folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Fotogalereya: Dunyoning eng mashhur shaharlaridagi maxfiy joylar
AdMe dunyoning eng mashhur shaharlaridagi maxfiy joylarning to‘plamini taqdim etdi.
64
83
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlaridagi bolalar nima bilan oziqlanadi?
Jahon oziq-ovqat sanoati insoniyat allaqachon xavfli tendensiyaga kelib qolganini ma’lum qilgan. Ushbu jarayon bilan fotograf Gregg Segal qiziqdi. Bolalarda ortiqcha vazn holatining tobora oshib borishini o‘rganish uchun u bir bolaning haftalik ratsioni nimalardan tashkil topishini aniqlashga kirishdi.  Travel Ask u olgan suratlarni taqdim etdi.
77
347
Foto
Fotogalereya: Eng yaxshi ilmiy suratlar
Britaniya qirollik fotografiya jamiyati International Images for Science competition Xalqaro ilmiy fotosuratlar musobaqasida finalga yo‘l olgan ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”. Kadrda Antarktida qirg‘oqlarida suzayotgan aysberg joylashgan. Aysberg haroratning o‘zgarishi hamda shamol ta’sirida bu kabi yoy ko‘rinishga kelib qolgan. Ushbu kichik dengiz shilliqlari Tinch va Atlantika okeanining shimoliy qismidagi sovuq suvlarda yashaydi. Dengiz farishtalari shilliqurt hisoblanadi, biroq ular o‘sish davrida o‘z chig‘anoqlarini tashlab yuboradi. Puerto-Rikodagi ushbu teleskop radioastronomiya, atmosfera fizikasi va Quyosh tizimidagi jismlarni o‘rganish uchun 2016-yilda qurilgan. Suratda tahlil uchun ayoldan qon olayotgan laborant tasvirlangan. Suratda kaliy bixromat, kumush nitrat va oltingugurt sulfatning o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘lgan konsentrik halqa tasvirlangan. Suratda Kenon 24-105 mm raqamli kamerasining obyektivi tasvirlangan. Ushbu moslama qurilmalarni tashqi elektromagnit maydonlardan himoya qilishga mo‘ljallangan. Suratda hasharot oyog‘ining pastki qismi tasvirlangan. Suv muzlaganida daraxtsimon kristallar paydo bo‘ladi, shundan so‘ng yoriqlar hosil bo‘lib pufakni yo‘q qiladi.
39
1,255
Foto
Samarqanddan ilhomlangan jahonning 8 brendi (foto)
Jahon brendlari, parfyumerlar, dizaynerlar, zargarlar va yozuvchilar Samarqand shahriga bo‘lgan muhabbatini o‘z asarlarida mujassamlashtirdi, deb yozadi My Day. Nashr Samarqand “brend”ini dunyo bo‘ylab ilgari surayotgan ba’zi namunalarni keltirib o‘tdi. 2004-yilda ayollar va erkaklar uchun chiqarilgan atir. Samarqanddan ilhomlangan ushbu marka yangi to‘plamida sharqona folklor elementlaridan foydalandi. U dizayner Samuel Simpson tomonidan zig‘irpoya tolasi va paxta tolasi matosidan tikilgan. Ushbu to‘plamga zumrad, yoqut, feruza, olmos ko‘zli zargarlik buyumlari va soatlar kiritilgan. U 27 ta tilga tarjima qilingan.
50
630
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli burchaklaridagi 1 million dollarlik uylar
AdMe 1 million dollar evaziga dunyoning turli burchaklaridan qanday uy sotib olish mumkinligi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Bir million dollar evaziga bu kabi yorqin apartamentlar bilan jihozlangan, oshxona, yuvinish xonasi va bitta yotoxonaga ega uyni sotib olish mumkin. Apartamentlar mehmonxona binosida joylashganligi uchun uning ma’muriyati bu yerda yashash tartibini belgilab beradi. Masalan, binoda uy hayvonlari bilan yashash mumkin emas. Ushbu koshonaning yoshi 130 dan ortiq. Bu yerda 6 kishiga mo‘ljallangan yotoxona mavjud va bino gaz yordamida isitiladigan tizimga ega. Uy kapital ta’mirlashga muhtoj. Salkam bir million dollar evaziga Parijdan uch xonali uy sotib olish mumkin. Bu yerda oshxona, yotoxona, mehmonxona joylashgan. Uy egalari bir necha kvartira uchun mo‘ljallangan umumiy yer maydonidan foydalanishlari mumkin. Fransiyadagi ushbu kichkina shaharchadan yuqoridagi mablag‘ evaziga basseyn va katta tomorqaga ega uy sotib olish mumkin. 1 million dollarga egalik qiluvchi shaxs Milandagi yaxshi dahalardan biridan uch xonali uy sotib olishi mumkin. Shuningdek, 1 million dollarga Kataloniyadan kantri-usulida qurilgan uyni ham sotib olsa bo‘ladi. Ushbu uyda 7 ta xona, garaj va xo‘jalik uchun mo‘ljallangan ko‘plab xonalar mavjud. Monrealda ushbu pul evaziga 4 ta yotoqxonasi hamda basseyni mavjud uyga egalik qilsa bo‘ladi. Bir million dollardan ortiqroq mablag‘ga metrodan 5—10 daqiqalik uzoqlikda joylashgan koshonani sotib olsa bo‘ladi. Salkam bir million dollarga Moskva markazidan uch xonaga ega hashamatli kvartirani sotib olish mumkin.
71
1,592
Foto
Fotogalereya: Mark Sukerbergning bir xil futbolkalari
25-yanvar kuni Facebook asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga o‘z kiyim javoni suratini joyladi, unda kul rangdagi bir xil futbolka va tolstovka (kapyushonli yengil ustki kiyim)lar qator bo‘lib ilinib turganini ko‘rish mumkin, deb yozadi TJournal. Suratga yozgan izohida milliarder aniqlik kiritishicha, u dekret ta’tilidan keyingi birinchi ish kunida nima kiyishni tanlamoqda. Sukerberg deyarli doimo bir xil kiyimda bo‘lishi bilan bog‘liq savollar anchadan buyon ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini qiynab keladi, deb yozadi nashr. 2012-yilda Moskvaga qilgan tashrifi chog‘ida Facebook asoschisi unda 20 ta bir xil futbolka borligi, javonning qolgan qismini esa rafiqasining buyumlari band etgani haqida gapirib bergandi. Shuningdek, u vaqtini tejab, oddiy hayotda ikkinchi darajali qarorlarga iloji boricha kamroq vaqt sarflashga intilishi, shu yo‘l bilan Facebook ustidagi ishlardan chalg‘imaslikka harakat qilishini aytgan edi.
53
956
Foto
Fotogalereya: Jonivorlar suqilgani sabab bebahoga aylangan kadrlar
Britaniyaning The Telegraph nashri fotosuratlarga suqilib, kadr qiymatini oshirib yuborgan jonivorlar ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Ro‘yxatdan aviashou vaqtida samolyotlardan birining o‘rnini egallagan baliqchi qush, JARdagi manzarani suratga olishga xalal bergan pavian, Perudagi lama, Kanadadagi olmaxon, Kosta-Rikadagi yalqov, Zimbabvedagi fil, Avstraliyadagi gorilla va boshqalar o‘rin olgan.
66
421
Foto
Fotogalereya: Bir-biriga juda o‘xshash mashhurlar
AdMe bir-biriga juda o‘xshash mashhur ayol va erkaklarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
49
91
Foto
Fotogalereya: Bir-biriga to‘qnash kelgan o‘xshash kishilar
AdMe turli joylarda uchrashib qolgan o‘xshash kishilarning suratlarini taqdim etdi.
58
83
Foto
World Photography Awards tanlovining eng yaxshi suratlari taqdim etildi (foto)
World Photography Awards 2021-yil tanlovida ishtirok etayotgan eng yaxshi suratlar e’lon qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ushbu musobaqada dunyoning go‘zalligini aks ettirgan ajoyib suratlar mukofotlanadi. Ishtirokchilar arxitektura, ijod, peyzaj, turmush tarzi, harakat, yovvoyi tabiat, obyekt, portret, ko‘cha suratlari va sayohat kabi o‘nta nominatsiya bo‘yicha uchta suratni bepul taqdim etish imkoniyatidan foydalangan. Yilning eng yaxshi suratlari esa hakamlar hay’ati tomonidan 2021-yilning 15-aprel kuni e’lon qilinadi.
78
536
Foto
Sayyoradagi eng vahshiy yirtqichlarning bolalikdagi suratlari (fotogalereya)
AdMe Yer yuzidagi eng vahshiy bo‘lgan yirtqich hayvonlarning bolaligi aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.
76
105
Foto
Fotogalereya: Mashhurlarning bolalikdagi suratlari
Tasavvur qiling, sizning sobiq sevgilingiz mashhur filmda suratga tushdi yoki maktabdagi do‘stingiz mashhur qo‘shiqchiga aylanib ketdi. Qo‘shni sinfdagi bola ham bir kun kelib mashhur insonga aylanishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘z sahifalarida mashhurlar bilan hali ular taniqli bo‘lmagan paytda birga tushgan suratlari bilan bo‘lishdi. AdMe esa ularning eng qiziqarlilarini jamlab taqdim etdi. “Bir vaqtlar men Ariana Grande bilan ‘Zolushka’ spektaklida o‘ynaganman” “Biz Jon Travolt va buvijonimizning rasmini topdik” “O‘rta maktabda men Hloi Kardashiyan bilan uchrashganman” “Leonardo Di Kaprio amakimning mehmoni bo‘lgan” “Mening onam Mayk Tayson bilan uchrashgan”
50
689
Foto
Fotogalereya: Time jurnali talqini bo‘yicha 2018-yilning eng yaxshi suratlari
2018-yil tarixda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ko‘plab hodisalarga boy bo‘ldi. AdMe Amerikaning Time jurnali tomonidan 2018-yilning eng yaxshi deb topilgan suratlarini taqdim etdi.
77
174
Foto
Qozog'istonga olib kelinayotgan rus tanklari, hosil uchun ibodat, qor ostidagi Buyuk xitoy devori — 9 yanvar suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Ukraina poytaxti Kiev shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning siyosatiga qarshi norozilik namoyishi bo'lib o'tdi. Rossiya Mudofaa vazirligi Qozog'istonga yuborilayotgan harbiy texnikalar ortilgan samolyot ichining suratini e'lon qildi. Saudiya Arabistonida Dakar rallisi bo'lib o'tmoqda. Kamerunda futbol bo'yicha Afrika millatlar kubogi musobaqasiga start berildi. Kamerunlik muxlislar milliy terma jamoa o'yinini tomosha qilishga kelmoqda. Buyuk Britaniyada tong otmoqda. Pekin yaqinidagi koronavirusga qarshi test olish markazi. AQShlik matador Derek Kolbaba chiqish qilmoqda. Turkiyaning Kars viloyatida askarlar va aholi Sariqamish jangining 107 yilligi munosabati bilan halok bo'lganlar xotirasi uchun marsh qilmoqda. Birinchi jahon urushining eng muhim janglaridan biri hisoblangan Sariqamish jangi 1914-1915 yillarda Turkiyaning Sariqamish shahrida bo'lib o'tgan. Buyuk Britaniyaning Ledburi shahrida bu yilgi hosilning yaxshi bo'lishi uchun ibodat marosimi bo'lib o'tdi. xitoydagi mashhur Buyuk xitoy devorida qor yog'di.
118
1,098
Foto
Parij sindromi: Xitoyda yaratilgan Fransiya poytaxti (foto)
2007-yilda Xitoyning Guanchjou shahri yaqinidagi Tyanduchen aholi yashash punktida Parij shahri nusxasi yaratilgan. Asli parijlik bo‘lgan fotograf Fransua Prost o‘z shahrining Xitoydagi versiyasini suratga oldi hamda suratlarni asl diqqatga sazovor maskanlar bilan solishtirdi, deb yozadi Esquire. Suratlarga qarab Fransiyani Xitoydan ajratishga urinib ko‘ring. Qurilish tashabbuskorlari Tyanduchenda taxminan 10 000 kishi yashashini hisob-kitob qilgan edi. Besh yil oldin bu yerda bor-yo‘g‘i ikki ming kishi yashardi. Aholi yashash punktida Guanchjouning boshqa hududlariga qaraganda hayot kechirish arzonroq. 2017-yilda 1,7 million xitoylik Parijga bir-ikki kunga tashrif buyurgan hamda sutkasiga 180 yevro sarflagan. Bunda Fransiyadagi qimmatbaho buyumlar xaridorlarining 40 foizi xitoyliklar hisoblanadi. Ular shopingga o‘rta hisobda bitta tashrif doirasida 11 ming yevro sarflaydi. Vaqt o‘tishi bilan kun kechirishning arzonligi Tyanduchenga odamlar oqimini tezlashtirdi. Hozirda bu yerda 30 mingdan ko‘proq kishi yashaydi. Bu esa bir kvadrat kilometrga bir kishi degani. Tyanduchen aholi yashash punkti nomi “samo poytaxti” deb tarjima qilinadi. Kichik Parij qurilishiga 474 million yevro sarflangan. Bugungi kunda Xitoy hukumati bunday turdagi arxeologik obyektlar mamlakat sotsialistik ideologiyasiga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblaydi. Parijning XIII okrugida Yevropadagi eng yirik Chayna-taun joylashgan. U yerda 50 ming kishi yashaydi, ularning orasida vyetnamliklar va laosliklar ham bor. Fransiyadagi Xitoy diasporasi 700 ming kishini o‘z ichiga olgan.  Egizak shaharlar: Venetsiyaning Xitoy va Las-Vegasdagi nusxalari (foto)
59
1,647
Foto
Fotogalereya: Art of Building 2017 arxitektura fotografiyasi xalqaro konkursidagi eng yaxshi ishlar
Buyuk Britaniyaning Qurilish qirollik instituti “Qurilish san’ati” xalqaro tanlovining finalchilari ishlarini taqdim etdi. TravelAsk ana shu ishlarga e’tibor qaratdi.
99
166
Foto
Fotojamlanma: Dunyoning turli burchaklarida Ramazon oyi shukuhi
Ramazon oyi musulmonlar tomonidan o‘zgacha xursandchilik va tilovatlar bilan o‘tkazilmoqda. Sputnik shu oyda dunyoning turli burchaklaridagi Ramazon shukuhi tasvirlangan fotojamlanmani havola etdi. Musulmonlar Manama shahrida muborak Ramazon oyida dasturxonga taom tortmoqda. Bahrayn. Qohirada “Al-Ahzar” masjididagi taroveh namoziga kelgan qizaloq. Misr. Ramazon oyida Jakartadagi “Istiqlol” masjidida musulmonlar juma namozidan so‘ng hordiq chiqarmoqda. Indoneziya. Karachida musulmonlar muqaddas Ramazon oyining ilk juma namozini ado etmoqda. Pokiston. Muborak Ramazon oyida Qur’on tilovat qilib, ibodat qilayotgan ayol. Iroq. Qohiradagi “Al-Azhar” masjidida iftorlik. Misr. Ramazon oyining ilk kuni. Istanbuldagi tarixiy Sultonahmad tumanida iftorlik oldidan. Turkiya. Ramazon oyining ilk juma kuni “Jamia” masjidida namoz o‘qish uchun yig‘ilganlar. Keniya. Jokyartadagi “Jogokariyan” masjidida iftorlik taomini hozirlayotgan ayol. Indoneziya. Mоzori Sharif shahridagi masjid hovlisida ichimlik ichayotgan bolalar. Afg‘oniston. Somali musulmonlari Ramazon oyidagi iftorlik chog‘ida. Somali. Dakka shahridagi “Baytul Mukarram” masjidida ro‘zadorlar tanavvul qilishi uchun taom tortilmoqda. Bangladesh. Ravalpindi shahrida tunggi taroveh namoziga tayyorgarlik ko‘rish uchun joynamoz olib ketayotgan pokistonlik musulmon. Pokiston.
63
1,345
Foto
Foto: Dunyodagi eng yosh milliarder ayol Kayli Jenner qanday uyda yashaydi?
Amerikalik model va tadbirkor, Forbes reytingiga ko‘ra, 2020-yilda ikkinchi marta dunyodagi eng yosh milliarder ayol deb topilgan 22 yoshli Kayli Jenner Los-Anjelesdagi Xolmbi-Xillz shahridan 36,5 million dollarga qasr sotib oldi, deb yozadi Hello. Qayd etilishicha, ushbu qasrda o‘z davrida Maykl Jekson istiqomat qilgan. “Kurort majmuasi” deb ataluvchi ushbu qasrning umumiy maydoni 1800 metr kvadratni tashkil etadi. Unda 7 ta yotoqxona, 14 ta vannaxona, barcha zarur shart-sharoitlarga ega oshxona, ochiq va yopiq uy kinoteatri, bir nechta bar, o‘yin xonalari va sport zali mavjud. Hovlida esa basseyn va basketbol maydonchasi ham bor.
