folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Fotogalereya: Gollivudning yulduziga aylanishga harakat qilgan omadsiz aktyorlar | AdMe o‘z iqtidoriga ega bo‘lishiga qaramasdan katta kinolarning yulduziga aylanish nasib qilmagan aktyor va aktrisalarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Josh Xartnett
“Perl-Xarbor” va “Qora qirg‘iy” filmlaridagi rolidan so‘ng, aktyor ekshen-rollar uning uchun emasligini tushunib yetdi. Josh ko‘plab ssenariylardan va hatto Supermen rolini ishtor etishdan ham bosh tortgan. Hozirda aktyor oz budjetli film va seriallarda rol o‘ynamoqda.
Armi Xammer
“Ijtimoiy tarmoq” filmida egizaklar rolini qoyilmaqom qilib ijro etganidan so‘ng, boshni aylantiruvchi muvaffaqiyat o‘rniga aktyor omadsizlikka uchradi. “A.N.K.L. agentlari” filmi prokatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Xammerning eng yaxshi ishi — Cars 3 multfilimiga ovoz bergani bo‘ldi.
Deniz Richards
Aktrisaning faoliyasi teleshoulardan birida boshlangan, Gollivudda “Yulduzli desant” fantastik filmida rol ijro etib “omad chiptasi”ni qo‘lga kiritgan. Ushbu kartinaning ortidan “Yovvoyi” trilleri chiqqan, biroq muvaffaqiyatga erishmagan.
Aleks Pettifer
“Momaqaldiroq” nomli josuslik filmi omadsizlikka uchragach, aktyor “Men — to‘rtinchiman” trillerida rol ijro etgan. Biroq ushbu kartina ham kutilgan natijani bermadi. Hozirda Pettifer unchalik taniqli bo‘lmagan filmlarda rol o‘ynamoqda.
Lili Kollinz
Aktrisa o‘z faoliyatini yaxshi boshlab olgan, biroq “Oppog‘oy: Gnomlar qasosi” komediyasidan so‘ng u muvaffaqiyatsizlikka uchragan. “O‘lim quroli: Suyaklar shahri” kartinasidan so‘ng esa u butkul yo‘qolib qolgan. O‘tgan yili ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan “Qoidasiz” filmi uchun “Oltin globus”ga loyiq topilgan.
Garret Xedlund
Aktyor modellik karyerasini o‘smirligidayoq boshlangan. Voyaga yetgach, modellikdan kino biznesiga o‘tgan. “Troya” filmida Patrokl rolini ijro etgan. Keyinroq Xedlund “Taxt: Meros” kartinasida bosh rolni ijro etgan, biroq kutilganidan muvaffaqiyatga erishmagan.
Teylor Lotner
“G‘ira-shira” filmidan so‘ng aktyorni omadli karyera kutib turgan edi. Unga ko‘pchilik yoshlar kinosining yangi yulduzi sifatida qaragan. Ammo uning “G’ira-shira”dan keyingi birinchi filmi — “Quvg‘in” prokatlarda omadsizlikka uchragan.
Kristin Devis
Sharlotta ismi bilan tanilgan aktrisa ko‘pchilik kutganidek omadga erisha olmadi. U bir necha bor spirtli ichimliklardan davolangan va ko‘plab mojarolarga qo‘shilib qolgan. | 80 | 2,297 |
Foto | Britaniyalik ayol 45 kiloga ozdi hamda hayotidagi eng katta orzusini amalga oshirdi | 35 yashar Xeyli Eshton va uning turmush o‘rtog‘i 3 yildan buyon farzandli bo‘la olmagan. Shifokorlarga murojaat qilganida unga tuxumdonlar polikistozi tashxisi qo‘yilgan va unga faqatgina EKO muolajasi yordam bera olishi aytilgan. Vazni 102 kg tashkil qilgani sabab muolajani o‘tkazishning iloji bo‘lmagan.
Shundan keyin britaniyalik ayol unga yordam bermagan bir qancha parhez va dori vositalaridan voz kechib, Slimming World dasturiga qo‘shilgan. Unga maxsus ovqatlanish ratsioni va kerakli mashg‘ulotlar ishlab chiqilgan. Ko‘rsatmalarga amal qilgan Eshton bir yilda 45 kilo vazn tashlagan. Shundan keyin EKO qildirgan va homilador bo‘lgan.
U 2021-yil avgustda bolali bo‘ladi. “Menga ko‘rinishim unchalik muhim emasdi, ammo bolali bo‘lishni juda ham istaganman”, — deb yozgan u foto tagiga. Vazn tashlaganidan keyin Eshton eski ovqatlanish rejimiga qaytmagan.
U avvalgidek sog‘lom ovqatlanishga amal qiladi va tug‘ruqdan keyin ham mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni orzu qiladi. | 83 | 984 |
Foto | Samarqandda qor va bahor (foto) | Joriy yilgi qish mavsumida O‘zbekiston bo‘ylab kuzatilgan iliq ob-havo sababli daraxtlar erta gullagan edi. 17-fevral kuni esa havo sovib ayrim hududlarda qor yog‘di.
“Zarnews” nashri Samarqandda bir vaqtning o‘zida ham qish, ham bahor aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Foto “Zarnews” | 31 | 287 |
Foto | Fotogalereya: Mashhur filmlar qahramonlarining hayotdagi prototiplari | Kinematografiyada hayotda bo‘lgan voqealar asosida suratga olingan filmlar ommaviylikka erishgan va mashhur bo‘lgan. Hayotda bo‘lgan insonlarning taqdiri haqida hikoya qilingan filmlarning kinodagi hamda hayotdagi ko‘rinishlari haqida fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.
Filipp va Idris (Driss), “1+1”
Kris Gardner, “Baxt ortidan quvib”
Gertruda Bell, “Sahro malikasi”
Kris Kayl, “Snayper”
Jordan Belfort, “Uoll-Stritlik bo‘ri”
Erin Brokovich, “Erin Brokovich”
Ronni va Reji Krey, “Afsona”
Bred Koen, (“O‘qituvchi”)
Miranda Prisli, “Tannoz xonim”
Kristofer MakKendless, “Yovvoyi sharoitlarda”
Elizabet Gilbert, “Yasha, e’tiqod qil, sev”
Xyu Glass, “Omon qolgan” (“Hayot-mamot”)
Virjinya Vulf, “Soatlar”
Vito Korleone, “Valine’mat” (“Cho‘qintirgan ota”)
Kuchukcha Xatiko, “Xatiko: Eng yaxshi do‘st” | 69 | 823 |
Foto | Fotogalereya: Insonning naqadar mitti ekanligini isbotlovchi suratlar | “Fotoshedevri” nashri insonning tabiat oldida naqadar mitti jonzot ekanligini ko‘rsatuvchi suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 69 | 122 |
Foto | Singapurlik sakkiz oylik egizaklar internetda mashhur bo‘lib ketdi (foto) | Singapurlik sakkiz oylik egizaklar Leya va Louren internetda mashhur bo‘lib ketdi, bu ularning turli liboslardagi fotosuratlarini Instagram’ga joylayotgan onasi Ember Yang sharofati bilan bo‘ldi, deb yozadi The Daily Mail. Qizaloqlarning Instagram sahifasiga 142 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lgan.
Yang bolalarning suratlarini ular tug‘ilganidan bir necha oy o‘tib e’lon qila boshladi. Ayol ijtimoiy tarmoqqa chaqaloqlarning hayoti va ularning ilk sayohatlari aks etgan fotosuratlarni joylaydi. | 73 | 498 |
Foto | Fotogalereya: XX asr mashhurlari (2-qism) | O‘tgan asrning mashhurlari o‘z karyerasi cho‘qqisida qanday ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lsa, odamlar uni hozir ham o‘sha ko‘rinishda esalydi. AdMe esa ularning hayotining keyingi yillarida tushgan rasmlarini taqdim etdi.
Jan Mare (1913-1998)
Jak Iv Kusto (1910-1997)
Ingrid Bergman (1915-1982)
Alfred Xichkok (1899-1980)
Ava Gardner (1922-1990)
Igor Stravinskiy (1882-1971)
Margaret Tetcher (1925-2013)
Uolter Disney (1901-1966)
Jeyms Braun (1933-2006)
Kit Flint (1969-2019) | 41 | 478 |
Foto | Fotogalereya: Faqat qarindoshlar yashaydigan dunyodagi eng uzoq orol | Afrika va Janubiy Amerika o‘rtasida sayyoradagi eng uzoq Tristan-da-Kunya orollari joylashgan. Bir nechta oroldan tashkil topgan bu arxipelagda mobil aloqa, internet, aeroport mavjud emas. Orollarga kema deyarli bormaydi, shuning uchun u yerga yetib borish juda qiyin, deb yozadi TravelAsk.
Tristan-da-Kunyaning asosiy orolida kichkina qishloq bo‘lib, unda 270 kishi yashaydi. Qishloq yetti dengiz Edinburgi deb ataladi. Bu yerda yashovchi mahalliy aholi kelib chiqishi bo‘yicha bir-biriga qarindosh, ular orolga XIX asrda kelib joylashgan dastlabki kishilarning avlodlari hisoblanadi. Orolda atigi to‘qqizta familiya ishlatiladi. | 68 | 631 |
Foto | Fotogalereya: Qishning qahri aks etgan suratlar | Qish qor va muzlamalar bilan o‘z ko‘rki va qahrini namoyon qiladi. TravelAsk qishning qorli va muzli manzaralari aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 47 | 146 |
Foto | Foto: “Muhtasham yuz yil” serialining kadr ortidagi jarayonlari | Turkiyaning “Muhtasham yuz yil” seriali butun dunyo, shuningdek o‘zbek tomoshabinlari qalbidan joy olgan. Serialda yo‘q deganda bir qahramonni yaxshi ko‘rgan, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib borgan muxlislar uchun suratga olish jarayonlari qiziq bo‘lishiga shubha yo‘q.
“Yandeks Dzen” platformasida serial ortidagi qiziqarli jarayonlarni jamlagan suratlar e’lon qilindi. Suratda haramda tug‘ilgan kunini nishonlagan aktyor va aktrisalar, kurtka kiygan sulton Sulaymon, suratga olish vaqtida kulib yuborgan shahzoda, haramda moda namoyishi va boshqa qiziqarli voqealarni muhrlanganini ko‘rish mumkin. | 63 | 606 |
Foto | Fotogalereya: Hayvonlar ularni hech kim ko‘rmayotgan vaqtda | Yosh fransuz rassomi Jyulyen Tabet beqiyos fantaziyaga va fotoshopda ishlash bo‘yicha ajoyib mahoratga ega. Hayvonlar suratlari ustida ishlash uning uchun zavq manbalaridan biri hisoblanadi. Jyulyen hayvonlar ularni hech kim ko‘rmayotgan vaqtda nima bilan shug‘ullanishini tasavvur qildi. TravelAsk rassomning ijod namunalarini taqdim etdi. | 59 | 340 |
Foto | YTHda majaqlangan “Nexia”, suv talashayotgan odamlar, ochlikdan aziyat chekayotgan bolalar — 14 mart suratlari | Bugunning eng sara va dolzarb suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Kievdagi binoda Rossiya havo hujumidan so'ng qutqaruv ishlarini olib borayotgan ukrainalik o't o'chiruvchilar.
xitoyning Shanxay shahrida sog'liq xizmati xodimi dam olmoqda. Mamlakatdagi koronavirus bilan bog'liq vaziyat so'nggi kunlarda ancha xavotirli tus olib bormoqda.
Sharqiy Timorda prezidentlikka nomzod Fransisko Guteres tarafdorlari.
Hamma Ukraina bilan ovora bo'lib turganda eslanishi kerak bo'lgan yana bir davlat bor. Bu Yaman! Suratda to'yib ovqatlanmaslik oqibatida kasalxonaga yotqizilgan bola. BMT Yamandagi vaziyatni dunyodagi eng og'ir gumanitar inqiroz deya baholagan. Yaman 2015 yildan buyon Saudiya Arabistoni boshliq arablar koalitsiyasi tomonidan blokada holida yashamoqda. Saudiya havodan ham tez-tez hujumlar berib turibdi.
Moskvada Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashayotganlar tinmay hibsga olinmoqda.
Myanmada aholi suv talashmoqda. Mamlakatda ichimlik suvi bilan bog'liq jiddiy inqiroz yuzaga kelmoqda.
Londonda namoyishchilar Britaniya sanktsiyalari ro'yxatiga tushgan Rossiyalik milliarder Oleg Deripaskaga tegishli qimmatbaho turar joy binosini egallab oldi.
Frantsiyaning Biarrits shahrida mahalliy faol Per Affner Putinning qizi Ekaterina Tixonovaga qarashli villaga kirib, u yerdagi qulflarni almashtirdi va villa ukrainalik qochqinlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Jizzax viloyati Zomin tumanida 13 mart kuni “Kia K5” va “Nexia-2” bilan to'qnashib, oqibatda 8 kishi vafot etdi. | 110 | 1,531 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng do‘stona davlatlar reytingi tuzildi | Odatda aksariyat insonlar sayohat qilishni xush ko‘radi. Biroq mamlakat aholisining turmush tarzi, yashash sharoiti va albatta, odamlarining fe’l-atvori ikkilantirib qo‘yishi mumkin. InterNations yashash va ishlash uchun moslashishingiz oson kechadigan davlatlar reytingini tuzdi.
AdMe ana shunday reytingdan joy olgan mehmondo‘st mamlakatlarning suratlarini jamlab taqdim etdi.
Kanada
Kolumbiya | 63 | 399 |
Foto | Fotosurat: Venesueladagi hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari | Venesuela poytaxti Karakasda 19-aprel kuni prezident Nikolas Maduro hukumatiga qarshi ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar siyosiy mahbuslarni ozod qilish va prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni talab qildi. Yakunida politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz bergan namoyishlar vaqtida uch kishi halok bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 72 | 408 |
Foto | Yonib ketgan parom, turistlar uchun qayta ochilgan Bali, tamaki qoldiqlariga qarshi aktsiya — 18 fevral suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Rimda zamonaviy san'at bo'yicha “Crazy: Madness in Contemporary Art” deb nomlangan ko'rgazma o'z ishini boshladi.
Ioni dengizida yo'lovchi tashuvchi parom yonib ketdi. Unda bo'lgan 200 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan.
Braziliyaning Petropolis shahrida yer ko'chkisi qurbonlarini izlash ishlari davom etmoqda.
Indoneziyaning Bali oroli xorijlik turistlar uchun qayta ochildi.
Parijda “Pol Sezan: Provans olovlari” multimediali ko'rgazmasi ochildi.
Istanbulda yomg'ir ostidagi chag'alaylar.
Qrim hayvonot bog'idagi alpaka bolasi.
Malayziyada tong otishi.
Angliyaning Gerbert badiiy galereyasida “Be Yourself; Everyone Else Is Already Taken” nomli liboslar ko'rgazmasi ish boshladi.
Seulda dengizga tashlangan tamaki qoldiqlariga qarshi norozilik aktsiyasi o'tkazildi. | 113 | 829 |
Foto | Fotogalereya: Eng go‘zal tojik qizlari | Tojikiston haqida gap ketganida ularning bir-biridan chiroyli qizlarini yodga olmaslikning iloji yo‘q. Ko‘pchilikda tojik qizlari qo‘ng‘irrang kiyimlar kiyishni afzal ko‘radi, yuzlarini pardoz qilmaydi va ko‘ngilochar muassasalarga bormaydi, degan xayol mavjud. Bu xayolga qarshi internet tarmoqlaridan to‘plangan tojik qizlarining suratlarini taqim etamiz. | 38 | 357 |
Foto | Fotogalereya: Hoi An 2019-yilda dunyodagi eng yaxshi shahar deb topildi | Nufuzli xalqaro sayyohlik nashrlarining ma’lumotiga ko‘ra, Hoi An (Vyetnam) bu yil dunyodagi eng yaxshi shahar deb topildi. Ekspertlar bu xulosaga 25 yil davomida har yili mushtariylar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalardan so‘ng amin bo‘lgan.
TravelAsk taqdim etgan suratlarga boqib, bu xulosa qanchalar to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘lishingiz mumkin. | 71 | 349 |
Foto | Foto: Indoneziyada topilgan 45 ming yillik qoyatosh surati | Xalqaro arxeologlar guruhi Indoneziyaning Sulavesi orolida eng qadimgi qoyatosh rasmini topdi, deb xabar bermoqda “RBK” Science Advances’ga tayanib.
O‘lchami 136x54 santimetr bo‘lgan ushbu suratda to‘q qizil oxra pigmenti bilan yovvoyi cho‘chqa rasmi chizilgan. Uning yoshi radioizotop usuli bilan aniqlangan bo‘lib, 45,5 ming yilni tashkil etgan.
Tadqiqot hammuallifi, Griffit universiteti arxeologi Adam Brammning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi qoyatosh san’ati hayratlanarli va qadimgi odamlarning turmush tarzi va ularning Osiyo orqali Avstraliya qit’asiga ko‘chishi haqida tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi.
“Bizga ma’lumki, zamonaviy insonlar, bizning turimiz, Avstraliyaga yetib borish uchun dunyoning ushbu qismidan kamida 65 ming yil oldin o‘tishlari kerak edi”, — degan professor Bramm.
Qo‘llanilgan usul orqali rasmning minimal yoshi 45,5 ming yil deb ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, undan ham qadimiyroq bo‘lishi mumkin. Dastlabki tadqiqotlarni tugatgandan so‘ng arxeologlar kelajakda ushbu hududda olib boriladigan ishlar yoshi 65 ming yillikdan ham ortiq bo‘lgan undan ham qadimiyroq san’at namunasini aniqlash imkonini berishiga umid qilmoqda.
Sulavesining janubiy mintaqasi 1950-yildan beri qoyatosh suratlari bilan mashhur. Dastlab arxeologlar chizmalarning yoshi kichik, taxminan 10 ming yil deb taxmin qilgan. Chunki tropik namlik undan qadimiyroq bo‘lgan qoyatosh suratlarining yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan deb o‘ylashgan. Ammo keyinchalik mutaxassislar adashganligi aniqlandi: suratlar minerallarga boy bo‘lgan suv oqishidan hosil bo‘lgan yarim shaffof kalsit sirt bilan qoplangan. Qatlamda uran borligi aniqlangan va u qoyatosh suratining aniqroq yilini aniqlashga yordam bergan.
O‘shandan beri mintaqada boshqa sur’atlar, shu jumladan, kamida 43,9 ming yillik ov manzaralari rasmi topilgan. Yovvoyi cho‘chqa rasmi esa 2017-yilda Makassar shahri yaqinidagi Leang Tedongnge nomli g‘orda topilgan bo‘lib, arxeologlar bu haqda endigina xabar berdi. | 58 | 1,965 |
Foto | Yillar o‘tgani sayin ayollar husniga husn qo‘shilishining 20 isboti (foto) | 1950-yilda 46 bo‘lgan o‘rtacha umr ko‘rish yoshi, 2019-yilda 72,5 bo‘ldi. Shuning singari yoshga nisbatan qarashlar ham avvalgidek emas. Bugunga kelib 30-40 yosh hayotning eng gullagan chog‘lari hisoblanadi va aksari insonlarning tashqi ko‘rinishi ham aynan shu yoshlarda chiroyli bo‘ladi. Quyidagi ayollarning yoshlikdagi va hozirga suratlariga nazar tashlansa, bunga amin bo‘lish mumkin. Ular o‘zlarining ancha yil avvalgi va hozirgi tashqi ko‘rinishini solishtirib, bugungi qiyofasidan mamnunligini bildirgan.
“Husnbuzarlarni ketkazadigan vositalarga rahmat”.
“23 yoshimda toksik munosabatlarga nuqta qo‘ydim va atrofdagilar meni maftunkor hisoblayotganini bildim. 7 kg vazn tashladim va o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi”.
“Men 15 va 30 yoshimda”.
“Bu mening 15 yoshimdagi suratim. Kir sochlar va “breket”. Shunga qaramay onam meni chiroyliligimni aytgan”.
“15 yoshimda tortinchoq bo‘lganman. Maktabda meni ustimdan kulishardi. Bugun 33 yoshdaman va hammasi o‘zgargan”.
“22 va 33 yoshdagi suratlarim. Men qoshimni chiroyli bo‘yashni o‘rgandim va soch turmagimni o‘zgartirdim”.
“Bu soch turmagi urf bo‘lishidan avvalroq men sochimni shunday turmaklab yurardim. E’tibor bering: mana buni haqiqiy uslub desa bo‘ladi”.
“Men vegan parhezidan voz kechdim va gormonlarimni me’yoriga keltirdim, darz ketgan munosabatlarni boshdan kechirib, terapiya olishni boshladim”.
“Rosti bu mening eng xunuk suratim. Bu vaqtda men o‘rta maktabda o‘qirdim”.
“18 va 35 yoshimdagi suratlar. Maktab vaqtlari qomatim unchalik bo‘lmagan”.
“Bu 16 va 29 yoshimdagi suratlarim. O‘zimga keragidan ortiq ishonganman, nazarimda”.
“22 va 33. Go‘zal bo‘lishim uchun 30 yil kerak bo‘ldi”.
“Mening 18 va 30 yoshdagi suratim. Ozdim, o‘zimga qarashni boshladim va o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi.
“21 va 38. Oltin yillar”.
“Bu kir sochlar va otamning futbolkasi bilan men darhaqiqat o‘zimni maktabdagi eng zo‘r qizlardan biri deb hisoblaganman”.
“Tabassum qilish va sochimni turmaklashni o‘rganishim uchun 10 yil vaqt ketdi”.
“2013-2020. To‘g‘risi bunday natijadan o‘zim ham ajablanaman”.
“21 yoshdagi suratlarim. Yildan yilga go‘zallashganman”.
“17 va 34 yoshimda olingan suratlar. Men birinchi suratdagidan ikki barobar katta bo‘lishim mumkin, lekin endi terimni parvarish qila boshladim va o‘zimga mos soch turmaklayman”.
“Katta sinflarda men oshiq bo‘lgan yigit, makiyajim va soch turmagimga yetarlicha baho bermagan. Endi esa eski suratlar o‘zimga ham g‘alati tuyiladi. | 74 | 2,458 |
Foto | Fotogalereya: Hozirgi jamiyat muammolari mohirona tarzda ochib berilgan suratlar | Butun dunyoga o‘zining ijodi bilan tanilgan polshalik rassom Pavel Kuchinskiy ijtimoiy muammolarni mohirona tarzda illyustratsiyalarga aylantira oladi. TravelAsk rassom tomonidan yaratilgan shu turdagi ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi | 80 | 239 |
Foto | Foto: Qo‘li gul qizlarning malikalarnikidan ham yaxshiroq qilib tikib olgan liboslari | Har bir qiz o‘zini bir lahza bo‘lsa ham, malikalardek his qilish uchun oqshom liboslarini kiyib ko‘rishni istaydi. Ammo ba’zi nozik jins vakillari bunday hisni tuyish uchun vaqtni boy bermay, o‘zi ishga kirishadi. Imkondan kelib chiqqan holda harakat qilib, ko‘ngildagidek natijaga erishgan qo‘li gul qizlarning ijod mahsuli muhrlangan kadrlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
“Chap tarafdagi Teuta Matoshi brendining afsonaviy libosi, o‘ng tarafdagi esa o‘zim tikkan variant. Buning uchun taxminan 12 dollar sarfladim”.
“Okean to‘lqinlaridan ilhomlanib ko‘ylak tikdim. Tojni munchoq va kristallar mahkamlangan simdan yasadim”.
Eski choyshab, ikki qavat xitoy ipagi va bir qavat shifondan 12 soat ichida tikib bitirilgan ko‘ylak.
