qoladi. Umuman olganda, ushbu mamlakat aholisi bir nechta odam uchun bitta taomni buyurtma bermaslikni ma’qul biladi. Bu qoida bolalarga ham taalluqli. Shirinlik va gazaklar bundan mustasno. Menyuda pitssaga xos odatiy nomlarni uchratib bo‘lmaydi Dunyoning boshqa burchaklari uchun odatiy bo‘lgan pitssa nomlari italiyaliklarga begona. Masalan, go‘shtli yoki hammaga mashhur bo‘lgan peperoni u yerda yo‘q. Peperoni buyurtma qilgan sayyohga odatiy qalampir yetkazilishining ehtimoli katta. Chunki peperoni italyanchada peper, ya’ni qalampirning ko‘plik shakli hisoblanadi. Kolbasali pitssa ta’mini ta’tib ko‘rish uchun pizza al salamino, pizza diavola yoki pizza calabrese’ni so‘rash kerak. Meva va sabzavotlar po‘sti archilgan holda iste’mol qilinadi Italiyaliklar boshqa mamlakatlarda po‘sti bilan iste’mol qilinadigan meva va sabzavotlar — olma, nok, shaftoli, bodringni po‘stini archib keyin iste’mol qiladi. Archilmagan meva yeyayotgan mehmon yoki sayyohga pichoq keltiriladi. Oilaviy tushlik (italiyaliklar oila a’zolari bilan har yakshanba kuni uchrashadi) vaqtida kimdir “Buon appetito!”, ya’ni yoqimli ishtaha demagunicha ovqatga qo‘l urish yaramaydi. Bu so‘z aytilmasidan avval hatto stakanlarga ichimlik quyilmaydi. Qolganlar tushlik qilib bo‘lmagunicha stol atrofini tark etish ham italiyaliklarga xos emas. Bolalarni hamisha birga olib yurish mumkin Bolalar ushbu mamlakat aholisining jon-u dili. Shu sabab ham ular hamma yerga bolasini o‘zi bilan olib yurishi mumkin. Italiyada uyquga erta yotilmaydi, aynan shu sabab restoranlarda hatto tun yarmida ham farzandi bilan birga tashrif buyurgan xo‘randalarni uchratish mumkin.
135
6,714
Foto
Foto: Har bir ayolning garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan oq kofta modellari
Nima kiyishni bilmaslik bilan bog‘liq muammo garderobdagi liboslarning yo‘qligi emas, ularni moslashni bilmaslik sabab kuzatiladi. Bazaviy garderobni tashkil qilishda eng birinchi bo‘lib, ranglarga e’tibor berish kerak. Iloji boricha hamma narsa bilan moslash mumkin bo‘lgan rangdagi — qora, oq, qaymoq rang va kulrang kiyimlarga e’tibor qarating. Poyabzal esa oq rangda bo‘lgani yaxshi. Sumkani esa qanday rangda bo‘lishining farqi yo‘q. Aksessuarni ham didingizdan kelib chiqib tanlashingiz mumkin, ammo yorqin va ko‘zga tashlanadigan taqinchoqlar bazaviy liboslar bilan o‘ziga xos ko‘rinadi. Jinsi va bluzkalar ortiqcha bezak va detallardan holi bo‘lgani yaxshi. Kiyim-kechaklarning ko‘pligi ayol yoki qiz ularni uyg‘unlashtira olishi mumkinligini bildirmaydi. Ofis yoki o‘qish uchun qanday kofta kiyishni bilmayotganlar quyidagi suratlardan ilhomlanishi mumkin. Klassik koftalarni qanday kiyish kerak? Aksariyat hollarda bel qismiga urg‘u berilgani bilan bugungi kunda klassik bichimli koftalarning to‘g‘ri bichimlisini ham topish mushkul emas. Jiddiy va shu bilan birga bashang kiyinishni yaxshi ko‘ruvchilar uchun mazkur bluzkalar ayni muddao. Unga to‘g‘ri bichimli jinsi yoki tizzadan tushib turadigan plissirovkali yubka kiyish tavsiya qilinadi. Yorqin taqinchoq taqib, sochlar jingalak qilinsa, bayram obrazi tayyor bo‘ladi. O‘ziga xos bichimli koftalar  Bazaviy kiyimlar hamisha sipo ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Qiziqarli va yorqin variantlar e’tiboringizni jalb qiladigan bo‘lsa, oshirib yubormaslik hamda bachkana modellardan qochish tavsiya qilinadi. Masalan, yeng qismi keng modellarni tanlab uni o‘zining rangidagi keng bichimli shim hamda klassik shortik, yubkalar bilan uyg‘unlashtiring.
76
1,719
Foto
Oʻrmon yongʻinlari, Olimpiada lahzalari, 60 ga toʻlgan Obama — 4 avgust suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Boliviyadagi Pupo koʻlining qurib qolgan qismida toʻntarilib qolgan qayiq. Soʻnggi yillardagi iqlim oʻzgarishlari ayrim hududlardagi qurgʻoqchilikka sabab boʻlmoqda. Turkiyadagi oʻrmon yongʻinlari ortidan Gresiyada ham yongʻinlar yuz bermoqda. Mahalliy aholi yonib ketgan transformatorni oʻchirishga harakat qilmoqda. Afgʻoniston poytaxti Kobulda avtomobilga oʻrnatilgan bomba portlashi oqibatida 10 ga yaqin kishi jarohatlangan. Hujum mamlakat mudofaa vaziri Bismilloh Muhammadiyga qaratilgan boʻlgan. Hujum uchun javobgarlikni «Tolibon» guruhi oʻz zimmasiga olgan. Bugun Bayrut portida yuz bergan kuchli portlashga bir yil toʻldi. 2020 yilning 4 avgust kuni portda kuchli portlash sodir boʻlgan va poytaxt juda katta zarar koʻrgan edi. Suratda portlash yuz bergan hududning drondan olingan holatini koʻrish mumkin. Turkiyadagi oʻrmon yongʻinlarini oʻchirishga safarbar qilingan vertolyot. Jarayon davom etmoqda. Tokiodagi Olimpiada oʻyinlari bizga bir-biridan qiziqarli holatlarni taqdim etmoqda. Suratda xitoylik gimnastikachi Yufey Lu yiqilib tushgan vaziyat. Turkiyaning Bitlis viloyatida joylashgan Van koʻli sohillarida qoʻylarini sugʻorayotgan choʻponlarni suratga olayotgan fotograf. Bu yil butun dunyo yonayotgandek goʻyo. Suratda Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlaridan bir lavha. AQShlik Tara Devis uzunlikka sakrash boʻyicha oʻz chiqishini yakunlagan vaziyat. Bugun AQShning sobiq prezidenti Barak Obama 60 yoshga toʻldi. Suratda uning tugʻilgan yeri haqida berilgan savolga hazil tariqasida javob bergan vaziyat. Barak Obama Gavayi orollarida dam olishda. 2013 yil 1 yanvar
81
1,646
Foto
Fotogalereya: Har kuni ishlatiladigan narsalarning kattalashtirilgan rasmi
Travel Ask biz har kuni ishlatadigan narsalarning kattalashtirilgan rasmini yig‘di. Bir qaraganda nima ekanini bilish qiyin bo‘lgan suratlar barchani qiziqtiradi. Qora nondagi mog‘or Oshxona gupkasi Sovun ko‘pigi Metall gupka Olma bandi Oq shakarning kristalli Qahva donasi Sharikli ruchka Gugurt Preslangan karton Tishli pichoq Sigaret Kitob varog‘i
74
362
Foto
GoPro kamerasi yordamida olingan hayratda qoldiruvchi kadrlar
Hajman kichik GoPro kamerasi zamonaviy fotografiya uchun haqiqiy yutuqdir. U faol harakatda ham aniq va sifatli suratga olishga qodir. Endilikda dunyo bo‘ylab millionlab odamlar noyob yirtqich hayvonlardan tortib, ajoyib landshaftlargacha yoki sakrash paytidagi hayajonli tasvirlarni muhrlash imkoniyatiga ega. Quyida GoPro havaskorlari tomonidan olingan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz. Baydarka! Kamera! Motor! Kameralar aynan ekstremal sport turlarining ekshn-kadrlari va soniyalarini muhrlash uchun yaratilgan. Yuqoriga chiqish Alpinist Nakas Rud bu kadrni do‘stlari bilan tog‘ga chiqayotganda olgan. Bir tomondan odamlar qor bilan qoplangan ajoyib tog‘lar fonida qum zarralariga o‘xshaydi. Jannat palmalari Bu surat GoPro uslubi emas, lekin chiroyli quyosh botishi va ijodiy yondashuv tufayli ushbu to‘plamda munosib o‘rin egallagan. Tog‘da qahva ichish Tog‘da sayr qilishga qaror qilgan odamning tongi mana shunday boshlanishi mumkin. Yangi do‘st Aynan shunday yoqimli va esda qolarli kadrlar uchun Aleks Robert GoPro kamerasini sotib oldi, chunki u suv ostida ham ajoyib suratga olish qobiliyatiga ega. Burgut qarash Sayohatchi Loren Makgof bir muddat Mo‘g‘ulistonda bo‘lib, qorli dashtlardagi ovda qatnashgan. U yerda ayollarga nafaqat mahalliy aholi, balki o‘rgatilgan burgutlar ham hamrohlik qilgan. Xavfli manyovr Xitoyning Yansho tog‘larida ko‘plab tepalik va qoyalar bor, u yerda arqonlarga osilib, ajoyib suratga tushish mumkin. Asosiysi, ehtiyot bo‘lishni unutmaslik kerak. Suv ostida Chelsi Yamaseda olingan bu rasm “Suv parisi va uning shahzodasi” haqidagi hikoyani eslatadi. U ham kemada suv parisini kutib, dengiz yuzasiga qarab turadi. Bled ko‘li Sloveniyadagi bu suv havzasi dunyodagi eng go‘zal ko‘llardan biri hisoblanadi, chunki u tog‘lar, o‘rmonlar va kichik qal’a bilan o‘ralgan. Eng ajablanarlisi shundaki, Bled — juda sokin ko‘l, uning suvlari uzoq vaqt muzlab qoladi va chiroyli ko‘zguga aylanadi. Muzli tong Bu ajoyib kadr Kayl Uiks tomonidan GoPro kameralaridan birida olingan surat bo‘lib, u muzning barcha ranglarini ko‘k va pushti tongni dinamik hamda jonli tarzda aks ettiradi. Qumli chiziqlar Keng burchakli linzalar bilan sayohatchi, ayniqsa, manzara g‘ayrioddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan joylarda qiziqarli suratlarni olishi mumkin. Tor yo‘lakda Ikkita ulkan qizil tosh orasidagi tor suv yo‘li eshkak eshuvchilar uchun qiyin bo‘lgan bo‘lsa-da, suratkashlar uchun ajoyib manzara. Bulutlar orasida Bu ajoyib fotosurat hammani hayratda qoldirdi: ular buni qanday oldi? Ikkita nazariya bor: birinchisi – kamera dronga ulangan, ikkinchisi – boshqa shardan olingan. Burgut bilan uchish Selfi tayog‘idagi GoPro oddiy kamera qila olmaydigan ajoyib suratlarni olishi mumkin. Rang bilan bo‘yash Agar kamera sozlamalari o‘rganilsa, uni g‘ayrioddiy ijodkorlik uchun ishlatish mumkin. Masalan, uchqun, shakl va naqshlar bilan yaratilgan surat. Faqat pastga qarama! Bu rasmni kompyuter yoki smartfon ekranida tomosha qilish juda yaxshi, lekin ayrimlar qizning o‘rnida bo‘lishni xohlarmikan? Vulqon ustidan parvoz Orasio Lorens bu tasvirni Gvatemaladagi Fuego vulqoni ustida uchayotganida suratga olgan. Yorqin hordiq Hatto hech kimni ajablantirmaydigan oddiy suv parkida ham ajoyib va dinamik suratga olish mumkin!
61
3,263
Foto
Rossiyalik qiz xavfli selfilari tufayli mashhur bo‘lib ketdi (foto)
Rossiyalik 23 yoshli Angelina Nikolau hayratlanarli selfilari orqali dunyoga tanildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Qiz dunyodagi eng xavfli baland binolarga chiqib, u yerda yolg‘iz yoki boshqa ekstrim ishqibozlari bilan suratga tushadi. Ilk selfilarini Nikolau asosan Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida olgan. Keyinchalik u faol tarzda sayohat qila boshladi, ammo o‘z xobbisini tashlab qo‘ymadi va juda katta balandliklarda olingan suratlarini doimiy tarzda ijtimoiy tarmoqlarga joylab boradi.
67
502
Foto
Dunyoning eng mashhur sayyohlik manzillari aslida qanday ko‘rinishga ega?
