folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Fotogalereya: Shaharni tanib bo‘lmas darajada o‘zgartiradigan dizaynerlik g‘oyalari
Shaharlarda bir muammoni yechish boshqasidan ham mushkul bo‘lgan bir paytda dizaynerlar yaratuvchanligi bilan atrof-muhitni shinam joyga aylantiradi. AdMe megapolislardagi hayotni osonlashtirgan dizaynerlik g‘oyalaridan namunalar taqdim etdi.
83
242
Foto
Suratkash 40 yildan so‘ng eski rasmlaridagi insonlarni izlab topdi. Ularning ayrimlarini tanish mushkul (foto)
Kris Porsh uzoq vaqtdan beri ko‘cha suratlariga qiziqib keladi. O‘tgan asrning 80-yillar boshida u odamlarning ko‘plab yorqin suratlarini oldi. 40 yildan keyin Kris suratga tushgan insonlarni topishga qaror qildi. Oradan yillar o‘tib, bir xil joyda bir xil odamlarni solishtirish imkoni paydo bo‘ldi. Ushbu kadrlar Kris ko‘krak bezi saratoni tadqiqoti uchun yuboradigan pulning bir qismiga chiqarilgan kitobda nashr etilgan. Kris Porsh 1981-yilda suratga tushgan odamni topish uchun 10 yil vaqt sarfladi. Birinchi fotosurat 1981-yilda olingan, qizlar avtobusni kutmoqda. O‘qishni tugatgandan so‘ng ular bir-birlari bilan ko‘rishmadi va 32 yil ichida birinchi marta birga suratga tushish uchun uchrashdi. Do‘stlar ushbu ko‘chada 1980-yilda yashagan. Bu esa ularning 2021-yildagi surati. 1981-yilda supuruvchi sifatida kiyingan bola kostyumlar tanlovida qatnashdi. Hozir esa u shunday ko‘rinishda. Aka va opa 1991 va 2021-yil. Muzqaymoq sotuvchi va mijoz, 1982 va 2021-yil. 1982 va 2020-yillar. Bu birodarlar do‘konda 1979-yildan 1996-yilgacha ishlagan. Hozir nafaqaga chiqqan, lekin ular rasta ortiga qaytganidan xursand. 1985-yilda tasvirlangan qizlar bitiruv bayramini nishonlamoqda, 2021-yilda esa ular yana birga sayrga chiqdi. 1980-yilgi Yangi yil suratining yangilangan varianti shunday ko‘rinadi. Krisning tanishi o‘g‘illarini suratga olishni so‘radi. Ular hozir shunday ko‘rinadi. Ota va uning qizlari, 1994 va 2021-yil. Kris bu yigitni 1980-yilda qo‘shnisining mashinasi yonida suratga olgan. 2021-yilda xuddi shunday Ford Cortina’ni topish oson bo‘lmadi, ammo suratkash va uning modeli muvaffaqiyatga erishdi. Aka-ukalar 1980-yilda va hozir. 1989-yilda bu yigit farrosh bo‘lib ishlagan, 2020-yilda Kris Porsh uni yangi ko‘cha tozalash mashinasi bilan suratga olgan.
110
1,788
Foto
Selfiga tushgan tuya va haftaning boshqa qiziqarli suratlari (fotogalereya)
National Geographic nashri uning o‘quvchilaridan biri tomonidan Qozog‘iston cho‘llarida olingan suratni taqdim etdi. Tuyaning surati omadli rakursni ochib beradi hamda suratning orqa plani tufayli xuddi tuya o‘zini o‘zi suratga olgandek taassurotni yuzaga keltiradi. Nashr o‘quvchilarining boshqa qiziqarli suratlarini quyida tomosha qilishingiz mumkin.
75
354
Foto
“Daryo” fotoreportaji: Qo‘yliq bozori yaqinidagi Compass majmuasi qurilishi
Qo‘yliq bozori qarshisidagi sobiq kiyim bozori o‘rnida 2016-yilning noyabr oyida qurilishi boshlangan Compass majmuasida ayni vaqtda ishlar qizg‘in davom etmoqda. “Daryo” muxbiri qurilish maydonidan maxsus fotoreportaj tayyorladi. Haytek uslubidagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazining har bir qavati 1500 kvadrat metr maydonni, majmuaning o‘zi esa 4500 kvadrat metr hududni egallaydi. Chizmalarga ko‘ra, majmuaning 1-qavatida supermarket, 2-qavatda ko‘ngilochar hudud (kinoteatr, bolalar maydonchasi, ovqatlanish joyi) 3-qavatda avtoturargoh joy olishi ko‘zda tutilgan. Avtoturargoh savdo markazining tom qismida joylashgani uning birlamchi o‘ziga xos jihati hisoblanadi. Loyihachilar ayni vaqtda “yashil avtoturargoh” yaratish ustida izlanmoqda. Bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat avtoturargohlar quruq asfaltdan iborat boʻlgan bir paytda, bino tomi ustida barpo etiladigan avtoturargoh tabiat bilan uygʻun tarzda yaratilishi taʼkidlangan. Loyihasi Fransiyadan, qurilish mollarning zaruriy qismlari Rossiyadan keltirilgan obyektning tashqi tomonida ulkan shishalardan foydalanilishi aytilmoqda. Majmua O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 26 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
75
1,228
Foto
Sarayevo, Afina va Berlindagi tashlandiq olimpiya obyektlari (foto)
Mashable nashri o‘tgan yillarning Olimpiada poytaxtlari: Sarayevo, Berlin va Afinadagi tashlandiq sport obyektlari hozir qanday ko‘rinishda ekanligi haqida maqola chop etdi, deb yozadi TJournal. Sarayevodagi asosiy sport obyektlari 1990-yillardagi Bosniya janglari vaqtida vayron qilingan. Germaniyadagi olimpiya obyektlarining ko‘pchiligi Ikkinchi jahon urushi davrida vayron bo‘lgan — masalan, olimpiya qishlog‘i o‘sha paytda harbiylar uchun barak sifatida ishlatilgan. Hozirda inshootlar sayyohlik maskanlariga aylangan.
67
530
Foto
Fotogalereya: Zararli odatlarni tashlab, ortiqcha vazndan qutulgan kishilar
Ortiqcha vaznning paydo bo‘lishi va semirib ketishda spirtli ichimlik ichish, tamaki chekish kabi zararli odatlar katta ta’sir qiladi. AdMe ana shunday zararli odatlarini tashlab, ortiqcha vazndan qutulgan kishilar suratlarini taqdim etdi.
75
239
Foto
Kriket tomosha qilayotgan “Tolibon” jangchilari, AQShning suv bosgan koʻchalari, Kaliforniyada davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari — 3 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Kobulda ayollar oʻz haq-huquqlarini talab qilib namoyish oʻtkazmoqda. Shuningdek, ular yangi tuziladigan hukumatdan ayollarga joy berilishini ham talab qilgan. Bugun «Tolibon» yangi hukumat tuzilishini e‘lon qilishi kerak edi. Janubiy Afrikada joylashgan Shimoliy Limpopodagi tabiiy qoʻriqxonalardan birida chiyaboʻrilar kameraga tushib qolgan. Aktyor Josh Brolin Venesiyada oʻtayotgan 78-Xalqaro Venesiya kinofestivalida telefonida suratga tushirmoqda. Tokioda davom etayotgan Paralimpiya oʻyinlarida avstraliyalik sportchi Vanessa Lou uzunlikka sakrash boʻyicha oʻz chiqishini namoyish etmoqda. AQShning bir qator hududlari mamlakatda yopirilgan «Ayda» toʻfoni oqibatida suvga botdi. Kobuldagi Hamid Karzay xalqaro aeroporti oldida navbatchilik qilayotgan «Tolibon» jangchisi avtomati bilan suratga tushmoqda. Tokioda oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarida basketbol boʻyicha AQSh terma jamoasi a‘zosi Trevon Jenifer savatga toʻp tashlamoqda. Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlarini oʻchirishga harakat qilayotgan oʻt oʻchiruvchi. Kobuldagi xalqaro kriket stadionida «Tolibon» jangchilari ikki afgʻon jamoasi oʻrtasidagi kriket bahsini tomosha qilmoqda.
152
1,209
Foto
Mashhurlar kundalik hayotda podiumdagidek kiyinmasligini aks ettiruvchi suratlar
Hamisha muxlislar e’tiborida bo‘lgan mashhur insonlar uchun ham oson emas. Ayniqsa, paparatssilar tun-u kun poyloqchilik qilib, eshik oldidan nari ketmasa. Lekin buning bitta yo‘li bor: shohona liboslar, chiroyli makiyaj va baland poshnalarni chetga surish. Ayrim mashhurlar bu hiyla-nayrangdan shu qadar oqilona foydalana oladiki, ba’zan bir qarashda uning kim ekanini taxmin qilishning iloji yo‘q.  Qanday bo‘lmasin, ba’zida paparatssilarning suratlarida mashhur aktrisalar, qo‘shiqchilar va hatto malikalarni tanib olish juda qiyin. Qora ko‘zoynaklar bunda juda ko‘p yordam beradi, ammo kimdir uchun uydan makiyajsiz chiqish kifoya qiladi. Emma Stoun Malika Letitsiya Jiji Xadid Margo Robbi Romi Strij Bleyk Layvli Jennifer Garner Jennifer Lourens Dryu Berrimor Gal Gadot Marta Xant Nikol Kidman Riz Uizerspun Xeyli Biber Diana Kryuger Emiliya Klark Ledi Gaga Teylor Svift Yeva Longoriya Amanda Seyfrid
80
925
Foto
Fotogalereya: Amsterdamga kelgan yigit Airbnb konteynerini bron qilgani ma’lum bo‘ldi
Airbnb xizmati — qisqa vaqtga sayyohlarga turar joyni ijaraga beradigan mashhur xizmat turlaridan biri. Biroq, ayrim sayyohlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, juda murakkab xavfsizlik tizimi hatto mijozlarning xizmatlarini yoqimsiz sarguzashtlardan himoya qila olmaydi, deya yozadi TravelAsk. Vaqti-vaqti bilan juda kulgili vaziyatlar yuzaga keladi, ammo har bir sayyoh ham bunday paytlarda ijobiy javob topa olmaydi. Nima bo‘lganda ham siz har doim uy-joy profilini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishingiz, sizdan oldin kelgan mehmonlarning fikrlarini o‘qib ko‘rishingiz va ogohlantirishga tayanishingiz kerak. Axir taqdir sizni qanday qilib transport konteyneriga olib kelishi mumkinligini hech qachon bilolmaysiz-ku. Ben Speller ismli yigit ko‘plab sayyohlar qalbidan joy olgan Amsterdamga tashrif buyurishni xohladi. Poytaxtdan turar joy tanlayotganida Airbnb dasturidan foydalandi. Hammasi yaxshi ketayotgan edi. Tez orada ham hamyonbop, ham uning talablariga javob eradigan tanlov chiqdi. Speller uzoq o‘ylab o‘tirmay “to‘liq sanuzelga ega bo‘lgan shinam uy”ni bron qildi.  Bu uchun esa u atigi 125 dollar to‘ladi. Vanihoyat Niderlaniya borib, ushbu manzilni topgach, u butunlay boshqacha ahvolga tushdi. Uy u kutganidek emas edi. Keyinchalik intervyuda uning aytishicha, u o‘zi bron qilgan uyni izlab mana shu konteyner oldidan taksida bir necha bor aylangan. U ko‘zlariga ishonmadi va bo‘layotgan voqealarni tushunishga urindi. Konteyner eshigini ochdi-da, ichkariga qaradi, so‘ng mehmonxonaga ketdi. Benga tegishli bo‘lishi kerak bo‘lgan konteynerni esa bir necha kundan keyin ko‘chadan olib tashlashdi.
85
1,619
Foto
Buxoro viloyat soliq boshqarmasi rahbari konteynerda yashashni boshladireportaj
Buxoroda viloyat soliq boshqarmasi rahbari 2021 yil 27 fevral kuni Kogon tumanidagi chekka qishloqlardan biri boʻlgan Oʻrmonzor qishlogʻiga koʻchib oʻtdi. Bu haqda viloyat Soliq boshqarmasi axborot xizmati «Bugun.uz»ga xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, viloyat soliq boshqarmasi rahbari qishloq markazida joylashtirilgan konteynerda yashaydi.  Unga «Viloyat 4-sektor rahbarining koʻchma shtabi» deb yozilgan boʻlib, konteyner oʻrnatish ishlari 2021 yil fevral oyining boshida boshlangan. Ushbu qishloqqa obodonlashtirish boʻlimi ishchilari jalb qilinib, tartibsiz va qarovsiz qoldirilgan tomorqalar hamda chakalakzor boʻlib ketgan daraxtzorlar tozalangan. Viloyat soliq boshqarmasi rahbari har kuni shu yerda oʻzining koʻchma shtabi — konteynerda yashaydi. Koʻchma shtab oldida yigʻilgan ishchi guruhiga aniq vazifalar qoʻyilib, aholi vakillarining bildirgan takliflari asosida mazkur hududdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur koʻrsatmalar berilgan. Shundan soʻng, qishloqdagi yoʻl va suv muammolarini hal etish hamda aholi daromadini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish, «temir daftar»ga tushgan oilaning hech boʻlmaganda bir a'zosini ish bilan ta'minlab, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralarini koʻrish uchun tizimli ishlari olib borilgan. Sektor rahbari ushbu qishloq bilan oldingi uchrashuvida 6 nafar ishsiz yoshni baliqchilikka yoʻnaltirgan. Shuningdek, «temir daftar» va «ayollar daftari»dagi 5 ta oilaga issiqxona qurib berishda amaliy yordam koʻrsatgan. Sektor rahbari koʻchib oʻtganidan soʻng ilk ishini bolalarning maktabga qatnaydigan yoʻllari yoroqsiz holga kelib qolganligi bois tuman yoʻl qurilish boʻlimi tomonidan hududdagi koʻchalarga shagʻal yotqizishdan boshladi. Tuman gaz ta'minoti boʻlimi xodimlari aholini yil davomida uzluksiz tabiiy gaz ta'minlash maqsadida gaz quvurlarini qayta koʻzdan kechirib, yer ostidagi quvurlarni tepaga koʻtarish va ularni boʻyash ishlarini bajarmoqda. Bundan tashqari, hududda tuman tibbiyot birlashmasining koʻchma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi ham ish boshladi. Mahalla aholisi tibbiy koʻrik davomida zaruriy yoʻnalishdagi shifokorlar qabulida boʻlishib, koʻchma tibbiy anjomlar yordamida tekshiruvlardan oʻtkazilmoqda. Mahalladagi nogironligi bor fuqarolar ham uyma-uy yurish orqali koʻrikdan oʻtkazilmoqda. Namangan hokimining vaqtinchalik uyi tayyor boʻlmoqda — foto Avvalroq Namangan hokimi Prezident tanqid qilgan mahallada konteynerda yashashini ma'lum qilgani xabar qilingan edi.
79
2,479
Foto
Bahor tarovati aks etgan suratlar (foto)
O‘zA nashri bahor tarovati aks etgan bir necha suratlar bilan bo‘lishdi.
40
72
Foto
1788 ta xona, 5 ming kishilik zal va tilla unitaz: arab shayxlarining hashamatli saroylari qanday ko‘rinishga ega? (foto)
Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti va Abu-Dabi amiri Xalifa ibn Zayd al-Nahayon uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi. U sayyoradagi eng badavlat odamlardan biri edi. “Wday.ru” nashri hukmdor qanday yashagani va shayxlardan yana kimlar hashamatli saroy va yaxtalar sotib olishga qodirligi haqida ma’lumot beradi. BAA prezidentining Abu-Dabidagi saroyi Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa ibn Zayd al-Nahayon dunyodagi eng boy hukmdorlardan biri hisoblanardi. Uning shaxsiy boyligi 15 milliard dollardan ortiq, oila a’zolarining boyligi esa 150 milliard dollarga baholangan. Aqlbovar qilmaydigan boylik unga o‘z saroylaridagi hovuz va favvoralarni Fransiyaning Evian shahri yaqinidagi buloqlardan yig‘ilgan mineral suv bilan to‘ldirishga imkon beradi. Shayx esa dunyo bo‘ylab joylashgan qarorgohlarining sonini eslay olmasdi ham. Misol uchun, Madrid yaqinida uning hashamatli qasri bor, unga 15 kishi qarab turadi, prezidentning o‘zi va uning oilasi u yerda hech qachon bo‘lmagan. Birgina Londonda shayxning 140 dan ortiq uylari bor. Shayx Abu-Dabidagi prezident saroyida muhim mehmonlarni qabul qiladi. U yerdagi 300 o‘ringa mo‘ljallangan banket zali bo‘lib, barcha stollarga 149 000 dona chinni idish-tovoq qo‘yilgan. Uydagi tilla unitaz haqida gapirish noqulay bo‘lsa-da, ular uchun bu mutlaqo tabiiy hol. Shayx Muhammadning Dubaydagi saroyi Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al-Maktum BAA bosh vaziri va vitse-prezidenti hisoblanadi. Shayx juda badavlat bo‘lib, uning shaxsiy boyligi 4 milliard dollardan oshadi. Aytishlaricha, uning uyidagi konfetlar o‘rami iste’mol qilsa bo‘ladigan oltindan tayyorlangan. Muhammad dunyodagi zotdor otlarning egasi, otxona uchun noyob o‘t to‘g‘ridan to‘g‘ri Avstraliyadan keltiriladi. Saroy arabcha uslubda qurilgan va uni faqat tashqi tomondan ko‘rish mumkin. Turistlarga xiyobon bo‘ylab asosiy arkkacha va orqaga taksida to‘xtovsiz sayohat qilishlari mumkin. Chet elliklar saroyga kirishlari mumkin emas, shuning uchun qimmatbaho toshli qandillar, qizil yog‘ochdan yasalgan mebellari, naqshinkor devorlar, shoyi va ipak matolarni faqat rasmiy fotosuratlardan tomosha qilish mumkin. Bruney sultoni saroyi “Nurul Imon” (“Imon nuri”) deb nomlangan saroy Bruney sultoni Hassanal Bolkiahning asosiy qarorgohi hisoblanadi. Nurulning boyligi 20 milliard dollarga baholangan va uning qarorgohi dunyodagi eng katta bino hisoblanadi. U hatto eng katta turar joy majmuasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. 200 ming kvadrat metr hududdagi uyda 1788 xona, 257 hammom, 18 lift, 5 ta suzish havzasi, 5 ming kishilik zali va 1,5 ming nafar namozxon uchun masjid bor. Garaj shunday qurilganki, u kamida 110 ta mashinani sig‘dira oladi, otxona esa 200 otga mo‘ljallangan. Hatto oltin bilan qoplangan hojatxona cho‘tkalari ham hashamatdan darak beradi. Bundan tashqari, sultonning yana uchta saroyi bor. Shayx Isoning Bahrayndagi uyi Bahrayn davlatining birinchi amiri Iso ibn Salmon al-Xalifa 1999-yilda vafot etgan. Uning o‘rniga Hamad II bo‘lgan to‘ng‘ich o‘g‘li taxtga o‘tirdi va u otasining hozirgacha uning nomi bilan ataladigan ulkan uyini meros qilib oldi. Turar joyning tarixi 1800-yilga borib taqaladigan saroyda masjid ham qurilgan. Bu yerda qirol oilasining bir necha avlodlari farzandlari va nabiralarini tarbiyalagan. Bu nafaqat uy, balki yuqori martabali mehmonlarni qabul qilish uchun villa hisoblanadi. Hozirda saroy omma uchun ochiq, sayyohlarga ham saroyni tomosha qilishga ruxsat beriladi.
121
3,490
Foto
Buzilayotgan bolalar maydonchasiga borgan Ortiqxo'jaev, Kim Chen Inning yangi portreti, vayronalar suratini chizayotgan erkak — 11 aprel suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. O'zbekistonning dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat 34 tonnali insonparvarlik yordami 8 aprel kuni Ukrainaning Karpatorti viloyatiga etib bordi. Uning suratlari esa viloyat hokimligi tomonidan bugun e'lon qilindi. Ukraina mavzusidan uzoqlashmaymiz: suratlarda vayronagarchilikda ham pozitivlik va umidni saqlab qolgan (shunga harakat qilgan) aholi. Toshkentda aholi bolalar maydonchasi buzilishiga qarshi chiqdi. Fevralda ham xuddi shu voqea xuddi shu stsenariyda sodir bo'lgandi. Bu safar (ham) voqea joyiga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev ham keldi. Videolar va voqealar xronologiyasi bu yerda. xitoyning Anhui provintsiyasida joylashgan biolaboratoriyada xodimlar kovid testi ustida ishlamoqda. Oxirgi bir oyda mamlakatda koronavirus bilan kasallanish keskin ortdi. Buning ortidan qator provintsiya, shahar, jumladan, 26 million aholili Shanxay shahri ham karantinga to'liq yopildi. Hindistonlik erkak qo'lda mamlakatning milliy libosi — sari tikmoqda. Kiev shimolidagi qishloqda ko'prikning ustuniga chizilgan mural. Shimoliy Koreyada Kim Chen In hukmronligining 10 yilligi nishonlanmoqda. Milliy yig'ilishda uning yangi portreti namoyish qilindi. Yo'q, bu Ukrainadagi vayronalar emas. AQShning Detroit shahridagi Katolik cherkovi buzib tashlanmoqda. 2017 yil uning ochilganiga yuz yil to'lganida faoliyati to'xtatilgan.
146
1,403
Foto
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Geminid meteorit oqimi suratlari bilan bo‘lishdi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlarda Geminid meteorit oqimiga guvoh bo‘lgan foydalanuvchilar suratlar joylay boshladi. TJournal ularning ba’zilarini taqdim etdi. Avvalroq Geminid meteorit oqimining avji 13—14-dekabr kunlari kechasiga to‘g‘ri kelishi, oqim faolligi uning avjida soatiga 100—120 meteoritgacha yetishi mumkinligi xabar berilgan edi. “Uning manbasi Faeton asteroidi hisoblanadi. U yilning eng kuchli oqimlaridan biri bo‘lishiga qaramasdan, hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Chunki uning barcha qismlari atmosferamizda yonib ketadi”, — deydi Rossiya Fanlar akademiyasining astronomiya bo‘yicha ilmiy kengashi a’zosi Eduard Kuznetsov. Faeton asteroidi tomonidan koinotga otilgan zarralar oqimini 17-dekabrgacha kuzatish mumkin bo‘ladi.
