folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Ayollar | Etik xarid qilishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak? | Havo salqinlashishi bilan ko‘chada yosh xonimlar issiq poyabzal va etik kiyishga o‘tadi. Ammo hamma ham ushbu qishki oyoq kiyimni tanlashda to‘g‘ri qaror qabul qilmaydi. Xo‘sh, etiklar qanday bo‘lishi kerak? Aniqrog‘i, ular qanday bo‘lmasligini bilish muhim. The Voice Mag nashri ushbu poyabzalga xos bo‘lgan eng mashhur xato va kamchiliklarni haqda so‘z yuritdi.
Material
Etiklar poyabzal yoki botinkalarga qaraganda ancha katta. Shuning uchun material bu yerda juda muhim rol o‘ynaydi. Asl teri har doim ham yaxshi tanlov emas. Chunki ular arzon va tabiiydek ishlangan o‘rinbosarga qaraganda yomonroq va qo‘polroq ko‘rinishi mumkin.
Zamsh har doim charmga qaraganda ancha yaxshi ko‘rinadi. Ammo har qanday ob-havo ham ushbu materialga mos kelmaydi va unga g‘amxo‘rlik qilish bir qancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Haqiqatan ham agar zamshga maxsus suv o‘tkazmaydigan himoya vositalari bilan to‘g‘ri ishlov berilsa, u qor va yomg‘irda ham o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi.
Bezak
Etiklar haqida gap ketganda, aksariyat hollarda bezakning umuman yo‘qligi yaxshiroqdir. Eng mashhur elementlardan biri — etikning butun uzunligi bo‘ylab o‘rnatilgan zamokdir. Ko‘pincha u qora bo‘lib, deyarli sezilmaydi. Ammo bundan ortiq detallar bilan bezatilgan etiklar xarid qilish tavsiya etilmaydi.
Poshna
Etiklarning vazifasi birinchi o‘rinda oyoqni sovuqdan himoya qilishdir. Shuning uchun u imkon qadar qulay bo‘lishi kerak. Ammo qor va yomg‘irda kiyishga mo‘ljallangan etiklarning ingichka poshnasi bunga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Albatta, ingichka poshnalar bilan yaxshi ko‘rinadigan modellar bor, lekin ular ko‘pincha ularda harakatlanish qiyin. Shuning uchun kundalik uchun tag qismi tekis yoki qalin poshnali modelda to‘xtalgan ma’qul.
Uzunlik
Etikning uzunligi juda katta rol o‘ynaydi, ayniqsa, juda nozik model oyoqlari egalaridan biri bo‘lmasangiz. Uzun etiklar hamma uchun ham mos kelavermaydi, shuningdek, kiyimlar ham bu borada katta ahamiyatga ega. Odatda oyoqlari uzun qizlar uchun uzun etiklar ayni muddao. Ammo bo‘yi past qizlar uchun mutaxassislar bu kabi etiklarni tavsiya qilmaydi.
Siluet
Ayrim etiklar standart shaklda bo‘lganligi uchun ham barchaga birdek mos kelavermaydi. Shuning uchun etik tanlashda reklamalarga aldanib qolmaslik lozim. Masalan, bugungi kunda ko‘pchilik onlayn do‘konlardan xaridni amalga oshiradi. Lekin bu usul etik va boshqa kiyimlar uchun mos emas. Sababi siz reklamada ko‘rgan etik hayotda umuman boshqacha ko‘rinish hosil qilishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha etik tanlashda garderobdagi qishki kiyimlar va o‘z didingizdan kelib chiqib, qulay, issiq, chidamli va eng muhimi hamyonbop narxdagisini tanlash tavsiya etiladi. | 80 | 2,664 |
Ayollar | Zamonaviy obraz yordamida boshqalardan ajralib turishni xohlaydiganlar uchun tavsiyalar | Quyidagi tavsiyalar yordamida yanada qiziqarli va zamonaviy obraz yaratish mumkin.
Uzun kofta + yubka
Uzun koftani old tomonida tugmachalari bo‘lgan qalam-yubka yoki mini-yubka bilan moslashtirish obrazni yanada o‘zgacha qiladi.
Ko‘p qavatli libos
Qavatli kiyinish — doim trendda! Bu nafaqat zamonaviy va issiqqina, balki qiziqarli hamdir. Bo‘yinli uzun ko‘ylak, kamar va palto kiyish sizni yanada bejirim qilib ko‘rsatadi. Obrazni jinsi shim, noodatiy detallarga ega poyabzal va sumka bilan to‘ldirish mumkin.
Urfga kirgan eski poyabzal
Ba’zan shunday vaqtlar bo‘ladiki, poyabzal eskirgan va uni anchadan beri kiyasiz. Umuman olganda, boshqacha obrazni xohlaysiz, lekin hozir buning iloji yo‘q. Bunday paytlarda oddiy poyabzallarga yangi hayot bag‘ishlashga urinib ko‘ring. Buning uchun ingichka tasmalardan foydalanish mumkin. Bo‘shab ketmasligi uchun tasma uchlarini mahkam bog‘lang, iplari titilmasligi uchun esa uchini gugurt bilan biroz kuydirib qo‘yishni unutmang.
Boshdan oyoq qizil rangda kiyinish
Qizil rangli liboslar printli futbolka va sharf bilan to‘ldirilsa, ajoyib obraz yaralishiga sababchi bo‘ladi. Bunday monoxrom kiyinish sizni boshqalardan ajratib turadi.
Kamar ostidan palantin
Eski palto yoki plashni qanday yangilashning oddiygina usuli. Buning uchun palantin (yelkaga tashlab yuriladigan mo‘yna yoki sharf)ni bo‘yindan o‘tkazib, ustidan kamar taqing, kamar va mato uyg‘unligiga e’tibor bering. | 87 | 1,423 |
Ayollar | Bolaning xotirasini yaxshilashga hissa qo‘shadigan 4 usul | Farzandingizning eslab qolish qobiliyati yaxshilanishi uchun yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Xotira va diqqatni qanday rivojlantirish mumkin?
Qiziqarli bo‘lgan narsalar esda qoladi. Bolaga mavzuga doir qo‘shimcha ma’lumot — fakt, foto va videorolik topishga yordam bering.
Individual yondashuv
Bolaga ma’lumotlarni eslab qolish uchun mnemonika texnikasi: sxemali suratlar, solishtirish, qisqartmalar, taqqoslashlar, shuningdek, qofiyalar bilan eslab qolishiga yordam bering.
Stressli sharoit bolaning eslab qolish imkoniyatlarini kamaytiradi
Yaxshisi, bola ma’lumotni qanday yaxshiroq qabul qilishi — ko‘rish, eshitish va bog‘lab eslab qolishiga e’tibor qaratish, shundan kelib chiqib yo‘l tutish kerak. Birgalikda mashq qiling: hafta davomida yuz bergan hodisalarni muhokama qiling, o‘qigan kitobingizdagi parchalarni aytib bering, hafta davomida bir marta qisqa she’r yodlang.
O‘yin bilan bolaning xotirasini qanday rivojlantirish mumkin?
Bolalarning eslab qolish qobiliyati va diqqat qilishini yaxshilaydigan bir qancha stol o‘yinlari mavjud. Hafta davomida bir kechani oilaviy stol o‘yinlarini o‘ynashga bag‘ishlang. Xotira uchun samarali hisoblangan o‘yinlardan biri Memory hisoblanadi. O‘yindan maqsad — ko‘proq juft kartochkalarni yig‘ish hisoblanadi. Avvaliga hamma kartochkalar aralashtirilib, ixtiyoriy ketma-ketlikda taxlab chiqiladi. O‘yinchilar ikkita istalgan kartochkani o‘giradi va keyingi harakatlari davomida ularning joylashuvini eslab qolishi kerak bo‘ladi.
Avvaliga bola buning uddasidan chiqa olmasligi mumkin, shu sabab qiziqtirib, biroz yordam bering. Bolangizning sevimli multfilmidagi qahramonlari surati tushirilgan kartochkalarni tanlang. Har bir raundda natijalar avvalgisidan yaxshiroq bo‘laveradi. Hatto bora-bora farzandingiz eslab qolish bo‘yicha sizni ortda qoldirishi mumkin bo‘ladi. | 57 | 1,848 |
Ayollar | Maktab papkasini xarid qilishda ota-onalarga asqatadigan foydali maslahatlar | Papka — ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak bo‘lgan o‘quv qurollaridan biridir. Noqulay va og‘ir aksessuar bo‘yin, yelka va umurtqa pog‘onasida qo‘shimcha yuk hosil qiladi, bu esa turli xil gavda buzilishlariga olib keladi. Farzandingizga ryukzak tanlashda e’tibor berishingiz kerak bo‘lgan bir qancha omillar mavjud.
To‘g‘ri o‘lchamli ryukzak xarid qiling
Ryukzak o‘quvchiga kerakli barcha narsalarni sig‘diradigan darajada katta bo‘lishi kerak. Biroq ayni paytda u bolaning gavdasidan katta bo‘lmasligi lozim. Ryukzakning maksimal kengligi tananing kengligi bilan mutanosib bo‘lishi kerak va uning balandligi yelkalaridan kurak oxirigacha bo‘lgan masofadan 4-5 sm masofada bo‘lishi lozim.
Stabillashtiruvchi tasmali modelni tanlang
Ko‘krak qafasidagi kamar orqani mahkam ushlashni ta'minlaydi, bel kamari esa yukni umurtqa pog‘onasidan oyoq va tos suyaklariga o‘tkazadi. Stabillashtiruvchi kamarlar, ayniqsa, to‘ldirilgan xalta bolaning umumiy og‘irligining 10 foizdan ortiq og‘irligi bo‘lsa, zarur. Elementlarning joylashishini tekshiring. Bel kamari qat'iy ravishda bolaning sonlari bilan mos kelishi kerak, ko‘krak qafasi esa harakatga va erkin nafas olishga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Mato tarkibini o‘rganing
O‘quvchi belidagi stressni kamaytirishning usullaridan biri yengil materiallardan tayyorlangan papka tanlashdir. Bir nechta modellarni qo‘lingizda ushlab, solishtiring va mahsulot tarkibini o‘rganing: papka uchun ideal mato neylon, qolganlari qo‘shimcha og‘irlik beradi.
Ortiqcha narsa yuklamang
To‘la papka og‘irligi bola vaznining 10 dan 20 foizigacha bo‘lishi kerak. Misol uchun, 27 kilogrammli maktab o‘quvchisi 2,7 dan 5,4 kg gacha bo‘lgan og‘irlikdagi papkani ko‘tarishi mumkin.
Xavfsizlik hamma narsadan ustun
Katta zanjirli va boshqa dekorli modellarni xarid qilmang. Bunday bezaklar potensial xavflidir: agar ular yiqilsa yoki tasodifan yopilgan lift yoki avtobusning eshiklariga qisilib qolsa, bolaga shikast yetkazishi mumkin. | 76 | 1,954 |
Ayollar | Xona o‘simliklarning 8 ta foydasi: nima uchun xonada gullar ko‘p bo‘lishi kerak? | Uyda yoki ofisda qanday xona o‘simliklari bo‘lishi kerak va ularning afzalliklari nimada?
Dam olishga yordam beradi
Afrika binafshasi
Afrika binafshasining siyohrang barglari adrenalin chiqarilishini rag‘batlantiradi. Natijada energiya darajasi oshadi va miyaga kislorod oqimi kuchayadi. Tanadagi bu jarayonlar odamga dam olishga yordam beradi.
Tabiiy namlagich
Boston qirqquloqlari
Agar kvartirangizga bir nechta Boston qirqquloqlarini joylashtirsangiz, unda havo namligini tartibga soluvchi qimmat qurilmaga pul sarflashingiz shart emas. Bu o‘simlik namlikni transpiratsiya jarayon orqali chiqaradi, bunda suv barglar yuzasida bug‘lanadi.
Dorivor xususiyatlari
Aloe
Milliy Sog‘liqni saqlash instituti ma'lumotlariga ko‘ra, aloe qadimgi Misrda “umrboqiy o‘simlik” sifatida tanilgan va yaralarni davolashda ishlatilgan. Hozirgi kunda ham kuyish jarohatida ushbu xona o‘simligining suvidan foydalaniladi.
Allergiya xavfini kamaytiradi
O‘rgimchaksimon o‘simlik
O‘rgimchaksimon o‘simlik allergiya rivojlanishini kamaytirishga yordam beradi va chang tufayli paydo bo‘ladigan tumovdan xalos qiladi. Uning barglari allergenlarni o‘zlashtirishga qodir va ikki kun ichida xonani 90 foiz toksinlardan tozalaydi.
Havoni tozalaydi
Ingliz pechagi
NASA olimlarining tadqiqotiga ko‘ra, ingliz pechagi eng yaxshi havo tozalash vositasi ekanligi ma'lum bo‘ldi, chunki u formaldegidni mukammal darajada o‘zlashtiradi. Agar bunday o‘simlik uyda bo‘lsa, unda nafas olayotgan havo toza ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Diqqatni yaxshilaydi
Bambuk
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilar xonada o‘simliklar mavjud bo‘lganda 70 foiz ko‘proq e’tiborli bo‘lishadi. Quyosh nurlari kam bo‘lgan ofis xonalarida bemalol o‘sadigan juda ko‘p o‘simlik navlari mavjud. Ammo bambuk ish joyiga kerakli energiya berishi mumkin bo‘lgan o‘simlik sifatida ajralib turadi.
Stress darajasini pasaytiradi
Journal of Environmental Psychology jurnaliga ko‘ra, gullaydigan xona o‘simliklari (masalan, anturium) stress darajasini kamaytirishga yordam beradi.
Ko‘z charchoqlarini kamaytiradi
Chirmashib o‘sadigan o‘simlik potos ko‘zdagi charchoqni bartaraf etishga qodir. Mutaxassislar fikricha, kompyuterda bir necha soat ishlagandan so‘ng, bu o‘simlikka qarashning o‘zi kifoya va ko‘z zo‘riqishlari sezilarli darajada kamayadi. Potos, shuningdek, glaukoma va katarakta rivojlanishining oldini ham oladi. | 80 | 2,383 |
Ayollar | Hech qachon urfdan qolmaydigan kiyim-kechaklar | Shunday kiyimlar borki, ular hech qachon modadan chiqmaydi va deyarli hammaga mos keladi. Shunday buyumlarning bir nechtasi bilan tanishing.
Camel rangli palto
Albatta, palto tanlashda qomatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmasdan iloj yo‘q. Ayni holatda modada doimiy o‘zgarmaydigan birdan-bir tomoni faqat rangigina qoladi.
Yashil va och jigarranglar ba’zi qoidalarga rioya qilishni talab qiladi: agar sizda qizarishlar yuz berib tursa, unda yashil tuslar ularni faqat kuchaytiradi, juda och rangli ustki kiyimlar esa oqishdan kelgan terini yanada oqartirib ko‘rsatadi, shuningdek ular tez kirlanishga moyil bo‘lishadi.
Qum ranglar (yoki uni camel rangli deyish odat tusiga kirgan), bilan esa ishimiz ancha osonlashadi!
Poshnali qora lodochkalar
Yashash tarzimiz qanday bo‘lishidan va poshnasiz tuflilarni qanchalik yaxshi ko‘rishimizdan qat’i nazar, garderobda albatta klassik uslubdagi lodochkalar uchun joy bo‘lishi kerak!
Ular sizni kechalarda, teatrga, to‘yga yoki uchrashuvga borganda qutqarib qoladi!
Qora — eng har tomonlama rang. Lekin biz shkafda ikki juft: qora va och jigarrangli lodochka tuflilarni saqlashni maslahat beramiz.
Kashmiri sviter
Qulay va issiq bo‘lgan kashmiri sviter — bir umr o‘z aktualligini yo‘qotmaydigan kiyimlardan biri hisoblanadi.
Biz ularni allaqachon jinsilar bilan ham, uzun ko‘ylaklar va sarafanlar bilan ham kiyishga ulgurdik.
Agar siz hali bunday sviterlarni tanlamagan bo‘lsangiz, quyidagi qoidalarga rioya qilishingizni tavsiya qilamiz: aylana yoki V-shaklda o‘yilgan yoqa deyarli hammaga, baland yoqa esa faqat bo‘yni uzun qizlarga yarashadi.
Oq futbolka
Unchalik katta bo‘lmagan bezakli yoki ixcham chiziqli oq futbolkalar har qanday qiyofalarni ham stilli qila oladi. Oddiy bichimda va ko‘zga tashlanmaydigan rangda bo‘lsa ham sizga o‘zgacha ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Futbolkalarni iloji boricha tez-tez almashtirib turing. Afsuski, oq rangning o‘ziga xos xususiyatlari bor: qo‘ltiq osti sohasi sarg‘ayadi, uning ustida esa qoramtir kiyimlarning izi qoladi.
Manba: “Passion.ru” | 46 | 2,033 |
Ayollar | Non eskirib qolmasligi uchun qanday saqlash kerak? | Agar yangi non sotib olgandan so‘ng u bir necha kun ichida qotib qolsa yoki mog‘orlab qolsa, demak u noto‘g‘ri saqlangan. Marie Claire tajribali oshpazning foydali maslahatlarini baham ko‘rdi, bu non mahsulotlarini saqlash muddatini sezilarli darajada uzaytirishga yordam beradi.
Non tanlashda adashmang
Yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan non mahsulotlarining eng uzoq saqlash muddati boshqalarigan nisbatan ko‘proq. Shuning uchun agar uzoqroq turadigan pishiriqlar kerak bo‘lsa, uning tarkibini o‘rganish kerak. “Yog‘ tabiiy saqlovchi hisoblanadi, shuning uchun yog‘i yuqori bo‘lgan har qanday narsa yaxshi saqlanadi”, — dedi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, tuxum, sariyog‘ va yong‘oq uni qo‘shilgan xamir ovqatlar uzoq vaqt saqlanadi.
Non qutisini sotib oling
Nonning yaroqlilik muddatini uzaytirishning eng oson usullaridan biri bu maxsus, mahkam o‘rnatiladigan non qutisini sotib olish va pishirilgan mahsulotlarni u yerda saqlashdir. “Non qutisi boshqa idishga qaraganda yaxshiroq saqlaydi, chunki u havo o‘tkazadi va havo oqimi va namlikning mukammal muvozanatini yaratadi. Shuningdek, non qutisi pishirilgan mahsulotlarni quyosh nurlaridan himoya qilishga yordam beradi, bu esa ularni quritishi mumkin”, — deb tushuntiradi Jennifer Xill Buker.
Nonni polietilen bilan o‘rang
Agar non qutisini sotib olishga qaror qilmagan bo‘lsangiz, uni oziq-ovqat plyonkasiga o‘rang yoki qorong‘i, quruq va salqin joyda saqlash tavsiya etiladi.
Nonni muzlatkichda saqlash mumkin
Oshpaz Jennifer Xill Bookerning fikriga ko‘ra, bu biroz baxsli saqlash usuli, agar pishirilgan mahsulotlarni 3-4 kun davomida yangi saqlash kerak bo‘lsa, bu qisqa muddatli chora sifatida yaxshi. Sovutgichning asosiy afzalligi — bu o‘zgarishsiz doimiy harorat bo‘lib, non mahsulotlarini biroz uzoqroq turishiga yordam beradi. Biroq non muzlatkichda namlik tufayli tezda mog‘orlashi mumkin.
Nonni muzlatish
Bundan ham yaxshi yechim, agar non mahsulotlarini bir oydan ortiq saqlash kerak bo‘lsa, bu yagona chiqish yo‘li. Agar non mahsuloti juda katta bo‘lsa, uni bo‘laklarga bo‘lib, keyin idishga solib, muzlatkichga qo‘yish lozim. “Ma’lum turdagi pishirilgan mahsulotlarning yog‘ va oqsil tarkibiga qarab, muzlatilgan pishiriqlar uch oydan olti oygacha saqlanishi mumkin”, — deydi Buker. | 50 | 2,248 |
Ayollar | Hindistonlik Rapunsel sochlarni tez o‘stirish sirlari bilan bo‘lishdi (video) | Prachiga ajdodlariniki kabi sochlar nasib etmadi, uning sochlari bolaligidanoq qalin bo‘lmagan va juda sekin o‘sgan. Shundan so‘ng qiz qadimiy xalq retseptlarini o‘rganishni va o‘zida sinab ko‘rishni boshlagan. Natijada ulardan kutilmagan mo‘jiza yaratgan.
Foto; Cosmopolitan
Oddiy va tabiiy ingrediyentlar aralashmasi soch o‘sishini 30-40 foizga tezlashtirishi mumkinmi?
Prachining o‘zi qadimiy retsept unga chinakam soch o‘sishiga yordam berganini tan oladi. Ko‘pchilik bunga ishonmasligi mumkin va qizning aslida sochlari uzun bo‘lgan degan fikrni ham bildiradi. Ammo Prachi o‘z sahifasiga sochlari avval qanday bo‘lgani aks etgan video hamda suratlarni yuklab boradi. Shuningdek, Prachi obunachilariga o‘zi foydalangan retseptni tavsiya etadi va natija bilan bo‘lishishni so‘raydi. Ta’sir esa kutilmagan darajada edi, mazkur retsept juda yaxshi natijalarni namoyon qilgani haqida fikrlar paydo bo‘lgan.
“Men uning biror so‘ziga ishonmadim, uni oshkor qilish uchun retseptdan foydalandim, ikki oy ichida esa sochim 10 santimetrga o‘sdi. Seni yolg‘onchi deb o‘ylaganim uchun kechir, Prachi”, − deydi foydalanuvchilardan biri.
“Uch oy avval sochlarim yelkamga ham yetmas edi. Prachi maslahat bergan niqobdan haftasiga ikki marta foydalandim. Endi esa sochlarim uzun. Qadimgi retseptlar hech qachon barbod bo‘lmaydi”, − deydi Rapunselning yana bir muxlisasi.
Ushbu natijaga erishish uchun kokos moyi, kanakunjut yog‘i, E vitamini kapsulalari, aloe vera ekstrakti kerak bo‘ladi.
Agar aloe yaprog‘i bo‘lsa, uning yarmi kesilib, ichidagi go‘shtli qismi ajratib olinadi va po‘stlog‘i tashlab yuboriladi. Maxsus ekstraktdan foydalanilsa, undan bir choy qoshiq yetarli. Aloe bosh terisiga surtiladi. U tozalovchi ta’sirga ega bo‘lib, metabolik jarayonni tezlashtiradi va soch ildizlariga qon quyilishini rag‘batlantiradi. Aloe ta’sirida tozalangan teri nafas olish imkonini beradi.
Ikkinchi bosqichda esa kunjut yog‘i bir oshiq kokos moyi bilan aralashtiriladi. E vitamini kapsulalari ham yog‘ga quyiladi. Yog‘ bug‘ ustida biroz isitiladi va qo‘l bilan tekshirilib ko‘riladi. So‘ngra massaj yordamida ilitilgan yog‘ bosh terisiga surtiladi. Soch ildizlari yog‘li aralashmaga yaxshilab to‘yingandan so‘ng, soch mahkam qilib o‘rib olinadi. Ushbu niqobdan kechasi foydalanish va 6 soat davomida ushlab turish tavsiya etiladi. Shuningdek, paxta matosidan boshga ro‘mol o‘rab, uxlash mumkin. Keyin sochni odatdagicha shampun bilan yuvish kerak. Agar ushbu niqob haftasiga 2-3 marotaba bajarilsa, dastlabki natijalar bir oy ichida seziladi. | 77 | 2,532 |
Ayollar | Bvlgari turbiyonli kichik hajmli soat modelini taqdim qildi | Italiyaning mashhur brendi Bvlgari Serpenti korpusiga turbiyon joylashtirilgan yangi soat modelini taqdim qildi, deb yozadi Vogue.
Ta’kidlanishicha, yangi model siferblatidan soat mexanizmini kuzatish imkoniyati mavjud bo‘lib, bunday natijaga erishish uchun maxsus parametrlar asosida ishlangan hamda turbiyonning texnik xususiyatlari tufayli bunday ixcham hajmga erishishning o‘zi bo‘lmagan.
Korpus orqa tomonidagi sapfir bilan ishlangan qismidan ham soatning ishlashini ko‘rish mumkin, deyiladi xabarda.
Bvlgari Serpenti Seduttori Tourbillon modeli bir necha variantlarda taqdim qilingan. Korpusi pushti yoki oq tilladan ishlanib, brilliantlar bilan qoplangan. Soat kamarining esa charmli hamda brilliant bilan qoplangan bilaguzukli variantlari bor. | 59 | 757 |
Ayollar | Sham, sochiq va yana tashlab yubormaslik kerak bo‘lgan boshqa eskirgan narsalar | Uydagi ortiqcha va eskirgan narsadan xalos bo‘lish tendensiyasiga qaramay, tashlab yuborishga shoshilmaslik kerak bo‘lgan ba’zi narsalar bor. “Noviy ochag” nashri ulardan bir nechtasini sanab o‘tdi.
Gilam
Eskirgan gilam mebel oyoqlariga yumshoq yostiqchalarni tayyorlash uchun juda mos keladi. Kundalik foydalanish paytida va mebelni boshqa xonaga ko‘chirish kerak bo‘lsa, ular polni qirib yuborishdan qutqaradi.
Dush pardasi
Eskirgan dush pardasini tashlashga shoshilmaslik kerak. Ilgak ilmoqlari o‘rnatilgan chetini kesib olib, pardani gilam yoki piknik dasturxoni sifatida ishlatish mumkin. Pardadan uy hayvonlariga yotoq qilish uchun ham foydalansa bo‘ladi. U juda qulay bo‘lib, sirtni nam mato bilan artib olish kifoya.
Kolgotka
Ehtimol, neylondan ko‘ra laklangan mebellarni yaltiratish uchun yaxshiroq mato topish qiyin. Faqat eski kolgotkalar yordamida sirtni turli yo‘nalishlarda ehtiyotkorlik bilan artish tavsiya etiladi.
Qisqichli ilgich
Kiyimlar bilan birga keladigan arzon plastik ilgichlar ko‘pincha chiqindi qutisiga tushadi. Ilgichning o‘zi siz uchun foydali bo‘lishi dargumon — uning sifati juda shubhali. Ammo qisqichlari foydali narsadir. Ular olib tashlanib, kiyimlar o‘rniga paketlarning chetlarini mahsulotlar bilan mahkamlash uchun asqatadi.
Ustara
Ustara trikotaj kiyimlarni parvarish qilishda ayni muddao. Uning yordami bilan kiyimlar ustidagi katishkalarni tozalab, yangi holga keltirish mumkin.
Sabzavotlar uchun to‘r xalta
Sabzavotlar solinadigan to‘r yordamida hammomdagi bolalar o‘yinchoqlarini saqlash mumkin. Bu juda qulay. Barcha o‘yinchoqlar xaltaga solinadi va u vannaning ustiga osib qo‘yiladi, natijada o‘yinchoqlar ichida suv qolmaydi.
Eski shamlar
Yarim yonib ketgan shamlarni tashlamaslik kerak, balki ularni yangi holga keltirish mumkin:
Shamning qolgan qismi mikroto‘lqinli pechda o‘rtacha darajada bir daqiqa qizdiriladi. Tarkib qoshiq bilan aralashtiriladi va agar kerak bo‘lsa, idishni pechga yana bir daqiqaga qo‘yiladi. Sham to‘liq eriganidan keyin idishning o‘rtasiga ip o‘rnatiladi va sham quyiladi. Ipni qo‘yib yuborishdan oldin bir necha daqiqa kutiladi. Mumni to‘liq qotishi uchun shamni 10 daqiqa davomida muzlatkichga qo‘yish lozim.
Eski futbolkalar
Paxta futbolkalar eskirsa ham foydasini yo‘qotmaydi. Ko‘chishni rejalashtirayotganlar nozik narsalarni xavfsiz tashish uchun futbolkalardan foydalanishi mumkin. Ularni bir necha marta qatlam qilib o‘rash natijasida qimmatbaho buyumlarga zarar yetmaydi.
Soch tasmalari
Tashqi ko‘rinishini yo‘qotgan soch tasmalari yordami bilan paketlarning chetlarini mahkamlab, ixcham saqlashni tashkil qilish mumkin. Masalan, sayohatga chiqqanda kiyimlarning taxlami buzilmasligi hamda ko‘p joy egallamasligi uchun soch tasmasini taqish kifoya.
Plastik idishlar
Hech qachon qayta ishlangan pishloq, yogurt yoki margarin idishlarini tashlab yubormang. Tirnoq, soch tasmasi yoki tugmalar va munchoqlarni yo‘qotib qo‘yish oson. Ammo ushbu plastik idishlar ularni saqlashda yaqindan yordam beradi.
Sochiqlar
Vaqt o‘tishi bilan, hatto eng yuqori sifatli sochiq ham eskiradi. Ammo ularni tashlashga shoshilmaslik kerak. Eskirgan sochiqlar qoshiq, sanchqi kabi buyumlarni yaltiratish uchun ayni muddao. | 79 | 3,185 |
Ayollar | Uzoq yashash uchun nima qilish kerak? | Har birimiz uzoq va baxtli yashashni xohlaymiz. Lekin yomon ekologiya, noto‘g‘ri ovqatlanish va passiv yashash tarzi umrimizni qisqartirishga yordam beradi. Zararli odatlar vaziyatni yana ham chuqurlashtiradi. Amerikalik yozuvchi Bill Gifford o‘zining “Qarish shart emas!” nomli kitobida qarishning sabablari va unga qarshi kurashish yo‘llari haqida hikoya qiladi. Eng qiziq joylaridan parchalar keltiramiz.
Odamlar shaxsiy tozalik qoidalariga amal qilishni va toza suvdan foydalanishni o‘rgangandan boshlab ularning umri ancha uzaydi.
Afsuski, hozircha bu an’ana yashash darajasi baland bo‘lgan mamlakatlargagina xosdir.
Uzoq yashashning asosiy siri — o‘ziga, o‘zining odatlariga va yashash tarziga e’tiborli munosabatda bo‘lish.
Ma’lum bo‘lishicha, qancha umr ko‘rishimiz bizning metabolizmga va hujayralarimiz faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekan.
Mutaxassislarning fikricha umrni dori-darmonlar yordamida emas, balki o‘ziga halol va vijdonan munosabatda bo‘lish yordamida uzaytirish mumkin ekan. Birinchi navbatda ovqatlanish va jismoniy faollik borasida.
Ovqatlanishda me’yorni bilish juda zarur. Iste’mol qiladigan taomingizda oqsil va uglevodlar yetarlicha bo‘lishiga, qand miqdorining me’yoriga e’tibor bering.
Jismoniy faollik esa, albatta hayotingizning ajralmas qismi bo‘lishi shart. | 37 | 1,302 |
Ayollar | Jaziramada uyni konditsionersiz sovutish bo‘yicha tavsiyalar | Issiq havo kishining tinkasini quritishi, holdan toydirishi va energiyasiz bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Aslida bunday jaziramada tog‘da vaqt o‘tkazish, hovuzda cho‘milishdan yaxshisi yo‘q, lekin hozirgi pandemiya vaqtida emas. Shunday ekan, uy sharoitida bor imkoniyatlardan foydalangan holda yuqori haroratdan saqlanish kerak.
Kechasi barcha derazalarni ochiq qoldiring
Tunda havo salqinlanadi va deraza ochiq qolishi natijasida xonadagi mavjud havo almashadi. Salqin va toza havoda esa tiniqib uxlash mumkin bo‘ladi. Faqat deraza ochiq qolganida ustingizni yupqa choyshab bilan yopishni unutmang.
Xonani shamollating
Agar uyingiz derazalari turli tarafda joylashgan bo‘lsa, bir vaqtda ochib xona havosini shamollating. Bu konditsioner sovug‘ida shamollash yoki suyak og‘rig‘ini orttirishdan ming karra yaxshi.
Derazani quyosh nuri o‘tkazmaydigan yopqich bilan qoplang
Derazaga quyosh nurini qaytaradigan parda yoki yopqich iling. Bu kabi yopqichlar ko‘p hollarda avtomashinalarda qo‘llaniladi. Yopqichlar quyosh nurlarini xona ichiga o‘tkazmaslik xususiyatiga ega ekani bilan uyning qizib ketishining oldini oladi.
Jalyuzi iling
Quyosh nuridan saqlanish uchun jalyuzi yaxshi variant, qolaversa, uning turlari va cho‘ntakka to‘g‘ri keladigan narxdagisi mavjud. Jalyuzining qulayligi — tongda uni tushirib qo‘yish, tunda esa ochib qo‘yib, salqin havo kirishini ta’minlash imkoniyati mavjudligida.
Ventilyatordan foydalaning
Ventilyator jaziramadan saqlovchi eng yaxshi variantlardan biri hisoblanadi. Lekin undan foydalanishda ba’zi narsalarni inobatga olish kerak: unga yaqin o‘tirish yoki shamolni harakatsiz to‘g‘ri qilib yo‘naltirish oqibatida shamollab qolish mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. Shu sabab ventilyatorning aylana harakatlanadigan rejimidan foydalanish va undan uzoqda o‘tirish tavsiya qilinadi.
Siz nima qilishingiz mumkin? | 60 | 1,856 |
Ayollar | Kiyim xarid qilgandan so‘ng afsuslanmaslik uchun nima qilish kerak? | Har bir kishi umrida bir marta bo‘lsa ham, o‘ziga mos kelmaydigan va keyin kiyilmay qolgan buyum sotib olgan bo‘lsa kerak. Hafsalangiz pir bo‘lmasligi va pulingizni ham, vaqtingizni ham bekorga sarflamaslik uchun mana bu oddiy maslahatlardan foydalaning.
Biror narsa sotib olishdan oldin bir nechta savollarga javob bering.
Bu kiyimni nima bilan kiya olaman? Agar siz liboslaringiz orasidan yangi buyum bilan birga kiyiladigan kamida ikkita kiyimni eslay olmasangiz, yaxshisi uni sotib olishdan voz keching.
Bu kiyimni qayerga va qaysi vaqtlarda kiya olaman? Siz yangi kiyimni haqiqatan ham kiyishingizga ishonch hosil qilishingiz kerak. Shuning uchun, u kundalik kiyish uchunmi yoki ayrim hollarda kiyishga mos kelishi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Agar siz uni hech bo‘lmasa onda-sonda bo‘lsa ham kiyishingizga ishonsangiz, sotib olishingiz mumkin.
Bu kiyimni tozalash osonmi? Pul sarflashdan oldin yorliqdagi tozalash ko‘rsatmasiga qarang. Yashash sharoitingizni va buyumni tez-tez kimyoviy tozalash uchun berishga yoki qo‘lda yuvishga tayyorligingizni real baholashga harakat qilib ko‘ring.
Bu kiyimda o‘zimni qanday his qilyapman? Bu kiyimda o‘zingizni qanday his qilayotganingizni anglash muhim. Agar siz uni kiyganda o‘zingizni biroz bo‘lsa-da noqulay sezsangiz, yaxshisi sotib olmang. Faqat kiyganingizda o‘zingizni 100% qulay sezadigan kiyimlarni sotib oling.
Manba: “Apartmenttherapy.com” | 67 | 1,397 |
Ayollar | Foto: Hamma narsa bilan moslash mumkin bo‘lgan universal ko‘ylaklar yulduzlar misolida | Kundalik kiyish uchun mo‘ljallangan eng mukammal libos, avvalo, universal bo‘lishi, qomatdagi kamchiliklarni yashirib, garderobdagi aksariyat aksessuarlarga mos bo‘lishi kerak. Ana shunda ko‘ngildagidek obraz yaratish va kishi o‘zini erkin his qilishi mumkin bo‘ladi.
Qora, kalta libos
Bunday ko‘ylak nafaqat qomatdagi kamchiliklarni yashirishi, balki afzalliklarga urg‘u berishi bilan ham o‘ziga xosdir. Bunday mukammal modeldagi libosni tanlash uchun qomat tuzilishi va bo‘y uzunligini ham inobatga olish kerak.
Masalan, Gvinet Peltrou singari A-siluetli libos istalgan qomat egasiga mos kelishi mumkin. Oyoqlari uzun va qiyshiq bo‘lmagan qizlar esa kalta variantlarga e’tibor qaratsa bo‘ladi. Sarvqomat ko‘rinishni istovchilarga esa belga kamar taqish tavsiya qilinadi. Bu borada Anjelina Jolining obrazidan ilhomlanish mumkin.