Har birimiz sayohat-jurnallari, ijtimoiy tarmoqlardagi fantastik suratlarni tomosha qilar ekanmiz, sayyoraning eng mashhur va afsonaviy sayyohlik manzillariga borishni orzu qilamiz. Hamma gap shundaki, kerakli texnikaga ega bo‘lgan kerakli odamlar sizga u yoki bu yo‘nalish, tur yoki sayohatni “pullash”ga qaratilgan kartinkalarni yaratadi. TravelAsk dunyodagi millionlab insonlar borishni orzu qiluvchi joylar aslida qanday ko‘rinishga ega ekanligini ko‘rsatuvchi fotogalereyani taqdim etdi. Buyuk Giza piramidalari Stounxenj Toj-Mahal Niagara sharsharasi Akropol Rashmor tog‘lari Taqiqlangan shahar Hollywood yozuvi Santorini “Jokonda” kartinasi (“Mona Liza”) Markaziy bog‘, Nyu-York
73
695
Foto
“Bog‘dagi to‘y, dengiz ustidagi o‘zbekona raqs, gruzincha xachapuri tayyorlayotgan blogerlar”. Uzbekistan Airways OAV vakillari va blogerlar uchun Gruziyaga media-tur tashkil qildi (foto)
Uzbekistan Airways kompaniyasi Gruziyaning Batumi shahriga Toshkentdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yilishi va bundan ko‘zlangan maqsad haqida ma’lumot berish maqsadida OAV vakillari va blogerlar uchun media-tur tashkil qildi. “Daryo” muxbiri ham mazkur media-tur doirasida Gruziyada bo‘lib, safarning eng qiziq jihatlarini suratga oldi. Batumi ko‘chalari. Batumining sayyohlar gavjum hududi. Batumi ko‘chalarida mevadan sharbat tayyorlab sotayotgan sotuvchi qiz. Batumi ko‘chalari. Kompaniya axborot xizmatining ma’lumot berishicha, Gruziyaning Batumi shahriga 2022-yilning 21-mayidan boshlab haftasiga ikki marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar qo‘yilgan bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad o‘zbekistonliklarning maroqli dam olishi uchun qulaylik yaratishdan iborat. Dengiz. Georgiyadagi botanika bog‘i. Dengizning Georgiyadagi botanika bog‘idan ko‘ringan qismi. Dengizning Georgiyadagi botanika bog‘idan ko‘ringan qismi. Gonio krepostida rim askarlari yashagan, qo‘nim topgan manzil. Gruziyaning Batumi shahri viloyat maqomiga ega to‘rtta shaharlardan biri bo‘lib, xorijlik sayohatchilarning eng sevimli maskanlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, Batumi yaxshi mehmonxona bazasiga ega Gruziyaning eng rivojlangan mintaqasi. Bu yerda shuningdek Radisson, Sheraton kabi mashhur nomlarni uchratish mumkin. Batumidagi mashhur binolar. Batumi ko‘chalari. Batumi ko‘chalari. Batumi ko‘chalari. Batumidagi aholi yashovchi uylar. Ma’lum qilinishicha, Batumida ko‘plab kafe va restoranlarni o‘z ichiga olgan rivojlangan sayyohlik infratuzilmasi mavjud. Kabuletti, Gonio va Shekvetili rayonlarida ajoyib plyajlar bor. Bu yerda oilaviy dam olish mumkin. Dengiz. Dengiz porti. Dengizda o‘zbekona raqsga tushayotgan OAV vakillari va blogerlar. Dengiz bo‘yidagi cho‘milish maskanlaridan biri. Media-tur davomida o‘zbekistonlik jurnalistlar va blogerlar gruzin oshxonasida ham bo‘lib, ushbu xalqning milliy taomlaridan biri xachapurini tayyorlab ko‘rdi. Xachapuri pishirayotgan o‘zbekistonlik jurnalistlar va blogerlar. Gruziyadagi to‘yda mehmon bo‘lgan o‘zbekistonlik jurnalistlar va blogerlar. Gonio krepostida rim askarlari yashagan, qo‘nim topgan manzil. Batumi shahri. Dengiz porti. Maxunseti sharsharasi. Media-tur 18-iyun kuni yakunlanib, o‘zbekistonlik jurnalist va blogerlar O‘zbekistonga qaytib keladi.
187
2,342
Foto
Gonkong narx-navo eng qimmat shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi (fotogalereya)
AQShning Mercer tahliliy kompaniyasi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni Gonkong (Xitoy) egalladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Undan keyingi pog‘onalarni Luanda (Angola) va Syurix (Shveysariya) egalladi. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Singapur, Tokio (Yaponiya), Kinshasa (Kongo Demokratik Respublikasi), Shanxay (Xitoy), Jeneva (Shveysariya), Njamena (Chad) va Pekin (Xitoy) kirdi. Ushbu reyting G‘arb yashash narxi bo‘yicha Osiyo va Afrikaga o‘rin bo‘shatib berayotganini yaqqol ko‘rsatadi, deb qayd qilib o‘tdi The Business Insider nashri. Mercer’ning reytingi yirik kompaniyalar rahbarlariga chet elga yuborilayotgan xodimlarning xarajatlarini hisoblashga yordam beradi.
90
738
Foto
Saudiya Arabistoni shahzodasining Los-Anjelesdagi sotuvga qo‘yilgan uyi (foto)
Saudiya Arabistoni shahzodasi Turki bin Nosir Los-Anjelesdagi kvartirasini ko‘chmas mulk bozoriga qo‘ydi. Uning bunday qarorga kelishiga uyni tanishlari va do‘stlari orqali sotishga qilgan harakatlari muvaffaqiyatsiz bitimlar bilan yakun topgani sabab bo‘lgan. Shahzodaning uyi joylashgan Beverli Park Los-Anjelesdagi eng qattiq qo‘riqlanadigan hududlardan hisoblanadi. Mazkur kichik shaharchada Beverli-Hillz tog‘larida joylashgan jami 70 ta turar joy o‘rin olgan. Beverli Park katta maydonli uylari bilan mashhur sanaladi. Hududda joylashgan eng kichik uyning maydoni 743 kvadrat metr, eng katta uyniki bo‘lsa 3000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Beverli Parkdagi to‘rtta katta uy Saudiya Arabistoni qirollik oilasiga qarashli bo‘lib, ulardan eng kattasi shahzoda Turki bon Nosirniki. Uy 20 ming kvadrat metrdan tashkil topgan ikki qavatli kompleksdan iborat. Ma’lum qilinishicha, shahzoda xonadonida 22 ta yotoqxona va 39 ta yuvinish xonasi mavjud bo‘lib​, uy maydoni 4 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.
78
1,010
Foto
Kelajak uchun yurish, falastinlik duradgor ayollar, Turkiyada Navroʻz shukuhi — 19 mart suratlari
19 martning diqqatga sazovor suratlari jamlanmasini taqdim etamiz. Bugun Yevropaning bir qator yirik shaharlari: Parij, Berlin, Vena, Turin kabi shaharlarda iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlangan mitinglar boʻlib oʻtdi. Namoyishga yigʻilganlar hukumatlarning iqlim oʻzgarishlariga qarshi harakatsizligidan noroziliklarini izhor etgan. Namoyishchilar turli xil shiorlar va chaqiriqlar bilan chiqishgan. Falastinning Iordan daryosining gʻarbiy sohilida yashovchi yett nafar ayol birgalikda duradgorlik ustaxonasi tashkil qilib, u yerda turli buyumlar yasash bilan birgalikda qolganlarga ham duradgorlik sirlarini oʻrgatmoqda. Falastin deyarli yetmish yildan buyon Isroil ishgʻoli ostida yashamoqda, kundan-kunga Isroil Falastin hududlarini anneksiya qilishdan toʻxtamayapti. 21 mart kuni butun Oʻrta Sharq mamlakatlarida Navroʻz bayrami nishonlanadi. Bayramga tayyorgarlik va uni nishonlash allaqachon boshlab yuborilgan. Turkiyaning Gʻoziy universitetida ham Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi.
97
1,010
Foto
Bollivud yulduzlarining filmlarni suratga olishda foydalanilgan hashamatli uylari (foto)
Bollivud yulduzlarining uyi, ayniqsa, Shoxruh Xon, Salmon Xon va Saif Ali Xonlarning uylari arxitekturasi, o‘ziga xosligi bilan yaxshi ma’lum. San’at vakillarining uylari rejissorlar e’tiboridan ham chetda qolmaydi va ayrim filmlarda yulduzlarning istiqomat qiladigan uylarini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi. Shohruh Xonning “Mannat” villasi “Muxlis” filmida (2016-yil) Mazkur film aktyor Aryan Khannaning ashaddiy muxlisi haqida hikoya qiladi. Filmdagi ba’zi sahnalarda, masalan, omma to‘plangan kadrda Mannatni ko‘rish mumkin. Filmda uy oldida to‘plangan odamlar esa Shoxruh Xonning muxlislari va ular filmda suratga tushgani uchun pul to‘lanmagan. Bollivud yulduzining muxlislari sevimli kumirini uzoqdan bo‘lsa ham ko‘rish uchun tez-tez uning uyi oldida to‘planib turadi. Amitabx Bachchanga qarashli “Pratiksha”, “Bombey suhbatlari” filmida (2013-yil) Pratiksha, Amitabx Bachchanga qarashli Mumbaydagi beshta uydan biri hisoblanadi. The Times Of India ma’lumotlariga qaraganda, mazkur uy aktyor xarid qilgan eng birinchi ko‘chmas mulk hisoblanadi. Unda Amitabx, otasi Harivansh Ray Bachchan va onasi Teji Bachchan bilan birga yashagan. Ayni vaqtda aktyor Pratiksha joylashgan hududdagi Jalsada yashashiga qaramay, u va oilasining boshqa a’zolari Pratikshaga tez-tez borib turadi. “Bombey suhbatlari” filmining Anurag Kashyap tomonidan suratga olingan qismida Pratikshani qisman ko‘rish mumkin. Karan Joharning uyi “Bombey suhbatlari” filmida Mazkur filmning birinchi qismi Karan Johar tomonidan suratga olingan va unda rejissorning hashamatli pentxausini ko‘rish mumkin. Filmda Joharning uyi Rani Mukerji va Randip Hudaning uyi sifatida ko‘rsatilgan. Saif Ali Xonning Pataudadagi saroyi “Vir va Zara” filmida (2004-yil) Hind kinosanoatining eng yaxshi filmlaridan biri bo‘lgan “Vir va Zara” da kuylangan Main Yahaan Hoon qo‘shig‘i suratga olingan sahnada Saif Ali Xonning Pataudadagi uyini ko‘rish mumkin. Aktyorning 150 ta xonani o‘z ichiga oladigan uyiga saroy, deb tarif bersa ham bo‘ladi. Unda yettita garderob, yettita yotoqxona va yana shuncha bilyard xonasini uchratish mumkin. Salmon Xonning fermasi “Bajrangi og‘a” filmida (2015-yil) Aktyorning Panveldagi fermasi — Arpita Farms Bollivuddagi eng mashhur joylardan biri sanaladi. Mazkur fermani 2015-yilda suratga olingan “Bajrangi og‘a” filmida ko‘rish mumkin.
88
2,330
Foto
“Alisher — xon, Ulug‘bek — bosh vazir, Asal — malika”. “Islomxo‘ja” filmining eksklyuziv foto lavhalari
“O‘zbekkino” buyurtmasi bilan rejissor Jahongir Ahmedov “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy badiiy-publitsistik janrdagi filmni suratga olish ishlarini yakunladi. Film jamoasiga suratga olish jarayonlaridan olingan foto lavhalarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashni taqiqlagan rejissor Jahongir Ahmedov jurnalist Feruz Muhammadga “Islomxo‘ja” filmining eksklyuziv foto lavhalarini taqdim etdi. Rejissor Jahongir Ahmedovning bergan ma’lumotlariga qaraganda, Xiva xoni Asfandiyorxon roliga aktyor Alisher Uzoqov, bosh vazir Islomxo’ja roliga aktyor Ulug‘bek Qodirov, Islomxo‘janing qizi, Asfandiyorxonning xotini, malika Azizaposhsha bika roli uchun esa aktrisa Asal Shodiyeva tasdiqlangan. Film ayni vaqtda ovozlashtirish jarayonida.
103
729
Foto
Fotogalereya: Miyada qayta yuklashni amalga oshiruvchi suratlar
Ba’zan shunday hodisalar yuz beradiki, inson uni tushunib olishi uchun miyasidan boshqa fikrlarni chiqarib tashlashi kerak bo‘ladi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
63
191
Foto
Ota va qiz onaning vafotidan so‘ng to‘y fotosessiyasini qaytadan o‘tkazdi
Ben va Ali Naneri 2009-yili turmush qurdi va o‘zlarining yangi uylarida to‘y fotosessiyasini o‘tkazdi. Ammo ularning baxtli kunlari uzoq davom etmadi — Ali 2011-yili o‘pka saratonidan vafot etdi. U o‘zidan so‘ng Oliviya ismli bir qizaloq qoldirib ketdi. Alining vafotidan so‘ng oila boshqa yerga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Sotuvga qo‘yilgan uy bilan xayrlashish uchun ota va qiz to‘y fotosuratlariga qaytadan tushishga qaror qildi. “Men insonlar bu suratlarda azob va yo‘qotishni ko‘rishlarini istamagan bo‘lardim. Men rafiqamning o‘limidan haligacha o‘zimga kela olganim yo‘q, lekin hikoyam bu haqda emas — biz sevgi qissasini qayta tiklamoqchi edik”, — dedi Ben. AdMe ushbu fotohikoyani o‘quvchilar e’tiboriga havola etdi.