75
640
Foto
Fotogalereya: Curiosity’ning Marsdagi besh yili
Curiosity marsoxodi 2012-yil 6-avgustda Marsga yetib borgan bo‘lib, NASA tomonidan sayyoraga uchirilgan o‘n to‘qqizinchi kosmik qurilmadir. Uning asosiy vazifasi Marsda hayot uchun munosib sharoitlar bor yoki yo‘qligini aniqlash, sayyora geologiyasi va iqlimi haqida ma’lumotlar to‘plash, insonning Marsga qo‘nishi uchun maydonchalar hozirlashdan iborat, deb yozadi “Gazeta.ru”. Uch metrli marsoxodning og‘irligi 899 kilogramm va u soatiga 144 metr tezlikda harakatlanadi. Unga kameralar, masofadan turib tadqiqot o‘tkazish vositalari, spektrometr, tuproqdan namuna olish uchun kovsh hamda meteorologik uskunalar jamlanmasi o‘rnatilgan. Mars yuzasidagi atrof-muhitni o‘rganishi uchun u jami bo‘lib 10 ta ilmiy qurilma va suratga olish ishlarini bajarishi uchun 17 ta rangli hamda oq-qora kameralar bilan jihozlangan. Curiosity Marsga qo‘nganidan beri 16 kilometr masofa bosdi va Sharp tog‘i qiyaligi bo‘ylab 165 metr balandlikka ko‘tarildi. U qadimiy suv izlarini, Mars tuprog‘ining tarkibini aniqladi va tarixda birinchi bor Mars yuzasini burg‘alab, qattiq tuproq namunalarini qo‘lga kiritdi. Marsoxodning faoliyati Yerdagi 400 ziyod mutaxassis tomonidan ta’minlab turiladi. Missiya ikki yilga mo‘ljallanganiga qaramay, marsoxod Qizil sayyoradagi ishini hamon davom ettirmoqda. U yangi namunalarni aniqlab, Yerga Mars landshaftining yangidan-yangi suratlarini yo‘llamoqda.
47
1,378
Foto
Foto: Qohirada Ramzes II ning 11 metrli haykalini ko‘chirish operatsiyasi
Misr poytaxti Qohira shahrida Ramzes II ning ulkan haykali ko‘chirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”. Yoshi uch ming yildan ortiq, vazni 83 tonna, balandligi esa 11 metr bo‘lgan haykal Gizadagi piramidalar kompleksida joylashgan. U maxsus tirkamaga ortilgan va 400 metrga ko‘chirish uchun mustahkam mahkamlangan. Qadimiy yodgorlik unga nisbaan og‘irlikni kamaytirish maqsadida vertical holatda ko‘chirilgan. Haykal olib o‘tiladigan yo‘l oldindan mustahkamlangan va tekislangan, shuningdek, uning og‘ir haykalni ko‘tara olishiga ishonch hosil qilish uchun simulyatsiya ham o‘tkazilgan. Haykal Katta Misr muzeyining kirish qismiga o‘rnatiladi. Pushti granitdan yasalgan haykal Memfida topilgan va 1954-yilda Qohiradagi vokzal maydoniga o‘rnatilgan. Haykalga poyezdlar harakati natijasida yuzaga keladigan tebranishlar zarar yetkazmasligi uchun uni Giza platosiga ko‘chirishga 2006-yilda qaror qilingan. Haykalning nusxasi Qohira aeroportia olib boruvchi yo‘lda o‘rnatilgan.
73
969
Foto
Belarus–Rossiya harbiy mashqlari, Pekin Olimpiadasi, Kanadada vaktsinaga qarshi namoyishlar — 10 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Ukraina mojarosi fonida rossiyalik va belaruslik askarlar qo'shma harbiy mashg'ulot o'tkazdi. Pekinda qishki Olimpiada o'yinlari davom etmoqda. Undan olingan eng sara suratlarni tomosha qiling. Turkiyada Sharqiy O'rta Yer dengizi turizm va sayohat ko'rgazmasi davom etmoqda. Kanadada yuk mashinasi haydovchilari koronavirusga majburiy emlashga qarshi norozilik namoyishi o'tkazmoqda.
113
444
Foto
Pandemiya vaqtida dunyodagi eng qimmat shaharlar (foto)
Interfaks pandemiyadan buyon qaysi shaharlarda yashash qimmatga tushayotgani haqida bo‘lishdi. Sababi karantin e’lon qilingandan so‘ng ayrim shaharlarda yashash qiymati avvalgi yillarga nisbatan yevro va dollarga bog‘liq ravishda qimmatlashdi. Parij Gonkong Syurix Singapur Osaka Tel-Aviv Nyu-York Jeneva Los-Anjeles Kopengagen
55
336
Foto
Fotogalereya: Avstraliyalik er-xotinlar 60 ta kenguruni parvarish qilib, ularning bolalari uchun xaltachalar tikib bermoqda
Juli Uillis va Garri Uilson 60 ta kenguruni o‘z uyiga olib ketgan. Kengurularning aksar qismi yashil qit’ada bir necha oy davom etgan o‘rmon yong‘inlari vaqtida ota-onasini yo‘qotib yetim qolgan. Oila o‘nlab kengurularga g‘amxo‘rlik qilmoqda, kichik kengurularning ham kuch to‘plashi uchun ularga ko‘mak bermoqda. Juli va Gari 20 yildan beri kenguru qo‘riqxonasini boshqarib keladi, ular o‘rmon yong‘inlarida yetim qolgan kenguru, vallabi va opossumlarni parvarishlamoqda. Er-xotinlarning ma’lumot berishicha, ushbu hududdagi hayvonlarning 80 foizi yong‘inlar tufayli halok bo‘lgan. Kenguru Joi Vitalibda yashovchi Juli Uillis va Gari Uilsonning qaramog‘ida. Yosh kengurularning aksariyati yong‘inlar oqibatida onalaridan ayrilgan. Vallabi kenguruchasining onasi Vitalibdagi yong‘inlardagi og‘ir jarohatlar tufayli uxlatib o‘ldirishga to‘g‘ri kelgan, yana bir kenguruning onasini mashina ostida halok bo‘lgan. Er-xotinlar kenguruchalar ona mehrini his qilishi va xavfsizlikda bo‘lishi uchun ularning onalari xaltasiga o‘xshash xaltachalar tikib bergan. Juli The Glen Innes Examiner mahalliy gazetasiga bergan intervyusida yong‘inlar tufayli kengurularning ko‘pchilik qismi yo‘qolib ketgani va opossumlarning ham kam qismi omon qolganini bildirgan. “Halok bo‘lgan va kuyib ketgan kenguru hamda opossumlarning jasadlari yo‘llar chetida yotardi. Fermerlarning ot, cho‘chqa, alpak va echkilari ham olov ichida qolib halok bo‘lgan”. Juli Uillis 20 yildan ortiq vaqt davomida kenguru va boshqa xaltali hayvonlarga mehrini berib keladi. Juli Uillis va Gari Uilson o‘z uylari yonida. 2019-yil Avstraliya uchun eng issiq va quruq davr bo‘ldi, o‘rmon yong‘inlari uch oydan ortiq vaqt davom etdi va tabiatga juda katta ziyon yetkazdi. Avstraliyada har yili o‘rmon yong‘inlari kuzatiladi, ammo o‘tgan yili ular ancha barvaqt boshlandi va uzoqroq davom etdi.
123
1,856
Foto
Fotogalereya: Aqlbovar qilmas darajada kamtar rahbarlar
Ular, ba’zi hamkasblaridan farqli o‘laroq, noodatiy hayot tarzini olib boradi: bir necha yuz ming yevro turadigan soatlar xarid qilmaydi, katta xarajatli mehmondorchiliklar uyushtirmaydi, qasrlar sotib olmaydi. Bu amaldorlar o‘zini shu hayotning egasi deb emas, balki xalq yollagan oddiy bir menejer sifatida ko‘radi. “Sol” nashri sizni hayron qoldirishi mumkin bo‘lgan hokimlar, bosh vazirlar va prezidentlarning kichik bir ro‘yxatini tuzdi. Finlyandiyaning kamtarona umr kechiruvchi sobiq prezidenti Tarya Xalonen “Nyu-York — Xelsinki” aviareysining ekonom-klassida oddiy odamlardek parvoz qilayotgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘lganidan so‘ng ayniqsa tanilib ketgandi. Finlyandiya prezidentini qandaydir oziq-ovqat do‘konida ko‘rib qolish odatiy hol hisoblanar, bir safar esa uni kiyim-kechak do‘konida... chegirma bilan sotilayotgan liboslarga ko‘milib o‘tirganini ham ko‘rib qolishgandi. Portugaliyada hordiq chiqarayotgan ayoli va bolalarining oldiga ketayotgan Buyuk Britaniya bosh vaziri, chiptalari arzon Easyjet aviakompaniyasi samolyotida oddiy odamlar bilan birga parvoz qilib, hammani hayratga soldi. U o‘tgan yili ham dam olish uchun Ispaniyaning Granada shahriga yo‘l olarkan, turmush o‘rtog‘i bilan birga ekonom-klassda uchgandi. Ishga esa tez-tez velosipedda kelib turadi. 2015-yil aprelida esa uning gavjum London metrosida tikka turib, xotirjam gazeta o‘qib ketayotgani tasvirlangan fotosuratlar tarqaldi. U prezident bo‘lganidan so‘ng, davlat qasridan ko‘ra o‘zining fermerlik uyini ma’qul ko‘rdi, daromadlarining aksariyat qismini ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirdi, ekonom-klassda parvoz qilib, eski Volkswagen “Qo‘ng‘iz”da ishga qatnadi. U besh yil prezidentligi davomida qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan Urugvayni energiya eksport qiluvchi mamlakatga aylantirdi, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirdi, davlat qarzini kamaytirdi, qashshoqlik darajasini qisqartirdi. London meri shahar bo‘ylab velosipedda harakatlanishni ma’qul ko‘radi. U beso‘naqay, mallasoch, ovozi yo‘g‘on, bayonotlari esa shov-shuvli. U galstuksiz yurishga uyalmaydi, sport kurtkasi, ryukzak va velosiped dubulg‘asidan tortinmay foydalanaveradi. Boyligi 16—20 milliard dollarga baholanadigan bu siyosiy arbob va ishbilarmon nafaqat xayriya ishlari bilan, balki o‘zining kamtarligi bilan ham nyu-yorkliklar mehrini qozongan — AQShning moliyaviy poytaxti meri ishga metroda borardi! U Manxettendagi o‘z xonadonida yashar, Nyu-York hokimi sifatida yiliga bir dollar maosh olardi. Nechasning bosh vazir bo‘lganidan keyingi ilk qarori shaxsiy qo‘riqchilardan va Audi xizmat avtomobilidan voz kechish bo‘lgan. Nechasning aytishicha, u kimningdir hujum qilishidan qo‘rqmaydi. Ishga odatda piyoda keladi, ish bo‘yicha safarlarga esa Chexiyada ishlab chiqarilgan avtomobilda boradi. Komorovskiyning ixtiyorida 4 xonali xonadon bor (meros sifatida qolgan). Qiziq tomoni, mamlakat prezidenti sifatida ishlagan vaqtlarida u Varshavadagi hukumat mavzesida istiqomat qilib, 4 xonali xonadonini esa bolalarga sovg‘a qilgan. Irlandiya bosh vaziri Enda Kenni chiptasi arzon aviakompaniyalarning xizmatlaridan tez-tez foydalanib turadi. Buning hayron qolarli joyi yo‘q — u ishga odatda piyoda, yo‘l-yo‘lakay mamlakat fuqarolari bilan suhbatlashib keladi. Yevropaning eng nufuzli siyosiy arboblaridan biri eng oddiy uydagi eng oddiy xonadonda istiqomat qiladi. Nemislar uning uy manzilini juda yaxshi bilishadi: 10117 Berlin, Am Kupfergraben, 6. Merkelning xonadoni to‘rtinchi qavatda joylashgan. U dam olish uchun ham, liboslar sotib olish uchun ham o‘z hamyonidan pul sarflaydi. Hashamatli qasrlari, yaxtalari yo‘q — puli yetmaydi. Latviyaning yangi prezidenti — ancha kamtar inson. Raymond Veyonis hali ham Riga yaqinidagi Ogre shaharchasida joylashgan ko‘p qavatli uyda istiqomat qiladi. Qo‘shnilarining aytishicha, u hammaga yordam berishga harakat qiladi. “Bir safar uyimda jo‘mrak buzilib qoldi — suv oqib yotibdi, qayerga ham borib, yordam so‘rardim? Qarasam, u hovlida, mashinasining oldida turgan ekan. Hozir kirib, to‘g‘rilab beraman, dedi. Kirdi va to‘g‘rilab berdi”, — dedi Veyonisning qo‘shnisi.
55
4,095
Foto
Foto: Fotoshop qilingandek tasavvur uyg‘otadigan real suratlar
Ko‘pchilik suratga faqat muayyan bir vaqtdagi hodisa, obyektni muhrlash mumkin deb hisoblaydi. Ammo bugungi kunda professional fotograflar uzun “viderjka” texnologiyasidan foydalanib bir emas bir necha lahzalarni birlashtirish va ajoyib suratlar olishni boshlab yuborgan. Mazkur texnika suratni maxsus effektsiz ham o‘ziga xos qilib olish imkonini beradi. Yer sharining koinotdan olingan surati Tajribali va kreativ suratchi tomonidan yer sharining koinotdan turib uzun “viderjka” bilan olingan surati. Kanoechilar qayig‘idan qolgan iz Bunday effektga erishishi uchun qayiqqa yorug‘lik taratadigan maxsus diod (radiolampa o‘rnatilgan)lar o‘rnatilgani kanoechilar harakatlanish vaqtida o‘ziga xos kadr chiqishiga sabab bo‘lgan. Charxpalak Rang-barang yonuvchi yorug‘lik lampalari o‘rnatilgan charxpalakning tunda uzun “viderjka” bilan olingan surati. Yo‘lning kechki surati Harakat va yorug‘likni bir vaqtda kadrga tushirish uchun kechasi suratga olish va mayda detallarga ham e’tibor qaratish kerak. Robot changyutgichning harakat trayektoriyasi Mazkur fotoni suratga olish uchun changyutgichga rangli yorug‘lik taratadigan diodlar o‘rnatilgan. O‘rmondagi tillaqo‘ng‘izlar Uzun “viderjka” bilan tabiat qo‘ynida ham o‘ziga xos, grafikaga o‘xshash suratlar olsa bo‘ladi. Harakatdagi snoubordchi Snoubord sporti bilan shug‘ullanadigan sportchi harakatlari muhrlangan kadr. Vertolyotning qo‘nganidan keyingi izi Mazkur o‘ziga xos kadr vertolyotning qanday qo‘ngani haqida. Rojdestvo tramvayi Rojdestvo arafasida yasatilgan tramvay surati.
62
1,543
Foto
Eng go‘zal tojik qizlari (fotogalereya)
“Fishki.net” eng go‘zal tojik qizlarining suratlaridan iborat fotogalereyani taqdim etdi.
39
89
Foto
Fotogalereya: Gonkongning hayratomuz suratlari
Gongkongni yer yuzasidagi hech bir shahar bilan solishtirib bo‘lmaydi. U yerda sayyoraning eng baland binolari bor. Gonkonglik Nikolas Ku osmono‘par binolardan shaharning suratini oldi. Travel Ask shu rasmlarni taqdim etdi.
46
223
Foto
Alla Pugachyova, Jim Kerri va erta nabirali bo‘lgan boshqa yulduzlar (foto)
Farzandlarining erta ota-ona bo‘lgani hisobiga nabirali bo‘lish baxtini boshqalardan avvalroq his etishga muvaffaq bo‘lgan shou-biznes vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Alla Pugachyova Alla ilk marta 42 yoshida buvi bo‘lgan. Uning to‘ng‘ich nabirasi Nikita 1991-yil 21-mayda tug‘ilgan. Uning yana ikki: Deni va Klavdiya ismli nabiralari ham bor. Sofiya Rotaru Birinchi nabirasi Anatoliy dunyoga kelganida xonanda 46 yoshda bo‘lgan. Hozirgi kunda modellik bilan shug‘ullanadigan nabirasi esa 2001-yilda dunyoga kelgan. Nargiz Zokirova Qo‘shiqchi 44 yoshida buvi bo‘lgan. Qizi Sabina dunyoga keltirgan farzandga Noy deb ism qo‘yilgan. Vupi Goldberg Mashhur teleboshlovchi Aleksandrani 18 yoshida dunyoga keltirgan. Qizi esa 16 yoshida ona bo‘lgan. Bu vaqtda Vupi 34 yosh bo‘lgan. Jim Kerri Qizi o‘g‘illi bo‘lganida aktyor 48 yoshda bo‘lgan. Pirs Brosnan Aktyor birinchi marta 45 yoshida buva bo‘lgan. 1998-yilda qizi Sharlotta o‘g‘il farzand dunyoga keltirgan. Mik Jagger Rolling Stones a’zosi 48 yoshida nabirali bo‘lgan, uning 22 yashar qizi Jeyd dunyoga keltirgan chaqaloqqa Lola deb ism qo‘yilgan. Charli Shin 2013-yilda 47 yashar Charli birinchi marta nabirali bo‘lgan. Qizi Luna dunyoga keltirgan qizga Kassandra deb ism qo‘yilgan.