89
734
Foto
Foto: Pantone instituti talqini bo‘yicha 2021-yil ranglari
Pantone xalqaro tadqiqot instituti 2021-yil uchun ikkita rang tanladi. Bu — to‘yingan kulrang va yorqin sariq, deb yozmoqda “Interfaks”. Eslatib o’tamiz, Pantone instituti rang tendensiyalarini kuzatib boradi va har yili dizayner va ishlab chiqaruvchilar faoliyatida foydalanishi mumkin bo‘lgan yil ranglarini e’lon qiladi. “Qat’iylik va amaliy jihatdan qulaylikni ifodalovchi kulrang va optimistik iliqlik beruvchi sariq rang uyg‘unligi kuch va optimizmni ifodalaydi”, — deyiladi Pantone saytida. Meduza’ning qayd etishicha, Pantone 20 yil ichida ikkinchi marta yilning bir emas, ikkita rangini tanlashi. 2020-yilda Pantone talqini bo‘yicha yil rangi doimiylik va ishonch belgisi bo‘lib, unga doimo tayanish ramzi hisoblanuvchi klassik ko‘k rang bo‘lgandi. Undan avval esa optimizmga ichki ehtiyoj ramzi hisoblanuvchi “tirik korall” yil rangi bo‘lgan.
58
853
Foto
Arvoh-akula, chumoli Drakula va 2015-yilda kashf etilgan boshqa jonivor turlari
Yil yakunlarini sarhisob qilarkan, Kaliforniya Fanlar akademiyasi 2015-yilda kashf etilgan jonivorlar va o‘simlik turlari tasvirlangan suratlar seriyasini taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, 2015-yilda akademiya olimlari tomonidan 102 turdagi yangi jonli mavjudotlarga ta’rif berildi. Akademiya professori Meg Loumanning so‘zlariga ko‘ra, olimlar insoniyat Yer yuzida yashayotgan tirik mavjudotlarning faqat 10 foizi haqida biladi, deb taxmin qiladi. Tetronarce Cowley elektr skati. Yirtqich, o‘lja ortidan 150 metr chuqurlikkacha sho‘ng‘ich oladi. Atlantika okeani janubi-sharqiy qismida uchraydigan bu skat o‘ljasini 45 volt kuchlanishga ega tok bilan urib o‘ldiradi. Prionopelta Dracula turkumiga mansub chumoli. Bu chumolining olti turi Seyshel orollari va Madagaskardan topildi. Bu tur chumolilar yosh turdoshlarini tishlab, ularning gemolimfasini — qon vazifasini bajaruvchi suyuqligini ichishi sabab, Drakula sharafiga nomlangan. Cardioglossa congolia baqasi — Kaliforniya Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan kashf etilgan ikki qurbaqadan biri. Yangi Zelandiya qirg‘oqlari yaqinidan topilgan Chimaera carophila. Chelidonura alexis mollyuskasi. Ilk bor 2011-yilda ta’riflangan, biroq tirik namunasi 2015-yilda topildi. Plendidisim nomli yana bir mollyuska. 2015-yil mollyuskalar kashfiyotiga boy bo‘ldi. Ularning yana bir vakili — Doto greenamyerinew. Hind okeani janubi-g‘arbiy qismida uchraydigan mushuksimon akulalar oilasi vakili — Buthaelurus naylori. Bungacha fanga noma’lum hisoblangan Chaetodactyla rainioae qo‘ng‘izi. Milnesium turkumiga mansub “suv ayig‘i” surati. “Suv ayiqlari” olti oyoqli, har bir oyog‘ida ikkitadan tirnoqchasi bo‘lgan, suvda yashovchi mikroskopik jonivorlardir. Chuqur suvlarda yashovchi o‘qchi-baliqlarning yangi turi — Navigobius vittaus. Kaliforniya Fanlar akademiyasi tomonidan 2015-yilda ta’riflangan o‘simliklardan biri — Odontonema aliciae. Mikroskop ostidagi gulchang — Odontonema aliciae. Pseudomegachasma akulasining tishi. Bu “yangi” turning yoshi 100 million yil atrofida. Olimlarning taxminicha, shu kungacha fanga noma’lum bo‘lgan va qirilib ketgan akula, tishlari qo‘rqinchli bo‘lsa-da, planktonlar bilan oziqlangan. Yana bir yangi qo‘ng‘iz turi — Scaphinotos hoodooensis. Pison amabile qum ammofilasi. Bu ari o‘ljasiga nayza sanchib, uni o‘z iniga sudrab ketadi. Yana bir ari — Pseudoscolia aequatoria.
79
2,410
Foto
Rossiyaning 1917-yilgacha bo‘lgan qiyofasi rangli suratlarda (fotogalereya)
The Washington Post Rossiyalik fotosuratchi Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy olgan suratlarni rangli ko‘rinishda e’lon qildi, ularda 1917-yilgacha bo‘lgan Rossiya o‘z ifodasini topadi. Prokudin-Gorskiy 1863-yilda Vladimir shahrida tug‘ilgan va kimyo bo‘yicha ta’lim olgan. Butun faoliyatini u fotografiyani rivojlantirishga bag‘ishlagan. O‘zining original tadqiqotlari natijasida u rangli diapozitivlarni ishlab chiqarish va rangli filmlarni tasvirga tushirish uchun patent olgan. 1908-yilda Prokudin-Gorskiy rangli fotografiyada erishilgan texnologik yutuqlardan Rossiya Imperiyasi fotohujjatlarini yaratishda foydalanish rejasini ishlab chiqdi. Shoh Nikolay II dan qorong‘i xonaga ega maxsus jihozlangan temir yo‘l vagonini olgach, taqiqlangan hududlarga kirish va Imperiyaning byurokratik doiralari tomonidan hamkorlik qilinishi imkoniyati bilan ta’minlovchi ruxsatnomalar bilan 1907-yildan 1915-yilgacha Rossiya Imperiyasi haqida fotosuratlardan iborat ma’lumot to‘pladi. Prokudin-Gorskiy 1918-yilda Rossiyadagi inqilobdan so‘ng u yerni butunlay tark etdi va Parijga ko‘chib o‘tdi, u yerda 1944-yilda vafot etdi. Uning inqilob arafasidagi Rossiya tasvirlaridan iborat shishali negativlarini AQSh Kongressi kutubxonasi 1948-yilda uning merosxo‘rlaridan sotib oldi.
75
1,276
Foto
Belaruslik usta chiqindilardan uy qurdi va hovlida muzey yaratdi (foto)
Belarusning Minsk viloyatidagi Snov shaharchasida yashovchi Oleg Prakorina chiqindilardan ikki qavatli uy qurdi. U qurilish ishlarini 1990-yillarning oxirida boshlagan. Bu vaqt ichida qurilish maydonini o‘z ustaxonasiga aylantirgan va ochiq osmon ostida muzey yaratgan. TJournal mazkur uyning suratlarini taqdim etdi. Uyning achinarli holatiga qaramsdan, ustaning ta’kidlashicha, toshdan qilingan pol yuz yil davomida ta’mirsiz saqlangan. Prakorinaning ma’lum qilishicha, qurilishga umuman mablag‘ sarflamagan. Traktorchilar ustaga daladan toshlar olib kelib bergan, chiqindichilar esa utilizatsiya qilingan buyumlarni uning hovlisiga tashlab ketgan. Prakorina yog‘och va tosh o‘yish bilan shug‘ullanadi. U tomonidan bajarilgan ishlarning ko‘pchiligi uy hovlisiga o‘rnatilgan va shu tufayli muzey yuzaga kelgan. Uyning ikkinchi qavatida ustaxona joylashgan. G‘aroyib uyni tomosha qilish uchun sayyohlar kela boshlagach, Prakorinada qurilishning qonuniyligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kela boshlagan. Prakorinaning so‘zlariga ko‘ra, u sayyohlarning uyga kirishi uchun pul olish va shaxsiy ko‘rgazma tashkil qilishni rejalashtirmagan.
71
1,140
Foto
Sevimli mashg‘ulot insonni hech qachon charchatmasligining 18 ta isboti (foto)
Ko‘pchilik sevimli mashg‘ulotini doimiy ravishda daromad keltirib turadigan ishga aylantirishni xohlaydi. Ammo bu osonlikcha amalga oshmaydi. Buning uchun tinimsiz mehnat va g‘ayrat qilish kerak. Har qanday muvaffaqiyatning ortida tasavvur qilib ham bo‘lmaydigan mashaqqat yotishi esa barchaga ayon. “Onam 58 yoshidan keyingina sevimli mashg‘uloti hisoblangan uy dizayni bilan shug‘ullanishni boshladi. Bu vaqtga qadar u o‘zi yoqtirmagan kasbda faoliyat yuritgan”. “Yaqinda ularni sotishni boshlashim mumkin”. “Robot yasash xobbiga aylanib qolgan. Ba’zan ularni sotuvga qo‘yaman”. “Kitoblarni yog‘ochdan yasashga qiziqaman. Ushbu kitob eman daraxtidan tayyorlangan, sahifalari esa charmga tikilgan”. “Toshlarni juda yaxshi ko‘raman. Buni ish deb bo‘lmaydi, aksincha, sevimli mashg‘ulot. Har bir mehnatim meni quvontiradi va buni to‘xtatish niyatim ham yo‘q”. “O‘qituvchilikdan bo‘sh vaqtimda rasm chizaman yoki haykalchalar yasayman. Ba’zilari esa sotilmoqda”. “Bir necha yil avval kalit bilan ochiluvchi ‘sirli’ kitob yasadim. Keyinchalik ushbu sevimli mashg‘ulot daromad keltiruvchi faoliyatga aylandi”. “Bir yil avval sovun tayyorlashni shunchaki mashg‘ulot deb emas, balki tadbirkorlik deya boshladim. Endi esa o‘z kompaniyamni ochish vaqti keldi”. “Do‘stim gullar uchun ajoyib dastaklar yasaydi”. “Oyoq kiyim bo‘yash mashg‘uloti haqiqiy tadbirkorlikka aylandi”. “Sevimli mashg‘ulotim ortidan mana shunday go‘zalliklar paydo bo‘ladi”. “Do‘stim uzuk buyurtma qilgan edi, men uni sevimli mashg‘ulotim bo‘lgani uchun ham bepulga bajardim”. “It uchun tayyorlagan bo‘yinbog‘ni ham sotishimni istaydi”. “Avokado urug‘idan mana shunday ajoyib san’at asarlarini yaratish sevimli mashg‘ulotga aylangan”. “Telefon uchun yasalgan qulay moslama kamenning tomoshasidan zavqlanishga yordam beradi”. “2019-yildan buyon teriga g‘amxo‘rlik qilish uchun tabiiy sovunlar ishlab chiqaraman. Ushbu sevimli mashg‘ulot keyinchalik katta tadbirkorlikka aylandi”. “Salomatligim tufayli maktabni tark etib, uyda qolishimga to‘g‘ri kelgan. Keyinchalik simli taqinchoqlar yasay boshladim va bu kichik tadbirkorlikka aylanib ketdi”. “Yaqin do‘stim uchun yasagan esdaliklar”.
78
2,166
Foto
Xitoylik erkak qishlog‘ini suv bilan ta’minlash uchun tog‘ yonbag‘ridan kanal qazidi (foto, video)
Xitoy janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasida istiqomat qiluvchi keksa erkak qishlog‘ini suv bilan ta’minlash maqsadida tog‘ yonbag‘ridan 9400 metrli kanal qazib ochdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, kanal qazish g‘oyasi unda o‘tgan asrning 50-yillarida tug‘ilgan bo‘lib, bir necha yil davom etgan ishlarda unga 300 ga yaqin yordamchilari ko‘mak bergan. Ushbu qoloq mintaqa ahli uzoq yillar mobaynida o‘z suv manbaiga ega bo‘lishni orzu qilib kelgandi, va endilikda bu orzu ushaldi, deb ma’lum qiladi Xinhua.
98
533
Foto
Foto: Muhojirlar yaratgan eksponatlarsiz qoldirilgan Amerika muzeyi
AQShning nufuzli Uellsi kollejiga tegishli Devis muzeyi ma’muriyati muhojirlar tomonidan yaratilgan yoki taqdim etilgan eksponatlarni namoyishdan olish yoki ularni mato bilan yopib qo‘yish haqida qaror qabul qildi. Muzey shu tariqa muhojirlar yaratgan asarlarning Amerika madaniyatidagi qo‘shgan hissasini ulug‘ladi, deya xabar bermoqda TJournal. Faqat Amerika eksponatlaridan iborat ko‘rgazma 16-fevral kuni boshlangan bo‘lib, 21-fevralga qadar davom etadi. Muzey xodimlari aksiyani Art-less deb nomladi va uning yordamida muhojirlarning “sovg‘alari bebaho” ekanini ko‘rsatishga harakat qildi. Namoyishdan olingan eksponatlar o‘rniga “muhojirlar tomonidan yaratilgan” yoki “muhojirlar tomonidan taqdim etilgan” degan yozuvlar ilib qo‘yilgan, ba’zi san’at asarlari esa olib tashlanmasdan, shunchaki mato bilan yopib qo‘yilgan. Xabar berishlaricha, aksiya prezident Donald Trampning yetti musulmon mamlakat fuqarolarini AQShga kirishini vaqtincha taqiqlash haqidagi farmoniga o‘ziga xos javoblardan biridir. Muzey hisob-kitoblariga ko‘ra, doimiy kolleksiyadagi eksponatlarning taxminan 20 foizi AQShga boshqa mamlakatlardan kelgan kishilar tomonidan yaratilgan yoki taqdim qilingan. Muzey hammasi bo‘lib 120 ta eksponatni ko‘rgazmadan olgan. Muassasa boshqa muzeylarni ham shunday aksiyalar o‘tkazishga chaqirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
67
1,390
Foto
Fotoreportaj: To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is’hoqxon To‘ra Ibrat memorial majmuasi
O‘zA To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is’hoqxon To‘ra Ibrat memorial majmuasi suratlari to‘plamini taqdim etdi.
78
103
Foto
Foto: Yaponiyalik yarim odam, yarim qo‘g‘irchoq model
Lulu Hashimoto — “odam qo‘g‘irchoq” deb ataluvchi yaponiyalik model va internet yulduzi. Suratda uni oddiy haykaldan ajratib bo‘lmaydi. Shu bilan bir vaqtda, u robot emas, balki odam, biroq uning haqiqiy yuzini hech kim ko‘rmagan, deya hikoya qiladi AdMe. Lulu o‘z obrazini maxsus kostyum yordamida ushlab turadigan noodatiy model hisoblanadi. Kostyum qo‘g‘irchoq tanasini eslatadi va o‘z ichiga niqoblar, yasama soch va chiroyli liboslarni oladi. Intervyu vaqtida u javoblarni boshlovchining qulog‘iga pichirlab aytadi, chunki, odatda, qo‘g‘irchoqlar gapirmaydi. Luluning prodyuseri va yaratuvchisi bo‘lgan dizayner Hitomi Komaki “tirik qo‘g‘irchoq” Nukopan jamoasi bilan hamkorlikdagi ishning natijasi ekanligini aytadi. Prodyuserning so‘zlariga ko‘ra, Lulu obrazining bir qismini tashkil qiluvchi kishining shaxsi sir saqlanadi. Bu qahramonga o‘ziga e’tiborni tortishda xalal bermaydi. Ko‘chalarda va namoyishlar chog‘ida qizning oldiga ko‘plab kishilar kelib, suratga tushadi, u esa bundan doimo xursand.
53
1,011
Foto
Fotogalereya: Futbolchilar tomonidan dabdalasi chiqarilgan eng qimmat avtomobillar
Rossiyaning “Sport-Ekspress” nashri mashhur futbolchilar ishtirokidagi eng shov-shuvli yo‘l-transport hodisalarini yodga oldi. “Shalke”ning 20 yoshli yarim himoyachisi AQShda hordiq chiqararkan, 600 ming yevro turadigan Lamborghini bilan birga yo‘ldan uchib chiqib ketdi. Avtomobilni ta’mirlash ishlari 400 ming dollarga baholandi, biroq bu pulni sug‘urta qopladi. Futbolchi bor-yo‘g‘i 28 yevro jarima va 2 ming yevro soliq to‘ladi. Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmadi. Kiyev “Dinamo”sining yulduziga tegishli Maserati 2011-yilda yoqib yuborilgan bo‘lsa, 2013-yil uning 220 ming yevrolik Ferrari’siga jabr bo‘ldi. Dastlab, mashinani Turkiyadan olib kelishda uning old qismini pachoqlab qo‘yishdi. Futbolchi mashinani ta’mirlashga ta’mirladi-yu, biroq oradan ko‘p o‘tmay, avtomobilni qayta ta’mirlab bo‘lmaydigan ahvolga olib keldi: mast holda avtomobilni boshqarib, jiddiy yo‘l-transport hodisasiga uchradi. “Manchester Yunayted”da o‘ynab yurgan vaqtlarida, portugaliyalik futbolchi 300 ming dollar turadigan Ferrari’ni boshqara olmay, tonnel devoriga borib urildi. Mashina to‘liq ishdan chiqqan bo‘lsa-da, futbolchiga hech narsa qilgani yo‘q. “Milan”ning sobiq hujumchisi 2009-yili o‘zining 200 ming dollarlik Porsche Panamera Turbo avtomobilida avariyaga uchradi. YTHning ikkinchi ishtirokchisi — Honda jipini boshqarib borayotgan 24 yoshli hamshira “asosiy yo‘l” qoidasini unutib qo‘ygandi... Andrey Yeshchenko “Kuban”da o‘ynab yurgan vaqtlari Nissan GT-R’ni soatiga 170 kilometr tezlikka olib chiqdi, yo‘ldan uchib chiqib, beton to‘siqni ag‘darib, ustunga borib urildi. Besh million rubllik mashina qoldiqlariga qarab, futbolchiga haqiqatan ham omad kulib boqqaniga ishonasan kishi. Italiya futbolining xulqi og‘ir bolasi kamida ikki marta avariyaga uchragan. “Manchester Siti”da o‘ynayotganida, uning “Bentli”si “MYu”ning 18 yoshli fanati boshqarib borayotgan avtomobil bilan to‘qnashib ketgandi. Italiyada esa, qizil chiroqda to‘xtab turishga sabri chidamay, gazni bosgan va Audi R8 ni rasvosini chiqargandi. “Latsio”ning 19 yoshli futbolchisi 250 ming dollarlik Lamborghini Gallardo’da sayr qilayotgandi, biroq ertak uzoq davom etmadi: haydovchilik tajribasi ozligi sabab, futbolchi tezlikni oshirishi bilan, mashina devorga borib urilib, bir uyum metallga aylandi-qoldi. 2015-yilgi Amerika Kubogi vaqtida chililik futbolchi Ferrari’sida “mingga qo‘yib” ketayotganida avariyaga uchradi. Ma’lum bo‘lishicha, u avtomobilni mast holda boshqargan. “Manchester Yunayted” hujumchisi o‘z avtomobillarining qadriga yetmaydi. U hozirga qadar turli yo‘l-transport hodisalarida 170 ming funtlik Aston Martin’ni, 65 ming funtlik Range Rover’ni, 40 ming funtlik Escalade’ni, shuningdek, qimmatbaho Lamborghini Gallardo’ning dabdalasini chiqargan. “Arsenal”da o‘ynab yurgan kezlari, Bendtner mashg‘ulotga borarkan, xayolga berilib, yo‘ldan chiqib ketgan. Oqibatda uning Aston Martin’i ishdan chiqqan, o‘zi esa hozir “Volfsburg”da o‘ynayapti.
82
2,955
Foto
“Yevropa go‘zali — 1930” tanlovi retrogo‘zallari (foto)
“Yevropa go‘zali” (“Miss Yevropa”) tanlovi 1920-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan, Yevropa qit’asi mamlakatlaridan tashqari Isroil, Turkiya va Livan go‘zallari ham ishtirok etadigan go‘zallik tanlovidir, deb yozadi BigPicture. Quyida taqdim etilayotgan fotojamlanma 1930-yili Parijda tashkil etilgan “Yevropa go‘zali” tanlovi qatnashchilarining suratlaridan iborat bo‘lib, qariyb 90 yil ichida go‘zallik mezonlari qanchalik o‘zgarganiga nazar tashlash imkonini beradi. Italiya go‘zali Mafalda Mariottino Rossiya go‘zali Irina Ventsel
55
542
Foto
Fotogalereya: Surat va haqiqiylik o‘rtasidagi chegarani olib tashlovchi ulkan graffitilar
Lissabonlik ko‘cha rassomi Serhiyo Odeytaning graffitilari ma’lum rakursda haqiqiydek ko‘rinadi. AdMe uning ijod namunalariga e’tibor qaratdi.
89
142
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi hayratlanarli daraxtlar
Daraxtlar insoniyat uchun kislorod ishlab chiqaradi, issiq kunda salqin tuhfa etadi, hayvonlar va qushlar uchun in vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, daraxtlar o‘zining hayratlanarli ko‘rinishi bilan insoniyatni lol qoldiradi. AdMe nashri dunyodagi hayratlanarli daraxtlar fotojamlanmasini taqdim etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
47
386
Foto
Fotogalereya: Hindistonning “sehrli” shahri — Jaypurning ajoyib suratlari
Jaypur Hindistonning “sehrli” shaharlaridan biri hisoblanadi. Shahar binolari pushti rangli toshlardan qurilgani bois, xalq tilida u “pushti shahar” deb ataladi. Jaypur o‘zining bozorlari, ajoyib ibodatxonalari, kichik do‘konlari bilan tanilgan va sayyohlar tomonidan ko‘p bor e’tirof etilgan. “Pushti shahar” hozirgi vaqtda UNESCO’ning jahon merosi ro‘yxatiga ham kiritilgan. TravelAsk taqdim etgan Jaypurning suratlarini tomosha qilib, bunga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin.