Trikotaj libos
Sovuq kunlar uchun trikotaj matodan tikilgan ko‘ylakdan yaxshisi yo‘q. Maksi uzunligidagi modellarni Viktoriya Bekxem singari ultrazamonaviy botfort, etiklar bilan kiysa bo‘ladi.
Kalta bichimli liboslarni xush ko‘ruvchilar esa Bella Xadid singari preppi uslubida kiyinishi mumkin.
Geometrik naqsh printi tushirilgan libos
70-yillardagidek grafik va geometrik shakllar printi tushirilgan liboslar eng universal modellar hisoblanadi. Gul va xol-xol printlardan farqli o‘laroq, mazkur ko‘ylaklar bilan rang-barang obraz yaratsa bo‘ladi. Ular nafaqat kundalik, balki ish uchun ham ayni muddao. Riz Uizerspun va Kristen Danstning obrazi sizga bu borada shpargalka bo‘la oladi. | 86 | 1,523 |
Ayollar | Hermès brendining sumkasi auksionda 300 ming dollarga sotildi | Fransiyaning Hermès modalar uyiga tegishli favqulodda noyob sumka Londondagi Christie’s auksion uyida rekord summaga sotildi.
The Independent’ning yozishicha, aksessuar 300 ming dollarga baholangan.
Auksionga Hermès Diamond Himalaya Birkin noyob sumkasi qo‘yilgan. U Nil timsohi terisidan ishlangan hamda 18 qirotli oq oltin va brilliantlar bilan bezatilgan.
Sumkani kim sotib olgani oshkor etilmagan. Auksion uyi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, sumkani sotib olish ilinjidagilarning 34 foizi savdolarda birinchi marta qatnashgan.
Yozda qanday uslubdagi sumkalar urfga kiradi? | 61 | 578 |
Ayollar | Sochlarning tez yog‘lanishidan aziyat chekuvchilarga 6 maslahat | Yorqin va qalin sochlar mukammal ko‘rinishning kalitidir. Ammo ularning kir hamda yog‘langan holda bo‘lishi, pardoz va kiyimlar qanchalar chiroyli bo‘lamsin, tashqi ko‘rinishga jiddiy putur yetkazadi. Agar sochlar tezda yog‘lanib qolsa, birinchi navbatda buning sabablarini aniqlash kerak.
— Keng tarqalgan muammo – bu sochlarni tez-tez yuvish. Natijada ular bunga o‘rganib qoladi, teri himoya reaksiyasi sifatida ko‘proq yog‘ ajratishni boshlaydi.
— Yana bir keng tarqalgan sabablardan biri – noto‘g‘ri parvarish. Ehtimol, shampun yoki konditsioner bosh terisiga mos kelmagan bo‘lishi mumkin.
— Irsiy omil.
—Oshqozon-ichak trakti kasalliklari yoki tanadagi gormonal buzilishlar. Bunday vaziyatda shifokor bilan maslahatlashib, kerakli ko‘riklardan o‘tish kerak.
Sochlarni uzoq vaqt toza saqlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak: | 63 | 834 |
Ayollar | Kiyimlarga yangi hayot berishning 5 yo‘li | Buzilgan yoki kiyib bo‘lmaydigan holga tushgan sevimli kiyimlaringizni qanday qilib o‘z holiga keltirish yoki hech bo‘lmasa, yana bir mavsumga umrini uzaytirish mumkin? Biroz topqirlik va ustalik yordamida kiyimlaringizni tuzatishga urinib ko‘ring.
Kiyimdagi dog‘ va hidni yo‘qotish uchun:
- iliq yoki sovuq suvga ivitib qo‘ying;
- alohida idishga suv va sodani 1 ga 3 nisbatda solib, pasta holiga kelguncha aralashtiring;
- tayyor bo‘lgan pastani tish cho‘tkasi yordamida dog‘ bo‘lgan joyga qalin qilib suring;
- 1 soatdan so‘ng iliq suvda yuving;
- agar dog‘ butunlay yo‘qolmagan bo‘lsa, sodali pastani takroran suring va uzoqroq vaqtga qoldiring;
Iliq suv va idish yuvish vositasi aralashmasiga lattani namlab, dog‘ bo‘lgan joyni yaxshilab artib tashlang.
Molniyaga grafit suring yoki tishlarining har biriga qalam bilan chizib chiqing.
Bu yumaloqchalarni, ustaraning tig‘i yordamida, ehtiyotlab qirib tashlashingiz mumkin.
Oqartiruvchi vosita yordamida, kir yuvish mashinasini to‘liq sikl rejimiga qo‘yib, issiq suv bilan tozalasangiz bo‘ladi. | 41 | 1,048 |
Ayollar | Abadiy klassika: malika va birinchi xonimlarning hech qachon urfdan qolmaydigan 6 ta soch turmagi | Chiroyli va mukammal soch turmagi hech qachon urfda bo‘lishdan to‘xtamaydi. Abadiy klassikaga aylangan soch turmaklarini malika va birinchi xonimlar misolida ko‘rish mumkin. Marie Claire nashri ularning bir nechtasi bilan bo‘lishdi.
Malika Diana
Afsonaviy Di xonimning soch turmagi o‘tgan asrda eng mashhurlaridan biriga aylandi. Di xonim o‘zining sochini ishonib topshirgan birinchi sartaroshlardan biri yosh mutaxassis bo‘gan. Ammo 17 yoshli yosh Daltonning ma’lum qilishicha, qiz o‘ta band ish kuni tufayli uning doimiy mijoziga aylanmadi. Shu sababli, boshqa sartarosh — Kevin Shenli chaqirildi.
Sartarosh malika sochlarining rangi va tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda uni qirqib tashladi. U bir xil qatlamli soch turmagini chap tomonga ajratdi, keyinchalik bu juda mashhur bo‘ldi. Kevin Diananing go‘zalligi va uning yuz xususiyatlarining uyg‘unligini samarali ta’kidlay oldi.
Jaklin Kennedi
2022-yilda ham bob soch turmagi mashhurlik cho‘qqisida. Jaklin Kennedining o‘ziga xos hajmli, jingalak soch turmagi uning tashqi ko‘rinishini yanada boyitgan. AQSH birinchi xonimining sevimli soch turmagi muallifligi amerikalik sartarosh Kennet Bettelga tegishli. U Jaklin bilan Nyu-Yorkda, Kennet go‘zallik salonlaridan birida oddiy sartarosh bo‘lib ishlayotganida tanishgan.
Jaklin salonga tashrif buyurganida, sartaroshning kasal ekani ma’lum bo‘ldi, keyin unga yosh mutaxassis xizmati taklif qilindi. Bettel Jaklinning sochlarini biroz o‘zgartirishni tavsiya qildi. Turmakning yuqori qismiga hajm bergan holda, pastki qismi jinglaklar bilan yakunladi.
Melaniya Tramp
Uzoq vaqt davomida AQSH sobiq prezidentining rafiqasi soch turmagida rangdan tashqari hech narsa o‘zgarmadi. Melaniya Yaponiyada suratga olish maydonchasida tanishgan stilisti Mordexay Elvau bilan u 10 yildan ortiq vaqtdan beri ishlaydi. Aynan u tufayli Donald Trampning rafiqasi o‘ziga xos qiyofaga ega.
Melaniya Tramp uslubida turmak yaratishni boshlashdan oldin sochni to‘liq quritish kerak. So‘ngra soch to‘lqinsimon ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun bigudilarga o‘ralib, 30-40 daqiqaga qoldiriladi. Sochlar bigudidan yechilgach barmoqlar yordamida taraladi va ajoyib ko‘rinishni hosil qiladi.
Greys Kelli
Monako shahzodasi rafiqasining kundalik soch turmagi ixchamligi va nafisligi bilan ajralib turardi. Greys Kelli har doim peshonasini ochgan holda sochlarini yon tomonga taradi, keyin jingalak qilingan sochlarni turmakladi. Birinchi marta ushbu turmak malika uchun Aleksandr de Pari tomonidan yaratilgan.
Ushbu soch turmagi quritilmasdan oldin amalga oshiriladi. Sochnin yuqori qismi ham to‘lqinsimon ko‘rinishda bo‘lishi uchun maxsus qisqichlardan foydalanish mumkin. So‘ngra ehtiyotkorlik bilan ular olib tashlanadi va turmak kutilgan ko‘rinishda bo‘ladi.
Qirolicha Letisiya
Ispaniya qirolining rafiqasi o‘rta uzunlikdagi sochlarni yaxshi ko‘radi. Ko‘pincha Letisia tabiiy va biroz jingalak soch turmagini afzal ko‘radi. Qirolichaning soch turmagini takrorlash uchun fen va dumaloq taroqdan foydalanish kifoya.
Ushbu soch turmagi har qanday ko‘rinish uchun mos bo‘lib, obrazni yanada boyitadi. Sochlarni yuqoridan boshlab dumaloq taroq yordamida fen yordamida jingalak qilish orqali ham hajm, ham to‘lqinsimon ko‘rinish berish mumkin.
Asma Asad
Suriyaning birinchi xonimi ham bob soch turmagining muxlisidir. Asma Asadning sevimli versiyasi — yengil jingalak bob. Ushbu uslubni takrorlash uchun konus shaklidagi turmaklagich kerak bo‘ladi. Uning yordamida soch jingalak ko‘rinishga keltiriladi. Oxirida ular siyrak taroq yoki qo‘llar bilan taraladi. Uzoq muddatli uslublar uchun sochlarga lak sepiladi. | 97 | 3,616 |
Ayollar | Taqvim yordamida qanday qilib vaqtdan unumli foydalanish mumkin? | Taqvim (kalendar) vaqtga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga yordam beradi. Bunda faqat o‘zingizga mos keluvchi yo‘lni tanlab olishingiz kerak.
Hammasini daqiqalar bo‘yicha hisobga oling. Taqvimga kiritilmagan vazifaning o‘zi yo‘q deb tasavvur qiling. Unga ishni, qiziqishlarni, jismoniy mashg‘ulotlar va umuman har qanday ishlarni qayd qiling. Hayotning har xil sohalarini har xil ranglar bilan belgilang.
Albatta, bunday uslubning ba’zi kamchiliklari ham bor. Unda:
deb faraz qilinadi.
Bu haqiqatga unchalik yaqin emas. Lekin buning yechimi bor. Taqvimga kutilmagan ishlar uchun vaqt oraliqlari qo‘shing.
Taqvimga ishni odatdagidek kiriting, keyin esa bajarish muddatini 50 foizga uzaytiring. Bu vaqt zaxirasini vazifaning oldidan, undan keyin yoki ikkiga bo‘lib qo‘shing. Masalan:
Agar qo‘shimcha vaqtingiz bo‘lsa, tirbandlikda yoki uchrashuvda ushlanib qolsangiz ham asabiylashmaysiz.
Bir soat yoki hatto yarim soat vaqt ichida ancha ko‘p ishlar qilish mumkin. Buni kechqurunga qoldirmang. O‘zingiz uchun muhim bo‘lgan ishni ertalabdan bajaring. Shunda kunduz kunlari vijdoningiz qiynalmaydi.
Manba: “Challenger.ru” | 64 | 1,123 |
Ayollar | Yangi atirni qanday qilib to‘g‘ri tanlash mumkin? | Ko‘p yillar davomida bir xil atirdan foydalanayotgan bo‘lsangiz va uning o‘rniga boshqa atirni sotib olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz e’tibor qaratishingiz kerak bo‘lgan bir nechta jihatlar mavjud. The Voice nashri atirni to‘g‘ri tanlash haqida ma’lumot berdi.
Agar bir necha yillar oldin didingizga mos keladigan parfyumingizni topib, unga juda bog‘lanib qolgan bo‘lsangiz, bu yangi narsalarni sinab ko‘rmaslik uchun sabab bo‘la olmaydi. Noodatiy atirlar to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa energiyaga ta’sir qiladi va kayfiyatni ham ko‘taradi.
O‘zingizga yoqqan narsani tanlang
Yangi parfyumeriyani xarid qilishdan oldin, qaysi hidlar sizga yoqishini aniqlab oling. Masalan, o‘zingizga yoqqan dush geli yoki tana losyonining tarkibini ko‘rib chiqing — ular sizga yoqadigan hid sirini ochib beradi. O‘zingizga yoqadigan odatiy hidlarni ham unutmang: bu dolchin yoki maysazorning hidi bo‘lishi mumkin.
Agar yoqimli xushbo‘y hid haqida ishdagi hamkasblaringizdan eshitgan bo‘lsangiz, uning nomini so‘rashingiz mumkin. Bu ma’lumotlarning barchasi sizning 6 guruhdan qaysiga tegishli ekaningizni aniqlashga yordam beradi. Ushbu ko‘nikma bilan do‘konga o‘zingizga yoqqan hidni aniqlash uchun borishingiz mumkin. Yaxshisi, bu ishni yolg‘iz bajaring — shuning uchun asosiy vazifaga e’tiboringizni qaratganingiz ma’qul. Turli xil hidlar bilan chalkashib ketmaslik uchun maslahatchi bilan bog‘laning va unga o‘zingizga yoqqan hidlar haqida aytib bering. Qidiruvni sezilarli darajada qisqartirish o‘zingizga yoqqan atirni osonroq topishga yordam beradi.
Atirni o‘zingizda sinab ko‘ring
Barcha potentsial “nomzodlarni” terida sinab ko‘rishingiz kerak: bu vaqt o‘tishi bilan xushbo‘y hid qanday paydo bo‘lishini bilishning yagona yo‘li. Puls eshitiladigan joylarga: masalan, bilak yoki bo‘yinga atirni sepib ko‘ring. Aynan shu joylarda xushbo‘y hid teriga faol kirib boradi. Gap shundaki, har bir parfyum tabiiy hid bilan aralashadi, u hamma uchun har xil bo‘lishi mumkin.
Bir vaqtning o‘zida teriga 3 yoki undan ortiq xushbo‘y hidni qo‘llash hid bilish hissini xiralashtirishi mumkin, bu esa tanlovni qiyinlashtiradi. Buning o‘rniga, bir nechta xushbo‘y hidlarni tanlang, ularni turli bilaklarda sinab ko‘ring va kun davomida qaysi biri sizga ko‘proq yoqishini aniqlang.
O‘zingizga yoqqan hidni shoshilmasdan tanlang
Agar bir necha soatdan so‘ng yangi xushbo‘y hid sizga avvalgidek yoqimli tuyulmasa, shoshilmang. Har qanday parfyum yoki atirning formulasi kun davomida birin-ketin ochiladigan uch darajadagi notalarga ega bo‘lgan xushbo‘y piramidadan iborat.
Eng yuqori nota qo‘llashdan so‘ng darhol sezilishi, bu xushbo‘y hidni qattiq ko‘rsatishi mumkin. Biroq, darhol uni ishlatmaslik qaroriga kelishga shoshilmang. Unga vaqt bering: yarim soat ichida u o‘zgarishi va yumshoqroq bo‘lishi mumkin.
Qo‘llashdan keyin yarim soat ichida asosiy eslatmalarni his qilasiz. Ularning fikriga ko‘ra, ayollar odatda o‘zlari uchun mukammal parfyumni tanlaydi. Agar shu vaqt ichida atirni yoqtirishingizni tushungan bo‘lsangiz, unda siz aniq o‘zingizga yoqqan atirni topdingiz. Agar 30 daqiqadan keyin ham shubhangiz bo‘lsa, “xushbo‘y hamroh”ni qidirishni davom ettirgan ma’qul.
Ammo atirning eng past notalarini o‘zingiz sezmaysiz, chunki 2 soatdan keyin siz xushbo‘y hidga ko‘nikasiz. Bu holatda eng yaxshi do‘stingizdan maslahat so‘ragan ma’qul: u sizning yangi parfyumingizni aniq baholaydi va mustaqil hukmini chiqaradi. | 49 | 3,400 |
Ayollar | Do‘stlikni tugatish vaqti kelganinining 4 belgisi | Ba’zi yaqin do‘stlarning yoningizda bo‘lishi sizga zarar keltirishi mumkin. Asosiysi — buni o‘z vaqtida fahmlab olish.
O‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish va bir-birining muvaffaqiyatlaridan quvonish bu tabiiy holat. Lekin an’anaviy juma kungi o‘tirishlar manmanlik bozoriga aylanib ketmasligi kerak.
Agar siz navbatdagi uchrashuvga qilingan ishlarning qisqacha ro‘yxatini tayyorlayotgan bo‘lsangiz, unda bu qandaydir noto‘g‘ri holat yuz berayotganini bildiradi. Muvaffaqiyatsizlik holatlarida do‘stingiz o‘zidan mag‘rurlanishi emas, balki sizni qo‘llab-quvvatlashi kerak.
“Yoki men, yoki u” nuqtai nazari bolalar bog‘chasining o‘rta guruhiga mos kelishi mumkin. Maktab yillari o‘tib ketganiga ham ancha bo‘lgandan keyin bunday shartlar, qizg‘anishlar va nazorat qilishga urinishlar juda g‘alati ko‘rinadi.
Siz boshqalar bilan ham do‘stlashishga haqingiz bor va agar do‘stingiz buni tushunmayotgan bo‘lsa, u bilan bo‘lgan munosabatlarni to‘xtatganingiz xavfsizroqdir.
Agar suhbat davomida unga qiziqarli bo‘lgan mavzuda faqat do‘stingiz gapirsa, siz esa bosh irg‘asangiz va gap qo‘shishga ulgura olmasangiz, bu faqat bir holatda normal hisoblanadi: siz ruhshunos, suhbatdoshingiz esa sizning mijozingiz bo‘lsa.
Umumiy tanishlarni muhokama qilish va ularni ayblash orasida juda chuqur jarlik yotadi. Agar do‘stingiz birovni g‘iybat qilishni, yoqimsiz sirlarni aytib berishni, bo‘lmagan kamchiliklarni topishni yaxshi ko‘rsa, unga ishonish yoki ishonmaslik haqida o‘ylab ko‘rish kerak.
Manba: “Zdorovie.com” | 49 | 1,504 |
Ayollar | Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli | Idishlarni yuvishda gubkalar bekajonlarning eng yaxshi yordamchisi bo‘lib, ularni mukammal tozalaydi, yuzadagi dog‘larni bartaraf etadi. Lekin gubkadan faqat yuvish va tozalash bilan cheklanmaslik kerak, ularning yashirin imkoniyatlaridan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.
Sviterlardagi katishkalarni tozalaydi
Eskirgan sviterlardagi katishkalarni tezda olib tashlash uchun skrab-gubkada tozalash tavsiya etiladi. Mato yuzasidagi sochlarni ham gubka yordamida bartaraf etish mumkin.
Xonaki gullarni sug‘orish mumkin
Agar gul tuvagiga gubka qo‘yilsa, u sug‘orish paytida ortiqcha suvni shimib oladi. Bu juda ko‘p namlik tufayli ildiz chirishining oldini olishga yordam beradi. Agar o‘simliklarni vaqtida sug‘orish unutilsa, gubka zaxira sifatida xizmat qilishi mumkin. Buning uchun gubkalarni suv bilan yaxshilab namlash va gul idishlarga joylashtirish kerak.
Gilamdan soch tolalarini tozalaydi
Nam gubka gilam yoki poldan uy hayvonlari yunglari va soch tolalarini tozalashga yordam beradi.
Oziq-ovqat uchun muz
Nam gubkani kichik paketga joylashtirib, bir kechaga muzlatgichga qo‘yiladi. Ertasi kuni ertalab sovutish elementi tayyor bo‘ladi. Issiq havoda uni tushlik qutisiga yoki sovutish uchun oziq-ovqat va ichimliklar sumkasiga solib qo‘yish mumkin. Ushbu ixtironing foydasi shundaki, muz erishi bilan suyuqlik paketdan oqib chiqmaydi.
Xavfsiz yostiqchalar
Shisha, chinni yoki keramikadan yasalgan nozik buyumlarning osongina shikastlanadigan joylarini gubkalar bilan himoya qilish mumkin.
Mog‘ordan asraydi
Soyabon qo‘yiladigan joy namlik tufayli mog‘or bosmasligi uchun gubka qo‘yish lozim. U joyni yuvishdan ko‘ra, gubkalarni almashtirish ancha oson.
Tirnoq bo‘yog‘ini tozalaydi
Ushbu kichik layfxak paxta yostiqchalarini tejashga yordam beradi. Gubka qopqoqli kichik idishga joylashtiriladi va unga lak tozalash vositasi quyiladi. Lakni tozalash uchun tirnoq gubkaga botirilib, bir necha marta aylantiriladi. Idish yopiq holda saqlanishi kerak, shunda atseton uchib ketmaydi.
Sirtlarni chiziqdan himoya qildi
Stol yoki mebel ustiga biror buyum qo‘yishdan avval, ularning ostiga gubkani yupqa kesib qo‘yish lozim.
Derazalardagi yoriqlarni yopish mumkin
Agar uyning sovuqligi derazalardagi yoriqlar sababli bo‘lsa, ularni gubka bo‘laklari bilan yopish mumkin.
Bolalar uchun o‘yinchoq
Buning uchun turli rangdagi gubkalar bir xil bo‘lakda kesib chiqiladi. So‘ngra ular birlashtirilib, o‘rta qismi ip yoramida bog‘lanadi. Shuningdek, bir xil bo‘lakdagi gubkalardan uy, mashina yoki boshqa o‘yinchoqlar ham yasash mumkin. | 62 | 2,539 |
Ayollar | Chivinlar aynan sizni chaqishining 7 sababi | Ayniqsa, issiq kunlarda har qachongidan ham ko‘payadigan va kayfiyat buzilishiga ta’sir qiladigan chivinlarning nima uchun kelib-kelib sizni tanlashi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Siz xayolingizga ham keltirmagan, quyida ta’kidlangan omillar yoqimsiz hasharotlarni jalb qilishi mumkin.
Qon guruhingiz I bo‘lsa
Birinchi qon guruhiga mansub kishilar terlagan vaqtda chivinlarni o‘ziga jalb qiluvchi alohida bakteriyalar ishlab chiqaradi.
Sal avval sport bilan faol shug‘ullangan bo‘lsangiz
Jismoniy faollik yoki boshqa sabab bilan terlaganda, ter tarkibida sut kislotasi ham bo‘ladi. Bu esa chivinlar e’tiborini tortmay qolmaydi.
Pivo ichganda
Yaponiyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda hatto bir porsiya pivo iste’moli ham ushbu hasharotlarni jalb qilishi mumkinligi isbotlangan.
Tor va yopishib turadigan libosda bo‘lish
Kiyimingiz qancha tor bo‘lsa, chivinlarning chaqishi shuncha oson bo‘ladi. Aynan shu sabab ham kiyim-kechak borasida erkin variantlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Nafas qisishi
Ba’zi olimlarning taxmin qilishicha, chivinlarni nafas chiqarganda ajraladigan karbonat angidrid ko‘proq jalb qilishi aniqlangan. Aynan shu sabab ham chivinlarni tez-tez nafas oladigan kishilar ko‘proq qiziqtiradi.
Homiladorlik
Homilador ayollarning tana harorati biroz yuqori ekani hamda nafas olishning tezligi chivinlarga magnit singari ta’sir qiladi.
Metabolizmning jadalligi
Salomatlik va tashqi ko‘rinishning ko‘ngildagidek bo‘lishi uchun foydali hisoblangan jadal metabolizmda tana harorati biroz ko‘tariladi, shuningdek, siydik va sut kislotasi ajralishi ham tezlashadi. Bularning bari, xususan ter hidining kuchayishi chivinlar uchun ayni muddao hisoblanadi. | 43 | 1,671 |
Ayollar | Yoz uchun qo‘g‘irchoqlarnikidek liboslar: barcha moda ixlosmandlari tomonidan sevib kiyiladigan 10 ta model (foto) | Keng etakli yubkalar, katta hajmli yenglar, alohida ta’kidlangan bel qismi – ushbu mavsumda “qo‘g‘irchoq” liboslar moda maydoniga kirib keldi. Bu kabi liboslarda har bir qiz o‘zini malika kabi his qiladi. Quyida yozgi ko‘rinishga mos keladigan 10 ta zamonaviy libos bilan tanishish mumkin.
Chiroq shaklidagi yeng, katta bichimdagi yoqa, shaklini yaxshi saqlaydigan mato – bu kiyim kundalik va kechki uchrashuvlarga juda mos keladi. Ushbu libosni “meri jeyn” poyabzallari, krossovka yoki nafis sandallar bilan kiyish mumkin. Aksessuar sifatida naqshli hamyon va kashta tikilgan kichik sumkani tanlash tavsiya etiladi.
Mayda naqshli chiroyli qo‘g‘irchoq libosi belbog‘ tufayli ham belga alohida urg‘u beradi va bu kabi yoqalar bo‘yni vizual ravishda uzaytirishga yordam beradi. Ushbu ko‘ylakni yopiq baletka va kichkina to‘qilgan sumka bilan to‘ldirish mumkin.
Kechki tadbir – bitiruv kechasi, to‘y, tug‘ilgan kun uchun mos keladi. Nozik siyohrang va bejirim bezaklar, albatta, har qanday qizga ko‘rk bag‘ishlaydi.
Kundalik kiyish uchun och feruzarang midi uzunlikdagi libosni tanlash mumkin. Libosni jigarrang charm sandallar, sharf va savatsimon sumka bilan kiyish tavsiya etiladi.
Bel qismi yuqoridan bichilgan qora libos oq rangdagi yengil oyoq kiyimlar bilan ajoyib uyg‘unlikni hosil qiladi. Bundan tashqari, aksessuar sifatida ko‘zoynak va soch tasmasini qo‘shish mumkin.
Orqa tomoni bog‘lanadigan xira pushti libos chiroyli romantik qiyofa yaratishga yordam beradi. Obrazni nozik poshnali tufli va ziraklar bilan boyitish mumkin.
Baland bo‘yli, uzun oyoq egalari uchun ushbu ko‘ylak ayni muddao. Unga eng yaxshi qo‘shimchalar – shlyapa va tutqichi kichik sumkadir.
Oddiy, ammo dramatik narsalarni izlayotganlar uchun etakli yubka va yenglari shishirilgan ko‘ylak tavsiya etiladi. Baletka, krossovka va sandallar bilan uyg‘unlashgan libos obrazni yanada boyitadi.
Ushbu model yozgi kechalar uchun yechim hisoblanadi. Unga oq rangdagi oyoq kiyim va zargarlik buyumlarni qo‘shish bilan yangi ko‘rinishni hosil qilish mumkin. | 114 | 2,035 |
Ayollar | Bahoriy kayfiyat uchun ajoyib iforli 5 ta atir | Tabiat uyg‘onib, atrof gullarning yoqimli ifori bilan to‘ladigan bahor faslida parfyumeriya sanoati ham yangi mahsulotlarini chiqara boshlaydi. Maqolada siz uchun 5 ta parfyumeriya yangiliklarini to‘pladik.
Kompozitsiyaning o‘z nomida ko‘rsatilgan tarkibi haqiqat: pushti greypfrut, qizil smorodina, apelsin va piongul — bularning barchasi haqiqatda pushti (blush). Barra va nordon Eau So Blush sitrusli “po‘st” va mevali “mag‘iz” o‘rtasidagi chiroyli kontrastni ko‘rsatib beradi.
Sof ingliz parfyumeriyasi an’anasidagi namunaviy marvaridgul ifori. 1730-yilda yaratilgan Londonning Floris markasi vitrinali do‘konlari va barqaror mahsulot to‘plamlari bo‘lgan ilk markadir.
Ushbu atir shirin gulli hid bilan boshni aylantirmaydi, aksincha, “nam tog‘ havosi” ifori yordamida musaffolik bag‘ishlaydi.
2015-yilgi shirin qalampirli L’Extase yog‘ochli L’Extase Rose Absolue’ga aylandi. Kutilmagan uyg‘unlikni Fransis Kurkjan yaratdi, bu esa yangilangan versiya avvalgisidan kam ommalashmasligini bildiradi.
Nazokatli va gullar iforiga boy Izia atirgulni tarannum etish uchun yaratilgan, aynan uning notasi atrofiga zamonaviy va ko‘p funksiyali piramida barpo etilgan.
Manba: Wonderzine | 46 | 1,180 |
Ayollar | O‘z-o‘zingizga bergan va’dalarni qanday bajarish mumkin? | Ko‘pchilik o‘ziga-o‘zi sport bilan shug‘ullanishga yoki chekishni tashlashga yoki yaxshiroq ish topishga va shunga o‘xshash va’dalar beradi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan va’dalar bajarilmasdan unutilib ketadi. Agar siz haqiqatan ham maqsadingizga erishishni xohlasangiz, bu maqolamiz yordam beradi deb umid qilamiz.
Qisqa vaqt ichida mukammallikka erishish uchun o‘zingizga talablaringizni uzundan-uzoq ro‘yxat qilganingizni tushunsa bo‘ladi. Lekin bu maqsadlaringizning hammasini bir yo‘la emas, bittalab va tartib bilan amalga oshiring.
Aytaylik, siz ozishni xohlaysiz. Oldingizda turgan: taomnomani o‘zgartirish, sevimli ovqatlaringizdan voz kechish va jismoniy faollikni oshirish vazifalarini navbati bilan bajarishingiz lozim bo‘ladi.
Maqsadingizni birorta yaqin kishingizga aytsangiz, muvaffaqiyatga erishish osonlashadi. Boshqa odam oldidagi burch motivatsiyani, eshitilgan maqtov esa o‘zidan qoniqish hissini oshiradi.
Agar va’dani bajara olmasangiz, irodangiz kuchsizligi bilan o‘zingizni oqlamoqchi bo‘lasiz, albatta. Lekin, ma’lum bo‘lishicha, irodani chiniqtirish yo‘llari ham bor ekan. Maqsadingizga erishishni chinakamiga xohlasangiz tirishqoqlikni kuchaytiring. | 56 | 1,174 |
Ayollar | Baxmalmi yoki dur? Keyt Middlton qanday obodok taqadi? (foto) | Obodok bahor faslidagi eng mashhur soch aksessuarlaridan biri bo‘lib, obrazni yakunlash va to‘ldirish xususiyatiga ega.
O‘ziga xos kiyinish uslubi va didi bilan nafaqat moda ixlosmandlari, balki dizaynerlar e’tirofiga ham sazovor bo‘lgan malika Keyt Middlton ham ushbu aksessuarni xush ko‘radi. Prada va Simone Rocha kolleksiyalari taqdim etilganidan keyin 2020-yilning asosiy trendlaridan biriga aylangan bo‘lsa-da, Keyt 2016-yildayoq obodok bilan jamoatchilikka ko‘rinish bergan. Uning soch aksessuarlariga nazar tashlansa, unda turli qalinlikda va bezaklari xilma-xil obodoklar borligiga guvoh bo‘lish mumkin. | 61 | 612 |
Ayollar | 8 ta layfxak: kosmetik paxta “yostiqcha”laridan yana qachon foydalanish mumkin? | Paxta “to‘p”lari yoki “yostiqcha”lari har bir ayolning kosmetik javonida mavjud. Shuningdek, ko‘pchilik ularni faqat makiyaj yoki tirnoqdagi bo‘yoqni olib tashlash uchun ishlatilishi mumkin, deb o‘ylaydi. Lekin bunday emas.
Suv dog‘larini ketkazadi
Dog‘ bo‘lgan jo‘mrak yoki dushning qismlarini sirka bilan namlangan paxta “yostiqcha”si bilan artib olish mumkin. Juda qiyin holatlarda uni dog‘ ustiga bir necha daqiqaga qo‘yish tavsiya etiladi.
Hammom hidini yo‘qotadi
Paxtadan tayyorlangan “to‘p” yoki “yostiqcha”larga bir necha tomchi efir moyi (dolchin, apelsin va boshqalar) tomdiriladi va ularni oyna oldidagi kichik idishga joylashtiriladi. Natijada hammom nafis hid bilan to‘ladi.
Tanani tinchlantiradi
Sirka eritmasi yoki soda eritmasiga botirilgan paxta yostiqchasi hasharot chaqqanidan so‘ng qichishish yoki quyosh nurida kuygan terini tinchlantirish xususiyatiga ega.
Marker izlarini yo‘qotadi
Agar bolalar o‘zlarini marker bilan bo‘yashga odatlansa, sutga botirilgan paxta “yostiqcha”si yordamga keladi.
Kichik joylarni tozalaydi
Agar pult yoki kompyuter klaviaturasini tozalash kerak bo‘lsa, paxta “yostiqcha”lari spirt bilan namlanadi. Yaxshilab siqib olingandan keyin eng noqulay joylar ham osongina dezinfeksiya qilinadi.
Xonaki o‘simliklarni himoya qiladi
Sirka ichiga botirilgan paxtali “sharcha”lar gul tuvaklarga qo‘yiladi, shunda uy hayvonlari o‘simliklarni tishlab tashlamaydi.
Kiyimdan ruchka izlarini bartaraf etadi
Spirtga botirilgan “yostiqcha”lar bilan ruchka izi yaxshilab artiladi va bu ularning toza bo‘lishiga yordam beradi.
Yangi uzilgan gullarni saqlaydi
Agar yangi gullarni uzoq masofaga yetkazib berish kerak bo‘lsa, suvga botirilgan paxta “yostiqcha”lari paketga solinib, guldastaning kesimigacha lenta bilan bog‘lanadi. Bu ularning namligini saqlaydi va yo‘lda ularni guldon bilan ko‘tarib ketishga hojat qolmaydi. | 79 | 1,852 |
Ayollar | Xarid qilish nafaqat cho‘ntak, balki oshqozonga ham zarar yetkazadigan mahsulotlar | Ortiqcha mablag‘ sarflash tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar haqida AdMe nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Souslar
Bozor va do‘konlarda souslarning istalgan variantini topish mumkin. Ammo xarid qilishdan avval ishlab chiqaruvchilar souslarga ta’m kuchaytirgich, stabilizator va boshqa kimyoviy moddalar qo‘shishi haqida o‘ylab ko‘ring. Buning o‘rniga uyda o‘z qo‘lingiz bilan foydalisini tayyorlang.
Konservalangan loviya
Konservalangan loviyani istalgan salat, zapekanka yoki boshqa taomga qo‘shish mumkin. Ammo shakar va konservantlar qo‘shilgani sababli loviyaning konservalanganini sotib olmaslik tavsiya qilinadi.
Qadoqlangan konfetlar
Parhezshunoslar shakarning qanchalik zararli ekanini ta’kidlaganiga qaramay, undan shunchaki voz kechib bo‘lmaydi. Shunday vaqtlarda kilolik konfet xarid qilish tavsiya etiladi. Bu bilan ham pulni tejab qolishingiz, ham istalgancha iste’mol qilishingiz mumkin.
Quritilgan mevalar
Tez singadigan uglevodlarning, kletchatka mikro va makro elementlarning koni hisoblangan quritilgan mevalar konfet va shokoladlar uchun eng yaxshi o‘rin bosuvchi hisoblanadi. Ammo ularning aksariyatida yoqimsiz hidga ega bo‘lgan E220 gazi mavjud. Kam miqdorda xavfsiz ekaniga qaramay, quritilgan o‘rikning standart porsiyasidagi E220 konsentratsiyasi yuqori bo‘ladi. Shu sabab ham barra mevalarni tanlash tavsiya qilinadi.
Barra mevalar
Sovuq mavsumda barra mevalarni topish biroz qiyinroq bo‘lgani va odatdagidan qimmatroq bo‘lgani hisobiga muzlatilgan mevalar iste’moli har tomonlama qulay bo‘lishi mumkin. Vitamin va minerallarning koni ekani hisobiga ham bu eng yaxshi variant.
Paketli choy
Paketli choy tarkibidagi antioksidantlar va fitonsidlar organizmni zararli moddalardan himoya qiladi. Ammo ba’zi choy paketlar ichiga mikroplastik tushib qolgan bo‘lishi mumkin. Odam organizmiga qanchalik ta’sir qilishi hali aniq emas, ammo hayvonlarda o‘tkazilgan tajriba natijasi kishini quvontirmaydi. Aynan shu sabab ham oddiy choy damlab ichish tavsiya qilinadi.
Tabiiy yogurt
Sotiladigan barcha yogurtlarning tarkibida ham foydali bakteriyalar mujassam bo‘lavermaydi.