“O‘z qo‘lim bilan tikkan birinchi ko‘ylak. Matoni AliExpress’dan 8,5 dollarga xarid qildim”.
Disney malikalaridan ilhomlanib tikilgan libos.
“O‘zim uchun to‘y ko‘ylagi tikdim”.
“Ertaklardagidek libosni tikish biroz vaqt talab qildi. Yaxshi chiqdi deb o‘ylayman”.
“Ko‘ylak arzon choyshabdan tikilgan”.
“Tug‘ilgan kunim uchun libos. Etaklari kengroq bo‘lishi uchun krinolin va eski choyshabdan foydalandim”.
“Malikalarnikiga o‘xshash ko‘ylagimning chizmasi va tayyor bo‘lgandagi ko‘rinishi”.
“Xellouin uchun fransuzcha uslubda ko‘ylak tikdim. Sochimni bunday baland qilib turmaklash uchun esa g‘ovak plastmassa bo‘lagidan foydalandim”.
“Zolushkaning bal libosi. Astarni eski choyshabdan, ko‘ylakning o‘zini esa bir necha qavat organza matosidan tikdim”.
Uyqudagi malika obrazidan ilhomlangan holda tovlanadigan matodan tikilgan ko‘ylak.
“Ushbu ko‘ylak uchun viskozali atlas xarid qilib, pulim yonimga qoldi, deb o‘ylayman: shoyi atlasdan arzonroq mazkur mato poliesterdan yaxshiroq havo o‘tkazadi”. | 85 | 1,740 |
Foto | Klassik janrdagi mashhur portret qahramonlari selfi qilayotgan holda chizildi (foto) | Fotosuratlar paydo bo‘lishidan oldin portretlar xolstda moyli bo‘yoq yordamida chizilgan. Rassomlar ishi qimmat bo‘lganligi uchun faqat boy odamlargina undan foydalana olgan, deb yozadi TravelAsk.
Endi esa istagan odam telefoni orqali suratga tushishi mumkin. Bu surat janri shunday keng tarqaldiki, unga hatto selfi deb alohida nom berildi.
Dito Fon Tiz taxallusi bilan ijod qiluvchi italiyalik rassom klassik rassomchilik portretlarini o‘zgartirib, avtoportret konsepsiyasi yaratishga qiziqadi. Uning asarlarida ushbu portret qahramonlari o‘zlari selfi qiladi.
Uning loyiha esa Classicool degan kinoyali nom olgan. Quyida ana shunday suratlardan bir nechtasi taqdim etildi. | 84 | 676 |
Foto | Hindistonda bir yo‘la 250 ta kambag‘al juftlikning to‘yi o‘tkazildi (fotogalereya) | Hindistonda to‘y — qimmatbaho marosim. Odatda uni kelinning oilasi o‘tkazadi, ular kuyovga qalin sifatida sovg‘alar va pul beradi. Bundan tashqari, qizning oilasi yuzlab mehmonlar, asosan qarindoshlar va yoshlarning tanishlari uchun to‘kin-sochin ziyofat uyushtirishi kerak. Oilada ota bo‘lmasa yoki oila juda kambag‘al bo‘lsa qizning turmushga chiqishi deyarli imkonsiz.
Qimmatbaho toshlar bilan shug‘ullanuvchi hindistonlik biznesmen Maxesh Savani bir necha yildan buyon ommaviy to‘ylar uyushtiradi. Yaqinda Surat shahrida ana shunday tantana o‘tkazildi. Unda 251 juft kelin-kuyovning to‘yi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi TravelAsk.
Savani kanyadan marosimini amalga oshirdi. U odatda qizini turmushga berayotgan otalar tomonidan amalga oshiriladi. Milliarder qizlarni turmushga bera turib, ilohiy marhamatga erishishiga ishonadi.
Savanining hikoya qilishicha, u ilk bor shunday to‘yni 2008-yilda o‘tkazgan. O‘shanda uning xodimlaridan biri qizining to‘yi oldidan vafot etgan edi.
Olmos magnati nafaqat tantanalar o‘tkazib beradi, balki yoshlarga hashamatli sovg‘alar ham hadya qiladi. O‘tgan yillarda u kelin-kuyovlarga mebel va maishiy buyumlar sovg‘a qilgan, shuningdek, har bir kelin 500 ming rupiy hadya olgan.
Kelin-kuyovlar orasida bir xristian va beshta musulmon juftligi, shuningdek, OIVga chalingan ikki kelin ham bor
Millioner xristian kelin Priyanka Gamitga duo bermoqda
Marosimga tayyorgarlik
To‘y marosimlari
Xristian juftligi
To‘yni tomosha qilish uchun minglab odam keldi | 82 | 1,491 |
Foto | Qorabog‘dagi urush dahshatlari, o‘rmonga ko‘chgan maktab, Tramp va Jo Bayden bahsi. 30-sentabr suratlari | 30-sentabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Gretsiyaning Pireya orolida to‘xtagan Mein Schiff 6 sayohat kemasi balkonidan qarab turgan sayyohlar. Ekipaj a’zolarida koronavirus aniqlanganidan so‘ng ular karantinga olingan.
Diniy ulamolar bilan ko‘rishayotgan Fransisk ota. Vatikan.
Xitoy xavfsizlik xizmati xodimlari respublika tashkil etilganining 71 yilligi arafasida o‘tkaziladigan bayram oldidan xalq yig‘ini katta zalidan chiqib kelmoqda.
Shrinagarda himoya niqoblaridagi o‘quvchilar ijtimoiy masofani saqlagan holda daraxtlar tagida dars o‘tmoqda.
Katmandudagi osma ko‘prikdan o‘tib ketayotgan erkak.
Chili tog‘larida otilgan Vilyarrika vulqonining tungi ko‘rinishi.
Tog‘li Qorabog‘dagi jang vaqtida quroldan o‘q uzayotgan arman askari.
Nyu-Yorkda yashovchi Joel Balsita ilk marta birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan qizi Sedini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Kaliforniyada kuzatilayotgan o‘rmon yong‘inlari fonida optik tolali sim o‘tkazayotgan maxsus xodim Josh Esberi.
Londondagi ulkan charxpalak oldidan soyabon ko‘tarib o‘tayotgan erkak.
Nigeriyalik ayol ikki alangalangan mayoq yonidan o‘tib ketmoqda.
Tog‘li Qorabog‘da bo‘lib o‘tgan otishmadan so‘ng ishlatilgan qurol-yarog‘lar yotgan hududdan o‘tib ketayotgan avtomobil.
AQSh prezidenti Donald Tramp va Jo Bayden 2020-yilning prezidentlik kampaniyasi doirasidagi ilk debatda ishtirok etmoqda. Debat Ogayo shtatidagi Klivlend klinikasi kampusida bo‘lib o‘tdi.
Vino ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Georg Zalsner Kaliforniyadagi yong‘inlar tufayli omborxonalari zarar ko‘rgani uchun mehmonxona biznesi bo‘yicha direktor Madlen Rid bilan gaplashmoqda.
Boshqa fotojamlanmalar: | 104 | 1,721 |
Foto | Yer yuzidagi mitti narsalarning eng yaxshi suratlari | “Agora” mobil dasturi fotosuratchilar uchun butun dunyodagi professionallar suratlari tanlovini e’lon qildi. Natijada mayda asalari va ninachilardan tortib, tabiatning mo‘jizalarini o‘zida namoyon qilgan 14000 dan ortiq mitti narsalarning suratigacha taqdim etildi.
Dunyoga ilk nazar
Bangladeshlik suratkash qora boshli monarx jo‘jasining suratini tanlovga taqdim etgan. Dasturda go‘dakning surati eng ko‘p ovoz to‘plagan va bosh sovrin − 1000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
Kichkintoy dengizga yo‘l oldi
Ushbu surat Samos plyajidagi toshbaqalarni ozod qilish vaqtida olingan.
Qora-sariq dengiz oti
So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab dengiz otlari kamayib bormoqda va ularning 14 turi yo‘qolib ketish xavfi ostida.
Ninachining kattalashtirilgan surati
Muallif bu bilan inson ko‘zi ko‘ra olmaydigan tasvirni namoyon qilgan.
Xaritadagi nuqta
Suratda Uglich suv omborining o‘rtasida turgan Nikolskiy majmuasining qo‘ng‘iroq minorasi aks etgan. Ushbu surat rossiyalik suratkash tomonidan taqdim etilgan.
Krater ustida sayohat
Yomg‘ir sabab bu yerga yetib borish juda qiyin bo‘lgan. Boshqa vaqtlarda bu yerdan odamlarning qancha kichkina ko‘rinishini kuzatish mumkin.
Adashgan qushlar
Qushlar bir parcha ovqat topish uchun bir joydan ikkinchi joyga sayr qiladi.
Uzoq tomosha qilish mumkin bo‘lgan surat.
Tam Ten baliq bozori
Bozor plyajda apreldan sentyabrga qadar ochilsada, eng yirik mahalliy dengiz mahsulotlarining ulgurji bozori hisoblanadi.
Moychechakli tomchi
Muallif ilk bora bunday ajoyib kadr bilan bo‘lishdi. Bir tomchi suvda gul aksini qo‘lga kiritish uchun qancha mashaqqat chekish kerak. | 52 | 1,602 |
Foto | Fotogalereya: Suv ostida qolayotgan Alyaska | Bundan 150 yil oldin Rossiya imperiyasi Alyaskani Amerikaga sotib yuborgan edi. Ayni vaqtda AQShning eng shimoliy va eng katta shtati bo‘lgan Alyaska hozirda shafqatsiz ravishda qisqarib bormoqda. Iqlim o‘zgarishi sabab Alyaskadagi o‘nlab qishloqlarning yaqin yillar ichida suv ostida qolish xavfi bor. “Kommersant” nashri Alyaskaning suv ostida qolayotgan qishloqlari suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 43 | 401 |
Foto | Fotogalereya: Dubaydagi yetti yulduzli Burj al-Arab mehmonxonasining eng qimmat nomeridagi hayratda qoldiradigan hashamat | Dubaydagi Burj al-Arab dunyodagi eng qimmatbaho mehmonxonalardan biri hisoblanadi. Bu yerning mehmonlari orasida shayxlar, davlat rahbarlari hamda jahonning eng boy odamlarini uchratish mumkin.
Dubayning norasmiy ramziga aylangan Burj al-Arab 2 qavatli ultralyuks 202 ta nomerdan iborat. Xonalar did bilan bezatilgan bo‘lsa ham, mehmonxonada alohida toifadagi maxsus mehmonlar uchun “boshqacha” xonalar bor.
Ikkita 2 qavatli “Royal Two Bedroom Suite” xonalari mehmonxonaning yuqori qavatida joylashgan bo‘lib, u yerga alohida liftda chiqib, holl orqali kiriladi. “Royal Two Bedroom Suite” eng injiq mehmonning ham talab darajasidan ortiq qilib bezatilgan. Masalan, ushbu xonalar uchun LG kompaniyasi maxsus tilla televizorlar ishlab chiqaradi.
E’tiboringizga osmono‘par mehmonxonaning eng yuqori qavatida joylashgan, 780 kvadrat metrli nomerning aqldan ozdiradigan suratlarini taqdim etamiz. | 121 | 892 |
Foto | Yuradigan archa va Meri Poppins: Yulduzlarning eng ahmoqona Yangi yil liboslari (foto) | Shou-biznes vakillari hamisha ham sahnadagidek tosh-ko‘zli, yaltir-yultur liboslar kiyishni istamasligi, ayrim vaqtlarda bayramona shukuhni o‘zida aks ettiradigan obrazlarda namoyon bo‘lishni istashi mumkin.
Melissa Makkarti
Aktrisa Melissa ahmoqona obrazlardan uyalmaydiganlardan. Jimmi Kimmelning rojdestvooldi shoularidan biriga Makkarti yangi-yil archasini esga soladigan yashil libosda tashrif buyurgan. Eng qizig‘i libos archa o‘yinchoqlar, lampalar bilan bezatilgan bo‘lgan. Boshiga taqib olgan bezagi haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi.
Ledi Gaga
Aslida ushbu xonandaning kiymagan kiyimi qolmagan. 2013-yildagi Jingle Bell balidagi kiyinishi ham shunga muvofiq bo‘lgan. Sahnadagi ijro vaqtida yulduzlarga xos kiyingan xonanda konsertdan keyin muxlislar ko‘z o‘ngida yangi-yil archasi obrazida namoyon bo‘lgan. Uning kiyinish uslubidan kelib chiqib baho berilsa, mazkur libosni ancha sipo deb atash mumkin. Oddiy qizil kombinezon kiygan Gaga yashil parik kiygan va o‘yinchoqlar bilan bezatilgan archa shoxlaridan bosh aksessuari sifatida foydalangan.
Beyonse
Sahnabop liboslarda ko‘rib ko‘z o‘rganib qolgan Beyonse aftidan do‘stlari davrasida noodatiy kiyinishni afzal biladi. Rojdestvo ziyofatlaridan biriga u yo‘l-yo‘l trikotaj ko‘ylak ustidan, zar va o‘yinchoqlar bilan bezatilgan kardigan kiyib kelgan. Obrazni santa qalpog‘i va archa ko‘rinishidagi ko‘zoynak bilan yakunlagan.
Jiji Xadid
2019-yilni do‘stlar davrasida kutib olishni istagan Teylor, uyida turli liboslar kiyib ishtirok etiladigan ziyofat uyushtirgan. Uning o‘zi “Ariel” multfilmidagi suv parisi, Bleyk Layvli “Oz mamlakati”dagi Doroti libosini kiygan. Ushbu kechki ziyofatga Jiji, Meri Poppins obrazida kelgan. Bunday libosda model bashang, ammo boshqalar bilan solishtirganda kattalardek kiyingan. | 86 | 1,781 |
Foto | Jilokor koshin-u, maxsus sarrovlar, cherkovga aylantirilgan salomxona, buzib tashlangan haram. “Shamollar shahri”ning yuragi — Xudoyorxon o‘rdasiga sayohat | O‘zbekiston yagona Toshkentdan iborat bo‘lmaganidek, sayohatbop maskanlar ham faqatgina Buxoro, Samarqand va Xivada joylashmagan. Poytaxtning kundan kun yakranglashuviga “hissa” qo‘shayotgan tussiz, ko‘rganga zavq bermaydigan imoratlari orasida nafas siqilmasligi uchun hech bo‘lmaganda viloyatlararo sayohat qilib turish kerak. Hech nima dunyoqarashni yurt kezganchalik o‘zgartirolmaydi. Shu bois, “Daryo” “shamollar shahri” — Qo‘qonning tashrif qog‘ozi hisoblangan Xudoyorxon o‘rdasiga yo‘l oldi.
Xudoyorxon o‘rdasi
Qo‘qonning holvasi-yu, patiri mashhur, yana mazali. Buni vodiyga bir marta bo‘lsa ham yo‘li tushgan yo‘lovchi yaxshi biladi. Aslida sayohatga bahona mana shu noz-ne’matlarni muntazam ulashadigan vodiylik hamkasbning oddiygina taklifi bo‘lgandi. 69 ming so‘mga Toshkent—Andijon yo‘nalishidagi poyezdga chipta olingach, hammasi tez boshlandi-yu, negadir yana shunday tez tugab qolgandek bo‘ldi.
Toshkent Shimoliy vokzalidan harakatlanadigan poyezd tonggi 07:55 da yo‘lga tushdi. Kupelardagi ahvolni bilmadim-u, lekin o‘tirib ketadigan vagondagi holatga chidasa bo‘ladi — sotuvchi xuddi bozorda yurgandek shirinlik, sendvich va yana allanimalarning nomini aytib, vagonlararo yegulik sotar, poyabzalini yechib olgan ayrim yo‘lovchilar va kolbasali buterbrodning isi qorishganini hisobga olmasa, boshlanishi yaxshi.
Poyezd oynasining ortidagi manzara
Vagon konditsioneri bir maromda ishlab, sekin-asta qiziyotgan kun taftini bilintirmaydi. Manzarasi betakror tog‘-toshlarni kuzatib to‘rt soat qanday o‘tib ketganini bilmaydi odam. Vaqt xiyla ko‘p sarflanishiga qaramay, temiryo‘llar orqali yurishning bir afzalligi bor — chek-chegarasiz tuyuladigan shpallar osmonga tutashib ketayotgandek, hind kinolaridagi sarisining bir uchi to‘satdan uchib ketadigan, qahramonlar yugurib yuradigan purviqor tog‘larning o‘rtasidan kesib o‘tadi. Yana bir qarasang, shaffof daryolar qaqshagan tosh va tuproqli hududga, zum o‘tmay loyqalangan suvli manzara odamlarning suvoqli uylariga ulanib ketadi — bamisoli tabiat Reels’i.
Poyezd oynasining ortidagi manzara
Nihoyat to‘rt soat o‘tib, Qo‘qonga yetdik. Vokzal xodimi shaharda mehmon ekanimiz, qolaversa, har bir qo‘qonlikning “faxri”ni ko‘rgani kelganimizni bilib, taksichilarga 10 mingdan ko‘pga rozi bo‘lmasligimizni, agar erinmasak piyoda yurib, o‘rdagacha 15 daqiqada yetib olishimiz mumkinligini ta’kidladi. Astoydil manzilni tushuntirib, kamiga talabalik yillar o‘zi shu yo‘nalishda piyoda qatnaganini ham aytib berdi. Xuddi shu xodim qo‘qonliklar haqida birinchi tasavvur — ularning samimiy va odamshinavanda ekanliklari to‘g‘risidagi xulosaga sababchi bo‘ldi.
Bizni o‘rdagacha vokzal xodimi aytganidan ham kamroq pul — 8 mingga eltib qo‘ygan haydovchi amaki esa yuqoridagi qo‘qonliklar haqidagi fikrni batamom tasdiqladi. 5 daqiqaga bormaydigan yo‘l davomida u keladigan sayyohlardan tortib, ular orasida 38 ga kirgan bo‘lsa-da turmushga chiqmagan hindistonlik mijozi bo‘lganini ham so‘zlab berdi.
O‘rda atrofidagi maysalar ustida gurunglashib o‘tirgan yoshlar
Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan uch saroy inshooti (Buxoroda Ark, Xivada Nurullaboy, Qo‘qonda Xudoyorxon o‘rdasi)dan biri hisoblangan Xudoyorxon o‘rdasiga va nihoyat yetib keldik.
O‘rda — qadimgi turkiy xalqlarda qabilalar ittifoqi, davlat, saltanat ma’nosini anglatgan. Yanayam tushunarliroq aytganda, davlat boshlig‘ining qarorgohi ma’nosini bildiradi. Shuningdek, davlat boshlig‘ining qarorgohi o‘rdadan tashqari saroy va ark deb ham atalgan.
Uning tevaragidagi hudud bo‘ylab oddiy-u, shu bilan birga g‘ayrioddiy manzara ko‘zga tashlanadi. Yoshlar saroy atrofidagi yam-yashil chim ustida to‘p-to‘p bo‘lib o‘tirishganini ko‘rib, bundan bir necha yil avval Toshkentdagi Mustaqillik maydonida militsiya xodimining yonimga kelib: “Singlim, iltimos turing, o‘tirish mumkin emas. Bizga gap tegadi”, degani, hozirga kelib esa Eko bog‘, yapon va Botanika bog‘laridagina sayr qilib, fotosessiya qiladigan yoshlar yodimga tushdi.
Xudoyorxon o‘rdasining tashqi tomondan ko‘rinishi
Mana u — shamollar shahri deya e’tirof etilgan Qo‘qonning bezagi — Xudoyorxon o‘rdasi. U xuddi raqiblar tomonidan mag‘lub qilishga urinilgan-u, ammo tizzasi bukilsayam kuragi yerga tegmagan kurashchi polvonga o‘xshaydi. Bundan ikki asr avval ushbu qarorgohga kelganlar buning sababini soqchi, saroy a’yonlariga tushuntirishi, bu chindan ham xonni bezovta qilishga arzigulikmi o‘zi yoki yo‘q izohlab berishi zarur bo‘lgan. Biz esa ajdodlarimizdan farqli ravishda hech kimga hisobot bermasdan juda yorqin va jilokor ranglar gammasini o‘zida mujassam qilgan ichki saroy tomon dadil odimladik.
Ziyrak o‘quvchida “Tashqi saroy qolib, avval ichkisidan boshlaydimi?” degan savol tug‘ilishi mumkin. To‘g‘ri, lekin ayni vaqtda hammasi biroz boshqacha. Buni tushuntirish uchun xayolan xonlik davriga qaytish, uni qurdirgan Xudoyorxon haqida qisqacha ma’lumot berish kerak bo‘ladi.
1709-yili Ming urug‘i vakillari tomonidan asos solingan Qo‘qon xonligida 1876-yilgacha, ya’ni Rossiya imperiyasi bosib olguniga qadar 19 ta xon hukmronlik qilgan. Xudoyorxon (1831-yili tug‘ilgan) Ming sulolasi vakili Sayyid Sher Muhammad Alixonning o‘rtancha o‘g‘li edi. Aslida ro‘paramizdagi inshoot o‘rnida Amir Umarxon o‘rdasi bo‘lgan. Muhammad Alixon davrida ta’mirlanib, “Zarrinsaroy” deb atalgan saroy 1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon bostirib kelganida vayronaga aylantirilgan.
Qo‘qon davlat muzeyi qo‘riqxonasining ilmiy xodimi Nasiba Bahriddinovaning aytishicha, aynan o‘sha istilodan bir necha oy o‘tgach, Xudoyorxonning otasi Sheralixon xonlikni tiklashning uddasidan chiqadi va mudofaa maqsadida shaharni devor bilan o‘raydi. Uzunligi 19 km, balandligi 8, eni esa 4 metr bo‘lgan devorning 12 ta darvozasi bo‘lgan. O‘rdaga tashrif buyurgan sayyoh ulardan birini — saqlanib qolgan yagona qal’a darvozasini ko‘rishi mumkin.
Xudoyorxon o‘rdasining avvalgi ko‘rinishi
Sayyid Muhammad Xudoyorxon taxtga o‘tirgach, Jahonoro saroyida istiqomat qilgan. Saroy eskirganidan tashqari otasi va akasining fitna qurboni bo‘lishiga guvohligi uchun ham xonda yangi o‘rda qurdirish fikri tug‘ilgan. Taxtga uchinchi marta o‘tirgan xon (Birinchisi — 1845—1858; ikkinchisi — 1862—1863; uchinchisi — 1865—1875) sanalgan sabablardan tashqari Umarxonning xotirasiga atab o‘rdani aynan shu xaroba o‘rniga qurdirishga farmon beradi. Qurilish ishlari 1865-yilda boshlanib, 1870-yilda nihoyasiga yetadi. Xonlik davridagi yettinchi — oxirgi o‘rda dastlab 3 ta qism (bog‘ni hisobga olmaganda): tashqi, o‘rta va ichki saroydan iborat bo‘lgan.
Ichki saroy davlatxona, ya’ni “Arki Oliy”, “O‘rdayi Oliy” deb ham atalgan. Ammo istilo sabab maydoni 8 gektarni egallagan va Qur’oni Karimdagi oyatlaridan kelib chiqib xonalar soni 114 tani tashkil etgan o‘rdadan bugunga kelib ichki saroy va 19 ta xonagina saqlanib qolgan, xolos.
Aslida kirish darvozasi uchta bo‘lgani, birinchisining o‘rniga ramziy oq arka qo‘ydirilganini ta’kidlagan Nasiba Bariddinovaning izohlashicha, sharqqa qaragani hisobiga quyosh nurlariga javoban yaxshiroq tovlanadigan saroy peshtog‘ining tepadagi mozaikali qismi asl holatda saqlangan, pastki mayolika qismiga qayta ishlov berilgan.