73
482
Foto
Qizil yo‘lakdagi yulduzlar singari makiyaj qilishga muvaffaq bo‘lgan oddiy qizlarning ijod mahsuli (foto)
Inson boshqa soha vakili bo‘lishiga qaramay, qiziqishidan kelib chiqib mashq qilsa hamma narsaning uddasidan chiqishi mumkin. Professional vizajistlar singari makiyaj qilishga muvaffaq bo‘lgan qizlarning suratlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. “Hindlarning bo‘yoqlar festivali shunday makiyaj qilishimga turtki bo‘ldi”. Go‘zal ko‘rinish uchun haddan ortiq bo‘yanishga hojat yo‘q. Kundalik obraz uchun makiyaj. “Biroz urinish bilan 70 yashar onam ancha yosh ko‘rinishga ega bo‘ldi”. “Mening obrazim kundalik makiyajdan avval va keyin”. “Dugonamni bo‘yantirdim. Klassik qizil lablar va nomiga qilingan bayram makiyaji bilan u sohibjamolga aylandi-qoldi”. “Kundalik makiyajimdan avval va keyin. Bu safar biroz siyohrang tendan foydalanishga qaror qildim”. “Bitiruv kechasi uchun o‘ziga xos makiyaj”. “Tabiiydek bo‘yangan obrazim. Oq kiprik va qoshlarimni bo‘yashni o‘rganishim uchun yillar ketdi”. “Dugonamning bitiruv surati uchun makiyaj qildim”. “Kundalik obraz uchun mana shunday bo‘yanaman”. “Makiyajdan avval va keyingi ko‘rinishim”. “Mening makiyajsiz va oqshomgi obrazim”. “Makiyaj qilishni endi o‘rganyapman! Avval va keyin”. “Merilin Monroning obrazidan ilhomlandim”. “Bo‘yanmagandek bo‘yanishga harakat qildim”. “Eski suratimni topib oldim. 4 yil ichida bo‘yanishni o‘rganganimdan xursandman”. “Ishga mana shunday makiyaj qilib boraman”. “Terimning makiyaj qilinganidan avval va keyingi ahvoli. Endi u ancha tiniq ko‘rinyapti”. “Avval va keyin. Smokey eye uslubida makiyaj qilish uchun ko‘k tendan foydalandim”.
105
1,541
Foto
Alyaskadagi erigan muzliklar, qurigan Orol dengizi, cho‘lga aylangan o‘rmonlar: xavf yoqasidagi insoniyat
Yer orbitasidan turib olingan suratlarga nazar solib, global iqlim o‘zgarishi sayyorani haqiqatan ham halokat yoqasiga olib borayotganiga guvoh bo‘lish mumkin, deb yozadi TravelAsk. Abadiy muzliklarning erishi, bir vaqtlar dengizdek ulkan bo‘lgan ko‘l va suv omborlarining qurishi, o‘rmonlarning qisqarishi insoniyat jiddiy muammo bilan yuzma-yuz kelganiga dalildir. Chapdagi fotosurat 1940-yilda, o‘ngdagisi esa 2005-yilda olingan. Alyaskadagi muzliklarning yo‘qolishi ko‘lami shunchaki dahshatga soladi. 1973—2005-yillar oralig‘ida ancha-muncha o‘rmon kesib yuborilganini ko‘rish mumkin Alyaskadagi izi ham qolmagan muzliklardan biri. Birinchi fotosurat 1909-yil yozida olingan, ikkinchisi esa 2004-yil yozida. 1972—2009-yillar oralig‘ida kesib yuborilgan o‘rmon suratlari. 1999-yildan beri daryo aqlbovar qilmas darajada sayozlashdi. Rondoniya o‘rmonlari qariyb yo‘q qilib yuborildi. Chapdagi foto 1975-yilgi holatni ko‘rsatsa, o‘ngdagi surat 2009-yilda olingan. 1976—2007-yillarda o‘z o‘rmonlaridan mahrum bo‘lgan Niger shtatidagi Baban hududlari hozir shunday manzara hosil qilgan. 1987—2011-yillar oralig‘ida Katta qumtepalar hududidagi ko‘llar sayozlashib ketdi. 1976—2007-yillar oralig‘ida Keniya o‘rmonlarining qisqarishi manzarasi. 2011 va 2014-yillarda olingan bu ikki surat Kaliforniyadagi Orovill ko‘li uch yil ichida qanchalik quriganini ko‘rsatadi. Maydoni katta hisoblangan Urmiya ko‘li endi chuqur emas. Birinchi surat 2000-yilda olingan, ikkinchisi esa 13-yildan so‘ng. 2004-yilgi suratda endilikda “sobiq” deb ta’riflasa bo‘ladigan Myuir muzligini ko‘rish mumkin. Chapdagi fotosurat esa muzlikning 1941-yilgi holatini ko‘rsatadi. O‘rmonlari ommaviy ravishda kesilgan yana bir o‘rmon — 1973 va 2000-yillarning suratlari. “Dengiz” deb ta’riflangan ko‘ldan hozirda qariyb hech narsa qolmagan. 1994—2013-yillar oralig‘ida sezilarli qurib qolgan Slon Byutt suv ombori. Chapdagi suratda Argentinadagi bu ko‘l 1998-yilda qanday ajoyib manzaraga ega bo‘lgani aks etgan bo‘lsa, o‘ngdagi, 2011-yil suratida ko‘lning bugungi ahvoliga guvoh bo‘lish mumkin. Daraxtlarning kesilishidan Paragvaydagi Atlantika o‘rmoni ham jiddiy zarar ko‘rdi. Suratlar 1973 va 2008-yillarda olingan. 2001—2006-yillar oralig‘idagi o‘rmon qisqarishi ko‘lamini ko‘rsatuvchi suratlar Muzlik 1978—2011-yillar oralig‘ida sezilarli qisqargan.
105
2,341
Foto
Galaxy Note 7 libosi Xellouin bayramida eng ommaboplaridan biriga aylandi (foto)
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Galaxy Note 7 smartfonining 2016-yil yakunida muvaffaqiyatsizlikka uchrashi bu yilgi Xellouin bayramining liboslari uchun ommabop mavzuga aylandi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Galaxy Note 7 ning yonib ketish holatlarini har kim o‘z liboslarida turlicha aks ettirdi. Kimdir shunchaki yonayotgan smartfon libosini tanlagan bo‘lsa, ba’zilar o‘zini smartfonning yonishi oqibatida jabrlangan sifatida ifodaladi. Ma’lumot uchun, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 ning yonib ketishi holatlari tufayli oktabr oyi boshlarida mazkur smartfonning ishlab chiqarilishini to‘xtatgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
80
809
Foto
Vatikandan Monakogacha: aeroportlari bo‘lmagan mamlakatlar (foto)
Shunday mamlakatlar borki, u yerda aeroport mavjud emas. Insider Pro shu kabi mamlakatlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Vatikan — maydoni 0,44 gektarga teng bo‘lgan Rim markazida joylashgan mamlakat. U yerda aeroport mavjud emas — ammo Italiya poytaxtidan Vatikanga bir zumda yetib olish mumkin. San-Marino — 33 mindan ortiqroq aholiga ega ushbu mamlakat hududini Italiya to‘liq o‘rab turadi va u Federiko Fellini nomidagi xalqaro aeroportdan atiga 15 kilometr narida joylashgan. Monako — eng mitti mamlakatlar qatorida 2-o‘rinda turadi. Aholisi 38,5 mingga teng. Mamlakatga tashrif buyurish uchun avvaliga Aéroport Nice Côte d'Azur xalqaro aeroportiga uchib kelish kerak, undan Monakogacha mashinada 25 daqiqada yetib olsa bo‘ladi. Qiziq jihati, ro‘yxatdan o‘rin olgan Nauru va Tuvaluning xususiy aeroportlari mavjud, beshinchi va oltinchi o‘rindagilarda esa yo‘q. Lixtenshteynga Shveysariya poytaxtidan 38 kilometr uzoqlikdagi “Altenrayn Sankt-Gallen” aeroporti orqali kelinadi. Andorrada ham xuddi shunday — bu yerga mamlakatdan 40 kilometr naridagi davlatlar orqali kelinadi. Piriney vodiysidagi tog‘ tizmalariga uchish-qo‘nish maydonchasini qurish oson bo‘lmaganligi sabab, bu yerga Ispaniya yoki Fransiya orqali kelish mumkin. Andorra poytaxtiga eltuvchi esa eng qulay yo‘l — Ispaniyadagi “Jirona — Kosta-brava” aeroporti. Falastin hududida ham aeroportlar mavjud emas, biroq Isroilning “Ben-Gurion” xalqaro aeroporti Vifleyemdan 42 kilometr uzoqlikda joylashgan.
65
1,481
Foto
O‘zbekistonlik san’atkorlar kelinlik liboslarida (fotogalereya)
My Day o‘zbek shou-biznesi vakilalarining kelinlik liboslaridagi suratlari bilan bo‘lishdi.
63
91
Foto
Birovga ko‘p, boshqalarga kam: Bosh rollarni ijro etgan aktyorlarga turlicha gonorar to‘langan mashhur filmlar (foto)
Aktyorlarning gonorari bir necha omillar: mashhurlik, tajribasi, qo‘lga kiritilgan mukofot va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu ro‘yxat qanchalik to‘la bo‘lsa, to‘lanadigan mablag‘ ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Kris Xemsvort va Entoni Hopkins “Tor” Tor haqidagi ilk film prokatlarda 449,3 million dollar yig‘ib, 2011-yilning eng kassabop lentalari reytingida 15-o‘rinni egallagan. Bosh qahramonning otasi rolini Gollivud yulduzi Entoni Hopkins gavdalantirgan. U mazkur loyihada ishtirok etish uchun odatiy oladigan gonoraridan ikki karra kam narxga — 10 million dollarga rozi bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, u suratga olish maydonchasidagi eng ko‘p haq to‘langan aktyor bo‘lib qolgan. Hali yulduz bo‘lib ulgurmagan Krisga esa bosh qahramonni gavdalantirganiga qaramay, 150 ming dollar berilgan xolos. Jillian Anderson va Devid Duxovni “Maxfiy materiallar” “Maxfiy materiallar” seriali unda bosh qahramon sifatida suratga tushgan Jillian Anderson va Devid Duxovniga olamshumul mashhurlik olib kelgan. Ular juftlik sifatida rol ijro qilganiga qaramay, har ikkisiga turli gonorar to‘langan. To‘rtinchi mavsumga qadar aktrisaga, uning hamkasbidan ko‘ra ikki karra kam mablag‘ to‘langan. Mehnatiga teng haq to‘lanishiga erishish uchun ayolga uch yil kerak bo‘lgan. Lyusi Lyu, Dryu Berrimor, Kameron Dias “Charli farishtalari” “Charli farishtalari” filmi prokatda 274,1 million mablag‘ to‘plab 2000-yilning eng kassabop kinolentalaridan biri bo‘lgan. Muxlislarga Dias, Berrimor va Lyuning triosi shunchalik yoqqani tufayli oradan 3 yil o‘tib kartinaning sikveli suratga olingan. Aktrisalarning ekranda ko‘rinish vaqti bir xil taqsimlanganiga qaramay, berilgan gonorar miqdori turlicha bo‘lgan. Kemeronga 12 million, Dryiga 9 million, Lyusiga esa hammadan kam 1 million kam berilgan. Anjelina Joli va Bred Pitt “Janob va xonim Smit” “Janob va xonim Smit” filmi Anjelina va Bred o‘rtasida munosabatlar avj olishining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan. Berilgan gonorar miqdori o‘rtasidagi farq ularning o‘rtasida sevgi alangasi paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilmagan. Kartina ekran yuzini ko‘rganidan keyin Pitt 20 million dollarga ega bo‘lgan. Joli esa bo‘lajak turmush o‘rtog‘idan ikki karra kam mablag‘ bilan cheklangan. Mia Vasikovska va Jonni Depp “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” Mia Vasikovska ishtirokidagi filmlar aksariyat hollarda kassabop bo‘ladi. U suratga tushgan loyihalar jami 1,03 milliard dollar mablag‘ to‘plagan. Shunga qaramay, unga unchalik katta bo‘lmagan miqdorda gonorar — o‘rtacha bir film uchun 250 ming dollar to‘lanadi. “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” filmi ham istisno bo‘lmagan. Jonniga shlyapa kiygan qahramonni gavdalantirgani uchun 10 354 778 dollar to‘langan bir vaqtda, Miaga million dollarning to‘rtdan bir qismi berilgan Sem Uortington, Zoi Saldana va Sigurni Uiver “Avatar” “Avatar” prokatda rekord darajada 2,787 milliard dollar to‘plagan. Ammo shunga qaramay, unda suratga tushgan aktyorlar Sem Uortington va Zoi Saldanega uncha ko‘p bo‘lmagan gonorar to‘lagan. Ammo Greys Ogustinni gavdalantirgan Sigurni Uiverdan pul ayalmagan. Aktrisa ikkinchi darajali aktrisa sifatida ko‘rinish berganiga qaramay, 11 million dollarni qo‘lga kiritgan. Genri Kavill va Emi Adamas “Po‘lat odam” Genri Kavillaga “Po‘lat odam” filmi uchun taxminan 300 ming dollar gonorar to‘langan. Gap shundaki, odatda superqahramonlar haqidagi franshizalarda ilk bor arzigulik rolini ijro qilayotganlarga shuncha miqdorda pul beriladi. Uning hamkasbi Emi Adamsga shu loyihadagi ishtiroki uchun ko‘proq to‘langan. Bunga aktrisaning bir necha marta “Oskar”ga nomzod bo‘lib ulgurgani sabab bo‘lgandir, yana kim bilsin. Maykl Kiton va Jek Nikolson “Betmen” “Betmen” filmida Joker rolini o‘ynashi uchun Jek Nikolsanga, uning darajasi uchun sezilarli darajada kam summa — 6 million dollar taklif qilingan. U suratga tushishga bir shart — kassada yig‘ilgan mablag‘ning foizini olish evaziga rozi bo‘lgan. Natijada Nikolsan ushbu kartina ortidan 50 million dollardan ko‘proq daromadga ega bo‘lgan. Bosh qahramon rolini ijro qilgan Maykl Kitonning esa 5 million dollarga ko‘nishdan boshqa iloji qolmagan. Jessika Chesteyn va Mett Deymon “Mars tutquni” Oskarga 7 karra nomzod bo‘lgan “Mars tutquni” 2015-yilning eng muhokama qilingan filmlaridan bo‘lgan. Aktrisaga bu filmdagi ishtiroki uchun taxminan 1,75 million dollar to‘langan. Hamkasbi Mett esa mazkur loyihadagi roli uchun 15 million dollarga ega bo‘lgan. Tom Holland va kichik Robert Dauni “O‘rgimchak-odam: uyga qaytish” “O‘rgimchak-odam: uyga qaytish” kartinasi dunyo prokatida 880 million dollar to‘plagan. Shundan 15 millioni Robertga gonorar to‘lash uchun sarflangan. Qizig‘i, aktyor ekranda atigi 15 daqiqaga yaqin ko‘rinish bergan va hisoblab ko‘rilsa, har 1 daqiqa uchun 1 million dollarga ega bo‘lgan. Bosh qahramonni gavdalantirgan Tom Holland esa bazaviy gonorar sifatida 500 ming dollar olgan. Bonuslar bilan hisoblagandagi umumiy to‘langan mablag‘ esa 1,5 millionni tashkil qilgan.
117
4,937
Foto
Foto: Qutqaruv nimchalaridan tayyorlangan ulkan Tinchlik belgisi
O‘nlab ko‘ngillilar va insonparvarlik tashkilotlarining xodimlari har yili minglab qochoqlarni qabul qiladigan Lesbos orolidagi tepalikda ulkan Tinchlik belgisini tayyorlash maqsadida 1-yanvar kuni birlashdi, deya xabar bermoqda TJournal. Belgi sohil bo‘yidagi Molivos qishlog‘i yaqinida noqonuniy muhojirlar tomonidan tashlab ketilgan uch mingdan ortiq olovrang qutqaruv nimchalari yordamida tayyorlandi. Greenpeace bilan birga installyatsiyani tayyorlashda qatnashgan “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti vakilining so‘zlariga ko‘ra, tayyorlangan belgi Yevropaga yetish yo‘lida halok bo‘lganlarni xotirlaydi, shuningdek, noqonuniy muhojirlarni qochishga majbur qilgan xavflar va ular qo‘l urgan tavakkalchilikdan xotira sifatida xizmat qiladi. So‘nggi 12 oy davomida O‘rtayer dengizi orqali Yevropaga bir milliondan ortiq muhojir kirib keldi, kamida 3,7 ming kishi dengizni suzib o‘tishga urinish vaqtida halok bo‘lgan. Ko‘ngillilar tomonidan olingan suratlarda Molivosdagi chiqindixona ham ko‘rinadi — bu yerda qochoqlar tomonidan tashlab yuborilgan qutqaruv nimchalari va boshqa buyumlarning uyumlarini ko‘rish mumkin.
64
1,129
Foto
Fotogalereya: Kosovaning dron yordamida olingan ajoyib suratlari
Kosovo Respublikasida yashovchi Bleron Chaka ismli fotograf dron yordamida ajoyib suratlar oldi. Travel Ask ularni taqdim etdi.
64
127
Foto
Foto: Dengiz olabug‘alarining urchishi va Wildlife Photographer of the Year 2021 ning boshqa g‘oliblari
Loran Balyesta ismli fransiyalik suratkash “Yilning eng yaxshi suratkashi” va “Suv osti dunyosi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deya topildi. U kamfulyajlangan olabug‘a baliqlarining yilda bir soat davom etadigan juftlashish jarayonini suratga olishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi TJournal. “Ushbu tasvir ko‘p darajali: u hayratlanarli, energiyaga boy, hayajonga soluvchi va boshqa dunyoga xos go‘zallikka ega. Unda sehrli on muhrlangan — haqiqatda hayotning ajoyib yaratilishi — tuxumlarning bir qismi bir onga ramziy so‘roq belgisi ko‘rinishida qotib qolgan”, — deydi tanlov hay’ati raisi Rozamund Kidman Koks. Belyestaning so‘zlariga ko‘ra, u mazkur suratni olish uchun suvda suzishga 3 ming soat vaqt sarflagan. Suratkash besh yil davomida Fransiya Polineziyasidagi Fakarava oroli qo‘riqxonasiga kelgan. London tabiat tarixi muzeyi, shuningdek, Wildlife Photographer of the Year 2021 ning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan suratkashlarni ham e’lon qilgan. “10 yosh va undan kichik” nominatsiyasi va yosh suratkashlar uchun asosiy mukofot “Qubba uy” — to‘rining eshigi oldida turgan o‘rgimchak “Qushlar harakati” nominatsiyasi “Ishqiy yaqinlik — qarg‘alar ko‘payish mavsumi vaqtida “Sut emizuvchilarning xatti-harakati” nominatsiyasi “Yuzma-yuz” — shimol bug‘ularining jangi “Umurtqasizlar xatti-harakati” nominatsiyasi “Beshik to‘qish” — baliqtutar o‘rgimchak tuxumlari uchun g‘umbak to‘qimoqda “Yovvoyi tabiatdagi hayvon” nominatsiyasi “Qo‘ng‘ir ayiq qoldig‘i” — ayiq fotoqopqonni sindirib tashlashidan oldin olingan so‘nggi kadr “Portfolio” nominatsiyasi “Yakkama-yakka olishuv” — sixlid baliqlarining jangi “Uyg‘onayotgan yulduz portfiliosi” nominatsiyasi “Sovish vaqti” — urg‘ochi oq ayiqlar jazirama kunda muzdek suvda cho‘milmoqda “Botqoq” nominatsiyasi “Ajalga yo‘l” — 1980-yillarda botqoqlar bo‘ylab o‘tkazilgan to‘g‘ri yo‘l “Okeanlar” nominatsiyasi “Erigan bog‘cha” — darz ketgan muz ustida ko‘payayotgan tyulenlar “Fotojurnalistik tarix” nominatsiyasi “Davolovchi teginish” — Kinshasadagi primatlarning reabilitatsiya markazi direktori go‘sht savdosi oqibatida yetim qolgan maymunlar bilan “Fotojurnalistika” nominatsiyasi “Aniqlik” — filning suv ostidagi chiqishi orqali suratkash hayvonlarning notabiiy harakatlari masalasini ko‘targan “Shahardagi yovvoyi tabiat” nominatsiyasi “O‘rgimchak xonasi” — suratkash o‘z karavoti ostida duch kelgan Braziliyaning sayyor o‘rgimchagi va uning bolalari “Hayvonlar portreti” nominatsiyasi “Aks” — yomg‘ir ostidagi tog‘ gorillasi “Tabiat mo‘jizasi” nominatsiyasi “Hayratlanarli” — dengiz liliyasiga yashiringan uzuntumshuq baliq Wildlife Photographer of the Year tanlovi birinchi bor 1965-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Unda 361 ta ish taqdim etilgan. Hozirda Wildlife Photographer eng nufuzli fototanlovlardan biri hisoblanib, yiliga 45 mingdan ortiq surat kelib tushadi. Shuningdek, muzey dunyo bo‘ylab millionlab odamlar tomosha qilgan ko‘chma ko‘rgazmalarni o‘tkazib keladi.
103
2,993
Foto
Fotogalereya: Hech qachon birga rol o‘ynamaydigan mashhurlar
Kino olamida fe’l-atvori bir-biriga sira to‘g‘ri kelmagani sabab, birga rol o‘ynay olmaydigan aktyor va aktrisalar bor. AdMe ularning rasmini taqdim etdi. Lindsi Loxan va Amerika Ferrera Xyu Jekman va Anjelina Joli Jennifer Lopes va Shon Kombs Tom Xardi va Sharliz Teron Sheron Stoun va Uilyam Bolduin Teylor Svift va Kanye Uest Niki Minaj va Merayya Keri Bryus Uillis va Kevin Smit Kayli Jenner va Jordin Vuds Jey-Zi va Kanye Uest Juliya Roberts va Stiven Spilberg
60
475
Foto
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida ekologiya mavzusidagi fotosuratlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi (foto)
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida ekologiya mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro fotosuratlar tanlovining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Tanlov 60 davlat vakillaridan iborat ishtirokchilarni jamladi. Unda ishtirok etish uchun 258 ta ariza qabul qilindi. Xalqaro fotosuratlar tanlovi “Ozon qatlami va men” va “Iqlimning o‘zgarishi—mening nigohimda” kabi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi. Mazkur tanlov g‘oliblari 16-sentabr Ozon qatlamini muhofaza qilish Xalqaro kuni arafasida aniqlandi. “Ozon qatlami va men” yo‘nalishida birinchi o‘rinni Armaniston vakili Lyusine Torosyan egalladi. “Iqlim o‘zgarishi—mening nigohimda” yo‘nalishida esa bangladeshlik Moniruzzaman Sazal g‘olib deb topildi.
