folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Disney’ning mashhur multfilmlarida sinchkov muxlislar e’tiborini tortgan belgi hamda ishoralar (foto)
Qayta qayta tomosha qilish mumkin bo‘lgan multfilmlar bor, ular hamisha zavq bag‘ishlaydi. Disney multfilmlari bunga yorqin misoldir. Ularni hamma bolalikdan yaxshi ko‘radi va yillar o‘tgach multfilmlarga chuqurroq e’tibor berish boshlanadi, keyin esa birinchi tomosha qilgandagidan ancha murakkab ko‘rinadi. AdMe nashri sinchkov tomoshabinlar uchun sevimli multfilmlarda e’tibordan chetda qolgan detallar ketma-ketligini taqdim etdi.  “Enkanto”dagi rang-barang suv havzasi Kolumbiyadagi haqiqiy maskan — Kano Kristales daryosidan ilhomlanib yaratilgan. U odatda “Besh xil rang daryosi” yoki “Suyuq kamalak” deb nomlanadi va rangi bilan mashhur. “Lilo & Stitch” (2002) multfilmidagi tabriknomalarda Walt Disney jahon dam olish markazini ko‘rish mumkin. “Mulan” (1998) multfilmida qahramon sochiga tez-tez tegib turadi. Unga ovoz bergan aktrisa Ming-Na Ven ham shunday qiladi. Animatorlar buni payqab qolishdi va Mulanga ham xuddi shunday odatni berishdi. “Qalb” (2020) multfilmidagi Xotira maydonidagi haykal Disneylendda joylashgan Uolt Disney va Mikki Mausning mashhur haykaliga o‘xshaydi. “Koko siri” kartinasida (2017-yil) Migelning iti Dante o‘zining mashhur filmlaridan biridagi kumiri Ernesto de la Kruzning oti sharafiga nomlangan. “Enkanto”da (2021) Agustin pianino chalayotganida kolumbiyalik musiqachi Jo Arroyoning mashhur salsasi “En Barranquilla Me Quedo” ning boshlanishini eshitish mumkin. “Ratatuy” (2007) filmida Koletta Calahan modelidagi mototsiklga minadi. Bu  rassom Sharon Kalaxanga ishora. “‘Suv parisi’ multfilmida Guffi va Mikkini topdim”. “DVD sharhiga ko‘ra, ‘Imperatorning sarguzashtlari’idagi Chicha Disney animatsion filmidagi birinchi homilador ayoldir”. “Aqlbovar qilmaydiganlar” (2004) multfilmida 1937-yilda “Oppog‘oy va yetti gnom” kartinasi ustida ishlagan ikki afsonaviy animator – Frenk Tomas va Olli Jonston ko‘ringan sahna bor. “‘O‘yinchoqlar tarixi’dagi koptokni ‘Kamon’ (2021) multfilmida topdim”. “Pinokkio”da (1940) Figaroning karavoti yonida kichik qum qutisi bor, u faqat bitta sahnada ko‘rinadi. “Muzyurak” (2013) multfilmida haqiqiy Skandinaviya yozuvlarini ko‘rish mumkin. “Enkanto”da (2021) We Don’t Talk About Bruno qo‘shig‘ida soyabonlar Kolumbiya bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan. Sariq soyabonlar biroz kattaroqdir, chunki bayroqdagi sariq chiziq qolganlariga qaraganda kengroq. “Qahramonlar shahrida” (2014) Xiro va Baymaks politsiya bo‘limida bo‘lgan sahnada stolda “Volt” multfilmida hayvonlarni nazorat qiluvchi ofitser Ester va Bolt (2008) ning suratlari bor.
101
2,530
Foto
Arxitektor eski sement zavodini zamonaviy uyga aylantirdi (foto)
Arxitektor Rikardo Bofill 1973-yili Barselona shahri yaqinida tashlandiq sement zavodini topgan. O‘sha vaqtda u La fabrica nomli loyihasini boshlagan. Loyihaga asosan, u eski zavodni zamonaviy uyga aylantirdi. Bu haqda TJournal xabar berdi. Zavod Birinchi jahon urushi davrida ham ishlagan, shundan so‘ng uzoq vaqt davomida vayronaga aylangan. Bofill va uning jamoasi ta’mirlash ishlariga bir necha yil sarfladi. Zavodning ma’lum bir qismi buzib tashlandi. Uyni jihozlashda o‘smliklarga alohida ahamiyat berildi — evkalipt, palma va zaytun daraxtining xima-xil turlari o‘tqazildi. Eski zavodning biror joyi boshqasiga o‘xshamaydi. La fabrica loyihasining boshlanganiga qirq yildan ko‘proq bo‘lganiga qaramasdan, u hali ham davom etmoqda. Arxitektor g‘aroyib uyini takomillashtirishda davom etmoqda. Men xuddi tashqi dunyodan va har kunlik hayotdan himoya qilingan yopiq dunyoda yashayotgandekman. Rikardo Bofill, arxitektor “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
64
1,006
Foto
Fotogalereya: Erta tong dunyoning turli nuqtalarida
Belgiyalik fotograf Paskal Mannayerts 10 yildan buyon butun dunyo bo‘ylab sayohat qiladi va insoniyatni turli holatlarda suratga olishga urinadi. TravelAsk fotograf tomonidan dunyoning turli nuqtalarida erta tongda olingan suratlarni taqdim etdi.
51
246
Foto
Taksilardagi ko'chatlar, yashin urgan xalqaro savdo markazi, Tailanddagi hukumatga qarshi namoyishlar — 14 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan UNESCO ko'magida o'tkazilgan “Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniy forumi doirasida O'zbekistonda madaniy meros haftaligi va Butunjahon jamiyatining “O'zbekiston madaniy merosi — Yangi Renessans poydevori” V kongressi bo'lib o'tdi.  2021 yilgi tadbirlar Toshkent, xiva va Nukus shahrida o'tkaziladi. Kongress o'tkazish uchun “O'zbekiston madaniy merosi dunyo to'plamlarida” turkumidan 15 ta yangi kitob-albom tayyorlangan. Kitoblarning umumiy soni 50 ga yaqinlashgani ta'kidlangan. Kongress loyihasi o'tkazishning o'ziga xos yutug'i Hindistonning Boburiy me'moriy yodgorliklari epigrafik yozuvlarini ochish va o'qishga bag'ishlangan jildni tayyorlash bo'yicha ishlarning yakunlanishi ekani qayd etilgan. Bu jild nafaqat O'zbekiston, balki chet eldagi yodgorliklar bilan ham tadqiqot ishlarining boshlanishini anglatuvchi “O'zbekiston me'moriy epigrafiyasi” turkumining davomi hisoblanadi. “Tolibon” harakati Afg'oniston muvaqqat hukumati rahbari mulla Muhammad Hasan Oxundning zamonaviy suratini birinchi marta e'lon qildi.  Falastinlik bir kishi bedanani ushlab olgach, uni to'ridan chiqardi. Tailandda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari, mana, bir necha oydirki davom etmoqda. Nyu-Yorkda Black Lives Matter namoyishlari paytida politsiyaga o'dag'aylab turgan namoyishchi. AQShda, shuningdek, koronavirusga qarshi vaktsinalashga doir tadbirlardan norozi bo'lganlar “ozodlik yurishi”da qatnashmoqda. Nyu-Yorkda joylashgan xalqaro savdo markazining tomiga o'rnatilgan minorasini chaqmoq urdi. Panjob politsiya kuchlarining Shakti jamoalaridan biri — ayollarga qarshi jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida tuzilgan ayollar guruhlari ishga tushirish marosimida qatnashadilar. Bangkokda taksi haydovchilari pandemiya sababli ishlatilmaydigan mashinalarda umumiy sabzavot bog'ini tashkil qildi. Nyu-Yorkdagi “Metropolitan” muzeyida Kostyum san'ati institutining an'anaviy bali bo'lib o'tdi. Uzoq kutilgan marosim o'tgan yili pandemiya sabab bekor qilingan edi. Marosimning rasmiy dress-kodi “Amerika ozodligi” deb nomlandi. Suratda Gollivud aktrisasi Kim Kardashyan o'zining antiqa libosida.
125
2,231
Foto
Fotogalereya: Havaskor pazandalar uchun Yangi yil sovg‘alari
Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari barcha bayram sovg‘asini sotib olishga kirishadi. AdMe ovqat va pishiriqlar tayyorlashni yaxshi ko‘radiganlar uchun bayram sovg‘asi sifatida taqdim etish mumkin bo‘lgan jihozlarni taqdim etdi.
60
229
Foto
Fransiya janubidagi qurgʻoqchilik, chegarada ushlangan muhojirlar, muzeydagi Messi — 11 avgust suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringiga havola etamiz. Shtutgartdagi issiq kun. Bu yozda koʻplab hududlarda anomal issiq havo hukm surdi. Latviyaning Belarus bilan chegarasida migrantlar qoʻlga olindi. Fransiya janubidagi kuchli qurgʻoqchilik. Londonda WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning ekstradisiyasi boʻyicha appelyasiya eshituvi boshlanishi arafasida namoyishlar boʻldi. Avstraliyadagi Yangi Janubiy Uelsning 80 foizdan koʻp aholisi lokdaunda yashamoqda. Shtat Katta Sidney atrofida COVID-19’ning «delta» shtammini toʻxtatishga harakat qilmoqda. GDL temir yoʻl uyushmasi xodimlari ish haqining 2021 yilda 1,4 foizga, 2022 yilda 1,8 foizga oshirilishini va pandemiya munosabati bilan 2021 yil 600 yevro bonus toʻlanishini talab qilib, ish tashlash uyushtirdi. Berlindagi Madam Tyusso muzeyidagi futbolchi Lionel Messining haykaliga «PSJ» libosi kiydirildi. Augustdorfdagi nemis tanklarining harbiy amaliyotidan lavha. Pokiston Mustaqillik kuni bayramining nishonlanishiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Moskvadagi yomgʻirli havoda yetkazib berish xizmati xodimi buyurtmalarni yetkazib bermoqda.
104
1,098
Foto
Qibrayda yosh oila uchun quriladigan xususiy sokin uy loyihasi (foto)
Bu faqat bir oila uchun uning xususiy buyurtmasi asosida xususiy arxitektorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan xususiy uy loyihasi. Bunday uylarni ommaviy ravishda qurish va ularni yosh oilalarga tarqatish rejalashtirilmagan. ARC arxitektura byurosi yosh oila uchun Toshkent viloyatining Qibray tumanida maydoni 270 kvadrat metrga teng xususiy uy loyihasini ishlab chiqdi. Ushbu koshona zamonaviy modernizm usulida yaratiladi. Qurilishi 2017-yilning oxirida yakunlanishi kutilayotgan uy tabiat qo‘ynida joylashgan va nostandart trapetsiya shakliga ega. Uyning shimol tarafidan ariq oqib o‘tadi, uning ortida esa tog‘lar ko‘rinib turadi. “Archikultura.uz” ushbu uy loyihasi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Arxitektor Bobir Qilichevning so‘zlariga ko‘ra, bu O‘zbekiston uchun noodatiy loyiha hisoblanadi, chunki buyurtmachilarning ko‘pchiligi an’anaviy usulni afzal ko‘radi.
69
889
Foto
His-tuyg‘ularini yashira olmaydigan Jen laqabli kuchuk ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi (foto)
Jen 5 yoshda. U Instagram tarmog‘ida allaqachon 180 ming obunachiga ega. Buning hammasi Jenning his-tuyg‘ularga boy suratlari tufayli. Uning xatti-harakati, o‘zini tutishi shunchalar yoqimliki, boshqa kuchuklarda bunday holat kuzatilmagan. Jenning kayfiyati hamisha ko‘tarinki, garchi uni bir qancha kasalliklar qiynab kelsa ham. U buyrak yetishmovchiligi kasalligi tufayli chanqoq, qon bosimi va anemiyadan azob chekadi. Haftada uch marta Jen dializga olib boriladi, unga inyeksiya va 6 xil dori-darmonlar beriladi. Shuningdek, har oy majburiy qon topshiradi. Albatta, maxsus parhezga ham rioya qiladi. Jen ushbu qiyinchiliklarga qaramasdan baxtli yashashga harakat qilmoqda.
98
676
Foto
Foto: O‘zbekiston manzaralari AQSh arxivlarida
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining Facebook’dagi sahifasida O‘zbekiston manzaralari aks etgan rang-barang suratlarni e’lon qildi. 1985-yilda olingan ushbu suratlar Shimoliy Texas universitetida maxsus saqlanadigan Mildred Sheffer Sixner kolleksiyasidan olingan.
46
272
Foto
Fotogalereya: Quvnoq qizaloqlar va ularning quvnoq otalari
Ota sevimli qizalog‘ining injiqliklarini ko‘tarib, uning ko‘nglini cho‘ktirmaslik uchun har qanday ishga, hatto qizining o‘ziga xos “go‘zallik saloni”da pardoz-andoz qilishga rozi bo‘ladi. AdMe navbatdagi fotojamlanmasini mana shunday otalarga bag‘ishladi.
58
256
Foto
Tokio Olimpiadasining soʻnggi kuni va yopilish marosimi — suratlarda
«Bugun suratlari» ruknining bugungi sonini Tokio Olimpiadasining soʻnggi kunidagi voqealar va yopilish marosimiga bagʻishlaymiz. Trek velosporti musobaqasida misrlik Ebtissam Zayd Ahmad toʻqnashuv paytida italiyalik Eliza Balsamo ustidan velosipedini haydab oʻtib ketdi. Ularning yaqinida esa polshalik Daria Pikulik. Oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov 91 kilogramm vazn toifasida AQShlik Richard Torresga qarshi final jangida ishtirok etdi va yakunda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Shu tariqa Oʻzbekistonning musobaqalardan jamgʻargan medallari soni beshtaga yetdi. Ulardan uchtasi oltin va ikkitasi bronza medali. Olimpiya oʻyinlari yopilish marosimidan lavha. Buyuk Britaniyalik Laura Kenni Qirollik bayrogʻini olib ketmoqda. Basketbol boʻyicha AQSh terma jamoasi a‘zosi Aja Vilson Yaponiyaga qarshi final bahsida toʻpni savatga tashlamoqda. Gandbol boʻyicha final uchrashuvida Fransiya terma jamoasi a‘zosi Polin Koatanea Rossiya darvozasiga toʻp kiritmoqda. Ayollar oʻrtasida voleybol boʻyicha finalda Braziliya va AQSh terma jamoalari toʻqnash keldi. Suv polosi boʻyicha bronza medal uchun boʻlgan bahsda Ispaniya hamda Vengriya termalari oʻzaro bahs olib bordi. Gandbol boʻyicha Fransiya terma jamoasi a‘zolari Estel Minko hamda Amandin Leyno oltin medalni nishonlamoqda. Navbatdagi Olimpiada oʻyinlari mezboni Parij estafetani qabul qilib olganini nishonlamoqda. Italiya badiiy gimnastika jamoasi finalda oʻz chiqishini namoyish etmoqda. Kenyalik Eliud Kipchoge marafon boʻyicha gʻoliblikni nishonlamoqda. Shunday qilib, Tokioda oʻtgan navbatdagi yozgi Olimpiada oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi.
68
1,603
Foto
Fotoreportaj: Butun boshli shaharchani kulga aylantirgan Chilidagi o‘rmon yong‘inlari
Chili hukumati mamlakatning janubidagi yong‘in bilan qoplangan hududni falokat zonasi deb e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Uch kun ichida ko‘lami deyarli ikki barobarga oshgan yong‘in hozirda 240 gektar maydonni qamrab olgan. Hukumat yong‘inlarning ma’lum bir qismi inson omili sabab sodir bo‘lganini taxmin qilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, falokat natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, bir necha fuqaro bedarak yo‘qolgan. Qariyb 10 ming kishi falokat zonasidan evakuatsiya qilingan. O‘rmon yong‘inlari oqibatida Santa-Olga nomli kichik aholi yashash punkti vayron bo‘lgan. Konstitusyon shahri merining so‘zlariga ko‘ra, Santa-Olgada 6 ming kishi istiqomat qilardi, hozir esa shahardan hech narsa qolmagan, mingdan ortiq uy yo‘q bo‘lib ketgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
85
943
Foto
Yarim tunda aholini qabul qilayotgan Ortiqxo'jaev, “Grammy”da chiqish qilgan Zelenskiy, vayron bo'lgan Bucha — 4 aprel suratlari
Aprel oyining to'rtinchi, Ramazon oyining esa 3 kuni yakuniga yetmoqda. Bugun dunyo hamjamiyatining e'tibori yana Ukrainadagi urushga qaratildi. Biz ham ushbu mavzuni unutmagan holda bugunning eng sara suratlarini taqdim etamiz. Toshkent viloyati Toshkent tumanida kanalga tushib ketgan “Lacetti” FVV xodimlari tomonidan chiqarib olindi. Bu surat ushbu to'plamga qo'shilishga “ulgurib qoldi”. Chunki surat olingan paytga e'tibor bersangiz, yarim tun — 00:20. Bu paytda Toshkent shahar hokimi Jahongi Ortiqxo'jaev Yunusobod tumanining “Bog'i eram” mahallasidagi holat, o'zgarishlar va muammolarni o'rgandi. Hokim oxirgi paytlarda faollashib qoldi, buni hokimlikning sahifalaridan ko'rish mumkin. AQShning Las Vegas shahrida “Grammy” (musiqiy) mukofotini topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Unda qator taniqli sanatkorlar chiqish qildi. Ushbu marosimning oldingilaridan ajralib turadigan jihati shundaki, bu safar unda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham (virtual) qatnashdi. U marosim boshida urushda musiqaning kuchi haqida qisqa nutq so'zladi. Yana Zelenskiy. U bugun rossiyalik harbiylar tark etganidan so'ng vayronaga aylangan, ommaviy qabr aniqlangan Bucha shahriga bordi. Zelenskiy Rossiya Ukrainada genotsid sodir etganini aytgan. Uning bu safaridan boshqa suratlarni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin. Siyosatdan ozroq uzoqlashamiz. “PSJ” hujumchilari Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymar ilk bor bir o'yinda gol urdi. Parijliklar Frantsiya chempionatining 30-turida “Loryan” ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Indoneziyaning Banda-Achex shahrida savdo markazi yonmoqda. O't o'chiruvchilar olovni o'chirish bilan, politsiyachi esa uni suratga olish bilan band. Ushbu rasmni olgan kishi esa ikkalasini suratga olish bilan band. xitoyning Shanxay provintsiyasida 25 million aholi kovidga qarshi test topshirdi. Koronavirus yana xitoyga qaytdi. Hozirda mamlakatning ko'plab shahar va provintsiyalari lokdaunda.