73
727
Foto
2020-yil ko‘cha bilbordlarida: Eng yaxshi misollar
Twitter o‘z foydalanuvchilarining 2020 va 2021-yil uchun eng qiziqarli izohlarini ko‘cha bannerlariga yopishtirib chiqdi. Hi-Tech.Mail.ru ushbu bannerlarning eng yaxshilarini to‘plab, taqdim etdi. Ijtimoiy tarmoq ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar yakunlanayotgan va kirib kelayotgan yil haqida 6 milliondan ortiq tvit qoldirgan. Kompaniya ular orasidan eng yaxshilarini reklama aksiyasi uchun tanlab olgan va Amerikaning yirik shaharlaridagi ko‘chalarga ilib chiqqan. Xususan, bannerlarni Nyu-York, Los-Anjeles, Filadelfiya va San-Fransiskoda uchratish mumkin. “Men 2021-yilning treylerini ko‘rmagunimcha unga bormayman”. “2020-yilga eng yomon bahoni beraman”. “Qadrli 2021-yil, iltimos, 2020-yildan pivongni ushlab turishni so‘rama. Iltimos”. “Iltimos, bu ahmoqlikni 2021-yilga olib bormang”. “2020-yil… Do‘stim… Senga nima bo‘ldi?” “2019-yildan 2021-yilga o‘tyapmiz — 2020-yilni bilmaymiz”. “2021-yilning birinchi qoidasi: 2020-yil haqida gapirmang”. “2021-yilga rozi bo‘lishdan oldin kelishuv shartini o‘qib ko‘rishim kerak”. “Agar 2020-yil odam bo‘lganida, u mening sobiq sevgilim bo‘lardi”. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq yaqinda 2020-yilni bitta so‘z bilan ta’riflash imkoniyatini taqdim etgandi. Bunga ko‘plab mashhur brendlar e’tibor qaratgan. Xususan, Netflix striming servisi “Nima uchun?” deya savol bilan murojaat qilgan bo‘lsa, YouTube esa 2020-yildan tezroq “obunani bekor qilish”ga qaror qilgan. LEGO esa surat yordamida yakunlanayotgan yilni oyoq bilan konstruktor detaliga bosib olgandagi og‘riqqa qiyoslagan.  Netflix “2020, kuning bitdi!” filmining treylerini taqdim etdi
50
1,601
Foto
Fotogalereya: Quruvchilardan “shoh asarlar”
Har kim o‘z ishida xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Quruvchilar qilgan xatolar esa yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. AdMe ana shunday “shoh asarlar“ jamlanmasini taqdim etdi.
43
168
Foto
Foto: Devid va Viktoriya Bekxemning Mayamidagi 49 mln dollarlik pentxausiga sayohat
Olamda yuz berayotgan hodisalardan biroz chalg‘ib, taniqli shaxslar qanday yashashiga nazar tashlashga taklif qilamiz, deb yozadi Hello nashri. Devid va Viktoriya Bekxem 2019-yilning yozida taniqli dizayner Zaha Xadid arxitektura byurosi tomonidan loyihalashtirilgan Mayamidagi One Thousand Museum turar joy majmuasidan uy sotib olgan edi. 62 qavatdan iborat 200 metr balandlikdagi bino qurilishi 2019-yilning oxirida yakunlandi, endilikda u Mayamidagi eng baland binolardan biri hisoblanadi. Uyning birinchi egalari allaqachon unda yashay boshladi. Internetda uy interyeri aks etgan suratlar tarqaldi. Bekxemlar oilasi ushbu majmuadan 49 million dollarlik pentxausni xarid qilgan. Zaha Xadid loyihalashtirgan boshqa binolar kabi One Thousand Museum ham futuristik qayrilgan shaklga ega.  Turar joy majmuasida kvartiralarning bir qismi ikki qavatli, yana bir qismi ko‘p qavatli. Biroq ularning barchasida shaharning go‘zalligi ko‘rinib turishi uchun poldan shiftgacha oynavand devorlar bor. Majmua tomida vertolyot maydoni mavjud. Shuningdek, majmuada yashovchilarga infiniti-basseyn, bar, spa salon, sauna, sport zali hamda go‘zallik salonlari xizmat ko‘rsatadi.
83
1,164
Foto
Turli mamlakat ayollari tug‘uruqxonaga nimalar olib borishi suratlarda aks etdi
Ma’lumki, dunyoning barcha hududlarida homilador ayollar tug‘uruqxonaga ketishdan ancha oldin zaruriy narsalarni to‘plashni boshlaydi. Shu munosabat bilan WaterAid nohukumat tashkiloti o‘ziga xos tajriba o‘tkazib, uning doirasida yettita davlatda istiqomat qiluvchi ayoldan tug‘uruqxonaga nimalar olib borilishini o‘rgandi. AdMe sayti bo‘lajak onalar qanday buyumlarni zaxira qilishini suratlarda aks ettirdi. Bolalar kiyimi, tagliklar, plastmassa tog‘ora, sovun, sarong (milliy libos), to‘shak uchun polietilen. Musiqa pleyeri, kokos ekstraktli massaj moyi, lavanda yog‘i, arnika ekstraktli gel, snek, bola emizishga moslashtirilgan peshband, yostiqcha, ona uchun qulay libos, bolalar kiyimi va ko‘rpasi, pardoz-andoz buyumlari, uyqu niqobi, kitob. Fonar, to‘shak uchun polietilen, kindik kesish uchun piska va bog‘lash uchun arqon, ovqat uchun 200 kvach pul, ona va bola uchun 3 ta sarong. Pardoz-andoz buyumlari, snek, tagliklar, bolalar kiyimi, ona uchun qulay libos, massaj yog‘i, isitish moslamasi. Bolalar kiyimi, momiq paxta, gigiyena ashyolari, tibbiyot spirti, tagliklar, termos, chelak va tovoq. Tagliklar, bolalar kiyimi, snek, ona uchun libos va sochiq, pardoz-andoz buyumlari, miostimulyator, gigiyena ashyolari, iPad, taroq, suv. Bolalar kiyimi va ko‘rpachasi, sarong, termos, choy, sovun, cho‘mich.
79
1,321
Foto
Tabiatning haqiqiy ijodkor ekanini aks ettiruvchi ajabtovur suratlar
Atrof-muhit sir-sinoatga to‘la — inson kutilmaganda odatdagidan farq qiladigan hayvonlar, o‘simlik va manzaraga duch kelishi mumkin. Farqlilik esa kishining hayrat bilan birga zavqni ham his etishiga sabab bo‘ladi. “May oyida bir nechta sukkulent xarid qilgandim, lekin ulardan biri mana bunday gullashi mumkinligi xayolimga ham kelmagandi”. Quyosh botishining 5100 metr balandlikdan olingan surati. Tomonlari bir-biriga teng bo‘lgan uchburchak tosh. Noodatiy shaklga ega qulupnay. Oq va qora ko‘rinishdagi it. Meksika osmonidagi ajoyib ko‘rinishga ega bulut Rang-barang tuxumlar. “Yo‘limdan chiqqan tilla rang buyvol”. “Chaqmoq chaqishini kadrga muhrlashga ulgurdim”. Teng yarmi ikki xil ko‘rinishga ega daraxt. Noodatiy ko‘rinishga ega o‘rgimchak. Rangi boshqalardan farq qiladigan kiyik. “Tarvuz kesgandik ichi yurak shaklida ekan”. “Rang-barang yaproq topib oldim”. “Zaharli qurbaqani Peruda suratga olgandim”. “Qo‘shnimning hovlisidagi antiqa palma”. “Tartibga keltirgandan keyin mushugim aslida qora emasligini bilib oldim”.
68
1,047
Foto
Foto: Optik illyuziyaga boy Xitoydagi kitob do‘koni
Xitoyning Tayyuan shahrida X+Living kompaniyasi kinoteatr va kitob do‘konini loyihasini tuzdi. Unga ko‘ra, oynadan yasalgan pol hamda shift optik illyuziya hosil qilib, joyni yanada kengaytirishga yordam berdi. Kitob do‘konida kino haqidagi ma’ruzalarni ham o‘tkazish mumkin. Bolalar uchun mo‘ljallangan hududni bezatishda esa dizaynerlar videokamera, proyektor hamda plyonka shakllaridan foydalangan.
51
401
Foto
Fotogalereya: Aktyorlik mahoratiga ega bo‘lgan hayvonlar
AdMe o‘zining xatti-harakatlari va tashqi ko‘rinishi bilan barchaga ajoyib kayfiyat ulashuvchi havyonlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Tort faqatgina sen uchun pishirilganini bilganingda Sartaroshxonadagilar juda qisqa qilib sochingni olishganida Ruxsat etilmagan, biroq mazali bo‘lgan narsani yeb qo‘yganingda “Rulga o‘tirmoqchi edim, ammo arzimagan sabab — itligim uchun ruxsat berishmadi” “Kutaverib sabrim tugadi” “Iltimos, bunday qilmang!” Qiziqarli narsa tomosha qilayotgan ko‘rinadi Senga aytgan gaplari shubhali tuyulganida Kechasi bilan uyga kirgizishmagani uchun janjal qilish niyati borga o‘xshaydi Sen sevgan inson nihoyat qaytib kelganida “Kim xot-dog yeydi, qo‘lini ko‘tarsin” “Endi barchasi yaxshi bo‘ladi”
56
739
Foto
Fotogalereya: Tengi yo‘q surat uchun har narsaga tayyor fotosuratchilar
Fotosurat olishda to‘g‘ri rakurs va mazmunni topa bilish ba’zan aqlbovar qilmas darajada murakkab jarayonga aylanadi. Biroq, TravelAsk’ning yozishicha, o‘z kasbiga mukkasidan ketgan fotosuratchilar ideal kadr uchun har narsaga tayyor. Quyidagi hayratlanarli suratlar bunga dalildir!
71
283
Foto
Fotogalereya: Zerikishga imkon qoldirmaydigan hamkasblar
AdMe o‘zining xushchaqchaqligi bilan ishxonadagi hamkasblari kayfiyatini ko‘taruvchi insonlarga bog‘liq suratlarni to‘plab taqdim etdi. Ular rostdan ham mavjud “O‘zimga IT-taxt yasab oldim” “Bo‘yimning balandligi 198 santimetr va menga Xellouinda hamkasblarim bilan hazillashish yoqadi” “Hamkasbim ofisga qahva uchun shakar olib keldi” Xellouin munosabati bilan paleontologiya bo‘limida “Hamkasbimga Rojdestvo kayfiyatini taqdim etish maqsadida unga sovg‘alar tayyorlab qo‘ydim” “Hamkasbimning noutbukini ishchi stolga ahamiyatga ega bo‘lmagan kichkina detal qo‘shib qo‘ydim” “Bergan 50 dollar qarzimni qaytarib olish oson bo‘lmadi” “Xodimlarimizdan biri ofisga chizkeyk olib keldi” Ijodkor insonning kompyuteridagi ishchi stoli Xodim ayni ish qizg‘in vaqtda uxlab qoldi. Hamkasblari bundan foydalanib u bilan suratga tushishdi “Kechgacha ofisda o‘tirishdan ko‘pchilik hayratlanadi”
56
893
Foto
Fotogalereya: Xorijlik sayyohlarni maftun qilgan o‘zbek do‘ppilari
Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Dunyoni lol qoldirgan o‘zbegim do‘ppilari” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Karmana tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazmada mamlakatning turli hududlariga mansub bo‘lgan do‘ppilar namoyish etilgan. Shuningdek, azaliy an’analar mujassam bo‘lgan milliy libos va taomlar tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola qilingan. Boy tarixiy merosni asrash, yoshlarni o‘tmish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi mazkur tadbir xorijlik sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otgan.
66
599
Foto
Har bir mamlakatning erkaklari otalikka alohida yondashishini aks ettirgan suratlar
Ma’lumki, erkak va ayol atrofdagi dunyoga turlicha qaraydi. Ularning qarashlar, qaysi millat bo‘lishidan qat’i nazar, nafaqat kundalik masalalarda, balki yosh avlod tarbiyasida ham bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Onalar farzandiga g‘amxo‘rlik qilish davomida ulardan ko‘zini uzmaydi, so‘zsiz tushunishga harakat qiladi. Ammo otalar tarbiyaga kutilmagan va kulgili tarzda yondashadi. “Dadam bilan do‘konda hech qachon zerikarli emas”. Ona qizi bilan suratga tushayotganda, ota bemalol hordiq chiqaradi. Bola olib yurishga kombinezon yaxshi yordam beradi. “Oilaning eng sevimli surati”. Hali yura olmaydigan bolalarga otalar uchish imkonini beradi. “Dadam nima uchun bunday to‘siqlar ixtiro qilinganini tushundi”. Erkaklar ham sayr qilishni yaxshi ko‘radi. “Hatto kundalik cho‘milish uchun ham otamning o‘ziga xos ijodiy yondashuvi bor”. Ota bu kostyumni o‘g‘li tug‘ilishidan ancha oldin yasagan. Bolasining uyg‘onishini kutib zerikkan ota. Otalar kunini har kim o‘ziga xos tarzda nishonlaydi. “Bola bilan nonushta tayyorlash“ doim ham oson kechmaydi”. “Men otamni batutga taklif qilganimda”. “Oilaviy mukammal nonushta taxminan shunday bo‘ladi”. Ayol eridan qiziga bir necha soat qarab turishni iltimos qilgan edi...
83
1,226
Foto
Fotogalereya: Turmushini ko‘z-ko‘z qilmay yashayotgan jahon yulduzlari
To‘y — inson hayotdagi eng baxtli voqealardan biri. Kimdir quvonchini yaqinlari bilan, kimdir esa butun dunyo bilan bo‘lishishni istaydi. Mashhur kishilar aynan shunday qiladilar: dabdabali to‘y marosimlarini o‘tkazib, uning tafsilotlarini butun dunyoga e’lon qilishdan xursandlar. Biroq ba’zilari esa uni oila davrasida tinch va osoyishta nishonlashni afzal ko‘radilar. AdMe ana shunday “baxt sukunatni yaxshi ko‘radi” taomiliga amal qilib, turmushini ko‘z-ko‘z qilmayotgan jahon yulduzlarining suratlarini to‘plab taqdim etdi.
