Header
stringlengths 2
118
| Content
stringlengths 10
1.73k
|
---|---|
Ethernet tarmog‘i | Kompyuter tarmoqlari uchun belgilangan qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlarni paketli uzatish texnologiyalari turkumiga tegishli bo‘lgan keng eshittirish kompyuter tarmog‘i.
Izoh – Ethernet standartlari fizik sathda (yoki darajada) simli ulanishlarni va elektron signallarni belgilaydi.
|
Ethernet texnologiyasi | Signallarni 10 Mbit/s gacha tezlikda uzatishni ta’minlaydigan va kanallar holatini so‘rash hamda nizolarni aniqlash bilan ko‘plab foydalanish usulidan tarmoq resurslaridan uzellarning foydalana olish usuli sifatida foydalaniladigan lokal kompyuter tarmog‘ining texnologiyasi.
|
E-ulanish | Jamiyatdagi har bir kishi axborot jamiyatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Buning uchun texnologiyalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va xizmatlaridan foydalanishning qulayligi, shuningdek, odamlarning bu vositalardan foydalana olish ko‘nikmasi talab etiladi.
|
EV-DO texnologiyasi | CDMA standarti tarmoqlarida ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya. Rev.A ustqurma ma’lumotlar qabul qilish tezligini 3,1 Mbit/s gacha, uzatish tezligini esa, 1,8 Mbit/s gacha oshiradi. Bu, oqimli videoni ko‘rib chiqish, videokonferensiyalar uyushtirish va yuqori tezlikli foydalanish talab qilinadigan boshqa xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi.
|
Excel | Hisoblashlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dasturiy kompleks, kuchli elektron jadvallarni o‘zida ifodalaydi. Do‘stona interfeysga ega, Windows muhitida va Macintosh kompyuterlarida ishlaydi. Professional bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Exsel Microsoft Offic tizimi tarkibiga kiradi.
|
Express Card | Kompyuterga periferik qurilmalarni ulash imkonini beradigan interfeys.
|
eyeOS | Desktop Operating System («Ishchi stol» yechimi qo‘llanilgan operatsion tizim) prinsipiga asoslangan, ochiq kodli krossplatformali tarmoq operatsion tizimi. Bazaviy komplekt operatsion tizim va bir qancha ofis ilovalarini: matn redaktori, kalendar, fayllar menejeri, messenjer, brauzer, kalkulyator va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
|
F sohasi | Yer sirtidan taxminan 150 km balandlikda joylashgan ionosferaning qismi.
|
Fast Ethernet | Ethernet tarmog‘idagi 100 Mbit/s ma’lumotlar uzatish tezligiga ega spetsifikatsiyalar qatoridan biri. Fast Ethernet spetsifikatsiyasi 10 BaseT Ethernet spetsifikatsiyasiga qaraganda, ma’lumotlar uzatilishini o‘n marta yuqori tezlik bilan ta’minlaydi, shu bilan birga kadr formati, muhitga kira olishni boshqarish mexanizmlari va uzatish blokining maksimal o‘lchami kabi sifatlarni saqlab qoladi. Bunday o‘xshashlik Fast Ethernet tarmoqlarida 10 BaseT tarmoqlari uchun tegishli ilovalar va boshqaruvning instrumental vositalaridan foydalanish imkonini beradi.
|
FAT16 | FAT tizimidan kelib chiquvchi fayllar tizimi. Abbreviaturadagi son jadval elementlarining bitlardagi o‘lchamini ko‘rsatadi. Taqsimlanadigan xotira birligi klasterdir. FAT da klaster raqami va uning holati to‘g‘risida ma’lumot yozib qo‘yiladi (masalan, buzilgan klaster, bo‘sh klaster). FAT16 dagi disk qismining o‘lchami 2 Gbyte dan katta bo‘lmaydi. Ko‘pincha bu jadval nomidan kelib chiqib, uning asosi bo‘lgan fayl tizimi FAT deb ataladi.
|
FDD texnologiyasi | Eshittirish chastotalarini ajratish bilan, ikki tomonlama aloqani ta’minlash imkonini beradigan texnologiya, aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Bu texnologiya abonentlarning ko‘chish tezligi va uyalarning o‘lchami katta bo‘lganda ancha samaralidir.
|
FDisk (dastur) | Diskni formatlash. Disk maydonini formatlashga tayyorlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita.
|
FDMA standarti | Kanallar chastota jihatdan qat’iy ajratilgan aloqa tarmoqlarining standarti. AMPS, N-AMPS, NMT, ETACS da qo‘llaniladi.