Sharq arxitekturasida madrasa, masjid va boshqa binolarning old qismi peshtoq deb ataladi.
Peshtoq sirlab pishirilgan, turfa rang va shakldagi koshinlar bilan qoplangan. Unda ranglar uyg‘unligi, zidligi hamda qorishiqligi mujassam va shunisi bilan ham o‘ziga xos. 1871-yili Qo‘qonga sayohat qilgan rus olimi A.P. Fedchenko asarlaridan birida saroyga kelgan vaqti uning qurilish ishlari to‘liq yakunlanmagani, devorga qoplash uchun ishlatilgan koshinlarning Qo‘qonda tayyorlanganini aytib, ularni bo‘yoqlarning tozaligi va jilosi bo‘yicha qadimgi Samarqanddagi koshinlar bilan solishtirgan. Uning qaydlarida saroy devorlaridagi koshinlar Samarqand koshinlaridan farq qilishi, ammo, ko‘chgan, dog‘ tushgan joylari yo‘qligi-yu, uzoqdan juda yaxshi taassurot qoldirishini yozib qoldirilgan.
Devor va ravoqdagi rang-barang naqshlar
Tashqarisini tomosha qilish davomida yuqori qismdan chiqib turgan yog‘ochlar xuddi saroy husnini buzib turgandek tuyuldi. Ammo yo‘lboshlovchining tushuntirishicha, sarrov deb ataluvchi yog‘ochlar bejiz o‘rnatilmagan. Devor ichidagi namni tortib tashqariga chiqarishdan tashqari, sarrovlar kechalari yoritish uchun xizmat qiladigan fonuslarni ilishda ham ayni muddao bo‘lgan. Shuningdek, ko‘z tegmasin degan maqsadda ham irim qilingan.
Oldingi sayohatlardan birida minoralarning qanday maqsadda qurilgani haqida ma’lumot berib o‘tgan edik. Saroy tashqarisidagi biz minora deb o‘ylagan unsurlar esa ulardan farqli ravishda zinadan holi bo‘lib, burj yoki guldasta deb atalgan. Ular mustahkamlikni ta’minlashdan tashqari, ko‘rk berishi maqsadida ham qurilgan.
Ichki saroyning chap tomonidagi kitoba
Umrining qirq yildan ortiq vaqtini ushbu shahar tarixini o‘rganishga sarflagan, Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi yetakchi ilmiy xodimi Yahyoxon Dadaboyevning tadqiqotlarida saroy qurilishiga zamonasining ko‘zga ko‘ringan me’mori Mir Ubaydullo bosh-qosh bo‘lgani, binoni bezash, koshinlar bilan qoplash ishlariga esa rishtonlik kulol Usta Abdullo mas’ul bo‘lgani qayd etilgan.
Binolarning yozuv bitilgan qismi kitoba deyiladi.
Tashqi tarafdagi ravoqlardan yuqorida kitobalar borligi e’tiborni tortadi. Nasiba opaning ta’kidlashicha, O‘ng tarafdagi kitoba Xudodan ko‘z tegishidan saqlash, ustun kelgan dushmanlarni daf etishi so‘ralgani ma’nosini bildirsa, chap tarafga: “Naqshlarni joylashtirgan me’mor Bekzod kabidir va u o‘z sirini xonning ruxsatisiz ayta olmaydi”, degan yozuv tushirilgan.
Sharq adabiyotida ta’rix abjad asosida kelib chiqqan janr hisoblanib, unga ko‘ra ahamiyatli hodisaning bo‘lib o‘tgan vaqti, ya’ni ta’rixi she’riy ifodalangan.
Peshtoqning yuqori qismida Qur’oni Karimdan oyat keltirilib, unda mulklarning bari yagona va har ishga qodir Allohniki ekani eslatib qo‘yiladi. Shuningdek, kitobalar orasida saroyni qurdirgan xonning ism-sharifi va qayd qilingan ta’rixni ko‘rish mumkin.
Saroy ostonasidan darvozaxonaning ko‘rinishi
Yo‘lboshchining qo‘shimcha qilishicha, asl holatda bo‘lgan darvoza hozirgi kunda Tojikiston hududida joylashgan Ashobo (hozirgi Asht) qishlog‘idagi chinordan yasalgan. Darvozadagi islimiy, o‘simliksimon naqshlarning orasida arab yozuvi borligini payqash uchun o‘ta ziyrak bo‘lish, ma’nosini anglash uchun esa darvozaning har ikki tavaqasini birlashtirish kerak bo‘ladi. Shunda “Ko‘rkam yuzidan saxovati sezilib turgan dono me’mor qulog‘imga dedi: ishtiyoqli ijod xayrli natija beradi”, degan so‘zlar hosil bo‘ladi.
Ashobo qishlog‘idagi chinordan yasalgan darvoza
Muzey xodimi islimiy, o‘simliksimon va ganjli naqshlarning rivojlanish sababi islomda surat chizishning taqiqlangani bilan bog‘liq ekanini qo‘shimcha qiladi. Hovliga kirishdan avval darvozaxonaga to‘xtalmay iloj yo‘q.
Darvozaxonaning ichki gumbazi
Mo‘jaz ekaniga qaramay, unda ham serma’no qaydlar yozilgan. Gumbazining ichki qismi islimiy naqshlar bilan bezatilgan darvozaxonada “Bismillahir rohmanir rohiym”, ro‘parasida esa saroy qurilishida ishtirok etgan ustalarning ismi: Muhammad Olim Sirchi, Usta Muhammad Kamol o‘g‘li deb yozilgan.
Asosiy hovliga chiqaverishdagi kitobalar
Asosiy hovliga o‘tishdagi ikki chetda doira shaklida Ixlos surasi, doiralar o‘rtasidagi lavhga esa Abdurahmon Jomiyning: “Ko‘zingni bir ochib yumguninggacha bahor o‘tib, kuz keladi, bu dunyo g‘am-g‘ussa chekishga arziydimi?”, degan purma’no, hikmatli so‘zlari tushirilgan. Shuningdek, darvozaxonada oqava suvlari chiqib ketisin deb o‘rnatilgan kanalizatsiyani ham uchratish mumkin.
Darvozaxona
Undan o‘ngda davlat ishlari amalga oshirilgan jami 9 xonadan iborat devon hovlisi joylashgan. Xon elchi-yu, mehmonlarni qabul qiladigan salomxona esa darvozaxonaning so‘l tarafida. Unga kirishdan avval biri boshqasini takrorlamaydigan ustunlar ko‘zga tashlanadi.
Saroy hududida yog‘ochdan unumli foydalanilgan
Asosiy hovlidan salomxonaga kirilgani uchun ham ushbu hovli Dorussalom — “tinchlik-omonlik salomatlik uyi” deb atalgan. Hozirgi qabulxonalarga qiyoslasa bo‘ladigan salomxonaga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirib borilmagan, eshikog‘a xonasida kirishga izn berilishi kutilgan.
Salomxona hovlisining ustunlari
Tepa va o‘rta qismlari ta’mirlangan, devorning pastki qismi – sopol detallar saqlab qolingan xona oddiy, shu bilan birga shiftidagi naqshlar ko‘zni qamashtiradi.
Salomxona hovlisi
Ta’kidlanishicha, har bir xonning o‘z shiyponi bo‘lgan. U qanday ko‘rinishda bo‘lgani haqida esa usta Qodirjon tomonidan kichraytirib ishlangan maket yaxshi tushuncha beradi. Meliboy Baratov tomonidan kattalashtirilib ishlangan ustunning tepa qismi — muqarnas esa hunarmandchilikdan dunyoga kelgan “garmoshka”ni yodga soladi. Qizig‘i, uni tayyorlash vaqtida usta tomonidan birorta mix yoki yelim ishlatilmagan, ayrim qismlari pona uslubida bir-biriga biriktirilgan.
Ustun va shiyponning maketi
Eshik og‘asining xonasidan salomxonaga kirilgan. Ta’zim bilan kirilgani uchun xona katta salomxona deb atalgan. Tavoze bilan kirishga mo‘ljallangan pastqam eshik keyinchalik ruslar istilosi vaqtida boshqasiga almashtirilgan. Eng yaxshi va chiroyli uslubda saqlanib qolgan xonaligini aytgan Nasiba opa tepadagi 14 ta hovzak akustika so‘zlayotgan kishining ovozini balandroq eshitishga xizmat qilganini qo‘shimcha qiladi. Xona devorlarining quyi qismi koshin bilan, koshindan yuqori qismi ganchkor naqsh va turfa rangli bezaklar bilan ziynatlangan.
Salomxona
Naqshlar yangilangan, xon o‘tiradigan yerning yuqori qismi va boshqa bitta ikki burchaklarda asl holatdagisi bo‘yoq berilmay, shundayligicha qoldirilgan. Sal o‘tib xonaga kirib kelgan bir guruh fransuz sayyohlari ham xuddi bizdek uzoq vaqt shiftdan ko‘zlarini uzisholmadi.
2009-yili “Qo‘qon shamoli” filmi suratga olinganda ishlatilib, muzeyga esdalik sifatida berilgan taxt
Xonada taxt bo‘lishiga qaramay, asli saqlanib qolmagan. 2009-yili saroyda “Qo‘qon shamoli” filmi suratga olingan va jarayonda ishlatilgan taxt muzeyga esdalik sifatida berilgan. Xonlik tugatilgach, bu yerda rus harbiy gornizoni joylashgan.
Salomxonadagi kitoba va naqshlar
Aynan mana shu xona ruslar uchun bir muncha vaqt pravoslav cherkovi vazifasini bajargan va eski deraza o‘rnida eshik ochilgan. Mehrobning ichidagi muqarnaslarning bir qismi buzib tashlanib, ikona uchun to‘rtburchak shaklda joy ochilgan.
Salomxona shiftidagi naqshlar
Shunga qaramay, xon o‘tirgan joyning tepa qismidagi: “Foydani yoki ziyonni o‘ylamasdan uzoqni o‘ylab ish tut va vaqtning qadriga yet” degan falsafiy so‘zlar saqlab qolingan.
Saroyning maketi
Salomxonaning o‘rtasida saroyning kichik maketi saqlanadi. Aytishlaricha, o‘rda binosi ma’muriy jihatdan harbiy qism hisoblanmish qal’a, davlatxona, haram, shahnishin hovlisi, xo‘jalik bo‘limi va ma’naviy bo‘limdan iborat yirik qismlarga bo‘lingan. Hozirgi kunda 7 ta hovlidan 4 tasi qolgan.
O‘rdani aylanayotgan yoshlar
Saroyning eng chiroyli, ayollar yashagan haram qismi ruslar tomonidan buzib tashlangan. Unda siz-u biz tarixiy seriallarda ko‘rganimiz singari ayollar erkaklardan alohida yashagan.
Begonalar uchun harom, ya’ni taqiqlangan joy ma’nosini anglatuvchi haram, haramsaro — podshoh va davlatmand kishilar saroyidagi xotinlarga maxsus ichki hovli va o‘rda ma’nosini anglatgan. Bu yerga faqatgina mahram huquqidagi erkak va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar kirishi mumkin bo‘lgan.
Haram qismida Xudoyorxonning nikohidagi ayollardan tashqari, kanizak va xonning farzandlari yashagan. O‘g‘il farzandlar onalari oldida 11 yoshgacha yashab, 12 ga to‘lganidan xonzodalar qismiga o‘tkazilgan.
Saroyning boshqa qismlari bir, haram esa 2 qavatli qilib qurilgan. Jami 64 xonadan iborat ayollar qismida xonning volidasi, opa-singillaridan tashqari, xotin va qizlari yashagan. Agar opa-singillari turmushga chiqib ketgan bo‘lsa, kelib turishlari uchun alohida xona ajratilgan.
Qadimiy turkiy saltanatlarda xon va xoqonlarning rafiqalari “xotun”, Temuriylar davrida “begim”, “xonim” deb aytilgan bo‘lsa, Qo‘qon xonligida “oyim” (Hokim oyim, Ming oyim va boshqalar) deyilgan.
Yildan-yilga saroyning eski holatini saqlab qolish qiyin. Buni ancha orqaga tashlangan devorlardan payqash qiyin emas. Nasiba opa bu bekorga emasligini ta’kidlaydi.
Shiftdagi ranglar uyg‘unligi
Uning so‘zlariga ko‘ra, sovet hukmronligi davrida bog‘ning atrofida bolalar uchun temir yo‘l attraksioni qurilgan bo‘lib, poyezdning har kungi tebranishiga devorlar shunchaki mum tishlab qarab turolmagan, hech bo‘lmasa o‘zgarish bilan javob berishni afzal bilgan.
Hujrayi ixlos
Uzoqdan kelgan elchi-yu mehmonlarni taxtida savlat to‘kib kutib olgan xon yaqinlari, mahalliy aholi bilan boshqa bir hujrayi ixlos deb nomlangan xonada o‘zbekona davrada bamaylixotir suhbatlashgan. Qibla tarafi mehrob qilib ajratib qo‘yilgan xonada namoz ham o‘qilgan. Kitobalar yo‘qligini aytmasa, bezatilishi salomxonaga o‘xshab ketiladi.
Ko‘zni qamashtiradigan darajada yorqin ranglar bilan bezalgan shift
Shiftdagi naqshlar asosan zarhal bilan ishlangani hisobiga ham bu xona “Zarrin” deb atalgan. Bu yerda ham katta qabulxonadagidek umumiylik bor — ta’mirlash ishlaridan keyin shiftning bir chetida to‘rtburchak shaklda qisman asl holati qoldirilgan, o‘chgan ranglari yangilangan. Aslida biz hozir kirib kelgan eshik o‘rnida ham deraza bo‘lgan, sababi xonning huzuriga hech qachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib borilmagan. Hujrayi ixlosdan keyini xona 1956-yili usta Norqo‘ziyev tomonidan ta’mirlangan. Ganjkor o‘ymakor naqshlar, sopol plitalar saqlab qolinmagan. Darvoqe, “O‘tkan kunlar” filmida Otabekning qaynotasi bilan xon huzuriga keltirilish sahnasi aynan shu yerda suratga olingan.
Qo‘qon aravalari
Xon saltanat ishlaridan holi bo‘lganida dam oladigan hovli Shahnishin deb atalib, 6 xona va ayvonni o‘z ichiga olgan. Undan Dorussalom, xonzodalar hovlisi va haram, shuningdek, bog‘ga chiqish uchun to‘rtta eshik bo‘lgan. Hovlilardan birida o‘sha vaqtning notekis yo‘llarida yurish uchun qulay bo‘lgan Qo‘qon aravalarini uchratish mumkin. 500 kilogacha yuk ko‘tara oladigan aravalarning ayollarga mo‘ljallanganining usti yopiq bo‘lgan. Aravalarni tomosha qilib, rasmlar galereyasini ham ko‘ramiz, desak, shanba kuni ishlamas ekan.
Shiftdagi ranglar uyg‘unligi
Musavvirlarning san’at asarlarini ko‘rishdan benasib qolgan bo‘lsak-da, shu hovlida esdalik buyumlari sotadigan ayol bilan samimiy suhbat qurdik. Qo‘qonga Farg‘onadan kelin bo‘lib tushgan Muxtasarxon opaning aytishicha, 18 yildan buyon saroy “o‘z hovlisidek” qadrdon bo‘lib ketgan. Shu vaqt davomida u ko‘rmagan sayyoh qolmagan, uning suratlari esa nechta davlatda “yuribdi”. “Fransiya, Ispaniya yana Germaniyadan ham ko‘p kelishadi. Tilini bilmaymiz, lekin gapirsa, qaysi davlatdan ekanini darrov bilib olamiz”, — deya kamtarona maqtanadi ayol.
U bilan bo‘lgan qisqa suhbatni samarqandlik sayyohning: “Qo‘qonda yana qanday tabarruk joylar bor, bilmaysizmi?”, degan savoli bo‘ldi. Jomye masjidi borligini aytgan suhbatdoshim unga borish uchun Hamza teatri, eski shahar, Chorsu orqali o‘tiladi, deya tushuntirdi. Qiziq, xuddi Toshkentdagidek…
Muzeyning tarix bo‘limi
Kelgan mehmonni siylash, bor-u yo‘g‘ini to‘kib-sochish oddiy avomdan tortib hukmdor o‘zbekning qoniga singib ketgan. Xonlar ham bundan mustasno bo‘lmagan. Saroyga tashrif buyurgan elchilar, yuqori darajali mehmonlar 5 xonadan iborat mehmonxonada tunab qolgan. Ichki saroy o‘rtasidagi shiftlari vassajuft uslubida yopilgan mehmonxonada hozirgi kunda muzey eksponatlari joylashgan.
Muzeydagi eksponatlardan namuna
1924-yili binoda Farg‘ona viloyat qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi ochilgan. Hunarmandchilik va qazilma namunalari, milliy buyumlar, kiyim-kechaklardan tashqari, san’at asarlari ham o‘rin olgan eksponatlar asosida 1925-yilda muzey tashkil etilgan. Shu vaqtgacha nomi bir necha bor o‘zgargan muzey 2019-yildan buyon Qo‘qon davlat muzeyi-qo‘riqxonasi deb ataladi.
Muzeydagi eksponatlardan namuna
O‘rdaga kirish 3 ming so‘m, yo‘lboshlovchi yollash 5 ming ekan. O‘quvchilarga 2 ming so‘m narx belgilangan. Cho‘ntakbopligidanmi yoki shahar yoshlari ota-bobolari tarixiga astoydil qiziqadimi, bilmadim, atrofda o‘g‘il-qizlarning muzeydagi eksponatlar borasida do‘stlari bilan fikr almashayotganiga guvoh bo‘ldik. Qizig‘i, ularning birinchi marta kelishi emasligi gaplaridan shundoq bilinib turardi.
Muzey fondidagi hujjatlardan namuna
Tarix bo‘limi bilan tanishtirgan mutaxassis, eksponatlar orasida tosh asriga oid buyumlar, qazilmalar borligi haqida ma’lumot berdi. Ushbu bo‘limda hozirgacha Namanganning Duo qishlog‘ida saqlanadigan, Zardushtiylik dinida jasadlar qo‘yilgan qadimiy dahma (1987-yili bu g‘ordan arxeologlar tomonidan 45 ta qamishli tobutlar topilgan)ning maketi, turli millat vakillarining odatlari aks etgan suratlar, X—XVII asrlarda yasalgan sopol idishlar-u, 15-16 kg og‘irlikdagi qurol-yaroqlarni, xon avlodlarining suratlarini uchratish mumkin.
Xon avlodlari
Sayohatimizga hamrohlik qilgan Nasiba opa hokimiyat uchun kurashlarning avj olishi va Rossiyaning istilochilik yurishlari oqibatida taxtdan voz kechib, Orenburgga surgun qilingan, 51 yoshida generaldan hajga borib kelishga ruxsat olib, qaytishida Afg‘onistonda vafot etgan Xudoyorxonning avlodlari haqida qiziqarli ma’lumot ham berib o‘tdi.
“Xudoyorxonning Vladimirga surgun qilingan, sog‘lig‘i yomonlashgani uchungina Toshkentga qaytarilgan katta o‘g‘li Nasriddinbek otasidan 1 yil avval — 32 yoshida vafot etadi. Ikkinchi o‘g‘li Muhammad Aminbekning Toshkentda tug‘ilgan o‘g‘li Islombek harbiy va tilshunos bo‘lgan. Afg‘onistonga ko‘chib ketib, 50 yil davomida Shveytsariya va Fransiyada Afg‘oniston elchisi bo‘lib xizmat qiladi. 97 yoshida Shveytsariyaning Montre shaharchasidagi Valmont qariyalar uyida vafot etgach, vasiyatiga binoan uning xokini Parijga keltirishib, xotinining yoniga, Per la Shez qabristoniga dafn etadilar. Saidislombekning akasi Azamatbek Xudoyorxonov Orenburg harbiy maktabini tamomlagan.
Amir Saidbekning avlodlari Bashrilloxon neft-gaz sohasida ishlagan, uning rafiqasi Feruzaxon opa esa fanlar akademiyasida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. Xonanda Sevara Nazarxon esa Xudoyorxonning ukasi So‘fibekning farzandi Nazarbek avlodidan hisoblanadi”, — deydi yo‘lboshlovchi.
Muzey fondidagi hujjatlardan namuna
Yana Nasiba opaning gapiga qaraganda, muzey fondida 40 mingdan oshiq eksponat saqlanadi. Undagi eng ahamiyatli eksponatlardan biri 1856-yilda ko‘chirilgan, sotilishi taqiqlangan, vaqf muhri bosilgan, xon o‘qigan Qur’oni Karim hisoblanadi.
1856-yilda ko‘chirilgan, xon o‘qigan Qur’oni Karim
Xonning liboslari saqlanib qolmagan, lekin Buxoro zarbof to‘nlari bor. Darvozaxonadan kiraverishdagi xonalardan birida milliy liboslardan namunalarni tomosha qilish mumkin.
Saroy hududidagi eng chiroyli shiftlardan biri
Saroy shunchaki xonlikdan qolgan meros emas, o‘sha vaqtdan buyon shahar ahli bilan yelkama-yelka har bir onni boshdan kechirib kelayotgan tilsiz guvoh. Xudoyorxon o‘zi xohlab qurdirgan o‘rdada umrining atigi 5 yilini o‘tkazgan. Bir vaqtlar qah-qah kulgi, quvonch ovozlari yangragan, huzur-halovat maskani bo‘lgan saroy shundan keyin nimalarga shohid bo‘lmadi deysiz.
Xonlikning vodiydagi hududi Turkiston general-gubernatorligining Farg‘ona oblastiga, o‘rda binosi bo‘lsa istilochilarning Qo‘qon garnizoni qal’asiga aylantiriladi, 1878-yili o‘rdaning pastki va o‘rta saroy qismlari buzib tashlanadi. Gornizon ma’muriyati esa o‘rdaning ichki saroyi “Davlatxona”ga joylashtiriladi, xonalarning ayrimlari ofitserlar oilasiga berilsa, xon bir vaqtlar aziz mehmonlarini qarshilagan salomxona pravoslavlar ibodati uchun xizmat qiladi. Haram binosi buzib tashlanib, kazarmalar quriladi. Sovet hokimiyati davrida esa “Qashshoqlar qo‘mitasi”, “Qo‘shchilar soyuzi” kabi tashkilotlar o‘rnashadi.
Devordagi naqshlar
Ta’mirlash ishlari 1930-yillardan boshlangan, 1946-yildagi zilzilada bino katta zarar ko‘rgan. 1947—1955-yillarda tiklash va mustahkamlash ishlari olib borilgan. 2018—2019-yillari yana qayta ta’mirlangan.
Saroy hovlisi
Umuman, tarixiy evrilishlar, dunyo xaritasini o‘zgartirgan voqeliklarga guvoh bo‘lgan o‘rda bugun sayyohlarni o‘ziga maftun etayotgan esa-da, asrlar bo‘yi erki bo‘g‘ilgan, begonalar sohib chiqsa, ko‘nib yashagan o‘zbekka o‘xshaydi. Davr va siyosatga qarab unga ayrimlar o‘zicha o‘zgartirish kiritgan, o‘ziga moslamoqchi bo‘lgan. Balki buning uddasidan ham chiqqandir, lekin negizi ozmi-ko‘pmi saqlanib qolgan. Hech bo‘lmaganda shunisiga shukr qiladi odam, axir boriga shukr qilish qonimizga singib ketgan. | 155 | 24,378 |
Foto | Fotogalereya: Yerning eng sovuq hududida hayot qanday kechmoqda? | Dunyodagi eng uzun daryolardan biri — Lena bo‘yida joylashgan Yakutsk o‘rtacha -40 daraja qishki havo haroratiga bardosh beradi. Bu harorat tufayli yuzaga kelgan tuman shaharni yutib yuboradi. ForumDaily Yerning eng sovuq nuqtasidagi suratlar bilan bo‘lishdi.