128
1,924
Foto
Foto: Kutilmaganda duch kelib, kishilarning kayfiyati ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgan yoqimtoy hayvonlar
Odamlarning uyiga to‘satdan kelib qolgan yoki to‘satdan qadamlari ostidan chiqib, kunlik kayfiyatlari a’lo bo‘lishiga hissa qo‘shgan bir-biridan yoqimtoy hayvonlar suratini e’tiboringizga havola qilamiz. “Onam hayotini saqlab qolgan yoqimtoy hayvon uning pinjiga kirish uchun har tong tashrif buyuradi”. Yangi yong‘oq porsiyasini berishlarini kutayotgan Frenki laqabli olmaxon. “Tulki orqa hovlimizda mizg‘ib olishga qaror qilgan chog‘i”. “Hovlimizga uchib kelgan yovvoyi g‘oz uyimizdagi g‘oz bilan do‘st tutindi”. “Hovlimizda paydo bo‘lgan bir gala quyonlar”. “Do‘stim garajidan yenot bolasini topib oldi”. “Otamning bog‘dagi topilmasi”. “Dam olish kuni buvimning orqa hovlisida mana nima bo‘ldi”. “Suratga olayotganimni bilib qolgan qush”. “Ushbu olmaxon derazamizdan yarim kun davomida qarab turishi mumkin”. “Har kuni hovlimizga keladigan yoqimtoy tulki biz bilan do‘st tutinishni istaydi”. “Toshbaqa o‘z nasibasini yeyish uchun uyimizga bir necha yildan buyon tashrif buyuradi”. “Ajoyib ko‘rinishga ega mitti qush qo‘limga qo‘ndi”. “Topib olgan kiyikimiz bir yil o‘tib boshqa bir kiyik bilan o‘rmonga ketib qoldi”. “Buvimning hovlisiga kelib qo‘ngan lochin”. “Dadamning aytishicha, ushbu toshbaqa momaqaymoqlar orasida yurgan ekan”. “Mening yangi oshnam”. “Yangi uchrashuv”. “Quyosh nurlarida toblanayotgan eshak”.
104
1,338
Foto
Trendda bo‘lishingizga yordam beruvchi 7 aksessuar (foto)
Istalgan mayda detal obrazning tamoman o‘zgarishiga hissa qo‘shishi mumkin, buning uchun esa tanlov borasida e’tiborli bo‘lish va trendlarni ham inobatga olish kerak. Katta va yirik zanjir taqing Mavsumning eng asosiy xiti hisoblangan yirik zanjir bilan hatto oddiy libos kiyib ham trendda bo‘lish mumkin. Masalan, oq futbolka va paxta matosidan tikilgan sarafan kiying va obrazni mazkur taqinchoq taqish bilan yakunlang. Sumkaga ro‘mol boylang Ro‘molni nafaqat bosh va bo‘yinga, balki sumkaga ham o‘rash mumkin. Bu orqali obrazga yorqinlik va o‘ziga xoslik baxsh etish mumkin. Oyoqqa bilaguzuk Oyoqlarni uzun, obrazni noodatiy ko‘rsatish uchun unga bilaguzuk taqish kifoya. Bu sizning kiyinish borasida didingiz hammanikidan boshqacharoq ekaniga ishora qiladi. Obodok Obodok issiq kunlarda sochni yig‘ish bilan birga, obrazingizni ham qiziqarli ko‘rsatadi. Mazkur soch aksessuarini istalgan kiyim — jinsi, kostyum va pidjaklar bilan moslasa bo‘ladi. Belbog‘li zanjir Klassik charmdan tikilgan kamar o‘rniga zanjirdan foydalaning. Istalgan yozgi kiyim bilan mos tushishi mumkin bo‘lgan ushbu aksessuarning ingichka yoki qalinidan ham foydalansa bo‘ladi. Tanlov o‘zingizga bog‘liq. Zakolka Sochlarni tartibga keltirishdan tashqari, zakolkalar istalgan obrazga urg‘u berish xususiyatiga ham ega. Yoz mavsumida rang-barang, gulli variantlarga e’tibor qaratish, ikkita-uchtasini baravar taqish tavsiya qilinadi. Ko‘zoynak uchun zanjirlar Quyoshdan himoya qiladigan ko‘zoynaklar yanada zamonaviy ko‘rinishi uchun unga zanjir taqish tavsiya qilinadi. Ushbu aksessuardan foydalanganda bo‘yinga marjon taqishga hojat qolmaydi. Obrazda o‘zgarish bo‘lish uchun esa ko‘zoynakni yangilashga hojat yo‘q, har safar boshqacha ko‘rinish uchun zanjirni almashtirish kifoya.
57
1,763
Foto
Plastik chiqindilar muzeyi, auksionda sotilayotgan lochin, qurol koʻtarib turgan isyonchi — 15 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Kobuldagi qizlar maktabi oʻquvchilari devor orqasida berkinib turibdi. Kuvaytda pandemiyadan buyon ilk bor tashkil etilgan auksionda lochin sotib olmoqchi boʻlgan kishi uning oʻlchamlarini olmoqda. Efiopiyadagi isyonchi millatchilar guruhi askari avtomat ushlab turibdi. Indoneziyadagi chiqindixonada otasining chiqindi toʻplashini kutib turgan bolakay. Tayvanda har yilgi an‘anaviy harbiy mashgʻulotlar boʻlib oʻtmoqda. Xitoyning Hubey provinsiyasi osmonida bulutlar ora koʻringan oy. Brodvey teatrlari pandemiyadan keyin yana qayta ish boshladi. Indoneziyada ekofaollar plastik chiqindilardan muzey tashkil qilmoqda. Andalusiyada oʻrmon yongʻinlari oqibatida 9 ming gektardan ortiq maydon yonib ketdi. Pokistonning Karachi shahridagi hayvonot bogʻi ishchilari havoning isib ketishi sababli hayvonlarni choʻmiltirmoqda. Kaliforniyaning Sekvoyya milliy parkida kuzatilayotgan oʻrmon yongʻinlari.
113
956
Foto
“Dunyo go‘zali — 2018” tanlovida meksikalik qiz g‘alaba qozondi (foto+video)
“Dunyo go‘zali — 2018” nomiga bu yil Meksika vakili Vanessa Ponse de Leon sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi. Meksikalik dunyo go‘zali 26 yoshda. U xalqaro biznes bo‘yicha ilmiy unvonga ega, reabilitatsion markazning direktorlar kengashi tarkibiga kiradi. Vanessa ko‘ngilli, model va boshlovchilik bilan shug‘ullanadi, voleybol va rasm chizishga qiziqadi. “Dunyo go‘zali — 2018” tanlovi g‘olibi pul mukofotini qo‘lga kiritadi, ammo shartnoma shartlariga ko‘ra uni xayriyaga yo‘naltirishi lozim. G‘olibga esa toj, Londonda yashash uchun bir yillik uy to‘lovi hamda keyingi tanlovgacha xayriya aksiyalarida ishtirok etish majburiyati nasib qiladi. “Dunyo go‘zali — 2018” tanlovining final bosqichi Xitoyning Xaynan orolida joylashgan Sanya shahrida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 118 mamlakatdan bo‘lgan qizlar bir oy davomida hay’at a’zolari kuzatuvida turli shartlardan o‘tgan. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram Final bosqichda ishtirokchilar turli xalqlarning raqslarini ijro etib, ijodiy chiqishlar hamda kechki liboslarni namoyish etgan.
76
1,191
Foto
Fotojamlanma: Dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning Beverli-Xillzdagi shinam uyiga sayohat
Amazon rahbari va dunyodagi eng boy odam Jeff Bezos 10 million dollarga Beverli-Xillzdagi ikki qavatli uyni sotib oldi, deb yozadi Glamour jurnali. Bezosning yangi uyi qiziqarli tarixga ega. Uy 1930-yilda mashhur arxitektor Samner Spolding loyihasi asosida qurilgan. Ichki ko‘rinishi Amerika uslubida qishloq uylariga xos rustik elementlar bilan bezarilgan. Uyda qulay yashash uchun hamma narsa bor: uchta shinam yotoqxona, to‘rtta hammom va qo‘shimcha sanuzel, keng oshxona, marmar kaminli mehmonxona, kutubxona va film ko‘rish uchun zal. Aprel oyida Bezos Nyu-York markazida uch qavatli pentxaus va ikkita qo‘shni kvartirani 80 million dollarga sotib olgan. Ushbu go‘zal shahar kvartiralariga nazar solib, biznesmenga shahar chetidagi bunday kamtarona uy nega kerakligi haqida savol tug‘iladi. Bezosning 165 million dollarga baholanadigan oshxona egasi ekanligi sababli, yangi uy uning tanlangan ishchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Bezosning boyligi 181 milliard dollarga baholanadi. Uning Vashington, Nyu-York, Medine (Vashington shtati), Amazon shtab-kvartirasi yonida ko‘chmas mulki, shuningdek, Sietlda mulki va Texasda ranchosi bor.
91
1,154
Foto
Fotogalereya: Gollivud mashhurlarning farzandlari
Ba’zan go‘zal juftlikning farzandlari oddiy tashqi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ba’zi hollarda esa buning teskarisini ko‘rish mumkin. AdMe Gollivudning mashhur aktrisalari farzandlarining suratlarini taqdim etdi.
49
208
Foto
Fotogalereya: Kundalik hayotda duch kelinadigan narsalarning noodatiy ko‘rinishi
AdMe internet tarmog‘i foydalanuvchilarining hayratiga sabab bo‘lgan kundalik hayotda duch kelinadigan ajoyib suratlar bilan bo‘lishdi. Hovlidagi g‘ishtlarning faqat chetlariga tushgan qor Uzunchoq M&M’s konfeti Bitta arkali McDonald’s Kvadrat ponchiklar Bargsiz, ammo mevalarga to‘la daraxt Odamlargina o‘z uyini bezatmaydi Suvda cho‘kmaydigan yengil tanga Chumolilar suv ichmoqda Yo‘l qatlamlari Tuzli tarvuz ta’miga ega Fanta Chig‘anoqning ichi — iste’mol qilsa bo‘ladigan mitti qisqichbaqa Daryo girdobidagi ko‘pik Tonggi qirov
80
543
Foto
Fotogalereya: Ikki karra ko‘p qiziqish uyg‘otuvchi tarixiy suratlar
Tarixda bo‘lib o‘tgan voqea va hodisalar aks etgan suratlar kishida katta qiziqish uyg‘otadi. AdMe ana shunday qiziqishni ikki karra oshiruvchi suratlarni taqdim etdi.
67
167
Foto
Amsterdamdagi yolg‘iz ovqatlanuvchilar uchun mo‘ljallangan restoran (fotogalereya)
Niderlandiyalik rejissor va dizayner Marina van Goor Amsterdamda o‘zi o‘ylab chiqqan Eenmaal restoranini ochdi. Undagi stollar faqat bir kishi uchun mo‘ljallangan, deb yozadi TJournal. G‘oya ovqatlanish uchun doim jamoa bo‘lib boruvchi odamlarga noodatiy tajriba, shuningdek, yolg‘iz kechki ovqat yoki tushlik qiluvchilarni noqulaylikdan xalos etishni taklif qiladi. Eenmaal Niderlandiya va ba’zi boshqa mamlakatlarda tarqalgan yolg‘iz ovqatlanayotgan odam hayotida hammasi joyida emasligi haqidagi qarashlarni yo‘qotishga qaratilgan. G‘oya muallifining so‘zlariga qaraganda, muassasaning ochilishi kutilgandan ham ko‘proq ijobiy fikrlarga sabab bo‘lgan.
82
656
Foto
Karantin cheklovlari yumshatilgach, jonlangan Toshkent — suratlarda
O‘zbekistonda 8-iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transporti qayta ish boshladi, 15-iyundan esa kafe va restoranlar mijozlar uchun eshiklarini ochdi. Odamlar uch oy davom etgan karantindan so‘ng qaysidir ma’noda “ozodlikka chiqdi”. Bir muddat huvullab qolgan Toshkent ko‘chalari, bog‘ va xiyobonlar odamlarga to‘lib, yana jonlandi. “Afisha.uz” karantindan so‘ng “uyg‘ongan” Toshkent ko‘chalaridan reportaj tayyorladi.
67
429
Foto
Bir qarashda mohiyatini tushunib olish qiyin bo‘lgan optik illyuziyalar (foto)
Ba’zida rakurs, kadrga muhrlangan lahza va suratga olgan kishining chaqqonligi sabab fotolar o‘ziga xos chiqishi, uning mag‘zini chaqish uchun esa soatlab tikilish kamlik qilishi mumkin. Quyidagi fotolar esa buning isboti. Quyosh nurlarining go‘yo paypoqqa o‘xshab ko‘ringan aksi. Choyshab ustida yotib, dam olayotgan it. Derazadan go‘yo suratdagidek ko‘rinadigan manzara. Yorug‘likning sinishi sabab idishdagi loviyalar haqiqiy emas, fotoga o‘xshab ko‘ringan. Tayoq shakli illyuziyaga sabab bo‘lgan. Egasining o‘takasini qanday yorishni yaxshi biladigan hayvon. Aftidan, o‘rtadagi qizning tanasi qayerdadir qolib ketgan. O‘tlar orasida payqash qiyin bo‘lgan ajoyib jonivor. “Itimiz kattalashib ketdi chog‘i”. “Mushuk shunchaki ob-havo qanday bo‘lishini aytib beryapti”. Ko‘rinishi to‘tiqushga o‘xshaydigan mevalar. Ikki boshli, tanasi esa birdek ko‘ringan mushuklar. Maysalar ustidagi bosh kiyimi g‘alati hayvonga o‘xshaydi. Bug‘u bolasi bilan itning chatishmasini har kuni ham uchratavermaydi odam. “To‘satdan suratga oldim va fotoapparatimning detali qanday qilib stol ustida muallaq turganini tushunishim qiyin bo‘ldi”. “Itim o‘rindiqda o‘tirishni yaxshi ko‘radi, ammo ayni vaqtda u boshqa joyda”.
78
1,217
Foto
Fotogalereya: Yoshlari teng bo‘lgan mashhurlar
Tashqi ko‘rinishdan ba’zan kishilarning yoshini aniqlash qiyin. AdMe taqdim etgan jamlanmada teng yoshli mashhurlar aks etgan.
46
126
Foto
Qadoqdagi suratlar bilan ularning ichidagi mahsulotlarning orasidagi yer bilan osmoncha farq bo‘lishini isbotlovchi holatlar (foto)
Odatda har qanday mahsulotni, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar xaridorni jalb qilish uchun mahsulotga yorqin va o‘ziga tortadigan rangli rasmlar qo‘yadi. Albatta, ularni ko‘rgan har qanday odamning ishtahasi ochilishi tabiiy. Biroq bu yerda kutilmagan narsalar ro‘y berishi mumkin, masalan, mahsulotlarning hammasi ham xuddi qadoqda bosilgan suratdagidek chiqavermaydi. Afsuski, bu borada kimni ayblashni ham bilmaydi, inson. “Muzqaymoq sotib olgan edim, nimasidir kamdek”. “Singlimning ukam uchun sotib olgan sovg‘asi”. “Suratga qarab og‘iz shokolad bilan to‘lsa kerak deb umid qilgan edim”. “Holatimni tasavvur ham qilolmaysiz”. “Xo‘sh, buni qanday tushunish mumkin?” “Barchasi ayon bo‘ldi”. “Albatta, suratdagi pitssa shunchaki mukammal edi”. “Bilaman, mahsulotlar kamdan kam hollarda reklamadagidek ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ammo bunisi oshib tushdi”. “Agar shunday ko‘rinishda bo‘lsa, men ham g‘azablangan bo‘lardim”. “Qadoqdagi shokoladni alohida sotib olish kerakligini bilmagan edim”. “Suratning bir xil emasligi ham mayli, ular hattoki to‘liq ham emas”. “Nega chegirma bo‘lganini endi bildim”. “Hech narsadan shu darajada xafa bo‘lmaganman”. “Suratdagi brokkoli pyuresi hamda baliq go‘shti ishtahani ochib yuborgan edi”. “Aslida bu temir odam bo‘lishi kerak”. “Pechenye qadog‘ini ochganimdam keyingi birinchi holat”. “Sizningcha ular o‘xshashmi?” “Ushbu mevali kokteylda bir dona ham gilos yo‘q edi”. “Mana bu mukammalikka xursand bo‘lsa arziydi”.
131
1,496
Foto
Fotogalereya: Avtomobilga qiziqmaydiganlar yodida ham saqlanib qoluvchi noodatiy mashinalar
AdMe noodatiy tarzda tyuning qilingan g‘aroyib avtomobillarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. O‘yinchoqlar do‘koniga borib urilgan ko‘rinadi Paxmoq va yumshoq Politsiya ham hashamatga qiziqadi O‘g‘irlab ketmasliklari uchun Bu qanday boshqariladi? U teskari turgani yo‘q Avtomobilning egasi hazilkash ko‘rinadi Juda ham qahri qattiq avtomobil ekan O‘xshashlikni qarang “NUJlarning avtomobilimi?” Charchagan ko‘rinadi “Pikachu men seni tanlayman” Bananda sayr qilishni xohlaganlar uchun Ekologik g‘alaba Arilarga talangan mashina
91
544
Foto
Fotogaleraya: Alla Pugachyovaning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan suratlari
Alla Pugachyova o‘zining Instagram sahifasiga noyob suratlari jamlangan videorolikni joylashtirdi. 7MedNews nashri esa ushbu rolikdagi suratlarni to‘plab taqdim etdi. Alla Pugachyova yaqin vaqtdan beri Instagram’da o‘z sahifasini yuritib boradi. Qo‘shiqchi u yerga o‘zining yaqinlari va farzandlari — Liza va Garilarning suratlarini joylashtiradi. Uning har bir joylashtirgan surati yashin tezligida minglab “layk” va yuzlab izoh yig‘adi. Qo‘shiqchining so‘nggi bor joylashtirgan videoroligi ham 200 mindan ortiq “layk” va deyarli minglab izoh yig‘adi.