Saqich
Saqich chaynash oshqozon-ichaklar bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. | 82 | 2,186 |
Ayollar | Shoppingning kayfiyatga terapiyadek ta’siri | Ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning supermarket peshtaxtalarini bo‘shatib, keragidan ortiq qilgan xaridlari aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu videolarga turlicha munosabatlar bildirildi va qoralandi. Albatta, har narsani me’yori bor va bunday vaziyatda xariddan ko‘ra, odamlar bilan masofa saqlashga harakat qilish kerakligi to‘g‘ri, lekin inson psixologiyasida vahima va xavotirli vaziyatlarda o‘zini o‘zi chalg‘itish, aldashga urinishi tabiiy ekanini unutmaslik kerak. Shopping esa mutaxassislarning ma’lum qilishicha, xavotir hissini unutishda samarali hisoblanadi.
Agar ayni damda antiseptik vosita olib ko‘nglingiz xotirjam bo‘lsa, yoqtirgan rangingizdagi bejirim libos olsangiz sizdan baxtli inson bo‘lmaydi. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, shopping g‘am-tashvish va tushkunlikka qarshi ijobiy ta’sir qiladi. Xarid qilgan kishi muayyan vaziyat ustidan yolg‘ondan nazorat o‘rnatilgandek hisni tuyadi va mahsulot yoki buyumni qo‘lga kiritganda kayfiyati ko‘tariladi.
Koronavirus bir qancha sohalarda inqirozlar boshlanishiga olib kelayotgan bo‘lsa, internet do‘konlarning buyurtmalari esa ko‘paygandan ko‘paymoqda. Karantinda uydan chiqmadi degani xarid qila olmaydi degani emas, ayniqsa bu qiz va ayollarga tegishli ekanini erkaklar juda yaxshi bilsa kerak. Karantin vaqtida, internet do‘konlari va xizmatlariga kelib tushayotgan buyurtmalar soni sanoqsiz. Shopping-terapiya yosh-u qariga ta’sir qilishi fakt, lekin xaridning darhaqiqat zarur yoki muhim ekanligiga ko‘proq e’tibor berish kerak. | 43 | 1,508 |
Ayollar | Quymoqning mazali va shishib chiqishiga yordam beradigan 10 tavsiya | Nonushta yoki tamaddi uchun pishiradigan quymog‘ingiz mazali chiqishi uchun mahsulotlarning qandayligidan tortib, jarayonning qanday kechishigacha e’tiborli bo‘lish kerak.
Harorat bir xil bo‘lsin
Quymoqlarning kutilganidek chiqmasligiga mahsulotlar haroratining turliligi sabab bo‘ladi. Mahsulotlarning issiq va sovug‘ini bir-biri bilan aslo aralashtira ko‘rmang. Tuxum va sutni sovitkichdan olib xona haroratida ilishini kuting.
Ortiqcha aralashtirib yubormang
Mahsulotlarni haddan ortiq aralashtirib yubormang. Qancha ko‘p aralashtirilsa, undan shuncha ko‘p glyuten ajraladi. Bu esa quymoqning cho‘zilib pishishiga olib keladi.
Mahsulotlarni ikkiga ajrating
Quruq va suyuq mahsulotlarni alohida aralashtirish keyin esa bir-biriga qo‘shish kerak. Suyug‘ini kam porsiyadan qurug‘iga qo‘shing.
Aralashmaning quyuq-suyuqligiga e’tibor bering
Tayyor aralashmadan foydalanadigan bo‘lsangiz suyuqlikni barchasini birdaniga to‘kib yubormang. Xamir haddan ortiq suyuq bo‘lib qolsa, tovada aylantirish oson bo‘lmaydi.
Tovani qizdirishni unutmang
Shoshilmasdan tovani yaxshilab qizishini kuting. Aks holda xamir sariyog‘ni o‘ziga ko‘p singdirib olishi bu esa yog‘li chiqishiga olib keladi. Tovaning hozirligini bilish uchun unga bir qoshiq aralashma solib tekshirib ko‘ring.
Unsiz quymoq tayyorlaganda nimalarga e’tibor berish kerak?
Nonsiz quymoq tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, qolgan mahsulotlarning yetarlicha yopishqoq bo‘lishiga e’tibor bering. Bu ezilgan banan, suli yormasi, grechka uni va hatto yong‘oqli pasta bo‘lishi mumkin.
Mineral suv qo‘shing
Mazkur ichimlik xuddi razrixlitel singari xamirni shishib, yumshoq chiqishiga hissa qo‘shadi.
Tuxumni oqini alohida aralashtiring
Quymoq shishib, ammo shu bilan birga yumshoqqina bo‘lib chiqishini istasangiz, tuxum oqini alohida ko‘pirtirib oling.
Sariyog‘dan foydalanmang
Sariyog‘ boshqa yog‘larga nisbatan tez qizib ketadi. Undan foydalanadigan bo‘lsangiz, oshxonada tutun va quymoqda qora dog‘lar paydo bo‘lishiga tayyor bo‘ling.
Ustini bosmang
Pishish jarayonida tovada turgan quymoq ustini bosa ko‘rmang. Aks holda pachoq bo‘lib pishishi mumkin. | 67 | 2,095 |
Ayollar | Dushmanning ham keragi yo‘q: Instagram hayotingizni zaharlashining 3 isboti (foto) | Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar kishilar hayotiga ta’sir o‘tkazayotgani, turmush tarzi va odatlar ham shunga qarab o‘zgarayotganini inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo siz-u bizga ko‘ringan hamma narsa ham haqiqiy bo‘lavermasligi, chin dildan qilingan tavsiyalar reklama yoki qandaydir manfaatlarga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Tashqi ko‘rinishga haddan ortiq zeb berish
Instagram’dagi go‘zal qizlar, asosan, kosmetolog xonasida tushgan suratlari, patchi-niqoblar bilan tushgan selfilari hamda byuti-gadjet va lanch-boks bilan birga tushgan suratlari bilan bo‘lishadi.
Bularning barining ortida reklama turadi, shu sabab ham byuti-blogerning hamma tavsiya va maslahatiga amal qilavermaslik, ergashavermaslik kerak.
Fitnes va parhez qilishga mukkasidan ketish
Agar siz qomatingiz me’yorda bo‘lishi uchun muntazam ravishda mashq bajarsangiz, bu juda ham yaxshi. Ammo bunda tana vazni va salomatlikdan kelib chiqib ish qilish kerak.
Siz Instagram’da havas qilgan sarvqomat egalari faqat sport bilan shug‘ullanmasligi, alohida ratsionga rioya qilishi mumkin. Qolaversa, uzun oyoqlar, xipcha bel fotoshop yoki filtrlar orqali o‘zgartirilgan bo‘lishi ham mumkin.
Hatto do‘konga ham makiyaj qilmasdan chiqmaydigan bo‘lib qolasiz
Tashqi ko‘rinishdagi o‘ziga xoslikni haddan ortiq yashirishga harakat qilish ham yaxshi emas. Tonnalab kosmetika va bo‘yoqlar bilan siz o‘zingizga o‘xshamay qolishingiz mumkin.
Instagram’dagi burni ingichka, lablari shishirilgan va qoshlari qalin qizlarning tashqi ko‘rinishi hayotda suratdagidek bo‘lmasligi, ularning mukammal ko‘rinishiga Face tune singari ilova va filtrlar yordam bergan bo‘lishi mumkin. | 82 | 1,630 |
Ayollar | Saudiya Arabistonidagi moda namoyishida podiumga modellar o‘rniga dronlar chiqdi (video) | Saudiya Arabistonining Jidda shahrida iyun oyi boshida moda haftaligi o‘tkazildi. Unda podiumga modellar o‘rniga dronlar chiqdi, deb xabar beradi TJournal.
Moda haftaligida yaqinda Milan shahrida uchuvchisiz uchuvchi qurilmalar ishtirokida taqdimot o‘tkazgan Dolce & Gabbana modalar uyi ham ishtirok etdi.
Taqdimot ishtirokchilari undan bir nechta rolikni ijtimoy tarmoqlarda e’lon qildi. Ularda dronlar podiumda modellarga o‘xshab harakatlangan.
Ayrim ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari esa Saudiyadagi modaga noodatiy yondashuvni yumor hissi bilan qabul qilgan hamda modellarning dronlar bilan almashtirilishi mamlakatda ayollar huquqlarini cheklash bilan bog‘liq ekanligini qo‘shimcha qilgan.
Saudiyada ayollarga avtomobil boshqarishga ruxsat berilishiga qaramay, ularga jamoat joylarida ochiq kiyim va boshyalang ko‘rinish taqiqlangan.
Shuningdek, modalar namoyishi Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgani uchun namoyishda aynan shunday yondashuv qo‘llanilgan. Muqaddas oyda ro‘zadorlarga nomahramlarning ochiq tana qismlarini ko‘rishga ruxsat etilmaydi, deyiladi xabarda. | 88 | 1,069 |
Ayollar | Ko‘k va moviy, siyohrang va pushti. Moda ixlosmandlari kuzda qaysi ranglar umumlashmasini afzal biladi? | Kuzgi ayollar garderobida asosan to‘q va bazaviy rangdagi liboslar o‘rin olgan bo‘ladi. Lekin mazkur faslga xos melanxoliyani oldini olish va qiziqarli obrazlar yaratish uchun yorqinlik va rang-baranglikni unutmaslik kerak.
Ko‘k va moviy rang
Juda ham o‘xshash bo‘lgani sabab mazkur ranglar bir-biri bilan yaxshi uyg‘un bo‘la oladi. To‘q ko‘k rang eng yaxshi bazaviy ranglardan biri bo‘lsa, unga moviy rang qo‘shilib, o‘ziga xos urg‘u beradi. Bundan kombinatsiya istalgan obraz hatto ofisga kiyish uchun ham eng maqbul variant.
Qora va olovrang
Kuzda kiyish uchun tavsiya qilinadigan olovrang libos bilan qora rang umumlashgan obrazni kundalik yoki alohida tadbir yoki uchrashuvlarga ham kiyish mumkin. Olovrang ustki kiyim yoki aksessuar yuz rangini chiroyli ko‘rsatadi. Mazkur obrazda qora rang bazaviy bo‘lgani yaxshi.
Pushti va siyohrang
Yorqin pushti va sokin tusli siyohrang umumlashmasi atrofdagilar e’tiboridan chetda qolmasligi aniq. Obrazning yanada qiziqarli chiqishi uchun bichimi noodatiy bo‘lgan kiyim-kechaklarni tanlash uni uchli botilyon yoki tufli bilan moslash hamda “allambalo” sumkadan aksessuar sifatida foydalanish tavsiya qilinadi.
Kulrang va siyohrang
Kuzda bazaviy rangdagi liboslarga yorqin aksessuar yoki boshqa detal qo‘shgan yaxshi. Masalan, kulrang obrazga siyohrang yorqin sumka yoki sharf qo‘shilishi nafaqat esda qolarli kiyinish, balki qimmat ko‘rinishga ega bo‘lishga ham sababchi bo‘ladi.
Lavanda va feruza rang
Lavanda rangidagi liboslar mazkur mavsum trendlaridan biri hisoblanadi.
Uning o‘zini yoki boshqa rang bilan moslash orqali kayfiyat ko‘taradigan kiyinishga ega bo‘lish mumkin. Street style ixlosmandlari mazkur rangni yorqin feruza rangi bilan moslashni tavsiya qiladi.
Qora va sariq
Issiq kun va haroratni sog‘inganlar garderobiga sariq rangni qo‘shish tavsiya qilinadi. Sariq rangdagi trikotaj matodan tikilgan kiyim-kechakni jiddiy uslubdagi pidjak yoki atlas matosidan tikilgan sariq libosni charm qora kurtka yoki trench bilan moslash mumkin.
Ko‘k va sariq
Mazkur ranglar umumlashtirgan holda zamonaviy va o‘ziga xos kiyinish mumkin. To‘q bazaviy obrazga sariq yorqinlik baxsh etadi va kundalik tanlov uchun ayni muddao hisoblandi.
Och jigarrang va och pushti
Kuzning kulrang manzarali kunlari uchun mazkur kombinatsiya yaxshi variant hisoblanadi. Bunday obrazni hech ikkilanmasdan maxsus uchrashuv va kundalik ish yoki o‘qishga borsa bo‘ladi.
Kulrang va neon
Kulrang zerikarli obrazni qiziqarliroq qilishning yana bir usuli unga yorqin yashil neon rangli detal — kamar, ko‘zoynak, poyabzal yoki sumka qo‘shish hisoblanadi. | 103 | 2,585 |
Ayollar | Butun dunyo ayollari mehrini qozongan Dyson feni haqida siz bilmagan 5 fakt | Yuqori texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Gap soch turmaklovchi qurilma haqida ketganda xayolga birinchi bo‘lib, Dyson Supersonic feni keladi. Go‘zallik ixlosmandlari bundan besh yil avval tanishgan mazkur fen hali hamon dolzarbligicha qolmoqda. Vogue’dan tortib National Geographic jurnallari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan, yulduz va aktrisalar tomonidan afzalliklari tinmay ta’kidlangan fenni ishlab chiqargan Jeyms Daysonni esa tanimagan odam qolmagan.
Dyson Supersonic mashhurlikka erishishining sababi nimada?
Birinchidan, minimal va biroz futuristik dizaynga ega ekani asosiy rol o‘ynagan. U paydo bo‘lguniga qadar barcha fenlar bir-biriga o‘xshagan — motori ustki qismida joylashgan.
Dyson Supersonic’da esa hammasi boshqacharoq — uning motori ushlaydigan qismida joylashgan. Yana bir afzalligi, qalinligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar bir zumda quritish xususiyatga egaligida. Bundan tashqari, undagi magnit bilan fenga mahkamlanadigan “nasadkalar” ishlatish uchun juda ham qulayligi bilan birga hech qachon haddan ortiq isib ketmaydi. Elektron termistor darajaning 150 dan yuqori bo‘lishiga qo‘yib bermaydi. | 75 | 1,172 |
Ayollar | Hamma narsadan hafsala pir bo‘lganda motivatsiyani saqlab qolish bo‘yicha 5 tavsiya | Muammolar qurshovida yurishdan qutulishni istovchilar va atrofidagilar bilan munosabatlari o‘nglanmayotganidan tashvishda bo‘lganlarga Stenford universiteti professori Bernard Rotning “Erishish odati: Orzu qilishdan to‘xta, amalga oshirishni boshla va o‘z hayotingni boshqar” (The Achievement Habit: Stop Wishing, Start Doing, and Take Command of Your Life) kitobidagi tavsiyalarini havola qilamiz.
Vaziyatga boshqa tomondan baho berishni o‘rganing
Kimdir sizning yo‘lingizga g‘ov bo‘layotgandek yoki hayotingizni qiyinlashtirayotgandek tuyilsa, “strelkani burishga” urinib ko‘ring. Masalan, muammo ish joyida bo‘lsa, boshqa joyga ketgan taqdiringizda ham faqatgina jismoniy o‘zgarish amalga oshirilgani hisobiga ushbu vaziyat qayta takrorlanishi mumkin. Buning o‘rniga vaziyatga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiring. Bernard Rotning hamkasbi rahbari bilan kelisha olmagan. Unga boshlig‘i haddan ortiq narsani talab qiladigandek tuyulgan. Shunda Bernard unga hamma vaqt “U meni g‘azablantiradi”, deyish o‘rniga “Men uni g‘azablantiraman” deyishni tavsiya qilgan. Professorning fikricha, bu vaziyatga har ikki tomondan nazar tashlashga yordam beradi. Biz aksariyat hollarda o‘zimiz tan olishni istamagan narsalarni boshqalarga ag‘darib qo‘yamiz. Ammo ma’lum bo‘lganidek, tangoni yolg‘iz o‘ynab bo‘lmaydi. Boshqa odamlarning ham tuyg‘ulari borligi tushunib yetilganda, u bilan bo‘lgan munosabat va ishga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirishning uddasidan chiqiladi.
Yangicha yondashing
To‘siqlar sizni to‘xtatishiga izn bermang — ishga bo‘lgan yondashishingizni o‘zgartiring. Bir ayol velosiped haydashni o‘rganishni juda ham xohlagan. Uning yoshi o‘ttizda, qolaversa ichki qulog‘i bilan muammo bo‘lgan (bu muvozanatni saqlash sezgisiga ta’sir qiladi). Ammo ayol o‘z orzusidan voz kechmagan, buning o‘rniga shunchaki uch g‘ildirakli velosiped xarid qilgan. Nimagadir erishishni istaysizmi, to‘siqlarni chetlab o‘tish yo‘llarini qidiring. Taslim bo‘lmang, aybni boshqalarga to‘nkamang.
Xolis bo‘lish uchun vaziyatga chetdan turib baho bering. Shunda muqobil yo‘l topishga muvaffaq bo‘lasiz. Hamma narsa men bilan sodir bo‘lmoqda deb o‘ylash yoqimsizliklar domida qolishga olib keladi. Odam unga umuman aloqasi bo‘lmagan narsani o‘ziga oladi, arzimagan narsalarga dili xira bo‘ladi. O‘zingizga ortiqcha tashvish orttirmang. Unutmang, kimdandir dili siyoh bo‘lib, uni ichiga yutish yoki shunchaki e’tibor bermaslik o‘zingizga bog‘liq. Xusumat va norozilik hech qanday naf bermaydi, aksincha olg‘a intilishga xalaqit beradi. Motivatsiyani esa ko‘paytirmasligi aniq. Ulardan voz kechib o‘z hayotingizni to‘laqonli yashashingiz mumkin bo‘ladi.
Har to‘kisda bir ayb ekanini unutmang
Hayotingiz va ishingiz, shuningdek, atrofingizdagi insonlar hech qachon mukammal bo‘lmaydi. Ammo bu sizni to‘xtashingizga sabab bo‘lmasin. Boshlash va omadsizlikka uchrash qo‘l qovushtirib, qulay vaqt kelishini kutgandan ko‘ra yaxshiroq. Ahd qilgan o‘y-xayolni amalga oshirish orqali, avvalroq arzimagan narsa sizni joyingizdan siljishingizga xalaqit qilganiga amin bo‘lishingiz mumkin bo‘ladi.
Odatlaringizni ko‘zdan kechiring
Barchaning odatlarga suyanish va avtomat ravishda harakatlanishga moyilligi bor. Ammo amaldagi harakatlar algoritmi ish bermayotgan bo‘lsa, demak, allaqachon uni o‘zi o‘zgartirish vaqti kelgan. Odatlaringizni, ulardan qay biri sizga foyda keltiradi, qay biri yo‘qligini tahlil qilib ko‘ring. Natija bermaydiganlarini shunchaki ko‘nikkaningiz uchungina takrorlamang. Ish bermaydiganini boshqa odatga almashtiring. Unutmang, hech nima o‘zidan o‘zi ahamiyatli bo‘lib qolmaydi: mohiyat anglatishi yoki yo‘qligiga o‘zingiz sababchi bo‘lasiz. Hayotingiz, faoliyatingiz va atrofdagilar bilan munosabatlaringiz qanday ekani o‘zingiz bilan bog‘liq. O‘z reaksiyangiz va vaziyatni ham nazorat qila olishingiz mumkinligini o‘zingizga tez-tez takrorlab turing. | 83 | 3,847 |
Ayollar | Yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish va kun bo‘yi uni saqlab qolish uchun nimalar qilish kerak? | Kuningiz xayrli bo‘lishi uchun uni to‘g‘ri fikrlar bilan boshlashingiz kerak. Bunga uyg‘ongandan keyin bir necha soniya vaqtingiz ketsa ham samarasi kechgacha saqlanib qoladi.
Boshingizni yostiqdan ko‘tarishdan oldin, bir necha soniya vaqtingizni fikrlaringizni to‘g‘ri yo‘naltirish uchun sarflang. “Men to‘yib uxladim” va “Men hammasiga ulguraman” deb o‘ylang. Asta-sekinlik bilan bu fikrlar kattalasha boshlaydi. Ularning orqasidan xuddi shunday boshqa ijobiy fikrlar kela boshlaydi va natijada siz har kuni hayotingizda bor bo‘lgan yaxshi narsalardan quvona boshlaysiz.
Bu o‘z-o‘zini aldash emas, bu vaqtidan oldin o‘ziga achinishni to‘xtatish va o‘zingizda bor narsalarga diqqatingizni tortishning yo‘li. Sizda bor narsalar esa kam emas: boshpana, yegulik, yaqin odamlaringiz, ko‘plab muammolarni yechishga yetadigan kuch.
Bu nafaqat sizga, balki atrofdagilaringizga ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Har doim qoniqmaydigan, hamma narsaga ulgurish g‘oyasiga chalingan va hayotdan ko‘proq narsa olmoqchi bo‘lgan odamdan ko‘ra xotirjam va o‘ziga ishongan odam bilan ishlagan yaxshiroq albatta.
Boshqalar bilan nimalarni o‘rtoqlasha olishingiz haqida ham o‘ylab ko‘ring. Balki siz do‘stlaringizdan birortasiga yoqadigan yaxshi kitob o‘qigan bo‘lishingiz mumkin. Yoki ofis uchun kerak bo‘ladigan qiziqarli dastur topgandirsiz.
Manba: Women’s Health | 90 | 1,345 |
Ayollar | Urfdan qoldi: Bahorda kiyish tavsiya qilinmaydigan kiyim-kechaklar (foto) | Moda bir joyda turmaydi, hamisha o‘zgarib, yangilanaveradi. Avvalgi yilda urfda bo‘lgan liboslar yangi yil va mavsumda dolzarb bo‘lmasligi, hatto moda ixlosmandlari ham kiyinish borasidagi tendensiyalarga amal qilishga ulgurolmasligi mumkin.
Qomatga yopishib turadigan charm kurtka
Bunday bichimli charm kurtkalar bugungi kunda bundan bir necha yil avvalgidek dolzarb emas. Keng va erkin turadigan modellar esa aksincha yetakchilik qilmoqda. Shu sabab ham iloji boricha oversayz uslubidagi, bichimi yopishib turmaydigan modellarga e’tibor qilish tavsiya etiladi.
Neylon sumkalar
Neylonli sumkalar o‘tgan mavsumda har qachongidan ham mashhurroq bo‘lgan. Ammo 2021-yilning bahorida ortiqcha bezaklarsiz, charm yoki zamshdan ishlangan modellarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Kalta paltolar
Yopishib turadigan, boz ustiga kalta bo‘lgan paltolar obrazingizni o‘ziga xos qilib ko‘rsatmaydi. Birinchidan, arzon ko‘rinishga ega bo‘lasiz, ikkinchidan esa, harakatlanish ham noqulaylik keltirib chiqaradi. Bunday ustki kiyimni sviter yoki boshqa bir qalin kiyim ustidan ham kiya olmasligingiz aniq. Shuning uchun e’tiborni yelkalari tushib turadigan, oversayz uslubidagi modellarga qaratish tavsiya qilinadi.
Sumka-ryukzak
To‘liq sumka yoki ryukzak bo‘lmagan charm, velvet, zamsh modellar allaqachon urfdan qolgan va sizni didsiz ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi. Mazkur mavsumda oy shaklidagi noodatiy sumka eng yaxshi alternativ bo‘la oladi.
Setkadan tikilgan yubka
Romantik uslubda kiyinishni istasangiz, dolzarb bo‘lmagan setkali yubkalardan voz kechib, midi yoki maksi uzunligidagi atlas, satin yoki plissirovkali modellarni tanlang.
Yopishib turadigan shim
Bugungi kunda dizaynerlar keng bichimni afzal bilgani sabab ham yopishib turadigan shimlar ikkinchi planda qolmoqda. Ammo ularni tashlab yuborishga shoshilmang. Bunday shimlarni keng pidjak va hajmli botinkalar bilan moslab, o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.
Bel qismi baland va belbog‘li modellar
Shim, yubka va shortilarning bunday modeli o‘tgan mavsumda mashhurlikka ham, jonga tegishga ham ulgurdi. Qolaversa, bunday bichim hammaga ham yarashavermaydi, qorin qismini yanada hajmli ko‘rsatadi. Bel qismi klassik bichimli ortiqcha bezak va elementlarsiz kiyimlar esa aslo urfdan qolmaydi.
Bebi-doll uslubidagi libos
Hammaning garderobida uchratish mumkin bo‘lgan bunday liboslardan voz kechib, oddiy va uzunroq modellarga e’tibor qarating va obrazni turli aksessuarlar bilan boyiting. | 73 | 2,463 |
Ayollar | Yugurish yo‘lakchasini yoqtirib qolishning 6 usuli | Yugurish yo‘lakchasida kardio mashqlarni bajarish foydali ekanini bilsangiz ham uni ko‘rgani ko‘zingiz yo‘qmi? Xotirjam bo‘ling! Biz bu mashq qilish apparatini yoqtirib qolishning 6 ta usulini topdik.
Afzal tomonlarini toping
Yugurish yo‘lakchasini sevib qolish uchun birinchi qadam — unga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish. Tasavvur qiling: siz uchun ataylab qor va yomg‘ir ostida emas, balki quruq va issiq sport zalida yugurish mumkin bo‘lgan sport gadjeti yaratildi. Qulayligidan tashqari, yugurish yo‘lakchasi har qanday odamga moslashish xususiyatiga ega. Siz shoshilmasdan “sayr qilish”ni yoki jadal sur’atda yugurishni xohlaysizmi buning ahamiyati yo‘q, bu mashq qilish apparati — siz uchun ideal sherik bo‘la oladi.
Tasavvurni ishga soling
Yo‘lakcha ustida qizib olish vaqtida yengil gantellarni oling va organizmingiz qiziguncha qo‘llarni mashq qildiring. Yoki yugurishni elliptik apparat va velosiped bilan galma-gal almashtirib bajaring. Harakat turlarini almashtirish yurak mushaklarini chiniqtiradi va organizmni og‘irlik tushishidan saqlaydi.
Vaqtni aldang
Agar yo‘lakchada yugurish zerikarli bo‘lsa, demak tezlikni biroz oshirishning ayni vaqti. Har bir besh daqiqaning oxirida harakatlanish tezligini 2-3 darajaga oshiring. Interval bilan yugurish yog‘larni yo‘qotishga va chidamni oshirishga yordam beradi.
Seriallar tomosha qiling va musiqa tinglang
Yengil yugurishlar vaqtida anchadan buyon rejalashtirib yurgan serialning navbatdagi qismini tomosha qilishingiz mumkin.
Rivojlanishni kuzatib boring
Agar siz o‘zingizdagi o‘zgarishlarni ko‘rsangiz, mashq qilish ancha yoqimliroq bo‘ladi. Har bir mashg‘ulotdan keyin natijalar ko‘rsatilgan ekranni smartfon yordamida rasmga tushiring. Biroz vaqtdan keyin o‘zgarishni ko‘rishingiz mumkin va sizning mashq rejasini tuzatishingiz osonroq bo‘ladi.
Harakatlarga to‘g‘rilaning
Mashg‘ulotlar vaqtida tushunchaga ega bo‘lish — uni quvonchliroq qilishning yana bir usuli. Oyoq va qo‘llaringiz qanday harakat qilishi, qanday nafas olishingiz, nima haqda o‘ylashingiz, gavdangizni qanday tutishingizga e’tibor bering. Diqqatni nafas olishga qaratish ko‘pincha yugurish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradi — sportning bu turida ko‘p narsa nafas olishga bog‘liq.
Manba: Men’s Health | 50 | 2,246 |
Ayollar | O‘quvchilar salomatligini asrash uchun ota-onalar amalga oshirishi kerak bo‘lgan vazifalar | Ma’lum bo‘lishicha, bitiruvchilarning atigi 3 foizi maktabni to‘liq sog‘lom bitiradi, o‘rta maktab o‘quvchilarining 70 foizigacha surunkali kasalliklardan aziyat chekadi. Buning oldini olish uchun ota-onalar bolaning sog‘lig‘ini maktabning birinchi kunlaridanoq diqqat bilan kuzatib borishlari kerak.
Bolani nima bilan va qanday ovqatlantirish kerak?
Har bir o‘quvchi intensiv o‘sadi, metabolizmda murakkab o‘zgarishlar ro‘y beradi, markaziy asab tizimiga yuk ortadi. Boshqa tomondan, bolalikda o‘rnatilgan ovqatlanish odatlari bolaga butun hayoti davomida hamroh bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, ota-onalar bolalarini to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish uchun hamma narsani qilishlari kerak.
Buning uchun muntazam ovqatlanish lozim. Bola uchun eng yaxshi variant kuniga to‘rt mahal ovqatlanishdir. Oshqozon sekretsiyasi bilan miyaning oziq-ovqat markazlari o‘rtasida o‘zaro ta’sir mavjud. Va eng muhimi, bu yondashuv oxirgi paytlarda maktab o‘quvchilari orasida tez-tez uchraydigan gastrit va oshqozon yarasining oldini oladi.
Nonushta. Bolaga sut va don mahsulotlari, sariyog‘, pishloq, tuxum va mevalar tavsiya etiladi.
Tushlik. 3-4 soatlik o‘qishdan so‘ng o‘quvchining ko‘rsatkichlari pasaya boshlaydi, shuning uchun u sarflangan energiyani qoplashi kerak. Bu vaqtda bola yog‘siz go‘sht yoki pishloq bo‘lagi, qatiq, yangi meva iste’mol qilishi mumkin.
Kechki ovqat oshqozon-ichak traktini zo‘riqtirmaslik uchun oson hazm bo‘ladigan taom tanovul qilish kerak. Buning uchun baliq, sut mahsulotlari, omlet, sabzavotli makaron yaxshi variant. Shuningdek, yotishdan 2 soat oldin ovqatlanmaslik tavsiya etiladi.
Kaloriya iste’molini kuzatib boring. 7-11 yoshli bolalarga kuniga 2300 kkal, 11-14 yoshda 2500 kkal kerak. 14-18 yoshli o‘smirlarga bo‘lgan ehtiyoj 3000 kkalgacha oshadi. Ixtisoslashgan maktablarda o‘qiydigan bolalarga 10 foiz ko‘proq kaloriya kerak.
Oqsil, yog‘ va uglevodlar. Bolaning eng yaxshi assimilyatsiyasi sut va baliq oqsilidir. Yog‘siz kurka, quyon, mol go‘shti tavsiya etiladi. Shuningdek, murakkab uglevodlar haqida unutmaslik kerak. Ular donli non, don, quritilgan meva va asalda uchraydi.
Bolaning ratsionidan chiqarib tashlash kerak bo‘lgan mahsulotlar: qaymoq, chips, bodroq, karamel, konserva va xom dudlangan go‘sht, saqich, sousli pishirilgan mahsulotlar.
Bolalarga stressni yengishni o‘rgatmaslik lozim. Statistikasiga ko‘ra, kattalarning ko‘prog‘i stressli vaziyatlarda ovqat yeyishini tan oladi. Bolalarga: “Ovqatlaning, hammasi o‘tib ketadi!” — deb aytish kerak emas. Agar bola xafa bo‘lsa yoki xavotirlansa, shirinlik taklif qilmasdan, stress sababini bartaraf etishga yordam berish kerak.
Diyeta. Agar o‘quvchi stressni kuchaytirsa, diyetani diqqat bilan kuzatib borish kerak. Unga yangi siqilgan meva va sabzavot sharbatlarini, mevalarni taklif qilish lozim. Ularning tarkibidagi fruktoza miya faoliyatini rag‘batlantiradi. Agar o‘quvchi xavotirlanib, yaxshi uxlamasa, o‘simlik choyini ichishi mumkin.
A vitamini baliq, dengiz mahsulotlari, o‘rik va jigarda uchraydi. Bu teri va shilliq pardalarning normal holatini ta’minlaydi, ko‘rish va umuman tananing holatini yaxshilaydi.
B1 vitamini guruch, sabzavot, parrandada topiladi. Bu asab tizimi, xotirani mustahkamlaydi va ovqat hazm qilishini yaxshilaydi.
B2 vitamini sut, tuxum, brokkolida uchraydi. U sochlarni, tirnoqlarni mustahkamlaydi, asab holatini yaxshilaydi.
Vitamin PP kepakli non, baliq, yong‘oq, sabzavot, go‘sht, quritilgan qo‘ziqorinlarda qon aylanishi va xolesterin miqdorini tartibga soladi.
Vitamin B6 tuxum sarig‘i va loviyada mavjud. Asab tizimi, jigar va gemopoez funksiyalariga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
B12 vitamini go‘sht, pishloq, dengiz mahsulotlarida uchraydi.
Folik kislota karam, ismaloq va yashil no‘xat tarkibida o‘sish va salomatlik uchun zarurdir.
Biotin tuxum sarig‘i, pomidor, jigarrang guruch, soya va loviyalarida mavjud. Bu teri, soch va tirnoqlarning holatiga ta’sir qiladi va qondagi qand miqdorini tartibga soladi.
C vitamini shirin garmdori, qora smorodina va sitruslarda bo‘lib, immun tizimi, biriktiruvchi to‘qima, suyaklar uchun foydalidir va yaralarni davolashga yordam beradi.
D vitamini baliq jigari, ikra, tuxumda uchraydi. Suyak va tishlarni mustahkamlaydi.
E vitamini yong‘oq va o‘simlik yog‘larida uchraydi. Hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi, jinsiy va endokrin bezlarning ishiga ta’sir qiladi.
Maktabdagi stressni qanday kamaytirish mumkin?
Nevroz maktab o‘quvchilarining eng keng tarqalgan kasalliklari orasida birinchi o‘rinlardan birini egallaydi. Ota-onalar uchun eng muhim qoida — o‘qish va dam olish uchun vaqt ajratish.
Bundan tashqari, yurishga biroz vaqt ajratish lozim. Ideal holda, bola har kuni kamida 2 soat ochiq havoda bo‘lishi kerak. Agar maktab o‘quvchisi juda band bo‘lsa, uni yotishdan yarim soat oldin ko‘chaga olib chiqishga harakat qilish kerak.
Jismoniy faollikni rag‘batlantirish. O‘quvchining harakatlanishi juda muhim, chunki dars vaqtida va uy vazifasini bajarayotganda u o‘tirishga to‘g‘ri keladi. Agar bola haftasiga 2-3 marta sport bo‘limiga tashrif buyursa va dam olish kunlari velosiped haydasa yoki ota-onasi bilan sayohatga chiqsa, yaxshi natijaga erishadi.
Suv muolajalari olib borish. Masalan, salqin vannalar stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi: qo‘llarni 30-40 soniya davomida suv havzasida tirsakkacha cho‘mish kerak. Kechasi esa iliq tasalli beruvchi hammom charchoqni ketkazadi va uyquni yaxshilaydi.
O‘quvchi necha soat uxlashi kerak?
Bolada uxlash zarurati nafaqat yoshga, balki asab tizimining xususiyatlariga ham bog‘liq. O‘quvchining 22:00 dan 22:30 gacha uxlab qolishi juda muhim. Ko‘pincha kasal va zaiflashgan bolalar kun davomida 40—60 daqiqa qo‘shimcha uxlashlari mumkin. Agar bola belgilangan soatlarda uxlasa, uni 15 daqiqaga kechroq uyg‘otish kerak. Shveysariyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, uyqu davomiyligi atigi chorak soatga oshgani sayin maktab o‘quvchilari faollashadi.
Ko‘zlarni qanday himoya qilish kerak?
Ota-onalar bolasini maktabga erta tayyorlay boshlaydi, unga o‘qishni va kompyuterda ishlashni o‘rgatadi va bu ko‘zlar uchun ortiqcha yuk bo‘ladi.
Gadjetlarni cheklash. Kamdan-kam ota-onalar farzandining kuniga tavsiya etilgan 20 daqiqagina gadjetlar bilan o‘tkazishini maqtanishi mumkin. Agar farzandlar chegaradan oshib ketgan bo‘lsa, kompyuterda ishlash uchun maxsus ko‘zoynak sotib olish kerak.
Ko‘zlarni dam olish uchun darslar orasida tanaffus qilinadi. Ratsionga vitamin va antioksidantlarga boy taomlar kiritiladi: yong‘oq, ko‘k, o‘simlik moylari, mevalar. Oftalmologga muntazam tashrif buyurishni unutmaslik lozim. Yiliga kamida bir marta ko‘rish qobiliyatini tekshirish kerak.
Bolaning umumiy sog‘lig‘ini kuzatib borish lozim. Kasallangan tishlar, adenoidlar va bodomsimon bezlar, shuningdek, tez-tez uchraydigan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar barchasi immunitetni zaiflashtiradi.