Rossiyalik fotograf va Instagram foydalanuvchisi Maksim Avdeyev Yakutskka safar qilib, u yerda bir muddat bo‘ldi. U olgan suratlar o‘ta og‘ir ob-havo sharoitiga ega bo‘lgan ushbu o‘lka hayoti haqidagi noyob ma’lumotlarni tadqim etadi.
Suratlar muallifi Maksim Avdeyev. U Forbes, Financial Times, Le Monde va boshqa ko‘plab taniqli nashrlar bilan ishlagan.
Sergey Vorobyov, 53 yosh. Lena daryosida kemasozlik zavodi yaqinida muzlab qolgan kema ostidagi muzni kesib olmoqda. U o‘z ishini yakunlashi bilan ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun ishchilar yetib keladi. Jarayon 2—2,5 oy vaqt oladi.
Odatda yilning ushbu vaqtida havo harorati -50 darajagacha pasayadi. Hamma narsaga ko‘nikish mumkin. Bundan tashqari, issiq kiyim, shapka, tivit parka, qo‘lqoplar va mo‘yna muzlab qolgan ko‘chalarda halok bo‘lishdan asraydi.
Ko‘cha savdolari bu yer uchun odatiy hol. Yakutskliklarning bo‘sh vaqtini ochiq havoda — ov, baliq tutish yoki ko‘chada ishlash bilan o‘tkazishi... umuman olganda bu odatga aylangan.
Barcha kamchiliklarga qaramasdan, ochiq bozorda siz xarid qilayotgan go‘sht tegishli shart-sharoitlarda saqlanganiga ishonchingiz komil bo‘lishi mumkin. Hatto sovutkichlar bo‘lmasa-da, bu yerda yilning yetti oyida havo harorati noldan past, shuning uchun odatda ularga hojat yo‘q.
Biror joyga borishni rejalashtirsangiz shahar juda ichkarida joylashganligi, yaqin qishloq va meteostansiyalarga olib boruvchi yo‘llar esa tashlandiq ekanligini hisobga oling. Shuning uchun bunda sizga mahalliy aholining yordami kerak bo‘ladi.
Mahalliy aholi safarlar chog‘ida albatta o‘tin, kavsharlashda ishlatiladigan lampa, shuningdek, zaxira g‘ildiragi va ta’mirlash komplektini o‘zi bilan oladi. Shuning uchun, mabodo, avtomobil buzilib qolsa, tunni tashqarida o‘tkazishingizga to‘g‘ri kelmaydi.
Mahalliy aholi, ayniqsa, nenetslar (kichikroq shimoliy etnik guruh) orasida bug‘uchilik ommalashgan. Ular uchun bug‘u — bu taom, harakatlanish vositasi va kiyim. Hukumat ushbu an’anaviy faoliyat turini saqlab qolish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqadi. Mart oyi oxirida katta bayram — Bug‘uchilar kuni nishonlanadi. | 64 | 2,377 |
Foto | Sahroda ham g‘ayrioddiy narsalar uchrab turadi (foto) | Sahrolar quruqlikning uchdan bir qismini tashkil etadi. U yerlardan nimalar topilmagan deysiz: ulkan kemalar, boyliklar hatto butun boshli shaharlar. Biroq ayrim topilmalar shu daraja g‘alati va shubhaliki ularni tushuntirib berishning imkoni yo‘q.
AdMe sahrolardan shu kabi topilgan g‘ayrioddiy buyumlar, topilmalar suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Texasdagi sahroning o‘rtasida Prada do‘koni joylashgan. Uning tokchalaridan qimmat sumkalar, zargarlik buyumlari va dizaynerlik poyabzallar joy olgan. Biroq ularni sotib olishning iloji yo‘q. Chunki buni qurishdan maqsad — sivilizatsiyadan uzoqda joylashgan do‘konning qay ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rish.
Do‘kon ochilganining birinchi kunidayoq unga o‘g‘ri tushgan. Shundan so‘ng mustahkam qulflar va sinmaydigan oynalar o‘rnatilib, yana qaytadan buyumlar olib kelib joylashtirilgan.
Arizona cho‘lida 20 metrli toshdan yasalgan ko‘rsatgichni ko‘rish mumkin. Ushbu ko‘rsatgich 1911-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, pochta samolyotlariga buyurtmalarni g‘arbiy qirg‘oqqa eltishda yo‘nalishni ko‘rsatib turgan.
Moxave cho‘liga 1960-yilda, yo‘ldan 13 kilometr chetga telefon budkasi o‘rnatilgan. U shaxta ishchilari va adashib qolganlar uchun mo‘ljallangan. Biroq u turistlar orasida mashhurlikka erishgan.
Rik Karr ismli odam budka yonida 32 kun yashab 500 ta qo‘ng‘iroqqa, jumladan Pentagon qo‘ng‘irog‘iga javob qaytargan. 2000-yilda axlatlar to‘planib qolganligi sabab budka buzib tashlagan. U haqida hatto butun boshli film ham ishlagan.
Ushbu g‘ayrioddiy joy Misr sharqida joylashgan bo‘lib NUJlar bazasini yodga soladi. Aslida esa bu 1997-yilda grek ijodkorlari tomonidan qurilgan. 100 ming kvadrat metr maydonni egallagan “Sahro nafasi” qumli yo‘llarning cheksiz ekanligini ifodalaydi.
Mashhur Atari kompaniyasi 1980-yilda juda ko‘p mahsulot ishlab chiqargan, biroq video o‘yinlar va pistavkalarga talab kam bo‘lganligi sabab omborlari to‘lib ketgan. Ulardan tezda qutilishning yo‘li — bu “boyliklar”ni sahroga ko‘mib tashlash bo‘lgan.
“Xazina” uzoq yillar davomida qidirilgan. Biroq 2014-yildagina ushbu “boylik”ni topishga muvaffaq bo‘lingan. “Xazina”dan ajoyib holda saqlangan minglab video o‘yinlar, pristavkalar va nashrlar to‘plami joy olgan. Barcha topilmalar eBay orqali katta mablag‘ga sotilgan.
Chili shimolida joylashgan Atakama sahrosida yer ostidan chiqib turgan 11 metrli qo‘l mavjud. U 1992-yilda, qum orasida cho‘kayotgan insonning zaif va ilojsiz ekanligi ramzi sifati qurilgan.
Topqir avstriyalik ijodkor Moxave sahrosida haqiqiy elita hovuzni qurdi. Issiq sahro o‘rtasida istalgan kishi hovuzning sovuq suvida cho‘milishi mumkin. Faqat ushbu hovuzni topish oson emas: atrofida mo‘ljallga olinadigan birorta narsa yo‘q, Google xaritasi esa uning joyni aniqlay olmaydi. | 53 | 2,738 |
Foto | Fotogalereya: Hatto yomon kunni ham yaxshiga aylantira oladigan suratlar | AdMe odamlar qalbiga biroz bo‘lsada iliqlik olib kiruvchi ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Nonushtasini do‘sti bilan bo‘lishgan bolakay
Cho‘pon va uning kelajakdagi yordamchilari
Kapibara va mushuk
“Akam echki bilan cho‘milishga qaror qildi. Ko‘rinishidan ikkisi ham juda baxtli”
Erkak o‘z do‘koniga kelib qolgan bug‘uni oziqlantirgan edi, u butun oilasini yetaklab keldi
“Cho‘milganida mening itim doim oq ayiqqa o‘xshaydi”
“Mushugim o‘z o‘lchamidek keladigan o‘yinchoqlarni yaxshi ko‘radi”
Bundan baxtliroq dengiz mushugini ko‘rganmisiz?
“Yolg‘iz o‘zim nonushta qilmoqchi edim, biroq bu kabi do‘stlardan voz kechib bo‘larmidi?”
Quyoshda qornini toblayotgan oddiy kenguru | 72 | 687 |
Foto | Fotogalereya: AQShdagi chiroyli qal’alar | Forum Daily AQShda joylashgan eng chiroyli qal’alardan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 40 | 85 |
Foto | Rossiyada Bilimlar kuni, Beslan fojiasiga 17 yil, navbatda yotib kitob oʻqiyotgan yigit — 1 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Oʻrta Yer dengizida yogʻoch qayiqda suzib kelgan muhojirlar Italiya sohil qutqaruv jamoasi kelishini kutmoqda.
Istanbullik baliqchilar yangi ov mavsumini boshladi.
Nyu Dehlidagi BMTning Qochqinlar boʻyicha oliy komissari ofisi oldida afgʻonistonlik muhojirlar xalqaro hamjamiyatning afgʻon qochqinlariga yordam berishini soʻrab namoyish oʻtkazmoqda.
Bugun Rossiya maktablarida yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan «Bilimlar kuni» nishonlandi.
Sankt-Peterburgda "Bilimlar kuni".
Kobuldagi Mandavi bozorida yurgan «Tolibon» jangchisi va uning yonidan oʻtib ketayotgan ayollar.
AQShning Luiziana shtatida yuz bergan Ida toʻfoni oqibatida suv toshqinlari kelib chiqdi.
AQSh qiziq oʻlka. Bir yonda toʻfonu, suv toshqinlari yuz bersa, boshqa yerida dahshatli oʻrmon yongʻinlari. Suratda Kaliforniyada davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari.
«Tolibon» askarlari AQSh qoʻshinlari chiqib ketishi ortidan Qandahorda harbiy parad oʻtkazdi.
Falastinlik talaba yangi oʻquv yili oldidan Pfizer vaksinasi bilan emlanmoqda.
Rossiyaning Beslan shahrida bundan 17 yil oldin yuz bergan fojia xotirlandi. 2004 yilning 1 sentyabr kuni Beslandagi 1-maktabda terroristik hujum natijasida oʻquvchilar halok boʻlgan edi.
Avstraliyaning Melburn shahrida koronavirusga qarshi vaksinasiya markazida navbat kutayotgan yigit zerikmaslik uchun yotib kitob oʻqimoqda. | 110 | 1,405 |
Foto | O‘zini tutishi xuddi insonlarnikiga o‘xshaydigan jonzotlar (foto) | Faqatgina mushuk, it va qushlar yoqimtoy bo‘ladi, deb kim aytdi? Yovvoyi jonzotlar orasidan ham yoqimtoylarni topish mumkin. Hatto ularning o‘zini tutishi insonlarni eslatib yuboradi. Quyidagi suratlarda buning isbotini ko‘rish mumkin.
Diydorlashuv. Xuddi insonlar kabi.
To‘satdan kimnidir ko‘rib qolganda.
Xuddi diskotekadagi men va do‘stim kabi.
Asablarni tinchlantiruvchi moychechak bilan o‘zimizni davolaymiz.
Birinchi marta mashina boshqaruvidagi kishining ko‘zlari ham shunday ko‘rinishda bo‘ladi.
Azizim, mendan xafa emasmisan?
Shinshilla shunday holda soatlab turish bo‘yicha dars ham bera oladi.
Dam olish kunida ...
Albom muqovasi uchun suratga tushgandek.
Old kamera to‘satdan ishga tushganda.
Kichkintoy fil bolasi uni dalada shakarqamish yeyayotganida ushlab qolishganini anglab, ustun orqasiga yashirinishga urindi.
Aftidan, bu tulkicha tanishishni xohlaydi.
Qanchalar muloyimlik.
Eng sokin joy onamning bag‘ridir.
Oldindagi mashaqqatli ish haftasini his etish.
Yassilik bo‘ylab ketayotganda harakatlar shunday tus olsa kerak.
Boyqushning sevimli nabiralari choyga kelganga o‘xshaydi.
Guruhda qo‘shiq kuylash uning navbati.
Besh tashla, oshna.
Afrikaning yomg‘ir qurbaqasi avokadoga o‘xshaydi. | 65 | 1,226 |
Foto | Fotogalereya: Mashhur filmlarda suratga olingan saroylar va hashamatli uylar | Kinolardagi hashamatli uylar va saroylar tashqi ko‘rinishi va mahobati bilan hammani lol qoldiradi. Ular turli xil materiallardan qurilgan bo‘lishi mumkin, shakli va joylashgan joyi bilan boshqalardan farq qilishi mumkin. Lekin e’tibordan chetda qolmaydi.
Vampirlarning mashhur uyiga Nike kompaniyasining direktori Jon Xouk egalik qiladi. Uch qavatli imoratning umumiy maydoni 4,3 ming kvadrat metr bo‘lib, Portlenddagi parkning narigi tomonida joylashgan.
Makkalisterlarning xonadoni Linkoln avenyuda joylashgan. 2012-yilda 1 585 000 dollarga sotilgan. Bugungi kunda ushbu uy sayyohlik attraksioni sifatida tanilgan.
Siettldagi noodatiy suzuvchi uy Tom Xenks va Meg Rayan ishtirokidagi film ekranlarga chiqqach, mashhur bo‘lib ketgandi. 1978-yilda qurilgan uy hozirda sayyohlar uchun eng ko‘p tashrif buyuriladigan markazga aylangan.
Lars fon Triyerning fantastik dramasida Shvetsiyaning Xalland provinsiyasida joylashgan hashamatli uy suratga olingan. U o‘n to‘qqizinchi asrning oxirida qurilgan, lekin filmda XVI asr ruhini yaratish uchun muvaffaqiyatli uslubda ishlangan.
Ota-onaning g‘aroyib muhabbati haqidagi filmning rejissori Vankuver orolidagi Britaniya Kolumbiyasida joylashgan gotik uslubdagi imoratni tanlagan.
1928-yilda qurilgan va zamonaviy “aqlli uy” tizimi bo‘yicha eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Oltin qirg‘oq” villasi Frensis Skott Fitsjeraldning romanini ekranlashtirishda asosiy suratga olish maydoniga aylangan.
Bugungi kunda neonuar elementlari bilan mashhur bo‘lgan superqahramonlar ishtirokidagi jangari film suratga olingan gotik uslubdagi eng kamida 30 million dollarga baholanadi va Buyuk Britaniyadagi Bakingemshir shahrida joylashgan. | 76 | 1,689 |
Foto | BigPicture yovvoyi tabiat xalqaro fotosuratlar tanlovi g‘oliblari (foto) | BigPicture Natural World Photograhy yovvoyi tabiat fotosuratlari xalqaro tanlovining hakamlar hay’ati g‘oliblar va finalchilar nomini e’lon qildi, deb xabar beradi “Afisha Daily”.
Tanlov bosh mukofotini nemis fotografi Britta Yashinski “Musodara qilingan” nomli fotosurati bilan qo‘lga kiritdi. Fotosuratda stulga aylantirilgan fil oyoqlari tasvirlangan. Noodatiy mebel AQSh chegarasi orqali olib o‘tilmoqchi bo‘lgan vaqtda musodara qilingan.
“Suvdagi hayot” nominatsiyasida Filippo Borgining “Ona beshiktebratar” nomli ishi g‘olib bo‘ldi. Jodi Fredoning “Dengiz boyliklari” nomli surati “San’at va tabiat” yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Odam va Tabiat” nominatsiyasida Ami Vitalening qo‘lida panda bolasini tutib turgan panda kiyimidagi odam surati muvaffaqiyatga erishdi. | 72 | 790 |
Foto | Britaniyada 42 yoshli ayol 20-farzandini dunyoga keltirdi (foto) | Britaniyalik 42 yoshli Syu va 46 yoshli Noel Redford yaqinda 20-farzandiga ota-ona bo‘ldi. Er-xotin Archi ularning oxirgi farzandi bo‘lishini aytmoqda, deb yozadi Mopster.
Bu oilada 10 o‘g‘il va 9 qiz o‘sib-ulg‘aymoqda. To‘ng‘ich farzand — 28 yoshli Kris bo‘lsa, eng kenjasi — bir yashar Fibi (Archidan oldin). Archi esa oilaning 11-o‘g‘liga aylandi.
Redfordlarning qizi Sofi uch marta ona bo‘lishga ulgurdi, demak Syu va Noel nafaqat ota-ona, balki bobo va buvi hamdir.
Birinchi bolasini Syu 14 yoshida dunyoga keltirgan va 18 yoshga to‘lganidan so‘ng Noel bilan rasman nikohdan o‘tgan.
Katta oila o‘n xonali uyda yashaydi va mikroavtobusda harakatlanadi. | 64 | 660 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning bu shaharlariga tashrif buyurishdan voz kechgan ma’qul | Sayyoraning eng qiziqarli, maftunkor va noodatiy shaharlari suratlarini ko‘rishga ko‘nikib qolganmiz. Biroq bularning butunlay aksi bo‘lgan shaharlar ham bor. AQShning ekologiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi Bleksmit instituti tashrif buyurish inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan yiroq bo‘lgan shaharlar o‘nligini tuzdi, deb yozadi TravelAsk.
Dzerjinsk, Rossiya
Sovet davrida shahar kimyo sanoatining asosiy markazi bo‘lgan. Hozirda korxonalarning aksariyati yopilgan bo‘lsa-da, ifloslanish darajasi baribir juda yuqori.
Kabve, Zambiya
XX asr boshida bu yerda qo‘rg‘oshin va kadmiy konlari topilgan. Ularni qazib olish qanchalik zaharli bo‘lishi mumkinligi hech kimning xayoliga kelmagan. Hozirda shaxta va zavodlar yopilgan, biroq bu ekologik vaziyatga kam ta’sir ko‘rsatgan.
La-Oroyya, Peru
Yana qo‘rg‘oshin. Bu yerda uning qazib olinishi aholi, ayniqsa bolalarning sog‘lig‘iga juda yomon ta’sir ko‘rsatgan.
Linfen, Xitoy
U Xitoyning eng ifloslangan shaharlaridan biri deb topilgan. Uni o‘rab turgan tog‘lar ko‘mir konlariga boy. Doimiy bronxitlar, pnevmoniya va o‘pka saratoni — shaharda eng ko‘p tarqalgan xastaliklardir.
Norilsk, Rossiya
Eng yirik metallurgiya komplekslaridan biri shahar hududida joylashgan. Nikel va boshqa og‘ir metallarning qayta ishlanishi turli respirator xastaliklarning rivojlanishiga olib keladi.
Sukinda, Hindiston
Bu yerdagi o‘lim holatlarining 85 foizi shu yerdan qazib olinadigan xromdan zaharlanish oqibatida yuz beradi. Ichimlik suvining 50 foizdan ortig‘i ichish uchun yaroqsiz.
Tyanszin, Xitoy
Qo‘rg‘oshinni qayta ishlash chiqindilari ko‘p miqdorda tuproq va suvga tushadi. Bu esa aholi sog‘lig‘ida aks etadi, ko‘pincha bolalarda aqliy zaiflikni keltirib chiqaradi.
Vapi, Hindiston
Hindistonning iqtisodiy o‘sishini ta’minlagan shahardagi ekologik vaziyat achinarli. Havodagi og‘ir metallar va suvdagi simob darajasi halokatli darajada.
Sumgait, Ozarbayjon
Neft-kimyo va sanoat komplekslari hozir yopilgan. Biroq ular ishlab turgan vaqtda tonnalab chiqindilar chiqargan, bu esa ekologiyaning umumiy holatiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmagan.
Chernobil, Ukraina
Izohlar ortiqcha. Chernobil AESning avariyasi shaharni odam yashashi uchun yaroqsiz holatga keltirgan. Shunga qaramasdan, qiziquvchan sayyohlar bu yerga ham kelib turadi. | 78 | 2,298 |
Foto | Fotolavha: Andijon manzaralari | “Mytashkent.uz” nashri Andijon viloyatining bugungi kundagi ajoyib suratlari bilan bo‘lishdi. | 30 | 93 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi ajabtovur topilmalar | Bugungi kunda deyarli har bir kishida kamerasi va internetga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan telefon bor va u orqali dunyoning istalgan chekkasidagi istalgan tasvirni ko‘ra oladi. Lekin shunday ajabtovur narsalar borki, ularni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmaguningizcha tasavvur qila olmaysiz.
AdMe ana shunday kundalik hayotda ko‘pchilik payqamagan topilmalarning suratlarini jamlab taqdim etdi. | 44 | 391 |
Foto | Drezden hayvonot bog'idagi flamingo, Belgraddagi eski Yangi yil, Germaniyada quyosh botishi — 14 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Drezden hayvonot bog'idagi flamingo.
Sidneydagi festivalda muz ustidagi shou.
Belgradda nishonlanayotgan eski Yangi yil.
Germaniyada quyosh botishi.
xitoy hayvonot bog'idagi egizak yo'lbarschalar.
Mumbay shahrida hosil bayramining nishonlanishi.
Vashingtondagi qutb boyo'g'lisi.
Shveytsariyada tog' chang'i bo'yicha JK boshlanishi munosabati bilan o'tkazilgan xarbiy havo kuchlari paradi.
Braziliyada kuchli yomg'ir oqibatlari.
Nepalda og'ir atletika bo'yicha milliy chempionat boshlandi. | 113 | 549 |
Foto | Fotogalereya: Yangi Zelandiyaning go‘zalligi fotograf Kris Jin nigohida | Yangi Zelandiya deganda ko‘z oldimizga ajoyib sharsharalar, chiroyli dalalar, rang-barang daraxtlar keladi. Fotograf Kris Jin ham ushbu mamlakatni o‘ta go‘zal hisoblaydi. Shu fikr bilan u bir qancha suratlarni internetga joyladi. Travel Ask esa ularni taqdim etdi. | 71 | 264 |
Foto | Fotogalereya: Avstraliyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari dahshatlari | Avstraliya hududining deyarli barcha qismi olov bilan qoplangan. Yong‘inlar oqibatida o‘nlab odamlar va yarim milliard hayvonlar halok bo‘lgan, ular yashaydigan hududning 80 foiz qismi yo‘q bo‘ldi. Ushbu falokat mamlakat ekotizimiga hamda jahondagi tabiat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, biroq ushbu fojialardan qanday xulosa chiqarish lozimligi noma’lumligicha qolmoqda.
Shu sababli e’tiboringizni qit’ada sodir bo‘layotgan voqealarga qaratib, bu yerdagi hayvonot dunyosi va odamlarga befarq bo‘lmaslikka chaqiramiz.
Olov bilan kurashayotgan o‘t o‘chiruvchilarning bir ish kuni shunday yakunlanadi.
Erkak va uning iti plyajda o‘tirib, o‘z olamining qanday yonayotganini kuzatmoqda…
Ko‘ngillilar (volontyorlar) hayotini xavf ostiga qo‘yib o‘rmon yong‘inlarida jizg‘anak bo‘layotgan jonivorlarni qutqarmoqda. Suratdagi yigit olov ichidan 7 nafar koalani olib chiqqan.
Erkak kun davomida olov bilan kurashdi, u atigi 15 daqiqa mizg‘ib oldi.
Olovdan chiqqan tutun, asta-sekinlik bilan Avstraliya osmonini qoplamoqda.
Fotoshopga o‘xshaydi, lekin bu real surat! Olovlar borgan sari sohilga yaqinlashmoqda.
Avstraliya tepaliklari lava qaynab chiqayotgan vulqonlarga o‘xshab qolgan. Aslida esa tepaliklarni qoplagan o‘simliklar yonmoqda.
Ayol yonayotgan o‘rmonga kirgan koalani qutqarishga kirishdi. Hayvonlarga yordam beradigan bu kabi ekologiya posbonlari ko‘payaversin!
Yashil qit’aning sun’iy yo‘ldosh olgan tasvirlardagi ko‘rinishi.
Odamlar plyajda to‘plangan, bu materikdagi eng xavfsiz joy. Qochoqlardan biri o‘zi bilan otini ham olgan.