|
Fedora | Red Hat kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. Birinchi versiyasi 2003-yilning noyabr oyida yaratilgan. Red Hat Enterprise Linux ga kiritiladigan o‘zgartirishlar oldin Fedora da testdan o‘tkaziladi. Fedora 8 (werewolf) − so‘nggi versiyasi 2007-yilning noyabr oyida chiqqan.
|
FHMA standarti | Eltuvchi chastota uzatish jarayonida psevdotasodifiy qonun bo‘yicha berilgan chastotalar polosasida sakrashsimon o‘zgaradigan foydalana olish usulidan foydalaniladigan aloqa tarmoqlarining standarti.
|
Fidolook | Microsoft Internet Explorer paketi tarkibiga kiruvchi mashhur Internet meyler-nyusrider Outlook Express dasturiga o‘rnatilgan qo‘shimcha sifatidagi elektron pochta mijozi.
|
FIDONET | Global notijorat kompyuter tarmog‘i. Telefon aloqa kanallari orqali ishlaydi. Tarmoqqa ulanish va unda ishlash bepul amalga oshiriladi (faqat telefon tarmog‘i xizmatlarining haqi to‘lanadi). Tarmoqdan pochta xabarlarini yuborish, telekonferensiyalar va e’lonlar taxtasi uchun foydalaniladi. Yoshlar orasida mashhur.
|
Fire Wire | Yuqori tezlikli periferik qurilmalar uchun mo‘ljallangan shina. 63 tagacha qurilma, shu jumladan, raqamli videoni ulash imkoniyatini beradi. Apple firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
|
Firefox | Mashhurligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Internet-brauzer. 2004-yilda Mozilla kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ochiq kodli brauzerlar orasida birinchi bo‘lib shunday mashhurlikka erishdi. Firefox versiyasi qariyb barcha operatsion tizimlarga to‘g‘ri keladi, funksionalligi esa plaginlarni ko‘pligi bilan kengaytirilmoqda.
|
Flash texnologiyasi | Vektorli grafika va animatsiya bilan ishlash texnologiyasidan biri.
|
Fork | Dasturiy ta’minot (odatda, erkin va ochiq) rivojlanishining ikki yoki undan ortiq shohga ajralish jarayoni. Bunda har bir shoh bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda turli mualliflar tomonidan, birida bo‘lmagan imkoniyatlarni ikkinchisida amalga oshirgan holda, rivojlantiriladi.
|
Fort | Personal tizimlar bilan samarali ishlash uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Protseduraga yo‘naltirilgan tillarga kiradi, assembler tiliga yaqin. XX asrning 70-yillari boshida AQShda Ch.Mur tomonidan ishlab chiqilgan.
|
FORTH dasturlash tili | Juda ixcham, oson kengayadigan, umumiy maqsadlardagi yuqori daraja tili. Taxminan 1970-yilda Arizona (AQSh) dagi Milliy radioastronomik observatoriya xodimi Charlz Mur tomonidan yaratilgan. Forth tilidagi dasturlar polyak invers yozuvida yoziladi va stek bilan ishlaydi. Boshqaruvchi tizimlarda, robototexnikada, ma’lumotlar to‘plash va o‘yinlarni dasturlash tizimlarida keng qo‘llaniladi.
|
Fortran dasturlash tili | 1956-yilda ishlab chiqilgan, matematik, ilmiy va muhandislik masalalarini yechishga mo‘ljallangan dasturlash tili. Fortran hozirga qadar ishlatilmoqda, Fortran 2003 standartning oxirgi versiyasi hisoblanadi.
|
FR texnologiyasi | Mobil telefon aloqa kanalida ma’lumotlar uzatishning to‘la tezligidan foydalaniladigan nutqni kodlash texnologiyasi.
|
Frame Bursting texnologiyasi | Kadrlar (freymlar) guruhli uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya.
|
Frame Relay tarmog‘iga kira olish qurilmasi | Frame Relay tarmog‘idagi har qanday qurilma. Bu marshrutizator yoki multipleksor bo‘lishi mumkin.
|
Frame Relay texnologiyasi | Marshrutizatorlar turidagi intellektual oxirgi (terminal) qurilmalar yoki Frame Relay tarmog‘ida 56 kbit/s dan 1,544 Mbit/s gacha va undan yuqori tezlik bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish uchun asoslangan yuqori tezlikli texnologiya.