70
528
Foto
Marsning qumtepalari: Curiosity roveri Qizil sayyoradan yangi suratlarni yo‘lladi
2012-yildan beri Marsni tadqiq etayotgan Curiosity roveri sayyoradagi qumtepalarning suratlarini yo‘lladi, deya xabar bermoqda Meduza. “Sayyoralar hamjamiyati” tashkiloti xodimlarining qayd etishicha, Marsdagi qumtepalarni birinchi marta bunchalik yaqindan tomosha qilish imkoni paydo bo‘ldi. Endi olimlar sayyoraning bu qismidagi shamollar yo‘nalishini o‘rganishlari mumkin — bu yerda shamol qo‘shni hududlarga nisbatan o‘zgacharoq esadi. Keyinchalik rover qumdan namuna olib, uning tarkibini aniqlashi kutilmoqda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
81
692
Foto
Foto: Lego’dan yasalgan nargis gullar maydoni
Britaniyaning Xall shahrida Lego g‘ishtchalaridan nargis gullar maydoni yasaldi. Vaqtincha installyatsiya Xall shahrining madaniyati va san’atini yoritishga bag‘ishlangan Hull’s City of Culture 2017 festivali uchun yaratilgan, deb yozadi TJournal. Ayni vaqtda Xall shahrida nargis gullar gullamoqda va tashkilotchilarning g‘oyasiga ko‘ra, noodatiy maydon shaharni yanada yorqin qilishga yordam beradi. Ekspozitsiyani Britaniyadagi Lego’ning yagona sertifikatlashtirilgan konstruktori Dunkan Titmarsh yig‘di. 1 700 ta gulni yaratish uchun unga 146 ming dona Lego qismlari kerak bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari plastik gullar suratini o‘rtoqlashga kirishdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
45
745
Foto
Havaskorlikdan professionallikkacha bo‘lgan yo‘l aks etgan suratlar
Yangi narsalarni o‘rganishni boshlaganida, ko‘pchilikning ilk ishi ko‘ngildagidek chiqmaydi. Ammo maqsadingizdan yarim yo‘lga yetganda voz kechmasangiz, albatta, buning natijasi meva bera boshlaydi. Xuddi quyidagi odamlar kabi. “Taxminan, bir yil davomida rassomchilik bilan shug‘ullanganimdan keyingi ijodimdagi o‘zgarish” “Kichik bir xobbi asosiy faoliyatimga aylanganda. Men natijalarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman va kimnidir yangi ishlarga ilhomlantirmoqchiman” “2015-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan kashtachilikdagi muvaffaqiyatim. Bu natija mashq qilish va sabr-toqat muhim ekanligini isbotlaydi!” O‘ymakor sham yasash uchun simmetriyani to‘g‘ri olishni o‘rganishga bir kilo parafindan tashqari, qat’iyat ham kerak bo‘ladi. “Ilk marta onamning tug‘ilgan kuniga tort tayyorlaganman. Bu esa o‘tgan yildan buyon erishgan yutuqlarim” “Turli yoshda chizgan suratlarim. Asosiysi — o‘rganishdan to‘xtab qolmaslik” “Men uchun bu o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘ldi. Ko‘p yillar oldin va bu yilgi bayram uchun qilingan manikyur” “Buvim munchoqli to‘g‘nog‘ichni yaxshi ko‘radi. Men uni o‘zim tayyorlashga qaror qildim va bu ishga qiziqib ketdim. O‘ng tomondagisi mening 28-ishim” “Mo‘ylovni hisobga olmaganda, rasm chizishdagi natijamdan mamnunman” “Kvilting — qiyqim matolardan narsa tikish. Ushbu texnikadan foydalangan holda bitta gilamchani yillar davomida tikish mumkin” “Paxta va kraxmal yelimidan qo‘g‘irchoq yaratish texnikasi haqida bilganimda, buni o‘zim yasab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Ammo men haykaltarosh yoki rassom emasman. Shu sababli bu ishga ko‘p vaqt sarfladim” “Batik — ipak matoga rasm chizish. 5 yil davomidagi rivojlanish” 2015- va 2017-yillarda tayyorlangan tortlar “Ilk ishim — sintepon va jun qoldiqlaridan yasalgan boyqush 2011-yilda yasalgan. Ikkinchi suratda esa 8 yildan keyingi natijam” “Ushbu rasmlar orasida yuzlab soatlik mehnat yotibdi” Polimer loydan yasalgan atirgullar. Birinchi va oxirgi ishim orasida 5 yil farq bor” “Chap tomondagisi birinchi tortim, o‘ngdagisi esa olti oydan keyingi natijam” “50-nonim bilan taqqoslangan men pishirgan birinchi non” Olti oy o‘tgachgina materiallarni tejamaslik kerakligini angladim. Sifatsiz munchoqlar kashtachilik mahoratining rivojlanishini sekinlashtirar ekan” “Rassomchilik sohasida 5 yil oralig‘idagi ishlar”
67
2,293
Foto
Hech narsadan hayratlanmaydigan insonlarni ham lol qoldiradigan suratlar
Aksariyat odamlar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmagan narsa va hodisalarning fotosuratlarini ko‘rib hayratga tushadilar. Aynan mana shunday suratlar tufayli dunyodagi eng tor ko‘chalardan biri qanchalik torligini va langarlar qabristoni nima ekanligini bilib olamiz. Timsohning suv ostidagi tabiiy holati Ko‘z muguz pardasining ko‘chirib o‘tkazishdan keyingi holati Dunyodagi eng tor ko‘chalardan biri — Xorvatiyaning Vrbnik qishlog‘idagi eni 43 santimetrlik Klanchich ko‘chasi Olmaxonlar cho‘chqayong‘oqlarni daraxtning qizilishton teshgan kovaklarida saqlaydi Germaniyaning Kyelne shahridagi yerosti avtoturargohida qadimiy Rim qudug‘i saqlanib qolgan Tananing kuymagan va kuygan joyidagi inson terisining harorati Malayziyada makkajo‘xorili muzqaymoq sotiladi Umurtqa pog‘onasining operatsiyadan oldingi va keyingi holati “Yesa bo‘ladigan dengiz o‘tining ko‘rinishi uzum shodasiga o‘xshaydi. Ular suyuqlik bilan to‘la bo‘lib, chaynaganda yorilib ketadi. Ya’ni shakli ikraga o‘xshaydi, ammo ta’mi quritilgan dengiz o‘tlarini eslatadi” IKEA stolining ichki tomoni shunday ko‘rinishga ega Portugaliyadagi langarlar qabristoni Eski mitti lug‘at Ontario ko‘li yuzasidagi muz mukammal to‘g‘ri burchaklarga ega Bu termitlar tomonidan “yeyilgan” kitob Haqiqiy quyma temir pech, faqat kichkinagina “Ikkala bokal ham 3 yil oldin bir kunda sotib olingan va aslida bir xil rangda bo‘lgan. Chap tomondagisi derazam yonidagi stolda turadi, o‘ng tomondagisi esa shkafimda” Kapalak qurtining mitti oyoqchalari
72
1,505
Foto
Pandemiya boshlanganiga bir yil to‘ldi. Koronavirusning vatani — Uxanning bugungi manzarasi (foto)
Koronavirus infeksiyasi 2019-yilning dekabridan tarqalishni boshlagan va uning o‘chog‘i Xitoyning Uxan shahri bo‘lgan. 40 mingdan ortiq aholi COVID-19 bilan kasallanganidan keyin karantinga olingan megapolis oradan bir yil o‘tib normal hayot tarziga qaytdi. Mutaxassislar, aslida virus bilan zararlanish bundan avvalroq boshlangan bo‘lishi mumkinligi, lekin bu rasman tasdiqlanmaganini ta’kidlaydi. Avvalroq butun dunyo pandemiya sabab qamalda qolgan bir paytda, barchasi boshlangan Uxan shahrida anchadan buyon virus yo‘qligi haqida xabar berilgandi.
98
552
Foto
Fotogalereya: AQSh va Meksika chegarasidan o‘tishga uringan odamlarning qoldirib ketilgan shaxsiy buyumlari
Fotograf Tom Kifer American Dream (Amerika orzusi) nomli fotoloyiha ustida ishladi. U nima qilib bo‘lsa ham AQSh hududiga kirishga qaror qilgan umidsiz meksikaliklarning shaxsiy narsalarini aks ettirgan. Ularning ba’zilarini o‘zlari xohlab tashlab ketadi, ba’zilarini esa chegarachilar xavfsizlikka tahdid deb olib qo‘yadi. Travel Ask ana shu suratlarni taqdim etdi.
107
366
Foto
Italiyada o‘tkazilgan festivalda Tramp kompyuter o‘yinlaridagi xudo sifatida namoyish etildi (foto+video)
Italiyadagi “Carnevale Di Viargeggio” festivalida Donald Tramp oltin qurol-aslaha va Warhammer 40,000 dagi imperator qilichi bilan yasalgan haykali namoyish etildi, deya xabar beradi “ForumDaily”. Tadbir karikatura haykallari, jumladan siyosatchilar tasvirlangan haykalchalar namoyishi bilan mashhur sanaladi. Festivalning rasmiy saytiga ko‘ra, figura “Master Dron” deb nomlangan. O‘ng qo‘lida Tramp “Sening soliqlaring” va Twitter logotipi bezaklari bilan qilich ko‘targan. Haykal rassom Fabritsio Galli tomonidan yaratilgan bo‘lib, u o‘tmishda Kim Chen In va Vladimir Putinni ham xuddi shu yo‘l bilan masxaralagan.
105
619
Foto
Fotogalereya: Kambodjaliklar qanday yashaydi?
Janubi-Sharqiy Osiyoning eng kambag‘al davlatlaridan bo‘lgan Kambodjaning hayoti aks etgan suratlar TravelAsk sayti tomonidan taqdim etildi. Kambodja xalqi boy yashamaydi. Uylarning aksariyati chaylalardan farq qilmaydi. Odamlar to‘r belanchaklarda uxlaydi, oshxona esa ko‘chaga — ayvon tagiga olib chiqiladi. Hatto ba’zilar hojatxona o‘rnida butazorlardan foydalanadi. Bolalarga darslar maktablarda emas, omborxonalarda o‘tiladi. Odamlarning bir qismi daryolar, suvlar o‘rtasida yashab, qayiqda harakatlanadi. Kambodja poytaxti Pnompenda sartaroshlar, Hindistondagi kabi, ko‘chada xizmat ko‘rsatadi. Yomg‘irlar mavsumida Kambodjaning ko‘pchilik qismi suv ostida qolib ketadi, shu bois uylar ostida ustunlar o‘rnatiladi. Uylar ichiga belanchaklar o‘rnatiladi. Ular yotoq vazifasini bajaradi. Kambodjada uylar kichkina va juda kichkina bo‘ladi. O‘ng burchakda — mehmonxona, oldingi qismida — oshxona, chap tomonda — dahliz. Shunday qilib, bitta uy 2x2 metr maydonga joylashadi. Ba’zi oilalarning televizorlari bor. Oshxona va boshqa qulayliklar uyga sig‘magani sababidan tashqariga olib chiqiladi. Kambodjaliklar bunday oshxonalarda qo‘shnilar bilan suhbat qurib o‘tirishni yaxshi ko‘radi. Yuk mashinalarida olib kelingan muzdan har bir kishi o‘ziga kerak parchani arralab oladi. Yo‘l bo‘yidagi qahvaxona. Mahalliy gipermarket. Gipermarketning ichi. Mashina deyarli hech kimda yo‘q, ko‘plar mopedda yuradi. Benzin plastik idishlarda sotiladi. Qishloq maktabi. Suv ustidagi qishloq. Uy yaqiniga baliq ovlovchi uskuna o‘rnatilgan. Unga to‘r ulanib, suvga tushirib qo‘yiladi. Quruqlikda bo‘lganidek, suvdagilar ham belanchaklarda uxlaydi. Kanallar bo‘ylab aholi qayiqlarda qatnaydi. Bu esa poytaxt Pnompen. Shaharda mashinalar deyarli yo‘q. Simlar ko‘pligidan osmonning yarmi yopilib qoladi. Shahar qahvaxonasi. Sartaroshxona.
45
1,843
Foto
Aslida soxta bo‘lib chiqqan mashhur fotosuratlar
Texnika taraqqiyotining cheksiz afzalliklari bilan birga, afsuski, o‘ziga yarasha salbiy jihatlari ham bor. Masalan, PhotoShop dasturi orqali har kim istalgan suratga o‘zicha bezak berib, soxtalashtirishi mumkin. Mana shunday qayta ishlangan ba’zi suratlarning soxtaligi yaqqol sezilib tursa-da, ularda haqiqat ko‘rsatilgan, deb ishonadigan kishilar hali hamon topiladi. “Antipriunil” shunday fotosuratlar jamlanmasini tayyorladi. Suratni tarqatayotganlar bu sayyoradagi yagona qora sherligi, u noyob genetik mutatsiya hosilasi ekani haqida safsata sotadi. Aslida Yerda hali hech kim qora sherni ko‘rmagan, suratdagi sher esa aslida albinos bo‘lib, u haqiqatan ham kamyob. Mashhur fotosuratlardan yana biri — suratchilar guruhi o‘rmondan chiqib kelgan ayiqdan qochmoqda. Ayiqning o‘zini-da kattalashtirib ko‘rilsa ham, fotomontaj belgilari ochiqchasiga ko‘rinib qoladi. Agar yaxshilab izlansa, internetda shu ayiqning haqiqiy suratini ham topish mumkin. Haqiqatan ham suratda shunday manzara aks etgan. Biroq bu haqiqiy nashaxo‘rlik emas, aksincha, fransiyalik rejissor Jorj Remonning “Dandy-Pacha” nomli ovozsiz filmidan olingan lavha. Fotosurat Qohirada 112 yilda birinchi marta qor yoqqanidan so‘ng internetda keng tarqalib ketgan. Tarqatuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, suratda — Misrdagi Sfinks. Aslida esa u Yaponiyadagi Tobu World Square xiyobonida olingan. Odatda bu surat G‘arb saytlarida “aqlsiz ruslarning yana bir hunari” qabilidagi xabarlarda paydo bo‘ladi. Lekin uning turgan-bitgani fotomontaj bo‘lib, sigirning haqiqiy suratini Google orqali qiyinchiliksiz topish mumkin. Bu jahondagi eng katta o‘rgimchakning surati emish. Lekin xavotirga o‘rin yo‘q — tabiatda bunday yirik o‘rgimchaklar yo‘q, hozirgacha uchragan eng katta o‘rgimchak ham odam kaftidan ortiq emas. O‘rgimchakning haqiqiy surati bilan quyida tanishing: Jon Lennon Kuba inqilobi yetakchilaridan biri bilan birga kuy chalib o‘tirishiga ishonasizmi? Ishonmay to‘g‘ri qilasiz. Chunki Lennonning qarshisida Che Gevara emas, Elephant’s Memory guruhi vakili Ueyn Gabriel bo‘lgan. Afsonaga ko‘ra, Yaponiyadagi Fudzi tog‘i ustida bir safar shunday bulutlar paydo bo‘lgan. Tan olish kerak, bu bulutlar juda chiroyli, qo‘shimchasiga, lentikulyar bulutlar qavatma-qavat bo‘lishi ham mumkin. Lekin aynan shu suratdagi kabi holat suratdagi joyda hech bo‘lmagan.