Bu kenguru odamlardan yordam so‘ramoqda. Uni tetiklashtirish uchun ustiga suv sepishdi.
Sharhsiz surat…
Avstraliyaliklar va o‘t o‘chiruvchilar uchun eng katta quvonch kuchli yomg‘irlar yog‘ishni boshlagani bo‘ldi!
Melburn shahrining ayni kunlardagi ko‘rinishi. Shahardagi havo juda rasvo darajada.
Kimdir Avstraliyani samolyotdan turib suratga olibdi. Bu oxir-zamon haqidagi fantastik, dahshatli sujetga ega filmlar kadrlarini eslatib yubormoqda…
Qachonlardir o‘rmonlarga eltgan, yashil yo‘llarning ayni damdagi ko‘rinishi. | 73 | 2,080 |
Foto | Kovid markazidagi ayol, AQShdan norozi eronliklar, chang bosgan Oʻzbekiston — 4 noyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Rossiyaning Irkutsk viloyatida halokatga uchragan An 12 yuk tashuvchi samolyotining halokat joyida ishlayotgan qutqaruv xizmati xodimlari.
Tayvandagi raqamli parkda aylanib yurgan oila.
Moskvadagi kovid markazida yurgan ayol va shifokor. Shaharda kasallik holatlari koʻpaygani xabar qilingan.
Efiopiyaning Addis Abeba shahrida Tigraydagi mojaro qurbonlari xotirlanmoqda.
Ozodlik haykali uzra quyosh botmoqda.
Hindistonning Ayodhya shahrida Divali bayramiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Germaniyadagi atom elektr stansiyasidan chiqayotgan tutun. Mamlakat qayta ishlanadigan energiya manbalaridan foydalanishga oʻtishni maqsad qilgan.
Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida loyalistlar polisiya bilan toʻqnashuvlar yuzaga keltirdi.
Eronlik ayollar Tehrondagi AQSh elchixonasi oldida norozilik aksiyasini oʻtkazdi.
Bugun Oʻzbekistonning bir necha viloyati va poytaxt Toshkent shahriga qum boʻroni yopirildi. Natijada koʻrish uzoqligi 500 metrgacha pasayib ketdi. Qum boʻroni kuchli shamol bilan birga kechdi.
Pokemon Pikachus guruhi yaponiyaliklarni xorijdagi koʻmir loyihalarini moliyalashtirishni toʻxtatishga va 2030 yilgacha mahalliy koʻmirdan voz kechishga chaqirish uchun Cop 26’da namoyish oʻtkazdi. | 96 | 1,262 |
Foto | Fotojamlanma: Britni Spirsning italyancha uslubdagi hashamatli villasi | Britni Spirs italyancha uslubdagi villasini 6,8 million dollarga qayta sotuvga qo‘ydi, deb yozadi Glamour jurnali.
Qo‘shiqchining uyi Beverli-Xillzda, begona ko‘zlardan yiroq bo‘lgan xususiy hududda joylashgan. Uyda oltita yotoqxona, oltita hammom, qo‘shimcha vanna, uy kinoteatri va alohida xona mavjud.
Villa maqtagulik – ichki interyeri tuslanuvchi kremdan qilingan, baland shiftlar, marmar pardozli va ajabtovur buyurtma mebellarga ega. Hovlida dengiz suvi bilan to‘lgan hovuz, xushmanzara bog‘, shuningdek, jakuzi, mehmonlar uchun uy va dam olish maskani mavjud.
Ma’lum bo‘lishicha, Britni 2007-yilda raqqos Kevin Federlayn bilan ajralgandan keyin bu uyda yashagan. Villani dastlab 2018-yilda 9 million dollarga sotuvga qo‘ygan, ammo xaridor topilmagan, shuning uchun qo‘shiqchi narxni pasaytirdi. | 70 | 807 |
Foto | Noto‘g‘ri bichimdagi yoqa obrazga putur yetkazishi mumkinligini aks ettiruvchi holatlar (foto) | Jemper, kofta, ko‘ylaklarning yoqasi yuzning yonida joylashgani uchun kiyimning boshqa qismiga qaraganda tez-tez ko‘zga tashlanib turadi. Shu sababli yoqa shakli va o‘lchamini tanlash bilan bog‘liq eng kichik xato darhol e’tiborni tortadi. Demak, yoqa o‘lchami va bichimiga ham alohida ahamiyat berish lozim.
Yoqa tashqi ustunliklarga urg‘u berishi yoki aksincha, kamchiliklarni yanada oshirib ko‘rsatishi mumkin. Odatda yoqa yuzning shakliga e’tibor bergan holda tanlanadi. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi, yonoq suyagi bo‘rtib turadigan, peshonasi katta yuzlarga silliq, aylana chiziqli yoqa mos keladi.
Obrazni didsiz ko‘rsatadi, kamchiliklarga urg‘u beradi: Sumka tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 9 xato
Agar oval shaklidagi yuz, katta va dumaloq ko‘z, qalin lablar egasi bo‘lsangiz, unda ko‘proq qirralari uchli yoqalarga e’tibor qarating.
Tor bichimdagi jinsi shimlarni qanday ustki kiyimlar bilan uyg‘unlashtirish mumkin? (foto)
Agar yelkangiz keng bo‘lsa, qayiq shaklidagi yoqalardan voz keching. Bunday yoqaning gorizontal chizig‘i yelkani yanada kengroq ko‘rsatadi. Buning o‘rniga V shaklidagi yoqali jemper va ko‘ylaklarni tanlang.
Tanlovda adashmang: kiyinish borasida yoshga yosh qo‘shadigan 9 ta xato (foto)
Yelkasi kichik ayollar vodolazka kiymagani yaxshi. Baland yoqa bo‘yni yanada qisqaroq ko‘rsatadi. Tik yoqali liboslar ham to‘g‘ri yechim emas, bu borada qaytarma yoqali ko‘ylak kiygan ma’qul.
Odmi koftalar bilan kiyiladigan bayramona yubkalar bahorda urfga kiradi (foto)
Agar oyoq va tos suyagingiz baquvvat bo‘lib, yelkalaringiz aksincha, nozik bo‘lsa, urg‘uni tepa qismga berishni maslahat beramiz. Bu mutanosiblikni saqlashga va muammoli qismni yopishga yordam beradi. Buning uchun keng va katta yoqali liboslarni tanlang.
Didsizlikka ishora: urfda bo‘lishiga qaramay tashqi ko‘rinishga putur yetkazuvchi 7 xato (foto)
Dunyoga mashhur aktrisa va modellar kundalik hayotda qanday kiyinadi? (foto) | 94 | 1,927 |
Foto | Foto: Zamonaviy basketbol zaliga aylantirilgan XIX asr cherkovi | Joriy yilning avgust oyida Nike kompaniyasi Chikagodagi 1885-yilda qurilgan Epifaniya cherkovini qayta jihozlab, basketbol uchun mashg‘ulot markaziga aylantirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Epifaniya cherkovi odamlar qatnovi kamayib ketganligi sabab 2011-yilda yopilgandi. 2018-yil boshida esa Nike bino bo‘sh turmasligi uchun uni xarid qiladi.
Binoda cherkovning an’anaviy atributlaridan bir nechtasi saqlab qolindi. Masalan, vitrajlarga basketbol to‘pi ko‘rinishida ishlov berilgan. Kiyim almashtirish xonasi ham binoning avvalari Nike sport majmuasi bo‘lganligini eslatib yuboradi.
Amerika kompaniyasi vakillariga ko‘ra, cherkovda mahalliy maktab bolalari shug‘ullanadi. Ularning murabbiylari esa ma’ruza va seminarlarga bepul qatnashishlari mumkin. Majmuadagi ilk mashg‘ulotlardan birini “Chikago Bullz”ning afsonaviy basketbolchisi Skotti Pippen o‘tkazdi. Skotti uzoq yillar Maykl Jordan bilan birga o‘ynagan.
Shanba kunlari barcha xohlovchilar cherkovga kelishi mumkin. Buning uchun Nike sayti orqali oldidan ro‘yxatga yozilib qo‘yish kifoya, xolos. | 63 | 1,062 |
Foto | Ayollar erkaklardan ko‘ra ko‘proq daromad topadigan yulduzli juftliklar (foto) | Ko‘pchilik ayollar turmush o‘rtog‘idan ko‘proq pul topishi imkonsiz deb hisoblaydi. Quyidagi yulduzlar esa buning yanglish tushuncha ekanini isbotlaydi.
Keti Perri va Orlando Blum
Orlando ham aktyor sifatida mashhurlikka erishgan, ammo Keti erishgan yutuqlari bilan uni ortda qoldirgan. Forbes versiyasiga ko‘ra, bir necha marta eng ko‘p haq to‘lanadigan ayollar ro‘yxatidan o‘rin olgan Perrining moliyaviy ahvoli 2018-yilda 83 million dollarga baholangan. “Uzuklar hukmdori”dagi ijrosi omadli chiqqan Blumning arsenalida, afsuski, so‘nggi vaqtda pichoqqa ilinadigan rollar yo‘q.
Dua Lipa va Anvar Hadid
Qo‘shiqlari nafaqat Britaniya, balki butun dunyoda mashhurlikka erishib ulgurgan xonanda Bella va Jiji Hadidlarning ukasi Anvar bilan uchrashadi. Anvarning daromadi 4 million, Duaniki esa 16 million dollarni tashkil qiladi.
Gven Stefani va Bleyk Shelton
Gven va Bleykning daromadi o‘rtasidagi farq unchalik katta emas. Gven No Doubt guruhi ishtirokchiligidan yakkaxon ijroga o‘tgan, Shelton esa kantri janrida ijod qilgan. Stefanining
moliyaviy ahvoli, taxminan, 150 million dollarga, uning qaylig‘iniki esa 100 millionga baholangan.
Riz Uizerspun va Jim Tot
90-yillardan ijodi gullay boshlagan aktrisa yildan yilga muvaffaqiyatga erisha boshlagan. U “Katta-kichik yolg‘on” serialining har bir qismi uchun 1 million dollar gonorar olgan. Jim esa daromadi bilan Rizchalik maqtana olmaydi.
Sara Jessika Parker va Mettyu Broderik
80-yillardan suratga tushishni boshlagan Mettyu karyerasi davomida yetarlicha pul topishga ulgurgan. Moliyaviy ahvoli 45 million dollarga baholanadigan Broderkning sevgilisi Sara Parker esa 100 million daromad bilan maqtana oladi.
Nikol Kidman va Kit Urban
Kit ham musiqa olamida yetarlicha muvaffaqiyatga erishganiga qaramay, Nikol pul topish borasida undan uddaburonroq bo‘lgan. Urbanning hisob raqamida 75 million dollar bo‘lsa, Kidmanniki undan ikki baravar ko‘p.
Jessika Alba va Kesh Uorren
Karyerasini 1993-yilda boshlagan Jessika 2012-yilda moliyaviy ahvoli 1 milliard dollarga baholangan The Honest Company bilan hamkorlik qila boshlagan. 2015-yilda Forbes Jessikaning daromadi, taxminan, 350 million dollarni tashkil qilishini e’lon qilgan. U 2008-yilda 20 million atrofida mablag‘i bo‘lgan Kesh Uorrenga turmushga chiqqan.
Kristen Bell va Deks Shepard
Kristen Bell va Deks Shepard Gollivudning bir-biriga sodiq hamda iste’dodli juftligi sanaladi.
Celebrity Net Worth ma’lumotiga ko‘ra, Bell turmish o‘rtog‘idan 8 million ko‘p pul topadi. Bellning moliyaviy ahvoli 20 million, Shepardniki esa 12 million. | 78 | 2,552 |
Foto | Oyning zabt etilishi: “Apollon” dasturlarining ilk bor namoyish etilgan fotosuratlari | AQShning Kosmik sarhadlarni tadqiq etish bo‘yicha milliy agentligi — NASA 1960—1970-yillarda amalga oshirilgan “Apollon” dasturlariga oid, bugungacha namoyish etilmagan 8 ming fotosuratni omma e’tiboriga havola qildi, deya xabar bermoqda TravelAsk.
Jamoaviy va Oy modullari bilan ta’minlangan kemaning ilk sinov parvozi. Ekspeditsiya a’zolari tomonidan olingan suratda — Yer.
Kosmonavt Yer orbitasida.
Yer orbitasida olingan yana bir kadr.
Kemaning ichki ko‘rinishi.
To‘liq konfiguratsiya bilan ta’minlangan “Apollon-10” dasturi kemasi uchuvchilari Oy tomon so‘nggi sinov parvozini amalga oshirdi.
Astronavt Bazz Oldrin “Apollon” seriyasidagi samoviy kema bortida. Mana shu dastur doirasida yerliklar ilk bor Oyda bo‘ladi.
1969-yil — inson tarixda ikkinchi marta Oy va umuman har qanday samoviy jism sathiga qadam qo‘ydi.
Oy sathida ishlayotgan astronavtlar.
Oyga qadalgan Amerika bayrog‘i surati.
Samoviy kemaning ichki ko‘rinishi aks etgan surat.
Kemaning Oyga qo‘nishi.
Parvoz davomida yuz bergan jiddiy avariya Oyga qo‘nish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi va ekipaj a’zolari hayotini xavf ostida qoldirdi.
Oyga to‘rtinchi qo‘nish vaqtida kosmik kema ekipaji Oy sathida ilk bor avtomobildan foydalandi. Mazkur transport vositasida 27,9 kilometr yo‘l bosildi. Ekspeditsiya Yerga 77 kilogramm Oy tuprog‘ini olib keldi.
1972-yili, “Apollon” dasturi doirasidagi o‘ninchi boshqariladigan parvozda, inson beshinchi marta Oyga qadam qo‘ydi. Bu safar tadqiqot ishlari tog‘li hududda olib borildi.
Oydagi Dekart krateri yaqinidagi tog‘ jinslari shunday ko‘rinishga ega.
Dastur doirasida, Amerika samoviy kemasi so‘nggi boshqariladigan parvozni amalga oshirdi. Bu yerliklarning oltinchi marta Oyda bo‘lishi edi.
Umumiy hisobda astronavtlar Oyda uch kundan ortiq bo‘lib, uch marta kemadan tashqariga chiqdi. “Sayrlar”ning umumiy vaqti 22 soat 3 daqiqa va 57 soniyani tashkil etdi. Ekspeditsiya davomida Yerga 110 kilogrammdan ortiq Oy grunti namunalari olib kelindi.
Ochiq fazodagi “Apollon-17” dasturi kemasi. | 85 | 2,016 |
Foto | People jurnali sayyoraning eng go‘zal ayollari reytingida birinchi o‘ringa Jennifer Enistonni munosib ko‘rdi | People jurnali, tahririyat fikriga ko‘ra, Yer sayyorasining eng maftunkor ayollari o‘rin olgan reytingni e’lon qildi. Unda birinchi o‘rinni 47 yoshli amerikalik aktrisa Jennifer Eniston egalladi, deb xabar beradi “AiF”.
O‘tgan yilgi reytingda birinchi o‘rin boshqa aktrisa — Sandra Bullokka nasib qilgan edi.
Jennifer Eniston, aktrisa, AQSh
Riz Uizerspun, aktrisa, AQSh
Sofiya Vergara, aktrisa va model, Kolumbiya
Keke Palmer, aktrisa va xonanda, AQSh
Selena Gomez, xonanda va aktrisa, AQSh
Migan Gud, aktrisa va prodyuser, AQSh
Kerri Andvervud, xonanda, kantri ijrochisi, AQSh
Kristina Milian, aktrisa va xonanda, Kuba | 108 | 626 |
Foto | Fotogalereya: Turli shaharlarda paydo bo‘lgan chuqurlar | Tabiiy kataklizmalar dunyoning turli nuqtalarida yer qatlamining yemirilishiga sabab bo‘ladi. TravelAsk ana shunday yemirilishlarning oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 55 | 178 |
Foto | Nutella, Terminator, Ikea: Dunyo mamlakatlarida chaqaloqlarga qo‘yish taqiqlangan ismlar | Zamonaviy insonlar o‘z farzandlariga ajoyib va antiqa ism tanlashda davom etmoqda. Biroq ayrim mamlakatlarda chaqaloqlarga ism qo‘yishda bir qancha cheklovlar mavjud. Hukumat ota-onalarning barcha ijodiy g‘oyalari rag‘batlantirilishi kerak emas, deb hisoblaydi.
Nutella va Qulupnay − Fransiya
Fransuz oilalari qiz farzandiga Nutella deb ism berishni odatga aylantirgan edi. Ehtimol, ota-onalar farzandini kelajakda ham mashhur bo‘lishini istagandir. Ammo bunday bo‘lmadi, Nutella ismli qizlarni maktabda masxara qilish kuzatilganidan so‘ng ularning ismi Ella deb o‘zgartirilgan. Ushbu voqea jamiyatda keng muhokamaga sabab bo‘lib, natijada hukumat bolalarga Nutella ismini berishni rasman taqiqlagan.
Yana bir oila farzandiga Fraise − Qulupnay deb ism bermoqchi bo‘lganida ularga ham rad javob berilgan. Chunki aynan shu nom bilan o‘xshash jargon so‘z mavjud bo‘lib, u juda xunuk eshitilar edi. Natijada chaqaloq Fraisine deb atalgan.
Terminator − Meksika
Bir vaqtlar Meksikada ushbu ism juda keng tarqalgan edi. Aktyor Arnold Shvarsenegger o‘ynagan film qahramoni sharafiga ko‘plab bolalar Terminator deb atalgan. Shu sababli mahalliy hokimiyat Terminator nomini taqiqlashga qaror qilgan.
Ikea − Shvetsiya
Shved mebel do‘konlari tarmog‘i juda mashhur. Hukumat ushbu ismni farzandlarga qo‘ymaslikka qaror qildi va undan foydalanish noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun taqiqlovchi qonun chiqardi.
Camilla − Islandiya
Islandiyada tug‘ilgan chaqaloqlarga ism berishning aniq qoidalarini belgilaydigan va tartibga soladigan maxsus qo‘mita mavjud. Masalan, mahalliy alifboda “C” harfi bo‘lmaganligi uchun Camilla deb ism qo‘yish taqiqlanadi. Ammo xuddi shu ismni “K” harfi bilan qo‘yish muammo emas.
Santa Klaus − Ogayo (AQSh)
Ogayo shtatida yashovchi Robert Uilyam Xendli Yangi yil bayramini juda yaxshi ko‘rganidan o‘zining ismini Santa Robert Klaus deb o‘zgartirmoqchi bo‘lgan. Biroq mahalliy hokimiyat bu kabi ismdan foydalanishni taqiqlagan. Erkak bu qarordan qoniqmay, ishni ko‘rib chiqish uchun sudga murojaat qilgan. Natijada ismini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan.
Yalpiz va tosh − Germaniya
Germaniyada bolalarga Pfefferminze − Yalpiz ismini berishni xohlaganlarning so‘rovi bu kulgi uyg‘otishi mumkinligi tufayli rad etilgan. Shuningdek, inglizchada Stone − Tosh nomini ham farzandlarga qo‘yish taqiqlangan. Chunki u ism emas, jism. Bola ismi tufayli ham o‘zligini anglay olmasligi mumkin, degan fikr bildirilgan.
Juma va Blu − Italiya
Haftaning Juma kabi go‘zal va sevimli kunini Italiyada nom sifatida ishlatish taqiqlangan. Italiya sudi Venerdi so‘zini (Juma deb tarjima qilinadi) “uyatli va kulgili” toifaga oid deb qaror qilgan hamda undan foydalanishga ruxsat bermaydi.
Shuningdek, mahalliy hukumat 2018-yilda tug‘ilgan chaqaloqqa Blu deb ism qo‘yilishga ham qarshi bo‘lgan. Chunki tanlangan ranglar ham bola jinsiga mos kelishi kerak. Blu italyanchada ko‘k degan ma’noni anglatadi.
View this post on Instagram
Biroq ushbu taqiq butun Italiya bo‘ylab amal qilmaydi. Masalan, 2020-yilda Janluka Vakka va uning sevgilisi Sharon Fonseka qiziga Blu Jeruselama ismini bergan. Juftlik Boloniyada yashaydi va u yerda Blu ismi bola uchun nomaqbul deb hisoblanmaydi.
Pluto − Daniya
Daniyada ota-onalar farzandlari uchun rasmiy hukumat ro‘yxatidan nom tanlashi mumkin. Ularda 7000 ga yaqin tasdiqlangan ismlar bor. Ro‘yxatda bo‘lmagan ismni berishni istaganlar buning uchun rasmiy ruxsat olishi kerak. Masalan, Pluto va Maymun taqiqlangan ismlar ro‘yxatiga kiritilgan.
@ − Xitoy
Xitoylik juftliklardan biri farzandiga @ deb ism qo‘yishni xohlagan. Gap shundaki, kuchukcha belgisi xitoy tilida talaffuz bo‘yicha “uni sevish” degan ibora bilan o‘xshash. Biroq bunga ham rad javob berilgan. Xitoyda nom sifatida ramzlardan foydalanish taqiqlanadi.
Malika − Yangi Zelandiya
Yangi Zelandiyada bolalarni Malika deb atash taqiqlanadi. Mamlakat ushbu nomni rasmiy unvon bo‘lganligi uchun rad etgan. Shuningdek, taqiqlangan ismlar ro‘yxatiga shahzoda, qirol, qirolicha, gersog, mayor, yepiskop, janob, xonim va baron kabi unvonlar ham kiritilgan. | 88 | 4,074 |
Foto | Fotogalereya: Tabiatning go‘zalligi aks etgan 30 surat | Tabiat juda go‘zal va ulug‘vor. Uning hayratomuz manzarali aqlni shoshirib qo‘yadi. Travel Ask mana shunday rasmlardan 30 tasini taqdim qildi.
Bangkok, Tailand
Yuta shtati, AQSh
O‘lim vodiysi, Kaliforniya
Menindi ko‘li, Avstraliya
Nebraska
Pueue vulqoni, Chili
Chayten, Chili
Bangkok, Tailand
Sidney, Avstraliya
Childress okrugi, Texas shtati
Marana, Arizona shtati
Katta basseyn, Yuta shtati
Arizona
Norman, Oklahoma shtati
Nebraska
G‘arbiy Afrika
Timpanogos tog‘i, Yuta
AQSh
AQSh
Texas
Texas
Kalyari, Italiya | 54 | 554 |
Foto | Fotogalereya: Odamlarga zavq bag‘ishlovchi ajoyib suratlar | AdMe odamlarning kayfiyatini biroz bo‘lsa-da ko‘tarish maqsadida ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Afrikalik texnologlar avtomobillarni transportirovka qilmoqda
Armrestling bo‘yicha jahon chempioni Mattias Shlitte
Shveysariyadagi muzlagan ko‘l
Zilziladan keyingi temir yo‘llar, Yangi Zelandiya
O‘rgimchaklar migratsiyasi vaqtida maydonni egallab olgan o‘rgimchak to‘rlari
Tanzaniyadagi ushbu daraxtga tuproq yemirilishining ta’siri yo‘q
Quyosh tutilishi vaqtida Oyning Yerdagi soyasi
Panda — bu sevgi
Juda zerikkan ko‘rinadi
Olti mingta bargdan tikilgan ko‘ylak
Qizilishtonning tili
Qo‘y suruvi yungi olinganidan avval va keyin | 58 | 643 |
Foto | Foto: eng kamtarin hukmdor — Shayx Muhammad Bin Rashid Al Maktum | Shu yilning mayidayoq Dubay hukmdori, Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri Shayx Muhammad Bin Rashid Al Maktum Buyuk Britaniyadagi Uindzor Bog‘iga tashrif buyurib, BAA sportchilari qatnashgan ot poygalarini tomosha qilgan edi, deb yozadi UAE Inside. Shayx Muhammad o‘z hamyurtlarini qo‘llab-quvvatlash uchun poygaga shaxsan o‘zi uchib bordi.