Sog‘lom holatni qanday saqlash kerak?
Ko‘pincha, umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq muammolar bolalarda o‘sish davrida boshlanadi. Birinchisi, 6-7 yoshda, ikkinchisi o‘tish davrida sodir bo‘ladi. Skoliozning sababi mushaklarning zaif rivojlanishi va noto‘g‘ri holatda o‘tirish odati bo‘lishi mumkin.
Vaqti-vaqti bilan kalsiy miqdorini tekshirib turish lozim. Agar kalsiy yetishmasa, shifokor suyak va vitaminlarni mustahkamlovchi dorilarni buyuradi. Shuningdek, kalsiyga boy ovqatlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Bolaning xonasini to‘g‘ri jihozlang. Stol va stul balandlikka mos bo‘lishi kerak: o‘quvchi stulda o‘tirganda, son va pastki oyoq orasidagi burchak to‘g‘ri bo‘lishi lozim.
Xona yorug‘ligiga e’tibor bering. Yorug‘likning kamligi o‘quvchini daftar tomon iloji boricha engashishga majbur qiladi.
Divan sotib olmang. Bola uchun qattiq ortopedik matras va tekis yostiqda uxlash juda foydali.
Umurtqa pog‘onasini zo‘riqtirmang. Juda og‘ir sumka yoki og‘ir sport mashg‘ulotlari bunga sabab bo‘lishi mumkin.
Kasallikdan qanday himoya qilish kerak?
Odatda sovuq havoda bolalar kasal bo‘la boshlaydi. Sabablar orasida haroratning keskin o‘zgarishi, maktabda yuqori yuklanish, immunitetning pasayishi kuzatiladi. Ko‘rinib turibdiki, infeksiyalardan himoya qilishning deyarli imkoni yo‘q. Ushbu mavsumda barcha bolalarning kasallanishi tabiiy holat.
Maktabda viruslarning tarqalishiga qarshi kurashish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, o‘quvchilar salomatligi uchun nafaqat ota-onalar, balki maktab ma’muriyati ham mas’uldir. Agar bola shamollasa, sinfda bolalar ko‘p bo‘lsa, o‘qituvchi bilan jiddiy suhbatlashish lozim.
Gigiyenaga rioya qilish lozim. Bolaga toza qo‘llar qanchalik muhimligini tushuntirish lozim. Oz sonli maktab o‘quvchilari ovqatdan oldin qo‘llarini yuvish uchun yuguradi, ushbu oddiy qoida infeksiya ehtimolini kamaytiradi. Odamlarda burun oqishi virusni taxminan qo‘lni burun yoki ko‘zga tekkizish orqali tanaga olib kirgani sababli yuqtiradi. Bunda hattoki kasal odamga yaqinlashishning hojati bo‘lmaydi. Viruslar silliq yuzada 3 soat davomida yashovchan bo‘lib qoladi va ular nam mato ustida ikki kungacha yashay oladi.
Burun oqishining oldini olish uchun oddiy vositadan foydalanish mumkin. Sarimsoq yoki piyozning tozalanganini xonada qoldirish tavsiya etiladi: undagi fitontsidlar, antibiotik ta’siriga ega bo‘lgan uchuvchi moddalar havoga chiqariladi. Shuningdek, xonalarni tez-tez ventilyatsiya qilish va nam tozalashni amalga oshirish lozim. | 90 | 9,321 |
Ayollar | Gemoglobin pasayganda yeyish zarur bo‘lgan 5 mahsulot | Gemoglobin tana hujayralarini hayot uchun juda muhim bo‘lgan kislorod bilan ta’minlab turadi. Uning kamayishi kislorod yetishmovchiligi, anemiya, tez charchash alomatlari paydo bo‘lishiga olib keladi.
Biz gemoglobin pasayganda muntazam ravishda iste’mol qilish zarur bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini tuzdik.
Bu shirinlik tarkibida gemoglobin darajasiga ta’sir qiluvchi katta miqdorda temir moddasi mavjud.
Bu mahsulotlar zaiflashgan organizm va gemoglobin darajasini qayta tiklash uchun juda muhim hisoblanadi.
Muntazam ravishda quritilgan qo‘ziqorindan sho‘rva ichsangiz gemoglobin darajasining pasayish muammosiga yo‘liqmaysiz.
Anorni muntazam ravishda iste’mol qilish gemoglobin darajasini me’yorida ushlab turishga yordam beradi.
Bir oy davomida har kuni 30 grammdan lavlagi sharbati yoki 100 grammdan qaynatilgan lavlagi iste’mol qilinsa gemoglobin miqdori sezilarli darajada ko‘tariladi.
Manba: “Kitchenmag.ru” | 53 | 917 |
Ayollar | Kechasi telefon ishlatmang, kola ichmang. Tiniqib uxlash uchun tavsiyalar | Tiniqib va to‘yib uxlagan inson o‘zini kun bo‘yi yaxshi his qiladi, kayfiyati a’lo bo‘ladi, bo‘shashmaydi. Uyquning chala bo‘lishi esa nafaqat kayfiyat, balki salomatlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, inson asabiy bo‘lib qoladi, atrofdagilardan alamini oladi. Tiniqib uxlash uchun nima qilish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.
Tartibga amal qiling
Bir vaqtda uyquga yotib, bir vaqtda turishga harakat qiling. Uyqu tartibi tananing bir maromda ishlashi uchun muhim sanaladi.
Haroratga e’tibor qarating
Yuqori havo harorati to‘yib uxlashga xalaqit berishi mumkin, shuning uchun ham yotoqxonada toza havo bo‘lishiga e’tibor bering. Xona harorati 22 darajadan yuqori bo‘lmasin, uxlashdan avval derazani ochib, xonani shamollating. Uyqudan avval issiq dush qabul qilmang.
Jismoniy mashq bila shug‘ullaning
Jismoniy mashqdan keyin organizm toliqadi va dam olishni istaydi. Shuning uchun ham kun davomida yarim soat mashq bajarishga odatlaning, ammo yotishdan avval emas. Yugurish va qiyin mashqlarni tongda bajaring.
Kechqurun tarkibida kofein bo‘lgan ichimlik iste’mol qilmang
Kofein faqat qahva tarkibida emas, ko‘k choy va kolada ham bo‘lishini unutmang. Mutaxassislar kofeinli ichimliklarni kechki soat beshgacha, keyin esa suv yoki tinchlantiruvchi o‘tlardan damlangan choy ichishni tavsiya qiladi.
Yotoqxona yorug‘ bo‘lmasin
Uxlaydigan joyingizda chiroq yorug‘i bo‘lishi ham uxlashga xalaqit berishini unutmang. Bundan tashqari, tiniqib uxlashni istaydiganlarga uyqudan avval televizor ko‘rmaslik, kompyuter va telefondan foydalanmaslik tavsiya qilinadi.
Ko‘rpa-to‘shak holati ham rol o‘ynashini unutmang
Gigiyena nuqtayi nazaridan, yostiq jildlarini haftada 3 marta, shuningdek, yostiqning o‘zini 2-4 yilda almashtirib turing. Shu singari to‘shak holati ham muhim sanaladi, 10 yildan beri almashtirilmagan, cho‘nqirliklar paydo bo‘lgan to‘shakda inson qulay uxlay olmaydi, bezovtalanadi. To‘shak tekis va qattiq bo‘lishi, choyshablar yuvilgan, ozoda ekani sizning tiniqib uxlashingizda ahamiyatli sanaladi. | 73 | 2,018 |
Ayollar | Yuz terisini go‘zallashtirishning eng oson va tezkor usullari | Go‘zallik ustida ish boshlash hech qachon kech hisoblanmaydi va har doim ham foydali bo‘ladi. Buning uchun aynan qimmatbaho mahsulotlar sotib olish, kosmetolog bilan muntazam muolajalar olib borish va dam olish uchun qayergadir sayohat qilish shart emas. Go‘zallik fidoyilik talab qildi, bu esa ko‘proq vaqt bilan bog‘liq. Ammo uning oddiy va tezkor usullari ham mavjud.
Sovuq suv
Suv insonning yoshligi hamda sog‘lig‘ining kafolatidir. Sovuq suv teri tetikligi uchun juda foydali. Suv teri bilan aloqa qilganda qon aylanish intensivligini oshiradi. Shishni kamaytiradi va teri holatini yaxshilaydi. Shuningdek, limonli suv ertangi kun uchun terining namlik manbayi hisoblanadi. Uyqudan oldin iste’mol qilingan limonli suv tunda faollashadi va kun davomida tanada to‘plangan toksinlarni tozalaydi. Ertalabda limonli suv ichish ham zarar qilmaydi. Bu modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi va terini sog‘lomlashtiradi.
Kosmetika vositalari
Odatda tasvirning go‘zalligini emas, balki daqiqalardan unumli foydalanishni o‘rganish kerak. Buning uchun sumka ortiqcha kosmetik vositalarni yig‘ishning keragi yo‘q. Ularning har biridan o‘z o‘rnida foydalanish ayol kishining eng ko‘p vaqtini oladi. Shunchaki lab bo‘yog‘idan yanoqlar uchun ham rang berishda foydalanish mumkin. Yoki qovoqlar uchun mo‘ljallangan ten yordamida qoshlarga biroz ishlov berish ham zarar qilmaydi.
Sport
Sog‘lom va yosh ko‘rinishni saqlab qolishning eng yaxshi yo‘li – bu sport bilan shug‘ullanishdir. Albatta, bu qiyin va mashaqqatli bo‘lishi shart emas, balki yengil gimnastika, har kuni kamida 15-30 daqiqa mashqlar bajaraishdan iborat bo‘lishi ham mumkin. To‘g‘ri, buning uchun ko‘p vaqt ketadi. Ammo natijasi aniq. Terini va tananing chiniqishi har qanday kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammoning oldini oladi.
Terini uqalash
Muntazam massaj yuz mushaklarini rag‘batlantiradi va teri hujayralariga imkon qadar ko‘proq kislorod yetkazib berishga yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, bu qarishga qarshi sezilarli ta’sirga ega. Kollagenning ishlab chiqarilishi ko‘payadi va terining rangi ham yaxshilanadi. Yuz uchun mo‘ljallangan yoki namlantiruvchi vositani muammoli joylarga yengil bosim bilan yumshoq dumaloq harakatlar bilan qo‘llash kerak. Shu tarzda yuz massaj qilinadi, bu orqali mahsulot teriga oson va chuqurroq kirib borishiga yordam beradi.
Sog‘lom uyqu
Teri barcha parvarishdan ham ko‘ra uyqudan ko‘proq foyda oladi. Shuningdek, uyqu yotoq o‘rni va xonaning qulayligi bilan ham bog‘liq. Ayniqsa, ipak jildli yostiq yoki choyshabda tana salomatligi uchun juda zarur bo‘lgan bir qator tabiiy oqsillar va 18 ta aminokislotalar mavjud. Ushbu matolar ustida uxlash yanoqlardagi yoqimsiz izlardan xalos qiladi. Ipak va atlas mato sochlar orasida minimal ishqalanish hosil qilib, zararni kamaytiradi. Shuningdek, uyqudan avval sochlarni qulay holda yig‘ishtirib yotish tavsiya etiladi. Sababi yoyilgan soch yuzasida yig‘ilgan bakteriyalar osongina yuz terisiga tushishi va hunsbuzarlar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. | 61 | 3,014 |
Ayollar | Nima uchun erta qariymiz? XXI asrdagi odatlarning keksayishga ta’siri | Teriga erta ajin tushishi va uning ahvoli yomonlashishiga kundalik odatlarning ham ta’siri katta bo‘ladi.
Smartfon va ijtimoiy tarmoqlar
Tadqiqotchilar gadjetlardan taraladigan ko‘k nurning zararini hali ham o‘rganishda davom etmoqda. Nuridan tashqari, unga boshni egib, bo‘yin va umurtqani zo‘riqtirish ham salomatlik uchun foydali emas. Bu teri ahvoliga ta’sir qilmay qolmaydi va natijada bo‘yinga ajin tushadi, yuz shaklining aniqligi o‘zgaradi, shuningdek, baqbaqa ham paydo bo‘ladi.
Nima qilish kerak?
Kun davomida telefonga tikilib o‘tirmaslik kerak. Toza havoda sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanish qarishning asosiy dushmanlari hisoblanadi.
Fastfud
Zararli ovqatlanishdan o‘zini tiya olmaydiganlarning muddatidan avval qarishi va tez vazn to‘plashi kafolatlangan. Yuz to‘qimalarning shishishi, terining qurishi, kontur deformatsiyasi va yuzning so‘lg‘in tus olishi fastfudga bo‘lgan sevgining oqibati sanaladi.
Nima qilish kerak?
To‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish va inson yeyish uchun yashamasligi, yashash uchun yeyishi kerakligini yodda tutish lozim.
Oftobda qorayish
Quyosh nuridan bahra olish yaxshi, ammo me’yordan ortiq vaqt kechirish terining qurishi, ajin tushishi va qizarishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Qolaversa, quyosh vannasiga mukkasidan ketish salomatlik uchun zararli.
Nima qilish kerak?
Quyoshdan sifatli himoya qiladigan vositalardan foydalanish va toblanish borasida me’yorni bilish kerak.
Chekish
Sigaretlar teriga ultrabinafsha nurlar singari ta’sir ko‘rsatadi. Kollagen va elastinga zarar yetishi oqibatida teri shalvirab qoladi va ajin tushadi.
Nima qilish kerak?
Asta-sekinlik bilan chekishni tashlashga harakat qilib sog‘lom turmush kechirish lozim.
Ofisda ishlash
Monitor qarshisida kuniga 6 soat ishlash ayollarni 5-10 yoshga qaritadi. Kosmetologlarda “kompyuterli yuz” degan atama mavjud bo‘lib, bu ko‘z ostida paydo bo‘lgan halqalar, qurigan teri va ajin tushgan bo‘yinga nisbatan ishlatiladi.
Nima qilish kerak?
Orada dam olib turish, toza havoda nafas olish, ko‘proq suv ichish va vaziyatni o‘zgartirib turish kerak.
Turmush tarzi
Kechasi faol bo‘lib kunduzi uxlash, nafaqat hayot tarzi, balki salomatlik va teri uchun ham zararli hisoblanadi. Gap shundaki, terining ham o‘z ritmi bo‘ladi. Tunda barcha hujayra jarayonlari faollashadi, bu vaqtda kompyuter qarshisida o‘tirish va ziyofatda bo‘lish esa bioritmga salbiya ta’sir qiladi. Oqibatda teri sezuvchan, bo‘ladi ahvoli yomonlashadi, gormonal fon ishdan chiqadi.
Nima qilish kerak?
Surunkali uyqusizlik odatidan qutilish, to‘g‘ri ovqatlanish va teri regeneratsiyasi uchun tungi krem va niqoblarni kanda qilmaslik lozim. | 69 | 2,646 |
Ayollar | Oshxonani ikki daqiqa ichida yog‘dan tozalashga yordam beradigan tavsiyalar | Taom tayyorlanganda, albatta, yog‘ har tomonga sachraydi. Qozon va boshqa idishlarning qopqog‘i bo‘lsa-da, ulardan doim ham foydalanilmaydi. Ammo oshxonani yog‘lardan atigi 2 daqiqa ichida tozalashning imkoni bor.
Birinchi qadam: yog‘ sachragan joylardan barcha buyumlar olib tashlanadi
Gaz atrofi kamroq yog‘ va chang to‘playdi. Choynak, shakar idishi va boshqa narsalarda yog‘lar qancha kam bo‘lsa, tozalash ishlari shuncha oson bo‘ladi. Faqat pechning atrofi tozalanadi.
Ikkinchi qadam: darhol yog‘li hudud tozalanadi
Bunda qog‘oz sochiqlar yaqindan yordam beradi. Barcha yog‘ dog‘lari issiqligida artib tashlash vaqt o‘tib, ular qotib qolganga qaraganda ancha oson. Xuddi shu holat tova va qozonlarning tashqi tomonida ham qo‘l keladi. Agar ular vaqtida tozalanmasa, taom pishirilganda yog‘larning kuygan hidi xona bo‘ylab tarqalaveradi.
Gaz panjarasini ham imkon qadar tez-tez, ayniqsa, taom tayyorlangandan keyin kechiktirmasdan tozalash lozim. Aks holda panjaraga yopishib ketgan yog‘larni tozalash bir qancha qiyinchilik tug‘diradi.
Yog‘ qatlami qalin bo‘lsa, qog‘oz sochiqni yirtib ishlatishning keragi yo‘q. Shunchaki uni o‘rami bilan dog‘ ustida ishqalash mumkin. Yog‘ qatlami ketgach, qog‘oz sochiqning yaroqsiz qatlami olib tashlanadi.
Uchinchi qadam: qolgan dog‘larni olib tashlanadi
Oddiy yog‘ tomchilari uchun bir stakan suvga bir tomchi idish yuvish suyuqligi qo‘shiladi. Gubka yoki bir marta ishlatiladigan mato bilan yuviladi va bir daqiqadan so‘ng artib olinadi.
Qalin dog‘lar uchun 1:1 nisbatda suv bilan ichimlik sodasi aralashtirilib, yog‘ dog‘lariga surtiladi va 5 daqiqadan so‘ng quruq mato bilan artib olinadi. Aralashmaning qoldiq qismi nam mato bilan yuvib chiqiladi. | 75 | 1,696 |
Ayollar | Mashinani boshqarish sirlari | Mashina boshqarishga qaror qildingizmi? To‘g‘ri o‘ylabsiz. Zamonaviy kishini avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. O‘rta asrlardagi erkakning otda yura olmasligini tasavvur qilib ko‘ring-a! Chunki, ot bo‘lmasa, u qanotsiz qushga o‘xshab qolardi. Zamonaviy ayol-chi? Unga, ayniqsa, mashina xo‘jalik ishlarida, do‘kon, bozorlarga borishda yaqin yordamchi bo‘lib, bolalarni maktab, bog‘chalarga olib borish endi muammo bo‘lmay qoldi. Mashinasiz esa, bunday oddiy vazifalarni bajarish qiyinchilik tug‘dirar edi.
Mana haydovchilikka o‘qish ham tugadi, guvohnoma ham olindi, endi o‘z avtomobilini to‘la huquqli haydovchi sifatida boshqarish mumkin. Lekin bir o‘zingiz shaharning serqatnov ko‘chalariga chiqishga shoshilmang. Yana kamqatnovroq ko‘chalarda qo’shimcha dars olsangiz, u sizga avtomobilni his qilishga, o‘z haydovchilik ko‘nikmalaringizni baholashga imkon beradi. Avtomobilda yurish shahar markazidagi do‘konga borish paytida azob-uqubat emas, balki quvonch, rohat bag‘ishlashi kerak.
Yosh haydovchi har tomonlama qiyinchiliklarga uchraydi: u mashinani joyidan jildirib olishga qiynaladi, yurgizayotganida uning gabaritini his qila olmaydi, tez yurishga qo‘rqadi, nihoyat rulni boshqarishni boshlaganda qaltiroq bosishi mumkin.
Biz bu borada haydovchi-inspektor To‘xtamurod Egamberdiyev bilan suhbatlashdik. U avtomobil boshqarishning oltin qoidalari bilan o‘rtoqlashdi:
“Avtomobil boshqarganda eng muhim narsa nima, deb so‘rashadi. Malakali mutaxassis sifatida haydovchi ko‘plab ko‘nikmalarga ega bo‘lishini, bulardan uch oltin qoida asosiysi ekanligini ta’kidlamoqchiman:
Avtomobilni his qilish – bu avtomobil boshqarish amaliyoti paytida hosil qilingan sezgi majmui, u avtomobilning haydovchi harakatiga sezgirlik bilan bo‘ysunishini his qilishga yordam beradi. Yosh haydovchi yarim yillar atrofida avtomobil boshqarib o‘zini tajribali deb hisoblaydi. U o‘z do‘stlarini mashinasiga o‘tqizib, mahoratini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida tanish yo‘ldan haydab ketadi.
Yurib ketayotgan avtomobil og‘irligiga qarab, uning boshqariluvchanligi ham o‘zgaradi. Yosh haydovchi buni sezmaydi, negaki unda hali avtomobilni his qilish qobiliyati to‘la rivojlangan emas.
Tezlikni his qilish. Boshlovchi haydovchilar gazni ortiqcha bosishni xohlamasdan sekinroq yurishga harakat qiladi. Ular bilan gaplashib, tez yurishdan qo‘rqishi sababini aniqladim. Haydovchilikka o‘qiyotgan paytda ular hech qachon tez yurmagan va bu nima ekanligini tushunmaydi. Ular sekin yurgan, lekin endi tezlikni his qilish vaqti keldi. Buni o‘ziga ishongan holda rulga o‘tirish uchun o‘rganish zarur. Eng yaxshisi, yakshanba kuni ertalab keng yo‘lga chiqib tezlikni sinab ko‘rgan ma’qul. Yosh haydovchi yoniga maslahatchi sifatida tajribali haydovchini o‘tqizib qo‘yish kerak, shunda ko‘ngil xotirjam bo‘ladi.”
“Orqaga yurishda, shuningdek torroq joyda harakatlanganda manyovr qilish muammosi paydo bo‘ladi, negaki, bunda g‘ildiraklar keskin burilgan bo‘lib avtomobil kuzovini to‘g‘irlashga xalal beradi. Avtomobil bilan to‘siqqa tegib, uni bukib qo‘ymaslik uchun yonga bo‘ladigan harakatni his qilish, avtomobil korpusini yengil burib olish zarur.”
Suhbatimizni tugatar ekanmiz, instruktorga uning qimmatli maslahatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va yosh haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qiladi va bu o‘z navbatida ularga avtomobil boshqarishda quvonch keltiradi, deb o‘ylaymiz. | 28 | 3,373 |
Ayollar | Uy bekalari uchun: hammomni tozalashda qo‘l keladigan eng yaxshi layfxaklar | Agar ushbu layfxaklar amalda qo‘llanilsa, hammomni toza va tartibli saqlash uchun ko‘p harakat talab etilmaydi. “Noviy ochag” nashri bekajonlar uchun ajoyib layfxaklar taqdim etdi.
Soqol olish uchun gel
Kichkina miqdordagi soqol olish uchun mo‘ljallangan gel kosmetik vositalardan qolgan dog‘larni osongina ketkazadi. Dog‘ ustiga bir yoki ikki tomchi gel quyilib, uni 10 daqiqaga qoldirish lozim. Shundan so‘ng oddiy gubka bilan artiladi. Kiyimlarni esa kir yuvish mashinasida yuvish mumkin.
Suv purkagich
Agar suv purkagich yoki jo‘mrakdan suv yaxshi oqmasa, ajratkichda xlor hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin, bu esa teshiklarni berkitib, suvning erkin oqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Buning uchun suv va sirka solingan idish yoki paket ichiga suv purkagich bog‘lanadi. Eritma ta’sir qilishi uchun sirkali paketni bir kechaga qoldirish kerak.
Melamin gubka
Vanna va dushning devorlaridan kir va bug‘lanishdan keyin qolgan qoplamani olib tashlash imkonini beruvchi qulay vosita. Dush qabul qilishdan oldin melamin gubkasi yordamida bir zumda ulardan qutulish mumkin.
Qiyin joylar uchun xitoy tayoqchalari
Jo‘mrak va boshqa tor joylardagi kirni tozalash uchun yaxshi vosita. Tozalash matosi tayoqchaga o‘raladi va yuzalar artib olinadi. Bundan tashqari, havo almashtirgich teshiklari uchun ham ushbu tayoqni ishlatish mumkin, chunki bu yerda juda ko‘p chang tiqilib qoladi.
Oyna tozalagich
Dush qabul qilayotganda hammom ko‘zgularining xiralashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun soqol kremi yordam beradi. U oyna yuzasiga yupqa qatlam bilan qo‘llanadi va mikrofiber mato bilan artib olinadi. Aytgancha, soqol kremi avtomobillarda ko‘zoynak yoki orqa ko‘zgularni artish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Vanna tozalash uchun aspirin
Bir nechta aspirin tabletkalari vannani maxsus vosita kabi tozalashi mumkinligini bilasizmi? Aspirin tarkibidagi salitsil kislotasi tufayli ajoyib natijaga erishiladi. Shunday qilib, agar vannani tozalash vositasi tugasa, ikkita tabletkani suvda maydalab, odatdagidek tozalashni boshlash kerak. Aspirin har qanday tozalash kukuni yoki geli kabi rakovinalarda ham ishlatilishi mumkin.
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan jo‘mraklar
Ularni soqol kremi bilan tozalash juda oson, u toza latta yoki gubkaga qo‘llanadi. Krem tarkibidagi emulsifikatorlar va faol moddalar har qanday zanglamaydigan po‘latdan yasalgan mahsulotlarni kimyoviy moddalardan foydalanmasdan parvarish qilish imkonini beradi.
Chaqaloq moyi
Oddiy chaqaloq yog‘i latta ustiga qo‘llanadi va dushdagi barcha jihozlar artib olinadi. Yog‘ kirlarni eritadi va uni tezda tozalab olish imkonini beradi. So‘ngra quruq latta bilan artish davomida ozroq chaqaloq yog‘idan foydalanilsa, jihozlarni yangidek ko‘rinishga keltiradi. | 75 | 2,704 |
Ayollar | Ramzan Qodirovning qizi hashamatli liboslar to‘plamini namoyish etdi | Firdaws modalar uyining boshqaruvchi, Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat o‘zining kiyimlar to‘plamini namoyish etdi. To‘plam “Tog‘ marvaridi” deya nomlandi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Ko‘rgazma Mercedes Benz Fashion Week Russia haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. “Tog‘ marvaridi” to‘plamidan 47 ta shifon, ipak, shuningdek, barxatdan tayyorlangan ko‘ylaklar joy oldi.
Kiyimlarning ayrimlari keng etak va yengga ega. Shuningdek, modellar obrazini boshlaridagi ipak ro‘mollar bezab turdi. | 68 | 526 |
Ayollar | Salomatlik taqvimi: organizmingizdagi ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan tavsiyalar | Eng katta yutuqlar kichik o‘zgarishlar va oddiy odatlardan boshlanadi. Agar har kuni yangi foydali odatga 15 daqiqa vaqt ajratilsa, bir yil ichida ajoyib natijalarga erishish mumkin. Buning yaxshi tomoni shundaki, ular o‘z-o‘zidan, deyarli sezilmaydigan tarzda sodir bo‘ladi. Yilning har oyida kichik tajriba o‘tkazish va hayotga bitta kichik o‘zgarish kiritish tavsiya etiladi. Shunda 12 oy ichida yanada ko‘proq energiya va salomatlikka erishish mumkin.
1-oy: Har hafta uxlashga 15 daqiqa oldin yotish
Salomatlik uchun qila oladigan eng yaxshi va eng muhim narsa bu uyquni yaxshilashdir. Tungi yaxshi dam olish yurak-qon tomir tizimini normallashtiradi, metabolizm tezligini qo‘llab-quvvatlaydi, stressni yengishga yordam beradi va qarishni sekinlashtiradi, hatto saraton kasalligidan himoya qiladi. Erta yotish uchun to‘liq bo‘sh vaqtni topish oson emas. Lekin agar har hafta 15 daqiqa qo‘shilsa, bir oy ichida bir soat ertaroq uxlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
2-oy: Quyoshdan himoyalovchi krem surtish
Dermatologlarning ogohlantirishicha, ko‘pchilik terisini quyoshdan yetarli darajada himoya qilmaydi. Shu bilan birga, ultrabinafsha nurlaridan himoyalangan mahsulotlardan muntazam foydalanish teri saratonining oladi. Himoya indeksi kamida 30 bo‘lgan kremni olish va undan har kuni foydalanish kerak, hatto tashqarida havo bulutli bo‘lsa ham, plyajga emas, balki ofisga borilganda ham. Shu unutmaslik kerakki, bosh, qo‘llar, yuz terisi hamisha himoyaga muhtoj.
3-oy: Yurakni asrash va uning salomatligini mustahkamlash
Yurak kasalligi erkaklar va ayollar o‘limining asosiy sababi bo‘lib qolmoqda. Buni shifokorlar eslatishdan charchamaydi: hayot tarzi yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfiga juda katta ta’sir qiladi. Yurak kasalliklarining oldini olishning eng samarali usullaridan biri bu − yurishdir. Kuniga atigi 15-30 daqiqa kardiomashg‘ulotlari xavfni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Mashq qilish o‘rniga ertalab bir oz yurish, ishdan keyin kechqurun sayr qilish − og‘ir kundan keyin stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi, lift o‘rniga zinadan chiqish odati ham yurak salomatligini saqlashda foydali. Albatta, yiliga bir marta yurakning profilaktik tekshiruvini o‘tkazish, uning kuchli va sog‘lom holatiga ishonch hosil qilish lozim.
4-oy: Ko‘rish qobiliyatiga g‘amxo‘rlik qilish
Ko‘rlik yoki qisman ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish xavotiri eng keng tarqalgan qo‘rquvlardan biridir, ammo shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik ko‘rish qobiliyatini himoya qilishga unchalik shoshilmaydi. Masalan, eng oddiy − ko‘zni ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilish. Mart − quyosh chindan porlaydigan birinchi oy, ultrabinafsha nurlaridan himoyalangan ko‘zoynak taqish odatini rivojlantirish uchun eng zo‘r vaqtdir. Ayni paytda bu kichik narsa nafaqat ko‘zni himoya qiladi, balki ko‘z atrofdagi nozik terini ham asraydi.
5-oy: Ko‘proq sabzavot va mevalar iste’mol qilish
Besh porsiya yangi sabzavot va meva oshqozon-ichak trakti sog‘lom bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan kunlik minimaldir. Ishni har bir taomga bitta sabzavot yoki meva qo‘shishdan boshlash unchalik qiyin emas, natija esa tez orada seziladi.
6-oy: Grippga qarshi emlanish
Emlanish uchun eng yaxshi vaqt − oktabr. Immunitet to‘liq rivojlanishi uchun kamida ikki hafta kerakligini unutmaslik kerak, gripp mavsumini kuchga to‘lib kutib olish uchun imkon qadar erta emlangan yaxshi.
7-oy: Kamroq shakar iste’mol qilish
Agar shakar qo‘shilgan qahva yoki choy ichishga odati bo‘lsa, kuniga bir stakanga 50 foizdan kamroq shakar qo‘shib yoki shunchaki asal bilan almashtirish tavsiya etiladi. Yana bir oson yo‘l − bir kunlik shirinlikni quritilgan mevalar bilan almashtirish. Bularning barchasi kichik narsalar va ular ko‘p harakat talab qilmaydi, natija esa quvontiradi.
8-oy: Kichikroq idishlardan ovqatlanish
Ko‘pincha inson o‘ziga kerak bo‘lganidan 15-20 foiz ortig‘i bilan juda tez ovqatlanadi. Sekinroq ovqatlanish va ovqatlanayotganda boshqa narsalarga chalg‘imaslikdan ham yaxshiroq odat bor. Kichikroq idishlarni sinab ko‘rish: kichikroq idishlar ham vizual ravishda yetarli bo‘lib ko‘rinadi va me’yorida taom tanovul qilinadi.
9-oy: Tibbiy tekshiruvni tashkil qilish
Bir necha kun ajratib, salomatlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tish lozim. Qon va peshob tahlili, muhim organlar − yurak, qalqonsimon bez, qorin bo‘shlig‘ini ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish tavsiya etiladi. Shuningdek, ginekolog va mammolog, stomatolog va oftalmolog ko‘rigiga ham yozilishni unutmaslik kerak.
10-oy: Uglevod miqdorini kamaytirish
Hammasini ham emas, balki bo‘sh uglevodlar miqdorini kamaytirish kerak. Boshqa uglevodlar tana uchun zarurdir va ularni yetarli miqdorda iste’mol qilish juda muhim. Ularni sabzavot, dukkakli va don mahsulotlaridan olish mumkin. Oq guruchni jigarrang guruch bilan, odatdagi garnir o‘rniga dukkaklilar, nonushta uchun jo‘xori uni iste’mol qilish kerak. Bu bilan nafaqat sog‘liqqa g‘amxo‘rlik qilinadi, balki vazn ham saqlanadi.
11-oy: Kuniga kamida meditatsiyaga 5 daqiqa ajratish
Stress insonning doimiy hamrohi va sog‘liqni yashirincha buzadigan ko‘rinmas dushmandir. Meditatsiya kundalik stress bilan kurashish, uning ta’sirini kamaytirish yoki hatto yo‘q qilishning eng oson va eng samarali usulidir. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, meditatsiya xursandchilik darajasini oshiradi, bu yilning eng qayg‘uli oyida, albatta, kerak.
12-oy: Ichkilikni tashlash
Karantin − stress, yolg‘izlik, biror narsa bilan o‘tishi kerak bo‘lgan ortiqcha vaqt. Bu juda xavfli kombinatsiya. Ba’zida bularning barchasi zararsiz bo‘lib tuyuladi, lekin aslida spirtli ichimliklarning har biri turli kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi, shuningdek, metabolizmni buzadi va uyquga yomon ta’sir qiladi. Spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish qiyin bo‘lsa, uning miqdorini oz-ozdan kamaytirish tavsiya etiladi. Natijada ushbu zararli odat asta-sekin bartaraf etiladi. | 87 | 5,871 |
Ayollar | Erkaklarga nimalarni sovg‘a qilmagan ma’qul? | Erkaklarga bayramlarda yoki tug‘ilgan kunda sovg‘a tanlash oson ish emas. Bu maqolamizda ularga sovg‘a qilib bo‘lmaydigan narsalar to‘g‘risida gapirmoqchimiz.
Hamma erkaklar uchun eng foydasiz sovg‘a. Sovg‘a qilingan sertifikatlarning 99 foizi shkafda chang bosib yotadi.
Perforatorlar, otvyortkalar va tuzatishda kerak bo‘ladigan boshqa har xil asboblarni sovg‘a sifatida olish hech bir erkak kishiga yoqmaydi
Odatda faqat qizlar suratlar uchun ramkalar, nakleykalar to‘plami yoki shokolad kabi har xil mayda-chuydalardan zavqlanadi. Yigitlar esa bunday sovg‘alarni tez unutadi yoki bir burchakka tashlab qo‘yadi. | 44 | 615 |
Ayollar | Kapron kolgotkalar umrini uzaytirish sirlari | Kapron kolgotkalar ayollar uchun eng ahamiyatli kashfiyotlardan biri ekanligi masalasida hech kim bahslashmasa kerak. Ular yupqa, qulay bo‘lib, sovuqdan asrash vazifasini ham bajaradi. Biroq ularning kamchiligi — juda tez yirtilishidir. Quyida kolgotkalaringizning umrini uzaytirish va pulingizni tejashga yordam beruvchi tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, sovuqda sinalgan kapron kolgotkalar sizga ko‘proq xizmat qiladi. Ularni muzxonada 6 soatga qoldiring, shunda ular ilinib qolishga kamroq moyil bo‘ladi.
Ko‘pchilik ayollar yaxshi cho‘ziladigan kolgotkalarni bir o‘lcham kichigini olish kerak deb o‘ylaydi. Biroq bu xato fikrdir.
Agar ularning tarkibida elastin maksimal darajada bo‘lsa ham, bu ularni keragidan ortiq cho‘zish mumkinligini anglatmaydi. O‘lchami kichik bo‘lgan kolgotkalar odatda tezroq yirtiladi.
Kolgotka xarid qilishingiz bilan ularga soch uchun lak bilan ishlov bering. Bir necha daqiqadan keyin lak qurib, sezilmay qoladi. Muhimi, lakni kolgotkadan uzoqroq va minimal miqdorda purkash kerak bo‘ladi.
Agar kolgotkangiz sizga uzoq xizmat qilishini istasangiz, ularni har kiyganingizdan keyin yuvib turing. Bunda kir yuvish kukuni emas, kir sovundan foydalanish juda muhim. Shuningdek, ularni yuvish uchun optimal harorat 30—40 daraja hisoblanadi.
Siz ularni chidamliroq qiluvchi qanday hiylalarni bilasiz?