48
2,336
Foto
Shamol uchirib ketgan odamlar, Ukrainadagi urush, tilini chiqarib turgan kiyik — hafta suratlari
Ukrainadagi urushning oqibati shu suratda namoyon. xitoy milliy tabiat qo'riqxonasidagi qorabo'yin turnalar. Patagoniyadagi muzliklar. Verxaymdagi island otlari. Niderlandiyada Yunis to'foni yuz berdi. Bangladeshda qizil achchiq qalampir qayta ishlanmoqda. Dakkadagi g'isht zavodi ishchilari. Liviyaning Tripoli shahridagi fermada tilini chiqazib turgan kiyik. Turkiyaning Van viloyatida qo'ylar podasi. Kongodagi qochqinlari lageridagi odamlar. Rossiyada shimol yog'dusi.
96
472
Foto
Fotogalereya: Bir-biriga juda o‘xshash rus va Gollivud yulduzlari
Adelaid universiteti olimlari bir xil yuzga ega ikki inson 1:1 trillionni tashkil qilishini aytdi. Lekin shunga qaramay, butunlay begona insonlar bir-biriga ikki tomchi suvday o‘xshaydi. AdMe bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan Rossiya va Gollivudda ijod qiluvchi yulduzlarning rasmini taqdim etdi. Artur Galchenko va Orlando Blum Artyom Tkachenko va Edrien Broudi Mariya Sittel va Ayshvariya Ray Bachchan Sofiya Kashtanova va Gloriya Votsis Aleksandr Malinin va Piter Fachinelli Sati Kazanova va Letisiya Sabatella Stefaniya Malikova va Xloya Greys Morets Yevgeniya Brik va Jennifer Lopes
65
593
Foto
Nyu-York ulkan shishirilgan o‘yinchoqlar bilan to‘ldi (foto)
AQShning milliy bayrami hisoblangan Minnatdorchilik kuni munosabati bilan Nyu-Yorkda 24-noyabr, payshanba kuni har yili bo‘lib o‘tadigan an’anaviy parad bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirni kuzatish uchun uch yarim milliondan ortiq kishi shahar ko‘chalariga chiqdi. “TASS” parad aks etgan suratlarni taqdim etdi. Paradga megapolis meri Bill de Blazio start berdi. Parad ishtirokchilari qariyb to‘rt kilometrli yo‘nalish bo‘ylab yurdi. Ular yirik qo‘g‘irchoqlar, multfilmlar va komikslarning mashhur qahramonlari shaklidagi yirik havo sharlarini paradga olib keldi. Minnatdorchilik kunidan so‘ng AQShda Rojdestvo mavsumi boshlanadi. NBC telekanali tomonidan uch soat davomida efirga uzatilgan paradni, dastlabli ma’lumotlarga ko‘ra, qariyb 50 million kishi tomosha qilgan. Mazkur tadbir bayramning 91-marta nishonlanishi bo‘ldi. Minnatdorchilik kuni AQShning 16-prezidenti Avram Linkoln tomonidan 1863-yilda mamlakatning milliy bayrami deb e’lon qilingan. AQShda rasman dam olish kuni hisoblanadigan bu kun Kongressning 1941-yildagi rezolyutsiyasiga asosan noyabr oyining to‘rtinchi payshanbasida nishonlanadi va amerikaliklar uni oila davrasida o‘tkazadi. Amerika avtomobil assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda 50,9 million kishi qarindoshlarini ko‘rish uchun boshqa shahar va shtatlarga yo‘l olgan.
60
1,312
Foto
Siz mavjudligini bilmagan 17 ta jonivor (fotogalereya)
Dengizlar qa’rida, Madagaskar o‘rmonlarida va Afrika savannalarida g‘oyat darajada ekzotik ko‘rinishga ega jonivorlar yashaydi, deb yozadi AdMe. Fotosuratchi uchun bunday yovvoyi hayvonlar — haqiqiy topilma. Ushbu rasmlarni tomosha qilgan kishi esa uning haqiqiy surat yoki fotoshop “mahsuli” ekanligi haqida bosh qotiradi. Bu g‘aroyib jonivorlarni yaratish ustida tabiatning o‘zi mehnat qilgan. Bu yerda hech qanday fotoshop yo‘q. Sichqon baliq
54
457
Foto
Fotogalereya: Dubayda quriladigan suzuvchi villalar
Dubay — o‘zining innovatsion yondashuvlari va ilg‘or g‘oyalari bilan aqlni shoshiruvchi rostmana olamshumul loyihalar tug‘iladigan makon. Qurilishi kutilayotgan mana shunday g‘aroyib loyihalardan biri — yarmi suv ostida bo‘lgan suzib yuruvchi villalardir, deb yozadi AdMe. Ertaknamo turar-joy majmuasi suzib yuruvchi 42 suvosti villasidan iborat bo‘ladi. Loyiha bunday: har bir villa uch qavatdan iborat bo‘lib, yuqori ikki qavat suv ustida, birinchisi esa (aslida nolinchisi) suv ostida bo‘ladi. Yuqori qavat — hordiq joyi: bu yerda ochiq dushxona, mini-bar, kichik oshxona va shaffof shishadan tayyorlangan jakuzi-vanna bor. Dengiz bilan bir sathda joylashgan markaziy qavat — yashash joyi, bu yerda mehmon kutish ham mumkin. Yotoqxona va vannaxona suv ostida — nolinchi qavatda joylashgan. “Suvosti”dagi xona devorlari o‘rnida panoramali oynalar bo‘ladi, shu sababli villa egalari o‘ziga xos shaxsiy okeanarium egasiga aylanadi, deyish mumkin. Suzib yuruvchi villalarning dastlabkisi 2016-yil oxirida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
51
1,049
Foto
IFA 2017: Eng chiroyli qizlar — ko‘rgazmaning asosiy bezagi (foto)
IFA — bu dunyodagi eng yirik uchta texnologik ko‘rgazmadan biri hisoblanadi (Las-Vegasdagi CES hamda Barselonadagi MWC tashqari). Unga 1924-yilning 4-dekabrida asos solingan bo‘lsa-da, 1971-yilda haqiqatda xalqaro ko‘rgazmaga aylangan. Shundan beri u har yili Germaniya poytaxtida o‘tkazib kelinadi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”. Joriy yilda Acer kompaniyasi dunyodagi eng kuchli o‘yin kompyuterini — Predator Orion 9000’ni eng qimmat va kuchli noutbuk — Predator 21X anonsidan so‘ng taqdim etdi. Sony esa yangi Xperia XZ1 hamda XZ1 Compact flagmanlarini namoyish qildi. LG kompaniyasi V30 flagmanini, Samsung esa sport uchun mo‘ljallagan “aqlli” gadjetlarini taqdim etdi. Bularning barchasi o‘z yo‘liga, ko‘rgazmaning asosiy bezagi — dunyoning turli burchagidan tashrif buyurgan eng chiroyli qizlar bo‘ldi.
66
812
Foto
Jizzaxda 1,5 mingdan ziyod fuqaro yashaydigan qishloqqa suv qudugʻi qazib berildi
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Chorvodor QFYga qarashli uzoq yillardan buyon suv tanqisligi muammosi bilan yashayotgan Oʻrtaqishloq aholisi uchun 17 iyun, payshanba kuni qazib berilgan quduqning ochilish marosimi oʻtkazildi. Bu haqda «Bugun.uz» muxbiri xabar qildi. Ma'lum boʻlishicha, 2021 yil 31 may kuni Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Chorvodor QFYga qarashli Oʻrtaqishloq aholisi «Artel» kompaniyasi rahbariyatiga murojaat qilgan. Murojaatda aytilishicha, uzoq yillardan buyon Oʻrtaqishloq aholisi ichimlik suvini olis masofadan tashib ichadi. Shuningdek, elektr quvvatining pasayishi, undagi uzilishlar sabab suvga uzoq navbat hosil boʻladi. Buning oqibatida ma'lum soatdagina ishlaydigan artizan qudugʻi suvidan koʻpchillik benasib qoladi. Shunday vaqtlarda 70 xoʻjalikdan iborat qishloq ahli bir yarim oyda bir marta keladigan ariq suvidan ichishga majbur. Bu suv aholi xonadonlaridagi hovuzda saqlanadi. Ta'kidlanishicha, ichimlik suvi sifatining pastligi hamda suv ta'minotida sanitar — gigienik qoidalarning buzilishlari oqibatida keyingi yillarda 1500 dan ziyod fuqaro yashaydigan Oʻrtaqishloq aholisi, ayniqsa, bolalar oʻrtasida yuqumli kasalliklar, xususan, gepatit A — sariq kasalligi koʻpaygan. Aholining asosiy daromadi chorva mollari hisoblanadi. Suv tanqisligi, uning yaroqsizligi sabab chorva mollarida ham kasalliklar koʻpaygani aholi turmush darajasiga sezilarli zarar yetkazgan. Shu kabi sabablar tufayli oʻrtaqishloqliklar uzoq yillar davomida turli idora va tashkilotlarga mazkur masalani hal etishni soʻrab murojaatlar qilgan. Bundan tashqari, ularning chiqishlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga ham sabab boʻlgan. «Artel» kompaniyasi rahbariyati mazkur holatni oʻrganib Oʻrtaqishloq aholisi uchun artizan qudugʻini qazib bergan. Ya'ni qisqa muddatda jami qiymati 300 million soʻm mablagʻ evaziga 200 metr chuqurdan ichishga yaroqli suv chiqarib berilgan. Ushbu artizan qudugʻi aholining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirishi qayd etilgan. Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 2021 yilda ichimlik suvi ta'minoti uchun qancha mablagʻ ajritilishi aytilgandi. Shuningdek, Senatda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash boʻyicha yuborilgan parlament soʻrovi koʻrib chiqilgani haqida xabar berilgandi.
81
2,246
Foto
Fotogalereya: Ijtimoiy tarmoqlardagi ideal suratlarga ishonmaslik lozimligini isbotlovchi suratlar
Ba’zilar atrofdagilarni hayron qoldirish va ularda hasad uyg‘otish maqsadida har narsaga qodir. Bu kabi odamlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib barchaga o‘zining “ajoyib hayoti”ni namoyish qilgisi keladi. AdMe shu kabi suratlar aslida qanday ekanligini isbotlovchi rasmlarni to‘plab taqdim etdi.
98
296
Foto
Fotogalereya: Londonda 11 qavatli binolarni bir-biriga bog‘lagan oynavand basseyn qurilmoqda. Uning ostidan qushlar uchib o‘tadi
Londonda 2020-yilning yozida 35 metr balandlikda joylashgan dunyoda birinchi osmon basseyni ochiladi, deb yozmoqda Big Picture. Chuqurligi 3 metrni tashkil etuvchi rezervuarning uzunligi 25 metr, suv sig‘imi 400 tonna bo‘ladi. U ikkita yangi hashamatli uylarni birlashtirgan holda unda yashovchilarga ikki bino orasida suzish imkonini beradi. Hozirda bu ajoyib basseyn Koloradodan Britaniya poytaxtiga borishdan avval so‘nggi sinovdan o‘tmoqda. Rezervuar qalinligi 20 santimetrli shishadan yasalgan bo‘lib, loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, unda suzayotgan odam o‘zini osmonda uchayotgandek his qilishi mumkin. Basseyn 11-qavatda joylashgan va undan qo‘shni bino — qurilish ishlari tugallanish arafasida bo‘lgan, 2020-yilning yanvarida ochish rejalashtirilgan AQSh elchixonasi binosining ajoyib manzarasi ko‘rinadi. Nayn Elms tumanining yangi The Embassy Gardens kompleksi binolarida 2000 ta kvartira mavjud. Ularning narxi hashamatli pentxaus uchun 600 ming funt (7 milliard so‘m)dan boshlanib, 5 million funt (58 milliard so‘m)gacha boradi. Zamonaviy binolarda istiqomat qiluvchilar uchun ular ko‘ngli tusagan barcha sharoit: o‘ta zamonaviy qulayliklar, kinozallar va boshqa ko‘ngilxushliklar bor. Sky Deck basseynli kompleksda spa, yozgi bar va ko‘ngil yozish uchun gullarga to‘la xonalar bo‘ladi. Qurilish ishlarini 2019-yilning oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Qush balandligida suzish mumkin bo‘lgan ushbu basseyn Londonning yana bir diqqatga sazovor joyiga aylanadi.