73
554
Foto
Fotogalereya: Kelajakka eltuvchi 13 ta ajoyib kashfiyot
Olimlar o‘z ixtirolari bilan hayratga solishda davom etmoqda. Bunday ajoyib kashfiyotlarni shu zahoti xarid qilish istagi paydo bo‘ladi. AdMe sotuvga allaqachon chiqqan yoki yaqin vaqt ichida sotuvga chiqishi kutilayotgan 13 ta antiqa ixtironi e’tiboringizga havola etadi. Havoda muallaq turuvchi lampa Flyte — bu simsiz lampochka bo‘lib, magnit o‘rnatilgan kichikroq yog‘och asos ustida muallaq turadi. Energiya tejovchi bunday lampalar allaqachon qo‘llanmoqda. Kuniga olti soat ishlatilganda bunday lampa 22 yil xizmat qila oladi. Ichki isitish tizimiga ega “aqlli” kurtka Flexwarm kurtkasi matosining yelka, ko‘krak va bilak qismiga o‘ziga xos isitish elementlari joylashtirilgan. Maxsus datchiklar yordamida issiqlik uzatilishini xohishingizga qarab boshqarishingiz mumkin. Yuzalar sterilizatori Kitchen Sanitizing Wand qurilmasi ultrabinafsha nurlanish yordamida istalgan qattiq, g‘ovak bo‘lmagan yuzadan zararli bakteriya va mikroorganizmlarni 99 foizgacha yo‘q qiladi. Ushbu g‘oya allaqachon hayotga tatbiq etilgan. Flip Phone Bitta mobil telefondagi o‘zaro bog‘langan uchta ekran bir vaqtning o‘zida turli dasturlardan foydalanilganda ham turli rejimlarda ishlay oladi. Foydalanuvchilar loyiha tezroq ishlab chiqarishga joriy etilishini orzu qilmoqda. Pilot tarjimon-simsiz naushniklar Bu kichkinagina naushnikni quloqqa qo‘yishingiz bilan u shu zahoti tanlangan tildan avtomatik tarjima qilishni boshlaydi. Tarjima tarmoqqa ulanishsiz amalga oshiriladi. Uning yordamida bugunoq yanada oson va qiziqarli sayohatga yo‘l olish mumkin. Rolik va skeytbord Odatiy skeytbordlardan farqli ravishda Sidewinding Circular Skates oyoqlarni erkin boshqarish, qayrilish va aylanish imkonini beradi. Skeyt asosi diametri 25 santimetr bo‘lgan ikki g‘ildirak va oyoqlar uchun qulay platformadan iborat. Port — quyosh batareyalarida ishlovchi zaryad qurilmasi Port — qulay tashqi akkumulyator bo‘lib, telefonni quyosh energiyasi yordamida quvvatlantiradi. Uni uy, mashina yoki samolyotdagi istalgan oynaga qotirib qo‘yish kifoya. Bitta qurilmada telefon va Bluetooth-garnitura Va niyohat Bluetooth va mobil telefonni bitta qurilmaga birlashtirish imkoniyati yuzaga keldi. Telefonni yon tomonlaridan qisganingizda o‘rtadan naushnik chiqadi. Cambala nomini olgan loyiha hozircha faqat g‘oya. Taom tarkibini aniqlovchi skaner Taom tarkibini tez va aniq aniqlashni istovchilar uchun TellSpec qurilmasi yaratildi va ishlab chiqildi. U mahsulotlarni skanerlab, uning tarkibidagi masalliqlar ro‘yxati va ozuqaviy qiymati haqidagi ma’lumotni smartfondagi maxsus dasturga yuboradi. Nihoyatda egiluvchan smartfon Portal — bu superegiluvchan smartfon bo‘lib, u tushirib yuborishlardan qo‘rqmaydi va o‘n metr chuqurlikkacha suvga tushirilishi mumkin. U osonlik bilan gadjetga aylanib, qo‘lga taqilishi va fitnes-treker yoki aqlli soat vazifasini bajarishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar qurilmani yaqin vaqt ichida bozorga chiqarishga va’da bermoqda. Copy & Paste nusxa olish apparati Copy & Paste istalgan narsa va istalgan joydan tasvirlarni o‘qish va ko‘chirish imkonini beradi. Buning uchun tugmani bosib, obyektni skanerlash kifoya. Shundan so‘ng tasvirni siyoh yordamida istalgan yuzaga ko‘chirish mumkin. Ob-havoni yaqqol ko‘rsatib beruvchi telefon Window Phone ob-havoni juda yaqqol va realistik ko‘rsata oladi, buning uchun u shunchaki ekran tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. G‘oya amalga oshirilishini kutish qoldi, xolos. Istalgan joyda yozish mumkin bo‘lgan elektron sensorli ruchka Phree ruchkasi bilan istalgan joyda istalgan narsani yozish mumkin. Biror yuzaga tushirilgan belgilar smartfon yoki kompyuterga yuboriladi. Biror narsani yozib olishingiz kerak, biroq qo‘l ostingizda telefon ham, qog‘oz ham bo‘lmagan paytda juda asqotadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
55
3,815
Foto
Napoleonning singlisi yashagan 8 million yevrolik villa (foto)
Lukkadagi ushbu qo‘rg‘onda Napoleon Bonapartning singlisi Polin Bonapart umrining so‘nggi yillarini o‘tkazgan, deb yozadi Insider Pro. Napoleon Vaterloo jangida mag‘lub bo‘lgach, uning aka-uka va singillari qiyin vaziyatga tushib qolgan. Chunki ularning yettovloni ham Napoleon tomonidan Yevropa zodagonlari safiga kiritilgandi, shu tufayli ularning barchasi Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida persona non grataga aylandi. Napoleonning singlisi Polin Italiya shahzodasi Kamillo Borgezega turmushga chiqib, dastlab Rimdagi Borgeze saroyiga ko‘chib o‘tdi, keyinroq baxtsiz holatga tushgan ayol o‘ziga boshqa boshpana qidira boshladi. U Italiyaning Lukka shahrida joylashgan XVIII asrga tegishli villaga joylashdi va u yerda 1825-yilda vafot etguniga qadar yashadi. Yarim asrdan ortiq vaqt davomida villa bir oila qo‘li ostida bo‘lgan, shundan so‘ng ko‘p bora qayta sotilgan, oxiri italiyalik kishi qo‘liga tushgach, uning amerikalik xotinlari tomonidan keng ko‘lamda yangilangan. Ammo ikkala xotini ham vafot etgach, u villani amerikalik yozuvchi Kler Maon Pardinining italiyalik qarindoshlariga sotgan. Pardinilar villani yangilab, ta’mirdan chiqargan. Endilikda ushbu yer-mulk Sotheby’s International Realty auksionida 8 million yevroga sotuvga qo‘yilgan.
62
1,263
Foto
Dunyoning eng boy kishilari qanday uylarda yashaydi? (foto)
Forbes jurnali reytingining birinchi o‘nta pog‘onasini egallab kelayotgan kishilar qanday uylarda yashaydi? Kristi Uolton — Wal-Mart savdo tarmog‘i egadoshi — 2005-yilda aviahalokatda nobud bo‘lgan o‘z turmush o‘rtog‘i Jon Uoltonning davlatini meros qilib olgan. 2010-yilda Reliance Industries multisanoat majmuasi rahbari Mukesh Ambani dunyodagi eng qimmatbaho uy — “Antiliya” hovli-joyini qurdi. 27 qavatli binoning narxi 1 milliard dollarga teng. Braziliyalik magnat Eyke Batista Rio-de-Janeyro qirg‘oqlaridagi hashamatli uyda yashaydi. Zara savdo tarmog‘i xo‘jayini Ispaniyaning La-Korunya shahridagi oddiy ko‘p xonadonli uyda yashaydi 2004-yilda eng badavlat hindistonlik — Lakshmi Mittal Londondagi eng chiroyli uylardan birini sotib oldi. O‘sha vaqtda hovli-joyning narxi 128,5 million dollarni tashkil qilgan, bu o‘shanda dunyo uy-joy bozori uchun rekord summa bo‘lgan. Oracle korporatsiyasi rahbari AQShning Kaliforniya shtati Vudsayd shahrida XVI asrdagi Yaponiya imperatorlari saroyiga o‘xshash dang‘illama uy qurdi. Uning narxi 200 million dollarga baholanmoqda. LVMH Moët Hennesy — Louis Vuitton konserni prezidenti oilasi bilan Fransiyaning Sen-Trope kommunasidagi dengiz bo‘yicha joylashgan hashamatli villada yashaydi. Milliarder AQShning Nebraska shtati Omaxa shahrida o‘zi 1958-yilda 31,5 ming dollarga sotib olgan uyda yashaydi. Microsoft asoschisining hovli-joyi dunyodagi eng “aqlli” uylardan biri hisoblanadi. Boshqaruv tizimi mikroiqlimni nazorat qilib, uydagilar uchun optimal sharoitlarni yaratadi. Geytsning har bir mehmoniga RFID jetoni beriladi, uning yordamida barcha zarur qurilmalarni ishga tushirish mumkin. Meksikalik milliarder Nyu-Yorkdagi Beshinchi avenyuda joylashgan tarixiy bino — Dyuk-Semans uyini 44 million dollarga sotib oldi.
59
1,779
Foto
Fotogalereya: AQSh birinchi xonimining tug‘ilgan kuni
Sloveniyalik sobiq fotomodel va milliarderning rafiqasi va AQShning yangi birinchi xonimi Melaniya Tramp 26-aprelda 47 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan “Gazeta.ru” nashri Donald Tramp rafiqasining suratlari jamlanmasini taqdim etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
53
313
Foto
Gollivud aktrisasi Skarlet Yoxanssonning Nyu-Yorkdagi 2 million dollarlik pentxausiga sayohat (foto)
Gollivud yulduzi Skarlet Yoxansson 2020-yilning kuzida uchinchi marta turmush qurdi. 36 yashar aktrisa turmush o‘rtoq sifatida 38 yoshli Saturday Night Live shousi ssenariy muallifi Kolin Jostni tanlagan. Aktrisa o‘zi yashaydigan pentxausini sotuvga qo‘yganidan, yoshlar birga yashash uchun yangi turar joy xarid qilmoqchi, degan xulosaga kelish mumkin. Nyu-Yorkning markazida joylashgan uyni Skarlet 2,3 million dollarga sotishni rejalashtirmoqda. Minimal skandinaviya uslubidagi interyer bilan yasatilgan mazkur uy sokin rangdagi, ortiqcha bezaksiz mebellar bilan jihozlangan. Qulay va shinam mehmonxonadan, uncha katta bo‘lmagan, ammo barcha zarur texnikalar mavjud bo‘lgan oshxonaga kiriladi. Oshxona ham ikki yuvinish xonasi singari marmar bilan ajratilgan. Ikkita yotoqxonaga ega bo‘lgan uyda havas qilsa arzigulik garderobni uchratish mumkin. Pentxaus terrasasidan Manhettenning kishini o‘ziga jalb qiladigan manzarasi ko‘zga tashlanib turadi.
100
956
Foto
Kiyinish borasida o‘z uslubini topish uchun bir necha yillar talab etilgan mashhur ayollar (foto)
Shou-biznesga ilk qadam qo‘yganidan buyon kiyinish borasida turli uslublarni sinab ko‘rgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Emma Uotson Birinchi marta qizil yo‘lakda ko‘rinish berganidan Emmaning uslubi sezilarli darajada o‘zgargan. Eskilari bilan solishtirilganda, unga hozirgi klassik kiyinish yarashganini bilish mumkin. Rianna Xonanda 2006-yilda kalta liboslarga e’tibor qaratgan. Yillar o‘tib esa nafaqat kiyinish uslubi, balki ko‘rinishi ham o‘zgargan. Mayli Sayrus 2006-yilda Mayli bosh qahramon rolini ijro qilgan “Xanna Montana” seriali ekran yuzini ko‘rgan. Sayrus tobora mashhurlikka erishgani sari e’tiborini yorqin va o‘ziga xos liboslarga qarata boshlagan. Viktoriya Bekhem Kiyinish borasida o‘z uslubini uzoq vaqt qidirgan Viktoriya haqiqiy xonimlarga xos kiyinadigan dizaynerga aylangan. Kim Kardashyan Model kiyinish va makiyaj borasida eksperiment qilishdan to‘xtamaydi, buni yuqoridagi suratlardan bilish qiyin emas. Mila Kunis Karyerasining boshida ortiqcha yasan-tusanlarni yoqtirmagan Mila keyinchalik did va ayollarga xos joziba bilan kiyinishni boshlagan. Jennifer Eniston Eniston ham vaqt o‘tishi bilan hashamatli va shu bilan birga o‘ziga xos liboslarni tanlay boshlagan. U kiyinish uslubi bilan kamchiliklarni yashirib, afzalliklarga urg‘u berishni yaxshi biladi. Riz Uizerspun Riz klassik va ayollarga xos go‘zallikka urg‘u beradigan liboslarni kiyishni ma’qul ko‘radi. Eng asosiysi, u vaqt o‘tishi bilan nima yarashadi, nima yo‘qligini tushunib yetgan. Kristen Styuart Kristen qizil yo‘lakda eng xilma-xil ko‘rinish berishga muvaffaq bo‘lgan yulduzlardan. U kiyinish borasida jinsi, kalta yubka yoki kostyumga ham murojaat qilishi mumkin. Nikki Rid Nikkining turli yillardagi suratlariga nazar tashlab, hech ikkilanmasdan uni kiyinish borasida o‘z uslubini topgan deyish mumkin. Nikol Kidman Nikol ham turli uslubda kiyinib ko‘rgan va so‘nggi vaqtlarda alohida marosimlar uchun yorqinroq va jozibali ko‘rsatadigan liboslarni tanlay boshlagan. Britni Spirs Britnining bugungi kiyinishini bundan 20 yil avvalgi uslub bilan umuman solishtirib bo‘lmaydi. Bir vaqtlar erkin uslubdagi liboslarni yaxshi ko‘rgan xonanda endilikda ancha sipo modellarga e’tibor qarata boshlagan. Peris Hilton Yillar o‘tishi Perisning tashqi ko‘rinishiga ta’sir qilmagan bo‘lishi mumkin, ammo kiyinish uslubi ancha o‘zgargan.
97
2,350
Foto
Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri — Ilon Mask qanday uyda yashaydi? (foto)
Sayyoraning eng badavlat kishilarining beshtalik ro‘yxatidan o‘rin olgan Ilon Maskning moliyaviy ahvoli 169,8 milliard dollarga baholanadi. Go‘zal manzarali joydan, qimmatbaho mebellar bilan jihozlangan hashamatli uy sotib olishga qurbi yetishiga qaramay, u maydoni 37 kvadrat metrni tashkil qiladigan ixcham uyga joylashishni afzal bilgan. Mask uchun mazkur uy 50 ming dollarga tushgan — bu milliarderning Tesla kompaniyasi avtomobili narxidan arzonroq. Turar joy studiya-xonadonni esga soladi. Undagi katta xona mehmonxona, yotoqxona, oshxona va vannaga bo‘lingan. Boxabl startapi tomonidan tayyorlangan uy konstruktor tamoyili asosida plitalardan ishlangan: xohishga qarab uni qismlarga ajratish, keyinroq esa bir necha soatda qayta yig‘ish mumkin. Maskning uyi SpaceX kompaniyasining Starship raketalari ishlab chiqariladigan yerdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, Texas shtatining Boka-Chika qishlog‘ida joylashgan. Ilonning hashamatdan voz kechishi ishga boshi bilan sho‘ng‘ish istagi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Milliarderning o‘zi Twitter sahifasida yangi uyi unga juda ham ajoyib tuyulayotganini ma’lum qilgan. Bundan kelib chiqib, Ilonni dunyodagi eng kamtarona yashashni afzal biladigan milliarder deb atasa ham, xato bo‘lmaydi. Taqqoslash uchun, Amazon asoschisi Jeff Bezos ham Nyu-York markazidan uy sotib olgan, buning uchun milliarder 80 million dollar sarflagan.
81
1,382
Foto
FaceApp: Yer qanday qarishi mumkin (foto)
Isobar Moscow kompaniyasi FaceApp ilovasi atrofida yuzaga kelgan shov-shuvlarga javoban qiziqarli vizual kampaniya ishlab chiqdi. Agentlik iqlim favqulodda holatlari davom etsa, sayyoramizda nima bo‘lishini suratlarda ko‘rsatdi. Loyiha Rossiyaning Greenpeace kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Maqsad qo‘rqinchli iqlim haqida xabardorlikni oshirishdir. Moskva Raqamli agentligi va Greenpeace Instagram akkauntida sayyoraning eng go‘zal joylari, agar insoniyat iqlim inqiroziga dosh berolmasa, qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini aks ettiradigan rasmlarni chop etdi. TravelAsk esa ana shunday suratlarni jamlab, taqdim etdi.
41
634
Foto
Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan xalqlar go‘zalligini aks ettiruvchi suratlar
Suratkash Aleksandr Ximushin taxminan 12 yil avval yo‘qolib ketish arafasida turgan kichik xalqlar va etnik qabilalarni izlash uchun sayohatga yo‘l oldi, uning maqsadi ularni portretlarda abadiylashtirish edi. 2019-yil BMT ko‘rgazmasida The World in Faces loyihasida uning ijod namunalari yuqori baholandi. Sibirdan kelgan buryatlik ayol – Aryunaning portreti. Chukchi ayol va chuviyalik erkak. Sibir. Chukotka, Bering dengizi qirg‘oqlaridagi aholining ayollari. Efiopiya, Daasanah qabilasi yosh ayoli. Mahalliy dolgan xalqidan bo‘lgan yosh ayol. Sibirning arktik qismi. Kamchatkaning mahalliy aholisi, Sibir. Kamchatka yarimorolida yashovchi itelmen ayol, Sibir. Kakchikel xalqi vakili. Gavatemala tog‘lari. Mariya va Aymka. Sibirning tub aholisi. Mo‘g‘ulistonda suratga olingan Xalxaning portreti. Vaxalik bola. Afg‘oniston. Uzoq Nubra vodiysidan ladax ayoli. Mo‘g‘ulistonlik qozoq qizi an’anaviy qishki kiyimda. Alu Xoymumyakovich Chunanchar, Arktikaning Nganasan mahalliy guruhi vakili. Mahalliy Nganasan aholisi an’anaviy kiyimda. Nivx xalqidan bo‘lgan ayol. Oxot dengizi qirg‘og‘i. Uzoq Sharq. Sibir. Bu Liza portreti – orochi xalqining so‘nggi vakillaridan biri. Soyotning so‘nggi mahalliy oqsoqollaridan biri. Buryatiya Respublikasining Okin viloyatidan kelgan yosh soyot ayoli. Yangi Gvineyaning Ist-Sepik-Papua viloyati aholisi. Yangi Gvineya Istern-Xaylends Papua viloyati qabila oqsoqoli. Sibirning Ulch mahalliy aholisi. G‘arbiy Mo‘g‘ulistonning Xovd viloyatidan kelgan oltoy-uryanxay qizi. Gelugbaning yosh rohibi. Nubra vodiysi. Dunyoning eng sovuq mintaqasi – Saxa Respublikasida yashovchi mahalliy aholi portreti. Alyaskadagi oroldan bir necha kilometr narida, Bering dengizining Chukotka sohilidagi ota va o‘g‘il. Fotosuratchi Aleksandr Ximushin. Chuvash mahalliy aholisi an’anaviy libosda.
81
1,835
Foto
Foto: Amerikalik ayol 10 mingta konfet o‘rovidan ko‘ylak yaratdi
AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Emili Seylxamer ismli ayol 10 mingta Starburst konfeti o‘rovidan ko‘ylak yaratdi. U o‘zi yaratgan kiyimni kiyib, suratga tushdi va ularni Facebook’dagi sahifasiga joyladi. Mashable’ning yozishicha, rassom Emili Seylxamer turmush o‘rtog‘i bilan o‘zi yoqtiradigan Starburst konfeti yordamida tanishgan. O‘shanda Emilining bo‘lajak eri uni konfet bilan mehmon qilgan. Ayol eridan konfetlar o‘rovini tashlab yubormaslikni so‘radi va ma’lum muddatdan keyin bir qop turli rangdagi qog‘ozchalar to‘plandi. Seylxamerning aytishicha, ko‘ylakni yaratish og‘ir jarayon bo‘lmadi, ammo ancha vaqtni oldi. U har bir o‘rovni dazmol yordamida tekislab, elastik ip yordamida bir-biriga yopishtirgan. Starburst bir nechta rangdagi konfet o‘rovlarini ishlab chiqarishni tugatgani uchun, ayol ko‘ylak dizaynini bir necha bor o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.
64
888
Foto
Fotogalereya: Havo almashtirish uchun maqbul davlatlar
Odam yashab turgan joyidan biroz uzoqlashib, sayohat qilishi hayot tashvishlaridan tin olishning eng yaxshi usullaridan biri sanaladi. AdMe ana shunday sayohatlar uchun maqbul bo‘lgan mamlakatlarga e’tibor qaratdi.