111
703
Foto
Fotogalereya: Daraxtlar haqidagi 6 ta haqiqat
Ko‘pchilikda barcha daraxtlar olovda yonadi, suvda esa cho‘kmaydi degan tushuncha bor. AdMe ana shu tushunchalardan istisno bo‘lgan daraxtlar jamlanmasini taqdim etdi. Daraxtlarning olovda yonmaydigan ko‘plab turlari bor. Bular — chirmoviq daraxti, rozmarin, Avstraliya evkalipti va Shimoliy Amerika sekvoyasi. Ularning olovga chidamliligi bir nechta qatlamdan iborat va issiqni kam o‘tkazuvchi qalin po‘stlog‘ining borligi bilan izohlanadi. Daraxtlarning suvda cho‘kuvchi turlari mavjud. Masalan, Argentina va Paragvayda o‘suvchi qora daraxt dunyodagi eng og‘ir daraxt hisoblanadi. Rossiyaning Primorskiy o‘lkasida o‘suvchi Shmidt qayini cho‘yandan bir yarim marta mustahkamroq hisoblanadi. Agar unga miltiqdan o‘q otilsa, o‘q daraxt tanasida iz qoldirib, ortga qaytadi. Osiyoning tropik o‘rmonlarida non daraxti o‘sadi. Uning yumaloq mevalari tarkibida pishirish mumkin bo‘lgan bo‘laklari bor. Okeaniya orollarida esa “pirog” daraxti o‘sadi. Uning sariq mevalari ta’m va ko‘rinish jihatdan haqiqiy piroglarni eslatadi. Osiyoning janubi-sharqida esa konfet daraxtlarini uchratish mumkin. Aniqlanishicha, daraxtlar barglari rangining o‘zgarishi fotosintezning kuchayishi natijasida ko‘payadigan qand moddasi sababli yuz bermaydi. Barglar rangining o‘zgarishi ularning hayot davomiyligini uzaytiradi va quyosh nurlanishlaridan himoya qoplami sifatida xizmat qiladi. Tayga va tundrada bo‘ladigan sovuqqa qaramasdan, u yerda daraxtlar o‘sadi. Taygada bo‘ladigan uzoq va iliq yozda daraxtlar qalin po‘stloqqa ega bo‘ladi. Tundrada esa yoz qisqa bo‘lgani uchun daraxtlar bunday himoya qatlamiga ega bo‘la olmaydi. Shuning uchun u yerda past bo‘yli o‘simlik dunyosi o‘sadi. Venesuela junglilarida ildizi tana bo‘ylab yuqoriga o‘sadigan daraxtlar bor. Bunga tuproqda ozuqaning juda kamligi sabab bo‘ladi. Shuning uchun ildizlar tana bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi va yomg‘ir suvlaridan o‘ziga kerakli minerallarni yig‘ib oladi.
45
1,923
Foto
Millionerlarning yirtqich uy hayvonlari (fotogalereya)
Britaniyaning Daily Mail nashri millionerlar uy jonivori sifatida saqlaydigan mushuksimonlarning yirik vakillari suratlarini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. G‘ayrioddiy davlatmandlar birga yashaydigan mushuksimonlar orasida yo‘lbars, sher va leopardlarni ko‘rish mumkin. Ko‘plab mamlakatlar, jumladan, AQShda bunday yirtqichlarni uyda saqlash taqiqlangan, ammo bu hashamatni ko‘z-ko‘z qilishni istaydiganlarni to‘xtatib qola olmaydi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
54
615
Foto
Yuqori darajadagi hordiq: Dunyo yetakchilari bayramni qayerda nishonlaydi? (foto)
“Gazeta.ru” nashri G‘arb siyosatchilari qishki ta’tilni qayerda o‘tkazayotgani haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Donald Tramp AQSh prezidenti Rojdestvo va Yangi yilni Palm-Bich kurort shahridagi (Florida shtati) o‘zining Mar-a-Lago qarorgohida kutib oldi. U yerda qor yo‘q, albatta, biroq bayramni maroqli o‘tkazishga yordam beradigan boshqa yo‘llar bisyor. Donald Tramp ta’til vaqtida Jastin Tomas va Daniel Berger kabi professional golfchilar bilan yashil maydon ustida bir necha bor bellashishga ulgurdi. Hamma ham qishki ta’tilni Mar-a-Lagoda nishonlay olmaydi. Tramp klubining Yangi yil oqshomida faqatgina unga a’zolar va taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishi mumkin. Ular uchun kirish chiptasi tegishli ravishda 600 va 750 dollar. Mar-a-Lagoga a’zo bo‘lish uchun esa, dastlabki badalni — 200 ming dollar va har yili 15 ming dollardan to‘lash lozim. Angela Merkel Germaniya kansleri Angela Merkel qishki ta’tilni o‘tkazish uchun turmush o‘rtog‘i bilan Shveysariyaning Alp tog‘lariga yo‘l oldi. Merkel oddiy chang‘ida uchish va faol hordiqni ma’qul ko‘radi. Uning tog‘ chang‘ilarini ishlab chiqaruvchi sevimli brendi (Germina) ham bor bo‘lib, kansler 20 yildan beri unga “xiyonat” qilgan emas. O‘tgan yili Merkel qishki ta’til vaqtida yiqilib tushib, tos suyagini sindirib olgandi. Shundan so‘ng Germina kompaniyasi unga bir juft yangi chang‘ilarni yuborgan, biroq kansler sovg‘ani qabul qilishni istamagan edi. Yelizaveta II Britaniya qirollik oilasi ham Rojdestvoni o‘ziga xos usulda nishonlaydi. O‘tgan yilgidek Yelizaveta II turmush o‘rtog‘i Filipp bilan Sandringemga — Norfolkdagi qasrga yo‘l oldi. U qirolicha Yelizavetaning shaxsiy mulki hisoblanadi. Yelizaveta II har safar Rojdestvoni Sandringemda nishonlaydi. Birgalikda nonushta qilish va sovg‘a almashish uchun qirollik oilasining barcha a’zolari to‘planadi. Shundan so‘ng ular muqaddas Mariya Magdalina cherkoviga tashrif buyuradi. Emmanuel Makron Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rojdestvo va Yangi yilni fransuz vazirlarining kayfiyatini buzishdan boshladi. Mamlakat rahbari ularga qishki ta’til vaqtida uzoqqa ketib qolmaslikni, shuningdek, bayram vaqtida telefonlarini o‘chirib qo‘ymaslikni buyurdi. Rojdestvo arafasida Makron o‘zining 40 yoshga to‘lganini ham nishonlamoqda. Bayram oqshomi Yelisey saroyida bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng prezident rafiqasi Brijit bilan mamlakat shimolidagi Le Tuke shahriga yo‘l oldi. Jastin Tryudo Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo joriy yildagi qishki ta’tilni o‘tgan yili shov-shuvlar domida qolganligi sabab oddiyroq nishonlashga qaror qildi. O‘tgan Rojdestvoda Tryudo oilasi bilan Bagamadagi orollardan birida nishonlagan edi. Joriy yilda bosh vazir Ottava yaqinidagi tog‘ yonbarg‘larida joylashgan o‘zining rasmiy qarorgohiga yo‘l oldi. U yerda Tryudo Rojdestvo va Yangi yilni o‘z oilasi davrasida kutib oldi.
81
2,832
Foto
Fotogalereya: Alp tog‘larining go‘zalligi aks etgan suratlar
Mustaqil fotograf Lukas Furlan butun dunyoni kezib, eng chiroyli peyzajlarni suratga oladi. Bu safar uning kadriga viqorli Alp tog‘lari muhrlangan. Travel Ask ularni taqdim etdi.
60
178
Foto
Fotogalereya: Ko‘rinishi odam va jonivorlarga o‘xshash tog‘ va qoyalar
Tog‘lardan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin? Albatta odam yoki jonivor ko‘rinishidagi tog‘lar. Ishonmaysizmi? Unda TravelAsk taqdim qilgan fotogalereyani ko‘zdan kechiring. Ular orasida jonivorlar, bir-biriga bo‘sa xadya qilayotgan juftlik yoki to‘lqinlarni eslatuvchi tog‘larni ko‘rish mumkin. Toshqaba ko‘rinishidagi tog‘. Mo‘g‘uliston “Suv ichayotgan ot” qoyasi. Mis Gamova. Vladivostok, Rossiya Igl-Point qoyasi (“Parvoz qilayotgan burgut”). Kolorado, AQSh “Iblis minorasi” tog‘i. AQSh Xvitserkur tog‘i (“Toshli mamont”). Irlandiya shimoli Kapo-d’Orso qoyasi (“Ayiq”). Italiya Bir-biriga bo‘sa xadya qilayotgan juftlik. Batagay, Yoqutiston Fil shaklidagi tog‘. Islandiya Uvillayotgan bo‘ri ko‘rinishidagi tog‘ Mis Bora-Yelga. Baykal, Rossiya “Tulpor boshi” tog‘i. Avstraliya “Mushuk” tog‘i. Qrim, Rossiya To‘lqinli tog‘. Avstraliya “Trol tili” qoyasi. Norvegiya Tuya shaklidagi tog‘. Turkiya Gorizontal chizig‘iga ega bo‘lgan tog‘. Madagaskar “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
70
1,034
Foto
Fotogalereya: Bu 12 restoranda ovqat haqida o‘ylamaysiz
Jahonda shunday restoranlar borki, taomlari qanchalik mazali va xizmat ko‘rsatish darajasi qanchalik yuqori bo‘lmasin, tomog‘ingdan hech narsa o‘tmaydi — chunki ular haddan tashqari go‘zal joylarda joylashgan. TravelAsk atrofidagi aqlbovar qilmas manzaralaridan ishtaha yo‘qoladigan eng yaxshi restoranlar ro‘yxatini tuzdi. Taxminan 30 metrlik mazkur maydonda qachonlardir bal va qabullar tashkillashtirilgan, hozir esa bu yerda italyan oshxonasi namunalarini tanovul qilish mumkin. Restoran Fransiya Alp tog‘larida, dengiz sathidan 3 ming metr balandlikdagi Brevan cho‘qqisida joylashgan. Maldivdagi bu restoran dengiz ostida, besh metr chuqurlikda joylashgan va bir vaqtning o‘zida 14 mehmonga xizmat ko‘rsata oladi. Keniyadagi bu restoran usti ochiq g‘orda joylashgan. San-Fransisko shahri yaqinidagi qo‘riqxona hududida joylashgan bu yemakxona — haqiqiy kaliforniyacha orzuning o‘zi! Qanchalik qimmat bo‘lmasin, bir marta bo‘lsa-da bu yerga kelsa arziydi — yoddan ko‘tarilmas manzara va taassurotlar olgani! Okean sohilida, quyosh botishini tomosha qilib ovqatlanmoqchi bo‘lsangiz — Bali tomon olg‘a! Parijning eng mashhur restoranlaridan biri — u 124 metr balandlikda, Eyfel minorasining o‘zida joylashgan. Ham qo‘rqinchli, ham takrorlanmas hissiyotlar ulashuvchi restoran! Janubiy Afrikadagi bu restoranda Simonsberg tog‘i va Esteyt tokzorlarini tomosha qilib, Afrika milliy taomlari va mahalliy bog‘bonlarining vinolaridan bahra olish mumkin. Biz bolaligimizdan beri eshitib kelgan jilovlanmagan Afrika manzaralari aynan shu yerdan — ulkan Ngorongoro krateri chekkasida qad rostlagan restorandan boshlanadi. Bu restoran John Hancock Center minorasining 95-qavatida faoliyat ko‘rsatadi.
55
1,704
Foto
Quvnoq jonivorlarning fotosuratlari
AdMe jonivorlarning qiziqarli vaziyatga tushib qolgandagi hissiyotlari aks etgan fotosuratlarni quvnoq izohlar bilan birga taqdim etmoqda. Fotojamlanma barchaning kayfiyatini ko‘taradi deb umid qilamiz. It eng katta tayoqni topganidan xursand Qurbaqa qo‘ng‘izni jilovlab oldi Yenot it bilan do‘stlashib oldi Dunyodagi eng chiroyli mushukcha Baxtli juftlik Kuchukcha baxmaldan yasalganga o‘xshaydi Xaskilar muhabbat mavjudligini isbotlamoqda Uloqchalar jon deb suratga tushmoqda Insonning eng yaqin do‘sti It hozirgina o‘ziga yangi boshpana topdi Sayohatchi tipratikan Kuchukcha birinchi ish kunini muvaffaqiyat bilan yakunladi Tug‘ilgan kunga eng esda qolarli sovg‘a Mitti dangasa sevimli o‘yinchog‘i bilan Mamnun tabassum It va jo‘jalar o‘rtasidagi do‘stlik Yana bir quvnoq kuchukcha Yangi uyiga mashinada ketayotgan mushukcha Birinchi qoringiz bilan
35
869
Foto
Vaqtning shafqatsizlarcha barcha narsani tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yuborishini isbotlovchi suratlar
Vaqt va uning o‘tkinchiligi haqida o‘ylash qalbni biroz g‘amgin qiladi. Kechagina sotib olingan yangi kiyimlar bir necha yil o‘tgach, eskirgandek tuyiladi va almashtirishga to‘g‘ri keladi. Xoh bronza haykal bo‘lsin yoki sevimli bosh kiyim – hech narsa abadiy qolmaydi. “5 yil davomida kiyib yurgan eski krossovkam hamda yangisi”. “8-sinfda sotib olgan futbolkani 8 yildan keyin sotib olganimga nisbatan farqi”. “Bu qo‘g‘irchoq 27 yildan beri menda. Qo‘g‘irchoq buvimniki edi, u menga bergan. Bugun savdo do‘konida shunga o‘xshash o‘yinchoq topdim”. “Menimcha, egarni almashtirish vaqti keldi. Oradan 10 yil o‘tdi”. Bu it necha marta derazadan tashqariga qaraganini tasavvur qilish mumkin. Savdo do‘konidagi hisob-kitob stoli. Beartaun davlat o‘rmonining o‘rtasida uzoq vaqtdan buyon qoldirilgan qo‘rg‘oncha. Ushbu o‘choq haqida hikoya qilingan hikoyalarni tasavvur qilish mumkin. Bu yigit bir necha hafta davomida bir joyda raqsga tushgan. Chap tomonda bir yil ichida taxminan 40 000 marta ishlatilgan qisqich va o‘ng tomonda yangisi. “Ishga kiyadigan bosh kiyimim 1,5 yildan keyin”. “7 yillik noutbukimdagi tachpad shu qadar eskirganki, unda aksni ko‘rish mumkin”. Vaqtning ko‘rinishi: Sankt-Peterburgdagi “Passaj” binosining 1901-yildagi marmar zinapoyasi. Vaqtlar o‘tishi bilan eskirgan yog‘och o‘rindiq. Tok novdasi asta-sekin tashlandiq binoni egallab oldi. “Oyoq kiyim tagliklarini almashtirayotganimda, ular 8 oy mobaynida shunchalar eskirishi xayolimga ham kelmagandi”. “Ishxonamdagi xodimlarning kirish eshigi, kalit qaysi eshikda ekanini taxmin qilish mumkin”. Elektron kitobni ham yirtilgunicha o‘qish mumkin. 7 yillik foydalanish natijasi. “Buvim dazmol taxtasi sifatida ishlatgan stol”. Sartarosh stulining atrofidagi pol qoplamasi. Uning burniga shunchalik ko‘p tegilganidan rangi o‘chgan. Eski guldon qushlar uchun alohida ekotizimga aylandi. Buyuk Britaniya vokzalidagi burchak, yillar davomida sumkalar va chamadonlar tegishi natijasida eskirgan.
108
1,984
Foto
Foto: Kremniy vodiysidan sotib olish mumkin bo‘lgan eng qimmat uy
Facebook va Google shtab-kvartiralari yaqinida joylashgan tarixiy uyning narxi ko‘pchilikni hayratlantirishi mumkin. Joriy yilning iyul oyida Vudsayd shahri Portola-roud, 1550 manzilida (Kaliforniya shtati) joylashgan koshonaning narxi 48 million dollarga yetdi, bu 2008-yilda imzolangan bitimdagi qiymatdan 700 foizga qimmatroq demakdir, deb xabar berdi Insider Pro. Ushbu koshona va u joylashgan yer-mulk 2,8 gektar maydonni egallagan bo‘lib, bugungi kunda Kremniy vodiysida sotuvga qo‘yilgan eng qimmat uy hisoblanadi. Vudsayd — Kremniy vodiysida joylashgan. Bu yerda bir necha yillar davomida Stiv Jobs, Larri Ellison va Masayosi Son kabi magnatlar istiqomat qilgan. 48 million dollar evaziga texnologiya olamining eng mashhur shaxslari bilan qo‘shni bo‘lib yashash mumkin. Portola-roud, 1550 manzilidagi Canardia koshonasi Adelaida Kirkbraydga tegishli bo‘lgan. Noma’lum investor uni 2008-yilda 6,1 million dollarga sotib olgan. Fransuz uslubida bunyod etilgan koshona 2,8 gektar maydonda joylashgan. Uyning deyarli har bir xonasiga ulkan derazalar o‘rnatilgan. 585 kvadrat metr maydonda beshta yotoqxona, yettita katta vanna va bitta xona joylashgan. Oshxonadagi ikkita ulkan stol atrofiga ko‘plab odamlarni jamlash mumkin. Koshonadan katta yuvinish xonasi o‘rin olgan. Garderob esa o‘z o‘lchami bilan San-Fransiskodagi studiyalar bilan bemalol raqobatlasha oladi. Uy egalari issiq kunlarda bemalol basseynda cho‘milishlari... yoki yer-mulk hududida joylashgan ko‘lda suzishlari mumkin. Otxonaga esa 14 poni sig‘adi.
65
1,532
Foto
Leonardo Di Kaprio onasiga Gollivud yaqinidagi sokin mavzedan shinam uy sovg‘a qildi (foto)
Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprio hayotida muhim rol o‘ynagan va u uchun qadrli bo‘lgan onasi uchun maydoni 500 kvadrat metrni tashkil qiladigan va hashamatli uyga ega uy sotib oldi. Los-Felisda joylashgan mazkur uyning qurilishi 1928-yilda boshlangan bo‘lib, elementlari o‘ziga xos bo‘lgani sabab bunday uy interyerlariga arxitektorlar o‘z vaqtida serhasham deb ta’rif bergan. Buni to‘rtta yotoqxonasi, beshta hammom, ikkita o‘quv kutubxonasi, oshxona va kaminli hashamatli yashash xonasidan ham ko‘rish mumkin. Antiqa ko‘rinishga ega ushbu uyni aktyor do‘sti Jessi Tayler Fergyusondan 7,1 million dollarga sotib olgan.
91
626
Foto
Fotogalereya: Kerakli daqiqalarda olingan hayratlanarli suratlar
Bir soniyadan keyin yuz beradigan hodisaning oldini olib bo‘lmaydigan kadrlarni hamma ham olavermaydi. Buning uchun professional fotograf bo‘lish shart emas, shunchaki, zarur daqiqalarni kadrlarga muhrlay olish kerak. AdMe ana shunday g‘aroyib suratlar jamlanmasini taqdim etishga qaror qildi. “Nishon aniqlandi” Hayot Qochish rejasi Lahza Taxt uchun kurash Biroz loy vannasi ortiqchalik qilmaydi Restling! “Onam muhandis bo‘l degandiya” Fire in the hole! “Xyuston, bizda muammo!” AQShdagi suv toshqini sababi “Chap qo‘l bilan ishla!” Proxodna g‘ori O‘zga dunyo Sevimli taom Buqa bilan tango Buyuk do‘stlikning boshlanishi Supermen yordamga shoshilmoqda Xo‘rozlar kung-fusi
64
694
Foto
Fotogalereya: Real hayotdagi insonlar obrazini yaratgan aktyorlar
AdMe real hayotda bo‘lgan va ularning hayotini filmlarda jonlantirgan aktyorlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. 2015-yilda ekran yuzini ko‘rgan The Revenant filmi qisman Xyu Glass hayotiga asoslangan. Ayiq bilan olishuvda og‘ir jarohat olgan Glassni do‘stlari o‘lishi uchun tashlab ketgan. Biroq u 300 kilometrdan ortiq masofani hech qanday suv va yeguliksiz bosib o‘tgan. “Jeki” filmida (2016-yil) prezident Kennedining o‘limidan so‘ng, uning rafiqasi Jaklin Kennedining fojiali hayot tarzi haqida so‘z boradi. “Che Gevara: mototsiklchining kundaligi” (2004-yil) filmida yosh Ernesto va uning do‘sti Albert Granado butun Lotin Amerikasi bo‘ylab uyushtirgan sayohati haqida so‘zlanadi. 2013-yilda Edvard Snouden AQSh milliy xavfsizlik agentligining maxfiy hujjatlarini matbuotga tarqatib yuborgani sabab dong‘i chiqqan. Shundan so‘ng u mamlakatdan qochishiga to‘g‘ri kelgan. “Snouden” (2016-yil) filmida bu voqealar birinchi shaxs tomonidan so‘zlanadi. Hidden Figures filmi voqealari (2016-yil) NASA birinchi kosmik parvozni amalga oshirishga tayyorlangan vaqtlarda, 1960-yillarda sodir bo‘ladi. Tayyorgarlikda afro-amerikalik uch nafar matematika olimalari katta rol o‘ynagan. Biroq ular ish faoliyati davomida irqchilikka duch kelgan. “Beshinchi hokimiyat” (2013-yil) filmi WikiLeaks loyihasi hamda uning asoschisi Julian Assanj hayotiga asoslanib ishlangan. Filmda davlat xizmatlari va yirik korporatsiyalarning maxfiy ma’lumotlari haqida so‘zlanadi. “Dangal” filmida (2017-yil) erkin kurash bo‘yicha sobiq hind kurashchisining real hayoti haqida so‘z boradi. U butun umr o‘g‘il farzand ko‘rishni istaydi, biroq aksiga olib taqdir unga to‘rt nafar qiz beradi. Sully filmi samolyotni uning ichidagi 155 nafar yo‘lovchiga hech qanday shikast yetkazmasdan Gudzon daryosi suvlariga qo‘ndirgan uchuvchi Chesli Sallenberger haqida. Narcos teleserialining birinchi ikkita mavsumida (2015-yil) kolumbiyalik narkobaron Pablo Eskobarning hayoti haqida so‘zlanadi. “127 soat” filmi (2010-yil) deyarli 6 kun hech qanday ovqat va suvsiz, qo‘li toshga qisilib qolgan alpinist Aron Ralston haqida. “Uoll-strit bo‘rilari” (2013-yil) filmi Nyu-Yorklik sobiq broker Jordan Belfortning memuari asosida ishlangan.