128
1,492
Foto
Fotogalereya: Sokinlikdagi hashamat. Ijarasi eng qimmat bo‘lgan uylar
Lannoo nashriyoti tomonidan taqdim etilgan “Tog‘ manzaralari: tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish uchun ideal uylar” nomli kitobda sayohatchi-jurnalist Sebastyan Bedo tomonidan yig‘ilgan ajoyib kolleksiya bilan tanishish mumkin. O‘rmonlar, suv havzalari va tog‘ cho‘qillarida joylashgan uylar — eng yaxshi hisoblanadi, ularni ijaraga olish mumkin, biroq bu arzonga tushmasligi aniq. Insider Pro mazkur kitobdan o‘rin olgan ba’zi uylarning suratlarini taqdim etdi. Banks yarimoroli, Yangi Zelandiya Banks yarimorolida joylashgan Scrubby Bay House villasida bir kecha yashash 5147 dollar turadi. Uy ichida jakuzi, basseyn mavjud. Vanaka, Yangi Zelandiya Vanaka ko‘li va Maunt-Aspayring milliy bog‘i yaqinida joylashgan ushbu uyning ijarasi bir sutkaga 2536 dollarga teng. Olti kishidan oshgan mehmonning har biri uchun yana qo‘shimcha 45 dollardan to‘lanadi. Leti, Hindiston Nyu-Dehlidan avtomobil yo‘li orqali ikki kunda yetib olish mumkin bo‘lgan mazkur uyda bir kecha tunash 1916 dollar turadi. Bu yerda Himolay tog‘ining ajoyib manzaralaridan bahramand bo‘lish mumkin. Joaja, Avstraliya Yangi Janubiy Uelsning janubiy qismida joylashgan ushbu mehmonxonada bir kecha tunash 1317 dollar turadi Topanga, Kaliforniya Saddle Peak House — Tinch okeani yaqinida joylashgan uy. Uning ichidan to‘rtta yotoqxona mavjud bo‘lib, bu yerda bir sutka yashash uchun “atigi” 1120 dollar to‘lash kerak. Matugama, Shri-Lanka Matugamadagi The Ark nomli uyda olti kishining bir kecha tunashi 1445 dollarga tushadi. Vals, Shveysariya Shveysariyaning ovloq hududida joylashgan Vals villasida bir kecha tunash 672 dollarni tashkil etadi. Umuman olganda bu yerdagi narxi yil mavsumga qarab haftasi uchun 2569 dollardan 4710 dollargacha o‘zgarib turadi. Bolsano, Italiya Bolsanodagi Mirror House uyida to‘rt kishining bir kecha yashashi 551 dollarga teng.
69
1,836
Foto
To‘rtinchi qavatdagi kvartira va tvorog uchun navbat: 66 yoshli Germaniya kansleri Angela Merkel qanday yashaydi?
Angela Merkel dunyoning eng nufuzli ayollari ro‘yxatida bir necha bor birinchi o‘rinni egallagan. Uning tashrif qog‘ozi ko‘pchilik kamchilik deb hisoblaydigan kamtarligi. Kansler yuqori maosh olishiga qaramay, kichik kvartirada yashaydi va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun do‘konga shaxsan o‘zi boradi. Oltinchi raqamli uy Angela Merkel Shpree daryosi bo‘yida Am Kupfergraben ko‘chasida joylashgan besh qavatli binodagi oltinchi raqamli oddiy kvartirada yashaydi. Boshqa uylar bilan o‘ralgan ushbu sariq binoning oldidan muntazam tramvay qatnaydi. Bu uning xizmat uyi emas: Merkel Germaniya hukumatiga rahbarlik qilishdan oldin ham shu yerda istiqomat qilgan. Angeladan oldingi sobiq kansler Gerxard Shreder 200 kvadrat metrlik keng xonadonda yashagan. Merkel esa Berlindagi kvartirasida qolishga qaror qildi va bu bilan nemislar hurmatiga sazovor bo‘ldi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan uyni suratga olish taqiqlangan va bundan o‘n yil oldin kanslerdan Google Street View’da uyini berkitishni taklif qilgan. Merkel esa: “Nima uchun? Qayerda yashashimni hamma biladi-ku” deb javob bergan. Kansler va turmush o‘rtog‘i yashaydigan yog‘och derazali uyning mahallasida yon-atrofida esdalik do‘konlari va supermarketlar joylashgan. Mahalliy jurnalist va blogerlar Merkel va uning erining Berlindagi kvartirasidan tashqari ko‘chmas mulki borligini bilishga bir necha bor harakat qilishgan, axir, uning daromadi qimmatbaho uy-joy olishga imkon beradi. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Merkel yiliga 300 ming yevro ishlab topadi. Ammo u hech qachon hashamat ketidan quvmagan. Ma’lum bo‘lishicha, siyosatchining faqat yozgi dala hovlisi bor. Uni shahar tashqarisidagi rezidensiya deb atash qiyin — Berlindan yuz kilometr uzoqlikda Brandenburg Templin shahri yaqinidagi Xenvald qishlog‘ida joylashgan kichik qishloq uyi. Er-xotin odatda bu yerga dam olish kunlari keladi. Bu yerda baland-baland to‘siqlar va xavfsizlik postlari yo‘q — bu joy oddiy bog‘dorchilik shirkatiga o‘xshaydi. Yaqin atrofda kafe yoki do‘kon ham yo‘q. Ko‘ngil yozish uchun — go‘zal tabiat, toza havo, o‘rmonda sayr qilish va mahalliy ko‘l bor. Merkel mehmonlarini tomorqasida o‘stirgan sabzavotlardan tayyorlangan taom bilan mehmon qilishni yaxshi ko‘radi. Siyosatchilar davrasida, ayniqsa, u tayyorlaydigan olmali pirog va kartoshka sho‘rva juda mashhur. Kansler oziq-ovqat uchun do‘konga o‘zi borishni yaxshi ko‘radi, ammo yaqin atrofda bir necha tan soqchilar navbatchilik qiladi. Boshqa nemislar kabi do‘konga u ham o‘z paketi bilan keladi va kezi kelsa, oddiy odamlardek navbat kutadi. Ko‘pchilik uchun odatga aylangan kofe o‘rniga kansler yalpiz choy ichadi. Uning sumkasida uyali telefonidan tashqari ko‘zoynagi, ruchka bilan bloknot va upa qutisi yuradi. Avvallari sumkasida sigaret qutisi ham bo‘lgan — yoshligida Angela kuniga bir quti sigaret chekardi, ammo keyin u bu odatidan voz kechdi. Odatda Angela Merkel turmush o‘rtog‘i bilan ta’tilni dabdabali kurortlarda emas, tog‘dagi kamtarona mehmonxonada o‘tkazadi. Ular Janubiy Tirolda joylashgan mehmonxonaga borishadi, bu yerda yarim pansionli ikki kishilik xona bir kecha uchun 200 yevro turadi. Balkondan Ortler tog‘i manzarasi ko‘rinib turadi, mehmonlar uchun esa sauna va suzish havzasi xizmat ko‘rsatadi. Ta’tilda Merkel odatda o‘zi bilan tarixiy kitoblarni olib yuradi — paparatssilar bir necha marotaba uni balkonda kitob o‘qiyotganini suratga olgan. Shuningdek, u  piyoda yurishni yaxshi ko‘radi: u kepka, katak ko‘ylak kiyib, orqasiga ryukzak ilgan holda trekking tayoqchalari bilan yo‘lga chiqadi. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Merkel sayohat uchun alohida kiyim tanlamaydi — 2013-yildan beri u skandinavcha yurish uchun bir xil ko‘ylak va shim kiyadi. Angela Merkel hech qachon o‘ziga xos g‘oyalari, unutilmas obrazi bilan ajralib turmagan, u taniqli notiq ham emas. Nemislar uni Volkswagen Golf’da yuradigan, tomorqasida sabzavot yetishtiradigan va yaxshi ovqat pishiradigan oddiy nemis ayolining jozibasi borligi uchun ham yaxshi ko‘rishadi. Shu sababli Germaniyada uni Mutti (“oyijon”) deb atashadi. Ko‘pchilik Angela yetakchilik fazilatlariga ega emas, u juda yumshoq va ko‘zga tashlanmaydigan, deb o‘ylashadi, ammo ular adashishadi. To‘g‘ri, kansler provokatsion bayonotlar bermaydi, lekin har doim munozaralarda qatnashganda u mantiqan, kinoyali va quruqqina qilib javob beradi. Ko‘pchilik uni qattiqqo‘l emasligi uchun tanqid qiladi. Shu bilan birga, nemislar uni har qanday vaziyatdan chiqish yo‘lini topa oladigan yaxshi boshqaruvchi sifatida yaxshi ko‘rishadi. Politexnologlar kanslerning muvaffaqiyati siri nima ekanidan xayron bo‘lishgan. Natijada uning siri ko‘zga tashlanmaydigan ko‘rinishi va xarizmaning yetishmasligida degan xulosaga kelishdi. Siyosatchi zargarlik buyumlarini umuman yoqtirmaydi, parfyumeriya ishlatmaydi. Uning odatiy kiyimlari turli xil rangdagi rasmiy kostyumlardan iborat. Odatda bu uchta yoki to‘rtta tugmachali va shimli bleyzerlar. Merkel kolleksiyasida barcha ranglar — yashil, ko‘k, sariq, binafsha rangli kiyimlar mavjud. U yorqin ranglardan qo‘rqmaydi – to‘q qizil, yorqin to‘q sariq yoki pushti rangdagi liboslarni ham kiyib ketaveradi. Aytgancha, Germaniyada kanslerning kiyinishini muhokama qilish odat tusiga kirmagan. Merkelning garderobi u davlat ishlari bilan shunchalik bandki, moda kataloglarini ko‘rib chiqish va yangi tendensiyalarni izlash uchun unda vaqt yo‘qligini ko‘rsatadi. Oilada Kansler shaxsiy hayoti haqida umuman gapirmaydi. Ma’lumki, Angela hali universitetda o‘qib yurganidayoq turmushga chiqqan. Mazkur nikoh besh yil davom etgan, undan Merkel hozirgi familiyasini meros qilib olgan. Ularning bolalari bo‘lmagan — u hech qachon farzand ko‘rmagan. Ikkinchi eri Yoaxim Zauer bilan Angela 80-yillarda GDR Fanlar akademiyasida tanishgan. Zauer dunyoga tanilgan tadqiqotchi, ilm-fan sohasida uning xizmatlari xotininikidan kam emas. Kvant kimyosi bo‘yicha mutaxassis va Berlinning Gumboldt universiteti professori omma oldida ko‘rinish berishni xushlamaydi: u rasmiy tashriflar paytida xotiniga hamrohlik qilmaydi va tantanalardan iloji boricha ko‘rinmaslikka harakat qiladi – Yoaxim hatto rafiqasining inauguratsiya marosimida ham qatnashmagan. U faqat madaniy tadbirlardagina ishtirok etadi. Shuningdek, u yaqinda rafiqasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishiga umid qiladi. Nemislar Markelni yuqori lavozimga go‘zalligi va jozibasi tufayli erishmagani uchun ham hurmat qilishadi. Uning shaxsiy hayoti bo‘yicha paparatsilar tomonidan josuslik qilish foydasiz — Angela hech qachon mojarolarga aralashmagan, u o‘z mavqeyiga ish sifatida, imtiyoziga esa vosita sifatida qaragan. Angela Merkel kansler lavozimida yaxshigina daromad topsa ham, faoliyati davomida kamtarona turmush tarzini saqlab qoldi.