54
214
Foto
“Qurilish san’ati” fototanlovi finalchilari e’lon qilindi
“Qurilish san’ati” arxitektura fototanloviga berilgan minglab arizadan faqat 15 nafar finalchi tanlab olindi, deb yozadi TJournal. Quyida finalchilarning ishlari va ularning suratlarga qoldirgan izohlari bilan tanishishingiz mumkin. Mikelle Palatsso: Nyu-Yorkning mashhur osmono‘par binosi — Fletayron-bilding qor qoplagan shahardan xuddi ulkan kema burnidek suzib chiqmoqda Aleksandr Nesterovskiy: Ushbu surat arxitektura va tabiat kesishuvi timsolidir Senad Taxmaz: Arxitektura elementining noodatiy, minimalistik ko‘rinishi Roman Robruk: Ar-deko uslubida qurilgan yagona nusxadagi apparatxona Barbara Rossi: Men vayronkorlikni gavdalantirdim. U transformatsiya, harakat va go‘zallik ramzi Mark Grassi: 2016-yilning iyunida Larung Garda barchasi o‘zgarib ketdi. Sharqiy-Tibet Larung Gari buddistlarning dunyodagi eng yirik manzilgohi edi. Iyun oyida u Xitoy hukumati tomonidan vayron etildi. Jina Soden: Mavritaniya arxitekturasining ajoyib namunasi — bularning barchasi italyancha saroyda. Jonaton Ualland: Yorug‘likning mavjud emasligi suratkash urg‘u bermoqchi bo‘lgan narsaga tomoshabinlar diqqatini tortish uchun qo‘llangan holat. Shibasish Saxa: Oilalarini boqish uchun ter to‘kib ishlayotgan erkak va ayollar Enrike Gimenez-Velilla: Ushbu surat rivojlanayotgan mamlakatlar qurilishlarida ishlayotgan barcha ishchilarga o‘ziga xos hurmat belgisi Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
57
1,536
Foto
Fotomontaj: Muzlab qolgan mashhur o‘yin dizayneri
Metal Gear Solid o‘yini dizayneri Xideo Kodzimaning yordamchisi 28-fevralda uning suratini Twitter’ga joyladi. Suratda dizayner London metrosida sovuqdan kurtkasiga o‘ranib o‘tirgani aks etgan, deb yozmoqda TJournal. Twitter foydalanuvchilari mashhur dizaynerning suratini fotomontaj qilishni boshladi. Foydalanuvchilar tomonidan tarmoqqa joylangan suratlarda dizayner o‘tirgan o‘rindiq yonidagi oyna orqasida boshqa sayyoralar tasvirlangan.
49
442
Foto
Tanib bo‘lmas darajada makiyaj qiladigan vizajist — Goar Avetisyanning ijod mahsulini o‘zida mujassam etgan suratlar
Vizajist sifatida nafaqat Rossiya, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhur hisoblangan Goar Avetisyan 4-iyul kuni 28 yoshni qarshiladi. Britaniyaning DailyMail nashri tomonidan “Yilning eng yaxshi vizajisti” deb e’tirof etilgan Goarning seminar va mahorat darslarini dunyoning turli burchaklaridagi qiziquvchilar intiqib kutadi. Bir necha yil ichida byuti-imperiyaga asos solishga muvaffaq bo‘lgan Avetisyanning mijozlari orasida oddiy odamlar, qolaversa, yulduzlarni ham uchratish mumkin. Goar oddiy oilada dunyoga kelgan. Muvaffaqiyatga mustaqil ravishda erishgan vizajist bularning barini obunachilaridan berkitmaydi. “Hammasi bolaligimdan boshlangan. 12 yoshimdan boshlab har kuni bo‘yanganman va ota-onam buning uchun meni kaltaklagan. 15 yoshimda menga makiyaj uchun pul to‘lay boshlashgan. Qachonlardir meni dunyoda tanishadi degan niyat bilan xohlovchilarni kun davomida uzluksiz pardoz qilganman. To‘g‘risini aytganda, uyqusiz tunlar va kun davomida arzimas chaqa evaziga bularni bari bejiz emas deb, 10-15 soatlab makiyaj qilganimni eslasam yuragim siqiladi. Keyinroq meni butun Moskvada taniy boshlashdi — makiyaj va soch turmagi qildirish uchun yozilgan kelinlar bu kunni orziqib kuta boshladi. Ammo Instagram paydo bo‘lishi bilan dunyoning turli mamlakatlaridagi insonlar ham men haqimda bila boshladi. Mana 8 yildan buyon makiyajdan dars beraman (makiyaj texnikam bilan tanishish uchun har oy yerning turli burchaklaridan talabalar oldimga uchib keladi). Shu kungacha vizajist sifatida ishlayotgan bo‘lsam, menga muhtoj bo‘lgan ayollarni bepul bo‘yantiraman. Men qizlarni, ayniqsa, o‘ziga ishonmaydigan, o‘zining naqadar go‘zal va latofatli ekanini allaqachon unutgan qizlarni o‘zgartirishni yaxshi ko‘raman”, — deydi Goar. Uning ishlariga nazar tashlab, nima uchun aksariyat ayollar Goardek makiyaj qilishni istashini bilish mumkin.
116
1,848
Foto
Olimlar yadro sinovlari aks etgan eski kinoplyonkalarni qayta tikladi (foto)
Yadro sinovlari aks etgan minglab eski kinoplyonkalarni qaytash tiklash orqali, amerikalik olimlar ancha oldin sinalgan bombalar kuchini aniqlaydi. Fiziklar ba’zi noyob kadrlarni “Gazeta.ru” bilan bo‘lishdi. Climax yadro eksperimenti 1953-yil 4-iyunda Nevadadagi poligonda o‘tkazilgan. Samolyotdan tashlangan bomba 406 metr balandlikda portlagan. Peacekeeper qit’alararo ballistik raketaning sinov parvozi. Suratda raketadan ajralib chiqayotgan o‘nta kallakdan har birining izlari ko‘rinib turibdi. Birinchi suvosti yadro portlashi. 21 kilotonnali bomba 1946-yil 24-iyulda Bikini atolli (halqa shaklidagi marjonlar oroli)da portlatilgan. 210 kilotonnali bombani Tinch okeanidagi Rojdestvo oroli ustida portlatish bo‘yicha Truckee eksperimenti, 1962-yil 9-iyun. Nevadadagi poligonda 1953-yil 25-mayda amalga oshirilgan Grable portlashi. 11 dyuymli zambarakdan otilgan o‘q 34 kilometr masofaga uchdi. Bu tarixda birinchi marta otilgan yadro artilleriya o‘qi bo‘ldi. Nevadadagi cho‘lda 14 kilotonnali bombani portlatish bilan bog‘liq How eksperimenti. Nurli “oyoqchalar” — zaryad turgan minoraning nurlanishdan bug‘lanib ketayotgan arqonlari. 1952-yil 5-iyunda Enivetok atollida amalga oshirilgan 360 kilotonnali Mohawk portlashi. Eksperiment chog‘ida birinchi portlash natijasida o‘ngroqda joylashgan ikkinchi o‘q ham portlab ketdi. Nevadadagi poligonda amalga oshirilgan yadro portlashidan bir necha kilometr narida turgan suratkashlar.
76
1,443
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi eng nufuzli ayollar
Forbes jurnali dunyodagi 100 ta eng nufuzli ayollar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Germaniya kansleri Angela Merkel egalladi, ikkinchi qatordan esa Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey joy olgan. Reytingda uchinchi o‘rinni milliarder Bill Geytsning rafiqasi Melinda Geyts egallagan.
43
304
Foto
Fotogalereya: Dron yordamida suratga olingan dunyoning eng xavfli joylari
Bugun biror joyni jamoatchilik ko‘zidan yashirish qiyin. Yangi texnologiyalar: dron, uchuvchisiz uchar qurilma va kvadrokopterlar yordamida istalgan joyning suratini olish mumkin. Ular yordamida istalgan obyekt, jumladan, suratga olish taqiqlangan joylarni ham qush parvozi balandligidan suratga olish imkoniyati yuzaga keldi. TravelAsk dunyoning suratga olish taqiqlangan eng xavfli joylarining ana shunday suratlarini taqdim etdi. Suriya. Tanklar jangi. Suriya. Xoms. Taqiqlangan shahar, Pekin. Suratlar muallifi Xitoydan deportatsiya qilingan. Pripyat, Ukraina. Chernobil yaqinidagi radio rele stansiyasi Kazantip, Qrim. Oxirigacha qurib bitkazilmagan AES. Fukusima, Yaponiya Arvoh shahar Okuma 51-zona, Nevada. Yerdan tashqari sivilizatsiya bilan aloqa joyi deb hisoblab kelinadi. Ba’zi taxminlarga ko‘ra, bu yerda Amerika harbiy bazasi joylashgan. Debalsevo, Ukraina Tap Xilldagi Smithfield Foods fermasi, Shimoliy Karolina. So‘yilgan hayvonlar qoni tufayli ko‘l suvi shunday rangga kirgan. Tesla’ning Rossiyadagi ulkan g‘altaklari Shpitsbergen, Norvegiya. Svalbard Global Seed Vault — butun dunyo o‘simliklarining urug‘lari bu yerda optimal sharoitda saqlanadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
73
1,254
Foto
Fotogalereya: O‘z his-tuyg‘ularini odamlar bilan bo‘lishishni istagan hayvonlar
Ba’zi hayvonlar o‘z his-tuyg‘ularini boshqara olmay atrofdagilar bilan bo‘lishishga intiladi. AdMe shu kabi hayvonlarning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
79
161
Foto
Kutilmaganda izohlab bo‘lmaydigan holatlarni yuzaga keltirgan suratlar
Bu hayotda hamma narsani ham tushunib bo‘lmaydi. Yoki juda oddiy narsalarning izohi uchun ham uzoq vaqt bosh qotirishga to‘g‘ri keladi. Ko‘p o‘ylashni yoqtirmaydigan insonlar esa odatda tez va noto‘g‘ri qaror qabul qiladi. Shuningdek, tabiatning o‘zi ham anglash qiyin bo‘lgan g‘ayrioddiy narsalarni yaratishi shubhasiz. Quyida ana shunday izohtalab holatlar aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz. Qiziq, eshiklardagi turli xil tutqichlarning funksionalligi nimada bo‘lishi mumkin? “Qo‘shnim bananni shu tarzda iste’mol qiladi”. “Men allaqachon simga ilingan poyabzalni ko‘rganman, lekin PS2  joystiki yangilik”. Ushbu zinalar uchun mo‘ljallangan nogironlar aravachisi bormikan? Elektr rozetkasi uchun juda ajoyib joy. “Ushbu g‘alati tuxum boshqalariga o‘xshamaydi”. “Bu go‘zallik mahalliy kollejlarning birida kashf etilgan”. Elektrovelosipedda erigan shokolad. Sana bilan muhr qadoqqa emas, balki bulochkaning o‘ziga urilgan. “Azizim, ‘jindal’laringni unutma”. “Birgalikda uchish yanada qiziqarli”. Restorandagi gilam ustida plitkali kichik maydon ham mavjud. “Ushbu sirpanchiqda qanday qilib uchish mumkin?” Saab samolyotida qo‘l uchun maxsus tuynuk bor. Taco Bell’da kichik hamda qulflanadigan eshik. Yo‘talga qarshi dori vositalari: ular qanday qadoqlangan bo‘lishi mumkin?
70
1,305
Foto
Fotogalereya: jonivorlar bilan selfi tushish bo‘yicha jahon chempioni
Irlandiyalik Allan Dikson jonivorlarni kamera obyektivlari qarshisida tabassum qilishga ko‘ndira olish qobiliyati bois “doktor Dulittl” laqabini olgan. U olgan selfilar hayratlanarli — aftidan, Dikson jonivorlar bilan bir necha daqiqada do‘stlashib keta oladi. “Asosiy qiyinchilik ularga xavfsiz vaziyatda ekanliklarini tushuntirishdir. Ularga imkon qadar yaqinroq boring, ammo sekin harakatlaning”, — deydi Dikson. Shuningdek, u fotoapparatning shovqini va yorug‘ligini o‘chirib qo‘yishni maslahat beradi, aks holda jonivorlar hurkib ketishi mumkin. Thingx Diksonning eng yaxshi ishlarini namoyish etadi.
69
605
Foto
Turkiya Yevropasi. Izmir shahriga uyushtirilgan sayohatdan fotoreportaj
Yaqinda Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan bir guruh jurnalistlar hamrohligida «Safe Tourism» tashabbusi doirasida press-turda ishtirok etdim. Sayohatimiz Izmir shahridan boshlandi. Quyida Izmir shahri tarixi va buguni haqida qiziqarli ma‘lumotlar va uning diqqatga sazovor joylaridan olingan fotosuratlarni taqdim etamiz. Izmir Turkiyaning aholi soni boʻyicha eng yirik uchinchi shahri hisoblanadi. Shuningdek, u Istanbuldan keyin ikkinchi yirik portga ega shahar ham. Izmirni Turkiyaning Yevropasi ham deyishadi. Izmirda aholi soni 2020 yil ma‘lumotlariga koʻra 4,3 milliondan oshiq. Shahar geografik jihatdan Turkiyaning gʻarbiy qismida, Egey dengizi sohilida joylashgan. Oʻzining qulay joylashuvi sabab u oʻz tarixi davomida muhim strategik shaharlardan biri boʻlib kelgan. Qadimgi nomi Smirna boʻlib, antik davr yunon shaharlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Ma‘lumotlarga koʻra, Izmir (Smirna) miloddan avvalgi 3000 yilda tashkil topgan. Afsonalarga koʻra, shaharga Onadoʻlining tub aholisi deb qaraladigan leleglar asos solgan. Keyinchalik hududga ionlar (yunonlarning bir qavmi) koʻchib kelib oʻrnashgan. Forslar bosqini paytida shahar zaiflashib, xarobaga aylanib boradi. Aleksandr Makedonskiy davrida qayta tiklangan shahar keyinchalik Rim imperiyasiga qoʻshib olinadi. Imperiya ikkiga ajralib ketgach, shahar Vizantiya imperiyasi tarkibida qoladi. Shaharni egallagan ilk turk Saljuqiylar qoʻmondonlaridan biri Chaqa Beydir. 1081 yilda Saljuqiylar dengizchilari shaharni egallaydi, ammo 1097 yilda salibchilarga boy beradi. Keyinchalik XIV asrda Usmonliga tobe Aydinoʻgʻillari beyligi Izmir hududini oʻz nazoratiga oldi. Ammo shahar yana Salibchi risarlarning qoʻliga oʻtib ketdi. 1402 yilda Amir Temur Kichik Osiyodagi yurishlari paytida Izmirni risarlardan ozod qiladi. Keyinchalik esa shahar Usmonli nazoratiga oʻtadi. Birinchi jahon urushidan soʻng Usmonli hududi parchalanib ketadi. Ishgʻolchi kuchlar sobiq imperiya hududini boʻlib oladilar. Bu vaziyatdan foydalangan yunonlar 1920 yilda Izmirni egallab oladi. Gʻoziy Mustafo Kamol boshchiligidagi turklar shahar uchun jang qilib 1922 yil 9 sentyabrda shaharni ozod qiladi. Shu tariqa shahar yana turklar qoʻliga oʻtadi. Ushbu sana esa Izmirning ozod etilgan kuni sifatida tarixda qoldi. Izmirda Oʻrtaer dengizi iqlimi hukmron. Yozlari issiq va quruq, qish esa iliq. Yogʻingarchilik asosan qishda yuz beradi. Yozdagi maksimal issiq 32 daraja, qishdagi minimal daraja esa 6 daraja. Oʻrtacha harorat 27 darajani tashkil qiladi. Izmir jamoat transporti haqida gapiradigan boʻlsak, shaharda metro, tramvay va avtobuslar shahar ahli uchun xizmatda. Basmane temir yoʻl vokzali mashhur arxitektor Gustav Eyfel tomonidan bunyod etilgan. Shuningdek, Adnan Menderes nomli xalqaro aeroport ham mavjud. Dengiz boʻyida joylashgani sababli Izmirning asosiy daromad manbai bu uning portlaridir. Shuningdek, shahar oʻzini oʻzi elektr energiyasi bilan ta‘minlay oladi. Izmir boʻylab sayohatimizni sohil boʻyidan boshladik. Bu yerda port yaqinida ajoyib bino boʻlib, bugungi kunda Pier Konak deyishadi. Bu bino 1890 yilda arxitektor Gustav Eyfel tomonidan qurilgan boʻlib, bojxona binosi vazifasini bajargan. Bino toshlardan qurilgan boʻlib, tom qismi qizil rangli plasterdan yopilgan. Bino 2003–2004 yillarda bugungi qiyofaga kelgan va hozirda bu yerda savdo markazi joylashgan. Dunyoga mashhur brendlarning doʻkonlari joylashgan bu manzil sifatli xarid ixlosmandlari uchun ajoyib joy. Keyingi manzil, Konak maydoni va u yerda oʻrnatilgan soat. Ushbu maydonda, shuningdek, viloyat hokimligi binosi, ma‘muriy binolar, masjid va Izmirga birinchi boʻlib kirgan Hasan Tahsinning haykali ham joylashgan. Maydonning markazida joylashgan Konak soati 1901 yilda Usmonlining eng mashhur sultonlaridan, eng uzoq hukm surgan oxirgi hukmdor Abdulhamidxon II ning taxtga chiqqanining 25 yilligi munosabati bilan yana oʻsha Gustav Eyfel tomonidan qurilgan. Soatning balandligi 25 metr boʻlib, sulton hukmronligining 25 yilligini bildirib turgan. Soat sharq va gʻarb me‘morchilik uslublarining qorishmasini oʻzida namoyon etadi. Devorlaridagi boʻrtma naqshlar soatga oʻzgacha goʻzallik baxsh etib turibdi. Soatning eng yuqori qismida esa Islom dini ramzi deb qaraladigan yarim oy shakli oʻrnatilgan. Shahar aholisi va mehmonlarning sayr qilishi uchun juda ajoyib manzil. Qadimdan bozorlar shahar ahlining eng gavjum nuqtasi boʻlib kelgan. Izmirda ham shunday bozorlardan biri bu Kemeralti bozoridir. Bozor XVI asrda barpo etilgan boʻlib, bir nechta karvonsaroylardan iborat. Qadimda bozorlar mavjudligi karvonsaroylar qurilishi uchun turtki hisoblangan. Izmir port shahar boʻlgani sababli, bozor ham dengiz yaqinida joylashgan. Bozordagi deyarli barcha mahsulotlar Turkiya mahsuloti. Kiyim-kechak deysizmi, tilla buyumlarmi, shirinliklarmi yoki brend mahsulotlarmi, barchasini topish mumkin. Restoranga aylantirilgan karvonsaroylarda esa ajoyib turk taomlaridan bahramand boʻlish mumkin. Izmir shahri 2020 yilda yuz bergan zilzila oqibatida ancha zarar koʻrgan edi, ammo bugun uning oqibatlari deyarli koʻrinmaydi. Shahar toʻliq qayta tiklangan. Navbatdagi fotoreportajlarda koʻrishguncha. Jahongir Ostonov tayyorladi
71
5,178
Foto
Shavkat Mirziyoev Nur-Sultondagi “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo'ydi
Shavkat Mirziyoev 6 dekabr kuni Nur-Sulton shahridagi “Otan korg'aushilar” (Vatan himoyachilari) monumentiga gul qo'ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan qozog'istonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlab bunyod etilgan. Uning balandligi 37 metr bo'lib, monument markazida Vatan timsoli — ona tasvirlangan. xorijiy davlatlar rahbarlari bu yodgorlikka gul qo'yib, Qozog'iston xalqiga hurmat-ehtiromini bildiradi. Avvalroq Shavkat Mirziyoev Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qilib, tug'ilgan kuni bilan tabriklagandi.