|
FRDS turidagi disk massivi | Tizimning biror diski yoki biror boshqa komponenti ishdan chiqqanda undagi ma’lumotlarni himoyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. FRDS+ qo‘shimcha tarzda disklarni avtomatik «qaynoq» (tizim faoliyatini to‘xtatmasdan) almashtirish hamda kesh va ta’minot blokidagi nosozliklarda ma’lumotlarni muhofaza qilish imkoniga ega.
|
Free Radius | Ochiq boshlang‘ich kodli Radius serveri. Bu boshqa tijorat Radius serverlarining muqobilidir, chunki u bugungi kunda modulli va funksionaldir. Bundan tashqari, yoyish va foydalanuvchilarning soni nuqtai nazaridan qaralganda, dunyo Radius serverlari beshligiga kiradi. Free Radius tez, moslashuvchan, sozlanadigan, shuningdek, ko‘plab tijorat serverlariga nisbatan ko‘proq autentifikatsiyalash protokollarini qo‘llaydi. Hozirgi paytda tijorat Radius serverlarini ishlab chiqish uchun asos sifatida foydalaniladi.
|
FreeBSD operatsion tizimi | BSD UNIX operatsion tizimining erkin tarqatiladigan (notijorat) realizatsiyasi. NetBSD, OpenBSD lar singari FreeBSD ham Bill Jolits tomonidan amalga oshirilgan 386BSD loyihasidan kelib chiqqan.
|
Front-end | Tizimning interfeys va foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashi uchun javob beradigan qismi.
|
FTP server | FTP protokoli bo‘yicha erkin foydalanilishi mumkin fayllar joylashtiriladigan server.
|
FTPga anonim kirish | FTP-serverga kirish variantlaridan biri. Foydalanuvchi tizimda Anonymous logini bilan ro‘yxatga olinadi, maxfiy so‘z sifatida uning elektron pochta manzili ko‘rsatiladi. Anonim foydalanuvchilar odatda, faqatgina ma’lumotlarni o‘qish huquqiga ega bo‘ladilar.
|
FWT terminali | Qayd qilingan simsiz aloqa terminali.
|
Gbyte (gigabayt) | Axborot hajmining birligi. 1073741824 byte (2^30) yoki 1024 Mbyte yoki 1048576 kbyte ga teng.
|
GeForce | Iste’mol bozoriga yo‘naltirilgan, NVIDIA kompaniyasi asosiy platalarining grafik protsessorlari va chipsetlari turkumining brendi. GeForce grafik protsessorlaridan asosan, shaxsiy va ko‘tarib yuriladigan kompyuterlar uchun mo‘ljallangan videoadapterlarda foydalaniladi.
|
Gerber formati | Sxema platalarini avtomatlashtirilgan loyihalashda va testlashda ma’lumotlarni taqdim etish uchun xizmat qiladigan format.
|
Gigabit Ethernet standarti | Maʼlumotlarning 1 Gbit/s gacha tezlik bilan uzatilishini taʼminlaydigan texnologiya. Uzatish muhiti sifatida kabellarning uch turidan – bir modali va ko‘p modali optik-tolali kabellardan, shuningdek, ekranlanmagan o‘ralgan juftdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. So‘nggi variant uchun IEEE 802.3 ab guruhi tomonidan alohida standart loyihasi ishlab chiqilgan.
|
Globally Unique Identifier | 128-bitli statistik noyob disk yoki bo‘lim identifikatori. Uning asosiy xususiyati – identifikatorlarning mos tushishi tufayli sodir bo‘lgan ziddiyatlardan qo‘rqmasdan kengayadigan servislar va ilovalarni yaratish imkonini beradi.
|
GMPCS tizimi | Global shaxsiy yo‘ldoshli aloqa mobil tizimi, yo‘ldoshli aloqa uchun qo‘llaniladigan mobil kommunikatsiyalar standart protokoli.
|
GNU operatsion tizimi | Unix bilan o‘zaro muvofiq ishlovchi operatsion tizim yaratish uchun GNU loyihasi. Loyiha 1983-yilda Richard Stolman tomonidan UNIX o‘rnini bosa oladigan erkin tarqatish maqsadida MTI da ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida kompilyatorlar va boshqa dasturiy ta’minotlar ishlab chiqiladi.
|
Google | Shu nomdagi qidiruv tizimiga egalik qiluvchi Amerika korporatsiyasi. 1998-yilda Larri Peyj va Sergey Brinlar tomonidan asos solingan. Kompaniya boshqa faoliyat (xabarlar qutisini taqdim etish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish) bilan shug‘ullanishiga qaramasdan, asosiy daromad va mashhurlik aynan qidiruv tizimiga tegishlidir.