75
1,250
Foto
Fotogalereya: Xafu — yarim yapon insonlarning go‘zalligi aks etgan suratlar
Xafu atamasi ota-onasidan biri yapon, ikkinchisi boshqa millatga mansub inson degan ma’noni bildiradi. Bu so‘z 1970-yillarda paydo bo‘lib, o‘sha payt mashhur bo‘lib ketgan. AdMe xafularning juda ham chiroyli ekani aks etgan suratlarni taqdim etdi. AQSh+Yaponiya View this post on Instagram Ispaniya+Yaponiya View this post on Instagram Angliya+Yaponiya View this post on Instagram Germaniya+Yaponiya View this post on Instagram Zambiya+Yaponiya View this post on Instagram AQSh+Yaponiya View this post on Instagram Hindiston+Yaponiya View this post on Instagram Fransiya+Yaponiya View this post on Instagram Kolumbiya+Yaponiya View this post on Instagram Guam+Yaponiya View this post on Instagram Germaniya+Yaponiya View this post on Instagram Braziliya+Yaponiya View this post on Instagram Filippin+Yaponiya View this post on Instagram Germaniya+Yaponiya View this post on Instagram
75
1,100
Foto
Koronavirus sabab dunyoga mashhur bo‘lgan Uxan shahrining pandemiyadan avvalgi hayoti — suratlarda
Ko‘pchilik koronavirus pandemiyasiga qadar Xitoyning Uxan shahri haqida hech narsa bilmasdi. 2020-yildan keyin ushbu megapolisni dunyodagi har bir inson odatiy hayot tarzini o‘zgartirib yuborgan, odamlarni uyda o‘tirishga majbur qilgan, dunyo iqtisodiyotini to‘xtatib qo‘ygan kasallik manbasi sifatida eslab qoladi. Fotograf Fergus Koyl o‘zining “Uxan bo‘ylab sayr” loyihasi doirasida ushbu shaharga qo‘rquv va xavotirsiz, odamlar sevib qolib, turmush quradigan, sayr qiladigan, bir so‘z bilan aytganda, hamma qatori hayot kechiradigan dunyoning bir bo‘lagiga qaragandek nazar solishga undaydi. “Uxanning geografiyasi meni ilhomlantirdi. Shahar Yanszi va Xanshuy daryolari kesishadigan joyda joylashgan. U yerda yashagan paytim muntazam ravishda Uchan tumanida paromga o‘tirib, Yanszining shimoliy qirg‘og‘idagi Hankou Bund bog‘iga yetib olardim. Suvda suzuvchilar suzib yurardi, ular yaqinida yirik yuk kemalari ko‘zga tashlanardi”, — deya xotirlaydi fotograf. Hankou Bund parki Yanszi daryosiga parallel ravishda  to‘rt kilometr maydonda joylashgan. Mahalliy aholi bu yerda sport bilan shug‘ullanadi, shaxmat o‘ynaydi, raqsga tushadi hamda Xitoydagi eng baland bino — Uxan Grinlend markazi fonida fotosessiya uyushtiradi. Osmono‘par ushbu bino balandligi 475,6 metr bo‘lib, u balandligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. “Mahalliy aholi qush shaklidagi varraklarni mahorat bilan uchirishini kuzatish — eng yoqimli holatlardan biri. Ular qushni suvga shunday yaqin olib boradiki, uzoqdan qaraganda qush o‘lja uchun suvga sho‘ng‘iyotgandek tuyuladi”, — deydi fotograf. Uxan odatda o‘ta shovqinli shahar. Uning har bir burchagida qandaydir faollikni kuzatish mumkin. Shahar aholisi juda xushmuomala, bu yerda gastronomik madaniyat rivojlangan. Odamlar, asosan, ko‘chada ovqatlanadi. Uxanga bir yilda milliondan ortiq sayyohlar tashrif buyuradi. Shuningdek, u mamlakatning eng yirik talabalar shaharlaridan biri hisoblanadi. Uxanda 20 dan ortiq yirik universitetlar bo‘lib, ularda ko‘plab chet ellik talabalar tahsil oladi. “Kasallik tufayli uzoq muddat jo‘shqin hayot to‘xtab qolgan Uxanga chetdan nazar solish qayg‘uli bo‘ldi”, — deydi fotograf.  Uxanda o‘quvchilar maktabga qaytmoqda. Karantindan keyingi o‘qish — suratlarda
98
2,253
Foto
Yonib ketgan yuk mashinalari, Londondagi moda haftaligi, urushayotgan otlar — 21 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Argentinada yonayotgan dalada o'tlab yurgan qoramollar. Yong'in oqibatida 500 ming gektar maydon yonib kul bo'ldi. Londonda moda haftaligi bo'lib o'tmoqda. Rossiyaning Murmansk viloyatida joylashgan Kola yarim oroli uzra shimol yog'dusi. Germaniyada island otlari urushib o'ynamoqda. Bolgariyada iblislarni haydash uchun uyushtiriladigan “Kukeri” maskaradi o'tkazilmoqda. China Town’da xitoy Yangi yili sharafiga o'tkazilgan paradning osmondan ko'rinishi. Bangladeshliklar Jamna daryosi bo'yida achchiq qizil qalampirlarni qurutmoqda. Qrimning Rossiya tomonidan annektsiya qilinishidan buyon yuzdan oshiq qrim-tatar va jurnalist faollar rus ma'murlari tomonidan hibsga olingan. Kievdagi Rossiya elchixonasi oldida halok bo'lgan 11 faol uchun miting bo'lib o'tdi.
97
823
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi.
29
84
Foto
Kishinyovdagi kechki qor iliq bahor va hosilga tahdid solmoqda
Moldova poytaxti Kishinyovda kuzatilgan kuchli qor shahar hayotini to‘xtatib qo‘yib, joriy yil hosiliga tahdid solmoqda. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Bir necha kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yo‘llardagi tirbandlik ortib ketdi, elektr uzatish tarmoqlari uzildi, bir necha yuz daraxt quladi. Shaharliklarga uyda qolish tavsiya etildi. Respublikada bunday qor yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida kuzatilmagan edi. Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, aprel oyining oxiridagi muzlash joriy yil hosilini nobud qilishi mumkin. Ayniqsa gul ochishga ulgurgan hosildor daraxtlar jiddiy zarar ko‘rdi. Instagram foydalanuvchilari voqea joyidan yuzlab fotosuratlar chop etmoqda. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
62
868
Foto
Onalarning bolalariga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatini ifodalovchi jonivorlar suratlari
Sayyoradagi deyarli barcha onalar xoh yo‘lbars, fil yoki timsoh bo‘lsin bolalarini asrab-avaylab, ularga g‘amxo‘rlik qiladi va ular bu beshafqat dunyoda omon qolishlari uchun hamma narsaga tayyor turadi. Shuning uchun onalar har doim himoya, muloyimlik, mas’uliyat va g‘amxo‘rlik timsolidir. Hayotining birinchi daqiqalaridan boshlab ona bag‘rida. Ona mehri hammaga yetadi. Shirin so‘zlarni uning qulog‘iga pichirlayman. Onani qancha yaxshi ko‘rsak arziydi. To‘satdan quchoqlashish. Axir u har doim bizni yaxshi ko‘radi. Biz shirin uyquda bo‘lsak-da, onam doimo hushyor turadi. Mehrini ayamaydi. Qalban iliqlikni ham. Yonma-yon yotib, bir-birimizdan zavqlanamiz. Onam bilan o‘zimni xotirjam his qilaman. Bolaligimizdan uning dumiga yopishib olamiz. Yoki uxlab qolgunimizcha yonimizda yotadi. Chunki har kimning onasi yagona va u uchun juda qadrli.
87
860
Foto
Ukrainadagi urushning 10 kunligi — suratlarda
Rossiya harbiy kuchlari 24 fevral tongida Ukraina hududiga bostirib kirishi oqibatida boshlangan va tezda Kievni qo'lga kiritish maqsad qilingan urush mana o'n kundirki davom etmoqda. Urush qanday maqsadlarda qilinmasin, ortidan qurbonlar, vayronagarchiliklar qoldirishi shubhasiz va buni tarix bizga ko'rsatib qo'ygan. Quyida Ukrainadagi urushning o'n kunligi oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etamiz. xarkov shahri ma'muriyati binosida turgan Ukraina mudofaa kuchlari askari. Bino Rossiyaning raketa zarbasi oqibatida vayron bo'lgan. Ruslar tomonidan bombardimon qilingan xarkov uylari. Rus bombardimonidan saqlanishga urinayotgan odamlar. Kerak bo'lsa, joningni saqlash uchun kichkina imkoniyatdan ham foydalanib qolishga to'g'ri keladi. Bucha shahri ko'chalaridagi portlatilgan Rossiya harbiy texnikalari. Ukrainadagi urush minglab, balki millionlab begunoh kishilarning taqdiriga ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Bunda asosan ukrainaliklar jabr ko'rayotgan bo'lsada, mamlakatdagi xorijliklar bundan chetda qolgani yo'q. Ukrainani tark etgan odamlar Polsha, Ruminiya, Slovakiya kabi davlatlardan boshpana topmoqda. Suratda Ruminiyaning Siret shahridagi muhojirlar. Urush boshlangan soatlarda minglab aholi Kievdagi markaziy vokzaldan mamlakat g'arbidagi Lvov shahriga evakuatsiya qilindi. Suratda poezd jo'nab ketishini kutayotganlar. Poytaxtda jang qilish uchun qolgan Bogdan ayoli Lenani Kiev vokzalidan kuzatib qo'ymoqda. Ukrainaliklar rus tanklariga qarshi Molotov kokteyllaridan foydalanmoqda. Ularni qanday tayyorlash bo'yicha maxsus ko'rsatmalar ham berilgan. Vasilkov shahridagi neft bazasidan chiqayotgan tutun va olov. Baza Rossiya hujumi oqibatida portlagan. Urush sabab Ukraina fuqarolariga ham qurollar tarqatildi. Suratda Kiev himoyasi uchun qo'liga qurol olgan yoshlar. Irpen shahrida Rossiya zarbasi oqibatida yonib ketgan uy yonidan o'tib ketayotgan ayol. Rossiya nafaqat strategik ob'ektlarga, balki aholi uylariga ham zarba bermoqda. Kievdagi bolalar shifoxonasi ham bombardimon qilindi. Suratda bolasini ko'tarib turgan ota. Edinburg shahrida Shotlandiya parlamenti oldida ukrainalik ayol xalqaro hamjamiyatdan yordam so'ralgani aks etgan plakatni ko'tarib turibdi.
45
2,189
Foto
Foto: Comedy Wildlife Photography Awards tanlovi doirasida yovvoyi hayvonlarning eng kulgili suratlari aniqlandi
Hakamlar hay’ati tomonidan Comedy Wildlife Photography Awards tanlovi g‘olibi deb suratkash Ken Jensen topildi. U tanlovning asosiy sovrini – Keniyaga haftalik sayohatni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Tomoshabinlar tanlovi mukofoti Jon Spirsga – “Menimcha, yoz tugadi” deb nomlangan kabutar surati uchun berilgan. Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan 2021-yil finalchilarining eng esda qolarli suratlari bilan quyida tanishish mumkin.
112
460
Foto
Yulduzlar metrodan foydalanganda (fotogalereya)
Dunyoning boy va mashhur odamlari ham ba’zida metrodan foydalanadi va xalqqa ko‘proq yaqinlashadi. Ularning yer osti jamoat transportidan foydalanishi sabablari turli-tuman. Bu ulardan ba’zilari uchun odatiy hol, boshqalari uchun navbatdagi piar, yana boshqasi uchun esa uzundan-uzoq tirbandlikdan qutulishning yagona yo‘li. “Fotoshedevri” osmondan yerga, aniqrog‘i yer ostiga tushgan ana shunday yulduzlar suratlari jamlanmasini taqdim etdi. Arnold Shvarsenegger mamnuniyat bilan Moskva metrosidan foydalandi. Tirbandliklar Nikolay Baskovni ham metrodan foydalanishga majbur qildi. Evelina Bledans metroda ham vaqtini behuda sarflamaydi. Anastasiya Volochkova metroning noyob mehmonlaridan biri Jeyk Jillenxol Nyu-York metrosini eng yaxshi transport vositasi deb hisoblaydi. Bredli Kuper poyezdini kutmoqda Afsonaviy Merilin Monroni ham metroda uchratishgan. Kianu Rivz metropolitenning doimiy yo‘lovchisi. U doim ayollar va qariyalarga joy berishi haqida mish-mishlar tarqalgan. Sara Jessika Parker turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li bilan metroda xotirjam ketmoqda. Meril Strip ham avval metroni xush ko‘rgan. Xyu Jekman Nyu-Yorkning bir hududidan boshqasiga tezroq yetib olishning boshqa usulini bilmaydi. Kim Kardashyan metroga tushgan zahoti Instagram’dagi akkaunti uchun yangi suratlar olmoqda. Jessika Alba esa metropolitenda o‘zini juda tabiiy tutadi. Madonnani metroda uchratish juda oson. Axir qo‘shiqchi shu usul yordamida piar qilishni xush ko‘radi. Bu chiroyli ayol Rianna ekanligini anglash uchun mohir izquvar bo‘lish shart emas. Oliviya Uayld esa bu yerga qanday tushib qolganini tushunmayotgan ko‘rinadi.
47
1,629
Foto
Fotogalereya: Ofatlar girdobida qolgan davlatlar
Yer sharining bir qismida yomg‘ir suvlari ostida qolayotgan bir paytda, boshqa qismida jazirama hukmronlik qilmoqda. Yaponiya va O‘rtayer dengizi hududlari aholisi issiqdan aziyat chekmoqda, Kanada, Chernogoriya, Xorvatiyadagi o‘rmonlar esa olov domida qolgan. Turkiya va AQSh davlatlarining bir qismi, Hindistonning shimoli-sharqi, Xitoydagi provinsiyalardan biri suv toshqinlari ostida qoldi. “Gazeta.ru” ofatlar domida qolgan davlatlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
48
475
Foto
Tabiat tomonidan in’om etilgan mo‘jiza tufayli o‘zgacha ko‘rinishga ega hayvonlar (foto)
Dunyo bo‘ylab milliardlab inson istiqomat qilmasin, ularning orasidan bir xil barmoq iziga ega ikki odamni topib bo‘lmaydi. Hayvonlar orasida ham tez-tez tabiat o‘zi alohida ko‘rinish baxsh etganlarini uchratish mumkin. Ularning ko‘zlarini rangi, yuz ifodasi yoki mo‘ynasi, albatta, atrofdagilarni hayratga solaveradi. “O‘tgan hafta ikkita mushukcha oldik. So‘ngra ularning birida yurakcha shaklidagi dog‘ borligini bildik. Uning ismi River”. Siyohrang ko‘kqarg‘a go‘yoki hozirgina bo‘yoqchining oldidan chiqqanday. Ona tabiat buqaning bosh qismini oq rangga bo‘yagan. “Do‘stimning aytishicha, mushugim Bellaning ikki rangdagi ko‘zlari dastlab uni qo‘rqitib yuborgan. Menimcha, bu ko‘zlar juda maftunkor”. “Mening kiprikli gekkonim bilan tanishing. Uning ismi Exo”. “Uzunligi 5 metr keladigan go‘zal sudraluvchi sizga ham yoqdimi?” “Bu mutatsiya natijasida ko‘k rangga kirgan. Ushbu holat juda kam uchraydi”. Ushbu it go‘yoki “doimo niqobda yurish mening taqdirim” deganga o‘xshaydi. “Uning mo‘ylovlari hamisha jilmayib turgandek ko‘rsatadi”. Tabiat 80 darajali fotoshop ustasi bo‘lganida. “Ranglar eng qiziq joyda tugagani aniq”. “Mushugimning burnida ham yuragi bor”. “Oq-sariq mashukning sepkillari negadir qora?” “Mushukning burnidagi noodatiy dog‘i uni juda jiddiy ko‘rsatadi”. “Ushbu mushuk yo uchuvchi yoki Call-markazda ishlaydi”. “O‘sha vaqtda tabiat ozgina bo‘yoqqa muhtoj bo‘lib qolgan”. “Pardoz borasida ko‘zga qanday urg‘u berishni bilmaganda...” “Ushbu vizajistning mahorat darsiga qanday yozilish mumkin?” “Mushugimning panjasi shunday ko‘rinishda”. “Umid qilamanki, uning quloqlari hamisha shunday kattalikda qoladi”. “Mening itimda geteroxromiya bor. Uning jigarrang ko‘ziga yaxshilab qaralsa, ko‘k dog‘larni ko‘rish mumkin”. “Izzaning burni noodatiy ko‘rinishga ega, ammo uni yaxshi ko‘radiganlar uchun buning ahamiyati yo‘q”.
88
1,865
Foto
Fotogalereya: National Geographic 2018-yilning eng yaxshi suratlarini e’lon qildi
National Geographic 2018-yilning eng yaxshi suratlarini e’lon qildi, deb yozmoqda AdMe.