77
634
Foto
Eng baland did bilan kiyinuvchi arab ayollari (foto)
UAE Inside nashri Arabian Business versiyasiga ko‘ra, eng baland did bilan kiyinuvchi arab ayollari ro‘yxatini taqdim etdi. Model va teleboshlovchi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘n minglab muxlislariga ega. Qatar qirollik oilasining vakili o‘zining konservativ va o‘ziga xos uslubi bilan mashhur. Taniqli qo‘shiqchi sahnada glamur, hayotda esa klassik uslubni afzal ko‘radi. Arab moda olamining asosiy vakillaridan biri. Ushbu qo‘shiqchi o‘zining noyob uslubi bilan taniqli. U ko‘pincha yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Moda dizayneri va bloger. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘n minglab obunachilarga ega. Ushbu aktrisa o‘zining “o‘ynoqi”, ammo klassik uslubi bilan mashhur. Aynan shu narsa uni suratga olish maydonida tanitadi. Dubaydagi birinchi moda blogeri. O‘zining noodatiy va o‘ziga xos uslubi tufayli mashhurlikka erishgan.
52
831
Foto
Fotogalereya: Sony World Photohraphy Awards tanlovining finaliga yo‘l olgan suratlar
Har yili dunyoning turli burchaklaridan o‘n minglab professional suratkashlar Sony World Photography tomonidan o‘tkaziladigan tanlovda g‘olib bo‘lish hamda 25 ming dollar miqdoridagi bosh mukofotni qo‘lga kiritish uchun kurash olib boradi. TravelAsk joriy yilda ushbu tanlovning final bosqichiga yo‘lga olgan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Sasha Maslov. “Veteranlar” loyihasidan Stefano Morelli. Dunyodagi eng xavfli atom elektrostansiyalaridan biri joylashgan Metsamor shaharchasi Xanlin Vang. Harbiy otasi bilan Xitoyga sayohat qilgan suratkashning Finding Lubo nomli suratlaridan biri Adam Pritti. Rossiya va Qozog‘iston terma jamoalari suv polosi bo‘yicha o‘zaro kurashmoqda Eduardo Kastaldo. Vifleyem va Quddus chegarasidagi o‘tkazish punkti Kristofer Ochikone. “Ukraina sharqidagi urushlar” nomli seriyali suratlaridan Endryu Kvilti. Afg‘onistondagi Aub Bala qishlog‘i Roselina Romistella. Ishsizlik va inqiroz tufayli chorvachilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan sitsiliyaliklar Kevin Freyer. Roxinja qochoqlari.
84
1,033
Foto
Yevropadagi eng katta palma bog‘i, antiqa zinapoya, qoya ichidagi shahar: O‘z sirlarini faqatgina sinchkov sayyohlargagina ochuvchi Ispaniyaga sayohat (foto)
Ispaniya Pikasso, flamenko, gazpachoning vatani hisoblanadi. Sayyohlar bu yerga “La Tomatina” pomidor festivalida ishtirok etish yoki mashhur ispan buqalar jangini tomosha qilish uchun keladi. Ammo bu mamlakatning go‘zalligini chinakamiga his qilish uchun oddiy ispaniyalikning kundalik hayotiga biroz chuqurroq nazar tashlash kerak. Yevropadagi eng tor bino Ispaniyada joylashgan: uning kengligi atigi 107 santimetr. Bino Valensiya markazidagi Lope de Vega maydonida joylashgan. Bu Braziliyadagi Casa del Metro nomi bilan tanilgan 100 santimetrlik binodan keyin dunyodagi ikkinchi eng tor binoga aylandi. Alaurin-de-la-Torre ko‘chasi mahalliy ayollarning qo‘l mehnati yordamida to‘qilgan matolar bilan bezatilgan. Evropadagi eng katta palma bog‘i Ispaniyaning Elche shahrida joylashgan. Palmeral – Elche shahrida joylashgan palma bog‘i. Birinchi o‘simliklar 2500 yil oldin karfagenliklar tomonidan ekilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda 200-300 minggacha palma daraxtlari o‘sadi. 2000-yilda Palmeral YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sevilyadagi tramvaylarda tez quvvatlanuvchi akkumulyatorlar mavjud, shuning uchun yo‘l bo‘ylab elektr tarmoqlariga ehtiyoj bo‘lmaydi. Bekatlarda bunday tramvaylar 30 soniya ichida to‘liq quvvatlanadi va bu 3 kilometrga yetadi. Ispaniyadagi jamoat hojatxonalari estetik jihatdan ham boshqalardan farq qiladi. Foto; AdMe Piyodalar o‘tish joyi transport vositasining qaysi tomondan kelayotganini ko‘rsatadi. Mursiyadagi Bibi Maryam sobori oldida ko‘zi ojiz odamlar majmuaning qanday ko‘rinishda ekanligini his qilishi uchun qo‘llari bilan tegishi mumkin bo‘lgan 3D model o‘rnatilgan. Marketing daholari: Bu do‘kon zinapoyaga chiqqan har bir qadam uchun qancha kaloriya sarflaganini ko‘rsatadi. Butun aholi punkti 50 metr balandlikda 1 km uzunlikdagi jar yoqasida yashaydi. Kastelfolit-de-la-Roka – Kataloniyadagi La Garrotxa vulqon zonasidagi kichik shaharcha. Bu yerda 1000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. U taxminan 200 ming yil oldin vulqon lavasining oqimi natijasida hosil bo‘lgan bazalt jinsida joylashgan. Bu kichik hududda San-Salvador cherkovi, soat minorasi bo‘lgan shahar hokimiyati, kuzatuv maydonchasi, shuningdek, Vyetnam muzeyi va go‘sht mahsulotlari muzeyi joylashgan. Kordovada yoz issiq bo‘ladi. Ispaniya iqlimi iliq bo‘lgan mamlakatdir. Ammo iyul va avgust oylarida harorat 30 ° C dan oshishi mumkin. Hamma joyda 24 soat ishlaydigan dorixona avtomatlari mavjud, ulardan tungi vaqtda foydalanish mumkin. Valensiyada ba’zi svetoforlarda tasvirlangan figuralar milliy ispan kiyimida kiyingan. Sevilyada Minecraft o‘yinidagi buyumlarga o‘xshash g‘ayrioddiy daraxtlarni ko‘rish mumkin. Terrassa shahrida eski mashinalardan yasalgan dinozavr haykali bor. Malagadagi pullik hojatxonalardan birining ichida esa sovg‘a do‘konini topish mumkin. Ispaniya supermarketlarida tetrapaklarda tayyor gazpacho sotib olish mumkin. Gazpacho odatda issiq mavsumda tayyorlanadigan an’anaviy ispan taomidir, chunki u odatda sovutilgan holda iste’mol qilinadi. Ispaniyada 20 yil davomida gazpacho karton qutilarda sotiladi. Shunga qaramay, sayyohlar hali ham tetrapaklarda bunday taomlar emas, balki sharbat yoki sut sotilishiga o‘rganib qolgan. Ispaniyada qoyada qurilgan shahar bor. Setenil de las Bodegas — Andalusiyadagi shahar bo‘lib, u miloddan avvalgi I asrda rimliklar tomonidan Rim imperiyasi istilosi paytida qurilgan. Hozir u yerda 3 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Butun dunyodan kelgan sayyohlarni taomlar, devorlar va  bazalt toshlari bo‘lgan g‘ayrioddiy binolar o‘ziga jalb qiladi. Ispaniyada eng xavfli turistik yo‘nalishlardan biri. Kaminito-del-Rey 1901-1905 yillarda GES ishchilari uchun qurilgan. Bu Malaganing go‘zal tog‘larida uzunligi 3 kilometr bo‘lgan mashhur sayyohlik marshrutidir. Daradan 100 metr balandlikda cho‘zilgan yo‘lning kengligi bor-yo‘g‘i 1 metr. Madriddagi bu bog‘ boshqa bog‘lardan farq qiladi. Vertikal bog‘ selfi ishqibozlari uchun mashhur manzilga aylandi. U CaixaForum Madrid madaniyat markazi tepasida o‘sadi. Chet elliklar bilishi kerak bo‘lgan ispan odatlari:
157
4,078
Foto
Suv ostida qolgan Eyfel minorasi: Parijdagi suv toshqini oqibatlari (fotogalereya)
Fransiya poytaxtida Sena daryosi suvi sathi so‘nggi bir necha kunlar ichida besh metrga yetdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Daryo qirg‘oqlardan toshib ketishi natijasida ko‘plab ko‘chalar suv ostida qoldi. Sena qirg‘oqlari yaqinida joylashgan Luvr muzeyi rahbariyati suv toshqini xavfi tufayli san’at asarlari pastki qavatlardan yuqori qavatlarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Fransiyaning SNCF temir yo‘l kompaniyasi esa xuddi shu xavf sababli shahar tashqarisiga qatnovchi tezyurar poyezdlar tizimidagi oltita stansiya yopilishini e’lon qildi. 27-yanvar, shanba kungacha Parijdagi vaziyat yomonlashib, suv sathi yanada ko‘tarilishi kutilmoqda.
82
639
Foto
Fotoreportaj: Toshkentda “Favvoralar sayli”
Toshkent shahrida 2017-yil 1-may, dushanba kuni erta tongdan belgilangan hududlarning barchasida favvoralar sayillari boshlandi. O‘tgan asrning eng mashhur ohanglari, bugungi kunning ommabop taronalar sadosi ostida turli tashkilotlar hamda badiiy jamoalarning ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Kino va teatr aktyorlari, tomosha guruhlarining chiqishlari, kitob savdolari tashkil etilib, bolalar uchun turli attraksionlar o‘rnatildi. Sayilga tayyorgarlik jarayonida favvoralar tizimi takomillashtirilib, bir nechtasiga zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan, musiqali favvora chiroqlari serjilo chiroqlarga almashtirilgan. “Daryo” muxbiri Mustaqillik maydoni, Ma’rifat markazi va Simpoziumlar saroyi kirish qismidagi hamda Bobur ko‘chasidagi Yengilsanoat uyushmasi oldidagi favvora sayillarida bo‘lib, maxsus fotojamlanma tayyorladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
43
911
Foto
Mashhur yulduzlarning biz uchun butunlay notanish bo‘lgan aka-singillari (fotogalereya)
Mashhur kishilarni barcha taniydi. Filmlar, konsertlar, jurnallar va gazetalar birinchi sahifasidagi suratlar, internet nashrlardagi millionlab maqolalar... Biroq ba’zilar uchun ular shunchaki qarindosh. AdMe mashhur kishilarni ularning aka-singillari yonida tomosha qilishni taklif qiladi. Bu qalbga yaqin suratlar qarindoshlik rishtalari yulduzlik kasalligiga qarshi eng yaxshi vosita ekanligini yodga soladi. Silvestr Stallone kichik ukasi Frenk bilan birga Nikol Kidman singlisi Antoniya bilan Sandra Bullok singlisi Jezin Bullok-Prado bilan Elaydja Vud singlisi Xanna bilan Sara Jessika Parker ukasi Pippin bilan Kolin Farrell opasi Klodin bilan Keyt Xadson ukasi Uayatt Rassell bilan birga Ben Stiller opasi Emi Stiller bilan Bred Pitt akasi Dug bilan Kianu Rivz singlisi Kim bilan Skarlet Yoxansson egizak ukasi Xanter bilan Leonardo Di Kaprio akasi Adam Farrar bilan Bredli Kuper opasi Xolli bilan birga Aka-uka aktyorlar: Endryu, Lyuk va Ouen Uilsonlar Sheron Stoun kichik singlisi Kelli bilan Rene Zellveger akasi Dryu bilan birga “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
87
1,130
Foto
Italiyalik fotograf kelajagimiz qanday bo‘lishini hayratomuz suratlarda ko‘rsatdi
Italiyalik fotojurnalist Alberto Juliani kelajagimiz qanday bo‘lishini ko‘rsatuvchi g‘aroyib loyihani yaratdi. O‘z kasbi va maqomi tufayli Alberto oddiy insonlar kira olmaydigan noodatiy joylarda bo‘lishga erishdi. Ular orasida Amerika kriomarkazlari, Xitoy genomni tadqiq etish institutlari, shuningdek, Marsdagi hayotni modellashtirish bo‘yicha NASA Hi-Seas IV loyihasi bor. Bu qiziqarli fotoloyihani ko‘rib, biz va ayniqsa farzandlarimizni nimalar kutayotganligini tushuna boshlaymiz, deb yozadi TravelAsk. Ovcharkaning yangi tug‘ilgan bolasi kloni. U AQSh Harbiy-dengiz kuchlari xizmat itiga aylanadi. NASA Hi-Seas IV loyihasi doirasida Mars yuzasiga chiqish imitatsiyasi Gumanoid-robotlar otasi Xirosi Isiguro va u yaratgan Geminoid. Isiguro safarda bo‘lgan vaqtlarda gumanoid talabalarga ma’ruzalar o‘qiydi. Buyuk Britaniyadagi “Edem loyihasi” — maxsus biosferalarga aylantirilgan eski konlarda ulkan tropik o‘rmon o‘sadi. Tokio muzeyidagi telenoid-robot yosh bola hissiyotlarini ifodalay oladi. Germaniyalik Kay Shvaltenberg dengiz geologi va biologi bo‘lib, iqlim o‘zgarishi muammosini tadqiq etadi. Suratda uning atrofidagi dengiz qachonlardir muz bilan qoplangan edi. Fukuokdagi Henn-na — to‘liq gumanoid robotlar boshqaruvidagi birinchi mehmonxona. Bu yerga kirganingizda sizni yoqimtoy robot ayol va ikkita dinozavr robot kutib oladi. Insonlarni kriokonservatsiya qilish (muzlatib qo‘yish) markazi (Michigan). Bu yerda institut “bemorlari”ning portretlarini ko‘rish mumkin.
81
1,492
Foto
Foto: Ozganidan so‘ng tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan odamlar
Ortiqcha vazn salomatlikka salbiy ta’sir qiladi. Ko‘p hollarda semirish yurak-qon tomir va mushak kasalliklari, shuningdek, ikkinchi turdagi qandli diabetga olib keladi. Vazn tashlash orqali esa ushbu kasalliklarning oldini olishga muvaffaq bo‘lish mumkin. Sezilarli darajada ozishga muvaffaq bo‘lgan kishilar surati sog‘lom hayot tarzini tanlamoqchi bo‘lganlar uchun motivatsiya bo‘lishiga shubha yo‘q. “Birinchi suratda vazn — 181 kg, keyingisi — 77 kg”. “Kito parhezi, interval ochlik va sportzalga qatnash sabab 95 kg tashladim”. “122 kg vaznim 14 oydan keyin 63 kg bo‘ldi”. “Birinchi vazn — 86, keyingisi esa 75 kg”. “Bir yil avval ushbu kombinezon kichkina edi”. “Va nihoyat, filtrsiz suratlarim bilan bo‘lisha olaman”. Yana bir hayratga soladigan natija. “Bir yil davomida o‘z ustimda ishlaganimdan keyingi natija”. “Bu mening yangi yuzim ekaniga ishonish qiyin”. “Bir yil ichida 19 kiloga ozdim”. “Birinchi suratda 18, ikkinchisida esa 19 yoshdaman”. Avval va keyin. “2020-yilda 45 kiloga yengilroq bo‘ldim. “Ortiqcha 39 kilodan qutilishim uchun menga 10 oy kerak bo‘ldi”. “27 kilo vazn tashladim”. Bir yil farq bilan olingan surat. “98 kilo bo‘lgan vaznim endi 62 kilo”.
68
1,196
Foto
Foto: Dubaydagi plyaj mehmonxonalari durdonalari
National Geographic Fors ko‘rfazi durdonalari — Jumayradagi dengiz sohilida joylashgan uchta kurorti haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Jumeirah Zabeel Saray Jumeirah Zabeel Saray plyaj mehmonxonasi Dubaydagi mashhur Palma Jumayra oroli g‘arbiy qismida joylashgan. U yerdan Fors ko‘rfazi va shahar osmono‘par binolariga ajoyib manzara ochiladi. Yaratuvchilarining g‘oyasiga ko‘ra, mehmonxona Usmon imperiyasining hashamatli saroylarini eslatishi lozim. Jumeirah Zabeel Saray 405 ta xonadan iborat mehmonxona bo‘lib, ulardan 26 tasi lyuks xonadir. Uning hududida joylashgan ochiq ayvondagi sakkizta restoranda turk, hind va livan oshxonasi taomlarini tatib ko‘rish mumkin. Yaqin Sharqdagi eng yirik spa-kompleks — Talise Ottoman Spa mehmonxona hududida joylashgan. Jumeirah Zabeel Saray mehmonlari ikki tennis korti, ikki yopiq basseyn, fitnes markaz, shaxsiy kinoteatr va akvaparkli bolalar klubi xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Madinat Jumeirah Arab uslubida barpo etilgan Madinat Jumeirah kurortida uchta mehmonxona, bog‘lar va suv kanallari orasida qulay joylashgan 29 ta an’anaviy yozgi uycha va hashamatli villalar joylashgan. Kurort markazidan sharqona bozor joy olgan. Jumeirah Mina A’Salam (“osoyishta bandargoh” ma’nosini anglatadi), shayxning yozgi qarorgohining aynan o‘zini aks ettiruvchi Jumeirah Al Qasr (“qasr”) hamda Jumeirah Al Naseem (“yengil shamol”,  “dengiz shabadasi”) mehmonxonalari kurort hududida joylashgan. Bu yerga tashrif buyurgan mehmonlar 40 dan ortiq restoran, Dubaydagi eng uzun plyaj, spa-kompleks, fitnes-markaz, an’anaviy sharqona bozor, shuningdek, teatr xizmatlaridan bahramand bo‘lishi mumkin. Jumeirah Beach Hotel Jumeirah Beach Hotel mehmonxonasi Fors ko‘rfazi sohillarida Madinat Jumeirah majmuasi yaqinida joylashgan. 26 qavatli mehmonxona binosi alyumin konstruksiya va moviy oynadan ishlangan bo‘lib, dengiz to‘lqini shaklini eslatadi. Jumeirah Beach mehmonxonasi 599 ta xona va lyuks xona, 20 ta restoran va bar, bolalar klubi, spa-markaz va sportklub, beshta basseyn, oltita tennis korti, keng plyaj va Wild Wadi akvaparkini o‘z ichiga olgan. Talise sog‘lomlashtirish klubi sohilbo‘yida joylashgan bo‘lib, uchta skvosh-kort, oltita tennis korti va keng trenajyor va fitnes zallardan iborat. Mehmonxona mehmonlariga parus sporti yoki vindsyorfing bilan shug‘ullanish, suv chang‘isida suzish imkoni beriladi.