|
Google Android | Operatsion tizim (Linux yadrosi bazasidagi), oraliq dasturiy ta’minot (middleware) va servis dasturlarni o‘z ichiga oladigan mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan ilovalar steki.
|
GPRS kirish nuqtasi | GPRS tarmog‘i va tashqi ma’lumotlar tarmog‘i, masalan, Internet tarmog‘i o‘rtasidagi interfeys. Mobil telefon GPRS modemi sifatida ishlashi, shuningdek, GPRS orqali WAP resurslaridan foydalanish uchun, kirish nuqtasi aniq belgilanishi zarur.
|
GPRS xizmati | Radiointerfeys orqali ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati. GPRS axborot va ko‘ngilochar xizmatlaridan foydalanish uchun, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga doimiy ulanishni ta’minlaydi. Bog‘lanish bir zumda o‘rnatilishi, ma’lumotlar uzatish tezligi yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi.
|
GPS tizimi | Global pozitsiyalash tizimi – bu, navigatsion yo‘ldoshlardan foydalaniladigan, joylashgan yerni aniqlash radiotizimidir. Bunday tizimlar tegishli uskunaga ega bo‘lgan va yer sirtidagi yoki uning yaqinidagi foydalanuvchilar uchun, uch o‘lchamli holat, tezlik hamda vaqt to‘g‘risida kunu tun axborotni ta’minlaydi.
|
GPSS modellash tili | Turli tizimlarni, asosan ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlarini imitatsion modellash uchun foydalaniladigan dasturlash tili.
|
GSM 1900 standarti | 1900 MHz chastotadagi GSM raqamli standarti, shuningdek, PCS sifatida ham ma’lum. AQSh, Kanada, Lotin Amerikasi va Afrikaning ayrim mamlakatlarida foydalaniladi.
|
GSM interfeyslari | GSM tarmog‘ida interfeyslarning ikki turi farqlanadi: tarmoqlararo va tarmoq ichi. Tashqi tarmoqlar bilan ulanish SS7 signalizatsiya tizimiga muvofiq amalga oshiriladi.
|
GSM mobil aloqa | Yevropada va dunyoning boshqa qismlarida keng foydalaniladigan raqamli mobil telefon tizimi. GSM ma’lumotlarni raqamlashtiradi, siqadi, keyin uni foydalanuvchilar ma’lumotlarining boshqa bir ikkita oqimi bilan, har biri o‘zining vaqt intervalida, kanal orqali jo‘natadi. GSM 900 MHz yoki 1800 MNz chastota polosasida ishlaydi.
|
GSM plyus texnologiyasi | Mobil aloqa texnologiyasining GSM standarti asosidagi takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, uchinchi avlod tizimlarining asosiy talablarini qanoatlantiradi.
|
GSM tarmoqlari uchun mo‘ljallangan texnologiya | Ma’lumot uzatish tezligini 14,4 kbit/s gacha oshirishni, to‘rtta kanalni bitta vaqt slotida multipleksorlashda esa 57,6 kbit/s gacha oshirishni (Nokia firmasi) ta’minlaydigan texnologiya.
|
GSM uyali aloqa standarti | Ikkinchi avlod (2G) mobil qurilmalari uchun mo‘ljallangan Yevropa standarti. GSM da 900 MHz va 1,8 GHz (Yevropada), 1,9 GHz (AQSh da) chastota diapazonlaridan foydalaniladi. GSM Yevropa va Osiyoda qabul qilingan umumiy simsiz standartlar va TDMA texnologiyasidan foydalanishni birlashtiradi. GSM SMS xabarlar uzatilishini va 9,6 Kbit/s tezlik bilan ma’lumotlar paketli uzatilishini amalga oshiradigan tarmoqlar bilan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. Bu standartda telefon raqami va abonent to‘g‘risidagi boshqa barcha ma’lumot, shartnoma tuzish vaqtida abonentga beriladigan va zarur diapazondagi GSM apparatga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan SIM kartaga yoziladi.
|
GSM shlyuzi | Statsionar liniyani o‘rnatish imkoniyati yo‘q yoki iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan, telefon aloqasi bo‘lmagan obyektlarni telefonlashtirish imkonini beradigan shlyuz.