81
87
Foto
Xayolotning cheksizligi: Zerikarli narsalardan san’at asari yaratayotgan nyu-yorklik rassom
Ko‘cha rassomi Tom Bob o‘zining rang-barang ijodi bilan Nyu-York shahrini sehrli olamga aylantiradi. Ustunlar, elektr terminallar yoki boshqa narsalardan foydalanib, u atrof-muhit bilan uyg‘unlashib ketadigan asarlar yaratadi. Tom Bob odatda Nyu-Yorkda chizadi, lekin u o‘z ijodini boshqa joylarda ham namoyish qilishi mumkin. Oshiq ilonlar Gomer Simpsonning sevimli ponchigi Sichqon va pishloq Haqiqiy san’at asari Faqat ugina konditsionerda xo‘rozqand ushlagan robotni ko‘rishi mumkin Kamalaknusxa shlyapa Yigitcha saksafonda kuy chalyapti Niqoblaringizni taqing! Ko‘zoynakli erkak Buni ko‘rib, ishtahang ochilib ketadi Qizcha kartoshka fri yeyapti Bart Simpson Olmaxon daraxtdan boshqa qayerda ham yashardi Pushti flamingo
91
738
Foto
Karantin vaqtida ish boshlagan Toshkent vokzali — suratlarda
18-maydan boshlab Toshkentdan viloyatlarga aviaqatnov, “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda temiryo‘l qatnovi qisman tiklandi. Sputnik nashri karantin vaqtida ishni qayta tiklagan Toshkent vokzalidan fotoreportaj tayyorladi. Ta’kidlanishicha, poyezdlar qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari bajarilishi ta’minlanmoqda. Dastlab yo‘lovchilardan COVID-19’ga test tahlili olinganligi haqidagi ma’lumotnoma talab etilgan. Keyinchalik Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi. Vokzalga kirayotgan har bir yo‘lovchi dezinfeksiya qilinib, teplovizorda harorati o‘lchanmoqda. Yo‘lovchilar poyezd vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi. Poyezdlarga elektron chiptalar onlayn tarzda sotilmoqda. Elektron chipta olish imkoniyati bo‘lmagan yo‘lovchilar temiryo‘l vokzallari kassalaridan chipta olishi mumkin bo‘ladi. Chipta olgan yo‘lovchilar tomonidan yo‘lovchilar so‘rovnomasi (marshrut varag‘i) to‘ldiriladi. Temiryo‘l vokzallarining yo‘lovchilar bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan barcha xodimlari, davlat organlari hamda maxsus xizmat xodimlari kundalik faoliyati davomida bir martalik 8 soatli himoya niqobi va qo‘lqoplar, shuningdek, yuz va ko‘z qismini himoyalovchi maxsus shaffof niqob, dezinfeksiya va antiseptik vositalar bilan ta’minlangan. Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilar sog‘liqni saqlash xodimlari nazoratiga topshiriladi. Sog‘liqni saqlash xodimlarining xulosasiga ko‘ra, yo‘lovchiga temiryo‘l xizmatlaridan foydalanishiga ruxsat berilmaydi. Bunday holatlarda yo‘lovchiga chipta puli o‘rnatilgan tartibda qaytarib beriladi.
60
1,728
Foto
Fotogalereya: Bir necha yildan so‘ng qayta topilgan buyumlar
Sevimli narsalarni yo‘qotib qo‘yish qanchalik yoqimsiz bo‘lsa, ularni bir qancha vaqtdan keyin qayta topib olish shunchalik zavqli. “Fotoshedevr” yo‘qotilganidan keyin bir qancha vaqt o‘tgach, qaytib topilgan narsalardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
60
251
Foto
Foto: Tayvanlik juftlik #FollowMeTo loyihasiga parodiya tayyorladi
Rossiyalik sayohatchi fotoblogerlar — Murad va Natalya Osman tomonidan tayyorlangan #FollowMeTo (“Ortimdan ergash”) fotoloyihasi 2015-yilda butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgan edi. Sirli qiz qallig‘ining qo‘lidan tutib, uni o‘z ortidan ergashtirib ketayotgani holatini ko‘plab sevishganlar takrorlashga uringan edi. Tayvanlik dizayner Forrest Lu va uning xotini Agnes Chen boshqacharoq yo‘ldan borib, Gavayi orollariga uyushtirgan sayohati davomida #FollowMeTo’ning parodiya ko‘rinishini tayyorladi. Suratlarda Agnes o‘z erini sochidan, qulog‘idan va, hatto, burnidan tortib ketayotgani ko‘rish mumkin.
66
605
Foto
Har bir mamlakatning asl xarakterini ko‘rsatib beruvchi 10 ta joy (fotogalereya)
Dunyoning mashhur shaharlari sayyohlarga ko‘plab taassurotlar in’om etadi. Ammo har bir mamlakatda, xuddi teatrda bo‘lgani kabi, qandaydir muhim narsa sahna ortida qoladi. Poytaxtlardan uzoqlasharkanmiz, o‘zimiz uchun tub aholining odatlari, chiroyli mitti manzillar, o‘tgan asrlarning g‘aroyib inshootlari, ajoyib etnik uychalar va tabiatning hayratomuz burchaklarini kashf qilamiz. AdMe mamlakatning asl xarakterini ko‘rsatib beruvchi 10 ta provinsial manzillarga virtual sayohat qilishga taklif etadi. Ivuar qishlog‘ining yoshi 700 yildan oshadi. Urushlar va tabiiy ofatlarga qaramay, qishloq o‘zining tarixiy qiyofasini saqlab qolgan. Jeneva ko‘li yaqinida Savoy grafi Amadey V tomonidan qurilgan kichik qasr joylashgan. Tosh yotqizilgan yo‘llar, shinam qadimiy uylar, bejirim gulzorlar… Bunday joy Fransiyaning eng chiroyli qishloqlari uyushmasiga kirmasligi mumkin emasdi! Kenguru orolini ham kattalar, ham bolalarni jalb qiluvchi joylarga kiritish mumkin. Hududning uchdan birini qo‘riqxona va milliy bog‘lar tashkil qiladi. Sizni ulkan qoya va yashil kengliklar fonidagi azim manzaralar lol qoldiradi. Bu yerda sayr chog‘ida kenguru, echkemar, koala, o‘rdakburun, shuningdek, turli qushlarni uchratish mumkin. Okean suvlarida esa delfin va tyulenlar o‘ynoqlaydi. Burtanj qal’asi yoki “Yulduzli qal’a” mamlakat Ispaniya imperiyasidan mustaqil bo‘lib ajralib chiqish uchun kurashgan Sakson yillik urush davrida qurilgan. Me’morlar artilleriyadan himoyalanish uchun yangi turdagi istehkomni o‘ylab topgan. Urushdan keyin bastion tashlab qo‘yilgan, so‘ng uni yana mustahkamlab, kengaytirishdi. Devon Angliyadagi manzarali graflik bo‘lib, Bristol ko‘rfazi va La-Mansh bo‘g‘ozi bilan o‘ralgan. Qachonlardir bu yerda kelt xalqi yashaydigan Dumnoniya bo‘lgan. Devon ko‘rfazlarida kurortlar, baliqchilik qishloqlari va portlar joylashgan. “Detektivlar qirolichasi” Agata Kristi aynan Devonda tug‘ilgan. Shuningdek, Artur Konan Doylning “Baskervillar iti” kitobida hikoya qilingan voqealar ham shu yerda sodir bo‘ladi. Bu yerda mamlakatning asl yuzi fosh bo‘ladi va uning jiddiy vazminlik, rang-barang landshaftlar, shinam uylar va sirli yo‘llardan iborat qiyofasini ko‘rishingiz mumkin. Yaponiyaliklar Xokkaydo orolida yorqin taassurotlar beruvchi ko‘plab joylarni yaratdi, bular — tog‘ cho‘qqisidagi balandliklar, lavanda dalalari, tog‘-chang‘i qiyaliklari va Moviy ko‘l. Yana, bu yerda faqat shu yerda yashaydigan jozibali jonivor — edzo momongani ko‘rish mumkin. Monsanto shaharchasi granit valunlari (yumaloq katta tosh) ortiga yashiringan. Ammo manzara ochilgach, tog‘lar, yam-yashil o‘tloqlar, cherepitsa tomlar, tosh yo‘laklar sizni hayratda qoldiradi. Qachonlardir Monsanto Beyra-Baysha provinsiyasi markazi bo‘lgan. Sakkiz yuz yil ichida mahalliy landshaft ko‘p ham o‘zgargani yo‘q, shu tufayli, shaharcha 1938-yilda “Portugaliyaga eng xos bo‘lgan qishloq” deb e’tirof etilgan. Bu yerda izg‘ib yurishning o‘zi huzur-halovat bag‘ishlaydi, mahalliy taomlarni esa ulkan tosh ostida joylashgan restoranda tatib ko‘rish mumkin. Fentezi qishloq qo‘y fermasida bir yil ichida 400 kishining kuchi bilan mashhur “Uzuklar hukmdori” trilogiyasini suratga olish uchun tashkil qilingan. Film ustidagi ishlar yakunlangach, qishloqcha bir qancha vaqt bo‘sh qoldi. Ammo tez orada bu yerga asar muxlislari xobbitlar inlarini, “Yashil ajdar” pabi, ravoqsimon ko‘prik, tegirmon kabi haqiqatga aylantirilgan rang-barang obyektlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga kela boshladi. Mahalliy aholi uchun Titikaka ko‘li — muqaddas. Uning nomi hindular tilida “tog‘ pumasi” degan ma’noni anglatadi. Olimlar fikricha, ko‘l millionlab yillar avval qadimiy dengiz bo‘lgan: uning suvlarida haligacha dengiz baliqlari, qisqichbaqasimonlar va hatto akulalar suzib yuradi, tog‘ yonbag‘irlarida esa qirg‘oqqa uriladigan to‘lqinlar izlari saqlangan. Titikakuga 300 ga yaqin daryo kelib quyiladi. Shuningdek, ko‘lda qamishdan yasalgan va uru qabilalari yashaydigan noodatiy suzar orollarni ko‘rish mumkin. Ushbu ko‘chma qishloqlardagi hayot tarzi so‘nggi asrlar ichida deyarli o‘zgarmagan. San Xuan de Gastelugache oroli Biskay ko‘rfazi qirg‘oqlarida joylashgan. Uni qit’a bilan tor zina yo‘lak birlashtiradi, u 237 ta pillapoyadan iborat. Orolda yoshi qariyb 11 asrga teng ibodatxona joylashgan. Gastelugachening hayratomuz manzarasi bir umrga xotirangizga muhrlanadi, ko‘m-ko‘k to‘lqinlar va musaffo shamol esa kishini o‘zgacha energiya bilan to‘ldiradi. “Ko‘k shaharcha” Shefshauen Rif tog‘lari yonbag‘irlari bo‘ylab joylashgan. Bu yerda go‘zal manzaralar ham, qadimiy me’morchilik ham, san’at asarlari ham ko‘zni quvnatadi. Ammo e’tiborga loyiq asosiy narsa — hayratomuz rang! Ko‘k rangning och havorangdan to‘q moviy ranggacha bo‘lgan tuslarini ko‘rish mumkin.
80
4,749
Foto
Fotogalereya: XXI asrning tarixiy xronikasiga kiradigan 2018-yildagi voqealar
2018-yil o‘z nihoyasiga yetib, tarixning bir sahifasiga aylandi. AdMe o‘tgan yilda yuz bergan va XXI asrning tarixiy xronikasiga kiradigan voqea va hodisalarga e’tibor qaratdi.
77
176
Foto
Foto: Tokiodagi qorbolalar
Yaponiya poytaxti Tokio shahri aholisi 22-yanvarda kuchli qorbo‘ronga guvoh bo‘ldi. Bir kunda qariyb 23 santimetr qor yog‘gan. Xabarlarga ko‘ra, noqulay ob-havo sababli Yaponiya poytaxtida 600 dan ortiq YTH yuz bergan, olti soat davomida Narita aeroportidan parvoz qilishning imkoni bo‘lmagan. TJournal qorbo‘ronning ijobiy tomonlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
26
367
Foto
Fotogalereya: Kinoda suratga tushmasdan katta maosh oladigan Gollivuddagi kasblar
AdMe aktyorlar va rejissorlarga aloqasi bo‘lmagan holda kino sanoatida faoliyat ko‘rsatadigan kasb xodimlarining maoshlari to‘g‘risida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. O‘rtacha maoshi — yiliga 59 ming dollar. O‘rtacha maoshi — soatiga 20 dollar. O‘rtacha maoshi yiliga 50 ming dollarni tashkil etadi.
81
303
Foto
Fotogalereya: Ikki yoki uch marta qarashga majbur qiladigan suratlar
Ba’zan suratlarga bir marta qarash ularni tushunib olish uchun yetarli bo‘lmaydi. AdMe ana shunday suratlar jamlanmasini taqdim etdi. View this post on Instagram
68
170
Foto
Fotogalereya: Ba’zilar uchun haqiqiy kashfiyot bo‘ladigan suratlar
Ba’zan ma’lum narsalar kishilar uchun haqiqiy kashfiyot bo‘ladi. AdMe ana shu kashfiyotlar qatoriga kirishi mumkin bo‘lgan suratlarni taqdim etdi.
66
146
Foto
Foto: Islom Karimovning nevarasi Imon buvisi Tatyana Karimova bilan
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 30-noyabr kuni buvisi — Tatyana Karimova bilan tushgan suratini Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi. Surat O‘zbekiston birinchi prezidenti ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida olingan. Ayni paytda ushbu qarorgohda Islom Karimov Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi joylashgan. “Kelajakda Oqsaroy istalgan odam tashrif buyurib, tomosha qila olishi uchun muzeyga aylantiriladi”, — deya izoh yozib qoldirgan suratda Imon Karimova.
67
565
Foto
Jonivorlarning kishini qo‘rquvga soluvchi suratlari
Yoqimtoy mushuk va itlar muhrlangan kadrlar nafaqat kishiga ijobiy ta’sir qilishi, balki kayfiyatni ko‘tarib, diqqat qilishga yordam berishi allaqachon olimlar tomonidan aniqlangan. Shunga qaramay, bu kabi hayvonlar ham ba’zida qarashlari va kulgisi bilan dahshatli film qahramonlariga o‘xshab qolishi mumkin. Qo‘rqitish uchun birgina qarashi yetadi. “Hech kim joyidan jilmasin”. Suratdagi it shunchaki esnayapti, xolos. “Tovug‘imizga tirannozavrniki singari plastik panja kiydirib ko‘rdik”. “Jeksonning tabassumidan odamning eti jimirlab ketadi”. “Sizga ham qo‘rqinchli tuyilyaptimi?” “Itni pardaning ortiga o‘tkazib suratga oldim”. “Mazkur jonivorni esnayotganida suratga olishga muvaffaq bo‘ldim”. “Itim xonaga berkinib olib, meni kuzatishni yaxshi ko‘radi”. Qiziq, mushuklar qanday masalani muhokama qilish uchun, yig‘ildi ekan? “Mushugimning 15 daqiqadan buyon shunday o‘tirishi meni qo‘rquvga solyapti”. “Yerto‘ladagi ofisimga tashqaridan nazar tashlashni yaxshi ko‘radigan it. Har gal uni ko‘rganimda yuragim qinidan chiqib ketay deydi”. “Boltani tishlab olgan itdan qo‘rqmay bo‘ladimi?” “Itim esnaganda ‘Venom’ga o‘xshab ketadi”. saw a crow sneeze today pic.twitter.com/3NHomWgUEs — tef (@tef_ebooks) June 2, 2021 Aksirayotgan qarg‘a.
51
1,256
Foto
Fotogalereya: Ekstremal fotosessiyalar uchun joylar
Sayyorada ekstremal fotosessiyalarni uyushtirish uchun turli joylar mavjud. AdMe ana shu joylarning suratlarini taqdim etdi.
51
124
Foto
Karantin paytida faoliyatini qayta tiklagan Tashkent City Park — suratlarda
O‘zbekistonda 15-maydan bir qator faoliyat turlari, xususan, park va istirohat bog‘lariga ishlashga ruxsat berilgan edi. “Afisha.uz” karantin sharoitida ishini qayta tiklagan Tashkent City Park’dan fotoreportaj tayyorladi.  Sirli rassom Toshkentdagi binolar devorlarini koronavirus pandemiyasi mavzusidagi graffitilar bilan bezatmoqda (foto)
75
351
Foto
“Kiyik boquvchilar” va Arktikadagi Quyosh tutilishi: 2020-yilning eng yaxshi sayohat mavzusidagi suratlari (foto)
Travel Photographer of the Year 2020 tanlovining g‘oliblari aniqlandi. Unda ishtirokchilar hakamlar hay’ati sayyoraning turli burchaklarida olingan suratlarini taqdim qilgan. Rossiyalik Vladimir Alekseyev “Yil sayohat fotosuratchisi” deb topilgan. Quyida tanlovga taqdim qilingan va eng yaxshi deb topilgan suratlar ketma-ketligini e’tiboringizga havola etamiz. Vladimir Alekseyevning Yamalda olingan “Kiyik boquvchilar” surati Vladimir Alekseyev, shuningdek, 2015-yildagi quyosh tutilishini Shpitsbergenda kadrga muhrlagan va ushbu surat ham eng yaxshilardan biri deb topilgan. 15—18 yoshlilar orasida “Yil sayohat fotosuratchisi” deb amerikalik 17 yashar Ben Skaar topilgan. Nyu-Gempshir tog‘laridan turib ushbu manzarani kadrga muhrlash uchun ikki kecha mashinada tunashiga to‘g‘ri kelgan. “Yilning eng yosh sayohat fotosuratchisi” deb pokistonlik 12 yashar Indigo Lamur topilgan. U tomonidan olingan suratda Laxorda joylashgan Vazir Xon masjidini oq-qora ranglarda ko‘rish mumkin. 14 yoshgacha bo‘lgan “Eng yaxshi sayohat yo‘nalishidagi fotosuratchi” deb esa ispaniyalik 11 yashar Migel Sanches Garsiya topilgan. Multiekspozitsiya uslubidagi surat 8 ta kadrdan tashkil topgan. “Hayot ranglari” yo‘nalishi bo‘yicha esa britaniyalik Piter Uolsmi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Uning Bangalorda joylashgan bozorning tepasidan olgan kadrida ranglar umumlashmasi va odamlar bilan gavjum ko‘chani ko‘rish mumkin. “Peyzajlar va yerdagi elementlar” yo‘nalishi bo‘yicha esa italiyalik Alessandro Karboni eng yaxshi deb topilgan. Akula va baliqlarni kadrga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan gretsiyalik Pavlos Yevangelidis “Tabiat, dengiz hayoti va yovvoyi olam” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. “Olamdagi odamlar” yo‘nalishi bo‘yicha esa fotojurnalist Muneb Taim eng yaxshi deb topilgan. Britaniyalik Devid Nyutonning qoyaga urilgan suv toshqinlarini kadrga muhrlagani ham hakamlar hay’atining diqqatini tortmay qolmagan. Ispaniyalik suratchi Jorji Koenning ishlari esa “Sayohatchining portfoliosi” yo‘nalishida e’tirofga sazovor bo‘lgan. Avstraliyalik Jeyms Smart tomonidan olingan surat esa “Peyzajlar va yer elementlari” bo‘yicha g‘olib deb topilgan. Avstriyalik Marko Shtaynerning suratlari ham “Tabiat, dengiz hayoti, yovvoyi olam” yo‘nalishidagi eng yaxshi ishlardan biri bo‘lgan. “Olamdagi odamlar” yo‘nalishida esa Eddi Verloesning suratlari eng yaxshi kadr deb topilgan. iTravelled yo‘nalishi bo‘yicha esa telefon, planshet kamerasida suratga olingan suratlar orasidan eng yaxshi deb bangladeshlik Azim Xon Ronnining ishlari saralab olingan. “Uy yaqinida olingan kadr” yo‘nalishida esa italiyalik Pyer Dodining suratlari hakamlar diqqatini tortgan. Filippinlik Mark Entoni Agtay esa “Yolg‘izlik” yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan. “Sayohatchining portfoliosi” yo‘nalishida esa britaniyalik Pol Sansom g‘olib deb topilgan.