65
2,212
Foto
Yolg‘on tasavvur uyg‘otuvchi fotoshop qilinmagan suratlar (foto)
Inson miyasi bosh qotirishga undovchi suratlarni yaxshi ko‘radi. Bunday rasmlardan yashirin tasvirni aniqlash va qo‘shimcha ma’no topish odamga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Quyidagi suratlarda “kiyik” it, abadiy non, g‘amgin piyoz va “Instagram’chi” mushuk suratlarini tomosha qilishingiz mumkin. “Telefonim pikselda suratga olishni boshladimi desam, bu shunchaki qirg‘ichdan chiqarilgan qovoq bo‘lagi ekan” By yerda nimani ko‘ryapsiz? Tishlangan batonga o‘xshash tosh “Mashinamning old oynasi shu tarzda muzlab qolibdi” “Dumaloq” mushuk Yo‘l belgisining orqa qismi umuman ko‘rinmas ekan “Kiyik bolasi” Treylerning yon va orqa eshiklari ochiq bo‘lgani uchun, u butunlay yassi bo‘lib ko‘rindi. Kuchuklardan qaysi biri g‘ozga o‘xshaydi? Yangi Orleandagi “yassi” uy Bu fotoshop emas, balki Farer orollaridagi Servogsvatn ko‘li. Balandlikdagi farq tufayli uni okean ustidagi ko‘l deb atashadi. Mushukning suyuqlikdan gaz holatiga o‘tishi Hozir ular “yig‘lama” deb yuborsa kerak... “Onam meni va akamni suratga oldi. Rasm esa xuddi bir odamning “avval va keyin” degan ikkita fotosuratiga o‘xshab qolgan” Ulkan odam sharsharaga osilib qolganmi? Sayr qilish uchun ajoyib yo‘lak “Instagram’chi” mushuk
64
1,208
Foto
Fotogalereya: Haqiqatda chorasizlik qanday bo‘lishi tasvirlangan suratlar
AdMe haqiqatda vaziyat chorasiz ekanligi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Ishtiyoqi imkoniyatidan ustun odam Muhimi — tushkunlikka tushmaslik “Piterda rangli qalamlar sotib olgan edim” Bu hali faqatgina mashg‘ulot, xizmat esa oldinda Mushukning boshi guldonga tiqilib qolib, qo‘rqqanidan uni sindirib qo‘ydi. Endi uning “misrliklarnikiga xos” taqinchog‘i bor Hatto harakat qilib ham ko‘rmang! “Oyog‘ing ostidagi baliqni tishlay olmasang endi…” “Yana bir bor koinotni egallay olmadik” Kamchatkada qish “Qochinglar, biroq bu sizlarga yordam bermaydi”
73
569
Foto
Kun fotosi: Dunyodagi eng ingichka uy
Dunyodagi eng ingichka uyni ko‘rganmisiz? TravelAsk nashri  Xitoyning Chjenchjou shahrida joylashgan dunyodagi eng ingichka uyning suratini taqdim etdi. Ma’lum rakurslardan uy aql bovar qilmas darajada ingichka tuyuladi.
37
221
Foto
Fotogalereya: Muz yuraklarni eritadigan suratlar
Hayotda shunday hayajonli voqealar bo‘ladiki, har qanday qattiq va muz yurak bunday paytda yumshab va erib ketadi. AdMe ana shunday suratlardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
48
174
Foto
Fotogalereya: Antarktidaning 20-asr boshida olingan ta’sirli fotosuratlari
Antarktida yirik kontinet bo‘lib, uning markazi sayyoraning janubiy qutbiga to‘g‘ri keladi. Kuchli izg‘irin va muzliklar mamlakati 19-asrning boshlarida Rossiya ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan. Uning nomi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “shimolga qarama-qarshi” degan ma’noni bildiradi. Bu materik hech qaysi davlatga tegishli emas va u yerda hech kim yashamaydi. Vaqti-vaqti bilan olimlar va ilmiy xodimlarning bu yerda vaqtinchalik turishiga to‘g‘ri keladi. Bunday ajoyib hudud kashf qilinganidan so‘ng barcha mamlakatlar bu yerga kelib, o‘z tadqiqotlarini o‘tkazib, kashfiyotlar qilishga harakat qilgan. 20-asrga kelib oltinchi materikka ekspeditsiya uyushtirish ortib borgan. Ular orasida avstraliyalik Frenk Xyorli ham bor. U suratkash va shunchaki sayohatsevar bo‘lib quyida uning TravelAsk tomonidan jamlagan Antarktidada 1912—1915-yillarda olgan suratlari taqdim etildi.
74
881
Foto
Fotogalereya: Gersoginya Keyt Middlton o‘z farzandlari bilan
Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton va shahzoda Uilyam hozirda ikki nafar farzandini tarbiya qilmoqda: malika Sharlotta va shahzoda Jorj. Uilyam va Keyt ideal ota-onadek o‘zlarini tutadi, hatto gersoginyaning tug‘uruqxonadagi suratlarida ham birorta nuqsonni topmaysiz. Biroq bu yaltiroq suratlar ostida samimiy hissiyotlar berkingan. Gersoginya ham xuddi boshqa insonlar kabi his-hayajonga berilib turadi. “Fotoshedevri” nashri Keyt Middltonning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
60
478
Foto
Fotogalereya: Kuzni tabassum bilan o‘tkazishga yordam beruvchi suratlar
AdMe kuzning injiq kunlarini yaxshi kayfiyatda o‘tkazishga yordam beruvchi quvnoq lahzalar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
71
124
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi eng chiroyli va qimmatbaho retro avtomobillar
“Oktabr motorlari” avtomuzeyi direktori Dmitriy Oktabrskiy maxsus Forbes Life’ uchun kolleksiyasidagi eng qimmat mashinalar haqida gapirib berdi. Forbes mashhur retro avtomobillar suratlarini jamlab taqdim etdi. Avtomobilning tashqi ko‘rinishini yaratish taniqli sanoat dizayneri Raymond Loui bilan bevosita bog‘liq. Dvigatel hajmi: 5,8 l Dvigatel quvvati: 279 l bilan Og‘irligi: 1900 kg U 8 soniyada 100 km/soatgacha tezlashishi mumkin, bu o‘sha paytlarda juda tez hisoblangan. Mashinaning maksimal tezligi esa 220 km/soatni tashkil etadi. Mazkur avtomobil 1956-yildan 1958-yilgacha ishlab chiqarilgan. Narxi: 30 000—70 000 AQSh dollari. Isotta Fraschini Tipo 8 Milandagi mashhur brend 1900-yilda aka-uka Fraskini va Sezar Izotta tomonidan yaratilgan. Mutaxassislarning fikricha, dunyodagi eng yaxshi atelye (Castagna, Sezar Sala, Flevud, Le Baron) bilan hamkorlik qilish tufayli Isotta dizayni hali ham fransuzlarning Hispano-Suiza’sidan ustun bo‘lgan. Ushbu brend avtomobillarining egalari: Eron shohi Rizo Pahlaviy, Ruminiya qiroli Ferdinand I, Efiopiya monarxi Hayle Selassiye va boshqalar. Ushbu avtomashina 2012-yilda 186 000 dollar, 2013-yilda esa 473 000 dollarga sotilgan. Benz 8/20 PS yengil sport avtomobili 1912-yildan 1921-yilgacha ishlab chiqarilgan. Avtomobil poygadan ko‘ra ko‘proq sport va sayyohlik uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun uning tezligi atigi 62 km/soat tezlikni tashkil etgan. Hammasi bo‘lib, 1912-yilda Mannheimdagi Benz fabrikasi PS 8/20 rusumidagi 3093 shassini ishlab chiqargan. Narxi: 74 750 yevroga sotilgan Ushbu model yumshoq yurishi va a’lo darajada ishlashi bilan ajralib turardi.  Sayohat qilish uchun qulay bo‘lgan. Poygada ham ishtirok etgan. Ko‘plab sport mashinalari singari, rul ham o‘ng tomonda joylashgan edi. Asosan ko‘k rangda edi. Narxi: 500 000 dan 9 000 000 dollargacha. Avtomobil Fleetwood 75 brendning eng asosiy vakili bo‘lib, u Cadillac Cadillac deb nomlangan. 1941-yilda chiqarilgan Cadillac 75th Series V8 dvigatellari bilan jihozlangan. Bunday qimmatbaho mashinalarni sotib oladigan obro‘li mijozlar konservativ uslubni afzal ko‘rib, qimmat modelni avtomobillar ichida ajralib turishini xohlagan. 1940-yil 75 Cadillac’da N.S. Xrushchev Ukraina kompartiyasi markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan paytida haydab chiqqan. Narxi: 100 000 dollar Ushbu markadagi avtomobillardan prezidentlar, diplomatlar, Gollivud yulduzlari foydalangan. Packard 180 1940-yilda chiqarilgan. Ushbu avtomobil Packard Motor Car Company’dagi eng yaxshi model bo‘lgan. Packard 180 dvigateli 8 silindrga ega edi va bu dunyodagi eng kuchli sakkiz silindrli dvigatel sifatida tanilgan. Salon yuqori sifatli teri bilan qoplangan va yog‘och, mato bilan bezatilgan. Narxi: 50 000—100 000 dollar Urushdan oldingi Cadillac’lar o‘z davrining eng qimmat va obro‘li mashinalari edi. Cadillac V16 va undan keyingi Cadillac V12 ham ishlash yoki ichki bezatish jihatidan tengsiz bo‘lgan. Bundan tashqari, boshqa ishlab chiqaruvchilardan farqli o‘laroq, Cadillac har doim “narxni ushlab turgan”. Narxi: 100 000 dollar
69
3,053
Foto
Foto: Dunyoning eng qari daraxtlari
Odamning o‘rtacha yoshi 70 yilni tashkil etadi, odatda bu vaqt ichida 3—4 avlod almashadi. Shu sababli 100 yoshdan oshgan odamga uzoq umr ko‘ruvchi sifatida qaraladi. Yer sayyorasida davlatlar va xalqlardan ham oldin paydo bo‘lgan organizmlar mavjud. TJournal yer yuzidagi eng qadimiy daraxtlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Kaliforniyaning Ino okrugida o‘suvchi Mafusail daraxtining yoshi 4849 ga teng. Aniqlanishicha, ushbu qarag‘ay o‘sib chiqqan urug‘ miloddan avvalgi 2833-yilga tegishli. Bu vaqtda Qadimgi Misrda birinchi sulola boshqaruvni o‘z qo‘liga olgan, Qadimgi Mesopotamiyada Ur shahri bunyod bo‘la boshlagan, Amerikada esa eng qadimiy deya hisoblanuvchi mahalliy madaniyat vakillari — olmeklar ham mavjud bo‘lmagan. Mafusail uzoq yillar davomida sayyoradagi eng qari tirik daraxt bo‘lib kelgan, biroq 2012-yilda ushbu daraxtzordan yoshi 5067 ga teng qarag‘ay topilgan. Afsonaviy daraxt AQSh o‘rmon xizmati tomonidan qo‘riqlanadi va uning joylashgan aniq manzili oshkor etilmaydi. Shvetsiyaning Dalarna provinsiyasidagi Fulufellet milliy bog‘i hududida joylashgan qoraqarag‘ay — shu turdagi alohida yashovchi daraxtlarning eng qarisi. Uning hozirda mavjud tanasi “atigi” bir necha yuz yoshga teng. Davriy ravishda yangi qoraqarag‘aylar o‘sib chiqadigan ildiz tizimi esa undan ancha qari hisoblanadi. Topilgan ildizlarda radiouglerod tahlili o‘tkazilganida u 9550 yoshga kirgani aniqlangan. Qari Tikkoning bu qadar uzoq yashashiga klonlashish sabab bo‘lgan. Daraxt tanasi bir necha bor o‘sib, halok bo‘lgan. Saqlanib qolgan ildiz tizimi sabab ushbu jarayon taxminan 10 ming yil davom etgan. Taqqoslash uchun: insoniyat yozuvlardan eramizdan oldingi 6600-yilda foydalanishni boshlagan, g‘ildirak esa miloddan ramizdan avvalgi 5-mingyillik oxirida ixtiro qilingan. Pando hozirda Yer yuzidagi eng qari va ulkan tirik organizm hisoblanadi. U umumiy ildiz tizimiga ega 47 mingta o‘qsimon teraklar koloniyasidan iborat. Pando 46 gektar maydonni egallagan va og‘irligi 6 ming tonnadan ortiqroq. Tabiat mo‘jizasi Yuta shtatining Fishleyk milliy bog‘ida joylashgan. Pandoning haqiqiy yoshi borasida ko‘plab taxminlar mavjud. Bir qancha olimlar u bundan 80 ming yil oldin paydo bo‘lgan deya hisoblaydi. Shu bilan birga, teraklar koloniyasi ideal sharoit sababli bu qadar uzoq yashayotganini va uning yoshi million yil oldinga borib taqalishi mumkinligini ta’kidlaydi. 60—70 ming yillar oldin inson Afrikani tark etib Osiyoga ko‘chib o‘ta boshlagan. Hozirda Pando sekin-astalik bilan nobud bo‘lmoqda. O‘rmon xizmati mutaxassislarining aytishicha, bunga qurg‘oqchilik, zararkunanda hasharotlar kabi omillar sabab bo‘lmoqda.
35
2,639
Foto
Vashingtondan Pekinga qadar: lolalar ochilgan mavsum (fotogalereya)
“Vedomosti” nashri Niderlandiyadagi mavsum avjida lolalar suratlaridan iborat fotojamlanmani taqdim etdi. Niderlandiyada aprel o‘rtasidan may o‘rtasiga qadar lolalar mavsumi davom etadi. Bu sayyohlar mamlakatga tashrif buyuradigan eng ommabop mavsum. Gollandiyaning lolalarning xilma-xil turlari o‘stirilishi bilan mashhur maydonlaridan biri — Kyokenxof qirollik bog‘i. Suratda lola dalasida gullarni yig‘ish jarayoni akst etgan. Lolalar yetishtiruvchi aksariyat fermalar Flevoland provinsiyasida joylashgan. Kelib chiqishi niderlandiyaliklar tomonidan o‘tqazilgan Italiyaning birinchi lola dalasi — Milan yaqinidagi Kornaredo Qrimdagi Nikita botanika bog‘i. “Lolalar paradi” ko‘rgazmasi Simferopoldagi botanika bog‘ida bu yil lolalar aprel oyida qor ostida qoldi. Qrimdagi “Lolalar paradi” ko‘rgazmasida rassom ayol lolalar kartinasini chizmoqda Vashingtonda lolalar aprel boshida ochildi. Filadelfiyada undan ham ertaroq — mart oyi boshida Istanbulda har yili lolalar festivali o‘tkaziladi. U odatda Emirgan bog‘ida 1-dan 30-aprelgacha davom etadi. Festival davomida bog‘da turli navdagi lolalardan turli kompozitsiyalar yaratiladi. Xitoyning Gansu provinsiyasida lolalar aprel oxiriga kelib ochila boshlaydi. Pekin jamoat bog‘idagi lolalar Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi lolalar “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling
67
1,372
Foto
Nima aks etganini anglash uchun chuqur o‘yga toldiradigan suratlar
Ba’zi narsalar ongimizni shu qadar hayajonga solishi mumkinki, ular haqida kun bo‘yi o‘ylab yuramiz. Tushunarsiz narsani ko‘rganimizda zehnimiz o‘tkirlashadi va miya faolroq ishlay boshlaydi. Unga yaqinroqdan qaraymiz, ko‘zimizni ishqalaymiz, nihoyat nima ekanini tushunib yetamiz. “Itim yuzimga urilib ketdi. Bu esa ko‘zimning izi” “Muzlatkichda shilliqurt borga o‘xshaydi, lekin bu shunchaki chili qalampiri” “Itimning 7 ta oyog‘i bor” “Choy sopol krujkamning yoriqlaridan chiqib ketdi” “Ko‘zimga ko‘rinyaptimi?” “Jiyanimni berkinmachoq o‘yinida topolmayman deb o‘ylamagandim” “Akamning qo‘li juda uzun” “Bu quti menga yomon qarayapti” “O, yo‘q!” “Idishimdagi brokkoli bo‘lagi opposumga o‘xshaydi” “Bu qayg‘uli banan bo‘lagi”
66
737
Foto
Venetsiya kinofestivalining 76-mavsumi o‘z ishini boshladi (fotoreportaj)
Lido orolida 76-Venetsiya xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”. Kinofestival 7-sentabrga qadar davom etadi. Aktrisa Katrin Denyov. U kinofestivalni ochib beradigan Xirokadzu Koreedaning “Haqiqat” filmida bosh rolni ijro etgan Kinorejissor Emir Kusturitsa Festivalning joriy yildagi ochilish marosimida boshlovchilik qilgan aktrisa Alessandra Mastronardi Hakamlar hay’atidan o‘rin olgan aktrisa Steysi Martin Aktrisalar Katrin Denev va Jyulet Binosh Aktyor Nikolas Xolt Suratda chapdan o‘ngga: aktrisa Alessandra Mastronardi, rejissor va hakamlar hay’ati raisi Lukresiya Martel, qo‘shiqchi va rejissor Lor Anderson, rejissor Suzanna Nikkyarelli, rejissor Emir Kusturitsa va rejissor Kostansa Kvatrilio.
73
762
Foto
Foto: Barak Obama ketmoqda
AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama 10-yanvar oqshomida o‘zi uchun qadrdon Chikago shahrida xayrlashuv nutqi bilan chiqish qilib, prezident sifatidagi 8 yillik faoliyatini sarhisob qildi, deb yozadi Meduza. Nutqdan so‘ng Barak va Mishel Obama qo‘l ushlashib sahnani tark etdi, ularning oldida qizi Maliya bordi. Prezident oilasining ortida — vitse-prezident Jo Bayden va uning turmush o‘rtog‘i Jill. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
26
578
Foto
Koreyaga borgan Prezident, botqoqqa botib o'lgan jirafalar, Ispaniya ustidagi meteorid yomg'iri — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini etiboringizga havola etamiz. La-Mansh orqali Angliyaga o'tgan muhojirlarga yordam ko'rsatildi. Ukrainaning separatist hududlar bilan chegara chizig'idagi yerosti yo'laklarida yurgan askar. Keniyadagi tabiat qo'riqxonasida oziq va suvdan qiynalgan 6 ta jirafa suv omboridan suv ichish paytida botqoqqa botib qolishi oqibatida vafot etdi. Gonkongdagi savdo markazida chiqqan yong'indan qutqarilgan ayollar. AQShning Mayfild shahridagi teatr binosining sahna qismi mamlakatda yuz bergan kuchli tornado oqibatida buzilib ketdi. Gaitida yuk mashinasining portlab ketishi oqibatida 60 dan ortiq odam halok bo'ldi. Mamlakat hozirda juda og'ir iqtisodiy va gumanitar inqirozni boshdan kechirmoqda. Mamlakatdagi inqiroz sabab uni tark etgan gaitilik oilalar AQShga yo'l olgan va ular orasida homilador ayollar ham bor. Suratda AQSh chegarasidagi gaitilik muhojirlar. Prezident Shavkat Mirziyoev 16–17 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo'ldi. Seul shahridagi “Chong Va De” qarorgohida O'zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Prezident Shavkat Mirziyoev Seul shahrida Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazdi. Suratda Prezident rafiqasi bilan faxriy qorovul oldidan o'tmoqda. Rim tashqarisida yuz bergan suv ko'tarilishi. Angliya va Avstraliya o'rtasida o'tkazilgan kriket o'yinidagi muxlislar. Ispaniya osmonidagi Geminidlar meteorid yomg'iri.