|
GSM/EDGE radiokirish tarmog‘i | GSM/EDGE tizimining radio qismi, o‘z ichiga tayanch stansiyalarni va tayanch stansiyalarning kontrollerlarini bog‘lovchi tarmoqni oladi. Umum-foydalaniladigan telefon aloqa, Internet va abonentlar terminallari o‘rtasida chaqiruvlar va paketli ma’lumotlar o‘tadigan GSM tarmog‘i uchun mo‘ljallangan tayanch tarmoqni o‘zida ifodalaydi. UMTS/EDGE tarmoqlar bilan bo‘lgan holda, tarmoq bir qancha UTRAN bilan ulangan bitta yoki bir nechta GERAN dan iborat bo‘ladi.
|
GSM-1800 standarti | GSM standartining (1710-1785) MHz va (1805-1880) MHz (avvalgi DCS 1800) chastotalar diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun mo‘ljallangan versiyasi. GSM-1800 tarmog‘ida ishchi chastotalar polosasining kengligi 75 MHz (GSM-900 ga nisbatan uch marta ortiq). Radioto‘lqinlarning 1800 MHz chastotada tarqalishida 900 MHz chastotaga nisbatan qo‘shimcha yo‘qotishlar (6-10) dB sodir bo‘ladi va ular bitta tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan hududning kichrayishiga olib keladi. Mobil telefonlarning maksimal nurlanish quvvati 1 W bo‘lib, u GSM dagiga nisbatan 2 marta kamdir. Bu tizimda yashirin eshitish va raqamdan beruxsat foydalanishdan ancha yuqori himoyalanish ta’minlangan.
|
GSM-400 standarti | GSM standartining modifikatsiyasi (NMT-450 analog tizimini modernizatsiyalash variantlaridan biri). GSM-400 tizimi 2x7,2 MHz polosalar kengligiga ega NMT-450 kengaytirilgan chastotalar diapazonida (450,4-457,6) MHz – liniya «pastga» va (460,4-467,6) MHz – liniya «yuqoriga») ishlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu diapazonda aloqa uzoqligi GSM-900 ga nisbatan ikki marta katta, bitta geografik mintaqadagi tayanch stansiyalarning maksimal miqdori 5,5:2,2:1 (GSM-1800/900/400) nisbat bilan aniqlanadi, ya’ni ayni bir xil qoplash zonasida GSM-1800 dan foydalanilganiga nisbatan 5,5 marta kamroq tayanch stansiyalar kerak bo‘ladi. GSM-400 foydalanishning eng maqbul joylari uyalarning kichik trafikli va katta uzoqlikdagi hududlarida aloqani tashkil qilish bilan bog‘liqdir (qishloq joylari, qirg‘oq bo‘ylari va avtostradalarda).
|
GSM-900 standarti | Chastotalarning 900 MHz diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun GSM standartining asosiy versiyasi. Ko‘pincha GSM-900 abbreviaturasi o‘rniga umumiyroq bo‘lgan GSM atamasidan foydalaniladi.
|
GSM-R raqamli aloqa tizimi | GSM standarti negizidagi raqamli aloqa tizimining spetsifikatsiyasi bo‘lib (1994 yilda ishlab chiqilgan), u (876-880) va (921-925)MHz chastotalar diapazonida temir yo‘l radioaloqa tizimini tuzishga mo‘ljallangan. 500 km/h gacha bo‘lgan harakat tezliklarida guruhiy, ustuvor va shoshilinch chaqiruvlarni amalga oshirish hamda aloqani ta’minlash nazarda tutilgan. Maksimal ulanish vaqti 1,5 s dan oshmaydi.
|
gTLD | Yuqori pog‘onali umumiy domen. Dastlab tashkilotlarning turiga qarab ajratilishi ko‘zga tutilgan bo‘lsa, bugungi kunda cheklashlarsiz sotiladi. Turlari: .com, .net, .org, .info va .biz.
|
GUID Partition Table | Bo‘limlar jadvallarini fizik qattiq diskka joylashtirishning standart formati. Intel tomonidan BIOS o‘rniga tavsiya qilingan (Extensible Firmware Interface, EFI) standart – kengaytiriladigan mikrodastur interfeysining bir qismi hisoblanadi.
|
H simon to‘lqin o‘tkazgich | H simon ko‘ndalang kesimga ega bir aloqali to‘lqin o‘tkazgich.
|
Hands free tizimi | Qo‘llar yordamisiz telefonda so‘zlashish va uni boshqarish imkonini beradigan tizim. Uning o‘rniga ovozdan foydalaniladi. Ko‘pincha, avtomobillarda qo‘llaniladi.
|
Hard real-time | Real vaqt tizimi, bunda vaqtinchalik cheklashlar buzilganda u boshqaradigan obyektda kritik xatolik (ishlamay qolish) sodir bo‘lishi mumkin.