113
2,861
Foto
Kun fotosi: Quyosh bilan birga chiqayotgan Venera
“Nauka” nashri Facebook’dagi sahifasida Venera sayyorasi Quyosh bilan birga chiqayotgani aks etgan fotosurat bilan bo‘lishdi. Ta’kidlanishicha, bu surat teleobyektiv yordamida Qora dengiz qirg‘oqlaridan olingan.
49
212
Foto
Fotogalereya: Viqorli Alp tog‘larining qorli manzaralari
Bu yil O‘zbekistonda qish nisbatan iliq keldi, yanvar va fevral oylari davomida mamlakatning qator hududlarida havo haroratining iliqligi bo‘yicha qariyb 50—100 yillik rekordlar yangilandi, qish ziynati hisoblangan qorning yog‘ishi esa deyarli kuzatilmadi. Martning dastlabki kunlari yanvar va fevralga nisbatan salqinroq bo‘lmoqda, qariyb bir haftadan beri yog‘ingarchilik tingani yo‘q, xususan, kuni kecha Samarqandda hatto qor yog‘di. Nima bo‘lganda ham, har fasl o‘z o‘rnida, qish esa qori bilan bo‘lgani ma’qul. “Bu yil qishda qorni deyarli ko‘rmadik”, deb o‘kinishga hojat yo‘q. “Daryo” mushtariysi qorli Alp tog‘laridan fotoreportaj uyushtirdi. Ko‘ring, qordan zavqlaning! Mashhur Saslong cho‘qqisi Italiya hududida joylashgan. Dolomiti Alpi deb nomlanuvchi hududda joylashgan cho‘qqi yonida tog‘ chang‘i sporti bo‘yicha jahon kubogi bosqichlari o‘tkaziladi. Hududda 481 ta dor yo‘li va tog‘ chang‘isi bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan umumiy uzunligi 1,2 ming kilometrga teng trassalar mavjud. E’tiborli tomoni, bu dor yo‘llari va chang‘i trassalarining barchasidan yagona chipta orqali foydalanish mumkin. Italiya hududidagi manzarasi betakror o‘rmonning sukunatni chang‘ichilarning kulgusi va hayqiriqlarigina buzadi. Shveysariyaning eng baland nuqtasi — balandligi 4478 metrga teng Matterxorn cho‘qqisi o‘zining maftunkor shakli bilan kishini hayratga soladi. Mashhur Toblerone shokoladlarida aynan shu cho‘qqi aks etgan. Alpdagi eng tik tog‘ chang‘i yo‘llari qora rang bilan alohida belgilanadi. Xususan, Italiyaning Val Gardena hududida joylashgan bunday trassalardan eng tajribali chang‘ichilargina tusha oladi. Fransiyaning Shamoni Monblan hududida 65 kishini birdan Egyuiy-dyu-Midi cho‘qqisiga olib chiqa oladigan dor yo‘li bor. Yo‘l bo‘ylab harakatlanuvchi maxsus transportga 1035 metr balandlikda joylashgan bekatdan chiqib, 2,8 ming metr balandlikni atigi 20 daqiqada bosib o‘tasiz va cho‘qqiga — dengiz sathidan 3842 metrga ko‘tarilasiz. Egyuiy-dyu-Midi o‘zining 360 darajali panorama maydonchasi, tubsiz jarlik ustiga o‘rnatilgan to‘liq oynavand “Tublikka bir qadam” attraksioni va betakror Monblan cho‘qqisini tomosha qilish imkoniyatini taqdim etishi bilan ham mashhur. Qor bilan qoplangan tog‘ yon-bag‘irlari bilan shahardagi tep-tekis yo‘l o‘rtasida, turgan gapki, katta farq bor. Umrida shahardan tashqariga chiqmagan kishi ilk bor qorli tog‘ga chiqqanida, ehtiyotsizlik sabab, biror kor-holga yo‘liqishi mumkinligi ehtimolini rad etib bo‘lmaydi. Mana shunday holatlarda Alp tog‘larida vertolyotlar yordamga oshiqadi. Bunday “tez yordam” juda qimmat va faqat badavlat mehmonlar uchun bo‘lsa kerak, deysizmi? Aslo! Kuniga 2 yevrolik sug‘urta to‘lovini amalga oshirsangiz kifoya, bexavotir chang‘i uchaversangiz bo‘ladi. Italiyaning Brey-Cherviniya tog‘ yon-bag‘irlari hayratlanarli darajada go‘zal. Maftunkorlik masalasida osmon ham tog‘lar bilan raqobatlasha oladi. Minglab chang‘ichilarga xizmat ko‘rsatadigan trassalar har kuni maxsus mashinalar — ratraklar yordamida tekislanadi. Suratda Avstriyaning Mayrxofen hududidagi chang‘i yo‘lida ishlayotgan ratraklarni ko‘rish mumkin. Avstriyaning Finkenberg hududidagi osuda tog‘ qishlog‘i. Suratdagi bejirim imoratlarning qariyb barchasi Alp uslubidagi mehmonxonalardir. Shveysariyada joylashgan Yevropadagi eng baland temiryo‘l 3453 metrlik Yungfrau cho‘qqisiga olib chiqadi. Bu temiryo‘lning odatiy ikki relsidan tashqari, uchinchi — tishli relsi ham bor. 9 kilometrlik temiryo‘lning 7 kilometri qoya ichidagi tonneldan o‘tadi. Cho‘qqida esa Sizni to‘rt tomonida tengi yo‘q manzara, Eyger muzligining ichiga o‘yib ishlangan Ayoz muzeyi, kinoteatr va restoranlar kutib oladi.
56
3,662
Foto
Ko‘zdan yashirin: Bir-biridan ajoyib uylar (foto)
AdMe begona ko‘zlarga tashlanmaydigan dunyodagi eng ajoyib uylarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
49
101
Foto
Qimmat sumkalarga pul sarflamay, ularni o‘zi yaratgan ayollarning ijod mahsullari (foto)
Sumkadan foydalanmaydigan ayolning o‘zi bo‘lmasa kerak, chunki unda eng muhim narsalar saqlanadi. Ba’zilar sumkalar uchun pulni ayamaydi va qimmat narxga sotib oladi. Yana kimdir arzon narxdagisi bilan qoniqsa, boshqalar qo‘l mehnati yordamida sumkalarni o‘zi tikadi. Lekin ular 2750 dollarlik Dior sumkasidan deyarli farq qilmaydi. “Men zirak yasadim va sumkamni bezatdim”. “Qishga tayyorgarlik: yangi sumka to‘qidim”. “Ushbu sumkalar to‘plamini o‘zim tayyorlaganman”. Qo‘l mehnati yordamida tikilgan “vishivka”li sumka. “O‘zim uchun yangi sumka tikdim”. “Bu men tikkan sumkalar ichidan eng kattasi. O‘xshaganidan mamnunman”. “Ushbu matoni topganimda sumka tikishni o‘yladim. U xuddi tabiiydek ko‘rinadi”. “Bu sumkani to‘qishimga uzoq vaqt ketdi”. “Do‘stimning dissertatsiyasini sport zaliga olib boriladigan sumkaga aylantirdim”. “Sevgilim uchun yasagan Dior sumkasining nusxasi”. “Animal Crossing o‘yinidagi xaltachani to‘qidim”. Mato qoldiqlaridan tikilgan sumka. Bu sumka eski djinsidan yasaldi va boshqa rangga bo‘yaldi. Ikki tomonli tanga sumka. “O‘zim to‘qib, bo‘yagan sumka”. “Bu sumka buvim uchun atalgan. Unga itlarning rasmini chizdim. Umid qilamanki, yoqadi”. “Birinchi ijodiy ishim”. “Men kashta ipidan klatch yasadim”. “Men hamshiraman. Tikishni bir necha yil oldin boshlaganman. Mukammal emas, lekin o‘zimga yoqadi”. “Eski futbolka yordamida to‘qigan sumkam”.
88
1,393
Foto
Wanderlust talqini bo‘yicha dunyoning eng g‘ayrioddiy manzaralari
Indoneziyada otilayotgan vulqonlardan Xitoyning afsonaviy maftunkor tog‘larigacha — TravelAsk Wanderlust Travel Photo of the Year fototanlovining eng g‘ayrioddiy va maftunkor suratlarini taqdim etadi. Monumentlar vodiysi, Arizona, AQSh Bromo vulqonining otilishi, Sharqiy Yava, Indoneziya Antarktida yarimoroli Arktika qishi, Nusford, Norvegiya Taqiqlangan shahar, Pekin, Xitoy Daryodan o‘tuvchi velosiped ko‘prigi, Chiangmay, Tailand Sariq tog‘, Anxoy, Xitoy Santorini, Iya, Gretsiya Olov va muz, Namaskard, Islandiya Bromo vulqonida tong, Sharqiy Yava, Indoneziya
65
574
Foto
Yeyishga kishining ko‘zi qiymaydi: multfilmlardan ilhomlanib tayyorlangan noodatiy tortlar
Bayram va quvonarli hodisalar munosabati bilan yozilgan dasturxonlarni shirinliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aynan shu sabab ham kishilar yaqinlari, ayniqsa, bolajonlar uchun alohida mazasidan tashqari ko‘rinishi bilan ham o‘ziga jalb qiladigan tortlarga buyurtma berishni afzal biladi. Instagram sahifasida 2,6 milliondan ortiq kuzatuvchisi bor bo‘lgan Renat Agzamov esa nafaqat bolalar, balki kattalarni ham o‘ziga maftun qiladigan tortlar tayyorlaydi va buning uchun multfilmlar, ulardagi qahramonlardan ilhomlanadi. “Muzyurak” qahramonlari Pazandalikning san’at asari darajasidagi mazkur tortda qorbola va g‘aroyib bug‘u Svenni ko‘rish mumkin. Oq-moviy ranglardan foydalanilgani darhaqiqat sevimli multfilmni esga soladi. Ta’mi ko‘rinishidan qolishmagan shirinlikning qancha turishiga qiziqqan foydalanuvchilar narxi haqida xabar topgandan keyin hayratini yashira olmagan. “Krudslar oilasi” Tug‘ilgan kun egasining 10 yoshga to‘lishi munosabati bilan tayyorlangan tortga nazar tashlash bilanoq mashhur “Krudslar oilasi” multfilmidagi qahramonlarni tanish mumkin. O‘ylangan kompozitsiyaga ko‘ra qahramonlarning qo‘lida o‘z surati turgani e’tiborni tortadi. Ijtimoiy tarmoqqa ushbu tort surati joylanganidan keyin ko‘plab foydalanuvchilar uning naqadar mahorat bilan yasatilganini e’tirof etmay qolmagan. “Yalmog‘iz kampir” Yalmog‘iz kampirning uyi ushbu multfilmdagi asosiy o‘ziga xoslik sanaladi. Qahramonlar kompozitsiyasi borasida esa qandolatchining biroz ijodkorona yondashishiga to‘g‘ri kelgan. Tort to‘y marosimiga tayyorlangani uchun yalmog‘iz kampirning o‘rnida kelin borligini, uning qurboni sifatida esa kuyov tasvirlanganini ko‘rish mumkin. “Senimi, shoshmay tur!” Tortga nazar tashlab eng qiziqarli multfilmlardan hisoblangan “Senimi, shoshmay tur” qahramonlarini qanchalik aniq va go‘zal tasvirlanganiga amin bo‘lish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar alohida kun uchun aynan shunday qandolatchilik namunasini ko‘rishini izoh qilib yozib qoldirgan. Rapunsel, Zolushka va boshqalar Ushbu ijod namunasida Rapunsel, Zolushka, Anna va Elza singari malikalar, pari va “Muzyurak”dagi boshqa qahramonlarni ko‘rish mumkin. Ushbu shirinlik rus teleboshlovchisi Kseniya Borodinaning qizi uchun maxsus tayyorlangan. Quyidagi turli multfilmlardan ilhomlanib pishirilgan ajoyib ko‘rinishga ega boshqa tortlar ham kishini o‘ziga maftun qilmay qolmaydi.
90
2,377
Foto
Bagam orollariga yopirilgan kuchli to‘fon — “Dorian” oqibatlari (foto)
“Dorian” tropik to‘foni 26-avgust kuni Atlantika okeanidagi Barbados orolida paydo bo‘lib, uch kundan so‘ng Bagam orollariga yopirilgan. To‘fon kuchi soatiga 285 km/soat tezlikni tashkil qilmoqda. Bagam orollari bosh vaziri Xyubert Minnis to‘fon Katta Bagam va Abako orollariga zarar yetkazgani, 13 mingga yaqin uy to‘liq vayron bo‘lgani haqida ma’lumot bergandi. Bundan avvalroq AQSh to‘fonlarni kuzatish milliy markazi “Dorian”ni Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha to‘rtinchi — “katta talafot” darajasidaligini ma’lum qilgan. “Dorian” to‘foni sabab Rivyer-Pilotga olib boradigan yo‘lning zarar ko‘rgan qismi. Bir muddat avval Donald Tramp “Dorian” bo‘roni sabab Polshaga safarini bekor qilgandi. Tramp Polshaga 1-sentabr kuni Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashish uchun tashrif buyurishi kerak edi. “Men uchun shu yerda bo‘lish muhim. Bo‘ron, ko‘rinishidan, juda ham jiddiy bo‘lishi mumkin”, — degan Donald Tramp. Avvalroq “Dorian” to‘foni sabab Bagam orollarida besh kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
70
1,069
Foto
Fotogalereya: Kuz mahzunligini uzoq vaqtga unutishga yordam beruvchi suratlar
Kuz mahzunligidan qutulishning bir qancha usullari mavjud. Ulardan biri hayvonlarning ajoyib suratlarini tomosha qilishdir. AdMe ana shunday usulda qo‘l keluvchi suratlarni taqdim etdi.
77
185
Foto
Fotogalereya: Shimoliy dengizlar ekzotikasi
Barens va Norvegiya dengizlarida xilma-xil hayvonlar yashaydi. National Geographic ana shu hayvonlar vakillarining suratlarini taqdim etdi.
43
139
Foto
Fotogalereya: O‘rmonning bunday chiroyini hech kim ko‘rmagan, chunki hech kim yuqoriga qaramagan
Italiyalik Manuelo Bechekko o‘rmonning go‘zalligi aks etgan suratlar oldi. Uning ijodi tomoshabinni syurrealizm olamiga tortib ketadi. Travel Ask fotografning rasmlarini taqdim etdi.
96
182
Foto
Fotogalereya: Hindistonning ajib manzaralari
Hindiston — mo‘jizalar yurti. AdMe ana shu mamlakatning ajib va go‘zal manzaralari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
44
116
Foto
Foto: “Italiya go‘zali” tanlovining bionik protezli finalchisi
2018-yilgi “Italiya go‘zali” tanlovi finalchilaridan biri 18 yoshli Kyara Bordi — bionik oyoqli model bo‘ldi, deb yozadi TJournal. Qiz oyog‘idan 13 yoshida, avtohalokatga uchragan vaqtida ajralgan, ammo bu unga model bo‘lib ishlashda xalal bermaydi. Bordining so‘zlariga ko‘ra, u tanlovda g‘alabaga erishish maqsadida emas, balki “hatto fojiali voqealarni boshdan kechirgan bo‘lsangiz ham, hayot baribir go‘zal” ekanligini ko‘rsatib berish uchun qatnashgan.