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 44 | 1,546 |
Ayollar | Vazn tashlashga samarali yordam beradigan 4 ta hamyonbop parhez | To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis, kosmetolog, fitnes murabbiylariga vazn tashlash masalasi bo‘yicha murojaat qilinadi. Lekin bu ishni uy sharoitida har kim o‘zi amalga oshirishi ham mumkin. Buning uchun talab qilinadigan asosiy narsa — e’tibor va talabchanlik. Ortiqcha vazn egalari parhez uchun ham alohida tayyorgarlik ko‘rib, moddiy mablag‘ sarflashining keragi yo‘q. Samarali parhez uchun barcha ko‘makni oshxonadan olish mumkin.
Kartoshka parhezi
Odatda har qanday parhez turida soha vakillari kartoshka mahsulotini ratsiondan chiqarib tashlashni tavsiya etadi. Ammo bu safar uning aksini sinab ko‘rish mumkin. Albatta, birgina kartoshkadan 10-20 kilogrammlab vazn kamaytirishni kutish noto‘g‘ri. Lekin har kim intilishiga ko‘ra 3 yoki 4 kilogrammga ozishi mumkin.
Kartoshka parhezi qandli diabetga chalingan, homilador va ona suti orqali farzandini oziqlantiradigan ayollarga tavsiya etilmaydi. Shuningdek, parhezga vitamin va komplekslar ham kiritiladi.
Muddati 3-14 kungacha davom etadi. Parhez qilish juda oson, pechda pishirilgan kartoshka 6 porsiyaga bo‘linib, soat 18:00 gacha kun davomida iste’mol qilinadi. Unga tuz, ziravor va yog‘ aralashtirish mumkin emas. Shu bilan birga, vitamin va minerallar qabul qilish, ko‘p miqdorda suv ichishni unutmaslik zarur. Agar 14 kun shu tarzda parhez qilishga kirishilsa, parhezning oxirgi 4 kunida kartoshkaga biroz tuz va yog‘ qo‘shish mumkin.
Shuningdek, parhez vaqtida amalga oshirilgan jismoniy mashqlar yaxshi natija ko‘rsatishi tabiiy.
Kefir parhezi
Buyrak, ovqat hazm qilish organlari kasalligi, oshqozon kislotaliligi mavjud bo‘lgan insonlarga ushbu parhez qat’iyan man etiladi.
Parhez davomiyligi 3 kundan 9 kungacha. Natija 3-6 kilogrammni tashkil etishi mumkin. Buning uchun 1,5 litr yog‘siz kefirni soat 19:00 gacha kun davomida iste’mol qilish kerak. Shuningdek, parhezni boshqacharoq amalga oshirish ham mumkin. Masalan, 9 kunlik parhezning dastlabki uch kunida faqat kefir, keyingi uch kunida olma va oxirgi uch kunida yana kefir tanovul qilish ham mumkin. Agar ushbu parhez bilan birgalikda sport bilan shug‘ullanilsa, natija a’lo darajada qayd etilishi aniq.
Grechka parhezi
Umuman olganda, eng qiyin parhez turidan biri. Ushbu parhezda bir stakan grechka mahsuloti hech qanday ziravorlarsiz faqatgina suvda pishirib olinadi. Agar miqdori kun davomida iste’mol qilish uchun kam bo‘lsa, yana biroz qo‘shish mumkin. Bu eng sodda parhez bo‘lishiga qaramay, har qanday odam ham bardosh berishi qiyin. Qaynatilgan grechka 18:00 ga qadar kun davomida qabul qilinadi. Tana suvsizlanib qolmasligi uchun suv yoki oddiy ko‘k choy ichishni unutmaslik kerak. Shuningdek, parhez davomida grechka mahsulotiga 150 gramm quritilgan meva qo‘shish mumkin. Muddati 3-14 kun davom etadigan parhez tufayli 10 kilogrammgacha vazn yo‘qotish kuzatiladi.
Guruch parhezi
Ushbu parhez orqali 9 kun davomida 3 kilogramm vazn tashlash mumkin. Jismoniy faollik tavsiya etilmaydi, uni toza havoda sayr qilish bilan almashtirish yaxshi natija beradi. Shuningdek, ko‘p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Dastlabki 3 kunda hech qanday ziravorlarsiz qaynatilgan guruch iste’mol qilish kerak. Agar allergiya bo‘lmasa, ozroq soya qo‘shish mumkin. Keyingi uch kunda bug‘da pishirilgan tovuq go‘shti, albatta, hech qanday ziravorlarsiz iste’mol qilinadi. Oxirgi uch kunlikda esa faqatgina turli navdagi olmalardan yeyishga ruxsat beriladi. | 63 | 3,384 |
Ayollar | Stiv Jobs izidan: har kuni bir xil kiyim kiyish uchun 5 ta sabab | InsiderPro nashri yozuvchi va mashhur minimalist Joshua Bekerning ortiqcha narsalardan voz kechishga qaror qilish orqali nimalarni qo‘lga kiritish mumkinligi haqidagi fikrlarini taqdim etadi.
Bir necha yil avval har kuni aynan bir xil kiyim — to‘q kulrang futbolka va mosh rang shim kiya boshladim. Dastlab buni bir haftalik tajriba sifatida sinab ko‘rmoqchi va bunga odamlar nima deyishini bilmoqchi bo‘ldim.
Har kuni ulardan biri va nihoyat: “Yetar, Joshua! Nega yana shu kiyimdasan?” deyishini kutdim. Balki menga aytishmasa ham, ichlarida shunday o‘ylashi aniq.
Ijtimoiy me’yorlar va odatlar xaridlarimizga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Brendlar assortimentini doimiy yangilab turish uchun mavsumiy kiyimlar kolleksiyasi va aksessuarlarni faol taklif qiladi. Bugun kirgan do‘koningiz bir haftadan so‘ng tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketadi. Garderobingiz ham aynan shu tarzda har oy, mavsum, yil o‘zgarib borishi mumkin.
Zamonaviy jamiyatda qabul qilingan me’yorlar tufayli barcha menga boshqacha qarayotgandek va muhokama qilayotgandek tuyuldi.
Biroq tajribamning bir haftasi mobaynida hech kim hech qanday fikr bildirmadi.
Va bu jimlik meni ozod qildi.
Haqiqatda ko‘pchilik o‘z tashqi ko‘rinishi haqida shunchalik ko‘p o‘ylanadiki, sizning kamchiliklaringizni payqashga vaqt topmaydi — psixologlar “projektor effekti” deb atovchi holatga yorqin misol.
Bu ijtimoiy me’yorlarni buzish orqali siz majburiy qarashlardan xalos bo‘lasiz.
Agar garderobingizni tozalash, universal kiyim tanlashga qaror qilgan bo‘lsangiz yoki kamroq kiyim kiyish haqida o‘ylab, biroq ikkilanayotgan bo‘lsangiz, quyida tajribamga ergashish uchun beshta sabab keltirib o‘taman:
Bundan keyin nima qilish kerakligi haqida hatto tushimizda ham o‘ylab chiqamiz. Bu jarayon bizni holdan toydiradi. Jiddiyroq oqibatlarga olib keladigan qarorlar esa ko‘proq quvvat talab qiladi. Doimiy bosimdan charchagan odamlar yaxshi o‘ylab ko‘rilmagan ishlarni sodir etadi. Bu juda ahamiyatsiz narsadek tuyulsa-da, universal va bir xil kiyim tanlovi hayotingizni yengillashtirishi mumkin.
Minimalizm tarafdori bo‘lganligim uchun universal asos qidira boshladim. O‘zimni sinab ko‘rish uchun aynan bir xil kiyimni hafta davomida kiyib yurdim. Bundan zerikamanmi? Bu kiyim haqiqatdan ham menga yarashadimi? Yana qaysi kiyim menga ko‘proq yoqishini tushunib yetdim. O‘z uslubingizni topish bir muncha vaqt olishi mumkin, biroq ishonch va qulaylik tuyg‘usi jangovar ruhni ko‘taradi.
Minimalizm ortiqcha narsalarni chetlab o‘tib, asosiylariga e’tibor qaratishga yordam beradi. Bu tamoyil turli vaziyatlarda, ayniqsa kiyim tanlashda ish beradi. Ko‘p yillar davomida ushbu falsafani qo‘llab, ivirsib ketishdan qochdim. Asta-sekinlik bilan eng muhim narsalarga e’tibor qarata boshladim. Shkafim har qachongidan ham kichik va sarishtaroq bo‘ldi. “Bugun nima kiysam?” degan savolga javob topish bundan buyon vaqtimni olmaydi.
Do‘stlarimni hammadan ko‘p qadrlayman. Ularni tanlashda shubhasiz soniga emas, sifatiga e’tibor qarataman. Kiyim tanlashda ham aynan shu tamoyilni qo‘llash orqali sevimli lisoblaringizni aniqlab olishingiz mumkin.
Yangi kiyim olish uchun yo‘l olganingizda, ularni bir necha yildan keyin shkafingizda tasavvur qiling. Ular o‘shanda ham sizga ma’qul keladimi? Moda ketidan quvish qiyin, buning ortidan kasodga uchrash ham mumkin. Buning o‘rniga bir necha yil xizmat qilishi mumkin bo‘lgan sifatli mahsulotlarga urg‘u bering.
Bir haftadan so‘ng ko‘ylak va djinsini kir yuvish mashinasiga soldim. Kamroq kiyimdan foydalanish kamroq tashvish hosil qiladi. Oilam bilan vaqt o‘tkazish uchun bo‘sh vaqt paydo bo‘ldi. Kiyimlarni yarim kun davomida yuvish, quritish va taxlash o‘rniga endi o‘ynash, mutolaa qilish va eshitish imkoniga ega bo‘ldim.
Ko‘pchilik mashhur va muvaffaqiyatli kishilar shkafida juda kam narsa saqlaydi — buning jiddiy sabablari bor. Bu borada eng mashhur shaxs Stiv Jobs bo‘lsa kerak. Taqdimot, konferensiya va boshqa tadbirlarda u doim qora vodolazka, ko‘k djinsi va aylana ko‘zoynaklarda paydo bo‘lar edi. U bir xil kiyim kiyganligi uchun muvaffaqiyatga erishmagan albatta, biroq bu orqali juda band odamning muammolari bittaga kamaygan.
Bir xil kiyimni har kuni kiyish orqali siz uchun nima muhim ekanligini anglab yetasiz. Va bu kiyim bo‘lib chiqmaydi. | 64 | 4,246 |
Ayollar | Par kurtkani to‘g‘ri yuvishni o‘rganamiz | Qishning sovuq kunlarida par kurtka eng sevimli kiyimingizga aylanadi. Biroq u avvalgi chiroyini yo‘qotgan va uni tozalash talab etilsa, u o‘z vazifasini bajarishni davom ettirishi uchun qanday yuvish kerak?
Par kurtkani yuvishni boshlashdan oldin unga mos keluvchi yuvish vositasini aniqlab olish kerak. Ularni oddiy quruq kukun bilan yuvish mumkin emas. Shuningdek, xlor kabi vositalardan uy sharoitida foydalanish ham taqiqlanadi. Buning uchun par matolarni yuvish uchun maxsus mo‘ljallangan rangsiz suyuq sovun yoki shampundan foydalanish mumkin.
Yuvishni boshlashdan avval kurtkaning yechib olish mumkin bo‘lgan qismlari va mo‘ynasini olib qo‘ying. Olinmaydigan bezaklarni esa suv o‘tkazmaydigan plyonka bilan o‘rab qo‘yish mumkin.
Par kurtkalarni qo‘lda yuvishni tavsiya etamiz. Agar unda bittagina dog‘ bo‘lsa, uning o‘zini yumshoq shampun va yaxshi cho‘tka yordamida tozalash mumkin.
Agar uni to‘liq yuvish talab etilsa, quyidagi yo‘riqnomaga amal qilishni tavsiya etamiz:
- par kurtkani vannadagi kiyimosgichga ilib qo‘ying;
- dush yordamida uni yuqori qismidan ehtiyotkorlik bilan namlang;
- uni sovunlay turib, tirsak, manjet, cho‘ntak, zanjirsimon yopqich va yoqa qismlariga e’tibor qarating;
- yaxshi cho‘tka yordamida yuqoridagi qismlarini ishqang;
- ko‘pikni yana dush yordamida yuving, par kurtkaning ichki to‘ldirgichini juda ho‘l qilib yubormaslikka harakat qiling;
- yuvib bo‘lganingizdan keyin ko‘pik izi qolmaganligiga ahamiyat bering.
Eng muhimi par kurtkani faqat vertikal holatda quritish mumkin. Buning uchun yaxshi ob-havoda ham ikki kun talab etiladi. | 40 | 1,579 |
Ayollar | Pul tejash tavsiya etilmaydigan buyumlar (foto) | Qanday qilib kerakli narsalarga pul tejash kerakligini hamma ham bilmaydi, bu ham bir mahorat. Pulni kerakli va foydali narsalarga tejash faqat foyda keltiradi. Ba’zi narsalar uchun pulni tejash esa teskari vaziyatga olib keladi: yuqori sifatli mahsulotni xarid qilishingiz uchun ko‘proq mablag‘ to‘lashingiz kerak bo‘ladi. AdMe nashri pul tejash tavsiya etilmaydigan buyumlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Mutaxassislarning vazifasini o‘zingiz qilishga urinmang
Ijtimoiy tarmoqlarda biror narsani qanday qilib o‘rganish yoki o‘zingiz tuzatishingiz mumkin bo‘lgan videolar juda ko‘p. Ayrim videolardagi layfxaklar va ko‘rsatmalar yomon natijalarni ko‘rsatishi mumkin.
O‘z kuchingiz bilan biror narsa yasash juda yaxshi holat. Biroq, bu siz tushunmaydigan narsaga tegishli bo‘lsa yoki sizda yetarli mahorat bo‘lmasa, mutaxassisga murojaat qilish va bu ish uchun pul to‘lagan ma’qul. Santexnik, duradgor va tikuvchi o‘z kasbini shunchaki o‘rganmagan. Har bir inson ham jinsi shimlarni oddiygina tikishi yoki bezay olmaydi.
Go‘zallik uchun ukol qildirish
Sog‘liq uchun pulni tejash qimmatga tushishi mumkin. Bu yuz uchun qilinadigan inyeksiya muolajalariga ham tegishli. Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli insonlarning o‘zi reklama qilayotgan arzon narxlar, chegirmalar va aksiyalarni izlash — juda yomon fikr hisoblanadi. Ularning aksariyati sertifikatlanmagan mahsulotlardan foydalanadi, preparatlarni suv bilan suyultiradi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilmaydi yoki qo‘llarini ma’lum bir muolaja bilan “to‘ldirmaydi”.
Bunday “syurprizlar”ning oqibatlarini yillar davomida davolash, hatto asoratlar umr bo‘yi qolishi mumkin. Shuning uchun kosmetik muolajalar uchun pulni tejashingiz kerak emas, shuningdek, klinikaning sertifikatlari va dori-darmonlarni tekshirish kerak.
Parfyumeriya
Zamonaviy ishlab chiqaruvchilar har qanday didga ega insonlar va hamyon uchun qulay bo‘lgan parfyumeriya mahsulotlarini taklif qiladi. Arzon atirlar apriori yomon bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq, taniqli brendlar parfyumeriyalarining asl nusxasi bilan almashtirish haqida gap ketganda, ko‘p marta o‘ylab ko‘rish kerak. Bu kabi tejash xavfsiz bo‘lmasligi mumkin.
“Mening eng sevimli atirim — YSL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan Black Opium atiri. Atirning keyingi shishasi tugadi va men tasodifan ijtimoiy tarmoqlar uning nusxasini ko‘rib qoldim. Sotuvchining ta’kidlashicha, atirning hidi va uni saqlab turishi asl nusxasi bilan bir xil, atir shunchaki olov, narxi esa juda qimmat edi. Men atirning hidini saqlab turishi va xushbo‘yligi asl nusxasi bilan bir xil bo‘lishiga gumon qildim, biroq o‘sha narxda atirni sotib oldim. Buyurtmam keldi, men otilib chiqdim. Hidi asl nusxasi bilan bir xil emas edi, men atir hidining qancha saqlanib turishini tekshirishga qaror qildim va sayrga chiqdim. Natijada, men hamma narsani tekshirdim, biroq parfyumning chidamliligini emas. Atir menda allergiyani keltirib chiqardi. Butun tanamda dahshatli toshmalar paydo bo‘ldi. Terim qichishdi va shishgan edi. Men bu “olov atirni” yuvib tashlashga harakat qildim, biroq bu yordam bermadi. Keyinroq davolandim va shifokor hech qachon teriga tarkibi aniq bo‘lmagan narsalarni qo‘llamaslikni maslahat berdi. Asl nusxaga hech qachon bunday munosabat bo‘lmagan, ammo sog‘liq men uchun hali ham aziz”, — deydi ijtimoiy tarmoqdan mahsulot sotib olgan xaridor.
Zaryadlovchi sim
Zaryadlovchi simlarni ko‘plab arzon kabellarga almashtirish mumkin. Ularning ko‘pi elektronika do‘konlarida, hattoki ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn-bozorlarda ham ko‘p. Ular asl tovarlardan bir necha baravar arzon narxda sotiladi.
Bu ziqna bo‘lmaslik kerak bo‘lgan yana bir holat. Arzon analoglar shubhali sifatga ega va kabel juda tezda ishlashni to‘xtatmasligiga kafolat yo‘q.
“Bir necha yil kundalik foydalanishdan so‘ng, planshetimning zaryadlash simi ishlamay qoldi. Yangisini sotib olish kerak. Bu juda qimmat bo‘lgani uchun men arzon analogni sotib oldim, u bir oy davomida ishladi. Men analogni yaxshi emas deb o‘yladim va bir necha oy davomida bir oz ko‘proq ishlagan boshqa “iqtisodiy” variantni sotib olishga qaror qildim, biroq u ham ishlamay qoldi. Shunday qilib, past sifatli variantlarga pul sarfladim, asl nusxani olishim kerak edi, agar uni darhol sotib olsam yaxshi bo‘lardi”, — deydi foydalanuvchi.
Foydali ma’lumotlar
Ijtimoiy tarmoqlardagi qidiruv tizimlari yordamida deyarli har qanday savolga javob topish mumkin. Biroq haqiqatan ham muhim va foydali ma’lumotlar, masalan, o‘quv kurslari haqida gap ketganda, ehtiyot bo‘lish kerak — hech kim qimmatli ma’lumotlarni bepul baham ko‘rmaydi.
“Men bir marta bepul marketing kurslariga bordim. U yerda mutaxassislar birinchi 5 daqiqada ijtimoiy tarmoqlarda topish mumkin bo‘lgan maqolalardan parchalar tashladi. Bundan tashqari, pullik xizmatlar sotildi, ular ham arzon emas edi. Keyinchalik men marketing bo‘yicha kursni sotib oldim, u yerda juda zo‘r edi: hamma narsa aytildi va hamma narsa bu sohadagi mutaxassislar tomonidan o‘rgatildi. Men eng arzon kurslarni tanlamadim, biroq o‘qituvchilarning tarjimai holi va tajribasini ko‘rib chiqdim. Mening do‘stim juda arzon o‘quv dasturini sotib oldi va unga yana qidiruv tizimidagi birinchi maqolalardan parchalar berildi”, — deydi kurs sotib olgan xaridor.
Hammom pardalari
Agar siz arzon pardalarni sotib olsangiz, bu pardalar vaqtinchalik variant bo‘lishi mumkin, chunki ular sizni sifati bilan xursand qilmaydi. Pardalar suvning yoki dushning kuchli oqimini ushlab turmaydi va doim hamma narsaga yopishib qoladi.
“Birinchi uyimni olganimda, belgilangan narxdagi do‘kondan parda sotib oldim. Men bundan shunchaki g‘azablandim, pardalar meni o‘ziga jalb qildi, ular yopishib qoldi, chunki juda nozik edi. Shuning uchun ham oddiy dush pardalari juda qalin va og‘ir bo‘ladi”, — deydi xaridor.
Dekoratsiyalar
Agar zargarlik buyumlari uzoq vaqt xizmat qilishini istasangiz, bu holatda ular uchun pulni tejashingiz kerak emas. Ba’zan juda ko‘p arzon zargarlik buyumlarini emas, balki sifatli materiallardan tayyorlangan bitta zargarlik buyumini sotib olish mantiqan to‘g‘ri. Hatto oddiy va chidamli bo‘ladi.
“Men 3 oydan keyin yashil rangga aylanadigan yoki yorilib ketadigan oltin rangli ziraklar uchun ortiqcha pul to‘layapman, degan xulosaga keldim. Buning o‘rniga, ikki baravar ko‘p pul to‘lash, biroq yaxshi mahsulotni sotib olish mumkin.
Batareyalar
Hatto batareyalar ham har xil sifatga ega bo‘lishi mumkin. Agar ularni iloji boricha kamroq o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, yaxshi mahsulotni sotib olishga biroz ko‘proq pul sarflaganingiz ma’qul. Arzon mahsulot ko‘pincha uglerod-sink turiga kiradi, bu qimmatroq gidroksidi turga qaraganda kamroq samarali hisoblanadi. | 47 | 6,638 |
Ayollar | Sepkillar go‘zallikmi yoki kasallik? | Tibbiy ma’lumotlarga qaraganda sepkillar teridagi uncha katta bo‘lmagan sarg‘ish, qo‘ng‘ir, qoramtir, shakli har xil pigmentativ dog‘lar hisoblanadi. Moddalarning muvozanatsizligi, stress va vitamin yetishmovchiligidan paydo bo‘lishi yoki ota-onadan bolaga irsiy o‘tishi ham mumkin. Kimgadir sepkillar juda yarashib turadi. Ammo ularsiz jozibali ko‘rinishni istaydigan ayollar ham oramizda talaygina. Ana shunday qizlarimiz uchun kosmetolog Shahnoza Gulyamovaning tavsiya va maslahatlarini taqdim etamiz.
Sepkillarni ketkazishni tavsiya qilmayman
— Men sepkillarni go‘zallik deb hisoblayman. Chunki Alloh taolo barchamizni o‘zimizga xos qilib yaratgan. Siz kabi o‘xshashi yo‘q. Sepkilini yo‘qotishga kelgan mijozlarimga ham o‘zingizga juda yarashib turibdi. Hali ular to‘kilib ketganidan keyin “sepkillarimni topib bering” deb menga to‘polon qilib kelmang, deb hazil qilaman.
Men Alloh bergan xilqatni o‘zgartirishga qarshiman. Faoliyatimda ham umuman tashqi ko‘rinishni o‘zgartiruvchi muolajalar qilmayman.
Sepkillarni butunlay yo‘qotib bo‘lmaydi
Ammo ba’zi ayollarimizning yuzidagi sepkil turmush o‘rtog‘iga yoqmaydi yoki yuzi tiniq bo‘lishini xohlaydi. Aynan shunday ayol-qizlarimiz uchun sepkil tushiruvchi maxsus muolajamizni qo‘llayman.
Bizda IPL lazerimiz bor. U bilan yarim soat davomida ishlaymiz: 15 kunda sepkillar to‘kilib tushadi.
Quyosh natijasida yuzga tushgan sepkillar nasliydan ko‘ra davolash muddati uzoqroq bo‘ladi. Masalan, nasliy sepkillarni ketkazishga bitta muolaja yetsa, quyoshdan tushgan sepkil dog‘ hisoblanadi. Uni ketkazishga ko‘p vaqt va parvarish kerak bo‘ladi.
Lekin bir narsani alohida ta’kidlashim kerak, har qanday muolaja muddati uzog‘i 4-5 oyga yetadi xolos. Vaqt o‘tib, yuzda paydo bo‘laveradi. Chunki bu tibbiyotda nasliy kasallik hisoblanadi.
Maqolani tayyorlashda yaqindan yordam bergan “Kosmed” kosmetologik markaziga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! | 36 | 1,901 |
Ayollar | Xonaki o‘simliklarning bargi sarg‘aymasligi uchun ularni qanday parvarish qilish kerak? | Ayniqsa, qish mavsumida uyda o‘stiriladigan gullar bo‘lsa, ertami-kechmi ularning barglari sarg‘ayishi ko‘p uchraydigan holat. Demak, parvarish borasida nimadir noto‘g‘ri amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkin. Buni quyidagicha aniqlasa bo‘ladi:
Juda ko‘p yoki kam sug‘orish
Odatda tuproqning ustki qatlami tezroq quriydi. Natijada o‘simliklar xuddi suvsiz qolgandek tuyiladi. Aslida esa bunday emas. Tuproq namligini to‘g‘ri aniqlash uchun barmoqni tuvakka 2-3 santimetr chuqurroq kiritib ko‘rish kerak.
Tuproq tekshirilgandan so‘ng quruqlik aniqlansa, darhol bir stakan miqdorda suv quyish kerak. Shuningdek, o‘simliklarni muntazam sug‘orishda ushbu tekshiruvni amalga oshirish zarur.
Agar tuproq, aksincha, juda nam bo‘lsa, o‘simliklarning ildizni tekshirish zarur. Sababi ular ko‘p sug‘orish natijasida zararlanib, chirish alomatlari paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu kabi vaziyatda o‘simlikni boshqa idishga ko‘chirib, uni so‘lib qolishdan asrash lozim. Shuningdek, sug‘orish borasida yuqoridagi ko‘rsatma tavsiya etiladi.
Zararkunandalarni tekshirish
Agar sug‘orish tartib bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, demak, yaproqlar sarg‘ayishining sababi zararkunandalar bo‘lishi mumkin. Ulardan eng keng tarqalgani — oq qanotli chivin va o‘rgimchak kana. Ba’zan ularni darhol aniqlash qiyin, shuning uchun yaproqlarni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish zarur.
Agar barglarda mayda teshik yoki oq nuqtalar, shuningdek, o‘rgimchak to‘riga o‘xshash to‘r paydo bo‘lgan bo‘lsa, demak zararkunandalar mavjud. Ular xona haroratida o‘zini juda yaxshi his etadi. Ularni bartaraf etish uchun o‘simlik bargi yaxshilab yuvilishi kerak. Buning uchun kir yuvish sovuni yoki idish yuvish vositasini ishlatish mumkin. Shundan so‘ng ularga akaritsid va insektoakaritsid guruhidan maxsus preparatlarni qo‘llash kerak. Agar uy sharoitida faqat tabiiy mahsulotdan foydalanish kerak bo‘lsa, unda “Nim” moyi yordam berishi mumkin.
O‘simliklarga quyosh nurining tushishi
Sarg‘aygan barglarning yana bir sababi – quyosh nurlarining yetishmasligidir. Albatta, bu kuz va qish mavsumida ko‘proq kuzatiladi. Barcha derazalar quyoshga teskari tomonda bo‘lsa, o‘simliklar zarar ko‘radi. Shuning uchun o‘simliklarni deraza yoniga qo‘yish yoki sun’iy yoritishni tashkil qilish zarur. Yorug‘likning yetishmasligi birinchi navbatda o‘simlikning pastki qismida aks etadi. Ular sarg‘ayib, so‘lishni boshlaydi.
Yelvizakdan saqlash
Xonaki o‘simliklarning aksariyati tabiiy tropik mamlakatlarga xos bo‘lib, ular sovuq va yelvizakka chidamli emas. Shuning uchun ham o‘simlik biroz ochiq deraza qarshisida turib, sarg‘aygan bo‘lsa, hayron bo‘lish kerak emas. Shuningdek, o‘simlik salqin xonada bo‘lsa, uni sug‘orishni kamaytirish zarur. Aytgancha, o‘simliklar nafaqat sovuq mavsumda, balki doimiy ishlaydigan konditsioner ostida ham muzlashi mumkin. Azotli o‘g‘it yetishmasligi tufayli eski barglar sarg‘ayadi, yangilari esa yashil rangda turaveradi. Shuning uchun azotli o‘g‘itni me’yorida qo‘shishni unutmaslik zarur. Ortiqchasi yana ularga zarar berishi mumkin. | 87 | 3,025 |
Ayollar | Yeezy o‘rgimchakka o‘xshash shippak ishlab chiqaradi. Yangi model multfilm qahramonlari poyabzalini esga soladi | Kanye Uest, Yeezy brendining yangi modelini taqdim qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu safar krossovka emas, adidas YEEZY 450 Slide, Ophani nomli oq rezina shippaklar taqdim qilinadi, deb yozadi Esquire.
Quyma penomaterialdan ishlangan mazkur shippaklar ko‘rinishi o‘rgimchakni esga soladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan spider-men deb atalgan Ophani, pokemon va multfilm qahramonlari poyabzaliga ham o‘xshatilgan.
Ta’kidlanishiga qaraganda, 27-dekabrda taqdim etilishi kutilayotgan yangi modelning narxi 65 dollarni tashkil qiladi.
Avvalroq, reper Twitter sahifasida Yeezy Bost krossovkalarining yangi modeli surati bilan bo‘lishgan va futurustik uslubdagi poyabzallar foydalanuvchilar tomonidan kesilgan kartoshka va baliq skeletiga o‘xshatilgandi. | 111 | 767 |
Ayollar | Gitara chalishni o‘rganish uchun 5 sabab | Gitara chalish hayotingizning bir yo‘la bir nechta sohalarini yaxshilashga yordam beradi.
Ohangni eslab qolish miyaning ba’zi sohalarini qo‘zg‘atadi, bu esa bilim va mushak xotirasiga ta’sir ko‘rsatadi. Malakani charxlash jarayoni xuddi shaxmat o‘yini singari diqqatni bir joyga to‘plashni yaxshilaydi.
Gitara, barabanlar yoki fortepiano bir vaqtda ko‘p vazifani bajara olish qobiliyatini yaxshilaydi. Gitara chalishda o‘zingizni birdaniga bir nechta jismoniy harakatlarga moslashtirishingiz zarur bo‘ladi: — tabulaturani o‘qish, — akkordni olish, — qaysi torlar qaysi notaga to‘g‘ri kelishi haqida o‘ylash, — keyin nima kelishini o‘qish — ayni vaqtda tarqalayotgan tovushlarni eshitish va tahlil qilish, — ritmni ushlash.
Musiqa nazariyasi matematik tushunchalarga asoslangan. Gamma va akkordlar — sizning tenglamalaringiz. Demak, bir nechta akkordlarni yodlash bilan, siz mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishingiz mumkin.
Tabulaturani o‘qish esa nimasi bilandir yangi tilni o‘rganishga o‘xshab ketadi, demak matnni tushunish malakasi ham yaxshilanadi.
Gitara chalish terapevtik afzallikka ega: taranglikni, stress va salbiy hissiyotlarni yo‘qotadi, ijodkorlik esa — halokatli energiyani chiqarib yuborishning eng yaxshi yo‘li.
Gitara chalish mushaklarning ishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi: qo‘llar va bilaklar kuchliroq bo‘ladi. Garvard salomatlik markazida o‘tkazilgan tadqiqotlarda musiqaning bemorlar qon bosimiga ijobiy ta’siri va xavotirlikni kamaytirishi aniqlandi.
Manba: “Layfxaker” | 40 | 1,494 |
Ayollar | Suratingiz chiroyli chiqishiga xalaqit beradigan 7 xato | Suratning muvaffaqiyatli chiqishida bir qancha omillar muhim rol o‘ynaydi. Unda nafaqat suratchi mahoratli bo‘lishi, balki suratga tushishni istagan inson ham umumiy tushunchalarga ega bo‘lishi kerak. AdMe nashri, suratning omadsiz chiqishiga sababchi bo‘ladigan xatolar nimadan iborat ekaniga to‘xtaldi.
Notabiiy jilmayish
Kadr o‘xshamasligining asosiy sabablaridan biri kamera qarshisida notabiiy kulish hisoblanadi. Bunda kulish uchun mimikalar majburlab ishlatilgani bilan, ko‘zlar aldamaydi va natijada surat tabiiy chiqmaydi. Kamera soxtalikni emas tabiiy emotsiyalarni sevadi. Shuni inobatga olgan holda, tabassum bilan suratga tushishni istasangiz, hayotingizdagi kulgili hodisalarni eslashga urinib ko‘ring.
Silliq sochlar
Surat muvaffaqiyatli chiqishini istasangiz, suratga tushishdan avval sochingizni silliq qilib tekislash yoki turmaklashdan qoching. Chunki haddan ortiq silliq soch, kadrni tabiiy chiqmasligini ta’minlaydi. Yaxshisi, suratga tushishdan oldin, boshingizni egib, barmoqlar bilan sochingizni to‘g‘rilang keyin sochlarni yana orqaga tashlang. Bu harakat suratga tabiiy ko‘rinishda muhrlanishingizga yordam beradi.
Qo‘l harakatlariga e’tiborli bo‘ling
Kadrda har bir detalning o‘z o‘rni bo‘lgani singari qo‘l harakatlari ham suratning omadli yoki omadsiz chiqishida muhim sanaladi. Suratga tushayotganda qo‘llaringizni yashirmang, yaxshisi tirsakdan bukib belingizga qo‘ying. Bu usul sizni ixchamroq ko‘rsatishga yordam beradi.
Suratga tushish vaqti va joyini ham inobatga oling
Suratning muvaffaqiyatli chiqishida yorug‘likning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham professional suratchilar studiyalarda ko‘p miqdorda tabiiy va sun’iy yorug‘likdan foydalanadi. Ko‘chada suratga tushishni istasangiz, quyosh chiqayotgan yoki botayotgan vaqtni tanlang, bunda suratdagi fon juda ham chiroyli ko‘rinadi, yuzingizga esa soya tushmaydi. Qoq peshinda olingan suratda, quyosh nurlaridan ko‘zlaringiz yumilib omadsiz kadr chiqadi
Qizil lab bo‘yog‘i
Kamera qarshisida uyaladigan va o‘zini noqulay his qiladigan qizlarga qizil lab bo‘yog‘i surtish tavsiya qilinmaydi. Chunki kuchli hayajondan lablar yopiladi va buning natijasida surat notabiiy chiqadi. Shuningdek, labi ingichka qizlar ham to‘q lab bo‘yog‘i surtmagani ma’qul, chunki kadrda yanada ingichka ko‘rinadi. Muvaffaqiyatli kadr uchun, lablarni tabiiy va chiroyli ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan, rangsiz blesk surtish tavsiya etiladi.
Noto‘g‘ri rakurs
Suratga qayerdan, qanday tushirilayotgani ham muhim rol o‘ynaydi. Noto‘g‘ri tanlangan rakurs, yuz shaklini kengroq yoki kattaroq qilib ko‘rsatishi mumkin. Portret janrida suratga olinayotganda kamera ko‘zdan biroz teparoqda ushlanishi, suratga tushayotgan inson bo‘lsa, iyagini oz-moz pastga tushirishi kerak bo‘ladi.
Bosh va gavda holati
Ko‘pchilik suratga tushayotgan vaqtida boshni burishga e’tibor berib, gavda holatini esdan chiqaradi. Natijada surat notabiiy chiqadi. Suratga tushayotganda yelkangizni bir tomonga burishni va qo‘llaringiz holati qanday ekaniga e’tibor berishni unutmang. | 55 | 3,028 |
Ayollar | Muzdondan foydalanishning siz bilmagan 10 ta usuli (foto) | Har birimizning uyimizda muzdon bor. Biz undan faqat suvni muzlatishda foydalanamiz, ba’zan esa uni umuman ishlatmaymiz ham. Bu foydali buyum sizga ko‘plab vaziyatlarda asqotishi mumkin ekan. Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Shunday qilib, muzdon yordamida quyidagilarni tayyorlash mumkin:
Manba: “Xitrosti jizni” | 57 | 328 |
Ayollar | Gilamni yuvmasdan qanday qilib undagi dog‘, chang va kirlarni ketkazish mumkin? | Gilamni tozalashda birinchi qilinishi kerak bo‘lgan ish — changni tozalash hisoblanadi.
Gilamning ustki qismidagi changni changyutgich yoki supurgi bilan tozalash mumkin bo‘ladi. So‘ngra uni kimyoviy moddalar yoki xalq tabobatida qo‘llaniladigan mahsulotlar bilan qayta ishlash yanada samarali natija beradi.
Gilamlar uzoq vaqtdan beri uylarimizda xizmat qiladi. Biroq hamma ham gilamlar havas qiladigan darajada emasligini, ularning chang to‘plashini va infeksiya uchun ko‘payish joyiga aylanishini bilmaydi.
Gilamning iplari ichida chang to‘planib, allergiya va teri kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Gilamlarni qanday qilib to‘g‘ri tozalash kerak?
Gilamlarni tozalash uchun suyuq sovun, soda, shampun, spreylar, kir yuvish kukunlaridan foydalaning.