Uindzor bog‘ida u, shuningdek, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan ham muloqot qilishga ulgurdi. Shayx Muhammadning ushbu uchrashuvda olingan fotosuratlari butun internet bo‘ylab tezkorlik bilan tarqalib ketdi, Dubay hukmdorining o‘zini esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari dunyodagi eng kamtar hukmdor deb atadi. Axir shunchalik yuqori maqomga ega shaxsni oddiy sport kiyimida ko‘rish noodatiy. | 64 | 774 |
Foto | Foto: Shahzoda Charlz 70 yoshda | Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz 14-noyabrda o‘zining 70 yoshli yubileyini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan Kensington qasri qirollik oilasining yangi suratlarini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Suratlarda shahzoda o‘z rafiqasi Kamilla Rozmari, shuningdek, bolalari va nabiralari bilan tasvirlangan. Charlzni Uilyam va Garri Keyt Middlton va Megan Markl bilan o‘rab turibdi. Gersoginya qo‘lida o‘zining kichkina o‘g‘lini ko‘tarib turibdi, uning akasi va opasi Charlz va Kamillaning yonida o‘tiribdi. | 31 | 526 |
Foto | “Qizil o‘rmon qop-qora tuproqqa aylandi”. Chernobil yong‘inlar oqibatida qanday ko‘rinish kasb etdi? (foto) | Chernobil atom elektr stansiyasi yaqinidagi hududda bir haftadan beri o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. Hududdagi vaziyat tobora og‘irlashmoqda. Yong‘in allaqachon Pripyat shahriga yetib bordi hamda yaqin vaqt ichida radioaktiv chiqindilar omborini ham qamrab olishi mumkin, deb yozadi “KP.ua”.
4-aprel kuni boshlangan o‘rmon yong‘inlari dastlab 20 gektar maydonni, keyinroq esa qariyb 100 gektar maydonni qamrab oldi. Ukraina favqulodda holatlar bo‘yicha davlat xizmati qutqaruvchilari yong‘inning bir necha o‘choqlarini o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirishga tobora oshib ketayotgan radiatsion fon xalal bermoqda. Yong‘in 12 ta qishloqni yo‘q qilgan. Olovni o‘chirishga 390 dan ortiq kishi va 90 ta texnika birligi jalb qilingan. Yong‘inlar hech kim yashamaydigan hududlarda kuzatilmoqda. | 107 | 801 |
Foto | Tabiat — haqiqiy rassom ekanini isbotlovchi hayvonlar (foto) | Odamlar zavq oladigan peyzajlar va boshqa manzaralar tabiat uchun kamlik qilgan chog‘i. Shuning uchun u hayvonlarni betakror ranglarga bo‘yagan, deya yozadi AdMe. | 60 | 162 |
Foto | Fotogalereya: Osiyoning qush parvozi balandligidan olingan ajoyib suratlari | Fotograf Yonas Xornexyoy Osiyoning go‘zal manzaralarini suratga tushirishni yoqtiradi. TravelAsk uning ijod namunalarini taqdim etdi. | 75 | 133 |
Foto | Yulduzlarning ahmoqona talablari (foto) | Millionlar evaziga gastrol safariga chiqqani yetmagandek, mazkur yulduzlar tashkilotchilarga ahmoqona talab qo‘yishi bilan ham yaxshi ma’lum.
Madonna
Xonanda mehmonxonadagi mebellarni o‘zining shaxsiy mebellariga o‘zgartirishni va hammasini qat’iy belgilangan tartib bilan joylashni talab qilgan. Bundan tashqari, uning ahmoqona talablari orasida pardozxonaga 20 ta xalqaro telefon tarmog‘i, shuningdek, uchta arxideya, uchta sham va O‘lik dengizi tuzini qo‘yish ham bo‘lgan.
Elton Jon
Samolyotni qaytadan bo‘yattirgan Elton pardozxonaga daraxt qo‘ydirish, ko‘zoynaklar kolleksiyasi uchun alohida xona ajratish va u yerdagi harorat 16 darajadan issiq bo‘lmasligi kabi talablarni qo‘ygan.
Pol Makkartni
Pol o‘zi yashaydigan xonada charmdan tikilgan narsalar, gilam va hayvon terisi bilan qoplangan mebellar bo‘lishiga chiday olmaydi. Hayvonlarni himoya qilish bilan kurashadigan Makkartni vegetarian ekani bilan ma’lum.
Jennifer Lopes
Lopes esa mehmonxona nomeridagi devorlarni oq rangga bo‘yatishi, shuningdek, mebellarni oq rangda bo‘lishi, quloqchin brilliant bilan qoplanishi hamda unitazga charm o‘rindiq qo‘yilishini istab qolishi mumkin.
Merayya Kerri
Merayya saqichini tashlash uchun yordamchi, bir yarim ming dollarlik shampan vinosi, ushlagichlari oltindan ishlangan hojatxona va itlari uchun alohida zal talab qilgan.
Merlin Menson
Merlinga o‘zini baxtli his qilishi uchun marmeladli ayiqchalar, popkorn va chipslar bo‘lsa kifoya.
Jastin Biber
Jastin esa zanjabilli ingliz pivosi, Coca-Cola, oppoq paypoq va internetdan foydalansa bo‘lgani.
Van Halen
Ushbu guruh a’zolari tashkilotchilarga pulini qaytarib bermasdan, so‘ragan konfetlari mehmonxona nomeriga qo‘yilmagani sabab konsertni to‘xtatishi mumkin. | 39 | 1,723 |
Foto | Fotogalereya: Gruziyaning piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallangan rang-barang joylari | So‘nggi vaqtlarda Gruziya shaharlarida yangi tendensiya boshlandi — piyodalar o‘tish joylari imkon qadar sezilarli bo‘lishi uchun harakat qilinmoqda, deya xabar bermoqda Friend in Georgia loyihasi.
“Gruziyada yo‘l harakati qoidalari tez-tez buzilishi birov uchun yangilik emas. Gruziya shaharlari tatbiq etayotgan yangilik esa haydovchilarni hech bo‘lmasa hayron qolganidan piyodalarga yo‘l berishga majbur qiladi”, — deyiladi loyiha xabarida.
Quyidagi suratlar Gruziyaning Tbilisi, Kutaisi, Poti va Gori shaharlarida olingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 83 | 689 |
Foto | Haftaning qiziqarli suratlari | “Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi.
Londonning hayvonot bog‘idagi surikatlar qorbola bilan o‘ynamoqda
Vladivostokning Russkiy orolida qishki syorfing
Krasnoyarskdagi “Qunduz o‘rmoni” tog‘-chang‘i kurortida Vladimir Putinning har yili o‘tkaziladigan matbuot anjumani jonli efirda uzatilmoqda
Xitoylik haykaltarosh tomonidan yaratilgan kompozitsiya. Pekindagi savdo markazi
Yokogama okeanariumida Rojdestvoga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Yaponiya
Szyansu provinsiyasidagi milliy bog‘ning qush parvozi balandligidan olingan surati
Yahudiy ruhoniysi Aaron Shteynmanning dafn marosimi
Londonning Richmond bog‘idagi bug‘u
Braziliyaning Nelson Hungria ayollar qamoqxonasida Rojdestvoga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Baliqlarni quritish jarayoni. Xitoy, Chjetszyan provinsiyasi | 29 | 819 |
Foto | Ispaniyada muhojirlar inqirozi, vayronaga aylangan Gʻazo, Braziliyadagi suv toshqini — 21 may suratlari | E'tiboringizga 21 mayning diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz.
Ispaniyaning Tenerife shahrida kuchli oʻrmon yongʻinlari sodir boʻldi.
Avstraliyada talabalar iqlim oʻzgarishlarining oldini olishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan amaldorlarga norozilik namunasi sifatida namoyishga chiqdi.
Angliyaning Sharqiy Syusseks grafligi sohillarida kuchli shamol natijasida dengiz suvi sohildagi mayoq turgan hududga otilib chiqdi.
Isroil armiyasi tomonidan bombardimon qilingan Gʻazo sektoriga odamlar qaytib kelmoqda.
Braziliyaning Amazona shtatida daryo suvining oshishi natijasida suv toshqinlari kelib chiqdi. Aholi xavfsiz hududlarga koʻchib oʻtmoqda.
Urugvay poytaxti Montevideo shahri markazida diktatura rejimi qurbonlari boʻlgan kishilarning suratlari qoʻyib chiqildi.
Isroil hamda Hamas guruhi oʻrtasida imzolangan sulhni nishonlayotgan Gʻarbiy sohildagi falastinliklar.
Braziliyada koronavirusdan davolanayotgan bemor va hamshira shifokorlar sharafiga uyushtirilgan filarmoniya orkestri konsertini tomosha qilmoqda.
Sidneyda Xalqaro meditasiya kuni munosabati bilan qirollik Botanika bogʻida meditasiya marosimi oʻtkazilmoqda.
Ispaniya hamda Marokash chegarasida chegarani oshib oʻtmoqchi boʻlayotgan muhojirlar. Soʻnggi kunlarda mazkur hududda muhojirlar bilan bogʻliq inqiroz kuzatilmoqda. 8000 ga yaqin afrikalik muhojirlar Ispaniya chegarasini kesib oʻtishga uringan. | 103 | 1,374 |
Foto | Chesterfildda malika Diananing gulli yodgorligi paydo bo‘ldi. Yodgorlikda tasvirlangan ayol malikaga umuman o‘xshamaydi | Angliyaning Chesterfild shahrida malika Diana o‘limining 20 yilligi kunida gulbarglar va yaproqlardan tayyorlangan yodgorlik o‘rnatildi. Yodgorlikda tasvirlangan ayol malikaga umuman o‘xshamaydi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Yodgorlik shahardagi quduqlardan biriga o‘rnarilgan. Diniy bayramlar vaqtida quduqlar va buloqlarni gulli pannolar bilan bezatish qadimiy ingliz an’anasi hisoblanadi.
Mahalliy aholi yodgorlikni tanqid ostiga olgan. Biroq shahar kengashi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, har qanday san’at muhokamalarga sabab bo‘ladi, panno esa odamlarni ushbu tumanga jalb qilish uchun o‘rnatilgan.
Chesterfild shahri kengashi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, panno ustida qadimiy quduqlarni bezatish an’analaridan ilhomlangan 14 nafar ko‘ngilli ishlagan. | 119 | 769 |
Foto | Ofatlar, pandemiya, atrof-muhit — dunyo fotograflari nigohida | Sony World Photography Awards 2020 fotosuratlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi. 2020-yilgi tanlovda urugvaylik fotograf Pablo Albarenganing “Qarshilik ko‘rsatish donlari” surati mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Quyida tanlovning turli yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lgan eng yaxshi asarlarni taqdim etamiz.
Mutlaq g‘olib: “Qarshilik ko‘rsatish donlari” deb nomlangan surat. Urugvaylik Pablo Albarengi.
“Tabiat dunyosi va yovvoyi hayvonlar” yo‘nalishidagi g‘olib janubiy afrikalik Brent Stirtonning “Pangolinlar inqirozi” surati.
Tayvanlik Se Shenpan yoshlar o‘rtasidagi tanlov g‘olibi deb topildi. Uning surati “Shoshilinchda” deb nomlanadi.
Arxitektura yo‘nalishida Sandra Gerberning “Vinnipeg ko‘lidagi muzosti baliq ovi” deb nomlangan surati g‘alaba qozondi.
“Sport” yo‘nalishi g‘olibi — ispaniyalik Enjel Lopez Sotoning “Senegallik restlerlar” deb nomlangan surati.
Natyurmort yo‘nalishi g‘olibi — italiyalik Alessandro Gandolfining “O‘limsizlik” surati.
Manzara yo‘nalishidagi g‘olib surat muallifi germaniyalik fotograf Ronni Bexnert.
Hujjatli surat yo‘nalishida gonkonglik Chan Min Koning “Gonkong yaralari” seriyasidagi suratlari g‘olib bo‘ldi.
Atrof-muhit yo‘nalishida germaniyalik Robin Xinshning “Ofat” deb nomlangan surati g‘alaba qozondi.
Portret yo‘nalishidagi eng yaxshi ish— ispaniyalik Sezar Dezfulining “Yo‘lovchilar” deb nomlangan seriyali suratlari.
Kashfiyot yo‘nalishidagi g‘olib — rossiyalik fotograf Mariya Kokunovaning “G‘or” deb nomlangan surati.
Gretsiyalik Ioanna Sakellarakining “Eyforiya” deb nomlangan surati talabalarning “Eng yaxshi ishi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Boshqa qiziq fotojamlanmalar: | 61 | 1,651 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning eng tor ko‘chalari | Germaniyaning Roytlingen shaharchasi hukumati mahalliy aholi uchun qiziq bo‘lgan qarorni qabul qildi. Munitsipalitetga tegishli hududda uylar shu qadar zich qurilganki, o‘tish yo‘lagiga deyarli joy qolmagan (eng tor joyi 31 santimetrga teng). Shunga qaramay mahalliy aholining fikricha, ko‘cha davom etishi kerak bo‘lgan va uylar orasidagi tor yo‘lak jamoatchilik yo‘lining bir qismiga aylangan. Bu esa shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri sifati e’tirof etilgan hamda Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan, deb xabar berdi TravelAsk.
Yana bir tor ko‘cha Kanadaning Fan Tan maydonida joylashgan. Uning eng tor joyi Germaniyadagi ko‘chadan uch barobar kengroq (89 santimetr).
O‘ziga xos reytingdan uchinchi o‘rinni Shvetsiyaning Morten Trotzig tor ko‘chasi egalladi. Uning eni Fan Tan maydonidagi ko‘chadan 1 santimetrga kengroq. | 42 | 843 |
Foto | Fotoreportaj: Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining manzaralari | O‘zA Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining dovon qismi manzaralari tasvirlangan fotoreportajni taqdim etdi. | 59 | 103 |
Foto | Fotogalereya: Tavakkalchi yigit 8 metrli anakondani yaqindan suratga olish uchun Amazonka daryosiga cho‘mdi | Anakonda — yer yuzidagi eng katta ilon hisoblanadi. Eng uzun anakonda 11 metrni tashkil qilgan. Boshqa ilonlar kabi anakonda ham o‘z o‘ljasini butunlay yutadi. Ko‘pincha u sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. Shved fotografi Franko Banfi mana shunday yirtqich oldida turishga o‘zida jur’at topdi. Travel Ask Amazonka daryosida olingan 8 metrli anakondaning suratlarini taqdim etdi. | 107 | 411 |
Foto | Hayot mantig‘iga zid bo‘lgan har qanday odamni chalg‘ituvchi suratlar (foto) | Ushbu suratlarni kuzatib kutilmagan pallada tassvirga tushirilgan kadrlar biz ko‘rishga odatlanib qolgan buyum va odamlar harakatlarini ko‘rsatadi. Ushbu fotolarga boqib, bunday bo‘lishi mumkinmi, — deb o‘zingizga savol berasiz.
Haqiqiy pahlavon bolakay!
Itning panjasi boshqa yoqqa bukilganga o‘xshab ko‘rinmoqda.
O‘rtada turgan yigitning qo‘li qayoqqa uzatsa yetadi!
Rasmdagi odamni topib olsangiz bu dala maydoni ekanini tushunasiz.
Aqlga sig‘dirish mushkul bo‘lga surat.
Bu ko‘p qavatli uy emas, shunchaki hojatxona devorlariga terilgan plitka.
Radiatsiya ta’siriga tushgan mushuk.
Uch oyoqli qiz.
Rakurs qudrati!
Kuchuk bola qanday qilib ushbu itning belida paydo bo‘lib qoldi ekan?
Bunday uzun qo‘llarga ega erkakga selfi tayoqchasi umuman kerak bo‘lmaydi.
Haydovchilikni eplaydigan it.
Ushbu suratga uzoq tikilish odamni aqldan ozdirishi mumkin ekan!
Nima bo‘layotganini anglash mushkul bo‘lgan surat.
Dyumchabek.
Klonlashtirilgan mushuk yoxud egizaklar
Xoch ko‘targan roker amaki
Kichkina qo‘lchalar
Vaqt va makonni yenga oladigan gitara.
Juda ulkan qiz va uning mitti dugonasi. | 76 | 1,106 |
Foto | Fotogalereya: O‘zbekistonning oziq-ovqat mahsulotlaridan qilingan eng katta xaritasi qanday tayyorlandi? | 6-mart kuni Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazida oshpaz va restorator Bahriddin Chustiy milliy oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalangan holda O‘zbekistonning eng katta xaritasini yaratgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Interrecord agentligi tomonidan “milliy mahsulotlardan qilingan eng katta O‘zbekiston xaritasi” deya ro‘yxatga olingan installyatsiyaning tayyorlanishi jarayoni va taqdimoti aks etgan fotolavhalarni Fotosuratchi Husniddin Ato“Daryo” nashriga taqdim etdi. | 104 | 501 |
Foto | Fotojamlanma: Yaponiyalik rassom suratlarda aks ettirgan o‘zgacha dunyo manzarasi | Yaponiyalik sirli rassom Ariduka55 ajoyib fantaziya olamini o‘ylab topib uni suratlarda aks ettiradi, deb yozadi TravelAsk.
Uning asarlarida bahaybat hayvonlar odamlar bilan yonma-yon yashaydi. Ular orasida ayiq, quyon, kuchuk va mushuk kabi hayvonlar bor.
Quyida ana shunday suratlardan namunalar taqdim etildi. | 81 | 312 |
Foto | Ayni vaqtida kadrga muhrlangan qiziqarli tasvirlar (foto) | Eng kerakli lahza, “ilib olingan” suratlar jamlanmasini tomosha qiling.
“Sevgilimning qayiqdan yiqilib tushayotganini suratga oldim va shundan keyingina orqa tomondagi yaxtadan kimdir yiqilib tushganini angladim”
“Printer bugun aqldan ozdi. Haqiqatan ham, fors-major..”
Mushukdan kamerani tepmasligini so‘ragan paytingizda
“Telefonim ushbu suratni yuzimga tushib ketayotgan lahzada olgan”
In-yan shaklida yotgan mushuklar
“Qo‘shnim bilan gaplashayotganimni poylayotgan josus-mushuk”
“Akam va men Islandiyada vulqon otilishi fonida”
“Kaptar do‘stimning fotosuratini mohirlik bilan to‘ldirdi”
“Ichkariga kirmoqchi bo‘lgan qo‘shnining mushugini suratga oldim”
Shamolli kunda itni suratga olishga urinish natijasi
“Baliqlarni quritmoqchi edim. Yordam bering!”
“Tuya ham selfi qilishni xohladi”
“Shunchaki velosipedni suratga olmoqchi edim”
“Oynali bino ortidagi osmon bilan tutashib ketdi”
“Aftidan, chizkeykni yana kim bilandir bo‘lishadiganga o‘xshayman” | 57 | 966 |
Foto | Foto: Xitoy shifokorlarining tibbiy niqobni yechganidan so‘ng ko‘rinishi | Xitoyning Uxan shahrida yuzlab kishilar umriga zomin bo‘lgan koronavirusga qarshi kurash davom etmoqda. Tibbiyot hodimlari shaharlarda tun-u kun ishlamoqda. Ommaviy axborot vositalarida Uxandagi tibbiyot xodimlarining ish vaqtidan keyinggi ko‘rinishi aks etgan suratlar tarqaldi. Quyida BigPicture ana shu suratlardan namunalar taqdim etdi.
Ularning yuzlarida nafaqat charchoq, balki soatlab va himoya niqoblarini kiyish oqibatidan paydo bo‘lgan izlar ham bor.
Shifokorlarning kun-u tun ish joylarida qolishlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Ularning ayrimlari hatto ovqatlanib olish uchun ham vaqt topolmaydi, dam olishni-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.
Bemorlar kasallik yuqtirilmasligi uchun barcha shifokorlar himoya kiyimlarini kiyishlari shart.
Ularning yuzlarida niqobdan nafaqat izlar, balki yaralar ham qoladi.
Ko‘zlari osti ko‘karib qolganidan ularning qanchalik toliqqanini ko‘rish mumkin.
Faqat himoya kiyimlarigina ularni xavfli kasallikka chalinishdan asrab qolishi mumkin.
Dam olishga bir daqiqa bo‘lsa ham vaqt topilsa, xodimlar ish joyini o‘zidayoq mizg‘ib oladi.
Ular uchun stul, stol, kreslo va kushetkalar yoki shunchaki pol ham karavot o‘rnini o‘taydi.
Niqobdagi kelin-kuyovlar, BAAdagi chiroqlar festivali, Boyqo‘ng‘irdan uchgan raketa. 7-fevralning eng qiziqarli suratlari
Fotoreportaj: Gonkong do‘konlarida koronavirus tufayli yuzaga kelayotgan yetishmovchiliklar va navbatlar | 72 | 1,398 |
Foto | Polsha—Belarus chegarasidagi muhojirlar aks etgan fotolar tarqaldi. Yevrokomissiya Belarusni migrantlar oqimini uyushtirganlikda ayblamoqda | “Interfaks” Polsha—Belarus chegarasida to‘plangan noqonuniy muhojirlar aks etgan suratlarni e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 8-noyabr kuni chegaradagi vaziyat yomonlashgan. Bir necha ming muhojir Belarus tomondan Yevropa Ittifoqiga ko‘chib o‘tish istagida bo‘lgan.
Yevrokomissiya Belarus hukumatini muhojirlar oqimini uyushtirganlikda va Yevropa Ittifoqiga kirishga ruxsat ololmagan migrantlarni ortga qaytarmaganlikda ayblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni Belarusdan 60 ga yaqin noqonuniy muhojir Polsha hududiga kirishga uringan, oqibatda ikki askar yaralangandi. Shuningdek, internetda Belarusdan Polshaga ketayotgan qochqinlar karvonini aks ettiruvchi videolar tarqalgan. Polsha hukumati chegarani buzishga tayyorgarliklar haqida ogohlantirgandi.
Bundan tashqari, Litvada bahordan migratsiya inqirozi boshlangani, mamlakatga Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlaridan yuzlab fuqarolar — bari Belarus orqali — kirib kelayotgani xabar qilingandi. Qayd etilishicham 2020-yil bilan solishtirganda noqonuniy muhojirlar oqimi 39 baravarga ko‘paygan. Lukashenko muhojirlarning Litva bilan chegaradan noqonuniy o‘tishiga Belarus rasmiylari xalal bermasligini ochiqchasiga aytib, buni gibrid urush deb atagan.
Litvada iyul oyining oxirida favqulodda holat rejimi joriy qilingandi. Mamlakat Belarus bilan chegarada to‘siq qurishni boshlagan. Shuningdek, Litva hukumati o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishga rozi bo‘lgan noqonuniy muhojirlarga 300 yevrodan to‘lashga va’da bermoqda. Kecha, 9-oktabr kuni esa Litva hukumati Belarus bilan chegarada favqulodda holat joriy etilishini ma’qullagani haqida xabar berildi.