48
2,365
Foto
Qoraqalpog‘istonning Chilpiq cho‘lidagi noyob gullar ochilishni boshladi (foto)
Qoraqalpog‘istonlik taniqli fotograf Azamat Matkarimov o‘zining Facebook’dagi sahifasiga Qoraqalpog‘istonning qadimiy obidalaridan biri bo‘lmish, Amudaryo bo‘yida joylashgan Chilpiq qo‘rg‘oniga bahor kelishi tasvirlangan fotosuratlarni joyladi, deb yozadi “KRuz.uz”.
79
266
Foto
To'qnashib ketgan yuk mashinalari, Lenin vafotiga 98 yil, rohiblarning norozilik namoyishi — 21 yanvar suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Pristinada graffiti chizilgan devor yonidan o'tib ketayotgan kishi. Lima sohillarida dengizga to'kilgan neftni tozalayotgan ishchilar. Banladeshda Aminbozor shahridagi g'isht zavodida ishlayotgan ayol va uning bolasi g'isht tashimoqda. Seulda Buddaviylik jamoasi rohiblari prezidentning diniy sohadagi diskriminatsiyasiga qarshi norozilik namoyishi o'tkazmoqda. Peruda majburiy sterilizatsiyaga qarshi ayollar norozilik namoyishi o'tkazmoqda. Moskvada Lenin qabri yonida Kommunistik partiya tarafdorlari uning vafotining 98 yilligi munosabati bilan miting o'tkazdi. Rio-de-Janeyroda Ipenama sohilidagi odamlar va soyabonlar. London osmonidan uchib ketayotgan samolyot va to'lin oy. Palma orolida vulqondan otilgan lava qurumi ostida ko'milib ketgan mashina. Praga yaqinidagi D5 avtoyo'lida 40 ga yaqin avtomobil o'rtasida transport hodisasi yuz berdi. Natijada yo'lda tirbandlik yuzaga kelgan.
112
954
Foto
Fotogalereya: Barchasi bitta surat uchun jam bo‘lganda
Tasodiflar har doim bo‘lib turadi. AdMe tasodiflarga to‘la suratlarni taqdim etdi.
54
82
Foto
Galereya: dunyodagi eng uzun va eng chuqur tunnellar
2016-yilning 1-iyunida Shveysariyada Gotard temir yo‘l tunnelining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qurilishiga 20 yil vaqt sarflangan tunnel Shveysariya Alplaridagi Sen-Gotard tog‘ massivi ostidan, 2,1 kilometr balandlikdan o‘tadi. Qurilish g‘oyasi 1947-yilda paydo bo‘lganiga qaramay, loyihaning birinchi versiyasi 1962-yildagina ishlab chiqildi. O‘shanda uning uzunligi 45 kilometrni tashkil etishi ko‘zlangan edi. Burg‘ulash ishlari 1993-yilda, tayyorgarlik ishlari — 1996-yilda, asosiy ishlar — 2001-yilda, tuproqni chiqarib olish esa 2003-yilda boshlandi. Loyiha qiymati 12 milliard dollarni tashkil etdi. 57 kilometrga cho‘zilgan Gotard dunyodagi eng uzun tunnelga aylandi va ilgarigi rekordlarni yangiladi. Shu munosabat bilan “TASS” eski rekordchilarni yodga oldi. Ikkita bir tomonlama parallel tunnelni o‘z ichiga oladi. Ichki diametri — 8,2 metr; g‘arbiy tunnel uzunligi — 56,9 kilometr, sharqiy tunnel uzunligi — 57 kilometr. To‘liq uzunligi (piyoda va xizmat yo‘llarini inobatga olgan holda) — 153,4 kilometr. Poyezdlar undan 250 kilometr/soat tezlikda o‘ta oladi. Tunnel ichida ikkita ko‘p funksiyali temir yo‘l stansiyasi mavjud bo‘lib, ulardan avariyalarda hamda sostavlarni almashtirishda foydalanish mumkin. Tunneldan o‘tish vaqti — 20 daqiqa. 1-iyunda tunneldan ilk poyezdlar o‘tdi; 2017-yil yanvarida u to‘liq foydalanishga topshiriladi. Sangaru bo‘g‘ozi ostidan o‘tib, Xonsyu va Xokkaydo orollarini birlashtiradi. Umumiy uzunligi — 53,85 kilometr, suv ostidagi qismi — 23,3 kilometr. Yo‘llar dengiz tubidan 100 metr, dengiz sathidan 240 metr chuqurroq joylashgan. Tadqiqot ishlari 1954-yilda boshlandi, qurilish ishlari 1964–1988-yillar orasida davom etdi. Ochilish marosimi 1988-yilning 13-martida bo‘lib o‘tdi. Loyiha qiymati 690 milliard iyenani (5,4 milliard dollar) tashkil etdi. Britaniya orollarini Yevropaning kontinental qismi bilan bog‘laydigan, bo‘g‘oz ostidan o‘tgan yana bir tunnel. Uzunligi — 51 kilometr, shundan 39 kilometri bevosita suv ostidan o‘tadi. Eng chuqur nuqtasi suv sathidan 126 metr pastroqda joylashgan. Tunnel g‘oyasini 1802-yilda fransiyalik muhandis Alber Matyo-Favye aytib o‘tgan edi. Qurilish ishlari 1876-yilda boshlanib, 1883-yilda to‘xtatildi. 1987-yilda burg‘ulash ishlari qaytadan boshlab yuborildi. 1994-yilning 6-mayida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha qiymati 15 milliard dollarni tashkil etdi. Avtomobil yo‘li tunneli, Norvegiyaning Myore-o-Rumsdal viloyatida joylashgan bo‘lib, Xareydlandet orolidagi Eyksunn shahrini mamlakatning kontinental qismidagi Ryanes shahri bilan bog‘laydi. Vartdals-fyord tubidan, dengiz sathidan 287 metr chuqurroqdan o‘tkazilgan. Dunyodagi eng chuqur tunnel hisoblanadi. Uzunligi — 7,8 kilometr, tunnel ustidagi tog‘ jinsining eng qalin qismi — 500 metr, eng yupqa qismi — 50 metr. Qurilish 2003-yildan start oldi, harakatlanish esa 2008-yil fevralidan boshlab yuborildi. Bugungi kunda tunneldan 25 ming kishi foydalanadi. Loyiha qiymati — 970 million Norvegiya kronasi (123 million yevro). Dunyodagi eng serqatnov tunnel. U angliyalik muhandis Mark Bryunelning loyihasi bo‘yicha qurilgan. Qurilish ishlari 1825-yilda boshlanib, 1841-yilda yakunlangan. Ochilish marosimi 1843-yilda bo‘lib o‘tgan. 1869-yilga qadar tunnel piyodalar harakatiga mo‘ljallangan edi. Ko‘rsatilgan yildan e’tiboran u orqali metro poyezdlari yura boshladi. 2000-yillar oxirida London metropolitenining Bryunel tunnelini o‘z ichiga oladigan yo‘nalishi rekonstruksiya qilindi.
52
3,454
Foto
Fotogalereya: To‘g‘ri rakurs hammasini hal qilishini ko‘rsatuvchi suratlar
Rakursning o‘zgarishi suratdagi manzarani butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. AdMe ana shunday suratlardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
74
140
Foto
Rianna 13,8 mln dollarga hashamatli koshona sotib oldi (foto)
Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Rianna yangi uy sotib oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Maydoni 700 kvadrat metrdan oshiq bo‘lgan ikki qavatli kottej Beverli-Xillzda joylashgan. Uy ichida ko‘plab keng xonalar mavjud — beshta yotoqxona, yettita vanna, sportzal va katta oshxona. Interyer aralash uslubda yaratilgan bo‘lib, o‘zida zamonaviy va an’anaviy elementlarni mujassam etgan. Koshona ikki gektardan ortiq hududda joylashgan. Hovlida basseyn, spa-salon, “terassa” va barbekyu uchun zonani ham uchratish mumkin. Endilikda qo‘chiqchi The Beatles guruhining sobiq a’zosi Pol Makkartni va qo‘shiqchi Merayya Keriga qo‘shni hisoblanadi. Riannaning yangi uyi bunga qadar amerikalik yozuvchi Meri Sheldon va faylasuf Deniel Starrga tegishli bo‘lgan bo‘lib, ular uyni 4,3 million dollarga sotib olgan. Biroq qimmat ta’mirlash ishlaridan so‘ng uy 15 million dollar evaziga sotuvga qo‘yilgan. Rianna esa koshonani 13,8 million dollarga xarid qilgan.  Gollivud aktrisasi Skarlet Yoxanssonning Nyu-Yorkdagi 2 million dollarlik pentxausiga sayohat (foto)
61
1,059
Foto
Taniqli IT-biznesmenlar 30 yoshgacha nima bilan shug‘ullangan? (foto)
“Vc.ru” mashhur biznesmenlar o‘z kompaniyalariga asos solguniga qadar nimalar bilan mashg‘ul bo‘lganini esladi. U dasturlashni 10 yoshida o‘rgangan, 12 yoshida esa o‘zi yaratgan Blast Star o‘yinini 500 dollarga sotgan. Mask 1995-yilda birinchi kompaniyasi — Zip2 startapini ishga tushirdi, u yangiliklar nashrlariga kontentni internetga joylash imkonini berardi. 1999-yilda startapni Compaq tashkiloti 304 million dollarga xarid qildi, Ilon Maskka shuning 20 millioni tegdi va 28 yoshida u millionerga aylandi. U 12 yoshida Hewlett-Packard kompaniyasida yozgi ishga qabul qilindi va u yerda Stiven Voznyak bilan tanishdi. 16 yoshida esa Kapitan Kranch ismli mashhur xaker bilan uchrashdi. Undan maslahatlar olib, Voznyak dunyo bo‘yicha bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Ko‘k quti”ni yaratdi, Jobs esa uni sotish bilan shug‘ullandi. 1972-yilda Jobs Oregon shtati Portlend shahridagi Rid kollejiga o‘qishga kirdi, ammo birinchi semestrdan keyinoq, o‘qishni tashlab, kampusda bekorchi bo‘lib yurdi. Keyinroq u Atari firmasiga ishga kirib, Hindistonga borish uchun pul ishlab topdi, qaytib kelganidan so‘ng, Voznyak unga birinchi shaxsiy kompyuter prototipini ko‘rsatguniga qadar o‘sha firmada ishladi. Google rahbari 21 yoshida Prinston universitetida elektrotexnika bo‘yicha bakalavr darajasini oldi, 24 yoshida esa Kaliforniyaning Berkli universiteti kompyuter tarmoqlari bo‘yicha magistr darajasiga erishdi. So‘ng Xerox kompaniyasiga ishga kirdi. 1982-yilda Shmidt kompyuter fanlari doktori darajasi uchun dissertatsiya yoqladi. Google’ga rahbar bo‘lguniga qadar Sun korporatsiyasi, Siebel Systems va Novell’da ishlagan. Bo‘lajak tadbirkor maktabda yaxshi o‘qib, universitetga kirgan, biroq u yerdan haydalgach, Ellison dasturlashga qiziqa boshladi va bir nechta kompyuter klublariga a’zo bo‘ldi. 25 yoshida uni Amtex firmasiga olishdi, u yerda Oracle nomi ostidagi Markaziy razvedka boshqarmasi uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali ma’lumotlar bazasini yaratdi. Maktab davrlaridayoq u bir nechta kichik dasturlarni yozgan. Masalan, Synapse “aqlli” mp3-pleyeri foydalanuvchining qiziqishlaridan kelib chiqib, pleylistlarni mustaqil yarata olardi. Microsoft uni sotib olish istagini bildirdi, ammo Sukerberg rad javobi berdi. Universitetda u o‘zini to‘liq dasturlashga bag‘ishladi, imtihonlarga tayyorlanishda ham Sukerberg o‘z mahoratlaridan foydalandi. Masalan, san’at tarixi bo‘yicha yakuniy testga ikki kun qoganida u sayt yaratib, uning har bir sahifasiga bittadan kartina qo‘yib chiqdi va kursdoshlaridan ushbu san’at asarlari haqidagi fikrlarini so‘radi. Yozilgan izohlar Markka imtihonni a’loga topshirishga yordam berdi. Nufuzli maktabda o‘qigan Geyts yettinchi sinfda matematikaga mehr qo‘ydi. 1968-yilda uning maktabi kompyuter sotib olgach, u dasturlashga kirishdi, u odamga mashinaga qarshi o‘ynash imkonini beruvchi simulyatorni yaratdi. 1971-yilda Geytsni Information Sciences kompaniyasi to‘lov vedomostlarini tuzadigan dasturni yozish uchun ishga oldi. 17 yoshida Bonnevil to‘g‘oni energiyasini taqsimlash bo‘yicha dasturiy paket yozish taklifini qo‘lga kiritdi. Ushbu loyiha ustida bir yil ishlab, u 30 ming dollar ishlab topdi. 1973-yilda Bill Garvard universitetiga kirdi. 1974-yilda Altair kompyuterini yaratgan MITS kompaniyasiga yangi Basic dasturlash tilini taklif qildi.
69
3,327
Foto
Fotogalereya: Birorta ensiklopediyada uchramaydigan suratlar
Sayyora haqida biror qiziq ma’lumotni bilish uchun ensiklopediyalarga murojaat qilish shart emas, g‘aroyib suratlar ma’lumotni so‘zsiz yetkazadi, deb yozadi AdMe. Nashr ensiklopediyalarda uchramaydigan ana shunday suratlarni taqdim etdi.
60
237
Foto
Fotogalereya: Ishdagi tashvishlarni unutishga yordam beruvchi suratlar
Barchada ish vaqtida turli yoqimsiz vaziyatlar va tashvishlar bo‘lib turadi. AdMe taqdim etgan suratlar shunday holatlarda asablarni tinchlantirishga yordam beradi.
70
164
Foto
Fotogalereya: Ekstremal fotossesiya uyushtiriladigan joylar aslida qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Har yili ektremal holatlarda rasmga tushaman deb qanchadan-qancha odam vafot etadi. Ammo dunyoda shunaqangi joylar borki, ular “xavfli” ko‘ringani bilan, aslida katta tahdid solmaydi. Travel Ask ana shunday rasmlarni tadqim etdi.
94
229
Foto
Tailanddagi norozilik namoyishlari, Bagʻdodda nishonlangan Ashuro kuni, Qandahordagi “Tolibon” askari — 15 avgust suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Qandahorni egallagan «Tolibon» jangchisi suratga tushmoqda. Hozirda Afgʻonistonda hukumat almashuvi kutilmoqda. Tailand poytaxti Bankokdagi hukumatga qarshi namoyishlarda namoyishchi polisiyaga qarshi gaz balonlarini tennis raketkasi yordamida uloqtirmoqda. Yaponiyaning Fukuoka prefekturasida suv toshqinlaridan saqlanish maqsadida aholi vaqtinchalik turar joylarda kun oʻtkazmoqda. Shialarning yirik markazlaridan biri Bagʻdodda Ashuro kuni munosabati bilan an‘anaviy rituallar oʻtkazildi. Shialarning yirik markazlaridan biri Bagʻdodda Ashuro kuni munosabati bilan an‘anaviy rituallar oʻtkazildi. Bunday rituallardan biri oʻzini zanjir bilan kaltaklash hisoblanadi. Gaitida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida uysiz qolgan aholi koʻchada tunamoqda. Tabiiy ofatdan halok boʻlganlar soni 800 ga yaqinlashib qolgan. Ayrim shaharlar butunlay vayron boʻlgan. Barselonada an‘anaviy festivalda qatnashayotgan aktyorlar. Kobuldagi qochqinlar lagerida oʻynayotgan bolakay. Bir necha kundan buyon Tailandda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boʻlmoqda. AQSh chegarasini kesib oʻtayotgan lotin amerikaliklar.
123
1,166
Foto
Amerikalik model Bella Hadidning Nyu-Yorkdagi yangi uyiga ekskursiya (foto)
Izolyatsiyani opasi Jiji va onasi Iolanda bilan Pensilvaniyadagi ranchoda o‘tkazgan model Bella Hadid faoliyatini davom ettirishga imkoniyat paydo bo‘lishi bilan Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Hello nashri xabar berdi. Shaharning Soho tumanida joylashgan mazkur uy model tomonidan 2019-yilning oxirida sotib olingan. Avvaliga xarid qiluvchining kim ekani sir tutilganiga qaramay, keyinchalik uy egasining shaxsi New York Post jurnalisti tomonidan ma’lum qilingan. Maydoni 200 kv metrni tashkil qilgan ikki qavatli pentxausni model 6 million dollarga xarid qilgan. Uy 2 ta yuvinish xonasi, ulardan biri keng garderobdan iborat 2 ta yotoqxona, mehmonxona va oshxona hamda ish xonasini o‘z ichiga oladi. Kitob o‘qish, ziyofat uyushtirish va romantik uchrashuvlarni o‘tkazish imkonini beruvchi veranda esa uyga ko‘rk qo‘shib turadi. Ma’lumot uchun, bundan bir necha yil avval xonanda The Weekend bilan munosabatda bo‘lgan Bella uning Manxettendagi uyiga ko‘chib o‘tgandi. Qo‘shiqchi mazkur uy uchun oyiga 60 ming dollar to‘lagan.
75
1,037
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. Bonus: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevni ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlamoqda
29
305
Foto
Fotogalereya: Yangi yildagi omadli hodisalar
Yangi yilning boshida har kim mo‘jizalarga ishonadi. AdMe ana shunday mo‘jiza va omad aks etgan suratlarni taqdim etdi.
44
119
Foto
Ostonada gul shaklidagi o‘ziga xos masjid qurilmoqda (foto)
Qozog‘iston poytaxti Ostonada tez orada o‘ziga xos masjid paydo bo‘ladi, deb yozadi “Islam-today.ru”. Masjid tepadan gulga o‘xshaydi va bir vaqtning o‘zida olmos qirralarini eslatadi. Binoning ichi ham noyob dizaynga ega bo‘ladi. Mehrob devordan ajralib, havoda muallaq turgandek tasavvur hosil qiladi. Yangi masjid qozoqcha uslub va avangard aralashmasi bo‘ladi, deyiladi xabarda.