Ko‘pik hosil qilinib, gilam yuzasiga shimgich bilan yoyiladi. Dog‘lar ishqalanadi, keyin qolgan ko‘pik toza suv bilan yuviladi.
Uyda yuvish vositasini qanday tayyorlasa bo‘ladi?
Sovun
Gilamni tozalashning eng oson usuli. Suyuq sovun yoki yog‘ochning mayda qirg‘ichdan o‘tkazilgan to‘rtdan bir qismi 1-1,5 litr suvda eritiladi. Aralashmani gilamga shimgich yoki cho‘tka yordamida surting.
Iste’mol sodasi
5 litr iliq suvda 100 g sodani eritib, eritmani gilam yuzasiga surting. Uni ishqalang va gilam to‘liq quriguncha kuting, so‘ngra changyutgich bilan tozalang. | 79 | 1,323 |
Ayollar | 10 yoshga yosharishga yordam beradigan 6 ta layfxak | Yoshga yosh qo‘shuvchi 5-10 yilni olib tashlash har kimning ham orzusi bo‘lsa kerak. Ular ro‘yobga chiqishi uchun pardozga bir nechta oddiy o‘zgartirishlar kiritilsa bas!
Pardozda rangdan foydalanish kerak
Yuzni pardozlashdan avval unga biroz rang berish mayda ajinlarni berkitadi, teri qatlamini yumshatadi va uning tekis ko‘rinishga olib keladi. Agar yuz chizig‘ini yoki rangini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, biroz rangdoridan foydalangan ma’qul. Agar maqsad ajinlarni berkitish bo‘lsa, buning uchun teri rangdagisini ishlatish kerak.
Xaylayterni qanday ishlatish kerak?
Agar xaylayterdan to‘g‘ri foydalanilsa, ko‘zning tashqi burchagi vizual darajada ko‘tariladi. Albatta, bu holat yoshni yashirishga yordam beradi. Ushbu vositani qoshning pastki qismida ichki burchakdan tashqi burchakka qarab surtish kerak. Shuningdek, yanoq sohasi hamda burun qismiga ham xaylayterdan oro berilsa, ayol jozibadorligi yanada ortadi.
Qora tushmi yoki ko‘k?
Eshitilganda g‘alati tuyulishi mumkin, ammo ko‘k kipriklar oq rangni yanada tiniqlashtiradi, ko‘zni porloq ko‘rsatadi. Bu esa yoshlikning eng muhim belgisidir.
Tirnoqning shakli ham muhim
Tirnoqlarni manikyur qildirganda, ularga bodom shaklini bergan afzal. Sababi ushbu shakl qo‘llarni uzunchoq ham navqiron qilib ko‘rsatadi. Shuningdek, bo‘yoqning rangi tanaga mos tushishi kerak.
Turmak ustida ishlash kerak
Agar sochlar tekis bo‘lsa, unda past kesish kerak. Bu orqali peshonadagi ajinlar yashiriladi va yuzni biroz yoshartiradi. Sochlar jingalak bo‘lsa, kaskad uslubida kesish kerak. Sababi bu turmak sochni yanada qalin ko‘rsatadi.
Sochga jilo berish kerak
Yoshlikning yana bir belgisi – sochlarning jilolanishi. Agar tabiiy yo‘l bilan bunga erishilmasa, quruq sochlar uchun maxsus moylar mavjud. Ular nafaqat chiroy beradi, balki sog‘lik uchun ham foydalidir. | 51 | 1,815 |
Ayollar | Qanday qilib yosh bolali ona bir kunda yarim soat vaqt sarflab o‘zini tartibga keltirishi mumkin? | Har qanday endigina yosh bolali bo‘lgan ona ozishni orzu qiladi – fitnes-zalga borishga esa vaqti ham, puli ham yo‘q. Biz qomatni avvalgi holatiga qaytarishga yordam beradigan yarim soatlik juda tushunarli va oddiy 6 mashqdan iborat to‘plamni tanladik.
Besh daqiqalik bu mashqlar asosiy mushaklarni qizdirishga va cho‘zishga yordam beradi.
Mashhur supermodel nima va nima uchun qilayotganini aniq biladi. Bunga ishonish uchun ikki nafar katta yoshli bolalarning onasi qanday ko‘rinishiga qarashning o‘zi kifoya qiladi: o‘rningizdan turing va bajaring. Va hammasi yaxshi bo‘ladi.
Deyarli hamma onalarda tez-tez uchrab turadigan muammo – hatto ilgari ortiqcha vaznga ega bo‘lmaganlarning ham. Professional trener qorin mushaklariga asta-sekinlik bilan og‘irlik tushirish bilan aynan nima qilish kerakligini aniq qilib tushuntiradi va ko‘rsatadi.
Bu mashqlar juda oddiy ko‘rinadi – lekin ular haqiqatan ham juda samarali. Yaxshi tomoni shundaki, bu mashqlarda boladan jonli og‘irlik sifatida foydalaniladi.
https://youtu.be/yP-ILwXd0AI
Ko‘pchilik tibbiyot xodimlari va fitnes-trenerlar tug‘ishdan keyin darrov har qanday mashqlarni bajarish zararli deb hisoblaydi. Bu mashqlarning shunisi yaxshiki, ularni hatto tug‘uruqxonada ham bajarish mumkin.
Umurtqaga yumshoq va xavfsiz og‘irliklar beruvchi bu maxsus mashqlar to‘plami umurtqaning tiklanishiga va to‘g‘rilanishiga yordam beradi.
Manba: “Detstrana.ru” | 97 | 1,409 |
Ayollar | Dam olish kunlari uzoqroq davom etishi uchun nima qilish kerak? | Dam olish kunlarining bir qismini uy yig‘ishtirish, taomnoma tuzish va kelgusi haftada qilinadigan ishlar ro‘yxatini tuzish kabi foydali va amaliy mashg‘ulotlarga sarf qilganimizda, ular yana ham qisqaroq bo‘lib ko‘rinadi.
Neyrobiolog Devid Iglmen dam olish kunlarining uzoqroq davom etishi uchun nimalar qilish kerakligi to‘g‘risida aytib berdi.
Devid Iglmenning aytishicha, dam olish kunlari bizga uzoqroq tuyulishi uchun yangi taassurotlar kerak bo‘ladi. Biz biror yangi narsa bilan to‘qnash kelsak, ko‘proq vaqt o‘tgandek ko‘rinadi, chunki miya ko‘proq xotiralarni saqlaydi.
Aynan shuning uchun yoshimiz kattalashgan sayin vaqt ancha tez o‘ta boshlaydi. Bolalikda esa biz uchun hamma narsa yangilik bo‘ladi va har doim xotiramizda yangi ma’lumotlarni yig‘amiz.
Agar siz dam olish kunlarining har bir soati juda uzoq cho‘zilishini istasangiz, oldindan biror narsani rejalashtirishga to‘g‘ri keladi.
Masalan, qisqa safar qilish dam olish kunlarini uyda o‘tkaziladigan dam olishdan ko‘ra uzunroq qiladi. Uyda dam olish kitob o‘qishdan ko‘ra, agar siz sayr qilishga chiqsangiz, ancha uzunroq bo‘lib tuyuladi.
Lekin bu qoida o‘tmishga nazar tashlaganimizdagina kuchga kiradi. Dushanba kuni yangi taassurotlarga to‘lib-toshgan dam olish kunlari juda uzun o‘tgandek ko‘rinadi. Lekin siz ularni boshdan kechirayotganingizda vaqt juda tez o‘tib ketayotgandek bo‘lib tuyuladi.
Biz qiziqarli narsa mashg‘ul bo‘lganimizda vaqtga e’tibor bermaymiz, o‘zimizni nima bilan chalg‘itishni bilmay turganimizda esa vaqt juda sekin o‘tayotganini his qilamiz.
Manba: “Med.vesti.ru” | 63 | 1,564 |
Ayollar | Zararli emas: Tonal krem haqidagi 3 xato fikr | Tonal kremdan foydalanish yuzning erta qarishiga sabab bo‘lishi, poralar to‘lib qolishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida turli qarashlar ko‘p, ammo makiyajda muhim rol o‘ynaydigan ushbu krem siz o‘ylaganingizdan ko‘ra foydali bo‘lishi mumkin, buning uchun esa undan to‘g‘ri foydalanishni bilish kerak.
Tonal krem poralarni to‘lishiga sababchi bo‘ladi
50 yil avvalgi tonal kremlar shunday poralarni to‘ldirgan bo‘lishi mumkin, ammo zamonaviy kosmetik vositalar yuzda kislorod o‘tkazadigan plyonka hosil qiladi. Yuzni kun davomida zararli moddalardan himoya qiladi. Makiyajdan avval yuzga maxsus baza surtish kerak. Bu bo‘yoqlarni yuzga to‘g‘ri surtilishi hamda tonal kremning himoya qilish xususiyatiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Tonal krem terini quritib yuboradi
Tonal kremdan foydalanish orqali teri qurishining oldini olish mumkin. Bunga krem tarkibida o‘simlik, masalan, avokado yog‘i borligi sabab bo‘ladi. Ushbu komponentlar terini yomon havoda dag‘allashishidan himoyalaydi, shuningdek, terini atrofdagi zararli omillardan himoya qiluvchi gidrolipidli plyonkani tiklaydi.
Yuzda ajin ko‘payishiga sababchi bo‘ladi
Tonal krem va ajin paydo bo‘lishi o‘rtasida bog‘liqlik borligi ham yana bir to‘qima hisoblanadi. Zamonaviy kremlar terini juda yaxshi namlantiradi. Qolaversa, kosmetik kompaniyalar tomonidan lifting ta’sirli kremlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu hali hammasi emas, ayrim tonal kremlar tarkibida ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi hamda teri erta qarishining oldini oluvchi moddalar bo‘ladi.
Ehtiyot bo‘lish tavsiya qilinadi!
Bir narsani yoddan chiqarmang: ta’kidlangan foydali xususiyatlar kremdan to‘g‘ri foydalangandagina natija beradi. Tonal krem surtishdan avval terini tozalash, namlantirish hamda uning o‘zi teri rangiga muvofiq tarzda tanlangan bo‘lishi kerak. Vizajistlar ikki xil rangli — yoz uchun ochroq, qish uchun och rangli kremdan foydalanishni, shuningdek, uyqudan avval terini muntazam ravishda namlantirib turishni tavsiya qiladi. | 45 | 1,998 |
Ayollar | Hech qachon urfdan qolmaydi: Kuzda garderobdan joy olishi kerak bo‘lgan liboslar (foto) | Aksariyat ayollar xarid chog‘ida ko‘proq sifat, rang, baho hamda ayni damda urfdami yoki yo‘qligiga ahamiyat qaratadi. Afsuski, bu biroz yanglish tanlov. Masalan, xarid qilingan libos ma’lum sabablarga ko‘ra kuz faslida kiyilmadi, keyingi mavsumda esa libos urfdan qolganligi sababidan yana garderobning bir chetida turaveradi. Shuning uchun ham xarid chog‘ida hech qachon urfdan qolmaydigan kiyim tanlashga harakat qilish kerak.
Palto
Palto – an’anaviy kuzgi issiq kiyim. U turli uslubda kiyinuvchilar uchun birdek kerak. Paltolarning oq, kulrang yoki qaymoq rangdagisi hamisha urfda. Bunday paltolarni faqatgina bir mavsumda kiyiladi, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Agar yanada uzoqroq muddat kiyishni xohlaydiganlar bo‘lsa, paltolarni uzunroq va ikki o‘lchamda kattarog‘ini xarid qilish kerak. Chunki odatiy va sport kiyimlari bilan ham mos tushib ketaveradi.
Trench − Plash
Plashlar odatda matosi va tugmalardan boshqa bezak berilmasligi bilan ajralib turadi. Kuz mavsumida har bir ayolning garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan liboslardan biri. Plashlarning to‘q va och rangdagisi ham hamish urfda bo‘lib kelgan. Uzunligi tizzadan biroz tushib turuvchi, matosida biroz tovlanishi bor bo‘lgan plashlar yillar davomida trendda hisoblanadi.
Charm ko‘ylak yoki shim
Garderobda, albatta, kuz uchun atalgan charm ko‘ylak, shim yoki kurtka bo‘lishi mumkin. Yillar mobaynida urfda bo‘lib kelayotgan charm liboslarani turli xil mato bilan uyg‘unlashtirish moda olamida yaxshi yangilik bo‘ldi. Masalan, biroz issiqroq havoda shifon, salqin kunlarda uni trikotaj kiyimlar bilan birga kiyish mumkin.
Issiq qalin sviter
Yana bir ajoyib tanlov. Har mavsumda yangi sviter sotib olish kamdan kam uchraydigan holat. Sviter xarid qilishda sifati va matosiga ahamiyatli bo‘lsa, yillar davomida uni yubka, charm shim bilan kiyish mumkin. Sviterda inson o‘zini erkin va qulay sezadi.
Klassik kostyum-shim
Rasmiy lavozimda ishlaydigan ayollar uchun eng yaxshi libos klassik uslubdagi kostyum-shim. Uni, albatta, garderobdan joy olgan sara kiyimlar qatoriga kiritish zarur. Shuningdek, uni birgalikda kiyish ham mumkin yoki boshqa bir libos bilan moslashtirish ham oson. Shuningdek, ushbu liboslar baland poshnadan tashqari yengil poyabzal bilan ham kiyilmoqda.
Oversayz uslubidagi ko‘ylaklar
Ushbu uslubdagi ko‘ylaklar hech qachon injiqlik qilmaydi. Lekin ko‘ylak qomat uchun biroz keng va katta turishi kerak. Bunday liboslarni xarid chog‘ida qalinroqlarini tanlash afzal, shunda mato tez g‘ijim bo‘lib, muammo tug‘dirmaydi. Oversayz uslubidagi libosdan bir marta foydalangan inson, albatta, garderobdan uning uchun alohida joy ajratadi.
Qulay hamda yengil liboslar
Bunday liboslar paxta yoki jundan ham bo‘lishi mumkin. Agar ko‘proq sport uslubidagi liboslar yoqsa, unda jenfer qismiga biriktirilgan qalpoqlisini tanlagan ma’qul. Klassik uslub tarafdorlariga esa buning aksi tavsiya etiladi. Shuningdek, bu libos palto, kurtka bilan ham mos keladi.
Yassi balandlikdagi oyoq kiyim
Bu kabi poyabzallar hamisha trendda. Uni ko‘ylak va shimlar bilan kiyish mumkin. Juda baland bo‘lmagan boylar uchun ushbu oyoq kiyimning ixchamrog‘ini tanlash tavsiya etiladi. Yassi balandlikdagi oyoq kiyimlar ushbu kuz mavsumida bog‘lanadigan yoki qadaladigan bo‘lishi ham mumkin.
Yorqin rangli poyabzal
Birinchidan chiroyliligi bilan ham urfdan qolmaydi. Yorqin rangli poyabzallar kuzgi liboslar bilan ajoyib uyg‘unlikni aks etadi. Agar xushbichim ko‘ylak bilan yorqin oyoq kiyim tanlansa, u bilan shaffof rangli kalgotka kiyish tavsiya etiladi. Issiq, qulay va ajoyib ko‘rinish.
Sevimli libos
Rang, sifat va bahoning ahamiyati yo‘q. Har bir ayolning garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan eng muhim narsa – sevimli libos. Bunday libos qiyin vaziyatlarda o‘z egasiga yordam qo‘lini cho‘zadi va muammolarni bartaraf etadi. | 87 | 3,785 |
Ayollar | 30 yoshdan oshgan ayollarga zarur bo‘lgan 5 ta anti-age mahsulot | Tibbiyot yutuqlari yoshlikni uzaytirish, 30 yoshgacha bo‘lgan holatni iloji boricha ko‘proq ushlab qolishga yordam bermoqda. Oradan yana o‘n yil o‘tib, terining elastiklik, navqironligini saqlash, teri qarishining oldini olish uchun mutaxassislar ko‘rsatmasiga amal qilish kerak. Buning uchun tarkibida tabiiy kollagen, elastin va gialuron kislotasi mavjud bo‘lgan maxsus 5 ta mahsulotdan foydalanish tavsiya etiladi.
Retinoid zardobi
Muntazam ravishda qo‘llanishi kerak bo‘lgan retinol kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, husnbuzar va dog‘larga qarshi kurashadi. Shuningdek, retinolni o‘z ichiga olgan mahsulotlar juda nozik va chuqur joylashgan ajinlarni yashirish qobiliyatiga ham ega.
Yuzni namlantiruvchi sovun
Ayol kishida o‘ttiz yoshdan so‘ng terining tabiiy himoya qatlami zaiflasha boshlaydi va tozalovchi vositalar ham qo‘shimcha ravishda kuchsizlantiradi. Shuning uchun dermotologlar yuzni yuvishda ko‘proq namlantiruvchi sovundan foydalanishni maslahat beradi.
Kundalik SPF namlantiruvchi krem
Terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish xuddi tish yoki yuz yuvish kabi odatga aylanishi kerak. Buning eng samarali usuli SPF namlantiruvchi kremlari bo‘lib, uni erta tongdan yuz terisiga surish kerak. So‘ngra kun davomida teri xavfsizligi haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi.
C vitaminli namlantiruvchi vositalar
C vitamini terini erkin radikallardan himoya qilish va qarishga qarshi samarali kurashishda yordam beradigan eng yaxshi antioksidantdir. C vitamini, avvalo, erkin radikallarni zararsizlantiradi, kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantirish orqali teri tuzilishining tiklanishiga hissa qo‘shadi.
Tana uchun mo‘ljallangan namlantiruvchi kremlar
Har qanday teri 30 yildan so‘ng suyuqlik muvozanatini avvalgidek ushlab turish qobiliyatini yo‘qotadi. Bu nafaqat yuz terisiga, balki butun badanga tegishli. Shuning uchun, maxsus losion yoki butun tana uchun mo‘ljallangan namlantiruvchi kremlardan muntazam foydalanish har bir ayolning odatiy yumushiga aylanishi kerak. | 64 | 2,026 |
Ayollar | Sochlarni qanday qilib to‘g‘ri yuvish bo‘yicha trixologdan 12 ta maslahat | Ko‘pchilik bu oddiy va tanish bo‘lgan soch yuvish tartibini noto‘g‘ri bajaradi. “Noviy ochag” nashri shifokor yordamida soch yuvishning to‘g‘ri algoritmi nima ekani va bu mas’uliyatli masalada nimalarga e’tibor qaratish kerakligini ma’lum qildi.
Sochni qancha muddatda yuvish kerak?
Teri kir bo‘lganida boshni yuvish kerak. Turli mamlakatlarda trixolog va dermatologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar tasdiqlaganidek, bosh terisi va sochlarning tagida to‘plangan kirlar sochlarga ko‘proq ta’sir qiladi. Yog‘ sekretsiyasi, chang bakteriyalar rivojlanishi uchun zamin yaratadi, terining nafas olishiga yo‘l qo‘ymaydi, soch ildizlari foydali moddalarni olmaydi — bularning barchasi bosh terisining normal ishlashini buzadi va soch o‘sishini sekinlashtiradi.
Shampundan qo‘rqmang
Har kuni foydalanishga ruxsat berilganini ko‘rsatadigan shampunlar iloji boricha neytral, nozik, allergik va agressiv bo‘lmagan tarkibga ega. Shunga ko‘ra, ular haqiqatan ham har kuni ishlatilishi mumkin.
Yuvish chastotasiga e’tibor bering
Shampunda yuvish chastotasi soch turi va suvning sifatini hisobga olgan holda alohida tanlanishi kerak. Agar sochlar yog‘li bo‘lsa, unda 3-4 kun davomida yog‘li qatlam to‘planadi, bu esa kichik yallig‘lanishga olib kelishi mumkin.
Shampunni to‘g‘ri qo‘llang
Shampun miqdori soch uzunligiga bog‘liq. Mahsulotni to‘g‘ridan to‘g‘ri boshga quyish tavsiya etilmaydi. Birinchidan, uning miqdorini nazorat qilish qiyin bo‘ladi; ikkinchidan, haddan tashqari ko‘p miqdor bir qismga tushadi. Shuning uchun avval shampunni kaftlarda ko‘piklash kerak va shundan keyingina uni sochlarga qo‘llash lozim.
To‘g‘ri soch yuvish algoritmi
Sochni yuvishni boshlashdan oldin ularni yaxshilab tarash kerak. Sochni quloqdan quloqqa, shartli chiziqlar bo‘ylab yuvish, so‘ngra boshning orqa tomoniga o‘tish lozim. Harakatlar bilan massaj qilish va barmoq uchlari bilan amalga oshirilishi kerak, lekin terini tirnoqlar bilan qirib yuborishga ehtiyot bo‘lish muhim. Sochni yuvayotganda massaj qilish uning ildizlariga foydalidir.
Qancha shampun qo‘llash kerak?
Bularning barchasi yuvish chastotasiga va ishlatiladigan mahsulotga bog‘liq. Agar har kuni sochni yuvish kerak bo‘lsa, unda ikki marta ko‘piklash shart emas. Sochlarini haftasiga 2 marta yuvadiganlar uchun shampunni ikki marta qo‘llash tavsiya etiladi. Ikkinchi marta shampun miqdorini ikki baravar kamaytirishni unutmaslik lozim.
Suv harorati
Ko‘pchilik bu borada katta xatoga yo‘l qo‘yadi va sochlarini issiq suv bilan yuvadi, bu esa sochlarga zarar yetkazadi va yog‘ bezlarini faollashtiradi. Sochni yuvish uchun optimal suv harorati 40-50 daraja. Aynan shu harorat rejimi yog‘ning yaxshi erishiga, kirni oson olib tashlashga yordam beradi, shuningdek, qon aylanishini yaxshilaydi.
Soch yuvishni sovuq suv bilan tugating
Yuvish jarayonini sovuq yoki sovuq dush bilan yakunlash maqsadga muvofiqdir, bu bosh terisini qon bilan ta’minlashni rag‘batlantiradi va sochni yanada jilokor qiladi.
Yuvishdan keyin niqob
Niqoblarni qo‘llash chastotasi sochning holatiga va kerakli ta’sirga, shuningdek, ozuqa moddasining tarkibiga bog‘liq. Agar soch qattiq shikastlangan va yaxshi parvarishga muhtoj bo‘lsa, niqobni har kuni qo‘llash mumkin. 8-10 martadan so‘ng natija aniq ko‘rinadi va ushbu kosmetik mahsulotni kamroq ishlatish mumkin bo‘ladi. Agar profilaktika chorasi sifatida sochga niqob qo‘llashni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, buni haftasiga 1-2 martadan ko‘p bo‘lmagan holda bajarish tavsiya etiladi. Ushbu chastota optimal deb hisoblanadi.
Balzamni unutmang
Balzam shampundan keyin sochlarga qo‘llaniladi. Balzam nafaqat sochning pH darajasini barqarorlashtiradi, balki unga yorqinlik beradi, uni yanada silliq qiladi. Shuningdek, ishqor tufayli zararlangan sochning tashqi qatlamini tekislaydi.
Balzam sochning butun uzunligi bo‘ylab qo‘llanilishi mumkin (ba’zilar buni faqat uchlari uchun kerak deb o‘ylaydi), shu jumladan ildizlarga, lekin bosh terisiga surtmaslik kerak. Balzam sochda 5-7 daqiqaga qoldirilib, keyin yaxshilab yuvib tashlanadi.
Sochni yuvganda nima qilish kerak?
Soch turiga qarab, soch yog‘i yoki himoya spreyi foydalanish kerak bo‘ladi. Sochga yog‘ning qanday ta’sir qilishiga qarab, yorliqdagi ko‘rsatmalarga muvofiq quruq yoki nam sochlarga bir tomchi qo‘llanadi. Soch yog‘li yoki nam ko‘rinmasligi uchun yog‘dan juda oz miqdorda foydalaniladi.
Har doim termal himoyadan foydalaning
Himoya spreyiga kelsak, agar sochni fen yoki boshqa asboblar bilan doimiy ravishda turmaklash kerak bo‘lsa, uni ishlatish kerak. Sochlar keratin deb ataladigan qattiq oqsildan iborat bo‘lgani uchun issiqlikka juda sezgir. Harorat ta’sirida soch tolalari zararlanadi. Keratin yumshaydi va suv bug‘lanadi. Issiq harorat tufayli, namlik bug‘lanadi va yog‘ parchalanadi. Sochlar sinadi, gullaydi va mo‘rtlashadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, termal himoya spreylari tarkibiga, qoida tariqasida, tabiiy oqsillar, E va B5 vitaminlari, shuningdek, dorivor o‘simliklarning ekstraktlari kiradi. Ushbu komponentlar tufayli sochlar nafaqat termal ta’sirlardan yaxshilanadi, balki qo‘shimcha hajmga ega bo‘ladi, bu esa soch turmagini yanada go‘zallashtiradi. | 73 | 5,108 |
Ayollar | Kuz uchun eng yaxshi namlantiruvchi 10 ta tonal kremi | Kuzgi makiyajni tonal kremlarsiz tasavvur qilishning iloji yo‘q. Bir vaqtning o‘zida terini namlaydigan va kamchiliklarni mukammal niqoblaydigan yangi vositalarni yuz terisining turiga qarab tanlash mumkin, deb yozadi The Voice Mag.
Tonal asosi, Pupa Milano
Ajablanish mumkin, lekin bu haqiqat: ultraplastik asos suv o‘tkazmaydi va yuzda deyarli ko‘rinmaydi, shuningdek, kamchiliklarni ham mukammal yashiradi. Kuz mavsumiga mos makiyaj uchun ajoyib tanlov.
Quyoshdan himoya qiluvchi krem-balzam, Genosys
Ushbu vosita yuz rangiga moslashadi, u bilan birlashadi va kamchiliklarni yashiradi. Yodda tuting, u aniq qizarish va toshmalarni yashirmaydi, lekin mayda ko‘karishlar yoki qon tomirlarini deyarli ko‘rinmas holga keltiradi.
Normal teri uchun BB krem, Garnier
Mazkur BB krem yuz terisini kun bo‘yi namlaydi, tekislaydi — bularning barchasi Garnierning ajoyib yangi mahsulotiga tegishli. Aniqrog‘i, brendning afsonaviy BB kremining yangilangan versiyasi haqida. Bu safar formulalar greypfruit va C vitamini bilan boyitilgan bo‘lib, bu terining go‘zalligi va salomatligini saqlash uchun muhimdir, chunki antioksidantlarsiz erta qarish va rangparlik teriga tahdid qiladi.
Gialuronik tonal sivorotka, L’Oreal Paris
Ushbu mahsulot quruq, sezgir va suvsizlangan teri uchun ayni muddao. Namlantiruvchi ta’sirga bir zumda erishiladi va krem tarkibidagi gialuron kislotasi hatto kun davomida namlikni yo‘qotishning oldini oladi. Muntazam foydalanish bilan teri yanada elastiklashadi, ajinlar yo‘qoladi.
Uzoq muddat turuvchi tonal krem, Clarins
Bu tonal kremi nafaqat chidamlilik bo‘yicha barcha rekordlarni ortda qoldiradi. Balki qulay va ajoyib ta’siriga ega. Uning tarkibidagi barcha foydali komponentlar yuz terisini yaxshilashga qaratilgan.
Tonal sivorotka, Perricone MD
Hozirda har qanday ayol sifatli mahsulotlardan foydalana olishi mumkin. Ushbu tonal sivorotka yuziga chinakamiga g‘amxo‘rlik qilishni istaydiganlar uchun ayni muddao va tez orada sevimli kosmetik vositalar orasidan joy olishi shubhasiz. Mahsulot qo‘llanilgach, yuz terisi kutilmagan natijaga erishadi.
Terini mukammallashtiruvchi BB krem, Mixit
Ushbu vosita yordamida yuz terisi faqat yaxshilanadi. U terida iloji boricha tabiiy ko‘rinadi, qolaversa, makiyaj uchun mukammal vosita.
Namlantiruvchi krem-tint, Essence
Yana bir ko‘p funksiyali vosita — quyoshdan himoya qiluvchi krem, tonal va namlantiruvchi vosita jamlanmasi. Ushbu vosita makiyaj qilishni endi boshlagan qizlar uchun ham mos keladi va yuzdagi kamchiliklarni yashiradi.
Namlantiruvchi tonal-asos, Catrice
Bu krem qalin makiyaj qiladiganlar uchun ayni muddao. Yuz terisidagi kamchiliklarni yashiruvchi ajoyib baza. Mazkur vosita yaqindan ham tabiiy ko‘rinadi. Shuningdek, terini quritmaydi, chunki tarvuz urug‘i yog‘i terini mukammal oziqlantiradi. | 53 | 2,792 |
Ayollar | Didsiz ko‘rsatadigan va ko‘ylak bilan kiyish tavsiya qilinmaydigan poyabzallar | Ayollar garderobida har bir fasl uchun liboslarni uchratish mumkin. Latofat va nazokatli ko‘rsatadigan ko‘ylaklar bilan yaratiladigan obraz mukammal bo‘lishi uchun esa unga mos poyabzal tanlash kerak bo‘ladi.
Tanketli tufli
Ko‘ylak va tanketli tufli kombinatsiyasi chiroyli ko‘rinmaydi. Buning o‘rniga qalinroq poshnali tufli moslash tavsiya qilinmaydi.
Bunday tuflida ayol yoki qiz kun bo‘yi yursa ham charchamaydi. Modelning charm va zamsh matoligini tanlashingiz mumkin.
“Slipon”
Liboslar bilan mazkur modelni kiyish tavsiya qilinmaydi. Bunday obraz tartibli ko‘rinmaydi va allaqachon urfdan qolgan. Agar sizning garderobda shunday tufli bo‘lsa va uni qandaydir kiyim bilan moslashni istasangiz, yaxshisi keng variantga e’tibor qarating.
Ko‘ylaklar bilan esa qulay lofyer tanlang. Uncha baland bo‘lmagan poshna va bog‘ichli oyoq kiyim bilan obrazingiz didli ko‘rinadi. Lofyer istalgan ko‘rinishni qiziqarli bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Botfort
2020-yildagi antitrend oyoq kiyimlar orasida botfordlarni ham uchratish mumkin. Mazkur oyoq kiyim bo‘yni qisqaroq ko‘rsatadi. Botfordlar o‘rniga dolzarb etiklar yoki “kazaki” bilan obraz yaratish tavsiya qilinadi.
Libos borasida esa keng va erkin liboslarni tanlang. Midi uzunligidagi gul printi tushirilgan yoki trikotaj matosidan tikilgan ko‘ylaklar bilan kutilgan natijaga erishish mumkin. | 78 | 1,345 |
Ayollar | Oversize paltoni qanday kiyimlar bilan kiyish mumkin? | Oversize palto (keragidan biroz katta o‘lchamdagi) dizaynerlar uchun haqiqiy topilmaga aylandi. 80-yillarning uslubi yana ommalashdi. O‘shanda yelkalari keng, pastga qarab toraygan paltolarni kiyish urf bo‘lgan.
2016-yilda uni ko‘plab dizaynerlar — Ralph Lauren’dan Gucci’gacha o‘z liboslar to‘plamida aks ettirdi. Agar o‘ziga ishongan va e’tibor markazida bo‘lishdan cho‘chimaydigan inson bo‘lsangiz, tor kiyimlardan voz kechib, keng va qulayrog‘ini tanlashni tavsiya etamiz.
Keng palto bilan komplekt hosil qilishda rang asosiy jihatlardan biri hisoblanadi. Oq bilan qora hamda kulrangni uyg‘unlashtirish allaqachon klassikaga aylanib ulgurgan. Agar nazokatliroq ko‘rinishni istasangiz och ranglarni (pushti, moviy, shaftolirang) tanlashni tavsiya etamiz.
Zamon bilan hamnafas ko‘rinish uchun palto ichidan kiygan libosingiz undan biroz kaltaroq bo‘lishi zarur. Bu katta o‘lchamdagi palto ostida nozik qomat yashiringanligiga urg‘u beradi. Bunday palto bilan tor ko‘ylak (futlyar-ko‘ylak) va pastga qarab toraygan yubka (yubka-karandash) ajoyib tarzda mos tushadi.
Shuningdek, pastki qismi toraytirilgan djinsi (skinny) shim ham oversize palto bilan haqiqiy uyg‘unlik hosil qiladi.
Oyoq kiyim uchun klassik botilyon yoki bir rangdagi poshnali etikda to‘xtalishni tavsiya etamiz. Qolaversa, bunday uslubga botfortlar ham mos keladi. Biroq katta botinkalardan voz keching.
Oversize uslubidagi palto qo‘shimcha bezak va ortiqcha aksessuarlarga muhtoj emas. Bunday obrazga bir rangdagi sharf yoki shlyapa romantik kayfiyat bag‘ishlay oladi.
Sumka masalasiga kelsak, uning o‘rtacha o‘lchamdagisini tanlang, zinhor juda kattasini emas.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 53 | 1,806 |
Ayollar | Nima uchun biz yomon qarorlar qabul qilamiz va buni qanday yengish mumkin? | Ruhshunoslar nima uchun odam, noto‘g‘ri bo‘lsa ham o‘z fikrini himoya qilishi va bunga bog‘liq ravishda noto‘g‘ri qaror qabul qilishini aniqladi. Gap shundaki, biz kelib tushuvchi ma’lumotlarga yanglish munosabatda bo‘lishga va uni o‘zimizcha izohlashga moyilmiz.
Tasavvur qilingki, siz o‘zingizni biron-bir yangi mashg‘ulotda sinab ko‘rmoqchi bo‘ldingiz va birinchi marta, masalan, yoga mashqlariga bordingiz.
Siz kiyimingiz unchalik mos emasligidan yoki boshqalardek mashq bajara olmasligingizdan tashvishlanayapsiz. Yonma-yon turgan odamlarning har bir kulgisini o‘zingizga olasiz. Hamma sizning tajribasizligingiz ustidan kulayotganiga ishonasiz. Va nihoyat, siz o‘zingizga hech qachon u yerga qaytib bormaslikka so‘z berasiz.
Bu hodisa ruhshunoslikda taxminiylikning tasdig‘i deyiladi. Bu odamning o‘z fikri tasdiqlayotgan ma’lumotni izlash, uni o‘zicha izohlash va esda saqlashga moyilligidir.
Taxminiylikning tasdig‘i biz qabul qilayotgan har bir qarorga ta’sir ko‘rsatadi. Xaridlar, salomatlik, martaba, munosabatlar, moliya, hissiyotlar — bu moyillik, hatto uni biz payqamasak-da, bizning har bir tanlovimizga o‘z tamg‘asini bosadi.
Qiziquvchan bo‘ling va shubhalanishni kamaytiring
Agar biron-bir odam bilan qanday bo‘lmasin o‘z fikringizda qat’iy turish maqsadida suhbatlashishga kirishsangiz, siz taxminiylikning tasdig‘i ta’siriga tushasiz.
O‘z haqligingizni isbotlashga urinmang. Dunyoni o‘rganing va hamma narsaga bebaho tajribaga qaragandek qarang. O‘zingizga xato qilishga imkon berish bilan, siz ko‘plab yangi narsalarni bilib olasiz.
Manba: “Layfxaker” | 74 | 1,572 |
Ayollar | Iqtisodiy tanglikda pulni qanday tejash kerak? | Dollar kursi bilan birga narxlar ham tinmay o‘sib borayotgan bir vaqtda, xarajatlarni biroz bo‘lsa-da kamaytirish va oilaviy mablag‘lardan oqilona foydalanishni boshlash kerakligini o‘ylashimizga to‘g‘ri keladi. Maqolamizda pulni tejashning bir necha samarali usullari keltirilgan.
Ba’zilar bir oy davomida ishlab topganlarini bir necha kun ichida sarflashni uddalashadi. Sizda bunday holat bo‘lmasligi uchun, hamma xaridlarni har kuni yozib borishga o‘rganing. Bunday yozuvlar bo‘lsa pulning nimaga sarflanayotganini tekshirib turish va keraksiz xaridlardan voz kechish mumkin bo‘ladi.
Majburiy to‘lovlar va xarajatlar (kommunal xizmatlar, oziq-ovqat xarajatlari, kiyim-kechaklar, dori-darmonlar, avtomashina) ro‘yxatini tuzing. Keyin esa sizning daromadlaringizni va zarur xarajatlaringizni solishtirib ko‘rish kerak bo‘ladi. Bunday solishtirishdan keyin nimalardan voz kechish mumkinligini aniqlang va ro‘yxatdan o‘chiring.