Bundan tashqari, oktabr oyida Germaniya chegarasini bir oy ichida 1,3 ming muhojir noqonuniy kesib o‘tishga uringani ma’lum qilingan. Qayd etilishicha, Belarus va Yevropa Ittifoqi chegarasidagi migratsion inqiroz Aleksandr Lukashenkoning Minsk endi Yevropani muhojirlardan himoya qilmoqchi emasligini aytganidan keyin boshlangan. Shundan so‘ng, ommaviy axborot vositalarida xabar berilishicha, belaruslik chegarachilar chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan odamlarga jiddiy to‘sqinlik qilmaslik haqida yashirin ko‘rsatma olgan. | 139 | 2,153 |
Foto | Bir qarashda bir necha davlatni ko‘rish mumkin bo‘lgan suratlar | Mamlakatlar o‘rtasidagi chegara deganda odamlar ko‘pincha qalin beton devorni ko‘z oldiga keltiradi. Lekin aslida chegaralarda hatto davlatlarni ajratib turadigan chiziqni ham ko‘rmaysiz. Bir qadam tashlab, boshqa davlatga o‘tib qolganingizni esa navigator xarita orqali bilishingiz mumkin, xolos. AdMe nafaqat 2 ta, balki 3-4 ta davlatlar kesishgan joylarning suratini taqdim etdi.
Hindiston-Pokiston
Meksika—AQSh
Amerika-Meksika chegarasidagi Tinch okeani sohili, Meksika tomondan ko‘rinishi.
AQSh va Meksika o‘rtasidagi tepalikdagi “suzuvchi” panjara.
AQSh-Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tayotganda halok bo‘lganlar sharafiga qurilgan memorial qabrlar.
Meksika-AQSh o‘rtasidagi Oy vodiysidagi (Kaliforniya) toshli panjara.
AQShning Arizona shtati o‘t o‘chiruvchilari Meksikadagi yong‘inni o‘chirmoqda.
Fransiya—Shveysariya
Niderlandiya—Germaniya
Shimoliy Irlandiya—Irlandiya
Italiya—San Marino
Xitoy—Rossiya
Kolumbiya—Panama
Suriya—Turkiya
AQSh—Rossiya
Sloveniya—Xorvatiya
Albaniya—Chernogoriya
Braziliya—Urugvay
Portugaliya—Ispaniya
Finlandiya—Rossiya—Norvegiya
Shvetsiya—Norvegiya—Finlandiya
Hindiston—Butan
Germaniya—Polsha
Keniya—Tanzaniya
Kanada—AQSh
Sloveniya—Xorvatiya
Serbiya—Ruminiya
Shveysariya—Germaniya—Fransiya
Namibiya—Zambiya—Botsvana—Zimbabve
Ispaniya—Gibraltar
Germaniya—Avstriya
Misr—Sudan
Chili—Argentina
Buyuk Britaniya—Fransiya
Avstriya—Vengriya—Slovakiya | 63 | 1,421 |
Foto | Fotogalereya: Rossiya yovvoyi tabiatining 2016-yildagi eng chiroyli suratlari | Moskva shahridagi Rassomlar markaziy uyida 28-dekabr kuni National Geographic’ning “Rossiya yovvoyi tabiati–2016” fototanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi va shu nomli eng yaxshi suratlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Fototanlovda 55 mingdan ortiq suratlar ishtirok etdi. 300 ming rubl miqdoridagi bosh sovrin “Tulomsk tantiqliklari” muallifi – murmansklik suratkash Sergey Korolyovga nasib etdi. U “Manzaralar” nominatsiyada g‘olib bo‘ldi.
Moskvadagi ko‘rgazma 2017-yilning 14-yanvariga qadar davom etadi. Shundan so‘ng ko‘rgazma Sankt-Peterburgga, keyin esa Rossiyaning boshqa shaharlariga yo‘l oladi. TJournal “Rossiya yovvoyi tabiati–2016” fototanlovi g‘oliblarinining fotosuratlarini bir sahifaga jamladi.
“Tulomsk tantiqliklari”. Sergey Korolyov (Murmansk)
“Birinchi qush bolasi”. Dmitriy Velyunov (Smolensk), “Qushlar” nominatsiyasi g‘olibi
“Ular uchib keldi!”. Irina Polozkova (Moskva), “Sutemizuvchilar” nominatsiyasi g‘olibi
“Vulqon uxlamaganda”. Vladimir Voychuk (Klin), “Shomdan tonggacha” nominatsiyasi g‘olibi
“Atlant”. Konstantin Novikov (Podolsk), “Suv osti syomkasi” nominatsiyasi g‘olibi
“Oltin bo‘ron”. Darya Timoxina (Moskva), “Yosh iqtidorlar” nominatsiyasi g‘olibi
“Kechki quyoshni kuzatib”. Aleksandr va Natalya Fedosovlar (Korolyov), “Dahlsiz Rossiya” nominatsiyasi g‘olibi
“Kutilmagan mehmon”. Gennadiy Yusin (Moskva), “Ona va bolalar” nominatsiyasi g‘olibi
“Katta momaqaymoqning bir qismi”. Viktoriya Karpenko (Lugansk). “Makrosyomka” nominatsiyasi g‘olibi
“Qishki uyqu”. Oksana Ariskina (Novosibirsk), “O‘simliklar” nominatsiyasi g‘olibi
“Dinozavrlar davri o‘tdi”. Darya Selivanova (Moskva), “Oq-qora rangdagi tabiat” nominatsiyasi g‘olibi
“Toshli to‘lqinlar”. Anton Grigoryev (Moskva), “Mobil foto” nominatsiyasi g‘olibi
“Bo‘rilar girdobi”. Yevgeniy Polonskoy (Astraxan), “Fototarix” nominatsiyasi g‘olibi
“O‘rta chiziqning ‘Mars’ manzarasi”. Yuriy Sorokin (Lipetsk), “Hayot quvvati” nominatsiyasi g‘olibi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 77 | 2,109 |
Foto | Saylov kunida paxta terayotgan oʻzbekistonliklar, Kobul bozoridagi anorfurush, Assanjga ozodlik soʻrayotgan inglizlar — 24 oktyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Qishloq aholisi eman shoxlaridan koʻmir yasashga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Bugun oʻzbekistonliklar prezident saylovida ishtirok etdi.
Saylov muhim, lekin daladagi paxta ham qolib ketmasligi lozim. Saylov kunida paxta dalasida terimda qatnashayotgan paxtakorlar.
Ba‘zi davlatlarda soqol va moʻylovga taqiq qoʻyilsa, Germaniyada soqol-moʻylov oʻstirish boʻyicha chempionat boʻladi. Soqol va moʻylov chempionati–2021, Germaniya.
Kurash musobaqasi paytida anor sotayotgan kobullik savdogar.
Madrid koʻchalarini toʻldirib yurgan qoʻylar podasi.
Illinoisda Hellouin uchun qovoq tanlayotgan bolakay.
Moskvaning Qizil maydonida yurgan odamlar. Shaharda karantin qoidalari yana kuchaytirilmoqda.
Londonda Julian Assanjning AQShga ekstradisiyasiga qarshi norozilik namoyishi boʻlib oʻtmoqda. U AQShda 175 yillik qamoq jazosi olishi mumkin.
Gaiti poytaxtida norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Kaliforniyaning Santa Barbara sohillaridagi dengiz chagʻalaylari. | 140 | 1,009 |
Foto | Fotogalereya: Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar | Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning hayoti haqida juda kam ma’lumot mavjud bo‘lib, bu holat uning rafiqasi uchun ham bir xil. Li Sol Chju omma oldida juda kam ko‘rinadi. Uning ismi esa yangiliklarda tilga olinmaydi. Hatto uning yoshi haqida ham aniq ma’lumot yo‘q. AdMe ana shu ayol haqidagi bir qator faktlarni taqdim etdi.
U Chxonjin port shahrida shifokor va o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. Uning tug‘ilgan yili sifatida 1985—1989-yillar taxmin qilinadi.
Li Sol Chju turmush qurguniga qadar KXDRning eng yirik oliy o‘quv yurti — Pxenyandagi Kim Ir Sen nomidagi universitetda o‘qigan. U 2005-yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Shimoliy Koreya delegatsiyasining qo‘llab-quvvatlash guruhi a’zosi sifatida bo‘lgan.
Li Sol Chju qo‘shiq aytish bilan ham shug‘ullangan. U Xitoyda vokalni o‘rgangan. KXDR yetakchisi uni birinchi marta davlat orkestridagi chiqishi vaqtida ko‘rgan.
OAVlarning taxmin qilishicha, Li Sol Chju 2010 va 2013-yillarda ikki nafar qizni dunyoga keltirgan. 2017-yilning fevral oyida esa o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘il farzand ayol xohishi bilan emas, buyruqning ijrosi sifatida dunyoga kelgan, chunki mamlakatga merosxo‘r kerak.
Li Sol Chjuga qadar avvalgi yetakchilarning rafiqalari uzun sochli bo‘lgan. Ayni damdagi mamlakatning birinchi xonimi esa sochini kalta qilib kesgan va Yevropa uslubida kiyingan birinchi xonim hisoblanadi. Barcha shimolliklar uchun majburiy bo‘lgan mamlakat rahbarining portreti tushirilgan nishon o‘rniga u qimmatbaho taqinchoq taqadi.
Davlat rahbarining kuchi va obro‘siga qaramasdan, Li Sol Chju erini ayollarning kiyinishi borasida ko‘proq erkinlik berishga va hatto velosiped haydashga ruxsat berishga ko‘ndira olgan. | 59 | 1,781 |
Foto | Qozog‘istonning Olma-ota metrosidan fotoreportaj | Metro — jamoat transporti orasida tezkor va qulayligi bilan ajralib turadi. Shundanmi, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ommalashib ulgurgan. “Daryo” Toshkent metropoliteni va undagi sharoitlar bilan tanishtirgan edi. Markaziy Osiyoda Toshkent metropolitenidan keyin ikkinchi bo‘lib qurilgan Olma-ota metropoliteni haqida bilasizmi?
Qozog‘istonning Olma-ota metrosi Olma-otadagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi temiryo‘l transporti hisoblanadi. 2011-yilning dekabr oyida ochilgan metro salkam 12 yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. “Daryo” muxbiri Sevara Mirzarahimova Olma-otada bo‘lib, shahar metrosidan fotoreportaj tayyorladi.
“Boyqo‘ng‘ir” bekati.
Metro o‘z faoliyatini ertalab soat 06:20 dan boshlab, kechki 00:00 da yakunlaydi. Bir qarashda Olma-ota metrosi o‘zimizning metroga o‘xshash. Ammo yo‘lovchilar soni kamroq. Ehtimol, shu sabab bekatlar ichida tirbandliklar yo‘qdir. Metro bekatiga kiraverishda ma’lumot taxtachasi Toshkent metropolitenidan farqli ravishda, 3 ta tilda — qozoq, rus va ingliz tillarida berilgan.
Olma-ota metrosining uzunligi 13,4 kilometrni tashkil etib, 9 ta va 2022-yilning 30-may sanasidan 2 ta yangi bekat ochilib, hozirda 11 ta bekat mavjud. Kuniga o‘rtacha 45 ming yo‘lovchini manziliga yetkazib qo‘yish imkoniyatiga ega metroga kirgach, chipta sotadigan avtomat, bankomat va posilkalarni yetkazib berish uchun avtomatlashtirilgan terminal hamda ichimliklar sotadigan avtomat do‘konni ko‘rish mumkin.
Metroda imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilgan sharoitlar e’tiborni tortishi aniq. Chunki har qadamda nogironligi mavjud insonlar uchun panduslar, taktil yo‘laklar bor.
Bekatning kirish qismida nazorat punktlari mavjud. Quyidagi rasmda metro xodimlari nazorat postida metroga kirayotgan yo‘lovchining yukini tekshirmoqda.
Olma-ota metrosining bir martalik yo‘l haqi 80 qozoq tengesi (o‘zbek so‘mida sal kam 2 ming)ni tashkil qiladi. 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 40 tenge (ming so‘m). Jetonning amal qilish muddati sotib olingan vaqtdan boshlab 1 sutka. Muddati o‘tgan jetonlarni haftaning har chorshanba kuni “Jeton kuni” aksiyasida ishlatish mumkin. Bundan tashqari, qayta foydalanishga mo‘ljallangan smart kartalar yoki shu kabi bank va transport kartalari orqali ham to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Nazorat punktidan o‘tdingiz va kassadan jeton olib, turniketdan o‘tasiz. Keyin uzun eskalatorlar sizni kutib oladi.
Bu yerda hali ham antiseptik vositalardan foydalanish mumkin.
Metroning “Boyqo‘ng‘ir” bekati. Bekat zamonaviy high-tech usulida ta’mirlangan bo‘lib, nomi Boyqo‘ng‘ir kosmodromi nomidan olingan. Devorlari ko‘k va och kulrang metall panellar bilan qoplangan hamda ko‘zi ojiz insonlar uchun taktil plitka chiziqlar bor.
Har bir bekatda metro yo‘nalishi va bekatlari haqida ma’lumot taxtalari mavjud. Lekin unchalik ham tushunarli emas. Balki metroning o‘zi katta emasligi sababdir.
Vagonning tashqi ko‘rinishi.
Vagonning ichki qismidan ko‘rinishi.
Vagon eshigining tepa qismida yo‘nalish va bekatlar haqida ma’lumot.
“Jibek jo‘li” bekati. Ipak yo‘li ma’nosini anglatuvchi bekatni Toshkentning Amir Temur metro bekatiga o‘xshatish mumkin. Ushbu bekatdan chiqish bilan Skver (Square broadway) kabi yoshlarga to‘la ko‘chadan chiqasiz.
Toshkent metrosida poyezd jo‘nab ketgan vaqtini ko‘rsatib turuvchi ekran bo‘lsa, Qozog‘iston metro bekatlaridagi ekranlar poyezdning kelish vaqtini ko‘rsatadi.
Shuningdek, bekatlarda yo‘lovchilarni ogohlantiruvchi belgilarni ham uchratish mumkin.
Platformaning chetida ham ko‘zi ojiz insonlar uchun maxsus bo‘rtib chiqqan 3 qator chiziq tortilgan.
Bekatga rolik va velosipedda kirish mumkin emas, degan belgi. Bundan tashqari, chekish hamda quloqchindan ham foydalanish mumkin emasligi ko‘rsatilgan.
Poyezdlarning bekatlarga kelish vaqtining umumiy jadvali.
“Muxtar Auezov nomli teatr” bekatining ko‘rinishi.
Metrodan chiqishdagi turniket. Nafaqat bekatga kirishda, balki chiqishda ham turniketlardan o‘tiladi. Yagona farqi chiqishdagi turniketlar mutlaqo bepul.
Imkoniyati cheklanganlar uchun pandus.
Taktik yo‘laklar metroga kirishdan to chiqishgacha bor.
Chiqish yo‘laklari tasviriy san’at namunalari bilan bezatilgan.
Metroga kirishning tashqari tarafdan ko‘rinishi. | 48 | 4,238 |
Foto | Fotogalereya: Oq va qora rangda ifodalanagan ma’nolar | Fotografiya ranglar orqali inson kayfiyatining barcha jihatlarini ifodalashga imkon beradi. Biroq oq-qora suratlar hanuzgacha ko‘pchilik ishqibozlar uchun alohida ahamiyatga ega. AdMe o‘ziga xos ma’noli oq-qora suratlar jamlanmasini taqdim etdi. | 53 | 245 |
Foto | Putin, Obama, Olland, Tramp va Bayden. Taxtga chiqqaniga 70 yil to'lgan Elizaveta II siyosiy faoliyati — suratlarda | Bundan 70 yil oldin, 1952 yilning 6 fevral kuni otasi Georg VI’ning vafotidan so'ng Buyuk Britaniya taxtiga Elizaveta II o'tiradi. Taxtga o'tirish marosimi esa 2 iyunda bo'lib o'tadi. Taxtga chiqqan kundan boshlab to bugungacha dunyo liderlarining bir nechtasini, o'nlab bosh vazirlarni almashtirgan qirolicha hamon tetik.
“Bugun suratlari” ruknining bugungi sonida qirolicha hukmronligining so'nggi 10 yilligidagi siyosiy faoliyati va uchrashuvlaridan olingan suratlarning eng saralarini taqdim etamiz.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Londonda.
Qirolicha BMT minbarida nutq so'zlamoqda. 2010 yil 6 iyul
BAAga tashrif davomida Muhammad bin Rashid al Maktum bilan uchrashuv. 2010 yil 25 noyabr
Ummon sultoni Qobus bilan uchrashuv. 2010 yil 26 noyabr
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama bilan. 2011 yil 24 may
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron hamda rafiqasi Samanta va qirolicha. 2011 yil 21 iyun
Qirolicha 2012 yilgi London Olimpiadasi ochilish marosimida.
Normandiyaga desant tushirilganining 70 yillik yubileyida qatnashish uchun Frantsiyaga kelgan qirolichani Frantsiyaning o'sha paytdagi prezidenti Fransua Olland kutib olmoqda. 2014 yil 6 iyun
Frantsiya sobiq prezidenti Olland va Parij meri Anna Idalgo hamrohligida. 2014 yil 7 iyun
Germaniyaga tashrif. Germaniya prezidenti Gok, shahzoda Filip va qirolicha. 2015 yil 25 iyun
Yana bir sobiq bosh vazir Tereza Mey qirolicha bilan salomlashmoqda.
Qirolicha Evropa Ittifoqi yulduzlari tushirilgan bosh kiyimda Buyuk Britaniya parlamentini ochib bermoqda. 2017 yil 21 iyun
Ilk bor London Moda haftaligida qatnashayotgan qirolicha. 2018 yil 20 fevral
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv. 2019 yil 3 iyun
Qirolicha Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Tereza Mey hamda AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp hamrohligida Normandiyaga desant tushirilganining 75 yilligi marosimida nuqt so'zlamoqda. 2019 yil 6 iyun
Bosh vazir Boris Jonson qirolicha huzurida.
Jo va Jill Bayden, Justin Tryudo va qirolicha.
Qirolicha NATO’ning 70 yillik yubileyida. | 115 | 2,056 |
Foto | Pokiston ko'chalariga ilingan Mirziyoev suratlari, Qirg'izistonda ko'tarilgan ulkan bayroq, Ukrainadagi urush oqibatlari — 3 mart suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Pokistonda bo'lib turibdi. Davlat rahbarini Islomobod aeroportida Pokiston bosh vaziri Imron xon kutib oldi. So'ng bosh vazir qarorgohida Prezidentni rasmiy kutib olish jarayoni bo'lib o'tdi.
Yuqoridagi surat olingan joydan “atigi” 5,5 ming kilometr narida — Koreyaning Shimoliysida Kim Chen In ham ko'chat ekdi. U mamlakat poytaxti hisoblangan Pxenyanda bo'lib o'tgan daraxt ekish marosimida qatnashgan.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari ikkinchi marta muzokaralar stoliga o'tirdi.
Yuqoridagi suratdagi insonlar Ukrainadagi tinch aholi turar joylari mana shunday holatga kelgandan so'ng muzokaralarga kirishdi. Suratda Ukrainaning Borodyanka shahridagi ko'p qavatli turar joy binosi. Unga Rossiya tomonidan uchirilgan raketa kelib tushgan.
Lvov, Ukraina. Poezdda Slovakiya tomon harakatlanayotgan bolalar.
AQSh prezidenti Jo Bayden “Marine One” vertolyotidan tushib, Oq uy tomon harakatlanmoqda. U bu safar qoqilib tushgani yo'q.
Qirg'istonda davlat bayrog'i kuni nishonlandi va ulkan bayroq ko'tarildi.
Bu Ukraina emas, Ispaniya. Mamlakatning Meliliya shahrida bir guruh migrantlar chegarani kesib o'tdi. | 139 | 1,208 |
Foto | Sankt-Peterburg osmoniga “uchta quyosh” chiqdi (foto) | Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyati aholisi noodatiy optik hodisa — galoning guvohi bo‘ldi. Hodisaning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Hodisa kamalak aylanasi natijasida yuz bergan. Kamalak aylanasining yorqin nuqtalari xuddi uchta quyosh bordek taassurot uyg‘otadi.
Galo troposferaning yuqori qatlamlarida mavjud bo‘lgan muz kristallarida kuchli yorug‘lik manbasidan kelgan yorug‘likning akslanishi natijasida yuzaga keladi. | 53 | 485 |
Foto | Fotogalereya: Tangalardan yasalgan haykallar | Yaponiyalik Tanu ismli Twitter foydalanuvchisi noodatiy san’at bilan shug‘ullanadi. U tangalardan betakror shakllar yig‘adi.
Ularning aksariyati muvozanat asosida quriladi. Bitta namunani yasash uchun muallif 1—2 soat vaqt sarflaydi.
Billionnews nashri ijodkor asarlarining fotojamlanmasini taqdim etdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 44 | 388 |
Foto | Fotogalereya: O‘z bolalarini merossiz qoldirgan mashhurlar | Mashhurlarning farzandlariga ulardan boylik va shon-sharaf meros bo‘lib qoladi. Biroq ba’zi mashhurlar bunday yo‘l tutmagan. AdMe o‘z farzandlarini merosdan mosuvo qilgan mashhurlarga e’tibor qaratdi.
Boyligiining 97 foizini xayriya jamg‘armasiga qoldirgan.
Tadbirkorning o‘limidan so‘ng uning 10 milliard dollardan ortiq mablag‘i xayriyaga yo‘naltirilgan.
O‘z boyligini xayriya uchun yo‘naltirishga va’da bergan.
Nyu-Yorkning sobiq meri va milliarder o‘z boyligini xayriya uchun qoldirishni rejalashtirgan.
CNN asoschisi 1990-yillarda ekologik muammolar bilan shug‘ullanuvchi jamg‘arma tuzgan. Ikki milliard dollar boyligi bo‘lgan milliarder kambag‘allik ostonasida yashamoqda.
Facebook asoschisi egalik qiladigan 63,5 milliard dollarning 99 foizi kasalliklarni davolash, ta’limni rivojlantirish va ijtimoiy masalalar yechimi bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga ketadi. Qolgan qismi esa farzandlariga qoladi.
Aktyor barcha boyligini xayriya uchun yo‘naltirishga qaror qilgan. | 58 | 986 |
Foto | Fotogalereya: Dunyo kontrastlarga boy ekanini isbotlagan suratlar | Atrof muhit doim ikki turga bo‘linadi. Oq va qora, ezgulik va yovuzlik… Travel Ask o‘zida kontrast jamlangan suratlarni taqdim etdi. | 65 | 132 |
Foto | Fotogalereya: Insoniyatga bo‘lgan ishonchni oshiradigan suratlar | AdMe insoniyatning mehribonligi va yaxshi xislatlari aks etgan rasmlarni taqdim etdi.
To‘y kuni kelin-kuyov mehrob yoniga kelganida uysiz it kelinning fatasi ustiga yotib olgan. Yosh juftlik buni yaxshilik belgisi deb hisoblab, itni boqib olgan.
“Qo‘shnimning iti o‘g‘limning krossovkasini hovlidan olib, tishlab tashlagan edi. Ertasiga hovlimning chetidan mana buni topdim.”
Adam Braun muvaffaqiyatli biznesmen bo‘lgan. Lekin biznesini tashlab, Pencils of Promise xayriya jamg‘armasini tashkil etgan va Afrikada maktab qurgan.
Volontyorlar bo‘sh volyerlarni namoyish qilmoqda: “Hayvonlar uyini tozalash” aksiyasi davomida barcha hayvonlar uyga olib ketilgan.
Amerikadagi bir shaharchada tuzalmas kasalikka chalingan bola uchun sentabrda Rojdestvo nishonlandi. Chunki bola Rojdestvogacha yashamasligi mumkin edi.
Brownies & downieS — bu nafaqat kafe, balki nogiron insonlarning ijtimoiylashuvi uchun trening markazi hamdir. Muassasaning 30 tarmog‘idagi xodimlarning ko‘pi Daun sindromi bilan kasallangan odamlar.
Aligator hayvon sotuvchilarning qo‘liga tushib, dumidan ayrilgan. Keyin unga 3D-printerida yangi dum chiqarib berishgan.