113
1,496
Foto
Dunyoning eng zodagon bo‘ydoq shahzodalari (foto)
“Gazeta.ru” hali uylanmagan shahzodalar ro‘yxatini e’lon qildi. Anna-Mariya va Konstantin II ning kenja o‘g‘li Buyuk Britaniyada  — oila Gretsiyada monarxiya tugatilganidan keyin abadiy surgunga mahkum bo‘lganidan 19 yil o‘tib tug‘ilgan. Ayni paytda 31 yoshli bo‘ydoq shahzoda AQShda yashaydi. Jorjtaun universitetini bitirgach, u endi xej-fondda ishlaydi. Bruney qirolining to‘ng‘ich o‘g‘li 35 yoshli Azim Oksfordni bitirgan. U xayriya bilan shug‘ullanadi, filmlarga prodyuserlik qiladi va Gollivud yulduzlari ishtirokida hashamatli ziyofatlar uyushtiradi. Lixtenshteyn knyazlik oilasi a’zosi 43 yoshli Venzeslaus 2003—2006-yillarda braziliyalik fotomodel — Adriana Lima bilan uchrashib, shu orqali sariq matbuot e’tiboriga tushgan. Dubay hukmron sulolasi a’zosi, 35 yoshli Hamdan bin Muhammad bin Rashid al Maktum shu paytgacha uylanmagan, u oilaviy qadriyatlardan o‘z qiziqishlarini ustun qo‘yadi. Uning xobbilari haqida Instagram’dagi qariyb 6 million kishi kuzatib boradigan akkaunti orqali xabardor bo‘lish mumkin. U Sandxerstdagi qirollik harbiy akademiyasida ta’lim olgan, shuningdek, London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabini bitirgan. Shahzoda NH Capital LLP xej-fondi rahbari, uning nomi bilan atalgan yangi universitet prezidenti, Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ligasi rahbari, Dubay amirligi sport qo‘mitasi rahbari va boshqa lavozimlarda ham ishlaydi. Turn-i-Taksis avlodining 12-knyazi va Germaniyaning eng boy odamlaridan biri Albert 35 ga to‘lay deb qolgan bo‘lsa-da, hali bo‘ydoq. 7 yoshida u 3 milliard dollar, pivo zavodlari, tegirmonlar, bank, 30 ming gektar yerni meros qilib olgan. Edinburg universitetini iqtisodiyot va ilohiyot yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan. Lyuksemburgning hukmron gersogi Anri va Mariya-Tereza Mestrening o‘g‘li 25 yoshli Sebastyan merosxo‘rlar ro‘yxatida beshinchi. U Angelsberg maktabida, Avliyo Georgiy xalqaro maktabida, Oksforddadi Summer Fields School’da va Amplfort kollejida o‘qigan. So‘ng Lyuksemburgdagi xalqaro maktab va Sandxerst harbiy akademiyasini bitirgan. Ayni paytda AQShdagi yetakchi universitetlardan birida marketing va kommunikatsiyalarni o‘rganmoqda. 23 yoshli shahzoda voyaga yetganidan keyin regent rolini bajarib, xalqaro tadbirlarda otasiga hamrohlik qilishni boshlagan. 21 yoshida BMT Xavfsizlik kengashi majlisida qatnashgan, bir necha oy avval esa BMT Bosh Asambleyasida nutq so‘zladi.
49
2,378
Foto
Vindzor saroyidagi qandil, Buxoroda quyosh botishi, yopilgan Dubay-EXPO 2020 — 31 mart suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Buyuk Britaniyadagi Vindzor saroyidagi Vaterlo xonasida joylashgan qandil qayta ochilish oldidan tekshiruvdan o'tkazilmoqda. Ser Devid Attenboro kemasi o'zining birinchi sayohati davomida muz sinovlarini o'tkazdi. Quddus muqaddas Ramazon oyiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Filippinda AQSh harbiylari o'quv mashg'ulotlarini o'tkazmoqda. Buyuk Britaniyada Ukrainaga jo'natish uchun harbiy aslahalar tayyorlanmoqda. Assamda yovvoyi hayvonot dunyosi xodimlari bir shoxli karkidonlarni ko'zdan kechirmoqda. Dubayda EXPO-2020 yopilish marosimi o'tkazildi. Buxoroning eski shahar qismidan quyosh botishi. Kashmirdagi lolazor tashrif buyuruvchilarga o'z eshiklarini ochdi. Turkiyaning Van viloyatidagi cho'pon.
96
758
Foto
Fotogalereya: “Hayot tashvishlariga” duch kelgan bolalar
Faqat kattalargina hayotning qanday murakkab ekanligini tushunadigandek ko‘rinadi. Aslida bolalar ham hayot murakkabliklarini “tushuna oladi”. AdMe ana shunday bolalar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
56
201
Foto
Fotogalereya: Skalpel yordamida qog‘ozdan yasalgan asarlar
Haqiqiy san’at asarini yaratish uchun har doim ham qimmat asboblar talab qilinmaydi. Yaponiyalik rassom ayol Masayo Fukuda 25 yildan buyon ijod qilish uchun faqat skalpel, kesish uchun taglik, qog‘oz va kichkina fonardan foydalanadi. AdMe rassomning ijod namunalarini taqdim etdi.
58
280
Foto
Fotogalereya: Janubi-sharqiy Osiyoda 5 dollar evaziga bir kecha qolish mumkin bo‘lgan yotoqxonalar
Turar joy sayohat davomidagi eng asosiy narsalardan biri. Travel Ask esa u uchun juda ko‘p pul sarflamaslik mumkinligini isbotladi. Ayniqsa, gap Osiyo mamlakatlari haqida ketganida. Bu yerda arzonga ham ajoyib joylar topsa bo‘ladi.
98
231
Foto
Fotogalereya: Bu ajoyib chodirda yulduzlarni tomosha qilib yotish mumkin
Holleyweb firmasi dizaynerlari yangi turdagi chodirlarni ishlab chiqdi. Uni xohlagan joyga, hatto dengiz bo‘yida o‘rnatish mumkin, deb yozadi AdMe. Chodir “devor”larining shaffofligi bois uning ichida o‘tirib, tabiatni tomosha qilish mumkin. Tepada esa musaffo osmon va yulduzlar ko‘rinib turadi.
72
297
Foto
Dunyodagi eng badavlat bolalar reytingi tuzildi (foto)
AdMe yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘p millionli davlati bilan maqtana oladigan bolalar ro‘yxatini tuzdi. Ularning ba’zilari boy oilada tug‘ilib, ota-onasi sharofati bilan bolaligidan hashamat ichida yashagan bo‘lsa, boshqalari o‘tkir aqli, o‘z kuchi va mehnati bilan bunday boylikka erishgan. 13 yoshida dasturlash bilan bog‘liq biznesini boshlab, 15 yoshida ilk millionini ishlab topgan. Kambag‘al oilada tug‘ilgan yosh aktyor “Amerikacha oila” (Modern Family) seriali orqali tanilgan va boyigan. Yosh aktrisa ilk rolini 2002-yilda ijro etgan. 17 yoshiga kelib, 5 million dollar ishlab olgan. Dunyodagi eng muvaffaqiyatli aktyrorlardan biri — Uill Smitning o‘g‘li. Boyligini mashhur ota-onasi, shuningdek, o‘zining aktyorlik va qo‘shiqchilik faoliyati ortidan orttirgan. Ayni paytda 21 yoshda bo‘lgan aktrisa 2006-yilda “Kichkina Quyosh xonim” (Little Miss Sunshine) filmida bosh rolni o‘ynab, tanilgan. 10 yoshli Valentina aktrisa Salma Xayek va dunyoning 100 nafar eng boy odamlaridan biri — biznes-magnat Fransua-Anri Pinoning qizi. Britaniyalik dasturchi va internet-tadbirkor. 15 yoshida Summly dasturini yaratib, keyinroq uni Yahoo kompaniyasiga 30 million dollarga sotgan. 11 yoshli Denni aktyor Larri Birkxed va model Anna Nikol Birkxedning qizi. Onasining o‘limidan keyin qizcha uning 59 million dollarlik davlatini meros qilib oldi. Anjelina Joli va Bred Pittning egizaklari. Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning 4 yoshli o‘g‘li va Buyuk Britaniya taxtiga tartib bo‘yicha uchinchi da’vogar.
54
1,508
Foto
Ra’no Yarashevadan Feruza Normatovagacha. O‘zbek shou-biznesining hijobga kirgan vakillari (foto)
Taniqli kino aktrisa Feruza Normatova 1-oktabr, juma kuni hijobga kirganini muxlislariga e’lon qildi. U o‘z Instagram sahifasi orqali bu haqda yozarkan, “Bir qarashda yengil bo‘lgan ro‘mol har kimning ham boshiga osongina yetib kelmasligini shu o‘tgan vaqt mobaynida anglab yetdim. Qalban va ruhan tayyor bo‘lishimni kutdim. Alloh nasib etib bugundan ro‘molim boshimga yetib keldi”, deya alohida ta’kidlagan. Quyida Feruza Normatovadan oldin hijobga kirgan o‘zbek shou-biznes vakillarini sanab o‘tamiz. Ra’no Yarasheva O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarashevaning hijobga kirganiga salkam to‘rt yil bo‘ldi. 60 yoshli aktrisa 2018-yilning fevral oyida Umra ziyoratida, 2019-yilning iyulida esa Haj safarida bo‘lib qaytgan. U bugungi kunda kino va seriallarda avvalgidek faol emas. Madina Mumtoz “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Mumtoz onasi Ra’no Yarasheva hijobga kirgach, ro‘mol o‘rashni boshladi. Taniqli aktrisa va xonanda intervyularining birida hijobga kirganiga shunday izoh bergan: “Hijobga kirishni uzoq yillardan beri xohlab yurganman, tayyorlanganman. Xudoga shukr, siyosatimiz, davlatimiz ham bu narsaga ruxsat berib qo‘ydi. Bundan men kabi juda ko‘pchilik xursand bo‘lsa kerak. Hijobga kirganim ko‘pchilikka, hatto turmush o‘rtog‘imga ham syurpriz bo‘ldi. Umr yo‘ldoshim ‘Ro‘molga kirsangiz, xursand bo‘laman’, deb yurgan. Lekin hech qachon majburlamagan, bosim o‘tkazmagan. Uchinchi farzandimni dunyoga keltirib, o‘zim oxiri qaror qildim. Hijobga kirdi degani, bo‘ldi hamma narsa to‘xtadi, endi bitta xonani ichiga kirib o‘tiradi, degani emas. Ayol kishi Allohning aytgan farzlarini qilib turib ham, boshqa bir ishni bajara oladi. Shuni ham ko‘rsatib berishim kerak”. Madina Mumtoz klip va kinolarda ko‘rinish bermayapti. To‘y xizmatlariga chiqyaptimi yoki yo‘q, bu ham noma’lum. Chunki u oxirgi paytlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ijodiga oid videolar joylamayapti. Bonu 2000-yillarda “Qora tun”, “O‘zbekiston”, “Afsona” kabi o‘nlab hit taronalari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Bonu (asli ismi Mahbubabonu — tahr.) o‘n yil avval hijobga kirib, Qur’on tilovat qila boshlagan. “Hayotimdagi sinovlar tufayli ijodimda tanaffus bo‘lib qolgan paytda vaqtdan unumli foydalanish maqsadida namoz o‘qishni boshladim, Qur’on va hadis kitoblarini o‘qidim, salovatlarni tingladim. Diniy kitoblarni o‘qib chiqqanimdan so‘ng san’at yo‘li qiz bola uchun to‘g‘ri yo‘l emasligini tushunganman”, — degan edi Bonu. Manzura Xonanda va aktrisa Manzura 2021-yilning 30-yanvar kuni Instagram sahifasi orqali ro‘molga kirganini ma’lum qilgan. O‘shanda u endilikda tarbiyaviy ahamiyatga ega hamda diniy mazmundagi qo‘shiqlar ijro etishini ham ta’kidlagan. “Shou-biznesda bo‘la turib, ro‘molga kirish tezda amalga oshadigan jarayon emas. O‘zim ro‘mol o‘rash uchun uch, to‘rt yil tayyorlandim, ko‘p narsadan voz kechdim. Qalban yaxshi ko‘radigan yaqinlarim ham ‘Manzura, o‘ylab ko‘rgin, shoshilmagin’, deyishardi. Chunki hijob kiygandan so‘ng uni yechish kerak emas va buning mas’uliyati bor. O‘rayotgan hozirgi ro‘molim go‘zal va bu menga juda yoqyapti. Bu muslima ayolning bir amali. Lekin komil inson bo‘lishga hali ancha bor, ko‘p yaxshiliklar qilish kerak”, — degandi u intervyularining birida. Manzura bugungi kunda ham to‘ylar va turli marosimlarda xizmat qilmoqda. Uning repertuaridan salovatlar, tarbiyaviy mazmundagi qo‘shiqlar o‘rin olgan. Kamola Arslonova “Kelgindi qaynona”, “Sevginator-2”, “Opa-singillar” singari film va seriallardagi betakror ijrolari orqali tanilgan aktrisa Kamola Arslonova 2014-yilda turkiyalik Mesut ismli tadbirkorga turmushga chiqqach, ommaga hijobda ko‘rinish bera boshladi. Diyora taxallusi bilan qo‘shiq kuylagan serqirra ijodkor ayni paytda Izmir shahrida oilasi bilan baxtli hayot kechirmoqda. Axsen ismli qiz farzandi bor. Lola Zununnova “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan “Kinomaniya” ko‘rsatuvi bilan shuhrat qozongan teleboshlovchi va kinotandiqchi Lola Zununnova ham 2021-yilning may oyida hijobga kirdi. “Hijobga kirishni yillar davomida orzu qilganman va tayyorgarlik ko‘rganman, bu birdaniga bo‘ladigan jarayon emas. Qalbimda Allohga bo‘lgan muhabbatim, ishqim kuchli edi. Kimdir hijobga kirsa, ich-ichimdan shu darajada xursand bo‘lardimki, o‘zim ham havas va orzu qilardim. Vaqti-soati kuni shu ekan, alhamdulillah, shunisiga ham shukr”, — deydi teleboshlovchi. Dildora Niyozova “Ishonma” qo‘shig‘i bilan yosh-u keksaning sevimli qo‘shiqchisiga aylangan Dildora Niyozova YouTube’dagi kanallarning biriga bergan intervyusida ro‘mol o‘ragani sabablari haqida quyidagicha gapirgan: “Har bir ayol ro‘mol o‘rashni xohlaydi. Mening uyimda qo‘shiq qo‘yilmaydi, faqat Qur’on qo‘yiladi. Ko‘pincha rivoyat va hadislarni eshitaman. San’atda ayol kishiga juda qiyin, shayton bor, lekin san’atda bu narsa juda kuchli. San’atkor bo‘lish mas’uliyati qiyin, chunki sizning har bir harakatingiz e’tiborda bo‘ladi. Avvaldan orzu qilardim, lekin san’atkorman, menga bu narsa to‘g‘ri kelmaydi. Ro‘mol o‘rasam, keyin meni hech kim to‘yga aytmay qo‘yadi, deb o‘ylardim. To‘g‘risini aytaman, men o‘zimni kimlargadir ko‘z-ko‘z qilish uchun yoki endi men boshqacha ayol bo‘ldim, deyish uchun o‘ramadim. Shu narsaga amin bo‘ldimki, oddiygina bir ro‘mol inson hayotini, hatto xarakterini o‘zgartirib yuborar ekan, chegaralab qo‘yarkan. Avvalgi xatolarimni to‘g‘rilashga harakat qilyapman. O‘zi oldindan aytib yurardim, tug‘ilgan kunimda ro‘mol o‘rayman, deb. 42 yoshga to‘lgan kunim o‘radim. Yana takrorlayman: kimgadir nimanidir isbotlash uchun ro‘mol o‘ramadim. Men hozir qalban baxtli ayolman, bu men uchun oxirigacha xayrli bo‘lsin”, — degan edi xonanda ro‘mol o‘raganini izohlab. Dildora Niyozova san’atni tark etgani yo‘q. U hozirda faqat ayollar ishtirokidagi davralarda xizmat qilib, qo‘shiqlar aytmoqda. Gulchehra Eshonqulova “Fotima va Zuhra”, “Shabnam”, “Panoh” kabi kinolardagi rollari bilan mashhurlikka erishgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova muxlislarining “Hijobga kirishingizga nima sabab bo‘ldi?” qabilidagi savollariga video orqali javob qaytargan. Uning qayd etishicha, ro‘mol o‘rashiga bir tush turtki bo‘lgan. “Tushimda qorong‘ilikda turganimda, bir ovoz ‘Mana bu tomonga kirgin’, deb menga ko‘chani ko‘rsatdi. U ko‘cha juda qorong‘i edi. ‘Sen shu ko‘chaga qaragin’, dedi yana haligi ovoz. Qarasam, qorong‘i ko‘chani o‘rtasida zinapoya paydo bo‘ldi. Lekin u yerga borishga baribir qo‘rqyapman, sovuq va qorong‘iligini his qilib turibman. Birozdan keyin qarasam, Xudo rahmatli onam oppoq ro‘mol o‘rab turibdi, ammo yuzlari ko‘rinmayapti. Ularni sog‘inganimdan oldilariga borib, bir marta bo‘lsa ham quchoqladim. Ro‘mollari yuzimga tegdi va buni his qilganimni uyg‘onganimda ham sezdim. Keyin qorong‘ilikda pastda, ikki tomonda turgan odamlarning faqat kallalari ko‘rindi. Ular ‘Sen yalang‘ochsan, seni kiyiming yo‘q, bor kiyinib chiq, bu holatingda onang bilan gaplasha olmaysan, ko‘risholmaysan’, deyishdi. Shundan so‘ng boshqa bir xonaga kirdim. U yerda kiyimlar juda ko‘p va rang-barang ekan. Unisini olsam ham egasi chiqadi, bunisini olsam ham egasi chiqadi. Xullas, menga hech kim kiyimini bermadi. Bitta ostonaning u tomonida onam, bu tarafida men turibman. Kiyimim yo‘qligidan onam bilan suhbat qurolmadim. O‘sha yerda ‘bitta kiyimni deb onam bilan ko‘risholmadim’, deb yig‘lab, ko‘z yosh to‘kib, uyg‘onib ketdim. Shu tushdan keyin ro‘mol o‘rash vaqti kelganini, Xudo qalbimga solganini anglab yetdim. O‘sha kuni tongdan hijobga kirdim”, — degan edi AQShda yashayotgan aktrisa. Sevara Soliyeva Aktrisa Sevara Soliyeva joriy yil boshida Instagram sahifasiga ro‘molda tushgan suratini joylab, muxlislarining turli savollariga ko‘mildi. Serqirra ijodkorning aytishicha, u 2020-yilda Ramazon oyidan keyin hijobga kirishni juda xohlagan, lekin ikkilangan. Keyin oxiri qaror qabul qilgan. Sevara Soliyeva “San’atni tark etdingizmi?” degan savolga “Yo‘q, islomiy qo‘shiqlar, salovatlar kuylamoqchiman. Borimcha rolga taklif etishsa, albatta, ijro etaman”, deb javob qaytargan. Hozirgi vaqtda u turli loyihalarda ishtirok etmoqda. Shirin G‘ofurova Taniqli radioboshlovchi Shirin G‘ofurova shu yilning avgust oyida ro‘mol o‘raganini Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi. “Nimaga ro‘mol o‘radingiz?”, “Kim majbur qildi?”, “Tinchlikmi?”, degan savollarga bir oydan beri dayrektim to‘lib ketdi. Hech kim majbur qilmadi, yaxshilar. Islomda majburlash, zo‘rlash yo‘q. O‘zim anchadan beri o‘ylardim. Lekin bu fikrni nari surardim, hozir vaqti emas, keyin o‘rarman, ulguraman-ku, deb fikrlardim. Keyin o‘ylab qarasam, ulgurmay qolishim ham mumkin ekan. Inson besh daqiqadan keyin nima bo‘lishini bilmas ekan... 13-avgust, juma kuni kepka va djinsi shimda uydan chiqib, dugonamning do‘koniga borib, “Ro‘mol va uzun ko‘ylaklar tanlab bering”, — dedim. O‘rtog‘im shokda! Tez-tez tanladik va do‘kondan uzun ko‘ylak, boshimda ro‘mol bilan chiqdim va ro‘molni boshqa yechmadim. O‘zim istadim shuni. Ishoning, ro‘mol o‘rab, shunaqa xotirjamlik va halovat topdimki, buni tasvirlab berolmayman. Meni bu qarorimda qo‘llab-quvvatlagan, “Mashaalloh, yarashibdi, xayrli bo‘lsin”, deya chiroyli niyatlar bildirgan yaxshilarga rahmat, boringizga shukr! Hayron bo‘lib, “Nega ro‘mol o‘rab oldingiz, kepkalaringiz ko‘proq yarashardi, nima balo bo‘ldi?” deb yozganlar, sizlarga ham rahmat. Ro‘mol o‘ragan opa-singillarni ham, ro‘mol o‘ramagan opa-singillarni ham birdek hurmat qilaman. Balki, Alloh ularni ham tez kunda ko‘ngillarini yorishtirar!”, — deb post qoldirgan Shirin G‘ofurova. Feruza Karimova “Dastingdan”, “Netay yuragim”, “Dunyo” kabi taronalari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Feruza Karimova ham 2021-yilda hijobga kirdi. U turli davralarga ham ro‘mol o‘rab borayotganini tarmoqlardagi sahifalariga joylayotgan rasmlaridan bilish mumkin.  Dildora Niyozova nima sababdan hijobga kirgani hamda endi to‘ylarga chiqish-chiqmasligi haqida so‘zlab berdi (video)
97
9,829
Foto
Suriyaga uyushtirilgan raketali hujumning sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlari e’lon qilindi (foto)
CNN telekanali Suriya hududidagi AQSh, Britaniya va Fransiyaning qo‘shma zarbalari natijasida vayron bo‘lgan obyektlarning sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarini e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Kadrlar Xoms provinsiyasidagi ikkita va Damashq tashqarisidagi bitta obyektga zarba berilishidan oldin va keyin olingan. Aniqlik kiritilishicha, raketalar Xoms provinsiyasidagi kimyoviy qurol saqlanadigan omborxona va bunkerni hamda Damashqdagi Kimyoviy qurolni ishlab chiqish va tadqiq qilish markazini ko‘zlab uchirilgan. 14-aprelga o‘tar kechasi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyaning Duma shahrida amalga oshirilgani taxmin etilgan kimyoviy hujumga javoban Suriya bo‘ylab raketa zarbalarini berdi. Suriya hukumati kimyoviy hujum faktini inkor etmoqda va G‘arb mamlakatlari zarbalarini tajovuz deb atamoqda.
100
818
Foto
Foto: Vertolyotdagi mini-mehmonxona
Shotlandiyaning Sterling shahriga tashrif buyurganlar avvallari qidiruv-qutqaruv ishlarida qo‘llanilgan haqiqiy vertolyotda 200 dollar to‘lab tunni o‘tkazishlari mumkin, deb xabar berdi TJournal. Martin Stidman va uning xotini 2016-yilda kimoshdi savdosidan 7 ming dollarga vertolyot sotib olgan va uni manzarali joyga olib kelib o‘rnatgunlaricha 500 kilometr yo‘l bosgan. Ular yoz oylari davomida vertolyotning tashqi ko‘rinishini qayta tiklai, bunda ba’zi qismlarni eBay’dan sotib olishga ham to‘g‘ri keldi. Sobiq transport vositasining ichi shunday yoritilganki, vertolyot xuddi parvozga shaydek tasavvur uyg‘otadi. Shu bilan birga uning ichida bir nechta krovat va o‘rindiqlar o‘rnatilgan bo‘lib, u yerda tunashni istagan ikki nafar yoshi katta va uch nafar bolakaydan iborat oila bemalol joylasha oladi. Shuningdek, ushbu mini-mehmonxonada unchalik katta bo‘lmagan oshxona va yuvinish xonasi ham mavjud.