Qarzga pul olayotgan odam o‘zining daromad va xarajatlarini to‘g‘ri taqqoslashga qodir emas. Uni qanday va qachon qarzni qaytarish haqidagi o‘ylar xavotirga soladi. Bu unga oilaviy budjetni aniq hisoblab chiqishga xalal beradi.
Pulni olganingizdan keyin uy tomonga yo‘l oling. Yaqinroqdagi do‘konlarga kirib o‘tirmang. Yoningizda pul ko‘p bo‘lsa, uni sarflash istagi paydo bo‘ladi. Uyga kelgandan so‘ng ro‘yxatda yozilgan navbatdagi xarajatlaringizni yaxshilab o‘ylab ko‘ring.
Manba: “Vitamarg.ru” | 46 | 1,426 |
Ayollar | Ko‘proq kaloriya sarflash yo‘llari | Nima uchundir ba’zi odamlar bo‘sh vaqtlarini hamisha sport zallarida o‘tkazsa ham oza olmaydi, ba’zi baxtli odamlar esa sport bilan shug‘ullanmasa ham baribir ozg‘in bo‘ladi. Bunda energetik metabolizm tezligi juda katta rol o‘ynaydi. Keling, qanday mashqlar metabolizmni tezlashtirishini ko‘rib chiqamiz.
Organizmimiz odatdagi o‘rtacha ob-havoda tana haroratini me’yorida tutib turishga eng yuqori kaloriya sarflaydi. Havo haroratining 10-15 daraja pasayishi esa kaloriya sarfini 2-3 marta oshiradi.
Agar siz suv ichida suzmasdan turgan bo‘lsangiz ham, u organizmni nafaqat ichkaridan, balki tashqaridan ham kaloriya sarflashga majbur qiladi. Odatda suv tana haroratidan sovuqroq va havoga qaraganda zichligi kattaroq bo‘lgani uchun uning ichida kaloriya tezroq sarflanadi.
Shunga qaramasdan, bizga ozish uchun baribir harakat yordam beradi. Hatto mushaklarning ahamiyatsiz qisqarishi yoki qaysidir holatda ishlash ham sezilarli darajada energiya sarflanishini oshiradi.
Uy ishlari: Odatdagi yig‘ishtirishga bir soatda 150–250 kkal sarf bo‘ladi. Agar siz oyna, qandil yuvish va mebellarni surish bilan bo‘ladigan tozalash ishlarini bajarsangiz bir soatda kamida 300 kkal energiya sarflaysiz.
Shoping: Ayniqsa kaloriya sarflash uchun supermarketlarda aylanib yurish foydali, bunda siz bir soatda 200–250 kkal yo‘qotasiz.
Kutilmaganda
Manba: “Zdorovie.com” | 34 | 1,357 |
Ayollar | Yozgi ifor: hidi uzoq vaqtgacha saqlanib turadigan nafis iforli ayollar atirlari | Achchiq, sharqona, o‘tkir parfyumlaridan farqli o‘laroq, ayollar atirlari yengil va yumshoq, ular yoshlik, quvonch va nekbinlik bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
Yangi xushbo‘y hidli parfyumni qachon ishlatgan ma’qul?
Bir so‘z bilan aytganda, deyarli hamma joyda va har doim eng yaxshi va nafis hidli atirlarni tanlashingiz mumkin.
Mademoiselle Azzaro L'Eau Tres Florale, Azzaro
Ayollar uchun eng yaxshi nozik atirlar qatoriga kiritilgan ushbu parfyum yengillik, quvonch va yaxshi kayfiyat timsolidir. Quyoshli-mevali guldasta, ayollik va nafislikning timsoli hisoblanadi.
Aqua Kenzo Pour Femme, Kenzo
Bu tetiklantiruvchi xushbo‘y suv poklikni o‘z ichiga oladi: suvli, yorqin, tetiklantiruvchi mandarin ifor taratadi, so‘ngra qora smorodina barglari hidi zarba to‘lqiniga yo‘l beradi. Har bir kun uchun mukammal tanlov.
Aura, Mugler
Ajoyib shaklda qadoqlangan nafis hidli ayollar parfyumeriyasi. Noyob parfyum hayvonlar qudrati va tabiat kuchini o‘zida mujassam etgan.
Dylan Blue Pour Femme Versace
Tetiklantiruvchi qora smorodina va Granny Smit olmasi eng nozik hidli atirlardan birining ajoyib mevali akkordini yaratadi. Ushbu zamonaviy guldasta gullarni unutilmas ifori bilan yovvoyi gullarning muzli eliksiriga aylantiradi. Asosiy yog‘och notalar noyob kokteylda o‘ynoqi aralashtiriladi. Stiraks va suv, mushk va pachuli bilan jilolangan oq yog‘och jozibali va titroq impulsda birlashadi. Asosiy notalar stiraks, yumshoq oq yog‘och, mushk va oq pachuli mohiyatining o‘ziga xos kombinatsiyasi bilan yaratilgan.
CK One Summer, Kalvin Klein
Ko‘pchilik ayollar uni eng yaxshi nafis hidli atirlardan biri deb biladi. Cheklangan sondagi parfyum yoshlik, energiya va sarguzashtlarga tashnalikni o‘zida mujassam etgan. U yorqin mohito akkordi, shirin suvli guava tovushining mevali notalari bilan ochiladi. Poklik to‘lqini o‘ziga maftun etadi, sadrning asosiy yog‘ochli notalari iliqlik baxsh etadi, bu issiq yoz oqshomini va voqealarga boy kunning oxirida quyosh botishini eslatadi.
Mon Paris Eau de Toilette, Yves Saint Laurent
Nozik hidli ayollar parfyumeriya ro‘yxatida sevgi va hissiyotning ajoyib shahri — Parij sharafiga yaratilgan parfyum mavjud. Flakon hissiyot va ayollik jozibasini anglatuvchi lavalyer bant bilan bezalgan. Mon Paris Eau de Toilette tarkibi oq mushkning qudrati va yejevika akkordining nordonligi, bangidevonaning gipnoz kuchi, yurak zarbi esa sallagul ifori bilan ta’kidlangan.
J`Adore in Joy, Dior
Eng nafis hidli ayollar atiri ro‘yxati bu parfyumsiz to‘liq bo‘lmaydi. Parfyum bergamot, limon, apelsin va mandarinning nozik notalarini o‘z ichiga oladi, ular bir-birini to‘ldiradi va kuchli tetiklantiruvchi to‘lqin yaratadi. Bodomning kutilmagan achchiqligi esa kompozitsiyaga o‘tli yashil qirralarni qo‘shib, sizni hayratda qoldiradi. nozik, ammo xarakterli apelsin gullari o‘zining ulug‘vorligi bilan o‘zini namoyon qiladi Va nihoyat, mushk kompozitsiyaga o‘zining nafis, o‘ziga xos iforini qo‘shadi. | 80 | 2,932 |
Ayollar | Plissirovka: mavsumning eng zamonaviy yubkasini qanday koftalar bilan kiyish tavsiya etiladi? (foto) | Bir necha yildan buyon urfda bo‘lib kelayotgan plissi yubkalar mavsumga qarab turli kofta va sviterlar bilan kiyiladi. Quyida ularni qanday kiyish borasidagi tavsiyalarni yulduzlar misolida ko‘rib chiqish mumkin.
Gitta Banko
Eng sodda va qulay variant keng va yumshoq sviter bilan bilan birlashtirilgan uzun yubkalardir. Ammo sviter juda uzun bo‘lmasligi kerak. Rang borasida bir xil yoki qarama-qarshi ranglarni tanlash mumkin.
Lora Beyli
Biroz salqin ob-havo uchun etiklar ham yubka bilan moslasha oladi. Nazokatli ko‘rinish hosil qilishi bilan birga, qulaylik ham yaratadi.
Megan Markl
Plissirovka yubkalar blyuzka hamda koftalar bilan ajoyib kombinatsiyani hosil qiladi. Oddiy bo‘lib qolmaslik uchun aksessuarlardan unumli foydalanish mumkin.
Romantik uslubga qiziquvchilar uchun ham ushbu yubka va shaffof rangdagi koftalar ajoyib tanlov bo‘lishi shubhasiz. Qo‘shimcha aksessuarlar yordamida to‘ldirilgan obraz kundalik hayot hamda sayohatlar uchun ham mos keladi.
Yekaterina Mamayeva
Ushbu mavsumda ommalashadigan yubkalar avvalgilariga qaraganda ancha murakkab. Bichim, qo‘shimcha bezaklar tasvirni boyitsa-da, ammo kombinatsiya borasida ehtiyotkorlikni talab etadi. Agar tajriba qilib ko‘rish ma’qul bo‘lmasa, plissi yubkalarning oddiy bichimdagilarini kiyish tavsiya etiladi.
Viktoriya Reyder
Plissirovka yubkalar rang borasida injiqlik qilmaydi. Muhimi, ranglar uning egasiga mos kelsa bo‘lgani. Buning uchun hamma o‘z dididan kelib chiqib, kombinatsiya hosil qiladi.
Keyt Devidson
Ushbu turdagi yubkalar charm kurtka va kostyumlar bilan ham chiroyli obrazni hisoblanadi. Shuningdek, qomatning nuqsonlarini berkitadi, tashqaridan esa bo‘yni vizual tarzda uzun qilib ko‘rsatadi.
Oliviya Palermo
Yubkalar bilan poyabzal tanlashda ham hech qanday qiyinchilik yuzaga kelmasligi aniq. Sababi u etik, krassovka, baland poshna va baletkalar bilan ham uyg‘unlasha oladi. | 100 | 1,881 |
Ayollar | Ramazon oyida isrofni bartaraf qilishda yordam beruvchi 5 ta maslahat | “Muslimaat.uz” muslimalar sahifasi Ramazon oyida oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilish oldini olishda yordam beruvchi maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Umuman, tozalash va tartiblash ishlari qaysi vaqt bo‘lishidan qat’i nazar muhimdir. Atrofingiz pala-partish bo‘lib turgan bir paytda ibodatlarda fikrni jamlash ancha mushkul. Ayniqsa, ro‘zador holingizda. Shuning uchun tozalik ishlarini hozirdan boshlang.
Muzlatgich va oshxonani tozalab bo‘lgach, barcha bir xil bo‘lgan mahsulotlarni bir joyga to‘plang. Besh xil turdagi tuz, o‘zingizning ham allaqachon esingizdan chiqib bo‘lgan, lekin har safar xarid varaqangizga qo‘shib boradigan, uch xil idishda quritilgan ko‘katlaringiz borligini ko‘rasiz. Ishonavering, bir “yerga jamlash usuli” karmoningizga ancha foyda keltiradi.
Iloji bo‘lsa Ramazon oyi kirguncha ro‘yxatni tayyorlang. Avvallari ham bu kabi menyu tuzgan bo‘lsangiz, tez va oila a’zolaringizga xush kelgan taomlardan saralab qo‘yishingiz mumkin. Ro‘za vaqtida, iftorlikka yaqin, ochlik o‘zini bildirayotgan paytda tuzib qo‘ygan menyuingiz naqadar qo‘l kelganiga o‘zingiz ham tan berib yuborasiz.
Tez buzilmaydigan va uzoq saqlanadigan mahsulotlarni oldindan olib qo‘ying. Hozirgi kunda onlayn do‘konlar mavjud bo‘lib, kundalik ro‘zg‘or mahsulotlarini ham xarid qilishingiz mumkin.
Qolgan ovqatingiz bo‘lsa, tashlab yubormasdan, keyingi saharlik yoki iftorlik vaqtida qo‘shib iste’mol qiling. Isrof qilishdan saqlaning. | 69 | 1,430 |
Ayollar | Louis Vuitton velosipedlar kolleksiyasini taqdim etdi. Ularning narxi 27 ming dollardan boshlanadi | Louis Vuitton modalar uyi hamkorlikda velosipedlar kolleksiyasini taqdim etish maqsadida Fransiyaning Maison Tamboite markasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi Esquire.
Maison Tamboite — 100 dan oshiq vaqtdan beri qo‘lbola usulda velosipedlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Parijdagi ustaxona. Louis Vuitton uchun u ham shahar, ham qishloq joylar uchun mos keladigan kombinatsiyalashgan modelni yaratdi. Ta’kidlanishicha, u endi velosiped haydashni o‘rganayotgan foydalanuvchilar uchun ham juda qulay.
Velosipedlar ikki xil modifikatsiyada taqdim etilgan: yopiq rom va qirrali bo‘lib, ularning birinchida yuk qo‘ygich mavjud, ikkinchisining old tarafiga ega savat o‘rnatilgan. Velosipedlar bir necha xil ranglarga ega bo‘lib, har birining o‘rindig‘i, rom qoplamasi, g‘ildirak va turli LV monogrammasiga ega bo‘rttirma va naqshlar bilan bezatilgan.
Har bir velosiped narxi 20,2 ming funtni (27 ming AQSh dollar) tashkil etadi. Uni Louis Vuitton sayti orqali xarid qilish mumkin.
Avvalroq Louis Vuitton brendi Charlie nomli ekologik toza krossovkalarni yaratgani, shuningdek, modalar uyi 10,4 ming dollardan varrak sotuvga chiqargani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Louis Vuitton brendidan navbatdagi original aksessuarlar: stakan-sumka va sabzi-brelok | 98 | 1,278 |
Ayollar | Flakon uchun 81 million: dunyodagi eng qimmat atirlar qanday ifor taratadi? | Ayollarning pardoz buyumlari qatoridan joy oluvchi atirlar ham ko‘p narsani hal etishga qodir. Uning yoqimli va nafisligi ayol tarovatini yanada boyitadi. Ammo ifor quyilgan flakon undan ham ko‘proq ahamiyatga ega. Quyida esa dunyo bo‘ylab eng yaxshi ifor taratuvchi atirlarning qimmatbaho flakonlari reytingi bilan tanishish mumkin.
1-o‘rin: Shumukh Nabeel − 1,3 million dollar
Arab tilidan tarjima qilinganda atir nomi “Eng yuqori darajaga loyiq” degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun ham atir eng qimmatbaho iforlar qatoridan joy olgan. Uni yaratish uchun uch yil sarflandi. shuningdek, atir flakonida eng ko‘p olmoslari bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
2-o‘rin: Golden Delicious, DKNY − 1 million dollar
Odatda xushbo‘yning narxi 40 dollarni tashkil etadi, ammo 2011-yilda shisha million dollarlik 2909 ta qimmatbaho toshlar bilan bezatildi. Cheklangan miqdordagi atir taniqli zargar Martin Kats tomonidan bezatilgan.
3-o‘rin: Christian imperial Majesty, Clive Christian − 215 ming dollar
Flakon billur, oltin va olmos bilan bezatilgan. Uning ichida 200 ga yaqin komponentlar mavjud.
4-o‘rin: Idylle Baccarat − Lux Edition, Guerlain − 40 ming dollar
Ushbu xushbo‘y hid uchun dizayner Ora Ito ko‘z yoshi shaklidagi, oltin kakma bilan qoplangan kristall flakonni ishlab chiqdi. Iforning o‘zi esa Guerlain uyining asosiy boshqaruvchisi Tierri Vasser tomonidan yaratilgan.
5-o‘rin: Royal Arms Diamond Edition Perfume, Floris − 23 ming dollar
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II hukmronligining yubileyi sharafiga cheklangan miqdorda xushbo‘y ishlab chiqarilgan.
6-o‘rin: Poivre, Caron − 9 ming dollar
Ushbu ifor 1950-yillarga qadar mashhur bo‘lgan. Ular hozirda mavjud emas. Iforning nomi “qalampir” degan ma’noni anglatsa-da, atir unchalik ham achchiq hidga ega emas.
7-o‘rin: Les Larmes Sacrees de Thebes, Baccarat − 6 ming dollar
Xushbo‘y atirni yoqtirib qolganlar nafaqat ifor uchun, balki qo‘l mehnatida yaratilgan flakon uchun ham 6000 dollar to‘lashi kerak.
8-o‘rin: Christian 1, Clive Christian − 5,5 ming dollar
Flakon ichidagi xushbo‘y atir bilan birgalikda kumush bilan bezak berilgan kristalldan yasalgan.
9-o‘rin: Roja Exclusive, Roja Parfums − 4,3 ming dollar
Ushbu ifor Rojer Deyvning shaxsiy kolleksiyasidan olingan bo‘lib, u har yili kichik ko‘rsatkichlarda ishlab chiqariladi.
10-o‘rin: Chanel No. 5 Grand Extrait, Chanel − 5,2 ming dollar
Bu dunyodagi eng mashhur ifor bo‘lishidan tashqari, u Koko Shanelning ham birinchi atiridir. | 75 | 2,484 |
Ayollar | Lab qurib qolmasligi uchun amal qilish kerak bo‘lgan 5 ta foydali maslahat | Bir nechta oddiy go‘zallik layfxaklari lab qurishi va yorilishi xavfini kamaytirishga yordam beradi. Marie Claire nashri oqibatlarini bartaraf etish va bu muammolarning oldini olish uchun eng yaxshi maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Ichimlik ichish va ovqatlanishga ahamiyat bering
Bir qarashda foydasizdek ko‘ringan qoida keyingi harakatlar uchun asosdir. Ichimlik suvining foydasi hammaga ma’lum. Olimlar kuniga haqiqatan ham zarur bo‘lgan ikki yoki uch litr suv miqdori haqida uzoq vaqt bahslasha oladi. Ovqatlanish esa o‘z-o‘zidan sog‘lom bo‘lishi kerak. Ratsiondan o‘rin olgan mahsulotlar vitaminga boyligi bilan organizmga foyda keltiradi. Agar lab qurib, allaqachon yorilish holatiga kelgan bo‘lsa, demak, achchiq, sho‘r va o‘ta shirin mahsulotlar iste’molidan cheklanish tavsiya etiladi.
Lablarni kamroq namlang
Agar bu odat tusiga kirib qolgan bo‘lsa ham, imkon qadar lablarni sovuqda kamroq namlash kerak. Chunki so‘lakda amilaza fermenti mavjud bo‘lib, u og‘izdayoq ovqat hazm qilishning uzoq muddatli jarayonining birinchi bosqichini boshlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi kraxmal bilan kurasha oladigan va uning tarkibiy qismlarga bo‘lib tashlaydigan ferment lablarning nozik terisiga ham salbiy ta’sir qiladi. Ushbu jarayon davom etaversa, lablar quriydi, yoriladi va tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi.
Ularni himoya qiling
Yozda terini quyosh nuridan, qishda esa sovuq havodan himoya qilish tabiiy jarayon. Ammo lablar ham bundan kam e’tiborga loyiq emas: yil davomida SPF balzamini qo‘llash tavsiya etiladi, ayniqsa qattiq sovuq kunlarida. Qolaversa, yuzning yarmini sharf bilan to‘sish ham kerak. Bu lablar uchun eng yaxshi himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Maxsus balzamlardan foydalaning
Tarkibida vazelin, dimetikon, shi yog‘i yoki gialuron kislotasi mavjud balzamlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularning barchasi namlikni bir me’yorda ushlab turishga va mikroskopik zararni tuzatishga qodir. Balzamning tuzilishi yopishqoq va quyuq bo‘lishi kerak. Agar lab terisi ko‘chishi surunkali bo‘lsa, keramidlar bilan boyitilgan balzamlarni sinab ko‘rish mumkin.
Muntazam foydalaning
Lablarni parvarish qilish ma’lum vaqtda emas, balki muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak. Ertalab og‘iz bo‘shlig‘i tozalangandan boshlab, toki kechki payt uyquga ketishdan avval ham lablarga maxsus balzam yoki namlantiruvchi vositalar qo‘llash lozim. Shuningdek, lab uchun mo‘ljallangan parvaish vositalari ayollarning sumkasi, mashinasi, ish stoli hamda xonasida bo‘lishi shart. Yodga tushganda emas, doimiy ravishda ularni qo‘llash lablarni sog‘lom va chiroyli ko‘rinish bilan ta’minlaydi. | 74 | 2,592 |
Ayollar | 15, 30 yoki 50: quyoshdan himoyalovchi SPF kremidagi raqamlar nimani anglatadi? | Ko‘pchilik ayollar, albatta, SPF (Sun Protective Factor) quyoshdan himoyalanish darajasining ko‘rsatkichi ekanini biladi. Ammo bu qisqartma ortidagi raqamlar nimani anglatadi va SPF 15 va SPF 50 o‘rtasida qanday farq bor?
SPF 50 kremi terini ultrabinafsha nurlardan kun bo‘yi himoya qila oladimi?
Yo‘q, chunki bunday kremlarni har 2-3 soatda qayta qo‘llash kerak. Unda nimaga 50 SPF quyoshdan himoyalovchi kremini xarid qilish kerak? Chunki SPF qiymatiga ega vositalar boshqalariga qaraganda ishonchliroq. SPF 15 kremi ultrabinafsha nurlarning 93 foizidan himoya qiladi, uni teriga qalinroq qo‘llash kerakligini ko‘rsatadi. SPF 30 ultrabinafsha nurlarning 97 foizidan, va SPF 50 esa 98 foizidan himoya qila olishini anglatadi. Quyoshdan himoya qiluvchi kremlarni bolalarga, rangpar odamlarga, shuningdek, tanasida xoli ko‘p bo‘lganlarga qo‘llash tavsiya etiladi.
SPF’ni qanday qo‘llash kerak?
SPF krem haqida yana nimani bilishingiz kerak? | 79 | 941 |
Ayollar | Murabbo tayyorlashda bilib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim jihatlar | Yoz mavsumida bekajonlar turli mevalardan mazali murabbolar tayyorlaydi. Albatta, sovuq havoda murabboni non bilan yoki issiq choyga qo‘shib ichish o‘zgacha zavq bag‘ishlashi bilan birga, sog‘liq uchun ham foydaning konidir. “Noviy ochag” nashri murabboni maromiga yetkazib tayyorlash sirlari bilan bo‘lishdi. | 63 | 309 |
Ayollar | Kalit, plastik karta va hoziroq tozalash kerak bo‘lgan 8 ta buyum | Xonadoni hamisha toza va xavfsiz bo‘lishini istaydigan bekajonlar ro‘yxatga yana bir necha buyumlarni kiritishi kerak. Marhamat, ular bilan quyida tanishib chiqish mumkin.
Supurgi va shvabra
Ushbu tozalash vositalardan foydalangandan keyin har safar tozalash kerak. Bakteriya va parazitlardan xalos bo‘lish uchun shvabrani xlorli eritmaga solish lozim. Supurgini oldin sochlardan va katta miqdordagi chiqindilardan tozalab, sovunli suvda yuvish kifoya.
Vanna gilamchasi
Hammomda eng birinchi paxmoq gilamchalar sochiqlar singari tez ifloslanadi. Ammo ular doim ham tez-tez o‘zgartirilmaydi. Gilamlar o‘zida chang zarralarini to‘plab, infeksiya manbasiga aylanadi. Shuning uchun gilamchalarni muntazam yuvish tavsiya etiladi.
Kalitlar
Kalitlar yuzasida ham juda ko‘p miqdorda bakteriyalar to‘planadi. Shuningdek, bakteriyalarni butun uy bo‘ylab yuqtirish xavfi mavjud. Shu sababli kalitlarni iloji boricha tez-tez dezinfeksiya qilish kerak. Eng oson yo‘li ularni sirka eritmasiga solib qo‘yishdir. Zangni yo‘qotish uchun metallni tuz va limon sharbati aralashmasi bilan artish mumkin.
Avtomobil ruli
Mikroskopda ko‘rib chiqilganda rulning yuzasi qay darajada bo‘lishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun hech bo‘lmaganda kuniga bir marotaba rulning ichki va tashqi tomoni hamda qo‘l ko‘proq tegadigan qismini nam salfetkalar bilan artib turishga odatlanish lozim.
Xona o‘simliklari
Gullar ham uydagi boshqa buyumlar singari chang to‘playdi. Har 2-3 kunda silliq barglarni yumshoq cho‘tka yoki mikrofiber mato bilan tozalash kerak. Naqshlangan yoki paxmoq barglarni eski tish cho‘tkasi bilan tozalash mumkin.
Plastik kartalar
Plastik kartalar yuzlab qo‘llar va to‘lov moslamalari orqali o‘tadi, shuning uchun ularning ifloslanishiga shubha yo‘q. Bakteriyalarni kartadan yo‘qotish uchun sirtni optik tozalovchi mato bilan artish zarur. Shuningdek, uni o‘chirg‘ich bilan ishqalash orqali tozalash ham yaxshi natija beradi.
Idish yuvish mashinasi
Ajablanarli, ammo haqiqat: yuvish uchun mo‘ljallangan qurilma o‘zini tozalay olmaydi. Yog‘ qatlamlari, chang va oziq-ovqat qoldiqlari – bu barcha ifloslantiruvchi moddalar mashina ichida to‘planib, jihozning ishdan chiqishiga yordam beradi. Uning ishlash muddatini uzaytirish uchun har safar ishlatgandan keyin tozalash lozim. Haftada bir marta idish-tovoq mashinasini bo‘sh holda yuqori haroratli sikl bilan ishlatib, tozalash maqsadga muvofiqdir.
Lampa qopqog‘i
Matodan tayyorlangan lampa qopqog‘i chang yig‘uvchi buyum hisoblanadi.Ularni hech bo‘lmaganda haftada bir marotaba tozalab turish kerak. Agar qopqoq changdan iborat bo‘lsa, uni changyutkich bilan tozalash mumkin. Bordiyu, dog‘lar paydo bo‘lsa, ularni sovunli iliq suv bilan yuvib, so‘ngra quritish tavsiya etiladi.
Yostiqlar
Choyshablar muntazam ravishda yuviladi hamda tozalandi. Lekin yostiq va qalin yopinchiqlarga sira navbat tegmaydi. Oylab, hattoki yillab yuvilmagan yostiqlar o‘zida chang to‘plashi tabiiy. Ularni faqat issiq suvda yuvish orqali yo'q qilish mumkin. Ruxsat etilgan maksimal darajadagi haroratni mahsulot qadog‘idagi ma’lumotlardan topish mumkin.
Chang yutkich
Shunchaki filtrni almashtirish yoki chang solingan idishni tozalash yetarli bo‘lmasligi mumkin. Har safar changyutkichdan foydalanganda, quvurlarni iloji bo‘lsa, ularni suv bilan yuvish lozim. Aks holda keyingi safar tozalaganda, to‘planib qolgan bakteriyalar tarqalishi xavfi tug‘ilishi mumkin. | 65 | 3,400 |
Ayollar | Manikyur uzoq turishi uchun nima qilish kerak? | Ayol kishining nafaqat ichki dunyosi, balki tashqi qiyofasi ham go‘zal bo‘lishi kerak. Xunuk ayol bo‘lmaydi, shunchaki o‘ziga e’tiborsiz ayol bo‘ladi, degan gapda ham jon bor.
Go‘zallik faqatgina makiyaj qilish bilan o‘lchanmaydi, yuvilmagan sochlar, yomon ifor va betartib tirnoqlar ayol kishi haqida yetarlicha taassurot beradi. Tirnoq tartibli ko‘rinishi uchun aslida ortiqcha xarajat qilishning keragi yo‘q. Ozgina e’tibor va hafsala bo‘lsa bo‘lgani. Manikyur uzoq vaqtga yetishi uchun nima qilish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.
Ayollar haqida yomon taassurotga sabab bo‘luvchi 5 gigiyenik xato
1. Tirnoq chetidagi teriga muntazam ravishda yog‘ surtib turing.
Teri uchun foydalanadigan vositangiz tarkibini diqqat bilan o‘rganing, mineral yog‘ va kimyoviy komponentlarga boymi yoki yo‘q ko‘zdan kechiring. Aslida tirnoq chetidagi teri uchun mo‘ljallangan, shaftoli va atirgul bargining yog‘lari mavjud, lekin siz uyingizda bor boshqa bir kosmetik yog‘dan alternativ sifatida ham foydalanishingiz mumkin.
2. Haftada bir marta tirnoq chetida o‘sadigan terini maxsus manikyur tayoqchasi orqali tartiblab turing.
Bu vaqtda ehtiyotkor bo‘lishga, teri va tirnoqni zararlamaslikka harakat qiling. Iloji bo‘lsa, dush qabul qilganingizdan keyin tozalang. Bu vaqtda teri yumshagani sabab tartibga keltirish oson bo‘ladi.
3. Mustaqil ravishda manikyur qilishdan avval, mutaxassisdan maslahat oling.
Birinchi martada o‘zboshimchalik qilmang. Yuzingiz, teringiz singari tirnoqlaringiz ko‘rinishi uchun vaqt ajrating. Manikyurning qancha uzoq turishi, sizga va masterga bog‘liq. Ko‘pincha 3 haftada manikyurni yangilashga to‘g‘ri kelinadi.
4. Teringizni quyosh nuridan saqlang.
Yozda quyosh nuri ta’sirida qo‘l terisining erta qarishini oldini olish maqsadida SPF vositalardan foydalanishni kanda qilmang. Ultrabinafsha nurlari teri salomatligi va ko‘rinishiga ta’sir qilishini yoddan chiqarmang. | 46 | 1,906 |
Ayollar | 40 yoshdan oshgan ayollar zamonaviy va muvofiq ko‘rinish uchun nima kiyishi kerak? | Noto‘g‘ri tanlangan qiyofa ba’zan sizga qimmatga tushishi mumkin. Siz uchun har qanday vaziyatda, yoshda va uslubda bo‘lsangiz ham har doim chiroyli bo‘lib qolishga yordam beradigan bir necha qoidalarni to‘pladik.
Sizga aynan hozirgi vaqtda loyiq bo‘lgan kiyimni tanlang. Shunda siz birdaniga ikki muammoni hal qilgan bo‘lasiz: shkafda joy yetishmasligi va qiyofani tez tanlash. Chunki shkafingizda ortiqcha kiyimlar bo‘lmaydi.
Kiyim-kechaklarning eng muvofiq to‘plami uchun sizga kamida uch xil sumka zarur bo‘ladi: ish uchun kattaroq tout, sayr qilishlar uchun cross-body va kechki tadbirlar uchun ixcham klatch.
Kyulot-shimlar, nomutanosib toplar va murakkab bichimdagi ko‘ylaklarga o‘xshash eng so‘nggi modadagi kiyimlar sizga nomunosib tuyulyaptimi? Me’yorini bilishingizning o‘zi yetadi! Masalan, yuqorisiga faol va pastiga jiddiy bo‘lgan kiyimlarni birga qo‘shing, o‘zgacha bichimdagi ko‘ylakni ixcham bosonojka yoki unga mos jaket bilan birga kiying.
Siz jiddiy lavozimda ishlaysiz va jamiyatda muhim mavqega egasiz, lekin ishga transformerlar rasmi chizilgan svitshotda kelasiz. Albatta, biz sizga har xil rasmli kiyimlardan butunlay voz kechishni tavsiya qilmaymiz, lekin uyda yoki dala hovli uchun munosib bo‘lgan kiyimlar ofisda g‘alati ko‘rinadi. Bunga o‘xshash kiyimlarni do‘stona uchrashuvlarda yoki ta’til safarlarida kiyishingiz mumkin. Uzunligi kalta bo‘lgan ko‘ylaklar ham shular jumlasiga kiradi.
Manba: “Passion.ru” | 82 | 1,437 |
Ayollar | Baxtsiz hodisa tufayli chiroyini yo‘qotib, qalb go‘zalligi bilan baxt topgan qizlar hikoyasi (foto) | Ushbu hikoya qahramonlari bilan dahshatli fojialar yuz bergan. Ulardan biri olovda yongan, yana biri dushmanlari tomonidan sepilgan kislota ostida qolgan. Garchi ular tashqi ko‘rinishi, chiroyini yo‘qotgan bo‘lsa-da, qalb go‘zalligini saqlab qoldi. Natijada ular chinakam muhabbatni topishga muvaffaq bo‘ldi.
Turiya Pitt
2011-yilda avstraliyalik Turiya Pittning hayoti reja va maqsadlarga to‘la edi. Pitt universitetni tamomlab, kon muhandisligi bo‘yicha ilmiy darajani olgan. Shuningdek, model sifatida ishlayotgan Turiya seviklisi Mayklga turmushga chiqish taraddudida edi.
Maykl va Pitt maktabda tanishgan, bu paytda ularning biri 17, ikkinchisi 14 yoshda edi. Shundan buyon ular bir-birini tark etmadi. Turiya Racing The Planet poygasining 100 kilometrlik marafonida qatnashishga qaror qilgunga qadar hammasi joyida edi.
Afsuski, baxtsiz hodisa tufayli poygada ishtirok etayotganlar yo‘lini dahshatli tabiiy ofat – dasht yong‘ini to‘sib qo‘ygan. Turiya esa boshqa hamkasblari qatorida ofat markazida qolib ketgan.
Natijada Turiya tanasining 64 foizi kuyishdan jarohatlandi, chap qo‘lida uch barmog‘i qoldi va o‘ng qo‘lida esa umuman barmoqsiz edi. Hatto shifokorlar uning ahvoli og‘irligidan tirik qolishiga shubhalangan.
Turiya shifoxonada 2 yil davolandi, bu vaqt ichida u 100 dan ortiq qayta tiklovchi operatsiyalarni o‘tkazdi. Ammo uning avvalgi holatini qaytarish borasida biror gap bo‘lishi mumkin emasdi.
Shu bilan birga Maykl Turiyani yolg‘iz qoldirmaslik uchun ishdan bo‘shadi, u politsiya xodimi edi va ikki yil mobaynida uning yonida bo‘ldi. Qiz jonlantirish bo‘limiga yotqizilganda, Maykl uning uchun nikoh uzugini sotib oldi. Turiyaning odatdagi hayotga qaytishi uchun Maykl unga juda katta yordam berdi. Turiya qanchalar kuchli bo‘lmasin, uning yangi tanasiga hamma e’tibor berar va bunga o‘rganish oson emasdi. Ammo hozirda Turiya o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Fojia yuz berib o‘tganidan so‘ng ham Turiya sevimli mashg‘ulotini tark etmadi, u Sidneydan Uluru shahriga velosipedda olti oylik safar uyushtirdi. Bundan tashqari, Turiya shunday fojiaga duch kelgan odamlarga yordam berishga tayyor.
Maykl turmush o‘rtog‘i haqida shunday deydi: “Turiya odamlarning unga achinishini istamaydi, u chiroyli va ajoyib qalb egasi. U hamisha o‘z hayotida yashashni xohlaydi: sayr qilishni, okeanni, faollikni yaxshi ko‘radi. Turiya chindan ham tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada kuchga ega. Biz, albatta, birgamiz. U hali ham o‘sha-o‘sha Turiya, faqatgina terisi biroz o‘zgargan”.
2015-yil 21-iyulda juftlik o‘zining nikoh to‘yi haqidagi xabarni e’lon qildi. 2017-yil dekabrda ularning oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi.
Tatyana Voronina
Ukrainaning Kiyev shahrida yashovchi Tatyana Voronina 18 yoshida dahshatli fojiani boshdan kechirdi. Voqea Tatyananing unga telbalarcha oshiq bo‘lgan yigitning sevgisini rad etishidan boshlangan. Ammo aqldan ozgan rashkchi yigit qasos olish niyatida uning yuziga oltingugurt kislotasini sepib yubordi. Tatyana mo‘jizaviy tarzda omon qoldi.
Tatyana 10 yil davomida dahshatli chandiqlar bilan yashashga majbur bo‘ldi. Bu orada o‘tkazilgan 15 dan ortiq qayta tiklash operatsiyasi uning avvalgi go‘zalligini qaytarib bermadi. Ba’zilari esa muvaffaqiyatsiz tarzda tugab, qizning ahvolini yanada yomonlashtirdi.
2016-yil Tatyana Ukrainaning “Menga go‘zallikni qaytarib bering” televizion loyihasida ishtirok etdi va uning tashqi ko‘rinishida o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Albatta, uning yuzini butunlay qaytarish mumkin emasdi, ammo muvaffaqiyatli operatsiyadan so‘ng qizning o‘ziga ishonchi ortdi va hayotga qaytishga kuch topa oldi.
Dastur namoyishidan bir necha oy o‘tib, Tatyana ijtimoiy tarmoqda Andrey ismli yigit bilan tanishdi. Yigitning qo‘llab-quvvatlashlari tufayli Tatyana o‘zini yanada yaxshi his qila boshladi. Oradan 10 oy o‘tib juftlik oila qurishga qaror qildi.