62
459
Foto
Namoyishlar, Sezar mukofotidagi «eshak», gullagan gilos, qalin qorlar — haftaning gʻaroyib suratlari
«Bugun» mazkur haftaning eng yorqin suratlarini e'tiboringizga havola qiladi.
100
77
Foto
Bryus Uillis Nyu-Yorkdagi uyini 18 mln dollarga sotdi (foto)
Gollivud aktyori Bryus Uillis va rafiqasi Emma Xeming Uillis dang‘illama uyini qariyb 18 million dollarga sotayotgani haqida ma’lumot e’lon qildi, ikki haftadan keyin esa shartnoma imzolangani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Forum Daily. Aktyor Nyu-York Markaziy xiyoboni ko‘rinib turadigan uyi uchun 17,75 million dollar so‘ragan. Ko‘chmas mulkni kim sotib olgani va u qancha pul to‘lagani noma’lum. Er-xotin Uillislar uyni 2015-yilda 17 million dollarga sotib olgan. Hozirda ular “bu uyda ko‘p vaqt o‘tkazmayotgani” tufayli uni sotishga qaror qilgan. Oilaning Vestchesterda ham uyi bor, u esa 9 million dollarga baholanmoqda.
60
624
Foto
Fotogalereya: Yerdagi eng qimmat narsalar
Ba’zan kundalik hayotda foydalaniladigan narsalarning kamyob turlari juda qimmat bo‘ladi. AdMe ana shunday narsalarga e’tibor qaratdi. Yaponiyada yetishtiriladigan kamyob uzumning bir sinchasi 2017-yilda 9800 dollarga sotilgan. XX asrning boshida qirilib ketgan guyya qushining pati 2010-yilda 10 ming dollarga sotilgan. Kompaslar, soatlar, “Chiqish” yozuvini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tritiy moddasining bir grammi 30 ming dollar turadi. Fiji orolidagi buloqlardan olinib, Islandiya muzliklarining erigan suvlariga aralashtiriladigan Acqua di Cristallo suvining 1,25 litri 60 ming dollar turadi. Ko‘zi ojizlikning tug‘ma shakli bilan og‘riydigan kishilarning ko‘rish qobiliyatini tiklovchi Luxturna dorisining bitta ko’z uchun mo‘ljallangan miqdori 425 ming dollar turadi. Yiliga 500 grammdan kamroq miqdorda ishlab chiqariladigan “Katta qizil xalat” choyining narxi 685 ming dollar turadi. Deathstalker chayonining 3,7 litr zahri 39 million dollar turadi. Bu turdagi bitta chayon bir martada ikki milligram zahar chiqaradi. 3,7 litr zharni olish uchun esa uni ikki million martadan ko‘proq “sog‘ish” kerak. Uning ahamiyati miyadagi shishlarni davolashda asosiy element ekanligi bilan belgilanadi. Kaliforniy 252 Yerdagi eng qimmat metall bo‘lib, uning bir grammi 250 million dollar turadi. Bu moddaning bir grammini olish uchun plutoniy yoki kyuriy yadro reaktorida sakkiz oydan bir yarim yilgacha nurlantiriladi. Har yili 20—40 mikrogramm ajratib olishga muvaffaq bo‘linadi. Dunyo bo‘yicha zaxira esa sakkiz grammni tashkil qiladi.
41
1,550
Foto
Asl rangiga qaytgan “Big Ben”, yakunlangan Paralimpiya oʻyinlari, Koreyadagi dinozavrlar koʻrgazmasi — 6 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Nyu-Dehlida hindlarning e‘tiqodi boʻyicha xudosi hisoblangan Ganesh sharafiga oʻtkazilayotgan bayramda haykalni koʻtarib olgan bola. Janubiy Koreyada 1 oktyabrda start oladigan dinozavrlar koʻrgazmasi uchun oʻrnatilgan dinozavrlar maketlari. Xalq Gvineyada harbiylar tomonidan oʻtkazilgan davlat toʻntarishi oqibatida prezident Alfa Kondening «agʻdarilishini» nishonlamoqda. Mexikodagi San Fransisko de Asis cherkovida dam olish uchun toʻxtagan muhojirlar. Bugun dunyoning turli mintaqalarida yangi oʻquv yili boshlandi. Ispaniyadagi maktablardan birida bolasini olib borgan ona va maktabda qolishni istamayotgan bolakay. Ha, shirin uyqudan uygʻonib maktabga borish qiyin. Venesiyada tarixiy Regata-2021 qayiqlar spektakli boʻlib oʻtdi. Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida joylashgan «Big Ben» soati millari 2017 yildan buyon olib borilgan restavrasiya ishlari natijasida oʻzining asl ranglariga qaytdi. Yaponiya poytaxti Tokioda oʻtgan navbatdagi yozgi Paralimpiya oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi. Yopilish marosimidan olingan suratlardan ba‘zilarini havola etamiz. Yaponiyalik sportchilar Paralimpiya oʻyinlari yopilish marosimida yaponcha «Arigato», ya‘ni «Rahmat» degan yozuvni koʻtarib chiqishdi. Sizga ham «Arigato»!
123
1,287
Foto
Hayotidagi “eng omadsiz” kunini boshdan kechirgan insonlar (foto)
Hayotning har kuni ham bir xilda o‘tavermaydi. Yuz bergan ayanchli yoki kulgili voqea tufayli ma’lum kunlar bir umrga yodda qoladi. Aynan o‘sha paytda katta muammodek ko‘ringan vaziyat aslida ahamiyatsiz ekanini bir necha yildan keyin anglab yetish mumkin. Bordi-yu, “omadsiz”dek tuyulgan lahzalar kadrga muhrlangan bo‘lsa, demak, o‘tmishni eslab, kayfiyatni ko‘tarish imkonidan foydalanish kerak. Yong‘in bo‘limiga uyushtirilgan ekskursiya davomida bolalar yong‘in shlangi bilan ishlashni o‘rgandi. Azizim, shunchaki, senga nonushta uchun smuzi tayyorlamoqchi edim ... Nihoyat egasi o‘z toshbaqasini topdi. Pashsha nishonga olinganda nimadir ro‘y berdi. Nima ekanligini so‘ramang. Bu, albatta, avtomobil uchun quyoshdan himoya qiladigan soyabonning eng yaxshi modeli emas. Bechora qiz! Pitssa uchun yangi pichoqni tezroq sinab ko‘rishga kirishdim. Ajoyib natija! Shunchaki, sochimni ozroq qisqartirishni va jingalaklarni kesishni so‘ragan edim. Sibirda yoz! Nihoyat! Qizim uzoq vaqt mushukcha olib berishimni so‘radi, qarasak, uning mushukka allergiyasi bor ekan. Nihoyat uyga yetib keldik. Deyarli ular ham yetib kelishgan. Bugun mening kunim emas. Instagram’da Hayotda Eng yaxshi to‘y surati (pufakchalar ko‘zga kirganda) Malhamli matoning qadog‘ini ochaman deb qo‘limni kesib oldim.
65
1,301
Foto
Mayamida yashaydigan mashhurlarning uylari (foto)
Forum Daily AQShning Florida shtati Mayami shahrida istiqomat qiluvchi mashhur shaxslarning eng chiroyli uylari suratlarini taqdim etdi.
49
136
Foto
Benksi AQShdagi norozilik namoyishlari mavzusiga bag‘ishlangan yangi suratini e’lon qildi
Hozirgi kunning eng sirli rassomi Benksi Instagram’dagi sahifasida qora tanli Jorj Floydning o‘limi munosabati bilan AQShdagi norozilik namoyishlari mavzusiga bag‘ishlangan asarini e’lon qildi. Kartinada motamsaro portret aks etgan bo‘lib, unda yuzi ko‘rinmagan qora tanli insonning siymosini ko‘rish mumkin. Portret atrofiga gullar va shamlar qo‘yilgan bo‘lib, shamlardan biri yonib turibdi. View this post on Instagram Kartina izohiga Benksi dastlab bu mavzuda gapirmay jim turib, qora tanlilar fikrini tinglamoqchi bo‘lganini yozib qoldirdi. “Biroq keyin bu ularning emas, mening muammom ekanligini tushundim”, — deb yozadi rassom. “Rangli odamlar tizimdan aziyat chekadi. Oq tizimdan. Sozlanmagan trubadek ular pastki qavatdagi insonlar uyini suvga to‘ldiradi. Bu zararli tizim ularni aziyat chekishga majburlaydi. Biroq uni tuzatish ularning vazifasi emas. Ular tuzata olmaydi ham, ularni hech kim uyiga kirgizmaydi ham”, — deydi Benksi. Rassom oq tanlilar ushbu muammoni hal qilishi kerakligi haqida ogohlantirdi. “Aks holda kimdir yuqori qavatga ko‘tarilib, eshikni buzib kirishga majbur bo‘ladi”, — deb yozadi Benksi.
89
1,141
Foto
Foto: Xitoydagi illyuziyalarga boy oxiri yo‘q kitob do‘koni
Hozirgi davrda kitobga bo‘lgan qiziqish tobora yo‘qolib bormoqda. Kitoblarning ham qog‘oz varianti o‘rniga elektron versiyasini afzal ko‘ramiz. Shu sababli kitob sotuvchilari o‘quvchi e’tiborini jalb qilish uchun tobora ko‘proq yangi usullarni o‘ylab topmoqda. Xitoyda o‘z do‘konlarini haqiqiy diqqatga sazovor joylarga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan “Chjunshuge” kitob do‘konlari tarmog‘i mavjud. Labirintga o‘xshaydigan kitob do‘kon tarmoqning eng noyob loyihasi hisoblanadi. Xitoyning Chengdu shahridagi Dujiangyan Zhongshuge do‘koni bir qarashda cheksiz ko‘rinadi. Agar o‘zingizni kitobsevar deb hisoblasangiz, bu yerda o‘zingizni jannatda yurganday his qilasiz, chunki do‘kondagi kitob javonlari shu qadar cho‘zilib ketganki, ularning qayerda tugashini anglab bo‘lmaydi. Bu, aslida, X+Living dizayn studiyasi tomonidan ataylab yaratilgan illyuziya. Illyuziyaga juda oddiy usullar bilan erishilgan: ko‘zgular, qora kafellar va qizil daraxtdan qilingan arklar yordamida. Shu tufayli bu do‘kon o‘zga dunyoga o‘xshaydi. 3200 kvadrat metr maydonda 80 mingga yaqin kitob bor, lekin shiftdagi va xonalarning boshqa joylaridagi ko‘zgular tufayli bundan ko‘pga o‘xshaydi. Bundan tashqari, dizaynerlar ajoyib usul qo‘llagan: ular yuqori javonlarni soxta kitoblar bilan, aniqrog‘i, oddiy stikerlar bilan to‘ldirgan. Ular buni ataylab qilgan: kitobxon uchun ham, Dujiangyan Zhongshuge xodimlari uchun ham yuqori javonlarga chiqish va kitoblarni nazorat qilish juda qiyin. Loyiha ustida besh oydan ko‘proq vaqt ishlangan. Eng ajablanarli tomoni shundaki, hatto oynali shiftlarning sirini biladiganlar ham haqiqiy javonlar qayerda tugashini va illyuziya qayerdan boshlanishini darhol anglay olmaydi.
59
1,694
Foto
Fotogalereya: Misr sahrosidagi tashlandiq mehmonxonalar
Bir necha yillar oldin Shtefani Sox hamda Zabine Gaubits Sinay yarimorolini aylanib chiqib, “arab bahori” sabab qurilishi oxiriga yetmagan, bankrot bo‘lgan mehmonxonalarni suratga olish bilan shug‘ullangan. Ular tomonidan to‘plangan suratlar hali bitmagan saroylar haqida hayratlanarli fotoloyihaning paydo bo‘lishiga olib keldi, deb xabar berаdi Afisha Daily. Nemis suratkashlari Shtefani Sox va Zabine Gaubits tomonidan yaratilgan“Sinay mehmonxonalari” to‘plamidan moliyalashtirishning to‘xtatilishi sabab nihoyasiga yetmay qolgan mehmonxonalarning suratlari joy olgan. Besh yulduzli mehmonxonaga aylanishi kerak bo‘lgan inshootlar qoldiqlari filmlardagi futuristik sahnalarni yodga soladi.
55
693
Foto
Kun fotosi: Shveysariyada devorlari bo‘lmagan, ammo Alp manzaralari ko‘rinib turadigan mehmonxona ochildi
Shveysariyalik rassomlar Frenk va Patrik Riklin Null Stern (nemis tilida “Nolta yulduz”) deb nomlangan konseptual mehmonxonani ochdi, deb yozadi Insider Pro. Xonalardan biri Sentis tog‘ida, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan va uning devorlari yo‘q. U yerda bor narsalar — ikki kishilik karavot va chiroq qo‘yilgan tumbochkalar, xolos. Ammo, u yerda Alp tog‘larining hashamatli manzarasidan bahramand bo‘lish mumkin.
105
431
Foto
Fotogalereya: “Titanik”ning avval ma’lum bo‘lmagan suratlari
“Titanik” kemasining fojiasi haqida ko‘p bor takrorlangan. Mahoratli rejissor Jeyms Kemeron esa uni sahnalashtirgach, bu tarix barchaga ma’lum bo‘lgan. Ammo Travel Ask ushbu kemaning avval ma’lum bo‘lmagan suratlarini taqdim etdi.
60
230
Foto
Bollivud yulduzi Saif Ali Xonning hashamati koshonasi: qirollik oilasidan chiqqan aktyor qanday uyda yashaydi?
Katta va hashamatli ekani bilan mashhur Pataudi saroyi kelib chiqishi qirollik oilasiga borib taqaladigan Saif Ali Xonga ajdodlaridan meros qolishi kerak bo‘lgan, ammo aktyor oilasiga tegishli mazkur uyni ishlab topgan pullariga sotib olishiga to‘g‘ri kelgan. 800 kror (110 million dollar)ga baholanadigan saroyga aktyor avvalgidan farqli o‘laroq bugungi kunda bemalol tashrif buyurishi mumkin. Intervyulardan birida Saif otasining o‘limidan keyin saroy ijaraga berilgani, ko‘pchilik o‘ylaganidek unga meros bo‘lib qolmaganini ma’lum qilgan. Saifga uyni katta mablag‘ evaziga xarid qilish taklif qilingan. Mehmonxonalar tarmog‘idan sotib olingan Pataudi bugungi kunda uning oilasi uchun dam olish maskani sanaladi. Saifning otasi Mansur Ali Xon Pataudining 9-navabi (navab-Sharqiy Hindistondagi hukmdorlarning unvoni) hamda Hindistonning kriket jamoasi kapitani bo‘lgan. Hukumat knyazlik unvonlarini bekor qilganidan keyin Mansur Ali Xon o‘z unvonidan voz kechgan. Xon sulolasiga tegishli mulk mehmonxona sifatida ijaraga olingan. Mansur Neemrana Hotels mehmonxona tarmoqlarining egalari Frensis Vachsiagar va Aman Natx bilan 17 yillik ijara shartnomasini imzolagan. Saif sotib olguniga qadar saroy 2005-yildan 2014-yilgacha The Pataudi Palace Hotel sifatida ma’lum bo‘lgan. Xaridni amalga oshirganidan keyin aktyor arxitektor Darshini Shahga interyerlarni qayta ta’mirlash va avvalgidek hashamatdan farqli ravishda qulay ko‘rinishga keltirishni so‘rab murojaat qilgan. 150 ta xonani o‘z ichiga oladigan uyda 7 ta garderob, yana shuncha yotoqxonadan tashqari, 7 ta bilyard xonasi, katta mehmonxona va oshxona bor. Pataudi saroyida Gollivud va Bollivud filmlari suratga olingan. Juliya Roberts suratga tushgan “Ye, sev va ibodat qil”, Amir Xon rol ijro qilgan “Qo‘zg‘olon”, Shohrux Xon bosh rolni gavdalantirgan “Vir va Zara”, Akshay Khanna ishtirokidagi “Gandi mening otam” filmlari shular jumlasidan. Xaryana shtatining Gurgaon tumanida joylashgan mazkur uyda aktyorning o‘g‘li Taymur Ali Xonning birinchi tug‘ilgan kuni nishonlangan. Pataudi 1900-yillarning boshida arxitektor Tor Rassel tomonidan qurilgan bo‘lib, bunda unga avstriyalik arxitektor Karl Molt fon Xayns yordam bergan. Pataudi endilikda tunash mumkin bo‘lgan tarixiy mehmonxona emasligiga qaramay, unda hashamat va qirollik oilasiga xos o‘ziga xoslikni hali hamon his qilish mumkin. Saif Ali Xon qo‘llab-quvvatlaydigan House of Pataudi brendi eski mebellar turini taqdim qilish uchun Flipkart onlayn do‘koni bilan hamkorlik qilishni boshladi. Saif mazkur saroyda oilasi bilan qish mavsumi va bayram kunlari vaqt o‘tkazadi.