35
909
Foto
Fotogalereya: Istanbulning miyani larzaga soluvchi 12 fotosurati
Turkiyalik rassom Aydin Buyuktoshning raqamli fotosuratlari sehrli Istanbul ko‘chalarini syurrealistik ko‘rinishda e’tiboringizga taqdim etadi, deb yozadi TravelAsk.
64
165
Foto
Foto: Toshkent osmonida bulutlar. Chiroyli qora bulutlar!
So‘nggi bir haftadan beri Toshkent o‘zining o‘zgaruvchan ob-havosi bilan, kim bilsin, kamida London bilan bahslashmoqda — bir yomg‘ir yog‘ib, ko‘chalarni suvga to‘ldiradi, bir quyosh charaqlaydi, yana qarab tursang chaqmoqlar osmonni yoritadi. Albatta, nurlarini ayamay sochib turgan oftobga hech narsa yetmaydi, lekin yilning shu faslida takrorlanmas darajada go‘zal va hayratlanarli ko‘rinishga kiradigan ilhombaxsh bulutlarni ham tomosha qilib qolish kerak. Tomoshani esa Facebook’dagi “Molodaya fotografiya Uzbekistana” guruhi a’zolari uyushtiradi. Ma’lumot uchun, 16-may kuni ham, 17-may kuni ham butun O‘zbekiston bo‘ylab havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatiladi.
57
699
Foto
Foto: Gollivud aktrisasi Emma Stounning 4,2 million dollarlik uyiga sayohat
Gollivuding mahoratli aktrisalaridan biri — Emma Stoun Malibudagi uyini 4,2 million dollarga sotuvga qo‘ydi. Bir qavatli hashamatli uy Janubiy Kaliforniya hududida 1700 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi, deb yozadi People Talk. Aktrisa ushbu mulkni sotib olganidan taxminan to‘rt yil o‘tib, qayta sotishga qaror qildi. The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, uy 2018-yilda 3,25 million dollarni tashkil qilgan. Koshonaning barcha xonalari oq rangda bo‘lib, bu har bir xonaning yanada kengroq ko‘rinishiga imkon yaratadi. Shuningdek, oshxona va yotoqxonaga o‘rnatilgan poldan shiftgacha bo‘lgan derazalar orqali xonaga quyosh nuri to‘liq tushib turadi. Uyning ayvon qismida Tinch okeani manzarasiga duch kelish mumkin. Qolaversa, aktrisa dam olish va ijod qilish uchun alohida studiya ko‘rinishidagi xonalar ham tashkil qilgan.
75
842
Foto
Topishmoq-fotogalereya: Yashiringan jonivorni toping
Art Vulf — yovvoyi tabiat va jonivorlarni suratga olish bilan shug‘ullanib kelayotgan afsonaviy fotosuratchi. O‘tgan davr mobaynida unda bir-biridan ajoyib fotosuratlarning ulkan arxivi to‘planib qolgan, deb yozadi TravelAsk. Fotosuratchi ularning bir qismini alohida — “Yashirinish” deb nomlangan seriyaga jamlagan. 16 yil davomida shakllantirilgan mazkur jamlanmadagi suratlarda fotosuratchi o‘zi istar-istamas guvoh bo‘lgan tabiatdagi yashirinish, niqoblanish, g‘oyib bo‘lish vaziyatlari muhrlangan. Suratlarga qarab, ustalik bilan yashirinishga, niqoblanishga muvaffaq bo‘lgan hayvonot olami vakilini topishga urinib ko‘ring.
52
629
Foto
Foto: Pasadenadagi atirgullar paradi
AQShning Kaliforniya shtati Pasadena shahrida 2-yanvar kuni Yangi yilni nishonlash doirasida hisob bo‘yicha 128-atirgullar paradi bo‘lib o‘tdi. Unda 1 millionga yaqin kishi ishtirok etdi, 10 millionga yaqin amerikaliklar esa paradni televideniye orqali tomosha qildi. TJournal parad vaqtida olingan va ijtimoiy tarmoqlarga joylangan fotosuratlarni bitta sahifaga jamladi. Odatga ko‘ra, mazkur tadbirni boshqarish huquqi turli mashhur insonlar, siyosatchi va sportchilarga taqdim etiladi. Masalan, 1966-yili paradni Uolt Disney boshqargan. Bu safar paradni boshqarish sharafi uch nafar amerikalik Olimpiya chempionlariga – Ellison Feliks (yuugurish), Greg Luganis (suvga sakrash) va Janet Evansga (suzuvchi) nasib etdi. Atirgullar paradi Kaliforniyada o‘tkaziladigan shu turdagi tadbirlarning eng yirigi sanaladi. Ijtimoiy tarmoqlarda syorfer-itlar platformasi eng ommabopi bo‘ldi. Ushbu platforma Janubiy Kaliforniya buldoglarni qutqarish jamiyati tomonidan taqdim etildi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
36
1,138
Foto
Fotogalereya: Vazminligi boshqalarning havasini keltiradigan kishilar
Asabi mustahkam kishilarning vazminligi ko‘p jihatdan ularga yordam beradi. AdMe ana shunday kishilarga e’tibor qaratdi.
69
120
Foto
Fotogalereya: Avstraliya qirg‘oqlarida yashovchi mavjudotlar
Yaqinda bir guruh olimlar jamoasi Avstraliya qirg‘oqlarini yuvib turuvchi suvlarda yashovchi jonivorlarni o‘rgandi. AdMe o‘rganish natijasida aniqlangan mavjudotlarga e’tibor qaratdi. Chuqur suvlarda yashovchi sakkizoyoq turining uzunligi 20 santimetrga yetadi Ko‘rinishidan qo‘rqinchli tuyuladigan janzot odamlarga xavf tug‘dirmaydi Fanga chuqur suvlar va qirg‘oq bo‘ylarida yashaydigan 1000 dan ortiq o‘rgimchak turi ma’lum. Balqining yuzi yo‘q, sezgi organlaridan esa faqat og‘zi va burni mavjud. Baliqning o‘tkir tishlari va ko‘zlari har qanday odamni qo‘rqitadi. U 1000—2500 metr chuqurlikda yashaydi. O‘z ko‘rinishi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan bo‘lsa ham, baliq faqat Avstraliya qirg‘oqlariga yashaydi. G‘alati ko‘rinishli bu mavjudotning ba’zilari odam ko‘ziga arang ko‘rinsa, ba’zilarining uzunligi 46 santimetrgacha yetadi. Kichkina bo‘lishiga qaramay, yirtqich bo‘lgan qo‘rqinchli baliqning tanasidagi yoritgichlari okean tubidagi qorong‘uda bir-birini topishga yordam beradi.
60
995
Foto
Fotogalereya: Haqiqiy mehr qanday bo‘lishini ko‘rsatuvchi suratlar
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar itlarning hissiy intellekti ancha yuqori ekanligini ko‘rsatgan. Ovoz ohangi va yuz ifodasiga qarab itlar odamning baxtli yoki g‘amda ekanligini bilib oladi. AdMe itlarning mehribonchiligi aks etgan suratlarni taqdim etdi.
66
253
Foto
Foto: Taniqli milliarderlarning rafiqalari (foto)
Ular milliardlab dollarga ega oilalarga umuman o‘xshamaydi. Lekin yillar davomida hayot qiyinchiliklarini birgalikda yengib o‘tgan baxtli juftlikdir. Mark Sukerberg va Prissilla Chan Prissilla Chan kelajakda Facebook ijtimoiy tarmog‘ining yaratuvchisi – Mark Sukerberg bilan Garvardda o‘qib yurgan kezlarida tanishgan. Oradan yillar o‘tib, juftlik turmush qurdi, lekin bir qancha muddat farzandli bo‘la olmadi. Sababi Prissilla bir necha marotaba farzandini yo‘qotdi. Ammo 2015-yil ular uzoq kutilgan farzand – Maks dunyoga keldi. 2017-yil ularning oilasida yana bir chaqaloq tug‘ildi. Shundan so‘ng Mark Sukerberg va Prissilla Facebook’ning 99 foiz aksiyasini umri davomida xayriya ishlariga sarflashga va’da berdi. Daromadning hozirgi qiymatidan kelib chiqib, xayriya ajratilgan pul taxminan 45 milliard dollarni tashkil etadi. Bill va Melinda Geyts Bill uzoq yillar mobaynida ishlab yurgan Microsoft kompaniyasida bo‘lib o‘tgan brifingda Melindani uchratgan. 1994-yil 1-yanvar kuni 30 yoshli Melinda va 39 yashar Bill turmush qurgan. Ular turmushi davomida uch farzandni voyaga yetkazdi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’limni yaxshilash va qashshoqlikni kamaytirishga qaratilgan xayriya fondiga asos soldi. Microsoft asoschisi o‘zining 77 milliard dollarini fond foydasiga meros qoldirishga qaror qilgan. Larri Peyj va Lyusinda Sautvort Boyligi 71,9 milliard dollarni tashkil qiluvchi Google asoschilaridan biri Larri Stenford universiteti professori Lyusi Sautvort bilan 15 yil davomida turmush qurib kelmoqda. Ularning ikki nafar farzandi bor. Alisher Usmonov va Irina Viner-Usmonova Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasining prezidenti Irina Viner turmush o‘rtog‘i bilan u gimnastika bo‘yicha shug‘ullanuvchi Toshkent sport saroyida uchrashgan. Keyinchalik yoshlar Moskvada ham ko‘rishgan. Bo‘lajak milliarder 1980-yilda “paxta ishi” bo‘yicha 8 yilga hibsga olingan. (2000-yilda O‘zbekiston Oliy sudi uni aybsiz deb topgan) Shundan so‘ng Usmonov Irinaga urf-odatga ko‘ra ro‘mol yuboradi, bu esa oila qurish taklifini anglatar edi. 1992-yil juftlik turmush qurdi, (O‘sha paytda Irina boshqasi bilan turmushidan ajrashib, Anton ismli o‘g‘lini tarbiyalayotgan edi). Juftlik shundan beri baxtli hayot kechirmoqda.
49
2,223
Foto
Qopqonga tushib qolgan filchalarni qaytadan yurishga qanday o‘rgatishadi? (fotogalereya)
Tailandning Chantxaburi shahrida ko‘ngilsiz voqea yuz berdi. Qishloqlardan birida mahalliy aholi fillar hujumidan saqlanish uchun hudud bo‘ylab qopqonlar o‘rnatdi. Qurbonlar orasida 5 oylik filcha ham bor edi, deb yozadi TravelAsk. Filchaning baxtiga, u tiklanish jarayonini o‘tkazish uchun Pattayadagi Nong Nuch nomli shaxsiy tropik bog‘iga keltirildi. Jonzotga noodatiy muolaja – uning yurishini tiklashga yordam beradigan gidroterapiya belgilandi. Yaralangan jonzot Fa Jam — “Toza osmon” deb nomlandi. Nong Nuch parkida unga alohida maydoncha yasalgan. Filchaning chap oyog‘i jiddiy jarohat olgan. Uning ajoyibligini qarang! Filcha jarohatidan tiklanguniga qadar, mutaxassislar unga yurishga yordam beradigan maxsus charm poyabzal yasab berdi. Veterinarlar filchaning oyog‘i yiringlab ketmasligi uchun uni maxsus qorishmalar yordamida tez-tez chayib turadi. Shundan so‘ng yangi bog‘ich bog‘lanadi. Tiklanish jarayonining asosiy qismi – gidrotepariya. Fa Jam ehtiyotkorlik bilan suvga tushiriladi. Bu oson ish emas. Muxatassislar bunday muolaja jonzotning oyoq mushaklari ishlab ketishiga yordam berishiga ishonmoqda. Filcha suvga tushirilishdan avval xavfsizlik kamarlari bilan mahkamlanadi. Jonzot hali suzishni bilmaydi, trosslar uning cho‘kib ketmasligi uchun kerak. Fa Jam juda yosh bo‘lgani uchun suvdan qo‘rqadi, ammo biroz vaqt o‘tgach, u suzishni yaxshi ko‘rib qoladi. Charchagan vaqtda inson yelkasida dam olish mumkin. Muolaja o‘z yakuniga yetdi. Filcha unga yordam berayotgan odamlarga ishonadi. Fa Jam protezlarsiz yurib ketishiga umid qilishmoqda. Hozircha kichik jonzot baxtli kelajakka umid ko‘zlari bilan qaramoqda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
88
1,825
Foto
Hayotda faqat bir martagina ro‘y beradigan ajoyib holatlarni aks ettiruvchi suratlar
Baxtli lahzalarni vaqtida suratga olish xuddi lotereyada yutuq chiqqanga o‘xshaydi. Ammo hech bir suratkash bunday vaziyatni oldindan bilolmaydi. Shuning uchun nigoh va kamerani hamisha tayyor holatda ushlab turish kerak. “Mushuk chiroqni yoqayotgan vaqtda qo‘lga tushdi”. “Men qarg‘ani pastga qarab osilib turganini ko‘rishim bilan suratga olishga shaylandim. Lekin uning yoniga uchib kelgan ikkinchi qush tufayli qarg‘a u yerdan ketish vaqti kelganini bildi va ketishga qaror qildi”. Daraxt go‘yoki erkakning soch turmagiga o‘xshab qolgan. Aksirishdan bir soniya avvalgi holat. Ushbu to‘tiqush badiiy gimnastikaga berishga arziydi. “Va nihoyat 45 yoshimda ushbu harakatni o‘rgandim”. “Ushbu manzarani qo‘lga kiritish uchun 5 soat yo‘l bo‘ylab yurdim va 6 soat kutdim. Jannatga yo‘l!” View this post on Instagram “Mening eng sevimli rasmlarimdan biri. Aytgancha, mushuk hali juda kichkina edi”. Tokiodagi “Samoviy daraxt” minorasining ustida yarim oy chiqdi. Bulutli guruch idishi sizga ham yoqdimi? “U ham shunchaki kadrda bo‘lishni xohladi”. “Rafiqam tasodifan jangovar kadrni qo‘lga kiritdi”. “Konsert davomida yorug‘lik o‘zgarayotgan vaqtni suratga muhrladim”. “Akam daryodan o‘tib ketayotganida mashinaning orqa qismida yuz berayotgan hodisani suratga tushirishga ulgurdim”. Jirafadan ajoyib bo‘sa. Shahar uzra tungi tuman to‘lqinlari. Bu boshqa o‘lchamdagi yangi mashina emas, shunchaki bamper.
84
1,433
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning eng qiziqarli suratlari bilan bo‘lishdi. Xorvatiyalik tennischi Marin Chilichning Melburn shahri Viktoriya milliy galereyasidagi fotosessiyasi. Avstraliya “Afrika! Afrika!” shousining Berlindagi premyerasi. Germaniya Filippindagi Mayon vulqonining otilishi Asmatdagi protestant cherkovidagi ayol farzandi bilan. Papua provinsiyasi, Indoneziya Berlindagi Angela Merkel devonxonasida an’anaviy karnaval Vallettani 2018-yilning madaniy poytaxti deb e’lon qilinishiga bag‘ishlangan marosimda La Fura dels Baus teatr guruhining chiqishi. Malta Parijdagi moda haftaligida Valentino brendining bahor-yoz kolleksiyasi namoyishi Singapurdagi Marina Bay Sands Expo majmuasidagi Art Stage ko‘rgazmasidagi haykal Rossiya prezidentligiga “Fuqarolik tashabbusi” partiyasidan nomzod Kseniya Sobchak Kaliningraddagi Gyote nomidagi litsey buzilishini to‘xtatishga urinmoqda Qizil oyoqli baliqchi qushlarning Xitoydagi migratsiyasi
29
944
Foto
Davlatlar o‘rtasidagi eng noodatiy 12 ta chegara (foto)
Davlatlar o‘rtasidagi chegaralar turlicha bo‘ladi, ular beton devor va tikanli simdan tortib, shartli, ba’zan deyarli ko‘zga tashlanmaydigan belgilardan iborat bo‘lishi mumkin. Ba’zan chegarani tabiatning o‘zi belgilab qo‘yadi. TravelAsk nashri mamlakatlarni ajratib turuvchi 12 ta eng manzarali, chiroyli va noodatiy chegaralar suratlarini e’lon qildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ulug‘vor o‘rmon. Detyan sharsharasi, ikki mamlakat o‘rtasida joylashgan dunyodagi eng yirik va manzarali sharsharalardan biri. Qorli chegara. Tabiatning o‘zi chizib qo‘ygan chegara. Tog‘li chegara. AQSh (chapda) va Meksika (o‘ngda) chegarasidagi voleybol o‘yini. Mamlakatlar orasidagi uchburchak. Atrof-muhit muhofazasi muammosiga nisbatan turlicha yondashuvlar. Iguasu sharsharalari Argentina va Braziliya milliy bog‘lari chegarasida joylashgan. Ikki mamlakatni mana shunday arqon yo‘li birlashtiradi. Mamlakatlar o‘rtasidagi cheksiz go‘zallik. Uyning bir qismi Chexiyada qoldi, qolgan qismini esa Germaniya hududidan olib tashlashdi.
55
1,027
Foto
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Mohidavron − Nur Fettaho‘g‘luning dabdabali uyiga sayohat (foto)
Turkiyaning taniqli aktrisasi Nur Fettaho‘g‘lu turmush o‘rtog‘i va qizi bilan birgalikda Istanbuldagi hashamatli uylarning birida istiqomat qiladi. Aktrisa tez-tez o‘z uyida tushgan suratlari bilan bo‘lishib turgani uchun ham muxlislar uyning interyer dizayni bilan yaqindan tanishib chiqishi mumkin. 40 yoshni qarshi olgan Nur har tomonlama o‘ralgan keng uyda yashaydi. Uyning barcha xonalari deyarli neytral rangda bo‘lib, ular orasida oq rang ustunlik qilganini ko‘rish mumkin. Aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i ham minimalizm tarafdorlari bo‘lgani uchun u yerda yorqin rangli mebel yoki g‘ayrioddiy bezaklarni uchratish qiyin. Uyning markazi keng xonadan iborat bo‘lib, aktrisa u yerga qizi Eliza bilan bezatgan bayram archasini joylashtirgan. Aytgancha, Eliza bu yil 5 yoshni qarshi oladi. Uy markazidagi katta xona orqali aktrisa sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radigan bog‘ga chiqish mumkin. Uyning ushbu qismi aktrisaning suratga tushadigan sevimli joyi hisoblanadi. Bog‘ kreslolar, katta hovuz va gullar bilan yanada o‘zgacha ko‘rinishga kelgan bo‘lib, bu yerda oila ko‘pincha osuda oqshomda hordiq chiqaradi. Shuningdek, quyosh botishini ham kuzatadi. Aktrisa qizining xonasiga o‘zi bezak berishga harakat qilmoqda. Muxlislarning hammasi ham Nurning aktrisalikdan tashqari musiqaga ixlosi o‘zgachaligidan xabari bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ham u pianino uchun uyidan alohida joy ajratgan. U ko‘pincha qizi bilan birgalik pianino jo‘rligida qo‘shiq kuylaydi. Bundan tashqari, uyda dunyoning turli burchaklaridan olib kelingan kitob va esdalik sovg‘alar mavjud. Suratga olish ishlaridan bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanuvchi aktrisaning uyida bir necha uslubda jihozlangan yotoqxonalar mavjud. Aktrisaning turmush o‘rtog‘i tadbirkor Levent Vaziro‘g‘lu bilan munosabatlari har doim ham bir tekisda ketmagan. Hattoki 2015-yilda kelishmovchiliklar tufayli ajrashgan va yana bir necha oydan so‘ng bir oila bo‘lishga qaror qilgan.
100
1,953
Foto
Beshariqlik dehqon 60 kunda qovun yetishtirdi
Fargʻona viloyati Beshariq tumanida istiqomat qiluvchi dehqon Sharif Kenjaev 60 kunda qovun yetishtirdi. «Bugun.uz»ning vodiydagi muxbiri ushbu dehqon honadonida boʻlib, reportaj tayyorladi. Beshariq tumani Ariqboshi qishlogʻida istiqomat qiluvchi Sharif Kenjaev 60 kun ichida qovun yetishtirib, bu koʻrsatkich bilan eng tez qovun yetishtirgan dehqon boʻldi. Qayd etilishicha, vodiyda bu yilgi bahor fasli odatdagidan bir oz salqin kelgan. Oqibatda ertapishar meva va sabzavotlar bir oz kechroq hosil bergan. «Internetda Beshariqda qovun pishibdi, degan gap-soʻzlar tarqalgach, oʻzim ham qiziqib qarab koʻribman. Ne koʻz bilan koʻrayki, internetda mashhur boʻlgan qovunlar oʻzimning issiqxonamda yetishtirilgan qovunlar ekan», — deydi Sharif Kenjaev. Ma'lum boʻlishicha, Beshariq tumani hokimligi axborot xizmati mas'ullari Ariqboshi qishlogʻidagi oʻzgarishlarni, xonadonlar tomorqasidagi yangiliklarni yoritish maqsadida Sharif akaning xonadoniga ham kelib, tomorqasidagi issiqxona faoliyati bilan tanishgan. Issiqxonadagi limonlar oralatib ekilgan qovun paykallarida hosil berishni boshlagan qovunlarning sargʻayib pishib yetilganini koʻrgan axborot xizmati mas'ullari «Beshariqda qovun pishdi» degan sarlavha bilan qovunlar suratini internetda tarqatgan. «Bilganim — shu. Qolgani oʻz-oʻzidan ovoza boʻlib ketdi. Tanish-bilishlar telefon qilib, qovunlardan bizga ham olib qoʻying, deydi. Yaqin-atrofdagilar, qoʻni-qoʻshnilar oʻzlari chiqib, hosilimizni oʻz koʻzlari bilan koʻrib chiqib ketishadi. Dastlabki hosilni mahallaning oʻziga tarqatdik. Kam ta'minlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar bor, yarim yetim oʻsayotgan bolalar bor, qoʻli yupqa oilalar bor. Shu oilalarga ilk hosilni kapsan qilib berdik. Duo qilishdi. Mahalladagi yoshi katta oilalar ham e'tiborimizdan chetda qolmadi. Hammaning koʻnglini olishga xarakat qildik», — deydi dehqon. Uning soʻzlariga koʻra, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida tomorqasidagi 6 sotix yerga issiqxona qurgan dehqon unga 145 tup limon koʻchatini olib kelib oʻtqazgan. Koʻchat oralariga mart oyining boshlarida 1500 tup qovun ekkan. Unib chiqqan urugʻlar oy oxiriga kelib, koʻchat holiga kelgan. Shundan soʻng roppa-rosa oltmish kun deganda koʻchatlar hosil berishni boshlagan. Ta'kidlanishicha, pishgan qovunlar hozirda oʻrtacha 2–4 kilogrammdan tosh bosmoqda. «Hozirga qadar 60 million soʻmdan ziyod daromad koʻrdik. Paykalda yana pishish arafasida turgan 30 millionlik hosil bor. Asosiy gap barakada. Barakasini bersa, boʻlaveradi ekan. Ota-bobolarimiz bekorga ‘Barakasini bersin’ deb aytishmas ekan. Mehnati ham ogʻir boʻlmadi. Issiqxonani odatdagidek qanday oʻrasak, oʻshanday oʻradik. Oʻzining issigʻi oʻziga boʻldi. Mehnati shu: chopiq qilasiz, begona oʻtlar chiqsa, oʻtoq qilasiz. Vaqti-vaqti bilan mehr berib, qarab tursangiz boʻldi. Yerga qancha mehr bersangiz, yer sizga shuncha daromad beradi», — deya ta'kidladi Sharif Kenjaev. «Bugun.uz» muxbiriga koʻra, u aslida limon yetishtirishni maqsad qilib issiqxona qurgan, issiqxonasiga esa shunchaki qiziqishidan kelib chiqib qovun urugʻlarini ekkan. Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston yanvar–aprel oylarida necha dollarlik meva-sabzavot eksport qilgani ma'lum boʻlgandi. Xususan, ular orasida tarvuz-qovun — 309,8 tonnadan eksport qilingani aytilgandi.