|
HDDSCan | Axborot to‘plagichlarni testlash uchun belgilangan utilita (HDD, RAID, Flash). Dastur axborotni saqlash qurilmalarini BAD-bloklari mavjudligiga diagnostika qilish, S.M.A.R.T-atributlarini ko‘rib chiqish, maxsus sozlamalarni o‘zgartirish (ta’minotni boshqarish, shpindel start/stopini, akustik rejimni rostlash) uchun mo‘ljallangan.
|
HDML tili | Internetga simsiz qurilmalardan kirish uchun, Phоne.cоm firmasi tomonidan ishlab chiqilgan til.
|
HDSL texnologiyasi | Uzunligi 4,5 km gacha bo‘lgan to‘rt simli liniya bo‘ylab 2 Mbit/s tezlik bilan simmetrik ravishda ma’lumotlarni uzatish imkonini beradigan texnologiya. 1990-yilda Bellcore firmasi tomonidan tavsiya qilingan.
|
Hewlett-Packard korporatsiyasi | Elektron va hisoblash texnikasini ishlab chiqaruvchi kompaniya, shuningdek unga taalluqli savdo markasi.
|
HFS+ | Apple Inc tomonidan, oldin foydalanilgan HFS ni, Macintosh kompyuterlaridagi asosiy fayl tizimni almashtirish uchun ishlab chiqilgan fayl tizimi. HFS+ MAC OS imkoniyatlarini kengaytirish uchun, HFS ning takomillashtirilgan versiyasi sifatida qarab chiqilishi mumkin. Ishlab chiqish vaqtida bu tizim Sequoia deb atalgan.
|
HomePNA spetsifikatsiyasi | 1998-yilda HPNA alyansi tomonidan ishlab chiqilgan telefon kabel tarmoqlari asosidagi 10 Mbit/s li uy tarmoqlari uchun spetsifikatsiya. 1.0 versiyasi 1 Mbit/s tezlik uchun mo‘ljallangan. Ayni vaqtdagi 2.0 versiyasi 350 m dan ortiq masofada 10 Mbit/s tezlikda, 3.0 versiyasi esa, 32 Mbit/s tezlikda ma’lumot uzatish imkonini ta’minlaydi. HomePNA 25 tagacha tarmoq uzellarini qo‘llab quvvatlaydi.
|
Hot Desking | Olisdagi telefondan uy ofisi telefoni kabi foydalanish imkonini beradigan xizmat. Bunda ikkala telefon ham bir xil imkoniyat (funksiya) ga ega bo‘ladi.
Izoh – Ikkala telefon ham bir xil bo‘lishi kerak, masalan ikkita SIP – telefoni.
|
Hot Java | Internet tarmog‘ida WWW texnologiyasi bilan ishlash uchun belgilangan brauzer. Java tilida til imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun ishlab chiqilgan, lekin mustaqil ahamiyatga ham ega.
|
HSCSD texnologiyasi | 1. GSM standartidagi, ma’lumotlarni oshirilgan tezlikda (57 Kbit/s gacha) uzatish texnologiyasi. Bu texnologiyaning asosiy afzalligi, ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligida. Bu, bog‘lanishni o‘rnatishga ketadigan vaqtni kamaytirish va dasturlar ishini tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatish oldingiga nisbatan to‘rt marta tez bajariladi, bu esa, kartalar va grafik interfeysdan foydalanib, mobil navigatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. HSCSD texnologiyasi kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda qo‘lllanilishi tufayli, ma’lumotlar qisqa impulslar tarzida uzatiladigan elektron pochta uzatishga qaraganda, multimedia va videodasturlar ishi uchun yaxshiroq moslashtirilgan. Texnologiyadan GSM tarmog‘ida foydalanishda uzatish tezligi 43,2 Kbit/s bo‘lishiga erishiladi. Bu qiymat zamonaviy modemlardan foydalaniladigan simli tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatish tezligiga teng.