110
2,596
Foto
Fotogalereya: Hayotning eng yorqin suratlari
Agar siz odamlardan hayotdan zavq olib o‘zini baxtli his qilib yashash uchun nima kerakligini so‘rasangiz, ular har xil sabablarni keltirib o‘tadilar.  Masalan kimdir katta miqdordagi pulga muhtoj ba’zilari hayotini yaqin odamisiz tasavvur qila olmaydi, boshqalari esa shaxsiy hayotga muhtoj. TravelAsk taqdim etgan suratlarga boqib, aslida inson baxtli bo‘lish uchun ko‘p narsa kerak emas. Aksincha, hayotdagi haqiqiy quvonch, moddiy farovonlikdan emas, balki samimiy insoniy munosabatlarda aks etishini guvohi bo‘lasiz.
44
521
Foto
Hindistonda sayyohlar kimlar bilan selfi oladi?
Hindistonda dehqon va qishloq xo‘jaligi ishchilari hammadan ko‘p, biroq ekzotika qidirib, “sharq ertaklari mamlakatiga” yo‘l olganlar ular haqida eslarmidi? “TASS” sayyohlar selfi olishni xush ko‘ruvchi eng ommabop mahalliy kasblar reytingini tuzishga qaror qildi. Maxautlar Fillar podachisi Fillar — Hindistonning qadimiy ramzlari. Ular yordamida jang qilinib, yuklar tashilgan, biroq eng asosiysi — ular aslzodalik va boylik belgisi hisoblangan. Buyuk mo‘g‘ullar, maharadjalar, hatto Hindistonning britaniyalik vitse-qirollari fillarda yurgan. Ulardan har biri maxautni yollagan: mutaxassissiz bunday hayvonlarni boshqarish imkonsiz. “Xatxi” (“fil”) ni boshqarish qobiliyati nasldan naslga o‘tadi va tabaqaga oid kasb hisoblanadi. Bugungi kunda an’anaviy liboslarini kiygan maxautlar sayyohlarni filda sayr qildiradi, yana ibodatxona xatxilarini boshqaradi. Afsuski, fillar podachisi yo‘qolib ketayotgan kasb hisoblanadi. Chaivala Choy tashuvchi O‘z vaqtida butun Sharqda mashhur bo‘lgan kasb. Albatta sut bilan qaynatilgan hindcha choy sotib yuruvchi savdogarlarni Deli, Mumbay va Varanasi tor ko‘chalarida uchratish mumkin. Ularning suv tashuvchi hamkasblari yo‘qolib ketgan. Ko‘cha choyining ommabopligi yillar o‘tishi bilan kamaygani yo‘q. Oxirgi vaqtda bu kasb yanada urfga kirdi. Bunga 2014-yilda Narendra Modining mamlakat bosh vaziri bo‘lishi sabab bo‘ldi. U mehnat faoliyatini Gujarat temiryo‘l stansiyasida choy tashuvchi sifatida boshlaganligini takrorlashdan charchamaydi. Rikshavala Veloriksha Umuman olganda riksha yaponcha so‘z, u Hindistonda mahalliy qo‘shimchani olib, rikshavalaga aylangan. Ilk bor XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan “odam-rikshalar”ni hozirda faqat Kalkuttada uchratish mumkin. Velouzatmali rikshalar esa 1930-yillarda paydo bo‘lgan. Ular ham dastlab Kalkuttada paydo bo‘lgan. Velorikshalar tashiy olmaydigan yukning o‘zi yo‘qdek. Qutilar uyumi? Mototsikl? Besh bolali oila? Marhamat! Yana har bir velomobil bir-biriga o‘xshamaydi: ular bo‘yalib, naqshlar bilan bezatiladi, bezaklar taqiladi. Hatto bunday “tyuning” qiluvchi maxsus rassomlar ham bor. Katxputli ustasi Qo‘g‘irchoqsoz Hindistonning Rajastan shtatida katxputli san’ati ustalari hamon shahardan shaharga, bozordan bozorga bo‘lgan yo‘llarda kezib yuradi. Yog‘och, rangli mato bo‘lagi va bir nechta qo‘g‘irchoq — butun rekvizit shulardan iborat. Qo‘g‘irchoqsoz usta qo‘g‘irchoqlar bilan ishlaydi va ularga o‘zi ovoz beradi. Ba’zan ularga musiqachilar hamrohlik qiladi. Katxputli “yog‘och qo‘g‘irchoq” ma’nosini anglatadi. Qo‘g‘irchoqsozlik tabaqaga oid kasb va ularning chiqish syujetlari otadan o‘g‘ilga o‘tadi. Dudxvala Sutchi  Hindistonda sutchilar sigir, echki, hatto buyvol sutini ham sotadi. Biroq sigir suti o‘ziga xos mahsulot, axir sigir muqaddas, shuning uchun har kuni tonnalab sigir suti diniy marosimlarga sarflanadi. Echki suti — boshqa gap, hech qanday taomil talab qilinmaydi: sotib ol va ichaver. Sutchilar mahsulotni turli shakl va o‘lchamdagi bidonlarda yetkazadi — ularni boshida olib yuradi, velosipedlar yoki mototsikllarga iladi. Hindistonda ko‘p iste’mol qilinadigan echki suti shifobaxsh hisoblanadi. Nai Sartarosh Hindistonda hamma chiroyli ko‘rinishga intiladi va yosh yigitlar soch turmagiga alohida e’tibor beradi. Sartaroshlik ham tabaqaga xos qadimiy kasb. Ko‘cha sartaroshlari yo‘l va bozorlar kesishmasida sersoya daraxtlar ostida o‘tiradi. Ular yonida katta oyna va chayqaladigan stulni ko‘rish mumkin. Dxobi Kir yuvuvchi Hindistonda kir yuvish — erkaklarning og‘ir ishi va u bilan maxsus odamlar — kir yuvuvchilar shug‘ullanadi. “Haqiqiy ekzotika”ni istovchi sayyohlar orasida Mumbaydagi Maxalakshmi kir yuvuvchilar kvartali mashhur. U yerda ochiq osmon ostida yuzlab dxobi har kuni minglab shim, kostyum, ko‘ylakni yuvib, quritadi va dazmollaydi. Saperlar Ilon avrovchi Hindistonga kelgan deyarli har bir sayyoh ijtimoiy tarmoqqa raqsga tushayotgan kobra va ilon avrovchi fonidagi suratini joylaydi. Ilon avrovchilar odatda savatidagi ilonlari bilan o‘tiradi hamda tashqi ko‘rinishi va kiyimlari bilan qishloq sehrgarlarini eslatadi. Bu bejizga emas. Tarixda saperlar sehrgarlar tabaqasidan ajralib chiqqan. Albatta, aksariyat sayyohlar ilonlar eshitmasligi va ular fleyta ovoziga o‘ynamasligini bilmaydi. Ular shunchaki yog‘och narsaning harakatini kuzatadi. Xudolarni “ishlab chiqaruvchilar”  Kumartuli kvartali haykaltaroshlari Hindiston — mingta xudo mamlakati; ko‘p qo‘lli, raqsga tushayotgan, fil boshli va boshqa ko‘rinishdgai xudolar bor; ularning chiroyli haykallari ko‘p sonli ibodatxonalarni bezatib turadi. Faqat ularni suratga olish qat’iy taqiqlangan. Biroq bu haykallarni ular yasaladigan kvartallarda bemalol suratga olish mumkin. Bunday kvartallardan eng mashhuri Kalkuttadagi Kumartuli tumani. Bu kvartal “Kalkutta mo‘jiza”laridan biri hisoblanadi. Yatri Ziyoratchi Yatri — bu, albatta, kasb emas. Biroq bu yerda muqaddas joylarni ziyorat qilishni hayot tarziga aylantirgan va doim bir muqaddas joydan boshqasiga kezib yuradiganlar ham bor. Bu yerda hamma qayergadir: mashhur ibodatxonalar, muqaddas daryolar va suv havzalariga, diniy bayramlarga borayotgandek tuyuladi. Har kuni millionlab odam yo‘lga otlanadi va belgilangan kunlarda muqaddas joylar odamlar to‘dasi bilan to‘ladi.
47
5,255
Foto
Fotogalereya: Shimoliy Koreyaning Instagram’dagi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan suratlari
AdMe dunyodagi eng yopiq mamlakat hisoblanadigan Shimoliy Koreyada olingan suratlarni havola qildi. Bu davlatda ko'chalarni suratga olish taqiqlanganiga qaramasdan, ayrim sayyohlar buni uddalagan.
88
196
Foto
Kun fotosi: The New Yorker jurnali kelajak dunyosini ko‘rsatdi
Tarmoqda The New Yorker jurnalining 2017-yil 23-oktabrda chiqishi kerak bo‘lgan sonining muqovasi paydo bo‘ldi. Muqovaning katta qismini egallagan grafika ishi ko‘pchilikning qo‘rquvini aks ettiradi. Unda robotlar yashayotgan kelajak dunyosi tasvirlangan bo‘lib, inson tilanchilik qilmoqda, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”. Bu kabi fantastik suratlarni oddiy odamlar emas, balki “kelajakka nazar tashlay oladigan” sanoat mutaxassislari “chizmoqda”. Misol uchun, Ilon Mask o‘zining 115 nafar ekspertlari bilan BMTdan robot-qotillarni taqiqlashni so‘ragan. Shuningdek, Tesla va Falcon X “sun’iy intellekt poygasi uchinchi jahon urushiga sabab bo‘ladi”, deya hisoblamoqda.
62
672
Foto
Fotogalereya: 17 yoshli o‘smirning internetni hayajonga solgan suratlari
Germaniyalik Jannik Obenhoff 17 yosh bo‘lishiga qaramay ajoyib suratlarni yaratadi: o‘smir nafaqat o‘zining vatanini, balki sekin-astalik bilan butun dunyoni kezib, o‘zi uchun chiroyli ko‘ringan manzaralarni suratga olib bormoqda. AdMe yosh suratkashning ajoyib suratlari bilan bo‘lishdi.
72
288
Foto
Fotogalereya: Dunyoning 2018-yilda yashash uchun eng arzon shaharlari
Insider 2018-yilda yashash uchun eng arzon bo‘lgan dunyo shaharlari ro‘yxatini taqdim etdi.
69
91
Foto
Foto: Kechagi va bugungi Andijon
O‘zA Andijon shahrining bir necha yil avvalgi va bugungi qiyofasi aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
32
110
Foto
Qirg‘iziston prezidentlarining to‘y suratlari (foto)
Qirg‘iziston prezidentlarining to‘y suratlarini huquqshunos Ulan Jumakov Facebook’dagi sahifasida e’lon qildi, deb yozadi KNews. Suratlarda mamlakat sobiq prezidentlari Askar Akayev, Kurmanbek Bakiyev va Qirg‘izistonning hozirgi rahbari Sooronboy Jeenbekov o‘z rafiqalari bilan aks etgan.
52
289
Foto
Fotogalereya: Cassini zondi tomonidan Saturndan jo‘natilgan suratlar
Cassini zondi 15-sentabrda o‘z missiyasini yakunladi va so‘nggi signalni jo‘natib, Saturn atmosferasida yonib ketdi. Apparat 1997-yilda Yerdan uchirilgan va 2004-yilda Saturn orbitasiga yetib borgan. Meduza nashri Cassini tomonidan so‘nggi 13 yil davomida Yerga uzatilgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
68
306
Foto
Fotogalereya: Noto‘g‘ri raqamga jo‘natilgan g‘aroyib xabarlar
AdMe telefon raqamni adashtirib, boshqa raqamga yuborilgan xabarlar natijasida yuzaga kelgan qiziq holatlarni taqdim etdi.
61
122
Foto
Fotogalereya: Yuz ifodasiga aktyorlar ham havas qiladigan hayvonlar
Faqat odamlar aktyor bo‘la oladi deb kim aytdi? AdMe hayvonlar dunyosidan ham bir nechta ajoyib aktyorlarni topdi. Bu yoqimtoy hayvonlarning o‘z kechinmalarini ifodalashiga hayratlanmaslikning iloji yo‘q. “Selfilaring haqida mana shunday fikrdaman” Xarakteri unchalik bo‘lmasa ham, uni juda yoqtirganingda Endi baliq bo‘lmaydi deyishganda “Yana bittagina pechenye yesam bo‘ladimi?” — Go‘zalim, xafa bo‘ldingmi? — Yo‘q, bolta olib kelmoqchiman! “Qani uydagi hamma ‘Viskas’ni tezda chiqarchi!” — Breyn, ular bizga nega bunday qarayapti? — Bilmadim, Pinki, biroq ular yaqinda bundan juda pushaymon bo‘ladi! — Bundan keyin divan ortida hech qanday uyum bo‘lmasin! — O‘ylab ko‘raychi... Tabassummi? Bu juda oson! Yillar o‘tadi, xafagarchilik unutilmaydi “De-e-spa-a-si-i-to...” “Ont ichaman, hozir tinchlanmasang, ortga burilib, seni uyga tashlab ketamiz!” “Yo‘-o‘-o‘-q! Men parhezdaman!” Yaqin do‘sting seni maqtaganda Har qanday vaziyatda optimizmni yo‘qotmang
67
971
Foto
Uyg‘onish davri asarlariga aylangan oddiygina uy hayvonlari (foto)
Ko‘pchilik uy hayvonlarini suratga olishni va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashni yaxshi ko‘radi. Ammo ba’zi bir omadli havaskorlar yorug‘lik va soyalar o‘yinining muvozanatini topishga muvaffaq bo‘ladi va natijada olingan suratlar chinakamiga Uyg‘onish davriga xos asarlarga aylanadi. Ishonavering, bunday kadr hayotda bir marotaba bo‘ladi. Uzoqdan − tozalanmagan eshik ortidagi itlar. Yaqindan esa qadimiy surat. “Mushugim mendan ko‘ra chiroyliroq rasmga tushadi”. “U o‘zini haqiqiy xonimlar kabi tutadi”. “Mushuklarim aks etgan eng yaxshi surat”. “Mening itim o‘zining qanchalar go‘zal ekanligini biladi”. Dumning mukammal holati. “Onamning mushukchasi yostiqqa yopishib qolgan”. “Yorug‘lik, soya va mening itim Kuper”. Drama! Fon o‘zgarishi bilan Uyg‘onish davriga xos belgilarni ko‘rish mumkin. “Mening itim va quyoshning botishi”. “Turmush o‘rtog‘im meni it bilan suratga oldi”. “Mening mushugim hamisha chiroyli, bu yerda esa yanada ko‘proq”. “Bu yerdagi go‘zallikni anglash uchun diqqat bilan qarash lozim”. “Mushuk kutilmaganda harakat qildi, ammo baribir suratni buzmadi”. “It janobi oliylari dam olmoqda”. “Onam o‘shanda mushukni qo‘lida tutib turgandi. Afsuski, endi u biz bilan emas”. “Mushuklarimizni odatda bobom boqadi”. “Juda kichkina bo‘lishiga qaramay, allaqachon suratbop bo‘lib ulgurgan”. “Marvarid zirakli qiz” va “Eng oddiy mushuk”. Ularning orasida o‘xshashlik bormi? Ayniqsa, qarashlarida?
66
1,435
Foto
Fotogalereya: Mushuklarning kamyob zotlari
Mushuklarning yangi zotlari tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan doimiy ravishda paydo bo‘ladi. AdMe ana shu uy hayvonlarining kamyob zotlariga e’tibor qaratdi.