45
3,269
Foto
Mukammal ta’til va estetik zavq: Dubaydagi Caesars Palace kurortiga sayohat (foto)
Dubayda dam olish vaqtida tugamaydigandek tuyiladigan binolar qurilishining shovqini, sohilidan ko‘rinib turadigan qo‘shni mehmonxona yoki yangi qurilayotgan bino manzarasi ta’tilni ta’tildek qilmaydi deb o‘ylaydiganlarning fikri Caesars Palace haqida ma’lumotga ega bo‘lgandan keyin o‘zgarishi aniq. Las-Vegasdagi mehmonxonalar kompaniyasi tomonidan asos solingan Caesars Palace Dubai kurorti ko‘ngilochar maskanlarni o‘z ichiga olishi bilan mashhur sanaladi. Kurort bir necha mehmonxona: 267 ta standart va 34 ta lyuks nomerlari bor Julius Tower, romantik dam olish uchun mo‘ljallangan va 149 ta standart va 45 ta lyuks nomerlari bor Palace Tower’ni o‘z ichiga oladi. Xohlovchilar go‘zal tabiat ko‘rinib turadigan katta oyna va balkonli The Residences’da to‘xtashi ham mumkin. O‘ziga xos dizayn va eng sara interyerlar eng yuksak didli kishini ham o‘ziga mahliyo qilmay qolmaydi. Dubayning akvatoriyasi Bluewaters orolida joylashgan kompleks hududida restoran, qahvaxona, o‘yin maydoni bilan birga, ko‘ngilochar markaz va bog‘lar, shuningdek, balandligi 210 metrni tashkil qiladigan dunyodagi eng katta charxpalak Ain Dubai ham bor. U yerga borgan odam nafaqat orolni, balki mehmonxonani ham tark etishni istamaydi. Hududda mashhur oshpaz Gordon Ramzining Hell’s Kitchen’i bilan jami 12 ta restoran va bar joylashgan. Tashrif buyuruvchilar e’tiboriga dengiz mahsulotlari va go‘shtdan tayyorlanadigan taomlar menyusi taqdim qilinadi. Sharq oshxonasi shinavandalariga Zhen Wei restoraniga kirib, pekincha o‘rdakni tatib ko‘rish, ko‘ngli kokteyllarni tusaganlarga esa Havana Social Club’ga borish tavsiya qilinadi. Paru nomli yapon mehmonxonasi tomidan quyosh botishini tomosha qilish, kunduzi esa Cove Beach sohilidan uzoqqa ketmay, Caesars Palace Dubai hududida tushlik qilish mumkin. Dam olish maskani mukammal dizaynlashtirilgan orolda joylashgani sabab Dubayning bosha mehmonxonalaridan farq qiladi. Fors ko‘rfazining ufq bilan tutashib ketgandek cheksiz tuyiladigan manzara ko‘rinib turadigan sohilda shahardagi qurilishlar ko‘zga tashlanmaydi. Go‘zallikdan bahra olish va ko‘ngil yozish bilan birga, bu yerga tashrif buyurgan mehmonlarga eng sifatli spa-muolajalari ham taqdim etiladi. Caesars Palace Dubai mehmonxonasidagi Qua Spa markazi jismoniy va emotsional salomatlikni tiklash uchun qadimgi amaliyot va zamonaviy texnologiyalarni birlashtirgan holda turli usullarni taklif qiladi. Masalan, Iyashi Dome muolajasi davomida infraqizil nurlar organizmni toksinlardan tozalaydi va hatto ortiqcha vazndan qutulishga ham yordam beradi.
82
2,549
Foto
Rassom odamlarning xarakterini ularning multfilm nusxalari yordamida ochib bermoqda (fotogalereya)
Robert DeJizus — amerikalik iqtidorli rassom, mashhur illyustrator, animator va yozuvchi. U, shuningdek, mo‘jiza yaratishni yaxshi ko‘radi: u har kuni notanish insonlarning ko‘plab portretlarini olib, ularni haqiqiy multfilm qahramonlariga aylantiradi, deb yozadi AdMe. Bu suratlarning ajoyib chiqishiga rassom har bir odamda o‘ziga xoslik va fe’l-atvor xususiyatlarini topib, buni suratlarida mahorat bilan ifodalay olishi sabab bo‘lmoqda. O‘zingizni ana shunday portretda ko‘rishni istarmidingiz? Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
98
680
Foto
Fotoreportaj: Tashkent City tunda qanday ko‘rinishga ega?
“Daryo” fotomuxbiri Madina Nurman Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida bunyod etilgan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazining tungi suratlari bilan bo‘lishdi. Tashkent City xalqaro biznes markazining ilk obyektlari — Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasi qurib bitkazildi. Tashkent City hududining 395 000 kvadrat metrini turar joy binolari, 281 000 kvadrat metrini — ofislar, 349 000 — savdo nuqtalari, 64 000 kvadrat metrini esa mehmonxonalar egallagan. 21 qavatli binoda 258 ta nomer mavjud — 8 tasi davlat rahbarlari uchun mo‘ljallangan. Pardozlash va jihozlashda issiq ranglar ko‘p qo‘llanilgan. Otelda bir nechta restoran, basseyn, sport zal, spa va boshqa salonlar bor. Kongress-xollning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bo‘lib, unda yirik xalqaro anjumanlar, oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan. Tashkent City 2018-yildan qurilishi boshlangan bo‘lib, barcha obyektlar 2021-yilgacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
57
1,016
Foto
Hayratlanarli kadrlarni suratga olish uchun uydan chiqish kifoya ekanligini isbotlovchi holatlar
Ba’zida odamlar atrofdagilarni lol qoldiradigan narsa yoki hodisalarni kadrga muhrlash uchun uzoq vaqt ketkazishi, izlanishi mumkin. Aslida esa ish, o‘qishga transport vositasi yoki piyoda ketayotganda kutilmagan tasodiflarga duch kelish, ularni suratga olish orqali kishining o‘zi va atrofdagilari kayfiyati ko‘tarilishi mumkin. “Boshida oddiy yo‘lovchi bo‘lib ko‘ringandi”. “Rostini aytganda, qayerga qo‘ng‘iroq qilishga boshim qotdi”. Muz bo‘lagidan baliq topib oldik. Tailandga ko‘chib borgan bo‘lsangiz, bunday holatlarga tayyor bo‘ling. “Hosil yig‘ish jarayonida kishini qo‘rqitadigan ko‘rinishga ega sabzini ko‘rib qoldim”. Qurilganiga 107 yil bo‘lgan viktorian uslubidagi uy yangi manzilga ko‘chirib o‘tkazilmoqda. Yaproqni baliq deb o‘ylagan ko‘kto‘rg‘oqni suratga olishga muvaffaq bo‘ldim. Mahalliy fuqarolar devorni bo‘yoqlar bilan bezab, uning ostiga muntazam ravishda shu yerda dam oladigan it siluetini ham chizib qoldirgan. “Tongda yengimga mukammal ko‘rinishdagi qor parchasi kelib tushdi”. Men va qo‘shnim kunning turli vaqtida deyarli bir xil suratga oldik. “Velosipedda sayr qilayotgan vaqtim qiziqqon mangustni ko‘rib qoldim”. Yirikroq og‘aynisining ustida sayr qilishga qaror qilgan dangasa shilliqqurt. “Muz ichidagi mazkur stakanni konki uchayotgan vaqtim ko‘rib qoldim”. Tasodiflardan mukammal suratlar paydo bo‘ladi. Qush haykalining ustiga qo‘ngan moviy qarqara. “O‘rmonda sayr qilib yurganda, suvsarni ko‘rib qoldim”. Noodatiy joyni tanlagan kabutar.
96
1,494
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi tashlandiq osmono‘par binolar
Dunyoda yakka o‘zi qolgan, tashlandiq va hatto yarmi buzilgan osmono‘par binolar bor. Binolarning hozirgi keraksizligining sababi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning o‘z tarixi bor va u yerda bir vaqtlar hayot qaynaganini eslatib turadi. Fly to the sky nashri ana shu tashlandiq binolarning fotojamlanmasini taqdim etdi. Bino 1930-yilda qurilgan va o‘sha vaqtda juda ulkan hisoblangan. U 1957-yilgacha Tennessi shtatidagi eng baland bino bo‘lgan. Dastlab binoda turli idoralar joylashgan. Vaqt o‘tishi bilan u ijarachilar orasida ommaboplikni yo‘qotgan. 1980-yillarga kelib bino butunlay bo‘shab qolgan va hozirgacha shunday qolmoqda. 1990-yilda Karakasda yangi moliyaviy markaz qurilishi boshlangan. Qurilish Devid Brillemburg tomonidan moliyalashtirilgan. Binoga “Devid minorasi” nomi ham berilgan. 1993-yilda Brillemburg vafot etgan, keyin esa bank inqirozi boshlangan. Venesuela hukumati loyihani o‘z nazorati ostiga olgan. Shundan buyon qurilish o‘zining so‘nggi bosqichida to‘xtab qolgan. Uchburchak shaklidagi 25 qavatli osmono‘par bino o‘zi qurib bitkazilgan 1962-yilda Meksikadagi balandligi bo‘yicha ikkinchi bino bo‘lgan. Bino 1964-yilda ochilgan va, asosan, unda ma’muriy idoralar joylashgan. 1985-yildagi zilziladan so‘ng bino bo‘shab qolgan. Bir necha marta uni qayta ta’mirlashga urinishlar bo‘lgan, biroq shu vaqtgacha urinishlar muvaffaqiyatsiz chiqqan. 45 qavatli osmono‘par bino 1968-yilda qurib bitkazilgan. Binoda turli idoralar joylashgan. Biroq ijarachilar binoda yuz bergan mog‘orlashdan shikoyat qila boshlagan. Oxir-oqibat, 2001-yilga kelib bino bo‘shab qolgan. 2011-ylda Plaza-Tauer auksionda sotilgan, biroq uning yangi egasi binoni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday ma’lumot bermagan. 1916-yilda Detroytda ofislar uchun mo‘ljallangan 13 qavatli bino qurilgan. 10 yildan so‘ng uning yonidan 38 qavatli osmono‘par bino qurilgan va butun kompleks shaharlik aka-uka Buklar sharafiga Buk-Tauer deb nomlangan. Bino bir necha o‘n yilliklar davomida shaharning muhim qismi hisoblangan. Moliyaviy inqiroz va Detroyt iqtisodiyotining pasayishi sababli firmalar va ofislar shahardan ketgan. So‘nggi ijarachi binoni 2009-yilda tark etgan. Shundan so‘ng bino yopilgan. “Avram Linkoln” minorasi Rio-de-Janeyroda joylashgan 1960-yillardagi keng qamrovli rivojlantirish rejasining bir qismi hisoblangan ikki binoning biri hisoblanadi. Loyihada 76 ta aholi yashovchi bino qurilishi rejalashtirilgan, biroq faqat ikkitasi qurilgan. Qurilish 1969-yilda boshlangan, biroq 1972-yilda to‘xtatilgan va shundayligicha qolib ketgan. Biroq uning sherigi bo‘lgan “Sharl de Gol” minorasi qurib bitkazilgan. Ro‘yxatdagi eng zamonaviy bino bo‘gan Fontenbloning balandligi 220 metr bo‘lib, 68 qavatdan iborat. Bino 2007-yilda qurilgan. Keyin esa inqiroz boshlangan va loyiha yopilgan. 2017-yilning aprel oyida binoning qayta ta’mirlanishi ma’lum qilindi, biroq osmono‘par binoga taalluqli kelajak rejalari mavhum. Bayrutda joylashgan Burj al-Murr 34 qavatdan iborat bo‘lib, yer ostida yana yettita qavat joylashgan. Dastlab, bino ofis va savdo markazi uchun mo‘ljallangan, biroq qurilish 1975-yilda Livanda fuqarolik urushi boshlanishi bilan to‘xtab qolgan. Bugun bino bir necha o‘n yil avval shaharni qariyb yo‘q qilgan nizolarni eslatib turadi. Bangkokdagi osmono‘par binoning qurilishi 1990-yilda iqtisodiy inqiroz vaqtida boshlangan, biroq mablag‘ yetishmasligi sababli to‘xtab qolgan. Bugungi kunda u “sharpa-bino” deb ataladi. Bino o‘tkir hissiyot ishqibozlarini, sharpa ovlovchilarni, vandallarni va daydilarni o‘ziga chorlaydi. Pxenyandagi bu binoning qurilishi 1987-yilda boshlangan. Agar osmono‘par bino reja bo‘yicha 1992-yilda qurib bitirilganda edi, dunyodagi eng baland mehmonxona bo‘lardi. SSSRning qulashi Shimoliy koreya iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan va loyiha muzlatilgan. 2008-yilda binoning qurilishi qayta boshlangan va unga oynali tashqi qism qo‘shilgan. Shu bilan qurilish yana to‘xtagan.
53
3,935
Foto
Fotogalereya: Bir-biriga ko‘makka tayyor jonivorlar
Do‘stlik nafaqat insonlar, balki hayvonlar o‘rtasidagi munosabatlarda ham muhim ahamiyat kasb etadi. AdMe taqdim etgan fotojamlanmada hayvonlar o‘rtasodagi do‘stlik va o‘zaro yordamni yaqqol ko‘rish mumkin. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
51
289
Foto
Britaniya shahzodasi Jorj aviashouga tashrif buyurdi (foto)
Kembridj gersog va gersoginyasining o‘g‘li shahzoda Jorj Buyuk Britaniya hududida o‘zining birinchi rasmiy safarini amalga oshirdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Britaniya shahzodasi qirollik harbiy-havo kuchlarining Glostershirdagi bazasiga Royal International Air Tattoo aviashousini tomosha qilish uchun tashrif buyurdi. Shahzodaga uning ota-onasi Uilyam va Keyt hamrohlik qildi.
59
396
Foto
Fotoramka orqali suratga olingan Peterburg shahri (fotogalereya)
Peterburglik Romanning fotoblogi Instagram’da ommalashmoqda. Undagi kadrlar fotoramka orqali suratga olingan va go‘yoki qo‘shaloq chegara — kadrning haqiqiy chegarasi va muallif peyzajning biror ifodali qismini o‘z ichiga olgan ramka chegarani hosil qiladi. Roman ular uchun alohida akkaunt ochgan va u 25 mingdan ortiq obunachiga ega. TJournal ulardan bir nechta diqqatga sazovorlarini to‘pladi.
64
396
Foto
Daraxt ekayotgan muftiy, yuk mashinasiga chiqqan prezident, birga raqsga tushayotgan rus va ukrain raqqoslari — 5 aprel suratlari
Bugunning eng sara va dolzarb suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Bugun, 5 aprel kuni “Yangi O'zbekiston” bog'ida ko'chat ekish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin xoliqnazarov boshqalar qatori ko'chat ekdi. Ispaniyaning Palma-de-Mayorka suvlarida yelkanli qayiqlar o'rtasida an'anaviy “Malika Sofiya kubogi” o'tkazilmoqda. AQSh prezidenti Jo Bayden Oq Uyning janubiy qismida yuk mashinasiga minmoqda. Sidneyda texnik xizmat ko'rsatish xodimlari Sidney opera teatri tomida tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Germaniyaning Shirke kommunasida bo'ronli ob-havo hukm surmoqda. G'azoda an'anaga aylangan saharlikka uyg'otish. Har yili maxsus tayinlangan kishilar odamlarni Ramazon oyi davomida saharlikka uyg'otib chiqadi. Italiyaning Neapol shahridagi San Karlo opera teatrida rus va ukrain raqqoslari ikki davlat o'rtasidagi tinchlikka erishish umidida birgalikda raqs namoyish etdi. Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida ukrain oilasiga bag'ishlangan installyatsya o'rnatildi. Shri Lankada katolik rohibalari mamlakat prezidentiga qarshi norozilik namoyishlariga qo'shildi. Polshaning Ukraina bilan chegarasidagi shahar vokzalida mamlakatdagi urushdan qochib chiqqan ukrainalik qochqinlar.
129
1,240
Foto
O‘xshashmi yoki yo‘q? Sevimli yulduziga o‘xshash uchun plastik jarrohlikni amalga oshirgan muxlislar (foto)
Mashhur insonlarning muxlislari odatda ularga o‘ta taqlid qilganidan tashqi ko‘rinishida ham bir qancha o‘zgarishlar olib boradi. Ba’zilari bu borada muvaffaqiyatga erishsa, yana boshqalarining taqdiri ayanchli yakun topishi ham mumkin. Ular odatda taniqli odamlarning o‘xshashiga aylanishdan zavqlanadi. Keyt Uinslet va uning o‘xshashi Texaslik Debora Davenport “Titanik” filmi namoyish etilganidan 20 yil o‘tib ham, sevimli aktrisasi Keyt Uinsletga o‘xshashni xohlayotganini tushundi. Shuningdek, yulduzning ko‘rinishiga ham qoyil qolgan edi va oxiri o‘zi ham jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga qaror qildi. Plastik jarrohlikka 15 000 dollar sarflaganidan so‘ng Debora natijadan mamnun bo‘lib, baxtli ekanini tan oldi. Bred Pitt va uning o‘xshashlari 2005-yilda amerikalik egizaklar Mett va Mayk Shlepp yuzlarini Bred Pittga o‘xshatish uchun o‘zgartirganda o‘z vatanidagina mashhurlikka erishdi. Afsuski, bu urinishlar ularga Gollivudda karyera qilishga yordam bermadi. Garchi o‘zlari natijadan mamnun bo‘lsa-da, hech kim ularni Bred Pitt deb qabul qilmadi. Anjelina Joli va uning o‘xshashi Albatta, Anjelinaga o‘xshashni orzu qiladigan muxlislar talaygina. Ammo aktrisaning sadoqatli muxlisasi nafaqat tashqi ko‘rinishida, balki hayot tarzida ham unga taqlid qilishga tayyor. 2013-yilda Nadya Suleman Joli singari ko‘p bolali ona bo‘lishni istagan edi va bunga erishdi. Uning 14 nafar farzandi bor. U sun’iy urug‘lantirish orqali 6 ta, keyin birdaniga 8 egizakni dunyoga keltirgan. Keyinchalik tashqi ko‘rinish borasida Joliga o‘xshash uchun operatsiya qildirishga qaror qildi. Oradan yillar o‘tib Nadya bilan bog‘liq janjalli vaziyatlar yuzaga kelgan, chunki uning qarzi million dollarga yaqinlashgan edi. Jastin Biber va uning o‘xshashi Tobi Sheldon kumiri Jastin Biberga o‘xshash uchun 100 ming dollardan ko‘proq mablag‘ sarfladi. Garchi Tobi ko‘plab operatsiyalardan so‘ng ham uning aniq nusxasiga o‘xshamagan bo‘lsa-da, televizion ko‘rsatuvlarning yulduziga aylandi. Ammo muxlisning taqdiri fojiali tarzda yakun topdi. Tobining yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, u sevgilisi bilan ajrashgandan keyin g‘oyib bo‘lgan va jasadi topilgach, uning yonidan bir qancha giyohvand moddalari topilgan. Lindsi Loxan va uning o‘xshashi Eshli Xorn Lindsiga o‘xshash uchun 18 yoshigacha 5 ta jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Ushbu muolajalar uchun 25 000 dollar mablag‘ sarflagan. Natijaga esa o‘zingiz baho berishingiz mumkin. Jennifer Lourens va uning o‘xshashi O‘zini Kitti deb chaqirishlarini istaydigan navbatdagi qahramon ko‘p marotaba o‘zini Jennifer Lourensga o‘xshatishganini eshitgan. Shundan so‘ng u o‘xshashlikni maksimal darajada oshirishga qaror qilgan. Kitti nafaqat yuz ko‘rinishi, balki qomatida ham jarraohlik amaliyotini o‘tkazdi. Va buning uchun 25 000 dollarlar atrofida mablag‘ sarfladi. Rayan Gosling va uning o‘xshashi Nikolas kumiriga o‘xshash uchun unchalik ham o‘jarlik qilmagan. Shuning uchun u tashqi ko‘rinishida birozgina o‘zgartirish kiritdi va bu unga 5 000 dollarga tushgan. U yuqoridagi qahramonlar singari operatsiya uchun ko‘p pul sarflashni istamaydi.
107
3,084