113
6,753
Foto
YuNISEF yilning eng yaxshi suratlarini e’lon qildi (foto)
YuNISEF bolalar tashkiloti tomonidan “Yil surati” tanlovi tashkil qilindi. Unga ko‘ra gretsiyalik fotosuratchi Angelos Tortinesning, Lesbos orolidagi yong‘in qurshovida qolgan “Moriya” lageridan qochayotgan qochoq bolalar surati muhrlangan kadr birinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Tanlovda qatnashib yuqori o‘rinlarga loyiq deb topilgan suratlar ketma-ketligi bilan bo‘lishamiz. 1-o‘rin. Angelos Tortsinis. Gretsiya. Migrantlar hayotini o‘zida aks ettirgan surat asosiy mukofotga loyiq deb topilgan. 2-o‘rin. Supratim Bxattacharji. Hindiston. Hindistondagi bolalar mehnati mavzusiga e’tibor jalb qiladigan surat. 3-o‘rin. Yevgeniy Makarov. Rossiya / Germaniya. Rio-de-Janeyrodagi favelalarda yashaydigan balerinalar. Braziliyaning xarob hududlarida zo‘ravonlikka uchrash, narkotik va erta homiladorlik bilan bog‘liq voqealar bola va o‘smirlar hayotida uchraydigan odatiy hollardan biri bo‘lib qolgan. Raqqoslar guruhi shunday hududlardan birida 250 nafar qiz va yosh ayollarga kundalik muammolarga yechim topishning imkoni borligini ko‘rsatish uchun balet maktabi ochgan. 4-o‘rin. Daniele Vita. Italiya. Kataniya (Sitsiliya)ning muammoli hududlaridagi bolalar hayoti aks etgan surat. Bu yerda aksari yoshlar o‘g‘rilik va narkotiklar savdosi hisobiga kun ko‘radi. Shu tarzda otasi qamoqdan chiqquniga qadar, onasiga moliyaviy yordam beradi. 5-o‘rin. Yelena Chernisheva. Rossiya / Fransiya. Fotosuratchi Uzoq Shimolda yashaydigan bolalar hayotini kuzatishga va uni kadrga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan. 6-o‘rin. Anas Alxarbutli. Suriya. Suriyanining Aleppo shahri yaqinidagi fuqaro, imkoniyati cheklangan qiz va bolalar uchun karate maktabi ochgan. U yerda bolalar tengqurlari bilan birga mashg‘ulot qiladi. 7-o‘rin. Nikola Filippo Rosso, Italiya. 4 mingdan ortiq venesuelaliklar mamlakatdagi iqtisodiy va gumanitar inqiroz sabab Kolumbiyaga qochib ketgan. Italiyalik fotosuratchi qochoqlarning ko‘mir tashiladigan yuk mashinada ketayotganini kadrga muhrlagan. 8-o‘rin. Xamid Malekpur, Eron. 9 yoshida hayotdan ko‘z yumgan  Sajad Darvishalining oilasi boshqa bolalar hayotini saqlab qolish uchun uning sog‘lom organlarini xayriya qilishga qaror qildi. Sajadning yuragi xavfli yurak qon-tomir kasalligiga uchragan tehronlik boshqa bir bolaga muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Eronda 25 mingga yaqin odam donorlik organlari uchun navbatda turadi. 9-o‘rin. Sumon Yusuf, Bangladesh. Bangladeshlik fotosuratchi o‘z mamlakatidagi ko‘chada qolgan bolalar ahvolini dunyoga ko‘rsatmoqda. 10-o‘rin. Erfan Kushari, Eron. Pandemiya hammaga, ayniqsa nochor mamlakatlardagi bolalar hayotiga salbiy ta’sir qildi. Shunga qaramay, Erfan Kushari Tehrondagi bolalar tabassumini kadrga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan.
57
2,730
Foto
Fotogalereya: Yaponiyadagi gullar fermasi
Yaponiyaning Xokkaydo orolida joylashgan gullar fermasi ajoyib ko‘rinishga ega. Bu joy sayyohlarning sevimli joyiga aylangan. TravelAsk ferma manzaralarini taqdim etdi.
41
168
Foto
Odamlar o‘z derazasidan uzoqlashmay yaratgan fantastik suratlar
Xalqaro tashkilotlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 1,4 milliarddan ortiq odam sayohat qiladi. Sayohatlar ortidan insonlarda ko‘plab taassurotlar qoladi. Yaxshi tomoni shundaki, ularning aksariyati nafaqat xotiralarda, balki suratlarda ham esdalik sifatida saqlanadi. “Men ushbu manzarani derazamdan kuzatyapman. Tabiat, sen ajoyibsan”. “Bu mushuk uyimizda 6 yildan beri yashaydi. U uchun avvallari deraza oldida hech qanday qiziq narsa bo‘lmagan, ammo ko‘chib o‘tganimizdan keyin u yangi manzaradan juda ham mamnun”. “Barchasi bir-biriga mukammal tarzda mos kelganda buni derazadan tomosha qilish qanchalar yoqimli”. “Aynan shu manzaralar uchun uyni ijaraga olgan edik. 2 yil davomida turli xil manzaralar guvohi bo‘ldik”. “Har qanday manzara bilan raqobatlasha oladigan quyosh chiqishi”. “Shimoliy Norvegiya, mart oyining o‘rtalari. Derazamdan ko‘rinib turgan manzara”. “Ushbu surat Yerda olinganmi?” “Vilyuchinsk shahri, Kamchatka o‘lkasi. Bu yerga 3 hafta oldin kelganman”. “Men butun hayotim davomida pastki qavatlarda yashadim. 18-qavatga ko‘chganimdan so‘ng manzarani tomosha qilishdan o‘zimni to‘xtata olmadim”. “Samolyot derazasidan bo‘ron surati”. “Yangi yil chiroqlarini ko‘ryapsizmi?” “Derazam tashqarisidagi ko‘rinish”. “Hindistondagi uyim astrofotografiya uchun eng yaxshi joy”. “Bugun tongda derazadan ko‘rinib turgan Tailanddagi manzara”. “Ushbu xonadon Andorrada ijaraga olgan uylarim ichida eng yaxshisi”. “Samolyotdan turib olingan ushbu tasvir xuddi Marsga o‘xshaydi”. “Derazam orqali bor-yo‘g‘i tabiatning bir qismini ko‘rsatmoqchiman. Ba’zilar ushbu manzarada tomosha qilish uchun aytarli hech narsa yo‘q, deydi. Ammo bunday emas, bu yer shunchaki chiroyli”. “Tonggi ko‘rinish”. Janubiy Karib dengizida quyoshning botishi”.
63
1,784
Foto
Fotogalereya: O‘ziga xos hissiyotlar aks etgan suratlar
Shunday suratlar bo‘ladiki, ular insonni mayin tabassum qilishga yoki ko‘ziga yosh olishga majbur qiladi. AdMe o‘ziga xos hissiyotlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
55
167
Foto
Fotogalereya: Ota-onasi turli millat vakili bo‘lgan mashhurlar
AdMe ota-onasi turli millat vakili bo‘lgan mashhurlarning rasmini taqdim etdi. Beyonce Bruno Mars Kianu Rivz Anjelina Joli Barak Obama Lenni Kravis Megan Markl Shakira Dueyn Skala Jonson
62
194
Foto
Xitoylik yigit sevgi izhori chog‘ida daraxtda osilib qoldi (foto)
Xitoyning Ichan shahrida yashovchi yigit sevgan qiziga dil izhori qilish bobida omadsizlikka uchradi. Bu haqda 23-may kuni Daily Mail nashri xabar qildi. Nomi keltirilmagan yigit 21-may kuni “Gou Xunyun, menga turmushga chiq” deb yozilgan parashyutda daraxtdan sakrashni, yerga tushgach esa qizga gul sovg‘a qilishni ko‘zlagandi. Ammo shamol uning rejalariga to‘sqinlik qildi va u parashyuti bilan shoh-shabbalar orasiga tiqilib qoldi. Yigit mustaqil ravishda yerga tusha olmadi, o‘t o‘chirish brigadasining yetib kelishini esa bir soat kutishga to‘g‘ri keldi. Qutqaruvchilar yetib kelib, maxsus kran vositasida uni yerga tushirgach, yigit eski rejasiga qaytdi: u qiz oldida tiz cho‘kib, unga guldasta tutdi. Ammo qiz taklifga javob bermasdan ters burilib ketib qoldi. Voqea internetda keng muhokama qilindi. Ko‘plar qizning qarorini qo‘llab-quvvatladi. “Ko‘ngil izhori samimiy bo‘lishi lozim, hammaga o‘zini ko‘rsatish uchun harakat qilish yaramaydi”, — deb yozdi bahs ishtirokchilaridan biri.
65
1,001
Foto
Toshkent moda haftaligi. To‘rtinchi kun (foto)
Italiyalik dizaynerlar Antonio Grimaldi, Julio Boldetti, Fulvio Lupayya, Antonella Alotto va Marina Nexayeva o‘z liboslar to‘plamini Toshkent moda haftaligida namoyish etdi, deb yozadi My Day. Shuningdek, Marc O’Polo lyuks toifasidagi modalar uyi o‘zining bosh kiyim to‘plamidan tashqari, Versace, Gianfranco Ferre, Valentino brendlarining to‘plamlarini ham taqdim etdi. Toshkent ahli birinchi bo‘lib podiumda Versace, Gianfranco Ferre va Valentino brendlarining kolleksiyalarini ko‘rdi. Versace’dan taqdim etilgan to‘plamda mo‘ynalar va toshlar bilan bezatilgan 5 ta yorqin liboslarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Gianfranco Ferre to‘plamida velvet, duxoba, charmdan yaratilgan 5 nusxadagi liboslar namoyish etildi. Valentino’dan 5ta yorqin oqshom liboslari namoyish etildi. Liboslar mo‘ynali ustki yopinchiqlar bilan to‘ldirilgan. Marc O’Polo modalar uyi bosh kiyim to‘plami va aksessuarlarni namoyish etdi. Gaia Boldotti brendidan turli shakldagi va fasondagi oq bluzka va ko‘ylaklarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Shifon, paxta va sintetika matolari ishlatilgan. Dizayner Fulvio Lupaia 22 ta turli ranglardagi sharf va yopinchiqlardan iborat to‘plam bilan ishtirok etdi. Asli rus avlodidan bo‘lgan italiyalik modeler Marina Nekhaeva 22 ta asimmetrik libosdan iborat qora to‘plamni namoyish etdi. Beltepa o‘zbekcha nomga ega Italiya brendi to‘plami baxmal, adras, atlas kabi o‘zbek matolaridan yaratilgan bo‘lib, ular jun, shifon va baxrama bilan to‘ldirilgan. 23 ta libosni Turindan kelgan oila vakillari Antonella Alotto, Chechiliya DeMarki, Juliya Postilis taqdim etdi. Antonella Toshkentda yashaydi va u Turinga o‘zbek matolarini yetkazishga, qizlari Chechiliya dizayn va tikish ishlariga, Juliya esa brendni butun dunyoga tanishga ma’sul. Dizayner Antonio Grimaldi’dan taqdim etilgan 38 ta liboslar namoyishga yakun yasadi. To‘plam o‘z ichiga uzun va nafis oqshom liboslarini, kombinezonlarni, shimli kostyumlarni olgan. Sokin ranglardagi liboslar biser, patlar, baxrama bilan bezatilgan.
46
1,992
Foto
Fotogalereya: Turli mamlakatlardagi qirollik nikoh ko‘ylaklari
Qirollik nikoh to‘ylari — bu shunchaki ikki kishi va ularning oilalari o‘rtasidagi ittifoq emas, balki milliy va xalqaro ahamiyatdagi hodisa. U keng ommani va xalqaro OAVlarni o‘ziga jalb qiladi. TravelAsk turli mamlakatlardagi qirollik nikoh to‘ylarida kiyiladigan liboslarni taqdim etdi.
62
289
Foto
Fotoreportaj: Jizzaxda yangidan qurilgan “Zarbdor tekstil” korxonasida ish jarayoni
O‘zA Jizzax viloyatidagi “Zarbdor tekstil” MChJ xodimlarining ish jarayoni tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Mazkur korxonani bunyod etish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti o‘tgan yili Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida topshiriq bergan edi. Eslatib o‘tamiz, 30-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga uyushtirgan tashrifini aynan shu korxona bilan tanishishdan boshlagan edi. Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan “Zarbdor tekstil” O‘zbekistondagi zamonaviy korxonalardan biri hisoblanadi. Bu yerda jami 1 ming 60 dan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.
83
577
Foto
Jahondagi eng dahshatli 14 bino
Bu yil eng xunuk bino maqomini Londonda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino egalladi. TravelAsk’ning yozishicha, u nafaqat g‘alati tashqi ko‘rinishi, balki me’morlarning ba’zi narsalarni hisobga olmagani sababli ham tanlovda “g‘olib chiqdi”. Gap shundaki, bino botiq tarafi o‘zida quyosh nurlarini aks ettirishi kerak edi, biroq ochilish kunidayoq oynavand bu devorga tushgan quyosh nurlari bino yaqinida turgan mashinalarning plastmassa qismlarini eritib yubordi. Quyida yana 14 ta “arxitektura shedevrlari” bilan tanishishingiz mumkin.
31
535
Foto
Fotogalereya: Noodatiy ko‘rinishdagi ikki qavatli karavotlar
Bolakaylar ikki qavatli karavotlarni yoqtiradi. Zinalardan chiqib, tushish, kattalar yeta olmaydigan joyga chiqib olish kichkintoylarga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Billionnews nashri bolalar uchun yagona nusxada yaratilgan ikki qavatli karavotlar fotojamlanmasini taqdim etdi. Mimondo kompaniyasi tomonidan yaratilgan “To‘lqin 2” nomli ikki qavatli karavot mukammal dizayn bilan ajralib turadi. Futuristik dizaynda yaratilgan ko‘p qavatli karavotning har bir xonachasida chiroqlar o‘rnatilgan. Oq va yashil ranglar o‘zgacha ko‘rinish hosil qiladi. Bundan tashqari, bolalar ulg‘aygandan so‘ng karavotni almashtirish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Tropik uslubda yasalgan karavotga zinalardan chiqib, sirpanchiqda undan qaytib tushish kichkintoylarga takrorlanmas zavq bag‘ishlaydi. Dizayner Mark Nyuson tomonidan Magis kompaniyasi uchun yaratilgan karavot 4 qismdan iborat. Qismlar polietilen bilan qoplangan bo‘lib, bu karavotni tozalashni yengillashtiradi. Karavotlarning betakror perpendikulyar joylashuvi O‘z xonasida sirpanchiqlar bo‘lishini orzu qilgan bolalar uchun karavot Kichkina xonani besh kishilik yotoqxonaga aylantirish imkonini beruvchi karavot Bolakaylar uchun “o‘yinchoq” karavot Ikki qavatli temir karavot Alohida uy ko‘rinishidagi karavot Baland shiftli xona uchun loft ko‘rinishidagi karavot Har kim uchun alohida hudud Italiyalik dizayner tomonidan kattalar uchun yaratilgan In-Yan karavoti Resource Furniture kompaniyasi tomonidan yaratilgan ikki qavatli karavotga aylanuvchi divan “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
60
1,586
Foto
Fotogalereya: Raqqoslarning Buenos-Ayres ko‘chalaridagi ajoyib portretlari
Suratkash Omar Robles rasqning nozik jihatlarini ochib beruvchi o‘zining ajoyib suratlari yordamida insonlar va shaharlar go‘zalligini namoyish etib keladi. Uning suratlarida arxitektura inshootlari balet madaniyati bilan uyg‘unlashib shahar muhitiga ajoyib kayfiyat bag‘ishlaydi. TravelAsk Roblesning Buenos-Ayres ko‘chalarida raqsga tushayotgan insonlarni “tarixga muhrlagan” suratlarini to‘plab taqdim etdi.