42
154
Foto
Dunyoning turli mamlakatlarida qishloq uylari qanday ko‘rinishga ega? (foto)
Ayrim insonlar hali ham qishloqni yoqimsiz va sivilizatsiyadan ortda qolgan deb o‘ylaydi, lekin bu noto‘g‘ri fikr. Chet elda ko‘plab chiroyli aholi markazlari mavjud, u yerdagi uylar haqiqiy san’at asarlaridir. Garchi sayyoradagi barcha ajoyib joylarda sayohat qilishga imkon bo‘lmasa ham, ular bilan qisman tanishish mumkin. Alberobello, Italiya Italiyaning janubidagi qishloq trullari bilan mashhur. Qadimiy ko‘chalar ohak toshlaridan qurilgan baland konus shaklidagi tomlari oppoq kichkina uylar bilan to‘lgan. Bu Alberobello maskani kichik qishloqni xayoliy joyga aylantiradi. Ushbu uylar ko‘p asrlar oldin qurila boshlagan, ularga na sement va na boshqa yopishtiruvchi material ishlatilgan. Ideal shakldagi konus tomlar qo‘pol toshlardan qurilgan. Binolardan hanuzgacha o‘z maqsadlari uchun foydalanilmoqda, odamlar ularda hayot kechiradi. Kamalak qishlog‘i, Tayjun, Tayvan Birgina inson butun aholi yashash joyining hayotini o‘zgartirib yuborgan. 90 yoshli rassom 40-yillardagi urushdan keyingi binolarni ranglar bilan boyitdi. Tayvan hukumati Tayjun shahrining chet qismini buzishga qaror qildi, ammo urush faxriysi Xuan Yun-Fu 37 yil yashagan qishlog‘ini qutqarishga qaror qildi. U binolarning devorlarini turli xil belgilar va naqshlar bilan bo‘yashni boshladi va oddiy uylarni chinakam asarga aylantirdi. Natijada qishloq orolning eng ko‘p tashrif buyuradigan diqqatga sazovor joylaridan biriga aylandi. Gitxorn, Niderlandiya Ushbu qishloqda 2600 dan ko‘proq aholi istiqomat qiladi, ammo bu hudud butun dunyoga Shimolning Venetsiyasi nomi bilan mashhur. U yo‘lsiz qishloq deb ham ataladi: bu yerdagi barcha transport vositalari qazib olgandan keyin hosil bo‘lgan ko‘plab kanallar orqali amalga oshiriladi. Hozirda aholi punktida faqat velosiped yo‘li bor va avtoulovlar yo‘q. Uylarning barcha jabhalari qadim zamonlardan beri saqlanib kelingan: aholi ularni qayta tiklay olmaydi, chunki bu deyarli ochiq osmon ostidagi muzeydir. Tonlesap ko‘li, Kamboja Ushbu qishloq aholisi butun hayotini suvda o‘tkazadi. Barcha binolar ko‘lda suzib yuradi. Yil davomida turar joy binolari, maktablar, bolalar bog‘chalari, ikkita restoran suv sathida ko‘chib yuradi. Qoziq ustidagi yagona tosh bino budda ibodatxonasidir. Odamlar bu yerda huquqsiz, fuqaroliksiz va hujjatsiz yashaydi, ammo ularni baxtsiz deb atash mumkin emas. Vyetnamlik qochqinlar allaqachon o‘z vatanida urushdan qochib qutulish imkoniyatiga ega bo‘lganidan mamnun. Biburi, Buyuk Britaniya Ushbu chiroyli qishloq Buyuk Britaniyaning barcha pasportlarining ichki jildida aks etgan. Biburi Angliyaning eng go‘zal aholi punktlaridan biri hisoblanadi. Yashil maysazorlardagi quyuq tosh uylar qishloqni bezatib turadi va badiiy ekspluatlarga ilhom beradi. Bu erda “Brijit Jonsning kundaligi” filmi suratga olingan. Gereme va Uchxisar, Turkiya Kapadokiya g‘orlaridagi uylar ming yillar davomida yaratilgan. Ma’lumki, bu joylarda odamlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikdan boshlab qurilishni boshlagan. Yerosti shaharlar, ularning infratuzilmasi va monastirlari paydo bo‘lgan. Qishloq aholisi hanuzgacha bu yerda yashaydi va g‘or mehmonxonalarida qolishni, har kuni ertalab xayoliy vodiylar bo‘ylab samolyotlarda parvoz qilmoqchi bo‘lgan ko‘plab sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi. Xuasi, Xitoy Xitoyning eng boy qishlog‘i o‘zining osmono‘par binosini qurgan. Bularning barchasi 1960-yillarning oxirida U Jenbao qishloq aholisini qashshoqlikdan xalos etishga qaror qilgani va hokimiyatning eng yuqori darajasida to‘qimachilik fabrikasi qurilishini bekor qilgani bilan boshlangan. Sobiq dehqonlar shundan so‘ng ish bilan ta’minlangan. Hozir qishloq atrofini ishlab chiqarish korxonalari o‘rab olgan va xuansiliklar hashamatli uylarda yashab, elita mashinalarni boshqaradi. Ular o‘zlarining yashash joylarini millionerlar qishlog‘i deb ataydi. Ushbu turar joyning haqiqatan ham o‘xshashi yo‘q. Galshtatt, Avstriya Yuzlab yillar davomida tuz konlariga ega bo‘lgan Galshtatt ko‘li toshli tog‘ mintaqasida joylashgan. Bu tog‘lar va o‘rmonlar orasida yashaydigan odamlar soni 1000 ga ham bormaydi. Ammo kichkina qishloq ajoyib ko‘rinishga ega. Qishloqqa faqat qayiqda yoki tog‘ yo‘li bo‘ylab borish mumkin. Albarrasin, Ispaniya 600 metrlik bu ajoyib shahar qadimiy burama ko‘chalar, dengiz sathidan 1200 metr balandlikdagi jarlikdan manzaralar bilan kishini o‘ziga maftun etadi.  Toshloq qirg‘oqdagi joylashuvi uchun monastir “Burgut uyasi” deb nomlangan.  Mis rangidagi shahar chuqur daraning ustida va tog‘ tizmasining tepasida cheksiz devor cho‘zilgan, bu esa shaharni ajoyib qal’aga aylantirgan. Tulum-Valyadolid, Meksika Katta yo‘ldan uzoqlashish bilan o‘rmonzor va chekka Meksika qishloqlari uchraydi. Ushbu yashirin joylardagi uylar 9 kvadrat metrlik kulbalardan iborat. Qurilish materiallaridan devorlar uchun qamish va tomlar uchun somondan foydalanilgan. Uylarda juda oddiy karavot va kichik stoldan tashqari boshqa hech narsa yo‘q. Shahar aholisi uchun bu tushkun manzara bo‘lishi mumkin, ammo moddiy tomondan qiynalgan meksikaliklar uchun bu juda qulay uy. Uros, Boliviya va Peru Sirli Titikaka ko‘li qadimgi Uros qabilasining noyob suzadigan orollari bilan mashhur. Qamish orollarida taxminan 2 ming kishi yashaydi va ularning qabilalari ink sivilizatsiyasidan oldin shakllangan deyiladi. “Ko‘l odamlari” suzuvchi qishloqlarini qamish va totorodan quradi. Kichik kulbalar, maktablar, cherkovlarning barchasi qamishdan yasalgan. Filippin Cheksiz dengiz va cheksiz osmon birlashadigan, atrofdagi dunyo o‘simliklar va gullarning ajoyib ranglariga to‘lib toshgan orol. Bu yerda qishloq aholisi sanoqli. Ular uchun yorqin quyosh va musaffo osmon yetarli. Balki shuning uchun ham ular o‘zlari uchun hashamatli uylar qurishga shoshmaydi. Uylardagi derazalarning shishasi yo‘q, shuningdek, panjara va to‘siqlari bor uyni ham topib bo‘lmaydi. Yeri sabzavot yetishtirish uchun mos emas. Ammo kokos daraxtlari serob.
76
5,891
Foto
Fotogalereya: CES 2019 ko‘rgazmasining eng go‘zal qizlari
Consumer Electronics Show ko‘rgazmasi nafaqat yangi texnologiyalar, balki ularni taqdim etuvchi stendlardagi go‘zal qizlar sahnasi hisoblanadi. Hi-Tech Mail.Ru 2019-yildagi ko‘rgazmada ishtirok etayotgan go‘zal qizlar suratlarini taqdim etdi.
57
242
Foto
Turkiyalik rassom mashhur multfilm qahramonlari real hayotda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berdi
Turkiyalik rassom Husayn Diba mashhur multfilmlar va video o‘yinlar personajlarining realistik 3D modellarini yaratishi bilan internetda mashhurlikka erishgan. Quyida uning bir qator ijod namunalarini tomosha qiling. Alovuddin (“Alovuddin”) Malika Jasmin (“Alovuddin”) Jin (“Alovuddin”)  Jo Gardner (“Qalb”) Jessi (“O‘yinchoqlar tarixi”) Sherif Vudi (“O‘yinchoqlar tarixi”) Bazz Layter (“O‘yinchoqlar tarixi”) Janob kartoshka (“O‘yinchoqlar tarixi”) Mario (“Super Mario Bros.” va boshqa videoo‘yinlar) Luiji (“Super Mario Bros.” va boshqa videoo‘yinlar) Rik Sanches (“Rik va Morti”) Gomer Simpson (“Simpsonlar”) Marj Simpson (“Simpsonlar”) Liza Simpson (“Simpsonlar”) Bart Simpson (“Simpsonlar”) Piter Parker (“O‘rgimchak odam: Koinot aro”) Gven Steysi (“O‘rgimchak odam: Koinot aro”) Kingpin (“O‘rgimchak odam: Koinot aro”)
121
841
Foto
O‘limga sabab bo‘luvchi 10 ta zaharli o‘simlik (foto)
Ba‘zi o‘simliklar ko‘rinishidan beozorgina bo‘lsa ham, aslida ularga tegishning o‘zi o‘lim xavfini chaqiradi. National Geographic mana shunday o‘simliklar haqida xabar berdi. 2. Diffenbaxiya — dunyoga mashhur yana bir manzarali o‘simlik. Juda kuchli zahar bilan to‘lgan. Diffenbaxiyani yosh bolalarning qo‘li yetmaydigan va uy hayvonlaridan uzoq bo‘lgan joylarga joylashtiriladi. Chunki unga tegishning o‘zi terida jiddiy kuyishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. 3. Akokantera bugungi kunda tibbiyotda ishlatiladi. Lekin  qachonlardir afrika qabilalari uning zaharli suvini o‘qlarining ipiga surtar edi. Organizmga tushgan akokantera zahri katta odamni bir daqiqadan kamroq vaqt ichida o‘ldirishi mumkin. Uning mevalari yoqimli hid taratadi. Ta’mi ham shirin. Shuning uchun u yosh bolalarni o‘ziga jalb qiladi. 4. Kanadcha lunosemyannik ko‘rinishidan uzumga o‘xshaydi. Lekin tarkibida zaharli dauritsin alkaloid borligi sabab, katta yoshlilarni ham osongina o‘ldiradi. 5. Ageratina astralar oilasidagi eng bo‘yi baland o‘simlik. Unga oq ilonning ildizi deb ham qaraladi. Tarkibida tremetol zahari bor. U shunchalik zaharliki, xatto uning yonida o‘t yegan sigirning sutini ichgan odamni ham zaharlaydi. 6. Kanakunjut — mashhur kastor moyi olinadigan o‘simlik. Ammo yaxshigina ishlov berilgan holda olinadi. Kastor moyini hisobga olmasak, u dunyodagi eng zaharli o‘simliklardan biri. Ko‘pincha o‘z joniga qasd qilganlar kanakunjut yeydi. Uning zahari — ritsin —odam organizmidan chiqarib tashlangandan keyin ham u odam yashab qolmaydi. 7. Jungar agoniti xitoy xalq tabobatida juda qadrlanadi. Lekin juda xavfli. Sababi uning ko‘p qismida eng zaharli alkaloidlardan biri bo‘lgan akotonin joylashgan. Jungar agoniti bilan zaharlangan odamning oshqozon-ichak trakti sanchib og‘riydi. Keyin boshi aylanadi, ko‘z oldi qorong‘ulashadi. Yurak notekis uradi. Oxiri nafas olishdan to‘xtaydi. 8. Belladonna chiroyli gullari va mevalari bilan yosh bolalarni va hayvonlarni o‘ziga jalb qiladi. Ammo uning juda ham zaharli ekanini bilish qiyin emas. Kuchli zaharlangan odamda gallyutsinatsiya boshlanadi, atrofini umuman sezmaydi, oxiri nafas olish markazining falaj bo‘lishidan o‘ladi. 9. Vyox — soyabonlilar oilasiga kiruvchi o‘simlik. Ko‘rinishidan zararsiz. Lekin tanasida juda kuchli zahar saqlaydi. Vyoxning har qanday turi, ya’ni, piyozsimon, ola-bula, Duglas vyoxi bir necha soat ichida odam o‘ldirishga qodir. 10. O‘rta asrlarda kimnidir zaharlash rejasi bo‘lganda, ovqatiga Klobuk jangchisi o‘simligidan solingan. U xalq tabobatida ham ishlatilgan, lekin juda keng miqyosda emas. O‘simlik tarkibida akonitin alkaloidi bor. U esa nafas organlarini falaj qilib, yurakni urishdan to‘xtatib qo‘yadi.
53
2,698
Foto
AQShda Daun sindromiga chalingan qiz birinchi marta go‘zallik tanlovi g‘olibiga aylandi (foto)
AQShda Daun sindromiga chalingan qiz birinchi marta go‘zallik tanlovida g‘olib chiqdi va “Minnesota go‘zali” maqomini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Shtatning birinchi go‘zali unvoni 22 yoshli Mikayle Xolmgrenga nasib etdi. Amerikalik qiz avval ham bu kabi tadbirlarda ishtirok etgan, biroq ular imkoniyati cheklangan qizlar uchun tashkil qilingan edi.
94
374
Foto
Go‘zallikning chegarasi yo‘qligini isbotlagan ayollar (fotogalereya)
AdMe zamonaviy go‘zallik tasavvurini o‘zgartirgan noyob va takrorlanmas model ayollar haqida ma’lumot berib, ularning fotosuratlarini taqdim qildi. Shantel Braun-Yang Uch yoshidan teri pigmentatsiyasidan aziyat chekayotgan kanadalik ayol. U o‘z kamchiligini ustunlikka aylantirib, model bo‘lishga erishdi. Erika Irvin Kaliforniyalik 35 yoshli Erika Irvin 2,05 metrli bo‘yi tufayli dunyodagi bo‘yi eng uzun modellardan biri sanaladi. Masha Telna Katta ko‘zlarga ega bo‘lgan ukrainalik model. Uni ko‘pincha “o‘zga sayyoralik” yoki “sohibjamol elf” deb atashadi. Karmen Dell’Orefays 84 yosh bo‘lishiga qaramay, Karmen Dell’Orefays hamon eng mashhur jurnallar uchun suratga tushadi, podiumga chiqadi va reklama kompaniyalari “yuziga” aylanadi. Jeymi Bryuer Daun sindromiga ega bo‘lgan jahondagi birinchi model. Yaqindan buyon u aktrisalik qilishni ham boshladi. Keysi Legler Erkaklar kiyimini reklama qiladigan fransiyalik ayol. Uning bo‘yi 188 santimetr. Keysi Leglerning kalta soch turmagi, uchqur yuz suyagi va irodali iyagi uni haqiqatdan ham yigitga o‘xshashiga xizmat qiladi. Moffi Uni yangi Keyt Moss deb atashmoqda. Moffi g‘ilayligi tufayli shuhrat qozondi. Diandra Forrest Diandra – ko‘k ko‘zli afroamerika-albinosi. Albinizm qora tanlilar orasida kamdan kam uchraydi va moda olamida juda qadrlanadi. Lolita, “qora Xanna Montana” Ushbu qiz noyobligi va tanasining betakror rangi bilan odamlarni zabt etdi. U o‘zini “qora Xanna Montana” deb ataydi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
68
1,535
Foto
Yil fotosi, Istanbulda ochilgan Islom tsivilizatsiyasi muzeyi, sudga borgan Konor Makgregor — 7 aprel suratlari
Bugunning eng dolzarb va sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Fotojurnalistika bo'yicha an'anaviy o'tkaziladigan “World Press Photo” tanlovida bu yil “Yil fotosi” nominatsiyasida kanadalik fotojurnalist Ember Breken g'olib bo'ldi. Uning Kanadada jasadlari topilgan 215 nafar hindu bolaga bag'ishlangan yuqoridagi fotosurati “Yil fotosi” deb topildi. Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor yo'ldagi xavfli boshqaruvi sababli Dublin sudiga chaqirildi. Iroqning Mosul shahriga qum bo'roni yopirildi. Suratdagi avtomobilni tanidingiz-a? Germaniyaning Ammerzee ko'lida vindsyorfing musobaqasi bo'lib o'tdi. Istanbulda Islom tsivilizatsiyasi muzeyi ochilishga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Muzeyning ichki ko'rinishi shunday qiyofada ekan. Los-Anjelesda Amerika raqs teatri a'zolari o'z chiqishini namoyish etmoqda. Janubiy Afrikaning Kruger milliy bog'ida leopard ko'rindi. xitoy Afg'onistonga gumanitar yordam yuklarini jo'natdi. Rio Bravo daryosini kechib o'tgan muhojirlar Meksika va AQSh chegarasidagi devor yoniga yetib keldi. Bangladeshdagi piyoz dalasida o'ynayotgan bola.
111
1,078
Foto
Janubiy koreyaliklar nega o‘zi uchun soxta dafn marosimi uyushtirishga odatlanmoqda?
Janubiy Koreyada odamlar o‘z dafn marosimini repetitsiya qilib olishi mumkin bo‘lgan tendensiya shakllanmoqda. Bu amaliyot haqida, The New York Times’ga asoslanib, TJournal hikoya qiladi. Bunday xizmatni, masalan, Seuldagi Hyowon Healing markazi ko‘rsatadi, unga dafn marosimlarini tashkil etish bo‘yicha kompaniya moddiy yordam ko‘rsatadi. Dastur bepul bo‘lib, 2012-yildan beri birgina Hyowon Healing’ning xizmatidan 15 mingga yaqin odam foydalangan. Ularning ba’zilari bedavo dardga yo‘liqqan bo‘lib, shu yo‘l bilan o‘limga tayyorlanishni istagan, boshqalari esa o‘z joniga qasd qilishga moyillik his qilib, to‘g‘ri yo‘lga qaytishga uringan. Yana bir guruh odamlar esa o‘z ishxonasidagi ishtiyoq uyg‘otuvchi loyihalar doirasida qatnashgan. Dastur doirasida ishtirokchilar an’anaviy xrizantemalar bilan bezatilgan zalda ma’ruza tinglab, o‘rgatuvchi videoni tomosha qiladi. Shundan so‘ng ular vasiyatnoma yozib, tobutga yotadi. Markazning qora libos kiyib olgan va “narigi dunyo elchisi” rolini o‘ynaydigan xodimi tobut qopqog‘ini yopadi. Tadbir qatnashchilari usti yopiq va to‘la qorong‘u tobut ichida 10 daqiqa yotadi. Noodatiy tajribani boshdan kechirganlarning aksariyati o‘zini yangilangandek his qilganini ma’lum qilgan. Dasturdagi ishtirokiga qadar xayoliga o‘zini o‘ldirish haqida fikr kelavergan bir qiz tobut ichidagi 10 daqiqadan so‘ng yuragi urayotgani va o‘zini tirik his qilayotganini blogiga yozgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
84
1,576