2. GSM mobil tarmoqlar ustqurmasi. 57,6 Kbit/s yuqori o‘tkazish qobiliyatiga erishish uchun, to‘rtta 14,4 Kbit/s past tezlikli kanalni birlashtirish imkonini beradi. GPRS dan farqli ravishda, kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalaniladi. HSCSD uskunasi multimedia ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan videokonferens aloqa uchun ham to‘g‘ri keladi.
|
HSDPA texnologiyasi | Mobil aloqa standarti, mobil aloqa tarmoqlarining 4G avlodiga o‘tish bosqichi. Ma’lumotlar uzatish tezligi taxminan 4 Mbit/s.
|
HSPA texnologiyasi | Ma’lumotlarni paketli uzatishga asoslangan, simsiz aloqa texnologiyasi; axborot uzatish tezligining yuqori bo‘lishi asosiy jihati; WCDMA va UMTS kabi mobil tarmoqlarga qo‘shimcha hisoblanadi.
|
HSUPA texnologiyasi | Mobil qurilma va operatorning uyali tarmog‘i o‘rtasida ma’lumotlar uzatish tezligini 5,8 Mbit/s gacha oshirish imkonini beradigan HSDPA texnologiyasining analogi.
|
HSWD texnologiyasi | Yuqori tezliklarda ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi.
|
Huper Transport | Yuqori o‘tkazish qobiliyatiga va kichik kechikishlarga ega bo‘lgan, ikki yo‘nalishli ketma-ket/parallel kompyuter shinasi. To‘liq o‘lchamli, to‘liq tezlikli 32 bitli shina ikki yo‘nalishli rejimda o‘tkazish qobiliyatini 51600 Mbyte/s gacha o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi mumkin.
|
Hydra arxitekturasi | IBM Personal Computer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompyuterlar tizim platasining modulli arxitekturasi.
Izoh − Arxitektura tizim komponentlari (tezkor xotira qurilmasi, protsessor, PCI) ning oson almashtirilishi hisobiga modernizatsiya narxlarini qisqartiradi.
|
IACR assotsiatsiyasi | Kriptografik tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro assotsiatsiyasi.
|
IBM kompaniyasi | Dunyodagi dastlabki kompyuter kompaniyalaridan biri. Kompyuter texnologiyalari sohasida va savdo hajmi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri. IBM maynfreymlari odatda ko‘k rang bilan bezatilganligi uchun, matbuotda bu korporatsiya «Ko‘k gigant» deb ham ataladi. Kompaniya 1911-yilda to‘rtta kompaniyaning birlashishi natijasida tashkil topgan. Bu kompaniyalardan biri – The Tabulating Machine Company tabulyatorlar ishlab chiqaruvchi kompaniya.
|
ICL korporatsiyasi | Turli tarmoqlar uchun uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korporatsiya. 1968-yilda Buyuk Britaniyada asos solingan.
|
ICMP protokoli | RFC 792 da aniqlangan uzatiladigan ma’lumotlar statusi to‘g‘risidagi xabarlarni almashish uchun mo‘ljallangan IP-protokolining kengaytmasi.
|
ICQ Internet-peyjeri yoki «men seni izlayman» | Internetda sherik qidirish va ular bilan real vaqtda xat orqali muloqot qilish imkonini beradigan interaktiv muloqot tizimi. Mirabilis kompaniyasi mahsuloti, hozirgi vaqtda America Online korporatsiyasiga tegishli.
|
ICQ xizmati | 1. Har bir foydalanuvchi o‘z raqamiga ega bo‘lgan, Internet yordamida qisqa xabarlarni uzatish bepul Internet-peyjing tizimi. Unda foydalanish uchun maxsus dastur zarur. Mobil telefondan/telefonga xabarlar uzatish mumkin.
2. Matnli xabarlar almashinish uchun mo‘ljallangan dastur. Ishlab chiquvchi ‒ Isroilning Mirabilis firmasi. Pochta xizmati bilan integratsiyalangan, fayillarni qabul qilish/uzatish imkoniyati bo‘lgan, chat o‘rnatilgan, xabarni uzatish tezligi yuqori bo‘lgan, anchagina qulay mahsulotni o‘zida ifodalaydi.
|
IDEN texnologiyasi | Integratsiyalashgan raqamli kengaytirilgan tarmoqlar uchun, Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya. Asosi – GSM arxitekturasi, uzatishda 25 kHz li chastota kanallaridan foydalaniladi. Butun dunyoda keng qo‘llaniladi.
|
i-mode texnologiyasi | 1. O‘tkazish qobiliyati 9,6 Kbit/s bo‘lgan holda, doimiy ulanishni ta’minlaydigan texnologiya, bu DoCoMo ga GPRS dan avvalroq, IP-telefoniya asosida mobil dasturlar ishlab chiqishni boshlash imkonini berdi. Texnologiya HTML kompakt versiyasidan foydalanganligi uchun, WAP bilan ham raqobatlasha oladi, WAP esa, WML markerlarining maxsus tili bilan ishlaydi.