Lalita Ben Bansi
2012-yilda amakisinikiga to‘yga borgan Lalita ukasi va amakisining o‘g‘li o‘rtasidagi tortishuvga guvoh bo‘ladi. So‘ngra ularning janjalini to‘xtatish maqsadida yuziga tarsaki tushirib, ajratib qo‘yadi. Oradan vaqt o‘tib Lalita bu voqeani unutib yuboradi. Ammo qasoskor amakivachcha Lalitaning to‘yiga 15 kun qolganida bir tarsaki uchun uning yuziga kislota sepib yuboradi.
Vijdonsiz qarindoshning qasosi tufayli yangi hayot ostonasida turgan kelin 17 marta qayta tiklash operatsiyalarni o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Afsuski, bu urinishlar qizning oldingi ko‘rinishini qaytarib berolmadi. Shuningdek, kuyov ham uning ayanchli ahvoli tufayli uylanishdan voz kechdi. Qiz esa o‘z muammolari qarshisida yolg‘iz qolishga majbur bo‘ldi.
Hayotidan yangilik kutishni to‘xtatib qo‘ygan Lalita endi hammasi avvalgidek bo‘lmasligiga ishongan edi. Ammo to‘satdan adashib terilgan telefon raqami uning olamida keskin burilish yasadi. Terilgan noto‘g‘ri raqamga Ravi Shankar Singx ismli yigit javob berdi va suhbat qiziq kechganligi tufayli munosabatlar iliqlasha boshladi.
Oradan ko‘p o‘tmay Lalita yigitga o‘zi bilan bo‘lib o‘tgan voqea haqida batafsil aytib berdi. (Hindistonda yiliga taxminan 1000 kishi bu kabi hujumlarning qurboniga aylanadi). Ammo bu voqea yigitni umuman tashvishlantirmadi.
“Ko‘pgina juftliklar tashqi ko‘rinishga qarab oila quradi, keyinchalik ajrashadi. Menga esa Lalitaning yuzi ahamiyatsiz. Asosiysi, u yaxshi inson. Xudo bizga umrbod baraka berishini istayman”, − deydi Ravi. Ularning nikoh to‘yiga ko‘plab Bollivud yulduzlari tashrif buyurdi. | 99 | 5,418 |
Ayollar | Osh sodasidan go‘zallik yo‘lida foydalanish usullari | Iste’mol sodasi sizga nafaqat oshxonada xizmat qiladi — u sizning go‘zalligingizni saqlab turuvchi ajoyib xususiyatga ham ega.
Ter hidiga qarshi
Iste’mol sodasini kamroq suv bilan pasta holiga kelguncha aralashtiring, aralashmani qo‘ltiq osti sohasiga dezodorant sifatida suring. U ter va hid paydo bo‘lishining oldini oladi.
Shampun bilan
Sochlar vaqti-vaqti bilan unga suriladigan kosmetik vositalardan tozalashga muhtoj bo‘ladi. Shampunga biroz miqdorda soda qo‘shing va uni odatdagidek ishlating. Bu sochlarda to‘planib qolgan kosmetik vositalardan tozalaydi va ularga oldingi go‘zalligini qaytarishga yordam beradi.
Tishlarni oqartirish uchun
Oqartiruvchi vosita uchun unchalik katta bo‘lmagan idishda bir osh qoshiq soda, 5 tomchi vodorod peroksidi va bir necha tomchi suvni aralashtiring. Aralashmani tish cho‘tkasi yordamida tishlarga suring va 5 daqiqa qoldiring. Keyin tishlaringizni tish pastasi yordamida tozalang va og‘zingizni yaxshilab chayqang. Yaxshi samara berishi uchun bu jarayonni bir haftada bir marta takrorlang.
Tirnoq atrofi terisi uchun
Iste’mol sodasini iliq suv bilan aralashtiring va bu pastani tirnoq atrofiga suring. Aralashmaning qolganini qo‘llaringiz terisiga surishingiz mumkin.
Terini tozalash uchun
Iste’mol sodasi juda ajoyib tabiiy tozalovchi vosita hisoblanadi. Kaftingizda biroz soda va suvni aralashtiring va bu aralashma bilan yuzingizni ishqalang. Tezda teridagi o‘lik hujayralar tushadi va siz tozalovchi kimyoviy kosmetik vositalardan foydalanishdan qutulasiz.
Soda quruq shampun sifatida
Agar quruq shampuningiz tamom bo‘lib qolgan bo‘lsa, uning o‘rniga bemalol soda ishlatsangiz bo‘ladi. Sochlaringizga biroz soda seping va keyin ularni tarang.
Manba: “Woman.ru” | 52 | 1,713 |
Ayollar | Tiffany&Co brendi o‘zining eng qimmat zargarlik buyumini taqdim etdi (foto) | Dubayda bo‘lib o‘tgan Expo-2020 butunjahon ko‘rgazmasida Tiffany&Co zargarlik uyi kompaniya tarixidagi eng qimmat zargarlik buyumini taqdim etdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, World’s Fair taqinchog‘ida umumiy og‘irligi 180 karat bo‘lgan 578 ta olmos Imperiya deb nomlangan 80 karatlik toshni bezatib turibdi. Uni taqinchoqdan ajratib olib, uzukka ham o‘rnatish mumkin.
Bu 1939-yilgi Jahon ko‘rgazmasi uchun yaratilgan 200 karatdan ortiq akvamarinli Tiffany marjonining yangilangan versiyasidir. Aksessuarning narxi 20 milliondan 30 million dollargacha baholanmoqda. Brend vakillari sotuvga qo‘yilgan marjonning haqiqiy narxini hozircha ma’lum qilmagan.
Zargarlik buyumi 2021-yil yanvar oyida, Botsvanada qazib olingan oval shakldagi olmos sotib olinganidan keyin yaratila boshlandi. U Tiffany&Co tomonidan sotuvga chiqarish uchun xarid qilingan eng katta tosh bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, olmos Isroilda sayqallangan, shundan so‘ng brendning Nyu-Yorkdagi ustaxonasiga yuborilgan. | 75 | 1,002 |
Ayollar | Musulmon ayollar uchun moda: stereotiplarni buza olgan moda sanoatining zamonaviy arab inflyunserlari (foto) | Uzoq vaqt davomida moda sanoati musulmon ayollarning ehtiyojlarini deyarli e’tiborsiz qoldirdi. Ammo hozir hamma narsa o‘zgarmoqda: kiyinish bo‘yicha tajriba qilishdan qo‘rqmaydigan jasur va zamonaviy musulmon ayollar boshqa ayollar uchun namuna bo‘la olishadi. Ularning sharofati bilan turli dindagi qizlarni birlashtirgan “kamtarona moda” yo‘nalishi yaraldi.
Ayda Mehnaz
Ayda Mehnaz shunchaki inflyunser emas, balki moda sanoatining haqiqiy professionalidir. Mugler uyida u mashhurlar bilan muloqotda bo‘ladi: Dua Lipa, Mayli Sayrus va Kardi B’ning yorqin obrazlari uning qo‘li bilan yaratilgan. Albatta, u milliy brenddagi narsalarni ko‘proq kiyadi. Lekin u har doim liboslarini hijob bilan birlashtiradi. Fransiyaning Vogue nashriga bergan intervyusida Ayda hijobda moda sanoatida ish topish oson bo‘lmaganini tan olgan. Shunga qaramay, u o‘z qadriyatlaridan voz kechmoqchi emas va u o‘zining modaga qiziqishini boshqa qizlarning mini yubka yoki ko‘ylak kiyish kabi tanlash erkinligining bir xil ko‘rinishi deb hisoblaydi.
Nia Amrun
Saudiya Arabistonining zamonaviy inflyunseri Nia Amrun minimalizm va ko‘p qavatli liboslarni yaratishda katta tajribaga ega. Tajribali stilistning mahorati bilan kiyim og‘ir vaznli emas, balki yengil va havodor ko‘rinadigan murakkab obrazga aylanadi. Buning siri aniq rang sxemasi va virtuoz to‘qimalarda: Nia odatda o‘xshash matolarni birlashtirib, bir-biriga yaqin ranglardagi matolar bilan ishlaydi. Zamonaviy poyabzal va aksessuarlar esa har bir obrazni to‘ldiradi: Nia ayniqsa Prada’ni yaxshi ko‘radi.
Nur Elxoldi
Moda inflyunseri va Arab-American Psycho podkasti muallifining aytishicha, uning asosiy maqsadi tenglik va inklyuzivlik uchun kurashishdir. “Bolaligimda moda olamida menga o‘xshagan (hijobli) hech kimni ko‘rmaganman”, degan u intervyusida. Shuning uchun Nur moda sanoatiga integratsiyalashgan musulmon ayollar hamjamiyatini shakllantirishga intiladi: shu yo‘l bilan u o‘z jamiyatining ko‘rinishini oshirish va uning a’zolari uchun hamma kabi huquqlarni izlash niyatida. Shu bilan birga, Nurning uslubi islomiy ayollarning kiyimlari haqidagi an’anaviy g‘oyalardan yiroq: u tez-tez kutilmagan va hatto qo‘polroq narsalarni kiyadi, masalan, yaltiroq plash, charm ko‘ylak va katakli kintlar. Lekin u hijobni hech qachon unutmaydi.
Fotima Alavadi
“Modada men o‘z uslubimni nazorat qilaman”, deydi u ijtimoiy tarmoqlardan birida. Bu Fotimaning uslubining eng yaxshi xulosasi. U tendensiyalarga e’tibor qaratadi, lekin ularni hech qachon ko‘r-ko‘rona kuzatib bormaydi, har doim o‘z uslubi va xarakteriga moslashtiradi. U nafis, yopiq siluetlarni afzal ko‘radi, yorqin bezaklar berishdan qo‘rqmaydi va har bir obrazga bitta ajralmas element qo‘shadi: qaymoqrang hijob uning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylangan. | 108 | 2,764 |
Ayollar | 30 soniya kifoya: blenderni tozalashning eng oson usuli | Foydalanib bo‘lgach, blenderni tozalash uchun atigi 30 soniya sarflash kifoya.
Oshxona gadjetlaridan, albatta, blenderni yuvish biroz noqulay. Kastryulka va tovalardan farqli o‘laroq, u juda ko‘p mayda qismlarga va o‘tkir pichoqlarga ega. Blenderni, albatta, idish yuvish mashinasida yuvish mumkin, lekin pichoqlarni olib tashlash unutib qo‘yilsa, vaqt o‘tishi bilan ular o‘tmaslashadi yoki zanglaydi. Blenderni odatdagi usulda ham tozalashingiz mumkin: gubka va idishlarni yuvish vositasi va gadjetlarni qismlarga ajratish bilan. Lekin hamma ham mazali kokteyl, smuzi yoki mazali sous tayyorlagandan so‘ng darhol uni yuvishga shoshilmaydi. Quyida taqdim etilgan usul esa ajoyib yechim hisoblanadi.
Blenderni 30 soniyada qanday tozalash mumkin?
Yopishib qolgan mahsulotlarni qanday tozalash mumkin?
Agar meva, sabzavotlar blenderda maydalangan yoki sutli kokteyllar tayyorlangan bo‘lsa, uni yuvish qiyin bo‘lmasligi aniq. Ammo unda qaymoq tayyorlanayotgan bo‘lsa yoki pechenye bo‘laklari bilan sariyog‘ aralashtirilsa-chi?
Bunday holda iste’mol sodasi yordam beradi, u issiq suvga teng nisbatda qo‘shilib, keyin blender yoqiladi. Qisqa vaqtdan so‘ng soda suvi bilan to‘kib tashlanadi va yuqorida keltirilgan usul takrorlanadi.
Bu usul, shubhasiz, juda tez va qulay. Ammo bakteriyalar tarqalishining oldini olish uchun nafaqat blender idishining o‘zini, balki vaqti-vaqti bilan qopqog‘i va pichoqlarni ham alohida yuvish tavsiya etiladi. | 55 | 1,438 |
Ayollar | Yangi siqilgan sharbat foydalimi yoki zararlimi? | Yangi siqilgan sharbatni ko‘pchilik foydali deb hisoblaydi. Bu sharbatlarni har doim va hamma ham ichsa bo‘ladimi? Bizning maqolamiz shu haqda.
1-qoida. Yangi siqilgan sharbatni och qoringa ichish mumkin emas
Shuni esda tutingki, yangi siqilgan sharbat — bu o‘t pufagi va oshqozon osti bezi faoliyatiga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi meva kislotalariga to‘yingan suyuqlik.
Och qoringa bir necha marta iste’mol qilish natijasida hazm qilish organlarida surunkali kasalliklar paydo bo‘ladi.
Yaxshisi, sharbatga 1/3 qism miqdorida suv qo‘shib ichgan ma’qul. Bunday yo‘l tutish hazm organlarining shilliq qavatlariga bo‘lgan zararli ta’sirni kamaytiradi.
2-qoida. Har bir sharbatning o‘ziga xosligini hisobga olish zarur
Lavlagi sharbati iste’mol qilish qoidalari eng murakkab bo‘lgan sharbatlarga kiradi. Tarkibida to‘yingan aktiv moddalar juda ko‘p bo‘lgani uchun siqilgandan so‘ng fermentlanishi uchun uni 1-2 soat sovutgichda saqlash tavsiya qilinadi. Albatta lavlagi sharbatiga 1/3 miqdorda suv aralashtirib ichish lozim.
3-qoida. Ba’zilar uchun sharbatning zararli ta’sirlari
Olma sharbati daraxtlar gulchangiga allergiyasi bo‘lgan kishilarda reaksiya chaqirishi mumkin.
Pomidor va lavlagi sharbati buyragida tosh paydo bo‘lishga moyilligi bor ayollarda sistit kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.
C vitaminiga boy bo‘lgan sharbatlarni ko‘p iste’mol qilish ham xuddi shu reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
4-qoida. Uchtadan ortiq sharbatni aralashtirish yaramaydi
Meva va sabzavot sharbatlarini aralashtirish mumkin emas degan fikr unchalik to‘g‘ri emas. Lekin uch xildan ortiq sharbatlarni aralashtirishning foydasi juda kam. | 48 | 1,628 |
Ayollar | Soch to‘kilishiga qarshi piyozli niqob | Piyozdan nafaqat taomlar tayyorlashda, balki kosmetik maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Uning yordamida soch to‘kilishining oldini olish va uning ildizini mustahkamlash mumkin.
Piyoz tarkibida soch ildizini oziqlantiruvchi va uni o‘stiruvchi vitaminlar va minerallar mavjud. Aynan shuning uchun piyozli niqob ilgaridan soch to‘kilishiga qarshi samarali xalqona vosita hisoblanadi.
Buning uchun o‘rtacha kattalikdagi to‘rtta piyoz donasini tozalang va mayda qilib to‘g‘rang. Keyin qo‘lingiz bilan yoki sharbatsiqqich asbob yordamida piyozning sharbatini siqib oling.
Agar sizga hidi yoqmayotgan bo‘lsa, biroz limon sharbati, atirgul suvi yoki yalpiz, lavanda yoki rozmarin efir yog‘idan qo‘shing.
Hosil bo‘lgan aralashmani sochlaringizni yuvishdan oldin boshingiz terisiga suring.
Yarim soat qoldiring, keyin sovuq suvda yaxshilab yuvib tashlang. Niqobni har kuni qilishingiz mumkin. Sezilarli natijaga erishish uchun uni bir necha hafta davomida har kuni ikki martadan qiling.
Allergiyadan aziyat chekuvchilar bunday niqobdan foydalanishi mumkin emas. Lekin hatto sog‘lom odamlarda ham qizarish va qichishishlar kuzatilishi mumkin, shuning uchun piyoz sharbatini ehtiyotkorlik bilan surish zarur.
Piyoz sizda allergiya keltirib chiqarmasligiga ishonch hosil qilish uchun, ozroq piyoz sharbatini bir necha daqiqa tirsakning bukiladigan joyiga yoki quloqning orqa qismiga surib ko‘ring. Agar teri qizarmasa va qichishmasa, sharbatni soch ildizlariga surish mumkin.
Sharbatni ko‘zga tushirmaslikka harakat qiling, chunki u ko‘zning achishishiga va qizarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mabodo bunday holat yuz bersa, ko‘zingizni sovuq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
Manba: Rambler Woman | 38 | 1,688 |
Ayollar | Soch parvarishi borasida asqatadigan 8 ta maslahat | Sochni kamroq yuvish istagi buni har kuni qilishdan charchagan yoki rangni uzoqroq saqlashni xohlaydiganlar uchun tabiiydir. “Lady.mail.ru” nashri soch parvarish qilishda asqatadigan maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Sulfatsiz shampunlardan foydalaning
Quruq bosh terisi va bo‘yalgan sochlar uchun sulfatsiz shampun ayni muddao: u tabiiy namlik va rangga hissa qo‘shadigan foydali moddalarni yuvib yuvormaydi. Biroq kamchiliklar mavjud: agar soch uzun bo‘lsa, bir necha marta shampunlash kerak. Yog‘li bosh terisi egalari uchun bunday vosita mos kelmaydi, chunki u yetarlicha tozalanmaydi, ammo yog‘li boshda, yog‘ bezlarining faol ishi tufayli tozalash ikki baravar samarali bo‘lishi kerak.
Tabiiy suv bilan yuving
Bir necha yil oldin AQSHda sochlarni oddiy suv va un bilan yuvish foydasiga shampunlardan voz kechish mashhur bo‘ldi. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, zamonaviy soch yuvish vositalarida faqat bir muddatga boshni tozalaydigan juda ko‘p kimyoviy elementlar mavjud. Ikkinchi yoki uchinchi kuni sochlar yana kir bo‘ladi va yuvilishni talab qiladi.
Umuman olganda, agar sizda bosh terisi qazg‘oq bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa mazkur usul mos kelishi mumkin. Ammo buning aksi bo‘lsa, sochlarni faqatgina tabiiy suv bilan yuvish lozim.
Quruq sochlar uchun mo‘ljallangan shampundan foydalaning
Quruq sochlar shampuni bir necha daqiqagina sochlarni xursand qilishi mumkin: u bir zumda ildizlardan ortiqcha yog‘ni so‘radi. To‘g‘ri, kechqurun sochlar yuvilsa ham ertasi kuni mo‘jizaviy vosita yordamida vaziyatni saqlab qolish dargumon. Shuning uchun quruq sochlar uchun mo‘ljallangan shampunni doim ishlatib bo‘lmaydi, u bosh terisini o‘ta quritib yuborishi hamda qazg‘oqlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Sochingizni turmaklang
Sochni yuvgandan keyin ikkinchi yoki uchinchi kuni uning yuvilmaganini soch turmagi bilan yashirish mumkin. Judda murakkab bo‘lmagan o‘rim yoki shunga o‘xshash boshqa turmaklar hosil qilish mumkin. Albatta, soch turmagi uning uzunligi va yuz shakliga ko‘ra tanlanadi.
Sochlarga kamroq teging
Sochga keraksiz, hatto toza qo‘llar bilan teginish odatidan xalos bo‘lishga harakat qiling. Aks holda bu odat bosh terisidan ajraladigan yog‘lar sochning butun uzunligi bo‘ylab yoyilishiga olib keladi.
Gormonlarni tekshirib ko‘ring
12—24 soatdan keyin kir bo‘ladigan sochlar gormonal buzilishlar mavjudligini ko‘rsatishi mumkin. Bu hodisa o‘smirlik, homiladorlik yoki menopauza davrida xosdir. Vaqtni o‘tkazmasdan gormonlar uchun tekshiruvdan o‘tib, endokrinolog bilan maslahatlashish lozim.
Soch turmaklovchi vositalardan foydalanmang
Mukammal soch turmagiga intilish uchun ko‘pincha sochlarga juda ko‘p muss, gel yoki lak surtiladi. Ushbu mahsulotlarning barchasi sochlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ularning zarralari bosh terisini nafas olishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada soch avvalgidan ham ko‘proq yog‘lanadi.
Sochni yuqori haroratli suvda yuvmang
Sochingizni juda issiq suv bilan yuvmaslik kerak: yuqori harorat terining tabiiy himoya qatlamini yo‘q qiladi, uning ko‘proq yog‘lanishiga olib keladi bu yana yog‘ bezlarining faollashishi bilan bog‘liq. Xuddi shu sababga ko‘ra, sochlarni fenda to‘liq quritmaslik kerak. Ideal holda, sochlarni tabiiy ravishda quritish tavsiya etiladi. | 50 | 3,232 |
Ayollar | Juda ko‘p kitob o‘qishning 4 usuli | Kitob o‘qish — muvaffaqiyat kaliti, stressdan qutqaruvchi va xotirani yaxshilovchi eng yaxshi vosita hisoblanishini bilsangiz kerak. Shunday bo‘lsa-da, baribir kitob o‘qishga hech vaqt topa olmaysiz. Quyidagi maslahatlarimiz bu borada sizga yordam beradi deb umid qilamiz.
Siz ham qiyinchiliklar oldida bo‘yin egadigan odam bo‘lib ko‘rinishni xohlamaysizmi? Shuning uchun yoqmagan kitobni o‘qishga o‘zingizni majbur qilasizmi? Agar shunday bo‘lsa, siz nohaqsiz. Kitob sizga yoqmagan bo‘lsa, o‘qimang va buning uchun o‘zingizni ayblashni bas qiling.
Yozuvchi Stiven King muallif sifatida o‘z muvaffaqiyatlarini kitob o‘qishda deb biladi va sizga ham kitob o‘qishni maslahat beradi. Ayniqsa, yozuvchi bo‘lishni xohlasangiz. Uning o‘zi uydan kitobsiz chiqmaydi va hamma joyda o‘qiydi.
Kun davomida o‘qishga sarflaydigan bo‘sh daqiqalaringiz ko‘p bo‘ladi. Masalan, navbatga turganingizda yoki tirbandlik vaqtida.
Tadqiqotchilar qandaydir katta maqsadlar haqida oldindan gapirish kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatga olib keladi deb hisoblaydilar. Shuning uchun agar siz ko‘proq kitob o‘qimoqchi bo‘lsangiz, buni oldingizga maqsad qilib qo‘ying, lekin bu haqda boshqalarga aytmang.
Qog‘oz kitoblarni o‘qish chalg‘imaslikka va iroda kuchini bekorga sarflamaslikka yordam beradi. Elektron qurilmalarda kitob o‘qishda biz ko‘pincha internetga kiramiz va o‘qishni tashlashga majbur bo‘lamiz.
Qog‘oz kitoblarni esa qo‘lda ushlashning o‘zi ham yoqimli.
Manba: “Layfxaker” | 34 | 1,459 |
Ayollar | To‘g‘ri savdolashishni o‘rganamiz | Quyidagi 3 maslahat o‘zingizga yoqib qolgan buyumni arzonroq narxda sotib olishingizga yordam beradi.
Hatto savdolashish odat tusiga kirgan mamlakatlarda ham buni hamma joyda qilib bo‘lmaydi. Noqulay ahvolga tushib qolmaslik uchun narxni tushirishdan oldin sotuvchi siz bilan haqiqatan ham savdolashishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qiling. Buning uchun o‘zingiz yoqtirgan buyum haqida “Ajoyib buyum ekan, sotib olishni juda xohlayapman, lekin haddan tashqari qimmat” deganga o‘xshash gap aytishingizning o‘zi yetarli bo‘ladi. Agar savdolashish mumkin bo‘lsa sotuvchining o‘zi sizdan qancha to‘lashga tayyor ekanligingiz haqida so‘raydi yoki aytilganidan biroz pastroq narxni taklif qiladi.
Buyumning eng pastki narxining chegarasi sotuvchi uchun qanday ekanligini bilib olish foydali. Buni tekshirishning eng yaxshi yo‘li — biroz savdo qilish, keyin esa baribir haddan tashqari qimmat deb chiqish eshigi tomon yurish. Bunday holatlarda ko‘pchilik sotuvchilar baland ovozda ancha pastroq narxni aytib xaridorni to‘xtatishga harakat qilishadi. Aynan shu narx sotuvchiga ma’qul kelgan eng past narx hisoblanadi. Bu narx o‘zingizning oldindan mo‘ljallagan mablag‘ingizdan yuqori bo‘lmagan holdagina rozi bo‘lishingiz mumkin.
Savdolashishdan oldin sotuvchi bilan munosabat o‘rnatishga harakat qiling. O‘zingizni tanishtiring, uning ismini so‘rang va buyum to‘g‘risida batafsilroq surishtiring. Mahalliy an’analar haqida bilimingizni namoyish qilishga harakat qiling. Masalan, siz joylashgan o‘sha mamlakat tilida salomlashish yoki rahmat aytishingiz mumkin. Agar sotuvchining sizga munosabati ijobiy bo‘lsa, u bajonidil narxni tushiradi.
Manba: “Layfxaker” | 33 | 1,657 |
Ayollar | Internetga qaramlikdan qanday qutulish mumkin? | Kimlardir boshqalar hayotini zimdan kuzatishga muhtoj emas va ular haqiqiy hayot zavqini surib yashaydi. Ba’zilar esa tarmoq qaramligiga qarshi kurashib yashaydi.
Haqiqatan ham u bormi? U shunchalik xavflimi? Uni qanday yengish mumkin? Bu savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Ijtimoiy tarmoqning yomonligi nimada?
Ijtimoiy tarmoqni juda yovuz deyish noto‘g‘ri, albatta. Aksincha undan to‘g‘ri foydalanish biz uchun keng imkoniyatlarni yaratib beradi.
Achinarlisi shundaki, undan aql bilan foydalanish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.
Qaramlik qanday paydo bo‘ladi?
Tibbiyotda rasmiy jihatdan tan olinmagan bo‘lsa ham bu qaramlik mavjud. Uning belgilari ruhshunoslar ko‘p tilga oladigan “addiksiya” termini ma’nosiga ko‘ra, begona postlarni o‘qish va baholashdan o‘zini tiya olmaslik, onlayn-kenglikda ma’nosiz safsata sotishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Ozodlik tomon 5 qadam
Bu usul qaramlikdan qutulishni istovchilardan anchagina ma’naviy kuch talab qiladi.
Birinchi qadam — ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p muhim “hayotiy” vaqt va kuch sarf qilinganini anglab yetish va bu haqiqatni qabul qilish.
Ikkinchi qadam — muhimlik darajasini qat’iy tartibga solish: birinchi navbatda asosiy ishlarni bajarish, so‘ngra belgilangan tartibda ijtimoiy tarmoqlarini ko‘rish.
Uchinchi qadam — munosabatlarni butunlay hayotiy aloqaga o‘tkazish. Bo‘sh vaqtingizni faol rejalashtiring: mehmonga, muzeyga, kinoga va shunga o‘xshash joylarga borish. Va ijtimoiy tarmoqlarda hech qanday yozishmalarsiz.
To‘rtinchi qadam — ijtimoiy tarmoqlarga kirishni kamaytirish uchun maxsus ilovalarni chiqarib oling va foydalaning.
Beshinchi qadam — akkauntingizni olib tashlang. Bu qadam eng qiyin va ko‘pincha hech amalga oshirishning iloji yo‘q. Lekin bunga chinakam qaror qilganlarning aytishicha, ularda haqiqatan ham muhim va foydali narsalar – oila va do‘stlar bilan muloqotda bo‘lish, kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va ochiq havoda sayr qilishga imkon beruvchi ko‘proq vaqt paydo bo‘ldi.
Manba: Kleo | 46 | 1,999 |
Ayollar | Shopogolizm: Keraksiz narsalarga pul sarflashning sabab va yechimlari | Shopogolik bu xarid qilmasa turolmaydigan, pul sarflamasa o‘zini yomon his qiladigan insonlar. Nemis psixiatr-olimlari tomonidan shopogolizmning kasallik ekani aniqlangan. Do‘kon bo‘ylab aniq nima olishini bilmasdan, aylanib yuraverish shopogoliklarning hammasida kuzatiladigan simptom hisoblanadi. Bunday odamlarda xarid qilish, depressiya, yolg‘izlik va boshqa shaxsiy muammolarga nisbatan taskindek tuyuladi.
Shopogolizm bu qaramlik. O‘zingiz va boshqalarga xarid qilishni bas qila olishingizni ta’kidlagan vaqtingizdayoq siz qaram ekanligingizni o‘z og‘zingiz bilan tan olgan bo‘lasiz.
Haqiqiy shopogolik, arzon va qimmat narsalarning farqini juda yaxshi bilish bilan birga, qimmatga olgan libosi yoki aksessuar narxini atrofdagilarga arzon qilib aytadi, yoki yashiradi. Ularning mantiqlari, yaqinlari asabini buzishdan ko‘ra, cheklarni yashirish kerakligiga asoslangan bo‘ladi.
Yana bir xususiyat, yoqtirgan narsani olmasa o‘zini yomon his qilish, fikr-xayolidan ketmaslik hisoblanadi. O‘sha narsaga erishgandan keyin go‘yo sizdan baxtli odam yo‘qdek tuyiladi, lekin bu bir yoki ikki kunda o‘tib ketib keyin yana yangi o‘ljalar va uni qo‘lga kiritmasa yomon bo‘lib qoladigandek tuyg‘ular qaytalanaveradi.
Agar siz xarid uchun moliyaviy ahvolingiz va rejadagidan ham ko‘p sarf qilayotgan bo‘lsangiz, demak siz ham ushbu kasallikka chalinish arafasidasiz va tezroq chora ko‘rmasangiz bo‘lmaydi.
Shopogolizmga qarshi qanday kurashish mumkin?
Mablag‘ingizni ta’lim va salomatligingiz uchun zarur bo‘lgan narsalarga yo‘naltiring. Xariddan avval, shu narsa menga rostan ham kerakmi, shusiz umuman iloji yo‘qmi, degan savol berib ko‘ring.
Budjetingizni nazorat qilishni o‘rganing.
Daromad yoki maoshingizni qismlarga bo‘lib, o‘ndan birinigina xaridga ajrating.
O‘zingizni jazolang.
Har qanday keraksiz xarid qilib qo‘yganingizdan keyin eng yoqtirmagan uy ishingizni bajaring.
Stop deyishni biling.
Kassaga yetib borguncha o‘zingizni to‘xtating, o‘ngacha sanang keyin bo‘lsa do‘konni tark eting. Internetdan buyurtma qilmoqchi bo‘lsangiz, yoqtirgan narsalaringizni savatchaga tashlab qo‘ying, lekin xarid qilishga shoshilmang. Bugun siz eng ko‘p istagan narsa, ertaga unchalik muhim bo‘lmay qolishi mumkin. Agar shu tarzda davom etsangiz xarid qilishga bo‘lgan ishtiyoq sekin-asta so‘nib boradi. | 69 | 2,294 |
Ayollar | Kiyimlardan oziq-ovqat dog‘larini ketkazishga yordam beradigan 8 ta vosita | Qanchalik toza saqlashga harakat qilinmasin, kiyimdagi oziq-ovqat dog‘laridan qochib bo‘lmaydi. Shuningdek, ularning har biri individual yondashuvga muhtoj — aks holda sevimli liboslar bilan abadiy xayrlashishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Rezavorlar
Agar kiyimga rezavor sharbati to‘kilgan bo‘lsa, uni iloji boricha tezroq qaynoq suv bilan yuvish (agar matoning tarkibi imkon bersa), keyin sovuq suvda chayish tavsiya etiladi. Qolgan dog‘larni yumshoq sirka eritmasiga namlash orqali olib tashlash mumkin.
Xantal
Xantal dog‘ini olib tashlash uchun ko‘proq mehnat qilish kerak. Dastlab kiyimda qolgan sous qoshiq yoki pichoq bilan qirib tashlanadi. Keyin dog‘ bir necha tomchi formik kislota bilan namlanadi. Qattiq cho‘tka bilan ozgina artib olinadi va bir necha marta toza suvda yuviladi. Xantal dog‘larini oq kiyimdan 1 foizli vodorod periks eritmasi bilan olib tashlash mumkin.
Shokolad
Shokolad dog‘lari bilan kurashish ham qiyin hisoblanadi. Uni oddiy yuvish vositalari bilan tozalashning keragi yo‘q, suvda eriydigan fermentlar bilan maxsus yuvish vositalaridan foydalanish mumkin. Emulsiyani suv bilan suyultirib va ko‘pikli gubkada dog‘ ustiga surtiladi. Taxminan yarim soat kutiladi va toza suvda yuviladi.
Qahva va choy
Choy va qahva dog‘larini iloji boricha tezroq olib tashlash kerak. Eng oson usul — uni glitserin va osh tuzi bilan tozalash. U dog‘ga qo‘llanadi va odatdagidek kiyimlarni yuvishdan oldin 20-30 daqiqaga qoldiriladi.
Yog‘
Yog‘ dog‘ini zudlik bilan suvda yuvib tashlash kerak, aks holda yog‘ matoga yanada kengroq tarqalishi mumkin. Shundan so‘ng dog‘ un, talk yoki kraxmal bilan yopiladi. 30 daqiqa kutib, so‘ngra mato yaxshilab silkitib olinadi va dog‘ kukun o‘rniga suyuq idishlarni yuvish vositasi yordamida yuviladi.
Ketchup
Asosiy qoida: ketchup dog‘lariga hech qachon issiq suv quymaslik kerak. Qolgan sousni sovuq suv bilan yuvib tashlash, so‘ngra dog‘ning chetidan o‘rtasiga qaratib, dog‘li joyga tish pastasini qo‘llash lozim. 30-40 daqiqadan so‘ng kiyim yuviladi.
Soya sousi
Oq kiyimdagi soya sousi dog‘ini 100 ml etil spirti, 5 ml benzin va 10 ml ammiak aralashmasi bilan ketkazish mumkin. Rangli kiyimlar bilan ehtiyot bo‘lish kerak. Dog‘ni ikki bo‘lak xom kartoshka bilan ishqalab ko‘riladi — biri old tomondan, ikkinchisi esa kiyimning ichki tomoniga qo‘yilgan holda. | 74 | 2,307 |
Ayollar | Ortiqcha vaznni tez yo‘qotishga yordam beruvchi 6 oziq-ovqat | Prevention jurnalining bosh muharriri va sog‘lom ovqatlanish haqidagi bir necha kitoblar muallifi Liz Vakeyriello ortiqcha vazn – noto‘g‘ri ovqatlanish natijasi deb hisoblaydi. Yaqinda nashr qilingan “parhezli dayjest”da u tez ozishga yordam beruvchi oziq-ovqatlar ro‘yxatini keltirib o‘tgan.
Oqsillar nafaqat teri, soch va tirnoqlar holatini yaxshilaydi, balki vazn yo‘qotishga ham yordam beradi. Baliq, oq go‘sht, tuxum va boshqa “proteinli” oziq-ovqatlar juda to‘yimli – statistikaga ko‘ra oqsil bilan parhez qiluvchi odamlarda ratsion o‘rtacha olganda 10% ga kamayishi aniqlangan.
C vitamini shamollashni davolashda tengi yo‘qligi ko‘pchilikka ma’lum, lekin u ozishga ham yordam berishini hamma bilmasligi mumkin. Kanada olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda organizmda askorbin kislotasining yetishmasligi “zararli” yog‘larning yig‘ilib qolishiga olib kelishi aniqlandi.
Asal antibakterial, virusga va mikrobga qarshi kurashish xususiyatlariga ega, shuningdek immunitetni mustahkamlashga, qondagi shakar miqdorini normallashtirishga va vaznni kamaytirishga ham yordam beradi.
Tadqiqotlar kakaoning terini ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qilish, asab tizimini mustahkamlash, kayfiyatni ko‘tarish va tez to‘yishga yordam berish kabi bir necha xususiyatlarini aniqladi.
Ilmiy tadqiqotlar sirkaning glikemik natija deb ataluvchi – u iste’mol qilinganidan keyin qondagi shakar miqdorining me’yorida qolishi va tez to‘yishga yordam beruvchi xususiyatlarga ega ekanligini aniqladi.
Sabzi, pomidor va boshqa sabzavotlar, shuningdek ko‘katlar yaxshi hazm bo‘lmasa ham, kletchatkaga boy oziq-ovqatlar va juda to‘yimli hisoblanadi. Tushlik paytida olma sirkasi qo‘shilgan sabzavotli salat iste’mol qilsangiz, tez to‘yib qolasiz.
Manba: “Zdorovie.com” | 60 | 1,772 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.