74
410
Foto
Afrikalik dizayner sochlaridan haykaltaroshlik asarlari yaratmoqda (foto)
Afrikalik dizayner Letitsiya KY sochlaridan haqiqiy haykaltaroshlik asarlarini yaratmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Qizning fantaziyasi va iste’dodi tufayli uning soch turmagi qo‘llar, daraxtlar, hatto yer shariga aylanmoqda.
73
263
Foto
Fotogalereya: Lol qoldiruvchi suratlar
Dunyoda ko‘plab noodatiy narsalar bor va ular kishini hayratga solmay qo‘ymaydi. AdMe ana shunday narsalar suratlarini taqdim etdi.
38
131
Foto
Fotogalereya: Vyetnam sirkida og‘ir ish kunlari
Londonda 1777-yilda dunyodagi birinchi sirk ochilgan. Shundan buyon sirk universal hodisaga aylandi va dunyoda u mavjud bo‘lmagan mamlakat yo‘q. Big Picture fotograf Kristian Rodriges tomonidan olingan va Xanoy sirkidagi hayot aks etgan suratlarni taqdim etdi.
47
260
Foto
Fotogalereya: Sharqning eng chiroyli qizlari
Sputnik Sharq mamlakatlarida yashovchi eng chiroyli va jozibador aktrisa va model qizlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Arva Gauda — misrlik aktrisa. “Misr go‘zali — 2004” tanlovi g‘olibi, yilning eng yaxshi modeli. Nadin Njeim — livanlik aktrisa. Arab davlatlarining Lara Krofti nomi bilan ataluvchi Nadin 2004-yilda “Livan go‘zali” etib tan olingan. Tunislik aktrisa Dorru Zarruk. Suriyalik taniqli aktrisa Madixa Knefati. Nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning sevimli aktrisalaridan biri — Shaxzoda Matchanova. Asli o‘zbekistonlik, biroq hozirda Rossiyada ijod bilan shug‘ullanayotgan Ravshana Kurkova Livanlik qo‘shiqchi Xiba Tavadji 2012-yilda Kanadada “Koinot go‘zali” konkursida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Saxar Binyaz
44
747
Foto
Fotogalereya: Dunyo onalari va bolalarining go‘zalligi
Fotograf Mixaela Norok 2013-yildan buyon butun dunyo bo‘ylab sayohat qilib, o‘zining “Go‘zallik atlasi” nomli loyihasi uchun ayollarni suratga oladi. U 50 dan ortiq mamlakatni kezib chiqdi. Ayollarning bir kishilik portreti bilan birga, u onalar va ularning bolalarini ham suratga olgan. TravelAsk ana shu suratlarni taqdim etdi.
54
329
Foto
Fotogalereya: Biz o‘rgangan narsalarning hayratomuz ichki ko‘rinishi
Atrofimizdagi narsalarga shu dajarada o‘rganib qolganmizki, ularni ko‘rish va ishlatish oddiy hol. Ammo ichiga nazar tashlasak, tasavvurga sig‘mas manzarani ko‘ramiz. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi. Suyak Oddiygina so‘ta Deraza romlari Dur Yong‘in signalizatsiyasi Hokkeychilar va regbichilar shlemi Eskalator Tort Gazli suv sotadigan avtomat Quyon ini Hammomdagi kran Yozuv mashinasi Fil oyog‘i Ozodlik haykali
68
449
Foto
2018-yilda ochiq dengizga chiqariladigan “Titanik”ning nusxasidan fotosuratlar
Avstraliyaning Blue Star Line kompaniyasi mashhur “Titanik” kemasining ishonchli va xavfsiz nusxasi – “Titanik II”ni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Kema haqiqiy “Titanik”da bo‘lgan barcha insonlar xotirasiga bag‘ishlab ishlab chiqariladi. “Titanik II” o‘zining birinchi sayohatiga 2018-yilda chiqishi kutilmoqda. Yangi kemaning 3D-modeli tayyorlangan. AdMe sayti o‘sha modeldan olingan suratlarni asl “Titanik”ning rasmlari bilan qiyoslab ko‘rishni taklif qildi.
78
468
Foto
Ham maftunkor, ham vayronkor: 2016-yili uyg‘ongan eng mashhur vulqonlar
Yer yuzida ko‘plab vulqonlar mavjud bo‘lib, shulardan 1,5 mingtasi faollikni saqlab turibdi. 2016-yil vulqonlar otilishi bo‘yicha nisbatan tinch bo‘ldi. Ammo “olovli gigantlar”ning uyg‘onishi shu qadar maftunkor bo‘ldiki, ularga e’tibor qaratmaslikning iloji yo‘q. Travel Ask 2016-yili uyg‘ongan ham maftunkor, ham vayronkor vulqonlarning suratlarini bir sahifaga jamladi. Ushbu vulqon Indoneziya orolining shimolida va dengiz sathidan 2 460 metr balandlikla joylashgan. O‘ta qiziquvchan odamlar vulqonga juda yaqin kelmasiligi uchun qo‘riqchilar xizmatidan foydalanilgan. Ushbu kishi balandligi 728 metr bo‘lgan vulqon qiyaligida uchishga qaror qildi. Mazkur orol 3 yil avval vulqon otilishi natijasida hosil bo‘ldi. Hozirgi kunida uning hajmi kattalashib bormoqda. Olimlar Yer sayyorasidagi eng faol vulqonlardan biri – Kilaueaning lava namunalarini yig‘moqda. Kilaueadan chiqqan lava o‘z yo‘lida barcha narsani vayron qiladi. Kilaueaning lavasi to‘g‘ri Tinch okeaniga oqib tushadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
71
1,151
Foto
Foto: Mehmonxonaga aylantirilgan sovuq urush yillaridagi raketa bazasi
Amerikalik oila sovuq urush yillariga mansub raketa bazasini shinam uyga aylantirdi va uni sayyohlarga ijaraga bermoqda. Noodatiy “mehmonxona”da bir kun qolish 133 dollar turadi. TravelAsk mazkur inshootning suratlarini taqdim etdi. Baza AQShning Kanzas shtatida joylashgan bo‘lib, 1994-yildan buyon er-xotin Metyu Falkerson va Anna Leyga tegishli. Subterra Castle deb nomlangan mehmonxona asosidagi baza qariyb 60 yil avval qurilgan bo‘lib, undan bir martalik Atlas E amerika raketa-eltuvchilarini saqlashda foydalanilgan.
70
524
Foto
Fotogalereya: Qarindosh bo‘lmagan egizaklar
Kanadalik fotograf Fransua Bryunel 1999-yildan buyon qarindoshlik aloqalari bilan bog‘lanmagan, biroq tashqi ko‘rinishi o‘xshash kishilarni izlash va ularni birgalikda suratga olish bilan shug‘ullanadi.  Bunga Fransuaning do‘stlari unga Rouen Atkinson (mister Bin) bilan o‘xshashligi borligi haqida aytgan gapi sabab bo‘lgan. Bugungi kunda fotografning 200 ta shunday portreti bor. AdMe suratkashning ijod namunalarini taqdim etdi.
43
431
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi.
29
84
Foto
2015-yilda dronlar yordamida olingan eng yaxshi fotosuratlar
Uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar — dronlarning paydo bo‘lishi fotosuratchilar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etdi. Dronestagram sayti foydalanuvchilari dronlar yordamida olingan eng yaxshi suratlar uchun ovoz berdi. Tanlovda eng ko‘p ovoz olgan 10 fotosurat bilan quyida tanishishingiz mumkin.
60
302
Foto
Qozog‘istonlik dijey yilning eng yaxshi remiksi uchun “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi
Amerika musiqa mukofoti − “Gremmi” laureatlari e’lon qilindi. Yilning eng yaxshi taronasi Billi Aylishning “Everything I Wanted”, eng yaxshi albomi esa – Teylor Sviftning “Folklore” to‘plami deb topildi. Qozog‘istonlik dijey Imanbek Zeykenov “Roses” treki remiksi uchun mazkur mukofotga sazovor bo‘ldi. Los-Anjelesda AQSh Milliy san’at va fanlar akademiyasining 63-“Gremmi” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir onlayn olib borildi. “Yil taronasi” nominatsiyasida Billi Aylish “Everything I Wanted” taronasi bilan g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, ijrochining Jeyms Bond haqidagi “O‘lishning vaqti emas” filmi uchun kuylagan “No Time to Die” ijrosi “Eng yaxshi saundtrek” nominatsiyasida mukofotga loyiq deb topildi. Teylor Svift “Folklore” to‘plami bilan “Yil albomi” nominatsiyasi bo‘yicha “Gremmi”ni qo‘lga kiritdi. “Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasida afroamerikalik Jorj Floyd xotirasiga bag‘ishlangan “I Can’t Breathe” kompozitsiyasi muallifi − xonanda H.E.R. g‘olib bo‘ldi. Qozog‘istonlik 20 yoshli dijey – Imanbek Zeykenov amerikalik reper Saint Jhn’ning “Roses” kompozitsiyasi remiksi uchun “Gremmi” g‘olibi bo‘ldi. U mukofotni qo‘lga kiritgan ilk qozog‘istonlik bo‘lib, uning versiyasidagi trek 20 haftadan ko‘proq ketma-ket Billboard Hot 100’ning eng yaxshi o‘ntaligiga kirgan. Imanbek aslida professional musiqachi emas. Ma’lum bo‘lishicha, u musiqa bilan shug‘ullanishdan avval Pavlodar viloyatida temiryo‘l xodimi bo‘lib ishlagan. “Gremmi-2021” laureatlari “Gremmi” g‘oliblarining birinchi taqdirlash marosimi 1959-yil 4-may kuni bo‘lib o‘tgan. Mukofot tarzida taqdim etiladigan grammofon haykalchasi 84 kategoriya bo‘yicha o‘z egalariga topshiriladi.
88
1,669
Foto
Jonivorlarning Comedy Wildlife Photography Awards tanloviga taqdim etilgan eng kulgili suratlari (foto)
Comedy Wildlife Photography Awards qo‘mitasi hayvonot dunyosi hayotini o‘zida mujassam qilgan eng kulgili suratlar tanlovining finalistlarini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi. Yorqin kadrlar tanlovning saytida taqdim qilingan. Ma’lum qilinishicha, final uchun yovvoyi tabiat bilan bog‘liq qiziqarli lahzalarni o‘zida aks ettirgan 42 ta surat saralab olingan. Tashkilotchilarning aytishicha, ular har yili ko‘plab suratlarni qabul qilib oladi. Bu esa ularning fikricha, odamlarning hayvonot olamini himoya qilishda ishtirok etishga intilayotganidan darak beradi. Eng yaxshi fotoga ovoz berish jarayoni 2021-yilning 10-oktabriga qadar davom etadi. G‘olib 22-oktabr kuni taqdirlash marosimida e’lon qilinadi. Ma’lumot uchun, Comedy Wildlife Photography Awards tanloviga 2015-yilda fotograflar Pol Joynson-Xiks va Tom Sallam tomonidan asos solingan.
103
875
Foto
Fotogalereya: Dramatik holatlar aks etgan suratlar
Ba’zan hayotda turli dramatik holatlar yuz beradi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
50
110
Foto
Fotogalereya: Dunyoda yaxshilik qolmagan deya hisoblovchi odamlar tomosha qilishi lozim bo‘lgan suratlar
AdMe odamning yuragiga iliqlik baxsh etuvchi ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi. Maymun o‘z jonini xavf ostiga qo‘yib kuchukchani yong‘indan olib chiqdi Qiz zilziladan so‘ng o‘z mushugini topib oldi Chekish uchun mo‘ljallangan xonaga kirib qolgan tulkicha O‘zining sevimli videodo‘koni yopilganidan tushkunlikka tushgan autizmdan azob chekuvchi bolakayga uning ota-onasi uyda shaxsiy do‘kon qurib berdi Qiz boshpanasiz mushukni ko‘chadan topib oldi. Uning qanchalik o‘zgarganiga e’tibor bering “Akamga pulim kamligi sababli qimmatbaho sovg‘a sotib olishga qurbim yetmasligini aytgan edim. Rojdestvo tongida uyg‘onsam ahvol bunaqa” Bir yil davomida ular internetdagi yozishmalar orqali do‘stlashgan: 22 yoshli yigit va 81 yoshli ayol. Yaqinda yigit o‘zining do‘sti bilan ko‘rishish maqsadida Floridaga uchib keldi. Shaharga shu kabi qahramonlar kerak Ota to‘y marosimini qizini mehrob yoniga uning o‘gay otasi olib borishi uchun to‘xtatdi Kampir sovg‘a qilingan guldan mamnun bo‘ldi Bonus: Dunyodagi eng jozibador yalqov
104
1,032
Foto
Fotogalereya: Sayohat uchun eng go‘zal maskanlar
Yoz sayohat qilish uchun ayni qulay mavsum hisoblanadi. Kimdir qumli plyajda kimdir esa gavjum shaharda dam olishni istaydi. TravelAsk sayyohlar bergan ovozga ko‘ra, 2019-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar reytinggi tuzib, taqdim etdi.
48
250