59
384
Foto
Halqasimon Quyosh tutilishi dunyoning turli burchaklarida qanday ko‘rinish kasb etdi? (foto)
21-iyun kuni ko‘plab mamlakatlarda halqasimon Quyosh tutilishi hodisasini kuzatish imkoni bo‘ldi. Reuters kam uchraydigan tabiat hodisasining dunyo aholisi tomonidan qanday kuzatilgani aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi. Novosibirskda ushbu noyob tabiat hodisasi shunday ko‘rindi. Tayvanning Szyai shahridagi it ham quyosh tutilishini qanday kuzatishni biladi. Hodisa quyoshga qoraytirilgan oyna orqali qarayotgan nepallik bolalarni ham bee’tibor qoldirmadi. Afrika mamlakatlari aholisi ham birinchi marta ushbu hodisani kuzatish imkoniga ega bo‘ldi. Bangkokdagi MaxaNakxon osmono‘par binosi tomidagi kuzatuv maydonchasidan hodisani kuzatayotgan qizcha. Pokistonning aksariyat aholisi Quyosh tutilishi vaqtida nogironligi bo‘lgan insonlarni yerga ko‘msa, tuzalishiga ishonadi. O‘tgan safar Quyoshning bunday tutilishi 2002-yilda kuzatilgan edi, keyingisi 2037-yilda bo‘lishi kutilmoqda. Tayvan janubi-g‘arbidagi Szyai shahrida olingan surat Quyoshga isroillik bolakay kabi maxsus ko‘zoynak yoki payvandlash niqobida qarash tavsiya etildi. Tayvandagi ibodatxona oldidagi ajdarho Quyosh tutilishi fonida. Pekinlik erkak Quyosh tutilishini videokamera orqali kuzatmoqda. Indoneziyadagi “Al-Akbar” masjidida Quyosh tutilgan paytda namoz o‘qiyotganlar. Teleskopi yo‘qlar mustaqil ravishda quyosh diski proyeksiyasini hosil qildi. Buning uchun mayda teshikli buyum orqali quyosh nurlarini oq qog‘ozga yo‘naltirish talab etildi.  O‘zbekistondagi Quyosh tutilishi, Toshkentda yangi ochilgan yo‘l, filmga bag‘ishlangan ko‘cha surati. 21-iyun suratlari
92
1,566
Foto
Siyrak sochlar uchun zamonaviy turmaklar yulduzlar misolida (foto)
O‘ta qalin yoki siyrak sochlarni turmaklashda doimo muammo paydo bo‘ladi. Lekin buning yechimi bor. Quyida sochlarini kalta yoki siyrakligidan aziyat chekadigan xonimlarga yulduzlar bir necha turdagi turmaklarni tavsiya qiladi. Xeyli Biber Emma Stoun Emiliya Klark Lyusi Xeyl Zendaya Jenna Devan Karli Kloss Margo Robbi Bella Xadid Keyt Bosuort Sara Polson Sharliz Teron Skarlett Yoxansson Jordan Dann Lyusi Boynton Loren Konrad Alana Arrington Eymi Song Sharliz Teron Xeyli Biber
66
499
Foto
Fotogalereya: Suratlarga muhrlangan go‘zallik
Ba’zan suratlarga qarab biz real voqelikni ko‘ryapmizmi yoki shunchaki uning tasvirinimi, anglolmay qolamiz. Suratlar dunyoning faqat tashqi chiroyini aks ettiradi. Uning ichki olamida nimalar kechayotgani esa sirli bo‘lib qolaveradi. Travel Ask ana shunday jumboqli rasmlarni taqdim etdi.
45
289
Foto
Fotohikoya: Xenyolar — muqobili yo‘q koreyalik sho‘ng‘uvchi ayollar
Nyu-yorklik fotosuratchi Miyo Kim “Dengiz onasi” nomli fotosuratlar seriyasida Janubiy Koreyadagi qo‘rqmas “suv parilari”ni aks ettirdi, deya xabar bermoqda TravelAsk. Janubiy Koreyada bu ayollarni xenyo deb atashadi. Yoshi katta ayollar okeanda 20 metrgacha sho‘ng‘ib, mollyuskalar, dengiz tipratikanlari, bodringlari, kalmarlar va dengizning boshqa ne’matlarini yig‘ib chiqadi. Ular bu ishni kislorod ballonlarisiz, suv ostida ikki daqiqagacha nafas olmay, ba’zan Koreya bo‘g‘ozining muzdek bo‘lib qolgan suvlarida bajarishadi. Xenyolarning aksariyati 70 dan oshgan va ularning safi borgan sari qisqarib bormoqda. Chunki yosh koreyaliklar bunday mashg‘ulotga qiziqish bildirmay, o‘qish va ish joyi izlab, katta shaharlarga ketmoqda. “Bu g‘avvos ayollar o‘ziga xos koreys merosini asrab-avaylaydi va ular o‘z yo‘nalishida yagonadir. Bu — xenyolarning so‘nggi avlodidir”, — deydi Kim Huffington Post nashriga bergan intervyusida. “Xenyo” koreysdan tilidan tarjima qilinganida “dengiz ayoli” degan ma’noni bildiradi. Bu og‘ir va murakkab ish milodning V asrida paydo bo‘lgan. “Kuchsizlarning qo‘lidan xenyolik kelmaydi”, — deydi fotosuratchi. “Shuning uchun ham Koreyada shunday deyishadi: ‘Xenyolar tiriklar olamida o‘liklarning ishini qiladi’”. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
67
1,411
Foto
Toshkentda yoqqan qor — suratlarda
“O'zgidromet” O'zbekistonda 26 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qilib, unga ko'ra, Toshkent shahrida havo o'zgarib turishi, vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lishini ma'lum qilgandi. Avvaliga laylakqor shaklida, so'ngra maydalab yoqqan qor kun oxiriga borib tindi. Lekin  27 dekabrda ham havo o'zgarib turishi, kechasi va ertalab biroz qor yog'ishi mumkinligi aytilgan. Quyida “Bugun.uz” poytaxtning qorli manzaralari aks etgan suratlarni havola etadi. Toshkentda yoqqan birinchi qor — suratlarda
34
534
Foto
Tuz bosgan Orol dengizi, qorli simyog'ochda turgan kabutarlar, traktorlar bilan uyushtirilgan protest — 23 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Shavkat Mirziyoev rasmiy tashrif bilan Qoraqalpog'istonda bo'lib turibdi. Prezident u yerda Orol dengizining qurigan joylariga borib, vaziyatni ko'zdan kechirdi. Isroilda g'avvoslar O'rtaer dengizida akula qidirmoqda. Yaqin atrofdagi korxonalardan dengizga chiqayotgan issiq suv akulalarni tortadi. Buyuk Britaniyaning Kumbriya shahridagi Uet-Sleddeyl suv omborxonasi yonidagi ko'prikdan o'tayotgan yo'lovchi. Meksikaning Tapakula shahrida migrantlar stul yordamida protest paytida otilayotgan toshlardan himoyalanmoqda. Bangladeshlik o't o'chiruvchi mahalliy kitob do'konlarida sodir bo'lgan yirik yong'inni o'chirish vaqtida suv ichish uchun tanaffus qilyapti. Simyog'ochda tizilib turgan kabutarlar. Orqa fonda Hindistonning qor qoplagan Kashmir vodiysi. Dubayda “Kelajak muzeyi” ochildi. Mamlakat yetakchilari uni “dunyodagi eng chiroyli bino” deb hisoblamoqda. Gonkongda qariya kovidga qarshi antigen test sotmoqda. Polshada fermerlar sanoatdagi narxlar keskin o'sishi sabab norozilik bildirib, yo'llarni traktorlar bilan to'sib qo'ydi.
123
1,102
Foto
Yelizaveta II 95 yoshni qarshiladi. Qirolichaning hayoti davomidagi eng yorqin obrazlari (foto)
21-aprel kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 95 yoshga to‘ldi. Ammo an’anaga ko‘ra rasmiy tug‘ilgan kuni iyun oyining birinchi shanbasida nishonlanadi. 1947-yilning 20-noyabr kuni turmush qurgan qirolicha Yelizaveta va shahzoda Filipp 73 yil birga yashagan. 2021-yil 9-aprel kuni Filipp vafot etguniga qadar baxtli hayot kechirgan. Kiyinish borasida did va uslubga ekanligi bilan ajralib turadigan Yelizaveta II ning eng muhim kunlarda kiygan eng yorqin obrazlarini e’tiboringizga havola etamiz. To‘y Toj kiydirish marosimi Diana Spenser va shahzoda Charlzning to‘yi Keyt Middlton va shahzoda Uilyamning to‘yi Megan Markl va shahzoda Garrining to‘yi Avstriya 1969-yil Avstraliya 1954-yil London 1997-yil Portugaliya 1985-yil
95
743
Foto
Fotogalereya: Amerika shtatlarining maftunkor suratlari (1-qism)
Amerika Qo‘shma Shtatlari ulkan va iqlimi hamda landshafti turli-tuman bo‘lgan mamlakat. TravelAsk ana shu mamlakat shtatlarining eng maftunkor suratlarini taqdim etdi.
64
168
Foto
Tabiat istisno tarzda in’om etgan 20 ta ajabtovur jonivor (foto)
Tabiat chindan ham hayratlantirishdan to‘xtamaydi. Uning har bir ijodi eng kichik detallargacha mukammal tarzda ishlangan bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos. Hayvonot dunyosining har bir vakilini jonli ravishda ko‘rish uchun umr ham, imkoniyat ham yetarli emas. Shuning uchun ularni tasvirga tushirgan fotosuratchilarga minnatdorlik bildirish zarur. AdMe sayyoraning eng chekka qismidagi turli xil hayvonlarni tavsvirga tushirishga muvaffaq bo‘ldi va suratlarning eng noyobi bilan bo‘lishdi. Havorang delfin yoki sirtokara muri Bo‘zargan saki Eshmeyera chayon-baliq Havorang balistod Kumush lofura Phyllopteryx ­­taeniolatus, ignabaliqlar oilasiga mansub dengiz nuridan iborat baliq turi ­  Yalqov ayiq Bir shoxli karkidon baliqlari Venesuela kapalak-pudeli Afrikaning bayroqchali tentakqushi Gulabi Chiziq pijamali kalmar Poekilocerus pictus, katta yorqin rangda bezatilgan chigirtka Onagadori ­tarixiy yapon zotli xo‘roz Oltin boshli sher mushukcha Banan iste’mol qiladigan kiprikli gekkon Yapon qisqichbaqa o‘rgimchagi Shaffof boshli kichkina og‘iz makropinna Bahaybat tentakqush Yenotsimon kuchuk
64
1,121
Foto
Tilladan tikilgan kiyimlar, shaxsiy samolyotida kelgan mehmonlar: Dunyoning eng ko‘p pul sarflangan, dabdabali to‘ylari (foto)
E’tiboringizga eng ko‘p pul sarflangan, ertaklarni esga soladigan ba’zilari esa oshirib yuborilgan 10 ta to‘y suratlarini taqdim qilamiz. 10. Sena Agoglu va Mustafa Kirkal Sarflangan: 8,6 million dollar Mazkur to‘y Turkiyadagi eng dabdabali marosimlardan biri bo‘lgan. To‘y Chiragan saroyida bo‘lgan, unda kelin-kuyovlar uchun 50 ming dollarga lyuks xona ijaraga olingan. 9. Kim Kardashyan va Kanye Uest Sarflangan: 12 million dollar Model va reperning to‘y marosimi xarajatdan tortib dekoratsiyasigacha esda qolarli bo‘lgan. Kim tanlagan kelinlik libosi 500 ming dollar, marosim bo‘ladigan joyni yasatish uchun 400 ming dollar, tort uchun 7 ming, kelinning soch turmagi va makiyaji uchun esa 65 ming dollar sarflangan. 8. Dayangku Raabiatul va Bruneya shahzodasi Abdul Malik Sarflangan: 31 million dollar “Bir ming bir kecha” uslubida tashkil qilingan to‘yga 5 ming mehmon taklif qilingan. Kelin va kuyov tilladan tikilgan libos, brilliant va tilla bilan bezatilgan tufli kiygan. Kelin gul dastasi ham qimmatbaho toshlardan yasalgan. Kelinning boshi va bo‘ynidagi olmosdan yasalgan taqinchoq haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. 7. Anjelina Beybi va Xuan Syaomin Sarflangan: 33 million dollar Xitoylik Kardashyan sifatida ma’lum bo‘lgan Anjela va aktyor Xuanning to‘y marosimi ham boshqalarnikidan qolishmaydi. Chaumet zargarlik uyiga qarashli, kelin uchun atalgan nikoh uzugi 1,5 million dollar bo‘lgan. Kelin ko‘ylak uchun Dior’ga buyurtma berilgan va libos 5 oy davomida tikilgan. Shanxaydagi kongress hollardan birida bo‘lib o‘tgan to‘yga 200 ta mehmon taklif qilingan. Ertak uslubida yasatilgan zal devorlarida Disney qasrlarini ko‘rish mumkin bo‘lgan. 6. Keyt Middlton va shahzoda Uilyam Sarflangan: 34 million dollar Keyt Middltonning kelinlik libosiga 434 ming dollar sarflangan. Taklif qilinganlar orasida Britaniya qirolligi hamda butun dunyoning 40 dan ortiq monarx oilalari vakillari, o‘nlab davlat rahbarlari va mashhurlar bo‘lgan. Malikaning nikoh uzugi Wartski brendiga tegishli bo‘lib, Uels tillasidan yasalgan. Keyt, bosh aksesuari sifatida qirolicha Yelizaveta II 1936-yilda taqqan brilliant tiaradan foydalangan. To‘y sanasida aholi uchun dam olish kuni deb e’lon qilingan. 5. Vanisha Mittal va Amit Bxatiya Sarflangan: 58 million dollar Haqiqiy sharq ertaklarini esga soladigan nikoh marosimi Parijda bo‘lib o‘tgan. Mingdan ortiq mehmon taklif qilingan mazkur to‘y tantanalari olti kun davom etgan. Mehmonlar uchun Le Grand Сontinetal mehmonxonasidan 600 ta xona ijaraga olingan. Birinchi qavatda mehmonlar uchun go‘zallik saloni, sartarosh va sari bo‘yicha mutaxassislar faoliyat yuritgan. Tashrif buyuruvchilarning har biriga Gucci yoki Prada brendidan sumka berilgan. Nikohdan o‘tish marosimi XVII asrning o‘rtalarida qurilgan Vo-le-Vikontda bo‘lib o‘tgan. Kelinning otasi qizi yaxshi ko‘rgani sabab Kayli Minougni taklif qilgan va uning ijrosi boshqalar uchun ham kutilmagan bo‘lgan. 4. Mukesh Ambani va Adjay Piramal Sarflangan: 100 million dollar 5 kecha-yu 5 kunduz davom etgan mazkur hindcha to‘yda Gollivud va Bollivudning taniqli yulduzlari ishtirok etgan, Beyonse qo‘shiq kuylagan. Taklif etilgan 2 ming mehmon, marosim joyiga 100 nafar xususiy samolyotlarda keltirilgan va besh yulduzli mehmonxonalarga joylashtirilgan. Tashrif buyurganlarning har biriga Dolce&Gabbana brendidan brilliant brasletlar sovg‘a qilingan. 3. Malika Diana va shahzoda Charlz Sarflangan: 110 million dollar “Asr to‘yi” deb ta’rif berilgan to‘yning xavfsiz o‘tishi uchungina 600 ming dollar sarflangan. Diana 10 ming marvarid bilan bezalgan libos va 132 marvarid qadalgan va tayyorlanishiga 5 oy ketgan tufli kiygan. 2. Lolita Avdolyan va Gaspar Osmanov Sarflangan: 680 million dollar 2017-yilda uylangan Gasparning otasi Albert Avdolyan aynan o‘sha yili Forbes ro‘yxatidan 123 o‘rinni egallagan. Nikoh marosimi har yili Oskar taqdirlash marosimi o‘tkaziladigan Los-Anjelesdagi zalda, bo‘lib o‘tgan. View this post on Instagram Mehmonlarga beriladigan sovg‘alarning o‘ziga 823314 dollar sarflangan. To‘yda rus va xorij shou-biznes vakillari ishtirok etgan. Zalni ijaraga olish va xonandalarga to‘langan pullar bilan jami 8 147 745 dollar sarflangan. 1. Xadija Ujaxova va Said Gutseriyev Sarflangan: 1 milliard dollar Rossiyalik milliarder Mixail Gutseriyev o‘g‘lining to‘y marosimida Jennifer Lopes, Sting, Enrike Iglesias va boshqalar qo‘shiq kuylagan. 25 kg og‘irlikda bo‘lgan kelinlik libosi Fransiyada tikilgan. Zalni gullar bilan bezatish uchun taxminan 200 ming dollar atrofida mablag‘ sarflangan. Moskvaning “Safisa” restoranida boshlangan to‘y keyin Londonda davom etgan va unda Elton Jon va Beyonse qo‘shiq kuylagan. Daily Mail’ning yozishiga qaraganda mazkur to‘y uchun jami 1 milliard dollar sarflangan.
126
4,749
Foto
2021-yilda oila qurgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Yakunlanayotgan yilda ko‘plab shou-biznes vakillari juftlarini topib, oila qurdi. Quyida 2021-yilda o‘z baxtini topgan shou-biznes vakillari sanab o‘tiladi. Bu yilgi ijodkorlarning to‘ylarini sobiq komik aktyor Sherzod Bin boshlab berdi. Bir necha yildan buyon AQShda istiqomat qilayotgan aktyor 6-yanvar kuni uylandi. Uning to‘yiga AQShdagi birodarlari tashrif buyurishdi. “Farhod va Shirin” dueti xonandasi Farhod 31-yanvar kuni bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. Farhod va Dilnozaxonlarning to‘yi Navoiy shahrida bo‘lib o‘tdi. To‘yda Shirin turmush o‘rtog‘i Nodir Zoitov bilan qo‘shiq kuyladi. To‘yga Anvar Sanayev, Akrom Ubaydullayev va Bobur Bobomurod ham tashrif buyurishdi. “Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda Yulduz Nizomova 14-fevral kuni Mirxon ismli yigitga turmushga chiqdi. Uning to‘yi Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tdi. Noodatiy to‘yda kelin-kuyovning yaqinlari ishtirok etishdi. O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova kenja qizi, aktrisa Zebinisoni 21-fevral kuni turmushga berdi. Oxunjon va Zebinisoning to‘yi poytaxtdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tdi. Tantanada O‘zbek milliy akademik drama teatri jamoasi, taniqli aktyorlar va xonandalar ishtirok etdi. O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon 73 yoshida 44 yoshli qizga uylandi. To‘y 22-mart kuni Buxoro shahridagi “Tojimahal” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. Aktrisa va boshlovchi  Madina Nigmatullayeva shu yilning 8-aprel sanasida “Omonat” serialidagi partnyori  Mahmud Tursunovga turmushga chiqdi. Nikoh kechasi poytaxtdagi restoranlardan birida o‘tkazildi. Tantanaga ko‘plab taniqli boshlovchi, aktyor, aktrisa va xonandalar tashrif buyurishdi. Xonanda va aktrisa Dineyra  12-aprel kuni turmushga chiqdi. Uning visol oqshomi poytaxtdagi restoranlardan birida yaqinlari va do‘stlari qurshovida nishonlandi. “Yomon qiz”ni yaxshi ko‘radigan Imron 6-iyul kuni Sadaf ismli qiz bilan oila qurdi. Uning nikoh oqshomi Buxorodagi “Maroqand” restoranida bo‘lib o‘tdi. Oradan ikki kun o‘tib, Imron Toshkentdagi yaqinlari uchun ham to‘y qilib berdi. To‘yda o‘zbek estradasining ko‘plab vakillari ishtirok etdi.  Xonanda Imron turmush o‘rtog‘ini 2,5 yil kutib, 2 ta to‘y qilgani va u bilan janozada tanishgani haqida (video) Akyor Mirolim Qilichev esa 15-avgust kuni Dilshoda ismli qiz bilan oila qurdi. Aktyorning to‘yi u tug‘ilib o‘sgan Buxoroda bo‘lib o‘tdi. Tantanali kechada ko‘plab taniqli aktyor va aktrisalar, xonandalar ishtirok etdi. 2021-yilning 1-noyabr kuni ustazoda san’atkor Yusufxon Nurmatov oila qurdi. To‘yga ko‘plab mashhur xonandalar va kinoijodkorlar tashrif buyurishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan Mittivine taxallusi bilan ijod qiluvchi vayner Farhod Mannopov 8-noyabr kuni uylandi. Ko‘plab tanqidlarga uchraydigan parodiyachi Rustamxo‘ja Usmonov 21-noyabr kuni Aziza ismli qizga uylandi. Yoshlarni qutlash uchun Hosila Rahimova, Mavluda Asalxo‘jayeva va Dilfuza Ismoilovalar kabi ustoz san’atkorlar tashrif buyurishdi.