2. Yaponiyaning eng yirik mobil aloqa operatori bo‘lgan NTT DoCoMo Internet-servisi. Servisdan foydalanuvchilar veb-sahifalar mazmuni bilan tanishishlari, elektron pochta, taqvim bilan ishlashlari va chat xabarlarini ayirboshlashlari mumkin. DoCoMo i-mode xizmatlarini 1999-yildan ko‘rsata boshladi va shundan beri, Yaponiyada 18 milliondan ortiq foydalanuvchini o‘ziga jalb qila oldi. i-mode servisi orqali ma’lumotlarni uzatish tezligi 9,6 Kbit/s, uchinchi avlod tarmoqlari ishga tushirilishi bilan tezlik 384 Kbit/s gacha oshadi.
|
IMS Server | ISAM ESSO uchun, korxonaga himoyalangan foydalana olishning markazlashtirilgan boshqarish nuqtasini taqdim etadigan integratsiyalashgan boshqaruv tizimi. Foydalanuvchilarning identifikatorlari, AccessProfile va autentifikatsiya siyosatini markazlashtirilgan boshqarishga ruxsat beradi va korxona uchun yo‘qotishlar, sertifikatlar va auditni boshqarishni ta’minlaydi.
|
IMT-FT standarti | Ham juft, ham juft bo‘lmagan chastotalar polosalarida qo‘llash uchun ishlab chiqilgan, kombinatsiyalangan chastota-vaqt dupleks tarqatishli DECT mikrouyali tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi (DECT YeR loyihasiga asoslangan).
|
IMT-SC standarti | Bir chastotali TDMA tizimi uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida belgilaydi (avvalgi UWC-136 loyihasi).
|
IMT- TC standarti | Vaqt bo‘yicha dupleks tarqatish (TDD)li kombinatsiyalangan TDMA/CDMA tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida belgilaydi (UTRA TDD va SCDMA ning qo‘shma taklifi).
|
IMT-2000 i | ITU tomonidan uchinchi avlod (3G) standartlarining butun turkumini belgilash uchun foydalaniladigan atama. Beshta standartni o‘z ichiga oladi: WCDMA, CDMA2000, TD-CDMA/TD-SCDMA (Xitoyning o‘z standarti), DECT va UWC-136.
|
IMT-DS standarti | Spektr to‘g‘ri kengaytiriladigan (DS-CDMA) va chastotaviy dupleks tarqatiladigan (FDD) keng polosali tizim uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida ta’minlaydi (WCDMA va UTRA FDDning birgalikdagi taklifi).
|
IMT-MC standarti | Bir vaqtning o‘zida bir nechta eltuvchini uzatuvchi va chastotaviy dupleks tarqatishli ko‘p chastotali tizim uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida ta’minlaydi (ishchi nomi – cdma2000).
|
Infiniband | Ham ichki (tizim ichidagi), ham tizimlararo ulanishlar uchun qo‘llaniladigan, yuqori tezlikli kommutatsiyalanadigan ketma-ket shina. Ikki yo‘nalishdagi ketma-ket shinadan foydalaniladi. Bazaviy tezlik har bir yo‘nalishda 2,5 Gbyte/s.
|
Intel Core i5 | Intel korporatsiyasining x86-64 protsessorlari turkumi. O‘rnatilgan xotira kontrolleriga ega, Turbo Boost texnologiyasini qo‘llaydi (protsessorni yuklama ostida avtomatik tarzda tezlash). Ko‘pchiligida o‘rnatilgan grafik protsessor bor. Chipset bilan Core i5 DMI shinasi orqali ulanadi. Stol kompyuterlari uchun mo‘ljallangan dastlabki Core i5 2009 yilning senytabrida paydo bo‘ldi, unda Nehalem arxitekturasining Lynnfield yadrosidan foydalanilgan.
|
Intel firmasining ikkilik moslashuv спецификацияси | Intel-arxitekturali kompyuterlarda har qanday ishlab chiqaruvchining UNIX operatsion tizimida ishlay olishi uchun, amaliy dastur qanoatlantirishi kerak bo‘lgan shartlarni aniqlovchi standart.
|
Intel mikroprotsessori | Hisoblarni oshkora parallellashtiradigan va xotirani 64-razryadli manzillashdan foydalanadigan mikroprotsessor turi.
|
IOS operatsion tizimi | Sisco Systems kompaniyasi tomonidan marshrutizatorlar uchun ishlab chiqilgan rezident operatsion tizimi. U marshrutizatorlarni sozlash va nazorat qilish uchun komandalar va funksiyalar to‘plamini o‘z ichiga oladi, shuningdek, turli protokollarning bajarilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
|
Subsets and Splits