12 yoshli Noa nogironlik aravachasiga mixlanib qolgan ukasi Lukas bilan birga triatlonda qatnashadi.
Bolakay noyob jigar kasaliga chalingan do‘stini qutqarish uchun kitob yozgan va muolaja uchun 1 million dollar yig‘gan.
98 yoshli urush faxriysi nogironlik aravachasi ucun pandus bo‘lmagani sabab, uyidan chiqmagan. Boshqa harbiylar yig‘ilib, pandus qurib bergan.
Tez yordam xodimlari o‘layotgan kishini kasalxonaga olib kelgan va undan nima yeyishni xohlashini so‘ragan. U muzqaymoq xohlagan. Tibbiyot xodimlari uning iltimosini bajargan.
Estoniyada hovlida yashaydiganlar ko‘p qavatli uyda yashagani uchun bog‘ yaratolmagan qo‘shnilariga olmalarni mana shunday qoldirib ketadi.
Fermerlar yigit sevgan qizining qo‘lini vertolyot bortida so‘rashiga yordam bergan: ular makkajo‘xori dalasida yozuv yozishga ruxsat bergan. | 64 | 1,966 |
Foto | Fotogalereya: Genetikaning kuchi aks etgan oilalar | Odatda ota-onadan farzandga ko‘zlarining rangi, kulgusi yoki yuz shakli nasl orqali o‘tishi mumkin. AdMe genetika o‘z ishini muvaffaqiyatli bajargan oilalarning suratlarini taqdim etdi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 50 | 270 |
Foto | Uyidan quvilgan sportchi, Vulqon kulini tozalayotgan harbiy, BMT mashinasi tomon qochayotgan ko'ngillilar — hafta suratlari | Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Uyidan quvilgan Olimpiada ishtirokchisi Karlos Berrokal.
La Palma orolidagi Kumbre Vexa vulqoni kulini tozalayotgan harbiy xizmatchi.
Harbiylar hujumidan BMT zirhli avtomobili tomon qochayotgan “Qizil Hoch” ko'ngillilari (Kongo demokratik respublikasi).
Parij chekkasidagi qochqinlar lagerida isinayotgan Afg'on muhojiri.
Nazorat o'tkazish nuqtasidan o'tayotgan “Tolibon” harbiysi.
Belarus-Polsha chegarasidagi transport-logistika markazida kir yuvayotgan Belarus muhojiri.
Dehlining sovuq qish kunida gulxan yonida isinayotgan bolakay.
Malayziyaning Shoh-A'lam shahrida toshqin paytida olib borilgan evakuatsiya jarayoni.
Chilida saylangan yangi eng yosh prezident Gabriel Borich tarafdorlarining Santyagoda uyushtirgan bayrami.
Sobiq Sudan prezidenti Umar al-Basharning hokimiyatdan chetlatilishiga uch yil to'lishi munosabati bilan xartumda o'tkazilgan miting ishtirokchisining yerga qulashi.
Filippinda “Ray” to'fonidan zarar ko'rgan simyog'och yonidan aylanib o'tayotgan mototsikllar.
Kiev yaqinidagi poligonda Rossiyaning ehtimoliy hujumiga qarshi harbiy tayyorgarlik ko'rayotgan zahiradagi harbiy xizmatchilar.
Niqob kiygan yo'lovchilar Lissabon tramvayida.
Hamshira Brayan xofilena Los-Anjelesdagi “Providens Muqaddas xoch” tibbiyot markazida koronavirusdan vafot etgan odam maxsus kiyimiga “Kovid bemori” stikerini yopishtirmoqda.
Kongo shimoli-sharqidagi Roo lageridagi devor bo'ylab ko'chirilgan o'nlab odamlar to'planishmoqda.
Filippinda 300 ming kishini ko'chishga majbur qilgan “Ray” to'fonidan aziyat chekkan uy va uning sohibasi.
Suv ko'tarib ketayotib, qo'lini isitib olayotgan qiz (Afg'oniston, Balujiston).
Boyn vodiysidagi Nyugrenj maqbarasida 5000 yillik tosh davriga oid maqbarada sayr qilayotgan ayol qishki quyosh chiqishidan zavqlanmoqda.
Santa-Klaus ko'rinishida kiyingan Iso Kasisi Quddus eski shahar devorlari yonidan tuyada o'tmoqda.
24 kun Marselning “La Timon” kasalxonasida komada yotgan Ludo Hayat va uning turmush o'rtog'i Ameliya uning komadan chiqish vaqtida. | 123 | 2,056 |
Foto | Fotogalereya: Noodatiy tarzda vafot etgan hukmdorlar | Agar eng noodatiy o‘lim uchun mukofot berilganida, quyidagi olti hukmdor ehtimol uni olgan bo‘lardi. TravelAsk noodatiy tarzda o‘lim topgan hukmdorlar haqida hikoya qildi.
Filipp III tartibni juda yoqtiradigan qirol bo‘lgani uchun har bir ishni qilishga ma’lum bir odamni biriktirgan, boshqa kishi bu ishni qilishi mumkin bo‘lmagan. U olov yonayotgan pech oldidagi o‘rindiqda uxlab qolgan. Tasodifan unga pechdan olov uchquni otilgan va u yona boshlagan. Xizmatkorlar uning o‘rindig‘ini surishga haqli kishini izlab topguncha qirol yonib ketgan.
Karl VIII 28 yoshida eshik romiga urilib ketgan va shundan keyin komaga tushgan. Hukmdor hodisadan to‘qqiz soat o‘tib, vafot etgan.
Jorj Vashington 67 yoshida o‘z mulkini otda aylanib yurgan vaqtda qor va yomg‘ir ostida qolib ketgan va shamollagan. Yaqinlari uni davolatish uchun bir nechta shifokorni chaqirgan. O‘sha vaqtda davolashning asosiy usuli qon quyish va xlorli eritma bilan tozalash bo‘lgan. Har bir shifokor kelib qon quyganida, bu prezidentning sog‘lig‘iga yomon ta’sir qilgan va u bunday davolashdan vafot etgan.
Aleksandr I o‘z iti bilan saroyining bog‘ida sayr qilib yurganda uning itiga maymun tashlangan. Qirol itini himoya qilish uchun hayvonlarni ajratishga uringan. Maymun esa qirolning oyog‘idan tishlab olgan. Yara yaxshi tozalanmagan va qirol buning oqibatida vafot etgan.
Imperator urushga ketayotgan vaqtda unga hujum uyushtirilgan. U olg‘a yurgan va yo‘lida tez oqar daryoga duch kelgan. 68 yoshida ham kuchli bo‘lgan imperator daryodan o‘tish vaqtida otdan yiqilgan va daryo uni oqizib ketgan. Uning qurol-yarog‘i og‘ir bo‘lgani uchun suzib chiqa olmagan va suvga bo‘kib o‘lgan.
Aragon qiroli Martin Gumanniy hazillarni yoqtirgan. Kunlardan birida kechki ovqatga g‘oz yegan qirolga hajvchi anjirga o‘g‘rilikka tushgan kiyikning dumi bilan daraxtga osilib qolgani haqida aytib bergan. Qirol shunchalik kuchli kulganki, uning oshqozoni bir vaqtning o‘zida kulgidan va g‘ozdan tushgan og‘irlikni ko‘tara olmay, yorilib ketgan. | 52 | 2,003 |
Foto | Fotogalereya: Amerikalik mushuksevar uysiz qolgan jonivorlarni suratga oldi | Orin ismli amerikalik yigit o‘zini “mushuklarni sevuvchi oddiy sayohatchi” deb hisoblaydi. U doimiy ravishda dunyo kezgani uchun mushuk boqishga qaror qilmagan. Chunki jonivor doimiy parvarish talab qiladi. Ammo qayerga bormasin, albatta, uysiz mushuklar bilan biroz vaqt o‘tkazadi. Travel Ask u olgan rasmlarni taqdim etdi.
Quyidagi mushuklarni u Istanbulda qilgan sayohati davomida suratga olgan. | 75 | 400 |
Foto | Fotoreportaj: Shimoliy Koreyaning eng yangi suratlari | TravelAsk dunyodagi eng yopiq mamlakat sanaladigan Shimoliy Koreyaning suratlarini taqdim qildi.
Bugungi kunda Shimoliy Koreyada tarixiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yaqinda mamlakat rahbari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Shimoliy Koreya rahbariyati o‘z hududini butunlay yadrosizlantirishni bo‘yniga oldi. Biroq mamlakatning ichki hayoti va aholisining turmush tarzi sirligicha qolmoqda. Mamlakatda olingan suratlarni xorijga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan bir qator fotograflar o‘z hayoti va erkinligini xavf ostiga qo‘yganini aytgan. Biroq Shimoliy Koreyada kutilayotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda bu kabi yopiq tizim tarixda qoladi, deb umid qilish mumkin.
Quyida taqdim qilingan suratlar fotograf Karim Saxay tomonidan olingan. Ehtimol, bu Shimoliy Koreyada yashirin tarzda olingan so‘nggi suratlardir va keyinchalik mamlakatda bu borada ijodkorlarga butunlay erkinlik berilar. | 53 | 902 |
Foto | Kumirlari bilan tasodifan uchrashib qolganda esdalik uchun suratga tushish imkonini qo‘ldan boy bermagan muxlislar | Albatta, do‘kon yoki qahvaxonaga borib, jahon yulduzlarini uchratib qolish qiyin. Ammo bugungi qahramonlar chindan ham omadli: ular kutilmaganda haqiqiy mashhurlarga duch kelgan. Qolaversa, ular fursatdan unumli foydalanib, esdalik uchun suratga tushish imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi va oradan yillar o‘tib, mazkur suratlar bilan maqtanadi. AdMe nashri mashhur kishilarning aslida samimiy va sodda ekanligini isbotlovchi suratlar bilan bo‘lishdi.
“Ha, men Nikolas Keyj bilan haqiqatan ham qahvaxonada tanishdim”.
“Bir kuni Pol Ukoerni aeroportda uchratib qoldim. U juda ajoyib inson edi”.
“Men Itan Xouk bilan 2017-yilda o‘z ona shahrimda tanishganman va uning juda yaxshi inson ekanini hamma bilishini istayman”.
“Bugun Denni De Vitoni uchratib qoldim”.
“Dugonamning singlisi va uning sevgilisi beysbol o‘yinida Kevin Kostner bilan uchrashib qolibdi”.
“Opam va men Jon Sinni uchratib qoldik”.
“Bugun buvim Jeff Goldblyum bilan uchrashib qolibdi. Lekin uning kimligini bilmas edi”.
“Mening do‘stim ish joyida mashhur memlar qahramoni — Garold bilan uchrashgan”.
“Qizim bugun Jorj Kluni bilan uchrashibdi”.
“Bugun Rozmari Xarrisni uchratib qoldim”.
“Yanvar oyida kumirim Adam Sevij bilan uchrashdim va men bundan juda ham baxtiyorman”.
“Do‘stim Beyonse bilan uchrashib, unga shunday degan: ‘Qanday suratga tushsang, men ham shunday tushaman’.
“Men Stiv Karell bilan ko‘rishdim”.
“‘Sherlok’ suratga olinayotganida ofisda Benedikt Kamberbetchni uchratdik”. | 114 | 1,469 |
Foto | Putinning uchar saroyi va Obamaning “oxir zamon borti”. Davlat rahbarlarining 5 ta samolyoti (foto) | ANews ba’zi mamlakatlar yetakchilarining shaxsiy samolyotlari bo‘ylab “sayohat” tashkil qildi.
Buyuk Britaniya bosh vazirida xizmat parvozlari uchun shaxsiy samolyot yaqinda paydo bo‘ldi, shu maqsadda Airbus A330 borti qaytadan jihozlandi. Katta vazirlar va qirollik oilasi a’zolari ham uchishi mumkin bo‘lgan samolyot britaniyalik soliq to‘lovchilarga 10 million funtga tushdi. Hukumat ta’kidlashicha, alohida samolyotdan foydalanish charter aviareyslariga qaraganda yiliga 700 ming funtga arzonroqqa tushadi.
Bosh vazir ishontirishicha, samolyot qat’iy tejamkorlik sharoitlarida jihozlandi va eng oddiy pardoz materiallaridan foydalanildi. Internet foydalanuvchilari samolyotni “Tarkidunyochilik borti” deb nomlashni taklif qildi.
Boeing VC-25 modelidagi ikkita prezident samolyoti 1990-yilda foydalanishga kiritilgan. Ularning har biri 325 million dollar turadi.
Interyer 1987-yilda AQShning o‘sha vaqtdagi 40-prezidenti Ronald Reyganning rafiqasi — Nensi Reygan loyihasi bo‘yicha bezatilgan.
VC-25 “Oxir zamon samolyotlari”dan biri sifatida ishlab chiqilgan: yerdagi qo‘mondonlik boshqaruv punktlarining barchasi yo‘q qilingan taqdirda, samolyot prezident, mudofaa vaziri va harbiy muassasaning boshqa a’zolari uchun bosh shtabga aylangan holda, ularning o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi.
Rossiya mansabdor shaxslarini “Rossiya” maxsus uchuvchilar otryadi havo orqali o‘z manziliga yetkazadi. Bugungi kunda Rossiya prezidenti va asosiy vazirlarni tashiydigan havo kemalari soni oltitani tashkil qiladi.
1996-yildan buyon prezidentning asosiy samolyoti Il-96-300PU — Il-96 yo‘lovchi samolyotining modifikatsiyalangan varianti hisoblanadi. U yadroviy nizo yuzaga kelgan taqdirda qurolli kuchlarni boshqarish imkonini beruvchi uskunalar bilan jihozlangan.
Vladimir Putin uchun yangi samolyot 2003-yilda qurilgan. 2010-yilda o‘sha paytda prezident bo‘lgan Dmitriy Medvedev aviaparkni yana ikkita samolyotga kengaytirdi. 2013-yilda ularning safiga yana ikkita samolyot qo‘shildi.
Oddiy reys samolyotlaridan ushbu mashinalar qimmatbaho pardoz materiallari hamda maxfiy muzokaralar olib borish va zarur bo‘lganda mamlakat yadro kuchlarini boshqarish imkonini beruvchi takomillashtirilgan aloqa qurilmasi bilan farq qiladi.
2010-yil noyabridan buyon Fransiya prezidentlik floti foydalanish uchun Airbus A330-200’ni qabul qilib oldi, u taxminan 176 million yevroga tushdi.
Fransiya prezident floti, shuningdek, o‘z ichiga 2009- va 2010-yillarda xarid qilingan ikkita Falcon 7X samolyotlarini ham oladi. Nikolya Sarkozi o‘z prezidentligi mobaynida ulardan biriga rafiqasi Karla Bruni sharafiga “Karla Birinchi” deb nom berdi.
2011-yil Lufthansa aviakompaniyasi kansler ixtiyoriga Airbus A340 laynerini topshirdi. Aynan u kansler va hukumatning asosiy samolyotiga aylandi.
Layner qo‘shimcha yoqilg‘i olmasdan turib, 13 500 km masofaga uchishga qodir, bu Berlindan to‘g‘ri Pekin, Vashington va hatto Rio-de-Janeyroga yetib borish imkonini beradi.
Samolyot Germaniyaning birinchi kansleri Konrad Adenauer nomi bilan ataldi. Undan ko‘p o‘tmay, hukumat GFR sobiq prezidenti Teodor Xoys nomidagi ikkinchi samolyotga ham ega bo‘ldi.
Yaqin masofalarga uchish uchun germaniyalik siyosatchilarda to‘rtta kichik Global 5000 samolyoti ham bor, ular 13 nafardan yo‘lovchini sig‘dira oladi.
Ushbu samolyotlarning ixcham ko‘rinishi kulgili vaziyat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. 2016-yil iyunida internetda Merkelning Global 5000 va Fransua Ollandning Falcon 7X samolyotlari Britaniyaning Iron Maiden rok-guruhi samolyoti fonida jimitdek bo‘lib turgani aks etgan surat paydo bo‘lgan edi. Ulkan “Boing” oldida Merkel va Ollandning samolyotlari kulgili va o‘yinchoqsifat bo‘lib ko‘rindi. | 99 | 3,688 |
Foto | Shri-Lankada tarqalgan kasallik, Olimpiadada sovrinsiz qolgan Kamila Valieva, Londonda gullayotgan za'faron — 17 fevral suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Shri-Lankada danga kasalligi avj oldi.
Munozaralar ostida qolgan Kamila Valieva Pekin Olimpiadasida sovrinsiz qoldi.
Londondagi Sent-Jeyms parkida za'faron gulladi.
Tailandda Makxa-Bucha bayrami nishonlanish vaqtida sham yoqish jarayoni.
Sentarino zoologik parkidagi iguana.
Berlin metropoliteniga 120 yil.
Germaniya osmonida “Ileniya” to'foni.
Qirg'iz harbiy havo kuchlari Bishkekda mashg'ulot o'tkazmoqda.
Moskvada rejissyor Aleksandr Molochnikov tomonidan tayyorlangan “Platonov og'riyapti” spektaklining matbuot namoyishi bo'lib o'tdi.
Kolumbiyadagi Magdalena daryosida suzayotgan gippopotam. | 129 | 657 |
Foto | Hindiston haqida 10 ta hayratlanarli fakt (foto) | “Mir tesen” nashri Hindiston haqidagi 10 ta hayratlanarli faktni taqdim etdi.
1. Yaqin uch yil ichida butun dunyodagi yangi ishchilarning 25 foizi hindistonlik bo‘ladi.
2. Dunyodagi qashshoq aholining 42 foizi Hindistonda yashaydi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, bu kuniga 1,25 dollarga yashaydigan 450 milliondan ziyod kishidir.
3. Hindistonda 2007—2020-yillar davrida kishi boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 4 marta o‘sishi kerak.
4. Hindistonning texnologik poytaxti Bangalorda ofislar soni so‘nggi bir necha yil ichida 6 marta ko‘paydi. Hozirda Hindiston nufuzli ofislar soni bo‘yicha Singapur bilan raqobatlasha oladi.
5. Butun dunyo bo‘yicha shtatdan tashqari IT-xizmatlarning yarmi Hindistondan ko‘rsatiladi. Ularning qiymati 47 milliard dollarga baholanmoqda.
6. Hindiston jahonda qurolni import qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. U so‘nggi o‘n yillikda mudofaa uchun 50 milliard dollar sarfladi.
7. Mamlakat yiliga 12 million tonna mango yetishtiradi, bu 80 mingta moviy kit og‘irligiga tengdir.
8. Cherapunji shahri Yer yuzidagi eng nam joydir, u yerda yiliga 1000 sm yog‘ingarchilik yog‘adi. Bu kontinental Amerikadagi eng ko‘p yomg‘ir yog‘adigan Mobil shahridagidan 6,3 marta ko‘p demakdir.
9. Bu yerda kino bozori Amerika va Kanadaning birgalikdagi kino sanoatidan kattaroqdir. So‘nggi yillarda Hindiston har yili kinoteatrlarda 3,2 milliard dona chipta sotadi.
10. Hindiston aholisining o‘rtacha yoshi Yaponiyadagidan 20 yilga yoshroq (26 yoshga 45 yosh). Hindlar, shuningdek, xitoyliklardan qariyb 10 yilga yoshroqdir. | 48 | 1,553 |
Foto | O‘limidan keyin ham yangi filmlarda chiqqan aktyorlar (fotogalereya) | AdMe taniqli aktyorlarning kino va reklama roliklarida “qayta tirilishi” bilan bog‘liq qiziqarli voqealarni to‘pladi.
“O‘lim o‘yinlari” (1978) filmini suratga olish ishlari Bryus Lining vafotidan biroz avvalroq boshlangan. Film yaratuvchilari kartinani chiqarish uchun suratga olib bo‘lingan material yetarli, degan qarorga keldi. U aktyorning o‘limidan 5 yil o‘tib, prokatga chiqdi. Yetishmagan sahnalarda Lining grimdagi dublyorlari qatnashgan. Shuningdek, kadrlardan birida dublyor Bryus Lining kartondan kesib olingan yuzini taqib olganini ko‘rish mumkin.
Oliver Rid, (1938—1999)
“Gladiator” (2000) filmida afsonaviy ustoz Proksimo rolini o‘ynagan Oliver Rid suratga olish ishlari tugashiga 3 hafta qolganida yurak xurujidan ko‘z yumdi. Uni kompyuter grafikasi, dublyorlar va maneken yordamida “qayta tiriltirishdi”.
Marlon Brando 2004-yilda vafot etdi, ammo so‘nggi rolini 2006-yilda — “Supermenning qaytishi” filmida o‘ynadi. Bunda original film uchun suratga olingan materiallar va kompyuter grafikasini ishga solishdi. Marlon Brandoning yuzini kompyuter modeli bilan mujassamlashtirishdi va o‘tgan asrning xomaki syomkalari asosida jonlantirishdi.
Hayotidagi so‘nggi film — “Doktor Parnasning tasavvur olami” (2009)ni suratga olish yakunlanmasidan Xit Ledjer fojiali tarzda vafot etdi. Shundan so‘ng jamoa ssenariyga o‘zgartirish kiritib, Ledjerning personajini ming yuzli qahramonga aylantirishdi. “Yuz”larni Jonni Depp, Kolin Farrell va Jud Lou o‘ynadi.
2013-yilda Galaxy (Dove) shokoladi reklamasida Odri Xepbyorn qiyofasidan foydalanishga qaror qilishdi. Buning uchun aktrisaning o‘g‘illaridan ruxsat olingach, uning dublyorlarini qidirishga kirishishdi. Natijada ikki ayolni topishdi: ulardan birining yuzi, ikkinchisining qomati Xepbyornniki bilan maksimal darajada o‘xshash edi.
YTHda fojiali tarzda halok bo‘lgan Pol Uoker “Forsaj-7” filmining barcha sahnalarida suratga tushishga ulgurmay qoldi. Ammo mualliflar buning yechimini topdi.
Birinchidan, ular franshizaning avvalgi oltita qismi syomkalari arxivini qidirib, Pol Uoker ishtirokidagi foydalanilmagan sahnalarni topdi. Ikkinchidan, aktyorning yuzini chizish uchun kompyuter texnologiyasidan foydalandi. Uchinchidan “Forsaj” oilasiga aktyorning ukalari — Kodi va Kalebni qabul qilishdi. | 68 | 2,265 |
Foto | Ayollar aslida kuchli ekanligini ko‘rsatuvchi 14 ta surat (foto) | “Pomada” nashri xotin-qizlar kuch bobida erkaklardan qolishmasligini isbotlovchi suratlarni e’lon qildi. | 64 | 104 |
Foto | “Irma” to‘foni yo‘lida uchragan barcha narsani yakson qilmoqda (fotogalereya) | 7-sentabr kechasi “Irma” to‘foni Gvadelupe tarkibiga kiruvchi Sen-Bartelemi hamda Sen-Marten orollariga yopirildi. To‘fon oqibatida hududning bir qismi elektr energiyasiz qoldi. “Irma” to‘foni suv toshqilariga sabab bo‘ldi va ko‘plab daraxtlarni tomiri bilan qo‘porib tashladi, inshootlarni vayronaga aylantirdi, infratuzilma obyektlariga jiddiy zarar yetkazdi. To‘fon oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohat oldi.
“Irma” to‘foniga xavflilikning maksimal — beshinchi darajasi berildi, u Atlantikada so‘nggi o‘n yilliklarda sodir bo‘lgan eng kuchli to‘fon deyilmoqda. Hozirda to‘fon AQSh tomon harakat qilmoqada va 9-sentabr kuni Florida qirg‘oqlariga yetib borishi mumkin.
“Gazeta.ru” nashri “Irma” to‘fonidan so‘ng qolgan vayronalarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 77 | 791 |
Subsets and Splits