59
2,920
Foto
Amerikalik yigit tajriba uchun o‘zini umrining so‘nggi kunigacha suratga olishga qaror qildi (foto va video)
Amerikalik Devid Espinosa sakkiz yildan buyon har kuni selfiga tushadi va shu tariqa o‘z hayotini suratlarga muhrlab qo‘ymoqda. Yaqinda u barcha suratlarini jamladi va to‘rt daqiqali taymlaps formatidagi video yaratdi. 22 yoshli yigit tajriba sifatida boshlangan bu mashg‘ulotning bir umrlik ekaniga ishonch bildirmoqda. TravelAsk yigitning ana shu tajriba doirasidagi ba’zi suratlarini taqdim etdi.
108
399
Foto
Foto: Qohirada fir’avn Ramzes II ning 8 metrli haykali topildi
Arxeologlar Qohiraning sharqiy qismida fir’avn Ramzes II ning kvarsitdan yasalgan 8 metrli haykalini topdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Misr qadimiy ashyolar vazirligi haykalni “tarixdagi eng muhim topilma” deb atamoqda. Faqat byust va boshning bir qismi qolgan haykal ko‘hna Geliopolis shahri (hozirda Qohiraning bir qismi)dagi Ramzes II ibodatxonasi vayronalari yaqinidan, yerosti suvlaridan topildi. Ma’lumot uchun, Ramzes II Misrda miloddan avvalgi 1279-yildan 1213-yilgacha hukm surgan. U Misrning eng buyuk fir’avnlaridan biri sanaladi. Uning Suriya va Nubiya (hozirgi Sudanning shimoliy qismlari)ga uyushtirgan muvaffaqiyatli yurishlari sabab Qadimgi Misr hududlari sezilarli kengaygan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
62
773
Foto
MTJni finalga olib chiqqan Sergeev, qit'alararo ballistik raketa uchirgan Kim, Afg'onistonda ochilgan qizlar maktabi — 25 mart suratlari
Bugunning eng sara va dolzarb suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Angliyaning Koket Aylend orolida quyosh chiqmoqda. Ekvadorda abort qoidalarini kuchaytirish taklifiga qarshi norozilik namoyishlari bo'lmoqda. Sloveniyada chang'i bilan sakrash bo'yicha jahon chempionati saralash bahslarida qatnashayotgan germaniyalik Karl Gaiger. Shimoliy Koreyada yangi tipdagi qit'alar aro ballistik raketa sinovdan o'tkazildi. Sinov jarayonida Shimoliy Koreya rahbari Kim Jong Il (Kim Chen In) ham ishtirok etdi. Ispaniyaning Malaga shahrida chang buluti havoni monoxrom tusga kiritdi. G'azoda 37 yoshli Hanan al Madhun muqaddas Ramazon oyi oldidan o'zining hunarmandchilik mahsulotlarini sotmoqda. xarkovda rus havo hujumi oqibatida yonib ketgan bino oldidan o'tib ketayotgan velosipedchi. Rimda iqlim bo'yicha “Fridays for Future” guruhi a'zolari norozilik namoyishi o'tkazmoqda. Afg'onistonning G'azni viloyatida Norvegiya moliyaviy ko'magi bilan birinchi qizlar maktabi qurildi. O'zbek futbolida eng ko'p tanqid qilinadigan shaxslardan biri Igor Sergeev terma jamoani finalga olib chiqdi.
136
1,085
Foto
Oliy ta’lim muassasalarida test natijalari e’lon qilindi (fotoreportaj)
Bugun – 15-avgust kuni erta tongdan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi. Telegram’dagi DTM boti kecha, 14-avgustdan, DTM sayti va SMS orqali natijalarni e’lon qiluvchi mobil operatorlar esa tundan javoblarni chiqara boshladi. “Daryo” fotomuxbiri Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga borib, u yerdagi manzaralarni kadrlarga muhrladi.
71
443
Foto
National Geographic 2017-yilning eng yaxshi sayohat fotolarini e’lon qildi
National Geographic jurnali 2017-yilning eng yaxshi sayohat fotolarini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Dunyoning turli davlatlaridan yuborilgan minglab lavha orasidan 30 ta foto tanlab olindi. Suratlar sayyoraning turli burchaklarida olingan va qoyilmaqom manzaralar hamda suratkashlar safarlari davomida tasvirga tushirgan g‘aroyib holatlarni o‘zida aks ettirgan.
74
392
Foto
Fotogalereya: Ko‘rinmas otlar
Amerikalik fotograf Li Deygardning otlarga bag‘ishlangan fotoloyihasida otlarni topib olish juda murakkab. TravelAsk ana shu loyiha doirasidagi suratlarni taqdim etdi.
29
167
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. Tokiodagi raqamli san’at muzeyi, Yaponiya Ajdar kemalari festivalidan oldingi tayyorgarlik. Chjetszyan provinsiyasi, Xitoy Londondagi Viktoriya va Albert muzeyida bo‘lib o‘tgan Frida Kahlo: Making Your Self Up nomli ko‘rgazma, Buyuk Britaniya Chunsin bog‘idagi qushlar, Xitoy Yong‘in oqibatida vayron bo‘lgan Port-o-Prensdagi eng yirik bozorlardan biri — Merkado del Puertoda ibodat qilayotgan ayol Jakartadagi qadimiy Sunda Kelapa porti, Indoneziya Avstriyaning Tirol tog‘i orqali harakatlanayotgan qo‘ylar Yinka Shonibarening Nemis gigiyenasi muzeyida namoyish etilgan “Rasizm: insoniyat irqining ixtirosi” nomli ko‘rgazmasi AQSh Harbiy-havo kuchlariga tegishli A-10 qiruvchisi NATOning Latviya hududida bo‘lib o‘tgan o‘quv mashg‘uloti vaqtida Islomobodda jazirama, Pokiston
29
870
Foto
Britaniyalik besh farzandning onasi 30 kilogrammga ozib, Instagram yulduziga aylandi (foto)
Buyuk Britaniya fuqarosi besh farzandini dunyoga keltirganidan so‘ng yana avvalgi go‘zal qomatini tiklashga qaror qildi, deb yozadi “Vesti.ru”. Nort-yorkshirlik 35 yoshli Simon Geytli 30 kilogrammga yaqin ortiqcha vazndan qutulgach, Instagram yulduziga aylandi. Endi u YouTube’da o‘z kanalini ham yuritmoqda. Britaniyalik ayol qanday ozgani siri bilan bo‘lishdi: har kuni u hammadan oldin uyg‘onib, 1,5 soat davomida yuguradi. Bundan tashqari, ayol trenajor zalida ham shug‘ullanadi. Geytlining oilasi katta: 45 yoshli turmush o‘rtog‘i — professor Pol Geytli hamda besh farzandi — Minni (2 yosh), Indiya (5), Blossom (6), Chester (7) va Sammer (9) bor. Ba’zi obunachilar Geytlining qaddi-qomati yolg‘ondakam ekanligini, bolalarni esa surrogat ona dunyoga keltirganini ta’kidlamoqda. Britaniyalik ayolning sportdagi muvaffaqiyatlari haqida dunyoning yetakchi OAVlari ham yozishga ulgurdi.
91
889
Foto
Tabiatning taraqqiyotga taslim bo‘lmay, o‘z so‘zini o‘tkazishga urinishini isbotlovchi 15 surat
Odamlar tabiatni bo‘ysundirish va uni o‘z foydasi uchun xizmat qilishga majburlashga urinib keladi. To‘g‘onlar quradi, yangi turdagi o‘simlik va hayvonlar yaratadi, katta shaharlarni bunyod qiladi. Tabiat ham ularning kuchiga tan bergandek go‘yo. Ammo u xotirjamlikka berilgan odamzodga o‘z kuchi va qudratini namoyish ham qilib turadi. Bu hatto arzimas ko‘rinadigan hodisalarda ko‘zga tashlanadi. Tokiodagi ushbu daraxt temirdan qilingan to‘siqlarga qo‘llari bilan yopishib olgan. Olmaxon yo‘l belgisining temir ustunini eman yong‘oqlari bilan to‘ldirib qo‘ygan. Daraxt yo‘l belgisini yutib yuborgan. Sun’iy chim qoplamasidan haqiqiy o‘t-o‘lanlar o‘sib chiqqan. Chirmovuq shamol musiqasini o‘chirish uchun stulga joylashib olgan. Quvurga tushib ketgan jo‘xori donachasi nish urib, kichik poyali o‘simlikka aylangan. Bir oy davomida chim o‘sgan hovlida turgan mashina o‘rnidagi o‘tlar quyosh nuridan holi joyda qurib-qaqshab qolmagan. Piyoz mashina yukxonasida to‘rt oy yotgan. Sporali o‘simlik hisoblanuvchi yo‘sin o‘rmonda qoldirilgan oyoq kiyimini qoplab olgan. Po‘panak ideal oltiburchak shaklida o‘sib, tomni qoplagan va antiqa ko‘rinish hosil bo‘lgan. Ushbu daraxtning ildizlari har qanday joyda yashab qolishga qodir. Yo‘sin qabr toshidagi yozuvlarni qoplab ularga o‘zgacha rang bergan. Daraxtning ildizlari yo‘lakchadagi izlarni takrorlamoqda. Ushbu kaktus to‘rt yildan beri tomda o‘sadi. Trotuardagi kichkina teshikda ajabtovur kichik bog‘ barpo bo‘lgan.
95
1,478
Foto
Koronavirus tartiblariga qarshi norozilik, shahzoda Filippning dafn marosimi, Turgut Oʻzal xotirasi, shokoladli «Gernika» — 17 aprel suratlari
Shu yilning 9 aprel kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning turmush oʻrtogʻi, Edinburg gersogi shahzoda Filipp vafot etgan edi. Bugun, ya'ni 17 aprel kuni shahzoda Filippning dafn marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimga qirollik oilasi a'zolari, jumladan, bir necha oy muqaddam gap-soʻzlar markazida boʻlgan shahzoda Garri ham tashrif buyurdi. Ammo uning rafiqasi Megan Markl marosimga tashrif buyurmagan. Koronavirus bilan bogʻliq holatlar ortishda davom etarkan, davlatlar unga qarshi turli chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda. Ammo bu choralar samara berishi vaqt masalasi boʻlib turgan bir paytda aholi ham bunday tartiblarga rozi emas. Jumladan, 17 aprel kuni Germaniyada hukumat tomonidan kiritilgan koronavirusga qarshi chora-tadbirlarga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Bundan 28 yil oldin, 1993 yilning 17 aprel kuni Turkiya jumhuriyatining 8-prezidenti, atoqli turk davlat arbobi Turgut Oʻzal vafot etgan edi. Uning vafot etganidan soʻng turli variantlar oʻrtaga chiqa boshladi. 2012 yilgi amalga oshirilgan tekshiruvlar uning zaharlanib oʻldirilganini tasdiqladi. Zero unga nisbatan 1988 yilda ham suiqasd uyushtirilgan edi. Bugun uning vafoti sanasi munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon va bir qator davlat odamlari marhumning qabrini ziyorat qildi. Uning haqqiga Qur'on tilovat qilindi. Ma'lumot uchun, Turgut Oʻzal mustaqillikning ilk yillarida Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Mashhur ispan rassomi Pablo Pikassoning «Gernika» asarini koʻpchilik bilsa kerak. Unda Ispaniyadagi fashizmning insoniyat oldidagi jinoyatlari oʻziga xos tarzda fosh etilgan. Tabloda ispan fashistlari tomonidan fuqarolar urushi paytida qonga botirilgan Gernika shahrining ayanchli fojiasi tasvirlangan. Bir guruh ispaniyalik qandolatchilar kubizm yoʻnalishining shoh asari boʻlmish «Gernika»ning shokoladli nusxasini yasadilar. Endi «Gernika»ni nafaqat tomosha qilish, balki yeyish ham mumkin. Lekin bunday shoh asarni kim ham yeyishga jazm qilardi deysiz?!
142
1,998
Foto
Sohibqiron tavalludi, Qohirada Ramazon shukuhi, Olimpiya mash'alasi, Shimoliy Irlandiyadagi noroziliklar — 8 aprel suratlari
Sohibqiron Amir Temur hijriy 736 yil 25 sha'bon oyida tugʻilgan. Bu milodiy 1336 yil 8 aprelga toʻgʻri keladi. 2021 yilning 8 aprel sanasi hijriy 1442 yilning 25 sha'boniga toʻgʻri keldi. Odatda, Oʻzbekistonda har yili 9 aprel arafasida Sohibqiron tavallud kuni nishonlanadi. Bu yil buyuk jahongir tavalludiga 685 yil toʻldi. Qashqadaryo viloyatida sarkarda tavalludi munosabati bilan «Sohibqironga munosib voris boʻlamiz» shiori asosida tadbirlar boʻlib oʻtdi. Unda turli xil teatrlashtirilgan sahnalar, konsert va sport musobaqalari, xalq oʻyinlari oʻtkazildi. Ramazon oyi eshik qoqib kelmoqda. Butun musulmon dunyosida ushbu baraka oyiga tayyorgarlik ishlari avj pallasiga kirmoqda. Jumladan, Misr poytaxti Qohira shahri koʻchalari ham an'anaviy Ramazon chiroqlari bilan bezatildi. Ramazon oyi arafasida Misrda chiroqlar savdosi keng tusga kiradi. Aslida 2020 yil Yaponiya poytaxti Tokioda oʻtishi kerak boʻlgan Olimpiya oʻyinlari koronavirus pandemiyasi sabab 2021 yilga koʻchirilgan edi. Yaqinda Olimpiya oʻyinlari mash'alasi Fukushimadan butun mamlakat boʻylab sayohatga chiqqan edi. Bugun mash'ala mamlakatning Matsusaka shahriga yetib keldi. Shimoliy Irlandiyada ikki kundan buyon polisiya hamda mamlakat yoshlari oʻrtasida toʻqnashuvlar davom etmoqda.
124
1,260
Foto
Fotogalereya: Nima uchun erkaklar ayollardan ko‘ra qisqaroq yashashini ko‘rsatuvchi suratlar
Olimlar bir necha baxtsiz hodisalarning demografik ma’lumotlarini o‘rganib chiqib, ayollar qiyin sharoitlarda ham erkaklardan ko‘ra uzoqroq yashaydi, degan xulosaga keldi. Biroq bu holatning aniq sababi haligacha aniqlanmagan. Nazariyalardan biriga ko‘ra, erkaklarning xatarlarga yaqinroq bo‘lishi bu holatning sababi sifatida ko‘rsatiladi. AdMe ana shunday xatarli holatlar aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
92
419
Foto
Kichik Ronaldu otasining selfilaridan bezor bo‘lgani aks etgan 7 surat (foto)
“Sports.ru” nashri futbolchi Krishtianu Ronalduning besh yoshli o‘g‘li otasining “selfibozligi”dan bezor bo‘lganini ko‘rsatib beruvchi suratlarni e’lon qildi. Ular futbolchining Instagram sahifasidan olindi.
77
207
Foto
Britaniya qirollik oilasidagina uchratish mumkin bo‘lgan odatlar (foto)
AdMe Buyuk Britaniya qirollik oilasining eng sirli odatlari haqida ma’lumotlar to‘plab taqdim etdi. 2008-yilda shahzoda Endryu qirollik oilasi a’zolariga “Monopoliya” o‘ynash taqiqlanganini ma’lum qilgan. “Men yorqin rangli kiyimlarni kiymasam odamlar mening kimligimni bilmay qoladi”, — degan edi qirolicha o‘z shtatidagi xodimlardan biriga. Birinchisi — rasmiy bo‘lib, hamdo‘stlik mamlakatiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Ikkinchisi — 21-aprel, 1926-yilda tug‘ilgan kuni. Bunga sabab azart o‘yinning ichiga kirib ketilganidan so‘ng, uning talablari juda ham qattiqlashib ketishida. Bu hammaga ma’lum bo‘lsa-da, doim ham bunga amal qilinavermaydi. Odatda bu kabi holatlar yulduzlar yoki boshqa mashhur shaxslar bilan uchrashganda sodir bo‘ladi. Qirollik oilasi a’zolari kim tomonidan va qanday narsa sovg‘a qilinishidan qat’iy nazar samimiyat bilan qabul qilib olishlari darkor. Sovg‘larning kelgusi taqdirini qirolicha hal qiladi. Britaniya pasporti Hazrati Oliyalarining nomidan taqdim qilingani uchun, Yelizaveta II sayohat qilmoqchi bo‘lsa, unga pasportning keragi yo‘q. U o‘zining rasmi tushurilgan banknota yoki tangani taqdim etsa kifoya. Qirolicha — butun Buyuk Britaniya bo‘ylab bu kabi huquqqa ega bo‘lgan yagona shaxs. Meros haqidagi so‘nggi qarorga ko‘ra, taxtga da’vogar birinchi olti kishi 25 yoshiga qadar nikohdan o‘tishi uchun qirolichadan ruxsat olishi kerak. Agarda u rozilik bermasa — to‘y bo‘lmaydi. Bu hatto qirolichaning o‘ziga ham tegishli. Uning turmush o‘rtog‘i Filipp qirol-konsort unvoniga ega, biroq u qirol bo‘lish huquqiga ega emas. Bunga uning grek ekanligi sabab, shuning uchun u hech qachon taxtga da’vogarlik qila olmaydi. Bu kabi vaziyat shahzoda Uilyamga ham tegishli: agarda u qirol bo‘lgudek bo‘lsa, gersoginya Ketrin qirolicha-konsortga aylanadi.
71
1,801
Foto
Nobel sovrindorlariga shaxsan Shvetsiya qirolining o‘zi mukofotlarni topshirdi. Fotoreportaj
Stokgolmda 2017-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “RBK”. Shvetsiya poytaxtidagi Konsert zaliga jami 11 kishi yetib keldi, ular mamlakat qiroli Karl Gustav XVI ning qo‘lidan diplom va medallarni qabul qilib oldi. Suratda 2017-yildagi Nobel sovrindorlari aks etgan. Bular — Rayner Vays, Barri Berish va Kip Torn (fizika sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun mukofot), Jak Dyuboshe, Yoaxim Frank, Richard Xenderson (kimyo sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun mukofot), Jeffri Xoll, Maykl Rosbax, Maykl Yang (tibbiyot sohasidagi muvvafaqiyatlari uchun mukofot), Kadzuo Isiguro (tibbiyot sohasidagi muvvafaqiyatlari uchun mukofot), Richard Taler (iqtisodiyot sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun mukofot). Taqdirlash marosimida Shvetsiya qirolichasi Silviya, qirol Karl XVI Gustav, valiahd malika Viktoriya, shahzoda Daniel qatnashdi.
92
879